logo

Xettlarda elchilar, choparlar va kotiblar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

665.3740234375 KB
Mavzu: Xettlarda elchilar, choparlar va 
kotiblar.
            Xettlar davlati tashqi siyosatida elchilar, choparlar, xabarchilik 
kabilar 
muhim rol o‘ynagan. Diplomatik mazmundagi echilar va 
nomalarning 
muntazam almashinuvi, hukmdorlar o‘rtasidagi davriy 
uchrashuvlar aftidan 
o‘sha paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning 
barqarorligidan 
(normalligidan) dalolat bergan. Ayniqsa, bu holat biri vassal bo‘lib 
turgan 
davlat bilan bo‘lganda majburiy bo‘lgan. Masalan, Xett 
hukmdorining 
Sunassuras va Aziru bilan shartnomalarida ularning davriy 
ravishda xett 
hukmdori saroyiga tashrif buyurishi majburiy ekanligi belgilangan. 
Va 
aksincha, dushmanlik holatida shaxsiy yoki elchilik orqali 
munosabatga 
kirishilmagan. Ularning Xattiga dushman bo‘lgan mamlakatlar 
bilan 
munosabat o‘rnatishlari taqiqlangan. Masalan, Muvatallining 
Sunassuras bilan 
shartnomasida “Sunassuras hech qachon o‘z elchilarini xurritlarga 
yubormaydi 
va Xurri mamlakatidan keladigan elchilarni o‘zining mamlakatiga 
umuman 
qo‘ymaydi” deyilgan edi       Xett davlati tarixida ham 
diplomatiya ning birinchi shakli 
bo‘lgan “Ad 
hoc (ad hok) diplomatiyasi”dan 
foydalanilgan. Xett 
diplomatiyasida elchi 
mazmunini ifoda etuvchi bir 
qator tushunchalar 
qo‘llanilgan. Jumladan:
lùTEMU (akkadcha. LÙ temi) – 
Alansandu bilan shartnomada 
elchi 
sifatida tilgan olingan 
diplomatik 
martabalar(ranga)dan biri.
Halugatalla (akkadcha muqobili 
Mar Šipri (Mar Shipri)) – 
davlatning 
boshqa mamlakatlar bilan 
aloqasi xalugatalla nomli 
elchilar tomonidan 
ta'minlangan.        Mixxat matnli xettcha hujjatlardan 
ma'lum bo‘lishicha, 
xalugatallalar doimiy ravishda xorijiy 
mamlakatlarda ushlab turilgan va va 
bu 
elchilarning o‘z davlatiga (Xattiga) 
qaytishi o‘sha davlat ruxsati bilan 
amalga 
oshgan. Bu holat Xettlar klassik 
qadimgi elchilik tizimidan (Ad Hoc) 
biroz 
farqli tizimga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Shattivaza bilan, Nuxashsha hukmdori 
Tette, Sunassuras bilan akkad tilida 
bitilgan shartnomada odatda “mar 
sipri” –
“ chopar, elchi, xabarchi” unvoniga ega 
mansabdor tilga olingan. Aftidan,
aynan ushbu elchi xettchada 
“halugatalla” (haluga – “xabar”, 
“noma”) deb 
atalgan bo‘lsa kerak. Arsava 
maktublariga ko‘ra, bunday elchilar 
noma bitilgan 
lavhlarni bir hukmdordan boshqasiga 
yetkazib turgan. Ba’zan elchilarga 
nomani og‘zaki tarzda yetkazish 
vazifasi ham yuklangan.        KARTAPPU – shumercha “yem xaltasini tutgan kishi”, “ot jilovi” 
ma’nolarini beruvchi “kir4.dab” so‘zidan kelib chiqqanligi ko‘rsatiladi. Ba’zi 
olimlar uni “izvoshchi” va “maxsus chopar” deb tarjimaqilishadi. Bundan 
tashqari, ushbu atama “(hayvon) haydovchi (ya’ni cho‘pon)” tarzida ham 
tarjima qilingan. LÙKartappuning birinchi galdagi vazifasi ot-aravalarni va 
yilqilarni nazorat qilish, podsho oilasiga va hukmdorning o‘ziga xizmat 
qilishdan iborat bo‘lgan. Bu mansabga saroydagi iqtidorli kishilar orasidan 
sinchkovlik bilan tanlab olingan. Vaqt o‘tishi bilan bu mansab egalarining 
lavozim vazifasida o‘zgarish kuzatilgan.
