logo

XX ASRNING 45-80-YILLARIDA O‘ZBEKISTON SANOATI RIVOJLANISHINING BIRYOQLAMA XARAKTERI

Yuklangan vaqt:

16.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

918.38671875 KB
MAVZU:XX ASRNING 45-80-
YILLARIDA O‘ZBEKISTON 
SANOATI RIVOJLANISHINING 
BIRYOQLAMA XARAKTERI           RE JA
1. XX asrning 50-80 yillarida 
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahvol
2. O‘zbekiston iqtisodiyotining bir 
tomonlama rivojlantirilishi
3. Paxta yakkahukmronligining 
o‘rnatilishi va uning oqibatlari       O‘zbekiston SSR tashkil topgach, Markazning respublikani SSSRning asosiy 
paxta mintaqasiga aylantirishga bo‘lgan harakati ko‘lamli xususiyat kasb eta 
boshladi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashkiliy byuro 
plenumida (1925 yil fevral) respublika siyosiy rahbariyati tomonidan 
«dehkonlarni paxtachilikka qaytarish uchun qulay bo‘lgan umumiy 
sharoitlarning yaratilganligi, dehqonlarda paxta ekishning afzalligi borasida 
qatiy ishonch hosil qiladigan va paxtachilikdagi yutuqlarning hamda O‘rta 
Osiyo, xususan, O‘zbekiston paxta sanoatining qayta tiklanishi uchun 
mustahkam bazaga asos bo‘ladigan qulay muhit vujudga kelayotganligi» haqida 
qayd etilib o‘tildi. Mazkur plenumda respublikada paxtachilikni rivojlantirish 
bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinib, respublika siyosiy rahbariyati tomonidan 
bu «kishloq xo‘jaligini va mehnatkash dehqonlarning turmush-sharoitlarini 
ko‘tarishda asosiy omil hisoblanib, ayni vaqtda Ittifoq to‘qimachilik sanoatini 
kengaytirish uchun asosiy xomashyoni etkazib beradi» deb ta’kidlandi. 
Paxtachilikning rivojlantirilishi respublika paxta sanoatini yaratish masalasi 
bilan kompleks ravishda ko‘rib chiqildi.       TTZ
Toshkent Traktor Zavodi --O qdori ishlab chiqaradigan zavodd ʻ
sifatida 1942-yilda tashkil qilingan. 1945-yilda oziq-ovqat 
mashinasozligi zavodi ("Tashprodmash") ga aylantirilib, oziq-ovqat 
sanoati uchun uskunalar va maishiy xo jalik mollari ishlab 	
ʻ
chiqarilgan. 1950-yildan Paxtachilik mashinasozligi zavodi deb 
atalib, unda paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mashinalar, 
quritishtozalash sexlari uchun uskunalar tayyorlangan. 1957-yildan 
paxta tashiydigan transport vositalari va GAZ51 avtomashinasi 
ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan "Tashavtomash" zavodiga 
aylantirilgan. 1967-yilda rekonstruksiya kilingan. 1969-yildan 
traktor zavodi. 1970-yildan Rossiyadagi Vladimir traktor zavodida 
ishlab chiqarilgan tayyor agregat va uzellardan paxtachilik uchun 
moslashtirilgan (paxta modifikatsiyasidagi) T28X4 traktorlari 
yig ilgan, 1972-yildan zavodning o zida tayyorlangan uzellardan 	
ʻ ʻ
traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1976-yilda paxta 
modifikatsiyasidagi ancha quvvatli va tejamkor MTZ80X traktorini 
ishlab chiqarishga o zlashtirildi.	
ʻ       1925–1940-yillarda qurilib, ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga
Bo‘zsuv GES, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Tеrmiz, Asaka shaharlarida 
issiqlik elеktrostansiyalari, Olmaliqstroy, Chirchiqstroy elеktr
kimyo kombinati, Toshkеnt, Samarqand, Farg‘ona va Buxoroda to‘qimachilik 
fabrikalari, Toshkеnt qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi,Farg‘ona 
konsеrva zavodi, Xilkov sеmеnt zavodlari, Samarqand, Buxoro va 
Marg‘ilonda Ipak yigiruv fabrikalari, «Chimyon» va
«Santo» nеft konlarida nеft zavodlari, «Toshtram», «Qizil Sharq va
Birinchi may ustaxonalari», ko‘plab paxta tozalash, sut-yog‘ tayyorlash, sovun 
pishirish kabi zavodlar qurildi va qayta jihozlandi. Bundaymisollarni ko‘plab 
kеltirish mumkin. Sovetlar davri mafkurasi asosida dunyoqarashi shakllangan 
tarixchilarimiz bu erishilgan «muvaffaqiyatlar»ga mahliyo bo‘lib, «birinchi 
bеsh yillik yillarida 192 ta»,ikkinchi bеsh yillikda... 189 ta» va «uchinchi bеsh 
yillik (1938–1942-yillar)ning dastlabki yillarida 134 ta»1 sanoat korxonalari 
