logo

Yashirin zaxm klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi. Ta’rifi. Klinikasi, klinik shakllari.

Yuklangan vaqt:

09.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

481.5634765625 KB
 
Mavzu:
Yashirin zaxm klassifikatsiyasi, klinikasi, 
diagnostikasi. Ta’rifi. Klinikasi, klinik shakllari.
Tug‘ma zaxm: klassifikatsiyasi, klinikasi, 
diagnostikasi. Tug‘ma zaxmni profilaktikasi.                     Reja:
1. Yashirin zaxm. Turlari va ularni aniqlash
2.Tug'ma zaxm: klassifikatsiyasi, klinikasi 
diagnostikasi, davosi. Tug'ma zaxmni  profilaktikasi. •
Mutaxassislar ba'zan zaxm tashxisini faqat qondagi 
musbat serologik reaktsiyalari asosida qo'yadilar. 
Yashirin zaxm bilan og'rigan bemorlarning terisi, 
shilliq qavati, ichki a'zolari, asab tizimi, 
harakatlanish apparatlari tomonidan zaxmning 
klinik ko'rinishi kuzatilmaydi. Statistika 
ma'lumotlariga qaraganda yashirin zaxm ko'proq 
uchraydi. Serologik tashxis qo'yishning yaxshi yo'lga 
qo'yilganligi, aholini o'z vaqtida serologik tek-
shiruvlardan o'tkazish, turli kasalliklarda (gripp, 
pnevmoniya, bronxit, angina va boshqalar) 
antibiotiklarni  qo' llash, bemorlarning o'z holicha 
davolanishi va boshqalar yashirin zaxmni vaqtida 
aniqlashni qiyinlashtiradi, shu bois yashirin zaxm 
ko'proq kuzatiladi. •
Yashirin zaxmning erta va kechki hamda noma'lum 
xillari tafovut qilinadi.
•
Erta yashirin zaxm birlamchi seropozitiv va 
ikkilamchi retsidiv zaxm davrlariga teng bo'lgan 
muddatni o'z ichiga olib, faol klinik belgilarga ega 
emas. Bu davrning, infektsiya tushgandan so'ng, 
o'rtacha davom etish muddati 2 yilgacha bo'lgan 
davrni tashkil etadi. Erta yashirin zaxm bilan 
og'rigan bemorlar terisi va shilliq qavatlarida 
yuqumli bo'lgan toshmalar toshishi mumkin. Shu 
sababli bunday bemorlarga nisbatan epidemiologik 
qarshi chora-tadbirlar o'tkazish (shifoxonaga 
yotqizish, spetsifik davolash tadbirlari, jinsiy va uy-
ro'zg'ordagi muloqotlarini tekshirish) kerak . •
Erta yashirin zaxmni aniqlashda quyidagi 
ma'lumotlar yordam beradi:
•
1.Sinchkovlik bilan yig'ilgan anamnez. Bemordan 
so'nggi 1-2 yilda jinsiy a'zolari, og'iz bo'shlig'ida 
eroziya yoki yaralar bo'lganligi, sochi to'kilganligi va 
antibiotiklar qab u l qilgan-qilmaganligi haqida 
ma'lumot olinadi.
•
2.U bilan jinsiy aloqada bo'lgan kishilarni tekshirish, 
chunki bemor bilan jinsiy aloqada bo'lganlarda 
ko'pincha zaxmning faol (erta) formasi aniqlanadi.
•
3.Klinik tekshirish natijasida birlamchi sifiloma 
o'rnida chandiq yoki atrofiya, regionar skleradenit 
qoldiqlari bor-yo'qligi aniqlanadi. •
Kechki yashirin zaxmni aniqlashda quyidagi 
ma'lumotlar yordam beradi:
•
1.      Anamnez. Bemorlardan 2-3 yil avval zaxmning 
faol klinik ko'rinishi kuzatilgani yoki yo'qligi haqida 
ma'lumot olinadi.
•
2.      Konfrontatsiya. Bemor bilan jinsiy aloqada 
bo'lgan kishilarda zaxmning kechki formalari 
aniqlanadi yoki ularda sifilitik infektsiya bo'lmaydi.
•
3.       Serologik reaktsiyalar musbat yoki keskin 
musbat bo'lib, reaginlar titri past (1:5, 1:10, 1:20); 
spetsifik reaktsiyalar (RIF, OTIR) musbat yoki keskin 
musbat  bo'ladi.  •
