logo

XETT DAVLATIDA NIKOH DIPLOMATIYASI. ELCHILAR, CHOPARLAR, KOTIBLAR

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

104.0166015625 KB
XETT DAVLATIDA NIKOH 
DIPLOMATIYASI. 
ELCHILAR, 
CHOPARLAR, KOTIBLAR  Shartnomalarning tarkibiy qismi sifatida 
quyidagi sulolaviy nikohlar 
qayd etib o‘tilgan: Mitanni podshosi 
Shattivaza va Suppiluliumaning qizi, 
Hukkana va Suppiluliumaning singlisi, 
Amurru hukmdori Benteshina va 
Gassuliavieya (Xattusili III va Puduxepaning 
qizi), shuningdek, ushbu Xett 
hukmdor juftligining Nerikkaili deb 
ataluvchi o‘g‘li va Benteshina qizi 
o‘rtasidagi nikohlar (qarshi qudachilik holati 
kuzatiladi)
Xatti mamlakati tashqi siyosatida 
nikoh diplomatiyasining o‘rni 
katta 
bo‘lib, xett hukmdorlari sulolaviy 
nikohlarga alohida ahamiyat 
qaratganlar. Xettlarda Suppiluliuma I hukmronligi 
davridan boshlab 
sulolaviy nikohlar bo‘lganligi haqida 
manbalarda ma’lumotlar saqlanib 
qolgan.  Suppiluliumaning qizi Mitanni podshosi 
Shattivaza saroyiga borgach, 
garchi uning bir necha xotin va kanizaklar 
olishga huquqi bo‘lsada, ammo 
ularning hech biri xett malikasi darajasiga 
teng kelmagan, u Mitanni 
hukmdorining yonida o‘tirgan. 
Yuqoridagilardan farqli ravishda Xattusili II va Ramzes 
II hamda 
Tudxaliya IV va Savuskamuva o‘rtasidagi sulolaviy 
nikoh ular o‘rtasida 
tuzilgan qandaydir bir shartnomalarga bevosita 
bog‘liq joyi yo‘q. Bu 
hukmdorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ularning 
Xett malikalariga 
uylanishlari haqida hech narsa deyilmagan  Suppiluliuma I ning 
“Bobil hukmdori 
(aftidan 
Burnaburiash II) 
qizi” 
Mal-Nikkal 
(turmushga 
chiqqach Tavimaina 
ismini olgan) bilan 
nikohi ham 
ular o‘rtasidagi 
shartnomada aks 
etmagan Amenxotep IVning qizi, Tutanxamonning bosh rafiqasi 
Anxesenamonning Suppiluliuma I ga noma yuborib, o‘g‘liga o‘ziga 
turmush 
o‘rtoqlikka yuborishni so‘raganligini, keyin xett shahzodasi Misrga 
yuborilib, 
malikaga huzuriga yetmasdan yo‘lda o‘ldirilganligi mana shunga yorqin 
misol bo‘la oladi.
Amalga oshmagan ushbu nikoh ittifoqidan farqli ravishda ikki 
hukmron 
sulola (Xett va Misr) o‘rtasida muvaffaqiyatli amalga oshgan nikoh 
sifatida 
Xattusili IIIning katta qizi va Ramzes II o‘rtasidagi nikohni ko‘rsatish 
mumkin  Misr fir'avnlaridan farqli o‘laroq, Xett hukmdorlari ko‘pincha o‘z 
qizlari va opa-singillarining boshqa mamlakatlar hukmdorlari nikohiga 
berishgan. Hatto aytish mumkinki, sulolaviy nikohlar Xett tashqi siyosatining 
sevimli usullaridan biri sifatida qaralgan.
E’tiborli tomonlardan yana biri shuki, boshqa yurtga yuborilgan xett 
malikasining huquqini ta’minlash maqsadida shartnomalarda faqatgina ushbu 
nikohdan tug‘ilgan farzandlargina qonuniy merosxo‘r bo‘lishini qayd 
qilingan; Xatti tarixida mamlakat ichki va tashqi 
siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza 
olgan malikalar haqida ham ma’lumotlar 
saqlanib qolgan  Ana shunday 
malikalardan biri Xattusili 
III ning xotini Puduxepa 
hisoblanadi. To erga 
tekkuncha u Lavasantiya 
(Kichik Osiyoning 
janubida) o‘lkasidagi 
xurritlarning Shavushka 
(Ishtar) ma’budasi 
kohinasi, Shavushka kohini 
Bentipsharraning qizi 