qurildi, dеbayyuhannos soldilar.          «Birinchi bеsh yillik davrida O‘zbеkistonda  289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga 
tushirildi, 79 ta korxona
qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar nеft qazib 
chiqarish 2,5 baravar, mеtall ishlash sanoati mahsuloti6 baravar, sеmеnt ishlab chiqarish 
3,5 baravar ortdi. Yеngil sanoatningko‘nchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik 
sohalari, ip gazlamaishlab chiqarish suratlari muttasil oshib bordi».2 Holbuki bu sanoat 
korxonalarining birortasi ham O‘zbеkistonning milliy mustaqilligini
ta’minlash darajasidagi korxonalar bo‘lmaganligiga bugungi istiqlolkunlarimizda 
ishonch hosil qilib, unga imon kеltirmoqdamiz.1925–1940-yillarda shaharlar, transport 
va yo‘l qurilishi pochtatеlеgraf va tеlеfon tarmoqlari rivojlanishida ham o‘zgarishlar 
bo‘ldi.Bu to‘g‘rida ko‘p yozilgan.Urushdan oldingi va kеyingi bеsh yilliklarda ham 
O‘zbеkistonda
barpo etilgan korxonalarning hammasi ham uning o‘ziga tеgishli
emasligini, ko‘plari, avvalo eng muhimlari markaz tasurrufiga olinganligini nazarda 
tutish lozim. Agar 1928-yilda O‘zbеkistondagi mavjud korxonalarning 81,7 foizi 
Ittifoqqa tеgishli, 14,5 foizi rеspublika va 3,8 foizi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
bo‘lsa, 1930-yillarning o‘rtalariga kеlib Ittifoq tasarrufidadi korxonalar 90 foizni tashkil 
qilgan edi.       Masalaning xaraktеrli tomoni shundaki 20-yillarda mahalliy tub
yеrli ishchilar soni ko‘payish o‘rniga qisqarib borgan. Jumladan
A.Ikromov 1927-yil, 16–24-noyabrda Samarqandda o‘z ishini olib
borgan O‘zKP(b)ning III qurultoyida Mqning hisoboti yuzasidan
so‘zlagan nutqida tub yеrli millat vakillari bo‘lgan ishchilar 1926-
yildagi 38,4 foizdan 1927-yilda 37,4 foizga kamaygan1 bunday jarayonlarning 
sabablari nimalardan iborat, dеgan qonuniy savolning
tug‘ilishi tabiy holdir, albatta. Buning eng asosiy sababi: Birinchidan,
rahbarlik lavozimlarida o‘tirganlarning aksariyati yеvropa millatlariga,
asosan ruslarga mansubligidir. Ikkinchidan, davlat idora boshqarish
va ish yuritish ishlarining rus tilida olib borilganligidir. Uchinchidan,
sanoat-tеxnika asbob-uskunalarining ruscha nomlanganligiga va
ularga oid qo‘llanma, kitob va yo‘llanmalarining rus tilida bo‘lganligidir.        1928- yilda O‘zbekistondagi butun ekin maydonlari 1 748 000 gektarni 
tashkil etib, shulardan 1 353 000 gektari sug‘oriladigan, 395 000 gektari esa 
lalmikor erlar edi. Sug‘oriladigan erlardan 530 000 gektari yoki 39,2 foizi 
g‘o‘za bilan band etilgan bo‘lsa, qolgan 612 000 gektari g‘alla, 221 000 
gektari poliz ekinlariga ajratilgan edi.       1929 yilning iyulida VKP(b) MK 
«Glavxlopkom faoliyati to‘g‘risida» 
qaror qabul qildi (ushbu tashkilot va 
asosiy paxta ekuvchi rayonlar 
o‘rtasidagi aloqalarini kuchaytirish 
maqsadida uning vakolati 1929 yilda 
Moskvadan olib Toshkentga berildi, 
1930 yilda esa u respublika paxta 
birlashmasiga aylantirildi). Mazkur 
qarorda birinchi besh yillik oxiriga 
kelib Ittifoq to‘qimachilik sanoatini 
nafaqat xorijdan keltiriladigan paxtadan 
ozod qilish, balki to‘qimachilik 
sanoatini kengaytirishda zaruriy 
zaxiraga ega bo‘lish uchun paxta ekin 
maydonlarini kengaytirish va paxta 
hosildorligini oshirishda biz barcha 
imkoniyatlarimizni ishga solib mazkur 
besh yillikda jadal sur’atlar bilan Ittifoq 
paxtachiligini rivojlantirishimiz kerak», 
deb ko‘rsatilgan edi.       
SHunday qilib, O‘zbekistonda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida 
paxtachilikni jadal rivojlantirish poydevoriga asos solindi. Birinchi besh yillik 
davrida paxtachilikni kompleks rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarida ilk 
yutuqlar qo‘lga kiritildi. Paxta ishlab chikarishning o‘sishi sug‘oriladigan 
maydonlardagi boshqa ekin turlarini siqib chiqarib, ular o‘rniga g‘o‘za ekish 
hisobiga ham amalga oshirildi.

