logo

Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining metodologik asoslari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1887.0263671875 KB
MUNDARIJA
Kirish 2
I Bob Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining 
metodologik  asoslari ……………………………………………….. 8
1.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy  ahamiyati ………………………………………………….. 8
1.2 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning uslubiy 
asoslari  ……………………………………………………………….
18
1.3 Hududiy bandlikka ko’maklashish markazlari faoliyati hamda uning 
asosiy yo’nalishlari…………………………………………………... 24
II Bob Hududiy mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish 
darajasini baholash…………………………………………………. 34
2.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish 
samaradorligini baholash uslubiyati…………………………………. 34
2.2 Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uning 
mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’siri……………… 45
2.3 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishda axborot 
texnologiyalarining o’rni……………………………………………. 54
III Bob Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori
infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari………….. 60
3.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishida rekrutment 
agentliklarining o’rni………………………………………………… 60
3.2 Xorijiy mamlakatlarning mehnat bozori infratuzilmasini 
rivojlantirish borasidagi tajribalaridan samarali foydalanish………... 67
Xulosa va takliflar………………………………….…………….. 76
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………...…………………… 78 KIRISH 
Dissertatsiya  mavzusining  asoslanishi  va  uning  dolzarbligi. 
Hozirgi   kunda   O’zbekiston   iqtidodiyoti   jadal   suratlar   bilan   rivojlanib,
dunyo hamjamiyatida yuqori o’rinlarni egallashda davom etayotgan bir vaqtda,
mehnat   resurslaridan   samarali   foydalanishni   taqazo   etmoqda.   Mehnat
resurslaridan samarali  foydalanishni tashkil etish va yuqori malakali  kadrlarni
tayyorlash o’z navbatida izchil yo’lga qo’yilgan mehnat bozori infratuzilmasini
talab etadi. 
Mehnat   bozori   to’g’risida   ko’plab   ilmiy   izlanishlar   olib   borilishiga
qaramay,   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   masalalarining   ilmiy
rivojlanishini   to’liq   deb   hisoblash   mumkin   emas.   Xususan,   mehnat   bozori
infratuzilmasi subyektlarining bir-biri bilan, shuningdek tashqi subyektlar bilan
o’zaro   munosabatlari   mexanizmini   takomillashtirish   masalalarini   yechishni
talab   qiladi;   mehnat   bozori   infratuzilmasi   va   uning   tarkibiy   elementlari
faoliyati   samaradorligini   baholash   ko’rsatkichlarini   aniqlashtirish   va   yanada
rivojlantirish   zarur   hisoblanadi.   Bularning   barchasi   dissertatsiya   tadqiqotining
mavzusi, maqsadi va vazifalarini tanlashga olib keldi.
Hududiy   mehnat   bozorida   turli   muammolarning   mavjudligi,   mehnat
resurslaridan   samarali   foydalanmaslik,   norasmiy   va   yashirin   ishsizlikning
yuqoriligi,  aholi  iqtisodiy  faolligining  pastligi,  mehnat  bozori   infratuzilmasini
yetarli   darajada   rivojlanmaganligi,   ushbu   sohada   ilmiy   izlanishlarni   yanada
rivojlantirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligini anglatadi. 
Samarqand   viloyati   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlariga   ko’ra   2022
yilda Samarqand viloyatida ishsizlik darajasi 9,1 % ni tashkil qilmoqda. Tabiiy
ishsizlik darajasi  4,5-5%  ekanini hisobga oladigan bo’lsak, viloyatda ishsizlik
darajasi, tabiiy ishsizlik darajasidan deyarli 2 barobardan ko’proqdir. Viloyatda
2  
  jami   ishsizlar   soni   149,4   ming   kishini   tashkil   etgan   holda   ularning   124,6
minggi,   ya’ni   83,4   %   i   tumanlarga   to’g’ri   keladi 1
.   Bu   holat   o’z   navbatida
viloyatning   rivojlanishiga   ma’lum   darajada   to’sqinlik   keltirib   chiqarishini
inobatga   olgan   holda   mehnat   bozori   infratuzilmasini   takomillashtirish   zarur
ekanligini ko’rsatadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   11-avgustdagi   PQ-
4804-son “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning
mehat  faolligini  oshirish  va  kasb-hunarga  o’qitishga  qaratilgan hamda  aholini
bandligini   ta’minlashga   oid   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”gi 2
  qarori
asosida, boshqa viloyatlardagi kabi Samarqand viloyatida ham, 2021-yilning 5-
mayida   1650   o’ringa   mo’ljallangan   “Ishga   marhamat”   monomarkazi   ochildi.
Bu ham o’z navbatida viloyat mehnat bozori infratuzilmasiga sezilarli ta’sirini
ko’rsatmay qolmaydi.
Yuqorida   sanab   o’tilga   ma’lumotlarga   qo’shimcha   ravishda   shuni
aytishimiz   mumkinki   norasmiy   va   yashirin   ishsizlikning   yuqoriligi,   mehnat
resurslaridan   samarali   foydalanmaslik,   mehnat   bozori   infratuzilmasini   yetarli
darajada   rivojlanmaganligi,   aholi   iqtisodiy   faolligining   pastligi   ushbu   sohada
ilmiy   izlanishlarni   yanada   rivojlantirish   magistrlik   dissertatsiya   mavzusining
dolzarbligini anglatadi. 
Magistrlik   dissertatsiya   obyekti   hisoblangan   Samarqand   viloyatida   ham
mamlakatimiz   mehnat   bozorida   yuzaga   kelgan   bir   qator:   iqtisodiy   jihatdan
yollanma ishchi  va ish beruvchi o’rtasidagi  munosabatlarning yuqori darajada
emasligi,   yashirin   ishsizlik   muammolari,   mehnat   bozori   infratuzilmasini
yetarlicha   mukammal   shakllanmaganligi,   buning   natijasida   mehnat   bozori
subyektlariga   xizmat   ko’rsatishning   samarali   emasligi   kabi   muammolarning
mavjudligi izlanishni ushbu mavzuda tanlashga asos bo’ldi. 
1
samstat.uz/uz/?   
preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=284&id=3062&Itemid=10000000
00000
2
  https :// lex . uz / acts /-4945748
3  
  Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi.   Tadqiqot obyekti etib
Samarqand   viloyati   mehnat   bozori   infratuzilmasi   belgilandi.   Innovatsion
iqtisodiyot   sharoitida   mehnat   bozori   infratuzilmasining   shakllanishi,   uning
amal   qilish   mexanizmi   hamda   kelajakda   rivojlantirish   yo’llari   tadqiqotning
predmeti hisoblanadi. 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. 
Dissertatsiya   tadqiqotining   maqsadi   ishchilar   va   ish   beruvchilarning
ehtiyojlarini   to’liq   qondirishni   ta’minlaydigan   va   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotining   barqaror   va   dinamik   rivojlanishiga   hissa   qo’shadigan   mehnat
bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   bo’yicha   nazariy   qoidalarni   ishlab   chiqish
va amaliy tavsiyalarni asoslashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiya tadqiqotida quyidagi
vazifalar qo’yildi va hal qilindi:
– mehnat   bozori   infratuzilmasining   mohiyatini   aniqlashtirish,   funksiyalari
va tarkibiy elementlarini tizimlashtirish;
– aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlashga   yordam   beradigan   tuzilmalar
faoliyatining turli jihatlarini tavsiflovchi mavjud uslubiy yondashuvlar va
ko’rsatkichlarni tahlil qilish;
– hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanish   tendensiyalarini
o’rganish; 
– hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirishning   ustuvor
yo’nalishlarini   belgilash   hamda   qisqa   muddatli   istiqbolli   mehnat   bozori
prognozini ishlab chiqish;
– hududiy   bozor   mehnat   infratuzilmasini   rivojlantirishning   asosiy
yo’nalishlarini aniqlash;
– aholini   ish   bilan   bandligiga   ko’maklashuvchi   tashkilotlar   va   agentliklar
faoliyati   samaradorligini   tahlil   etish   va   ularni   rivojlantirish   istiqbollarini
ishlab chiqish.
4  
  Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Tadqiqotning   asosiy
masalalari   va   farazlari   Samarqand   viloyatida   mehnat   bozori   infratuzilmasini
rivojlantirishga   bag’ishlanadi.   Ishlab   chiqilgan   tavsiyalar   tuman   mehnat   bozori
infratuzilmasini   yaxshilaydi   hamda   mehnat   resurslaridan   yanada   samarali
foydalanish va ishsizlik darajasini kamaytirishga olib keladi.  
Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.  Mehnat
bozori va uning rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlari barcha
iqtisodchi   olimlarni   qiziqtirib   kelgan.   Shu   jumladan   V.A.
Pavlenkov 3
,   I.M.Aliev 4
,   V.A.   Vaysburd 5
,   I.A.   Dubrovin 6
,
E.G.Julina 7
,   A.I,   Rofe 8
,   Yu.P.   Kokin 9
,   N.M.Lyasnikov 10
,
Yu.G.Odegov 11
  va   boshqa   qator   xorijlik   olimlar   tomonidan
mehnat   bozori   infratuzilmasi   faoliyatining   nazariy   jihatlari
ilmiy tadqiq etilgan. 
  Shuningdek  O’zbekiston Respublikasida hududiy mehnat bozori va uning 
infratuzilmasini tadqiq etish bo’yicha Q.X.Abdurahmon 12
, N.U.Arabov 13
, 
3
  Павленков   В.А.   Рынок   труда.   Занятость.   Безработица.   Учебник.   –   М.:
МГУ, 2004 
4
  Алиев   И.М.   Экономика   труда:   учебник   для   бакалавров.   –   М.:   Юрайт,
2012. – С. 66
5
 Вайсбурд В.А. Экономика труда. Учеб.пос. – М.: Омега-Л, 2012 – С. 176
6
 Дубровин И.А. Экономика труда: учебник. – М.: Дашков и К, 2012. – С.
147. 
7
 Жулина Е.Г. Экономика труда: учебное пособие. – М.:Эксмо, 2010. – С.
187 
8
 Рофе А.И. Экономика труда: учебник. – М.: КНОРУС, 2011. – С. 138. 
9
  Экономика   труда:   учебник.   –   2-е   изд.   перераб.   и   доп./под   ред.   проф.
Ю.П. Кокина, проф. П.Э. Шлендера. – М.: Магистр, 2010. – С. 103 
10
 Лясников Н.М. Экономика и социология труда: учебное пособие. – М.:
КНОРУС, 2012. – С.187. 
11
  Одегов Ю.Г, Руденко Г.Г. Экономика труда. Учебник. – М.: ООО “Волтерс Клувер”, 2011. – С. 501
12
  Abdurahmonov   Q.X.,   Mamarasulov   F.U.   Aholining   ish   bilan   bandligini
infrastrukturasi. – T.: TDIU, 2000.  
13
Arabov  N.U.  “O’zbekiston  Respublikasida  mehnat  bozori  infratuzilmasini
rivojlantirish   samaradorligini   oshirish”.   Iqtisod   fanlari   doktori   ilmiy   darajasini   olish
uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent -2018. 
5  
  D.A.Ortiqova 14
, N.K.Zokirova 15
, D.Rahimova 16
, A.B.Xayitov 17
, 
Sh.R.Xolmo’minov 18
, S.E.Xolmurodov 19
, K.Z.Xomitov 20
, N.T.Shoyusupova 21
  
va boshqa olimlar izlanishlar olib borishgan.  
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.   Ilmiy izlanish
davomida   tenglashtirish   va   taqqoslash,   monografik   kuzatish,   statistik
guruhlash,   sotsiologik   tadqiqot,   iqtisodiy-matematik   va   boshqa   qator
usullardan keng foydalanildi. 
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   I lmiy   izlanish
natijalarini amaliyotga joriy etish orqali hududiy mehnat bozori infratuzilmasi
yanada   rivojlanishi   hamda   hududiy   mehnat   bozorida   ish   izlashga
ko’maklashuvchi   veb-sahifalar   faoliyatini   yanada   samarali   holatga   kelishiga,
mehnat   bozoridagi   talab   va   taklif   muvozanatiga   erishish   uchun   tavsiyalar
tayyorlandi.   Bundan   tashqari,   ilmiy   izlanishning   amaliy   ahamiyati
quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
- Samarqand   viloyati   bo’yicha   ishsizlikni   kamaytirishga   xizmat
qiluvchi dasturlarini ishlab chiqishda; 
- Samarqand   viloyati   va   mamlakatimizning   ish   bilan   ta’minlashga
ko’maklashuvchi xususiy agentliklar faoliyatini yanada rivojlantirish; 
- Axborot   kommunikatsiya   texnologiyalaridan   unumli   foydalangan
holda ish izlashga ko’maklashuvchi veb-sahifalar faoliyatini takomillashtirish;
14
  Артыкова Д.А. Формирование занятости населения в Республике Узбекистан.
– Т.: Фан, 2005. 
15
 Зокирова Н.К. Социально-трудовые отношения: международный и национальные аспекты. - Т.: «Фан», 2008.
16
 Rahimova D., Abulqosimov X., Abdurahmonov O., Kattaev K., 
Ro‘zmetov R. Milliy mehnat bozori uchun kadrlar tay yo rlashni boshqarishni 
takomillashtirish yo‘nalishlari. – T.: Fan va texnologiya, 2009 
17
  Хайитов   А.Б.   Занятость:   поддержка   “сверху”,   инициатива   “снизу”.   Ilmiy
maqola .   Iqtisodiyot   va   moliya   jurnali .   Toshkent , 2012  –  36-38  б,  Хайитов   А.Б.  Занятость   -
важный  фактор экономического благополучия.   Ilmiy   maqola .   Iqtisodiyot   va   ta ’ lim   jurnali .
6- son  2012- yil  - 4-6  b . 
18
  Xolmo ‘ minov   Sh . R .   Mehnat   bozori   iqtisodiyoti .   O ‘ quv   qo ‘ llanma .   –   Toshkent ,
2004,   Xolmo ‘ minov   Sh . R .,   Arabov   N . U .   Mehnat   bozori   infratuzilmasi .   Ma ’ ruzalar   matni .   –
Toshkent , 2010. 
19
  Xolmo ’ minov   Sh . R ,  Xolmurodov   S . E .  Mehnat   bozori   iqtisodiyoti .  O ’ quv   qo ’ llanma  –  Toshkent , 2013. 
20
 Xolmo‘minov Sh.R., Xomitov K.Z. Malakali agrar mehnat bozorining shakllanishi. Monografiya. – T.: Fan, 2003.
21
 Abdurahmonov Q.X, Shoyusupova N.T. Mehnat iqtisodiyoti: ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Darslik . –  T .:  TDIU , 2011.
6  
  - “Inson   resurslarini   boshqarish”,   “Mehnat   bozori   iqtisodiyoti”   va
boshqa fanlaridan mavzularni yoritishda. 
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi   Samarqand   viloyati   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirish   bo’yicha   ilmiy   asoslangan   quyidagi   taklif   va
tavsiyalarda o’z aksini topgan. 
- Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirishda   axborot
texnologiyalarining ahamiyati asoslab berilgan; 
- Davlat   va   xususiy   bandlikka   ko’maklashish   tashkilotlari   faoliyati
tahlil qilinib, ularning mehnat bozoriga ta’siri tahlil qilingan; 
- Samarqand   viloyati   mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanish
holatiga baho berilgan; 
- Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   bo’yicha
xorijiy   mamlakatlar   ilg’or     tajribalari   o’rganilgan   va   ulardan   foydalanish
bo’yicha tavsiyalar berilgan;  
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.   Ilmiy ish kirish, uchta bob,
xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.
Ishning   kirish   qismida   tadqiqot   mavzusining   dolzarbligi,   tadqiqotning
maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati
izohlab berilgan. 
Tadqiqot   ishining   “ Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi
rivojlanishining   metodologik   asoslari ”   nomli   birinchi   bobida   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirishning   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyati   yoritilgan,
mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirishning   uslubiy   asoslari   ishlab
chiqilgan hamda tuman bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazlarining faoliyati tizimlashtirilgan. 
Ilmiy   ishning   “ Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanish
darajasini   baholash ”   nomli   ikkinchi   bobida   tuman   mehnat   bozori
infratuzilmasining   rivojlanganlik   holati   va   unga   ta’sir   etuvchi   omillar   ilmiy
7  
  tahlil   qilingan,   muallif   tomonidan   sotsiologik   so’rovlar   orqali   mehnat
bozoridagi vaziyatga baho berilgan. 
Ilmiy   ishning   “ Innovatsion   iqtisodiyot   sharoitida   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirishning   asosiy   yo’nalishlari ”  deb   nomlangan   uchinchi
bobida Samarqand viloyati mehnat bozori infratuzilmasini samarali rvojlantirish,
bandlikka   ko’maklashish   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   markazlarining
yangi   tashkiliy   tuzilmasini   shakllantirish   yo’nalishlari   belgilab   berilgan.
Shuningdek,   mehnat   bozori   rivojlanishining   istiqbol   ko’rsatkichlari   ishlab
chiqilgan.  
Dissertatsiyaning   yakuniy   qismida   olib   borilgan   tadqiqotning   asosiy
natijalari   bo’yicha   ilmiy   asoslangan   taklif   va   tavsiyalar   berilgan.   Shu   bilan
birga,   mazkur   qismda   tadqiqotlar   natijasida   olingan   ilmiy   xulosalar
tizimlashtirilgan. 
I BOB. HUDUDIY MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI
RIVOJLANISHINING METODOLOGIK ASOSLARI 
1.1. Mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati 
Insoniyat   paydo   bo’lgan   davrdan   boshlab   o’z   ehtiyojlarini   qondirish
maqsadida, jamiyatning turli davrlarida moddiy va ma’naviy boyliklar yaratgan.
Insonlar   tomonidan   yaratilgan   har   qanday   moddiy   va   ma’naviy   boylikning
asosida   mehnat   omili   yotadi.   Jamiyatning   rivojlanib   borishida   ushbu   omilning
ta’siri   katta   hisoblanadi.   Ya’ni   kishilar   mehnat   qilishi   orqali   moddiy   va
ma’naviy   ne’matlar   yaratadi   va   bu   orqali   ma’lum   bir   daromadga   ega   bo’ladi
hamda   yaratilgan   mahsulotlar   boshqalar   tomonidan   iste’mol   qilinadi.   Ushbu
jarayon   takror-takror   bo’lishi   natijasida   aholi   turmush   darajasida   ma’lum   bir
o’sish   kuzatiladi   hamda   o’z   navbatida   jamiyat   ham   rivojlanib   boradi.     Mehnat
omilining jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini hisobga olgan holda, uning ish beruvchi
va ish izlovchi kishilar o’rtasidagi munosabatida muhim o’rin tutishini e’tiborga
olib mehnat bozorini tadqiq etish dolzarb masala bo’lib qoladi.
8  
  Mehnat   bozori   tushunchasiga   hozirgacha   bir   necha   olimlar   tomonidan
turli   ta’riflar   berilgan.   Masalan,   professor   V.A.Pavlenkov   mehnat   bozoriga
quyidagicha ta’rif bergan: “Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori mehnat
qilishga layoqatli  bo’lgan kishilarning barchasini, ya’ni  yollanma mehnat  bilan
band   bo’lganlar   hamda   band   bo’lmaganlarni   qamrab   oladi” 22
.   A.A.Nikiforova
esa   boshqa   bir   ta’rifni   bergan:   «Mehnat   bozori   rivojlanishining   darajasi   va
bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o’rtasida
ma’lum   davrda   erishilgan   manfaatlar   balansini   aks   ettiruvchi   ijtimoiy
munosabatlar   tizimi   sifatida   vujudga   kelgan” 23
.   Professor   Y.P.Kokina   va
professor   P.E.Shlendra   tomonidan   mehnat   bozori   tushunchasiga   batafsil   ta’rif
berilgan:   “ Mehnat   bozori   –   bu   ishchi   kuchini   shakllantirish,   iste’mol   qilish,
taqsimlash   va   qayta   taqsimlash,   uni   yollash   va   haq   to’lash   xususida   vujudga
keladigan   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar   tizimi   bo’lib,   bu   munosabatlar
huquqiy normalar bilan tartibga solinadi va mehnat resurslarini boshqarish usuli
sifatida namoyon bo’ladi 24
”.
O’zbekistonlik   olim   akademik   Q.X.Abdurahmonov   va
F.Mamaraximovning ta’rifiga  ko’ra:  “Mehnat   bozori  deyilganda  ishchi   kuchini
sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar majmuasi hisoblanadi” 25
. 
Yuqorida   sanab   o’tilgan   olimlar   tomonidan   berilgan   ta’riflarni
umumlashtirib shuni aytishimiz mumkinki: “Mehnat bozori - ishchi kuchi oldi-
sotdi   qilinadigan   bozor   bo’lib   ishga   yollovchilar,   ishga   yollanuvchilar   va   ular
o’rtasida vositachilik qiluvchilar ularning ishtirokchilari hisoblanadi”.
Mehnat bozorini mavjud bo’lishi uchun, avvalambor uning ishtirokchilari
ya’ni mehnat layoqatiga ega bo’lgan va ishlash istagida bo’lgan kishilar hamda
mehnat   layoqatini   sotib   olishni   xohlovchi   ish   beruvchilarning   mavjud   bo’lishi
lozimdir. Ish beruvchi va ish izlovchi yoki bo’lmasa ish beruvchi va ish izlovchi
22
 Павленков В.А. Рынок труда. -М.: Анлик, 1992.
23
 Никифорова А.А. Рынок труда: занятность и безработницы. – М.: Международные отношение, 1991.
24
  Ю.П.Кокина,   П.Э.Шлендера.   Экономика   труда:   учебник.   –   2-е   изд.   перераб.   и   доп./под   ред.–   М.:
Магистр, 2010. – С. 103  
25
  Q . X . Abduraxmonov ,  F . Mamarasulov . “ Mehnat   iqtisodi ”, ( o ’ quv - uslubiy   qo ’ llanma ). - T .:  TDIU , 1996.
9  
  o’rtasida   vositachilik   bilan   shug’ullanuvchi   subyektlarning   o’zaro   munosabtga
kirishuvi natijasida mehnat bozori shaklanadi. 
Ish   beruvchilar   tomonidan   mehnat   bozorida   talab,   mehnatga   layoqatli
bo’lgan   ishlash   istagida   bo’lgan   kishilar   esa   taklifni   shakllantiradi.   Talabni
shakllantiruvchi subyektlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Ishlab   chiqarish,   xizmat   ko’rsatish   faoliyatini   amalga   oshiruvchi
tadbirkorlik subyektlari;
- Davlat korxona va tashkilotlari;
- Bandlikka ko’maklashuvchi tashkilotlar;
- Qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   hollarda18   yoshga   to’lgan
jismoniy shaxslar;
Mehnat bozorida talab va taklifni mutanosib bo’lishi mamlakatda ishsizlik
darajasini past bo’lishiga olib keladi. 
Mehnat bozorini o’rganish va tahlil etishda uni ma’lum mezonlar asosida
guruhlarga bo’lib o’rganish samarali natija beradi. Shuni inobatga olgan holda,
mehnat bozorini quyidagi mezonlar asosida bo’lib chiqilgan:
10  
  1.1.1-diagramma. Mehnat bozorinig turli mezonlar bo’yicha guruhlanishi 26
Yuqoridagi   1.1.1-diagrammada   mehnat   bozorining   ma’lum   mezonlar
asosida   bo’linishini   ko’rib   o’tdik,   ushbu   bo’linish   nisbiy   bo’lib   uni   turlicha
ko’rinishlarda tasvirlash mumkin. 
Mehnat   bozori   mavjud   bo’lishi   hamda   o’z   faoliyatini   samarali   amalga
oshirish   uchun   davlat   tomonidan   to’g’ri   mexanizm   tanlanishi   lozim.   Chunki
mehnat bozori mexanizmi yordamida aholi ish bilan bandligi ta’minlanadi amda
mehnatga   haq   to’lash   darajalari   belgilanadi.   Mehnat   bozorida   ro’y   berayotgan
salbiy   hodisalar   oqibatida   ishsizlik   vujudga   keladi.   Amalda   tabiiy   ishsizlik
26
  Muallif   tadqiqotlari   asosida   tayyorlangan .
