Alisher Navoiy Saddi Iskandariy dostoni g'oyaviy xusisiyatlari


Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy"dostoni g'oyaviy xusisiyatlari Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1.Asar haqida ma'lumot 2. "Saddi Iskandariy" g'oyasi haqida 3. "Saddi Iskandariy "dostonida adolatli hukumdor sifatidagi qarashlarni aks etishi III.Xulosa ANNOTATSIYA Ushbu maqola buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Saddiy Iskandariy” dostonining umumiy tavsifiga bag’ishlanadi. Dostonning har bir bobi mazmuniga alohida to’xtalinadi hamda misol tariqasida asardan baytlar keltiriladi. Kalit so’zlar: “Xamsa”, doston, dostonchilik, “Iskandar devori”, hamd, inson, kamolot. Saddi Iskandariy" („Iskandar devori“) — „Hamsa“ Navoiyning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo lib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzningʻ
mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Hamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar to g risida doston yozib, o z „Hamsa“lariga kiritganlar. Dastlabʻ ʻ ʻ musulmon dunyosida Qur oni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor ʼ Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrii bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo lgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar ʻ timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy to qima obrazga aylana borgan. Har ʻ bir hamsanavis Iskandar timsolida o z ideallarini talqin etishga harakat qilgan. ʻ Navoiy o z asari avvalida, salaflaridan farqli o laroq, tarixiylikka, ko proq tarix ʻ ʻ ʻ kitoblariga tayanib ish ko rganini yozadi. Navoiy bu o rinda o z asarida Iskandar ʻ ʻ ʻ haqidagi boblar izchilligining Qur ondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda ʼ tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning „S. I.“ deb nomlanishida ham Qur oni karimning Navoiy uchun birlamchi manba ʼ bo lganligi seziladi. Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, ʻ jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofiklashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin bo lib, dostondagi muqaddima boblar, ʻ Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini ko rish mumkin. Mas, Iskandar shisha ʻ sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni ko rib, vataniga qaytadi. U ʻ vafot etar ekan, bir qo lini tobutdan chiqarib qo yishlarini so raydi. Asarda Navoiy ʻ ʻ ʻ insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qo ymaslikka chaqirib, ʻ garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir bo lsada, u narigi dunyoga hech ʻ narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi. Doston turkiy adabiyotda ko plab naziralar ʻ yozilishiga turtki bo lgan (Abay, „Iskandar“, 19-a.; Shayxzoda, Iskandar ʻ Zulqarnayn", 20-a. va boshqalar). Iskandar obrazi she riyatda an anaviy obrazga ʼ ʼ aylangan. KIRISH O’zbek adabiyotida ham Iskandar obrazi alohida o’ringa ega. Bu obrazning adabiyotimizga kirib kelishida Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni
muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiyning yozgan dostonidagi ba’zi bir kichik aktlar garchi xato bo’lsa-da, bora-bora tarixiy haqiqat sifatida qabul qilinishi ham bu dostonning naqadar yetukligini hamda ta’sir doirasi keng ekanligini ko’rsatadi. Hajman eng yirik va “Xamsa” dostonlarini umumlashtirib, xotimalab bergan bu dostonda Navoiy o’zidan oldingi salaflari va boshqa tarixiy asarlardagi Iskandar obrazini jamlaganini sezish mumkin. Hozirgi kunga qadar Iskandar obrazining kelib chiqishi haqida turli xil qarashlar mavjud. Dastavval, ushbu qarashlar haqida