O‘rta asrlar davri Samarqandning yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni
O‘rta asrlar davri Samarqandning yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lida tutgan o‘rni Mundarija I- bob. Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati va vohaning ichki va tashqi yo‘llarining o‘rganilishi. ........................................................................................ 6 I-1. Zarafshon vohasining tabiiy-geografik holati ................................................ 7 I-2. Mavzuning o‘rganilishi. ............................................................................ 16 II- bob. Samarqand Sug‘di hududlaridan o‘tgan ichki va tashqi savdo yo‘llari .. 25 II -1.Ichki savdo yo‘llari .................................................................................. 25 II-2. Mamlakatlararo tashqi savdo yo‘llari. ..................................................... 37 III- bob. Samarqandning rivojlangan o‘rta asrlar davri tovar pul munosabatlari 40 III-1. Tovar pul munosabatlari. ....................................................................... 40 III-2. Tovar pul munosabatlarini mamlakat iqtisodiy qudratini ko‘tarishdagi roli .................................................................................................................... 42 XULOSA ............................................................................................................. 45 Adabiyotlar ro‘yxati ............................................................................................ 51 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Kishilik jamiyati tarixining rivojlanishiga nazar tashlasak, turli hududlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar biologik va ijtimoiy zaruriyat sifatida paydo bo‘lganligini, o‘zaro muloqot va aloqalar dastlab ma'lum. Hududdagi tabiat mahsulotlarini o‘zaro almashishga intilish natijasida kelib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Ibtidoiy mahsulot almashuv tosh davridayok; dastlab bir-biriga qo‘shni bo‘lgan jamoalar o‘rtasida olib borilgan bo’lsa, metallurgiya davrining boshlanishi, shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi, qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan qo‘shni va uzoq o‘lkalarni o‘zaro bog‘lovchi tranzit aloqa yo‘llari shakllandi va rivojlandi. Jamiyat taraqqiy etib borishi, ulov vositalari va g‘ildirakning kashf etilishi bilan ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarga xizmat qiluvchi aloqa- kommunikatsiya yo‘llari tizimi kengayib bordi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, O‘rta Osiyo hududi tarixning eng qadimgi davrlaridanoq muxim xalqaro aloqa yo‘llari o‘tuvchi joy sifatida Sharq va G’arb mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bu O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasining qadimgi Sharq va G’arb sivilizatsiyalari muloqotida tutgan o‘rnini, jahon sivilizatsiyasi rivojiga ko‘rsatgan ta'sirini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Tegishli manbalar Markaziy Osiyo xalqlari rivojlangan va o‘ziga xos madaniyatga ega bo‘lganligini, bu madaniyat bir-biri bilan va Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanganligini ko‘rsatib berdi. Bu aloqalarni amalga oshirishda qadimgi yo‘llarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, ularning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari qadimgi jamiyatlar, xalqlar va davlatlar xayoti, iqtisodiy-madaniy aloqalari rivojiga mos ravishda borganligini ko‘ramiz. Umuman olganda, mintaqada qadimgi aloqa va savdo yo‘llarining 2
paydo bo’lishi va rivojlanishi bir necha tarixiy bosqichlarni bosib o‘tganligiga e'tibor qaratish lozim. Tadqiqotning davriy chegarasi. Markaziy Osiyoda O‘rta asrlar davridagi aloqa-savdo yo‘llarini o‘z mohiyati va xususiyatlari, yo’nalishi va doimiyligi bilan bir-biridan tubdan farq qilgan quyidagi davrlarga: 1. IX-XIII asr boshlari. 2. Chig‘atoy ulusi davri; 3. Amir Temur va temuriylar davri. 