11  
  darajasi   mavjud   bo’lib,   agarda   mamlakatda   ishsizlik   darajasi   tabiiy   ishsizlik
darajasidan oshadigan bo’lsa bu jiddiy hodisa hisoblanadi. 
Yuqorida   aytilgan   ma’lumotlarni   inobatga   olgan   holda   mehnat   bozori
samarali   ishlashini   tashkil   etish   dolzarb   masala   hisoblanadi.   Mehnat   bozori
faoliyat   ko’rsatishining   sifat   ko’rsatkichlari   yuqori   bo’lishi   uchun   esa   o’z
navbatida bozor infratuzilmasini rivojlantirish zarur. 
Infratuzilma   avvalambor   undagi   obyektlar   va   subyektlar   o’rtasida   faol
aloqadorlikni ta’minlashi zarur hisoblanadi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   uzoq   yillardan   buyon   tadqiq   etib
kelinmoqda   hamda   ko’pgina   olimlar   tomonidan   ta’riflar   berilgan.   Jumladan,
T.M.Rujelovichning fikricha, “Mehnat bozori infratuzilmasi – bu ishchi kuchiga
talab va taklif o rtasida eng samarali o zaro aloqadorlikni, mehnat bozori normalʼ ʼ
amal   qilishini   ta minlovchi   davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   tuzilmalari,
ʼ
korxonalar   va   firmalar   kadrlar   xizmatlari,   jamoat   tashkilotlari,   me yoriy-	
ʼ
huquqiy va moliyaviy muhitni o z ichiga oluvchi tashkiliy tuzilmalardir”	
ʼ 27
.
O.А.Varfolomeeva   esa   mehnat   bozori   infratuzilmasini   quyidagicha
ta’riflaydi:   “Mehnat   bozori   infratuzilmasi   –   bandlikka   ko maklashuvchi	
ʼ
institutlar   tizimi   va   boshqarish   mexanizmlari   sifatida   mehnat   bozorida   ishchi
kuchiga talab va taklif o rtasidagi iqtisodiy jihatdan foydali o zaro hamkorlikni	
ʼ ʼ
ta minlovchi tizimdir”	
ʼ 28
.
L.N.Rudneva   tomonida   ushbu   ta’rif   berilgan:   “Mehnat   bozori
infratuzilmasi   –   bu   tashqi   va   ichki   muhit   sharoitlariga   moslashuvchi   mehnat
bozori bosh funktsiyasini amalga oshirishga ko maklashuvchi va mehnat bozori	
ʼ
sub ektlari   o rtasida   samarali   o zaro   aloqadorlikni   ta minlovchi,   jami   huquqiy,	
ʼ ʼ ʼ ʼ
27
  Ружелович Т.М, Инфраструктура рынка труда:  факторы внешнего и внутреннего влияния //   Вестник
Омского ун-та, 1997. – выпуск 2, - С. 79-82.
28
  Варфоломеева   О.А.   Становление   инфраструктуры   рынка   труда   в   переходной   экономике.   -   СПб.,
« Издательство СП б УЭФ » . 2001.  - С.125.
12  
  tashkiliy-iqtisodiy   va   axborot   sharoitlarini   mujassam   etgan   tashkilotlar,
muassasalar va institutlardir” 29
.
Shuningdek,   O’zbekistonlik   olim   Q.X.Аbdurahmonovning   bergan   ta rifiʼ
birmuncha mukammaldir: “M ehnat bozori infratuzilmasini uning tarkibiy qismi
elementlari   majmuasi   sifatida   ta riflash   mumkin,   u   davlat   idoralari,   ish   bilan	
ʼ
bandlikka ko maklashuvchi nodavlat tuzilmalari, korxona va firmalarga kadrlar	
ʼ
xizmati,   jamoat   tashkilotlari   va   jamg armalari,   normativ-huquqiy   muhitni   o z	
ʼ ʼ
ichiga   oladi,   ular   ishchi   kuchiga   ehtiyoj   bilan   taklif   o rtasidagi   eng   samarali	
ʼ
o zaro hamkorlikni ta minlaydi	
ʼ ʼ ” 30
.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   mohiyatini   yoritishda   quyidagilarga   e’tibor
qaratishimiz lozim:
- Mehnat   bozori   infratuzilmasi   ko’p   funksiyali   hisoblanadi   hamda   aholini
ish   bilan   ta’minlash   hamda   aholini   ishsilikda   ijtimoiy   himoyalashni   o’z
ichiga oladi;
- Mehnat bozori subyektlari o’rtasida samarali aloqani ta’minlaydi;
- Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibidagi   obyektlar   bozorni   samarali
rivojlanishini ta’minlaydi;
- Mehnat bozoridagi talab va taklifni muvofiqlashtirishga ko’maklashadi;
- Mehnat bozori haqidagi axborotlarni shakllanishiga ko’maklashadi;
Yuqorida   aytilgan   fikrlarni   umumlashtirgan   xolda   mehnat   bozori
infratuzilmasiga ushbu ta’rifni berish mumkin: “Mehnat  bozori infratuzilmasi -
bu ish bilan bandlikka ko maklashuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona	
ʼ
va firmalardagi xodimlar bilan ishlash bo’limlari, ishchi kuchiga talab va taklif
o rtasidagi   nisbatlarni   bevosita   tartibga   soluvchi   hamda   o zaro   hamkorlikni	
ʼ ʼ
ta minlovchi   qonun   hujjatlari,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   axborot   mexanizmlarini
ʼ
yuzaga keltiradigan mehnat bozorining tarkibiy qismidir”.
29
  Руднева   Л.Н.   Формирование   и   регулирование   инфраструктуры   рынка   труда.   //   дисс.   д.э.н.   –
Екатеринбург, 2006. – С. 60 .
30
 Q.X.Аbdurahmonov. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). – T.: «Mehnat», 2009. - 512 b.
13  
  Mehnat   bozori   infratuzilmasi   iqtisodiy   jihatdan   quyidagi   darajalardagi
subyektlarni o’z ichiga oladi:
- Xalqaro darajadagifaoliyatni  amalga oshiruvchi sifatida, Xalqaro Mehnat
Tashkkiloti;
- Mehnat   bozori   infratuzilmasi   sifatida   davlat   ham   ma’lum   darajada   rol
o’ynaydi,   ya’ni   qonun   chiqaruvchi   sifatida   mehnat   munosabatlarini
tartibga olib turadi, turli investitsion faoliyatlarni amalga oshirib bandlikni
ta’minlaydi;
- Turli   ijro   etuvchi   hokimiyatlar   masalan   davlat   ish   bilan   bandlikka
ko’maklashish xizmati;
- Yollanma   ishchilarning   ma’lum   jamoalarga   birlashishi   ya’ni   kasaba
uyushmalari;
- Nodavlat bandlikka ko’maklashish xizmatlari, kadrlar agentliklari;
- Online   shaklda   bandlikka   ko’maklashuvchi   veb   sahifalar   hamda   onlayn
birjalar;
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   qamrov   darajasiga   ko’ra   uch   turga   bo’lish
mumkin: davlat, hududiy, korxona. 
Davlat   darajasida   mehnat   bozori   infratuzilmasi   turli   davlatlar   o’rtasida
imzolangan konvensiyalar, mehnat  munosabatlarini  tartibga soluvchi  me’yorlar
misol   bo’ladi.   Ushbu   darajadagi   mehnat   bozori   infratuzilmasida   davlatlar
o’rtasidagi   mehnat   kelishuvlari,   turli   xalqaro   tashkilotlar   tomonidan   ishlab
chiqilgan   me’yorlar   hamda   tavsiyalar   asosida   davlatlar   o’rtasida   mehnat
munosabatlari amlaga oshadi.
Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   esa   ma’lum   hududda   mehnat
munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlarni ishlab chiqish, hududda ish bilan
bandlikni   ta’minlash   konsepsiyalarini   ishlab   chiqish,   aholi   ish   bilan   bandligini
ta’minlovchi   istiqbolli   chora-tadbirlar   yaratish,   hududda   ishchi   kuchi   sifatini
oshirish   bo’yicha   loyihalarni   amalga   oshirish,   mehnat   bozori   egiluvchanligini
ta’minlash vazifalarini amalga oshiriadi. Hududiy mehnat  bozori infratuzilmasi
hudud   mehnat   resurslari   tarkibi   va   sifati   jihatdan   o’rganilib   ularning
14  
  imkoniyatlari   inobatga   olingan   holda   ma’lum   normativ-qonunlar   ishlab
chiqiladi.   Hududiy   birlikda   istiqomat   qiluvchi   aholining   ish   bilan   bandligini
ta’minlash   hamda   ularning   turmush   darajasini   yaxshilashga   qaratilgan   chora-
tadbirlarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Korxona   miqiyosidagi   mehnat   bozori   infratuzilmasi   esa,   korxona
miqyosidagi   mehnat   munosabatlarini   boshqarish   siyosatini   ishlab   chiqarish
hamda uni amalga oshirish va korxonadagi xodimlar raqobatbardoshligi hamda
kasbiy-malaka tarkibini rivojlantirish kiradi. Korxonada faoliyat olib borayotgan
xodimlar  raqobatbardoshligini  oshirish deganda korxona tomonidan xodimlarni
o’qitish   uchun   turli   malaka   oshirish   instutlariga   yuborish   yoki   stajiroka
safarlariga yuborish nazarda tutiladi.
Mehnat   bozorining   asosiy   funksiyalaridan   biri   bo’lib   ish   bilan   bandlikni
ta’minlash hisoblanadi. Bu funksiyani  esa mehnat bozori infratuzilmasi amalga
oshiriadi. Demak mehnat  bozori  infratuzilmasini  qay darajada rivojlanganligini
ish   bilan   bandlik   darajasi   orqali   aniqlash   mumkin.   Shuningdek,   mehnat
bozoridagi   talab   va   taklif   o’rtasidagi   samarali   ijtimoiy-iqtisodiy   aloqalarni
ta’minlash   ham   aynan   mehnat   bozori   infratuzilmasiga   to’g’ri   keladi.   Mehnat
bozori infratuzilmasi o’z ichiga ko’plab obyektlarni olgani sababli, uni ma’lum
mezonlar   asosida   tasniflab   chiqish   va   guruhlash   bir   muncha   murakkabliklarga
ega. 
D.I.Xlebovichning 31
  fikricha,   mehnat   bozorida   amalda   faoliyat
yuritayotgan,   uning   infratuzilmasiga   tegishli   obyektlar   uchun   mezonlar
quyidagilardan iborat:
– mehnat   bozorida   ish   beruvchilar   va   yollanma   ishchilar   manfaatlarini
hisobga   olgan   holda   xizmatlar   shaklida   amalga   oshiriladigan   faoliyat
samaradorligiga erishish;
31
  Хлебович   Д.И.   Формирование   и   совершенствование   инфраструктуры   трудового   посредничества   в
регионе.  – Иркутск, 1996. – С. 217.
15  
  – muayyan   tashkiliy   shaklda   ishchi   kuchini   takror   barpo   qilish   jarayonida
uni   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash   bo yicha   xizmat   ko rsatish   shart-ʼ ʼ
sharoitlarini ta minlash.	
ʼ
N.U.Arabov 32
 esa quyidagi mezonlarni qo’shimcha qiladi:
– infratuzilma   tarkibiy   qismlari   shakllanishi   uchun   huquqiy   va   tashkiliy-
iqtisodiy me yorlarni yaratish;	
ʼ
– mehnat   bozorida   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   muvofiqligi   mexanizmini
amalga oshirishning moliyaviy va axborot bilan ta minlash;	
ʼ
– aholining   ish   bilan   band   bo lgan   va   band   bo lmagan   qismlari   uchun	
ʼ ʼ
kasbga   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   hamda   malakasini   oshirishning
amal qilishi;
– ish   bilan   band   bo lmagan   aholini   ijtimoiy   ta minlash   va   u   yoki   bu	
ʼ ʼ
ko rinishda qo llab-quvvatlash.	
ʼ ʼ
Yuqorida   aytib   o’tilgan   fikrlarga   qo’shimcha   ravishda   shuni   aytishimiz
mumkinki:
- Mehnat   bozorida   talab   va   taklifni   masofadan   turib   (onlayn)
shakllantiruvchi mehnat birjalari yoki veb-sahifalar;
- Masofadan   turib   mehnatni   tashkil   qiluvchi   platformalar   va   frilanserlik
faoliyatlari.
T.А.Chusova 33
  tomonidan   mehnat   bozori   infratuzilmasi   uchta   asosiy
bo g inga ajratilgan:	
ʼ ʼ
1. Davlat   va   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmatlari,   shuningdek,   korxonalar
kadrlar bo’limlari; 
2. Kasbiy   ta’lim,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   bilan
shug’ullanuvchi muassasalar;
3. Hokimiyat,   tadbirkorlar   va   mehnatkashlar   vakillik   organlarining   o’zaro
aloqadorligi sifatida ijtimoiy hamkorlik tizimi.
32
  N . U . Arabov .   “ O zbekiston   respublikаsidа   mehnаt   bozori   infrаtuzilmаsini   rivojlаntirish   sаmаrаdorligini	
ʼ
oshirish”.  Doktorlik   dissertatsiyasi ,  Toshkent  – 2018, 18- b .
33
  Чусова   Т.А.   Развитие   информационного   рынка   труда   как   фактор   стабилизации   социально-трудовых
отношений   /   http://www.work.kemsu.ru/sciece/l/l/shtmI
16  
  Yqorida, T.А.Chusova tomonidan uch bo’g’inga ajratilgan mehnat bozori
infratuzilmasida   ma’lum   kamchiliklar   mavjud,   chunki   unda   mehnat   bozori
infratuzilmasi butunlay qamrab olinmagan.
Mehnat   bozori   infratuzilmasini   mulk   shakliga   ko’ra   davlat   va   nodavlat
turlariga   bo’lish   mumkin.   Shuningdek,   mehnat   bozori   infratuzilmasining   katta
qismi davlatga tegishli qolganlari esa aralash shaklda bo’lishi mumkin.
Birinchi   turdagi   mulk   shakliga   taaluqli   tuzilmalar   mehnat   bozorini
tartibga solish, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va ularni amal qilishini nazorat
ostiga   oladi.   Ikkinchi   turdagi   mulk   shakliga   ega   tuzilmalarga   xususiy   bandlik
agentliklari, kadrlar xizmatlari agnetliklarini misol keltirish mumkin.
Rivojlangan   bozor   iqtisodiyotiga   ega   mamlakatlarning   tajribasi   shuni
ko’rsatadiki,   mehnat   bozorining   rivojlangan   infratuzilmasi   mavjud   bo’lmasdan
aholining   to’liq   va   samarali   bandligini   ta’minlash   mumkin   emas.   Bundan
tashqari,   aholining   eng   zaif   toifalarini   qo’llab-quvvatlash   orqali   mehnat   bozori
infratuzilmasi   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini   shakllantirishga   hissa
qo’shadi,   bu   hozirgi   paytda   O’zbekiston   Respublikasi   uchun   ayniqsa
muhimdir.   Shu   munosabat   bilan   mehnat   bozori   infratuzilmasining   samarali
ishlashga   to’sqinlik   qiluvchi   muammolarini   aniqlash   va   uni   rivojlantirish
istiqbollarini belgilash alohida ahamiyatga ega.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishi   ko’pgina   omillarning   ta’siriga
bog’liq   hisoblanadi,   ularni   ijobiy   ta’sir   ko’rsatuvchi   omillar   hamda   jarayonni
murakkablashtiruvchi omillarga bo’lish mumkin.
Birinchi   turdagi   omillarga   huquqiy   bazani   mavjud   bo’lishi   va   uni
ustuvorligini ta’minlanishi bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshishi, mehnat
bozori   subyektlarini   erkin   faoliyat   olib   borishi   hamda   yangilarini   tashkil
topishida   to’siqlarning   mavjud   bo’lmasligini   misol   qilib   ko’rsatish   mumkin.
Ikkinchi   turdagi   omillarga   iqtisodiyotning   sifat   ko’rastkichlari   bilan   bog’liq
holat,  bozor   infratuzilmasi   rivojlanishida   turli   kutilmagan   to’siqlarning   mavjud
bo’lishi,   ishlab   chiqilgan   me’yorlar   samarali   natijalar   bermasligini   misol   qilib
ko’rsatish mumkin.
17  
  Mehnat   bozori   infratuzilmasi   samarali   tarzda   rivojlanishi   uchun   amalga
oshirilishi   zarur   bo’lgan   tadbirlar   rejasi   N.U.Arabov 34
  tomonidan   ishlab
chiqilgan:
– zamonaviy bozor sharoitlariga muvofiq aholi ish bilan bandligini tartibga
solish mexanizmlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lish; 
– aholi   turmush   darajasi   va   uning   ijtimoiy   himoyalash   darajasiga   mehnat
faoliyatini liberallashtirishning salbiy oqibatlari ta’siriga yo’l qo’ymaslik; 
– aholini ishga joylashtirish va ish bilan bandligiga ko’maklashish maqsadli
dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash; 
– mehnat bozori imkoniyatlarini maksimal realizatsiya qilishga shart-sharoit
yaratuvchi   har   bir   hududiy   darajada   mehnat   bozorini   tartibga   solish
yo’nalishlarini joriy etish va rivojlantirish; 
– ishchi   kuchiga   talab   va   taklif   muvozanatiga   erishishni   oldindan
ta’minlash,   ishchi   kuchini   oqilona   ish   bilan   bandligini   yo’qotish
oqibatlarini oldini olish; 
– mehnat   bozorida   iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanish   yo’nalishlariga
mos ish bilan bandlik yangi shakllarini kengaytirish.
Yuqorida aytib o’tilgan tadbirlarga qo’shimcha ravishda shuni aytishimiz
mumkin:
- axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilgan holda
frilanserlik faoliyatini kengaytirish;
- ish izlovchilarga ko’maklashish maqsadida ish izlashga yordam  beruvchi
onlayn platformalarni kengaytirish;
- aholi   turmush   darajasini   oshirishga   ko’maklashadigan   darajada   ish
haqlarini oshirish.
Hozirgi   mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlikni   ta’minlashda   bir   qator
kamchiliklarni   ko’rishimiz   mumkin.   Bularga,   kishilarni   o’z-o’zini   namoyon
qilish imkoniyati bo’lmasligi, ish haqining kamligi, belgilangan talablarga javob
34
  N . U . Arabov .   “ O zbekiston   respublikаsidа   mehnаt   bozori   infrаtuzilmаsini   rivojlаntirish   sаmаrаdorliginiʼ
oshirish”.  Doktorlik   dissertatsiyasi ,  Toshkent  – 2018, 21- b .
18  
  bermaydigan ish muhitining mavjud bo’lishi, ishchi kuchlaridan ekstensiv tarzda
foydalanish   kabilarni   misol   qilib   keltirish   mumkin.   Yuqorida   sanab   o’tilgan
muammolarni   hal   etish   orqali   hududiy   mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik
darajasini sezilarli darajada oshirish mumkin.
1.2. Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning
uslubiy asoslari
Ilk   mehnat   muassasalari   mamlakatimizda   XX   asrning   boshlarida   tashkil
topa boshlagan.  Ulardan  dastlabklari  1922-1925 yillarda Sobiq Sovet  ittifoqida
uch   yuzga   yaqini   faoliyat   yuritgan.   Ushbu   muassasalar   mamlakatimizdagi
dastlabki mehnat munosabatlarini amalga oshirgan. 
Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanish   uslublarini   ko’rib
chiqishdan oldin hududiy mehnat bozori tuzilishini o’rganish maqsadga muvofiq
bo’ladi.   Hududiy   mehnat   bozorining   iyerarxik   konseptual   tuzilishini   uch
pog’onaga bo’lib o’rganish qulay hisoblanadi. Bular: birinchi – Hududiy mehnat
bozori;   ikkinchi   –   Ishchi   o’rni,   inson   kapitali,   infrastruktura;   uchunchi   –   ish
haqi,   ijtimoiy   mavqeyi,   ta’lim,   yosh   ko’rsatkichi,   jinsi   va   boshqalar.   Ushbu
ko’rsatkichlardan   foydalangan   holda   hududiy   mehnat   bozorini   tadqiq   etish
birmuncha   osonlashadi.   1.2.1-diagrammada   hududiy   mehnat   bozorining
konseptual ko’rinishi tasvirlangan.
19  
  1.2.1-diagramma. Hududiy mehnat bozorining konseptual tuzilishi
Hozirgi vaqtga kelib mamlakatimizda davlat ish bilan bandlik xizmati va
xususiy bandlik agentliklari o’z faoliyatini amalga oshirmoqda. Bundan tashqari,
mamlakatimizning   barcha   hududlarida   o’z   faoliyatini   amalaga   oshirayotgan
“Ishga marhamat” monomarkazlari ham bunga yorqin misol bo’la oladi. 
Mamlakatimizda   faoliyat   yuritayotgan   xususiy   bandlik   agentliklari   ham
samarali   faoliyat   olib   bormoqda.   2023-yilning   25-martdagi   holatiga   ko’ra,
Xususiy   bandlik   agentliklari   reestridan   118   ta   firmalar   ro’yxatdan   o’tgan   va
ulardan   9   tasi   litsenziya   olgan,   73   tasi   litsenziyasi   bekor   qilingan.   Yuqoridagi
ma’lumotlardan   kelib   chiqib   shuni   aytishimiz   mumkinki,   xususiy   bandlik
agentliklari faoliyati davlat tomonidan ko’proq nazoratga olinishi hamda xususiy
20  
 Hududiy m
ehnat bozori	
Ish o'rni	
Sanoat iqtisodi 
Iqtisodiy sektor	
ish haqi	
Ishchilarga bo'lgan ehtiyoj	
Inson kapitali	
Talim	
Yosh guruhi	
Jinsi	
Ijtimoiy holati	
Malakasi	
Ishsizlik sababi	
Ish bilan bandlik muddati	
Ishlash qobilyati
Ijtimoiy faolligi	
Ish izlashga imkoniyati	
Infrastruktura	
Tashkiliy
Instutsional
Axborot bandlik   agentliklari   o’rtasida   raqobat   muhitini   kuchaytirish   lozim.   Chunki,
mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlikni   ta’minlashda   xususiy   bandlik
agentliklarining   o’rni   va   ahamiyati   katta,   shuni   inobatga   olgan   holda   hududda
mavjud   xususiy   bandlik   agentliklari   faoliyati   o’rganilib,   ularni   rivojlantirish
bo’yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
Xususiy   bandlik   agentliklari   orasida   raqobat   muhitini   keltirib
chiqarishning   eng   samarali   usullaridan   biri   bu   moliyaviy   rag’batlantirishni
yo’lga   qo’yish.   Rag’batga   munosib   bo’lgan   xususiy   bandlik   agentliklarni
aniqlash uchun esa samarali mexanizmni ishlab chiqish zarur.
Yuqorida   aytib   o’tilgandek   yuqori   samaradorlikka   ega   bo’lgan   xususiy
bandlik   agentliklarini   aniqlash   uchun   ular   faoliyati   tahlil   etilishi   lozim.   Shuni
inobatga olgan holda, xususiy bandlik agentliklari reytingini baholash uslubiyati
ishlab chiqildi:
1. Xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilish koeffitsiyenti (M
k ) 
M
k = K
1 / K
2
K
3 / K
4
K
1 - xususiy bandlik agentliklariga kelib tushgan murojatlar soni;
K
2 - jami iqtisodiy nofaol aholi soni;
K
3 - hududdagi jami muassasalarga kelib tushgan murojaatlar soni;
K
4 - hududdagi jami nofaol aholi soni;
2. Ish bilan ta’minlash koeffitsiyenti (T
k )M	k=	K5/K1	
K6/K3
K
1 - ish bilan ta’minlangan murojaat qilgan kishilar soni;
K
2 - hududdagi ish bilan ta’minlangan murojaat qilgan kishilar soni;
3. Aholini kasbga o’rgatish koeffitsiyenti (A
k ) 	
M	k=	K7/K1	
K8/K3
K
7 - bandlik markazlarida kasbga tayyorlanganlar soni;
K
8 -  hududdagi bandlik markazlarida kasbga 
tayyorlanganlar;
21  
  M
k   ko’rsatkichini   hisoblash   orqali   xususiy   bandlik   agentligiga   bo’lgan
talab   miqdori   aniqlanadi   hamda   ko’rsatkichi   yuqori   bo’lgan   agentlik   faoliyati
chuqurroq   tadqiq   etiladi   va   nima   sababdan   talab   darajasi   yuqori   ekanligi
o’rganilib, boshqa agentliklar faoliyatiga tadbiq qilinadi. 
