ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAN BERILGAN MATNLARNING GERMENEVTIK TAHLILI (MAKTAB DARSLIKLARI ASOSIDA)
ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAN BERILGAN MATNLARNING GERMENEVTIK TAHLILI (MAKTAB DARSLIKLARI ASOSIDA) MUNDARIJA ISHNING UMUMIY TAVSIFI 5-9 I BOB ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” DOSTONINING YARATILISHI VA O‘RGANILISHI TARIXI 10 1.1. “Xamsa” oxirgi dostonlarining yozilish va nomlanishi bilan bog‘liq qiyosiy tahlil 10-21 1.2. “Saddi Iskandariy” dostonining tahlil, talqin va tabdili xususida 21-27 I bob bo‘yicha xulosa 28 II BOB. ADABIY ASAR VA GERMENEVTIK TAHLIL 30 2.1. Alisher Navoiy ijodida germenevtik yondashuvning ahamiyati 30-41 2.2. “Saddi Iskandariy” dostonining falsafiy-irfoniy mazmuni ochishda germenevtik tahlilning o‘rni 42-51 II bob bo‘yicha xulosa 52 III BOB. ALISHER NAVOIY IJODINING TA’LIM BOSQICHLARIDA O‘RGANILISHI. 53 3.1. “Saddi Iskandariy” dostonini umumta’lim maktablarida o‘qitilishida me’yorlar, uzviylik va uzliksizlikning ta’minlanishi 53-62 3.2. Maktab darsligida berilgan doston matnining germenevtik tahlili 62-84 III bob bo‘yicha xulosa 85 XULOSA 87 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 90 1
ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi . Ijodkorning fikr dunyosi singdirilgan, ma’naviy va ruhoniyat olami aks etgan badiiy asar “olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasidir” 1 . Badiiy asardagi borliq real borliqning o‘zi emas, balki ijodkor yaratgan obrazlar ishtirokida qayta kashf etilgan va shartli olingan badiiy voqelikdir. Ijodkor olam va odam, ularning o‘rtasidagi ichki aloqa va bog‘liqlik, borliq va uning mohiyati kabilarni badiiy idroki orqali badiiy obrazga singdiradi. Yozuvchi obrazga idrokining ikki jihati – aql bilan hisni birlashtiradi, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushunish mumkin. «Keyingi yillarda ancha keng tarqalgan to‘xtamga muvofiq badiiy asarning tahlili hermenevtik yondashuvga tayangandagina ilmiy haqiqat yuzaga chiqishi mumkin.» 2 Epik asarlar va obraz-timsollarni falsafiy-so‘fiyona talqin qilish, mohiyatini ochish va ular orqali Navoiy badiiy idroki, dunyoqarashini o‘rganish borasida ham yuqori saviyada ishlar olib borilgan. Shunga qaramay, epik asarlarining aksariyatida ramziy timsollar va ular anglatgan falsafiy-ijtimoiy, tasavvufiy qarashlar birligi va o‘ziga xosligi kabi jihatlar tahlil va talqin talab. Timsollarning yetakchi g‘oyani yuklab keluvchi obrazni shakllantirishdagi roli, ularning ramziylik asosida asar mazmunida yotgan mohiyatini ochishdagi o‘rni kabilarni Germenevtik yondashuv asosida o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Chunki til ramziy timsollar mohiyatini anglagan o‘quvchi Navoiy dunyosi bilan yaqinlashadi, asar u uchun faqat estetik zavq beribgina qolmay, balki uning botinida yotgan olam va odam haqidagi ijtimoiy-falsafiy hukmlarni teranroq anglay boshlaydi. Alisher Navoiy milliy adabiyotimizning beb a ho namoyondasi, xalqimizning g‘ururidir. “Qadimgi turkiy tilda barakali ijod qilib, uni adabiy til, madaniyat va saltanat tili darajasiga ko‘targan barcha asarlari umumbashariy gumanistik g‘oyalar bilan sug‘orilgan Alisher Navoiyni shuning uchun ham barcha 1 Quronov D . Mamajonov Z. Sheraliyeva M . Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010. 2 Yo‘ldoshev Q. Yo‘ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. – T.: “Akademnashr”, 2016. 225-bet. 2
