logo

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA ORIFLAR TALQINI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

235.150390625 KB
ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR”  DOSTONIDAGI
HIKOYATLARDA ORIFLAR TALQINI
MUNDARIJA
KIRISH (ISHNING UMUMIY TAVSIFI) .......................................................... 2
I BOB. 6
“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI HAQIDA,DOSTONDA ORIFONA 
TIMSOL VA TALQIN ........................................................................ 6
I.1. Dostondagi maqolot va hikoyatlar talqini ..................................................... 6
1.2. Tasavvufda orif, orifona va oriflik maslagi ................................................ 15
BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR ................................................ 23
II BOB. “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ORIFONA HIKOYATLAR
TALQINI ............................................................................................ 24
2.1. Dostondagi hikoyatlarda payg’ambarlar va aziz avliyolar timsoli talqini
.............................................................................................................. 24
2.2. “Hayrat ul-abror” dostonida gavdalangan chin so’fiylar siymosi ........... 59
Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar ....................................................................... 68
III BOB “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ORIFLIK MASALASI. . . 69
3.1. “Shoh G’oziy” adolatida ma’rifat talqini ................................................... 69
3.2. Dostondagi hikoyatlarda soqiyga(Allohga) murojaatining mohiyat 
masalasi ............................................................................................... 75
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar ...................................................................... 84
 Umumiy xulosalar ............................................................................................... 85
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ ................................................................... 87
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar: ............................................................................ 87
II. MANBALAR ................................................................................................... 87
Ilmiy-nazariy adabiyotlar: .................................................................................. 87
IV. Internet nashrlar: .......................................................................................... 92
KIRISH.  ISHNING UMUMIY TAVSIFI ..................................................... 3
I BOB. ........ “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI HAQIDA,DOSTONDA 
1 ORIFONA TIMSOL VA TALQIN ........................................................................ 7
I.1. Dostondagi maqolot va hikoyatlar talqini .............................................. 7
1.2. Tasavvufda orif, orifona va oriflik maslagi ......................................... 15
Birinchi bob yuzasidan xulosalar ....................................................................... 23
II BOB. “HAYRAT UL-ABROR”  DOSTONIDA ORIFONA 
HIKOYATLAR TALQINI ................................................................................... 25
2.1. Dostondagi hikoyatlarda payg’ambarlar va aziz avliyolar  timsoli 
talqini ...................................................................................................................... 25
2.2. “Hayrat ul-abror” dostonida gavdalangan chin so’fiylar siymosi ..... 60
Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar ....................................................................... 68
III BOB “HAYRAT UL-ABROR”  DOSTONIDA ORIFLIK 
MASALASI. ........................................................................................................... 70
3.1. “Shoh G’oziy” adolatida ma’rifat talqini ............................................. 70
3.2.  Dostondagi  hikoyatlarda soqiyga(Allohga) murojaatining mohiyat 
masalasi .................................................................................................................. 75
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar ...................................................................... 85
III.  Umumiy xulosalar
……………………………………………………………………….85
IV.  Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ ............................................................ 88
KIRISH (ISHNING UMUMIY TAVSIFI )
Dissertatsiya   mavzusining   dolzarbligi   va   zarurati.   Mustaqillikka
erishilgach,   ming   asrlik   mumtoz   adabiyotimiz   namoyandalarining   asarlariga
2 metodologik tomondan yangicha, to‘g‘ri baho berila boshlandi. Mustaqillikkacha
sinfiylik prinsiplariga amal qilish talab etilishi natijasida ko‘p masalalar o‘zining
haqqoniy va halol, tarixiy jihatdan to‘g‘ri talqini hamda yechimini topmagan edi.
Ayniqsa,   tasavvufiy   she'rlar,   dostonlarning   uzviy   qismi   bo‘lgan   hamd,   na't,
munojot   va   tasavvufiy,   diniy   boblari   noto‘g‘ri   talqin   qilindi   va   ular
adabiyotshunoslik masalalaridan chetda qolib ketdi.  Ana shunday masalardan biri
dostonlarning,   ayniqsa,   “Xamsa”   turkumidagi   dostonlarning   o‘ziga   xos   diniy-
tasavvufiy ruhdagi  maqolat va hikoyatlaridir.   Mazkur  magistrlik ishida   Alisher
Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”   dostonidagi   hikoyatlarda   oriflar   timsolini   qay
darajada talqin qilinganligi adabiyotshunoslikning dolzarb masalalaridandir.
Dunyo   adabiyotshunosligida   XIX–XX   asrlar   mobaynida   Alisher   Navoiy
biografiyasi,       ilmiy-nazariy       qarashlari,       asarlarining       Sharq       mumtoz
adabiyotida   tutgan   mavqei,   Alisher   Navoiy   va   xamsanavislik   an’analari,   ulug’
salaflarga   izdoshlik   masalalari   yuzasidan   salmoqli   ilmiy   tadqiqotlar   amalga
oshirilgan.   Bugungi   kun   jahon   adabiyotshunosligida   ulug’   ijodkor   asarlarining
kompozisiyasi,   syujeti,   obrazlari   poetikasi,   ularning   adabiy-estetik   hamda
tipologik   xususiyatlarini   ilmiy-nazariy   jihatdan   islomiy-tasavvufiy   g’oyalar,
sharqona   badiiyat   mezonlari   asosida   o’rganish   zarurati   sezilmoqda.
Dunyo   adabiyotshunosligi   uchun   eng   muhim   ilmiy   muammolardan   biri
ulug‘   shoir   va   mutafakkir,   turkiy   xalqlar   adabiyotining   yuksak   cho‘qqisi   Hazrat
Alisher   Navoiy   ijodining   benazir   qirralarini   tahlil   qilish,   jahon   adabiyotida
Navoiy   fenomenining   joriylanishiga   hissa   qo‘shishdan   iborat.   Shoir   she’riy   va
nasriy   asarlarining   janri, tabiati,   leksik-   semantik,   kompozitsion   jihatlari,   poetika,
til   va   uslub   masalalarini   zamonaviy   adabiyotshunoslikning   yangi   ilmiy
tamoyillari   va   mezonlari   asosida   chuqur   o‘rganish   dolzarb   masala   hisoblanadi.
“Alisher   Navoiy   asarlarida   teran   ifoda   topgan   milliy   va   umuminsoniy
g‘oyalarning   jahon   tamaddunida   tutgan   o‘rnini   hamda   o‘sib   kelayotgan   yosh
avlodning   intellektual   salohiyatini   oshirish,   ular   qalbida   yuksak   axloqiy
fazilatlarni   tarbiyalashdagi   beqiyos   ahamiyati”ni     inobatga     olgan     holda
“yangi     Uyg‘onish     davri       —     Uchinchi   Renessans   poydevorini   yaratayotgan
3 bugungi   kunda   Alisher   Navoiyning   bezavol   adabiy   merosi   misolida   o‘zbek
adabiyoti   va   madaniyatini   chuqur   o‘rganish   va   ommalashtirish   har
qachongidan   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda” 1
.  
Bu   esa   ushbu   dissertatsiya
mavzusining dolzarbligi va zaruriyatini ko‘rsatadi  
Tadqiqotning  respublika  fan  va  texnologiyalar  rivojlanishining  ustuvor
yo‘nalishlariga   bog‘liqligi.   Tadqiqot   respublika   fan   va   texnologiyalari
rivojlanishining  “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy
rivojlantirish, innovation iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida
amalga oshirilgan.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Mustaqillikdan   keyin   esa   mazkur
mavzu   doirasida   ijobiy   fikrlar,   to’g’ri   talqin   va   tahlillar   paydo   bo’la   boshladi.
Tasavvuf   tarixi,   adabiyotda   tasavvufiy   g’oyalar   o’rganilar   ekan,   oshiq,   faqr,
darvish,   rind,   orif   va   murshid   kabilar   xususida   ham   fikrlar   bildirildi.   N.   Komilov,
I.   Haqqul,   R.   Vohidov,   A.Abduqodirov,   D.   Salohiy,   Sh.
Sharipov , M . M u h i d d i n o v   kabi   olimlar   tadqiqotlarida   tasavvuf   tarixi,   ushbu
ta’limotning     nazariy   jihatlari   va   adabiyotga   ta’siri   masalalari   mushtarak
o’rganildi 2
.   Adabiyotshunoslikda   orif   yoxud   valiy   obrazi   xususida   B.To’xliyev,
U.Qobilov,   N. Jabborov,  E. Ochilov,   H. Eshonqulov   kabi   adabiyotshunoslar   maqola
va   monografiyalari   hamda   tadqiqotchi   D.   Murodovaning   “O’zbek   tili   va
adabiyoti”   jurnalida   e’lon   qilgan   “Orif   haqida   mulohazalar”   sarlavhali   maqolasida
bayon  etilgan  fikr-mulohazalar   ham diqqatga sazovardir 3
.
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat   Mirziyoevning   2020   yil   19   oktyabrdagi   PQ-4865-sonli  
« Buyuk   shoir   va   mutafakkir   Alisher   Navoiy   tavalludining   580   yilligini   keng   nishonlash   to‘g‘risida»gi  qarori   //  
Xalq   so‘zi.   –   Toshkent,   2020,   20   oktyabr.
2
   Komilov   N.   Tasavvuf.   –   Toshkent:   Movarounnahr   –   O’zbekiston,   2009,   –   B.   448;   Haqqulov   I.   Irfon   va   idrok.
–   Toshkent:   Ma’naviyat,   1998.   –   B.   160;   R.Vohidov,   H.Ne’matov,   M.Mahmudov.   So’z   bag’ridagi   ma’rifat.   –
Toshkent:   Yozuvchi,   2001,   –   B.   144;   Abduqodirov   A.   Navoiy   va   tasavvuf.   –   Xo’jand,   1994,   –   B.   102;     Salohiy   D.
Tasavvuf   va   badiiy   ijod.   Navro’z.   –   Toshkent,   2018.   –   B.   189;   Sharipov   Sh.U.   Alisher   Navoiy     «Lison   ut-
tayr»   haqiqatlari.   –   Toshkent:   Ma’naviyat,   1998.   –   B. 160
3
  To’xliyev   B.   Ta’lim   bosqichlarida   Navoiy   asarlarini   o’rganish   /   Alisher   Navoiy   ijodiy   merosining
umumbashariyat   ma’naviy-ma’rifiy   taraqqiyotidagi   o’rni.   –   Toshkent:   Fan,   2019.   –   B.   648-653;   Qobilov
U.Nubuvvat   motivi   va   mumtoz   poetika.   –   Samarqand:   SamDU  nashriyoti,   2019.   –   B.   183;   Jabborov  N.   Ilm   andog’
ganji   nofi’dur...   //   Sharq   yulduzi,   2002.   3-son.   –   B.   150-151;   I.Haqqul.,   Ochilov   E.   Navoiy   g’azallarida   komil
inson   timsollari   //   O’zbek   tili   va   adabiyoti. 2001.   №   1.   –   B.   7-14;   Eshonqulov   H.P.,   Bog’iyev   N.N. Xoja   Ahmad
Yassaviy   hikmatlarida   orif   obrazi   \\   Buxoro   davlat   universiteti   ilmiy   axboroti.   2014,   №   1.   –   B.   54-56;
Razzoqov   A.   Alisher   Navoiy   she’riyatida   ilm   va   ma’rifat   talqini;   Murodova   D.   Orif   obrazi   haqida
4 Tadqiqotning   maqsadi.      “Hayrat   ul-abror”   dostonlaridagi   maqolat   va   
hikoyatlarda   oriflar   timsoli   talqinini   g‘oyaviy-semantik,   leksik-stilistik
xususiyatlarini   ilmiy-nazariy   jihatdan     ochib   berishdan   iborat.
Tadqiqotning   vazifalari.   Ishimiz   ko‘lamini   his   etgan   holda,
dissertatsiyamiz mavzusini yoritish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:  
- “Hayrat ul-abror” dostonni tarkibidagi maqolat va hikoyatlar sturukturasini
belgilash va shu asosda oriflar timsolini talqin etish;
- tasavvuf   adabiyotida   oriflik   maslagi   mohiyati   va   orif   obrazining   badiiy
adabiyotdagi   mavqeyini   aniqlash;
-hikoyatlarda payg’ambarlar aziz avliyolar timsoli talqinini belgilash;
-so’fiylik sifatlarini badiiy talqin etish;
-   dostondagi   adolat   va   ma’naviyat   tushunchasini   bugungi   kun   boshqaruviga
bog’lash;
-hikoyatlarda   keltirilgan   soqiy   obraz(soqiyga   murojaat)ini   tasavvufiy   talqin
va  tahlil etish.
Tadqiqotning obyekti .    Alisher   Navoiyning   “ Hayrat   ul-abror”dostoni   asos
qilib   olindi   va   timsollar   talqini   uchun   “Nasoyim   ul-muhabbat”,   Abdurahmon
Jomiyning   “Tazkirat ul-avliyo”  asarlariga   ham   murojaat   etildi.
Tadqiqotning predmeti .   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   sujeti, sturukturasi,
“Xamsa”ning   keyingi   dostonlariga   ta’siri, hikoyatlardagi orifona timsollar talqinini
g’oyaviy   badiiy   mohiyatini   ochib   berish,   so’fiylar   talqini,     adolat   asosida
ma’naviyat   tushunchasini   badiiy   mahorat   bilan   tasvirlash,   tasavvufga   doir
manbalarda   orif   va   oriflik   maslagi   hamda   uning   jamiyat   hayotidagi   ahamiyatiga
doir   masalalarni   o’rganish   hikoyatlarning   g’oyaviy-badiiy   talqinini   amalga
oshirish.
Tadqiqot   usullari.   Dissertatsiyada   tizimli   yondashuv,   tasniflash,   ilmiy
mulohazalar   //O’zbek  tili   va   adabiyoti,   2003,     №   2.   –  B.   76-77.
5 sharh,   tarixiy-qiyosiy   va   qiyosiy-tipologik   tahlil   usullaridan   foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi . 
- Alisher   Navoiyning   “Hayrat   ul   abror”   dostonidagi   hikoyatlarda   orifona
ruhning yuqoriligi, shu asosida oriflar timsoli mahorat bilan talqin etilgan.
- hikoyatlarda payg’ambarlar aziz avliyolar siymosi talqin etilgan. 
- dostonda   soqiy   obrazining   badiiy   tasvir   imkoniyatlari,   irfoniy
xususiyatlari,   tasavvufiy   timsollar   tizimi    munosabati, ifoda   usuli   aniqlangan. 
- dostondagi adolat va ma’naviyat tushunchasini hikoyatlar misolida belgilash.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi . Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 1 ta
xalqaro   jurmalda   va   4   ta   respublika   ilmiy-amaliy   anjumanlarda   muhokamadan
o’tkazilgan.  
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi . Dissertatsiya kirish, har biri ikkita 
fasldan iborat bo‘lgan uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan 
iborat. Ishning umumiy hajmi 92 sahifadan iborat.  
I BOB.
“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI HAQIDA,DOSTONDA ORIFONA
TIMSOL VA TALQIN
I.1. Dostondagi maqolot va hikoyatlar talqini
    D о st о nning   b о sh   q а hr а m о ni   -   А .N а v о iy.   Pr о f е ss о r   А .H а yitm е t о v   “H а yr а t
ul-  а br о r”ni   “X а ms а ”ning   pr о gr а m ma   qismi   d е b   t а `kidl а ydi.   “H а yr а t   ul- а br о r”d а
N а v о iy   ins о nning   xud о   о ldid а gi,   j а miyat   о ldid а gi   burchini,   v а zif а l а rini
tushuntirishg а   h а r а k а t   qil а di.   N а v о iy   d о st о nning   d а stl а bki   qisml а rid а   f а ls а fiy
6 fikrl а rini     b а yon   et а di.   Bund а   All о h   h а qid а ,   il о hiyot   h а qid а ,   dunyoning   yar а tilishi
h а qid а . D о st о nning   “Ul   x о liq   h а mdid а kim”   d е b  b о shl а ng а n   b о bi   v а   und а n   k е yin
k е l а dig а n     4   t а   mun о jot   b о b l а r i   sh о irning   f а ls а fiy- а xl о qiy   q а r а shl а rini   b е lgil а shd а
muhim   а h а miyat   k а sb   et а di.  Hazrat Alisher  Navoiy  “Xamsa“ yozishga umr bo’yi
tayyorgarlik   ko’rgan.   “Xamsa”   yozishga   qirq   yoshidan   keyin   kirishgani   shoir
uchun   bilim,   mahorat   va   iste’doddan   tashqari   boy   ijodiy   tajriba   muhimligi   bilan
bog’liqdir. Ayniqsa bu yo’lda Firdavsiy, Sadi  Sheroziy, Fariddin Attor, Nizomiy
Ganjaviy,   Xusrav   Dehlaviy   kabi   daholarning   asarlarini   qunt   bilan   o’rganadi,
ustozi   Abdurahmon   Jomiydan   saboqlar   oladi.   “Hayrat   ul-abror”   dostonida   shoir
qarashlarining   teranligida,   ijtimoiy-siyosiy   masalalarga   munosabatida,   asarning
dolzarb   fikr   va   mushohadalarga   boyligida   yaqqol   ko’rinadi.   Navoiy
“Muhokamat   ul-lug’atayn”   asarida   “Hayrat   ul-abror”   asarini   yozishda
Nizomiy   Ganjaviyning   ruhlantirgani   haqida   shunday   deydi:   “Avvalkim
“Hayrat   ul-abror”   bog’ida   tabim   gullar   ochibdur,   Shayx   Nizomiy   ruhi
“Maxzan   ul-asror”idin   boshimga   durlar   sochibdur” 4
.   Ya’ni     asarda   Nizomiy
so’zining nuri ham, Xusrav sehri ham, Jomiyning oriflik nafasi ham iz qoldirgan
va   boz   ustiga   ulug’   o’zbek   shoirining   o’z   qarashlari,   buyuk   istedodi   yaqqol
namoyon   etilgan.   Doston   boshdan   oyoq   so’fiyona,   orifona   mazmunda   bitilgan.
Akademik   Qayumovning   e’tiroficha,   “Navoiy   “Xamsa”si   garchi   o’z   adabiy
ildizlari   bilan   mustahkam   birlikni   saqlagan   bo’lsa-da,   bu   shohona   asar   avvalgi
“Xamsa”larning   takroriy   namunasi   emas.   U   o’zbek   adabiyotining   mustaqil,
Alisher   Navoiy   dunyoqarashi,   uning   g’oyaviy–mafkuraviy   mazmunini   aniq   va
ayon namoyon etuvchi epik asarlar yig’indisidir” 5
.
     “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) janr xususiyati va
kompozitsiya   tuzilishi   jihatidan   “Xamsa”ning   boshqa   dostonlaridan   tubdan   farq
qiladi.   “Hayrat-ul   abror”   falsafiy-ta’limiy   dostondir.   Bu   asarida   Navoiy   falsafiy,
4
  Alisher   Navoiy.   “Muhokamat   ul-lug’atayn”.   TAT.   O’n   jildlik.   Uchinchi   jild.-Toshkent:G’ofur   G’ulom
nomidagi nashriyot-matbaaijodiy uyi, 2013.-B.520
5
 Qayumov A. O’zbek xamsashunosligining adabiy ildizlari //O’zbek adabiyotshunosligida talqin va tahlil 
muommolari//Ilmiy- nazariy anjuman materiallari. –T.,2014.-B.11-12
7 ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etish, kishilarga ta’lim va
o’git   berishni   o’z   oldiga   maqsad   qilib   qo’yadi.   Odatda   bunday   dostonda,
ko’pincha,   mavzu   biror   voqea   sujetini   hikoya   qilish   asosida   emas,   balki
yozuvchining   fikr-   mulohazalari   bayoni   asosida   yoritiladi.   Bu   holat   “Hayrat   ul-
abror”ning   janriga   xos   ikkinchi   bir   xususiyatni   vujudga   keltiradi,   lirik   ifodani,
tavsif va ta’rifni asosiy va yetakchi ifoda usuliga, epik tasvirni esa qo’shimcha va
yordamchi   usulga   aylantiradi.   “Hayrat   ul-abror”da   hayot,   voqelik   shoirning   epik
bayoni-hikoyasi   emas,   balki   uning   fikr-mulohazalari,   his-tuygusi   va   ta’rif-tavsifi
orqali yoritiladi. Shu ma’noda “Hayrat ul-abror” lirik-tavsifiy dostondir. Biroq bu
holat   unda   epik   tasvirni,   hikoya   va   masallarni   mustasno   qilib   qo’ymaydi.
V.G.Belinskiy   aytganidek,   poeziyaning   uch   turi:   “Mustaqil   elementlar   sifatida,
ayrim-ayrim   mavjud   bo’lsalar   ham,   lekin   alohida   asarlarda   ko’rinish   berib,   ular
bir-birlaridan keskin chegaralar bilan ajralmaydilar 6
”. Bu o’rinda poeziya deganda
umuman,   badiiy   adabiyot   nazarda   tutilmoqda.   Aksincha,   ular   ko’pincha   aralash
holda   uchraydilar.   Navoiy   “Xamsa”sining   turkiy   tilda   qisqa   fursatda   yaratilganligi
yuzasidan Sulton Husayn Bayqaro o’zining “Risola”asarida shunday fikrlarni keltirgan :
“   Val-haq   (ya’ni,   haqiqatan   chun   bu   Humoyun   fursatta-vu   bu   ro’zaafzun
davlatta(Navoiy)   “Xamsa”(iodkori   Nizomiy)   panjasiga   ilig   (qo’l)   urdiyu   ,   aning
itmomiga   jild   keltirdi.   Agarchi   Shayx   Nizomiy   nazm   ahlining   ustozidur,   ozor
“Xamsa”sin…o’ttuz   yilda   takmil   beribtur   va   Misr     Xusrav-kim,   “Xamsa”   abyoti
(baytlari) adadin o’ttiz mingdin o’nsakkiz mingga ixtisor qisqarish) qilib turur va … 6-7
yilda tugatib turur. Bu fasohat maydoning safdoriyu, bu balog’at beshasining g’azanfari ,
balog’at   o’rmoning   arsloni   Navoiy   “Xamsa”sining   ko’p   afsonalarida   dilpazir   tafsirlar
berdiyu tab’pisand islohlar (tuzatishlar) qildi bunyodining ibtidosidansavodining intihosi
(qoralamasi   bitgunida   hamoni   ikki   yildan   o’tmadi” 7
.   G‘iyosiddin   Xondamir   “Makorim
ul-axloq”asarida   Navoiy   “Xamsa”si   haqida   shunday   deydi:   “Go‘zal   sifatli   Amir
(Navoiy)ning   manzum(tizma)   asarlaridan   biri   turkiy   “Xamsa”   bo‘lib,   27   ming   baytni
o‘z   ichiga   oladi.   Shayx   Nizomiyning   “Panj   ganj”   muqobilida   tuzilgan.   Bu   kitobga
nozik   ma’nolar,   go‘zal   fikrlarni   joylashtirganlar” 8
.   Xondamir   Navoiy   she’rlarining
latiflik   va   noziklik   shuhrati   nom   qozonganini,   (chet   ellarning)   podshohlari   poytaxt
6
 Б e линский В.Г. Танланган асарлар. Уздавнашр. Т., 1955.  151- B
7
  Husayn   Bayqaro .  Risola. –T.: Sharq-Nur, 1991.-B.14
8 Hirotga   elchi   yuborib,   san’at   nishonli   kulliyotlarini   talab   qilganlarini,   shoh   va   gado,
yosh   va   qari,   musulmon   va   kofir,   yaxshi   va   yomon   og‘zida   ul   hazratning   go‘zal
nazmlari   mashhurligini   ta’kidlaydi 9
.  
Demak,   “Xamsa”   yaratilgan   yillar   madaniy-
ma’rifiy   hayot   gullab-yashnagan   davr   sifatida   tarixga   kirgan.  Xamsanavislikda an’anaga
aylangan   adabiy   qonun-tamoyillariga   muvofiq   Navoiy   “Xamsa”sining   ham   birinchi
dostoni  boshqa dostonlaridan mutlaqo farqlanuvchi axloqiy, falsafiy, irfoniy-tasavvufiy
pandnoma xarakterdadir.
“Hayrat   ul-abror”   –   “Xamsa”ning   boshqa   dostonlaridan   farqli   ravishda   bir
necha   qasidalar,   hikoyatlar   majmuasidir.   Dostonda   epik   tasvir   emas,   falsafiy
talqin   ustunlik   qiladi,   muallifning   ta’rif   va   tavsiflari   etakchi   rol   o‘ynaydi,   syujet   va
voqealar   bayonini   shoirning   fikr-u   qarashlari   boshqarib   turadi.   “Hayrat   ul-
abror”dagi   fikrlar   keyingi   dostonlarda   obrazlar   vositasida   badiiy   talqin   qilinadi.
Inson   ko‘ngli,   uni   barcha   mavjudotlardan   aziz   va   mukarram   qilib   turuvchilar
ruhiy   olami   manzaralari,   koinot   va   inson,   jamiyat   va   shaxs   munosabatlari,
Tangri   insonga   in’om   etgan   hayot   ajoyibotlaridan   hayratlanish   –   “Hayrat   ul-
abror”   dostonining   g‘oyaviy-badiiy   mazmunini   tashkil   etadi.   “Xamsa”larning
birinchi   dostonidan   har   qanday   zamon   va   makon   uchun   ahamiyatli   bo‘lgan:
olamning   yaratilishi,   insonning   bu   olamdagi   o‘rni,   mavqeyi,   burchlari,
vazifalariga   doir   ijtimoiy,   axloqiy,   falsafiy   fikrlar   o‘rin   olgan.   Bu   xususiyat
Navoiy   va   salaflari   ilk   dostonlari   uchun   mushtarak,   umumiy   bo‘lib,   Nizomiyda
“Maxzan   ul-asror”   –   “Sirlar   xazinasi,   Xusrav   Dehlaviyda   “Matla’   ul-anvor”   –
“Nurlarning   balqishi”,   Jomiyda   “Tuhfat   ul-ahror”   –   “Hurlarning   hadyasi”,   Alisher
Navoiyda   “Hayrat   ul-abror”   –   “Yaxshilar   hayrati”   yetakchi   g‘oya   bo‘lishi   har
bir     dostonning   o‘ziga   xosligini   ta’minlaydi.   Olimlar   Navoiy   nega   o‘sha
davrlarda   ancha   jonlangan   yo‘nalish   –   Nizomiy   “Xamsa”si   dostonlarini
yangilash   yo‘lidan   bormay,   balki   Nizomiy   va   Xusrav   Dehlaviy   asarlarini   –
xamsataynni   o‘z   “Xamsa”sini   yaratishda   mezon   –   ilhom   manbai   qilib   oldi?   –
degan   savolni   o‘rtaga   tashlashadi. 
8
Хондамир .   Макорим   ул - ахлоқ .   Форсийдан   М . Фахриддинов   ва   П . Шамсиев   таржимаси .   –   Т .1967.   –  
Б .48.
9
  O’sha manba.B-49.
9 Akademik   B.Valixo‘jaev   fikricha,   “Bu   masalada   Alisher   Navoiy,   bir
tomondan,   Nizomiy   va   Xusrav   Dehlaviy   “Xamsa”larining   mohiyatini   chuqur
tushungan   holda   ularni   himoya   qilishga   chog‘landi.   Ikkinchidan,   an’anaviy
mavzu   va   qahramonlarni   yangi   davr   va   talablar   asosida   yangicha   talqin   qilish,
shaklan   o‘xshash,   ammo   original,   mazmunan   hamohang,   ammo   yangi   asarga,
yangi   qahramonlarga   aylantirish   mumkin,   ya’ni   nazirai   benazirni   maydonga
keltirish   lozim,   degan   aqidadan   kelib   chiqqan   edi” 1 0
.  
Chindan   ham,   Navoiy
bundan-da   yuksak   saviyada,   g‘oyaviy-badiiy   jihatdan   farqlanuvchi,   yangi   syujet
liniyasiga   ega   “Xamsa”   yaratish   salohiyatiga   ega   edi.   Salaflarga   bo‘lgan
cheksiz   ehtirom,   xamsanavislik   an’anasiga   sadoqat,   xamsanavislarga   javob
berish   vazifasi   shoirdan   shu   kompozitsiya   va   syujetga   asoslangan   o‘z   tili   va
uslubidagi   asar   yozishni   talab   etdi. Adabiyotshunoslikda   xamasanavislikning   uch
xususiyati   haqida   so‘z   boradi 11
.
1. ”Xamsa”ning   birinchi   poemasi   muallifning   falsafiy,   axloqiy,   ijtimoiy-
siyosiy     qarashlarini     ifoda     etuvchi     asar     bo‘lib,     bu     qarashlar   “Xamsa”ning
keyingi   poemalarida   obrazlar   orqali   kengaytirilgan   tarzda   ko‘rsatiladi.
2.Xamsanavislikning   ikkinchi   xususiyati   shundaki,   keyingi   poemalar
g‘oyaviy-badiiy   jihatdan  birinchi   poema   bilan   chambarchas bog‘langan.
3.   Xamsanavislikning   uchinchi   xususiyati   –   “Xamsa”da   qadimgi   tarixiy
shaxslar   haqida   boblar   bo‘lishidan   tashqari   buyuk   tarixiy   shaxs   (Iskandar)   haqida
alohida  doston  mavjud bo‘lishidir.
"Hayrat ul-abror"dostonidagi maqolat va hikoyatlar strukturasi
• Birinchi maqolat: • Iymon sharhida. 
• Boyazid Bistomiy va muridi haqida hikoyat
• Ikkinchi maqolat: • Islom bobida. 
• Ibrohim   Adham   va   Robiya   Adviya   haqida
hikoyat
• Uchinchi maqolat: • Salotin (sultonlar) bobida.
• Shoh G‘oziy haqida hikoyat
10
  Валихўжаев     Б .    Хамсачилик     традициясининг     баъзи     бир     хусусиятлари     ҳақида     мулоҳазалар .    //  
Ўзбек  адабиётининг   айрим   масалалари .   –   Самарқанд ,   1961.   –   Б .92-97.
11
 O’sha manba.B-97.
10 • To‘rtinchi maqolat: • Hirqa kiygan riyokor shayxlar xususida. 
• Abdulloh Ansoriy haqida hikoyat
• Beshinchi maqolat: • Karam vasfida. 
• Hotami Toyi hikoyati
• Oltinchi maqolat: • Adablilik   xususida.   No‘shiravon   va   nargis
hikoyati
• Yettinchi maqolat: • Qanoat bobida
• Qanoatli va qanoatsiz do‘st haqidagi hikoyat
• Sakkizinchi maqolat : • Vafo bobida. 
• Ikki vafoli yor hikoyati
• To‘qqizinchi maqolat: • Ishq o‘ti ta’rifida.
• Shayx Iroqiy haqida hikoyat
• O‘ninchi maqolat • : Rostliq ta’rifida
• Sher va durroj haqida masal
• O‘n birinchi maqolat: • Ilm osmonining yulduzlardek balandligi haqida
• Faxr Roziy va Xorazmshoh haqida
• O‘n ikkinchi maqolat: • Qalam va qalam ahli xususida.
• Yoqut haqida hikoyat
• O‘n uchinchi maqolat: • Bulutdek foyda keltiruvchi insonlar haqida 
• Ayyub o‘g‘ri haqida hikoyat
• O‘n to‘rtinchi maqolat: • Falak   tuzilishidan   shikoyat   Iskandar   haqida
hikoyat
• O‘n beshinchi maqolat: • Jaholat   mayining   quyqasini   ichadiganlar
haqida.
• Isroiliy rind haqida hikoyat
• O‘n oltinchi maqolat: • Xunasasifat oliftalar haqida. 
• Abdulloh Muborak haqida hikoyat
• O‘n ettinchi maqolat: • Bahor yigitligining sofligi haqida.
• Zaynul-obidin va o‘g‘li haqida
• O‘n sakkizinchi maqolat: • Falak g‘amxonasi haqida.
• Chin go‘zali va uning oshig‘i hikoyati
• O‘n to‘qqizinchi maqolat: • Xurosonning misli yo‘q viloyati bayonida. 
• Bahrom haqida hikoyat
Asarning nomlanishi va yozilish yili haqida Navoiy shunday yozadi. 
Hayrati abror ko’rib zotini,
“Hayrat ul-abror” dedim otini.
Nuktai ta’rixiki ,ahsan edi.
Sekkizu sekkiz yuzu seksan edi. 
Ya’ni:   Asarni   o’qigan   yaxshi   odamlar   (“abror”   so‘zining   falsafiy   ma’nosi)
ning   hayratda   qolganini   e’tiborga   olib,   dostonni   “Hayrat   ul-abror”-   “Yaxshi
kishilarning   hayratlanishi”   deb   atagan.   Uning   yozilgan   yili-tarixi   esa   888   hijriy
11 1483-melodiy   yil   edi.   Doston   aruzning   sare’i   musaddasi   matviy   maksuf   bahrida
yozilgan. Umumiy hajmi 3988 bayt, 63 bobdan iborat bo’lib, muqaddima (I-XXI
boblar) , maqolot va hikoyatlardan tashkil topgan asosiy qism (XXII-LXI boblar)
hamda   xotima   (LXII-LXIII   boblar)dan     iborat.   Navoiy   “Xamsa   “yozishning
mashaqqati, zahmati bir yonda, uni kitobxonga taqdim etishdagi hadik va hayajon
bir tomonda  ekanligini aytadi. U ulkan maqsad va muddao ro’yobi uchun Tangri
marhamatiga   umid   bog’lab,   buyuk   obidasini   buyuk   jumla”   Bismillohir   –
rahmonur rahim” bilan boshlayotganini ta’kidlaydi.                            
Bismillohir – rahmonur rahim,
Rishtag’a chekti necha durri yatim.  [H.A.  -B.11]
A n ' a n a v i y   bob l a r   “ H a y r a t   u l - a b r o r ” n i n g   d a s t u r i y   — r e j a n o m a   do s t o n
bo ` li s h i   u c hu n  za m i n   h o z i r l a g a n i n i   b i r   m i s o l   a s o s i d a   i z o h l a s h g a   h a r a k a t   q il a m i z .
M a ' l u m k i ,     a s a r n i n g   il k	
  m i s r a s i n i   “ B i s m il l o h i r — r a h m on i r   rahim ”   il o h i y   j u m l a s i
t a s hk i l   e t a d i .   J a m i   b i r   yu z i   i kk i	
  misradan   tarkib   topuvchi   ushbu   bobda   boshdan   oxir
o`sha   “Mehribon     va   rahmli   Alloh	
  n o m i   b il a n   ( bo s h l a y m a n ) ”   i l o h i y   j u m l a s i g a
b a d ii y   t a l q i n   b e r il a d i .   H a r f   s a n ' a t i g a	
  tayangan   ulug`   shoir,   nafaqat     so`zlarda,   balki
o`sha   so`zlarni   yozuvda   aks   ettirishga	
  i s h t i r o k   q il uv c h i   h a r   b i r   h a rf g a   k e n g
m az m un l i   h a m d a   b a d i i y   bo ` y o q d o r   t a l q i n l a r   b e r a d i .	
  U l ug `   s h o i r   h a rf l a r n i   s h a r h l a r
e k a n ,   il o h i y   j u m l a g a   m un o s a b a t   q il uv c h i n i n g   k o ` ng i l	
  h o l a t i g a   k o `r a ,   i s t i qbo l g a
k e l uv c h i   k a y f i y a t i n i   ( y a x s h i   y o xu d   y o m o n )   a l o h i d a   u r g ` u   b il a n	
  ko`rsatadi.
