logo

SAMARQAND SUG’DINING ILK O’RTA ASRLAR TARIXI VA MADANIYATIGA DOIR YOZMA MANBALAR

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

134.33203125 KB
SAMARQAND SUG’DINING ILK O’RTA ASRLAR TARIXI VA
MADANIYATIGA DOIR YOZMA MANBALAR
  1                                                 MUNDAREJA
Kirish  .............................................................................................. 3-7 bet
I.BOB . ILK O’RTA ASRLAR SAMARQAND SUG’DINING TARIXSHUNOSLIGI
VA MANBASHUNOSLIGINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Ilk o’rta asrlar Sug’dning tarixiy manbalar tavsifi....................... 8-17 bet
1.2 Tarixiy manbalarda Sug’d atamasining qo’llanilishi va uning moxiyati….18-33
bet
1.3 Ilk o’rta asrlarda Sug’d ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayoti.....34-42 bet
II.BOB.   SAMARQAND   VA   UNING   KO’HNA   TARIXI   HAQIDA   TURLI
TILLARDAGI MANBALAR UMUMIY TAVSIFI.
2.1 Xitoy yilnomalarining Sug’d ijtimoiy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati…42-
52 bet
2.2 Islom davri tarixiy manbalarida Sug’d tarixi va madaniyatining yoritilishi…53-
57 bet
III.BOB. SUG’D TARIXIGA DOIR TADQIQOTLAR TARIXI. 
3.1 Sug’dda shahar madaniyatining shakillanishi ………………..58-65 bet
3.2 Arxeologik va etnografik manbalar……………………… 65-75 bet
XULOSA  ……………………………………………..76-78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR… …………………………..
  2 KIRISH
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati .   Jahon
tarixshunosligining   bugungi   kunga   qadar   o z   kuchini   saqlab   kelayotgan   dolzarbʻ
muammolaridan   biri   insoniyatga   haqqoniy   tarixni   ochib   berishdir.   O tmishning	
ʻ
o chmas   izlarini   bag rida   asrab   kelayotgan   ko hna   yurtimiz   tarixini   muarrixlar	
ʻ ʻ ʻ
tomonidan yozib qoldirilgan manbalar, turli tarixiy ashyolar va arxeologik izlanish
natijalarini   chuqur   tahlil   etish   orqali   yoritib   berish   tarixshunoslar   oldida   turgan
muhim   vazifalardan   biri   va   umumjahon   miqyosida   amaliy   ahamiyatga   ega
hisoblanadi. 
Dunyoning   qator   mamlakatlari,   halqaro   ilmiy-tadqiqot   markazlarida   O rta	
ʻ
Osiyo xususan, Samarqand tarixi va tarixshunosligi masalalari yuzasidan ko pgina	
ʻ
izlanishlar   olib   borilmoqda.   Samarqandning   ilk   o’rta   asrlar   davrida   voha   tarixiy
geografiyasi,   tarixiy   topografiyasi,   moddiy-ma naviy   yodgorliklari   va   ularning	
ʼ
saqlanishi masalalari yo nalishlarida tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.	
ʻ
O’zbekistonda   ham   mustaqillikning   dastlabki   kunlaridan   boshlab   o’zbek
xalqi   davlatchiligi   tarixini   o’rganishga,   milliy   o’zlikni,   ma’naviy   qadryatlarni
tiklashga jiddiy etibor qaratila boshlandi. Ushbu zaruriyatning nazariy metodologik
asoslari   O’zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
tomonidan ishlab  chiqilib,  tarixch  olimlar   uchun o’zbek  xalqi  va  uning uch  ming
yillik   davlatchiligi   tarixini   o’rganishda   dasturul   amal   qilib   berildi.     Ushbu
konseptual   talab   asosida   o’zbek   xalqi   davlatchiligi   tarixining   ilk   o’rta   asrlar
bosqichini chuqur va har tomonlama o’rganish alohida ahamiyatga ega. Sug’dning
qadimgi   Markaziy   Osiyo   –Hindiston   yo’li   bo’ylab     keyinchalik   esa   Buyuk   ipak
yo’li   orqali   halqaro   savdo-iqtisodiy,   madaniy   munosabatlarda   yuzaga   kelgan
ananaviy   vositachilik   vazifasi   turli   bosqichlarda   uni   o’ziga   tobe   qilishdan
manfaatdor   saltanatlarni   qiziqtirib   kelgan 1
.   Bu   esa   Sug’d   yerlarining
shakillanishiga   imkoniyat   yaratgan   Turk   hoqonligi   tarkibiga   kirgan   holda   turli
darajada nisbiy mustaqil amal qilgan mahalliy hukmdorliklar tarixini yaxlit, tizmli
1
  Karimov   I . A   Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo ’ q .  Biz   kelajagimizni   o ’ z   qo ’ limiz   bilan   qurami - Toshkent : 
O ’ zbekiston , 1999.- T .  VII . – B .132-152.
  3 o’rganish   jiddiy   ilmiy   muammolar   majmuini   tashkil   etad.   Bu   esa   o’z   navbatida
dissertatsiyaning dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning o rganilganlik darajasi.ʻ  So’g’dning madaniy tarixiy merosi
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrning   boshlarigacha   tariximizning   sirli
jumbog’i   bo’lib   keldi.   XIX   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   fan   doirasidagi
manbalar asosida bir  qator  ilmiy tadqiqotlar  amalga oshirilgan. Shu jarayon bilan
bog’liq holda Sug’d tarixning lmiy tarixnavisligi boshlanadi. 
Markaziy   So’g’dning   tarixiy   topografiyasi,   rustoqlari,   shaharlarining
lokalizatsiyasi   bo’yicha   V.L.   Vyatkin,   A.YU.   Yakubovski,   I.A.   Sxarev,   G.V.
Grigorev,   A.I.   Terenojkin.   V.A.   Shishkin,   V.V.Bartold,   kabilar   ilmiy   izlanishlar
olib brogan 2
. 
Ushbu tadqiqotlarda Markaziy So’g’dning turli davrlarda mamuriy hududiy
birliklari   bo’linishi   ayrim   arxeologik   yodgorliklarning   yozma   manbalarda   qayd
etilgan   shahar   va   qishloqlarning   lokalizatsiyasi   masalaari   yoritilgan.   Keyinchalik
O.G. Bolshakov O’rta Osiyoning tarixiy hududlari, jumladan  Markaziy Sug’ddagi
shahar   va   qishloqlarni   yozma   manbalar   asosida   tahlil   qilib     ularning   aloqalari
masalalariga aniqlik kiritishga muvaffaq bo’ladi 3
. Mustaqillik yillarida Samarqand
Sug’dining   janubiy   sharqiy   qismi   qishloq   makonlari   masalalari   Maymurg’
mulkligining   o’rta   asrlardagi   moddiy   madaniyati   masalalari   o’rganilgan.   Xozirgi
kunda   Markaziy   So’g’dning   tarixiy   topografiyasi   keng   yoritilganiga   qaramasdan
maskur muammo bilan bog’liq ko’pgina masalalar, shu jumladan ayrim shahar va
qishloqlarning   lokalizatsiyasi   ular   o’rtasidagi   munosabatlar   geografik   chegaralari
hamda   ularning   markazlarini   aniqlash   yangi   tadqiqot   usullari   yordamida   ushbu
masalaga   oid   ilmiy   ma’lumotlarni   ilmiy   qayta   ahlil   qilish   dolzarb   masala   bo’lib
qolmoqda. 
Tadqiqotning maqsadi:  Yozma va arxeologik manbalar asosida Samarqand
Sug’dining ilk o’rta asrlar tarixiga oid manbalar tavsifini yoritishdan iborat. 
2
  Якубовский А.Ю. Из истории археологического изучениея Самаркандаю.ТОВЭ.Т. II - Л -1940.213-
138
3
  Болъшаков О.Г. Средневековъй город Ближнего Востока  VII -середина  XIII   в.Сот щиалъно-
эканомические отношения-М, 1984 .
  4 Tadqiqotning   vazifalari:   Faqatgina   O’zbek   xalqi   emas,   balki   Markaziy
Osiyoda yashagan qadimgi halqlar tarixining ilk o’rta asrlar davriga oid manbalari
bo’lmish   sug’d   yozma   yodgorliklarini   tarixiy   manbashunoslik   nuqtai   nazaridan
yagona   muammo   sifatida   tadqiq   qilish   ishning   bosh   maqsadidir.   Shundan   kelib
chiqib quyudagi vazifalarni belgilaydi. 
1. Sug’d   yozma   yodgorliklari   XX   asr   boshidan   hozirga   qadar   dunyoning
Angliya,   Fransiya,   Germaniya,   Rossiya,   Eron,   O’zbekiston,   Tojikiston,
Yaponiya, kabi mamlakatlarida xilma-xil jurnallar va to’plamlarda e’lon
qilinib kelingan. Hozirga qadar ularning yig’ma yaxlit nashri yo’q. Ayrim
umumlashtiruvchi   nashrlar   esa   mavjud   yozma   yodgorliklarni   qisman
qamrab   olgan   yoki   ular   haqida   ro’yxat   ko’rinishidagi   malumotlardan
iborat xolos. 
2.   Sug’d   tarixiy   yozma   manbalarini   o’rganish   bo’yicha   XX   asr   davomida
olimlar   tomonidan   bajarilgan   ishlarning   tarixshunoslik   tahlilini   amalga
oshirish. 
3. Arab   istilosi   davriga   oid   Mug’   tog’i   sug’d   hujjatlari   majmuini   alohida
ahamiyatga   ega   manbalar   sifatida   hozirgacha   o’rganish   holatini   tahlil
etish va bu sohada bahsli masalalarni o’rganib muammolarning xolisona
yechimlarini izlash.
4. Xo’jalik,   ijtimoiy,   siyosiy   va   ma’naviy   hayotga   oid   sug’d   hujjatlari
malumotlarining talqinlari va fanga tadbiq qilinishida holislik, ilmiylik va
tarixiylik tamoyillarini qaror toptirishga hissa qo’shish.
5. So’g’d   tarixi   aks   ettirilgan   manba   va   adabiyotlarni   tahlil   etgan   holda
mavzuning manbashunoslik va tarixshunoslik asoslarini yaratish.
6. Samarqandning   ilk   o rta   asrlarda   va   undan   keyingi   davrlardagi   tarixiniʻ
yoritish; 
7. Samarqand   So’g’dining   ilk   o’rta   asrlar   tarixi   va   madaniyatiga   doir
manbalar tavsifini ochib berishdan iboratdir
  5 Tadqiqotning obyekti  sifatida Samarqand So’g’dining ilk o’rta asrlar tarixi
va   madaniyatiga   doir   manbalar   asosoida   Samarqand   tarixi   tarixshunosligi   tanlab
olingan.
Tadqiqotning predmetini : Samarqand So’g’dining o’rta asrlar davri tarixiy
topografiyasi   tarixini   yoritish   bilan   bog’liq   yozma   manbalar   va   arxeologik
materiallar tashkil etadi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
Zarafshon   vodiysi   va   Qashqadaryo   voalari   bo’ylab   joylashgan   So’g’dning
shakillanishi   uning   tarkibiga   kirgan   subyektlarning   iqtisodiy,   (tanga   zarbi,
markaziy hokimiyat oldida moliyaviy majburiyatlar) siyosiy (Samarqand Sug’dini
markaziy hokimiyat  sifatida tan olish) harbiy (tashqi  dushmanga qarshi  kuchlarni
birlashtirish   tamoyili)   diniy   omillar   (zardushtiylik)   mushtarakligi   asosida   yuzaga
kelganligi isbotlangan. 
Sug’d   markaziy   hokimiyatining   Turk   hoqonligidan   nisbiy   muhtoriyatining
siyosiy  (nikoh munosabatlari, diplomatik munosabatlar)  va iqtisodiy (tanga zarbi,
iqtisodiy salohiyati) sabablari ochib berilgan.
Zarafshon   vohasinig   ya ni,   Samarqandning   tarixiy   geografiyasi   bo yichaʼ ʻ
olib borilgan tadqiqotlarini yoritish.
Samarqand   Sug’di   haqidagi   ilk   o’rta   asrlar   davri   tarixiga   oid   asarlarning
manbashunoslik   tahlilini   yoritish   hamda   ularni   keng   ko’lamda   amaliyotga   tadbiq
etish.
Ilk   o’rta   asrlar   tarixshunosligi   va   manbashunosligida   So’g’d   tarixiy
viloyatining tutgan o’rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Sug’d   konfederatsiyasi   subyektlarning   tarixiy-mamuriy   bo’linish   omillari
(tog’,   daryo,   kanal,   cho’l   kabi   tabiiy   chegaralar)   va   ularning   davlat   markazi
Samarqand bilan bog’liq darajalarini dalillar asosida aniqlash. 
  6 Tadqiqotning amaliy natijalari quyidaglardan iborat:
Sug’d tarixiga doir asarlarning keng ko’lamdagi yoritilishi tarixiylik 
tamoyili asosida ochib berilgan. Ushbu malumotlarni keng targ’ib qilish 
halqimizning tarixiy tafakkurini boyitishga xizmat qiladi. 
So’g’dning   Turk   hoqonligi   tarkibidagi   siyosiy   jarayonlardagi   faol   ishtiroki
ilk   o’rta   asrlar   davrini   organishda   muhim   omil   bo’li   xizmat   qiladi.   Bu   esa
manbaviy ma’lumot vazifasini bajaradi. 
Mintaqaning   qadimiy   halqlari-   turkiy   va   sug’diy   etnoslarning   chuqur
etnimadaniy   ananaviy   aloqalariga   doir   xulosalar   hozirgi   sharoitda   turkey   va
sug’diy   etnoslarning   bevosita   davomchilari   bo’lmish   o’zbek   va   tojik   halqlarining
do’stlik rishtalarini mustahkamlaydi. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi . Tadqiqotda tarix va boshqa fanlarda
qo llanilgan   ilmiy   yondashuvlar   va   usullar   asosida   birlamchi   manbalar,   ilmiyʻ
manbalardan foydalanilgan bo lib, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy	
ʻ
etilgani,   olingan   natijalarning   vakolatli   tuzilmalar   tomonidan   tasdiqlangani   bilan
izohlanadi.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati .   Tadqiqot
natijalarining   ilmiy   ahamiyati   dissertatsiya   mavzusiga   oid   nazariy-uslubiy
yondashuvlar Samarqand Sug’dining ilk o’rta asrlar davri tarixini keng va chuqur
o’rganishga, qo’llanilgan usullarni takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Samarqand tarixiy geografiyasi, tarixiy topografiyasi, qadimiy e tiqod turlari	
ʼ
va   madaniy   hayot   tarixi   bilan   bog liq   ishlari   yangi   tadqiqotlar   olib   borish   uchun	
ʻ
zaruriy   manba   bo lib   xizmat   qiladi.Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati   vatanimiz	
ʻ
tarixiy merosini saqlash, tadqiq etish va kelgusi avlodlarga yetkazishga qaratilgan
davlat dasturlarini bajarishga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash hamda
targ ib etishga bag ishlangan loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.	
ʻ ʻ
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi . Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro yxati   va   ilovadan   iborat.   Dissertatsiyaning   umumiy	
ʻ
hajmi 78 betni tashkil qiladi.
  7 I.BOB :   ILK   O’RTA   ASRLAR   SAMARQAND   SUG’DINING
TARIXSHUNOSLIGI   VA   MANBASHUNOSLIGINING   NAZARIY
ASOSLARI.
1.1. Ilk o’rta asrlar Sug’dning tarixiy manbalar tavsifi
Vatan   nima   demak?   Bu   o’z   hatti   harakatini   muayyan   maydonda   kamolga
yetkazgan va  yetkazayotgan bus  butun xalq tarixi, yani  xalqning o’tmishi, buguni  va
kelajagidir. Bu millatning rang-barang madaniyati, ilmu fani,   tili va dini, fel atvori va
an-analari, bu uning taraqiyotidagi muhim bosqichlar, mag’lubiyatlar va g’alabalar, bu
uning botir o’g’lonlari jasorati, donishmand farzandlari faoliyatidir. Shu sababdan ham
Vatan g’oyasi o’sha olis o’tmishdagi shonli kunlarda ham, bugungi tahlikali kunlarda
ham uning farzandlariga birdek xos bo’lmog’i zarur. Binobarin bu g’oyani chinakam
xis   etgandagina   kishi   o’zini   maskur   tuproq   fuqarosi   deb   xisoblashga   haqlidir.   Vatan
g’oyasi   halol   kishilarni   jasoratga   undab,   nopok   kishilarni   esa,   agar   Vatan   g’oyasi
bo’lmaganda,   qilishlari   aniq   bo’lmagan   ko’pgina   qabihliklardan   saqlab   kelgan.Vatan
g’oyasi   degan   tushunchani   izoxlash   kerak   bo’lsa,   men   buajdodlar   yodini   avaylab
saqlash,  ulardan meros qolgan madaniyatni, ilm-fanni o’rganish,  taraqqiy ettirish deb
uqtirar   edim.  Ajdodlar   xotirasini   asrash  esa  faqat  marifatli  kishi   qo’lidan  keladi.  Shu
sababdan   ham   buyuk   olmon   faylasufi   Hegel:   “Ma’rifatli   xalqning   haqiqiy   jasorati
Vatan yo’lida qurbon bo’lishga tayyor ekanliklarida aks etadi’’ deb aytgani bejiz emas.
Sizu   bizning   Vatanimiz   bo’lgan   ikki   daryo   oralig’idagi   tuproq   tarixi,   hech   qachon
tinmagan   janglar   tarixi,   yurtimiz   hududlarini   buzub   kirgan   bosqinchi   dushmanlarga
qarshi kurash tarixi, bu ayovsiz kurashlar mobaynida elimiz ozodligi va ravnaqi uchun
jonini ayamagan xalq o’g’lonlari va qizlari jasorati tarixidan iboratdir 4
.
O`zbekiston va qolaversa, Markaziy Osiyo tarixining ilk o`rta asrlar bosqichi (V–
VIII-asr   birinchi   yarmi)   o`ziga   xos   tarixiy   jarayonlari   bilan   ahamiyatlidir.   III–IV
asrlarga kelib, Kushon va Qang` kabi davlatlar tanazzuli kuchayib, ular o`rniga siyosiy
jihatdan   mustaqil   va   mahalliy   ma’muriy   boshqaruviga   ega   davlatlar   (Afrig`iylar,
4
  Abu   Tohirxo ’ ja   Samariya   asari   Forschadan   Abdulmo ’ min   Sattoriy   tarjimasi   Toshkent  “ Kamalak ” 1991.1-16  
  8 Choch   va   Farg`ona)   va   davlat   uyushmalari   (Sug`d   va   Toxariston   konfederasiyalar)
vujudga   keldi.   Ularning   shaklanishida   mintaqada   kechgan   ijtimoiy-siyosiy   va
etnomadaniy   jarayonlar   muhim   rol   o`ynadi.   Xususan,   ikki   yirik   etnik   guruh:   hind-
evropa tillari oilasiga mansub sug`diylar, xorazmiylar, boxtariylar va oltoy tillari oilasi
vakillari–turkiylarning o`ziga xos sinkretik yaqinlashuvi kuchaydi. Prototurk qabilalari
uyushmasi “turk” nomi ostida mintaqada etakchi mavqega chiqa boshladi. Natijada, bu
hodisa etnomadaniy jarayonlarni takomillashtirdi. Marvdan Xitoy devoriga qadar turli
etnoslar,   jumladan   turkiy   va   sug`diy   komponentlar   simbiozi   ro`y   berdi.   Bu   yangi
tipdagi   davlatlarining   siyosiy   barqarorligi,   iqtisodiy   rivoji   mahalliy   xalqlarning
shakllanishiga zamin hozirladi.
Ko’plab   xorijiy   olimlar   tomonidan   Markaziy   osiyoning   yuragi   deb   nomlangan
So’g’d   o’lkasining   qadimiy   tarixi   nihoyatda   murakkab   va   jozibali.   Markaziy
Osiyoning   qadimiy   shaharsozlik   madaniyati   beshiklaridan   hisoblangan,   hozirgi
Samarqand,   Qashqadaryo,   va   Buxoro   vohasini   o’z   ichiga   olgan   bu   qadimiy   o’lkada
miloddan avvalgi  II-ming yillikning oxirgi  choragi I-ming yillikning boshlarida, yani
so’ngi   bronza   va  ilk  temir  davridayoq  urbanizatsiya   jarayonlari   boshlanib,  bir   nechta
shaharlar   paydo   bo’lgan   va   gullab   yashnagan.   Aynan   manashu   shaharlar   tarixi
yurtimizning   qadimiy   shaharsozlik   madaniyati   va   ayni   paytda   ilk   davlatchilik
tarixining   shonli   bosqichini   namoyon   etadilar.   Bular   So’g’dning   buyuk   shaharlari
Marokanda,   (Smarkanda,   Samarqand)   Basileya,   (Vidor,   Chelak)   Nikshapaya
(Naxshab, Nasaf, Qarshi) va Kishsh (Kesh-Shahrisabz) shaharlaridir. So’g’d hududida
juda qadimdanoq yashab kelgan olim ajdodlarimiz buyuk madaniyat ijodkorlari, ulkan
shaharlar   bunyodkorlari   bo’lishgan.   O’lkamizning   qadimiy   shahar   va   qishloqlarida
yashagan   ajdodlarimiz   nafaqat   o’z   yurtlari,   balki   insoniyat   taraqqiyoti   uchun   bemisil
xizmat   qilganliklarnini   dunyoga   ko’z   ko’z   qilish   uchun   So’g’d   shaharlari   Qarshi   va
Shahrisabzning   2700   yillig,   Samarqandning   2750   yilligi   xalqaro   miqyosda   keng
nishonlandi,   bu   shaharlar   o’zlarning   qadimiy   mavqelarini   yana   bir   bor   yangidan
tikladilar, obod bo’ldilar.
  9 Qadimgi So’g’dning markaziy qismi hisoblangan Samarqand tarixi uzoq o’tmishga
ega   bo’lib   azaldan   insoniyat   tamadduni   beshiklaridan   biri   hisoblanadi.   Ayniqsa
voxaning ilk o’rta asrlar davri Samarqand tarixida muhim o’rin tutgan. 
Bugungi   kunga   qadar   So’g’d   tarixi   yuzasidan   bir   qator   tadqiqotlar   amalga
oshirilgan. Ularda So’g’d tarixi juda yaxshi yoritigan va o’rganilgan. 
So’g’d   tarixini   o’rganish   XIX-   asrning   kkinchi   yarmidan   boshlangan 5
.   So’g’diy
yozma yodgorliklarni   dastlabki tarjima qilgan ingliz olimi I. Gershevichning 6
  So’g’d
tarixini lingvistik jihatdan o’rganishni birinchilardan bo’lib boshlab berdi.
I.   Gershevich   Mug’   tog’i   hujjatlarini   ilmiy   tahlil   qilib   ularni   ingliz   tiliga
tarjima   qildi   va   So’g’dshunoslikni   dunyo   miqyosiga   olib   chiqdi.   So’g’dshunos   M
Ishoqov  izlanishlari   ham   So’g’diy  manbalarning  lingvistik   tahliliga  etibor   qaratilgan.
Jumladan   olimning   “Glagolnaya   Sistema   v   Sogdiyiskom   yazike”   mavzusida
nomzodlik   dissertatsiyasi   va   doktorlik   dissertatsiyalarida   islomga   qadar   bo’lgan
so’g’diy yozma yodgorliklar lingvistikasi paleografiyasi tadqiq etilgan. So’g’d tarixini
manbalarini   lingvistik   tahlil   qilgan   ingliz   olimi   N.   Cime   Vilyams   tadqiqotlarini   ham
muhim   izlanishlarga   kiritish   mumkin.   Shu   o’rinda   fransuz   olimi   F.   Grene
tadqiqotlarini   mumim   deb   aytish   mumkin.   Bu   olim   ham   Mug’   hujjatlarini   lingvistik
jihatdan tahlil qilgan. 
I.S.   Yakubovich   ham   o’zining   ilmiy   izlanishlarida   So’g’diy   yozma
yodgorliklarning   etimologiyasiga   alohida   etibor   berib   o’tadi.   So’g’dagi   nikox
shartnomalarining   hamda   Abdurahmon   ibn   Subhning   Devashtichga   maktublarini
etimologik jihatdan ilmiy tahlil qilgan.
So’g’d   tarixini   o’rganishda   O.I.   Smirnovaning   ilmiy   ishlari   alohida   diqqatga
sazovordir.   Olima   Mug’   tog’i   So’g’diy   hujjatlaridagi   So’g’dning   panj   hukmdorligi
tasarrufidagi   toponimlarning   topografiyasini   aniqlagan   hamda   yuqori   Zarafshon
vohasining tarixiy geografik xaritasini tuzgan. 
Sh.   Kamiliddinov   So’g’ddagi   turkey   toponomlarni   tadqiq   etish   bilan   birga
Markaziy (Samarqand) va Janubiy So’g’d (Kesh va Naxshab) hukmdorlarining tarixiy
5
  TomashekW Central Asiatische Studies I. Sogdian \\ SPAY-Wien 1887- vol LXXXVIII.-187
6
  Gershevich I.A grammar of Manichaen Sogdian-Oxford 1954-P.12.
  10 geografiyasi   hamda   mamuriy   tuzilishiga   doir   tadqiqotlar   olib   brogan 7
.   Olimning
tadqiqotlari natijasida Kesh va Naxshabning qaram mulklari nomi aniqlangan.
So’g’dshunos   A   Ataxo’jayev   tadqiqotlarida   ilk   o’rta   asrlar   turk-sug’d
munosabatlari   chuqur   tahlil   etilgan,   bo’lib   olimtadqiqotlari   asosida   So’g’dning
markaziy Osiyo svilizatsiyasidagi o’rnini ko’rsatib bergan va shu asnoda Sug’dning ilk
o’rta asrlar davriga alohida etibor qaratgan 8
. 
V.A.   Livshts   o’z   tadqiqotlarida   Strabon   ma’lumotlari   asosida   Sug’dning   janubiy
chegarasi   Oksgacha   (Waxsu-Amudaryo)   va   shimolda   esa   Yaksartning   yuqori
oqimigacha   (qadimgi   eroniy   tilda   Yax   sarta-Tez   oquvchi.   Sirdaryo)   bo’lgan   deb
keltiriladi 9
.
So’g’d miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida shakillangan ilk davlatlardan
biri   bo’lib   hisoblanadi.   Qadimgi   eroniy   manbalarda   Suguda   Yunon   manbalarida
Sogdiana   deb   tarif   beriladi.   A.   Otaxo’jayev   o’z   tadqiqotlarida   R.   Frayga   asoslangan
holda   so’g’diylarning   bu   hududda   joylashuvi   miloddan   avvalgi   II   ming   yillikning
ikkinchi yarmi va I ming yillikning boshlari deb keltiradi.
O’rta Osiyo Ahamoniylar tomonidan bosib olinguniga qadar ham So’g’d hududida
qadimgi   so’g’diy   podshohlik   mavjud   bo’lganligi   ehtimoldan   holi   emas.   Qadimgi
shahar   akropolining   ulkan   hajmi   shundan   dalolat   beradi.   Agar   shaharni   ahamoniylar
hukmdori   qurdirgan   bo’lsa   u   o’zi   uchun   bunday   kata   qarorgoh   ajratmas   edi.   Antik
yozma   manbaga   ko’ra   Ahamoniylarning   emas   mahalliy   hukmdorlarning   borligiga
ishora   qilinadi.   Xususan   Aleksandr   Makedonskiy   Samarqandni   bosib   olgach   u
“Bazayra” degan joyda ov qiladi . 10
  U joy zarafshon daryosi bo’yida joylashgan bo’lishi
mumkin.
G.V.   Grigorev   takidlaganidek   bunday   qo’riaxonalar   muqaddas   qo’riaxonalar   bo’lib,
bu   yerda   faqat   podshoh   va   uning   vazirlari   ov   qilishi   mumkin   edi.   Qadimiy   xalqlar
tasavvuriga   ko’ra,   podshohlar   kelib   chiqishiga   ko’ra   ilohiy   bo’lgan 11
.   G.V.   Grigorev
7
  Kamoliddinov Sh.S. Istoricheskaya geografiya Yujnoga Sogda I Toxaristana po aroboyazichnim 
istorichnikam IX-nachalo XIII.b.b Toshkent O’zbekistan-1966.-422
8
Otaxo’jayev A. Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo Svilizatsiyasida turk-sug’d munosabatlari –Toshkent 
ART-FLEX 2010-219-b  
9
  Лившиц В   В Древнее название СырғДарьи ВДИ –М 2003 1.3-10
10
  ARRIAN VII,14
11
  G.V. Grigorev 1941,61-b
  11 yana   bir   muhim   faktni   qayd   etadi,   yani   ushbu   muqaddas   daratzorlarda   to’rt   avlod
davomida  ov   qilishmagan.   Agar   har   bir   avlod  xayotini   50  yil   deb   hisoblasak,   demak
kamida bu yerda 200 yil davomida bu yerda mahalliy hukmdorlar ov qilmagan. Ushbu
200   yilni   Aleksandr   Makedonskiy   ov   qilgan   davrdan   ayrsak,   Ahamoniylarning   O’rta
Osiyodagi hukmronlik davri chiqib ketadi. 
Ahamoniylargacha   bo’lgan   davrda   mahalliy   hukmdorlarning   o’z   muqaddas
daraxtzoriga   ega   bo’lish   an’anasi   mavjud   bo’lgan.   Bu   o’rinda   yozma   manbalarda
anashunday “muqaddas daraxtzorlar” xaqida xabar qilinadi. Ahamoniylar hukmronligi
davrida esa bu yerda xech qanday ov qilinmagan. Chunki “muqaddas daraxtzor” faqat
sug’dlar shoxi uchun mo’ljallangan va undan faqat podshoh avlodlari yoki uning yaqin
qarindoshlari ov qilishi mumkin bo’lgan. 
Tarixiy adabiyotda yozma manbalarga asoslangan  Qadimgi Baqtriya  podshohligi
mavjud bo’lganligi to’g’risida ma’lumot bor 12
. A.M. Belentskiyning So’g’dning ushbu
birlashmaga   kirishi   haqidagi   taxmini   o’sha   davrga   oid   So’g’d   va   Baqtriya   moddiy
madaniyati   o’xshashlogi   bilan   ham   tasdiqlanishi   mumkin.   Ayni   paytda   shunisi
ajablanarliki   qadimgi   Baqtriya   tarkibida   bo’lgani   hold   anima   sababdan   faqat   So’g’d
hududining o’zida to’rtta yirik shahar bor va ularning har biri hajmiga ko’ra Baqtriya
shaharlari   hajmidan   katta.   Arxeologiya   materiallari   bunday   munozarali   masalani   hal
eta   olmaydi   yani   bu   masalada   biron   yangi   fikir   topish   mushkul.   Shu   bilan   birga
Samarqand   So’g’didan   tashqari   bu   hududda   Janubiy   So’g’d   hududi   ham   kiradi.   Har
qanday   holda   ham   bu   birlashmada   Samarqandning   yetakchiligiga   shubha   yo’q.   Har
holda   agar   ilgari   So’g’d   Baqtrya   siyosiy   birlashmasi   siyosiy   tarkibiga   kirgan   bo’lsa
eramizdan   avvalgi   VII   asrning   boshi   yoki   o’rtalaridan   boshlab   So’g’d   siyosiy
mustaqillikka   erishgan.   Samarqand   Sug’dida   Ko’ktepa,   Samarqand   Navtaka   va
Naqshab singari yirik shaharlarning paydo bo’lishi shu bilan izoxlanadi. 
Eramizdan   avvalgi   VIII-VII   asrlarga   oid   Avestoning   dininy   matnlar   ham   bu
diyorning qadimligidan dalolat beradi. Unda So’g’d Gava tilga olinib, afsonaviy vatani
12
  Dyakonov I.M 1954, 121-140 betlar; shu muallifning asari ,1956,401-486-betlar. Tolstov S.P 1938 176-
203 betlar Masson V.M1959
  12 yaratilganidan   so’ng   buyuk   tangri   Axuramazda   “So’g’diylar   vatani   bo’lgan   Gava”ni
yaratgani tilga olinadi 13
.
Albatta   So’g’dni   nomi   tilga   olingan   yirik   shaxarlarsiz   tasavvur   etish   mushkul.
Avestoga   ko’ra,   Gava   –Eronvej   bilan   bir   hududda   joylashgan.   Zardushtiylik
ta’limotiga   ko’ra   bu   yerda   Zardushtning   o’zi   ta’limotini   targ’ib   qilgan.   Afsonaviy
podsholar   sulolasi   Kayoniylar   aynan   O’rta   Osiyoda   (So’g’dda)   shakillangan   bo’lishi
mumkin.   Bu   yerda   so’z   Zarafshon   vodiysidagi   urbanizatsiya   jaroyonlarining   birinchi
bosqichi   haqida   bormoqda.   Gap   shundaki,   Afrosiyobning   Turondagi   hukmronligi
hammaga   ma’lum.   “Shohnoma”ga   ko’ra   va   Tabariyning   “Tarix”   asariga   ko’ra
afsonaviy   Afrosiyob   Eron   shoxi   Manuchehr   hukmronligining   ikkinchi   yarmida
podshohlik   qilgan,   ayni   paytda   anashu   manbalar   bu   davrda   Turonda   aholi   zich
yashaydigan obod shaharlar ko’p ekanligi xabar qilinadi. 
Anashu   manbalardan   podsholarning   hukmronligi   davrini   aniqlash   mumkin.   Qayd
etiladiki   Manuchehrning   jiyani   Kaykubodshoh   Sulaymonshoh   hukmronligi   davrida,
yani   eramizdan   avvalgi   X-asrda   hukmronlik   qilgan.   Shu   yerda   Kaykovus   hamda
Kayxusrav   nomlari   ham   tilga   olinadi.   Kayxusrav   podshohligi   davrida   Turon   shohi
Afrosiyob vafot etgan. Bu esa Zardusht xomiysi, shox Vishtasp   hukmronligi davriga
to’g’ri keladi 14
. 
So’g’dning   bu   davri   haqida   boshqa   manbalar   ham   xabar   beradi.   Xususan,   8
kitobdan iborat “Xarbiy xiylalar” asari muallifi Polien Ossuriylar hukmronligi haqida
ma’lumot   berib,   Semiramida   yozuvini   keltiradi;   “Nina   podshoxligiga   men   sharqdagi
Ginama daryosidan shimoldagi saklar va so’g’diylargacha  hukmronlik qilganman 15
. 
Shu   tariqa   manbalar   bu   o’rinda   maksimal   darajada   haqiqatga   yaqinlashgan   va
fikrimizcha, eramizdan avvalgi  VIII-asr  o’rtasi  va VII  asr boshida Samarqand shahar
sifatida   qaror   topgan   va   davlat   boshqaruvi   joylashgan   poytaxt   markazi   hisoblangan.
Yozma   manbalar   saltanatning   siyosiy   chegarasini   birmuncha   aniq   ko’rsatadi,   uning
shimoli   sharqiy   qismi   hozirgi   Xo’jakent   bilan   Yaksart   daryosi   yaqinida   chegaradosh
13
  Yasht X, 12-16
14
  Muxiddinov X.Y 1995, 81-85 betlar .
15
  Grigorev G.V,1941- 4-b   
  13 bo’lgan,   bu   daryoning   ortida   esa   sak   qabilalari   istiqomat   qilgan 16
.     Bu   daryogacha
bo’lgan   barcha   axoli   yashash   joylari   keyinchalik   Ahamoniylar   saltanati   tarkibiga
kirgan. 
Samarqandda Ahamoniylar hukmronligi davri moddiy madaniyati o’zining yaqqol
ifodasini   topgan.   Bular   birinchi   navbatda   mudofa   devorlari   qurilishida   ifodalanadi.
Xususan   Ahamoniylargacha   bo’lgan   davrda   So’g’dning   barcha   shaxarlarida   yassi
qabariq g’ishtlardan yasalgan monolit devorlardan tashkil topgan bo’lsa, Ahamoniylar
saltanati qaror topgach, yo’lakli-galeriya tipidagi mudofa devorlari paydo bo’lgan.
Samarqand   va   uning   ko’hna   tarixi   haqida   ayrim   alohida   asarlar   yozilganligi
ma’lum.   Lekin   ular   bizgacha   to’la   yetib   kelmagan.   Bulardan   biri   Abul–Abbos   Ja’far
ibn   Muhammad   al-Mustag’fariyning   “Tavorixi   Samarqand   “(Samarqand   tarixi)
asaridir. Ushbu asar Samarqandning ibtidoiy zamonlardan to X asrgacha bo’lgan tarixi
uning  asori   atiqalari   shuningdek  Nasaf   (Qarshi)  va  Kesh  (Shahrisabz)   viloyatlarining
tarixini o’z ichiga olgan 17
.
Ibn   Hurdodbeh,   Ibn   Havqal,   al-Istaxriy,   al-Muqaddasiy,   al-Yoqut   kabi   mualliflar
va   Hudud   ul-Olam   asarida   Sug’d   va   uning   tarkibiga   kiruvchi   mamuriy   birliklarning
tabiiy-geografik,   iqtisodiy   va   siyosiy   zhvoli   xususida   so’z   yuritganlar   Maskur
manbalarda   Sug’dning   daryo   va   ko’llari,   ariqlari   tilga   olingan.   Zarafshon   daryosi
ko’pincha   arab   manbalarida   Sug’d   daryosi   deb   tilga   olingan.   Daryo   boshlanadiga
Zarafshon tizmasi al-Butam tog’lari deb nomlangan. Unda Nahr Barsh, Nahr Bormish,
Nahr   Bashmin,   Nahr   Ishtihon,   Nahr   as-Sinovob,   Nahr   G’ubor   kabi   ariqlar   tilga
olingan.   Mualliflar   Sug’dning   rustoqlaridan   oqib   o’tuvchi   ariqlarni   shu   rustoq   nomi
bilan ham atashgan 18
.
Sug’dning   bosh   shahri   bo’lmish   Samarqand   to’g’risida   ham   turli   manbalarda
turlicha   yondashuvlar   mavjud.   Abu   Tohirxo’janing   “Samariya”   asarida   ham
Samarqandning   boshlang’ich   qurulishi   va   kim   tomonidan   barpo   etilganligi   to’grisida
ayrim mulohazalar mavjud. 
16
  Istoriya O’zbekistana v istochnikax 1984, 179-b  
17
  Kotibi Chalabiy.  Kitob-I  kashf az-zunun an-asomi al-kutubi va-l funun Istanbul (310) 1892,226-
saxifa) .
18
  Ibn Havqal. Kitob al-Ard Yerning surati kitobi Toshkent 2011.B57-61
  14 Samarqand   shahrining   Samarqand   otalishi   to’g’risida   bir   necha   sabablar   bordir.
Birinchi sababi “Burhoni qote’’ kitobida naqil qilingankim, Samar ismlik bir kishi bu
yerda   joylashgan   va   o’z   tevaragiga,   xalqni   to’plagan   edi.   Shuning   uchun   bu   yerni
boshda “Samarkent” deb ataldi. Arab qo’shini bu yerni olgach o’z tillariga o’zgartirib
“Samarqand”   dedilar.   Ikinchi   sabab   “Masolik   ul-mamolik”   nomli   kitobda   naqil
qilingandurkim, Samar boqir ismlik bir xon Farg’ona va Qoshg’ar tomonlardan kelib,
bu viloyat xalqiga dushmanlik yuzasidan, bu shaharning devorlarini qozib buzgan edi.
Shuning uchun bu shahar “Samar qozdi” manosida bo’lgan. Forscha “Samarqand” deb
ataldi.   Arab   qo’shini   bu   yerni   shaharni   olgandan   keyin   “Samarqand”     deb   atadilar.
Uchinchi sabab “Tarixi Tabariy” kitobida keltirilgandirkim, Samar otliq bir xon ushbu
shaharni   bino   qildirdi.   Eng   evval   “qand”   degan   turk   aymog’i   bunda   o’rnashib
o’ltirdi.Shuning uchun bu shahar  boshlab “Samarqand” deb ataldi.   Arab qo’shini  bu
yerni   shaharni   olgandan   keyin   “Samarqand”     deb   atadilar.     To’rtinchi   sabab   ushbu
shaharning   bir   yerida   “Samar”   degan   birov   tomonidan   qazilgan   buloq   bor   edi.   Ulus
o’sha   buloq   tevaragiga   yig’ilib   o’rnashgan   edi.   Shu   sababdan   u   o’rinning   oti
“Samarqand”   dedilar.   “Haft   iqlim”   kitobida   aytilgankim   Yaman   Tubbai   maliklaridan
Samar   ismlik   bir   kishi   ushbu   shaharning   devorini   buzdi.   Arablar   kelgandan   keyin
“Samarqand” dedilar va yana tangri taolo yaxshi biladi 19
.
Mug’  tog’idan topilgan so’g’diy hujjatlarda shahar  Samarkant, qadimgi  Yunon
va Rim  mualliflari asarlarida Marakanda, Marganda va Margandi  shakllarida qayd
etiladi.   Arablar   esa   uni   Samaroy   deb   ataganlar.   Italiyalik   sayyoh   va   adib   Marko
Poloning   kitobida   shahar   Samarqan,   Sarmakan   va   Sanmarkan   shakllarida   tilga
olinadi.   Forschada   Samarqand   deyilgan.   Xitoyning   qadimgi   va   o’rta   asr
yilnomalarida   Samarqand   shahar,   viloyat   va   ularning   hukmdorlari   ham   Kan   yoki
Samogan,   Limogan,   Sivingin   va   Saymaerkan   shakllardagi   atamalar   bilan
ta’riflanadi.
19
  Abu Tohirxo’ja Samariya asari Forschadan Abdulmo’min Sattoriy tarjimasi Toshkent “Kamalak” 1991.1-16
  15 Abu   Rayhon   Beruniy,   Mahmud   Koshg’ariy   va   Zahiriddin   Muhammad   Bobur
asarlarida Samarqand “Semirqand” ya’ni “semiz shahar” ma’nosini bildiradi, degan
fikr bayon etilgan.
Bulardan   tashqari,   turli   davrlarda   bitilgan   tarixiy   manba   va   kitoblarda
shahar   nomi   Samariana,   Saramanka,   Sakanna,   Sanmangan,   Samakiyon,
Sumron, Shamarkan, Samaroy, Simroyat kabi shakllarda ham qayd etiladi.
Fanda   Samarqand   toponimining   yuzaga   kelishi   va   semantikasi   borasida
turli   xil   fikr   va   mulohazalar   keltirilgan.   Ayrim   xorijiy   toponimistlar   shahar
nomi   sanskritga   samariya–“yig’in”   yoki   “anjuman”   so’zidan   olingan   degan
fikrni   aytgan.   “Tarixi   Tabariy”,   “Samariya”   va   “G iyos   ul-lug’ot”   asarlariningʻ
mualliflari   yozishlaricha,   “Samar”-   podshoning   nomi   bo’lib,   “kand”   esa   turkiy
tilda   “shahar”   degan   ma’noni   anglatgan.   Demak,   Samarqand-Samar   shahri
demakdir.
Ularning   yana   bir   fikricha,   Yaman   podsho   zodagonlaridan   bo’lmish
Shamar So’g’d aholisi bilan jang qilib, shaharni buzib vayronaga aylantirgan. U
qayta   boshdan   tiklanib,   Shamarkand   nomi   bilan   yuritilib   ketgan.   Yana   bir
manbada   esa   shahar   hududida   Samar   ismli   e’tiborli   shaxs   tomonidan   qazilgan
buloq   bo’lgan.   Aholi   ushbu   buloq   atrofida   yig’ilib,   o’rnashgani   sababli
buloqboshi mavzei Samarqand, ya’ni Samarkan nomi bilan atalgan ekan.
Samarqand   toponimlari,   garchi   shaklan   bir-biriga   hamohang   bo’lsa-da,
ularning   morfologiyasi   ham,   tub   ma’nosi   ham   ma’lum   darajada   o’zgarib
mukammallashib borgan.
Samarqand   hududida   Sangin   -   Chashmasiyob,   Sangrason   -   Novadon,
Obirahmat   va   Obimashat   kabi   sersuv   buloqlar   hamda   ularning   oqar
jilg’alaridan   hosil   bo’lgan   obihayot   manbai   mavjud   bo’lgan.   Bu   chashmalar
ko’pgina   xastaliklar   uchun   shifobaxsh   va   tabarruk   hisoblangan.   “Samariya”
kitobida   bu   borada   “Samarqand   elining   eskidan   qolgan   bir   odati   bordirkim,
ajam   yilining   so’ngi   dushanba   oqshomi   (Navro’zning   oxirgi   dushanbasida)
ushbu   ariq   (Obirahmat)   yoqasiga   yig’ilishib   cho’miladilar   va   tahorat   qiladilar.
Tabarruk yuzasidan  ushbu suvdan oladilar” deb ma’lumot beriladi. Bayramona
  16 kechgan   bunday   e’tiqodiy   oqshomdan   so’ng,  “Gunoh  to’kildi”,   “Qozon   to’ldi”
va “Boy bo’ldi” deb yuritiladigan an’anaviy yig’inlar o’tkazilgan.
Qadimgi   Samarkand   atamasi   avval   Samarkand,   so’ngra   esa   Samarqand
shakllarida talaffuz etiladi.
Samarqand   toponimi   morfologik   jihatdan   ikki   bo’g’inli   bo’lib,   uning
bosh bo’g’ini “samar” iborasi so’g’d, fors-tojik va o’zbek tillarida keng istifoda
etilgan.   Bu   so’z   “mashhur,   tanilgan,   samarali”   va   barakali   kabi   ma’nolarni
anglatgan.   Ikkinchi   bo’g’ini   “kand,   qand   va   kent”   leksemalari   esa   katta   yoki
ulkan   qishloq,   shahar,   o’lka   tushunchalarini   bildirgan.   Bundan   ikki   xil
shakllardagi   iboralar   birikmasidagi   “Samarqand”   mashhur   va   shuhratli   shahar
sifatida tasvirlangan. Shu boisdan, bunday nomdor  Samarqand tarixda “sayqali
ro’yi zamin”, ya’ni “Yer yuzining jilosi” sifatida ta’riflanib kelingan.
Samarqand shahrining asriy shuhrati tufayli o’rta asrlardayoq O’rta Osiyo
va   unga   tutashgan   bir   nechta   mamlakat   hududlarida   qator   shahar,   qishloq,   joy
hamda   oronim   va   gidronimlar   Samarqand,   Samarqandak   kabi   shakllarda
yuritilgan.
Samarqand   toponimining   qator   sinonimik   atamalarini   toponimistik,
lingvistik   va   tarixiy   tahlilidan   ma’lum   bo’lishicha,   mazkur   shahar
“Sarimaskan”   Katta   buloq   boshida,   ko’kalamzor-marg’iy   yerda   katta   qishloq
shaklida qad ko’targan. Hududiga monand u Maskat deb yuritilgan. Maskatning
girdi   ihota   va   mudofaa   devorlari   bilan   o’rab   olinib,   uning   shimoliy   qismida
Siyobning   chap   sohili   bo’ylab   mustahkam   istehkomli   hukmdor
qarorgohi–“kuhandiz-ark”   bino   qilingach,   u   shahar   qiyofasida   ravnaq   topgan.
Uning   shuhrati   ortib,   “Samarqand”   ya’ni,   mashhur   shahar   nomi   bilan
ta’riflanib, jahonga dong’i ketgan.
  17 1.2 Tarixiy manbalarda Sug’d atamasining qo’llanilishi va uning mox iyati.
Hozirgi kundagi  tarixiy manbalar juda oz saqlanganligi sababli eramizdan avvalgi
1-ming yillikning birinchi yarmidagi vaziyatni tasvirlash uchun olimlar doimo birdan
bir   manbaga–qaimiy   zarqushtiy   muqaddas   kitoblarining   majmuasi   “Avesto”ga
murojaat qiladilar. Unda oriylar qabilalari yashagan bepoyon kengliklar haqida xabar
beriladi.   Bo’liq   yaylovlari   bor,   yuksak   tog’lari   mollarini   parvarishlovchilarga   xizmat
qiladigan,   chuqur   ko’llar   yoyilib   yotgan,   teran   daryolar   mavjlanib   oqadigan   “Oriylar
kengliklari” tarkibiga kirgan mamlakatlar qatorida Sug’d Govasi eng yaxshi viloyatlar
va   mamlakatlardan   biri   deb   eslanadi.   O’rta   Osiyoning   anchagina   qismi   ahamoniylar
davlatining   tarkibiga   kiradi.   So’g’d,   Xorazm   va   Parfiya   bilan   bir   ma’muriy   birlik
tarkibida edi, ammo so’g’dning ahamoniylarga qachon tobe etilgani nomalumdir.
Eramizdan   avvalgi   V-IV   asrlarda   yashagan   yunon   muallifi   ahamoniylar
davlatining   boshqalar   qatorida   baqtriyaliklar   va   xorazmliklar   ham   kirgan   sharqiy
viloyatlariga   Kayxisrav   II   tomonidan   hokim   tayinlanganligi   haqida   habar   beradi.
Kayxusrav o’z davlatining sharqiy chegaralarida keng miqyosida harbiy harakatlar olib
boradi. 
Doro   I   (eramizdan   oldngi   522-486yillar)   nomidan   naqsh   etilgan   Behstun   yozuviga
ko’ra   So’g’d   ahamoniylarga   tobe,   ehtimolki   Doroga   “Ahura   Mazdaning   marhamati
bilan   me’ros   qolgan”   mamlakatlar   sarasiga   allaqachon   kirgan   bo’ladi.   Baqtriya   bilan
So’g’dning   aloqalari   shu   qadar   jips   bog’langanki,   bu   ikki   o’lkaning   moddiy
madaniyatida,   ayniqsa   spool   idishlarining   turlarida   aniq   aks   etadi.   O’lkalararo
chegaralar   keyinroq   ellinlar   davrida   ham   uncha   aniq   belgilanmaganligi   So’g’d   bilan
Baqtriya   tarixining   qaysidir   bosqichlarida   madaniy   jihatdangina   emas   siyosiy
jihatdanham mushtarak bo’lganliklar tahmin etiladi. 
So’g’d qishloqlari o’ziga xos tarzda hayot kechirgan. Ammo tarix silsilasi bunday
aholi yashaydigan joylarni ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarning yanada taraqqiy etgan
bosqichlariga   ko’tarilishga   tayyorlangan.   Ko’payayotgan   aholining   ehtiyoji   tufayli
ishlab   chiqarish   o’sa   brogan,   ijtimoiy   tafovutlanish   amalga   oshgan,   hukmron   tabaqa
qaror   topa   boshlagan.   Shaharning   yuzaga   kelishini   tayyorlagan   chuqur   ichki
  18 sabablardan   tashqari,   boshqa   sabablar   ham-   muqarrar   hujum   tahdidi   ham   mavjud
bo’lgan.   Birlashish   zarurati   pishib   yetilgan,   negaki   buning   iqtisodiy   jihatdan   foydali
ekanligi ayon ko’rinib turgan. Bir necha qishloqlarning aholisi boshpana toppish kerak
bo’lgan yangi shahar joy tanlashda sinchikovlik bilan ish tutganlar. Hamma tomonidan
tabiiy suv yo’llari  o’rab olgan tik yonbag’irlik, g’uj  tepaliklar dushman qamal  qilgan
paytda   shahar   devorlari   uchun   qudratli   poydevor   sifatida   xizmat   etishi   mumkin
bo’lgan. Shu vaqtgacha Afrosiyob maavzeyi  o’rnida eramizdan avvalgi  1 ming yillik
o’rtalarida   yuzaga   kelgan   shahar   bir   necha   qishloqlarning   o’sishi   yoki   qo’shilishi
oqibatida   asta   sekin   bunyod   bo’lgan,   deb   taxmin   qilinardi.   Ammo   Afrosiyobda   olib
borilgan   arxeologik   ishlar   tepaliklarga   aholi   ko’chib   kela   boshlashi   dastlabki
istehkomlarni barpo etish bilan bir vatga to’g’ri kelinishini takidlaydi.  Bu esa odamlar
maskur joyga shahar qurish uchungina emas, muqarrar ravishda So’g’dning ma’muriy
va iqtisodiy markazini barpo etish uchun kelganliklaridan dalolat beradi. 
Sug’d   O’rta   osiyodagi   qadimgi   tarixiy-madaniy   viloyat.   Ilk   marta   ahamoniylar
sulolasi   vakillarining   qoyatosh   xotirot   bitiklarida   Sug’uda   shaklida   qadimgi   Eron
saltanatiga   tobe   qilingan   satrapliklardan   biri,   mamlakat   nomi   sifatida   qayd   etilgan.
Yunon manbalarida-Sogdianoy . Bu shakl yunonlar tomonidan so’z tarkibidagi-anaka-
tegishlilik,   mansublik   ma’nosini   bildiruvchi   nisbat   qo’shimchasini   so’z   o’zagiga
qo’shib   yuborishdan   paydo   bo’lgan.Xitoy   manbalarida-Suli.   Sug’d   yozuvi
yodgorliklari   mamlakat   nomini   Sug’d   yoki   Sg’ud   shaklida   ko’rsatadi   Sug’dik   yoki
Sg’udik,   Sug’diyonak-Sg’udiyonak   shakillari   “Sug’dga   tegishli”   “Sug’diy”   kabi
ma’nolarda qo’llanadi.  O’rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat nomini
“Sug’d” shaklida qo’llaydi.   20
Eng   qadimgi   noyob   manba   bo’lmish   Zardushtiylikning   muqaddas   kitobi
Avestoning   Videvdat   qismida   ezgulik   xudosi   Axuramazda   yaratgan   ezgu   yurtlardan
biri Gava deya tilga olinadi va u yerda sug’dlar yashaydi deb ko’rsatiladi. 
Sug’d miloddan avvalgi  I  ming yillikning boshlarida  O’rta Osiyoda  vujudga  kela
boshlagan   ilk   davlatlardan   biri   bo’lib   hisoblanadi.   Sug’dning   o’rta   asrlar   davri
20
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2003 B 790
  19 to’g’risidagi   qimmatli   ma’lumotlar   Abu  Ishoq  Ibrohim   ibn  Muhammad  al-Forisiy   al-
Istaxriyning   “Kitob   al-masalik   val-mamalik”   (Yo’llar   va   o’lkalar   kitobi),   Abulqosim
ibn Havqal an-Nisibiyning “Kitob surat al-ard”(Yerning surati kitobi), Abu Mansur as-
Saolibiyning ‘‘Kitob latoif al-maorif’’(Ajoyib ma’lumotlar haqida kitob) hamda   Abu
Tohirxo’janing “Samariya” kabi asarlarida uchraydi. 
Kitob   al-masalik   val-mamalik   (Yo’llar   va   o’lkalar   kitobi)   asarida   Sug’dga   doir
qimmatli   ma’lumotlar   uchraydi.   Asarda   Sug’dga   ulug’vor   ta’rif   beriladi.   Istaxriy
“Sug’dda   bir   saroy   ko’rdim.   Darvozasi   ochilib   devoriga   mixlab   qo’yilgan.   Nega
bunday? deb so’radim. Aytdilar  “Yuz yildan oshdi  bu darvoza ochiq turadi  va kecha
kunduz yopilmaydi. Bir gal yuz va undan ortiq otliq to’satdan ogoxlantirmasdan kelib
qoladi. Saroy egasining o’rnidan qo’zg’alishiga xojat bermaydi. Kishilar taomi, ulovlar
yemishi hammasi tayyor edi. Har bir ishni bajarishga odam tayin qilingan edi. Har bir
mehmonga  uy egasining xursandligi  yuzi yorug’ligi ma’lum bo’ldi” Bunday ishni bu
yurtdan boshqa hech bir iqlimda ko’rmadim”   21
Bundan   ko’rinib   turibdiki   Samarqand   Sug’di   o’zining   boshqa   iqlimlarda
uchramagan   tomonlari   bilan   ajralib   turgan.   Bu   esa   shundan   dalolat   beradiki   “Buyuk
ipak   yo’li”   chorraxasida   joylashgan   Sug’d   eng   muhim   shaharlardan   biri   bo’lib
hisoblangan.   Kitob   surat   al-ard   kitobida   (Yo’llar   va   o’lkalar   kitobi)   keltirilishicha
Islom dini kirib kelguniga qadar Sug’d yoki as-Sug’d Zarafshon hamda Qashqadaryo
hududlarini   egallagan   katta   viloyat   bo’lgan.   Lekin   X   asrda   arab   manbalarida
keltirilishicha as-Sug’d deganda Samarqand hamda Buxoro orasida joylashgan mayda
bir tuman tushunilgan.
Kitob   latoif   al-maorif   (Ajoyib   ma’lumotlar   haqida   kitob)   asarida   “Qutayba   ibn
Muslim   u   yerga   yaqinlashib   qolganda,   ko’zlarini   qamashtirib   yuboradigan   nihoyatda
go’zal   bir   manzarani   ko’rib   yonidagilarga   shunday   degan   ekan:   “U   go’yo   moviy
osmon,   uning   qasrlari   go’yo   porlab   turgan   yulduzlar   va   anhorlari   xuddi   Somon
21
 Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forisiy  al-Istaxriyning  “Kitob al-masalik val-mamalik asari 
Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси«Фан» нашриёти давлат корхонаси
Тошкент–2019 B-129
  20 yo’lining   o’zidir”.   Bu   tashbihni   juda   yaxshi   deb   hisoblab,   uning   haqiqiyligiga
ajablandilar. 22
Abu   Tohirxo’janing   “Samariya”   asarida   ham   Samarqand   haqida   qimmatli
ma’lumotlar uchraydi. Asarda Samarqandning Samarqand deya atalishi to’g’risida
o’zidan   oldingi   manbalarga   tayangan   holda   ma’lumotlar   keltiriladi.   Shuningdek
havosining   xususiyati,   yerining   tuzulishi,   tog’lari,   g’orlari,   buloqlari,   qabr   hamda
mozorlari, masjid va madrasalari kabilarga alohida to’xtalib o’tiladi.
Sug’dning   tarixiga   doir   yozma   manbalari   orasida   eng   muhimlaridan   yana
biri bu Mug’ arxivi bo’lib hisoblanadi. Mug’ arxivi hujjatlari VII-asr oxiri VIII- asr
boshlaridagi Sug’dning siyosiy  ijtimoiy -iqtisodiy va ma’daniy hayoti haqida eng
muhim   birlamchi  manba  hisoblanadi.   Sug’d  arxivi   shaxsiy  maktublar,  diplomatik
yozishmalar,   shartnoma   va   bitimlar,   taqvim   ro’yxatlari,   xojalik   va   hisobot
qaydlaridan   tashkil   topgan.   Bunda   aks   etgan   voqealar   Panj   viloyati   balki   butun
Sug’d va Samarqand bilan uzviy bog’liqlikda bolib o’tadi.   Sug’d arxivi hujjatlari
Sug’dning   tarixi   va   taxt   uchun   daxldor   bo’lgan   Tarxun,   Gurak,   Afarun   va
Devashtich faoliyatini tahlil etishda muhim manba bo’lib hisoblanadi.
Sug’dning ilk o’rta o’rta asrlar davrini yoritishda Xitoy manbalarining ham
o’rni   beqiyosdir.   631-632   yillarda   Samarqand   kelgan   Xitoy   rohibi   Shyuan   Zang
(596-664)   o’zining   xotiralarida   Sanarqand   shahri   uning   markazi   hukmdori,
armiyasi   iqlimi   urf-odatlari,   halqaro   savdo   munosabatlari   haqida   quyudagicha
ma’lumotlarni   keltirib   o’tadi.   “Samarqand   (Samuojyan)   davlatining   hududi
aylanmasiga   (diametri)   1600-1700   li   (921.6-679.2   km)   kelar   ekan.   U   sharqdan
g’arbga   qarab   cho’zilgan   yirik   davlat   hisoblanadi.   Poytaxt   shahrining   hududi
aylanmasiga 20 li (11.52 km) dan ziyod va uning devorlari nihoyatda mustahkam,
aholisi katta nufuzga ega Xorijiy mamlakatlardan olib kelingan kimmatbaxo molar
shu   yerga   to’plangan.   Yerlari   serhosil,   dehqonchilik   rivojlangan,   mevalari   serob,
zotli   otlar   ko’p.   Samarqandning   iqlimi   mo’tadil,   urf-odatlari   e’tiborga   molik.   Bu
yerda   barcha   xorijiy   mamlakatlardan   kelgan   odamlarni   uchratish   mumkin.Uzoq-
22
 Abu Mansur as-Saolibiy ‘’Kitob latoif al-maorif’’(Tadqiq qiluvchi tarjimon I.Abdullayev 
 T-1987) B- 74-75
  21 yaqindan   kelgan   kishilar   daromad   olish   maqsadida   tinmay   mehnat
qilishadi.Hukmdori   qobiliyatli   va   serg’ayrat,   qo’shni   davlatlar   uning   so’zini   ikki
qilmaydi.Otliq   kishilari   kuchli,   askarlarining   hammasi   qo’rqmas   jangchilar,ular
nihoyatda g’ayratli, o’limga tik bora oladi va jangda orqaga chekinmaydi. 23
 