4. So‘ngi O‘rta asrlar davri aloqa-savdo yo‘llariga bo‘lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. IX-XIII asr boshlari aloqa savdo yo‘llari. Bu davr savdo va madaniyat markazlari bo‘lgan yirik shaharlarning ko‘payishi va taraqqiyoti davri bo‘lib, ichki hamda tashqi savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojida muhim o‘rin tutadi. Buyuk Ipak yo‘lining markaziy yo‘nalishlari bo‘yida joylashgan Movarounnahr shaharlari, nafaqat Sharq dunyosida, balki ulkan Yevrosiyo mintaqasi miqyosida amalga oshiriladigan tranzit aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy-madaniy aloqalarning rivojlanishi savdo yo‘llari tarmoqlarining kengayishiga va ular faoliyatining jonlanishiga olib keldi. Ilk musulmon uyg‘onish davri sifatida qaraladigan bu davrda O‘rta Osiyoda ichki savdo yo‘llarining muhim yunalishlari tashqi tranzit aloqalarda ham katta ahamiyat kasb etgan. Bu yo‘llar hunarmandchilik va madaniyat markazi bo‘lgan shaharlarni qishloqlar, xomashyo manbalari va foydali qazilmalar olinadigan konlar bilan, shaharlar va viloyatlarni bir-biri bilan bog‘lar edi. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan savdo yo’llari qatorida Buxoro, Samarkand, Nasaf, Shosh, Farg‘ona va Xorazm vohasi orqali o‘tgan yo‘llar katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular tranzit savdo yo‘llarining muhim tarkibiy qismlari hisoblanardi. Muammoning o‘rganish darajasi. Markaziy Sug‘dning rivojlangan o‘rta asrlar davri Markaziy Sug‘dning rivojlangan o‘rta asrlar davri ichki va tashqi savdo yo‘llari va ularning Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni va ahamiyatiga kattaligi bois, Markaziy Sug‘d 3
hududida joylashgan ichki va tashqi yo‘llarini joylashuv o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalindi. Markaziy Sug‘dning ichki va tashqi savdo yo‘llari, tovar pul munosabatlari, iqtisodiy taraqqiyot masallariga e'tibor qaratilib, yo‘llarning xaritasi yaratilgan. Yo‘llar joylashuviga oid arab mualliflarining ma'lumotlari keltirilgan. Samarqand shahridan boshlanuvchi yo‘llar, ularning qaysi hududlarga borishi, Yo‘ldagi to‘xtash nuqtalari haqidagi ma'lumotlar ko‘p yilik arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalar asosida to‘laqonli bayon etilgan. Yo‘llarning nomlari va tovar pul munosabatlari haqida faktlar keltirilgan. Sug‘d shaharlarining mamlakat iqtisodiy va etnomadaniy rivojlanishdagi tutgan o‘rni haqida tahliliy xulosalarga kelingan. Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Bizning xulosalarimizga ko‘ra, rivojlangan o‘rta asrlar boshlarida Markaziy Sug‘dda 6 ta yirik yo‘llar bo‘lib, ularning kesishish joyi Samarqand hisoblangan. Markaziy Sug‘d shaharlari, jumladan uning markazi hisoblangan Samarqand ikki ming yildan ko‘proq muddat davomida O‘rta Osiyoning eng yirik savdo- sotiq markazlaridan biri bo‘lgan. Yozma manbalar tahlili ham Movarounnahrda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab eksport bo‘luvchi mahsulotlarning katta qismi Samarqand Sug‘di iqtisodiyotiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu Markaziy Sug‘dning yuksalishida yo‘llarning ahamiyati muhim ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bu tadqiqot orqali insoniyatning tarixida chuqur iz qoldirgan va integratsiya jarayonini boshlab bergan omillardan biri bo’lgan Buyuk Ipak yo’li va uning Samarqand yo’llarida tutgan o’rnini yoritib berish va Samarqand yo’llarining bu yo’ldagi tarixiy ahamiyatini ko’rsatib berishdan iboratdir Tadqiqotning manbaviy asoslari. Tadqiqot oldiga qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish davomida turli xil tarixiy manbalarni o’rganib chiqdi va turli manbashunoslik,etnografiya,arxeologiya,numizmatika sohalariga oid moddiy manbalarni o’rganish asosida yoritildi.Maskur davrga oid bo’lgan xitoy, so’g’d, arab, fors, rus va yevropa manbalariga asoslangan holda yoritildi. 4
Tadqiqot obyekti va predmeti. Buyuk Ipak yo’lining ajralmas bir qismi bo’lgan va asosiy jon tomiri bo’lgan Samarqand savdo yo’llarini yoritib berish va bu yo’lda joylashgan rabotlar va shaharlar joylashuvini ,ularning tuzulishini, shuningdek tashqi aloqalarini yoritish,taqdiqotning obyekti va predmeti qilib olindi. Bitiruv ishining nazariy va uslubiy asoslari. Tadqiqot ilmiy jihatdan metadologik asosga ega bo’lib, savdo yo’llari va shaharlar haqida bizga kerakli ma’lumot beradi.Shuningdek, tadqiqot davomida So’g’dning geografik-tarixiy shamoili ham alohida tariflanib o’tdi. Tarixiy manbalar asosida misollar va dalilar bilan yoritilib berildi. 5