logo

AMIRIY DEVONINING IRFONIY TADQIQI

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

143.1328125 KB
AMIRIY DEVONINING IRFONIY TADQIQI
                                   mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
                                                ANNOTATSIYASI
            Amir   Umarxon   Qo‘qon   adabiy   muhitini   madaniy,   ijtimoiy-siyosiy   jihatdan
shakllantirgan   siymolardan   biridir.   Shoh-shoir   adabiy   muhitning   yuksalishida
o‘zining   ko‘plab   islohotlari   bilan   ulkan   hissa   qo‘shgan.   Amiriy   fan   va   adabiyot
ahliga   rahnamolik   qilishi   bilan   birga   o‘zi   ham   yuksak   iste’dodli   shoirdir.   Undan
bizga lirikasi jamlangan devoni yetib kelgan. Mazkur devonida g‘azal, muxammas,
musaddas,   tarji’band,   ruboiy,   tuyuq   kabi   o‘nga   yaqin   janrlar   jamlangan.   Har   bir
janr   devonda   o‘z   o‘rniga   ega,   ya’ni   janrlar   devon   tuzish   an’anasiga   muvofiq
ravishda   tartib   bilan   joylashtirilgan.     Amiriy   devonidagi   janrlarning   mavzu
ko‘lamida,   asosan,   ishq   mavzusi   yetakchilik   qiladi.   Ishqni   shoir   turli   yo‘sinda
tarannum   etadi.   Bunda   asarlardagi   timsollar   ishqi   majoziy   va   ishqi   haqiqiyni
anglab   olishda   kalit   so‘z   vazifasini   bajaradi.   Yana   bir   unsur   borki,   shoir   ishqini
yorga yetkazishda muhim o‘rin egallaydi. Bu – diologli misralar hisoblanadi, ular
g‘azallarning   ta’sirchanlini   boyitgan,   oshiq   va   ma’shuqa   munosabatlarini
oydinlashtirishda yetakchi unsurlardan hisoblanadi.
          Shoir   lirikasi   ma’rifiy   ma’no   zuhur   etishi   bilan   ajralib   turadi.   G‘azallarida
hamd, na’t, munojot, mav’iza, manqabat  mavzusi  qalamga olingan bo‘lib, irfoniy
mazmun yetakchilik qiladi. Devondagi  dastlabki  g‘azallar Alloh taologa hamd va
munojot, Payg‘ambarimizga na’t, bundan tashqari mav’iza va manqabat mavzusida
bitilgan.   Bunday   mavzudagi   asarlar   yaratish   har   qanday   shoirning   ham   qo‘lidan
kelavermaydi,   shundan   kelib   chiqib   shoirning   salohiyat   darajasini   belgilash
mumkin   bo‘ladi.   Albatta,   Amiriy   ijod   jarayonida   salaflarining   yo‘lidan   borib,
ularning yo‘nalishini asarlariga olib kiradi. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bedil
kabi   bir   qancha   ijod   darg‘alari   Amiriy   lirikasida   muhim   ahamiyat   kasb   etgan.
Amiriy   asarlarida   an’anaviylikni   davom   ettirgan   holda   o‘ziga   xoslikni   ham
1 namoyon etadi, ya’ni ko‘r-ko‘rona g‘oyalarni davom ettirmasdan ularni boyitishga
harakat qiladi. Xususan, shoir yaratgan taxmislarda bu yaqqol sezilib turadi.
         Amiriy g‘azallarida an’anaviy  obraz va  timsollar  o‘z  o‘rniga ega  bo‘lib, asar
badiiyatini boyitishda va mavzu mundarijasining oydinlashishida muhim ahamiyat
kasb   etadi.   Amiriy   lirikasida   payg‘ambarlar,   tarixiy   shaxslar,   oshiq   va
ma’shuqlikni   tarannum   etuvchi   obrazlar,   xalq   og‘zaki   ijodiga   ishora   qiluvchi
obrazlar   va   timsollar   juda   ko‘p   o‘rinlarda   uchraydi.   Yusuf,   Ya’qub,   Sulaymon,
Xizr,   Iso,   Muso   kabi   payg‘ambarlar   nomlari,   Doro,   Iskandar,   Jamshid,   Faridun
kabi   tarixiy   shaxslar,   Farhod   va   Shirin,   Layli   va   Majnun,   Vomiq   va   Uzro   kabi
oshiq   va   ma’shuqlikni   ifoda   etib   keluvchi   obrazlar   Amiriy   ijodining
badiiylashishida   o‘z   o‘rinlariga   ega.   Obrazlar   turli   maqsadlarda   qo‘llanilgan.
Masalan, oshiqni o‘sha obrazga taqdirdosh sifatida yoki bo‘lmasa undan ham  ortiq
ishqqa egaligiga ishora tarzda turli obrazlar tanlangan, tarixiy shaxslarning nomlari
esa   mol-u   mulkning   o‘tkinchiligi   hamda   ishq   oldida   ularning   qiymati   yo‘qligiga
ishora   qilib   keladi.   Bundan   tashqari   shoir   ijodida   pir,   soqiy,   may,   mayxona,   lab,
ko‘ngil,   jom,   qadah,   xarobot,   zohid   kabi   bir   qancha   timsollar   qo‘llanilganki,   ular
yordamida shoir g‘azallaridagi asosiy g‘oyani anglab olish mumkin bo‘ladi. Shoir
g‘azallaridagi umuminsoniy g‘oyalar esa insonni komillikka chorlab turadi.
     
                      
                          THE GNOSTIC RESEARCH OF AMIRI DEVAN
2                                         master’s thesis on the subject
                                                   ANNOTATION
            Amir Umarkhan is one of the figures who shaped the literary environment of
Kokan  from  a  cultural,  socio-political   point   of   view.  The  king-poet   made  a great
contribution to the rise of the literary environment with his many reforms. Amiri is
a highly talented poet in addition to leading people of science and literature. From
him,   a   collection   of   lyrics   has   reached   us.   About   ten   genres   such   as   ghazal,
mukhammas,   musaddas,   tarji’band,  rubai,   tuyuq   are  collected   in   this   divan.   Each
genre has its place in the divan, that is, the genres are arranged in order according
to   the   tradition   of   creating   a   divan.   In   the   scope   of   themes   of   genres   in   Amiri’s
book, the theme of love is the leading one. The poet praises love in different ways.
In   this   case,   the   symbols   in   the   works   serve   as   key   words   in   understanding
figurative love and real love. There is another element that plays an important role
in   conveying   the   poet’s   love.   These   are   dialogue   verses,   which   enrich   the
impressiveness   of   ghazals   and   are   considered   to   be   the   leading   elements   in
clarifying the relationship between a lover and a lover.
           The poet’s lyrics are distinguished by the emergence of educational meaning.
In his ghazals, the themes of praise, praise, prayer, and mangabat are written, and
the gnostic content is leading. The first ghazals in the Dewan were written on the
subject  of praise and prayer  to God Almighty, praise  to our Prophet, and also on
the subject of mawiza and manqabat. It is not possible for any poet to create works
on   such   a   topic,   based   on   this,   it   will   be   possible   to   determine   the   level   of   the
poet’s   potential.   Of   course,   Amiri   followed   the   path   of   his   predecessors   in   the
creative process and brought their direction into his works. Lutfiy, Alisher Navoiy,
Fuzuliy, Bedil, etc., have gained importance in Amiriy’s lyrics. In his works, Amiri
shows   originality   while   continuing   traditionalism,   that   is,   he   tries   to   enrich   ideas
without   blindly   continuing   them.   In   particular,   this   is   clearly   noticeable   in   the
assumptions made by the poet.
3          Traditional images and symbols have their place in Amiri’s ghazals, and they
are   important   in   enriching   the   art   of   the   work   and   clarifying   the   content   of   the
subject. In Amiri’s lyrics, prophets, historical figures, images glorifying the lover
and the beloved, images and symbols referring to the folklore of the people can be
found in many places. Names of prophets such as Yusuf, Ya’qub, Suleiman, Khizr,
Isa,   Moses,   historical   figures   such   as   Darius,   Iskandar,   Jamshid,   Faridun,   Farhad
and Shirin, Layli and Majnun, Vomiq and Uzro, which have been expressing love
and affection images have their place in the art of Amiri’s work. Images have been
used for various purposes.  For example, different images were chosen to indicate
that the lover is destined for that image or, if not, to have more love, and the names
of historical figures indicate the transience of possessions and their worthlessness
in front of love. In addition, several symbols such as pir, soqi, may, maykhana, lip,
heart,   cup,   glass,   ruin,   and   hermit   are   used   in   the   poet’s   work,   which   help   to
understand  the  main  idea  of  the  poet’s  ghazals.  The  universal  ideas   in  the  poet’s
ghazals call a person to perfection.
                                                      
                                                                                        MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………….. 8-13
4 I   BOB.   QO‘QON   ADABIY   MUHITIDA   LIRIK   JANRLARNING   MAVZU
KO‘LAMI
I.1   Amiriy   she’riyatining   kompozitsion   tuzilishi   va   devonchilik   an’anasi
…………………………………………………………………………………14-24
I.2   Amiriy   she’riyatida   an’ana   va   adabiy   ta’sir   masalasi………………………24-
40
Bob   yuzasidan   xulosalar……………………………………………………….42-
42
II BOB. AMIRIY DEVONIDAGI G‘AZALLARNING IRFONIY TADQIQI
II.1   Devondagi  g‘azallarning mavzu ko‘lami    va badiiyati……………………43-
53
II.2 Amiriy g‘azallarida hamd, na’t, munojot va manqabat mavzulari badiiyati..53-
66
Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………….. 66-67
III   BOB.   AMIRIY   IJODIDA   AN’ANAVIY   OBRAZ   VA   TIMSOLLAR
BADIIYATI
III.1  Shoir  g‘azallarida an’anaviy obrazlarning  irfoniy  talqini……………. 68-83
III.2  G‘azallarda tasavvufiy timsollarning badiiy ifodasi. ………………….. 84-88
Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………... 88-89
UMUMIY XULOSALAR ………………………………………………….. 90-92
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………….. 93-97
5                                                          KIRISH
                Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Mamlakatimiz
mustaqillikka   erishganidan   so‘ng   ko‘plab   sohalar   uchun   yo‘l   ochilib,   ular
rivojlanishi   uchun   zarur   imkoniyatlar   yaratildi.   Endilikda   davr   bilan   hamnafas
holda   inson   qadri,   uning   jamiyatdagi   o‘rni,   aql-tafakkuri   yuksalishi   uchun
islohotlar o‘tkazildi. Bu borada o‘zbek adabiyotshunosligida ham muhim qadamlar
qo‘yilib,   zamonaviy     adabiyot   bilan   bir   qatorda   mumtoz   adabiyotni   o‘rganishda
ham   o‘ziga   xos   yo‘nalishlar   belgilab   olindi.   Bu   ikki   davr   adabiyoti   qiyosan
o‘rganildi. An’anaviylik va o‘ziga xoslik tamoyillari belgilab olindi va bu jarayon
haligacha   davom   etmoqda.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   adabiyot   uchun   keng   yo‘l
ochildi. 
Hozirgi   kunda   yurtimizda   yangi   Uyg‘onish   davri,   ya’ni   Uchinchi   Renessans
poydevorini yaratishga harakat qilinmoqda. Bu borada Prezidentimizning quyidagi
gaplari   asoslidir:   ,,Buyuk   ipak   yo‘lining   chorraxasida   joylashgan   ona   zaminimiz
azaldan   yuksak   svilizatsiya   va   madaniyat   o‘choqlaridan   biri   bo‘lganligini
ko‘ramiz.   Xalqimizning   boy   ilmiy-madaniy   merosi,   toshga   muhrlangan   qadimiy
yozuvlar,   behaho   me’moriy   obidalar,   nodir   qo‘lyozmalar,   turli   osori   atiqalar
davlatchilik   tariximizning   uch   ming   yillik   teran   ildizlaridan   dalolat   beradi.“ 1
Shunga   asoslanib   aytadigan   bo‘lsak,   Qo‘qon   adabiy   muhitida   yashab   ijod   etgan
yozuvchi   va   shoirlarning   ijod   namunalarini   o‘rganish,   ularni   ommaga   tanitish
hozirgi kundagi muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016-yil   13-maydagi   PF-4797-
son   ,,Alisher   Navoiy   nomidagi   Toshkent   davlat   o‘zbek   tili   va   adabiyoti
universitetini   tashkil   etish   to‘g‘risida“,   2017-yil   7-fevraldagi   PF-4947-
son   ,,O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar
strategiyasi   to‘g‘risida“gi   Farmonlari,   2017-yil   24-maydagi   PQ-2995-
1
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan 
tantanali marosimdagi nutqi//http://uza.uz/posts/3452
6 son ,,Qadimiy yozma manbalarni saqlash,  tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida“,   2017-yil   13-sentabrdagi   PQ-3271-
son   ,,Kitob   mahsulotlarini   nashr   etish   va   tarqatish   tizimini   rivojlantirish,   kitob
mutolaasi   va   kitobxonlik   madaniyatini   oshirish   hamda   targ‘ib   qilish   bo‘yicha
kompleks   chora-tadbirlar   dasturi   to‘g‘risida“,   2017-yil   17-fevraldagi   PQ-2789-
son ,,Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, bajarish va
moliyalashtirishni   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida“,   2020-yil
19-oktabrdagi   PQ-4865-son   ,,Buyuk   shoir   va   mutafakkir   Alisher   Navoiy
tavalludining 580 yilligini  keng nishonlash  to‘g‘risida“gi  Qarorlari, ,,Adabiyot  va
san’at,   madaniyatni   rivojlantirish-xalqimiz   ma’naviy   olamini   yuksaltirishning
mustahkam   poydevori“   mavzusidagi   ma’ruzasi   hamda   boshqa   me’yoriy   huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti
muayyan darajada xizmat qiladi.
Qo‘qon   adabiy   muhiti   asoschisi   va   uning   yorqin   namoyandasi   Amiriy   ijodi
adabiy   ta’sir   va   izdoshlik   masalalarini   har   tomonlama   keng   va   chuqur   o‘rganish
uchun   yetarlicha   material   beradi.   Chunki   u   o‘zigacha   bo‘lgan   turkiy   va   forsiy
adabiyotning   barcha   ilg‘or   an’analari   va   muhim   yutuqlarini   o‘z   ijodida
mujassamlashtiradi.   Sharq   mumtoz   so‘z   san’atining   Hofiz   Sheroziy,   Komil
Xo‘jandiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy , Alisher Navoiy, Fuzuliy , Mushfiqiy, Soib
Tabriziy,   Mirzo   Bedil   kabi   zabardast   namoyandalarining   ijod   maktabida   tahsil
olgan, ulardan mahorat  sabog‘ini  o‘zlashtirgan, ayni  paytda, o‘zi  mansub  Qo‘qon
adabiy muhiti vakillari va o‘zidan keyingi o‘zbek adabiyoti, xususan, Xiva adabiy
muhiti   shoirlariga   kuchli   ta’sir   ko‘rsatgan   adabiy   salohiyati   baland   so‘z   ustasi
hisoblanadi. Bu ilhombaxsh ta’sirning yorqin izlari va rang -barang qirralarini biz
Nodira,   Uvaysiy,   Fazliy   Namangoniy,   Gulxaniy,   G‘oziy,   Qoriy,   Haziniy,
Muqimiy,   Furqat,   Zavqiy   kabi   Qo‘qon   adabiy   muhiti,   Ogahiy,   Tabibiy,   Komil,
Rojiy,   Avaz,   Bayoniy,   Niyoziy   kabi   Xiva   adabiy   muhiti   namoyandalari   hamda
Miriy,   Yusuf   Saryomiy,   Noqis,   Nojiy   kabi   shoirlar   ijodida   ko‘plab   uchratamiz.
Binobarin , Amiriy ijodini adabiy an’ana, o‘zaro ta’sir va ijodiy izdoshlik jihatidan
7 o‘rganish   o‘zbek   adabiyotshunosligi   uchun   mazkur   mavzular   bo‘yicha   muhim
ilmiy   xulosalarni   taqdim   etishi   shubhasiz.   Shulardan   kelib   chiqib   shoir
ijodiyotining irfoniy xususiyatlarini ochib berish orqali Amiriyning shoir sifatidagi
qirralarini   yana   bir   bor   namoyon   etmoq   lozim.   Mavzuning   muhimligi   va
dolzarbligi ham ayni shu bilan belgilanadi. 
                Muammoning   o‘rganilish   darajasi.   Amiriy   va   uning   ijodi   haqida   u
hayotligidayoq     ko‘plab   ijobiy,   ba’zida   esa   tanqidiy   fikrlar   bildirilgan.   Fazliy
Namangoniyning   „Majmuai   shoiron“   tazkirasi,     „Umarnoma“,   Mushrif
Isfarangiyning   „Shohnomai   Nusratpoyom“,   Hakimjon     To‘raning   „Muntaxab   ut-
tavorix“,   Is’hoqxon   Ibratning   „Farg‘ona   tarixi“,   Dilshod   Barnoning   „Tarixi
muhojiron“,   Mirza Olim Mushrifning „Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin“ ,
Mulla   Olim   Mahdum   Hojining   „Tarixi   Turkiston“   kabi   asarlarida;   Nodira,
Dilshod, Maxmur, Ado,   Uvaysiy, Gulxaniy, G‘oziy, Ma’dan kabi Qo‘qon adabiy
muhiti     namoyandalarining   she’rlarida   hukmdor   shaxsi,   faoliyati   va   she’rlari
haqida   goh   ko‘tarinki   ruhdagi,   mubolag‘ali,   goh   biryoqlama   tanqidiy   fikrlarga
duch kelamiz.
Adabiyotshunoslikda   ilk   bor   Amiriy   hayoti   va   ijodiga     Sadriddin   Ayniy
e’tibor   qaratadi.   U   „Namunai   adabiyoti   tojik“   tazkirasida   Umarxonning     ikkita
g‘azalini  keltirib, u haqida qisqacha  ma’lumot  berib o'tadi.  Abdurauf  Fitrat  „XVI
asrdan   so‘ngra   o‘zbek   adabiyotig‘a   umumiy   bir   qarash“   maqolasida     Qo‘qon
adabiy muhiti  shoirlari qatorida Amiriy haqida ham to‘xtab o‘tadi. Miyon Buzruk
Solihov   „O‘rta   Osiyo   va   o‘zbek   adabiyoti   tarixiga   bir   qarash“   nomli   ishida
Amirxon davridagi muhitni „Oltin beshik“ deb ataydi. O. Sharafiddinov shoirning
15   g‘azali,     Navoiy   g‘azaliga   2   muxammasi,   Lutfiy   g‘azaliga   1   muxammasi,   1
musaddasi   va   u   haqida   qisqacha   ma’lumot   berib   o‘tadi.   Po‘lotjon   Domulla
Qayyumov   „Tazkirai   Qayyumiy“ga   Amiriyning   2   o‘zbekcha   g‘azali     va   Navoiy
g‘azaliga bog‘langan 1 taxmisini kiritadi.
Keyinchalik   ham   Amiriy   ijodini   o‘rganish   to‘xtab   qolmadi.   I.Mo‘minov,
V.Zohidov, V.Abdullayev, T.Jaloliv kabi olimlar o‘z tadqiqotlarida Amiriy ijodiga
8 u   yoki   bu   darajada   to‘xtalib   o‘tganlar.   Ammo   bu   davr   adabiyoti   bo‘yicha
fundamental   tadqiqot   akademik   A.Qayumovni   „Qo‘qon   adabiy   muhiti“   nomli
ishidir.   Unda   bu   davr   adabiyoti   namoyandalari   ijodi   chuqur   va   har   tomonlama
tekshirilganligi   bois   u   hozirgacha   asosiy   ilmiy   manbalardan   biridir.   M.   Qodirova
tomonidan   shoh-shoirning   o‘zbek   tilidagi   she’rlaridan   iborat   devonining   nashr
etilishi   bu   boradagi     muhim   voqea   bo‘ldi.   Shu   bilan   birgalikda   2017-yil   qayta
nashrdan   chiqqan   Amiriy   devoni   (nashrga   tayyorlovchilar:   Madaminov   A.,
Ochilov   E.,   Qobilova   Z.,   Davlatov   O.)   ham   Amiriy   ijodining   keng   targ‘ibotiga
tamal toshlaridan biri bo‘ldi.
            Tadqiqotning   maqsadi .   Dissertatsiyadan   ko‘zlangan   masad     tasavvufiy   -
irfoniy   masalalarning   Amiriy   ijodida   talqin   qilinishi   va   ifodalanishini   o‘rganish
hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda Amiriy „Devon“idagi g‘azallarni ma’no-
mazmun  jihatidan  tadqiq  qilish  va  irfoniy-ma’rifiy  g‘oyalarning  badiiyatini   ochib
berish ishning maqsadini belgilab beradi.
         Tadqiqotning vazifalari:
•Qo‘qon   adabiy   muhitining   o‘zbek   adabiyoti   rivojida   tutgan   o‘rni   va   roliga
istiqlol   tufayli   ijtimoiy   fanlarda   qaror   topgan   xolis   ilmiy   mezonlar   asosida   baho
berish;
•Amiriy   ijodi   misolida   tasavvufiy   an’ana,   o‘zaro   ta’sir   va   ijodiy   izdoshlik
masalalarini yoritish;
•Amiriyning tatabbu’navislik mahoratini ochib berish;
• Shoir g‘azallarining mavzu mundarijasini aniqlash;
•Amiriy   g‘azallaridagi   an’anaviy   obraz   va   timsollarning   o‘ziga   xosligini
aniqlash.
Tadqiqotning obyekti  sifatida Amiriy „Devon“i olindi.
                Tadqiqotning   predmeti   sifatida   Amiriy   „Devon“ida   keltirilgan   she’riy
janrlar va ularning xususiyatlari, hamd, na’t g‘azallar va ulardagi irfoniy timsollar,
9 Allohga   bo‘lgan   ishq   tarannumi,   salaflar   ijodidan   ilhomlanish   natijasida   paydo
bo‘lgan misralari, umuman olganda, irfoniy g‘azallarni belgilab oldim.
                Tadqiqotning   usullari.   Dissertatsiya   mavzusini   yoritishda   statistik,
kontekstual,   struktural,   tarixiy-qiyosiy,   biografik   tahlil   metodlaridan   unumli
foydalanildi.
         Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat:
• Mumtoz adabiyot namunalariga asosiy asos bo‘lib xizmat qilgan tasavvufiy
g‘oyalar shoir lirikasi tadqiqida yoritilgan;
• Sharq she’riyati an’analarini mukammal davom ettirgan Amiriy she’rlarida
hamd, na’t, mav’iza mazmunining janriy, g‘oyaviy talqinlari tahlilga tortilgan;
•Amiriy   adabiy   merosi   mavzu   ko‘lamiga   ko‘ra   tasnif   qilingan,   shoir
she’rlarining g‘oyaviy -badiiy xususiyatlari ochib berilgan;
•Amiriy   she’riyatining     irfoniy   obrazlar   tizimi   va   u   qo‘llagan   badiiy
san’atlarni tadqiq etish orqali  uning badiiy mahorat qirralari ochib berilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari  quyidagilardan iborat:
        Amiriy hayoti va ijodiy faoliyatiga yangi qarashlar asosida yoritilgan maqola
nashr   qilingan.   Xususan,     ,,Amiriy   va   uning   olamiga   bir   nazar“,   ,,Amiriy
devonining pragmatik tadqiqi“, ,,Amiriy ijodida irfoniy mavzular badiiyati“ nomli
bir   qancha   maqolalar   yaratilib,  ularda   shoh   va  shoir   shaxsiyati   ,   adabiy   merosiga
oid   yangi   qarashlar   tahlilga   tortilgan   va   ilmiy   xulosalar   chiqarilgan.   Amiriy
devonidagi   g‘azallar   irfoniy   jihatdan   yoritilgan.   Hamd   va   na’t   g‘azallar   mazmun
jihatidan yaxshi yoritilgan.
                Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi.   Ilmiy   muammoning   aniq
qo‘yilganligi, chiqarilgan xulosalarning  tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy tahlil
usullari   bilan   asoslangani,   ishonchli   nazariy   manbalar   va   lug‘atlardan
foydalanganligi,   nazariy   fikr   va   xulosalarning   amaliyotga   joriy   etilgani,   olingan
natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi.
10                 Tadqiqot   natijalarining   amaliyotga     joriy   qilinishi.   Dissertatsiyaning
amaliy ahamiyati shundaki, uning asosiy nazariy xulosalaridan oliy o‘quv yurtlari
va litsey, kollejlar, o‘rta maktablar uchun o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha darslik
va qo‘llanmalar yaratishda, uslubiy tavsiyanomalar yozishda, shuningdek, magistr
va bakalavrlar uchun maxsus kurslar o‘qib, foydalanishi mumkin.
                Dissertatsiyaning tuzilishi  va hajmi.   Tadqiqot  an’anaviy kirish, uch bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 97  sahifadan tashkil
topgan..
         
      
    
