logo

ALISHER NAVOIYNING “BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASI MISOLIDA NAVOIY LIRIKASINING O‘RGANILISHI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

147.2080078125 KB
ALISHER NAVOIYNING “BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASI
MISOLIDA NAVOIY LIRIKASINING O‘RGANILISHI
AN N OTATSIY A
Mumtoz adabiyotning zabardast vakili Mir Alisher Navoiy umri davomida
o‘lmas   asarlar   yaratib,   nomini   tarix   zarvaraqlarida   muhrladi .   Bizga   shoirdan
ulkan   meros   qolgan   bo‘lib,   nafaqat   adabiyot   balki   turli   fan
tarmoqlariga oid asarlar yaratgan.  Bilamizki, Alisher Navoiy bir nechta
devon   tartib   bergan   sohibi   devon   ijodkordir.   Hukmdor   do‘sti
Temuriyzoda   Husayn   Boyqaro   topshirig‘i   bilan   “Badoe’   ul-bidoya”
devoniga   tartib   beradi.   Ushbu   magistrlik   ishida   shoirning   ilk   rasmiy
devoni   “Badoe’   ul-bidoya”   devoni   va   uning   tuzilish   tarkibi,   debochasi
badiiyati va unda keltirilgan devon tartib berish mezonlarining keyingi
tartib   berilgan   tadvinlaridagi   (“Xazoyin   ul-maoniy”)   amaliy   tatbiqi
haqidagi   masalalarga   bag‘ishlanadi.   Yana   Navoiygacha   bo‘lgan
devonchilik     tadriji   qay   tarzda   bo‘lgan   va   shoirdan   keyingi   davrdagi
devonchilik   taraqqiyoti   kabi   muhokamalar   ham   ilova   qilindi.   Har   bir
bobda va ish so‘nggida umumiy xulosalar berildi.
AN N OTATION
Mir   Alisher   Navoi,   a   zabardast   representative   of   classical
literature, created immortal works throughout his life and sealed the
name in the jewels of history. We have a huge legacy from the poet,
creating works not only on literature, but also on various branches of
science.   We   know   that   Alisher   Navoi   is   the   owner   Devonian   creator,
who gave several Devonian procedures. The ruler orders the “Badoe’ ul-bidoya”   dynasty   with   the   commission   of   his   friend   Temuriyzoda
Husayn   Boyqaro.   In   this   master’s   work,   the   first   official   office   of   the
poet   is   devoted   to   the   issues   of   the   “Badoe’   ul-bidoya”   office   and   its
structural   composition,   the   art   of   debocha,   and   the   practical
application   of   the   fevon   ordering   criteria   contained   therein   in   the
later   ordinated   tadvins   (“Khazoyin   ul-maoniy”).   Again,   discussions
were   also   attached,   such   as   the   manner   in   which   the   pre-Nawab
devotional teaching took place, and the progress of devotionalism in
the post-poet period. General conclusions were made in each chapter
and at the end of the work.
MUN DA RIJ A
KIRISH…………………………………………………………………………4
I  BOB. MUMTOZ ADABIY OTDA  DEBOCHA N A VISLIK  AN ’A N A SI
1.1. Alisher   Navoiygacha   bo‘lgan   davrda   devonchilik………………………
11
1.2. Navoiydan   keyingi   davrda   devonchilikning
badiiyati…………………..16
II  BOB. “ BA DO E ’ UL-BIDOY A ”  DEBOCHA SIN IN G ADA BIY -
ESTETIK  MOHIY A TI
2.1. “Badoye’ ul-bidoya” debochasida Navoiy adabiy-estetik 
qarashlarining
in’ikosi ………………………………………………………………………….21
2.2. Debochada qo‘yilgan adabiy masalalarning devon miqyosidagi  amaliy tatbiqi…………………………………………………………………...27
III  BOB. NA VOIY N IN G KEY IN GI  DEVON LA RIDA  “ BA DOE’ UL-
BIDOY A ”  DEBOCHA SIDA GI  A DA BIY  QA RA SHLA RN IN G AMA LIY  
IFODA SI
3.1. “Badoye’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy” debochalarining
umumiy va farqli 
jihatlari …………………………………………………………........................34
3.2. “ Badoy e’ ul-bidoy a”  debochasidagi adabiy  qarashlarning 
“ X azoy in ul-maoniy ”  k ompozit siy asidagi amaliy  
tatbiqi…………………………………………………………………………..46
3.2.1. “Xazoyin”dagi devonlar ning  umumiy tatbiq i…………………………..46
3.2.2. “Xazoyin”dagi lirik janrlar miqyosidagi tatbiq …………………………53
X ULOSA … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … ...75
FOY DA LA N ILGA N  ADA BIY O T LA R RO‘Y X A TI … … … … … … … … … 77
KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   O‘zbek   adabiyoti   tarixidagi   mumtoz   asarlar   boy
xazinadir.   Bu   xazinani   o‘rganish,   tadqiq   va   talqin   etish,   yoshlar   ma’naviy
dunyosining   milliylik   va   insonparvarlik   zaminida   shakllanishiga   g‘oyat   kuchli
ta’sir ko‘rsatadigan vositadir.   Mustaqillik sharofati ila milliyligimiz, o‘zligimizni
namoyon etadigan barcha sohalar rivoj topib bormoqda. Xususan, milliy va jahon
adabiyotini   o‘rganishda   bu   soha   eng   avvalidadir.   O ‘ zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   ta’kidlaganidek,   “Mamlakatimizda   barcha   soha
tarmoqlari   qatori   madaniyat   va   san’at,   adabiyot,   ommaviy   axborot   vositalari
3 rivojiga   katta   e’tibor   berilmoqda.   Ayniqsa,   keyingi   paytda   bu   soha   ravnaqini
yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha   ulkan ishlar amalga oshirilmoqda”. 1
  Ana shu
talablar   adabiy-badiiy   jabhada   ham   yangicha   badiiy   tafakkur   va   tamoyillarni
zarurligini   isbotlamoqda.   Bundan   tashqari   yoshlarni   kitob   o ‘ qishga,   xalq
savodxonligini   oshirish,   madaniy   merosimizni   asrab-avaylash   zaruriyati
tug ‘ ilmoqda.   O ‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   davlat
oldiga  qo‘ygan   vazifalaridan   biri   ham   aynan   kitob  chop   etishni   oshirish   haqida :
“Kitoblarni   chop   etish   va   tarqatishdagi   muammolarni   hal   qilishdir.   Bu   o‘rinda
gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning
betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va
adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida
bormoqda” 2
.   Ayni   paytda   o‘zbek   mumtoz   adabiyoti   va   o‘zbek   milliy
ma’naviyatining   shakllanish   va   rivojlanish     qonuniyatlarini   anglash   yo‘lida
ochqich   -   kalit   vazifasini   bajaradigan   Navoiy   ijodini   o‘rganish   orqali   yoshlarda
sog‘lom   tafakkur   tarzini   shakllantirishda   muhim   omildir.   Turkiy   xalqlarning
“shams   ul-millat”i   bo‘lgan   Nizomiddin   Mir   Alisher   Navoiy   jahon   adabiyoti
xazinasini   o‘zining   hassos   she’riyati,   buyuk   “Xamsa”si,   fan   sohalarining   turli
tarmoqlariga   bag‘ishlangan   boy   ilmiy   merosi   bilan   boyitgan   so‘z   san’atkoridir.
Navoiyning maktabdosh do‘sti, hukmdor Husayn Boyqaro o‘zining “Risola”sida
hazrat   Navoiyning   turkiy   tildagi   ijodi,   xususan,   she’riyati   hamda   “Xamsa”
asariga   yuksak   baho   berib,   buyuk   shoirni   “so‘z   mulkining   kishvaristoni,
sohibqironi”   deb   ulug‘laydi.   Alisher   Navoiy   haqidagi   ma’lumotlar   XV   asrdan
keyingi   tazkira,   tarixiy   va   badiiy   asarlarda   ham   keltirib   o‘tiladi.   Xususan,
Hasanxo‘ja   Nisoriyning   “Muzakkiri   ahbob”   tazkirasi   Navoiyning   “Majolis   un-
nafois”   tazkirasi   asosida   yaratilgan   bo‘lib,   tazkiraning   birinchi   bob,   to‘rtinchi
faslida   “Amir   Haydar   Alisherning   muqaddas   yodi”   sarlavhasi   ostida   buyuk
1
1. Mirziyoyev   Sh.M.   Adabiyot   va   san’at,   madaniyatni   rivojlantirish   –   xalqimiz   ma’naviy   olamini  
yuksaltirishning   mustahkam   poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi.   –   Toshkent,   2017   yil.   4 - avgust
2
2. Мирзиёев   Ш . М .  Танқидий   таҳлил ,  қатъий   тартиб   интизом   ва   шахсий   жавобгарлик  –  ҳар   бир  
раҳбар   фаолиятининг   кундалик   қоидаси   бўлиши   керак . –  Т .:  Ўзбекистон , 2017.
4 shoirning   “Xamsa”si   va   turkiy   g‘azallarining   umumiy   hajmi,   forsiy   tildagi
she’rlaridan parcha keltiriladi. Ya’ni Hasanxo‘ja Nisoriy hazrat Navoiyni tushida
ko‘rish sharafiga muyassar  bo‘lganligini  va Navoiyning “Bizning ash’orimizdan
biror   narsa   yod   bilurmisan?”   –   degan   savoliga   javoban   quyidagi   maqta’ni
o‘qiganini aytadi:
Ey Navoiy, sen kimu mehrob-u masjid istamak,
Qaydakim, xo‘blar ayog‘in qo‘ysa, sen boshingni qo‘y!
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan she’rlar orasida mazkur maqta’
bilan   yakunlanuvchi   she’r   uchramaydi. 3
  Aslida   Navoiy   qalamiga   mansub
ko‘pgina she’rlari ilk devon va keyingi devonlarda takrorlangan. Nisbatan oldingi
devonlariga   qaraganda   kullliyot   yirik   va   mukammal.   O‘z   davridanoq   juda
mashhur   bo‘lgan   ushbu   asarni   Qo‘qon   xoni   Muhammadalixon   1838-yilda   300
nusxada ko‘chirtirib, xonlikning turli shaharlariga jo‘natgan. 4
 
Alisher   Navoiy   yaratgan   asarlar   navoiyshunoslikda   ko‘p   jihatdan   tadqiq
etilgan   bo‘lishiga   qaramay,   uning   hali   ko‘plab   asarlari   badiiyati,   xususan,
devonlari   uchun   yozilgan   maxsus   muqaddimalar,   ya’ni   debochalar   va   ularning
badiiyati,   debochalardagi   qoidalarning   devon   miqyosidagi   amaliy   tatbiqi   to‘liq
tadqiq etilmagan.
Debochalar   va   ularning   badiiyati   va   devondagi   ahamiyati,   mazmun-
mohiyati to‘liq ochib berilmaganligi ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi .   Adabiyotshunoslikda   buyuk   daho
Alisher   Navoiy   devonlari   va   ulardagi   debochalarni   tadqiq   etish   bilan   bog‘liq
masalalar birmuncha ishlar amalga oshirilgan. 
Bilamizki,   mumtoz   adabiyotda   barcha  asarlar   an’anaviy   muqaddima   bilan
boshlanib,   ular   maxsus   istiloh   -   “debocha”   atamasi   bilan   yuritilgan.   Debocha
istilohi   keng   ma’noda   umuman   muqaddimani,   tor   ma’noda   esa   devonlarga
yoziladigan kirish so‘zlarini anglatgan. Bizning magistrlik ishimizda debochaning
3
3.Sh.Sirojiddinov, D.Yusupova, O.Davlatov Navoiyshunoslik 1-kitob, Toshkkent-2018- 8b,
4
4“Akademik Vohid Abdullayev va Samarqand adabiyotshunoslik maktabi taraqqiyoti” mavzusidagi 
ilmiy-amaliy materiallari. Samarqand-2022 Quysinova Sh. Alisher Navoiyning devon tartib berishda 
mezonlari ,maqola 127-bet.
5 ana   shu   tor   ma’nodagi   ifodasi   nazarda   tutiladi.   O‘zbek   adabiyotida   Navoiy
debochalari va ularda qo‘yilgan masalalar to‘g‘risida birinchi marta fikr bildirgan
adabiyotshunos   olim   A.Hayitmetovdir. 5
  Olim   o‘z   tadqiqotida   Alisher   Navoiy
adabiy-tanqidiy   qarashlarini   o‘rganishda   shoir   debochalarining   o‘rni   va
ahamiyatini   ko‘rsatib   beradi.   Shuningdek,   Navoiyning   ustozlari   va   zamondosh
shoirlarga bo‘lgan munosabatini kuzatish borasida, shoir g‘azallarining o‘ziga xos
xususiyatlarini belgilashda debochadagi ma’lumotlar nihoyatda muhimdir.  Atoqli
navoiyshunos   olim   Hamid   Sulaymonning   “Xazoyin   ul-maoniy”   matnlarini
o‘rganish   va   nashrga   tayyorlashning   asosiy   masalalari”   nomli   tadqiqotida
“Xazoyin ul-maoniy” ning yaratilishi, uning tuzilishi va devonlarning nomlanishi,
shuningdek,   devonlarga   kirgan   she’rlarning   yosh   chegaralarini   aniqlashda
debochadagi ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z boradi. 6
Navoiyshunos   olim   Y.Is’hoqovning   Navoiy   she’riyati   va   uning   poetikasi
ustida   olib   borgan   bir   necha   yillik   izlanishlari   ham   bu   jihatdan   e’tiborga
molikdir. 7
  Olim   “Navoiyning   ilk   lirikasi”   tadqiqotida   shoirning   fors-tojik
adabiyotidagi   an’analarga   munosabati   va   g‘azalchilik   sohasidagi   yangilik
masalasini   debochalar   muhim   manbalardan   biri   ekanligini   ko‘rsatib   beradi.
“Navoiy poetikasi” kitobida esa shoir g‘azallarining g‘oyaviy mavzusi, tuzilishi,
uslubi,   badiiyati,   qisqasi,   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   tahlil   qilar   ekan,   ulkan   bir
ochqich   sifatida   debochalarga   murojaat   qiladi.   Bu   bilan   shoir   devonlaridagi
g‘azallarni   o‘rganishda   debochaning   ahamiyati   nihoyatda   katta   ekanligini
ko‘rsatib   beradi.   Y.   Is’hoqovgacha   o‘zbek   g‘azalchiligi   masalalari   bilan
shug‘ullangan   olimlar   devon   debochalariga   yetarlicha   ahamiyat   bermaganlari
sababli   bu   tadqiqot   nihoyatda   qimmatlidir.   M.Solihovaning   “Alisher   Navoiy
devonlariga   yozilgan   debochalarda   shoir   biografiyasiga   doir   ma’lumotlar” 8
5
5.  Ҳайитметов   А .  Алишер   Навоийнинг   адабий - танқидий   қарашлари . –  Тошкент : 1959
6
6.  Сулаймон   Ҳ . “ Хазойин   ул - маоний ”  матнларини   ўрганиш   ва   нашрга   тайёрлашнинг   асосий  
масалалари  /  Хазойин   ул - маоний .  4 томлик, 1-том. – Тошкент, 1959. – Б.5-28
7
7. Исҳоқов Ё. Навоийнинг илк лирикаси. – Тошкент, 1965. Ўша муаллиф: Навоий поэтикаси. – 
Тошкент: 1983
8
8. Солиҳова М. Навоий дебочаларида шоир биографиясига доир маълумотлар // Адабий мерос. 
1-том. – Тошкент: 1968. – Б.94-95
6 maqolasida   debochalarda   shoirning   hayoti,   asarlarining   yozilish   tarixi,   ustozi
haqida   ma’lumotlar   mavjudligi   to‘g‘ri   ta’kidlangani   holda   bu   masalalarning
ayrimlari,   xususan,   shoir   devonining   g‘oyaviy-badiiy   jihatdan   mukammalligi,
keksalikdagi xastaligi haqidagi fikrlar chala va yuzaki yoritilgan. Alisher Navoiy
debochalarini o‘rganish borasida adabiyotshunos  olim V.Zohidovning xizmatlari
beqiyosdir.   Muallif   “Debochaning   siri”   maqolasida   Husayn   Boyqaro   va   Alisher
Navoiy o‘rtasidagi munosabatlarni, ayniqsa, mamlakat hukmdorining ulug‘ shoir
ijodiga   bo‘lgan   munosabatini   “Xazoyin   ul-maoniy”   debochasi   asosida   to‘g‘ri
yoritishga   va   xolis   baholashga   harakat   qiladi.   “Yana   debochaning   shahodati”
maqolasida   “Badoe’   ul-bidoya”   debochasi   asosida   Navoiy   va   Husayn   Boyqaro
o ‘ rtasidagi   munosabatlarni   tahlil   qiladi,   devonning   yaratilish   tarixini   bayon
qiladi. 9
 
