logo

Samarqandning xorij tarixshunosligida yoritilishi. (XVI-XIX asrlar)

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

110.98046875 KB
Samarqandning xorij tarixshunosligida yoritilishi. (XVI-XIX asrlar)
     
      KIRISH..,3-8-betlar
I. Inglizzabon tadqiqotchilarining asarlarida Samarqand (XVI-
XIX )
1.1.  Zamonaviy inglizzabon tadqiqotlarda Samarqand… 9-15-betlar
1.2. Alexsander Morrison tadqiqotlarida Samarqand.. 16-20-betlar
1.3. Samarqand amerikalik Yujniy Skayler nigohida..21-26-betlar
II.  Nemis, fransuz va rus tarixshunoslik tadqiqotlarida 
Samarqand tarixi…(XVI-XIX )
1.1 Rus tilidagi tadqiqotlar…27-39-betlar
1.2 Nemis va fransuz tilidagi asarlar..40-45-betlar
2 sharq zamonaviy tadqiqotlarda Samarqand tarixiga oid ilmiy 
qarashlar…(XVI-XIX )
1.1 Turk tilidagi ilmiy tadqiqotlar..46-54-betlar
1.2 Xitoy va Yaponiya  ilmiy tadqiqotlari..55-62-betlar
3 Xulosa..63-65-betlar
4 Adabiyotlar ro’yxati..66-68-betlar
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Vatanimiz   o‘tmishini   xolisona   baholash   va   tiklash
tarixchi   va   arxeolog   olimlarning   asosiy   vazifalaridan   biri   bo‘lib   hisoblanadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishishi bilan o‘zbek xalqining tarixini  q aytadan
yaratish   va   uni   xolisona   o‘rganish   yosh   avlodda   tarixiy   dunyoqarash   va   milliy
g‘ururni   shakllantirish   masalalari   hayotimizning   ajralmas   qismiga   aylandi.
Y u rtimiz tarixiga bo‘lgan munosobat tubdan o‘zgardi.
  Hozir O’zbekiston deb ataluvchi  hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat  Sharq,
balki   umumjahon   sivilizasiyasi   beshiklaridan   biri   bo’lganini   butun   jahon   tan
olmoqda.   Bu   qadimiy   va   tabarruk   tuproqdan   buyuk   allomalar,   olimu-ulamolar,
siyosatchilar,   sarkardalar   etishib   chiqqan.   Diniy   va   dunyoviy   ilmlarning   asoslari
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Eramizgacha   va   undan   keyin   qurulgan   murakkab   suv   inshoatlari   shu   kungacha
ko’rku   fayzini,   mahobatini   yo’qotmagan   asoru-atiqalarimiz   qadimqadimdan
yurtimizda   dehqonchilik,   hunarmandchilik   madaniyati,   memorchilik   va
shaaharsozlik   san’ati   yuksak   bo’lganidan   dalolat   beradi.   Beshavqat   davr
sinovlaridan   omon   kelgan,   eng   qadimgi   tosh   yozuvlar   bitiklardan   tortib,   bugun
kutubxonalarimiz   xazinasida   saqlanayotgan   yigirma   mingdan   ortiq   qulyozma
ularda   mujasamlashgan   tarix,   adabiyot,   san’at,   siyosat,   axloq,   falsafa,   tibbiyot,
matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n
minglab   asarlar   bizning   beqiyos   ma’naviy   boyligimiz   iftixorimizdir.   Bunchalik
katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun bu borada
jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil
ayta olamiz. 1
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari diniy, axloqiy,
ilmiy   qarashlarini   o’zida   mujassam   etgan.   Bu   nodir   qo’lyozmalarni   jiddiy
o’rganish   davri   keldi.   Bizga   ma’lumki,   sho’rolar   zamonida   tarixiy   haqiqatni
1
 Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.7-жилд, Тошкент., «Ўзбекистон», 1999. 132-б
2 bilishga   intilish   rag’batlantirilmas   edi.   Hukmron   mafkura   manfaatlariga   xizmat
qilmaydigan manbalar xalq ko’zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. Olimlarimiz
tariximizning turli davirlariga oid risolalar  yozishmoqda «tarixiy mavzuda yirik
nasriy,   nazmiy,   sahna   asarlari   yaratilmoqda   ommaviy   axborot   vositalari
ma’naviy   qadiratlarimizni   keng   targ’ib   qilayotgani   suhbatlar,   muloqotlarda
fikrlar   rang-barangligi   paydo   bo’layotgani   diqqatga   sazovor.   Davlatchilik
tariximiz   tub   burilish   pallasiga   kirgan   bir   paytda   o’zimizning   zamon   va
makondagi   o’rnimizni   aniq   belgilab   olishimiz,   nasl   –nasabimiz   kimligimizni
bilishimiz kerak.
O’zbekiston   Respublikasida   mustaqillikning   dastlabki   davrlaridan   boshlab
xalqning   tarixiy   xotirasini   tiklash,   tarix   faniga   doir   tadqiqotlarni   har   taraflama
takomillashtirish   masalalari   davlat   siyosati   darajasiga   ko’tarildi.   Yurtboshimiz
I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, «O’z tarixini bilgan, undan ruhiy
quvvat   oladigan   xalqni   yengib   bo’lmas   ekan,   biz   haqqoniy   tariximizni
tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz, yana
bir bor qurollantirishimiz zarur» 2
 
Prezidentimiz   ushbu   uchrashuvlarda   O’zbekistonning   yangi   tarixini   yaratish
hamda   milliy   o’zlikni   anglashni   mustahkamlash   yosh   avlodni   tarbiyalash,
jamiyatni   ma’naviy-ma’rifiy   jihatdan   kamol   toptirish   uchun   boy   tariximizni
xolisona o’rganish o’ta dolzarb vazifa ekanligini ko’rsatib o’tgan. 
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Fanlar
Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida»gi qarorida tarix
fani   muommolariga,   tarixni   milliy   istiqlol   mafkurasi   nuqtai   nazaridan
o’rganishning   falsafasi   va   uslubiyatini   egallash   masalalariga   jiddiy   e’tibor
qaratilgan.   Bu   hujjatda   birinchi   navbatdagi   vazifalar   sifatida   «o’zbek   xalqi   va
davlatchiligining haqiqiy tarixini o’rganish» ko’rsatib o’tilgan . 3
O’zbekiston   Respublikasi   mustaqilikka   erishgandan   so’ng   fanning   barcha
sohalariga   alohida  e’tibor   qaratila  boshlandi.   Shu  jumladan,   tarix   fani   va   uning
2
 Каримов И.А. Ўзбекистон XIX аср бўсағасида. Хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт 
кафолатлари. Тошкент., «Ўзбекистон», 1997. 140-бет.
3
 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент., «Ўзбекистон», 1998. 8-бет.
3 rivojiga ham katta e’tibor berildi. O'zbekistan o’zining ko’p ming yillik tarixiy -
taraqqiyoti   davomida   mahalliy   tub   joy   aholisiga   ona-Vatan,   ota-makon   bo’lib
keldi. Ayni paytda taqdir taqozosi hamda ko’plab ob’ektiv va sub’ektiv omillar
ta’sirida   mazkur   hududga   dunyoning   turli   mamlakatlaridan   har   xil   sabablar
tufayli   kelib   qolgan   xalqlar   ham   qo’nim   topib,   mahalliy   aholi   bilan   tinch-totuv
hayot kechirib kelmoqdalar. 
  O‘zbekiston   Respublikasi   birichi   Prezidentimiz   I.A.   Karimovning   «Tarixiy
xotirasiz   kelajak   yo‘q»   nomli   risolasida   va   boshqa   bir   qator   asarlarida
tariximizning   dolzarb   masalalari   belgilab   berildi 4
.   Ushbu   asarlar   arxeolog   va
tarixchi   olimlarning   Vatanimiz   tarixini   to‘liq   va   ob’ektiv   yoritishlarida   dasturi
amal vazifasini o‘tamoqda. 
XIX–XX   asr   boshlarida   Markaziy   Osiyo     mintaqasi   shuningdek,   Samarqand
yevropalik   sayyoh   va   tadqiqotchilar   tomonidan   intensiv   ravishda   o‘rganila
boshlandi. Ular Samarqandning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti bilan birga,
geologiya,   zoologiya,   tabiatshunoslik   kabi   sohalarini   o‘rganishga   ham   katta
qiziqish bilan qaraganlar. 
O’zbekiston   xususan,   Markaziy   Osiyoning   eng   qadimiy   shaharlaridan
bo’lgan   Samarqandning   xorij   tarixshunosligida   o’rganilishi   (XVI-XIX   asrlar),
to’g’ri tahlillar va xulosalar ustida ishlash, shu o’rinda, Samarqand tarixi chet el
tarixshunosligida   qay   darajada   o’rganilganini   tatqiq   etishdir.   Bu   biz   tanlagan
mavzuning dolzarbligini bildiruvchi muhim xususiyat hisoblanadi. 
  Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   Mavzuni   o’rganishda   Samarqand   hududiga
XVI-XIX asrlarda elchilar, diplomatlar  va sayyohlar  ko’rinishida kelgan tarixiy
shaxslarning   asarlari,   kundaliklari,   shuningdek,   Zamonaviy   dunyoning
sharqshunoslik markazlarida ilmiy natijalari mahsuli sifatida chiqarilgan kitoblar
muhim manba bo’lib xizmat qiladi. 
Olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   Samarqandning   xorij   tarixshunosligida
yoritilishi masalasiga oid muhim ilmiy ma’lumotlar to’plandi. Bu sohada ayniqsa
4
  Каримов И .  А .   Тарихий хотирасиз келажак йýқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. –
Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б. 132-154; Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: 
Маънавият, 2008. Б–176.
4 adeb   Xolid 5
,   Andreas   Wild 6
,     Alexander   Morrison 7
,   Yujniy   Skayler 8
,   V.
Masalskiy 9
 va boshqa tarixchi, sayyoh olimlarning yozib qoldirgan ma’lumotlari
diqqatga sozovordir. 
Mustaqil   O‘zbekistonda   tarix  fani   rivoji   bugungi   kunda  kun   tartibiga   qo‘yilgan
vazifalardan kelib chiqsak, biz tanlagan mavzu yetarlicha yoritilmaganini va bu
masala   o‘z   yechimini   kutayotgan   muhim   tarixiy   vazifalardan   biri   ekanligini
ko‘ramiz. Chunki, O‘zbekiston hududida Samarqandning xorij tarixshunosligida
o’rganilishi   masalasi   tarixiy   tadqiqotlar,   yozma   manbalardagi   mavjud
ma’lumotlar   bilan   solishtirish   orqali   kompleks   ravishda   hozirgacha   ko‘rib
chiqilmagan.   Samarqandning   jahon   tarixshunosligiga     qo‘shgan   hissasi
yetarlicha   ochib   berilmagan.   Ayniqsa,   bu   mavzuda   davlat   tilida   biror   bir   yirik
ilmiy asar yozilmaganligi ham, bu muammo zamonaviy o‘zbek tarixshunosligida
yetarli yoritilmaganligini ko‘rsatib turibdi. 
Hozirda   mustaqil   O‘zbekiston   o’z   tarixini   yangicha   baholaydi.   Buning   uchun
iqtisodiyotga   ta’sir   qiluvchi   sohalar   tarixining   hamma   davrlari   bo‘yicha   aniq,
xolisona yozilgan ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Samarqand mamlakatimizning eng
yirik   turezm   komplekslaridan   biri   hisoblanib,   Samarqand   tarixining   xorij
tarixshunosligida   qanchalik   keng   yoritilganligini   ko’rsatib   berish   ayni   shu
sohaning rivojiga turtki bo’lib xizmat qiladi. 
Samarqand   tarixing   xorij   tarixshunosligida   o’rganish   hozirgi   zamon
tarixshunosligi uchun ham qimmatlidir.
-birinchidan,   Xorij   tadqiqotchilar   va   sayyohlari   tomonidan   yozilgan   asarlarni
topish va ularni chuqur o’rganish;
-ikkinchidan;   ma’lumotlarni   tahlil   qilish,   mahalliy   manbalar   bilan   solishtirish,
yangiliklarni o’rganish va tarixiy xatolarga ilmiy xulosalar berish;
5
  Adeb Xolidning  ‘’ The politics of Muslim. Jadidism in Central Asia’’.  California Univercity 
6
 The Emirate of Bukhara’’ ,  Andreas Wilde, Bamberg Univercity
7
  A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Samarkand 1868–1910 ‘’
8
  Южин   Скайлер  ‘’  Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo qand, Buxoro va Guljaga sayohat qaydlariʻ ’’ 
ТОШКЕНТ  «O'ZBEKISTON
9
 "Масальский В. Туркестанский край. Отдел II. Население // Россия. Полное географическое описание 
нашего отечества. Настольная и дорожная книга. Т. XIX. 
5 Yuqorida   ta’kidlab   o‘tilgan   masalalar,   ya’ni   Samarqandning   xorij
tarixshunosligida o’rganilishi (XVI-XIX asrlar) yuzasidan vujudga kelgan tarixiy
bo’shliqni to’ldirish uchun muhim faktor hisoblanadi. 
Tadqiqotning  davriy  chegarasi.   XVI-XIX  asrlarni   o’z  ichiga   oladi.  Bu  davrlar
Shayboniylar   davridan   Rossiya   imperiyasi   davrigacha   bo’lgan   tarix   bilan
xarakterlanadi.  
Tadqiqotning maqsadi.   Tadqiqotning umumiy maqsadi xorijda   XVI- asr va XIX-
asrda   olib   borilgan     izlanishlar   asosida   chop   etilgan   maqolalar,   monografiyalar,
to’plamlardan   foydalangan   holda   Samarqand   tarixining,   sharqshunoslar
tomonidan   amalga   oshirilgan   ishlari   yagona   tizimi   yaratiladi.   To’plangan
materiallar   tanqidiy   qarab   chiqiladi   va   bundan   kelib   chiqadigan   yangi   tarixiy   va
madaniy   xulosalar   umumlashtiriladi.   Maqsadga   muvofiq   tadqiqotning   aniq
vazifalari quyidagicha belgilanadi: 
- O’rta   Osiyoda   Rossiya   tomonidan   bosib   olganidan   keyingi,   ya’ni   XIX   asrning
oxiri   va   XX   asrning   boshlariga   oid   Yevropalik   va   Rossiyalik   sayyohlarni,
elchilarni,   fotograflarni,   harbiylarni,   arxeolog   va   sharqshunos   olimlarni
ishlarini tanqidiy o’rganish; 
- Samarqandning   dastlabki   tarixiy,   etnomadaniy   jihatdan   o’rganilishi   bo’yicha
chop etilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertasiyalar, ilmiy hisobotlar,
arxiv materiallarini o’rganish; 
- Samarqandning xorij tarixshunosligida o’rganish boshlangan davridan boshlab
olib   borilgan     tadqiqotlar   natijasida   to’plangan   ma’lumotlarni   o’rganib,
ulardan olingan xulosalarni tarixiy va madaniy jihatdan tanqidiy ko’rib chiqish;
Tadqiqotning   vazifalari ;   Hozirgi   zamon   talablari   darajasidagi   magistrlik
dissertasiyasi   uchun   Samarqandning   xorij   tarixshunosligida   o’rganilish   tarixi
bo’yicha yakunlangan ilmiy ish yaratish vazifa qilib olindi.
6 Tadqiqot ob’ekti va predmeti.   Tadqiqot ob’ekti XVI-XIX asrlar Samarqandning
xorij   tarixshunosligida   o’rganilishidir.     Tadqiqot   Samarqand     tarixini   xorijda
chiqgan   monografiyalar,   elchilar   kundaligi,   xorij   sharqshunoslari   tomonidan
chiqarilgan   kitoblarni   manba   asosida   o’rganib,   tahlil   qilishga   bag’ishlanadi.   U
shuningdek,   Samarqandning   XVI-XIX   asrlarda   umumiy   ijtimoiy,   iqtisodiy,
madaniy, ma’rifiy tarixini ham ochishga xizmat qiladi.
Dissertatsiyaning   ilmiy   yangiliklari.   Tatqiqotning   ilmiy   yangiligi   shundan
iboratki, ilk bor XVI-XIX asrlarda xorij sharqshunosligida Samarqand tarixiga oid
manbalar   tahlil   qilinadi,   ular   bir   tizimga   solinib,   asl   ma’lumotlar   tiklanadi.
Xorijda   Samarqand   haqida   qanday   ma’lumotlar,   qo’lyozma   kitoblar,
monografiyalar   saqlanayotganligi,   ulardagi   shaharga   oid   ma’lumotlar   qanchalik
haqiqatga mosligi tekshiriladi, xatolar ustida ishlanadi. 
Tadqiqotning tarkibiy qismi va  h ajmi .
Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,   xulosa,   foydalanilgan   manba   va   adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
7 Inglizzabon tadqiqotchilarining asarlarida Samarqand
(XVI-XIX )
Zamonaviy inglizzabon tadqiqotlarda Samarqand
Insoniyat   tarixida   muhim   o’rin   tutgan   sivilizatsiyalar   qadimgi   davrlardanoq   turli
xalqlar   madaniyatining   o’zaro   tasirida,   shakillanib,   boyib   borgan.   O’zbekiston,
xususan,   Samarqand   hududidagi   eng   qadimgi   sivilizatsiyalar,   Amir   Temur   va
Temuriylar   davri   ilmiy   madaniy   merosi   hamda   Samarqandning   XVI-XIX   asrlar
tarixiy   manzarasi   ham   shular   jumlasidan   bo’lib,   ular   umumjahon   intellektual
merosiga   katta   xissa   bo’lib   qo’shildi.   Ushbu   yutuqlar   tarixiy   taraqqiyotning
keyingi  bosqichlarida, xususan,  zamonaviy  chet  el  sharqshunoslik  maktablarining
olimlar   va   tadqiqotchilari   etiborini   doimiy   ravishda   jalb   etib   kelgan.   Zero   biz
uchun muayyan bir hudud va xalqning tarixini  o’rganishda nafaqat  o’sha yerning
muarrixlari,   balki   horijliklar   tomonidan   yozilgan   manbalarni   tadqiq   etish   alohida
ahamiyat kasb etadi.
Samarqandning   bir   necha   ming   yillik   boy   tarixi   va   madaniyatini   o’rganishda
horijiy tadqiqotlar va manbalar muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, ilgari ilmiy istemolga
jalb etilmagan manbalarni aniqlash, tarjima qilish, ularni mahalliy , manbalar bilan
qiyosiy  tahlil   qilish  katta ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada  horijiy ilmiy markazlar
orasida  katta tajribaga ega bo’lgan va Samarqand tarixiga oid ko’plab tadqiqotlar
olib borgan inglizzabon  sharqshunoslik    maktablarining faoliyati  alohida etiborga
molik.   Amma,   ushbu   masalaning   hozirgacha   chuqur   o’rganilmaganligi   mazkur
muommoni ilmiy tadqiq etish zaruriyatini belgilab berdi.
Tarixga   nazar   tashlaydigan   bo’lsak,   inglizlarning   Sharq,   xususan,   O’rta   Osiyo
ilmiy   merosiga   qiziqishi   va   u   bilan   tanishishning   boshlanishi   XII   asrga   to’g’ri
keladi 10
  Fredrik   Starrning   qayd   etishicha,   bu   davrda   Aderlard   islom   olamidagi
10
 “Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва методологиясининг
долзарб масалалари” // Республика XII илмий-амалий конференция материаллари. 12–илмий 
тўплам [Тошкент давлат шарқшунослик университети.  TOSHKENT -2020.  МАРКАЗИЙ ОСИЁГА ОИД 
ДАСТЛАБКИ БИЛИМЛАРНИНГ БУЮК БРИТАНИЯДА ПАЙДО БЎЛИШИ В. ХОЛОВ
8 ilmiy yutuqlar bilan tanishish uchun keladi va qaytishda sharq mutafakkirlarining
asarlaridan   nusxalarini   o’zi   bilan   olib   qaytadi   va   bu   asarlar   lotin   tiliga   tarjima
qilinib, Yevropa bo’ylab tarqatiladi 11
. Keyingi davrlarda aynan XVI-XIX asrlarda
Yevropadan   ko’plab   sayyohlar,   elchilar   davlatimiz   hududiga   tashrif   buyirgan   va
ularning eng ko’p oqimi XIX asrda kelgan deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. Arxiv
ma’lumotlariga   ko’ra   1890–1898-yillarda   Turkistonga   jami   260   nafar   xorijiy
sayyoh   va   tadqiqotchilar   tashrif   buyurib,   ular   tarkibida   75   nafar   ingliz,   70   nafar
nemis, 57 nafar fransuz, 24 nafar avstriya-vengriyalik, 15 nafar amerikalik, 7 nafar
daniyalik,   4   nafar   belgiyalik,   4   nafar   italiyalik,   3   nafar   shveysariyalik,   1   nafar
ispaniyalik   bor   edi 12
.     Bundan   ko’rinib   turibdiki,   XIX   asr   Markaziy   Osiyo
mintaqasida   ingliz-rus   raqobati   sababli   yuzaga   kelgan   geosiyosiy   vaziyat,
yurtimizga   inglizlarning   qiziqishini   oshirib   yuborgan.   Bu   borada   ingliz   tilidagi
davriy matbuat faol ish olib borgan. O’sha davrning nufuzli ‘’The Times’’ va ‘’The
Daily Telegraph’’ gazetalari, ‘’Edinburg Review’’, ‘’Economist’’, ‘’Journal of the
Royal   Geographical  Society  ‘’   , ‘’Geographical   Magazine’’,  ‘’  The  Geographical
Journal’’   kabi   jurnallarida   Markaziy   Osiyo   tarixi,   tabiati,   iqtisodi   va   boshqa
masalalariga bag’ishlangan yuzlab ilmiy maqolalar nashr qilib borilgan 13
. Xususan,
bu   davrda   o’sha   davrda   yozilgan   Vengriyalik   sharqshunos   Vamberining     “   O’rta
Osiyo   bo’ylab   sayohat”   asarida   O’lkamiz,   shuningdek,   Samarqand   haqida
bildirgan   fikrlari   taqsinga   sozovordir.           A.   Vamberining   Samarqanddagi
madrasalar   haqidagi   fikr   bildirib,     “Samarqandda   hali   ham   yaxshi   saqlangan
madrasalar  mavjud, boshqalari  bo’sh va tez  orada  xarobaga  aylanadi. Eng yaxshi
11
 “Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва методологиясининг
долзарб масалалари” // Республика XII илмий-амалий конференция материаллари. 12–илмий 
тўплам [Тошкент давлат шарқшунослик университети.  TOSHKENT -2020.  МАРКАЗИЙ ОСИЁГА ОИД 
ДАСТЛАБКИ БИЛИМЛАРНИНГ БУЮК БРИТАНИЯДА ПАЙДО БЎЛИШИ В. ХОЛОВ
12
  SamDU - ILMIY   AXBOROTNOMA , 2019- YIL , 4- SON /  TURKISTON   O ‘ LKASIDA   XORIJIY   SAYYOH   VA  
TADQIQOTCHILAR   FAOLIYATI   TARIXIDAN  ( XIX   asr   ikkinchi   yarmi  –  XX   asr   boshlari ).    D . B . Rasulova
13
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАКИКОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Тошкент « Nurafshon  
business » 2022. 381- b ,  проф. Д.Х,. Зияева
9 saqlanib qolgan madrasalar Sherdor va Tillakori bo’lib, ular Temur davridan ancha
keyin, XVII asr, mamlakatda Ashtarxoniylar hukmronlik qilgan davrda qurilgan” 14
deb  aytib  o’tgan.   Tillakori   madrasasi  oltin  bilan  bezatilgan,   shuning  uchun  uning
nomi “oltindan qilingan” degan ma’noni anglatadi. U 1028 (1618) - yilda Islomni
qabul qilgan Yalangtosh ismli boy qalmoq tomonidan qurilganligini aytib o’tgan.
Yalangtosh Bahodir Ashtarxoniy Imomqulixon davrida Samarqand hokimi bo’lib,
u   o’zbeklarning   olchin   urug’idan   bo’lganligi   haqida   tarixiy   manbalarda
ma’lumotlar   uchraydi.   Tillakorining   “xonaqoh”   deb   nomlangan   qismi,   haqiqatan
ham shu qadar boy bezatilganki, undan faqat Imom Rizoning masjidi o’tib ketishi
mumkin.   Ushbu   madrasalar   qarshisida   Temurning   nabirasi,   astronomiyani
ishtiyoqli   sevuvchi,   o’zining   nomi   bilan   atashlarini   buyurgan   Mirzo   Ulug’bek
madrasasi   joylashgan.   Ushbu   binoda   dunyoga   mashhur   rasadxona   joylashgan
bo’lib, uning qurilishi  832 (1440) - yilda G’iyosiddin Jamshid, Muayyid Koshoni
va   Isroil   olimi   Silah   ad-Din   Bag’dodiy   boshchiligida   boshlanib,   Ali   Qushchi
rahbarligida   qurib   bitkazilgan.   A.   Vamberi   rasadxona,   hamda,   “Bibixonim”
me’moriy   obidasiga   ham   ta’rif   beradi.   “Menga   rasadxona   joylashgan   joyni
ko’rsatishdi,   lekin   men   u   yerdan   faqat   bir   nechta   izlarni   topishim   mumkin   edi.
Ushbu   uchta   madrasa   Buxorodagi   Registondan   kichikroq,   ammo   do’konlar   va
doimiy  g’uvillashgan   olomon  bilan   to’ldirilgan   Samarqandning  asosiy   maydonini
yoki   Registonni   tashkil   qiladi.   Ulardan   bir   oz   uzoqlikda,   Darvozai-Buxoro
yaqinida,   Temurning   rafiqasi   atab   qurilgan   ajoyib   Madrasai-Xonim   (Bibixonim)
joylashgan.   Balandligi   100   futdan   oshiq   31   baland   ingichka   frontal   binoga   ega
xarobalar uning avvalgi ulug’vorligidan dalolat beradi”. 15
O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng butun dunyo hamjamiyati, xususan, 
dunyoning rivojlangan inglizzabon sharqshunoslik maktablari tomonidan yurtimiz 
tarixini chuqur o’rganish yanada ortgani sir emas. Aynan O’rta Osiyo 
sivilizatsiyasi beshiklaridan hisoblanadigan, qadimiy, navqiron Samarqand haqida 
ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunga misol tariqasida, Oxford 
14
 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”. 2003.
15
  O’sha joyda
10 universiteti Tarix fani o’qituvchisi Alexsander Morrison imperiya va 
mustamlakachilik davri tarixchisi hisoblanib, u o’z tadqiqotlarida ayniqsa 
Markaziy Osiyoga ruslar kirib kelgan davrga e'tibor qaratgan. Alexsandr Morrison 
tomonidan yozilgan monografiya   ‘’ Russian Rule in Samarkand 1868 – 1910 ‘’    
(1868-1910 yillarda Samarqandda ruslar hukmronligi) va yana bir yirik asar Adeb 
Xolidning ‘’ The politics of Muslim. Jadidism in Central Asia ‘’ ( musulmon 
madaniyatini isloh qilish siyosati. O’rta Osiyoda jadidchilik ) kabi kitoblar XIX asr
Samarqand tarixiga yangicha qarashlar olib keldi va hammaga ma’lum bo’lgan 
mavzuni ochib berdi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi 16
. Bu asarlarda 
mustamlakachilar tasviri mumkin bo’lganidan ancha murakkabroq  tasvirlangan. 
Rossiya imperiyasi siyosiy amaliyotini inglizlar bilan solishtirish, imperator 
hokimiyatining mahalliy elita bilan o’zaro ta’siri tajribasidan kelib chiqgan holda, 
Morrison rus tajribasining o’ziga xos xususiyatiga aylangan farqni topadi 17
 