T
k   ko’rsatkichini   hisoblash   orqali   xususiy   bandlik   agentligi   tomonidan
ishga   joylashtirish   darajasi   hisoblanadi.   Bu   ko’rsatkichni   yuqori   bo’lishi,
xususiy bandlik agentligining samarali faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.
A
k   ko’rsatkichini   hisoblash   orqali   xususiy   bandlik   agentligida   kishilarni
kasbga o’qitish va malakasini oshirish imkoniyati aniqlanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatkichlarni hisoblash orqali xususiy bandlik
agentliklari   reytingi   shakllantiriladi.   Ushbu   reytingda   yuqori   o’rinlarni   band
etgan   xususiy   bandlik   agentliklari   faoliyatini   yanada   rivojlantirish   uchun   ular
davlat   tomonidan   rag’batlar   va   turli   grantlar   ajratiladi.   Ajratiladigan   rag’batlar
va   grantlar   mahaliy   hokimyat   mablag’lari   hisobidan   shakllantiriladi.   Xususiy
bandlik   markazlari   faoliyati   rivojlanishi   o’z   navbatida   hududiy   mehnat   bozori
infratuzilmasi rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi aholi ish bilan bandlik
darajasi oshishiga hamda ularning turmush darajalari yaxshilanishiga katta ta’sir
ko’rsatadi.   Shuni   inobatga   olgan   holda   hududiy   mehnat   bozori   infartuzilmasi
rivojlanishini   uslubiy   jihatdan   o’rganishni   talab   etadi.   Hududiy   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlanish   bosqichlariga   bo’lib   o’rganish   o’zining   samarali
natijasini   beradi.   N.U.Arabov 35
  o’zining   doktorlik   dissertatsiyasida   mehnat
bozori infratuzilmasini quyidagicha rivojlanish bosqichlarga bo’lib o’rgangan:
1. Milliy mehnat bozorining rivojlanishi va uni tartibga solish konsepsiyasi:
bunga   mehnat   bozori   shakllanishining   huquqiy,   iqtisodiy   va   tashkiliy
shart-sharoitlari;   mehnat   huquqini   amalga   oshirishga   davlat   kafolatlari;
aholini   ish   bilan   ta’minlash   davlat   siyosatini   ishlab   chiqish   va   amalga
35
  N . U . Arabov .   “ O zbekiston   respublikаsidа   mehnаt   bozori   infrаtuzilmаsini   rivojlаntirish   sаmаrаdorliginiʼ
oshirish”.  Doktorlik dissertatsiyasi, Toshkent – 2018, 21-b.
22  
  oshirish   bilan   bog’liq   moliyaviy   chora-tadbirlar   uchun   budjetni
shakllantirish kabi vazifalar kiradi.
2. Mehnat   bozori   infratuzilmasining   strategik   maqsadi   ish   bilan   bandlikni
tartibga   solish   va   aholini   ishsizlikdan   ijtimoiy   muhofaza   qilishni
ta’minlashdan iborat. 
3. Mehnat bozori infratuzilmasining taktik maqsadlari quyidagilardan iborat:
hududiy mehnat bozorlarida ishchi kuchiga talab va taklifni o’rganish va
istiqbollashtirish;   ishsizlarni   ish   bilan   bandligini   ta’minlashning   optimal
variantlarini   tanlash;   ish   bilan   band   bo’lmagan   aholi   va   ishsizlarni
raqobatbardoshligini oshirish; mehnat bozori egiluvchanligini ta’minlash;
ishchi   kuchiga   talabni   oshirishga   ko’maklashish;   ish   joylari   kvotasiga
muvofiq   hududlararo   ishchi   kuchini   qayta   taqsimlash;   ishsizlik
nafaqalarini   to’lash   va   yangi   ish   joylarini   yaratishga   moddiy   yordam
berish;   mehnat   bozori   kon’yunkturasi   haqida   aholini   axborot   bilan
ta’minlash;   infratuzilma   elementlarining   texnik   va   uslubiy   bazasini
takomillashtirish; personalning kasbiy rivojlanishi.
4. Hududiy  mehnat   bozori   infratuzilmasi   funksiyalariga:   muayyan  hududda
ish   bilan   bandlik   konsepsiyasi   shakllanishi;   ish   bilan   bandlikka
ko’maklashish   dasturlarini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish;   hududning
mehnat   salohiyatidan   foydalanish   samaradorligini   oshirish   va   mehnat
bozoridagi   o’zgarishlarni   bartaraf   etish   bo’yicha   chora-tadbirlar   ishlab
chiqish;   hududlar   mehnat   bozorlarida   sodir   bo’ladigan   jarayonlarni
hisobga  olish  va tahlil   etish;   aholi  ish  bilan  bandligi   masalalari   bo’yicha
boshqa   hududlar   mehnat   bozorlari   infratuzilmasi   tashuiliy   tarkiblari,
tadbirkorlar,   mahalliy   hokimiyat   organlari   va   o’quv   yurtlari   bilan   o’zaro
aloqadorlikni ta’minlash kabilarni kiritish mumkin. 
5. Hududiy   mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlik   davlat   siyosatini   amalga
oshiruvchi   infratuzilma   elementlari   tarkibiy   qismlari   va   ularning
funksional bog’liqligini aniqlash.
23  
  6. Mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishini   ta’minlovchi   moliyaviy
manbalarni aniqlash.
7. Mehnat   bozori   infratuzilmasi   alohida   funksiyalarini   bajarish   bo’yicha
personal funksiyalarining shakllanishi.
Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanish   bosqichlari   chuqur
o’rganlgan   holda  uni   rivojlantirish   uslublari   ishlab   chiqiladi   hamda  amaliyotga
tadbiq etiladi. 
Yuqorida   aytib   o’tilgan   rivojlanish   bosqichlari   amalga   oshishi   uchun
ma’lum bir shart-sharoitlarni talab etadi. Bular quyidagilar:
1. Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishining   ijtimoiy   hamda
iqtisodiy   tomonlari   bir   biriga   muvofiq   bo’lishini   ta’minlash.   Ijtimoiy
tomondan deyilganda ishsizlik va iqtisodiy tomondan deyilganda ish bilan
bandlik darajalari optimal darajada hal etish nazarda tutiladi.
2. Hududiy mehnat bozorida ish kuchi talab va taklifi o’rtasida eng samarali
munosabatni   ta’minlash   va   me’yoriy   hujjatlarni   ishlab   chiqish.
O’zbekiston   Respublikasining   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to’g’risida”gi       
Qonuni   Mehnat   Kodeksida   belgilangan   me’yorlar   asosida   qonuniy
faoliyatni amalga oshirish hamda talab va taklif o’rtasida samarali aloqani
ta’minlovchi mexanizmni ishlab chiqish.
3. Ish   bilan   bandlik   bo’yicha   yagona   davlat   siyosatini   amalga   oshirish.
Bunda   ish   bilan   bandlik   bo’yicha   belgilangan   qonunlarni   barcha
ma’muriy   birliklarda   va   bo’linmalarda   bir   xilda   yuritilishini   ta’minlash
nazarda tutiladi.
4. Hududiy   mehnat   bozorida   aholini   ish   bilan   bandligini   ta’minlanishini
nazorat   qilish.   Hududiy   birliklarda   mavjud   bo’lgan   davlat   ish   bilan
bandlik   xizmatlari,   kadrlar   bandlik   agentliklari   hamda   tadbirkorlik
subyektlari,   firmalar,   tashkilotlar   orasida   samarali   aloqa   mexanizmlarini
tashkil etish.
5. Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   ma’lum   bir   tizim   asosida   optimal
rivojlanishini   ta’minlash.   Mehnat   bozorini   tartibga   solishda   tizimli
24  
  yondashuv   asosan   davlatning   ijtimoiy-iqtisodiy   vazifalari   mohiyatiga
bog’liqdir.   Davlat   o’z   zimmasiga   oladigan   ijtimoiy-iqtisodiy   vazifalari
mehnat bozorini tartibga solish yo’nalishi va tamoyillarini belgilab beradi.
Hududiy   darajada   mehnat   bozori   yagona   tizim   sifatida   ishchi   kuchiga
talab   va   taklifni   ham   miqdor   jihatidan,   ham   sifat   ko’rinishida   o’zaro
bog’liq bo’lishini ifodalaydi.
6. Hududiy   mehnat   bozorida   faoliyat   yuritayotgan   xodimlarga   “turmush
kechirish   uchun   zarur”   bo’lgan   darommaddan   kam   bo’lmagan   miqdorda
oylik   maosh   bilan   ta’minlash.   Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi
rivojlanishining   o’ziga   xos   demografik   hamda   iqtisodiy-ijtimoiy
imkoniyatlarini inobatga olgan holda, talab va taklifdan kelib chiqib zarur
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni yaratish. 
Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   samarali   rivojlanishi   uchun
yuqorida   sanab   o’tilgan   shart-sharoitlarni   yaratib   berish   juda   muhim
hisoblanadi.   Davlat   tomonidan   kerakli   davlat   muassasalariga   yuqorida   sanab
o’tilgan   zaruriy   sharoitlarni   yaratib   berish   hamda   ularni   nazorat   qilishni
topshiriq   berishi   lozim.   Chunki,   hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasini
rivojlantirishda   uzoqni   ko’zlagan   holda   puxta   o’ylangan   reja   asosida   amalga
oshirish   lozim.   Rejalarni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirish   jarayonida
bajarilgan   ishlar   sifatini   nazorat   qilish,   yo’l   qo’yilgan   kamchiliklarni   joyida
o’rganib   tuzatish   zarur.   Bu   orqali   hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasini
rivojlantirish samarali tarzda amalga oshadi.
1.3. Hududiy bandlikka ko’maklashish markazlari faoliyati hamda uning
asosiy yo’nalishlari
Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishi   va
mehnat   bozori   infratuzilmasida   talab   va   taklif   orasidagai
munosabat   yaxshilanishi   uchun,   hududiy   bandlikka
ko’maklashish   markazlari  hamda  xususiy  bandlik  agentliklari
faoliyati rag’batlantirilishi lozim. 
25  
  Umuman   olganda   mehnat   bozorida   nodavlat   vositachi
firmalarning   bi   qancha   turlari   mavjud   bo’lib,   ular   turili
vazifalarni   bajaradi.   Quyida   ular   bilan   batafsil   tanishishimiz
mumkin:  
1.   Ishga   joylashtirish   bo yicha   agentlik.ʼ   Barcha
kategoriyadagi   ishchilar   va   mutaxassislarni   ish   joylariga
tanlash   va   yo naltirishni   amalga   oshirish   bo yicha   eng   ko p	
ʼ ʼ ʼ
sonli   guruh.   Ushbu   tashkiliy   tuzilma   tarkibida   cheklangan
guruhdagi mutaxassislarni ishga joylashtirishga ixtisoslashgan
agentliklarga ajratish mumkin.
2.   Xorijda   ishchi   kuchini   yollash   va   mehnat
resurslarining   yoshlar   marketingi   bo yicha   agentlik	
ʼ .  
Malakali   ishchi   kuchiga   talabni   o rganishda   xorijiy
ʼ
hamkorlarni   izlash.   Test   o tkazish,   rezyume   tuzishga	
ʼ
ko maklashish,   o qish   va   o qitish   (asosan   xorij   tiliga),   ishchi	
ʼ ʼ ʼ
vizalarini   va   yashash   joylari   bilan   bog liq   tartiblarni	
ʼ
rasmiylashtirish. 
3.   Kadrlar   maslahati   bo yicha   maslahat   agentligi	
ʼ .
Yuqori   malakali   mutaxassislarni   ishga   yollashga
ko maklashish,   firmaning   kadrlar   muammosi   tahlilini   olib	
ʼ
borish. 
4. Qisqa ixtisoslashgan agentlik. Аlohida
kategoriyadagi   fuqarolarni   (bo shatilgan   zahiradagi   harbiy	
ʼ
xizmatchilar) ishga joylashtirish bo yicha xizmatlar ko rsatish;	
ʼ ʼ
maxsus   faoliyat   sohalari   uchun   (masalan,   oilada   personalni
tanlash) personalni tanlash bo yicha xizmatlar ko rsatish.	
ʼ ʼ
5.   Personal   autstaffingi   bo yicha   agentlik	
ʼ .
Buyurtmachi   kompaniya   shtatiga   personal   to g risida   xulosa	
ʼ ʼ
berish va uni kompaniya provayder shtatiga rasmiylashtirish.
26  
  6. Personal autsorsingi bo yicha agentlikʼ . Аgentlik
shtatida   turuvchi   ishchilar   buyurtmachi   tashkilotga   xizmat
ko rsatib, o zlarining mehnat funktsiyalarini bajaradi.	
ʼ ʼ
7.   Ta lim   berish   va   so ng   ishga   joylashtirish	
ʼ ʼ
markazlari . Iqtisodiyot, yuristprudentsiya, dasturlash, turizm,
xizmat   ko rsatish   sohalari   uchun   mamlakat   va   xorijda	
ʼ
kafolatlangan   ishga   joylashtirish   bo yicha   eng   zamonaviy	
ʼ
mutaxassisliklar bo yicha tayyorlashni taklif etadilar.	
ʼ
8. Boshqalar . Tadbirkorlik   faoliyatining   boshqa
ko rinishlari   bilan   personalni   tanlash   va   ishga   joylashtirish	
ʼ
bo yicha alohida xizmatlarni birga olib boradi.
ʼ
Xalqaro   Mehnat   Tashkilotining   Jenevada   bo lib   o tgan	
ʼ ʼ
1933   yildagi   o n   yettinchi   sessiyasida   “Davlat   organlarining	
ʼ
nodavlat   ish   bilan   bandlik   tuzilmalari   bo yicha   munosabatini	
ʼ
belgilab beruvchi pullik ishga yollash byurolari to g risida”gi	
ʼ ʼ
34-sonli   Konventsiyasi   qabul   qilindi.   Shu   borada
mamlakatimizda   ham   bir   qancha   chora-tadbirlari   amalga
oshirildi.
  O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
2021   yil   5-apreldagi   “ Kambag’al   va   ishsiz   fuqarolarni   kasb-
hunarga   o’qitish   tizimini   takomillashtirish   hamda   mehnat
organlari   faoliyati   samaradorligini   oshirish   bo’yicha
qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”   Qarori   asosida   2021-
yil   5-mayida   Samarqand   viloyatida   1650   o’ringa
mo’ljallangan   “Ishga   marhamat”   monomarkazi   faoliyati
yo’lga qo’yildi. Ushbu monomarkazda, 2022-yilda 2235 nafar
bitiruvchilardan   1894   nafari   ish   bilan   ta’minlandi.   Bu   esa,
84,74%   bitiruvchilar   ishga   joylashganligi   hamda   “Ishga
marhamat”   monomarkazi   faoliyati   samarali   olib
27  
  borilayotganligidan   dalolat   beradi.   Ish   bilan   ta’minlangan
bitiruvchilar   1.3.1-diagrammada   ko’rsatilgan   sohalarda
faoliyat olib bormoqda:
Xizmat ko'rsatish sohasida Qurilish sohasidaQishloq xo'jaligi sohasida Ishlab chiqarish sohasida Raqamli texnologiyalar 
sohasidaBoshqa sohalarda
0 100 200 300 400 500 600 700 800 900 100087050218 3627468
1 .3.1 -diagramma.  Sohalar kesimida bitiruvchilarning taqsimlanishi  (2022)
Yuqorida   ko’rsatilgan   ma’lumotdan   ko’rinib   turibdiki   eng   ko’p   xizmat
ko’rsatish sohasida bitiruvchilar ish bilan ta’minlangan. 
Keyingi   o’rinlarda   esa,   bitiruvchilar   qurilish   sohasi   hamda   ishlab
chiqarish sohasida ish bilan band qilingan. Bundan shunday xulosaga kelishimiz
mumkinki, ishlab chiqarish sohasida 2022-yilda Samarqand viloyatida kadrlarga
bo’lgan   ehtiyoj   boshqa   sohalarga   nisbatan   yuqori   bo’lgan.   Boshqa   tomondan
esa, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yilda
22734,9   mlrd.   so’m   miqdordagi   xizmat   ko’rsatilgan   hamda   viloyat   yalpi   ichki
mahsulotining   36.41   foizini   tashkil   etmoqda 36
.   Demak,   Samarqand   viloyatida
xizmat   ko’rsatish   sohasi   katta   ahamiyatga   ega   ekanligini   inobatga   olgan   holda
Samarqand   viloyati   “Ishga   marhamat”   monomarkazida   xizmatlar   sohasida
tayyorlanayotgan kadrlar sonini oshirish zarur hisoblanadi.
36
https://samstat.uz/uz/?
preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=297&id=3313&Itemid=10000000
0000
28  
                         Bundan   tashqari,   hozirgi   kunda   axborot   texnologiyalari   rivojlanib
borayotgani va ishlab chiqarish jarayoni robotlashishini inobatga olgan holda IT
sohasida   xizmat   ko’rsatadigan   mutaxassislarni   tayyorlash   zarur   ahamiyat   kasb
etmoqda. 
Samarqand   viloyati   “Ishga   marhamat”   monomarkazida   hozirgi   vaqtda
quyidagi xizmatlar ko’rsatilmoqda:
– Kasb-hunarga o’qitish;
– Xorijiy tillarga o’qitish;
– Tadbirkorlikka o’qitish;
– Migratsiyaga ko’maklashish;
– Kasbiy malakani baholash;
– Bandlik xizmati;
Samarqand   viloyati   “Ishga   marhamat”   monomarkazi da   hozirgi   mehnat
bozori   talablaridan   kelib   chiqgan   holda   turli   kasblarga   o’qitib   kelinmoqda.
Quyidagi,   1.3.1-jadvalda   “Ishga   marhamat”   monomarkazida   o’qitiladigan
kasblar   ro’yxati,   o’qish   muddati   hamda   guruhdagi   tinglovchilar   soni
ko’rsatilgan: 
1.3.1-jadval.  “Ishga marhamat” monomarkazida mavjud
o’qitiladigan kasblar 37
T/r Kasblar O’qish 
muddati Guruhdagi 
tinglovchilar soni
1 Avtomobillarga texnik xizmat 
ko’rsatish 4 oy 20 nafar
2 Maishiy uy ro’zg’or 
elektrotexnik buyumlarini 
tuzatish ustasi 3 oy 20 nafar
3 Payvandlovchi kasbi 3 oy 20 nafar
4 Elektrik kasbi 3 oy 20 nafar
5 Santexnik kasbi 3 oy 20 nafar
37
https://sammonomarkaz.uz/kasblar/     
29  
  6 Yuk ko’tarish krani operatori 3 oy 20 nafar
7 Issiqxona texnologiyasi 3 oy 20 nafar
8 Zargarlik 2 oy 20 nafar
9 Erkaklar sartaroshi 2 oy 20 nafar
10 Ayollar sartaroshi, vizajist 3 oy 20 nafar
11 Kosmetolog kasbi 2 oy 20 nafar
12 Neyl stilist kasbi 3 oy 20 nafar
13 Tikuvchi kasbi 3 oy 20 nafar
14 Uqalovchi (kattalar va bolalar 
uchun) kasbi 2 oy 20 nafar
15 Oshpaz 2 oy 20 nafar
16 Qandolatchi 2 oy 20 nafar
17 Ofitsiant, batler Mexmonxona 
xizmatchisi 2 oy 20 nafar
18 Zamonaviy pardalar tikuvchisi 3 oy 20 nafar
19 Kompyuter dizayn dasturlari 
(Photoshop, Illustrator, 
Autocad, 3Dmax) 3 oy 20 nafar
20 Buxgalteriya o’rta malakali 3 oy 20 nafar
21 Kompyuter texnigi 3 oy 20 nafar
22 Qariyalarni parvarishlash 6 oy 20 nafar
23 Qishloq xo’jaligi ishchisi 6 oy 20 nafar
24 Yosh bolalar uchun enaga, 
tarbiyachi yordamchisi 2 oy 20 nafar
25 Ingliz tili 3,6,9 oy 20 nafar
26 Rus tili 3,6,9 oy 20 nafar
27 Yapon tili 3,6,9 oy 20 nafar
Eng   e ’ tiborli   tomoni ,  Samarqand viloyati   “Ishga marhamat” monomarkazi
xalqaro   darajada   tan   olingan   nufuzli   tashkilotlar   ( 1 .3.1 -diagramma )   bilan
30  
  hamkorlik   aloqalarini   yo ’ lga   qo ’ ygan .   Bularga ,   Koreya   Respublikasining
“ KOICA ”   tashkiloti   hamda   “ Woosuk   university ”   xususiy   universiteti ,
Yaponiyaning   “ JICA ”   tashkiloti ,   “ World   bank ”   hamda   “Торгово-
промышленная   палата   Республики   Башкортостан ”   tashkilotlari   misol
bo ’ ladi .
1.3.2-diagramma.  Samarqand viloyati   “Ishga marhamat”
monomarkazi  xalqaro hamkor tashkilotlari
Yuqorida   sanab   o’tilgan   xalqaro   tashkilotlar   bilan   hamkorlikda   “Ishga
marhamat”   monomarkazida   tillarga   o’qitish,   kasbga   tayyorlash   kurslari   tashkil
etilib   kelinmoqda.   Masalan,   Koreya   davlatining   “KOICA”   tashkiloti   bilan
hamkorlikda markazda  o’uvchilarga koreys tili  hamda kerakli  kasblar  o’qitilib,
ularni   Koreyada   mehnat   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   yuborishmoqda.
Xuddi   shunday,   Yaponiyaning   “JICA”   tashkiloti   bilan   hamkorlikda
o’quvchilarga   zaruriy   kasblar   hamda   yapon   tili   o’qitilib,   Yaponiyada   mehnat
faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   yuborilmoqda   hamda   xorijga   mehnat
faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   yuborilayotgan   fuqarolarning   huquq   va
manfaatlari   himoyasi   ta’minlanmoqda.   Shuningdek,   ularning   hayoti   sug’urta
qilinmoqda,   sog’ligiga   zarar   yetkanda   yetkazilgan   zarar   qoplab   berilmoqda.
Demak,   “Ishga   marhamat”   monomarkazi   tashkil   etilishi   fuqarolarning
noqonuniy xorijda ishlashini oldini olishga ham yordam beradi deyish mumkin.
31  
  Chunki,   fuqarolar   xorijda   noqonuniy   mehnat   faoliyatini   amalga   oshirganda   ish
beruvchi bilan ko’plab muammo va ziddiyatlar kelib chiqish ehtimoli mavjud.
H ududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishida   xususiy   bandlik
agentliklari   ta’siri   sezilarli   ekanligini   hisobga   olib   mavjudlari   faoliyatini
takomillashtirish hamda yangilarini tashkil etish muhim hisoblanadi. 
Xodimlarni   tanlash   agentliklari,   ya ni   rekrut   agentliklari   yollanmaʼ
xodimlarni tanlashda quyidagi mezonlardan foydalanishlari mumkin:
– vaqtinchalik ish bilan bandlik;
– doimiy ish bilan bandlik.