Sug‘oriladigan paxta maydonlarining keskin ko‘payishi aynan XX asrning 30-
yillarida ro‘y berdi. Jumladan, 1929 - 1932 yillarda O‘zbekistondagi paxta 
ekin maydonlari 530 000 gektardan 928 000 gektarga oshdi. Natijada, bu 
paytga kelib paxta xomashyosini etishtirish 520 000 tonnadan 753 000 
tonnaga ortdi. O‘zbekistonda  1932 yilda sotsialistik sektor va paxta 
mahsulotining salmog‘i  86  foizga etdi.

G‘alla maydonlarining kamayib borishi hamda paxta maydonlarining oshib 
borish tendensiyasi keyinchalik ham barqaror xususiyat kasb etdi. Masalan, 
g‘alla turlarining ekin maydoni 1940 yilda 1 479 900 gektarni, g‘o‘za ekin 
maydoni esa 923 500 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 yilga kelib g‘alla ekin 
maydonlari 894 800 gektargacha kamaytirilgan, paxta etishtirish 
maydonlarining ortishi hisobiga ushbu ekin turi esa 1 386 600 gektarga 
etkazildi.       
Markaz «hujumga o‘tish va siquvga olish» usullari bilan harakat qilib, 
O‘zbekistondan oxirgi paxta tolalarigacha yig‘ishtirib olib ketilardi. Sovetlar 
mamlakatiga paxta etkazib berishda O‘zbekistonning salmog‘i 1940 yilda 63 
foizga etdi. Bundan tashqari, o‘zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati tufayli 
sovet davlati paxta sohasidagi avvalgi qaramlikni tugatibgina qolmasdan, shu 
bilan birga, paxta etishtirish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Albatta, O‘zbekiston rahbariyati Sovet hukumati tomonidan tushirilgan, lekin 
bajarishning imkoni bo‘lmagan paxta etishtirish rejalariga doim rozi bo‘lgan, deb 
qat’iy ta’kidlay olmaymiz.  Masalan, sovet totalitar rejimining  qattiqqo‘lligiga 
qaramay,  respublikaning siyosiy ra h bariyati reja  topshiriqlarini  kamaytirishni 
so‘ragan. Jumladan, 1935 yilda Markaz tomonidan O‘zbekiston uchun paxta 
xomashyosi tayyorlash rejasi tushirilib, u 910 000 tonna qilib belgilangan. 
Respublikaning o‘sha paytdagi Fayzulla Xo‘jaev va Akmal Ikromov kabi siyosiy 
rahbarlari O‘zbekistonning iqtisodiy va insoniy resurslarini hisobga olmay asossiz 
ravishda belgilangan rejaga nisbatan o‘zlarining nuqtai nazarlarini oshkora 
aytishga jazm etganlar. Natijada, reja 15000 tonnaga kamaytirilgan.

KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 1954 yil 9 fevraldagi «1954-1958 
yillarda O‘zbekiston SSRda paxtachilikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi 
qarorida sug‘oriladigan er maydonlarini 600 ming gektarga, jumladan, g‘o‘za 
ekiladigan maydonlarni 300 ming gektarga kengaytirish; irrigatsiya-meliorativ 
qurilish ishlarini yaxshilash, 1954 yildan boshlab har yili 150 ming gektar qo‘riq 
va bo‘z erlarni ekin uchun o‘zlashtirish nazarda tutilgan edi.       
KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 6 avgustdagi «Paxta 
etishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRdagi 
Mirzacho‘lning bo‘z erlarini sug‘orish va o‘zlashtirish to‘g‘risida»gi 
qaroriga ko‘ra esa, 1956 - 1962 yillarda Mirzacho‘lning 300 ming gektar 
bo‘z erlarini sug‘orish va o‘zlashtirish, shuning 200 ming gektarini 
O‘zbekistonda va ayniqsa, Mirzacho‘l zonasida katta ko‘lamda irrigatsiya-
melioratsiya ishlari olib borildi. 1956 - 1959 yillarda bu erda 35,5 ming 
gektar er sug‘orilib, 460 km.li sug‘orish tarmoqlari, 630 km.li ochiq 
kollektorlar yotqizildi.       OROL DENGIZI

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish amaliyotida qator jiddiy xato 
va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan, bo‘z erlarni 
o‘zlashtirish sohaning ekstensiv rivojlanish modelining 
yaqqol ifodasi hisoblangan. U ilmiy jihatdan chuqur va har 
tomonlama ishlab chiqilmagan va unga yuzaki 
yondashilgan. SSSR siyosiy rahbariyati tomonidan paxta 
ekiladigan maydonlarning muttasil ravishda kengaytirilishi, 
sug‘orish ehtiyojlari uchun daryolarda ommaviy ravishda 
suv omborlarining qurilishi natijasida kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan ekologik halokatlarga ham bepisand munosabatda 
bo‘lish mavjud ahvolni yanada chuqurlashtirdi. Mintaqa 
uchun og‘ir bo‘lgan bu inqirozli ekologik holat darrov paydo 
bo‘lmagan, balki asta-sekin to‘planib borgan. Ammo, aynan 
sug‘orish borasidagi ekologik muammolarga bo‘lgan 
e’tiborsizlik hozirgi Orol fojiasi uchun zamin yaratgan edi.       
Mirzacho‘l o‘zlashtirila boshlangan dastlabki vaqtda ham jiddiy xatolarga yo‘l 
qo‘yildi. Qilinayotgan ishlarning sifat darajasi e’tibordan chetda qoldi. Oxir-
oqibat zovur va kollektorlar ishlamay qoldi. Natijada paxta xomashyosining 
hosildorligi keskin tushib ketdi. Xususan, «Glavsredazsovxozstroy» 
tomonidan 1986 yilgacha o‘zlashtirilgan 880 ming gektar erning 595 000 
gektari yaroqsiz holga keldi. 1971-1985 yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolar 
okibatida 2,3 mln. gektar erning meliorativ holati yomonlashib, 670 ming 
gektar erdagi zovurlar qayta ta’mirlandi.       Bu davrda o‘zbek xotin-qizlaridan traktorchilar tayyorlash hamda paxta 
terish mashinalarini ayollar boshqarishi haqidagi chaqiriq 
ommaviylashib ketdi. «Tursunoychilar harakati» degan bu harakatning 
boshida oddiy qishloq qizi Tursunoy turdi.  Tursunoy Oxunova  (1937 - 
1983) - o‘zbek xotin-qizlari orasida paxta terish texnikasini 
o‘zlashtirish harakati tashabbuskori, 2 marta Sotsialistik Mehnat 
Qahramoni (1959, 1978). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq 
xo‘jaligi mexanizatori (1967).       
Paxtachilik sohasidagi reja ortidan quvish va raportbozlik ijtimoiy-
siyosiy hayotda qo‘shib yozish va davlatni aldash kabi salbiy 
hodisalarni keltirib chiqardi. Bu hodisani paxta etishtirishdagi davlat 
statistikasida ko‘rsatilgan rasmiy ma’lumotni davlatga topshirilgan 
paxtaning keyin aniqlangan haqiqiy hajmi bilan solishtirib chiqish 
orqali ko‘rsatib berish mumkin. Masalan, hosil rekord darajada 
etishtirilgan 1980, 1985 va 1988 yillarda O‘zbekiston partiya va 
hukumat organlarining hisobotlarida keltirilgan 6 mln. tonnadan 
ziyod emas, balki amalda 5 579 000 tonna, 5 381 000 tonna va 5 385 
000 tonna miqdorda paxta yig‘ib-terib olingan.

