FARHOD SHAHARCHASIDAGI BO`YOQ TAYYORLASH SEXINING ATROF MUHUTGA TA`SIRINI BAHOLASH
1 FARHOD SHAHARCHASIDAGI BO`YOQ TAYYORLASH SEXINING ATROF MUHUTGA TA`SIRINI BAHOLASH MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………..3 1.Adabiyotlar sharhi ……………………………………………………….7 1.1. Keramik materiallar va buyumlar……………………………………………..7 1.2. Bo`yoq - l а k materiallar ………………………………………………….22 2. Tadqiqot sharoitlari, obyekti va uslublari ……………………………38 2.1. Tadqiqot sharoitlari…………………………………………………………..38 2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………………………..38 2.3. Tadqiqot uslublari……………………………………….................................40 3. Tadqiqot natijalari ……………………………………………………..41 3.1. Pishirilgan mahsulotni ranglash vaqtida ajralib chiquvchi zaharli moddalar..41 3.2. Ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi maydonlarining tahlili......... ...................45 3.3. Pishirilgan mahsulotni ranglash vaqtida ajralib chiquvchi zaharli moddalar................................................................................................................. .52 3.4. Ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilmalar me`yorlarini o`rganis h ............. ........54 3.5. Ruxsat etilgan chegaraviy chiqarilmalar normativ me`yorlariga moddalar konsentratsiyalarining y er usti tarqalishini nazorat hisobi......................... .............56 3.6. C h ang va gaz tozalash qurilmasining ishini baholash................................... ...57 3.7. Pechka qismlari va modul tuzilishi................................................................... 59 3.8. Atmosfera ni sanoat ifloslanishlaridan himoyalash… ………………………. 60 Xulosalar…………………………………………………………………..65 Tavsiyalar………………………………………………………………….66 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ……………………………………...67
2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Atmosfera havosining tarkibi har xil gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Keramik mahsulotlar tayyorlash zavodining bo`yoq tayyorlash sexidan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarning atrof muhitga ta`sirini o`rganish dolzarb muammolardan biridir. Inson faoliyatiga salbiy ta`sir etishini oldini olish maqsadida yangi ilmiy texnologiyalarni ishlab chiqarish, korxonalardan ajralib chiqayotgan gazlar va changlar atrof muhitga qolaversa, shu hududda istiqomat qilayotgan aholining salomatligiga o`simliklar va hayvonot dunyosiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni kamaytirish va havosini changdan tozalanishi zarur. Shu jihatidan ushbu bitiruv malakaviy ishi dolzarb hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo`lmas darajada o`zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga ko`ra oldini olib bo`lmaslik darajasida xavf tug`dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to`xtatish zarur. Buning uchun turli soha mutaxassislari o`zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitni shikastlamaslik choralari ko`rmoqlari kerak [2]. Salbiy ekologik oqibatlarning asosiy sabablaridan biri yer, suv, mineral xom-ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu prinsip xalq xo`jaligining kam samarali-ekstentiv yo`ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to`sqinlik qildi, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazgan holda rejani bajarish kabi g`ayri ekologik yondashuvni keltirib chiqardi [1, 3]. Inson o`zining butun evolyutsion rivojlanishi davrida у er atmosferasi havosining tabiiy tarkibiga moslashgan bo`lib, xuddi ana shu tabiiy tarkib inson
3 organizmi uchun optimal hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi doimiy komponentlarning nisbat ko`rsatgichida har xil o`zgarishlar ro`y bermoqda [2]. Atmosferani toza saqlash tabiatni muhofaza etish muammosining ajralmas qismidir, atmosferaning ifloslanishi yerning havo qobig`iga ta`sir etibgina qolmasdan, balki inson hayotini va tevarak atrofidagi muhitni ham xavf ostiga qo`yadi. Atmosferaning ifloslanishi – bu undagi tabiiy holda kam uchraydigan turli gazlar suv bug`lari, qattiq va suyuq zarralarning miqdorini oshib ketishi, gaz tarkibining o`zgarishi oqibati natijasida tabiiy muhitdagi salbiy tavsivli o`zgarishlarning yuzaga kelishi tushiniladi. Oxirgi yillarda yer atmosferasining tarkibi antropogen omillarning ta ` siri tufayli yomon tomonga o ` zgarib bormoqda . Sayyoramiz atmosferasining gaz tarkibida o ` zgarish sezilmoqda. Kislorodning sarflanishi 16 martagacha oshib ketgan . Shuning uchun uning miqdoriy jihatdan kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda . Karbonat angidridning miqdori esa oshib bormoqda . Agar o ` tgan asrning o ` rtalarida atmosfera tarkibida karbonat angidridning miqdori 0,028% bo ` lsa , hozirgi vaqtda bu raqam 0,032% gacha oshgan tashqi muhitga chiqariladigan karbonat angidridning 31% ni AQSh , 18% ni MDH mamlakatlari , 7% ni Xitoy , 5,4% ni Olmoniya , 4,7% ni Yaponiya , 3% ni Fransiya chiqarib tashlamoqda , qolgan 31% ni esa dunyo mamlakatlarining qolganlarining hammasi hisobga to`g ` ri keladi . Keyingi yillarda esa bu gazning miqdori bundan ham ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda [2] . Olimlarning fikricha , Amerikada 8%, Kanadada 9%, Yaponiyada 16% va Angliyada 22% odamlarning o ` limi atmosferaning ifloslanishi tufayli sodir bo ` lmoqda. AQShda atmosferaning ifloslanishidan ko ` rilgan zarar yiliga 50 milliard dollarni tashkil etmoqda . Shularni hisobga olgan holda dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari tabiat muhofazasiga yiliga milliy daromadning 10-12 % ini ajratmoqda .