Tadqiqotning   maqsadi.   Alisher   Navoiy   ijodi   noyob   badiiy   topilmalarga
boyligi, badiiy barkamolligi bilan ajralib turadi. U o’z ijodida janrlar xilma-xilligi
va   devonlar   takomilida   takrorlanmas   iqtidorini   namoyish   eta   olgan.   Shu
holatlardan kelib chiqib, tadqiqotimizning asosiy maqsadini Navoiygacha bo‘lgan
devonchilik,   Navoiyning   devon   tartib   berishdagi   mezonlari   va   shundan   keyingi
davrda devonchilikdagi   farqlar  va  ularning taraqqiyoti, shoir   devoni  debochalari
asnosida Navoiy lirikasini o‘rganish tashkil qiladi. 
Tadqiqotning vazifalari.   Ishda asosiy maqsadni amalga oshirish asnosida
quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi: 
Shoir   davrigacha   bo‘lgan   davrda   devonchilik   va   ularning   debochalari
badiiyati tadqiqi; 
Navoiydan keyingi davrda devonchilik taraqqiyoti;
Shoir devonlari va ularning tarkib tadqiqi; 
9
9.Зоҳидов В. Дебочанинг сири. Ҳаётбахш бадиият тароналари. – Тошкент: 1975. – Б.119-136. Ўша 
муаллиф. Яна бир дебочанинг шаҳодати. Жаҳон бадиияти зарварақлари. – Тошкент: 1980. – 
Б.282-298.
7 “Badoe’   ul-bidoya”   devoni   debochasida   devon   tartib   berishga   oid
qoidalarning ilmiy tadqiqi;
“Badoe’   ul-bidoya”   devoni   va   “Xazoyin   ul-maoniy”   devonlarining
debochalari mushtarak va farqli jihatlarini tadqiq etish; 
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining poetik xususiyati;
Navoiy   lirikasida   janrlar   poetikasi   va   ularning   takomillashuv   jarayoni,
g‘azalning   shoir   ijodida   yetakchi   janr   ekanligi,   turlari,   takomili,   yangi
xususiyatlarini aniqlash;
Ish so ‘nggida umumiy xulosa.
Tadqiqotning   obyekti.   Navoiy   yigirma   tomlik   “Mukammal   asarlar
to ‘plami” ning birinchi tomini shoirning “Badoe’ ul-bidoya” devoni tashkil etadi.
Bu   nashrga   O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   H.S.Sulaymonov   nomli
Qo‘lyozmalar   institutidagi   “Badoe’   ul-bidoya”   devonining   qo‘lyozma   nusxasi
(inv.216)   asos   qilib   olindi.   Bu   qo‘lyozma   1484-yili,   Navoiy   barhayot   paytida
ko‘chirilgan.   Uning   matnini   “Badoe’   ul-bidoya”   ning   qadimiy   nusxalari,
jumladan   Parij   milliy   kutubxonasida   inv.   746   bilan   saqlanuvchi   1480-yilda
ko‘chirilgan   qo‘lyozma   hamda   Britaniya   muzeyidagi   inv.401   raqamiga   ega
bo‘lgan   1482-yilda   ko‘chirilgan   qo‘lyozmalar   fotonusxalari   bilan   solishtirib
chiqildi.
Tadqiqotning   predmeti ni   Navoiy   devonlarining   amaliy   tadqiqi   va
devonlarining debochalari badiiyatini ilmiy aspektda tahlil etish;
Tadqiqotning   usullari.   Tadqiqot   jarayonida   tarixiy-qiyosiy,   biografik,
semantik-struktural, germenevtik tahlil usullaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Alisher Navoiy devonlarining shu paytgacha turli jihatdan ma’lum darajada
o‘rganilganligi   barchamizga   ayondir.   Shunday   bo‘lsa-da,   devonlar   takmili
yetarlicha   ochib   berilmaganligi   ishimizning   qanchalik   dolzarbligini   belgilaydi.
8 Bilamizki, Navoiy ijodi ulkan xazina, sarhadsiz ummon kabidir. Mana V asrdirki,
shoir   merosi   tadqiqot   markazidadir.   Turli   ilmiy   ishlar   shoir   ijodini   tushunishda
yaqindan   yordam   beradi.   Navoiy   devonlari   tarkibi   badiiyati,   ayrim   she’rlarining
tahlili,   devonchilik   taraqqiyoti   aspekti   yuzasidan   mulohazalarga   bag‘ishlanadi
ushbu ishimiz. 
Tadqiqotning amaliy natijalari  quyidagilardan iborat:
Alisher Navoiy har bir ishda mas’uliyat bilan yondashganlar. U kishining devon
tuzish an’anasi arab alifbosining barcha harflariga g‘azal bitish, devonning hamd
va na’t g‘azallar bilan boshlanishi, devonni turli janrlar va g‘azalning yakporaligi,
devon lirik janr jihatidan turlicha boyitilishi kabi tamoyillarni badiiy asoslagan.
Navoiyning   barcha   devonlarida   shu   tamoyilning   amaliy   tatbiqi   ilmiy
asoslangan. 
Alisher   Navoiydan   keyingi   davrdagi   devonchilikda   yuqoridagi
tamoyillarning amaliy ifodasi ko‘rib o‘tildi.
Kulliyotdagi   g‘azallarning   va   barcha   lirik   janrlarning   qisqacha   tahlili
berildi.
So‘nggida umumiy xulosa keltirildi.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   O ‘ zbek   mumtoz
adabiyotida   muhim   o ‘ ringa   ega   bo‘lgan   Alisher   Navoiy   adabiy   merosini
devonchilik   va   devon   debochalaridagi   tamoyillar   asnosida   lirik   janrlarning
maxsus talqin etilishi, asarlarining tasavvuf ta’limoti g‘oyalari bilan bog‘liqlikda
o‘rganilishi,   devonlarining   ilmiy   tahlil   doirasiga   tortilishi   va   mavjud   manbalar
asosida ilmiy-nazariy umumlashma hamda xulosalarga kelinishi bilan belgilanadi.
Ishda   Navoiy   merosini   o‘rganish   mobaynida   chiqarilgan   umumlashma   va
nazariy   xulosalar   mumtoz   adabiyotning   devonlar   takomili,   tadqiqotda,   xususan,
sharq olimlarining qarashlaridan qiyosiy foydalanilganligi adabiyotshunoslik fani
rivojiga,   ko‘plab   bahsli   masalalarning   yechim   topishiga   xizmat   qiladi.   Tadqiqot
natijalari   o‘zbek   mumtoz   adabiyoti   tarixi   va   nazariyasini   yanada   boyitishga
xizmat qiladi. 
9 Tadqiqot  natijalarining amaliy ahamiyati  oliy o‘quv yurtlari uchun darslik
va qo‘llanmalar yaratish, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mazmunini boyitish,
malakaviy   bitiruv   ishlari,   magistrlik   dissertatsiyalari   yozishda,   ma’naviy
qadriyatlarimizning   o‘rni   haqida   ma’ruzalar   o‘qishda   foydalanish   mumkinligi
bilan belgilanadi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.   Dissertatsiyaning tarkibi kirish, uch
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. 
I  BOB. MUMTOZ ADABIY OTDA  DEBOCHA N A VISLIK  AN ’A N A SI
1.1. A lisher N av oiy gacha bo‘lgan dav rda dev onchilik
Devon   -   sharq   adabiyotida   she’riy   to‘plam.   Devonda   biror   shoir   she’rlari
qofiya   yoki   radiflariga   ko‘ra   arab   alifbosi   tartibida   (qofiyalanib   keluvchi
10 so‘zlarning oxirgi harflari asosida) joylashtiriladi. Sharqda devon tuzish shoirning
yetuklik   belgisi   bo‘lgan,   shoirlar   o‘z   devonlarining   mazmunan   va   shaklan   rang-
barang   bo‘lishiga   e’tibor   berganlar.   Devon   tartib   berish,   she’rlar   majmuasini
yuzaga   keltirib   kitob   yaratish   arablarda   islom   dinigacha   bo‘lgan   davrda   mavjud
bo‘lgan.   Abu   Mansur   as-Saolibiyning   “Yatimat   ad-dahr”   kitobida   yozgan   so‘z
boshisida   olim   Ismatulla   Abdullayev   I.Yu.   Krachkovskiy   so‘zlariga   asoslanib,
arab   she’riyatida   asosiy   o‘rin   tutgan   qasida   Muhammad   (s.a.v)   dan   150   yillar
ilgari   paydo   bo‘lganligi   haqida   gapiradi. 10
  Bundan   shunday   xulosa   chiqarish
mumkinki,   u   paytlarda   turli-tuman   mavzularni     o‘z   ichiga   qamrab   olgan
qasidalardan   devon   tuzish   odat   bo‘lgan.   Mahmud   Qoshg‘ariyning   “Devonu
lug‘otit-turk”   asarining   yirik   olim   Solih   Mutallibov   tomonidan   nashr   etilgan
nusxasida   Qoshg‘ariy   tomonidan   “shoir   yozdi”,   “shoir   dedi”   degan   iboralar
ishlatiladiki,   shuning   o‘ziyoq   turkiy   tilli   xalqlar   orasida   ham   she’riy   to‘plamlar
yuzaga   keltirishning   uzoq   tarixga   ega   ekanligidan   dalolat   beradi.   Lekin,   bizga
tanish   va   tushunarli   ma’nodagi   devonlar   IX-X   asrlardan   keyin   yuzaga   kela
boshlagandir.   Tarixiy   ma’lumotlarga   ko‘ra   devonlar   qofiya   yoxud   radiflari
ma’lum harflar bilan tugagan she’rlarni bir kitob shaklida muqova bilan tugallash
asosida kitob yaratishdan iborat bo‘lgan. So‘ngra, arab yozuvida 28 harf mavjud
bo‘lganligi uchun devonlarda ham ana shu harflarni ma’lum miqdordagi she’rlar
bilan   to‘ldirish   asosiy   qoidalardan   sanalgan.   Bilamizki,   g‘azal   janri   forsiy   va
turkiy tillardagi adabiyotlarda X asrlardan keyin shakllana boshlab, XIV asrlarda
o‘z   takomilini   topadi. 11
  Bu   hodisa   turkiy   tildagi   adabiyotda   forsiy   tildagi
adabiyotga nisbatan qariyb bir asrdan ko‘proq vaqt keyin sodir bo‘lganligini ham
qayd   etib   o‘tmoq   lozimdir.   Alisher   Navoiygacha   bo‘lgan   davrda   devon   tartib
berishning   yana   boshqa   talablari   ham   mavjud   bo‘lib,   ya’ni   shoirlar   devon   tartib
berganda   hamd   va   na’tlardan   keyin   birinchi   galda   qasida   janrida   yozilgan
she’rlarni   kiritganlar.   Keyin   boshqa   janrdagi   she’rlarga   o‘rin   berilgan.   Turkiy
adabiyotda   Ahmad   Yassaviyning   “Devoni   hikmat”   kitobida   bir-ikkita   g‘azal
10
10. Абу Мансур ас Саолибий. Ятимат ад -  дахр. Тошкент -  1976 46 -  б.
11
11. М. Шайхзода. Гениал шоир . Тошкент  - 1941. 83 -  б
11 uchraydi.   Forsiygo‘y   ijodkor   Nosiri   Xusrav   (1004-1088)   ham   sohibi   devon
bo‘lgan.   Alisher   Navoiy   o‘zigacha   bo‘lgan   davrdagi   devonlarga   tartib   berish
an’anasiga tanqidiy munosabat bilan bildirgan. Bu o‘rinda navoiyshunos olim Y.
Is’hoqovning:   “Navoiyning   devon   poetikasi   sohasidagi   mavjud   an’analarga
tanqidiy munosabati  yigitlik davridayoq shakllangan” 12
  ligi  xususida mulohazasi
zamirida   katta   haqiqat   yotadi.   Agar   “Badoe’   ul-bidoya”   ning   debochasidagi
shoirning   mulohazalari,   devonning   tuzilishi   ustida   o‘ylaydigan   bo‘lsak,   Alisher
Navoiyning o‘z davri she’riyatidagina emas, balki devon tartib berish sohasidagi
kashfiyotiga   ham   guvoh   bo‘lamiz.   Ayrim   manbalarda   devon   tuzish   XX-XIX
asrlardan   boshlangan,   uning   shakllanish   davri   Shayx   Sa’diy   zamonasiga   to‘g‘ri
keladi, - degan qarashlar mavjud. O‘zbek adabiyoti tarixida devon tuzish Lutfiy,
Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi  bilan bog‘liq. Alisher Navoiy Sharq
adabiyoti tarixida mukammal devon tartib bergan mualliflardan. Devon shoirning
o‘zi   tomonidan,   shuningdek,   boshqalar   tomonidan   ham   tuziladi.   Navoiy
g‘azallarining   ilk   devoni   noma’lum   kotib   tomonidan   tuzilgan   (1465).   Unda   XV
asr   adabiyotidagi   deyarli   barcha   she’r   shakllarini   ko‘rish   mumkin.   Keyinroq
devon  tuzish  ishiga   Bobur,  Nodira,  Ogahiy,  Avaz  O‘tar   va  boshqa  shoirlar  ham
samarali   hissa   qo‘shganlar.   Zamonaviy   o‘zbek   adabiyotida   Habibiy,   Sobir
Abdulla   va   boshqalar   devon   tuzganlar.   Ularda   g‘azallar   hozirgi   o‘zbek   alifbosi
tartibida   joylashtirilgan.   O‘z   davrining   “Malik   ul-kalom”i   bo‘lgan   Mavlono
Lutfiy   devon   tartib   bergan   ijodkorlardan.   [A.   Navoiy,   “Majolis   un-nafois”].
Alisher   Navoiy   Lutfiyning   insonparvarligi,   yuksak   darajadagi   donishmandligini
alohida   hurmat   qilgan.   Ayni   paytda,   o‘z   ustozining   she’rlaridagi   tabiiylik,   shu
tabiiylik   zamiridagi   zukkolik,   shuningdek,   tasavvufiy   g‘azallardagi   teran
talqinlarni   yuqori   baholagan.   Mavlono   Lutfiyning   bizgacha   devoni   va   bir   necha
asarlari   yetib   kelgan.   Ijodkor   devoni   kattagina   hajmni   tashkil   qilib,   unda
shoirning umri  davomida  yaratgan qasida,   g‘azal,  ruboiy, tuyuq, fard, qit’a kabi
lirik   asarlari   jamlangan.   Devon   an’anaga   ko‘ra   1   ta   hamd   g‘azal   alif   harfi   bilan
tugaydi,   1ta   na’t   esa   nun   harfi   bilan   tugaydi,   Shohruh   Mirzo   nomiga   yozilgan
12
12. А.Мухторов Жомий юрагида Навоий мехри. Халк сузи. 1991. 12 -б
12 qasida bilan boshlanadi. Devonning shoir dasxatidan iborat asl nusxasi  bizgacha
yetib   kelmagan.   Biroq   devonning   turli   davrlarda   turli   kotiblar   tomonidan
ko‘chirilgan nusxalarini dunyo kutubxonalarida ko‘plab uchratish mumkin. Shoir
she’rlari   muxtasar   hollarda   ham   ko‘chirilib   bayozlarga   kiritilgan.   Lutfiy   haqida
Zaki Validiy, Ko‘pruluzoda va xususan, bizga zamondosh bo‘lgan turk va uyg‘ur
olimlari   bir   qator   muhim   tadqiqotlarni   yaratdilar.   Lutfiy   devonining   Alloh
sifatlarini qalamga olgan qayd (murojaat g‘azal) quyidagicha boshlanadi:
Ey ikki jahon birliging isbotina go‘yo,
Zarroti jahon mazharida kun kibi paydo.
Ham avvalu oxirsan-u, ham zohir-u botin,
Ham mabdayi ashyosan-u, ham hayyi tavono.
Bemisl qudrat egasi bo‘lgan Alloh insonni “olami kubro” (katta olam) deb
atadi. Uni o‘z nuridan, ma’rifatidan bahramand etdi. 
Yana esa shoir she’rida aytilganidek:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgudek qildi seni, o‘zini paydo qilg‘ali.
Shu   bois   inson   zotining   qalbi,   deydi   shoir,   butun   borligi   bilan   senga
vobastadir.
Lutfiy   ijodida   mavzu   ko‘lami   keng.   Shunday   bo‘lsa-da,   she’rlari   bir
qarashda mazmun jihatidan ham, mundarija jihatidan ham  mo‘jazgina ko‘rinadi.
Aslida esa ulardagi har bir ibora, talqin ba’zan bir g‘azalga siqqudek mazmunga
ega   bo‘ladi.   Shuning   uchun   ham   bu   asarlar   umri   boqiy,   har   bir   davr   kitobxoni
uchun   maftunkordir.   Shoir   devoni   ijodkorning   hayotlik   yillaridayoq   tartib
berilgan.   Bu   voqea   Lutfiyning   85   yoshida   ro‘y   berganligiga   devonning
“Sochingni Lutfiy qildi vasfu” so‘zlari bilan boshlanuvchi g‘azalidagi “Mutavval
umrini  oxir  qilib, so‘z muxtasar  qildi” misrasidagi  “mutavval” so‘zi ishora qilib
turadi. “Mutavval” so‘zi abjad hisobi bilan 85 raqamiga to‘g‘ri keladi. Lutfiy bu
muddatdan   keyin   yana   10   yil   umr   ko‘rgan.   Bu   yillarda   shoirning   devoni   keng
tarqalib   ulgurgan   edi.   Shu   bois   uning   ilk   devonidan   keyin   yuzaga   kelgan   talay
13 lirik   she’rlarini   muxlis   kotiblar   bir   butun   holda   shakllantirganlar. 13
  Hozir   biz
tanishib chiqqan Lutfiy devoni Filologiya fanlari doktori, professor Sodir Erkinov
tomonidan   2009-yilda   nashr   ettirilgan   bo‘lib,   devon   tarkibiy   jihatdan:   Debocha
keltirilmagan, 1ta hamd g‘azal, 1ta  na’t g‘azal, 1ta qasida, 325ta turli mavzudagi
g‘azal, 45ta ruboiy, 17ta tuyuq, 9ta qit’a jami  - 399 ta she’rdan iborat.   Bundan
tashqari   Lutfiyning   fors   tilidagi   asarlaridan   namunalar   va   Alisher   Navoiyning
“Nasoyim ul-muhabbat” asaridan olingan Lutfiy va Jomiyning munosabatlaridan
lavhalar ham berilgan. Lutfiy o‘z g‘azallaridan birida  muxlislariga qarata: “Agar
siz mening she’rlarim durlariga mehr bilan quloq tutsangiz, menga bo‘lgan tahsin
va iltifotingiz shu bo‘lar edi” 14
, deb yurak so‘zlarini izhor qiladi.
Lutfiyning nazmi duriga solsangiz shohim quloq,
G‘oyati tahsinu anvoi’ inoyatdur manga.
Shoir   she’riyati   avlodlar   ardog‘idadir.   Lutfiyning   tahlilga   tortganimiz
devoni nisbatan to‘liq va yangi nashridir. Yana bir turkigo‘y ijodkor XV asrning
birinchi   yarmida   yashab   o‘tgan   Shayxzoda   Atoyi   g‘azalchilik   taraqqiyotiga
o‘zining   munosib   hissasini   qo‘shgan.   Biz   Atoyi   nomini   Alisher   Navoiyning
“Majolis un-nafois” va “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlari va Yusuf Amiriyning
“O‘q va yoy” munozarasi orqali taniymiz. Mohir g‘azalnavislardan bo‘lgan Atoyi
“Majolis   un-nafois”da   ”Mavlono   Atoyi   Balxda   bo‘lur   erdi.   Ismoil   ota
farzandlaridindur,   darveshvash,   xushxulq   va   munbasit   (ochiqko‘ngil,   xushhol,
xandon)   kishi   erdi.   Turkigo‘y   erdi.   O‘z   zamonida   she’ri   atrok   (turklar)   orasida
ko‘b shuhrat tutdi va bu matla’ aningdurkim:
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o ‘ lturur,
                              G ‘ oyati nozukligidan suv bila yutsa bo ‘ lur.
Qofiyasida aybg‘inasi bor. Ammo mavlono ko‘b turkona (soda va xalqona)
aytur erdi. Qofiya ehtiyotig‘a muqqayyad emas erdi. Qabri Balx navohisidadur” 15
.
Atoyi   devonini   A.N.Samaylovich   1927-yilda   topadi:   Osiyo   muzeyida
vaqtinchalik   saqlangan   qo‘lyozmalar   orasida   qirralari   charmdan   ishlangan
13
13. Lutfiy, Devon, G ‘ afur G ‘ ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, T-2012, 11-12- b.
14
14.Qarang shu asar, 13-bet.
15
15.Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat, T-1989.
14 maxsus yopqichli, karton g‘ilofga solingan bir devon topildi. Yopqichda “Devoni
Shayxzoda”   deb   yozilgan   eski   yorliq   bo‘lib   hozirda   Sank-Peterburgdagi
Sharqshunoslik   institutining   Sharq   qo‘lyozmalari   bo‘limida   22V-   2456   raqami
bilan   saqlanadi.   Atoyi   devonidagi   g‘azallarning     barchasi   alifbo   tartibida
joylashtirilgan.  An’anaga   muvofiq  ular   ﺍ -alif   harfi  bilan  boshlanib,   ( ﻦ -  nun  harfi
bilan tamom bo‘lgan birinchi g‘azal bundan mustasno),   ﻯ -yo harfi bilan tugaydi.
Devon   oxirida   76b   varaqning   matni   ostida   jadvalcha   bor.   Uning   o‘rtasida   oltin
suvi   bilan:   “Shayxzoda   Atoyi   kitobi   tamom   bo‘ldi.   Alloh   uning   oqibatini
(oxiratini) obod qilsin!”, deb yozilgan. Shoir lirik merosining umumiy hajmi 1718
bayt,   (3436   misra)   ni   tashkil   etib,   5   baytli   g‘azallar   58   ta,   6   baytlilari   6   ta,   7
baytlisi   187   ta,   9   baytlisi   8   ta,   11   baytli   g‘azal   1   tadir.   Atoyi   g‘azallari   hozirga
qadar   to‘liq   holda   nashr   etilmagan   bo‘lsa   ham,   uzoq   yillar   mobaynida   undan
namunalar   A.N.Samoylovich,   A.Fitrat,   H.Zarif,   E.Rustamov   kabi   olimlar
tomonidan nashr etilgan. Shoir  fors-tojik she’riyatining Hofiz, Kamol Xo‘jandiy
kabi   mashhur   g‘azalnavislari   tajribalaridan   ham   puxta   xabardor   bo‘lgan.   Atoyi
ijodida o‘zbek shoirlari orasida Lutfiy lirikasining ta’siri seziladi. Uning devonida
Lutfiy she’rlariga ergashish, o‘xshatmalar bitish yo‘lida yaratilgan g‘azallar bor 16
.
Devondagi   g‘azallar   g‘oyaviy-tematik   jihatdan   oshiqona,   ma’rifiy,   diniy-
tasavvufiy mavzularda bitilgan. Ijodkor she’rlariga Qur’on va hadislar mazmunini
singdirganligini quyida ko ‘ rishimiz mumkin :
Din-u iymonimdan ayirma, dami oxir meni,
Ey sanamlar zulfini belimga zunnor aylagan.
Shoir   Navoiy   ta’biri   bilan   aytganda   “majoz   tariqi   bila   haqiqat   asrori”ni
kuylagandir. Uning har bir satridan oshiqligi, darveshligi, din-u iymonda sobitligi
sezilib turadi. 17
Yana   bir   ulug‘   siymo,   Navoiyning   maslakdosh   ustozi   hisoblangan
Abdurahmon   Jomiy   ham   sohibi   devon   ijodkordir.   Ushbu   shoirdan   bizga   ulkan
meros   qolgan   bo‘lib,   shular   qatorida   fors   tilida   yaratilgan   “Jomi   Osor”   devoni
16
16.I.Haqqul. She'riyat-ruhiy munosabat. Toshkent, 1989, 56- bet.
17
17.Devoni Shayxzoda Atoyi, Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2008.11-bet.
15 ham bizgacha yetib kelgan. 18
  Devonning Dushanbe nashriyoti “Adib” 1989-yilda
nashrini   ko‘rib   o‘tganimizda   “Xotimat   ul-hayot”   bobi   bilan   boshlanadi,   so‘ng
to‘rt qatorlik she’r,  bir qit’a va bir ruboiy keltirilgan muqaddima berilgan. Tadvin
qasida janri bilan boshlanadi. Ushbu bobda yana g‘azal, qit’a, ruboiy va masnaviy
janri   namunalari   keltirilgan.   Ikkinchi   bobda   “Bahoriston”   berilgan.   Bir   necha
bo‘limlarga bo‘lingan holda, kichik-kichik hikoya va uni xulosalovchi she’r qit’a
va   masnaviy   bilan   tugallagan.   Ushbu   holat   ko‘rib   chiqqan   boshqa   devonlarda
uchramaydi. Sababi devon asosan lirik janrlardan tarkib topadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimiz ikkala devonda ham debocha keltirilmagan va
hamd   va   na’t   g‘azallardan   so‘ng   qasida   keltirilgan.   Navoiy   qasida   alohida   janr
ekanligi   va   uni   alohida   keltirishlikni   aytib   o‘tadi.   Lekin   o‘sha   davr   tadvindagi
asosiy janrni qasida egallagan. 
1.2  Nav oiy dan k ey ingi dav rda dev onchilik ning badiiy at i
Alisher   Navoiy   o ‘zidan   keyingi   davrdagi   devonlarga   katta   o‘zgarishlar
kirita   oldi   desak   yanglishmagan   bo‘lamiz.   Buni   bir   necha   devonlar   tarkibi
misolida   ko‘rib   chiqamiz:   Yuqorida   aytganimizdek   devon   tuzish   Sharq
adabiyotida   an’ana   shaklida   mezonlarga   amal   qilgan   holda   davom   etib   kelgan.
Shoirning   devon   tartib   berishi   uning   muxlislari   oldidagi   bir   hisoboti   yanglig‘
qabul   qilingan. 19
  Alisher   Navoiyni   o‘ziga   ma’naviy   ustoz   hisoblagan,   ijodiga
yuksak baho bergan ijodkor shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham toj-
u taxt  muammolaridan jang-u jadallardan charchagan  vaqtlarida go‘zal  g‘azallar
ijod qilib, ikkita devon ya’ni Kobul va Hind devonlarini tuzadi. Ba’zi qarashlarda
bu   ikki   devon   keyinchalik   birlashtirilganligi   aytiladi. 20
  Bobur   Mirzo
devonlarining   qo‘lyozma   nusxalari   Parij   Milliy   kutubxonasida,   Haydaroboddagi
“Salarjang” muzeyi xazinasida, Erondagi “Saltanat” kutubxonasida va Turkiyada
18
18.Abdurahmon Jomiy, Osor, dar hasht child. “Adib” 1989-sol
19
19.S. Shomurodova XX asr o ‘ zbek adabiyotida devonchilik an’anasi: mavzu, tarkib, vazn va badiiy 
san’atlar. Samarqand-2022.
20
20.Vohidov R, Eshonqulov H. O ‘ zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O ‘ quv qo ‘ llanma.- T.: O ‘ zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg ‘ armasi nashriyoti , 2006, 459-b.
16 mavjud.   Mazkur   qo‘lyozma   nusxalar   asosida   ingliz   olimi   Renison   Ros   (1910),
turk olimi Fuod Ko‘pruluzoda (1912-1913), rus  sharqshunosi A.N. Samoylovich
(1917),  o‘zbek  olimlari  S.  Azimjonova  va  A.  Qayumov   (1958,  1965)   hamda  A.
Abdug‘ofurov   (1994)   lar   shoirning   she’riy   merosini   nashr   etishdi.   1993-yilda
S.Xasanov Boburning Parij devoni nusxasini “Maxrami asror topmadim…” nomi
bilan   nashr   etdi.   Olimning   fikricha,   ushbu   devon   nusxasida   Bobur   hayotining
O‘rta   Osiyo   davrida   ijod   etilgan   she’rlari     o‘rin   olgan.     Shuningdek,   1983-yilda
afg‘onistonlik   olima   Shafiqa   Yorqin   tashabbusi   bilan   ulug‘   shoirning   she’rlari
Kobulda   “Devoni   Zahiriddin   Muhammad   Bobur“     nomi   bilan   ham   nashr   etildi.
Keyinchalik adabiyotshunos A. Abdug‘afurov ana shu nashr asosida “Zahiriddin
Muhammad   Bobur     Devon” 21
    asarini   e’lon   qildi.     Bobur   devonida   Sharq
she’riyatining   g‘azal,   ruboiy,   tuyuq,   masnaviy,   qit’a,   fard,   muammo   kabi
janrlarida   ijod   etilgan   she’rlar   jamlangan.   Ular   orasida   g‘azal,   ruboiy,   tuyuq
janrida   yaratilgan   she’rlar   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Boburning   devoni
mumtoz   devonchiligimizda   ko‘zga   ko‘ringan   ishlardandir.   Devonni   ko‘zdan
kechirganimizda   uning   Navoiy   an’analarining   munosib   davomchisi   bo‘lganiga
guvoh bo‘lamiz:
Temuriylar   davrida   va   undan   keyingi   xonliklar   davrida   ham
ko ‘plab   devonlar   tartib   berilgan   bo‘lib,   bular   qatoriga   Husayniy,   G‘aribiy,
S hayboniy,   Ubaydiy,   Mashrab,   Munis,   Ogahiy   kabi   shoirlarning   devonlari
bizgacha   yetib   kelgan.   Ushbu   devonlar   orqali   nafaqat   shoirning   ijodiy   olamini
kashf etish mumkin, balki uning ruhiy dunyosi, ijtimoiy qarashlari, tarjimai holi,
badiiy didi  haqida ham  qimmatli  ma’lumotlarni  olish  mumkin.   Asrlar  davomida
madrasalarda  she’r  ilmi  alohida fan sifatida o‘qitilgan. Ilmlar  uchligi  -  “Ilmhoyi
segona”   ning   tarkibiy   qismlari:   ilmi   aruz,   ilmi   bade’   va   ilmi   qofiyaning  nazariy
qoidalari   shoirlar   tartib   bergan   devonlarda   amaliy   jihatdan   ifodasini   topgan.
Ushbu ilmni devonlar misolida tahlil va tadqiq etish an’anasi qadimdan mavjud.
21
21.Bobur Z.M. Devon,- Toshkent:Fan, 1994,- 144b.
17 Hazrat   Alisher   Navoiyning   tom   ma’nodagi   muxlisi   va   shogirdi
sifatida   Muammad   Rizo   Ogahiyni   keltirishimiz   mumkin.   Ogahiyning
“Ta’viz   ul-oshiqin”   devonida   jamlangan   she’rlarini   o ‘n   to‘qqiz   xil   janrda
ekanini hisobga olsak, u ham Hazrat Navoiy an’analarini munosib tarzda davom
ettirganiga   guvoh   bo‘lamiz.   Ushbu   devonning   ilmiy-tanqidiy   matni   yuzasidan
1998-yilda   Fatxulla   G‘anixo‘jayev   doktorlik   dissertatsiyasini 22
  himoya   qilgan.
Mazkur   disssertatsiya   Ogahiyshunoslikda,   uning   ijodini   o‘rganishda   muhim
qadamlardan   biri   bo‘ldi   desak   yanglishmaymiz.     Muhammad   Rizo   Ogahiyning
devoni   ham   devonchilik   an’analariga   binoan,   radifi,   qofiyasi   alifbo   tartibida
tugallangan   holda   tuzilgan.   Devon   debochasidan   shoirning   o‘zi   haqidagi
ma’lumotlarni   bilib   olishimiz   mumkin.   Shuningdek,   muallif   devonning
nomlanishiga   doir   ma’lumotlarni   ham   debochada   keltirib   o‘tgan.   “Ta’viz   ul-
oshiqin”   debochasidagi   ma’lumotlardan   shu   anglashiladiki,   unda   Ogahiyning
mustaqil   yaratgan   asarlarining   ro‘yxati   bilan   birga   fors-tojik   tilidan   turkiy   tilga
tarjima qilgan asarlarining nomlari ham keltirilgan. Ogahiy devoni ikki qismdan
iborat: turkiy va forsiy tilda bitilgan she’rlar. Devonda mumtoz adabiyotning o‘n
to‘qqiz   janrida   yaratilgan   she’rlar   mavjud:   g‘azal,   mustazod,   muxammas,
musamman,   tarje’band,   qit’a,   ruboiy,   tuyuq,   chiston,   musoviyattarafayn,
muammo, masnaviy, qasida,  bahri  ta’vil, forsiy  she’rlar:  g‘azaliyot, muxammas,
musamman,   munojot,   tavorix   va   mulamma’.   “Ta’viz   ul-oshiqin”   ning   asosiy
qismini   g‘azallar,   shoirning   o‘z   muxammaslari   va   boshqa   shoirlar   ijodiga
bog‘langan taxmislari tashkil etadi.
Ogahiy   g ‘azallarining   devondagi   soni   445   tadan   iborat.   She’rlarning
joylashish   tartibi   esa   devonda   g‘azallardan   so‘ng   nisbatan   yirikroq   janr   -
mustazodlarga   o‘rin   berilgan.   Shoirning   24   baytdan   iborat   uchta   mustazodi
keltirilgan.   Keyingi   yetakchi   janr   -   muxammaslar   bo‘lib,   ularning   jami   soni   84
tani tashkil etadi. Bulardan o‘ntasi ta’bi xud muxammaslar bo‘lsa, qolganlari turli
22
22.G ‘anixo‘jayev F.”Ta’viz ul-oshiqin” devoni va uning ilmiy-tanqidiy matni. Filologiya fanlari doktori 
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatasiya,  -T.:1998
18 shoirlar   g‘azallariga   bog‘langan   taxmislardir.   Bu   shoirlar   qatoriga   Navoiy,
Fuzuliy,   Munis,   Rojiy,   Dilovar,   Feruz,   Amiriy   va   boshqa   shoirlarni   kiritish
mumkin.   Ogahiy   muxammaslarining   ko‘pchiligi   Navoiyga   bo‘lgan   cheksiz
ehtiromi   bilan   birga   uning   an’analarini   munosib   davom   ettirganidan   dalolat
beradi.   Devonda   musammat   tartibidagi   she’rlar   u   qadar   ko‘p   emas:   beshta
musaddas,   ikkita   murabba’,   uchta   musamman   bor.   Tarjiband   janri   haqida
to‘xtaladigan   bo‘lsak,   devonda   to‘rtta   tarjiband   mavjud   bo‘lib,   518   misradan
iborat. Kichik lirik janrlarning ham Ogahiy devonida alohida o‘rni bor. Devonda
7 ta qit’a bo‘lib, 21 baytni tashkil qiladi. “Ta’viz ul-oshiqin” da 80 ta ruboiy va
10   ta   tuyuq   bor.   Shuningdek,   80   ta   muammo,   4   ta   chiston,   4   ta   masnaviy   bor.
Devonning   ikkinchi   qismi   esa   “Ash’ori   forsiy”   deb   nomlanadi.   Bu   qismda
Ogahiyning   fors   tilida   yaratilgan   23   g‘azali,   besh   muxammasi,   musammani,
munojoti,   qasidalari   va   ta’rixlari   berilgan.   Ogahiyning   devonida   ham   Sharq
mumtoz   devonchilik   an’analariga   mahorat   bilan   rioya   qilingan.   Alisher   Navoiy
16   ta   lirik   janrda   devon   tuzgan   bo‘lsa,   Ogahiy   devonida   19   ta   janrning
mavjudligini ko‘rish mumkin. 
Ogahiydan   so ‘ng   ham   tadvin   sohasiga   e’tibor   nihoyatda   kuchaygan.
Chunonchi, Uvaysiy, Amiriy, Nodira, Xoniy kabi saroy shoirlari, shu bilan birga
Muqimiy,   Furqat,   Maxmur,   Sadoiy,   Muhyi   kabi   oddiy   xalq   orasidan   yetishib
chiqqan   shoirlar   ham   sohibi   devon   bo‘lganlar.   Bu   davrga   kelib   devon   muallifi
sifatida   shuhrat   topish   shoirlar   orasida   nihoyatda   keng   tarqalgan.   Bu   davrdagi
devonlarning   bosh   xususiyatlari   shundaki,   ularda   mumtoz   devonlarimizdagi
singari   qat’iy   tartibga   unchalik   amal   qilinmagan   va   “barcha   lirik   janrlarni
mukammal berishga intilish sezilmaydi. 23
Qo ‘qon   adabiy   muhitiga   xos   bo‘lgan   devonchilik   an’anasini   o‘rgangan
olim   Otabek   Jo‘raboyev   o‘z   tadqiqotlarida   qo‘qonlik   bir   qator   shoirlarning
devonlari   haqida   umumiy   xarakterga   ega   bo‘lgan   ma’lumotlar   berib   o‘tgan.
“Adabiyotshunoslikda   devon   va   devonnavislikni   davrlarga   ko‘ra   tasniflash   va
23
23. Узбек адабиёти тарихи. Беш томлик. 4 том. Т. 1978 . 9 б.
19 o‘rganish   hali   izchil   yo‘lga   qo‘yilmagan   dolzarb   vazifalardan   biridir.   Jumladan,
devonnavislik   juda   taraqqiy   etgan   davrlar,   ya’ni   ma’lum   vaqt   (aytaylik,   XV
yoxud   XIX   asrlar)   mobaynida   yaratilgan   devonlarni   muayyan   tasnif   doirasiga
tortish   va   shunga   ko‘ra   tadqiq   etish   nafaqat,   adabiyot   tarixi,   balki   butun
adabiyotshunosligimiz   uchun   ham   juda   qiziq   va   yangidan-yangi   fakt
ma’lumotlarni   beradi”. 24
  Olimning   ushbu   fikrlarini   ushbu   dissertatsiya   doirasida
ham aytishimiz mumkin bo‘ladi. Chunki, zamonaviy devonlarni o‘rganishda ham
ularni muayyan sinflarga bo‘lgan ma’qulroq ish hisoblanadi. Olim o‘z maqolasida
Qo‘qon   adabiy   muhitida   tartib   berilgan   devonlarni   bir   qancha   xususiyatlariga
ko‘ra tasniflaydi:
Devonlarning   xarakter   xususiyatiga   ko ‘ra   tasnifida,   asosan,
devonlardan   o‘rin   olgan   she’rlarning   mavzu   mundarijasiga   e’tibor   qaratilganini
ko‘rishimiz   mumkin.   Unga   ko‘ra   saroy   muhitida   yaratilgan   devonlar,   xalqchil
devonlar,   lirik,   ijtimoiy   voqelik   aks   etgan,   diniy-tasavvufiy   ruhdagi   she’rlar
mujassam   bo‘lgan   devonlar   va   irfoniy   mohiyatdagi   asarlar   jamlangan   devonlar
deya   tasniflangan   devonlarning   mualliflari,   devondagi   asarlarning   g‘oyaviy-
badiiy xususiyatlari haqida mulohazalar bayon etilgan.
Devonlarning   tuzilish   jihati-tasnifiga   ko ‘ra   esa   Sharq   devonchilik
an’anasi   asosida   to‘liq   tuzilgan   devonlar,   devonchilik     an’anasiga   rioya
qilinmagan   devonlar,   muallifidan   so‘ng   tartib   berilgan   devonlar   kabi   sinflarga
guruhlangan. 
Nodira   va   Amiriylar   ham   sohibi   devon   shoirlar   qatoriga   kiradi.
Nodiradan                   bizgacha ikki devon yetib kelgan. Nisbatan to ‘liq deb
hisoblangan   turkiy   devonida   189   ta   g‘azal   jamlangan.   Forsiy   she’rlari   esa
“Devoni   Maknuna”   da   jam   qilingan.   Badiiy       ijod   qilgan   amir   -   Amiriy
devonining salmog‘i 10000 misradan ortiq bo‘lib, unda puxta va ravon debocha,
mumtoz   janrlardan   esa,   g‘azal,   muxammas,   musaddas,   musamman,   ruboiy   va
tuyuqlar   o‘rin   olgan.   Muhayyir   devonida   esa   debocha,   g‘azal,   murabba’,
24
24.Jo ‘ raboyev O. Qo ‘ qon adabiy muhitida devonchilik an’anasi va devonlar tasnifiga doir// O ‘ zbek tili 
va adabiyoti,-T.:2008. 8-17-betlar.
20 muxammas,   musaddas,   tarje’band,   ruboiy   va   muammo   bor   bo‘lib,   ularning
umumiy hajmi 11000 misradan ortiqdir.
Jahon   Otin   Uvaysiyning   devonidan   g‘azal,   muxammas,   musaddas,
murabba’, chiston hamda doston kabi janrlar o‘rin olgan. Uning she’rlari, asosan,
ishqiy mavzuda. Ularda o‘zining Yaratuvchisiga intizorlik bilan intilayotgan solik
banda, Alloh yaratiqlarining eng afzali Payg‘ambar alayhissalomga oshiq ummat,
Haq   yo‘lida   sobit   ustozlarga   muhabbatli   shogird   sifatida   tarannum   etuvchi
g‘azallari ham salmoqli.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo ‘lsak,   Alisher   Navoiydan   keyingi   davrda
devonchilik   an’anasi   rivojlanib   takomillashib   yanada   keng   doirada   takomiliga
yetdi. Navoiy tartib berishda ta’kidlagan tamoyillar tadvin tartib berishdagi asosiy
dasturilamal   bo‘ldi.   Va   bugungi   kun   tadvinida   arab   alifbosi   emas   balki,   lotin
alifbosi   asosiy   dasturulamal   hisoblanib,   g‘azallar   aynan   ushbu   alifbo   tartibida
joylashtirilgan   bu   esa   mushtariyga   qulaylikni   vujudga   keltiradi.   Zamonaviy
devonchilikda,   ayniqsa,   O‘zbekiston   xalq   shoiri   Erkin   Vohidovning   mehnatlari
tahsinga sazavordir. Uning “Yoshlik devoni” devonchilikda yangi davrni boshlab
berdi.   Bu   haqda   Sitora   Shomurodovaning   “XX   asr   o‘zbek   adabiyotida
devonchilik an’anasi: mavzu, tarkib, vazn va badiiy san’atlar” mavzusida yozgan
dissertatasiyasida   mufassal   yoritilgan.   Ya’ni   devonchilikning   vujudga   kelishi   va
bugungi   kundagi   takomili   bu   sohada   tub   burilish   yasagan   ijodkorlar   devonlari
haqida   ma’lumotlar   keltirilgan.   Dissertatsiya   shu   mavzu   izlanuvchilariga   katta
baza bo‘lib xizmat qiladi.
II  BOB. “ BA DO E ’ UL-BIDOY A ”  DEBOCHA SIN IN G ADA BIY -ESTETIK
MOHIY A TI
21 2.1. “ Badoy e’ ul-bidoy a”  debochasida Nav oiy  adabiy -est et ik
qarashlarining in’ik osi
O‘zbek   mumtoz   adabiyotining   cho‘qqisi   hisoblanmish   Alisher
Navoiy   asarlari   ham   an’anaviy   muqaddima   bilan   boshlangan   bo‘lib,
ularning   xarakteri   turlicha.   Bunga   “Xamsa”   dostonlari,   “Nazm   ul-
javohir”,   “Arba’in”,   “Majolis   unnafois”,   “Mezon   ul-avzon”,   “Munshaot”,
“Mahbub   ul-qulub”   kabi   asarlarining   muqaddimalarini   keltirish
mumkin.  
Dastlab   mumtoz   adabiyotda   “debocha”   so‘ziga   berilgan
ta’riflarga   to‘xtalib   o‘tsak.   Muhammad   G‘iyosiddinning   “G‘iyos   ul-
lug‘at”   asarida   debocha   podshohlarning   bezakdor   ustki   kiyimi,
kitobning ziynat berilgan birinchi  varag‘i ma’nolarini ifodalashi haqida
aytib   o‘tilib,   “kitob   xutbasini   (boshlanish   qismini)   bezash   munosabati
bilan   aytilgan   kirish   qismiga   ham   debocha   deyilishi”   ta’kidlanadi. 25
“Farhangi   zaboni   tochiki”   da   “debocha”   ning   bir   nechta   ma’nolari
keltirilib,   ulardan   eng   asosiylari   sifatida   “qimmatbaho   ipak   matodan
tikilgan va zaru javohir bilan ziynat berilgan shohona libos”, “zarhal va
qimmatbaho   ranglar   bilan   sayqal     berilgan   qadimgi   kitoblar
muqaddimasi,   ya’ni   1-varag‘i”   debocha   deb   atalashi,   shuningdek
majoziy   ma’noda   “so‘zboshi,   muqaddima,   har   narsaning   ibtidosi”
ma’nolarini ham anglatishi aytib o‘tiladi. 26
Yuqoridagi   ta’riflardan   ma’lum   bo‘ladiki,   mumtoz   adabiyotda
barcha   kitoblarning   kirish   qismlari   “debocha”   deb   atalgan.   Debocha
25
25.Муҳаммад Ғиёсуддин. Ғиёс ул луғат. Иборат аз се жилд.  Ж.1. – Душанбе: Адиб, 1987. – С.460.
26
26.Фарҳанги забони точики. Иборат аз ду жилд. Жилди 1. – М.: Наука, 1969. – С. 360–361.
22 istilohi   keng   ma’noda   umuman   muqaddimani,   tor   ma’noda   esa
devonlarga yoziladigan kirish so‘zlarini anglatgan.
Ma’lumki,   devonlarga   bitilgan   debochalar   boshqa   asarlardan
masalalarning   qo‘yilishi   va   mazmuni,   kompozitsiyasi,   bayon   uslubi
kabi   ko‘pgina   jihatlari   bilan   tubdan   farq   qiladi.   Ayniqsa,   debochalar
shoirning tarjimai holiga oid ma’lumotlar, adabiy faoliyati, asarlarning
yaratilish   tarixi,   adabiy-estetik   qarashlarini   ifoda   etishi   jihatidan
muhim ahamiyat kasb etadi. 27
 
