logo

SAMARQAND ARXEOLOGIYASI O’RGANILISHI TARIXI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

262.2109375 KB
MAVZU:Samarqand arxeologiyasi o’rganilishi tarixi .    
Kirish.
Asosiy qism.
I bob.  Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda.
1.1 .  Samarqandni arxeologik o’rganish tarixi.
1.2 .Samarqand tosh davri yodgorliklari.
II bob.Samarqand eneolit, bronza, ilk temirdavri yodgorliklari.
2.1 . Samarqand o’rta asrlar davri yodgorliklari.
Xulosa.
Foydalanilgan Adabiyotlar.
       Kirish.
 Ushbu kurs ishi Samar qand tosh asrining paleolit, mezoneolit, jez davri va nihoyat
Samarqand shahrining tashkil topish tarixiga bag’ishlangan. Bronza davriga kelib,
ishlab chiqarish qurollarini metalldan yaratilishi xo’jalikning rivojiga keskin ta’sir
ko’rsatdi.  Bu   hodisa  mehnat   unumdorligini   oshirib,  ziyoti   mahsulotlarning  poydo bo’lishiga   va   ibtidoiy   tuzumning   inqirozi,   sinfiy   jamiyatning   paydo   bo’lishi   va
davlatchilikning   tashkil   topishiga   olib   keldi.   Majmuada   ana   shu   kabi   taraqqiyot
evolyusiyasiga ahamiyat berilgan. Samarqand shahrining tashkil topishiga 3 ming
yil bo’lganligi haqidagi yangi arxeologik ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, shu asosda
uning ko’hna ildizlari haqidagi masalalar yetarli darajada, yangi yondashuv asosida
yoritilgan.   V-VII   asr   boshlari   -   o’lkada   mahalliy   konfederativ   boshqaruv   tizimining
vujudga   kelishi   hamda   turkiy   qabilalarning   kirib   kelishi   munosabati   bilan   tovar-pul
munosabatlari   qisqardi.   Turli   viloyat   hokimlari   tomonidan   tanga   pullar   zarb   etila
boshlandi.   Mahalliy   hokimlar   (Sug’dning   tarkibiy   qismlarida   ham)   tomonidan
chiqarilgan   tanga-pullar   asosan,   hukmron   shaxsning   mavqyeini   anglar   edi.   VII   asrning
ikkinchi yarmidan e’tiboran Tan imperiyasining siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’sirida
Samarqand   ixshidlari   mavqyeining   oshib   borishi   bilan   bog’liq   ravishda   ixshidlar
tomonidan   mis   tangalarning   zarb   etildi,   hamda   ulardan   ichki   savdo-sotiqda   keng
foydalanish yo’lga qo’yildi. Bu davrda ichki va tashqi savdo har tomonlama rivojlanadi.
Sug’d-turk   savdogarlari   Buyuk   ipak   yo’lida   Sharq   bilan   G’arbni   bog’lovchi   asosiy
kuchga,   sug’d   tili   esa   o’zaro   muloqot   tiliga   aylanadi.   Xitoy   qadimda   butun   dunyoga
kopmas,  porox,  ipak  matolar  va  qog’oz  yetkazib  bergani  hammaga  ma’lum.  Xitoy  ham
atrof   davlatlardan  o’ziga  zarur   bo’lgan  tovarlarni   olgan.   Xususan,  Farg’onadan   Xitoyga
samoviy tulporlar, uzum va uzum mahsulotlari va paxta eksport qilingan.  Samarqanddan
esa   sanoat   mahsulotlari   bilan   birga   mevalar   ham   eksport   qilingan.   Xitoy   manbalarida
Samarqandning   oltindek   tovlanib   turadigan   shaftolilari   va   ularni   Xitoy   imperatori
saroyiga yuborilishi haqida ma’lumotlar bor. Natijada, O’zbekiston hududidagi shahar va
qishloqlar   har   tomonlama   rivojlanadi.   Bunday   taraqqiyotning   asosiy   omili   tinchlik,
barqarorlik   va   jamiyatdagi   qonunning   ustvorligidir.   Elchilar   tasviri   tushirilgan   devoriy
suratlar Samarqand shahar tarixi muzeyi kolleksiyasida so’g’d san’atining durdona asari
hisoblanadi.O’tgan   asrning   1965   yilida   O’zbekiston   xalqlarining   moddiy   madaniyati
tarixini   o’rganishda   katta   voqyea   yuz   berdi.   Samarqanddagi   Afrosiyob   manzilgohida
arxeologlar   arablardan   oldingi   davrga   (eramizning   VII   asriga)   oid   devoriy   rasmlari   aks
ettirilgan saroy majmuasini topdilar. Syujetli hikoya qilguvchi polixrom tasviriy suratlar
Samarqand   hukmdori   saroyining   katta   kvadrat   zalining   to’rt   devorini   ham   bezatgan.
Ushbu kashfiyot arxeologiya fanida shov-shuvga aylandi, darhol jahon hamjamiyatining
e’tiborini   tortdi.   Afrosiyob   muzeyining   markaziy   zalida   namoyish   etilayotgan   devor
suratlari   o’sha   davrining   nodir   san’at   asari   hisoblanib,   u   muzeydan   bir   necha   yuz   metr
g’arbda joylashgan So’g’d podshosi Varxuman saroyining bir zalidan topilgan.
Xonaning   g’arbiy,   shimoliy   va   janubiy   devoridagi   suratlarning   alohida-alohida
manzaralar aks ettirib, o’ziga xos mazmunga ega.
I bob.  Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda.
Qadimgi   So’g’diyona   Amudaryo   bilan   Sirdaryo   oralig’ida   joylashgan   yirik
tarixiy   madaniy   viloyatlardan   biridir.   U   hamisha   qo’shni   davlatlarning   paydo bo’lishida va ularning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Qadimgi   Sharq   tarixchilari   ushbu   hududni   “Markaziy   Osiyoning   yuragi”,   deb
ataganlar.   Ushbu   tarixiy   madaniy   viloyatning   markazi   Zarafshon   vohasida
joylashgan   yirik   siyosiy   ma’muriy   markaz   Samarqand   bo’lgan.  Samarqand   so’g’di
barcha so’g’d hududlarining siyosiy va iqtisodiy asosi bo’lib, O’rta Osiyo ikki daryo
oralig’i   o’tmishidaida   muhim   rol   o’ynashi   bilan   birga   ,   ushbu   hududlar   tarixidagi
ko’plab   asosiy   masalalar   mohiyatini   tushunishda   katta   ahamiyat   kasb   etadi.
Samarqand   so’g’dining   butun   So’g’diyona   tarixidagi   ahamiyati   uning   qulay
geografik joylashuvi bilan ham belgilanadi. Zarafshon vohasi uch tomondan tog’lar
bilan   va   faqat   g’arb   tomondan   dasht   hududlari   bilan   ajralib   turadi.   Ushbu
hududlarni   o’rta   Zarafshon   vohasi   ham   deyishadi.   Tarixiy   madaniy   nuqtai
nazardan   esa   ushbu   hududlarni   Samarqand   so’g’di   deb   atash   ham   mumkin.   Bu
yerning   qulay   iqlim   sharoitlari   haqida   yozma   manbalarda   ham   boy   materiallar
keltirilgan.   Al   Ma qsudiy   Samarqandni   ta’riflar   ekan,   uni   Movaraunnahrning
birinchi   shahri,   deb   atagan.   Al   Istaxri   esa,   o’zining   “Masalik   al   mamalik”
(“Davlatlar   yo’llari”)   asarida   Samarqand   so’g’di   yerlarini   odam   yashashi   uchun
qulay bo’lgan uchta zamindan biri, deb ta’riflaydi.   1
 
V.V. Bartoldning fikricha, Samarqand so’g’dining zamini boshqa hududlarga
nisbatan   eng   yaxshi   “bog’”   yerlar   hisoblanib,   uni   hatto   dushman   bosib   olgan
vaqtlarda   ham   bosqinchilar   talon   taroj   qilishdan   tiyilganlar   va   bu   huduni
o’zlarining daromad manbalariga aylantirishga harakat qilganlar. Zarafshon vohasi
barcha   davrlarda   So’g’diyonaning   markazi   hisoblanib   kelingan.   So’g’diyona   va
uning   asosiy   shahri   Samarqand   yozma   manbalarda   er.   av.   1   ming   yillikning
o’rtalaridan   boshlab   tilga   olinadi.   Ulardan   eng   qalimgilari   Doro   1   ning   Bexustun
yozuvlari   hisoblanadi.   Unda   yozilishicha,   er.   av.   6   asrda   So’g’diyona   Ahmoniylar
imperiyasiga   boj   to’lab   turadigan   23   ta   viloyatlardan   biri   bo’lgan.   Shuningdek,
Bexustun   yozuvlarida   Doro   1   ning   Suzadagi   saroyi   qurilishida   lazurit   va   qizil
serdolik   kabi   qimmatbaho   toshlar   So’g’diyonadan   keltirilganligi   ma’lum   qilinadi.
Qadimgi fors tilida So’g’diyona Suguda nomi bilan tilga olinadi. So’g’diyona nomi
Avestoning 1 bobida “Gava So’g’di” nomi ilan keltiriladi. Ammo, bunda So’g’dning
qaysi   qismi   haqida   so’z   borayotgaligini   tushunish   qiyin.   Avestoning   geografiyaga
bag’ishlangan   bo’limida:   “chuqur   va   keng   daryolar   Gava   So’g’diga   va   boshqa
davlatlardan oqib o’tadi”, deyilgan.
1
  Al Ist ax ri “ Masalik  al mamlik ”  (“ Davlat lar yo’llari” )  asari. Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “chuqur va keng daryolar Gava
So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”,   2
 deyilgan.
Gava   termini   turli   tadqiqotchilar   tomonidan   turlicha   talqin   qilinadi.
Jumladan,   V.V.   Bartold,   “Gava”   terminini   “Fau”   deb   qabul   qilishni   va   bu   “Naxri
Pay” kanalining nomidan kelib chiqqanligini qabul qilishni taklif qiladi. Boshqa bir
tadqiqotchila   “Gava”   nomini   Xitoy   manbalarida   Kushon   imperiyasi   Xau   deb
nomlangani   va   uni   Samarqand   vohasidagi   Miyonqal’adan   axtarish   kerakligini
ta’kidlaydilar. 
Antik davr manbalarida So’g’diyona janubda Amudaryo va sharqda Sirdaryo
bilan   chegaradoshligi   qayd   qilinadi.   Jumladan,   o’sha   davrning   mashhur   geografi
Klavdiy  Ptolomey:   “So’g’dning  chegarasi   janubda  Oks   (Amudaryo)  hamda  Kavkaz
tog’laridan (bu yerda Badaxshon tog’lari nazarda tutilgan); shimolda Oks tog’lari,
Skifiya,   sharqda   Yaksart   (Sirdaryo)   va   Kamel   tog’lari   orqali   skiflar   bilan
chegaradoshligi   ta’kidlanadi.   Shuning   bilan   birga   u   Marakandani   Baktriya
shaharlari   qatoriga   qo’shadi.   So’g’d   hududlariga   katta   maydonli   cho’l
hududlarining ham  kirishini Kvint  kursiy Ruf  ham ta’kidlagan. U  ehtimol Shimoliy
So’g’d   haqida   gapirgan   bo’lsa   kerak.So’g’diyona   chegaralari   haqidagi   ancha   aniq
ma’lumotlar   Arrianning   asarlarida   keltirilgan;   “shimolda   So’g’d   sak   yerlari   bilan,
shimoli shakrqda esa ushbu chegara Yaksart daryosi orqali o’tadi” (Arrian, 1962, s.
137).   So’g’diyona   va   so’g’diylar   haqida   Strabon   ham   yozib   qoldirgan.   U:
“so’g’diylar   bilan   baqtriyaliklarning   hayot   tarzi   bir   biriga   o’xshash,   shuning   bilan
birga   ularning   hayoti   ko’chmanchilarnikidan   kam   farq   qiladi”.   O’rta   asr
manbalarida   So’g’diyona   hududi   ancha   kichrayadi.   Ularda   So’g’d   haqida
gapirilganda   o’rta   Zarafshon   va   ayrim   manbalarda   unga   Qashqadaryo   viloyati
hududlari   ham   kiriladi.   Arab   tarixchisi   Istaxri   So’g’d   haqida   gapirganda,
Dobusiyadan   Samarqandgacha   bo’lgan   hududlarni   tilga   oladi.   Shuning   bilan   bir
vaqtda   u   buxoroliklarni   so’g’d   tilida   gaplashadi,   deydi.   Beruniy   davrining
manbalarida   Buxoro   vohasini   So’g’diyona   hududlariga   virganligi   haqida
ma’lumotlar   uchraydi.   Qashqadaryoning   So’g’d   tarkibiga   kirganligi   haqida
isbotlangan   dalillar   mavjud.   Yaqin   kunlargacha   Kitob   Shahrisabz   hududlarining
aholisi o’zlarini sug’utiy so’g’dlar deb atashganlar. O’rta asrning boshqa mualliflari,
jumladan, Yaqubi Buxoro, Nasaf va Keshni So’g’diyona tarkibiga kiritgan va uning
poytaxtini   Samarqand,   deb   hisoblagan.   Ammo,   boshqa   bir   manbada   u   Keshni
asosiy shahar deb keltiradi. Istaxriyning fikricha, Dobusiya, Robinjon, kushoniya va
Ishtixon “So’g’dning yuragidir”.     
2
  Aлимoвa Д.A. Бурякoв Ю.Ф., Рaxмaтуллaев Ш.М., Сaмaрқaнд   тaриxи. (қaдимги
дaврлaрдaн бугунги кунгaчa) Т.: «AРТ ФЛEX» 2009.  Mahmud Qoshg’ariy esa, So’g’d deganda Buxoro va Samarqand oralig’idagi
hududlarni   tushungan.   V.V.   Bartoldning   fikricha,   19   asrning   oxiri   va   20   asrning
boshlarida   Sщ-d   deganda   Zarafshon   daryosi   oqimidagi   hududlar   tushunilgan.   6
asrning   oxirlariga   oid   manbalarda,   jumladan,   fors   tilining   lug’atida   faqatgina
Samarqand  atrofidagi  hududlar  tilga  olinadi.  Temuriylar   davrida esa, Oqdaryo   va
Qoradaryoning   oralig’i   “Nim   So’g’d”   yoki   “So’idi   Xurd”,   Oqdaryodan   shimoldagi
hududlar “So’g’udi Kalon” deb atalgan. Hozirgi kunda So’g’d nomi Sugut shaklida
Zarafshonning yuqori oqimidagi Yagnob vodiysida saqlanib qolgan. Shunday qilib,
yunon   manbalarida   “So’g’d”   yoki   “So’g’diyona”   termini   ostida   Amudaryo   va
Sirdaryo   oralig’idagi   yirik   hududlar   tushunilsa,   vaqt   o’tishi   bilan   ushbu   taponim
bilan   bog’liq   hududlar   qisqarib   boradi.   Ammo,   hamma   vaqtlarda   ham   Zarafshon
vohasi,   xususan   Samarqand   so’g’dning   markazi   sifatida   qolib   kelgan.   Samarqand
nomi Aleksandr Makedonskiy davridan boshlab tilga olinadi. So’g’dning yirik savdo
va   iqtisodiy   markazi   Samarqand   nomining   kelib   chiqishi   borasida   turli   fikrlar
mavjud. Antik davr manbalarida Samarqand nomi “marakanda” yoki “Marakandi”
shaklida uchraydi. Arrian o’z asarlarida Samarqand nomini besh marta tilga oladi
va   faqat   bir   holdagina   Samarqandni   hukmdor   tashrif   buyuradigan   joy   ekanligini
ta’kidlaydi.   Shuningdek,  u  Samarqand   arkining  kuchli  mudofaaga  egaligi  va   unda
yunon gornizoni turganligini aytib o’tadi. Bundan tashqari, u Samarqandning bosib
olinishi   va   aholinini   tinchlantirish   ishlarining   olib   borilganligi   haqida   yozib
qoldirgan.   Shunday   qilib,   antik   davrga   oid   barcha   manbalarda   Samarqand
Maroqand   tarzida   uchraydi   va   bu   greklar   nomlarining   talaffuzi   tarziga   to’g’ri
keladi. Negaki, greklarda SM ning joyiga M talaffuz qilinadi.     Samarqand so’zining
birinchi   bo’g’ini   ma’nosi   borasida   turli   qarashlar   mavjud.     Jumladan,   Al   Beruniy
Samarqand   so’zining   ma’nosini   “Semizqand”,   ya’ni   “Quyosh   shahri”,   deb   yozadi.
Smamarqand so’zining ma’nosi haqida yirik islomshunos olim Abu Xafs Umar ibn
Muxammad   an   Nasafiy   ham   yozgan.   U   o’zining   mashhur   “Kitob   al   qand   fi   tarixi
Samarqand” yoki “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand” (“Qandiya”)   asarida
aholi   o’rtasida   tarqalgan   qator   afsonalarni   keltiradi 3
.   Abu   Toxirxo’ja
Samarqandiyning “Samariya” asari ham shular jumlasidandir. Ushbu asarlarni V.L.
Vyatkin rus tiliga tarjima qilgan.
Yuqorida   nomlari   zikr   etilgan   asarlardagi   afsonalardan   biriga   ko’ra,
Samarqand   nomining   kelib   chiqishi   Iskandar   (Aleksandr)   nomi   bilan   bog’lansa,
ikkinchisida,   Yaman   podo’osi   Shamirning   O’rta   Osiyoni   bosib   olishi   bilan
3
  3.   Abu   Xafs   Umar   ibn   Muxammad   an   Nasafiy   “Kitob   al   qand   fi   tarixi   Samarqand”
[  “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand”  ] (“Qandiya”) bog’lanadi.   Go’yoki,   Samar   so’zining   kelib   chiqishi   Shamir   so’zining   boshqacha
talaffuzidir. 
Arab   geografi   Yoqutning   yozishicha,   Samarqand   so’zi   arabcha   “Sumran”
bo’lib,   unga   Iskandar   tomonidan   asos   solingan.   Ammo,   ushbu   afsonaning
o’zidayoq   Samarqandga   Shamir   abu   Karib   asos   solganligi   haqidagi   fikrlar
keltiriladi. Zamonaviy adabiyotlarda 1877 yildayoq mashhur sharqshunos olim V.
Tomashek   tomonidan   ilgari   surilgan   fikr   hukmronlik   qiladi.   Uning   fikriga   ko’ra,
“samar”   so’zi   sanskritda   “uchrashuv”,   “kesishmoq”   va   “to’planish   joyi”   kabi
ma’nolarni   bildiradi.   Shubhasiz   Samarqandning   geografik   jihatdan   savdo   yo’llari
kesishgan chorrahada joylashganligi ushbu tarjimaning to’g’riligini ko’rsatadi. Turli
geograflar   va   olimlarning   Samarqandga   ko’plab   davlatlardan   savdo   mollari   kelib
tushganligini ta’kidlashi bejiz emas. 
Ilk   yozma   manbalar   nafaqat   Samarqand   nomi   va   So’g’d   haqida,   balki
Samarqand   So’g’dining   tarixi   va   madaniyati   haqida   ham   ma’lumotlarni   beradi.
Xususan,   Geradot   birinchilardan   bo’lib,   “parfiyaliklar,   xorazmiylar   va   so’g’dlar
Ahmoniylar   imperiyasining   16   viloyati   tarkibiga   kiradi   va   300   talant   soliq
to’laydilar”   (Istoriya Uzbekistana v istochnikax. 1984, s. 56).  4
Yana   bir   qadimgi   yunon   tarixchisi   Ktesiy   Knidskiy   (er.av.   5   4   asrlar)   O’rta
Osiyoning   qadimgi   xalqlari,   xususan   baqtriyaliklar,   saklar   va   so’g’dlar   haqida
gapirib,   asosan   Geradotning   ma’lumotlarini   to’ldiradi.   Samarqand   tilga   olingan
dastlabki   manba   er.   av.   1   asrlarga   oiddir   (Strabonning   “Geografiya”   asarida) 5
.
Ammo, ushbu asarda er. av. 4 asr, ya’ni A. Makedonskiy O’rta Osiyoni bosib olgan
davrlardagi   voqyealar   hikoya   qilinadi.   Aleksandr   Makedonskiyning   O’rta   Osiyoga
yurishi   tarixi   shuningdek,   yunon   olimi   Arrian   va   rimlik   yozuvchi   Kvint   Kursiy   Ruf
asarlarida ham saqlanib qolgan (1 asr).
A.   Makedonskiyning   O’rta   Osiyoga   va   So’g’dga   yurishlari   taniqli
sharqshunos   olim   V.V.   Grigoryev   tomonidan   yaxshi   o’rganilgan.   Shuningdek,
ushbu   masala   bilan   ingliz   olimi   V.V.   Tarna   hamda   rus   olimi   K.V.   Treverlar   ham
shug’ullanganlar.   Shu   davr   siyosati   va   harbiy   tarixini   B.A.   Litvinskiy   ham
sinchkovlik bilan o’rgangan.  