bo‘lgan.  Puduxepa tushida iloha 
Shavushka uning eri tez 
orada Arinna shahridagi 
Quyosh xudosi 
ibodatxonasining bosh 
kohini bo‘lishligini bashorat 
qilganligini aytadi. Bu 
bilan u tezda taxtga 
chiqishiga sha’ma qilgan 
edi.  Baxtli juftlik chorak asr 
davomida Xattini idora 
etishdi. Ular nikohida 
bir qancha o‘g‘il va qizlar 
dunyoga kelishdi. Ikkalasi 
birgalikda mamlakatni 
idora etganligini o‘sha davrda 
topilgan muhrlar ham 
tasdiqlaydi. Ayniqsa Xattusili III va Ramzes II lar o‘rtasida 
imzolangan shartnomada Puduxepaning roli katta 
bo‘lgan. 
Muhrlarda 
Xattusili nomi bilan birga Puduxepa ismi ham keltirilgan. Ularning 
hukmronligi davrida Misr bilan do‘stona va uzviy aloqalar o‘rnatildi. Xatti 
davlati tarixida hech bir hukmdor ular singari Misr bilan bu darajadagi iliq 
aloqalar o‘rnatmagan va Xatti davlatida hech bir davlat bilan Misr kabi yaqin 
aloqalarga bormagan edi  Ushbu 
shartnomaga nafaqat Xattusiliis 
IIIning shaxsiy muhri, balki 
shartnoma 
lavhining orqa tarafiga 
Puduxepaning muhri ham 
qo‘yilgan. Unda quyidagi 
yozuv bitilgan edi: “Xatti malikasi, 
Kizzuvatna mamlakatining qizi, 
Arinna 
shahri Quyosh ilohasi (yoqimtoyi), 
Zaminning xonimi, ma’budalarning 
xizmatkori Puduxepaning muhri”.   Misr 
fir’avnining Xattiga yuborgan har 
bir maktubi ikki nusxada bitilgan: 
ularning 
biri Xattusili III nomiga, boshqa 
biri deyarli o‘zgarmagan holatda 
malika 
Puduxepa nomiga yo‘llangan.   Turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin ham Puduxepa o‘g‘li Tudxaliya 
IVning ichki va tashqi siyosatida faol ishtirok etib keldi. 
Qadimgi Sharqning 
mil.avv. II-ming yillik tarixida mamlakat boshqaruvida va uning diplomatiyasida Puduxepa 
singari muhim rol o‘ynagan boshqa ayol malikani 
ko‘rmaymiz
Ba’zi bir jihatlarda u bilan faqatgina Amenxotep IIIning bevasi 
malika Teyya tenglasha olishi mumkin xolos (Misr mavzusida).  Xattiga dushman bo‘lgan 
mamlakatlar bilan munosabat o‘rnatishlari 
taqiqlangan. Masalan,
Muvatallining Sunassuras bilan shartnomasida 
“Sunassuras hech qachon o‘z 
elchilarini xurritlarga yubormaydi va Xurri 
mamlakatidan keladigan 
elchilarni o‘zining mamlakatiga umuman 
qo‘ymaydi” deyilgan edi
Xett davlati tarixida ham 
diplomatiya ning birinchi shakli 
bo‘lgan “Ad 
hoc (ad xok) diplomatiyasi”dan 
foydalanilgan. Xett 
diplomatiyasida elchi 
mazmunini ifoda etuvchi bir 
qator tushunchalar qo‘llanilgan Elchilar, choparlar, kotiblar  TEMU (akkadcha. LÙ temi) – 
Alansandu bilan shartnomada elchi 
sifatida tilgan olingan diplomatik 
martabalar(ranga)dan biri Halugatalla (akkadcha 
muqobili Mar Šipri (Mar 
Shipri)) – davlatning 
boshqa mamlakatlar bilan 
aloqasi xalugatalla nomli 
elchilar tomonidan 
ta'minlangan. 
KARTAPPU – shumercha “yem xaltasini tutgan kishi”, “ot jilovi” 
ma’nolarini beruvchi “kir4.dab” so‘zidan kelib chiqqanligi ko‘rsatiladi. 
Ba’zi 
olimlar uni “izvoshchi” va “maxsus chopar” deb tarjimaqilishadi. 
Bundan 
tashqari, ushbu atama “(hayvon) haydovchi (ya’ni cho‘pon)” tarzida 
ham 
tarjima qilingan  DUMU.LUGAL – akkadcha Mar Sh(Š)arrining 
muqobili sifatida 
ko‘rsatilib, “podsho o‘g‘li, valiahd, 
shahzoda” ma’nosini beradi. 
