logo

XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalklari tarixshunosligi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.91796875 KB
Mavzu:   XVI-XIX   asrning   birinchi   yarmida   O’rta   Osiyo   xalklari
tarixshunosligi
Reja:
1.O’rta Osiyo xonliklarida tarixiy bilimlarning rivojlanishi.
2.XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida tarixnavislik.
3.Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi.
4.Quqon xonligida tarixiy bilimlar taraqqiyoti.
       Mamlakat tarixshunosligi O’rta Osiyoning o’rta asr tarixini o’rganish bo’yicha oz
ish   qilgani   yo’q.   Lekin,   shunga   qaramay,   «biz   shu   kunga   qadar   O’rta   Osiyoning
qadimiy   hayotini   manbalar   asosida   o’rganish   bo’yicha   maxsus   tadqiqotlarga   ega
emasmiz,   tarixshunoslik   tadqiqotchiligi   to’g’risida   esa   gapirmasa   ham   bo’ladi»,-
deb  yozadi   tarixshunos   B.   Axmedov   o’zining   1985  yili   Toshkentda   nashr   etilgan
«XVI-XVIII   asrlarda   O’rta   Osiyoning   tarixiy-jo’g’rofiy   adabiyoti   (yozma
yodgorliklar) degan mukammal asarida.
O’rta   Osiyo   tarixining   tarixshunoslik   jihatidan   to’la   o’rga-nilmaganligiga
sabab   tarixiy   manbalarning   yo’qligi   emas,   bal ki,   aksincha,   ularning   xilma-
xilligidir.   Nima   bo’lganda   ham   O’rta   Osiyo   xalqlarining   XVI   asrdan   XIX   asr
o’rtalarigacha   bo’l gan   hayoti   tariximizning   eng   kam   o’rganilgan   davrlaridir.
Inqilobgacha   bo’lgan   davrda   bu   masalaga   juda   kam   e`tibor   berilgan.   Rossiya
sharqshunoslari   asosiy   e`tiborni   Temurgacha   va   temuriylar   davrini   o’rganishga
qaratishgan.   Sovet   davrida   esa,   keyingi   30   yilda   bir   qator   qimmatli   tadqiqotlar
paydo bo’ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal,
ko’p   sonli   tarixiy   manbalarga   asoslangan   tahlili   juda   kam.   Ular   jumlasiga   B.   A.
Ahmedov, B. G’. G’afurov, E. A. Davidovich, X. 3. Ziyoev, R. B. Muqminova, A.
M.   Muxtorov,   O.   D.   CHexovich   va   boshqalarning   bir   qator   asarlarini   kiritish
mumkin.O’rta   Osiyo   xalqlari   tarixini   o’rganuvchilar   uchun   «O’zbekiston   tarixiy
manbalarda»   seriyasida   chiqarilayotgan   kitoblar   yaxshi   ko’makchi   bo’la   oladi.
Ulardan   birinchisi   -   O’rta   Osiyo   qadimgi   tarixiga   doir   ma`lumotlar   to’plangan
kitob   1984   yilda   nashr   etilgan   edi.   1988   yilda   esa   «O’zbekiston   tarixiy
manbalarda»   degan   navbatdagi   kitob   bosmadan   chiqdi.   Undan   O’rta   Osiyo   tarixi
bilimdoni  sharqshunos  B. V. Lunin to’plagan, XVI-XIX asrlarning sayohatchilari
jo’g’rofiya   olimlari   aytgan   ma`lumotlar   o’rin   olgan.   Muallif   «Kirish»   da
Samarkand   va   Buxoro   barchaasrlarda   dunyoga   ma`lum   va   mashhur   bo’lganini
ta`kidlaydi.   Qadimda   aynan   shu   O’rta   Osiyo   orqali   Uzoq   SHarq   mamlakatlari, Osiyo   va   Ovrupoga   boradigan   asosiy   savdo   yo’llari   o’tgan   edi.   Biroq   dengizda
suzuvchilarning   XV   asrda   Amerikaga,   Ovrupodan   Hindistonga   boradigan   dengiz
yo’lini   ochganlari   bois,   O’rta   Osiyo   da   asta-sekin   yirik   savdo-sotiq   ishlari   va
xalqaro madaniyaloqalar susaya boshladi.
Xullas, nima bo’lganda ham XVI-XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz
bergan ahvol oqibatida,- deb yozadi B. V. Lu nin,- g’arbiy Ovrupo va Rossiyadagi
O’rta   Osiyo   to’g’risidagi   bilimlar,   O’rta   Osiyoda   esa   g’arbiy   Ovrupo   va   Rossiya
to’g’risidagi   bilimlar   chala   edi.   Biroq   bir-biri   to’g’risida   bilishga   qiziqish   tobora
kuchaymoqda   edi.   Bu   masala   xususidagi   o’z   fikrlarimizni   keyingi   bobda
keltiramiz. Hozir esa XVI-XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari
xususida   gaplashsak.   Ular   juda   ko’p   va   xilma-xil.   Ishimizni   o’z   asarida   XVI-XX
asrlar   orasida   yozilgan   ellikdan   oshiqroq   qimmatli   tarixiy-jo’g’rofiy,   falakiyotga
oid, memuar va biografik mazmunli, O’rta Osiyoning XVI-XVIII asrlar orasidagi
hayoti   xususida   boy   ma`lumotlar   beruvchi   SHarq   qo’lyozmalarini   tahlil   etib
chiqqan   sharqshunos   B.   A.   Ahmedov   ancha   engillashtirdi.   B.   A.   Ahmedov
asarining   ikkinchi   bo’limida   rus   va   chet   el   elchilari   -   Antoniy   Jekinson,   I.   D.
Xoxlov,   aka-uka   Pazuxinlar,   Floriya   Beneveni   va   Novopat-ros   mitropoliti
Xrisanfning   XVI-XIX   asrlardagi   O’rta   Osiyo   to’g’risidagi,   uning   o’sha   davrdagi
Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma`lumotlari keltiriladi. Bu ma`lumotlar fors-turk,
arab tillaridagi manbalarning ma`lumotlari bilan taqqoslanib, ancha tarixiy faktlar
aniqlashtirildi.   Eng   muhimi,   B.   A.   Ahmedov   ilk   manbalar   bilan   shug’ullanuvchi
tadqiqotchilar ishini engillatadigan ish qildi- voqea va faktlarni aniqlashga intildi.
Bu   juda   og’ir,   mas`uliyatli,   uning   manbashunoslik   mehnati   qadrini   ikki   baravar
oshiradigan,   O’rta   Osiyo   XVI-XIX   asr   tarixini   o’rganishni   osonlashtiradigan
asardir.   Bundan   tashqari   u   tarixshunoslikning   muhim   sharti   -   qiyoslash   va   bor
ma`lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan. Buning uchun
B. Ahmedov o’z tahliliga muayyan bir davr bo’yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular   «Tavorixi   guzida»   («Nusratnoma»),   «Fatxnoma»,   «SHayboniynoma»,
«Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoe` ul-vaqoe» dir.
