XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF
XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF REJA: • XITOY XALQ RESPUBLIKASINING IQTISODIY RIVOJLANISHINI GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI • XALQ RESPUBLIKASINING XO’JALIGINI GEOGRAFIK BAHOLASH • XITOY XALQ RESPUBLIKASINING IQTISODIY VA IJTIMOIY RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
1.1 Xitoy sharqiy Osiyoda joylashgan. Dunyo aholisi eng ko’p va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Shimolda Mongoliya va Rossiya, shimoli-sharqda Rossiya va KXDR, janubda Vetnam, Birma, Laos, Hindiston, Butan va Nepal, g’arbda Pokiston, Afg’oniston, Tojikiston, shimoli- g’arbda Qirg’iziston va Qozog’iston bilan chegaradosh. Sharqda tinch okeanining Sariq dengiz, janubda Janubiy Xitoy dengiziga tutash. Chegaralari: Maydoni 9,6mln.km 2 ga teng. Aholisi (2013) – 1,4 mlrd. Maydonining kattaligiga ko’ra uchinchi o’rinni egallaydi. Bu mamlakat hududi g’arbdan sharqqa 5ming km ga shimoldan janubga esa 3 ming km gacha cho’ziladi. Poytaxti – Pekin shahri. Ma’muriy – hududiy bo’linishi 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 avtonom hudud, 4 markazga bo’ysinuvchi shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga bo’linadi.
Xitoy Xalq Respublikasining davlat ramzlari.
1.2 Xitoy landshafti turli-tuman, mangu qorlardan tortib to tropic o’rmonlar va qumli massivlargacha. Mamlakatni ikki qismga bo’lish mumkin; g’arbiy qismi (markaziy Osiyo) – baland, qurg’oqchil, cho’l, keskin continental iqlimli, deyarli aholi yashamaydigan hududlardan iborat. Xitoyning sharqiy qismi biroz pastroq, kuchli bo’lingan relefli, aholisi zich va asosan ekin ekiladigan landshafdan iborat. Yirik daryolar – Yanszi, Xuanxe, Sungari, . Ko’llar asosan Kukunor, Duntinxu, Poyanxu. Xitoy iqlimi g’arbda kontinental, sharqda asosan mussonli. Mavsumlar davomida havo haroratining farqi katta. Yanvarning o’rtacha harorati Xarbinda – 20,4C, Pekinda – 4,6C, iyulniki xuddi shu yerlarda 23C va 26C. Yillik yog’in Sharqiy Xitoyda 500-2000 mm (ko’p qismi yozda yog’adi). G’arb va shimoli-g’arbda tomon iqlimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq, qish sovuq. Tibet tog’ligida qish juda sovuq , yozi esa salqin. Xitoyning sharqiy qismida juda xilma-xil (25 mingdan ziyod) o’simlik turi mavjud. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubda doim yashil subtropik, eng janubda tropic o’rmon va mangra chakalakzorlari mavjud. G’arbda yuksak o’simliklarning turi 5 mingdan oshadi. Tog’ vodiylari subalp o’tloqlari va o’rmonli dashtdan iborat. Hayvonat dunyosi boy va xilma-xil. Umirtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoy xilma-xil tabiiy resurslarga juda boy. U toshko’mir, temir va marganes rudalari, boksit va polimetallar, surma, volfram, molibden, qalayi kabi mineral xomashyolar bilan jahonda eng yaxshi ta’minlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Daryolar daryolar gidroenergetika resurslariga nihoyatda boy, bundayquvvatlar hajmiga ko’ra u dunyoda birinchi o’rinda turadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari esa o’rmonlarga boy. Jami hududining 8% i o’rmonlardan iborat. Shunday qilib, Xitoyda dunyodagi eng baland, sovuq va qurg’oqchil tog’liklar bilan iliq va mo’tadil iqlimli nam subtropik va tropik tabiatli hududlar yonma-yon joylashgan.