Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mavzu: Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xorazm viloyati Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismin egallaydi. Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. • Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi . • Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tashqari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan xomashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud. Maydoni – 6,1 ming km 2 Aholisi – 1 893,1 ming kishi (01.01.2021) Tumanlari soni – 10 ta
• Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o‘rinlarda turadi. • Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4–5 m) qilib quradi. • Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. • Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yer to‘lalar, turli maqsadga mo‘ljallangan o‘ralar bo‘lmaydi.
• Viloyat iqtisodiyoti , asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. • Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlarida paxtaning salmog‘i katta. • Gurlan tumanida esa sholipoyalar katta maydonni egallaydi. • Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makkajo‘xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. • Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan paxtachilikning qo‘shib olib borilishi suvdan va ishchi kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. • Viloyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi.
i9 presentation to Joe Smith5 Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: • paxtachilik; • polizchilik; • sholichilik; • go‘sht-sut chorvachiligi; • pillachilik.