So’g’d   va   Samarqand   haqidagi   yozma   manbalar   bilan   I.V.   Pyankov   maxsus
shug’ullangan. Uning ishlarida Aleksandrning O’rta Osiyo ichkarisiga yurish qilgan
davrlardagi   siyosiy   voqyea   hodisalar   yaxshi   aks   ettirilgan.   Yunon   tarixchilarining
4
  1  (Istoriya Uzbekistana v istochnikax. 1984, s. 56).
5
  Strabonning “Geografiya” asari asarlarida   So’g’d   hududlarida   grek   baqtriya   podsholigi   qulagandan   keyingi   tarix
kam aks ettirilgan. 
Eramizdan   avvalgi   I   va   eramizning  I   asri   tarixi   haqida  xitoy   manbalari   ham
hikoya   qiladi.   Xitoyning   Ban   Gu   tomonidan   yozilgan   “Xan   Syan   Xan   shu   katta
uyining tarixi”  nomli  asarda I  asrning  oxirlarida O’rta  Osiyoga  kelgan  savdogarlar
haqida   hikoya   qilinadi.   5   asrning   birinchi   yarmida   yashagan   Fan   Xua   tomonidan
yozilgan   “Xan   Xau   Xan   shu   kichik   o’g’lining   tarixi”   nomli   asarida   ham   shu   haqda
ma’lumotlar keltirilgan. Manbada 2 asrga oid ma’lumotlardan foydalanilgan. 
Samarqand   va   So’g’diyona   haqidagi   ma’lumotlar   1906   yilda   Dunxuanning
g’arbidan topilgan I asrga oid so’g’d yozuvlarida ham uchraydi. Ushbu yozuvlar 4
asrlarga   oidligi   aniqlangan.   Bu   yerda   so’g’d   shaharlarining   tuzulishi,   aholining
mashg’ulotlari   va   maiyish   sosial   hayoti,   mulkchilik   va   oila   munosobatlari,
shuningdek,   4   asrning   boshlarida   xunlarning   yurishlari   bilan   bog’liq   Xitoy   g’arbiy
chegaralaridagi tashvishli harbiy siyosiy ahvol haqida ham ma’lumotlar bor.
So’g’diyona va Samarqand haqidagi ko’plab ma’lumotlar arab fors tarixiy va
geografik   adabiyotlarida   ham   uchraydi.   Ularning   asosini   Samarqandning   bosib
olinishi  va   vayron   qilinishi  haqidagi   afsonalar   tashkil  qiladi.   Bunday  afsonalardan
eng qadimgisi o’rta fors davriga oid “Eronshahr shaharlari” nomli asarda saqlanib
qolgan. Unda haqqoniy dalillar afsonalarga qorishtirib yuborilgan.
VI   va  VII   asr   boshlariga   oid   “Xvaday   namak”   (hukmdorlar   kitobi)   ga   kirgan
so’ngi sosoniylar davri xronikalarida So’g’d, Eron, Turon va “Afrosiyob podsholigi”
haqidagi   epik   hamda   tarixiy   ma’lumotlar   keltirilgan.   Ushbu   ma’lumotlar
Firdavsiyning Shoxnoma asarida o’z aksini topgan. 
Samarqandning   paydo   bo’lishi   va   Kiyanidlar   sulolasi   haqidagi   afsonaviy
ma’lumotlar X asrga oid Abul Abbos Jafar ibn Muxammad Mustag’firi va Abu Said
Abdu Raxmon ibn Muxammad al Idrisi kabi mualliflarning asarlarida uchraydi. 12
asrda   “Samarqand   tarixi”   mashhur   tilshunos   Abu   Xafs   Umar   ibn   Muxammad   an
Nasafi   tomonidan   davom   ettirilgan.Samarqand   haqidagi   ayrim   afsonalar   Abu
Toxirxo’janing Samariya asarida ham o’z aksini topgan. 
Yuqorida   tilga   olingan   va   boshqa   arab   manbalarida   Samarqand   nomining
kelib   chiqishi   Yaman   podshosi   Shamir   Yurish   nomi   bilan   bog’lanadi.   Go’yoki
Shamir   bu   yerda   shahar   tashkil   qilgan   va   so’ngra   o’zining   Shamirkand   nomini
bergan.   Shuningdek,   keyinchalik   Samarqand   turk   hukmdorlari   tomonidan
egallangan   deyiladi.   Burxoniy   Katining   ma’lum   qilishicha,   Samarqand   “Samar
qishlog’i”   o’rnida   tashqil   topgan   va   bu   turk   hukmdorlaridan   birining   ismidir. Turklar qishloqni qand deb ataganlar. Ushbu qishloqni Samar ismli kishi qurgan va
keyinchalik u shaharga aylangan. 
Samarqand   so’g’di   va   Samarqand   shahri   tarixi   bo’yicha   asosiy   yozma
manbalar   yuqoridagilardan   iborat.   Ko’rinib   turibdiki,   yozma   manbalar   asosida
Samarqand   so’g’di   tarixi   va   madaniyati   haqida   to’liq   ma’lumotlar   olishning   iloji
yo’q.   Shuning   uchun   ham   ushbu   tarixni   va   madaniyatni   o’rganishda   arxeologik
yodgorliklarning o’rni katta ahamiyat kasb etadi. 
2.   Samarqandni arxeologik o’rganish tarixi.  Samarqandning o’tmishi mana
150   yildirki   arxeologilar,   tarixchilar,   sharqshunoslar   va   boshqa   qiziquvchilarning
diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Ta’kidlasho’ joizki, So’g’dning qadigi tarixi va
madaniyatini o’rganish ishlari rus olimlari tomonidan boshlangan edi. 
Samarqandning   butun   O’rta   Osiyo   tarixida   katta   o’rin   tutishi   uni   o’rganish
ishlarini boshqa hududlarga nisbatan ancha ertaroq boshlanishiga sabab bo’ldi. 
Samarqand   va   Samarqand   So’g’dining   o’rganilish   tarixini   uchta   davrga
ajratish mumkin. Uni dastlab rus olimlari, harbiylari va sharqshunoslari Afrosiyob
va   uning   atrofini   o’rganishdan   boshlaganlar.   1841   yilda   Buxoro   xonligiga   tashrif
buyurgan   N.V.   Xanikov   Samarqandning   topografik   xaritasini   va   Afrosiyobning
tasnifini   keltirgan.   Samarqand   Turkiston   general   gubernatorligiga   qo’shilganidan
keyin   Afrosiyobni arxeologik   tadqiq  qilish   ishlari  boshlandi.  Baxtga  qarshi, harbiy
havaskorlar   tomonidan   amalga   oshirilgan   ilk   qazishmalar   ko’proq   boylik   izlash
maqsadida amalga oishrilgan edi. Qazishmalar chuqur o’ralar qazish orqali amalga
oshirilgan,   negaki,   u   davrda   hali   arxeologik   qazish   ishlarining   uslublari   ishlab
chiqilmagan edi. 
Keyinchalik,   V.V.   Krestovskiy   tomonidan   Afrosiyobda   olib   borilgan   qazish
ishlari bu yerda ellinizm davri qatlamlari mavjudligini aniqladi. Ammo, u davrning
uslublari arxeologik qazishmalar talablariga javob bermas edi. 
1883   yilda   Afrosiyobda   mashhur   sharqshunos   N.I.   Veselovskiy   ishlar   olib
bordi.   Ammo,   unda   arxeologik   tajribaning   yo’qligi   tadqiqotlarga   o’z   ta’sirini
o’tkazgan.   N.I.   Veselovskiy   olib   borga   ishlarni   bitta   quyidagi   dalil   bilan   izohlash
mumkin. U to’rt oylik dala ishlari mobaynida Afrosiyobning 109 ta punktida kichik
hajmli shurflar qazgan. Bu holat katta shahar xarobalarini qazish uslublariga ziddir.
Ammo, shunday bo’lsada, N.I. Veselovskiy tomonidan hozirgacha o’z ahamiyatini
yo’qotmay kelayotgan Afrosiyobning aniq topografik xaritasi ishlab chiqilgan. 
1894   1895  yillarda   Afrosiyobda   Fransiyalik   arxeolog  Shaffanjon   tomonidan
“qazish” io’lari olib borilgan. Ammo, Afrosiyobda vahshiylarcha ishlar olib borgan,
ya’ni   madaniy   qatlamlarni   portlatib,   so’ngra   materiallarni   yig’ib   olgan.   Hozirda
uning   yiqqan   materiallari   Parij   shahridagi   Gime   muzeyida   saqlanmoqda.   Keyingi yillarda   Samarqand   va   uning   atrofini   o’rganish   tarixi   bilan   S.M.   Gorshenina
shug’ullanmoqda.
Samarqand   va   uning   atrofini   o’rganishda   V.L.   Vyatkinning   ishlarini   alohida
ta’kidlash   joiz.   U   Samarqandning   yoshini   eramizning   4   asrlari   bilan   sanalagan   va
shaharning antik manbalarda ta’kidlangan Maroqand deb atalishini inkor qiladi. 
Shunday   qilib,   XX   asrning   30-yillargicha   Afrosiyobning   rus   olimlari
tomonidan   o’rganilishi   primitiv   uslublar   yordamida   dastlabki   tadqiqotlardan
iborat   bo’lgan.   Samarqand   va   uni   atrofini   o’rganishning   ikkinchi   davri   o’tgan
asrning   30-40   yillaridan   60   yillarning   oxirlarini   qamrab   oladi   va   ikkita   bosqichga
ajraladi.     Shudavr   mobaynida   arxeologiktadqiqotlarningsifati   anchyaxshilandi.
Nafaqat,   Afrosiyobda,   balki   uning   atrofidagi   hududlarda   ham   qazish   ishlari   olib
borildi.   Bu   davrning   ilk   bosqichida   u   yerdagi   akntik   va   o’rta   asrlarga   oid
madaniyatlarni   o’rganishda   G.V.   Grigoryevning   tadqiqotlari   katta   ahamiyat   kasb
etadi.   Uning   tomonidan   30-40   yillarda   Samarqanddan   janubi   sharqroqda
joylashgan   Toli   Barzu   yodgorligi   sinchiklab   stratigrafik   jihatdan   qazib   o’rganildi.
Uning   ko’plab   ilmiy   ishlari   hanuzgacha   o’zining   ahamiyatini   yo’qotmasdan
kelmoqda. G.V. Grigoryevning olib borgan ishlari Samarqandda amalga oshirilgan
dastlabki ilmiy uslubiy qazishmalar  edi. U birinchi bo’lib, Darg’om kanalini qo’lda
qazilganligini   ta’kidlagan   va   ushbu   kanal   qurilishida   ba’zan   tabiiy   soylarning
o’zanlaridan ham foydalanilganligini isbotlab bergan.
Ikkinchi   davrning   ikkinchi   bosqichida   Samarqandda   O’zR   FA   ning   bazasi
ochiladi   va   unga   A.I.   Terenojkin   rahbarlik   qiladi.   U   tez   orada   eski   qazishmalarni
tozalash oqibatida Afrosiyobning qadimgi madaniyatini dastlabki davrlashtirilishni
ishlab   chiqdi   (1947,   s.   127-135)   va   ushbu   davlashtirish   keyinchalik   katta
munozoralarga   sabab   bo’ldi.   O’sha   paytlarda   yo’l   qo’yilgan   xato   va   kamchiliklar
A.I.   Terenojkinning   o’zi   tomonidan   tuzatilgan   edi.   Uning   asosiy   xizmati
Afrosiyobda   madaniy   komplekslar   bloklarini   ajratib   chiqqanligida   bo’ldi.   A.I.
Terenojkin   stratigrafik   jihatdan   aralashmagan   komplekslarni   kolonkalarini
ajratishning   imkonini   topdi   va   ushbu   kolonkalar   hozirda   ham   Afrosiyobni
davrlashtirishda qo’llanilib kelinmoqda.
Afrosiyobning   eng   quyi   qatlamlaridan   olingan   komplekslar   Afrosiyob   1
bosqichi   deb   atalib,   sak   axmoniylar   davri   bilan   sanalanadi   (er.av.   VI-IV   asrlar),
Afrosiyob 2 va 3 bosqichlari esa “sak ellinistik” davrlari bilan belgilanadi (er.av. IV-
II asrlar). Afrosiyob 4 bosqichi konguy yuechji davri bilan sanalanadi. 
1958   yildan   Samarqand   arxeologiyasini   o’rganishning   uchinchi   davri
boshlanadi   va   u   ham   ikkita   bosqichga   ajraladi.   Uning   birinchi   bosqichi
Afrosiyobning   davlat   tomonidan   ochiq   osmon   ostidagi   muzey   qo’riqxona   deb
e’lon   qilinishi   va   O’zR   FA   Arxeologiya   va   Tarix   instituti   tomonidan   arxeologik ekspedisiyaning   tashkil   qilinishi   bilan   xarakterlanadi.   Ushbu   ekspedisiyaga   V.A.
Shishkin   rahbarlik   qiladi.   1966   yildan   V.A.   Shishkinning   vafotidan   keyin
ekspedisiyaga Ya.G’. G’ulomov rahbarlik qiladi. Ekspedisiya tarkibida turli yillarda
arxeologlardan   T.R.   Agzamxodjayev,   D.I.   Varxotova,   V.D.   Jukov,   S.K.   Kabanov,
Ya.K.   Krikis,   Yu.F.   Buryakov,   O.V.   Obelchenko,   G.V.   Shishkina,   L.G.   Bruchenkolar
qatnashganlar.
Asosiy   e’tibor   Afrosiyobning   stratigrafisi   va   topografiyasini   o’rganishga
qaratildi.   Ular   orasidan   N.B.   Nemsevaning   Shoxi   Zinda   atrofida   olib   borgan
qazishmalari  natijasida  er.av.  6 5 asrlarga oid  komplekslarning  topilishini  alohida
ta’kidlash joiz. 
O’sha   yillarda   M.I.   Filanovich   tomonidan   Afrosiyobning   shimoli   g’arbiy
qismidagi yirik hovuzning shimolida amalga oshirgan qazishmalari natijasida er.av.
VII   asrga   oid   makon   izlari   topilgan.   Keyinchalik,   uning   ushbu   xulosasi   yangi
tozalash ishlari yordamida yanada aniqlashtirilgan. 
Afrosiyobning   antik   davri   qatlamlarini   o’rganishda   G.V..   Shishkina   hamda
S.K. Kabanovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. 
Samarqandning   suv   ta’minoti   va   viloyatdagi   irrigasiya   masalalari   o’sha
yillarda A.R. Muxammadjonov tomonidan o’rganilgan.
Ko’chmanchilarning   qo’rg’onlarini   o’rganayotgan   paytda   O.V.   Obelchenko
Urgut   tumanida   bronza   davrining   qabrini  topadi   va   bu   So’g’ddagi   bronza   davrini
tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Afrosiyob
hududida   joylashgan   Siyobcha   qabri   va   Zarafshonning   chap   sohilidan   topilgan
Chakka   qabri  ham   shular   jumlasidandir.   Shuningdek,  N.A.   Avanesova   tomonidan
To’qay qishlog’i topib o’rganildi.
Yuqoridagi tadqiqotlarning hammasini ham muvaffaqiyayatli deb bo’lmaydi.
Masalan, M.K. Pachos, Afrosiyobning mudofaa devorlarini maxsus o’rganar ekan,
Samarqandga 4 asrda asos solingan, degan xato fikrni ilgari suradi (. 
1971 1979 yillarda Afrosiyob ekspedisiyasiga Sh.S. Toshxo’jayev , 1979 1987
yillarda   G.V.   Shishkinalar   rahbarlik   qiladi.   Bu   davr   afrosiyobda   barcha   davrlarni
qamrab   olgan   arxeologik   tadqiqotlarning   kengayishi   bilan   xarakterlanadi.
Yodgorlikni   o’rganish   ishlariga   turli   jabhalardagi   mutaxassislar   jalb   qilinadi.   Bu
yerda turli yillarda I. Axrarov, A.A. Anarboyev, X.G. Oxunboboyev, L.I. Albaum, L.G.
Brusenko,   Yu.F.   Buryakov,   E.Yu.   Yuuryakova,   O.N.   Invatkina,   I.D.   Ivaniskiy,   S.K.
Kabanov,   T.I.   Lebedova,   N.   Raxiboboyeva,   Sh.   Shoraximov,   M.K.   Pachos,   M.I.
Filanovich va boshqalar ishtirok etadi. 6
6
  1  Berdimurodov A. Samarqand tarixidan tomchilar.  Toshkent-2015. 80-120 betlar Afrosiyobdan   topilgan   devoriy   sur’atlar,   mudofaa   inshoatlari,   sopol   va
shisha     idishlarning   restavrasiya   va   konservasiya   ishlari   bilan   A.A.   Abdurozzoqov
boshchiligidagi ximik texnologilar guruhi shug’ullana boshladi. 
1998   yilda   O’zbek   Fransuz   ekspedisiyasining   tashkil   etilishi   bilan   (O’FAE)
uchinchi   davrning   ikkinchi   bosqichi   boshlandi.   1989   yildan   boshlab   Afrosiyobni
o’rganish   ishlariga   fransuz   olimlari   ham   qatnasha   boshlashdi.   O’zbek   Fransuz
hamkor   arxeologik   ekspedisiyasi   Afrosiyobni   o’rganish   ishlarini   yangi   sifat
bosqichiga ko’tarish imkonini berdi. 
Ekspedisiyaga fransuzlar tarafidan akademik Pol Bernar, ekspedisiya rahbari
Tilshunoslik   va   tasviriy   san’at   akademiyasining   muxbir   a’zosi   Frans   Grene,   ilmiy
xodimlardan Klod Rapen, Bertil Lione, geograf Pyer Jantel hamda keyingi yillarda
ilmiy xodim Lorian Sev Martinezlar qatnashmoqda.
O’zbekiston   tarafidan   M.H.   Isomiddinov   (ekspedisiya   hamrahbari),   ilmiy
xodimlardan   H.G’.   Oxunboboyev,   N.   Raximboboyeva,   L.F.   Sokolovskaya   va   I.D.
Ivaniskiylar qatnashgan.
Ekspedisiya ishlariga Moskvadagi Sharq xalqlari  san’ati muzeyi xodimi O.N.
Inevatkina ham jalb qilingan. U “Qadimgi Samarqandning er.av. 6 va eramizning 5
asrlarda   shahar   tarkibidagi   Saroyi”   mavzusida   dissertasiya   himoya   qildi.
Shuningdek,   afrosiyob   ekspedisiyasida   doktorant   Yu.   Karyev   va   arxitektor   Ye.
Kurtkinalar ishtirok etishmoqda.
Yuqoridagilardan   ko’rinib   turibdiki,   Samarqand   tarixini   o’rganishda   asosiy
e’tibor   Afrosiyobga   qaratilgan.   Yodgorlikni   o’rganishdagi   eng   qiyin   masalalardan
biri uning ko’p qatlamliligidir. Bu yerdagi antik davr qatlamlarini o’rganishda o’rta
asrlarda qazilgan o’ra badroblar katta muammo tug’diradi, negaki, ular antik davr
qatlamlarini   buzib   yuborgan.   Antik   davrlardan   eng   yaxshi   saqlanib   qolgan
inshoatlar   bu   Afrosiyobning  mudofaa   devorlaridir.  Chunki,  ulardan   o’rta  asrlarda
ham foydalanilgan. Bu shundan dalolat beradiki, antik davr mudofaa devorlari o’ta
mustahkam   qilib,   taiiy   tepaliklarga   va   Siyob   arig’ining   tik   sohillariga   qurilganligi
sababli   ularda   keyingi   tarixiy   davrlarda   ham   keng   foydalanilgan.   Jumladan,
Afrosiyobning shimoli sharqiy qismidagi mudofaa devorlari Siyob arig’ining eng tik
qirg’iqlarida qurilgan. Uning janubi g’arbiy qismidagi devorlar esa jarliklarning eng
baland nuqtasiga bunyod etilgan.          
Parallel   ravishda  Afrosiyobning   boshыa   nuqtalarida   ham   qazish   ishlari   olib
borildi va natijada, bu yerdagi qadimgi davrlardan boshlab mo’g’ullar istilosigacha
bo’lgan davrdagi urbanizasiya jarayonlari hamda moddiy madaniyatning taraqqiy qilish yo’llarida borasida yangi faktik dalillar olindi. Natijada bir qator masalalar o’z
yechimini topdi:
1. O’rta   Osiyoning   eng   yirik   shaharlaridan   biri   bo’lgan   afrosiyobning
sanasi     er.av. 6 4 asrlarga, ya’ni O’rta Osiyoning ko’pgina hududlari Ahmoniylar
imperiyasi   tarkibiga   kirgan   davrlarga     oid   ekanligi   ko’pgina   mutaxassislar
tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
2. Afrosiyobda   er.   av.   1   ming   yillikning   o’rtalaridan   mo’g’ullar
istilosigacha   bo’lgan   davrlargacha   bo’lgan   tarixiy   arxeologik   davrlashtirilishi
ishlab chiqildi.
