logo

YUNON BAQTRIYA PARFIYA MUNOSABATI

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1233.638671875 KB
YUNON BAQTRIYA  PARFIYA 
MUNOSABATI    1. Parfiya podsholigi.
2 Yunon-Baqtriya  podsholigi

X ulosa Reja . 1. Qadimgi Parfiyaning geografik o`rni, tabiati va aholisi.  Parfiya ham janubi-g`arbiy 
Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri bo`lib Sharqning eng katta va kuchli davlatiga aylangan 
paytda Mesopotamiyadan Hindiston chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olar edi.
Parfiyaning  yer  usti  tuzilishi  asosan  tog`lik,  yassitog`lik  va  qisman  sho`rxok  tekisliklardan 
iborat bo`lgan. Uning hududidan Frot, Dajla, Atrok, Tajan, Murg`ob kabi katta-kichik daryolar 
oqib o`tgan. Parfiya hududida bir necha yuz ming yillardan beri aholi yashab keladi. Uning tub 
aholisi  parnlar,  daxlar,  saklar,  girkanlar  va  boshqa  qabilalar  bo`lgan.  Parfiya  kuchayib 
atrofdagi  o`lkalarni  istilo  qilgach,  aholisi  tarkibiga  yunon-makedonlar,  eroniylar,  midiyaliklar, 
mesopotamiyalik  va boshqa xalqlar ham kirgan.  2.  Parfiya  davlatining  tashkil  topishi.  Miloddan  avvalgi  VII–  VI  asrlarda   Kaspiy 
dengizdan  janubi-sharqiy  hududlarda  parn-parfiya  qabilalari  yashar  edilar.  Miloddan 
avvalgi  VII–VI  asrlarda   Parfiya  goh  Midiya,  goh  Eron,  goh  Yunon-Makedon,  goh 
Salavkalar davlati tarkibida bo`lgan.
Miloddan avvalgi  III  asr o`rtalarida  Salavkalar davlati kuch-sizlanib qolgan edi. Shu 
davrda Turkman-Xuroson  tog`lari  va  uning  shimoliy  hamda  janubiy  etaklarida  Parfiya 
satrapligi  bo`lib,  unga  Stagnor  degan  kishi  noiblik  qilardi.  Miloddan  avvalgi  250-yili 
salavkiylarning  Parfiyadagi  noibi  Andragor  o`zini  Parfiya  podshosi  deb  e`lon  qildi. 
Lekin Andragorning podsholigi uzoqqa bormadi.  Miloddan  avvalgi  247-yili   ko`chmanchi  sak  qavmlarining  parn-dax  qabilalari 
Parfiyani  bosib  oladilar.  Ularning  sardori  Arshak  Parfiya  davlatining  podshosi  deb 
e`lon  qilinadi.  Rim  tarixchisi  Pompey  Trog  ma`lumotlariga  ko`ra  Arshakning  kelib 
ghiqishi  saklardan  bo`lib,  o`ta  jasur  va  mard  odam  bo`lgan  ekan. Arshak  ismi  shak 
botiri,  pahlavoni,  degan  ma`noni  bildirgan.  Arshak`  Kaspiyning  janubidagi 
Girkaniyani  bosib  olib,  podsholik  yerlarini  kengaytiradi.  U  arshakiylar  sulolasiga 
asos  soladi.  Arshak  Yunon-Baqtriya  podshosi  Deodot  I  bilan  harbiy  ittifoq  tuzib, 
salavkiylar qo`shinini tor-mor etadi.
Salavka  podsholaridan Antiox  III  miloddan  avvalgi  209-yili   Parfiya  ustiga  qo`shin 
tortadi.  Bu  jangda  Parfiya  qo`shinlari  yengiladi,  ammo  Parfiya  o`z  mustaqilligini 