Alisher   Navoiy   debochalari   shoirning   ilk   rasmiy   devoni   “Badoe’
ul-bidoya”   va   she’riyatining   gultoji   bo‘lmish   “Xazoyin   ul-maoniy”
kulliyotiga   bitilgan   bo‘lib,   mazkur   debochalar     shoirona   uslubning
betakror   namunasi   hisoblanadi.     Aslida   Alisher   Navoiy   o‘zining
ikkinchi   rasmiy   devoni   “Navodir   un-nihoya”   uchun   ham   debocha
bitgan. Bu haqda “Xazoyin ul-maoniy”ga bitgan debochasida shunday
yozadi:   “...Andin so‘ngra dag‘i ul jam’u tartibdin boshqa yana har taqrib
bila  har   nav’   abyotkim,  aytilib   erdiyu   har   nav’  g‘azaliyotkim,   yig‘ilib   erdi,
ul   xayol   shabistonining   duraxshon   axtarlarinu   ul   ko‘ngul   maxzanining
duraxshon   gavharlarin   dag‘i   ikkinchi   devonimdakim,   “Navodir   un-
nihoya”g‘a   mashhurdur,   rabtu   tartib   berib,   debochasinda     sharh   bila
aizzayi ashobu ajillayi ahbob xidmatlarida arz qilib erdim ”.
Ushbu   qaydlardan   ma’lum   bo‘lyaptiki,   shoirning   ikkinchi   rasmiy
devoni   uchun   ham   debocha   bitilgan   va   unga   turli   nav’   –   janrlardagi
27
27.Karimova F. O ‘ zbek adabiyotida debocha.-T.: MUMTOZ SO ‘ Z,2008.-8B.
23 she’rlar kiritilgan. Lekin afsuski, bu debocha shoirning mazkur devoni
qo‘lyozmalari tarkibida uchramaydi. 28
  
Bilamizki,   Temuriyzoda   Husayn   Boyqaro   Hirot   taxtiga
chiqqanidan   so‘ng   do‘sti   Navoiyni   saroyga   chaqirib   olib,   unga
lavozimlar taqdim etadi. Shu bilan birgalikda shoirning ijodiy ishlariga
bevosita   homiylik   va   tashabbuskorlik   ko‘rsata   boshlaydi.   Shundan
so‘ng podshohning topshirig‘i bilan Navoiyning birinchi rasmiy devoni
“Badoe’   ul-   bidoya”   dunyoga   keladi.   Devon   tarkib   jihatdan   puxta
ishlangan bo‘lib, devon uchun maxsus debocha yoziladi.
Shoir   “Badoe   ul-bidoya”   debochasida   devonni   tartib   berish   jarayonidagi
o‘ziga   xos   jihatlarni,   ya’ni   devon   tuzish   tamoyillarini   bayon   etishga   alohida
e’tibor  qaratadi. Shoir  yozadi:  “ Bu devon,  inshoolloh, bu zobita bilakim mazkur
bo‘lur,   murattab   bo‘lg‘ay,   ihyo   topgay.   Necha   nav’   ishkim,   munda   mar’iy
bo‘lubturur, o‘zga davovinda ko‘rulmaydurur” 29
. Faqat Navoiy devoni uchun xos
bo‘lgan va boshqa devonlarda uchramaydigan xususiyatlar shoirning devon tuzish
tamoyillarini   belgilab   beradi.   Birinchi   tamoyil ,   Navoiyning   yozishicha,   “Avval
budurkim,   har   kishikim,   devon   tartib   qilibdurur,   o‘ttiz   ikki   harfdinki,   xaloyiq
iboratida   voqe’durur   va   ulus   kitobatida   shoyi’   to‘rt   harfg‘a   taarruz
qilmaydururlar.   Chun   so‘z   arusi   nazm   haririning   matbu’   kisvatin   va   mavzun
xil’atin   kiyib,   jilva   og‘oz   qilsa,   huqqai   yoquti   dag‘i   o‘ttuz   ikkita   gavhardin
qachonkim   to‘rtig‘a   nuqson   voqi’   bo‘lsa,   muqarrardurkim,   jamolig‘a   andin
qusur   va   kalomig‘a   andin   futur   voqi’   bo‘lg‘usidurur.   Bul   jihatdin   ul   to‘rt   xarf
javohirlarin dag‘i o‘zga huruf javohiri silkig‘a tortib, g‘azaliyotni o‘ttuz ikki harf
tartibi   bila   murattab   qilindi”   (B.20-21) .  Bu   o‘rinda   Navoiy   devon  tartib  bergan
28
28.Bu haqda qarang: Yusupova D. “Navodir ul-nihoya faqat g ‘ azallardan iborat devonmi?
Д . Юсупова . /  Алишер   Навоий   ва  XXI  аср  ( Республика   илмий   назарий   анжумани   материаллари . – 
Т .:  Т AMADDUN, 2017. –  Б . 54 61
29
29. Алишер Навоий.  Бадоеъ ул-бидоя. МАТ. 20 жилдлик. –  Т.: Фан, 1987. Т. 1.
 
24 shoirlar   arab-fors   alifbosidagi   32   harfning   to‘rttasi   bilan   tugallanuvchi   g‘azal
bitmasliklarini ta’kidlaydi va o‘z devonidagi g‘azaliyot qismining “o‘ttiz ikki harf
tartibi” bilan tasnif qilinganligini bayon etadi. 
Adabiyotshunos   olim   Yoqubjon   Is’hoqov   Navoiy   tilga   olgan   4   ta   harf
forsiy va turkiyga xos (   ﭺ   –   chim,    ﮊ   –    je,      ﮒ   –   gof  va      ﻼ   –   lom-alif)  harflar
ekanligi, bu harflarga Navoiy  qator g‘azallar bag‘ishlaganligini ta’kidlaydi. 30
 Shu
munosabat   bilan   “Badoe’   ul-bidoya”   devonini   ko‘zdan   kechirganimizda,   (   ﭺ
chim)   harfida   5   ta,     (   ﮊ   je)   harfida   1   ta,     (   ﮒ   gof)   harfida   21   ta   g‘azal   borligi
ma’lum bo‘ldi. ( ﻼ   lomalif) harfida bitilgan g‘azallar esa “Navodir un-nihoya” va
“Xazoyin ul-maoniy” devonlariga kiritilgan. Olima F.Karimovaning taxminicha,
Navoiy ta’kidlagan to‘rtinchi harf forsiy va turkiyga xos (pe) harfi bo‘lishi kerak.
“Badoe’ ul-bidoya” da bu harfda 1ta g‘azal mavjud. 31
Ikkinchi   tamoyil -   Yana   bukim,   har   harf   g‘azaliyotining   avval   bitigan
g‘azal   bila   o‘zga   g‘azallar   orasida   uslub   xaysiyatidin   tafovut   rioyat
qilmaydurlar.   Muqarrardurkim,   har   amrda   bir   lahza   haq   subhonahu   va   taolo
hamdidin   yo   rasul   alayhissalom   na’tidin,   yo   bu   ikki   ishga   dalolat   qilurdek   bir
amrdin   g‘ofil   bo‘lmamog‘liq   avlodur…   (Yana   shuki,   joylashtirishda   keyingi
g‘azal    oldin bitilgan g‘azal  bilan orasida uslub jihatidan tafovut rioya qilmasin,
aniqki,   har   devon   Haq   subhonahu   va   taolo   hamdidan   va   Rasul   alayhissalom
na’tidan yoki ikkisining o‘rnini bosgulik amrdan g‘ofil bo‘lmaslik kerak).
3. Yana   bir   bukim ,   go‘yiyo   ba’zi   el   ash’or   tahsilidin   va   devon   takmilidin
g‘araz   majoziy   husnu   jamol   tavsifi   va   maqsud   zohiriy   xattu   xol   ta’rifidin   o‘zga
nima   anglamaydururlar.   Devon   topilg‘aykim,   anda   ma’rifatomiz   bir   g‘azal
topilmag‘ay va g‘azal bo‘lg‘aykim, anda ma’vizatangiz  bir   bayt   bo‘lmag‘ay…
(   Tag‘in   buki,   ba’zi   she’r   tahlilidan   va   devon   komil   qilishdan   maqsad   majoziy
husn-u   jamolning   tavsifi   va   zohiriy   hol   ta’rifidan   o‘zgani   anglamaydurlar.
Shunday   devonlar   borki,   unda   ma’rifatomuz   bir   bayt   topilmaydi   va   g‘azallar
30
30. Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Т.: Фан, 1983. – Б
31
31. Каримова Ф. Ўзбек адабиётида дебоча. – Т.: MUMTOZ SO’Z, 2008. – Б. 29.
25 borki, pand-nasihat, o‘git ruhi bo‘lgan bayt uchramaydi).
 
4. Yana   bukim,   soyir   davovinda   rasmiy   g‘azal   uslubidinkim,   shoyi’durur,
tajovuz qilib, maxsus nav’larda so‘z arusining jilvasig‘a namoyish va jamolig‘a
oroyish bermaydururlar. Va agar ahyonan matlaye maxsus nav’da voqi’ bo‘lg‘on
bo‘lsa,   hamul   matla’   uslubi   bila   itmom   xil’atin   va   anjom   kisvatin
kiydurmaydururlar,   balki   tuganguncha   agar   bir   bayt   mazmuni   visol   bahorida
guloroyliq   qilsa,   yana   biri   firoq   xazonida   xornamoyliq   qilibdurur…   Ul   jihatdin
sa’y  qilindikim, har mazmunda matlaye voqi’ bo‘lsa, aksar andog‘ bo‘lg‘aykim,
maqta’gacha   surat   xaysiyatidin   muvofiq   va   ma’ni   jonibidin   mutobiq   tushkay” .
(Yana   biri,   devonlar   sayrida   rasmiy   uslubi   tarqalgan,   imkondan   oshib   maxsus
nav’larda   so‘z   kelinchagining   jilvasini   namoyish   va   jamoliga   oroyish
bermaydurlar,   gar   matla’   bir   mavzuda   voqelansa,   hamul   matla’   uslubi   bilan
tugash   choponini   va   libosini   kiydirmaydilar,   balki   tugaguncha   bir   bayti   visol
bahorida   guloroylik   qilsa,   yana   firoq   xazonida   g‘amzadalik   qiladi.   Bu   jihatdan
harakat qilish kerakki, matla’dagi mazmun maqta’gacha saqlanmog‘i kerak).
5. Yana   masnaviy   bila   qasoyiddin   boshqakim,   inshoolloh,   alar   dog‘i   har
qaysi   boshqa   mujallad   bo‘lg‘ay,   har   nav’   she’rdin,   masalan,   ruhafzo
muxammaslar,   barcha   xamsaziynat;   va   ravonoso   musaddaslar,   barcha
sittaziynat;   va   mufid   ruboiyot,   barcha   latofatomuz;   va   nofi’   muqattaot,   barcha
manfaatangiz; va dilpazir mustazodlar, barchaning vasfi zoyidul-had; va benazir
fardlar,   barcha   lutfu   ravonlikda   mufrad;   va   nomiy   muammolar,   barchasi   ot
yoshurmoqda   sotir;   va   kiromiy   lug‘zlar,   barchaning   mabtunlug‘i   zohir;   va
musalsal tarji’lar, barcha marg‘ub; va mu’tadil tuyug‘lar, barcha turkiy uslub bu
abyot   zaylida   muxayyal   va   bu   ash’or   xaylida   muzayyal   bo‘ldi.   Va   g‘araz   bu
fihrastdinkim, bu zebo uzorig‘a yozildi, va maqsad bu debochadankim, bu ra’no
ruxsorig‘a bitildi, ul   erdikim, chun salotindin qay birikim binoe qo‘yubdururlar
mann’   va   ayvone   chekibtururlar   rafi’,   ul   bino   ravoqida   va   ul   ayvon   toqida   o‘z
26 ismlarin tahrir va alqoblarin tanqir qilibdururlarkim, to ul ayvon toqi bo‘lg‘ay,
ul ism anda boqiy bo‘lg‘ay:
Kim qilsa imorateki, maqdur o‘lg‘ay,
Chun ismi kitobasida mastur o‘lg‘ay
Ne choqqacha ul binoki ma’mur o‘lg‘ay,
Ul ism ulus tiliga mazkur o‘lg‘ay.        
Alisher Navoiy bu o‘rinda devonni g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28
ta harf emas, balki 32 harf ( ﭺ   -chim , je- ﮒ V,ﮋ -gof, va   ﻼ -lom-alifni ham qo‘shgan
holda)   bilan   tugallash   zarurligi,   devonga   dastavval   Allohga   hamd   yoki
Payg‘ambarga na’t mavzusidagi g‘azallarni joylashtirish, g‘azallariga doir baytlar
kiritish,  g‘azal   matla’sida  keltirilgan fikrni    maqta’gacha  rivojlantirib    borish  va
albatta,   devonga   janr   jihatdan   rang-barang     she’rlarni   kiritishni   e’tirof   etadi.
Alisher   Navoiy   qasida   devon   tarkibida   emas   balki,   alohida   muqova,   jild
bo‘lmog‘ini aytib o‘tgan. Ya’ni masnaviy bilan qasidalar boshqakim, ular alohida
tom bo‘lg‘ay. 
Devonda   turli   navdagi   she’rlar   masalan,   barcha   jon   bag‘ishlovchi
muxammaslar   besh   ziynatli   va   jon   kabi   musaddaslar   olti   ziynatli;   barcha   nafli
ruboiylar   latofatli   va   nafli   qit’alar   manfaatlidir.   Va   barcha   yoqimli   mustazodlar
vasfi   ziyoda;   tengsiz   fardlar   lutfda   tanho   va   barcha   nomiy   muammolar   nom
yashirmoqda   usta;   va   aziz   lug‘zlar   barchaning   maftunligi   oshkor;   va   bir-biriga
zanjir kabi ulangan tarji’bandlar bari sevimli; va mo‘tadil tuyuqlar barchasi turkiy
uslub   ila   adabiyotda   faraz     va   she’rda   voqe’   bo‘ldi.   Maqsad   shuki,   yoqimli,
chiroyli  bitmoq. Debocha shuning uchun yozildikim: kishi  saltanatda  bino qurar
ekan,   uning   peshtoqida   ismini   yozadi.   Qachonki   binoga   qalbini   bag‘ishlasa,
shunda uning ismi boqiy bo‘ladi.
Kim qilsa imorateki, maqdur o‘lg‘ay
Chun ismi kitobasida mastur o‘lg‘ay
Ne choqqacha ul binoki ma’mur o‘lg‘ay,
Ul ism ulus tiliga mazkur o‘lg‘ay .   (MAT 1-jild 17-bet)
27 Navoiy bu o‘rinda har tomonlama mukammal bo‘lgan devonning
janr   mundarijasini   bermoqda.   Navoiygacha   bo‘lgan   o‘zbek   shoirlari
ko‘proq   g‘azal   janrida   ijod   qilganlar   Atoyi,   Sakkokiy,   Gadoiy,   Lutfiy
devonlarida   g‘azaldan   boshqa   mustazod,   ruboiy,   tuyuq,   qit’a
janrlaridagi she’rlar uchraydi, xolos.
Navoiy esa “Badoye’ ul-bidoya” devoniga lirikaning turli janrdagi
nodir   namunalarini   kiritadi.   Unda   11   janrga   oid   jami   1046   ta   she’r
mavjud. Devonga she’rlar quyidagi tartibda joylashtirilgan: g‘azal-777
ta, mustazod - 3 ta, muxammas 5 ta, musaddas - 2 ta, tarji’band - 3 ta,
qit’a - 46 ta, ruboiy 85 ta, lug‘z - 10 ta, muammo - 52 ta, tuyuq - 10 ta,
fard - 53 ta. 
Bu bilan shoir o‘zbek adabiyotidagi lirikaning janr jihatdan rang-
barang   bo‘lishini   ta’minladi.   Bu   an’ana   Navoiydan   keyingi   davr
shoirlari   ijodida   ham   davom   ettirildi.   Masalan,   Munis,   Ogahiy   kabi
shoirlar   o‘z   devonlarining   janr   jihatdan   rang-barang   bo‘lishiga
erishganlar.
Umuman olganda, Alisher Navoiy o‘z devoni debochasida asosiy
masalalardan   biri   –   devon   tuzish   tamoyillarini   ham  ilmiy,   ham   badiiy
tarzda bayon etdi. Navoiyning yuqoridagi qaydlarini chuqur o‘rganish,
tadqiq qilish shoirning ilmiy va badiiy ijod sohasidagi san’atkorligining
muhim   qirralarini   ochib   beradi.   Shoir   devonidagi   she’rlarni   chuqur
o‘rganishda esa zarur ko‘rsatmalar vazifasini bajaradi. 
2.2. Debochada qo‘y ilgan adabiy  masalalarning dev on
miqy osidagi amaliy  t at biqi
28 O`zbek xalqining ulug‘  mutafakkir shoiri Alisher Navoiydan Sharq klassik
adabiyotining barcha janrlariga oid juda katta hajmdagi  boy meros yetib kelgan.
O‘z davrida yuksak g‘oyalarni badiiy tafakkur bilan ifodalab bergan adib asarlari
asrlardan asrlarga, nasllardan nasllarga o‘tib ardoqlanib keldi. Yangi avlodlarning
ezgu   umidlari,   ajoyib   orzulari   zuhuri   yo‘lida   ham   ilhombaxsh   kuchga   aylandi.
Shuning   uchun   ham   ular   ilk   izlanish   davrida   qo‘lyozma   va   bosma   holida   keng
tarqaldi.   Shoir   asarlarining   Respublikamizdagina   emas;   balki   jahon
kutubxonalarida   ma’lum   bo‘lgan   nusxalari   shundan   dalolat   beradi.   Alisher
Navoiy yaratgan asarlar navoiyshunoslikda ko‘p jihatdan tadqiq etilgan bo‘lishiga
qaramay, uning hali ko‘plab asarlari badiiyati, xususan devonlari uchun yozilgan
maxsus   muqaddimalar,   ya’ni   debochalar   poetikasi   she’rshunoslik   nuqtai
nazaridan   maxsus   tadqiq   etilmagan. 32
  Bilamizki,   Navoiy   yosh   bolaligidanoq
she’rga   ixlos   qo‘ygan   va   o‘zi   ham   she’r   mashq   qilib   yurgan.   Yigitlik
davrlaridayoq xalqqa mashhur bo‘lib ulgurgan edi. 33
 She’riyat ixlosmandlari yosh
shoirdan   devon   tartib   berishini   iltimos   qilganlarida,   kamtarlik   yuzasidan   hali
vaqtli   degan   javobni   oladilar.   Shundan   so‘ng   1465-66-yillarda   uning   she’rlarini
to‘plab,   devon   tuzadilar.   Bu   Navoiy   o‘zi   tuzgan   “Badoe   ul-bidoya”   devoni
debochasida   “…ammo   xaloyiq   arosida   ming   bayt-ikki   ming   bayt   ortug‘roq,
o‘ksukrakkim   o‘zlari   jam’   qilib   erdilar,   bag‘oyat   mashhur   bo‘lib   erdi”,-   deb
yozadi. Devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov
tomonidan shartli ravishda “Ilk devon” deb ataldi. Devon 391 g‘azal, 41   ruboiy,
1   mustazod, 1 muxammas – jami 434 she’rdan iborat. G‘azallar 28 arab harflari
bilan tugallanuvchi qofiya hamda radiflar asosida tuzilgan. Mavzu jihatdan hamd,
na’t   tartibida   joylashtirilgan.   “Ilk   devon”   ruboiy   janridagi   she’rlar   bilan   intiho
topadi.   Devondan   jami   41ta   ruboiy   o‘rin   olgan   bo‘lib,   ular   ham   g‘azal   singari
arab  alifbosi   tartibida   joylangan.  Mavzu   jihatidan  ham   qoidaga   muvofiq   dastlab
32
32 .Qurbonova   Saodat,   Navoiy   debochalari   poetikasi   (“Badoye’   ul-bidoya”   va   “Xazoyin   ul-maoniy”
debochalari misolida)
33
33. “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi- mo‘tabar madaniy manba” mavzusidagi 
ilmiy-amaliy anjuman materiallari Toshkent-2023, Quysinova Sh. “Badoe’ ul-bidoya” debochasida 
qo‘yilgan adabiy masalalarning devon miqyosidagi amaliy tatbiqi 109-b
29 hamd   va   munojot   mazmunidagi   ruboiylar   keyin   na’t   ruboiylar   berilgan.
Tadvindagi   dastlabki   ruboiy   “ Subhonalloh   Xoliqi   zul-majdu   alo”   misrasi   bilan
boshlanib, bunda Yaratganning in’ikosi mehr (quyosh) timsoli vositasida tashbih
qilinib, uning nisbati quyosh va zarra munosabatlari orqali ochib beriladi. Va:
Kim hashrda mast o ‘ lay xarob ey soqiy,
To anglamay etsalar azob ey soqiy.
-deb tugallanuvchi so‘nggi ikki misrasi devonga ham yakun yasaydi.
Navoiyshunos olim, Filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov 2012-yilda
Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan tuzilgan yana bir devon qo‘lyozmasini
fanga  ma’lum  qildi.  Ushbu   tadvin  shoirning  Oqquyunlilar  sulolasi     (Ozarbayjon
va G‘arbiy Eron hududida 1378-1508-yillarda hukmronlik qilgan o‘g‘uz turklari)
hukmronligi   hududidagi   muxlislari   tomonidan   tuzilgan   bo‘lib,   hozircha   fanda
shartli   ravishda   “Oqquyunli   muxlislar   devoni”   nomi   bilan   yuritilyapti.   Devonda
jami 229 ta she’r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarji’band.
“Oqquyunli muxlislar devoni” qo‘lyozmasi: 
Ey, safhayi ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro ,
matla’li g‘azal bilan boshlanadi.
Va devondagi so‘nggi janr - tarji’bandning:
Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko'ngulga munis
 - bayti bilan yakun topgan.
Oqquyunlilar   saltanatining   asosiy   aholisi   o‘g‘uz   turklari   bo‘lgani   uchun
ushbu   qo‘lyozmada   Alisher   Navoiy   she’rlari   o‘g‘uz   shevasida   moslashtirilib
ko‘chirilgan.   Masalan,   quyosh   so‘zi   gunash,   tosh-dosh,   ber-ver,   yig‘lar-ag‘lar,
bor-vor,   emas-   emaz,   sarg‘arib-sararub,   yo‘q-yo‘x   tarzida   berilgan.   Navoiyning
mashhur g‘azali matla’si ushbu devonda quyidagi holatda uchraydi:
Mehr cho‘x go'rsatdim, ammo mehribone dopmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone dopmadim.
30 “Oqquyunli   muxlislar   devoni”   ning   hozirga   qadar   faqat   bitta   qo‘lyozmasi
ma’lum   bo‘lib,   u   Qohira   shahridagi   Misr   milliy   kutubxonasida   Lit.   Turk.   68
raqami ostida saqlanmoqda.
Alisher   Navoiy   Husayn   Boyqaro   taxtga   chiqqanidan   keyin   uning
topshirig‘i   bilan   o‘zining   birinchi   rasmiy   devoni   "Badoe’   ul-bidoya"
(“Badiiylikning boshlanishi”) ni tartib beradi. Devonning Alisher Navoiy hayotlik
davrida   (1480,   1482   va   1486   yillarda)   ko‘chirilgan   nusxalari   Parij   Milliy
kutubxonasida (1480 yil, inv. № 746), Britaniya muzeyida (1482 yil, inv. № 401)
va   Toshkent   shahrida   (1486   yil,   inv.   №   216,   asos   nusxa)   saqlanadi. 34
  Devon
mazkur   nusxalar   asosida   filologiya   fanlari   nomzodlari   Sh.Sharipov   va
M.Rahmatullayevalar tomonidan nashrga tayyorlangan (MAT, 1-jild).
Shu   paytgacha   ushbu   devonning   yuqorida   sanab   o‘tilgan   to‘rt   nusxasi
ma’lum   edi.   So‘nggi   besh   yillar   ichida   filologiya   fanlari   doktori   A.Erkinov,
filologiya   fanlari   nomzodi   A.Turdialiyev   va   filologiya   fanlari   nomzodi
S.Boltaboyev   kabi   olimlar   tomonidan   ushbu   devonning   Navoiy   vafotiga   qadar
ko‘chirilgan   yana   uch   nusxasi   navoiyshunoslikka   olib   kirildi. 35
  Shu   munosabat
bilan   hozirda   dunyo   fondlarida   “Badoe’   ul-bidoya”   devonining   Navoiy   ko‘zi
ochiqligida ko‘chirilgan yettita qo‘lyozmasi saqlanayotgani aniqlanib, ular ustida
turli tadqiqotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar   akademiyasi   Abu   Rayhon   Beruniy
nomidagi   Sharqshunoslik   instituti   va   Eron   Islom   Respublikasining   Mashhad
shahrida   joylashgan   Kitobxonai   Ostoni   Qudsi   tashkiloti   o‘rtasida   hamkorlik
o‘rnatildi.   Buning   natijasida   Eron   tomonidan   O‘zbekistonga   Navoiy   devoni
elektron   nusxasi   taqdim   etildi.   Navoiyshunos   olima   Oysara   Madaliyevaning
aniqlashicha,   ayni   qo‘lyozma   “Badoe’   ul-bidoya   devonining   1491-yili   kitobat
qilingan   nusxasi   bo‘lib   chiqdi.   Ushbu   nusxa   Temuriylar   davri   mashhur   xattoti
Darvish   Muhammad   Toqiy   tomonidan   Hirotda   ko‘chirilgan   ekan.   Katta   ehtimol
34
34. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. – T.: TAMADDUN, 2018. – 520 
b  
35
35. Erkino v A.,  Mustaqilligimizning 31 yilligiga munosib tuxfa: Alisher Navoiy “Badoe’ ul-bidoya”sining 
sakkizinchi nusxasi aniqlandi.  Maqola 2022-yil.
31 bilan   Navoiy   ushbu   qo‘lyozmani   ham   ko‘rgan   bo‘lishi   mumkin.   Topilgan
sakkizinchi nusxa oldingi qo‘lyozmalar bilan solishtirish ishlari olib borilmoqda.
Alisher   Navoiy   tartib   bergan   ikkinchi   rasmiy   devon   “Navodir   un-nihoya”
(“Behad   nodirliklar”)   deb   atalib,   1480-1487-yillar   oralig‘ida   tuzilgan.   80-
yillarning   oxirida   navoiyshunos   Suyima   G‘aniyeva   “Navodir   un-nihoya”   ning
yana bir nusxasini Eronning “Koxi Guliston” muzeyi fondidan topdi va bu nusxa
1991-yili   “Navoiy   dastxati”   nomi   bilan   ma’lum   qilindi.   Olimaning   fikricha,
mazkur   nusxada   shoirning   muhri   bosilgan   bo‘lib,   u   “Navodir   un-nihoya”   ning
Navoiy   ko‘chirgan   musaddava   (qoralama)   nusxasidir.   Devonning   tarkibi   faqat
g‘azallardan iborat bo‘lib, to‘liq emas: “kof” bilan tugallangan g‘azallardan so‘ng
matn   uzilib   qolgan.     Devon   Navoiyning   hamd   mazmunidagi   mashhur   g‘azali
bilan boshlanadi: 
Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo,
Yuzung quyoshig'a zarroti kavn o‘lub shaydo .
Alisher   Navoiy   1492-1498-yillarda   Husayn   Boyqaroning   taklifi   bilan
o‘zining barcha she’rlari, shu bilan birgalikda, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan
she’rlarini   ham  to‘plab, “Xazoyin  ul-maoniy” (“Ma’nolar   xazinasi”)   nomli   yirik
kulliyot   yaratadi.   Bu   devonga   ham   debocha   yozib   jami   16   xil   janrdan   ustalik
bilan foydalandi. Kulliyot haqida keyingi o‘rinlarda kengroq o‘rin beramiz.
“Badoe’   ul-bidoya”   devoni   debochasida   berilgan   tamoyillarni   yuqorida
mulohaza   qilib   o ‘tdik.   Endi   ushbu   tamoyillarning   devon   miqyosidagi
amaliy ifodasi haqida fikrlarni aytib o‘tamiz:
Devondagi   she’rlarning   mavzu   ko‘lami   ham   rang-barangdir.   “Badoe’   ul-
bidoya” ning har bir harfga taalluqli g‘azallarini hamd, na’tlar bilan boshlaydi va
avvalgi shoirlarning devonlarida ana shu xususiyat bo‘lmaganligini tanqid qiladi.
Hazratning bu tamoyilidan shunday xulosa chiqadiki, shoirlikni o‘ziga hunar deb
bilib devon tartib bergan har bir ijodkor bu tabarruk kasbning oyoqosti bo‘lishiga
yo‘l   qo‘ymasin,   qofiyabozlik,   behuda   san’atbozlik   bilan   shug‘ullanmasin.   Adab
ilmi   birinchi   navbatda   insonshunoslikdir.   Adabiyot   birinchi   navbatda   ko‘ngil
32 da’vati   bilan   aytilgan   nafis   tafakkur   mahsulidir.   Jumladan,   “Badoe’   ul-bidoya”
dagi   6-g‘azalni   ko‘zdan   kechiraylik.   Bu   g‘azalda   Hazrati   Muhammad
alayhissalom   haqida   fikr   yuritiladi.   Ma’lumki,   Muhammmad   alayhissalom
farishta   emas,   bashar   farzandi   bo‘lganlar.   Navoiy   o‘z   g‘azalida   ana   shu
basharning   pokiza   farzandini   ulug‘lash   orqali   Odam   Ato   avlodlarini,   demakki,
oddiy insonni ko‘klarga ko‘taradi:
Ey nubuvvat xayliga xotam bani Odam aro,
Gar alar xotam sen ul otkim, bo‘lur xotam aro.
Yuz eshiging tufrog‘iga surta olg‘aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun Tushar olam aro.
-   Payg‘ambarlar elining hotami Muhammad alayhissalom  komil  inson edilar.
Demak,   falakning   buyuk   charog‘i   Quyosh   ham   “bashar   farzandining   eshigi
tuprog‘iga yuzimni surtay”, deb har kun Charxdan Yerga tushadi, o‘zining zarrin
nurlarini   umidvor   va   minnatdorona   to‘kadi.   Alisher   Navoiyning   “Badoe’   ul-
bidoya”   devonining   o‘zigacha   bo‘lgan   davrda   yaratilgan   devonlardan   farqi
nisbatan va tugal ekanligida ya’ni:
- Devonga maxsus debocha yozilgan;
- Devonga 32 harf bilan tugallangan g‘azallar kiritilgan;
- Har   bir   harf   bilan   tugallangan   g‘azallarni   joylashtirishda   avvalida   hamd,
so‘ng na’t va undan keyin esa boshqa mavzulardagilari joylashtirilgan;
- G‘azallarning yakpora bo‘lishiga e’tibor berilgan;
- Oshiqona g‘azallar tarkibiga mav’iza, pand va hikmatlar kiritilgan;
- She’rlarni joylashtirishda ularning hajmiga e’tibor berilgan.
Devon quyidagi misra bilan boshlanadi:
Ashraqat min aksi shams il-ka’s anvor ul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb jomdin chiqdi sado.- 
Va quyidagi fard bilan yakunlanadi:
Sel yo‘lida fano dashtida mujgonim emas,
Ko‘z alochuqlarining dud yegon o‘qlaridurur.
33 Yuqorida   keltirilgan   shoir   devoni   Navoiy   shaxsining   naqadar   ziyrak,
nozikfahm   va   yosh   bo‘lishiga   qaramay   anchayin   dono   inson   ekanligini   anglatib
turibdi.   Tadvin   Navoiy   aytgan   tamoyillar   asnosida   mukammal   tarzda   tarkib
topgan.
Navoiy devon tartib berishda nafaqat o‘z davri uchun ulkan yangilik kiritdi,
balki   o‘zidan   keyingi   devonchilik   an’anasi   yo‘lini   ochib   berdi   desak
yanglishmaymiz.
Alisher   Navoiy   ijodi   bo‘yicha   bajarilgan   ishlar   juda   ko‘p.   Biroq   hali
ochilmagan   sirlar   anchagina.   Navoiy   dahosini   tushunish,   kishidan   bilim   va
ko‘nikmani   talab   etadi.   Bugungi   globallashuv   zamonida   Navoiy   ijodini   ko‘proq
o‘rganish har qachongidan ham muhim va dolzarbdir.
34 III  BOB. NA VOIY N IN G KEY IN GI  DEVON LA RIDA  “ BA DOE’ UL-
BIDOY A ”  DEBOCHA SIDA GI  A DA BIY  QA RA SHLA RN IN G AMA LIY
IFODA SI
3.1. “ Badoy e’ ul-bidoy a”  v a “ X azoy in ul-maoniy ”  debochalarining
umumiy  v a farqli jihat lari
Alisher   Navoiy   1492-1498-   yillarda   Husayn   Boyqaroning   taklifi   bilan
o‘zining barcha she’rlari, jumladan, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan she’rlarini
ham   to‘plab,   “Xazoyin   ul-maoniy”   (“Ma’nolar   xazinasi”)   nomli   yirik   kulliyot
yaratadi. Kulliyot to‘rt devonni o‘z ichiga olganligi uchun “C h or devon” deb ham
nomlana di.   Kulliyotning   Sankt-Peterburg   (1498-99,   inv.   Xanikov-55;   1592-96,
inv. Dorn558), Istanbul (1495-97, xattot Darvesh Muhammad Toqiy ko‘chirgan,
inv.   №   808),   Parij   (1525-27,   kotib   al-Hijroniy   ko‘chirgan,   inv.   №   316-317)
nusxalari mavjud bo‘lib, ular asosida professor H.Sulaymonov kulliyotning ilmiy-
tanqidiy matnini yaratdi (1959-60). Mazkur matn    MAT   ning 3-6 jildlarini tashkil
etuvchi devonlar uchun asos bo‘lgan.  Kulliyotga shoirning avvalgi ikki devoni –
“Badoe’   ul-bidoya”   va   “Navodir   un-nihoya”   ga   kirgan   she’rlari,   shuningdek,
keyingi   yillarda   yaratilgan   va   turli   sabablarga   ko‘ra   avvalgi   devonlarga   kirmay
qolgan   turli   janrlardagi   she’rlari   ham   ushbu   kulliyotga   kiritilgan.   XV   asr
lirikasining buyuk qomusi deb baholangan “Xazoyin ul-maoniy” ulug‘ shoirning
deyarli   butun   hayoti   davomida   yaratgan   va   lirik   turning   16   xil   janriga   mansub
bo‘lgan   she’rlarini   o‘z   ichiga   oladi.   U   faqat   mazmun-mundarijasi   bilan   emas,
balki   tuzilishi   va   nomlanishi   jihatidan   ham   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega.
Kulliyotda   Alisher   Navoiy   to‘rt   devonning   har   biriga   inson   umrining   fasllariga
moslab nom berdi. Shu ma’noda 7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrni inson
umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini “G‘aroyib us-sig‘ar”
(“Bolalik g‘aroyibotlari”) deb nomladi. 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan davrni
inson   umrining   yozi   deb   belgiladi   va   “Navodir   ush-shabob”   (“Yigitlik
nodirliklari”)  deb  atadi. 35-45 yoshni  umrning kuziga qiyos  etdi  va “Badoe’  ul-
35 vasat”  (“O‘rta yosh go‘zalliklari”)  deb nomladi. 45-60 yoshini  umrining qishiga
o‘xshatib, “Favoyid ul-kibar” (“Keksalik foydalari”) deb atadi. 
Har   bir   devonga   650   tadan   g‘azal   kiritdi,   shunga   muvofiq   boshqa   she’riy
janrlarga   ham   o‘rin   berd i.   Navoiy   kulliyot   uchun   mukammal   debocha   ham
yozgan. 
“G‘aroyib   us-sig‘ar”   devonining   boshlanish   qismidan   o‘rin   olgan   bu   debocha
pishiq kompozitsion qurilishga ega. Debochada dastlab Holiq hamdi, Rasululloh
na’ti keladi. Shoir o‘z ahvoli, a’moli bayonini bevosita hukmdorga bog‘lab turib,
eng   samarali   usulni   qo‘llaydi:   ham   an’anaviy   tarzda   Sulton   sohibqiron   Husayn
Boyqaroni   tarannum   etadi,   ham   Husayn   Boyqaroning   ushbu   devonlarni   tuzish
borasidagi   amri   va   da’vatini   ochiqlaydi.   Debochada   Navoiy   lirik   asarlarining
yozilishi   bilan   bog‘liq   jihatlarni   to‘g‘ri   mushohada   qilishga   imkon   beradigan
ma’lumotlar   juda   ko‘p.   Unda   “Xazoyin   ul-maoniy”   ning   mazmun-mundarijasi,
tarkibidagi   devonlar,   ularning   yaratilish   tarixi,   shoir   adabiy-estetik   qarashlariga
oid   masalalar   hamda   shoirning   hasbi   holi   bilan   tanishish   mumkin.   Shuningdek,
debochada   shoir   muayyan   fikrini   umumlashtirish,   xulosalash   uchun   ruboiydan
s amarali   foydalanadi.   Debochaning   o‘zida   30   ta   ruboiy   keltirilgan,   jumladan,
Xoliq   hamdi,   Rasululloh   na’ti,   Sulton   Husayn   Boyqaro   madhi,   shoirning   o‘z
sharhi   holi,   devoni   tavsifiga   aloqador   fikrlari   ushbu   janrning   talablaridan   kelib
chiqib   ifoda   etilgan.   Ruboiylarda   falsafiy-axloqiy   mazmun   ustuvorlik   qiladi.
F.Karimova   debocha   kompozitsiyasini   tashkil   etgan   masalalarning   joylashish
tartibini 8 ta qismga ajratib ko‘rsatadi. 36
 
