FARG’ONA VILOYATINING HUNARMANDCHILIK MASKANI

Загружено в:

02.03.2025

Скачано:

0

Размер:

1.6 MB
“FARG’ONA VILOYATINING HUNARMANDCHILIK
MASKANI” mavzusida tayyorlangan
K U RS ISHI  
1 MUNDARIJA
1 KIRISH 3
2. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida 
ma’lumot..5 5
3. Kashta chok turlari 8
4. Hunamandchilik turlari va tarix 18
5. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida 
ma’lumot    mavzusini o’qitish shakillari,tamoyillari va metodlari 28
6. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida 
ma’lumot mavzusiga oid  dars ishlanma 35
 7  XULOSA 40
 8 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 41
2 KIRISH
Mazkur   kurs   ishi   Mehnat   ta’limi   yo‘nalishiga   mo‘ljallangan   bo‘lib,
bo‘lajak   mehnat   ta’limi   o‘qituvchilami   milliy   xunarmandchiligimiz   tarixi,
uning   yo‘nalishlari,   rivojlanish   bosqichlari,   tarmoqlari   bilan   tanishtirish,
shuningdek,   o‘zbek   milliy   xalq   xunarmandchiligining:   yog‘och
o‘ymakorligi,   ganchkorlik,   naqqoshlik,   zardo‘zlik,   kashtado‘zlik,   gilam
to‘qish   kabi   sohalari   sirlarini   o‘rgatish,   milliy   qadriyatlarimizni   ardoqlash,
ular   bilan   faxrlanish,   g‘ururlanish   xislarini   rivojlantirish,   avloddan   avlodga
o‘tib   kelayotgan   xalq   xunarmandchiligi   ustalarining   munosib   davomchilari
bo‘lish,   yaratuvchanlikka,   go‘zallikka   intilish   kabi   tuyg‘ulami   tarkib
toptirishdan   iboratdir. Shu   nuqtayi   nazardan   kelib   chiqib,   mamlakatimizda
ta’lim   tizimini   isloh   qilishning   qonun-qoidalariga   amal   qilgan   holda   turli
yo‘nalishlar   bo‘yicha   pedagoglar   tayyorlashga   kirishildi.   Shu   jumladan,
professional   iqtisodchi   pedagoglar   tayyorlash   ham   qo‘yilgan   vazifani
amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Jamiyatning   taraqqiyot   darajasi,   davrimizning   axborot   asriga   aylanishi,
iqtisodiyotdagi   tarkibiy   o'zgarishlar   shuni   ko‘rsatadiki,   yoshlarni   yetuk,
vaziyatni   tezda   baholaydigan,   har   qanday   holatda   ham   to‘g‘ri   va   oqilona
qaror   qabul   qila   oladigan   malakali   mutaxassis   qilib   tayyorlash   uchun   faqat
an’anaviy uslublarga  tayanib dars o‘tish  yetarli  emas. Bu esa  ta’lim  tizimida
jahon   tajribasidan   keng   foydalanishni   talab   etadi.   Shu   talabdan   kelib   chiqib,
kasb ta’limining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga
mutaxassislik   fani   sifatida   «Maxsus   fanlarni   o‘qitish  metodikasi»   darsi   2008-
yilda   qabul   qilingan   yangi   DTS   bo‘yicha   esa   «Kasb   ta’limi   metodikasi»
o‘qitiladigan   bo'ldi.   .   Shu   sababli,   bu   sohadagi   kasb   ta’limi   bakalavriat
yo‘nalishi   talabalari   uchun   maxsus   mutaxassislik   fanlari   bu   —   iqtisodiy
fanlar bo’lgani tufayli  iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi  o‘rganiladi.
Iqtisodchi-pedagoglar   uchun   kasb   ta’limi   metodikasi   —   bu   iqtisodiy
fanlardan   dars   o‘tishni   o'rganish   metodikasi   bolib,   iqtisodiy   fanlarni
talabalarning   chuqur   o'rganishlari   uchun   fanning   va   mavzuning   maqsadidan
3 kelib   chiqqan   holda   qanday   vosita   va   metodlarni   tanlash   va   dars   jarayonida
qo'llash   yo'llarini   o'rganish,   bo'lg'usi   iqtisodchi-pedagoglar   ongiga
yetkazishni ko'zda tutadi.
Iqtisodiy   fanlarni   yoshlarga   o‘rgatish   uchun   o‘qituvchining   o‘zi   bu
fanlarni   yaxshi   bilishi,   dars   berish   metodlarini   mahorat   bilan   qo'llay   olishi
talab   etiladi.   Shu   bilan   birga,   pedagogika,   psixologiya,   maxsus   fanlarni
o‘qitish   metodikasi,   pedagogik   texnologiya   va   boshqa   fanlarni   ham   chuqur
bilishi zarur bo‘ladi.
Kadrlar   tayyorlashdagi   asosiy   maqsad   zarur   bilimlarni   o'zlashtirish
bilan   birga   talabalarning   intellektual   qobiliyatlarini   rivojlantirish,   ularda
mustaqil   tanlash   va   qaror   qabul   qilish   ko'nikmasini   hosil   qilishdir.
Ma’lumki, iqtisodiyotdagi  tarkibiy o‘zgarishlar  o‘z navbatida ishchi  kuchiga
ham   alohida   talablar   qo‘yadi.   Ya’ni   ishchilar   malakali,   mahoratli,   talabning
o‘zgarishiga   moslashuvchan,   o‘z   malakasini   oshirishga   intiluvchan   bo‘lishi
talab   etiladi.   Ishchi   kuchiga   bo‘lgan   talablarni   talabalar   chuqur   idrok
etishlari,   mustaqil   izlanish,   fikrlash,   turli   qarashlarni   taqqoslash,   tahlil
qilishga,   oqilona   xulosa   chiqarishga   o'rganishlari   lozim.   Jahon
pedagogikasida   diqqat-e’tibor   talabalarda   ana   shu   xislatlarni   hosil   qilish   va
tarbiyalashga qaratilgan.
Kurs   ishining   maqsadi:   5-sinf   o’quvchilarga   “Xalq   hunarmandchiligi
texnologiyasi”   mavzusini   o'qitish   metodikasi   orqali   bolalarga   yaxshi   bilim
berish.
Kurs ishining vazifasi:
-   O'quvchilarga   “Xalq   hunarmandchiligi   texnologiyasi.   Kashtachilik
tarixi haqida ma’lumot”  ni o’rgatish
“Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot” da turli xil metodlari shakillari va
tamoillardan foydalanib o’quvchilarni qiziqtira olish.
Kurs   ishini   predmeti:   O'quvchilarga   “Xalq   hunarmandchiligi
texnologiyasi” mavzusini o'qitish metodikasi.
4 1.1. Xalq   hunarmandchiligi   texnologiyasi.   Kashtachilik   tarixi   haqida
ma’lumot.
Xalq   hunarmandchiligi   moddiy   madaniyatimizning   eng   qadimiy   va   muhim
turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san‘atining ko’pdan-ko’p sohalari
bilan   uyg’unlashib   ketadi.   Ammo   tasviriy   va   amaliy   san‘at,   buyumlarga   badiiy
ishlov   berish   jarayoni   hamda   xalq   hunarmandchiligining   o’ziga   xosligi,   yo’llari,
xususiyatlari   bir-biridan   farqlanadi.   Respublikamizda   mavjud   bo’lgan   xalq
hunarmandchiligining   Toshkent,   Samarqand,   Buxoro,   Nukus,   Xiva,   Termiz,
Urganch,   Namangan,   Andijon,   Farg’ona,   Chust,   Shahrisabz   va   boshqa
markazlarining   ta‘limiy-tarbiyaviy   imkoniyatlari   beqiyos   bo’lib,   o’ziga   xosligi
jihatidan bir-biridan ajralib turadi.  Hunar – muayyan tayyorgarlikni talab etadigan
va tirikchilik manbai bo’lgan ijodiy mehnat faoliyati. Hunarli – biror hunarni puxta
egallagan   shaxs.   Hunarmand   –   biror   hunar   turi   bilan   shug’ullanuvchi   usta.
Hunarmandchilikning   asosiy   belgilari   oddiy   mehnat   qurollari   yordamida   biror
ishning   bajarilishi   va   ishlab   chiqarishning   yakka   tartibdaligidadir.
Hunarmandchilik   musulmon   jamiyatida   azaldan   erkaklar   va   ayollar   o’rtasidagi
mehnat taqsimotini ko’rsatuvchi o’ziga xos oyna bo’lib kelgan. Erkaklar ko’pincha
bozorda   sotish   uchun,   xotin-qizlar   esa   oila   ehtiyoji   uchun   mo’ljallangan
mahsulotlarni   ishlab   chiqarish   bilan   shug’ullangan.   Kulolchilik,   kandakorlik,
zargarlik,   gazlama   ishlab   chiqarish,   tikuvchilik   ustaxonalarida   kiyim   tikish,
zardo’zlik,   naqqoshlik,   yog’och   va   ganch   o’ymakorligi   faqat   erkaklar
shug’ullanadigan ish sanalgan. Xotin-qizlar esa kashtado’zlik, gilam to’qish, namat
bosish bilan band bo’lgan. Ular shuningdek, arzon paxta matolar to’qishgan, sopol,
ganch o’yinchoq, idishlar yasashgan.   XX asrga kelib, bu an‘anaviy turmush tarzi
keskin o’zgardi. Shahardagi xotin-qizlar an‘anaviy hunarmandchilik bilan mutlaqo
shug’ullanmay   qo’yishdi,   chekka   qishloqlardagi   ayollargina   ajdodlari   kasb-
korlarini saqlab qolishdi. Sho’ro davlati tanazzulga yuz tutganidan keyin an‘anaviy
hunarmandchilikka munosabatda  keskin o’zgarish ro’y berdi. Xotin-qizlar  ehtiyoj
tufayli   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishi   bilan   faol   shug’ullanishga   kirishdilar.
Chunki sobiq sho’ro davrida iqtisodiyotning barbod bo’lishi barchani yangi ish 
5 topishga   majbur   etdi.   Iqtisodiy   beqarorlik   sharoitida   tanazzuldan   chiqish   uchun
an‘anaviy hunarmandchilik bilan shug’ullanish maqbul yo’l bo’lib qolgan edi. Shu
tariqa kutilmagan o‘zgarish yuzaga keldi – hunarmand ayollar bozorni egallashdi.
Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog’och   o’ymakorligi,
metal     o’ymakorligi,     kashtachilik, quroqchilik, zardo zlik, gilamchilik, gazlama‟
to’qish, ko’nchilik,   pazandachilik,  yog’ochlarni   kuydirib   ishlash,   kulolchilik,
kosibchilik,         mahsido’zlik,         sangtaroshlik,         temirchilik,         pichoqchilik,
anjomsozlik,   qulfsozlik,   misgarlik,   ignasozlik   kabi   sohalarga   ega   bo’lib,   o’zida
mehnat   va   kasb   ta‘limining   ko’pgina   xususiyatlari   –   amaliyligi,       ijodiyligi,
milliyligi,   mahalliy   xom ashyolarni   topish va ta‘mirlashning qulayligi, o’g’il va
qiz   bolalar   mehnatining   o’ziga   xosligi,   murakkab   qurilmalar,   uskunalar,   asboblar
va   dastgohlar   talab   qilmasligi;   mashg’ulotlarni   tashkil   etishning   soddaligi   bilan
ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o’rgangan, ma‘lum kasblarni egallagan
yoshlarning   ishsiz   qolmasliklari,   mehnat   bozorining   raqobatbardoshligi   bilan
alohida   e‘tiborga   molikdir.     Bugungi   kunda   ishlab   chiqarilgan   hunarmandchilik
buyumlarini uch guruhga bo’lish mumkin: ro’zg’orda foydalanish (asosan qishloq
tumanlarida),   bozor   uchun   tayyorlangan   buyumlar,   shuningdek,   ko’rgazmalarda
ishtirok etishga mo’ljallangan hunarmandchilik buyumlari.  
Kashta     kiyimlar   va   buyumlarni   bezashda   katta   ahamiyatga   egadir.   Kashta
tikishni   bilish   orqali,   kiyimlarni   yangilab   olish,   ko‘pgina   kerakli   buyumlarni:
salfetkalar, pancho, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga sovg‘alarni bezash va
tayyorlash mumkin.    
Kashta   tikish   –   qiziqarli   va   ijodiy   ish   bo‘lib,   u   insonga   ko‘p   quvonch
keltirishi,   bo‘sh   vaqtida   ermak   bo‘lishi,   insonni   nafosat   olamiga   olib   kirishi
mumkin.   Kashta   tikish   usullarini   o‘zlashtirayotganda   hamma   narsa   birdaniga
yaxshi   chiqmasligi   mumkin,   chunki   kashtachilik   sabr-toqatli,   e’tiborli,   tartibli
bo‘lishni talab etadi.  Chidamli bo‘lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish
asta-sekin osonlasha boradi.
6 Kashta   tikish   san’atining   ko‘p   asrlik   tarixi   bor.   Arxeologik   topilmalarda
yozilishicha,   qadimdan   uy-ro‘zg‘or   buyumlarini   –   sochiqlar,   to‘r   hoshiya,
dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa
narsalarni kashtalar tikib bezatilgan. 
Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga
o‘tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy
xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi.
Xalq   ustalari   kashta   tikib   bezagan   buyumlar   chiroyli   gullari   bilan,
ranglarining   bir-biriga   mosligi,   to‘la   mutanosibligi,   bajarish   usullarining
professional   aniqligi   bilan   ajralib   turadi.   Kashta   tikilgan   har   bir   buyum   amaliy
vazifasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimiz   muzeylarida   xalq   kashtachiligining   ko‘p   namunalari
to‘plangan, ayniqsa X1X asr kashtalari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha yetib
kelgan.     O‘zbek   milliy   kashtachiligi   amaliy   san’atning     eng   qadimiy   turlaridan
bo‘lib,   u   xalqning     o‘z   turmushini   go‘zal   qilish   istagi   natijasida   yuzaga   kelgan.
Kashtachilik   san’ati   nafaqat     mamlakatimizda   balki,   chet   ellarda   ham   shuxrat
qozongan.
O‘zbek   xalq   ustalari   qo‘llari   bilan   tikilgan   so‘zana,   zar   devor,   gul   ko‘rpa,
choyshab   kabi   turli   hil   naqshli   buyumlar   mamlakatimizning   faqat   xonadonlarida
emas balki, muzeylarda ham ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
O‘zbek   kashtachiligi   qo‘shni   xalqlar   kashtachiligi   ta’sirida   boyidi   va
rivojlandi. Kashtalash kiyimlar va buyumlarni bezashda, xamda uy-ro‘zg‘or bezak
buyumlari tayyorlashda, qadimdan qo‘llanilib kelmoqda.
Kashtachilikning   maxsus   turlaridan   biri   applikatsiyadir.   Applikatsiya   -
lotincha   yopishtirish   degan   ma’noni   bildirib,   gazlama,   qog‘oz   va   boshqa
materiallarga tikish yo‘li bilan bezak berish demakdir.
7 Applikatsiya kashtachilikning mahsus turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologiyaga
ega.   Asosiy   matoga   rangdor
mato   parchasini,   charm   va
boshqa matoga rangdor mato
parchasini   va   boshqalarni
qadab o‘trofii choklanadi.
Hozirgi   vaqtda
ko‘pincha bolalar paltolarida,
ko‘ylaklarida,   bosh
kiyimlarida,   har-xil   qush,
meva,   gul   va   hayvonlar
tasviri   applikatsiya   usulida
choklanadi.   O‘rta   Osiyoda
kashtachilik keng tarqalgan. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, korton, zigir, jun,
ipak,   su’iy   iplar,   zar   iplar,   mayin   sim,   xom   charmdan   tayyorlangan   tasmalar,
munchoqlar,   marjon,   metall,   pulakcha,   qimmatbaho   tabiiy   va   sun’iy   toshlar   va
materiallar ishlatiladi.
Kashtachilikning o‘ziga xos ish qurollari mavjud bo‘lib, ular turli vazifalarni
bajaradi. Kashtachilik turli rangli ipak o‘trofi ip bilan igna ilmoqli bigizda har-xil
matolarga mayda gul tikishdir. 
1.2. Kashta chok turlari
Qo ‘lda tikiladigan kashtalarning ikkita turi mavjud:  - bezatiladigan matoning
arqoq   va   tanda   iplarini   sanab   kashta   tikish;   -   matoga   gul   tasviri   konturi   asosida
erkin kashta tikish. O‘zbek kashtachiligida ko ‘p qo ‘llaniladigan chok turlari bilan
tanishib chiqamiz:    Yo’rma choki – ilmoqli  bigiz yoki  igna bilan matoning o ‘ng
tomonida halqalar zanjiri hosil qilib tikiladi. Ignaga o ‘tkazilgan ipak ip yordamida
halqa   hosil   qilinib,   matoning   sirtida   chap   qo‘l   bilan   ushlab   turiladi.   Sanchilib
8 chiqqan   igna   esa   halqa   hosil   qilinadi.   Yo   ‘rma   choklari   bilan   yirik   kashtalarning
hoshiyalari, gul va barglarning asosiy shoxga ulanadigan bandlar tikiladi. 
Yo‘rma chok.
 Bigiz yordamida yo ‘rmado ‘zi uslubida kashta tikishda ip doimo buyumning
ostida   turadi,   bigiz  bilan   gazlama   teshib   o  ‘tiladi,  gazlama   ostida   bigiz   ilmog‘iga
chap qo‘l bilan ip ildirib turiladi va o ‘ng qo‘l bilan uni tortib olib, choklar zanjirini
hosil     qilinadi.     Ilma   chokining   ikki   turi   mavjud:   bir   taraflama   va   ikki   taraflama
ilma   choklar.   Bir   taraflama   ilma   choklar   gorizontal   yo   ‘nalishda   chapdan   o‘ngga
yoki   yuqoridan   pastga   tomon   tikiladi.   Ikki   taraflama   ilma   chokning   ham   ikki   xil
usuli   bor:   birinchi   turi   bir   tomoni   chapdan   o‘ngga   halqa   qilib   tikib   chiqilgan,
qolgan   tomonida   ham   shu   tarzda   halqa   hosil   bo   ‘ladi.   Ikkinchi   usulda   ip   o
‘tkazilgan   igna   gazlamaning   o   ‘ng   tomonidan   qadab,   yotiq   chiziq   bo‘ylab   chap
tomondan sug‘urib olinadi.  
  Qo   ‘lning   bosh   barmog‘i   bilan   ilib   orqaga   surilgan   ip   igna   ostida   qolishi
kerak. Shu tarzda bir yoqlama halqa hosil bo ‘ladi, so ‘ngra o ‘ng tomondan yana
igna  qadab,   chapdan   yotiq   holatda   sug   ‘urib   olinadi.  Lekin  bu   ikkinchi   va   undan
keyin o‘ng tomonga sanchiladigan ignani sal qiyaroq tutib, vertikal ipdan yuqoriga,
avvalgi halqa chokning ichkarisiga qadaladi. Shu tarzda o ‘ng tomon halqasi hosil
qilinadi.  
 
