logo

Qadimgi Xorazm svilizatsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2035.2822265625 KB
Mavzu:Qadimgi Xorazm svilizatsiyasi Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng 
qadimiy davlatlardan biri bo’lib, aholisi 
o’troq va ko’chmanchi qabilalardan 
iborat bo’lgan. Uning hududi 
Amudaryoning quyi qismidan janubga 
tomon Murg’ob va Tajan daryolarining 
yuqori oqimlarigacha cho’zilgan.
U  haqdagi  ilk  ma’lumotlar  “Avesto”, 
birinchi  Doroning  Bihistun  tosh  bitiklari, 
qadimgi  yunon  mualliflari,  arab 
geograflarining  asarlarida  uchraydi. 
“Avesto”ning  “Yasht”  qismida  Xorazm 
“Ming  irmoqli  daryo”,  “Ko’llar  va 
o’tloqdarga  boy  o’lka”  sifatida  madh 
etiladi.  Abu  Rayhon  Beruniy  o’zining  “Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar” 
asarida  shunday  yozadi:  “Xorazmliklar  Xorazmga  odamlar  joylasha 
boshlaganidan  tarix  olar  edilar.  Bu  Iskandardan  980  yil  ilgari  bo’lgan  edi. 
Undan  keyin  Siyovush  ibn  Kaykovusning  Xorazmga  kelishidan,  Kayxusrav  va 
uning  naslining  Xorazmga  podshohlik  qilishlaridan  tarix  oldilar.  Shu  vaqtda 
Kayxusrav  Xorazmga  ko’chib,  turk  podshohlari  (ustidan)  hukmronligini 
yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.
Demak,  3  ming  yil  oldin  ham  Xorazmda  turkiy  qabilalar  yashagan  va  davlat 
tizimi  bo’lgan.  Miloddan  avvalgi  ming  yillik  boshlariga  aloqador  “Amirobod 
madaniyati”,  quyi  Amudaryo  havzasidagi  sun’iy  sug’orish  inshootlari  tizimi 
(Gerodot  qadimda  Oks  (Amu)  daryosi  bo’ylab  360  dan  ziyod  sun’iy  sug’orish 
inshootlari  barpo  etilganligini  yozadi)  hamda  dastlabki  shaharsozlik  timsoli 
bo’lgan  shahar-qal’alar  -  Qal’aliqir,  Ko’zaliqir,  Jonbosqal’a  va  boshqalar 
Xorazm vohasidagi qadimiy davlatchilik belgilaridir.   Xorazm  tarixini  chuqur  o’rgangan  mashhur  rus  olimi  S.P.Tolstov  “Qadimgi 
Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to’rt davrga bo’ladi:
1.  Uy-joy  devorlari  bo’lgan  shahriston  madaniyati  (miloddan  avvalgi  VI-IV 
asrlar)
2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr)
3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)
4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy Sh-V asrlar)
Bu  davrlarga  oid Amudaryoning  o’ng  sohilida  250  dan  ziyod,  so’l  sohilida  60 
ta  qadimiy  shahar  va  qishloqlar  o’rni  topilgan.  Qanqaqal’a,  Qo’shqal’a, 
Tuproqqal’a,  Jingilja,  Toshxirmon  singari  qal’a  va  istehkomlar  o’rni  bunga 
misol bo’la oladi.   Xitoyning Tan  sulolasi  davrida  (milodiy VII-X  asrlar)  Xorazmda  asosan  turkiy 
qabilalar  yashagan.  Tanshu  solnomasida  shunday  deyiladi:  “Barcha  turk 
elatlari  ichida  ho’kiz  qo’shilgan  arava  faqat  shu  erda  (Xorazm)  uchraydi.  Bu 
aravalarda savdogarlar turli viloyat va elatlarni aylanib, savdo qilib yuradilar.” 
Bu  o’rinda  gap  Xorazmning  savdo-sotiq  bilan  kun  kechiruvchi  o’troq  aholisi 
ustida  ketyapti.  Shu  bilan  birga  Xorazm  vohasiga  yaqin  cho’l  va  dashtlarda 
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvador turkiy qabilalar yashagan.
Eron Axomaniylari  shohi  Kayxusrav  (Kir,  Kurush)  (miloddan  avvalgi  558-530 
y.) Xorazm va unga tutash hududlarni bosib olgan. Xorazm miloddan avvalgi 6-
5  asrlarda  Axomaniylar  davlatining  16-satrapligi  (viloyati)  tarkibiga  kirgan. 
Lekin  ko’chmanchi  Sak  (Massagetlar)  qabilasi  ustiga  hujum  qilganida 
Kayxusrav  malika  To’marisdan  engilib,  halok  bo’lgan.  Xorazm  o’z 
mustaqilligini tiklagan. Miloddan avvalgi III asrda esa u Qang davlati tarkibida 
bo’lgan.   Xorazm  tarixining  to  afrig’iylar  sulolasi  asoschisi Afrig’gacha  (305  y.)  bo’lgan  davri 
haqida ma’lumotlar kam. Faqat qadimda Kayxusrav (mil.av. 1200-1140 y.), Saksafar 
(mil.av.  519-  517  y.),  Farasman  (mil.av.  329-320  y.),  Xusrav  (mil.  av.  320  y.)  singari 
xorazmshohlar  bo’lganligi,  Farasman  miloddan  avvalgi  328  yilning  bahorida  O’rta 
Osiyoga  bostirib  kirgan  makedoniyali  Aleksandr  (Iskandar)  huzuriga  muzokara 
uchun sovg’a-salomlar bilan kelganligi tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan.
Abu  Rayhon  Beruniy  afrig’iylar  sulolasiga  mansub  xorazmshohlardan  22  tasining 
nomini  keltirgan.  Xorazm  davlatining  poytaxti  dastlab  Tuproqqal’a,  305  yildan 
keyin esa Kot (Kos) shahri bo’lgan. Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm iqtisodiy 
va  madaniy  jihatdan  yuksalib,  yirik  sug’orish  kanallari,  yangi  shahar  va  qal’alar 
barpo  etilgan.  Hunarmandchilik,  san’at,  ichki  va  tashqi  savdo  keng  rivoj  topgan. 
Milodiy  IV-VIII  asrlarda  Xorazm  yangi  yuksalishni  boshdan  kechirdi.  Burgutqal’a, 
Uyqal’a, Qumbosganqal’a kabi inshootlar ana shu davrlarda qurilgan.   Xorazmning Etil (Volga) bo’yidan Markaziy Osiyo orqali Mo’g’uliston 
va  Xitoyga  hamda  Eronga  boriladigan  savdo  yo’llari  chorrahasida 
joylashganligi  uning  iqtisodiy  va  ma’naviy  yuksalishida  muhim 
ahamiyat kasb etgan.
712  yili  Xorazmni  arablar  bosib  olgan.  Xalifalikning  Xurosondagi 
noibi  Qutayba  ibn  Muslim  xorazmliklarning  tarixiy  adabiyoti  va 
madaniy  merosini  saqlab  kelgan  olimlarni  qirg’in  qilgan  va  quvib 
yuborgan.  Shu  sababli  arablar  istilosigacha  bo’lgan  davrdagi  yozma 
tarixiy manbalar deyarli uchramaydi .