11    I BOB.  QO‘QON ADABIY  MUHITIDA  LIRIK  JANRLARNING  MAVZU
KO‘LAMI
        I.1.  Amiriy she’riyatining kompozitsion tuzilishi va devonchilik an’anasi .  
                Amirsaid   Muhammad   Umarxon-Amiriy   Qo qon   adabiy   muhitining   yorqinʻ
namoyandasi sifatida ko z oldimizda gavdalanadi. O‘zbeklarning minglar urug‘iga	
ʻ
mansub   Amir   Umarxon     XVIII   asr   oxiri-   XIX   asr   birinchi   yarmida   Qo‘qonda
yashagan   ijod   ijod   darg‘alaridan   biri   sanaladi.   U   XVIII   asr   oxiri-   XX   asrning
birinchi   yarmida   Qo qonda   adabiy   jarayonlarning   jadallik   bilan   o sishida   asosiy	
ʻ ʻ
o rinni   egallaydi.   Amiriyni   ushbu   adabiy   jarayonlarning   sardori   sifatida   yuqori	
ʻ
rutbaga   ko tarsak   mubolag a   bo lmaydi.   Xo sh,   bu   adabiy   jarayonni   Amiriy   qay	
ʻ ʻ ʻ ʻ
tarzda   tashkillashtira   oldi?   Avvalo,   u   ilmiy,   madaniy   va   adabiy   muhitni
shakllantirdi.Turli   hududlardan   olim-u   shoirlar,   muallim-   musavvirlar,   xattotlarni
shahar markaziga jalb eta oldi. Madrasa va ko plab kasb-hunarlarga mo ljallangan	
ʻ ʻ
maktablar   ochilishi   va   ularning   faoliyatining   yaxshilanishida   rahnamolik   qildi.
Ko plab mumtoz asarlarni o rganish, ularni ko chirtirish, bundan tashqari, tarjima	
ʻ ʻ ʻ
ishlarining   rivoj   topishida   Amiriyning   roli   beqiyos.   Bir   so z   bilan   aytadigan	
ʻ
bo lsak,   Qo qon   adabiy   muhitida   buyuk   bir   ,,portlash“   sodir   bo ldi.   Ammo	
ʻ ʻ ʻ
bu   ,,portlash“dan   vayronalar   emas,   ilm-ma’rifat   gurkirab   o sganining   guvohi	
ʻ
bo lamiz.	
ʻ 2
      Bo‘lajak shoir va davlat arbobi Umarbek 1787-yili Qo‘qonda zodagon oilasida
tug‘ilgan.   U   boshlang‘ich   ta’limni   xususiy   muallimlarda   olgach,   madrasada
o‘qiydi:   arab   va   forsiy   tillarni,   zamonasidagi   barcha   bilimlarni   mukammal
egallaydi.   Shundan   so‘ng   akasi   Olimxon   xizmatida   bo‘ladi.   O‘z   bilimdonligi-yu
ma’rifatliligi bilan ko‘pchilikning diqqatini tortadi. 1807-yili akasi  unga Farg‘ona
hokimligini topshiradi. 3
 U akasi Olimxon vafotidan so‘ngra Qo‘qon xonligi taxtiga
2
 Sayfullayeva Ulbeka. Amiriy va uning irfoniy olamiga bir nazar. ,,Involta“ ilmiy jurnali,vol.1 No.6, 2022. 165-bet.
3
  Ҳамиджон   Ҳомидий.   Кўҳна   Шарқ   дарғалари.   (Бадиий   илмий   лавҳалар)   –Т.:   ,,Шарқ“   нашриёт-   матбаа
концерни бош таҳририяти, 1999. 313-бет.
12 chiqdi.   Amiriyning   turmush   o‘rtog‘i   Nodirabegim   bo‘lib,   Muhammadalixon,
Sulton Mahmud kabi farzandlari bor. 1822-yili Amiriy vafot etgach, uning o‘rniga
Muhammadalixon   taxtga   chiqadi.1842-yil   Buxoro   amiri   Nasrulloxon   Qo‘qonga
bostirib   kirib,   Nodirabegim   va   uning   barcha   vorislarini   qatl   ettirdi.   Shu   bilan
Amiriy   va   Nodirabegim   o‘z   qo‘llari   bilan   bunyod   etgan   davlat   parokanda   bo‘lib,
hukmronlik barham topdi.
            Amiriy   yashagan   davrda   Qo‘qon   xonligi   avvalgidan   ko‘ra   ko‘rk   ochdi.   U
No‘shiravoni   Odildek   siyosat   olib   bormagan   bo‘lsa-da,   xonlik   aholisi   yaxshi
yashadi.   Amiriy,   asosan,   madaniy   hayot   rivoji   uchun   ko‘p   sa’y-harakat   qilib,
adabiy   muhitning   yaxshilanishiga   erishdi.   Badiiy   ijod   jarayoni   rivojlandi.   Ilm
ahllari   ijod   va   izlanishlar   qilishi   uchun   imkoniyat,   imtiyozlar   yaratilgan.   Amir
Umarxon   o‘zi   yaratgan   adabiy   va   madaniy   muhitga   rahnamolik   qilibgina
qolmasdan Amiriy taxallusi bilan ijod ahlini xushnud aylagan. Amiriy zullisonayn
ijodkor   bo‘lib,   ikkala   tilda   ham   ajoyib   san’at   asarlari   yaratdi.   Agar   o‘sha   davr
shoirlari   ijodiga   nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,   ko‘p   shoirlar   Amiriy   yaratgan   ijod
namunalariga o‘xshatma tarzda g‘azallar, she’rlar bitgan. Bu fikrning dalili sifatida
Abdurauf Fitratning ,,XVI asrdan so‘ngra o‘zbek adabiyotig‘a umumiy bir qarash“
nomli   maqolasidan   o‘rin   olgan   quyidagi   fikrlarni   ham   keltirishimiz
mumkin:   ,,Ashtarxoniylarning   so‘ng   davrlarida   istiqlol   olg‘an   Farg‘onada   ham
Olimxon   va   Umarxonlar   zamonida   adabiyot   yangidan   bosh   ko‘tardi.   Aynuqsa,
Umarxon   zamonida   saroy   atrofida   bir   ko‘b   shoirlar   yig‘ildilar.   Bularning   orasida
Fazliy,   Hoziq,   Hijlatxon   kabi   san’atda   yuqori   darajada   turg‘anlari   bor   edi.
Umarxon saroyida to‘plangan shoirlarning ko‘brak umrlari bir-birlarig‘a o‘xshatma
she’rlar   yozishda   o‘tar   edi.   Bular,   aynuqsa,   podsho(h)   Umarxonning   g‘azallariga
o‘xshatmalar yozar edilar.“ 4
  Shu bilan birgalikda, shoir bir qancha shogirdlar ham
yetishtiradi.   U   o‘zining   qisqa   35   yillik   umri   davomida     madaniyat   va   adabiyot
rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. 5
4
 Абдурауф Фитрат. Танланган  асарлар, II жилд. -Т.: ,,МАЪНАВИЯТ“, 59- бет.
5
  Sayfullayeva  Ulbeka. Amiriy ijodida irfoniy mavzular  badiiyati.   Polish science  journal, issue 3(69),  WARSAW,
POLAND. Wydawnictwo Naukowe ,,iScience“, 2023. 139-bet.
13          Amiriy buyuk shoir edi, ammo hech kim kim uning shoh sifatida bajargan va
bajarmagan   tadbir   va   ishlarini   chetga   sura   olmaydi.   Tarixiy   haqiqatni   turli
adabiyotlar orqali oydinlashtirish mumkin. Xususan, Dilshodi Barnoning quyidagi
misralariga   e’tibor   qaratilsa,   uning   shoh   sifatidagi   faoliyatiga   bir   qancha   fikrlar
bildirilgan:
                                       Umarxon nom zolim, nomi shoir,
Chiroyimiz ko‘rub, ul bo‘ldi jobir.
Keturib bu Xo‘qandg‘a ul piyoda,
                                        Sitamin soldi bizlarg‘a ziyoda.
Hamani Shahrixong‘a haydadilar,
                                        Mani xon o‘rdasig‘a haydadilar.
        Bu husnim bo‘ldi boshimg‘a sitamkor,
Mani chorlatdi qoshig‘a u jabbor.
                                        Dedi: ,,Shoira deydilar otingni,
 Menga bildur baso asli zotingni?“
       Dedim: ,,Yurtimda Dilshod erdi otim,
  Amir tig‘ida yakson bo‘ldi zotim.“
      Dedi: ,,Ushbu anorg‘a ne deyursan?“
         Dedim: ,,Qizlar xunidin to‘ldiribsan.“ 6
         Bu baytlar orqali Amiriy shaxsiyatiga oid ba’zi bir haqiqatlar oydinlashsa-da,
ammo   bu   bilan   uni   jamiyatdagi   o‘rni   faqat   xonlik   faoliyatidagi   ,,zo‘ravonlik“lari
bilan   belgilanib   qolmaydi.   Xonlik   vaqtida   ham   mamlakat   obodonligi   va   xalq
farovon   turmushi   uchun   ko‘plab   islohotlar   olib   borgan.   Xalq   orasida   esa   buyuk
6
  Дилшод. Танланган асарлар.-Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. 67-бет.
14 shoir   sifatida   tilga   olinadi.   Uning   shoir   sifatidagi   faoliyatini     Dilshodi
Barno ,,Amir“ radifli g‘azalida  ulug‘lab, o‘z fikrlar bildirib o‘tgan.
                                    She’riyat kishvariga shoh Amir,
                                    Hamqalam do‘stlarig‘a panoh Amir.
                                    Gar g‘azalxonlari lashkar esa, 
                                    O‘zi saf boshida peshvoh Amir.
                                    Bu adab ro‘zgor gulshanidur,
                                    Bundag‘i rahbar-u sipoh Amir.
                                    Shoiri andalibi qilsa navo,
                                    Barcha til haqligig‘a guvoh, Amir.
                                    Gar Navoiy ersa sanoyi g‘azal,
                                    Doru bo‘lg‘uchi shifo-giyoh Amir.
                                    Mulki Farg‘ona adabga ersa ko‘z,
                                    Misralar ustidagi nigoh Amir.
                                    Tab’i Barnosig‘a boqsangiz agar,
                                    Shoirlikda zarrin kuloh Amir. 7
Mazkur   g‘azalida   Dilshodi   Barno   Amiriyni   she’riyat   mulkining   amiri,   hamqalam
do‘stlarga yor-yordam qo‘lini cho‘zuvchi, adabiyot ahliga bosh, giyoh, u yaratgan
muhit   ko‘z   bo‘lsa,   Amiriy   nigoh,   shoirlikda   zarrin   kulohga   o‘xshatmoqda.   U
Amiriyni   inson   sifatida   yaxshi   va   a’lo   fazilatli   deb,   faqatgina   o‘sha   davrdagi
urushlar   Amiriyni   o‘zi   xohlamagan   ishlarni   bajarishga   undagan,   o‘z   domiga
tortgan degan fikrlarni ,,urush“ 8
 radifli she’rida ta’kidlab o‘tgan.
7
 Дилшод. Танланган асарлар.-Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. 36-бет.
8
 Дилшод. Танланган асарлар.-Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. 41-бет.
15               Shu   bilan   birgalikda   Po‘lotxon   Domulla   Qayyumovning   ,,Tazkirayi
Qayyumiy“ 9
  asarida   ham   Amiriyni   shoir   sifatida   e’zozlashini   keltirib
o‘tadi:   ,,Badiiy   tomondan   raso   shoir   ekani   yozgan   ash’ori   obdoridan   ma’lumdur.
Bu   kishining   xonlig‘idan   qat’i   nazar   Ho‘qandli   buyuk   shoir   sifatida   hurmat
etamiz.“ Amiriy ijtimoiy hayotda shoir bo‘lishdan tashqari shoh ham hisoblanadi.
Bir   vujudda   shoh   va   shoirlik   mavqeyi   bo‘lsa,   biri   ustun   bo‘lishi   tabiiy,   ya’ni
Amiriy   davlat   arbobi.   Shu   jihatdan   akademik   A.Qayumovning   ,,Qo‘qon   adabiy
muhiti“   kitobidagi   Amiriy  haqidagi   aytgan   fikrlari   asosli:   ,,Podshoh   o‘z  kundalik
faoliyatini  o‘sha  davlat  siyosatidan  ayri  ko‘rishi  mumkin emas. … Avvalo,  shuni
unutmaslik   kerakki,   podshoh   rind   bo‘lishi   mumkin   emas.   Uning   tabiati   rindona
bo‘lmog‘i mumkin. Lekin amaliy faoliyati buning teskarisini taqazo qiladi, yo‘qsa
u podshoh bo‘lolmaydi.“ 10
            Amiriy   devonining   ko‘plab   qo‘lyozma   va   toshbosma   nusxalari   mavjud.
O‘zbekiston   FA   Alisher   Navoiy   nomidagi   Adabiyot   muzeyi   Tekstologiya   va
publikatsiya bo‘limining katalogida shoir devonining 26 ta nusxasi hisobga olinib,
ilmiy tavsif etilgan. Bu qo‘lyozma devonlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Sankt-
Peterburg   kutubxonalarida   saqlanadi.   O‘zbekiston   FA   Abu   Rayhon   Beruniy
nomidagi   Sharqshunoslik   instituti   qo‘lyozmalar   fondida   shoir   devonining   17   ta
qo‘lyozma   nusxasi   mavjud.   Bundan   tashqari,   shu   fondda   XIX   asr   oxiri   XX   asr
boshlarida chop etilgan bir nechta toshbosma nusxalar ham saqlanadi. Devonining
1881-1887 yillarda Istanbulda chop etilgan 8 nusxasi  variantlari ham  shu fondda.
Ammo,   shoir   devonining   avtograf   nusxasi   ma’lum   emas. 11
    Adabiyotshunos
Solijon Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasida ham Amiriy devonining 1877-yilda
nashr  etilgan kitobi  mavjud bo‘lib, unga shoirning 544ta she’ri  kiritilgan.  Amiriy
devonining   mukammal   qo‘lyozmalari   asosida   Mahbuba   Qodirova   1972-yil   shoir
she’rlarini ,,Devon“ ko‘rinishida nashr ettirdi va unga o‘z kirish so‘zlarini bitdi. 
9
 Пўлотжон Домулла Қайюмов. Тазкираи Қайюмий. -Т.: 1998. 108-бет.
10
  Азиз Қаюмов. Асарлар (Қўқон адабий муҳити) 7- жилд, 7-китоб. Т.: ,, MUMTOZ SO‘Z“, 2010. 108-109-
бетлар.
11
 Iqboloy Adizova. Amiriy adabiy m erosida taxmislarning o‘rni. www.goldenscripts.navoiy-uni.uz
16            Amir Umarxon mumtoz she’riyatning o‘nga yaqin janrlarida ijod etgan va bu
she’rlarni   shoir   ,,Devon“ining   nusxalarida,   Fazliyning   ,,Majmuai   shoiron“
tazkirasida   jamlangan.   Amiriy   lirikasining   kompozitsion   tuzilishi   haqida   so‘z
borganda,   u   ijod   etgan   janrlar   tarkibiga     g‘azal,   muxammas,   musaddas,
musamman,   tarje’band,   tuyuq   hamda   ruboiy   kabilardan   iboratligini   alohida
ta’kidlamoq   kerak.   1972-yili   nashr   etilgan   ,,Devon“da   216   ta   g‘azal,   6   ta
muxammas, 3 ta musaddas, 6ta tuyuq va bundan tashqari, Alisher Navoiy, Lutfiy,
Jomiy,   Fuzuliy,   Mirzo   Bedil,   Zaliliy,   Kamol,   Nobiy   g‘azallariga   bog‘langan
taxmislar   jamlangan.   Amiriy   devonining   ancha   mukammal   varianti   2017-yil
A.Madaminov,   E.Ochilov,   Z.Qobilova,   O.Davlatov   tomonidan   tartib   berildi.
Mazkur   turkiy   devondagi   janrlar   kompozitsiyasiga   e’tibor   qaratsak,   undan   318ta
g‘azal,  39ta muxammas, 4ta  musaddas,  1ta musamman, 16ta  tuyuq va  7ta ruboiy
o‘rin olgan. Bundan tashqari forsiy devoniga ham tartib berilgan bo‘lib, unda 142ta
g‘azal,   18ta   muxammas,   2ta   musaddas,   1ta   musamman   mavjud.   Forsiy   devonda
tuyuq   va   ruboiy   janrlari   mavjud   emas.   Jami   turkiy   va   forsiy   devondagi   janrlarni
sarhisob   qiladigan   bo‘lsak,   460ta   g‘azal,   57ta   muxammas,   6ta   musaddas,   2ta
musamman, 16ta tuyuq, 7ta ruboiydan tarkib topgan.
            Devon   nima?   Uni   yozish   an’anasi   qay   tarzda   shakllantirilgan?   Bu   kabi
savollarga quyidagicha javob qaytarishimiz mumkin bo‘ladi:
          Mumtoz   she’riyat   vakillarining   ma’lum   tartib   bilan   tuzilgan   lirik   she’rlar
to‘plami   shu   nom   bilan   yuritiladi.   Devonlar   to‘plamning   kirish   qismi-   debocha
bilan boshlanadi. Unda shoir mazkur to‘plamning yaratilish tarixi, bu ishda o‘ziga
rahnamolik   qilgan,   moddiy   va   ma’naviy   yordam   ko‘rsatgan   shaxslar   haqida
ma’lumot   beradi,   devonnning   tuzilishi   va   nomlanishiga   izohlar   beradi.   Shundan
so‘ng   lirik   she’rlar   shakllari   va   janrlariga   ko‘ra   joylashtiriladi.   Odatda   devonlar
g‘azaliyot bilan boshlanadi. Shoir o‘zi tanlab olgan g‘azallarni matla’lar oxiridagi
harflarga   ko‘ra   arab   alifbosiga   muvofiq   terib   chiqadi,   ya’ni   oldin   alif-a,   o,   keyin
be-b, so‘ng -t,  se-s, jim-j va boshqa harflar bilan tugallanuvchi g‘azallar beriladi.
17           G‘azalllardan   so‘ng   mustazodlar,   muxammaslar,   tarji’band   va   tarkibbandlar,
masnaviylar,  qasidalar,  qit’alar, muammolar, chistonlar,  ruboiylar,  tuyuqlar   xuddi
g‘azallar   kabi   matla’ning   so‘nggi   harflari   asosida   arab   alifbosi   tartibida
joylashtiriladi. 12
     Devon tuzish X-XI asrlarga borib taqalsa-da, devon tuzish qoida va tamoyillari
Alisher Navoiyga borib taqaladi. Xususan, Alisher Navoiy devonni qay tarzda va
tartibda   yaratish   kerakligi   haqida   ,,Badoye’   ul-bidoya“ 13
  asarida   kerakli
ma’lumotlarni berib o‘tadi: ,,Avval budirkim, har kishikim, devon tartib qilibdirur,
o‘ttiz   ikki   harfdinki,   xaloyiq   iboratida   voqe’durur   va   ulus   kitobatida   shoyi’   to‘rt
harfg‘a taarruz qilmaydururlar. Chun so‘z arusi nazm haririning matbu’ kistavin va
mavzun xil’atin kiyib, jilva og‘oz qilsa, huqqai yoquti dag‘i o‘ttuz ikkita gavhardin
qachonkim to‘rtig‘a nuqson voqe’ bo‘lsa,  muqarrardurkim, jamolig‘a andin qusur
va kalomig‘a andin future voqe’ bo‘lg‘usidur. Bul jihatdin ul to‘rt harf javohirlarin
dag‘i   o‘zga   huruf   javohiri   silkig‘a   tortib,   g‘azaliyotni   o‘ttuz   ikki   harf   tartibi   bila
murattab   qilindi.“   Bu   bilan   shoir   aytmoqchiki,   kimki   devon   tartib   bersa   arab
alifbosidagi   32ta   harfning   to‘rttaginasi   bilan   tugaydigan   g‘azal   yozmasliklarini
adabiyot   ahliga   ta’kidlamoqda.   Shu   bilan   birgalikda,   o‘zining   ham   devonidagi
g‘azaliyot  qismida shu qoidaga amal qilganligini ko‘rsatib o‘tgan, ya’ni 32ta harf
tartibi   bilan   g‘azallarini   bitgan.   Buyuk   shoir   o‘zidan   avvalgi   ijodkorlarning   ham
kamchliklarini   to‘g‘rilab,   devon   tartib   berish   qolipini   yaratgan.   ,,Badoye’   ul
bidoya“   asarida   shoir   devon   tartib   berishning   5ta   muhim   tamoyilini   belgilab
bergan. Ular quyidagilar:
     1-tamoyil-devonni g‘azallar bilan boshlash;
      2-tamoyil-g‘azallarni 28 harf emas, balki 32 harf ( چ  –  chim,  ژ  –  je,  گ  –  gof va
لا - lom-alifni ham qo‘shgan holda) bilan tugatish kerakligi;
12
 Анвар Ҳожиаҳмедов. Мумтоз бадиият луғати. -Т.: ,,Янги аср авлоди“, 2008. 22-бет.
13
  Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик ,   1- том.   Бадоеъ   ул - бидоя.   - Т.:   „Фан“   нашриёти,
1987. 19-20-бетлар.
18           3-tamoyil-devonga   dastavval   Allohga   hamd   yoki   Payg‘ambarga   na’t
mavzusidagi g‘azallarni joylashtirish;
     4-tamoyil- g‘azallarga ma’rifat va mav’iza mavzulariga doir baytlar kiritish;
     5-tamoyil- g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha rivojlantirib borish. 14
           Amiriy devon tuzish an’anasiga rioya etgan holda o‘z devoniga tartib beradi.
Devon tarkibidagi g‘azallar  arab alifbosi tartibida joylashtirilgan bo‘lib, g‘azallari
5   baytdan   16   baytgacha.   G‘azaldan   keyingi   o‘rinda   turuvchi   janrlar   ham   devon
tuzilishi   tartibiga   rioya   etgan   holda   joylashtirilgan.   Amiriyning   devoni   aynan   bir
nom   bilan   nomlanmagan,   ammo   shoir   o‘sha   devonga   o‘zining   ,,Debocha“sini
yozib,   unda   ijod   mahsullarining   qay   tarzda   yaratilganligini,   ularning   ma’no-
mazmuni   haqida   muxtasar   ma’lumot   berib   o‘tadi.   ,,Debocha“ni   o‘qish   davomida
shoirning ijtimoiy va ijodiy faoliyati haqidagi izohlarga duch kelish mumkin.
          Amiriy   devonida   yetakchi   o‘rinni   egallovchi   janr   g‘azal   hisoblanadi.
Unda(turkiy devonda)  318ta g‘azal  joylashgan  bo‘lib, an’anaviy debocha,    hamd,
na’t,   munojot   mazmunidagi   g‘azallar   bilan   boshlangan.   Ushbu   jihatdan   yuqorida
sanab o‘tilgan 1-3-tamoyillariga Amiriy devoni to‘laqonli mos keladi. Ma’rifat va
mav’iza   mavzulariga   oid   g‘azallari   ham   mavjud.     Uning   irfoniy   va   pand-nasihat
ruhida   g‘azallari   bir   talay.   Mav’iza   mavzusida   yozilgan   g‘azallar   asosini   o‘git   va
nasihat ohangi ustuvorlik qiladi. Alisher Navoiy   hazratlari ham mav’iza mavzusi
qalamga   olinmagan   devonni   devon   sanamaslik   kerakligini   ta’kidlab   o‘tadilar.
Amiriy   devonida   mav’iza   g‘azallar   va   baytlar   salmoqli   qismni   tashkil   etadi.
Amiriyning deyarli  har  bir  g‘azalida mav’iza ohangi  sezilib  turadi. Uning ijodida
yorga,   ma’shuqaga,   ahbobga,   ag‘yorga,   ko‘ngilga,   zohid   va   soqiyga   murojaati
didaktik   ruhda   bitilgan,   ularga   lirik   qahramonning   da’vati   sezilib   turadi.
G‘azallarining asosiy qismi  ishqiy mavzuda bo‘lsa-da, ishq bilan birgalikda foniy
dunyoning   foniy   ,,tashvish“larini   ham   keltirishga   harakat   qiladi.   Quyidagi
baytlarda ushbu holat shoir tomonidan qorishiq tarzda keltiriladi:
14
  Qurbonova   Saodat.   Navoiy   debochalari   poetikasi   (“Badoye’   ul-bidoya”   va   “Xazoyin   ul-maoniy”   debochalari
misolida). Bitiruv malakaviy ishi.  
19                                Ahli dunyo rohatin oshiq tamanno aylamas,
                               Dard ila mo‘tod o‘lon fikri mudovo aylamas.
                               Xurdadondir ulki, dunyo ishlarin yod etmagay,
                               Baski har nodon urungon ishni dono aylamas.
                                                                             (Amiriy ,,Devon“: 2017, 93-
g‘azal)
Mazkur baytlarda chin oshiq qanday bo‘lishi, aqli raso insonlarning  o‘zini qanday
rutbada   tutishi   kerakligi   haqida   atroflicha   to‘xtalib   o‘tib,   ularga   to‘g‘ri   yo‘lni
ko‘rsatgan. Bunday ruh g‘azal oxirigacha hukmronlik qiladi. Xuddi shu mazmunga
yaqin   tarzda   yozilgan   quyidagi   g‘azalida   boshdan   oxirigacha   falsafiy-didaktik
ufurib turadi:
                                  Erlik ermas, jur’at aylab, fathi Xaybar aylamak,
                                  Er o‘shaldurkim, taaalluq ilgidin tortar etak.
                                  Mavji daryoyi fanodur naqshi bunyodi jahon,
                                  Olami xokiy erur suv ichra tushgon bir kesak.
                                  Oqil uldurkim, jahon asbobig‘a bermas ko‘ngul,
                                  Kimsa andin ko‘rmadi ranj-u mashaqqatdin bo‘lak.
                                  Ey, xush ul devonakim, gulxan bo‘lubdur maskani,
                                  Ne g‘ami olam erur anda, na parvoyi falak.
                                  Tarbiyat qilg‘on bila noasl bo‘lmas odamiy,
                                  Ipni yuz alvon bila rang etsa, bo‘lmasdur ipak.
                                  Basdurur xoling savodi surmayi biynish mango,
                                  Gar qazo ikki ko‘zumning nuqtasini qilsa chak.
                                  Bo‘lmag‘il g‘ofil savodi nuqtayi dildin, Amir,
20                                   Kim bu markaz tegrasidin aylanur davri falak.
                                                                           (Amiriy ,,Devon“: 2017, 168-
g‘azal)
Matla’dayoq shoir er kishining qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak ekanliga urg‘u
beradi.   Buni   islom   tarixida   muhim   o‘ringa   ega   Xaybar   jangi   voqealariga   ishora
qilib   mustahkamlaydi.   Ma’lumki,   Payg‘ambarimizga   yahudiylar   ayricha
munosabatda bo‘lganlar. Buning natijasi o‘laroq orada nizo kuchayib, Xaybar jangi
bo‘lib     o‘tgan.   Amiriy   ham   er   kishi   xuddi   shu   yahudiylarga   o‘xshab   gijgijlovchi
bo‘lmasligi   kerakligini,   bunday   ishlardan   yiroq   turishi   kerakligini   uqtirib   o‘tadi.
Shoir   har   bir   baytda   dunyo   haqiqatlarini   ochishga   harakat   qilgan.   Xususan,   5-
baytda insonning nasl-nasabi muhim ahamiyat o‘xshatish bilan asoslaydi, ya’ni bu
yerda oddiy ipga qancha jilo bermaylik, baribir u ipakka aylanmaydi degan tashbeh
keltiriladi. Keyingi  baytdan boshlab lirik qahramon o‘z ahvoli  haqida ham  fikrlar
bildirib   o‘tadi.   G‘azal   mazmuni   umumiylikdan   xususiylikka   qarab   o‘zgaradi.
Mazkur   baytda   ,,surmayi   biynish“   birikmasini   keltirib   o‘z   mahoratini   namoyon
qilgan. Baytda bu jumla ko‘zga suriluvchi malhamni anglatsa-da, botiniy ma’noda
Muhammad   (s.a.v.)ning   muborak   tupuklariga   ishora   qilinmoqda,   ya’ni   ul   zoti
sharif   Xaybar   jangi   davomida   Ali   ibn   Tolibning   ko‘zlari   og‘riganda   tupugini
surtadi. O‘sha zahotiyoq Ali ibn Tolibning ko‘zlari ravshan tortadi. Bu bilan lirik
qahramon   Sening   zikringni   qilish,   nomingni   dilga   muhrlash   menga   surmayi
biynishdir,   mayliga   bu   jarayonda   ko‘zlarim   ojizlansa   ham,   asosiysi   qalb   ko‘zi
ochiq   bo‘lsin,   demoqda.   So‘nggi   baytda   shoir   o‘ziga   qarata   qalbini   g‘ofillikda
qolmasligini,   barcha   narsa   ko‘ngilga   bog‘liqligini   aytadi.   Bundan   tashqari   shoir
g‘azallarida   ko‘ngilga   murojaat   etib,   unga   nasihatomuz   o‘gitlar   keltirgan   hollarni
ko‘p uchratish mumkin:
                           Ey ko‘ngul, mijgonidin har kimsaga dod etmakim,
                           Ola bo‘lmas jahd ila ul nargisi fatton eli.
                                                                               (Amiriy ,,Devon“: 1972, 242-bet)
21 Shuningdek,   ,,Qizortib   chehra   maydin   oshiqi   zoringni   kuydurma,   Yuzungga
bodadin   o‘t   solma,   gulzoringni   kuydurma“(Amiriy,   ,,Devon“:   1972,   175-g‘azal)
bayti   bilan  boshlanuvchi  g‘azalida   ham   boshdan  oxirigacha  yorga  murojaat   qilib,
unga   nasihatlar   qiladi.   Bunday   mazmundagi   she’rlar   Amiriy   she’riyatida   ko‘p
uchraydi, nafaqat g‘azallarida, balki muxammaslarida ham mav’izaomiz ruh ufurib
turadi.   Demak,   Amiriy   devon   yaratish   tamoyillarining   to‘rtinchisiga   ham   rioya
etgan va oxirgi beshinchi tamoyil ham o‘z -o‘zidan amalga oshirilgan, chunki shoir
har   bir   g‘azalida   matla’dagi     ma’no-mazmun,   fikrini   maqta’gacha   tadrijlab,
rivojlantirib borgan.
                   I.2. Amiriy she’riyatida an’ana va adabiy ta’sir masalasi
          Har   bir   davr   adabiyotining   muhim   xususiyatlaridan   biri   bu   an’analarga
ergashgan   holda   badiiy   adabiyot   namunalarini   yaratishdir.   Ijodkor   va   shoirlar
adabiy   an’analarni   rivojlantirgan   holda   ijod   etib,   asrlar,   yillar   davomida
ajdodlardan avlodlarga o‘tib   kelayotgan adabiy tajribalar, ya’ni tasviriy vositalar,
obrazlilik,   emotsionallik   hamda   uslubning   rang-barangliklarni   o‘z   asarlarida
mujassam etishga urinishadi. Bu jarayonda o‘tmish g‘oya va qarashlari o‘z holida
ko‘chirilmasdan  yangi  davr  talablariga mos  ravishda  qayta ishlanib,  sayqallanadi,
yangiliklar   kiritiladi.   O‘zbek   mumtoz   adabiyoti   g‘oyaviy   jihatdan   eskirmagan,
o‘sha   davr   sinovlardan     o‘tgan,   ilg‘or   fikr   va   g‘oyalarga   suyangan   holda   ish
ko‘radi.   ,,   Adabiy   vorislik   ijodiy   ilhomlanish,   buyuk   iste’dodga   taqlid   qilish   va
ergashish   o‘ziga   xos   yuksak   saviyadagi   madaniy,   adabiy   hodisa   bo‘lib,   Sharq
mumtoz   adabiyotining   eng   muhim   xususiyatlaridan   biridir.   Bu   madaniy-adabiy
jarayonda shakllangan  san’at tarmoqlaridan qay biriga nazar  tashlanmasin, asosiy
maqsad   ,,o‘zidan   oldingidan“   o‘rganib,   uning   g‘oyasi   va   badiiy   mahoratini
rivojlantirgan holda ,,yangilash“ ekanligi oydinlashadi.“ 15
15
  Мухитдинова   Н.,     XVII-XIX   асрлар   биринчи   ярми   ўзбек   шеъриятида   салафлар   анъаналарининг   поэтик
такомили,   Филология   фанлари   доктори   (DSc)   илмий   даражасини   олиш   учун   ёзилган   диссертатсия,
Самарқанд, 2021. 41-бет.
22        Ma’lumki, Sharq adabiyoti tarixining ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida adabiy
an’ana   muhim   o‘rin   egallaydi.   Shoirlar   salaflari   ijodiy   merosiga   murojaat   qilar
ekanlar,   avvalo,   o‘z   estetik   qarashlariga   mos,   ko‘ngillariga   yaqin,
dunyoqarashlariga   nisbatan   uyg‘un   keladigan   asarlarni   maqbul   ko‘rganlar.   Yana
bir   tomoni,   o‘rta   asrlar   estetikasi   me’yoriy   xarakterda   bo‘lib,   mavzular   ko‘lami
hamda   janrlar   tabiati   avvaldan   belgilangan   qoidalar   asosida   voqe   bo‘lgan   va   bu
holat   o‘sha   davr   kishilarining   mental   dunyoqarashi   bilan   izohlanadi.   Biroq   bu
Sharq   adabiyoti   namunalari   originallikdan   xoli,   adabiy   an’analar   doirasida   qolib
ketgan   degan   mulohazaga   sabab   bo‘lmasligi   kerak.   Chunki   har   bir   shoir   ko‘hna
mavzuga   murojaat   etar   ekan,   uni   ma’lum   darajada   bo‘lsa   ham   zamonasi   bilan
bog‘lashga   harakat   qiladi.   Bundan   tashqari,   shoir   mavzuni   estetik   didi,   adabiy
muhitning   yetakchi   tendensiyalaridan   kelib   chiqib   yoritishga   urinadi   hamda
muayyan   bir   g‘oyani   ilgari   suradi.   Aynan   shu   sababli,   bir   mavzu   doirasidagi
asarlarni   qiyosiy   tahlil   etishda,   har   ikki   ijodkorning   mushtarak   yoxud   xos
jihatlarini ko‘rsatish bosh mezon bo‘lishi shart…
            Adabiyotshunosligimizda   adabiy   aloqa   va   ta’sir   xususida   so‘z   ketganda,
ko‘proq   mushtarak   nuqtalarga   urg‘u   qaratilib,   muayyan   badiiy   asarni   namuna
sifatida   taqdim   etish   ustunlik   qiladi.   Vaholanki,   har   ikki   o‘xshash   hodisa
chog‘ishtirilganda faqat yuzadagi umumiy holatlar bilan kifoyalanmay, mohiyatni
ko‘rsatuvchi xususiy jihatlar ham e’tiborga olinishi shart. 16
                Nafaqat   o‘rta   asrlar   adabiyoti,   balki,   keyingi   davr   adabiyotida   ham   biz
an’analarga sodiq tarzda ijod qilgan ijodkorlar talayginaligini ko‘rishimiz mumkin.
Bizning   tadqiqot   obyektimiz   Amiriy   va   uning   ijodi   ekan,   uning   lirikasida   o‘zbek
mumtoz   adabiyotining   yuksak   darajadagi   ijodkorlarining   asarlari   ruhiyati   sezilib
turishini   alohida   ta’kidlab   o‘tmog‘imiz   kerak.   Xususan,   Amiriy
devonining   ,,Debocha“   qismida   shoir   o‘zidan   avvalgi   shoirlar   she’rlaridan
ilhomlanib   ijod   namunalarini   yaratganligini   aytib   o‘tadi:   ,,Va   gohi   ustodlar
devonlaridan biror shavqangiz va muhabbatomiz g‘azaldin rangin va tahsin qofiya
16
 Abdurasul Eshonboboyev. Navoiy ijodi va adabiy ta’sir. kh-davron.uz
23 topar   erdim,  tatabbuida   g‘azal   aytur   erdim,   filhol   zavq-shavq   fartidin  muxammas
bog‘lar erdim. Va chun har abyot gavharlarin xayol dafinasidin terib, va har nazm
javharlarin andisha xazinasidin chiqorib zohir qilur erdim.“ 17
  Fikrlar dalili o‘laroq
Amiriy   bir   qancha   shoirlar   ijodini   o‘rgangan   holda   asarlar   yaratdi.   U   shoirlar
orasida peshqadamlik, albatta, Alisher Navoiyga tegishli. Amiriy ijodini o‘rganish
orqali   uning     lirikasiga   Navoiyning   ta’siri   kuchli   ekanligini   ilg‘ash   mumkin
bo‘ladi.
         Amiriy- zullisonayn shoir. O‘z davrining mutafakkirlari kabi u Malikulkalom
Lutfiy,   Mir   Alisher   Navoiy,   Mavlono   Fuzuliy   bilan   bir   qatorda   Xoja   hofiz
Sheroziy, Soib Tabriziy, Mirzo Bedil kabi fors adabiyotining yetuk namoyandalari
asarlaridan   ilhomlandi,   ularning   ijodiy   tajribalarini   muvaffaqiyatli   o‘zlashtirdi,
payravligida   yangi   asarlar   yaratishga   erishdi.   Amiriyning   boshqa   salaflarining
ta’sirini   o‘z   o‘rnida   e’tirof   etgan   holda,   aytish   kerakki,   she’riyat   bobida   uning
asosiy ustozi va piri- bu Alisher Navoiy hazratlari hisoblanadi. 18
            R.Orzibekov   Amiriy   she’riyatiga   Alisher   Navoiyning   ta’sir   darajasini   3xil
ko‘rinishda   ekanligini   ko‘rsatib   o‘tgan:   ,,1.   Amiriyning   ishq   mulkining   shohi
sifatida Navoiyning haqiqiy va majoziy ishqni tarannum etuvchi lirik she’rlaridagi
insonparvarlik   tuyg‘ulari,   komil   inson   haqidagi   umumbashariy   g‘oyalaridan
ta’sirlanib,   ularni   ma’qullab,   o‘z   davri   sharoiti   va   talabiga   ko‘ra   ularni   boyitish,
davom   ettirish;   2.   Shu   maqsadda   Navoiyning   she’riyat   muxlislari   orasida   keng
tarqalgan,   sevib   kuylangan   g‘azallariga   nazirasifat   she’rlar   yaratish.   Navoiy
g‘azallari   ohangi   va   shaklida   yangi   g‘azallar,   she’rlar   yaratish;   3.   Nihoyat,
Navoiyning   eng   sara   g‘azallariga   tazmin   (taxmis)   muxammaslar   yaratish.   Zero,
adabiy ta’sirning bu so‘nggi shaklida Amiriyning Navoiy ijodiga nechog‘li baland
hurmat   bilan   qaraganligi   ko‘proq   namoyon   bo‘ladi. 19
  Amiriyning   ijodini   Navoiy
17
  Амирий, Девон. (Ўзбек тилидаги шеърлар) -Т.: Ўзбекистон  ,,Фан“ нашриёти, 1972.21-бет.
18
  Zebo   Qobilova.   Amiriyning   Alisher   Navoiy   g‘azallariga   bog‘lagan   taxmislari   haqida   ayrim
mulohazalar.   https://cyberleninka.ru/article/n/amiriyning-alisher-navoiy-g-azallariga-bog-lagan-taxmislari-haqida-
ayrim-mulohazalar/viewer
19
 Orzibekov R., O‘zbek adabiyoti tarixi(XVII-XIX (I yarmi) asrlar), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti. T.: 2006. 176-177-betlar.
24 ijodiy an’analari  to‘ldirib turadi. Yozgan g‘azallari mazmunan hamda shaklan bir-
biriga   mutanosib   tarzda   yaratilgan.   Xususan,   quyida   ,,Kelmadi“   radifli
g‘azallardagi o‘xshashlik tomonlarini ko‘rib chiqamiz:
              -ikkala   g‘azalda   ham   yor   kelaman,   dedi-yu,   ammo   ahdiga   vafo   qilmay
kelmaydi.   Baytlarda   hijrondan   shikoyat   ustuvorlik   qiladi.   Kecha   boraman   deb
visolga va’da bergan yor o‘z vaqtida kelmaydi: 
         Amiriy -               Kecha kelgum dedi sar vaqtingga mahvashlar bila,
                                      Keldi mahvashlar vale ul ahdi yolg‘on kelmadi. 20
         Alisher Navoiy-   Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
                                      Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. 21
             -ikkala g‘azalda ham oshiqning joni og‘ziga kedi-yu, u bevafo yor kelmadi.
Baytlarda   ma’shuqa   oshiqqa   va’da   berdi-yu,   va’dasida   turmasdan,   oshiqni   holin
bilmasdan,   xasta   ko‘nglini   so‘roqlab   bir   bor   kelmaydi.   Vaholanki,   yor   kelsagina
oshiq dardi forig‘ bo‘ladi:
         Amiriy -                Deb edi jononki dardingni davosidur labim,
                                       Chiqdi jon bu dard ila so‘rmoqg‘a jonon kelmadi.
         Alisher Navoiy-    Lahza-lahza chiqdim-u, chekdim yo‘lida intizor,
                                       Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
              -ikkala   g‘azalda   ham   oshiqning   majnunsifat   holati   o‘z   ifodasini   topgan.
Baytlarda   uchinchi   shaxsning   ta’siri   sezilib   turadi.   Oshig‘i   g‘aribning   ustidan
do‘st-u   ag‘yor   kulsa   ham   (chunki   u   yoriga   yetisha   olmay   Majnun   kabi   holatga
kelgan edi-da) u nomehribon yor bir bor kelmadi:
            Amiriy-               Aybi yor-u ta’nai ag‘yordin aylab hazar,
20
  Амирий. Девон. - Т.: „Фан“ нашриёти, 1972. 244-бет.
21
  Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик ,   5 - том.   Бадоеъ   ул   васат. - Т.:   „Фан“
нашриёти,1990.443 - бет.
25                                         Yor ila ag‘yordin bir kecha pinhon kelmadi.
           Alisher Navoiy-   Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
                                        Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
          G‘azallarning   mavzusiga   e’tibor   berilsa,   ikkalasi   ham   muhabbat   mavzusida
yozilgan oshiqona g‘azallardir. Lirik kompozitsiyasi jihatidan voqeaband g‘azallar
sirasiga   kiradi.   Chunki   ular   muayyan   bir   hayotiy   voqea-hodisa   turtkisi   bilan
yaratilgan.   Lirik   qahramon   unga   va’da   bergan   ma’shuqasini   kutishi   ortidagi
mashaqqat va iztiroblari tasviri syujetni boshqaradi. Har ikkala shoir ijod mahsuli
ham   yetti   baytdan   iborat   bo‘lib,   har   ikkalasida   ham   matla’dagi   mavzu   asar
maqta’sigacha birin-ketinlikda yoritishga harakat qilingan. 
         Amiriyning ,,qolmamish“ radifli g‘azali  ham Alisher Navoiy g‘azaliga nazira
tarzda bitilgan. Navoiyning ushbu radifli g‘azali ,,Badoye ul-bidoya“ asaridan o‘rin
olgan bo‘lib, 7 baytdan iborat, Amiriy g‘azali ham 7 baytdan iborat. Ikkala g‘azalni
solishtiradigan   bo‘lsak,   ikkalasida   ham   mavzu   bir   xil,   ikkalasi   ham   bog‘,   gulzor
tavsifi   bilan   boshlangan.   G‘azallarni   boshqarishda   muhim   ahamiyat   kasb   etuvchi
qofiyadosh so‘zlarga e’tibor qaratamiz:
                          Amiriy:                                       Navoiy:
                         -fazosi;                                        -muddaosi;
                         -navosi;                                       -havosi;
                         -havosi;                                       -fazosi;
                         -jafosi;                                         -balosi;
                         -namosi;                                      -jafosi;
                         -riyosi;                                        -palosi;
                         -safosi;                                        -safosi;
                         -oshnosi;                                     -vafosi.
26           G‘azallarda   yorning   lirik   qahramonga   vafosizlik   holati   chiroyli   o‘xshatishlar
bilan   keltiriladi.   Har   qanday   narsaning   intihosi   bo‘lganidek,   yillar   o‘tishi   bilan
yorning   go‘zalligi   ham   ketadi.   Amiriy   lirik   qahramonning   ko‘ngli   yorning
vafosizligi   sababli   qolib   ketadi,   ma’shuqasining   hayo   va   go‘zallik   jilvasini
yo‘qotishini   xira   tortgan   ko‘zguga   o‘xshatadi.   Navoiy   esa   ushbu   holatni   ajoyib
dalillar bilan asoslab keltiradi: ma’shuqaning oshiqqa vafosi qolmagan bo‘lsa, ko‘p
iztirob   chekib   g‘am   yemasligi   kerakligini,   chunki   yorning   husni   ham   unga   vafo
qilmaydi,   deyiladi.     Buni   ikkala   shoir   g‘azallarida   quyidagi   ko‘rinishlarda
uchratishimiz mumkin:
              Amiriy:        Ul pariro‘ jilvasidin to yiroq tushdi ko‘ngul,
                                   Ko‘rinur bir ko‘zgu yanglig‘kim, safosi qolmamish.
                                                                         (Amiriy ,,Devon“: 2017, 110-g‘azal)
     Alisher Navoiy:    Ey Navoiy, gar vafosi qolmamish oning sanga,
                                   G‘am yemakim, aning husnining vafosi qolmamish.
                                                                  (Alisher Navoiy ,,Badoye ul-bidoya“: 1978, 275-
g‘azal)
          Amiriy   ijodining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri   bu   musammat   turkumidagi
janrlarga   qo‘l   urib,   o‘zining   mahoratini   ushbu   janrlar   orqali   ko‘rsatishga   harakat
qilgan. Musammat - bandli she’rlar bo‘lib, arabcha ,,ipga tizilgan marvarid“ degan
ma’noni   bildiradi.   Musammat   deganda,   murabba’,   musallas,   muxammas,
musaddas,   musabba’,   musamman,   muashshar   shakllari   anglashiladi. 22
  Amiriy
lirikasida   ushbu   janrlardan   ko‘p   uchraydigani   muxammasdir.   Y.   Is’hoqov   ,,So‘z
san’ati   so‘zligi“ 23
  asarida   muxammasga   quyidagicha   ta’rif   berib   o‘tadi:   ,,
Muxammas-g‘azaldan keyin eng ko‘p yaratilgan lirik janr. Muxammasning har bir
bandi   besh   misradan   iborat.   Birinchi   bandning   misralari   to‘liq   qofiyalanadi,
22
  Obidjon   Karimov .  Mumtoz   she ’ riyat   janrlari . ,, Namangan “  nashriyoti , 2015. 20- bet .
23
  Ёқубжон Исҳоқов. Сўз санъати сўзлиги. -Т.: ,,O‘ZBEKISTON“, 2014.126-127-бетлар.
27 keyingi bandlarning oxirgi misrasi dastlabki bandga qofiyadosh bo‘ladi (a-a-a-a-a;
b-b-b-b-a…).
     Muxammas yaratilish usuliga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega:
     1. Maxsus yozilgan mustaqil muxammas. Bu turdagi o‘zbekcha muxammasning
hozircha ma’lum dastlabki namunasi Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi.
      2. Taxmis yo‘li bilan, ya’ni g‘azal baytlariga uch misradan qo‘shish yo‘li bilan
paydo   bo‘lgan   muxammas.   Keyingisi   o‘zi   ham   mohiyat   e’tibori   bilan   ikki   xil
bo‘ladi: a) o‘z g‘azaliga; b) boshqalar g‘azaliga taxmis qilish.
          Amiriyning   turkiy   devonida   39   ta   muxammas   mavjud.   E’tibor   qaratadigan
bo‘lsak, devondagi taxmislar bandlari soni turlichadir. Jami 39 ta taxmisdan 11 ta
taxmis 5 bandli, 3ta 6 bandli, 13 ta 7 bandli, 2 ta 8 bandli, 7 ta 9 bandli, 2 ta 10
bandli   va   1   ta   11   bandli   taxmislar   mavjud.   Amiriy   ustoz   salaflari   ijodiga   ko‘ra
taxmislarni taqsimlaydigan bo‘lsak, quyidagicha tarzda bo‘ladi:
     -Mavlono Lutfiy hazratlari ijodiga 2 ta 5 bandli va 2 ta 7 bandli taxmis-jami 4 ta
taxmis;
     -Alisher Navoiy ijodiga 5 ta 5 bandli, 2 ta 6 bandli, 6 ta 7 bandli, 2 ta 8 bandli, 7
ta 9 bandli, 1 ta 10 bandli va 1 ta 11 bandli taxmis- jami 24 ta taxmis;
          -   Mavlono   Fuzuliy   ijodiga   1   ta   6   bandli   va   1   ta   7   bandli   taxmis-   jami   2   ta
taxmis;
     - Zaliliy ijodiga 2 ta 5 bandli taxmis- jami 2 ta taxmis;
      -Nobiy ijodiga 1 ta 5 bandli- jami 1 ta taxmis;
      -Tab’i xud 1 ta 5 bandli, 5 ta 7 bandli taxmis- jami 6 ta taxmis;
      -Muxammas-marsiya 1ta 10 bandli taxmis yaratgan.
          Misralar   soni   bo‘yicha   5   bandli   taxmislar   275   misra,   6   bandli   taxmislar   90
misra, 7 bandli taxmislar 455 misra, 8 bandli taxmislar 80 misra, 9 bandli taxmislar
28 315 misra, 10 bandli taxmislar 100 misra va 11 bandli taxmislar 55 misrani tashkil
qilib, jami turkiy devonda 1370 misra taxmis yaratilgan.
          Turkiy   devondagi   taxmislar   debochasini   Mavlono   Lutfiy   ijodiga   bog‘langan
taxmis boshlab beradi. U 5 banddan iborat bo‘lib, quyidagicha boshlanadi:
                        Necha dard izhor etsam, ul sanamdin chora yo‘q,
                        Ne uchun qon to‘kmasun ul ko‘zki, namdin chora yo‘q,
                        Ranj ila mu’tod o‘lanlarg‘a sitamdin chora yo‘q,
                        Ishq tushsa har ko‘ngulg‘a, dard-u g‘amdin chora yo‘q,
                        Yetsa chun nishtar jarohatg‘a, alamdin chora yo‘q.
Muxammasda   Amiriy   ustozining   baytlariga   munosib   javob   qaytarishga   uringan,
badiiy   topilmalar   bilan   o‘quvchini   hayratga   solib,   o‘zining   qay   darajada   falsafiy
tafakkur   egasi   ekanligini   misralari   orqali   isbot   qilgan.   Muxammasda   lirik
qahramonning   ma’shuqasining   beparvoligidan,   jabr   yetkazuvchiligidan   shikoyat
kayfiyati   o‘z   ifodasini   topadi.   Oshiq   ushbu   holatga   ,,chora   yo‘q“ligidan   iztirob
chekadi.
          Amiriy  shu   bilan   birgalikda   Mavlono   Lutfiyning  ,,Ey  sanavbar   bo‘yli   dilbar,
fikri   hijron   qilmag‘il“,   ,,Ishq   tushsa   har   ko‘ngulg‘a   dard-u   g‘amdin   chora
yo‘q“, ,,Nortek yanoqlaring kibi sham’  anjumanda yo‘q“, ,,Ey, jafodin bir zamon
ko‘ngli pushaymon bo‘lmog‘on“ kabi misralar bilan boshlanuvchi ishqiy-so‘fiyona
g‘azallariga ham mahorat bilan muxammaslar bog‘laydi. 24
      Lutfiydan keyingi o‘rinda Alisher Navoiy g‘azaliga bog‘langan muxammaslari
o‘rin oladi. Muxammalar  ichidan ,,Sahldur to‘bo demak, ra’no niholingni ko‘rub,
Yoki   jannat   bog‘i   gulzori   jamolingni   ko‘rub“   bayti   bilan   boshlanuvchi   Alisher
Navoiy g‘azaliga bog‘langan muxammasni ko‘rib chiqamiz. Mazkur g‘azal Alisher
24
  Rahmonqul Orzibekov.  O‘zbek adabiyoti tarixi. -T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi
nashriyoti, 2006.  181- bet .
29 Navoiyning   ,,Favoyid   ul-kibar“ 25
  devonidan   o‘rin   olgan.   G‘azal   9   baytdan   iborat
bo‘lib,   Amiriy   shu   har   bir   baytga   band   bog‘lab,   9   bandli   muxammas   yaratadi.
Muxammas quyidagicha boshlanadi:
                            Tushdi savdolar boshimg‘a xattu xolingni ko‘rub,
                            Vola o‘ldum, gisuyi sumbulmi solingni ko‘rub,
                            Sonuram xuldi barin, ruxsori olingni ko‘rub,
                            Sahldur to‘bo demak ra’no niholingni ko‘rub,
                            Yoki jannat bog‘i gulzori jamolingni ko‘rub. 26
Keltirilgan muxammas ma’shuqaning oydek ruxsori va go‘zalligini ta’riflash bilan
boshlangan.   Misralarda   Alisher   Navoiy   ma’shuqaning   qaddi-qomatini   jannat
bog‘iga   qiyoslab,   oshiq   uni   ko‘rganda   go‘yoki   behishtdagi   eng   martabali   va
yuksak joy deb o‘ylaydi, deya ta’riflaydi. Amiriy esa mana shu jarayongacha yuz
beradigan   hodisalarni   tadrijlab   keltirib,   Navoiy   baytiga   ulaydi,   ya’ni   u
gulruxsorning qora xolini ko‘rgan oshiq boshiga juda ko‘p savdolar  tushganligini
(xuddiki,   bu   qora   xol   uning   shirin   qora   kunlaridek),   sunbul   kabi   sochlari   oshiqni
asir   etib,   hayratda   qoldirishini,   seviklisining   yanog‘i   jannat-u   u   yerda   bunday
yaratiq yo‘qligini ajoyib tasviriy ifodalar bilan keltiradi. 
                              Ey malaksiymo nigorim, ko‘rsating oydek jamol, 
                              Ko‘zgudek hayron etib qildi tilimni gung-u lol,
                              Ruhparvar la’ling uzra to namoyon o‘ldi xol,
                              Ravzada kavsar, qirog‘inda xayol ettim Bilol,
                              Yuz aro lab, lab uza shabrang xolingni ko‘rub.
25
  Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик ,   6- том.   Фавойид   ул-кибар.   - Т.:   „Фан“
нашриёти,1990. 39-бет.
26
  Amiriy.   Devon.   I   jild.   O‘zbekcha   she’rlar   /   Nashrga   tayyorlovchilar:   A.Madaminov,   E.Ochilov,   Z.Qobilova,
O.Davlatov.–Toshkent:Tamaddun, 2017. 366-b.
30 Ikkinchi   band   ham   yor   go‘zalligini   ta’riflash   bilan   davom   etadi.   Misralarda   shoir
an’anaviy   o‘xshatishlardan   unumli   foydalangan.   Xususan,   yorni   malakka,   yuzini
oyga,   ruhga   jon   bag‘ishlovchi   labi   shular   jumlasidandir.   Lab   istilohi   tasavvufiy
adabiyotda   o‘zining   ma’lum   ma’nosiga   ega.   Jumladan,   lab   -   mavjudotga   vujudiy
fayz   yetkazuvchi   rahmoniy   nafas;   labdan   maqsad   kalom   (so‘z)dir,   mo‘jizadir   va
rahmoniy, nafasga ham ishoradurkim, ashyolar vujudiga jon va fayz bag‘ishlaydi.
Lab-jonni   quvvatlantiruvchidurkim,   shariat   tilida   «nafxi   ruh»   deyiladi.   Lab-
oshiqlarni   fayz   va   xursandchilik   bilan   siylash. 27
  Shoir   ma’shuqani   shu   darajada
ta’riflaganki,   oshiq   uning   bir   qarab   qo‘ygan   holatidan   xuddi   ko‘zgudagi   aksga
o‘xshab   qotib,   yorga   biror   so‘z   aytishga   tili   aylanmay   qoladi.   Uni   yorining   ruh
bag‘ishlaydigan labi ustidagi xoli ham maftun etadi. Misralar davomida jannatdagi
kavsar   bulog‘i   va   o‘sha   buloqning   qirg‘og‘ida   turgan   Bilol   tasviri   keltiriladi.
Barchaga ayonki, Bilol -bu Bilol ibn Raboh, ya’ni Makkada islomni birinchilardan
bo‘lib   qabul   qilgan   qul   hisoblanadi.   Muxammasda   Bilolning   qoraligiga   ishora
keltirilyapti.   Jozibali   o‘xshatish   orqali   yorning   yuzini   kavsar   bulog‘idek   tiniq   va
sof,   yuzida   joylashgan   labning   chetidagi   qora   xolni   habashiy   Bilolga
o‘xshatilyapti. Bandda tashbeh va tazod san’atidan unumli foydalanilgan.
                          Hasratingdin har qachonkim ko‘zlarimdin chiqdi yosh,
                          Yoshlig‘idin el aro pinhon g‘amimni etti fosh,
                          Charxdin yuz o‘gurub qo‘ydi ayog‘ing uzra bosh,
                          Sog‘inur, oshiqlig‘ingga ro‘baru kelmish quyosh,
                          Ko‘zguda mashshota har soat misolingni ko‘rub.
Uchinchi   bandda   Amiriy   lirik   qahramon   holatini   yanada   jonli   tarzda   ifodalashga
harakat   qiladi.   Oshiq   yorga   yetolmasdan   hasrat   chekmoqda,   bu   holat   uning
ko‘zlaridan   yoshlarini   shoshqator   qilib   oqizgan.   Ko‘zlaridagi   yosh   oshiqning
sirini-   yorga   oshiq-u   beqaror   holati,   yorning   jafokashligini,   el-u   yurt,   do‘st-u
ag‘yorga ma’lum qilmoqda. Hattoki quyosh ham uning oyog‘iga bosh qo‘ymoqda.
27
Tasavvufiy istilohlar izohi.   http://navoi.natlib.uz:8101/uz/devoni_foniy_davomi_un_tuqqizinchi_tom/izohlar/
31 Oxirgi   misralar   irfoniy   ma’no-mazmun   kasb   etadi:   ushbu   jihatdan   ko‘zgu   va
mashshota   so‘zlariga   e’tibor   berish   kerak.   Aslida   haqiqiy   ko‘zgu   inson   qalbidir.
Inson   qalbi   turli   sinovlar   orqali   jilolanib,   sayqallanib   boradi.   O‘sha   vazifani   esa
baytda   ,,mashshota“   amalga   oshiradi.   Sayqallangan   ko‘zguda   esa   Alloh   taolo
tajalliysi   aks   etadi.  Haqni   uzoqdan   izlash   kerak   emas,   u  insonlar   qalbida   bo‘ladi.
Alisher Navoiy ushbu haqiqatni misralarida muhrlagan.
                             Nargising sha’nidadur, ey sho‘x, afsun aylamak,
                             Ul sitamgarga ko‘ngul naqdini topshurmak kerak,
                             Ko‘rmadi bu gulshan ichra naxl qaddingdek falak,
                             Sarvdin qumri, ne tong, ram qilsa to‘bodin malak,
                             Jilvayi had holatida e’tidolingni ko‘rub.
Mumtoz   adabiyotda   ko‘zga   nisbatan   sho‘x,   afsun   qiluvchi   kabi   o‘xshatishlar
qo‘llaniladi.     Bu   yerda   ham   ma’shuqa   ko‘zi   sho‘x   va   o‘ynoqi   qarashlar   bilan
oshiqni afsun qilgan, shoir ohu ko‘zlarni nargis guliga o‘xshatib, tashbeh san’atini
qo‘llaydi.   Sevikli   yor   oshiqqa   jabr-u   sitam   yetkazuvchi,   azob   beruvchi   sifatida
gavdalantirilgan.   Oshiq   esa   uning   qiynoqlariga   qaramasdan   o‘z   ko‘nglini   yorga
topshirib   qo‘ygan.   Bundan   anglashiladiki,   insoniyat   qalbida   har   doim   Alloh   zikri
bo‘lgan   taqdirdagina   u   HAQIQIY   ISHQQA   erisha   oladi.   Buning   uchun   oshiq,
albatta, ko‘p ranj chekmog‘i lozim bo‘ladi. Amiriy yor qaddini niholga o‘xshatib,
hali falak ham gulshan ichra bunday niholni ko‘rmaganligini aytib, badiiy tasvirni
yanada   jonlantiradi.   Alisher   Navoiy   esa   yor   qaddi-qomatini   behishtdagi   tik
o‘suvchi   daraxtga   o‘xshatib,   agar   sening   shu   holatingni   qumri   ko‘rganida   edi   u
o‘zining seviklisi sarvdan ham voz kechib yuborgan bo‘lardi, deydi. 
                             Mone’ o‘ldi boshima, vasling tarahhum ayladi,
                             Shomi hijrondin quyoshdek raf’i anjum ayladi,
                             Gah itob-u noz etib, gohi tabassum ayladi,
32                              Nargising afsun-u gulbarging takallum ayladi,
                             Aql kul topti firib, ul ikki xolingni ko‘rub.
Mazkur   banddan   boshlab   yor   oshiq-u   bechoraga   ro‘y   beradi.   Oshiqning   vaziyati
yumshaydi. Ma’shuqaning yorga iltifot ko‘rsatishi  xuddi hijron kechasida  quyosh
kabi   porlagan   yulduzdek   bo‘ldi.   Yor   goh   lablari   bilan   tabassum   hadya   qilib,   goh
ko‘zlarini suzub noz qilib oshiqni aqlidan ayirdi, devona ahvolga keltirdi. 
          Keyingi   6-7-bandlarda   ham   oshiqning   yor   ko‘yida   beqarorlik   holati
ifodalangan.   Yor   oshiqning   holatini   ko‘rib   turib   ham   yana   uni   qiynayveradi,
oshiqda   esa   sabr-toqat   tugab   bormoqda.   Bazmlar   ham   uning   ko‘ngliga   xush
yoqmaydi. El yangi oyni ko‘rsa, ularga bazm-u jamshid bo‘ladi, ammo men sening
qora   qoshingni   bir   ko‘rsam   ham   kifoya   edi,   degan   iztiroblar   oshiqni   qiynaydi.
Hijron   azobidan   qiynalgan   oshiq   hech   bo‘lmaganda   yorining   vaslini   tushida
ko‘rishga ham mushtoq.
     8-baytda shoir tomonidan ilohiy ishq kuylanadi. Alisher Navoiyning soqiy, jom
timsollarini   keltirishiga   hamohang   tarzda   Amiriy   ham   misralarda   may,   rind   kabi
timsollarni   keltirib,   band   mazmunini   to‘ldiradi.   Oshiq   holati   turli   yo‘sinda
ta’riflanadi: xuddi may quyoshi rangorang falakda so‘ndi, rindlar esa maysiz gap-
so‘z   aytmoqqa   madori   qolmadi,   mastlikning   sababi   g‘amgin   holatga   tushish   kabi
izohlanadi. Ey soqiy sen nima qildingki, hali jomingdagi zilol suvingni ichmasdan
turib o‘zni yo‘qotdim:
                             May quyoshi topti to miyno sipehridin zavol,
                             Rindlarg‘a qolmadi maysiz madori qiyl-u qol,
                             Baski cho‘x maxmurlikdur boisi hizn-u malol,
                             Netting ey soqiyki, o‘zdin bordim andog‘kim zulol,
                             Olib ichmasdin burun jomi zulolingni ko‘rub.
33 Bandga e’tibor bersak, bu yerda may ilohiy ishq timsoli, u orqali Allohga yetishish
mumkin   bo‘ladi,   mayni   majoziy   va   haqiqiy   ishq   o‘rtasida   ko‘prik   vazifasini
o‘taydi   desak,   mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Rind   obrazi   esa   o‘sha   ishqni   talab  qiluvchi,
unga   yetishish   uchun   riyozat   chekuvchidir.   Ishq   mayining   tiniqligi,   sofligi   va
jomga quyilishi Haq ma’rifati va uning inson qalbida tajalliy etishidir.
                             Ey ko‘ngul, ishq ichra xush tut o‘zni yuz ishrat ila,
                             Bevafolig‘ gar ko‘rarsan, qilma olamdin gila,
                             Zulmlar chekding Amiri husnidin, vaslin tila,,
                             Sudra ul yon, ey Navoiy, o‘zni muhlik za’f ila,
                             Shoyad etgay rahm ul qotil, bu holingni ko‘rub.
Oxirgi   bandda   shoir   ko‘ngulga   murojaat   etar   ekan,   unga   ishq   bilan   sarmast
bo‘lishi,  yana bevafolik holatlarni  ko‘rsang,  dunyodan gina qilib yurma, shundoq
ham   uning   husni   va   vaslini   tilab   ko‘p   zulmlar   chekding,   deydi.   Navoiy   esa
ko‘ngulga   o‘zini   yanada   qiynashini,   halokatli   holga   kelgan   ko‘yingni   u   ,,qotil“
ko‘rsa   balki   rahm   etar,   degan   o‘kinch,   nidoni   keltiradi.   Navoiy   hazratlari   ijodiga
bog‘langan bunday asarlarni Amiriy ijodida ko‘plab uchratish mumkin.
              Navoiy   hazratlari   ijodidan   keyingi   o‘rinda   ozarbayjonlik   shoir   Mavlono
Fuzuliy   ijodiga   ergashish   Amiriy   she’riyatida   muhim   pag‘onani   belgilab   beradi.
Nafaqat Amiriy, balki Qo‘qon adabiy muhitiga mansub bir qancha shoirlar G‘oziy,
Mahzuna,   Madalixon,   Uvaysiy   kabi   ijod   darg‘alarining   asarlari   fikrimizni
asoslaydi.   Amiriy   Fuzuliy   lirikasidan   ilhomlanib   nafaqat   g‘azallar,   balki
muxammaslar   ham   yaratgan.   O‘zining   g‘azallariga   fuzuliyona   kalimalarni   ham
olib   kiradi:   ,,kerakmazmi
sango“, ,,bengzatdim“, ,,cho‘x“, ,,vor“, ,,ko‘ran“, ,,do‘ndirmish“, ,,vermish“, ,,o‘so
nmaydur“,   ,,dun“,   ,,o‘sondim“,   ,,dushdi“,   ,,o‘kush“   kabilar.
Fuzuliyning ,,Kerakmazmi sango“, ,,tut“ radifli g‘azallariga Amiriy nazira tarzida
g‘azal yaratadi. Amiriy ham g‘azalga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmasdan, uning mavzu
34 va   mazmun   mohiyatini   asarlarida   aks   ettirishga   harakat   qiladi.   Xususan,   ,,tut“
radifli g‘azallar badiiyatini quyida ko‘rib o‘tamiz:
     Amiriy:             Ey, xarobi chashmi maxmuring ko‘ngul, paymona  tut,
                               Bir qadah la’ling zakotidin berib, mastona tut.
                                                                         (Amiriy ,,Devon“: 2017, 32-g‘azal)
     Fuzuliy:             Ey asiri dardi g‘am, bir go‘shai mayxona tut!                
                                Tutma zuhhoding muxolif pandini, paymona tut. 28
Amiriy   g‘azali   8   bayt,   Fuzuliy   g‘azali   esa   7   baytdan   iborat   bo‘lib,   ikkala   g‘azal
ham   irfoniy   ma’no-mazmun   kasb   etadi.   Baytlar   tarkibidagi   paymona,   ko‘ngul,
maxmurlik,   mayxona,   zuhhod,   mug‘bacha   kabi   so‘zlar   g‘azalning   mavzu
mundarijasini belgilab bermoqda. Ikkala g‘azalda ham umumiy so‘zlar borki, o‘sha
so‘zlar   orqali   asarlarning   umumiy   mazmuni   oydinlashadi:   mayxona,   paymona,
parvona, devona, nosih. Amiriy g‘azalida qofiyadosh so‘zlarni paymona, mastona.
jonona, devona, otashxona, parvona, begona, afsona, mayxona kabi so‘zlar tashkil
etgan bo‘lsa, Fuzuliyda ular mayxona, paymona, qona, parvona, afg‘ona, devona,
vayrona, mardona kabi so‘zlardan iborat. Ammo   Amiriy qofiya va radifda salafi
Fuzuliyga   ergashgan   bo‘lsa-da,   g‘azalida   uning   fikrlarini   bevosita   davom
ettirmagan.   Chunki   e’tibor   bilan   baytlar   solishtirilganda   aytilgan   fikrlar   orasida
umumiylik   holati   yo‘qligini   ko‘rish   mumkin   bo‘ladi.   Baytlarga   e’tibor   berilsa,
mazmuniy   tomondan   o‘xshash,   bir-birini   to‘ldiradiganlari   ham   mavjud.   Quyidagi
baytlarni solishtiraylik: 
           Amiriy:    Garchi mehr-u moh erur, ey sho‘x, sargardon sango,
                            Jon qushin ham orazing sham’ig‘a bir parvona tut.
           Fuzuliy:    Chirkinurkan boshinga sham’i ruhingdin jonimi,
                            Man qilma, oni ham ul sham’a bir parvona tut.
28
  Муҳаммад Фузулий. Девон. 1 жилд. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти. -Т.: 1968. 66-бет .
35 Parvona   so‘zining   ma’nosi   mazkur   baytlarda   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanilmoqda.
Ma’lumki,   parvona   so‘zi   asl   ma’nosi   shu’la   atrofida   aylanib   uchadigan   tun
kapalagi   demakdir.   Ko‘chma   ma’nosi   esa   bir-biriga   mehr-oqibatli   bo‘lish,   mehr
ko‘rsatish   kabidir.   Baytda   zohiran   asl   ma’no   nazarda   tutilib,   botinan   ko‘chma
ma’noga   ishora   qilinmoqda,   ya’ni   yor   ma’shuqqa   jabr-u   sitam   yetkazavermasdan
mehribonlik   ham   ko‘rsatishi   kerakligi   nido   ohangida   keltirilgan.   Baytdagi   oshiq
oddiy   oshiqlardan   emas,   u-   orif   oshiq.   Haq   vasliga   yetishmoq   uchun   harakat
qilmoqda.   ,,Shu’la“ga   yetib,   uning   taftidan   kuyib   ado   bo‘lsa,   ,,parvona“ning
murodi   hosil   bo‘ladi.   G‘azalda   e’tiborni   tortadigan   yana   bir   jihat   Amiriy
g‘azalining maqta’sidir:
                          ,,G‘am ilojin may etar“, aydi Fuzuliy, ham Amir,
                           Ey, asiri domi g‘am, bir go‘shayi mayxona tut.
Maqta’da   Amiriy   Fuzuliy   ijodidan   iqtiboslar   keltirib,   o‘zining   fikrlarini   asoslash
uchun   foydalanadi.   Shoir   ,,G‘amginlik,   tushkunlikning   chorasi   maydir“   degan
fikrni Fuzuliy aytgan edi, men ham shu fikrga qo‘shilaman deb, uni asoslash uchun
Fuzuliy   g‘azalining   matla’   baytini   keltiradi:   ,,Ey,   asiri   domi   g‘am,   bir   go‘shayi
mayxona  tut.“  Faqat   Fuzuliyda  ,,ey  asiri  dardi   g‘am“  shaklida,  Amiriyda  esa  ,,ey
asiri domi g‘am“ shaklidagi murojaat berilgan. 
          Amiriy   va   Fuzuliy   ijodining   yana   bir-biriga   tutashtiruvchi   nuqtasi   -   bu
ularning   ,,kerakmasmi   sango“   radifli   g‘azallaridir.   ,,Kerakmasmi   sango“   radifli
g‘azal   Fuzuliyni   o‘ziga   ustoz   deb   bilgan   boshqa   shoirlar   ijodida   ham   uchraydi,
masalan,   Muhammad   Rizo   Ogahiy   ijodi   buning   yorqin   dalili.   Amiriy   va   Fuzuliy
ijodini   solishtirar   ekanmiz,   Amiriy   o‘z   fikrlari   va   mulohazalarini   10   baytda
ifodalagan bo‘lsa, Fuzuliy 7 bayt orqali ifodalab ko‘rsatgan. Ikki shoirning g‘azali
ham ishqiy mavzuda bitilgan bo‘lib, ramali musammani mahsuf vaznida yozilgan.
Shoirlar   g‘azallarining   har   bir   baytida   undalmalardan   foydalanishga   harakat
qilishgan.     Xususan,   Amiriyning   ushbu   g‘azalida   yor,   ko‘z,   falak,   oyna,   nakular
shohi, ko‘ngil, charx kabilarga murojaat etgan bo‘lsa, Fuzuliy ijodida esa ko‘ngil,
36 bog‘bon, pari, kamonabru, osmon va so‘figa murojaati keltiriladi. Ikki shoir ijodida
ham har bir undalmaning tag zaminida yor ifodasi keltiriladi. G‘azallarda bir-biriga
o‘xshash va bir-birini to‘ldirib turuvchi baytlar ham mavjud. Masalan, 
           Amiriy:    Bir itingman, dargahingdan quvmag‘il ag‘yor uchun,
                            Ey, nakular shohi, darboning kerakmasmu sango?
                                                                         (Amiriy ,,Devon“: 2017, 18-g‘azal)
           Fuzuliy:    Ey kamonabru, raqiba verma g‘amzangdan nasib,
                            O‘q otarsan tosha, paykoning kerakmazmi sango.
                                                                          (Fuzuliy ,,Devon“: 43-bet)
Mazkur   baytlarda   lirik   qahramon   yoriga   vafodorlik   ko‘rsatishini   talab   qilmoqda.
Chunki bevafo yor ag‘yorga xayrixohlik ko‘rsatmoqchi, lirik qahramon esa uni bu
niyatidan   qaytishiga   chorlamoqda.   Amiriy   an’anaviy   o‘xshatishdan   foydalangan
holda   go‘zalga   yetish   uchun   uning   dargohida   it   bo‘lishga   tayyor   oshiqni   baytida
keltirib,   g‘azal   badiiyatini   boyitadi.   Quyidagi   misralarda   esa   yorni   insofga
chaqirish holati tasvirlangan:
                  Amiriy:   Chiqdi ul kofir ochib ruxsoridin yag‘mosini,
                                  Ey ko‘ngul, ko‘z saqla, iymoning kerakmasmu sango?
                   Fuzuliy:  Kufr zulfindan mani man’ aylamak loyiqmidur,
                                   So‘fi, insof ayla, iymoning kerakmazmi sango?
Amiriy   bundan  tashqari   Fuzuliyning  ,,Etma  cho‘x“   radifli   g‘azaliga   nazira  tarzda
g‘azal  yaratgan. Asarlar ma’no-mazmuni va shakl  jihatidan   bir-biriga yaqin. Shu
bilan   birgalikda   shoir   salafining   ,,Go‘sha(y)i   abrularingda   chashmi   jodularmidur,
Yo‘qsa   kirmish   yoya   tirandoz   hindularmidur?“(Fuzuliy,   Devon:   1968,134-bet)
nomli 5 baytli g‘azaliga va ,,Shifoyi fasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r, Zuloli
zavq-shavqin tashnayi  diydor o‘landan so‘r“(127-bet) matla’si bilan boshlanuvchi
7   baytli   g‘azaliga   muxammas   bog‘lagan.   ,,Go‘sha(y)i   abrularingda   chashmi
37 jodularmidur,   Yo‘qsa   kirmish   yoya   tirandoz   hindularmidur?“   matla’si   bilan
boshlanuvchi   ishqiy   g‘azal   aslida   5   baytdan   iborat,   Amiriy   muxammas
bog‘laganda   6   bandli   asarga   aylantirgan.   Dastlabki   bandlarda   Fuzuliyning
g‘azalidagi   baytlar   o‘z   o‘rnida   qo‘llagan,   3-bandga   kelib   shoir   salafining   g‘azali
mazmuni va o‘zining fikrlariga mutanosib keluvchi ,,Ochilan gullarmidur, yer uzra
har   fasli   bahor,   Yo   fano   dashtida   xok   o‘lg‘on   pariro‘larmidur?“   baytini   qo‘shib
band   hosil   qiladi.   Muxammasda   Fuzuliyning   g‘azalidagi   3-4   baytlar   o‘rni
almashtirib qo‘llangan. Keyingi ,,Shifoyi fasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r,
Zuloli   zavq-shavqin   tashnayi   diydor   o‘landan   so‘r“   muxammasiga   to‘xtaladigan
bo‘lsak, 7 baytli g‘azalga 7 bandli muxammasni salaf ustozining fikrlarini davom
ettirgan   holda   munosib   tarzda   bitgan.   Mazkur   muxammas   ham   ishqiy   mavzuda
bitilgan   bo‘lib,   unda   zimdan   ilohiy   ishq   kuylangan.   Har   bir   bandda   zohiriy   ishq
soyasida   botiniy   ishq   kuylangan.   Oxirgi   2   bandda   mavzu   ancha   oydinlashadi;
xarobi jomi ishq, mast, xarobot ahli, xummor, zohidi g‘ofil kabi ko‘plab istilohlar
bunga   yordam   bermoqda.   Amiriy   tomonidan   kiritilgan   misralar   asosan   lirik
qahramonnning   ruhiy   va   ichki   holatini   ifodalab   kelib,   HAQIQIY   ISHQ   yo‘lidagi
mashaqqatlarini   ifodalab   kelgan.       Amiriy   Fuzuliy   asarini   quruq   davom
ettirmasdan   o‘sha   g‘azal   orqali   yangi   asar   yarata   olgan   deb   aytish   mumkin.   Shu
bilan   birgalikda   Amiriy   so‘z   ustasi   bo‘lmish   Bedil,   Jomiy,   Zaliliy,   Kamol   va
Nobiyning g‘azallariga muxammas   bog‘lab,  o‘zining  yuksak  badiiyat   va tafakkur
egasi ekanligini isbot qilib bera olgan.
          Umuman   olganda,   Amiriy   ustoz   salaflarining   ijodini   mukammal   o‘rganib,
ularning   yo‘nalishida   asarlar   yaratishga   harakat   qilgan.   Adabiy   ta’sir   masalasi
Amiriy   ijodida   keng   o‘rinni   egallaydi.   An’anaviylik   asosida   ustoz-shogirdlik
yo‘lini   munosib   ravishda   bosib   o‘tgan.   Yaratgan   muxammaslari   asosida   buni
ko‘rib anglash mumkin.
                                           