1. Hamd-u sano va na’t . Bu qismda shoir insonni hayvondan ajratib, unga
“nutq ila nazm ehtiromi” bergan Qodiri mutlaqni va Payg‘ambar (s.a.v.)ni madh
etadi:   “Shukru   sipos   ul   qodirg‘akim,   chun   adam   osoyishgohidin   vujud   oroyishi
ogohlarig‘a   jilva   berdi,     insonni     soyir     maxluqotdin   nutq   sharafi   bila   mumtoz
qildi.           R u b o i ya:
Ulkim, chu jahon xilqatin og‘oz etti,
Sun’i kilkini naqshpardoz etti.
36
36 .Bu haqda qarang: Каримова Ф. Ўзбек адабиётида дебоча. – Т.: MUMTOZ SO’Z, 2008. – Б. 52.
36 Inson xaylin nutq ila mumtoz etti,
Nutq ahlini nazm ila sarafroz etti 37
.
 
` 2.   “Xazoyin   ul-maoniy”   ning   tartib   berilish   sabablari.   Bunda   shoir
dastlab tartib bergan ikki devoni haqida gapirib, keyingi davrda aytilgan she’rlari
ham   hajm   jihatdan   ulardan   ko‘pligini   aytib   o‘tadi.   Zamon   hodisotlari   tufayli
yo‘qolib   ketmasligi   uchun   ularni   tartibga   solish   muhim   edi:   “Va   ikki   murattab
bo‘lg‘an   devonlardin     yangi       aytilg‘an     abyot   adadi   aksar   va   har   bayti   lafzu
ma’no bila darjlig‘ gavhar demaykim shu’lalig‘ ozar; xotirg‘a kelur erdikim, agar
bu  avroqqa   rabtu   tartib   berilmasa,   bir   havodis   tundbodi   eskach,   har   sahfasin   bir
yon sovurg‘ay  va agar   bu gulbarglarni   zebu  oyin bila  bir   guldasta  bog‘lanmasa,
bir navoyib nasimi yetkach, har varaqin bir yon uchurg‘ay. Va agar rabtu tartibini
havas   qilsam,   havasimg‘a   qayda   ul   quvvatki,   ikki   baytni   bir-biriga   marbut
bog‘lashtura olg‘ay va xayolimda qayda ul jamiyatu holatki ikki lafzin bir-biriga
yarashtura   olg‘ay.   Bu   ajzdin   xomam   tili   lolu   bu   zabunluqdin   o‘z   tilim   shikasta
maqol erdikim, nogah inoyat nasimi hidoyat gulshani royihasin yetkura kirishti va
saodat   munhiysi   davlat   ravzasi   mujdasin   keltura   boshladi,   ya’ni   hukmi   qazo
jarayonu   farmoni   vojib   uliz’on   bu   banda   otig‘a   ul   Sultoni   sohibqirondin
yetishtikim,   qullari   hukmidin   azim   ushsha’n   salotin   bosh   torta   olmaslar   va
bandalari farmonidin nofizi farmon xavoqin bo‘yun to‘lg‘ay olmaslar” [MAT 3-
jild,11-12-betlar]. 
3.   Husayn   Boyqaroning   Navoiy   va   uning   ijodiga   munosabati.   Navoiy
ijodi   bilan   doimiy   ravishda   qiziqib   borgan   Husayn   Boyqaro   shoirga   barcha
she’rlarini to‘plab, to‘rt devon tuzish haqida  buyruq  beradi. Shoirning sog‘ligidan
xabardor bo‘lgan shoh unga har tomonlama yordam berishga va’da beradi:   “Bu
yanglig‘ falaktazyin dargohdinu bu nav’ arshoyin bargohdin xitobi sadmatomizu
hukmi hayratangiz yetishti. Mazmuni bukim, ey qadimiy bandayi xosu ey boyiriy
xodimi   zaviy-ul-ixtisos,   burung‘i   ikki   devonkim,   bizning   hukmu   xitobimiz   bila
37
37.Алишер Навоий. Ғаройиб ус-сиғар. МАТ. 20 жилдлик. – Т.: Фан, 1988. Ж.3. – Б.9. (Бундан 
кейинги иқтибослар шу нашрдан олинади ва асар саҳифаси қавс ичида кўрсатилади).
37 murattab qilding va kulliyotu juzviyotin bizning mashvaratu ta’limu istisvobimiz
bila   tuzattingkim,   birining   ishqomiz   abyotidin   bu   eski   dayrning   rafi’   toqida
ushshoqning   sho‘ru   g‘avg‘osidur   va   yana   birining   shavqangiz   g‘azaliyotidin   bu
qadimiy mani’ gunbad ravoqida muhabbat ahlining xo‘yu alolosi. Andin so‘ngra
yig‘ilg‘an   ash’orningu   nazm   rishtasig‘a   tortilg‘an   durri   shahvorning   adadi
burung‘i   devonlardin   ortqan   chog‘lig‘durur   va   bu   latofati   sifoti   xo‘blar   va
malohati   simoti   mahbublar   bila   yana   ikki   devon   tartib   bersa   bo‘lurdek   ma’lum
bo‘ladur...   Emdi   avlo   budurkim,   bu   g‘arib   ishga   ko‘ngul   kelturgaysen,   balki
hukm   bu   erurkim,  bu   ajib  amrg‘a  xoma   surgaysenu   tafakkur   xilvatgohida   xayol
sho‘xu   ra’nolari   bila   bazm   tuzgaysen   va   to   falak   gardish   qilur   bashar   jinsining
xayolig‘a   kelmagan   a’jubani   elga   ko‘rguzgaysen.   O‘zung   bilursenkim,   nazm
harimining   xoslariyu   she’r   bahrining   g‘avvoslarikim,   ruhparvar   navolig‘
anfoslaridin   zamona   bazmi   to‘lubtur   va   xayol   daryosidin   chiqarg‘on   qiymatiy
guharlaridin   davron   libosi   javohir   bila   murassa’   bo‘lubtur,   hech   qaysi   olamning
rub’i maskunin ola olmaydur va to‘rt gavhardin murakkab bo‘lg‘an bashar  xayli
hech qaysidin to‘rt devon yodgor qolmaydur” [12-13-betlar]. 
4.   “Xazoyin   ul-maoniy”ning   yaratilish   tarixi.   Navoiy   bevosita   Husayn
Boyqaroning   moddiy   va   ma’naviy   ko‘magi   tufayli   barcha   she’rlarini   to‘plab,
ularni   tahrir   qiladi   va   ular   yoniga   yangilarini   yozib   qo‘shadi.   Ayrim   g‘azallarni
faqat matla’sini saqlab qoladi, yoki umuman o‘zgartirib kiritadi ushbu kulliyotga.
Bu she’rlarni  shohning “kimyo asar  nazari”  dan o‘tkazadi.  Nihoyat, barcha lirik
she’rlarini jamlab to‘rt devon tuzadi va uni “Xazoyin ul-maoniy” deb nomlaydi: 
Yuz hur sifat barchasining nozu fani,
Kashmiriyyu rumiyyu xitou xo‘taniy,
Kim bir shah uchun keturgay ul toyifani,
Tojir o‘zin aylarga baho birla g‘ani.
 
- kashmiriysi  sehrsozlig‘da dilrabovu dilkash va  rumiysi  turktozliqda kofiroyinu
farangiyvash va xitoyisi xunrezlig‘da novakzanu shershikor va xo‘taniysan 
38 fitnaangizlig‘da sherafkanu g‘izolakirdor, bu shamoyilu oyin bila va bu zebolig‘u
tazyin bila  Sultoni  sohibqironning harami   saroyig‘a  kiyurur   erdim   va birin-birin
ul hazratning kimyoasar nazarig‘a yetkurur erdim” [17-bet].  
5.   “Xazoyin   ul-maoniy”ning   tuzilishi .   Shoir   yil   fasllari   va   inson   umriga
monand to‘rt devonini to‘rt xil nom bilan ataydi. Ya’ni birinchi devon “G‘aroyib
us-sig‘ar”,   ikkinchi   devon   “Navodir   ush-shabob”,   uchinchi   devon   “Badoe’   ul -
vasat”,   to‘rtinchi   devon   “Favoyid   ul-kibar”   deb   nomlangan.   Shuningdek,   shoir
har   bir   devoniga   kirgan   she’rlarining   yosh   chegaralarini   ham   ko‘rsatadi:   “To‘rt
faslining   muqobalasidakim,   to‘rt   devon   voqi’   bo‘luptur,   har   qaysig‘a   bir   -
munosib   ot   darboyist   edi,   ul   sababdin   avvalg‘i   devonnikim,   tufuliyyat   bahori
g‘unchasining ajib gullari va sig‘ar gulzorining bog‘chasining g‘arib chechaklari
bila   orosta   bo‘lub   erdi,   “G‘aroyib   us-sig‘ar”   deyildi.   Va   ikkinchi   devonnikim,
yig‘itligu   oshuftalig‘   va   shabobu   oliftalig‘   yoziyu   dashtida   yuzlangan   nodir
vaqoyi’   bila   piyrosta   bo‘lub   erdi,   “Navodir   ush-shabob”   ataldi.   Va   uchunchi
devonnikim,   vasat   ul   -   hayot   mayxonasida   ishq   bila   shavq   paymonasidin
yuzlangan badii’ nishotlar kayfiyatin yozilib erdi. “Badoyi’ ul-vasat” ot qo‘yuldi.
Va   to‘rtunchi   devonnikim,   umrning   oxirlarida   yuzlangan   ishq   dardu   ranji
foyidalarikim, jonso‘z oh urmoqu jon topshurmoqdurkim, anda sabt      bo‘lubtur,
“Favoyid ul- kibar” laqab  berildi”. 
6. Shoirning o‘z ijodi haqidagi fikrlari.     Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” ni
yaratishga   sarf   qil gan   yillar   davomida   “Xamsa”   nazmi   bilan   shug‘ullanganligi,
“Nazm ul-javohir”, “Majolis un-nafois”, “Zubdat ut-tavorix” va “soyir tasnif ” lar
bitganligini   aytib   o ‘ tad i.   Shu   o‘rinda   badiiy   ijod   sohasida   erishgan   yutuqlaridan
nihoyatda   mamnun   ekanligini   faxriya   usulida   bayon   qiladi:   Va   bu   avqot
mobaynida har miqdorkim, fursat toptim, xoh “Xamsa” nazmidinu xoh “Nazm ul-
javohir”   va   “Majolis   un-nafoyis”   u   “Zubdat   ut-tavorix”   va   soyir   tasniflar
ishtig‘olidin   ham   ul   hazrat   duoyi   davlatig‘a   avqotimni   sarf   qildim.   Va
bihamdilloh   andoq   murodlar   kasb   ettimkim,   mening   abnoyi   jinsimning   yuzidin
biriga   muyassar   bo‘lmaydur   va   andoq   maqsudlarg‘a   ettimkim,   alarkim,   mendek
39 yuz, balki   ming qullari  bor  erdi,  birining sog‘ari   orzusi  menga  nishot   yetkurgan
may bila to‘lmaydur” [19-20-betlar]. 
7.   Keksalikdagi   sog‘ligining   yomonlashganligi   haqida.   Shoir   yoshi
ulg‘aygan   chog‘da   turli   kasalliklar   yopishganligi   va   shu   davrdagi   ahvoli
nihoyatda   og‘irligi   haqida   batafsil   xabar   beradi:   “Qulluq   arzadosht   ulkim,   bu
bandag‘a   yosh   ulg‘ayg‘an   chog‘da   za’fe   yuzlandi,   va   ul   za’f   rishtasi   rishtadek
za’flig‘   paykarimg‘a   andoq   chirmandikim,   ul   quyoshdek   zamirg‘a   ravshandur.
Holo   mizojim   istiqomatdin   munharifu   badanimda   necha   marazi   muxtalifdur   va
atibbo ilojimdin ojiz-u ma’zul va ahibbo mizojimdin mutaajjibu malul. Dimog‘im
parishonlig‘idin   so‘zum   nomarbutu   xayolim   oshuftalig‘idin   holim   nomazbut.
Bag‘rim   qizig‘anidin  jismimda  hummoyi   lozim  va  ko‘nglum   ozg‘anidin boshim
aylanmog‘iyu ko‘zum qorarmog‘i doyim. Ne tongdin aqshomg‘acha o‘zumga bir
dam   g‘izodin   kom,   ne   aqshomdin   tongg‘acha   tarfat-ul-ayne   ko‘zumga   uyqudin
orom.   Xotirim   savdomiz   xayollardin   mushavvash,   besarudilliqdin   har   necha
dilkash so‘z bo‘lsa ko‘nglumga noxush. Me’damning hazm qilur g‘izosi zamona
ahlining   izosi,   ko‘nglumning   nishot   bazmida   mayi   nobi   falak   tiyg‘i   oqizg‘an
bag‘ir xunobi”[20-21-bet].
  8.   Xotima .   Bu   qismda   shoir   go‘yo   Sulton   sohibqironning   davlatli
dargohida   o‘tgan   umriga   yakun   yasagandek   tuyuladi.   Husayn   Boyqaro
davlatidagi   xizmatlarini   “din   va   oxiratim   sharafi”   deb   bilgan   Navoiy   debochani
duo,   tilak   xarakteridagi   uch   ruboiy   bilan   yakunlaydi:   “So‘zum   uzaldiyu   ado
qiladurg‘an   maqsudum   yiroq   qoldi.   Agarchi     xomamning   gavharafshonlig‘ig‘a
nihoyat yiroqdur   va lekin duo gavharfishonlig‘i   bila ixtisor   qilmoq yaxshiroq.
[22-23-betlar]
R u b o i ya:
To dahr uza bu gunbadi davvor o‘lg‘ay,
Ul gunbad uza sobitu sayyor o‘lg‘ay,
To sobitu sayyorg‘a osor o‘lg‘ay,
Tengri bori holingda nigahdor o‘lg‘ay.
 
40 R u b o i ya:
Taxting bo‘lsun sipehri  axzar chog‘lig‘,
Chatring  rif’atda  mehri  anvar  chog‘lig‘.
Mulkung baru bahr aro Sikandar chog‘lig‘,
Lekin umrung Nuh payambar chog‘lig‘.
R u b o i ya:
Ham  dargahing iqbol  makoni,  yo Rab,
Ham boshing uza toji Kayoniy, yo Rab.
Jomingda ziloli zindagoniy, yo Rab,
Andin sanga umri jovidoniy, yo Rab.
 
