logo

Qadimgi xorazm siviliztsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3878.376953125 KB
QADIMGI XORAZM 
SIVILIZTSIYASI
“ Xorazm noyob madaniyat , nafis 
san’at,yuksak ma’rifat, turmushning dono 
falsafasi va insonparvarlik bilan yo’g’rilgan 
adabiyot va she’riyat maskani , dunyoviy ilm 
o’choqlaridan biri” .
 
I.A.Karimov 
Qadimgi yozma va arxelogik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, 
qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan 
yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar.

Ma’lum bo’lishicha, qadimgi ajdodlarimiz hali qat’iy yozuv tizimini 
yaratmasdan turib, o’z astronomik kuzatishlarini tosh va suyaklarga yozishdan 
tashqari, samoviy jismlarni kuzatish uchun maxsus inshootlar ham qurganlar. 
Ajdodlarimiz astronomiya va matematikadan yaxshi xabardor bo’lib, burchak 
o’lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan foydalanganlar. Osmon jismlarini 
o’rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga ixtisoslashgan falakiyot fani ko’hna 
Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda qurilgan inshootlar bizni kunlarimizgacha 
etib kelgan. Ana shu inshootlardan biri ko’hna Xorazmning madaniy 
yodgorligi Qo’yqirilgan qal’asidir, er.av IV asrda bunyod etilgan bu qal’a 
To’rtko’ldan 22 km shimoli sharqda joylashgan bo’lib, minorali istehkom 
devori xarobalaridan iborat.

Qal’a faqat ibodatxona sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish 
uchun ham mo’ljallab qurilgani taxmin qilinadi. Jumladan, 6-7 metrli devorlar 
orasidan ko’kka qarata qiya qurilgan derazalar, binoning birinchi qavatidan 
turib osmon gumbazining faqat ma’lum yo’nalishidagi yoritkichlarini kuzatish 
imkonini berishi aniqlandi. Bu qal’a tsilindr shaklidagi burjga o’xshash bino 
bo’lib, saqlanib qolgan baland joyi tevarak atrofdagi tekislikdan 8 metr baland, 
dm 42 metr keladigan bu bino tashqaridan to’qqiz burjli aylanma devor (uning 
tashqi halkasi 86,5 metrga teng) bilan o’rab olingan.  
Xorazmshunos olim S.P.Tolstovning ta’kidlashicha, 
o’lkaning eramizdan oldingi IV-III ming yilliklardan to 
eramizning IV asrgacha o’tgan 4500 yillik tarixi qadimgi 
Xorazm taraqqiyotini ko’rsatuvchi davri hisoblanadi. Bu 
davr Xorazm madaniyati tarixida alohida ahamiyatga 
egadir. Xorazmda yashagan xalqlarning eng qadimgi 
davrga oid yozma va og’zaki adabiyot na’munalari, tarix 
kitoblari, Beruniy asarlari orqali etib kelgan. Ayniqsa, antik 
dunyo tarixchilardan Gerodot, Ktesiy, Esxil, Evripid, 
Aristotel, Strabon, Yoqut al–Hamaviy kabi mualliflarning 
asarlarida, ko’hna Xorazmda yashagan xalqlarning afsona, 
rivoyat va hikoyatlari keltirilgan.  
“ Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir”- Insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna 
makonlarini o’rgananuvchi arx е ologlar ulkan yutuqlarga ko’hna Xorazm zaminidagi 
makonlar, qabriston, qal'a va qo’rqonlarni izlab topish va o’rganish jarayonida erishdilar. 
Xorazm tarixi, madaniyati va san'atini b е takrorligiga yana bir marta amin bo’ldilar". 
S.P.Tolstov