Mil.avv.XII asrda LÙKartappular Suriya davlatlari va Xett saroyi 
o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni olib borgan. Halugatallaning asosiy 
vazifasi Xett davlati bilan boshqa davlat o‘rtasida aloqalarni ta’minlashdan 
iborat bo‘lsa, LÙKartappuning vazifasi undan ancha farq qilgan. Bunday 
lavozim egalari faqat xabarlar almashinuvini qilmagan, ayni vaqtda xalqaro 
maydonda juda muhim va murakkab diplomatik vazifalarni o‘z ichiga olgan 
diplomatik missiyani ado etishgan. LÙKartappular vazifalari bugungi kundagi 
diplomatlar vazifalariga o‘xshatiladi. Mil.avv. XIII asrda Xett tashqi 
aloqalarining yuritilishi tamal toshi bo‘lgan bu mulozimlar Xett davlatining 
eng muhim vassali bo‘lgan Karkemish va boshqa vassal davlatlarda o‘z 
vazifalarini bajargan. 
Ular o‘z hukmdorlariga vassal davlatlar bo‘yicha diplomatik maslahatlar 
berib turgan. Shu nuqtai nazardan, Xett boshqaruv markazining vassalari bilan 
aloqalarning xavfsiz tarzda olib borilishini ta’minlash, markaziy hokimiyat 
armiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish uning vazifalari qatorida bo‘lgan.       SAG –
LÙSAGlar LÙKartappular kabi diplomatik aloqalarda muhim 
majburiyatlarni bajarganligini tadqiqotlar ko‘rsatadi. LÙSAG kotiblik, 
ish 
boshqarish yoki LÙKartappu kabilarning majburiyatlariga mos 
keladigan bir 
vazifani bajar g an. Xettcha mixxatli matnlarda Palla ismli bir shaxsning 
LÙSAG, kotib va LÙKartappu unvonlarning har uchalasi bilan birga 
kelganligini 
uchratish mumkin. Xuddi shunga o‘xshash shaklda mashhur 
Anuvanzaning 
LÙSAG, kotib va Nerikning sohibi sifatida tavsiflangan.        DUMU.LUGAL – akkadcha Mar Sh(Š)arrining 
muqobili sifatida 
ko‘rsatilib, “podsho o‘g‘li, valiahd, shahzoda” 
ma’nosini beradi. Akkadchasi 
mar sh(š)arri bo‘lgan so‘zning xettchasi 
noma’lum. Garchi mar 
sh(š)arrilarning bir qismi xett hukmdorlari 
xonadoni vakillari bo‘lishsada, 
lekin mixxatli xettcha matnlarda podsholik 
oilasiga mansub bo‘lmagan 
kishilarga ham ushbu vazifa yuklanganligini 
keltiriladi. Markaziy boshqarma 
tomonidan mar sh(š)arri diplomatik va 
ma’muriy vakolatlar bilan Suriya 
mintaqasiga yuborilgan. Xett podsholari va 
ularning vassallari o‘rtasida 
elchilik vazifasini bajargan bu mulomizlarga 
ayni vaqtda boshqa vazifalar ham 
yuklanganligi ma’lum. Mar sh(š)arri o‘zlari 
borgan mintaqalarda sudyalik, 
guvohlik va notariuslik funksiyalarni ham 
bajargan. Borgan mintaqalarda 
diniy vazifalarni ham ado etgan mar sh(š)arri 
haqida ma’lumotlar bor. Vassal 
davlatlarda Xett davlatiga yuborilayotgan 
mahsulotlarni tekshirish ham 
ularning vakolatiga yuklangan.       LÙ gišPA – xabarchi bo‘lib, 
“hassa (jezl) kishisi” (yoki 
“hassali kishi” –
“ gerold”) ma’nosini beradi. 