SHu   bilan   bir   vaqtda   muallif   bu   asariga   ilgari   bosilgan   manbalarga   oid
tarixshunoslik   lavhalarini   ham   kiritib   to’g’ri   qilgan.   «Tavorixi
guzida»-«Nusratnoma»,   «Mehmonnomai   Buxo ro»,   «Dastur-ul-muluk»,   «Tarixi
Muqimxoniy»,   «Ubaydullanoma»   va   «Tarixi   Abdulfayzxoniy»   shular
jumlasidandir.   Bu   erda   muallif   bir   voqea   to’g’risidagi   turli   manbalar
ma`lumotlarini   solishtirmoqchi   emas.   Bu   alohida   izlanish,   shug’ullanishni   talab
etadi. Buning ustiga muallif bu asarida O’rta Osiyoning ko’rilayotgan davriga oid
barcha yozma yodgorliklarni qamrab olgan emas. SHuning uchun muallif mumkin
qadar   to’la,   ishonchli   va   qimmatliroq,   O’rta   Osiyo   xalqlari   tarixining   yorqin
davrlarini   tasvirlovchi   asarlarga   murojaat   etgan.   «O’rta   Osiyo   hayotining   boshqa
davrlari   to’g’risida   ham   shunga   o’xshash   tadqiqotlar   o’tkazish,-   deb   yozadi   B.
Ahmedov,- masalan, arablar hukmronligi (VIII-IX asrlar) davri yoki yangi va eng
yangi, (XIX-XX asrning boshi) davrni o’rganish fanga katta hissa bo’lib, SSSR va
chet ellarda saqlanayotgan qo’lyozmalarning, yozma yodgorliklarning tezroq ilmiy
sohaga kiritilishiga yordam bergan bo’lardi».
Misol   sifatida   bu   asarlarning   keng   o’quvchilar   ommasiga   har   holda   tanish
bo’lgani - «Tavorixi guzida» («Nusratnoma») ni qisqacha tahlil qilamiz.
XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda ko’chmanchi feo dal boylar va oliy
hokimiyat o’rtasida keskin kurash bordi. Abulxayrxonning (1428-1468) o’limidan
so’ng   ayniqsa,   bu   qonli   o’zaro   urush   yanada   kuchaydi.   Hokimiyat
tepasiga   uning   nabirasi   -   Abulxayr   SHayboniy   (1488-1510)   kelganidan   so’ng
uzbek   feodallarining   nizolari   barham   topdi.   U   ko’pchilik   o’zbek   urug’larini
birlashtirib.   temuriylarga   qarshi   chiqdi.   XV   asr   oxiri,   XVI   asr   boshlarida ko’chmanchi   o’zbeklarning   O’rta   Osiyoning   madaniy   ray-onlariga   tomon
harakatlanishi   avj   oldi.   Biz   «Nusratnoma»   da   o’sha   davr   tarixiy   sharoitning
qanchalik   murakkabligi,   Movarounnahr   xalqining   noroziligi   kuchayishining,
Samarqand,   Buxoro,   O’sh,   Axsi,   Andijon,   Qarshi,   Qorako’l   va   O’rta   Osiyoning
boshqa ko’plab shahar va mintaqalaridagi qo’zg’olonlarning sabablarini tushunish
uchun   ko’plab   qiziqarli   ma`lumotlar   topamiz.   Muallif   qorako’l   qo’zg’oloni
to’g’risida   ayniqsa   muhim   ma`lumotlarni   keltiradiki,   ularni   XVI   asrning   boshqa
birorta manbasida uchratmaymiz.
O’zbek xalqi etnogenezi, XV-XVI asrlardagi O’rta Osiyo aholisining etnik tarkibi
bilan   shug’ullanayotgan   etnograf   ham   bu   kitobdan   juda   qiziqarli   ma`lumotlar
olishlari mumkin.
SHunday   qilib,   barcha   turk   va   mo’g’ullarning   afsonaviy   bobosi   hisoblangan
O’g’izxon   sulolasi   tarixi   «Tavorixi   guzida»ning   birinchi   qismini   egallaydi.
Ikkinchi   qism   esa   CHingizxon   va   uning   avlodlari   tarixini,   SHayboniyxonning
tug’ilishidan,   to   Samarqand   taxtiga   o’tirgunicha   o’tgan   davrni   o’z   ichiga   oladi.
Uning   909   (1503-1504)   yilgacha   butun   Movarounnahr   hududini   egallagani   tarixi
kitobning uchinchi qismidan joy olgan.
Kirish   qismidan   ko’rinadiki,   kitob   1502-1505   yillar   orasida   yozilgan.   U   eski
o’zbek   tilida   bo’lgan,   biroq,   muallifi   aytilmagan,   bu   ko’p   tadqiqotchilarning
bahsiga   sabab   bo’lgan.   Masalan,   P.   I.   Lerx   Jaloliddin   Rumiyning   o’g’li   Sulton
Valadni  asar  muallifi   deydi.  Bu  ehtimoldan  uzoq.  R.   Muqminova,  A.  Se myonov,
V. P. YUding taxminicha muallif SHayboniyxonning o’zi.   Tanqidiy matn tuzgan,
so’zboshi  yozgan,  1967 yili  Toshkentda  «Tavorixi  guzida»-«Nusratnoma» asarini
nashr   ettirgan   tadqiqotchi   A.   M.   Akramovning   fikricha   esa,   kitob   muallifi
Muhammad Solihdir. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli
emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi   guzida»-«Nusratnoma»   asari   dunyo   miqyosida   ikki   nusxada   topilgan.
Birinchi   qo’lyozma   mamlakatimiz   FA   SHarqshunoslik   ilmgohining   Leningrad
bo’limida (V -745: 147 l) va ikkinchi qo’lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226;
148   l.)   saqlanmoqda.   Qo’lyozmaning   ikkala   nusxasi   ham   qoniqarsiz   ahvolda   -
mazmunda chalkashliklar, xatolar  bor. A. Akramov o’z asarida bu kamchiliklarni
tuzatishga   urinsada,   hanuz,   ba`zi   varaqlar   o’rni   chalkashgan,   ba`zi   voqealarning
qaytarilishi uchraydi.
«Nusratnoma»   hanuzgacha   to’liq   tarjima   qilinmagan.   S.   K.   Ibrohimov   va   V.   P.
YUdin   bu   asarning   ba`zi   parchalarini   o’zbekchaga   o’girishgan.   «Tavorixi
guzida»-«Nusratnoma» dan tadqiqotchilar
B. V. Bartol’d, A. A. Semyonov, S. K. Ibrohimov, R. G. Muqmi
nova, S. A, Azimjonova, K. e. Petrov, B. A. Ahmedov va A. M. Ak-
ramovlar o’z ilmiy izlanishlarida ancha keng foydalanishgan.
Kelgusida   bu   asarni   keng   o’quvchilar   ommasiga   tushunarli   tilda,   izohlar   bilan
nashr etish muhim ishlardan biridir. Bu asar SHayboniyxon tarixiga bag’ishlangan.
XVI   asrning   mashhur   shoiri   va   tarixchisi   Kamoliddin   Binoiyni   uning   mual lifi
deyishadi.   Bu   qo’lyozmaning   qimmatli   nusxasi   O’zbekiston   jumhuriyati   FA
SHarqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda.
SHarqshunos   A.   Mirzaevning   aytishicha,   Binoiy   (uning   to’liq   ismi   Ali   ibn   al-
Muhammad   al-Hiraviy)   857   (1453)   yilda   me`mor   Muhammadxon   Sabza   oilasida
tug’ilgan.   Binoiyning   bolalik   yillari   haqida   hech   qanday   ma`lumot   yo’q.   1495
yilda   Binoiylar   Samarqandga   ko’chishadi.   Uning   zamondoshlari   Navoiy,   Bobur,
Xondamir va boshqalar Binoiy iste`dodi xususida juda yaxshi fikr aytgan edilar.