9 Ilma chokni tikish usuli
 Qo ‘shaloq ilma  chokda chok bo ‘ylab gazlamani ilmasdan oldin chap halqa,‖
keyin   o‘ng   halqa   hosil   qilib   olinadi   va   igna   sanchilib,   gazlamada   shunday   qiya
qaviq hosil qilinadiki, bunda o ‘ng tomondagi igna sanchilgan joy chap tomondagi
sanchiq chizig ‘iga to ‘g ‘ri kelishi, chap tomondagi igna chiqqan joy esa, bir baxya
pastroqda paydo bo ‘lishi kerak.  Ilma choklari, odatda, bosma choki bilan tikilgan
kashtalarni   hoshiyalashda   ishlatiladi.   Ilma   choki   Farg   ‘ona   vodiysida   ko‘proq
tarqalgan.   Bu   chokdan   chust   do   ‘ppisi   bezaklarida   ko‘p   foydalaniladi.   Shoyi
matolarga tikiladigan kichik kashtalarda ham ko‘p qo ‘llaniladi. 
 Murakkab ilma chok. Kuppa choki turli yo ‘nalishda, ya‘ni chapdan o ‘ngga,
o‘ngdan   chapga,   yuqoridan   pastga,   pastdan   yuqoriga   sidirg‘a   tikib   hosil   qilinadi.
Bunda yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab, kichikdan
kattalashib,   kattadan   kichiklashib   borishi   mumkin.   Turli-tuman   kashtalarda,
do‘ppido   ‘zlikda   keng   foydalaniladi.   ―Ignani   oldinga   yo   ‘naltirib   sanchiladigan	
‖
chokni tikishda gazlama ipidan 2-3 tasi  igna uchiga terib olinib, o ‘ngdan chapga
tomon tikiladi. 
  Undan   kashta   guli   chiziqlarini   aylantirib   tikishda   va   gazlama   yuzasini
to‘ldirib   badiiy   kashtalar   tikishda   foydalaniladi.   Ushbu   chok   Farg‘ona   vodiysi,
Samarqandda keng tarqalgan.  Kanda xayol chokida ip to ‘shama tik yoki yotiq bo
‘ladi.   Bu   chokning   ikki   xili   mavjud.   Bir   xilida   to   ‘shama   ip   ustidan   chatiladigan
chok   qiyalatib   ustma-ust   tushadi,   kashta   tayyor   bo   ‘lganda   novdadan   to   ‘qilgan
savatga   o‘xshab   ko   ‘rinadi.   Ikkinchi   xilida   kashtado   ‘z   birinchi   qatorni   oldingi
kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi qatorni tikayotganda oldingi qator ostki
10 qismidan   o   ‘tkazib   tikiladi,   shunday   qilib,   choklar   to‘shami   ip   ustiga   diagonal
yo‘nalishdagi ilon izi chiziqlar hosil qilib tushadi.  
Kanda xayol choki
Bosma  chok  tik yoki   yotiq to ‘shalgan  ip  ustidan  kesib  tikib chiqiladi,  mato
sirti   sidirg‘a   qoplanadi.   O   ‘ng   tomondan   chapga,   so   ‘ng   chapdan   o   ‘ngga   yana   o
‘ngdan   chapga   va   shu   tarzda   ip   to   ‘shalib,   ustidan   bostirib   chiqilaveradi.   To
‘shalgan   tag   iplari   ko   ‘ndalang   va   tikka   bo   ‘lganda   ham   ular   chatiladigan   qisqa
choklar   bir-biridan   uzoqroq,   sal   qiya   qilib   chatiladi.   Chatiladigan   choklar   3   mm
dan ortiq bo ‘lmasligi kerak. Bajarish usuli bir xil bo ‘lgan bosma chokining ham
bir   necha   xili   bor.   Ular   bir-biridan   tashqi   ko   ‘rinishi   bilan   farqlanib   turadi.
To‘shama ip uzunroq chok (3 mm) va lo ‘nda chok bilan tikiladi. To ‘shama qo ‘sh
choklar   bilan   chatilishi   mumkin.   Qo   ‘sh   choklar   orasi   yaqin   qilib   tikiladi.   To
‘shama ip chetdan devor to ‘qimasiga o ‘xshab ketadigan qilib chatilsa ham bo‘ladi
Bosma chokda foydalaniladigan ip yaxshi pishitilgan bo ‘lishi kerak, shunda chok
gazlamada   bo   ‘rtib   chiqadi.   Bosma   chokda   kashta   gullari   sidirg   ‘a   qoplangan   bo
‘ladi.     Xomdo„zi   choki   ham   ikki   yoqlama   tekis,   ipni   tik   yoki   sal   qiyaroq   qilib
tikiladi.   Xom   ipak   bilan   tikilganidan   shu   nom   bilan   atalgan.   Do   ‘ppi   gullarida,
belboqqa   nozik   geometrik   naqshlar   tikish   va   shu   kabilarda   bu   chokdan   ko   ‘p
foydalaniladi.   Farg   ‘ona   vodiysida   hamda   Samarqandda   keng   tarqalgan.     Kashta
tikilgan   buyumning   teskarisi   toza   va   batartib   bo   ‘lishi   kerak.   Ipni   gazlamaning
o‘ngida kashta tikilgan joyga puxtalab qo ‘yiladi.   To„rlash choki ignani o ‘ngdan
chapga sanchib, keyin teskari tomonidan ip ikki qaviq yirikligicha oldinga tomon
tortib   o   ‘tkaziladi.     Suv   chokini   tikishda   buyumning   o   ‘ngidan   bitta   qaviq
11 yirikligiga   teng   oraliqda   igna   sanchiladi,   teskarisidan   esa   kashta   ipi   qaviqdan
pastdan   chiqadigan   qilib   igna   yarim   qaviq   kengligida   orqaga   qaytarib   sanchiladi.
“Iroqisimon”   chok   ikki   qator   qilib   chapdan   o   ‘ngga   tomon   tikiladi.   Tikish   ostki
qatordan   boshlanadi.   Ignani   yuqoriga   yo   ‘naltirib,   o‘ngga   og   ‘dirib   qaviq
tushiriladi. Yuqori qatorda ignaga gazlama shunday ilib olinadiki, bunda ignaning
gazlamadan chiqish joyi ostki qatorda igna chanchilib kirgan joy bilan bir chiziqda
bo ‘lishi lozim. Pastga tushadigan qaviq ham yuqoriga chiqqandagidek og ‘ib, igna
yana yuqori qatordagidek gazlama ipidan ilib o ‘tadi.   Iroqining sanama iroqi xili
ham mavjud:   Sanama iroqi chokida ishlatiladigan to ‘r (kanava)ga yoki arqoq va
o‘rishidan ip tortib olinib, to ‘r shakliga keltirilgan matoga kesma chiziqlar sanab
gul tikiladi.  Bu chok bilan ko ‘pincha, yirik kashta-palak, so ‘zanalar shuningdek,
yo ‘rma iroqi bilan do ‘ppi, kizak va mayda kashta mahsulotlari tikiladi. Bu chok
qadimdan   Qashqadaryoda   rivoj   topgan,   keyinchalik,   respublikamizning   hamma
tumanlarida tarqalgan.  
Iroqisimon chok
  Zich   iroqisimon   chok   ham   iroqisimon   chokdek   tikiladi,   faqat   qaviqlar   zich
joylashadi,   ignaning   sanchilib   kirish   joyi   bilan   chiqish   joyi   bitta   bo   ‘ladi.   Iroqi
chok   kashta   tikishda   oldin   bir   tomonga   qator   qiya   qaviqlar   tikiladi,   keyin   xuddi
shunday qiya qaviqlar oldingi qaviqlar ustidan ikkinchi tomonga tikib boriladi. Qo
‘shaloq   iroqi   chok   to   ‘rtta   chalishgan   qiya   qaviqlardan   iborat   bo   ‘lib,   ularning
hammasi   bir   usulda   bajariladi.   Chala   iroqi   chok   shundaygina   tashlab   qo   ‘yilgan
ipni o ‘ng tomonidan boshlab o ‘rab tikib hosil qilinadi.  
 
