Avstiya-Vengriya vujudga kelishi va ichki siyosati siyosati
Avstiya-Vengriya vujudga kelishi va ichki siyosati siyosati MUNDARIJA Kirish I.BOB. YEVROPA ITTIFOQIGA A ʼ ZO IKKI DAVLAT AVSTRIYA VA VENGRIYA O ʻ RTASIDA QO ʻ SHNICHILIK ALOQALARI 1.1. Avstriya-Vengriya imperiyas vujudga kelishi 1.2. Avstriya Imperiyasi 1.3. Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda II.BOB. AVSTRIYA-VENGIRYA IMPERIYASI VUJUDGA KELISHI VA ICHKI SIYOSATI BO’YICHA MAVZUSINI METODLAR YORDAMIDA YORITIB BERISH.. 2.1. “Akvarium” metodi 2.2. “Charxpalak” metodi 2.3. “Muzyorar” metodi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi. XIX asrning o’rtalaridagi dolzarb xalqaro siyosiy munosabatlar haqida ma’lumotlar bergan. Kishilik jamiyati tarixida yangi zamon davrining o’rni alohida ahamiyatga ega. Yangi zamon davri dunyosi jamiyat taraqqiyotining qonuniy bir bosqichi bo’lib qolmasdan, tarixning o’ziga xos bir davri sifatida gavdalanadi. Garchi yangi zamon davri tarixi bizning davrimizdan bir necha asrlar ajratib turishiga qaramasdan, uni o’rganishga bo’lgan qiziqish hamon yuqori. Qanchalik ko’p o’rgansak, shuncha ko’p yangi ma’lumotlarni, boy manbalarga duch kelaveramiz. Hozirgi zamon tarixshunosligida yangi zamon davrini o rganish hamon o zʻ ʻ dolzarbligini yo qotgan emas. Hali yangi zamon davri jahon tarixining katta ʻ qismini tadqiq etishga ehtiyoj katta. Avstriya va vengriya davlat vujudga kelishi va ichki siyosati bu davr uchun muhim hodisa edi. Kurs ishidan ko zlangan asosiy maqsad: ʻ Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari o rtasidagi bitim asosida 1867-yilda Avstriya imperiyasini qayta ʻ tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. O sha yili yangi konstitu-siya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya ʻ imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan che-klandi. Butun imperiya bo yicha uch minis-trlik: ʻ 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa minis-trliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867-yil bitimiga binoan, Vengriya o z parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ʻ ma’muriy muxtoriyatga ega bo ldi. ʻ 2
Birinchi jahon urushida Avstriya - Vengriyaimperiyasining mag ʻ lubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918- yilning oxirida Avstriya - Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi . Avstriya-Vengriya imperiyasi o rnida Avstriya, Vengriya,ʻ Chexoslovakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi. Kurs ishining obekti: Avstriya-Vengriya imperiyasi vujudga kelishi va ichki siyosati Kurs ishining tuzilishi : Kirish, 2 bob, 3 ta reja,metod, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 3
I.BOB AVSTRIYA - VENGRIYA IMPERIYASI DAVLATLARI ULARNING VUJUDGA KELISHI 1.1. Avstriya-Vengriya imperiyasi Avstriya davlati. Avstriya imperiyasi (nemischa: Kaiserthum Österreich) – Gabsburg monarxiyasining nomi 1804-yilda imperiya deb e lon qilinganidan to 1867-yildaʼ dualistik Avstriya-Vengriyaga aylantirilgunga qadar mavjud bo lgan davlat ʻ tuzilmasi. Poytaxti — Vena. Imperiya Gabsburglarining meros mulklari – Chexiya, Vengriya, Slovakiya, Zakarpatiya va Banat, Xorvatiya, Transilvaniya (Ruminiya), Galisiya, Bukovina va Shimoliy Italiyaning muhim qismini (Lombardiya-Venetsiya qirolligi) birlashtirgan. Ularda kelib chiqishi va dinlariga ko ra turli xalqlar yashagan. ʻ Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi bo ldi. ʻ 1804- yildan Avstriya – imperiya . Avstriya – Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi o lkalarida burjuademokratik inqilobi ʻ sodir bo ldi[2]. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya- ʻ Prussiya urushidagi mag lubiyat uning Germaniya davlatiga ta siri yo qolishiga ʻ ʼ ʻ olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qo sh) monarxiya – Avstriya- ʻ Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi bo lib qatnashdi. 1918-yili noyabrda burjua- ʻ demokratik inqilobining g alabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil ʻ davlatga bo linib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb e lon qilindi. 1919- ʻ ʼ yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929–33 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yig ilishlar erkinligi ʻ bekor qilindi. 1934-yilda qo zg olon ko targan xalq (Vena, Lins va boshqa ʻ ʻ ʻ 4
shaharlar) uch kun mobaynida fashist to dalarga va hukumat qo shinlariga qurolliʻ ʻ qarshilik ko rsatdi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qo shib oldi. ʻ ʻ 1945-yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945–55 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya qo shinlari ʻ turdi. 1955-yilda mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash to g risida ʻ ʻ Davlat shartnomasi tuzildi. O sha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik ʻ to g risidagi qonunni qabul qildi. 1955-yildan Avstriya – BMT a zosi. 1992-yilda ʻ ʻ ʼ Avstriya bilan O zbekiston Respublikasi o rtasida diplomatiya munosabatlari ʻ ʻ o rnatildi. Milliy bayrami: 26-oktabr – betaraflik kuni (1955). ʻ 1 Aholisi Avstriya aholisining 99 % – avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – nemis tili. Aholisining o rtacha zichligi – 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng ʻ yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg. Davlat tuzumi Avstriya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan (1929-yilda o zgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan ʻ Avstriya – federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshlig i – federal prezident, uni ʻ axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash a zolarini o lkalar parlamentlari (landtaglar) o z vakolatlari muddatiga (4 – 6 yilga) ʼ ʻ ʻ saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir o lkaning o z ʻ ʻ konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. O lkalarning huquqlari ʻ cheklangan. 1 „История государства Габсбургов: Австрийское дворянство 1806—1919 гг. Декрет императора Иосифа II от 1781 г. «Право веротерпимости» (nemischa: Toleranzpatent)“ (deadlink). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyun. (Wayback Machine saytida 2020-09-27 sanasida arxivlangan) 5