3. Qadimgi   shahar   tuzilishining   asosiy   elementlaridan   bo’lgan   shahar
darvozalari, magistral yo’llari va sug’orish kanallari o’rganildi.
4. Ta’kidlash   joizki,   Afrosiyobdagi   mudofaa   inshoatlarini   o’rganishga
ham katta e’tibor berildi va natijada, qadimgi shahar tuzilishining asosiy elementi
bo’lgan mudofaa devorlari taraqqiyotining asosiy bosqichlari aniqlandi.
Samarqand so’g’di tarixining umumiy talqinidan ko’rinib turibdiki, bu yerda
qadimgi sug’orish sistemasi va o’rta Zarafshon vodiysining umumiy o’zlashtirilishi
masalalari   o’rganilmasdan   qolmoqda.   Zarafshonning   yuqori   va   o’rta   qismini
sug’organ suv manbalari   qatoriga Darg’om, Bulung’ur, Poyariq, Yangiariq, Eski
Angor va Siyob kanallarini kiritish mumkin.  7
Tadqiqotchilar   sug’orishning   u   yoki   bu   masalalarini   yechishda   asosan
Darg’om   yoki   Eski   Angor   kanallarining   paydo   bo’lish   davriga   e’tibor   berganlar.
Qolgan boshqa kanallar o’rganilmasdan qolib kelmoqda. Ushbu kanallar sug’organ
yerlarni hisoblab chiqish o’sha davr aholisining zichligini aniqlash imkonini beradi.
Zarafshonning   har   ikkala   sohilidagi   yerlarda   bunday   yirik   kanallarning   bunday
qadimda   paydo   bo’lishi   masalalari   ham   noaniqligicha   qolmoqda.   Samarqand   va
uni   atrofini   o’rganishning   ikkinchi   davri   o’tgan   asrning   30-40   yillaridan   60
yillarning oxirlarini qamrab oladi va ikkita bosqichga ajraladi.  Shudavr mobaynida
arxeologiktadqiqotlarningsifati anchyaxshilandi. Nafaqat, Afrosiyobda, balki uning
atrofidagi hududlarda ham qazish ishlari olib borildi. Bu davrning ilk bosqichida u
yerdagi akntik va o’rta asrlarga oid madaniyatlarni o’rganishda G.V. Grigoryevning
tadqiqotlari   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Uning   tomonidan   30-40   yillarda
Samarqanddan   janubi   sharqroqda   joylashgan   Toli   Barzu   yodgorligi   sinchiklab
stratigrafik   jihatdan   qazib   o’rganildi.   Uning   ko’plab   ilmiy   ishlari   hanuzgacha
o’zining   ahamiyatini   yo’qotmasdan   kelmoqda.   G.V.   Grigoryevning   olib   borgan
ishlari  Samarqandda  amalga  oshirilgan   dastlabki  ilmiy  uslubiy  qazishmalar   edi.  U
birinchi   bo’lib,   Darg’om   kanalini   qo’lda   qazilganligini   ta’kidlagan   va   ushbu   kanal
7
   Isamiddinov M.  Istoki gorodskoy kultur ы  Samarqandskogo Sogda, Tashkent-2002. 23-
90 betlar. qurilishida   ba’zan   tabiiy   soylarning   o’zanlaridan   ham   foydalanilganligini   isbotlab
bergan.
Ikkinchi   davrning   ikkinchi   bosqichida   Samarqandda   O’zR   FA   ning   bazasi
ochiladi   va   unga   A.I.   Terenojkin   rahbarlik   qiladi.   U   tez   orada   eski   qazishmalarni
tozalash oqibatida Afrosiyobning qadimgi madaniyatini dastlabki davrlashtirilishni
ishlab   chiqdi   (1947,   s.   127-135)   va   ushbu   davlashtirish   keyinchalik   katta
munozoralarga   sabab   bo’ldi.   O’sha   paytlarda   yo’l   qo’yilgan   xato   va   kamchiliklar
A.I.   Terenojkinning   o’zi   tomonidan   tuzatilgan   edi.   Uning   asosiy   xizmati
Afrosiyobda   madaniy   komplekslar   bloklarini   ajratib   chiqqanligida   bo’ldi.   A.I.
Terenojkin   stratigrafik   jihatdan   aralashmagan   komplekslarni   kolonkalarini
ajratishning   imkonini   topdi   va   ushbu   kolonkalar   hozirda   ham   Afrosiyobni
davrlashtirishda qo’llanilib kelinmoqda.
Afrosiyobning   eng   quyi   qatlamlaridan   olingan   komplekslar   Afrosiyob   1
bosqichi   deb   atalib,   sak   axmoniylar   davri   bilan   sanalanadi   (er.av.   VI-IV   asrlar),
Afrosiyob 2 va 3 bosqichlari esa “sak ellinistik” davrlari bilan belgilanadi (er.av. IV-
II asrlar). Afrosiyob 4 bosqichi konguy yuechji davri bilan sanalanadi. 
1958   yildan   Samarqand   arxeologiyasini   o’rganishning   uchinchi   davri
boshlanadi   va   u   ham   ikkita   bosqichga   ajraladi.   Uning   birinchi   bosqichi
Afrosiyobning   davlat   tomonidan   ochiq   osmon   ostidagi   muzey   qo’riqxona   deb
e’lon   qilinishi   va   O’zR   FA   Arxeologiya   va   Tarix   instituti   tomonidan   arxeologik
ekspedisiyaning   tashkil   qilinishi   bilan   xarakterlanadi.   Ushbu   ekspedisiyaga   V.A.
Shishkin   rahbarlik   qiladi.   1966   yildan   V.A.   Shishkinning   vafotidan   keyin
ekspedisiyaga Ya.G’. G’ulomov rahbarlik qiladi. Ekspedisiya tarkibida turli yillarda
arxeologlardan   T.R.   Agzamxodjayev,   D.I.   Varxotova,   V.D.   Jukov,   S.K.   Kabanov,
Ya.K.   Krikis,   Yu.F.   Buryakov,   O.V.   Obelchenko,   G.V.   Shishkina,   L.G.   Bruchenkolar
qatnashganlar.
Asosiy   e’tibor   Afrosiyobning   stratigrafisi   va   topografiyasini   o’rganishga
qaratildi.   Ular   orasidan   N.B.   Nemsevaning   Shoxi   Zinda   atrofida   olib   borgan
qazishmalari  natijasida  er.av.  6 5 asrlarga oid  komplekslarning  topilishini  alohida
ta’kidlash joiz. 
O’sha   yillarda   M.I.   Filanovich   tomonidan   Afrosiyobning   shimoli   g’arbiy
qismidagi yirik hovuzning shimolida amalga oshirgan qazishmalari natijasida er.av.
VII   asrga   oid   makon   izlari   topilgan.   Keyinchalik,   uning   ushbu   xulosasi   yangi
tozalash ishlari yordamida yanada aniqlashtirilgan. 
Afrosiyobning   antik   davri   qatlamlarini   o’rganishda   G.V..   Shishkina   hamda
S.K. Kabanovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.  Samarqandning   suv   ta’minoti   va   viloyatdagi   irrigasiya   masalalari   o’sha
yillarda A.R. Muxammadjonov tomonidan o’rganilgan. 8
Ko’chmanchilarning   qo’rg’onlarini   o’rganayotgan   paytda   O.V.   Obelchenko
Urgut   tumanida   bronza   davrining   qabrini  topadi   va   bu   So’g’ddagi   bronza   davrini
tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Afrosiyob
hududida   joylashgan   Siyobcha   qabri   va   Zarafshonning   chap   sohilidan   topilgan
Chakka   qabri  ham   shular   jumlasidandir.   Shuningdek,  N.A.   Avanesova   tomonidan
To’qay qishlog’i topib o’rganildi.
Yuqoridagi tadqiqotlarning hammasini ham muvaffaqiyayatli deb bo’lmaydi.
Masalan, M.K. Pachos, Afrosiyobning mudofaa devorlarini maxsus o’rganar ekan,
Samarqandga 4 asrda asos solingan, degan xato fikrni ilgari suradi (. 
1971 1979 yillarda Afrosiyob ekspedisiyasiga Sh.S. Toshxo’jayev , 1979 1987
yillarda   G.V.   Shishkinalar   rahbarlik   qiladi.   Bu   davr   afrosiyobda   barcha   davrlarni
qamrab   olgan   arxeologik   tadqiqotlarning   kengayishi   bilan   xarakterlanadi.
Yodgorlikni   o’rganish   ishlariga   turli   jabhalardagi   mutaxassislar   jalb   qilinadi.   Bu
yerda turli yillarda I. Axrarov, A.A. Anarboyev, X.G. Oxunboboyev, L.I. Albaum, L.G.
Brusenko,   Yu.F.   Buryakov,   E.Yu.   Yuuryakova,   O.N.   Invatkina,   I.D.   Ivaniskiy,   S.K.
Kabanov,   T.I.   Lebedova,   N.   Raxiboboyeva,   Sh.   Shoraximov,   M.K.   Pachos,   M.I.
Filanovich va boshqalar ishtirok etadi.
Afrosiyobdan   topilgan   devoriy   sur’atlar,   mudofaa   inshoatlari,   sopol   va
shisha     idishlarning   restavrasiya   va   konservasiya   ishlari   bilan   A.A.   Abdurozzoqov
boshchiligidagi ximik texnologilar guruhi shug’ullana boshladi. 
1998   yilda   O’zbek   Fransuz   ekspedisiyasining   tashkil   etilishi   bilan   (O’FAE)
uchinchi   davrning   ikkinchi   bosqichi   boshlandi.   1989   yildan   boshlab   Afrosiyobni
o’rganish   ishlariga   fransuz   olimlari   ham   qatnasha   boshlashdi.   O’zbek   Fransuz
hamkor   arxeologik   ekspedisiyasi   Afrosiyobni   o’rganish   ishlarini   yangi   sifat
bosqichiga ko’tarish imkonini berdi. 
Ekspedisiyaga fransuzlar tarafidan akademik Pol Bernar, ekspedisiya rahbari
Tilshunoslik   va   tasviriy   san’at   akademiyasining   muxbir   a’zosi   Frans   Grene,   ilmiy
xodimlardan Klod Rapen, Bertil Lione, geograf Pyer Jantel hamda keyingi yillarda
ilmiy xodim Lorian Sev Martinezlar qatnashmoqda.
8
  Isamiddinov M.  Istoki gorodskoy kultur ы  Samarqandskogo Sogda, Tashkent-2002. 23-
90 betlar. O’zbekiston   tarafidan   M.H.   Isomiddinov   (ekspedisiya   hamrahbari),   ilmiy
xodimlardan   H.G’.   Oxunboboyev,   N.   Raximboboyeva,   L.F.   Sokolovskaya   va   I.D.
Ivaniskiylar qatnashgan.
Yuqoridagilardan   ko’rinib   turibdiki,   Samarqand   tarixini   o’rganishda   asosiy
e’tibor   Afrosiyobga   qaratilgan.   Yodgorlikni   o’rganishdagi   eng   qiyin   masalalardan
biri uning ko’p qatlamliligidir. Bu yerdagi antik davr qatlamlarini o’rganishda o’rta
asrlarda qazilgan o’ra badroblar katta muammo tug’diradi, negaki, ular antik davr
qatlamlarini   buzib   yuborgan.   Antik   davrlardan   eng   yaxshi   saqlanib   qolgan
inshoatlar   bu   Afrosiyobning  mudofaa   devorlaridir.  Chunki,  ulardan   o’rta  asrlarda
ham foydalanilgan. Bu shundan dalolat beradiki, antik davr mudofaa devorlari o’ta
mustahkam   qilib,   taiiy   tepaliklarga   va   Siyob   arig’ining   tik   sohillariga   qurilganligi
sababli   ularda   keyingi   tarixiy   davrlarda   ham   keng   foydalanilgan.   Jumladan,
Afrosiyobning shimoli sharqiy qismidagi mudofaa devorlari Siyob arig’ining eng tik
qirg’iqlarida qurilgan. Uning janubi g’arbiy qismidagi devorlar esa jarliklarning eng
baland nuqtasiga bunyod etilgan.          
                O’rta   Osiyoning   eng   yirik   shaharlaridan   biri   bo’lgan   afrosiyobning   sanasi
er.av.   VI-IV   asrlarga,   ya’ni   O’rta   Osiyoning   ko’pgina   hududlari   Ahmoniylar
imperiyasi   tarkibiga   kirgan   davrlarga     oid   ekanligi   ko’pgina   mutaxassislar
tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
              Afrosiyobda   er.   av.   1   ming   yillikning   o’rtalaridan   mo’g’ullar   istilosigacha
bo’lgan davrlargacha bo’lgan tarixiy arxeologik davrlashtirilishi ishlab chiqildi.
Qadimgi   shahar   tuzilishining   asosiy   elementlaridan   bo’lgan   shahar   darvozalari,
magistral yo’llari va sug’orish kanallari o’rganildi.
      Ta’kidlash   joizki,   Afrosiyobdagi   mudofaa   inshoatlarini   o’rganishga   ham   katta
e’tibor   berildi   va   natijada,   qadimgi   shahar   tuzilishining   asosiy   elementi   bo’lgan
mudofaa devorlari taraqqiyotining asosiy bosqichlari aniqlandi.
Samarqand so’g’di tarixining umumiy talqinidan ko’rinib turibdiki, bu yerda
qadimgi sug’orish sistemasi va o’rta Zarafshon vodiysining umumiy o’zlashtirilishi
masalalari   o’rganilmasdan   qolmoqda.   Zarafshonning   yuqori   va   o’rta   qismini
sug’organ suv manbalari   qatoriga Darg’om, Bulung’ur, Poyariq, Yangiariq, Eski
Angor va Siyob kanallarini kiritish mumkin. 
1.2 .Samarqand   tosh   davri   yodgorliklari.   Omonqo’ton   g’or   makonininng
o’rganilish   tarixi   va   Omonqo’ton   g’or   makoni   tosh   industriyasi.   Omonqo’ton
g’ori   ochilgan   paytlarda   MDH   davlatlari   hududida   166   ta   paleolit   davriga   oid
yodgorliklar   aniqlangan   edi.   O’sha   davrlardayoq   arxeologik   tadqiqotlarda
geologiya,   paleontologiya   va   etnografiya   kabi   fanlarning   ma’lumotlaridan
foydalanilgan. 
O’z bekis ton hududlarida paleolit ilk marotaba A.P. Okladnikov tomonidan
ochilgan.   Boysun   tumanidagi   Teshik-Tosh   g’or   makoni   1938   yilda  aynan   ushbu tadqiqotchi tomonidan ochib o’rganilgan. 1
A.   Navoiy   nomidagi   O’zbekiston   Davlat   Universiteti   (Hozirda   Samarqand
davlat   universiteti)   geologlari   bilan   suhbatda   D.Lev   Samarqand   shahridan
janubroqdagi Omonqo’ton hududida hamda Taxti Qoracha davoni orqasida karstli
g’orlar borligini bilib oladi. Ushbu ma’lumotlarni tekshirib ko’rish maqsadida D.N.
Lev tarix fakultetining bir  guruh talabalari  hamkorligida 1947 yilning 30 martida
Omonqo’ton   qishlog’iga   tashrif   buyurdi.   Mahalliy   aholidan   surishtirish   natijasida
Omonqo’ton   qishlog’i   yaqinida   ikkita   g’or   borligi   aniqlandi.   Ulardan   biri
qishloqdan   bir   necha   km   shimolroqda,   Omonqo’ton   arig’ining   chap   sohilida
joylashgan.   Rekognostik   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   bu   tektonik   harakatlar
tufayli hosil bo’lgan kichik yoriq ekanligi aniqlandi. 
Ikkinchi   g’or   esa   Samarqand   shahridan   45   km   janubda,   qishloqdan   2   km
masofada   va   Bulbulsoy   tog’laridagi   darada   joylashgan.   Uning   dengiz   sathidan
balandligi axminan 1300 m. Bu yerda olib borilgan dastlabki qidiruv ishlari uning
mramorlashgan   oxaktoshdan   hosil   bo’lgan   karstli   g’or   bo’lganligini   va   unda
qadimgi tosh davri odamlari yashaganligi ma’lum bo’ldi. 
Hisor   geologik   ekspedisiyasining   a’zosi   to’rtlamchi   davr   geologi   N.P.
Kostenkoning fikriga ko’ra, g’or Qo’ton arig’ining pastki va eng qadimgi tubidagi
terrasa   bilan   bir   xil   balandlikka   ega.   U   ikkinchi   balan d   terrasa   tog’   allyuviyi
bo’laklari va qisman prolyuviyli kelib chiqishga ega. Agar, ushbu baland ikkinchi
terrasani   Omonqo’ton   qishlog’i   bo’ylab   kuzatadigan   bo’lsak,   u   holda   shimol
tomonga   qarab   Zarafshon   yo’nalishida   ushbu   lessli   terrasaning   ikkiga   quyi   va
yuqori   qatlamlarga   ajralganligini   ko’ramiz.   Samarqand   shahridan   janubda
Zarafshon tog’larining kengliklar bo’ylab cho’zilgan g’arbiy tizmalari joylashgan.
Uning   o’rta   qismi   Magian   daryosidan   Taxti   Qoracha   davonigacha   cho’zilgan
bo’lib,   odatda,   bu   yerni   mahalliy   aholi   Chaqil   Qalyan,   g’arbiy   qismini   esa   Qora
Tepa deb atashadi. Geologik nuqtai nazardan Taxti-Qoracha davoni ko’proq yuqori
silur   davrining   jinslaridan   tarkib   topgan.   Ushbu   jinslarga   qayroqtoshlar,   slaneslar
va asosan, kremniylashgan oxaktoshlar kiradi. 
  
      
1.  Djurakulova D. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda paleolit davrining o’rganilishi. T-2019.,   :  5-80-betlar
      2 .  Sayfullayev B. O’rta Zarafshon voxasi tosh davri madaniyatlari. Samarqand. 2022. -80-bet. 24-78 
Yuqori   silur   davri   jinslari   o’zining   kuchli   darajada   metomorfizasiyaga
uchraganligi bilan ajralib turadi. Oxaktoshlar odatda, plitasimon yirik mramorlarga
aylanib   qolgan   va   ko’pincha   ularning   qat   qatligi   yaxshi   saqlanmagan.   Taxti
Qoracha   davoni   hududidagi   ancha   yosh   yotqiziqlar   qatoriga   uchta   terrasa   hosil
qilgan Shoxak daryosi vodiysidagi qadimgi allyuviy qatlamlarini kiritish mumkin. 
Bu   hududlarda   cho’kindi   jinslardan   tashqari   intruziv   jinslar   ham   ko’p
tarqalgan   (granitlar   va   granodilritlar).   Ular   Taxti-Qoracha   davoni   va   Qora-Tepa
hududlarida ko’proq uchraydi.
Qulay   geomorfologik   va   gidrogeologik   sharoitlarda   oxaktoshlar yorilishining   kuchayishi   qadimda   Zarafshon   tog’   tizmasida   karstli   jarayonlarning
rivojlanishiga   olib   kelgan.   Bu   haqda   shu   yerdagi   g’orlar,   karstli   quduqlar   va
boshqa   manbalarning   mavjudligi,   ya’ni   karstli   jarayonlarning   ko’plab   qoldiqlari
guvohlik beradi. Taxti-Qoracha hududidagi ma’lum bo’lgan paleolit davri odamlari
hayoti   bilan   bog’liq   barcha   jarayonlar   karstli   g’orlar   bilan   bog’liq   bo’lganligi
uchun   ular   alohida   qiziqish   uyg’otadi.   Zarafshon   tog’   tizmasidagi   karstli
jarayonlarning   shakllanishi   va   paydo   bo’lish   vaqti   masalasi   hali   ma’lum   emas.
Ma’lum   dalillarning   guvohlik   berishicha,   Omonqo’ton   1   g’orida   ayrim   vaqtlarda
qurish  sodir   bo’lgan  va  yana suv  chiqib  turgan.  Masalan,  g’orning  qulab tushgan
maydonini   tozalashda,   bu   yerdagi   g’or   devorining   kesmasida   mayda   toshchalarni
suv bilan olib keltirilgan 6 ta qatlam borligi aniqlandi. 1,6 m chuqurlikdan g’orning
ichki qismidan yuvib chiqarilgan ko’mir qoldiqlari topilgan.