Sug’dning   geografik   joylashuvi   va   ma’muriy   jihatdan   bo’linishi   borasida
ham turli manbalarda turlicha qarashlar mavjud.
Qadimgi   Sug’dning   antik   davr   manbalarida   aytilishicha   Sug’diyonaning
chegarasi   Janubda   Amudaryoga   shimolda   esa   Sirdaryoning   yuqori   oqimigacha
boradi.
Ptolemey   o’z   asarida   Sug’diyonaning   janubiy   chegarasi   qisman   Oks
(Amudaryo)   bo’ylab   o’tadi,   qisman   esa   Hind   tog’lari   deb   nomlangan   Kavkaz
tog’lari  yaqinidan (bunda Paropamis  yani  Hindiqush tog’larining davomi  nazarda
tutilgan)   o’tadi.   Ptolemeyning   fikricha   g’arbda   Sug’diyona   Oks   orqali
Marg’iyonadan ajralib turgan, shimolda Oks tog’lari uni Skifiyadan ajratib turgan,
sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Komed tog’lari Sug’diyona bilan saklar o’rtasidagi
chegara   bolgan.   Amudaryo   esa   Sug’diyonaning   janubiy   chegarasi   deya   aytib
o’tgan. 
Xitoy   rohibi   Syuan   Szyan   Sug’d   tushunchasini   keng   manoda   qo’llab   juda
keng   hududlarga   nisbatan   ishlatgan.   Uning   ma’lumotlarida   keltirilishicha   Chu
daryosi   vodiysidan   to   Qarshi   vohasini   Sherobod   voxasidan   ajratib   turuvchi   tog’
davonidagi   Temir   darvozagacha   Sug’d   deb   atagan.Lekin   manbalardan   ma’lum
bo’lishicha   bunda   Sug’dning   geografik   joylashuvi   emas     balki   sug’diylar
yashaydigan makon,ular tarqalgan hududlarn azarda tutilgan. 24
Yana   bir   Xitoy  sayyohi   Xoy   Chao   729-yilda   O’rta   Osiyoda   bo’lganda   ikki
daryo   oralig’idagi   aholini   til   xususiyatlariga   qarab   oltita   geografik   hududga
ajratgan.  Bular  Buxoro (An) vohasi, Ustrushona (Sao), Kesh (Shi), Choch -Iloq
bilan birga (Shi-lo), Maymurg’ (Mi) va Samarqand (Kan) kabilarni keltiradi. 
23
 A.Berdimurodov SH.Indiaminova .Buyuk ipak yo’li Toshkent 2017 B-47
24
  G’oyiboy B Sug’d konfederatsiyasining shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli. Tarix fanlari doktori 
dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent -2017 B-18 
  22 Arab   manbalarida   esa   Sug’dning   geografik   joylashuvi   to’g’risida   quyudagi
ma’lumotlar uchraydi. Sug’d deb O’rta zarafshon (Samarqand) vohasi tushunilgan.
Sharqda   Panjikent   g’arbda   Karmana   Sug’dning   chegaralari   bo’lgan   deya
ko’rsatiladi 
Al-Muqaddasiyning   “Ahson   attaqosim   fi   ma’rifat   alaqolim,   (Iqlimlarni
o’rganish uchun eng yaxshi qo’llanma) asarida ham Sug’dning geografik chegarasi
haqida   ma’lumotlar   uchraydi.   Muqaddasiy   Sug’dga   Kesh   va   Nasafning   yerlari
kirganligini aytib o’tadi. 
Hozirda   o’rganilgan   manbalardan   shu   ayonki   Sug’d   uch   qismdan   iborat.
Poytaxti   Samarqand   hisoblangan   Markaziy   yoki   Samarqand   Sug’di,   poytaxti
Buxora   shahri   bo’lgan   Buxoro   yoki   G’arbiy   Sug’d,   hamda   Qashqadaryo   Sug’di
yoki Janubiy Sug’d.
Markaziy   Sug’ddagi   Samarqand,   Panjikent,   Rivdot,   Bosida,   Dabusiya,
Ishtixon,   Kushoniya,Vidor,   Sog’arj,Rabinjon;   Buxoro   Sug’didagi   Poykent,
Varaxsha,   Romiton,   Karmana   ;   Qashqadaryo   Sug’didagi   Qarshi,   Kesh,   Kitob,
Sangirtepa   kabi   shaharlar   juda   mashhur   hisoblanib   ular   Buyuk   ipak   yo’lining
rivojida betimsol xizmatlari bor. 25
 