Balxlik olim (XVII asr) Muhammad Toxirning yozishicha, Bi noiy 866 (1481 yilda
otasi   bilan   birga   Balxda   to’rtinchi   xalifa   Ali   ibn   Tolibning   qabri   ustida   gumbaz
qurishda qatnashadi. O’z hikoyasini  davom  ettirar  ekan, muallif  zavq-shavq bilan
ayniqsa, binolar qurilishi va ilm-fanda mashhur me`morlar ustozi mavlono Binoiy rahbarligida   bu   muqaddas   qabr   ustida   ishlaganini   zavq-shavq   bilan   yozadi:
«O’shandan beri 170 yil o’tibdiki, bu binoda bironta darz yo’q».
Binoiy   Samarqandda   yashayotganida   beixtiyor   1496-1500   yilgi   tarixiy   voqealar
guvohi   bo’ladi.   Bobur   va   SHayboniyxon   o’rtasidagi   hokimiyat   uchun   kurash   o’z
davrining ilg’or tafakkur va bilim egalari uchun kurash bilan uyg’unlashib ketgan
edi. Ular jumlasiga Mahdumi A`zam Kosoniyni, Xoja Ahror vafotidan so’ng O’rta
Osiyo   musulmon   dindorlarining   bosh   vakillaridan   biriga   aylangan   uning   o’g’li
YAhyoxonni,   Binoiy,   Xondamir   va   boshqalarni   kiritish   mumkin.   Samarqandga
kelgach,   Binoiy   dastlab   SHayboniyxonga,   so’ng   Bobur   Samarqandni   boshqargan
yuz   kun   davomida   temuriylarga   xizmat   qiladi.   903   yilning   rajab   (1498   yilning
fevral’-marti)   oyida   Bobur   Samarqandni   tashlab   chiqqanida   Binoiy   ham   uning
qo’shini   bilan   ketadi.   Biroq   Samar qandda   hokimiyat   uchun   kurash   davom   etardi.
SHu   orada   Binoiy   yana   Boburning   ittifoqchisiga   aylanadi.   907   yilning   boshida
(1501   yilning   o’rtalarida)   yuz   bergan   jang   Binoiy   va   Mahdumi   A`zam
Dahbediyning   taqdirini   hal   qildi.   Ular   to   umrlarining   oxirigacha   o’z   vatanlarida
yashab   qoldilar.   SHundan   so’ng   Binoiy ning   yozishicha,   u   SHayboniyxon   saroyi
solnomachisiga   aylanadi   va   xonning   hukmdorligi   va   g’olibona   yurishlari   tarixini
yozish to’g’risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bu vazifani a`lo uddaladi. Biroq,
o’zaro   feodal   urushlar   SHayboniyxonning   ham,   Bi noiyning   ham   o’limiga   sabab
bo’ldi.
Binoiy   «SHayboniynomasi»   tadqiqotchilar   (E.   G.   Braun,   K.   G.   Zaleman,   A.   N.
Samoylovich, M. A. Sal’e, A. A. Semyonov, A. N. Boldirev, R. G. Muqminova, A,
M.   Mirzaev,   S.   K.   Ibrohimov,   B.   A.   Axmedov   va   boshqalar)   tomonidan   keng
foydalanilmoqda.
Binoiyning  yozishicha,   hatto  1494-1500  yillarda  ham  Ko’hak  etagida,  Obirahmat
arig’i   bo’yida   Ulug’bek   rasadxonasi   buzilmagan   holda   qad   ko’tarib   turgan.   Bu
ma`lumot   Boburning   Ko’hak   tepaligi   joyida   Mirzo   Ulug’bekning   yulduzlar jadvalini   tuzish   uchun   zarur   asboblar   joylashgan   rasadxonani   ko’rgani   haqidagi
gaplarga   mos   keladi.   Demak,   Ulug’bek   rasadxonasi   asboblari   XVI   asrda   ham
saqlangan.   SHu   bois   rasadxonaning   Ulug’bek   o’limidan   so’ng   (853   yil)   ramazon
oyining   8   kuni   (1449   yilning   25   ok tyabri)   talon-toroj   qilinib,   buzib   tashlang’ani
haqidagi fikr tarixiy manbalarga to’g’ri kelmaydi.
SHu   erda   boshqa   «SHayboniynoma»   muallifi   Muhammad   Solih   haqida   ham
to’xtalib o’tish kerak. Tarixiy manbalarga qaragan da Muhammad Solih oldin Amir
Temur,   keyin   SHohruh   Mirzoning   eng   kuchli   amirlaridan   bo’lgan   Mirzo
Ulug’bekning ustozi  SHoh Malikning nabirasi  edi. Boshqa chig’atoy beklari  kabi
uzoq   yillar   Mirzo   Ulug’bek   xizmatida   bo’lgan   Muhammad   Solihning   otasi   Hyp
Saidbek   ham   padarkush   Abdullatifga,   keyin   temuriy   Sulton   Abu   Saidga   1451
(1468-69 y.) bo’ysunishdan bosh tortib, Hyp tog’lariga chiqib ketdi. U Samarkand
va Buxoro agroflariga muntazam hujum qilib turdi. Abdurazzoq Samarqandiyning
yozishicha   katta   siyosiy   mavqega   ega   Xoja   Ahror   ,bir   necha   bor   Hyp   Saidbekni,
keyin uning ittifoqchisi, Ulug’bekning nabi rasi Muhammad Jo’qini qurolni tashlab,
kelishuvga   undagan.   qurolni   topshirgach   1462   yil   5   oktyabrda   Muhammad   Jo’qi
zindonga   tashlangan,   Hyp   Saidbek   esa   ilgari   otasi   hukmdor   bo’lgan   Xorazmga
hukmdor etib tayinlangan, lekin bu ko’pga cho’zilmadi. To’rt yildan so’ng, 1466-
67   yillarda   Sulton   Husayn   Xorazm ga   bostirib   kirdi.   Hyp   Saidbek   esa   Hirotga
chaqirib olinib, «qo’rqoqlik qilgani uchun» qatl etildi.
«Qomus al olam» lug’ati muallifi SHamsiddin Somiyning yozishicha, Muhammad
Solih Abdurahmon Jomiyning eng iqtidorli shogirdlaridan biri edi.
Biz   Binoiyning   1494-1495   yillarda   Samarqandga   kelganini   yozgan   edik.
SHuningdek,   «Boburnoma»   dan   bilamizki,   Binoiy   va   Muhammad   Solih   Xoja
Ahrorning o’g’li Xoja YOdgor qo’lida xizmat qilishgan. Bundan ko’rinib turibdiki,
Binoiy   va   Muammad   Solih   Hirotni   bir   yilda,   ya`ni   1496   yilgacha   tark   etishgan.
Birok,   ularning   Muhammad   YAhyoga   xizmati   ham   qisqa   bo’ldi.   CHunki   Xoja Ahror   o’limidan   so’ng   Xoja   YAhyo   uning   barcha   huquq   va   hisobsiz   boyligining
yakka   xo’jayini   bo’lib   oldi.   Muhammad   YAhyo   o’n   to’qqiz   yoshli   Bobur
Sultonning   hamfikri   edi   va   uning   Movarounnahr   hukmdori   bo’lishini   istardi.
Biroq,   1501   yilning   aprelida   Samarqand   yaqinida   bo’lgan   jang   SHayboniyxon
g’alabasi bilan tugadi va Bobur Samarqandni bu tunlay tark etishga majbur bo’ldi.