Aftidan,   g’orga   ibtidoiy   odamlar   kelganlaridan   keyin   uning   tagidan   suv
chiqqan.   G’orda   suvning   paydo   bo’lishi   va   qurishini   tektonik   harakatlar   yoki
oxaktoshlar yoriqlarning yopilishi yoki ochilishi bilan bog’lash lozim. 
Bulbul   Zarsoyda   ochilgan   g’or   D.N.   Lev   tomonidan   1947   yilda   o’rganila
boshlangan. Bu ishlar qidiruv xarakteriga ega edi. 1948 yilda ham O’zbek Davlat
Universiteti tomonidan tashkil qilingan arxeologik ekspedisiya qidiruv ishlari bilan
shug’ullangan.
G’orning kirish qismi  past  gumbaz shakliga  ega. Uning kirish qismi  janub ,
janubi - sharqqa qaragan. G’orga kirish joyining old maydonchasi uning kirish joyi
singari   balandligi   0,90   m   va   eni   1,50   m   keladigan   qulab   tushgan   toshlar   bilan
qoplangan. G’orning tor kirish yo’lagi 7,2 m chuqurlikkacha davom etadi, so’ngra,
uzunligi   2,60   m   va   eni   2,52   m   keladigan   kameraga   chiqiladi.   Uning   balandligi
odam bo’yi keladi.
Qo’tirbuloq va Zirabuloq makonlari.  Keng qidiruv arxeologik ishlar tufayli nafaqat
tog’   massivlari,   shuningdek,  chashma,   daryo   sohillarida,  ochiq   joylarda   yashagan
o’rta   paleolit   makonlari   ham   topib   o’rganilgan.   Shulardan   O’rta   Zarafshon
vohasida   joylashgan   Qo’tirbuloq   va   Zirabuloq   makonlari   qiziqarli   manbalar
berganligini   alohida   qayd   etmoq   zarur.   Shu   narsa   ma’lum   bo’ldiki,   o’rta   paleolit
davrida   yashagan   sayyoh   ovchilar   ma’qul   ekologik   burchaklarni   izlab   topishga
intilganlar. 9
  Balki   ular   bunday   joylarda   o’zlariga   oddiy   chaylasifat   kapalar   qurib
yashashgan   bo’lishlari   ham   mumkin.   Shunday   makonlardan   biri   Qo’tirbuloq
hisoblanadi.   Makonning   ko’p   qatlamligiga   qaraganda,   bu   yerda   ovchilar   guruhi
muayyan qo’nim yashaganligidan dalolat beradi.
Qo’tirbuloq   Charxin   qishlog’iga   yaqin   joyda,   qadimgi   chashma   atrofida
joylashgan bo’lib, u 1971-1972 yillarda o’rganilgan. Makon 5 madaniy qatlamdan
iborat.   Aslida   bu   qarorgoh   O’zFA   arxeologiya   institutining   Yu.F.Buryakov
rahbarligidagi o’rta Zarafshon ekspeditsiyasi tomonidan 1971 yilda kashf qilingan
bo’lib,   keyinchalik   uni   N.X.Toshkenboyev   o’rganishga   kirishdi.   Qazishma   ishlari
davomida   toshdan   yasalgan   ko’plab   xilma-xil   mehnat   qurollari   qo’lga   kiritilgan
9
  Sayfullayev B. O’rta Zarafshon voxasi tosh davri madaniyatlari. Samarqand. 2022.  -80-betlar. 24-78 betlar. bo’lib,   topilmalar   muster   davriga   oidligi   isbotlandi. 10
  Shuningdek,   makondan   bu
yerda yashagan neandertal jamoalarining ov obektlari bo’lgan fil, ot, buqa, qulun,
buxoro  bug’usi  va boshqa  hayvonlarning suyak  qoldiqlari,  gulxan  va  o’choq  izlari
topildi.   Makon   manbalarining   tadqiqoti   shuni   ko’rsatdiki,   yuqori   qatlamdan
topilgan   tosh   industriyada   pastki   qatlamga   qaraganda   muayyan   takomillashish
sari   o’ziga   xos   tarzda   rivojlanib   borish   kabi   o’zgarish   bor.   Bu   manzara   makonda
inson   jamoalari   uzoq   davrlar   yashaganligidan,   o’z   tirikchilik   qurollarini   doim
takomillashtirib   borganligidan   dalolat   beradi.   Inson   jamoalari   uzoq   yashagan
makonlarda,  odatda,  yarim  yerto’la  chaylasifat  kapa  qurilmalari  bo’lishi  mumkin.
Biroq   Qo’tirbuloqda   bu   hodisa   izlari   aynan   kuzatilmasa-da,   bu   yerdan   topilgan
gulxan va o’choq qoldiqlarining kuzatilishi makonda uzoq vaqtlar hayot bo’lganligi,
ular   esa   o’z   kapalariga   ega   bo’lganligi,   makon   esa   ovchilarning   tayanch   lageri
bo’lganligidan darak beradi.
Makondan   topilgan   litologiya   manbalari   10   ming   nusxadan   ziyodroq
kolleksiyani   tashkil   qiladi.   Qurol   yasash   uchun   kishilar   zarur   xom   ashyoni   shu
atrofda   joylashgan   chaqmoqtosh   konidan   olishgan.   Barcha   topilmalar,   asosan
chashma   atrofidan   yig’ilgan.   Demak,   bu   yerdagi   chashma   muster   davrida   ham
mavjud   bo’lib,   ayni   kunlarga   qadar   ham   odamzot   qadami   bu   yerdan
uzilmaganligini ko’rsatadi. 
Muster   davri   jamoalari   toshdan   turli   qurollar   ishlab   chiqarish
texnologiyasini   o’zlashtirib   olganlar.   Masalan,   tosh   qirg’ichlardan   hayvon   terisini
qayta   ishlashda   foydalanishganlar   hamda   yog’ochga   ishlov   beradigan   randasifat
qurollar   yasashgan.   Shuningdek,   ular   har   xil   teshgich,   kesuvchi   qurollarni,   qo’l
chopqilarini,   nayza   tig’larini   ustamonlik   bilan   yasashni   bilishganlar.   Tadqiqotchi
Toshkenboyev   N.X.   Qo’tirbuloq   makoni   madaniy   qatlamlari   bilan   bog’liq
manbalarni o’rganish asosida mehnat qurollarining doimiy takomillashib borish va
peshma-pesh   taraqqiyot   evolyusiyasini   kuzatdi.   Bu   manzara   makon   egalarining
sodda   qurollardan   ularning   ixcham,   turmushboplarini   ishlab   chiqish   jarayonini
anglatar   edi.   Shuningdek,   olimlar   Qo’tirbuloq   ibtidoiy   kishilarining   yaratgan
mehnat   qurollarida   foydalanilgan   texnik-texnologik   uslub   Teshiktosh,
Omonqo’ton,   Obirahmat,   Zirabuloq   muster   davri   jamoalarinikiga   o’xshashligini
e’tirof qilishmoqdalar. Bu tafsilot bizning nazarimizda ham ilmiy asosga ega.
Qo’tirbuloq   yodgorligida   1995   yilda   O’zR   FA   Arxeologiya   instituti   va
Varshava   universiteti   olimlari   ham   tadqiqot   olib   borishgan.   Bundan   maqsad
10
   Djurakulova D. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda paleolit davrining o’rganilishi. T-2019.,   :  
15-45-betlar yodgorlikning   stratigrafik   holatini   va   madaniy   yotqiziqlarning   mutloq
xronologiyasini aniqlashtirishdan iborat bo’ldi.  
Ushbu   qazishma   N.X.Toshkenboyev   qazishmalarining   to’g’ridan-to’g’ri
davomi   bo’ldi.   Qazishmadan   ma’lum   bo’lishicha   ilgari   ajratilgan   I-IV   qatlamlar
mexanik   tarzda   o’z   joylarini   o’zgartirgan.   Qazishma   yer   sathidan   1   m
chuqurlikkacha yoki reper nuqtasidan I,89 metrgacha yetkazildi. 
Ta’kidlash joizki, tosh buyumlar qazishmadagi barcha qatlamlarda uchraydi,
undagi   7-qatlamdan   4-qatlamgacha   bo’lgan   qatlamlar   o’rta   asrlarda   qandaydir
inshootning qurilishi oqibatida odam faoliyati bilan bog’liq ravishda hosil bo’lgan
(qazishmadan   janubroqda   o’rta   asrlarga   oid   tepa   mavjud)   va   qazishmadan
sharqroqda joylashgan hovuz qurilishi oqibatida buzilib ketgan. 
Qo’tirbuloqdan jami 873 ta artefakt yig’ib olindi, ulardan 538 tasi madaniy
qatlamdan va qolgan 335 tasi aralash qatlamlardan olindi   11
. 
Qo’tirbuloqda   foydalanilgan   asosiy   xomashyo   bazasi   uning   butun   hukm
surgan davri davomida bir xil bo’lgan. Bular asosan oq rangli qattiq amorf kvarsit
va   turli   ranglardagi   (qoradan   kulrangli   va   ba’zan   yashil   tusli)   qayroqtoshlardan
iborat. Xomashyo Zarafshon daryosi o’zanida va uning terassalarida galka shaklida
ko’plab   uchraydi.   Qo’tirbuloqliklar   tosh   qurollar   yasash   uchun   ushbu   galkalarni
"materialning sifatiga ko’ra tanlash tamoyillari" asosida yig’ib olganlar. To’plamda
kam   sonli   kremniy,   kremniylashgan   oxaktosh,   kremniylashgan   va  qumli  slaneslar
ham   mavjud   bo’lib,   ular   Zirabuloq   tog’larining   ochilib   qolgan   o’zakli   adirliklarida
kichik hajmli qayroqtoshlar shaklida uchraydi.        
Yodgorlikning   nukleuslari   chaqmoqlanishning   barcha   bosqichlarida   tashlab
yuborilgan.   Ular   orasida   g’o’lani   chaqmoqlashga   tayyorlanganlaridan   so’nggi
bosqichgacha   ishlov   berilganlari   ham   uchraydi.   Tipologik   jihatdan   ularni
gardishsimon   va   qo’pol   prizmasimonlarga   ajratish   mumkin.   Prizmasimonlar   bir
yuzadan bir va ikki zarb maydonlilarga, bir yuzadan ikki zarb maydonlilarga va ko’p
zarb   maydonli   nukleuslarga   ajraladi.   To’plamdagi   nukleuslarning   katta   qismi
haddan tashqari ishlov berilgan yoki o’zaklarning siniqlarini tashkil qiladi. 
To’plamda  tosh   qurollar   ko’p   emas .   Ikkilamchi   ishlov  berishda  mayda  kam
ifodali   retushlashdan   foydalanilgan .   Ammo   bu   yerda   tabiiy   faktorlarni   hisobga
olish   lozim   va   ular   tosh   buyumlarning   dastlabki   ko’rinishini   kuchli   darajada
o’zgartirib   yuborgan .   Buni   o’z   vaqtida   R.X.   Sul a ym o nov   va   N.X   T o shkenb o yev lar
ham qayd qilishgan .   Gap shundaki, ochilgan madaniy qatlamlar intensiv ravishda
yer   osti   suvlarining  ta’sirida   yotgan   va   bu   suvlar   tosh   buyumlarning   saqlanishiga
o’z   ta’sirini   o’tkazmay   qo’ymagan .   Ko’pincha   tosh   buyumlarning   yuzasi
11
N.A. Egamberdiyeva   Arxeologiya   Toshkent 2011-y silliqlangan,   yon   qirralari   o’tmaslashgan   va   retushlar   chet   qismi   go’yoki   bo’yalib
ketgandek. Bundan tashqari, yer osti suvlari qumli qattiq qayroqtoshdan ishlangan
buyumlarga   ancha   sezilarli   ta’sir   ko’rsatgan   bo’lsa,   kremniydan   ishlangan
buyumlar   ancha   yaxshi   saqlangan.   Retushlangan   qirralar   singari   ko’pincha   tosh
buyumlar   qirralarida   o’yiqlar   yoki   kertiklar   kuzatiladi   va   ular   qirralarga
tishsimonlik   xarakterini   beradi.   Anchayin   yirik   kertiklar   qo’shimcha   ravishda
retushlash yordamida tekislangan.
Zirabuloq yodgorligi.  
Ta’kidlanganidek,  Qo’tirbuloq   bilan   bir   vaqtda   Zirabuloq   topilmajoyi   ham
ochib   o’rganilgan.   Yodgorlikni   qazish   ishlari   1972,   1978   va   1984   yillarda   N.   X.
Toshkenboyev tomonidan  amalga oshirilgan. T.  Yu.  Grechkinaning  ta’kidlashicha,
1974-1977   yillarda   Zirabuloqda   SamDU   arxeologiya   kafedrasi   tadqiqotlar   olib
borgan,   ammo   ushbu   qazishmalar   haqidagi   ma’lumotlar   nashr   qilinmagan.
Topilmajoy Zirabuloq tog’lari etaklaridagi shu nomli buloq bo’yida, Qo’tirbuloqdan
1,5   km   masofada   joylashgan.   Yodgorlik   hududida   uchta   qazishma   ishlari   amalga
oshirilgan.   Biroq   yodgorlikning   stratigrafiyasi   haqida   to’liq   ma’lumotlar   chop
etilmagan, faqatgina, madaniy qatlamlar o’rta asrlardayoq buzilib ketgan deyilgan,
xolos.   Hozirgi   tosh   davri   tarixshunosligida     Zirabuloqning   sanasi   bo’yicha   uning
tosh buyumlari tahlilidan kelib chiqqan 100 ming yildan 35 ming yilgacha bo’lgan
sana tilga olinadi.
Zirabuloqning industriyasi uchun bir taraflama ishlov berilgan gardishsimon
nukleuslar   odatiy   bo’lib,   parallel   va   qarama-qarshi   yo’nilgan   o’zaklar   ham
uchraydi.   Ikkilamchi   ishlov   berilgan   buyumlar   katta   qismni   tashkil   qiladi.   Kertik
qurollar   alohida   tilga   olinadi,   shuningdek,   so’nggi   paleolitga   xos   ko’rinishga   ega
qurollar   ham   uchraydi   (masalan,   qirg’ichchalar).   N.X.   Toshkenboyev   va   R.H.
Sulaymonovlar   Zirabuloqning   industriyasini   tahlil   qilish   asosida   yodgorlikni
Obiraxmat   tipiga   kiritganlar.   Taniqli   paleolitshunos   B.Sayfullayev   so’nggi   yillarda
Zirabuloq   yodgorligi   yuzasidan   tadqiqotlar   olib   bormoqda.   Yodgorlikda   qo’lga
kiritilgan   tosh   qurollarni   texnologik   va   tipologik   jihatddan   tadqiq   qilib   Zirabuloq
materiallarini   o’rta   paleolit,   so’nggi   paleolit   va   mezolit   davri   komplekslarga
ajratishni taklif qiladi. Qazish davomida shu narsa ma’lum bo’ldiki, makonning bir
qismi   qishloq   xo’jalik   maqsadida   o’zlashtirilganligi   tufayli   zarar   ko’rgan,   ammo
ayrim   joylarida   birlamchi   qatlamlar   saqlanganligi   asoslandi.   Madaniy   qatlamlar
bilan bog’liq tuproq qalinligi ayrim uchastkalarda 1 metrdan 1,5 metrgacha yetadi.
Qazishmalar   davomida   1000   dan   ziyod   tosh   buyumlar   qo’lga   kiritilgan   bo’lib,   bu
kolleksiya   tarkibida   har   xil   hajmdagi   o’zaklar,   qirg’ichlar,   nayza   tig’lari,
pichoqsimon   paraqalar,   randalarni   uchratish   mumkin.   Mehnat   qurollarining
yasalish texnik-texnologik xususiyatlariga qaraganda, bu makon muster davrining rivojlangan bosqichida vujudga kelgan. Bu manzara O’rta Zarafshon muster davri
madaniyatining   uzluksiz,   doimiy   rivojlanishda   bo’lganligidan   dalolat   beruvchi
omildir. Zirabuloq makoni manbalari ilk madaniyat tariximizni o’rganishda muhim
manba bo’lib hisoblanadi.
  Samarqand   hududidagi   so’nggi   paleolit   davri   yodgorliklari.   Siyobcha .
O’zbekistonda   yuqori   (so’nggi)   paleolit   bundan   40000-12000  yillar   avvalgi   davrni
o’z   ichiga   oladi.   Yodgorlikda   ilmiy   asosda   keng   ko’lamdagi   qazishma   ishlari   bilan
1958-1967 yillarda D.N.Lev, undan keyin esa M.Jo’raqulov shug’ullandi. D.N.Lev va
M.J.Jo’raqulovlarning   ta’kidlashicha,   yodgorlikda   tosh   qurollar   va   fauna
qoldiqlariga boy uchta madaniy qatlam ochilgan. Yodgorlik nafaqat O’zbekistonda,
balki   sobiq   Ittifoq,   Afg’oniston,   Pokistonda   keng   o’rganilgan   obyekt   sifatida
mashxurdir.   Ochilgan   uch   madaniy   qatlam   yer   sathidan   2-3,8   m.   chuqurlikda
bizgacha yetib kelgan. D.N.Lev yodgorlikni sinchkovlik bilan o’rgangan va u haqda
qator   to’g’ri   xulosalarga   kelgan.   Masalan,     manzilgoh   tosh   qurollari   orasida
mustye   davriga   xos   elementlarning   (chopperlarning)     mavjudligi,   uni   madaniy
rivojlanish  jihatidan   Sibir-xitoy  mintaqalari bilan  yaqindan  aloqada  bo’lganligidan
dalolat beradi, degan to’g’ri xulosaga kelgan.
Arxeologiya   olamidagi   Yaqin   Sharq   va   Yevropa   yodgorliklari   misolidagi
tasavvurga   ko’ra,   yuqori   paleolit   yodgorliklari   chopperlarsiz,   levallua   nukleuslari
va   kurakcha   (skrebel)   larsiz,   “toza”   holda   uchrashi   kerak.   Ammo   Samarqand
kompleksi   bu   jihatdan   klassik   Yevropa   yuqori   paleolitiga   o’xshamaydi.   Bu   joy
mehnat qurollari majmuasida arxaik elementlar hamda ilk mezolit qurollariga xos
ba’zi   bir   o’xshashliklarni   kuzatish   mumkin.   Bunday   holat   Sibir-xitoy   mintaqalari
komplekslariga xos bo’lib, ularni hatto O’rta Osiyoda mezolit davri yodgorliklarda
ham kuzatish mumkin. 
D.N.Lev   qarashlarida   ba’zi   bir   nuqsonlar   ham   ko’zga   tashlanadi.   Masalan,
uning   yozishicha,   1963-1965   yillarda   olib   borgan   qazishmalar   davomida,   go’yo   u
141   kv.m.   maydonni   egallagan   uy-joy   kompleksini   ochgan.   Afsuski,   muallif
hisobatida   xulosa   tegishli   chizma   va   foto   materiallar   hamda   matn   iboralari   bilan
tasdiqlanmaydi. D.N.Lev yana boshqa bir asarida «Samarqand manzilgohida uy-joy
o’rnining topilishi katta ahamiyat  kasb  etadi. Rejaga ko’ra, u to’g’ri  to’rt  burchak
shaklida.   Uning   maydonida   gulxan,   toshdan   qurol   ishlash   ustaxonasi,   mehnat
qurollari, oxra izlari, hayvon suyaklari uchraydi. Ta’kidlash joizki, biz o’rgangan uy
qoldi g’ i, - deydi D.N.Lev, - chashma qaynab nam qilgan terrasa asosida joylashgan.
U   yaxshi  saqlangan,   diametri   6-8  sm.   li   ustunchalarga   o’rnatilgan.   Terrasa   ustida
ustun   izlari   uchramaydi,   bu   yerto’laning   bir   qismi   bo’lishi   mumkin.   O’rganilgan
yerto’laning   maydoni   60   kv.m.»   Afsuski,   D.N.   Levning   bu   masalada   mutaxassis
olimlar   davrasidagi   axborati   tanqidiy   qarshi   olinib,   uning   noyob   Samarqand manzilgohida   olib   borgan   ayrim   kuzatuvlari,   ulardan   kelib   chiqadigan   ilmiy
xulosalar o’z tasdi g’ ini topmadi, uning bu va boshqa juz’iy ilmiy xatolari o’z vaqtida
shogirdi prof. M.J.Jo’raqulov tomonidan tahlil etildi. 
Samarqand   yuqori   paleolit   manzilgohi   yaqin-yaqinlargacha   O’rta   Osiyoda
yagona   noyob   yodgorlik   sifatida   o’rganilib   kelindi.   Makondan   qariyb   10   ming
nusxa   rivojlangan   so’nggi   paleolit   xarakter-xususiyatlarini   belgilaydigan   ashyolar
topilgan.   Bugungi   kunda   O’rta   Osiyoda   ularning   soni   30   dan   oshib   ketdi.