                                         I bob bo‘yicha xulosalar.
38             1.Qo‘qon   adabiy   muhitida   Amiriy   shaxsiyati   va   she’riyati   muhim   ahamiyat
kasb etadi. Uning yordami va ko‘magi bilan butun bir mamlakatda adabiyot va ijod
ahllari   uchun   ko‘plab   imkoniyatlar   yaratildi.   Buning   natijasida   Amiriy   mumtoz
adabiyotda   o‘zining     muhim   o‘rniga   ega   benazir   asarlarning   bino   bo‘lishiga
bevosita   va   bilvosita   sababchi   bo‘lgan   shaxsga   aylandi.   Xususan,   shoir   Fazliy,
Muqimiy, Furqat, Nihoniy, Muhyi, Hoziq, Ochildi Miriy, Hijlatxon ijodlari bunga
yaqqol   misoldir,   ular   bir   qator   asarlar   yaratib,   o‘zlarining   g‘azallarida   Amiriyga
izdoshlikni   davom   ettirgan.   Aynan   o‘sha   davrda   Amiriyning   saroyida   ijod   qilgan
namanganlik   Fazliyning   ,,Majmuat   ush-shuaro“   asarining   yaratilishi   ham   davr
muhitining boyishiga olib keldi. 
          2.   Amiriy   she’riyatini   kompozitsion   jihatdan   tasniflaydigan   bo‘lsak,   devoni
tarkibida g‘azal, tarji’band, muxammas, musaddas, musamman, tuyuq, ruboiy kabi
janrlar   o‘rin   olgan.   Amiriyning   turkiy   devonida   (2017)   318ta   g‘azal,   39ta
muxammas, 4ta musaddas,  1ta tarji’band, 1ta musamman, 16ta tuyuq, 7ta ruboiy,
forsiy devonida esa 142 ta g‘azal, 18ta muxammas, 2ta musaddas, 1ta musamman
mavjud.   Mazkur   janrlar   ichidan   eng   ko‘p   qalamga   olingani   bu-g‘azal.   G‘azallari
5baytdan   16   baytgacha   bo‘lgan   tartibda   bitilgan.   G‘azaldan   keyingi   o‘rinda   esa
muxammas turadi.
            3.   Amiriy   devoni   devonchilik   an’analariga   mos   ravishda   yaratilgan.   Devon
tartib   berish   har   qanday   adabiyot   vakilining   qo‘lidan   keladigan   ish   emas,   devon
tuzish   shoirning   darajasini   belgilab   bergan.   Devon   yaratishda   devon   yaratish
qonun-qoidalari  va tamoyillariga amal  qilmoq kerak.  Devon tuzish X-XI  asrlarga
to‘g‘ri   kelsa-da,   uning   mukammal   variantlari   Navoiy   va   undan   keyingi   davrga
borib   taqaladi,   chunki   aynan   Alisher   Navoiy   devon   qanaqa   bo‘lishini   belgilab
beradi.   Amiriy   devoni   aynan   bir   nom   bilan   nomlanmagan   va   devon   tartiblariga
rioya etilgan holda yozilgan, ya’ni devon g‘azallar bilan boshlangan, arab alifbosi
tartibiga   rioya   etib   asarlar   yaratgan,   Alloh   hamdi   va   Payg‘ambar   nat’i,   munojot
mavzusida   g‘azallar   yaratgan,   g‘azallarida   ma’rifat   va   mav’iza   ohangi   sezilib
turadi,   matla’dagi   boshlangan   fikr   g‘azal   maqta’sigacha   rivojlantirilib,
39 sayqallantirilib   borilib,   bir   butun   asar   yaratilgan.     Har   bir   janr   devonning
mukammallik darajasini oshirgan. 
            4.Shoir   ijodida   an’ana   va   adabiy   ta’sir   masalasi   muhim   o‘rin   egallaydi.   U
an’anaviylikka   sodiq   qolgan   holda   mumtoz   adabiyotga   xos   xususiyatlarni   o‘zida
jamlagan   badiiy   adabiyot   namunalarini   yaratishga   harakat   qilgan.   An’anaviylikni
namoyon   etishda   shoirda   adabiy   ta’sir   darajasi   muhim   rol   o‘ynaydi.   U   ustoz
salaflarining   ijodidan   ilhomlanib   asarlar   yaratishga   harakat   qildi,   ammo   aynan
o‘xshash   g‘oyalarni   keltirmasdan   ularni   boyitib,   o‘zining   o‘ziga   xos   yo‘lini
belgilab   oladi.   Ayniqsa,   shoirning   salaflari-   Lutfiy,   Navoiy,   Fuzuliy,   Bedil   kabi
ijodkorlarning g‘azallariga bog‘lagan taxmislarini o‘rganish asnosida adabiy ta’sir
masalasini   oydinlashtirib   olish   mumkin   bo‘ldi.   Amiriyning   o‘z   salaflariga
izdoshlik qilganligini asaosan u bog‘lagan tatabbu’larda o‘z aksini topadi.
 