Xususan, Alexsandr Morrisonning o’zi takidlaganidek ‘’   Men  o’z ishimda 
Britaniya Hindistoni va Rossiya Turkistoni mustamlakachilik siyosatini  ko’rib 
chiqdim  ( xususan Samarqand hududini ) va men topgan farqlar va o’xshashliklar  
kutgandek bolmasdan, balki juda ajablanarli edi. Ikkala holatda ham harbiylar 
boshqaruvda asosiy rol o’ynagan. Turkistondagi ruslar ham, Hindistondagi 
inglizlar ham yangi bosib olinggan hududlar haqida aniq ma’lumot olishga 
qiynalishgan va bu muammo asosan mahalliy agentlar vositachiligida hal 
qilingan 18
. Shuningdek   Alexsandr Morrison o’z tadqiqotlarida Samarqanddagi 
Rossiya imperiyasi hukmronligi va Britaniya Hindistonidagi  imperiya siyosatiga 
to’xtalib o’tar ekan, Rossiya imperiyasi davrida ham Samarqand hududida yashab 
kelgan hindlar haqida ma’lumot keltirib o’tgan. “1870-yilda Samarqandda 
16
 САМАРҚАНД ВА ЗАРАФШОН ВОҲАСИ ТАРИХИ ЗАМОНАВИЙ ТАДҚИҚОТЛАРДА/ Тошкент-Самарқанд 
« Akademnashr » 2020/ ‘’ КОЛОНИАЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ В ТУРКЕСТАНЕ НА ПРИМЕРЕ САМАРКАНДА: ВЗГЛЯД 
АЛЕКСАНДРА МОРРИСОНА’’  А. Турсунметов
17
  САМАРҚАНД ВА ЗАРАФШОН ВОҲАСИ ТАРИХИ ЗАМОНАВИЙ ТАДҚИҚОТЛАРДА/ Тошкент-      Самарқанд 
« Akademnashr » 2020/ ‘’ КОЛОНИАЛЬНОЕ УПРАВЛЕНИЕ В ТУРКЕСТАНЕ НА ПРИМЕРЕ САМАРКАНДА: ВЗГЛЯД 
АЛЕКСАНДРА МОРРИСОНА’’  А. Турсунметов
18
  https :// www . new . ox . ac . uk
11 o’tkazilgan viloyat so'rovnomasida Kattaqo'rg'onning kichik shaharchasida 33 ta 
hind yashagan bo’lib, ulardan biri Jammudan, qolganlari Shikarpurdan. Shu 
jumladan 8 tasi sudxo'rlar, biri rohib va boshqalari tijoratchi va hayriya hisobiga 
kun kechiruvchilar bo’lgan. Ular bu yerda 1840-yillar, aniqrog'i Rossiya istilosidan
oldin ko’chib kelishgan. Bundan tashqari Payshamba kabi ancha kichik bir 
hududda 23 kishidan iborat hind aholisi bo'lgan. Samarqand tarixiga oid 
ma’lumotlarda uchraydigan ushbu raqamlarni noodatiy holat emasligini bu davrda 
qo’shni Rossiya imperatorligida kamida 5000 hind yashab kelganligi bilan 
izohlash mumkin 19
. 
Zamonaviy inglizzabon tadqiqotlarida Samarqandning o’rganilishi borasida ya’na 
bir muhim kitoblardan biri hisoblanadigan, Adeb Xolidning  ‘’ The politics of 
Muslim. Jadidism in Central Asia ‘’ ( musulmon madaniyatini isloh qilish siyosati. 
O’rta Osiyoda jadidchilik ) nomli kitobini ham unutmasligimiz zarur. Ushbu 
kitobda Adeb Xolid XIX asr O’rta Osiyo Jadidchiligi tarixi haqida so’z yuritar 
ekan, Samarqand jadidlariga alohida to’xtalib, o’z asarida Behbudiy, Shakuriy, 
Ajziy va Hoji Muin kabi yurt fidoyilarining hayoti va ilmiy faoliyati haqida 
ma’lumotlar keltirib o’tadi 20
.  Xususan olim ‘’ Behbudiy inqilobgacha O’rta 
Osiyoda eng hurmatli jadid bo’lib qoldi. U Samarqandda bir qancha faol 
hamkasblari va shogirdlari bilan faoliyat ko’rsatdi. Ularning qatoriga Abdulqodir 
Shakuriy, Ajziy, Hoji Muin kabilar kirgan.’’ 21
.  Adeb Xolid o’z fikrini davom 
ettirib “ Shakuriyning (1875-1943) otasi imom, onasi esa qizlar maktabini 
boshqargan. Samarqanddagi Orifjonboy madrasasida tahsil olgan va shahar 
chetidagi Rajabamin qishlog’ida eski usul bo’yicha bolalarga dars bergan. 
Shakuriy o’z qishlog’ida birinchi yangi usuldagi maktablardan birini ochdi va vaqt 
o’tishi bilan bunday maktablardan foydalanish uchun 3 ta darslik nashr ettirdi. U 
1909 –yilda Qozonga, 1912- yilda Istanbulga borib zamonaviy musulmon ta’lim 
muassasalarining faoliyatini bevosita ko’zdan kechirdi 22
. Ajziy ” taxallusi bilan 
19
  A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Turkestan and the Example of British India, c. 1860-1917 ( 691-b )
20
  Adeb Xolidning  ‘’ The politics of Muslim. Jadidism in Central Asia’’. 94-97 page, California Univercity (94-b)
21
 O’sha kitob ( 95-bet)
22
 O’sha joyda
12 ijod qilgan Sayyid Ahmad Soddiqiy (1864-1927 ) o’rta xol oilada tug’ulgan. 
Samarqandlik boshqa jadidlar singari Ajzi ham fors va turkey tillarni mukammal 
bilgan va tahminan ana shu vaqtlarda u rus tilini yaqin do’stlaridan o’rgangan. Ajzi
otasidan meros qolgan yerni 1901-yilda hajga borish uchun sotib yuborgan edi.
Ajziy nashriyot sohasida ham faol bo’lgan va 1914-yilda Samarqandda Zarafshon 
kitob do’konini ochgan. Shuningdek u Samarqandda maktab tashkil qilib, uni 
1903-yilda jadid maktabiga aylantirdi ” 23
.    Bundan tashqari Samarqandda 
Mahmudxo’ja Behbudiy “Samarqand ” (1913) gazetasini va “Oyna ” (1913-15) 
jurnalini chiqardi 24
.
Yana   bir   asar   bu   Germaniyaning   Bamberg   universiteti   taxchisi   Andreas   Wilde
tomonidan   yozilgan   “The   Emirate   of   Bukhara   ”   (   Buxoro   amirligi   )   nomli   kitob
bo’lib,   unda     Buxoro   amirligi   va   uning   shaharlari   haqida   qizg’in   fikr   yuritilgan.
Tadqiqotchi fikricha “ Butun XIX asr davomida Buxoro amirligi katta hududlarga
egalik   qilgan.   Buxoro,   Samarqand,   Karmana     va   Qarshi   shaharlari   joylashgan
Zarafshon   vodiysi   va   Qashqadaryo   vohasi   amirlik   markazi   bo’lgan.
Movaraunnahrning   chekka   hududlari   Shahrisabz   va   Hisor   hududlari   ham   XVIII-
XIX   asrlarda   amirlik   tasir   doirasida   bo’lgan.” 25
.   Samarqand   Temuriylar,   Buxoro
xonligi, Buxoro amirligi davrida ham mintaqaning eng yirik iqtisodiy va madaniy
markazlaridan   biri   hisoblangan.   Tarixiy   ma’lumotlardan   bizga   ma’lumki   Rossiya
imperiyasi   tomonidan   Samarqandning   egallanishi   va   shu   yo’l   bilan   Buxoro
amirligining   suv   ta’minotidan   bo’g’ib   qoyilishi,   amirlikning   taslim   bo’lishini
tezlashtirgan. Ma’lumot o’rnida, A. R. Muhammadjonovni aniqlashiga ko’ra 1888-
yilga   kelib   “Samarqand   harbiy   gubernatorining   Rossiya   harbiy   ministrligiga
yuborgan   hisoboti   bo’yicha.   Zarafshon   vodiysida   daryoda   142   ta   magistral   kanal
bo’lib, shundan 99 tasi Samarqand vohasini, 43 tasi Buxoro vohasini sug’orar edi.”
23
  Adeb Xolidning  ‘’ The politics of Muslim. Jadidism in Central Asia’’. 94-97 page, California Univercity (96-b)
24
 JADIDCHILIK: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash ”/ Toshkent. UNIVERSITET –
nash. 1999-yil. “XX asr boshida jadid adabiyoti va tarixiy xodisalar ” – B. Qosimov (108-b)
25
 ‘’ The Emirate of Bukhara’’ ,  Andreas Wilde, Bamberg Univercity (20-b)
13 26
.   Andreas wilde Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma’lumot
berar   ekan,   amirlik   aholisining   asosiy   mashg’uloti   dehqonchilik   va   chorvachilik
bo’lganini,   hududdan   muhim   savdo   yo’li   o’tganini   va   aynan   XIX   asr   asrda   3   ta
shahar   Buxoro,   Samarqand   va   Qarshi   transmintaqaviy   savdo   markazi   sifatida
ajralib   turishini   aytib   o’tgan 27
.   Bamberg   universiteti   tarixchisi   o’z   fikrini   davom
ettirib   “   qishloq   xo’jaligining   asosiy   mahsuloti   g’alla,   ayniqsa,   bug’doy   bo’lib,   u
har   ikki   turdagi   yerlarda   yetishtirilgan.   Yana   bir   muhim   mahsulot   sholi   bo’lib   u
asosan   Miyonko’lda,   Samarqand   yaqinida   va   Oks   irmoqlarining   quyi   qismida
yetishtirilgan.
Miyonko’ldagi  sholi  sifati   yuqoriligi  sababli   Rossiya   va Forsga  eksport  qilingan”
28
. Bundan tashqari asarda  Buxoro amirligi aholisi tarkibi to’g’risida fikr yuritilib,
Samarqand va Buxoro hududlarida hind jamoalari yashaganligi aytib o’tilgan 29
. 
Xulosa qilib aytganda, Zamonaviy tarixshunoslikda o’lkamiz hududi, xususan 
Samarqand tarixiga oid tadqiqotlar ko’lami va qiziqishlar doirasi jihatidan boshqa 
tillarda yozilgan kitoblarga nisbatan kam emas. Bundan tashqari shuni aytish 
lozimki, inglizzabon tadqiqotchilar tomonidan berib o’tilgan ma’lumotlar ilmiy 
qiziqishlar asosida yaratilgan bo’lib, unda Samarqand tarixiga oid aynan XVIII-
XIX asrlarda mahalliy tarixchilar qalamiga mansub asarlar va rus, yevropa 
sayyohlari ma’lumotlari tahlil ostiga olingan deb aytsak xato bo’lmaydi. Buyuk 
Britaniyaning “Katta o’yini ”, ya’ni “ ingliz-rus raqobati ” doirasida boshlangan 
tadqiqotlari mintaqada Rossiya imperiyasi hukmronligi o’rnatilgach ham siyosiy 
mavzulardan chekinmadi, har ikki mamlakatning o’z mustamlakalarida olib 
borilyotgan siyosatini solishtirish, yoki Rossiyaning istilochilik yurishlarini tahlil 
qilish xolatlarida nomoyon bo’ldi. Inglizzabon tadqiqotlar natijasi o’laroq 
Samarqand tarixiga oid yozilgan, tahlil qilingan yuqorida keltirib o’tilgan asarlar 
26
 “QUYI ZARAFSHON VODIYSIING SUG’ORILISH TARIXI (qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha)”.   
TOSHKENT-1972. A. R. Muhammadjonov
27
 ‘’ The Emirate of Bukhara’’ ,  Andreas Wilde, Bamberg Univercity (21-22b)
28
 ‘’ The Emirate of Bukhara’’ ,  Andreas Wilde, Bamberg Univercity (23-24 b)
29
  O’sha joyda
14 zamonaviy dunyo tarixchiligida shahrimiz tarixiga oid qimmatli manba sifatida 
qo’shiladi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. 
Alexsander Morrison tadqiqotlarida Samarqand
Samarqand   nafaqat   Markaziy   Osiyoda,   balki   butun   jahonda   eng   qadimiy
shaharlardan   biri   bo’lib,   umumbashariy   madaniyat   tarixiga   ega   bo’lgan   muhim
siyosiy,   madaniy   markazlardan   biri   hisoblanadi.   Samarqandning   butun   jahon
tarixida tutgan o’rni beqiyosdir. Ushbu tarixiy va navqiron shahar bugungi kunda
jahon   miqyosida   turli   rivojlangan   davlatlarning   zamonaviy   tarixshunoslik
institutlarida   tadqiqot   markaziga   aylangan   desak   mubolag’a   bo’lmaydi.   Insoniyat
sivilizatsiyasiga   bebaho   hissa   qo‘shgan   Samarqand   azaldan   dunyodagi   ko‘plab
olim va tadqiqotchilar diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Markaziy Osiyoning ichki va
tashqi   aloqalari   tizimida   O‘zbekiston,   xususan   Samarqandning   tutgan   o‘rnini
xorijiy   tarixshunoslik   asosida   yoritib   berish   vatanimiz   tarixshunosligida   muhim
ahamiyatga ega masaladir. 
Oxford universiteti Tarix fani o’qituvchisi Alexsander Morrison imperiya va 
mustamlakachilik davri tarixchisi hisoblanib, u o’z tadqiqotlarida ayniqsa 
Markaziy Osiyoga ruslar kirib kelgan davrga e'tibor qaratgan. A. Morrison o’zi 
izlanish olib borgan mavzular haqida to’xtalib o’tib, jumladan quyidagilarni 
ta`kidagan: Men o’z ishimda Britaniya Hindistoni va Rossiya Turkistoni 
mustamlakachilik siyosatini ko’rib chiqdim (xususan Samarqand hududini) va men
topgan farqlar va o’xshashliklar kutgandek bo’lmasdan, balki juda ajablanarli edi. 
Ikkala holatda ham mintaqada harbiylar boshqaruvda asosiy rol o’ynagan. 
Turkistondagi ruslar ham, Hindistondagi inglizlar ham yangi bosib olinggan 
hududlar haqida aniq ma’lumot olishga qiynalishgan va bu muammo asosan 
mahalliy agentlar vositachiligida hal qilingan 30
.
Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar Buxoro amirligining markaziy shaharlaridan 
biri bo’lgan Samarqandning egallanishi, ruslarning O’rta Osiyoni bosib 
30
  https://www.new.ox.ac.uk
15 olinishining ikkinchi bosqichida amalga oshirilgan bo’lib, xususan Alexsander 
Morrison o`z tadqiqotlarida ruslar tomonidan Samarqandning egallanishi haqida 
quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Samarqandning bosib olinishi va istilo etilishi 
Rossiyaliklarga muhim edi. K.P. Kaufman o'zini Maroqandni bosib olish orqali 
Aleksandr izdoshlaridan biriga aylanishini bilardi. Ruslar shahar boshqaruvidan 
yaxshigina xabardor edilar. “Bundan ko’rinib turibdiki Rossiya imperiyasi istilosi 
davrida Samarqandning egallanishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan. Buni 
isboti sifatida o`z davrining mashhur sayohatchisi ta'riflaganidek temuriylar 
madaniy merosi bo'lgan Samarqand “O'rta Osiyoning Moskvasidir” 31
 degan 
jumlalarni ham keltirib o’tishimiz mumkin. Ushbu bosqinga tayyorgarlik ko’rish 
davrida ruslar turli usullar bilan Samarqand shahridagi mavjud vaziyatni 
mukammal o’rganishganligi ehtimoldan yiroq emas. A. Morrison Samarqandni 
egallanishi haqidagi aniq faktlarga to’xtalib, quydagi ma’lumotlarni keltirgan: 
“Dastavval Samarqand deyarli kurashsiz bosib olindi. Keyinchalik K.P. Kaufman 
baron Shtempel boshchiligidagi bor-yo g i 500 kishilik garnizonni Samarqandda ʻ ʻ
qoldiradi. O`zi Kattaqo rg on yaqinidagi Zirabuloq tepaligida Buxoro amirligi 	
ʻ ʻ
qo shini bilan urushga otlanadi 	
ʻ 32
”.
A.Morrison keltirib o’tgan ma’lumotlarga qaraganda ruslar tomonidan 
Samarqandni oson bosib olinishiga sabab Buxoro amirligining asosiy qo’shini 
Samarqand shahrida emas, Cho’ponota tepaligida joylashtirilganligi va amirlikning
sara qo’shinlari ushbu tepalikda mag’lubiyatga uchrashi rus qo’shinlariga 
“Samarqand darvozalarini ochib bergan”. Tadqiqotchi fikrini davom ettirib shuni 
aytishimiz lozimki, 1868-yil 1-mayda mustamlakachi imperiya qo shinlari 	
ʻ
Samarqandni egallagach, general K.P. Kaufman shahar va uning atrofida 
joylashgan viloyatlardagi mahalliy amaldorlar o z o rinlarida qoldirilganini, xalq 	
ʻ ʻ
bungacha mavjud bo lgan soliqlarni podsho Rossiyasi xazinasiga topshirmog’i 	
ʻ
lozim ekanligini e lon qilgan. O sha yilgi soliqlar to la undirilganiga qaramay, 	
ʼ ʻ ʻ
podsho hukumati aholiga qayta soliq solishni talab qilgan. Mehnatkash aholi 
31
  A. Morrison  ‘ ’ Russian Rule in Samarkand 1868–1910 ‘’ ( 21 -b)
32
 O’sha joyda
16 mahalliy amaldorlar va podsho ma muriyati tomonidan ezilishi Samarqand ʼ
quzg oloniga sabab bo lgan. Qo zg olonga dastlab Shahrisabz va Kitob beklari 	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Jo rabek va Bobobeklar, keyinchalik Abdulmalik tura rahbarlik qilishgan. 	
ʻ
Qo zg olonchilar rus askarlari joylashgan qal aga qattiq hujumlar uyushtirishgan. 
ʻ ʻ ʼ
Butun shahar aholisi qo zg algan. Biroq amir qo shinlari Zirabuloq jangida ruslar 	
ʻ ʻ ʻ
tomonidan tormor keltirilganini eshitgandan so ng 1868 yil 4-iyun kuni ruslar 	
ʻ
Shahrisabzga yurish boshlaganligi to g risida yolg on mishmishga ishongan Kitob 	
ʻ ʻ ʻ
va Shahrisabz beklari Samarqanddan chiqib ketishgan 33
.
1868-yil   8   iyunda   Kaufman   buyrug i   bilan   Samarqand   birvarakayiga   to pga	
ʻ ʻ
tutiladi.   Shaharni   batamom   yoqib   yuborish   haqida   buyruq   olgan   askarlar   qirg in	
ʻ
boshlaydilar. 1868 yil 9- iyunda minglab kishining yostig ini quritgan Samarqand	
ʻ
fojiasi   boshlanadi.   3   kun   davom   etgam   qatliom   natijasida   yuzlab   odamlar   hech
qanday   tergovsiz,   so roqsiz   otib   tashlandilar.   19   kishi,   jumladan,   qo zg olon	
ʻ ʻ ʻ
faollari Sibirga surgun qilingan 34
.   
Ruslar Samarqandni egallagandan so’ng Turkiston general gubernatorligi tarkibiga
kiradigan   Zarafshon   okrugini   tashkil   qildi   va   uning   markazi   Samarqand   qilib
belgilandi.   Muxtasar   qilib   aytganda   Samarqand   1868-yil   29-iyunda   tasdiqlangan
“Zarafshon   okrugining   ma'muriy   boshqaruvi” 35
  xususidagi   Nizomga   ko'ra
Zarafshon okrugining markazi bo'lib hisoblangan. A.Morrison fikricha “Zarafshon
okrugi Rossiya imperiyasi  bosqinidan o'n sakkiz yil o'tgach, faqatgina 1886-yilda
rasmiy ravishda qo shib olinganiga qaramay, ruslar 1871-yilda uning boshqaruvini	
ʻ
qayta   tashkil   etish   va   o'zgartirishga   kirishdilar” 36
.   1886-yilda   qabul   qilingan
“Turkiston   hududi   ma'muriyati   to'g'risidagi   Nizom”ga   binoan   Zarafshon   okrugi
Samarqand viloyatiga aylantirildi va shahar bu viloyatning markazi etib belgilandi.
Samarqand   viloyati   2   ta   uyezddan   tashkil   topgan:   Samarqand   va   Kattaqo'rg'on
33
 O’zME. Birinchi jild. 124-b. Toshkent, 2000- yil
34
 O’zME. Birinchi jild. 125-b. Toshkent, 2000- yil
35
 https://zarnews.uz/uz/post/rossiya-imperiyasi-davrida-samarqand
36
  A. Morrison   ‘’ Amlākdārs, Khwājas and Mulk land in the Zarafshan Valley after the Russian Conquest ‘’ (10-b )
17 uyezdlari 37
 Mintaqaning eng yuqori boshqaruvchisi harbiy gubernator bo'lib, u ayni
vaqtda fuqaroviy va harbiy hokimiyatni boshqarar edi. 
Alexsandr   Morrison   o’z   tadqiqotlarida   Samarqanddagi   Rossiya   imperiyasi
hukmronligi   va  Britaniya   Hindistonidagi   imperiya   siyosatiga   to’xtalib  o’tar   ekan,
Rossiya   imperiyasi   davrida   ham   Samarqand   hududida   yashab   kelgan   hindlar
haqida   ma’lumot   keltirib   o’tgan.   “1870-yilda   Samarqandda   o’tkazilgan   viloyat
so'rovnomasida Kattaqo'rg'onning kichik shaharchasida 33 ta hind yashagan bo’lib,
ulardan   biri   Jammudan,   qolganlari   Shikarpurdan.   Shu   jumladan   8   tasi   sudxo'rlar,
biri rohib va boshqalari tijoratchi va hayriya hisobiga kun kechiruvchilar bo’lgan.
Ular   bu   yerda   1840-yillar,   aniqrog'i   Rossiya   istilosidan   oldin   ko’chib   kelishgan.
Bundan tashqari Payshamba kabi ancha kichik bir hududda 23 kishidan iborat hind
aholisi   bo'lgan.   Samarqand   tarixiga   oid   ma’lumotlarda   uchraydigan   ushbu
raqamlarni   noodatiy   holat   emasligini   bu   davrda   qo’shni   Rossiya   imperatorligida
kamida 5000 hind yashab kelganligi bilan izohlash mumkin 38
”
Tadqiqotchi   shuningdek,   Rossiyasi   imperiyasida   Samarqanddagi   irrigatsiya
sohasiga tuxtalib 1868- yilda ruslar shaharni qamal qilganda, general fon Kaufman
Samarqandni   sug’oradigan   ariqlar   bo‘ylab   suv   oqimini   uzib   tashlagani,   go’yoki
shu yo’l bilan arab sarkardasi  Asad  ibn Abdulloh shaharni  itoat  ettirganiga taqlid
qilgani   haqida   aytib   o’tgan 39
.     Rossiya   imperiyasi   tomonidan   suv   ustidan
hukmronlik   faqatgina   Samarqandda   qo’l   kelmagan,   bunga   misol   tariqasida   1865-
yil   27-aprelda   Cherniyayev   qariyb   2000   kishilik   qo’shin   bilan   Toshkent   tomon
yo’lga chiqib, Chirchiq daryosi bo’yidagi Niyozbek qal’asini egallaydi va shaharni
suvsiz   qoldirish   maqsadida   Kaykovus   arig’ining   suv   oladigan   to’g’onini   buzdirib
tashlagan   va   bu   yo’l   bilan   Toshkent   mudofaasini   tezroq   taslim   bo’lishiga
majburlagan.   Zarafshon   okrugi   tashkil   etilgandan   so’ng   ruslar   Zarafshon
37
  https://zarnews.uz/uz/post/rossiya-imperiyasi-davrida-samarqand
38
  A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Turkestan and the Example of British India, c. 1860-1917 ( 691-b )
39
  A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Samarkand 1868–1910 ‘’ (202 –`b )
18 daryosining   boshini   to liq   nazorat   qiladi   va   shu   yo’l   bilan   Buxoroning   sug'orishʻ
ta'minoti bo'g'ilib qoladi 40
.  
Shu   o’rinda   yana   aytish   lozimki,   Turkiston   o’lkasida   shuningdek,   Samarqand
hududida   asrlar   davomida   mavjud   bo’lgan   dehqonchilik   va   u   bilan   uzviy   bog’liq
hisoblanadigan   irrigatsiya   sohasi   ustidan   o’rnatilgan   hukmronlik,   Rossiya
imperiyasining mahalliy xalq ustidan nazarot qilish va ularni har doim itoatda tutib
turishga   xizmat   qilgan.   Viloyat   boshqarmasi   qoshida   irrigatsiya   ishlarini
boshqaruvchi   amaldor   bo‘lib,   asosiy   sug‘orish   kanallari,   sug‘orish   ariqlariga
qo‘shimcha   bo‘lgan   va   ulardan   ajralib   chiquvchi   sug‘oruvchi   kanallarni,   suv
o‘tkazgichlarini nazorat qilish, yangi irrigatsiya inshootlarini, mavjud inshootlarni
yaxshi   saqlash,   ta’mirlash   va   qayta   qurishda   texnik   ko‘rsatmalar   berish   kabi
vazifalar bilan shug’ullangan.
Xulosa qilib aytganda Alexsander Morrison o’z tadqiqotlarida Rossiya imperiyasi
mustamlakachiligining   Samarqandda   olib   borgan   harbiy   byurakratiyasi,   mahalliy
boshqaruv,   din,   amlakdorlik   yerlari   va   irrigatsiya   kabi   bir   nechta   sohalarda   olib
borgan   siyosatini   Britaniya   Hindistoni   va   inglizlarning   Hindistondagi
mustamlakachilik ma’muriyati bilan chuqur tahliliy taqqoslagan. Bundan ko’rinib
turibdiki,   nafaqat   O’zbekiston,   balki   Markaziy   Osiyoning   eng   qadimiy
shaharlaridan   biri   bo’lgan   Samarqandning   qadimgi   davrdan   hozirgi   kunggacha
bo’lgan tarixi xorijiy davlatlar zamonaviy tarixshunosligida bugungi kunda chuqur
o’rganilib   kelinmoqda.   Bu   O‘zbekiston   ilm   -   fani   va   madaniyatining   ravnaqiga,
turizm,   diplomatiyani   rivojlanishiga,   iqtisodiy   va   madaniy   aloqalarning
o‘rnatilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Samarqand amerikalik Yujniy Skayler nigohida..
40
  A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Samarkand 1868–1910 ‘’ (202-b )
19 Amerikalik diplomat Yujniy Skayler o zining sayohatlari va Markaziy Osiyoga oidʻ
asarlari, jumladan, Samarqand haqidagi taassurotlari bilan mashhur bo lgan  tarixiy	
ʻ
shaxsdir.  Skayler XIX-asr oxiri va 20-asr boshlarida O rta Osiyoning turli 	
ʻ
shaharlarida bo lgan AQSH konsuli, uning “Turkiston: Rossiya Turkistoni, 	
ʻ
Qo qand, Buxoro va Guljaga sayohat qaydlari” (1876) kitobi mintaqa  tarixiga oid 	
ʻ
muhim  manba bo'lib qolmoqda.
AQSHning Rossiya imperiyasidagi elchixonasi xodimi Y. Skayler O’rta Osiyoga 
ikki marta safar uyushirgan bo’lib, har ikki safari asosida ikki jildli asar chop etadi.
Chunonchi asarning birinchi qismida Toshkent shahri, uning qurilishi, shaharning 
bazi nufuzli shaxslari, aholisi va uning mashg’ulotlari, milliy o’yinlari va sport, 
ijtimoiy, diniy va madaniy xolat, ta’lim tizimi, bozor va savdo, Samarqandning 
tarixiy obidalari va ularning tarixi, sug'orish tizimi va inshootlari, almashlab ekish 
kabi masalalar o'z aksini topgan 41
Toshkentdan Samarqand tomon yo’lga chiqgan Y. Skayler  o’z ko’zi bilan ko’rgan 
hududlar tabiati, tarixi va suv inshootlarini, Jizzax va O’ratepaning Rassiya 
imperiyasi tomonidan bosib olinishi, xususan geografik joylarni mufassal 
tasvirlagan. Y. Skayler Samarqandga kirish qismida joylashgan Cho’ponota 
tepaligi haqida, o’sha vaqtlar xalq tilida o’g’izdan – og’izga o’tib kelayotgan 
rivoyatlarni ham yozib qoldirgan. Jumladan Y. Skayler Cho’ponota tepaligi haqida
“ so’l tomonimizda qad ko’targan baland Cho’ponota deb nomlangan yalang 
tepalik yuqorisida shu nomli avliyoning qabri bo’lib, u cho'ponlar, shuningdek, 
Samarqand shahrining homiysi sanaladi ” 42
 deb yozib qoldirgan.  Cho’ponota 
tepaligining Samarqand tarixidagi tutgan o’rni katta, jumladan,  Rossiya 
imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olish yo’lidagi harakatida,  Fon Kaufman 
Samarqandga tomon yurish boshladi. 1868-yil 1-may kuni shahar yaqinidagi 
Cho’ponota tepaligida Buxoro amiri qo’shinlari bilan jang qilib, ularni osongina 
41
  УЗБЕКИСТОН   ТАРИХИГА   ОИД   МАНБА   ВА   ТАДЦИЦОТЛАР  (XIX-XX  АСР   БОШЛАРИ ) -  Тошкент  «Nurafshon 
business» 2022 (392-b).  Д . Х ,.  Зияева
42
  Южин   Скайлер  ‘’  Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo qand, Buxoro va Guljaga sayohat qaydlari	
ʻ ’’ 
ТОШКЕНТ  «O'ZBEKISTON» 2019 (178-b),  инглиз   тилидан   кисжартирилган   таржима  -  Зокиржон   Абдукаримович
Саидбобоев
20 mag’lubiyatga uchratdi, bir paytlar dovrug’i olamni tutgan Samarqand 2-may 
kuniyoq deyarlik jangsiz dushmanga taslim bo’ldi. Bu voqyeadan dunyo 
hukmdorlari, shuningdek, Rossiya podshohi ham hayratlangan. 43
 