       “Xamsa” dostonning “Bismillahir rohmanir rohiym” oyati bilan boshlash
Nizomiy   Ganjaviydan   boshlangan   hamda   qat’iy   qonuniyatga   aylangan
hodisalardan   biri   edi.   Nizomiy   Ganjaviy   ushbu   oyatni   ”Hakim   xazinasi
eshigininig  kaliti”  deya  izohlasa,  Xusrav   Dehlaviy  “Qadim  mulkining  muqaddas
xutbasi”,   Abdurahmon   Jomiy   “Behad   karam   egasi   bo’lgan   Allohning   ne’matlar
sari   chorlov”,   Haydar   Xorazmiy   “Fathu   zafar   oyati”,   Sayid   Qosimiy   esa
“Fotihayin fath” kabi epitetlar bilan sharhlagan edi 12
.
Qur’oni   Karimdagi   bosh   ilohiy   jumla   “Bismillahir   rohmanir   rohiym”ni
Navoiy   birinchi   bobda   poetik   sharxlaydi.   Basmala   bob   haqidagi   nazariy
12
 Tohirov S.Q. Temuriylar davrida xamsanavislik. Monografiya. –Samarqand: SamDU nashri, 2020.B-95 krill
12 ma’lumotlar   A.Rustamiy   “Bismillohning   ma’nosi”,   H.Karomatov   “   O’zbek
adaboyotida   Qur’oniy   mavzulari”,   P.Vohidovning   “Alisher   Navoiy   va   ilohiyat”,
M.Imomnazarov   “Navoiyshunoslikka   kirish”,   M.Muhiddinov   “Komil   inson
adabiyot   ideali”,   O.Davlatov   “Alisher   Navoiy   she’riyatida   Quron   oyatlari   va
xadislarining badiiy talqini” kabi olimlar tadqiqotlarida ham uchraydi.  “Hayrat ul-
abror”   g’oyaviy   mazmuni,   boblarning   o’zaro   g’oyaviy   bog’lanib   borishi,   biridan
ikkinchi   birining  kelib   chiqishi,  takomillashuvi   va   xususan   bosh   qahramon   shoir
va   mutafakkir   Navoiy   obrazi   bilan   umumiy,   yagona   kompozitsiya   zanjiriga
egadir.   Bu   jihatdan   qaraganda   hatto   dostonning   an’anaviy   muqaddimasi   bo’lgan
hamd,   munojot   va   na’tlar   ham   uning   asosiy   boblari     maqolatlari   bilan   ma’lum
darajada uzviy bog’lanadi. Chunki, ularda ham dostonning maqolotlarida yetakchi
bo’lgan   insonparvarlik,   xalqparvarlik,   ma’rifatparvarlik   va   didaktik
mushohadalarning   kurtaklari   bor.   Misol   uchun   to'rtinchi   munojotning   quyidagi
misralarini olaylik:
Xon anga yoygilki erur mushtah
To'q emas, ar esa bo'lur mumtahi...
Apsab anga luqmaki ul och erur,
Avli anga to’nki yalang’och erur.[H.A.-B.32.]
Bu   misralarda   Navoiy   beva-bechoralarning,   och-yalangochlarning   ahvoliga
achinib,   ularning   farovon   bo’lishlarini   orzu   qiladi.   Nizomiy,   Xusrav   Dexlaviy,
Abdurahmon   Jomiy,   so’z   va   ko’ngil   ta’rifiga   doir   muqaddima   boblar   esa
dostonning asosiy qismi bilan bevosita va uzviy bog’lanadi. Maqolatlar o’z ichki
kompozitsiyasiga ega bo’lib, ularga ilova qilingan mustaqil kompozitsiyali hikoya
va masallar maqolatlarning, shu bilan birga dostonning umumiy kompozitsiyasini
to’ldiradi va takomillashtiradi.
“Hayrat ul-abror” mutafakkir, donishmand va murabbiy shoirning dostonidir.
Bu   dostonda   Navoiyning   turli-tuman   masalalarga   doir   fikr-mulohazalari   bayon
etilgan. Dostonning boblarida yoritilgan masalalarni shartli ravishda uch turkumga
- falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy masalalarga ajratish mumkin.
Ob’ektiv  borliq  va  ilohiyot,  inson  va uning  o’zligi,  din, tasavvuf   va  boshqa
13 masalalar   Navoiy   falsafiy   qarashlarining   asosiy   masalalar   doirasini   tashkil   etadi.
Bu   masalalar   “Hayrat   ul-abror”da   ham   ma’lum   darajada   o’z   o’rni   va   ifodasini
topgan.   Navoiyning   falsafiy   qarashlari   nihoyatda   murakkabdir.   Navoiy   xudo   va
dinni   e’tirof   qiladi.   U   o’zining   insonparvarligi,   xalqparvarligi   bilan   yashagan
muhiti   falsafiy   qarashlari   saviyasidan   yuqori   ko’tariladi,   taraqqiyparvar   ulug’
mutafakkir sifatida gavdalanadi.
Navoiyning   fikricha,   ilohiyot   xudo   butun   borliqning   yagona   moyasidir.
Avval   boshlab   yolg’iz   xudoning   o’zidan   bo’lak   boshqa   hech   kim   va   hech   narsa
bo’lmagan.   Xudo   hadsiz   kuch-qudrat   va   imkoniyatlarga   ega   bo’lgan.   Xudo   o’z
kuch- qudrati va imkoniyatlarini namoyish etib, butun borliqni yaratdi. Bu borliq
xuddi bir oyna (mir’ot) bo’lib, unda iloxiyot zuxur etgan: Insonning baxt-saodati
uchun   kamoloti   uchun   kurash   “Hayrat   ul-abror”ning   asosiy   etakchi   g'oyasidir.
Ob’ektiv borliq va ilohiyot masalasi Navoiyning xususan, “Lison ut-tayr” falsafiy
dostonida   keng   yoritiladi,   shoir   o’zining   fikr-mulohazalarini   rivojlantiradi,
takomillashtiradi.   Navoiy   dinni   e’tirof   etadi,   islom   va   imon   shartlarini   ta’rif   va
tavsif   qiladi,   tasavvufning   Bahouddin   Naqshband   va   Xo'ja   Ahror   kabi   yirik
namoyondalarini   ham   madh   etadi.   Dostonning   12-13   boblari   shoir   salaflari
madhiga   bag‘ishlangan.   Alisher   Navoiyning   falsafiy   bilim,   ma’rifat   va   ilhom
baxsh   etgan   ma’naviy   ustozlari   Nizomiy   Ganjaviy,   Xusrav   Dehlaviy,
Abdurahmon   Jomiyga   buyuk   hurmati   ifodasidir. Navoiyning   salaflariga   ehtiromi
beqiyosligi   dostonda   ularga   bag‘ishlangan   boblarning   Alloh   hamdi   va
payg‘ambarimizga   bag‘ishlangan   na’tlardan   keyin   kelganida   ham   ko‘rinadi.   Bu
boblarning   Muhammad   Mustafo   (s.a.v.)ga   atalgan   na’tdan   keyin   kelishi
Nizomiy,   Dehlaviy   va   Jomiyning   shunchaki   xamsanavis   emas,   balki   so’fiy   shoir;
avliyosifat,   din-u   diyonatli,   pokdomon   shaxs   ekanliklari   bilan   ham   aloqador.
Chindan   ham,   Navoiy   bundan-da   yuksak   saviyada,   g‘oyaviy-badiiy   jihatdan
farqlanuvchi,   yangi   syujet   liniyasiga   ega   “Xamsa ” yaratish   salohiyatiga   ega
edi.   Salaflarga   bo‘lgan   cheksiz   ehtirom,   xamsanavislik   an’anasiga   sadoqat,
xamsanavislarga   javob   berish   vazifasi   shoirdan   shu   kompozitsiya   va   syujetga
asoslangan   o‘z  tili   va  uslubidagi   asar   yozishni   talab   etdi
14 1.2. Tasavvufda orif, orifona va oriflik maslagi
   O’zbek   mumtoz   adabiyotining   salmoqli   bir   qismi   tasavvufiy   adabiyot
namunalaridir.   Komil   insonni   voyaga   yetkazishda   ma’lum   bir   usul-u   arkonlarni
yaratgan   tasavvuf   ta’lim   maktabining   maqsadi   va   mazkur   maqsadni   ifodalagan
badiiy   ijodning   mushtarak   tomonlari   ma’lum.   Bu   uyg’unlik   irfoniy-badiiy
adabiyotning   bosh   qahramonlaridan   bo’lgan   orif   obrazi   hamda   oriflik   maslagida
yanada   yaqqolroq   namoyon   bo’ladi.   Adabiyotda   ta’sir   va   an’ana   masalasiga
hamisha   e’tibor   qaratilgan,   natijada   xolis   tahlil   va   to’g’ri   talqinlar   yuzaga
kelgan.   Aytish   mumkinki,   oriflik   maslagi  va   orif   obrazi dastlab   arab   hamda   fors
adabiyotlarida   paydo   bo’lib,   mukammal   tarzda     ta’rif - u   talqin   etildi.   Mazkur
asar   oriflik   maqom i   v a   martabasiga   yetish   yo’lini   ko’rsatuvchi   ishorat   tilida
mahorat   bilan   yozilgan.   Undagi   tasavvufiy   timsol,   obraz   va   majozlar   haqidagi
qarashlar   mohiyatini   anglash   turkiy   irfoniy   adabiyotni   ham   tushunishda,   tahlil   va
talqin   etishda   katta   yordam   beradi.   Darhaqiqat,   Hazrat   Navoiyning   “Hayrat   ul-
abror” dostoni   tasavvufiy   g’oyalar   bilan   birga orifona timsol   va   ramzlar   bilan
ham   boyitilgan.   Mazkur   obrazlardan   biri,   shubhasiz,   orifdir.   Xususan,   XIII-XV
asrlar   sharq  xalqlar   adabiyoti   ravnaqida   orifona   g’oyalar,   tasavvufiy   tushuncha
hamda   timsollarning   o’rni   benihoya oshgan .  Ta’kidlash   joizki,   ushbu   tushuncha
va   timsollar   dastavval   arab   xalqlari   ma’naviy   olami   va   irfoniy   adabiyotida
shakllanib,   keyinchalik   fors-tojik   adabiyotiga   o’tgan.   Orif   Allohni   haqiqiy
ma’noda   bilguvchi   v a   t a n i g u v c h i ,   donishmand   kishidir.   Orif     Haqning
ma’rifatidan   ogoh.   U     ma’rifatni   ilhom   va   hol   orqali   anglaydi,   Ollohni   to’la
mushohada   va   mubohasa   qila   oladi.     Ma’rifat   o’zi   nima?   Ma’rifat   –   insonning
o’zini   va   Robbisini   tanish   salohiyatidir.   Ya’ni,   ular   ma’rifatni   bir   nur bilib ,   imon
ahli   shu   ma’rifat   nurlari   orqali   Yaratganga   yaqinlashadilar   hamda   abadiy
saodatga   erishadilar.   Orifning   ko’ngli   –   Tangri   taoloning   taxti.   Shu   ma’noda   u
borliqning   markaziy   nuqtasi   bo’lib,   barcha   davrlarda   hodisotlar   uning   atrofida
turli   daraja   va   shakllarda   qayta-qayta,   takroriy   holda   tasvirlanaverdi.   Biroq
qanotdek ilohiy hikmat-u ma’rifat bo’lmaganida, pashsha parvoz eta olmaganidek,
orif ko’nglidek misilsiz ma’rifat manbasi – sir-u asror bahri bo’lmasa, shubhasiz,
15 olamlar ham ko’k yuzini ko’rmagan bo’lar edi.  Ahli   shariat   hukmiga   ko’ra,   inson
payg’ambarlarni   tasdiqlab,   ularga   izdoshlikni   zimmasiga   olgach,   imon
maqomiga   yetishib,   mo’min   nomini   oladi.   Shunda   u   ibodatga   berilib,   tun -
kunini   toat - ibodat   bilan   o’tkazib,   ibodat   maqomini   egallagach,   obid   nomini
olgan.   Ibodat   umrining   asosiy   mazmuniga   aylangach,   oxir   oqibat   uning
dunyodan   ko’ngli   sovib   mol - mulk,   martaba   va   mavqeyni   tark   etadi.   Buni   biz
dostondagi   ikkinchi   maqolatga   ilova   qilingan   Ibrohim   Adham   hamda   Robiya
Adviya haqidagi hikoyat asosidagi  ko’rishimiz mumkin.
Qildi chu Adham xalafi tarki joh,
Toji fano boshig’a qo’ydi Iloh.
Berdi fano eliga mulku hasham,
Biyobonning qat’ig’a qo’ydi qadam.[H.A.-B.118.]
  “Vujudi   bashariy   his - tuyg’u,   zuhd   maqomini   ishg’ol   qilib,   zohid   nomini
oladi.   Zuhd   va   zohidlik   insonga   ashyo   va   ashyoning   hikmati   qanday   bo’lsa,
xuddi   shu   tarzda   ko’rishga   imkon   bergan,   mulk,   malakut   va   jabarutda   unga
noma’lum   bo’lgan,   deyarli   hech   nima   qolmagan.   O’zini   va   Yaratganni   tanishga
muvaffaq   bo’lgach   inson   ma’rifat   maqomiga   ko’tarilib,   orif   deya   atalgan.
Oriflik   esa   eng   oliymaqom,   soliklardan   juda   oz   qismi   valilikning   chegarasi
bo’lgan   mazkur   martabaga   sohib   bo’lishgan 13
”. Ma’rifat   orif   qo’lga   kiritgan   ilm
bo’lib,   qalb   zavqi   va   ko’ngil   mushohadasidan   tug’ilgani   uchun   botiniy   ilm
hisoblangan.   Ma’rifatda   qalbning   tozaligi,   ma’naviy   kuch - quvvati   va
imtiyozlariga   alohida   ahamiyat   berilgani   bois   Alisher   Navoiy   oriflik   mavzuyi
talqinlari   bilan   jiddiy   mashg’ul   bo’lgan.   Zero,   oriflik   ilmi,   hikmati,
botinbinligi,   donishmand   va   to’g’riligi   hamma   zamonlar   uchun   ibrat   va
namunadir.   Orifning   qanoati,   sukuti,   sir   saqlashi,   murosasiz   komillikni   xayolga
keltirish   dushvordir.   Avvalo,   “Nasoyim   ul - muhabbat”   tazkirasida   muallif   va
valiy   zotlarning   ma’rifat   tushunchasi   va   oriflik   holi   to’g’risidagi   fikrlariga
tayangan   holda   i s h i m i z d a   o’z   mulohazalarimizni   bildirdik.   Orifning
o’zgalar   siyratidan   ogoh   bo’lish   iqtidori   va   hech   bir   bandaga   hasad
13
 Nas afiy   A.   Insoni   komil.   –   Istanbul:   1990,   –   B.   24.
16 qilmasligi   hamda   sir   saqlash   layoqatiga     doir   shayxlar     tilidan     aytilgan:
“Orif     uldurki,     sening   sirringdin   so’z   aytqay   va   sen   xomush   bo’lg’aysen” 14
,
“Orifqa   sirrida   bir   ko’zgu   beribdurki,   har   qachon   ul   ko’zguga   boqsa,   ani
ko’rgay” 15  
kabi   fikr - mulohazalar   tahlilga   tortilib,   orifning   yuksak   fazilatlari
xususidagi   qarashlar   ta’kidlangan .   Alisher   Navoiy   barcha   janrdagi   asarlarida
orif   obrazi   va   ma’rifat   mohiyatiga   e’tibor   qaratadi.   Jumladan,   “Orif   ko’nglin
daryog’a   nisbat   berurki,   anga   har   ne   tushsa   singirur   balki   itirur”   sarlavhali
qit’asida   orifning   eng   xarakterli   xususiyatini   tavsiflaydi:
Erur   orifqa   ganji   fayz   yetsa,
Ishi   dam   urmayin   ani   yoshurmoq.
Quyosh   aksi   tushub   daryo   ichinda,
Ne   mumkindur   oning   suvin   toshurmoq. 16
  Ibn   Sinoning   bildirishicha   esa,   oriflar   nazdida   ruhni   poklab,   zuhd-u   toat
bilan   halol   yashashga   intilish   –   faollik,   nafsga   itoat   qilish   esa   ojizlikdir.
Haqiqatga   o’xshab   ko’ringan   lazzat,   mayl - istak,   orzu - havaslarga   berilish
zalolatdir.   Jon   dili   bilan   haqiqatga   sodiqlik   najot   yo’li   hisoblangan.   Oriflik
ta’limi,   chin   ma’rifat,   voz   kechish,   ajralish,   tiyilish,   uzoqlashishga   asoslanadi.
Shulardan   keyin   solik   Haqning   fe’li   va   sifatlarini   tanishga   datlanadi.   Oriflik
ma’rifati   Haq   dargohiga,   haqiqatga   yetishish   bilan yakunlanadi.  Junayd   Bag’dodiy
deydiki,   oriflikning   boshi   barcha   ilmlarni   Allohdan   deb   bilishdir,   kishi   “o’zi
egallagan   ilmlarni   ham   Haq   kamolining   ifodasi   odam   ilmini   esa   nisbiy,   nuqsonli
va   Alloh   ilmiga   nisbatan   to’lishib   boradigan 17
” deya   hisoblashdan   boshlanadi .
Ya’ni,   Yaratganning   o’zi   qalbingga   nazar   solmasa,   zohir   ilmi   bilan
ma’rifatga   aslo   erisholmaysan.   Alloh   hamma     joyida     mavjud.   Shunday   ekan
14
  Navoiy   A.   MAT.   17-jild. Nasoyim   ul-muhabbat.   –   Toshkent:   Fan,   1997,   –   B.
15
    Navoiy   A.   MAT.   17-jild. Nasoyim   ul-muhabbat.   –   Toshkent:   Fan,   1997-   B.   69.
16
  Navoiy   A.   MAT.   4-jild. Navodir   ush-shabob.   –   Toshkent:   Fan,  1989,   –   B.   512.
17
 K omilov   N.  Tasavvuf.   –   Toshkent:   Movarounnahr   –   O’zbekiston,   2009.   –B.   279   -280.
17 inson   uni   o’z    borlig’idan   tashqarida   izlashiga   hojat     yo’q.   Oriflik   maqomiga
ko’tarilmoqni   niyat   qilgan   tolib   dastlab   o’ziga,   so’ng   o’z   atrofidagi   narsa   va
ashyolarga   boqib,   Allohning     sifatlarini   tanish,   anglash   ma’rifatini     to’la
egallashi     shartdir.   Buni   biz   dostondagi   Ansoriy   misolida   anglaymiz.
Aksincha,     ilmi     irfondan     bexabar   kishilar   bu   yo’lda   o’z   boshlariga   tashvish
orttirishdan   boshqasiga   yaramaydilar.   Ularning   asl   manzilga   erishish   ilinjida
chekkan   riyozati,   g’ayrati   va   barcha   xatti-harakatlari   besamardir .   Orif
hamisha   vahdat   siridan   voqif   bo’lish   uchun   haqiqat   sari   tinimsiz   ilgarilab
borayotgan   tolibdir.   U   har   on   ma’nan   va   qalban   uyg’oq.   Shuning  uchun   ham   uning
munavvar   nurga   limmo-lim   qalbi   borliq   Sohibining   sir-u   asroridan     boxabar
bo’ladi.  
Orif   tasavvufda   asosiy   istilohlardandir.   U   nafaqat   Alloh   Taolo
ma’rifatiga   ega   ulug’   zot,   buyuk   shaxsiyatni,   shuningdek,   tasavvufdagi   yuksak
rutbani   ko’rsatishda ham  asos   bo’ladi.   Biroq   arab   tiliga   mansub   “orif”   so’zi
–   islomgacha   bo’lgan   davrlarda   ham   qo’llanilgan.   Keyinchalik   esa
boshqacha   ma’no - mohiyat   kasb   etgani   ma’lum.   Tadqiqot   natijasida   shu   narsa
ayon   bo’ldiki,   tasavvuf   ta’limotining   ilk   davrlarida   “orif”   istilohi   muridlarga
vazifa   tayin   etuvchi   va   ularni   nazoratda   tutib,   tarbiyalab   boruvchi   rahbar
zotlarga   nisbatan   ham   qo’llanilgan   ekan.   Mumtoz   adabiyotda   ma’rifatli
kishilarni oriflar deyishadi. Oriflarning sifatlarini buyuk alloma Abu Muhammad
al-Yofiy   r.h.   ning   “Qimmatli   yaxshiliklarni   yoyish”   kitobida       quyidagicha
izohlangan:
  Zunnun   Misriy   aytadilarki:“Zohidlar   oxiratning   podshohlaridir,   vaholanki
ular oriflarning eng faqirlaridir”.
Abu Yaziyd al-Bistomiy aytadilarki: “Orif uchuvchidir, zohid yuruvchidir”. 
Abu   Turob   an   Naxshabiy   aytadilarki:   “Oriflar   shunday   kishiki,   uni   hech
narsa kir qilolmaydi, holbuki, u bilan har bir narsa musaffo bo’ladi”.
Abul   Qosim   al-Junayd   aytadilarki:   “Orif   shunday   kishiki,   sirri   bilan   haqni
gapiradi, vaholanki o’zi jim turadi”.
18 Abu   Bakr   ash-Shibliy   aytadilarki:”   Orif   shunday   kishiki,   o’zidan   boshqalar
haqida   mulohaza   qilmaydilar,   boshqalarni   gapini   gapirmaydilar,   o’ziga   Alloh
taolodan boshqa qo’riqlovchini ko’rmaydigan kishidir”.
Oriflik   maslagi-   til,   tafakkur   va   mohiyat   o’ziga   xosligi   xususida   u   yoki
bu   tarzda   fikr - mulohazalar   bildirish,   avvalo,   mashhur   so’fiylarning   “ilm”   va
“ma’rifat”   kalimasi   sharhi   hamda   orif   obrazi   haqida   bildirgan   rang - barang
ta’rif - u   tavsiflariga   e’tibor   qaratib   mushohada   yuritmoqni   taqazo   etadi.
Shuning   uchun   tasavvuf   allomalarining   kitoblariga   tayanildi.   Oriflarga   xos
hol   va   xususiyatlar   haqida   so’zlar   ekanmiz   shuni   ta’kidlab     o’tish     joizki,
Sulton ul orifin     Ahmad     Yassaviy     hikmatlaridan   birida:
“Chunki   tushtum   maydonga,   maydonni   to’la   ko’rdum,
Yuz   ming   orifni   ko’rdum   –   barcha   javlon   ichinda 18
”,
deya   faxrlanganida   chindanam   haq   e d i .   Aslida   ham   oriflar   –   ma’rifat
maydonida   hamisha   to’xtovsiz   harakatda   bo’lganlar.   Chunki   ular   ilmlarini
oshirgan   sayin,   naqadar   ojiz,   nechog’liq   Allohga   ehtiyojmand   ekanliklarini
yanada   chuqur   anglab   boraverganlar.   Shu   ma’noda   mumtoz   adabiyotimizda
ko’p   bora   tilga   olinadigan   “tavbani   sindurmoq”,   “tavbadan   tavba   etmoq”   kabi
iboralar   oriflarga   xos   bo’lib,   Navoiy   ham   botinida   kechgan   ushbu   yuksalish
holini   quyidagicha   ifodalagan :
Gar   qilsa   kishi   qilib   gunohye   tavba,  
Ul   jurmg’a   bo’lsa   uzrxohi   tavba.  
Qilmoq   necha   goh   jurmu   gohi   tavba,
Bu   jurm   ila  tavbadin,   ilohi,  tavba  
. 19
  Har   bir   yuksalishda   o’zini   yangidan   malomat   qiluvchi,   har   gal
tavbasidan   tavba   etuvchi   orifdir.   Oriflar   bosqichma-bosqich   ta’limni   ado   etgan,
ilmi   ladundan   xabardor   so’fiylar,   tavhid   maqomiga   ko’tarilgan   valiylardir.   Ular
beqaror   hollarni   barqarorlashtirgan   tamkin   holi   sohibi   sanaladilar.   Oriflarning
18
  Ahmad   Yassaviy.   Hikmatlar   kulliyoti.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,   2011.   –   B.   219.
19
    Navoiy   A.   MAT.   1-jild.   Badoye’   ul-bidoya.   Toshkent:   Fan,   1996.   –B. 657
19 Yaratganga   qurbati,   ayniqsa,   tun   kechalardagi   bedorligi,   zor-u   nolalarida   ayon
bo’ladi.   Natijada   ularlarning   ixlos   ila   intilishi   Yaratgan unsiyatiga   olib   keladi:
Alloh   degil,   ey   Qul Ahmad,   yoshing   oqg’ay,
O’tgan   orif   himmat   bilan   eling   tutqay,
Yig’lab yurgil, Rahim   Mavlim   rahmi   kelgay,
Xoja   qulin   hargiz zoye’ qo’ymas   bo’lur. 20
Bunday     xos     qullarga     hijron     va     visolning,     borliq     va     yo’qlikning
tafovuti   yo’q.   Oriflar   har   vaqt va   har   yerda   Alloh   bilan   birgadir.   Ular   uchun   uyqu
va   bedorlikning   ham   ahamiyati   yo’q.  Shu   ma’noda   ular   nafas   sohiblari   bo’lib,   har
nafasi   Haq   bilandir.   Orif  va   oriflik   haqidagi   “Devoni   hikmat”dagi  fikr - qarashlar,
atoqli   olim   Abdurauf   Fitrat   iborasi   bilan   aytganda,   Yassaviy   maktabi   shoirlari
tomonidan   davom  ettirildi:
Orif   qullar   Haq   yodidin   g’ofil ermas,
G’ofil   bo’lub,   shaytong’a   murod   bermas,
Bu   yo’lg’a   kirgon   kishi   nelar   ko’rmas,
  Ko’rmishini   tekma   yerda   dermi   bo’lur. 21
    Ma’lumki,   tasavvufda   nafsi   mulhama   maqomidagi   solik   qalbiga   ilhom
beriladi.   Bu   irfoniy-badiiy   adabiyotlarda   xotir,   vorid,   ilhom   nomlari   bilan
k i r a d i .   Va   so’fiylar   bu   xotirlarni   uch   turga   b o ’ l a di:   xotiri   nafs,   xotiri
shayton,   xotiri   Haq.   Aytish   joizki,   riyozat   davomida   jahd   etgan   solik   oriflik
darajasini   qo’lga   kiritgach,   har   dami   xotiri   Haq   bo’ladi.   U   har   narsada,   har
hodisa da   Allohning   fe’li   va   sifatini   mushohada   eta   boshlaydi.   U   har   on   har   narsa
Allohdan   ekanligiga   iqrordir.   Ya’ni,   hech   bir   narsa,   mo’jiza   (karomat)   va
favqulodda   kutilmagan   hodisa   orifni   Yaratganga   bo’lgan   unsiyatidan,   imon-u
e’tiqodidan   bir   dam   ham   ajrata   olmaydi.  
Orif   on   don,  ki   gar   aflok   zi   ham   bishkofad,  
Ba shuhudash   narasad   manbai   nuqsi   future.  
22
Mazmuni:   Mabodo   falak   ikkiga   ayrilganida   ham,   imon-e’tiqodiga,
20
  Ushbu manba.- B   56.
21
   
Ahmad   Yassaviy.   Hikmatlar   kulliyoti.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,   2011.   –   B.   388.
22
  Navoiy   A.   MAT.   18-jild. Devoni   Foniy.   –   Toshkent:   Fan, 2002,   –   B.   18.
20 umuman,   nuqs-u   zarar   yetmasa,   aniq   bilgilki,   o’sha   kishi   haqiqiy   orifdir.
Tasavvuf   –   nafsni   tanish   hikmati,   ya’ni   ma’rifatdir.   Inson,   avvalo,   o’zining
yaratilish   sababini   teran anglamog’i   kerak.  Bu   mushohadalar   o’z-o’zidan   insonda
nafsini   tarbiyalashga,   Parvardigorini   tanishga   qat’iyat,   sabr-toqat   paydo   qiladi.
Va   bu   ishtiyoq,   intilish   va   izlanish   oriflik   maslagidir.   Oxir   oqibat   ma’rifat
talabgori   bashariy   sifatlarni   anglagan,   ilohiy   sirlarni   his   etgan  nafas   sohibi   –   orifga
aylanadi. Sulaymon   Boqirg’oniy   Haqqa   qul   bo’lgan   oriflardagi   hollardan   bahs
etmoqda.   Orif   “qul”   lafzi   bilan   kelganda   ma’naviy   yetuklik   haqidagi   tasavvur
juda   tiniqlashadi.   Shaksiz,   oriflar   bu   qullik   orqali   hurlikka   yetishadilar.
Albatta,   qul,   er   kabi   oliy   martabalarga   ega   bo’lmoq   uchun   Haq   ma’rifatidan
ogoh   orif   bo’lishi   kerak.   Masalan,   Haq   va   orif   munosabatiga   urg’u   bergan
hikmatida   Ubaydiy   bunday degan  edi:
Birdursenu   valomakon,  lomakonda   jovidon,
Borliging’a   yo’q   gumon,   oriflarg’a   ayonsen.
Darveshlarg’a   hidoyat,   voliylarg’a   viloyat,
Yo   Rab, qilg’on   inoyat,   oriflarg’a   irfonsen  
. 23
Ushbu   hikmatlar   ham   oriflar   Allohni   tanigan   ma’rifat   egalari   ekanligini
isbotlamoqda.   Oriflar   hamma   zamonlarda   ham   jamiyatda   ibrat   bo’lgan   shaxslar
edi.   Ular   ilm-u   irfon   manbai   sanalgan.   Orifning   xususiyatlarini   ochib   berishda
tarixiy   siymolarga   e’tibor   qaratilishi   Sharq   adabiyotida   sinalgan   tajribalardan.
Sharq   mumtoz     adabiyotida   o’lmas     asarlar   yaratgan   ulug’   so’z   san’atkori
Alisher   Navoiy   ayni   zamonda   ulkan   mutassavif   edi.   Uning   borliq   va   olam
haqidagi   tushunchalari,   qarashlari   boy   tasavvufiy   mazmun   bilan   uzviy
bog’liq dir .   Shuning   uchun   ham   shoir   ijodiyotida   irfoniy   g’oyalar   ustuvorligi
hamda   tasavvufiy   istilohlarning   izchil   qo’llanishi   asarlariga   fayz   va   kuch
bag’ishlagan.   Alisher   Navoiy   butun   insoniyatni   zalolatdan   ogoh   etuvchi   daho
ijodkor.   U   jamiki   asarlarida   odam   hayotida   ilm   va   irfonning   ahamiyati
to’g’risida   to’xtaladi,   ibrat   bo’la   oladigan   shaxslar   –   orifibillohlarni   asosiy
23
  Ubaydiy.   Hikmatlar.   –  Toshkent:   Movaraunnahr,   2020,   –  B.   18.
21 qahramon   sifatida   tanlaydi.   B u n i   b i z   “ H a y r a t   u l - a b r o r ”   d o s t o n i
m i s o l i d a   k o ’ r a m i z .   Uning   ijodida   dunyoning   ma’naviy   sultonlari   oriflardir.
Sayid   ul - orifindan   sulton   ul -   orifingacha   bo’lgan   oriflik   maqomlaridan   bahs
etadi.   Alisher   Navoiy   asarlarida   nafaqat   orif   obrazining   ma’naviy   qiyofasi
mahorat   bilan   chiziladi,   balki   oriflikka   da’vat   etib,   bu   martabaga   sohib   bo’lish
sir - asroridan  ham xabar   beradi.
Ma’rifat,   ya’ni   Haq   va   nafsini   tanigan   oriflar   o’zlikni   yengish   yo’llarini
ham   izlashgan.   Buning   uchun   astoydil   riyozat   chekib,   tavhid   maqomiga
ko’tarilishgan.   Oriflar   ahli   ma’ni   toifasiga   mansub   bo’lgani   bois   zohirparastlarga
qarshi   bo’lishgan.   Navoiy   haqiqatni   tanimoq, Navoiy   ijodining   bosh   maqsadi
bo’lgan.   Zero,   ma’rifat   orqali   inson   o’zining   sharifligini,   dunyoga   kelish
maqsadini   anglaydi.   Shu   bois   bu   mavzuga   Navoiy   har   bir   asarida   janr   talab
va   imkoniyatlaridan   kelib   chiqib   qayta-qayta   murojaat   etadi.   Goh   Qur’oniy
oyatlar,   goh   hadisi   sharif,   ba’zan   valiylar   hikmati,   ba’zan   esa   o’zining   orifona
xulosalari   bilan   ma’rifatning   mohiyatidan     bahs     etadi.  Insoniyatni  ogohlikka
chorlaydi.   D evonlarida   orif   lirik   qahramon   sifatida   gavdalanadi.   Tazkira,
umuman,   nasriy   asarlarida   orif   real   tarixiy   shaxslardir.   Shoirning   ularga   bergan
ta’riflarida   ham   oriflik   rutbasi   va   fazilatiga   hamisha   ahamiyat   beradi.   Abu   Said
Xarroz   (q.s.t.)   haqida   ma’lumot   berar   ekan:   “Agar   Alloh   taolo   Abu   Said   Xarroz
erishgan   haqiqatni   bizdan   talab   qilganda,   albatta,   halok   bo’lardik.   Bu   so’zi
Junaydning   dalil   bo’la   olurki,   Abu   Said   Xarroz   andin   ulug’roq   va   aning   piri
bo’lg’ay   va   aning   ustodi.   Shayx   ul - islom   debdurki,   bukim   Boyazidni   Sayyid
ul - orifin   debdurlar,   Sayyid   ul - orifin   Haq   subhonahu   taolodur   va   odamiylardin
Muhammad   arabiydur   (s.a.v.)   va   bu   toyifadin   Abu   Said   Xarrozdur 24
”   –   deydi.
Demak,   Haqiqiy   orif   Olamlarning   Robbi   Alloh   taolodir.   Bashariyat   ahlidan
esa   komil   inson,   komil   orif,   shubhasiz,   payg’ambarimiz   Muhammad   Mustafo
sanaladi.   Albatta,   Rasulullohning   hayot   yo’lini   ibrat   sifatida   qabul   qilgan,
shariatni   hayotiy   mezoniga   aylantirgan   chin   voris   ulamolar   oriflar   hisoblanadi.
Bu   masalada   Navoiyning   qator   e’tiroflari   fikrimizni   d a l i l laydi.   Turk
24
  Navoiy   A.   MAT.   17-jild. Nasoyim   ul-muhabbat.   –   Toshkent:   Fan, 1997,   –   B.73.
22 olamida   bir   necha   valiylarning   murshidi   komili   sanalgan   Xoja   Yusuf     Hamadoniy
xususida:   “Imom,   olim,   orifi   rabboniy,   go’zal   hollari,   ko’p   ehsonlari,   yuksak
karomot   va   maqomotlari   bor   edi 25
” ,   –   deydi.   Ko’rinib   turibdiki,   yassaviya,
xojagon   –   naqshbandiya   kabi   mashhur   tariqatlarni   dunyoga   keltirgan   Ahmad
Yassaviy,   Abduxoliq   G’ijduvoniy   kabi   shayxlarni   tarbiyat   etgan   Yusuf
Hamadoniy   hazratlari   ilohiy   ilmlarni   egallagan   murshid   –   orifi   Rabboniy   edi.  
BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR
1.   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   g‘oyaviy-badiiy   mazmunini   inson
ko‘ngli,   uni   barcha   mavjudotlardan   aziz   va   mukarram   qilib   turuvchilar   ruhiy
olami   manzaralari,   koinot   va   inson,   jamiyat   va   shaxs   munosabatlari,   Tangri
insonga   in’om   etgan   hayot   ajoyibotlaridan   hayratlanish   tashkil   etadi.   Mazkur
dostonda   har   qanday   zamon   va   makon   uchun   benihoya   ahamiyatli   bo‘lgan -
buyuk   Xoliq   tomonidan   bu   olamning   yaratilishi,   insonning   bu   olamdagi   o‘rni,
mavqeyi,   burchlari,   vazifalari   haqida   ijtimoiy,   axloqiy,   falasafiy   fikrlar   o‘rin
olgan.   U n d a   shoirning   falsafiy-tasavvufiy   qarashlari   Alloh   Olam   Odam   birligi
doirasida   talqin   etiladi.   Doston   “Xamsa”   turkumlari   uchun   o‘ziga   xos   poydevor
vazifasini   bajargan.   Xuddi   maqolaning   tezisi   kabi   butun     “Xamsa”   mohiyati
aslida   javhar   sifatida   ilk   dostonda   mujassam.
2.   Ma’rifatda   qalbning   tozaligi,   ma’naviy   kuch - quvvati   va   imtiyozlariga
alohida   ahamiyat   berilgani   bois   Alisher   Navoiy   oriflik   mavzuyi   talqinlari
bilan   jiddiy   mashg’ul   bo’lgan.   Zero,   oriflik   ilmi,   hikmati,   botinbinligi,
donishmand   va   to’g’riligi   hamma   zamonlar   uchun   ibrat   va   namunadir.   Orifning
o’zgalar   siyratidan   ogoh   bo’lish   iqtidori   va   hech   bir   bandaga   hasad
qilmasligi   hamda   sir   saqlash   layoqatiga egaligi.   Yuksak   ma’naviyat   egasi
ekanligi   mazkur   dostonda   ifodalangan.   Oriflar   nafaqat   o’z   nafsini   tarbiya   etgan,
bil’aks   butun   insoniyatga   ma’rifat   ulashuvchi,   hidoyat   sari   boshlovchi   ma’naviy
25
  Navoiy   A.   MAT.   17-jild. Nasoyim   ul-muhabbat.   –   Toshkent:   Fan, 1997,   –   B.252.
 
23 murabbiylardir.   Oriflik   tasavvufning   bosh   maslagidir.   Shu   bois   tasavvufga   doir
manbalarda oriflik matlabining haqiqatlari alohida batafsil sharhlangan.
II BOB. “HAYRAT UL-ABROR”  DOSTONIDA ORIFONA
HIKOYATLAR TALQINI
2.1. Dostondagi hikoyatlarda payg’ambarlar va aziz avliyolar  timsoli 
talqini
Alisher   Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”   qomusiy   asar   bo'lib,   uning   asosiy
qismini   tashkil   etuvchi   maqolat   va   hikoyatlarda   barcha   zamonlar   uchun   o'ta
dolzarb bo'lgan barkamol avlod, komil inson haqidagi ulug' mutafakkirning teran
axloqiy-ma'naviy, ijtimoiy-falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini topgan.Asardagi
hikoyatlar  esa  maqolatlarda ilgari  surilgan tayanch g'oyalarni  kitobxon   shuuriga
24 yanada teranroq ta'sir etishi, uning  mavzu bilan mukammalroq tanishishiga imkon
yaratadi.
Dostondagi   har   bir     maqolat   va   hikoyat   tasavvufning   biror   bir   masalasini
badiiy   talqin   etishga   bag’ishlangan   bo’lib,   asarning   umumiy   mazmuniga
singdirilgan.   Hikoyatlar   dostonning   badiiy-tasviriy   qiymatini   oshirishga   xizmat
qilgan. Shayxlar, alloma zotlar e’tiqodi, prinsiplarini ko’rsatish barobarida, kichik
lavhada   ularning   xarakterli   xususiyatlari   ochib   berilgan.Ya’ni   Tangiri   taologa
sadoqat,   o’z   e’tiqodi   yo’lida   poklik,   iymon   yo’lida   jon   fido   qilishga   tayyor
turishga,   ibrat-namuna   ko’rsatish   Boyazid   Bistomiy   ,   Ibrohim   Adham,   Robiya
Adviya,   Ansoriy,   Shibliy,   Suhravardiy,   Shayx   Iroqiy,   Muborak   Marvaziy   kabi
tarixiy   shaxslar   hayotining   o’zi   afsonaga   aylangan   ular   timsol   darajasiga
ko’tarilgan   valiylik,   komillik   timsoli   bo’lib   qolganlar.   Hikoyatlar   ana   shu   timsol
siymosidagi chizgilar hisoblanishi mumkin. 
                Hikoyatlar   maqolatlardagi   g’oyani   tas’diqlaydi,   misol   tariqasida
isbotlashga   xizmat   qiladi,   ammo   shunga   qaramay     tas’diqlovchi   g’oyaviy   yakun
keltiriladi.     Dostondagi   hikoyatlar   qisqa-qisqa   shaklda   bo’lib,   asosiy   voqeani
bayon   etishga   e’tibor   qilingan.   Biroq     shu   qisqa   syujet     ichida   ham   shoir
qahramonning   xatti-harakati,   asosiy   xislat   va   karomati,   hozirjavobligini   ko’rsata
olgan.   Hikoyatlar   muhim   timsol   sifatida   muayyan   ijobiy   g’oyani   yoyish,   ibrat
bo’lishga   xizmat   qilgan.   Sharq   adabiyotida   payg‘ambarlarning   hayoti,   yashash
tarzi   va   fe'l-atvori   barcha   insonlar   uchun   o‘rnak,   namuna   bo‘lib   kelgan.   Ularga
bag‘ishlab   alohida-alohida     asarlar,   qator   risolalar   bitilgan.     “Xamsa”
dostonlarning   avvalida   Ollohga   hamd-u   sano   o‘qib,   Navoiy   payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v)ga na't  keltiradi. Payg‘ambarlar   tarixini izchil o‘rganib, qat'iy
tizim   asosida   “Tarixi   anbiyo   va   hukamo”   asarini   yozgan   Navoiy   har   bir
payg‘ambar   hayoti   va   faoliyatiga   oid     ma'lumotlarni   bayon   etib,   qisqa   to‘rtliklar
ham   ilova   qilgan.   Demak,   Hazrat   Alisher   beshlikda   rasullar     turmushini   o‘ziga
o‘rnak   sifatida   olib,   payg‘ambarlar   siymosini   asarlardagi   g‘oya   bilan   bog‘lashga
harakat   qilgan.   Navoiy   payg‘ambarlardan   Xizr   alayhissalom   va   Ayyub
alayhissalomning   xislatlarini   ulug‘laydi.   Dostondagi     maqolat   va   ularga   ilova
25 qilingan hikoyatlarda yetti so‘fiy timsolini tadqiq etadi. Bular Boyazid Bistomiy,
Ibrohim Adham, Robiya Adviya, Xoja Abdulloh Ansoriy, Shayx Faxriddin Iroqiy,
Shayx   Abu   Hafz   Suhravard,   Abdulloh   Muborak   kabilardir.   Navoiy   har   bir
maqolatga malum bir masala qo‘yib, hal qilish yo‘llarini tezis shaklida ko‘rsatib,
bir-biridan   go‘zal   tarixiy   so‘fiylar   siymosini   yaratgan.   “Hayrat   ul-abror”dagi
biror-bir   bob   ikkinchisidan   ajralmagan   holda   bir-biri   bilan   bog‘liq.   Shu   bois
tadqiqotda   har   bir   maqolat   va   undagi   hikoyat   tekshirilib,   ularning   bir-biriga
bog‘liqligi ko‘rsatilib berilgan.
     Tasavvuf  Navoiy ijodida katta ahamiyat kasb etadi. Odamlarga yaxshilik
qilish,   ularga   naf’   keltirish   Navoiyning   tabiatida   bor   edi.   Xaq   taolo   barcha
insonlarni   birday   yaratgan   bo‘lsa-da,   ularning   ichidan   saxovatpesha,   foyda
keltiruvchilarni gavharday aziz qilgan. Chunki bu ezgu xislatlar payg‘ambarlarga
xos.   “Hayrat   ul-abror”ning   o‘n   uchinchi   maqolatida   Navoiy   kishilik,
odamiylikning   eng   yaxshi   fazilat   va   xislatlarini   qalamga   oladi.   Naf'   keltiruvchi
zotlarning   mehri   xuddi   quyosh,   tong   kabi   serbarokat,   ko‘ngillari   dur-u   sadaflar
koni,   qalblari   sham     misol   yorituvchi,   shiorlari   insonlarga   foyda   keltirish.   Bular
qanchalik   ko‘p   odamizodga   yaxshilik,ezgulik   qilsa,   Alloh   ularga   shuncha   ko‘p
iltifot qiladi.
 Naf' eturmakka shior aylading, 
 O‘zungga ul naf'ni yor aylading. [H.A.-B 234]
       Yomonlik-pastkashlikning nishonasi, lov etib yonish-otashga xos. Ammo
pastkashlikdan   kishi   foyda   ko‘rmaydi,   lov   etib   yonib,   tezda   o‘chadigan   olovdan
esa   badan   isimaydi.   Yomon   xislatli   odamlar   xuddi   olov-u   otashga   monand.   Bu
kimsalar   oddiy   toshni   la'l,   sadaf   siniqlarini   inju,   ninani   nayzaning   uchi,   oddiy
arqonni   ilon   deb   biladilar.   Navoiy   bu   turfa   insonlarni   yorug‘likni   ko‘rmaydigan
ko‘rshapalakka mengizadi. Ammo naf', ehson kishilari gavhari pokday hech vaqt
qiymatini   yo‘qotmaydi.   Bu   “chaman   o‘lmog‘ida”   Yaratganning   maqsadi   inson
edi.   Insonlar   orasida   ko‘p   mashaqqat   chekkan   komil   zot-Muhammad
payg‘ambardir. Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning  ham asosiy mezoni naf' edi. Shu bois
inson Navoiy nazdicha, shu Rasul ummati bo‘lganiga shukr qilishi kerak. 
26     Odamlarga foyda, naf’ yetkazish, saxovat kamarini uzun qilish shukrdir.
Shukri nedur- naf' fuzun aylamak,
Bazl kamandini uzun aylamak. [H.A.-B 239.]
     Demak, naf’ yetkazish payg‘ambar va uning ummatlariga xos xislat ekan,
Avvalo, ehson qilish va bundan keltirish  naf’dan orlanmaslik. 
Bo’lmoq agar ko’p esa ham bazlsoz,
Bergali or aylamak bo’lsa oz.  [H.A.-B 239.]
    Agar odamning mol-mulki oz bo‘lsa, unda til, ya'ni so‘z bilan ehson qilish
kerak.
 So‘z bila kufr ahli musulmon bo‘lub,
So‘z bila hayvon degan inson bo‘lub. [H.A.-B 239]
            Agar   odam   boshqalarga   so‘z   bilan   naf’   yetkaza   olmasa   unda   uning
ko‘nglida   andeshasi   bo‘lsin.   Andeshasizlar   shoir   nazdicha,   “go‘rkanu   g‘osilu
jallod erur”.
   So’z bila naf’ o’lmasa el peshasi,
   Yaxshi kerak ko’nglida andreshasi.  [H.A.-B 240]
     Keltirilgan  sifatlardan  yuksakroq jihat ham borki, bu tama' qilmaslikdir.
Bu   oliy   xislat   payg‘ambarlar   va   Haq   oshiqlari   bo’lmish   so‘fiylarga   xos.   Chunki
ular   har   qanday   olqishni,   qilgan   ishini   ko‘z-ko‘z   qilib,   maqtov     eshitishini   Haq
yo‘lidan ozdiruvchi shaytoniy tama' yoxud nafs belgisi deb hisoblanganlar. Mana
shu fikr isboti uchun Navoiy bulutni chumoliga, gulni shamolga, mushk shishasini
supurgiga qarshi qo‘yib tazod san’atidan unumli foydalanadi. 
Topqononi sochti el uzra sahob, 
Kim oni haq ayladi gardun janob.
Mo’r terar harneki, sochqay kishi,
Bo’ldi tirik go’rga kirmak ishi.  [H.A.-B 241]
 Ya’ni, bulut o‘z topganini xalq ustidan sochadi, shu bois eng baland joydan
o‘rin olgan. Chumoli  bir  umr  odamlar  sochgan  donni  tashigani  uchun uning ishi
go‘rga kirib chiqish bo‘ldi. 
Chun sochar el uzra shukufa diram, 
27 Haq anga ne barglar aylar karam.
Elki yig’ar harne ul aylar nisor, 
Andin erur darbadaru xoksor.  [ H.A.-B 241]
 Gul doimo odamlarga xushbo‘y hid tarqatib, zavq bag‘ishlaydi. Shu jihatdan
Olloh unga yangi-yangi barg va g‘uncha beraveradi. Shamol gulning yaproqlarini
har yonga sochgani bois u doim darbadar, xor-u zordir.
Shishaki ruxsor uza sepgay gulob,
Toq uza asrorlar ani orzulab.
Chunki supurgi yig’ar inak dalil,
Yotmoq eshik keynida xoru zalil.  [ H.A.-B 241]
          Mushki   anbarni   o‘zida   saqlagani   uchun   shishani   odamlar   avaylab
tokchada   saqlashadi,   supurgining   xizmati   yig‘ish,   to‘plash   bo‘lgani   uchun   uning
o‘rni   eshik   orqasidir.   Agar   kishi   beminnit,  chin   ko‘ngildan   shirin  kalomlik   bilan
foydali   ishlar   qilsa,   Navoiy   nazdicha   bular   “bashar   xaylining   insoni”,   “odamilar
odami”dir.
Oni bashar xaylining insoni bil,
Odamilar odamisi oni bil. [ H.A.-B 242]
Xulosa   qilib   aytganda,   maqolatdagi   timsol   Payg’ambarimiz   Muhammad
(s.a.v.) ummati, uning yo‘rig‘idan toymay, odamlarga betama' foyda keltiradigan
saxovatpeshadir. U barcha yaxshi va yomon ishlarni Yaratgan Haqdan deb bilib,
boriga   shukr,   yo‘g‘iga   sabr   qiladi.   Zero,   naf'i   ehson,   saxovat,   shirin   muoamala
ham shukrning belgisidir. Maqolatda keltirilgan Shayx Ayyub haqidagi hikoyatda
Haq   yo‘lidan   toygan   bandaning   tavba   qilib,   yaxshilik   sari   qadam   qo‘yishi
tasvirlanadi.   Yozilishicha,   Ayyub   Alloh   ishqidan   mast,   jismi   sham'g‘a   hadast,
ya'ni, jismi shamdek ishq o‘tida kuygan.
 Bir kecha Ayyubi xalaf masti roz,
To‘kar edi sham'dek ashki niyoz.
Ashk duri bahrig‘a pobast edi,
 Kuymak aro sham'g‘a hamdast edi. [ H.A.-B 243]
28             Navoiy     Ayyub   alayhissalomning   uyini   tilla,   javohirlar   solinadigan
qutichaga, o‘zini esa quti ichidagi eng toza durga o‘xshatadi.
Xilvatida maskani bir burj   aro,
Durri samin o‘ylaki bir durj aro. [ H.A.-B 243]
        Bu   bir   o‘qiganda   ko‘zga   tashlanadigan   ma'no.   Ikkinchi   ma'nosi   shuki,
uning   uyi   Alloh   dargohi,   butun   borlig‘i,   xonumoni   ham   Alloh.   Yaratganning
karami   keng,   uning   saroyida   durday   toza,   pokdomon   zotlar   bisyor.   Haqning
xalafi–Shayx   Ayyub   alayhissalom   ham   shunday   zotlardan   biridir.   Ayyubi   xalaf
toat-ibodat   qilib,   tunni   tongga   ulaydigan   kechalarning   birida   “kisaburi   naqbzan”
(lahm kovlovchi o’g’ri) uning uyini teshib, o‘g‘irlikka kiradi. Ayyubi pokdomon
buni sezsa ham e'tibor bermay, toatini qilaveradi. O‘g‘ri ham uydan nimaiki topdi-
yig‘di,   bog‘ladi.   Qaytib   teshikka   kirmoqchi   edi,   sig‘madi.   Shu   yerda   Navoiy
“sichqon   sig‘mas   iniga,   g‘alvir   bog‘lar   dumiga”   maqolini   keltirib,   irsolu-masal
san'atidan foydalanadi.
 Tor ini sichqong‘a solib erdi g‘am,
 Quyruqig‘a bog‘ladi g‘arbol ham. [ H.A.-B 243]
   Buni ko‘rgan Shayx Ayyub o‘rnidan turdi-yu, eshikni ochdi.
Ko‘rdi chu Ayyubki ojizdur ul,
Qo‘pti eshik ochtiyu ko‘rguzdi ul. [ H.A.-B 243]
          Ham   mubolag‘a,   ham   tashbeh   san’atidan     ustalik   bilan   foydalangan
Navoiy o‘g‘rining bu holdan lol bo‘lib, na'ra tortib yig‘laganini selga qiyoslaydi.
 Na'ra chekib sel kibi to‘kti yosh, 
Shayx ayog‘ig‘a fido qiladi bosh. [ H.A.-B 244]
    Hikoyatda Shayx Ayyub allayhissalom  o‘g‘riga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, uni
tarbiyasiga   oldi.   Ushbu   hikoyatni   A.Abdug‘afurov   sof   satirik,   yumoristik
xarakterga ega deb talqin qilgan.  
Navoiyning hikoyatda aynan payg‘ambar Ayyub
alayhissalom   timsolini     talqin   etishining   asosiy   sababi,     Qur'oni   Karimda
yozilishicha,   Ayyub   payg‘ambar   asli   Rum   mamlakatidan   bo‘lgan.   Serfarzand,
boy-badavlat   yashagan.   Ammo   boshiga   birin-ketin   og‘ir   kunlar   tushib,   mol-
mulkidan ajralgan-qanoat qilgan, bolalari birin-ketin nobud bo‘lgan – sabr qilgan,
29 sog‘ligi yomonlashib, og‘ir xastalangan -shikoyat qilmagan. Ammo ayrim nopok
kimsalar   “bu   ko‘rguliklarni   Xudo   unga   yomonligi,   gunohkorligi   uchun   berdi”,
degan   malomatlarni   otgach,   uning   sabr-kosasi   to‘lib   Ollohga   iltijo   qiladi.
Marhamatli   Tangri   Taolo   unga   bor-budini   yana   qaytarib   beradi.   Ayyubning
Parvardigoriga   nido   qilib.   “Parvardigorim   meni   balo   ushladi,   o‘zining   rahm-
shafqat   qilguvchilarning   rahmlirog‘idirsen”,   deb   iltijo   qilgan.   Uning   duosini
mustajob   qilib,   undagi   ziyon-zahmatni   ketkizib,   mehribonlik   ko‘rsatib,   barcha
ibodat qilguvchilarga eslatma ibrat bo‘lsin deb Ayyub alayhissalomga ahli-oilasini
va   ular   bilan   qo‘shib   yana   o‘shalarning   mislicha   bola-chaqa     ham   ato   etgan.
Barcha   ibodat   qilguvchilarga   eslatma-ibrat   shuki,   boshlariga   biron   balo-kulfat
tushgan   insonlar   Ayyub   alayhissalom   singari   sabr-qanoat   qilsalar,   albatta,   Alloh
ularning   mushkullarini   oson,   balolarini   daf,   ne'matlarini   avvalgidan   ham   ziyoda
qiladi.   Demak,   Ayyub   payg‘ambar   siymosi   adabiyotimizda     sabr-toqat   ,   qanoat
timsoli   bo‘lib, kirgan. Fikrimiz isboti Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”ida.
Ayyub sifat qurt ranjig’a sobir bo’lsam,
Yahyo sifat ko’zlarimdin qon yosh to’ksam.
Muso sifat Tur tog’ida toat qilsam,
Dargohida Xojam qabul qilarmikin? [A.Y. –B 40] 26
         Tasavvufdan bizga ma’lumki   faqrning sakkiz -tavba, ibodat, muhabbat,
sabr, shukr, rizo, zuhd, oriflik   maqomi tilga olinib, shundan sabr maqomi hazrat
Ayyub   alayhissalomdan   qolgani   ta'kidlanadi.   Demak,   Navoiy   ham   muqaddas
Qur'onga   suyanib,   payg‘ambar   Ayyub   alayhissalom   timsolining   nabiylik
jihatlaridan   boshqa   yana   pir-murshidlik     sifatlariga   ham   alohida   urg‘u   beradi.
Hikoyatda   Ayyub   alayhissalom     faqatgina     “xalaf”   emas,   pir,   yo‘l   ko‘rsatuvchi
komil   inson   yoxud,   shoir   aytganidek,   “odamilar   odami”dir.   Hikoyatning
tasavvufiy talqini shunday: qalb ko‘zi ko‘r, odamlarga nafi tegmaydigan, tili ham,
ko‘ngli ham saxovatdan bebahra o‘g‘ri (murid) o‘g‘irlikka kiradi, ya'ni murshidga
bo‘ysunadi.   Lekin     u   hali   tariqat,   ma'rifat-u   haqiqatdan   bexabar.   Avvalo   tavba
26
  Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (Yangi topilgan namunalar). Movarounnahr. T.:2004. B-40 
30 qilish   kerak.   Shayx   Ayyub   alayhissalomning   eshik   ochib,   yo‘l   ko‘rsatishi
o‘g‘rining tavbasidir.
Onchaki berohliq ul ko‘rguzub,
 Shayx bu yanglig‘ anga yo‘l ko‘rguzub. [ H.A.-B 243]
    Bu yerda yo‘l-ramz,  u tariqatga boshlash va Allohni tanish yo‘lidir. Murid
bu yo‘lda pirga ehtiyoj sezadi. Tariqat yo‘lini bosishdan oldin muridning jismida
bir   o‘t   paydo   bo‘ladi   va   bu   otash   o‘zini   va   o‘zligining   yukini   ham   kuydiradi,
nafsidan xalos qiladi.
Jonig‘a bir o‘t solibon so‘zu dard,
Kim kuyub andin falaki lojuvard.
Egnidagi yukni bu o‘tg‘a urub,
         O‘zlugining ham yukini kuydurub.  [ H.A.-B 244]
      Solik   murshid   rahnamoligida   sulukka   kirgach,   pir   unga   faqirlik   xirqasini
kiydiradi. Bunda endi solikning o‘zligidan nom-u nishon qolmay, mahv bo‘ladi.
Kuydi sulk o‘tig‘a joni aning,
O‘ylaki, mahv o‘ldi nishoni aning.
O‘zluki chun kuydi nechukkim xase,
Topti ul o‘t birla yorug‘lik base.  [ H.A.-B 244]
          Ya'ni,   uning   (o‘g‘rining)   joni   suluk   ichra   kuydi,   mahv   o‘ldi,   demakki,
o‘zligi   (nafsi)   ham   xas   kabi   yonib,  shu   o‘t   butun   borlig‘iga  yorug‘lik   berdi.    Bu
yerda   takror   va   tanosib   san'atini   ishlatgan   shoir   aytmoqchiki,   gunohkor
pokdomon to‘liq solikka aylandi.
     Navoiy Shayxni komil inson deb tilga oladi va o‘ziga ham shunday bir
pir uchrashini, uning etagidan tutushni istab qoladi.
Komil anga berdi chu bu parvarish,
Ayladi bir avf bila muncha ish.
Netti, Navoiy quyubon telbalik,
Sen dog‘i ursang bir etakka ilik. [ H.A.-B 244]
          Navoiy   bu   yerda   talmeh   san'atidan   foydalanib   “telbalik”dan
osoyishtalikka yetaklagan piri-murshid Abdurahmon Jomiyga  ko‘nglidagi ilinjini
31 izhor etadi.  U yozadi: Umrim Nuh payg‘ambar (uzoq umr ko’rgan)day bo‘lmasa-
da,   sabrim     Ayyub   alayhissalomday     bo’lsin!   Haq   taolo   gunohlarimni   kechirib,
vasliga vosif qilsin.
Bot bo‘lu bir jom ila yetkur futuh,
Sabr esa Ayyubcha yo‘q umri Nuh.  [ H.A.-B 245]
      Demak, Navoiy elga, ulusga naf' tegadigan saxiy, xushmuoamala, ko‘ngli
pok   insonlarni   maqtaydi.   U   tasvirlagan   payg‘ambar   Ayyub   alayhissalomning
so‘fiyona   siymosi   ham   sabr   qanoat   timsolidir   va   bunda   shoir   pir-u   murshidlik
sifatlarini jam eta olgan.
            UIug`   shoir   nuqtai   nazarida   iymon-komillikning   tayanch   belgisi.
Dostonning   birinchi   maqolati   iymonning   badiiy   sharhiga   bag‘ishlangani   ham
shundan  d a l o l a t d i r .   U l ug`   s h o i r n i ng   m a v z u   i b t i do s i n i   i y m o n d a n	  boshlashi   tasodif
emas.   Dostonning   kirishidayoq   shoir   Allohga   yetish   umidida   yurgan   kishilarni
ikkiga bo’ladi  :  Ahli  rad va ahli  qabul. Ana shu ajratishda asosiy  mezon Navoiy
uchun   iymon   edi.   Navoiy   dostonida   birinchi   maqolat   iymon,   ikkinchi   maqolat
islom haqida bo’lib. Birinchi maqolat iymon kalimasining sharhidan iborat. Iymon
kalimasi   “Omantu   billahi   na   malaikatihi   va   kutubihi   va   rasulihi   val   yavmil   axiri
val   qadari   xoyrihi   va   sharrihi,   minallohi   ta'olo   val   ba'si   ba'dal   mavt”dirki,
(Allohning   yakka-yagonaligiga,   uning   farishtalariga   va   kitoblariga,
payg‘ambarlariga   va   oxirat-qiyomat   kunning   muqarrarligiga,   yaxshilik   va
yomonlik   taqdirdan   ekanligiga,   so‘ngra   o‘limdan   keyin   qayta   tirilishga   iymon
keltiraman),   Navoiy   buni   “maqolat”ning   nasriy   sarlavhasida   to‘liq   keltiradi,
so‘ngra mana bu baytlar bilan bobni boshlaydi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Balki nishoni anga iymon erur.[H.A.-B 100]
        Demak,   insoniylikning   birinchi   nishonasi   iymonli   bo‘lish.   Alloh
vahdatiga, uning qudrati bilan yuborilgan narsalarga va Payg‘ambarlariga so‘zsiz
ishonmoqdir.   Iymon   -   insonni   hayvondan   ajratuvchi   asosiy   sifat,   chunki   Navoiy
fikricha,   garchi   nutq,   so‘z   insonni   hayvondan   ajratuvchi   belgisi   bo‘lsa-da,   agar
32 kishida iymon bo‘lmasa, u inson emas, balki gapiruvchi hayvondir. Hazrat Alisher
Navoiy “Kimdaki iymonning uch belgisi bo’lsa, u haqiqiy insondir” deydi va bu
belgilar sifatida sabr, shukur va hayoni ko’rsatib o’tadi:
Bas ani inson atag’il beriyo,
Kim ishidur sabr ila shukr-u hayo.[H.A.-B 101]
          Komil   inson   ta’rifidan   keyin   iymon   sharhiga   to’xtalib   o’tiladi.   Hazrat
Navoiy maqolatda iymonning 6 sharti sifatida quyidagilarni keltirib o’tadi:
1.Haqning borligiga iymon keltirish .
2.Farishtalarga iymon.
3.Allohning so’zlari bo’lgan muqaddas kitoblarga iymon. 
4. Payg’ambarlarga iymon. 
5.Qiyomat kuniga iymon . 
6. Taqdiri azalga iymon. 
          Iymon   haqidagi   ushbu   fikrlardan   so’ng   “sulton   ul-orifin”,   Tayfuriya
silsilasining   rahnamosi,   tasavvufdagi   “sukra”   (devonalik,   mastlik,   o‘zni   unutish)
ta'limotining  asoschisi  Shayx  Boyazid   Bistomiy   “tasavvufdagi  tayfuriya  oqimiga
asos   solgan   Abo’yazid   Tayfur   Iso   o’g’li   Sarushon   o’g’li   Bistomiy   (vafoti   874)
VIII   asrning   oxirgi   choragida   Bistomning   Kumush   mavzeida   zardushtiy
donishmand   xonodonida   tavallud   topgan” 27
.   Xattoki,   Farididdin   Attorning
“Tazakirat ul-avliyo” asarida Boyazid Bistomiy hayotiga doir 70 dan ortiq katta –
kichik hikoyat va hikmatlar keltirilgan 28
. Mazkur asarda Bistomiyga shunday ta’rif
keltiriladi:   “Oriflar   sultoni,   haqiqat   izlovchilarning   hujjat,   haqiqiy   qutb,   uning
riyozat,   karomat   va   aytgan   so’zlari   beandoza,   haqoyiq   va   daqoyiq   sirlarida
benazir, doim qutb maqomida va muhabbat daryosida g’arq, tani mujohada va joni
mushohada ichda hadisda roviylari oliy erdi” 29
.
          “Hayrat   ul-abror”da   Boyazid   Bistomiy   (sulton   ul-orifin)   g’amgin,
qayg’uliq,   ko’zyoshlari   shashqator   holda   o’tirganida   muridi   unga   “savol   tili”   ni
27
  Xomidiy. H . Tasavvuf allomalari .-T.”Sharq, 2009.-B.47 
28
  Farididdin Attor . Tazkirat ul-avliyo. –T.: 2013.-B.162-191.
29
  Shu manba . –B.162.
33 ochgan. 
Qayg’uliq o’ltirmish edi Boyazid,
So’rdi g’ami kayfiyatin bir murid:
“Key falak avjida xiroming sening,
Arsh fazosi uza goming sening.
Ko’nglumga ne ishdin ekan bu taab,
Bu tabingg’a na ish ekin sabab? [H.A.-B 108]
Pir ko‘z yosh to‘kib: - Bu g‘am shunchalik yomonki, butun borlig‘imni xarob
qiladi!   Atrofda   odamlar   bisyor.   Hammasi   o‘z   ishi,   o‘z   dardi,   o‘z   tashvishi   bilan
yashaydi. Ammo o‘zini tanigan, yuragimga yaqin odam yo‘q! – , deydi. 
Har kishiga xush ko‘rinur o‘z ishi,
Bir kishi yo‘qkim, desa bo‘lg‘ay kishi.[H.A.-B 108]
  Bu javobdan hayratda qolgan murid yana  gustohlik yuzidan savol ayladi:
Elda kishi yo‘q demak o‘ldi so‘zung,
Doxil emassenmu bu elga o‘zung? [H.A.-B 109]
       Ustoz javob ayladi: – Ey sirri sinoatning mohiyatini anglamagan gustoh!
Olamda kimi-kim bor hamma bu g‘am tig‘idan afgor, bu motamga giriftor. Ne-ne
insonlar g‘ussada qon bo‘lmadi. Kimsaga bu sir hali ayon bo‘lgan emas.
Barcha bu g‘am tig‘idin  afgorbiz,
Barcha bu motamg‘a giriftorbiz.
Kim ichi bu g‘ussada qon bo‘lmadi,
Kimsaga bu nukta ayon bo‘lmadi. [H.A.-B 109]
            Navoiy   Boyazidning   ichki   iztiroblarini   tasvirlashda   tazod   va   tanosib
sa'natlaridan   mohirona   foydalanadi.   Qahramon   ruhiyatidagi   qiynoqlarni
ko‘rsatishda   “qayg‘u”,   “g‘am”,   “iztirob”,   “sargashta”,   “bag‘irqon”,   “motam”
so‘zlarini   qo‘llab,   Boyazidni   Boyazid   tilidan   tanqid   qiladi.   Shu   bois   “bu   nukta”
ya'ni, iymonning butligi, solimligi unga ayon emas. Bu hikoyatda Navoiy qo’rquv
bilan   yashashni   maqullab   Sulton   ul-orifin   Boyazid   Bistomiy   ko’p   riyozatlar   ,
ibodatlar qilgan bo’lsa ham, Haq taolo huzuriga qaytishda imon bilan borish nasib
etarmikan   deb   g’am   tashvishda   yashaganini   hikoya   qiladi.   Hikoyatda   diniy
34 mazmundan   tashqari   tasavvufiy   qarashlar   ham   mavjud   bo’lib,   Bistomiy   holatida
Najmiddin   Komilovning   “Tassavvuf   “   kitobida   Abu   Nasr   Sarroj   tomonidan
tasniflangan   tariqatning   oltinchi–xavf   maqomining   tasiri   seziladi.   Xavf   maqomi
solik   “qalbining   ishonchdan,   imon-aminidan   chiqishi,   ikkilanish   tahlika,
vaqtinchalik shayton   nayrangi   ham  ko’ngilga  xavf-qo’rquv  soladi,  solik azobdan
emas,   balki   makrdan,   nafs   makridan   qo’rqadi.   Vaholanki,   shayton   imoni
mustahkam odamdan qo’rqishi kerak” 30
.
          Har   qanday   mo’minnig   imoni     mustahkamligidan   qo’rquvda   yurishi
Boyazid   Bistomiy   holatida   teran   ifoda   sifatida   ochib   berilgan.   Nafs   shunday
kuchli dushmanki  solik tariqatidagi-tovba, vara, zuhd, faqr, sabr kabi maqomlarni
egallagan   bo’lishiga   qaramay,   nafsning   iymonga   daxl   qilishi   mumkinligi   doim
xavfda   bo’ladi.   Inson   taqdiri,   uning   bu   dunyodagi   xatti   –harakatlari   uchun
qayg’urayotgan Bistomiy –iymonning asosini insoniylikda ko’radi.
Kim chu vido aylagusi jon anga , 
Hamroh o’lur yo’qsa imon anga . [H.A.-B 109]
       Boyazid Bistomiy jonini haqqa taslim qilayotgan damda yig‘lab shunday
degan:   “Uch   xatarning   orasida   qolganman.   Biri   uldurkim,   gunohlar   orasidamen,
bilmasmenkim,   Alloh   alarni   mag‘firat   qilg‘aymi   yo   yo‘q.   Ikkinchisi,   toatlar
orasida   qolganmen,   bilmasmenkim,   Alloh   alarni   qabul   qilurmi   yo   yo‘q!   Va
shunday   bir   shohning   (Xudo)   sharaf   qurbatida   qoldim,   bilmasmenkim,   o‘ziga
chorlagaymu   va   yo   haydab,   quvib   solgay”.   Darhaqiqat,   gunohlarning   mag‘firat
qilinishi   yo   qilinmasligi   ham,   toatlarning   mustajob   bo‘lish   yo   bo‘lmasligi   ham,
hatto,   Olloh   o‘z   vasliga   vosil   qilish   yo   qilmasligi   ham   iymon   bilan   o‘lchanadi.
Shuning uchun Hazrat Navoiy bejizga bunday demagan.
Quyma bu kun jomima davron mayi,
Jonim ol, og‘zimga quy imon mayi. [H.A.-B 110]
    Xulosa qilib aytganda, Navoiy doston avvalidan sharhlab kelgan iymon va
uning   shartlarini   shayx   Boyazid   Bistomiy   hayotidan   olingan   hikoyat   bilan
mustahkamlaydi.   Ikkinchidan,   u   ulug‘   ishga   qo‘l   urgani,   ya'ni   “Xamsa”   bita
30
  Najmiddin Komilov. Tasavvuf . –T.: MOVAROUNNAHR-O’ZBEKISTON.2009.-B .28
35 boshlaganda Allohdan o‘ziga iymoni butlik va kuch-quvvat so‘raydi.
