1989-1991 YILLAR ORALIG’IDAGI O’ZBEKISTONDA SIYOSIY VOQEALARNING JAHON MATBUOTIDA YORITILISHI
MAVZU: 1989-1991 YILLAR ORALIG’IDAGI O’ZBEKISTONDA SIYOSIY VOQEALARNING JAHON MATBUOTIDA YORITILISHI Reja: Kirish 1 Mustaqillik ka erishish ostonasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ning matbuotida yoritilishi 2 Mustaqillik ka erishish ostonasida O’zbekistondagi siyosiy vaziyatning yoritilishi 3 Xalq norozichilik harakatlari ning kuchayishi……………………….. 4 O’zbekistonda “paxta ishi”, “o’zbeklar ishi” kabi uydirmalar bilan o’zbek xalqining jabrlanishi ………………………………………… xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH Dunyodagi xalqlar va millatlarning ozodlik yo‘lidagi kurashlar tarixi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotidagi tub burilishlar davrida ijtimoiy- siyosiy vaziyatning o‘zi buyuk yo‘lboshchilarni maydonga chiqaradi. Hindiston tarixida Maxatma Gandi, AQSh tarixida Jorj Vashington, Fransiya tarixida Sharl de-Goll, Turkiya tarixida Mustafo Kamol Otaturk ana shunday tarixiy missiyani o‘z zimmasiga olib, ona xalqining milliy-ozodlik kurashiga boshchilik qilganini yaxshi bilamiz. Bizning yurtimiz tarixida ham ana shunday ulug‘ yo‘lboshchilar tarixiy vaziyat taqozosi bilan maydonga chiqib, xalqimizni yovuz bosqinchilar zulmidan ozod etgan, uning sha’ni va g‘ururi, insoniy huquqlarini qayta tiklagan. Bu haqda gapirganda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz o‘n to‘rtinchi asrda Turkiston zaminini mo‘g‘ullar zulmidan ozod etib, ana shunday buyuk missiyani ado etganini hamisha g‘urur-iftixor bilan esga olamiz. XX asrning 90-yillariga kelib esa Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ana shunday o‘ta og‘ir va mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oldi. Buni “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi har bir nutq va ma’ruza, tarixiy hujjat tasdiqlaydi. Kitobdagi birinchi material - 1989 yil 24 iyunda, respublika rahbari sifatida ish boshlaganining ikkinchi kuni O‘zbekiston Ministrlar Sovetida bo‘lib o‘tgan Farg‘ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengashda so‘zlagan nutqidayoq Islom Karimovdagi haqiqiy yo‘lboshchilarga xos fazilatlar yorqin namoyon bo‘ladi. Avvalo, yangi rahbar boshqalar kabi yonib turgan o‘tkir masalalarga, respublikadagi o‘ta tang ahvolga beparvo qarolmaydi. Chunki uning qalbi, yuragi xalq dardi bilan, O‘zbekiston dardi bilan yonadi. Uning respublikaning yangi rahbari sifatida aytgan quyidagi dastlabki so‘zlari shunchaki so‘z emas, balki qat’iy talab bo‘lib yangraydi. U faqat va faqat respublika manfaatini, mavjud ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirishni rahbar faoliyatidagi bosh mezon deb biladi va boshqalardan ham shuni talab qiladi: “Ishga bo‘lgan, o‘zimizga topshirilgan vazifaga nisbatan
munosabatni, dunyoqarashimizni va umuman, mas’uliyatimizni o‘zgartira olsakkina ishlarimiz yo‘lga tushib ketadi. Aks holda, vaziyatni izdan chiqarishga intiladigan kuchlar yo meni chetga surib qo‘yadi yoki juda ko‘p rahbarlarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi” 1 . Xolbuki Islom Karimovga qadar respublikamizni boshqargan rahbarlar faoliyatida o‘z xalqining emas, balki faqat mustabid Markazning irodasi, uning manfaatlari bosh mezon bo‘lib kelgan edi. SHuning uchun ham ular o‘zicha mustaqil hech qanday ish qilolmas, boshqalardan ham ishni talab qilishga ularda qat’iyat etishmas edi. Buni kitobdan o‘rin olgan quyidagi fakt va dalillar isbotlaydi: «KPSS Markaziy Komitetining mensimasligi va buyruqbozligi shu darajaga borib etdiki, Markaziy Komitet kotibi yoki viloyat komitetining birinchi kotibi haqida gapirmay qo‘ya qolaylik, hatto, obkom kotibini tavsiya qilish uchun kelishib olishga yaqin-yaqingacha majbur bo‘lib keldik. Kim bilan kelishardik deng? Qandaydir sektor mudiri yoki yo‘riqchi bilan, uning xonasi oldida qabul qilishini kutib navbatda turardik. Barcha darajadagi partiya xodimlarining taqdiri shu kishilarga, KPSS Markaziy Komiteti apparatining oddiy amaldorlariga bog‘liq bo‘lib qolgandi. Mogilnichenko, Bessarabov hamda ularning eng faoli Ponamarevni bir eslang. Ularning bu erga kelishi qanday ta’riflangan edi? Bu butun bir voqea bo‘lgan edi. Lekin ular o‘zlaridan yaxshi xotira qoldirishmadi. Ular birinchi kotib xonasi eshigini chap oyog‘i bilan ochib kirishardi.O‘shanda plenumlarda qilingan barcha ma’ruzalarni, men shuni ochiq aytishim kerakki, avvaliga Ponamarev. Anishchev, Ogarok va ularning to‘dasi tahrir qilardi, so‘ng Usmonxo‘jaev minbarga chiqib, ana sha tayyor narsalarni o‘qishga tushardi. U ko‘pincha ma’ruzada gap nima haqda borayotganini bilmagan holda o‘qirdi. Ana shu kishilarning xohish-irodasi bilan qanchadan-qancha odamlarning, shu jumladan, kommunistlarning, qanchadan-qancha rahbarlar va ularning oilalari taqdiri buzildi. O‘zbekistonni hech qachon bilmagan. Uning tili, madaniyati, bugungi kuni va o‘tmishini bilmagan, umrida O‘zbekistonni ko‘rmagan bu 1 Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011 йил, 3- бет.