12 Oddiy siniq chok
  Oddiy   siniq   chok   o   ‘ng   tomondan   chap   tomonga   ikki   qator   qilib   tikiladi.
Chokni   yuqori   qatordan   boshlab,   kashta   o   ‘ngida   chap   tomonga   qiyalatib   bitta
qaviq   hosil   qilinadi.     Pastki   qatorda   kashtaning   teskarisidagi   qaviq   uning   o   ‘rtasi
yuqori   qatordagi   igna   sanchilgan   joyga   to   ‘g   ‘ri   keladigan   qilib,   chap   tomonga
gorizontal   tikiladi.   Navbatdagi   qaviq   yuqori   qatordagi   dastlab   igna   sanchilgan
joyga tomon yo ‘naltirib hosil qilinadi va kashtaning teskarisidagi qaviq yana chap
tomonga   pastki   qatordagi   qaviq   yirikligida   gorizontal   tikiladi.   Ikkinchi   usulda
pastki   qator   qaviqlari   orasi   oldingi   igna   sanchilgan   joylarning   o   ‘ziga   yana   igna
sanchib,   qaytarma   qaviqlar   hosil   qilib   to   ‘ldiriladi.   Siniq   choklarning   uchinchi
usulida ikkala qatorda ham qaytarma qaviqlar tikiladi.  
13 Hunarmandchilik   –   milliy-an anaviy   mayda   tovar   ishlab   chiqarish,ʼ
oddiy   mehnat   qurollari   yordamida   yakka   tartibda   va   qo l   mehnatiga   asoslangan	
ʻ
sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik
sanoat   ishlab   chiqarishi   vujudga   kelishiga   qadar   keng   tarqalgan,   ayrim   sohalari
keyin   ham   saqlangan.   Kam   rivojlangan   mamlakatlarning   xalq   xo jaligida   hozir	
ʻ
ham muhim o rin egallaydi.	
ʻ
Turlari
Hunarmandchilik   insonning   ishlab   chiqarish   faoliyati   bilan   vujudga   kelib,
jamiyat   rivojlanishi   davomida   asta-sekin   dehqonchilik   va   chorvachilikdan   ajralib
chiqdi,   turli   ijtimoiy-tarixiy   davrlar   doirasida   texnika   rivoji   bilan   aloqador   holda
takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik,
binokorlik,   toshtaroshlik,   o ymakorlik,   kashtado zlik,   ko nchilik,   tikuvchilik,	
ʻ ʻ ʻ
to quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo zlik, bo yoqchilik, kemasozlik,	
ʻ ʻ ʻ
taqachilik,   tunukasozlik   va   boshqalar)ga   ajraldi.   Hunarmandchilik   qanday   tabiiy
resurslarning   mavjudligiga   qarab,   mas,   paxta   va   pilla   bor   yerda   to qimachilik,	
ʻ
sifatli   xomashyo   bor   yerda   kulolchilik,   jun   va   teri   ko p   yerda   to qimachilik   va	
ʻ ʻ
ko nchilik,   shunga   qarab   kosibchilik,   o rmonlar   ko p   yerda   yog ochsozlik,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ma danlarga   boy  yerlarda   metall   ishlab   chiqarish   va  temirchilik,  dengiz   va   daryo
ʼ
bo ylarida   kemasozlik   va   boshqa   rivoj   topgan.   Jamiyat   taraqqiyoti   bosqichlari,
ʻ
mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1)
uy   hunarmandchiligi;   2)   buyurtma   bilan   mahsulot   tayyorlaydigan
hunarmandchilik;   3)   bozor   uchun   mahsulot   tayyorlaydigan   hunarmandchilik.   Uy
hunarmandchiligi  kapitalizmga   qadar   bo lgan  davrlarda  hunarmandchilikning  eng	
ʻ
ko p   tarqalgan   turi   bo ldi.   Hunarmandchilikning   bu   turi   natural   xo jalikning	
ʻ ʻ ʻ
ajralmas   qismi   hisoblanadi.   Shaharlar   rivoji   buyurtma   bilan   hunarmandchilik
mahsulotlari   tayyorlash   va   bozorga   hunarmandchilik   mahsulotlari   ishlab
chiqarishning   jadal   o sishi   bilan   uzviy   bog liq.   Natijada   hunarmandchilik	
ʻ ʻ
mahsulotlari   tovarga   aylandi,   tovar   ayirboshlash   uchun   ishlab   chiqariddi.   Davr
taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga keldi. Hunarmandlar ham turli
14 mahsulotlar   tayyorlash   bo yicha   ixtisoslasha   bordilar.   Shaharlardagi   mahallalarʻ
hunarmandlarning   kasbkoriga   qarab   shakllangan   (XX   asrning   boshlarida
Toshkentda   ko nchilar,   kulollar,   egarchilar,   beshikchilar,   o qchilar,   kosiblar	
ʻ ʻ
mahallalari   bo lgan).   Ayrim   mahalla,   kvartal,   shaharlar   hunarmandchilikning
ʻ
ma lum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.	
ʼ
Tarixi
Hunarmandchilik   tovar-pul   munosabatlariga   kengroq   va   chuqurroq
tortilganligi   sari   tabaqalashdi.   Uddaburon   va   serharakat   hunarmandlar   boyib
dastlabki   kapital   jamg arilishi   tufayli   kapital   sohibiga   aylandi   va   ularning	
ʻ
ustaxonalari   negizida   kichik   zavod   va   fabrikalar   vujudga   keldi,   bu   korxonalarda
kambag allashgan   hunarmandlar   yo llanib   ishlay   boshladi.   Natijada	
ʻ ʻ
hunarmandchilikning   rivoji   bozor   iqtisodiyotining   kapitalistik   shaklini   yuzaga
keltirdi.  Hunarmandchilik  Yevropa  shaharlarida sanoat  rivojiga ham  o z hissasini	
ʻ
qo shdi  (to qish dastgohlari  takomillashdi, 14-asr  o rtalarida Germaniyada domna	
ʻ ʻ ʻ
pechlarining paydo bo lishi metallurgiyada jiddiy o zgarishlarga olib keldi. 14-15-	
ʻ ʻ
asrlarda o q otar  qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik ishlab chiqarish	
ʻ
munosabatlari   H.ning   keyingi   taraqqiyotiga   zarba   berdi,   hunarmandchilikning
ko pgina   sohalari   tushkunlikka   uchradi.   Sanoat   to ntarishi   oqibatida   tez   va   arzon	
ʻ ʻ
ommaviy ishlab chiqarila boshlagan  fabrika, zavod  mahsulotlari  hunarmandchilik
mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.
Rivojlangan   mamlakatlarda   yakka   buyurtmalar   va   qimmatbaho   badiiy
buyumlar   tayyorlaydigan   hunarmandchilik   sohalarigina   (tikuvchilik,   etikdo zlik,	
ʻ
gilamchilik, zargarlik, o ymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi.	
ʻ
20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yo lga qo yilishi	
ʻ ʻ
bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin
kamaydi.   20-asr   davomida   va   21-asr   boshlariga   kelib   yirik   industrial   ishlab
chiqarish   qaror   topgan   bo lsa-da,   hunarmandchilikning   mavqei   saqlanib   qoldi.	
ʻ
Hunarmandchilikning   bozorda   segmenti   kichik   bo lganidan   yirik   ishlab   chiqarish	
ʻ
egallay   olmaydigan,   talab   individuallashgan   o z   o rni   bor.   Mini   texnologiyaning	
ʻ ʻ
paydo   bo lishi   hunarmandchilikda   tovarlarni   yakka   tartibda   va   sifatli   ishlab	
ʻ
15 chiqarish   imkonini   beradi.   Bunga   milliy   ustboshlar,   milliy   cholg u   asboblari,ʻ
mayda   asbob-uskunalar,   turli   yodgorlik   buyumlari   ishlab   chiqarish   va   xizmat
ko rsatishni   kiritish   mumkin.   Hozirgi   hunarmandchilik   kichik   biznes   tarkibidagi	
ʻ
yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat.
O zbekiston   hududida   neolit   davridayoq   hunarmandchilikning   dastlabki	
ʻ
muhim   tarmog i   hisoblangan   sopol   buyumlar   ishlab   chiqarish   va   to qimachilik	
ʻ ʻ
vujudga   keldi   (Xorazm   vohasidagi   Kaltaminor   madaniyati,   Surxondaryodagi
Sopollitepa   va   boshqalar).   Miloddan   avvalgi   2-asrdan   boshlab   hunarmandchilik
mahsulotlari   savdosida   Buyuk   ipak   yo li   muhim   ahamiyatga   ega   bo ldi.   O rta	
ʻ ʻ ʻ
asrlarda   Sharq   mamlakatlarida   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar   (Arab   xalifaligida
po lat,   O rta   Osiyo   va   Hindistonda   shoyi,   chinni,   qog oz)   Yevropa   bozorlarida	
ʻ ʻ ʻ
qadrlandi.   Hindistonda   paxtadan   nafis   mato,   Xitoyda   ipak   mato   to qiydigan	
ʻ
dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va O rta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi	
ʻ
takomillasha bordi.
9—10-asrlarda   O rta   Osiyoda   yirik   hunarmandchilik   markazlari   paydo	
ʻ
bo ldi.   Ip   mato,   gilam   (Urganch,   Shosh),   shoyi   (Marv),   mis   va   temirdan   yarog -	
ʻ ʻ
aslaha, pichoq tayyorlash (Farg ona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash	
ʻ
(Buxoro)   avj   oldi.   13-asrda   mo g ullar   bosqini   hunarmandchilik   rivojiga   zarba	
ʻ ʻ
berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi  hunarmandchilik rivojiga juda katta
ijobiy ta sir ko rsatdi.	
ʼ ʻ
O rta   Osiyoda   hunarmandchilikning   barcha   turlari   20-asrning   20-
ʻ
yillarigacha   saqlandi.   Buxoro,   Samarqand,   Qo qon,   Xiva,   Toshkent   kabi	
ʻ
shaharlarning   ishlab   chiqarish   munosa-batlarida   hunarmandlik   katta   rol   o ynadi	
ʻ
(19-asrning   60-yillarida   Xivada   hunarmandchilikning   27   turi   rivoj   topgan,
shahardagi   bozorlarda   hunarmandlarning   556   do koni   bo lgan,   80-yillarda	
ʻ ʻ
shaharda 2528 xo jalik hunarmandchilik bilan shug ullangan).	
ʻ ʻ
O zbekistondagi   huanrmandchilik   chuqur   ixtisoslashgan   bo lib,   o zida	
ʻ ʻ ʻ
xilma-xil   kasbkorlarni   birlashtirgan.   Masalan,   terini   qayta   ishlash   sohasida
ko nchilar, etikdo zlar, maxsido zlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar,	
ʻ ʻ ʻ
po stinchilar,   kamarchilar,   to qimachilik   sohasida   bo zchilar,   atlaschilar,
ʻ ʻ ʻ
16 gilamchilar,   sholcha   va   namatchilar;   metallni   ishlash   sohasida   temirchilar,
taqachilar,   misgarlar,   chilangarlar,   zargarlar   kabi   kasblar   bo lgan.   Bularʻ
hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan.
Sharqdagi musulmon ustaxonalarida bo lgani kabi O zbekistonda chevarlik,	
ʻ ʻ
kashtachilik   bilan   ayollar   uyda   o tirib   shug ullanishgan.   Hunarmandchilikning	
ʻ ʻ
ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud bo lgan.	
ʻ
Hunarmandchilikning   ichki   tartib   va   qoidalarini   uning   nizomi   sifatidagi
„Risolalar“   belgilab   bergan.   Har   bir   kasbning   o z   rahnamosi,   ya ni   piri   va	
ʻ ʼ
„Risolasi“   bo lgan,   avloddan-avlodga   o tuvchi   odatlari   va   udumlariga   rioya	
ʻ ʻ
etilgan.   Masalan,   ish   boshlashdan   oldin   usta   o z   pirini   yodga   olib   undan   madad	
ʻ
so rash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan.	
ʻ
O zbekiston   Rossiya   mustamlakasiga   aylangach,   hunarmandchilik	
ʻ
metropoliya   sanoatining   raqobatiga   duch   kelib,   o zining   ilgarigi   mavqeini	
ʻ
yo qotgan   bo lishiga   qaramay,   uning   ko p   tarmoqlari   saqlanib   qoldi,   chunki   u	
ʻ ʻ ʻ
milliy   ehtiyojni   qondiradigan   tovarlarni,   chunonchi,   kiyim-kechak,   idish-tovoq,
turli   uy-ro zg or   buyumlari,   mayda   mehnat   qurollarini   yaratib,   ularni   mahalliy	
ʻ ʻ
bozorga yetkazib berdi. Hunarmandchilikning yashovchanligini  ta minlashda chet	
ʼ
eldan   keltirilgan   xom   ashyo,   materiallar,   kichik   uskunalar   muhim   rol   o ynadi.	
ʻ
Masalan, AQShdan keltirilgan teri bo yog idan foydalanib ko nchilar amirkon deb	
ʻ ʻ ʻ
nomlangan   yupqa   charm   ishlab   chiqara   boshladi.   Shu   munosabat   bilan   amirkon
etik,  mahsi  va  kovushlar   paydo  bo ldi.  Germaniyadan  „Zinger“  firmasining  tikuv	
ʻ
mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi.
20-asrning   20-yillarida   sho rolar   hokimiyati   qaror   topishi   bilan	
ʻ
hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga,
badiiy   buyumlar   korxonalariga   jalb   qilindi.   Ularga   xom   ashyo,   material,   asbob-
uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar do konlar	
ʻ
va   matbubot   kooperatsiyasi   orqali   sotiladigan   bo ldi.   Iste dodli   hunarmandlar	
ʻ ʼ
ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak san ati rivojlantirildi (masalan, 30-
ʼ
yillarda   Toshkentda   o quv   ishlab   chiqarish   kombinati   tashkil   etilib,   yosh	
ʻ
hunarmandlar   unda   ta lim   oldilar,   1968   yilda   Buxoroda   kandakorlar   maktab
ʼ
17 ustaxonasi, 1978 yilda Qo qonda yog och o ymakorligi maktab ustaxonasi tashkilʻ ʻ ʻ
topdi).
Hunarmandchilik   –   har   bir     mamlakatlarda   avvalgi   bosib   o‘tilgan   bosqich
bo‘lib   avvalda   deyarli   bir   xil   bir   nechta   sodda   tarmoqlarda   bo‘lgan,   sekin   asta
mintaqaviy   joylashuv   taqozosiga   ko‘ra     tarmoqlashib,   rivojlangan   va   hozirgi
kundagi   zamonaviy   sanoat   ko‘rinishga   yetib   keldi.   Hunarmandchilik   tovar-pul
munosabatlariga   kengroq   va   chuqurroq   tortilganligi   sari   tabaqalashdi.   Uddaburon
va   serharakat   hunarmandlar   boyib   dastlabki   kapital   jamg‘arilishi   tufayli   kapital
sohibiga   aylandi   va   ularning   ustaxonalari   negizida   kichik   zavod   va   fabrikalar
vujudga   keldi,   bu   korxonalarda   kambag‘allashgan   hunarmandlar   yo‘llanib   ishlay
boshladi.   Natijada   hunarmandchilikning   rivoji   bozor   iqtisodiyotining   kapitalistik
shaklini yuzaga keltirdi.
Hunarmandchilik   Yevropa   shaharlarida   sanoat   rivojiga   ham   o‘z   hissasini
qo‘shdi  (to‘qish dastgohlari  takomillashdi, 14-asr  o‘rtalarida Germaniyada domna
pechlarining paydo bo‘lishi metallurgiyada jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi. 14-15-
asrlarda o‘q otar  qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik ishlab chiqarish
munosabatlari   H.ning   keyingi   taraqqiyotiga   zarba   berdi,   hunarmandchilikning
ko‘pgina   sohalari   tushkunlikka   uchradi.   Sanoat   to‘ntarishi   oqibatida   tez   va   arzon
ommaviy ishlab chiqarila boshlagan  fabrika, zavod  mahsulotlari  hunarmandchilik
mahsulotlarini   bozordan   siqib   chiqardi.   Rivojlangan   mamlakatlarda   yakka
buyurtmalar   va   qimmatbaho   badiiy   buyumlar   tayyorlaydigan   hunarmandchilik
sohalarigina   (tikuvchilik,   etikdo‘zlik,   gilamchilik,   zargarlik,   o‘ymakorlik   va
boshqalar)   saqlanib   qoldi.   20-asr   boshlarida   esa   mashinalashgan   ishlab   chiqarish
keng yo‘lga qo‘yilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab
chiqarish hajmi keskin kamaydi. 20-asr davomida va 21-asr boshlariga kelib yirik
industrial   ishlab   chiqarish   qaror   topgan   bo‘lsa-da,   hunarmandchilikning   mavqei
saqlanib qoldi.
Hunarmandchilikning   bozorda   segmenti   kichik   bo‘lganidan   yirik   ishlab
chiqarish   egallay   olmaydigan,   talab   individuallashgan   o‘z   o‘rni   bor.   Mini
texnologiyaning   paydo   bo‘lishi   hunarmandchilikda   tovarlarni   yakka   tartibda   va
18 sifatli   ishlab   chiqarish   imkonini   beradi.   Bunga   milliy   ust-boshlar,   milliy   cholg‘u
asboblari,   mayda   asbob-uskunalar,   turli   yodgorlik   buyumlari   ishlab   chiqarish   va
xizmat   ko‘rsatishni   kiritish   mumkin.   Hozirgi   hunarmandchilik   kichik   biznes
tarkibidagi   yakka   mehnat   faoliyati   va   oilaviy   korxonalardan   iborat.   O‘zbekiston
hududida   neolit   davridayoq   hunarmandchilikning   dastlabki   muhim   tarmog‘i
hisoblangan   sopol   buyumlar   ishlab   chiqarish   va   to‘qimachilik   vujudga   keldi
(Xorazm   vohasidagi   Kaltaminor   madaniyati,   Surxondaryodagi   Sopollitepa   va
boshqalar).
Miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida
Buyuk   ipak   yo‘li   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   O‘rta   asrlarda   Sharq
mamlakatlarida   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar   (Arab   xalifaligida   po‘lat,   O‘rta
Osiyo   va   Hindistonda   shoyi,   chinni,   qog‘oz)   Yevropa   bozorlarida   qadrlandi.
Hindistonda   paxtadan   nafis   mato,   Xitoyda   ipak   mato   to‘qiydigan   dastgohlar
vujudga   keldi,   Xitoy   va   O‘rta   Osiyoda   shisha   tayyorlash   texnologiyasi
takomillasha   bordi.   9—10-asrlarda   O‘rta   Osiyoda   yirik   hunarmandchilik
markazlari   paydo   bo‘ldi.   Ip   mato,   gilam   (Urganch,   Shosh),   shoyi   (Marv),   mis   va
temirdan   yarog‘-aslaha,   pichoq   tayyorlash   (Farg‘ona),   shoyi   matolar,   shisha
mahsulotlari   tayyorlash   (Buxoro)   avj   oldi.   13-asrda   mo‘g‘ullar   bosqini
hunarmandchilik   rivojiga   zarba   berdi.   Temuriylar   davlatining   vujudga   kelishi
hunarmandchilik   rivojiga   juda   katta   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatdi.   O‘rta   Osiyoda
hunarmandchilikning   barcha   turlari   20-asrning   20-yillarigacha   saqlandi.   Buxoro,
Samarqand,   Qo‘qon,   Xiva,   Toshkent   kabi   shaharlarning   ishlab   chiqarish
munosabatlarida   hunarmandlik   katta   rol   o‘ynadi   (19-asrning   60-yillarida   Xivada
hunarmandchilikning   27   turi   rivoj   topgan,   shahardagi   bozorlarda
hunarmandlarning   556   do‘koni   bo‘lgan,   80-yillarda   shaharda   2528   xo‘jalik
hunarmandchilik bilan shug‘ullangan).
O‘zbekistondagi   hunarmandchilik   chuqur   ixtisoslashgan   bo‘lib,   o‘zida
xilma-xil   kasb-korlarni   birlashtirgan.   Masalan,terini   qayta   ishlash   sohasida
ko‘nchilar, etikdo‘zlar, mahsido‘zlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar,
po‘stinchilar,   kamarchilar,   to‘qimachilik   sohasida   bo‘zchilar,   atlaschilar,
19 gilamchilar,   sholcha   va   namatchilar;   metallni   ishlash   sohasida   temirchilar,
taqachilar,   misgarlar,   chilangarlar,   zargarlar   kabi   kasblar   bo‘lgan.   Bular
hunarmandchilikning   tarmoq   strukturasini   belgilangan.   Sharqdagi   musulmon
ustaxonalarida   bo‘lgani   kabi   O‘zbekistonda   chevarlik,   kashtachilik   bilan   ayollar
uyda o‘tirib shug‘ullanishgan.
Hunarmandchilikning   ijtimoiy   strukturasida   usta,   xalfa   va   shogird   kabi
ijtimoiy   toifalar   mavjud  bo‘lgan.  Hunarmandchilikning  ichki   tartib   va   qoidalarini
uning   nizomi   sifatidagi   “Risolalar”   belgilab   bergan.   Har   bir   kasbning   o‘z
rahnamosi, ya’ni piri va “Risolasi” bo‘lgan, avloddan-avlodga o‘tuvchi odatlari va
udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish boshlashdan oldin usta o‘z pirini yodga olib
undan   madad   so‘rash,   shogirdiga   fotiha   berish   kabi   odatlarga   amal   qilingan.
O‘zbekiston   Rossiya   mustamlakasiga   aylangach,   hunarmandchilik   metropoliya
sanoatining raqobatiga duch kelib, o‘zining ilgarigi mavqeini yo‘qotgan bo‘lishiga
qaramay,   uning   ko‘p   tarmoqlari   saqlanib   qoldi,   chunki   u   milliy   ehtiyojni
qondiradigan   tovarlarni,   chunonchi,   kiyim-kechak,   idish-tovoq,   turli   uy-ro‘zg‘or
buyumlari,   mayda   mehnat   qurollarini   yaratib,   ularni   mahalliy   bozorga   yetkazib
berdi.
Hunarmandchilikning   yashovchanligini   ta’minlashda   chet   eldan   keltirilgan
xom   ashyo,   materiallar,  kichik   uskunalar   muhim   rol   o‘ynadi.   Masalan,   AQShdan
keltirilgan   teri   bo‘yog‘idan   foydalanib   ko‘nchilar   amirkon   deb   nomlangan   yupqa
charm   ishlab   chiqara   boshladi.   Shu   munosabat   bilan   amirkon   etik,   mahsi   va
kovushlar   paydo   bo‘ldi.   Germaniyadan   “Zinger”   firmasining   tikuv   mashinalari
keltirilishi   bilan   tikuvchilik   (chevarlik)   keng   yoyildi.   20-asrning   20-yillarida
sho‘rolar   hokimiyati   qaror   topishi   bilan   hunarmandlarning   asosiy   qismi   dastlab
artellarga,   keyinchalik,   zavod,   fabrikalarga,   badiiy   buyumlar   korxonalariga   jalb
qilindi.   Ularga   xom   ashyo,   material,   asbob-uskunalar   davlat   tomonidan   yetkazib
beriladigan,   yaratilgan   mahsulotlar   do‘konlar   va   matbuot   kooperatsiyasi   orqali
sotiladigan   bo‘ldi.   Iste’dodli   hunarmandlar   ijodiy   tashkilotlarga   qabul   qilindi,
amaliy bezak san’ati  rivojlantirildi  (masalan, 30-yillarda Toshkentda  o‘quv ishlab
chiqarish   kombinati   tashkil   etilib,   yosh   hunarmandlar   unda   ta’lim   oldilar,   1968
20 yilda   Buxoroda   kandakorlar   maktab   ustaxonasi,   1978   yilda   Qo‘qonda   yog‘och
o‘ymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi).
Mustaqillik davri
O zbekiston   mustaqillikni   qo lga   kiritgandan   so ng   hunarmandchilikʻ ʻ ʻ
rivojida   yangi   davr   boshlandi,   xalq   hunarmandchiligi   bozor   qoidalari   zamirida
qaytadan   tiklandi.   O zbekistonda   mahalliy   sanoat   korxonalarining   birinchilar	
ʻ
qatori   xususiylashtirilishi   natijasida   mayda   davlat   korxonalari   hunar-mandlarning
xususiy   korxonalariga   aylantirildi,   yangi   hunarmandchilik   korxonalari   ochildi.
Hunarmandchilik  faqat   ichki   bozorga  emas,   balki   eksportga   ham   ishlay   boshladi.
Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham o zgardi: kichik oilaviy korxona, yakka	
ʻ
tartibdagi   mehnat   faoliyati   shaklida   rivojlana   bordi.   1995   yil   24—25   oktabrda
Toshkentda   BMTning   O zbekistondagi   doimiy   vakolatxonasi   bilan   amaliy	
ʻ
hamkorlikda O zbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi	
ʻ
o tkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy san ati va hunarmandlari ustalarining	
ʻ ʼ
„Usto“   ijodiy   ishlab   chiqarish   birlashmasi   tashkil   topdi.   Respublika   birinchi
Prezidenti   1997   yil   31   martidagi   „Xalq   badiiy   hunarmandchiligi   va   amaliy
san atini   yanada   rivojlantirishni   davlat   yo li   bilan   qo llab-quvvatlash   chora-	
ʼ ʻ ʻ
tadbirlari   to g risida“gi   farmoni   va   boshqa   tadbirlar   O zbekistonda	
ʻ ʻ ʻ
hunarmandchilikning   tiklanishi   va   yanada   rivojlanishida,   uning   unutilgan   ba zi	
ʼ
turlarini   qayta   tiklashda   muhim   ahamiyatga   ega   bo ldi.   Hunarmandlar   dastlab	
ʻ
O zbekiston   Tovar   ishlab   chiqaruvchilar   palatasiga,   so ngra   Savdo-sanoat	
ʻ ʻ
palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot   – „Hunarmand“ Respublika uyushmasiga
birlashtirildi.   Hunarmandchilik   sub yektlari   O zbekistonda   tadbirkorlar,	
ʼ ʻ
hunarmandlar   va   fermer   xo jaliklarining   har   yili   o tkaziladigan   „Tashabbus“	
ʻ ʻ
respublika   ko rik-tanlo-vida   ishtirok   etadilar.   1996—2005   yillar   mobaynida   10	
ʻ
nafar   hunarmand   xalq   hunarmandchiligida   erishgan   yutuqlari   uchun   „Tashabbus“
tanlovining g olibi deb topildi.
ʻ  
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   17-noyabrdagi
“Hunarmandchilikni   yanada   rivojlantirish   va   hunarmandlarni   har   tomonlama
qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-5242-son   Farmoni   bilan
qishloq   joylarda   ro‘yxatdan   o‘tgan   va   faoliyatini   amalga   oshirayotgan
hunarmandlar   o‘z   faoliyatining   dastlabki   ikki   yili   mobaynida   Moliya   vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan yagona ijtimoiy
to‘lovning 50 foizini to‘lash tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mazkur tartib 2020-yil 1-yanvardan boshlab shaharlarda ro‘yxatdan o‘tgan
va   aynan   xalq   amaliy   san’ati   mahsulotlari   ishlab   chiqarish   faoliyati   bilan
shug‘ullanuvchi “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga tatbiq etilsin.
21 Bunda,   xalq   badiiy   hunarmandchiligi   va   amaliy   san’ati   bilan   bog‘liq
bilimlar   va ko‘nikmalar, an’anaviy  asbob-anjomlardan  foydalangan  holda, asosan
qo‘l mehnati usulida yaratilgan va qoida tariqasida milliy naqshlar bilan bezatilgan
buyum va asarlar xalq amaliy san’ati mahsulotlari hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
9.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   24-oktabrdagi
“Oilaviy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   davlat   dasturlari   doirasida   amalga
oshirilayotgan   loyihalarni   kreditlash   tartibini   takomillashtirishning   qo‘shimcha
chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-4498-son   qaroriga   muvofiq   2020-yil   davomida
hunarmandchilikni   rivojlantirish   dasturi   uchun   589,3   mlrd   so‘m   miqdorida
(shundan,   470   mlrd   so‘m   (50   mln   AQSh   dollari)   O‘zbekiston   Respublikasi
Tiklanish   va   taraqqiyot   jamg‘armasi   hisobidan)   kreditlar   ajratilishi   ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston   Respublikasi   Tiklanish   va   taraqqiyot   jamg‘armasi
mablag‘larni   yuqoridagi   qarorning   2-bandi   to‘rtinchi   xatboshisida   belgilangan
shartlarda ajratsin.
Oldingi   tahrirga   qarang.
AT   Xalq   banki”,   “Mikrokreditbank”   ATB   va   “Agrobank”   ATB   ushbu
manbalar   hisobidan   “Hunarmand”   uyushmasi   a’zolariga   ishlab   chiqarish
ehtiyojlari   uchun asbob-uskuna,  ehtiyot  qismlar   va xomashyo   materiallarini  xarid
qilish,   hunarmandchilikni   rivojlantirish   markazlari,   “usta-shogird”   maktablarini
tashkil   etish,   uy-muzeylar   va   ustaxonalar   qurish   yoki   shu   maqsadlarda   bino   va
inshootlar   sotib   olish   uchun   36   oygacha   muddatga   hamda   aylanma   mablag‘larini
to‘ldirish   uchun   18   oygacha   muddatga,   2022-yil   1-yanvarga   qadar   O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-
yanvardan   boshlab,   yillik   14   foiz   stavkada   300   million   so‘mgacha   bo‘lgan
miqdorda kreditlar ajratsin.
(9-bandning   uchinchi   xatboshisi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2023-yil   31-yanvardagi   PQ-39-sonli   qarori   tahririda   —   Qonunchilik   ma’lumotlari
milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Oldingi   tahrirga   qarang.
(9-bandning   to‘rtinchi   xatboshisi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
2023-yil   10-noyabrdagi   PF-193-sonli   Farmoniga   asosan   chiqarilgan   —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
22 10.   “Hunarmand”   uyushmasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat
vazirligi, Xalq  ta’limi  vazirligi  hamda  Bandlik va mehnat  munosabatlari  vazirligi
bilan   birgalikda   2020/2021   o‘quv   yilidan   boshlab   hunarmandchilikka
ixtisoslashgan   hududlarda   hunarmandchilik   va   xalq   amaliy   san’ati   yo‘nalishlari
bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari
hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish
markazlarida o‘quv kurslarini tashkil etsin.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi
“Hunarmand” uyushmasi  hamda Bandlik  va mehnat  munosabatlari  vazirligi  bilan
birgalikda   2020-yil   1-mayga   qadar   hunarmandchilik   yo‘nalishida   kasb-hunar
ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy o‘quv reja va dasturlarini
tasdiqlasin.
11.   O‘zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiyot   va   sanoat   vazirligi,   O‘rmon
xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi ikki oy
muddatda   hunarmandlarni   mahsulot   ishlab   chiqarish   uchun   xomashyo   (shu
jumladan   mis,   qora   metall,   ipak   va   yog‘och)   bilan   ta’minlashning   qulay   tizimini
joriy etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar)
bazasini yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12.   O‘zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   Investitsiyalar   va
tashqi   savdo   vazirligi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Loyiha
boshqaruvi   milliy   agentligi,   Axborot   texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga
marketing   sohasida   doimiy   amaliy   yordam   ko‘rsatsin   va   ularning   mahsulotlari
elektron   tijorat   (E-commerce)   yo‘nalishida   keng   qo‘llaniladigan   Internet   jahon
axborot   tarmog‘i   veb-saytlari   orqali   sotilishida   zarur   tashkiliy   ishlarni   yo‘lga
qo‘yish choralarini ko‘rsin.
13.   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va
Toshkent shahar hokimliklari:
ikki oy muddatda yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida
alohida “hunarmandlar rastalari”ni tashkil etsin;
“Hunarmand”   uyushmasiga   a’zo   bo‘lgan   hunarmandlarni   doimiy   ravishda
“hunarmandlar rastalari”ga joylashtirib borsin;
2020-yil   yakuniga   qadar   tashabbuskorlarni   jalb   qilgan   holda
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahrining   2-
ilovaga   muvofiq   tuman   va   shaharlarida   milliy   hunarmandchilikning   barcha
23 yo‘nalishlarini   o‘zida   mujassam   etadigan   zamonaviy   “hunarmandlar   bozori”ni
tashkil etsin;
hunarmandlarni   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   “Suzuk   ota”
majmuasi   misolida   ixtisoslashtirilgan   hunarmandchilik   majmualarini   tashkil   etish
choralarini ko‘rsin;
2020-yil   yakuniga   qadar   O‘zbekiston   Badiiy   akademiyasi,   O‘zbekiston
Respublikasi   Madaniyat   vazirligi,   Davlat   aktivlarini   boshqarish   agentligi   va
“Hunarmand”   uyushmasi   bilan   birgalikda   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   va
viloyatlar   markazlarida   hamda   Toshkent   shahrida   xalq   amaliy   san’ati   va
hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma zallari va galereyalarini tashkil etsin.
14.   O‘zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   “Hunarmand”
uyushmasi,   Investitsiyalar   va   tashqi   savdo   vazirligi   hamda   Tashqi   ishlar   vazirligi
bilan birgalikda ikki oy muddatda “World craft council” xalqaro hunarmandchilik
kengashi   tomonidan   tashkil   etiladigan   tadbirlarda   “Hunarmand”   uyushmasining
doimiy   ishtirokini   ta’minlash   hamda   ushbu   xalqaro   tashkilot   bilan
hunarmandchilikni   rivojlantirish   borasidagi   tadbirlar   uchun   xalqaro
tashkilotlarning   texnik   ko‘magini   jalb   qilishga   qaratilgan   aniq   tadbirlarni   ishlab
chiqsin.   Milliy   hunarmandchilikning   bu   turi   asrlar   davomida   rivojlanib   oilalarda
voyaga   yetayotgan   har   bir   qiz   qo liga   igna   olib,   onasi,   momosidan   bu   hunarniʻ
o rganishi odat tusini olgan edi.	
ʻ
Biroq,   qo l   mehnati   bilan   bog liq   bu   kabi   yumushlarni   turli   texnika	
ʻ ʻ
yordamida bajarish amaliyoti kirib kelishi qo l mehnati orqali bajariladigan ayrim	
ʻ