turkiy xalqlar o‘z shoiri sifatida alohida mehr bilan o‘qib-o‘rganadi va u bilan faxrlanadi. 3 Tadqiqot obyekti . Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni, doston zamirida germenevtik yondashuvga asos bo‘luvchi til unsurlari: timsol va ramzlar Tadqiqot predmeti . Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni falsafiy-irfoniy mohiyatini germenevtik talqin va tahlil qilish. Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari . Ishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviyat, ma’rifat, komil inson, ruhiy barkamollik, milliy va umumbashariy qadriyatlar to‘g‘risidagi fikr- mulohazalari, inson axloqi va ma’naviyatini rivojlantirishda, kamol toptirishda mumtoz asarlarimizning o‘rni beqiyosligi haqidagi qarashlari, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlar metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, germenevtik, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, analiz va sintez, mantiqiylik kabi metodlar asosida tahlillar olib borildi. Maqsad va vazifalari: Navoiyning epik asarlaridagi oshiqona va orifona ramziy timsollarni “Saddi Iskandariy” dostoni miqyosida Iskandarning komillik sari tadriji bilan bog‘liq ramziy timsollarning falsafiy-irfoniy mohiyatini germetalqin qilishni va ularning asarda tutgan o‘rnini ochishni maqsad qilib qo‘ydik. Bu maqsad yo‘lida esa quyidagilarni vazifa sifatida belgilab oldik: − Gemenevtik yondashuvning Navoiy ijodida, xususan, epik asarlarida tutgan o‘rnini aniqlash; − Germenevtik tahlilning “Saddi Iskandariy” dostoni falsafiy-irfoniy mohiyatini ochishdagi o‘rnini belgilash; − Yozuvchi badiiy mahorati, kompozitsion shartliligining doston mohiyatini ochishidagi o‘rnini aniqlash; − Doston sujetida aks etgan individuallikning badiiy-g‘oyani shakllantirishdagi o‘rnini aniqlash; 3 Mirziyoyev. Sh. M. Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari. 2020. 286- bet . 3
− “Saddi Iskandariy” va boshqa epik dostonlarda qo‘llanilgan timsollarning o‘xshash va farqli holatlarini qiyosan tahlil qilish; − Doston yetakchi badiiy-estetik g‘oyasini ochib beruvchi “Jom”, “Oyna”, “Sad” timsollarini germenevtik tahlil qilish; Ishning ilmiy-nazariy yangiligi: Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan xamsachilik an’anasini davom ettirganlar ko‘p emas. Alisher Navoiy nafaqat bu an’anani davom ettirgan, balki birinchi marta turkiyda yozib, an’anaga rioya qilgan holda novatorlik ham qilgan. Epik asarlarning hajmi yozuvchiga o‘z qarashlarini to‘la va to‘kis yoritishga imkon beradi. Shu sababli ham olam, odam, borliq va ular orasidagi ichki aloqa, kategoriyalarini falsafiy-irfoniy, ijtimoiy-ma’rifiy nuqtalar orqali “Xamsa” dostonlarining har birida o‘ziga xos tarzda yoritilgan. Mumtoz adabiyotimizda, umuman, adabiyotda majoz va ramziylik muhim ahamiyat kasb etadi. U orqali asarning zohiriy va botiniy mazmunni yuzaga keltiradi, eng asosiysi, yozuvchining badiiy idroki singdirilgan badiiy obrazning xususiyatlari ochiladi. Shu sababdan ham, til tizimidagi mavjud unsurlarni sharhlash yordamida mohiyatni ochish germenevtik tahlil doirasiga kiradi. Shundan kelib chiqib yondashsak, asarda qo‘llangan ramziy timsollarni o‘rganib tahlil qilish orqali mohiyat tomon boramiz. O‘tgan va bugungi kun navoiyshunos avlod vakillari