Mavzu:Qadimgi Xorazm svilizatsiyasi

Xorazm O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo’lib, aholisi o’troq va ko’chmanchi qabilalardan iborat bo’lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan. U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, birinchi Doroning Bihistun tosh bitiklari, qadimgi yunon mualliflari, arab geograflarining asarlarida uchraydi. “Avesto”ning “Yasht” qismida Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko’llar va o’tloqdarga boy o’lka” sifatida madh etiladi.

Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo’lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”. Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat tizimi bo’lgan. Miloddan avvalgi ming yillik boshlariga aloqador “Amirobod madaniyati”, quyi Amudaryo havzasidagi sun’iy sug’orish inshootlari tizimi (Gerodot qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod sun’iy sug’orish inshootlari barpo etilganligini yozadi) hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar-qal’alar - Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar Xorazm vohasidagi qadimiy davlatchilik belgilaridir.

Xorazm tarixini chuqur o’rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to’rt davrga bo’ladi: 1. Uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) 2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr) 3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar) 4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy Sh-V asrlar) Bu davrlarga oid Amudaryoning o’ng sohilida 250 dan ziyod, so’l sohilida 60 ta qadimiy shahar va qishloqlar o’rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo’shqal’a, Tuproqqal’a, Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o’rni bunga misol bo’la oladi.