Arxeologik  materiallar   kompleksining originalligi  bilan   Xo’jag’or  manzili  (Farg’ona
vodiysi),   ko’p   qatlamli   Shug’nou   (Pomir   tog’i   Yaxsu   bo’yida)   yodgorligi,
shuningdek,   boy   mehnat   qurollari   bilan   ko’p   qatlamli   Ko’lbuloq   yodgorligining
yuqori qatlamlari (uchta arxeologik qatlam) mutaxassislar e’tiborini o’ziga tortgan.
Markaziy   Osiyoda   so’nggi   paleolitga   tegishli   san’at   namunalari   ham   Samarqand
makonidan topilgan. 12
Ta’ k idlash   joizki,   Samarqand   manzilgohida   paleoantropologik   materiallar
ham   topilgan.   1962   yilda   Samarqand   manzilgohini   qazish   vaqtida   Homo
sapiens odamiga tegishli bir necha tish, yelka suyagining bo’lagi va 9 ta tishi
bilan pastki jag’ suyagi topildi. Antropolog V.V.Ginzburgning aniqlashicha, bu
suyaklar   25-30   yoshlar   chamasidagi   ayolga   tegishli   bo’lgan.   1966   yilda   10ta
tishi bilan 30-35 yoshlardagi erkakning (V.V.Ginzburg va I.I.Goxman xulosasi)
jag’ suyagi topilgan. 1970 yilda yer sathidan 240 sm chuqurlikdan odamning
boldir   suyagi   topildi.   Garchi   uning   yaqinidan,   qo’zg’atilgan   madaniy
qatlamdan   yuqori   paleolit   davri   tosh   qurollari   va   ba’zi   bir   sopol   parchalari
uchratilgan   bo’lsada,   topilma   mualliflari   odam   boldir   suyagini   saqlanish
xarakteriga ko’ra, uni Homo sapiens vakiliga tegishli ekanligini tasdiqlaydilar.
Shu jihatdan ham Samarqand manzilgohining O’rta Osiyo hududlarida yuqori
paleolit muammolarini o’rganishda o’rni va roli kattadir.
II bob.Samarqand eneolit, bronza, ilk temirdavri yodgorliklari.
Ma’lumki,   kishilik   tarixi   ibtidoiy   davri   jamoalari   moddiy   madaniyatini
o’rganishda   paleoekologik,   landshaft-iqlim   sharoitlar   muhim   ahamiyat   kasb
12
   Djurakulova D. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda paleolit davrining o’rganilishi. T-2019.,   :  5-
80-betlar etadi.Shu nuqtai nazardan O’zbekiston hududi neolit davri jamoalari moddiy
madaniyati   tadqiqotida   bir-biridan   farq   qiladigan   uchta   mintaqa   kuzatilgan:
Amudaryo   va  Zarafshon   etaklari  qadimgi  havzalari;   Ustyurt   va  Qizilqumning
ichki cho’l hududlari; tog’ va tog’ yon bag’ri vohalari (O’rta Zarafshon vohasi,
Markaziy   Farg’ona   vodiysi).   O’zbekiston   sarhadlarida   mezolit   davrining
so’nggi bosqichlari va neolit davri (mil. avv. VIII-VII ming yillikdan boshlab to
III   ming   yillikkacha)   mobaynida   tosh   asri   oldingi   taraqqiyot   bosqichiga
(paleolit   davri)   nisbatan   odamzod   yashashi   uchun   qulay   ekologik,   iqlimiy
sharoit   bo’lganligi   tadqiqotlarda   aniqlangan.   Shu   bois   zikr   etilgan   hududlar
neolit   jamoalari   tomonidan   nisbatan   jadallik   bilan   o’zlashtirilgan.   Buni
Ustyurt   platosi,   Qizilqum   ichki   hududlari,   Amudaryo   va   Zarafshon   etaklari
qadimgi   o’zanlari   bo’ylab   bir   necha   yuzlab   mezolit-neolit   davriga   oid
makonlar   topilishi   yaqqol   ko’rsatib   turibdi.   Aniqrog’i,ko’p   sonli   bu   ibtidoiy
jamoalar makonlario’sha tarixiy davrning, odamzod iste’mol qilishiga yaroqli
bo’lgan chuchuk suv manbalari bilan bog’liq bo’lgan. Lekin, bu sarhadlarning
hozirgi zamon  fiziko-geografik sharoiti o’sha tarixiy davrlar  sharoitiga o’zaro
mos   kelmaydi.   Janubi-G’arbiy   Qizilqum,   Lavlakan   hududlarida   amalga
oshirilgan   geoximik,   geologik,   geomorfologik   tadqiqotlar   natijasida   qo’lga
kiritilgan   ma’lumotlar   o’sha   davr   (mezolit   oxiri   –   neolit   davri)   iqlim   sharoiti
hozirgi   davrga   nisbatan   salqinroq,   havo   namligi   bir   necha   barobar   yuqori
bo’lganligini   ko’rsatdi.   Mezolit-neolit   davrlari   iqlim   sharoiti   O’rta   Osiyo
arxeologiyasida   «Lavlakan   namgarchiligi»   deb   nom   olgan.   Mezolit-neolit
davrlarning   bu   boradagi   ma’lumotlari   Qizilqumning   boshqa   hududlari,
Ustyurt,   O’rta   Osiyoning   tog’   va   tog’   yon   bag’ri   hududlarida   kompleks
ravishda   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   jarayonida   ham   qo’lga   kiritilgan.
Shuningdek,O’rta   Osiyoning   pasttekislik   mintaqasida   ham   o’zgacha   fiziko-
geografik, iqlim sharoiti bo’lganligi, ya’ni yillik  namgarchilik 250 dan to 400-
450   mm   gacha   bo’lib,   iyul   oyidagi   o’rtacha   harorat   +21 0
  -   +23 0
  ni   tashkil
etganligi   aniqlangan.   Bu   namgarchilikda,   hozir   cho’l   qiyofasida   bo’lgan
pasttekisliklarda  kichik   havzali   ko’llar,  buloqlar   bo’lgan,  yer   osti  sizot   suvlari
yer   sathiga  yaqin   bo’lgan,  xullas,  odamzod   iste’mol   qilishiga  yaroqli   bo’lgan
chuchuk suvlar manbai  mo’l  bo’lgan. Shu sababli, yer maydoni sathlari  ham
qalin   o’t-o’lan,   butoqli   o’simliklar   bilan   qoplangan.   Tog’,   tog’   yon   bag’ri
vohalarida tabiiy sharoit ham o’ziga xos bo’lib, suv bilan ta’minlanish darajasi
yuqori, o’simlik va hayvonot dunyosi ham boyroq bo’lgan. Sazog’on   I   makoni.   O’rta   Zarafshon   vohasi   mezolit   jamoalari   moddiy
madaniyatini   yoritishda   Sazog’on   I   makoni   tadqiqoti   natijasida   qo’lga
kiritilgan   arxeologik   manbalar   ahamiyati   muhim   hisoblanadi.   Makon   O’rta
Zarafshon  vohasi Qoratepa tog’ massivi  shimoliy yon  bag’ridan  voha tomon
o’z   suvini   oqizib   chiquvchi   yirik   soylardan   biri   bo’lgan   Sazog’onsoy   yon
qayirida joylashgan (Samarqand viloyati, Nurobod tumani Sazog’on qishlog’i
yuqori   qismida).   Makon   kashf   etilishi   Samarqand   Davlat   Universiteti
arxeologik   ekspedisiyasi   tadqiqotlari   bilan   bog’liq   bo’lib,   makonda   1967-68
yillari   D.N.Lev,   1969-1977   yillar   maboyinida   M.J.   Djuraqulov   rahbarligida
arxeologik   tadqiqot   ishlari   amalga   oshirilgan.   Hammasi   bo’lib   100   metr
kvadratdan   ortiqroq   maydon   sathida   madaniy   qatlam   ochilib,   2,5   mingdan
ortiq   arxeologik   ashyoviy   dalillar   qo’lga   kiritilgan.   Makon   tosh   industriyasi
Uchirindili   paraqali   industriya   bo’lib,  tosh   qurollari   tipologik   tahlili   uni   O’rta
Osiyo   tog’   mintaqasi   mezolit-neolit   jamolari   moddiy   madaniyatiga
o’xshashligini ko’rsatdi.  
Jom arxeologik kompleksi.
Bronza   davriga   kelganda   Zarafshon   vodiysining   o’rta   havzasi   ibtidoiy
ajdodlar tomonidan keng o’zlashtirilgan rayonlardan biri bo’lib qoldi. Bir tomonda
Zarafshon  vodiysini  janubiy  mintaqalar   bilan  bog’lovchi  Jom  savdo  yo’li  yoqasida
Jom   savdo   karvon   saroylari   va   feruza   tosh   konlari,   ular   bilan   bog’liq   turli   etnik
guruh   vakillarining   qabristoni   (Galasherik)   paydo   bo’ladi,   ikkinchi   tomonda
Zarafshon   yoqalab   diniy   memorial   kompleksi   (Jukov),   ruda   eritish,   metall
xomashyosini ishlab chiqarishga  moslashgan qishloqlar (To’qayli) va nihoyat davr
so’nggida qadimgi shaharlar (Ko’ktepa, Afrosiyob) qad ko’taradi.
Samarqand   So’g’didan   Kesh-Naxshob   So’g’diga   olib   boruvchi   qadimgi   savdo-
karvon yo’li Jom dashti orqali o’tgan bo’lib, Jom qishlog’i bu yo’l yoqasidagi tranzit savdo
punkti   sifatida   juda   qadimiydir.   Keyingi   o’n-o’n   besh   yil   davomida   Jom   qishlog’i
territoriyasidan   6   joydan   bronza   davriga   oid   ajdodlarimizning   moddiy   madaniyat   izlari
topib o’rganildi.  Ularning  deyarli ko’pchiligi  Jom qishlog’ini  oralab  o’tgan   Jomsoy bilan
bog’liq   bo’lib,   uning   o’zani   Eski   Anxor   kanaliga   ulanib   ketgan.   Eski   Anxor   kanali   esa
qadimiy  o’zan   ustiga   qurilgan.   Ehtimol,  Eski  Anxor   kanaliga   asos  bo’lgan   ana   shu  o’zan
qachonlardir   Jomsoyning   davomi   bo’lgandir   бJom   arxeologik   kompleksiga   kirgan
yodgorliklardan   biri   Galasherik   tepaligiga   joylashgan   bronza   davri   qabristoni   bo’lib,   bu
joydan   turli   yillarda,   uning   3   gektarlik   maydonidan,   uni   turli   maqsadlarda   o’zlashtirish
vaqtida  4 ta qabr topilgan. 
Galasherik qabristoni.   Qabr № 1 1994 yilda uyga  fundament qazish vaqtida, yer
sathidan  2 m. chuqurlikdan    topilgan. Mualliflarning  yozishiga qaraganda, qabrdan  qizil
sirli sopol parchalari, o’roqsimon bronza quroli, disksimon bronza ko’zgusi va bargsimon shaklli   bronza   to’g’nag’ich   topilgan.№2   qabr       1997   yilda   uy   qurilishi   vaqtida   1,9   m.
chuqurlikdan topilgan. Mualliflarning yozishicha, kulolchilik charxida yasalgan sharsimon
xurmacha, dastasi va ko’zgusi aylanasi bo’ylab naqshlangan bronza oyna va shoxdor oxu
haykalli   bronza   to’g’nag’ich   bir   joydan   topilgan.   Ulardan   3   metrcha   sharqda
fundamentga   qazilgan   chuqur   chetining   kesmasida   bo’g’zi   ostida   ikkita   teshikli   bikonik
shaklida yana bir sopol idish va kukunga aylangan odam suyak izlari va bir necha tishlar
uchratilgan.   Mualliflar  ularni ng  barchasini bir qabrga tegishli degan fikrni olga suradilar.
Ammo   bizningcha,   bu   topilmalar   ikkita   qabrga   tegishli.   Chunki   birinchidan,   mualliflar
mozorni   mutaxassis   sifatida   o’zlari   qazishmagan.   Ular   bergan   ma’lumotlar   uy   egasi
B.Rasulov   so’zlariga   asoslangan.   Ikkinchidan,   odam   suyak   izlari   va   bikonik   shaklidagi
sopol   chuqurcha   chetining   kesmasida   bo’lib,   B.Rasulov   ikkinchi   mozorni   to’liq
ochmagan.   Bir   joydan   topilgan   uch   predmetga   tegishli   qabr   suyaklari   esa,   kukunga
aylanib,   uni   B.Rasulov   yo   sezmagan   yoki   u   haqda   mualliflarga   tegishli   ma’lumot
bermagan. Shu   xususiyatlar   asosida   Sazog’on   I   makoni   mezolit   davri   so’nggi
bosqichlari   va   ilk   neolit   jamoalariga   tegishli   ekanligi   aniqlandi.   Eng   qizig’i   makon
tosh   industriyasida   Samarqand   so’ngi   paleolit   yodgorligi   tosh   qurollariga   xos
bo’lgan qurollarga ishlov berish texnologik uslublari an’analari saqlanib qolganligi
holatini kuzatilishi bo’ldi. Bu xususiyat madaniyatlar kelib chiqishi ildizi masalasini
oydinlashtirishda muhim omil bulib xizmat kilishi mumkin .
6 . Andronova-tozabog’yob madaniyati tipidagi yodgorliklar kompleksi
Miloddan   avvalgi   II-ming   yillikning   o’rtalaridan   Zarafshon   daryosining   quyi
havzalarida  Zamonbobo  madaniyatidan  tubdan  farq   qiluvchi  va  uning   o’rnini  egallagan
dasht   mintaqalarining   tozabog’yob   tipidagi   andronova   madaniyati     qabilalari   paydo
bo’ladi 
Mo’minobod   qabristoni.   Ushbu   qabriston   1965   yilda   Samarqand   viloyati   Urgut
tumani Mo’minobod qishlog’ining fuqarosi M.Toshev o’z tomorqasida uzum ko’chatlari
ekish   uchun   chuqurchalar   qoziyotgan   paytda   topilgan.   U   bergan   ma’lumotga   ko’ra,
qabrda   odam   skeleti   chap   biqini   bilan   oyoq-qo’llari   bukilgan   holda   uchratilgan.
Skeletning   bosh   tomonida   ikkita   sopol   ko’zacha,   ko’krak   qafasi   bo’shligida   ko’p   sonli
munchoqlar,   quloq   qismida   bronza   sirg’a,   bilagida   qo’sholoq   bilaguzuklar   va   oltin   suvi
berilgan   halqalar,   bronza   oyna   va   boshqa   qator   matolar   yotganini   kuzatadi.   M.Toshev
1966 yil bahorida Samarqand universitetiga kelib, arxeologlarga uchraydi. Shundan so’ng
arxeolog   D.N.Lev   Mo’minobodga   otlanib,   darhol   obyektga   yetib   keladi.   Mo’minobod
qabristonini   o’rganish   ishi   bilan   o’sha   yili   (1966   y.)   kuzda   A.Asqarov   shug’ullanib,   u
joydan   yana   4   ta   qabr   ochadi.   Chakka   qabristoni.   Ushbu   qabriston   1975   yilda
Samarqanddan 9 km g’arbda, Zarafshon daryosining chap qirg’ogida Chakka qishlog’ida
X.Doniyorovning   hovlisidan   topilgan.   U   1975   va   1977   yillarda   arxeolog   Ya.K.Krikis
tomonidan  o’rganilgan.   X.Doniyorov  hovlisidagi  baland-pastliklarni   buldozer  yordamida
tekislash paytida usti ochilib qolgan qadimgi mozorga duch keladi. Bu haqda Samarqand
o’lkashunoslik   muzeyiga   xabar   qiladi.   Muzey   xodimi   Ya.K   Krikis   esa   darhol   uni
o’rganishga   qirishib,   214   kvadrat   metr   maydondan   4   ta   qabr   topib,   ularni   tekshirishga kirishadi.                   Chakka   qabristonida   2 ,   3 - qabrlar   yaxshi   saqlangan.   1,   4 - qabrlarning
saqlanish   holati   yomon.   U   buldozer   bilan   yer   surish   vaqtida   buzilib   ketgan.   Yaxshi
saqlangan   qabrlardan   biri   mozor   №   2   bo’lib,   u   to’rtburchak   shaklida,   uning   maydoni
1,75x,85   sm.   Buldozer   kuragidan   so’ng   tekislangan   maydon   yuzasidan   40   sm
chuqurlikdan   topilgan.   Tabiiy   yer   satxidan   esa     skelet   170   sm   chuqurlikda     yotibdi.
Qabrga  ayol kishi qo’yilgan, u chap  biqini bilan, boshi shimoliy-sharqqa  qaratilib, oyoq-
qo’llari   bukilgan   holda   ko’milgan.   Marhumaning   bosh   tomoniga   2ta   sopol   idish   bi r -
birlariga qiydirib  qo’yilgan. Jasad  bosh chanog’ining  chap  va o’ng tomonida ustiga oltin
suvi   yurgizilgan   beshtadan     spiralsimon   bronza   shokila   bo’lgan.   Qo’llarida,   ya’ni   bilak
suyaklarida uchtadan, hammasi bo’lib 6 ta bronza bilaguzuklar bo’lgan. Jasad skeletining
belida   yupqa   yolpoq   tasmasimon   bronza   bo’laklari   (bukilgan   halqachalar)   tizmasidan
iborat belbog’i bo’lgan. Jasadning boldir suyagi atrofida  (o’ng oyoqda 38ta, chap oyoqda
41ta)   mayda   bronza   munchoqlar   topilgan.       Soyig’us   mozori.   1980   yillarda   Urgut
tumanining Soyig’us qishlog’ida shaxsiy xo’jalik tomorqasida chuqur qazish vaqtida  oval
shaklidagi chuqurchada  oyoq-qo’llari buklanib, chap yoni bilan yotqizilgan odam skeleti
topiladi.   Skeletning   bilak   suyagida   bronza   listdan   ishlangan   bilaguzuk,   ko’krak   kafasi
ustida silindrokonus shaklida bronzadan ishlangan munchoqlar, oyoq suyagida bir shoda
bronza biser-munchoq bo’lgan. Skeletning bosh tomonida bitta tuvaksimon sopol idish,
ko’krak   suyaklari   yaqinida   jez   oyna     topilgan.   Skeletning   yotish   holati,   uning   qo’l
suyagidan   topilgan   bilaguzuk   hamda   mozordan   topilgan   sopol   idish   va   uning   sirtki
naqshiga ko’ra, ushbu qabrni bronza davri dasht qabilalari madaniyatiga tegishli, degan
xulosaga kelish mumkin. 
Siyob   mozori.     Qabr   Samarqand   shahrida,   Siyob   soyining     chap   qirg’ogida,
Afrosiyob tepaligining sharqiy darvozasi yaqinidan, 1977 yilda Afrosiyob tashqi devorlari
ta’miri   bilan   shug’ullanayotgan   quruvchilar   tomonidan   topilgan.   Shu   yili   SamDU
arxeologlari   uni   o’rganish   bilan   shug’ullanadilar.   Qabr   tadqiqotchilarining   bergan
ma’lumotlariga   ko’ra,   maydoni   1,75x1,55   sm.   li   chuqurchada   oyoq-qo’llari   buklanib,
chap   tomoni   bilan   yotqizilgan     odam     skeleti   topilgan.   Skelet   bosh   chanog’ining   o’ng
tomonida, pastki jag’ suyagi ustida sakkiz soni shaklida, o’rtasi botiq bronza tasmasidan
yasalgan   shokila-sirg’a,   xuddi   shunday   ikkinchi   shokila   yonoq   suyagining   ostidan
topilgan.   Skelet   qo’l   suyaklarida   tasmasimon   bronza   listidan   yasalgan   bilaguzuklar,   bir
barmoq suyagida esa burama ko’zli uzuk topilgan. Skeletning bo’yin bo’shligi va ko’krak
kafasi   suyaklari   ustida   feruza   toshidan   yasalgan   rombisimon   munchoqlar,   shuningdek,
feruza va aqiqdan ishlangan munchoqlar hamda giltoshdan yasalib, usti kertikli chiziqlar
bilan   bezatilgan   marjonlar   topilgan.   Qabr   ichida   yotgan   sopollarni   quruvchilar   boylik
qidirib sindirib tashlashgan. Sopol idishlarning saqlanib qolgan bo’laklaridagi naqshlarga
qaraganda,   qabr     dasht   qabilalari   madaniyatining   ilk   bosqichiga,   ya’ni   petrov-olaqo’l
sopollariga   o’xshab   ketadi.   Mozordan   topilgan   feruza,   aqiq   toshlaridan   yasalgan
munchoqlar   shakli   –   shamoyili   ham   davriy   sanasi   jihatidan   bu   fikrni   tasdiqlaydi.