Demak, yuqoridagilardan ma’lum bo‘lyaptiki, debocha kompozitsiyasidagi
masalalar   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘langan   bo‘lib,   unda   birorta   ham   qismning
ortiqchaligini   sezmaymiz,   ushbu   masalalar   o‘z   navbatida   “Xazoyin   ul-maoniy”
kulliyoti   tarkibidagi   devonlar   uchun   ham   maxsus   ochqich   vazifasini   o‘tagan.
Umuman   olganda,   Alisher   Navoiyning   “Xazoyin   ul-maoniy”   debochasida
qo‘yilgan masalalarning ko‘lamdorligi va ularni joylashtirish tartibidagi izchillik
hamda   bayondagi   uslubiy   yetuklik   uning   kompozitsiyasiga   har   tomonlama
mukammallik   baxsh   etgan.   Chunki,   “Xazoyin   ul-maoniy”ga   bitilgan   debocha
o‘zbek   adabiyotida   yaratilgan   g‘oyaviy,   badiiy   jihatdan   yuksak   devon
debochalarining eng go‘zal namunasidir.   
Alisher   Navoiyning   “Badoe’   ul-bidoya”   devoniga   yozgan   debochasi
shoirona fikrlashning betakror m ahsulidir . Shoir o‘zining badiiy ijod bilan bog‘liq
o‘y-fikrlari,   nozik   hissiyot   va   kechinmalarini   debochada   badiiylashtirib   harorat
bilan   ifoda   etadi.   Debochalardagi   nasriy   bayon n ing   o‘zi   ham   har   qanday
ta’sirchan   she’riyatdan   qolishmaydi . 38
  Ushbu   debocha   matni   ustida   bir   necha
tahlillar   amalga   oshirilib,   shundan   Nusratullo   Jumaxo‘janing   “Debocha   matni
38
38.Каримова Ф. Ўзбек адабиётида дебоча. – Т.: MUMTOZ SO’Z, 2008. – Б.71.
41 mukammalmi?“   nomi   ostida   yozgan   maqolalari   e’tiborga   molik.
Adabiyotshunosning fikricha: Navoiy asarlarini tahlil etarkanmiz, bunda devonlar
matni juda muhim. Chunki Mukammal asarlar to‘plami (MAT) tarkibida berilgan
Navoiy   asarlarining   matnini   xatodan   holi   deb   bo‘lmaydi.   Ishni,   avvalo,
debochadan   boshlash   joiz,   zero   devonlarining   kaliti   bu   debochadir.   Navoiy
debochalari   mutafakkirning   adabiyot   va   badiiyat   haqidagi   fikr-g‘oyalari,   ilmiy-
nazariy tahlil   hamda umumlashmalari   mujassamlanganligi   bilangina  emas,  balki
matn   uslubi   rang-barang   badiiy   usullar   vositasida   ziynatlanganligi   bilan   ham
badiiy   san’at   namunalaridir.Nashr   jarayonida   ularning   birortasi   zarar   ko‘rsa,
bamisoli   kulollik   yo   chinivorlik   san’ati   namunalarining   bir   nozik   qirrasi   yoki
bezagi singani singari, ushbu asarlarning badiiy yetukligiga rahna yetadi. “Badoe’
ul   bidoya”   devoni   debochasi   “Fasohat   devonining   g‘azalsarolari”   iborasi   bilan
boshlanadi. “G‘azalsaro” so‘zi “MAT” nashrida “g‘azalsaroy” shaklida berilgan.
Bu-ishtibohli   hol.   Bunda   “saro”   so‘zi   navoiyxon   nigohida   hozirgi   adabiy
tilimizdagi   makon   ma’nosini   bildiruvchi   “saroy”   so‘zi   bilan   chalkashtirilgan
bo‘ladi. “G‘azalsaroy” so‘zidan “g‘azalning saroyi” degan absurd ma’no chiqadi.
Vaholanki,   so‘z   san’ati   olamida   bunday   tushuncha   yo‘q.   “G‘azalsaro”   so‘zi
hozirgi   adabiy   tilimizdagi   “motamsaro”,   “g‘urbatsaro”   so‘zlariga   shaklan
o‘xshashdir.   Ushbu   qo‘shma   so‘z   tarkibidagi   ikkinchi   so‘z   fors   tilidagi
“saroidan”-“kuylamoq”   fe’lining   hozirgi   zamon   o‘zagi   “saro”-   “kuyla”   dan
olingandir.   “G‘azalsaro”-   g‘azal   aytuvchi,   g‘azalnavis,   g‘azal   yozuvchi   kabi
ma’nolarni   anglatadi.   “Y   ”   harfini   ortiqcha   qo‘llanganligi   sabab   so‘z   ma’nosi
o‘zgargan.
Matnga   begona   so‘zning   qo‘shilib   qolishi   ham   san’atkor   ijodining
qimmatini pasaytiradi. Shanday holatga “Badoe’ ul-bidoya” debochasidan:
Olib yuz barqdin sur’at samandi,
Yangi oy ul oy samandi siynabandi.
Misrasini   oladigan   bo‘lsak,   ikkinchi   misradagi   “oy”   so‘zining   ortiqcha
takrorlanishi   baytning   vaznini   ham   buzgan,   go‘zal   mazmunga   ham   putur
42 yetkazgan. 39
  Bunday xato va kamchiliklarni ikkala debocha matnida ham ko‘plab
uchratish   mumkin.   Bu   esa   bugungi   davrda     matn   bilan   jiddiyroq   ishlashni   talab
etadi.
Navoiy har ikki debochasida ham Husayn Boyqaro uning she’rlarini tahrir
qilganligini,   natijada   g‘azallari   “sohibnazarlar   ko‘ziga   mahbubroq   va   ahli   dillar
ko‘ngliga   marg‘ubroq”   bo‘la   boshlaganligini   katta   hurmat   va   ehtirom   bilan
shunday aytib o‘tadi: “Chun bu baytlar ayvoni ul islohlar naqshu nigoridin rashki
nigorxonai   Chin   va   bu   g‘azallar   bo‘stoni   ul   ihtimomlar   bahoridin   g‘ayrati   xuldi
barin   bo‘la   boshladi;   sohibnazarlar   ko‘ziga   mahbubroq   va   ahli   dillar   ko‘ngliga
marg‘ubroq bo‘lub, hurmati g‘oyatdin va shuhrati nihoyatdin o‘tti...” [18-bet].
Navoiy   keltirilgan   misolda   o‘z   fikrlarini   badiiy     tarzda   ochish,   uni
mushtariyga   turli   ranglarda   yetkazish   uchun   saj’   san’atidan   foydalanadi.   Ushbu
parchani   o‘qiganda   jumlalar   ma’lum   ritmga   ega   bo‘lgan   ohangdosh   bo‘laklarga
ajralib   qolganligini   ko‘ramiz,   qulog‘imiz   ostida   ajib   bir   go‘zal   musiqaning
yangrayotganini his qilamiz. 
Navoiy debochalarda nasrning uch turi - erkin nasr, saj’li nasr va vazndosh
nasr kabi turlaridan foydalanilgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor: debochalarda
haqqoniy   o‘rinlar,   shuningdek,   ruhiy-emotsional   holatlarning   mavjudligi,
debochaning   ko‘tarinki   ruhda   bitilganligi   kabi   xususiyatlar   nasrning   turli
ko‘rinishlarini qo‘llash imkoniyatini keltirib chiqargan. Debochalar, asosan, saj’li
va   vaznli   nasrda   yozilgan   bo‘lib,   saj’li   nasr   bayonda   asosiy   o‘rin   egallaydi.
Vaznli   nasr   saj’li   nasrga   qaraganda   kam   qo‘llangan.   Debochalar   sharqona
mumtoz   uslubda   yozilganligi   uchun   undagi   saj’lanish   xarakteri   ham
murakkabroq. Debochada ko‘p gaplarning deyarli hamma bo‘laklari saj’lanadi va
saj’ning   uch   turi   -   saj’i   mutavoziy,   saj’i   mutarraf   va   saj’i   mutavozin   -   aralash
qo‘llanadi.   Shuningdek,   debochalarda   arabcha,   fors-tojikcha   so‘zlardan   ko‘p
foydalanganligi   uchun   ham   boshqa   tilga   xos   bo‘lgan   so‘zlar   ko‘proq   saj’lanadi.
Bular   ifodalanayotgan   fikrning   oson   tushunilishini   ma’lum   darajada
murakkablashtirish.  Biroq bu debochalar  uslubining xususiyatidan  kelib chiqadi.
39
39.Nusratullo Jumaxo ‘ ja “Debocha matni mukammalmi?”, 2011-yil, maqola
43 O‘z   navbatida,   debochadagi   boshqa   tillardan   kirgan   so‘zlarning   ko‘proq
saj’lanishi   Navoiyning   arab,   fors-tojik   nasri   poetikasining   nozik   qirralarini
egallashdagi mahorati yaqqol namoyon bo‘ladi. 40
Navoiy   devon   tuzish   tamoyillari   haqida   gapirarkan,   har   bir   harf
g‘azaliyotining   avvali   orifona   g‘azallar   bilan   boshlanmog‘i   kerakligini
ta’kidlaydi.   Shoir   davom   etib   ta’kidlaydiki:   “Agar   lahzae   bu   saodat   muyassar
bo‘lmasa,   har   mutaayyin   amr   iftitohida   xud   ne   nav’   tag‘oful   va   takosul   ravo
ko‘rulgay”   [21-bet].   Yoki   “Xazoyin   ul-maoniy”   debochasida   shoir   zamon
hodisalari   tufayli   “oncha   dushvorlig‘lar”   va   “sa’b   giriftorlig‘lar”   yuzlanganligi,
ishq   tug‘yoni   tufayli   tug‘ilgan   kechinmalarini   dardlashgani   bir   hamdard
yo‘qligini   aytadi.   Shuning   uchun   ham   shoir   ichki   kechinmalarini,   o‘y-fikrlarini,
hissiyotlarini qog‘ozga to‘kadi: “Bu vosita bila ko‘nglum o‘tig‘a orome va ishqim
bedodi nohamvorlig‘iga andome hosil bo‘lur erdi” [11-bet].  
Ikkala   debocha   ham   ko‘proq   ijodiy-biografik   xususiyatga   ega   bo‘lganligi
uchun unda keltirilgan she’riy parchalar ham shoir hayotining ma’lum bir davrlari
bilan   bevosita   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   ham   ularni   baholashda   shu   davrdagi
aniq voqea-hodisalar va holatlar hisobga olinishi   lozim . Aks holda umumlashma
darajasiga   ko‘tarilgan   muayyan   fikrlarni   tushunish,   anglash   qiyinlashadi.
Masalan,   Husayn   Boyqaro   Navoiy   g‘azallarini   o‘qib,   ularni   tahlil   qilgan.   Isloh
qilingan misra va baytlarni shoir go‘zal tashbihlar orqali shunday tasvirlaydiki, bu
o‘z   navbatida,   Husayn   Boyqaroga   bo‘lgan   munosabatni   belgilashda   ham
muhimdir:
Xoro orasinda erdi gavhar yanglig‘,
Yo kumar ichinda erdi axtar yanglig‘,
Yoxud tikan ichra guli ahmar yanglig‘,
Balkim tan aro ruhi musavvar yanglig‘. 41
Kulliyot   uchun   bitilgan   debochani   juda   go‘zal   va   boy   badiiy   vositalar
bezab   turadi.   Bu   badiiy   vositalar   xilma-xil   va   rang-barangligi   bilan   kishini
40
40.Qurbonova S. Navoiy debochalari poetikasi (“Badoe’ ul-bidoya”, “Xazoyin ul-maoniy” debochalari 
misolida) Bitiruv malakaviy ishi, T-2018
41
41.Qarang o ‘ sha asar 39-bet.
44 hayratda   qoldiradi.   Debochada   shoirning   buyuk   so‘z   san’atkori   sifatidagi
mahorati   juda   yorqin   namoyon   bo‘ladi.   U   debochada   tashbih,   sifatlash,   istiora,
mubolag‘a,   tardi   aks,   talmih,   e’not,   tanosub   kabi   ko‘plab   ma’naviy   va   lafziy
san’atlardan   keng   va   unumli   foydalanadi.   Navoiyshunos   olim   Y.Is’hoqov
“Navoiy   poetikasi”   kitobida   shoir   asarlarida   foydalanilgan   tashbih,   sifatlash,
istioralar   haqida   gapirib,   ular   klassik   she’riyatning   qon-qoniga   singib,   uning
zaruriy   elementlariga   aylanib   ketganligini   ta’kidlaydi. 42
  Darhaqiqat,   Navoiy
asarlarini,   jumladan,   debochalarini   ham   bu   poetik   san’atlarsiz   tasavvur   etish
mushkul.
“Badoe’   ul-bidoya”   devoni   uchun   bitilgan   debochani   o‘rganish   asnosida
quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1. Alisher Navoiy o‘z devoni debochasida  devon tuzish tamoyillarini ham
ilmiy, ham badiiy tarzda bayon  qil di. 
2.   Shoir   debochada   devon   tartib   berishning   besh   tamoyilini   ko‘rsatdi.
Bular: devonni g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28 harf emas, balki 32 harf (
ﭺ   –   chim,     ﮊ   –     je,       ﮒ   –   gof   va       ﻼ   –   lom-alifni   ham   qo‘shgan   holda)   bilan
tugallash   zarurligi,   devonga   dastavval   Allohga   hamd   yoki   Payg‘ambarga   na’t
mavzusidagi   g‘azallarni   joylashtirish,   g‘azallarga   ma’rifat   va   mav’iza
mavzulariga doir baytlar kiritish, g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha
rivojlantirib borish va tadvinda turli lirik janrlarni kiritishdan iboratdir. 
3.   Alisher   Navoiyning   “Badoye’   ul-bidoya”   devoniga   yozgan   debochasi
shoirona   fikrlashning   be misl   namunasi   bo‘lib,   debochada   31   o‘rinda   she’riy
parchalar keltirilgan. 
4.   Debochadagi   she’riy   parchalarni   devon   mazmuni   va   maqsadini
ochiqlashda   xizmat   qilishiga   ko‘ra,   quyidagicha   tasnif   qilish   mumkin:   a)   Hamd
mazmunidagi   she’rlar.   b)   Na’t   mazmunidagi   she’riy   parchalar.   d)   Munojot
mazmunidagi she’rlar.    e ) Hasbi  hol mazmunidagi  baytlar.   f ) Zamona hukmdori
madhi aks etgan she’riy parchalar 
42
42.Is’hoqov Y, Navoiy poetikasi.-T.:Fan, 1983.-B.208                                  
     
45 g) Devonni tartib berishdan ma’no-maqsadni bayon qiluvchi she’riy parchalar. h)
O‘zidan   avval   va   o‘zidan   keyin   keladigan   jumlalar   o‘rtasida   ko‘prik   bo‘lgan   va
ayni   damda   ikkala   qismni   ham   to‘ldiruvchi   baytlar.   j)   Qissadan   hissa   tarzidagi
xulosa baytlar. 
5. Debochadagi she’riy parchalar ruboiy, masnaviy, qit’a, to‘rtlik, fard kabi
janrlarda yaratilgan bo‘lib, ularning umumiy miqdori 128 baytni tashkil etadi. 
6.   She’riy   parchalarning   eng   ko‘pi   ruboiy   janriga   mansub   bo‘lib,
debochada   jami   21   ta  ruboiy  shaklidagi   she’r   uchraydi.  Ushbu   ruboiylarning   19
tasi musarra’ yoki tarona,  2 tasi xasiy yoki erkin ruboiylardir. 
7.   Debochada   9   ta   masnaviy   shaklida   yaratilgan   parchalar   mavjud   bo‘lib,
ularning   umumiy   hajmi   70   baytdan   iborat.   Masnaviylar   aruz   tizimining   hazaj,
mutaqorib, xafif, ramal bahrlarida yaratilgan.  
8. Debochadan to‘rtlik va fard shaklidagi she’riy parchalar ham o‘rin olgan
bo‘lib, ular aruz tizimining mujtass, muzori’ va hazaj bahrlarida yaratilgan. 43
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti debochasi haqida umumiy fikrlarni keltiramiz”
1. Asar   to ‘ rt   devondan   iborat   bo ‘ lib   debocha   birinchi   devon   “G ‘ aroyib   us-
sig ‘ ar” devonida keltirilgan;
2. To‘rt devon inson umrining to ‘ rt fasliga tegishli ekanligi aytilgan;
3. Kulliyot   tartib   berilishi   sabablari   ochiqlangan   va   tarkibi   haqida   hisobot
berilgan;
4. Husayn Boyqaroning Navoiy va uning ijodiga munosabati ;
5. S hoirning o‘z ijodi haqidagi mulohazalari ;
6. Keksalikdagi sog‘ligining yomonlashganligi haqidagi fikrlar va xotimadan
iborat;
7.   Debochada faqat ruboiy she’r turidan foydalanilgan;
8.  Kulliyot debochasida  jami 30 ta ruboiy keltirilgan;
9. Ruboiylarning barchasi musarra’, ya’ni tarona tarzida qofiyalangan ;
43
43.QURBONOVA SAODAT, NAVOIY DEBOCHALARI POETIKASI (“Badoye’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-
maoniy” debochalari misolida), BITIRUV MALAKAVIY ISHI, Toshkent - 2018 , 
 