KAS4E – xettcha luizzil, maxsus choparlar LÙ giš
PA – xabarchi bo‘lib, “hassa (jezl) kishisi” 
(yoki “hassali kishi” –
“ gerold”) ma’nosini beradiuning 
majburiyatiga hukmdor nomidan gapirish 
kirgan, ya’ni u bir so‘z bilan aytganda 
“hukmdorning og‘zi” bo‘lgan. 
GAB.ZU.ZU – “O‘quvchi 
kotib” ifodasi uchraydi. Ba’zi lavhlarda 
bo‘lsa LÚDUB.SAR.TUR – “kichik 
kotib” so‘zi qo‘llanilgan  Xattusili III fir’avndan xettchada (aniqrog‘i luviychada) Massanussis 
luviycha “maššana” – xudo) ismi bilan ataluvchi farzand ko‘rmaslik 
dardiga 
uchragan singlisi uchun tabib yuborishni so‘ragan. U ikki marta 
turmush 
qurgan bo‘lib, ikkisida ham farzandli bo‘lmagan. Xattusili bu 
singlisining 
merosxo‘ri bo‘lishini juda istagan va shu boisdan fir’avnga tabib 
yuborishni 
so‘rab murojaat qilgan.
Javob maktubida Ramzes II malham tayyorlash uchun tabib yuborishni 
so‘raganligini qayd etib, singlisining yoshi haqidagi Xattusilining 
ma’lumotiga ikkilanish bilan qaraydi (maktubida avval singlisini 50, keyin 
esa 60 yoshda deb ko‘rsatganligi ta’kidlanadi). Maktubning davomida fir’avn 
Massanussis dardiga shifo beruvchi malham tayyorlab bo‘lmasligi haqidagi 
tibbiyot xulosasini bildirib, xett hukmdoriga elchilar orqali sovg‘a-salomlar 
yuborayotganligini ma’lum qilib o‘tadi  Misrlik tabiblar shaxsan xett 
hukmdorini ham davolash uchun 
kelganliklari ma’lum. Jumladan, 
Xattusili III bir necha marta (“Bir, ikki 
va 
uch bora”) kasallik jini yo‘liqtirgan 
og‘ir dardiga malham topish uchun 
tabiblar yuborishni so‘rab fir’avnga 
murojaat etgan Misrdan xett hukmdori 
uchun Ramzes II 
aytganidek “yaxshi tibbiy 
vositalar” jo‘natilgan. Ular 
elchi Pirixnava orqali 
yuborilgan. Amurru 
hukmdori Benteshina 
saroyigacha ularni Misr 
otliq 
aravalari kuzatib borgan, u 
yerdan Xattusili saroyiga 
amorey ot-aravalari 
kuzatganligi manbalarda 
saqlanib qolgan.Misr fir’avni ikki tabibni yuboradi. 
Ulardan birinchisi tabib 
(akkadcha asû, ya’ni o‘simlik va 
minerallardan malham tayyorlay 
oladigan 
tabib) bo‘lsa, ikkinchisi Leya ismli 
kishi bo‘lib, u kohin-afsungar edi   Xett hukmdoriga vassal 
bo‘lgan mamlakat 
hukmdorlari o‘z 
“ syuzeren”iga murojaat 
qilganda uni “aka” deb 
emas, balki “ota” yoki 
“ xo‘jayin” deb atagan. 
Xanigalbat (Mitanni) 
hukmdori xett 
hukmdoriga 
murojaat qilganda uni 
“ota”, o‘zini “o‘g‘il” 
deb ataydi. Xett jamiyatining mavjud ehtiyojlari sharoiti kotiblarning 
bir necha 
tillarni bilishligini taqozo etgan. Bunga ular maxsus 
kotiblik maktablarida(Bo‘g‘azqoyadagi “qiyalikdagi uy”ni 
kotiblik maktabi bo‘lgan deb 
ko‘rsatishadi) o‘rgatilgan
Bunday maktablardagi o‘quv matnlari uchta 
ustunga bo‘lingan: bittasida – shumercha mazmuni, boshqasida 
uning 
akkadcha tarjimasi va uchinchisida xettcha so‘zlardagi muqobili 
keltirilgan  Xett hukumdoriga vassal 
hukumdorlar nima deb murojat 
qilgan?
A. Aka
B. Ota
D. Uka
Diplomatiyaning birinchi shakli nima 
deb atalgan?
A. Adxos
B. Adxok
D. Kase Sag ning vazifasi nima bulgan?
A. Bosh kotib
B. Kotib ish boshqaruvi
D. Qushin kotibi
Podsho òģli manosini beradigan suz?
A.K A S E
B. D.U.M.U Lugal
D. L.U.P.A Kotib maktablarda òquv matni nechta 
ustunga ega?
A. 2
B. 3
D. 5