Xorazm – Markaziy Osiyoning Turon pastt е kisligida, Amudaryo d е ltasida joylashgan qadimiy 
tarixiy o’lkadir. “Xorazm” so’zi dastlab “Av е sto”da uchraydi, “Av е sto” Sharq yozma 
adabiyotimizni eng qadimgi manbasi sifatida alohida axamiyat kasb etadi. “Av е sto”da 
qadimgi Turon o’lkasi va Eronning o’ziga xos tarixiy g е ografiyasi bayon etiladi. “Av е sto” 
Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi, 
diniy qarashlari xamda jamiyatda ro’y b е rayotgan tabaqalanish haqida qimmatli ma'lumotlar 
b е radi. O’sha davrlarda jamiyat turli tabaqalarga bo’linib, boylar va kambag’allar sinflari 
paydo bo’la boshlagan. “Av е sto” ruxoniylar, jang aravalarida yuruvchi harbiylar, d е hqon-
chorvadorlar, hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar b е radi. Jamiyatning sinflarga 
bo’linishi natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga k е ladi. “Av е sto”da bayon qilingan 
voq е alar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” 
d е b atalgan davlatda ro’y b е radi. Bu davlat Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava 
(Suqdiyona), Xvayr е zm (Xorazm)ni o’z ichiga olgan. 
“ Xorazm” so’zi dastlab “Avesto”da uchraydi. 
“Avesto”ning “Mitra yasht” deb ataluvchi 5-bo’lim, 
14-qismida Sug’d nomi bilan birga Xorazm ham 
eslanadi. “O’zining oltin vujudi bilan, go’zal tog’ 
cho’qqilari qamrab olgan, so’ng oriylar tamoman 
egallab oladigan Mitraga hamdu sonolar o’qiymiz. 
Oriylar yurtida xukmdorlarning atrof-tevarakda ajoyib 
erlari bor. U erlarda oziq-ovqatga mo’l-ko’l ulkan 
tog’lar mavjud. Chorva mollari uchun suvga serob 
chashmalar muhayyo, sersuv kanallar, bag’ri keng 
daryolar Mouru va Xarnayovu-Gou, Sug’d va 
Kayrizau tomon shitob bilan oqadi”. Xorazm so’zining 
lug’aviy ma’nosi ko’pgina olimlar diqqat e’tiborini 
o’ziga tortgan. Nemis sharqshunosi E. Zaxauning 
fikricha, “Kayrizo” so’zi ikki qismdan iborat bo’lib, 
“zem”– er, “kayri”– oziq-ovqat ma’nosini bildiradi, 
ya’ni kayrizam – “oziq-ovqat mamlakati”, “ozuqaga 
boy yurt” deganidir.  
Qadimgi Xorazm ilm-fan rivojlangan ilg’or o’lkalardan biri bo’lgan. Xususan bu diyorda aniq 
fanlar shakllana boshlagan edi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’lkada ilmiy tafakkur tarixi 
ijtimoiy, iqtoisodiy va madaniy tafakkur tarixi bilan chambarchas bog’langan. 
Xorazmliklarning xo’jalik hayotida erishgan muvaffaqiyatlari matematika, geodeziya, 
astronomiya va boshqa aniq fanlarga oid muayyan bilimlarsiz ro’yobga chiqmagan bo’lardi. 
Masalan, sug’orish inshootlari, kanal, chig’ir va koriz usullari bilan suvsiz erlarga suv 
chiqarish, kemalar yasash, qal’alar, ko’p qavatli saroylar bunyod qilish ishlari, hisoblash va 
o’lchash texnikasining rivojlanishini taqoza etardi. “Xorazmda topografiyaning rivojlanishiga 
chambarchas bog’lik bo’lsa, dehqonchilik va me’morchilikning amaliy ehtiyojlari geometriya 
fanining rivojlanishiga olib keldi. Matematik geografiyaning rivojlanishi esa xorazmlik 
savdogarlarning uzoq yurtlarga safarlari bilan bog’liq.

Zero, astronomik mo’ljal dengizda ham, qurqlikda ham zarur. Ana shunday keng ko’lamdagi 
geografik aloqalar Xorazmda kartografiya va tasviriy geografiyaning rivojlanishiga sabab 
bo’ldi.