Skayler asarida Samarqand haqida shaharni tarixiy va madaniy jihatdan katta 
ahamiyatga ega joy deb ta’riflagan.  Diplomat shaharda mexmonxonalar yo’qligini,
ungga Musulmonxo’janing uyida qolish tavsiya etilganligi, ammo, u uyida 
emasligini inobatga olib, yangi va keng pochta bekatida qolishga qaror qilganligini
takidlab o’tgan. 44
  Shu o’rinda takidlash joizki, Samarqand viloyati va uyezdining 
ma’muriy markazi sifatida belgilangach, shaharga ko’plab rus amaldorlari, 
harbiylar ko’chib keladilar va 1871-yilda ular uchun shaharning yangi qismi barpo 
etiladi. 45
  Rus aholisi uchun  ajratilgan yerlar, mahalliy aholidan majburan sotib 
olinib, u yerda mahalliy aholi arzimas pulga majburan ishlatiladi va qisqa vaqt 
ichida yangi shaharcha bunyod etiladi. Ruslar uchun uy -joylar, ma’muriy binolar, 
kasalxonalar, xiyobon, kutubxona, ta’lim maskanlari, hammom, kitob dukoni, 
ibodatxonalar, 69 ta turli dukonlar, bank, harbiylar uyi, muzey va boshqa maishiy 
xizmat binolari bunyod etiladi. 46
 Bundan ko’rinib turibdiki Samarqandda maishiy 
xizmat ko’rsatish jamoat binolari shaharga ruslar aholisi ko’chirtirilgandan keyin, 
1871-yildan, faqat yangi shahar qismida qurila boshlangan, Eski shahar aholisining
turmish tarzi  eskiligicha qoldirilgan. 
Y. Skayler Yevropada O’rta Osiyoning hech bir joyi Samarqand nomidek lol 
qoldiradigan darajada emasligini aytib o’tgan. 47
    Shuningdek, u o'z fikrini davom 
ettirib,  “romantika og’ushiga qoplangan, o’ziga xos davrlarni boshdan kechirgan 
va o’zining ulug’vorlik an’analarini aql bovar qilmaydigan darajada sirli saqlab 
43
 “TURKISTONDA RUS SHARQSHUNOSLIGI VA ARXEOLOGIYASI TARIXI” (Magistr akademik darajasini olish uchun 
yozilgan D I S S E R T A T S I Y A) SAMARQAND-2012.  MAQSUDOV ASLIDDIN 
44
  Южин   Скайлер  ‘’  Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo qand, Buxoro va Guljaga sayohat qaydlariʻ ’’ 
ТОШКЕНТ  «O'ZBEKISTON» 2019 (179-b),  инглиз   тилидан   кисжартирилган   таржима  -  Зокиржон   Абдукаримович
Саидбобоев
45
 “XIX  АСР   ОХИРИ  – XX  АСР   БОШИДА   САМАРҚАНД   ШАҲРИДА   МАЪМУРИЙ   БОШҚАРУВ   ВА   ИЖТИМОИЙ -
ИҚТИСОДИЙ   АҲВОЛ ”(375-b)-  Д . Ҳ .  Зияева  - САМАРҚАНД   ШАҲРИНИНГ   УМУМБАШАРИЙ   МАДАНИЙ   ТАРАҚҚИЁТ  
ТАРИХИДА   ТУТГАН   ЎРНИ .  Тошкент  —  Самарқанд   Ўзбекистон   Республикаси   Фанлар   академияси  « Фан » 
нашриёти  -2007
46
 O’sha yerda 
47
Южин   Скайлер  ‘’  Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo qand, Buxoro va Guljaga sayohat qaydlari
ʻ ’’ 
ТОШКЕНТ  «O'ZBEKISTON» 2019 (180-b),  инглиз   тилидан   кисжартирилган   таржима  -  Зокиржон   Абдукаримович
Саидбобоев
21 kelayotgan Samarqand uzoq vaqt mobaynida dunyo axlining qiziqishini uyg’otib 
kelgan” 48
 deb yozgan.    Xususan, u Samarqand etimologiyasiga ham alohida 
tuxtalib, bu nomning kelib chiqishi to’g’risida bir nechta tahminlarni yozib 
qoldirgan. Y. Skayler Samarqand tarixga Buyuk Aleksandr tomonidan zabt etilgan 
So’g’diyonaning poytaxti Maroqand nomi bilan kirgan bo’lishi ham mumkinligini,
uning bunday nomlanishi aniq emasligini, qand qo’shimchasi shahar ma’nosini 
anglatishi, O’rta Osiyoda keng tarqalgan, ammo Maro yoki Samar so’zlari yolg’iz 
o’zi ma’no berolmasligi, har holda bunday taxmin yo’q emasligini aytib o’tgan. 
Yozma manbalarda esa Samar so’zini ham o’sha Smar so’zidan kelib chiqgan va 
ma’nosi baland, o’sadigan, obod ma’nosini tushuntiruvchi qadimiy so’g’diy turkey
so’z deb tushunsak xato bo’lmaydi. 49
  Ya’ni unda Samarqand “baland shahar” 
ma’nosini anglatadi va Samar so’zi  balandlikga ishora deb tushiniladi.   
Moziydan bizga ma’lumki, Samarqand temuriylar davlatining poytaxti bo’lib, 
Markaziy Osiyodagi ikkinchi renessans davrida ilm-fan, madaniyat va san’at 
o’chog’i bo’lgan. Aynan bu davrda shaharga ko’plab mamlakatlardan elchilar, 
savdo karvonlari, sayyohlar tashrif buyurganiligi yozma manbalarda yozib 
qoldirilgan. XIV-XV asrlarda shaharga sharq mamlakatlari, xususan,  Yevropa  
davlatlarining ham qiziqishi  yaxshi bo’lganligi bois, ko’plab Yevropa elchilari 
kundaligida Samarqand tilga olinganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Y. Skayler 
esa 1841-yilda Xanikov  va Lemanning sayohatigacha, rus elchisi Xoxlovning 
1620-yildagi va rus ofitseri Efrimovning o’tgan asrdagi sayohatini hisobga 
olmaganda Klavixo davridab beri Samarqandga Yevropaliklar tashrif 
buyurmaganligini aytib o’tgan.  
U Registon kabi binolarning ta’sirchan arxitekturasini qayd etib, uni “dunyodagi 
eng ajoyib me’morchilik asarlaridan biri” deb atadi. 50
  Bundan tashqari diplomat 
48
 O’sha yerda 
49
 Х.Ю. Муҳитдинов- “САМАРҚАНД НОМИ ТЎҒРИСИДА”(298- b ). САМАРҚАНД ШАҲРИНИНГ УМУМБАШАРИЙ 
МАДАНИЙ ТАРАҚҚИЁТ ТАРИХИДА ТУТГАН ЎРНИ. Тошкент — Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
академияси «Фан» нашриёти -2007
50
 Южин Скайлер ‘’  Turkiston :  Rossiya   Turkistoni ,  Qo ʻ qand ,  Buxoro   va   Guljaga   sayohat   qaydlari ’’ 
ТОШКЕНТ « O ' ZBEKISTON » 2019 (198- b ), инглиз тилидан кисжартирилган таржима - Зокиржон Абдукаримович
Саидбобоев
22 shahardagi tarixiy obidalarni o’z ko’zi bilan ko’rib, ularning tarixi va hozirgi 
holatini mufassal tasvirlagan. Temur davrida olib borilgan keng obodonlashtirish 
ishlari tarixini, shuningdek, Boburning Boburnomasidagi Samarqand tasnifini, 
shahardagi keng ko’lamda olib borilgan qurilish ishlari, bundan tashqari, har bir 
inshootning bunyod etilish tarixi va ular haqidagi xalq tilida o’gizdan-og’izga o’tib
kelayotgan rivoyatlarga ham to’xtalib o’tgan.  Skayler Samarqanddagi bozorlar 
haqida fikr yuritar ekan “garchand Samarqand bozori Toshkent va Xo’janddagi 
bozorlarga qaraganda uncha yirik bo’lmasada, Samarqandning hozirgi 30   000 
aholisi uchun yetarlicha katta sanaladi”  51
   deb aytib o’tgan.  Tarixiy manbalarda 
esa XVIII asr oxirida  Samarqand bozorlariga Rossiya,  Xitoy  va Hindistondan 
turli buyumlar keltirilganligi,  o’z navbatida  Samarqand shahri va uning 
atroflarida yetishtirilgan qog’oz, olacha chopanlar, quruq meva, qorako’l teri, ot-
ulovlar bu mamlakatlarga olib borilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi 52
  1863-
yilda Buxoro va Samarqandda “turk xojisi”  qiyofasida bo’lgan vengriyalik taniqli 
sharqshunos va sayyoh , ayni vaqtda Buyuk Britaniya imperiyasining xufiyasi 
German Vamberi (1832-1913)  o’zining asarlarida Samarqand va Buxoroda  o’sha 
vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan  qog’ozga juda yuqori baho beradi. 53
 
Shu o’rinda Y. Skayler shahar aholisining xilma-xilligi, jumladan, o‘zbeklar, 
tojiklar, yahudiylar va boshqalar haqida fikr bildirdi. U Samarqand aholisi orasida 
yahudiylar kam qiziqish uyg’otmaganligi, rus ma’muriyati panohi ostida bu yerda 
ular boshqa aholiga nisbatan eng kam huquqlarga ega ekanligini aytib o’tgan. 
Yahudiylarning Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi va o’troqlashuvi ilk o’rta 
asrlardan boshlangan. Mintaqada ularning hayot tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati 
haqidagi ma’lumotlar juda siyrak bo’lib, biz Samarqand yahudiylari haqida, 
Rassiya imperiyasining Samarqanddagi hukmronlik davri ya’ni XIX asr ikkinchi 
yarmi va XX asr boshlaridagi yozma manbalardan bilib olishimiz mumkin. XIX 
asr ikkinchi yarmida yahudiy jamoalari shaharda ipak kalavalarini bo’yash va 
51
  O ’ sha   kitob  (200- b )
52
 Қ. Ражабов  - МАНҒИТЛАР СУЛОЛАСИ ДАВРИДА САМАРҚАНД. САМАРҚАНД ШАҲРИНИНГ УМУМБАШАРИЙ 
МАДАНИЙ ТАРАҚҚИЁТ ТАРИХИДА ТУТГАН ЎРНИ. Тошкент — Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар 
академияси «Фан» нашриёти -2007
53
  O ’ sha   joyda
23 sotish bilan shug’ullanganlar. 54
  Bundan ko’rinib turibdiki, shahar 
hunarmandchiligining qaysidir sohalarida yahudiy jamoalar faolroq bo’lishgan. 
Xususan, 1893-yilda Samarqandda turli chevarlik ishlari uchun zarur bo’lgan 
rangli ipak kalavalar savdosi bilan mashg'ul bo’lgan 31 kishining ¾ qismini 
mahalliy yahudiylar tashkil etgan. 55
 
Shuningdek, diplomat Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi Sibir va 
Orenburgdan qochib kelgan, o’z davlatlarida hukumatga qarshi turli ishlarga 
aralashib qolgan rus avantyuralariga rushnolik keltirganligini, Toshkent va 
Xo’jandda bunday insonlarning bazilarini uchratganligi aytib o’tgan. Xattoki o’zi 
ham ko’p eshitgan bunday insonlardan biri, u Samarqandga kelishidan oldin vabo 
sababli vafot etganligini, u polyak millatiga mansub bo’lib, siyosiy jinoyatlari 
uchun Orskga junatilganligini takidlab o’tgan. Bundan tashqari Y. Skayler 
Samarqandda bir nechta siyosiy shaxslar bilan tanishganligini yozib o’tgan. Bular 
Afg’oniston sobiq amiri Abdurahmon va uning jiyani hozirgi hukmdor Sherali edi. 
Diplomat o’z fikrini davom ettirar ekan “Abdurahmonga Rossiya hukumati yiliga 
25000 rubl pensiya belgilab, Samarqandda siyosiy boshpana berilganligini” aytib 
o’tgan. 56
Xulosa qilib aytganda Y. Skayler sayohati davrida Samarqand madaniyati va tarixi
boy bo’lganligiga qaramay, uning o’z sayohatida qoralagan fikirlari tanqidiy emas
edi.   U   Rossiya   imperiyasi   davrida   Samarqand     shahrining   madaniy   obidalari,
aholisi,   bozorlariga   to’xtalar   ekan,   shaharning   suv   ta’minoti   haqida   ham   fikir
yuritib,   suv   inshootlari   yomon   ahvoldaligini   shu   sababli   aholi   o’rtasida   turli
kasalliklar   kelib   chiqayotganligini   ta’kidlab   o’tgan.   Zarafshon   vodiysi   Buxoro
amirligining   dehqonchilik   markazlaridan   biri   ekanligi,   hududda   deyarli   barcha
aholining asosiy mashg’uloti sehqonchilik ekanligini aytib o’tgan.   Shuningdek, u
54
 Б.Т. Турсунов - САМАРҚАНДДАГИ ЯҲУДИЙЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ – ИҚТИСОДИЙ ҲАЁТИ ТАРИХИДАН ( XIX  
АСР ОХИРИ – ХХ АСР БОШЛАРИ). САМАРҚАНД ШАҲРИНИНГ УМУМБАШАРИЙ МАДАНИЙ ТАРАҚҚИЁТ 
ТАРИХИДА ТУТГАН ЎРНИ. Тошкент — Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» 
нашриёти -2007
55
  O ’ sha   yerda  
56
 Южин Скайлер ‘’  Turkiston :  Rossiya   Turkistoni ,  Qo ʻ qand ,  Buxoro   va   Guljaga   sayohat   qaydlari ’’ 
ТОШКЕНТ « O ' ZBEKISTON » 2019 (204- b ), инглиз тилидан кисжартирилган таржима - Зокиржон Абдукаримович
Саидбобоев
24 ba’zi   hududlarda   qashshoqlik   va   rivojlanish   yuqligi   haqida   ham   fikr   bildirgan.
Samarqandda   O’rta   Osiyodagi   haqiqiy   rus   askari   bilan   tanishganligini,   bu   holat
Toshkent  va Xujandda kuzatilmaganligini aytib o’tgan. Bundan ko’rinib turibdiki
shaharga etibor ruslar tomonidan boshqa shaharlarga qaraganda kuchliroq bo’lgan.
Umuman   olganda,   Skylerning   Samarqand   haqidagi   taasurotlari   shaharning
murakkab va nozik qiyofasini  taqdim etadi.   U shaharning tarixi va madaniyatiga
qoyil   qolishini,   shuningdek,   uning   aholisi   duch   kelayotgan   muammolardan
xavotirlarini aks  ettiradi. Diplomat  o’z ko’zi bilan ko’rgan, o’zi  uchratgan tarixiy
shaxslar   haqida   kerakli   ma’lumotlari   ko’pincha   publisistik   ruhda   yozilgan   deb
aytsak   mubolag’a   bo’lmaydi.   U   shaharda,     shuningdek   Rossiya   imperiyasi
hududida   istiqomat   qilayotgan   rus   avantyurasi   haqida   ham   aniq   ma’lumotlar
keltirgani,   taqsinga   sazovordir.   Jumladan,   o’zi   uchratmoqchi   bo’lgan   polshalik
shaxsning   kelishidan   oldin   vabo   sababli   vafot   etishi   ham   shaharda   ruslar   davrida
yuqimli   kasalliklar   mavjud   bo’lganligini,   bu   esa   aynan   eski   shahar   qismida
sanitariya   holati   yaxshi   emasligidan   dalolat   beradi.   Skaylerning   ijodi   Markaziy
Osiyo   tarixi   va   madaniyati   bilan   qiziquvchi   tarixchi   va   olimlar   uchun   qimmatli
manba bo‘lib qolmoqda.
Nemis, fransuz va rus tarixshunoslik tadqiqotlarida Samarqand
tarixi…(XVI-XIX )
Rus tilidagi tadqiqotlar.
Mustaqillikka   erishganimizdan   keyin   xalqimizning   o’z   yurti,   tili,   madaniyati,
qadriyatlari   tarixini   bilishga,   o’zligini   anglashga   qiziqishi   ortib   bormoqda.   Bu
tabiiy   hol.   Odamzod   borki,   avlod-ajdodi   kimligini,   nasl-nasabini,   o’zi   tug’ilib
voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski Vatanining tarixini bilishni istaydi. 
25 Hozir   O’zbekiston   deb   ataluvchi   hudud,   ya’ni   bizning   vatanimiz   nafaqat   Sharq,
balki   umumjahon   sivilizasiyasi   beshiklaridan   biri   bo’lganini   butun   jahon   tan
olmoqda.   Bu   qadimiy   va   tabarruk   tuproqdan   buyuk   allomalar,   olimu-ulamolar,
siyosatchilar,   sarkardalar   etishib   chiqqan.   Diniy   va   dunyoviy   ilmlarning   asoslari
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. 
Shu narsani  qayt qilib o’tish kerakki, Samarqand tarixini o’rganishga rus olimlari
katta   hissa   qo’shdi.   Rossiyaning   territoriya   jihatidan   O’rta   Osiyoga   yaqinligi,
ayniqsa,   o’tgan   asrning   ikkinchi   yarmida   O’rta   Osiyoning,   shu   jumladan,
Samarqandning   Rossiyaga   qo’shib   olinishi   bu   ishga   ko’p   jihatdan   yordam   berdi.
Rossiya   imperiyasi   sharqshunosligida   Samarqand   tarixini,   uning   aholisi
madaniyati, suv xo’jaligi, urf-odat, qazilma boyliklari, tabiati, qishloq xo’jaligi va
shunga   o’xshash   sohalarni   chuqur   o’rganish   bu   tabiiy   hol   albatta.   Sababi,
Samarqand   birinchidan,   O’rta   Osiyoning   qadimdan   madaniyat   o’chog’i   bo’lsa,
ikkinchidan esa Yevropaliklar strategik jihatdan muhim, Buxoro amirligining katta
shaharlaridan biri bo’lgan. Rossiya imperiyasining hukmron doiralari savdogarlar,
sayyohlar, tabiatshunos olimlar va boshqalar orqali o’lkaning moddiy boyliklarini,
barcha   xo’jalik,   harbiy   imkoniyatlarini   puxta   o’rganishdi.   Shu   munosabat   bilan
o’lkaga harbiy yurishlar boshlanmasdan avval, maxsus ekspedisiyalar uyushtirilib,
tog’   massivlari,   qishloq   xo’jaligi   va   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishi,   xonliklar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’rganildi. 
O’rta Osiyo shuningdek, Samarqand haqida ruslar tomonidan  yozilgan manbalarni
biz   diplomatik   missiya   matreiallari,   harbiy   ekspeditsiya   matreallari,   yo’l
ko’rsatgichlar   va   statistika   matreallariga   bo’lishimiz   mumkin.   Rossiyaning   O’rta
Osiyo   haqida   ilmiy   ma’lumotlar   to’plash   jarayoni   XVII   asr   oxiridan,   Piyotr   I
davridan   boshlangan   bo’lsada,   Samarqand   haqida   ma’lumotlar   XIX   asr
boshlaridan,   hududga   tashrif   buyurgan   shaxslarning   kundalik,   asarlarida   uchray
boshlaydi. 
26 Ulardan   biri,   XIX   asr   birinchi   yarmida   Rossiya   imperiyasi   tomonidan   Buxoro
amirligiga   tashrif   buyurgan   E.   K.   Meyendorf 57
  bo’lib,   uning   asosiy   maqsadi
Samarqandni   o’rganish   bo’lmasada   lekin,   uning   asarlarida   Zarafshon   vodiysi,   bu
hududdagi aholi, shuningdek, Samarqand haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. 
E. K. Meyndorf Rossiya imperiyasining rasmiy elchilik missiyasi  tarkibida 1820-
yilda Buxoro amirligiga tashrif buyurgan. Bu vaqtda Buxoro amirligida mang’itlar
davri   bo’lib,   davlat   boshqaruvi   amir   Haydar   qo’lida   edi.   E.   K.   Meyndorf   o’z
asarida   dastlab   Miyonqol   vohasidagi   shaharlarni   sanab   o’tib,   so’ngra   Samarqand
xususida   tuxtaladi.   Miyonqol   hududi   esa   bu   davrda   oqdaryo   va   qoradaryolarini
o’rtasidagi   hududga   nisbatab   aytilib,   bu   hudud   uncha   katta   bo’lmasada,   lekin
amirlikning   dehqonchilik   markazi   edi.     Uning   yozishicha,   Miyonqol   vohasida
Karmana,   Payshamba,   Ziyouddin,   Xatirchi,   Kattaqo’rg’on,   Yangiqo’rg’on,
Qarshikeldiqo’rg’on,   Chelak   shaharlari   joylashgan. 58
  Yuqorida   sanab   o’tilgan
hududlar,   bekliklar   markazi   bo’lib,   muallif   bu   hududlarni   shaharlar   deb   yozib
qoldirgan.   E.   K.   Meydindorfning   ta’kidlashicha   Buxoro   amiri   har   yili
Samarqandga tashrif buyurgan. Bu anana temuriy hukmdorlar bilan bog’liq bo’lib,
Temuriylar   davrida   markaz   bo’lgan   Samarqand   keying   davrlarda   poytaxt   rolini
bajarmagan   bo’lsada,   Markaziy   Osiyoning   muhim,   strategik   nuqtasi   bo’lgan.   Bu
davrda   davlat   hukmdori   amir   deb   atalgan.   Hukmdorlar   taxtni   egallashdan   oldin
dastlab,   Samarqanddagi   ko’ktoshga   o’tirishgan,   ko’ktosh   esa   Ulug’bek
madrasasida joylashgan. 59
   Ulug’bek madrasasi Registonning bir qismi hisoblanib,
bu  joy  ilm-fan  markazi,   shuningdek,  o’sha   davrda  amirlarning  taxtga  o’tiradigan,
bir dargohi ham bo’lgan.
1867-yilda   Rossiya   imperiyasi   tomonidan,   O’rta   Osiyoning   mustamlakaga
aylantirishning ikkinchi bosqichida Turkiston general gubernatorligi tuzildi va shu
vaqtdan boshlab o’lkani keng ilmiy o’rganish boshlab yuborildi. Aslida bu jarayon
57
  МЕЙЕНДОРФ Е. ПУТЕШЕСТВИЕ ИЗ ОРЕНБУРГА В БУХАРУ
58
 А. Ж. Яхшиев- XIX АСРНИНГ БИРИНЧИ ЯРМИГА ОИД ХОРИЖ МАНБАЛАРИДА САМАРҚАНД. . САМАРҚАНД 
ШАҲРИНИНГ УМУМБАШАРИЙ МАДАНИЙ ТАРАҚҚИЁТ ТАРИХИДА ТУТГАН ЎРНИ. Тошкент — Самарқанд 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти -2007
59
  O ’ sha   joyda
27 oldinroq   boshlangan   bo’lib,   Rossiya   imperiyasi   tomonidan   shahar   qo’lga
kiritilgach,   asrlar   davomida   qiziqish   uyg’otib   kelayotgan   Samarqandni   chuqur
o’rganish ishlari  boshlab yuborildi.   Xususan,  kelasi  yil ya’ni 1868-yilda Rossiya
imperatorligi   tomonidan   o’lkani   geologik   va   geografik   o’rganish   uchun   V.V.
Radlov boshchiligida ekspeditsiya uyishtirildi, bu ekspeditsiyaning asosiy maqsadi
Samarqand   hududini   geologik   jihatdan   o’rganish   va   Zarafshon   vodiysining
topografik   xaritasini   yaratishdan   iborat   bo’lgan.   Rossiya   imperiyasi   tomonidan
uyishtirilgan   dastlabki   ekspeditsiyalarning   maqsadi   eng   avvalo,   xaritashunoslikga
qaratilgan deb aytsak to’g’ri bo’ladi.  Turkiston o’lkasining general gubernatori fon
Kaufman   Radlovga   Turkiston   o’lkasining   o’rganilmagan   hududlari   haqida
ma’lumot to’plash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan. 60
  1869-yilda esa
ekspeditsiya   yakuniga   oid   geografiya   jamiyatiga   taqdim   etgan   hisobatida   V.   V.
Radlov Zarafshon vodiysining gidrografik va topografik xususiyatlari, Samarqand
aholisi,   xususan,   yahudiy   millatiga   oid   aholi,   ipakchilik,   tojiklar   to’g’risidagi
ma’lumotlarni   taqdim   etgan. 61
  Bundan   ko’rinib   turibdiki,   Samarqand   oldingi
davrlardan   beri   ko’p   millatli   bo’lib,   bu   yerda   hind   jamoalarini   ham   ko’rishimiz
mumkin.       Keyinchalik   esa   V.   V.   Radlov   tomonidan   Zarafshon   hududi   haqida
ocherk ham yozilgan bo’lib unda, asosan Zarafshon vodiysi, qishloqlari, hududagi
shaharlar, suv ta’minoti, dehqochilik haqida ma’lumotlarni yozib o’tilgan edi. 
V.   Mushketovning 62
  o’lkaning   geologik   tavsifiga   bag’ishlangan   asarida   ham
Samarqandning   qadimiy   shahri   hisoblangan   Afrosiyob   haqida,   Shohizinda,   Guri
amir   to’g’risida   bir   qancha   ma’lumotlar   berilgan   edi. 63
    U   Amir   Temur   qabr
toshining   xususiyatlarini   o’rganishga   harakat   qilgan,   hattoki   qabr   toshning  kichik
bir   nusxasini   olib   ketganligi   aytilgan.   Keyinchalik   uni   o’rganib,   Peterburg   fanlar
Akademiyasi taqdim etgan. 
60
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Д.Х,. Зияева. Тошкент 
« Nurafshon   business » 2022. 
61
  O ’ sha   joyda
62
  Мушкетов, И. В.   О месторождениях золота и других полезных ископаемых в Туркестанском 
крае   : Из отчета горн. инж. Мушкетова.   — Ташкент   : тип. Воен.-нар. упр., 1877.
63
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Д.Х,. Зияева. Тошкент
28 Samarqandni egallashdagi vaxshiyliklar haqida ham bir necha rus sharqshunoslari
ilmiy   ijodidan   ham   bilib   olishimiz   mumkin.   Kaufman   chorizmning   bu   davrdagi
barcha bosqinchilik yurishlariga rahbarlik qildi. Rus qo’shinlarining Samarqandni
bosib   olishini   tasvirlagan,   L.Kostenko   shunday   yozadi:   «Qattiq   qarshilik
ko’rastishdan   g’azab   otiga   mingan   fon   Kaufman   asir   olmaslik   to’g’risida   buyruq
berdi. Buyruq aniq-raso bajarildi. 18 ta  yarador vaxshiylarcha kaltaklandi». Uning
buyrug’iga   ko’ra   Samarqand   shahri   talon-toroj   etildi   va   yondirildi.   Ana   shu
yurishda   chor   qo’shinlariga   hamrohlik   qilgan   rus   rassomi   V.Vereshagin
Kaufmanni   shunday   tavsiflaydi:   «…endi   esa   hovlimizda   turli   odamlarni   sud
qilayotgan va jazolayotgan general Kaufmanni ko’rib turibman. Ofiserlar qurshab
olgan  Konstantin Petrovich yurish stulida o’ltirar va papiros chekkanicha, mutlaqo
qizishmasdan: otilsin, otilsin, otilsin,» - deb, buyruq berardi. Turkiston xalqlarining
fojiasi   chor   generallari   tantanasiga   aylandi,   jumladan,   Kaufman   Samarqand,
Qo’qonni   olgani     va   boshqa   yurishlarda   ishtiroki   uchun   shon-sharaf   va   unvoniga
sazovor   bo’ldi   va   uning   ismi   sharifi   Peterburgdagi   Muhandislik   bilim   yurti
taxtasiga   «Samarqand-1868»   yozuvi   bilan   oltin   harflar   bilan   bitilishiga   sabab
bo’ldi.   Kaufman   har   xil   davrlarga   moslashuvchan   amaldor   sifatida   ham   ko’zga
tashlandi. 64
   Fon Kaufman tomonidan Samarqand bosib olingandan so’ng, Buxoro
amiri   Muzaffar   Samarqandning   bosib   olingani   to’g’risidagi   xabarni   yetkazgan
odamni   osib o’ldirishga farmon berib, o’zi alamidan yig’lagan. Buxoro amiri o’z
qo’shinlarini   to’plab   dushmanni   daf   etish   uchun   Samarqand   tomon   yurdi.   Fon
Kaufman   bu   xabarni   eshitib   Buxoro   tomon   yurdi.   Ikki   tomon   qo’shinlari
Zirabuloqda 1868-yil 2-iyunda to’qnashdi, qattiq jang bo’ldi, amir qo’shinlari tor-
mor   etildi.   Bu   orada   istilochilarga   qarshi   Samarqandda   qo’zg’olon   ko’tarildi.
Shaxrisabz, Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik
To’ra   27-may   kuni   Samarqandga   qo’shin   bilan   etib   kelib,   qo’zg’olonchilar   bilan
birgalikda   fon   Kaufman   tomonidan   Samarqandda   qoldirilgan   polkovnik   Nazarov
va mayyor  Shtempel  boshliq harbiy qismlar  bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun
davom etdi. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi o’ldirildi va yarador
64
 Костенко Л. Средняя Азия и водворение в ней русской гражданственности. СПб., 1871. Стр. 161.
29 qilindi.   Samarqanddagi   voqealardan   xabar   topgan   fon   Kaufman   zudlik   bilan
Samarqandga   qaytib   keladi   va   8-iyun   kuni   shaharni   to’plardan   yoppasiga   o’qqa
tutishga, aholini  beomon otish, shaharni yondirishga buyruq beradi. Aholi  qirg’in
qilindi,   masjidlar   va   tarixiy   yodgorliklar   yondirildi,   qadimiy   noyob   moddiy   va
ma’naviy obidalar Peterburgga olib ketildi. 1968-yil 2-iyunda Kaufman bilan amir
Muzaffar o’rtasida sulh bitimi imzolandi
O’z   navbatida,  Ichki   ishlar   vazirligi  Kaufmanning  «shahar   ahli   huquqiy  holati»ni
Turkistondagi   barcha   shaharlar   aholisiga   berish   niyatini   tanqid   qiladi   va   bunday
huquqlarga   faqat   Turkistonning   tarixan   shakllangan   yirik   savdo   markazlari   –
Toshkent,   Qo’qon,   Namangan   va   Samarqand   shaharlari   aholisi   ega   bo’lishi
mumkinligiga ishora qilgan edi. Qolganlar borasida esa ruslar ko’chib kelgan, rus
savdosi   shakllangan   aholi   manzillari   aholisiga   berilishi   mo’ljallangan   edi.
Chimkent,   Avliyoota,   Kattaqo’rg’on   va   Turkiston   ana   shunday   aholi   manzillari
jumlasiga kiritilgan edi 65
  