to’xtalib o’tamiz: • Iskandar Zulqarnayn – bu Qur’oni Karimning “Qahf” surasida nomi keltirilgan payg`ambar; • Iskandar Zulqarnayn – bu Makedoniyalik Aleksandr; • Iskandar Zulqarnayn – bu Misrlik hukmdor; • Iskandar Zulqarnayn – bu Doro II ning o’gli; • Mushtarak qarashlar – ya’ni barchasi bir shaxs deb qaraluvchi umumiy fikrlar. MUHOKAMA VA NATIJALAR Ushbu turli qarashlar hamda turfa fikrlar olim va ulamolarning diniy yoki dunyoviy ilmga egaligiga ko’ra farq qiladi. Alisher Navoiy o’zining “Tarixi mulki Ajam” asarida “Iskandar nisbatida ixtilof ko‘ptur”-deydi va so’zini davom ettirib qanday qarashlar mavjudligini sanaydi. “Ba’zi bir Dorob o‘g‘li debdurlar, andoqki Dorob zikrida o‘tti. Va Banokatiyda va «Devonun-nasab» kitobidin mundoq naql qilibdurkim, Iskandar Xurmusi Rumiy o‘g‘lidurkim, Xurmus otasi Lafti binni Yunon binni Torax binni Yofas binni Nuhdur. Va aning umrini ming olti yuz yil debdurlar va Zulqarnaynkim, aning laqabidur, vajhi tasmiyasin mundoq debdurlarkim, ul zamonda ming yilni bir qari der ermishlar”. Bundan tashqari yana Navoiy Banokatiy asarida Iskandarning otasi Iskandariya podshohi Bozur binin Albon, va onasi Afliyun binni Nuqo qizi ekanligini aytadi. Bozur hamda Afliyun degan hukmdorlar mulk talashib adovatda bo’lib, bu nizoni nikoh orqali yaxshilashga kelishib olishadi. Afliyun o’zining qizini Bozurga uzatadi, ammo Bozur
keyinchalik Afliyunning qizini qaytarib yuboradi. Yo’lda Iskandar tug’ilib, uni quduq oldiga tashlab ketishadi. Uni echki emizib yuradi keyinchalik Bozur uni topib olib, saroyga olib ketadi. Iskandar va Bozur orasida kelishmovchilik paydo bo’lib, Iskandar qochib ketadi. Afliyunning yurtiga borib onasi bilan tasodifan tanishadi. Afliyun yurtiga podsho bo’ladi, otasining yurtini ham bosib olib, so’ng Doroga yurish qiladi. Ko’ryapmizki, Navoiyning o’zi ham bu haqida uch xil fikr bildirib o’tgan. Lekin o’zining “Tarixi anbiyo va hukamo” kitobida faqat bitta fikrni ilgari surgan – “Yofasni payg‘ambari mursal debdurlar. Va ani yeti o‘g‘li bor erdi: Buka, Xizr, Suqlob, Rus, Bik, Chin, Kamo. Ba’zi sekiz o‘g‘ul debdurlar va sekizinchi Torax debdurlar. Va Iskandar Zulqarnayn Yofasning to‘rtinchi o‘g‘lidur Rus naslidin”. Demak, bunda u Iskandarni payg’ambarlarga olib borib taqagan. Bu ham bejizga emas, albatta. Chunki Qur’oni Karimning “Qahf” surasi 83–98-oyatlar aynan Iskandar Zulqarnayn haqidadir. Ba zi islom tadqiqotchilari,ʼ masalan, Ibn al-Asir Qur oni Karimda zikr qilingan Zulqarnaynni makedoniyalik ʼ Aleksandrning o zi deb talqin qilishadi. Hindistonlik olim Abulkalom Ozodning ʻ fikri bo‘yicha, Zulqarnayn deb, Qur’onda Ahamoniylar davlati asoschisi Kir nazarda tutilgan. Lekin bu fikr haqiqatdan ancha yiroq. Ibn Jarir Tabariyning «Jome' ul-bayon» tafsirida keltirilishicha, Zulqarnayn Misr ahlidan chiqqan bo‘lib, uning ismi Marzubo ibn Marduba al-Yunoniy - Yunon ibn Yofas ibn Nuh avlodidan edi. Mashhur mufassir va tarixchi olim o'z tafsirida: - "Zulqarnayn Ibrohim alayhissalom bilan baytullohni tavof qilgan, unga birinchi iymon keltirgan, ammo rumlik Iskandar ibn Filibis al Makduniy al-Yunoniy umuman boshqa uning ustozi taniqli olim Aristoteldir, vallohu alam" deya yozib qoldirgan. Tarixiy faktlarni qiyoslaydigan bo’lsak, Aleksandr miloddan avvalgi 356-yil tug'iladi. Yani Iso alayhissalom tug'ilish davrlariga yaqin. Quroni Karimning “Kahf” surasida nomi zikr etilgan Zulqarnayn Ibrohim alayhissalom zamonida yashagan. Demak ular orasida tafovut 2700 yildan ziyod. Bu haqida Al-Beruniy ham o'z asarida yozib qoldirgan. Tarixiy manbalarda Aleksandr bosqinchi sifatida tasvirlansa, Qur’oni Karimdagi Zulqarnayn esa