Arablar Xorazmda o’zlariga qaraganda juda ham yuqori, madaniyatga duch keldilar. Al-
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, az-Zamahshariy singari buyuk olimlar Xorazm fani va 
madaniyatini butun dunyoga tanitdilar. 
Xorazm tarixini chuqur o’rgangan 
mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi 
Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini 
to’rt davrga bo’ladi:

1. Uy-joy devorlari bo’lgan shahriston 
madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV asrlar)

2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan 
avvalgi IV asr - milodiy I asr)

3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II 
asrlar)

4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy 
Sh-V asrlar) 
Xorazm tarixining to afrig’iylar sulolasi asoschisi Afrig’gacha (305 y.) bo’lgan davri haqida 
ma’lumotlar kam. Faqat qadimda Kayxusrav (mil.av. 1200-1140 y.), Saksafar (mil.av. 519- 517 
y.), Farasman (mil.av. 329-320 y.), Xusrav (mil. av. 320 y.) singari xorazmshohlar bo’lganligi, 
Farasman miloddan avvalgi 328 yilning bahorida O’rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyali 
Aleksandr (Iskandar) huzuriga muzokara uchun sovg’a-salomlar bilan kelganligi tarixiy 
manbalarda yozib qoldirilgan.

Abu Rayhon Beruniy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlardan 22 tasining nomini 
keltirgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a, 305 yildan keyin esa Kot (Kos) 
shahri bo’lgan. Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, 
yirik sug’orish kanallari, yangi shahar va qal’alar barpo etilgan. Hunarmandchilik, san’at, 
ichki va tashqi savdo keng rivoj topgan. Milodiy IV-VIII asrlarda Xorazm yangi yuksalishni 
boshdan kechirdi. Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosganqal’a kabi inshootlar ana shu davrlarda 
qurilgan.

Xorazmning Etil (Volga) bo’yidan Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston va Xitoyga hamda 
Eronga boriladigan savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi uning iqtisodiy va ma’naviy 
yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.

712 yili Xorazmni arablar bosib olgan. Xalifalikning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim 
xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini saqlab kelgan olimlarni qirg’in qilgan 
va quvib yuborgan. Shu sababli arablar istilosigacha bo’lgan davrdagi yozma tarixiy manbalar 
deyarli uchramaydi. 
Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarda Hazorasp - 
“Ming ot” yoki “Ming otliqlar diyori” sifatida talqin 
etiladi. Qadimiy qo’lyozma Qal’a XIX asr 
o’rtalarida mamlakat poytaxti Xiva bilan 
raqobatlasha oladigan buyuk istehkom, yirik savdo 
va madaniy markaz darajasiga ko’tarila olgan.

Hazorasp Xorazmning sharqiy darvozasi hisoblanadi. 
Shuning uchun bo’lsa kerakki, sharqning mumtoz 
shoirlaridan biri kuyidagi misralarni yozib qoldirgan:

Samarqand saykali ro’yi zamin ast
Buxoro quvvati islomidin ast
Hazorsb qal’ai qadimu maxkam
Xivak firdavsi rabbil olamin ast

Darhaqiqat, shunday bo’lgan. Manbashunos tarixchi 
olimlar Hazorasp atamasi ma’nosini turlicha 
ta’riflaydilar. 
Ҳазорасп қалъасининг қурилиши ҳақида бир 
қатор афсона ва ривоятлар мавжуд. Хусусан, 
қалъанинг дастлабки даврдаги тарихи 
яхудийларнинг тўртинчи подшоси ― Соломон 
(Сулаймон) номи билан боғланади. Тарихий 
манбаларга қараганда Соломон подшо Давид 
(Довуд) нинг ўғли бўлиб, мил. олд. 1015–975 
йилларда, яъни 40 йил тахтда ўтирган.

Хоразм воҳаси ҳаётида жуда катта роль ўйнаган 
Ҳазорасп қалъаси бир вақтлар катта иқтисодий, 
ижтимоий ва сиёсий марказ бўлган. Қалъанинг 
қачон барпо этилганлиги ҳақида аниқ ёзма 
маълумотлар сақланиб қолмаган. Ҳаттоки, 
қадимшунос олимларимизнинг кўп йиллик 
археологик тадқиқотлари ҳам бирорта аниқ хулоса 
чиқаришга асос бўла оладиган далилни бермади. 
Шунга қарамасдан, зардуштийлик динининг 
дастлабки муқаддас олови ― “Атураспенд” ёқилган 
қалъанинг тахминий ёши ― 3000 йилга яқин деган 
фикрлар илгари сурилмоқда. 
O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tizimlari to’g’risida qadimgi yozma tarixning eng 
noyob manbasi hisoblangan “Avesto” kitobi, qadimshunos olimlarning turli hududlarda 
olib borgan arxeologik – qidiruv ishlari, ularning muhim natijalari muhim manba 
hisoblanadi.

Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu masalani oydinlashtirish, 
etarli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Geradot, Polibiy, 
Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixnat yozuvlari, 
shuningdek, arxeologik izlanishlar olib brogan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, 
E.Rtveladze, A.Sa’dullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.

Xorazm davlati egallagan hududlar hozirda Xorazm erlari chegaralanib qolmay, balki undan 
janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Avg’onistonning shimoli) atroflariga qadar ham 
yoyilgan.

Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli “Amirobod madaniyati”, Quyi 
Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda 
dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar – qal’alar- Qal’aliqir, Ko’zaliqir va boshqalar 
bular Xorazm vohasida davlat tuzumlari mavjudligidan dalolat beradi – Umumelatlar, qavm – 
qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruv yo’li bilangina 
amalga oshirilishi mumkin bo’ladi 
Qadimshunos Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km 
uzunlikdagi, eni bir necha metrdan iborat bo’lgan kanal o’zagi, obod 
dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik 
madaniy markazlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan dalolat beradi. 
“Avesto” da Xorazm Markaziy Osiyoda rivoj topgan, o’z hududi, 
chegaralariga ega bo’lgan davlatlardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz 
emas. Geradot ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Oks daryosi bo’yida 360 dan 
ziyod sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lni, sahroli 
hududlarga suv chiqarilib, dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib 
borilgan. Geradot taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi 
dehqonchilikdan katta tajribaga ega bo’lib, ular donli, dukkakli ekinlar, 
masalan, bug’doy, arpo, suli, meva – sabzavotchilik mahsulotlarini 
etishtirganliklarini qayd etib borganlar. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, 
paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga 
maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi 
ta’minlangan. Xorazm vohasida huranmandchilik, tog’ – kon ichlari ancha 
rivoj topgan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlarga ishlov 
berilib, yuksak sifat ko’rsatgichiga eyganidan keyingina u muhim tayyor 
mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi, Sharqning bir 
qator, jumladan, Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlarga ham 
yuborilgan. 
Xorazmda miloddan avvalgi . II – I asrlarda va milodiy I 
yuz yilliklar davrida harbiy texnika sohasida ham katta 
yutuqqa erishilgan. S.P.Tolstovning fikricha, harbiy 
taktikaning yangi usuli qo’llannilgan va keyin butun O’rta 
Osiyoga yoyilgan. Bu yangi texnikaning mohiyati 
shundan iboratki, jang vaqtida og’ir sovut kiygan, o’q – 
yoy, uzun nayza, qilich va pichoq bilan qurollangan va 
zixrlangan otga mingan chacandoz zich saf tortib hujum 
qilganlar. O’q – yoy uchlari tez va muvozanat saqlash 
uchun ularning ketiga burgut paridan ishlangan alohida 
moslama taqilgan.

Arxeologik qazishmalar natijasida Ural hududidan 
topilgan ilk Xorazm tangalari kumush buyumlar, Xorazm 
davlati Volga bo’yi, Kavkaz oldi va janubiy Ural oldi 
hududlari bilan keng iqtisodiy va madaniy aloqada 
bo’lganligidan dalolat beradi. 
So’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar «Katta 
Xorazm», «Qadimgi Xorazm» masalalariga 
birmuncha aniqliklar kiritdi. Arxeologik 
tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Xorazm 
tuprog’ida mil. avv. VIII-VII asrlarga oid paxsa 
yoki xom g’isht turar joylar aniqlanmagan (turar 
joylar yarim erto’lalardan iborat). Qadimgi 
Xorazm davlati mil. avv. VI asrda Amudaryoning 
o’rta oqimi qismidan Orolga yaqin bo’lgan 
erlarda vujudga kelgan. Baqtriya va Xorazm 
davlatining hududiy chegaralari O’rta Amudaryo 
oqimidagi erlar orqali o’tgan. Xorazmning yirik 
sug’orish inshootlari mil. avv. VI-V asrlarga 
oiddir. O’lkada bu davrlarga oid ko’pgina shahar 
va qishloqlar xarobalari ochib o’rganilgan. 
Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom g’isht va 
paxsadan qad ko’targan bo’lib, aholi 
dehqonchilik va chorvachilik bilan 
shug’ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik 
rivojlangan. 
O’zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli 
Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekiston xududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi 
tarixiga 3-ming yil bo’ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin.