Rossiya   tomonidan   Samarqandda   siyosiy-ijtimoiy   holat,   shuningdek,   shaharda
arxeologik   qazishma   ishlariga   ham   katta   etibor   berilgan.   Jumladan,   1874-yil
Samarqand   okrugining   boshlig’i   general   Abramov   mayyor   Borzenkovga
Afrosiyobda   sinov   tariqasida   qazishma   ishlari   o’tkazishni   topshirdi.   Borzenkov
tajribasizligi   natijasida   ana   shu   havaskorlik   qazishma   ishlarini   shaharchaning
shimoliy   qismida   va   uning   chekka   joylarida   uzunasiga   va   ko’ndalangiga   o’tkaza
boshladi.   Ayni   vaqtda   qadimiy   davrga   oid   bo’lgan   ayrim   narsalar,   «qandaydir»
qurilmalarning   qoldiqlari   topildi;   shu   bilan   ish   ham   tamom   bo’ldi.   Oradan   ko’p
o’tmay   Borzenkovning   o’zi   vafot   etdi.     M.   H.   Rostislavov   gazetaga   yozma
maqolasiga   Borzenkov   tomonidan  olib   borilgan   qazishma   ishlari   haqida  ba’zi   bir
ma’lumotlarni keltirdi.  
Mahalliy   arxeologlardan   V.   L.   Vyatkinning   (1869-1932)   ishlari   ham   diqqatga
sazovordir.   Bu   olim   1908-yilda   Samarqanddagi   mashhur   Ulug’bek
rasadxonasining qoldiqlarini topdi va ko’p yillar qazib, uni to’la ochishga erishdi.
65
 Чижов В. Культурные преобразования К.П. Кауфмана в Туркестане. Одесса., 1915. Стр. 16.
30 Vyatkin,   katta   arxeologik   kolleksiyalar   to’pladi,   Samarqand   yodgorliklarini
o’rganish   va  saqlash   bilan  dong  taratdi,  qadimgi   Afrosiyob  (Samarqand)  shahrini
va   uning   atroflarini   tadqiq   qilib,   katta   tarixiy   va   arxeologik   manbalar   to’pladi. 66
Uning   “Afrosiyob   qo’rg’oni”,   “Cho’pon   ota   tepaligi”   nomli   asarlari   Samarqand
tarixshunosligini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qilmoqda.
  1896-yil   15-dekabr   kuni   Toshkentdan   Turkiston   havoskor   arxeologlar
to’garagining   telegrammasi   Rus   Arxeologlar   jamiyatiga   yuborildi.   Unda
kelgusidagi   o’lkadagi   arxeologik   va   ilmiy   ekspeditsiyalar   rejalari   taklif   qilingan.
1896-yil   Toshkentda   Rus   Geografik   Jamiyatining   Turkiston   bo’limi   tashkil
etilishiga   ruxsat   berildi.   Bo’lim   o’z   faoliyatini   1897-yil   29-noyabr   kuni
boshlangan.   Turkiston   havoskor   arxeologlar   to’garagi   bu   vaqtda   o’z   funksional
vazifalarini   belgilab   olgan   edi.   1901-yilga   kelib   Sharqshunoslar   Jamiyatining
bo’limi   ochildi.   Ularning   barchasi   ilmiy-tadqiqot   yo’nalishida   faoliyat   olib
borishdi.   Turkiston   Arxeologlar   Jamiyatining   filiallari   ham   ochildi.   Bulardan   biri
Samarqandda   edi. 67
  Bundan   ko’rinib   turibdiki,   Turkiston   havaskor   arxeologlar
to’garagi o’z faoliyatini katta kenglik, «bo’sh joy»dan boshlagan emas. Turkiston
o’lkasi   Rossiyaga   qo’shib   olingach,   ilmiy   qidiruv   ishlari   olib   borilishi   yo’lga
qo’yildi.  N. S.  Likoshin  va  P.  Lerx(1867)   ning ishlarini,  1872-yil   A. Xoroshxin 68
tomonidan   Samarqand   qadimiy   manzilgohining   o’rganilganligini   yozib
qoldirgan. 69
  Demak, ruslar tomonidan Samarqandning arxeologik o’rganish ishlari
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan.
Samarqandda   1896-yil   21-iyunda   ochilgan   shahar   muzeyi   muhum   voqea   bo’ldi.
Ana shu muzeyini ochish to’g’risidagi masala mahalliy o’lkashunoslar tomonidan
bir   necha   marta   ko’tarilgan   edi.   1893-yili   Turkiston   general-gubirnatori
mahkamasining   amaldori   D.I.Yevarniskiy   «Ukraina»   degan   gazeta   sahifasida   ana
66
 Жўрақулов М. Археология фанига муқаддима. Самарқанд., 2001. 41-бет
67
 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок 
любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 43-45
68
  А. П. Хорошхин .  ИЗ СБОРНИКА СТАТЕЙ КАСАЮЩИХСЯ ДО ТУРКЕСТАНСКОГО КРАЯ
С.-ПЕТЕРБУРГ — 1876
69
  O ' sha   joyda
31 shu   mavzuda   bag’ishlangan   maqolasi   bilan   chiqdi.   1894-yil   24-mayda   esa   u
Moskva   Arxeologiya   jamiyatining   majlisida   axborot   berdi.   Bu   axborotda   «17-
Turkiston   batalonnining   kapitani   L.S.Barshchevskiyning   qadimiy   mahalliy
yodgorliklarning   eng   yaxshi   namunalarini   to’plaganligi,   bunda   ko’pgina   qadimiy
narsalar   va   tangalar   borligini   aytib,   so’ngra   esa,   Samarqandda   tarixiy   obidalar
markazi   sifatida   muzey   tashkil   etish   uchun   zarurligi   to’g’risidagi   fikrni
rivojlantirdi».   Yevarniskiy   jamiyatga   Turkiston   ma’murlari   oldiga   muzey   tashkil
etish uchun mablag’ topish va ana shu muzeyga asos qilib Barshchevskiy to’plagan
kolleksiyalarni asos qilib olish to’g’risida taklif kiritdi. 70
 
V.V.Bartoldning 71
  O’rta   Osiyo   tarixiga   oid   manbalariga   bergan   sharxlari   hozirga
qadar   o’z   ahamiyatini   yo’qotgan   emas.   V.V.Bartold   ushbu   tahliliy   ish   bilan
chegaralanib   qolmasdan   arxeologik   qazuv   ishlarini   ham   kuzatib   borgan.
Samarqanddagi   Afrosiyob   shahri   o’rnida   qazuv   ishlari   o’tkazilganligi   unga   misol
bo’la   oladi.   1904-   yil   V.V.Bartold   uchinchi   bor   O’rta   Osiyoga   keldi.   Afrosiyob
shahri o’rni batafsil o’rganib chiqilgan. Samarqandga kelishidan avval V.V.Bartold
Toshkentda   1904-   yil   16-mart   kuni   kelgusi   tadqiqotlar   xususida   ko’plab   fikrlarni
bildirib   o’tgan.   Samarqanddagi   suv   tizimi   haqida   V.V.Bartold   maxsus   maqola
chop etgan qazuv ishlarida arxeolog o’lkashunos V.L Vyatkin ham ishtirok etgan.
X   asr   arab   geograflarining   Afrasiyob   Samarqand   haqida   bergan   ma’lumotlarini
tadqiqot   bilan   bog’lashga   harakat   qilgan.   V.V.Bartoldning   tasdiqlashicha
Afrosiyob   shahar   o’rni   Samarqand   shahristoni   o’rnida   joylashgan.   Mo’g’ullar
davriga   qadar   Afrosiyobning   maydoni   qancha   joyni   egallaganligi,   binolarning
joylashuvi   masalalarning   aniqlash   muhim   edi.   V.V.Bartold   muzey   ishlarida   ham
faol ishttirok etib keldi. Arxeologik qidiruv ishlari natijasida O’rta Osiyoda muzey
sohasi   tashkil   topib   bordi.   Rus   sharqshunos   olimlari   O’rta  Osiyoda   takomillashib
borishiga   qiziqish   bildirganlar.   V.V.Bartold   Amir   Temurning   dafn   qilinishi   bilan
bog’liq   «Samarqand   masjidi»   nomli   albomini   chiqardi.   Amir   Temurning   dafn
qilinishi bilan bog’liq yozma manbalarini to’plagan musulmon ruhoniylar va Amir
70
 Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок 
любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр.109.
71
  «Отчет о поездке в Среднюю Азию в 1893 — 94 годах» (СПб., 1897)
32 Temur o’rtasidagi munosabatlarga alohida qiziqish bildirgan. Mozor, supa, dahma,
madrasa,   xonaqo   kabi   atamalarni   tahlil   qilgan,   tarixiy   etnografik   ma’lumotlar
yig’ilgan.   Mug’ullar   qipchoqlardagi   dafn   marosimi,   dafn   qilish   usullarini
solishtirib   ko’rgan.   Toshkentda   sharqshunoslik   institutini   ochish   masalasini   hal
bo’lishida V.V.Bartold faol ishtirok etgan. 72
 
N.I.Veselovskiy   o’zining   ilmiy   faoliyati   davomida   O’rta   Osiyodagi   tarixiy
arxitektura inshootlarini ham  tadqiq qilgan. N.I.Veselovskiy  Samarqandga kelgan
vaqtida Afrosiyob va uning tevarak-atrofiga oid bo’lgan qadimiy topilmalarni ham
tasodifan   qo’lga   kiritdi.   Samarqanddagi   Shohi   Zinda   me’moriy   ansambili   haqida
ham   ko’plab   ma’lumotlarni   keltirib   o’tgan.   Sharqiy   bo’lim   yig’ilishlarida   o’z
tadqiqotini ma’ruza qilgan. Ushbu binoning me’moriy hususiyatiga alohida e’tibor
qaratilgan.   Inshoat   murakkab   tuzulishga   ega.   Tarixiy   me’moriy   yodgorliklarni
o’rganishda   ko’plab   ishlarni   amalga   oshirgan.   Samarqanddagi   tarixiy   arxitektura
ekspedisiyasiga N.I.Veselovskiy boshchilik qilgan. Arxeologik kommisiya rejalari,
loyihalari ishlab chiqilgan. V.P.Vasiliyev, V.V.Radlov, K.G.Zeleman, B.R.Rozen,
V.A.Jukovskiy,   M.P.Botkinlar   o’z   fikrlarini   bildirib   o’tgan.   1895-yil   iyun   oyida
Samarqandga   me’mor   akademik   Pyotr   Petrovich   Pokrishkin   va   rassom   Samuil
Martinovich   Dudinlar   kelishgan.   18-avgust   kuni   Samarqandga   N.I.Vaselovskiy
ham   kelgan   edi.   1899-yil   fevral   oyida   rus     hukumati   tomonidan     Samarqand
masjidlarini   ro’yhatga   olish   uchun   13   ming   rubl   mablag’   ajratilgan.   1899-yil   3-
mart   kuni   A.A.Babrinskiy,   N.I.Vaselovskiy,   A.A.Spisin,   D.A.Braun,   M.P.Botkin,
K.G.Zaleman,   V.V.Radlov,   V.A.Jukovskiy,   akademik-arxitektor   N.P.Pokrishkin,
N.I.Veselovskiylar   ishtirokida   kengash   o’tkazilib,     o’lkadagi   keyingi   tadqiqot
rejalari   belgilab   olindi.   «Samarqand   masjid»   larining   al’bomlari   chiqarildi.   Bu
albomlarda   Samarqandda   XIX   asrning   ikkkinchi   yarmida   mavjud   bo’lgan
masjidlar,   ularning   soni   va   holati   to’g’risida   ma’lumotlar   berilgan.   Bundan   shuni
xulosa   qilish   kerak-ki,   ruslar   tomonidan   Samarqanddagi   yerli   xalqning   dinidan
kelib chiqib, islom dini va ungga etibor ham chuqur o’rganila boshlangan.
72
  Лунин Б.В. Жизнь и деятельность академика В.В.Бартольдда Средняя Азия в отечественном 
востоковедении. «Фан», Т., 1981. Стр. 80-83.
33 Arxeolog V.L.Vyatkin bergan ma’lumotlar asosida izlanishlar olib borilgan. 1896-
yil   14-mart   kuni   Sharqiy   bo’lim   yig’ilishida   N.I.Veselovskiy   Qutbi-Chaardegum
mozori   haqidagi   ma’lumotlarni   majlis   ishtirokchilarga   yetkazdi.   Nurad-Din   Bosir
mozori fotografiyalar, mozorlarning buzilishi bilan bog’liq informasiyalar alohida
o’rin egallaydi. N.I.Veselovskiy «Samarqand» kitobi asosida izlanishlari doirasini
yanada kengaytirgan. 73
  N.I.Veselovskiy  O’rta Osiyoga birinchi kelgan vaqtidayoq
qo’lyozma   yozma   hujjatlarni   ko’paytirish   ularni   tarixiy   ahamiyatini   bilish   bilan
shug’ullangan.   Bunday   yozuvlar   Amir   Temur   va   uning   o’g’illari   qabrlaridagi
toshlarda  Childuxtaron  Shayboniylar  va  Ho’ja  Ahror   maqbaralaridagi   yozuvlarini
o’rganib chiqgan. 1885-yil N.I Veselovskiy Samarqanddan 12 chaqirim masofada
joylashgan   Dahbet   qishlog’idagi   manzilgohlarni   ko’zdan   kechirdi.   Said   Ahmad
Kosoni   (Mahdumi   A’zam),   (tugal   hokimiyat   egasi)   maqbarasida   izlanish
tadqiqotini   davom   ettirgan.   Yalangtushbiy   masjidining   qurilishi,   qurilgan-yilini
(1028/   1619)   yozib   qoldirgan.   Masjid   atrofidagi   yerlar   Mahdumi   A’zam   qabrini
ko’zdan   kechirgan.   N.I.Veselovskiy   bu   yerdagi   qabr   bitiklarini   o’rganib
Yalangtushbiy   1066/1655-56-yillar   vafot   etgan   deb   aytib   o’tgan.   Dahma(dafn
joyi)ga kirish burchagida supa borligini aytib o’tgan. 
A.L.Kun 74
  «Turkiston   al’bomi»ni   tuzib   o’lkadagi   qadimiy   yodgorliklarning   ko’p
sonli   fotografiyalari,   Samarqanddagi   me’moriy   yodgorliklarining   tasvir   rejalarini
ishlab chiqa oldi. Al’bom juda qimmitli manba hisoblanadi. 
I.V.Mushketev 75
 ham tarixshunoslik uchun qimmatli manba ma’lumotlarni keltirib
o’tgan.   I.V.Mushketevning   birinchi   izlanishi   tasodifiy   yuzaga   kelgan   emas.   O’rta
Osiyoga   bo’lgan   qiziqishi   yuqori   bo’lganligi   haqida   boshqa   tadqiqotchilar
guvohlik   beradi.   Samarqand   va   mahalliy   qadimgi   yodgorliklar   xususidagi   bob
bo’yicha   Rozen   o’z   sharxlarini   berib   o’tgan.   I.V.Mushketev   Samarqand   va
Termizdagi   yozuvlar   (arab   tilidagi)   ni   o’rganib   chiqqan.samarqand   arablar
davridan   boshlab   ilm-fan,   madaniyat   markazlaridan   biri   bo’lganligi   sir   emas.
73
 Лунин Б.В. Средняя Азия в научном наследии отечественного востоковедения историографический очерк. 
«Фан», Ташкент, 1979. Стр. 73.
74
  «Вакуфы» («Туркестанские губернские ведомости»,   1872
75
  I .  V .  Mushketov .    "Turkiston"     (1—2 t., 1886-1906)  
34 Aynan,   xonliklar   davrida   madrasalarda   ishlatilgan   arab   tili   qo’lyozma,   kitoblar,
adabiyotlar bu yerda anchagina bo’lgani tabiiyhol albatta.
Samarqandning   o’tmishiga   qiziqish   katta   edi.   1881-yil   I.I.Srezsevskiy   Ryu
Gonsales   de   Klavixoning   to’plamini   tarjima   qildi.   Klavixo   1403-1406-yillar
Samarqandda   Amir   Temur   huzurida   elchi   sifatida   bo’lgan.   Klavixo   Ispaniyaning
o’sha   davrdagi   qiroli   Genrix   III   ning   elchisi   bo’lib,   unga   A.   Temur   saltanati,   u
bosib   olgan   hududdagi   xalqlarning   urf-odatlari,   Samarqandning   tabiati,   yerli
madaniyati haqida ma’lumotlar to’plash yuklatilgan edi.   Samarqanddagi yana bir
ishtirokchisi   rassom   N.Ye.Simakov 76
  Samarqand   va   uning   atrofidagi   qadimiy
madaniy yodgorliklarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Uning izlanishlari
1883-yil «O’rta Osiyo san’ati» nomli al’bomda o’z aksini topgan. Al’bom ko’plab
tadqiqotchilar,   xususan   V.V.Stasov   tomonidan   yuksak   baholangan.   O’rta   Osiyo
san’ati   bo’yicha   qimmatli   ma’lumotlarni   bera   oladi .   Bundan   ko’rinib   turibdiki,
Rossiya  imperiyasi  tomonidan Samarqandning, tarixiy yodgorliklari, aholisi  bilan
bir qatorda, hududning madaniyati, san'atiga ham qiziqish katta bo'lgan. 
1867-1868-yillar   V.V.Verashagin   O’rta   Osiyoga   kelgan.   1869-1870-yillar   u
o’zining   katta   kartinasini   yaratishga   muvaffaq   bo’ldi.     U   «Samarqand   Registon
maydonidagi Sherdor madrasasi» deb nomlanib, bundan tashqari « Temur eshigi »,
«Masjidlar   eshigi»,   «Samarqanddagi   Shohi   Zinda   maqbarasi»   kabi   o’z   ijod
mahsulotlarini   yuzaga   keltirdi.     V.V.Verashagin   me’morchilikda   qurilgan
eshiklarni o’ziga xos   uslublarini o’rgangan. Rassom  moddiy madaniyat va uning
yuzaga   kelishi,   rang   tasvirlar   haqida   batafsil   asoslarni   ilgari   surgan.
V.V.Verashagin   O’rta   Osiyoning   xususan,   Samarqandning   tabiati,   aholi   turmush
darajasi   bilan   bir   qatorda   arxeologiyasida   ham   alohida   qiziqish   bildirgan.
Arxeologiya   sohasida   uncha   katta   bo’lmagan   qazish   ishlarida   ishtirok   etgan.
Ko’plab qadimiy buyumlarni izlab topishga muvaffaq bo’lgan va ularni ro’yhatga
olgan.   Bizgacha   yetib   kelgan   Turkiston   o’lkasi,   jumladan   Samarqand   hududidagi
me’moriy yodgorliklarni ro’yhatga olinishi jarayoni tezda amalga oshgan emas. 
76
 N. Ye. Simakov.  “ O ’ rta   Osiyo   san ’ ati ” (1883)
35 1882-1888- yillar O’rta Osiyoga kelgan rassom L.Ye.Dimitriyev-Kavkaziski 77
 ham
moddiy   madaniyat   tarixiga   ham   qiziqishini   ko’rsatgan.   Badiiy   Akademiya
topshirig’iga   asosan   O’rta   Osiyoga   tadqiqot   uchun   rassom   N.N.Sherbin-
Kramarenko 78
  qiziqarli   ma’lumotlarni   qayd   qilib   o’tgan.   1897-yil   10-noyabr   kuni
ushbu rassom o’z ma’ruzasini ommaga e’lon qilgan. 1895-yil Sherbin-Kramarenko
Samarqanddagi   Bibixonim   jome   masjidini   o’rganishni   boshlab,   hovlisida   qazish
ishlarini   amalga   oshirdi.   Bu   hududda   boy   kolleksiya   yig’ishga   muvaffaq   bo’ldi.
O’lkaga   arxeologlar,   geograflar,   ilmiy   ekspeditsiyalar   bilan   birgalikda
ekspanatshunoslar va   rassomlar ham tashrif buyurgani albatta, bu hudud mutlaqo
yangi dunyo degan tushuncha bilan ruslarda ta’surot uyg’otganligi bejiz emas. 
1860-yillarning   oxirida   Samarqand   viloyatiga   tashrif   buyurgan   geograf
Fedchenko   etnografik   tarkibini   chuqur   tatqiq   etgan   bo’lib,   aholini   o’zbek,   tog’li
tojik,   tojik,   yahudiy,   lo’li,   arab,   hind   va   boshqa   toifalarga   bo’lgan.   Muallif
mahalliy   aholiga   nisbatan   qo’llaniladigan   “sart”   so’zi   hech   qanday   siyosiy   yoki
etnografik   ma’no   anglatmasligini   aytib   o’tgan. 79
  Ma’lumot   o’rnida   shuni   aytish
joizki, “sart ” -  atamasining asli ma’nosi savdogar hisoblanib, Rossiya imperiyasi
O’rta Osiyoni mustamlakaga aylantirgach bu hududda sart ijtimoiy tabaqasini. Sart
tilini yaratishga urinish paydo bo’lgan. Ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlik bilan
tugagan 80
 