hunarlar  qisman unutilishiga sabab  bo lmoqda. Lekin, kuni kecha ko hna Keshda	
ʻ ʻ
tashkil   etilgan   xalqaro   kashtachilik   bayramida   qadimiy   hunarmandchilik   qayta
jilolandi, desak adashmaymiz.
“Hunarmand”   uyushmasi   hamda   Qashqadaryo   viloyati   hokimligi
tashabbusi   bilan   Shahrisabz   shahri   markazida   Prezidentimizning   “Aholini
hunarmandchilikka   jalb   qilish   va   hunarmandchilik  faoliyatini   rivojlantirish   uchun
qulay   shart-sharoitlar   yaratish   chora-tadbirlari   to g risida”gi   farmoni   ijrosini	
ʻ ʻ
ta minlash maqsadida Xalqaro iroqi kashtachilik festivali o tkazildi.	
ʼ ʻ
Tadbirda   Qoraqalpog iston   Respublikasi,   Toshkent   shahri   hamda	
ʻ
mamlakatimizning   barcha   viloyatlaridan   va   qo shni   Afg oniston,   Qirg iziston,	
ʻ ʻ ʻ
Qozog istondan   kelgan   kashtado z   hunarmandlar   o z   mahsulotlari   bilan   ishtirok	
ʻ ʻ ʻ
etdi.
24 Mazkur xalqaro tadbir xalqimizning qadimiy tarixi va madaniy hayotini har
tomonlama   keng   yoritish,   ko p   qirrali   o zbek   milliy   hunarmandchiligining   iroqiʻ ʻ
kashtachiligini   keng   namoyish   qilish,   uning   noyob   namunalarini   targ ib   etish,	
ʻ
ushbu   yo nalishda   turli   xalqlar   o rtasida   tajriba   almashish,   do stlik   va   hamkorlik	
ʻ ʻ ʻ
aloqalarini   yanada   rivojlantirish,   hunarmandchilik   an analari   va   maktablarini	
ʼ
saqlash hamda qayta tiklash maqsadida tashkil etildi.
—   Mazkur   festivalda   ilk   bor   ishtirok   etyapman,   —   deydi   qirg izistonlik	
ʻ
Begoyim   Japarova.  — Bizda  ham  qadimdan  kashtachilik  yaxshi   rivojlangan.  Har
bir   oilada   qiz   tug ilsa,   onalarimiz   qizining   sepiga   kashta   tikishgan.   Uni   tikish	
ʻ
jarayonida   chiroyli   gullar   nusxasi   tushirilishi   bilan   yon   qismiga   turli   xalq
maqollarini,   hikmatli   so zlarni   ham   aynan   kashta   ipi   bilan   tikib   qoldirishgan.	
ʻ
Bugungi tadbirga ba zi namunalardan olib keldik.	
ʼ
Festival   biz   uchun   ajoyib   o tdi.   Bir   qator   do stlar   orttirdik.   O zbek	
ʻ ʻ ʻ
kashtachiligi  bilan yaqindan tanishib, usta-hunarmandlar bilan hamkorlik qilishga
kelishib   oldik.   Shu   jarayonda   Sohibqironga   beshik   bo lgan   go zal   Shahrisabzni	
ʻ ʻ
ham   ziyorat   qildik.   Menga   mamlakatingiz   juda   yoqdi.   Kelgusi   safar   jamoamiz
bilan birga alohida tomosha qilish uchun kelishni niyat qildik.
Xalqaro   tadbirning   Shahrisabz   shahrida   o tkazilayotgani   bejiz   emas.	
ʻ
Shahar   qadimdan   hunarmandchilikning   iroqi   kashtachiligi   rivojlangan   madaniy
markazlardan biri bo lib kelgan. Bu yerda nafaqat kashtachilik, balki xalq amaliy	
ʻ
san atining turli yo nalishlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Iroqi kashtachiligida	
ʼ ʻ
usta-shogird an analari ajdodlardan avlodlarga yetkazib kelingan.	
ʼ
—   Iroqi   kashtachiligini   biz   bolaligimizda   o rganganmiz,   —   deydi	
ʻ
shahrisabzlik   hunarmand   Umida   Zikrillayeva.   —   Ancha   yillardan   buyon
kashtado zlik bilan shug ullanib kelaman. Ushbu xalqaro festivalning shahrimizda	
ʻ ʻ
tashkil   etilishi   biz   uchun   sharaf.   Bugun   tadbirda   o zimiz   tikkan   kashtalar   bilan	
ʻ
ishtirok   etib,   ko rgazmada   ko pchilikning   hayrati   va   havasini   keltirdik.   Boshqa	
ʻ ʻ
mamlakatlarning milliy mahsulotlari bilan ham yaqindan tanishishga imkon bo ldi.	
ʻ
Kashtachilik   taraqqiyotini   Osiyo,   Yevropa,   Amerika   madaniy
yodgorliklari,   adabiy   manbalardagi   kashtalar   tasvirida,   shuningdek,   saqlanib
qolgan   kashtado zlik   namunalarida   kuzatish   mumkin.   Kashta   choklari,   kashta	
ʻ
tikish   va   uslublarining   turli-tumanligi   o zbek   kashtado zlarining   katta   san atidan	
ʻ ʻ ʼ
dalolat beradi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand kashta mahsulotlari ko proq	
ʻ
yo rma   chok   bilan,   Shahrisabzda   yo rma,   kandaxayol,   iroqi,   Toshkentda   esa	
ʻ ʻ
ko proq   bosma   chok   bilan   tikilgan.   Momolarimizdan   bizga   meros   bo lib
ʻ ʻ
25 kelayotgan   amaliy   bezak   turlarining   eng   qadimiy   va   keng   tarqalgan   turi
kashtachilikdir.
— Shu hunar bilan shug ullanib kelayotganimga o ttiz yil bo ldi, — deydiʻ ʻ ʻ
urgutlik   kashtado z-hunarmand   Mavluda   Hamdamova.   —   Shuning   ortidan	
ʻ
ro zg or   tebratib,   turmush   sharoitmni   yaxshiladik.   Shu   bilan   birga,   yetmish   nafar	
ʻ ʻ
xotin-qizni   ham   ish   bilan   ta minlaganman.   Festivalda   ishtirok   etish   davomida	
ʼ
boshqa   hunarmandlar   bilan   tajriba   almashdik,   mahsulotlari   bilan   tanishdik.
Bilasizmi, Samarqandda ham bu soha yaxshi rivojlangan. Festivalda Shahrisabzda
ham   iroqi   kashtachiligi   keng   ommalashganining   guvohi   bo ldik.   Shuningdek,	
ʻ
Surxondaryo, vodiy viloyatlarining o ziga xos yo nalishlari bilan tanishish imkoni	
ʻ ʻ
bo ldi. Bu esa o zaro hamkorligimizni mustahkamlashga yordam beradi.	
ʻ ʻ
Ha,   xalqning   hayoti   va   urf-odatlari   bilan   chambarchas   bog liq   bo lgan   bu	
ʻ ʻ
san at turi qo li gul chevarlar tomonidan asrlar osha yanada sayqallanib boraveradi.	
ʼ ʻ
Eng muhimi, amaliy-bezak san atimizning bu qadimiy turi zamonaviy kashtachilik	
ʼ
orqali uyg unlashgan holda o z o rnini, ahamiyatini saqlab qoladi.	
ʻ ʻ ʻ
O‘zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   va   “Hunarmand”
uyushmasi   hunarmandchilikni   qo‘llab-quvvatlash   borasidagi   xalqaro   tajribani
muntazam o‘rganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilg‘or xorijiy tajribalarni
O‘zbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish
choralarini ko‘rsin.
15.   “Uzbekistan   airways”   AJ   va   “O‘zbekiston   temir   yo‘llari”   AJga
hunarmandchilik   sohasidagi   nufuzli   xalqaro   festival   va   ko‘rgazmalarda
qatnashadigan   Milliy   katalogga   kiritilgan   hunarmandlar   uchun   yo‘l   chiptalariga
imtiyozlar qo‘llash tavsiya etilsin.
Bunda, xorijiy davlatlarda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan hunarmandchilik
sohasidagi   nufuzli   xalqaro   festival   va   ko‘rgazmalarning   ro‘yxati   O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vazirligi   xorijdagi   diplomatik
vakolatxonalari   orqali   xorijiy   davlatlarda   an’anaviy   tarzda   o‘tkaziladigan
hunarmandchilik   sohasidagi   nufuzli   xalqaro   festival   va   ko‘rgazmalarda
hunarmandlar   ishtirok   etishlari   uchun   zaruriy   tashkiliy   ko‘mak   ko‘rsatilishini
ta’minlasin.
16.   Hunarmandchilik   sohasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   “Yo‘l
xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”)   3-ilovaga   muvofiq tasdiqlansin.
26 “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va
sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy
javobgarlik yuklansin.
O‘zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   “Hunarmand”   uyushmasi
bilan   birgalikda   “Yo‘l   xaritasi”da   nazarda   tutilgan   chora-tadbirlarning   bajarilishi
bo‘yicha ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
O‘zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiyot   va   sanoat   vazirligi   respublikada
hunarmandchilik   sohasining   rivojlanishini   baholash   uchun   tegishli   indikatorlarni
Davlat   statistika   qo‘mitasi,   Savdo-sanoat   palatasi   va   “Hunarmand”   uyushmasi
bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020-yildan boshlab
har chorakda ommaviy axborot vositalarida chop etib borilishini ta’minlasin.
17.   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   Raisi,   viloyatlar   va
Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda tuman va shaharlarning
hunarmandchilik   yo‘nalishlari   bo‘yicha   ixtisoslashuvidan   kelib   chiqqan   holda
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahrida   2020-2021-
yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqsin;
ishlab   chiqilgan   strategiyalar   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasida taqdimot o‘tkazsin va tegishli tartibda tasdiqlasin.
18.   O‘zbekiston   Respublikasi   Madaniyat   vazirligi   Davlat   bojxona
qo‘mitasi,   Fanlar   akademiyasi,   Badiiy   akademiyasi,   Savdo-sanoat   palatasi,
“Hunarmand”   uyushmasi   hamda   boshqa   manfaatdor   vazirlik   va   idoralar   bilan
birgalikda   bir   oy   muddatda   an’anaviy   xalq   badiiy   hunarmandchiligi   buyumlari
turlarini qayta ko‘rib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar  toifasi
tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
“Hunarmand”   uyushmasi   bilan   birgalikda   ommaviy   axborot   vositalarida
hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati tarixi hamda bugungi rivojini keng targ‘ib
qilib borish maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida muntazam namoyish
etiladigan hunarmandchilikka oid teleko‘rsatuvlarni tashkil etsin;
O‘zbekiston   elektron   ommaviy   axborot   vositalari   milliy   assotsiatsiyasi   va
“Hunarmand”   uyushmasi   bilan   birgalikda   mazkur   qarorning   mazmun-mohiyati
ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
27 20.   O‘zbekiston   Respublikasi   Savdo-sanoat   palatasi   boshqa   manfaatdor
vazirlik   va   idoralar   bilan   birgalikda   ikki   oy   muddatda   qonun   hujjatlariga   ushbu
qarordan   kelib   chiqadigan   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
1.5.   Xalq   hunarmandchiligi   texnologiyasi.   Kashtachilik   tarixi   haqida
ma’lumot  mavzusini o’qitish shakillari,tamoyillari va metodlari.
Texnologiya   ta’limini   tashkil   etishga   nisbatan   qo‘yiladigan   muhim
talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning muayyan maqsadga xizmat
etishidir.  Ta’limda   qo‘llaniladigan   mantiqiy  metod   barcha  o‘rta  ta’lim   maktablari
uchun umumiy va eng ko‘p tarqalgan metoddir.
O‘qituvchi   mantiqiy   metod   -   hikoya,   o‘quv   materialini   og‘zaki   bayon
etishini,   suhbatni   qo‘llar   ekan,   u   o‘quvchilarga   faqat   o‘zidagi   bilimlarni   ularga
o‘tkazibgina qolmay, balki o‘quvchilarda ayni yo‘nalishga qiziqish ham uyg‘otadi.
Mantiqiy metodlar:
A) Hikoya qilib berish.
B) O‘quv materialini og‘zaki bayon qilib berish.
V) Suhbat.
Hikoya   qilib   berish   -   o‘quv   materialini   jonli,   obrazli   qilib   bayon   qilib
berishdir.   ( Hikoya   maksimal   kontrol   va   o‘quvchilarni n g   galdagi   ishlariga   xirs
bog‘langan   bo‘lishi   shart )?   Hikoyani   dars   mavzu   qisqacha   umumlashtirib
tamomlash kerak.
Jonli  so‘zdan  har  qanday  metodda ham  foydalaniladi,  jonli  so‘z  yordamida
mehnat usullari, ko‘rgazma qo‘llanmalar izohlab ko‘rsatiladi. O‘qituvchining so‘zi
o‘qitishdagi   faollikni   ta’minlash   uchun,   xatolarning   oldini   olish   uchun   ayni   shu
texnologiyasini   bajarishda   o‘quvchiga   yordam   berish   uchun,   jihozni   boshqarish
vositalarining tuzilishi, boshqarish usullarini o‘zgartirish uchun zarurdir.
28 “ Aqliy hujum” metodi
Bu   metod   biror   mavzu   yuzasidan   berilgan   muammolarni   hal   etishda   keng
qo’llanadi.   Mazkur   metod   o’quvchilarni   muammo   xususida   keng   va   har
tomonlama   fikr   yuritishga   undaydi.   «Aqliy   hujum»   metodi   yordamida   qo’yilgan
muammo yuzasidan bir necha echimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. “Aqliy
hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
                1.              Berilgan  muammo  yuzasidan   o’quvchilarning  atroflicha  va   chuqur
mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.
2.               O’quvchilarning   fikrlari   va   g’oyalarini   rag’batlantirib   borish   tanqid
ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.
3.             Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi  mumkin, ularni
o’zgartirishi mumkin.
4.       O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik.
Bunday yo’l tutilsa, ya’ni fikr va g’oyalari baholansa, o’quvchilar fikrlashdan
to’xtab qolishlari mumkin.
«Aqliy   hujum»   metodi   asosida   tashkil   qilingan   mashg’ulotlar   quyidagi
tartibda   o’tkaziladi.   Muammo   aniqlanadi   va   o’quvchilarning   muammo   yuzasidan
fikrlarini   yozuv   taxtasiga   yoki   varaqlarga   yozib   boriladi.   Bildirilayotgan
g’oyalarning mualliflari tomonidan asoslab berilishiga erishiladi.
“Aqliy hujum” metodining o‘tkazilish tartibi quyidagilardan iborat:
 1. Ta’lim oluvchilar e’tiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha
o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi. 
2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari to‘planadi. 
 4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
29  5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. Bu metod
ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi, ya’ni:
1.   Ta’lim   oluvchilarning   boshlang‘ich   bilimlarini   aniqlash   maqsad   qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi. 
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad
qilib qo‘yilganda, yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. 
3.   O‘tilgan   mavzuni   mustahkamlash   maqsad   qilib   qo‘yilganda,   mavzudan
so‘ng darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. 
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
•bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;
•bildirilgan har qanday fikr-g‘oya inobatga olinadi;
•jarayonda har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
          <<AQLIY HUJUM» METODINING AFZALLIKLARI>>
•natijalar   baholanmasligi   ta’lim   oluvchilarda   turli   fikr-g‘oyalarning
shakllanishiga olib keladi; 
• ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; 
• fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi; 
•   ta’lim   oluvchilarning   boshlang‘ich   bilimlarini   tekshirib   ko‘rish   imkoniyati
ortadi; 
• ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi. 
•  «Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:
30 • ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik; 
• ta’lim beruvchidan yuqori darajaga erishish qobiliyatining talab etilishi
“Baliq skaleti” metodi
Bu   usuldan   foydalanish   o‘tgan   mavzuni,   yangi   mavzuni   mustahkamlashda
to‘g‘ri keladi. Oq qog‘ozga baliqning skeleti (boshi, qovurg‘alari, dumi) chiziladi.
Qovurg‘alar   4   ta   bog`lishi   maqsadga   muvofiqdir.   Baliqning   yuqori   suyagiga
muammo   ya’ni   savollar   ifodalanadi.   Pastki   qismida   esa   muammoni   hal   qiluvchi
javoblar   yoziladi.   Bunda   ham   shakllar   guruhlarga   tarqatiladi.   O‘quvchilar   esa
savollarga javob topishadi.
              