Alisher   Navoiy     “Hayrat   ul-abror”da   har   bir   so‘z,   jumla,   fikrni,   misra   va
baytlarni zanjirday bir-biriga bog’lagan. Bir fikr ikkinchisini to‘ldirib, kengaytirib
boraveradi.   U   avvalgi   maqolatda   iymon   va   iymonli   kishi   sifatlari   xususida   so‘z
yuritgan   bo‘lsa,   ikkinchi   maqolatda   islom   dini   va   uning   arkonlari   haqida   so’z
yuritadi.   Navoiy   talqini   bo’yicha,   islom   islom   davlatida   yashashning   o’zigina
musulmon   emas.   Shoir   Hadisi   Sharifga   tayangan   holda   haqiqiy   musulmon   deb,
boshqa   odamlar   qo’li   va   tilidan   omon   va   salomat   bo’lgan   kishigagina   nisbattan
qo’llash mumkinligini ta’kidlagan. Bunday axloqiy darajaga yetishish uchun inson
islomninng besh ruknini xolis niyat va pok e’tiqod bilan bajarishga harakat qilishi
kerak.   Navoiy   islom   dining   arkoni   Shahodat   kalimasini   aytish,   nomoz,   ro’za,
zakot   va   hajning   shartlarini   bayon   etish   bilan   birga   bu   amallar   shunchaki   rasm-
rusm emas, balki ruhiy tarbiyaning asoslari ekanligini juda chiroyli tarzda ifodalab
bergan.   Navoiy   ushbu   maqolatda   ahli     namoz   kim-u,   ahli   niyoz     kim   degan
masalani   qo‘yadi,   ya'ni   Tangri     taolo     oldida   musulmonchilikning   barcha
shartlarini   bajarib,   Qur'oni   Karimda   va'da   etilgan   ravzayi   rizvon-jannat   ilinjida
yurgan   namozxon   kishi     afzalmi   yo   ko‘nglida   Alloh   ishqi   jo‘sh   urib,   Yaratgan
vaslini   istagan   niyozmand   durustmi,   deya   dostonning   ikkinchi   maqolotida   ilova
qilingan orifona timsollardan bo’lgan Ibrohim Adham va Robiya Adviya haqidagi
hikoyatni   keltiradi.   Hikoyadagi   Ibrohim   Adham     Sharq   islomiy   madaniyati
tarixida   haqli   ravishda   ko’p   asarlarda   qahramon   bo’lgan.   “Hayrat   ul-abror”
dostonidagi Ibrohim Adham timsoli Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Lison
ut-tayr” asarlarida ham unga xos jihatlar qalamga olingan.
         Ibrohim Adham tarixda yashab o’tgan real shaxs bo’lib, Sharqda “Umm
ul-islom”,     “Qubbat   ul-islom”   nomi   bilan   mashhur   bo’lib   Balx   viloyatining
podshohi   bo’lgan.   Navoiy   o’zining   “Nasoyim   ul-muhabbat“   asarida   u   haqida
”Ibrohim Adham oti va nasabi Ibrohim Adham binni Sulaymon binni Mansur al-
Balxiy.  Mulukdan  (maliklar  podsholaridan)   ekani    xud  mashhurdir.  Uning holati
bag’oyat ko’pdur. Kitob bitsa bo’lur”  31
.
31
  Alisher Navoiy . Nasoyi ul-muhabbat.MAT. Yigirma tomlik. O’n yettinchi tom.-T.: Fan, 2001.-B.38-39.
36      Bertels Ibrohim Adhamning Bani Tomi qabilasidan chiqqanligi, ilk  zohid
so’fiylar   maktabini   tuzganligi,   ammo   Xurosonda   uning   ta’limotini   yoyilishini
ko’rolmaganlar. Tasavvuf adabiyotlarda ham, ilmiy tadqiqot va  monografiyalarda
ham   Ibrohim   Adhamning   ilk   zohidligi   ta'kidlanadi.   Navoiy   ham   hikoyatda
Ibrohim Adhamning shu   qirrasiga ko‘proq e'tibor bergan. Xo‘sh, zohidlik nima?
Zohid   kim?   Zuhd-chi?   Ilmiy   asoslarga   suyangan   holda   tasavvufni   VIII   asrlarda
paydo     bo‘lgan   ta'limot   deb   hisoblasak,   u   avvalo   zohidlik   harakatida     kurtak
yozgan. Fariddin Attot o’zining “Tazkirat ul-avliyo” asarida Ibrohim Adhamning
qanday   sabablar   bilan   haq   yo’liga   kirganligini   aniq-ravshan   tasvirlagan.   Ibrohim
Adhamning   haq   yo’liga   kirishi   haqidagi   ibratli   naql   ham   bor:   Ibrohim   Adham
saroyda   uxlab   yotsa   ,   tomda   birov   yurgandek   bo’ldi.   Hovliga   chiqib   qarasa,
haqiqatdan ham tomda birov yuribdi.
Ibrohim Adham so’radi:
-Hoy, kimsan, kechasi tomda nima qilib yuribsan?
Tomdan ovoz keldi:
-Tuyamni qidirib yuribman.
Ibrohim Adham dedi:
-Qanaqa odamsan, tomda tuya nima qiladi?
Tanish ovoz javob berdi;
-Sen hokimlik taxtida o’tirib “Haqqa yetaman” deb yurganingdan keyin men
tomda tuyamni  qidirsam  nima qilibdi? Bu so’zlar Ibrohim  Adhamning ko’ngliga
ta’sir   qilib,   butun   davlati,   oilasidan   voz   kechib,   Haq   yo’lida   sahroydan   chiqib
ketgan, bir cho’ponga shohona kiyimlarini berib darveshlar libosini kiygan  32
.
            Dostonda   Ibrohim   Adhamning   shohlikdan   yuz   o’girib   oriflikka   yuz
tutganligi,   muqaddas   Kabatulloh   ziyoratiga   otlanib,   14   yil   yo’l   bosganligi
ta’kidlangan. Asarda uning nomi Bibi Robiya Adviya e’tiqodi bilan tilga olingan.
Navoiy   Ibrohim   Adhamning   toj-u   taxtni   tark   etishini   yo’qotish   hisoblamaydi.
Aksincha, Alloh bu ish uchun uni mukofotladi. Unga fano tojini nasib etdi. Toj-u
mansab tarki Ibrohim uchun ulkan maqsadlar ibtidosi bo’ldi.
32
  Xamidjon Homidiy . Tasavvuf : Qaraniydan Rushdiygacha . Yangi asr avlodi, 2021. B-54.
37 Qildi chu Adham xalati tarki toj, 
Toji fano boshiga qo’ydi iloh. [H.A.-B 118]
     Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asarida Robiya Adviya haqidagi
hikoyat uchraydi. Unda Ibrohimning Ka’baga nomoz bilan, Robiyaning esa niyoz
bilan(ojizman   deb   yolvorib)kelganligi   ham   ta’kidlanadi.Hikoyatda
tasvirlanishicha, Ibrohim faqr-u fanodan o‘ziga toj kiygan zot. Bir kuni u Ka'bani
ziyorat qilish maqsadida yo‘lga tushadi. Har qadamda ikki ra'kat namoz o‘qib, o‘n
to‘rt yil deganda ko‘zlangan manzilga keladi. 
Bo‘ldi musalloni solib sajdasoz,
Har qadam aylab ikki ra'kat namoz.
Qoldi bu yo‘l qat'ida o‘n to‘rt yil,
Madhig‘a har xoru giyah chekti til. [H.A.-B 118]
             Qarasaki, Baytul-haram joyida yo‘q. Bu holdan fig‘on oshib, bu ne hol
deya Yaratganga  murojaat qilganida, undan sado keladi: “Ey piri roh, tavof uchun
bir   ayol   yo‘lga   chiqib   edi.   Shavqu   muhabbat   yukidan   qaddi   guz,   rangi   za'faron,
o‘zi notovon bo‘lib edi.  Shu bois Ka'batulloh uning oldiga o‘zi bordi”.
Bodiya qat'ig‘a durur bir ajuz,
Shavqu  muhabbat yukidin qaddi guz.
Za'fdin ul bo‘lmish edi notovon,
Ka'ba aning tavfig‘a bo‘ldi ravon. [H.A.-B 120]
          Hayratdan   ne   qilishni   bilmay   turganda   bibi   Robiya   paydo   bo‘ladi.  
Ibrohim  so‘z boshladi, ey ziyoratgohi Arshi a'lo bo‘lgan, Ka'ba tavofingga borgan
Yaratganning bandasi. Bu jahonga ne g‘avg‘olar solding?
Ko‘rki jahon ichra solibsen ne sho‘r,
Robiya dedi angakim: “Qilma zo‘r”.
Sho‘r seningdur bari olamda bil,
Bodiya qat'i uchun o‘n to‘rt yil. [H.A.-B 120]
            Ibrohim   Adham   yana   so‘zda   davom   etdi:   “Balki   sen   malaklar
xaylidandirsan. Ayt-chi, nega men shuncha yil ranj-u alam chekib, Ka'ba tavofiga
kelsam-u,   menga   yana   ranj   yetadi,   senga   nega   ganj?”   Robiya   esa   niyozmandligi
38 orqali   o‘z   ishqini   Allohga   ko‘rsata   oladi.   U     –   oshiq,   yonib-o‘rtanib   Allohni
suyadi, uning ishqida na o‘zini, na olamni, na namozni, ibodatni biladi. Navoiy bu
fikrni Robiya tilidan “sheva  manga arzi  niyoz aylamak” deya izohlaydi. Ibrohim
Adham esa ibodatni xudoga xizmatning yo‘li deb biladi va uning ishi “arzi namoz
aylamak”dir.
Robiya dedi anga: “Ogoh bo‘l,
Kim necha yil bodiyada barcha yo‘l
Bo‘ldi ishing arzi namoz aylamak,
Sheva manga arzi niyoz aylamak.
Sanga samar berdi namozu riyo,
Bizga bu bar berdi niyozu fano”. [H.A.-B 120]
       Hazrat Navoiy ikki so‘fiyning munozarasida “fano”, “ahli niyoz” so‘zlari
bilan  takror   san'atini,   “arzi   namoz”   bilan  “arzi   niyoz”ni   bir-biriga   qarama-qarshi
qo‘yish   orqali   tazod   san’atlaridan   unumli   foydalanadi.   Demak,   Robiyaning
javobidan ma'lum  bo‘layaptiki, u bir  necha yil yo‘l yurib, faqat toat-ibodat bilan
Alloh   vasliga   vosil   bo‘lishdan   ko‘ra,   chin   qalbdan   ko‘nglida   Yaratganga   iltijo
qilib,   faqr-u   fano   qilishni   afzal   bilgan.   U   Ibrohim   Adhamning   chekkan
mashaqqatlari-yu,   qilgan   ibodatlarini   “namoz-u   riyo”,   o‘zining   ishini   “niyoz-u
fano”   deydi.   Demakki,   Ibrohim   Adham   “ahli   namoz”ga,   Robiya   Adviya   “ahli
niyoz”ga mansub. Nega? Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida ikki so‘fiyning
tasavvufdagi   o‘rni,   kelib   chiqishi   va   so‘fiylik   darajalari   xususida   chuqurroq
to‘xtalamiz. 
                Tasavvufiy   adabiyotlarda   ham,    ilmiy  tadqiqot  va    monografiyalarda
ham   Ibrohim   Adhamning   ilk   zohidligi   ta'kidlanadi.   Navoiy   ham   hikoyatda
Ibrohim Adhamning shu  qirrasiga ko‘proq e'tibor qaratgan. Xo‘sh, zohidlik nima?
“Zohid”   so‘zi   aslida   “Zuhd”dan   olingan   bo’lib,   “Zuhd”-qo‘lni   mulkdan   xoli
tutish,   dilni   esa   Haqdan   o‘zga   har   narsadan   pok     saqlash   demak”-,   deb   Junayd
Bag‘dodiy   uqtirsa,   Imom   G‘azolliy   esa   “Zuhd   dunyodan   ixtiyoriy   ravishda   voz
kechish va buning uchun   qayg‘urmaslikdir”, deb uqtiradi 33
. N. Komilov “zohid”
33
  Najmiddin Komilov. Tasavvuf . –T.: MOVAROUNNAHR-O’ZBEKISTON.2009.-B .27
39 va   “zuhd”   istilohini     to‘la   tahlil   etib,   zohidlarning   asl   maqsad,   mohiyatini
quyidagicha   ta'riflaydi:   “Falsafiy   mushohadakorlik,   ajzu   irodat   bilan   ma'naviy-
axloqiy   kamolat   sari   intilish,   valilik,   karomat-mo‘jizalar   ko‘rsatish   zohidlarda
yo‘q   edi.   Zohidlarning   niyati   ibodat   bilan   oxirat   mag‘firatni   qozonish,   Qur'onda
va'da   qilingan   jannat   huzur-halovatiga   yetishish” 34
.   Demakki,   Ibrohim   Adhamni
zohid   deb   yanglishibmiz-da?!   Bizga   ma’lumki,   Muhammad   G‘azzoliy   (1058-
1111) “Ihyou ulum id-din” asarida zohidlikning uch belgisiga alohida urg‘u berib
ketgan.  Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Ibrohim Adhamda uch sifat mujassam.
U   shohlikdan   kechib,   faqr-u   fanodan   toj   kiygan,   qo‘ldan   ketgan   toj-u   taxt,   mol-
mulkka parvo qilmaydigan, atrofdagilarga e'tibor bermay, o‘n to‘rt  yil mashaqqat
bilan   Ka'ba   tavofiga   kelgan,   ko‘nglida   doimo   qilgan   sajdalaridan   huzur-halovat
topadigan   zohid.   Balxning   podshosi   bo‘lgan   Ibrohim   Adham   ilk   zohid
so‘fiylardan. Uning zohidlik sifatlarini hikoyatda ochib berishga ko‘maklashuvchi
siymo ayollardan chiqqan ilk so‘fiya, Haq oshig‘i Robiya Adviyadir. Hikoyatdan
chiqqan   xulosa   shuki,   Navoiy   muk   tushib   bir   joyda   toat-ibodat   qiladigan   Tangri
bandalaridan ko‘ra,  ko‘nglida Allohni sevuvchilarni afzal biladi. Shuning uchun u
hikoyat oxirida bir umr niyoz ahliga, ya'ni Haqni sevuvchilarga arzi niyoz qilishni
o‘ziga maqsad qilgan.
Boqma, Navoiy, yana noz ahlig‘a,
Arzi niyoz ayla niyoz ahlig‘a. [H.A.-B 120]
Ikkinchi   bir   jihati   shuki,   o‘sha   vaqtda   Alisher   Navoiyning   Temuriylar
davlatida tutgan mavqeyi Ibrohim Adham bo‘lsa, u Robiya Adviyaday Haq vaslin
ko‘nglida   jo   etgan.   U   Ibrohimday   mukkasidan   ketib,   sajda   qilmagan   bo‘lsada,
qilgan   xayrli   ishlarida,   yozgan   durdonalarida   o‘zining   niyozmandlar   –   oshiqlar
qatoridan joy olganligini ko‘rsata oladi.
Hazrat Navoiy “Riyoyi   hirqapo‘shlar”   bobida   ayrim   riyokor   shayxlarning,
soxta   din   vakillarining   chirkin   kirdikorlarini   ayovsiz   fosh   etadi. Dostonning  bu
maqolatida   shayx   kim   va   har   qanday   xirqa   kiygan,   Allohning   mehri-
34
 Ushbu manba.-B.48.
40 muhabbatidan   qonish   o‘rniga   uning   jannati   ilinjida   yurgan   namozxon   shayx
hisoblanaveradimi?   –   degan   masalani   qo‘yadi.   Iymon   va   islomning   mustahkam
asosiga   qurilgan     dostonda   din peshvolari,   aziz   avliyolar   xususida   so‘z   yuritishi
bilan     birga,   tabiiyki,   soxta   din   vakillarini   ham   e’tibordan   chetda   qoldirmagan.
Soxta   so’fiylar   portreti   (islomiy   aqidalarni   mensimaydigan,   din   vakili   bo‘la
turib,   bunga   zid   ish   tutadigan   kimsalar).“Navoiy   qalamining   satirik   kuchi   bu
bobda   ayniqsa   yorqin   ranglar   bilan   tovlanadi.   Bunda   har   bir   so‘z   tig‘day
o’tkir, har bir chiziq benihoya jonli va lo’ndadir”   35
.
             Shoir   mazkur   maqolatida   shayxlarning   qiyofasini   ham   mohir   rassom
kabi   chizadi.   Qahramonning   boshdan-oyoq   tasvir   jarayoni   zaharxanda   kulgi
bilan   chizilgan:   yamoqlari   riyo   iplari   bilan   tikilgan   aftoda   jandasi,   egrilikdan
pech-pech   o‘ralgan   sallasi,   beo‘xshov   soqoli,   odamlarga   ermak   katta   kalishi,
hiyla   uyiga   ustun - hassasi,   xullas,   birorta   detalni   ko‘zdan   qochirmagan   shoir
satirada   tengsiz   tasvir   yaratgan.   Minbardagi   soxta   va’zxon   shayxni   “egri
yig‘och”dagi   echkiga   o’xshatadi.   Bundan   ham   qanoatlanmagan   shoir   uning
echkidan-da tubanroqligini   oshkora   uqtiradi:
Turfa   soqolin osibon kulgudek,
Egri   yig‘och  uzra   chiqib o‘chkudek.  
O‘chkucha   ham yo‘q  ishida  to‘g‘riliq,
Ul tutib o‘g‘ri, bu qilib o‘g‘riliq. [H.A.-B 134]
  Navoiy   davrida   Hirotda   har   xil   ko‘cha   nayrangbozlari   shahar   va   bozorda
ba’zi   bir   jonivorlarni ,   shu   jumladan,   echkilarni   o‘ynatib   yurib,   tomosha
ko‘rsatishlari,   echki   ziyrak   hayvon   bo‘lgani   uchun   xo‘jayinning   xohishiga   qarab
yog‘ochga   chiqib,   tomoshabinlar   ichidan   bironta   “o‘g‘ri”ni   ushlab   olishi   bayon
qilingan. Navoiy     bu    razil    kishilar     toifasini     yomonlarning     yomoni sanaydi:
Bu el  erur   borcha   yomondin-yomon,
Kimki   yo‘q ondin yomon,   ondin yomon. [H.A.-B 137]
35
  Oybek.   MAT.O‘n   to‘qqiz   tomlik.   O‘n   uchinchi   tom.   –   Toshkent,   1979.   –B.164.
41     Bu   galadagi   har   bir   tirik   jonning   tasviri   achinarli.   Shoir   ularni   inson   deb
atashni   noloyiq   ko‘radi.   Ularni   behuda   so‘z   so‘zlovchi   chirildoqqa,   aylanuvchi
pirildoqqa   o‘xshatib   ham   qanoat   topmaydi.   Bunday   kimsalarni   barcha   insoniy
xislatlardan   mosuvo   –   sovuq   muz parchasiga  o’xshatad i:
Zarq o‘tidin  har   biri   do‘zax  kibi,
Lek burudatdin o‘lub yax kibi.   [H.A.-B 136]
Dinni   niqob   qilgan   bu   kabi   kimsalar   insoniyat   tarixining   barcha   davrida   bor
bo‘lgan.   Shuning   uchun   dostonning   bu   bobi   barcha   zamonlarda   ahamiyatli
g‘oyalar     majmuasi     sifatida     tadqiqotlarda     qayta-qayta     manba   vazifasini
o‘tagan.  Ammo ikkinchi bir toifa shayxlar borki, avvaligi toifadagilardan osmon-u
yercha farq qiladi. Haqiqiy shayxlarning o‘z nafsini yengib, jonini “jonon” (Alloh)
uchun   fido   qilishga   tayyor   ekanligini   ko‘rsatishda   Navoiy   takror   san'atidan
foydalanadi.
Kim qilibon ikki jahon tarkini,
Ikki jahon demaki, jon tarkini.
G‘ussa jahon ichra chekib jon uchun,
Jonni fido qilg‘ali jonon uchun. [H.A.-B 138]
        Bu   zotlar   masjid-u   mayxona,   dayr-u   Ka'baga   ham   e'tibor   bermay,
borliqdagi barcha narsalarning o‘tkinchiligini bilib, ularga ko‘ngil bog‘lamaydilar.
Ularning ko‘nglida Alloh va uning ishqidan boshqa narsa yo‘q.
Masjidu mayxona anga yoqmayin,
Dayr  bila Ka'ba sori boqmayin
Borliq asbobini foniy bilib,
Yo‘qluq o‘ti ichra o‘zn kul qilib
Ko‘zguda chun g‘ayrdin o‘lmay asar,
Chehrai maqsad o‘lubon jilvagar. [H.A.-B 139]
Qizig‘i   shundaki,   Navoiy   bu   xil   pok   shaylarni   Xizr   allayhissalomga
o‘xshatadi, xizrlik sifatlarini ularda mujassam etadi. Adashgan qavmni xuddi Xizr
payg‘ambarday   yo‘lga   boshlovchi   ham,   har   qadamda   ularga   hamrohlik   qiluvchi
42 ham,   “obi   hayvon”   suvini   (obihayot)   berib,   tiriltiruvchi   ham   shu   pokdomon
shayxlardir. Bularning maqsadi “uchmaq umidiyu tamug‘ biymi” emas. Faqat va
faqat “jonon” – Tangri taolo muhabbati.
Neki qilib qasd aning amri-o‘q,
Uchmaq umidiyu tamug‘ biymi yo‘q. [H.A.-B 141]
Mana   shu   g‘oyaning   isboti   yanglig‘   Xoja   Abdulloh   Ansoriy   haqida
keltirilgan   hikoyatda   ham   Navoiy   do‘zax   o‘ti   qo‘rquvi   va   firdavsi   rizvon   ilinji
xususida   fikr   yuritadi.   Navoiy   o‘zining   ma’naviy   ustozlaridan   biri   bo‘lgan
shayxulislom   Abdulloh   Ansoriy   obrazini   “Nasoyim   ul-muhabbat”da   boshqacha,
“Hayrat   ul-abror”da   boshqacha   tasvirlaydi.   T a z k i r a d a   yozilishicha,
Abdulloh   Muhammad   Ansoriy   milodiy   1006   yilda   Hirotda   so’fiy   oilasida
tug‘ilgan.   Otasi   unga   bolalikdan   Qur’on   va   hadislardan   ta’lim   bergan,   to‘qqiz
yoshida   Qur’onni   yod   bilgan,   keyinroq   o‘zi   eslashicha,   uning   bolaligida   ko‘p
karomatlar   sodir   bo‘lgan.   Navoiy   Abdulloh   Ansoriyni   piri   Hirot,   yo‘qki,   bari
koinot (olam) rahnomasi deb ataydi. 
Ulki ani qibla der ahli Hirot,
Dema Hirot ahli, bari koinot. [H.A.-B 141]
Uning   ishi   toat-ibodat,   Alloh   taoloning   amrini   bajarish.Unga   do‘zax   o‘ti
qo‘rqinchi maqsad emas yoxud jannati firdavs havas emas.
Dedi bukim, ish manga toat turur.
Tengrining amrig‘a itoat turur.
Do‘zax o‘ti biymi ham ermas g‘araz,
Ne buki jannat anga bo‘lg‘ay evaz. [H.A.-B 141]
Ansoriy,   kimki   do‘zax   azobi   qo’rquvidan   Yaratganiga   jannat   umidida
sig‘insa, u nafs najotidin bu ishni qiladi, uning toatiga shayton aralashgan. Kimki
ummid va horg‘inlikni o‘ziga tilasa, uning niyati ravza – jannatda osoyishtalikdir.
Kim chekar ummid ila farsudaliq,
Qasdi erur ravzada osudaliq. [H.A.-B 141]
Haq yo‘lida  do‘zax-u jannat  qilgan toat  ibodatingga “mazddur”,  ya'ni  ish
haqi yoki mukofot emas. Maqsad – Yaratganga muhabbat.
43 Haqdin aniyu muni mahjur bil,
Muzd uchun ikkisini muzddur bil. [H.A.-B 142]
Garchand, Ansoriy o‘z toatini Allohga loyiq deb bilmasa-da, u bir onini ham
Yaratgansiz tasavvur qilolmaydi. Aytilganini bajaradi, radd-u qabuliga ishi yo‘q.
Garchi anga loyiq emas toatim,
Bo‘lmasun onsiz esa bir soatim.
Qil dedikim, qilmoq erur varzishim,
Raddu qabuli ila yo‘q hech ishim. [H.A.-B 142]
Ansoriy fikricha, Alloh-azaliy nur. Qolgan barcha mavjudot-u maxluqot shu
nurdan paydo bo‘lgan. Shu bois inson ham o‘z Yaratuvchisiga oshiq . Oshiq bilan
ma'shuqni   birlashtiruvchi     zanjir   bu   ishq.   Oshiq   ma'shuqasiga   qancha
yaqinlashaversa,   unda   o‘zini   teranroq   ko‘raveradi:   “Iloho,   seni   axtarib   o‘zimni
topardim, endi esa o‘zimni izlab seni topayapman”.  U  Abul   Hasan   Haraqoniyning
izdoshi   sifatida   ishqni   birinchi   o‘ringa   qo‘yadi.   Ansoriy   ham   Robiya   Adviya
kabi   Haq   taoloni   do‘zaxdan   qo‘rquv   va   jannat   umidida   sevmasdan,   beg‘araz,
tamasiz   sevish   tarafdori   edi.   Navoiy   “Hayrat   ul-abror”da   Abdulloh   Ansoriyning
quyidagi   ta’limotini   keltiradi   va   o‘zi   ham   uni   ma’qullashini,   Haq   taoloni
beg‘araz,   umid   va   qo‘rquvsiz   sevishini   aytadi:
Biym   ila   kim Haqni   parastish   qilur,
Nafs  najotini   ko‘zlab ish   qilur.
Kim chekar ummid ila   farsudaliq,
Qasdi   erur   ravzada   osudaliq...
Menki,   ishim bo‘ldi   parastish   mudom,
Biymu  umid  ikkisi   bo‘lmish   harom...
Qildedikim, qilmoq erur   varzishim,
Raddu qabuli   ila   yo‘q hech   ishim. [H.A.-B 142]
Navoiyning   Ansoriy   ta’limotiga   ishonch   bildirishiga   uning   tasavvufiy
ilmlarni   puxta   egallab,   “Piri   Hirot”   laqabi   bilan   shuhrat   qozonganligi       asosiy
sababdir.       Professor       M.Muhiddinov       Ansoriyni  tariqat   odobi   va   maqomatining
44 100   ta   bosqichini   ishlab   chiqqani   hamda   tasavvufning   qariyb   barcha   savollariga
javob   yozganini   aytadi   36
.   “Hayrat   ul-abror”da   Abdulloh   Ansoriy   obrazining
talqinida   Navoiy   uning   iymon   falsafasiga   doir,   shariat   ahkomlaridan   farqli
bo‘lgan   ta’limotini   bayon   qiladi.   Ansoriy   tasavvufdagi   xavf   va   rajo   (umid   va
qo‘rquv)   g‘oyasini   inkor   etadi.   Bu   bilan   Ibrohim   Adhamning   zamondoshi   bo‘lgan
so‘fiya   ayol   Robiya   Adviyaning   ilohiy   ishqda   boshqa   hech   bir   foyda,   g‘arazni
ko‘zlamaslik   haqidagi   g‘oyasini   ma’qullaydi.
Navoiy o’zining     “Mahbub ul-qulub” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida
Ansoriyni   juda   hurmat   qilganligi,   boshqa   shayxlarga   nisbatan   sal   yuqoriroq
qo‘yganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Umrining poyonida o‘z hayotiy tajribalariga
suyanib,   ahloqiy-ta'limiy   qarashlarining   yakuni   sifatida   Navoiy   “Mahbub   ul-
qulub” asarini yozgan. Asarning o‘n birinchi faslida shayxul-islom   kim  va qanday
kishi   bu   lavozimga   sazovor   degan   masala   qo‘yiladi.   O‘qiymiz:   “Shayxul-islom
musulmonlar peshvosidin iboratdur va islom muqtadosig‘a ishorat. Mundoq kishi
olime kerak islom-panoh va orife kerak muhtarabi dargoh, xiradmandi shariatshior
va faqrg‘a xursand va tariqat osor. Yaxshi –yamong‘a  shafqati fayzi om va ulug‘-
kichikka irshodi naf' malokolom. Komile bo‘lg‘ay shar' qonunig‘a rosix va barcha
mubtade'lar   bid'atig‘a   nosix.   Angakim,   bu   nav'   bo‘lg‘ay       oyin-islom   shayxul-
islomi desa bo‘lur,vassalom 37
”.Yozilishicha, musulmonlar peshvosi, islom rahbari,
olim,   Allohga   yaqin   orif,   suhbatdosh,   shariat   donishmandi,   faqrlarga   payhamil,
yaxshi-yomonga   shafqatli,   ulug‘u   kichikka   so‘zsiz   foydali,   shariat   qonunlarini
mahkam   tutuvchi   va   barcha   qonun   buzuvchilarga   to‘g‘ri   yo‘lni   ko‘rsatuvchi,
nasihatgo‘y     insongina   shayxul-islom   hisoblanadi.   Qizig‘i   shundaki,   Navoiy
shayxul-islom ta'rifida faqatgina Ansoriyni tilga oladi. 
Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida Ansoriyning kelib chiqishi, nasl-
nasabi,   qilgan   ishlari,  fe'l-atvori,   qaysi     shayxlardan   ta'lim   olgani   haqida   batafsil
ma'lumot bergan.   Tazkiraning   qayerida “shayxul-islom” deyilsa, undan maqsad
36
  Muhiddinov   M.   Alisher     Navoiy   va    uning   salaflari   ijodida   inson   konsepsiyasi.   (“Xamsa”larning
birinchi   dostonlari   asosida).   Filol.fan.dok.diss.   –   T.,   1995.   –   B.121.
37
  Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub.T.: 2018.-B. 19.
45 Ansoriy.   Uning   otasi   Abu   Mansur   Muhammad,   bobosi   esa   Ayyub   Ansoriy
bo‘lgan.   Bobosi   Rasuli   Akram   sallallohu   alayhi   vassalam   do‘stlaridan
hisoblangan.   Tazkirada   o‘qiymiz:   “Laqabi   shayxul-islomdur   va   bu   kitobda   har
yerdakim   shayxul-islom   voqyedurur,   mutloq   murod   andindur   va   ul   Abu-Mansur
Muhammad   Ansoriy   farzandlaridindur   va   Muhammad     Ansoriy   Ayyub   Ansoriy
farzandidurki, hazrati Rasuli  Akramning sohib rahli  ermish” 38
. Demak, shayx ul-
islom   Ansoriyga   rasman   berilgan   va   keyinchalik   bu   unvonga   Navoiyning   piri,
ustozi,  hamfikr, hammaslagi   Abdurahmon  Jomiy  loyiq bo‘lgan. Uning  kelajakda
ulug‘   shayx   bo‘lishini   Xizr   alahissalom   bashorat   qilgan.   Navoiy   tazkirada
yozishicha, u o‘tib ketgan qadim va zamondosh arab shoirlarining yuz ming bayt
she'rini yod bilgan. Har kuni qiroatdan keyin olti varaq she'r yozgan va yodlagan,
xufton   namozi   o‘tgancha   ko‘proq   och   yurib,   chiroq   yorug‘ida   hadis   bitgan.
Hattoki,   non   yeyishga   ham   vaqti   bo‘lmay,   volidai   muhtarami   og‘ziga   non   solib
turgan.   Tazkirada   o‘qiymiz:   “Va   debturki,   tong   erta   qori   qoshig‘a   borib,   qiroat
o‘rganur erdim va qaytg‘onda darsqa mashg‘ul bo‘lur erdim. Ko‘prak kun namoz
xuftan   o‘tguncha   nahor   erdim   va   debturki,   kecha   chiroq   yorug‘ida   hadis   bitar
erdimki, non yemak farog‘atim yo‘q erdi. Onam nonni tikka qilib, og‘zimg‘a solur
erdi   nima   bitirning   arosida”   qilgan   Abdulloh   Ansoriy   toat-ibodatni   o‘z   vaqtida
bajargan,   Haq   ilmini   chuqur   o‘zlashtirib,   xaqqa   yetgan   inson   sifatida,   qolaversa,
Navoiyning   hamyurti,   piri   sifatida   uning   mehriga   sazovor   bo‘lgan.   Navoiy
beg‘araz,   sidqidil,   xudojo‘y,   Alloh   vaslidan   boshqani   tan   olmaydigan,   jannat-u
do‘zax   umididan   batamom   yiroq   shayx-ul   islom   Abdulloh   Ansoriy   timsolini
yaratarkan, uning bahonasida o‘z ko’ngil dardlarini ayta olgan.
Uchmog‘u zohid tomug‘u bulhavas,
Bo‘lsa havas yor Navoiyg‘a bas.
Yor yuzi yodi bila shod o‘lay,
Do‘zax ila ravzadin ozod o‘lay. [H.A.-B 142]
38
  Alisher   Navoiy.   Nasoyim   ul-muhabbat.   Yigirma   tomlik.   O‘n   ettinchi   tom.   –   T.:”Fan”,   2001.   –   B.245 .
46 Navoiy   nazdicha,   oshiqqa   uchmog‘u   (jannat)   tomug‘   (do‘zax)   yoxud   taot-
ibodat emas, yorning o‘zi kerak. Toki u “yor” – Xudo yuzining yodi bilan xursand
bo‘lib, do‘zax-u jannatdan ozod bo‘lsin. Bu toifa oshiq esa – Navoyning o‘zi edi .
  Dostonning     9-maqoloti     Ishq   o‘ti   ta’rifiga   bag‘ishlangan   bo’lib   hazrat
Navoiy ishqni shunchalar go’zal ifodalaganki, ishq – otash, ishq giriftorida na aql,
na   hush   bo‘ladi,   oshiq   taqvo-yu   ibodat   nimaligini   ham   esdan   chiqaradi.   Nopok
kishi   shu   o‘tga   tushsa,   toza   bo‘ladi,   poklar   esa   yana-da   pokroq,   tozaroq   bo‘ladi.
Bu   o‘tda   kuyish   esa   ikki   dunyoda   ham   kishiga   saodat   bag‘ishlaydi.   Demak,
haqiqiy   oshiqning   tili,   ko‘zi,   ko‘ngli   pok   bo‘lishi   va   eng   asosiysi,   yordan   tama'
qilmasligi shart.   
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
Ham tili, ham ko‘ziyu, ham ko‘ngli pok.[H.A.-B 193]
Uning   tani   fano   o‘tiga   xoshok,   u   qaysi   tarafga   boqsa,   do‘sti   haqiqiyning
jamolini ko‘raveradi.
Qaysi tarafkim, anga berib nazar,
Do‘st jamoli bo‘libon jilvagar.
Balki bo‘lub o‘zlugi ham bartaraf,
Ko‘zki solib, yor ko‘rub har taraf. [H.A.-B 194 ]
  Ishq   insonni   moddiy   dunyo   hoy-u   havaslaridan   poklovchi,   xoli
etuvchi,   vujudini   kuydirib,   ruhini   musaffo   etadigan,   hamma   vaqt   Yaratgan   bilan
birga   bo‘lishga   undaydigan,   kamolot   cho‘qqisiga   olib   chiqadigan   olovdir.