SHayboniyxon   lashkari   ikkinchi   bor,   bu   gal   hech   qanday   to’siqsiz   Samarqandni
egalladi.   SHayboniyxon   Samarqandni   birinchi   bor   egallaganidayoq   shahar
himoyachisi tashkilotchilarini, jumladan Muhammad YAhyoni ham asir olgan edi.
O’zbek amirlari uni qatl etishni talab qildilar. Biroq SHayboniyxon marhum Xoja
Ahror   (1494   yili   o’lgan)   obro’sini   e`tiborga  olib   Muhammad   YAhyoga   Makkaga
hajga   borib   kelishni   taklif   etadi.   SHayboniy   amirlaridan   bir   guruhi   til   biriktirib
go’yo   xondan   beruxsat   Xojani   yo’lda   o’ldiradilar.   Haqiqatda   esa   SHayboniyxon
Xoja   Ahror   avlodining   behisob   boyliklariga   ega   bo’lishga   qiziqqan.   Bunga
Xojaning   er-suvlari   va   boyliklarini   amirlarning   bo’lib   olishiga   oid   hujjatlar
guvohlik   beradi.   Bu   boyliklarning   katta   qismi   SHayboniyxonning   mulkiga
aylangan.
Muhammad Solih 1501 yildan to umrining oxirigacha shayboiiylarga xizmat qildi
va   941   (1534-1535)   yilda   Buxoroda   vafot   etdi.   Muhammad   Solihning   she`riy
solnomasi chamasi 1505 yillarda yozilgan bo’lib, Kamoliddin Binoiy asariga mos
ke ladi.
B.   A.   Ahmedovning   yozishicha,   Binoiyning   «SHayboniynoma»   siga   nisbatan
Muhammad Solih asaridagi yangi o’rinlar quyidagicha:
XX-XXIII   boblar   Qorako’l,   Qarshi,   G’uzordagi   SHayboniyxonga   qarshi
qo’zg’olonlarga bag’ishlangan.
SHayboniylarning   SHohruhiya,   O’ratepa,   Farg’ona,   Buxoro,   Termiz   va   boshqa
joylarga yurishlari bor.
SHayboniylarning Xorazmga qarshi 1503-1505 yillardagi yurishlari bor. YAna   bu   asardan   ko’chmanchi   uzbek   feodallari,   ular   lashkarining   O’rta   Osiyoda
qilgan   beboshliklari   va   shayboniylar   bosib   olgan   hududlardagi   aholining   og’ir
ahvoli haqida muhim ma`lumotlar o’rin olgan.
Muhammad   Solihning   «SHayboniynoma»   asari   kam.   Uning   ikki   nusxasi   Vena
kutubxonasi   hamda   LDD   ilmiy   kutubxonasining   sharq   bo’limida   va   shu
qo’lyozmalarga asoslangan ikki nashr (G. Vamberining 1885 yildagi nashri, P. M.
Melioranskiyning 1908 yildagi nashri) saqlanmoqda. Hozirgi davrda bu asar shoir
va filolog Nasrullo Davron tomonidan 1961 yilda uzbek tilida nashr etilgan.Tarixi
Muqimxoniy   «Nomai   Olamaroi   Nodiriy»   tarxoniylar   sulolasi   davridagi   Buxoro
xonligi   tarixi   «Tarixi   Muqimxoniy»   va   «Ubaydullanoma»   asarlarida   bayon
qilinadi.   Birinchisining   muallifi   Muhammad   YUsuf   Xo’jabek   o’g’lidir.   Muallif
maqsadiga   ko’ra   «Tazkirai   Muqimxoniy»   ikki   qismdan   iborat   bo’lishi   zarur   edi.
Asarning   birinchi   qismida   Ashtarxoniylardan   Muhammad   Muqimxonning   Balx
taxtiga o’tirishi 1109 yil (1697 yil 15 noyabr’) dan boshlab, 1704 yil bilan tugagan.
Muallif so’ziga ko’ra, «agar uning hayot sha`mini charxning telba shamoli o’chirib
qo’ymasa  va umrining chopqir  oti-ni yo’qlik dengizi  to’lqinlari  o’z domiga tortib
ketmasa»   ,   u   1704-1705   yillardan   keyin   Balx   va   Buxoroda   sodir   bo’lgan
voqealarni   yoritishga   ahd   qilgan   edi.   Aftidan,   bu   orzusini   ro’yobga   chiqarish
muallifga nasib etmagan.
«Tarixi Muqimxoniy» asarining birinchi qismi kirish va uch bobdan iborat. Kirish
qismida   muallif   mavzuning   kisqacha   mazmunini   keltirgan.   Birinchi   bobda   O’rta
Osiyoning   XVI   asr   siyosiy   tarixi   bayon   qilingan.   Ikkinchi   va   uchinchi   boblar
tarixiy vokealarning asosiy mazmunini qamrab olgan, ularda Balx va Buxoroning
XVIII   asrgacha   bo’lgan   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy,   ma`naviy   va   madaniy   tarixi
mufassal   va   asosli   bayon   etilgan.   Uchinchi   bobda   1702-1704   yillardagi   siyosiy
voqealar,   Balx   va   Buxoro   xonligining   qo’shni   va   chegaradosh   mamlakatlar   bilan o’zaro munosabatlari, ularning Termiz, Hisor va Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi
hududlarda ta`siri kuchayishi o’z aksini topgan.
Bu   asar   XIX   acr   boshlaridayoq   Ovrupoga   ma`lum   edi.   Undan   olingan   parchalar
Senkovskiyning asarida 1824 yili e`lon qi lingan.
Ko’pchilik tadqiqotchilar «Muqimxon tarixi» ni XVI asr oxiri - XVII asr boshidagi
O’rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga kiritadilar. SHuning uchun
hozirda   asarning   mamlakatimiz,   Angliya,   Frantsiya   qo’lyozma   xazinalarida   (ular
60 dan ortiq) saqlanayotgan nusxalari XIX asrda ko’chirilgan. 1860-1861 yillarda
ular   o’zbek   tiliga,   I.   I.   Senkovskiy   tomonidan   qisman   frantsuz   tiliga,   A.   A.
Semyonov, N. G. Mallitskiylar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.
«Tarixi   Muqimxoniy»   Sil’vestr   da-Sasi,   Karl   Ritler,   Ger man   Vamberi   kabi
ovrupolik   tarixshunoslarning   diqqat   markazida   bo’lgan.   V.   V.   Bartol’dning
aytishicha,-   u   «uzoq   vaqtlar   ovrupoliklar   uchun   Buxoro   xonligi   tarixi   bo’yicha
yagona   manba   bo’lib   koldi».   Bu   asar   rus   tiliga   to’la   tarjima   qilingan   va   A.   A.
Semsnovning   so’z   boshi   va   izohlari   bilan   nashr   etilgan.   Muhammad   Kozimning
«Nomai   Olamaroi   Nodiriy»   asari   XVIII   asr   fors   tarixshunosligining   noyob
yodgorligidir.   Asar   muallifi   diqqat   markazida   afshariylar   dinastiyasi   asoschisi,
eron   shohi   Nodirning   (1736-1747)   Movarounnahr   hududiga   bostirib   kirishi,   bu
bosqinchining Buxoro xonligiga ashtarxoniylar hokimiyatining butunlay qulashiga
sababchi bo’lishi bilan bog’liq voqealar yotadi.