Xett an’analarida diplomatik 
vakil funksiyasida 
shu titul bilan uchraydigan 
mulozimga nisbatan 
ishlatiladi. Hassa (jezl) – LÙ
gišPAning ramzi bo‘lib, uning 
majburiyatiga hukmdor 
nomidan gapirish kirgan, 
ya’ni u bir so‘z bilan aytganda 
“hukmdorning og‘zi” bo‘lgan. 
Ular bu vazifani 
xettlarda nishonlanadigan 
ko‘plab bayramlarda ham 
bajarishgan.       lùKAS4E – xettcha luizzil, maxsus choparlar. Yetib kelgan va o‘rganilgan 
xett diplomatik va rasmiy hujjatlari orqali ularning vakolatlari va 
majburiyatlari haqida aniq ma’lumotlar olish imkoni bo‘lmagan. Lekin nom 
sifatida uchraydi.
“ Ichki bino (vazirlik)” – xettcha È.ŠÀ. Mana shu xett saroyi idorasi bilan 
bog‘liq bo‘lgan mansabdorlarga ham diplomatik xarakterdagi muhim 
topshiriqlar yuklangan. Ushbu vazirlikning bitta vakili Suppiluliuma Ining 
maxsus topshirig‘ini bajarganligi manbalarda keltiriladi. Ya’ni Misr 
fir’avnining bevasi xett hukmdori o‘g‘lini turmush o‘rtoqlikka so‘ragan 
vaqtida, ushbu xabarning haqiqatligini tekshirish uchun Suppiluliuma I “ichki 
vazirlik odami”ni – Xattusasitisni Misrga maxsus topshiriq bilan yuborgan. 
Xett hukmdorining ishongan vakili bo‘lgan Xattusasitis Xattining Misrdagi 
o‘ziga xos “favqulotda va muxtor elchisi” hisoblangan. Bu ma’lumotlar xett 
davlatida ham tashqi munosabatlarni yuritish tizimli bir shaklda yo‘lga 
qo‘yilganligini tasdiqlaydi.
Qadimgi Sharq davlatlaridagi diplomatik amaliyotda hukmdor o‘ziga 
tortiq qilinayotgan bo‘lg‘usi rafiqasining qandayligini ko‘rish maqsadida elchi 
yuborish holatlari ma’lum. Bu topshiriq o‘z-o‘zidan ayonki o‘ta qaltis bo‘lib, 
javobgarlikni taqozo etgan. O‘z hukmdorining istak-xohishini ado etishi uchun 
elchi avvalo shu podshoning “tabini” yaxshi bilishi lozim bo‘lgan. Uning 
ustiga, shu maqsadda yuborilgan elchi bo‘lg‘usi kelinni sinchkovlik bilan 
ko‘rishi, biror bir nuqsonli holatni e’tibordan chetda qoldirmasligi talab 
etilgan. Topshiriqqa sovuqqonlik bilan yondashuv elchiga qimmatga tushishi 
mumkin edi.
Elchi shuningdek bo‘lajak qalliq uchun to‘lanadigan qalinni ko‘rish 
jarayonida ishtirok etishi mumkin edi; o‘zining xorijiy hammaslagi bilan elchi 
xorijiy hukmdor nomiga yuborilgan sovg‘a-salom karvonini kuzatib bora 
olgan.       Ko‘p hollarda ultumatum, yoki 
talabnoma tarzidagi nomalarni 
boshqa 
davlat hukmdorlariga yetkazish 
elchilar hayoti uchun juda ayanchli 
yakunlangan. Shuning uchun ayrim 
kelishuvlar bandlariga elchilarning 
immunitetlari ham qo‘shilgan. 