Tasavvufdagi   asosiy   talab-ruknlar   Riyozat,   Irodat,   Uzlat,   Ma'rifat,   Ishorat,
Muhabbat ishq tushunchasida birlashadi. Zero, solikni ixtiyoriy azobga, qiynoqqa
soluvchi ham, rohat-farog‘at baxsh etuvchi ham, fanoga   undan keyin esa baqoga
eltuvchi   ham   ishqdir.   Haqning   borligi   ishqdan   o‘zga   bir   narsa   emas.   Haq
bo‘lmasa,  ishq ham  yo‘q. Alloh tajallisi, zuhurining timsoli  – ishq. Xullas,  ishq-
oshiqni   ma'shuqa   vasliga   yetkazuvchi   ekan.   Maqolat   avvalida   shoir   “sahni   falak
bog‘idek” toza, ozoda, orasta bo‘stonni tasvirlaydi. Bulbul o‘z qo‘shig‘in kuylash
niyatida   shu   bo’stonga   keladi.   Bu   bog‘dagi   har   bir   gul   xuddi   to‘lin   oydek.
Beixtiyor   uning   nazari   gulzordagi   gulga   tushib,   joniga   “ishqdin   tob”   tushadi,
47 ko‘nglida g‘am shu'lasidan iztirob paydo bo‘ladi. Gul jilva qila boshlagach, bulbul
chunonam nola chekdiki, natijada chamanda kuyish va kuydirish yuz berib, oshiq-
ma'shuqlik boshlandi.
Keldi chu bu xirqatu mahruqluq,
Bo‘ldi ayon oshiqu ma'shuqluq. [H.A.-B 194 ]
Bu yerda gul ham, bulbul ham ramz .   Ya'ni, Alloh solikni yaratgach, bir ajib
bo‘stonga kiritadi. Solik u yerda bir nozaninni  ko‘radi va oshiqi beqaror bo‘ladi.
Solik   qancha   ma'shuqasiga   yaqinlashmasin,   yo‘lda   shuncha   ko‘p   riyozatlar
chekaveradi.   Va   oxir-oqibat   u   komil   insonga   aylanib,   bu   nozanin   haqiqiy
“yor”ning   tajalliysi   ekanini   tushunadi.   Aytish   mumkinki,   bu   shaydolik   oshiqni
moddiy   olam   lazzatlaridan   ajratib,   pokdomon   zotga   aylantiradi.   Bu   g‘oya
maqolotdagi Shayx Iroqiy haqidagi hikoyat orqali isbotlangan.
Ishq     o’ti   ta’rifida   maqolotiga   izoh   sifatida       Navoiy   ustozi     Jomiy   sevib
o‘qigan   va   sharhlar   yozgan   “Lamaot”   (“Shu’lalar”)   asarining   muallifi   shayx
Faxriddin   Iroqiy   (1213   –1289)   haqidagi   hikoyat   keltirgan.   Alisher   Navoiy
ustozi,   piri   Abdurahmon   Jomiyga   bag‘ishlab   yozgan   “Xamsat   ul-mutahayyirin”
asarida   Shayx   Faxriddin   Ibrohim   Iroqiyni   alohida   tilga   olgan   bo’lsa,   “Nasoyim
ul-muhabbat”   tazkirasida   esa   bu   shayxning   fe'l-atvori,   tariqatdagi   o‘rni   va
Suhravardiya   sulukiga   kirishi   haqida   batafsil   ma'lumot   beradi.   Tazkirada
bitilishicha,   Shayx   Ibrohim   Iroqiy   asli   Hamadonlik.   “Lamaot”   (“Shu'lalar”)
kitobining   muallifi,   mashhur   she'riy   devoni   bor,   quvvai   hofizasi   zo‘r
qiroatxon. “Shayx   Faxriddin   Ibrohim   Iroqiy   “Lamaot”   kitobining   sohibidur   va
she’r   devoni   bordur   va   mashhurdur.   Va   kichik   yoshida   Qur’on   hifzi   qilib   erdi   va
asru   xo‘b   o‘qur   erdi.   Barcha   Hamadon   ahli   aning   sheftasi   erdilar” 3 9
.   Hazrat
Navoiy   ustozi   qo‘lida   tarbiya   olayotganida,   “Lamaot”ning   mutolaasiga   kirishib
ancha   qiynalib   qoladi.   Shunda   murshidi   Navoiyning   iltimosi   bilan   “Lamaot”
sharhida   “Ashi'at   ul-lamaot”   asarini   yozadi.   Navoiy   “Hayrat   ul-abror”ning   Ishq
ta’rifiga   bag‘ishlangan   maqolatiga   shayx   Faxriddin   Iroqiy   haqida   hikoyat   kiritib,
tasavvufiy,   majoziy   ishqning   yuksak   namunasini   ifoda   etadi. Endi Shayx Iroqiy
39
  Alisher   Navoiy.   Nasoyim   ul-muhabbat.   Yigirma   tomlik.   O‘n   ettinchi   tom.   –   T.:”Fan”,   2001.   –   B.463.
48 ishqiga,   to‘g‘rirog‘i,   shayxning   yigitga   oshiq   bo‘lishiga   to‘xtalsak.   Qayd
etganimizdek,  ishq   Navoiy  ijodining  asosini  tashkil   qiladi.  Solikning  Allohga  va
umuman   borliqqa   munosabatida   ishq   yotadi.   Ishq   vahdatga   olib   boruvchi   yo‘l,
vosita.   Vahdat   esa   tasavvufdagi   oshiq   (ya'ni   solik)   bilan   yor   (xudo)   o‘zaro   bir-
biriga   singishib,   birlashib   ketishi,   vasliga   yetishidir.   Filologiya   fanlari   doktori
H.Eshonqulov   mumtoz   adabiyotdagi   ishq   mavzusi   bevosita   Qur’oni   karim
oyatlari,   hadislar,   xususan,   yirik   mutasavviflarning   Alloh   va   inson   ma’naviy
kamoloti     haqidagi     fikrlari     asosida     shakllanganini,     ruhiy-   ma’naviy   yaqinlik
ifodasi   bo‘lgan   ma’naviy   ishq   ham   aynan   ana   shu   manbalar   asosida   inkishof
topganini   o‘rinli   e’tirof   etadi 4 0
.
Ishq
  –   Navoiy   ijodining   asosi,   o‘zak   g‘oyasi.   Shu   jihatdan   ilk   dostonda
ishq   mavzusiga   alohida   maqolat   bag‘ishlab,   shu   orqali   keyingi   dostonlarga   tamal
toshi   qo‘yadi.   Hikoyatda   shayx   Iroqiy   obrazini   yaratar   ekan,   ilohiy   ishqdan
sarmast   ekanligiga,   bu   ishqning   “har   shoyibadin   pok”ligiga   alohida   urg‘u   beradi:
Ko‘ngli   aning maxzani   asrori   ishq,
Nutqi   aning abri   guharbori   ishq.
shq o‘tidin   anga   muxammar   sirisht,
Ishq hurufidin anga   sarnavisht.   [H.A.-B 198 ]
Navoiy   ta’kidicha,   bu   ilohiy   ishq   Shayxni   butkul   halok   ayladi.   Bu   shunday
pok   ishq   ediki,   uning   qudratidan   har   ne   sodir   bo‘lsa,   ajablanish   o‘rinsiz   edi:
Ishq arokim  Shayxga   ul hol o‘lub,
  Hayratidin   kelgan   ulus lol o‘lub.  
Ishqki, har   shoyibadin  pok   erur,
  Har   neki   qilsa   kishi   ne bok  erur?  
Shayxnikim   ishq  o‘ti   qildi halok,
Shu’lasi   ul xaylni   kuydurdi   pok.   [H.A.-B 199]
40
  Eshonqulov   H.   Alisher   Navoiy   g‘azaliyotida   ishq   poetikasining   qiyosiy-tipologik   tahlili   (“Xazoyin   ul-
maoniy”   misolida).   Filol.fan.dok.diss.avtoref.   –   Samarqand,   2020.   –   B.17
49 Ilohiy   ishq,   xususan,   ilohiy   husnning   qudratini   har   o‘rinda   boqiy   va
mukammalligiga   urg‘u   beradi.
Husni   haqiqiyni   gar   o‘truda   ko‘r,  
Xoh   ani   ko‘zgudau,   gar   suda   ko‘r.   (H.A. - B 200)  
Husn-chiroy, go‘zallik, xushro‘ylikni bildiradi.Tasavvufda   ilohiy husn ham
mavjud   bo’lib   u   Allohga   tegishlidir.   Alloh   yaratmishlar     orasida   insonni   ulug‘,
tabarruk   qilib   yaratib,   ong,   tafakkur,   qo‘l,   oyoq   bergan   ekan,   unga   o‘z   husni,
chiroyining tajallisidan ham berib insonda    ilohiy husnni  ham    mujassam  qilgan.
Bu   chiroy   A.Abduqodirov   qayd   etganidek,   komil   husn   bo‘lib,   ishqni   ham   pok
qiladi, sevuvchi bilan seviluvchi orasida hech qanday jinsga mayl qolmaydi 41
.
Xullas, ilohiy komil husn erkakni erkakka oshiq va ma'shuq qilishi mumkin.
Hikoyatda   tasvirlanishicha   yo‘qlik   dashtida   o‘zini   ma'dum   aylagan   Shayx  Iroqiy
fano kuyida boqiy, zamonining faxri. Uning ko‘ngli ishq sirlarining xazinasi, so‘zi
gavhar yog‘dirguvchi bulut.
Ko‘ngli aning maxzani asrori ishq,
Nutqi aning abri guharbori ishq. [H.A.-B 194 ]
O‘z ishqini pardai taqvoga o‘rgan Shayx Misrdan Shomga qarab yo‘l oladi.
Buni eshitgan Shom podshosi darhol hammani Shayxga peshvoz chiqishga da'vat
etadi. Volihning lutf-u malohatda jon va jahon ofati, yuz Misr shohi qul bo‘larlik
darajada   xushro‘y   o‘g‘li   bor   edi.   Shomda   u   “mohianvar”day,   Misrda   esa   xuddi
Yusuf payg‘ambarday.
Lutfi malohatda jahon ofati,
Dema jahon ofati jon ofati.
Shom savodida mahi anvar ul,
Misr eliga Yusufi payg‘ambar ul. [H.A.-B 199]
Xullas, Shayxning nigohi odamlar orasidagi oyruxsor, sohibjamolga tushadi.
Ishqi   haqiqiy   yuragida   jo‘sh   urib,   yigitning   ayog‘iga   yuzni   qo‘yadi.   Bu   holdan
41
  Abduqodirov   A.   Navoiy   va   vahdat   ul-vujud   ta’limoti.  –   Xo‘jand,   1995.   –   B.34.
50 hamma   hayratda.   Chunki   Shayxning   ishqi   har   qanday   “shoyiba”   –
sharmandalikdan pok.
Ishqki har shoyibadin pok erur,
Har neki qilsa kishi ne bok erur. [H.A.-B 199]
Navoiyning   uqtirishicha,   Iroqiy   o‘zining   pok   ishqi   evaziga   ul   elga   xuddi
quyoshday bo‘ldi va Yusuf sifat shaxzoda ham Shayxga murid tushdi. Shoirning
fikricha,   agar   oshiq   o‘z   ishqida     Shayx   Iroqiy   kabi   pok   bo‘lsa,   sodiq   bo‘lsa,   bu
sifat uning xosiyatidir, xislatidir.
Ishqda pok o‘lsa kishi bu sifat,
Xosiyat o‘lur bu sifat oqibat. [H.A.-B 200]
     Shayx Ibrohim Iroqiy uchun hikoyatda tasvirlangan shahzoda ilohiy husn
aks etgan Allohning zuhuri. 
        Husn haqiqiyni gar o‘truda ko‘r,
        Xoh ani ko‘zgudavu, gar suvda ko‘r. [H.A.-B 200]
      Ya'ni   komil   husn-Alloh   jamoli   xoh   ro‘parangda,   xoh   oyna-yu,   suvda
bo‘lsin o‘zgarmas va boqiydir. Foniy dunyodagi barcha go‘zalliklar shu husndan
nishona.
Ishq seni qilsa, Navoiy, halok,
Pok esa ul ishq o‘lumdin ne bok. [H.A.-B 200 ]
              Ya'ni,   agar   pok   ishq   shoirni   pok   etib,   halok   etsa   ham   bu   ishq   oldida
o‘lim   xatarli   emas.   Zero,   shoir   uchun   poklik   ishq   bayrog‘i.   Mumtoz   adabiyotda
ishq   –   umumbashariy   mavzudir.   Ilohiy   ishq   –   komillik   belgisi.   Dostonda   eng
muhim   masalalar   qatorida   Navoiy   ishqqa   ham   maxsus   maqolat   bag‘ishlaydi.
Dostonning   to‘qqizinchi   maqolatida   shoir   bu     ilohiy     tuyg‘uni     g‘oyat
ulug‘laydi,     mislsiz     qudratini     e’tirof     etadi.
Ilm   o'rganish   -   Allohdan   qo ' r q i s h ,   uni   talab   qilish - ibodat,   izlash -   jihod,
bilmaganga   o'rgatish - sadaqa,   uni   o'z   ahliga   o'rgatish - Allohga   qurbatdir.   Ilm -
tanholikda   hamroh,   hilvatda - do'st,   to'g'ri     yo'l   ko'rsatuvchi - dalil,   begonlar   oldida -
eng   s od i q   do'st,   Jannat   yo'lining   minorasidir.   Navoiy   ilmli   inson   haqida   fikr
yuritar   ekan,   uning   bilim   egallash   bosqichlarini  birma-bir   aytib   o‘tadi.   U   olim
51 darajasiga   yetishgunga   qadar   qanchadan-qancha  azob-uqubat   va   qiyinchiliklarni
boshdan   o‘tkazganligini   aytadi.   Bir   harfni	
  o‘rgangunga   qadar   necha   kunlab   umri
ketishi,   sarson   bo‘lishi   va   oxir-oqibat
  qanday   yo’l   bilan   bo‘lmasin   o‘z
maqsadiga   yetganini   aytadi.   Navo iy   fikricha,	
  xuddi   mana   shunday   ilmga   chanqoq,
uni   egallashda   hech   qanday   qiyinchiliklardan	
  bo‘yin   tovlamaydigan   kishilarni
haqiqiy   olim   deb   atash   mumkin.   Lekin   bu   yo‘lda	
  uchraydigan   o‘ziga   xos
mashaqqatlar   ham   borki,   ularga   qarshi   umri   davomida
  kurasha   olgan   insongina
chin   olimdir.   Nаvоiy   “Hаyrаt ul   –   аbrоr”dа   yashаgаn   dаvrining   ijtimоiy-siyosiy
mаsаlаlаrigа   kеng   o‘rin   bеrаdi.   Shоir   turli   tаbаqа   kishilаrigа   munоsаbаt   bildirаdi.
Аsаrdаgi   ko‘pginа   hikоyatlаr   оrqаli   o‘z   mulоhаzаlаrini   bildiradi .   Shulardan   biri
bu   Imom   Faxr     Roziy     va     sulton     Muhammad     Xorazmshoh     haqidagi
orifona	
  hikoyatdir.   Bu   hikoyat   orqali   ilmning   qay   darajada     afzalligi     juda
chiroyli,
  tushunarli,   qisqa,   lo‘nda   va   aniq   holda   yoritib   berilgan.   Ming   bor
eshitgandan   bir	
  bor   ko’rgan   afzal   deganlaridek,   keling   biz     hikoyat   matni   bilan
tanishib   chiqamiz:
Imom   Faxr   Roziy   bilan   sulton   Muhammad   Xorazmshohning   hammomda  
do’stlik	
  sham’ ini   yoqqanligi   va   imomning   so ’ zi   bilan   sultonning   takabburlikdan  
voz	
  kechgani.
Sirdonlar   davrasining   pod s h o s i ,   dunyodagi   barcha   dindorlarning   imomi
Faxriddin   Xorazmni   o’ziga   oromgoh   qilganda,   uni   ko’rishga   Xorazmshoh   kelmadi.
U   so`rab,   buning   oldiga   kelmagandan   keyin,   ilmining   qadr-qimmatini   saqlab,   bu
ham   bormadi,   Shoh   o’z   qilmishidan   uyalib,   Bir   kuni   imom   hammomga   tushgan   edi.
Shoh   ham   hammomga   yo’l   oldi.   Ular   bir-birlari   bilan   ko’rishib,   shoh   unga   ochilib
shunday   savol   berdi:
—   Ey,   o`z   ilmi   bilan   elni   bahramand   etgan   qiyomat   ishlaridan	
  bir   xabar     ber-
chi.     U     kun   qanday   mashaqqatlar   yuz   beradi?   Har   bir	
  kishining   ahvoli   nima
bo`ladi?
Shoh   shunday   savolni   bergan   edi,   kamolot   egasi   bunga   shunday   javob
berdi:
52 -   Ey     qiyomat     kunini       bilishni       orzu       qilgan       odam,       qiyomat       haqidagi
savolga   eng   monand   joy   mana   shu     hammomdir.   U   yerda     ham     shoh     bilan
gado   bir   xil     ahvolga     tushib,     shoh-u   gado     barchasi     yalang’och     yuradi.
Amaldorlar,   kattalar       hammasi       senga       o’xshab,       ichkariga       kirgach,       bor-u
yo’g’i     tashqarida     qoladi.     Ilm-u     hunar     egalari     esa      menga       o’xshab,       nima
yiqqan       bo`lsa,       o’zi       bilan       olib       kiradi,       vassalom.         Sultonlikdan       senga       u
kuni   ko`p   foyda   yo`q,   lekin   menga   ilmim   tufayli   yaxshilik   ko`p   bo`ladi.   Hikoyatdan
ma’lum   bo’ladiki,   Imom   o’z   ilmiga   sodiq   va   uni   hech   qachon   boshqa  maqsadlar
yo’lida   ishlatmaydigan,   o’z   yo’lidan   adashmaydigan   qat’iyatli   bir   inson	
  sifatida
ko’zga   tashlanadi.   Bu   yo’lda   u   hatto   shohga   ham   qarshi   chiqadi.   Ilmi   va	
  uning
hurmati   tufayli   shohning   yoniga   borishga   vijdoni   yo’l   qo’ymaydi.   Shoh   ham   o‘z
navbatida   o’zining   martabasini   o’ylab,   Imomning   yoniga   bormaydi.   Oqibat   har
ikkovlarining   ham   g’ururi   ustun   kelib,   ancha   paytgacha   bir-birini   ko’rolmay
yurishadi.     Lekin   ularning   hammomda   bo’lib     o’tgan   uchrashuvlari   barcha   narsaga
Alisher   Navoy   insonning   muhim   fazilatlaridan   biri   sifatida   bilimdonlikni
ko‘rsatgan.   Bu   yerda   eng   muhimi   shuki,   ulug’   shoir   aniq   suratda   o‘z   davrining
voqealaridan   kelib   chiqib,     notavon,     kambag‘al   bolalar     uchun     ilm-u   irfon
egallashning   nihoyatda   qiyin   ekani,   eng   yomoni   shuki,   azob   bilan     bilimdon
bo‘lganlar   xor-u   nodon,   razillar   esa   rohatda   yashashini   bir   dard,   alam   bilan
tasvirlagan 42
. Yuqorida   aytib   o‘tganimiz,   olim   kishining   fazilatlari   mana   shu     Imom
Faxr   Roziy   shaxsiga   singdirilgan.   Jamiki   yomon illatlar, kibr-u havo, manmanlik,
layoqatsizlik   nafsning   mevasi.   Insonni   Yaratganidan   ajratib,   Shayton   changaliga
zanjirband qiladigan kuch-nafs.   Junayd Bag’dodiy ta'biri bilan aytganda:  “Alloh
bilan   banda   o‘rtasidagi   to’rt   dengizdan   biri-nafs.   “So’fiylar   agar   solik   nafsni
o’ldirmasa,   uning   ko’nglini   tirik   deb   hisoblamaganlar.   Tirik   bo’lmagan   ko’ngil
esa   Haqni   anglay   olmaydi.   Shu   bois   tariqatga   kirgan   murid   avvalo   o’z   nafsini
yengishi shart bo’lgan.  Maqolotda ham  nafsga ruju qo’ygan kimsalar haqida so’z
42
  Muhiddinov   M.   ― Xamsa larning	
‖     birinchi   dostonlarida   komil   inson   tasviri.   Samarqand     –   2001.     10-15-
betlar.
53 yuritiladi. Dunyo zeb-ziynatiga oshufta, na Allohni, na o’zini, na din-u e’tiqodini
biladigan nafsiga zabun, xunasasifat   oliftalarning     kirdikori-yu, ularga batamom
teskari   dindan   quvvat   olib,   Haq   muhabbati   ila   yashagan   zotlarni   Alisher   Navoiy
“Hayrat ul-abror”ning o‘n oltinchi maqolatida tilga oladi. Maqolotda yozilishicha,
nafsiga   zabun   bu   xil   kishilarni   kibr   zulm   cho’qqisiga   qoplondek   chiqartirib,
xalqdan   uzib   qo‘ygan.   Kibr   ularning   qulog’ida   zirak,   manmanlik,   shaytoniylik
boshida toj.
         Kibr etibon el bila fe’lin durang,
         Qullai zulm ichra nechukkim palang.
         Kibr ila har sori girih qoshig’a,
         O‘zga tafar’un solibon boshig’a.
         Ujb ila har qoshi uchida girih,
         O‘ylaki har yon qulog’ida zirih. [H.A.-B 267]
              Bu   zotlar   juda   izzattalab.   Ularning   kiyadigan   to’ni   xitoyi   matodan
bo’lmasa, dastro’moli atrofiga zarbof urilmagan bo’lsa, dili og’riydi, o’ksiydi.
To’ni ipak bo’lmasa, ko’ngli hazing,
Jinsi xitoy bo’lmasa qoshida chin.
Yuzida zarbaftidin istab nishon,
Hajv bitarga varaqi zarfishon. [H.A.-B 268]
        Bu   ham   yetmaganday   ular   ichkiliksiz   yashay   olmaydi.   Ikki   piyola   may
ularni   misli   yo‘q   pahlavonga   aylantirib,   go‘yo   qilichi   oyning   temir   qalpog‘iga
tegadiganday,   gurzisi   esa   Bahromning   boshini   yanchadiganday.   Ularning   kuchi
oldida filning pashshacha joni yo‘q, ajdaho misoli bir paysa ipak.
Gurzi ila Bahrom boshin yonchibon,
Nayza bilan suratig’a sonchibon.
Pilga yo’q pashshacha qadr-u baho,
Pesa ipakcha ko’ziga ajdaho. [H.A.-B 270]
 Bu qadar manmanlik va gerdayishning asosi-nafs.
   Muncha anoniyati pindor anga,
   Kim beribon nafsi sitamkor anga. [H.A.-B 270]
54     Alisher Navoiy bu illatining asosini topgan bo‘lsa, uni yo’qotish yo’llarini
ham   ko’rsatadi.   Avvalo   ko’ngildagi   barcha   juz’iyliklarni   fano   o’tida   kuydirish,
hirs-u   havas   hil’atini   chok   etib,   tanni   rizo   chashmasida   pok   etish,   o’zini   Haq
yo‘lida,   uning   dinida   “rust”   etish   va   Tangri   taolo   rizoligiga   sazovor   bo‘lish.
Shoirga jonini jononidan ayagan oshiqlar kerak emas. 
Kimgaki jonondin erur jon aziz,
Hayfki qilg’ay ani jonon aziz [H.A.-B 275]
    Mana shu holatda Navoiy xunasasifat, maqtonchoq oliftalarni tanqid qilib,
fikrlarining   isboti   sifatida     jonini   jononidan   ayamay,   har   yumushni   faqat   Alloh
uchun   qiladigan   “ulamoning   shahanshohi”   Abdulloh   Muborak   Marvaziy   haqida
hikoyat   keltiradi.  Hikoyat   Hasan   Rabi'   tilidan   aytilgan.   Unda  yozilishicha,   islom
lashkarlari   bilan   kufforlar   orasida   qattiq   janglar   borayotganda,   birdan   “ajal
xanjaridek” bir qotilli kuffor jangga kiradi. Bundan islom lashkarlari cho’chishib,
orqaga tisarila boshlashadi.
Kufr sipohi safidin pir dile,
Balki ajal xanjaridek qotile.
Kofiri qotil chu zabardast edi,
Har kishi bir zarbasidin past edi.
Necha musulmonni chu qildi shahid,
Bo‘lmush edi din cherigi noumid. [H.A.-B 276]
             Shu paytda kiyikka tashlangan sherdek bir “daler” yuziga niqob tortib,
urush maydoniga kiradi. Dushmanga yetgan zamon bir hamlada uni o’ldiradi. Qay
holatda jihodga kirgan bo’lsa,  yana shu zaylda maydonni tark etadi. Hasan Rabi’
shavqu iztirob ila unga yetishib deydi: 
O’lgum o’shul chehra havosi uchun,
Burqaing och, tengri rizosi uchun. [H.A.-B 278]
Niqob olingach ma'lum bo‘ldiki, bu “izzu sharaf” tojining gavhari Abdulloh
Muborak   Marvaziy     edi. Hasan    Rabi’   undan nega  cheriklardan yuzini   berkitib,
o’zini tanitmay jangni tark etgani haqida so’raganda, Shayx javob berdi:
Dedi Hasan: aylamagil ijtihod,
55 Ulki aning ishqida qildim jihod.
Jumlai holimdan erur ogah ul,
Qaysi qadam ursam erur hamroh ul.
Tonisa ulkim, manga maqsud erur,
Tonimasa olam eli sud erur. [H.A.-B 278]
Ya’ni,   ey   Hasan,   ko’p   o’zingni   urintirma.   Men   Haq   uchun   jang   qildim.
Chunki har ishda madadkorim, har joyda hamrohim, shafqatli, mehribonim Alloh.
Meni faqat u tanisa bas, zero “yor” ishi doimo yashirin tutiladi.
Har kishi kome tilasa yordin,
Yor ishi maxfiy kerak ag’yordin. [H.A.-B 278]
  Hikoyatdagi   nomi   zikr   etilgan       Shayx     Abbdulloh   Muborak   Marvaziy
haqida   to‘liq   ma’lumot   Navoiyning   “Nasoyim   ul-muhabbat”   tazkirasida
keltirilgan.   Ma'lumki,   shoir   bu   tazkirani   tuzishda   ustozi,   murshidi   Abdurahmon
Jomiyning   “Nafahot   ul-uns-min   hazoratul-quds”,   Abdurahmon   Sullamiyning
“Tabaqoti   so’fiya”,   Abdulloh   Ansoriyning   “Tabaqoti   sufiya”,   Farididdin
Attorning   “Tazkirat   ul-avliyo”   asarlariga   suyangan.   Bu   haqida   tazkiraning
kirishida   yozadi:   “To   tarix   to‘qqiz   yuz   birdaki,   ul   kitobning   tavfiqi   yigirma   yil
o’tub  erdi   tengri   taolo  tavfiqi  birla   bu  ulug’  ishga   ilik  urdim   va  bu  azim  amrg’a
qalam   surdum   va   Hazrati     Shayx   Farididdin   Attor   quddisa   olloha   sirriha   bitigan
“Tazkirat   ul-avliyo”din   ba’zi   kibori   mashoyixkim,   “Nafahot   ul-uns”g’a   doil
bo’lmabdur   erdi,   har   qaysini   munosib   mahalda   doxil   qildim   va   Hind   mashoyixi
sharhi ham oz mazkur erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx
Farid Shakarganjdin so’nggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi zikri
ham ozroq erdi, oni dog’i Hazrat shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad Yassaviydin bu
zamong’acha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin va ba’zi holotu so’zlarin o’z
mahalida darj qildim”   43
.
  Demak,   Navoiy   Hazrat     Jomiy   tazkirasiga   kirmay   qolgan   va
Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo”sida   zikr etilgan   ma’lumotlarni saralab
o’z tazkirasiga kiritgan. Ana shunga munosib ravishda “Nasoyim ul-muhabbat”ga
43
  Alisher Navoiy . Nasoyi ul-muhabbat.MAT. Yigirma tomlik. O’n yettinchi tom.-T.: Fan, 2001.-B. 3
56 doxil   qilingan   shayxlardan   biri   Abdulloh   Muborak   Marvaziydir.   Bu   haqida
tazkirada o’qiymiz. “Aning manoqibi zikri tilagon kishi hazrat Shayx Fariduddin
Attorning “Tazkirat ul-avliyo”sida tilasunki, vofiy bitibtur” 44
.
        Abdulloh   Muborak   Marvaziy   hijriy   118   (mil.   736-737)   yilda   Marvda
tug’ilgan.   Qozi   Abulg’ani   Abullohning   fikricha,   uning   otasi   xorazmlik   bo’lgan.
Bolaligi   ummaviylar   davriga   to’g’ri   kelgan.   Arab   tili,   muqaddas   Qur’on,
payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislari bo’yicha ilk ta’limni Marvda olgan.
Uning   dastlabki   ustozi   Marv   qozisi   Yunus   bin   Nofe’   al-Xurosoniy,   keyingisi
tobe’in   Al-Rabi’   bin   Anas   bin   Ziyod   al-Baqriy   bo’lgan.   Demak,   Abdulloh
Muborak  ikki   mazhabni  jipislashtirgan.     Abdulloh  Mubork  ilk  muhaddis   sifatida
ham   musulmon   olamida   mashhur.   U   hadislarni   qog’ozga   yozib,   kitoblarga   jam
qilish   tarafdori   sifatida   keng   harakat   olib   borib,   taqvo   va   pokizalik   bobidagi
hadislarni   yig’ib   “Kitob   ur-raqoqiq”   ya’ni   “Nozik   iboralar   kitob”ini   yozadi.   Bu
bilan u deyarli bir asr mobaynida davom etib kelayotgan “Hadislarni faqat yodda
saqlash lozim”-, degan tushunchaga barham bergan. Abdulloh Muborakdan keyin
Is’haq   ibn   Rohvayhal-Marvaziy   (Imom   Buxoriyning   ustozi)   6   jildlik   musnadni,
so’ngra esa Imom Buxoriy, Imom Termiziy o’z “sahih”larini ta’klif qilganlar.
             Navoiy hikoyatida tasvirlangan jang voqyeasi Abdulloh Muborakning
sarkardaligi   ham   manbalarda   qayd   etilgan.   Navoiy   bundan   boxabar   bo’lgan   va
“Nasoyim   ul-muhabbat”da   alohida   urg’u   bergan.   Tazkirada   o’qiymiz:   “Ani
ulamoning   shahanshohi   der   ermishlar,   judu   shujaotida   zamonining   yagonasi
ermish   va     tariqat   as’hobining   muhtashami.   Va   bu   qavm   mashoyixi   ko’pining
suhbatig’a   musharraf   bo’libtur   va   mashhur   tasonifi   bor 45
.   Barcha   taotning   avvali
tavba.   Inson   qilgan   gunohi   uchun   pushaymon   bo‘lib   qayta   takrorlamaslik   uchun
tavba   qiladi.   Abu   Nasr   Sarroj   tariqatning   maqomatlaridan     bo’lgan   tovbani
shunday   izohlagan.   Tavba-qaytish,   ya’niy   oliy   axloqiy   sifatlarga,     kamolatiga
qaytish. Tovbani bob ul-abvob-eshiklarning eshigi ham deydilar , chunki tariqatga
qadam   qo’ygan   odamning   niyati   va   mohiyati   avvalo   shu   tovbasida
44
  Ushbu manba. –B.10 
45
 Alisher Navoiy . Nasoyi ul-muhabbat.MAT. Yigirma tomlik. O’n yettinchi tom.-T.: Fan, 2001.-B. 3
57 ayonlashadi 46
.Unda   solikning   niyati,   maqsadi   zohir   bo’ladi.   Shariat   man’   etgan
ishlardan   yuz   o’girish,   yomon   axloqiy   sifatlardan   yaxshi   hamida   sifatlariga
qaytish   tavbaga   kiradi.   So’fiylar   har   xil   holatlarda   tavba   qilib,   Allohdan
begonalikni   tashlab,   oshnolikka,   uzoqlikdan   yaqinlikka   sari   qadam   qo’yganlar.
Shu bois Xoja Orif ar-Revgariy “tavba-din tug‘i”-, deb bejiz ta’kidlamagan.
        Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo”siga suyanib Navoiy Abdulloh
Marvaziyning   kanizakka   oshiq   bo’lish   voqyeasini   o‘z   tazkirasida   keltirarkan,
asosiy   fikrni   nafs   va   uni   yengish   masalasiga   qaratadi.   Bir   kuni   u   oyruxsor
kanizakka   oshiq-u   beqaror   bo’lib,   tong   otguncha   ma’shuqa   devori   oldida   turadi.
Qish   edi.   O‘sha   kecha   sahargacha   qor   yog‘adi.   Ammo   oshiq   bundan   bexabar.
Xufton   aytilgach,   u   o’ziga   kelib,   ahvolidan   voqif   bo’ladi.   Tazkirada   o’qiymiz:
“Sahar   namozin   ayturda   ul   xuftan   sog’indi.   Kunduz   bo’lg’ondin   so’ngraki   ul
holg’a   voqif     bo’ldi.   O’ziga   dediki:   Ey   Muborakning   nomuborak   o’g’li,   uyot
sanga bu avqotdinki, agar imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa, toriqib,
telbalanarsen.   Va   muningdek   kecha   nafsing   havosig’a   tong   otquncha   mundog’
azob tortarsenki, suubatidin xabaring yo’qtur. Ko’ngli bu darddin buzuldi va bori
ishdin   tavba   qildi   va   sulukka   mashg’ul   bo’ldi.   Ishi   ul   yerg’a   yettiki,   Makkadin
Madinag’a degincha mahofasin ashrof eginlarig’a ko’tarib elturlar erdi” 47
. Demak,
Shayx   Muborak   o’z   nafsning   balosidan   uyalib,   tavba   qiladi   va   bu   o’zgarish   uni
shu   darajada   mashhurlik   qiladiki,   Makkadan   Madinagacha   bo’lgan   masofada
murid-u ixlosmandlari uni   qo’llarida   ko’tarib borganlar. Abdulloh Muborakning
so’fiylik   tariqatidagi   shuhrati   o’zi   tirik   vaqtidayoq   ko’p   yurtlarga   yoyilgan.   Al-
Abshahiyning   “Al-Mustatraf”   asarida   yozilishicha,   Shayx   bir   guruh   muridlari
bilan   haj   safariga   chiqadi.   Yo’lda   bir   tul   xotin   va   uning     besh   yetim   bolasini
ko’radi.   To’plagan   aqchalarini   o’sha   ayol   va   uning   sag’irlariga   beradi.   Evaziga
Alloh   uning   Haj   niyatini   ijobat   qiladi.   Shundan   ham   ko’rinyaptiki,   Shayx
Muborakning  asl   maqsadi   Haq  vasli.   O’zini   tanitmay,   yuziga   niqob  tortishi   ham
“yor”   vasli   yo’lida   qo‘yilgan   qadam.   Shayxning   (Navoiyning)   fikricha,   sipohiy,
46
  Нажмцддин   Комилов . Тасаввуф  /  Н .  Комилов ; — Т .: «Movarounnahr» —« O’zbekiston, 2009. —B.25.
47
  Alisher Navoiy . Nasoyi ul-muhabbat.MAT. Yigirma tomlik. O’n yettinchi tom.-T.: Fan, 2001.-B. 3
58 cheriklarga   ko’z-ko’z   qilib,   jihodga   kirish   va   uni   yenggach   boshqalardan   olqish
eshitish   ham   nafs   belgisi.   Shu   bois   Navoiy   “yor”   ishini   hamisha   ag’yor-
dushmandan maxfiy tutishini istaydi.
Tengri Navoiyg’a yeturgay jazo,
Kofiri nafsi bila qilsa g’azo. [H.A.-B 278]
Ya’ni,   agar   Navoiy   yor   ishini   o’zgalardan   maxfiy   tutib,   nafsini   tiymasa,
Tangri   unga   o’z   jazosini   bersin.   Dostondagi   o’n   oltinchi   maqolatning   yetakchi
g’oyasi-nafsni yengish, ko’ngilni poklab, Yaratgan oldida qilgan gunohlariga iqror
bo’lish.   Shayx   Abdulloh   Muborak   haqidagi   hikoyat   ham,   “Nasoyimul-
muhabbat”da   Muborak   Marvaziy   to’g’risidagi   ma’lumotlar   ham   maqolatdagi
asosiy   g’oya   bilan   hamohang,     vobastadir.   Garchand,   “Nasoyim   ul-muhabbat”
tazkirasi   “Hayrat   ul-abror”dan   ancha   keyin   yaratilgan   bo‘lsa-da,   ikkala   asardagi
voqyealar Shayx Muborak Marvaziyning so’fiylik darajasi va mavqyeini namoyon
qiladi. Xullas, Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror”da yaratgan inson timsoli o’zi va
o’zgalarni   baxtli   qila   oladigan   musaffo,   fozil,   komil   insondir.   Hazrat   shu   obraz
orqali   “o’zining   asl   maqsadini   mukammalroq   ko’rsatishga   harakat   qilgan.   Biz
yuqorida tahlilga tortgan maqolatlar va ularga keltirilgan bir-biridan teran, go’zal
hikoyatlarda   Navoiy   o’zining   (mushohadalarini)   singdiradi   va   mukammal
insonning axloqi, fazilat va sifatlari qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatib beradi.
2.2. “Hayrat ul-abror” dostonida gavdalangan chin so’fiylar siymosi   
Hazrat   Alisher   Navoiyning   “Hayrat   ul-abror” d o s t o n i   to‘lig‘icha   diniy-
tasavvufiy,   ma’rifiy-irfoniy   g‘oyalar   bilan   yo‘g‘rilgani   uchun,   tabiiyki,   undagi
obrazlarning   ham   kattagina   qismini   tariqat   pirlari,   aziz   avliyolar   va   so’fiylar
tashkil   etadi.   Dostonning   kirish   boblari   va   maqolatlarida   ikki   toifa   so’fiylar
haqida to’xtalgan :
1 .   Haqiqiy (chin)   so’fiylar   t i m s o l i   (tarixda   nom   qozongan,   ibratli   hayot
yo‘liga   ega   bo‘lgan   din   vakillari).
2.   Soxta   so’fiylar   t i m s o l i   (islomiy   aqidalarni   mensimaydigan,   din
vakili   bo‘la   turib, bunga   zid   ish   tutadigan   kimsalar).
59 Soxta   so’fiylar.   Dostonning   “Riyoyi   hirqapo‘shlar”haqidagi   to‘rtinchi
maqolatida   soxta   din   vakillarining   chirkin   kirdikorlarini   ayovsiz   fosh   etadi.
“Navoiy   qalamining   satirik   kuchi   bu   bobda   ayniqsa   yorqin   ranglar   bilan
tovlanadi.   Bunda   har   bir   so‘z   tig‘day   o‘tkir,   har   bir   chiziq   benihoya   jonli   va
lo‘ndadir 48
”.   Shoir   mazkur   maqolatida   shayxlarning   qiyofasini   ham   mohir
rassom   kabi   chizadi.   Qahramonning   boshdan-oyog‘igacha   tasvir   jarayoni
zaharxanda   kulgi   bilan   yo‘g‘rilgan.   Navoiy     bu     razil     kishilar     toifasini
yomonlarning     yomoni   sanaydi:
Bu el  erur   borcha   yomondin-yomon,
Kimki   yo‘q   ondin   yomon,   ondin   yomon.   [H.A.   –B.   119]
Bu   galadagi   har   bir   tirik   jonning   tasviri   achinarli.   Shoir   ularni   inson   deb
atashni   noloyiq   ko‘radi.   Navoiy   e’tiroficha,   o‘z   nafsining   asiri   bo‘lgan   soxta
so’fiylarga   do‘zax   va   uning   o‘tini   ham   ravo   ko‘rmoq   nojoizdir.   Insoniyat   ahli
o‘tdan   azob   ko‘rsa,   bu   kimsalardan  o‘tga  azob  y etadi:
Lek tomug‘   ham  bu  necha   g‘ashg‘a   hayf,
O‘t dog‘i bu xayli   dag‘alvashg‘a   hayf.
Gar   ko‘rib   o‘tdin   bani   odam   azob,
O‘tqa   bulardin   bo‘lubon   ham   azob.   [H.A.   –B.  120]
Aytish   mumkinki,   “Hayrat   ul-abror”ning   bu   maqolati   “...   ham   mavzuning
yaxlit   keng   planda   ishlanishi   jihatidan,   ham   o‘tkir   satirik   yo‘nalishi,   fosh
etishning   qat’iy   va   asosliligi   jihatidan   Navoiy   ijodidagina   emas,   balki   butun
adabiyotimizdagi   g‘oyaviy-badiiy   etuk,   mustaqil  asar   darajasiga   ko‘tarilgan 49
”.
Haqiqiy  (chin)   so’fiylar     timsoli .     Bu     guruh     so’fiylarni     Navoiy e’zozlaydi,
ularga   hurmat   ko‘rsatadi,   sharaflaydi.   Dostonning   maqolatlarigacha   so’fiy
siymosi   keltirilgan   bo’lib.   Bular   Bahouddin   Naqshband   va   Xoja   Ahror   Valiy
portretlaridir.
48  
Oybek.   MAT. O‘n   to‘qqiz   tomlik.   O‘n   uchinchi   tom.   –   Toshkent,   1979.   –B.164.
 
49
 Abdug'afurov A. Navoiy ijodida satira.-T.: 1972.-B. 140.
60       “Hayrat   ul-abror”ning   yigirma   birinchi   bobi   doston   muqaddimasining
so’nggi   hisoblanib,   Bahouddin   Naqshband   va   Xoja   Ubaydulloh     Ahror   Valiy
madhiga   bag’ishlangan.   Alisher   Navoiy   ijodida   inson   haqidagi   tushunchalar
islomiy   aqidalar   negizida   shakllangandir.   Shu   bois   biz   Qur’oni   Karim   va   Hadisi
sharifda   inson   haqida   bildirilgan   fikrlar   bilan   Navoiy   qarashlari   muvofiqdir.
Birinchidan,   Qur’ondagi   oya t lar   ba’zan   mazmunan   dostonlarda   qaytariladi   va
inson mukarram zot   ekan ligi, uning vujudi tuproqdan bo’lsa-da, ammo ruhi   ilohiy
ekanligi bayon etiladi. Navoiy islomiy aqidalarga  qat ’ iy  amal qilgani holda insonni
ta’riflar   ekan,   uning   imo n li   bo’lishi,   shariat   talablariga   qat’iy   rioya   qilishi
lo zimligi,   o’zini   anglashi,   o’z   rabbisini   anglashi   zarurligi   haqida   yozadi.   Bu
g’oyalar o’zbek shoirining ustozlari   tomonidan ham bayon etilgan.   Komil inson –
ilohiy   ilmlarni   egallagan,   qalbi   nurli,   har   narsadan   ogoh   odam.   Ammo   bu   yo’l
bag’oyat   mushkulliklar   bilan,   Alloh   sari   poklanib   borish   bilan   amalga   oshadi.
Alisher   Navoiy n ing   komil   inson   haqidagi   qarashlari   Payg’ambar   alayhissalom
(s.a.v.)   va   shayxlar,   so’fiylar   ha q idagi   qarashlari   bilan   hamohang   ekani   ma’lum.
Bundan   tashqari,   Bahouddin   Naqshband   bilan   Xoja   Ahror   Vali   obrazlari   lirik-
tavsifiy   yo’sinda   gavdalantirilib,   valiy   zotlarni   Payg’ambar   davomchilari,
karomatli insonlar sifatida olib qarash ochiq aytilmasa-da, ammo mavjud.   Tasavvuf
pirlari   bo‘lgan   Abdulloh   Ansoriy,   Abdulloh   Muborak,   Boyazid   Bistomiy   nomlari
bilan   bog‘liq   “oltin   silsila”ning   Navoiy     zamonidagi     y etakchilari     Bahouddin
Naqshband,   Xoja   Ahror   Valiy   kabi   ulug’   so’fiylar   ijtimoiy,   siyosiy   va   ma’naviy
hayotga   kuchli   tasir   ko’rsatgan.   Navoiyshunos   olim   M.Muhiddinov   o‘zining
doktorlik   tadqiqotida   “Xamsa”larning   faqat   birinchi   dostonlarida   inson
konsepsiyasi   masalasini   qiyoslash,   chog‘ishtirish   asnosida   tahlil   qilib,   bu   bobni
faqat Bahouddin Naqshbandga tegishli deb hisoblaydi.   Dostonda   Navoiy   “Xoja”
so‘zini   turlicha   ma’nolarda   tasarruf   qiladi:   1)xoja-inson   ko‘ngli;   2)xoja-inson
jismidagi   besh   sezgi   egasi,   aql esa uning   vaziri;   3) xoja-Bahouddin   Naqshband
va   Xoja   Ubaydulloh   Ahror   kabi   o‘z   jismi,   vujud   istaklarini   o‘ziga   tobe’   qilib,
jilovlay   olgan   ma’rifat   sohiblari.   Shu   bobda   Navoiy   “o‘zini   naqshbandiylik
maktabining   asoschisi   bo‘lgan   Xoja   Bahouddin   Naqshbandga   murid   hisoblab,
61 o‘shaning   tariqatini   qabul   qilganini   bayon   qiladi 50
”.  
Demakki,   Navoiy   uchinchi
hayratning   so‘ngida   keyingi   –   Xoja   Bahouddin   Naqshband   va   Xoja   Ubaydulloh
madhiga   bag‘ishlangan   bobga   zamin   hozirlagandi.   Bahouddin   Naqshband   Navoiy
uchun “naqsh ba ndi ya ” silsilasi asoschisi – ruhiy murabbiy,  uning ta’limoti Navoiy
ijodida   chu q ur   iz   q oldirgan.   Bob   sarlavhasida   “Xoja   Bahouddin   Naqshband
quddusa sirruhu madhidakim, sun’ naqqoshi hikmat xomasi bila ro’zgor sahifasida
aning   vujudi   naqshin   islomiy   tarh   etti   va   surati   irshodi   bila   kufr   ahli   ko’ngli
varaqidin xitoiy va farangiy naqshi ketti va Xoja Ubaydulloh sallamahumullohg’a
niyoz   arzikim,   ul   hazratqa   xalafi   mutlaq,   balki   xalifayi   barhaqdurur”   deyilgan.
Shundan ko’rinib turibdiki, bu bobda   h am Xoja Ba h ouddin Na q shband,   h am Xoja
Ubaydullo h   A h ror   Valiy   ta’rif-u   tavsif   etilgan.   Alisher   Navoiy   Hazrat
Bahouddinning   pirlik,   murshidlik   jihatlarini   to‘laroq   ko‘rsatish   maqsadida   takror
san'atidan   mohirlik   bilan   foydalanadi.   U   “naqsh”,   so‘zini   26   marta,   “naqqosh”,
“naqshbin”,   “naqshband”   so‘zlarini   bir   necha   marta,   “fano”ni   4   marta,   “jahon”
so‘zini   5   marta,   “shoh”   so‘zini   6   marta,   “ofoq”   va   “gado”   kalimalarini   bir   necha
marta   ishlatadi.   Navoiy   mazkur   bobda   ilgari   tasavvuf   istilohlarida   bo‘lmagan
“naqsh”   tushunchasining   birinchilardan   bo‘lib,  juda   ko‘p   ma’nolarini   kashf   etadi.
Aytish joizki, Navoiy har safar shu so‘zlarni takrorlaganda ularga alohida-alohida
ma'no yuklaydi. Biri ikkinchisining shunchaki qaytarig‘i emas.
Bob   jami   45   baytdan   iborat   bo’lib,   shundan   dastlabki   15   bayti     Xoja‒
Bahouddin   Naqshband,   keyingi   30   bayti   esa     Xoja   Ubaydulloh   Ahror   Valiyga	
‒
bag’ishlangan. Dastlab Bahouddin Naqshbandning ma’naviy siymosi  tasvirlanadi.
Sarlavhada   Alloh   ul   zotni   Islom   bilan   ne’matlantirib,   Islomga   xizmat   qiluvchi
xodim   qilgani   aytiladi.   Shuningdek,   kufr   ahlining   ko’nglidan   kufr   naqshlarini
o’chirgani   tilga   olingan.     Navoiy   hazrati   Bahouddinning   ulug’   martabasi,
tariqatdagi   xizmatlari   haqida   yozar   ekan,   “naqsh”   so’zining   ko’p   ma’noligidan
foydalanib,   zanjirli   so’z   o’yinini   hosil   qilgan,   bu   bilan   ajoyib   tasvir   yaratgan.
Ma’lum   bo’lishicha,   “naqsh”so’zi   bir   nechta   ma’noga   ega   ekan.   Birinchidan,
50
  Shayxzoda.   Asarlar.   Olti   tomlik.   To‘rtinchi   tom.   –   T.:   Adabiyot   va   san’at   nashriyoti,   1972.   –   B.128.
62 Navoiy   “naqsh”   deganda   dunyoni,   “naqqosh”   deganda   esa   xoliqi   olamni   ko’zda
tutadi.
Xojaki, naqqosh sipehri baland,
Bo’lg’ali  h ar sa fha sig ’ a naqshband,
Ayladi avro q  muna qq ash base,
Na q sh ra q am ayladi dilkash base.  [H.A.-B 96]
   Shunday qilib, dunyo ashyolari, go’zal hayot, falaklar barchasi Alloh, ya’ni
Naqqoshi azalning naqshi suratlari. Shu kabi nabilar va valilar ko’nglidagi limmo-
lim   ilm   h am   Allo h ning   na q shidir.   Jumladan,   Bahouddinda g i   valilik   qobiliyati,
ilohiy   iste’dod   tangri   ne’mati   natijasidir.   Bahouddinning   “naqshband”ligi   ilohiy
naqshbandlikning   inson   zotiga   zuhur   etishi.   Bahouddin   ko’ngullarga   ilohiy   ishq
naqshini, fano va faqrlar naqshini soladi. Bu zotning   qalbida dunyo – g’ayr naqshi
yo’q,   uning   qalbi   shunday   tozaki,   unda   faqat   Alloh   suvrati   namoyon.   Zikr   or q ali
k o’ ngullarni   Allo h   ism   va   u ning   sifatlari   bilan   to’ldirgan.   “Bahouddinning
laqablari   bevosita   u   kishining   kimxobga   naqsh   solish   kasblaridan   olingan   bo‘lsa
ham,   har   xil   falsafiy-tasavvufiy   ma’nolarda   sharhlash   uchun   imkon   beradi 51
”.
Alloh   taolo   barcha   mavjudotlarni   chiroyli   qilgan   “ Naqqosh”,   u   Xoja     Bahouddin
Naqshband   siymosini   shunday   ajoyib   fazilatlar   bilan   bezadiki,   bunday   dilnavoz
naqshni   boshqaga   bermadi.   Navoiy   dilnavoz   naqsh   deb,   Xoja   Bahouddinning
hayotiy   shiori   “Dil   ba   yor,   dastba   kor”ni   nazarda   tutgan   bo‘lishi   mumkin.   Shoir
ta’kidicha,   Xojaning   hayoti   sahifasida   vujud   naqshi,   ya’ni   jismoniy,   nafsoniy,
o‘tkinchi   hoy-u   havaslar   yo‘qolgan,   ma’naviy   olami   kamolot   poyalaridan
yuksalib,   shu   qadar   kengayganki,   Xojaning   himmati   oldida   butun   olam   kichik   bir
zarraga   o‘xshab   qoladi.   Navoiy   fikricha,   Naqshband   joniga   mashaqqat,   zahmat
naqshini   solib,   fano   (yo‘qlik)   naqshini   sizmoqlikka   harakat   qildi,   ya'ni,   Olloh
vasliga   yetishishning   yangi   yo‘nalishini   o‘z   sulukidagilarga   ochib   berdi.
Naqshbadgacha   ko‘pgina   ahli   tarqat   pirlarining   umri   safar,   sayo h at,   pir   suhbati,
tunu-kun   ibodat   qilish   bilan   o‘tardi.  Bahouddin   ularning  hayot   tarzini   isloh   qildi.
51
  Olim   S.   Naqshband   va   Navoiy.   –   T.:O‘qituvchi,   1996.   –   B.181.
63 Ul zotdan sizning tariqatingizda zikri jahr (ovoz chiqarib zikr aytish), xilvat (o‘zini
olib qochish, chilla o‘tirish) va samo bo‘lurmi? deya so‘raganlarida yo‘q javobini
bergan.
Jong‘a chekib ranju ano naqshini,
Sizmoq uchun anda fano naqshini.
Joni chu ul naqsh makoni bo‘lub,
Naqshdin o‘zga bari  foniy bo‘lub. [H.A.-B. 97]
  Alisher   Navoiy   “Nasoyim   ul-muhabbat”   tazkirasida   yozishicha,   Xoja
Bahouddin   tushida   turk   mashoyixidan   Hakim   Otani   ko‘rgan   va   uni   bir
darveshga   tarbiyaga   topshirgan.   Tushini   soliha   jaddasiga   (buvisiga)   aytganida,   u
“Ey   farzand,   senga   turk   mashoyixidin   nasibe   bo‘lg‘uvsidur,   deydi”.   Yosh
Bahouddin   o‘ngida   o‘sha   darveshni   izlab   topadi,   u   Sulton   Xalil   bo‘lib   chiqadi.
Movarounnahr   toj-u   taxti   uchun   jang-u   jadallar   vaqtida   shoh   va   darvesh   Xalil
Sulton   halok   bo‘lgach,   mamlakatda   notinchliklar   avj   oladi   va   Xoja   Bahouddin
Nasafdan   Buxoroga   qaytadi   va   Bobo   Samosiy,   Amir   Kulol,   Ali   Rometaniy   kabi
pirlardan   saboq   oladi.   Ammo   uning   asosiy   ma’naviy   piri   Abduxoliq   G‘ijduvoniy
bo‘ladi 52
.Navoiy   “Hayrat   ul-abror”da   Xoja   Bahouddinning   barcha   nafsoniy   hoy-u
havaslardan   qutulib,   ma’rifat   hosil   qilgan   davrini   tasvirlaydi.   Xoja   Bahouddin
“joniga   fano   naqshini   chizmak   uchun” –   piri   ko‘rsatgan   og‘ir   yo‘llarni   bosib
o‘tgan.   Bu   yo‘llarda   uning   joni   naqsh   makoni   bo‘lib,   uning   jonida   (ruhida)   ana
shu   ajib   naqshdan   boshqa   barcha   narsalar   yo‘qotilgan.   Shoh   va   payg‘ambar
Sulaymon   a.s.   uzugining   naqshi   bilan   dev-u   parilarni,   tabiiy   ofatlarni   taslim
qilgan   bo‘lsa,   Xoja   Bahouddin   uzugining   naqshi   (“Dilba   yoru   dastba   kor”)   bilan
odamzoddagi   zalolatga   boshlovchi   illatlar   (havoyi   nafs,   kibr-u   havo,   baxillik,
tamagirlik,   hasadgo‘ylik,   munofiqlik,   laganbardorlik,   yolg‘onchilik)ni   yo‘qota
olgan.   Uning joni shu naqshning makoni va ko‘zlagan maqsadi esa “fano naqshi”
bo‘lgan.   Bora-bora   uning   tanida   Olloh   “naqshi”   –   ishqidan   o‘zga   hech   narsa
qolmagan.   Navoiy   yozadi,   uning   ko‘ngli   shu   maskanda   sayr   qilsa   ham   jonida
Naqqosh (xudo) naqshidan o‘zga narsa qolmagan.  
52
  Alisher Navoiy . Nasoyi ul-muhabbat.MAT. Yigirma tomlik. O’n yettinchi tom.-T.: Fan, 2001.-B. 262.
64 Ko‘ngli   chekib   maskan   aro   naqshi   sayr,
Sayrda   yo‘q   ko‘ngli   aro   naqshi   g‘ayr.   [H.A.   –B 97]  
Alisher   Navoiy   bu   faslga   Xoja   Bahouddining   Allohni   unutmaslik,   iymon   va
e'tiqodni   pok   tutish,   doimo   umid   va   ishonch   bilan   Yaratganga   intilish   tamoyilini
asos qilib oladi. Shu bois M.Muhiddinov bu bobni “manqaba”, ya'ni sof tavsifdir,
deydi.
Bu   so‘zlarda   naqshbandiya   sulukining   dasturlaridan   biri   “safar   dar   vatan”,
“xilvat   dar   anjuman”   shioriga   ishora   bor.   Naqshbandiya   tariqatida   qalandarlik,
gadolik   qilib   turli   joylarni   kezish   ham,   xilvatnishinlik-   yolg‘iz     o‘tirish     ham
rad     etiladi.     Solik     o‘z    ruhiy     olamida     sayr     qilib,   poklanishi,   peshona   ter   to‘kib,
halol   mehnat   bilan   tirikchilik   qilishi   talab   etiladi.   Ta’kidlash   o‘rinliki,   bu   tariqat
tasavvufdagi   haddan   tashqari   holatlarni   islohga   keltirib,   riyozat   va   poklanish
kamolotini   jismoniy   va   ijtimoiy-axloqiy   ehtiyojlar   bilan   muvofiqlashtirishga
intilib   keldi,   moddiy   dunyoga   keskin   muqobil   turish   o‘rniga   rahnamolik   va
tarbiyani   birinchi   o‘ringa   qo‘ydi,   sharr   va   yovuzlikni   nafrat   va   o‘ch     hissi   bilan
qarshi   olmay,   shafqat   va   mehr   orqali   uni   ezgulikka   aylantirish   payida   bo‘ladi.
Navoiy   “Hayrat   ul-abror”da   Bahouddin   Naqshbandning   tariqat     piri   va   poktiynat
so’fiyligi   singari   fazilatlarini   mushtarak   holda   tasvirlab,   uning   timsoli   talqinida
poetik   mukammallikka   erishdi.
Dostonning   Xoja   Bahouddin   Naqshband   ta’rifiga   bag‘ishlangan   yigirma
birinchi   bobning   davomida   Naqshbandiya   Xojagon   silsilasining   Jomiy   va
Navoiy   zamonidagi   y etakchisi   Xoja   Ubaydulloh   Ahrorga   hurmat-   ehtiromini
bildiradi.   Manbalardan   ma’lumki,   Xoja   Ubaydulloh   Naqshbandiylikning   asosiy
shiori   “Dilba   yor-u   dastba   kor”   so‘zlariga   eng   ko‘p   amal   qilgan,   hazrat
Navoiyning   piri   murshid   sifatida   jamiyat   taraqqiyotiga,   ijtimoiy   hayotga,   davlat
siyosatiga   ham   aralashib,   shohlarni   adolatga   chaqirgan   yuksak   maqomdagi   din
va   jamoat   arbobi   bo‘lgan .   Xoja   Ahror   naqshbandiya   tariqatining   XIV-XV
asarlardagi eng ko‘zga ko‘ringan davomchisi, mustahkamlovchisi edi. Shoir bunga
alohida urg‘u beradi.
Lek o‘shul to‘rqasi har tor ila,
65 Faqrda yuz murshid uchun silsila. [ H.A.-B.98]
          U   jahon   mulkida   ekilmagan   ekinzor   (ko‘ngil)ning   dehqoni,   mulkin
jahonning nigohboni. Biror-bir davlat, o‘lka yo‘qki, u nigahbonlik qilmagan, biror
saltanat topilmaski, u sulton bo‘lmagan bo‘lsa. 
Mulki jahon mazrai dehqoni ul,
Balki jahon mulki nigahboni ul. [H.A.-B.98]
O‘sha   vaqtlarda   ko‘pgina   podsholar,   fuzaloyi-ulamolar   Xoja   Ahrorni
o‘zlariga   pir-murshid   deb   bilganlar.   Undan   ko‘p   masalalarda   maslahatlar
olishgan. Navoiy   “Nasoyim   ul-muhabbat”da   yozishicha,   Xoja   Ahror   “ko‘p
mashoyih   va   avliyo   xizmatiga   etib,   suhbatlariga   musharraf   bo‘lubdurlar 53
”.
Navoiy   Xoja   Ahrorning   ustozlari   qatorida   Mir   Sayid   Qosim   Anvor,   shayx
Bahouddin   Umar,   shayx   Zayniddin   Havofiy,   Sa’diddin   Qoshg‘ariy,   Xoja
Muhammad   Porso   va   uning   o‘g‘li   Abu   Nasr,   Nizomuddin   Xomush   va   Yoqub
Charxiyni   ko‘rsatadi.   “Yo‘qki   Movarounnahr   salotini,   Xuroson   va   Iroq   va
Ozarboyjon,   hattoki...Rum   va   Misrg‘acha,...Xitoy   va   Hindgacha   barcha   muluk   va
salotin   o‘zlarin   Xojaning   mahkumi   hukmi   va   ma’muri   farmoni   tutar   erdi...Bu
haqir       (Navoiy)       bila       iltifotlari       ko‘p       bor       uchun       vahiyosor   ruq’alari
(maktublari)   bila   musharraf   qilib,   ishlarga   ma’mur   qilurlar   erdi 54
”.Navoiy
“Hayrat   ul-abror”da   shu   fikrlarini   yuksak   badiiyat   bilan   davom   ettiradi.   Shoir
e’tiroficha,   Xoja   Ahrorning   maktubini   olgan   shohlar   o‘zini   gado   kabi   kamtarin
tutadi,   gadolar   esa   shoh   kabi   qadrlanadi.   Xoja   ba’zi   so’fiylardek   xilvatda
o‘tirmaydi,   tinim   bilmay   ishlaydi.   Manbalarda   Xojaning   doimiy   mehnat   bilan
shug‘ullangani   qayd   etiladi.   Akademik   B.Valixo‘jaev   ham   Xoja   Ahror
mavlono   Yoqub   Charxiyning   duolarini   olgach,   Shoshga   kelib   erda   ishlaganini
yozadi 55
.  
U   Rasuli   akramning   “Bu     dunyo     oxiratning     ekinzoridir,     kim     bu
dunyoda     nima     eksa,     oxiratda   o‘shaning   hosilini   o‘radi”   degan   Hadisi   sharifga
amal   qilib,   bu   dunyo   dalasiga   yaxshilik   urug‘larini   ekadi.
53
 Alisher Navoiy . Nasoyi ul-muhabbat.MAT. Yigirma tomlik. O’n yettinchi tom.-T.: Fan, 2001.-B. 280.
54
 O’sha manba. –B. 280. 
55
  Valixo‘jaev   B.   Xoja   Ahror   tarixi.  –   Toshkent,   1994.   –   B.68.
66 Garchi   tijorat bo‘lub   oyinlari,  
Bo‘lmadi   bir   mulkda taskinlari.
Yuklarida   tuhfai   naqdi   fano,
Har   biri   ul  naqddin   istab   g‘ino.   [H.A.   –B.99]
Shoir   aytmoqchiki,   xojaning   savdosi   “yuk”laridan   fano   naqdini,   foydasini -
iymon   boyliklarini   oladilar.   Adabiyotshunos   A.Hayitmetov   Navoiy   Xoja   Ahror
hayoti,   faoliyati   va   ta’limotini   yoritishda   tarixiylik   mavqeida   turib,   konkret
mulohaza   yuritganini,   afsona-yu   rivoyatlar   ta’siriga   berilmaganini
aytadi 56
.Demak,   bu   bobda   shoirning   Xoja   haqidagi   har   bir   fikri   tarixiy   asosga
ega.   Navoiy   Xoja   Bahouddin   Naqshbandning   ham,   Xoja   Ahrorning   ham   pir-u
murshidlik   sifatlarini   alohida   e’tirof   etadi,   ularni   butun   olam   eliga   rahnamo,
barcha   tariqat   ahliga   rahbar   deya   ulug‘laydi:
Har   biri   olam   eliga rahnamo,  
Dema   jahon   ahliki,   ahli   samo.  
Borcha   suluk   ahlig‘a   rahbar   bo‘lub,
Yo‘l  elig‘a   tiyra   tun   axtar   bo‘lub.   [H.A.   –B.99]
Ya’ni , shoir   bu yulduzlarning har biri olam eliga yo’lboshchi, jahon ahliga
emas, balki samo ahliga ham de,sulu ahlining hammasiga rahbaru, yo’l odamlariga
qorong’u   tunda   yo’l   ko’rsatuvchi   yulduzlardir   ular   degan.   Bobning   so’ngida
Alisher   Navoiy   Xoja   Axror   Valiy   haqqiga   duo   yo’llaydi,   jahon   ayvononi   uning
sharafi bilan hamisha to’la bo’lishi haqida tilak bildiradi. Uning iymoni va faqridan
fayz istaydi. 
Himmatidin bizni ham etsun xudoy , 
Faqr yo’lida g’ani, imong’a boy. [H.A.-B. 100]
      Xoja   Ubaydullohning   eng   katta   xizmatlaridan   biri   shuki,   u   Naqshbandiya
tariqatini   davlat   siyosatiga   yaqinlashtirdi,   boshqacha   qilib   aytganda,   sulkning
ijtimoiy-siyosiy faoliyatini belgilab berdi.
56
  Hayitmetov   A.   Temuriylar   davri   o‘zbek   adabiyoti.   –   T.,   1996.   –   B.32.
67    Bu doston jamiyatda faol bo’lgan insonlar uchun ruhiy tarbiya qo’llanmasi,
nazariy  yo’riqnoma   o’laroq   o’z   davrining  namoyandalari   tomonidan   tasdiqlanishi
kerak  edi.   Muqaddima   bobda   ismlari   zikr   etilgan   Bahouddin   Naqshband   va   Xoja
Ahror Valiylar ta’rifi ilgari surilayotgan g’oyaning asoschilari , amalda ko’rsatgan
shaxslar,   shuningdek,  mazkur  fundamental   kitobning  o’ziga  xos   xujjati   vazifasini
ham o’tagan deyish mumkin.
Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar
“Hayrat   ul-abror”ning   janriy   xususiyatlari   unda   bir-birini   takrorlamaydigan
yuzlab   obrazlarning   olib   kirilishiga   sabab   bo‘lgan.   “Hayrat   ul-abror”ning   bosh
qahramoni   Navoiyning   o‘zi,   ya’ni   Navoiy   fikr-u   qarashlari   dostonni   bog‘lab,
birlashtirib,   boshqarib,   o‘zaro   aloqaga   kirgizib   turadi,   barcha   maqolat   va
hikoyatlar   muallif   shaxsi   bilan   bog‘lanadi.
Navoiy   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   markazida   inson   va   uning   ko‘ngli
turadi.   Shoirning   komil   inson,   ideal   jamiyat   va   odil   hukmdor   haqidagi     qarashlari
doston     bo‘ylab     sochilib     ketgan     va     bu     jihat     doston   muqaddimasidan
xotimasigacha   har   bir   bobning   mohiyatida   o‘z   aksini   topadi.   Bu   g‘oyalar   bir-birini
to‘ldirib,   bir-biriga   bog‘liq   holda   rivojlanadi.
  “Hayrat   ul-abror”dagi   faslda   Hazrat   Bahouddin   Olloh   ishqini   ko‘ngillarga
chizuvchi   naqqosh,   halol   mehnat   kishisi,   tariqat   asoschisi,       fano   dashtida   o‘zini
yo‘q   qilgan,   Tangri   zuhurining   yerdagi   naqqoshi   sifatida   tasvirlansa,   Xoja
Ubaydulloh   Naqshband   hazratlarining   o‘rinbosari,   piri   olam,   egniga   ma'rifat
xazinasidan   yuz   libos   kiyib,   shoh-u   gadoga   rahnomalik   qiluvchi,   eng   go‘zal
mahbub  Haq  sirlarini   oshkora  etuvchi  pir,  faqr-u  fanoda  yagona   ,  badavlat,  mulk
egasi, ko‘ngillarni ovlovchi murshid sifatida talqin etiladi.  
68 III BOB “HAYRAT UL-ABROR”  DOSTONIDA ORIFLIK MASALASI.
3.1. “Shoh G’oziy” adolatida ma’rifat talqini
  “Hayrat   ul-abror”ning   uchinchi   maqolatida   Navoiy   Haq   taoloning
shohlarga,   sultonlarga   raiyatni   boshqarishda   qanday   vazifalar   yuklangani,   ularga
rif’at,   baland   mavqe,   toj-u   taxt   nima   uchun   berilgani   haqida   ijtimoiy,   siyosiy,
falsafiy   qarashlarini   ifodalaydi.   Ilk   dostondagi   shoirning   odil   hukmdor   ideal
jamiyat   borasidagi qarashlari shu bobda ibtido topgan.
Alisher   Navoiy   mulk-mamlakatni   malik-podshosiz   tasavvur   qila   olmaydi.
Jumladan, “Xamsa”ning bosh qon tomirini ham mamlakat va podsho mavzusining
rang-barang qirralarini badiiy talqin qilish tashkil etadi, desa sira xato bo'lmaydi.
Mazkur   masala   “Xamsa”   tarkibidagi   dostonlarni   o'zaro   tutashtiruvchi   oltin
zanjirni   eslatadi.   Uning   bosh   xalqasi   esa   “Hayrat   ul-abror”dan   mustahkam   joy
olgan.    “Salotin  bobida”   maqolati   orqali   odil   shoh,   insofli   davlat   rahbari   qanday
bo'lishi   kerakligi   tasvirlangan.   Navoiy   jamiyatda   adolatning   qaror   topishini,
mamlakat taraqqiysini odil hukmdor bilan bog'laydi. Agar podsho zolim, ma'naviy
69 tuban   bo'lsa,   mamlakatda   buzg'unchilik,   aysh-ishrat,   poraxo'rlik   bolalab   ketadi.
Davlat ma'murlari o'z boshliqlari kabi fosiq, xalqni och bo'ri kabi yuz pora qiladi.
Bunday hukmdorlarni qoralar ekan, shoir barchaga namuna bo'ladigan odil sulton-
Shoh G'oziy obrazini eslatadi va maqolatdan so’ng u haqdagi hikoyatni keltiradi.
Avvalo,   aytish   joiz,   Alisher   Navoiy   nuqtai   nazarida   podshohlar   ikkiga:   shohi
g'oziy   (odil),   shohi   zolimga   taqsimlanadi.   Bunday   tasnif   shoirning   qit'a-yu
g'azallarida ham uchraydi. Ammo podshoga nisbatan fikrini yorqin ko'rsata olish
uchun   “vase'”-keng   maydon   deya   ta'riflangan   masnaviyning   imkoniyatlari   ancha
qo’l keladi. Doston muallifi shoh qiyofasi manzaralarini chizishga jazm etar ekan,
“Hayrat   ul-abror”ning   uchinchi   maqolatida   uning   qismatida   kuzatilishi   muqarrar
bo'lgan bir-biriga zid har ikkala nuqtani yonma-yon tasvirlashni ma'qul ko'radi.