O’z   xizmat   vazifalari   bilan   bir   qatorda   Turkiston   o’lkasining   aholisi   urf-odatlari,
etnik   tarkibi,   kelib   chiqishi,   asosiy   mashg’ulotlari,   to’y-marosimlari   bilan
tanishishga   muvaffaq   bo’lgan   A.   D.   Grebekin 81
  Samarqand   viloyati   o’zbeklari
haqida   o’z   xotiralarini   nashr   ettiradi.   U   o’z   xotiralarida   o’zbeklarning   katta
qabilalarini sanab o’tgan va har bir qabilalarda mavjud bo’lgan “bek zoti ” degan
77
  Альбом путевых заметок «По Средней Азии: Записки художника» (199 рисунков). Санкт-
Петербург. Книгоиздательство А.Девриена. 1894   г.
78
  Щербина - Крамаренко   Н. По мусульманским святыням Средней Азии (Путевые заметки и 
впечатления) // Справочная книжка Самаркандской области. Вып. IV. Самарканд, 1896
79
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Д . Х ,.  Зияева .  Тошкент
80
  Ingeborg Baldauf, Some Thoughts on the Making of the Uzbek Nation. Cahiers du Monde russe et 
soviétique,  1991, s.80
81
  Гребенкин   А . Д .  Узбеки  //  Сборник  " Русский   Туркестан ”. -  М ., 1872.  Вып.II
36 tushunchalarga   alohida   to’xtalib   o’tgan.   Uning   fikriga   qaraganda   hududda   o’troq
va   ko’chmanchi   gruhlar   istiqomat   qilishadi.   O’troq   gruhlarning   xo’jaligi,   urf   –
odati,   to’y-marosimlari   bilan   tanishishga   muvaffaq   bo’lgan.   Asosiy   mashg’uloti
chorvachilik bo’lgan gruhlar esa bir joydan ikkinchi joyga doimiy ya’ni mavsumiy
ko’chib turishgan. Bu holat esa hududda migratsiyani kuchaytirgan. 
Grebenkin   o’z   xotiralarida   Zarafshon   vohasidagi   tojiklarni   o’rganadi   va   ularning
o’zbeklar bilan aloqalarini tahlil qiladi. 82
 Rus tadqiqotlarida Zarafshon vodiysidagi
tojiklar va ularning urf-odatlari, o’zbeklar bilan bir xil qiziqish uyg’otgan. 
Zarafshon okrugi boshlig’i lavozimida ishlagan S. N. Sobolevning 1870-yillarning
boshlarida   Zarafshon   okrugida   o’tkazilgan   aholini   ro’yxatga   olish   jarayonida
shaxsan   qatnashadi.   U   o’z   xotiralarida   Zarafshon   vodiysi   ma’muriy   tuzulishi,
aholining   etnik   tarkibi,   aholi   soni,   mashg’ulotlari,   urf-odati,   sug’orish   tizimi,
Zarafshon   vodiysi   qishloqlari,   qishloqlardagi   etnik   birliklarga   alohida   to’xtalib
o’tgan.   S.   N.   Sobolev   Samarqand   qishloqlarida   yashayotgan   ruslar   tomonidan
“qirg’izlar” deb atalgan etnik millat aslida qozoqlar ekanligini aytib o’tgan. 
1874-1889-yillarda   Samarqand   viloyatida   turli   ma’muriy   lavozimlarda   ishlagan
G.   Arenderenkoning   asarlarida   ham   mintaqa   aholisi   etnografiyasi   haqida   turli
ma’lumotlar   keltirilgan 83
.   Jumladan.   Uning   tadqiqotlarida   etnik   xalqlarning
Zarafshon vohasiga ko’chib kelishi, hozirda ularning ahvoli yoritilgan
Ruslar   tomonidan   Samarqand   hududida   yashab   kelayotgan   etnik   birliklarni
ro’yxatga olishda, boshqa millatlarning soni ataylab ko’p ko’rsatilgan. Lekin turli
xil   o’tkazilgan   etnografik   ekspeditsiyalarda   Samarqandda   eng   ko’p   aholi   o’zbek
millatiga   mansubligini   ham   tan   olgan.   Xususan,   Zarafshon   vodiysi   o’zbek
urug’larining   kelib   chiqishi,   nasabini   yoritgan   N.   Aristov   o’zbeklar   Samarqand
viloyati,   Buxoro   amirligi,   Zarafshon   vodiysida   asrlar   mobaynida   hukmronlik
82
 Гребенкин А.Д. Этнографический очерк Заравшанского округа. ТВ. №41, 1871; Он же: Таджики// Русский 
Туркестан: Выпуск второй. Статьи по этнографии, технике, сельскому хозяйству и естественной истории - М., 
1872. - С.1-50; Он же: Ремесленная деятельность таджиков Заравшанского округа // Материалы для 
статистики Туркестанского края, 2 (- СПб., 1873]. - С.511-516.
83
 Г. Арендаренкон  . «Досуги в Туркестане.  1880
37 qilibgina  qolmay,  balki  son  jihatdan  ham  ustunlikga  ega  bo’lganlar   degan  fikirga
kelganlar. 84
 
Xulosa   qilib   aytganda,   O’rta   Osiyo,   shuningdek   Samarqand     tarixini   o’rganishda
rus   sharqshunoslarining   roli   aytarli   darajada   ma’lum.   XIX   asrning   ikkinchi
yarmida   O’rta   Osiyo   chor   qo’shinlari   tomonidan   bosib   olingach,   bu   yerga   rus
olimlari   kelib,   ko’plab   tadqiqot   ishlarini   olib   bordilar.   Avvalambor   bu   ish   chor
hukumati   foydasiga   bo’lsada,   ammo,   bajarilgan   ilmiy   ishlarning   ahamiyati   ham
aytarli edi. Shunday murakkab va og’ir sharoitda ham tarixchilar, sharqshunoslar,
arxeologlar   o’z   fikr   va   mulohazalarini   erkin   bayon   etishga   harakat   qilganlar,
asarlar   yaratganlar.   Ammo,   mustamlaka   siyosatmandlari   xalq   ommasining   milliy
ongini   o’stirishga   yordamlashishni   aslo   ma’qul   ko’rmasada,   fan   uchun   xizmat
qiluvchilar ham bor edi. Ularning faoliyatlari ham mavjud sharoitga nisbatan qiyin
kechgan,   albatta.   Sababi,   chor   hukumati   amaldorlari   omma   o’rtasida   tarixiy
bilimlarni   targ’ibot   qilish,   ular   diqqatini   qadimgi   zamon   yodgorliklarini
o’rganishga   tortish   kabi   ishlardan   cho’chir   edilar.   Binobarin,   O’rta   Osiyoning
yangi-yangi   hududlarida   Rossiya   hukmronligining   o’rnatilishi,   ularning
umumrossiya   iqtisodiy   taraqqiyot   yo’liga   qo’shib   yuborilishi   tufayli   turmushning
o’zi   ilmiy   tadqiqotlar   o’tkazish   zarurligini   taqoza   qilardi.   O’rta   Osiyoning
yaxshiroq   o’rganilmaganligi   mustamlaka   ma’muriyatining   maqsadlarini   ro’yobga
chiqarishda   halaqit   berar   edi.   Ilmiy   tadqiqot   ishlarining   ma’lum   bir   qismi,
o’zlarining ko’p asrlik tarixiga, o’z urf-odatlari, xususiyatlar, turmush tarziga ega
bo’lgan   ko’p   sonli   O’rta   Osiyo   xalqlari   ommasini   ekspluatasiya   qilish   tizimini
kuchaytirishga yordam berishi ko’zda tutilar edi.
Nemis va fransuz tilidagi asarlar..
Amir  Temur  va temuriylar davridagi  Samarqand shahri, Zarafshon vohasi  hududi
davri   tarixi   xorijiy   ilmiy   adabiyotlarda   ham   keng   tadqiq   qilingan.   Xususan,
Yevropa   olimlarining   Amir   Temur   shaxsi   va   uning   faoliyatiga   qiziqishi   bundan
400   yil   avval   boshlangan   edi.   Bundan   ko’rinib   turibdiki,   Yevropa   davlatlarining
84
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Д.Х,. Зияева. Тошкент
38 Temuriylar   davri,   ularning   shaharlariga   qiziqishi   XIV-XV   asrlardan   boshlangan
deb   aytsak   mubolag’a   bo’lmaydi.     Bundan   shunday   bir   xulosa   paydo   bo’ladiki,
Yevropada Samarqand haqida bilimlar undan oldingi davrlarda ham paydo bo’lgan
lekin   Yevropa   olimlari   tomonidan   shaharning   chuqur   ilmiy   tahliliy   o’rganilishi
ikki   bosqichga   bo’lingan.  Birinchisi,   Amir   Temur   davrida  sharqning   eng   qudratli
davlatiga   aylangan   Temuriylar   davlati   va   uning   poytaxti   Samarqandning   gullab
yashnashi, A. Temur bilan Yevropa davlatlari o’rtasidagi yaxshi yo’lgan qo’yilgan
elchilik   aloqalari.   Ikkinchidan   esa   XIX   asr   o’rtalaridan   Rossiya   imperiyasi
tomonidan   amalga   oshirilgan   mustamlakachilik   siyosatini   o’rganish,   butun
Markaziy   Osiyoda   Yevropalik   davlatlarda   ham   katta   qiziqish   uyg’otib,   hududga
ko’plab ilmiy ekspeditsiyalar uyishtirilgan.   
  1553   yili   Italiyaning   Florensiya   shahrida   Perondino   degan   olimning   «Skifiyalik
Tamerlanning   ulug‘vorligi»   asari   bosilib   chiqdi.   Bu   Evropa   olimlarining   Amir
Temur   haqidagi   birinchi   tadqiqoti   edi.   Kitobda   A.   Temur   va   Yevropada   uning
yurishlari haqidagi ilk qarashlar ilgari surilgan. Shuningdek Samarqand, A. Temur
davridagi   shahardagi   obodonchilik   ishlari,   qurilish,   aholi,   qishloqlari   haqida
qimmatli   ma’lumotlar   keltirib   o’tilgan.   Rui   Gonsales   de   Klavixoning
«Samarqandga,   Temur   saroyiga   sayohat   kundaligi   (1403—1406)   asari   Yevropa
tillarida   (ispan,   ingliz,   fransuz)   bosilib   chiqgan   yozma   manbalar   orasida   birinchi
o‘rinda turadi, albatta. Bu asarni birinchi marta Gonsal Argote de Molina Madridda
nashr   ettirgan.   1582   -yildan   to   professor   L.Keren   so‘nggi   tarjimani   keng   izoxlar
bilan   e’lon   qilgan   1990   -yilgacha   «Kundalik»ning   jami   10   ta   tarjimasi,   shu
jumladan Argentinada, 1958 yili esa fors tilidagi tarjimasi bosilib chiqdi. XV-XVI
asrlarda  butun  dunyo  Samarqandni   tanishida  A.  Temur  shaxsi  katta   rol  o’ynaydi.
Keyingi davrlarda esa O’rta Osiyo xonliklariga G’arbning qiziqishi biroz susaygan
bo’lishi   mumkin.   Sababi,   bu   davrlarda   Yevropada   Buyuk   gegrafik   kashfiyotlar,
shuningdek qo’l mehnati o’rnini manfaktura ishlab chiqarishi egallay boshlashi, ilk
sanoat   korxonalarining   vujudga   kelishi,   sharqda   esa   ilm   -fan   sustligi,   nisbatan
yopiq siyosat, dengizdan uzoqlik, hali qo’l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish,
39 korxonalarning   yo’qligi,   o’lkani   Yevropa   bilan   savdo   qilishdan   uzib   qo’ydi.
Keyinroq   Yevropada   mustamlakalar   uchun   kurash   boshlangandan   so’ng,   Rossiya
orqasidan   Yevropani  ham   O’rta Osiyoga   qiziqishi  kuchaydi.  Yevropadan  ko’plab
sayyohlar,   elchilar   davlatimiz   hududiga   tashrif   buyirgan   va   ularning   eng   ko’p
oqimi   XIX   asrda   kelgan   deb   aytsak   mubolag’a   bo’lmaydi.   Arxiv   ma’lumotlariga
ko’ra   1890–1898-yillarda   Turkistonga   jami   260   nafar   xorijiy   sayyoh   va
tadqiqotchilar   tashrif   buyurib,   ular   tarkibida   75   nafar   ingliz,   70   nafar   nemis,   57
nafar fransuz, 24 nafar avstriya-vengriyalik, 15 nafar amerikalik, 7 nafar daniyalik,
4 nafar belgiyalik, 4 nafar italiyalik, 3 nafar shveysariyalik, 1 nafar ispaniyalik bor
edi. 85
  Bu   raqamlardan   ko’rinib   turibdiki,   o’lkaga   ruslardan   keying   o’rinda   eng
qiziqgan davlat bu Buyuk Britaniya. Bu o’z-o’zidan bo’lmagan albatta, XIX asrda
O’rta Osiyoga egalik qilish masalasida Rossiya va Buyuk Britaniya o’rtasida “katta
o’yin”   nomi   bilan   siyosiy   kurash   ketgan.   Afg’oniston   Buyuk   Britaniya
mustamlakasi  Hindiston va Rossiya  mustamlakasi  O’rta Osiyoni  ajratib turadigan
hudud   bo’lgan.   O’lkaga   eng   ko’p   qiziqish   bildirgan   keying   davlatlar   bular,
fransuzlar va nemislar bo’lishgan. O’sha vaqtda bu davlatlar ham Yevropaning eng
qudratli mustamlakachi davlatlari bo’lishgan. 
Bu   davrda   Markaziy   Osiyoni   o’rganishda   davriy   matbuat   alohida   o’rin   tutgan.
Uning   sahifalarida   Turkiston,   Buxoro   va   Samarqand   tarixi,   siyosiy   ahvol,
mintaqaning   ijtimoiy-iqtisodiy   xolati,   siyosiy   ahvoli,   Rossiya   ekspansiyasi
masalalari,   ilmiy   ekspeditsiya   natijalariga   oid   maqola   va   xabarlar   muntazam
ravishda berib borilgan. Fransiyada ilk ilmiy davriy nashr – “Journal des Savants”
XVII   asrda   paydo   bo’lgan.   Ushbu   jurnalda   mintaqa   tarixiga   oid   muhim
ma’lumotlar XIX asrning 30-40 yillarida chop etilgan. 86
 
Ilmiy   ekspeditsiyalar   natijalari   yozilgan   matreallar   xilma-xil-   ilmiy   maqolalar,
jurnallar,   kundaliklar,   illistrutsiyalar,   Turkiston   o’lkasining   ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va madaniy hayotiga oid hisobot ko’rinishidagi ilmiy matreallar hisoblanib,
85
  SamDU - ILMIY   AXBOROTNOMA , 2019- YIL , 4- SON /  TURKISTON   O ‘ LKASIDA   XORIJIY   SAYYOH   VA  
TADQIQOTCHILAR   FAOLIYATI   TARIXIDAN  ( XIX   asr   ikkinchi   yarmi  –  XX   asr   boshlari ).    D . B . Rasulova
86
  УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Д.Х,. Зияева. Тошкент
40 ularda   Samarqand,   Buxoro,   Turkiston,   Zarafshon   vodiysi   aholi   madaniyati,   etnik
tarkibi,   o’lkaning   geografik   ko’rinishi   kabi   ma’lumotlarga   boyligi   bilan   ajralib
turadi.   Geografik   o’lkashunoslikga   oid   maqolalar   asosan   "Annales   des   voyages",
"Bulletin de la Societe de Geographie”, "L’Exploration”, "Revue  de Geographie”
"Revue geographique internationale” kabi jurnallarda chop etilgan. 
Fransuzlar   uyishtirgan   ekspeditsiyalarning   eng   yirik   natijalaridan   biri   1878-1880-
yillarda Parijda Sh. Ujfalvinning - "Expedition scientifique Franfaise en Russie, en
Siberie   etdans   le   Turkestan”   –   “   Rossiya,   Sibir   va   Turkistondagi   fransuz
ekspeditsiyasi ” nomli olti jilddan iborat asarida chop etilgan. Ushbu kitobning har
bir   jildi,   o’ziga   xos   xususiyatga   ega   bo’lib,   ekspeditsiyaning   turli   bosqichlariga
bag’shlangan.   Xususan,   asarning   ikkinchi   jildida   Sirdaryo   havzalari,   Toshkent,
Samarqand   va   Yettisuv   hududi   tasvirlangan. 87
    Ushbu   hududlarning   asosan
geologik,   arxeologik   va   etnologik   sohalardagi   ilmiy   ma’lumotlariga   alohida
to’xtab   o’tilgan.   Bu   ekspeditsiya   matreallari   Sank-Petirburg   va   Parijdagi   katta
ilmiy   konfrensiyalarda   ham   tanishtirilgan.   Ekspeditsiya   yakunlangach,   turli   xil
hisobotlar,   matreallar,   maqolalar   yozilgan.   Qo’lga   kiritilgan   ashyolar   ekspanat
holiga keltirilib, Yevropada turli ko’rgazmalarda ilm-fan ahliga namoyish etilgan.
Bundan   tashqari,   ekspeditsiya   so’ngida   Sh.   Ujfalvinni   Samarqand   Afrasiyobga,
Guri Amir, Shohizinda, Bibixonim, Tillakori, Sherdor va Ulug’bek madrasalariga
borgan.   Asrlar   davomida   bu   inshootlar   Samarqandning   “sayqali   ”   bo’lib
kelayotganligi, shundan dalolat. 
Bonvalo Per Gabreil 88
  fransuz tadqiqotchilari orasida mintaqani chuqur o’rgangan
va juda ko’plab boy ma’lumotlar qoldirgan shaxs  edi. Uning “Markaziy Osiyoda.
Ko’xistondan   to   Kaspiy   dengizigacha” 89
  asarida   Samarqandning   o’ziga   xos
xususiyatlari,   Guri   Amir,   Shohizinda,   Bibixonim   kabi   tarixiy   obidalar,   Amir
87
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ). Д . Х ,.  Зияева .  Тошкент
88
 Bonvalot G. En Asie centrale. De Moscou en Bactriane. - Paris: E. Plon, Nourrit et C°. 1884
89
 Bonvalot G. En Asie Centrale. Du Kohistan a la mer Caspienne (voyage de 1880-1882). - Paris: E. Plon, Nourrit et 
C°, 1885.
41 Temurning   taxti   uchun   poydevor   bo’lgan   ko’ktosh   haqida   ma’lumotlar   keltirib
o’tilgan. 90
Markaziy   Osiyo   mintaqasiga   1894-1895   yillarda   maxsus   ilmiy   ekspeditsiya   bilan
tashrif   buyurgan   Jan   Shaffanjon 91
  (Jean   Chaffanjon,   1854-1913)   mutaxassisligi
bo’yicha tabiatshunos bulib, u Lion ilmiy-tarixiy muzeyining xodimi hisoblangan.
Shaffanjon tomonidan Samarkand Аfrosiyob yodgorligida olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar   muvaffaqiyatli   bo’lmagan,   sababi,     ekspeditsiya   a zolari   uchunʼ
shaharning   tarixiy   ahamiyatini   o’rganish   muhim   emas,   aksincha,   Afrosiyobda
qadimgi   sivilizatsiya   mavjudligini   isbotlovchi   noyob   san at   na’munalarini   izlab	
ʼ
topish   maqsadi   muhim   edi.   Shu   maqsadda   asosiy   e tibor   imkon   boricha   ko’proq	
ʼ
topilma   qazib   olishga   qaratilgan.   Shaffanjon   qazishma   ishlaridan   ko’ngli
to’lmagach rus hukumatidan sapyorlarni jalb etishni so’rab murojaat qilgan. Porox
yordamida   Afrosiyob   xarobalarida   ko’plab   ekspanatlar   kompleks   holda   yig’ib
olingan,   buni   natijasida   shaharga   katta   zarar   yetkazilgan.     Shaffanjon   Parijga
qaytgach,   "Journal   des   Debats”   sahifalarida   ilmiy   ekspeditsiya   haqida   qiziqarli
ma lumotlar   e lon   qilgan.     Unda  Poykand,   Marv,     va   Аfrosiyob   hududlarida   olib	
ʼ ʼ
borilgan   arxeologik   tadqiqotlar,   Аmir   Temurning   Samarqand   va   Jizzaxda
qurdirgan tarixiy yodgorliklari haqidagi ma lumotlar o’z aksini topgan.	
ʼ 92
Parij gegrafiyasi jamiyati azosi Geogo Kraft tomonidan 1898-1899-yillarda Kaspiy
ortiga sayohat uyishtirilib, u o’z sayohatini Turkiston orqali amalga oshiradi. U o’z
asarlarida   Samarqandning   yirik   tarixiy   obidalari   Guri   Аmir,   Bibixonim,   Shoxi
Zinda,   Registon   haqida   ma lumotlar   keltirilgan.   Samarqandning   makedoniyalik	
ʼ
Аleksandrdan mug’ullar istilosigacha bo’lgan davr tarixi bayon qilingan.
90
   УЗБЕКИСТОН   ТАРИХИГА   ОИД   МАНБА   ВА   ТАДЦИЦОТЛАР  (XIX-XX  АСР   БОШЛАРИ )(356-b).  Д.Х,. Зияева. 
Тошкент
91
 Отправление ученой экспедиции господина Шаффанжона в путешествие / / Туркестанские ведомости. 
1895, 23 март (4 апрель].
92
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ)(359- b ). Д.Х,. Зияева. 
Тошкент
42 G.   Kraftning   mazkur   asarida   mahalliy   aholi,   yaxudiy   va   ruslarning   kiyimlari   va
an anaviy hunarmandchilik  mahsulotlarini   tayyorlash  va sotish   jarayonlari   haqidaʼ
etnografik ma lumotlar o’rin olgan.	
ʼ 93
 
Fransuzlar   tomonidan   Samarqandning     me’moriy   obidalari   va   aholisi   bilan   bir
qatorda   bu   hududda   qurilayotgan   temiryo’llar   haqida   ham   alohida   ma’lumotlar
qoldirilgan.   Fransuz   F.   Lissips   tomonidan   Orenburgdan   Samarqandgacha,
Samarqanddan Peshavorgacha quriladigan temir yo’llarning 12   000 km haqida o’z
yozishmalarida   alohida   tuxtalib,   Samarqand   haqida   kerakli   ma’lumotlarni   berib
o’tgan. 
Yuqorida   qayd   etilgan   asarlar   Fransiyadagi   mashhur   nashriyotlarda   chop   etilib,
Yevropa tarixshunosligida munosib o’rin topgan. Shuningdek, Markaziy Osiyodan
olib   ketilgan   moddiy   topilmalar   Luvr,   Bern,   Gime   va   Trokadero   muzeylarida
bugungacha saqlanib kelinmoqda. 
Germaniya   sharqshunoslik   maktablari   tilshunoslik   va   turkologiya   bo’limlaridan
iborat   bo’lib,   keyinchalik   sharqni   bu   usulda   o’rganish   Rossiya   maktablariga   ham
ko’chdi. 
O’lkada   keng   tadqiqotlar   olib   borgan   nemis   mutaxassislaridan   biri   Maks   Аlbrext
bo’lib,   1893   -yilning   kuzida   u   turmush   o’rtog’i   bilan   Turkistonga   keladi.   Uning
ushbu safar jarayonida   ma lumotlari  va taassurotlari  asosida  yozilgan asari o’lka	
ʼ
tarixi va hayotiga oid boy ma lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. Maks Аlbrext	
ʼ
o’z   izlanishlari   asosida   qachonlardir     Zarafshon   daryosi   Chorjuy   shahri   yaqinida
Аmudaryoga   quyilgan,   degan   xulosaga   keladi.   Аmudaryoning   nomi   xitoychada
"Non daryo", ya ni mamlakatni boquvchi daryo ma nosini anglatishini, Zarafshon	
ʼ ʼ
vodiysi   esa   yer   yuzidagi   dehqonchilik   uchun   eng   yaxshi   hozildor   yer   ekanligini
aytib   o’tgan   edi.   Bundan   shuni   xulosa   qilsa   bo’ladiki,   Zarafshon   uning   markaziy
shahri   Samarqand   turli   davrlar   mobaynida   Buxoro   amirligi,   shuningdek   mavjud
tarixiy davlarning markazi bo’lib kelmoqda. Samarqand hududi qadimdan qazilma
93
 УЗБЕКИСТОН ТАРИХИГА ОИД МАНБА ВА ТАДЦИЦОТЛАР ( XIX - XX  АСР БОШЛАРИ)(360- b ). Д . Х ,.  Зияева . 
Тошкент
43 boyliklarga, unumdor  yerlarga boy, shahar strategic muhim  nuqta, Movaraunnahr
keyinchalik Buxoro amirligining markaziy qismida joylashgan. Asosiy suv manbai
Zarafshon   bo’lganligi   uchun   ham,   Zarafshonga   non   daryo   deb   nom   bekorga
quyilmagan.
Xulosa   o’rnida   shuni   aytish   joizki,   Nemis   va   fransuz   olimlarini   Samarqand
haqidagi fikrlari va qarashlari XIX asrning boshlaridan ko’paygan. Bungga sabab
hududga mustamlakachi  davlatlarning ko’z olaytiraboshlashi, buyuk davlatlarning
o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy  hayotiga qizishni  kuchaytirgan deb aytsak  mubolag’a
bo’lmaydi. Asosan  sayyohlar  tomonidan shaharning geografik va geolagik holati,
shaharning   aholisi,   ijtimoiy-iqtisodiy   holati,   aholi   tarkibi,   turli   millatlarning
yashash   tarsi,   udumlar   va   shu   kabi   masalalarga   alohida   to’xtab   o’tilgan.
Shahardagi rus hukumati siyosati, ma’muriy boshqaruvga alohida urg’u berilgan.
Turk tilidagi ilmiy tadqiqotlar..
Turkiyada   O`rta   Osiyo   va   eski   turk   tarixi   tadqiqotlarining   boshlanish   davri     XIX
asrning   ikkinchi   yarmiga   to`g`ri   keladi.   Turkistonning   Rossiya   tarafidan   iste’losi
Usmoniy-Turk ziyolilari  va  xalqiga  ta’sir   qildi;  u  yerlardagi   dindosh  birodarlarga
nisbatan   qiziqish   uyg`onishiga   sabab   bo`ldi.   Ayni   paytda   Yevropada   o`tkazilgan
Turkologiyaga doir topilmalar ham Usmoniy-Turk ziyolilarining birodarlik ongini
kuchaytirdi.   Natijada   Turk   dunyosi   birligi   va   birdamligini   olg`a   suruvchi   fikrlar
paydo bo`ldi. 
Turkologiya   tadqiqotlarining   Yevropadagi   rivoji   Usmoniy   ziyolilari   orasida
turklarning Islomdan oldingi tarixiga qiziqishning paydo bo’lishida ahamiyat kasb
44 etdi.   Oldinlari   turk   qavmlari   va   davlatlarining   Islomdan   oldingi   tarixi   qisqa   va
yuzaki   shaklda   tushuntirilar   edi.   Mushir   Suleyman   Pasha   (1836-   1892)
birinchilardan bo`lib, “Tarix-i Olam” asarida turklarning Islomdan oldingi tarixini
tasvirlashga   moyillik   ko`rsatdi.   Yevropadagi   Turkologiya   tadqiqotlaridan
ta’sirlangan Nejip Asim (Yaziksiz, 1861-1935) eski turk tarixi va tili mavzusidagi
tadqiqotlarni boshlab berdi; uning Turk Tarixi (Istanbul1900) kitobi birinchi marta
turk tarixini umumiy holda yozishga urunish edi. 94
  
