Y.IS’Hoqovning Navoiy poetikasi
Mavzu:Y.Is’hoqovning “Navoiy poetikasi”
reja: 1 Navoiy poetikasi 2 Adabiyotlar tahlili va metodologiya 3 Natijalar va muhokama
1.Navoiy poetikasi • Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati – falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo’lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko’ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg’or bir mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi. U – hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni his eta oladigan zukko olim va siyosiy arbob. Ayni zamonda ishqning quvonch va alamlari, bekaslik va musofirlikning og’ir ruhiy iztiroblaridan ham mahrum emas. Binobarin, bir o’rinda ana shu insoniy tuyg’ular girdobida turib oh-u nola qilsa, ikkinchi bir o’rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na’ra tortadi. Bir qarasangiz, u olam va odam naslidan hafsalasi pir bo’lib ulardan etak siltaydi; bir qarasangiz; din, hokimiyat arboblarining chirkin basharasiga ta’na toshlarini urib, podshohning giribonidan mahkam tutgan holda, uning yuziga bor haqiqatni keskin bir shaklda to’kib solidi.
• Shoir shaxsida yoshlik davridayoq ko’rina boshlagan mavjud muhitga tanqidiy bulish hissi davrlar o’tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog’liq holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma – xil shakldagi chuqur muhokamalardan keyin “olamni odam manfaatlariga mos qilib va u bilan birga odamni ham qaytadan yaratish kerak” degan buyuk xulosaga keldi. • Shuning uchun ham mazmunan g’oyaviy pafos jihatdan yuksak va badiiy barkamol bu she’riy durdonalar shoir hayotligi chog’idayoq milliy va geografik chegaralarni yoritib o’tib, Xuroson, Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.
2 .Adabiyotlar tahlili va metodologiya • Navoiy lirik she’rlarining xalq orasidagi naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 – 25 yoshlik chog’ida uning muxlislari bir qancha she`rlarini to`plab, maxsus devon holiga keltirishgan. • Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Navoiy lirikasi haqidagi dastlabki fikrlar uning hayotlik paytida bayon qilingan va ularda shoir lirik merosining mohiyati ixcham, ammo mukammal baholangan. • Abdurahmon Jomiy “Bahoriston” 1 asarida Alisherning tengsiz talanti, uning har ikki tilda she’r yozishi, biroq mayli turkiy yozishga ko’proq ekanligini ta’kidlagach, “ba on zabon besh az vay va beh az vay kase she’r naguftaast va gavhari nazm nasufga” (u tilda ( ya’ni turkiyda – YO.I.) hech kim undan ko’p va undan yaxshiroq she’r ayta olmagan va nazm durlarini tesha olmagan) deb yozadi. Ana shu bir jumlada Navoiy adabiy merosining, jumladan, lirik merosining eng muhim jihatlari (Hajm jihatdan ham, mazmun va badiiy shakl nuqtai nazaridan ham) nihoyatda ustalik bilan ko’rsatib berilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, Navoiyning yosh zamondoshlaridan bo’lmish Zahiriddin Boburning Navoiy she’riyati haqida “Boburnoma”da bayon qilgan fikri ham Abdurahmon Jomiy fikri bilan aynan mos keladi.