Shuni   ta’kidlash   lozimki   o’rta   asrlarda   Buyuk   ipak   yo’lining   markaziy
tarmoqlari Sug’d orqali o’tgan. Sug’d xalqaro savdo munosabatlarida muhim o’rin
egallagan.
VII-asrning   boshlarida   O’rta   osiyoda   bo’lgan   xitoylik   elchi   Vey   Tsze
shunday deb yozgan edi “Samarqandning barcha aholisi mohir savdogar; bola besh
yoshga   kirishi   bilanoq   unga   savod   o’rgata   boshlaydilar   o’qishni   bilib   olgandan
so’ng   uni   savdo   ishlarini   o’rganishga   majbur   etadilar”.   Samarqand   savdogarlari
Yettisuvning   ancha   ichkarisiga   va   Xitoy   chegaralarigacha   yetib   borib   u   yerlarda
savdo-sotiq qilganlar 26
 
Sug’dning   qog’ozi   ham   savdoda   eng   muhim   mahsulotlardan   biri   bo’lib
hisoblangan. Yuqorida aytib o’tilgan as-Saolibiyning Kitob latoif al-maorif asarida
25
A.   Berdimurodov SH.Indiaminova.Buyuk ipak yo’li Toshkent 2017 B-50
26
  Samarqand tarixi (birinchi tom) Toshkent 1971 B-11
  23 “Samarqandning   o’ziga   xos   narsalaridan   biri   qog’oz   bo’lib   u   Misr   qog’ozini   va
avvallari xat yozishgan terilarni orqada qoldirib ketadi. Chunki Samarqand qog’ozi
eng   yaxshi,   eng   nafis,   eng   muloyim,   eng   qulaydir.   U   faqat   shu   yerda   va
Xitoydagina bo’ladi” 27
  deya aytib o’tadi. Ushbu kitobda “Tog’ir ibn Abdulloh ibn
Tohir   bir   vaqt   o’z   vakillariga   imzo   chekilgan   shunday   farmonni   chiqargan   ekan:
Agar   Toharistonning   saman   oti,   Bardaaning   xachiri,   Misr   eshagi   va   Samarqand
qulini   uchratsangiz   bu   haqda   bizning   ra’imizni   so’rab   o’tirmay   sotib   olavering ”
deya aytib o’tilgan. 
Ahamoniylar   davri   manbalari   ham   da   antik   davr   mualliflarining
ma’lumotlariga qaraganda miloddan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida Sug’d
Doro I davrida ma’lum bir hokimlik ko’rinishida bo’lgan. Geradotning aytishicha
Ahamoniylar   davlatining   viloyatlari   ro’yxatida   Parfiya,   Sug’d,   Xorazm   va   Arey
(hozirgi Hirot viloyati) bilan birga 16 ta viloyat ham keltirib o’tiladi. 
Arrian,   Kurtsiy   Ruf   kabi   antik   davr   mualliflari   miloddan   avvalgi   VI   asrda
Doro   III   davrida   Sug’dlar   ham   Ahamoniylar   davlati   tarkibida   bo’lgan.   Bess
boshchilik qilgan Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan. 
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki Amudaryodan Sirdaryogacha bo’lgan hududda
joylashgan Sug’d nomining qo’llanilishi bir necha bor o’zgaradi. Amudaryo hududlari
miloddan   avvalgi   II-   asrda   Baqtriya   podsholigining   qulashiga   qadar   Sug’diyonaning
chegarasi   dep   hisoblab   kelingan.   Ushbu   hududlarda   sak   toxar   qabilalari   o’troq   bolib
joylashadi   va   bu   hududda   Toxariston   viloyati   vujudga   keladi.   Bu   hududga   grek-
makedon  istilochilari   bostirib  kelishi  oqibatida  IV-asrning   oxirlarida  sug’dlarning  bir
qismi   Zarafshon   va   Qashqadaryodan   shimol   va   sharq   tomonga   ko’chib   o’tadi.   Shu
tariqa   Yettisuvda   sug’diy   aholi   yashagan   Sug’d   viloyati   tashkil   topadi.   Lekin
Zarafshon vodiysida Sug’d atamasi ancha tor manoda qo’llaniladi. 
Dunyoning   qadimiy   shaharlari   tarixini   o rganish   doimo   tarixshunoslar   diqqatʻ
markazida   bo lib   kelgan.   Samarqand   tarixi   va   shaharsozligining   o ziga   xos   jihatlari	
ʻ ʻ
borasida mahalliy va jahon tarixchi olimlari tomonidan bir qancha tadqiqotlar amalga
27
  Abu Mansur as-Saolibiy ‘’Kitob latoif al-maorif’’(Tadqiq qiluvchi tarjimon I.Abdullayev 
 T-1987) B- 74-75
  24 oshirilgan.   XIX   asr   oxiri-XX   asr   boshlarida   rus   sharqshunoslari   va   mahalliy
o lkashunoslarning   Samarqand   tarixini   o rganish   borasidagi   amalga   oshirganʻ ʻ
mehnatlari beqiyosdir. Bu davrda shaharning paydo bo lish tarixiga ilmiy yondashgan	
ʻ
tarixshunos olimlardan biri akademik V.V.   Bartold hisobdanadi. 
V.V.   Bartold   Istaxriydan   quydagi   ma’lumotlarni   yozadi,   Samarqand   Sug di   biz	
ʻ
aytgan   eng   obod   uchta   joyning   biri   dir.   Gullab-yashnagan   Sug d   vodiysi   Buxorodan	
ʻ
Buttam   chegarasigacha   o ng   va   so l   tomondan   uzluksiz   tutashib   ketgan.   U   yashil	
ʻ ʻ
bog lari   bir-biriga   ulashgan   sakkiz   kunlik   masofadagi   ko kalamzor   maydonlardan	
ʻ ʻ
iboratdir.   Doimiy   oqib   turuvchi   daryolar   bilan   o ralgan.   Bog lar   va   maydonlarida	
ʻ ʻ
hovuzlari   bor.   Yam-yashil   daraxtzor   va   ekinzorlari   vodiyning   ikki   tarafi   bo ylab	
ʻ
davom   etadi.   Ularning   ortini   dalalar   to ldiradi.   Ulardan   keyin   chorva   yaylovlari	
ʻ
boshlanadi 28
.
V.V.   Bartoldning   takidlashicha,   Samarqand   tuprog i   eng   unumdor   va   quruqdir.	
ʻ
Ko chalari   va   hovlilaridagi   oqarsuvlar   ko p   bug lanmaganida   va   daraxtlari   mo l	
ʻ ʻ ʻ ʻ
bo lmaganida,   bu   quruqlik   ularga   zarar   yetkazardi.   Uylari   paxsa   va   yog ochdan,
ʻ ʻ
odamlari   ajoyib   va   go zaldirlar.   Muruvvat   va   saxovatni   Xuroson   shaharlaridan   ortiq	
ʻ
qiladilar,   bu   mollariga   ham   ta sir   etadi.   Samarqand   Movarounnahr   qullari	
ʼ
to planadigan joydir. Qullarning eng yaxshisi ham Samarqandda bo ladi. U bilan eng	
ʻ ʻ
yaqin tog lar oralig i yengil marhala chiqadi. Kichik Kuhaktog i bilan tutashgan, uning	
ʻ ʻ ʻ
bir   tarafi   Samarqand   devorigacha   cho zilgan,   uzunligi   yarim   milga   teng.	
ʻ
Shaharlarining   toshi,   idishlari   uchun   tuproq,   ohak,   shisha   va   boshqa   narsalar   undan
olinadi. Undagi oltin va kumushdan foydalanishga ruxsat berilmasligi menga ma lum	
ʼ
bo ldi. Ba zilaridan tashqari shaharning barcha yo llari, mahallalari, ko chalariga tosh	
ʻ ʼ ʻ ʻ
yotqizilgan.   Suvi   Sug d   daryosidan   keladi,   u   Buttam   tog larida,   Sag aniyon   orqasida	
ʻ ʻ ʻ
boshlanadi.   Unda   Jan   deb   ataladigan   kichik   dengizga   o xshash   ko li   bor.   Atrofida	
ʻ ʻ
qishloqlari   bor,   bu   tuman   Barg ar   deyiladi.   Suv   undagi   tog larni   oralab   Banjikatga	
ʻ ʻ
yetib   boradi.   So ngra   “To g on   boshi”ni   anglatuvchi   Varag sar   deb   ataladigan   joyga	
ʻ ʻ ʻ ʻ
o tadi.   U   yerdan   Samarqand   daryolariga   bo linadi.   Vodiyning   g arbida   Samarqand	
ʻ ʻ ʻ
tomondagi   rustoqlar   bilan   tutashadi.   Sharqiy   tarafdagi   ariqlar   boshi   Varag sar	
ʻ
28
  Истахрий – «Китаб ал-масалик вал-мамалик» Т.: 2019 й 131  б
  25 qarshisidagi   G ubar   mavzesidadir.   Bu   joyda   tog lar   ajralib,   ekin   ekiladigan   yerlarʻ ʻ
boshlanadi. Varag sardan Barsh, Barmish va Bashmin daryolari chiqadi. Barsh daryosi	
ʻ
Samarqand yuqorisida davom etadi, boshidan oxirigacha unga tutash shahriston, devor
va qishloqlar ariqlari undan suv oladi 29
.
Movarounnahrda   doiralar   bor.   Birinchisi,   Xurosondan   Jayhunning   kechuv   joyiga
yaqini   Buxorodir.   Unga   Samarqandga   qarashli   Sug d,   Ushrusana,   Shosh,   Farg ona,	
ʻ ʻ
Kesh,   Nasaf   va   Sag aniyon   tutashadi.   Uning   ma muriy   hududlari   Xuttal   va   Jayhun	
ʻ ʼ
bo ylab davom etadigan Termiz, Quvaziyon, Axsisak, Xorazmdir.	
ʻ
Xurosonga   chiqiladigani   Maydon   qapug i   deyiladi.   Sharq   tomonida   Ibrohim	
ʻ
qapug i,   Riv   qapug i,   Mardaqsha   qapug i,   Kalaboz   qapug i.   Bu   va   Mardaqsha	
ʻ ʻ ʻ ʻ
qapug laridan   Nasaf   va   Balxga   chiqiladi.   Kalabozdan   keyin   Navbahor   qapug i.
ʻ ʻ
Samarqand   ad-doxil   qapug i,   undan   Samarqand   va   Movarounnahrning   boshqa	
ʻ
yerlariga   boriladi.   Fag askun   qapug i,   Ramisiniya   qapug i,   Haddi   Shirvan   qapug i–u	
ʻ ʻ ʻ ʻ
Xorazmyo lidadir. Undan so ng G ashaj qapug i keladi. Rabadning o rtasida bozorlari	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
darvozalari   bor.   Ular:   Hadid   darvozasi,   keyin   Hasson   ko prigi   darvozasi   va   Maj	
ʻ
masjidi yonida ikki qapug , u ikkisidan keyin Ruxna darvozasi, keyin Abu Hishom al-	
ʻ
Kin aniy qasri yaqinidagi darvoza, Suvayqa ko prigi yaqinidagi darvoza, keyin Forjak	
ʻ
darvozasi, keyin Darvozaja darvozasi, keyin Mug on yo li darvozasi, keyin Samarqand	
ʻ ʻ
ad-doxil  darvozasi   keladi.  Etagi   Varka   qishlog idan   boshlangan,  Kesh  va  Samarqand	
ʻ
orasidan Samarqandgacha yastangan bu tizma Buttam tog lariga ulanadi. Ushrusana va	
ʻ
Farg ona   kengliklariga   yetib,   Shalji   tumani   va   Tarazga   o tadi.   Bu   tog da,   Buttam	
ʻ ʻ ʻ
tumani va Samarqanddagi Savadar tog larida issiq va sovuq suvlar bor. Yozda kunlar	
ʻ
isib ketganida buloqlar muzlaydi. Qotib qolganidan hatto, buloq og zini to sib qo yadi.	
ʻ ʻ ʻ
Qishda suvi issiq bo ladi va isinishi uchun chorvalarini u yerga haydab keladilar	
ʻ 30
.
V.V.   Bartold   Samarqand   viloyatida   o’n   ikkita   rustoq   bo’lib,   oltitasi   Zarafshon
janubida   (Bundjikat   yoki   Panjiket,   Varag’sar,   Moymurg’,   Sanjarfag’n,   Darg am   va	
ʻ
Abg’ar)   va   shimolda   oltita   (Yorkat,   Burnamad,   Buzmajon,   Kabudanjkat,   Vidar   va
Marzban). Rustoqlar  sharqdan  g arbga qarab tartiblangan, ularning ba’zilari  masalan,	
ʻ
29
  Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. Сочинения в 9-ти томах. -Т. I. -М.: 1963. -с.
30
  Истахрий – «Китаб ал-масалик вал-мамалик» Т.: 2019
  26 Moymurg’   (ilgari   Varag’sar   va   Sanjarfag’n   ham   bo’lgan),   Kabudanjkat   va   Abg’ar
musulmonlardan oldingi davrda alohida mulklikni tashkil qilgan. 
Varag’sar,   Maymurg ,   Sanjarfag’n   va   Darg am   rustoqlari   Varag’sardan   oqibʻ ʻ
o tuvchi ariqlar bilan sug orilgan, Darg am maydoni ayniqsa unumdor va uzumzorlari	
ʻ ʻ ʻ
bilan mashhur hisoblangan. Abg’arda (hozirgi Chashmaob) sun iy sug orish yo q edi,	
ʼ ʻ ʻ
yaylovlar   va   yomg’irli   ekin   erlaridan   iborat   bo’lgan,   biroq   ular   katta   hosil   bergan,
boshqa   rustoqlarga   qaraganda   ko proq   qishloqlar   bor   edi.   Ibn   Havqal   o’rim-yig’im	
ʻ
yilida Abg’ar dalalari mahsuloti butun So’g’d aholisini to’ydirishi mumkinligi haqida
ma’lumotlarni uchratamiz 31
. 
Samarqanddan   2   kunlik  yo’l   pastda,   janubiy   qirg’og’ida,   daryodan   ajratilgan   Fay
(yoki   Payariq),   2   kunlik   yo’lga   cho’zilgan   u   tomonidan   sug’oriladigan   maydon
So’g’dning   eng   unumdor   va   aholi   gavjum   qismi   hisoblangan.   Fay   ham   bir   paytlar
mulk   bo lgan.   Janubdagi   rustoqlarda   Zarafshondan   alohida   bo lgan   Samarqanddan	
ʻ ʻ
boshqa   yirik   shaharlar   yo q   edi,   sobor   masjidi   faqat   Panjiketda   edi.   Shahar   atrofida	
ʻ
ko’plab   mevali   daraxtlar   bor   edi.   Ayniqsa,   bodom   va   yong’oqlar   soni   bo’yicha
Panjiket   rustoqi   birinchi   o’rinni   egallagan.   Moymurg’da   qasrlar   ko’p   bo’lgan,   ammo
bu erda, bu rustoqning asosiy qishlog’i Rivdadda ixshidlar, ya’ni so’g’d qal’alarining
musulmongacha bo’lgan egalari bo’lgan.
XII   asrda   bu   yerda   yilning   ma’lum   bir   vaqtida   harbiy   lager   bo’lgan.   Samarqand
viloyati   janubga   Shovdor   tog’larigacha   cho’zilgan   bo’lib,   u   maxsus   rustoqni   tashkil
etgan   bo’lib,   bu   erda   Istaxriy   tilga   olgan   va   Ibn   Havqal   batafsil   tasvirlab   bergan
Nestorian   qishlog’i   Vazgird   bor   edi   balki   Samarqanddan   4   farsax   uzoqlikdagi
Shovdordagi Somoniyda zikr etilgan Vazd yoki Vizd qishlog’i bilan bir xildir. Rustoq
10   farsaxdan   ortiqroqqa   cho zilgan   va   eng   sog lom   va   go zal   joylardan   biri	
ʻ ʻ ʻ
hisoblangan. Nestorianlarning bu yerda cherkovi va hujralari bor edi. 
Ibn   Havqal   u   erda   tanho   va   sog’lom   havodan   zavqlanish   uchun   kelgan   ko’plab
Mesopotamiya   nasroniylarini   ko’rdi.   M.   E.   Vyatkin   bu   nasroniy   qishlog’ini   hozirgi
Urgut   mintaqasidagi   Qing’ir   qishlog’i   bilan   belgilaydi.   Shimoliy   rustoqlarga   kelsak,
ulardan   ikkitasi,   ya’ni   Yorkat   va   Burnamad   keyingi   mintaqa   Ushrusana   bilan
31
  Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. Сочинения в 9-ти томах. -Т. I. -М.: 1963. -с.
  27 chegarada joylashgan. Bu yerga Zarafshon suvi kelmagan, ekin maydonlari buloq suvi
va yomg’ir suvlari bilan sug’orilgan 32
. 
V.V.   Bartold   Somoniy   va   Yaqubiy   ma’lumotlariga   tayanib   quyidagicha   yozadi,
Yorkat   allaqachon   Ushrusana   tarkibiga   kiritilgan.   Yaqubiyning   malu’motlarida   esa
Burnamadni   Ushrusanaga   ham   qo’shib   yuboradi.   Burnamad   Zomindan   4   farsax
uzoqlikda,   Samarqanddan   katta   yo l   bo yida   joylashgan.   Buzmajon   rustoqi   shuʻ ʻ
nomdagi kanal orqali sug orilgan, uning bosh shahri Barket yoki Abarket hisoblangan.	
ʻ
Samarqanddan   Sirdaryoga   olib   boradigan   katta   yo’lda   4   farsax   uzoqlikda   edi.
Somoniy   va   Yoqubiy   ma’lumotlariga   ko’ra,   shahar   ham   bir   muncha   vaqt   Ushrusana
tarkibiga   kirgan.   Vidar   Sinavab   kanali   orqali   o’tib,   Ishtixanga   yetib   boradi,
Kabudanjkat va Marzbon rustoqlari Samarqand ro parasidagi daryodan oqib o tadigan	
ʻ ʻ
maxsus   ariq   orqali   sug orilgan.   Kabudanjkat   vaVidar   shaharlarining   har   biri	
ʻ
Samarqanddan 2 farsax masofada joylashgan edi 33
Tomashek   Kabudanjkatni   hozirgi   G’ubdan   qishlog iga   yoki   G’ubdunga	
ʻ
yaqinlashtiradi. Vidar shahri ham shu rustoqning ba zi qishloqlari kabi, birinchi sonli	
ʼ
shaharning   markazi   bo lgan.   Ibn   Havqal   davrida   arab   aholi   punktining   qisqarishi	
ʻ
allaqachon   sezilarli   bo’lgan,   ammo  hali   ham   bu   erda  qoldiqlar   mavjud   edi.  Marzbon
o z   nomini   sug d   dehqonlari   bilan   birga   xalifa   saroyiga   chaqirilgan   bu   rustoqning	
ʻ ʻ
hukmdori Marzbon ibn Turg ash nomidan olingan.	
ʻ
Istaxriyga   ma’lumotlariga   ko’ra,   Darg am   rustoqlar   ichida   ekini   eng   yaxshisidir.	
ʻ
Uzumlari   ko pligidan   u   yerdan   boshqa   rustoqlarga   ham   olib   ketiladi.   Abg ar   dasht,	
ʻ ʻ
qishloqlari   Samarqand   rustoqlaridagidan   ko p,   yuqori   hosil   beradigan   yerdir.   Menga	
ʻ
ma lum   bo lishicha,   bir   qafizga   ekin   ekilsa   yuz   qafizga   ko payar   ekan.   Unda   yana	
ʼ ʻ ʻ
ko plab o tloqlar bor. Bu rustoqlar bari vodiyning janubidagilaridir. Yorkat shimoldagi
ʻ ʻ
rustoqlarning   eng   yuqorisida,   Ushrusanaga   tutashgan,   minbar   yo q.   Suvi   Sug d	
ʻ ʻ
daryosidan   emas,   buloqlardan   keladi,   dashtlari   ko p,   o tloqlari   keng   va   mo ldir.	
ʻ ʻ ʻ
Burnamad   ham   Ushrusana   tomonda,   minbari   yo q,   qishloqlari   kam.   Buzmajaz
ʻ
Samarqand tomonida Yorkat rustoqiga tutashgan, shahri Barkat. U bilan Kabuzanjkat
rustoqi   tutashadi,   qishloqlari   daraxtlarga   chulg angan,   shahri   Kabuzanjkatdir.
ʻ
32
  Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. Сочинения в 9-ти томах. -Т. I. -М.: 1963. -с.
33
  Ўша асар
  28 Uningorqasida   Vizar   rustoqi   bor,   shahri   Vizar,   ekinlari   ko p   va   hosildor.   Tekislik  vaʻ
tog lari,   oqar   suvlari,   ekin   zorlari   va   o tloqlari   bor.   Vizar   va   bu   rustoqlarning   ko p	
ʻ ʻ ʻ
qishloqlari   sibo iylar   nomli   Bikr   ibn   Voil   qavmiga   tegishli,   Samarqandda   ularning	
ʼ
viloyatlari,   mehmonxonalari   bo lgan,   xulqlari   chiroyli   edi.   U   bilan   Marzbon   rustoqi	
ʻ
tutashadi.   U   Sug d   dehqonlari   qatorida   Iroqqa   chaqirib   olingan   Marzbon   ibn	
ʻ
Turksafiydir 34
.
Samarqandning   shimoli-g arbida   Ishtixan   rustoqlari   va   maxsus   ma’muriy   birlikni	
ʻ
tashkil etgan. Shuning uchun Samarqand rustoqlari tarkibiga kirmagan. Samarqanddan
Ishtixan   7   farsax   masofada   joylashgan.   Ishtixandan   Kushoniyga   o tish   5   farsaxlik	
ʻ
masofa. 
Ibn   Havqal   ma’lumotlariga   ko’ra,   Ishtixan   –   alohida   joylashgan   shahar,   havosi
juda   ham   sog’lom,   atroflarida   bog’lar,   qishloqlar,   o’tloqlar,   sayr   qiladigan   joylar   va
qamishzorlar   ko’p.   Umuman   olganda,   as-Sug’d   yerlari,   unumdorligi,   gullab-
yashnaganligi,   daraxtlari,   mevalari,   ekinzorlari,   ko’kalamzorligi   va   sog’lomligi   bilan
bir-biriga o’xshahshdir. Faqat al-Kushoniya bundan istisnodir. U as-Sug’dning yuragi
va uning eng aholisi ko’p qismidir 35
.
Ishtixanda madina ichida joylashgan quhandiz, shuningdek rabod ,   uzluksiz ariqlar
va   qishloqlar   bor.   Uning   qishloqlaridan   birida   Ujayf   ibn   Anbasa   tug’ilgan.   U   yerda
unga   qarashli   bo’lgan   qishloqlar,   ekinzorlar   va   bozorlarni   xalifa   al-Mu’tasim   undan
tortib olgan. Keyinchalik al-Mu’tamid ularni Muhammad ibn Tohir ibn Abdulloh ibn
Tohirga iqto’i   mulki sifatida bergan. 
Kushoniya   rustoqi   eni   bo yicha   Ishtixanga   teng   bo lgan   (Maqsudiy   ma’lumotiga	
ʻ ʻ
ko’ra,   2   kunlik   sayohatda   uning   kengligini   aniqlaydi)   va   uzunligi   bo yicha   undan	
ʻ
ancha kam edi. Kushoniya shahri So’g’dning eng gullab-yashnagan shahri hisoblangan
(albatta, Samarqanddan keyin), Istaxriy uni “So’g’d shaharlarining yuragi” deb ataydi.
Musulmongacha   bo’lgan   davrda   Kushoniya   alohida   mulk   edi,   kushonshoh   unvoni
bilan bu mulk boshqarilganligi  Tabariy tomonidan ham  qayd etilgan. Ibn Xordodbeh
ma lumotlariga   ko ra,   butun   Movarounnahr   hukmdori   bir   vaqtlar   Kushonshoh   deb	
ʼ ʻ
atalgan.   Bu   ehtimol,   yuechjilar   ya’ni,   kushonlar   hukmronligi   davriga   ishora   qiladi.
34
  Истахрий – «Китаб ал-масалик вал-мамалик» Т.: 2019
35
  Ибн Ҳавқал – “Китоб сурат ал-ард”(Мовароуннаҳр) Т.: 2011
  29 Kushonlar   nomi   mamlakatning   keyingi   hukmdorlari   Xaytallar   yoki   Eftalitlarga   ham
o tgan.   Istaxriy   Ishtixan   va   Kushoniya   Samarqanddan   Buxoroga   boradigan   kattaʻ
yo lda   joylashgan   shaharlar   sifatida   ko rsatadi.   Ishtixandan   Zirmangacha   1   farsax
ʻ ʻ
masofa bo lgan. Kushoniyadan Rabinjon yoki Arbinjangacha - 2 farsax	
ʻ 36
. 
Ibn   Havqal   quydagicha   yozadi,   al-Kushoniya-al-Sug’d   shaharlari   ichidagi   eng
aholisi   ko’p   shahardir.   U   bilan   Ishtixan   kattaligi   jihatidan   bir-biriga   yaqin.   Lekin   al-
Kushoniyaning   bosh   shahri   kattaroq   va   aholisiko’proq,   uning   qishloqlari   ham
ko’proqdir, aholisi esa bilimliroq. Chunki Ishtixan hududi Sog’arj tog’laridagi Yag’on
orqasidan   boshlanib,   al-Kushoniya   hududigacha   uzunligi   taxminan   ikki   kunlik   yo’l,
kengligi   esa   taxminan   bir   kunlik   yo’lni   egallaydi.   Bu   ikkala   shahar   as-Sug’d
daryosidan   shimolda   joylashgan.   Arbinjan   ad-Dabusiyadan   ko’ra   kattaroq,   aholisi
ko’proq,   rustoqlari   va   qishloqlari   ko’proqdir,   chunki   ad-Dabusiyada   rustoqlar   va
qishloqlar   ko’p   emas,   va   u   Arbinjandan   kichikroqdir.   as-Sug’d   shaharlarining   yuragi
al-Kushoniyadir, uning axolisi as-Sug’dning boshqa shaharlarining aholisiga nisbatan
boyroqdir 37
.
Samarqand   bilan   Buxoro   o rtasidagi   yo l   yoki   Movarounnahrning   asosiy	
ʻ ʻ
shaharlarini   tutashtiruvchi   “shoh   yo’li”   (“shoh-rax”)   hamisha   katta   ahamiyatga   ega
bo lgan.   Samarqanddan   Buxorogacha   37   yoki   39   farsax   va   6   yoki   7   kunlik   yo’l	
ʻ
hisoblagan.   Bu   yo’lda   birinchi   qishloq   Samarqanddan   7   farsax   uzoqlikda   joylashgan
Zirman   edi.   Qishloq   VIII   asrdayoq   tilga   olingan.   Ehtimol,   hozirgi   Chimboy   o’rnida
joylashgan.   Samarqand   va   Zirman   o rtasida   birinchi   2   farsax   uzoqlikda   Alkamiy	
ʻ
qal asi bor edi. 	
ʼ
Keyingi   shahar   Arbinjan   yoki   Zirmandan   5   yoki   6   farsaxda   joylashgan   Arbinjan
haqida ham ma’lumotlar VIII asrda tilga olinadi. Aftidan bu, hozirgi Kattaqo’rg’ondan
biroz g’arbda, Zirabuloq balandliklaridan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashgan edi.
XII asrda shahar Xorazmshoh Elarslon (1158) bosqinida vayron qilingan. Arbinjon va
uning   atrofi   bilan,   masofalarga   qarab,   yuqorida   qayd   etilgan   Pay   yoki   xuddi   shu
nomdagi   ariq   orqali   sug’oriladigan   Fay   rustoqi   bor.   Ushbu   yo’nalishdagi   quyidagi
asosiy   yo’nalishlar   bir   xil   qadimiylik   bilan   ajralib   turardi   xususan,   Dabusiya,
36
  Ўша асар
37
  Ибн Ҳавқал – “Китоб сурат ал-ард”(Мовароуннаҳр) Т.: 2011
  30 Karminiya   va   Tavovis   xarobalar   bilan   tutashgan   Qal’a-i   Ziyaaddin   tepaligi,   bu
mahalliy aholining qarorgohi bo’lgan 38
. 
N.   F.   Sitnyakovskiy   so’zlariga   ko’ra,   “katta   hukmdor   qabristoni   bu   yerda
haqiqatan   ham   shahar   bo’lganligini   tasdiqlaydi” 39
.   Qal’aning   qurilishini   XV   asrga
bog’laydi   ya’ni   Jaloliddinga,   oxirgi   Xorazmshoh   (xato   bo’lsa   kerak).   Dabusiyadan   5
farsax masofada Karminiya, hozirgi Karmina edi. Buxorodan Karminiya qadar  16\17
farsax masofa Narshaxiyda shu ma’lumot beriladi, Somoniy va Yoqubiy esa 18 farsax
deya takidlanadi. Narshaxiy keltirgan mahalliy afsonaga ko’ra, shahar dastlab Bodayi-
xurdah   deb   nomlangan.   XII   asr   mahalliy   ulamolaridan   birining   Somoniy   bergan
baxtsiz   etimologiyasiga   ko’ra,   u   o’zining   yangi   nomini   arablardan   oldi,   ular   shahar
atrofini   “Armanistonga   o’xshash”   (ka-Arminiya)   tuproq   unumdorligi   va   suv   miqdori
nuqtai nazaridan shunday nomlaydilar.
V.V   Bartold   asarida   qayd   etishicha,   Somoniy   shaharni   xaroba   holatda   topdi,   bu
Xorazmshoh   Elarslonning   ishi   bo’lsa   kerak,   XV   asrda   bu   yerda   allaqachon   katta
shahar   bo lgan.   Karminiyadan   1   farsax   (Somoniy   bo yicha-2   farsax)   sharqda,   kattaʻ ʻ
yo ldan   shimolda,   XII   asrda   Xudimankan   qishlog i-“hadis   izdoshlari”,   ya ni	
ʻ ʻ ʼ
shofiylarga   mansub   bo lib,   sobor   masjidiga   ega   bo lgan.   Daryoning   shimolida,	
ʻ ʻ
Karminiyadan 1 farsax masofada Xarg’ankat qishlog i va uning yonida Mazyamajkat	
ʻ
qishlog i bo lgan. Tomashek Xarg’ankat (hozirgi Qalqon-Ota)ni xitoy ma lumotlariga	
ʻ ʻ ʼ
ko ra,   Kushoniya   va   Buxoro   oralig ida   joylashgan   Xo-xan   mulki   nomiga	
ʻ ʻ
yaqinlashtiradi 40
.
Istaxriy   o’z   asarida   quyidagi   ma’lumotlarni   beradi,   Mug kan   shahardan   5   farsax,	
ʻ
Baykand   yo lining   o ng   tomonida,   yo l   bilan   orasi   3   farsaxdir.   Zandana   shaharning	
ʻ ʻ ʻ
shimol tomonida 4 farsaxdir. Tumajkat Tavavisga ketaverishda chap tomonda 4 farsax,
yo l bilan orasi yarim farsaxga yaqin. Karminiyadan Sug d tomondagi Xudimankanga	
ʻ ʻ
1 farsax. Xudimankan bilan Samarqand orasi yo li chap tomonda bir g alva masofadir.	
ʻ ʻ
Mazyamajkat   Sug d   vodiysi   ortida   Xudimankandan   1   farsax   yuqorida.   Xarg ankat	
ʻ ʻ
Karminiya qarshisida, daryo ortida 5 farsax masofada.
38
  Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. Сочинения в 9-ти томах. -Т. I. -М.: 1963. -с.
39
  Ўша асар
40
  Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. Сочинения в 9-ти томах. -Т. I. -М.: 1963. -с.
  31 Keyingi   yirik   aholi   punkti,   Buxorodan   7   yoki   8   farsax   uzoqlikdagi   Tavovis
Buxoroni   chekka   hududlari   bilan   o rab   turgan   devor   ichida   bo lgan.   Arablar   birinchiʻ ʻ
bo’lib   bu   yerda   saqlanayotgan   tovuslarni   ko’rgan.   Narshaxiy   malumotlariga   ko ra	
ʻ 41
,
mahalliy  boylarning  uylarida,   Tabariyga   ma’lumotlari   ko ra-qishloqda	
ʻ 42
;   Qishloqning
qadimiy   nomi   Arfud   edi.   Ibodat   ibodatxonadan   tashqarida   qilingan.   XII   asrda
Arslonxon Muhammad Iskidjikatda rabotida va Shargda sobor masjidi qurdirdi. Sharg
va Iskidjikat yaqinida Bamidjikat qishloqlari (Buxorodan 4 farsax, yo lning shimolida	
ʻ
1/2 farsax masofada) joylashgan. 
Mas’udiy   bir   ma’lumotida   Salmuiy   (yoki   Salmaveyha)   “Abbosiylar   sulolasi   va