odamlar uning faqat qullarcha ta’zim qilishini xohlashardi. SHunday kishilar siyosat yurgizishardi. YUqorida o‘tirganlarning hammasi ularning amaldorlari tayyorlagan qarorlargagina imzo chekishardi» 2 . Boshqa bir o‘rinda bunday holatning sabablari shunday bayon qilinadi: “Bo‘shbayov, siyosiy irodadan mahrum, o‘z xalqining or-nomusi va qadr- qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan kishilarning O‘zbekiston kompartiyasi va respublika rahbariyatiga kelib qolishi avvalo shunga yordam berdi. Ularning aksariyati o‘zlarining omon qolishlarini o‘ylab, huquq muhofazasi organlari, jumladan, Gdlyan va Ivanov guruhi yo‘l qo‘ygan qonunsizlik va qonun buzilishlarini payqamaslikka obdan urindilar” 3 . Ana shunday rahbarlarning bo‘sh-bayovligidan foydalanib, sobiq Markaz, O‘zbekistonning o‘zida ko‘plab malakali va salohiyatli kadrlar bo‘lishiga qaramasdan, SSSRning turli mintaqalaridan yurtimizga ishni bilmaydigan, faqat bu erdagi imkoniyatlardan foydalanib, lavru davron surishni o‘ylaydigan odamlarni yubora boshladi. Ular xalqimiz o‘rtasida “desantchi”lar deb nom oldi. “Boshqa mintaqalardan yuborilgan kadrlarning ba’zilari respublika ehtiyojlari va kulfatlariga hamdard bo‘lish u yoqda tursin, balki partiya. Sovet va huquqni muhofaza etish organlari va boshqa organlarda o‘zlarining rahbar lavozimlariga tayinlanishlarini o‘zboshimcha qilish uchun berilgan yorliq, deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini bosib-yanchib qing‘ir o‘zanga solishga kirishdilar. Xalqning ko‘p asrlik an’analari, madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini mensimaslik elni juda ranjitdi. Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati obdan oyoq osti qilindi, ona tilining qo‘llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo‘yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo‘lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir ma’qul bo‘lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto milliy libos ham 2 Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011йил, 385-386- бетлар. 3 Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.75-бет.
qoralandi.Kezi kelganda odamlar milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilish, qarindosh- urug‘larni dafn etishga ham cho‘chib qolgan edilar” 4 . Yuqorida zikr etilgan, respublika rahbari sifatida ishtirok etgan birinchi majlisdayoq Islom Karimov o‘n yillar davomida hal qilinmayotgan va ko‘pchilik bundan bo‘yon ham shunday davom etaveradi, degan kayfiyat bilan umumiy bir beparvolik bilan qo‘llab-quvvatlab kelayotgan masalalarga oydinlik kiritadi. Boshqacha aytganda, o‘zining rahbarlik pozitsiyasini ochiq bayon etadi. Bu, albatta, zalda o‘tirgan, eskicha ishlashga ko‘nikib qolgan aksariyat katta-kichik rahbarlar uchun go‘yo bulutsiz osmonda chaqmoq chaqnagandek ta’sir qiladi. Ayniqsa, sobiq Markazdan, SSSRing boshqa hududlaridan O‘zbekistonga yuborilgan, o‘zlaricha hech kim bizni mushugimizni “pisht” deya olmaydi, degan kayfiyatda yurgan kimsalar birdaniga xushyor tortadi. Chunki shu paytgacha hech kim ulardan ishni qat’iy turib talab qilmagan va buni xayoliga ham keltira olmas edi. Haqiqatan ham, xalq dardi bilan yonib, nafas olgan o‘zini buyuk ishlarga bag‘ishlagan mard va jasur insonlarga hech qanday xavfu xatardan qo‘rqmaydi. Bamisoli butun xalqning ezgu niyatlari qudratli kuchga aylanib, ularni qo‘llab- quvvatlab turadi. Buni “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o‘qish jarayonida qayta-qayta his etamiz. 1991 yil 18 avgust. SSSR poytaxti hisoblanmish Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar amaldagi prezident M.Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat komitetini tuzadi. Tarixda bu “GKCHP voqeasi” degan nom bilan eslanadi. GKCHP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. Shu maqsadda ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmoqchi, milliy respublikalarning o‘o‘z xalqi manfaatlarini o‘ylab qabul qilgan qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo‘ladi. 4 Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011йил, 177-178- бетлар.