Mil. avv. 1-ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida 
ilk davlat birlashmalari paydo bo’la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar 
ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo’la 
boradi.

Avestodagi ma’lumotlar, Gerodot va Gekatey asrlari (Qatta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning, 
Qadimgi Baktriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat 
uyushmalarining uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish 
jarayonini axmoniylargacha bo’lgan davrda deb xisoblaydilar va mil. av. IX-VII asrlar deb 
belgilaydilar.

Katta Xorazm davlati tarkibiga Amudarening quyi oqimidagi shimoliy erlar, Murg’ab vahosi 
va Parfiya xududlari, Baktriya davlati tarqibiga esa xozirgi Surxandaryo, Tojikistonning 
Amudaryoga yoki erlar va Shimoliy Afganiston xududlari, Sug’diena — Zarafshon daryosidan 
suv ichgan erlar va Qashqa vahosi xududlari kirgan. 
Qal’aning tashkil topishi 1947 yildagi arxeologik qazilmalar 
davrida topilgan hosildorlik, suv ma’budasi Anaxita haykalchasi 
va undan bir muncha keyinroq Katqal’adan topilgan Xorazmshoh 
Artavning zarb qildirgan asosiy pul birliklari 
hisoblanmisAkademik S.P.Tolstov, Yahyo G’ulomov va Iso 
Jabborovlar qal’a tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarni 
aniqlaganlar. Jumladan, akademik Ya.G’ulomov o’z tadqiqotlarida 
Anushaxon hech qanday yangi kanal qazdirmaganligini balki u 
o’rta asr manbaalarida ta’kidlangan Buve va Vadak deb 
nomlangan tashlandiq kanallarni kengaytirib, chuqurlashtirgani, 
ularga Yormish, Shohobod deb nom berganligini qayd etadi. 
Kanallar bo’ylarida yangi shaharlar, beshqal’a―Hazorasp, Xonqa, 
Urganch, Kat va Shohobod yuzaga keladi. Kanallar bo’ylaridagi 
shaharlarni Xiva atrofiga yaqinlashtirish va ularni mustahkamlash 
Abulg’ozi Bahodirxon tomonidan ilgari surib kelinayotgan g’oya 
bo’lib, Jayxundaryoning o’ng sohilida goh toshqin balosiga 
giriftor, goh esa suvsizlik azobini boshidan kechirayotgan xalqni 
chap sohildagi Katqal’aga ko’chirish ham aslida Xiva xonligini 
mustahkamlash degan gap edi.h kumush va oltin tangalari bilan 
bog’liqdir. 
Manbaalarga murojaat qilamiz:

«Katqal’a tarixini o’rganishda 1974 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoraqalpoq filialining 
M.Mambetullaev boshchiligidagi arxeologik otryadi (a’zolari–Yu.Manilov, A.Yusupov, 
G.Xo’janiyozov) madaniy qatlamlarni ochib, qolgan joylarda tozalash ishlarini olib bordi va shu 
bilan birga shaharning stratigrafiyasi xronologiyasini aniqlash uchun ikki joyda (shimoliy sharqiy, 
markaziy qismda) shurf solindi. Bu tadqiqotlarning natijalari ilmiy to’plam sifatida nashr qilingan. 
Unga ko’ra shahar boy madaniy qatlamlarga va murakkab ponografik tuzilishga ega ekanligi 
aniqlandi. Tadqiqot natijalari shaharda to’rt hayotiy bosqichi mavjud bo’lganligini ko’rsatdi.

Bular quyidagilar:

1 – bosqich. Miloddan avvalgi IV- III asrlar
2 – bosqich. Milodiy VII–VIII asrlar
3 – bosqich. IX–XI asrlar
4 – bosqich. XVII–XIX asrlar