Mehnat   bozorida   faoliyat   yurituvchi   nodavlat   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlari   konkret   tarmoqlardagi   korxonalar   uchun   xodimlarni   tanlashda
ixtisoslashishi   yoki   barcha   kasbiy-malaka   belgilari   bo yicha   xizmatlar	
ʼ
ko rsatishi   mumkin.   Shuningdek,   ma lum   bir   tarmoqqa   tegishli   ish   joylarida	
ʼ ʼ
fuqarolarni ishga joylashtirish bo yicha ham xizmatlar ko rsatishi mumkin.	
ʼ ʼ
Ish beruvchilar va yollanma ishchilar o rtasida kadrlar agentligi vositachi	
ʼ
sifatida mehnat bozorida muhim ahamiyatga ega.
Xorijiy  manbalarning bildirishicha,   chet  elda  (xususan,  АQShda)   kadrlar
agentligi   orqali   ishga   joylashgan   ishsizlar   5  %ni   tashkil   qiladi.   Ammo,  hozirgi
vaqtda Samarqand viloyatida bu ko’rsatgich ancha kichik hisobl anadi.  
O’zbekiston   Respublikasining   2018-yil   16-oktabrdagi   “Xususiy   bandlik
agentliklari to’g’risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasining 2020-yil
20-oktabrdagi   “Aholi   bandligi   to’g’risida”gi   Qonuning   14-moddasi   bilan
xususiy   bandlik   agentliklari   faoliyati   tartibga   solingan.   O’zbekiston
Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari to’g’risida”gi Qonunida xususiy
bandlik agentliklarida quyidagicha ta’rif berilgan: “Xususiy bandlik agentligi ish
qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo’yicha, ish beruvchilar
uchun   kadrlar   tanlash   bo’yicha   xizmatlar   ko’rsatuvchi,   shuningdek   ishga
32  
  joylashtirish   sohasida   axborot   va   maslahat   xizmatlari   ko’rsatuvchi   tijorat
tashkilotidir.   38
”
O’zbekiston   Respublikasining   “Aholi   bandligi   to’g’risida”gi   Qonunida
“Xususiy   bandlik   agentliklari”   hamda   “Ishga   joylashtirish   bo’yicha   agentlar”
funksiya   va   vazifalari   belgilangan.   Qonunning   15-moddasida   “Ishga
joylashtirish   bo’yicha   agentlar”   to’g’risida   shunday   deyilgan:   “Ishga
joylashtirish   bo’yicha   agentlar   aholining   ishga   joylashishiga   ko’maklashishga
doir   ishlarni   mahalliy   mehnat   organlari   bilan   tuzilgan   shartnomalar   asosida
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   belgilangan   tartibda
bajaruvchi  jismoniy  shaxslardir.  Ishga joylashtirish  bo’yicha  agentlarga aholini
ishga   joylashtirishga   ko’maklashganlik   uchun   O’zbekiston   Respublikasi
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan O’zbekiston
Respublikasi   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   tomonidan
belgilanadigan   tartibda   hamda   miqdorlarda   rag’batlantiruvchi   xususiyatga   ega
to’lovlar amalga oshiriladi 39
”.
Hozirgi   vaqtda   O’zbekiston   Respublikasida   Xususiy   bandlik   agentliklari
reestiridan o’tgan tashkilotlar soni 118 tani tashkil etadi. Ammo, ushbu bandlik
agentliklarining   73   tasining   noqonuniy   faoliyat   amalga   oshirganligi   sababli
litsenziyasi   bekor   qilingan.   Bu   esa,   jami   ro’yxatdan   o’tgan   agentliklarning
61,86% ni tashkil etadi. 
2023-yil   mart   oyida,   O’zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   mehnat
munosabatlari   vazirligining   www.mehnat.uz   veb-saytida   berilgan   ma’lumotga
ko’ra,   Samarqand   viloyatida   joylashgan   va   Xususiy   bandlik   agentligi   davlat
reestridan o’tgan tashkilotlar soni 15 tani (1.3.2-jadval) tashkil qilmoqda. 
1.3.2-jadval.   Xususiy bandlik agentligi davlat reestridan o’tgan tashkilotlar
ro’yxati 40
“Amilee bahora xususiy “Avangard personal “Status777 xususiy
38
  O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi “Xususiy bandlik agentliklari to’g’risida”gi  Qonuni , 2-
modda
39
  O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to’g’risida”gi Qonuni , 15-modda
40
  Ma’lumotlar  https://mehnat.uz/uz/services/hususiy-bandlik-agentliklari-reestri  saytidan olindi.
33  
  bandlik agentligi" MChJ xususiy bandlik
agentligi” MChJ bandlik agentligi” MChJ
“Adiba travel and work
xususiy bandlik agentligi”
MChJ “International
employment centre
xususiy bandlik agentli”
MChJ “Jyonan staff business"
xususiy bandlik agentligi
MChJ 
"Professional staff"
xususiy bandlik agentligi”
MChJ "Vision consulting
xususiy bandlik
agentligi" MChJ  "Grand jobs and
recruitment and
conculting xususiy
bandlik agentligi" MChJ
“Consort xususiy bandlik
agentligi” MChJ "Buyuk gallaktika
franchayzing
kompaniyasi xususiy
bandlik agentligi” MChJ “Todah Samarkand
xususiy bandlik
agentligi” MChJ
“Diyor ishonch xususiy
bandlik agentligi” MChJ “Udarnik trudovik
xususiy bandlik
agentligi” MChJ “Sam job travel xususiy
bandlik agentligi” MChJ
Afsuski,   ulardan   9   tasining   ( 1.3.3 -jadval)   faoliyatida   aniqlangan
kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari kuzatilganligi sababli litsenziyasi bekor
qilingan.  Ularning asosiy qismi asosan fuqarolarni xorijga yuborish bilan bog’liq
masalalarda qo’pol xatolarga yo’l qo’yishgan.
1.3.3-jadval.  Litsenziyasi bekor qilingan xususiy bandlik agentliklari
ro’yxati 41
“International employment
centre xususiy bandlik
agentligi” MCHJ “Udarnik trudovik
xususiy bandlik
agentligi” MCHJ "Amilee bahora xususiy
bandlik agentligi" MCHJ
“Diyor ishonch xususiy
bandlik agentligi” MCHJ "Consort xususiy
bandlik agentligi"
MCHJ "Todah Samarkand
xususiy bandlik
agentligi" MCHJ
"Adiba travel and work
xususiy bandlik agentligi"
MCHJ "Avangard Personal
xususiy bandlik
agentligi" MCHJ "Status777 xususiy
bandlik agentligi" MCHJ
Yuqorida   sanab   o’tilgan   litsenziyasi   bekor   qilingan   “Xususiy   bandlik
agentliklari”   yo’l   qo’ygan   xato   va   kamchiliklarni   inobatga   olgan   holda,
kelgusida   litsenziya   beriladigan   agentliklar   faoliyati   muntazam   davlat
41
  Ma’lumotlar  https://mehnat.uz/uz/services/hususiy-bandlik-agentliklari-reestri  saytidan olindi.
34  
  tomonidan nazoratga olinib, ularga zarur ko’rsatmalar berib borilishi maqsadga
muvofiq bo’ladi. 
1.3.2-jadval   hamda   1.3.3-jadval   ma’lumotlarini   taqqoslaganimizda,
hozirgi   vaqtda   Samarqand   viloyatida   litsenziyasi   mavjud   bo’lgan   6   ta   xususiy
bandlik   agentliklari   faoliyat   yuritmoqda.   2022-yil   dekabr   oyida   Samarqand
viloyatida   153400   nafar   ishsiz   kishi   mavjud   ekanligini   inobatga   olib,   xususiy
bandlik agentliklar  sonini ko’paytirish lozim. Chunki, qisqa tahlil o’tkazadigan
bo’lsak, har bir xususiy bandlik agentliklariga taxminan 25566 nafar ishsiz kishi
to’g’ri   kelmoqda.   Bu   esa   juda   katta   ko’rsatkich   bo’lib,   xususiy   bandlik
agentliklari   bunday   katta   hajimdagi   ishsiz   fuqarolarni   ish   bilan   bandligini
ta’minlashi   imkonsiz.   Shuni   inobatga   olgan   holda,   fuqarolar   bandligini
ta’minlash faoliyati bilan shug’ullanuvchi firmalar va bandlik agentliklari tashkil
etish va litsenziya berish tizimi soddalashtirilishi, ularga subsidya berish tizimini
joriy   etish,   soliq   imtiyozlari   berilishi   muhim   ahamiyatga   ega.   Agarda,   xususiy
bandlik   agentliklari   uchun   yuqorida   sanab   o’tilgan   imtiyozlar   taqdim   etilsa   tez
muddat ichida ularning soni o’sishini kuzatishimiz mumkin.
II BOB.  SAMARQAND VILOYATIDA MEHNAT BOZORI
INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH DARAJASINI
BAHOLASH
2.1. Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish
samaradorligini baholash uslubiyati 
Mamlakat iqtisodiyoting barqaror rivojlanishi ish bilan bandlik darajasiga
bog’liq   holda   shakllanadi.   Ish   bilan   bandlik   darajasi   bu   ishlab   chiqarish   yoki
xizmat   ko’rsatish   sohasida   mehnatga   layoqatli   aholidan   foydalanish   darajasini
tavsiflaydi.   Ushbu   ko’rsatkichning   o’sishi   hududning   iqtisodiy   holatlarni
murakkablashuvini   oldini   oladi.   Shuningdek,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklif
o’rtasidagi   munosab   natijasida   ishchi   kuchi   taqchilligi   yoki   bo’lmasa   ishsizlik
vujudga keladi.
35  
  Hozirgi vaqtda Samarqand mehnat bozorida ish bilan bandlikni ta’minlash
an’anaviy xususiyatga ega bo’lib, yangi ish joylarini yaratish hisobiga ishsizlar
soni   qisqarmoqda.   Bunday   vaziyatda   yangicha   iqtisodiy   munosabatlar   tizimini
hamda   ish   bilan   bandlikni   ta’minlovchi   muassasalar   faoliyatini   baholash
uslublari va mezonlari ishlab chiqilishi lozim.
Ish   bilan   bandlik   xizmatining   mehnat   bozori   segmentidagi   joylashuvini
jiddiy ravishda o zgarishi strategik yangilanishga: ish beruvchilar bilan ishsizlarʼ
o rtasida   ustun   darajada   faoliyat   yuritishning   bevosita   vositachilik   rolidan	
ʼ
bilvosita   vositachilik   roliga   o tish   tezroq   ishsiz   yurgan   fuqarolarni   ish   bilan	
ʼ
ta minlash   va   bo sh   ish   joylarini   kadrlar   bilan   to ldirishga   harakat   qilish	
ʼ ʼ ʼ
maqsadida ikkala mijozning mustaqil faoliyat yuritishlariga olib keladi 42
.
Ish bilan bandlikni ta’minlash xizmati mehnat bozorini doimiy tahlil qilib,
talab va taklif orasidagi munosabatlarni o’rganib boradi. Shuningdek, kelajakda
ma’lum kasb doirasiga talab o’sishini  inobatga olgan holda kerakli strategiyani
ishlab   chiqishi   va   zaruriy   kadrlar   zaxirasini   shakillantirib   borishi   lozim.   Bu
orqali   ish   bilan   bandlikni   ta’minlovchi   muassasalar   kelajakda   sodir   bo’lishi
mumkin   bo’lgan   kadrlar   taqchilligi   muammosini   hal   qilishadi;   ishsizlar   esa
kasbiy   malakalarini   oshirib   kelajakda   mehnat   bozorida   mavjud   bo’ladigan
raqobat muhitiga ruhan tayyorlanishadi.
Samarqand   viloyatida   mavjud   bo’lgan   ish   bilan   bandlikni   ta’minlash
xizmatlari   faoliyatinining   samaradorligini   baholashning   samarali   usullarini
yaratish lozim. Ushbu usullarni yaratishda quyidagi masalalarni hal qilish lozim
hiosoblanadi:
1. Bandlikni ta’minlovchi muassasalar faoliyati samaradorligini baholash
uchun tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish;
2. Hududiy ish bilan ta’minlovchi korxonalar samaradorligini baholovchi
ko’rsatkichlar va usullar tahlilini amalga oshirish;
42
 Arabov N.U. “O’zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini
rivojlantirish samaradorligini oshirish”. Dissertatsiyasi. Toshkent-2018, 75-b. 
36  
  3. Bandlikni ta’minlovchi muassasalar faoliyati samaradorligini baholash
usullarini   takomillashtirish   yuzasidan   tadqiqotlar   olib   boorish   va
zaruriy tavfsiyalar ishlab chiqish;
Aholi   ish   bilan   bandligini   ta’minlovchi   muassasalar   ham   boshqa   davlat
tashkilotlari   singari   pog’onali   (iyerarxik)   tuzilmaga   ega   bo’lib,   uning   faoliyati
samaradorligini   baholashda   turli   darajadagi   boshqaruv   organlari   sifatida
qaraladi: respublika miqyosida, viloyat miqyosida, shahar va tuman miqyosida. 
Yaqin yillar davomida ko’pchilik hududlar qatorida Samarqand viloyatida
ham   bandlikka   ko’maklashish   xizmatlari   faoliyati   samarali   yoki   samarasiz
faoliyat   olib   borayotgani   faqatgina   ikkita   ko’rsatkich   orqaligina   aniqlangan.
Bular: birinchisi – aholini ish bilan ta minlash jamg armasiga yig ilgan sug urtaʼ ʼ ʼ ʼ
ajratmalari va bu mablag larning ishsizlarga nafaqa to lovlari uchun yetarliligi;	
ʼ ʼ
ikkinchisi   –   ishsizlik   darajasi,   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   ro yxatidan	
ʼ
o tgan   jami   ishsizlar   sonini   jami   iqtisodiy   faol   aholiga   nisbati.   Ushbu	
ʼ
ko’rsatkichlar   hozirgi   vaqtgacha   bandlik   agentlikari   yoki   ish   bilan   ta’minlash
xizmatlari   faoliyati   samarali   yoki   samarasiz   ishlayotganini   ko’rsatib   kelgan.
Tuman   va   shahar   miqyosida   esa   quyidagi   ko’rsatkichlar   orqali   bandlikka
ko’maklashuvchi   markazlar   faoliyati   samarali   yoki   samarasiz   ekanligi
baholangan.   Bularga:   ishsizlar   soni,   ishsizlik   nafaqalarining   o’z   vaqtida
to’lanishi,   bitta   ishsiz   kishiga   to’g’ri   keladigan   bo’sh   ish   o’rinlari   soni,   barcha
ishsizlar   ichida   ishsizlik   nafaqasini   oluvchi   kishilar   soni   va   boshqa   ko’plab
ko’rsatkichlardan foydalanishgan.
Hozirgi   vaqtga   kelib   davlat   bandlikka   ko’maklashish   markazlari   yoki
xususiy ish bilan bandlikni ta’minlovchi agentliklar faoliyatini baholash dolzarb
masala   bo’lib   qolmoqda.   Chunki,   davlat   bandlikka   ko’maklashish   markazlari
yoki   xususiy   bandlik   agentliklari   faoliyati   samaradorligini   baholash   ularning
yakuniy   ish   natijalarini   tavfsiflab   beruvchi   ko’rsatkich   hisoblanadi.   Bu   orqali
yuqorida   aytib   o’tilgan   bandlik   xizmatlarining   samarali   faoliyat   olib
borayotganlarini optimal tarzda aniqlash imkoniyati vujudga keladi.
37  
  N.Arabov tomonidan ish bilan bandlik xizmati ko rsatkichlari tizimi tuzibʼ
chiqilgan bo’lib u quyidagi nisbiy ko rsatkichlarni o z ichiga oladi:	
ʼ ʼ
– Ish bilan bandlikka ko maklashish markazlarida ish bilan band bo lmagan	
ʼ ʼ
fuqarolarni   ishga  joylashtirish   salmog i:   shahar   yoki   tumanda  jami   ishga	
ʼ
qabul   qilinganlarga   nisbatan;   markazga   ishga   joylashtirish   masalalari
bo yicha murojaat qilgan fuqarolarni mehnat  faoliyatida band bo lmagan	
ʼ ʼ
jami soniga nisbati;
– Bandlikka   ko maklashish   markazlari   tomonidan   ishga   joylashtirilgan	
ʼ
ishsizlarning   jami   ishsizlik   ro yxatidan   chiqarilgan,   muddatidan   oldin	
ʼ
pensiyaga chiqarilganlardagi salmog i; 	
ʼ
– Ishsizlarning sakkiz oy mobaynida ishlamaganlardagi salmog i;	
ʼ
– Iqtisodiy faol aholiga yaratilgan va saqlangan ish joylari sonida ishsizlikni
bartaraf qilish darajasi.
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2017-yil   22-
dekabrdagi   “ Ishga   joylashtirishga   muhtoj   aholi   sonini   aniqlash,   shu   jumladan,
uy   xo’jaliklarini   mehnat   bilan   bandlik   masalalari   bo’yicha   o’rganishlar
o’tkazish,   shuningdek,   mehnat   resurslari,   bandlik   va   aholini   ishga   joylashtirish
balansini   shakllantirish   metodikasini   takomillashtirish   to’g’risida ”   gi   1011-son
Qarorida   berib   o’tilgan   “Ishga   joylashtirishga   muhtoj   mehnat   bilan   band
bo’lmagan   aholini   hisoblab   chiqish   tartibi”   asosida   hududiy   ish   bilan   bandlik
xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash tizimi yo’lga qo’yilishi
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sh.Xolmo’minov   va   N.Arabovlar   tomonidan   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlari   faoliyatining   samaradorligini   baholash   uch   qismga   bo’lib
o’rganilgan 43
:
– Ish   izlovchi   fuqarolarning   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   murojaat   etganlik
darajasini baholash. 
43
  Xolmo’minov   Sh.R.,   Arabov   N.U.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi.   O’quv   qo’llanma.   –   T.:   «Fan   va
texnologiya», 2016, -189-191-b
38  
  – Ish   topish   maqsadida   murojaat   qilgan   fuqarolarni   ishga   joylashtirishga
ko’maklashish   bo’yicha   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining
samaradorligi. 
– Ish beruvchilar bilan ishlash samaradorligi
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash
uchala qismini ham batafsiz ko’rib chiqamiz.
1.   ish   bilan   bandlikni   ta’minlovchi   muassasalarga   ishsiz
fuqarolarning murojaat etganlik darajasini aniqlash. 
– Ishdan   bo’shatilgan   ishchilarning   ish   bilan   bandlikka   ko’maklashish
markazlariga   murojaatlari   darajasi,   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   murojaat
qilganlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati.
– Bandlikka   ko’maklashish     xizmati   yordamida   ishga   joylashish   darajasi,
ma’lum bir vaqtda jami muassasalarga qabul qilinganlar ichida bandlikka
ko’maklashish xizmati yordami bilan ishga joylashganlar ulushi.
2. Ish bilan bandlik xizmati samaradorligi
– Ish bilan bandlikni ta’minlash  ko ’ rsatkichlari va xarajatlarini  aniqlash .
– Ishsiz   fuqarolarni   ish   bilan   ta’minlanganlik   darajasi   ya’ni   bandlikni
ta’minlash   xizmati   tomonidan   ishga   joylashtirilgan   ishsizlar   sonining
bandlikka   ko’maklashish   xizmati   ro’yxatida   turgan   jami   ishsizlar   soniga
nisbati.
– Bandlikni   ta’minlash   xizmati   yordami   bilan   ishga   joylashganlar   soni,
hisobot   davrida   jami   ishga   joylashganlarning   ish   izlash   maqsadida
hisobda turgan jami fuqarolar soniga nisbati.
– Ishga   joylashtirish   koeffitsienti,   hisobot   davrida   jami   ishga
joylashganlarning hisobot davrida jami hisobdan chiqarilganlarga nisbati.
– Uzoq   vaqtdagi   ishsizlikning   samaradorligini   baholash,   uzoq   muddatdagi
ishsiz   kishilar   miqdorini   hisobot   davrida   ro’yxatga   olingan   barcha
ishsizlar soniga nisbati.
39  
  – Bandlikni ta’minlash xizmati organlariga murojaat qilgan kishilarni ishga
joylashtirish vazifasining amalga oshirilishi.
– Ishsizlarga   nafaqa   tayinlash   muddatining   bajarilishi,   muddatida   ishsizlik
bo’yicha   nafaqa   tayinlanmaganlarning   qonun   bo’yicha   jami   ishsizlik
nafaqasi oladiganlar soniga nisbati.
– Ishsiz   fuqarolarga   ishsizlik   nafaqasini   tayinlanish   sifati,   ishsizlik
nafaqalarining   tayinlanishi   to’g’risida   shikoyat   qilgan   fuqarolarning
talablarini qondirish miqdorini jami nafaqa oluvchilar soniga nisbati.
– Ishsizlik   nafaqasi   to’lanishining   kechiktirilishi,   o’z   vaqtida   nafaqa
olmaydigan   ishsizlar   sonini   hisobot   davridagi   jami   nafaqa   oluvchilarga
nisbati.
– Dasturiy   ta’minotlar   uchun   qilingan   xarajatlar,   belgilangan   davrida
fuqarolarni   ish   bilan   band   qilish   jamg’armasi   tomonidan   barcha   kerakli
dasturlar   realizatsiyasiga   qilingan   xarajatlarni   ishsiz   kishilar   soniga
nisbati.
– Qonunda   belgilanmagan   tartibda   olingan   nafaqalarning   qaytarilishi
hisobiga   fuqarolarni   ish   bilan   ta’minlash   jamg’armasiga   qaytarilgan
mablag’larning   hissasi,   qaytarilgan   mablag’lar   summasini   ish   bilan
ta’minlash jamg’armasi jami xarajatlariga nisbati.
– Xodimlar ish faoliyatining samaradorligini baholash
– Xodimlarning ishga joylashish samaradorligi, ma’lum bir davr davomida
ishga qabul qilin sonini asosiy xodimlar soniga nisbati.
– Aholini qabul qilish bo’yicha xodimlarning ish bilan ta’minlanganligi,  ish
bilan   bandlik   xizmatiga   ish   topish   maqsadida   murojaat   qilgan   fuqarolar
sonini asosiy xodimlar soniga nisbati.
3. Ish beruvchilar bilan ishlash  samaradorligi .
– Ishchi kuchiga talabning qondirilishi.
– Ish   bilan   b andlik   xizmatida   mavjud   bo’sh   ish   o’rinlarini     ifodalash
koeffitsienti,   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlarining   oy   oxiridagi   bo’sh
40  
  ish o’rinlari   soni ni statistika organlarining oy oxiridagi bo’sh ish o’rinlari
soni ga nisbati.
– Ish   beruvchilar   tomonidan   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   talab   berilganlik
ko’rsatkichi,   ish   beruvchilarning   ish   bilan   bandlik   xizmatiga   berilgan
talabini   hisobot   davri   oxiriga   statistika   organlariga   berilgan   bo’sh   ish
o’rinlari   soni   va   hisobot   davrida   korxona   va   tashkilotlarga   ishga   qabul
qilinganlar soniga nisbati.
– Sug’urta   ajratmalarining   aholini   ish   bilan   ta’minlash   uchun   Davlat
jamg’armasiga kelib tushish darajasi.
– Bo’sh ish joylari bilan ishlash samaradorligi.
Yuqorida  sanab o’tilgan ish bilan bandlik xizmatlari  faoliyatini  baholash
tizimi   hududlarning   rivojlanish   darajasi   hamda   ularda   mavjud   bo’lgan   bandlik
agentliklarining rivojlanish bosqichlariga qarab o’zgarmoqda.
M ehnat bozori kon’yunkturasi nuqtai nazaridan quyidagi ko’rsatkichlarni
ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   faoliyati   samaradorligini   baholashning
amaldagi kompleks ko’rsatkichlari tizimiga qo’shish  N.Arabov   tomonidan  taklif
et ilgan bo’lib quyida uni ko’rib chiqamiz 44
:
1. Mehnat   bozori   segmentidagi   talab   va   taklifning   nomuvofiqligi
darajasi  ( D
N ) .D	N=	B×	100
SI
  ;
B unda:   B   (ming   kishi)   –   ish   bilan   bandlik   xizmati   hisobidagi   bo’sh   ish
joylari soni;
S
I  – ro’yxatdagi ishsizlar soni.
2. Ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsienti ( K
ij ).	
K	ij=	
Sij×	100	
Sxx
  ;
44
  Arabov   N.U.   “O’zbekiston   Respublikasida   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini
oshirish”. Dissertatsiya. Toshkent-2018, 81-85-b.
41  
  Bunda:  S
ij  (ming kishi) – ish bilan bandlik xizmatiga ish topish maqsadida
murojaat qilgan  fuqarolardan ishga joylashganlari soni;
S
xx  (ming kishi) – iqtisodiyot tarmoqlarida ishlaydiganlar soni.K	ij=	
Sij×	100
Ik
  ;
I
k  (ming kishi) – iqtisodiyotda jami ishga qabo’l qilinganlar soni.
3.   Ish   bilan   b andlik   xizmati   organlarining   mehnat   bozorini   qamrab
olish darajasi.
a) Bo’sh ish joylari soni bo’yicha  ( D
bij ) :	
Dbij	=	B×	100
Ik
  ;
B unda:   B   (ming   kishi)   –   hisobot   davrida   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlarida mavjud bo’sh ish o’rinlari soni;
I
k  (ming kishi) – hisobot davrida iqtisodiyot tarmoqlarida jami ishga qabul
qilinganlar soni.
b) Korxonalarga jalb qilinganlar soni bo’yicha ( D
korx ):	
Dkorx	=	K×100	
K	jami
   ;
B unda :   K (mingta)   –   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlariga   bo’sh   ish
joylarini taklif etgan korxonalar soni;
K 
jami  (mingta) – viloyatdagi jami korxonalar soni.
v)  Ro’yxatdagi ishsizlar soni bo’yicha  ( D
ri ) :	
Dri=	
Sishsiz	×100	
Bifa
  ;
B unda:   S
ishsiz   (ming   kishi)   –   hisobot   davrida   ish   bilan   bandlik   xizmati
organlari ro’yxatida turgan ishsizlar soni;
B
ifa   (ming   kishi)   –   o’rta   yillik   iqtisodiy   faol   aholi   ichida   ish   bilan   band
bo’lmaganlar soni.
42  
  4. Murojaat qilish koeffitsienti ( K
M ).KM=	
Sjm×100	
Sum
  ;
Bunda:   S
jm   (ming   kishi)   –   joriy   davrda   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
murojaat qilgan fuqarolar soni;
S
um   (ming   kishi)   –   o’tgan   davrda   ish   bilan     bandlik   xizmatiga   murojaat
qilgan fuqarolar soni.
5.Ish joylariga talabning qanoatlantirish darajasi.
Korxonalarda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan mavjud ish
joylarining ma’lum miqdorini ifodalaydigan ko’rsatkich ( D
NMB ).	
DNMB	=	
IN×100
IQ
  ;
B unda:  I
N  – korxonalarda qanoatlantirmaydigan ish joylari miqdori;
I
Q  – korxonalarda qanoatlantiradigan ish joylari miqdori.
Bu ko’rsatkichning o’sib borishi korxona faoliyatida salbiy natijalarga va
rasmiy ish bilan bandlikni oshishiga olib keladi.
Ushbu   koeffitsent     0,5   ga   teng     bo’lganda,   korxona   xo’jalik   faoliyati
holatini tahlil etish asosida xulosalar chiqarib   ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan salbiy
natijalarga   olib   keladigan   bunday   ish   joylarini   ish   beruvchilar   tomonidan
qisqartirishga yo’naltirish zarur.
6. Ishchi   kuchi   taklifi   bo’yicha   ish   joylarining   qanoatlantirish
darajasi.   Rivojlanish   istiqboli,   ish   haqi,   mehnat   sharoitlari   va   boshqalar
bo’yicha   ishchi   kuchi   talabiga   muvofiq   korxonalarda   mavjud   ish   joylarini
ifodalaydigan ko’rsatkich ( D
kor.qan ).	
Dkor	.qan	=	
Iqan	×100	
Ijami
  ;
bunda:  I
qan  – korxonalarda ishchilarni qanoatlantirish joylari miqdori;
I
jami   – korxonalarda jami ish joylari miqdori.
43  
  Firma   yoki   korxonalarda   mehnat   sharoitlari   bo’yicha   xodimlarni
qanoatlantiradigan   mavjud   ish   joylari   salmog’I   oshib   borishi   kadrlar
qo’nimsizligini   qisqarishiga,   ishchi-xodimlarning   mehnat   natijalaridan
manfaatdorligini   oshishiga   va   umuman   ishlab   chiqarish   samaradorligi
yuksalishiga sharoit yaratadi.
Mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish samaradorligi uning tarkibiy
qismlari  samaradorligi  bilan  aniqlanadi, ularning har  biri  uning natijalariga o‘z
hissasini   qo‘shadi.   Lekin   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishini
umumlashgan holda baholashni ta’minlovchi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari uning tarkibiy qismlarining qaytimini tavsiflash, rivojlanishining
istiqbolli   yo‘nalishlarini   aniqlash   asosida   kuchli   va  kuchsiz   tomonlarni   ajratish
imkonini bermaydi.
Bu   maqsad   uchun   mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanish
samaradorligini   kompleks   baholash   usullarini   taklif   etamiz.   Buning   asosida
iqtisodiy   tahlil   usullari,   ekspertlarning   fikrlari,   tasniflash   nazariyasi   yotadi.
Mazkur usuldan foydalanish quyidagi bosqichlarni nazarda tutadi. (4-jadval)  
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari   rivojlanish
samaradorligining   xususiy   ko‘rsatkichlari   to‘plamini   aniqlash   uchun,   biz
tomonimizdan, mazkur muammo bo‘yicha tahlil o‘tkazildi. 
Shu   holat   namoyon   bo‘ldiki,   baholashning   asosiy   ob’ekti   bo‘lib,   mehnat
vositachiligi tizimi hisoblanadi. 
Biz   fikrimizcha,   mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari   (mehnat
vositachiligi,   kasbga   yo‘naltirish   va   kasbga   tayyorlash,   ijtimoiy-psixologik
qo‘llab-quvvatlash,   moliyalashtirish)   ichida   bir   muncha   rivojlanganlarining
ishlash   samaradorligini   baholash   uchun   xususiy   ko‘rsatkichlar   to‘plami   kerak.
Ko‘rsatilgan   ko‘rsatkichlarni   tanlashning   asosi   bo‘lib,   har   bir   tarkibiy   qism
bajaradigan   maqsadli   funksiyalarni   ta’minlashda   ularning   hissasini   ekspert
baholash hisoblanadi.
44  
  Mehnat   bozori   infratuzilmasi   alohida   tarkibiy   qismlarining   rivojlanish
samaradorligini   tavsiflovchi   xususiy   ko‘rsatkichlar   ahamiyati   ish   bilan   bandlik
xizmatining rasmiy va ichki hisobotlari asosida aniqlanadi.
 
2.1.1 -jadval. Mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish
samaradorligini baholashning kompleks ko‘rsatkichlari tizimi 45
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari   rivojlanish
samaradorligining xususiy ko‘rsatkichlari
I. Mehnat vositachiligi tizimi
1.   Ishga   joylashish   masalalari   bo‘yicha   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
murojaat qilgan fuqarolar soni, kishi;
2.   Murojaat   qilganlar   sonida   ish   bilan   bandlik   xizmati   ko‘magi   bilan
ishga joylashganlar hissasi, %;
3.   Iqtisodiyot   tarmoqlarida   ishga   qabul   qilinganlar   sonida   ish   bilan
bandlik xizmati ko‘magi bilan ishga joylashganlar hissasi, %;
4. Ishsizlik davomiyligining solishtirma miqdori, %;
5. Ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi, oy;
6. Har bir ro‘yxatga olingan ishsizga to‘g‘ri keladigan bo‘sh ish joylari
soni.
II. Kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash tizimi
1.   Ishga   joylashish   masalalari   bo‘yicha   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
murojaat   qilganlar   umumiy   sonida   kasbga   yo‘naltirish   bo‘yicha   xizmatlar
ko‘rsatilgan shaxslar hissasi;
2.   Ish   bilan   bandlik   xizmati   tomonidan   tashkil   etilgan   kasbga
tayyorlashni bitirganlar sonidan ish joyiga ega bo‘lganlar hissasi, %;
3.   Ishga   joylashish   masalalari   bo‘yicha   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
murojaat   qilganlar   umumiy   sonida   o‘z-o‘zini   ish   bilan   bandligiga
45
  Arabov   N.U.   “O’zbekiston   Respublikasida   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini
oshirish”. Dissertatsiya. Toshkent-2018, 88-89-b.
45  
  ko‘maklashish ko‘rsatilgan fuqarolar hissasi, %.
III. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi
1.   Ishsizlar   umumiy   sonida   moddiy   qo‘llab-quvvatlangan   kishilar
hissasi, %;
2.   Ro‘yxatga   oligan   ishsizlarning   umumiy   sonida   ijtimoiy   moslashuv
bo‘yicha tadbirlarda qatnashgan fuqarolar hissasi, %;
3. Ishga joylashgan o‘smirlar soni, kishi;
4.   Ishga   joylashish   masalalari   bo‘yicha   ish   bilan   bandlik   xizmatiga
murojaat   qilganlar   umumiy   sonida   jamoat   ishlarida   qatnashgan   fuqarolar
hissasi, %;
5.  Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ishga joylashganlar soni.
IV. Moliyaviy tizim
1. Davlat  ish  bilan bandlik  xizmatining umumiy  xarajatlarida  ish  bilan
bandlikka ko‘maklashish  dasturlarining faol  yo‘nalishlari  bo‘yicha xarajatlari
hissasi, %;
2.   Har   bir   rasmiy   ro‘yxatga   olingan   ishsiz   uchun   kasbiy   ta’limga
xarajatlar, so‘m;
3. Iqtisodiy faol aholi ichida har bir ish bilan band bo‘lmagan hisobida
kasbga yo‘naltirilganlarga qilingan xarajatlar, so‘m;
4. Har bir ishsizga to‘g‘ri keladigan ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha davlat ish bilan bandlik xizmati xarajatlari, so‘m;
5. Jamoat  ishlarida qatnashgan har  bir kishiga to‘g‘ri keladigan jamoat
ishlarini tashkil etish bo‘yicha xarajatlar, so‘m.
2.2. Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uning
mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’siri
Mamlakatda mavjud bo’lgan mehnat resusrslaridan samarali foydalanish,
hududlarda   mavjud   bo’lgan   mehnat   bozori   infratuzilmasiga   chambarchas
46  
  bog’liq.   Hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   esa   o’z   navbatida   demografik,
iqtisodiy-ijtimoiy,   huquqiy,   tabiiy   shart-sharoitlar   asosida   hamda   bir   qancha
omillar ta’siri natijasida shakllanadi va amal qiladi.
Hududlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi   mehnat   bozori
infratuzilmasiga bevosita ta’sirini ko’rsatishini inobatga olgan holda, Samarqand
viloyatining makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish lozim. 
Olib borilgan o’rganishlar natijasida shu ma’lumki, Samarqand viloyatida
makroiqtisodiy   ko’pchilik   ko’rsatkichlarda   ijobiy   o’zgarishlar   va   faqatgina
eksport va importda manfiy saldo kuzatilmoqda.
2. 2.1 -jadval.  Samarqand viloyatining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Tarmoq nomi O’lchov birligi 2018- y. 2019- y. 2020- y. 2021- y. 2022- y.
Yalpi hududiy
mahsulot mlrd. so’m 32 863,7 39 050,5 43 834,7 52 893,6 62 440,3
o’sish sur’ati, % 100,7 105,6 102,4 108,5 105,8
Asosiy
kapitalga
investitsiyalar mlrd. so’m 7 061,4 10 266,7 14 656,4 15 641,6 21 955,2
o’sish sur’ati, % 131,4 134,5 128,8 98,7 129,5
Tashqi savdo
aylanmasi mln. AQSh doll. 1 620,5 1 749,9 1 491,5 1920,5 2384,5
o’sish sur’ati, % 147,1 108,0 85,2 128,8 124,2
Eksport mln. AQSh doll. 315,6 398,5 335,2 531,7 656,1
o’sish sur’ati, % 121,4 126,3 84,1 158,6 123,4
Import mln. AQSh doll. 1 304,9 1 351,4 1 156,4 1 388,8 1 728,4
o’sish sur’ati, % 155,0 103,6 85,6 120,1 124,5
Saldo mln. AQSh doll. -989,4 -952,8 -821,2 -857,1 -1072,3
o’sish sur’ati, % х х х х х
Manba: https://samstat.uz/uz/rasmiy-statistika/macro-indicators-2
2.2.1-jadval   ma’lumotlaridan   ko’rinib   turibdikki   yalpi   hududiy   mahsulot
hajmi 2018-yildan 2022-yilgacha deyarli ikki barobarga ortgan, ya’ni 2018-yilda
32   863,7   mlrd.   so’mni   tashkil   etgan   bo’lsa   2022-yilga   kelib   62   440,3   mlrd.
so’mni   tashkil   etgan.   Shuningdek,   yalpi   hududiy   mahsulot   hajmi   oldingi
davrlarga nisbat musttasil o’sib brogan. Masalan, 2018-yilda rejadagiga nisbatan
0.7%   o’sgan   bo’lsa,   2019-yilda   5.6%,   2020-yilda   2.4%,   2021-yilda   8.5%   va
2022-yilda   5.8%ni   tashkil   etgan.   Demak,   Samarqand   viloyati   hududida
47  
  yaratilayotgan mahsulotlar hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi yildan yilga
oshib bormoqda.
2018-yildan   2022-yilgacha   bo’lgan   davrda   asosiy   kapitalga   qilingan
investitsiyalar hajmi 3 barobarga ortgan. Ya’ni, 2018-yilda 7 061,4   mlrd. so’mni
tashkil etgan bo’lsa, 2022-yilda esa 21 955,2   mlrd. so’mni tashkil etgan. Ammo,
2021-yilda COVID-19 pandemiya davridan so’ng -1.3% ga kamaygan.
Tashqi   savdo   aylanmasida   2020-yilda   -14.8%   ga   kamayish   kuzatilgan,
qolgan davrlarda esa o’rtacha 27%ga o’sgan.
Samarqand   viloyatida   import   va   eksport   ko’rsatkichlari   5   yil   davomida
o’sib   borgan.     Ammo   e’tiborli   tomoni   shundaki,   2018-yildan   2022-yilgacha
bo’lgan   davrda   eksport   hamda   import   o’rtasida   manfiy   saldoga   ega   bolmoqda.
Bu   esa,   hududda   eksport   hajmini   oshirish   hamda   import   qilinadigan   tovarlarni
o’zida   ishlab   chiqarish   zarur   ekanigini   anglatadi.   Eksport   hajmining   oshishi
asosida   hududda   ishlab   chiqarish   hajmining   ortishi   yotadi   ya’ni   Samarqand
viloyatida  ishlab   chiqarish   natijasida   hosil   qilingan  tovarlarning  ortiqcha  qismi
boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Ishlab chiqarishni oshirish hamda yangi
turdagi   tovarlarni   ishlab   chiqarish   uchun   esa   mavjud   zavod,   fabrikalar
modernizatsiya qilinadi yoki yangi korxonalar tashkil  etiladi. Buning natijasida
esa, Samarqand viloyati hududida yangi ish o’rinlari yaratiladi va aholi bandligi
ma’lum bir darajada ta’minlanadi.
Demak,   eksport   hajmini   ortishi   bilvosita   aholini   ish   bilan   bandligiga
ma’lum   darajada   ta’sir   ko’rsatadi.   Shuni   inobatga   olgan   holda,   Samarqand
viloyatida   eksportbop   bo’lgan   tovarlar   va   xizmatlar   yaratishni   yo’lga   qo’yish
zarur hisoblanadi.
Olib borilgan o’rganishlar natijasida hamda Samarqand viloyati statistika
boshqarmasining   2023-yil   yanvar   oyidagi   ma’lumotiga   ko’ra 46
,   Samarqand
viloyatida jami eksportning 25.6 foizini, ya’ni 9.2 mln. AQSh dollari qiymatdagi
8.3   ming   tonnadan   ziyod   meva-sabzavot   eksport   qilingan.   Undan   keyingi
46
  h ttp://samstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/8765-samarqand-viloyatining-meva-
sabzavot-mahsulotlari-eksporti-2023-yil-yanvar    
48  
  o’rinda esa oziq-ovqat sanoati qoldiqlari, hayvonlar uchun tayyor yemishlar, sut
mahsulotlari,   qush   tuxumlari   tabiiy   asal,   yong’oqlar,   quritilgan   mevalar,
hayvonlar yog’lari yoki o’simlik moylari egallaydi. Shuni inobatga olgan holda,
Samarqanda   viloyatida   yuqorida   sanab   o’tilgan   eksport   mahsulotlarni   ishlab
chiqarishni   yanada   rivojlantirish   muhim   ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Buning
uchun yuqorida sanab o’tilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha tajribaga
ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash va mavjudlarini malakasini oshirish lozim.
Shuningdek,   hududiy   mehnat   bozori   infratuzilmasi   rivojlanishida   yangi
tashkil   etilayotgan   kichik   tadbirkorlik   subyektlari   soni   ahamiyatlidir.   Chunki,
birinchidan   aholi   istemoli   uchun   ma’lum   turdagi   tovar   va   xizmatlar   yaratiladi,
ikkinchidan aholi ish bilan ta’minlanadi. 
2019-yildan   2023-yilgacha   bo’lgan   davrda   Samarqand   viloyatida   kichik
tadbirkorlik   subyektlari   soni   deyarli   2.5   baravarga   ortgan.   Ya’ni,   2019-yilda
kichik   tadbirkorlik   subyektlari   soni   19   629   tani   tashkil   etgan   bo’lsa   joriy   yilda
ularning   soni   47   943   tani   tashkil   etdi.   2.2.1-jadvaldan   ko’rishimiz   mumkinki,
Samarqand   viloyatida   har   yili   o’rtacha   7000   ta   kichik   tadbirkorlik   subyektlari
tashkil   etilmoqda.   Buning   natijasida   har   yili   minglab   ishsiz   kishilar   ish   bilan
ta’minlanmoqda.
2.2.2-jadval.   Samarqand viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan kichik
tadbirkorlik subyektlari soni (dehqon va fermer xo’jaliklarisiz, 1 yanvar
holatiga ko’ra, birlikda) 
Yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2023 yil
Tadbirkorlik
subyektlari soni 19 629 25 643 33 114 40 724 47 943
Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti 47
Yana bir e’tibor beriladigan tomoni borki, Samarqand violyatida
kichik   tadbirkorlik   subyektlari   tashkil   etilishi   bilan   bir   vaqtda,
ularning   ayrimlari   o’z   faoliyatini   tugatmoqda.   2.2.3-jadvalda
47
https://samstat.uz/uz/?   
preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=289&id=2930&Itemid=10000000
00000   
49  
  Samarqand   viloyatida   2019-yildan   2023-yilgacha   bo’lgan   davrda
faoliyati   tugatilgan   kichik   tadbirkorlik   subyektlari   to’g’risida
ma’lumot olishimiz mumkin.
2.2.3-jadval. Faoliyat yakunlangan kichik tadbirkorlik subyektlari soni
( dehqon va fermer xo’jaliklarisiz, birlikda)
Shahar va
tumanlar
nomi 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2023 yil
Samarqand
viloyati 978 1   328 961 2 765 2 699
Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti 48
Yuqoridan ko’rinib turibdiki, 2019 va 2021-yillarda Samarqand viloyatida
minga   yaqin   kichik   tadbirkorlik   subyektlari   faoliyati   yakunlangan.   Ammo,
so’nggi   ikki   yil   davomida   faoliyati   yakunlangan   kichik   korxonalar   soni   2019-
yilga   nisbatan   2.8   baravarga   ko’paygan.   2022-2023-yillarda   nima   sababdan
boshqa   yillarga   nisbatan   kichik   tadbirkorlik   subyektlari   faoliyati   ko’proq
yakunlanganligi   sabablarini   aniqlash   va   ularni   bartaraf   etish   zarur   hisoblanadi.
Chunki,   kichik   korxonalar   shu   tendensiya   bo’yicha   faoliyati   yakunlab   borsa
ishsizlik   darajasi   ortishiga   hamda   ishlab   chiqariladigan   va   ko’rsatiladigan
xizmatlar   hajmi  kamayishiga  olib  keladi.  Shuni   inobatga  olgan  holda,  faoliyati
yakunlanga   kichik   tadbirkorlik   subyektlari   faoliyati   tahlil   qilinib,   yopilganligi
sabablari   aniqlanish,   mavjud   muammolarni   bartaraf   etish   va   yangi   tashkil
etilayotgan tadbirkorlik subyektlariga zarur tavfsiyalar berish lozim.
Samarqand viloyati mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishi hamda ishsiz
aholi   bandligi   ta’minlanishida   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   o’rni
katta.   2.2.4-jadvalda   viloyatning   2013-yildan   2022-yilgacha   bo’lgan   muddatda
yalpi   hududiy   mahsulotda   hamda   bandlikda   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlikning o’rni qanchalik muhim ekanligini ko’rishimiz mumkin.  
48
http://samstat.uz/uz/?
preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=289&id=2932&Itemid=10000000
00000
50  
  Olib   borilgan   tahlillar   natijasida   ma’lum   bo’ldiki,   2013-yildan   2022-
yilgacha bo’lgan davrda, Samarqand viloyatida mavjud bo’lgan kichik biznes va
xususiy  tadbirkorlik subyektlari  tomonidan yaratilgan  mahsulotlar  va xizmatlar
hajmi   yalpi   hududiy   mahsulotnig   o’rtacha   76.87   foizini   tashkil   etgan.   Demak,
Samarqand   viloyatida   faoliyat   ko’rsatayotgan   kichik   biznes   vakillari   samarali
faoliyat olib bormoqda. 
2.2.4-jadval. Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning ulushi  (umumiy hajmga nisbatan % da)
Yillar YaHM Bandlik
2013 77,1 83,2
2014 77,4 83,7
2015 79,1 84,1
2016 80,1 84,5
2017 81,5 84,5
2018 79,7 83,1
2019 74,0 82,9
2020 75,0 81,9
2021 73,4 -
2022 71,4 -
Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti 49
Bundan   tashqari,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   subyektlari
tomonidan   2013-yildan   2020-yilgacha   bo’lgan   muddatda,   hududdagi
bandlikning   o’rtacha   83,49   foizi   ta’minlab   berilgan.   Shuningdek,   o’z
tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarning 4504 nafariga “Har
bir   oila   tadbirkor”   dasturi   doirasida   imtiyozli   kreditlar   ajratilgan.   Ularning
asosiy qismi  kasanachilik va hunarmandlik faoliyatini boshlashgan.  Samarqand
viloyatining   tadbirkorlik   faoliyati   bo’yicha   ko’rsatkichlari   yuqori   ekanligini
inobatga   olgan   holda,   hududda   tadbirkorlik   subyektlari   sonini   jadallik   bilan
ko’paytirish   va   mavjudlarining   faoliyati   modernizatsiya   qilinishi   maqsadga
muvofiq bo’ladi. 
49
https://samstat.uz/uz/?   
option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=290&id=3077&Itemid=1000000000000  
51  
  Hozirgi   vaqtda,   Samarqand   viloyati   aholisi   4118.2   ming   kishini   tashkil
etgan   holda   respublikamizda   birinchi   o’rinni   egallab   turibdi   (2.2.5-jadval).
2017-yildan   2022-yilgacha   bo’lgan   davrda   466.5   ming   kishiga   ko’paygan,   bu
esa yiliga o’rtacha 93.3 ming kishiga ko’paymoqda. 