Temuriylar mavzusiga ham Rossiyadan kelgan tarixchilar tufayli qiziqish ortdi. Bu
sohada   faoliyat   yurgizgan   tarixchilarning   eng   tanilgani   Ismail   Akadir.   1965   yil
ustozi   Akdes   Nimet   Kuratning   tavsiyasiga   asoslanib,   Temur   haqida   tadqiqot
boshlagan   Aka,   Turkiyada   ko`proq   zolim   va   berahm   hukumdor   sifatida   bilingan
Temurning san’at va ilm dunyosiga qo`shgan hissalarini tanitdi. Temuriylar tarixi
va   Usmoniy-Temuriy   aloqalari   haqida   tadqiqotlar   yurgizgan   Hayrunnisa   Alan
Bozkırdan   Cennet   Bahçesine   Timurlular:   1360-1506   (İstanbul   2007)   asarida
Temuriylar   davrida   davlat   mexanizmining   yuritilishi,   xonadon   xizmatchilari,
davlat   hazinasining   ta’qibi,   davrning   san’at,   madaniyat   va   me’morchilik
faoliyatlarini o`rganib chiqdi. Bu sohada faoliyat ko`rsatgan yana bir tarixchi Musa
Shamil esa “Timurlularda Din-Devlet İlişkisi” (Ankara 2009) kitobini yozdi. 95
  Bu
adabiyotlarda   Samarqand   haqida   aynan   tuxtalmagan   bo’lsada,   ularda   sulola
davrida shaharning keng ijtimoiy-iqisodiy holadi, aholi turmush darajasi, shaharda
yashayotgan xalqlar, milliy urf-odatlarga alohida e’tibor qaratilgan. 
Zamonaviy Turkologiyada Samarqandning XVI-XIX asrlar tarixi hozirgi zamonda
faol   tatqiq   etilmoqda.   Xususan,   Turk   tarixshunosligida   Yevropa   va   Amerika
tarixshunosligidan   farqli   ravishda   shaharda   qurilgan   inshootlar   chuqur   tatqiq
etilgan.   Yuqorida   biz   ko’rgan   Yevropa   manbalarida   asosan   shaharning   geografik
joylashuvi,   geologiyasi,   mahalliy   aholining   urf-odatlari,   Rossiyaning   bu   yerdagi
yuritgan siyosati o’rganilgan. Aqsh diplomatlari esa ko’proq jurnalistik tomondan
tahlil   qilishga   harakat   qilishgan.     Turkiya   tarixshunosligida   esa   shaharga   birinchi
94
 TÜRKBİLİMDE ARAYIŞLAR Timur Kocaoğlu Armağanı. Birinci Kitap.  Aleyna Malkoç - Kutlu Yayınevi- 2022
95
 0'sha joyda
45 navbatda   O’zbekiston   hududidagi   eng   qadimgi   shahar,   ikkinchidan   Rossiyaning
O’rta   Osiyo   bosqinlari,   shahardagi   ma’muriy-harbiy   boshqaruv,   jadidchilik,
uchunchidan esa asrlar davomida qurilgan, shaharda turezmning rivojlanishi uchun
asosiy   kopleks   markazlar   bo’lib   xizmat   qilayotgan   tarixiy   obidalar   chuqur   tahlil
qilingan. 
Busra   Murat 96
  “Samarqand”   kitobida   Registon   maydoni   haqida   o’z   fikrlarini
bildirib,   “Qumli     dala”   ma’nosini   anglatuvchi   bino   bir-biriga   qarama-qarshi
qurilgan uchta madrasadan iborat.   Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi va tilla
qori madrasasi.   15-asrda qurilgan madrasalarning devorlari firuza mozoikalar bilan
qoplangan   va   ularda   diniy   va   tabiiy   fanlar   o qitilgan.   Ulug‘bek   madrasasiʻ
Temuriylar   madrasalarining   xususiyatlarini   to‘liq   o‘zida   mujassam   etgani   bilan
ahamiyatlidir.   Uning   butunlay   nosimmetrik   reja   asosida   qurilgan.   Temuriylar
me’morchiligidagi   biz   ko‘rgan   baland   toj   darvozalari   ham   ushbu   madrasaning
kiraverishida joylashgan.   Ichkarida ham, tashqarisida ham bezaklarda qo llanilgan	
ʻ
ranglar,   koshinlar   va   dizayn   temuriylar   me morchiligini   butun   ko rkamligi   bilan	
ʼ ʻ
ochib   beradi.   Sherdor   madrasasi   o zbeklar   tomonidan   1619-1636-yillar   oralig ida	
ʻ ʻ
qurilgan   bo lsa-da,   reja   va   bezak   jihatidan   Ulug bek   madrasasga     taqlid	
ʻ ʻ
qilinganligini   aytib   o’tgan. 97
  Ulug’bek   madrasasi   haqida   fikr   yuritadigan   bo’lsak,
madrasaning   ichki   va   tashqi   bezaklari   boy   va   xilma-xildir.   Marmar   panellar,
mozaik va mayolik pannolar, moviy koshinlarning o’zaro uyg’unligi o’ziga xos va
betakror   go’zallik   yaratgan.   Geometrik,   epigrafik   va   o’simliksimon   naqshlar   shu
darajada   mohirlik   bilan   ishlangan,   ranglar   to’g’ri   tanlanganki,   ularning   go’zalligi
barchani lol qoldiradi. Bu Madrasa Akademiya vazifasini bajarar edi. Madrasa va
rasadxona olimlari faoliyati bir-birlari bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Mirzo
Ulugbek,   Muhammad   Xavofiy   va   Qozizoda   Rumiydan   tashqari   G’iyosiddin
Jamshid,   Ali   Qushchi   va     boshqa   olimlar   ham   nazariy,   ham   amaliy   ilmlar   bilan
shug’ullanganlar. 98
  Umuman   olganda,   Registon   maydonining   ansambl   holiga
kelishi uzoq davrni o’z ichiga oladi. Ulug’bek tomonidan XV asr birinchi yarmida
96
  Büşra MURA T. Semerk ant .   İstanbul -2017 MARA ÜNİVERSİTESİSOSYAL BİLİMLER ENSTİTÜSÜ
97
  Büşra MURAT. Semerkant.   İstanbul -2017 (56-b)
46 qurilgan   madrasa   qarshisida   Samarqand   hokimi   Yalangtush   Bahodir   tomonidan
XVII   asrning   birinchi   yarmida   Sherdor   va   Tilla   Kori   madrasa,   masjidlari   qurib
bitkaziladi. XVII asr Registon maydonining hozirgi qiyofasi shakllangan bo’lib, u
hozirgi kungacha jahon tarixshunoslarining qiziqishini uyg’otib kelmoqda. 
Busra   Murat   Samarqand   tarixiy   inshootlari   haqida   yozar   ekan,   Bibixonim
masjidiga   alohida   to’xtalib,   masjid   qurilishi   besh   yil   davom   etganligini,   bu
Temurning   xotini   uchun   qurdirgan   masjid   ekaniligi   aytiladi.   Samarqanddagi   eng
katta   inshoot   hisoblangan   masjid   kirish   joyidan   35   metr   uzoqlikda   joylashgan.
uzun,   toj   eshik   shaklida   va   firuza   gumbazli   ko’rinishda   gavdalangan.   U   1970-
yillarda   restavratsiya   qilingan.   Bibi   Xonim   masjidi;   U   o‘zining   bezaklari,
estetikasi, o‘lchami va ko‘rkamligi bilan o‘z-o‘zidan temuriylar me’morchiligining
timsoli   hisoblanishini   aytib   o’tgan. 99
  Samarkand   shahriga   sharq,   tomondan   kirib
kelaverishda,  tahminan 10-12 km masofadan shahar ko’rinishi bir fusunkor tarzda
namoyon bo’ladi. Bu  ajoyib  manzara  Cho’ponota  qirliklaridan  va ayniqsa,   Mirzo
Ulug’bek rasadxonasi joylashgan. Salkam uch ming yillik tarixni o’zida mujassam
etgan shahar qiyofasining oldingi ko’rinishida, Amir Temur jome' masjidi va uning
ruparasida   Bibixonim   -   Saroymulkxonim   makbarasining   xashamatli   gumbazlari
kuzga   tashlanadi.   Darhaqiqat,   Bibixonim   me'moriy   ansambli   bugungi
Samarqandning o’ziga xos ramziy belgisiga aylangan. U o’zining tarixi, salobati va
go’zalligi   bilan   qanchadan-qancha   afsona-yu   hikoyalarning   bitilishiga   sabab
bo’lgan.   Bu   ansamblning   Bibixonim   deb   atalishida   o’ziga   xos   bir   sehr   bordek
ko’rinadi. 100
 Amir Temur jome' masjidining Bibixonim masjidi deb atalishi XVIII-
XIX   asrlardan   boshlangan.   Bu   uning   madrasa   nomining   ko’chma   ma'noda
ishlatilishi bilan bog’lik. Keyinchalik masjidni ham Madrasa nomi bilan Bibixonim
deb ataganlar. Shuning uchun ham ba'zi tadqiqotchilar masjid va madrasani ikkita
emas,   balki   bitta   bino   bo’lgan   deb   noto’g’ri   hisoblashadi.   Chunki,   Bibixonim
98
  Шухрат   ЦУЛМАТОВ   Амриддин   БЕРДИМУРОДОВ   САМАРКАНД   ЁДГОРЛИК   ЛАРИ .  Самарканд  “ Имом   Бухорий  
халкаро   маркази ” 2017
99
  Büşra MURAT. Semerkant.   İstanbul -2017 (67-b)
100
  Шухрат ЦУЛМАТОВ Амриддин БЕРДИМУРОДОВ САМАРКАНД ЁДГОРЛИК ЛАРИ. Самарканд “Имом 
Бухорий халкаро маркази” 2017
47 madrasasi XX asrga kelib batamom buzilib ketgan bo’lib, uning poydevorlari 1990
-yillargacha   bu   yerdagi   trikotaj   fabrikasi   hududida   qolgan   edi.   Shu   sababli
arxeologik tadqiqotlar o’tkazishning iloji bo’lmadi. Olib borilgan surishtiruvlar va
o’rta asr qo’lyozmalari ma'lumotlariga qaraganda, mug’ullar istilosigacha bu yerda
Imom   madrasasi   ham   bo’lgan   ekan,   uning   atrofi   Imom   Vose'   mahallasi   deb
atalgan. Imom Vose'ning qabri Oxanin darvozasining tashqarisida, shahar devoriga
yaqin joyda bo’lganligi ma'lum. 101
 
Yana   bir   muhim   kitob,   Emil   Essinning   “Turkiston   sayohatnomasi   ”   kitobidir. 102
“Sayohatnoma”   yozuvchining   1955   -yilda   Turkistonga   qilgan   sayohati   haqida.
Moskvadan     Toshkentga   yetib   kelgan   Essin   mos   ravishda   Toshkent,   Samarqand,
Buxoro, Xorazm, Turkiston kabi shaharlarga sayohat qilgan. Turk tarixida tez-tez
tilga   olinadigan   Turkiston   viloyatining   eng   muhim   shaharlarini   ziyorat   qildi.
Samarqandning   me’moriy   inshootlarini   diqqat   bilan   kuzatgan   Essin,   o’z
xotiralarini kitobiga yozib borgan. Xususan, u Registonni Samarqandning “yuragi
” deb atadi. 
Zamonaviy   turk   tarixshunosligida   faoliyatini   olib   borayotgan   Emine   Sonnur
o’zining     “Astronom   Ulug'bek   va   ilmlar   shahri   Samarqand”   kitobida
Samarqandning   ikkinchi   renessans   davridagi   mashhurligi,   shahardagi   ilm
markazlari,   Ulug’bek   observatoriyasi   va   rasadxonasi   haqida   ko’plab   qimmatli
ma’lumotlarni tahlil  qilgan. Jumladan,     u   Samarqand observatoriyasida   Ulug'bek
bilan   Giyosiddin   Jamshid   bilan   bir   qatorda,   rasadxonada   Al-Koshiy,   Qazizoda
Rumiy   va   Ali   Qushchi   kabi   olimlar   yillar   davomida   astronomik   kuzatishlar   olib
borganligini,     Observatoriya,   Ulug'bekning   o'ldirilishidan   keyingi   yillarda
noma'lum sabablarga ko'ra vayron qilingan va asrlar o'tib rus arxeologi 1908-yilda
Vyatkin tomonidan olib borilgan qazishma bilan ishlari orqali ochilganligini aytib
o’tgan.   Tarixchi   2011-yilgi  Samarqand sayohatida rasadxonani  ko'rish imkoniyati
bo’lganligini aytib o’tgan. 103
 
101
  O ’ sha   joyda
102
  ES İ N ,  Emel ;  T ü rkistan   Seyahatnamesi ,  T ü rk   Tarih   kurumu ,  Ankara , 1997.
103
 ESİN, Emel; Türkistan Seyahatnamesi, Türk Tarih kurumu, (84-b) Ankara, 1997.
48 Yana   bur   turk   tadqiqotchisi   Onur   O’zimbit,   o’zining   “   Xonliklar   davrida
Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy hayot” 104
 nomli kitobida, Temuriylar sulolasidan to
Samarqandning  rus  istilosigacha  tarixiga alohida  tuxtalib o’tgan.  Jumladan,  u o’z
asarida       Samarqand   uchun   bo’layotgan   to‘qnashuvlarning   asosiy   sababi,   shahar
Mavaraunnahr   qoq   markazida   joylashganligini   aytadi.   Bu   shaharning   tijorat
salohiyati   yuqoriligiga   o’z   tasirini   o’tkazganligini   aytib   o’tgan.   Samarqand
qadimdan   beri   Hindiston,   Xitoy,   Eron   va   boshqa   turk   mintaqalaridan   doimiy
ravishda kelgan savdogarlar sababli, deyarli har bir davrda o'z ahamiyatini saqlab
kelganligini aytgan.   XVIII-XIX asrda shaharga tashrif buyurgan sayohatchilarning
asarlarida   shaharda   kichik   toifalar   hisoblansa-da,   bir   qator   hunarmandchilik
tarmoqlari   mavjudligini   aytib   o’tgan.     Asosiy   sotiladigan   mahsulotlar   paxta-ipak
gazlamalar,   qalpoqlar,   qog'ozlar,   ko'zalar,   boltalar,   qishloq   xo'jaligi   asboblari,
zanjirlar,   pichoqlar,   jangovar   asboblar,   zargarlik   buyumlari,   charm   buyumlar,
kigiz, bo'yoqlar, kabi mahsulotlardir. 105
   Bundan tashqari  tatqiqotchi  o’z fikrlarini
asoslash  uchun Vamberining asarlaridan Samarqand haqidagi  jumlalardan keltirib
o’tgan.   Vamberining   fikriga   ko'ra,   “teri   daraxtlari   va   yog'ochdan   yasalgan   ot
egarlari   mavjud.   boshqa   tomondan   jahon   bozoriga   nisbatan   juda   arzon   narxlarda
sotiladi.” 106
  Ma’lumot   o’rnida   shuni   aytish   joizki,   sharqshunos   A.   Vamberi
esdaligining   yana   bir   ilmiy   jihatlaridan   biri,   unda   sahro   ichidan   o’tuvchi   yo’l
hamda   undagi   suv   resurslari   haqidagi   ma’lumot   mavjud.   Shuningdek,   Vamberi
Samarqand shahrining uzoqdan ko’rinishini, hamda o’ziga xosligini real tuyg’ular
orqali   ifodalaydi.   “Yaqinlashayotganingizda,   avval   maftunkor   kichkina   gumbaz
ko’rinadi, so’ng janubda yana balandrog’i. Birinchisi - qabr, ikkinchisi esa - Temur
masjidi.   To’g’ridan-to’g’ri   sizning   oldingizda   shaharning   janubi-g’arbiy
chekkasida,   tepalikda,   qal’a   joylashgan.   Uning   atrofida   boshqa   binolar,   masjidlar
va   qabr   toshlarini   ko’rish   mumkin.   Bularning   barchasini   bog’larning   zich
ko’kalamzorlarida tasavvur qiling, shunda siz Samarqand haqida g’ira-shira fikrga
ega   bo’lasiz,   chunki   forscha   maqolda   shunday   deyilgan:   “Inson   nafaqat   eshitish,
104
 Onur ÖZCİMBİT.  HANLIKLAR DEVRİ SEMERKANT’INDA SOSYO-EKONOMİK YAPI.  Ankara Üniversitesi
105
  O ’ sha   joyda
106
  O ’ sha   joyda
49 ko’rish, balki his etishi ham kerak. 107
   Vamberining so'zlariga ko'ra, bu yerda ishlab
chiqarilgan qog'oz to'qimachilik sohasida Buxoroda juda     kam turlaridan bo'lgan.
Qog'oz   ishlab   chiqarish   esa   shahar   iqtisodiyotida   muhim   o'rin   tutadi.   Darhaqiqat,
Mug‘ullar   dunyodagi   eng   zo‘r   qog‘oz   Samarqandda   topilganini   aytganlar. 108
Samarqand qog’oziga keladigan bo’lsak,   VIII asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran
Samarqandda Xitoy qog’ozidan sira qolishmaydigan, hatto undan-da sifatli ashyo
kashf   etishga   erishildi.   Yer   yuzining   sayqali,       deya   ta’riflanadigan   bu   manzilda
oliy   navli   qog’oz   ishlab   chiqarish   uchun   kerakli   xom   ashyoning   barcha   turi   —
ipak, paxta, kanop, qamish, poxol, tut novdasining po’sti kabi ne’matlar mo’l edi.
Ular  mohir   ustalarning  qo’lida  nafis  va  jiloli  qog’ozga  aylanardi.  Shu tariqa  ona-
Vatanimizda   tayyorlangan   qog’oz   turlariga   nisbatan   “Samarqand   qog’ozi”   yoki
“Sharqona   qog’oz”   degan   shartli   atamalar   ishlatildi.   Ko’p   o’tmay,   mazkur
kashfiyot   butun   olamga   dovruq   taratdi.   Manbalarda   yozilishicha,   hali   Yevropada
papirus   hamda   pergament   asosiy   yozuv   ashyosi   sifatida   foydalanilayotgan   bir
paytda   Sharq   mamlakatlarida   allaqachon   qog’oz   ishlab   chiqarish   yo’lga
qo’yilgandi.   Bu   esa,   ayniqsa,   hozirgi   Markaziy   Osiyo   hududlarida   qo’lyozma
kitoblarning   yoyilishiga   keng   imkoniyat   yaratdi.   1931-yili   Mug’tepa   tog’idan
topilgan Samarqand hukmdorlariga oid hujjatlar va Tuproqqal’ada qo’lga kiritilgan
Xorazm   arxiv   materiallari   So’g’diyona,   Xorazm   hamda   Baqtriyadagi   qog’ozga
yozilgan mahalliy qo’lyozmalarning arablar bosqinidan avvalgi davrlarga oidligini
asoslaydi.   Nima   bo’lganda   ham,   X   asrning   oxirlariga   kelib ,   Samarqand   qog’ozi
papirus   va   pergament   o’rnini   tamoman   egalladi.   O’rta   asrlarda   Samarqandda
qog’ozsozlik keng ravnaq topdi. Tadbirkor ajdodlarimiz o’z mahsulotlarini nafaqat
qo’shni   davlatlar,   balki   Buyuk   Ipak   yo’li   orqali   Yevropa   bozorlariga   olib
chiqishdi.   Tabiiyki ,   ushbu   jarayon   natijasida   jahon   olimlar,     shoirlar     va
yozuvchilar ,   kotib-u   naqqoshlar   yurtimizda   tayyorlangan   yuqori   sifatli
qog’ozlardan   foydalana   boshlashdi.   Samarqand   qog’ozining   ta’rifi   haqida   buyuk
san’atkor-xattot Sulton Ali Mashhadiy shunday yozadi: “Har qancha sinasang ham
107
 Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”. 2003. -C. 98.
108
  Onur  Ö ZC İ MB İ T .   HANLIKLAR   DEVR İ  SEMERKANT ’ INDA   SOSYO - EKONOM İ K   YAPI . Ankara Üniversitesi
50 Xitoy   qog’ozidan   yaxshisi   yo’q.   Ammo   Samarqand   qog’ozi   bebahodir.   Agar   sen
aqlli odam bo’lsang, undan voz kechma, undagi yozuv ravon va go’zal bo’ladi. U
oddiy  bo’ladimi,  “sultoniy”   bo’ladimi,  yaxshisini   olishga   harakat   qil”.   Zahiriddin
Muhammad   Bobur   esa:   “Olamda   yaxshi   qog’az   Samarqanddin   chiqar ,   Juvozi
kog’azlar   suyi   tamom   Konigildin   keladur.   Konigil   Siyohob   yoqasidadurkim,   bu
qora suvni Obirahmat ham derlar”, deya yuksak e’tirof etadi.  
Onur O’zimbit,     Samarqandda tog'-kon sanoati va terini qayta ishlash tarmoqlari,
choy savdosi  ham  hindlar  tomonidan  nazorat  qilinganligini  aytgan. U  Temuriylar
davridab   buyon   qurol   ishlab   chiqarish   markazlariga   aylangan   shahar
hunarmandlari   mahallalari   19-asrga   qadar   o'z   sohalarida   metall   qurol   sanoatini,
o‘zlarining   eng   ko‘zga   ko‘ringan   qurollaridan   tashqari,   himoya   vositalarini   ham
ishlab   chiqganligini   aytib   o’tgan.   Olim   O’z   asarida   Samarqandda   qadim
zamonlardan   beri   ishchi   sifatida   qul   savdosi   ham   muhim   o'rin   tutganligini,
Ayniqsa   bu   jarayon   G arbiy   Turkistonda   jadal   olib   borilganligi,     bu   savdodaʻ
urushlar,   bosqinlar   turli   yo'llar   bilan   qo’lga   tushgan   odamlar,     etnik   va   diniy
odamlar savdo-sotiq qilinsa ham, Eronlik qullar soni ko‘proq bolganligini takidlab
o’tgan.   Tarixchining   takidlashicha,   qullar   qishloq   xo jaligida   qo llanilishi   tufayli	
ʻ ʻ
ijtimoiy   hayotda   juda   muhim   o rin   tutadi.   Samarqand   savdodan   tashqari	
ʻ
Zarafshonning janubiy qirg'og'ida joylashganligi va shahar bo'ylab tarqalib ketgan
suv   kanallari   sababli,   juda   samarali   qishloq   xo'jaligi   salohiyati   mavjud
bo’lganligini   aytgan.   Vamberining   ma lumotlariga   ko ra,   Samarqanddan   Og alik	
ʼ ʻ ʻ
tog   deb   nomlangan   tog dan   boshlanuvchi   3   ta   daryo   o tgan.   Buxoro   xonligida	
ʻ ʻ ʻ
suvni   sug orish   uchun   yangi   inshootlar   qurilgani   haqida   ma lumotlar   mavjud	
ʻ ʼ
bo lsa-da,   mang itlar   davrida   pasayib   ketgan   qishloq   xo jaligining   hosildorligini	
ʻ ʻ ʻ
oshirish   uchun,   suv   kanallari   ahamiyati   hisobga   olindi.   Shahar   iqtisodiyotida
muhim   o'rin   egallagan   qishloq   xo'jaligi   nuqtai   nazaridan,   mahsulotlarning   juda
ko’p turi borligini aytish mumkin.
Xulosa   o’rnida   quyidagi   tasvir   ko`z   o`ngimizda   namoyon   bo`lmoqda:   yuz   ellik
yillik   tarixi   bo`yicha   O`rta   Osiyo   tadqiqotlarining   rivoji   bir   tekisda   davom
51 etmagandir.   Turkiyada   bu   sohaga   qiziqish   bir   siyosiy   hodisa   (Turkistonnig
ishg`oli)   bilan   boshlanib,   bundan   so`ng   doimo   siyosiy   o`zgarishlarning   soyasida
davom   etdi.   Abdulhamid   II   davrida   ilmiy   va   madaniy   qiziqish   shaklida   yuzaga
kelgan munosabat II Mashrutiyat davrida panurkizmga moyillik ko`rsatdi, Turkiya
jumhuriyatining ilk davrida esa milliy qurilish siyosatiga tobe’ bo`ldi. Rossiyadan
kelgan   ziyolilar   Turkiyadagi   tarix   (shuningdek   til   va   adabiyot)   sohasidagi   ilmiy
ishlarning   rivojiga   ulkan   hissa   qo`shib,   Turkiyadagi   tarixshunoslikka   salmoqli
o`zgarishlar   kiritdilar.   Birinchi   Jahon   Urushi   yillaridan   boshlab   G`arbda
Rossiyadagi turk-musulmon xalqlarining ahvoli siyosat va ilm ahlining qiziqishini
uyg`otgan   mavzu   sifatida   oldingi   qatorlardan   o’rin   oldi.   Birinchi   Jahon   Urushi
yillaridan   e’tiboran   Germanining   siyosiy   maqsadlarining   ta’siriga   ma’ruz   qolgan
tarixiy   tushunchalar   rivojlandi.   Nemis   turkologiya   va   tarixshunoslik   maktabidan
yetishib   chiqqan   turkiy   olimlarning   (Boymirza   Hayit   va   Ahmet   Temir   kabilar)
Turkiyada   olib   borilgan   ilmiy   ishlarga   salmoqli   hissa   qo`shganlari   ravshan.
Bundan   tashqari,   ayniqsa   fransuz   sovetologlarining   tadqiqotlari   Sovuq   Urush
yillarida   turk   jamoatchiligiga   katta   ta’sir   ko`rsatdi.   Anti-sovet   siyosat   hokim
bo`lgan   bu   yilarda   sovetologlarning   ilmiy   ishlari   turk   tiliga   tarjima   qilindi   va
deyarli so`zsiz qabul qilindi. Sovuq Urush yillarida Turkiyalik turkchilarning ham
ishtiroki   bilan   turk   dunyosi   tadqiqotlari   anti-Sovet   fikrlarning   hukumronligi
ostidagi   maydon   holiga   kelgan   edi.   Bu   davrda   Rossiyadan   kelgan   bilimli
olimlarning   katta   qismi   vafot   etganidan   so`ng,   1970-80   yillarda   bu   sohada
iqtidorga ega bo`lgan oz sonli olim qolgan edi. Sovet Ittifoqining qulashi bilan turk
dunyosiga qiziqish yana ortdi, ko`pgina olimlar bu sohada tadqiqot yurita boshladi,
mustaqillikka   erishgandan   bugungi   kunga   qadar   yigirma   yetti   yil   mobaynida   bu
sohaga   hokim   bo`lgan   olimlardan   iborat   kattagina   jamoa   yetishib   chiqdi.   1990   -
yillardan   boshlab   O`rta   Osiyodan   kelgan   olimlar   ham   bu   sohaga   qo`shilib,   asl
manbalarga   tayangan   tadqiqotlar   yaratdilar.   Bunday   olimlarning   sohaga   kirib
kelishi   tadqiqotlarning   mohiyatini   boyitdi.   Turkiyalik   tadqiqotchilar   esa   u
tuproqlarga  sayohat   qilib,  rus   tili  va   turkiy  tillarni  bir   miqdor  o`rganish   imkonini
qo`lga   kiritdilar   va   bu   tillardagi   manbalardan   qisman   foydalana   boshladilar.   Bu
52 bilan   birga,   turkiylik   tadqiqotlarining   butunjahon   hajmdagi   kamchiliklari   va   bu
sohadagi   olimlarning   tor   jamoatchilik   tuhunchasi   bilan   harakat   qilishi
tadqiqotlarning   sifatiga   salbiy   ta’sir   ko`rsatmoqda.   Sovet   inqirozidan   so`ng
mustaqillikka   erishgan   jumhuriyatlarning   alohida   tarixlari   ham   ayri   masaladir.
Bunga   ko`ra   o`zbek,   turkman,   qozoq   yohut   qirg`iz   tarixlari   borasida   yanada
ko`proq ma’lumotlarga ehtiyoj sezilmoqda. Ko`rinib turibdiki, so`nggi o`ttiz yilda
ko`plab   olimlar   O`rta   Osiyoning   yaqin   tarixi   va   turkiy   jumhuriyatlar   haqidagi
bilimlarni ancha oldinga olib chiqdilar. 1980 - yillarda O`rta Osiyoning zamonaviy
tarixi   sohasida   oz   sonli   olim   bo`lgan   bo`lsa,   bugungi   kunda   katta   mutaxassis
jamoasi  yetishdi. E’tiborli  jihati  shuki, bu sohada  faoliyat  yurituvchilarning ko`pi
O`rta   Osiyo   yoki   Volgabo`yi-   Uraldan   kelib   chiqqan   tadqiqotchilardir.   Turlicha
qarashlarga   sohib   bo`lgan   olimlar   bir   paytlar   bu   sohaga   qiziqishgan   bo`lsa   ham,
O`rta Osiyo bo`yicha mutaxassis olimlar jamoasidan joy olmay, boshqa sohalarga
yo`naldilar.   1970-   80   yillarda   rus   tili   va   mintaqadagi   turkiy   tillarni   biladigan
olimlar   kamaygan   bo`lsa,   1990   yillardan   keyin   O`rta   Osiyodan   kelgan
mutaxassislar   bu   sohaga   qo`shilishi   sababli   asl   manbalarga   tayangan   asarlar
o`rtaga   chiqdi.   Bu   olimlarning   ishtiroki   bilan   tadqiqotlarning   ancha   boyiganini
ko`rishimiz   mumkin.   Turkiyada   tug`ilgan   tadqiqotchilar   esa   u   yerlarga   sayohat
qilib,   rus   tili   va   turk   lahjalarni   bir   miqdor   o`rgandilar,   u   tillardagi   manbalardan
qisman   foydalandilar.   Ayniqsa   so`nggi   yillarda   biografiya   va   monografiyaga   oid
ilmiy   ishlardagi   ortish   bu   sohada   yanada   o`ziga   xos   mavzularga   yo`nalish
tendentsiyasini namoyon qildi
Xitoy va Yaponiya  ilmiy tadqiqotlari..
XVII-XIX asr Xitoy manbalarida O’rta Osiyo, shuningdek, Samarqand to’g’risida
qimmatli   ma’lumotlar   bor.   Bu   davr   asosan   Xitoyda   Chin   imperiyasi   va   Qo’qon
o’rtasidagi, Buxoro amirligi va uning shaharlari haqida Xitoyda vujufga kelgan ilk
ma’lumotlar   bilan   xarakterlanadi.   Xitoyda   O’rta   Osiyo   xususan,   Samarqand
haqidagi ma’lumotlarni ikki qismga bo’lish mumkin. Birinchisi, Bu davrda Xitoy
53 yilnomalarida   yozilgan   tarix,   ikkinchisi   mahalliy   tarixchilar   tomonidan   yozilgan
manbalardir .
Birinchi   guruh   manbalariga   Xitoyning   hukmron   sulolasi   manjurlar   saroy
tarixchilari   tomonidan   to’plamlar   holiga   keltirilgan   bo’lib,   ularning   tarkibiga
Jung’oriya   va   Sharqiy   Turkistonni   bosib   olish   bilan   bog’liq   voqea   –   hodisalar,
qo’shin   sarkardalarining   hisobotlari,   qo’shni   mamlakatlardan   kelgan   elchilarning,
ularning   tashrifi   davomida   yozib   olingan   nusxalar,   rasmlar,   xaritalar   berilgan.
Ushbu   xujjatlarning   aksariyati   xitoy-manjur   tilida   berilgan   bo’lib,   ular   orasida
maktublar,   yilnomalar,   kundalik   shaklida   yozilgan   kitoblarning   fors-tojik   tilidagi
nusxalari   ham   mavjud.   Ushbu   hujjatlarning   ko’pchiligi   hozirda   Xitoy   Xalq
Respublikasining   ijtimoiy   fanlar   arxivida,   shuningdek   Xitoy   markaziy
shaharlardagi davlat muzeylarida ham saqlanmoqda. 
Ushbu to’plamlarning eng kattalaridan biri, “chin sulolasining tarixiy salnomasi ”
deb nomlanib, ushbu to’plam 1220 jildan iborat. To’plamda Manjurlar sulolasining
1582-1912-yillardagi   tarixiga   bag’ishlangan,   qimmatli   yilnomalar   mavjud.
To’plam har biri 100-120 betlardan iborat bo’lgan boblardan tashkil topgan bo’lib,
uning   bir   kitob   shakliga   keltirilish   jarayoni,   Tokioda   1937-yilda   nashrdan
chiqarilgan. 109
 