40   II BOB. AMIRIY DEVONIDAGI G‘AZALLARNING IRFONIY TADQIQI
                   II.1. Devondagi g‘azallarning mavzu ko‘lami  va badiiyati.
       Amiriyni biz shoh, ilm-ma’rifat ahlining rahnamosi, qolaversa, otashqalb shoir
sifatida ham ulug laymiz. U o zining ijod uslubi bilan ajralib turar edi. U yaratganʻ ʻ
asarlar   ishq-muhabbat,   hayotni   ardoqlash   orqali   o ynoqilik   kasb   etadi.   Ularda	
ʻ
shod-u hurramlik aks etib turadi. Shoir tomonidan yaratilgan g azal-u muxammas-	
ʻ
u musaddas, musamman-u tuyuqlarida so zlarni  shunday darajada qo llaydiki, uni	
ʻ ʻ
,,so z   guharshunosi“  	
ʻ [ 1.Ҳамиджон   Ҳомидий ,   Кўҳна   Шарқ
дарғалари ,1999:313-bet]   deb atash, albatta, joizdir. So zlarni bir bog  deb atasak,	
ʻ ʻ
Amiriy u yerdan eng sara gullarni terib olib guldasta yasadi. Gullar shoir lirikasi,
guldasta uning ,,Devon“i sanaladi. 
           Amiriy devonida yetakchi o‘rinda turuvchi janr- bu g‘azal. Amiriy g‘azallari
o‘ziga   xosligi   bilan   ajralib   turadi.   O‘ziga   xoslik   deb   uning   g‘azallarining   mavzu
ko‘lamini   keltirish   mumkin.   Chunki   Amiriy   lirikasida   ijtimoiy   hayotdan   nolish,
g‘amgin   ohangdagi   she’rlar   uchramaydi.   Aksincha,   o‘ynoqi   ritmdagi   oshiqona
g‘azallari   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   Amiriy   yaratgan   she’rlarning   ko‘p   qismi
ishqiy   mavzuda.   Ishq   so‘zi   ham   ramziy   ma’noga   ega.   Ishqni   ,,haqiqiy   ishq“
va ,,majoziy ishq“ va ,,ishqi mubtazil“, ya’ni erkak va ayolning bir-biriga bo‘lgan
tabiiy  ravishda  intilishi  kabi  turlarga  ajratish   mumkin.  Amiriy  lirikasining   mavzu
ko‘lamida   majoziy   ishq   bilan   bir   qatorda   haqiqiy   ishqni   tarannum   etadigan
g‘azallar   ham   mavjud.   Buni   Amiriy   ,,Devon“ining   „Debocha“sida   shoir   o‘zi
aytgan   fikr   va   ta’riflari   orqali   anglash   ham   mumkin:   „…gulruxsor   sanamlar
husnining   oyinasikim   mahbubi   bemisl   jamolini(ng)   jilvasi   mazharidur,   xayolim
nazarig‘a manzur bo‘lg‘och tab’im to‘tisi mushohada hayratgohida shirin ash’orlar
birla   azal   naqqoshining   irodati   xomasi   chekkon   bade’   naqshlar   ofarinanda   surud
qilur   erdilar“ . 29
  Bu   parchada   barcha   go‘zalliklar   eng   oliy   go‘zallik   hisoblanmish
Allohning ,,jilvasi mazhari“, ya’ni tajallisi ekanligi o‘z aksini topgan. Darhaqiqat,
29
 Амирий. Девон.-Т.: „Фан“ нашриёти, 1972. 21-бет.
41 Haq taolo o‘zini sevgan va yerdagi jamiki ezgu, go‘zal narsalarni yaratgan, degan
qarashlar ham bor.
             Shoir lirikasida irfoniy-ma’rifiy mazmundagi g azallar ham borki, ularni birʻ
qarashda asl ma’nosida emas, balki moddiy dunyo bilan bog lab o rganib ketamiz.	
ʻ ʻ
Ularda   haqiqiy   va   majoziy   ishq   tasviri   aralash   holda   tasvirlanganining   guvohi
bo lamiz.   Zohiran   nazar   tashlanganda   sevikli   yor,   mahbuba   madhi   namoyon	
ʻ
bo ladi. Ammo botinan ilohiy yor- Haq taoloning sifatlari, uning visoliga erishish
ʻ
masalalari olg a suriladi. Masalan, ,,Avval ba nomi Xoliqi zuljudu val-ato“, ,,Zihi	
ʻ
hamdi   Xudovandoki,   bordir   Xoliqi   ashyo“,   ,,Jahon   vujudi   vujudingdin   o‘ldi   to
paydo“,   ,,Vasling   qilurda   topti   ko‘ngul   ko‘zgusi   jilo“,   ,,   Bi   tashrifil   inoyat   qad
kasono mavjudul ashyo“   ,,Qoshingga teguzmag il qalamni“, ,,Keling, ey do stlar,	
ʻ ʻ
ahbob   ila   suhbat   qiloli“,   ,,Bu   tun   piri   mug on   bazmida   men   mehmon   tong
ʻ
otquncha“,  ,,  Xarobot   ichra  kirdim  ishq   naqdin  roygon  keltur“,  ,,Haq  Iloho,  husn
ila   umringga   ko‘p   qilsin   ato“,   ,,Qadam   qo ydi   buzulgon   tiyra   kulbam   sori   tun	
ʻ
mohim“, ,,Visolingga ko ngul  mushtoq edi, ey yor, xush kelding“,  ,,Soqiyo kelki	
ʻ
menga   suhbati   ahbob   kerak“,   ,,Meni   shirin   so z   ila   qildi   Farhod   unnobi“   va   shu	
ʻ
kabi   bir   qator   g azallarini   mutolaa   qilar   ekanmiz   solikning   Mutlaq   ilohga	
ʻ
muhabbati   va   uning   vasliga   erishish   yo lida   har   qanday   ranj   chekishga	
ʻ
tayyorligining   guvohi   bo lamiz.   Mazkur   g‘azallar   badiiyatiga   nazar   tashlansa	
ʻ
irfoniy   ma’no   va   unga   uyg‘unlashgan   timsollar   orqali   butun   bir   g‘azal   mazmuni
oydinlashadi. Quyidagi g‘azal ham xuddi shunday ma’no kab etadi:
              Soqiyo kelki menga suhbati ahbob kerak,
              Xastamen ranji xumor ichra mayinob kerak.
              Tushdi devona ko ngul sunbuli purtobing aro,	
ʻ
              Notavondur bu salosilda anga tob kerak.
              Bazmi vasling tilagon zorlara sham kabi,
              Jigari so xta-yu diydai bexob kerak.	
ʻ
42               Boqma oyina kabi yor yuzina gustoh,
              Vasl xilvatgahida oshiqa odob kerak.
              Oshiqing nola qilur, oh chekar, ashk to kar,ʻ
              Kimsakim, pesha qilur bir hunar, asbob kerak.
              Aylading bag rimni qon, mastlig  et, ayla nashot,	
ʻ ʻ
              Kimki bu sog ar erur ilgida shodob kerak.
ʻ
              Men kim-u zuhdi vara’, ishq-u muhabbatdur ishim,
              Menga qoshing xami-yu zohida mehrob kerak.
              Garchi olamda Amiram senga qulmen billah,
              Ikki zulfung xamidin bo ynima qullob kerak.	
ʻ
                                                [2.Amiriy,Devon,1972:127-bet]
Yuqorida   keltirilgan   g azal   shoirning   irfoniy-ma’rifiy   mazmundagi   g azallari	
ʻ ʻ
sirasiga   kiradi.   G azal   boshdan–oyoq   tasavvufiy   ma’no   kasb   etuvchi   so zlardan	
ʻ ʻ
tarkib   topgan.   Soqiy,   xumor,   mayinob,xilvatgoh,   sog ar,   zuhd,   vara’,   zohid,	
ʻ
mehrob   kabi   so zlar   shular   jumlasidandir.   G azalning   dastlabki   bayti   shoirning	
ʻ ʻ
soqiyga murojaati bilan boshlanadi. Unda soqiy, xumor, mayinob kabi tasavvufiy
istilohlardan   foydalanib,   shoir   o zining   ichki   kechinmalarini   soqiyga   oshkor	
ʻ
etmoqda:
              Soqiyo kelki menga suhbati ahbob kerak,
              Xastamen ranji xumor ichra mayinob kerak.
Mazkur   baytda   soqiy- may   quyuvchi,   xumor -mastlikdan   keyingi   bosh   og rish	
ʻ
holati,   mayinob- maydan   ham   o tkirroq   ichimlikdir.   Baytning   zohiriy   ma’nosi	
ʻ
hammamizga   tushunarli.   Botiniy   ma’nosiga   e’tibor   qarataylik.   Soqiy   tasavvufda
nimaning   yoki   kimning   ramzi?   Bu   savolga   javob   izlab   ko raylik.   ,,   …   mahbub	
ʻ
deganda   Xudoni,Payg ambarni,   Pirni   va   sevgan   kishisini   anglash,   soqiy   deganda	
ʻ
43 ham ayni shu to rt tushunchani e’tiborga olish“ [3. Najmiddin Komilov, Tasavvuf,ʻ
2009:147-bet]   kerak.   Bundan   kelib   chiqqan   holda   soqiyni     pir,   murshidi   komil
deyishimiz   mumkin.   Murid   pirga   ergashishi   hech   birimizga   sir   emas.   Baytda
muridning   qalbi   ilohiy   ma’rifatga   talpinyapti.   Pirning   yordami   orqali   bunga
erishmoqchi   va   undan   so ngra  	
ʻ HAQIQAT ga   ega   chiqish   uning   maqsadi.
Xumor   ,,mastlikning   asorati,   solikning   ikkilanishi,   beqaror   holati“   [3.   Najmiddin
Komilov,   Tasavvuf,   225-bet]ni   anglatadi.   Baytda   pirga   qarata   ,,Kel   birgalikda
suhbat,   anjuman   o tkazaylik.   Mening     ko nglim   sening   purma’no   so zlaringga	
ʻ ʻ ʻ
muhtoj.   Ilohga   bo lgan   ishq   yo lida   bir   qancha   to siqlarga   uchrayapman,   kelib
ʻ ʻ ʻ
to g ri   yo lni   ko rsatingki,   qalbimdagi   muhabbat   bundan-da   mavjlanib,   gurkirab	
ʻ ʻ ʻ ʻ
yonsin,   zinhor   va   zinhor   pasaymasin,   butun   vujudim   Haq   izmida   bo lsin“	
ʻ
demoqda. Xuddi shunday kayfiyat keyingi baytga ham ko chgan, baytlar bir-birini	
ʻ
to ldirgan:	
ʻ
           Tushdi devona ko ngul sunbuli purtobing aro,	
ʻ
           Notavondir bu salosilda anga tob kerak.
Baytning zohiriy ma’nosi: ,,Devona ko nglim jingalak soching aro tushdi, xuddiki,
ʻ
zanjirlar   bilan   kishanlandi.   Ko nglim   bu   zanjirlardan   chiqishga   ojiz,   kuchsiz,	
ʻ
undan chiqish uchun menga kuch –quvvat kerak“.   Endi baytni irfoniy ma’nosiga
nazar   tashlasak.   Birinchi   misrada   qo llanilgan   ,,sunbuli   purtob“   (jingalak   soch)ni	
ʻ
tasavvuf bosqichlariga ko tariladigan zinaga o xshatsak bo ladi, ya’ni  	
ʻ ʻ ʻ SHARIAT,
TARIQAT, MA’RIFAT  va  HAQIQAT ga shu zinalar orqali chiqiladi.  Shulardan
kelib chiqsak baytning botinida mana bunday mazmun zuhur bo ladi: ,, Ko nglim	
ʻ ʻ
HAQIQAT(Alloh   vasli)ga   erishish   uchun   bir   qancha   sinov,   bosqichlardan   o tishi	
ʻ
kerak, Mening murodimni hosil bo lishi uchun iroda va kuch-quvvat ber“.	
ʻ
             Bazmi vasling tilagon zorlara sham kabi,
             Jigari so xta-yu diydai bexob kerak.      	
ʻ
    Jigari so xta- kuygan jigar,bag‘ir, diydai bexob-uyqusiz ko zlar. 	
ʻ ʻ
44         Barchamizga   ayonki,   pir   va   muridlar   xonaqohlarda   suhbat   qurib,   ma’rifat
nurlarida   toblanganlar.   Shogird   ustozi,   piridan   botiniy   ilmlar,   g‘ayb   olami   sir-u
asrorlarini   o‘rganadi.   Pirlar   muridlar   uchun   Alloh   vasliga   yetishda   bir   vosita
hisoblanadilar.   Shundan   kelib   chiqqan   holda   baytni   quyidagicha   sharhlasak   joiz
bo‘ladi:
,,Sen muridlarga sham kabisan, ya’ni yo‘lini yo‘qotgan kishilarga bir nursanki, ular
sen   tomon   talpinib,   to‘g‘ri     yo‘lni   topajak.   Ilm-u   ma’rifating   bilan   chanqagan
qalblarni   qondirasan.   Sening   to‘g‘ri   yo‘lga   chorlovingni   anglamoq   uchun
muridlarga   kuygan   jigar,   ya’ni   haqiqatga   tashna   qalb   va   uyqusiz   tunlar   kerak
bo‘ladi.   Muridlar   kunni   kun   demay,   tunni   tun   demay   ma’rifating   bulog‘idan
qonishga tayyorlar“.
               Boqma oyina kabi yor yuzina gustoh,
               Vasl xilvatgahida oshiqa odob kerak.
Beodoblik   bilan   yor   yuziga   tikilma,   negaki   Yorning   vasliga   talpinadigan,
yetishadigan makonda, ya’ni xilvatgohda solik odob-axloq qoidalariga rioya qilish
kerak.   Mutlaq   jamolga   yetishish   uchun   oshiqlar     xilvatgohlarga   chekinib,
muroqaba holatida duo va hamd-sanolarni zikr qilishgan. 
                Oshiqing nola qilur, oh chekar, ashk to‘kar,
                Kimsakim, pesha qilur bir hunar, asbob kerak.
Men   oshiqi   devonang   ishqingda   nola   qilib,   oh   chekyapman,   ko‘z   yoshlarim
shoshqator oqmoqda. Ey Yor, mening senga oshiqligimni, tashnaligimni mana shu
amallarimdan bilsang bo‘ladi. Xuddiki kishi ma’lum bir hunarni egallaganda uning
asbobi bo‘lgani kabi  bu oh chekish-u  Sening visolingga erishish uchun qilyotgan
nolalarim mening uchun bir asbobdir. Ta’na bo‘lmasinki, bajargan ezgu amallarim
va toat- ibodatlarim ortidan nasib etsa vaslingga erishaman.
             Aylading bag‘rimni qon, mastlig‘ et, ayla nashot,
             Kimki bu sog‘ar erur ilgida shodob kerak.
45 Mazkur baytda mana bunday ma’no zuhur bo‘lmoqda: ,,Sen mening bag‘rimni qon
aylading,   ya’ni   g‘amda   qoldirding,   sen   aksincha   meni   mast   et,   shod-hurram   et,
Kimningki qo‘lida qadah bor ekan, unga shodlik suvi, ya’ni may zarur“. Bu yerda
qadah va may tasavvuf istilohlari sifatida kelgan. Qadah- oshiqning ko‘ngli, may-
ma’rifatdir.   Oshiqning   qalbi   qadah   bo‘lsa,   unga   Yor   ma’rifatidan   quymog‘ini
istayapti.
            Men kim-u zuhdi vara’, ishq-u muhabbatdur ishim,
            Menga qoshiq xami-yu zohida mehrob kerak.
Ushbu   baytda   zuhd,   vara’,   zohid   va   mehrob   so‘zlari   tasavvufiy   istilohlarga
mansubdir.   Zuhd   va   vara’   tariqat   maqomotlari   hisoblanadi.   Bularga   solikning
ruhan   va   ma’nan   kamolotga   yetayotganligini   ko‘rsatib   beradigan   ma’lum   bir
bosqichlar   sifatida   qaraladi.   Vara’   ,,…ma’naviy   zarar   keltiradigan   shubhalardan
saqlanish“   ,   ,,   …   tilga,   ko‘zga,   quloqqa   va   oyoqqa   band   solish“   [3.Najmiddin
Komilov,   Tasavvuf,   27-bet]   bo‘lsa,   zuhd   –   yeyishdan,   ichishdan   saqlanish   va
bundan   tashqari   dunyo   mol-dunyosiga   ruju   qo‘ymasdan   qalbini   pok   saqlashdir.
Darhaqùiqat,   parhezning   bu   ikki   ko‘rinishi   solik   uchun   Haqiqat   tomon
qo‘yiladigan   katta   odimidir.   Qosh   tasavvufda   ,,ilohiy   olam   bilan   moddiy   olam
chegarasi“   [3.Najmiddin   Komilov,   Tasavvuf,   147-bet]   ni   anglatadi.   Zohid   esa
o‘zini Seviklimiz uchun baxshida etgan, amallari bilan Unga talpinuvchi ma’rifatli
shaxsdir.   Shundan   kelib   chiqqan   holda   baytni   tahlil   qilsak.   Oshiq   bu   yerda
tariqatning   maqomot   bosqichlarini   bosib   o‘tmoqda.   Tavbadan   o‘tib,   zuhd   va
vara’ni   ham   egallamoqda.   U   bu   yo‘lda   ishq-muhabbatga   tayangan,   moddiy
olamdan  ilohiy   olam   tomon   kirish   asosiy   maqsadi,   mayliga  zohid   mehrobiga   ega
bo‘laversin,   ammo   bizning   oshiq   uchun   Yor   tomonidan   bir   ishora   berilsa   ham   u
bundan kifoyalanadi.
             Garchi olamda Amiram senga qulmen billah,
             Ikki zulfing xamidin bo‘ynima qullob kerak.
46 G‘azal maqta’sida shoir iyhom san’atidan unumli foydalangan. Baytda ,,Amiram“
so‘zi   ham   shoirning   taxallusi,   ham   amir   ,   shoh   ma’nolarida   qo‘llanmoqda.
Baytdagi   zulf   so‘ziga   tasavvufiy   jihatdan   yondashsak.   ,,..zulf   ko‘ngillarni   Yor
visoliga yetkazuvchi o‘ziga xos yo‘l, o‘ziga xos tariqat, zulfning chin ila shikanlari
yo‘ldagi manzil-maqomlardir. Zulf olam bo‘lsa, uning chin ila shikanlari olamdagi
turli narsalar“    [Abdulhamid Qurbonov, Zulf- so‘fiyona istilohda olam ramzi, kh-
davron.uz].  Zulfni olam ramzi ekanligidan kelib chiqqan holda baytning ma’nosi: 
,,Garchi   bu   olamda   shoh,   amir   bo‘lsam   ham     Sening   noming   ila   qasamki,   senga
qulman.   Foniy   dunyoda   sening   bandangman,   meni   shunday   band   etginki,   boqiy
dunyoda ham senga shunday qul, banda bo‘lib qolay, zinhor senga bo‘lgan ishqim
so‘nmasin“ kabi bo‘ladi. 30
          Aytib   o‘tganimizdek,   Amiriy   she’riyatining   mavzu   ko‘lamida   eng   yuqori
cho‘qqida   turuvchisi-   bu   ishqni   tarannum   etuvchi   g‘azallar.   Shoir   g‘azallarida
oshiq   ishqini   yanada   kuchliroq   tasvirlash   uchun   diologlardan   foydalangan.
Diologlar   orqali   oshiq   va   ma’shuqaning   o‘rtasidagi   munosabat   yanada
oydinlashtirib   keltiriladi.   Buni   Amiriyning   quyidagi   matla’   bilan   boshlanuvchi
g‘azali misolida ko‘rib o‘tamiz:
                               Xor tutma paykarimni, poymolingdur o‘shal,
                               Hurmat etkim, zarraye mehri jamolingdur o‘shal.
                                                                             (Amiriy, Devon: 2017, 181-g‘azal)
Ushbu   7   baytli   g‘azal   ishqiy   g‘azal   hisoblanib,   yor   va   oshiqning   savol-javobi
tarzida   yozilgan.   Matla’da   lirik   qahramon   ma’shuqasidan   o‘zining   vujudini   xor
etmasligini,   shundoq   ham   oshiq   har   kuni   uning   yo‘liga   intizor   bo‘lib,   poymoliga
aylanganligini   aytmoqda.   Oshiqga   ruxsoringdan   zarrachasini   ko‘rsatib,
hurmatingni   izhor   et,   deyilmoqda.   Oshiqning   bu   da’vatidan   so‘ngra   2-baytdan
boshlab ular o‘rtasida savol-javoba quyidagi tarzda davom etadi:
30
  Bu qism ,,Amiriy va uning irfoniy olamiga bir nazar“ nomi bilan alohida maqola sifatida yozilgan edi. Shu bois
uni o‘zgartirmasdan keltirdim.
47                             Yor aydi: ,,Qaysi hindudur guliston sahnida?“
                            Aydim: ,,Ey siymbadan, yuz uzra xolingdur o‘shal.“
Amiriy   bu   baytida   an’anaviy   o‘xshatish,   tashbehlardan   foydalangan.   Gulzor,
guliston-   yor   orazini,   gulzordagi   hindu   uning   xolini(bu   yerda   hindularning   qora
rangda   bo‘lishi   nazarda   tutilib,   yorning   qora   xolini   bildirib   kelgan)   anglatadi.
Oshiq   oy   yuzli   yoriga,   sening   yuzing   gul,   u   qora   hindu   esa   yuzingga   yarashib
turgan xoling, demoda.
                          Dog‘i aydi: ,,Oftob uzra bo‘lurmi yangi oy?“
                          Man dedim: ,,Ruxsor uza mushkin hilolingdur.“
Bayt mazmuniga va badiiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ma’shuqa savoli oshiq
uchun bir imtihon, bundan o‘tish uchun esa oshiq jon-u jahdi bilan harakat qiladi.
Yori   oftob   uzra,   ya’ni   yorug‘   kunda   ham   yangi   oyni   ko‘rish   mumkinmi   desa,
ma’shuq sening yuzing xuddi oftobday, unda sening kamonabru qoshlaring yangi
chiqqan oy misolidir deya munosib javob qaytaradi.
                           Aydikim: ,,Qaysi ,,alif“dur jonda bo‘lg‘on jilvagar?“
                           Dedim: ,,Ey sarvi ravon, ra’no niholingdur o‘shal.“
Mumtoz   adabiyotda   yor   qaddi-qomati   sarv-u   shamshod,   alif,   yosh   niholga
qiyoslanadi.   Baytda   ham   shoir   kitobat   san’atidan   unumli   foydalangan   holda,   yor
qaddini   alifdek   tik   hamda   yorning   yoshiga   ham   ishora   tarzda   qaddini   navnihol
tarzda   ifodalab   nozik   o‘xshatish   keltiradi.   Keyingi   baytda   esa   ma’shuqaning   ,,ul
mo‘yi   miyoningmi   yoki   jon   rishtasi?“   degan   savoliga   oshiq   sening   ko‘nglingga
kelgan xayoling, deya javob qaytaradi.
                             Dedi: ,,Ko‘nglung qaysi ohuchashm sargardonidur?“
                             Man dedim: ,,Ovorayi ikki g‘izolingdur o‘shal.“
Baytda   ma’shuqa   yana   oshiqqa   qarata   sening   ko‘ngling   qaysi   ohuko‘zli   dastidan
azobda   deb   so‘raydi.   Oshiq   esa   yorga   qarata   meni   ovorayi-sarson   qilgan   shu
48 jayrondek   o‘ynoqi   ikki   ko‘zingdir,   deb   javob   beradi.   Mazkur   bayt   tarkibida   ham
an’anaviy   o‘xshatishlardan   foydalanilgan:   yor   ko‘zlari   ohu   ko‘zlariga
o‘xshatilmoqda.     Va   oxirgi   bayt   -maqta’da   qahramonlarning   munosabati   ancha
oydinlashadi, chunki oshiq o‘z muddaosini yorga oshkor etadi:
                      ,,Telba ko‘ngling kimga moyildur?“-dedi, aydim: ,,Amir,
                        Volayi xurshidi husni bezavolingdur o‘shal.“
Yana   bunga   o‘xshash   g‘azallar   shoir   ijodida   ko‘p   uchraydi,   uning   ,,oraz“   radifli
g‘azalida   ham   diologlar   oshiqlar   maqsad-muddaosini   ochishda   muhim   rol
o‘ynagan.
                              Dedim: ,,Ko‘rmak tilarman orazingni“,
                              Dedi: ,, Ko‘rmak ne imkondur oraz.“
                              Dedim: ,,Ko‘rsot yuzungni!“, aydi: ,,yo‘x-yo‘x!
                              Hijobi noz aro pinhondur oraz.“
                                                                           (Amiriy, Devon: 2017,109-g‘azal)
           Shoirning ,,Chamanda lola-yu guldurmu buy o gulgun uzorinmu? Na balomu
na   nargis,   ikki   chashmi   purxumoringmu?“   (Amiriy,   Devon:   2017,247-g‘azal)
matla’si   bilan   boshlanuvchi   g‘azalida   ham   g‘azal   ma’no-mazmunini   boyituvchi
vosita sifatida diologlarni aytish mumkin: 
                           Deb erding: ,,Sabr qilg‘il, vasl ayyomi bo‘lur hosil“
                           Bu yolg‘on va’da birla ko‘ngluma bergan qaroringmu?
                           Dedi oyina: ,,Man hayratda qoldim orazin ko‘rgach,
                           Azal naqqoshi tasvir aylagon bemisl yoringmu?“
                           Dedim ul oyni ko‘rgoch: ,,Senga ishqim bor-u, sabrim yo‘q“
                           Kulub aydi mango yuz noz ila: ,,Bu yo‘g‘-u boringmu?“
49                            Mani sargashta ko‘rgoch, ishq dashtida dedi Majnun:
                          ,,Quyunmudur bu vodiy ichra sargardon g‘uboringmu?“…
                            Yuzi gulzorida xat sabzasin ko‘rgon zamon aydim:
                          ,,Iram bog‘idagi rayhonmudur yoki navbahoringmu?“
                            Dedim: ,,Jono, qading sarvig‘a chirmashqon na sumbuldur,
                            Iki af’iymudur yo ikki zulfi tobdoringmu?“
Keltirilgan   g‘azalda   yor   oshiqqa   va’da   bergan,   ammo   ahdida   turmagan.   Uni
ko‘rgan   oyna   ham   hayratda   qoladi,   azal   naqqoshi-   Alloh   taoloning   bemisl
yaratiqlaridanmi   deb   oshiqqa   savol   bilan   murojaat   etadi.   Majnun   oshiqni   ishq
dashtida  ko‘rib,  u  ham   hayratini  yashirmagan.   Oshiq  baytda  oshiqdan  ham  battar
ahvolda   tasvirlangan.   Shoir   yor   yuzidagi,   labi   ustidagi   xatini-tukini   Eram
bog‘laridagi rayhonga o‘xshatadi. Mumtoz adabiyotda yot xati xushbo‘y narsalarga
qiyoslanishi an’ana tusiga kirgan.
              Amiriy   g‘azallari   bilan   bir   qatorda   ruboiylari   ham   shoir   ijodining   yuksak
darajada   sayqallanib,   lirikasining   mavzu   ko‘lamining   boyishiga   xizmat   qilgan.
Devon   ,,Debocha“sida   Amiriy   ruboiylaridan   ikkitasi   kiritilib   ketilgan.   Bir
ruboiysida shoh sifatida qilgan buyuk ishlarining tavsifi keltirilgan bo‘lsa, ikkinchi
ruboiysida esa shohlik bilan bir qatorda ko‘nglidagi ishq-muhabbat tuyg‘ularining
qanday darajada ekanligini ta’kidlab o‘tadi:
                                     Chun ma’dalat ayvonini bunyod ettim,
                                     Ehson ila el xotirini shod ettim,
                                     Bas, jud-u saxo-u adl ila dod ettim,
                                     Andoqki, jahon mulkini obod ettim. 31
 