Miloddan   avvalgi   II-ming   yillik   o’rtalarida   Sarazmda   yuz   bergan   iqtisodiy   va   siyosiy
inqirozdan   so’ng   Zarafshon   vodiysida   ilk   bor   qad   ko’targan   qadimgi   dehqonchilik
madaniyatiga   tegishli   shahar     Ko’ktepa   bo’lib,   u   Poyariq   tumanining   markazi   Chelak shahridan   5   km.   lar   chamasi   janubiy-sharqda,   Batrak   va   Chandir   qishloqlari   oralig’idan
1988 yilda topilgan.
              Yodgorlik   deyarli   kvadrat   shaklida   bo’lib,   uning   maydoni   23   gektar.   Yodgorlik
toporelyefiga ko’ra, uni o’rab olgan mudofaa devor chiziqlari va darvoza o’rinlari yaqqol
ko’zga   tashlanadi.   Uning   Bulung’ur   kanaliga   parallel   egarsimon   shaklida   saqlangan
janubiy   darvozasi   qarshisida     monumental   bino   qoldiqlari   bor,   bu   qal’aga   olib   kiruvchi
asosiy   darvoza   bo’lishi   mumkin.   Janubiy   devorning   g’arbiy   burchagida   yana   bir   qal’aga
kirish   eshigi,   sharqiy   burchagida   esa   uchinchi   eshik   o’rni   bor.   Biroq   ular   markaziy
darvozadan   ancha   kichkina.   Sharqiy   devorning   janubiy   qismida   yana   bir   darvoza   o’rni
bo’lib, bu eshik o’rni to’ppa-to’g’ri qandaydir monumental binolar qoldig’iga olib boradi. 
Yodgorlikning   shimoliy-g’arbiy   burchagida   ikkita   minora,   markaziy   darvoza
yaqinida   yana   ikkita   minora   o’rni   saqlangan.   Yodgorlik   shimoliy   devorining   markazida
joylashgan   darvoza   ikkita   yirik   minoralar   bilan   mustahkamlangan.   Shimoliy   da r voza
shaharni suv bilan ta’minlab turgan   kanal   bilan bog’langan. Shaharga shimol tomondan
suv   olib   kirgan   kanal   bo’ylab   yo’l   o’tgan.   Bularning   barchasi   yodgorlik   relyefida   aniq
ko’zga tashlanadi. 
Yodgorlik   maydonida   ayniqsa   ikkita   tepalik   o’z   kattaligi   bilan   ajralib   turadi.
Ulardan   biri   qal’a   markazida   joylashgan   bosh   otashgoh   o’rni   bo’lishi   mumkin.   Unga
yodgorlikdan ekin maydoni sifatida foydalangan mahalliy aholi putur yetkazgan. Natijada
uning   kesmasida     2   metr   balandlikda   saqlangan   platforma   g’ishtlari   ochilib   yotibdi.
Shunday   g’ishtlar   Afrosiyobning   ko’yi   qatlamida   ham   uchraydi.   Garchi   tepalikning   aniq
razmeri   bizgacha   saqlanmagan   bo’lmasada,   u   taxminan   70x70   kvadrat   metrni   tashkil
etadi. Markaziy  darvoza  bilan  ushbu  obyekt oralig’ida  hyech qanday  monumental bino
qoldig’i   uchramaydi,   aksincha   janubiy   darvozadan   tepalik   tomon   bir   tekisda   ko’tarilib
borgan  pandusni kuzatish mumkin.  
Yodgorlik   markazini   egallagan   bino   qoldig’i   qazishma   muallifi
M.X.Isamiddinovning   tahliliy   xulosasiga   ko’ra,   zardushtiylik   ibodatxonasi   bo’lishi
mumkin.   Chunki   u   yodgorlik   markazida   joylashgan   baland   platformaning   ustida   qad
ko’targan. Bu joyda o’tkazilgan qazishma natijalariga ko’ra, platforma ostidan olov bilan
bog’liq   qandaydir   qurilma   qoldiqlari   saqlangan   bo’lib,   uni   diniy   xarakteridan   dalolat
beradi.   M.X.Isamiddinovning   bu   ilmiy   farazini   biz   tahsinga   sazovor   kuzatuv   deb
hisoblaymiz.
Yodgorlik   maydonida   ko’zga   tashlangan   ikkinchi   yirik   tepalik   uning   janubiy-
sharqiga  joylashgan  bo’lib, u ikki yarusli, maydoni 200x100 m. Uning  sharqiy  tomonida
balandligi   10   m.dan   kam   bo’lmagan   qandaydir   monumental   bino   qoldig’i   uchraydi.   U
to’g’ri   to’rtburchak   shaklida,   razmeri   100x80   m.,   unga   g’arb   tomondan   taxminan
shuncha kattalikdagi maydon tutashgan.  Uning mudofaa xarakterini aniqlash maqsadida
solingan   shurflar   kesmasida   monumental   bino   atrofi   2 -2,5   m.   q alinlikdagi   devor   bilan
o’rab   olinganligi   ma’lum   bo’lgan.   Qazishma   muallifi   M.X.Isamiddinov   ushbu   obyektni
shahar   hokimining   rezidensiyasi   bo’lsa   kerak   degan   to’g’ri   xulosaga   keladi.   O’tgan asrning   70   yillarida   kosmosdan   olingan   aerofoto   suratlarida   ham   bu   ikki   tepalik   aniq
ko’zga tashlanadi.
Bulardan tashqari yodgorlik maydonida uncha baland bo’lmagan yolg’iz va yaxlit,
uzluksiz   davom   etuvchi   tepaliklar   mavjudki,   ular   ayniqsa   shahar   mudofaa   devorlari
yaqinida   yaxshi   ajralib   turadi.   Bular   aholining   turar-joy   massivlari,   hunarmandchilik
ustaxonalarining   qoldiqlaridir.   Qalaga   kirish   darvozalari   yaqinida   pastlik-maydonlar,
ulardan   tepaliklar   tomon   ketgan   ko’cha   izlari   ham   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Ellinizm
davridagi   Samarqandning   mudofaa   devorlari.   Oldingi   boblarda   ko’rib
chiqqanimzdek,   qadimgi   davrlardan   boshlab   Samarqandning   mudofaa   devorlari   uch
marta   qayta   qurilgan.   Bu   holat   urbanizasiya   jarayonlari,   shahar   qurilishi   hamda   uning
gullab yashnashi va tushkinlikka uchrashi bilan bog’liqdir. 
Ellinistik   davrda   fortifikasiya   sistemasi   hali   qadimgi   so’g’d   davrlarida   paydo
bo’lgan   yo’lak   galereya   tipida   qurilishi   davom   ettirilgan.   Shzbek   Fransuz   ekspedisiyasi
boshlangan   davrlardanoq   Afrosiyobning   fortifikasiyasini   o’rganish   ishlari   olib   borildi.
Natijada,   ellinistik   davrning   ichida   bir   nechta   fortifikasion   bosqichlarni   ajratish   imkoni
tug’ildi.   Hozirda   A.   Makedonskiy   davridagi   eng   qadimgi   devor   qoldiqlari   Buxoro
darvozasi   atrofidan   topilgan.   Bu   yerda   hali   devorlar   qurilishida   tabiiy   relef   bilan
hisoblashishgan. Qadimgi so’g’dlar davrida bu yerdagi ikkita tepalik yaxshilab yo’nilib,
darvoza   sifatida   foydalanilgan.   Eni   2   m   keladigan   ushbu   darvozaga   ikki   tomondan
mudofaa devorlari kelib tutashgan.
Buxoro   darvozasi   hududida   mudofaa   devorlarining   ikkita   qurilish   bosqichi
aniqlangan.     Ushbu   ellinistik   devor   qurilishining   ikkinchi   bosqichida   er.av.   2   asrlarga
kelib, deyarli yangidan qurilgan. Yangi devorni qurish uchun eski devor kapital ta’mirdan
chiqarilgan.   Qalinligi   50   70   sm   va   eni   8   10   m   bo’lgan   galka   aralash   paxsa   fundament
qilingan.   Ushbu   fundamentning   ustidan   yo’lak   galereya   tipidagi   yangi   mudofaa   devori
bunyod   etilgan.   Ushbu   har   ikkala   devor   o’rtalig’ida   ko’chma   narvon   orqali   o’tilgan.
Tashqariga   bo’rtib   chiqqan   bastionli   bunday   devorlarning   O’rta   Osiyoda   o’xshashi
yo’qdir. 
Bu   devordagi   maxfiy   kirish   joyining   xojsimon   shakli   va   uning   markazida
qaroulxonalarning bo’lishi biroz shahar darvozasini eslatadi. Janub va shimol taraflardagi
kirish joylari oralig’idagi pol sathi deyarli 1 m gacha chuqurroqdir. Bu mahalliy relefning
oqilona   foydalanilishi   bo’lib,   qurilish   oldindan   planlashtirilgan   reja     asosida   amalga
oshirilgan. 
O’rta   Osiyodagi   boshqa   shaharlardagi   kabi   darvozalarning   Afrosiyobda   ham
himoya   funksiyalari   juda   kuchli   bo’lgan.   Shuning   uchun   ham,   bu   yerda   antik   davr
fortifikasiyasi kuchli bo’lgan.
Shimoliy darvozaning qoravulxonasi er. av. III asrda vayron bo’lgan va bu aftidan,
yuqori   qatlamdagi   galereya   vaznining   og’irligidan   buzilgan   (ustiga   qulab   tushgan).
Qoravulhonadan yuqoridan qulab tushgan tuproq va chiqitlar saqlangan. Biroq, bu yerda
boy sopol idishlar to’lami topilgan. 
Shunday   qilib,   Afrosiyobda   ellinistik   devorlarning   paydo   bo’lishidan   oldin   ham,
A.   Makedonskiy   bosqinidan   keyingi   devorlar   qoldiqlari   saqlanib   qolgan.   Ammo,   bu
qadimgi devor qoldiqlari Afrosiyobda faqat Buxoro darvozasi atrofida kuzatiladi. 
Hozirda   Afrosiyobdagi   mudofaa   sistemasining   stratigrafisi   ikkinchi   ellinistik
devorni   sanalash   imkonini   beradi.   Ushbu   devorni   S.K.   Kabanov   Afrosiyobning   shimoli
sharqidan topib o’rgangan va er.av. 2 asrlar, ya’ni Grek Baqtriya podsholigining qulashi
arafasi bilan sanalagan.    Buxoro darvozasida olib borilgan qazishmalarda devorning faqat fundamentigina
saqlanib   qolgan   va   u   loy   hamda   galkalar   aralashmasidan   ishlangan.   Bu   yerdagi
fundamentning yo’nalishiga ko’ra galereyaning shaklini aniqlash imkoni tug’ildi. 
Oxirgi   devor   avvalgilaridan   nimasi   bilan   farq   qiladi?   Keyingi   devorning   asosiy
farqi avvalgi devorlar uchun xarakterli bo’lgan yirik minoralar, bastionlar va boshqa yirik
qurilmalarining yo’qligidadir. 
Yuqorida aytilgan konsipuksiyalarning o’rniga keyingi devorda uni ichki va tashqi
tomondan   bezab   turgan   reshulyar   va   simmetrik   qilib   o’tkazilgan   uyinlari   mavjud.   bu
devorning   yana   bir   asosiy   farqi,   unda   endi   axmoniylar   davridagidek   to’rtburchak   va
yolg’on   boynisalari   o’rniga   haqiqiy   boynisalar   paydo   bo’lishidadir.   Bu   devorning
avvalgilaridan   yana   bir   farqi   shundaki,   endi   mudofaa   devorlari,   minoralar   va   ark
devorlarining   tagiga   mustahkam   fundament   yotqizilishidadir.   Ushbu   platformalarda
uloqtiriladigan qurollar uchun maydonchalar qoldiriladi. 
Mudofaa  inshoatlariga,  moddiy  madaniyatga  va  aholining  maishiy  hayotiga  kirib
kelgan ellinistik va boshqa o’zgarishlar qadimgi so’g’dning shaharlari hamda qishloqlari
mudofaa tizimini yanada mustahkamladi.
Ko’pgina shaharlarning, jumladan, Samarqandning qurilish ishlarida grek ustalari
mehnat   qildi.   Bu   holat   ayniqsa,   mudofaa   devorlari   qurilishida   ko’rinib   turadi:   devorlar
aniq simmetriya va har bir g’isht mohirlik bilan teriladi.  
Shunday   qilib,   O’rta   Osiyo   Aleksandr   Makedonskiy   tomonidan   egallanganidan
keyin   bu   yerlarda   ellinistik   ta’sir   doirasi   kengaydi.   Ellinistik   ta’sir   natijasida   alohida
arxitektura   elementlari   paydo   bo’ldi.   Xususan,   so’g’d   hududida   aynan   A.   Makedonskiy
yurishlari  boshlangan vaqtdagi greklar arxitekturasi uchun xos bo’lgan to’g’ri  burchakli
minoralar kirib keldi. 
O’rta   Osiyo   hududlarining   yirik   imperiyalar   tarkibiga,   davstlab   Ahmoniylar,
so’ngra   Aleksandr  Makedonskiy   tuzgan   imperiya   tarkibiga   va   keyinchalik   Salavkiylar   va
Grek   Baqtriylar   davlatlari   tarkibida   bo’lishi   o’zaro   madaniyatlarning   aralashuvi   uchun
qulay zamin hozirladi.  
Samarqand   shahrining   ichki   tuzilishi.   Afrosiyob   saroyini   o’rshganish   ishlari
o’tgan   asrning   70-yillarida   O.N.   Inevatkina   tomonidan   boshlangan   edi.   P.   Bernar
tomonidan afrosiyobning shimoliy qismida A. Makkedonskiy tarixchilari asarlarida tilga
olingan “Akra” mavjud bo’lishi kerak, degan fikr ilgari surildi. 
A.   Makedonskiyning   tarixchilariyoq   Maroqandning   ikki   qismdan   iboratligini
ta’kidlaganlar.   Ular   saroyning,   ya’ni   akraning   mavjudlini   va   u   boshqa   bir   devor   bilan
o’ralganligini  qayd  etganlar. Ushbu manbalarda  Aleksandrning Maroqanddan  ketishi  va
bu yerdagi saroyda o’z qo’shinini qoldirgani aytilgan. Oradan bir qancha vaqt o’tganidan
so’ng Spitamen ushbu saroydagi qo’shinni o’rab olgan. 
Maroqand saroyi Klitning o’limi haqidagi voqyealarda ham tilga olinadi. Dionisga
bag’ishlangan ziyofat vaqtida Ptolomey Lag Klitni saroy tashqarisiga shimol tomondagi
jarlikga   olib   chiqadi   (Aristobul,   fr.   29).   Shunday   qilib,   manbalarda   Maroqandning   ikki
qismdan   iboratligi,   saroy,   ark   va   jarlikning   hamda   alohida   devorlarning   mavjud
bo’lganligi aniq ifodalangan.  
Saroyning   relefiga   ko’ra,   u   to’rtta   qismga:   ikki   qismdan   iborat   ark,   ko’shk   va
arkning quyi maydoniga bo’linadi. Ulardan g’arbroqda esa, ibodatxona maydoni mavjud.
qadimgi saroy hududida ikkita pastlik bo’lgan va ulardan birinchisi undan g’arb tomonda,
ikkinchi pastlik esa, ark qo’rg’onidan shimolroqda joylashgan.  Ushbu   hududning   defrli   yarmini   sharq   tomonda   maydonga   ega   bo’lgan   ark
egallagan.   O.N.   Inevatkinaning   fikricha,   davstavval   sharqiy   maydon   pastki   qismining
relefi tekis bo’lmagan, balki uning markazida 4 m keladigan chuqurlik bo’lgan. 
O.N.   Inevatkina   tomonidan   arkda   temirchilik   hamda   zargarlik   ishlab   chiqarishi
yo’lga qo’yilganligi aniqlangan. Ark hududida bunday ishlab chiqarish ishlari bilan er.av.
I   ming   yilliklarning   o’rtalaridan   boshlab   shug’ullanganlar.   Qasrga   kirish   shimoliy
tarafdan   amalga   oshirilgan.   Arkka   ikkinchi   kirish   joyi   quyi   maydonning   janubi   sharqiy
tomonida   bo’lgan.   Shahar   topografiyasiga   ko’ra,   ark   ibodatxonadan   katta   jarlik   bilan
ajratilgan va bu joy ehtimol, devorlar qurilishi davrida loy olish natijasida hosil bo’lgan.
O.N. Inevatkinaning fikricha, bu yerdan qadimda Siyob arig’ining irmoqlaridan biri oqib
o’tgan. 
Afrosiyob   1   davrida   ko’shkda   platforma   qurilgan   va   ayrim   qurilmalar   mavjud
bo’lgan.   qurilish   ishlarida   shag’al   toshlardan   foydalanilgan   va   ulardan   ortib   qolganlari
hosil bo’lgan o’ralarga tashlab yuborilgan. 
Er.av.   2   3   asrlarda   ko’shkda   katta   qurilish   ishlari   amalga   oshirilgan.   Bu   yerdan
ko’shkni   o’rab   olgan   aylanma   yo’lakning   g’arbiy   yuzasi   ochib   o’rganildi.   Bu   davrlarda
qurilmalarning   tomi   cherepisiya   bilan,   poli   esa   yirik   qum   bilan   to’shalgan   bo’lgan.
ko’shkning umumiy maydoni 75x75 m ni tashkil qiladi. 
Eramizning   I   asrlaridan   boshlab   ko’shkda   ikkita   yirik   bino   mavjkud   bo’lganligi
qayd qilingan. Birinchi binodan faqat platformasigina saqlanib qolgan. Ikkinchi bino esa,
2 va 3 asrlarda qurilgan bo’lib, bir necha bor ta’mirlashlar yordamida 5 asrgacha hukm
surgan. Bu bino ko’shk maydonining uchdan ikki qismini egallagan. 
2.1 . Samarqand o’rta asrlar davri yodgorliklari.
Afrosiyob   —   Samarqandning   qadimgi   xarobasi.   Bu   nom   tarixiy   manbalarda
qadimgi   Samarqandga   nisbatan   faqat   17-asrdan   boshlab   uchraydi.   Qadimgi
Samarqand   sug d   manbalarida   Smarakanve   deb   atalgan.   Mil.   av.   4-asrdaʻ
Samarqand   Aleksandr   Maqsuniy   qo shinlari   tomonidan   istilo   etilgach,   yunon	
ʻ
mualliflari   kundaliklarida   Maroqanda   sifatida   eslatiladi.   Maroqanda
Smarakanvening   yunoncha   tarjimasi.   Movarounnahrda   somoniylar   hokimiyat
tepasiga   kelgach,   qadimgi   Smarakanve   9-asrdan   boshlab   Samarqand   deb   atala
boshlandi. 11 — 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida
uchraydi. 15 — asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand
nomi ishlatiladigan bo ldi.ʻ
Afrosiyob   hozirgi   Samarqandning   shimoliy   chegarasiga   tutashgan   keng   bo sh	
ʻ
tepaliklar   bo lib,   uning   maydoni   219   ga.   Tepalikning   shim.   Siyob   arig i   bilan	
ʻ ʻ
chegaralangan.   Jan.   tomondan   „eski   shahar“   deb   atalgan   Samarqandga   qo shilib	
ʻ
ketgan.
Shaharning   dastlabki   tarixi   haqida   yozma   manbalarda   ma lumotlar   juda   kam	
ʼ
uchraydi.   Ko hna   shaharda   o tkazilgan   arxeologik   qazishlar   esa   bunday	
ʻ ʻ
ma lumotlarni ko proq bermoqda.	
ʼ ʻ
Arxeologik   qazishmalar   bir   necha   metr   qalinlikdagi   madaniy   qatlamlar   qanday
bo lganligini   ko rishga,   boylar   va   kambag allarning   uylarini,   hunarmandlarning
ʻ ʻ ʻ
ustaxonalarini,   savdogarlarning   do konlarini,   ko'cha   va   maydonlarni,   shohona	
ʻ saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning
suv bilan ta minlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.ʼ
Afrosiyob   va   uning   topilmalariga   qiziqish   1868   yilda   Chor   Rossiyasi   tomonidan
Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari
bilan   mayor   Borzenkov   (1874),   podpolkovnik   V.   V.   Krestovskiy   (1883),
sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V.