Zaxm bilan og'rigan homilador onadan sifilitik 
infektsiya qorindagi bolaga o'tadi va uni zararlaydi. 
Bu  tug'ma zaxm  deb ataladi.
•
Tekshirishlar natijasida oqish treponema homilador 
onadan yo'ldosh orqali qorindagi bolaga o'tishi 
aniqlangan. Bu jarayon homiladorlikning ikkinchi 
yarmida, ya'ni yo'ldosh qon aylanish doirasi ishga 
tushgandan so'ng ro'y beradi. Zaxm bilan og'rigan 
ayolning 3-4 oylik nobud bo'lgan homilasidan oqish 
treponemalar topilmagan, ular 6 va 7-oy o'rtasida 
topilgan. •
Tug'ma zaxmning vujudga kelishi ayol organizmida 
kechayotgan sifilitik infektsiyaning qay bosqichda 
ekanligi, uning kechish muddatiga bog'liq. Zaxmning 
ikkilamchi davri homila uchun xavfli hisoblanadi. 
Ba'zan, uchlamchi va kechki tug'ma zaxm bilan 
og'rigan ayollardan infektsiyaning homilaga o'tishi 
ham kuzatiladi. Homiladorlikdan oldin yoki 
homiladorlik davrida ayollarga spetsifik davolash 
muolajalari o'tkazilsa, u holda tug'ma zaxmning oldi 
olingan bo'ladi. •	Yo'ldo	sh orq	ali si	filitik 	infekt	siyani	ng ho	milad	or ay	oldan	 	
homil	aga o	'tish y	o'llari	:	
•	1.      E	mbol	 ko'rin	ishid	a kind	ik ven	asi o	rqali.	
•	2.      K	indik	 tomir	larini	ng lim	fatik 	tirqish	i orq	ali.	
•	3.      O	qish 	trepo	nema	larda	n zara	rlang	an yo	'ldosh	 orqa	li 	
(me'y	orli yo	'ldosh	 oqis	h trep	onem	alarn	i o'tk	azmay	di).	
•	Klinik 	belgil	ari, ke	chish	i va m	udda	tiga q	arab,	 tug'm	a 	
zaxm 	quyid	agi 4 	xilga b	o'lina	di: 	
•	1) hom	ila za	xmi; 	
•	2) erta	 tug'm	a za	xm (tu	g'ilga	ndan	 to 4 y	oshg	acha 	
bo'lga	n dav	r); 	
•	3) kec	hki tu	g'ma 	zaxm	 (4 yo	shdan	 oshg	an bo	lalard	a); 	
•	4) yas	hirin t	ug'm	a zaxm	 (tur	li yosh	da u	chrayd	i). •
Homila zaxmi. Sifilitik infektsiya ta'sirida yo'ldoshda 
oziqlanish, moddalar almashinuvi buziladi va 6-7 
oylarda , sababsiz bola tushishi ro'y beradi. 
Homilador l ikning 5-oyidan so'ng onadan homilaga 
o'tgan oqish treponemalar ta'sirida uning ichki 
a'zolarida mayda hujayrali infiltrat (limfotsit, 
plazmativ hujayralardan tashkil topgan) 
ko'rinishdagi diffuz-yallig'lanishli o'zgarishlar, 
keyinchalik biriktiruvchi to'qimaning o'sib ketishi va 
miliar hamda solitar gummalar vujudga kelishi 
kuzatiladi.
•
Ichki a'zolardan, ko'pincha, jigar, qora taloq, o'pka, 
ichki sekretsiya bezlari, markaziy asab tizimi 
zararlanadi.  •
Erta tug'ma  zaxmida (1 yoshdan 4 yoshgacha 
bo'lgan davr) uning klinik belgilari sust namoyon 
bo'ladi. Orqa chiqarish kana l i, jinsiy a'zolar, chov 
terisida pilchirab turadigan, vegetatsiyali, 
chegaralangan, katta papulalar, shuningdek, 
organizmi zaif bolalarning yuz va boshining sochli 
qismiga esa pustulalar (madda) toshadi. Tug'ma 
zaxmda rozeola orttirilgan zaxmga nisbatan juda 
kam uchraydi. Og'iz shilliq qavatida yeroziyaga 
uchragan papulalar toshadi. Og'iz burchaklaridagi 
papulalar eroziyalanib, tashqi ko'rinishi xuddi 
piokokk va achitqisimon zamburug'lar 
qo'zg'atadigan yallig'lanish jarayoniga o'xshash 
o'zgarishlarni keltirib chiqa r adi. •
Kechki tug'ma zaxm. Zaxmning bu davri 4 yoshdan 17 
yoshgacha bo'lgan bolalarda uchraydi, U emizikli davrda 
boshdan kechirilgan va aniqlanmay hamda davolanmay 