SHunday qilib, Markaz tomonidan O‘zbekistonda paxtachilikning 
asossiz ravishda ekstensiv rivojlantirilishi ijtimoiy, ekologik va agrar 
inqirozni keltirib chiqarib, u yildan-yilga kuchayib bordi va 80-yillar 
oxiriga kelib xavfli tus oldi. Lekin, sovet rahbariyati paxta 
monopoliyasining o‘rnatilishi va bu inqirozning kelib chiqishida 
O‘zbekistonni ayblashga harakat qildi.       O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Prezidenti I. Karimov o‘zining 
«O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobida ta’kidlaganidek: 
«Respublika yalpi paxta hosilini g‘arazli maqsadlarda ko‘paytirdi, degan 
da’volar ham bo‘ldi. Bu afsonaga chek qo‘yish payti keldi. Paxtaning 
yakkahokimligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining tub maksadlariga xilof 
ravishda yuqoridan zo‘rlab o‘tkazib kelindi».
I. Karimov mazkur muammo bo‘yicha o‘zining qarashlarini rivojlantirib, 
ushbu kitobda quyidagi fikrlarni ilgari suradi: «.... 30-yillardan boshlaboq, 
O‘zbekiston SSR oldiga qanday qilib bo‘lmasin mamlakatning paxta 
sohasidagi mustaqilligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan edi. Biz, qancha 
mashaqqat bilan bo‘lmasin, bu vazifani hal qildik...
Ayni bir paytda respublikaning ko‘pgina hayotiy muhim manfaatlariga 
ziyon etdi, paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangan almashlab ekishlar 
buzilganligi, erning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining 
imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xo‘jaligiga halokatli ta’sir 
ko‘rsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish cheklab qo‘yildi va 
aholini shu mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. Orol 
dengizining falokati Qoraqalpog‘iston janubi uchun borib turgan ekologik 
kulfat bo‘ldi».       Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Ўзбекистон халқлари тарихи..1-қисм. Ўқув қўлланма / 
Масъул муҳаррир А. Асқаров-Т.1992.

Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир 
А.С.Сағдуллаев-Т.1997

O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti 
talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – 
T., 2019.

Shamsutdinov R,Karimov Sh, Xoshimov S. Vatan tarixi 1-
kitob. O’quv qo’llanma-T.”Sharq”-2016

Эшов Б .,  Одилов А .  Ўзбекистон тарихи . 1- жилд .  Энг 
қадимги даврдан  XIX  аср ўрталаригача .  Дарслик. – Т.: 
Янги аср авлоди, 2014.

Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. -Т.,2000         ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

MAVZU:XX ASRNING 45-80- YILLARIDA O‘ZBEKISTON SANOATI RIVOJLANISHINING BIRYOQLAMA XARAKTERI

RE JA 1. XX asrning 50-80 yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahvol 2. O‘zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlantirilishi 3. Paxta yakkahukmronligining o‘rnatilishi va uning oqibatlari

O‘zbekiston SSR tashkil topgach, Markazning respublikani SSSRning asosiy paxta mintaqasiga aylantirishga bo‘lgan harakati ko‘lamli xususiyat kasb eta boshladi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining tashkiliy byuro plenumida (1925 yil fevral) respublika siyosiy rahbariyati tomonidan «dehkonlarni paxtachilikka qaytarish uchun qulay bo‘lgan umumiy sharoitlarning yaratilganligi, dehqonlarda paxta ekishning afzalligi borasida qatiy ishonch hosil qiladigan va paxtachilikdagi yutuqlarning hamda O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston paxta sanoatining qayta tiklanishi uchun mustahkam bazaga asos bo‘ladigan qulay muhit vujudga kelayotganligi» haqida qayd etilib o‘tildi. Mazkur plenumda respublikada paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinib, respublika siyosiy rahbariyati tomonidan bu «kishloq xo‘jaligini va mehnatkash dehqonlarning turmush-sharoitlarini ko‘tarishda asosiy omil hisoblanib, ayni vaqtda Ittifoq to‘qimachilik sanoatini kengaytirish uchun asosiy xomashyoni etkazib beradi» deb ta’kidlandi. Paxtachilikning rivojlantirilishi respublika paxta sanoatini yaratish masalasi bilan kompleks ravishda ko‘rib chiqildi.

TTZ Toshkent Traktor Zavodi --O qdori ishlab chiqaradigan zavodd ʻ sifatida 1942-yilda tashkil qilingan. 1945-yilda oziq-ovqat mashinasozligi zavodi ("Tashprodmash") ga aylantirilib, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar va maishiy xo jalik mollari ishlab ʻ chiqarilgan. 1950-yildan Paxtachilik mashinasozligi zavodi deb atalib, unda paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mashinalar, quritishtozalash sexlari uchun uskunalar tayyorlangan. 1957-yildan paxta tashiydigan transport vositalari va GAZ51 avtomashinasi ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan "Tashavtomash" zavodiga aylantirilgan. 1967-yilda rekonstruksiya kilingan. 1969-yildan traktor zavodi. 1970-yildan Rossiyadagi Vladimir traktor zavodida ishlab chiqarilgan tayyor agregat va uzellardan paxtachilik uchun moslashtirilgan (paxta modifikatsiyasidagi) T28X4 traktorlari yig ilgan, 1972-yildan zavodning o zida tayyorlangan uzellardan ʻ ʻ traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1976-yilda paxta modifikatsiyasidagi ancha quvvatli va tejamkor MTZ80X traktorini ishlab chiqarishga o zlashtirildi. ʻ

1925–1940-yillarda qurilib, ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga Bo‘zsuv GES, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Tеrmiz, Asaka shaharlarida issiqlik elеktrostansiyalari, Olmaliqstroy, Chirchiqstroy elеktr kimyo kombinati, Toshkеnt, Samarqand, Farg‘ona va Buxoroda to‘qimachilik fabrikalari, Toshkеnt qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi,Farg‘ona konsеrva zavodi, Xilkov sеmеnt zavodlari, Samarqand, Buxoro va Marg‘ilonda Ipak yigiruv fabrikalari, «Chimyon» va «Santo» nеft konlarida nеft zavodlari, «Toshtram», «Qizil Sharq va Birinchi may ustaxonalari», ko‘plab paxta tozalash, sut-yog‘ tayyorlash, sovun pishirish kabi zavodlar qurildi va qayta jihozlandi. Bundaymisollarni ko‘plab kеltirish mumkin. Sovetlar davri mafkurasi asosida dunyoqarashi shakllangan tarixchilarimiz bu erishilgan «muvaffaqiyatlar»ga mahliyo bo‘lib, «birinchi bеsh yillik yillarida 192 ta»,ikkinchi bеsh yillikda... 189 ta» va «uchinchi bеsh yillik (1938–1942-yillar)ning dastlabki yillarida 134 ta»1 sanoat korxonalari qurildi, dеbayyuhannos soldilar.