2.2.5-jadval. Jami aholi hamda mehnat resurslari tarkibi
№  
2017 2018 2019 2020 2021 2022
1 Jami aholi soni 3651,7 3720,1 3798,9 3877,4 4031,3 4118,2
2 Mehnat resurslari
soni 2079,6 2103,4 2117,1 2130,4 2142,3 2 160,4
2.1 D oimiy aholiga
nisbatan, foizda 56,4 55,9 55,2 54,5 53,1 52,4
3 Mehnatga
layoqatli yoshdagi
mehnatga
layoqatli aholi 2069,4 2092,5 2108,2 2120,7 2137,1 2154,3
3.1 Doimiy aholiga
nisbatan, foizda 56,1 55,7 54,9 54,2 53,0 52,3
3.2 M ehnat
resurslariga
nisbatan, foizda 99,5 99,5 99,6 99,5 99,8 99,7
Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti
Shu   bilan   birgalikda,   2.2.5-jadvaldan   ko’rishimiz   mumkinki   mehnat
resurslari   ham   muttasil   o’sib   bormoqda.   Ya’ni,   so’nggi   besh   yil   mobaynida
1863.2   ming   kishiga   oshgan.   Mehnat   resurslari   tarkibidagi   mehnatga   layoqatli
yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni juda yuqori ko’rsatgichga ega ekanligini
inobatga olsak, yiliga o’rtacha 17 ming kishi Samarqand mehnat bozoriga kirib
kelmoqda hamda mehnat resurslarini ish bilan bandligini ta’minlash va yangi ish
o’rinlarini yaratish muammosi yuzaga kelmoqda. 
So’nggi   besh   yil   davomida,   ya’ni   2017-2022-yillarda   Samarqand
viloyatida   mavjud   bo’lgan   mehnatga   layoqatli   yoshdagi   mehnatga   layoqatli
aholi   umumiy   mehnat   resurslari   tarkibining   o’rtacha   99.6   foizini   tashkil   etgan.
Bu   juda   yuqori   ko’rsatkich   hisoblanadi   va   qolgan   0.4   foizi   esa   ishlayotgan
nafaqaxo’rlar hamda o’smirladir.
52  
  Shu o’rinda Samarqand viloyatida mavjud ishsizlik darajasiga ham e’tibor
qaratish   lozim.   Huududiy   mehnat   bozoriga   har   yili   17   ming   ishchi   kuchi   kirib
kelishini   inobatga   olgan   holda   ishsizlik   darajasi   qanday   tendensiya   bilan
rivojlanib   borayotganini   tahlil   etish   lozim.   Chunki,   Ouken   qonuniga   ko’ra
ishsizlik   darajasining   1   foizga   o’sishi   real   ishlab   chiqarish   hajmining   3   foizga
teng   qisqarishiga   olib   keladi.   Shunday   ekan,   Samarqand   hududiy   mehnat
bozoriga   kirib   kelayotgan   ishchi   kuchlari   ishsizlik   darajasiga   qanday   ta’sir
ko’rsatayotganini tahlil etish lozim.
Samarqand   viloyati   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlariga   ko’ra,   2022-
yilda   Samarqand   viloyatida   ishsizlar   soni   153.3   ming   kishi   tashkil   etgan.
Yuqorida aytib o’tilgan miqdorda (2.2.6-jadval) ishchi kuchlari har yili hududiy
mehnat   bozoriga   kirib   kelsa   va   yetarli   darajada   ishchi   o’rinlari   yaratilmasa
ishsizlik darajasi bundan ham yuqori bo’lib boraveradi.
2.2.6-jadval. Samarqand viloyati iqtisodiy faol aholi, bandlar va
ishsizlar soni
2018 2019 2020 2021 2022
Iqtisodiy faol aholi soni 
jami, ming kishi 1 620,6 1 604,2 1592,90 1 599,7 1 642,9
iqtisodiyotda bandlar
1 463,3 1 455,8 1418,30 1 441,3 1 489,5
ishsizlar
157,3 148,4 174,60 158,4 153,4
Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti 50
Iqtisodiy   band  aholi   soni  besh   yil   mobaynida  22.3  ming  kishiga  oshgan.
2.2.6-jadvaldan   ko’rishimiz   mumkinki   iqtisodiy   faol   aholi   soni   bir   xilda   o’sib
bormagan. 2021-yildan 2022-yilgacha, ya’ni bir yilda 43.2 ming kishiga oshgan.
Bunga asosiy sabab esa COVID-19 pandemiyasi hisoblanadi. 
Iqtisodiy   nofaol   aholi   soni   2022-yilda   76   mindan   ortiq   kishini   tashkil
etgan.   Tahlillarga   ko’ra   2022-yilda   iqtisodiy   nofaol   aholi   soni   iqtisodiy   faol
aholining   4.7   foizini   tashkil   etmoqda.   Biroq   hozirgi   kunda   talaba   yoshlarning
50
https://samstat.uz/uz/?
preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=285&id=3124&Itemid=10000000
00000
53  
  katta qismi ishlayotganligi tufayli, haqiqatda iqtisodiy nofaol aholi soni bundan
ham oz ekanligini aytishimiz mumkin. 
2.2.1-diagrammadan   ko’rishimiz   mumkinki,   2018-yildan   2022-yilgacha
bo’lgan   davrda   Samarqand   viloyatida   ishsizlik   darajasi   o’zgaruvchan   bo’lgan.
Ishsizlikning eng yuqori ko’rsatgichga ega bo’gan. Chunki, 2020-yil COVID-19
pandemiyasi   davrida   mehnat   bozoriga   kirib   kelgan   mehnat   resurslari   uchun
yangi   ish   o’rinlari   yaratishga   imkoniyat   mavjud   emasdi.   Shu   sababdan,   2020-
yilda   Samarqand   viloyatida   ishsizlik   darajasi   eng   yuqori   ko’rsatgichga   ega
bo’ldi.   Ammo,   pandemiya   sharoitidan   so’ng   1.11   foizga   ishsizlik   darajasi
kamayib 9.9 foizni tashkil etdi. 
2.2.1-diagramma.   Samarqand viloyati ishsizlik darajasi (foizda)
2018 2019 2020 2021 20229.7
9.3 11.01
9.9
9.3
Manba: Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumoti
2022-yilga   kelib   ishsizlik   darajasi   0.6   foziga   kamayib   9.3   foizni   tashkil
etdi. Bu esa, ishsizlik darajasi Samarqand viloyatida normal ishsizlikka nisbatan
ikki   barobar   yuqori   ekanligini   ko’rsatadi.   Ishsizlik   darajasi   3-5   foizgacha
tushirilsa bu normal holat hisoblanadi.
So’nggi   3   yil   davomida   Samarqand   viloyatida   ishsizlik   darajasi
pasaymoqda,   biroq   bu   yetarli   emas   deb   hisoblayman.   Chunki,   COVID-19
pandemiya   sharoitidan   so’ng   ikki   yil   mobaynida   ishsizlik   darajasi   kamaygan
lekin,   2019-yil   bilan   2022-yilda   ishsizlik   darajasi   bir   xil   ko’rsatgichga   ega
bo’lgan.   Shuni   inobatga   olgan  holda   aytishimiz   mumkinki,  nafaqat   Samarqand
54  
  viloyatida balki respublikaning boshqa hududlarida ham ushbu davrda ishsizlik
darajasi o’zgaruvchan tendensiyaga ega deyish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi
“Qoraqalpog’iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahrida
ishbilarmonlik   muhitining   holati   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   darajasi
indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori 51
ilovasiga   ko’ra   mehnat   bozorida   mavjud   tanglikni   aniqlash   mezoni   ishlab
chiqilgan (2.2.7-jadval).  
2.2.7-jadval. Mehnat bozoridagi tanglik darajasini baholash mezoni
Indikator ko’rsatkichi   Indikatorning sifat bahosi  
2 kishigacha   past  
2 dan 4 kishigacha   mo’tadil  
4 dan 6 kishigacha   o’rtacha  
6 kishidan yuqori   salbiy  
2.2.7- jadvaldan   ko ’ rinib   turibdiki ,   agarda   hududda   bitta   bo ’ sh   ish   o ’ rniga
ikki   kishigacha   ishsiz   to ’ g ’ ri   kelsa   bu   bozorda   tanglik   darajasi   past , 2  kishidan  4
kishigacha   mo ’ tadil   yoki  6  kishidan   ortiq   bo ’ lsa   salbiy   hisoblanadi .
Tadqiqotlar   natijasida   Samarqand   viloyatida   www    .   Olx    .   uz      saytida   3267   ta
bo ’ sh   ish   o ’ rni ,   www    .   ishkop    .   uz      saytida   3335   ta   bo’sh   ish   o’rni,
www.samarkand.hh.uz   saytida   328   ta   bo ’ sh   ish   o ’ rni ,      www    .   vacancy    .   argos    .   uz   
saytida   14   ta   bo ’ sh   ish   o ’ rni ,   umumiy   hisobda   esa   6944   ta   bo ’ sh   ish   o ’ rni
mavjud   ekanligi   aniqlandi .   2 .2.6 - jadvaldagi   ma ’ lumotlardan   ko ’ rishimiz
mumkinki   Samarqand   viloyatida   153400   ishsiz   kishi   mavjud .   Samarqand
viloyati   mehnat   bozorida   mavjud   tanglik   darajasini   aniqlaydigan   bo ’ lsak :
Mehnat bozorida mavjud tanglik darajasi = Ishsizlar soni
Bo ’ sh ish o ’ rinlari soni = 153400
6944 ≈ 22 ;
Tahlillar   natijasida   aniqlandiki,   Samarqand   viloyati   mehnat   bozorida
tanglik   darajasi   salbiy   ko’rsatgichga   ega.   Ammo,   yuqorida   olib   borilgan
51
  O zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 2012 yil  20 apreldagiʼ
“Qoraqalpog iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahrida   ishbilarmonlik
ʼ
muhitining   holati   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   darajasi   indikatorlarini   har
chorakda baholash tizimini tasdiqlash to g risida”gi  117sonli qaroriga ilova //  	
ʼ ʼ www.
lex.uz.
55  
  tahlillarda bir muncha kamchilik tomonlari mavjud bo’lish ehtimoli bor. Chunki,
haqiqatda   Samarqand   viloyatida   mavjud   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risida
ma’lumotlar   boshqacha   bo’lishi   mumkin.   Bunga   asosiy   sabab   esa,   ko’pchilik
korxona   va   tashkilotlar   o’zlarida   mavjud   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risidagi
ma’lumotlarni   oshkor   qilib   bormaydi.   Demak,   Samarqand   viloyati   mehnat
bozori haqiqiy tanglik darajasini aniqlash uchun avvalambor hududdagi korxona
va   tashkilotlardan   ularda   mavjud   bo’lgan   bo’sh   ish   o’rinlar   to’g’risidagi
ma’lumotlarni   ochiqlik,   oshkoralik   prinsiplari   orqali   berib   borishlarini   yo’lga
qo’yish  lozim. Bu orqali  haqiqiy tanglik darajasi  aniqlangandan  so’ng, mavjud
muammolar o’rganilib tahlil qilinadi hamda kerakli yechimlar ishlab chiqiladi.
Umumiy   qilib   aytganda,   Samarqand   viloyatida   tahlil   qilingan   yillarda
yetarlicha   iqtisodiy   o’sish   kuzatilgan.   Ammo,   viloyatning   iqtisodiy   imkoniyati
hamda   mavjud   resurslari   bundan   ham   yuqori   ko’rsatkichlarda   rivojlanish
imkoniyatiga ega hisoblanadi.
2.3. Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishda
axborot texnologiyalarining o’rni
Аxborotlashtirish   jamiyat   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotida   ish   bilan
bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va mehnat bozorida davlat siyosatini
yuritish   bo yicha   yangi-yangi   talablarni   yuzaga   keltirmoqda.   O zbekistonʼ ʼ
mehnat   bozoridagi   hududiy   farqlar   ahamiyatli   ravishda   hududiy   bozorlar
integratsiyasini   ta minlaydigan  hamda  hududiy xususiyatlarni  hisobga  oladigan	
ʼ
hududiy ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishni zarurat etmoqda 52
.
Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o smoqda.	
ʼ
Boshqaruv   maqsadlari   uchun   axborotlarga   yuqori   ehtiyoj   va   axborot
jarayonlarining   shiddatli   rivojlanishi   uning   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari
yaratishni   birinchi   o ringa   olib   chiqadi.   Аxborotli   infratuzilma   hisoblash	
ʼ
texnikasi,   kommunikatsiya   vositalari,   uslubiy   va   dasturiy   ta minlash,	
ʼ
52
  Q.X.Abdurahmonov. “Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot”. Darslik. Qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   3-
nashri. Т.: «Fan» nashriyoti, Т.:   2019 ,  310-315-b.
56  
  faoliyatning   yordamchi   turlarini   qamrab   oladi.   Hisoblash   texnikasi   bilan
jihozlashni   yetarli   darajada   ta minlash   maqsadida   hisoblash   vositalariʼ
bozorining   narxi   arzonlashmoqda.   Kishilik   faoliyatining   tegishli   sohalarida
samarali   ishlash   uchun   zarur   bo lgan   ilmiy-texnik,   siyosiy,   iqtisodiy   va   har
ʼ
qanday   axborotlar   hajmining   o sishi   boshqaruvda   axborot   texnologiyalaridan
ʼ
keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda 53
.
Raqamlashtirish   bu   o'zgarishning   asosiy   omili   hisoblanadi.   Axborot
kommunikatsiya  texnologiyalari   (AKT)  shiddatli  rivojlanishda   davom  etmoqda
va   raqamli   texnologiyalar   iqtisodiyotimiz   tarmoqlariga   yanada   chuqur
integratsiyalashmoqda.  Shuningdek, eng zarur bo'lgan ko'nikmalar ham talabga
mos   ravishda   o'zgarishda   davom   etmoqda.   AKT   ning   mehnatga   ta'sirini
yaxshiroq   tushuntirish   uchun   Xalqaro   Mehnat   Tashkiloti   tomonidan   “Axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalari   sohasida   ishlashning   kelajagi”   loyihasi   ishlab
chiqildi.   Ushbu   loyiha   doirasida   so'nggi   uch   yil   davomida,   malakali   bo’lgan
AKT   xodimlariga   kutilayotgan   ehtiyojlar   bo'yicha   chuqur   tadqiqotlar   olib
borildi va mehnat tanqisligini bartaraf etish strategiyasi ishlab chiqildi 54
. 
So’nggi   yillar   davomida   O‘zbekiston   Respublikasi   Axborot
texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   tomonidan
kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirishni   tashkil   qilish,
axborot   tizimlari   va   ma’lumotlar   bazalarini   ishlab   chiqish   va   tatbiq   etish,
axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ko’plab amaliy ishlar amalga oshirildi.
Shu   jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   mehnat
munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish  vazirligining  “Yagona  milliy  mehnat   tizimi”  idoralararo  dasturiy-
apparat kompleksini (“YaMMT” IDAK) joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi asosida
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   31-oktabrdagi   PQ-4502-son
qarori e’lon qilindi. Natijada tashkilotlar tomonidan quyida berilgan vazifalarni
elektron shaklada yuritish belgilandi:
53
  Arabov   N.U.   “O’zbekiston   Respublikasida   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini
oshirish”. Dissertatsiya. Toshkent-2018, 95-b.
54
  https://uza.uz/oz/posts/o-zbekiston-respublikasi-axborot-texnologiyalari-va-kommunik-05-02-2015
57  
  – shtat birliklari to’g’risidagi ma’lumotlarni berib borish; 
– tashkilotning barcha bo’linmalari to’g’risidagi ma’lumotlarni berib borish;
– bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlarni berib borish;
– elektron mehnat daftarchasini yuritish ;
– mehnat shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish; 
– xodimning ijtimoiy ta’tilga chiqishini ro’yxatdan o’tkazish; 
– mehnat shartnomasini bekor qilinishini;
Yuqorida   aytilgan   qaror   ijrosi   natijasida   O’zbekistonda   bandlikka
ko’maklashuvchi asosiy yettita web-saytlar faoliyat yuritmoqda. Ulardan uchtasi
davlat idoralariga tegishli bo’lsa qolganlari bandlikka ko’maklashuvchi xususiy
web-saytlar   hisoblanadi.   Ushbu   web-saytlar   O’zbekiston   mehnat   bozori
infratuzilmasiga   o’zining   ijobiy   ta’sirini   ko’rsatib   kelmoqda.   Xususan,   2022-
yilning aprel oyiga qadar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining
yagona   ochiq   portali   vacancy.argos.uz   orqali   204831   kishi   ro’yxatdan   o’tgan
bo’lib   ularning   21716   nafari   ishga   qabul   qilingan.   Ya’ni   ro’yxatdan   o’tgan
kishilarning   10,6   fozi   ishga   qabul   qilingan   va   bu   ko’rsatgich   o’sishda   davom
etmoqda.
N.U.Arabov   o’zining   “O‘zbekiston   respublikasida   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini   oshirish”   nomli   doktorlik
dissertatsiyasida   mehnat   bozorida   ish   bilan   bandlikni   ta’minlashda   hududiy
axborot   tizimini   yaratish   va   uning   samarali   faoliyat   yuritishi   uchun   zaruriy
elementlar to’g’risida tavsiyalar berib o’tgan.
Aholining ish bilan bandlik darajasiga ish izlashga ko’maklashuvchi web-
saytlarning ijobiy ta’siri mavjud ekanligini hisobga olgan holda, ular faoliyatini
tadqiq etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
2021-yilda   O’zbekiston   Respublikasida   mehnatga   layoqatli   yoshdagi
mehnatga   layoqatli   aholi   soni   19258,051   ming   kishini   tashkil   etmoqda   va
ularning 66,9 foizi ish bilan band hisoblanadi. Shuningdek, 2021-yilda  mehnatga
layoqatli yoshdagi ishsiz aholi soni 6   374 415 kishini tashkil etgan. 
58  
  2.3.1-jadval   tahlili   natijasida,   xususiy   web-saytlar   band   bo’lmagan
aholinining quyidagi qismini ish bilan ta’minlab berishi mumkin: 
– OLX.uz – 0,24%;
– HeadHunter.uz – 0,12%; 
– Rabota.uz – 0,04%; 
– ishkop.uz – 0,7%; 
– Jami – 1,1%
2.3.1 - jadval. Web-sahifalarda mavjud bo’sh ish o’rinlari soni
T/r OLX.uz HeadHunter.uz Rabota.uz ishkop.uz
1 15195 7407 2256 44381
(Internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi)
Yuqoridagi   ma’lumotlardan   aniq   ko’rinib   turibdiki   xususiy   ish   izlashga
ko’maklashuvchi  to’rtta web-saytda mavjud bo’sh ish o’rinlari orqali, ish bilan
band   bo’lmagan   mehnatga   layoqatli   yoshdagi   mehnatga   layoqatli   aholining
1,1%   ni   ish   bilan   ta’minlash   mumkin.   Ushbu   ko’rsatgich   kichik   ekanligini
hisobga   olgan   holda,   ish   izlashga   ko’maklshuvchi   web-saytlar   faoliyatini
kengaytirish zarur ekanligini ko’rsatadi.
2.3.1-diagramma.  ish2.mehnat.uz web-saytida mavjud bo'sh ish o'rinlari
soniAndijon	
Farg’ona
Namangan	
Toshkent	
Sirdaryo	
Jizzax
Samarqand
Qashqadaryo
Surxondaryo	
Buxoro	
Navoi	
Xorazm	
Qoraqalpog’iston Respublikasi
010000200003000040000
16627 23135
13779 40153
8343 9809 20637
13633
11332 16534
9048 10033
7531
(Diagramma  ish2.mehnat.uz  web-sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi)
59  
             2.3.1-diagrammada   Milliy   Vakansiyalar   Markazining   ish2.mehnat.uz
web-saytining   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risidagi   ma’lumotlari   keltirilgan.   3-
diagrammani   tahlil   qilar   ekanmiz,   Toshkent   shahri,   Toshkent,   Andijon,
Farg’ona,   Samarqand,   Buxoro   viloyatlarida   eng   ko’p,   qolgan   viloyatlarida
o’rtacha   bo’sh   ish   o’rinlari   mavjud   ekanligini   ko’rishimiz   mumkin.   Umumiy
hisobda   ish2.mehnat.uz   web-saytida   200   594   ta   bo’sh   ish   o’rni   to’g’risida
ma’lumot   berilgan,   bu   esa   mehnatga   layoqatli   ish   bilan   band   bo’lmagan
aholining 3,15 foizini ish bilan ta’minlash mumkin ekanligini ko’rsatadi.
Yuqoridagi   tahlillar   natijasida   shuni   aytishimiz   mumkinki,   xususiy   ish
izlashga   ko’maklashuvchi   web-sahifalar   orasida   ishkop.uz,   davlat   tashkilotlari
web-sahifalari   orasida   esa   Milliy   Vakansiyalar   Markazining   ish2.mehnat.uz
web-sahifalarida   eng   ko’p   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risida   ma’lumot   berilgan.
Shuni   inobatga   olgan   holda,   xususiy   va   davlat   tashkilotlarining   ish   izlashga
ko’maklashuvchi   web-sahifalari   faoliyatini   ish2.mehnat.uz   web-sahifasi   kabi
yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu web-sahifa foydalanish qulay
bo’lgan   interfeysga   ega   bo’lib,   nafaqat   ish   izlashga   balki   ishchi   qidirayotgan
xususiy va davlat tashkilotlariga ko’maklashadi. 2022-yilning aprel oyida ushbu
web-sahifa ma’lumotlar bazasida  Rezyumelar – 807   198 ta ,  Korxonalar – 88   884
ta ,  Ish o’rinlari – 272   507 ta ,  Davlat tashkilotlari – 70   600 ta ,  Xususiy subyektlar
–   18   284   ta   ni   tashkil   etgan.   Ushbu   ko’rsatgichlar   ish2.mehnat.uz   web-sahifasi
haqiqatda   samarali   faoliyat   ko’rsatayotganini   bildiradi.   Ammo,   umumiy   ish
bilan band bo’lmagan aholi soni bilan ushbu ko’rsatgichlarni taqqoslaganimizda
kichik natijaga ega bo’lgan edik. Shu sababdan,   ish2.mehnat.uz va boshqa web-
sahifalar faoliyatini yana ham rivojlantirish zarurdir.
Mehnat   bozorida   ishsizlik   mavjud   bo’lgan   hududda,   bo’sh   ish   o’rinlari
to’g’risida axborotlarning yo’qligi yoki yetishmasligi tufayli, ish bilan bandlikni
ta’minlashda muammo yuzaga keladi. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish
bilan   bandlik   siyosatini   samarali   amal   qilishi   uchun   hududdagi   bo‘sh   ish
joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ ma’lumotlarni
60  
  o‘z   ichiga   oluvchi,   ishchi   kuchiga   talab   va   taklifni   tartibga   solish   bo‘yicha
hududiy axborot tizimini yaratish zarur.
Xususiy   va   davlat   tashkilotlarining   ish   izlashga   yoki   ish   bilan   bandlika
ko’maklashuvchi   web-saytlar   faoliyatini   kengaytirish,   O’zbekistonda   mavjud
barcha   ish   o’rinlari   to’g’risida   ma’lumotlar   ushbu   web-saytlarda   yoritilishiga
ko’maklashish muhim hisoblanadi. 
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA MEHNAT
BOZORI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY
YO’NALISHLARI
3.1. Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishida rekrutment
agentliklarining o’rni
O’zgaruvchan   va   barqaror   bo’lmagan   global   muhit   zamonaviy   biznes
uchun yangi talablar qo’ymoqda. 