qolgan tug'ma zaxmning retsidivi deb hisoblanadi.
•
Klinik kechishiga qarab, kechki tug'ma zaxm orttirilgan 
uchlamchi zaxmni eslatadi, chunki gumma yoki gummozli 
infiltratlar teri, shilliq qavatlar, suyaklar (gummoz 
periostitlar, osteoperiostitlar), bo'g'imlar, ichki a'zolar va 
asab tizimida (gummoz meningitlar) joylashadi. Terida 
do'mboqchali sifilidlar paydo bo'ladi. Ba'zi endokrin 
bezlari, bosh yoki orqa miya qon tomirlari shikastlanishi 
mumkin (bunday o'zgarishlar parez, falaj va tutqanoqqa 
olib keladi).  •
Kechki tug'ma zaxm stigmalari (belgilari) distrofiyalaridan 
quyidagilar kuzatiladi:
•
1.      Avsitidiyskiy belgisi - diffuz giperostoz natijasida o'mrov 
suyagining to'sh qismi kengayib ketadi; ko'pincha o'ng 
o'mrov suyagi shikastlanadi. Rentgen klinik tashxisni 
tasdiqlaydi.
•
2.      Qattiq tanglayning balandligi.
•
3.      Infantil jimjiloq (Dyubua - Gissar belgisi), jimjiloqning 
qisqa (Dyubua belgisi) va egri-bugri bo'lishi kuzatiladi (Gissar 
belgisi).
•
4.      Aksifoidiya - to'sh suyagi o'simtasining bo'lmasligi 
(bunda  xanjar simon o'simtaning ichkariga burilgan bo'lishini 
yodda tutmoq zarur).
•
5.      Qarabelli do'mboqchasi - yuqori jag'da birinchi molyar 
tishning chaynov yuzasida qo'shimcha beshinchi 
do'mboqcha ( burtma) bo'lishi. •
Davolanish mezonlari.
•
  Zaxmning ikkilamchi davri oqish treponema bilan 
zararlangandan o'rtacha 2-3 oy yoki birlamchi 
sifiloma paydo bo'lgandan 6-7 hafta o'tgach teri va 
shilliq qavatlarda toshmalar toshishi bilan 
boshlanadi. Kasallik davolanmagan holda 3-5 yil 
davom etadi. Zaxmning ikkilamchi davrida ichki 
a'zolar, harakatlanish apparatlari va asab tizimida 
turli xil patologik o'zgarishlar kuzatiladi.
•
Ikkilamchi zaxmning dastlabki 5-7 kunida ba'zi 
bemorlarda (10-15 %) umumiy darmonsizlik, lanjlik, 
bosh og'rig'i, harorat ko'tarilishi (37-38°C), 
kechqurunlar bo'g'im va suyaklarda og'riq bo'lishi 
kuzatiladi. Lekin ko'pincha bemorning umumiy 
ahvoli deyarli o'zgarmaydi. •
Tug'ma zaxmni profilaktikasi.
•
Tug'ma zaxmning oldini olishda kasallikni o'z 
vaqtida aniqlash va uni davolash muhim 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, homilador ayollarni o'z 
vaqtida tekshirib turish va davolash ishlarini 
o'tkazish maqsadga muvofiq. Mavjud ko'rsatmaga 
binoan ayollar (konsultatsiyalari) maslahatxonalari 
barcha homilador ayollarni hisobga oladi va klinik 
hamda serologik tekshiruvdan o'tkazadi. Serologik 
tekshirish ikki marta - homiladorlikning birinchi va 
ikkinchi davrida o'tkaziladi. •
Agar homilador ayolda faol yoki yashirin 
(latent) zaxm aniqlansa, unda faqat 
antibiotiklar bilan maxsus davolash ishlari 
olib boriladi. Agar ayol ilgari zaxm bilan 
og'rib, davolangan bo'lsa, homiladorlik 
davrida yana zaxmga qarshi profilaktik davo 
o'tkaziladi; profilaktik davolashdan maqsad 
sog'lom bola tug'ilishini ta'minlashdan iborat. 
Shunday qilinmagan hollarda yangi tug'ilgan 
chaqaloq Sog'liqni saqlash vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan sxema asosida 
profilaktik ko'rikdan o'tkaziladi va davolanadi. E’tiborlaringiz uchun raxmat!