Mazkur   kitobning   1202-1203-1206   boblarida   Samarqandda   yashayotgan
Sarimsoqxo’ja   va   uning   uyg’urlar   bilan   aloqasi   haqida   ma’lumotlar   keltirib
o’tilgan.   Hozirda   Xitoy   ilmiy   tatdiqoqlar   markazida   o’z   faoliyatini   olib
borayotgan,   Ali   Ghopur   Samarqandning   2750   yilligiga   atab   chiqarilgan   “Uyg’ur
mumtoz   xujjatlarida   Samarqand” 110
  maqolasida   Samarqand   va   uyg’ur   xalqining
tarixiy   o’rnini   Xitoy   manbalari   asosida   yoritib   bergan.   U   Samarqandni   “Divoni
lug‘at   turk”   kitobida   Markaziy   Osiyodagi   eng   qadimiy   madaniyat   markazlaridan
109
 Дай Цин личао шилу. В переводах Г.П. Супрененко // Материалы по истории кыргызов и Кыргызистана. 
Т.2. / Ответственный редактор К. Джусаев. - Бишкек: Наука, 2003.
110
  Ali   Ghopur  ( China ) - SAMARKAND   IN   UYGHUR   CLASSIC   DOCUMENTS -Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллик 
юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент — Самарқанд Ўзбекистон 
Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007
54 biri sifatida tilga oladi.    O'shandan beri u uyg'ur klassik asarlarida  madaniyat, din
va markaz sifatida keng tarqalganligini aytib o’tgan. 
Uning   ma’lumotlariga   ko’ra   Uyg‘ur   klassik   asarlarida   Samarqand   ikki   xil
ko‘rinishda tasvirlangan: birinchidan, Samarqand   madaniyat markazi (fan, savdo,
din,   hunarmandchilik)   va   ikkinchidan   sevgi   ramzi.   Shuning   uchun,   uyg'ur   xalqi
Samarqandga   ilm   olish,   diniy   bilim   olish,   savdo-sotiq,   hunarmandchilik   va
musulmon   ulamolari   va   qabrlarini   ziyorat   qilish   uchun,   boshqa   tomondan,
Samarqand   go'zallik   va   muhabbatga   ishtiyoqmandlar   uchun   sevgi   ramzi
ko’rinishida   bo’lgan.   Tatqiqotchining   keltirib   o’tgan   so’zlariga   qaraganda   1934-
yildan   1936-yil   noyabrigacha   jami   307   nafar   talaba   O rta   Osiyo   mamlakatlariga,ʻ
jumladan,   Samarqand   shahriga   ham   birinchi   marta   Shinjon   mahalliy   hokimiyati
tomonidan   o qishga   yuborilgan   bo lib,   ularning   46   foizi   uyg'ur   talabalari	
ʻ ʻ
bo’lgan. 111
  Ularning barchasi o’z vataniga 1934-yildan 1936-yil noyabrigacha jami
307 nafar talaba O rta Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Samarqand shahriga ham	
ʻ
birinchi marta Shinjon mahalliy hokimiyati tomonidan o qishga yuborilgan bo lib,	
ʻ ʻ
ularning   46   foizi.   uyg'ur   talabalari   edi.   Ularning   barchasi   o’z   vataniga
qaytganlaridan   so’ng,     vatani   taraqqiyoti   rivoji   uchun   hissasini   qo’shganlar.   Shu
o’rinda   ko’rinib   turibdiki,   Uyg’ur   xalqi   tarixni   o’rganishda   Samarqandning   o’rni
ham mavjud bo’lib, bu ikki xalq tarixi va iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga asos
bo’lib   xizmat   qiladi.   Bundan   xuloasa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   Ipak   yo’lida
joylashgan katta  shaharlar  bilan Samarqand  ham  diniy, ilmiy, tarixiy va iqtisodiy
aloqalarni   o’rnatgan.   Bu   haqida   Xitoy   Xalq   Respublikasining   hozirda   faoliyat
ko’rsatayotgan   zamonaviy   tarixshunoslik   maktablarida   ham,   yilnomalarida   ham
ma’lumotlar uchraydi. 
Zamonaviy   Xitoy   tarixshunosligining   tatqiqotchilaridan   biri   bo’lgan,   Xinru   Liu
o’zining   Samarqandga   atab   chiqarilgan   “Samarqand   va   Hindiston   ”   nomli
maqolasida   Samarqandning   Hindistonga   olib   boradigan   ilk   yo’llarini   vujudga
111
 O’sha joyda
55 kelishi,   ularning   asrlar   davomida   rivojlanishi   to’g’risida   qimmatli   ma’lumotlar
keltirib o’tgan. 
Jumladan, u  Samarqand savdogarlari eramizning birinchi va  ikkinchi asrlaridayoq
Hindistonga   ko'plab   sayohatlar   uyushtirganligini   ta’kidlab   o’tgan.   Madaniy
So'g'diyonaning,   xususan,   Samarqandning   Hindistonga   ta'siri   ularning   tijorati
sohasida   mashhur   bo’lib,   Samarqand   savdogarlarining   O rta   Osiyo,   Xitoydagiʻ
faoliyati va hatto ularning Vizantiya imperiyasi bilan munosabatlari, yuksalgandan
keyin miloddan avvalgi VI asrdan boshlab uchraydi. Ma’lumot o’rnida, So’g’dlar
VI-VII   asrlarda   O’rta   Osiyoda   eng   katta   mustaqil   hokimliklardan   bo’lib,
So’g’diyonaning   markazi   Samarqand   bo’lgan.   Arab   istilolari   O rta   Osiyoga   VIII	
ʻ
asrda   sodir   bo’lgan.   So’g’d   tili   va   islomiy   ilmlar   markazlari   keyinchalik   ikkita
shahar,   Samarqand   va   Buxoro   bo’lib   qoldi.   O’lkadagi   madaniy,   transchegaraviy
bunday   o’zgarishlar   Hindiston   madaniyatiga   ham   o’z   tasirini   ko’rsatdi.     Islom
turkchasiga   ergashish   kuchlarning   Hindistonni   bosib   olishlari,   islom
madaniyatining bu versiyasi Janubiy Osiyodagi islom madaniyatini shakllantirdi va
umuman   hind   madaniyatini   abadiy   o'zgartirdi. 112
    Keyinchalik   XVI   asrda
Samarqanddan   Kobulga,   so’ngra   Hindistonga   yurish   qilib   uni   bosib   olgan
temuriyzoda   Bobur,   Hindistonda   Boburiylar   imperiyasiga   asos   solidi.   U   o’zining
Boburnoma   kitobida   Hindiston   tabiati,   ajoyibotlari   haqida   tasvirlagan.
Shayboniylar   davrida   birinchi   poytaxt   bo’lgan   Samarqandda   hind   hunarmandlari
mahallalari, keying asrlarda esa shaharda hind talabalari, savdogarlari, sudxo’rlari
mahallalari   borligi   haqida   ma’lumotlar   uchraydi.   Bundan   tashqari   Rossiya
imperiyasi   bosqini   davrida   ko’pgina   Angliya   ayg’oqchilari   asosan   hind
savdogarlari   sifatida   O’rta   Osiyo,   xususan   Samarqandga   tashrif   buyurganlar.   Bu
esa ikki hudud   o’rtasidagi strategik madaniy aloqalar shakllanishida  ham muhim
ahamiyat kasb etgan. 
112
 Xinru Liu (China) SAMARKAND AND INDIA. (118-b) Самарқанд   шаҳрининг  2750  йиллик   юбилейига  
бағишланган   халқаро   илмий   симпозиум   материаллари   Тошкент  —  Самарқанд   Ўзбекистон   Республикаси  
Фанлар   академияси  « Фан »  нашриёти  2007
56 Yaponiyuaning ham Samarqand haqidagi qarashlari XIX asrdan chuqur o’rganish
davri boshlangan.   Si Tokujiro (1847-1912) - Meydzi davrining yapon diplomati,
Sankt-Peterburg   universitetini   tamomlagan   (1872-1875),   1878   -   yilda
Yaponiyaning   Rossiyadagi   konsul   o'rinbosari   bo'lgan   va   ikki   yildan   so'ng
Xitoyning  Shanxay shaharlari orqali Yaponiyaga qaytib keldi.   Uyga ketayotib,
Markaziy   Osiyoga   tashrif   buyurdi.   1880-yilning   18-avgustida   u   Toshkentga,
Avgust oyining oxiriga kelib Samarqandga, 14-sentabrda esa Buxoroga keldi.
Samarqandda bo‘lganida u shaharning diqqatga sazovor joylari va hayoti bilan
yaqindan   tanishdi   va   bu   haqda   Yaponiya   o‘quvchilariga   so‘zlab   berdi.   1896
yilda   Tokioda   nashr   etilgan   “O‘rta   Osiyodagi   sayohatchining   eslatmalari”
kitobida,   Samarqand   haqidagi,   uning   tabiati,   ajoyibotlari   haqida   qimmatli
ma’lumotlarni yozib qoldirgan. 113
 
Samarqand   haqida   Tokujiro   shahar   Zarafshon   daryosidan   6   km   janubda
joylashganligini   yozgan.   U   So'g'd   daryosi   yoki   Sandukanda   daryosi   deb   ham
atalgan.  Antik davrda esa Zarafshon daryosi Politimet deb atalgan.  Afsonaga ko'ra,
Iskandar   Zulqarnayn   bu   erga   kelganida,   aholi   unga   qarshilik   ko'rsatgan.
So’g’diyonada   Spitamen   boshchiligida   katta   uyushgan   qo’zg’lon   bo’lgan.
Spitamen   qo’zg’olonini   bostirish   uchun   Aleksandr   qattiq   kurash   olib   borgan.   U
shahar vayron bo'lganligini, lekin ko'p emas keyinchalik qayta qurilganligini aytib
o’tgan.   Tokujiro tomonidan berilgan boshqa versiyaga ko'ra, shahar nomi ikkitadan
iborat so'zlar - Samara - meva,   kand - shakar va nomi "meva shakar" deb tarjima
qilingan.  
Samarqand   so’zining   kelib   chiqishi   biz   tarixiy   ma’lumotlardan   aniqlik   kiritgan
edik.   Ungga   ko’ra   Samar   –   baland   va   qand-   shahar   ya’ni   kent   so’zining
turkiylashgan ko’rinishi  bo’lib, Samarqand balanddagi shahar  nomi  bilan atalgan.
Keyinchalik   esa   shahar   Buxoro   xonligiga   qarashli   bo lib,   ahamiyatiga   ko raʻ ʻ
poytaxtdan   Buxoro   shahridan   keyin   ikkinchi   o rinda   bo’lgan.	
ʻ   Lekin   qisqa   vaqt
113
 Като Кюдзо (Япония) САМАРКАНД ГЛАЗАМИ ЯПОНЦА НИ СИ ТОКУЖИРО. Самарқанд шаҳрининг 2750 
йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент — Самарқанд 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007
57 ichida,   1868-   yil   Rossiya   bu   hududni   qo shib   oldi   va   bu   yerda   Zarafshonʻ
okrugining     poytaxtiga     aylantirildi.   Rus   aholisi   shaharning   g'arbiy   tomonini
qurdilar   va   u   uni   ikki   qismga   bo'ldi:   eski   va   yangi   shaharlarga.   Ma’lumot   uchun
ruslar shaharni egallagandan so’ng, 1871-yilda shaharga rus aholisini kuchirtirish,
ruslar uchun yanggi shahar bunyod etish ishlari boshlab yuborilgan. Ruslan uchun
qurilgan   shahar,   oddiy   aholidan   majburan   sotib   olingan   yerlarda,   arzimas   xaq
evaziga   yerli   aholini   ishlatib,   qisqa   vaqt   ichida   bunyod   etilgan   edi.   shuningdek,
Toshkent.   Samarqand  past  adirlarda joylashgan.   Mudofaa devori  ichida bir-biriga
tutashgan   baland-past   uylar,   imoratlardan   bo shagan   yerlarga   daraxtlar   ekilgan.
ʻ
Shaharning Rossiya qismiga xuddi o‘rmondagidek ko‘p daraxtlar ekilgan. 114
Sayyoh   Samarqandning   an'anaviy   uylari   juda   past   bo’lganligini,   bu   esa   shaharni
butunlay   boshqacha   qilib   yuborganligini   aytib   o’tgan.     Buxoroga.   Samarqandda
odam ko‘p, shovqin-suron, gavjum.   Eng chiroyli joy Registon yaqinida joylashgan.
Maydonda ulug'vor binolar bor, ular orasida bir nechtasi bor masjidlar, madrasalar
va minoralar.   Maydonda nisbatan boy do'konlar ko'p.   Bozorda turli xil don, meva
va sabzavotlar sotiladi. 
Samarqandda   qadimiy   me moriy   yodgorliklar   ko p.	
ʼ ʻ   Shaharning   g arbida,   pastroq	ʻ
joyda,   uzunligi   taxminan   4   km   bo lgan   sopol   xandaqlar   bilan   o ralgan   eski   qal a	
ʻ ʻ ʼ
bor.   Ichkarida   Qal'a   tarkibida   saroy,   masjid,   eski   binolar   va   qabriston   bor   edi.
Saroy   ichida   tosh   bor,   uni   xalq   “Temur   o‘rni”   deb   ataydi.   Bu   kvadrat   shaklidagi
tosh   juda   kuchli.   U   g'isht   poydevorida   joylashgan   taxminan   1,20   sm   atrofida
haykal   bor.   Tosh   ohaktosh   rangiga   ega   bo'lib,   joylarda   qora   chiziq   eskirgan,
shuning uchun bezak aniq emas.   Aytishlaricha, Tamerlan bu erda o'tirgan va uning
buyruqlari to'rt tomondan berildi deb yozib o’tgan Yaponiyalik olim.  115
114
 Като Кюдзо (Япония) САМАРКАНД ГЛАЗАМИ ЯПОНЦА НИ СИ ТОКУЖИРО. Самарқанд шаҳрининг 2750 
йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент — Самарқанд 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007
115
 Като Кюдзо (Япония) САМАРКАНД ГЛАЗАМИ ЯПОНЦА НИ СИ ТОКУЖИРО. Самарқанд шаҳрининг 2750 
йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент — Самарқанд 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007
58 Tadqiqotchi   o’z   fikrini   davom   ettirib,   ikkinchi   diqqatga   sazovor   yodgorlik   Guri
Amirdir   deb   yozgan.   Ichida   masjid   bor   Temurning     qabr   toshi   bor.   Sakkiz
burchakli   zalda   pollar   qoplangan   marmar,   devorlari   zargarlik   bilan   bezatilgan   va
ko'k   rangda   yozilgan   Qur'on   so'zlari   bo'yalgan.   Gul   va   o't   shaklidagi   bezak   ko'k
rangli   bo'yoq   bilan   yasalgan   va   zarhal   qilingan.     Marmar   panjara   bilan   o‘ralgan
Tamerlanning toshi qo‘shni xonada.   Uzunlik tosh taxminan 2 m, kengligi 90 sm, u
quyuq   yashil   rangda.   Bir   tomonida   yozilgan   tantanali   musulmoncha   gap.   Tosh
mahalliy   emas,   Sharqiy   Turkistonda   joylashgan   Yorkanddan   olib   kelingan.   Qabr
tagida   Temur   dafn   etilgan   xona   bor,   xotini,   o'g'illari   va   o'qituvchisi.   Qabrlar
sarkofagida joylashgan . 
Olim o’z kitobida alohida raqamlarga ham tuxtalib o’tgan, jumladan, u Samarqand
ham boshqa shaharlar kabi mudofaa devori ichida joylashganligini.   Shaharda 4411
ta uy bo lib, ularda 35910 kishi istiqomat qilganligini aytgan.ʻ   Tokujiro Samarqand
aholisi   shug‘ullangan   hunarmandchilik   haqida   ham   qiziqarli   ma’lumotlar   beradi.
Umumiy aholi quyidagi ko'plab sexlarda ishlaydi: kalava ishlab chiqarish bo'yicha
-188 (tsexlar soni); ipak va paxta matolari ishlab chiqarish bo‘yicha to‘quv sexlari
– 58 ta;   poyabzal do‘konlari – 162 ta;   soxta buyumlar - 56;   bo'yash ustaxonalari -
42 ta;   yog'ochga ishlov berish ustaxonalari - 42 ta;   kulolchilik ustaxonalari - 37 ta;
sharqona shirinliklar ishlab chiqarish sexlari – 33 ta;   neft tegirmonlari - 34;   teriga
ishlov berish sexlari – 30 ta;   egarchilik ustaxonalari - 25 ta;   zargarlik buyumlari -
23 ta;   kunjut moyi ishlab chiqarish sexlari – 23 ta;   vagon (arava) ishlab chiqarish
ustaxonalari - 23 ta;   tikish ustaxonalar - 20 ta;   jun arqonlar ishlab chiqarish sexlari
– 17 ta;   temir quyish zavodlari - 12 116
 bo’lganligini aytgan. 
Olim   Samarqand   va   unga   tutash   hududlar   qishloq   xo jaligi   mahsulotlariga   boy	
ʻ
bo’lganligini,   Shahar chekkasidan kelgan odamlar farovon yashashini aytib o’tgan.
Rossiya   imperiyasining   O rta   Osiyo   mustamlakalari   ichida   yagona   bo lgan	
ʻ ʻ
Zarafshon   o lkasi   amaldorlarni   o z   soliqlari   hisobiga   o’zlarini   ish   haqi   bilan	
ʻ ʻ
116
 Като Кюдзо (Япония) САМАРКАНД ГЛАЗАМИ ЯПОНЦА НИ СИ ТОКУЖИРО. Самарқанд шаҳрининг 2750 
йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент — Самарқанд 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007
59 ta minlay  olardi.ʼ   Shuning uchun  bu hudud  katta iqtisodiy  istiqbolga  ega  edi.   Shu
munosabat   bilan   Rossiya   Samarqandda   har   xil   turdagi   tovarlar   ishlab   chiqarishni
ko'paytirish siyosati olib borildi va bu siyosat muvaffaqiyatli bo'ldi. 117
Masalan, ipak va boshqa materiallar ishlab chiqarishda aholining didi juda yuqori
bo’lib,   Samarqanddan   ishlab   chiqilgan   gazlamalar   Rossiyada   “Samarqand   ipak"
nomi bilan juda qadrlangan.   Tokujiro o'z eslatmalarida geografik mavzularga ham
to'xtalib   o'tgan.   U   Samarqand   viloyati   sharq,   janub   va   shimoldan   tog‘lar   bilan
o‘ralgan   bo‘lib,   faqat   g‘arbda   Buxoro   va   Xiva   yo‘nalishidagi   tekislikka   chiqish
yo‘li   borligini   ta’kidladi. 118
  Janubda   janubiy   Buxoro   hududlariga,   keyin   esa   tog	
ʻ
yo llari   bor   Amudaryo   va   Afg'onistonning   bosh   suvlari.	
ʻ   Shu   bois   Samarqand
viloyati strategik nuqtai nazardan juda muhimligini keltirib o’tgan.
U   Samarqanddan   g arbda   Zarafshon   bo ylab   qariyb   80   km   uzoqlikda	
ʻ ʻ
Kattaqo rg on   joylashganligini   aytgan.	
ʻ ʻ   Sayohatchi   Samarqanddan   80   km   lar
chamasi   uzoqlikda   joylashgan     Kattaqo rg onga   borganligini   aytib   o’tgan.	
ʻ ʻ   Uning
aholisi   taxminan   4100   kishi   bo’lib,     bu   hudud   Rossiya   hududining     chegarasi
bo’lgan.   Uning   g arbi   Buxoro   amirligi   bilan   chegaradosh.   G arbda   barcha   yerlar	
ʻ ʻ
Buxoro   xonligiga   qarashli,   Zarafshon   bo ylab   poytaxtga   olib   boradigan   yo l	
ʻ ʻ
mavjud   bo’lgan.   Buxoro   to qaylar   bilan   o ralgan.	
ʻ ʻ   O'simliklarning   yashil   bandi
ba'zan   uzilib   qoladi.   Bu   yerda   qishloqlar   bor,   ularning   nomi     Ziyauddin   va
Karmana. Tokujiro o z qaydlarida O zbekistonning boshqa shaharlari – Toshkent,	
ʻ ʻ
Qo qon,   Buxoro   haqida   ham   ma lumot   beradi.	
ʻ ʼ   Uning   kitobidan   o‘tmish   haqidagi
kichik,   ammo   esda   qolarli   epizodlar   sifatida   zamondoshlarimiz   uchun   qiziq   deb
bilgan ayrim  qismlarini  alohida ta’kidlamoqchiman.   Tokujiro Buxoro haqida biz
bilgan   juda   ko‘p   turli   ma’lumotlarni   beradi.   Lekin   men   yapon   diplomatining
Buxoro   amiri   bilan   Qarshidagi   yozgi   saroyda   bo‘lib   o‘tgan   uchrashuvi   tavsifiga
to‘xtalib   o‘tmoqchiman.   Bu   devorsiz   qal'a   shaharning   shimoli-g'arbiy   qismidagi
past   tepalikda   qurilgan.   Qal'aning   shimoliy   qismida   xandaq   bor,   uning   ikki
tomonida   ko'plab   daraxtlar   o'sadi.   Xon   saroyida   amir   har   yili   yoz   va   kuzda   2-3
117
  O’sha joyda
118
  O’sha joyda
60 oyini   o’tqazadi.   Tokujiro   bu   yerda   Buxoro   amiri   bilan   uchrashdi.   «Bu   saroy,   —
deb   yozadi   u,   —   oddiy   uy,   uning   qabulxonasi   va   to‘yxoni   bor.   Kimdan   chiroyli
gilamlardan   tashqari   jihozlarda   diqqatga   sazovor   narsa   yo'q   edi.   Buxoro   amiri
Muzafar   taxminan   57-58   yoshlarda,   o‘rta   bo‘yli,   oq   tanli,   ko'zlari   chuqur,   burni
baland,   soqoli   qalin.   Yuzi   ko'proq   tojiklarga   o'xshaydi   o'zbek   tilida   gapiradi.
Xarakteri   bosiq,   mehmondo'st.   Bu   amir   taxtga   o‘tirgandan   so‘ng   turli
yo‘nalishlarga   harbiy   otryadlar   jo‘natib,   Qo‘qon   va   turkman   xonlarini   mag‘lub
etdi,   uning   xonligida   barqarorlikga   erishildi.   Lekin   oxir-oqibat,   rus   armiyasi
tomonidan   mag'lubiyatga   uchradi.   Endi   amir   119
general-gubernatorining   turiga
bo'ysunuvchi bo'ldi.   Aytishimiz mumkinki, bu uning taqdiri, lekin uning o'zi ham
o'tgan   kunlarni   tez-tez   eslaydi.   "Va   u   bilan   uchrashganimdan   keyin   menda   ham
o'ylar paydo bo'ldi" deb yozadi Tokujiro.
Tokujiro (keyinchalik tashqi ishlar vaziri bo'lgan)    19-asr oxiridagi   O rta Osiyoʻ
shaharlari hayotining o’z ko’zi bilan ko’rgan sayyoh  sifatida “Yaponiya ishlari”
kitobi,   ma lumotli   mazmuni   va   falsafiy   xarakterdagi   aks   ettirilishi   bilan   juda	
ʼ
qiziq.
                        