 
46 10. Debochadagi ruboiylar hazaj bahrining axrab va axram shajarasida bitilgani
holda ularda qator she’riy san’atlar qo‘llangan.
Ikkala   debochani   ham   yuqorida   ma’lum   bir   tarzda   ochib   berishga   harakat
qildik. Umumiy xulosa keltiradigan bo‘lsak, debochalar devon uchun asosiy kalit
vazifasini   bajaradi,   ya’ni   ikkalasida   ham   devon   tuzish   sababkorlari   keltiriladi,
tadvin   tuzilishi,   qismlari   haqida   aytiladi.   Kulliyot   debochasi   asosan,   hasbi   hol
dunyo   haqida   gapirilsa,   “Badoe’   ul-bidoya”   devoni   debochasida   ko‘proq   devon
tartib   berishdagi   ilmiy   qarashlar   keltiriladi.   Ikkala   devon   debochasining   asosiy
farq   shunda.   Ikkala   debocha   ham   murakkab   kompozitsion   tuzilishga   ega   bo‘lib,
Navoiy   nafaqat   devon   boshlanishini   hamd   yoki   na’t   bilan   boshlagan   balki
debochani   ham   xuddi   shu   ko‘rinishda   boshlab,   alohida   asar   sifatida
shakllantirgan.
3.2. “ Badoy e’ ul-bidoy a”  debochasidagi adabiy  qarashlarning
“ X azoy in ul-maoniy ”  k ompozit siy asidagi amaliy  t at biqi
3.2.1. “ X azoy in”   dagi dev onlar ning  umumiy  t at biq i
Ulug‘ shoir har bir ishda katta mas’uliyat bilan yondashganlar.  Devon tartib
berishning   bir   necha   qoidalari   bo‘lib,   o‘zining   “Badoe’   ul-bidoya”   devoni
debochasida keltirib o‘tganlar.   Shoir debochada devonni tartib berish jarayonidagi
o‘ziga   xos   jihatlarni,   ya’ni   devon   tuzish   tamoyillarini   bayon   etishga   alohida
to‘xtaladi.   Navoiy   yozadi:   “Bu   devon,   inshoolloh,   bu   zobita   bilakim   mazkur
bo‘lur,   murattab   bo‘lg‘ay,   ihyo   topgay.   Necha   nav’   ishkim,   munda   mar’iy
bo‘lubturur,   o‘zga   davovinda   ko‘rulmaydurur”.   Faqat   Navoiy   devoni   uchun   xos
bo‘lgan va boshqa devonlarda uchramaydigan xususiyatlar shoirning devon tuzish
qoidalarini   belgilab   beradi.   Umuman   olganda,   Alisher   Navoiy   o‘zidan   avvalgi
o‘tgan   shoirlarning   devonlaridagi   kamchilikni   tuzatgan,   ya’ni   alifbodagi   32   ta
harfning barchasida go‘zal g‘azallar bitib, o‘z devonining bu jihatdan mukammal
bo‘lishiga   erishgan.   Adabiyot   tarixidagi   dastlabki   devonlar,   jumladan,   fors-tojik
47 shoirlari   Unsuriy,   Farruhiy,   Manuchehriylar,   shuningdek   turkiy   shoirlar
Sakkokiy, Hofiz Xorazmiylarning devonlari g‘azal bilan emas, balki qasida bilan
boshlangan.   Bu   davrdagi   qasidalarda   shoirlarning   ijtimoiy-siyosiy,   falsafiy-
axloqiy   mazmundagi   qarashlari   ham   aks   etdi.   Shuningdek,   forsiy   adabiyotda
qasidalar shoirning badiiy mahoratini belgilashda muhim omillardan sanalgan va
shu   tufayli   ko‘pchilik     shoirlar   qasida   janriga   murojaat   qilganlar.   O‘sha   davr
adabiy   muhitida   qasida   janrining  rivojlanganligi   sababli   ularning  devon   boshida
berilishi   an’anaviy   holatga   aylandi.   Navoiy   devon   tuzishda   uning   umumiy
kompozitsiyasiga   katta   e’tibor   beradi,   shu   bilan   birga,   har   bir   harf   g‘azaliyoti
kompozitsiyasining ham mukammal bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ya’ni   birinchidan,   devonning;   ikkinchidan,   har   bir   harf   g‘azaliyotining
dastlabki g‘azallari yo Tangri taolo madhiyasi bilan, yo Muhammad payg‘ambar
maqtovi   bilan   boshlanadi   yoxud   orifona   ruhdagi   g‘azallardan   tarkib   topadi.   Har
bir   shoir   o‘z   g‘oya   va   qarashlarini   kitobxonga   yetkazish   maqsadida   eng   tez
tarqaladigan, eng mashhur janrga murojaat qiladi. 
Navoiy uchun keng xalq ommasiga ma’qul va manzur janr g‘azal edi. Shoir
o‘zining   odam,   olam   haqidagi   falsafiy   qarashlarini   ham   shu   janrda   berishga
intildi. Bunday xarakterdagi g‘azallarini o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda
devon boshida va har bir harf g‘azaliyotining avvalida joylashtiradi 44
.  
Navoiy   merosining   o ‘ rganilishi   shoirning   hayotlik   davridan   boshlangan.
XX   asr   boshlarida   Alisher   Navoiy   ijodi   bo ‘ yicha   birmuncha   ilmiy   tadqiqotlar
amalga   oshirildi.   Navoiyshunos   olim   A.   Abdug ‘ ofurov   Navoiyni   mufassal
o ‘ rganib,   uning   to ‘ rt   kitobdan   iborat   “Xazoyin   ul-maoniy”   kulliyotidagi   tarkib
devonlarining   tuzilishi   davri   haqidagi   tadqiqotlarida   fikrlar   bildirib   o ‘ tgan.
Xususan,   olimning   ta’kidlashicha,   Navoiy   kulliyotni   tuzarkan,   ularni   uch   qayta
tahrir   etganligi   va   ularning   oxirgi   redaksiyasi   1498-yilga   tegishli   ekanligini
44
44.QURBONOVA   SAODAT   NAVOIY   DEBOCHALARI   POETIKASI   (“Badoe’   ul-bidoya”   va   “Xazoyin   ul-
maoniy) debochalari misolida)  BITIRUV MALAKAVIY ISHI , Toshkent-2018 .
48 aytadi.   Shoir   bu   devonlarini   yangi   yozilgan   she’rlar   bilan   muntazam   to ‘ ldirib
borgan. Devonlarning ikkinchi redaksiyasi 1494-95-yillarda, uchinchi redaksiyasi
esa   1498-yilda   yakunlanadi.   Olim   kuzatuvlarini   Navoiy   devonlarining   tarkibi
(hajm   jihatidan)   yuzasidan   olib   borar   ekan,   shoir   tahrirlarida   g ‘ azallar   matni
sohasida ko ‘ zga tashlangan o ‘ zgartirishlarni o ‘ rganishni maqsad qilib qo ‘ ymaydi.
Bilamizki,   “Xazoyin   ul-maoniy”   tarkibidagi   “G‘aroyib   us-sig‘ar”
kulliyotning     birinchi   devoni   bo ‘ lib,   muqaddima   yanglig ‘   tuzilgan.   Devon
debocha   bilan   boshlanandi.   Debocha   tarkibi   haqida   yuqorida   fikrlar   bildirib
o ‘ tildi. “G ‘ aroyib us-sig ‘ ar”da eng ko‘p qo‘llanilgan janr g‘azal janri bo‘lib,  650
tadan joylashtirilgan. Qolgan janrlar tartibi quyidagicha: ruboiy- 133 ta, qit’alar-
50 ta, masnaviy- 1ta, tarjiband- 1ta, musaddas- 1ta, muxammaslar-1ta, mustazod-
1ta. Devon,
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul hudo,
“Yor aksin mayda ko‘r” deb, jomdin chiqdi sado
- g‘azali bilan boshlanib;
Til so‘z bila to qizitti hangomani,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har necha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni
- ruboiysi bilan yakun topadi.   Devonda bitta masnaviy bo‘lib, Sayyid Hasan
Ardasher   nomi   bilan  bog ‘ liq.  Masnaviy   hajman   148  baytdan   iborat   bo‘lib,   yosh
shoirning   safar   oldidan   ustozi   va   do‘stiga   yozgan   she’riy   maktubini   o‘z   ichiga
oladi.   Ushbu   masnaviy-maktub   shoirning   yoshlik   lirikasi   mahsuli   bo‘lib,
kulliyotning   birinchi   devoniga   kiritilgan.   “G‘aroyib   us-sig‘ar”   kulliyotning
birinchi   devoni   bo‘lgani   uchun   debocha   yozilgan,   lekin   xotima   berilmagan.
Ya’niki   keyingi   devonlar   mantiqiy   davomidir.   To‘rtala   devon   yaxlitlikda   bitta
49 yirik   asarni   tashkil   etadi.   Debocha   birinchi   devonda   berilgan   bo‘lsa,     so‘nggi
devon   xuddiki,   yakun   qismdek   tugallangan.   Endi   g‘azallarning   joylashtirilishi
haqida gapiradigan bo‘lsak, ular quyidagicha:
Alif harfining ofatlarining ibtidosi 1-39 -gacha;
 Be harfining balolarining bidoyati 40-66- gacha;
Pe harfining parivashlarining parvozi 67-68- gacha;
Te harfining torojgarlarining tomoshosi 69-88-gacha;
Se harfining samin gavharlarining samasarasi 89-91-gacha;
Jim harfining jamilalarining jilvasi 92-95-gacha;
Chim harfining chobuklarining chehragushoylig‘i  96-100-gacha;
He (hoye ho‘tte) harfining haromiylari husnoroylig‘i  101-106-gacha;
Xe harfining xo‘blarining xiromi 107-113-gacha;
Dol harfining diloromlarining davroni 114-128-gacha;
Zol harfining zavuyu-hayotlarining zufununlug‘i 129-131-gacha;
Re harfining ra’nolarining rustoxezi 132-198-gacha;
Ze harfining zebolarining ziynati 199-222-gacha;
Sin harfining siymbarlarining savdosi 223- 241-gacha;
Shin harfining sho‘xlarining shamoyili 242-270-gacha;
Sod harfining sanamlarining siyti 271- 275-gacha;
Zod harfining zamyuronbo‘ylarining ziyosi 276-279-gacha;
Te harfining tannozlarining tarovati 280-283-gacha;
Ze harfining zariflarining zuhuri 284- 287-gacha;
Ayn harfining iyorlarining alomati 288-294-gacha;
50 G‘ayn harfining g‘izolalarining g‘avg‘osi 295-302-gacha;
Fe harfining fitnalarining fusuni 303-308-gacha;
Qof harfining qiyomatlarining qironi 309-321-gacha;
Kof harfining kofirlarining kamoli 322-363-gacha;
Lom harfining lu’batlarining latoyifi 364-392-gacha;
Mim harfining mahbublarining malohati 393-437-gacha;
Nun harfining nozaninlarining nozi 438-505-gacha;
Vov harfining vallohiyyat afzolarining vaqoyii 506-520-gacha;
He   (hoye   havvaz)   harfining   humoyunvashlarining   halokangizlig‘lari   521-572-
gacha;
Lomalifning lolaruxlarining lobasi 573-574-gacha;
Yo harfining yag‘molarining yuz ko‘rguzmaklari 575-650- gacha bo‘lgan tartibda
joylashtirilgan.   Yuqorida   sanab   o‘tganlarimizdan   ko‘rinib   turibdiki,   harflar   soni
31ta   va   har   bir   harf   o‘z   sarlavhasiga   ega.   Ammo   bir   Gof   harfi   sarlavhaga   ega
emas. Lekin ushbu harf bilan tugaydigan g‘azal kof tarkibida berilgan. ”G‘aroyib
us-sig‘ar” devonida:
1- Arab alifbosidagi 28ta hamda  ﭺ   -chim, je- ﮒ ,ﮋ -gof va  ﻼ -lom-alif harflari bilan
32 harfda tugaydigan g‘azallar berilgan;
2- Yuqorida keltirganimizdek “Harflar” sarlavhaga olib yozilgan;
3- Devon g‘azal janri bilan boshlangan;
4- G‘azallar birinchi hamd, so‘ng na’t ma’viza … tarkibdadir;
5-  Mavzulari jihatidan g‘azallar rango-rang;
6- Har bir harf boshlanishida hamd, na’t yoki orifona g‘azallar bilan boshlangan;
7- Janrlar hajm jihatidan ketma-ketlikda joylashtirilgan;
8- Devon tarkibida qasida uchramaydi; 
51 9- Devonda   nafaqat   g‘azallar   balki   qit’a   va   ruboiylar   ham   hamd   va   na’t   yoki
ma’viza mavzularida boshlangan;
10- Alifbo tartibida joylashtirish faqat g‘azal janriga tegishli bo‘lib, qolgan lirik
janrlarga tegishli emas. 45
Keyingi devon “Navodir ush-shabob” bo‘lib, bunda debochada quyidagicha ta’rif
berilgan:   ikkinchi devonnikim, yig‘itligu oshuftalig‘ va shabobu oliftalig‘ yoziyu
dashtida   yuzlangan   nodir   vaqoyi’   bila   piyrosta   bo‘lub   erdi,   “Navodir     ush-
shabob”   ataldi.   Devonda   berilgan   g‘azal   yoshga   nisbatan   keltirilgan.   G‘azallar
joylashtirilishi   birinchi   devondagi   kabi   bo‘lib,   har   bir   harf   sarlavha   orqali
berilgan.   Devonni   ko‘rib   o‘tganimizda   arab   alifbosidagi   barcha   ya’ni   32   ta   harf
bilan tugaydigan g‘azallar berilgan. Faqat “Gof” harfi bilan tugaydigan g‘azallar
“Kof”   harfi   tarkibida   berilgan.   G‘azallarning   umumiy   miqdori   650   tadir.
Kulliyotda   yagona   hisoblangan,   tarkibband   Sayyid   Hasan   Ardasher   xotirasiga
bag‘ishlangan bo‘lib, marsiya yo‘nalishida. Hajman 7 band, 56 baytdan iborat bu
tarkibband quyidagicha boshlanadi:
Dahr bog‘iki jafo shoridur har chamani,
Juz vafo ahlig'a sonchilmadi aning tikani...
So‘ng tadvinda mustazod -1 ta berilgan. Muxammas -3 ta, musaddas – 1 ta,
tarji’band   -1   ta,   tarkibband   -1   ta,   kichik   janr   qit’a   –   50   ta,   so‘nggida   esa   devon
muammo janri bilan tugallanadi. Va ularning soni 52 tani tashkil etadi. 
U chunchi   devonnikim,   vasat-ul   -   hayot   mayxonasida   ishq   bila   shavq
paymonasidin yuzlangan badii’  nishotlar  kayfiyatin yozilib erdi.   Va “Badoe’  ul-
vasat”   deb   ataldi.   Bu   tadvin   o‘rta   yosh   davriga   to‘g‘ri   keladi.   G‘azallar   xuddi
yuqoridagi   kabi   tartibda   joylashtirilgan   va   bunda   ham   “Gof”   harfi   bilan
tugaydigan g‘azallar “Kof” tarkibida berilgan. So‘ng mustazod -1 ta, muxammas
– 2 ta, musaddas -2 ta, tarji’band -7 ta, qit’a – 60 ta, chiston -10 ta, tuyuq – 13 ta.
Qolgan   devonlardan   farqli   ravishda,   umuman   Navoiyning   barcha   devonlaridan
45
45. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 67.Quysinova 
Sh.”Badoe’ ul-bidoya” debochasidagi ijodiy tamoyillarning “Xazoyin ul-maoniy” dagi amaliy ifodasi.496-
501-b.
52 farqli   ravishda   ushbu   tadvinda   qasida   janri   berilgan.   Qasida   hajman   91   baytdan
iborat. Qasida 1469-yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan va
Husayn   Boyqaroning   taxtga   chiqishi   munosabati   bilan   o‘tkazilgan   marosimda
shohga   taqdim   etilgan.   Qasida   Navoiyning   yoshlik   lirikasi   mahsuli   bo‘lsa-da,
shoir   kulliyotning  shakliy   jihatlarini  hisobga   olib,  uni   uchinchi   devoni   “Badoyi’
ul-vasat”ga   kiritadi.   Qasida   shoirning   avvalgi   rasmiy   devonlariga
kiritilmaganligidan   uni   Navoiy   keyinchalik   qayta   ishlagan   va   hozirgi   tugal
holatga keltirgan bo‘lsa kerak degan taxmin kelib chiqadi. Qasidaning “Hiloliya”
deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga o‘tirishini  yangi chiqqan
oy - hilolga qiyos qiladi: 
Yangi oy-u iyd iki qullug‘ching- o‘lsun, ay lagan
Sen hilol aning otin, bayram bu yerning kunyatin.
Ushbu   qasida   “Badoe   ul-vasat”   devonida   tarji’banddan   so‘ng
joylashtirilgan.Navoiygacha   bo‘lgan   davrda   devonni   qasida   bilan   boshlash
an’anasi   mavjud     bo‘lganligini   aytib   o‘tgan   edik,     Navoiydan   keyingi   tartib
berilgan   devonlarda   ham   qasidaning   tadvin   tarkibida   kelish   holatlari   deyarli
uchramaydi. 
T o‘rtunchi   devonnikim,   umrning   oxirlarida   yuzlangan   ishq   dardu   ranji
foyidalarikim,   jonso‘z   oh   urmoqu   jon   topshurmoqdurkim,   anda   sabt     bo‘lubtur,
“Favoyid   ul-   kibar”   laqab     berildi”.   “Keksalik   foydalari”   deb   nomlangan   ushbu
so‘nggi   devon   tarkib   jihatdan   quyidagichadir,   qoidaga   muvofiq   g‘azal   janri
boshlangan,   so‘ng   1   ta   mustazod,   2   ta   muxammas,   1   ta   musaddas,   1   ta
musamman,   10   ta   tarji’band,   32   ta   soqiynoma   50   ta   qit’a   86   ta   fard   bilan
yakunlanadi. 
  Navoiyning   yuqoridagi   qaydlarini   chuqur   o‘rganish,   tadqiq   qilish
shoirning   ilmiy   va   badiiy   ijod   sohasidagi   san’atkorligining   muhim   qirralarini
ochib   beradi.   Shoir   devonidagi   she’rlarni   chuqur   o‘rganishda   esa   zarur
ko‘rsatmalar   vazifasini   bajaradi.   Navoiy   bobomiz   “Xazoyin   ul-maoniy”
kulliyotida     insoniylikning   eng   oliy   mezoni   bu   –   porsolik   (taqvodorlik),
53 pokdomonlik   va   haqiqatsevarlikdir,   deya   e’tirof   etgan.   “Komil   inson”   g‘oyasi
ham hamma zamonlarda birdek targ‘ib etilgan. Alisher Navoiyning asrlar oshgan
asarlari bugungi kun uchun ham muhim ahamiyatga ega.
3.2. “ Badoy e’ ul-bidoy a”  debochasidagi adabiy  qarashlarning
“ X azoy in ul-maoniy ”  k ompozisiy asidagi amaliy  t at biqi
3.2.2. “ X azoy in” dagi lirik  janrlar miqy osidagi t at biq
Navoiy   lirikasi   badiiyati   sirlarini   badiiyat   ilmining   qonuniyatlari   nuqtai
nazaridan   tahlil   etishga   intilish   shoirning   o‘zi   hayotlik   paytlaridanoq   boshlanib,
o‘zbek   adabiyotshunosligining   usluban   jahon   adabiyotshunosligi   mezonlari
doirasida   taraqqiy   etib   faoliyat   ko‘rsatayotgan   hozirgi   davrida   ham   asosiy
mavzulardan   biri   sifatida   davom   etmoqda.   Demak,   Navoiy   nazmiyoti
go‘zalliklarini   kashf   etish   va   uning   bu   sohadagi   ilmiy-nazariy   qarashlarini
o‘rganish tarixi salkam olti asrni ishg‘ol etib turibdi. Bu katta tarixiy jarayonning
Navoiy lirik merosini tekshirish uslubi, yo‘nalishlari va ilmiy ahamiyati jihatidan
to‘rt   bosqichda   davom   etganligini   kuzatish   mumkin.   Chunonchi,   turkiy   tildagi
g‘azalni   yetuk   lirik   janr   sifatida   katta   taraqqiyot   bosqichiga   ko‘targan   Mavlono
Lutfiy,   Kamol   Turbatiy,   A’loyi   Shoshiy,   Abulqosim   Bobur,   Sayyid   Hasan
Ardasher,   Pahlavon   Muhammad   kabi   shoir   va   allomalar   Navoiy   ilk   lirikasi
yuksak   badiiyligiga   tahsin   o‘qib,   yuqori   baho   berar   ekanlar,   buni   bevosita   yosh
shoirning kelgusidagi katta muvaffaqiyatlariga, butun Sharq badiiy tafakkurining
o‘lmas dahosi  sifatida taniluviga ilk guvohlik, bashorat  deb tushunmoq joizdir. 46
She’r   san’atining   yetuk   allomalari   Alisher   Navoiyning   ilk   g‘azallarida   ham
so‘zning yuksak badiiyatiga, ifoda shakliga va bu sohadagi mahoratiga diqqatini
qaratganlar.   Izlanishlar   natijasi   esa   Navoiy   lirikasini   o‘rganishda   muhim
poydevor   bo‘lib   xizmat   qildi.   Shu   tariqa   shoirning   ilk   lirikasidagi   san’atkorlik
46
46.Dilorom Salohiy, Navoiyning she’riy uslubi masalalari.: Toshkent “Fan” nashriyoti-2005, 8-
b.
54 mahoratiga o‘ziga xos yondashuv, uni chin ma’noda yuksak iste’dod sifatida tan
olish, targ‘ib etish tarzidagi ijodiy jarayonlar turkiy va fors-tojik she’riyati yetuk
mutaxassislari tomonidan yuzaga keldi va bu vaqt Navoiy ijodining 25 yoshgacha
bo‘lgan     birinchi   davrini   qamrab   oladi.   Ushbu   davrda   yosh   Navoiy   faqat   shoir
sifatida   tanilgan   bo‘lib,   uning   g‘azal,   ruboiy,   muxammas,   mustazod   janrlaridagi
asarlari   va   hasbi   hol   tipidagi   masnaviysi   ma’lum   edi.   Ijod   namunasi   yuqorida
sanalgan   5   tipdagi   lirik   janr   (asosan   g‘azal)   bo‘lishiga   qaramasdan   yosh
qalamkash     bir   necha   allomalarning   tahsini   (Lutfiy   e’tirofi:   bir   bayt   misolida,
Abulqosim   Bobur,   Sayyid   Hasan   Ardasher   lirik   emotsionallik   betakrorligi
haqidagi   xotiralar   tafsilotlari   kabilar)ga   sazavor   bo‘ladi.   XX   asr   boshlarida
Navoiy ijodini o‘rganish birmuncha ortdi. Ushbu davrda Alisher Navoiy lirikasini
nazariy   jihatdan   tadqiq   etishda   Maqsud   Shayxzodaning   ilmiy   faoliyati,   ayniqsa,
diqqatga sazavordir. Olim “Navoiyning lirik qahramoni” nomli ilmiy ishi va shu
sohadagi   qator   maqolalarida   shoir   lirik   qahramoni   xususiyatlari,   uning   g‘oyaviy
intilishlari, shoir lirikasidagi badiiy tasvir asoslarini o‘rganish haqida mulohazalar
bildiradi. 
Samarqand navoiyshunoslik maktabi asoschilari akademik Vohid Abdulloh
Samarqandiy   va   professor   Abdurahmon   Sa’diy   tomonidan   amalga   oshirilgan
katta   ilmiy   qimmatga   molik   tadqiqotlarda   ham   Navoiy   lirikasi   xususiyatlari,
undagi   badiiy   tasvir   ko‘rinishlari,   nazariy   asoslari   va   adabiy   ta’sir   doirasi   kabi
masalalarga   ahamiyat   beriladi.   Natan   Mallayevning   “O‘zbek   adabiyotida   g‘azal
va   uning   rivojida   Navoiyning   roli”,   “Navoiy   lirikasi”,   akademik   Vohid
Zohidovning “Ulug‘ shoir ijodining qalbi”, A. Abdug‘ofurovning “Navoiy ijodida
satira”,   shuningdek,   M.Yunusov,   E.Rustamov,   O.Nosirov,   I.Haqqulov,
Sh.Sharipovlarning   monografik   tadqiqot   va   maqolalari   shoir   lirik   merosini   turli
ilmiy   yo‘nalishlarda   tekshirishga   bag‘ishlanadi.   B.Valixo‘jayevning   Navoiy
badiiyati   xususiyatlari   va   shoir   san’atkorligi   ko‘rinishlariga   bag‘ishlangan   bir
qator   maqolalarida,   M.Muhiddinovning   adabiy   aloqa   va   o‘zaro   ta’sir   masalalari
aspektidagi “Alisher Navoiy va uning salaflari ijodida inson konsepsiyasi” nomli
55 doktorlik dissertatsiyasida,  R.Orzibekovning “O‘zbek lirik poeziyasida g‘azal  va
musammat” nomli monografiyasida shoir poetikasiga aloqador muhim masalalar
tahlil   etiladi.   Navoiy   lirikasini   tadqiq   etishdagi   ushbu   katta   ilmiy   jarayonda
yuzaga   kelgan   umumiy   xususiyat   shuki,   ularda   Navoiy   lirikasi   haqida,   shoir
poetik tasvirining ayrim usullari, mahorat masalalari va boshqa sohalarda maqola
yoki   monografik   tadqiqot   mavzusi   doirasida   fikr   yuritiladi.   A.Hayitmetovning
“Navoiy   lirikasi”   va   Y.Is’hoqovning   “Alisher   Navoiy   ilk   lirikasi”,   “Navoiy
poetikasi”   kabi   monografiyalari   va   bir   qator   maqolalarida   Navoiy   lirikasini
poetikaning   o‘ziga   xos   tizimi   qonuniyatlari   nuqtai   nazaridan   ilmiy-uslubiy
yo‘nalishda o‘rganishni boshlab berdi. 47
Yoqubjon Is’hoqov birinchi bo‘lib Navoiy lirikasining badiiy evolutsiyasini
bosqichma-bosqich,   uning   ilk   davridan   balog‘at   bosqichiga   yetgunga   qadar
namoyon   bo‘ladigan   xususiyatlarini,   shu   bosqichlar   orasidagi   umumiy
bog‘lanishni o‘rganish maqsadida shoirning “Ilk devon” iga murojaat qiladi. “Ilk
devon”   ning,   uning   asosida   Navoiy   ilk   lirikasining   maxsus   o‘rganilishi   shoir
ijodiy mahoratining tadrijiy takomili, san’atkorligi va g‘oyaviy dunyoqarashining
o‘ziga  xos  o‘zgarishlari, kamolot   bosqichiga  yetish  jarayonini   kuzatishga  imkon
beradi. 
Alisher   Navoiy   asarlari   bemisl   meros   bo‘lib,   shoir   asarlarining   xorijda
aniqrog‘i   Yevropa   mamlakatlarida   XVI   asrlardayoq   ma’lum   edi.   1557-yilda
Venetsiyada  nashr  ettirilgan  va Xristofor  Tabriziyga nisbat  beriluvchi  “Sarandib
shohining   uch   yosh   o‘g‘loni   ziyorati”   asarining   ikkinchi   qismida   Navoiyning
“Sab’ai   sayyor”   dostonidan   olingan   Bahrom   va   Dilorom   hikoyalari   keltirib
o‘tiladi. 48
 Shu bilan bir qatorda, XVII asr Gruziyalik shoir Sitsishvili Navoiyning
“Sab’ai   sayyor”dostonini   ijodiy   yondashib   tarjima   qiladi.   Va   uni   “Yetti   go‘zal”
deb nomlaydi.
47
47.Qarang o ‘ sha asar, 11-bet.
48
48.So ‘ nggi izlanishlarda “Sarandib shohining uch yosh o ‘ g ‘ loni ziyorati” asarining muallifi X. Tabriziy 
emas, bunday shaxs yashab o ‘ tmagan, bu nom asarning italyan tiliga tarjimoni Maykl Tramezzinoning 
xayoliy tasavvuri mahsuli degan fikrlar ilgari surilmoqda (Bu haqda qarang: G.Odilova.Jahon 
tamaddunining tamaltoshi/Alisher Navoiy va XXI asr (Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari).-
T.:TAMADDUN,2017.-B.155-160.)
56 Fransuz   olimi   Artoleme   d’Erbelo   1697-yilda   “Sharq   kutubxonasi”   nomli
ensiklopediyada   Navoiy   hayot   yo‘li   va   asarlari   nomini   keltirsa,   sharqshunos
Silvestre   de   Sasi     o‘z   tadqiqotlarida   Alisher   Navoiyning   shoir   va   davlat   arbobi
sifatidagi faoliyati haqida gapirib o‘tadi.
Shundan so ‘ ng XIX asrga kelib, Yevropada Alisher Navoiy asarlari hamda
uning   asarlari   asnosida   yaratilgan   lug ‘ atlarni   chop   etish   jarayoni   boshlanadi.
Fransuz olimi, sharqshunos Katrmer Parijda 1841-yilda Navoiyning “Muhokamat
ul-lug ‘ atayn” hamda “Tarixi muluki Ajam” asarlarini  nashr qildiradi. Rossiyalik
olim   I.N.   Beryozin   o ‘ zining   “Turk   xrestomatiyasi”   nomli   kitobiga   shoir
asarlaridan parchalar keltirib o ‘ tadi.
Rus   sharqshunos   olimi   V.V.   Velyaminov-Zernov   1868-yilda   Aloyi   binni
Muhibiyning   “Al   lug ‘ at   un-Navoiyot   val   -istishhodat   ul-chig ‘ atoiyat”   (“Navoiy
lug ‘ ati va chig ‘ atoy tili dalillari”) lug ‘ atini Sankt-Peteburgda chop ettiradi. Yana
bir sharqshunos olim Pave de Kurteyl esa Navoiy asarlari asosida lug ‘ at tuzadi.
M.Nikitskiyning   1856-yilda   shoir   ijodiga   bag ‘ ishlangan   “ Эмир   Низам -
Эд -   Динь   - Али   Ширь.   Государственном   и   литературном   его   значении”
(“Amir Nizomiddin Alisher: davlat arbobi va shoir sifatida”) nomli ilk magistrlik
dissertatsiyasi  vujudga  keladi. Olim  Navoiyning hayot  faoliyati  va ijodini  ancha
to‘liq   o‘rgangani;   Navoiyning   shoir,   olim   va   davlat   arbobi   sifatidagi   hayotiga
yuqori   baho   bergani     holda   Sharq   mumtoz   adabiyotidagi   ijodiy   qadriyatlarni
anglab   yetmagani   sabab   shoirni   “fors-tojik   adabiyotining   tarjimoni”   sifatida
e’tirof etadi.
Yana   bir   g‘ayriilmiy   qarash   fransuz   sharqshunoslari   M.Belen   (“Alisher
Navoiy   “,1868),   E.Bloshe   “Milliy   kutubxonada   saqlanayotgan   turkiy
qo‘lyozmalar   katalogi”,   L.Buva   (“Temuriylar   davri   sivilizatsiyasidan   lavhalar”,
1926,   “Mo‘g‘ul   imperiyasi”,   1927),   ingliz   olimi   E.   Braun   (“Tatar   xonliklari
davridagi fors adabiyoti tarixi”, 1920), Sharqshunos olim V.Bartoldning tadqiqot
va ilmiy maqolalarida davom ettirildi. 49
49
49.Bu haqda to ‘ liqroq ma’lumot olish uchun qarang: Erkinov A.S.  Подражатедьност   или  
оригинальность   оценка   В . В . Бартолдьдом   узбекской   классической   литературы //  Русская  
диаспора   в   Узбекистане   время ,  события ,  люди .  Материалы   научной   конференции .-  Ташкент , 
57 Aslida   esa,   Musulmon   Sharqida   ijodkorning   qobiliyati   G‘arb
adabiyotidagidan   farqli   o‘laroq   yangi   syujet   yaratishiga   bog‘liq   emas.   Balki
an’anaviy   voqelik   ,   mavzu,   qahramonlar   doirasida   yangi   g‘oya   ayta   olish
iqtidoriga qarab baholangan.   Mana shu an’anani anglay olmaslik yuqorida sanab
o ‘ tilgan olimlarning Alisher Navoiy ijodiga noto ‘ g ‘ ri ta’rif berishiga sabab bo ‘ ldi.
Bir necha fursatdan so ‘ ng, sharqshunos olim Y.E.Bertels Alisher Navoiy va
Farididdin Attor dostonlarini qiyosiy o ‘ rganish orqali (“ Навои   и   Аттар ”) hazrat
Navoiyning   haqiqiy   shoir   ekanligini   isbotlaydi.   Shu   tariqa   Alisher   Navoiy
faoliyatini xorijda keng ilmiy aspektda xolis o ‘ rganish ishlari boshlab yuborildi.
Jahonda   yuz   berayotgan   turli   ijtimoiy   va   siyosiy   jarayonlar,   ma’naviy
tafakkurdagi   o ‘ zgarishlar   buyuk   Sharq   mutafakkirlari,   xususan   Alisher   Navoiy
ijodiga   o ‘ zgacha   yondashuvning   paydo   bo ‘ lishiga   zamin   hozirladi.   XXI   asrning
ilk yillaridan boshlab dunyoning ko ‘ plab mamlakatlarida Hazrat Navoiy hayoti va
ijodiy   faoliyatini   o ‘ rganishga   bag ‘ ishlangan   ilmiy-nazariy   anjuman   va
simpoziumlar o ‘ tkazila boshladi. Navoiy tavalludi sharafiga Turkiya, Ozarbayjon,
Afg ‘ oniston,   Ukraina,   Germaniya,   Eronda   xalqaro   konferensiyalarning
o‘tkazilishi va unda o ‘ zbekistonlik olimlarning ham ishtiroki tahsinga sazavordir.
Xususan,   2015-yil   9-fevralda   Eron   Islom   Respublikasining   Firdavsiy
nomidagi Mashhad Universitetida “Amir Alisher Navoiyning tafakkuri, merosi va
bashariyatga   xizmati”   nomi   bilan   xalqaro   ilmiy-amaliy   kongress   bo‘lib   o‘tdi.
Kongressda   dunyoning   turli   mamalakatlaridan   navoiyshunos   olimlar   ma’ruza
tayyorlab   kelishadi   va   tomoshabinlarga   o‘qib   eshittiradilar.   Germaniyaning
poytaxti   Berlin   shahrida   Navoiy   ijodiga   bag‘ishlab   avval   simpozium,   2016-
yilning   9-fevralida   esa   “Alisher     Navoiy   va   uning   jahon   adabiyoti   hamda
madaniyatiga   qo‘shgan   hissasi”     mavzusida   umumjahon   konferensiyasining
o‘tkazilishi   va   unda   yuzdan   ziyod   rasmiy,   ijtimoiy-madaniy,   ilmiy-akademik
doira   vakillari,   dunyoning   ko‘plab   mamlakatlaridan   sharqshunos   olimlarning
ishtirok   etishi   jahon   navoiyshunosligining   tobora   rivojlanib   borayotganligidan
2009.-  С .72 -78.
58 dalolat   beradi. 50
  Bularning   barchasi   bugungi   globallashuv   jarayonida   Alisher
Navoiy ijodi va shaxsiga butun jahonda qiziqish va ehtiyojning ortib borayotgani
va har qachongidan ham ko‘proq shoir ijodini o‘rganishni  talab etadi. 
Yuqorida   ta’kidlab   o‘tganimizdek,   “Xazoyin   ul-maoniy”   kulliyoti   yoshga
nisbat   berilib,   to‘rt   qismga   ajratilgan.   Xush,   devonlar   tarkibida   berilgan
g‘azallarda   bu   holatni   uchratish     mumkinmi,   Navoiy   lirikasini   davrlashtirish
bo‘yicha   o‘tgan   asrning   qirqinchi   yillarida   Maqsud   Shayxzoda   e’tibor   bergan
bo‘lib,   kulliyot   devonlarining   nomlanishi   nisbiy   ekanligini   ta’kidlagandi. 51
Shundan   so‘ng   bu     borada   Hamid   Sulaymonov   ham   qo‘lyozma   nusxalarni
solishtirish   orqali   turkiy   tilda   bitilgan   barcha   devonlarini   davrlashtirdi.   Ushbu
tadqiqot   Navoiyning  
“Xazoyin   ul-maoniy”   devonida   keltirilgan   debochasidagi   kishi   hayoti   fasllarini
belgilovchi   yillar   asosida   amalga   oshiradi.   Olimning   izlanishlari   quyidagicha:
Navoiyning inson umrining yoshlik, yigitlik, o‘rta yosh va keksalik davrlarini o‘z
ichiga   oluvchi   yillarda   yaratilgan   devonlarini   uning   shu   davri   lirikasi   deb
nomladi.   Ushbu   tasnifga   ko‘ra,   Navoiyning   “Ilk   devon”i   (7-8   yoshdan   25-
yoshgacha)   yoshlik   davri   lirikasi,   “Badoe’   ul-bidoya”   devoni   (25-35   yoshlar)
yigitlik  davri  lirikasi,   “Navodir   un-nihoya”   devoni   (35-45  yoshlar)   o‘rta  yoshlik
lirikasi, “Xazoyin ul-maoniy” devonlari (45-60 yoshlar) keksalik lirikasi  sifatida
baholandi.   Ammo,   Hamid   Sulaymonov   ham   shoir   lirikasini   bu   shaklda
nomlanishi   g‘oyat   nisbiy   ekanligi   va   har   bir   alohida   olingan   g‘azali   yuzasidan
kelgusida o‘tkaziladigan chuqur ilmiy tekshirishlar bu masalaga oydinlik kiritishi
mumkin, degan fikrga keldi. 52
 