saqlab qoladi.  Parfiya davlatining ichki tuzilishi Parfiyaning  ijtimoiy  tuzumi,  xo`jaligi  va  madaniyati.  Parfiya  janubi-g`arbiy 
Osiyodagi  yirik  quldorlik  davlatiaridan  biri  bo`lgan.  Davlat  tepasida  arshakiylar 
sulolasidan bo`lgar shoh o`tirgan. Shoh huzurida qabila aslzodalari va ruhoniylardan 
Iborat  ikki  alohida  kengash  bo`lgan.  o`lgan  shohning  o`rniga  aka-uka  va 
o`g`illaridan  biri  taxtga  o`tqizilgan.  Shoh  davlat  ahamiyatiga  ega  bo`lgan 
masalalarni  aslzoda  va  ruhoniylar  kengashi  bilan  maslahatlashib  hal  etgan. 
Mamlakat  aholisining  asosiy  qismini  ozod  dehqonlar,  hunarmandlar,  savdogarlar  va 
ziyolilar tashkil etgan, Parfiyada qulchilik ancha sust rivoj topgan edi. Solnomalarda 
qulning  bolasi  ham  qul  bo`lib  qolishi  ta`kidlangan.  Qullar  mehnatidan  xo`jalikning 
hamma  tarmoqlarida  foydalanilgan.  Parfiya  aholisi  to`rt  tabaqadan  iborat  bo`lgan. 
Ular:  1.  Zodagon  jangchilar.  2.  Yengil  qurollangan  suvoriylar.  3.  Erkin  jamoachi 
dehqonlar.  4.  Qullar.  Parfiya  shohlarining  asosiy  kuchi  qo`shin  bo`lgan.  Parfiya 
qo`shinining asosiy qismini qullar tashkil etgan. Parfiyaning madaniy rivojlanishi  Yunon-Baqtriya podsholigi
1.  Yunon-Baqtriya  podsholigining  geografik  o`rni,  tabiiy  sharoitlari  va  aholisi. 
Yunon-Baqtriya  Qadimgi  Sharqda  qisqagina  umr  ko`rgan  davlatlardan  biri  bo`lgan. 
U  kuchaygan  davrda  unga  O`rta  Osiyoning  janubiy,  janubi-sharqiy  qismi,  hozirgi 
Afg`oniston va Hindistonning shimoli-g`arbiy hududlari kirgan.
Yer  yuzasi  tog`lik  va  tekisliklardan  iborat  bo`lib  katta  qismini  Oloy,  Pomir  va 
Hindikush  tog`lari  egallab  yotadi.  Yunon-Baqtriya  suv  manbalariga  boy,  mamlakat 
hududidan  Oks-Amudaryo  va  uning  hamma  irmoqlari  oqib  o`tadi.  U  o`simlik  va 
hayvonot  dunyosiga  ham  boy  bo`lgan.  Yunon-Baqtriya  oltin,  kumush,  mis,  temir  va 
qimmatbaho toshlari  bilan qadimdan mashhur.  Yunon-Baqtriya podsholigi  Yunon-Baqtriya  insoniyat  madaniyatining  beshiklaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  o`lkada  sakkiz  yuz  –  bir  million 
yildan  beri  odamlar  yashab  keladilar.  Keyinchalik  bu  yerda  baqtriyaliklar,  so`g`diylar,  eroniylar,  yunon-
makedonlar,  hindilar,  sak  va  tohar  qabilalari  yashaganlar.  Bu  o`lkaning  qulay  tabiiy  sharoiti  atrofda  yashagan 
qabilalar e`tiborini hamisha o`ziga tortib kelgan.
2. Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi va kuchayishi.  Iskandar vafotidan so`ng u tuzgan saltanat bir 
necha  katta-kichik  davlatlarga  bo`linib  ketgan.  Ularning  biri  Salavkiylar  davlati  edi.  Bu  davlatning  hukmdori 
Salavka  I  Nikator  bo`lgan.  O`rtayer  dengizining  sharqiy  sohilidan  O`rta  Osiyo  va  Hindiston  chega-ralarigacha 