Hotami adlingg'a sipehri baland,
“Rosti-yu rusti” bilan naqshband. [H.A.-B 122]
Podsholik   tojining   kimgadir   muyassar   bo'lishi-Allohning   o'sha   insonga
ko'rsatgan   behad   marhamatidir.   Ikki   olam   sarvari   taxtni   ravo   ko'rgan   bandasiga
Hotam   niginli   (muhrli)   uzuk  taqishni   ham   ravo   ko'radi.  Shu   bilan  barobar   uning
muhriga “rosti- yu rusti”ni naqsh etadi. Ya'ni Allohning hifz-u panohida bo'lishni
istagan   podsho   davlatni   adl-u   amniyat   bilan   idora   qilmog'i   lozim.   Shuningdek,
muhrida o'yib yozilgan “rosti-yu rusti”(quvvat to’g’rilikdadir) - kuch adolatdadir,
rostlik-halollik,   rostlik-iymonlilik,   insofga   tayanishdir   kabi   dasturiy   bitiklar   odil
podsho kunlik faoliyatining negizini tashkil etmog'i lozim. Ikkinchi misra oxirida
kelgan   “naqshband”   so'zining   qo'llanishida   iyhom—   so'zning   yaqin   va   uzoq
ma'nolarini nazarda tutish san'ati mavjud. Ushbu so'zning birinchi talqinini “rosti-
yu   rusti”   naqsh,   zeb-u   ziynat   misol   uzugiga   o'yib   yozildi,   tarzida   yakunlash
mumkin.   Alisher   hazratlari   komil   naqshband   edi.   Buyuk   mutafakkir   shu   tariqat
soliki   ekanligi   bilan   faxrlangan.   Ikkinchidan,   naqshbandiya   tariqati   ta'limotining
ham podsho yelkasiga yuklaydigan mas'uliyati “rosti-yu rusti”dir.
Sultonlar haqidagi maqolatda shoir davlat rahbari va boshqaruv tizimiga doir
muhim   masalalarni   qamrab   olgan.   Maqolat   salavhasida   “Innalloha   ya’muru   bil
adli ehson” Nahil surasining 90- oyatini keltirgan. Ibn Mas’ud Roziyallohu anhu
70 bu   oyat   haqida:   “Jamiki   sharr   va   xayr   jam   bo’lgan   oyat”,-deb   aytgan.   “Albatta,
alloh sizlarga adolatni, ehsonni va muhtoj bo’lgan narsalarni qarindoshlaringizga
berishni   buyuradi   hamda   fahshdan,   shariatga   xilof   ishlardan,   tajovuzkorlikdan
qaytaradi.   Shoyad, anglarsiz deb sizlarga buni o’git beradi”.Oyati karimida xayr
ishlar – adolat, ehson va yaqinlarga yaxshilik qilish amr etilmoqda. Adolat buyuk
ish.   Adolat   qilishga   hammada   ham   qudrat   yetmaydi.   Chunki   isonlar   adolat   qilar
ekanlar, o’z nafslarini unutishlari kerak. Ehson-eng go’zal yaxshilikdir. Amallarni
go’zal suratda ado etishdir. Qarindosh, do’st-u birodorlar muhtoj bo’lsalar, ularga
yordam berish ehsonning bir ko’rinishidir.
Alloh fahshdan qaytaradi. Munkar ishlardan qaytaradi. Zulm va tajovuzdan
qaytaradi.   Insonlar   bu   haqda   tushunsalar,   anglasalar   deb,   bularni   bayon   qildi.
Alisher   Navoiy   sarlovhada   bu   oyatdagi   amrlarga   amal   qilish   va   qaytarilgan
ishlardan   o’zini   ham,   boshqalarni   ham   qaytarish   uchun   sultonlar   taxtga   Alloh
tomonidan   chiqarilgan   deb   tushuntirgan.   Agar   oyatda   kelgan   ishlarni   sulton   ado
etmasa,   demak,   u   ollohning   amriga   teskari   ish   tutgan   hisoblanadi   va   hamda
jazosini Allohdan oladi. Bu mazmun maqolat davomida yoritib borilgan.
Alisher Navoiy shohning maqomi yuksakligi sababini uning yelkasida Alloh
hukmlarini   –   adolatni,   ehsonni,   shariatni   joriy   qilish,   fahsh   va   yomon   ishlardan
xalqni   qaytarishdek   vazifalar   borligi   bilan   izohlaydi.   Bu   vazifaning   hammasini
emas,   bittasini   bajargan   sulton   ham   tarixda   shonli   iz   qoldirishi   mumkin.
Shuningdek,   podshohning   xalqadan   ustun   bir   masnadga   –   maqomga   chiqarib
qo’yilganida   Allohning   buyuk   hikmati   yashirindir.   Qiyomat   kuni   sulton   bilan
quyidagi   hisob   qilinadi:   a)   agar   u   birovga   tikondek   ziyon   yetkazgan   bo’lsa,
qarshisidan   yuzta   tig’   paydo   bo’ladi   (kimga   tikan   birla   qilibsen   sitez,   urg’usidir
ko’ksungga   yuz   tig’I   tez);     b)   kimki   nohaq   ravishda   bir   uchqun   qahr   ko’rsatgan
bo’lsa,   bu   uchqun   jaxannam   oloviga   aylanadi   (kimki   bo’lur   bir   shararing   fosh
anga,   do’zax   o’ti   bo’lg’usi   podash   anga);   v)   agar   shoh   birovga   rishta   –   ipning
mislicha zahmat bergan bo’lsa, o’sha ip ilon – ajdaho qiyofasida keladi (kimgaki
bir   rishta   eturding   ziyon,   qatlinga   ul   rishtani   bilgil   yilon).   Shohning   xalqqa
qilayotgan   zulmi   aslida   ,   uning   o’ziga   qilinayotgan   zulmidir.   Buni   anglamoq
71 uchun   mamlakat   hukmdori   yuksak   ma’rifatga   ,   ma’naviyatga   ega   bo’lishi
kerakdir.
Alisher   Navoiy   musulmon   podshohini   Rasululloh   sollollohu   alayhi   va
sallomdan keyin Islom davlatini boshqargan to’rt xalifa-Abu Bakr, Umar, Usmon,
Ali   roziyallohu   anhumlarning   o’rinbosari   deb   ishonadi   va   ularga   munosib
bo’lishga   chaqiradi,   sultonga   murojaat   qilib,bu   zotlar   ishi   bilan   o’z   ishini
solishtirib   ko’rish   kerakligini   uqtirgan.   Hukmdorlar   taxtni   uzoq   va   adolatli
boshqarishlari uchun oxirat va o’lim kunini tez-tez yodga olib turishlari, zulumdan
chekinib, adolat tomon intilishi kerakligi uqtirilgan. Xato qilmoq har bir bandaga
xosdir,   lekin   qilgan   xatosiga   tavba   qilmoq   har   bir   mo’minning   ishi.   Podshoh
kimga zulm qilgan bo’lsa, uning qoshida uzr so’rashdan or qilmaslik kerak.    
Alisher   Navoiy   bunday   oliyjanoblik   sulton   Husaynning   qo’lidan   kelishini
aytadi.   Bu   etirof   zamirida   sulton   Husaynning   o’sha   paytda   shunday   siyosiy
xatolarga   yo’l   qo’ygani   va   Alisher   Navoiy   bu   xatolarni   to’g’irlashga   yo’l
ko’rsatadigan   darajada   movqey   egasi   ekanini   ham   bildiradi.   Shuningdek   sulton
Husayn   o’z   kamchiliklarini   bo’yinga   olish   va   tuzatishdan   tortinmagan   bo’lishi
ham mumkin. Sultonlarning ham  xato qilishi  tabiiy bo’lib, bu nuqsonni  tan olib,
isloh etishlari ayb emas, fazl ekanligini isbotlash uchun Alisher Navoiy quyidagi
hikoyatni keltirgan. Unga ko’ra bir vaqtlar shoh G’oziy toj-u taxt uchun kurashlar
olib   brogan.   Goh   Xorazmda   ,   goh   Adoq   yerlarida   yuz-ikki   yuz   navkari   bilan
ko’chib   yurgan   bir   paytlar.   Kamoni   otgan   o’qlardan   dushman   yuragini   qon,
qilichining tig’i dushman boshini uchirgan. Uning nasli taxt sohibi bo’lib kelgani
uchun   ham   Alloh   unga   jahondorlikni   nasib   qildi.   Shoh   adl   eshigini   xalq   uchun
ochdi,taxtga   o’tirib   adolat   ila   ish   yurita   boshladi.   Xarobalarni   obod   qildi,   adolat
bilan mamlakatdagi ziyon zahmatni daf qildi. Bid’at va fisq ahlini yo’qotdi, uning
adolati shariatni qudaratga keltirdi, ya’ni butun mamalakakatda adolat qaror topa
boshladi.  Hikoyani biroz sharhlash mazmunida shuni aytish mumkinki, “G’oziy”
unvoni   Islom   dinida   kofirlarga   qarshi   kurashib,   g’olib   bo’lgan   musulmonlarga
nisbatan qo’llanadi. Sulton Husaynga “g’oziy” ta’rifi Navoiy tomonidan bir necha
o’rinlarda keltirilgan. Bundan maqsad Sulton Husaynning Islom dini uchun qilgan
72 ulkan   xizmatlarini   e’tirof   etish   hamda   bu   yo’lda   yanada   ko’proq   xizmat   qilishi
uchun   rag’batlantirish   bo’lgan   desak   sira   adashmagan   bo’lamiz.   Hazrat   Navoiy
Islom   ikki   dunyo   saodati   ekanligiga   qat’iyan   e’tiqod   qilgani   uchun   saltanat
shariati   Muhammadiya   asosida   boshqarilishi   tarafdori   bo’lgan.   Shuning   uchun
sulton Husayn- shoh G’oziyning Islomga qilgan xizmatlarini hamisha olqishlagan
va   doimo   shunga   davat   qilgan.     Maqolatda   Ibrohim   surasining   yettinchi   oyatini
keltirib podshohni shukurga chorlaydi, kuftdan esa qaytaradi. 
Garchiki, Haq amri farovon erur,
Borchasi bir yonu, bu bir yon erur.
Bo’ldi raiyat galavu, sen-shubon,
Ul shajari musmiru, sen-bog’bon.
Qo’yni shubon asramasa oyu yil,
Och bo’rilar tu’masidur bori bil! [H.A.-B 123]
Xalq   sultonga   Allohning   omonati,   bu   omonatni   o’z   egasiga   sog’-u   salomat
qaytarish   kerakligi,   xalqning   g’amini   yegan   odam   qayg’udan   xoli   bo’lib
xurramlikda , albatta, saodatga erishishi tayinligini aytgan. Bunda sultonning raiyat
oldidagi vazifalarini aniqroq ifodalash uchun xalq, gala, ya’ni qo’y-qo’zilar to’dasi
kabi   tamsillarni   qo’llagan.   Sulton   esa   uni   boshqaradigan   bir   cho’pon   deyilgan.
Agar   cho’pon   o’z   galasini   oy-u   yil   qo’riqlamasa,   boqmasa   bo’rilar   hujumidan
talofat   ko’radi.   Bo’rilarni   galadan   yiroqlatish   bilan   maqsadga   erishiladi,   xalqdan
juda ko’p manfaatlar zohir bo’ladi. 
Tengri bu dardingg’a davo aylamas, 
Ushbu jihatdinki, Haqulloh emas.
Garchi sunuk igna haqunnosdur,
Bag’ring aro xanjari olmosdur.
Qilmasa mazlum gunohing bihil,
Do’zax arodur vataning muttasil.[H.A.-B 125]
Bunda   Navoiy     “Haqqulloh”   va   “Haqqunnos”   so’zlarini   qo’llash   orqali,
ollohning   haqqi-haqqullohdan,   Xudo   o’z   karami   bilan   kechishi   mumkin,   lekin
haqqunnos-   insonlarning   haqqi   o’zlariga   havoladir,   agar   ular   kechmasa,   sulton
73 abadiy   jahannamda   qoladi.   Agar   zolim   zulum   qilayotganini   anglay   turib,   bu
ishidan   to’xtamasa,   uni   qiyomat   kuni   shubhasiz,   Allohning   hisob-kitobi,   adolati
kutib turadi. 
Davlat   ishida   biror   shaxsning   nafsoniy   istakalari   ustun   bo’lishi   mumkin
emas. Davlat boshliqlari-hukumdorlar, sultonlar, shohlar va hokozalar ham qonun
oldida, adolat oldida teng bo’lishi shart. Adolatli davlat ichidav hamma narsadan-
shaxslardan,   qudratli   kuchlardan   yuqori   tursagina,   bu   davlatning   chinakam
qudratiga   bir   isbotdir.   Hikoyatda   sulton   Husaynning   muddaiy   (davogar)   kampir
bilan  qozi   huzuriga  borishi,   u  bilan   bir   qatorda   tiz  cho’kib   o’tirishi,  o’z   xatosini
tan   olib,   qozi   hukmiga   itoat   etishi   adolatli   qonun   oldida   shoh   ham   taslim
ekanligiga bir dalil hisoblanadi. 
Davlat   va   xalq   orasida   ko’p   hollarda   jarliklar   hosil   bo’ladi.   Bu   davlat
rahbarlarining kibri, o’z vazifasini unutib, nafsiga qul bo’lganligi orqasidan   ro’y
beradi. Davlat, davlat rahbari , davlat amaldorlari va xalqning o’zaro muhabbat va
ishonch bilan ish ko’rishi juda ham noyob hodisadir. Hikoyatga ko’ra, kampirning
shohga qurbon bo’lishga tayyorligi haqidagi izhor davlat va xalq orasidagi ko’prik
adolat   ekanligini   ko’rsatadi.   Adolatni   unutgan   davlat   xalqning   hafratiga   giriftor
bo’ladi. Xalq nafratiga uchragan davlat tanazzulga yuz tutadi. Hazrat Navoiy buni
chuqur   anglagani   va   hayotiy   tajribalar   bilan   bunga   guvoh   bo’lgani   uchun   shoh
G’oziy   timsoli   orqali   uning   adolatini   ko’rsatish     sultonlarni   odillikka,   adolatga
davat   qilgan.   Adabiyotshunos   olima   N.G‘anixo‘jayevaning   fikricha,   “Navoiyning
adolat   haqidagi   fikrlari   ko‘proq   Nizomiy   va   Sa’diyning   fikrlariga   yondosh.Shuning
uchun   Navoiyning   adolat   mavzusidagi   fikrlarining   ba’zilari   Nizomiy,   Sa’diyning
adolat   mavzusidagi   hikoyatlariga   ancha   o‘xshash 57
”. Hikoyatni bayon qilish avvalida
zolim   hukumdorning   zulmiga   tovba   qilishi   to’g’risida   gap   boradi.   Shoh
G’oziyning begunoh yigitni o’ldirishi zulum edi, bu zulumning badali qarshisida u
jonini tikadi. Shu bilan adolat qaror topdi. Zotan jon o’rtaga qo’yilmasa, adolatga
erishib bo’lmasdi.
Kimniki bedoding etubdur asir,
57
  N.G‘anixo‘jaeva.   ”Xamsa”dagi   ayrim   hikoyatlar   haqida   //   Alisher   Navoiy   “Xamsa”si.   Tadqiqotlar.   –
T.:  Fan,   1986.   –   B.102.
74 Bo’l anaga adl ilgi bila dastgir. [H.A.-B 129]
  Bunda   Navoiy   sulton   Husaynga   davlat   ishlarida   qat’iyat   bilan   adolat
o’rnatmoq   shartligini   uqtirgan.   Bu   lavha   orqali   Navoiyning   tom   ma'nodagi   adolatli
hukmdor   borasidagi   orzusi   bo’y   ko'rsatadi.   Odil   hukmdor,   avvalo,   mamlakatda   qonun
hamma   uchun   teng   bo'lishini   ta'minlashi   kerak.   Ikkinchidan,   qonunga   bo'ysunishda   u
barchaga   namuna   bo'lmog'i   kerak.   Uchinchidan,   adolat   yo'lida   jonidan   ham   kecha
olishga   kuch   topa   olsin.   Ana   shunday   fazilatga   ega   shaxs   bosh   bo’lgan   yurtda   davlat
ma'murlari ham yuqoridagi shariat qozisi kabi odil, fozil va diyonatli bo'ladilar.  
3.2.  Dostondagi  hikoyatlarda soqiyga(Allohga) murojaatining mohiyat
masalasi
Navoiy   “Xamsa”si   nafaqat   turkiy   adabiyotning,   balki   jahon   adabiyotining
nodir   namunasi,   bebaho   gavharidir.   Shu   bilan   birga   “bu   besh   doston   uning
dunyoqarashini,   ijodining   asosiy   g’oyaviy-   badiiy   yo’nalishini   belgilab   beruvchi
monumental asarlardir” 58
.Adabiyotimiz   tarixida,   xususan,   Alisher   Navoiy   ijodida
keng   qo’llangan   an’anaviy   poetik   obrazlardan   biri   –   soqiy   obrazining   tadqiqi
juda   ahamiyatli.   Zero,   badiiy   obraz   adabiyotshunoslik   fanining   markaziy
muammosi   hamda   badiiylikni   yuzaga   keltiruvchi   asosiy   vositalardan   biridir 59
.
Soqiynoma   baytlar   Navoiygacha   bo’lgan   o’zbek   adabiyotida,   jumladan,   Lutfiy
g’azallarida,   Xorazmiyning   “Muhabbatnoma”,   Xo’jandiyning   “Latofatnoma”,
Said   Ahmadning   “Taashshuqnoma”   kabi   asarlarida   poetik   xulosalarning
ifodasi   uchun   oz   miqdorda   bo’lsa - da   qo’llanilgan.   Salaflari   ijodida   ma’lum
doiradagina   qo’llangan   bu   usul   Navoiy   tomonidan   “Xamsa”   hamda   “Xazoyin- u l
maoniy”da   asosiy   poetik   usullardan   biri   darajasiga   ko’tariladi.   Hattoki   Navoiy
o’zbek   mumtoz   adabiyotida   bu   usulni   ilk   bor   janr   darajasiga   ko’tardi.  Ma’lumki,
“Hayratu-l-abror”   63   bobdan   iborat.   Doston   boblarini   soqiy   obrazi   ishtirokiga
ko’ra   ikki   guruhga   ajratish   mumkin.   Ushbu   obraz   dostonning   jami   26   bobida,
ya’ni   dastlab   Husayn   Boyqaro   madhiga   bag’ishlangan   16-bobda,   3   ta   hayratda,
sultonlar   haqidagi   3- maqolatda,   20   ta   maqolat   hamda   xotimada   ilgari   surilgan
58
  Ғаниева   С.   Алишер   Навоий   (ҳаёти   ва   ижоди).  –   Тошкент:   O‘zbekiston.   2015.   –   Б.   35.
59
  Umurov   H.   Adabiyotshunoslik   nazariyasi:   Oliy   o‘quv   yurtlari   uchun   darslik   /   Mas’ul   muharrir:  
B.Valixo‘jayev.   –  Toshkent:   A.Qodiriy   nomidagi   xalq   merosi   nashriyoti,   2004.   –   B.   32.
75 g’oyalarni   dalillash   uchun   keltirilgan   21   ta   hikoyatning   barchasida   umumiy
hisobda   28   marotaba   qo’llangan.   Dostonning   16,   19   hamda   26-boblarida   soqiyi
gulchehra,   soqiy,   soqiylar   shakllarida   qo’llanilgan   ushbu   obraz   ayni
o’rinlardan   tashqari   25   holatda   murojaat   uslubida   soqiynoma   bayt   tarkibida
keladi.   Faqatgina   birinchi   hayrat   (18-bob)   uch   baytli   soqiynoma   bilan
boshlanib,   ikki   baytli   soqiynoma   bilan   yakunlanadi.   Qolgan   barcha   holatlarda
soqiynoma   bayt   faqat   bob   yakunida   keladi.  
O’zbek   tilining   izohli   lug’atida   soqiy   so’ziga   shunday   ta’rif   berilgan:
“S o q i y   [a.   [ىقا	[[س   –   may,   sharob   quyuvchi]   May   quyuvchi,   kosagul” 60
.   Soqiy
obrazi   shoir   ijodining   aksar   o’rinlarida   haqiqiy   yetuk   inson,   ulkan   ma’rifat
sohibi   –   piri   komil   ma’nosida   keladi.   Shoir   zohiran   soqiydan   may   so’rasa - da,
botinan   undan   butun   jamiyatga   insoniy   qadriyatlardan   ta’lim   berishini   xohlaydi.
Bu   “Hayrat   ul - abror”   dostonida   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Masalan,   shoir
Islomning   ustunlaridan   bo’lgan   iymon   masalasiga   diqqat   qaratadi:
Soqiy, o’lubmen, mayi imon ketur,
Jismima imon mayidin jon ketur. 
Quyma bu kun jomima davron mayi, 
Jonim ol, og’zimg’a quy imon mayi. [H.A.-B 110]
  Navoiy   bobning   so’ngida   Allohga   yuzlanib ,   o’ziga   mustahkam   iymon
so’raydi.   Miysoq   kuni   bergan   vadasi-qasamini   iymonidek   mahkam   bo’lishini
orzu   qiladi,   ya’ni:   “Sen   bizning   Robbimizsan!”-   vadasiga   qat’iy   amal   qilishini
o’zi uchun eng ulug’ maqsad deb hisoblaydi. Soqiyga-murshidga yuzlanib, iymon
mayi   talab   qiladi,   iymonga   boshlaydigan   ,   iymonni   charxlaydigan   suhbatlar,
saboqlar   so’raydi,   joni   evaziga   iymon   sohibi   bo’lish   yo’lida   kuchli   xohishini
bildiradi.   Chunki imonsiz   tanani   o’lik   vujud   sanagan   shoir   soqiy   timsoli   vositasida
60
  Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати :   80000   дан   ортиқ   сўз   ва   сўз   бирикмаси .   III   жилд .   Таҳрир   ҳайъати :
Т . Мирзаев	
  ( раҳбар )   ва   бошқ .;   ЎзР   ФА   Тил   ва   адабиёт   институти .   –   Тошкент :   “ Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси ”	
  Давлат   илмий   нашриёти ,   2006.   –   Б .   561.
76 Allohga   murojaat   qilar   ekan   undan   ko’ngil   jomiga   dunyo   hoyu-havaslarini
ifodalagan   davron   mayini   emas,   tiriklik   baxsh   etuvchi   imon   mayini   quyishni
so’ragan.
Navoiy ikkinchi maqolotda  niyoz va nomoz sharhiga to’xtalib, bunda… 
Boqma, Navoiy, yana noz ahlig’a,
 Arzi hiyoz ayla niyoz ahlig’a.
Soqiy, olib kel qadahu qilma noz,
Ko’rki, ne mushtoqdur ahli niyoz.
Ber to’lakim, ichsun ani bir harif, 
Xosa mangakim, boridin men zaif. [H.A.-B 120]
Navoiy nomoz ahliga boqma, niyoz ahliga niyoz arzini qil. Soqiy sen esa noz
qilmasdan   qadah   olib   kel,   niyoz   ahli   naqadar   mushtoq   ekanligini   ko’r,   to’ldirib
quy   uni   har   bir   do’st   ichsin,   xususan,   men   ham,   chunki   men   hammasidan   ham
zaifman. U garchi niyoz ahlidan bo’lsa-da barchadan ham zaifligini ifodalamoqda.
Mazkur   hikoyat   Alisher   Navoiyning   Islom   diniga   insonning   nafsini   Allohga
taslim etib, unga ehtiyoj, bog’liqlik, muhtojlik izhor etish yo’li deb qaraganligini,
ichki   tarbiya-   ruhoniy   poklikni   avvalgi   o’ringa   qo’yganligini   yana   bir   karra
tasdiqlagan.  
Shoir   Shoh   G’oziy   bilan   bog’liq   hikoyatida   soqiyga   murojaat   qilib,   undan
adolat   mayini   quyishni   so’raydi:
 Soqiyi   gulchehra, ketur   jomi   adl,
  Ko’rki,  ne   gullar   ochar   anjomi   adl.
  Adl ayog’in   tutki, bo’lub   shod   ichay,
         Odili   davronni   qilib  yod  ichay .[H.A.-B 132]
Ey,   gulchehra   soqiy,   adolat   jomoni   olib   kel,   qara   adolat   yulduzlari
naqadar   go’zal   gullar   ochmoqda.   Menga   adolat   qadahini   tut,   uni   shod   bo’lib,
odili davronini yodga olib ichay.
  To’rtinchi   maqolatda   riyokor   so’fiylar   o’zlari   kiygan   makr   liboslariga
haqiqiy   libos   deb   nom   berishlari,   avomning   ko’ziga   yolg’onlarni   libos   etishlari;
77 haqiqiy   so’fiylar-soliklarning   Alloh   qoshida   o’z   nafsini   yengishlari,   ulkan
maqomga   loyiq   bo’lishlari   haqida   so’z   yuritadi.   Maqolotda   solik   ishi   hamda
uning vazifasi xususuda alohida to’xtalib riyoyi xirqapo’shlar va Ahli Haq haqida
aynan   Abdulla   Ansoriy   talimotiga   tayanib   yozgan,   chunki   shoir   maqolatning
oxirgi baytida soqiyga murojaat etib, jahannam, jannatdan ozod bo’lib, yer yuzi-
Allohning jamolini ko’rib, shod bo’lishiga ishtiyoq izhor qiladi.
Soqiy, ul uchmoh suvini bedarang, 
Tutki, erur do’zax o’ti anda rang. 
Yor yuzi yodi bila shod o’lay, 
Do’zax ila ravzadin ozod o’lay. [H.A.-B 141]
Navoiy soqiyga , u jannat suvini to’xtovsiz tutki , unda jahannam olovining
rangi bor deydi. Yor (Alloh)   yuzining yodi bilan shod bo’layki, do’zax   qo’rquvi
va jannat ta’masidan ham ozod bo’lay deydi.  
  Ishq   haqidagi   maqolat   boshqalariga   nisbatan   murakkab,   uni   sharhlash   asl
mohiyatini   yetkazish   har   qanday   kishi   uchun   qiyinchilik   tug’diradi.   Navoiyning
aynan   shu   maqolat   hikoyatida   g’uluv   san’atidan   mahorat   bilan   foydalangan.
Chunki buyuk mutaffakir qalamga olgan ishq maqom juda yuqori, unga erishmoq
behad mushkul. Agar  Navoiy tushuntirgan poklik insonda bo’lmasa,  u bu ishqqa
davo   qilib,   halokatga   uchrashi   tayin.   Shuning   uchun   Navoiy   aytadiki,   ishq   seni
halok qilsa, agar bu ishq pok bo’lsa, sen aslo o’limdan qo’rqma deydi. 
Soqiy, o’libmen, menga tut jon suyi,
Sofiyu pok, o’ylaki hayvon suyi.
To yoqavu ko’ksum etib chok ichay, 
Har nechakim bo’lsa, to’la pok ichay.[H.A.-B 200]
Bu yerda Navoiy soqiyga murojaati zamirida , soqiy, men o’ldim menga jon
suvini tut, chunki bu tiriklik suvi kabi sof va pokdir. Toki men yoqa va ko’ksimni
chok qilay, ishqning suvi qancha ko’p bo’lsa, to’laligicha pok bo’lib ichay deydi.
Soqiy, ayoq tut, karam izhor qil,
Bazlni Hotamga namudor qil.
78 Bizda chu may vajhida kamdur diram,
Kamliq erur bizdinu sendin karam. [H.A.-B 154]
Ey   soqiy,   qadah   tut,   karam   izhor   qil.   Haqiqiy   sahovatni   Hotamga   ko’rsat.
Bizda   mayning   yuzi   uchun   diram   kam,   chunki   kamlik   bizdan,   sendan   karam
deya bunda Allohga murojaati etadi.
Oltinchi maqolotda adab masalasi ko’tarilgan bo’lib.
  Soqiy, adab shartini omada tut, 
Ollima to’qquz yukunib boda tut.
To ani ich deb senga men yuz tutay,
Tomsa to’qquz, oqsa xud o’ttuz tutay.[H.A.-B 164]
Bunda   Navoiy   soqiyga   murojaat   qilib   adab   shartini   o’zingga   odat   tut   va
to’qqiz yukunib oldimda boda tut, to men uni ichib, senga yuz bora tutay. Agar
to’qqiz   tomchi   tomsa,   yana   o’ttiz   marta   tutay.   Ushbu   murojaatda     Navoiy
adabni   qat’iy   konseptga–tamaliy   bir   qoidaga   aylantirib   taqdim   qilgan.   Chunki
adabga rioya qilmaganlar mardlikkdan bebahra hisoblanadi.
Soqiy, etibmen tama’ ul bodadin,
Kim olur ozu tama’ ozadidin.
Jur’asidin soliki roh et meni,
Mulki qanoat uza shoh et meni. [H.A.-B 176]
    Soqiyga,   u   bodadan   tama’   qilibman,   uni   ozodadan   tama’   bilan   ochlar   oladi.
Uning   bir   qultumi   bilan   meni   yo’lning   soliki   qil   va   meni   qanoat   mulkining
shohi et deya aytadi. 
Soqiy, olib kel qadahe, yor esang,
Mehru vafo sharti bila bor esang.
Og’zima jon etto, davo qil manga,
                      Va’da necha emdi vafo qil manga. [H.A.-B 187]
Navoiy, senga Xudo yo’l bersa, sen ham unga boshing va joningni fido qil.
Soqiy,   yor   bo’lsang,   mehru   vafo   shart   bilan   bor   bo’lsang   ,   qadah   olib   kel.
Jonim og’zimga keldi, menga davo ber , necha marta va’da bor edi, endi menga
vafo   qil   deya   Navoiy   o’ziga   murojaat   qiladi,   agar   xudo   vafodor   yor   bersa,
79 o’zini uning uchun boshu jonini fido qilishga chorlaydi. 
O’ninchi   maqolotga   ilova   qilingan   “Sher   bilan   durrij”   masala   orqali
yolg’onni   odat   qilgan   kishining   chin   so’zi   ham   qabul   qilinmasligi   haqidagi
haqiqat   yana   bir   karra   ta’kidlanadi   va   bu   kitobxonga   nisbatan   rostgo’ylikka
da’vat o’laroq yangraydi. 
Soqiy, olib kek qadahi dilpazir,
Ayla meni jur’asidin shergir.
Bazmning asbobini qilg’il nasaq,
Hozir etib sixu kabobu tabaq. [H.A.-B 212]
Bunda   Navoiy   soqiyga   murojaati   asnosida   pirga   yuzlanib,   dilga   xush
yoqadigan   qadahni   olib   kel,   bir   qultum   bilan   sherga   aylanay.   Six,   kabob,
tavoqlarni   xozirla   va   bazmning   asboblarini   va   bazmning   asboblarini   tartibga
sol. 
O’n   birinchi   maqolotda   ilimning   naqadar   yuksak   ekanligi   tasvirlangan
bo’lib hikoyadagi oxirgi ikki bayt limning nohiyatining anglatish uchun xizmat
qiladi.   Navoiy   soqiydan-   ustozdan   “o’shul   may’ni   berishini   so’raydi.   U
shunday   mayki   uni   ko’rgan   imom   darhol   sajdaga   tushadi.   Ichgan   kishi   esa
“xokiroh”ga-o’ta kamtar va xokisor insonga aylanadi, faqat Xorazm ahli emas,
balki Xorazmshoh ham.
Soqiy,o’shul bodani tutkil mudom,
Kim ko’ribon sajdag’a tushgay mudom.
Ichsa kishi bo’lg’ay anga xokiroh,
Aytma Xorazmki, Xorazmshoh. [H.A.-B 222]
  Bunda   soqiy   pir   obraziga   murojaatida   shunday   bodani   hamisha   tut,   uni
ko’rib,   imom   sajdaga   bosh   qo’ysin.   Uni   ichsa   kishi   xokirohga   aylanadi   ,
Xorazm ahli emas, Xorazmshoh ham. 
O’n   ikkinchi   maqolat   yakunida   Navoiy   ananaga   ko’ra   soqiyga   murojaat
qiladi,   undan   yoqut   rangli   may   so’raydi,   bu   may   bilan   qahrabo   rangini   qizil
tusga kirishini istaydi. May ishq yoki ma’rifat ma’nosini  ifodalayotgan bo’lsa,
qahrabo lirik qahramonning sarg’aygan yuziga tamsildir. Pirga 
80 Soqiy, olib kel mayi yoqut rang,
Quy xati Bog’dodgacha bedarang.
Tut manga ulbodanikim, qut etay,
Qahrabo rangini yoqut etay. [H.A.-B 233]
O’n   uchinchi   maqolotda   soqiy,   gunohimni   afv   et,   qo’lingni   tut   menga,
chunki   jonim   og’zimga   etib,   chiqar   holatga   keldi.   Shitob     bo’l,   jom   bilan
menga   kushoyish   yetkaz   ,   ya’ni   mushkulimni   oson   qil,   chunki   Ayub
alayhissalom   kabi   sabrim   sobit,   Nuh   alayhissalom   kabi   umrim   uzun   emas.
Allohga iltijo etadi.
Soqiy ilik tut, gunahim afv etib,
Kim chiqadur jonim og’izga etib.
Bot bo’lu bir jom ila etkur futuh,
Sabr esa Ayubcha yo’q, umri Nuh. [H.A.-B 245]
 
O’n   to’rtinchi   maqolot   so’nggida   buyuk   mutaffakir   may   javhari   yoki
Iskandar   oynasini   talab   qilish   bilan   ma’rifatga   bo’lgan   ehtiyojini,   talabini
bayon   qilmoqda.   Chunki   may   javhari   haqiqat   uchun   istioriya   bo’lsa,   Iskandar
oynasi olamni ko’rish yaralish sirini anglab yetish ma’rifat ramzidir. Ma’rifatga
erishgan, haqiqatni anglab, his etgan insonda esa dunyoga muhtojlik bo’lmaydi,
u   falak   hiylalariga   aldanmaydi,   balki   sof   e’tiqod,   mustahkam   iymon   bilan
hamisha yuksak maqomda qoladi.    
Soqiy, erur komi dilim mastliq,
Moni’ erur lek tihi dastliq.
Lutf ila ber ilgima may javhari,
May neki, oyinai Iskandariy. [H.A.-B 256]
Soqiy , dilimning maqsadi mastlikdir, lekin unga bo’sh qo’llik mone 
bo’lmoqda. Lutf ila qo’limga may javharini ber, qanday may, Iskandar oynasini
ber. 
Hikoyat   so’nggida   Navoiy   Allohga   yuzlanib,   o’ziga   tovba   berishini   va
81 tovbasini   qabul   qilishini   so’ragan.   Chunki   Allohning     Tovvob   sifati   tovbani
berib, qabul qilguvchi degan ma’noni bildirgan. Odam alayhissalom ham xatosi
uchun   jannatdan   quvilganda,   Alloh   tavba   va   istig’for   so’zlarini   o’rgatgan   va
uni qabul qilgan edi. 
Soqiy, ayoq kelturu tut bizga bot,
Ahd boshin, tavba ayog’in ushot.