Muhammad Kozim 1133 (1720-1721) yilda tug’ilgan. Uning otasi Marvlik bo’lib,
afshar urug’ining Xurosondagi tarmog’iga mansub edi. Nodirshoh butun eronning
hukmdori   bo’lishdan   ancha   oldin   u   bilan   aloqada   edi.   1728-1729   yillarda
muallifning   otasi   Nodirshohga   xizmat   qilayotgan   edi,   u   1732-33   yillarda   shoh
buyrug’iga   binoan   G’azna   shahri   qab-ristonini,   mashhur   Bandi   Sulton   to’g’onini
tiklash va boshqa qurilish ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. YAxshi ishlagani uchun
Nodir tomonidan 50 tuman pul bilan taqdirlangan. Muhammad   Kozim   1730   yilning   iyul’,   avgust   oylarida   Mashhadda   yashab,
madrasada   Saidamir   SHamsiddin   Ali   Mazondoroniy   qo’lida   o’qigan.   Biroq
bo’lajak tarixchi yaxshi ma`lumot, bilim ololmagan.
1736   yili   u   Ozarbayjon   hukmdori   Nodirshohning   akasi   Ibrohimshoh   xizmatiga
kiradi. Muallif 1740 yilgacha bo’l gan hayoti haqida hech narsa yozilmagan. 1740
yilning 10 iyunida Nodirshoh Hirotga keladi va O’rta Osiyoga yurishga hozirlana
boshlaydi.   Muhammad   Kozim   bu   yurishda   ko’chma   devonxona   kichik   amaldori
sifatida   qatnashgan.   1744-1747   yil larda   esa   Nodirshoh   shaxsiy   devonxonasi
xizmatchisi   bo’lib,   1747   yildan   boshlab   Marvda   qurol-aslaha   omborlari   vaziri
bo’lib xizmat qiladi. Bular uning so’nggi mansablari edi. U 1166 yilda vafot etgan.
«Nomai Olamaroi Nodiriy» muallif rejasiga ko’ra, uch jilddan iborat: daftar, jild va
mumallad.
Muhammad   Kozim   asarining   birinchi   jildini   yozishni   1749-50   yillarda   boshlab,
1752-53   yillarda   tugatgan.   Qo’lyozmaning   ikkinchi   jildi   ko’chirmasida   vaqti
ko’rsatilmagan.   Uchinchi   jild   qo’lyozmasi   oxiri   yo’qolgan.   Biroq
mutaxassislarning fikricha, ikkinchi  va uchinchi  jildlar  1752-53 yillargacha yozib
tugatilgan.   Birinchi   jildda   1689-1736   yillarda   eronda   yuz   bergan   asosiy   voqealar
qalamga   olinadi.   Bu   Nodirshohning   tug’ilganidan   tortib,   eron   shohi   etib
saylanganigacha   bo’lgan   davrni   qamrab   olgan.   Ikkinchi   jildda   Nodirning   toj
kiyishidan,   1148   yil   shavval   oyining   24   kuni,   ya`ni   1736   yilning   8   martidan,   to
uning 1743 yili SHirvonda Soxta Sam Mirzo qo’zg’olonini bostirishgacha bo’lgan
davrda   eron,   Afg’oniston,   O’rta   Osiyo,   SHimoliy   Hindiston   va   boshqa
mamlakatlarda   yuz   bergan   voqealar   tasvirlangan.   Uchinchi   jildda   (251   varaq)
1743-1747 yillar orasida eron, O’rta Osiyo, Turkiya va Kavkaz ortida yuz bergan
voqealar bayon qilingan.
Umuman, XVIII asrning birinchi yarmidagi O’rta Osiyo to’g’risidagi ma`lumotlar
asosan  II-III  tomlarda jamlangan. Asarda tarixiy voqealarning yoritilishi  bilan bir qatorda   eron,   O’rta   Osiyo   va   Afg’onistonning   og’ir   iqtisodiy   ahvoli,   ayniqsa
Nodirning bosqinchi lashkarlari zabt etgan mamlakatlardagi aholining og’ir ahvoli,
xalq   harakatlariga   doir   ko’plab   qiziqarli   ma`lu motlar   o’rin   olgan.   SHu   jihatdan
Muhammad   Kozimning   bu   asari   XVIII   asr   fors   tarixshunosligi   yodgorliklari
orasida munssib mavzu egallaydi.
«Nomai   Olamaroi   Nodiriy»   haqida   ko’plab   tadqiqotlar   nashr   etilgan.   Uning
mamlakatimiz   FA   SHarqshunoslik   ilmgoxi   Le ningrad   bo’limida   saqlanayotgan
qo’lyozmasi 1919 yilda fanga ma`lum bo’ldi. Akademik V. V. Bartol’d ikkinchi va
uchinchi jild qo’lyozmasi mazmuni yoritilgan maqolasini e`lon qildi. O’shanda bu
qo’lyozmalar mamlakatimiz FA ning Leningraddagi Osiyo muzeyiga berilgan edi.
Birinchi   jildning   qo’lyozmasi,   keyinroq,   1939   yildagina   Moskvadan   topildi.   U
to’g’ridagi   matbuot   nashr-lari   ma`lumotlari   1945   yildagina   paydo   bo’ldi   va
qo’lyozma   Leningradga   yuborildi.   Uchta   jild   jam   qilindi.   Bu   asarga   asosan
mamlakatimiz   sharqshunoslari   ko’p   murojaat   qilishgan.   Biroq.   uning   nashr
etilmagani   tadqiqotchilar   ishini   qiyinlashtirardi.   SHu   bois   mamlakat   FA
SHarqshunoslik   ilmgoxi   bu   XVIII   asr   fors   tarixchiligi   asarini   faksimalda   nashr
etdi. 1960 yilgi Moskva  nashri sharqshunos  N. D. Mikluxo-Maklayning mufassal
so’z boshisi va 1-jild matnini o’z ichiga olgan. Bu jild 82 bobdan iborat. Asarning
qolgan ikki jildi 1965 va 1966 yillarda bosmadan chiqdi.
O’rta Osiyo xalqlarining XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmidagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy  ahvoli juda murakkab edi. Bu davrda Movarounnahr
hududida O’rta Osiyodagi feodal tarqoqligini bartaraf etolmagan Buxoro, Xiva va
Qo’qon   xonliklari   vujudga   keldi.   Hali   Movarounnahrning   ulkan   ko’chmanchi
turkman   va   qozoq   urug’lari   yashaydigan   hududla ri   mustaqil   uluslar   sifatida
yashamoqda   edi.   Buning   ustiga   SHahrisabz,   Kitob,   Orolbo’yi,   Jizzax,   O’ratepa,
Toshkent,   Qorategin,   Darvoz   Vahon,   SHo’g’non   kabi   uluslar   mustaqil   feodal
hukmronligi erlari sifatida mavjud edi. Bu   uchalasidan   Buxoro   xonligi   kuchli   va   ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan   yaxshi
rivojlangani   edi.   Buxoro   xonligiiing   iqtisodiy   markazi   Samarqand   va   xonlik
poytaxti Buxoro bo’lgan Zarafshon vodiysi edi.
Oxiri   yo’q   o’zaro   feodal   urushlar   dehqonchilikning   yomonlashuviga   va
Movarounnahrdagi   ko’plab   hosildor   erlarning   qarovsiz   qolishiga   olib   keldi.
Ayniqsa   ko’chmanchi   qozoqlarning   bosqinlari   ko’p   zarar   keltirdi.   XVIII   asrning
birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklaridagi feodal ekspluatatsiyasi o’ta shafqatsiz
edi.   Masalan,   Samarqand   hukmdori   Farhodbiy   (1711-1713)   shundaylardan   edi.