Masalan, Sunassuras bilan 
imzolangan 
shartnomada quyidagicha keltiriladi: 
“Agar Quyosh Sunnasurasga o‘z 
elchilarini yuborsa, Sunnassuras 
hech qanday nojo‘ya xatti-harakatlar 
qilmasin. U hech qachon jodu 
damlamasi yordamida unga qarshi 
harakat 
qilmasin. Agar Sunassuras 
Quyoshga yo valiahdini, yo elchisini 
yuboradigan 
yoki o‘zi shaxsan keladigan bo‘lsa, 
Quyosh ham unga qarshi hech 
qanday 
nojo‘ya ishlarni amalga oshirmasin. 
U ham makr damlamasi yordamida 
unga 
qarshi harakat qilmasin”.       Elchilarning hayoti daxlsizligi yana u o‘z topshirig‘ini yetarli darajada 
to‘liq amalga oshirolmaganda ham saqlanishi kafolatlanishi kerak 
bo‘lgan. 
Sunassuras bilan erishilgan shartnoma shartiga asosan, u elchining 
lavhdagi 
noma mazmuniga mos keladigan og‘zaki xabariga ishonishi shart 
bo‘lgan, agar 
unday bo‘lmasa elchiga ishonmasligi mumkin bo‘lgan.
Xett diplomatik hujjatlaridagi ma’lumotlarga tayanib, yana shuni 
aytish 
kerakki, ayrim muhim tashqi siyosiy voqealarni xett hukmdori 
mulozimlar 
bilan maxsus (podsholik) kengashida muhokamadan o‘tkazgan. 
Xalqaro 
shartnoma tuzilishida ham xett hukmdori mulozimlar kengashiga 
murojaat 
qilgan.
Ma’lumki, o‘sha davrdagi xett tibbiyoti rivoji Misr va Bobilga nisbatan 
ancha orqada edi, buni xett kotiblari tomonidan akkad tibbiyot 
asarlarining 
xettcha tarjimasi ko‘chirilganligi asoslaydi. Tabiiyki, xett tabibining 
kasbiy 
malakasi o‘z hukmdori, oila a’zolari yoki qarindoshlarini kasallikdan 
forig‘
etishga yetmagan paytida, xett podsholari Misr fir’avniga yoki Bobil 
hukmdoriga yaxshi tabib jo‘natishni so‘rab murojaat qilgan. Bu borada 
Ramzes IIning Xattusili IIIga javob nomasi katta qiziqish uyg‘otadi. 
Xattusili
III fir’avndan xettchada (aniqrog‘i luviychada) Massanussis (luviycha 
“ maššana” – xudo) ismi bilan ataluvchi farzand ko‘rmaslik dardiga 
uchragan 
singlisi uchun tabib yuborishni so‘ragan. U ikki marta turmush qurgan 
bo‘lib, 
ikkisida ham farzandli bo‘lmagan.        Javob maktubida Ramzes II malham 
tayyorlash uchun tabib yuborishni 
so‘raganligini qayd etib, singlisining 
yoshi haqidagi Xattusilining 
ma’lumotiga 
ikkilanish bilan qaraydi (maktubida 
avval singlisini 50, keyin esa 60 
yoshda 
deb ko‘rsatganligi ta’kidlanadi). 
Maktubning davomida fir’avn 
Massanussis 
dardiga shifo beruvchi malham 
tayyorlab bo‘lmasligi haqidagi 
tibbiyot 
xulosasini bildirib, xett hukmdoriga 
elchilar orqali sovg‘a-salomlar 
yuborayotganligini ma’lum qilib 
o‘tadi.