Uzr desam, bo’g’zima quyg’il yiqib,
Quyg’ali ko’ksum uza lekin chiqib. [H.A.-B 266]
Buyuk   mutaffakir   o’zining   tovbasi   va   gunoh   qilmaslik   ahdini   malomat
qiladi,   nafsini   sindirmaganholda   Allohga   yuzlanayotganini   e’tirof   etgan   holda
soqiydan may so’raydi, “Ahdimning boshini yor, tovbamni esa maydala”, deydi,
“ko’ksimga   chiqib,   bo’g’zimga   may   quy”,   -deb   iltimos   qiladi.   Bu   o’tinch
zamirida   ham   Allohdan   beriladigan   tovbadan   umid   bor.   Chunki   inson   qancha
tovba   qilmasin,   Alloh   tovbasi   qabul   qilayotganligi   bilmaydi.   Shu   sabab   doim
tovba qilish talab etiladi.
O’n   oltinchi   maqolotda   agar   kofir   nafs   bilan   jang   qilsa   Tangridan   jazo-
mukofot  olishini  aytadi.  Navoiy soqiyga, ya’ni  murshidga  yuzlanib, elning joni
kabi   qadah   so’raydi   va   dindushmani   qonini   simirishni   aytadi.   Zamon   shohi
Sulton   Husayn-g’oziy   xusrav   qo’lidan   may   ichisni   va   bu   mayni   ichib,   o’zini
shahid etishga istak bildiradi. Ya’ni:
Soqiy olib kel qadah el jonidek,
To sumray dushmani din qonidek.
Xisravi g’oziy kafidin ber nabid,
Ichmog’idin aylay o’zimni shahid. [H.A.-B 279]
O’n   yettinchi   maqolotga   ilova   qilingan   hikoyatdan   keyin   shoir   o’zining
yigitlik   paytlarida   sajda   qilmaganligini   aytib,   afsus   chekadi,   ammo   qariganda
nadomatdan   fotda   yo’qligini   aytadi.   Navoiy   soqiyga   murojaat   qilib,   undan
shunday   may   so’taydiki,   uni   ichib   yig’itlik   chog’iga   qaytishini   aytadi.   Agar
shunga erishsa, umrini toat-ibodatga bag’ishlashini bayon qilgan.
Soqiy, o’shul mayki, xarob aylagay,
82 Shayxni kayfiyati shob aylagay.
Tutki bo’lurmen xazafu notovon,
Ayla meni toat uchun navjavon. [H.A.-B 313]
Bu murojaat zamirida inso keksayganda ham, agar Alloh imkon bersa, 
ibodat qilib, Haq rahmatiga erishishi mmumkinligi haqida ishonch yotibdi.
Soqiy, o’lubmen mayi rangi uchun,
May demakim, bir sanami chi uchun.
Chinni ayog’lar bila mast et meni,
Chin elidek bodaparast et meni.[H.A.-B 327]
Hazrat   Navoiy   aynan   Alloh   yo’lida   va   Allohga   muhabbat   ko’yish
g’oyasini   ilgari   surib,   fikrini   ushbi   majoziy   hikoyat   misolida   tushuntiradi.
Navoiy solih va orif insonlarning yuzlarida Allohning nuri aks etadi deb bilgan.
Shu   uchun   ham   soqiy   qiyofasida   o’ziga   murojaat   etib,   har   nafasini   g’animat
bilishga,   shukr   qilishga,   chorlaydi.   Soqiydan   rangin   ishq   mayi   va   bir   Chin
sanami   uchun   o’lganligini   aytadi.   Chinni   qadahlardan   may   ichib   mast   holda
Chin  elidek bodaparast  bo’lishni   xohlagan. Bu  ifodalar  zamirida    majoziylikni
aks ettirgan.
Bu   maqolot   biroz   xususiy   mavzuda   bo’lsada,   asosiy   murojaat   shahzoda
Badiuzzamon   mirzoga   qaratilgan   nasihatlardan   iborat,   unga   mamalakatning
obod   bo’lishini   adolatga   bog’lanishi,   adolatsiz   xalq   ojiz   yurt   xarobaga
aylanishini yana bir karra ta’kidlagan. 
Soqiy, olib kel qadahi dilpisand, 
Tut manga, deb shoh duosi baland.
Jonki chekar zulm, dame shod etay, 
Tan uyin ul suv bilan obod etay. [H.A.-B 341]
Soqiy,   menga   dilga   xush   yoqadigan   qadah   olib   kel,   shoh   duosini   balan
qilib,   uni   menga   tut.   Jonim   zulm   ko’rmoqda,   uni   bir   dam   shod   qilay   va   “tan”
uyini shu suv bilan obod etay deya Allohga murojaat etmoqda. 
So’nggi   maqolot   yakunida   Navoiy   ota   va   o’g’il   haqqiga   duo   yo’llaydi,
boshqa   o’g’illar   ham   ehtirom   topishlariga   istak   bildiradi.   So’nggi   baytlarni
83 shoh   va   shahzoda   ta’rifiga   bag’ishlagan   bo’lib,   soqiyga   yuzlanadi,   undan
shunday   may   so’raydiki:   Riyokorlik   bilan   o’zini   pok   ko’rsatishdan   ko’ra   may
ichib   mast   bo’lishni   istagan.   Bu   han   barcha   harakatlarning   samimiyat   ustiga
qurilishi shartligini uqtiradigan ishora desak sira adashmagan bo’lamiz. 
Soqiy, olib kel qadahe bodae,
Shah tutsun, yo ani shahzodae.
To bo’layin mast sabohu maso,
Necha riyo birla bo’lay parso. [H.A.-B 343]
Bunda   shohning   duosida   kalom   tugaganligi,   endi   Navoiyning   istagi
bodadan, ammo bodani  shohdan olmoqchi ekaligini  aytgan. Ya’ni  mayni ichib
toki   riyo   bilan   porso   bo’lgandan   ko’ra   shomu   sahar   mast   bolishini   afzal
ko’rgan.
  Navoiy   o’z   davri   jamiyatida   yuqorida   sanalgan   o’nlab   axloqiy
qadriyatlarga   ega   komil   insonlar   ko’payishini   astoydil   xohlagan.   “Navoiy
she’riyatini   yaxshi   tushunish   uchun       Yassaviy       hikmatlaridagi       g’oya       va
poetik      obrazlarning      tarixi      va  mundarijasini   ham   yaxshi   bilish   lozim” 61
.
Uchinchi bob yuzasidan xulosa lar
Maqolotda     insonning,   hatto   u   shoh   bo'lsa-da,   taqdir   qo'lida   ixtiyosizligi,
ojizligi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Bundan chiqadiki, taqdiri Yaratganning
qo'lida bo’lgan inson faqat va faqat adolat va ezgulikni o'ziga mayoq qilib yashashi
lozim.   Shundagina   u   hammani,   hatto   o'ziga   adovati   bo’lgan   odamlarni   ham   rozi
qila   oladi.   O'z   xohish-istaklarini   yenga   oladigan   ana   shunday   insongina   bu
dunyoda g'oziy, ya'ni g'olibdir.
Soqiy   obrazi   ishtirokidagi   lavhalar   Navoiyning   tasavvuf   ta’limotining
asosiy   nazariy   asoslari   –   Qur’on   va   hadis   bilimdoni   ekanini   ko’rsatadi.
Soqiynoma   baytlarda   lirik   qahramonning     ko’ngil   holini   anglab   yetishga,   uning
61
  Haqqul   I.   Tasavvuf   va   she’riyat.   –   Toshkent:   G’afur   G’ulom   nomidagi   Adabiyot   va   san’at   nashriyoti.  
1991.   –  B.  
84 sir - asrorini   kashf   qilishga   intilish   yaqqol   namoyon   bo’lgan . Shu asosida har bir
maqolotga   ilova   qilingan   hikoyatlar   so’nggida   soqiyga   murojaati   zamirida   yusak
ma’no   mazmun   ifodalangan.     Bu   bilan   hikoyatlardagi   ilgari   surilgan   g’oyalar
kitobxon ongiga to’la-to’kis singdirilgan. 
  Umumiy xulosa lar
1.   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   g‘oyaviy-badiiy   mazmunini   inson
ko‘ngli,   uni   barcha   mavjudotlardan   aziz   va   mukarram   qilib   turuvchilar   ruhiy
olami   manzaralari,   koinot   va   inson,   jamiyat   va   shaxs   munosabatlari,   Tangri
insonga   in’om   etgan   hayot   ajoyibotlaridan   hayratlanish   tashkil   etadi.   Mazkur
dostondan   har   qanday   zamon   va   makon   uchun   benihoya   ahamiyatli   bo‘lgan -
buyuk   Xoliq   tomonidan   bu   olamning   yaratilishi,   insonning   bu   olamdagi   o‘rni,
mavqei,   burchlari,   vazifalari   haqida   ijtimoiy,   axloqiy,   falasafiy   fikrlar   o‘rin
olgan.   Bu   dostonda   shoirning   falsafiy-tasavvufiy   qarashlari   Alloh   Olam   Odam
birligi   doirasida   talqin   etiladi.   Doston   “Xamsa”   turkumlari   uchun   o‘ziga   xos
poydevor   vazifasini   bajargan.   Xuddi   maqolaning   tezisi   kabi   butun     “Xamsa”
mohiyati   aslida   javhar   sifatida   ilk   dostonda   mujassam.   “Hayrat   ul-abror”da
hayot,   voqelik   shoirning   epik   bayoni-hikoyasi   emas,   balki   uning   fikr-
mulohazalari,   his-tuygusi   va   ta’rif-tavsifi   orqali   yoritiladi.   Shu   ma’noda   “Hayrat
ul-abror” lirik-tavsifiy dostondir.
2.   Ma’rifatda   qalbning   tozaligi,   ma’naviy   kuch-quvvati   va   imtiyozlariga
alohida   ahamiyat   berilgani   bois   Alisher   Navoiy   oriflik   mavzuyi   talqinlari   bilan
jiddiy   mashg’ul   bo’lgan.   Zero,   oriflik   ilmi,   hikmati,   botinbinligi,   donishmand
va   to’g’riligi   hamma   zamonlar   uchun   ibrat   va   namunadir.  Avvalo,   “Nasoyim   ul-
muhabbat”   tazkirasida   muallif   va   valiy   zotlarning   ma’rifat   tushunchasi   va
oriflik   holi   to’g’risidagi   fikrlariga   tayangan   holda   o’z   mulohazalarimizni
bildirdik.   Orifning   o’zgalar   siyratidan   ogoh   bo’lish   iqtidori   va   hech   bir
bandaga   hasad   qilmasligi   hamda   sir   saqlash   layoqatiga     doir           shayxlar
tilidan     aytilgan .   Oriflar   nafaqat   o’z   nafsini   tarbiya   etgan,   bil’aks   butun
insoniyatga ma’rifat ulashuvchi, hidoyat sari boshlovchi ma’naviy murabbiylardir.
Oriflik tasavvufning bosh maslagidir. Shu bois tasavvufga doir manbalarda oriflik
85 matlabining haqiqatlari alohida batafsil sharhlangan.
3.   “Hayrat   ul-abror”ning   janriy   xususiyatlari   unda   bir-birini
takrorlamaydigan   yuzlab   obrazlarning   olib   kirilishiga   sabab   bo‘lgan.   “Hayrat   ul-
abror”ning   bosh   qahramoni   Navoiyning   o‘zi,   ya’ni   Navoiy   fikr-u   qarashlari
dostonni   bog‘lab,   birlashtirib,   boshqarib,   o‘zaro   aloqaga   kirgizib   turadi,   barcha
maqolat   va   hikoyatlar   muallif   shaxsi   bilan   bog‘lanadi.
Navoiy   “Hayrat   ul-abror”   dostonining   markazida   inson   va   uning   ko‘ngli
turadi.   Shoirning   komil   inson,   ideal   jamiyat   va   odil   hukmdor   haqidagi     qarashlari
doston     bo‘ylab     sochilib     ketgan     va     bu     jihat     doston   muqaddimasidan
xotimasigacha   har   bir   bobning   mohiyatida   o‘z   aksini   topadi.   Bu   g‘oyalar   bir-birini
to‘ldirib,   bir-biriga   bog‘liq   holda   rivojlanadi.
          4.   “Hayrat   ul-abror”dagi   faslda   Hazrat   Bahouddin   Olloh   ishqini
ko‘ngillarga   chizuvchi   naqqosh,   halol   mehnat   kishisi,   tariqat   asoschisi,       fano
dashtida   o‘zini   yo‘q   qilgan,   Tangri   zuhurining   yerdagi   naqqoshi   sifatida
tasvirlansa,   Xoja   Ubaydulloh   Naqshband   hazratlarining   o‘rinbosari,   piri   olam,
egniga ma'rifat xazinasidan yuz libos kiyib, shoh-u gadoga rahnomalik qiluvchi,
eng   go‘zal   mahbub   Haq   sirlarini   oshkora   etuvchi   pir,   faqr-u   fanoda   yagona   ,
badavlat, mulk egasi, ko‘ngillarni ovlovchi murshid sifatida talqin etiladi.
5.   Maqolotda     insonning,   hatto   u   shoh   bo'lsa-da,   taqdir   qo'lida   ixtiyosizligi,
ojizligi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Bundan chiqadiki, taqdiri Yaratganning
qo'lida bo’lgan inson faqat va faqat adolat va ezgulikni o'ziga mayoq qilib yashashi
lozim.   Shundagina   u   hammani,   hatto   o'ziga   adovati   bo’lgan   odamlarni   ham   rozi
qila   oladi.   O'z   xohish-istaklarini   yenga   oladigan   ana   shunday   insongina   bu
dunyoda g'oziy, ya'ni g'olibdir.
6.   Soqiy   obrazi   ishtirokidagi   lavhalar   Navoiyning   tasavvuf
ta’limotining   asosiy   nazariy   asoslari   –   Qur’on   va   hadis   bilimdoni   ekanini
ko’rsatadi.   Soqiynoma   baytlarda   lirik   qahramonning     ko’ngil   holini   anglab
yetishga,   uning   sir - asrorini   kashf   qilishga   intilish   yaqqol   namoyon   bo’lgan . Shu
asosida   har   bir   maqolotga   ilova   qilingan   hikoyatlar   so’nggida   soqiyga   murojaati
zamirida   yusak   ma’no   mazmun   ifodalangan.     Bu   bilan   hikoyatlardagi   ilgari
86 surilgan g’oyalar kitobxon ongiga to’la-to’kis singdirilgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev   Sh.   M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017.
2. Mirziyoyev   Sh.   M.   Adabiyot   va   san’at,   madaniyatni   rivojlantirish   -
xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. Prezident Shavkat
Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasi. -
T.: “O‘zbek adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2017-y, 4-avgust.
II. MANBALAR
Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
1. Алишер Навоий, “Ҳайрат ул-аброр”, Ғ. Ғ улом   номидаги нашриёт
матбаа уйи. Тошкент - 2006
2. А л и ш е р     Н а в о и й. Т ў ла асарлар т ў плами.   Ўн   жилдлик. 7-
жилд. - То ш кент: Гафур   Ғ улом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011.
526 бет.
3. Алишер Навоий.   «Хамса». танкидий матн. Нашрга тайерловчи П.
Шамсиев. То ш кент. «ФАН»,  1 960 й .
87 4. Алишер   Навоий.   Насойим   ул-муҳаббат.   Йигирма   томлик.   Ўн
еттинчи   том.   –   Т.:”Фан”,   2001.   –   Б.463  ..
5. Нажмцддин Комилов.Тасаввуф / Н. Комилов; —Т.: 
«Мовароуннаҳр» —« Ўзбекистон, 2009. —Б.25.
6. Комилов Н. Маънолар оламига сафар. Т.: Тамаддун, 2012.  
7. Навоий   Алишер.   Маҳбуб   ул-қулуб:(Қалблар   севгилиси)-
Т.:Адабиёт ва саанъат нашриёти,1983.
8. Ешонқулов   Ҳ.   Алишер   Навоий   ғазалиётида   ишқ   поетикасининг
қиёсий-типологик   таҳлили   (“Хазойин   ул-  маоний”   мисолида).
Филол.фан.док.дисс.автореф.   –   Самарқанд,   2020.   –   Б.17
9. Абдуқодиров   А.   Навоий   ва   ваҳдат   ул-вужуд   таълимоти.   –
Хўжанд,   1995.   –   Б.34.
10. Муҳиддинов   М.   ― Хамсаларнинг     биринчи   достонларида   комил
инсон   тасвири.   Самарқанд     –   2001.     10-15-бетлар.
11. Ўзбек   тилининг   изоҳли   луғати:   80000   дан   ортиқ   сўз   ва   сўз
бирикмаси.   III   жилд.   Таҳрир  ҳайъати:   Т.Мирзаев	
  (раҳбар)   ва   бошқ.;   ЎзР   ФА
Тил   ва   адабиёт   институти.   –   Тошкент:   “Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси”	
  Давлат   илмий   нашриёти,   2006.   –   Б.   561.
12. Ғаниева   С.   Алишер   Навоий   (ҳаёти   ва   ижоди).  –   Тошкент:  
Ўзбекистон.   2015.   –   Б.   35.
13. Умуров   Ҳ.   Адабиёцҳунослик   назарияси:   Олий   ўқув   юртлари   учун
дарслик   /   Масъул   муҳаррир:   Б.Валихўжаев.   –	
  Тошкент:   А.Қодирий  
номидаги   халқ   мероси   нашриёти,   2004.   –   Б.   32.
14. Н.Ғанихўжаева.   ”Хамса”даги   айрим   ҳикоятлар   ҳақида   //  
Алишер   Навоий   “Хамса”си.   Тадқиқотлар.   –Т.:	
  Фан,   1986.   –   Б.102.
15. Ҳайитметов   А.   Темурийлар   даври   ўзбек   адабиёти.   –   Т.,   1996.   –  
Б.32.
16. Алишер Навоий. Насойи ул-муҳаббат.МАТ. Йигирма томлик. Ўн 
еттинчи том.-Т.: Фан, 2001.-Б.  280.
88 17. Валихўжаев   Б.   Хожа   Аҳрор   тарихи.  –   Тошкент,   1994.   –   Б.68.
18. Олим   С.   Нақшбанд   ва   Навоий.   –   Т.:Ўқитувчи,   1996.   –   Б.181.
19. Шайхзода.   Асарлар.   Олти   томлик.   Тўртинчи   том.   –   Т.:   Адабиёт   ва
санъат   нашриёти,   1972.   –   Б.128.
20. Абдуғафуров А. Навоий ижодида сатира.-Т.: 1972.-Б.  140.
21. Абдуқодиров   А.   Навоий   ва   ваҳдат   ул-вужуд   таълимоти.   –
Хўжанд,   1995.   –   Б.34.
22. Хамиджон Ҳомидий . Тасаввуф : Қаранийдан Рушдийгача . Янги 
аср авлоди, 2021. Б-54.крилл
23. Фаридидди Аттот .Тазкират ул-авлиё.-Т.:2013.-Б. 109-110.
24. Қуръони   Карим.   Луқмон   сураси,   14-оят.   Алоуддин   Мансур
таржимаси.-Т.:Шарқ,1993.
25.  Хомидий. Ҳ . Тасаввуф алломалари .-Т.”Шарқ, 2009.-Б.47
26. Аҳмад Яссавий. Девони ҳикмат (Янги топилган намуналар). 
Мовароуннаҳр. Т.:2004. Б-40 
27. Навоий   А.   МАТ.   18-жилд. Девони   Фоний.   –   Тошкент:   Фан, 2002,  
–   Б.   18.
28. Убайдий.    Ҳикматлар.   –  Тошкент:   Моварауннаҳр,   2020,   –  Б.   18.
29. Навоий   А.   МАТ.   1-жилд.   Бадоеъ   ул-бидоя.   Тошкент:   Фан,   1996.   –
Б. 657
30. Навоий   А.   МАТ.   4-жилд. Наводир   уш-шабоб.   –   Тошкент:   Фан, 
1989,   –   Б.   512.
31. Нас афий   А.   Инсони   комил.   –   Истанбул:   1990,   –   Б.   24.
32. Тоҳиров С.Қ. Темурийлар даврида хамсанавислик. Монография. 
–Самарқанд: СамДУ нашри, 2020.Б-95 крилл
33. Валихўжаев     Б.    Хамсачилик    традициясининг    баъзи    бир    
хусусиятлари    ҳақида     мулоҳазалар.    //     Ўзбек  адабиётининг   айрим  
масалалари.   –   Самарқанд,   1961.   –   Б.92-97.
89 34. Ҳусайн Байқаро. Рисола. –Т.: Шарқ-Нур, 1991.-Б.14
35. Хондамир.   Макорим   ул-ахлоқ.   Форсийдан   М.Фахриддинов   ва  
П.Шамсиев   таржимаси.   –   Т.1967.   –   Б.48.
36. Алишер   Навоий.   “Муҳокамат   ул-луғатайн”.   ТАТ.   Ўн   жилдлик.
Учинчи жилд.-Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт-матбааижодий уйи,
2013.-Б.520
37. Қаюмов А. Ўзбек хамсашунослигининг адабий илдизлари //Ўзбек
адабиёцҳунослигида талқин ва таҳлил муоммолари//Илмий- назарий 
анжуман материаллари. –Т.,2014.-Б.11-12
38. Алишер Навоий. Қомусий луғат. 1-жилд. - Т.: Шарқ, 2016.
39. Алишер Навоий. Қомусий луғат. 2-жилд. - Т.: Шарқ, 2016.
40. Дилнавоз   Юсупова.   Ўзбек   мумтоз   ва   миллий   уйғониш   адабиёти
(Алишер Навоий даври). - Т.: Тамаддун, 2016-й.
41. Ҳаққул   И.   Навоийга   қайтиш.   -   Т.:   Фан,   2007-й.   Муҳиддинов   М.
Алишер     Навоий   ва     унинг   салафлари   ижодида   инсон   консепсияси.
(“Хамса”ларнинг  биринчи   достонлари   асосида).   Филол.фан.док.дисс.   –   Т.,
1995.   –   Б.121.
42. Шуҳрат Сирожиддинов ва бошқалар. Навоийшунослик (1-китоб).
- Т.: Т амаддун, 2018-й.
43. Алишер   Навоий   ижодий   ва   маънавий   меросининг   оламшумул
аҳамияти (халқаро илмий назарий анжуман материаллари). - Т.: Ўзбекистон,
2011.
44. Б.Валихўжаев, Мумтоз сиймолар, Т.: Халқ мероси, 2002.   1-жилд,
198-199-бет
45. Е.Бертелс «Навоий». М.-Л., 1948.  194-бет.
46. М.Муҳиддинов, Нурли қалблар гулшани.  Тошкент: ФАН, 2007
47. Муҳиддинов   М.Қ.   Комил   инсон   -   адабиёт   идеали.   -   Т.:
Маънавият, 2005.
48. Навоий асарлари луғати. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва
санъат нашриёти, 1972.
90 49. Навоий ва адабий таъсир масалалари. -Т.: Фан, 1968.
50. Рустамов   А.   Навоийнинг   бадиий   маҳорати.   -   Т.:   Адабиёт   ва
санъат, 1979
51. Ҳайитметов   А.   Навоий   даҳоси.   -Т.:   Ғ.Ғулом   номидаги   бадиий
адабиёт нашриёти, 1970.
52. Ҳасанов С. Навоийнинг етти туҳфаси.  Т.: Адабиёт ва санъат, 1991.
53. Сирожиддинов   С,Юсупова   Д,Давлатов   О.Навоийшунослик.-
Т.:Тамаддун,2019.
54. Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи.  Биринчи китоб. Т.: Ўқитувчи,
1976.
55. Ҳаққул   И .  Навоийга   қайтиш . –  Т .:  Фан , 2007- й .
III. Диссертация ва мақолалар
1. Гаффоров   Нодирбек.   “Хайрат-ул   аброр”да   Абдуллох   Муборак
образи ва нафс талкини.-1998.-№4.-Б.18.
2. Ражабова   Буробия.   Шахс   хукуки   ва   адолат   (“Хайрат   ул-аброр”
достонидаги “Шох Гозий” хикояти мисолида).-2001.-№°4.-Б.27.
3. Туйчиев Уммат. “Хайрат ул-аброр” достонида лирик сюжет кисмлари
ва кахрамон.-2003.-№3.-Б.14.
4. Муҳиддинов   М.  Алишер    Навоий   ва   унинг   салафлари   ижодида
инсон   консепсияси.   (“Хамса”ларнинг  биринчи   достонлари   асосида).
Филол.фан.док.дисс.   –   Т.,   1995.   –   Б.121.  4. Орзуқулов Р. ва Комилов Н. Форс-
тожик   адабиётида   Навоийга   издошлик   тарихидан.   –   Т.:   “Навоий   ва   адабий
таъсир масалалари” тўплами, 1968-й.
5. Шарипова  Н.Н.  Алишер Навоийнинг  “Ҳайрат ул-аброр”достони
поетикаси..   Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (РҳД) диссертацияси. – Т.:
20 21.
91 6. Алишер Навоий ва ХХИ аср мавзусидаги халқаро илмий-назарий
анжуман   материаллари   /масъул   муҳаррир   Шуҳрат
Сирожиддинов .Тошкент:”МАСҲҲУР-ПРЕСС”.  2020. 
IV. Internet nashrlar:
1. https://m.kun.uz/uz/news/2020/05/09/jannatga-yol-ota-ona-orqali-   
otadi-islomda-farzandlik-majburiyatlari
2. www.ziyouz.com     
3. www.google     scolar.com 
 
92

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA ORIFLAR TALQINI MUNDARIJA KIRISH (ISHNING UMUMIY TAVSIFI) .......................................................... 2 I BOB. 6 “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI HAQIDA,DOSTONDA ORIFONA TIMSOL VA TALQIN ........................................................................ 6 I.1. Dostondagi maqolot va hikoyatlar talqini ..................................................... 6 1.2. Tasavvufda orif, orifona va oriflik maslagi ................................................ 15 BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSALAR ................................................ 23 II BOB. “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ORIFONA HIKOYATLAR TALQINI ............................................................................................ 24 2.1. Dostondagi hikoyatlarda payg’ambarlar va aziz avliyolar timsoli talqini .............................................................................................................. 24 2.2. “Hayrat ul-abror” dostonida gavdalangan chin so’fiylar siymosi ........... 59 Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar ....................................................................... 68 III BOB “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ORIFLIK MASALASI. . . 69 3.1. “Shoh G’oziy” adolatida ma’rifat talqini ................................................... 69 3.2. Dostondagi hikoyatlarda soqiyga(Allohga) murojaatining mohiyat masalasi ............................................................................................... 75 Uchinchi bob yuzasidan xulosalar ...................................................................... 84 Umumiy xulosalar ............................................................................................... 85 Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ ................................................................... 87 I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar: ............................................................................ 87 II. MANBALAR ................................................................................................... 87 Ilmiy-nazariy adabiyotlar: .................................................................................. 87 IV. Internet nashrlar: .......................................................................................... 92 KIRISH. ISHNING UMUMIY TAVSIFI ..................................................... 3 I BOB. ........ “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONI HAQIDA,DOSTONDA 1

ORIFONA TIMSOL VA TALQIN ........................................................................ 7 I.1. Dostondagi maqolot va hikoyatlar talqini .............................................. 7 1.2. Tasavvufda orif, orifona va oriflik maslagi ......................................... 15 Birinchi bob yuzasidan xulosalar ....................................................................... 23 II BOB. “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ORIFONA HIKOYATLAR TALQINI ................................................................................... 25 2.1. Dostondagi hikoyatlarda payg’ambarlar va aziz avliyolar timsoli talqini ...................................................................................................................... 25 2.2. “Hayrat ul-abror” dostonida gavdalangan chin so’fiylar siymosi ..... 60 Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar ....................................................................... 68 III BOB “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ORIFLIK MASALASI. ........................................................................................................... 70 3.1. “Shoh G’oziy” adolatida ma’rifat talqini ............................................. 70 3.2. Dostondagi hikoyatlarda soqiyga(Allohga) murojaatining mohiyat masalasi .................................................................................................................. 75 Uchinchi bob yuzasidan xulosalar ...................................................................... 85 III. Umumiy xulosalar ……………………………………………………………………….85 IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati.ʻ ............................................................ 88 KIRISH (ISHNING UMUMIY TAVSIFI ) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Mustaqillikka erishilgach, ming asrlik mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining asarlariga 2

metodologik tomondan yangicha, to‘g‘ri baho berila boshlandi. Mustaqillikkacha sinfiylik prinsiplariga amal qilish talab etilishi natijasida ko‘p masalalar o‘zining haqqoniy va halol, tarixiy jihatdan to‘g‘ri talqini hamda yechimini topmagan edi. Ayniqsa, tasavvufiy she'rlar, dostonlarning uzviy qismi bo‘lgan hamd, na't, munojot va tasavvufiy, diniy boblari noto‘g‘ri talqin qilindi va ular adabiyotshunoslik masalalaridan chetda qolib ketdi. Ana shunday masalardan biri dostonlarning, ayniqsa, “Xamsa” turkumidagi dostonlarning o‘ziga xos diniy- tasavvufiy ruhdagi maqolat va hikoyatlaridir. Mazkur magistrlik ishida Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda oriflar timsolini qay darajada talqin qilinganligi adabiyotshunoslikning dolzarb masalalaridandir. Dunyo adabiyotshunosligida XIX–XX asrlar mobaynida Alisher Navoiy biografiyasi, ilmiy-nazariy qarashlari, asarlarining Sharq mumtoz adabiyotida tutgan mavqei, Alisher Navoiy va xamsanavislik an’analari, ulug’ salaflarga izdoshlik masalalari yuzasidan salmoqli ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bugungi kun jahon adabiyotshunosligida ulug’ ijodkor asarlarining kompozisiyasi, syujeti, obrazlari poetikasi, ularning adabiy-estetik hamda tipologik xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan islomiy-tasavvufiy g’oyalar, sharqona badiiyat mezonlari asosida o’rganish zarurati sezilmoqda. Dunyo adabiyotshunosligi uchun eng muhim ilmiy muammolardan biri ulug‘ shoir va mutafakkir, turkiy xalqlar adabiyotining yuksak cho‘qqisi Hazrat Alisher Navoiy ijodining benazir qirralarini tahlil qilish, jahon adabiyotida Navoiy fenomenining joriylanishiga hissa qo‘shishdan iborat. Shoir she’riy va nasriy asarlarining janri, tabiati, leksik- semantik, kompozitsion jihatlari, poetika, til va uslub masalalarini zamonaviy adabiyotshunoslikning yangi ilmiy tamoyillari va mezonlari asosida chuqur o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. “Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati”ni inobatga olgan holda “yangi Uyg‘onish davri — Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan 3

bugungi kunda Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda” 1 . Bu esa ushbu dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyatini ko‘rsatadi Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovation iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mustaqillikdan keyin esa mazkur mavzu doirasida ijobiy fikrlar, to’g’ri talqin va tahlillar paydo bo’la boshladi. Tasavvuf tarixi, adabiyotda tasavvufiy g’oyalar o’rganilar ekan, oshiq, faqr, darvish, rind, orif va murshid kabilar xususida ham fikrlar bildirildi. N. Komilov, I. Haqqul, R. Vohidov, A.Abduqodirov, D. Salohiy, Sh. Sharipov , M . M u h i d d i n o v kabi olimlar tadqiqotlarida tasavvuf tarixi, ushbu ta’limotning nazariy jihatlari va adabiyotga ta’siri masalalari mushtarak o’rganildi 2 . Adabiyotshunoslikda orif yoxud valiy obrazi xususida B.To’xliyev, U.Qobilov, N. Jabborov, E. Ochilov, H. Eshonqulov kabi adabiyotshunoslar maqola va monografiyalari hamda tadqiqotchi D. Murodovaning “O’zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qilgan “Orif haqida mulohazalar” sarlavhali maqolasida bayon etilgan fikr-mulohazalar ham diqqatga sazovardir 3 . 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2020 yil 19 oktyabrdagi PQ-4865-sonli « Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori // Xalq so‘zi. – Toshkent, 2020, 20 oktyabr. 2 Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr – O’zbekiston, 2009, – B. 448; Haqqulov I. Irfon va idrok. – Toshkent: Ma’naviyat, 1998. – B. 160; R.Vohidov, H.Ne’matov, M.Mahmudov. So’z bag’ridagi ma’rifat. – Toshkent: Yozuvchi, 2001, – B. 144; Abduqodirov A. Navoiy va tasavvuf. – Xo’jand, 1994, – B. 102; Salohiy D. Tasavvuf va badiiy ijod. Navro’z. – Toshkent, 2018. – B. 189; Sharipov Sh.U. Alisher Navoiy «Lison ut- tayr» haqiqatlari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1998. – B. 160 3 To’xliyev B. Ta’lim bosqichlarida Navoiy asarlarini o’rganish / Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o’rni. – Toshkent: Fan, 2019. – B. 648-653; Qobilov U.Nubuvvat motivi va mumtoz poetika. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2019. – B. 183; Jabborov N. Ilm andog’ ganji nofi’dur... // Sharq yulduzi, 2002. 3-son. – B. 150-151; I.Haqqul., Ochilov E. Navoiy g’azallarida komil inson timsollari // O’zbek tili va adabiyoti. 2001. № 1. – B. 7-14; Eshonqulov H.P., Bog’iyev N.N. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida orif obrazi \\ Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti. 2014, № 1. – B. 54-56; Razzoqov A. Alisher Navoiy she’riyatida ilm va ma’rifat talqini; Murodova D. Orif obrazi haqida 4

Tadqiqotning maqsadi. “Hayrat ul-abror” dostonlaridagi maqolat va hikoyatlarda oriflar timsoli talqinini g‘oyaviy-semantik, leksik-stilistik xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Ishimiz ko‘lamini his etgan holda, dissertatsiyamiz mavzusini yoritish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik: - “Hayrat ul-abror” dostonni tarkibidagi maqolat va hikoyatlar sturukturasini belgilash va shu asosda oriflar timsolini talqin etish; - tasavvuf adabiyotida oriflik maslagi mohiyati va orif obrazining badiiy adabiyotdagi mavqeyini aniqlash; -hikoyatlarda payg’ambarlar aziz avliyolar timsoli talqinini belgilash; -so’fiylik sifatlarini badiiy talqin etish; - dostondagi adolat va ma’naviyat tushunchasini bugungi kun boshqaruviga bog’lash; -hikoyatlarda keltirilgan soqiy obraz(soqiyga murojaat)ini tasavvufiy talqin va tahlil etish. Tadqiqotning obyekti . Alisher Navoiyning “ Hayrat ul-abror”dostoni asos qilib olindi va timsollar talqini uchun “Nasoyim ul-muhabbat”, Abdurahmon Jomiyning “Tazkirat ul-avliyo” asarlariga ham murojaat etildi. Tadqiqotning predmeti . “Hayrat ul-abror” dostonining sujeti, sturukturasi, “Xamsa”ning keyingi dostonlariga ta’siri, hikoyatlardagi orifona timsollar talqinini g’oyaviy badiiy mohiyatini ochib berish, so’fiylar talqini, adolat asosida ma’naviyat tushunchasini badiiy mahorat bilan tasvirlash, tasavvufga doir manbalarda orif va oriflik maslagi hamda uning jamiyat hayotidagi ahamiyatiga doir masalalarni o’rganish hikoyatlarning g’oyaviy-badiiy talqinini amalga oshirish. Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada tizimli yondashuv, tasniflash, ilmiy mulohazalar //O’zbek tili va adabiyoti, 2003, № 2. – B. 76-77. 5