Boqiy shahar majmuasi faoliyati
MAVZU : Boqiy shahar majmuasi faoliyati Reja : Kirish………………...………………………………………………..….....4 I.bob. “Boqiy shahar” majmuasining bunyod etilishi hamda uning faoliyatiga tarixiy-madaniy jihatdan yondashuv………………………...……6 1.1 “Boqiy shahar” majmuasi bunyod etilishi shart-sharoitlari ……………………………………………………………..………….....................6 1.2. Majmuadagi o’zbek xalqining qadimiy madaniyatini namoyish etuvchi inshootlar faoliyati ………………………………………………………………….8 II bob. “Boqiy shahar” majmuasi faoliyatiga zamonaviy jihatdan yondashuv hamda uning kelajakdagi taraqqiyot istiqbollari ………………...11 2.1. Majmuadagi zamonaviy inshootlar faoliyati……………………….......11 2.2. “Boqiy shahar”ni yanada rivojlantirish istiqbollari va strategik maqsadlari…………………………………………………………………………14 Xulosa……………………………………...………………………………16 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……….17 2
Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Ma’lumki, Samarqandning so’lim qismida bunyod etilgan “Silk Road Samarqand” majmuasi qisqa fursat ichida nafaqat Samarqand shahri hududida balki butun O’zbekiston bo’yicha muhim madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot markaziga aylanib ulgurdi. Respublikamiz turizm sanoati salohiyatining asosini tashkil qiladigan Samarqand shahrining ushbu sohadagi nufuzini oshirishda ushbu turistik markaz nihoyatda muhim rol o’ynamoqda. Undagi ham zamonaviy uslubda ham eskicha tarixiy uslubda qurilgan inshootlar jumladan, ko’plab mehmonxonalar, hunarmadchilik ustaxonalari, restoranlar hamda kongeresslar saroyi ham siyosiy, ham ijtimoiy- madaniy hayotning rivojida muhim rol o’ynamoqda. Shuningdek, majmua tarkibidagi sun’iy kanal ham ko’ngilochar ob’yekt ham suv sporti havzasi sifatida ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini bermoqda. Kelajakda uning nufuzli suv sporti bo’yicha musobaqalarni o’tkazishga ixtisoslashadigan havza bo’lishi taxmin qilinmoqda. Bu esa majmuaning sport turizmidan oladigan daromadlarini sezilarli ravishda oshirishi mumkinligidan dalolatdir. Ushbu kurs ishi “Boqiy shahar”ning qurilish sabablari, maqsadlari hamda istiqbolli rivojlanish strategiyalarini ochib beradi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi sifatida “Silk Road Samarqand” turistik markazi faoliyatini ochib berish hamda uning qaramog’i doirasida faoliyat yuritayotgan “Boqiy shahar” majmuasi faoliyatini o‘rganish, ularning mavjud bo’lgan turistik imkoniyatlari hamda rejalashtirilgan turistik rejalarini tadqiq qilish, majmua faoliyatidagi ayrim kamchiliklarni ochib berish, majmuaning suv sporti turizmi sohasidagi rolini yoritish, majmua joylashuvi to’g’ri tanlanganligi masalasini muhokama qilsh shu bilan birga ushbu hududning savdo-iqtisodiy sohadagi roli, milliy madaniyatimizni targ’ib va tashfiq qilishdagi ahamiyatini o‘rganish ishlari bilan tanishtirishdan iborat. Kurs ishining obyekti va predmeti. 3
Ushbu ilmiy ish obyekti va predmeti sifatida “Silk Road Samarqand” turizm markazi hamda “Boqiy shahar” majmuasini keltirishimiz mumkin. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kabi tarkibiy qismlarga ega. 4