Xattusili va Puduxepa iltimosiga 
ko‘ra, Misrdan yuborilgan ikkita 
shifokor ularning jiyani, Tarxuntas 
mamlakatining hukmdori bo‘lgan 
Kuruntani davolashga harakat 
qilgan. Aftidan, vaziyat juda 
murakkab bo‘lgan, 
bu kasallik oldida tabiblar ojiz 
qolgan. Ushbu tabiblar biron-bir iloj 
topa 
olmagach, fir’avn ularni qaytarib 
chaqirib olishga va Kuruntaga 
“tabib”, 
“ mirza” deb ataluvchi unvon sohibi 
bo‘lgan Pareamaxu ismli tajribali 
tabib 
yuborishga qaror qiladi. Bu 
istagidan Ramzes II ham Xattusilini, 
ham 
Puduxepani boxabar qiladi.           Kotiblik maktablarida topilgan ba’zi lavhlarda GAB.ZU.ZU – “O‘quvchi 
kotib” ifodasi uchraydi. Ba’zi lavhlarda bo‘lsa LÚDUB.SAR.TUR – “kichik 
kotib” so‘zi qo‘llanilgan. Bu ikki ifoda ham kotiblar tizimli ravishda 
o‘qitilganligidan dololat beradi. Shu holatning o‘ziyoq kotiblarga 
professional 
talab qo‘yilganligini va ular o‘z davrining yuqori savodli kishilari 
bo‘lganligini
anglatadi.
Xett kotiblari vazifalari va unvonlari bo‘yicha quyidagi sinflarga 
bo‘linadi: 
Bosh kotib (GAL.DUB.SAR) – eng yuqori lavozimdagi kotib, 
xettlardagi kotiblik muassasasining boshlig‘i sifatida ko‘rsatish 
mumkin. 
Hujjatlarda uchraydigan boshqa bir unvon – DUB.SAR.KARAŠ qo‘shin 
kotibini anglatadi.
LÚDUB.SAR.GIŠ – topilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu kotiblar yog‘och 
lavhlarga yozadigan kotiblar hisoblanadi. Bu turdagi kotiblar ham o‘z 
ichida 
yog‘ochga yozuvchi Bosh kotib (GAL.DUB.SAR.GIŠ), qo‘shinning lavh 
yozuvchi kotibi (LÚDUB.SAR.GIŠ.KARAŠ) kabilarga ajratiladi. Bu 
kotiblar 
ishlatgan material yog‘ochligi tufayli, afsuski, ular yaratgan lavhlar 
bizgacha 
yetib kelmagan. Faqat topilgan boshqa hujjatlar orqali bunday 
yog‘och lavhlar 
bo‘lganligini bilish mumkin bo‘ldi.           Shunday qilib, xettlar davlatining 
yuklashi bilan uning tashqi aloqalari 
ko‘lami kengayib borgan. Ayniqsa 
harbiy jihatdan qudrat cho‘qqisiga 
chiqqan 
paytlari amalga oshirilgan katta 
yurishlar faol diplomatik muloqotlar 
bilan 
birga kechgan. Shuning uchun ham 
xettlar davlatida ham Qadimgi 
Misrda 
bo‘lgani singari tashqi siyosat 
masalalari bilan maxsus 
shug‘ullanishgan. Buni 
turli martabadagi elchilar faoliyat 
ko‘rsatganligi, tashqi yozishmalar 
uchun 
maxsus kotiblar tayyorlanganligi, 
tashqi siyosiy vazifa darajasidan 
kelib chiqib 
unga muvofiq keladigan mulozim 
tayin etilganligida ko‘rish mumkin.

Mavzu: Xettlarda elchilar, choparlar va kotiblar.

Xettlar davlati tashqi siyosatida elchilar, choparlar, xabarchilik kabilar muhim rol o‘ynagan. Diplomatik mazmundagi echilar va nomalarning muntazam almashinuvi, hukmdorlar o‘rtasidagi davriy uchrashuvlar aftidan o‘sha paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligidan (normalligidan) dalolat bergan. Ayniqsa, bu holat biri vassal bo‘lib turgan davlat bilan bo‘lganda majburiy bo‘lgan. Masalan, Xett hukmdorining Sunassuras va Aziru bilan shartnomalarida ularning davriy ravishda xett hukmdori saroyiga tashrif buyurishi majburiy ekanligi belgilangan. Va aksincha, dushmanlik holatida shaxsiy yoki elchilik orqali munosabatga kirishilmagan. Ularning Xattiga dushman bo‘lgan mamlakatlar bilan munosabat o‘rnatishlari taqiqlangan. Masalan, Muvatallining Sunassuras bilan shartnomasida “Sunassuras hech qachon o‘z elchilarini xurritlarga yubormaydi va Xurri mamlakatidan keladigan elchilarni o‘zining mamlakatiga umuman qo‘ymaydi” deyilgan edi

Xett davlati tarixida ham diplomatiya ning birinchi shakli bo‘lgan “Ad hoc (ad hok) diplomatiyasi”dan foydalanilgan. Xett diplomatiyasida elchi mazmunini ifoda etuvchi bir qator tushunchalar qo‘llanilgan. Jumladan: lùTEMU (akkadcha. LÙ temi) – Alansandu bilan shartnomada elchi sifatida tilgan olingan diplomatik martabalar(ranga)dan biri. Halugatalla (akkadcha muqobili Mar Šipri (Mar Shipri)) – davlatning boshqa mamlakatlar bilan aloqasi xalugatalla nomli elchilar tomonidan ta'minlangan.