Xuroson   amirlari   haqida”   kitobiga   ishora   qilib,   So’g’d   podshohi   tomonidan   eski   va
qadimiy   devorlarni   qurdirganligini   aytadi,   ammo   Fazl   ibn   Sulaymon   vaqtida   bu
devorlar yemirilib ketadi 43
. 
Istaxriy   ma’lumotlariga   ko’ra   esa,   Buxoro   devori   bilan   chegaralangan   hududning
uzunligi   12   farsax,   eni   ham   bir   xil   bo’lgan.   Devor   Tavovisdan   sharq   tomonda
Samarqand yo’lini kesib o’tgan, ya’ni 7 farsaxdan ortiq masofada joylashgan. Shahar
Xuroson   shaharidan   3   farsax   masofada.   Bundan   tashqari,   devor   ichida   Mukkan
(Buxorodan   5   farsax   va   Xuroson   yo lidan   3   farsax   shimolda)   va   Zendan   (4   farsax	
ʻ
shimolda) qishloqlari bor edi. Devorlarni har yili ta’mirlash katta mablag’ talab qilib,
aholi zimmasiga og’ir yuk bo’lgan.
Faqat Ismoil Somoniy davrida tashqi xavfsizlik ta’minlangan va aholi bu vazifadan
ozod qilingan edi. Shundan so’ng devor vayronaga aylangan. XII asrda uni Kampyrak
(“Keksa   ayol”)   deb   atashgan.   Bu   devorlarning   qoldiqlari   hozirgi   kungacha   qal’a
shaklida saqlanib qolgan, u mahalliy aholi orasida Kampir-duval nomi bilan mashhur
bo’lib,   N.   F.   Sitnyakovskiy   tomonidan   o’rganilgan,   qo’rg’ondan   sharqqa   qarab
Karminiyagacha   cho’zilgan,   uning   shimoliy   tomoni   qisman   Zarafshonning   chap
baland qirg og i bo ylab cho zilgan	
ʻ ʻ ʻ ʻ 44
.
41
  Наршахий – “Бухоро тарихи” Т.: “Фан” 1966
42
  Табарий – “Тарихи ат-Табарий”
43
  Бартольд В.В. Географический очерк Мавераннахра. Сочинения в 9-ти томах. -Т. I. -М.: 1963. -с.
44
  Ўша асар
  32 V.V.   Bartold   Istaxriyning   usbu   malumotlariga   alohida   etibor   berib,   Samarqand
pullari   ismoiliyya,   mukassara   va   dinordir.   Ularda   temir,   mis,   kumush   va   boshqa
metallar   qorishmasidan   tayyorlanadigan   Muhammadiyya   dirhami   ham   bor   edi.
Ishtixan  Samarqanddan  alohida,  rustoqlari,  ko plab  qishloqlari,  bog lari  va   manzaraliʻ ʻ
joylariga ega ma muriy birligi bo lgan shahardir. Uning shahriston, quhandiz, rabad va	
ʼ ʻ
doimiy   oqadigan   daryolari   bor.   Qishloqlaridan   birida   Ujayf   ibn   Anbasa   yashagan.
Unga qarashli Ishtixan bozorlarini Mu tasim tortib olgan. Mu tamid ularni Muhammad	
ʼ ʼ
ibn Tohir ibn Abdulloh ibn Tohirga iqto qilib bergan.
Kushoniya   Sug d   shaharlarining   eng   obodi   va   Ishtixanga   kattalikda   yaqin	
ʻ
keladigan   shahardir.   Qishloq   va   rustoqlari   son   jihatidan   Ishtixandagi   kabi   emas.
Dabusiya   va   Arbinjan   vodiyning   janubida   Xurosonga   boradigan   kata   yo lda	
ʻ
joylashgan.   Rabinjan   rustoqi   Dabusiyadan   kattaroq   Sug d   shaharlarining   markazi	
ʻ
Kushoniyadir.   Buttam   –   Birinchi,   O rta   va   Ichki   Buttam   deb   ataladi.   Samarqand,	
ʻ
Sug d   va   Buxoro   suvi   O rta   Buttamdan   keladi.   Boshi   Mink   –   Qutayba   ibn   Muslim	
ʻ ʻ
urushgan   joy.   U   yerda   Afshin   istehkomi   bor.   Movarounnahrda   Samarqand   va
Tunkatdan boshqa zarbxona yo q	
ʻ 45
.
Samarqand Buxorodan farqli o laroq qadimda qayerda tashkil topgan bo lsa, hozir	
ʻ ʻ
ham   shu   yerda   qad   rostlab   turibdi.   Oxirgi   ming   yil   ichida   tez-tez   bo lib   turgan	
ʻ
ko chmanchi   va   bosqinchilarning   hujumlariga   qaramasdan   shaharning   hatto   rejasi	
ʻ
(plan)   ham   o zgarmagan.   V.V.   Bartoldning   Samarqand   topografiyasi   xususida   ilgari	
ʻ
surgan   ushbu   g oyasi   keyingi   davr   arxeolog   va   tarixchilari   tomonidan   o z   tasdig ini	
ʻ ʻ ʻ
topdi.
45
  Истахрий – «Китаб ал-масалик вал-мамалик» Т.: 2019
  33 1.3 Ilk o’rta asrlarda Sug’d ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayoti.
So’gd nomi ko’p tilli manbalarda juda uzoq vaqt davomida uchrab keladi. Taniqli
tadqiqotchi V. Tomashek   “ So’g’d ”   so’zi tojikcha   umumiy eron o’zagi   “ suxta ”   kuyish
dan olingan degan fikrni bildirgan. Tojikcha-forscha lug’atlarda odatda bu atama ‘suv
to’planadigan   pasttekislik”   so’zidan   kelib   chiqqan   degan   talqin   beriladi.   Tojiklar
hozirda   Sug’ud   so’zidan   pasttekislik,   botqoq   yoki   suv   oqib   o’tadigan   ekin
maydonlarini aytib o’tadilar. Lekin bu talqin aniq emas degan tushunchalar ham yo’q
emas.
So’g’dning   geografik   chegaralari   qanday   edi.   VII-asr   sayohatchisi   Syuan   Zang
fikriga ko’ra So’g’d shimoli-sharqda Chu daryosi va janubi- g’arbda Boysun darvozasi
oralig’idagi   davlat 46
.   Bu   yerda   gap   So’g’dning   siyosiy-   geografik   chegaralari   haqida
emas   balki   so’g’dlar   turar   joyining   asosiy   hududi   haqida   ketayotganini   ko’rish
mumkin. 
Keyingi davrdagi (asosan 10-13asrlar) arab va tojik tilidagi manbalarda bu masala
o’z   davridagi   tushunchalarni   aks   ettirgan   bo’lsada   shunga   qaramay   qadimgi
davrlarning   bazi   muhim   ma’lumotlari   saqlanib   qolgan.   Ulardan   So’g’d   atamasi
kengroq va tor manoda qo’llanilganligini bilib olishimiz mumkin. So’g’d keng manoda
butun   Zarafshon   vodiysi   (bazan   uning   eng   yuqori   qismi   bundan   mustasno)   va
Qashqadaryo   viloyatidir.   Shu   bilan   birga   So’g’d   asosan   Samarqand   bilan   bog’liq
hudud sifatidagi g’oya ham mavjud bo’lgan.
O’rta  asr  mualliflari  ‘‘Samarqand  So’g’di’’  haqida   ko’p  fikirlar   bildirishgan.   Shu
o’rinda   ‘‘Buxoro   So’g’di’’   to’g’risida   ham   turli   fikirlar   mavjud.   Buxoro   So’g’di
haqida   ham   turlicha   fikirlar   bor.   Yoqut   shunday   deydi   ‘‘Ikita   So’g’d   bor   deyishadi,
Samarqand   So’g’di   va   Buxoro   So’g’di’’.   Qashqadaryo   vodiysi   So’g’dning   bir   qismi
hisoblangan. Ba’zi mualliflar Yakubiy Keshni So’g’dning poytaxti deb atashadi 47
. Bu
ma’lumotlarning barchasi tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan.
46
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 312-318
47
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 312-318
  34 Syuantszan   629-yilda   So’g’dda   bo’lgan.   Uning   yozishicha   Samokien   yoki
Samojyan   (Samarqnd)dan   kengaytirilgan   mulklikdir.   Poytaxtning   kattaligi   Termiz
bilan   bir   xil   ekanligi   aytiladi,   Samokien   hududi   har   tomondan   tabiiy   to’siqlar   bilan
himoyalangan.   Aholisi   juda   ko’p.   Bu   mulkda   xorijiy   davlarlarning   eng   qimmatli
tovarlari   jamlangan.   Tuprog’i   unumdor   bo’lib   mo’l   hosil   beradi.   Daraxtlar   chiroyli
o’sadi. (ularni o’rmon daraxtlari deb ataydi). Ko’plab xildagi gullar va mevalar bor. Bu
mamlakatda chiroyli otlar bor. Aholi san’at va hunarmandchilikda boshqa mamlakatlar
aholisidan   ustundir.   Savdoda   ham   ustundir.   Iqlimi   yumshoq   mo’tadil.   Aholisi
shijoatlidir.   Bu   egalik   “Varvar”   mamlakatlarining   markazida   joylashgan.   Barcha
qo’shni   xalqlar   axloqiy   xulq-atvor   me’yorlari   va   odob-axloq   qoidalariga   tegishli
hamma   sohada   undan   o’rnak   oladi.   Podshoh   juda   jasur   va   barcha   qo’shni   viloyatlar
uning buyrug’iga bo’ysunadi. Uning kata piyoda qo’shini jumladan otliq qo’shini ham
bor. Unda “Chi-kna” deb ataydigan jangchilar  alohida mavqega ega. Ular  shunchalik
jasurki   ular   o’limga   xursand   bo’lishadi.   Ular   hujum   qulganda   hech   qanday   dushman
qarshilik   qila   olmaydi.   Bundan   tashqari   Syuantszan   Mimokiya   yoki   Mimohe
(Maymurg’)   Tsebudan   (Kabudan)   Quishuangnitsiya     (Kushaniya)   Buxe   (Buxoro)
Jieshuanna (Kesh) va boshqa mulkliklar haqida aytib o’tadi 48
.
Ularning   o’lchamlari   haqida   qimmatli   ma’lumotlar   berib   o’tiladi.   Udumlari   va
mahsulotlari jixatidan Samokien Samarqandga juda yaqinligi bilan ajralib turadi.  
Xoy   Chao   726-yili   “Xu   davlatlarining   qisqacha   tavsifi”   ni   yozib   o’tadi.   Unga   An
(Buxoro)   Kao   (Ishtihon)   Shi   (Kesh)   Shi-lo,   Mi   (Maymurg’)   va   Kan   (Samarqand)
kiradi.   Bu   hukmronliklarning   har   biri   o’z   hukmronligiga   ega   bo’lsada,   ularning
barchasi arablarga bo’ysunadi. Bu mulkliklar kichik bo’lib har birida kichik otryadlar
mavjud. Ularda tuya, xachir, qo’y, ot bor. Paxta yetishtiriladi. Aholi paxtadan mo’ynali
ustki   kiyim   va   shim   kiyishadi.   Erkaklar   oq   paxtadan   bosh   kiyim   kiyishni   yaxshi
ko’radilar,   ularning   boshi   va   yuzidagi   sochilar   qirqib   olinadi.   Tili   esa   boshqa
mamlakatlar tili bilan bir xil emas. Ularning urf-odatlari boshqacha, erkak har qanday
ayolga, onaga yoki opa singilga uylanishi mumkin. Eronda erkak ham o’sha davrlarda
48
  Бичурин  II   стр 316-317
  35 onasiga   uylanishi   mumkin.   Zardushtiylik   dini   huddi   shu   sohalarda   ezozlanadi.
Buddizm   ta’limotida   esa   nomalum.   Faqat   Samarqandda   bir   rohibli   buddist   monastri
mavjudligi keltiriladi 49
.
So’g’dning siyosiy tarixini qayta yaratish uchun haligacha manbalar yetarli emas.
Hatto   undan   oldingi   ma’lumotlar   ham   uning   mulkiy   tarkibiga   mansubdir.   VII-asr
boshida   bir   tarixiy   yilnomaga   ko’ra   Samarqand   So’g’dida   (bu   yilnomada   “Kan”
nomini   olgan)   yuechji   ajdodlarigacha   bo’lgan   mahalliy   sulola   hukmronlik   qilgan.   U
o’zi   taxtga   o’tkazgan   va   miloddan  avvalgi   davrlardan   boshlab   to’xtovsiz   hukmronlik
qilgan   deb   ishonilgan.   Hukmdorning   taxt   nomi   yoki   unvoni   Chjaou   bo’lgan   So’g’d
hukmdori aholi gavjum Aludi shahrida yashagan. Kan kuchli davlat sanalgan deb aytib
o’tilgan.   143   yilnomada   hatto   G’arbiy   turk   hoqoni   Daton   (575-76-603)   yillarda
hukmronlik   qilgan.   So’g’d   hukmdori   Tayshepi   bilan   nikoh   qurishni   eng   maqul   deb
hisoblagan va qizini unga nikohga bergan  50
.
Kandan   Samarqandga   o’sha   davrda   Mi   (Maymurg’)   Cao   va   Xe   (Ishtihon   va
Kushoniya)   Kichik   An   (Buxoro   voxasining   sharqiy   chegarasi)   Nashebo   (Nesef)   va
boshqa   mulklar   bo’ysungan   8   ta   mulk   bo’lgan.   Shunday   qilib   Samarqand   hukmdori
So’g’d   hukmronligi   ostida   Zarafshon   vodiysi   shuningdek   Qashqadaryo   (Nesef)
vodiysidagi   deyarli   barcha   mulklari   bo’lgan. 51
  Ushbu   konfederatsiya   qachon   tashkil
topgan bo’lsa uning tabiati shaxsiy mulkning markaziy hokimiyatga bog’liqlik darajasi
deyarli nomalum.
Samarqand   Sug’d   hukmdori   saroyida   ajdodlar   ibodatxonasi   bo’lib   unda   oltinchi
oyda qurbonlik qilinadi. Qurbonlik qilishda  yordamga boshqa  hukmdorlar  keladi. Bu
xabarga   So’g’d   hukmdorlari   o’rtasida   qarindoshlik   aloqalari   mavjudligi   ularning
qandaydir   umumiy   ajdodlardan   kelib   chiqqanligi   ko’rsatkichi   sifatida   qarash   joizligi
ko’rsatiladi.   Shu   o’rinda   boshqa   izohni   ham   inkor   etib   bo’lmaydi.   Yani   Samarqand
hukmronlik o’yining vassallari bayram marosimida qatnashishga majbur bo’lgan va bu
49
  Бичурин  II   стр 316-317
50
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 318-319
51
  Смирнова О.И.1967 ,  стр 38-39
  36 bilan   o’z   xo’jayinlariga   sodiqligini   ko’rsatgan.   Bu   ikki   fikrni   ham   yodda   tutish   juda
muhimdir. 
Ushbu   konfederatsiyaning   tarkibi   va   shunga   mos   ravishda   geografik   chegaralari
o’zgarishsiz   qolishi   dargumondir.   Balki   qaysidir   bosqichda   unga   buxoro   vohasi   yoki
uning muhim qismi ham kirgan bo’lishi mumkin. Ma’sudiyning Buxoro vohasini o’rab
turgan   devorning   bo’lganligi   haqidagi   xabari   bunga   dalil   bo’lishi   mumkin.   Qaysidir
bosqichda   So’g’dning   poytaxti   Kesh   bo’lgan.     Bu   keying   manbalarda   o’z   aksini
topgan.   Bu   haqda   IX-asr   mualliflari   xabar   bergan.   Yakubiyning   fikricha   kesh
egaligining   mustahkamlanishi   VII-asrning   birinchi   choragida   boshlanadi.   Hukmdor
Tuxo   juda   kuchli   hisoblangan.   U   xorijiy   davlarga   elchi   yuboradi.   Kesh   nomi   bilan
belgilanadigan   Ki-She   shahrni   quradi.   Shuningdek   642yilda   Shoshepi   ismli   boshqa
hukmdor tomonidan sovg’alar bilan elchilik aloqalari yuborilganligi ma’lum bo’ladi 52
.
Lekin   tarixiy   manbalarda   boshqa   malumotlar   yo’q.   Lekin   bu   hukmdor   tangalar
chiqargan.   Panjikentdan   topilga   tangalar   orasida   Ixshid   Shishpir   degan   yozuv   bor.
Tangalarda   Oromiy   ideogrammasi-podshoh   tasvirlangan   bo’lib   So’g’d   tangalarida
butun   So’g’d   hukmdorlari-Ixshidlar   unvonini   ifodalagan.   Bu   faktlarni   solishtirganda
ularning   eng   mantiqiy   izohi   Kesh   hukmdorining   Shishpir   nomi   bilan   butun   So’g’d
podshosi sifatida tan olinishi ekanligi ayon bo’ladi. Bu ham mumkin bo’lgan variantlar
biri xolos. 
Biroq   Keshning   Sug’d   konfederatsiyasidagi   gegemonligi   unchalik   uzoq   davom
etmagan   ko’p   o’tmay   656-660-yillardagi   manbalardan   ma’lum   bo’lishicha   Keshning
yangi hukmdori CHjaou Shnagye (Bichurinning yozishicha E. Shavan o’z ismini Che-
a-ho deb atagan) Samarqand podshosig qaram bo’lib qolgan. Biroq Samarqand So’g’d
hukmdori   650-655   yillar   oralig’ida   biroz   oldinroq   oliy   hukmdor   bo’lgan.   Ko’rinib
turibdiki Keshni  Samarqandning ustunligini  tan olishiga majburlash uchun biroz vaqt
kerak   bo’lgan.   Taxmin   qilish   mumkinki   bu   besh   yillik   davrda   Samarqand   va   Kesh
o’rtasida   kurash   bo’lib   naijada   Shishpir   yo’q   qilingan   va   Kesh   hukmdori   o’rniga
Shiagye (Sheaxo) o’tirgan 53
.
52
  Смирнова О.И.1967 ,  стр 36-39
53
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 312-318
  37 Sug’d   ixshid   unvonini   Samarqand   hukmronligi   vakili   kiya   boshlagan,   uni   chet
elliklar   Fuhuman   deb   atagan.   So’g’d   tangalarining   katta   guruhi   mavjud   bo’lib   buni
O.I.   Smernova   “Ixshid   Varhuman   deb   o’qiydi.   (U   Fuhumanni   So’g’d   podshohi
Varhuman   yani   Avarhuman   nomining   chet   tiliga   ko’chirilishi   deb   hisoblaydi).   Bu
podshohning   nomi   Afrosiyobdagi   katta   So’g’d   yozuvida   ham   qayd   etilgan.   Umumiy
so’g’d   podshohlari   bilan   bir   qatorda   mahalliy   podshohlar   ham   mavjud   bo’lgan.
Samarqand hukmronligiga bo’ysinuvchi Kesh hukmdorlari o’zlarining Ihrid unvoniga
ega   bo’lganlar.  Buxoro   mulki   Xitoy   manbalarida   An   Neume   deb  atalgan.   Ular   Buho
(Pauho)   ya’ni   Buxoro   nomini   va   Chjaou   egasi   unvonini   ham   bilishgan.   Buhoro
hukmdorlari Samarqand hukmdorlari bilan kelib chiqishi bir ya’ni umumiy edi.VII-asr
boshlarida   Buxoro   hukmdori   Samarqand   hukmdori   bilan   yaqin   qarindoshlik
aloqalarida   edi.   Xitoy   manbalarining   xabar   berishicha   Buxoroning   hukmron   uyi
yigirma ikkinchi qabila, ya’ni bir necha asrlar davomida ketma ket hukmronlik qilgan 
Buxoro   viloyatida   So’g’dcha   “Suveren   asvar”   yozuvi   tushirilgan   skifat   (botiq)   mis
tangalar   muomalada   bo’lgan.   Paleografik   ma’lumotlarga   ko’ra   bu   tangalar   IV-V-
asrlarga   oid   bo’lishi   mumkin.   Podshohning   ismi   Nranyan   bo’lib   “chavandoz”
manosini   bildiradi.   (Tojiklar   orasida   “asp”   so’zi   hozir   ham   ot   “savar”   chavandoz
ma’nosini   bildiradi.   Tangalardagi   yozuvlarga   qaraganda   Buxoro   hukmdorlarining
ikkita   unvoni   bo’lgan,   biri   “podshoh”   ikkinchisi   “suveren”   yani   mustaqil   ma’nosini
bildirgan. 
Alohida   va   juda   muhim   mulk   Panjakent   bo’lgan.   Tarkibida   Panjikentning   o’zidan
tashqari VIII- asr boshlarida yuqori Zarafshon hudularini o’zichiga olgan.
Panjikent   Panjhining   tangalari   hozirda   mutaxasislar   tomonidan   batafsil
o’rganilmoqda.   Aniqlanishicha   Panjikent   Panchini   o’z   sulolasi   boshqargan.   VIII-
asrning   birinchi   choragida   So’g’d   uchun   og’ir   davrda,   arablar   bosqinchiligi   davrida
dastlab arablarning halokatli bosqinlariga duchor bo’lmagan Panjikent egaligining roli
yanada   ortdi.   So’g’d  podshoh   sulolasidan   bo’lmagan   Panjikent   hukmdori   Devashtich
(otasi Iodxshetek ning ismi B-4 Mug’ hujjatida “shoh” unvonisiz berilgan) Samarqand
  38 taxti   va   “So’g’d”   unvoniga   davo   qilgan.   Shoh   Marokand   hukmdori   Devashtich   bir
muncha vaqt Samarqand taxtini egallagan 54
.
So’g’dning   yirik   mulkliklari   bilan   bir   qatorda   maydalari   ham   ko’p   bo’lib   ularning
bazilari o’z tangalarini ham zarb qilganlar. So’g’dning Samitan qishlog’ida (Qadimgi
Kushoniya hududida, ya’ni hozirgi Mitan, Pay-Ariq va Chilak aholi punktlariga to’g’ri
keladigan   hududda)   kichik   bird   omen   markazi   bo’lib   uning   hukmdori   o’ziga   xos
bronza tangalar chiqargan. 
So’g’d   konfederatsiyasi   tarkibiga   kirgan   mulklarning   mustahkamligini   tarixiy,
arxeologik   va   numizmatik   manbalardan   kelib   chiqadigan   haqiqatdir.   Arxeologik   va
numizmatik   manbalardan   So’g’d   podshosining   oliy   hokimiyati   zaiflashadi.
Konfederatsiya   hajmi   sezilarli   darajada   qisqaradi.   Konfederatsiyaning   hajmini   bir
necha manbalardan kelib chiqib aniqlash mumkin. 712-yilda arablar Ixshid So’g’dning
o’g’li   Gurekga   uni   “Samarqand   uning   yerlari   va   Kesh,   Nasaf,   ularning   shaharlari   va
qalalarini   podshosi”   qilishga   vada   berishadi.   Shuningdek   Konfederatsiyasiga
Mi(Maymurg’)   va   Tsao   (Kabudan   yoki   Ishtixon)   va   ehtimol   boshqa   mulklar   ham
kirgan. 
Konfederatsiya   tarkibiga   kirgan   eng   yirik   hudud-Buxoro   mustaqillikka   erishadi.
Buxoro mulkining boshida  Buxor-xudotlar  sulolasi  vakillari  turgan. So’g’d bekliklari
O’rta   Osiyoning   boshqa   mulklari   bilan   diplomatic   aloqada   bo’lib,   kopincha
elchixonalar   bunda   muhim   rol   o’ynagan.   Afrosiyobdagi   rasmda   kata   ehtimol   bilan
shunday elchilarning kelishi (aniqrog’i elchilarni qabul qilish) manzarasi aks ettirilgan
bo’lib,   bu   manzaraga   hamroh   bo’lgan   So’g’d   yozuvida   quyudagilar   saqlanib   qolgan.
“Avarxuman   podshoh   unga   yaqinlashganda   elchi   so’z   boshlab   og’iz   ochdi.   Men
Chag’anyon   elchilar   boshlig’i   Bukar   zate.   Chag’oniston   hukmdori   Turontoshdan   bu
yerda   Samarqandda   men   shoh   huzuriga   hurmat   ishor   qilish   uchun   keldim   va   endi
podshohning   oldida   ehtiromdaman 55
.   Siz   esa   men   haqimda   shubhangiz   yo’q.   Men
yaxshi   bilaman   Samarand   podshosiga   yomonlik   qilishga   hech   qanday   sabab   yo’q.
54
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 312-318
55
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 310-315
  39 Varhuman podshoh uni qo’yib yubordi va Choch elchisi so’z boshladi” Yozuv afsuski
shu yerda tugagan. 
So’g’dni  o’rab turgan tog’lar  turli  foydali  qazilmalarga boy. Ulardan bazilarining
olinishi   yozma   manbalardan   ma’lum.   Demak   ular   oltin   va   ammiak   qazib   olishning
bevosita ko’rsatkichiga ega. Oltin nafaqat qazib olinadi balki So’g’ddan xususan Kesh
va   Maymurg’dan   ham   ko’p   miqdorda   eksport   qilinadi.   Maymurg’dan   metall
qotishmasi eksport qilingan. Bu atama “latun” deb nomlangan.
Sug’diylar   zardusht   dinini   qabul   qildilarmi   bordiyu   qabul   shunday   bo’lsa   qaysi
tariqatni   qabul   qildilar   degan   masalani   hali   yechish   kerak   bo’ladi.   Bizgacha   yetib
kelgan   arxeologik   (daf   marosimlari   ashyolari,   dininy   mazmundagi   devoriy   suratlar,
ibodatxonalarning   vayronalari,   honaki   mehroblar)   qarasak   sug’diylar   dini   boshqa
dinlarga, deylik Erondagi o’sha davr diniga aslo o’xshamasligini ko’raniz.
Odatda tadqiqotchilar din haqida so’z yuritar ekanlar, birdan bir mabuda Ardvisura
Anaxitani   takidlaydilar.   Mamurlik   hosildorlik   barcha   nematlarni   yaratishning   ramzi
bo’lgan   ayol   ona   siymosiSharqning   hamma   yerida   ehtirom   etilgan.   Hususan   shu
ma’budaga   alohida   etibor   berilishining   sababi   shundaki,   uning   nomi   bizga   Avesto
matnlarida   yetib   kelgan.   Arxeologiyaga   murojaat   qilsak   Sug’dning   hayot   manzarasi
ma’budlaru iblislarga mo’l murakkabroq tarzda namoyon bo’ladi. 
Sug’diylar   mafkurasi   paydo   bo’lgan   diniy   tasavvurlar   ma’bud   siymolari,
marosimlar   aslida   eng   qadimiy   mahalliy   dinlarga   borib   taqaladi   Hammadan   ko’proq
vazmin   libosli   xotin   shakli   tarqalgan.   Bunday   mo’jaz   shakillarni   ko’rar   ekan
tadqiqotchi   odatda   Avestoning   Anaxita   haqidagi   matniga   murojaat   etadi;   Darkun,
hushqomat   belbog’ini   baland   tang’igan,   hashamdor   rido   kiygan,   qo’llarida   barsman-
bir   dasta   navda   tutgan,   olijanob   Anaxita   ko’rkam   bo’yniga   marjon   taqib   yuradi.
Boshiga yuzlab javohir toshlar qadalgan tillaqosh kiygan 56
. 
Albatta  bu   shakillar   barchasi   ham   Anaxitanigina   tasvir   etgan  bo’lishi   shart   emas.
Eramizdan   avvalgi   birinchi   asrlarda   sug’d   mabadiga   xonadon   homiysi   oila
muxofazasichi   mabuda-ona   bilan   birga   sozandalar   qiyofasida   namoyon   namoyon
etilgan mabudlar ham kirgan. Bular uslub jihatidan ham liboslari va bosh kiyimlari
56
  Смирнова О.И.1967 ,  стр 36-39
  40 bo’yicha   ham   ayollar   shakillari   bilan   birgalikda   yagona   guruhni   tashkil   etgan
Sug’d   diniy   marosimlarida   ilohiy   musiqaga,   sozandalar   va   xonandalarga   alohida
o’rin ajratilar ekan, degan tasavvur paydo qiladi 57
.
Qadimiy   topinishlardan   biri-otashparastlik,   olovga   sig’inish-ko’xna   Su’dda
keng tarqalgan edi. Qadimiy ibodatxonalar va mehroblar bizgacha yetib kelmagan
yoki   hali   topilmagan,   ammo   Afrosiyobdagi   qazish   vaqtida   ochilgan   I-III   asrlarga
xos   uyda   mehrobi   pastakkina   supa   ustiga   o’rnatilgan   xonaki   ibodatxona   topildi.
Quyi   taxtasida   qurbonlik   timsolida   olov   yoqish   uchun   to’rt   burchak   chuqur
o’yilgan.   Olov   sharqqa,   quyosh   chiqadigan   tomonga   qaratilgan   bo’lishi   uchun
mehroblar doimo g’arb tomonda joylashtirilgan. O’tga sig’inish eramizdan oldingi
VI-   V   asrlardagi   Lolazor   qishlog’ida   ham   qayd   etiladiki   bunday   diniy   etiqodlar
yarim ming yillik davr mobaynida mushtarak bo’lib kelganligi ayon bo’ladi 58
. 
Butun   O’rta   Osiyo   bo’ylab,   jumladan,   Sug’dda   ham   eramizning   V-VII
asrlari   mobaynida   o’lganlarning   jasadlari   emas,   suyaklarini   ko’madilar,   bu   esa
olovga,   suvga,   yerga   sig’inish,   yani   zardushtiylikka   xosdir.   Tozalangan   suyaklar
ossuariy degan 70 santimetr uzunlikdagi spool  idishlarga solingan, keyin esa ular
shahar   devorlaridan   tashqarida   qurilgan   maxsus   maqbara-   nauslarga   o’rnatilgan.
Maqbaraga   vaqti   vaqti   bilan   ichimlik   solingan   ko’zalar,   ovqat   suzilgan
xurmachalar qo’yganlar, olovga sig’inib poklanish marosimlarini o’tkazganlar. 
Sug’diylar   dini   haqida   Panjikentdagi   lavhalar   ko’proq   ma’lumotlar   berdi.
Biz   bunda   joni   uzulayotgan   kishiga   azatutilishini   ham,   jon   baxsh   etayotgan
ma’budini   ham,   tug’ulib   kelayotgan   oy   ma’budasini   ham,   sovut   kiygan   shiddatli
mabudalarni ham, halok bo’layotgan yovuz iblislarni ham ko’ramiz. Samarqandda
zardusht   dini   bilan   mushtarak   bo’lgan   din   tarafdorlarigina   yashagan   emas.   Bu
yerda   otashkadalardan   tashqari   budda   ibodatxonalari   va   savmalar   ham   bo’lgan,
Samarqandliklarning qandaydir bir qismi xristian dinining nestor masxabiga etiqod
qilganlar. 
57
  Б.Г.Гафуров Таджики  ( древнейшая  древняя и средневековая история)  книга - 1 с .x 312-318
58
 