L. Vyatkin (1905;  1912— 13)lar  shug ullanishdi.  1919 yilda  M. YE. Masson,  V.	
ʻ
L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom  ettirib, somoniylar
saroyi   (9-asr)   xarobalarini   ochdi.   1925,   1929—30   ylarda   V.   L.   Vyatkin
Afrosiyobda   qazish   ishlarini   davom   ettiradi   va   uning   turli   davrdagi   tarixiga   oid
ko plab   materiallar   to playdi.   Ammo   1930   yillarga   qadar   Afrosiyobda   olib	
ʻ ʻ
borilgan   arxeologik   qazishmalar   qadimgi   Samarqand   tarixiga   doir   juda   kam
materiallar   bergan.   Urushdan   keyin   O zbekiston   FAning   Tarix   va   arxeologiya	
ʻ
instituti   olimlaridan   Afrosiyob   I.   Terenojkin   tomonidan   Afrosiyobda   jiddiy   dala
tadqiqotlari o tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—	
ʻ
5-asrlarga   taalluqli   buyumlar,   uy-joy   xarobalari   topildi.   V.   Afrosiyob   Shishkin
(1958-66)   va   Ya.   F.   G ulomov   (1967—70)lar   rahbarligida   olib   borilgan   keng	
ʻ
ko lamli   arxeologik   qazishlar   natijasida   qadimgi   madaniy   qatlam   materiallari	
ʻ
Afrosiyobning   boshqa   joylaridan   ham   topildi.   1966   yil   13   iyulda   Afrosiyobni
arxeologik   jihatdan   kompleks   o rganishni   tashkil   etish   maqsadida   Respublika	
ʻ
hukumatining   maxsus   qarori   qabul   qilindi.   Unga   ko ra,   Afrosiyob   „arxeologik	
ʻ
qo riqxona“ deb e lon qilinib, uni o rganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat	
ʻ ʼ ʻ
universitetlari   hamda   Madaniyat   vazirligining   San atshunoslik   instituti   ham	
ʼ
safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli
nafaqat   shaharning   ko p   asrlik   yoshi,   balki   uning   har   xil   davrlardagi   tarixiy	
ʻ
topografiyasi,   shahar   tarkibi,   shahar   hayotining   rivojlanish   bosqichlari,   bosqinlar
tufayli yuz bergan bo'hronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona
saroyi ochildi.
Afrosiyob   darvozalari.     Antik   davr   manbalarida   So’g’diyonaning   shaharlari
xususan, Samarqandning ichki tuzilishi haqida hyech narsa demaganlar. Faqatgina shahar
ikki   qismdan   iborat:   saroy   pastki   shahar   qismlaridan   tashkil   topganligi     va   ular   devor
bilan o’ralganligi aytib o’tilgan xolos. 
Samarqandning   tashqi   devori   13   km   ga   teng   bo’lgan.   Bu   yerdan   gap   aftidan,
Samarqand   shahridan   tashqaridagi   devor   haqida   boradi.   Bu   devordan   hyech   narsa
saqlanib   qolmagan.   Ko’plab   tadqiqotchilar   ushbu   devorni   shaharning   to’rtinchi   devori
bilan salkashtirib yuboradilar. Ammo, to’rtinchi devorning uzunligi 6 km dan oshmaydi.
Biroq, manbalarda shaharning ikkita yirik darvozasi bo’lganligi haqida ma’lumot beradi.
Bu o’rta asr manbalarida Kesh yoki Temir darvoza deb nomlangan janubiy va g’arbdagi
Navbahor darvozalaridir. 
Samarqandning   boshqa   ikkita   darvozasi:   Xitoy   (Sin)   (Istaxri,   290)   va   Buxoro
darvozalari   relefi   ko’rinarsiz   shaklga   ega.   Ibn   al   Faqixda   bu   yerda   to’rtta   darvoza
bo’lganligi qayd qilinadi: Kesh, Xitoy, Ustrushona va Temir darvozalar tilga olinadi. 
Buzoro   va   Xitoy   darvozalarining   Siyob   arig’ining   baland   jarliklari   ustida
joylashganligi haqida manbalarda aytilgan. Afrosiyobning shimoliy qismida olib borilgan qazishmalar   natijasida   Buxoro   darvozasi   aniqlandi.   Bu   darvoza   Siyob   jarligidan   40   m
balandlikda joylashgan. 
Afrosiyob   to’rtinchi   devorining   relefiga   ko’ra   bu   yerda   yana   boshqa   darvozalar
ham   bo’lganligi   kuzatiladi.   Afrosiyobning   eng   janubiy   chekkasida,   Shoxi   Zindadan
janubi   sharqroqda   devor   uzilgan   egarga   o’xshash   joy   kuzatiladi.   Tadqiqotchilarning
fikricha, bu yerdan Samarqandning ikkinchi janubiy darvozasi joylashgan bo’lgan va bu
darvozadan   og’ir   yukli   karvonlar.   Afrosiyobning   qolgan   Buxoro   va   Xitoy   darvozalari
juda balandda joylashgan bo’lib, ulardan og’ir yuklarni olib kirish mushkul bo’lgan. 
O’rta   asr   manbalarida   Afrosiyobda   to’rtta   darvoza   bo’lganligi   qayd   qilingan.
Aftidan,   qadimda   davrda   darvozalar   ko’proq   bo’lgan.   negaki,   faqat   Siyobga   qaragan
shimoliy devorning o’zida uchta darvoza bo’lgan. ulardan biri Buxoro darvozasi bo’lsa,
ikkinchisi   undan   150   m   g’arbroqda   joylashgan   va   nishab   qiyalikka   ega   bo’lgan.
Shuningdek, shimoliy devoridagi uchinchi darvoza arkning shimoliy qismida bo’lganligi
ta’kidlangan.   Bu   yerning   relefida   ham   egarsimon   shakl   hosil   bo’lgan   va   yuu   yerdan
mahalliy   aholi   hozirda   ham   Afrosiyobdan   chiqish   uchun   foydalanishadi.   Bu   joy   bilan
Buxoro darvozasi oralig’idagi masofa 150 m ni tashkil qiladi va undan sharqroqda shahar
darvozalari   mavjud   bo’lgan.   aftidan,   darvozalarning   bunday   simmetrik   joylashuvi
ellinistik davrda paydo bo’lgan. Ammo, shaharning asosiy darvozalari hamma vaqtlarda
to’rtta bo’lgan va bular: Xitoy, Kesh, Buxoro va Navbahor darvozalaridir. 
Odatda bunday qadimgi darvozalar shahar tizimida simmetrik joylashgan bo’lgan.
Yuqorida   tilga   olingan   shimoliy   devordagi   uchta   darvoza   ham   tik   jarliklarda
joylashganligi uchun faqat piyodalar uchun xizmat qilgan. 
Agar   eng   g’arbiy   va   markaziy   Buxoro   darvozalari   shahar   aholisi   uchun   xizmat
qilgan bo’lsa, ark qasrining shimoliy qismidagi darvoza saroy ahli uchun xizmat qilgan.
Ilk o’rta asrlarda minoralar bilan mustahkamlangan saroy kirish qismlaridan biri arkning
sharqiy qismida joylashgan bo’lgan. 
Afrosiyobning janubiy qismida uchta darvoza bo’lib, ulardan asosiysi Xazrati Xizr
machiti   yonida   bo’lgan.   ulardan   400-450   m   janubroqda   boshqa   asosiy   darvozalar
joylashgan   bo’lgan.   ulardan   yana   400-450   m   sharqroqda   boshqa   uchinchi   darvoza
joylashgan   bo’lgan.   Aftidan,   qadimgi   davrlarda   darvozalarning   ko’p   bo’lishi   shaharni
mustahkamlashning asosiy omillaridan biri bo’lgan. 
Agar   shaharning   ichki   devorini   ellinistik   davrda   qurilganligini   hisobga   olsak,   u
holda   ko’p   darvozalarga   ega   tashqi   devor   qurilmalari   mahalliy   sharqona   an’ana   deyish
mumkin.   Masalan,   Afrosiyob   darvozalarining   ko’pchiligi   ellinlargacha   bo’lgan   davrda
paydo   bo’lgan.   Shunday   qilib,   Afrosiyobdagi   har   to’rtala   devorda   ham   asosiy   va
piyodalar uchun mo’ljallangan darvozalar mavjud bo’lgan.  1970 yilda O’zbekiston Fanlar
Akademiyasining     Arxeologiya   institutining   Samarqandda     ochilishi   Samarqandning
qadimgi   tarixi   va   madaniyatini   o’rganishda   muhim   ahamiyat   kasb   etdi.   Bu   davr   1970-
1980   yillarni   qamrab     olib,   bunda   Afrosiyob   va   umuman,   Samarqand   vohasini
o’rganishga   katta   ahamiyat   berildi.     Afrosiyob   ekspeditsiyasi     Arxeologiya   institutining
eng   yirik   ekspeditsiyasiga   aylantirilib,   amalda   institutning   dala   arxeologik   ishlarini
takomillashtirish,   yirik,   ko’p   qatlamli   shahar     qoldig’ini     o’rganish   borasida   o’ziga   xos
laboratoriyasiga aylantirildi.  Asosiy e`tibor shaharning rivojlanishi dinamikasiga qaratilish
bilan   birga   shaxarning   tarixiy   topografiyasni   o’rganish   ishlari   ham   nazarga   olindi.
Jumladan,   G.V.Shishkina   Afrosiyobning   g’arbiy   qismida   IX-XI   asrlarga   oid   turar-   joy
mahallasini ochib o’rgandi. 1963 yilda esa   Afrosiyob hududining Jome masjidi yaqinida
suratlar chizilgan devor (naqshkor xonalar)lar ochilishi  muhim ahamiyat kasb etdi. 1965 yilning   bahorida   devorlariga   rasmlar   solingan   yana   oltita   imoratning   ochilishi   tasviriy
san`at,   ma`naviy   kechinmalar   to’g’risida   muhim   ma`lumotlar   berdi.   Birinchi   bo’lib,
qazilgan zalning faqat shimol tomonida devorga solingan surat tadqiq etildi. Bu sur`atda
taxtiravon tagida o’tirgan erkak va ayol tavirlangan bo’lib, ularning qo’llarida  olov yonib
turgan   kosalar   mavjud.   Ularning   har   ikki   tomonida   xizmatkorlar   turibdi.   Qolgan   uch
devor     oq   rang   (ganch)     ga   bo’yalgan.   Yagona   karniz   ikki   tovus   surat   bilan   bezatilgan.
Tovuslar   meva   solingan   kosaga   qarab   turibdi,   ular   tagida   naqshli   xoshiya   bor.   Ikkinchi
zalning     yarmi   ochilib,   atroflicha   tadqiq   etildi.     Undagi   suratlar     yaxshi   saqlangan.
Uchinchi  zaldan  esa juda ajoyib naqsh bo’laklari topildi.  Arxeologlar 1965 yili   yana bir
kashfiyot   ning   guvohi   bo’lishdi.     Afrosiyob   shaharchasining   o’rta   qismida     ilmiy
tadqiqotlar   olib   borilayotgan   bir   paytda   VII   asrga   oid     devoriy   rasmlar     ochilishiga
erishilgan.     Arxeologlar   fikricha,   bu   rasmlar     katta   bino,   ehtimol,   qadimgi   shahar
podshosi Varxumanning saroy bo’lishi mumkin. 
Ko’rsatilgan   saroy   mehmonxonasining   to’rt   devori   bezatilgan   bo’lib,   ularda
daryoda   cho’milish,   elchilarni   qabul   qilish   marosimi,   ov,   daryoda     suzish   kabilar
tasvirlangan.     Saroyning   janubiy   devorida   rassom   to’y   safarini   aks   ettirgan.   Bu   tasvir
quyidagicha:Eng   oldinda   naqshli   mato   yoyilgan,   bo’yniga     katta   qo’ng’iroq   ilingan   oq
filda   malika,  odamlar   o’rtasida   saman  ot   mingan,   ehtimol,   kuyov   –   shoh   aks   ettirilgan.
Otliqning oq parrandalar  rasmi bilan bezalgan qizil chakmoniga quro- aslahalar osilgan.
Malikani   otga   mingan   kanizaklar   kuzatib   borayotganlari   ko’rsatilgan.   Buni   ayollardan
birining   qo’lidagi   yozuv     ham   tasdiqlaydi,   unda   sug’d   tilida:       «Malika   kanizagi»   deb
yozilgan. Shuningdek, tadqiq etilgan saroyning g’arbiy  devoridagi rasmlarda elchi qabul
qilinishi   tasvirlari   keltirilgan.   elchilarning   oltin   belbog’larida   xanjarlar,   uzun   qilichlar,
xamyonlar, ko’kraklariga marjonlar, quloqlariga ziraklar, qo’llariga bilakuzuklar taqilgan.
Boshlari  chilvir  bilan  bog’langan,   ulardan   biri   boshiga  toj  kiyib  olgan.   Kelayotganlardan
birining   qo’lida   bir   parcha   qimmatbaho   mato,   ikkinchisida     marvarid   shodasi
bor.Orqaroqda kelayotgan oq kiyimli kishining etagida yozilgan xatni  (yuqoridan pastga
qarab   yozilgan   so’g’d   tilidagi   ishonch   yorlig’i)   taniqli   olim   –   so’g’dshunos   V.A.Levshits
o’qigan. Bu sug’diy yozuvda Chag’aniyon (Surxandaryo  vodiysidagi viloyat) podshosining
Samarqand   podshosi   oldiga   elchi     yuborganligi   bayon   qilingan   hamda   Samarqand
shohiga  sovg’a  salom  olib  kelayotgan  CHag’aniyon  hokimining    sarkotibiligini    bildiradi.
16   ta   qatorli     so’g’d   yozuvida     quyidagilar   aytilgan:   «Chag’aniyon   mahkamasining
boshlig’i   men   Bur   –   Zatak   (Bo’r   o’g’li)   Samarqand   shohiga   izzat   –   xurmatimizni   izhor
qilmoq  uchun  CHag’aniyon  podshosi Turantosh xuzuridan  Samarqandga  keldim. Mana,
extirom   bilan     (Samarqand)   shohi   oldida   turibman.   Sizlar   menga   hech   shubha   bilan
qaramanglar – Samarqand xudolari va Samarqand yozuvidan  yaxshi xabardorman. 
Afrosiyobdagi   saroy   sharqiy   devoridagi   rasm   o’z   mazmuni   bilan   ajralib   turadi.
Unda   baliq,   toshbaqa   va   o’rdaklar   dengizda   suzib   yuribdi.   Ular   orasida     yalong’och
bolalar   va   bir   ayol   ham   bor.   Daryo   sohilida   otdan   tushib   turgan   erkakning     tasvirigina
saqlangan.     Rasm   o’z   mazmuni   bilan   boshqalardan   ajralib   turadi.   1988   yildan   sovet-
fransuz     ekspeditsiyasi     va   respublikamiz     mustaqillikga   erishgandan   keyin   esa,  o’zbek-
frantsuz   ekspeditsiyasi   tuzilib,   bu   davrda     Afrosiyobni   o’rganishda     sifat   jihatidan   yana
yangi pog’onaga ko’tarildi.  Ekspeditsiya ishlarida fransuzlar tomonida akademik Pol’ Bernar, ekspeditsiyaning
frantsuzlar   tomonidan   rahbari   Frants   Grene,   fan   doktorlaridan   Bertil’   Lione   va   P’er
Jantel’,   Klod   rapenlar   qatnashdilar.   O’zbekiston   tomonidan   M.   Isomiddinov,
X.Oxunboboev, N.Raximbabaev, L.Sokolovskaya, I.Ivanitskiylar qatnashdilar.
VIII   asr   voqyealarini   e’tirof   etgan   yozma   manbalar   So’g’dda   –   Samarkanddan
tashkari,   Ishtixon,   Robinjon,   Dabusiya,   Panjakent   Barket   (Abarket),   Varagsar,   Kamarja
qal’asi   shaharlar   xususida   eslatib   utiladi.   Bu   vaktda   nafakat   Samarqand,   balki   Ishtixon
(ixshidlar   rezidensiyasi)   va   Kushaniya   yirikligi   jixatidan   Buxorodan   utib   ketgan.   Ulardan
xam xatto Dabusiyaning 22-23 ga ega bo’lgan shahristoni bo’lgan. Buxoro voxasi singari,
So’g’dda   ko’pgina   katta   bo’lmagan   viloyatlarga   (knyajestva)   bo’lingan   bo’lib,   ularning
markazlari   katta   bo’lmagan   shaharlardantashkil   topgan   edi.   Bunday   shaharlarning
ba’zilari   bizlarga   ma’lum.   Masalan:   Kofir   –   qal’a   (Narpayda),   chelak,   Quldor   –   tepa   va
haqazo. VIII asr So’g’d shaharlari Buxoro voxasiga nisbatan kichik bo’lmagan Al – Istaxri
va Al – Muqqadasi fakat 12 ta shaharni nomini tilga olib  o’ tganlar. 13
Shaharlarning ko’chalarga, kvartallar (mahallalar)ga bo’linishning ildizlari   ancha qadimgi
davrga borib taqaladi. Mahalla Sopollitepa misolida bronza davriga borib taqaladi. Bu an’ana
kushonlar davri shaharlari Dalvarzintepa, Jondavlattepa, Zartepa kabi shaharlar xarobalarining
topografiyasida ham aniq ko’zga tashlanadi.
A.Yu.   Yakubovskiy   yozma   manbalarga   asoslanib   Movarounnahr   shaharlari   mahallalari
kasb va hunarlar sohalari bo’yicha bir-birlaridan ajralib turganliklarini va bu holat mo’g’ullar
istilosi   davrigacha   davom   etganligini   taxmin   qilgan.   O.G.   Bolshakov   esa   bu   kamdan-kam
uchraydigan holat deb hisoblagan.
L.   Dodxudoyevaning   tadqiqotlari   bois   keyingi   yillarda   topilgan   yangi   manbalar
Samarqandning   tarixiy   topografiyasiga     oid   muhim   ma’lumotlar   beradi.   Fransiyaning   Milliy
kutubxonasida saqlanayotgan ARAVE 6284, raqamli XIV asrga mansub asarda Samarqanddagi
Ra’s G’atifar yaqinida joylashgan Chokardiza, Radrod, Xubob qabristonlari, Minor masjidi, al-
Bayrayn ko’chasida joylashgan uchta masjid,  Saxviya masjidi va  Ibod ko’chasidagi masjidlar
tilga olingan.
  Madrasalardan   Ibn   Nuqron   ko’chasida   joylashgan   Tavg’achxon   madrasasi,   Dar   al-
Jurjoniya   madrasasi,   G’ajlon   ko’chasidagi   madrasa   to’g’risida   ma’lumotlar   mavjud.   Asarda
Sabido ko’chasi, Bob Satan mahallasidagi Solihat ko’chasi, Amir Nauqad, Labbadin, Kashadiza,
Tungoran, Hikam, Muqotil, Qassobiyon, Surai al Xalqoniy ko’chalari nomlari  ma’lum.
Undan   tashqari   Habir   devori   yaqinida   va   Solihat   ko’chasida   mavjud   bo’lgan   uchta
xonaqoh;   Farruxshid va Xanutiy darvozalari;   Nahr al –Qassarin, Bob Satan, Ras Davavatak
mahallalari nomlari ham tilga olingan.
Manbalarda Samarqand shahristoni va rabodida joylashgan ayrim mahallalar to’g’risida
uzuq-yuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan.  
1.   Asfizar   mahallasi.   Samarqand   shahristonida   joylashgan   bu   mahallada     Somoniylar
saroyi qad ko’targan. 2. Bob-Doston mahallasi. Bu mahalla yirik   Ushtobdiza mahallasi bilan
tutashib ketgan. 3. Panjxin katta   mahallasi. 4. Zag’rimash katta mahallasi. 5. Sangdiza, yoki
Radrod. 6. Ferzamitan (rabadda). 7. Fag’diza, 8. Kanvon, 9. Motrud (rabadda, hozirgi Motrud
mahallasi   bo’lib   u   Samarqandning   shimoli-g’arbiy   qismida   joylashgan),   10.   Gurjmin   (yoki
13
  Berdimurodov A.E., Suyunov S.S., Soriyev X.Ya. O’zbekistonning arxeologik yodgorliklari 
katalogi.  1-tom. Samarqand viloyati, 2-qism. Nurobod tumani. Samarqand, 2015. Karjumin),   bu   mahallada   Tomg’ochxon   Ibrohim   bin   al-Husaynning   saroyi   joylashgan.   11.
Kabob.   12.   Varsnin.   Bu   mahallaning   ikkinchi   nomi   Yorkat   ham   bo’lgan.   Varsnin   hozirda
Samarqand–Panjikent yo’li ustidagi Varsin qishlog’i o’rnida bo’lganligi haqiqatga yaqin. Undan
tashqari   uning   ikkinchi   nomi   Yorkat   Samarqandning   sharqidagi   Yorkat   rustoqiga   nisbatan
aytilgan   va   Varsin   orqali   Yorkat   rustoqiga   borilgan.   Yorkat   rustoqi   hozirgi   G’allaorol
tumanining   shimoliy   hududlarini   o’z   ichiga   olgan   bo’lishi   haqiqatga   yaqin   va   rustoq   Nurota
tizmalarining   Jizzax,   Qo’ytosh,     G’o’bdin   va   Qaroqchitog’   oralig’idagi   keng   hududda
joylashgan.   Chunki   o’rta   asrlar   yozma   manbalarida   bu   rustoqlar   ekinzorlari   lalmikorlikka
asoslangan bo’lib, bu hududda yashil yaylovlar  yastanib yotganligi aytiladi. 