XETT DAVLATIDA NIKOH DIPLOMATIYASI. ELCHILAR, CHOPARLAR, KOTIBLAR

Shartnomalarning tarkibiy qismi sifatida quyidagi sulolaviy nikohlar qayd etib o‘tilgan: Mitanni podshosi Shattivaza va Suppiluliumaning qizi, Hukkana va Suppiluliumaning singlisi, Amurru hukmdori Benteshina va Gassuliavieya (Xattusili III va Puduxepaning qizi), shuningdek, ushbu Xett hukmdor juftligining Nerikkaili deb ataluvchi o‘g‘li va Benteshina qizi o‘rtasidagi nikohlar (qarshi qudachilik holati kuzatiladi) Xatti mamlakati tashqi siyosatida nikoh diplomatiyasining o‘rni katta bo‘lib, xett hukmdorlari sulolaviy nikohlarga alohida ahamiyat qaratganlar. Xettlarda Suppiluliuma I hukmronligi davridan boshlab sulolaviy nikohlar bo‘lganligi haqida manbalarda ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Suppiluliumaning qizi Mitanni podshosi Shattivaza saroyiga borgach, garchi uning bir necha xotin va kanizaklar olishga huquqi bo‘lsada, ammo ularning hech biri xett malikasi darajasiga teng kelmagan, u Mitanni hukmdorining yonida o‘tirgan. Yuqoridagilardan farqli ravishda Xattusili II va Ramzes II hamda Tudxaliya IV va Savuskamuva o‘rtasidagi sulolaviy nikoh ular o‘rtasida tuzilgan qandaydir bir shartnomalarga bevosita bog‘liq joyi yo‘q. Bu hukmdorlar bilan tuzilgan shartnomalarda ularning Xett malikalariga uylanishlari haqida hech narsa deyilmagan

Suppiluliuma I ning “Bobil hukmdori (aftidan Burnaburiash II) qizi” Mal-Nikkal (turmushga chiqqach Tavimaina ismini olgan) bilan nikohi ham ular o‘rtasidagi shartnomada aks etmagan Amenxotep IVning qizi, Tutanxamonning bosh rafiqasi Anxesenamonning Suppiluliuma I ga noma yuborib, o‘g‘liga o‘ziga turmush o‘rtoqlikka yuborishni so‘raganligini, keyin xett shahzodasi Misrga yuborilib, malikaga huzuriga yetmasdan yo‘lda o‘ldirilganligi mana shunga yorqin misol bo‘la oladi. Amalga oshmagan ushbu nikoh ittifoqidan farqli ravishda ikki hukmron sulola (Xett va Misr) o‘rtasida muvaffaqiyatli amalga oshgan nikoh sifatida Xattusili IIIning katta qizi va Ramzes II o‘rtasidagi nikohni ko‘rsatish mumkin

Misr fir'avnlaridan farqli o‘laroq, Xett hukmdorlari ko‘pincha o‘z qizlari va opa-singillarining boshqa mamlakatlar hukmdorlari nikohiga berishgan. Hatto aytish mumkinki, sulolaviy nikohlar Xett tashqi siyosatining sevimli usullaridan biri sifatida qaralgan. E’tiborli tomonlardan yana biri shuki, boshqa yurtga yuborilgan xett malikasining huquqini ta’minlash maqsadida shartnomalarda faqatgina ushbu nikohdan tug‘ilgan farzandlargina qonuniy merosxo‘r bo‘lishini qayd qilingan; Xatti tarixida mamlakat ichki va tashqi siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan malikalar haqida ham ma’lumotlar saqlanib qolgan