Mavzu: Yashirin zaxm klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi. Ta’rifi. Klinikasi, klinik shakllari. Tug‘ma zaxm: klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi. Tug‘ma zaxmni profilaktikasi.

Reja: 1. Yashirin zaxm. Turlari va ularni aniqlash 2.Tug'ma zaxm: klassifikatsiyasi, klinikasi diagnostikasi, davosi. Tug'ma zaxmni profilaktikasi.

• Mutaxassislar ba'zan zaxm tashxisini faqat qondagi musbat serologik reaktsiyalari asosida qo'yadilar. Yashirin zaxm bilan og'rigan bemorlarning terisi, shilliq qavati, ichki a'zolari, asab tizimi, harakatlanish apparatlari tomonidan zaxmning klinik ko'rinishi kuzatilmaydi. Statistika ma'lumotlariga qaraganda yashirin zaxm ko'proq uchraydi. Serologik tashxis qo'yishning yaxshi yo'lga qo'yilganligi, aholini o'z vaqtida serologik tek- shiruvlardan o'tkazish, turli kasalliklarda (gripp, pnevmoniya, bronxit, angina va boshqalar) antibiotiklarni qo' llash, bemorlarning o'z holicha davolanishi va boshqalar yashirin zaxmni vaqtida aniqlashni qiyinlashtiradi, shu bois yashirin zaxm ko'proq kuzatiladi.

• Yashirin zaxmning erta va kechki hamda noma'lum xillari tafovut qilinadi. • Erta yashirin zaxm birlamchi seropozitiv va ikkilamchi retsidiv zaxm davrlariga teng bo'lgan muddatni o'z ichiga olib, faol klinik belgilarga ega emas. Bu davrning, infektsiya tushgandan so'ng, o'rtacha davom etish muddati 2 yilgacha bo'lgan davrni tashkil etadi. Erta yashirin zaxm bilan og'rigan bemorlar terisi va shilliq qavatlarida yuqumli bo'lgan toshmalar toshishi mumkin. Shu sababli bunday bemorlarga nisbatan epidemiologik qarshi chora-tadbirlar o'tkazish (shifoxonaga yotqizish, spetsifik davolash tadbirlari, jinsiy va uy- ro'zg'ordagi muloqotlarini tekshirish) kerak .

• Erta yashirin zaxmni aniqlashda quyidagi ma'lumotlar yordam beradi: • 1.Sinchkovlik bilan yig'ilgan anamnez. Bemordan so'nggi 1-2 yilda jinsiy a'zolari, og'iz bo'shlig'ida eroziya yoki yaralar bo'lganligi, sochi to'kilganligi va antibiotiklar qab u l qilgan-qilmaganligi haqida ma'lumot olinadi. • 2.U bilan jinsiy aloqada bo'lgan kishilarni tekshirish, chunki bemor bilan jinsiy aloqada bo'lganlarda ko'pincha zaxmning faol (erta) formasi aniqlanadi. • 3.Klinik tekshirish natijasida birlamchi sifiloma o'rnida chandiq yoki atrofiya, regionar skleradenit qoldiqlari bor-yo'qligi aniqlanadi.