bo`lgan yerlar  Salavka  davlati tarkibida edi.
Salavka  vafot  etgach,  uning  vorislari  davrida  sharqiy  viloyatlarda  qo`zg`olonlar  boshlanadi.  Bundan 
salavkiylarning  Baqtriyadagi  noibi  Diodot  ham  foydalanadi.  U  mahalliy  zodagonlarning  xayrixohligiga  tayanib 
miloddan avvalgi 250-yilda  o`zini Baqtriya podshosi deb e`lon qiladi.  Qirol Diodot  Davlat  ishlariga  yunonlar  va  mahalliy  baqtriyalik  zodagonlar  jalb  qilinganligi 
uchun  bu  davlat  Yunon-Baqtriya  podsholigi  deb  ataldi.  Bu  davlatning  asosi 
dastlabki  Baqtriya  bo`lgan,  uning  poytaxti  Zariasp  edi.  Keyinchalik  bu  shahar 
Baqtr nomi bilan mashhur bo`lib ketdi.
Diodot  I  va Diodot  II  lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, 
Davon,  Sharqiy  Eron  hisobiga  kengayadi.  Miloddan  avvalgi  230-yili   So`g`diyona 
noibi  Evtidem  I  qo`shinlari  Diodot  II  qo`shinlarini  yengib  Baqtriya  taxtini 
egallaydi. Yunon-Baqtriya  podsholigining  parchalanishi  va  qulashi.  Miloddan  avvalgi  175-yilda   podsho  Demetriy 
Hindistonda  jang  olib  borayotgan  edi.  Shu  davrda  uning  sarkardasi  Yevkradit  qo`zg`olon  ko`tarib  Yunon-Baqtriya 
taxtini  egallaydi.  Demetriy  esa  janglarning  birida  halok  bo`ladi.  Shundan  keyin  podsholik  ikkiga  bo`linib  ketadi. 
Birinchisi  Yevkradit  va  uning  vorislari  boshqargan  Yunon-Baqtriya,  ikkinchisi  Demetriy  va  vorislari  boshqargan 
Yunon-Hind davlatlaridir.
Miloddan  avvalgi  162-yili   Yevkradit  Panjobga  qo`shin  tortib  uni  bosib  oladi.  Lekin  ko`p  o`tmay  Yunon-Hind  shohi 
Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.
Shu  davrda  Parfiya  podshosi  Mitridat  I  Yunon-Baqtriyaning  g`arbiy  viloyatlarini  bosib  oladi.  Miloddan  avvalgi  160-
yili  Yevkradit  bilan  o`g`li  Geleokl  o`rtasida  janjal  chiqadi. Yevkradit  o`z  o`g`li  Geleokl  tomonidan  o`ldiriladi.  Geleokl 
davrida  Yunon-Baqtriya  davlati  kuchsizlanib,  uning  ixtiyorida  Baqtriyagina  qoladi.  Miloddan  avvalgi  140–130-yillar 
orasida   shimoli-sharq  va  shimol  tomondan  sak  va  yuechji  qabilalarining  shiddatli  hujumlari  boshlanadi.  Bu  hujumlar 
natijasida  Yunon-Baqtriya  davlati  ag`darib  tashlanadi.  Shu  bilan  120  yil   davr  surgan  Yunon-Baqtriya  davlati  ham 
barham topadi.  Asarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, Eron va O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati to‘qnashadigan nuqtalar ko‘p. Uning ildizlari 
Ahamoniylar davriga borib taqaladi. Bu haqda «Avesto» kitobida ham yozilgan. O'rta Osiyo va Eron o'rtasidagi munosabatlar haqida 
yozilganligini isbotlaydi . Bu kitobda tarixlari keltirilgan ikki podshohlik Parfiya va Baqtriya qirolliklaridir.

