NEMIS TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXI O’RGANILISHI
NEMIS TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXI O’RGANILISHI MUNDARIJA KIRISH 3-15 I BOB. AMIR TEMUR SHAXSIYATI NEMIS TARIXCHILARI NIGOHIDA. 1.1 Amir Temur tarixiga oid manbalarning nemis tadqiqotlarida aks etishi 16- 23 1.2. Zamondosh nemis sayyoh va tarixchilarining manbalarida Amir Temur va t emuriylar haqida 24-30 II BOB. NEMIS TARIXCHILARI TADQIQOTLARIDA AMIR TEMUR DAVLATI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLARINING O‘RGANILISHI 2.1. Nemis tarixchilari tadqiqotlarida Amir Temur davlati ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining o‘rganilishi 31-44 2.2. Temur davlati siyosiy masalalar bo‘yicha nemis tarixchisi Shlosser Fridrix Kristof qarashlari. 45-52 III BOB. YANGI ZAMON NEMIS TADQIQOTLARIDA AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI 3.1. Amir Temur va temuriylar davri yangi zamon nemis tarixshunoslari talqinida 53-63 3.2. Amir Temur va temuriylar davrini o‘rganish bo‘yicha Germaniya O‘zbekiston hamkorligi. 64-67 Xulosa 68-71 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R O’ YXATI 72-82 ILOVALAR 83-88 3
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustаqillik Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni va ro‘lining o‘rganilishini yangi dаvrini bоshlаb bеrdi. Vаtаnimiz suvеrеn dаvlаt sifаtidа jаhоn hаmjаmiyatidаn jоy egаllаdi. Mustаqil tаrаqqiyotning 31 yilligi mоbаynidа vаtаnimizdа аmаlgа оshirilgаn ishlаr ko‘lаmi аsrlаrgа tаtigulik bo‘ldi. Dаvlаt bоshqаruvi, iqtisоdiyot vа mа’nаviyat sоhаlаridа kаttа islоhоtlаr аmаlgа оshirildi. Аyniqsа, tа’lim sоhаsidа qo‘lgа kiritilgаn yutuqlаrni аlоhidа tа’kidlаsh lоzim. Bаrkаmоl аvlоdni shаkllаntirishgа yo‘nаltirilgаn Milliy dаstur o‘z mеvаsini bеrmоqdа. Bugun dunyodа kеchаyotgаn mаfkurаviy qаrаmа-qаrshiliklаr tа’siridаn yoshlаrni himоyalаsh uchun ulаrdа tаriхiy tаfаkkurni shаkllаntirish zаrur. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini barqaror izga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o‘rganish, ularga to‘g‘ri va xolis baho berish, shu asosda milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yo‘l ochildi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor” (Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasidan // Xalq so‘zi 2017-yil 4-avgust). O‘tgan davr mobaynida obyektiv tariximizni yaratish yo‘lida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Qator muhim manbalar nashr etildi. Natijada tarixchilar uchun yirik tadqiqotlar yaratish imkoniyati vujudga keldi. Xususan, ajdodlarimiz tarixining noma’lum bo‘lgan qirralari hamda insoniyat o‘tmishida o‘ziga xos o‘rin 4
egallagan tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish uchun ham manbaviy asoslar yaratildi. Binobarin, o‘z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o‘zbek davlatchiligi tarixida hamda harbiy mahorat sohasida jahon tarixidan munosib o‘rin egallagan Amir Temur va temuriylar davri tarixi nafaqat o‘lkamiz, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume’tirof etilgan davr sifatida ko‘plab tadqiqotlarni taqozo etadi. Zero, Sohibqiron Amir Temur el-u ulusning taraqqiyoti, tinchligi va xavfsizligini o‘z orzu-umidlarida mujassam etgan xalqimiz farzandi, “Temuriylar renessansi” asoschisidir. Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik faoliyati, saltanati tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni o‘rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Shuningdek, temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarga tarjima qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Dunyo tarixshunosligida Amir Temur davri tadqiqiga oid nashrlar, “Temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishining shakllanishi, badiiy adabiyotda Amir Temur obrazining yaratilishi ancha ilgari boshlangan. Ma’lumki, sovet tarixshunosligida o‘z davrining xos mafkuraviy yondashuviga qaramay, ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Shu o‘rinda temurshunoslik rivojiga tamal toshini qo‘ygan G.A.Pugachenkova, I.Mo‘minov, R.Mukminova, B.V.Lunin, E.V.Rtveladze, P.Zohidov, L.I.Rempel, A.O‘rinboyev, B.Ahmedov, D. Yusupova, O‘.Alimov, T.Fayziyev, O.Bo‘riyev kabi qator fidoiy olimlarning tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e’tirof etish zarur. Birlamchi yozma manbalar, ya’ni qo‘lyozma kitoblar maxsus kataloglarda yoritilgan (Собрание восточных рукопией Академии наук Узбекистана. Т. I– XI. – Ташкент, 1952-1987.; Собрание восточных рукопией Академии наук Узбекистана. История. Составители: Д.Ю.Юсупова, Р.П.Жалилова. – Ташкент, Фан, 1998. – 536 ). 5