4 O`zbekiston gidrometeorologiya markazi bergan ma`lumotlarga qaraganda, Olmaliq va Farg`ona, shuningdek Navoiy va Qo`qon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo`yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi. O` zbekistonda doimiy manbalardan atmosfera h avosiga tashlanadigan chi q indilar 1,3 mln tonnaga yetdi. Jumladan, sulfat angidridi 538,8 ming, uglevodorod 427 ming, azot oksidi 94,1 ming tonna va qattiq zarrachalar 317,4 ming tonnani tashkil etdi. Ana shu zararli moddalar asoratidan O` zbekiston sha h arlarida kasalliklar 1,5 barobar k o` payib, bronxial astma 20 foiz ortdi. Bolalar organizmining yuqumli kasalliklariga qarshi kurashish kuchi 25 foiz pasayib ketganligi kuzatildi [4]. Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarni insonlar uchun zararli hususiyatlarini bartaraf etish maqsadida ulardan chiqayotgan chiqindilar tarkibini aniqlash, chiqindilar tarkibining tabiiy tizimlar, jumladan tuproqlar bilan bog`liq hususiyatlarini aniqlash dolzarb masalalardan biriga aylandi. Tadqiqot maqsadi. Samarqand shahar Farhod shaharchasida joylashgan keramik mahsulotlar tayyorlash zavodining bo`yoq tayyorlash sexidan ajralib shiqadigan zaharli gazlar va changlar miqdorini aniqlab, ularning atrof muhitga ta`sirini o`rganishdan iborat. Ajralib chiqadigan zararli moddalarni atmosferaga chiqishdan oldin tozalash usullarini takomillashtirishdir. Tadqiqot vazifalari. Atmosfera havosini tarkibida har xil gazlarni, keramik mahsulotlar tayyorlash zavodining bo`yoq tayyorlash sexidan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni atrof muhitga ta`sirini o`rganish qonuniyatlarini yoritishga qaratilgan. Zavodlarning texnologik qurilmalaridan ajralayotgan zaharli gaz va chang zarrachalarini mahsus havo quvurlar orqali tozalash uskunalariga yuborib ularni tozalab atmosferaga chiqarib yuboriladi. Ushlanadigan (tashlanadigan) gaz usuli o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi.
5 1. Gaz havo oqimini havo quvurlarda tezligini hisoblash. 2. Gaz konsentratsiyasini aniqlash uchun gazdan namuna olish. 3. Atmosferadagi chiqariladigan gaz ajralmalari havo konsentratsiyasi o`lchash yordamida fil ` tratsiya usuli orqali aniqlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishda ilk bor Samarqand shahar Farhod shaharchasida joylashgan keramik mahsulotlar tayyorlash zavodining bo`yoq tayyorlash sexidan ajralib chiqayotgan zararli gazlar va changlarning atrof muhitni ifloslanishini aniqlash, ularni tozalash darajasini o`rganishning ilmiy ahamiyatini ko`rsatadi. Atrof muhitga tarqalayotgan chiqindi tashlanmalarning tarqalishi qancha miqdorda ekanligini doimiy nazoratda ushlab turishini kuzatib borish. Aholining salomatligini saqlashda muhim bo`lib, bu ilmiy ishning amaliy jihatdan ahamiyatliligini ko`rsatadi. Malakaviy bitiruv ishning tuzilishi Ish kirish, 3 bo`lim, 4 ta rasm, 6 ta jadval, 6 ta xulosalar, tavsiyalar va 28 ta foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.