Kulliyot debochasida ham devonlar nomlanishi haqida fikrlar berilgan:
Shabob zamonikim, yigirmadin o‘ttuz beshg‘acha 
                                                                            desa bo‘lg‘aykim…
50
50.Alisher Navoiy ijodining xorijda o ‘ rganilishi bilan bog ‘ liq ma’lumotlar M.Xolbekov, A. Abduazizov, 
R. Abdullayeva, G. Xalliyeva, Z.Mirzayeva kabi olimlarning tadqiqot va maqolalarida keltirilgan.
51
51.Shayxzoda . “Alisher Navoiy lirikasining ba’zi bir poetik usullari haqida  (G ‘ aroyib us-sig ‘ ar) devoni 
asosida” 
52
52.Sulaymonov H. Navoiy asarlarining manbalari va nashri haqida. -Alisher Navoiy. Asarlar. XV tomlik. 
1-t. Toshkent,1963, 37-b
59               Va kuhulat ayyomikim, o‘ttuz beshtin qirq beshg‘acha 
                                                             degincha qiyos qilsa bo‘lg‘aykim…
               Va qirq beshtin oltmish yaqinig‘achakim tayin qilsa
                                                               bo‘lg‘aykim, bu fusulning qishidurkim…
                                                                            [“Garoyib us-sig‘ar” 15-b]
Ushbu   masalaga   shoir   o‘zining   “Muhokamat   ul-lug‘atayn”   asarida   ham
to‘xtalib   o‘tadi.   “Xazoyin   ul-maoniy”   devonalarining   nomlanishi   o‘z   umrining
xronologik   davrlari   asosida   belgilanganligini   ta’kidlaydi.   Ya’ni   har   bir   devonga
shu devon nomi bilan bog‘liq davrda yozilgan she’rlari kirganligini bildiradi.
A.Abdug‘afurov   “Xazoyin   ul-maoniy”   jumboqlariga   bag‘ishlangan
maqolasida   quyidagi   fikrlarni   bayon   qiladi:   “Xazoyin   ul-maoniy”ning
muammolaridan   yana   biri   shoirning   ijodiy   evolutsiyasi   bilan   bog‘liq   masaladir.
Navoiyning   majmuani   tarkib   qilgan   devonlarni   bolalik,   yoshlik,   o‘rta   yosh   va
qarilik   yillari   mahsuli   sifatida   tayin   etishi   o‘ta   shartli   ekanligi   ma’lum.   1498-
yilgacha   ona   tilida   yaratilgan   she’rlarini   Navoiy   to‘rt   devonga   taqsimlashda
haqiqiy   xronologiyaga   amal   qilmaganligi,   aytaylik,   bolalik   yillari   devoni   deb
belgilangan “G‘aroyib us-sig‘ar”da keksalik yillarida yozilgan aniq g‘azallar ham
mavjudligi va, aksincha, qarilik davri devoni “Favoyidul-kibar”da bolalik hamda
yoshlik   yillarining   mahsuli   bo‘lgan   she’rlarining   uchrashi   bir   necha   dalillarda
qayd   etilgan.   Ammo,   shak-shubha   yo‘qki,   o‘sha   birinchi   devondan   shoir   ijodiy
faoliyatining ilk davri ijod namunalari ham o‘rin olgan. 53
Ustoz   Dilorom   Salohiyning   “Navoiyning   she’riy   uslubi   masalalari”
kitobida   ta’kidlanishicha:   Navoiyning   hayot   fasllari   ma’nosidagi   baytlarida
“yigitlik” va “qarilik” iboralari ko‘proq uchraydi, bolalik va o‘rta yosh davrlariga
ishora   etuvchi   fikrlar   yoki   iboralar   qariyb   uchramaydi.   Shoir   “Xazoyin   ul-
maoniy” devonlarini inson hayotining va yilning to‘rt fasliga o‘xshatib nomlagan
bo‘lsa-da, lirikasini asosan ikki fasl-yigitlik va qarilikka ajratadi. Bu hodisa shoir
lirikasini   ilmiy   davrlashtirishda   uning   g‘azallari   mazmunigagina   asoslanish
53
53.Abdug ‘ ofurov A. “Xazoyin ul-maoniy” jumboqlari. Ikkinchi maqola//O ‘ zbek tili va adabiyoti. 1995, 
1-son.10-18-b.
60 mazkur   masala   tadqiqi   borasidagi   imkoniyatlarni   ancha   cheklab   qo‘yishiga   olib
keladi.   Binobarin,   bu   masalada   shoir   barcha   devonlarining   yaratilish   davrlari
xronologiyasi ham muammo yechimi uchun jiddiy asos bo‘la olmaydi. 54
Navoiy poetikasi xususiyatlari va lirik uslubi taraqqiyoti masalasi uning bu
sohadagi ijodini ilmiy-tarixiy nuqtai nazardan davrlashtirishni talab etar ekan, bu
bir   necha   yo‘nalishda   ilmiy   tadqiqotlar   olib   boorish   zaruratini   tug‘diradi.   Shoir
lirik   merosida   eng   katta   maydonni   ishg‘ol   etuvchi   g‘azallarning   davriy
hududlarini   belgilash   esa   mazkur   masalaning   umumiy   yechimida   jiddiy   ilmiy
imkoniyat yarata oladi.
Kulliyotdagi she’rlarning taqsimlanishi nisbatan olingan bo‘lib, Navoiy o‘z
g‘azallarini   devonlarga   taqsimlaganda   ularning   xronologiyasiga   emas,   balki   har
bir she’rning ruhi, uslubiga ko‘proq e’tibor qaratadi.Shuning uchun ham yoshlik
davrida   bitgan   she’rlarining   ba’zilari   keyingi   devonlarida,   qarilik   chog‘ida
yozgan she’rlari avvalgi uch devonga kirib qolganligini kuzatish mumkin. 
Alisher   Navoiy   “Xazoyin   ul-maoniy”ga   ungacha   tuzilgan   devonlaridagi
g‘azallarini   ham   kiritadi.   G‘azallarni   kiritishda     ayrim   she’rlarni   o‘z   holicha
ayrimlarini   bir-ikki   baytlarini   qayta   ishlab,   ayrim   she’rlarni   esa   faqat   matla’sini
saqlagan holatda ko‘chirgan. Ba’zi g‘azallarni kiritishni lozim topmagan. Demak,
fikrimcha,   kulliyotni   biz   bekorga   Navoiyning   ijodining   qomusi,   gultoji   deb
atamaymiz. Zeroki, u eng sara lirik janrlar bilan boyitilgan, sayqallangan asaridir.
Navoiyning   bizga   qoldirgan   merosi   bitmas-tuganmas   xazinadir.   Ayniqsa,
lirik merosi, ajoyib tashbihlari tahsinga loyiqdir.
Navoiy   lirikasini       badiiy   jihatidan   o ‘ rganish,   Navoiy   ijodidagi
go ‘ zalliklarni  kashf  etish demakdir. Avvalo badiiy asarlarda, xususan,  poetikada
badiiylikni   ta’minlovchi   bosh   omillar:   birinchidan   Alisher   Navoiyning
ta’kidlashicha,   poetik   mazmundir.   Shoirning   katta   ishonch   bilan   uqtirishicha,
poetik   mazmun   badiiy   asarning   joni   bo ‘ lsa,   boshqa   omillar   go ‘ yo   insonga
komillikni,   bashariy   qiyofani   bag ‘ ishlovchi   chiroyli   libosga   qiyoslanadi.
54
54.Dilorom Salohiy. Navoiyning she’riy uslubi masalalari. Toshkent -2005. 175-b
61 Jumladan,   buyuk   daho   “Hayrat   ul-abror”   asarida   mazmun   va   shakl   haqida   fikr
yuritib, quyidagi mulohazalarni bayon etgan:
Ravzai nazm o ‘ lg ‘ ali rangin manga,
Harne yo ‘ luqdi sanami Chin manga.
Bore di mashshotai tab’im ishi,
Bermak alar husnining oroyishi.
Shona urib sunbuli gisusig ‘ a,
Surma chekib nargisi jodusig ‘ a,
Qon yosh ila orazini ole tib,
Yuzida ko ‘ z mardumini xol etib.
 Lafz libosin tikibon rang-rang,
Kiymak uchun ul sanami sho ‘ xu shang.
Kiydiribon hullai mabzun anga,
Zevar etib yuz duri maknun anga,
Qilsam etib boshdin ayoq jon ani,
Hajlai noz ichra xiromon ani.
Mazmuni:   She’riyat   bo ‘ stoni   menga   go ‘ zal   va   dilkash   bo ‘ lib   ko ‘ ringach,
ko ‘ zimga   Chin   go ‘ zali   tushgandek   bo ‘ ldi.   Shoirlik   tab’imning   ishi   ana   shu
go ‘ zallar   husniga   oroyish   berishdan   iborat   bo ‘ lib   qoldi.   Tab’im   mashshotasi
ularning   sunbul   sochlarini   tarash,   jodu   ko ‘ zlariga   surma   qo ‘ yish   bilan
shug ‘ ullandi.   Men   esa,   qon   yoshim   bilan   go ‘ zallar   yuziga   qizillik   yuritdim,
ko ‘ zim   qorachiqlarini   ham   ularning   yuziga   xol   qildim.   Turli   nafis   so ‘ zlardan
ularga   libos   tikdim.   Shunday   qilib,   zeb-u   ziynatdan   xoli   bo ‘ lgan   go ‘ zallik
chinakam   jonga   aylandi   va   haqiqiy   inson   sifatida   noz-u   istig ‘ no   bilan   qadam
tashladi. 55
Yuqoridagi   misralardan   ko ‘ rinib   turibdiki,   poetikada   faqat   mazmunning
o ‘ zi yetarli emas. Garchi badiiy asarda mazmun bosh omil sanalsa-da, u shakliy
unsurlarsiz to ‘ liq badiiy asar bo ‘ lolmaydi. Demak, Alisher Navoiy badiiy asarda
mazmun   boshchiligida   shakl   detallarining   ham   o ‘ rni   muhim   ekanligini
55
55.Dilorom Salohiy “Badoe ul-bidoya” malohati. T- 2004-yil 6- b.
62 ta’kidlagan   va   o ‘ z   ijodida   ana   shu   qoidaga   doimo   amal   qilgan.   Shoirning
tushunchasiga   ko ‘ ra   poetika   insonning   his-tuyg ‘ ulariga,   ruhiga   ta’sir   qilishi,
mushtariyni turli emotsiyaga solishi kerak. Masalan, Oshiq mashuqa kuyida zor-
sargardon   bo ‘ lib   qolgan,   uning   bu   ahvolidan   atrofidagilar   hayratda,   oshiq   esa
bunga e’tibor bermaydi sababi u mashuqaning husnidan lol-u hayron.
Ul parivashkim, bo ‘ lubmen zor-u sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayron-u men hayron anga.
[Badoe’ ul-bidoya, 23-g ‘ azal]
Bu  o ‘ rinda,  shakliy   unsurlar:   vazn,  o ‘ xshatish,   sifatlash,  mubolag ‘ a,  tazod
kabilarni   mazmunni   yuzaga   chiqarishdagi   roli   muhimligini   yaqqol   ko ‘ rish
mumkin. Poetika haqida so ‘ z borarkan, yana shuni ham aytish o ‘ rinlidir: Navoiy
lirik   she’rda   mavzu   nuqtai   nazaridan   yakporalikni     ma’qul   ko ‘ radi,   ya’ni,
uningcha, g ‘ azal, ruboiy kabi janrlarda yozilgan she’rlarda  bir mavzu yoritilsa, u
she’rning   boshidan   oxirigacha   tadrijiy   o ‘ sgan   holda   o ‘ zining   turli   tomonlarini
o ‘ qiguvchi ko ‘ z o ‘ ngida gavdalantirib tursa, bunday she’r muvaffaqiyatli yozilgan
asar hisoblanadi. Ushbu qoidaga quyidagi misrani namuna qilib keltirish mumkin:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro ‘  kelmadi,
Ko ‘ zlarimg ‘ a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
“Kelmadi”   radifli   ushbu   g ‘ azal   Navoiyning   “Ilk   devoni”   so ‘ ng   ikkinchi
rasmiy devoni “Navodir un-nihoya” keyinchalik “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga
kiritilgan  bo ‘ lib, bunda  matla’ni   quyidagicha  sharhlaymiz:   Yor  kechasi  kelaman
deb   va’da   berib   kelmadi,   yorni   kutgan   oshiqning   ko ‘ ziga   tonggacha   uyqu
kelmadi . Matla’da oshiqning yorni kutgandagi iztiroblari obrazli tarzda ifodalanib
ochib   beriladi   va   maqta’gacha   voqelik   asosida   sharhlab   o ‘ tiladi.   Yetti   baytdan
iborat g ‘ azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.  
Alisher Navoiy badiiy mazmun va badiiy shakl detallaridan ularning o ‘ zaro
uzviy   bog ‘ lanishi   asosida   ustalik   bilan   foydalana   olganligi   uchun   ham   ijodining
ilk   davrlaridayoq   malik   ush-shuaro   Lutfiy   kabi   ijodkorlarning   e’tiborini   torta
63 olgan.   Davlatshoh   Samarqandiy   shoirning   forsiy   va   turkiy   tilda   yozilgan
she’rlarini chuqur o ‘ rganar ekan, o ‘ zining “Tazkirat ush-shuaro” asarida shunday
misralar orqali shoirning poetik mahoratiga tasanno o ‘ qiydi:
Turkiysin ko ‘ rib qilurlar erdi tarku tavba ham,
Gar tirik bo ‘ lsalar erdi Lutfiy birlan Kardariy.
Bovujudi forsiy dar janbiy she’ri komilash.
Chist ash’ori Zahiru, kist bore Anvariy.
Navoiyshunoslikda   shoir   g‘azallarini   tasniflashda   shoirning   “Favoyid   ul-
kibar” devonidagi qit’asiga diqqat qaratiladi. Navoiy ushbu qit’ada : G‘azalda uch
kishi   tavridur   ul   nav’   Kim,   andin   yaxshi   yo‘q   nazm   ehtimoli   -   deb   yozar   ekan,
Xusrav   Dehlaviyning   oshiqona,   Hofiz   Sheroziyning   rindona   va   Abdurahmon
Jomiyning orifona g‘azallaridan ruhlanganini aytib o‘tadi. 
Kulliyotdagi   har   bir   devonning   so‘nggi   g‘azallarini   o‘zaro   qiyosan
o‘rganish   asnosida   e’tiborli   bir   holat   e’tiborga   molik:   “G‘aroyib   us-sig‘ar”da
Xusrav   Dehlaviy,   “Navodir   ush-shabob”da   Hofiz   Sheroziy   nomiga   urg‘u
qaratilgan bo‘lsa, “Badoyi’ ul-vasat” Abdurahmon Jomiy yodi bilan yakunlanadi.
“Favoyid   ul-kibar”da   Navoiy   “to‘rt   daftar”,   ya’ni   devonlarni   yakunlayotganiga
ishora   qilar   ekan,   o‘z   so‘zini   aynan   Rasulluloh   madhi   bilan   tugallamoqchi
ekanligini alohida ta’kidlaydi:  Sening madoyihi na’tingda, yo Rasululloh, Tamom
bo'ldi   Navoiy   takallumi   poki .   Bu   holat   buyuk   shoirning   Rasululloh   (s.a.v.)   ga
bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati, Ul zotning shafoatiga muyassar bo‘lish istagini
ifodalaydi. 56
 