Tadqiqotchi olimlar qal’a tarixining to’rt davrini o’z ichiga olgan sopol idishlar,taqinchoqlar, pul 
tangalarni ham topadilar. 2005–2007 yillarda shaharda arxeologik tadqiqotlarni tarix fanlari 
nomzodlariQ.Masharipov, S. Davlatov, Q. Sobirov va B. Sa’dullaevlar olib bordilar. Qazish, tadqiqot 
ishlariga ko’ra Katqal’ada qishqi, yozgi masjid bo’lib, uning yonboshidan paxsa devor yurilgan. 
Masjidlar poydevori pishiq g’ishtlardan quyib chiqilgan. Qishqi masjid ichida mehrav va 16 ta ustun 
tagkursi borligi ma’lum bo’ldi! 
Ichan qal a qurilishida Xiva me morlari O rta Osiyoda qadimdan qo llanib ʼ ʼ ʻ ʻ
kelgan uslub - inshootlarni ro parama-ro para qurish uslubi ("qo sh")dan 	
ʻ ʻ ʻ
foydalanishgan.

Xivaning ichki qal a (Shahriston) qismi. Ichan qal a shaharning Dishan 	
ʼ ʼ
qal a (tashqi qal a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva 	
ʼ ʼ
raboti (Dishan qal a)dan baland qo rg ontepaga o xshab ko rinadi. Ichan 	
ʼ ʻ ʻ ʻ ʻ
qal aga 4 darvoza (Bog cha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota 	
ʼ ʻ
darvoza)dan kirilgan.

Xorazm xalq me morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va 	
ʼ
minoralar, asosan, Ichan qal ada. Undagi me moriy yodgorliklarning 	
ʼ ʼ
yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadim 
davridan to mo g ullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Ko qna arkning 	
ʻ ʻ ʻ
g arbiy devori, qal a devorining shimoliy sharqiy burchagidagi qadim davrga 	
ʻ ʼ
mansub burj va qal a devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi 	
ʼ
Xorazmning 1220 yildagi mo g ullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu 	
ʻ ʻ
davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa mahobatli binolar qurilgan. 
Uchinchi davri 16-17-asrlarga to g ri keladi. Shu paytda (Abulg ozixon va 	
ʻ ʻ ʻ
Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qal ada Anushaxon hammomi (1657), 	
ʼ
peshayvonli Oq masjid (1675), Xo jamberdibek madrasasi (1688) kabilar 	
ʻ
bunyod etildi, Ko hna ark istehkomlari mustaqkamlandi, ko rinishxona 	
ʻ ʻ
(xonning qabulxonasi) qurildi (1686-88). Buxoro bilan Eron o rtasida Xiva 	
ʻ
xonligi uchun boshlangan urush natijasida (18-asrning 1-yarmi) Ichan qal a 	
ʼ
va, umuman, Xiva shaxri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga 
tobe viloyat bo lib turdi).	
ʻ XORAZM BO’YICHA 
ADABIYOTLAR   E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAXMAT!

QADIMGI XORAZM SIVILIZTSIYASI “ Xorazm noyob madaniyat , nafis san’at,yuksak ma’rifat, turmushning dono falsafasi va insonparvarlik bilan yo’g’rilgan adabiyot va she’riyat maskani , dunyoviy ilm o’choqlaridan biri” . I.A.Karimov

 Qadimgi yozma va arxelogik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar.  Ma’lum bo’lishicha, qadimgi ajdodlarimiz hali qat’iy yozuv tizimini yaratmasdan turib, o’z astronomik kuzatishlarini tosh va suyaklarga yozishdan tashqari, samoviy jismlarni kuzatish uchun maxsus inshootlar ham qurganlar. Ajdodlarimiz astronomiya va matematikadan yaxshi xabardor bo’lib, burchak o’lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan foydalanganlar. Osmon jismlarini o’rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga ixtisoslashgan falakiyot fani ko’hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda qurilgan inshootlar bizni kunlarimizgacha etib kelgan. Ana shu inshootlardan biri ko’hna Xorazmning madaniy yodgorligi Qo’yqirilgan qal’asidir, er.av IV asrda bunyod etilgan bu qal’a To’rtko’ldan 22 km shimoli sharqda joylashgan bo’lib, minorali istehkom devori xarobalaridan iborat.  Qal’a faqat ibodatxona sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo’ljallab qurilgani taxmin qilinadi. Jumladan, 6-7 metrli devorlar orasidan ko’kka qarata qiya qurilgan derazalar, binoning birinchi qavatidan turib osmon gumbazining faqat ma’lum yo’nalishidagi yoritkichlarini kuzatish imkonini berishi aniqlandi. Bu qal’a tsilindr shaklidagi burjga o’xshash bino bo’lib, saqlanib qolgan baland joyi tevarak atrofdagi tekislikdan 8 metr baland, dm 42 metr keladigan bu bino tashqaridan to’qqiz burjli aylanma devor (uning tashqi halkasi 86,5 metrga teng) bilan o’rab olingan.