Parfiya podsholigi deyarli butun Eron va Mesopotamiyani qamrab olgan. Parfiya podsholigi saklar va selevklar tomonidan 
mag lubiyatga uchrab, o z hukmronligini tiklashga bo lgan so nggi urinishida sharqda Parfiyaning shimoliy rayonlarini vayron qildi ʻ ʻ ʻ ʻ
va janubda Dranganni egallab oldi. Parfiya qirolligi Xitoy bilan diplomatik aloqalar o rnatdi. Miloddan avvalgi Miloddan avvalgi 40-	
ʻ
yilga kelib Parfiya qirolligi butun Kichik Osiyo va Suriyani bosib oldi va Sharqiy O rta yer dengizidagi Rim mulklariga tahdid soldi. 	
ʻ
Parfiya podsholigining davlat tuzilishi parfiyaliklarning qabilaviy an’analari va parfiya boshqaruv tizimini o‘zida mujassam etgan. 
Ardashir Papakan asos solgan Sosoniylar sulolasi atrofida to plangan yangi kuchlarning zarbasi natijasida milodiy 224-yilda Parfiya 	
ʻ
podsholigi quladi.

Yunon-Baqtriya podsholigida yunonlar (yunonlarning turmush tarzini va yunon madaniyatini saqlab qolgan xalqlar, 
yunonlarning avlodlari bo lishi shart emas) mahalliy aholidan, xususan, ijtimoiy hayotning barcha ellinistik institutlari va 	
ʻ
an analaridan, yunon tilidan ajralib turardi. va boshqa ko'plab madaniyat elementlari saqlanib qolgan. Shimoliy Afg‘onistonda fransuz 	
ʼ
arxeologlari tomonidan qazilgan Yunon-Baqtriya shaharlaridan biri (Ayxonum shahri) akropol va agora, tartibli ko‘chalari va jamoat 
uylari, propilyalari, ayvonlari va ustunlari bo‘lgan haqiqiy ellinistik shahar ekanligi aniqlandi.

Yozuvlarda faqat yettita Yunon-Baqtriya podsholari qayd etilgan. Yunon-Baqtriya podsholigining asoschisi Diodot I ning o rniga 	
ʻ
uning o g li Diodot II o tirdi va u miloddan avvalgi vafot etdi. III asr 30-yil hukmronlik qilgan. III asrning 20-yillari. Qirol Evtidem 	
ʻ ʻ ʻ
taxtga o'tirdi, u 208-206 yillarda hukmronlik qildi. III Antioxning 2 yillik qamaliga dosh bera oldi . Xulosa           E'tiboringiz uchun rahmat !

YUNON BAQTRIYA PARFIYA MUNOSABATI

1. Parfiya podsholigi. 2 Yunon-Baqtriya podsholigi  X ulosa Reja .

1. Qadimgi Parfiyaning geografik o`rni, tabiati va aholisi. Parfiya ham janubi-g`arbiy Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri bo`lib Sharqning eng katta va kuchli davlatiga aylangan paytda Mesopotamiyadan Hindiston chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olar edi. Parfiyaning yer usti tuzilishi asosan tog`lik, yassitog`lik va qisman sho`rxok tekisliklardan iborat bo`lgan. Uning hududidan Frot, Dajla, Atrok, Tajan, Murg`ob kabi katta-kichik daryolar oqib o`tgan. Parfiya hududida bir necha yuz ming yillardan beri aholi yashab keladi. Uning tub aholisi parnlar, daxlar, saklar, girkanlar va boshqa qabilalar bo`lgan. Parfiya kuchayib atrofdagi o`lkalarni istilo qilgach, aholisi tarkibiga yunon-makedonlar, eroniylar, midiyaliklar, mesopotamiyalik va boshqa xalqlar ham kirgan.

2. Parfiya davlatining tashkil topishi. Miloddan avvalgi VII– VI asrlarda Kaspiy dengizdan janubi-sharqiy hududlarda parn-parfiya qabilalari yashar edilar. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Parfiya goh Midiya, goh Eron, goh Yunon-Makedon, goh Salavkalar davlati tarkibida bo`lgan. Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Salavkalar davlati kuch-sizlanib qolgan edi. Shu davrda Turkman-Xuroson tog`lari va uning shimoliy hamda janubiy etaklarida Parfiya satrapligi bo`lib, unga Stagnor degan kishi noiblik qilardi. Miloddan avvalgi 250-yili salavkiylarning Parfiyadagi noibi Andragor o`zini Parfiya podshosi deb e`lon qildi. Lekin Andragorning podsholigi uzoqqa bormadi.

Miloddan avvalgi 247-yili ko`chmanchi sak qavmlarining parn-dax qabilalari Parfiyani bosib oladilar. Ularning sardori Arshak Parfiya davlatining podshosi deb e`lon qilinadi. Rim tarixchisi Pompey Trog ma`lumotlariga ko`ra Arshakning kelib ghiqishi saklardan bo`lib, o`ta jasur va mard odam bo`lgan ekan. Arshak ismi shak botiri, pahlavoni, degan ma`noni bildirgan. Arshak` Kaspiyning janubidagi Girkaniyani bosib olib, podsholik yerlarini kengaytiradi. U arshakiylar sulolasiga asos soladi. Arshak Yunon-Baqtriya podshosi Deodot I bilan harbiy ittifoq tuzib, salavkiylar qo`shinini tor-mor etadi. Salavka podsholaridan Antiox III miloddan avvalgi 209-yili Parfiya ustiga qo`shin tortadi. Bu jangda Parfiya qo`shinlari yengiladi, ammo Parfiya o`z mustaqilligini saqlab qoladi.