Ana   shunday   dars   jarayonlarida   o‘quvchini   fanga   qiziqtirish   o‘qituvchidan
katta mahoratni talab etadi. Boshlangg`ich sinfda ko‘pchilik bolalar biroz erinchoq
bo‘ladi.   Ular   ayniqsa,   matematika   fanini   biroz   xushlamaydi.   Shuning   uchun
boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarini   odatdagi   amallardan   iborat   misol   va   masalalar
bilan “zeriktirmaslik” uchun darslarda qo‘shimcha ravishda qiziqarli masalalardan
foydalanib,   ularni   mantiqiy   fikrlashga   ham   o‘rgatish   mumkin.   Bu   bolalarda
“Texnalogiyani yomon ko‘raman”, degan fikr paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan
bir usuldir.
O‘quv   materialini   og‘zaki   bayon   etish   -   haqiqiy   materialni   izchillik   bilan
bayon   qilib   berishdir.   Bunda   faktlarni   analiz   qilish   va   isbotlash   katta   o‘rin   oladi.
(O‘qituvchi   o‘zining   basnida,   o‘z   yozmalaridan,   hisoblashlaridin   foydalanadi,
bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi)?
31 Materialni   bayon   qilishda   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   nazariy   bilimlari
saviyasiga,   ularning   ishlab   chiqarish   ta’limi   jarayonida   qo‘lga   kiritilgan
tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan ya’ni:
materialshunoslik,   chizmachilik   programmasi   bilan   mukammal   tanishib   chiqishi,
har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
Suhbat   -   bunda   o‘quvchilar   o‘qituvchining   savoliga   javob   beradi,   yoki
savolning   mazmuniga   muvofiq,   so‘zga   chiqadilar.   Suhbatdan   o‘rganiladigan
material   to‘g‘risida   o‘quvchilarga   ma’lum   hajmda   bilim   bo‘lgan   h ollarda
foydalaniladi.   Suhbat   oxirida   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   javoblarini
umumlashtiradi.
Suhbat   oldindan   tuzilib   qo‘yilgan   reja   asosida   muayyan   masalalarni
muhokama   qilish,   o‘qituvchi   bergan   savollarga   o‘quvchilarning   javob   berishlari
tarzida   borishi   mumkin.   O‘quvchilarda   ayni   mavzuga   doir   birmuncha   bilim   va
tasavvurlari   bo‘lgan   taqdirdagina   suhbat   usuli   samarali   bo‘lishi   mumkin.
Suhbatning   muvaffaqiyatli   chiqishi   ko‘p   hollarda   o‘qituvchining   o‘quvchilarga
to‘g‘ri   savol   qo‘ya   bilishiga   bog‘liq.   Suhbatni   shunday   olib   borish   kerakki   u
belgilangan ta’lim -  tarbiya vazifalarini  muvaffaqiyatli  amalga oshirishga yordam
etadigan bo‘lsin. Suhbat aniq belgilangan maqsadga qaratilgan bo‘lsin.
Ko‘rgazmali   metod   -   shaxsan   mehnat   usullarini   ko‘rsatish,   jihozlarni,
ko‘rgazma   qurollarni,   o‘quv   kino   filmlarini,   diafilm   va   hokazolarni   namoyish
qilish demakdir.
Ko‘rgazmali   metodlar:   A)   ishlab   chiqarishga   ekskursiya   o‘tkazish.   B)
mehnat priyomlarini ko‘rsatib berish.
Ekskursiya-ko‘rgazmali   o‘qitish   bo‘lib,   bunda   o‘quvchilar   buyumlarni
texnologik   hodisa   va   mehnat   jarayonlarini,   mehnatni   tashkil   etishni   ishlab
chiqarish   sharoitida   o‘rganadilar.   Texnologiya   ta’limi   o‘quvchisi   ekskursiya
o‘tkazish  planini   oldindan  tuzib  qo‘yishi,   eng  xarakterli  ob’ektlarini   belgilab  ular
bilan mukammal tanishib chiqishi kerak.
Korxonalarga   zamonaviy   jihoz,   ya’ni   texnologik   jarayon   bilan   tanishish
maqsadida   qilinadigan   ekskursiyalarda   jihozni   boshqarish   priyomlarini,   ilg‘or   ish
32 metodlarini,   shu   o‘rinda   mehnatni   tashkil   etish   kabilarni   ko‘rsatishning   katta
ahamiyati bor.
Har   xil   ko‘rgazmali   qurollarni   va   mehnat   priyomlarni   ko‘rsatish   metodi
texnologiya   ta’limida   muhim   o‘rin   tutadi.   Bu   masalada   o‘ylar   ekanmiz,   unga
tayyorgarlik   ko‘rish   bosqichlariga   va   namoyishga   nisbatan   talablarga   alohida
e’tibor berishimiz kerak bo‘ladi. Tajribaning ko‘rsattshicha ko‘rgazmalillk haddan
oshib ketsa bu hol o‘quvchilarning o‘rganilayotgan hodisa mohiyatini aniqlashdan
chetlashishiga   sabab   bo‘lar   ekan.   Shunga   qaramay,   bitta   buyumga   tegishli
ko‘rgazmali   qurollar   uning   turli   tomonlarini   oydinlashtirishga   xizmat   qilgani
taqdirida ular sonining ko‘proq bo‘lishidan xavfsiramasa ham bo‘ladi.
Odatda   ko‘rgazmali   qurollar   dars   boshlanmasdan   ko‘rsatib   qo‘yilmaydi.
O‘quvchilarning   vaqtdan   ilgari   ko‘rgazma   qurollar   bilan   (chala)   qiziqishi,   bu
qurollarga   jiddiy   qiziqish   havasini   susaytirib   qo‘yishi   mumkin.   Ko‘rgazma
materialining   mazmunini   ochishga   mumkin   qadar   o‘quvchilarning   o‘zlarini   ham
jalb qilishlari zarur. Bu esa o‘quvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini
tarbiyalash choralaridan biridir.
Texnologiya   ta’limida   mehnat dan   amaliy   ishlarni     ko‘rsatish   masalasi
alohida   o‘rin   tutadi.   Bu   o‘qitishning   asosiy   ko‘rgazma   materiallaridan   biridir.
Bundan tashqari texnologiya ta’limi o‘qituvchisi mehnat  priyomlarini  va  protsessni
ko‘rsata   bilishi   uchun,   yuksak   professional   malakali   bo‘lishnigina   emas,   balki
yetarli darajada pedagogik tajribaga ega bo‘lishini ham talab etadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, namoyish qilinadigan mehnatdan amaliy
ishlarni       o‘quvchilarga   ko‘rinadigan   bo‘lishi   shart.   O‘quvchilar   ayni   amaliy
ishlarni       shakllantirish   uchun   qanday   harakatlarni   va   qay   tartibda   ishlatish
kerakligini yaxshi fahmlab olishlari zarur.
Amaliy metodlarga:
a) mashqlar.
b) laboratoriya-amaliy ishlari.
v) texnikaga   oid   ma’lumotnoma,   adabiyotlar   va   hujjatlar   bilan   ishlash
kiradi.
33 Mashq-mehnat   o‘quvchilarni   shakllantirish   va   sekin - asta   ularni   malakaga
aylantirish   uchun   ish   harakatlarini   ongli   ravishda   va   ko‘p   marta   takrorlashdan
iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish ta’limining asosiy metodidir. Mashqlar
jarayonida   mehnat   va   hunar   usullarini   bajarishning   sifatli   bo‘lishiga,   o‘quvchilar
faoliyatini   sinchiklab   nazorat   qilishga   e’tibor   berish   kerak.O‘qitish   usullari
bilimlarni shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar
chizmani   o‘qituvchi   chizgan   o‘lchamlar   asosida   emas,   balki   buyumni   istalgan
o‘lchami bo‘yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.
Qo‘l   mehnatiga   o‘rgatishda   qo‘llaniladigan   asosiy   usullar   tizimi
quydagichadir:
1. Og‘zaki bayon qilish.
2. T ushuntirish va hikoya qilish.
3. Suhbat.
4. Mashqlar.
5. Amaliy ishlar.
6. Mustaqil ishlar.
Texnologiya   ta’limi   jarayonida   o‘quvchilarni   texnologiya   ta’limi   va
tarbiyasiga   tayyorlashda   mana   shu   usullardan   samarali   foydalanilsa   o‘qituvchi
o‘quvchilarning   texnologiya   ta’limi   va   tarbiyasining   malaka   va   ko‘nikmalarini
egallashlariga   va   mehnatga   tayyorlash   to‘g‘ri   tarbiyalansa,   haqiqiy   mehnatkash
uchun zarur bo‘lgan sifatlar shakllanadi.
Og‘zaki   bayon   qilish- bu   usuli   ikki   xil   ko‘rinishda   bo‘lishi   mumkin:   1.
Monologik   bayon   qilish,   bunda   faqat   o‘qituvchi   gapiradi,   o‘quvchilar   esa   uning
nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo‘l mehnati darslarida u tushuntirish va hikoya
qilish, instruktaj ko‘rinishida bo‘ladi. 2. Dialogik bayon usuli bo‘lib bu o‘qituvchi
va o‘quvchilarning o‘zaro suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish.   Bu usulda materiallni jonli va obrazli bayon
qilishdir.   Bu   holda   yangi   bilimni   o‘qituvchining   o‘zi   beradi.   Ba’zan   suhbat
davomida   o‘quvchilarning   qanchalik   o‘zlashtirayotganliklarini   bilish   maqsadida
ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan
34 ishlar,   natural   rasmlar,   rasmlar,   fotosuratlar   va   shu   kabilarni   ko‘rsatib   bajarilsa,
anchagina tushunarliroq bo‘ladi. 
   Suhbat.   Bu usulda     turli o‘quv maqsadlarda, ya’ni yangi dastur materialini
bayon   qilish,   bilimlarni   rejalashtirish   va   chuqurlashtirish   uchun   takrorlash
jarayonida,   o‘quvchilarning   bilimini   tekshirish   uchun   qo‘llanishi   mumkin.Bu
usulda   o‘quvchilardagi   qiziquvchanlikni   qo‘zg‘ab,   savollar   berish   foydalidir.
Suhbat xuddi hikoya singari ma’lum talablarga javob berish kerak, ya’ni:
- savollar   shunday   shakllantirish   lozimki,   ular   o‘quvchilar   tafakkurini
faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;
- mavzuni   ochib   berishda   izchillik   bo‘lishi   uchun   suhbatning   rejasi
oldindan tuzib qo‘yilgan savollari albatta bo‘lishi kerak;
- o‘quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi oldindan
belgilanishi lozim.
Mashqlar-   bilim   va   ko‘nikmalarni   mustahkamlash   maqsadida   o‘tkaziladi.
O‘qituvchi ko‘nikma va malakalarni mastahkamlash maqsadida o‘quvchilarga turli
mashqlar   beradi,   bunda   u   ijodiy   xarakterdagi   ishlarni   tashkil   etib   ko‘proq
mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi.
Bu   metodning   mohiyati   borgan   sari   murakkablashib   boruvchi   usul   va
harakatlarning ongli hamda ko‘p marta takrorlashidir.   Mashqlar ommaviy va yakka
tartibda   bo‘ladi,   ya’ni   butun   guruhda   bir   xil   ishni   va   barcha   o‘quvchilar   turli
ishlarni   bajarishlari   mumkin.   Mashqlarning   xarakterli   xususiyati   ayni   bir
harakatning   takrorlanishi   bo‘lgani   uchun   o‘quvchilarda   bajarilayotgan   ishga
nisbatan qiziqishini saqlash talab etiladi.
Mashqlar   yakunida   ishlarni   tahlil   qilish,   eng   yaxshi   ishlarning   tahliliga
tayanib,   kim   qanday   natijalarga   erishganligini   ko‘rsatish   lozim.   Ayni   bir   vaqtda
kamchiliklar   ustida   ham   to‘xtash   va   ishning   sifatini   yaxshilash   yoki   bajarish
tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.  
Amaliy ishlar- bu usul   o‘quvchilarga egallangan bilimlarini amalda qo‘llashni
o‘rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini o‘quvchilarning o‘zlari
mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
35 Ko‘rgazmali   qurollarni   o‘quvchilar   tomonidan   bajarilishini   ham   amaliy
ishlarga   kiritish   mumkin.   Bu   egallagan   bilimlarni   mustahkamlashga   yordam
beradi.
  Mustaqil   ishlar   –bu   o‘qituvchining   bevosita   ishtiroksiz,   biroq   uning
topshirig‘i   bilan   maxsus   ajratilgan   vaqtda   bajariladigan   ishlardir.   Bu   o‘rindda
o‘quvchilar   o‘zlarining   intilishlarini   qo‘llab   hamda   aqliy   va   jismoniy
harakatlarining   natijalariniu   yoki   bu   formada   ifodalab,   topshiriqda   qo‘yilgan
maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar:
1. O‘quvchilar   bajariladigan   ishning   mazmunini   yaxshi   tushunishlari   va   uni
bajarish tartibini aniq tasavvur qilishlari lozim.
2.   O‘quvchilar   topshiriqni   qanday   asbob-uskunalar   bilan   bajarish   kerakligini,
ularning   tuzilishiga   va   ishlashiga   oid   xususiyatlarini,   ularni   shu   rejimga
moslash   usullarini   va   ishlash   nuqsonlarning   oldini   olish   choralarini   bilishlari
kerak.
3.   Ish   o‘rnini   to‘g‘ri   tashkil   etish,   buning   uchun   ish   va   o‘lchov
asboblarini, zagatovkalarni, texnologiya hujjatlarini to‘g‘ri joylashtirish kerak.
4. Xavfsizlik texnikasi,  sanoat  sanitoriyasi  va mehnat  gigienasi  qoidalariga rioya
qilishlari zarur.Ta’lim metodlari o‘sayotgan organizmning anatomik   fiziologik,
biologik xususiyatlariga ham bog‘liqdir.
36 2.2.  Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida
ma’lumot mavzusiga oid  dars ishlanma.
Dars mashg’ulotining  ta’lim  texnologiyasi
Dars rejasi 1.   Xalq hunarmandchiligi
2.  Kashta tikish texnologiyasi, kashta choklari
O’quv mashg’ulotining 
maqsadi Ta’limiy maqsad:
  a) O’quvchilarga  Xalq hunarmandchiligi   haqida 
tushuncha berish.
  b) O’quvchilarga  Kashta tikish texnologiyasi, kashta 
choklari  haqida sodda umumiy tushunchalar  berish.
Tarbiyaviy maqsad:
  a) O’quvchilarga xayoti davomida ish bajarish 
jarayonida maqsadni foydali ish bajarish uchun 
qaratish.
  b) dars davomida kashta tikishnio’rgatish.
  c) O’quvchilarni milliy qadriyatlarimiz  ruhida  
tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarni  mavzuga nisbatan  qiziqishini 
uyg’otish, mavzuga oid tarqatma  materiallar bilan 
ishlash, o’quvchilarning intellektual salohiyatini 
oshirish
Ta’lim
metodlari 1.Kichik guruhlarda ishlash.
2.Aqliy hujum.
3.Tezkor test.
4. Baliq skaleti.
5.Suhbat metodi
6.Hikoya metod
7. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilib berish  
Ta’lim shakli: Yakka tartibda va guruhlarda ishlash
Tayanch so’zlar: Kashta, kashtado’zlik,yo’rma chok, korcho’p, 
kashtachilik iplari, gardishlar
Ta’lim vositalari: Darslik,  plakatlar,  slaydlar,  tarqatma  materiallar,     
chizmalar.    
Nazorat: Kuzatish,yozma  nazorat,  savol-javob topshiriq.    
Baholash:  Rag’batlantirish  “5” ballik  tizim asosida
37 Darsning  texnologik   xaritasi
   