Bunday   muhitga   moslashish   va   omon   qolish   uchun   kompaniyalar   tezkor
qaror   qabul   qilishlari   hamda   fan-texnika   yutuqlaridan   samarali   tarzda
61  
  foydalanishi   kerak.   Zamonaviy   texnologiyalar   davrida,   inson   resurslarini
boshqarish   va   ularni   ishga   yollashning   samarali   tizimiga   ega   bo’lish   korxona
faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
XMT   Bosh   direktorining   yordamchisi,   XMTning   Yevropa   va   Markaziy
Osiyo   mamlakatlari   mintaqaviy   byurosi   direktori   Xaynts   Kollerning
ma’lumotlariga   ko’ra   p andemiya   sharoitida   butun   dunyo   global   ish   vaqti   17,3
foizga   kamaydi,   bu   495   million   doimiy   ish   o ʻ rniga   to ʻ g ʻ ri   keladi.   O ʻ rtacha
daromadli   mamlakatlarda   esa   bu   ko ʻ rsatkich   23,3%ni   tashkil   qiladi.   Ish
vaqtining   qisqartirilishi   3,5   trln.   dollar   mehnat   daromadlarining   yo ʻ qolishiga
olib keldi 55
. 
Sergey   Valentinovich   “Kompaniya   samaradorligini   boshqarishda   malaka
yondashuvi”   nomli   doktorlik   dissertatsiyasida,   korxona   va   tashkilotlarning
samarali   faoliyat   yuritishi   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yaratish   hamda
barqarorligi   ta’minlash   qay   tarzda   zamonaviy   texnologiyalardan   foydalanish
to’g’risida   ilmiy   tadqiqot   olib   brogan.   Bundan   tashqari   zamonaviy   axborot
texnologiyalarini   korxona   samaradorligiga   ko’rsatadigan   ta’siri   batafsil   yoritib
bergan 56
.  
O.E.Ivanova,   P.G.Ryabchuk   “ Inson   resurslarini   boshqarish
metodologiyasi” kitobida postindustrializm davridan keyin korxona va xodimlar
o’rtasidagi munosabatlar o’zgargani hamda korxonalarda Z-avlod (Z-avlod bu -
planshetlar,   virtual   reallikdan   faol   foydalanuvchilar,   shuningdek   ushbu   avlod
vakillari   muhandislik-texnika,   biotibbiyot,   robototexnika   bilan   shug’ullanishi
taxmin   qilinadi.   Ko’pincha   "Z   avlodi"   atamasi   "raqamli   shaxs"   atamasining
sinonimi   sifatida   qaraladi)   bilan   ishlashning   yangi   tizimlarini   ishlab   chiqish
to’g’risida   tadqiqotlar   olib   borishgan.   Shuningdek,   xodimlarni   ishga   qabul
qilishni   yangi   uslublari   va   ularni   strategik   boshqarish   bo’yicha   zarur
ma’lumotlar berib o’tishgan.  
55
  “ COVID-19   pandemiyasi   davrida   O ʻ zbekistonda   samarali   bandlik   va   munosib   mehnatni   rag ʻ batlantirish ”
mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya, 2020-yil 23-sentyabr
56
  Сергей   Валентинович.   “Компетентностный   подход   в   управлении   эффективностью   компании”.
Диссертация, Москва ,  2019, 211- стр.
62  
  O’zbekistonlik   olim,   Akademik   Q.X.Abdurahmonov   o’zining   “Mehnat
iqtisodiyoti:   nazariya   va   amaliyot”   nomli   kitobida   “teleish”   (“telework”),
“masofadan   turib   ishlash”   (“telecommuting”),   “frilans”   yoki   “erkin   ishga
yollash” (“freelance”) tushunchalariga ta’rif berib o’tgan. 
Q.X.Abdurahmonov tomonidan “ masofada turib ishlash” tushunchasiga
quyidagicha   tariff   bergan:   “Masofada   turib   ishlash   bu   -   ish   beruvchiga
nisbatan   masofada   turib,   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari
yordamida   bajariladigan   mehnat   faoliyatidir.   Ish   bilan   bandlik   bunday
shaklining   asosiy   xususiyati   ish   bilan   xodim   o’rtasida   virtual   tarzda
masofada turib iqtisodiy munosabatlar   o’rnatilishidir” 57
.
COVID-19   pandemiyasi   O’zbekiston   mehnat   bozoriga   sezilarli   ta’sir
ko’rsatdi va oqibatda nafaqat ichki, balki tashqi HR (“Human resources” - inson
resurslari)-xizmatlarining faoliyati ham sezilarli zarar ko’rdi. 
O ʻ zbekiston   Respublikasi   Statistika   Qo’mitasi   ma’lumotlariga   ko’ra
(3.1.1-jadval),   pandemiyaning   iqtisodiyotga   bo ʻ lgan   ta’siri   natijasida   ishsizlik
darajasi 2019-yildan 2020-yilgacha bo’lgan davrda 1,5% ga oshgan. 
Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   ma’lumotlariga   ko ʻ ra,
O’zbekistondagi jami ishchi kuchi 19 million kishini tashkil etadi, ularning 5,11
millioni   norasmiy   ravishda   ish   bilan   ta’minlangan,   2   millionga   yaqini   esa
mehnat migratsiyasida va chet elda ishlaydi 58
.  
3.1.1-jadval
Ishsizlik darajasi to’g’risida ma’lumot (% hisobida)
O’zbekiston
Respublikasi 2015 2016 2017 2018 2019 2020
5,2 5,2 5,8 9,3 9,0 10,5
Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligi   ma`lumotlariga
muvofiq* (Ma’lumotlar  https://stat.uz  saytidan olingan)
3.1.2-jadval
57
  Q.X.Abdurahmonov. “Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot”. Darslik. Qayta   ishlangan   va   to‘ldirilgan   3-
nashri. Т.: «Fan» nashriyoti, Т.:   2019.- 300-309 b.
58
  “ COVID-19   pandemiyasi   davrida   O ʻ zbekistonda   samarali   bandlik   va   munosib   mehnatni   rag ʻ batlantirish ”
mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya, 2020-yil 23-sentyabr
63  
  Bandlik darajasi to’g’risida ma’lumot (% hisobida)
O’zbekiston
Respublikasi 2015 2016 2017 2018 2019 2020
68,2 68,7 69,2 67,4 68,1 66,0
Band   aholi   sonining   mehnatga   layoqatli   yoshdagi   aholi   soniga   nisbati*
(Ma’lumotlar  https://stat.uz  saytidan olingan)
Yuqoridagi   3.1.2- jadvaldan   ham   ko’rishimiz   mumkinki,   2019   yilga
nisbatan   2020   yilda   mamlakatimizda   bandlik   darajasi   2,1%   ga   kamaydi,
ishsizlik darajasi esa 2019 yilda 9% ni tashkil etgan bo’lsa, 2020 yilda 10,5% ga
oshdi.   Bu   esa   o’z   navbatida   mamlakatimiz   iqtisodiyotiga   va   korxonalar
faoliyatiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi.  
Ammo,   onlayn   tarzda   rekruting   faoliyatini   amalga   oshiruvchi
kompaniyalar   haqida   to’xtalsak,   bunday   kompaniyalar   pandemiya   sharoitida
keng   ixtisoslikka   ega   bo’lib,   iqtisodiyotning   ko’plab   sohalarida   mijozlar   bilan
ishlashni   davom   ettirdi   hamda   bir   nechta   professional   sohalar   va   biznes
segmentlaridagi vaziyatni kuzatish imkonini berdi.
Natijada   kompaniyalar   rekrutment   agentliklariga   murojaat   qilishlariga
to’g’ri   keladi.   Ushbu   holat   kichik   firmalarga   ham   taalluqli   bo’lib,   ularda
hodimlarni   qidirishni   menejerning   o’zi   yoki   uning   vakolatli   vakili   amalga
oshiradi.   Ularning   aksariyati   tegishli   tayyorgarlikdan   o’tmagan   bo’lishadi   va
nomzodni   tanlashda   muayyan   kamchiliklarga   yo’l   qo’yishadi.   Shuning   uchun
kadrlar   bo’limiga   ega   bo’lmagan   korxonalar   ixtisoslashgan   agentlik,   ya’ni
rekrutment agentliklaridan foydalanadilar. 
Kompaniyaning   kadrlar   bo’limidan   tashqari   ishga   yollash   bilan
shug’ullanadigan agentliklarning quyidagi shakllari mavjud:
- Kadrlar   bo’yicha   agentliklar   –   bu   turdagi   agentliklarning   vazifasi   mijoz
tomonidan ko’rsatilgan parametrlar asosida hodimlarni qidirish.
- Rekrutment   agentliklari   –   barcha   turdagi   mijozlar   va   hodimlar   bilan
faoliyat olib boradi.
64  
  - Hedhanterlar (Headhunters) – bu turdagi agentliklar boshqaruv sohasidagi
o’ta   noyob   bilim,   ko’nikmaga   ega   bo’lgan   mutaxassislarni   izlash   bilan
shug’ullanadi.
- Web saytlar, e’lonlar, reklamalar – bu turdagi ishga yollashga, web sahifa,
televideniya, radio hamda gazeta, jurnallarda berib boriladigan reklama va
e’lonlar kiradi.
Hozirgi   kunda   ish   qidirishga   ko’maklashuvchi   hamda   bo’sh   ish   o’rinlari
to’g’risida   ma’lumot   beruvchi   web   sahifalar   takomillashib   bormoqda,   ishga
yollovchilar   va   ishga   yollanuvchilar   o’rtasida   o’ziga   xos   ko’prik   vazifasini
bajarmoqda.   Shu   o’rinda   ish   qidirishga   ko’maklashuvchi   web   sahifalar   va
onlayn rekrutment agentliklari o’rtasidagi farqqa e’tibor qaratish lozim.
Web   sahifalarda   asosan   ish   beruvchilar,   ishlab   chiqarishning   quyi
bo’g’inida   mavjud   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risida   e’lonlar   va   reklamalar   berib
borishadi.   Web   sahifadan   foydalangan   holda   ish   izlovchi   bo’sh   ish   o’rinlari
haqida   ma’lumot   oladi   hamda   kompaniya   menejeri   yoki   kadrlar   bilan   ishlash
bo’yicha   mutaxassis   bilan   bog’lanib,   suhbat   kunini   belgilaydi.   Agar   korxona
tomonidan   belgilangan   barcha   talablarga   javob   beradigan   nomzod   bo’ladigan
bo’lsa, u korxona tomonidan tegishli tartibda ishga qabul qilinadi. 
Onlayn   rekrutment   agentligida   eng   yaxshi   iste’dodli   kadrlar   bazasi
mavjud   bo’ladi.   Bunda   faol   ish   qidirayotgan   nomzodlar,   shuningdek,   hozirda
boshqa   joyda   ishlayotgan   va   faoliyat   olib   borayotgan   iqtidorlar   bilan   tanishish
imkoniyati mavjud bo’ladi.
Onlayn   rekrutment   agentliklariga   korxona   va   tashkilotlar,   o’zida   mavjud
bo’sh ish o’rinlariga malakali nomzodni tanlab berishi uchun murojaat qilishadi.
Onlayn   rekrutment   agentliklari   ham   ish   qidirish   web   sahifalari   singari
kompaniyadagi   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risida   e’lonlar   berib   borishadi.
Shuningdek,   ish   izlovchilardan   CV   yoki   anketa   qabul   qilishib,   hujjatlarni
saralashadi va nomzodlar uchun tanlov o’tkazishadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli
o’tgan   nomzodlarni   korxonaga   taqdim   etishadi   va   ishga   yollash   jarayonini
amalga   oshirganliklari   uchun   xizmat   haqi   olishadi.     Umumiy   qilib   aytadigan
65  
  bo’lsak,   web   sahifalar   faqatgina   ish   beruvchi   kompaniyalardagi   bo’sh   ish
o’rinlari   to’g’risida   ma’lumot   berish   bilan   cheklanadi,   onlayn   rekrutment
agentliklari esa butun boshli ishga yollash jarayonini amalga oshirishadi. Quyida
internet   tarmog’ida   mashhur   bo’lgan   ish   izlash   web   sahifalari   va   onlayn
rekrutment agentliklarini ko’rishimiz mumkin (3.1.3-jadval):
3.1.3-jadval. Ish izlash web sahifalari va onlayn rekrutment agentliklariWeb	 sahifalar	Onlayn Rekrutment agentliklari	
1	Indeed Job Search	AWDO	
2	Glassdoor Jobs	Webrecruit	
3	LinkedIn	Recruitment Revolution	
4	Google for Jobs	Recruitment Genius	
5	Monster	GetStaffed	
6	Simply Hired	eRecuit Online	
7	CareerBuilder	The Smart List	
8	LinkUP	Crooton	
9	Robert Half	Flat Free Recruiter	
1
(Jadval internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi)
Yuqoridagi   web-sahifalar   va   onlayn   rekrutment   agentliklaridan,   joriy
yilda eng ko’p foydalanilganlari quyidagi 3.1.1-diagrammada berilgan:
3.1.1-diagramma   2021 yilda eng ko'p foydalanilgan ish izlash web-
saytlari
66  
  57%
9%7%7% 6% 4% 4% 3% 3% In deed
CareerBu ild er
Unsp ecified  Job  Bo ard
Craig slist
Link ed ln
Mon ster
Glassd o o r
Sim p ly  Hired
Seek
Yuqoridagi   3.1.1-diagrammadan   ko’rinib   turibdiki,   joriy   yilda   “Indeed”
eng   ko’p   foydalanilgan   web-sahifa   sifatida   birinchi   o’rinda   turibdi   qolgan
o’rinlarni   esa   “CareerBuilder”,   “Unspecified   Job   Board”   hamda   “Craigslist”
kabi   saytlar   egallab   turibdi.   “Indeed”   web-sahifasining   faol   foydalanuvchilari
soni oyiga 250 mln.ni, o’z anketasini  qoldirgan nomzodlar soni esa 175 mln.ni
tashkil etadi. 
O’zbekistonda   hozirgi   vaqtda   “Dаvlаt   fuqаrolik   xizmаtchilаri   vаkаnt
lаvozimlаrining yagonа ochiq portаli” (vacancy.argos.uz) hamda ish.mehnat.uz,
www.olx.uz ,   www.ishkop.uz   kabi web-sahifalar faoliyat yuritmoqda va ular ish
izlovchi   hamda   ish   beruvchi   korxona,   tashkilotlar   o’rtasida   ko’prik   vazifasini
bajarib kelmoqda.
“Dаvlаt   fuqаrolik   xizmаtchilаri   vаkаnt   lаvozimlаrining   yagonа   ochiq
portаli”   da   (vacancy.argos.uz)   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi
Davlat   xizmatini   rivojlantirish   agentligi   tomonida   yaratilgan   bo’lib   davlat
fuqarolik   xizmati   vakant   lavozimlari   to’g’risida   ma’lumot   berib   kelmoqda.
Hozirgi   vaqtda,  “Dаvlаt   fuqаrolik xizmаtchilаri   vаkаnt  lаvozimlаrining yagonа
ochiq   portаli”da   14   225   ta   tashkilot,   171   718   ta   rezume   19   381   ishga   qabul
qilinganlar ro’yxatdan o’tkazilgan. 59
59
  https://vacancy.argos.uz/
67  
  Quyidagi   3.1.4-jadvalda   mamlakatimizda   faoliyat   ko’rsatayotgan   web-
sahifalarda e’lon qilingan vakant lavozimlar soni ko’rsatilgan.
3.1.4-jadval
Web-sahifa vacancy.argos.uz ish.mehnat.uz www.olx.uz www.ishkop.uz
E’lon qilingan
vakant lavozimlar
soni 16 896 34 586 20 460 72 837
(Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi)
Yuqoridagi   web-sahifalar   orqali   “Zarofshon   Tekstil”,   “Korzink.uz”,
“Enter   Engineering   Pte.Ltd.”,   “Samarkand   ErouAsia   Textil”   kabi   yirik
korxonlar   o’zlarida   mavjud   bo’sh   ish   o’rinlari   to’g’risida   ma’lumot   berib
borishmoqda va kerakli mutaxasislarni izlashda qulayliklarga ega bo’lishmoqda.
Ishlab   chiqarish   korxonalari   yoki   kompaniyalar   ishga   yollashda   onlayn
rekrutment   agentliklaridan   foydalanishganda   quyidagi   ijobiy   natijalarga
erishadi:
- ishga yollash uchun qilinadigan xarajatlar kamayadi;
- ishga yollash uchun sarflanadigan vaqt qisqaradi;
- katta miqdordagi nomzodlarni tez fursatda saralashga imkon beradi;
- ko’p miqdorda kelib tushgan arizalarni tez fursatda ko’rib chiqish imkoni;
- masofadan turib ishlash imkoni mavjudligi;
O’zbekistonda   ish   izlashga   ko’maklashuvchi   web-sahifalar   samarali
faoliyat   yuritmoqda.   Ammo,   onlayn   rekrutment   agentliklari   faoliyati   yetarli
darajada   yo’lga   qo’yilmagan.   Onlayn   rekrutment   agentliklarining   yuqorida
sanab   o’tilgan  foydali   tomonlarini  hisobga   olgan  holda,  O’zbekiston  sharoitida
onlayn ko’rinishda faoliyat olib boruvchi rekrutment agentliklarini ochish, ularni
samarali   faoliyat   olib   borishiga   ko’maklashish   orqali,   korxona   va
tashkilotlarning malakali kadrlar izlash faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatiladi.
3.2. Xorijiy mamlakatlarning mehnat bozori infratuzilmasini
rivojlantirish borasidagi tajribalaridan samarali foydalanish
Iqtisodiyotning innovatsion modeli sharoitida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining bosh g‘oyasi bo‘lib, inson kapitali, uning o‘sishi, tarkibi, sifati,
68  
  faolligi,   ta’limning   rivojlanishi   va   uning   kadrlarni   tayyorlash   yo‘nalishlariga
muvofiqligi,   ilmiy   tadqiqotlar   va   ishlanmalar   sohasining   kengayib   borishi,
sog‘liqni   saqlash   sohasini   rivojlanishi   hisoblanadi.   Jahonning   yetakchi
mamlakatlari   o‘zlarining   ijtimoiy-iqtisodiy   yutuqlarini   postindustrial
shakllanishi, yangi innovatsion iqtisodiyot – bilimlar iqtisodiyoti, global axborot
tizimi,   intellektual   mehnat,   fan,   yangi   texnika   va   texnologiyalarga   asoslangan
inson kapitali jamg‘arilishi va rivojlanishini isbotladi.      
AQSh   Mehnat   vazirligi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   2006-2011   yillarda
mehnat munosabatlari rivojlanishining strategik rejasining maqsadlari o‘ziga xos
ahamiyatga   ega.   Bu   maqsadlar   o‘z   ichiga:   mehnat   bozorida   samarali   taklifni
qo‘llab-quvvatlash   (“Ishchi   kuchini   tayyorlash”),   ishchi   kuchiga   talabni
shakllantirish (“Ishchi kuchi raqobatbardoshligi”), ish bilan bandlikning ijtimoiy
standartlarini   qo‘llab-quvvatlash   (“Xavfsiz   himoyalangan   ish   joyi”)   va   mehnat
munosabatlari   rivojlanishining   institutsional   doirasini   qo‘llab-quvvatlash
(“Iqtisodiy   himoyani   kuchaytirish”)   kabi   yo‘nalishlarni   oladi.   Bu   maqsadlar
nafaqat   strategik   rejalashtirish   ustuni,   balki   moliyalashtirish   va   hisobot   berish
asosi   hisoblanadi   hamda   globallashuvning   kengayishi   sharoitida   AQSh
iqtisodiyotining samarali raqobatlashish imkonini berishi kerak 60
.
Iqtisodiyotning   innovatsion   rivojlanishi   o‘z   o‘rnida   innovatsion   ishchi
kuchini:   innovatsion   qobiliyatga,   ya’ni   mehnat   jarayonida   innovatsion   fikr   va
g‘oyalarni   yarata   oladigan,   yangiliklarni   o‘rganib   o‘z   faoliyatida   qo‘llay
oladigan   ishchilar   yaratishni   taqozo   etishi   ish   bilan   bandlikning   yangi
ko‘rinishini   yuzaga   chiqardi.   Innovatsion   ish   bilan   bandlikning   rivojlanishi
mehnat   bozorini   yangi   mezonlari   bo‘yicha   segmentlanishiga;   mehnat   bozori
sub’ektlarining   raqobatbardoshligining   oshishi,   tarkibiy   ishsizlik   hamda
“egiluvchan karera”ning mavjudligiga bog‘liqdir.
Uzoq yillar  davomida AQSh hamda Yaponiya mehnat  bozori  bir  biridan
keskin   farq   qilib   kelgan.   Yaponiyada   mavjud   bo’lgan   an’anaviy   bandlik   tizmi
60
Arabov   N.U.   “O’zbekiston   Respublikasida   mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini
oshirish”. Dissertatsiya. Toshkent-2018, 202-204-b.
69  
  ikkita  asosiy   ta’sir   asosida   shakllanib   keldi.  Bular:   “yangi   bitiruvchilarni   tezda
ishga   qabul   qilish”   va   “darajali   ierarxiya”.   Ushbu   ikki   ta’sir   natijasida
Yaponiyada umurbod bandlik va uzoq muddatli rivojlanishni rag’batlantiruvchi
mehnat madaniyati shakllandi.
Korxona   va   firmalar   kollej   bitiruvchilarini   ishga   yollashga   moyil
bo’lishadi. Bitiruvchilar yuqori maosh evaziga korxona yoki firmada uzoq vaqt
qolib   ishlashi   hamda   yuqori   lavozimga   ko’tarlish   uchun   zarur   ko’nikmalarni
egallash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Umuman   olganda   Yaponiya   mehnat   bozori   1991-yildan   so’ng   sezilarli
darajada   o’zgardi   hamda   AQShdagi   kabi   mehnatni   tartibga   solish   va
kapitalizmga   o’tdi.   Shuningdek,   hozirgi   vaqtda   Yaponiyada   Amerika
firmalaridagi kabi ish haqini unumdorlikka ko’ra oshirish, to’liq bo’lmagan ish
kuni,   mavsumiy   va   shartnoma   asosida   qisqa   bandlik   kabi   tizimlardan
foydalanmoqda.
Hozirgi  vaqtda Yaponiya mehnat  bozorida demografik vaziyat  salbiy tus
olmoqda. Ya’ni, aholining asosiy qismi qariyalarni tashkil qilmoqda va tug’ulish
darajasi juda past ko’rsatgichga ega bo’lmoqda.
Yuqorida aytilgan demografik omillar ta’siri natijasida, hozirda Yaponiya
mehnat bozorida mavjud bo’lgan vaziyat quydagini tashkil etmoqda:  
– Yaponiyada 68 millionga yaqin  ishchi kuchi mavjud .
– Eng   ko’p   xorijlik   fuqarolar   ishlab   chiqarish   sohasida   faoliyat
ko’rsatmoqda.
– Yaponiyada ishsizlik darajasi taxminan 2,97% ni tashkil qiladi.
– Chakana va ulgurji savdo eng yirik ish beruvchi  soha hisoblanadi .
– Yaponiyada ayollar bandligi darajasi 52% ni tashkil qiladi.
– Yaponiyadagi ayollarning 50% dan ortig’i yarim kunlik  ish bilan band .
– Yaponiya   ishchi   kuchining   asosiy   qismini   45   yoshdan   54   yoshgacha
bo’lgan kishilar tashkil qiladi.
– Yaponiyadagi keksa xodimlar yosh xodimlarga qaraganda ko’proq yarim
kunlik ishlarda band.
70  
  – Tadqiqotlarga   ko’ra,   Yaponiya   2040   yilga   kelib   ishchi   kuchining   20
foizini yo’qotadi.
Hozirda   Yaponiyada   ishchi   kuchi   68–69   million   kishini   tashkil   qilib
ulardan  1.72  mln.ni   chet   ellik fuqarolarni  tashkil  etadi.  Tarixan  Yaponiyaliklar
chet   ellik   ishchilar   bilan   mehmondo’st   bo’lib   kelishgan   hamda   2019-yilda
ko’proq   xorijliklar   ishlashiga   ruxsat   beruvchi   qonunni   kiritdi.   2020-yil   oxiriga
kelib,   xorijiy   xodimlar   Yaponiyaning   jami   mehnatga   layoqatli   aholisining
taxminan 2,5 foizini tashkil etdi.