Mazkur ruboiyda Amir Umarxonning xon sifatida davlatni qanday boshqarganligi
sharhlangan. Shoir ma’dalat ayvonini, ya’ni adolat qasrini bunyod etdi, ehson qilib
31
  Амирий. Девон.-Т.: „Фан“ нашриёти, 1972. 2 0 -бет.
50 xalqning   ko‘nglini   oldi,     in’om   -u   saxiylik,   adolat   ko‘rsatib,   jahon   mulkini   obod
etdi. U bu ruboiysi bilan har qanday mamlakatning rivoji uchun, albatta, adolat va
saxovat   kerakligini   aytadi.   Bu   haqiqat   hozirgi   kunda   ham   o‘z   tasdig‘iga   ega,
rahbarda ushbu fazilatlar mujassam bo‘lsa, u xalqning aholisi tinch va farovonlikda
yashaydi.   Amiriy   bu   misralari   bilan,   nafaqat,   o‘zi   bajargan   islohotlar
mundarijasini,   balki   kelgusi   avlodga   ham   ma’lum   bir   darajada   o‘rnak   va   saboq
qoldirib   ketgan.   Shoirning   yuqoridagi   ruboiysi   hasbi   hol   xarakteriga   ega   bo‘lib,
taronai ruboiy hisoblanadi; a-a-a-a ko‘rinishida qofiyalanadi.
                                  Agarchi hush  diyorida g‘olib o‘ldi ko‘ngul,
                                  Jununi ishq-u muhabbatg‘a rog‘ib o‘ldi ko‘ngul.
                                  Shuhud bazmida paymonai muhabbat ichib, 
                                  Mudom sog‘ari sahbog‘a tolib o‘ldi ko‘ngul. 32
Keltirilgan   ruboiyda   shoir   ichki   kechinmalari   o‘z   ifodasini   topgan.   Shohlik   va
shoirlikning   bir   vujudga   sig‘ishi   qiyin,   albatta.   Goh   shohlik   o‘zining   amrini
o‘tkazadi, goh shoirlik. Amiriy ushbu vaziyatlarni ruboiyda keltirgan. Shoh sifatida
qanchalik   aql-u   hushyorlik   bilan   mamlakatni   boshqargan   bo‘lsa-da,   ko‘nglidagi
ishq va muhabbatga tashnalik shoirni tinch qo‘ymagan. Ruboiyni ham zohiriy, ham
botiniy jihatdan sharhlasak bo‘ladi. Bayt tarkibida qo‘llangan junun, ishq, shuhud
bazmi,   paymonai   muhabbat,   sog‘ari   sahbo   kabi   timsollar   orqali   uning   irfoniy
mazmun  kasb   etishini   anglash     mumkin.  Timsollarning  barchasi   ilohiy   muhabbat
bilan bog‘langan bo‘lib, haqiqiy ishqni tarannum etadi. 
      