 Xorazmshunos olim S.P.Tolstovning ta’kidlashicha, o’lkaning eramizdan oldingi IV-III ming yilliklardan to eramizning IV asrgacha o’tgan 4500 yillik tarixi qadimgi Xorazm taraqqiyotini ko’rsatuvchi davri hisoblanadi. Bu davr Xorazm madaniyati tarixida alohida ahamiyatga egadir. Xorazmda yashagan xalqlarning eng qadimgi davrga oid yozma va og’zaki adabiyot na’munalari, tarix kitoblari, Beruniy asarlari orqali etib kelgan. Ayniqsa, antik dunyo tarixchilardan Gerodot, Ktesiy, Esxil, Evripid, Aristotel, Strabon, Yoqut al–Hamaviy kabi mualliflarning asarlarida, ko’hna Xorazmda yashagan xalqlarning afsona, rivoyat va hikoyatlari keltirilgan.

 “ Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir”- Insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna makonlarini o’rgananuvchi arx е ologlar ulkan yutuqlarga ko’hna Xorazm zaminidagi makonlar, qabriston, qal'a va qo’rqonlarni izlab topish va o’rganish jarayonida erishdilar. Xorazm tarixi, madaniyati va san'atini b е takrorligiga yana bir marta amin bo’ldilar". S.P.Tolstov  Xorazm – Markaziy Osiyoning Turon pastt е kisligida, Amudaryo d е ltasida joylashgan qadimiy tarixiy o’lkadir. “Xorazm” so’zi dastlab “Av е sto”da uchraydi, “Av е sto” Sharq yozma adabiyotimizni eng qadimgi manbasi sifatida alohida axamiyat kasb etadi. “Av е sto”da qadimgi Turon o’lkasi va Eronning o’ziga xos tarixiy g е ografiyasi bayon etiladi. “Av е sto” Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi, diniy qarashlari xamda jamiyatda ro’y b е rayotgan tabaqalanish haqida qimmatli ma'lumotlar b е radi. O’sha davrlarda jamiyat turli tabaqalarga bo’linib, boylar va kambag’allar sinflari paydo bo’la boshlagan. “Av е sto” ruxoniylar, jang aravalarida yuruvchi harbiylar, d е hqon- chorvadorlar, hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar b е radi. Jamiyatning sinflarga bo’linishi natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga k е ladi. “Av е sto”da bayon qilingan voq е alar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” d е b atalgan davlatda ro’y b е radi. Bu davlat Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava (Suqdiyona), Xvayr е zm (Xorazm)ni o’z ichiga olgan.

 “ Xorazm” so’zi dastlab “Avesto”da uchraydi. “Avesto”ning “Mitra yasht” deb ataluvchi 5-bo’lim, 14-qismida Sug’d nomi bilan birga Xorazm ham eslanadi. “O’zining oltin vujudi bilan, go’zal tog’ cho’qqilari qamrab olgan, so’ng oriylar tamoman egallab oladigan Mitraga hamdu sonolar o’qiymiz. Oriylar yurtida xukmdorlarning atrof-tevarakda ajoyib erlari bor. U erlarda oziq-ovqatga mo’l-ko’l ulkan tog’lar mavjud. Chorva mollari uchun suvga serob chashmalar muhayyo, sersuv kanallar, bag’ri keng daryolar Mouru va Xarnayovu-Gou, Sug’d va Kayrizau tomon shitob bilan oqadi”. Xorazm so’zining lug’aviy ma’nosi ko’pgina olimlar diqqat e’tiborini o’ziga tortgan. Nemis sharqshunosi E. Zaxauning fikricha, “Kayrizo” so’zi ikki qismdan iborat bo’lib, “zem”– er, “kayri”– oziq-ovqat ma’nosini bildiradi, ya’ni kayrizam – “oziq-ovqat mamlakati”, “ozuqaga boy yurt” deganidir.