Xulosa:
Samarqand   —   O zbekiston   Respublikasiʻ   Samarqand   viloyati dagi   qadimiy   shahar.
Viloyatning   ma muriy,   iqtisodiy   va   madaniy   markazi   (1938-yildan).   1925-1930-
ʼ
yillarda   Respublika   poytaxti.   O zbekistonning   janubi-g arbida,   Zarafshon	
ʻ ʻ
vodiysining   markaziy   qismida   (Darg om   va   Siyob   kanallari   orasida)   joylashgan.
ʻ
O rtacha   695   m   balandlikda.   Tarixiy   yozma   manbalarda   Samarqand   yoshi	
ʻ
qadimiyligi   haqida   ma lumotlar   bor.   Muhammad   an-Nasafiy   „al-Qand   fiy   zikri	
ʼ
ulamoi   ,   Haydar   as-Samarqandiy   (XII   asr)   „Qandiyai   Xurd“,   Abu   Tohirxoja
Samarqandiy   „Samariya“ , Xitoy tarixchisi   Chjan Syan , yunon va rimlik tarixchilar
Arrian,   Kursiy   Ruf   va   boshqa   ko plab   mualliflarning   asarlarida   bu   haqda   yozib	
ʻ
o tilgan. Samarqand va	
ʻ   Rim   insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib
„Boqiy  shaharlar“   nomini  olganlar.  Xalq  iborasi  „Samarqand  sayqali   ro yi  zamin	
ʻ
ast“   —   Samarqand   yer   yuzining   sayqali   (jilosi)   deb   behuda   aytilmagan.   Amir
Temur   Samarqandni   mehr   bilan   qadrladi,   obod   qildi,   dunyoning   sayqaliga
aylantirdi. „Samarqand“ so zining kelib chiqishi haqida bir qancha taxmin mavjud.	
ʻ
Sharq   mualliflari   „Samarqand“   so zining   1-qismi,   ya ni   „Samar“   so zi   shu	
ʻ ʼ ʻ
shaharga   asos   solgan   yoki   shaharni   bosib   olgan  kishining   nomi   deb   hisoblab,   bir
qancha   sun iy   ta riflarni   taklif   etdilar,   ammo   tarixda   bunday   ismli   kishi   haqida	
ʼ ʼ
ma lumotlar   aniqlanmagan.   So zning   2-qismi   „kent“   (kand)	
ʼ ʻ   —   qishloq,   shahar
degan   ma noni   bildiradi.   Ba zi   yevropalik   olimlar,   bu   nom   qadimdan   qolgan,	
ʼ ʼ
sanskritcha „Samarya“ra yaqin, ya ni „yig ilish, yig in“ so zidan kelib chiqqan deb	
ʼ ʻ ʻ ʻ
izohlaydilar.   Antik   mualliflarning   asarlarida   shahar   Marokanda   deb   atalgan.   Bu
haqiqatga   ancha   yaqin   bo lib,   Marokanda	
ʻ   —   Samarqand   atamasining   yunoncha
aytilishidir.XI asr olimlaridan   Abu Rayhon Beruniy   va   Mahmud Qoshg ariy	
ʻ   shahar
nomining   kelib   chiqishini   „Semizkent“,   ya ni   „semiz   qishloq“   so zining   buzib	
ʼ ʻ
talaffuz  qilinishi  deb   tushuntiradilar. [1]
.  1404- yilda   Samarqandga   tashrif   buyurgan
Ispaniya   elchisi   Ruy   Gonsales   de   Klavixo   ham   bu   talqinni   qo ʻ llab
quvvatlaydi . S hunday   qilib   Samarqand   hududi   eng   qadimgi   davrlardan   insoniyat
vakillar   yashab   kelayotgan   va   tarixiy   va   arxeologik   yodgorliklarga   boy   bolgan
hudud hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.  Djurakulova D. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda paleolit davrining o’rganilishi. T-
2019.,   :  5-80-betlar 2 .   Sayfullayev B. O’rta Zarafshon voxasi tosh davri madaniyatlari. Samarqand. 2022.   -
80-betlar. 24-78 betlar.
3. Xolmatov N. O’rta Osiyo arxeologiyasi. Samarqand. 2021. 56-140 betlar.
4 . Djurakulova D. Samarqand arxeologiyasi. Samarqand. 2022. 34-60 betlar
5 .   Berdimurodov   A.E.,   Suyunov   S.S.,   Soriyev   X.Ya.   O’zbekistonning   arxeologik
yodgorliklari   katalogi.   1-tom.   Samarqand   viloyati,   2-qism.   Nurobod   tumani.
Samarqand, 2015.
6.  Raimqulov A.A. Katta Sug’d – Sug’diyona, Toshkent, 2017.
7.  Suvonqulov I. «Samarqand qadamjolari», «Samarqand»,2002 yil.
8.   G’afforov   Sh.,   Yunusov   M.   O’zbekiston   arxitektura   yodgorliklari   tarixi.
Samarqand.2013.
9.  1.Avanesova N. Arxeologiya Sredney Azii: eneolit i bronzov ы y vek. Uchebnik. 
Samarkand 2020. 76-115 betlar.
10.   2.Isamiddinov   M.   Istoki   gorodskoy   kultur ы   Samarqandskogo   Sogda,   Tashkent-
2002.  23-90 betlar
11.   Buryakov   Yu.F.,   Toshxodjayev   Sh.S.   Istoricheskaya   topografiya   Samarkanda   XI -
nachala   XIII  v. \\ Afrasiab-4. Tashkent. FAN. 1973. S. 6-22.
1 2 .   Gulyamov   Ya.G.   Stratigrafiya   Samarkanda   v   svete   noveyshix   raskopok   \\
Obyedinennaya nauchnaya sessiya, posvya щ yennaya 2500-letiyu Samarkanda. TD.
Tashkent. 1969. S. 6-9.
13.    Berdimurodov A. « Samarqand tarixidan tomchilar» Samarqand 2012

MAVZU:Samarqand arxeologiyasi o’rganilishi tarixi . Kirish. Asosiy qism. I bob. Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda. 1.1 . Samarqandni arxeologik o’rganish tarixi. 1.2 .Samarqand tosh davri yodgorliklari. II bob.Samarqand eneolit, bronza, ilk temirdavri yodgorliklari. 2.1 . Samarqand o’rta asrlar davri yodgorliklari. Xulosa. Foydalanilgan Adabiyotlar. Kirish. Ushbu kurs ishi Samar qand tosh asrining paleolit, mezoneolit, jez davri va nihoyat Samarqand shahrining tashkil topish tarixiga bag’ishlangan. Bronza davriga kelib, ishlab chiqarish qurollarini metalldan yaratilishi xo’jalikning rivojiga keskin ta’sir ko’rsatdi. Bu hodisa mehnat unumdorligini oshirib, ziyoti mahsulotlarning poydo

bo’lishiga va ibtidoiy tuzumning inqirozi, sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi va davlatchilikning tashkil topishiga olib keldi. Majmuada ana shu kabi taraqqiyot evolyusiyasiga ahamiyat berilgan. Samarqand shahrining tashkil topishiga 3 ming yil bo’lganligi haqidagi yangi arxeologik ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, shu asosda uning ko’hna ildizlari haqidagi masalalar yetarli darajada, yangi yondashuv asosida yoritilgan. V-VII asr boshlari - o’lkada mahalliy konfederativ boshqaruv tizimining vujudga kelishi hamda turkiy qabilalarning kirib kelishi munosabati bilan tovar-pul munosabatlari qisqardi. Turli viloyat hokimlari tomonidan tanga pullar zarb etila boshlandi. Mahalliy hokimlar (Sug’dning tarkibiy qismlarida ham) tomonidan chiqarilgan tanga-pullar asosan, hukmron shaxsning mavqyeini anglar edi. VII asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran Tan imperiyasining siyosiy va iqtisodiy manfaatlari ta’sirida Samarqand ixshidlari mavqyeining oshib borishi bilan bog’liq ravishda ixshidlar tomonidan mis tangalarning zarb etildi, hamda ulardan ichki savdo-sotiqda keng foydalanish yo’lga qo’yildi. Bu davrda ichki va tashqi savdo har tomonlama rivojlanadi. Sug’d-turk savdogarlari Buyuk ipak yo’lida Sharq bilan G’arbni bog’lovchi asosiy kuchga, sug’d tili esa o’zaro muloqot tiliga aylanadi. Xitoy qadimda butun dunyoga kopmas, porox, ipak matolar va qog’oz yetkazib bergani hammaga ma’lum. Xitoy ham atrof davlatlardan o’ziga zarur bo’lgan tovarlarni olgan. Xususan, Farg’onadan Xitoyga samoviy tulporlar, uzum va uzum mahsulotlari va paxta eksport qilingan. Samarqanddan esa sanoat mahsulotlari bilan birga mevalar ham eksport qilingan. Xitoy manbalarida Samarqandning oltindek tovlanib turadigan shaftolilari va ularni Xitoy imperatori saroyiga yuborilishi haqida ma’lumotlar bor. Natijada, O’zbekiston hududidagi shahar va qishloqlar har tomonlama rivojlanadi. Bunday taraqqiyotning asosiy omili tinchlik, barqarorlik va jamiyatdagi qonunning ustvorligidir. Elchilar tasviri tushirilgan devoriy suratlar Samarqand shahar tarixi muzeyi kolleksiyasida so’g’d san’atining durdona asari hisoblanadi.O’tgan asrning 1965 yilida O’zbekiston xalqlarining moddiy madaniyati tarixini o’rganishda katta voqyea yuz berdi. Samarqanddagi Afrosiyob manzilgohida arxeologlar arablardan oldingi davrga (eramizning VII asriga) oid devoriy rasmlari aks ettirilgan saroy majmuasini topdilar. Syujetli hikoya qilguvchi polixrom tasviriy suratlar Samarqand hukmdori saroyining katta kvadrat zalining to’rt devorini ham bezatgan. Ushbu kashfiyot arxeologiya fanida shov-shuvga aylandi, darhol jahon hamjamiyatining e’tiborini tortdi. Afrosiyob muzeyining markaziy zalida namoyish etilayotgan devor suratlari o’sha davrining nodir san’at asari hisoblanib, u muzeydan bir necha yuz metr g’arbda joylashgan So’g’d podshosi Varxuman saroyining bir zalidan topilgan. Xonaning g’arbiy, shimoliy va janubiy devoridagi suratlarning alohida-alohida manzaralar aks ettirib, o’ziga xos mazmunga ega. I bob. Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda. Qadimgi So’g’diyona Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan yirik tarixiy madaniy viloyatlardan biridir. U hamisha qo’shni davlatlarning paydo

bo’lishida va ularning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Qadimgi Sharq tarixchilari ushbu hududni “Markaziy Osiyoning yuragi”, deb ataganlar. Ushbu tarixiy madaniy viloyatning markazi Zarafshon vohasida joylashgan yirik siyosiy ma’muriy markaz Samarqand bo’lgan. Samarqand so’g’di barcha so’g’d hududlarining siyosiy va iqtisodiy asosi bo’lib, O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i o’tmishidaida muhim rol o’ynashi bilan birga , ushbu hududlar tarixidagi ko’plab asosiy masalalar mohiyatini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi. Samarqand so’g’dining butun So’g’diyona tarixidagi ahamiyati uning qulay geografik joylashuvi bilan ham belgilanadi. Zarafshon vohasi uch tomondan tog’lar bilan va faqat g’arb tomondan dasht hududlari bilan ajralib turadi. Ushbu hududlarni o’rta Zarafshon vohasi ham deyishadi. Tarixiy madaniy nuqtai nazardan esa ushbu hududlarni Samarqand so’g’di deb atash ham mumkin. Bu yerning qulay iqlim sharoitlari haqida yozma manbalarda ham boy materiallar keltirilgan. Al Ma qsudiy Samarqandni ta’riflar ekan, uni Movaraunnahrning birinchi shahri, deb atagan. Al Istaxri esa, o’zining “Masalik al mamalik” (“Davlatlar yo’llari”) asarida Samarqand so’g’di yerlarini odam yashashi uchun qulay bo’lgan uchta zamindan biri, deb ta’riflaydi. 1 V.V. Bartoldning fikricha, Samarqand so’g’dining zamini boshqa hududlarga nisbatan eng yaxshi “bog’” yerlar hisoblanib, uni hatto dushman bosib olgan vaqtlarda ham bosqinchilar talon taroj qilishdan tiyilganlar va bu huduni o’zlarining daromad manbalariga aylantirishga harakat qilganlar. Zarafshon vohasi barcha davrlarda So’g’diyonaning markazi hisoblanib kelingan. So’g’diyona va uning asosiy shahri Samarqand yozma manbalarda er. av. 1 ming yillikning o’rtalaridan boshlab tilga olinadi. Ulardan eng qalimgilari Doro 1 ning Bexustun yozuvlari hisoblanadi. Unda yozilishicha, er. av. 6 asrda So’g’diyona Ahmoniylar imperiyasiga boj to’lab turadigan 23 ta viloyatlardan biri bo’lgan. Shuningdek, Bexustun yozuvlarida Doro 1 ning Suzadagi saroyi qurilishida lazurit va qizil serdolik kabi qimmatbaho toshlar So’g’diyonadan keltirilganligi ma’lum qilinadi. Qadimgi fors tilida So’g’diyona Suguda nomi bilan tilga olinadi. So’g’diyona nomi Avestoning 1 bobida “Gava So’g’di” nomi ilan keltiriladi. Ammo, bunda So’g’dning qaysi qismi haqida so’z borayotgaligini tushunish qiyin. Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “chuqur va keng daryolar Gava So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”, deyilgan. 1 Al Ist ax ri “ Masalik al mamlik ” (“ Davlat lar yo’llari” ) asari.

Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “chuqur va keng daryolar Gava So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”, 2 deyilgan. Gava termini turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, V.V. Bartold, “Gava” terminini “Fau” deb qabul qilishni va bu “Naxri Pay” kanalining nomidan kelib chiqqanligini qabul qilishni taklif qiladi. Boshqa bir tadqiqotchila “Gava” nomini Xitoy manbalarida Kushon imperiyasi Xau deb nomlangani va uni Samarqand vohasidagi Miyonqal’adan axtarish kerakligini ta’kidlaydilar. Antik davr manbalarida So’g’diyona janubda Amudaryo va sharqda Sirdaryo bilan chegaradoshligi qayd qilinadi. Jumladan, o’sha davrning mashhur geografi Klavdiy Ptolomey: “So’g’dning chegarasi janubda Oks (Amudaryo) hamda Kavkaz tog’laridan (bu yerda Badaxshon tog’lari nazarda tutilgan); shimolda Oks tog’lari, Skifiya, sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Kamel tog’lari orqali skiflar bilan chegaradoshligi ta’kidlanadi. Shuning bilan birga u Marakandani Baktriya shaharlari qatoriga qo’shadi. So’g’d hududlariga katta maydonli cho’l hududlarining ham kirishini Kvint kursiy Ruf ham ta’kidlagan. U ehtimol Shimoliy So’g’d haqida gapirgan bo’lsa kerak.So’g’diyona chegaralari haqidagi ancha aniq ma’lumotlar Arrianning asarlarida keltirilgan; “shimolda So’g’d sak yerlari bilan, shimoli shakrqda esa ushbu chegara Yaksart daryosi orqali o’tadi” (Arrian, 1962, s. 137). So’g’diyona va so’g’diylar haqida Strabon ham yozib qoldirgan. U: “so’g’diylar bilan baqtriyaliklarning hayot tarzi bir biriga o’xshash, shuning bilan birga ularning hayoti ko’chmanchilarnikidan kam farq qiladi”. O’rta asr manbalarida So’g’diyona hududi ancha kichrayadi. Ularda So’g’d haqida gapirilganda o’rta Zarafshon va ayrim manbalarda unga Qashqadaryo viloyati hududlari ham kiriladi. Arab tarixchisi Istaxri So’g’d haqida gapirganda, Dobusiyadan Samarqandgacha bo’lgan hududlarni tilga oladi. Shuning bilan bir vaqtda u buxoroliklarni so’g’d tilida gaplashadi, deydi. Beruniy davrining manbalarida Buxoro vohasini So’g’diyona hududlariga virganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Qashqadaryoning So’g’d tarkibiga kirganligi haqida isbotlangan dalillar mavjud. Yaqin kunlargacha Kitob Shahrisabz hududlarining aholisi o’zlarini sug’utiy so’g’dlar deb atashganlar. O’rta asrning boshqa mualliflari, jumladan, Yaqubi Buxoro, Nasaf va Keshni So’g’diyona tarkibiga kiritgan va uning poytaxtini Samarqand, deb hisoblagan. Ammo, boshqa bir manbada u Keshni asosiy shahar deb keltiradi. Istaxriyning fikricha, Dobusiya, Robinjon, kushoniya va Ishtixon “So’g’dning yuragidir”. 2 Aлимoвa Д.A. Бурякoв Ю.Ф., Рaxмaтуллaев Ш.М., Сaмaрқaнд тaриxи. (қaдимги дaврлaрдaн бугунги кунгaчa) Т.: «AРТ ФЛEX» 2009.

Mahmud Qoshg’ariy esa, So’g’d deganda Buxoro va Samarqand oralig’idagi hududlarni tushungan. V.V. Bartoldning fikricha, 19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida Sщ-d deganda Zarafshon daryosi oqimidagi hududlar tushunilgan. 6 asrning oxirlariga oid manbalarda, jumladan, fors tilining lug’atida faqatgina Samarqand atrofidagi hududlar tilga olinadi. Temuriylar davrida esa, Oqdaryo va Qoradaryoning oralig’i “Nim So’g’d” yoki “So’idi Xurd”, Oqdaryodan shimoldagi hududlar “So’g’udi Kalon” deb atalgan. Hozirgi kunda So’g’d nomi Sugut shaklida Zarafshonning yuqori oqimidagi Yagnob vodiysida saqlanib qolgan. Shunday qilib, yunon manbalarida “So’g’d” yoki “So’g’diyona” termini ostida Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yirik hududlar tushunilsa, vaqt o’tishi bilan ushbu taponim bilan bog’liq hududlar qisqarib boradi. Ammo, hamma vaqtlarda ham Zarafshon vohasi, xususan Samarqand so’g’dning markazi sifatida qolib kelgan. Samarqand nomi Aleksandr Makedonskiy davridan boshlab tilga olinadi. So’g’dning yirik savdo va iqtisodiy markazi Samarqand nomining kelib chiqishi borasida turli fikrlar mavjud. Antik davr manbalarida Samarqand nomi “marakanda” yoki “Marakandi” shaklida uchraydi. Arrian o’z asarlarida Samarqand nomini besh marta tilga oladi va faqat bir holdagina Samarqandni hukmdor tashrif buyuradigan joy ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u Samarqand arkining kuchli mudofaaga egaligi va unda yunon gornizoni turganligini aytib o’tadi. Bundan tashqari, u Samarqandning bosib olinishi va aholinini tinchlantirish ishlarining olib borilganligi haqida yozib qoldirgan. Shunday qilib, antik davrga oid barcha manbalarda Samarqand Maroqand tarzida uchraydi va bu greklar nomlarining talaffuzi tarziga to’g’ri keladi. Negaki, greklarda SM ning joyiga M talaffuz qilinadi. Samarqand so’zining birinchi bo’g’ini ma’nosi borasida turli qarashlar mavjud. Jumladan, Al Beruniy Samarqand so’zining ma’nosini “Semizqand”, ya’ni “Quyosh shahri”, deb yozadi. Smamarqand so’zining ma’nosi haqida yirik islomshunos olim Abu Xafs Umar ibn Muxammad an Nasafiy ham yozgan. U o’zining mashhur “Kitob al qand fi tarixi Samarqand” yoki “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand” (“Qandiya”) asarida aholi o’rtasida tarqalgan qator afsonalarni keltiradi 3 . Abu Toxirxo’ja Samarqandiyning “Samariya” asari ham shular jumlasidandir. Ushbu asarlarni V.L. Vyatkin rus tiliga tarjima qilgan. Yuqorida nomlari zikr etilgan asarlardagi afsonalardan biriga ko’ra, Samarqand nomining kelib chiqishi Iskandar (Aleksandr) nomi bilan bog’lansa, ikkinchisida, Yaman podo’osi Shamirning O’rta Osiyoni bosib olishi bilan 3 3. Abu Xafs Umar ibn Muxammad an Nasafiy “Kitob al qand fi tarixi Samarqand” [ “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand” ] (“Qandiya”)