tomonidan “Xamsa” dostonlari tahliliga bag‘ishlangan ishlar salmog‘i anchagina. Ularda dostonlarning so‘fiyona-falsafiy, ijtimoiy-irfoniy tahlillarini, boshqa xamsanavislar dostonlari bilan muqoyasasini ham ko‘rishimiz mumkin. “Xamsa” dostonlarining xulosaviy o‘rnida keluvchi “Saddi Iskandariy” dostonida ham o‘ziga xos timsollar tizimi borki, ular asar mohiyatini germenevtik yondoshib ochishga xizmat qiladi. Shu sababli ishimizda dostonda keltirilgan sad, ya’juj- ma’jujlar, oina, jom, dev, jodugar-sehrgar kabilarning falsafiy-irfoniy mazmunini tahlilini berishga harakat qildik. Shuningdek germenevtik tahlilda doston sujeti va kompazitsiyasining ifodalanishi kabilarga diqqat qaratdik. Oshiqona, orifona timsollar mohiyatida insonning o‘z botinini Haq ishqi va ma’rifati orqali haqiqati tomon intilish, o‘z “men”ini tahlil qilish, olam va Javhar bilan bog‘liq uzvlarni bir me’yorda ushlashga da’vat etuvchi kuch yotadi. Shuning 4
uchun har bir timsolga an’anaviy sharhi va asarda tutgan o‘rnidan kelib chiqib yondashildi. Dostonlarda qayd etilganidek, ularda tasvirlangan voqelik g‘oyalar uchun bir libos, uy vazifasini o‘taydi. Mazmunda ko‘zda tutilgan mohiyat esa birlamchi. Mumtoz adabiyotda, umuman, adabiyotda timsollarning o‘rni muhim. Ulardagi ramziylik shoirning imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda asarning zohiriy va botiniy ma’nolarini ham shakllantiradi. Asarning tahlili va talqini uning qismlarini alohida va birlashtirgan holda tadqiq etishga asoslanadi. Obrazning muhim qirralarini shakllantirishga asos bo‘luvchi ramziy timsollarning talqini ham shu nuqtai nazardan muhim sanaladi. Ularni chuqur o‘rganish natijasida mohiyat tomon boramiz. Chunki navoiyshunoslikda ramziy timsollar “Xamsa” ning boshqa dostonlari zamirida ishlangani holda oxirgi dostonda kam to‘xtanilgan. Matn anglash metodalogiyasi doirasida ijodkor mushohadalariga tengsiz shaxsiyati asosida yondoshish va dostonda ifodalangan ramziy timsollar kabi bir qator omillar vositasida maktab darsligida doston matnidan berilgan parchani Germenevtik tahlil qilishga va shuning asosida mazkur matn talqinini berishga harakat qildik. Ishning o‘rganilish darajasi: “Xamsa” tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy- tadqiqot ishlari anchagina. Ayniqsa, keyingi yillarda dostonlarning zohiriy va botiniy mazmunlari zamiridagi falsafiy-irfona talqinlarini N. Komilov, M.Muhiddinov, I.Haqqulov, A. Qayumov, S. Olimov, A.Hayitmetov, A.Erkinov va boshqa navoiyshunos olimlarning ishlarida eng yaxshi namunalar qilindi. “Saddi Iskandariy” tadqiqotiga doir muhim ishlardan rus sharqshunos olimi Y.E.Bertels 4 va o‘zbek navoiyshunos olimlaridan N. Mallayev 5 , A. Qayumov F.Sulaymonovaning 6 asarlarida kuzatishimiz mumkin. I.Salimov, A.Hayitov , O. Abdullayevning ilmiy ishlarida dostonning mavzu doirasidagi jihatlari tahlilga tortilgan. Dostoni bo‘yicha jiddiy tadqiqot ishlari Bertelsga borib taqalsa-da, uning mohiyati, botini talqiniga bag‘ishlangan keng miqyosdagi ishlarni N. Komilov, A. Qayumov va boshqalarda ko‘rishimiz mumkin. Xususan, A. Qayumov doston 4 Бертельс Е. Э. Избранные труды. Том 4. Навои и Джам и. – Москва : Наука , 1965 – 449 с . 5 Mallaev N. M So‘z san’atininig gultoji. Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991. 117- b. 6 Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. 414 bet. 5