Ta’kidlash joiz, dastlabki bibliografik ko‘rsatkich mustaqillikkacha bo‘lgan davrda tarixshunos olim B.V.Lunin tomonidan tuzilib adabiyotlar sohalar bo‘yicha o‘n ikki qismga ajratib tasniflangan edi (Лунин Б.В. История, культура и искусство времени тимуридов в советской литературе (библиографический указатель) // Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент, 1969. № 8-9. – С. 100–145). Shu bilan birga, ushbu bibliografik ko‘rsatkichda mustabid sovet davridagi mafkuraviy tazyiq ta’sirida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar “Umumiy tarix” qismiga kiritilgan. Ammo bu holat tadqiqotning ilmiy ahamiyatini pasaytirmaydi, aksincha, olimning falsafiy mushohadasining nechog‘lik teran ekanligidan dalolat beradi. Ushbu bibliografik ko‘rsatkich tasnifi mustaqillik yillarida B.V.Lunin tomonidan ancha rivojlantirilib bir necha fundamental nashrlarda nafaqat keltirildi, balki olim tomonidan (Temur va Ulug‘bek davri tarixi. – Toshkent: Qomuslar Bosh tahririyati, 1996. – B. 28–42) Amir Temur davri asosiy manbalari hamda ilmiy adabiyotlarining tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlili ham amalga oshirildi. Shuningdek, xorij tarixshunoslari, rus sharqshunos olimlari hamda sovet davrida tadqiqot olib borgan tarixchilarning ilmiy ishlari tadrijiy ravishda o‘rganilib, ilk bor mavzuga oid tarixiy adabiyotlar tarixshunoslikning yangicha talqinida o‘z bahosini oldi. Ushbu tayyorlangan bibliografiya to‘plami hozirga qadar tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Hozirga qadar respublikada mazkur mavzuga oid bir necha bibliografik nashrlar amalga oshirilgan. Chunonchi, 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi xodimlari tomonidan (Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qo‘llanmalar Fihristi. Muqaddima muallifi: Boboxonov Sh. Tayyorlovchi: Nasrullo Mubashshir at-Taroziy. – O‘zbekiston elchixonasi Qohira shahri, 1996. O‘zbek tilida – B. 1–37, arab tilida – B. 1–422) Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qo‘llanmalar fihristi yaratildi. 1999-yilda esa akademik E.V.Rtveladze va akademik A.X.Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur dunyo fani ko‘zgusida” (Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой 6
науки. – Ташкент: Издательский дом Мирэкономики и права, 1999. – 112 с.; Ўша муаллифлар. Амир Темур в зеркале мировой истории. Библиография / Отв. за выпуск Д.Нурматова. – Париж, 1996. – 28) nomli bibliografik nashrda xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon tarixshunosli gida mustaqil “temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishi shakllanganini e’tirof etishdi. Shuningdek, “Amir Temur jahon tarixida” nomli nashrining “Amir Temur davri tarixnavisligi” bobidagi “Ilmiy izlanishlar” qismida O‘zbekiston va xorij tadqiqotchilarining ishlari tahlil qilindi. Nashrda “Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko‘nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin o‘tish tadriji sodir bo‘ldi” (Amir Temur jahon tarixida. – Toshkent: Sharq, 2001. – B. 214–216), degan xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy burilishdir. 2003-yilda akademik B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov tomonidan ham temurshunoslik sohasida bir muncha tadqiqotlar olib borilib, “Amir Temur bibliografiyasi” (Amir Temur bibliografiyasi. B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov. Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransuz Instituti. Toshkent, 2003. – 114-b.) nashrdan chiqdi. 2010-yilda O.Rahmatullayeva tomonidan tayyorlangan “Amir Temur saltanati tarixnavisligi” nomli bibliografik ko‘rsatkichda faqat O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan adabiyotlar jamlanib sohalar bo‘yicha tasniflandi (Rahmatullayeva A. Amir Temur saltanati tarixnavisligi (Bibliografik ko‘rsatkich). – T.: Fan va texnologiya,2010. – 95-b.). Yana Shuni aloxida etiborga olish kerakki, Amir Temur rivojlangan, markazlashgan, uch qit’ada o‘z nazoratini o‘rnatgan vaqtda Yevropada xususan Germaniyada nixoyatda katta tarqoqlik xukm surmoqda edi. Va bu o‘z o‘zidan xamma soxalarni orqada qolishiga olib kelgan. Amir Temur va Mironshox yevropa davlatlari bilan oloqalar o‘rnatganida (masan Angliya va Fransiya bilan) Germaniya mayda knyazliklari o‘zaro nizolardan boshi chiqmayotgan edi. Shu sababli ham 7