Faoliyat
              O’qituvchi O’quvchi
1-bosqich:
O’quv 
mashg’ulotig
a       kirish 1.Kirish.
a) Tashkiliy qism
b) Davomat. Savol-javoblarga 
qatnashadilar. Berilgan 
topshiriqni bajaradilar. 
O’tilgan mavzuni 
mustahkamlaydilar.
I. O’qituvchi dars jihojlarini darsga 
tayyorlaydiva sinfning sanitariya 
holati va o’quvchilarning o’quv 
qurollari ko’zdan kechiriladi.
II. Uy vazifzsini so’rash uchun 
kichik guruhlarda ishlash metodini  
qullab, o’quvchilar 2 ta kichik 
guruhga bo’linadilar: Va bolalarga 
Aqliy hujum metodi orqali savol 
berib ularni fikirlarini bilish
III. O’tgan mavzuni mustahkamlash 
uchun “Zinama-zina”, Topag’on 
texnologiyasidan  foydalanib  
o’quvchilarga topshiriq beriladi
2-Bosqich:
Yakuniy. 1.   Guruh ishlarini baholashda, 
o’quv mashq’uloti maqsadga 
erishish uchun guruhlarga savollar 
beriladi
2.O’quvcilarga uyga vazifa beriladi.  Topshiriqlarni 
bajaradilar va uyga vazifani
yozib oladilar.
38 Xulosa
Mamlakatimizda   ta’lim   sohasida   olib   borilayoygan   yangilanish,
modernizatsiya   jarayoni   uzluksiz   ta’lim   tizimining   barcha   bo’g’inlari   jumladan,
oliy   ta’limda   ham   zamon   talablariga   javob   bera   oladigan   yetuk   mutaxassislarni
tayyorlash,   ularda   yangi   bilim   va   ko’nikmalarini   shakllantirishni,   o’z   ustida
ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini
oshirishni taqozo etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun
talablari asosida tayyorlashda “ Texnologiya va uni o’qitish metodikasi “ fani ham
ustuvor   vazifalarni   bajarishda   salmoqli   o’rinni   egallaydi.   Mazkur   fan   orqali
bo’lajak   mutaxassis   o’qituvchilar   fanining   asosiy   ilmiy   –   nazariy   va   amaliy
natijalariga   asoslangan   holda   o’quvchilarga   mehnatsevarlik,   intizom,   masuliyat,
burch   hissi,   ijodkorlik   qobilyatlarini   rivojlantirish   malakasiga   ega   bo’ladilar. Men
ushbu   kurs   ishini   yoritish   davomida   Kashtachilik   san atiga   ayollar   o zlariningʼ ʼ
kelajaklari,   bolalari   va   o z   baxtlari   haqidagi   orzu-umidlarini,   tabiatga   bo lgan	
ʼ ʼ
muhabbatlarini   va   go zallikka   intilishlarini   singdirishlari,   Bunday   kashtaning	
ʼ
noyob san at sifatida yaratilishi tomoshabinning baxri-dilini, insonparvarlik,	
ʼ   hayot
va   tabiatni   sevish ,   ruhiy   ozuqa   olishlari   menda   katta   tasurot   uyg’otdi.
Har bir oilada kashta tikish odat bo lib, qizlar yoshligidan o rgatilib boriladi. Ular	
ʼ ʼ
o zlariga onalardan chala qoldirilgan kashtalarni tikib davom ettirganlar va o zlari	
ʼ ʼ
ham yangi kashtalar tikkanlar.
Xulosa   qilib   aytganda,   Buxoro   maktablari   kashtachiligini   o rganish   asosida	
ʼ
quyidagi   xulosalarni   chiqardim.   Xalqning   fikri   va   his-tuyg ularini,   voqelikni	
ʼ
to g ri   tushunish   kashta   va   so zanalardagi   mukammal   obrazlarda   ifodalangan.	
ʼ ʼ ʼ
Tadqiqotchi   V.   S.   Voronovning   xalq   san atiga   bergan   xarakteristikasini   bu	
ʼ
39 san atga   ham   tatbiq   etish   mumkin.   “Bu   –   ortiqcha   so z,   bekorchi   jumlalariʼ ʼ
bo lmagan aniq, qat iy va ajoyib nutqdir”.
ʼ ʼ
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»   qonuni.   Oliy   ta’lim.
Me’yoriy hujjatlar to‘plami. Т.: «Sharq», 2001.
2.Karimov   I.A.   Barkamol   avlod   —   O‘zbekiston   taraqqiyo-   tining   poydevori.   Т.:
«Sharq» 1998.
3.N.I.Makienko. Slesarlikdan amaliy ishlar.-T.: «O‘qituvchi» 1992.
4.Ziyomuxamedov B. “Ta’lim texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent  2012
yil.
5.S.Mahkamov.  O’quv  ustaxonalarida  o’tkaziladigan  amaliy  mashg’ulotlar.
6.Texnologiya   darsligi   5-sinf     Sh.   Sharipov,     O.   Qo‘ysinov,     Q.   Abdullayeva
Toshkent 2017
7.P.Senemikin. Maktab ustaxonalarida asboblar tayyorlash. Toshkent «o’qituvchi».
1990y
8.Xalq hunarmandchiligi O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2009 yil.
Internet saytlar
1. 1. Ziyo.net
2. 2. Fayllar.org
3. 3. Lex.uz
40 41