1722 yili Kenagas Ibrohimbiy Samarqandni bosib oldi va o’z raqiblarini yo’q qildi.
Ashtarxoniylar   (Abulfayzxon)   va   mang’itlar   {Muhammad   Hakimbiy)   bilan
hokimiyat   uchun   dinastiyalar   kurashida   kenagaslar   Rajab   Sultonni   xon   etib
ko’tardilar.   Rajabxon   1723   yili   Buxoroga   qarshi   talonchilik   yurishi   qildi.   Uning
taklifi   bilan   Samarqandga   etib   ,kelgan   ko’chmanchi   urug’lar   bog’,   tomorqa   va
ekinlarni toptab, mehnatkashlarni ayovsiz taladilarki, bu 1725 yilda Rajabxonning
o’ldirilishiga   sabab   bo’ldi.   Arxiv   hujjatlari   guvohlik   berishicha,   Rajabxon   ikki
marta   urush   ochib,   ikki   marta   muqaddas   Buxoro   lashkaridan   mag’lub   bo’ldi   va
orqaga   qaytdi.   Bu   orada   qozoqlar   qalmiqlar   bilan   dushman   bo’lib   qoldi.   Qalmiq
lashkari qozoqlarga hujum qildi. Qozoq urug’lari qarshilik ko’rsatolmay, chekinib
Movarounnahrga  kelishdi.  Ikki   mag’lubiyatdan   keyin  xam   tinchimagan  Rajabxon
qozoq   lashkarlarni   yordamga   chaqirib   Buxoroni   mag’lub   etdi.   Buning   evaziga
qozoqlar bir necha yil mobaynida Buxoro va Samarqand ekin maydonlarini talab,
mollariga   edirib   yubordilar.   Buning   oqibatida   Samarqand   va   Buxoroda   ulkan
qiyinchiliklar   yuzaga   keldi.   Samarqandda   ochlik   va   qimmatchilik   boshlandi.
SHunday   ahvol   yuzaga   keldiki,   jannatday   Samarqand   bo’shab,   qalandarlardan
o’zga   erkak   zoti   qolmadi.   Muqaddas   masjidlar,   madrasalar   va   go’zal   binolar
huvillab, buzilib yotardi. Bu haqda akademik Bartol’d bunday yozadi: «Temurning
sobiq   poytaxti   (Samarqand)   Nodirshoh   yurish   qilgan   1740   yillarda   butunlay bo’shab   qolgan   edi.   Samarqandda   mingtacha   oila   yashayotgan   qal`a-qo’rg’onni
hisobga olmaganda, aholi qolmagandi. 1772 yili Muhammad Rahimxon (1756 yili
xon   unvonini   olgan,   mang’itlar   sulolasi   asoschisi.   Bu   sulola   1920   yilgacha
Buxoroda hukmronlik qilgan) shaharni tiklash chorala- rini ko’rdi.»
Mang’itlar   sulolasi   hukmronligi   kuchayishi,   markaziy   feodal   hokimiyatining
birlashuvi jarayoni aholining iqtisodiy va siyosiy hayoti tiklanishi va rivojlanishiga
sezilarli ta`sir ko’rsatdi. XVIII asr oxiridayoq shahar, qishloqning xo’jalik aloqalari
kuchaygani   sezilib   turardi.   Feodal   er   egaligi   kuchaydi.   Turk   va   eron   tilli   dehqon
aholi erga ishlov berishar, sug’orish shoxobchalarini yaxshi saqlab, foydalanishar,
hunarmandchilikni   rivojlantirishardi.   Bu   davrdagi   og’ir   feodal   rentasi   va
ekspluatatsiyasi ham ular zimmasiga tushdi.
SHuningdek   XVIII   asr   oxirida   ijtimoiy   mehnat   taqsimoti,   ko’chmanchi
urug’larning   o’troqlashuvi   kuchaydi.   Bu   jarayon   ayniqsa,   Zarafshon   vodiysida
XIX asrda kuchaydi. Abdulkarimning (XIX asr boshi) ko’rsatishicha Miyonqol va
Samarqandda ko’chmanchi va o’troq aholi teng bo’lgan. Boshqa asar muallifi esa
Buxoro xonligidagi 2,5 million aholidan 1 millioni ko’chmanchi hayot kechirishini
yozadi.   Abu   Tohir   Xojaning   yozishicha,   1748   yildan   boshlab,   Buxoro   hukumati
«bu ahvolni tartibga keltirish choralarini ko’ra boshladi».
XVII   asr   -   XIX   asrning   birinchi   yarmida   Xoja   Ahror,   Mahdumi   A`zam   va   Xoja
Islom kabi musulmon dindorlarining ajralib turgan vakillari chiqmagan bo’lsa-da,
mintaqaning iqtisodiy va siyosiy inqirozi davrida shayx, xoja, sayd va boshqa din
vakillari   aholi   ongini   qo’lda   tugishga   harakat   qildilar.   Bu   jarayon   XVIII   asrda
o’ziga   xos   Amir   Ma`sum-   SHohmurodga   o’xshash   xon   libosidagi   darveshlarni
paydo qildi.
SHunday   qilib,   XVI-XVIII   asrning   birinchi   yarmi   manbalarning   rang-barangligi,
ko’pligi   bilan   ajralsa,   XVIII   asr   oxiri-XIX   asr   birinchi   yarmiga   tarixiy manbalarning ozligi xosdir. SHunga qaramay e`tiborga loyiq bir necha asarlar bor.
Ulardan biri «Tuhfat ul-Xoniy» asaridir.
Tuhfat ul-Xoniy (Xon sovg’asi)
«Tuhfat   ul-Xoniy»   1722-1782   yillardagi   Buxoro   xonligi   tarixiga   bag’ishlangan
asar bo’lib, XVIII asr O’rta Osiyo tarixchiligida «Tarixi Rahimxoniy» degan nom
bilan   ham   ma`lum.   SHarqshunos   B.   Ahmedovning   fikricha,   asar   muallifi   Oxund
mul la Muhammad Vafo ibn Muhammad Zokir Karminaviy (1685-1769) va Nasaf
(Qarshi)lik   domullo   Olimbek   Niyozqulibek   eshondir.   Buxoro   xonligining   1134
(1722-1182)   1768   yillar   orasidagi   tarixi   qariyb   50   yillik   voqealarni   Muhammad
Vafo,   qolgan   davr   (1183)   1768-1196/1782   yillar   voqealari   va   mang’itlardan
chiqqan   ikkinchi   hukmdor   Muhammad   Doniyol   hukmron ligi   yillaridagi
(1172/1759-1199/1785) voqealar Niyozqulibek tomonidan «Tuhfat ul-Xoniy» asari
«Tarixi Abulfayzxoniy» tarixiy asarining tabiiy davomidir. Bu ikki asar mualliflari
haqida tarix fani hozircha hech qanday ma`lumotlarga ega emas. Faqat qozi Vafo
haqida   ba`zi   ma`lumotlar   bor.   «Ubaydullanoma»   ning   muallifi   Mir   Muhammad
Amin   Buxoriyning   yozishicha   1118/1196   yillarda   qori   Vafo   Ubaydullaxonning
kitobdori   bo’lgan.   Aftidan   u   bu   vazifada   Abulfayzxon   davrida   ham   va   hatto
dastlabki mang’it hukmdorlari davrida ham ishlagan.