  41 Arab istilochilari yangi din olib kelganlar va uni joriy etish uchun jahd bilan
kurashganlar.   Ammo   Sug’diylar   o’zlarining   qadimiy   ma’budalariga   maxfiy
ravishda   uzoq   vaqt   sodiq   qoldilar,   olovni   esa   ilgarigidek   muqaddas   bilib,   unga
sig’inib keldilar 
Osiyoda ilk o’rta asrlar davrida yagona din bo’lmagan. Arablar istilosi bilan
bog’liq   holda   islom   dini   keng   tarqalgani   ma’lum.   Farg’ona   vodiysida   ya’ni
Quvadan   topilgan   ibodatxona   xarobasi   buddaviylik   dini   bilan   bog’liq   bo’lib,   u   2
xonali,   old   xonasi   ayvon   shaklida   qurilgan.   Xorazmda   ham   ko’mish   marosimlari
bilan   bog’liq   bo’lgan   ossuariylar   yoki   ostadon   deb   nomlangan   to’rtburchak
shaklidagi   tobutchalar   otashparastlik   e’tiqodi   bilan   bog’liq   bo’lgan.   Ostadonlar
So’g’d, Shosh hududlaridan ham topilgan. Zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan
ibodatxonalar tepalikka qurilib, old tomoni esa quyosh chiqish tomonga qaratilgan.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda so’g’d, xorazm, eftalit, turk bitiklari paydo bo’ldi.
Mazkur   yozuvlar   tarixiy   manba   bo’lishi   bilan   birga   noyob   ilmiy   manba
hisoblanadi.   Aholining   diniy   e’tiqodi   turlicha   bo’lgan:   Tohariston   va   Sharqiy
Turkiston aholisi buddizm, So’g’d va Xorazm aholisi otashparastlik diniga e’tiqod
qilganlar. Shu davrla O’rta Osiyoga moniylik va nestarian-xristian dini ham tarqala
boshlagan.   Urgut   yaqinida   topilgan   xristian   dini   ibodatxonasi   shu   o’tmishni
tasdiqlaydi 59
.
SAMARQAND VA UNING KO’HNA TARIXI HAQIDA TURLI
TILLARDAGI MANBALAR UMUMIY TAVSIFI.
2.1 Xitoy yilnomalarining Sug’d ijtimoiy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati.
Zarafshon   vohasining   mo`’tadil   iqlimi,   unumdor   va   sersuv   tuprog`i
qadimlardanoq odamzod yashashi uchun qulay bo`lgan. Shu sababli ham bu hudud
tosh   davridayoq   odamlar   tomonidan   o`zlashtirilgan.   Bir   asrdan   ziyod   vaqt
mobaynida   bu   erda   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqotlar     vohada   tosh,   bronza,
antik,   ilk   o`rta   va   o`rta   asrlarga   mansub   mingdan   oshiq   yodgorliklar
saqlanganligini ko`rsatdi.
59
 
  42 Arxeologik   tadqiqotlarning   ko`rsatishicha,   Zarafshon   vohasi   ayniqsa   ilk
o`rta   asrlar   davomida   odamzod   tomonidan   to`liq   o`zlashtirilgan   va   bu   erda   bir
necha yirik shaharlar, qishloqlar, qal’a va qasrlar, ibodatxonalar barpo qilingandir. 
Zarafshon   vohasida   ilk   o`rta   asrlarda   barpo   qilingan   shaharlar   haqida   so`z
ketganida   birinchi   navbatda   Ishtihon,   Panjikent,   Quldortepa   (Bosida)   Qofirqal’a
(Rivdad), Qushoniya, Paykend, Varaxsha kabi shaharlarni tilga olishimiz mumkin.
Qadimgi   davrlarda   barpo   qilingan   Samarqand,   Buxoro   va   Dabusiya   kabi
shaharlarda   ham   ilk   o`rta   asrlarda   shaharsozlik,   me’morchilik,   savdo   –   sotiq   va
hunarmandchilik yaxshi rivojlanganligi ma’lum. 
Shu sababli  ham bu shaharlarning joylashgan o`rni, tuzilishi  haqida muhim
tarixiy ma’lumotlar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. 
Ilk o`rta asrlarda barpo qilingan So`g`d shaharlari haqidagi dastlabki yozma
ma’lumotlarni xitoy yilnomalaridan o`qishimiz mumkin. 
Ma’lumki   ilk   o`rta   asrlarda   Xitoy   imperatorlarining   saroylarida   maxsus
yilnomalar yozib boradigan xizmatchilar faoliyat ko`rsatganlar. Ular Xitoy hayoti
bilan va unga qo`shni mamlakatlar   bilan bog`liq voqealarni, ma’lumotlarni yozib
borganlar. Bu yilnomalarda Zarafshon vohasidagi ilk o`rta asrlar shaharlari haqida
ham   qimmatli   ma’lumotlar   saqlangan.   Bu   yilnomalar   ichida   ayniqsa   Tan
dinastiyasi davrida yozilgan Suyshu va Tanshu yilnomalari juda muhimdir. Suyshu
dinastiyasi   paytida   yozilgan   yilnomada   Samarqand   shahri   haqida   quyidagilarni
o`qishimiz mumkin: “Kan”
Samarqand hukmdori Kangyuy hukmdorlarining avlodidandir. Hukmdor o`z
rahmdilligi va saxiyligi bilan xalqni o`ziga qaratgan. Uning xotini turkiy hukmdor
Daduxonning   qizidir.   Shaharda   aholi   ko`p.     Uch   amaldor   davlat   ishlarini
boshqaradi.   Hukmdorning   sochlari   urilgan   bo`lib,   boshiga   etti   qimmatbaho,   tosh
qadalgan   oltin   toj   kiygan.   Kan   (Samarqand)   kuchli   davlat   hisoblanadi.   Unga
G`arbiy o`lkadagi hukmdorlar bo`ysunadilar. 
Bu   erdagi   ibodatxonada   turkiy   tilda   yozilgan   qonunlar   to`plami   saqlanadi.
Jinoyatchilarni   o`sha   qonun   asosida   sud   qiladilar.   Shahar   aholisi   savdo-sotiqda
juda mohir juda ko`plab xorijliklar bu erga savdo-sotiq uchun keladilar.
  43 Saroyda   ajdodlar   xotirasiga   bag`ishlangan   ibodatxona   bor,   oyning   oltinchi
kuni   bu   erda   qurbonliklar   qilinadi.   Buddaga   sig`inadilar   va   turkiy   xatdan
foydalaniladilar”-deb yozilgan 60
. 
Xuddi shu yilnomalarda So`g`ddagi Ishtixon va Qushonia shaharlari haqida
ham   muhim   ma’lumotlar   keltirilgan.   Xitoy   yilnomalarida   Ishtixonning   nomi   Sao
shaklida berilgan. 
“Sao (Ishtixon) hukmdorining saroyi Nami (Zarafshon) daryosining janubida
joylashgan.   Bu   mulk   qadimgi   Kangyuy   mamlakatiga   qarashli   va   o`z   hukmdori
yo`q.   Samarqand   hukmdori   bu   mulkni   boshqarishni   o`z   o`g`li   Uchyanga
topshirgan.     Uning   1000   kishidan   iborat   qo`shini   bor.   Bu   erda   Desi   ruhiga
sig`inishadilar.   U   oltin   haykal   ko`rinishida   bo`lib   15   fut   hajmga   ega.   Unga
bag`ishlab   har   kuni   besh   tuya,   o`nta   ot   va   100   ta   qo`y   qurbonlik   qilinadi   va   bu
marosimda bir necha ming kishi qatnashadi”-deya yozilgan 61
Xitoy   yilnomalarida     Ishtixon   haqidagi   yozma   ma’lumotlarni   arxeologik
ma’lumotlar   bilan   taqqoslagan.   G.   Pugachenkova   bu   manbalarni   haqiqatga
yaqinligini ta’kidlagan 62
. 
Xitoy yilnomalarida So`g`dning yana bir shahri Qushoniya haqida ham qisqa
bo`lsa-da,   muhim   ma’lumotlar   saqlangan.   Yilnomada   Qushoniya   haqida:   “Xe
(Qushoniya) hukmdorligi Nami (Zarafshon) daryosining janubiy tomonida, undan
bir necha li  narida joylashgan. 
Saroyining   aylanasi   ikki   lidir.   Hukmdor   oltindan   qo`yilgan   qo`y   haykali
ustida o`tiradi. Da-ye (605 – 613 yillar hukmdorlik qilgan davrda bu erdan Xitoyga
elchilar karvoni borgan - deb yozilgan  63
XX-asrning   60-70   yillarida   G.A.   Pugachenkova   Qushoniya   shahri
qoldiqlarini  topib o`rganish  maqsadida  Samarqand viloyatiga maxsus  ekspedisiya
60
  Бичурин. Н.Я. (Макинф) Собрание сведений о народах, обитовших в Средней Азии в древние времена, 
том II. Издательство Академии Наук. москва–Ленинград, 1950, стр 280.
61
  Бичурин. Н.Я. (Макинф) Собрание сведений о народах, обитовших в Средней Азии в древние времена, 
том II. Издательство Академии Наук. москва–Ленинград, 1950, стр 286
62
  Пугаченкова Г.А. Древности Мианкаля. Из работ Узбекистанской искуссвоведческий экспедиции.   
Тошкент, “Фан”. 1989, стр 9 -12.
63
  Бичурин. Н.Я. (Макинф) Собрание сведений о народах, обитовших в Средней Азии в древние 
времена, том II. Издательство Академии Наук. москва – Ленинград, 1950, стр 286 - 287
  44 uyushtirgan   edi.   Ammo   olimaning   o`sha   davrda   olib   borgan   tadqiqotlari   ijobiy
natija bermadi 64
.
Tarixiy   manbalarda   Sug’d   bilan   Xitoy   o’rtasidagi   iqtisodiy,   madaniy   va   siyosiy
aloqalar juda qadim ildizlarga ega bo’lanligi alohida takidlanadi. Xitoyshunos olim
Ablat Xo’jaevning yozishicha, xitoylik sayyoh miloddan avvalgi 989-988 yillarda
hozirgi   O’zbekiston   hududlaridan   o’tib   Kasbiy   dengizining   g’arbiy   tomonigacha
yetib   borgan.   Sayyoh   Mu   o’sha   davrda     Samarqand   shahri   Kiveng’on   deb
atalganini   yozib   qoldirgan.   Shuningdek,   A.   Xujaev   Samarqand   tarixiga   oid   yana
bir necha Xitoy manbalarini keltirib o’tadi.
Samarqand   haqida   ma’lumot   beruvchi   qadimiy   Xitoy   safarnomalarining
yana   biri   “Da   Tang   Shiyuy   tzi”   (Buyuk   Tang   davridagi   mamlakatlarga   oid
xotiralar) nomli asardir. Uning muallifi-budda dinining rohibi Shyuan Zang (596-
664)   Hindistonda   yashaydi.   U   631-632   yillari   Samarqandga   keladi.   Vataniga
qaytganidan   so’ng,   o’z   safari   davomida   yozib   olgan   xotiralarini   tartibga   solib,
yaxlit bir kitob shakliga keltiradi. 
Asarda   Samarqand   shahri   uning   markazi   hukmdori   armiyasi   iqlimi   urf
odatlari,   halqaro   savdo   munosabatlaridagi   obro’-etibori   quyudagicha   tariflanadi.
“Samarqand   davlatining   hududi   aylanasiga   1600-1700   li   (921.6-679.2km)   kelar
ekan.   U   sharqdan   g’arbga   qarab   cho’zilgan   yirik   davlat   hisoblanadi.     Poytaxt
shahrining   hududi   aylanasiga   20   li   (11.52   km)   dan   ziyod   va   uning   devorlari
nihoyatda   mustahkam,   aholisi   katta   nufuzga   ega.     Horijiy   mamlakatlardan   olib
kelingan qimmatbaho molar shu yerga to’plangan. Yerlari serhosil, dehqonchilik
rivojlangan, mevalari serob, zotli otlar ko’p. Samarqandning iqlimi mo’tadil, urf
odatlari   etiborga   molik.   Bu   yerda   barcha   xorijiy   mamlakatlardan   kelgan
odamlarni   uchratish   mumkin.   Uzoq   yaqindan   kelgan   kishilar   daromad   olish
maqsadida tinmay mehnat qilishadi. Hukmdori qobiliyatli va serg’ayrat, qo’shni
davlatlar   ularning   so’zini   ikki   qilmaydi.   Otliq   qo’shinlari   kuchli,   askarlarining
64
  Пугаченкова Г.А. К разведке античных памятников Согдианы. Журнал “Обшественные науки в 
Узбекистане”. Ташкент, 1965, №2, стр 31-37.    
  45 hammasi qo’rqmas jangchilar, ular nuhoyatda g’ayratli, o’limga tik bora oladi va
jangda orqaga chekinmaydi”.
Samarqand haqida xabar beruvchi navbatdagi safarnoma-“Di Xuan jingshing
ji”   (Du   Xuan   brogan   va   yurgan   joylar   xotirasi)   nomli   asar   hisoblanadi.   Uning
muallifi   Du   Xuanning   aninq,   tug’ulgan   va   etgan   sanasi   nomalum.   U   12   yil
mobaynida Turkistonning tuproqli yerlarida va arab mamlkatlarida bo’lgan. 762-
763 yillarda asirlikdan ozod bo’lib dengiz yo’li orqali Xitoyga qaytganidan so’ng
ko’rganlari   haqida   kitob   yozadi.   Safarnomada   Samarqandning   yerlari   hosildor,
aholisi   ko’p   bo’lishiga   qaramasdan   mamlakat   katta   emas.   Unda   olovga
sig’inuvchilar ibodatxinasi mavjud. Davlat ishlari bilan shug’ullanuvchilar aynan
manashu shahardan yetishib chiqar ekan, degan fikrlarni ilgari suradi.
Vey Je ismli sayyaoh qalamiga mansub yana bir asar “SHifan Ji” (G’arbdagi
qo’shni   mamlakatlar   xotirasi)   deb   ataladi.   Lekin   u   bizning   davrimizgacha   yetib
kelmagan.   Undan   766-   801   yillarda   Du   Yu   ismli   muallifning   qalamiga   mansub
bo’lgan “Tungdyan” (Qonun qoidalar va urf odatlar bayoni) nomli kitobida bazi
parchalar keltiriladi. Asarda Samarqand haqida quyudagilar bayon etilgan. 
Samarqand   (Kang)   davlatining   odamlari   savdo   ishlariga   pishiq,   bolalaarni
besh   yoshidan   o’qitishadi.   Ular   yoshligidan   savdo   ishlari   va   foyda   olishga
o’rgatiladilar.   Ularda   tilla   tangani   osib   qo’yib,   uni   o’q   yoy   bilan   nishonga   olish
musaboqasi   o’tkaziladi.   Tngaga   o’qi   tekkan   kishi   bir   kun   davomida   taxtga
o’tqaziladi.   Fuqarolari   tangriga   qattiq   etiqod   qiladi   va   barcha   ishlarida   undan
madad so’raydi. 
V-VIII   asrlarga   oid   Sug’dning   geografik   hududlari   haqida   xitoy   rohibi
Syuan Tszan  65
  Sug’d tushunchasini juda keng hududlarga nisbatan tadbiq etgan 66
.
Uning   ma’lumotlaridan   ayon   bo’lishicah,   Chu   daryosi   vodiysidan   ta   Qarshi
vohasini   Sherobod   vohasidan   ajratib   turuvchi   tog’   dovonidagi   Temir
darvozagacha “Sug’d” deb atalgan.
65
  Баотлод В.В Согд / Соч –М 1965–Т.Ш–С. 487-488.
66
  Гофуров Б.Г Таджики Кн.1.С.314)
  46 Sug’d  Tarixiy geografik atamasi  qaysi   hududlarga  bog’lanishi  haqida  xitoy
manbalari   qiziqarli  ma’lumotlar  beradi.  Xitoylar   o’z  davlatlarining  chegaralarini
xaritalarga tushurish asnosida o’zlariga qo’shni    bo’lgan hududlarning nomlarini
ham   keltirib   o’tganlar.   Masalan   Xan   sulolasi   yilnomasida   Sug’dni   “Suxe”   deb
keltiradi   va   Kangyuyning   bir   bo’lagi   sifatida   ko’rsatiladi.   Tan   sulolasi
yilnomasida esa Sug’d Shi (Kesh) bilan bir hudud deb keltiriladi. 67
Sug’diylarning   o’z   yurtini   tashlab   Xitoy   va   Sharqiy   Turkiston   hududlariga   kirib
borishi   asosan   miloddan   avvalgi   IV   asrda   yuz   berib     bunga   asosiy   sabab   Sug’d
hududiga   makedoniyalik   Aleksandrning   yurishlari   bo’lgan.   Keyingi   yillarda
amalga oshirgan tadqiqotlar ham ushbu fukrni tasdiqlaydi. 68
Xitoy   yilnomalarida   keltirilishicha   Kan   (Samarqand)   Mi   (Maymurg’)   Shi
(Kesh)  va  boshqa  bir  qator  “Xu  mamlakatlari” dan  savdogarlar   Xitoyga borib bu
mamlakatdagi   Gansu,   Dunxuan   (sug’diylar   eng   ko’p   joylashgan   viloyat)
o’lkalarida va Sharqiy Turkistondagi Turfon, Kucha, Qoshg’ar, Xutan shaharlarida
bir necha savdo koloniyalarini barpo etishgan. 69
 Xitoyda o’z savdo manzilgohlarini
barpo   etishga   uringan   Sug’ddan   kelgan   Samarqandliklar,   keshliklar,
maymurg’liklar     bitta   mavzeda   istiqomat   qilishsada,   o’zlari   mansub   bo’lgan
hukmronlik   fuqarosi   bilan   qo’shni   bo’lishni   afzal   bilishgan   va   shu   asosda
sug’diylar   jamoalari   birgalikda   yashaydigan   manzil   qishloqlarni   bunyod   etishga
urinishgan. 
Sug’diylarning   Xitoy   va   Sharqiy   Turkiston   bo’ylab   joylashuvi   Buyuk   Ipak
yo’lining   vujudga   kelishi   bilan   yanada   jonlandi.   Natijada   Tarim   vohasi,   Lobnor
atrofi   va Gansuda, Ordos va Mo’g’ilistonda Sug’d manzilgohlari vujudga kelgan.
Bu esa Buyuk ipak yo’li bo’ylab sug’diy til va yozuvning ahamiyati oshishiga olib
kelgan 70
.   Maskur   hududlarda   o’nlab   sug’diylar   yashaydigan   qishloqlar   vujudga
kelgan.
67
  Бичурин Н.Я Собрание сведерий.  II .– C .274
68
  ( Раxимов Н.Т Согдийская колонизация; история изучения и новъе данние.2016 2 (47)   –С .32
69
 . Xo’jayev A. Xitoy  manbalarida sug’dlarga oid ayrim malumotlar. B-57-58.
70
.  Otaxo’jayev A. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo Svilizatsiyasida turk-sug’d munosabatlari –B.8-10)
  47 Dunxuan, Gansu va Sharqiy Turkistondan topilgan milodiy III - VII asrlarga
taalluqli  sug’diy hujjatlar ham muammoning mohiyatini anglashga yordam beradi.
Xususan   “Ko’hna   xatlar”   deb   yuritiluvchi   Xitoy   devorining   qorovul   bekatidan
topilgan   sug’diy   bitiklarda     Samarqand   mamlakatidan   Turfon   va   undan   so’ng
Xitoyga   brogan   savdogarlar   jamoasining   savdo   marshrutkari   hamda   maskur
mintaqalarda samarqandlik sug’diylarning alohida manzilgohlari barpo etganliklari
haqida gap boradi. 71
Sharqiy Turkistondan topilgan 639- yilga taalluqli sug’diy hujjatda esa oldi-
sotdida   ishtirok   etib,   hujjat   tuzulishida   guvohlik   qilgan   sug’diy   etnos   vakillari-
samarqandlik,   kushoniyalik   shaxslar   nomi   birgalikda   uchraydi.   Chinonchkand
bozorida   samarqandlik   savdogar   Vaxshubitr   To’dak   o’g’lining   va   xitoylik   rohib
Yon-Ciyon     Uta   o’g’liga   Upachah   ismli   cho’rini   sotishga   bag’ishlangan.   Unda
Upachahning   turkiy   va   sug’diy     yurti     Turk   hoqonligi     tasarrufidagi   hudud-
Turkistondan ekanligi alohida takidlanadi 72
.
Ushbu   malumotlardan   ko’rinadiki,   ilk   o’rta   asrlarga  qadar   o’tgan   mimg  yillik  bir
davr   mobaynida   sug’diylar   Buyuk   ipak   yo’li   bo’ylab   Turfon   va   Xitoyga   qadar
bo’lgan   hududlarda   o’z   koloniyalarini   barpo   etib,   yangiliklarning   va   madaniy
ilg’or alomatlarning tashuvchilari bo’lishgan. 
K.Baykapovaning   fikricha V-VII asrlarda Talos vodiysi, Chu, Ili  daryolari
xavzasida   aholisi   sug’diylardan   iborat   bo’lgan   300   dan   ziyod   shahar   va   aholi
manzilgohlari   vujudga   kelgan.   Faqatgina   Chu   vodiysida   VI-VII   asrlarda   asosiy
aholisi sug’diylar bo’lgan 18 ta yirik shahar va ko’plab manzilgohlar bo’lgan. 
Sug’diylarning   VIII-asr   o’rtalarida   Dunxuan   hududi   bo’ylab   tarqalishi   xususida
muhim   malumotlar   Xokkaydo   universiteti   professori   Ikeda   Onning   xitoy
qo’lyozmalarning   tahlili   natijasida   oydinlashdi.   L.   I.   CHiguyevskiyning   Ikeda
Onga   tayanib   keltirishicha,   birgina   Tsunxuasyan   qishlog’idagi   umumiy   aholining
236   nafarini   erkaklar   tashkil   etib,   ular   22   xil   familiyada   bo’lishgan.   Maskur
71
. Ртвелодзе Э.В.Великий шёлковъй путъ –С .107-112    
72
  .Otaxo’jayev A. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo Svilizatsiyasida turk-sug’d munosabatlari –B 23
  48 familiyalarning   yarmidan   ko’pi   (60   %   taxminan)       4   ta   tarmoqqa,   jumladan
Samarqand   (Kan   48   nafar)     Buxoro   (   An   39   nafar)   Toshkent   (   Shi,   31   nafar)
Kabudon   (Tsao   ,30   nafar)   jami   148   nafar     hukmdorliklariga   mansub   familiyalar
hisoblanadi.   Shuningdek   hujjatlarda   Sug’d   va   Markaziy   Osiyoning   boshqa
mintaqalariga   mansub   familiyalar   ham   qayd   etiladi.   Ikeda   On   tuzgan   jadvalga
ko’ra,   otasi   sug’diy   familiyada,   o’g’il   esa   xitoycha   yoki   aksinch   holatlar   ham
mavjud bo’lganligi keltiriladi. Shuningdek bir ota onaning farzandlari ham sug’diy
va xitoycha familiyada bo’lgan holatlar ham mavjud. 73
 
Xitoyning   Tsunxuasyan     hududi   aholisining   ro’yxati   aks   etgan
“Majburiyatlar kitobi” da nomi zikr  etilgan eng yoshi  katta fuqaro 66 yoshli Kan
Nu-tsze bo’lgan.   U ta xminan 635 yilda   Samarqandda tug’ulgan bo’lib, u Xitoyga
borgandan   keyingina   shu   ismni   olgan 74
.   Yuqoridagi   malumotlardan   kelib   chiqib
VII-VIII   asrlarda   Dunxuan   va   unga   qo’shni   mintaqalardagi   aholi   manzilgohlari
Sug’ddan asosan Samarqanddan borganlar hisobiga shakillangan.   Bu esa “Ko’hna
xatlar” da keltirilgan malumotlar asosida o’z tasdig’ini topadi 75
.
Dunxuan viloyatidan topilgan P-3559 raqamli sug’diy tilda yozilgan hujjatda
keltirilishicha ushbu viloyatda jami 13 ta qishloq bo’lib ulardan biri Sungxya deb
atalgan.   Maskur   hududda   Markaziy   Osiyo   vakillariniko’plab   uchratish   mumkin
bo’lgan. 
Xitoyshunos   A.   Xujaevning   takidlashicha,   ilk   o’rta   asrlarda   Tan
imperiyasining tashqi dushman muhofazasini qaytarishda yordam berganligi uchun
Uyg’ur   hoqonligiga   (745-840)   berilgan   savdo   imtiyozlaridan   sug’diylar   ham
foydalanib, o’zlarini uyg’ur deb tanishtirgan va shu tariqa Kan familiyasi Sharqiy
Turkistonga   ham   keng   tarqalgan.   Ko’plab   holatlarda   samarqandlik   sug’diylar
uyg’ur ayollarga uylangan. Loyang shahrida samarqaandlik kishiga mansub qabrlar
o’rganilganda   marhumlarning   ismlari   Kang   Mojya   va   yana   bir   qabrda   dafn
73
  Чигуевский Л.И. Нов ы е материал ы  к истории согдийской колонии в районе Дунъхуана...-С.150
74
    Чигуевский Л.И. Новые материалы к истории согдийской колонии в районе Дунъхуана...-С.150
75
Лившиц В.А. Согдийские  Старые писъма (I,II)  ППВ –М.2008 1(8) –С173  
  49 qilingan   kishining   ismi   Kang   Danung   ekanligi   aniqlangan.   Ismlarga   “Kan”   ni
qo’shib ishlatish samarqandlik ekanligini bildirish uchun xizmat qilgan. 76
Sug’diylar   Buyuk   ipak   yo’lining   sharqidagi   savdo   aloqalarida   ham   muhim
rol o’ynagan. Vey sulolasi tarixining 102- bobida “Sug’d davlati savdogarlari ilgari
ko’proq   Lyang   zaminiga   kelib   tijorat   qilar   edi.   Guzangda   ularni   ko’p   uchratish
mumkin   edi”   deb   yozilgan.   Tarixiy   Lyang   va   Guzang   shaharlari   qadimgi   Xesi
yo’lagida   joylashgan   yirik   savdo   markazlari   bo’lgan.   So’ngi   yillarda   Xitoyning
Datang   viloyatidan   topilgan   Shimoliy   Vey   sulolasi   davriga   oid   sug’diylar
madaniyatiga   xos   buyumlarning,   jumladan   kumush   va   tilladan   yasalgan   idish
tovoq   va   boshqa   xo’jalik   buyumlarining   ko’plab   topilganligiga   guvoh   bo’lish
mumkin.   Maskur   topilmalarning   talquni   natijasida   malum   bo’ladiki,   Xitoyda
sug’diylar nafaqat savdo ishlari balki mamuriy va harbiy ishlarga ham jalb etilgan.
Mansabdorlar   orasida   Xuchjifu   Kangji   kabi   20dan   ortiq   samarqandliklar
bo’lganliklari keltiriladi. Takidlash lozimki Shimoliy Vey sulolasi Loyang shahrini
o’z   davlatlarining   poytaxti   etib   belgilashgan.   Shu   bois   Markaziy   va   Janubiy
Osiyodan   kelganlar   jumladan   sug’diylar   ham   maskur   shaharga   joylashishgan   va
Loyangda zardushtiylik ibodatxonalarini qurishgan.  77
 