            II.2. Amiriy g‘azallarida hamd, na’t, munojot va manqabat mavzulari
badiiyati
              Amiriy   ,,Devon“i   an’anaviy   tarzda   dastlab   debocha,   hamd   va   na’t
mavzularidagi g‘azallar bilan boshlangan.  Ahmad Taroziyning ,,Funun al-balog‘a“
32
  Амирий. Девон. - Т.: „Фан“ нашриёти, 1972. 21-бет.
51 asarining   ,,Al-fann   un   avval   fi   aqsomi   ash-she’r“   qismida   she’r   turlari   bilan   bir
qatorda   ularning   mavzu   mundarijasi   qanday   bo‘lishi   haqida   ham   ma’lumot   berib
o‘tadi:   ,,Bilgilkim,   majmui   shuaro   istilohinda   she’rning   aqsomi,   ulkim
mo‘tabardur,   o‘n   nav’   kelibtur:   g‘azal,   qasida,   ruboiy,   qit’a,   masnaviy,   tarje’,
musammat,   mustazod,   mutavval,   fard.   Bu   o‘n   nav’   she’rkim,   zikr   qilduk,   har
qaysida   agar   Tengri   azza   va   jallaga   hamd   aytsalar,   oni   tavhid   derlar.   Va   agar
Muhammad   Mustafo   alayhissalotu   vassalomni   vasf   qilsalar,   na’t   derlar.   Agar
Tengri   hazratinda   tazarru’   qilsalar,   munojot   o‘qurlar.   Va   xulafoi   roshidinni   ta’rif
qilsalar,   manoqib,   manqabat   va   tamadduh   o‘qurlar.   Va   agar   o‘lgan   kishini   zikr
qilsalar, marsiya     derlar.  Agar   kimarsani   nafrin etsalar  hajv  va  mazammat  derlar.
Va agar hazl qilsalar, mutoyiba derlar.“ 33
  Keltirilgan ta’riflarga mos holda Amiriy
ijodiga   nazar   tashlansa,   devondagi   dastlabki   5ta   g‘azali   Alloh   taolo   madhi   va
sifatlariga   bag‘ishlangan   hamd   mazmunidagi   g‘azallardir.1-hamd   g‘azal   10
baytdan iborat. Mazkur g‘azal boshdan oyoq talmeh sa’ati asosida yozilgan bo‘lib,
baytlarda payg‘ambarlarning, avliyolarning nomi zikr etilib, ularning qismatlariga
ishora   qilinadi.   Amiriy   shu   orqali   hamd   g‘azaliga   qur’oniy   qissalarning   ma’no-
mazmunini singdiradi. G‘azal  quyidagi misralar bilan boshlanadi : 
                              Avval ba nomi Xoliqi zul jud-u val-ato
                              Bir musht xoki tiyradin Odam qilur bino. 34
  G‘azal matla’sidayoq Alloh taolo nomi zikr etilib, o‘zining boshlagan ishi uchun
Undan madad so‘ragandek. Misralar mazmuni sharhlaydigan bo‘lsak, ,,Saxovat va
ato   sohibi   bo‘lmish   Alloh   nomi   bilan   boshlayman.   U   bir   qism   loydan   Odamni
yaratdi.“   Baytda   Tangri   inoyatlarining   eng   buyuklaridan   biri   Odam   Atoning
yaratilishi   haqida   so‘z   boradi.   Odam   Atoning   yaratilishi   haqida   ko‘plab
adabiyotlarda   ma’lumotlar   keltirilib   o‘tilgan.   Xususan,   islom   dinining   muqaddas
kitobi Qur’oni Karimda ,,Ar-Rahmon“ surasining 14-oyatida 35
: ,,U inson (Odam)ni
33
 Шайх Аҳмад Ибн Худойдод Тарозий. Фунуну - л балоға.  - Т. :   ,, Хазина“ ,  1996 .  32-бет.
34
 Амирий. Девон.-Т.: ,,TAMADDUN“, 2017.
35
  Qur'oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur. 370-bet.
52 sopol yanglig‘ quruq loydan yaratdi“. Bundan tashqari ,,Hijr“ surasining 26-oyati 36
,
,,Sajda“   surasining   7-oyatida 37
,   ,,Oli-Imron“   surasining   59-oyatlarida 38
  Odamning
loy   va   tuproqdan   vujudga   kelganligi   haqida   zikr   etiladi.     Alisher
Navoiyning   ,,Tarixi   anbiyo   va   hukamo“   asarida   esa   shunga   o‘xshash   ma’lumot
quyidagi   tarzda   keltiriladi:   ,,  …   Bir   ovuch   tufroq  yer   yuzidin  olib,  haq   taoloning
amri   bila   bihishtga   kiyurub,   Muhammad   Sallolohu   alayhi   vassallamning   tinatin
tasnim suyi bila yugurib, borcha maloikaga arz qildilarkim, maqsudi olam va odam
ofarinishi   muning   xilqatidur,   oxiruz-zamon   payg‘ambari   bo‘lg‘usidur.   Andin
so‘ngra   Odam   alayhissalom   tufroqg‘a   qirq   kun     rahmat   yomg‘uri   yog‘durub,   o‘z
qudrati ilki bila taxmir qildikim, ,,xamarta tinata odama biyaday arabina sabohan“
andin xabar (berur). 39
  Amiriy mazkur baytini tadrijiy davom ettirib, voqealarni 2-
baytda bir-biriga bog‘lagan holda keltiradi:
                                Odam sahifasin raqam aylarda xomasi,
                                Tavqi’ni chekdi ,,kof“ ila „nun“ birla ibtido.
Mazkur   baytda   Odam   alayhisslom   yaratilishi   bilan   birgalikda   dunyoning
yaratilishiga ishora qiladi. ,,Kof“ va ,,nun“ning birlashishidan ,,kun“- „yaral, bo‘l“
so‘zi   hosil   bo‘ladi.   Haq   taoloning   ushbu   birgina   so‘zi   bilan   butun   bir   o‘n   sakkiz
ming   olam   va   borliq   paydo   bo‘ldi.   Olamda   nimaiki   yaratilgan   bo‘lsa,   ,,kun“
so‘zining   hosilasidir.     Baytda     kitobat   san’atidan   unumli   foydalanilgan.   Mazkur
g‘azalda   hamd   mavzusi   bilan   birgalikda   manqabat   mavzu   mundarijasi   ham
oydinlashtirilgan.   Baytlar   davomida   bir   qancha   payg‘ambar   va   avliyolar   nomi
keltirilib,   ularning   har   birining   karomatining   ortida   Alloh   toaloning   inoyati
turganligi keltirilgan. 3-baytda Nuh payg‘ambar va uning to‘fonda kema yasab o‘z
36
  Qur'oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur. 164-bet.
37
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur.  277-bet.
38
  Qur ’ oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur. 38- bet.
39
  Алишер   Навоий.Тарихи   анбиё   ва   ҳукамо.   -Самарқанд:   Ғафур   Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриётининг бўлими, 1990.7-бет.
53 ahlini   qutqarib   qolganligi   haqida   so‘z   boradi.   Bu   haqida   Qur’oni   Karimda,,Nuh“
surasi 40
 nozil bo‘lganligi va u haqidagi ma’lumotlarga egamiz:
                                To‘fon suyidin ayladi Nuh ahlini xalos,
                                Qildi halok qavmini g‘arqobayi balo.
          4-baytda   esa   yuksak   maqom   sohibi   Iso   Masih   va   Idris   alayhissalomning
ulug‘ligi va buyukligi sharaflanadi:
                                  Isoni charx uzra rafi’ ul-makon etib,
                                  Idrisni maqomi bo‘lib jannatul ulo.
            5-baytda     Xalil,   ya’ni   Ibrohim   alayhissalom   va   Namrud   alayhilla’na   haqida
so‘z boradi: 
                                O‘tni Xalil maqdamidin guliston qilib,
                                Namrudga yubordi yarim pashshadin jazo.
         Namrud Ibrohim alayhissalomni butlarni sindirib, odamlarni yakka-yu yagona
Allohga   sig‘inishga   hidoyat   qilgani   uchun   manjaniqdan   olovga   otishga   buyuradi
(,,Anbiyo“   surasi   68-oyat 41
:   (Namrud   boshchiligidagi   mushriklar)   dedilar:   ,,Uni
yoqib   yuboringlar!   Agar   qiluvchi   bo‘lsalaring,   (shu   ish   bilan)   ilohlaringizga
yordam   qilinglar!“-dedilar).   Shunda   Jabroil   farishta   Ibrohim   (a.s.)ga:   ,,Mendan
biror   tilaging   bormi?“   deganlarida   Ibrohim(a.s.):   ,,Mening   Allohdan   o‘zga   biror
kimsaga   ehtiyojim   yo‘q.   U   mening   holimni   bilguvchi   va   ko‘rguvchidir,“-deydi.
Shunda   Alloh   taolo   olovga:   „Ey,   olov,   sen   Ibrohim   uchun   salqin   va   omonlik
bo‘l!“-deydi   (,,Anbiyo“   surasi   69-oyat 42
).   Amiriy   ham   xuddi   shu   voqeaga   ishora
qilgan holda olovni Ibrohim uchun guliston bo‘lganligini, Namrudning esa pashsha
bergan azobdan qiynalib halok bo‘lganligini o‘z baytida badiiylashtiradi. Bu voqea
haqida   Alisher   Navoiy   quyidagicha   ma’lumot   berib   o‘tadi:   ,,…Oqibat   Ibrohim
alayhissalom duosi bila Namrudning sipohin pashsha xayli halok qilib, yellar azob
40
  Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur.  412-bet.
41
  Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur.  213-bet.
42
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur.  214-bet.
54 bila halok qildi. Rivoyatdurki, ul  pashsha  Namrudning mag‘zig‘a qasd  qilsa  erdi,
aning tonglayig‘a nima bila ursalar erdi, taskin topar erdi. Ish bir yerg‘a yettikim,
to‘qmoq   yasatti.   Muttasil   aning   boshig‘a   birov   urar   erdi   va   aning   xavosining
yaxshiroq xizmati bu erdikim, ul to‘qmoqni aning boshiga berk qattiqroq urg‘ay, to
bu   azob   bila   jahannamg‘a   bordi.“ 43
  Baytlarni   o‘qir   ekanmiz,   Alloh   taoloning   biz
hali tasavvurimizga ham keltirmagan va keltirolmaydigan naqadar ko‘p mo‘jizalari
borligidan   hayratda   qolamiz.   Ularning   barchasi   Qur’oni   karim   bilan
mustahkamlangan,   asoslangan.   Amiriyning   ushbu   baytida   keltirilgan   alqov   va
voqealar   Alisher   Navoiyning   ham   hamd   g‘azalida   keltirilgan.   Unda   Alloh
taoloning amri bilan Ibrohim Xalilulloh yonayotgan olov o‘chib, o‘tinlar maysaga,
olov   lov-lov   yashnab   turgan   gulistonga   aylanadi.   Navoiy   talqinida,   parvonaga
shamning   shu’lasi   gulshan   bo‘lib   ko‘ringani   kabi   oshiqning   o‘zini   mastonavor
o‘tga tashlashining asl mohiyati- Haq taologa muhabbati tufaylidir:
                             Jamoling partavidin sham o‘ti gar gulsiton ermas,
                             Nedin parvona o‘t ichra o‘zin solur Xalilaso?! 44
         Alloh toalo yagona, qudratli va buyukdir. Bu Qur’oni karimda ham juda ko‘p
marotaba   ta’kidlangan.   Amiriy   ham   mazkur   haqiqatni   anglagan   holda   quyidagi
misralarda Muso alayhissalom haqiqati misolida tushuntirishga harakat qilgan:
                                 Muso sharora ko‘rdi chu Ayman daraxtidin,
                                 Yaldo tunida topdi biyobonda rahnamo.
Ayman   daraxti-   shoxlari   shu’lalanib   turuvchi   daraxt.   …Muso   alayhissalom
Allohga   yuzingni   k о ‘rsat   deb   iltijo   qilganlarida,   Alloh   bir   uchqunni   Tur   tog‘i
tomon yo‘naltiradi.  Tur  tog‘i  parchalanib,  qum  holiga  keladi, Ayman  vodiysi   esa
yorishib   ketib,   undagi   daraxtlar   mash’aladay   porlaydi.  Alloh   ishqi   mana  shunday
qudratga ega. 45
  Xuddi mana shu voqea haqida Alisher Navoiy ,, Tarixi anbiyo va
hukamo“   asarida   shunday   izohlarni   keltirib   o‘tgan:   ,,…Ko‘p   yurgondin   so‘ngra
43
  Алишер   Навоий.Тарихи   анбиё   ва   ҳукамо.   -Самарқанд:   Ғафур   Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриётининг бўлими, 1990. 14-15-бетлар.
44
 Олимжон Давлатов. Маънолар хазинаси (1-китоб). -Т.: ,,TAMADDUN“, 2021. 22-бет.
55 yetkoch,   ul   yorug‘liq   bir   daraxtda   erdi,   Muso   alayhissalom   yetkoch,   daraxtga
chiqti.   Va   ul   yorug‘liq   qoshida   quyosh   nuri   tiyra   ko‘rundi,   ammo   yig‘ochni
kuydurmay,   yafroq   va   shoxlarni   tozaroq   qilib   erdi.   Muso   alayhissalomg‘a   hayrat
g‘olib   bo‘lub   dedi:   Ani   ,,ana   olloh“   nidosi   kelib,   Muso   alayhissalomning
davlatmand   boshig‘a   risolat   toji   qo‘yuldi   va   saodatmand   egniga   nubuvvat   xil’ati
kiyduruldi va yadi bayzo va aso mo‘jizasi karomat bo‘ldi.“ 46
Amiriy shunday go‘zal
o‘xshatish   yaratadiki,   Muso(a.s.)ning   Ayman   daraxtidagi   shu’lani,   uchqunni
ko‘rish   holatini   yaldo   tuni(yaldo   tunini   bilasiz,   qishning   eng   uzun   va   qorong‘i
kechasi   sanaladi)da   kimsasiz   biyobonda   o‘ziga   rahnamo   topishiga   qiyoslaydi,
o‘sha   vaqtda   Muso   alayhissalom   payg‘ambarlik   darajasini   oladi.   Oliy
HAQIQATni anglaydi. 
                                   Yaqub diydasin yoruq aylab nasim ila,
                                   Ayyub mehnatig‘a berib sabr ila davo.
7-baytda   Yaqub   alayhissalom   va   Ayyub   alayhisslom   haqida   so‘z   boradi.   Yaqub
(a.s.)   farzandi   dog‘ida   ko‘z   nurlaridan   ayriladi.   Tangri   inoyati   bilan   Yusuf
(a.s.)ning kiyimi yuziga tekkanidan so‘ng uning ko‘zlari ko‘ra boshlaydi. Mazkur
baytda   Allohning   shamolga   farmon   berib,   Malik   qo‘shinlarining   halok   bo‘lishi
holatiga   ishora   qilinmoqda.   Ayyub   (a.s.)   esa   sabr   timsoli   hisoblanadi.   Tanasiga
og‘ir   dard   tekkanda,   ,,Ayyubning   esa   Parvardigoriga   nido   qilib:   (Parvardigorim),
menga   musibat   yetishdi.   O‘zing   rahmlilarning   rahmlirog‘idirsan!“(,,Anbiyo“
surasi,   83-oyat 47
)   deya   nido   qilganlarida,   Alloh   shifosini   beradi.   Amiriy   bu   ikki
zotni   keltirib,   Alloh   marhamatining   nihoyasi   yo‘qligini,   sabrli   bandalarning   Haq
rahmatiga noil bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tadi.
                                    Gah qudrati bila chiqarur noqa toshdin,
                                    Gohi qilur Kalim asosini ajdaho.
45
 Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov.  Navoiyshunoslik (1-kitob).-T.: ,,Tamaddun“, 2018.
123-bet.
46
  Ўша асар. 28 - 29 - бетлар.
47
  Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur.  215-bet.
56 8-baytda Solih payg‘ambar va Muso alayhissalomga ishora qilinmoqda. Baytning
1-misrasida   Samud   qavmi   va   Solih   (a.s.)   haqidagi   qissa   mazmuni   mujassam.
Samud qavmi Allohni tan olmasdan haykallarga, but va sanamlarga sig‘inishardi.
Shunda Alloh ularga  yo‘lboshchi  bo‘lishi  va  ularni  to‘g‘ri  yo‘lga boshlash  uchun
o‘zining  elchisi   Solih  (a.s.)ni  yuboradi.  Ammo  xalq  Solih  (a.s.)ni  tan   olmaydi  va
undan   biror-bir   mo‘jiza   ko‘rsatishini,   shundagina   Alloh   dinini   qabul   qilishini
aytadi.   O‘zlarining   xohishi   bilan   bir   tuya   yaratadi,   shu   tuya   o‘zlarining   o‘limiga
sababchi   bo‘ladi.   Solih   (a.s.)   orqali   Allohni   tan   olganlar   esa   Uning   karomati   ila
tirik   qoladilar.   Baytning   2-misrasida   Muso   (a.s.)ning   hassasiga   urg‘u   berilib
o‘tilmoqda.   Kalimulloh   shu   hassa   yordamida   Fir’avning   sehrgarlarini   yo‘q   qiladi
hamda   bu   holatdan   keyin   ko‘plab   kishilar   unga   imon   keltiradi.   Amiriy   baytda
bunday   buyuk   zotlarni   keltirib,   ularning   ko‘rsatgan   karomatlari-yu   amallarining
ortida , albatta, Haq taolo turganligini, O‘zining elchilari orqali bani basharga ular
bilmaydigan qanchadan qancha sir-u sinoatlardan voqif emasliklarini, buyukligi va
karomatlarini anglashlari kerak ekanliklarini yana bir bor ta’kidlagandek. Mazkur
haqiqatlarni bilgan holda she’r bunyod etish shoirdan yuksak aql va bilimni talab
qiladi.
                                       Yunus baliqni qornida toat qilib ango,
                                       Jon berdi arra birla rizosida Zikriyo.
       Yunus alayhissalom ham Allohning payg‘ambarlaridan biri bo‘lib, uning nomi
Qur’oni Karimning turli suralarida zikr etilgan. Jumladan, Niso, An’om, Yunus va
Vas-Saffot suralari shular tarkibiga kiradi. Alloh taolo Yunus (a.s.)ni Iroqqa yaqin
joy bo‘lgan Naynavoga payg‘ambar etib yuboradi. U yerda yashovchi qavmni turli
sanamlarga   ibodat   qilmasdan,   Alloh   taologa   iymon   keltirishga   chorlaydi.   Yunus
(a.s.)   qancha   ularni   gunoh   ishlardan   qaytarishga   urinmasin,   barcha   harakatlari
puchga   chiqib,   qavm   uni   va   Allohni   tan   olmaydi.   Shunda   ul   zotning   achchiqlari
kelib, u yerdan bosh olib chiqib ketadi. Alloh hukmini kutmasdan boshqa shaharga
yo‘l  oladilar. Natijada kema  ahli  uni  kemadan  uloqtirib yuboradilar  va  Allohning
amri   bilan   bir   katta   baliq   yutib   yuboradi.   U   baliq   payg‘ambarni   hazm   qilib
57 yubormasdan   qornida   olib   yuradi.   Yunus   (a.s.)   qilgan   xatosini   tushunib,   baliq
qornida Allohga yolvorib kechirim so‘rab, duo qiladilar. Robbil olamiyn esa uning
duolarini   ijobat   qilib,   baliq   qornidan   ozod   qiladilar.   Payg‘ambar   o‘z   qavmiga
qaytib boradi va butun bir qavm iymon keltiradi. 
            Zikriyo   alayhissalom   Qur’oni   Karimda   nomi   keltirilgan   payg‘ambarlardan
biridir. U Yahyo (a.s.)ning otasi hisoblanadi. Zikriyo (a.s.) dastlab farzandsizlikdan
qiynalib   yuradi.   Alloh   taolo   karomati   va   rizosi   bilan   farzand   degan   ne’matga
erishadi. Ammo umrining oxirida ayanchli tarzda halok bo‘ladi. U odamlar tuhmati
va   adovatlaridan   qochib   bir   daraxt   kovagiga   kirib   yashirinadi.   U   kovak   Alloh
inoyati   bilan   berkiladi.   Ammoki,   Zikriyo   (a.s.)ning   ko‘ylagining   etagi   chiqib
qolgan bo‘ladi va uni xalq ko‘radi, yog‘ochni arralab payg‘ambarni halok qiladilar.
Amiriy   bu   ikki   payg‘ambarni   baytda   keltirib,   ular   timsolida   sabr-qanoat   insonga
kerak bo‘ladigan eng oliy xislatlardan ekanligini  isbotlab beradi. Sabr qilmasdan,
shoshib   ish   ko‘rish   qanaqa   oqibatlarga   olib   kelishi   Yunus   (a.s.)   boshiga   tushgan
ishlardan   ham   ayon.   Ammo   ikkala   qahramon   ham   og‘ir   holatga   tushganda   Alloh
zikrini tildan qo‘ymagan.
           G‘azal maqta’sida shoir payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) nomini
qo‘llab,   u   zotning   Allohning   suyukli   rasuli   ekanligini   ta’kidlab,   Alloh   butun   bir
olam-u   Odamni   yaratib,     ularning  barchasiga   uni   podshoh   qilib  qo‘yganligi   bilan
isbot qiladi:
                                  Arz-u samo-yu olam-u Odamni xalq etib,
                                  Barcha nabiyg‘a Muhammadni qildi poshsho.
Shu   o‘rinda   aytib   o‘tishimiz   joizki,   rasul   va   nabiy   so‘zlari   ko‘pincha   bir   xil
ma’noda   qo‘llaniladi.   Ammo   bu   so‘zlar   orasida   ma’no   nozikligi   mavjud   bo‘lib,
rasullik   nabiyga   nisbatan   yuqoriroq   rutbada   turadi.   Qur’oni   Karimda
payg‘ambarimiz   nomi   ham   nabiy,   ham   rasul   tarzida   qo‘llaniladi.   U   kishiga
nisbatan   faqat   insoniy   xususiyatlarni   ochib   berish   jarayonidagina   nabiy   kalimasi
qo‘llaniladi.   Shu   jihatdan   rasulni   nabiy   deb   qo‘llashimiz   mumkin,   ammo   nabiyni
58 rasul deb bo‘lmaydi. Amiriy Muhammad (s.a.v.)ni barcha nabiylarga podshoh deb
chiroyli o‘xshatish qilgan va bu ayni haqiqat.
         Mazkur hamd g‘azalni sharhlash davomida barcha avliyo zotlarning sifatlarini
ko‘rib   chiqarkanmiz,   barchasining   ko‘rsatgan   karomatlari-yu   mo‘jizalarining
sababchisi Alloh taolo inoyati turganini payqash qiyin emas. Barchasi avom xalqni
Alloh zikriga undaydi, Uni tanishga va tan olishga da’vat qiladilar. Amiriy din va
shariatni yaxshi anglagan holda Alloh hamdini misralarda beqiyos tarzda keltiradi.
         Devon tarkibidagi  yana 2-3-4-5-g‘azallar  hamd mavzusida  yaratilgan. Ularda
ham   Alloh   nomi   madh   etiladi.   Barchaga   ma’lumki,   hamd   g‘azallar   tavhid   va
munojot   kabi   turlarga   bo‘linadi.   Amiriy   she’riyatida   ikki   tur   mazmundagi
g‘azallarni   ham   uchratish   mumkin.   Devondagi   dastlabki   g‘azallarda   tavhid
mavzusi ildamlik qilgan bo‘lsa, shoir 5-raqamli g‘azalda munojot mavzusiga ham
qo‘l   uradi.   Munojot   g‘azallar- bu   g‘azallarning   umumiy   xususiyati-   Haq   taolo
dargohiga tazarru etish, xatokor bandaning  gunohini kechirish va Uning ulug‘ligi
va ayblarini yashiruvchi sifatlarini vasf etishdan iborat . 48
 Munojot hamd 7 baytdan
iborat bo‘lib, quyidagi misralar bilan boshlanadi:
                          Zihi qudrat qilib bir amr ila kavn-u makon paydo,
                          Bo‘lub barpoy andin ushbu to‘quz gunbadi xazro.
      Birinchi   baytda   Yaratgan   Egamning   yaratuvchilik   qudrati,   butun   bir   olam-u
fazoning barpo bo‘lishiga sababchi tarzda keltirilmoqda.
                         Sanga yetmak tariqa hush birla hech imkon yo‘q,
                         Ki, zoting sirridin g‘ofildirur johil kabi go‘yo.
Mazkur ikkinchi baytda esa Alloh taoloning buyuk bilim  va aql egasiligi ta’kidlab
o‘tilgan. Shoir shuni baytlarida keltirib, Senga bilimlilikda va donolikda hech kim
teng   kelolmaydi,   demoqda.   Bu   yerda   Allohning   Al-Alim   ismining   izohiga   ishora
48
  Мухитдинова   Н.,     XVII-XIX   асрлар   биринчи   ярми   ўзбек   шеъриятида   салафлар   анъаналарининг   поэтик
такомили,   Филология   фанлари   доктори   (DSc)   илмий   даражасини   олиш   учун   ёзилган   диссертатсия,
Самарқанд, 2021.  163- бет.
59 bor- avvaldan bo‘lgan va endi sodir bo‘ladigan barcha narsalarni bilguvchi yagona
Udir. Bandalar Alloh taolo zotining siridan voqif emaslar.
          Insonning   aql-u   tafakkuri,   xayol   va   farosati   tavhid   olamining   sirru-sinoatini
bilish   uchun   ojizlik   qiladi.   Dunyodagi   eng   kichik   va   arzimas   zarra   mohiyatini
anglashga   ojiz   insoniy   aql   o‘n   sakkiz   ming   olamni   birgina   ,,Bo‘l“   amri   bilan
yaratgan   Oliy   Qudratni   qanday   bilishi   mumkin?   Binobarin,   haqiqiy   idrok   -idrok
qila   olmaslikni   anglash,   deyiladi   ilohiy   ma’rifat   haqida   yozilgan   kitoblarda. 49
Baytlarda   Allohning   yaratuvchilik   sifati   ulug‘lanib   borar   ekan,   4-   va   5-baytlarda
shoir   ,,meni   O‘zing   yaratdingki,   shu   bilan   birgalikda   ko‘nglimga   zikringni   ham
joylading, sen shafqating bilan yuz ming gunohlarni  avf etarsan, bu lutfingga hech
narsa   teng   kelmaydi,   deya   Alloh   taoloning   boqiy   dunyodagi   marhamatidan
umidvorligini   vasf   etmoqda.   Albatta,   har   bir   banda   borki,   Tangri   shafqati   va
Muhammad (s.a.v.) shafoatidan umid qiladi, albatta, bu shafoat Allohning izni va
ixtiyori bilan amalga oshiriladi:
                          Nechun zikringga zokir o‘lmayin, mavjud etmishsan,
                          Berib tasdiq ko‘nglumg‘a tilimni aylading go‘yo.
                           Kamoli shafqating chun afv etar yuz ming gunaxlarni,
                           Ki lutfung oldida hojat emas afsus-u vovaylo.
         Maqta’da bayt qofiyasini  ta’minlab turgan ,,dunyo-yu mo fiho“ iborasi orqali
Allohning   ulug‘ligini   hadis-u   sharifga   ishora   qilgan   holda   asoslaydi,   ya’ni   dunyo
va undagi barcha narsalar la’natlangandir, faqat Allohning zikri bundan mustasno
degan ma’no baytga singdirilgan:
                            Bo‘lub lutfung Amiri dastgiri olam-u odam,
                            Erur aftodayi xoki rahing dunyo-yu mo fiho.
            6-g‘azaldan   boshlab   na’t   mavzusi   yetakchilik   qiladi.   Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.) 6-7-8-g‘azallarda vasf etiladi. Shoir Rasulullohni insonlarning
eng   yaxshisi,   eng   so‘nggi   payg‘ambar,   ummatlar   homiyi,   baland   va   ulug‘   shoh,
Yasrib   (Madina)   va   Batho   (Makka)   shaharlarining   shohsuvori,   nabiylar   va
49
  Олимжон Давлатов. Маънолар хазинаси. -Т.: ,,TAMADDUN“, 2021. 32-бет. 
60 payg‘ambarlar   uzugining   naqshi,   payg‘ambarlarning   donosi,   nubuvvat   bog‘ining
guli,   me’roj   shomining   amiri   kabi   tavsiflab,   baytlarda   beqiyos   o‘xshatmalar
keltiradi.   Xususan,   devondagi   birinchi   na’t   g‘azalning   quyidagi   baytiga   e’tibor
beramiz:
                               Vasfing qilurda topti ko‘ngul ko‘zgusi jilo,
                               Ham zubdayi basharsan-u, ham xatmi anbiyo.
          Bilamizki,   payg‘ambarlar   farishtalar   ichidan   ham,   insonlar   ichidan   ham
tanlanishi   mumkin.   G‘azal   matla’sidayoq   shoir   mana   shu   narsaga   urg‘u   berib
o‘tmoqda.   Amiriy   Muhammad   (s.a.v.)ni   bashariyat   naslidan   chiqqan   eng   so‘nggi
payg‘ambar   ekanligini,   insonlar   aro   eng   yaxshi   inson   ekanliklarini,   uning   vasfini
qilishi   bilan   ko‘ngli   yorishib,   jilolanishini   o‘z   baytida   keltirgan.   Oxirzamon
payg‘ambarning   odamlar   orasidan   tanlanishida   ham   hikmat   bor.   Hech   qaysi
payg‘ambar   Rasulullohdek   insonlarga   mehribon   va   jonkuyar   bo‘lmagan.   Bu
haqiqatni   Qur’oni   Karimning   ,,Tavba“   surasi   128-oyati 50
  bilan   ham
mustahkamlashimiz   mumkin:   ,,Haqiqatan,   sizlarga   o‘zlaringizdan   (chiqqan),
sizlarning   qiyinchiliklaringizdan   alam   chekadigan,   sizlar   bilan   qiziquvchi   va
mo‘minlarga mushfiq va rahmdil Rasul kelgandir.“ Mazkur g‘azalning 4-misrasida
Payg‘ambarimizning mo‘jizalari haqida so‘z boradi: 
                                      Ikki bo‘lundi ko‘k uza oy bir ishoradin,
                                      Uldam ki bo‘ldi tolibi e’joz ashqiyo.
           Rasuli Akramni quraysh kofirlari tan olmasdan, unga imon keltirmaydi. Buni
isbotlash uchun qandaydir karomat ko‘rsatishlarini talab qiladi va shundagina unga
imon   keltirishlarini   aytadi.   Oy   to‘lgan   kechasi   Muhammad   (s.a.v.)   Oyni   ikkiga
bo‘lib   ko‘rsatadilar,   Oy   bir   tog‘ning   ikki   tomoniga   o‘tib   qoladi.   Shunda   ham
badbaxt   xalq   uni   sehrgar   deb   atab,   unga   bosh   egmaydilar.   Mana   shu   voqeani
baytda   keltirib,   Muhammad   (s.a.v.)ning   payg‘ambarlik   sifatlarining   eshiklaridan
birini   ko‘rsatib   o‘tgan.   Qolgan   baytlarda   shoir   Muhammad   (s.a.v.)ning   mahshar
50
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur. 127 - bet .
61 kunidagi   shafoati,   himoyasi   uchun   unga   ibodat   qilishi   va   bundan   o‘zini   mosivo
etmasligini   ta’kidlab   o‘tadi.   Maqta’da   go‘zal   o‘xshatish   qilib,   tazod   va   iyhom
san’atlaridan unumli foydalangan holda muddaosini oshkor etadi:
                                 Bo‘lsam gadoyi dargahing, uldur Amirliq,
                                 Manga bu saltanatdin erur ushbu muddao.
          Shoir:   Sening   dargohingda   gado   bo‘lsam,   shu   ish   mening   uchun   amirlik
hisoblanadi.   Mening   bu   saltanatdagi   umidim   va   xohishim   shudir.   Yuqoridagi
baytda   gado   va   amir   so‘zlari   orqali   qarshilantirish-   tazod   san’ati   yuzaga   kelgan.
Amirlik   so‘zi orqali esa iyhom san’ati vujudga kelgan, ham shoirning ismi Amir,
ham amirlik, shohlik ma’nolarida qo‘llanilgan. 
             Keyingi na’t mavzusidagi  g‘azalda boshidan oxirigacha Muhammad (s.a.v.)
ummatlarining ishongan tog‘i va xaloskor sifatida talqin qilingan. Uning insoniyat
ichidagi   eng   buyuk   shaxs   sifatida,   balki   nabiylardan   ham   yuksak   rutbada   turishi
holatlariga chiroyli o‘xshatmalar ko‘rsatiladi:
                                Nabiylar xaylini irsol qildi Haq risolatg‘a,
                                Nubuvvat xotamining naqshi sensan, ey duri yakto.
Mazkur   baytda   Rasululloh   payg‘ambarlik   uzugining   naqshi,   muhri   sifatida
ulug‘lanmoqda.   Bunday   o‘xshatish   va   ma’nodagi   baytni   Alisher   Navoiyning   na’t
mazmunidagi   g‘azallarida   ham   uchratish   mumkin.   Jumladan,   quyidagi   g‘azalda
payg‘ambarimizning bashariyat naslidan chiqqan eng oxirgi payg‘ambar ekanligi,
agar boshqa payg‘ambarlar Haq taolo saltanatiga uzuk bo‘lsa, Muhammad (s.a.v) u
(uzuk)da   o‘chmas   bir   muhr   tarzida   naqshlanganligini,   Amiriy   va   Alisher   Navoiy
ijodida uyg‘unlik borligini ko‘rish mumkin bo‘ladi:
                                 Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam bani Odam aro,
                                 Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro. 51
51
  Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 3- том. Хазойин ул-маоний. Ғаройиб ус- сиғар. -
Т.: Фан нашриёти, 1988. 27-бет.
62 Quyidagi misrada esa Amiriy Muhammad (s.a.v.) madhini qilishga tili ojizligini, u
buyuklar   ichra   buyukki,   uni   Haq   taolo   ham   ,,Rahmatan   lil-olamin“   deb
sifatlashlarini aytib o‘tadi:
                               Manga had yo‘q saningdek shoh vasfini demak nechun,
                               Sifoting ,,Rahmatan lil-olamin“ der Xoliqi ashyo.
Haqiqatdan   ham,   Muhammad   (s.a.v.)   vasfi,   tarifini   keltirishda   ummatlari   uning
qancha   alqovlarini   aytsa   ham   bitkaza   olmaydi.   Chunki   Payg‘ambarimiz
Muhammad   (s.a.v.)   Alloh   do‘sti,   habibi,   barcha   olamga   Alloh   tomonidan
yuborilgan   haq   payg‘ambari   hisoblanadi.   Baytda   keltirilgan   tavsifdek   Rasululloh
olamga   rahmat   olib   keluvchi   kishidir,   insoniyatga   saodat   va   yaxshilik   olib   kelish
faqat   ungagina   xos.   Shuning   uchun   suyuklilar   qatorining   yuqorisida   turadi.
Rasululloh   madhi   baytdan   baytga   ko‘chib,   g‘azal   maqta’sida   uning   nomi   hattoki
farishtalarni   ham   shoshirib,   ular   orasida   g‘avg‘o   kelib   chiqishiga   olib   keladi
deyiladi:
                         Janobingdin Amir ar shammaye guftora keltursam,
                         Bu torumdin o‘tub, tushgay maloyik ahlig‘a g‘avg‘o.
Baytda shoir Rasuli Akramning martabasi va ulug‘ligini shu darajada ko‘rsatadiki,
agar undan qisqa, pichagina so‘z ochsa, nafaqat bu olam, balki osmonlardan ham
o‘tib   farishtalar   ichida   ham   g‘alayon   ko‘tarilishiga   sabab   bo‘ladi   deydi.   Devon
tarkibidagi   8-g‘azal   ham   na’t   mavzusida   bo‘lib,   5   baytdan   iborat.   Unda   lirik
qahramon payg‘ambarimizni  dastlabki  baytlarda ulug‘laydi, keyingi baytlarda esa
undan   marhamat   istab,   do‘zax   o‘tidan   najot   umidi   sensan,   mahshar   kuni   meni
faromush aylama degan mazmun g‘azalning 3-baytida quyidagicha keltiriladi:
                              Tamug‘ning o‘tidin topmoq najot ummidi sandandir,
                              Mani bechorani ul kun faromush aylama, jono!
4-baytda   esa   shoir   tashxis   san’atidan   unumli   foydalangan   holda
Payg‘ambarimizning   go‘zalligi   vasf   qilinmoqda,   uning   chiroyi   va   tuzilishiga
63 bog‘dagi   eng   sara   gullar   ham   tahsin   aytib   iqror   bo‘lmoqdalar.   Zimdan   baytda
shahodat kalimasi mazmuni singdirilganligini anglash mumkin bo‘ladi:
                                 Guli ruxsor-u sarvi qadding‘a savsan zabonidin,
                                 Balafsi ,,ashhadu“ berdi shahodat lola-yu, ra’no.
Maqta’da Rasulullohning me’roj kechasi Haq taolo bilan juda ham yaqin masofada
so‘zlashganiga   ishora   qilingan.   Amir   so‘zi   orqali   ham   shoir   taxallusi,   ham
payg‘ambarni me’roj kechasining amiri sifatida keltirgan:
                                 To‘quz xirgohning me’roj shomikim Amirisan,
                                 Nishoni novakingdur ,,qoba qavsayn“ ila ,,av adno“.
          Baytda   ,,Najm“   surasining   ,,Va   kona   qoba   qavsayni   av   adno“,   ya’ni   ,,Bas,
(Muhammadga)   ikki   kamon   oralig‘idek   yoki   (undan   ham)   yaqinroq   bo‘ldi,   (9-
oyat)“ 52
 oyatidan iqtibos tarzda foydalanilgan.
                                            II bob yuzasidan xulosa.
          1.Amiriy   devonida   yetakchi   o‘rinni   egallovchi   janrlardan   biri   sifatida   g‘azal
janrini   aytish   mumkin.   G‘azalni   o‘z   ,,ar.   ayollar   bilan   suhbat   qurishni   sevmoq,
ularga   ishqibozlik   qilmoq“ 53
  ma’nosidan   kelib   chiqib   aytadigan   bo‘lsak,   Amiriy
she’riyatining   asosiy   qismi   oshiqona,   ishq-muhabbatni   tarannum   etuvchi
g‘azallardan   tashkil   topgan.   Shoir   g‘azallarining   mavzu   ko‘lamida   ishq   turadi.
Ishqni   qay   tarzda   ifodalash   shoir   mahoratiga   bog‘liq.   Amiriy   devonidagi
g‘azallarda   ham   zohiriy   ishq(dunyo   va   undagi   moddiy   ashyolarga   bo‘lgan),   ham
botiniy   ishq   (haqiqiy   yor-Haq   taolo   va   ma’rifatini   tarannum   etuvchi)ni     ifodalab
keluvchi   g‘azallarga   ajratish   mumkin.   Bu   jarayonda   g‘azallar   mazmunini   boyitib
turgan   istiloh   va   timsollar   orqali   g‘azallarning   mavzusini   aniqlashtirib   olish
mumkin. 
52
 Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur. 364-bet.
53
  Ёқубжон Исҳоқов. Сўз санъати сўзлиги. -Т.: ,,O‘ZBEKISTON“, 2014.  287-bet.
64             2.   Shoir   g‘azallarini   mazmun   jihatdan   ta’sirchanligini   oshirib   turuvchi
omillardan biri bu baytlarda diologlardan foydalanish hisoblanadi. Diologli baytlar
oshiq   va   ma’shuqa   o‘rtasidagi   munosabatlarni   oydinlashtirishda,   bayt   ma’nosini
kuchaytirishda   muhim   o‘rin   tutgan.   Amiriyning,
ayniqsa, ,,oraz“, ,,o‘shal“, ,,Chamanda lola-yu guldurmu bu yo gulgun uzoringmu?
Na balo-mu na nargis, ikki chashmi purxumoringmu?“, ,,Erur xoki tanim yo‘lingda
pomol,   Boshimg‘a   sarv   qadding   soyasin   sol“   matla’si   bilan   boshlanuvchi
g‘azallarida   va   bir   qator   muxammaslarida   ham   diologli   baytlar   asar   mazmunini
boyitgan.
            3.   Amiriy   devon   tuzish   tamoyillariga   amal   qilganligini   ko‘rib   o‘tdik.
Tamoyillardan   biri   hamd,   na’t,   munojot   va   manqabat   mavzularidagi   g‘azallar
yaratish   edi.   Amiriy   devonidagi   dastlabki   5ta   g‘azal   Alloh   hamdi   va   munojotiga
bag‘ishlangan.   Dastlabki   hamd   g‘azalda   Alloh   taoloning   yaratuvchilik   xususiyati
va   Uning   yerga   yuborgan   rasullari,   karomatlari   keltiriladi.   Bu   g‘azalda   hamd   va
manqabat   mavzulari   qorishiq   tarzda   keltirilgan.   Keyingi   hamdlarda   ham   shoir
Allohni   madh   etib   benazir   o‘xshatishlar   keltiradi.   Hadislardan   a’yonki,   bandasi
uchun   eng   yaxshi   va   buyuk   ish   Alloh   taolo   uchun   hamd   aytish   bo‘ladi.   5-g‘azal
munojot mavzusida yozilgan. 
          4.   6-8-g‘azallarda   Payg‘ambarimiz   Muhammad   (s.a.v)   na’ti   keltirilib
tavsiflangan.   Mazkur   g‘azallarda   payg‘ambarimiz   sifatlari   birin-ketinlikda
keltirilib, shoirning undan oxirat kunida shafoat so‘rash holatlari o‘z aksini topgan.
Shoir   uni   insonlarning   eng   sarasi,   eng   so‘nggi   payg‘ambar,   ummatlar   homiysi,
ulug‘ shoh, nubuvvat xotamining naqshi, jonon kabi sifatlar bilan ulug‘laydi.
    III   BOB.   AMIRIY   IJODIDA   AN’ANAVIY   OBRAZ   VA   TIMSOLLAR
BADIIYATI
          III.1.  Shoir  g‘azallarida an’anaviy obrazlarning  irfoniy  talqini.
          Amir   Umarxon   ijodining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   biri-   bu   lirikasida
obrazlarni   to‘g‘ri   tanlay   olish.   Dastlab,   obraz   tushunchasiga   oydinlik   kiritish
65 joizdir.  Obraz haqidagi ilk fikrlarni mashhur yunon faylasufi Aristotelning estetik
qarashlaridayoq uchratish mumkin. Biroq Aristotel ,,Poeziya san’ati haqida“ nomli
asarida ,,obraz“ atamasi  o‘rnida ,,mimesis“ iborasini ishlatgan… ,,Obraz“ atamasi
birinchi   marta   mashhur   nemis   faylasufi   Gegelning   estetikaga   oid   asarlarida
ishlatilgan. Bu haqdagi jiddiy ta’limot ham ana shu olim qalamiga mansub. Gegel
o‘z   estetik   qarashlarida   san’at   haqida   fikr   yuritar   ekan,   ,,san’at-obrazlar   orqali
fikrlash“   demakdir   deb   ta’kidlagan. 54
  Ma’lumki,   obraz   deganda   adabiy   asarda
tasvirlangan shaxs, narsa-buyum va unga tutash hodisalarni tushuniladi. Obrazning
bu   holati   uning   keng   ma’noda   qo‘llanilganligini   bildiradi.   Shu   bilan   birgalikda
ta’kidlashimiz   mumkinki,   obraz,   asosan,   shaxsga   nisbatan   qo‘llaniladi.   Chunki
borliqdagi   hodisalarni   anglash   mohiyatida   inson   turadi.   Bu   esa   obrazning   tor
ma’noda   ifodalanish   holatini   anglatadi.   Har   qanday   badiiy   asarni   anglashda   unda
ishtirok etgan badiiy obraz asosiy rolni bajaradi. Obraz asar  badiiyatini  ochishga,
ijodkorning   nima   demoqchiligi   badiiy   ifodalar   bilan   ko‘rsatishiga   xizmat   qilib
keladi.
     Amiriy ijodiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shoir fikrini dalillash uchun turli xil
obraz turlaridan foydalangan. Uning ijodida payg‘ambarlar obrazi ham, mifologik
obrazlar ham (xalq og‘zaki ijodiga ergashgan holda), tarixiy siymolarning obrazlari
ham,   diniy   hamda   tasavvufiy   obrazlar   va   ishqni,   oshuftalikni   anglatib   keladigan
an’anaviy   obrazlar   ham   uchraydi.   Xususan,   payg‘ambarlar   obrazini   avvalgi
boblarda   tahlil   qilingan   hamd   va   na’t   g‘azallar   tarkibida   ko‘rib   o‘tdik.   Ularda   to
Odam   Ato   hamda   Momo   Havodan   boshlab   oxirzamon   rasuli   Muhammad
(s.a.v.)gacha yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, bajargan ezgu amallari, ular
bilan   bog‘liq   rivoyat   va   qissalarga   ishora   keltiriladi.   Ta’kidlash   joizki,   Amiriy
lirikasida   eng   ko‘p   qo‘llanilgan   payg‘ambarlardan   Nuh   (a.s.),Yusuf(a.s.),
Xizr(a.s.),   Muso(a.s.),   Iso(a.s.),   Yaqub(a.s.),   Sulaymon(a.s.)   va   Muhammad
Mustafo (s.a.v.) kabi  zoti shariflar nomlari baytlar  tarkibida zikr  etiladi. Ularning
har   biri   shoir   keltirmoqchi   bo‘lgan   fikrni   yana-da   ta’sirchanlik   darajasini   ochish
uchun xizmat qilgan. 
54
  Тўхта Бобоев. Адабиётшунослик асослари. -Т.: ,,ЎЗБЕКИСТОН“, 2002. 41- бет.
66           G‘azallarda   an’anaviy   obraz   sifatida   Yusuf   (a.s.)ni   talqin   etish   mumtoz
adabiyotda   salmoqli   o‘rinni   egallaydi.   U   bilan   bog‘liq   qissalarga   ishora   qilgan
holda   g‘azallarda   turli   vaziyatlarni   oydinlashtirishda   Yusuf   obrazidan
foydalanishadi.   Xususan,   yorning     go‘zalligini   ifodalash   uchun   yorni   Yusufdan
ham a’lo tarzda sifatlash yoki u bilan husnda tenglashtirish, lirik qahramon holatini
ifodalash   uchun   Yusuf   sarguzashtlari   va   mashaqqat   chekishiga   ishora   qilish   kabi
vaziyatlar   lirikada   asosiy   mavzu   tarzida   belgilanib   olingan.   Amiriy   ijodiga   nazar
tashlansa, bunday mazmundagi baytlardan holi emas, albatta. 
                                  Bir malaksiymo, malakvash suhbatin qildim havas,
                                  Baski ul Yusufliqo-u ham erur Isonafas.
                                                                             (Amiriy, Devon: 2017, 95-g‘azal)
Keltirilgan   baytda   Yusuf   obrazi   yorning   sifatini   ochib   berishga   xizmat   qilgan.
Lirik   qahramon   yorini   malakka   o‘xshatib,   go‘zallikda   Yusuf   kabidir   demoqda.
Oshiq yorining suhbatini, so‘zlarini tinglash orqali taniga jon kirishini Iso nomini
keltirib, uning mo‘jizasiga ishora qilib, dalillab ketmoqda.  Ham   Yusuf,   ham
Iso Masih nomlarini keltirib talmeh san’atidan unumli foydalangan.
                              Dedi Yusuf ko‘rub yorimni: ,,Jononingga sallamno!
                              Aning ishqig‘a toqat aylag‘an joningga sallamno.“
                                                                               (Amiriy, Devon: 2017, 13-g‘azal)
Baytda yorning go‘zalligi betakror tarzda tasvirlangan, chunki adabiyotda go‘zallik
timsoli   bo‘lmish   Yusuf   ham   u   parivashni   ko‘rib   uning   malohatiga   tan   beryapti.
Yusuf   (a.s.)   yorning   ishqiga   chiday   olgan   lirik   qahramonga   ham   tasanno
aytmoqda.   Chunki   u   yaratiqni   ko‘rgan   va   uning   visoli   xayoli   bilan   yashash   oson
ish   emas.   Jon   har   doim   jononga   talpinib   yashaydi.   Baytning   botiniy   ma’nosida
Alloh   taologa   ham   ishora   keltiriladi.   Zeroki,   jonning   doimiy   sur’atda   jononga
talpinishi,   visolga   tashnaligini     insonning   o‘z   Idealiga,   butun   fayz-u   fazilati,   pok
axloqi,   ichki   ma’naviy   dunyosining   ko‘rkam,   nurafshonligi   bilan   jozibali   bo‘lgan
67 Do‘st   sari   intilishi,   deb   bilmoq   kerak.   Do‘st-kishining   sevgan   yori   ham,   e’tiqod-
imon   timsoli,   mukammal   inson   ham,   odamzod   hech   qachon   to‘ymaydigan   hayot
ham, ezgulik, adolat va haqiqat yoki Xudo hamdir. Yaxshi insonni sevish-hayotni
sevish, hayotni sevish-haqiqatni, Haqni sevish demak. 55
 Quyidagi baytda esa Yusuf(a.s.)ning qul qilib sotilganligiga ishora qilinadi:
                                  Ul parital’atki sultondur malohat mulkida,
                                  Yusufi Misriy muhaqqar qullari sonidadur.  
                                                                                (Amiriy, Devon: 2017, 64-
g‘azal)
Yusuf   (a.s.)ning   qul   qilib   sotilganligi   haqida   ko‘plab   adabiyotlarda   ma’lumotlar
keltirilgan.   Xususan,   Alisher   Navoiyning   ,,Tarixi   anbiyo   va   hukamo“   asarida   bu
voqea   shu   yo‘sinda   keltirilgan:   ,,   Va  hamul   uchurda  bir   karvon   ul   choh   boshig‘a
tushub,   chohg‘a   dor   solib,   anda   birov   bor   ekanni   bilib,   Yusuf   alayhissalomni
chohdin   chiqardilar.   Va   qardoshlari   xabar   topib,   ul   karvong‘a   borib,   Yusuf
alayhissalomni   bizning   qulimizdur,   qochib   erdi   deb   qofilaning   ulug‘ig‘akim,   oti
Molik   binni   Ziar   Xazoiy   erdi,   o‘n   yetti   yo   yigirma   diramg‘a   sotdilar.“ 56
  Mazkur
baytda ham  Yusuf(a.s.)ning g‘ulomlik davriga ishora qilgan holda tazod san’atini
keltirib   betakror   o‘xshatish   qilingan.   Sulton   va   qul   so‘zlari   bir-biriga   qarama-
qarshi   qo‘yilib,   mazkur   so‘zlar   bayt   mazmunini   boshqargan.   Ma’shuqa   xuddi
parilardek   nozik   va   go‘zal,   ushbu   jihatdan   u   malohat   mulkida   barcha   go‘zallarni
ortda   qoldiradi,   ularga   sultondir.   Yusuf   Misriy   orqali   oshiqqa   ishora   qilingan.
Oshiq xuddi Yusufdek o‘sha sultonning qullari qatoridan joy olgan. Bu yerda shoir
yor sifatida zimdan ma’shuqi azalni- Haq taoloni nazarda tutmoqda.
                               Tun-u kun Yusufim shavqida go‘yo piri Kan’ondek,
                               Ko‘zum yoshini man ham bekaron ummona bengzatdim.
55
 Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. -Т.: ,,MOVAROUNNAHR“-,,O ‘ZBEKISTON“, 2009.210- бет.
56
  Алишер   Навоий.   Тарихи   анбиё   ва   ҳукамо.   -Самарқанд:   Ғафур   Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриётининг бўлими, 1990. 20-бет.
68                                                                               (Amiriy, Devon: 2017, 196-
g‘azal)
Baytda yoriga yetolmagan oshiqning oh-u zorlari o‘z ifodasini topgan. Yusuf so‘zi
bu yerda yorga ishora, piri Kan’on- Yusufning otasi Ya’qub(a.s.)ga ishora, chunki
u   o‘g‘li   Yusufdan   ayrilib,   yig‘layverib   ko‘zi   ojizlangan   edi.   Oshiq   ,,Yusuf“ini
yo‘qotib, uning hajrida ,,piri Kan’on“dek ahvolga tushdi. Kun-u tun ayriliq azobi
tufayli yig‘layverganidan ko‘z yoshlari cheksiz ummonga aylandi.
                                 Latofat Misri ichra Yusufi Kan’on kabi, ey jon,
                                 Xaridoring Zulayxo bo‘lsa, bozoringdin aylansun.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 238-
g‘azal)
Mazkur   baytda   yor   go‘zallikda   Yusufga,   oshiq   esa   Zulayxoga   taqqoslanmoqda.
Bilasizki,   Yusuf(a.s.)   Misrga   qul   sifatida   borganida   Misr   Azizi   uni   sotib   olgan.
Misr   Azizining   rafiqasi   Yusuf(a.s.)ni   ko‘rib   oshiq-u   devona   bo‘ladi.   Orada   bir
qancha   voqealardan   keyin,   baribir,   ikkalasi   birga   bo‘lishadi,   Yusuf(a.s.)   uni   o‘z
nikohiga oladi. ,,Aylansun“ radifli ushbu g‘azalda boshdan oxirgacha yor tarifi va
tavsifi   keltirilib,   biz   keltirgan   misralarda   esa   talmeh   va   tashbeh   san’ati   qorishiq
tarzda berilgan-yor go‘zalligi madh etilgan. Quyidagi baytda esa ma’shuqa chiroy
bobida Yusufni ham ortda qoldirgan holati ifodalangan:
                                       Oftobi husni poking etti dunyog‘a tulu’
                                       Xo‘blug‘da Yusufi Kan’onni bekor aylagon.
                                                                            (Amiriy, Devon: 2017, 219-g‘azal)
Bayt   mazmunida   yorning   go‘zalligi   va   husni   dunyoga   xuddi   oftobdek   ko‘rinish
berdi. Xo‘blug‘ so‘zi bu yerda go‘zallik ma’nosida kelib, yorga nisbatan chiroyda
Yusufni ham yengib chiqding, deyilmoqda.
69        Umuman olganda, Yusuf (a.s.) obrazi Amiriy ijodida tengsiz go‘zallik sohibi-
yorni   tasvirlashda   hamda   ma’shuq   chekkan   iztiroblarni   Yusuf   (a.s.)   tortgan
zahmat-u qiyinchiliklarga mengzab bayt badiiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
          Amiriy   devonining   ko‘p   o‘rinlarida   Iso   Masih   obraziga   murojaat   etgan.
Ma’lumki,   Iso   Masih   obrazi   mumtoz   adabiyotda   qo‘llanilish   jihatidan   sermahsul
o‘rinni   egallovchi   obrazlardandir.   Iso   Masih   payg‘ambarimiz   Muhammmad
Mustafo(s.a.v.)dan   oldin   yashab   o‘tgan   payg‘ambar   bo‘lib,   uning   nomi   ,,Qur’oni
karim“   da   24   marotaba   zikr   etiladi.   U   haqidagi   ma’lumotlarni   ,,Tavrot“
va ,,Injil“dagi qissalar orqali bilib olish mumkin.
         Mumtoz adabiyotda Iso Masih obrazini qo‘llash orqali ma’shuqa, yor labining
jon ato etish xususiyati ochib beriladi. Mazkur holat Amiriy lirikasida ham o ‘ziga
xos o‘ringa ega. Masalan, quyidagi bayta:
                                  Lablaring so‘z birla aylar xastag‘a jonbaxshlig‘,
                                  Tirguzur anfos ila andog‘ki o‘lgonni Masih.
                                                                            (Amiriy, Devon: 2017, 38-g‘azal)
Baytda Iso Masihning sifatlaridan biriga ishora qilingan. Shoirning ijodiy maqsadi
bu obrazni  keltirish  ortida ma’shuqaning ham  sifatlarini  ochib berishdir. Lablarni
bilamizki,  adabiyotda   jonbaxshlik   xususiyatiga   ega.  Bu   yerda   ham   yor   lablaridan
zohir bo‘lgan so‘z orqali xasta-bemorga jon kirmoqda, tuzalmoqda. Yorning xuddi
shu holati nafasi bilan o‘lganni tiriltiruvchi Masihga o‘xshatilmoqda. Baytda tazod
va tashbeh sa’atidan foydalanilgan. Umuman olganda, ushbu g‘azal irfoniy ma’no-
mazmun kasb etadi. Deyarli har bir baytida yorni tasvirlash uchun irfoniy ma’no-
mazmun   ifodalovchi   istilohlardan   foydalanilgan.   Xususan,   g‘azalning   2-baytida
ana   afsah(fasih   so‘zliman),   aynan   tusammo   salsabil(buloq   nomi),   3-baytda   kun
faanzir,   kavsar,   4-baytda   lavlok   (lavloka   lamo   xalaqtul-afloka-agar   sen
bo‘lmaganingda   falakni   yaratmagan   bo‘lar   edim),   li   umrik,   vaz   zuho(choshgoh
vaqtiga qasam), 5-bayda mozog‘u-l basar, va-l-layl, 6-baytda Toho, alam nashrah,
70 8-baytda   Masih   so‘zlarini   keltirib,   yorni   ilohiy   yor-   Haq   taolo   ekanligiga   ishora
keltiriladi. Ayniqsa, bu mazmun maqta’da oydinlashadi:
                           Ishq mulkining Amiridur gadoyi dargahing,
                           Jannat-ul ma’voyi ko‘yingdin topib rayhoni riyh.
Quyidagi baytda ham Masihning jonbaxshlovchilik sifatiga ishora qilingan:
                            La’li Masihi xizmatida man marizini,
                            Ul ikki turk rahzani o‘lturmay o‘lturur.
                                                                            (Amiriy, Devon: 2017, 56-g‘azal)
Bayt   ,,Sho‘xeki,   noz   ila   mani   o‘lturmay   o‘lturur,   Mijgoni   novakafgani   o‘lturmay
o‘lturur“   matla’si   bilan   boshlanuvchi   g‘azaldan   olingan   bo‘lib,   Masih   obrazi   bu
yerda   yorni   ifodalab,   uning   lablari(labidan   chiqqan   so‘zlari)   oshiqi   bemorni
xastalikdan   qutqarsa,   uning   ikki   jodu   ko‘zlari   (bilasiz,   adabiyotda   ko‘zlar   qotilga
o‘xshatiladi)   esa     oshiqni   o‘limga   mahkum   etadi.   Quyidagi   baytda   ham   shunday
ma’no-mazmun zuhur bo‘ladi: 
                                  Sharbati la’li labing jon berur ag‘yorga, lek
                                  Mani o‘lturdi ko‘zing, garchi Masihodursan.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 226-
g‘azal)
Ushbu   parchada   yorning   labi   ag‘yorga   jon   berishi   alohida   ta’kidlanmoqda.   Yor
oshiqqa   jafo   ko‘rsatib,   raqib   bilan   ,,til   biriktirgan“,   uning   ikki   chashmi   oshiqqa
qasd qilishga chog‘langan. Baytda tashbeh san’ari bilan bir qatorda ko‘z va Masih
so‘zlari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilib, tazod san’ati ham yuzaga keltirilgan.
            Shu   bilan   birgalikda   Amiriy   g‘azallarida   yorni   Iso   Masihdan   ham   yuqori
rutbada tutish holatlari uchraydi. Masalan, 
                                Sharbati Xizr-u Masih anfosidin dam urmakim,
71                                 Orzu aylar labing shavqini bemori anor.
                                                                            (Amiriy, Devon: 2017, 74-g‘azal)
 Xizrni bilasizki, ko‘plab sifatlari bilan insonlar tafakkuridan o‘rin olgan zotlardan
biri.   Xizr   obrazini   keltirish   orqali   mumtoz   adabiyotda   uning   aqlli   va   tadbirli
ekanligiga,   abadiy   tirikligiga,   tiriklik   suviga   ega   ekanligiga   (Har   kishi   ko‘nglida
o‘z maylicha bordur orzu, Xizrga obi baqo, mango labi jonon havas (96-g‘azal)) va
mushkulotda   qolgan   insonlarga   hamroh,   ularning   ,,yukini   yengillatuvchi“   shaxs
ifodalanadi (Ey, kosh qilg‘aysiz safar, biz sori solg‘aysiz nazar, Azmi safar etgon
chog‘i   bo‘lsun   Xizr   yo‘ldoshingiz(86-g‘azal)).   Yuqoridagi   baytda   uning   tiriklik
suviga ishora qilinmoqda. Lirik qahramon Xizrning tiriklik suvi-yu Masihning jon
ato   etuvchi   nafasi   haqida   gapirma,   so‘z   ochma,   Sening   so‘zing   ularning
mo‘jizalaridan   ham   a’lo,   demoqda.   Quyidagi   baytda   ham   shunga   o‘xshash   holat
keltiriladi: 
                           Tabassum sharbatidin ruhbaxsh o‘ldi-yu, jonparvar,
                           Damingni, ey Masih, la’li dildorimg‘a o‘xshotma.
                                                                            (Amiriy, Devon: 2017, 261-g‘azal)
Baytda yorning tabassumi Masih nafasidan ko‘ra jon baxsh etuvchi hodisa sifatida
alqanmoqda. Lirik qahramon yorning tabassumi  unga  ruh ato etuvchi  deb,  Masih
sen   nafasingni   dildorimning   labiga   o‘xshatma   demoqda.   E’tibor   qaratadigan
bo‘lsak,   devonda   ko‘p   o‘rinlarda   Masih   hamda   Xizr   obrazlari   baytda   yonma-yon
keladi:
                                  Labi yoquti uzra zohir o‘ldi xatti rayhoni,
                                  Dahoni chashmai hayvon, Masih-u Xizr ma’nosi.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 287-
g‘azal)
72           Sulaymon   obrazi   Amiriy   lirikasida   ko‘p   ishlatilgan   obrazlar   sirasiga   kiradi.
Sulaymon   adabiyotda   Dovud   payg‘ambarning   o‘g‘li   sifatida   keltirilgan   bo‘lib,
yahudiylarning   rahnamosi,   shohi   hisoblanadi.   Unga   Alloh   taolo   barcha   jonli
mavjudotlar va shamolni bo‘ysundirib bergan. Sulaymon obrazini qo‘llash an’ana
tusiga   kirgan.   Islomiy   adabiyotlarda   Sulaymonning   payg‘ambarligi   haqida   gap
ketsa,   badiiy   adabiyotda   esa   uning   podshoh   ekanligiga   ko‘proq   to‘xtalib   o‘tiladi.
Amiriy   lirikasi   ham   bundan   mustasno   emas.   Shoirning   ,,sog‘indim“   radifli
g‘azalida Sulaymon obrazi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi:
                                  Agarchi mo‘r yanglig‘ za’fdin cho‘q notavondurman,
                                  Nazokat kishvari ichra Sulaymonimni sog‘indim.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 199-
g‘azal)
Keltirilgan   baytda   Sulaymon   va   chumoli   o‘rtasida   bo‘lib   o‘tgan   voqeaga   ishora
qilinmoqda.   Sulaymon   bilan   bog‘liq   har   qanday   ashyo   tasavvufiy   adabiyotda
ma’lum   bir   ramzni   ifodalab   keladi.   Uning   mulki   ham,   uzugi-yu   chumoligacha
o‘zining   botiniy   mazmuniga   egadir.   Masalan ,   uzuk   so‘zi   –   olamdagi   barcha
moddiy   narsalar   foniy   ekanligini,   faqatgina   inson   kamolotga   yetishsagina,   u
abadiylik  hosil  qilib,  birlamchi   hodisaga  aylanishini   anglatib  keladi.   Chumoli   esa
Sulaymon   payg‘ambarning   bitmas-tuganmas   boylikka-yu,   kuch-qudrat,   o‘zining
inkor   etib   bo‘lmas   imkoniyatlariga   ega   bo‘lsa-da,   haqiqiy   qudrat   sohibi   -   Haq
taoloning qarshisida ojizligini anglatib keladi. Baytda lirik qahramon Haqiqiy Yor
oldida   ojizligi   va   notavonligini   tan   olgan   holda,   buyuk   qudrat   egasi   va   nazokat
kishvari ichidagi Sulaymonini- Xoliqni sog‘inganligini aytmoqda. Amiriy ko‘plab
g‘azallarida   Sulaymon   va   chumoli   masalasiga   murojaat   etib,   yor   va   oshiq
munosabatlarini oydinlashtirishda mazkur obrazlardan foydalanadi. Xususan, 
                             Ko‘rib ul yaxshilar shohini, arzi muddao qildim, 
                             Muhaqqar mo‘rga go‘yo Sulaymon uchradi nogah. (270-g‘azal)
73 baytida   lirik   qahramon   ma’shuqasini   yaxshilar   shohi   deya   e’tirof   etadi.   U
ma’shuqasiga   holini   ayon   qilmoqda,   ushbu   jihatdan   oshiq   chumoliga,   yor   esa
Sulaymonga o‘xshatilmoqda. 
                                Ahli davlatdin erur dunyo arusi komyob,
                                Tong ermas, Bilqis agar topsa Sulaymondin havo.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 14-g‘azal)
Bilqis   –   qo‘l   ostida   hamma   narsaga   mujassam,   Sabo   yurtining   malikasi.
Rivoyatlarga   ko‘ra,   Sulaymonning   lashkarlaridan   bo‘lmish   hudhud
(sassiqpopushak)   Sabo   yurtiga   borganida   butun   bir   mamlakatning   Allohga   emas
Quyoshga   sig‘inayotganligining   shohidi   bo‘lib   qaytadi.   Buni   Sulaymonga
aytganidan   so‘ng   Sulaymon   malikaga   xat   yo‘llab,   o‘ziga   bo‘ysunishini   aytadi.
Bilqis   bunga   javoban   ko‘plab   hadyalar   yuboradi.   Sulaymon   sovg‘a-salomlarni
olmasdan,   u   mamlakatga   qarshi   urush   ochadi.   Chunki   unda   eng   buyuk   hadyalar
(payg‘ambarligi, kuch-qudrati va imkoniyatlari (mo‘jizalari)) mujassam  edi. Unga
moddiy olam ashyolari qiziq emas edi. Shundan so‘ng malika o‘zi kelib unga bosh
egadi. Sulaymon saroyini ko‘rib o‘zining naqadar ojizligini, Sulaymonga shunday
karomatlar-u davlatni bergan Allohning buyukligini tan oladi. Amiriy baytida ham
xuddi shu ma’no o‘z aksini topgan. 
                                Yostonib ko‘yingda, bosh qo‘yg‘och, ayog‘ing ostina
                                Podshohedur Sulaymon taxt-u Doro afsariy.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 291-
g‘azal)
Bayt   Amiriyning   ,,Ka’batayn   oy-u   kun   davrida   anjum   ko‘zlari,   Kim   ko‘rubtur
arsayi   olamda   mandek   shashdaryo“   g‘azalidan   olingan   bo‘lib,   7   baytdan   iborat,
oshiqona   g‘azaldir.   G‘azaldagi   har   bir   bayt   zamirida   o‘tkinchi   dunyo   ne’matlari
Haqiqiy Yor oldida quyi pog‘onada turishi anglashilib turadi: Jomi Jam-u Iskandar
shavkati(2-bayt), Faridun taxti  va Doro kishvari(5-bayt), Sulaymon taxti-yu Doro
74 toji(6-bayt)   kabilar   shular   jumlasidan.   Baytda   oshiq   Yoriga   yetishsa,   uning
oyoqlariga   bosh   qo‘ysa,   o‘zining   bu   holatini   xuddi   podshoh   Sulaymon   va   Doro
yorining oyoqlari ostidadek tasvirlaydi.
      Amiriy ijodida Yusuf, Iso Masih, Xizr, Sulaymon kabi bir qator obrazlar bilan
birgalikda   Muhammad   Mustafo(s.a.v.)   nomlari   ham   zikr   etiladi.   Shoirning   na’t
g‘azallaridan tashqari bir  qancha g‘azallarida Rasululloh nomi  keltirilgan. Ul zoti
sharif nomi  keltirish orqali yorni, Muhammad (s.a.v.)ning o‘zlarini tasvir va tavsif
etib, g‘azal badiiyatini oshirishga harakat qiladi. Shoir bu bilan har bir bandaning
ko‘nglida   zohir   bo‘ladigan   ezgu   niyatlarini   va   Rasulullohdan   qiyomat   kunida
shafoat kutish kabi holatlarni ochiq-oydin ko‘rsatib beradi.
                             Yo Rasululloh, muruvvatlig‘ Amirimsan  maning,
                             Sansan, ey sulton, bu qulni barchadin a’lo qilon.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 217-
g‘azal)
G‘azal   boshidan   boshlab   oshiq   yorining   unga   jafo   ko‘ratishini   aytib   iztirob
chekadi.   U   yor   bir   boqish   bilan   oshiqni   o‘ziga   shaydo   etib,   uni   azobga   qo‘yadi.
Yorning tirnoqlari oshiqning qonli ko‘z yoshlaridan rang olgan. Yor shamga, oshiq
parvonaga   o‘xshatiladi.   Mahbuba   xo‘blar   ichida     husnda   tengi   yo‘q.   Oshiq
maqta’da   Rasulullohga   murojaat   etib,   bu   ishda   unga   madad   berishiga
chorlamoqda.   Shoir   o‘z   taxallusini   qo‘llab,   payg‘ambarni   muruvvatlilarning
amirisan, sen sulton-u men o‘sha sultonga qul deya ta’riflaydi. 
          Amiriyning   ,,Qilg‘och   ul   oy   bir   kecha   charx   uzra   ohangi   uruj,   Topdi   ziynat
maqdamidin   afsari   ,,zotil-buruj“   (36-g‘azal)   matla’si   bilan   boshlanuvchi   g‘azali
ham Muhammad Mustafo (s.a.v.)ni alqovchi g‘azallari sirasiga kiradi. Matla’ning
dastlabki   misrasida   payg‘ambarimizning   meroj   kechasi   arz-u   samoga
ko‘tarilganligi va 2-misrasida ,,Zotil-buruj“ surasining nozil bo‘lganligi haqida fikr
yuritiladi.   ,,Zotil-buruj“   surasi   22   oyatdan   tashkil   topgan   bo‘lib,   u
payg‘ambarimizni   dushmanlari   tomonidan   dindan   qaytarish   maqsadida   azob
75 berganlarida Alloh taolo ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun ,,ogohnoma“ tarzida
yuborgan suralaridir:
                                Qilg‘och ul oy bir kecha charx uzra ohangi uruj, 
                                Topdi ziynat maqdamidin afsari ,,zotil-buruj“
2-baytda   esa   yulduzlarning   xattoki   uning   istig‘boliga   chiqishni   o‘ziga   sharaf   deb
bilishini keltirib, betakror o‘xshatish qiladi:
                               Istabon izzu sharaf, chiqmoqqa istig‘bolig‘a,
                               Tavsani gardung‘a mehr urmish kavkavdin buruj.
Keyingi   3-baytda   esa   Rasulullohning   ,,li   maalloh“   (soflik   yaqinligi)   maqomiga
erishganligi   tasviri   keltiriladi,   bu   yerda   hadisga   ham   ishora   qilinmoqda.   Hech
qanday payg‘ambar va farishtalarga bunday yuksalish nasib etmagan edi :
                             ,,Li maalloh“ majlisida oncha qurbat toptikim,
                               Anbiyo birla maloyik ko‘rmadi andoq uruj.
Qolgan   ikki   baytda   ham   payg‘ambar   tasviri   keltirilib,   6-baytga   kelganda
Muhammad   (s.a.v.)ning   nomlari   keltirilib,   mahshar   kunida   u   zotdan   shafoat
tilaydi:
                                Yo Rasululloh, shafoat ilgi birla qo‘llabon,
                                Dastgirim bo‘lg‘asen mahsharda min kullil-xuruj.
Maqta’da   esa   shoir   o‘zining   har   bir   qilgan   ishida   kushoyishni   sabr   ekanligini
aytadi.   Zeroki,   xalq   orasida:   ,,Sabr-shodliklarning   kaliti   hisoblanadi“   degan
hikmatli so‘z bor.
     Shoirning ,,Najot istar kishi shar’i nabiyda ustuvor o‘lsun, Tutub sunnat yo‘lin,
yoronlarig‘a   dastyor   o‘lsun“   (241-g‘azal)   deb   boshlanuvchi   g‘azali   ham
Muhammad (s.a.v.)ni madh etishi bilan ajralib turadi:
                              Najot istar kishi shar’i nabiyda ustuvor o‘lsun, 
76                               Tutub sunnat yo‘lin, yoronlarig‘a dastyor o‘lsun.
                              Aning tarbiyatidur obro‘yi dunyovu uqbo,
                              O‘shalkim, shar’ini xor aylasa, xor o‘lsun.
                              Buzub bid’at asosin, shar’ bunyodin baland ettim,
                              Mango bu mulki davlat to qiyomat poydor o‘lsun.
                              Sani istab, agar tufroq bo‘lsam, yo Rasululloh!
                              G‘uborim zarra-zarra sanga chashmi intizor o‘lsun.
                              Qachonkim ostoning tufrog‘ida aylasam manzil,
                              Iki giryon ko‘zum zamzamdek anga chashmasor o‘lsun.
                              Yo‘lungda goh dasht-u, goh tog‘ uzra boray o‘zdik,
                              Tanimda xor-u xoro zaxmidin yuz xor-xor o‘lsun.
                              Chiqib yer qo‘ynidin bir tun, yana azmi visol etkim,
                              Falak xoki rahing, ey xisravi Rafrafsuvor, o‘lsun.
                              Emas mumkin mango vasling harimi ichra xos o‘lmak,
                              Ki davlatdur, desang: ,,Ko‘yumdagi itlarg‘a yor o‘lsun.“
                             Amir aytur begoh shafoat ko‘z tutub sandin:
                           ,,Harimi dargahing, Yo Rab, mango dor ul-qaror o‘lsun.“
Mazkur   g‘azalning   dastlabki   baytlaridanoq   kimki   Rasulullohdan   najot   istasa,
sunnat   yo‘liga   kirishi   kerakligi   ta’kidlanadi.   Shar’i   nabiyni   ushlamagan   kishi
noto‘g‘ri   yo‘ldan   yurib,   xor   bo‘ladi.   Lirik   qahramon   bid’atni   yengib,   shar’
bunyodini   yuksaltirdi.   Uning   bu   holati   to   qiyomatgacha   hamroh   bo‘lishini
xohlaydi. Yo Rasululloh, senga yetish uchun tuproqqa aylansam koshki edi, zotan
shu   chang,   zarra   bo‘lib   ko‘zingga   qo‘nsam.   7-baytda   shoir   payg‘ambarni
Rafrafsuvor   deb   nomlaydi.   Bu   baytda   Muhammad   (s.a.v.)ning   me’roj   kechasi   va
77 unga   Buroq   oti   bilan   ko‘tarilganligiga   ishora   bor.   Balki   oshiqqa   yorning   ,,vasli
harimi“ga erishish nasib etmas, lekin oshiqqa mukofot bo‘ladiki, yor ,,ko‘yimdagi
itlarga yor bo‘l“ desa. Maqta’da Amiriy kech bo‘lsa ham Yor shafoatidan umidim
bor , Yo Rab, men uchun to‘xtash joyi Ka’bang bo‘lsin, demoqda.
          Yuqorida   keltirilgan   obrazlar   bilan   bir   qatorda   Amiriy   g‘azallarida   ishq-u
oshuftalikni   tarannum   etuvchi   an’anaviy   obrazlar,   tarixiy   shaxslarning   nomlari,
xalq og‘zaki ijodiga ishora qiluvchi timsol va istilohlar keltiriladi: Farhod, Majnun,
Shirin, Layli, Vomiq, Uzro, Iskandar, Doro, Ahriman kabilar shular jumlasidan.
                                  Ranj-u g‘am tog‘ida man Ko‘hkan-u, san Shirin,
                                  Yo uzoring mani Vomiq desa, Uzrodursan.
                                  Yuzlaring jilvasi Laylini qilibdur majnun,
                                  Yusufi dahr-u jamol ichra Zulayxodursan.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 226-
g‘azal)
          Amiriy   devonida   xuddi   Alisher   Navoiy   asarlaridagi   kabi   komil
insonlarning     ,,guldastasi“iga   duch   kelish   mumkin.   Ulardan   biri   bu   Farhoddir.
Dastlab   mazkur   obraz   turli   rivoyat-u   afsonalarda,   Navoiygacha   bo‘lgan   adabiyot
vakillarida   uchrasa-da,     Hazrat   Navoiy   ijodida   Farhod   obrazi   obraz   darajasiga
ko‘tarilgan,   sayqallangan.   Alisher   Navoiy   va   Amiriy   ijodida   eng   buyuk   insonga
xos   fazilatlar   Farhod   obrazi   orqali   ifodalangan.   Shu   bilan   birgalikda   Amiriy
g‘azallarida   lirik   qahramonning   qay   ahvolda   ekanligi   Farhod   obrazini   keltirish
orqali oydinlashtiriladi, ikkalasi bir-biriga qiyoslangan zaylda asar badiiyati ochib
beriladi.   Keltirilgan   baytda   Ko‘hkan   –   tog‘   qazuvchi   kishi,   bu   so‘z   orqali   shoir
Farhodga   ishora   qilmoqda.   Oshiq   o‘zining   ishq   yo‘lida   riyozat   chekishi,   unga
yetish   uchun   qanday   sinovlardan   o‘tishi   yoki   o‘tyotganligi   jihatidan   o‘zini   xuddi
Farhod,   Vomiq,   yorini     Shirin   va   Uzroga   o‘xshatmoqda.   Vomiq   va   Uzro   haqida
turli afsonalar, rivoyatlar, doston va qissalar mavjud bo‘lib, bu obrazlar orqali ham
78 ikki   bir-biriga   oshiq   ko‘ngillarning   turli   qiyinchiliklari   va   sarguzashtlarini   bayon
qilishda mumtoz adabiyotda obraz darajasiga ko‘tarilgan. Baytda hatto yor jilvasi,
yuzini   ko‘rib   Layli   ham   majnunga   aylanganligi   ta’kidlanib,   bu   holatni
mustahkamlash uchun Yusufga oshiq bo‘lgan Zulayxo obrazlari ham kiritilyapti.
                              Agar Laylining ko‘yida bir itcha emas qadri,
                              Shukuhi Qaysni dasht-u biyobondin tamosho qil.
                                                                            (Amiriy, Devon: 2017, 184-g‘azal)
Mazkur   baytda   tashbeh   san’ati   orqali   badiiyat   ta’sirchanligiga   erishilgan.   Yor-
Layli,   oshiq-   Majnunga   qiyoslanib,   qahramonlarning   ishqda   qay   ahvolga   tushishi
chiroyli tasvirlangan. Lirik qahramon yor ishqining shukuhida Majnun kabi telbaga
aylandi. Oshiq o‘zining holini bayon etib, ma’shuqaga qarata, bunga ishonmasang
Majunning   taqdirini   esla,   demoqda.   Quyidagi   baytlarda   ham   ishq   oshiqni   qay
ko‘yga solishi mazmuni zuhur bo‘ladi:
                                     Qildi Layli hasrati Majnunni rasvoyi jahon,
                                     Ishq muhlik dard erur, man zordin andisha qil.
                                     Vaslidin dam urma, ey oshiq, agar Mansursan,
                                     Deding asrori ,,Anal-Haq“, dordin andisha qil.
                                                                             (Amiriy, Devon: 2017, 182-g‘azal)
Ishq   muhlik   bir   darddir.   Bu   dard   -Layli   ishqi   Majnunni   xor-u   rasvo   qildi.   Oshiq
men ham Majnun holiga tushmasligim uchun meni aya, men oshiq-u zoringga bir
o‘yixushlik ko‘rsat. Shoir oshiqqa qarata, sen yoringga dabdurustdan vasldan so‘z
ochmagin.   Agar   so‘z   ochadigan   bo‘lsang   ham   uni   tushunadigan,   qabul   qiladigan
kishiga   izhor   et,   bo‘lmasa   Mansur   Xalloj   taqdiri   sening   boshingga   ham   tushajak.
Ma’lumki,   Mansur   Xalloj   omi   xalq   oldida   o‘zini   Alloh   bilan,   Alloh   ishqi   bilan
birlashganini (,,Anal -Haq“ ) aytib, o‘z umriga zomin bo‘ladi. Shoir ushbu voqeani
keltirib oshiqni ogohlantirmoqda.
79                                   Layli-yu Majnun bila, Farhod-u Shirinman sango,
                                  Ishq devoni aro har kimsaning bir bobi bor.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 51-g‘azal)
Keltirilgan   baytda   lirik   qahramon   ma’shuqaga   ishqning   bir   devon   ekanligini,   bu
devon  o‘z   boblaridan   iborat,   Layli   va   Majnun   bir   bob,  Farhod  va   Shirin   bir   bob,
agar ixtiyor aylasang, biz ham o‘sha devonning bir qismiga aylanishimiz mumkin,
demoqda.
              Shoir   g‘azallarida   an’anaviy   obrazlardan   Iskandar   va   Doro   kabi   tarixiy
shaxslar talqinini ko‘rishimiz mumkin. 
                                      O‘tti Iskandar bila Jamshid yuz afsus ila,
                                      Berma dunyog‘a ko‘ngulni, shoh-u bahr-u bar qani?
                                      Yodgor ahli jahong‘a qoldi mandin bu g‘azal,
                                      Vomiq-u Farhod-u Majnun ishqidin daftar qani?
                                       Layli-yu Shirin edi Farhod-u Majnun dilbari,
                                       Lek alarg‘a bu Amir ash’oridin zevar qani?
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 308-
g‘azal)
Iskandar   va   Jamshid   tarixiy   shaxslar   hisoblanib,   ikkalasi   ham   podshoh
hisoblangan.   Ularning   behisob   boyligi-yu   qudrati   bo‘lsa-da,   umrlarining   oxirida
hech bir narsasi ularga hamroh bo‘lmadi, na shohlik, na boylik va na ular yaratgan
narsalar.   Shoir   mazkur   obrazlarni   keltirish   orqali   mol-u   dunyoga   ruju
qo‘ymaslikni,   foniy   dunyodagi   hech   bir   narsa   hech   bir   kishiga   vafo   qilmasligini
aytib,   faqat   undan   qilgan   amallari-yu   nomi   qolishini   ta’kidlaydi.   Vomiq,   Farhod,
Majnun, Layli va Shirinlardan ular tarannum etgan ishq, shoirdan esa ushbu g‘azali
yodgor  va   esdalik  bo‘lib  qolishini   aytmoqda.  Bayt  mazmunini  quyidagi  parchada
ham anglash mumkin:
80                                    Jomi Jamshid-u Iskandar shavkatidan dam urma,
                                   Naylasun oni junun bozorining rasvolari.
                                                                              (Amiriy, Devon: 2017, 291-
g‘azal)
Junun   ahli-oshiqlar   uchun   mol-u   davlatning   ahamiyati   yo‘q.   Ular   uchun   haqiqiy
ishq   barchasidan   ustun   turadi.   Alloh   va   uning   vasliga   yetish,   U   bilan   birlik   hosil
qilish   ular   uchun   eng   oliy   maqsaddir.   Bunda   ular   o‘tkinchi   dunyo   havaslariga
emas,   ishqqa   tayanadi.   Ishq   insonni   ma’rifatga   olib   boradigan   qudrat,   insonni
moddiy asosdan poklovchi, holi etuvchi muqaddas olov. 57
  Baytga ham shu mazmun
singdirilgan.
                               Gar muyassar bo‘lsa ko‘yi uzra yostonmoq mango,
                               Naylayin taxti Faridun birla Doro kishvari.
Agar yor vasliga erishib, uning ko‘yida yastanish menga nasib etsa, Faridun taxti
ham, Doroning buyuk mamlakati ham kerak emas.
        Iskandar bilan Doro obrazi ham shoir g‘azallarida yonma-yon keladi:
                                Ishq Amirining sipohiga duchor o‘ldi magar,
                                Mulki Iskandar g‘ubor o‘ldi-yu, Doro bo‘ldi kul.
                                                                          (Amiriy, Devon: 2017, 180-g‘azal)
Keltirilgan   baytda   ishqning   qanday   qudratga   ega   ekanligi   haqidagi   haqiqat   ochib
berilgan. Shoir o‘zini ishq mulkining amiri sifatida keltiradi, agar uning qo‘shiniga
Iskandar   uchrab   qolgudek   bo‘lsa,   u   chang   zarrasiga   aylanishi,   Doroning   esa   bir
sig‘im   kulga   aylanishini   aytadi.   Bu   mubolag‘ali   holatni   keltirib   Amiriy     dunyoni
larzaga   keltirgan   ikki   buyuk   qudrat   egalarining   ham   ishq   oldida   ojiz   qolishini
aytadi.   Amir   so‘zi   orqali   ishtiqoq   san’ati   yuzaga   keltirilgan.   Xuddi   shu   bayt
mazmuni quyidagi baytda ham anglashiladi:
57
 Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. -Т.: ,,MOVAROUNNAHR“-,, O‘ZBEKISTON“, 2009. 43-бет .
81                                     Ishq mulkining Amiri bo‘lki, oshiqlar ishin
                                    Gar Sikandardur va gar yer uzra Doro aylamas.
                                                                             (Amiriy, Devon: 2017, 93-g‘azal)
              
