logo

Xettlarda Elchilar,Choparlar,Kotiblar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2468.5517578125 KB
Xettlarda 
Elchilar,Choparlar,Kotiblar        Xettlar davlati tashqi siyosatida elchilar, 
choparlar, xabarchilik kabilar  muhim rol 
o‘ynagan. Diplomatik mazmundagi echilar va 
nomalarning  muntazam almashinuvi, 
hukmdorlar o‘rtasidagi davriy uchrashuvlar 
aftidan  o‘sha paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi 
munosabatlarning   barqarorligidan  
(normalligidan) dalolat bergan. Ayniqsa, bu 
holat biri vassal bo‘lib turgan  davlat bilan 
bo‘lganda majburiy bo‘lgan. Masalan, Xett 
hukmdorining  Sunassuras va Aziru bilan 
shartnomalarida ularning davriy ravishda xett 
 hukmdori saroyiga tashrif buyurishi majburiy 
ekanligi belgilangan. Va  aksincha, 
dushmanlik holatida shaxsiy yoki elchilik 
orqali munosabatga  kirishilmagan. Ularning 
Xattiga dushman bo‘lgan mamlakatlar bilan  
munosabat o‘rnatishlari taqiqlangan           
Masalan, Muvatallining Sunassuras bilan  
shartnomasida “Sunassuras hech qachon o‘z 
elchilarini xurritlarga yubormaydi  va Xurri 
mamlakatidan keladigan elchilarni o‘zining 
mamlakatiga umuman  qo‘ymaydi” deyilgan edi. Xett 
davlati tarixida ham diplomatiya ning birinchi shakli 
bo‘lgan “Ad  hoc (ad hok) diplomatiyasi”dan 
foydalanilgan. Xett diplomatiyasida elchi  mazmunini 
ifoda etuvchi bir qator tushunchalar qo‘llanilgan. 
Jumladan: 

lùTEMU (akkadcha. LÙ temi) – Alansandu bilan 
shartnomada elchi  sifatida tilgan olingan diplomatik 
martabalar(ranga)dan biri. Halugatalla (akkadcha 
muqobili Mar Šipri (Mar Shipri)) – davlatning  