Mixxat matnli xettcha hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, xalugatallalar doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda ushlab turilgan va va bu elchilarning o‘z davlatiga (Xattiga) qaytishi o‘sha davlat ruxsati bilan amalga oshgan. Bu holat Xettlar klassik qadimgi elchilik tizimidan (Ad Hoc) biroz farqli tizimga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shattivaza bilan, Nuxashsha hukmdori Tette, Sunassuras bilan akkad tilida bitilgan shartnomada odatda “mar sipri” – “ chopar, elchi, xabarchi” unvoniga ega mansabdor tilga olingan. Aftidan, aynan ushbu elchi xettchada “halugatalla” (haluga – “xabar”, “noma”) deb atalgan bo‘lsa kerak. Arsava maktublariga ko‘ra, bunday elchilar noma bitilgan lavhlarni bir hukmdordan boshqasiga yetkazib turgan. Ba’zan elchilarga nomani og‘zaki tarzda yetkazish vazifasi ham yuklangan.

KARTAPPU – shumercha “yem xaltasini tutgan kishi”, “ot jilovi” ma’nolarini beruvchi “kir4.dab” so‘zidan kelib chiqqanligi ko‘rsatiladi. Ba’zi olimlar uni “izvoshchi” va “maxsus chopar” deb tarjimaqilishadi. Bundan tashqari, ushbu atama “(hayvon) haydovchi (ya’ni cho‘pon)” tarzida ham tarjima qilingan. LÙKartappuning birinchi galdagi vazifasi ot-aravalarni va yilqilarni nazorat qilish, podsho oilasiga va hukmdorning o‘ziga xizmat qilishdan iborat bo‘lgan. Bu mansabga saroydagi iqtidorli kishilar orasidan sinchkovlik bilan tanlab olingan. Vaqt o‘tishi bilan bu mansab egalarining lavozim vazifasida o‘zgarish kuzatilgan. Mil.avv.XII asrda LÙKartappular Suriya davlatlari va Xett saroyi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni olib borgan. Halugatallaning asosiy vazifasi Xett davlati bilan boshqa davlat o‘rtasida aloqalarni ta’minlashdan iborat bo‘lsa, LÙKartappuning vazifasi undan ancha farq qilgan. Bunday lavozim egalari faqat xabarlar almashinuvini qilmagan, ayni vaqtda xalqaro maydonda juda muhim va murakkab diplomatik vazifalarni o‘z ichiga olgan diplomatik missiyani ado etishgan. LÙKartappular vazifalari bugungi kundagi diplomatlar vazifalariga o‘xshatiladi. Mil.avv. XIII asrda Xett tashqi aloqalarining yuritilishi tamal toshi bo‘lgan bu mulozimlar Xett davlatining eng muhim vassali bo‘lgan Karkemish va boshqa vassal davlatlarda o‘z vazifalarini bajargan. Ular o‘z hukmdorlariga vassal davlatlar bo‘yicha diplomatik maslahatlar berib turgan. Shu nuqtai nazardan, Xett boshqaruv markazining vassalari bilan aloqalarning xavfsiz tarzda olib borilishini ta’minlash, markaziy hokimiyat armiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish uning vazifalari qatorida bo‘lgan.