               III.2.  G‘azallarda tasavvufiy timsollarning badiiy ifodasi. 
              Shoir   lirikasida   uchraydigan   obraz,   timsol   va   so‘fiyona   istilohlar   orqali
g‘azallarning mavzu ko‘lamini aniqlash ham mumkin bo‘ladi. Xususan , Jomi Jam,
may, sharob, butxona, sanam, tarso, kosa, xum, qadah, boda, mayxona, mahbub,
xarobot,   soqiy,   sog‘ar   kabi   so‘zlar   shoir   ijodini   teran   anglashda   kalit   so‘z
vazifasini   bajaradi.     Mazkur   istiloh   va   timsollarni   Najmiddin   Komilov   shunday
izohlaydi: ,,Mayxona ,,zavq-u shavq va ilohiy ma’rifat to‘lib toshgan komil inson-
orifning   botiniy   dunyosiva   Ruhi   Mutlaq   manbaidir“,   ,,   …   tasavvuf   ahli   xum,
xumxona,   sog‘ar,   jom,   maykada   deganda   ham   orifning   nurfayz   jozib   yuragini
tushunganlar“, ,,Xarobot so‘zining lug‘aviy ma’nosi mayxona, sharobxona bo‘lsa-
da,   ammo   tasavvuf   ahli   istilohida   inson   jismining   xarob   bo‘lishi-qanoat,   faqr
yo‘liga   kirib,   hayvoniy   nafslar,   keraksiz,   yomon   xulq-odatlardan   qutulib,   o‘zni
xokisorlik,   kamtarinlik   rutbasiga   solishdir“   “. 58
  Olim   yuqoridagi   keltirilgan
so‘zlarning ham atama sifatidagi, ham tasavvufiy adabiyotdagi muqobil izohlarini
keltirib, har qanday bayt tahlilida ularning ma’nolarini anglagan holda fikr yuritish
kerakligi haqida bizga dasturamal ko‘rsatadi.
         ,,Boda“ so‘zi o‘z o‘rnida „may“, „ichimlik“ ma’nolarida ishlatilsa, tasavvufiy
adabiyotda   ,,ilohiy   muhabbat“   ma’nosiga   ega.   „Soqiy“   so‘zi   esa   faqat   „may
quyuvchi“   emas,   balki   „ustoz“   ma’nosida   ham   keladi.   ,,Jom“,   ,,qadah“,   ,,piyola“
so‘zlari   tasavvufiy   termin   sifatida   ,,kamolotga   yetgan   kishi   (piri   murshid,
58
 Нажмиддин Комилов. Тасаввуф.  - Т.: ,,MOVAROUNNAHR“-,, O‘ZBEKISTON“, 2009. 152-153-бетлар.
82 shayx)ning qalbi ma’nosini ifodalaydi. 59
  Amiriy ijodida ham mana shunday istiloh
va timsollar yo‘q emas, albatta. Masalan, 
                   Bu tun piri mug‘on bazmida men mehmon tong otquncha,
                   Payopay quy qadahni, soqiy, bearmon tong otquncha . 60
 