boshqa mamlakatlar bilan aloqasi xalugatalla nomli 
elchilar tomonidan ta'minlangan.              
Mixxat matnli xettcha hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha,  
xalugatallalar doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda 
ushlab turilgan va va bu  elchilarning o‘z davlatiga 
(Xattiga) qaytishi o‘sha davlat ruxsati bilan amalga  
oshgan. Bu holat Xettlar klassik qadimgi elchilik tizimidan 
(Ad Hoc) biroz  farqli tizimga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Shattivaza bilan, Nuxashsha hukmdori  Tette, Sunassuras 
bilan akkad tilida bitilgan shartnomada odatda “mar sipri” 
– “chopar, elchi, xabarchi” unvoniga ega mansabdor tilga 
olingan. Aftidan, aynan ushbu elchi xettchada 
“halugatalla” (haluga – “xabar”, “noma”) deb  atalgan bo‘lsa 
kerak. Arsava maktublariga ko‘ra, bunday elchilar noma 
bitilgan  lavhlarni bir hukmdordan boshqasiga yetkazib 
turgan. LÙKARTAPPU – shumercha “yem xaltasini tutgan 
kishi”, “ot jilovi”  ma’nolarini beruvchi “kir4.dab” so‘zidan 
kelib chiqqanligi ko‘rsatiladi. Ba’zi  olimlar uni “izvoshchi” 
va “maxsus chopar” deb tarjimaqilishadi. Bundan  
tashqari, ushbu atama “(hayvon) haydovchi (ya’ni cho‘pon)” 
tarzida ham  tarjima qilingan.               
LÙKartappuning birinchi galdagi vazifasi ot-
aravalarni va  yilqilarni nazorat qilish, podsho oilasiga 
va hukmdorning o‘ziga xizmat  qilishdan iborat 
bo‘lgan. Bu mansabga saroydagi iqtidorli kishilar 
orasidan  sinchkovlik bilan tanlab olingan. Vaqt o‘tishi 
bilan bu mansab egalarining  lavozim vazifasida 
o‘zgarish kuzatilgan. Mil.avv.XII asrda LÙKartappular 
Suriya davlatlari va Xett saroyi  o‘rtasidagi diplomatik 
munosabatlarni olib borgan. Halugatallaning asosiy  
vazifasi Xett davlati bilan boshqa davlat o‘rtasida 
aloqalarni ta’minlashdan  iborat bo‘lsa, 
LÙKartappuning vazifasi undan ancha farq qilgan. 
Bunday  lavozim egalari faqat xabarlar almashinuvini 
qilmagan, ayni vaqtda xalqaro  maydonda juda 
muhim va murakkab diplomatik vazifalarni o‘z ichiga 
olgan  Diplomatik missiyani ado etishgan. 
LÙKartappular vazifalari bugungi kundagi  
diplomatlar vazifalariga o‘xshatiladi.       
  Mil.avv. XIII asrda Xett tashqi  aloqalarining yuritilishi 
tamal toshi bo‘lgan bu mulozimlar Xett davlatining  
eng muhim vassali bo‘lgan Karkemish va boshqa 
vassal davlatlarda o‘z  vazifalarini bajargan.  Ular o‘z 
hukmdorlariga vassal davlatlar bo‘yicha diplomatik 
maslahatlar  berib turgan. Shu nuqtai nazardan, Xett 
boshqaruv markazining vassalari bilan  aloqalarning 
xavfsiz tarzda ta’minlash, markaziy hokimiyat  
armiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish uning 
vazifalari qatorida bo‘lgan. LÙSAG – LÙSAGlar 
LÙKartappular kabi diplomatik aloqalarda muhim  
majburiyatlarni bajarganligini tadqiqotlar ko‘rsatadi. 
LÙSAG kotiblik, ish  boshqarish yoki LÙKartappu 
kabilarning majburiyatlariga mos keladigan bir  
vazifani bajaragan. Xettcha mixxatli matnlarda Palla 
ismli bir shaxsning  LÙSAG, kotib va LÙKartappu 
unvonlarning har uchalasi bilan birga kelganligini  
uchratish mumkin.              
Xuddi shunga o‘xshash shaklda mashhur Anuvanzaning  LÙSAG, 
kotib va Nerikning sohibi sifatida tavsiflangan. SAGlarning 
“hukmdor” yoki “podsho o‘g‘li” tarzida tilga olingan kishilar  yoki 
ba’zi holatlarda mamlaka tashqarisida vazifalari aniq belgilab 
qo‘yilgan  LÙKartappu nomli shaxslarning vazifalari bilan 
bog‘lantirilganligini ifoda etish  maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu 
LÙSAG odamlarining o‘zi ularga yuklatilgan  vazifalarni Xett 
saroyi bilan to‘liq muvofiqlikda oxiriga yetkazganligini va  xorijiy 