“FARG’ONA VILOYATINING HUNARMANDCHILIK MASKANI” mavzusida tayyorlangan K U RS ISHI 1

MUNDARIJA 1 KIRISH 3 2. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot..5 5 3. Kashta chok turlari 8 4. Hunamandchilik turlari va tarix 18 5. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot mavzusini o’qitish shakillari,tamoyillari va metodlari 28 6. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot mavzusiga oid dars ishlanma 35 7 XULOSA 40 8 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 41 2

KIRISH Mazkur kurs ishi Mehnat ta’limi yo‘nalishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilami milliy xunarmandchiligimiz tarixi, uning yo‘nalishlari, rivojlanish bosqichlari, tarmoqlari bilan tanishtirish, shuningdek, o‘zbek milliy xalq xunarmandchiligining: yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, naqqoshlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, gilam to‘qish kabi sohalari sirlarini o‘rgatish, milliy qadriyatlarimizni ardoqlash, ular bilan faxrlanish, g‘ururlanish xislarini rivojlantirish, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan xalq xunarmandchiligi ustalarining munosib davomchilari bo‘lish, yaratuvchanlikka, go‘zallikka intilish kabi tuyg‘ulami tarkib toptirishdan iboratdir. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Shu jumladan, professional iqtisodchi pedagoglar tayyorlash ham qo‘yilgan vazifani amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Shu talabdan kelib chiqib, kasb ta’limining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» darsi 2008- yilda qabul qilingan yangi DTS bo‘yicha esa «Kasb ta’limi metodikasi» o‘qitiladigan bo'ldi. . Shu sababli, bu sohadagi kasb ta’limi bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun maxsus mutaxassislik fanlari bu — iqtisodiy fanlar bo’lgani tufayli iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganiladi. Iqtisodchi-pedagoglar uchun kasb ta’limi metodikasi — bu iqtisodiy fanlardan dars o‘tishni o'rganish metodikasi bolib, iqtisodiy fanlarni talabalarning chuqur o'rganishlari uchun fanning va mavzuning maqsadidan 3

kelib chiqqan holda qanday vosita va metodlarni tanlash va dars jarayonida qo'llash yo'llarini o'rganish, bo'lg'usi iqtisodchi-pedagoglar ongiga yetkazishni ko'zda tutadi. Iqtisodiy fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo'llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi. Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o'zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko'nikmasini hosil qilishdir. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida ishchi kuchiga ham alohida talablar qo‘yadi. Ya’ni ishchilar malakali, mahoratli, talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishi talab etiladi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talablarni talabalar chuqur idrok etishlari, mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilishga, oqilona xulosa chiqarishga o'rganishlari lozim. Jahon pedagogikasida diqqat-e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratilgan. Kurs ishining maqsadi: 5-sinf o’quvchilarga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi” mavzusini o'qitish metodikasi orqali bolalarga yaxshi bilim berish. Kurs ishining vazifasi: - O'quvchilarga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot” ni o’rgatish “Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot” da turli xil metodlari shakillari va tamoillardan foydalanib o’quvchilarni qiziqtira olish. Kurs ishini predmeti: O'quvchilarga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi” mavzusini o'qitish metodikasi. 4

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.