Yozma   manbalar   (xitoy,   arab,   sug’d)   ga   qaraganda,   Markaziy   Osiyo   ikki   daryo
oralig’ida   markaziy   o’rinni   egallagan   Sug’d   milodning   ilk   asrlaridanoq   xalqaro
karvon   savdosida   faol   ishtirok   eta   boshladi.   Butun   Buyuk   ipak   yo’li   bo’ylab
Hindistondan   to   Xitoyga   qadar   yirik   yirik   sug’d   koloniyalari   vujudga   kelgan.
Xitoyning o’zida esa  sug’dliklar  koloniyalari  milodning dastlabki  asrlarida paydo
bo’lgan.   Sug’dli   savdogarlar,   mug’anniylar,   ko’zboylog’ichlar,   akrobatlar-
bozingarlar, raqqoslarni deyarli har yili Xitoyga karvonlar bilan olib kelishgan. 
Sug’dliklar   Xitoyda   ijtimoiy   jihatdan   bir   xil   guruhni   tashkil   etishmagan.
Ularning   asosiy   mashg’uloti   savdo-sotiq   bo’lgan,   shunday   bo’lsada,   sug’ddan
chiqqan   ko’plab   kishilar   Tan   imperiyasi   mamuriyati   va   armiyasida   xizmat
qilishgan,   bazida   esa   yuksak   lavozimlarga   ham   erishgan.   Bir   qancha   sug’dliklar
76
.  Xojayev A. Xitoy manbalarida sug’dlarga oid ayrim ma’lumotlar –B59-60
77
  Xojayev A. Xitoy manbalarida sug’dlarga oid ayrim ma’lumotlar-B 58-59  
  50 ajoyib   shoirlar   va   rassomlar,   buddaviylik   va   moniylik   muqaddas   matnlarining
sharhlovchilari va tarjimonlari sifatida ham dong taratgan edilar. 
O’rta Osiyoda  zodagonlarning mavjudligining o’zi  shu  qadar  ma’lumki, bu
holatni   ta’kidlash   zarur.   O’z   vaqtida   V.V.   Bartold   Movarounnahr   aholisi
hayotining   asosiy   xususiyati   “Forsdagi   kabi   kuchli   monarxiya   tomonidan   tiyib
qo’yilmagan   yerlik   zodagonlarning   (diskanlar   deb   ataladigan)   hukmronligini   tan
olishdir,   deb   yozgan   edi.   Hokimiyat   va   nufuzli   ruhoniylar   mahalliy   hukmdorlar
faqat   birinchi   zodagonlar   edi.   Ularning   eng   kuchlilari   xuddi   o’z   fuqarolari   kabi
dikkanlar   deb   atalar   edi” 78
.   Boshqacha   qilib   aytganda,   V.V.   Bartold   yozganidek,
“dehqon so’zi bir xil darajada sodda yer egalari va hukmron knyazlarni bildirgan”.
Shu bilan birga, o’sha tadqiqotchining fikriga ko’ra, uning davrida "muammoni hal
qilish uchun Forsdagi kabi aristokratiyaning o’zida ham turli darajalar va tabaqalar
mavjud edi" 79
 degan ma’lumotlar mavjud edi.
Bizgacha yetib kelgan Tabariy va boshqa manba mualliflari, ma lumki, judaʼ
kamdan-kam hollarda O rta Osiyo zodagonlariga nisbatan  fors aristokratiyasining	
ʻ
oliy   martabalarini   belgilashga   xizmat   qiluvchi   atamalarni   ammo,   bu   haqiqatning
aniqligiga qaramay, har qanday mahalliy manbalarda taqqoslanadigan ma’lumotlar
yo’qligi   sababli   uni   spetsifikatsiya   qilish   qiyin.   Shu   munosabat   bilan,
tadqiqotchilar,   men   bilishimcha,   bu   ular   V.V.   Bartoldning   qoidalaridan   uzoqqa
bormadilar. Ayni paytda, o’tgan vaqt davomida to’plangan material unga qaytishga
imkon beradi.
Mug   tog idan   maktublar   va   hujjatlardagi,   tangalardagi   bitiklardagi   so g d	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tilidagi asl va tarjima matnlar ancha keng ijtimoiy atamalarni o z ichiga oladi, ular	
ʻ
ilgari   mavjud   bo lgan   g oyalarni   qayta   ko rib   chiqish   va   oydinlashtirishni   talab	
ʻ ʻ ʻ
qiladi   va   ularni   o rganish   turli   toifadagi   yer   egalari   zodagonlarining  mavjudligini
ʻ
ochib beradi.
78
 V. V. Bartold, Turkiston mo g ullar istilosi davrida, Asarlar, 1-jild, 238-bet.	
ʻ ʻ
79
 3 O sha yerda, bet. 3 O'sha yer, 239-bet; Tabariy, II, 1237, 1243.	
ʻ
  51 Kutilganidek,   hukmron   sinf   na   iqtisodiy,   na   siyosiy   jihatdan   bir   shaxsni
tashkil   etmadi.   Bu   xilma-xillikni   V.   A.   Shishkin   Buxoro   vohasida   arxeolog
sifatidagi   ko’p   yillik   faoliyatini   sarhisob   qilib   qayd   etgan.   Uning   fikricha,   buni
birinchi   navbatda   turi   va   ko’rinishi   jihatidan   har   xil   bo’lgan,   qoldiqlari   bugungi
kungacha saqlanib qolgan zodagonlar qal’alari tasdiqlaydi. 80
 O’z navbatida, yozma
manbalarda   qayd   etilgan   dvoryanlar   toifalari   allaqachon   mavjudligi   haqida
gapiradi   feodal   tipidagi   rivojlangan   ierarxiya.   Bu   periarxiyaning   eng   yuqori
pog onasini   zodagon   oilalar   vakillari,   xitoy   yilnomalarida   Chjao-vu   nomi   bilanʻ
atalgan   hukmron   O rta   Osiyo   xonadonlarining   vakillari   egallashgan.   Bunday	
ʻ
hukmron palatalar vakillariga, birinchi navbatda, Kan (So g d-	
ʻ ʻ
In)   xonadoni   a zolari   kirgan.   undan   Samarqand   ixshidlar   (podshohlar)	
ʼ
sulolasi,   shuningdek,   Buxoro,   Xorazm,   Kushoniy,   Marv   va   boshqa   O rta   Osiyo	
ʻ
mulklari   hukmdorlari   chiqqan.   Dvoryanlarning   navbatdagi   toifasi   yer   egalari
aristokratiyasi  bo’lib, undan keyin ko’plab azatlar paydo bo’lib, ularning umumiy
nomi (azatkar xalqi, azat xalqi) tarqalgan.
80
 V. A. Shipkin, Varaxsha (tarixiy-geografik tajriba ergashing), M., 1963, 240-bet
  52 2.2 Islom davri tarixiy manbalarida Sug’d tarixi va madaniyatining
yoritilishi.
Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab lashkarlari 712- yili Samarqandni
qamal qildilar. Sug’d podshohi G’urak boshchiligidagi samarqandliklar erk jangiga
ko’tarildilar.   G’urak   kuchlar   teng   emasligini   yaxshi   anglab,   Shosh   podshosi,
Farg’ona xshidi va turk hoqonidan yovga qarshi kurashda yordam so’raydi. Hoqon,
ixshid,   podsho   o’zaro   maslaxatlashib   Samarqand   hukmdori   Gurakka   yordam
berishga   kelishadilar.   Hoqonning   o’g’li   boshchiligidagi   harbiy   otryad   tuzuldi.   Bu
lashkarlar   Toshkent,   Farg’ona   va   turk   hoqonlarining   aslzoda-zodagonlaridan
tuzilgan   bo’lib,   dushmanga   kutilmaganda   hujum   qilishga   qaror   qilindi.
Qutaybaning   ayg’oqchilari   Samarqandga   kelayotgan   bu   yordan   haqida   xabar
topishib unga yetkazdilar. Qutayba o’z akasi Solih boshchiligida 20 mimg askarni
pistirmaga   qo’yib,   madadkorlarni   kuta   boshladi.   Samarqandga   yordamga
shoshilayotgan hoqonning o’g’li kutilmaganda pistirmaga duch keladi. Ikki o’rtada
qizg’in jang boshlandi. Arablar yordamga shoshayotgan toshkentlik, farg’onalik va
hoqon   lashkarlarini   katta   qismini   qirib   tashlashga   erishdilar   qolganlari   esa   asr
olindi.   Shunday   qilib   kutilayotgan   yordam   Samarqandga   yetib   kelmadi.   Qattiq
qamal va shiddatli janglardan so’ng arablar shaharni istilo qilishga erishdilar. 
Arab   Tarixchisi   at-Tabariy   Samarqandni   istilo   qilinishi   haqida   qimmatli
ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Tarixchining yozishicha Qutayba shaharga kirgach
shaharliklar   bilan   vaqtinchalik   shartnoma   tuzgan,   harbiy   harakatlar   va   talaon-
tarojni  to’xtatgan. Qutaybaning o’zi shaharning eng baland qismiga ko’tarilib uni
tomosha   qilgan.   Qutayba   bilan   tuzilgan   muvaqqat   shartnomaga   ko’ra,   sug’dlar
arablarga   katta   miqdorda   tovon   to’lashlari,   har   yili   ma’lum   miqdorda   qullar
  53 yetkazib   berishlari,   ibodatxonalardagi   barcha   boyliklarni   berishlari,   masjid
qurishlari,   sug’d   qo’shinlarini   shahardan   tashqariga   chiqarishlari   va   shaharni
butunlay arablar ixtiyoriga topshirishlari lozim edi. G’urak shahardan lashkarlarni
chiqarishga,   ibodatxonaga   minbar   o’rnatishga   va   g’oliblar   uchun   ziyofat
uyushtirishga   buyruq   berdi.   Sug’d   podshosi   G’urak   Qutaybani   kutib   olish   uchun
shaharning Kesh darvozasiga bordi. 
Qutayba   arablarga   qarshi   mardlarchaa   kurashgan   sug’d   podshosi   G’urakni
har   tomonlama   kamsitishni,   uni   ruhan   mag’lub   etishni   xohlardi.   Shu   saababli,   u
dastlab   G’urakni   o’zi   oldida   tiz   cho’kishga   va   so’ngra,   to   shahar   ichidagi
ibodatxonagacha   piyoda   yurishga   majbur   qildi.   Piyoda   ketayotgan   G’urakning
ortidan g’olib Qutayba otda viqor bilan borar edi. 
Qutayba   shahar   ibodatxonasiga   yetib   kelgach,   ichkaridan   sanamlarni   olib
chiqishni buyurdi. Bu sanamlarning barchasi oltin, kumush va qimmatbaho toshlar
bilan   bezatilgan   edi.   G’oliblar   sanamlardan   barcha   qimmatbaho   toshlarni   ajratib
olib   bir   joyga   to’pladilar.   Ibodatxonada   sanamlar   shunchalik   ko’p   ediki   ular   bir
joyga to’planganida ulkan tepalik paydo bo’ldi. 
Qutayba   barcha   sanamlarni   yoqib   yuborichag   buyruq   berdi.   G’urak   va
barcha  ibodatxina  kohinlari  Qutaybadan   bu  ishni  qilmaslikni  so’radilar,  kimki   bu
ishni   qilsa   bir   balaoga   uchrashini   aytdilar.   Ularning   so’zlaridan   g’azablangan
Qutayba   mashalani   olib   saanamlar   uyumi   ustiga   otdi.   Sanamlr   uyumi   gurullab
yonib ketti, so’ngra ularning kuli ichidan arablar 50 ming misqol oltin va kumush
mixlarni   yig’ib   oldilar.   So’ngra   Qutayba   namoz   o’qish   uchun   minbar   qo’yilgan
ibodatxonaga  kirdi   va  ibodat   tugagach  ziyofatga  o’tirdi.  Ziyofatdan  so’ng  arablar
tahorat   qilishib   yana   ikki   rakat   namoz   o’qidilar.   Shundan   so’ng,   Qutayba   o’z
mirzasi   Sabitga   haqiqiy   shartnoma   matnini   tuzishga   buyruq   berdi.   Haqiqiy
shartnomaga   avval   ikki   o’rtada   tuzulgan   muvaqqat   shartnoma   asos   qilib   olindi.
Ushbu   shartnoma   yozilayotganda   Samarqand   istilosida   qatnashgan   14   arab
lashkarboshilari   guvoh   sifatida   qatnashdilar.   Shartnoma   yozib   bo’lingach,   barcha
guvohlar   imzo   chekdilar,   Qutayba   esa   o’z   muhri   bilan   tasdiqladi.   Ertasi   kuni
podsho   Gurak   Qutayba   bilaan   uchrashdi   va   Samarqandni   qaaytarib   berishni
  54 so’radi,   chunki   ikki   o’rtada   tuzilgan   shartnomaga   ko’ra,   G’urak   Samarqand
podshosi   sifatida   tilga   olingan,   bunga   G’urakning   o’zi   ham   ishongan   edi.   Ammo
Qutayba   G’urakning   ko’zlariga   nafrat   bilan   qarab   shahardan   chiqib   ket   deya
buyurdi. G’urak shaharni tark etishga majbur boldi. Shahar ichidagi otashparastlar
ibodatxonasi vayron etilib uning yoniga hashamatli masjid barpo etildi. 
Islom   davri   tarixshunosligi   va   manbashunosligida   Sug’dning   geografik
chegaralari   ularning   tuzulishi   urf-odatlari,   ananalari   kabi   muhim   malumotlarga
alohida etiboe berib o’tilgan. 
Sug’dning   tarixiy   geografiyasi   va   mamuriy   tuzulishi   xususida   Yunon-Rim
tarixchilaridan farqli o’laroq o’rta asr arab- fors tarixchilari keltirgan ma’lumotlar
tarixiy haqiqatga yaqinligi bilan ajralib turadi. 
O’rta   asr   islom   davri   tarixchi   va   sayyohlari   Sug’d   markazi   Samarqand
hukmdorligining   12   ta   mulki   bo’lganligini   keltiradi.   Ular   Zarafshon   daryosidan
janubga   qarab   Bunjikat   (yoki   Panjikent),   Varag’sar,   Maymurg’,   Sanjarfag’n,
Darg’om,   Abg’ar   va   shimolga   qarab   Yorkent,   Burnamud,   Buzmadjon,
Kabudonjaket, Vedar, Marzbon  joylashgan. 81
    Ular  sharqdan g’arbga qarab sanab
o’tilgan.   Mulklardan   ayrimlari   Sug’d   konfederatsiyasi   shakillangunga   qadar
alohida   hukmdorlik   bo’lgan.   Masalan   Maymurg’alohida   hukmdorlik   bo’lib,
Varag’sar   va   Sanjarfag’n   uning   tarkibida   edi.   Ehtimol   Panjikent   ham   Maymurg’
tarkibida bo’lgan. 82
Sug’d   konfederatsiyasiningjanubiy   hududida   joylashgan   hukmdorligi   Kesh
bo’lib, arab manbalarida unga qarashli  mulklar  quyudagilar ekanligi tilga olinadi.
Arg’an, Aru, Balandarin, Buzmajan, Kashk, Maymurg’, Kashkrud, Ichki Sankarda,
Tashqi   Sankarda,   Miyon   Kish,   Rasmain,   Rud,   Siyam,   Surruda,   Jajrud,   Xuzar,
Xuzarrud 83
.
81
  Бартолд В, В Географический очерк Мавераннахра / Соч, -М Наука, 1985,-С,31
82
  Vaissiere de la E. Sogdian traders: a history. …-P.  120
83
  Камолиддинов Ш.С. Историческая география Южного Согда и Тохаристана по арабоязычным 
историчникам   IX  -начала     XI I  вв Ташкент  .  Узбекистан, 1996, -С 23-24  
  55 Kesh va Naxshab hukmdorlarining mulklari keyingi davrlarga oid arabiy tilli
manbalarda   uchrasada   mulklarning   nomlanishi     va   topografiyasi   masalasida
noaniqliklar   mavjud.   Masalan   dastlab   Kish   shaklida   tilga   olingan   Kesh   tarkibida
bo’lgan.   Xuzar   keying   asrlarda   Nasaf   tarkibiga   kirganligi   manbalarda   qayd
etilgan. 84
  Arab   manbalarida   Mug’   tog’i   sug’diy   hujjatlariga   nisbatan   Sug’d
geografiyasi     va   na’muriy   bo’linishi   xususidagi   ma’lumotlar   anchayin   noaniq.
Masalan Karmanadan g’arbga tomon Buxoro Sug’dini “Katta Sug’d”ga qo’shmay
qaralgan manbalar  ham  mavjud. Xuddi  shu kabi  Qashqadaryo    vohasiga  nisbatan
Sug’dga   tegishli   hudud   sifatida   qarashda   ham   har   xillik   mavjud.   Masalan   bazi
mualliflar   Sug’d  deb   Zarafshon   daryosining   yuqori   oqimidan   to  quyi   oqimigacha
barcha yerlarni, jumladan bu  hududga Buxoro vohasini kiritishlari bilan birgalikda
Kesh, Naxshab vohalarini Sug’ddan ayirib qaralgan hollar ham uchrayd.
Ibn   Havqal   arablar   joriy   qilgan   soliq-moliya   mamuriy   bo’linishidan   kelib
chiqib,   Sug’dni,   Buxorodan     Kesh,   Naxshabdan   ajratib   qaraydi 85
.   Al   –   Istarxiy
malumotlarida   esa   Sug’dni   uch   qismga   bo’lib   (Samarqand   ,Buxoro,   Kesh-
Naxshab) qaralmagani ko’zga tashlanadi.  Yani Istaxriy o’z bayonini osonlashtirish
uchun Sug’dning qismlarni bir biridan ajratib bergan. 
Sug’dning   tarixiy   chegaralari   to’g’risida   tarixchi   sayyoh     Ibn   Hurdodbek
ma’lumotlarida   Samarqand   va   Sug’d   alohida   hudud   sifatida   tariflanadi. 86
  Aftidan
bu   narsaga   isbot   talab   qilmas   haqiqat   deb   qaralgan.   Samarqand   ko’pgina
manbalarda   Sug’dning   markaziy   qismi   deb   keltiriladi.   Ehtimol   arab   tarixchilari
Sug’dning yaqindan bilmaganlar  natijada uning tarixiy chegaralarini aniq tasvirlay
olmagan.  
Arab   muallifi   al-   Muqaddasiy   va   Jayhoniy   malumotlari   asosida   ilk   o’rta   asrlarda
Sug’dga   Kesh   va   Nasaf   yerlari   kirgan   deb   ko’rsatiladi.   Lekin   u   Samarqand
yaqinidagi   Ishtixonni   kuchli   mavqeyiga   qaramay   Sug’dga   kiritmaydi.   Xitoy
84
  Hudud al Alam. The regions of the world, a Persian geography Translated and explained by V. 
Minorskiy.- London 1970 –P .114  
85
  Ibn Havqal. Kitob surat al-ard. Movorounnahr. Arab tilidan tarjima va izohlar muallif. Sh. Kamaliddin-
Toshkent. O’ME. 2011. B. 27-30, 49-51 . 
86
Xordodbeh Ibn Kitob al- masalik val mamalik – Baku Elm 1986 –C. 162
  56 yilnomalariga   ko’ra   Ishtihon   (Tsao)   Sug’dning   muhim   markaziy   tumanlaridan
bo’lib, bu hududda Kushoniya (Xe)  ham  joylashgan.  Bazi  hollarda Kushoniya va
Ishtihonga   bir   hudud   sifatida   qaraladi.   Bunga   al   Muqaddasiyning   quyudagi
so’zlarini keltirish mumkin . “ Sug’dning asosiy bosh shahri-Samarqand, keyin esa
Kesh, so’ngra Nasaf, undan keyin esa Kushoniya- to uning oxirigacha. U deydiki
Samarqanddan   boshqa   Sug’dning   yana   bir   yirik   shahri   –   Ishtihon.   Lekin   u
Sug’ddan   alohida   hisoblanadi.   Arab   muarrixlari   Buxoroni   ham   Sug’dga
qo’shadilar.   Bunga   sabab   qilib   Buxoroni   Sug’d   daryosi   (Zarafshon   daryosi)
joylashganligini ko’rsatadilar 87
 
O’rta asr tarixchi sayyohlari (Al- Ma’sudiy, Yoqut al-Hamaviy) ham ushbu
ma’lumotlarni   takidlashgan.   Geografik   jihatdan   Buxoroni   Sug’dning   alohida
bo’lagi deyish mumkin. 88
   Lekin Buxoro siyosiy jihatdan o’z nomidan tanga zarb
qilgan mustaqil hukmdorliklardan biri bo’lgan. 
Arab   geograf   olimi   Yoqut,   Samarqand   arabcha   “Sumran”   deb   ataladi   va
unga Iskandar tomonidan asos solingan deb yozadi. Shu bilan birga shu kitobning
o’zida Samarqand so’zining birinchi qismi “Samar” Shamir nomi bilan bog’liqligi
takidlanadi. 89
“Qandiya”   da   Samarqand   va   uning   yoshi   haqida   bir   qancha   afsonalar   bor.
Arab manbalarining aksariyatida shahar  va uning nomining kelib chiqishi  Yaman
shohi-Shamir   abu   Karibning   afsonaviy   yurishlari   bilan   bog’lanadi.   Keyinchalik
Yaman qirollari o’rniga Samarqandning paydo bo’lishi haqidagi afsonalarda “turk
qirollari”   nomi   paydo   bo’ladi.   Xususan   Burhon-i   Katining   izohli   lug’atida
aytilishicha,   Samarqand   “Samar   qishlog’i”   manosini   bildiradi,   Samar-Turk
shohining nomi, turklar esa qishloqning nomini “kand” deb ataydilar. Bu qishloqni
Samar qurgan bo’lib, keyinchalik u shaharga aylanadi 90
.
87
  Biblioteka geograforum arabikorum edidit. M.J.De. Goeje. I-III Lugduni Batavorum, I, Viae regnorum 
auctore Abu Ishak al-Istakhri, 1870. III Deseriptio imperii moslemiki auctore AL-Makaddasi, 1967 P269  
88
G’oyibov B Sug’d konfederatsiyasining tarixiy- mamuriy bo’linishi xususida ayrim mulohazalar. Ilmiy 
habarnoma-Andijon 2014 – B 59-60 .
89
  Vyatkin.V.L. 1899, 22-B, 1905, 236-310 B
90
Muhammad Xusayn ibn Xalaf Tabriziy.  1952 1165  b  
 
  57 Shunday   qilib   Samarqand   Sug’di   O’rta   Osiyoning   eng   yirik   va   qadimiy
o’lkalaridan   biri   bo’lib   u   haqida   moziy   olimlarining   ko’pgina   tarixiy   asarlarida
so’z   yuritiladi.   Musulmon   manbalarida   ham   afsonaviy   rivoyatlar   va   hikoyalar
mavjud 
III.BOB. SUG’D TARIXIGA DOIR TADQIQOTLAR TARIXI.
3.1 Sug’dda shahar madaniyatining shakillanishi
Zarafshon vohasi o`rta asr shaharlari orasida Samarqandning qadimiy o`rni bo`lgan
Afrosiyob yodgorligi muhim o`rin tutadi. Samarqand shahrining yonida joylashgan
bu ulkan arxeologik yodgorlikka qiziqish хИх asrdanoq boshlangan. Ammo ushbu
tadqiqotlar   mutaxassialik   darajasida   olib   borilmasdan,   faqatgina   qadimiy   asori-
atiqalarni yig`ishdan iborat bo`lgan.
Zarafshon   vohasi   o`rta   asr   shaharlari   tarixiy   topografiyasi   o`rganilishida
N.   I.   Veselovskiy,   V.L.   Vyatkin,   V.V.   Bartoldlarning   ilmiy   tadqiqodlar   diqqatga
sazovor.   Ular   qadim   shaharning   Zarafshon   vohasi   shaharsozlik   tarixida   muhim
o`rin tutishini qayd etadilar.
O`tgan   asrning   ikkinchi   yarmida   O`rta   Osiyo   qadimiy   shaharlarini
topografik   jihatdan   o`rganishga   jiddiy   kirishiladi.   Samarqandning   qadimgi   qismi
bo`lgan   Afrosiyob   xarobalarida   dastlabki   arxeologik   ishlar   1945   yildan
boshlangan.   Ushbu   qadimiy   shaharda   birinchi   bo`lib   A.I.   Terenojkin   sistemali
ravishda qazish ishlarini boshladi.
Afrosiyob   shahrining   topografiyasi   va   stratigrafiyasini   o`rganishda
1958-yildan tizimli tarzda faoliyat olib borgan ekspedisiya ishlari muhim ahamiyat
kasb etadi. Ekspedisiya davomida shaharning deyarli barcha qismlarida arxeologik
qazish   olib   borilib   unda   V.A.   Shishkin,   Sh.S.   Toshxo`jaev,   S.K.Kabanov,
G.V.   Shishkina,   O.V.Obelchenko,   L.   G.   Brusenko,   E.   B.   Pruger,
T.   A.  A’zamxo`jaev,   M.   Jo`raqulov,   Ya.   Krikis,   Yu.   F.  Buryakov,   M.Filanovich,
Ya.Aminov,   M.   Pachos,   kabi   arxeologlar   faoliyat   ko`rsatishgan.   Tadqiqotlar
mobaynida Afrosiyobning deyarli barcha qismlarida qazish o`tkazilib shahar va ark
  58 mudofa   devorlari,   har   xil   hunarmandchilik   kvartallari,   shuningdek   jome   masjidi
xarobalari aniqlangan.
O`zbekiston   Fanlar   Akademiyasi   Arxeologiya   instituti   qoshida   1971   yilda
Afrosiyobni   o`rganish   bo`limining   tashkil   etilishi   ushbu   qadimiy   shaharning
arxeologik jihatdan o`rganilishida muhim bosqich bo`ldi.
Ko`hna   shaharni   o`rganish   bo`yicha   bo`lim   tashabbusi   bilan   tashkil   etilgan
ekspedisiya   tomonidan   dastlabki   arxeologik   qazishmalar   1973   yildan   boshlab
amalga   oshirildi.   Ekspedisiyada   I.Ahrorov,   Sh.S.Toshxo`jaev,   L.G.Brusenko,
E.Yu.Buryakova,   G.V.Shishkina,   A.A.   Anarboev,   X.G.   Axunbabaev,
M.Turebekov N.B.Nemseva,  O.I. Innevatkina kabi arxeologlar ishtirok etishgan. 
Afrosiyobdagi   tadqiqotlar   1980-   yillarda   ham   muvaffaqiyat   bilan   davom
etdi.   Bunda   ayniqsa   O`zbek-Fransuz   qo`shma   ekspedisiyasining   faoliyati   muhim
ahamiyatga   ega   bo`ldi.   Ushbu   qo`shma   ekspedisiyaning   faoliyati   mustaqillik
davrida   yanada   samarali   bo`ldi.   Ekspedisiyaning   muhim   yutuqlaridan   biri
Samarqand   shahrining   qadimiy   asoslari   2750   yilga   borib   taqalishini   jahon
hamjamiyati oldida isbotlanishi bo`ldi.
Ekspedisiyaning   yana   bir   muhim   kashfiyotlaridan   biri   Afrosiyob   arkining
sharq   tomonida   Abu   Muslim   davrida   qurilgan   mahobatli   saroy   qoldiqlarining
hamda   uning   yaqinidan   qoraxoniylar   davriga   oid   saroy   va   uning   devorlarida
mahobatli rang-tasvir suratlarning topilishi bo`ldi.
Zarafshon vohasida joylashgan yana bir yaxshi o`rganilgan yodgorliklardan
biri  Kofirqal’a muhim  savdo  va strategik joyda joylashgan.  Kofirqal’a yodgorligi
XX   asrning   20-yillarida   arxeologlarning   diqqatini   o`ziga   jalb   qilgan.   Xususon,
M.E.  Masson  tomonidan  Amir   Temurning  Davlatobod  bog`ini   Darg`o  kanalining
chap   qirg`og`idan   izlash   jarayonida   tepalikni   ko`zdan   kechirdi   va   uning   davriy
sanasini  temuriylar  davrigacha deya  ta’kidladi. Kofirqala  yodgorligida arxeologik
o`rganish   ishlarining   boshlanishi   Talli-Barzu   yodgorligida   olib   borilgan   qazish
ishlari bilan bevosita bog`liq
  59 Xonalar shimoliy g`arb tomonga qarab qurilganligi dastlabki vaqtda ularning
devorining   qalinligi   1metrni   tashkil   etgan.   Keyingi   yillarda   yodgorlikda   olib
borilgan   tadqiqotlar   keng   qamrovli   bo`lib,   albatta   bu   o`z   samarasini   berdi.
Xususan, arxeologik tadqiqotlar olib borish, nafaqat, o`zbek olimlari hamda chet el
olimlarida ham qiziqish uyg`otdi. 
2001-yilning   sentyabr-oktyabr   oylarida   Kofirqal’ada   o`zbek   va   Italiya
halqaro   qo`shma   ekspedisiyasining   olib   borgan   arxeologik   tadqiqotlari   o`z
samarasini   berdi.   Ekspedisiya   A.E.   Berdimurodov   rahbarligida   tashkil   etilgan
bo`lib, ekspedisiya  tarkibida K. Raximov,  Italiya olimlaridan Simona Montelline,
Dario   Djorjeti   Enriko   Mengilar   qatnashdi.   Tadqiqotlar   ark   darvozasining   kirish
qismida   10x12m   maydonda   olib   borildi.   Arxeologik   qazishmalar   davomida
ko`plab sopol buyumlari va eng asosiysi 300 yaqin bullalar qo`lga kiritildi.
Zarafshon bo`yida joylashgan yana bir savdo shahri Dabus qal’a yodgorligi
ham keng o`rganilmoqda. Yodgorlikni  o`rganish хИх asrdan boshlanadi.  хИх asr
oxirida   Dobusqal’aga   harbiy   topograf   N.F,Sitnyakovskiy   tashrif   buyurgan   va
shahar   xarobalarini   ko`zdan   kechirgan.   Dobusqal’ani   tarixiy   yodgorlik   sifatida
dastlabki   o`rganish   L.A.   Zimin   tomonidan   1915-yilda   amalga   oshirilgan.   Olim
Dobusiya shahri bilan bog`liq tarixiy yozma manbalarni to`plagan va ularni nashr
ettirgan. 
Undan   yigirma   yil   keyin   Dobusiyani   yanada   chuqurroq   o`rganish   boshlangan   va
uni A.Yu.Yakubovskiy boshliq Davlat Ermitaji ekspedisiyasi amalga oshirgan. Bu
ekspedisiya   tomonidan   Dobusqal’a   bilan   birgalikda   Zarafshon   vohasining   juda
ko`plab tarixiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklari ham o`rganilgan.
Keyingi   yillarda   bu   erda   arxeolog   olimlar   Pugachenkova   G.A.,   Rtveladze   E.V.,
Turg`unov   B.A.,   Buryakov   Yu.F.,   Rostovsev   O.M.,Odilov   Sh.T.   lar   ilmiy
tadqiqotlar   olib   borgan   bo`lsalarda,   yodgorlikning   arxeologik   qazishmalar
vositasida ilmiy o`rganish borasida biron-bir yirik tadqiqot amalga oshirilmagan.  
    Dobusqal’ani   arxeologik   qazishmalar   vositasida   tadqiq   etish   birinchi   marta
2006-yildan,   O`zR   Fanlar   akademiyasi   Arxeologiya   institutning   O`zbekiston-
  60 Yaponiya   xalqaro   qo`shma   ekspedisiyasi   tomondan   boshlandi.   Tadqiqotlar   ayni
kunlarda yodgorlikning arki, shahristoni va rabodi hududlarida olib borilmoqda.
Xalqaro   arxeologik   ekspedisiya   tadqiqotlarida   Sug`d   hududida   shahar
markazlari rivojlanishi  bosqichlarini o`rganish Dobusiya misolida davom ettirildi.
Turli   yillarda   Dobusiyada   IV-VI;   IX-XII;   XV-XVIII   asrlarga   oid   madaniy
qatlamlari   tadqiq   etildi.   Dobusiya   yodgorligining   shahriston,   rabot   va   ark
hududlarida   olib   borilgan   arxeologik   qazishmalar   materiallari   (kulolchilik
buyumlari,   hunamandchilik   ishlab   chiqarishi   bilan   bog`liq   bo`lgan   turar-joy
binolari   qoldiqlari,   metall   buyumlar)   tadqiq   qilindi.   Shahristonning   shimoliy
sharqiy   qismida   o`rta   asrlarda   faoliyat   ko`rsatgan   darvoza   qoldiqlari   ochildi   Bu
darvoza   orqali   shahar   yonidan   oqib   o`tuvchi   Zarafshon   daryosining   kechuviga
chiqilgan. 
Tadqiqotlarda   ilk   o`rta   asrlarda   bu   shaharda   kulollik   hunarmandchiligi
nihoyatda   rivojlanganligini   ko`rsatuvchi   rang-barang   arxeologik   materiallar   ham
qo`lga   kiritildi.   Topilmalarning   chizmalari   tayyorlanib,   ular   ilmiy   muomalaga
kiritildi. Arkda ochilayotgan ilk o`rta asrlarga oid saroy o`rnidan topilgan yashash
va   xo`jalik   xonalari,   saroyning   tashqi   devorini   o`rganish   davomida   qo`lga
kiritilgan   arxeologik   topilmalar   shahar   me’morchiligi   va   uning   o`ziga   xos
xususiyatlari to`g`risida muhim ma’lumot beradi. 
Mustaqillik   yillarida   Zarafshon   vohasi   shaharlari   tarixini   o`rganishda
halqaro   ekspedisiyalarning   faoliyati   kengayib   bormoqda.   Xususan,   Kofirqal’a
yodgorligida   O`zbek-Italyan,   Poykendda   O`zbek-Rossiya,   O`zbek-Fransuz,
O`zbek-Italyan   ekspedisiyalari,   Dabus   qal’a   yodgorligida   O`zbek-Yapon
ekspedisiyalari   faoliyat   olib   bormoqda.   Ammo   shunga   qaramasdan   Zarafshon
vohasi shaharlarini to`la o`rganilgan deb bo`lmaydi.
Ilk   o`rta   asr   shaharlarini   o`rganishda   kompleks   tarzda   qazish   ishlarini   olib
borish   tajribasi   muhim   o`ringa   ega.   Bu   borada   Panjikentda   olib   borilayotgan
Davlat   Ermitaji   muzeyining   tadqiqotlari   muhim   ahamiyatga   ega.   Uzoq   davr
mobaynida kompleks o`rganilishi nitjasida, bugunda Panjikentning 3/2 qismi qazib
o`rganilgan.   Shu   asosda   shaharning   turar-joylari,   mudofaa   tizimi,   monumental
  61 me’morchilik   inoshoatlari   haqida   keng   to`xtalish   mumkin.   O`zbekiston   hududida
faqatgina   Poykendda   mazkkur   tajriba   saqlanib   qolib,   yodgorlikni   kompelks
o`rganish ishlari davom etmoqda. 
Biroq   Zarafshon   vohasi   shaharlarini   o`rganish   ishlarining   ko`pchiligi   faqatgina
kichik-kichik qazishmalar orqali olib borilgan. Bu shaharlardan birontasi kompleks
tarzda,   to`la   qazib   o`rganilmagan.   Bugunda   Zarafshon   vohasining   eng   yirik
urbanizasiya   markazi   Afrosiyobni   o`rganish   ishlari   ham   nisbatan   qisqargan.
Yodgorlikda   hozirda   “Samarqand   tarixi”   muzeyining   kichik   ekspedisiyasi   qazish
ishlarini   olib   bormoqda   Dunyo   tarixida   muhim   o`rin   tutuvchi   shahar   ilk   o`rta
asrlarda   sharq   va   g`arbni   bog`lovchi   o`ziga   xos   madaniyat   markazi   bo`lgan.   Shu
boisdan  Sug`dning  poytaxt   shahri   bo`lgan   yodgorlikni   kompleks  tarzda  o`rganish
fanga juda katta yangiliklar berishi mumkin.
Yozma   manbalarda   tilga   olingan   bu   shaharning   qoldiqlari   bilan   qiziqqan
H.   G`.   Axunboboevning   fikriga   ko`ra,   Borkat   shahri   hozirgi   Bulung`ur   tumaniga
qarashli   Oqtepa-Mitan   qishlog`i   hududida   joylashgan   yirik   yodgorlik   Oqtepa
o`rnida bo`lgan 91
. Oqtepa uch qismdan-ark, shahriston va raboddan iborat. Tabiiy
tepaliklar   majmuasi   ustida   bunyod   etilganligi   uchun   qadimiy   shahar   qoldiqlari
bo`lgan bu yodgorlikning hozirgi kundagi topografik tuzilishi juda ham murakkab.
Yodgorlikning   markazi   oval   shakliga   ega,   tomonlari   75x50   m   va   balandligi
18-20   m   bo`lgan   uzunchoq   ark   va   unga   janub   tomondan   tomonlari   125x110   m,
ko`rinishi   uchburchakka   yaqin   bo`lgan   shahriston   tutashgan.   Shahristonning
sharqiy   qismida   janubdan   shimolga   cho`zilgan   uzunchoq   tepalik   shaklidagi
balandlik   mavjud   bo`lsada,   uning   usti   deyarli   tekis.   Arkning   barcha   tomonlari,
shahristonning esa  sharqiy yonbag`irlari  juda tik. Shahristonning janub tomonida,
undan   20-25   m   masofada,   tomonlari   75x70   m.   bo`lgan,   ustki   qismi   tekis   tepalik
mavjud va bu tepalikni ham yana bir ark sifatida qabul qilish mumkin, sababi unga
g`arb   tomondan   uzunligi   325   m,   eni   125   m   bo`lgan   yassi   tepalik,   ya’ni   ikkinchi
shahriston   tutashgan.   Shahriston   hududi   hozirgi   kunda   qabriston   bilan
qoplanganligi   bois,   uning   ustki   relefi   butunlay   o`zgarib   ketgan.   Ikkinchi
91
Ахунбабаев Х.Г. Археологическое изучение Булунгурского района в 1979-1980 гг. // ИМКУ. Вып. 18, 
Ташкент, 1983, -C.156.   
  62 shahristondan   shimol   tomonda   o`lchamlari   o`rtacha   200x100   m   bo`lgan   yassi
tepalik o`rin egallagan. Bu har ikkala tepalikning orasi pastqamlikdan iborat bo`lib,
bu   qadimiy   yo`l   o`rni   ekanligi   shubhasiz.   Bu   yo`l   Oqtepaning   shimoli-g`arbiy
tomoniga   qarab   pasayib   shaharning   shu   qismidagi   darvozaga   olib   borgan.   Hozir
ta’riflangan   shimol   tomondagi   yassi   tepalikning   ustida   o`lchamlari   50x25   m
bo`lgan,   to`g`ri   to`rtburchak   shaklidagi   qandaydir   inshootning   devorlari   o`rni
ko`zga   tashlanadi.   Uning   sharqiy   devorida   kirish   joyi-darvozaning   o`rni   bor.   Bu
joy karvonsaroyning o`rni bo`lishi  mumkin. Yodgorlikning umumiy maydoni 11-
12 gektarni tashkil etadi. Arklar va birinchi shahristonning sharqiy qismida turlicha
ko`rinishdagi va turli hajmdagi tepaliklar majmuasidan iborat bo`lgan keng rabod
joylashgan   bo`lib,   uning   chegaralari   ma’lum   emas.   Taxminan   20   gektarni   tashkil
qilgan   rabodning   katta   qismi   zamonaviy   turar-joylar   tagida   qolib   ketgan.   Olib
borilgan kuzatishlar natijasida, Oqtepa yodgorliklar majmuasi bu hududda mavjud
bo`lgan   turlicha   hajmdagi   tabiiy   tepaliklar   ustiga   qurilganligi,   qurilishlar
tepaliklarning   relefiga   uyg`unlashtirilgan   holda   amalga   oshirilganligi   aniqlandi.
Samarqandning   qadimiy   o`rni   bo`lgan   Afrosiyob   ham   tom   ma’nodagi   katta
hududni   egallab   yotgan   tabiiy   tepaliklar   ustiga   bunyod   etilgan.   Xuddi   shunday
holat   Samarqandning   shimoliy   hududlarida,   Ishtixon   tumanidagi   Orlat   qishlog`i
yaqinida   joylashgan   Qo`rg`ontepa   shahar   xarobalarida   ham   qayd
qilingan 92
  .Oqtepada   olib   borilgan   arxeologik   qidiruvlar   davrida   milodning   V-VI
va                                  X-XII asrlariga mansub kulolchilik buyumlari bilan birga XV-
XVI asrlarga oid buyumlar ham ko`plab uchraydi. Shahar ilk va rivojlangan o`rta
asrlarda   faoliyat   ko`rsatgan   bo`lib,   uning   mo`g`ullar   istilosi   davridagi   hayoti
haqida yozma manbalarda biron-bir ma’lumot uchramaydi. 
O`rta asrlarga oid yozma manbalarda, xususan as-Sam ъ oniy va Yoqut al-Hamaviy
asarlarida   Borkat   yoki   Aborkat   shahri   bilan   hamisha   yonma-yon   Kabudanjaket
rustoqi va uning bosh shahri Kabudanjaket tilga olinadi Qadimiy Borkat shahridan
yo`l   ikkiga   ajralgan   bo`lib-birinchi   yo`l   to`g`ri   g`arbga   yo`nalib   4   farsah
masofadagi Samarqand tomonga ketgan bo`lsa, ikkinchisi   shimoli-g`arbga burilib,
92
  Пугаченкова Г.А. Древности Мианкаля. (Из работ Узбекистанской искусствоведческой экспедиции). 
Ташкент, 1989, -C. 75-76
  63 Samarqand   vohasining   shimolida   joylashgan   bir   qator   shaharlarga   qarab   ketgan.
Bu   yo`lda   ketma-ket   Kabudanjaket-Vidor-Sog`arj-Ishtixon-Marzbon   kabi   yirik
shaharlar   joylashgan.   Kabudanjaket   rustoqi   hududini   hozirgi   Jomboy   tumani,
xususan   uning   G`o`bdin   tog`igacha   bo`lgan   hududiga   joylashtirish   mumki.   H.G`.
Axunboboevning fikriga ko`ra, rustoqning markaziy shahri Kabudanjakat Jomboy
tumanidagi G`azira va Qorapichoq qishloqlaridan janubi-sharqda joylashgan ulkan
yodgorlik   Mingtepa   o`rnida   bo`lgan 93
  .   Boshqa   rustoq   va   joy   nomlari   kabi
Kabudanjaketning   nomi   ham   turli   muarrixlar   asarlarida   bir-birilaridan   o`zgacha
talaffuz qilingan. As-Samo’niy Kabudanjaketni  Samarqanddan 2 farsax masofada
joylashgan shahar (madina) joylashganligini va nomini Kabuzandjakas deb ataydi.
Yoqut esa uni nomini umuman boshqacharoq-Nadjugkas sifatida tilga olib o`tgan 94
Arxeolog   olim   M.H.   Pardaev   esa   Kabudanjaket   rustoqini   Xitoy   manbalaridagi
tavsiflarga   hamda   rustoq   nomini   etimologiyasi   asosida   hozirgi   Jizzax   viloyati
Forish   tumani   markazidagi   Bog`don   qishlog`i   va   uni   atrofidagi   mavzelarda
joylashganligini   qayd   etadi.   Manbalarda   Kabudanjaket   rustoqi   Samarqanddan
(Kan)   shimolda,   Sharqiy   Sao   (Ishtixon)   dan   sharqda   joylashgani,   Ustrushonaga
qo`shni   yoki   chegaradosh   sifatida   keltirib   o`tilmagan.   Shu   boisdan   ham   mazkur
rustoqning   markazini   Jomboy   va   Bulung`ur   tumanlari   oralig`idagi   Mingtepa
yodgorligini o`rnida degan xulosaga kelishimiz mumkin 95
. 
Istahriy   Kabudanjaket   rustoqini   Kabuzanjkat,   uning   markazini   ham
Kabuzanjkat deb nomlaydi. “Bu rustoq ham boshdan-oyoq qishloqlar va daraxtlar
bilan   qoplangan.   Uning   bosh   shahri   (ham)   Kabudanjkat   deb   ataladi”-   deb   Ibn
Havqal   o`zining   “Er   surati”   asarida   yozgan 96
.   H.G`   Axunboboev   ham   Mingtepa
massivida   joylashgan   yirik   yodgorlik   Qo`rg`ontepa   o`rnida   bo`lganni   ta’kidlaydi.
93
Ахунбабаев Х.Г. Древний Кабуданжакет (к вопросу локализации, генезиса и этапов развития 
раннефеодальных владении и средневековых рустаков Самаркандского Согда). Археология Средней Азии. 
Тезисы докладов. Ташкент, 1990, -С.26-28 
94
  Камалиддинов. Ш.С. Абу Са‘да ‘Абд ал-Карима ибн Мухаммада ас-Сам‘ани как источник по истории и 
истории культуры Средней Азии.  Ташкент ,1993-С.97
95
  Раимқулов А.А., Асланов А.П. Ўрта асрлар Самарқанд воҳаси рустоқлари локализацияси масалалари. // 
Ўзбекистон моддий маданияти тарихи. 37-нашр. Самарқанд, 2012. -Б.152 
96
Раимқулов А.А., Асланов А.П. Ўрта асрлар Самарқанд воҳаси рустоқлари локализацияси масалалари. // 
Ўзбекистон моддий маданияти тарихи. 37-нашр. Самарқанд, 2012. -Б.152 
  64 Mingtepa massivi Borkat yoki Aborkat shahri xarobalari bo`lgan Oqtepadan 16 km
masofada   shimoli-g`arbda   joylashgan.   Xulosa,   sifatida   aytishimiz   mumkinki
Zarafshon   vohasi   shaharlarini   keng   ko`lamda   o`rganish   ishlari   vodiyda   ilk   o`rta
asrlarda urbanizasiya  jarayonlari ilk o`rta asrlarda o`z rivojining yuqori nuqtasiga
etgan.   Shu   davrda   bu   erda   juda   ko`plab   savdo   va   hunarmandchilik   markazlari
paydo   bo`lgan.   Bu   shaharlar   O`rta   Osiyo   iqtisodiy-siyosiy   hayotida   muhim   o`rin
tutishgan
  65 3.2  Arxeologik va etnografik manbalar
  O’rta   Osiyoda   o’rta   asrlar   davrining   dastlabki   bosqichi   yirik   davlatlar-
Kushonlar   saltanati   va   Qang’   davlati   konfederatsiyasining   inqirozi   hamda   ular
ustiga   xionitlar,   kidaritlar   va   eftalitlar   kabi   ko’chmanchi   qabilalarning   ommaviy
ravishda bostirib kirishi bilan boshlandi. Bu ikki davlatning tanazzuli O’rta Osiyo
hududlariga   Eron   sosoniylarining   istilochilik   va   bosqinchilik   harakatini
faollashtirdi.   Ammo   ko’chmanchi   qabilalar,   ayniqsa,   eftalitlar   bunga   yo’l
qo’ymadi.   VI   asrning   ikkinchi   yarmida   sosoniylar   O’rta   Osiyoda   Turk   xoqonligi
bilan   to’qnashishga   to’g’ri   keldi.   Hokimiyatni   o’z   qo’liga   olgan   G’arbiy   Turk
xoqonligi   100   yil   davomida   to’liq   O’rta   Osiyo   ustidan   nazoratini   o’rnata   oldi.
VII   asrda   O’rta   Osiyo   ijtimoiy   va   siyosiy   hayotida   yuz   bergan   feodallashish
jarayonining   rivojlanishi   xoqonlikda   ichki   ziddiyatlarning   chuqurlashishiga   olib
keldi.   Natijada,   nomigagina   xoqonlik   hukmronligini   tan   olgan   mahalliy   sulolalar
boshchiligidagi   katta   va   kichik   yer   egaligi   jadal   rivojlandi.   Jamiyatning   ijtimoiy
tarkibida   o’zgarishlar,   katta   yer   egalari   bo’lgan   dehqonlar,   badavlat   savdogar   va
hunarmandlar   tabaqasi   paydo   bo’ldi.   Ular   o’z   navbatida   shaharlarning   vujudga
kelishiga,   ko’p   tarmoqli   hunarmandchilik   va   savdo-sotiqning   rivojlanishiga   turtki
berdi.
Ma’lumki,   G’arb   va   Sharqni   bog’lovchi   muhim   savdo   yo’li   bilan   Buyuk
Ipak yo’li («G’arbiy meridianal yo’l») ning qadimgi Farg’onadan o’tgan yo’nalishi
ilk o’rta asrlarga kelib, O’rta Osiyo shimoliy hududlarining ichki rayonlariga kirib
bordi.   Natijada   O’rta   Osiyoning   chorvador   qabilalari   va   o’troq   aholisi   o’rtasida
iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi.
  66 Savdo-sotiqni pul asosida rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi, tanga –
pul zarb qilishga bo’lgan ehtiyoj kuchayib, pul zarbxonalarining yangi markazlari
shakllandi.   O’rta   Osiyo   bozorlarida   Toxariston,   So’g’d,   Ustrushona   va   Shosh
tangalari keng muomalada bo’ldi.
Ilk   o’rta   asrlarda   O’rta   Osiyoda   shahar   hunarmandchiligi   keng   tarmoq   otib
rivojlanishda davom etdi. Samarqand, Buxoro, Poykent va boshqa shaharlar yirik
savdo-sotiq   markazlari   sifatidagi   o’z   o’rnini   saqlab   qoldi.   Shuni   alohida   aytish
joizki,   Shosh-Iloq   vohasidagi   shaharlar   juda   jadal   rivojlanish   yo’liga   tushib   oldi.
Bu   shaharlarda   hunarmandchilikning   kulolchilik,   shishasozlik,   metallurgiya,
to’qimachilik   sohalari   yuksak   professional   darajada   rivojlanib   ular   ko’p   hollarda
tashqi savdo uchun mahsulot chiqarar edilar.
Ilk   o’rta   asrlarda   to’qimachilik   O’rta   Osiyo   hunarmandchiligining   ustivor
yo’nalishiga   aylandi.   Ayniqsa   ipak   mahsulotlarini   ishlab   chiqarish   keng   yo’lga
qo’yilgan.   Arxeologik   materiallarning   guvohlik   berishicha,   ipak   qurtini   boqish
Qadimgi   Baqtriyada   bronza   davridan   ma’lum   bo’lgan.   Antik   davri   va   ilk   o’rta
asrlarga   kelib,   ipakchilik   bilan   shug’ullanish   So’g’diyona   va   Farg’ona   vodiysiga
ham   keng   tarqaldi.   Ipakchilikning   jahonga   mashhur   markazlari   paydo   bo’ldi.
Masalan,   VI-VII   asrlarda   shakllangan   Buxoroning   «zandanachi»   ipak
mahsulotlariga bo’lgan talab hatto ipakchilikning ilk vatani Xitoyda ham katta edi.
Zandanachi ipak mahsulotlarining namunalari hatto Afrosiyob devoriy su’ratlarida
yaxshi saqlangan.
Ilk   o’rta   asrlar   davrida   O’rta   Osiyo   tarixida   muhim   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy   va   madaniy   jarayonlar   bo’lib   o’tdi   hamda   keyingi   tarixiy   taraqqiyotga
ijobiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Albatta,   feodal   yer   egaligi   munosabatlari   dunyoning   turli
xalqlari va mamlakatlarida bir vaqtda sodir bo’lmagan. Ilk o’rta asrlar O’rta Osiyo
tarixida   V-ІX   asrlarni   o’z   ichiga   olib,   muhim   tarixiy   voqealarga   boyligi   bilan
alohida ahamiyat kasb etadi.
Milodiy   ІІІ   -   ІV   asrlarda   yirik   imperiya   -   Kushon   davlati   inqirozga   yuz   tutdi   va
parchalanib   ketdi.   ІV   asrda   O’rta   Osiyo   hududiga   xioniylar   kirib   keldilar.
Xioniylar   etnik   jihatdan   kelib   chiqishi   kushonlarning   avlodlari   hisoblanib,   ayrim
  67 tarixiy   manbalarda   toxarlar   deb   ham   yuritiladi.   Mazkur   xalq   O’rta   Osiyoda   120
yilga   yaqin   hukmronlik   qildi.   Xioniylar   birinchi   marta   Ammian   Martsellinning
356-yilgi   hikoyasida   ularning   podshosi   Grumbat   va   o’g’lining   Amida   (Suriya)
shahrini qamal  qilganligi yoziladi. Xioniylar  Amudaryo havzasini  egallab olgach,
g’arbga yurish qiladilar.
V   asr   boshlarida   tarix   sahnasiga   kidariylar   chiqdi.   Ularning   poytaxti   Balx
bo’lib,   podshosi   Kidar   nomi   bilan   bog’lik   tangalar   Amudaryoning   janubidagi
yerlardan topilgan.
V asr o’rtalarida O’rta Osiyo tarixida yangi siyosiy kuch - eftalitlar paydo bo’ldi.
Eftalitlar   etnik   jihatdan   S.P.   Tolstov   fikricha   massagetlar   sanaladi.   Eftalitlar
tarixiga oid yozma manbalar - xitoy, arman, Vizantiya, arab manbalaridir. Mazkur
davlat O’rta Osiyoda V asr o’rtalaridan VI asr 60-yillargacha hukmronlik qildi. U
hududiy   jihatdan   Kushon   imperiyasidan   2   barobar   katta   bo’lib,   hokimi   mutlaq
boshqargan.   Ushbu   davlat   o’zlarigacha   mavjud   bo’lgan   jtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni o’zgartirmadilar.
Eftalitlar   davrida   hozirgi   O’zbekiston   hududida   dehqonlarning   qasr-
qo’rg’onlaridan   bir   qancha   shaharlar   paydo   bo’ladi.   Bunday   shaharlar   jumlasiga
Bolaliktepa,   Varaxsha   kabilarni   kiritish   mumkin.   Ilk   o’rta   asrlarga   oid   yirik
shaharlar   jumlasiga   qadimdan   mavjud   bo’lgan   Afrosiyob,   Buxoro,   Poykand,
Toshkent, Termiz va boshqlarni kiritish mumkin.
Shuningdek,   mazkur   davrga   oid   devoriy   suratlar   Bolaliktepa,   Varaxsha,
Toshkentdan   topib   o’rganilgan.   Eron   sosoniylariga   mansub   ko’plab   tangalar
topilgan.
O’zbekiston   hududidagi   ilk   o’rta   asrlarga   mansub   shaharlarning   maydoni
uncha  katta bo’lmaganligini  ta’kidlash  lozim. Bu  vaqtda  Samarqandning aylanasi
3,5 km, Poykandniki 1,8 km, Farg’onadagi Koson shahriniki 2 km ni tashkil etgan.
Mazkur   davrga   oid   arxeologik   topilmalarni   hududlar   bo’yicha   ko’rilganda
quyidagi manzara hosil bo’ladi.
Ilk o’rta  asr  So’g’d yodgorliklari  jumlasiga Afrosiyob, Varaxsha,  Poykand,
Panjikent,   Tallu   Barzu,   Tohariston   yodgorliklariga   Bolaliktepa,   Kofirqal’a,
  68 Fargona   yodgorliklariga   Quva,   Axsikat,   Koson,   Toshkent   vohasida   Binkat,
Yunusobod,   Mingo’rik,   Xorazm   hududida   Fir   qal’asi,   Baraktom,   Kuyukqal’a,
Teshikqal’a va boshqalar mavjud bo’lgan. Mazkur davrda aholining o’rtoqlashuvi
natijasida sun’iy sug’orish inshootlari quriladi. Bular jumlasiga Bo’zsuv, Zog’ariq,
Darg’om kanallarini keltirib o’tish mumkin.
1948-yilda   arxeolog   A.Terenojkin   Afrosiyobning   ilk   o’rta   asrlarga   oid
qatlamlarini tekshiradi. 1958 yildan buyon Afrosiyobni o’rganilish davom etmoqda
va   hozirgacha   turli   davrlarga   oid   bir   qancha   boshqa   yodgorliklar   ham   o’rganildi.
VІ   asrga   mansub   Tallu   Barzu   yodgorligidagi   qazuv   ishlari   jarayonida   VІІІ   asrga
oid   sopol   idishlar   majmui,   sosoniylar   tangalari,   quyi   qatlamidan   esa   antik   va
Kushon   davriga   oid   temirchilik   charxi,   sopol   idishlar,   haykalcha   topildi.
1956-1957-yillarda Kofirqal’a o’rganila boshlanadi.
      Olib   borilgan   qazishma   ishlari   natijasida   shu   ma’lum     bo’ldiki,
ІV-V   asrlarda   Samarqand   tushkunlikka   uchraganligi   aniqlandi.   Uning
rivojlanishidagi   yangi   davr   VІ   asrdan   boshlanadi.   Ark   yangi   devor   bilan   o’rab
olinadi   VІ   asrda   uzunligi   1,5   km   to’rtinchi   devor   quriladi.   Shahar   janubga   qarab
kengayib boradi va uzunligi 3 km ichki devor quriladi. ІІІ-ІV asrlarga oid kulollar
va miskarlar mahallalari topilgan.
VІІ   asrlarda   Afrosiyobda   maxsus   saroy   devori   quriladi   va   shaharning
to’rtinchi   tashqi   devori   butunlay   qayta   quriladi.   Saroy   devorining   ichida   yirik
inshootlar alohida binolar qurilgan.
Ilk   o’rta   asrlarga   xos   Samarqandning   quyidagi   binolari   mavjud   bo’lganligi
aniqlangan:
A)   o’rtahol   shaharliklarning   turar   joylari   devorlari   qalinligi   1,1   m,   uy   maydoni
11,8x 6,45 m, ko’pchilik hollarda 2,6 x 2,5 m bo’lgan.
B) Shahar kiborlari turar joylari devorlariga rasmlar ishlangan.
V) Jamoat binolari.
G) Ibodatxona.
D) Saroy bir necha xonalardan iborat bo’lgan.
  69 Shahar   aholisi   kasb-korlari   bo’yicha   mahallalarga   bo’lingan.   Shunday  qilib
VІ-VІІ   asrlarda   So’g’d   poytaxti   bo’lgan   Samarqand   ko’p   asrlik   tarixida   o’z
taraqqiyotining yuqori darajasiga ko’tarildi.
Varaxsha   shahar     xarobasida   o’tkazilgan   arxeologik   qazishlar   tufayli
eftalitlar davrida shaharni tubdan qayta qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi.
Varaxsha   Buxoro   hukmdorlari   (buxorxudotlar)   ning   qarorgohi   bo’lib,   bu   yerdan
saroy qoldiqlari bilan bir qatorda devorga ishlangan rasmlar ham topildi.
Mazkur   yodgorlik   1938-1953   yillarda   tekshirildi.   Varaxsha   devorlariga   loy
suvoqdan  so’ng  yelimli   rang bilan  suratlar   solingan.  Ularda podsho  saroyi   hayoti
tasvirlangan.   Shuningdek   Varaxshadan   ganchdan   ishlangan   haykallar   ham
topilgan.
Qashqadaryo   vohasida   ham   ilk   o’rta   asrlarga   oid   yodgorliklar   ro’yxatga
olingan. Ayniqsa S.K. Kabanov tomonida Qarshi vohasida joylshgan 300 dan ortiq
tepaliklar  ro’yxatga  olinib xaritasi   tuziladi. 1946  yildan boshlab  ilk  o’rta  asrlarga
oid yodgorliklari tadqiq etila boshlandi va bu borada katta yutuqlarga erishildi. 70-
yillardan   boshlab   G’uzor   va   Dehqonobod   tumanlaridagi,   shuningdek   Yuqori
Qashqadaryo   vohasidagi   ilk   o’rta   asrlarga   oid   yodgorliklar   KATE   a’zolari
tomonidan o’rganildi.
Panjikent   xarobasini   tekshirish   1946   yildan   buyon   olib   borilmoqda.
Tadqiqotlar natijasida V, VІ, VІІ asrlarga oid bo’lgan turar joylar tekshirildi. Turar
joylar jumlasiga Divashtich saroyi, boy va oddiy shahar aholisi uylari kiradi. Boy
xonadon uylari murakkab reja asosida qurilgan. Bu yerda ham ijtimoiy uylar 2 ta
ibodatxona   ochib   o’rganildi.   Saroy   va   yirik   binolarning   devorlariga   hayotiy   va
diniy   mavzudagi   rasmlar   solingan.   Samarqand,   Varaxsha,   Panjikent   rasmlari   ilk
o’rta   asrlarda   O’rta   Osiyoda   tasviriy   san’at   yuqori   darajada   bo’lganligini
ko’rsatadi.
1953-1954  yillarda  Surxondaryoda  qazib  o’rganilgan Bolaliktepa   qal’asi  eftalitlar
davrining   diqqatga   sazovor   yodgorliklaridan   biridir.   Bolaliktepa   baland   poydevor
ustiga qurilgan bino bo’lib, uning ichki devorlariga turli rasmlar ishlangan.
  70 Farg’onadan   topilgan   Quva   budda   ibodatxonasi   ikki   binodan   iborat   bo’lib,
ularning   eshiklari   alohida   bo’lgan.   Ayvonga   kiraverishda   otlarning,   soqolli
ma’budning   katta   haykali   bo’lib,   uning   peshonasida   odamning   bosh   suyagi
tasvirlangan. Bu yerdan turli haykalchalar ham topilgan.
Xitoy   manbalarida   Ishtixon   shahri   ibodatxonalarida   Buddaning   oltindan
yasalgan katta haykali bo’lganligi haqida ma’lumot beriladi.
Toshkent   vohasidan   ilk   o’rta   asrlarga   mansub   Mingo’rik,   Yunusobod
Oqtepasi yodgorliklari topilgan. V-VІІ asrlarda Toshkent vohasida shahar markazi
sifatida   Mingo’rik   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.   Ko’chmanchi   aholi   bilan
munosabatlar   bu   yerning   hayotiga   o’z   ta’sirini   ko’rsatgan.   Turar   joylar   katta-
kichikligiga qarab farqlanadi.
Feodallarning turar joylaridan hokim qarorgohlaridan kichikroq Oqtepadagi
uylar   qurilishi   jihatdan   boshqa   yerlardagi   uylarga   o’xshash.   Mingo’rik   arki   va
shahristoni 18 ga egallaydi. 200 m kv maydondan VІІ-VІІІ asrlariga oid saroy va
ibodatxona  qoldiqlari   topilgan.   Devorlar   paxsa   va   xom   g’ishtdan   qurilgan.   Shosh
O’rta Osiyoning boshqa yerlari bilan savdo aloqalarini olib borgan.
Milodiy   V-VІІІ   asrlarda   Shosh   vohasida   Yunusobod   ham   muhim   rol
o’ynagan. Maydoni 100 ga bo’lgan mazkur yodgorlik ko’rilayotgan davrida Shosh
vohasining eng muhim markazlaridan biri bo’lgan.
Xorazm   hududidan   ilk   o’rta   asrlar   davriga   oid   shahar   va   mustaxkamlangan
qo’rg’oncha   qoldiqlari   topib   o’rganilgan.   Fir   saroyi,   Burgutqal’a,   Teshikqal’a,
Kuyukqal’a, Mizdakhon va boshqalar o’rganilgan.
Burgutqal’a,   Teshikqal’a   qasr-istexkomlari   VІ-VІІІ   asrlarga   mansubdir.
Mazkur davrda qal’alar balandligi 4-8 m bo’lgan mustahkam tagkursi (platforma)
ustiga qurilgan. Teshikqal’a maydoni 1 ga egallaydi. Qal’a mudofaa inshootlariga
ega   bo’lgan,   unga   faqat   ko’tarma   yo’l   orqali   kirilgan.   Bu   yerdan   devorlarga
ishlangan   rasmlar,   gilam   parchalari,   tangalar   topilgan.   Qal’a   VІІ-VІІІ   asrlarda
qurilgan.
V-VІ asrlarda qurilgan Kuyukqal’a 41 ga maydonni egallagan. Uning ichki
qismida ikkita qasr bo’lganligi aniqlandi. Ilk o’rta asrlar devorida Xorazmda ham
  71 xo’jalik   va   madaniy   hayot   yuksak   bo’lganligini   moddiy   ashyolar   tasdiqlaydi.   Bu
yerning yodgorliklari arablar istilosi arafasida tushkunlik bo’lganini ko’rsatadi.
VІ-VІІ   asrlarda   yangi   ko’rinishdagi   qishloqlar   katta-katta   oilalar
yashaydigan   mustahkamlangan   qasr-qo’rg’onlar   paydo   bo’la   boshladi.   Bunday
qasr-qo’rg’onlar Xorazmda yaxshi o’rganilgan.
Dehqonchilik   bilan   shug’ullangan   erkin   aholi   mustahkamlangan   mayda
qo’rg’onchalarda   yashaganlar.   Xorazmda   ana   shunday   qo’rg’onlarning   200   dan
ortig’i topildi. Ular bir-biridan 200 m masofada joylashgan va 34 km kv maydonni
egallagan.   Har   bir   qo’rg’onning   atrofi   devor   bilan   o’rab   olingan.   Arab   tarixchisi
Al-Makdisiyning   ma’lumotiga   ko’ra   Mizdakhon   atrofida   X   asrda   12   mingta
qo’rg’onlar bo’lgan.
Ilk   o’rta   asrlarda   haykaltaroshlik   san’ati   keng   qo’llanilgan.   U   dumaloq   va
bo’rtma   tasvir   shaklida   me’morchilik   komplekslarida   ishlatilgan.   Bu   haykallarda
diniy   va   afsonaviy   obrazlar   bilan   bir   qatorda   real   hayotni   aks   ettiruvchi   obrazlar
ham   uchraydiy.   Haykallar   maxsus   tayyorlangan   loydan,   yog’och,   albaster   va
toshdan ishlangan.
Amaliy   xaykaltaroshlik   san’atining   yorqin   namunalari   IV-V   asrlarga   oid
Toharistonning   Kuyovqo’rg’on   qal’aqo’rg’onidan   topiladi.   Kuyovqo’rg’on
haykallari   ziynatli   bezaklarga   boy   yengil   kiyimlardagi   erkak   va   ayol
personajlaridan iborat bo’lgan.
Ma’lumki,   ilk   o’rta   asrlarda   ijtimoiy   munosabatlarning   o’zgarishi   ya’ni
feodallashish jarayonining rivojlanishi me’morchilikning   xarakteri va mazmuniga
ta’sir   etadi.   Bu   hol   dastlab   qo’rg’on-qasrlar,   ko’shklar   qurilishida   ko’zga
tashlanadi.   Keyinchalik   podsholarning   saroylari,   shaharlardan   tashqaridagi
hashamatli   va   ulug’vor   qarorgohlari   keng   tarqaladi.   Bu   binolar   ko’p   hollarda
sun’iy tepaliklar  ustiga qurilib, ularning me’moriy echimlari mahobatli  bo’lishiga
katta e’tibor beradi. Binolar ham g’ishtdan va paxsadan qurilgan. Devorlari ganch
bilan pardozlangan, xona devorlari devoriy surat va naqshlar bilan bezatilgan.
Ilk   o’rta   asrlar   davri   monumental   memorchiligida   noyob   ganch
naqshinkorligi keng qo’llanilgan. Darhaqiqat, ilk o’rta asrlarda ganch o’ymakorlik
  72 san’ati   o’zining   yuqori   darajasiga   ko’tarilgan   edi.   Uning   hatto   dastlabki
namunalarida   o’z   zamonasiga   xos   yangi   uslubiy   yo’nalish   shakllangan   edi.   Buni
Afrasiyob, Varaxsha va Dumaloqtepa qasr bezaklarida uchratish mumkin.
Ilk   o’rta   asrlarda   amaliy   san’atning   barcha   yo’nalishlari   rivojlanadi.   Ular
shaharlarning   o’sishi   va   shahar   hunarmandchiligining   taraqqiyoti   bilan   uzviy
bog’langan   edi.   Oltin   va   kumushdan   har   xil   idishlar   yasash   ko’lami   kengayadi.
Ayniqsa, bu masalada Xorazm va So’g’dda katta yutuqlarga erishiladi.
Sug’d. Ilk sug’d tangalarining o’ngida silliq sochli ma’budaning tasviri bo’lsada, 7
asrning   yarmida   sug’d   hokimlari-ihshidlar   hamda   ularga   tobe   amlokdorlar
to’rtburchak   teshikli   hech   bir   tasvirsiz   siyqa   tangalari   zarb   qila   boshlashdi.
Tanganing   o’ngida   kursiv   bilan   berilgan   sug’d   yozuvi   hukumdorning   ismi   va
unvonini   bildiradi.   Tanganing   chap   tomonida   esa   har   bir   hukumdorning   o’z
sulolasiga   xos   belgi   berilgan.   Bunday   tangalar   ulardagi   ism   va   unvonlar
o’zgartirilib,   yettisoyda   turgash   nomli   turk   qabilasi,   buxoro   vohasida   savdogarlar
shahri   bo’lmish   Poykent,   Shimoliy   Tohariston   va   Shoshda   zarb   etilardi.   Eng
so’nggi sug’d tangalarida eramizning 7 asridan boshlab, sug’d yozuvlari bilan bir
qatorda qisqacha arab yozuvlari ham paydo bo’la boshlagan. 97
 Istravshan. Qadimda
hozirgi Tojikiston SSSR Lelinabod oblasti hamda O’zbekiston SSSR Jizzax oblasti
territoriyalari joylashgan bu kichik o’lka hokimlari eramizning 7 asr 2- yarmida va
8   asrning   1   yarmida   o’zmischaqalarini   zarb   qilishardi.   Bu   tangalarning   o’ngida
sosoniylar  tangalariga taqlidan boshiga  qanotli chambar kiygan hokimning tasviri
berilgan.   Hokim   satagariy   tangalarida   buning   o’rniga   bud   parstlarning
donishmandlik ramzi bo’lmish fil tasviri berilgan.
Ilk O`rta asrlarda jaxon taraqqiyoti yanada taraqqiy topdi. chunki jaxonning
rivojlangan   mintaqalarida,   quldorlik   tuzumi   inqirozga   yuz   tutib.   feodalizm   davri
boshlandi. Natijada  jaxon mamlakatlari  bilan keng  ko`lamdagi  savdo  va madaniy
aloqalar   yanada   faollashdi.   Xitoy   bilan   aloqalarning   kuchayishi   natijasida   O`rta
97
  Rtveladze E. O’rta Osiyoning qadimgi tangalari. T.: G’.  G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at 
nashriyoti, 1987, 21- b 
  73 Osiyoning   ayrim   viloyatlarida   xitoy   namunasidagi   tangalar   zarb   etila   boshlandi.
Ko`p asrlar mobaynida Xitoyda mis (yoki bronzadan) ishlangan. O`rtasida kvadrat
tarzidagi   o`yiqli   tangalar   yagona   pul   xizmatini   o`tagan.   Ular   zarb   etilmay   balki
quyilgan.   SHunday   xitoy   tangalari   taxlitidagi   (xitoy   ierogliflarisiz)   O`rtasi   o`yiq
quyma tangalar Samarqand, So`g’dda. Buxoro voxasida, Farg’onada, Ettisuvda va
Amularyo bo`yi  viloyatlarida chiqarilgan. Bundan  tashqari Turkistonga Vizantiya
tangalari   xam   kirib   kelib.   Chag’oniyon.   So`g’d.   Choch   va   Farg’onada   tanga
chiqarishga   o`z   ta`sirini   o`tkazdi.   By   ta`sir   xususan   juft   tasvirlarning   paydo
bo`lishida   o`z   aksini   topadi.   So`g’d.   Choch   va   Xo`jand   oralig’ida   joylashgan
Ustrushon   tangalari   Xam   diqqatga   sazovordir.   Ularning   ayrimlarida   chamasi
Xindiston bilan aloqalarga shama qiluvchi fil tasviri keltirilgan.
Umuman   olganda,   ilk   O`rta   asrlar   tanga   nusxalarining   nixoyatda   xilma-
xilligi   bilan   ajralib   turadi.   Garchi   O`rta   Osiyo   VI   asrda   Sariq   dengizdan   Qora
dengizga qadar cho`zilgan ulkan turk xokonligi tarkibiga kiradi. Turkiston erlarida
amalda   xukmronlikni   o`nlab   O`rta   va   mayda   mulklarning   xokimlari   amalga
oshirib,   ulardan   deyarli   xar   biri   o`z   tangasini   chiqarishga   intilgan.   SHunisi
diqqatga   sazovorki.   Turkistonning   deyarli   barcha   viloyatlari   iqtisodiy
rivojlanishning   shunday   darajasiga   erishdiki.   natijada   o`z   tangasini   chiqarish
zarurati   tug’ildi.   Natijada   bu   davrga   kelib   barcha   Turkiston   viloyatlari
numizmatika saxnasiga chikdi. Chochda tanga zarb etish to`rtinchi asrdan oldinroq
ilk O`rta asrlarda nusxalarning nixoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turuvchi tanga
zarb etadigan bir kancha markazlar tarkib 59 topdi. Farg’onada ilk bor uz tangasi,
chamasi   oltinchi   asrda   paydo   bo`lgan.   Sakkizinchi   asrda   esa,   bir   kancha   erlarda
chiqarilgan. 
Tanga zarb etish ettinchi asrda vujudga kelgan. Keshda o`z puli zarb qilina
boshlanganligi   aniqlangani   yo`q.   Naxshabda   tanga   zarb   etish   turtinchi   asrdan
boshlanib.   sakkizinchi   asrda   xam   davom   etgan.   Bu   vaqtga   kelib   tangalar   xamma
erda   chiqarilgan   bo`lsada,   Turkistonning   barcha   viloyatlari   iqtisodiy   jixatdan   bir
xil rivojlangan emas. Bu borada Samarqand. So`g’d etakchilik qilgan, zero bu erda
mis   tangalar   juda   ko`p   chiqarilar   edi.   Umuman   olganda   bu   davrda   O`rta   Osiyo
  74 ko`plab kichik va  mayda egaliklarga parchalanib ketgan edi. By  parchalanish  xar
bir viloyatning o`z tangasini bo`lishiga olib keldi. Mas: Nashshabda (Qashqadaryo
voxasining   qadimgi   shaxri)   3-5   asrlarda   bir   tomonda   podsho   kallasi.   ikkinchi
tomonda podshoning  sher   bilan kurashini  aks  ettirgan mis  tangalar   zarb qilingan.
Buxoro   viloyatida   O`rta   Osiyoga   ko`plab   kirib   kelgan   Sosoniy   kumush   tangasi
ta`siri   rol’   o`ynagan.   Tanganing   bir   tomonida   xukmdorning   kallasi,   ikkinchi
tomonida koxinlar bilan mexrob olovi tasvirlangan. 
IV-V   asrlargacha   Sug’dda   yoychi   tasvirlangan   mayda   kumush   tangalar
chiqarilgan.  Yaqinda qadimiy Samarqand (Afrosiyob)  territoriyasida  ana shunday
tangalar   xazinasi   topilgan.   Ettinchi   asrning   ikkinchi   choragidan   e`tiboran
Samarqand   pod   shoxlari   to`rtburchak   shaklidagi   teshikka   ega   bo`lgan,   So`g’d
yozuvi   bitilgan   mis   tangalarni   zarb   qilganlar.   Mazkur   tangalarda   kichik   xokimlar
uz   unvon   va   ismlarini   shuningdek   tanga   zarb   etilgan   joyni   ko`rsatib   o`tganlar.
Masalan:  Panch  (Panjikent)  yoki  Seyiston   va  xokazo.  Shunisi  diqqatga  sazovorki
Samarqand   xukmdorlarining   zarb   qildirgan   mis   tangalari   xozirgi   kunda   yuzlab
ayrim   xollarda   katta   xazinalar   tarzida   topilmokda.   Bunday   tangalar   biriichi
navbatda   ichki   mayda   savdoga   xizmat   qilgan.   Bu   tangalar   boshqa   viloyatlar
Naxshab   Choch,   Xorazm,   Toxariston   va   eronda   xam   topilgan.   Yuqorida   nomlari
keltirilgan   viloyatlar   siyosiy   jixatdan   bir-biri   bilan   ajralib   ketgan   bo`lsa   xam
ularning   O`rtasidagi   savdo   aloqalari   yaxii   yo`lga   qo`yilganligidan   dalolat   beradi.
Samarqand   xokimlarining   chiqargan   tangasidan   qo`shni   Ustrushona   (Jizzax   va
O`ratepada) viloyatida                     VI-VIII asrlarda zarb qilingan tangalar tubdan
farq  qilgan.  Ularda  to`rtburchak  shaklidagi   teshiklar   bo`lmay,  balki  xukmdorning
rasmi   va   So`g’d   yozuvida   xukmdorlarning   nomi   va   unvoni   xamda   tamg’asi
ifodalangan.
  75 Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki Amudaryodan Sirdaryogacha bo’lgan hududda
joylashgan Sug’d nomining qo’llanilishi bir necha bor o’zgaradi. Amudaryo hududlari
miloddan   avvalgi   II-   asrda   Baqtriya   podsholigining   qulashiga   qadar   Sug’diyonaning
chegarasi   dep   hisoblab   kelingan.   Ushbu   hududlarda   sak   toxar   qabilalari   o’troq   bolib
joylashadi   va   bu   hududda   Toxariston   viloyati   vujudga   keladi.   Bu   hududga   grek-
makedon  istilochilari   bostirib  kelishi  oqibatida  IV-asrning   oxirlarida  sug’dlarning  bir
qismi   Zarafshon   va   Qashqadaryodan   shimol   va   sharq   tomonga   ko’chib   o’tadi.   Shu
tariqa   Yettisuvda   sug’diy   aholi   yashagan   Sug’d   viloyati   tashkil   topadi.   Lekin
Zarafshon vodiysida Sug’d atamasi ancha tor manoda qo’llaniladi.
Rivojlangan   o`rta   asrlarda   Avesto   va   yunon   yozma   manbalaridan   tortib,   to   arab
mualliflarining asarlarida qadimdan Sug`d zamini deb atalib kelgan bu diyor, o`zining
tabiiy-geografik   joylashuviga   ko`ra   uch   mintaqaga   (Panjikentdan   to   Karmanagacha
bo`lgan   erlar   Markaziy   Sug`d,   Malik   cho`lidan   to   Amudaryogacha   bo`lgan   erlar
G`arbiy Sug`d, Qashqadaryo vodiysi esa Janubiy Sug`dga) bo`lingan.
Tadqiqot   mavzusi   uning   Markaziy   Sug`d   arxeologik   yodgorliklarini   o`rganishga,
ularni   o`rta   asrlar   davri   yozma   manbalar   materiallari   bilan   qiyosiy   o`rganish   asosida
lokalizasiyasiga bag`ishlanganligi bois, asosiy e’tibor ishda Markaziy Sug`d shaharlar
tarixi topografiyasiga qaratildi. Tadqiqotning birinchi bobida ko`p yillar davomida olib
borilgan arxeologik va tarixiy tadqiqotlar natijalariga ko`ra quyidagi umumiy hulosaga
kelindi:
  76 Shu   tariqa   manbalar   bu   o’rinda   maksimal   darajada   haqiqatga   yaqinlashgan   va
fikrimizcha, eramizdan avvalgi  VIII-asr  o’rtasi  va VII  asr boshida Samarqand shahar
sifatida   qaror   topgan   va   davlat   boshqaruvi   joylashgan   poytaxt   markazi   hisoblangan.
Yozma   manbalar   saltanatning   siyosiy   chegarasini   birmuncha   aniq   ko’rsatadi,   uning
shimoli   sharqiy   qismi   hozirgi   Xo’jakent   bilan   Yaksart   daryosi   yaqinida   chegaradosh
bo’lgan,   bu   daryoning   ortida   esa   sak   qabilalari   istiqomat   qilgan.     Bu   daryogacha
bo’lgan   barcha   axoli   yashash   joylari   keyinchalik   Ahamoniylar   saltanati   tarkibiga
kirgan. 
                   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
1. Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz 
bilan qurami-Toshkent: O’zbekiston, 1999.-T. VII. –B.132-152.
2. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad  an-Nasafiy. “AL-QAND FIY 
ZIKRI ULAMOI SAMARQAND” (Samarqand  ulamolari xotirasiga doir 
qanddek kitob). Arabchadan Usmonxon Temirxon o’gli va Baxtiyor Nabixon 
o’g’li tarjimasi-T. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. 2001.-304 b.
3. Якубовский А.Ю. Из истории археологического изучениея 
Самаркандаю.ТОВЭ.Т. II - Л -1940.213-138
4. Болъшаков О.Г. Средневековъй город Ближнего Востока  VII -середина 
XIII   в.Сот щиалъно-эканомические отношения-М, 1984 .
5. Abu   Tohirxo ’ ja   Samariya   asari   Forschadan   Abdulmo ’ min   Sattoriy   tarjimasi  
Toshkent  “ Kamalak ” 1991.1-16  
6. TomashekW Central Asiatische Studies I. Sogdian \\ SPAY-Wien 1887- vol 
LXXXVIII.-187
7.  Gershevich I.A grammar of Manichaen Sogdian-Oxford 1954-P.12.
8. Kamoliddinov Sh.S. Istoricheskaya geografiya Yujnoga Sogda I Toxaristana po
aroboyazichnim             istorichnikam IX-nachalo XIII.b.b Toshkent 
O’zbekistan-1966.-422
  77 9. Abdulkarim as- Samoniy-“Nasabnoma” (al- Ansob)  “VIII-XII asrda yashagan 
O’zbekistonlik olimlar haqida ma’lumot”. Xoji Abdulg’afurRazzoq Buxoriy. 
Komiljon Rahimov tarjimasi. Toshkent 2017yil
10. Ibn Havqal  “Kitob surat al-ard” (Yerning surati kitobi) “Movarounnahr”  Arab 
tilidan tarjima va izohlar muallifi, tarix fanlari doktori, professor 
Sh.S.Kamoliddin. Toshkent. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilimiy
nashriyoti,2011.-400 bet.
11. Istarxiy “Kitob al-masalik val-mamalik” (Yo’llar va o’lkalar kitobi) “Xuroson 
va Movarounnahr” Tadqiqot, arab tilidan tarjima, izoh va ko’rsatgichlar 
muallifi R.T.Xudoyberganov. O’zbekiston Respublikasi fanlar akaemiyasi 
“Fan” nashriyoti davlat korxonasi.Toshkent-2019.
12. В.А.Лившиц. Согдийская эпиграфика Средней Азии и семиречъя. 
Филологический факуълтет.Санкт-Петербургского государственного 
университета. Санкт-Петербург-2008
13. A . N . Sandiboyev .  Maymurg ’  ilk   o ’ rta   asrlarda  ( Monografiya ) “ Zamin   nashr ” 
2021.
14. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institute Milliy Arxeologiya markazi. 
“Samarqand va Zarafshon vohasi tarixi” (Zamonaviy tadqiqotlarda).Samarqand 
o’qishlari. Toshkent-Samarqand “Akademnashr”. 2020- 496 b. 
15. M.Ishoqov , G’.Boboyorov “O’zbekiston Tarixi” (Xrestomatiya) 2-jild, 1-kitob 
V-XI sarlar. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti. 
Toshkent-2014.
16. “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan 
o’rni” Samarqand shahrining 2750yillik yubileyiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy
simpozium materiallari. Toshkent-Samarqand. O’zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi “Fan” nashriyoti. 2007. 470 b 
Mavzuga doir asar, maqola, dissertatsiya  va avtoreferatlar 
  
  78 1.G’oyibov Bobur Sobirovich “Sug’d konfederatsiyasining shakillanishi, 
taraqqiyoti va tanazzuli” Tarix fanlari bo’yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasi 
avtoreferati. Toshkent  -2017
2. Адылов Ш.Т. О некторых пунктах в трассах караванных путей в рустаке 
Фай. Формирование и развитие трасс Великого Шелкового пути в 
Центральной Азии в древности и средневековье. ТД международного 
семинара ЮНЕСКО. Самарканд1-6 октября 1990 г.
3.Адылов Ш.Т., Мирзаахмедов Д.К. Новые материалы к изучению рустака 
Файй. ИМКУ, вып.27, Ташкент, 1996.
4.Ал-Утби. Тарих-и Йамини. Материалы по истории Средней и Центральной 
Азии X-XIX вв. Ташкент, 1988.
5.Анарбаев А .  О времени возведения III крепостной стены Афрасиаба 
//ИМКУ. Вып.19. Ташкент, 1981
6.Анарбаев А.А. Ахсикент - столица древней Ферганы. Ташкент, 2013.
6.Анарбаев А.А. Благоустройства средневекового города Средней 
Азии.Ташкент, 1981.
7.Анарбаев А.А. О применение кубуров в водоснабжение и канализации
городов Средней Азии. ИМКУ, вып 11, Ташкент, 1974.
8.Ахсикат ва Самарқанд мудофаа истеҳкомлари // O’zbekiston arxeologiyasi. 
№1(8).Самарқанд. 2014
9.Археология. Средняя Азия и Дальний Восток и эпоху 
средневековья.Средняя Азия в раннем средневековье. - М., 1999.
9.Аскаров.А. Сапаллитепа. Т., 1973.Асқаров. А.А. Энг қадимий шаҳар. Т., 
2001.
10.Асқаров. А.А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. Т.,2015.
11.Атаходжаев А.Х., Грене Ф., Исамиддинов М.Х. Исследования на 
городище
12.Афрасиаб. Археологические исследования в Узбекистане 2002 г. Ташкент,
2003.__  
13.Бердимуродов А.Э., Суюнов С.С. Нуробод воҳасида 2011 йилда олиб 
борилган археологик тадқиқотлар. Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар 
2010-2011 йиллар, 8-сони. Самарқанд 2012.
14.Бердимуродов А.Э., Суюнов С.С., Сориев Х.Я. Ўзбекистоннинг 
археологик ёдгорликлари каталоги. 1-том. Самарқанд вилояти, 2-қисм. 
Нуробод тумани.Самарқанд, 2015.
15.Бердимуродов А.Э., Токао Уно, Рахимов К.А. Добусияда ўтказилган 
археологик тадқиқотлар ҳақида. Археологические исследования в 
Узбекистане 2006-2007 года. Выпуск-6, Ташкент, 2009.
  79

SAMARQAND SUG’DINING ILK O’RTA ASRLAR TARIXI VA MADANIYATIGA DOIR YOZMA MANBALAR 1

MUNDAREJA Kirish .............................................................................................. 3-7 bet I.BOB . ILK O’RTA ASRLAR SAMARQAND SUG’DINING TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGINING NAZARIY ASOSLARI. 1.1. Ilk o’rta asrlar Sug’dning tarixiy manbalar tavsifi....................... 8-17 bet 1.2 Tarixiy manbalarda Sug’d atamasining qo’llanilishi va uning moxiyati….18-33 bet 1.3 Ilk o’rta asrlarda Sug’d ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayoti.....34-42 bet II.BOB. SAMARQAND VA UNING KO’HNA TARIXI HAQIDA TURLI TILLARDAGI MANBALAR UMUMIY TAVSIFI. 2.1 Xitoy yilnomalarining Sug’d ijtimoiy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati…42- 52 bet 2.2 Islom davri tarixiy manbalarida Sug’d tarixi va madaniyatining yoritilishi…53- 57 bet III.BOB. SUG’D TARIXIGA DOIR TADQIQOTLAR TARIXI. 3.1 Sug’dda shahar madaniyatining shakillanishi ………………..58-65 bet 3.2 Arxeologik va etnografik manbalar……………………… 65-75 bet XULOSA ……………………………………………..76-78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR… ………………………….. 2

KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati . Jahon tarixshunosligining bugungi kunga qadar o z kuchini saqlab kelayotgan dolzarbʻ muammolaridan biri insoniyatga haqqoniy tarixni ochib berishdir. O tmishning ʻ o chmas izlarini bag rida asrab kelayotgan ko hna yurtimiz tarixini muarrixlar ʻ ʻ ʻ tomonidan yozib qoldirilgan manbalar, turli tarixiy ashyolar va arxeologik izlanish natijalarini chuqur tahlil etish orqali yoritib berish tarixshunoslar oldida turgan muhim vazifalardan biri va umumjahon miqyosida amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Dunyoning qator mamlakatlari, halqaro ilmiy-tadqiqot markazlarida O rta ʻ Osiyo xususan, Samarqand tarixi va tarixshunosligi masalalari yuzasidan ko pgina ʻ izlanishlar olib borilmoqda. Samarqandning ilk o’rta asrlar davrida voha tarixiy geografiyasi, tarixiy topografiyasi, moddiy-ma naviy yodgorliklari va ularning ʼ saqlanishi masalalari yo nalishlarida tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. ʻ O’zbekistonda ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishga, milliy o’zlikni, ma’naviy qadryatlarni tiklashga jiddiy etibor qaratila boshlandi. Ushbu zaruriyatning nazariy metodologik asoslari O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilib, tarixch olimlar uchun o’zbek xalqi va uning uch ming yillik davlatchiligi tarixini o’rganishda dasturul amal qilib berildi. Ushbu konseptual talab asosida o’zbek xalqi davlatchiligi tarixining ilk o’rta asrlar bosqichini chuqur va har tomonlama o’rganish alohida ahamiyatga ega. Sug’dning qadimgi Markaziy Osiyo –Hindiston yo’li bo’ylab keyinchalik esa Buyuk ipak yo’li orqali halqaro savdo-iqtisodiy, madaniy munosabatlarda yuzaga kelgan ananaviy vositachilik vazifasi turli bosqichlarda uni o’ziga tobe qilishdan manfaatdor saltanatlarni qiziqtirib kelgan 1 . Bu esa Sug’d yerlarining shakillanishiga imkoniyat yaratgan Turk hoqonligi tarkibiga kirgan holda turli darajada nisbiy mustaqil amal qilgan mahalliy hukmdorliklar tarixini yaxlit, tizmli 1 Karimov I . A Tarixiy xotirasiz kelajak yo ’ q . Biz kelajagimizni o ’ z qo ’ limiz bilan qurami - Toshkent : O ’ zbekiston , 1999.- T . VII . – B .132-152. 3

o’rganish jiddiy ilmiy muammolar majmuini tashkil etad. Bu esa o’z navbatida dissertatsiyaning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o rganilganlik darajasi.ʻ So’g’dning madaniy tarixiy merosi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarigacha tariximizning sirli jumbog’i bo’lib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib fan doirasidagi manbalar asosida bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shu jarayon bilan bog’liq holda Sug’d tarixning lmiy tarixnavisligi boshlanadi. Markaziy So’g’dning tarixiy topografiyasi, rustoqlari, shaharlarining lokalizatsiyasi bo’yicha V.L. Vyatkin, A.YU. Yakubovski, I.A. Sxarev, G.V. Grigorev, A.I. Terenojkin. V.A. Shishkin, V.V.Bartold, kabilar ilmiy izlanishlar olib brogan 2 . Ushbu tadqiqotlarda Markaziy So’g’dning turli davrlarda mamuriy hududiy birliklari bo’linishi ayrim arxeologik yodgorliklarning yozma manbalarda qayd etilgan shahar va qishloqlarning lokalizatsiyasi masalaari yoritilgan. Keyinchalik O.G. Bolshakov O’rta Osiyoning tarixiy hududlari, jumladan Markaziy Sug’ddagi shahar va qishloqlarni yozma manbalar asosida tahlil qilib ularning aloqalari masalalariga aniqlik kiritishga muvaffaq bo’ladi 3 . Mustaqillik yillarida Samarqand Sug’dining janubiy sharqiy qismi qishloq makonlari masalalari Maymurg’ mulkligining o’rta asrlardagi moddiy madaniyati masalalari o’rganilgan. Xozirgi kunda Markaziy So’g’dning tarixiy topografiyasi keng yoritilganiga qaramasdan maskur muammo bilan bog’liq ko’pgina masalalar, shu jumladan ayrim shahar va qishloqlarning lokalizatsiyasi ular o’rtasidagi munosabatlar geografik chegaralari hamda ularning markazlarini aniqlash yangi tadqiqot usullari yordamida ushbu masalaga oid ilmiy ma’lumotlarni ilmiy qayta ahlil qilish dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi: Yozma va arxeologik manbalar asosida Samarqand Sug’dining ilk o’rta asrlar tarixiga oid manbalar tavsifini yoritishdan iborat. 2 Якубовский А.Ю. Из истории археологического изучениея Самаркандаю.ТОВЭ.Т. II - Л -1940.213- 138 3 Болъшаков О.Г. Средневековъй город Ближнего Востока VII -середина XIII в.Сот щиалъно- эканомические отношения-М, 1984 . 4

Tadqiqotning vazifalari: Faqatgina O’zbek xalqi emas, balki Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi halqlar tarixining ilk o’rta asrlar davriga oid manbalari bo’lmish sug’d yozma yodgorliklarini tarixiy manbashunoslik nuqtai nazaridan yagona muammo sifatida tadqiq qilish ishning bosh maqsadidir. Shundan kelib chiqib quyudagi vazifalarni belgilaydi. 1. Sug’d yozma yodgorliklari XX asr boshidan hozirga qadar dunyoning Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Eron, O’zbekiston, Tojikiston, Yaponiya, kabi mamlakatlarida xilma-xil jurnallar va to’plamlarda e’lon qilinib kelingan. Hozirga qadar ularning yig’ma yaxlit nashri yo’q. Ayrim umumlashtiruvchi nashrlar esa mavjud yozma yodgorliklarni qisman qamrab olgan yoki ular haqida ro’yxat ko’rinishidagi malumotlardan iborat xolos. 2. Sug’d tarixiy yozma manbalarini o’rganish bo’yicha XX asr davomida olimlar tomonidan bajarilgan ishlarning tarixshunoslik tahlilini amalga oshirish. 3. Arab istilosi davriga oid Mug’ tog’i sug’d hujjatlari majmuini alohida ahamiyatga ega manbalar sifatida hozirgacha o’rganish holatini tahlil etish va bu sohada bahsli masalalarni o’rganib muammolarning xolisona yechimlarini izlash. 4. Xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotga oid sug’d hujjatlari malumotlarining talqinlari va fanga tadbiq qilinishida holislik, ilmiylik va tarixiylik tamoyillarini qaror toptirishga hissa qo’shish. 5. So’g’d tarixi aks ettirilgan manba va adabiyotlarni tahlil etgan holda mavzuning manbashunoslik va tarixshunoslik asoslarini yaratish. 6. Samarqandning ilk o rta asrlarda va undan keyingi davrlardagi tarixiniʻ yoritish; 7. Samarqand So’g’dining ilk o’rta asrlar tarixi va madaniyatiga doir manbalar tavsifini ochib berishdan iboratdir 5