Keltirilgan   baytning   zohiriy   ma’nosiga   ko‘z   tashlanadigan   bo‘lsa,   quyidagicha
ma’no   kelib   chiqadi:   ,,Bu   tun   men   mayxonachi   bazmida   tong   otguncha
mehmonman,   Ey   may   quyuvchi,   mayni   to‘xtatmasdan   quyki,   to   tong   otguncha
may   ichib   armonimiz   qolmasin“.   Botiniy   ma’noda   esa   murid   pirning   ilm-u
irfonidan bahramand bo‘lish, HAQIQAT sirlaridan ogoh bo‘lish hamda uni qalbiga
muhrlash   uchun   pirining   dargohida   mehmon.   Piri   bergan   ilm-u   irfon   orqali
muridning   ko‘ngli   ravshan   bo‘lsa,   ilohiy   muhabbatga   sazovor   bo‘lsa   -   uning
maqsadi shu.
Yoki boshqa bayt:
                      Zohido, dersenki, oshiqlig‘da maqsuding nadur,
                      Bo‘lmag‘ay ishqidin o‘zga hech dilxohim mening. 61
Mazmuni: Ey zohid, sen mendan oshiq bo‘lishdan maqsading nima deb so‘rading,
Bilginki,  Haqning  ishqidan boshqa xohishim yo‘q mening. Ya’ni oshiq biror narsa
umidida   Unga   ishq qo‘ymagan. Maqsadi- ko‘nglidagi ishq also so‘nmasin hamda
Uning   ishqiga   ham   sazovor   bo‘lish.   Shu   jihatdan   ma’lum   ma’noda   baytda
keltirilgan zohidlardan farqli o‘laroq ahli hol vakillaridir. Ular jannat yoki boshqa
narsalar umidida Haq taologa ibodat qilmaydilar. Baytga e’tibor berilsa, oshiq ham
Alloh   taolo   ishqini,   uning   vasliga   yetishmoqlikni   boshqa   hech   narsaga
almashmaydi. Bunday baytlarni Navoiy ijodida ham ko‘plab uchratamiz. Xususan,
quyidagi bayt:
                                Zohid senga hur-u menga Jonona kerak, 
59
  Тасаввуф адабиёти лингвопоэтикаси (мақолалар тўплами). -Т.: 2010.38-бет.
60
 Амирий. Девон.-Т.: „Фан“ нашриёти, 1972. 220-бет.
61
 Ўша китоб. 132-бет.
83                                 Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak.
                                Mayxona aro soqiy-u paymona kerak,
                                Paymona necha bo‘lsa to‘lo, yona kerak. 62
Ushbu   baytda   ham   ilohiy   ishq   tarannum   etilgan.   Jannat-u   o‘tkinchi   dunyo
ne’matlaridan   ko‘ra   Haq   taolo   va   uning   vasliga   yetishish   yo‘lidagi   har   qanday
mushkulotlar   shoirga   afzalroq.   Mazkur   baytda   naqshbandiylik   tariqatining
g‘oyalari singdirilgan. Amiriy ham ustozlarining yo‘lidan borgan holda an’analarni
davom ettirganligini quyidagi ruboiysi orqali ham anglash mumkin:
                                Agarchi hush diyorida g‘olib o‘ldi ko‘ngul,
                                Jununi ishq-u muhabbatg‘a rog‘ib o‘ldi ko‘ngul.
                                Shuhud bazmida paymonai muhabbat ichib,
                                Mudom sog‘ari sahbog‘a tolib o‘ldi ko‘ngul. 63
Bundan tashqari Amiriyning yuqoridagi ,,Zohido, dersenki, oshiqlig‘da maqsuding
nadur,   Bo‘lmag‘ay   ishqidin   o‘zga   hech   dilxohim   mening“   bayt   mazmuni   va
Alisher   Navoiyning   ,,Xamsa“si   tarkibidagi   dostonlardan   biri   ,,Farhod   va
Shirin“dagi  quyidagi misralari mazmunida o‘xshashlik bordek:
                                   Dedi: Nedur senga olamda pesha,
                                   Dedi: Ishq ichra majnunliq hamesha.
                                   Dedi: Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi,
                                   Dedi: Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi. 64
62
  Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик ,  1 -  том. Бадойиъ ул бидоя.   - Т .:   ,, Фан“ нашриёти ,
1987 .  652 -  бет .
63
  Ўша китоб.  2 1-бет .
64
  Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик.8 -  том. Фарҳод ва Ширин. Т.: Фан нашриёти, 1991. 356-бет .
84 Ikkala buyuk shoir baytlaridagi ma’no-mazmun o‘xshashligidan Amiriyni Alisher
Navoiy   an’analarini   davom   ettirgan   munosib   shaxs   sifatida   ko‘rsatish   mumkin
bo‘ladi.
                              Men istab yor vaslin, sen tilarsen jannat, ey zohid,
                              Senga kavsar mayi, menga labi jonon erur shirin. 65
Mazkur   bayt   ham   yuqoridagi   bayt   kabi   ma’no   kasb
etadi.   ,,Ma’shuqa“,   ,,jonon“,   ,,jono“   so‘zlari   ,,Rasululloh   (s.a.v.)“,   ,,komil   inson“
ma’nolarini,   ,,lab“   so‘zi   ,,komil   insonning   purma’no   so‘zlari“,   ,,bo‘sa“   so‘zi
esa   ,,ma’rifatning   sir-u   asrorlaridan   bahramand   bo‘lish   vositasi“   66
  ma’nosini
anglatishi nazarda tutilsa, keltirilgan baytni shunday sharhlash mumkin bo‘ladi:
          Zohid   jannatga   kirishni   xohladi   va   u   xushbo‘y   jannat   suvidan   bahramand
bo‘lsa, muddaosi-shu. Ammo oshiq-lirik qahramon bu bilan qanoatlanmaydi. Unga
bundanda ziyodroq narsa kerak. Oqil-u donolar suhbatidan Haq vasliga intiluvchi
oshiq uchun kamolotga yetgan shaxslar, xususan,  pirning chuqur  ma’noli  so‘zlari
orqali   ma’rifat   sirlaridan   voqif   bo‘lish,   HAQIQATga   yetmoqlik   maqsad
hisoblanadi.
          E’tibor   qaratilsa,   Amiriy   ijodida   ham   ko‘plab   shoirlar   qatori   jannat-u   hur-u
g‘ilmonlarni   haqiqiy   Yordan   yuqori   qo‘yish   kabi   holatlar   uchramaydi.   Alloh
vaslini jamiki narsa-yu yaratiqlardan ustun sanaydi. Quyidagi baytda bu o‘z aksini
topgan: 
                          Kavsarim sharobingdur, jannatim erur vasling,
                          Naqd sensen, ey soqiy, nasya hur-u g‘ilmonlar. 67
      Ishq, go‘zallik shunday bir kuchga egaki, lirik qahramon ma’shuqaning husn-u
malohati   dinsiz   kishini   musulmon,   musulmon   kishini   esa   kofir   qilishga   qodir
ekanligini ta’kidlaganini quyidagi baytlar misolida ko‘rish mumkin:
65
  Ўша китоб. 189-бет.
66
 Тасаввуф адабиёти лингвопоэтикаси (мақолалар тўплами). Т.: 2010. 39-бет.
67
  Ўша китоб. 79-бет.
85                            Ishq dinig‘a munkir bo‘lsa zohidi xudbin,
                           Ey sanam, liqo ko‘rsat, gabrni musulmon qil.
                           Ehtisob uchun zohid kirsa dayr aro, soqiy,
                           Bir qadah birla oning zuhdidin pushaymon qil. 68
                                             
                                              III bob bo‘yicha xulosa.
           1.Obraz badiiy asar mohiyatini ochib beruvchi vositadir. Amiriy g‘azallarida
shoir   fikrlarini   tasdiqlash   uchun   an’anaviy   obrazlarga   va   tarixiy   haqiqatlarga
tayangan   holda   hukm   chiqaradi.   G‘azallar   tarkibida   shunday   obrazlar   borki,   ular
irfoniy ma’no-mazmun kasb etadi. Xususan,payg‘ambar va avliyolarning nomlari,
xalq   og‘zaki   ijodida   uchrovchi   obrazlar,   tarixiy   shaxslarning   obrazlari,   oshiq-
ma’shuqlikni tarannum etuvchi obrazlar shular jumlasiga kiradi.
          2.   Nuh(a.s.),   Yusuf(a.s.),   Xizr(a.s.),   Ayyub(a.s.),   Muso(a.s.),   Iso(a.s.),
Ya’qub(a.s.),   Sulaymon(a.s.),   Muhammad   (s.a.v.),   Iskandar,   Doro,   Faridun,
Jamshid, Farhod, Majnun, Vomiq, Shirin, Layli, Uzro va shu kabi obrazlar Amiriy
g‘azallarini bezagan. Shoir o‘zi aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni yuqoridagi obrazlarni
keltirib  asoslaydi,  oshiq  va  ma’shuqaning  turli   jihatlari   va sifatlarini  shu  obrazlar
orqali ifodalaydi. Ularning soyasida irfoniy g‘oyalarni ilgari suradi. Obrazlar bilan
bog‘liq   detallar   ham   ramziy   ma’noga   ega.   Xususan,   Xizr   va   boqiylik   chashmasi,
Iso   va   uning   labi,   Sulaymon   va   taxti,   chumoli,   uzugi,   Iskandar   va   ko‘zgu,   mol-u
dunyosi, Jamshid va jom, sharob so‘zlari bir-birini to‘ldirib, irfoniy mazmun kasb
etadi. Har biri foniy va boqiy dunyo orasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi. Mumtoz
adabiyotda   Iskandar   obrazi   ikki   xil   ko‘rinishda   qo‘llaniladi.   Biri   tarixiy   shaxs
sifatida, biri badiiy obraz tarzidagi  talqinidir. Amiriy she’riyatida Iskandar obrazi
tarixiy   shaxs   sifatida   gavdalanadi,   podshohlik,   behisob   mol-u   mulkka   ega   shaxs
qilib tasvirlanadi.
68
 ,,Amiriy ijodida irfoniy mavzular badiiyati“ nomli maqolamdan keltirildi.
86           3.   Shoir   ijodida   irfoniy   mazmunni   zuhur   qiladigan   vositalar   bu   tasavvufiy
timsollardir.   Jomi   jam,   may,   butxona,   sharob,   xum,   qadah,   boda,   lab,   mayxona,
xarobot, soqiy, zohid, sog‘ar, ko‘ngil, xat kabi timsollar Amiriy g‘azallarida ko‘p
uchraydi.   Ular   asar   badiiyatida   muhim   o‘ringa   ega,   chunki   ular   orqali   g‘azalning
mavzu mundarijasini ham belgilash mumkin:
                                  Xizr hayvon suyidin ichkan kabi, ey dilrabo,
                                  Har kishi kom olsa la’lingdin, topar mulki baqo.(11-g‘azal)
                                   Sanga bexudlig‘ ila yorlig‘ istarman, ey soqiy,
                                   Qadah tutg‘il mango, ul bodani afyun ila yor et.
                                                                                 (Amiriy, Devon:2017, 31-
g‘azal)
Ikki   baytda   ham   tasavvufiy   istilohlar   ishlatilgan   bo‘lib,   Haq   ma’rifati   yo‘lida
riyozat   chekyotgan   solik   va   o‘z   piridan   bu   yo‘lda   madadkor,   to‘g‘ri   manzilni
ko‘rsatishini  kutmoqda. Soqiy ustoz, pirni anglatib, solik uchun mayoq vazifasini
bajaradi. Ko‘ngil timsoli ham Amiriy she’riyatida ko‘p o‘rinlarda uchraydi:
                                   Kechalar mahrum emas vayronalar oy nuridin,
                                   Sol buzuq ko‘nglumg‘a husnung partavin, ey mahliqo!
                                                                               (Amiriy, Devon:2017, 12-g‘azal)
                                             
87                                                      Umumiy xulosa.
          1.  Amiriy  Qo‘qon  adabiy  muhitining  gullab  yashnashida  muhim   rol  o‘ynadi.
Fan va ilm ahlining   rag‘batlantiruvchisi, rahnamosi bo‘ldi. Uning ko‘magi ostida
hozirgi   kungacha   o‘z   qadr-qiymatini   yo‘qotmagan   nodir   asarlar   dunyoga   keldi.
Xususan,     Fazliy,   Muqimiy,   Furqat,   Nihoniy,   Muhyi,   Hoziq,   Ochildi   Miriy,
Hijlatxon kabi shoirlar ijodining yuksalishi Amiriyga borib taqaladi. Amiriy ularga
o‘rnak   bo‘lgan,   uning   devonidagi   sara   asarlar   bunga   yaqqol   misol.   Amiriydan
ilhomlanib saroy ijodkorlari uning asarlariga tatabbu’ va naziralar bitgan. Masalan,
Muqimiyning Amiriy g‘azallariga tayangan holda 5ta tazmin muxammas yaratishi
holatini keltirib o‘tishimiz mumkin.
          2.   Amiriy   devonidagi   lirik  namunalarni   o‘qish   asnosida   shoh   va  shoirlikning
qorishiq   tarzda   kelishi  uning  she’riyatini   yanada  boyitganini  payqash   mumkin.  U
yaratgan   lirikaning   mavzu   ko‘lami   buni   tasdiqlaydi.   Amiriy   she’riyatining   uslubi
sodda.   Tushunilishi   qiyin   jumlalardan   deyarli   foydalanmagan.   Lirikasi
kompozitsion jihatdan bir qancha janrlarni o‘z ichiga oladi. Devondan 10dan oshiq
janrlar   o‘rin   olgan   bo‘lib,   eng   ko‘p   ijod   qilingani   g‘azal   janri   hisoblanadi.
G‘azallari 5baytdan 16baytgacha sodda va ravon tilda bayon etilgan. Asosan, ishq
kuylangan.
          3.   Qo‘qon   adabiy   muhitida   ko‘plab   shoirlar   ijodida   an’anaviylik   va   o‘ziga
xoslik   sezilib   turadi.   Ulardan   biri   tadqiqotimiz   obyekti   bo‘lgan   Amiriy   ijodidir.
O‘zidan   oldingi   adabiyot   vakillarining   ijod   sirlarini   o‘rgangan   holda   asarlar
yaratishga   harakat   qilgan.   U   nafaqat   o‘rgandi,   balki   ularning   g‘oyalarini   boyitdi,
boshqacha   usullar   bilan   lirikasining   mazmundor   bo‘lishini   ta’minladi.   Xususan,
yaratgan   tazminlarida   u   salaflarining   ijodidan   shunchaki   ko‘chirmadi,   ular
aytmoqchi bo‘lgan fikrni tadrijlab, boyitib yuksaltirdi.
88                 4.   Shoir   devoni   tarkibi   devonchilik   an’anasini   inobatga   olgan   holda
yaratilgan.   Devon   tuzishda   Alisher   Navoiyga   tayangan   bo‘lsa-da,   o‘zining
boshqalardan   ajralib   turuvchi   mavzulari   bilan   devonini   boyitgan.     Devondagi
g‘azallar   mavzu   ko‘lami   va   badiiyati   o‘ziga   xosligi   bilan   ajralib   turadi.   Uning
g‘azallarining   bosh   mavzusi   -ishq.   Ijtimoiy   ruhdagi   asarlari   deyarli   uchramaydi.
Ishqni talqin qilishda shoir o‘ziga xos yo‘lga ega. Majoziy ishq bilan birga botiniy
ishqni   ham   tarannum   etuvchi   ijod   namunalari   talaygina.   Majoziy   ishq   deganda
faqat ayolga borib taqaladigan ishq emas, balki bu foniy dunyoning go‘zalliklari-
yu   ashyolarini   ham   madh   etuvchi   ishqni,   asarni   tushunish   joiz   bo‘ladi.   Shoir
asarlarining mavzusini yoritishda diologli baytlar o‘ziga xos o‘ringa ega. Oshiq va
ma’shuqa kechinmalari diologli baytlarda ancha oydinroq tasvirlangan. G‘azallari
bilan bir qatorda ruboiylari ham ishqni ikki xil kuylashda o‘ziga xos o‘rniga ega. 
          5.   Hamd,   na’t,   munojot,   manqabat,   mav’iza   mavzusidagi   g‘azallari   shoir
ijodidagi   eng   muhim   ijod   namunalaridir.   Bir   tomondan   devon   tuzish   qoidalariga
tayanib   shoir   ushbu   mavzularga   qo‘l   urgan   desak,   yana   bir   tomondan   shoirning
darajasini   ham,   salohiyatini   ham   tarannum   etuvchi   mavzular   shular   hisoblanadi.
Mazkur   mavzular   devonda   alohida-alohida   g‘azal   shaklida   ham,   qorishiq   tarzda
ham uchraydi.
       6. Irfoniy g‘oyalarning badiiy ifodasi borasida Amiriyni tasavvuf ta’limotidan
ilhomlanib   asar   yaratgan   ijodkorlar   qatoriga   qo‘shish   mumkin   bo‘ladi.   U
g‘azallarida   irfoniy   g‘oyalarni   ochib   berishga   harakat   qilgan.   Bunda   u   tasavvufiy
istiloh va timsollar, obrazlarga tayangan holda asarlar yaratgan. An’anaviy obrazlar
Amiriy ijodida juda ko‘p o‘rinlarda uchraydi. U asarlarida obrazlar orqali tasavvuf
ta’limotidagi   o‘ziga   xos   jihatlarni   yoritib   berishga   harakat   qilgan.   Obrazlar   o‘z-
o‘zidan tanlanmagan. Farhod ham, Majnun ham va boshqa bir qator obrazlar ham
an'anaviylik kasb etadi.
      Umuman olganda, shoir ijodida har bir obraz va timsollar tilga kirgan. Har biri
o‘zining   moddiy   ma’nosidan   tashqari   irfoniy   ma’no   ham   kasb   etgan.   Timsollar
shoir lirikasining ma’no-mazmunini belgilashda tamaltoshi vazifasini o‘taydi. Shu
89 bilan   birgalikda,   ta’kidlash   joizki,   Amiriy   she’riyati   sodda   tilda   yozilganligi   va
oddiy   kishilar   ham   qiynalmasdan   tushuna   olishi   jihatidan   boshqa   shoh-shoirlar
ijodidan farqlanib turadi. Buni  ta’minlab  bergan obraz va  timsaollar  shoir  ijodida
takrorlanmas   va   nihoyatda   turli-tuman   bo‘lib,   bu   shoirning   ichki   dunyosi   juda
go‘zal iste’dodi, chinakam va benazir, o‘lmas ijodkor ekanligidan dalolar beradi.
90                                   Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
     I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:
         1.   Мирзиёев   Ш . М .   Эркин   ва   фаровон   демократик   Ўзбекистон   давлатини
биргаликда   барпо   этамиз . –  Тошкент : O‘zbekiston, 2016. – 32  б . 
          2.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз
билан   қурамиз . –  Тошкент :  Ўзбекистон , 2017. – 488  б . 
          3.   Мирзиёев   Ш . М .   Адабиёт   ва   санъат ,   маданиятни   ривожлантириш   –
халқимиз   маънавий   оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир .
Президент   Ш . Мирзиёевнинг   Ўзбекистон   ижодкор   зиёлилари   вакиллари
билан   учрашувдаги   маърузаси  //  Халқ   сўзи . – 2017. – 4  август .
          4.   Мирзиёев   Ш . М .   Қонун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш   –   юрт   тараққиёти   ва   халқ   фаровонлигининг   гарови .   –   Тошкент :
O‘zbekiston, 2017. – 32  б .
          5.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “ Ўзбекистон
Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   стратегияси ”
тўғрисидаги   Фармони  //  Халқ   сўзи , 2017  йил , 8  феврал . №28 (6722). –  Б .1-2 
          6.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   қарори   “ Олий   таълим
тизимини   янада   ривожлантириш   чора - тадбирлари ”   тўғрисида   //   Халқ   сўзи ,
2017  йил , 21  апрель . 
          7.   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш . М . Мирзиёевнинг   БМТ   Бош
Ассамблеясининг   72- сессиясида   сўзлаган   нутқи   //   Халқ   сўзи ,   2017   йил ,   20
сентябрь . 
91          8.   Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар
стратегияси   тўғрисида  //  Халқ   сўзи , 2017  йил  8  февраль , №28 (6722). –  Б .1-2
                                        
                                        II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
          9.   Қаюмов   A.   Асарлар   (Қўқон   адабий   муҳити)   7-   жилд,   7-китоб.   -Т.:   ,,
MUMTOZ SO‘Z“, 2010. -278 б.
     10. Комилов Н. Тасаввуф. –Тошкент: ,,Movaraunnahr“ -,,O‘zbekiston“, 2009.
– 448 б.
     11. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент. ,,Ўзбекистон“, 2002.
– 560 б.
     12. Пўлотжон Домулла Қайюмов. Тазкираи Қайюмий. -Т.: 1998. -246 б.
          13.Тасаввуф   адабиёти   лингвопоэтикаси   (мақолалар   тўплами)(масъул
муҳаррир Қуронбеков А.) -Т.: 2010.-158 б.
     14. Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. -Т.: ,,O‘ZBEKISTON“, 2014.-318 б.
     15. Karimov  O . Mumtoz she’riyat janrlari. ,,Namangan“ nashriyoti, 2015.  - 75 b.
          16.   Orzibekov   R.   O‘zbek   adabiyoti   tarixi(XVII-XIX   (I   yarmi)   asrlar),
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. -T.: 2006. -
271 b.
          17.   Sirojiddinov   Sh. ,   Yusupova   D. ,   Davlatov   O .   Navoiyshunoslik   (1-kitob).-
T.: ,,Tamaddun“, 2018. -519 b.
                                             III.   Diniy manbalar, adabiyotlar:  
     18. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi, Abdulaziz Mansur.- 483 b.
                                             IV. Lug‘atlar:
92          19. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, тўрт томлик (I, II,
III, IV томлар).  Фозилов Э.И. таҳрири остида. – Тошкент: Фан, 1983. – 656; –
644; – 624; – 636  б.
         2 0 . Алишер Навоий: қомусий луғат. I, II жилд. – Тошкент: Sharq, 2016. –
536 б; – 480  б.
     21. Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. -Т.: ,,Янги аср авлоди“, 2008.
193 б.
                                             V. Бадиий адабиётлар:
      23. Абдурауф Фитрат. Танланган  асарлар, II жилд. -Т.: ,,МАЪНАВИЯТ“,
2000.-206 б.
          24.   Амирий.   Девон.   (Ўзбек   тилидаги   шеърлар).   Сўз   боши.   Нашрга
тайёрловчи М. Қодирова, Масъул муҳаррир Х. Расул. – Тошкент: Фан, 1972.
– 360 б.
        25.   Амирий.   Девон.   2   жилдлик.   1-жилд.   Нашрга   тайёрловчилар   З.
Қобилова, О.Давлатов – Тошкент: Тамаддун, 2017. – 331 б.
          26.   Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик ,   1 -   том.
Бадойиъ ул бидоя.  - Т .:   ,, Фан“ нашриёти ,  1987 .   - 6 89  б .
          27.   Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик.   3-   том.
Хазойин ул-маоний. Ғаройиб ус- сиғар. -Т.: Фан нашриёти, 1988. -575 б.
     28. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик ,  5 - том. Бадоеъ
ул васат. Т.: „Фан“ нашриёти,1990. - 526 б.
          29.   Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик ,   6- том.
Фавойид ул-кибар.  - Т.: „Фан“ нашриёти,1990.  - 555 б.
          30.   Алишер   Навоий.   Мукаммал   асарлар   тўплами.   20   томлик.8 -   том.
Фарҳод ва Ширин. -Т.: Фан нашриёти, 1991. -595 б.
          31.   Алишер   Навоий.Тарихи   анбиё   ва   ҳукамо.   -Самарқанд:   Ғафур   Ғулом
номидаги Адабиёт ва санъат нашриётининг бўлими, 1990.-138 б.
93           32.   Дилшод.   Танланган   асарлар.-Т.:   Ғафур   Ғулом   номидаги   адабиёт   ва
санъат нашриёти, 1972. -94 б.
     33. Фузулий М. Девон. 1 жилд. Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт 
нашриёти. -Т.: 1968. -382 б .
     34. Давлатов О. Маънолар хазинаси (1-китоб). -Т.: ,,TAMADDUN“, 2021. -
329 б.
          35.   Ҳомидий   Ҳ.   Кўҳна   Шарқ   дарғалари.   (Бадиий   илмий   лавҳалар)   –
Т.: ,,Шарқ“ нашриёт- матбаа концерни бош таҳририяти, 1999. -351 б.
      36.  Шайх Аҳмад Ибн Худойдод Тарозий. Фунуну - л балоға.  - Т. :   ,, Хазина“ , 
1996 .   - 177 б.
                                      Dissertatsiya va avtoreferatlar:
          37.   Мухитдинова   Н.,   XVII-XIX   асрлар   биринчи   ярми   ўзбек   шеъриятида
салафлар   анъаналарининг   поэтик   такомили,   Филология   фанлари   доктори
(DSc) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатсия, Самарқанд, 2021.
-246 б.
          38.   Qurbonova   S.   Navoiy   debochalari   poetikasi   (“Badoye’   ul-bidoya”   va
“Xazoyin ul-maoniy” debochalari misolida). Bitiruv malakaviy ishi.  
                             Ilmiy to‘plam, jurnal va gazetalardagi maqolalar:
          39.   Қобилова   З.   Амирий   ва   унинг   адабий   мероси.   „Ўзбек   тили   ва
адабиёти“ журнали ,  2017. 5 - сон, 20-29-бетлар.
     40. Раҳимова С. Амирий санъаткорлигининг бир жиҳати хусусида. „Ўзбек
тили ва адабиёти“ журнали, 2002. 3 -  сон 47 - 49 -  бетлар.
       41 . Sayfullayeva U.  Amiriy va uning irfoniy olamiga bir nazar. ,,Involta“ ilmiy
jurnali,vol.1 No.6, 2022. 165-bet.
94          42.   Sayfullayeva U. Amiriy ijodida irfoniy mavzular badiiyati.   Polish science
journal,   issue   3(69),   WARSAW,   POLAND.   Wydawnictwo   Naukowe   ,,iScience“,
2023. 139-bet.
                                                             
                                                                     
                                                                        Internet saytlari:
          43.   Adizova   I .   Amiriy   adabiy   m erosida   taxmislarning   o‘rni.
www.goldenscripts.navoiy-uni.uz
     44.  Eshonboboyev А. Navoiy ijodi va adabiy ta’sir. kh-davron.uz
     45. Qurbonov  А . Zulf- so‘fiyona istilohda olam ramzi, kh-davron.uz
          46.   Tasavvufiy   istilohlar   izohi.
http://navoi.natlib.uz:8101/uz/devoni_foniy_davomi_un_tuqqizinchi_tom/izohlar/
          47.   Zebo   Qobilova.   Amiriyning   Alisher   Navoiy   g‘azallariga   bog‘lagan
taxmislari   haqida   ayrim   mulohazalar.   https    ://    cyberleninka    .   ru    /   article    /   n   /   amiriyning    -  
alisher    -   navoiy    -   g   -   azallariga    -   bog    -   lagan    -   taxmislari    -   haqida    -   ayrim    -   mulohazalar    /   viewer   
      48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchilar
va   murabbiylar   kuniga   bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi
nutqi//http://uza.uz/posts/3452
95

AMIRIY DEVONINING IRFONIY TADQIQI mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi ANNOTATSIYASI Amir Umarxon Qo‘qon adabiy muhitini madaniy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan shakllantirgan siymolardan biridir. Shoh-shoir adabiy muhitning yuksalishida o‘zining ko‘plab islohotlari bilan ulkan hissa qo‘shgan. Amiriy fan va adabiyot ahliga rahnamolik qilishi bilan birga o‘zi ham yuksak iste’dodli shoirdir. Undan bizga lirikasi jamlangan devoni yetib kelgan. Mazkur devonida g‘azal, muxammas, musaddas, tarji’band, ruboiy, tuyuq kabi o‘nga yaqin janrlar jamlangan. Har bir janr devonda o‘z o‘rniga ega, ya’ni janrlar devon tuzish an’anasiga muvofiq ravishda tartib bilan joylashtirilgan. Amiriy devonidagi janrlarning mavzu ko‘lamida, asosan, ishq mavzusi yetakchilik qiladi. Ishqni shoir turli yo‘sinda tarannum etadi. Bunda asarlardagi timsollar ishqi majoziy va ishqi haqiqiyni anglab olishda kalit so‘z vazifasini bajaradi. Yana bir unsur borki, shoir ishqini yorga yetkazishda muhim o‘rin egallaydi. Bu – diologli misralar hisoblanadi, ular g‘azallarning ta’sirchanlini boyitgan, oshiq va ma’shuqa munosabatlarini oydinlashtirishda yetakchi unsurlardan hisoblanadi. Shoir lirikasi ma’rifiy ma’no zuhur etishi bilan ajralib turadi. G‘azallarida hamd, na’t, munojot, mav’iza, manqabat mavzusi qalamga olingan bo‘lib, irfoniy mazmun yetakchilik qiladi. Devondagi dastlabki g‘azallar Alloh taologa hamd va munojot, Payg‘ambarimizga na’t, bundan tashqari mav’iza va manqabat mavzusida bitilgan. Bunday mavzudagi asarlar yaratish har qanday shoirning ham qo‘lidan kelavermaydi, shundan kelib chiqib shoirning salohiyat darajasini belgilash mumkin bo‘ladi. Albatta, Amiriy ijod jarayonida salaflarining yo‘lidan borib, ularning yo‘nalishini asarlariga olib kiradi. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi bir qancha ijod darg‘alari Amiriy lirikasida muhim ahamiyat kasb etgan. Amiriy asarlarida an’anaviylikni davom ettirgan holda o‘ziga xoslikni ham 1

namoyon etadi, ya’ni ko‘r-ko‘rona g‘oyalarni davom ettirmasdan ularni boyitishga harakat qiladi. Xususan, shoir yaratgan taxmislarda bu yaqqol sezilib turadi. Amiriy g‘azallarida an’anaviy obraz va timsollar o‘z o‘rniga ega bo‘lib, asar badiiyatini boyitishda va mavzu mundarijasining oydinlashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Amiriy lirikasida payg‘ambarlar, tarixiy shaxslar, oshiq va ma’shuqlikni tarannum etuvchi obrazlar, xalq og‘zaki ijodiga ishora qiluvchi obrazlar va timsollar juda ko‘p o‘rinlarda uchraydi. Yusuf, Ya’qub, Sulaymon, Xizr, Iso, Muso kabi payg‘ambarlar nomlari, Doro, Iskandar, Jamshid, Faridun kabi tarixiy shaxslar, Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Vomiq va Uzro kabi oshiq va ma’shuqlikni ifoda etib keluvchi obrazlar Amiriy ijodining badiiylashishida o‘z o‘rinlariga ega. Obrazlar turli maqsadlarda qo‘llanilgan. Masalan, oshiqni o‘sha obrazga taqdirdosh sifatida yoki bo‘lmasa undan ham ortiq ishqqa egaligiga ishora tarzda turli obrazlar tanlangan, tarixiy shaxslarning nomlari esa mol-u mulkning o‘tkinchiligi hamda ishq oldida ularning qiymati yo‘qligiga ishora qilib keladi. Bundan tashqari shoir ijodida pir, soqiy, may, mayxona, lab, ko‘ngil, jom, qadah, xarobot, zohid kabi bir qancha timsollar qo‘llanilganki, ular yordamida shoir g‘azallaridagi asosiy g‘oyani anglab olish mumkin bo‘ladi. Shoir g‘azallaridagi umuminsoniy g‘oyalar esa insonni komillikka chorlab turadi. THE GNOSTIC RESEARCH OF AMIRI DEVAN 2

master’s thesis on the subject ANNOTATION Amir Umarkhan is one of the figures who shaped the literary environment of Kokan from a cultural, socio-political point of view. The king-poet made a great contribution to the rise of the literary environment with his many reforms. Amiri is a highly talented poet in addition to leading people of science and literature. From him, a collection of lyrics has reached us. About ten genres such as ghazal, mukhammas, musaddas, tarji’band, rubai, tuyuq are collected in this divan. Each genre has its place in the divan, that is, the genres are arranged in order according to the tradition of creating a divan. In the scope of themes of genres in Amiri’s book, the theme of love is the leading one. The poet praises love in different ways. In this case, the symbols in the works serve as key words in understanding figurative love and real love. There is another element that plays an important role in conveying the poet’s love. These are dialogue verses, which enrich the impressiveness of ghazals and are considered to be the leading elements in clarifying the relationship between a lover and a lover. The poet’s lyrics are distinguished by the emergence of educational meaning. In his ghazals, the themes of praise, praise, prayer, and mangabat are written, and the gnostic content is leading. The first ghazals in the Dewan were written on the subject of praise and prayer to God Almighty, praise to our Prophet, and also on the subject of mawiza and manqabat. It is not possible for any poet to create works on such a topic, based on this, it will be possible to determine the level of the poet’s potential. Of course, Amiri followed the path of his predecessors in the creative process and brought their direction into his works. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bedil, etc., have gained importance in Amiriy’s lyrics. In his works, Amiri shows originality while continuing traditionalism, that is, he tries to enrich ideas without blindly continuing them. In particular, this is clearly noticeable in the assumptions made by the poet. 3

Traditional images and symbols have their place in Amiri’s ghazals, and they are important in enriching the art of the work and clarifying the content of the subject. In Amiri’s lyrics, prophets, historical figures, images glorifying the lover and the beloved, images and symbols referring to the folklore of the people can be found in many places. Names of prophets such as Yusuf, Ya’qub, Suleiman, Khizr, Isa, Moses, historical figures such as Darius, Iskandar, Jamshid, Faridun, Farhad and Shirin, Layli and Majnun, Vomiq and Uzro, which have been expressing love and affection images have their place in the art of Amiri’s work. Images have been used for various purposes. For example, different images were chosen to indicate that the lover is destined for that image or, if not, to have more love, and the names of historical figures indicate the transience of possessions and their worthlessness in front of love. In addition, several symbols such as pir, soqi, may, maykhana, lip, heart, cup, glass, ruin, and hermit are used in the poet’s work, which help to understand the main idea of the poet’s ghazals. The universal ideas in the poet’s ghazals call a person to perfection. MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………….. 8-13 4

I BOB. QO‘QON ADABIY MUHITIDA LIRIK JANRLARNING MAVZU KO‘LAMI I.1 Amiriy she’riyatining kompozitsion tuzilishi va devonchilik an’anasi …………………………………………………………………………………14-24 I.2 Amiriy she’riyatida an’ana va adabiy ta’sir masalasi………………………24- 40 Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………….42- 42 II BOB. AMIRIY DEVONIDAGI G‘AZALLARNING IRFONIY TADQIQI II.1 Devondagi g‘azallarning mavzu ko‘lami va badiiyati……………………43- 53 II.2 Amiriy g‘azallarida hamd, na’t, munojot va manqabat mavzulari badiiyati..53- 66 Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………….. 66-67 III BOB. AMIRIY IJODIDA AN’ANAVIY OBRAZ VA TIMSOLLAR BADIIYATI III.1 Shoir g‘azallarida an’anaviy obrazlarning irfoniy talqini……………. 68-83 III.2 G‘azallarda tasavvufiy timsollarning badiiy ifodasi. ………………….. 84-88 Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………... 88-89 UMUMIY XULOSALAR ………………………………………………….. 90-92 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………….. 93-97 5