I.bob. “Boqiy shahar” majmuasining bunyod etilishi hamda uning faoliyatiga tarixiy-madaniy jihatdan yondashuv 1.1 “Boqiy shahar” majmuasi bunyod etilishi shart-sharoitlari Samarqand shahrida 2022-yil 27—28-oktabr kunlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya doirasidagi tadbirlarda MDH PA tarkibidagi mamlakatlar parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, xalqaro tashkilot vakillari, olimlar va ekspertlar, jami 500 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Tadbir davomida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo Assambleya milliy parlamentlar tomonidan tayinlanadigan yoki saylanadigan a’zo davlatlarning parlament delegatsiyalaridan tashkil topgan bo‘lib, davlatlararo organ hisoblanadi. Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston parlamentlari ushbu Assambleya a’zolari hisoblanadi. Kengash yilda ikki marta yig‘iladi va yalpi majlislarni o‘tkazadi 1 . Parlamentlararo Assambleyaning kun tartibida xavfsizlikning yangi xavf- xatarlari va tahdidlari alohida o‘rin egallamoqda. Mazkur masalada Assambleya tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va xatti-harakatlar xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash maqsadini ko‘zlagan. Tadbir davomida Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi o‘zining 30 yillik faoliyati davomida hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga doir dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma muhokamalarni o‘tkazish va qarorlar qabul qilishda samarali maydonga aylangani, MDH hududida demokratik jarayonlar va parlamentarizmni, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Samarqanddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘i Samarqandda 2022-yil sentabrida ShHT sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganda qurilgan ob’yektlardan biridir. Bu asosan iqtisodiy masalalarga bag’ishlangan sammit bo'ldi. Sammit munosabati bilan 1 “Boqiy shahar”da yig‘ilgan 9 mamlakat: MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi qanday o‘tdi? https :// daryo . uz /2022/10/31/ boqiy - shaharda - yigilgan -9- mamlakat - mdhga - azo - davlatlar - parlamentlararo - assambleyasining - kuzgi - sessiyasi - qanday - otdi ? 5
paydo bo’lgan asosiy yangiliklar - bu chiroyli zamonaviy aeroport, shuningdek, yaxshi mehmonxonalarni o'z ichiga olgan "Ipak yo'li Samarqand" majmuasidir. Bu binolar mehmonlar O'zbekiston tarixi va madaniyati bilan tanishtirish uchun mo'ljallab bunyod etildi. Park orolda joylashganligi bois uning istalgan nuqtasiga suv orqali borish mumkin. Bu uning tarovatiga joziba qo'shadi va uni Kremliga o'xshashlik jihati hisoblanadi. MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik bo yicha davlatlararoʻ jamg armasining “Forum” jurnalida “Boqiy shahar” XXI asrda” maqolasi chop ʻ etildi. “Uch ming yil sayyora uchun soniyalar, koinot uchun hatto bir lahza ham emas, lekin insoniyat uchun bu deyarli abadiyat. Samarqand abadiy deb atalgan shaharlardan biridir”, - deb yozadi maqola muallifi Anastasiya Pavlenko.. Maqoladagi “Turistik xab” sarlavhasi ostida “albatta, turizm qadimiy shahar iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylandi. Shahar O‘zbekistonning eng ko‘p tashrif buyuradigan turistik markazidir va turizmdan olinadigan daromad shahar iqtisodiyotining muhim qismini tashkil etadi” deb ta’kidladi muallif. MDH Davlat rahbarlari kengashining 2023-yil 13-oktabrdagi qarori bilan Samarqand shahri 2024-yilgi Hamdo stlikning madaniy poytaxti deb e lon qilingan. ʻ ʼ ShHT sammitidan Samarqandga Xalqaro turizm markazi va “Boqiy shahar” esdalik bo`lib qoldi. Sammitga tashrif buyurgan davlat liderlari G`arbga qarata aytmoqchi bo`lgan fikrlarini ham gapirib o`tdi. Ulardan butun dunyo nashrlari iqtibos keltirdi. Sammit vaqtida qurolli to`qnashuv vaziyatida bo`lgan Tojikiston va Qirg`iziston rahbarlari ham o`zaro suhbat qurdi. Turkiya prezidenti esa Eron, Rossiya, Hindiston rahbarlari bilan yopiq muloqotlar o`tkazdi. 6