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida eng ko‘p qo‘llanilgan janr bu, shubhasiz -
g‘azaldir.   Shoirning   turkiy   tilda   bitilgan   2600   g‘azali   ushbu   kulliyotdan   o‘rin
olgan.   Navoiy   g‘azallari   faqat   miqdor   jihatidan   emas,   balki   g‘oyaviy-badiiy
ko‘lami   jihatidan   ham   Sharq   mumtoz   g‘azalchiligining   yuksak   namunalari   si-
56
56.Sirojiddinov Sh, Yusupova D, Davlatov O. Navoiyshunoslik, 1-kitob, Toshkent-2018.
64 rasiga   kiradi.   Ma’lumki,   g‘azal   arabcha   “oshiqona   so‘z”,   “ishq   izhor   qilish”
ma’nolarini   bildirib,   a-a,   b-a,   d-a,   e-a...   tarzida   qofiyalanuvchi,   3   baytdan   19
baytgacha hajmda bo‘lgan baytli she’r shaklidir. Adabiyotshunoslikda g‘azal janri
haqida   ilk   ma’lumot   Shams   Qays   Roziyning   “Al-Mo‘jam”   asarida   (XIII   asr)
keltirilgan.   Olim   bunda   g‘azalning   asosiy   lug‘aviy   ma’nosi   ayollarga   muhabbat
qo‘yish bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratadi. O‘zbek adabiyotida 5-10 baytli
g‘azallar   ko‘p   uchraydi.   Navoiy   g‘azallari   esa   asosan   7   baytdan   13   baytgacha
hajmda   bo‘lib,   bu   haqda   shoirning   o‘zi   “Badoyi’   ul-vasat”   devoniga   kiritilgan
qit’asida shunday ma’lumot beradi:
Navoiy she’ri to'qquz bayt-u, o‘n bir bayt, o‘n uch bayt
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim albatta yetti baytdin o'ksuk emas, ya’ni
Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin.
G‘azalning   birinchi   bayti   matla’   yoki   mabda’,   oxirgi   bayti   esa   maqta’   deb
ataladi   va   maqta’da   shoir   taxallusi   qo‘llaniladi.   Agar   ikkinchi   bayt   ham   matla’
singari   qofiyalansa,   ya’ni   g‘azal   qo‘sh   matla’ga   ega   bo‘lsa,   “husni   matla’”   yoki
“zebi   matla’”li   g‘azal   deb   ataladi.   G‘azalning   dastlabki   namunalari   VIII-IX
asrlarda arab adabiyotida paydo bo‘lgan, fors-tojik adabiyotida ilk g‘azal yozgan
shoir   sifatida   Ro‘dakiy   tilga   olinadi.   O‘zbek   adabiyotida   esa   dastlabki   g‘azal
Rabg‘uziyning   “Qisasi   Rabg‘uziy”   asarida   (XIV   asr)   uchraydi.   G‘azalning
dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan (1353-
54)   boshlanadi.   Navoiy   turkiy   tildagi   g‘azal   janrini   o‘zigacha   mavjud
an’analardan foydalangan holda yangi bosqichga ko‘tardi. Forsiy g‘azalchilikning
tajriba   va   yutuqlarini   o‘rganib,   uning   eng   yaxshi   jihatlarini   turkiy   g‘azaliyot
taraqqiyotiga   xizmat   qildirdi.   G‘azallaridagi   irfoniy-ma’rifiy,   ishqiy   va   rindona
mavzular   badiiy   talqinining   ildizlariga   ishora   qiladi.   Navoiy   g‘azallarini
mavzusiga ko‘ra shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin: 
65 1. Hamd g‘azallar: 
Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo,
Yuzung quyoshig'a zarroti kavn o'lub shaydo.
 (“Navodir ush-shabob”, 1-g‘azal)
2. Na’t g‘azallar:
Ey nubuvvat xaylig'a xotam bani Odam aro,
Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro .
 (“G‘aroyib us-sig‘ar”, 6-g‘azal) 
3. Oshiqona yoki ishqiy mavzudagi g‘azallar: 
Tun oqshom bo‘ldi-yu kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 403-g‘azal )
4. Orifona yoki tasavvufiy-falsafiy mavzudagi g‘azallar:
Dema, ne sud erur o‘lmoq fano harimig'a xos,
Yana ne sud kerak o'zlugungdin etsa xalos .
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 271-g‘azal)
5.Axloqiy-ta’limiy mavzudagi g‘azallar: 
Sen o'z xulqungni tuzgil, bo'lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo'lmadi farzand.
 (“G‘aroyib us-sig‘ar” , 115-g‘azal) 
5. Ijtimoiy mavzudagi g‘azallar: 
Topmadim ahli zamon ichra bir andoq hamdame
66 Kim, zamon osibidin bir-birga aytishsoq g'ame.
(“Navodir ush-shabob”, 576-g‘azal)
6. Rindona g‘azallar: 
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o'zumdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labolab sipqoray.
(“G'aroyib us-sig‘ar”, 588-g‘azal)
7. Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar: 
Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin.
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 440-g‘azal) 
8. Hajviy mavzudagi g‘azallar :
Ul shayxki, minbar uza afsung'a berur tul,
Shaytondur o'zi, majlisining ahli suruk g'ul.
(“Favoyid ul-kibar”, 377-g‘azal) 
Aslida   bunday   tasnif   nisbiy   bo‘lib,   ba’zan   Alisher   Navoiyning   ishqiy
mavzudagi   g‘azallari   tarkibida   (ko‘pincha   maqta’dan   oldingi   baytda)   ijtimoiy
masalalar bilan bog‘liq baytlar, tabiat  tasviri aks etgan g‘azallarida yor tasviri
mazmunidagi baytlarni ham kuzatish mumkin. “Xazoyin ul-maoniy”da qirqdan
ortiq   hamd   va   qirqqa   yaqin   na’t   g‘azallar   mavjud.   Shoir   hamd   g‘azallarda
Allohni   madh   etib,   ta’rif-u   tavsif   qilar   ekan,   Uning   azaliy   va   abadiyligini,
qudrati,   lutfi,   mehri-yu   qahrini   bu   olamdagi   tajalliysi   vositasida   badiiy
ifodalaydi.   Na’t   mavzusidagi   g‘azallarda   Rasulullohga   muhabbat   va   bu
muhabbatning otashi, shiddati butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lsa, rindona
g‘azallarda   may   va   u   bilan   bog‘liq   holda   soqiy,   qadah,   mayxona,   mug‘bacha
timsollaridan   mohiyat   va   hodisani   badiiy   talqin   etishda   foydalanilgan.
67 Shoirning   zohiran   muayyan   mavzuni   -   oshiqona   mazmunni   ifodalagan
ko‘pgina g‘azallari botinda orifona mohiyatga ega. Buning natijasida bayt yoki
g‘azalda   qo‘llanilgan   obraz   va   timsollar   bir   necha   ma’nolar   qatlamini   o‘zida
aks   ettiradi.   Navoiyning   peyzaj   mavzusidagi   g‘azallarida   tabiat   tasviri   bosh
mavzuda   qo‘yilib,   muayyan   ijtimoiy-falsafiy   mohiyat   kasb   etadi.
Y.Is’hoqovning   qayd   etishicha,   shoir   doimo   tabiat   bilan   inson   o‘rtasida
umumiylik   ko‘radi   va   ko‘pincha   ularni   bir-biriga   tamsil   tarzida   tasvirlaydi.
Ijtimoiy va axloqiy-ta’limiy mavzudagi g‘azallarda g‘azalning lirik qahramoni
faylasuf   va   murabbiy   sifatida   olam   va   odamning   mohiyati   haqida   o‘z
qarashlarini   bayon   etadi.   Yuqorida   aytilganidek,   Navoiy   g‘azaliyotida   ishq
mavzusi   asosiy   o‘rinni   egallaydi.   Bu   mavzu   umuman   musulmon   Sharqi
she’riyatida   ham   yetakchi   o‘rinda   bo‘lib,   Alisher   Navoiy   unga   o‘z   ijodining
deyarli barcha bosqichlarida murojaat qilgan:
Ey Navoiy, ishq atvorini hifz aylay degan,
Barcha ishni tark etib, qilsun bizing devonni hifz.
Buyuk mutafakkir “Mahbub ul-qulub” asarida ishqni 3 darajaga ajratadi: 
1) avom ishqi; 
2) xoslar ishqi (majoziy ishq); 
3) siddiqlar ishqi (haqiqiy ishq). 
Alisher   Navoiy   ijodida   ishqning   quyi   bosqichi   -   avom   ishqini   tasvirlash
maqsad   qilib   olinmagan,   zero,   uning   fikricha,   bunday   ishqning   “zikri   tarki
adabdur va bayoni behijobliqqa sabab”. Shu ma’noda shoir ishqiy lirikasining
asosini   majoziy   va   haqiqiy   ishq   tarannumi   tashkil   etadi.   Ta’kidlash   joizki,
Navoiy   she’riyatida   majoziy   ishq   haqiqiy   ishqqa   qarama-qarshi   qo‘yilmaydi,
balki majoziy ishq haqiqiy ishq uchun ko‘prik, degan g‘oya ilgari suriladi: 
Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq,
68 Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur.
Majozdin chu haqiqatqa yo'l topar oshiq,
Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur.
(“Favoyid ul-kibar, 5-qit’a)
Shoirning majoz tariqida boshlangan g‘azallari nihoyada haqiqiy ishq vasfi
bilan   intiho   topadi,   g‘azallarida   tasvirlangan   “yor”   tushunchasi   tor   ma’noda
mashuqa   timsolini   ifodalash   bilan  birga  keng   ma’noda  “do‘st”,   “rafiq”,  “ustoz”,
“piri   komil”,   Rasululloh   (s.a.v.)   va   Alloh   ma’nolarida   ham   kelishi   mumkin.
Alisher Navoiyning ishqiy mavzudagi g‘azallaridan birini ko‘rib chiqsak: 
Bo'lsa ikimizning yuzi aksi suda paydo,
Ul su ne taraf borsa, ochilg'ay guli ra’no.
Zulfung g‘ami ko'nglumni beling fikriga soldi ,
Ko'rkim, ne taxayyulg'a soliptur ani savdo.
G‘avg‘o qilur el mahvashlar ko'yida, lekin
Mahvashlar ishi qilmoq aning ko'yida g'avg'o.
Ahvolima Farhod ila Majnung‘a taajjub,
Ishq etti xirad ahli qoshida meni rasuo.
Har sori tamoshog'akim, ul sho'x qilur azm,
Yo'q anga tamoshoki, erur elga tamosho.
Davron sanga zulm etsa, qadahlar to'la may ich,
Qon yutsang ayog'lar to'la, davrong'a ne parvo.
Ul sho'xki maydon aro ko'rganga solur tiyg',
Ko'rmasga solur, yetsa Navoiy sari, amdo.
69 G‘azal 7 baytdan iborat bo‘lib, “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidan o‘rin olgan.
Mazkur   g‘azal   zohiran   qaraganda   majoziy   ishq   tarannumi   o‘laroq   taassurot
qoldiradi. Ammo matn bilan yaqindan tanishar ekanmiz, majoz vositasida haqiqiy
ishqqa   ishora   qilinganiga   ham   guvoh   bo‘lamiz.   Dastlabki   baytda   shoir   o‘zi   va
ma’shuqasining   holatini   tasvirlaydi:   go‘yoki   u   va   yorining   yuzi   akslanib,   suvga
tushsa, bu suv oqib borgan joydan ra’nogullar ochilar ekan. Savol tug‘iladi: nima
uchun aynan ra’nogul? Chunki  ra’nogulda qizil va sariq rang omuxta bo‘ladi va
shoir   guldagi   bu   xususiyatni   hisobga   olib,   uning   qizilligini   yorning   chehrasiga,
sariq   rangini   esa   o‘zining   za’faron   yuziga   qiyos   qiladi.   Ikkinchi   baytda   oshiq
o‘zining ishq savdosida  aqldan ozganini  aytadi. Bayt  mazmuniga ko‘ra, yorning
sochni   ko‘rgan   oshiq   uning   belidan   quchishni   orzu   qila   boshlaydi.   Ammo   bel
boshqa,   zulf   boshqa-ku!   Demak,   ishq   uni   esidan   og‘dirib,   shunday   xayollarga
bandi   qilib qo‘ygan: 
Zulfung g‘ami ko‘nglumni beling fikriga soldi,
Ko‘rkim, ne taxayyulg‘a soliptur ani savdo.
Alisher  Navoiy  bu  nozik ifoda orqali  oshiqning  asl  kayfiyatini  yorqin aks
ettirgan.   Mazkur   ikki   bayt   oshiqning   ma’shuqaga   bo‘lgan   cheksiz   muhabbatini
ifodalaydi   va   bu   o‘rinda   biz   majoziy   muhabbat   izhorini   kо‘rib   turibmiz.   Lekin
navbatdagi   bayt   g‘azalning   mazmunini   keskin   o‘zgartiradi   va   uning   asl
mohiyatini ochib beradi:
G‘avg‘o qilur el mahvashlar ko'yida, lekin
 Mahvashlar ishi qilmoq aning ko'yida g‘avg‘o.
Yuqorida   tasvirlangan   Yor   bu   baytda  tilga   olinayotgan  mahvashlarni   ham
o‘ziga oshiq qilgan ekan. Holbuki, xalq mahvashlarning ishqida g‘avg‘o, to‘polon
qiladi.   Savol   tug‘iladi:   xo‘sh,   mahvashlarni   ham   o‘ziga   maftun   etgan   kim?   Bu
savolning javobi keyingi baytlar vositasida ochila boradi. Oshiq ishq ko‘yida o‘z
holatining g‘aribligini bayon qilar ekan, hatto oshiqlar timsoli bo‘lgan Farhod va
70 Majnun ham uning bu holidan taajjubda ekanliklarini bayon qiladi, ishq uni oqil
kishilar orasida shunday rasvo qilib qo‘ygan: 
Ahvolima Farhod ila Majnung'a taajjub,
Ishq etti xirad ahli qoshida meni rasvo.
G‘azalning   ushbu   nuqtasiga   qadar   quyidagi   aniq   holatlar   bayon   etildi:   1)
oshiq ma’shuqasini  sevadi, agar  ikkisi  suvga qarasa,  suv borgan joyda gulira’no
ochiladi;   2)   odamlar   oy   kabi   go‘zal   bo‘lgan   mahvashlarga   oshiq,   ammo
mahvashlar   ham   g‘azalda   tasvir   etilayotgan   go‘zalga   oshiqdir;   3)   oshiq   -   lirik
qahramon   yorning   ishqida   xirad   ahli   -   aqlli   insonlar   o‘rtasida   rasvo   bo‘lgan,
chunki   u   ishq   yo‘lida   es-hushidan   ayrilgan.   Alisher   Navoiy   biz   o‘qiydigan
keyingi   baytda   Yorning   muhim   belgisini   keltiradi,   ya’ni   ul   sho‘x   -   Yor   olamni
tomosha qilaman desa, jamiki xaloyiq uni tomosha qila boshlaydi: 
Har sori tamoshog‘akim, ul sho'x qilur azm,
Yo‘q anga tamoshoki, erur elga tamosho.
Bir   qaraganda   oddiy  tasvir:   Navoiyga   xos   o‘ta   nuktadonlik  bilan   Yorning
go‘zalligi   ifoda   etilgan.   Ammo   bu   bayt   Yorning   kimligini   bizga   aniqlab
beradigan   kalitdir.   Gap   shundaki,   Alisher   Navoiyning   deyarli   barcha   asarlarida
butun olam, koinot Allohning qudratini ko'rsatib turuvchi ko‘zgu deb ta’riflangan.
Masalan,   “Hayrat   ul-abror”   dostonida   Alloh   olamni   o‘zi   uchun   ko‘zgu   etib
yaratdi,   o‘zi   ham   nozir   (nazar   soluvchi),   ham   manzur   (nazar   solingan)   bo‘ldi,
degan   fikr   ilgari   suriladi.   Shu   ma’noda,   inson   atrofga   nazar   solib,   Allohning
qudratini, Allohning jamoli nurini ko‘rishi mumkin. Baytda tilga olingan Yorning
tomosha   qilgani   har   sori   borishi   Alloh   taoloning   qudrati   butun   olamni   qamrab
olganiga   ishoradir.   El   esa   uni   tomosha   qilishi   -   inson   Allohning   qudratiga,
san’atiga   lol   qolishini   bildiradi.   Demak,   anglashiladiki,   lirik   qahramonning
qalbidagi ishq bu dunyoviy, avomga xos bo‘lgan ishq emas, balki o‘zini yaratgan
Zotga   bo‘lgan   muhabbatdir.   Ammo   bu   muhabbatning   hijroni   og‘ir,   g‘ami   og‘ir.
71 Bu   toifa   oshiq   taqdirning   -   davronning   zulmini   hammadan   ko‘ra   ko‘proq   his
etadi, bu zulmdan qutulish uchun esa, qadah to‘la may ichish kerak, ya’ni Alloh
zikri ila qalbini dunyo g‘amlaridan ozod etish kerak, shu eng maqbul yo‘l. Chunki
insonlar qon yutadimi, may ichadimi davronga farqi yo‘q: 
Davron sanga zulm etsa, qadahlar to'la may ich,
Qon yutsang ayog'lar to'la, davrong'a ne parvo.
Maqta’da Alisher Navoiy ul sho‘x - Yor maydon aro kim unga qarasa, tig‘
bilan   halok   etayotganini   tilga   olgan,   ammo   u   ataylab   o‘z   oshig‘iga   qaramaydi,
ya’ni   unga   tig‘   urmaydi.   Bu   yerdagi   tasvir   tasavvufdagi   insonning   holi   bilan
bog‘liq.   Ya’ni   zikr   bilan   qalbi   mast   bo‘lgan   kishining   ko‘nglida   Allohning   nuri
aks etadi, bu nur esa uni olamga qalb ko‘zi bilan nazar solishga undaydi. Shoir Ul
sho‘xki  maydon aro ko‘rganga solur  tiyg‘  misrasi  orqali  ushbu haqiqatga ishora
qiladi.   Ko‘rib   o‘tganimizdek,   mazkur   g‘azal   Alisher   Navoiyning   badiiyati
yuksak, mazmuni chuqur asarlari sirasiga mansub bo‘lib, unda ham majoziy, ham
haqiqiy   ishq   tasviriga   oid   ma’no   qatlamlarini   topish   mumkin.   Navoiy   g‘azallari
kompozitsiyasi   ham   uning   mazmuni   va   tasvir   usullari   kabi   rang-barang   bo‘lib,
kulliyotdagi 2600 g‘azalning har biri o‘ziga xos kompozitsiya va semantik struk-
turaga   ega.   Y.Is’hoqovning   ma’lumot   berishicha,   shoir   “Xazoyin   ul-maoniy”
debochasida o‘z g‘azallarining semantik strukturasiga oid ayrim qaydlarni bayon
qilgan   va   shu   asosda   Navoiy   g‘azallarini   shartli   ravishda   usluban   ta’rif,   tavsif,
madh, sharhi hol kabi turlarga ajratish mumkin.Ta’rif va tavsif, ta’rif bilan madh
bir-biriga   yaqin   tursa-da,   ular   orasida   o‘ziga   xosliklar   mavjud.   Ta’rif   madhga
nisbatan   torroq   tushuncha   bo‘lib,   badiiy   funksiyasi   jihatidan   uning   tarkibiga
kiradi,   ta’rif   ko‘pincha   yorning   husn-u   jamolini   umumiy   tarzda   aks   ettirsa,
madhda mamduh (maqtalayotgan obyekt)ning barcha zohiriy va botiniy fazilatlari
maqtaladi. Ta’rif va tavsif ham ko‘p o‘rinda qo‘shilib ketgandek tuyulsa-da, lekin
tavsifning   qo‘llanish   doirasi   kengroq:   uning   uchun   insoniy   sifatlar   ham,   tabiat
manzaralari   ham,   oshiqning   iztirobli   tuyg‘ulari   bayoni   ham   obyekt   bo‘la   oladi.
72 Ya’ni   ta’rif,   asosan   ijobiy   xarakterga   ega   bo‘lsa,   tavsif   ancha   keng   ko‘lamda
qo‘llaniladi.  Sharhi   ho l   tarzidagi   g‘azallar   esa  ichki   kechinmalarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri   bayoni   va   sharhidan   iborat.   Navoiy   g‘azallarning   usluban   bunday
tasniflanishi   ham   nisbiy   bo‘lib,   ishqiy   mavzudagi   g‘azallarda,   ko‘pincha,   ta’rif,
tavsif va madh birlashgan holda keladi. 
Navoiy   g‘azalining   yana   bir   xislati   uning   mantiqiy   tarzda   tuzilishi,   bir
voqeaning   ikkinchi   bir   voqeadan   o‘sib  chiqishidir.   Bu   juda  muhim   bir   xislatdir.
Chunki   ko‘p   g‘azalnavis   shoirlarda   she’r   go‘zal   va   alohida   baytlardan   iborat
bo‘ladi   va   ularning   o‘rni   almashtirib   qo‘yilganda   ham   farqi   mushtariyga   deyarli
sezilmaydi.   Sababki,   g‘azal   sujet   asosida   yozilmagan,   ya’ni   voqeaband   emas.
Alisher   Navoiyda   bo‘lsa,   eng   kichik   lirik   janrlarini   ham   mantiqiy   iplar   bilan
bog‘lay oladi. Masalan,
Havo xush erdi-yu ollimda bir qadah mayi nob,
Ichar edim vale g‘amdin qadah-qadah xunob.
Ki hozir erdi o‘shul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob.
Manga ne zahrai ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichkali may, ne qaroru toqatu tob;
Bu g‘ussa birla ichim qon bo‘lib nechukki qadah,
Ko‘zumg‘a har nafas ashk evrulur misoli hubob,
Chu angladiki borur ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kabi lutf ayladi-yu qo‘ydi itob.
Qadahni ichdi-yu yuz loba tutti manga,
Ki oning ichkani -o‘q qildi mani masti xarob.
Chu soqiy etti qadah ko‘zgusida jilvali husn,
73 Ne ayb oshiqi mayxora ko‘ngli bo‘lsa kabob.
Navoiy vasl bihishtida shukur qil bu nafas,
Ki yona chekmagasen hajr do‘zaxinda azob.
Ushbu g‘azalda tom ma’noda ajib bir lavha ko‘zimiz oldida jonlanadi. Biz
bu yerda nimani ko‘ramiz: 
Bahor chog‘i shoir go‘zal bir bog‘da o‘tirganda, uning oldida sharob ibriqi
turibdi. U sharobdan quyib ichadi, lekin u xunob! Chunki uning yonida o‘ltirgan
go‘zal   yor,   shoirni   joni   qasdida   u   taklif   qilgan   qadahni   olmaydi.   Yorning
iltifotisizligidan   bog‘ning   gullari   ham   shoirning   ko‘ziga   arzimas   bir   hashak.
Oshiq   na   yolg‘iz   sharob   ichmoqqa   mayli   bor   va   na   sharob   ichmasdan   turishga
toqati.   Alamidan   uning   ichi   qizil   sharobga   (qonga)   to‘lgan   qadahga   o‘xshaydi.
Ko‘zlaridan har dam bulutdan quyilgan yomg‘irdek yosh to‘kilmoqda. Ma’shuqa
esa   oshiqning   behol   bo‘lib   qolishidan   xavfsiraydi   va   koyish   ta’nalarini   qo‘yib,
iltifot qiladi, kulib qadahdagi mayni ichib yuz xil noz-u ishva qilib, oshiqqa ham
qadah   tutadi.   Bundan   oshiq   mayni   ichib   mast-u   sarxush   bo‘ladi.   Qadahdagi
mayda   ma’shuqaning   jamoli   aks   etsa,   buni   ko‘rib   oshiqning   bag‘ri   kabobdek
kuysa   uyat   emasku   axir.   Shu   vasldan   xushnud   bo‘lgan   oshiq   bu   baxtlik   fursat
uchun hayotga mushtarakdir.
Bu mufassal manzaradan ko‘rinadiki, Navoiy mazkur g‘azalida mukammal
voqeaband sujetli  lirik bir  holat  yaratadi. Go‘zal  voqea orqali  oshiq va mashuqa
holati ochib beriladi. 
G‘azalda   ma’lum   voqea   keng   ma’noda   yarata   bilish,   baytlarni   ma’nan,
fikran   va   suratan   bog‘lash   u   yoki   bu   darajada   Navoiy   lirikasiga   xos   bo‘lgan
yetakchi badiiy usuldirki, bunday g‘azallarni istagancha topish mumkin.
Navoiy   g‘azallarining   semantik   strukturasi   uchun   xos   bo‘lgan   keyingi
xususiyat   shundaki,   shoirning   aksariyat   g‘azallarida   maqta’dan   oldingi   bayt
mazmun   va   uslub   jihatidan   butun   g‘azal   tarkibidagi   boshqa   baytlardan   ajralib
74 turadi.   Bunday   bayt,   oldingi   baytlardagi   tasvir   usulidan   qat’i   nazar,   ikkinchi
shaxsga   (mazmunan   kitobxonga   yoki   umuman   barchaga)   qaratilgan   murojaat,
xitob   tarzidagi   o‘git   (ba’zan   kinoya,   ta’na)   yoki   umumlashgan   ibratomuz
xulosadan iborat bo‘ladi. Shoir, ko‘pincha, o‘z fikrini soqiyga yoki boshqa biror
obyektga (ma’shuqaga, shohga, gulga) murojaat shaklida izhor qiladi. Shuni ham
qo‘shimcha tarzida aytish kerakki, Alisher Navoiy mav’izatomuz baytlarda soqiy,
bog‘bon,   ko‘ngul,   rafiq,   do‘st,   yor   kabi   obrazlarga   murojaat   qilsa-da,   baytdagi
xulosa   va   umumlashmalar   eng   avvalo,   shoirning   o‘ziga   qaratilgan   bo‘ladi.
Voizlar,   xatib   va   ulamolarning   da’vatidan   farqli   o‘laroq   shoirlar   barcha   ayb-u
nuqsonlarni   o‘zlaridan   axtarib,   teran   nazar   bilan   “o‘z   nuqsonini   isbot   qilish”ga
uringanlar. 
Navoiyning ajib bir  xislati  shundaki, u hech qachon kibr  va manmanlikka
yo‘g‘rilgan   ruhiy   yuksakliklardan   quyiga   nazar   solmaydi.   Balki   inson   nomiga
noshoyista   bo‘lgan   kamchiliklar   nishonalarini   o‘zidan   axtarib,   keskin   tanqid
qiladi va shu orqali shaxsiy o‘rnak ko‘rsatib, boshqalarni ham ma’naviy tozarish,
ruhiy   poklanishga   chorlaydi.   A.   Hayitmetov   bunday   baytlarni   “lirik   chekinish
tarzidagi baytlar” deb atagan edi.
Navoiyning Sharq she’riyatidagi buyukligi ham shunda.
75 XULOSA
Magistrlik ishi bo‘yicha umumiy xulosalar:
1. Sharq adabiyotida devonchilik an’anasining vujudga kelishi XX-XIX 
asrlarga Shayx Sa’diy zamoniga borib taqaladi. Bu davrdagi devonlar nisbatan 
soddaroq ko‘rinishda bo‘lgan.
2. O‘zbek  mumtoz  she’riyati   tarixida  lirik  janrlar   rivojining  yangi  bosqichga
ko‘tarilishi   bevosita   Alisher   Navoiy   lirikasi   bilan   bog‘liq.   Navoiy   she’riyat
maydoniga   kirib   kelgan   davrda   o‘zbek   adabiyotida   lirik   turning   qasida,   g‘azal,
masnaviy,   tuyuq,   fard   kabi   janrlari   she’riy   shakl   sifatida   o‘z   takomiliga   yetgan,
qit’a,   ruboiy,   musamman,   tarkibband,   tarji’band   kabi   janrlar   esa   shakllanish
bosqichida edi.
3. Alisher Navoiygacha turkiy she’riyat maydonida Atoyi, Gadoiy, Sakkokiy,
Lutfiy,   Hofiz   Xorazmiy   kabi   sohibdevon   shoirlar   qalam   tebratib,   ularning
aksariyati haqida Navoiy o‘z asarlarida ma’lumot berib o‘tadi. Atoyi devoni faqat
g‘azal   janridagi   she’rlardan   iborat   bo‘lsa,   Sakkokiy   devonining   bizgacha   yetib
kelgan   nusxalarida   40   ga   yaqin   g‘azal   va   11   (ba’zi   ma’lumotlarga   ko‘ra   13   ta
qasida   mavjud.   Gadoiy   va   Lutfiy   devonlari   lirik   janrlar   ko‘lamining   biroz
kengligi bilan xarakterlanadi.
4. Hassos   shoir   o‘z   davri   adabiyoti   uchun   ulkan   yangilik   kirita   oldi,   ya’ni
o‘zining “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida devon tartib berish mezonlarini
ishlab   chiqdi   va   devon   miqyosida   ushbu   mezonlarga   amal   qildi   natijada   tarkib
jihatdan mukammal devon vujudga keldi.
5. Umri   davomida fors  tilida  1ta  turkiy tilda  bir   nechta  (ayrimlari  muxlislari
tomonidan)   devon   tartib   bergan   alloma   yuqorida   keltirilgan   5   qoidani   har   bir
devonida asosiy mezon qilib belgiladi.
6. Devon   tartib   berish   mezonlari:   devon   g‘azal   janri   bilan  boshlanishi,     arab
alifbosidagi   32ta   harf   bilan   tugaydigan   g‘azallar   joylashtirilishi,   mavzu   jihatdan
Alloga   hamd   va   Payg‘ambarimizga   na’t   qabilida   bo‘lishi   lozim.   Keyingi
mezonlar   g‘azalning   matla’sida   boshlangan   g‘oya   maqta’gacha   tadrijiy   davom
76 ettirilishi va so‘nggisi devon lirik tur jihatdan rango-rang tarzda ya’ni turli janrlar
bilan boyitilmog‘i lozim.
7. Navoiy o‘z oldiga turkiy she’riyatni janrlar jihatidan mukammal bir holatga
keltirishni maqsad qildi va o‘z devonlarida 16 janrni muvaffaqiyat bilan qo‘lladi.
Ba’zi   janrlarning   turkiy   adabiyotga   kirib   kelishi   Alisher   Navoiy   nomi   bilan
bog‘liq  bo‘lsa,  ayrimlarining  keng   ko‘lamdagi  rivoji   shoir   adabiy  faoliyati  bilan
bog‘liq.
8. Alisher   Navoiydan   keyingi   davrdagi   devonchilik   shoir   mezonlari   asosida
rivojlanib takomiliga yetdi. 
9. Bugungi   kundagi   sohibi   devon   ijodkorlar   devonlarida   arab   alifbosidan
emas, balki lotin alifbosidan foydalanishmoqda.
77 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. SIYOSIY   ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev   Sh.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz
bilan   quramiz.   –   Toshkent:   O‘zbekiston.   NMIU,   2017.   488-b.
2. Mirziyoyev   Sh.   Erkin   va   farovon,   demokratik   o‘zbekiston   davlatini
birgalikda   barpo etamiz. –Toshkent:   O‘zbekiston.   2016.   56-b.
3. Mirziyoyev Sh.  Qonun   ustivorligi   va   inson   manfaatlarini   ta ] minlash
–   yurt     taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi .   –   Toshkent .
O‘zbekiston. 2017.   48-b.
4. Mirziyoyev   Sh.   Kitob   mahsulotlarini   chop   etish   va   tarqatish
tuzimini   rivojlantirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik   madaniyatini
oshirish   hamda   targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   komissiya   tuzish   to‘g‘risida   \\
Prezident   Farmoni   “Xalq   so‘zi”   gazetasi.   2017-yil   13 - yanvar.   -   №9.   –
B.1.
5. Mirziyoyev   Sh . M .   Tanqidiy   tahlil ,   qat ’ iy   tartib   intizom   va   shaxsiy
javobgarlik -  har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo ‘ lishi   kerak .-
T .:  O ‘ zbekiston , 2017.
II. ILMIY ADABIYOTLAR
6. Sirojiddinov   Sh,   Yusupova   D,   Davlatov   O.   Navoiyshunoslik   1-
kitob, Toshkkent-2018 8b.
7. “Akademik   Vohid   Abdullayev   va   Samarqand   adabiyotshunoslik
maktabi taraqqiyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy materiallari. Samarqand-
2022   Quysinova   Sh.   Alisher   Navoiyning   devon   tartib   berishda
mezonlari, maqola 127-bet.
8. Ҳайитметов   А .   Алишер   Навоийнинг   адабий - танқидий
қарашлари . –  Тошкент : 1959.
Исҳоқов   Ё.   Навоийнинг   илк   лирикаси.   –   Тошкент,   1965.   Ўша
муаллиф: Навоий поэтикаси. – Тошкент: 1983
78 9. Солиҳова   М.   Навоий  дебочаларида   шоир   биографиясига   доир
маълумотлар // Адабий мерос. 1-том. – Тошкент: 1968. – Б.94-95
10. Зоҳидов В. Дебочанинг сири. Ҳаётбахш бадиият тароналари. –
Тошкент:   1975.   –   Б.119-136.   Ўша   муаллиф.   Яна   бир   дебочанинг
шаҳодати. Жаҳон бадиияти зарварақлари. – Тошкент: 1980. – Б.282-
298.
11. Махсуд Шайхзода. Гениал шоир . Тошкент  - 1941. 83 -  б
12. Мухторов А .   Жомий юрагида Навоий мехри. Халк сузи. 1991.
12 -б
13. Ibrohim   Haqqul.   She’riyat-ruhiy   munosabat.   Toshkent-1989,   56-
bet.
14. Shomurodova   S .,   XX   asr   o ‘ zbek   adabiyotida   devonchilik   an ’ anasi :
mavzu ,   tarkib ,   vazn   va   badiiy   san ’ atlar .   Filologiya fanlari doktori  ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya,- Samarqand-2022.
15. Vohidov   R.,   Eshonqulov   H.   O‘zbek   mumtoz   adabiyoti   tarixi.
O‘quv   qo‘llanma.   -T.:O‘zbekiston   Yozuvchilar   uyushmasi   Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti , 2006, 459-b .
16. G‘anixo‘jayev   F.”Ta’viz   ul-oshiqin”   devoni   va   uning   ilmiy-
tanqidiy   matni.   Filologiya   fanlari   doktori   ilmiy   darajasini   olish   uchun
yozilgan dissertatasiya, -T.:1998
17. Узбек адабиёти тарихи. Беш томлик. 4 том. Т. 1978 . 9 б .
18. Jo‘raboyev   O.   Qo‘qon   adabiy   muhitida   devonchilik   an’anasi   va
devonlar tasnifiga doir// O‘zbek tili va adabiyoti,-T.:2008. 8-17-betlar.
19. Qurbonova S . , Navoiy debochalari poetikasi (“Badoye’ ul-bidoya”
va “Xazoyin ul-maoniy” debochalari misolida)
20. “Alisher   Navoiy   va   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   merosi-
mo‘tabar   madaniy   manba”   mavzusidagi   ilmiy-amaliy   anjuman
materiallari   Toshkent-2023,   Quysinova   Sh.   “Badoe’   ul-bidoya”
debochasida   qo‘yilgan   adabiy   masalalarning   devon   miqyosidagi   amaliy
79 tatbiqi 109-b.
21. Юсупова   Д.   “Наводир   ун-ниҳоя”   фақат   ғазаллардан   иборат
девонми? / Алишер Навоий ва XXI аср (Республика илмий назарий
анжумани материаллари. – Т.: ТAMADDUN, 2017. – Б. 54 61).
22. Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Т.: Фан, 1983. – Б
23. Каримова   Ф.   Ўзбек   адабиётида   дебоча.   –  Т.:   MUMTOZ   SO’Z,
2008. – Б. 29.
24. Oriental   Renaissance:   Innovative,   educational,   natural   and   social
sciences   67.   Quysinova   Sh.   ”Badoe’   ul-bidoya”   debochasidagi   ijodiy
tamoyillarning “Xazoyin ul-maoniy” dagi amaliy ifodasi.496-501-b.
25. Dilorom   Salohiy,   Navoiyning   she’riy   uslubi   masalalari.:   Toshkent
“Fan” nashriyoti-2005, 8-b.  
26. Odilova   G .   Jahon   tamaddunining   tamaltoshi/Alisher   Navoiy   va
XXI   asr   (Respublika   ilmiy-nazariy   anjumani   materiallari).-
T.:TAMADDUN,2017.-B.155-160.)  
27. Erkinov   A . S .   Подражатедьност   или   оригинальность   оценка
В.В.Бартолдьдом   узбекской   классической   литературы//   Русская
диаспора в Узбекистане время, события, люди. Материалы научной
конференции.- Ташкент, 2009.- С.72 -78 .
28. Алишер   Навоий.   Айёми   висол   улди   яна:   Янги   топилган
газаллар   (Нашрга   тайёрл.   Ф.   Су   лаймонова).   —   Т.:   Адабиёт   ва
санъат нашриёти, 1995.
29. Ис ъ хоков   Ё.   Алишер   Навоийнинг   илк   лирикаси:   Филол.   фан.
номз. дис... - Т., 1963.
30. Хайитметов А. Навоий лирикаси. - Т.: O’zbekiston, 2016 .
31. Алишер   Навоий:   комусий   лугат.   1   -   2-жилдлар   /   Масъул
мухаррир Ш.Сирожиддинов. - Т.: Sharq, 2016.
32. Алишер   Навоий   ва   XXI   аср   (Республика   илмий-назарий
анжумани материаллари). - Т.: TAMADDUN, 2017.
80 33. Алишер   Навоий.   Xazoyin   ul-maoniy.   Нашрга   тайёрл.
О.Давлатов. Турт жилдлик. - Т.: TAMADDUN, 2011. 1-4-ж.
III. BADIIY ADABIYOTLAR
34. Алишер   Навоий.   Хазойин   ул-маоний.   Мукаммал   асарлар
туплами. 20 жилдлик. - Т.: Фан, 1988-1990. 3-6- ж.
35. Алишер   Навоий.   Ғаройиб   ус-сиғар.   МАТ.   20   жилдлик.   –   Т.:
Фан, 1988. Ж.3. – Б.9.
36. Алишер   Навоий.   Бадоеъ   ул-бидоя.   МАТ.   20   жилдлик.   –     Т.:
Фан, 1987. Т. 1.
37. Zahiriddin   Muhammad   Bobur,   Devon   ,-   Toshkent:Fan,   1994,-
144b.
38. Abdurahmon Jomiy, Osor, dar hasht child. “Adib” 1989-sol.
39. Devoni Shayxzoda Atoyi, Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2008.11-bet.
40. Lutfiy,   Devon .   G‘afur   G‘ulom   nomidagi   nashriyot-matbaa   ijodiy
uyi, T-2012, 11-12b.
41. Alisher Navoiy, Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat.
T-1989.
42. Абу Мансур ас Саолибий. Ятимат ад -  дахр. Тошкент -  1976 46
43. Сулаймон   Ҳ.   “Хазойин   ул-маоний”   матнларини   ўрганиш   ва
нашрга   тайёрлашнинг   асосий   масалалари   /   Хазойин   ул-маоний.   4
томлик, 1-том. – Тошкент, 1959. – Б.5-28
81

ALISHER NAVOIYNING “BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASI MISOLIDA NAVOIY LIRIKASINING O‘RGANILISHI AN N OTATSIY A Mumtoz adabiyotning zabardast vakili Mir Alisher Navoiy umri davomida o‘lmas asarlar yaratib, nomini tarix zarvaraqlarida muhrladi . Bizga shoirdan ulkan meros qolgan bo‘lib, nafaqat adabiyot balki turli fan tarmoqlariga oid asarlar yaratgan. Bilamizki, Alisher Navoiy bir nechta devon tartib bergan sohibi devon ijodkordir. Hukmdor do‘sti Temuriyzoda Husayn Boyqaro topshirig‘i bilan “Badoe’ ul-bidoya” devoniga tartib beradi. Ushbu magistrlik ishida shoirning ilk rasmiy devoni “Badoe’ ul-bidoya” devoni va uning tuzilish tarkibi, debochasi badiiyati va unda keltirilgan devon tartib berish mezonlarining keyingi tartib berilgan tadvinlaridagi (“Xazoyin ul-maoniy”) amaliy tatbiqi haqidagi masalalarga bag‘ishlanadi. Yana Navoiygacha bo‘lgan devonchilik tadriji qay tarzda bo‘lgan va shoirdan keyingi davrdagi devonchilik taraqqiyoti kabi muhokamalar ham ilova qilindi. Har bir bobda va ish so‘nggida umumiy xulosalar berildi. AN N OTATION Mir Alisher Navoi, a zabardast representative of classical literature, created immortal works throughout his life and sealed the name in the jewels of history. We have a huge legacy from the poet, creating works not only on literature, but also on various branches of science. We know that Alisher Navoi is the owner Devonian creator, who gave several Devonian procedures. The ruler orders the “Badoe’

ul-bidoya” dynasty with the commission of his friend Temuriyzoda Husayn Boyqaro. In this master’s work, the first official office of the poet is devoted to the issues of the “Badoe’ ul-bidoya” office and its structural composition, the art of debocha, and the practical application of the fevon ordering criteria contained therein in the later ordinated tadvins (“Khazoyin ul-maoniy”). Again, discussions were also attached, such as the manner in which the pre-Nawab devotional teaching took place, and the progress of devotionalism in the post-poet period. General conclusions were made in each chapter and at the end of the work. MUN DA RIJ A KIRISH…………………………………………………………………………4 I BOB. MUMTOZ ADABIY OTDA DEBOCHA N A VISLIK AN ’A N A SI 1.1. Alisher Navoiygacha bo‘lgan davrda devonchilik……………………… 11 1.2. Navoiydan keyingi davrda devonchilikning badiiyati…………………..16 II BOB. “ BA DO E ’ UL-BIDOY A ” DEBOCHA SIN IN G ADA BIY - ESTETIK MOHIY A TI 2.1. “Badoye’ ul-bidoya” debochasida Navoiy adabiy-estetik qarashlarining in’ikosi ………………………………………………………………………….21 2.2. Debochada qo‘yilgan adabiy masalalarning devon miqyosidagi

amaliy tatbiqi…………………………………………………………………...27 III BOB. NA VOIY N IN G KEY IN GI DEVON LA RIDA “ BA DOE’ UL- BIDOY A ” DEBOCHA SIDA GI A DA BIY QA RA SHLA RN IN G AMA LIY IFODA SI 3.1. “Badoye’ ul-bidoya” va “Xazoyin ul-maoniy” debochalarining umumiy va farqli jihatlari …………………………………………………………........................34 3.2. “ Badoy e’ ul-bidoy a” debochasidagi adabiy qarashlarning “ X azoy in ul-maoniy ” k ompozit siy asidagi amaliy tatbiqi…………………………………………………………………………..46 3.2.1. “Xazoyin”dagi devonlar ning umumiy tatbiq i…………………………..46 3.2.2. “Xazoyin”dagi lirik janrlar miqyosidagi tatbiq …………………………53 X ULOSA … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … ...75 FOY DA LA N ILGA N ADA BIY O T LA R RO‘Y X A TI … … … … … … … … … 77 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek adabiyoti tarixidagi mumtoz asarlar boy xazinadir. Bu xazinani o‘rganish, tadqiq va talqin etish, yoshlar ma’naviy dunyosining milliylik va insonparvarlik zaminida shakllanishiga g‘oyat kuchli ta’sir ko‘rsatadigan vositadir. Mustaqillik sharofati ila milliyligimiz, o‘zligimizni namoyon etadigan barcha sohalar rivoj topib bormoqda. Xususan, milliy va jahon adabiyotini o‘rganishda bu soha eng avvalidadir. O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda barcha soha tarmoqlari qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari 3

rivojiga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytda bu soha ravnaqini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda”. 1 Ana shu talablar adabiy-badiiy jabhada ham yangicha badiiy tafakkur va tamoyillarni zarurligini isbotlamoqda. Bundan tashqari yoshlarni kitob o ‘ qishga, xalq savodxonligini oshirish, madaniy merosimizni asrab-avaylash zaruriyati tug ‘ ilmoqda. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning davlat oldiga qo‘ygan vazifalaridan biri ham aynan kitob chop etishni oshirish haqida : “Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda” 2 . Ayni paytda o‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek milliy ma’naviyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich - kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirishda muhim omildir. Turkiy xalqlarning “shams ul-millat”i bo‘lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o‘zining hassos she’riyati, buyuk “Xamsa”si, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag‘ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so‘z san’atkoridir. Navoiyning maktabdosh do‘sti, hukmdor Husayn Boyqaro o‘zining “Risola”sida hazrat Navoiyning turkiy tildagi ijodi, xususan, she’riyati hamda “Xamsa” asariga yuksak baho berib, buyuk shoirni “so‘z mulkining kishvaristoni, sohibqironi” deb ulug‘laydi. Alisher Navoiy haqidagi ma’lumotlar XV asrdan keyingi tazkira, tarixiy va badiiy asarlarda ham keltirib o‘tiladi. Xususan, Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” tazkirasi Navoiyning “Majolis un- nafois” tazkirasi asosida yaratilgan bo‘lib, tazkiraning birinchi bob, to‘rtinchi faslida “Amir Haydar Alisherning muqaddas yodi” sarlavhasi ostida buyuk 1 1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi. – Toshkent, 2017 yil. 4 - avgust 2 2. Мирзиёев Ш . М . Танқидий таҳлил , қатъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак . – Т .: Ўзбекистон , 2017. 4

shoirning “Xamsa”si va turkiy g‘azallarining umumiy hajmi, forsiy tildagi she’rlaridan parcha keltiriladi. Ya’ni Hasanxo‘ja Nisoriy hazrat Navoiyni tushida ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lganligini va Navoiyning “Bizning ash’orimizdan biror narsa yod bilurmisan?” – degan savoliga javoban quyidagi maqta’ni o‘qiganini aytadi: Ey Navoiy, sen kimu mehrob-u masjid istamak, Qaydakim, xo‘blar ayog‘in qo‘ysa, sen boshingni qo‘y! “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan she’rlar orasida mazkur maqta’ bilan yakunlanuvchi she’r uchramaydi. 3 Aslida Navoiy qalamiga mansub ko‘pgina she’rlari ilk devon va keyingi devonlarda takrorlangan. Nisbatan oldingi devonlariga qaraganda kullliyot yirik va mukammal. O‘z davridanoq juda mashhur bo‘lgan ushbu asarni Qo‘qon xoni Muhammadalixon 1838-yilda 300 nusxada ko‘chirtirib, xonlikning turli shaharlariga jo‘natgan. 4 Alisher Navoiy yaratgan asarlar navoiyshunoslikda ko‘p jihatdan tadqiq etilgan bo‘lishiga qaramay, uning hali ko‘plab asarlari badiiyati, xususan, devonlari uchun yozilgan maxsus muqaddimalar, ya’ni debochalar va ularning badiiyati, debochalardagi qoidalarning devon miqyosidagi amaliy tatbiqi to‘liq tadqiq etilmagan. Debochalar va ularning badiiyati va devondagi ahamiyati, mazmun- mohiyati to‘liq ochib berilmaganligi ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o‘rganilish darajasi . Adabiyotshunoslikda buyuk daho Alisher Navoiy devonlari va ulardagi debochalarni tadqiq etish bilan bog‘liq masalalar birmuncha ishlar amalga oshirilgan. Bilamizki, mumtoz adabiyotda barcha asarlar an’anaviy muqaddima bilan boshlanib, ular maxsus istiloh - “debocha” atamasi bilan yuritilgan. Debocha istilohi keng ma’noda umuman muqaddimani, tor ma’noda esa devonlarga yoziladigan kirish so‘zlarini anglatgan. Bizning magistrlik ishimizda debochaning 3 3.Sh.Sirojiddinov, D.Yusupova, O.Davlatov Navoiyshunoslik 1-kitob, Toshkkent-2018- 8b, 4 4“Akademik Vohid Abdullayev va Samarqand adabiyotshunoslik maktabi taraqqiyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy materiallari. Samarqand-2022 Quysinova Sh. Alisher Navoiyning devon tartib berishda mezonlari ,maqola 127-bet. 5