«Tuhfat   ul-Xoniy»   tarixchilik   nuqtai   nazaridan   shunisi   bilan   qimmatliki,   unda
o’quvchi   O’rta   Osiyo   xalqlarining   xo’jalik,   ijtimoiy,   siyosiy   tarixiga   oid   boy
faktlarni   topadi.   Jumladan,   unda   ko’chmanchi   turk-mo’g’il   urug’larining   etti   yil
(1722-1729) davomida Zarafshon vohasining o’troq rayonlariga bosqini natijasida
farovon joylar huvillab qolgani yoritilgan.
Mulla   Mahammad   Vafo   eron   shohi   Nodirning   yangi   mang’itlar   dinastiyasining
asoschisi  Muhammad  Rahimxonga  u Buxoro xon ligi  hududida  o’z hukmronligini
o’rnatayotganida bergan katta ko’magini keng bayon etadi. «Tuhfat   ul-Xoniy»   mualliflarining   Buxorodagi   birinchi   man g’it   hukmdorlarining
qo’shni   davlatlar   bilan   o’zaro   munosabatlari   to’g’risidagi   ma`lumotlari   ham   juda
qimmatlidir,   O’zaro   ichki   urushlarga   Xo’jand   va   Toshkent   hukmdorlari,   Qo’qon
xon ligi, Qashg’ar va Afg’oniston ham tortilgan edi. Hukmdorlarning taxtga o’tirish
marosimlari   va   yuqori   davlat   mansablariga   tayinlash   azaldan   ma`lum   bo’lsa-da,
«Tuhfat   ul-Xoniy»   dagi   Mu hammad   Rahimxonning   taxtga   o’tirishi   marosimi
bayoni   oldingi-laridan   o’zining   mufassalligi   bilan   ajralib   turadi.   Xususan   unda
bunday   yoziladi:   “Farroshlar   toj   kiydiriladigan   xonaga   gilam   va   poyondozlar
to’shadilar   va   taxtni   o’rnatdilar.   Munajjimlar   toj   kiyish   uchun   maqbul   vaqtni
belgilashar,   keyin   amir   va   boshqa   amaldorlar,   obro’li   din   vakillari   (Mahdumi
A`zam   Kosoniy,   Sayyid   ota,   Xo’ja   Muhammad   Islom   Juyboriy   va   Xoja   Ahror
avlodi   vakillari)   taklif   etilardi.   Xonaga   ko’zlari   bog’liq   Muhammad   Rahimxonni
olib   kirib,   oq   kigiz   ustiga   o’tkazish-di.   Kigizning   to’rt   burchidan   obro’li   to’rt
urug’:   mang’it,   o’tarchi,   bahrin   va   saroy   urug’i   vakillari,   kigiz   chetlaridan   esa
yuqorida   aytilgan   to’rtovlon   ko’zga   ko’ringan   din   arboblari   va   obro’li   to’qsabo,
sadr,   rais   va   sarkardalardan   bir   necha   kishi   ushlab   turishardi.   SHundan   so’ng,
yangi   hokimni   taxtga   o’tkazish   va   ziyofat,   xonga   sovg’a   taqdim   etish   boshlandi.
Xon   esa   marosimda   qatnashayotgan   kishilar   elkasiga   qimmatbaho   to’n   yopardi.
Muhammad   Rahimxon ning   nomiga   xutba   o’qitilib,   katta   qishloq   va   asosiy
shaharlarda uning nomi bilan tanga zarb etildi. Ushbu manbaga qaraganda, davlat
mansablariga   eng   avvalo,   mang’it,   xitoy-qipchoq,   bahrin,   saroy,   kenagas,   jaloir,
o’tarchi   urug’larining   vakillari   tayinlanardi.   Muhammad   Rahimxon   davrida
Davlatbiy   mang’it   (xonning   tog’asi)   Buxoroning   parvonachisi;   Xo’jamyorbiy
(xitoy   qip choq)   xonning   otalig’i   va   bosh   amiri   (amir   al   umaro);   G’aybulla   biy
bahrin - Miyonqoldagi ettita urug’ning vakili -devon begidir Doniyolbiy mang’it-
(xonning   katta   tog’asi)   Mirasadni   (xon   maslahatchisi),   Jahongirbiy-xon   jibachisi
(moliya va xazina ishini boshqaruvchi),uning o’g’li-Ulug’ o’roqchi (hosilning bosh yig’uvchisi);   Barotbiy   mang’it-(xonning   akasi)   Samarqand   va   viloyat   hukmdori,
Imomquli   mang’it-YAkkabog’   hukmdori   va   parvonachi;   Nizomiddin   Ma`sud-
bosh   hushbegi;   Xudoyor   kenagas-   Buxoro   dodhosi   (shahar   boshlig’i)   etib
tayinlandilar va hokazo.
Diniy   mansablar   quyidagicha   taqsimlandi:   Mahdumi   A`zam   Kosoniyning
avlodidan   bo’lgan   Isxoqxo’ja   o’runi   shohnishin   (musulmon   dindorlari   boshlig’i);
Muhammad   Islom   avlodidan   Nasrullo   xoja-SHayhulislom;   Muhammad   Xoja
Sayyid   Atoiy   -   naqib;   Nizomiddin   Husayniy-Buxoro   va   viloyatning   qozi   kaloni;
Xoja   Ahrorning   avlodi   SHahobiddin   Xoja   Samarkand   va   viloyat ning
shayhulislomi etib tayinlandi va hokazo.
«Tuhfat   ul-Xoniy»   boy   etnografik   materialga   ega.   Asarda   nafaqat   urug’larning
nomi,   balki   ular   yashagan   joy   va   aholi   soni   ham   (d   107   a,   120   b.)   keltirilgan.
Masalan, o’sha davrda Miyonqol vohasida bahrin, etti urug’ va jaloirlar yashagan;
SHahrisabz   bekligida   kenagaslar;   Qarshi   va   uning   atrofidagi   tumanlarda
mang’itlar;   G’uzorda-saroylar,   Nurotada-burgutlar,   Qubadiyonda-do’rmonlar,
Hisor,   O’ratepa   va   Urgutda-tuz   va   o’tarchilar,   Jizzaxda-qirqlar,   Boysunda-
qo’ng’irotlar yashagan. Bu ma`lumotlar O’rta Osiyoning XVIII asr etnik tarkibini
o’rganishga katta yordam beradi.
«Tuhfat   ul-Xoniy»   jahonda   ko’p   (mamlakatimizda   23   ta,   Angliyada   1,   Saudiya
Arabistonida   1   ta)   nusxada   bo’lishiga   qaramay,   juda   kam   o’rganilgandir.
Muhammad   Rahimxonning   Seraxs   yaqinida   1160/1747   yilda   qizilboshlar   bilan
to’qnashuvn aks eggan ruschaga o’girilgan parchani  hisobga olmaganda, asarning
na bayoniy, na tarjima nashri yo’q.
SHunday   qilib,   O’rta   Osiyoning   XVI   asr-XIX   asrning   birinchi   yarmidagi   tarixini
yoritgan tarixiy asarlarning barchasida o’xshash kamchilik bor. Mualliflar shohlar
va ularning atroflaridagi amaldorlarga xushomad qilib, voqealarni bejab yozadilar,
ko’z   oldilarida   yuz   bergan   voqealar   mohiyatiga   chuqur   kirib   bora   olmaydilar. Oqibatda xalq noroziligi, ularning ko’tarilishlari sabablarini, siyosiy hayotning asl
qiyofasini to’g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm tarixchilariga xos bo’lgan
o’ta   an`anaviy   madhiyabozlikdan   qutila   olmaganlar.   Ammo   bunday   nuqsonlar
Sovet   davri   tarixchiligida   ham   uchraydi.   SHunga   qaramay,   yuqoridagi   asarlar
o’sha davrlar tarixiy voqealarini o’rganishda qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi.

Mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalklari tarixshunosligi Reja: 1.O’rta Osiyo xonliklarida tarixiy bilimlarning rivojlanishi. 2.XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida tarixnavislik. 3.Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi. 4.Quqon xonligida tarixiy bilimlar taraqqiyoti.

Mamlakat tarixshunosligi O’rta Osiyoning o’rta asr tarixini o’rganish bo’yicha oz ish qilgani yo’q. Lekin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar O’rta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o’rganish bo’yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to’g’risida esa gapirmasa ham bo’ladi»,- deb yozadi tarixshunos B. Axmedov o’zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI-XVIII asrlarda O’rta Osiyoning tarixiy-jo’g’rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida. O’rta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to’la o’rga-nilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo’qligi emas, bal ki, aksincha, ularning xilma- xilligidir. Nima bo’lganda ham O’rta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’l gan hayoti tariximizning eng kam o’rganilgan davrlaridir. Inqilobgacha bo’lgan davrda bu masalaga juda kam e`tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e`tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o’rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo’ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko’p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B. A. Ahmedov, B. G’. G’afurov, E. A. Davidovich, X. 3. Ziyoev, R. B. Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. CHexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganuvchilar uchun «O’zbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko’makchi bo’la oladi. Ulardan birinchisi - O’rta Osiyo qadimgi tarixiga doir ma`lumotlar to’plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «O’zbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan O’rta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to’plagan, XVI-XIX asrlarning sayohatchilari jo’g’rofiya olimlari aytgan ma`lumotlar o’rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barchaasrlarda dunyoga ma`lum va mashhur bo’lganini ta`kidlaydi. Qadimda aynan shu O’rta Osiyo orqali Uzoq SHarq mamlakatlari,

Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo’llari o’tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovrupodan Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochganlari bois, O’rta Osiyo da asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniyaloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo’lganda ham XVI-XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,- deb yozadi B. V. Lu nin,- g’arbiy Ovrupo va Rossiyadagi O’rta Osiyo to’g’risidagi bilimlar, O’rta Osiyoda esa g’arbiy Ovrupo va Rossiya to’g’risidagi bilimlar chala edi. Biroq bir-biri to’g’risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi. Bu masala xususidagi o’z fikrlarimizni keyingi bobda keltiramiz. Hozir esa XVI-XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari xususida gaplashsak. Ular juda ko’p va xilma-xil. Ishimizni o’z asarida XVI-XX asrlar orasida yozilgan ellikdan oshiqroq qimmatli tarixiy-jo’g’rofiy, falakiyotga oid, memuar va biografik mazmunli, O’rta Osiyoning XVI-XVIII asrlar orasidagi hayoti xususida boy ma`lumotlar beruvchi SHarq qo’lyozmalarini tahlil etib chiqqan sharqshunos B. A. Ahmedov ancha engillashtirdi. B. A. Ahmedov asarining ikkinchi bo’limida rus va chet el elchilari - Antoniy Jekinson, I. D. Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Beneveni va Novopat-ros mitropoliti Xrisanfning XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo to’g’risidagi, uning o’sha davrdagi Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma`lumotlari keltiriladi. Bu ma`lumotlar fors-turk, arab tillaridagi manbalarning ma`lumotlari bilan taqqoslanib, ancha tarixiy faktlar aniqlashtirildi. Eng muhimi, B. A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar ishini engillatadigan ish qildi- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og’ir, mas`uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, O’rta Osiyo XVI-XIX asr tarixini o’rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti - qiyoslash va bor ma`lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan. Buning uchun B. Ahmedov o’z tahliliga muayyan bir davr bo’yicha bir necha asarlarni kiritgan.

Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «SHayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoe` ul-vaqoe» dir. SHu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham kiritib to’g’ri qilgan. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxo ro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. Bu erda muallif bir voqea to’g’risidagi turli manbalar ma`lumotlarini solishtirmoqchi emas. Bu alohida izlanish, shug’ullanishni talab etadi. Buning ustiga muallif bu asarida O’rta Osiyoning ko’rilayotgan davriga oid barcha yozma yodgorliklarni qamrab olgan emas. SHuning uchun muallif mumkin qadar to’la, ishonchli va qimmatliroq, O’rta Osiyo xalqlari tarixining yorqin davrlarini tasvirlovchi asarlarga murojaat etgan. «O’rta Osiyo hayotining boshqa davrlari to’g’risida ham shunga o’xshash tadqiqotlar o’tkazish,- deb yozadi B. Ahmedov,- masalan, arablar hukmronligi (VIII-IX asrlar) davri yoki yangi va eng yangi, (XIX-XX asrning boshi) davrni o’rganish fanga katta hissa bo’lib, SSSR va chet ellarda saqlanayotgan qo’lyozmalarning, yozma yodgorliklarning tezroq ilmiy sohaga kiritilishiga yordam bergan bo’lardi». Misol sifatida bu asarlarning keng o’quvchilar ommasiga har holda tanish bo’lgani - «Tavorixi guzida» («Nusratnoma») ni qisqacha tahlil qilamiz. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda ko’chmanchi feo dal boylar va oliy hokimiyat o’rtasida keskin kurash bordi. Abulxayrxonning (1428-1468) o’limidan so’ng ayniqsa, bu qonli o’zaro urush yanada kuchaydi. Hokimiyat tepasiga uning nabirasi - Abulxayr SHayboniy (1488-1510) kelganidan so’ng uzbek feodallarining nizolari barham topdi. U ko’pchilik o’zbek urug’larini birlashtirib. temuriylarga qarshi chiqdi. XV asr oxiri, XVI asr boshlarida

ko’chmanchi o’zbeklarning O’rta Osiyoning madaniy ray-onlariga tomon harakatlanishi avj oldi. Biz «Nusratnoma» da o’sha davr tarixiy sharoitning qanchalik murakkabligi, Movarounnahr xalqining noroziligi kuchayishining, Samarqand, Buxoro, O’sh, Axsi, Andijon, Qarshi, Qorako’l va O’rta Osiyoning boshqa ko’plab shahar va mintaqalaridagi qo’zg’olonlarning sabablarini tushunish uchun ko’plab qiziqarli ma`lumotlar topamiz. Muallif qorako’l qo’zg’oloni to’g’risida ayniqsa muhim ma`lumotlarni keltiradiki, ularni XVI asrning boshqa birorta manbasida uchratmaymiz. O’zbek xalqi etnogenezi, XV-XVI asrlardagi O’rta Osiyo aholisining etnik tarkibi bilan shug’ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qiziqarli ma`lumotlar olishlari mumkin. SHunday qilib, barcha turk va mo’g’ullarning afsonaviy bobosi hisoblangan O’g’izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa CHingizxon va uning avlodlari tarixini, SHayboniyxonning tug’ilishidan, to Samarqand taxtiga o’tirgunicha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Uning 909 (1503-1504) yilgacha butun Movarounnahr hududini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan. Kirish qismidan ko’rinadiki, kitob 1502-1505 yillar orasida yozilgan. U eski o’zbek tilida bo’lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko’p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo’lgan. Masalan, P. I. Lerx Jaloliddin Rumiyning o’g’li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Se myonov, V. P. YUding taxminicha muallif SHayboniyxonning o’zi. Tanqidiy matn tuzgan, so’zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A. M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi.