ILK O`RTA ASRLARDA SAMARQAND
ILK O`RTA ASRLARDA SAMARQAND M U N D A R I J A KIRISH……………………………………………………………………. 3-6 1-bob. ILK O`RTA ASRLARDA SAMARQANDNING SIYOSIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI. 1.1 Ilk o`rta asrlarda Samarqand haqidagi ma`lumotlarning tarixiy tahlili… …………………………………………………….………………... 7-18 1.2 Ilk o`rta asrlarda Samarqandning ma`muriy boshqaruvi va siyosiy hayoti ………...……………………………………………………………… 18-25 1.3 Samarqand Sug`dining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti ……………………….. 25-32 2-bob. ILK O`RTA ASRLARDA SAMARQANDDA MADANIY HAYOT. 2.1 Ilk o`rta asrlarda Samarqandda san`at ………………………………….. 33-48 2.2 Samarqandda din va ma`naviy hayot ………………………………….... 48-58 XULOSA……………………………………...……………………………. 59-60 FOYDALANILGAN ADOBIYOTLAR RO`YXATI………………….... 61-65 ILOVALAR …………………………………………………………..…….66-69 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har tomonlama takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998 yil yozida bir guruh yetakchi tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvida ta‘kidlaganidek, «...o’z tarixini bilgan, u bilan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur 1 »! Hozirgi davrda o’zbek davlatchiligi tarixini yangidan, tarixiy haqiqatni yozish asosida to’laqonli holatda tiklash va xalqimizga yetkazish tarixchi olimlarni oldiga turgan dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonning har bir viloyati tarixini ilmiy asosda o’rganish yangi ma‘lumotlarni fanga joriy etish orqali uni boy tarixi yaxlit majmuasini yaratish mumkin. Ana shunday salohiyatli viloyatlardan biri Samarqand Vatanimiz tarixida alohida o’rin tutgan. Samarqand shahrining ilk o`rta asr ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti tarixiga doir muammolar yetarli darajada o’rganilmagan. Bu borada to’plangan ma‘lumotlarni qaytadan ko’rib chiqish, tanlangan mavzuga yangi nazar bilan qarash xolisona baho berish va haqqoniy yoritishni taqozo etadi. Zarafshon vohasi, jumladan, Samarqand shahrining qadimgi va o’rta asrlar tarixi bo’yicha ma‘lum tadqiqotlar amalga oshirilgan, ammo biz tadqiq etayotgan davr, ya‘ni ilk o`rta asr tarixi nisbatan kam o’rganilgan. Vaholanki, Zarafshon vohasining siyosiy, strategik va iqtisodiy jihatdan muhim hududida joylashgan Samarqand shahrini bu davrdagi tarixini o’rganmasdan turib, shu davr O’zbekiston tarixiga tegishli ko’pgina masalalarni to’liq yoritish mumkin emas. Bu o’z navbatida, tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydigan muhim omillardan biridir. Shubhasiz, 1 1 Karimov.I. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7- tom , T .: “ O ’ zbekiston ”, 1999, B .149. 2
Samarqand shahrining O’zbekiston tarixida o’ziga xos o’rni mavjud. Muhim savdo yo’llari, iqtisodiy va madaniy aloqalar tutashgan hududda joylashganligi bois bu hududda turli tarixiy jarayonlar kechgan. Samarqand shahrini geografik jihatdan qulay muhim savdo yo’lida joylashganligi, uning sharq va g`arb davlatlari bilan har tomonlama aloqalar olib borishga imkon bergan. Yuqoridagi omillardan kelib chiqib, Samarqand shahri butun O’rta Osiyo mintaqasida o’zining alohida iqtisodiy o’rniga ega ekanligini ta‘kidlash lozim. Ana shu qulay strategik mintaqaning ilk o`rta asr tarixi davri O’zbekiston tarixini dolzarb muammolari tarkibiga kiradi, chunki Samarqand shahrining tadqiq etilayotgan davrlaridagi siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotiga doir tarixi maxsus ishlab chiqilib va bir tizimga keltirilib o’rganilmagan. Shu sababli, Samarqand shaharining ilk o`rta asrdagi siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, va madaniy tarixini qiyosiy taxlil qilgan holda o‘rganish tarix fanining dalzarb vazifalaridan biridir. Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Bitiruv malakaviy ish mavzusiga doir bir qancha izlanishlar olib borilgan bo`lib, ular yaratilgan davriga muvofiq uch guruhga bo`linadi. 1. Rossiya imperyisi davrida yaratilgan tadqiqotlar. 2. Sovet davrida yaratilgan tadqiqotlar. 3. Mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqotlar. Rossiya imperyisi davrida yaratilgan tadqiqotlar . Samarqand Rossiya imperyasi tomonidan egallangandan so`ng uning tarixini o`rganish rus harbiylari va tarixchi olimlari tomonidan amalga oshirildi. Ular: mayor Barzenkov, S.Gorshenin, A.P.Xoroshxin, V.Krestovskiy, N.Veselovskiy, V.Bartold 2 , V.Vyatkin 3 , M.Behbudiy, A.Semyonov, va boshqalar. 2 Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия / Соч. –М.: ИВЛ, 1963. – Том I. 3 Вяткин В.Л. Афрасиаб – городище былого Самарканда. – Т.: Ўздавнашр, 1929. 3
Sovet davrida yaratilgan tadqiqotlar . Sovet davriga oid tadqiqotlar asosan A.Terenojkin, A.N.Bernshtam 4 , A.Belintskiy 5 , Yu.Buryakov 6 , L.Albaum 7 , V.Vyatkin, V.A.Krachkovskiy 8 , I.Yu.Krachkovskiy 9 , S.Ayniy, A.Fitrat, P.Saliyev, M.Saidjonov, M.Masson, D.Lev, V.Shishkin 10 , I.Mo`minov 11 , V.Livshits 12 , Y.G`ulomov, Sh.Toshxo`jayev, A.Asqarov va boshqalarning ilmiy ishlarida namoyon bo`ladi. Mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqotlar . O`zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so`ng tarixchi olimlarimiz zimmasiga O`zbekiston tarixini xolisona yoritish vazifasi yuklatildi. Bu davrda V.Masson, Y.G`ulomov, A.Asqarov 13 , T.Shirinov 14 , A.Berdimurodov 15 , T.Lebedov, T.Ernazarov, B.Kochnev, A.Toshxo`jayev, L.Baratova 16 , M.Ishoqov 17 , A.Axatxo`jayev, D.Alimova 18 , A.Otaxo`jayev 19 , R.Sulaymonov 20 , E.Ritviladze 21 , M.Jo`raqulov, B.G`oyibov 22 kabi olimlar o`z tadqiqotlarida Samarqand tarixini yoritib berdi. 4 Бернштам А.Н. Среднеазатская древность и ее изучение за 30 лет // ВДИ. – 1947 . 5 Беленицкий А.М. Вопросы идеологии и культов Согда (по материалам Пенджикентских храмов) // Живопись древнего Пенджикента. – М., 1954. 6 Буряков Ю.Ф. Христианство в Средней Азии в древности и средневековье / Культура народов Центральной Азии. Религия и демократия. – Самарканд: МИЦАИ, 1999. 7 Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. – Т.: Фан, 1975. 8 Крачковская В.А., Крачковский И.Ю. Древнейший арабский документ из Средней Азии // Согдийский сборник. Сборник статей о памятниках согдийского языка и культуры, найдены на горе Муг в Таджикстане. – Л., 1934. 9 Крачковский И.Ю. Письмо из Согдианы / Над арабскими рукописями. – М.–Л.: Изд. АН СССР, 1945. 10 Шишкин В.А. Варахша. – М.: Изд.АН СССР, 1963. 11 История Самарканда. В двух томах. Том первый. С древнейших времен до великой Октябрьской социалистической революции / Отв. ред. И.М. Муминов. – Ташкент: Фан, 1969 . 12 Лившиц В.А. Надписи на фресках из Афрасиаба. Тезисы докладов сессии, посвященной истории живописи стран Азии. – Л., 1965. 13 Asqarov A. Beshkapa ossuariylari / O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar. 2001. – Toshkent, 2002. 14 Ширинов Т.Ш., Исамиддинов М.Х. Археология древнего Самарканда.Т.,2007. 15 Berdimurodov A . Samarqand tarixidan tomchilar ( maqolalar , suhbatlar , tadqiqotlar )/ Mas ` ul muharrir T . Sh . Shirinov . O ` zbekiston Fanlar Akademiyasi ; Yahyo G ` ulomov nomidagi Arxeologiya instituti . – Toshkent : Ma ` naviyat ,2015. 16 Baratova L.S. Turk xoqonligi va uning O‘rta Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalari // O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. –Toshkent: Sharq, 2001. 17 Ishoqov M.M. Unutilgan podsholikdan xatlar. – Toshkent: Fan, 1992. 18 Алимова Д.А., Буряков Ю.Ф., Рахматуллаев Ш.М. « История Самарканда (с древнейших времен до наших дней)" » Т.: « ART FLEX »,2009. 19 Otaxo‘jaev A. Ilk o‘rta asrlar Markaziy Osiyo sivilizasiyasida turk-sug‘d munosabatlari. Monografiya. –T.: ART-FLEX, 2010. 20 Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. – Самарканд – Ташкент: Фан, 2000. 21 Ртвеладзе Э.В. Цивилизации, государства, культуры Центральной Азии. – Ташкент, 2005. 22 G`oyibov B.S. Sug`d konfederatsiyasi: shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli.T.2015; G`oyibov B.S. Sug`d tarixidan lavxa. Samarqand-2020. 4
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari: Samarqand shahrining IV-VIII asrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy tarixiy qiyosiy tahlil qilgan holda o‘rganish Samarqand shahrining o‘tmishiga oid ayrim jihatlar xususida so‘z yuritish, Samarqand shahrining bir qadar uzoq va yaqin o‘tmishini hamda xali ko‘plab ma’lum bo‘lmagan qariyb unitilayozgan tarixini, shahar tarixini ilmiy jihatdan tadqiq etgan holda yoritishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun qo‘yidagi vazifalar belgilanib olindi. - IV-VIII asr lar da Samarqand shahrining siyosiy hayotini yoritib berish. - IV-VIII asrlarda Samarqand shahri ijtimoy-iqtiosdiy ahvolini talqin qilish. - IV-VIII asr lar da Samarqand shahri madaniyati va san`ti ni yoritib berish. Bitiruv malakaviy ishning i l m i y v a a m a l i y a h a m i y a t i : - IV-VIII asr lar da Samarqand shahrining siyosiy hayoti yoritib berildi. - IV-VIII asr lar da Samarqand shahrining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tahlil q i l i n d i . - Ilk o`rta asrlarda Samarqand shahri madaniyati yoritib berildi. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalar. 5