saroylarga maxsus topshiriqlar bilan yuborilishi mumkinligini 
ko‘rsatadi. LÙSAG mansabdor shaxslariga juda muhim va nozik 
vazifalar yuklatilgan yuqori martabali amaldorga aylanganlar. 
Uning majburiyatlari qatorida podsho va uning oilasini 
qo‘riqlash, har qanday dushmanlik  
        harakatlari yoki ma’lumotlariga qarshi choralar ko‘rish va 
muhim diplomatik  vazifalarni bajarish kirgan. Bunday 
mansabdorlar saroy ichidagi ichki  bino(xona)larga kirish va davlat 
sirlariga bilish huquqiga ega bo‘lgan. DUMU.LUGAL – akkadcha 
Mar Sh(Š)arrining muqobili sifatida  ko‘rsatilib, “podsho o‘g‘li, 
valiahd, shahzoda” ma’nosini beradi. Akkadchasi  mar sh(š)arri 
bo‘lgan so‘zning xettchasi noma’lum.       
Garchi mar  sh(š)arrilarning bir qismi xett 
hukmdorlari xonadoni vakillari bo‘lishsada,  lekin 
mixxatli xettcha matnlarda podsholik oilasiga 
mansub bo‘lmagan  kishilarga ham ushbu vazifa 
yuklanganligini keltiriladi. Markaziy boshqarma  
tomonidan mar sh(š)arri diplomatik va ma’muriy 
vakolatlar bilan Suriyaga yuborilgan. Xett podsholari 
va ularning vassallari o‘rtasida  elchilik vazifasini 
bajargan bu mulomizlarga ayni vaqtda boshqa 
vazifalar ham  yuklanganligi ma’lum. Mar sh(š)arri 
o‘zlari borgan mintaqalarda sudyalik,  guvohlik va 
notariuslik funksiyalarni ham bajargan Vassal  
davlatlarda Xett davlatiga yuborilayotgan 
mahsulotlarni tekshirish ham  ularning vakolatiga 
yuklangan. LÙ gišPA – xabarchi bo‘lib, “hassa (jezl) 
kishisi” (yoki “hassali kishi” – “gerold”) Xett 
an’analarida diplomatik vakil funksiyasida  shu titul 
bilan uchraydigan mulozimga nisbatan ishlatiladi.        
Hassa (jezl) – LÙ gišPAning ramzi bo‘lib, uning 
majburiyatiga hukmdor nomidan gapirish kirgan,  
ya’ni u bir so‘z bilan aytganda “hukmdorning og‘zi” 
bo‘lgan. Ular bu vazifani  xettlarda nishonlanadigan 
ko‘plab bayramlarda  bajarishgan. .LÙgišPAning 
diplomatik  martabasi (rangasi) elchi va chopardan 
(mar sh(š)ipri lùTEMU) dan yuqori  bo‘lgan, chunki 
“hassali kishi” unvonini ko‘pincha hukmdor 
xonadonining  a’zolari bo‘lgan mulozimlar olgan. 
lùKAS4E – xettcha luizzil, maxsus choparlar. Yetib 
kelgan va o‘rganilgan  xett diplomatik va hujjatlari 
orqali ularning vakolatlari va majburiyatlari haqida 
aniq ma’lumotlar olish imkoni bo‘lmagan.  “Ichki bino 
(vazirlik)” – xettcha È.ŠÀ. Mana shu xett saroyi idorasi 
bilan  bog‘liq bo‘lgan mansabdorlarga ham 
diplomatik xarakterdagi muhim  topshiriqlar 
yuklangan. Ushbu vazirlikning bitta vakili 
Suppiluliuma Ining  maxsus topshirig‘ini bajarganligi 
manbalarda keltiriladi              
  Ya’ni Misr  fir’avnining bevasi xett hukmdori o‘g‘lini 
turmush o‘rtoqlikka so‘ragan  vaqtida, ushbu 
xabarning haqiqatligini tekshirish uchun 
Suppiluliuma I “ichki  vazirlik odami”ni – Xattusasitisni 
Misrga maxsus topshiriq bilan yuborgan.  Xett 
hukmdorining ishongan vakili bo‘lgan Xattusasitis 
Xattining Misrdagi  o‘ziga xos “favqulotda va muxtor 
elchis hisoblangan. Bu ma’lumotlar xett  davlatida 
ham tashqi munosabatlarni yuritish tizimli bir 
shaklda yo‘lga  qo‘yilganligini tasdiqlaydi. Qadimgi 
Sharq davlatlaridagi diplomatik amaliyotda hukmdor 
o‘ziga  tortiq qilinayotgan bo‘lg‘usi rafiqasining 
qandayligini ko‘rish maqsadida elchi  yuborish 
holatlari ma’lum. Bu topshiriq o‘z-o‘zidan ayonki o‘ta 
qaltis bo‘lib,  javobgarlikni taqozo etgan. O‘z 
hukmdorining istak-xohishini ado etishi uchun  elchi 
avvalo shu podshoning “tabini” yaxshi bilishi lozim 
bo‘lgan. Uning  ustiga, shu maqsadda yuborilgan 
elchi bo‘lg‘usi kelinni sinchkovlik bilan  ko‘rishi, biror 
bir nuqsonli holatni e’tibordan chetda qoldirmasligi 
talab  etilgan.       
  Bu ayniqsa, murojaat va ehtirom tilaklari 

formulalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Yozishmalarda qabul qilingan “suyukli aka (uka)” 
formulasi o‘zaro teng darajadagi do‘st davlatlar 
murojaat  shaklida qo‘llanilgan. Bu formula bo‘lsa 
so‘zma-so‘z “yaxshi/shirin aka”  shumegrommasini 
namoyon etadi. Xett hukmdoriga vassal bo‘lgan 
mamlakat hukmdorlari o‘z  “syuzeren”iga murojaat 
qilganda uni “aka” deb emas, balki “ota” yoki  
“xo‘jayin” deb atagan. Xanigalbat (Mitanni) hukmdori 
xett hukmdoriga  murojaat qilganda uni “ota”, o‘zini 
“o‘g‘il” deb ataydi. Xett jamiyatining mavjud ehtiyojlari 
sharoiti kotiblarning bir necha  tillarni bilishligini 
taqozo etgan. Bunga ular maxsus kotiblik 
maktablarida 

(Bo‘g‘azqoyadagi “qiyalikdagi uy”ni kotiblik maktabi 
bo‘lgan deb  ko‘rsatishadi) o‘rgatilgan.

Xettlarda Elchilar,Choparlar,Kotiblar

Xettlar davlati tashqi siyosatida elchilar, choparlar, xabarchilik kabilar muhim rol o‘ynagan. Diplomatik mazmundagi echilar va nomalarning muntazam almashinuvi, hukmdorlar o‘rtasidagi davriy uchrashuvlar aftidan o‘sha paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligidan (normalligidan) dalolat bergan. Ayniqsa, bu holat biri vassal bo‘lib turgan davlat bilan bo‘lganda majburiy bo‘lgan. Masalan, Xett hukmdorining Sunassuras va Aziru bilan shartnomalarida ularning davriy ravishda xett hukmdori saroyiga tashrif buyurishi majburiy ekanligi belgilangan. Va aksincha, dushmanlik holatida shaxsiy yoki elchilik orqali munosabatga kirishilmagan. Ularning Xattiga dushman bo‘lgan mamlakatlar bilan munosabat o‘rnatishlari taqiqlangan

 Masalan, Muvatallining Sunassuras bilan shartnomasida “Sunassuras hech qachon o‘z elchilarini xurritlarga yubormaydi va Xurri mamlakatidan keladigan elchilarni o‘zining mamlakatiga umuman qo‘ymaydi” deyilgan edi. Xett davlati tarixida ham diplomatiya ning birinchi shakli bo‘lgan “Ad hoc (ad hok) diplomatiyasi”dan foydalanilgan. Xett diplomatiyasida elchi mazmunini ifoda etuvchi bir qator tushunchalar qo‘llanilgan. Jumladan:  lùTEMU (akkadcha. LÙ temi) – Alansandu bilan shartnomada elchi sifatida tilgan olingan diplomatik martabalar(ranga)dan biri. Halugatalla (akkadcha muqobili Mar Šipri (Mar Shipri)) – davlatning  boshqa mamlakatlar bilan aloqasi xalugatalla nomli elchilar tomonidan ta'minlangan.

 Mixxat matnli xettcha hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, xalugatallalar doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda ushlab turilgan va va bu elchilarning o‘z davlatiga (Xattiga) qaytishi o‘sha davlat ruxsati bilan amalga oshgan. Bu holat Xettlar klassik qadimgi elchilik tizimidan (Ad Hoc) biroz farqli tizimga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shattivaza bilan, Nuxashsha hukmdori Tette, Sunassuras bilan akkad tilida bitilgan shartnomada odatda “mar sipri” – “chopar, elchi, xabarchi” unvoniga ega mansabdor tilga olingan. Aftidan, aynan ushbu elchi xettchada “halugatalla” (haluga – “xabar”, “noma”) deb atalgan bo‘lsa kerak. Arsava maktublariga ko‘ra, bunday elchilar noma bitilgan lavhlarni bir hukmdordan boshqasiga yetkazib turgan. LÙKARTAPPU – shumercha “yem xaltasini tutgan kishi”, “ot jilovi” ma’nolarini beruvchi “kir4.dab” so‘zidan kelib chiqqanligi ko‘rsatiladi. Ba’zi olimlar uni “izvoshchi” va “maxsus chopar” deb tarjimaqilishadi. Bundan tashqari, ushbu atama “(hayvon) haydovchi (ya’ni cho‘pon)” tarzida ham tarjima qilingan.