                         Xulosa
Jahon   tarixida   To’ron,   Turkiston,   Movarounnahr   nomlari   bilan   mashhur   bo’lgan
O’zbekiston   zamini,   turli   etnoslar   uchun   muqaddas   bir   makon   vazifasini   o’tab
kelgan.   Hududda   turli   davrlarda   madaniy   va   strategik   muhim   bo;lgan   shaharlar
ko’p bo’lib, ana shunday  shaharlardan biri  Samarqand XVI-XIX   asrlarda hamda
undan   keyingi   davrda     ham   mintaqada   yuz   bergan   siyosiy   va   etnomadaniy
jarayonlarning markazi bo’lib kelmoqda. Boy va qadimgi tarixga ega, o’z davrida
O’zbekiston   davlatchilik   tarixidagi   buyuk   davlat   hisoblanmish   A.   Temur
119
 Като Кюдзо (Япония) САМАРКАНД ГЛАЗАМИ ЯПОНЦА НИ СИ ТОКУЖИРО. Самарқанд шаҳрининг 2750 
йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари Тошкент — Самарқанд 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007
61 davlatining poytaxti bo’lgan Samarqand   mintaqadagi etnomadaniy hamda tarixiy
hayotning   yuzi   deb   aytsak   mubolag’a   bo’lmaydi.   XIX   asr   ikkinchi   yarmidan
boshlab   O’rta   Osiyoga   tashrif   buyurgan   yevropalik,   asosan,   rossiyalik   ko’plab
sayyohlar,   sharqshunos   va   geografik   olimlar   to’plagan   ma’lumotlarda
Samarqandda   aholining   miqdori,   turmush   tarzi,   urf-odatlari   va   shu   kabi   tarixiy-
etnografik jihatlari aks etgan. Sovet davrida esa mintaqada faoliyat ko’rsatgan turli
etnografik   ekspeditsiyalar   yiqqan   materiallar   asosida   Samarqandning   (qishloq   va
mahallalari),   madaniy-maishiy   hayoti,   etnografik   o’ziga   xos   xislatlari,   nufuzi,
antropologik tuzulishi, til xususiyatlari haqida muayyan ma’lumotlar to’plangan.
Shuningdek, hududga Yevropaliklarni qiziqishi XII asrdan boshlangan bo’lib, XIII
asrda   uzoq   sharqga   sayohat   qilgan,   Marko   Polo   o’zining   kitobida   Samarqand
to’g’risidagi   ma’lumotlarni   keltirib   o’tgan.   Lekin   uning   ma’lumotlari,   aynan
Samarqandga   kelib   o’z   ko’zi   bilan   ko’rganlarimi   yoki   shaharda   uzoqda,
odamlardan   eshitganlarini   yozib   qoldirganmi   bunisi   hali   ham   bahslarga   sabab
bo’lib   kelmoqda.   Keyinggi   Yevropaliklarning   shaharga   qiziqish   jarayoni   albatta,
A.   Temur   va   Temuriylar   shaxsi   bilan   bog’liq   bo’lib,   bu   davr   shaharda   ikkinchi
renessans davriga to’g’ri keladi. XIV-XV asrlarni o’z ichiga olgan mazkur davrda
A. Temur  va Temuriylar  Yevropa bilan yaxshi  munosabatlar  o’rnatgan edilar, bu
esa   o’z   navbatida   Yevropadan   ko’plab   elchilarning   temuriylar   davlati   va   uning
poytaxti Samarqandga tashrif buyurishga erishganligi bilan xarakterlanadi. 
Samarqandning   xorij   tarxshunosligida   o’rganilishini   va   chetda   Samarqand   haqida
yozilgan asarlarni guruhlarga bo’lib, o’rganish etiborga molikdir. 
- Birinchi   guruhga;   XVI-XIX   asrlarda   shaharga   tashrif   buyurgan   elchilar,
sayyohlar, diplomatlar, olimlar, ekspeditsiya vakillari, harbiylarning kundaligi,
hisobot   shaklidagi   xujjatlar,   xatlar,   telegrammalar,   statestika   ma’lumotlari   va
o’sha davrda saqlab quyilgan arxiv hujjatlari kiradi va bularda asosan shaharni
o’z ko’zi bilan ko’rgan, uni kuzatgan va shu orqali yig’ilgan matrealladir. 
- Ikkinchi  guruhga;  Zamonaviy xorij  tarixshunosligining hozirda yaratilayotgan,
aynan   Samarqandning   XVI-XIX   asrlardagi   tarixiga   bag’ishlangan   ilmiy
62 monografiyalar, konfrensiya matreallari, maqolalar, ilmiy maktablar matreallari
kiradi
- Uchunchi   guruhga;   Asosan   Xorij   tarixshunoslari   tomonidan   yaratilgan   badiiy,
adabiy ruhda yozilgan asarlar kiradi. 
Biz dissirtatsiyada asosan birinchi va ikkinchi guruh ma’lumotlarni ilmiy tahlil
qilish, ulardagi asl tarixni tiklashga harakat qildik. 
Samarqandni   xorij   tarixshunosligida   chuqur   o’rganishni   ham   bir   nechta
to’lqinlardan iboratligi  bor. Jumladan birinchi  to’lqin, XIV-XV asrlarda bo’lib
davrda   asosan   ikkinchi   renessans   bilan   bog’liqdir.   Ikkinchi   to’lqin   esa   XIX
asrda   Rusbosqinlari   bilan   bog’liq.   Uchunchisi   O’zbekiston   mustaqillikga
erishgandan so’ng ko’plab davlatlar bilan, madaniy aloqalar o’rnata boshlandi,
xorij   davlatlari   O’zbekistonning   turezm   salohiyatiga   katta   etibor   qarata
boshladilar. Shu o’rinda Samarqand mamlakatning eng yirik turezm kompleksi
sifatida   gavdalanadi.   Shaharda   tarixiy   obidalar   ko’p   bo’lib,   ular   shaharga
ko’rkamlik   bag’shida   etgan.   Bu   borada   Samarqand   Rim,   Turkiya   Ko’niya,
Parij, Xitoyning Sian, Rossiyaning Peter-burg shaharlaridan qolishmaydi. 
Xorij tadqiqotchilarini ham shaharni o’rganish borasida alohida-alohida jihatlari
mavjud bo’lib, g’arb va sharq uslublari bir-biridan tubdan farq qiladi. Jumladan:
- Birinchidan;   Rossiya   tadqiqotlarida   shaharni   tarixi,   uning   madaniy   jihatlari
umumiy   qamrab   olingan   bo’lib   Rossiya   har   bir   sohani   chuqur   o’rganishga
harakat   qilgan.   Bundan   chuqur   tahliliy   o’rganish   birinchidan   bu   sohalardagi
yangiliklarni o’ziga o’zlashtirish, topilgan ekspanatlarni rus muzeylarini boyitib
turish   uchun   o’zlashtirish,   o’lkani   xaritasini   tuzish,   qo’shinni   yaxshi
harakatlanish   uchun,   temir   yo’llar   qurish   uchun   hududni   geologik   o’rganish
zarur   bo’lgan.   Hattoki   Kaufman   tomonidan   shahar   bosib   olinayotgan   vaqti,
xuddiki   tarixdagi   buyuk   sarkardalar   uslublaridan   ustamonlik   bilan
foydalanishgan. 
- Ikkinchidan;   Yevropa   tarixshunosligi   bo’lib,   bu   maktablar   asosan
Samarqandning   XIX   asr   tarixiga     boshqa   davrlarga   nisbatan   ko’proq   urg’u
beradi.   Sababi,   aynan   shu   davrda   boshlangan   buyuk   davlar   o’rtasidagi
63 mustamlaka   uchun   kurashlar,   O’rta   Osiyoni   buyuk   davlatlar   o’rtasida   raqobat
maydoniga aylantirdi, O’rta Osiyoning strategik jihatdan muhim shahri bo’lgan
Samarqandga   qiziqish   ortishi   esa   albatta   tabiiy   holdir.   Yevropa
tarixshunosligida   hozirgi   zamonda   Samarqand   tarixni   o’rganilishida,   bu   yerda
Rossiya mustamlakasi  tizimini tahlil qilinayotganlihi ham taqsinga sozovordir.
Zamonaviy   ingliz   tarixshunosi   A.   Morrison   Samarqanddagi   Rossiya
mustamlakasi   va   Buyuk   Britaniya   Hindistonining   mustamlakachilik   siyosatini
taqqoslasha bungga yaqqol misol bo’la oladi. 
- Uchunchidan;   Aqshdan   tashrif   buyurgan   diplomat   va   sayyohlar   nisbatan
kamchilikni   tashkil   qilgan   bo’lsada,   o’lkani   o’z   asarlarida   yoritilishda   sosan
publisistik   usuldan   foydalangan.   Shuningdek,   shahardagi   rus   imperiyasi
mustamlakachiligini   kamchiliklari   ko’proq   sanab   o’tilib,   buni   tanqid   ostiga
olingan.
- To’rtinchidan;   Turkiya   tarixshunosligi   Samarqand   tarixini   qadimgi   davrdan
hozirgi kungga qadarb yoritilishiga etibor bergan
- Beshinchida;   Xitoy   va   Yaponiya   shaharning   tarixiga   faqatgina   Buyuk   Ipak
yo’lida   joylashgan,   va   unda   ko’pgina   o’rta   asr   iqtisodiy   sohalarining
rivojlanishi bilan tavsiflagan. Bizga ma’lumki Samarqand buyuk ipak yo’lining
katta   shaharlaridan   biri   bo’lib,   bu   hududga   uzoq   sharqdan   olimlar,   sayyohlar,
savdogarlar juda ko’plab tashrif buyurganlar. Shu sababdab shaharning tarixini
o’rganishda Xitoy va Yaponiya manbalarini o’rganish to’g’li yo’ldir.
        Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T:.Ma’naviyat,2008 
2.   Karimov.I.   Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q/   Biz   kelajagimizni   o’z   qo’limiz   bilan
quramiz.T.;O’zbekiston,1999. 
3.  Karimov I. Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz. - T.: O'zbekiston, 1998
4. Adeb Xolidning  ‘’ The politics of Muslim. Jadidism in Central Asia’’.  California Univercity
5. The Emirate of Bukhara’’ ,  Andreas Wilde, Bamberg Univercity
64 6. A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Samarkand 1868–1910 ‘’
7. A.   Morrison     ‘’   Russian   Rule   in   Turkestan   and   the   Example   of   British   India,   c.1860-1917
( 691-b)
8. A.   Morrison       ‘’   Amlākdārs,   Khwājas   and   Mulk   land   in   the   Zarafshan   Valley   after   the
Russian Conquest ‘’
9. A. Morrison  ‘’ Russian Rule in Turkestan and the Example of British India, c. 1860-1917
10. Южин   Скайлер   ‘’   Turkiston:   Rossiya   Turkistoni,   Qo qand,   Buxoro   va   Guljaga   sayohatʻ
qaydlari’’  ТОШКЕНТ  «O'ZBEKISTON
11. "Масальский   В.   Туркестанский   край.   Отдел   II.   Население   //   Россия.   Полное
географическое описание нашего отечества. Настольная и дорожная книга. Т. XIX
12. “Тарихий   манбашунослик,   тарихнавислик,   тарих   тадқиқотлари   методлари   ва
методологиясининг   долзарб   масалалари”   //   Республика   XII   илмий-амалий
конференция   материаллари.   12–илмий   тўплам   [Тошкент   давлат   шарқшунослик
университети.   TOSHKENT -2020.   МАРКАЗИЙ   ОСИЁГА   ОИД   ДАСТЛАБКИ
БИЛИМЛАРНИНГ БУЮК БРИТАНИЯДА ПАЙДО БЎЛИШИ В. ХОЛОВ
13. SamDU - ILMIY   AXBOROTNOMA ,   2019- YIL ,   4- SON /   TURKISTON   O ‘ LKASIDA
XORIJIY   SAYYOH   VA   TADQIQOTCHILAR   FAOLIYATI   TARIXIDAN   ( XIX   asr
ikkinchi   yarmi  –  XX   asr   boshlari ).    D . B . Rasulova
14. УЗБЕКИСТОН   ТАРИХИГА   ОИД   МАНБА   ВА   ТАКИКОТЛАР   ( XIX - XX   АСР
БОШЛАРИ). Тошкент « Nurafshon   business » 2022. 381- b ,  проф. Д.Х,. Зияева
15. Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. -Москва.: “Восточная литература”.
2003.
16. САМАРҚАНД   ВА   ЗАРАФШОН   ВОҲАСИ   ТАРИХИ   ЗАМОНАВИЙ
ТАДҚИҚОТЛАРДА/   Тошкент-Самарқанд   « Akademnashr »   2020/   ‘’   КОЛОНИАЛЬНОЕ
УПРАВЛЕНИЕ   В   ТУРКЕСТАНЕ   НА   ПРИМЕРЕ   САМАРКАНДА:   ВЗГЛЯД
АЛЕКСАНДРА МОРРИСОНА’’  А. Турсунметов
17. JADIDCHILIK:   islohat,   yangilanish,   mustaqillik   va   taraqqiyot   uchun   kurash   ”/   Toshkent.
UNIVERSITET –nash. 1999-yil. “XX asr boshida jadid adabiyoti va tarixiy xodisalar ” – B.
Qosimov (108-b)
18. QUYI ZARAFSHON VODIYSINING SUG’ORILISH TARIXI (qadimgi davrdan to XX asr
boshlarigacha)”.   TOSHKENT-1972. A. R. Muhammadjonov
19. O’zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil
20. Южин   Скайлер   ‘’   Turkiston:   Rossiya   Turkistoni,   Qo qand,   Buxoro   va   Guljaga   sayohat
ʻ
qaydlari’’   ТОШКЕНТ   «O'ZBEKISTON» 2019 (178-b),   инглиз   тилидан   кисжартирилган
таржима  -  Зокиржон   Абдукаримович   Саидбобоев
21. TURKISTONDA   RUS   SHARQSHUNOSLIGI VA  ARXEOLOGIYASI TARIXI”  (Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan D I S S E R T A T S I Y A) SAMARQAND-2012.
MAQSUDOV ASLIDDIN
22. САМАРҚАНД   ШАҲРИНИНГ   УМУМБАШАРИЙ   МАДАНИЙ   ТАРАҚҚИЁТ
ТАРИХИДА   ТУТГАН   ЎРНИ.   Тошкент   —   Самарқанд   Ўзбекистон   Республикаси
Фанлар академияси «Фан» нашриёти -2007
23. МЕЙЕНДОРФ Е. ПУТЕШЕСТВИЕ ИЗ ОРЕНБУРГА В БУХАРУ
65 24. Мушкетов,   И.   В.   О   месторождениях   золота   и   других   полезных   ископаемых   в
Туркестанском   крае   :   Из   отчета   горн.   инж.   Мушкетова.   —   Ташкент   :   тип.   Воен.-нар.
упр., 1877.
25. Костенко Л. Средняя Азия и водворение в ней русской гражданственности. СПб., 1871.
26. Чижов В. Культурные преобразования К.П. Кауфмана в Туркестане. Одесса., 1915
27. Жўрақулов М. Археология фанига муқаддима. Самарқанд., 2001
28. Лунин   Б.В.   Из   истории   русского   востоковедения   и   археологии   в   Туркестане.
Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958
29. А.   П.   Хорошхин .   ИЗ   СБОРНИКА   СТАТЕЙ   КАСАЮЩИХСЯ   ДО
ТУРКЕСТАНСКОГО   КРАЯ
С.-ПЕТЕРБУРГ — 1876
30. Лунин   Б.В.   Из   истории   русского   востоковедения   и   археологии   в   Туркестане.
Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958
31. «Отчет о поездке в Среднюю Азию в 1893 — 94 годах» (СПб., 1897)
32. «Вакуфы» («Туркестанские губернские ведомости»,   1872
33. N. Ye. Simakov. “O’rta Osiyo san’ati” (1883)
34. Альбом   путевых   заметок   «По   Средней   Азии:   Записки   художника»   (199   рисунков).
Санкт-Петербург. Книгоиздательство А.Девриена. 1894   г
35. Щербина - Крамаренко   Н.   По   мусульманским   святыням   Средней   Азии   (Путевые
заметки   и   впечатления)   //   Справочная   книжка   Самаркандской   области.   Вып.   IV.
Самарканд, 1896
36. Гребенкин А.Д. Этнографический очерк Заравшанского округа. ТВ. №41, 1871; Он же:
Таджики//   Русский   Туркестан:   Выпуск   второй.   Статьи   по   этнографии,   технике,
сельскому хозяйству и естественной истории - М., 1872. - С.1-50; Он же: Ремесленная
деятельность   таджиков   Заравшанского   округа   //   Материалы   для   статистики
Туркестанского края, 2 (- СПб., 1873].
37. Гребенкин А.Д. Узбеки // Сборник "Русский Туркестан”. - М., 1872
38. Г. Арендаренкон  . «Досуги в Туркестане.  1880
39. Bonvalot   G.   En   Asie   Centrale.   Du   Kohistan   a   la   mer   Caspienne   (voyage   de   1880-1882).   -
Paris: E. Plon, Nourrit et C°, 1885.
40. TÜRKBİLİMDE ARAYIŞLAR Timur Kocaoğlu Armağanı. Birinci Kitap.  Aleyna Malkoç -
Kutlu Yayınevi- 2022
41. Шухрат   ЦУЛМАТОВ   Амриддин   БЕРДИМУРОДОВ   САМАРКАНД   ЁДГОРЛИК
ЛАРИ. Самарканд “Имом Бухорий халкаро маркази” 2017
42. ESİN, Emel; Türkistan Seyahatnamesi, Türk Tarih kurumu, Ankara, 1997.
43. Onur   ÖZCİMBİT.     HANLIKLAR   DEVRİ   SEMERKANT’INDA   SOSYO-EKONOMİK
YAPI.  Ankara Üniversitesi
44. Onur   Ö ZC İ MB İ T .     HANLIKLAR   DEVR İ   SEMERKANT ’ INDA   SOSYO - EKONOM İ K
YAPI . Ankara Üniversitesi
45. Дай   Цин   личао   шилу.   В   переводах   Г.П.   Супрененко   //   Материалы   по   истории
кыргызов   и   Кыргызистана.   Т.2.   /   Ответственный   редактор   К.   Джусаев.   -   Бишкек:
Наука, 2003.
46. Ali   Ghopur   (China)   -SAMARKAND   IN   UYGHUR   CLASSIC   DOCUMENTS- Самарқанд
шаҳрининг   2750   йиллик   юбилейига   бағишланган   халқаро   илмий   симпозиум
66 материаллари   Тошкент   —   Самарқанд   Ўзбекистон   Республикаси   Фанлар   академияси
« Фан »  нашриёти  2007
67

Samarqandning xorij tarixshunosligida yoritilishi. (XVI-XIX asrlar) KIRISH..,3-8-betlar I. Inglizzabon tadqiqotchilarining asarlarida Samarqand (XVI- XIX ) 1.1. Zamonaviy inglizzabon tadqiqotlarda Samarqand… 9-15-betlar 1.2. Alexsander Morrison tadqiqotlarida Samarqand.. 16-20-betlar 1.3. Samarqand amerikalik Yujniy Skayler nigohida..21-26-betlar II. Nemis, fransuz va rus tarixshunoslik tadqiqotlarida Samarqand tarixi…(XVI-XIX ) 1.1 Rus tilidagi tadqiqotlar…27-39-betlar 1.2 Nemis va fransuz tilidagi asarlar..40-45-betlar 2 sharq zamonaviy tadqiqotlarda Samarqand tarixiga oid ilmiy qarashlar…(XVI-XIX ) 1.1 Turk tilidagi ilmiy tadqiqotlar..46-54-betlar 1.2 Xitoy va Yaponiya ilmiy tadqiqotlari..55-62-betlar 3 Xulosa..63-65-betlar 4 Adabiyotlar ro’yxati..66-68-betlar 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Vatanimiz o‘tmishini xolisona baholash va tiklash tarixchi va arxeolog olimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishishi bilan o‘zbek xalqining tarixini q aytadan yaratish va uni xolisona o‘rganish yosh avlodda tarixiy dunyoqarash va milliy g‘ururni shakllantirish masalalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Y u rtimiz tarixiga bo‘lgan munosobat tubdan o‘zgardi. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurulgan murakkab suv inshoatlari shu kungacha ko’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan asoru-atiqalarimiz qadimqadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon kelgan, eng qadimgi tosh yozuvlar bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan yigirma mingdan ortiq qulyozma ularda mujasamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olamiz. 1 Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan. Bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi. Bizga ma’lumki, sho’rolar zamonida tarixiy haqiqatni 1 Каримов И. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.7-жилд, Тошкент., «Ўзбекистон», 1999. 132-б 2

bilishga intilish rag’batlantirilmas edi. Hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko’zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. Olimlarimiz tariximizning turli davirlariga oid risolalar yozishmoqda «tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda ommaviy axborot vositalari ma’naviy qadiratlarimizni keng targ’ib qilayotgani suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo’layotgani diqqatga sazovor. Davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o’zimizning zamon va makondagi o’rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl –nasabimiz kimligimizni bilishimiz kerak. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har taraflama takomillashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Yurtboshimiz I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, «O’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz, yana bir bor qurollantirishimiz zarur» 2 Prezidentimiz ushbu uchrashuvlarda O’zbekistonning yangi tarixini yaratish hamda milliy o’zlikni anglashni mustahkamlash yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan kamol toptirish uchun boy tariximizni xolisona o’rganish o’ta dolzarb vazifa ekanligini ko’rsatib o’tgan. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida»gi qarorida tarix fani muommolariga, tarixni milliy istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan o’rganishning falsafasi va uslubiyatini egallash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu hujjatda birinchi navbatdagi vazifalar sifatida «o’zbek xalqi va davlatchiligining haqiqiy tarixini o’rganish» ko’rsatib o’tilgan . 3 O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng fanning barcha sohalariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Shu jumladan, tarix fani va uning 2 Каримов И.А. Ўзбекистон XIX аср бўсағасида. Хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт кафолатлари. Тошкент., «Ўзбекистон», 1997. 140-бет. 3 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент., «Ўзбекистон», 1998. 8-бет. 3

rivojiga ham katta e’tibor berildi. O'zbekistan o’zining ko’p ming yillik tarixiy - taraqqiyoti davomida mahalliy tub joy aholisiga ona-Vatan, ota-makon bo’lib keldi. Ayni paytda taqdir taqozosi hamda ko’plab ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida mazkur hududga dunyoning turli mamlakatlaridan har xil sabablar tufayli kelib qolgan xalqlar ham qo’nim topib, mahalliy aholi bilan tinch-totuv hayot kechirib kelmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi birichi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli risolasida va boshqa bir qator asarlarida tariximizning dolzarb masalalari belgilab berildi 4 . Ushbu asarlar arxeolog va tarixchi olimlarning Vatanimiz tarixini to‘liq va ob’ektiv yoritishlarida dasturi amal vazifasini o‘tamoqda. XIX–XX asr boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasi shuningdek, Samarqand yevropalik sayyoh va tadqiqotchilar tomonidan intensiv ravishda o‘rganila boshlandi. Ular Samarqandning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti bilan birga, geologiya, zoologiya, tabiatshunoslik kabi sohalarini o‘rganishga ham katta qiziqish bilan qaraganlar. O’zbekiston xususan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan bo’lgan Samarqandning xorij tarixshunosligida o’rganilishi (XVI-XIX asrlar), to’g’ri tahlillar va xulosalar ustida ishlash, shu o’rinda, Samarqand tarixi chet el tarixshunosligida qay darajada o’rganilganini tatqiq etishdir. Bu biz tanlagan mavzuning dolzarbligini bildiruvchi muhim xususiyat hisoblanadi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Mavzuni o’rganishda Samarqand hududiga XVI-XIX asrlarda elchilar, diplomatlar va sayyohlar ko’rinishida kelgan tarixiy shaxslarning asarlari, kundaliklari, shuningdek, Zamonaviy dunyoning sharqshunoslik markazlarida ilmiy natijalari mahsuli sifatida chiqarilgan kitoblar muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Samarqandning xorij tarixshunosligida yoritilishi masalasiga oid muhim ilmiy ma’lumotlar to’plandi. Bu sohada ayniqsa 4 Каримов И . А . Тарихий хотирасиз келажак йýқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б. 132-154; Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. Б–176. 4

adeb Xolid 5 , Andreas Wild 6 , Alexander Morrison 7 , Yujniy Skayler 8 , V. Masalskiy 9 va boshqa tarixchi, sayyoh olimlarning yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatga sozovordir. Mustaqil O‘zbekistonda tarix fani rivoji bugungi kunda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqsak, biz tanlagan mavzu yetarlicha yoritilmaganini va bu masala o‘z yechimini kutayotgan muhim tarixiy vazifalardan biri ekanligini ko‘ramiz. Chunki, O‘zbekiston hududida Samarqandning xorij tarixshunosligida o’rganilishi masalasi tarixiy tadqiqotlar, yozma manbalardagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kompleks ravishda hozirgacha ko‘rib chiqilmagan. Samarqandning jahon tarixshunosligiga qo‘shgan hissasi yetarlicha ochib berilmagan. Ayniqsa, bu mavzuda davlat tilida biror bir yirik ilmiy asar yozilmaganligi ham, bu muammo zamonaviy o‘zbek tarixshunosligida yetarli yoritilmaganligini ko‘rsatib turibdi. Hozirda mustaqil O‘zbekiston o’z tarixini yangicha baholaydi. Buning uchun iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi sohalar tarixining hamma davrlari bo‘yicha aniq, xolisona yozilgan ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Samarqand mamlakatimizning eng yirik turezm komplekslaridan biri hisoblanib, Samarqand tarixining xorij tarixshunosligida qanchalik keng yoritilganligini ko’rsatib berish ayni shu sohaning rivojiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Samarqand tarixing xorij tarixshunosligida o’rganish hozirgi zamon tarixshunosligi uchun ham qimmatlidir. -birinchidan, Xorij tadqiqotchilar va sayyohlari tomonidan yozilgan asarlarni topish va ularni chuqur o’rganish; -ikkinchidan; ma’lumotlarni tahlil qilish, mahalliy manbalar bilan solishtirish, yangiliklarni o’rganish va tarixiy xatolarga ilmiy xulosalar berish; 5 Adeb Xolidning ‘’ The politics of Muslim. Jadidism in Central Asia’’. California Univercity 6 The Emirate of Bukhara’’ , Andreas Wilde, Bamberg Univercity 7 A. Morrison ‘’ Russian Rule in Samarkand 1868–1910 ‘’ 8 Южин Скайлер ‘’ Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo qand, Buxoro va Guljaga sayohat qaydlariʻ ’’ ТОШКЕНТ «O'ZBEKISTON 9 "Масальский В. Туркестанский край. Отдел II. Население // Россия. Полное географическое описание нашего отечества. Настольная и дорожная книга. Т. XIX. 5