Zavqiy
ZAVQIY (1853-1921)
Z a v q iy t a x a llu s i b ila n q a la m t e b r a t g a n s h o ir n in g a s l is m i U b a y d u llo h b o ‘ lib , 1 8 5 3 - y ild a Q o ‘ q o n s h a h r in in g Q a t a g ‘ o n d a h a s a g a q a r a s h li S h a y x o n m a h a lla s id a m a h s id o ‘ z k o s ib M u h a m m a d S o lih o ila s id a d u n y o g a k e lg a n .
Bo‘lajak shoir dastlab mahallasidagi maktabda o‘qigan, so‘ng 1870—1874- yillarda shoirtabiat tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan. TAHSIL
Shoirning ijodiy faoliyati madrasada tahsil olib yurgan paytlarida boshlangan. O‘sha paytlarda u Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishdi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoaralarda ishtirok etdi. Bu muhit Zavqiyning ijodiy kamolida alohida ahamiyat kasb etdi. Furqat o‘z esdaliklarida ushbu shoirlar tez-tez to‘planishib, adabiy suhbat qurganlari, bir g‘azalga ergashib, uning ma’nosini turli shakl va ifodalarda aytib, she’riy bahs va ijodiy musobaqa qilishlari haqida yozgan edi.
T og‘asi Muhammad Siddiq bilan birga haj safariga chiqib, olti oy davomida Turkiya va Arabiston mamlakatlarida bo‘ladi. Shoir safar davomida boshqa xalqlarning hayoti, urf-odatlari bilan tanishadi. Natijada dunyoqarashi kengayib, ijodida yangi mavzu va ohanglar paydo bola boshlaydi.