Xorijlik   ishchilarning   katta   qismi   ya’ni   482   ming   kishi   ishlab   chiqarish
sohasida   faoliyat   yuritmoqda,   ikkinchi   o’rinda   esa   xizmat   ko’rsatish   sohasi
bo’lib 277 mingga yaqin kishilar faoliyat yuritmoqda.
2020 yilda Yaponiyada ishsizlik darajasi 2,97% ni tashkil etdi, bu esa eng
past   ko’rsatkichdir.   Boshqa   tomondan,   Yaponiyada   so’nggi   20   yil   ichida   qayd
etilgan   eng   yuqori   ishsizlik   darajasi   2002   yilda   bo’lgan   -   5,4%.   Eng   yaxshi
tomoni   shundaki,   Yaponiyadagi   ishsizlik   darajasi   bo’yicha   so’nggi
ma’lumotlarga   qaraganda,   2022   yilda   pasayish   tendentsiyasi   davom   etishi
mumkin.
Yaponiyadagi   ishsizlik   darajasi   jahon   miqyosida   eng   past
ko’rsatkichlardan   biri   bo’lib   boshqa   yirik   sanoat   mamlakatlariga   nisbatan   juda
yuqori   hisoblanadi.   Bu   mamlakatning   nihoyatda   kuchli   ish   axloqi   va
kompaniyaga sodiqligi hamda uzoq muddatli martaba o’sishi bilan bog’liq. 
3.2.1-diagramma. 1999-2020-yillarda Yaponiyada ishsizlik darajasi 61
61
  https://teamstage.io/japanese-workforce-statistics    /    
71  
  Pensiya   yoshi   65   qilib   belgilangan   bo’lishiga   qaramay   ko’pchilik
nafaqaxo’rlar   pensiya   yoshida   ham   ish   faoliyatini   to’xtatishmaydi.   Bu   ko’plab
omillarga   bog’liq   bo’lib,   aholining   chorak   qismidan   ko’prog’i   65   yoshdan
oshgan   va   tug’ilish   darajasi   juda   past   hisoblanad.   Aksariyat   yapon   ayollari
kamroq   farzand   ko’rishni   va   ularni   keyinroq   tug’ishni   tanlashadi.   Bu   esa   o’z
navbatida   aholi   soning   o’sishiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Bundan   tashqari,
Yaponiyaning   mehnatga   bo’lgan   madaniy   munosabati   uzoq   muddatli   ish
faoliyatini   amlga   oshirgani   uchun   mukofot   beradi   va   xodimlarni   uzoq   vaqt
davomida bir kompaniyada qolishga undaydi.
Tahlillarga   ko’ra   Yaponiyadagi   bandlik   ko’rsatkichlari   keyingi   20   yil
ichida   beshdan   biriga   qisqarishini   ko’rsatmoqda.   Yaponiyada   ko’p   yillar
davomida tug’ilishning pasayishi va aholining qarishi 2040 yilga borib qariyb 12
million kishi ishlash uchun juda keksayib qolishini anglatadi.
Yuqorida   aytilgan   ma’lumotlardan   foydalangan   holda   shuni   aytishimiz
mumkinki,   Samarqand   viloyatida   mavjud   bo’lgan   ishsiz   kishilarni   yapon   tiliga
o’qitgan   holda   ularni   Yaponiyaga   ishchi   kuchi   eksporti   sifatida   yuborish
mumkin.   Hozirgi   vaqtda   “Ishga   marhamat”   monomarkazida   bu   bo’yicha
ma’lum   chora-tadbirlar   amalga   oshirilmoqda.   Biroq,   bu   hali   ham   yetarli   emas
deb hisoblaymiz.
72  
  Shuningdek,  Yaponiyada  mavjud  kasbga  va  korxonaga  nisbatan   sodiqlik
tuyg’usini   o’zimizda   mavjud   ishchi   xodimlarda   ham   shakllantirish   bo’yicha
amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Ya’ni, agarda xodim ma’lum bir
ishda   besh   yildan   ortiq   muqim   ishlab   kelayotgan   bo’lsa   uning   oylik   maoshiga
qo’shimcha ravshida ustamalar belgilanishi zarur deb hisoblayman.
Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda, Shveytsariyaning mehnat bozori  bir
qadar  liberal  bo’lib turli vaziyatlarga  moslashuvchan  hisoblanadi . Kompaniyalar
ishga olish yoki ishdan bo’shatish tartiblari, ish haqini belgilash va ish jadvallari
bilan   bog’liq   bir   nechta   cheklovlarga   duch   kelishlari   mumkin.   Shuning
natijasida, ko’plab kompaniyalar va xodimlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yuzaga
keladi.   Ya’ni   davlat   tomonidan   o’rnatilgan   bir   necha   cheklovlar   natijasida
kompaniyalar xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilishiga to’g’ri keladi.
Mehnat  bozori qoidalarini belgilash vakolati markazlashtirilmagan bo’lib
uni amalga oshirish ijtimoiy sheriklariga ya’ni bir tomondan kompaniyalar yoki
ish beruvchi  tashkilotlari, boshqa  tomondan  kasaba  uyushmalari  yoki  xodimlar
tashkilotlariga   berilgan.   Ular   Kollektiv   mehnat   shartnomasi   (CLA-Collective
Labo ur   Agreements )   orqali   rasmiylashtiriladigan   va   amalga   oshiriladigan
qonun- qoidalar ni birgalikda  kelishib olishlari mumkin. 
Kollektiv mehnat shartnomasi asosan ish beruvchilar yoki ish beruvchilar
birlashmasi   va   kasaba   uyushmalari   o’rtasida   tuziladi.   Kollektiv   mehnat
shartnomasi   o’z   ichiga   mehnat   sharoitlarini,   ish   haqini,   ta’tillarni,   ish
jadvallarini   belgilash   hamda   har   ikki   tomonning   huquq   va   majburiyatlarini
tartibga solishni o’z ichiga oladi. 
Kollektiv   mehnat   shartnomasi   imzolash   va   ishga   bunday   liberal
yondashuv mamlakat madaniyatida chuqur ildiz otgan bo’lib uzoq vaqtdan beri
keng   jamoatchilik   tomonidan   qo’llab-quvvatlab   kelinmoqda.   Shuningdek
mehnat   bozorida   qo’shimcha   qoidalar   yoki   cheklovlarni   talab   qiluvchi   turli   xil
federal referendumlar ham bo’lib o’tadi. Masalan:  hamma uchun 6 haftalik haq
to’lanadigan   ta’til   (2012),   kompaniyalardagi   eng   yuqori   va   eng   past   ish   haqi
73  
  o’rtasidagi   qat’iy   diapazonni   saqlash   (   2013)   va   Federal   minimal   ish   haqi
(2014), ammo barchasi ochiqchasiga rad etildi. 
Kollektiv mehnat shartnomalarining asosiy maqsadi, ma’lum bir sektorda
faoliyat   yurutuvchi   xodimlarning   ish   sharoitlarini   yaxshilashdan   iborat   bo’lib,
minimal ish haqini oshirishga doir vazifalarni amalga oshiradi. Kollektiv mehnat
shartnomasi   faqat   uni   bevosita   imzolagan   ish   beruvchilar   va   xodimlarga
nisbatan qo’llaniladi. 
Shuningdek,   ma’lum   bir   vaziyatlarda   Kollektiv   mehnat   shartnomasi
tuzishni   istamagan   kompaniyalarda   ham   ish   beruvchi   va   xodimlar   o’rtasida
kengaytirilgan   tarzda   Kollektiv   mehnat   shartnomasi   tuziladi.   Bundan   asosiy
ko’zlangan   maqsad   butun   iqtisodiy   sektorda   minimal   ish   haqi   qoidalarini
belgilashdir.
Shveytsariyadagi   xorijiy   kompaniyalar   va   xorijlik   xodimlar
Shveytsariyada   tashkil   etilgan   eng   kam   ish   haqi   va   mehnat   bozori   qoidalariga
rioya   qilishlari   shart   etib   belgilangan.   Shuni   inobatga   olgan   holda   aytishimiz
mumkinki Shevtsariya mehnat bozori barqaror hamda moslashuvchan.
Shveytsariya   ishsizlik   darajasi   bo’yicha   Yevropadagi   eng   past
davlatlardan   biri   bo’lib   Xalqaro   Mehnat   Tashkiloti   (XMT)   ma lumotlarigaʼ
ko ra,   2017-yil   aprel   oyida   ishsizlik   darajasi   3,3   foizni   tashkil   etgan.	
ʻ
Shveytsariyada   yoshlar   ishsizligi   2,9   foizni   tashkil   etadi,   bu   o’rtacha
ko’rsatkichdan past hisoblanadi 62
.
Gender   tengsizligi   nuqtai   nazaridan     Shevtsariyada   xotin-qizlar   ishchi
kuchining 45,9 foizini  tashkil  qiladi. Shuningdek,  chet  ellik ishchilar  soni  21,7
foizga o’sib, taxminan 1,6 millionga yetdi, shveytsariyalik ishchilar soni esa 4,7
foizga   oshib,   taxminan   3,6   millionga   yetdi.   Demak,   Shvetsariya   va
Yaponiyadagi chet ellik ishchilar soni deyarli teng ko’rsatgichga ega.
Hozirgi   vaqtda   Finlandiya   aholisi   taxminan   5,5   million   kishi   tashkil
etmoqda . Tadqiqotlar natijasida aniqlandiki, kelgusi yillarda mamlakat aholising
katta   qismi   pensiyaga   chiqishi   natijasida   mehnatga   layoqatli   aholi   darajasi
62
https://www.avenir-suisse.ch/en/swiss-labor-market   
74  
  kamayadi.   Ammo,   shu   bilan   bir   qatorda,   immigrantlar   soni   ortib   bormoqda.
2021-yilda   ishchi   kuchi   2,5   million   kishini   tashkil   etgan   holda   ishsizlarning
o rtacha   soni   taxminan   210   000   kishini,   ishsizlik   darajasi   esa   7,7%   ni   tashkilʻ
etdi.
Bugungi   kunda   Finl an diyada   band   bo'lganlarning   aksariyati   xizmat
ko'rsatish   sohasida   ishlaydi.   Savdo,   transport,   mehmonxona   va   umumiy
ovqatlanish,   ta'lim,  sog'liqni   saqlash   va   ijtimoiy   xizmatlar   va   boshqa   xizmatlar
ko'rsatish sohalarida eng ko'p aholi  band bo'lgan tarmoqlardir. Kelgusi   yillarda
xizmat ko‘rsatish sohasida bandlikni yanada oshirish mo‘ljallanmoqda.
Mamlakatda   olib   borilayotgan   aholi   ish   bilan   bandligini   ta’minlash
siyosati   rivojlangan   boshqa   hududlarda   yuritiladigan   iqtisodiy   siyosatlariga
nisbatan alohida o’ziga xos yo’nalishga ega hisoblanadi. Finlandiyada ish bilan
bandlik   markazlari   tashkil   qilingan   bo’lib,   xodimlar   va   ish   beruvchilar   teng
huquqli subyekt sifatida mehnat bozorida ishtirok etadi. 
Finlyandiyada   ish   bilan   bandlik   markazlari   hududiy   mehnat   bozoridagi
holatni   barqarorlashtirish   uchun   katta   rol   o’ynaydi,   ya’ni   markaz
ishlovchilarning   tayyorgarlik   darajasini   oshirib,   ish   beruvchilar   talabiga   mos
mutaxassislarni tayyorlab beradi. 
Ish   beruvchilar,   mahalliy   hokimiyat,   o’quv   yurtlari   va   jamoatchilik
tashkilotlari   bilan   hamkorlikda   markazlar   kasbiy   mahorat   va   malakani
oshirishga   bo’lgan   istiqbolini   ishlab   chiqadi,   korxonalar   talablaridan   kelib
chiqqan   holda   kasbiy   mahoratni   oshirish   va   qo’shimcha   tayyorgarlikni   tashkil
etadi. Iqtisodiyot   va ish  bilan  bandlik markazlari  aholining  malakasini   oshirish
bilan   bog’liq   bo’lgan   loyihalarni   moliyalashtirishni   amalga   oshiradi.
Markazning   ishchi   kuchi   bo’lishi   korxona   talabnomasi   asosida   ishlovchilarni
testdan o’tkazish  orqali  mehnat  birjalarini  boshqarishda bevosita  ishtirok etadi.
Bundan   tashqari,   markazlar   o’z   ishini   dastlabki   boshlovchi   tadbirkorlarga
boshlang’ich   kapitalni   ajratish   bilan   shug’ullanadilar.   Ish   bilan   bandlikni
kengaytirishga   ko’maklashuvchi   davlat   loyihalarini   ishlab   chiqish   va
moliyalashtirishdan   tashqari   markazlar   mehnatkashlarning   manfaatlarini
75  
  himoyalash vazifasini, immigrantlar va qochoqlar yashash sharoitini va mehnat
ko’nikmalarini qo’llab-quvvatlash vazifalarini ham bajaradi 63
.
Demak,   Finlandiya   tajribasidan   foydalangan   holda   Samaraqand   viloyati
hududida   bandlik   markazlari   faoliyatini   yo’lga   qo’yish   lozim.   Shuningdek,
xizmat   ko’rsatish   sohasida   faoliyat   olib   boorish   uchun   mutaxassislarni   “Ishga
marhamat”   monomarkazida   tayyorlab   ularni   Finlandiyaga   ishlash   maqsadidda
eksport qilish mumkin.
Germaniya Yevropa Ittifoqidagi eng yirik va AQSh, Xitoy, Yaponiyadan
keyin   dunyoda   to rtinchi   yirik   iqtisodiyotga   ega   mamlakat   hisoblanadi.ʻ
Shuningdek, uchinchi yirik eksportchi mamlakat bo’lib avtomobilsozlik, kimyo
va   elektronika   sohalaridagi   yirik   kompaniyalari   bilan   mashhur.   Ular   orasida
Volkswagen,   Daimler,   BMW,   BASF   (kimyoviy)   va   Siemens   (elektronika)
asosiy   global   korxonalardir .   Bundan   tashqari,   Germaniyadagi   umumiy   ishchi
kuchining   56,3%   kichik   hamda   o'rta   korxonalarda   ishlaydi.   Xususan,
mashinasozlik   sohasidagi   o’rta   korxonalarda   kadrlar   taqchilligi   muammosi
vujudga kelmoqda.
Germaniyada   mehnat   bozorini   boshqarish   mexanizmi
ishsizlik bo’yicha sug’urtalash, ish bilan bandlikni ta’minlash
bo’yicha   davlat   tadbirlari   va   kasaba   uyushmalari   hamda   ish
beruvchilar   vakillik   organlari   o’rtasida   o’zaro   ijtimoiy
hamkorligiga   asoslangan.   Tarmoqlar   kasaba   uyushmalari   va
ish   beruvchilar   vakillik   organlari   o’rtasidagi   o’zaro   ijtimoiy
hamkorlik   tarif   stavkalari   va   ishchi-   xodimlar   kategoriyalari
bo’yicha   boshqa   majburiy   to’lovlar   borasida   kelishuvlar
hamda   tadbirlar   amalga   oshiriladi.   Bunday   kelishuv   va
tadbirlarda   davlat   ko’p   hollarda   ishtirok   etmasdan,   faqat
o’zaro   bitimlarning   qonuniyligini   nazorat   etadi.   Shuningdek
mamlakatda   “kelishilgan   harakat”   mexanizmi   yaratilgan
63
  Ж. Человек. Финляндия: центры экономики и занятости – катализаторы развития предпринимательства
и рынка труда. Москва, 2003. - №1. –  c . - 31.  
76  
  bo’lib, uning mohiyati shundan iboratki, kasaba  uyushmalari,
ish   beruvchilar   va   davlat   ish   bilan   bandlik   xizmati   vakillari
mamlakat   miqyosida   ish   haqi   va   daromadlar   dinamikasini
o’zaro kelishib olishdan iboratdir. 
Mehnat   bozori   tavsifiga   ko’ra,   mamlakatda   boshqaruv
xodimlarining   ishtiroki   katta   rol   o’ynaydi.   Germaniyaning
ko’plab   kompaniya   va   korxonalarida   shunday   uyushmalar
tashkil  qilingan bo’lib, ularda ishchi  va xizmatchilar vakillari
ham   ishtirok   etadi   hamda   korxona   va   kompaniyada   hal
qiluvchi   rol   o’ynaydi.   Ayniqsa,   mehnat   jarayonlarini   tashkil
etish   va   boshqarishda   bunday   uyushmalarning   qarorlari
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
Hozirgi   vaqtda   rivojlangan   mamlakatlarda   davlat   tomonidan   mehnat
munosabatlarni tartibga solish, mehnat sharoiti va to’lovi, turli xil xavf-xatardan
ish   haqini   yo’qotishni   kompensastiyalash,   ishchilarni   huquqiy   himoyalashni
ta’minlash   zarurligi   bilan   bog’liqdir.   Masalan,   AQShda   2001   yil   Mehnat
vazirligi tarkibida yangi bo’linma – “XXI asr ishchi kuchi” tashkil etildi.  Uning
asosiy   maqsadi   iqtisodiyotning   globallashuvi   jarayonida   ish   bilan   bandlikning
yangi sharoitlariga ko’maklashishdan iborat.
Yuqorida   sanab   o’tilgan   rivojlangan   davlatlar   mehnat   bozori
infratuzilmasini   tahlil   qilish   hamda   Samarqand   viloyati   mehnat   bozori
infratuzilmasini   o’rganish   natijasida,   viloyat   mehnat   bozorida   quyidagilarni
tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 
- mehnat bozorining barcha segmentlariga o’z xizmatlarini taklif qiladigan
va   zamonaviy   axborot   vositalaridan   keng   foydalanadigan   xususiy   firmalar
tashkil topishiga ko’maklashish ijobiy samara beradi; 
-   MDH   mamlakatlari   doirasida   Evropa   Ittifoqi   umum   mehnat   birjasiga
o’xshash   tashkilot   tashkil   etish   xorijga   noqonuniy   tarzda,   mehnat   layoqatini
sotishni   kamaytirib,   respublikamiz   fuqarolarining   xorij   mamlakatlarida   mehnat
muhofazasi   yuqori   darajada   tashkil   qilingan   ish   o’rinlariga   ega   bo’lishlari   va
77  
  o’sha   mamlakatlar   fuqarolari   bilan   teng   ish   haqi   olishlariga   zamin   yaratadi.
Shuningdek, ish beruvchilar o’zlaridagi bo’sh ish o’rinlariga mos xodimni tezda
xorijdan yollash imkoniyatiga ega bo’ladilar; 
Yuqorida   sanab   o’tilgan   takliflarni   amaliyotga   joriy   etish   orqali
belgilangan yuqori natijalarga erishish mumkin.
Xulosa va takliflar
Dissertatsiya ishida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi
ilmiy xulosa, takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samara-dorligini baholash:
ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasini
baholash; ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishga
ko‘maklashish   bo‘yicha   ish   bilan   bandlik   xizmati   faoliyatining   samaradorligi
baholashning amaldagi kompleks ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish yuzasidan
tavsiyalar ishlab chiqildi.
mehnat muassasalari  reytingini tuzish bo’yicha uslub ishlab chiqildi va bu
orqali   har   chorakda   mamlakat,   viloyat   darajasida     muassasalar   reytingini
hisoblab   boriladi.   Yuqori   o’rin   egallagan   muassasalarni   rag’batlantirish   va
pastki   o’rindagi   mehnat   muassasalariga   qo’shimcha   tadbir   joriy   qilish   taklif
etiladi.
Hududiy mehnat bozori infratuzilmasida hududiy axborot tizimini yaratish
va   muayyan   parametrlar   bo‘yicha   ma’lumotlar   bazasini   shakllantirish   asosida
ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashish   dasturini   ishlab   chiqish   va   monitoringini
o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.  
korxonalardan bo‘shatilgan xodimlarning ish bilan bandlik xizmatiga talab
etilgan   darajasini   istiqbollashtirishda   darajali   modeldan,   i sh   bilan   bandlik
xizmati   tomonidan   tashkil   etilgan   kasbga   tayyorlashni   bitirganlar   sonidan   ish
joyiga ega bo‘lganlar hissasini hisoblash  modeldan foydalanish tavsiya etildi. 
78  
  I shsizlarni kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligini oshirish va ularni
psixologik   qo‘llab-quvvatlash   tizimini   rivojlantirish   bo‘yicha   hududiy   aholini
ish   bilan   ta’minlash   dasturini   takomillashtirish   taklifi   hududiy   Bandlik   Bosh
boshqarmalari   faoliyatini   rivojlantirish   strategiyalari   va   kompleks   dasturlarini
ishlab chiqishda foydalanildi.
Mehnat   bozori   infratuzilmasi   tarkibiy   qismlari   elementlarini   innovatsion
rivojlanishining   o‘ziga   xos   xususiyatlar   bilan   izohlanadigan   innovatsion   ish
bilan   bandlikni   ta’minlash,   ish   bilan   bandlikni   yangi   turlarining   namoyon
bo‘lishi   sifatida   ish   o‘rni   yoki   kadrlarni   izlashning   yangi   texnologiyalari   va
mehnat   bozori   egiluvchanligini   ta’minlashning   institutsional   asoslarini
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mehnat   bozorini   tartibga   solishning   moliyaviy-iqtisodiy   mexanizmi
elementlari,   funksiyalari   va   usullarining   o‘zaro   aloqadorligini   aniqlash   asosida
uni tartibga solishning moliyaviy-iqtisodiy mexanizmi modeli taklif etildi hamda
kelgusida   mehnat   bozorini   moliyaviy   ta’minlashni   isloh   qilishning   konseptal
asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Hududiy   ish   bilan   bandlik   xizmati   organlari   faoliyatlarining   turli
darajalarini   o‘z   ichiga   oluvchi   va   belgilangan,   bir-biriga   yaqin   masalalarni
bajarilishini   ta’minlovchi   funksional   tuzilmalarni   shakllantirish   taklifi   asosida
O‘zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligining
tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish tavsiya etildi.
Milliy   mehnat   bozorining   rivojlanish   xususiyatlari   va   tendensiyalaridan
kelib   chiqib,   tizimli   yondashuv   asosida   tashkiliy-institutsional   va   ijtimoiy-
iqtisodiy   mexanizmlarini   takomillashtirishga   yo‘naltirilgan   mehnat   bozori
infratuzilmasini   rivojlantirish   samaradorligini   oshirishning   strategik
konsepsiyasini  shakllantirish  taklif etildi.
Turli viloyat va tumanlar mehnat muassasalari o’rtasida hamkorlik ishlarini
(ishsizlarni   boshqa   viloyat   yoki   tumanda   ish   bilan   ta’minlash,   ish
beruvchilarning xodimlarga bo’lgan ehtiyojini boshqa viloyat yoki tuman aholisi
yordamida qondirish) yo’lga qo’yish lozim; 
79  
  Mehnat   muassasalari   xodimlari   va   ushbu   soha   mutaxassislari   o’rtasida
seminarlar   tashkil   qilish   lozim.   Aholiga   xizmat   ko’rsatishda   yuqori   natijaga
erishgan muassasa va xodimlar faoliyati keng targ’ibot qilinishi lozim; 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
I. О’zbekistоn Respublikаsi Qоnunlаri
1.1 О’zbekstоn Respublikаsi Kоnstitusiyаsi. – T.: “О’zbekistоn”, 2023
1.2 О’zbekstоn   Respublikаsining   Mehnаt   kоdeksi.   –   T.:   “Iqtisоdiyоt   huquq
dunyоsi”, 2022.
1.3 О’zbekistоn Respublikаsining “Аhоlini ish bilаn tа’minlаsh tо’g’risidа”gi
Qоnuni (yаngi tаhrir). –T.: Аdоlаt, 2008.
1.4 О’zbekistоn   Respublikаsining   “Оilаviy   tаdbirkоrlik   tо’g’risidаgi”
Qоnuni. 2012 yil 26 аprel.
1.5 О’zbekistоn   Respublikаsi   “Xususiy   kоrxоnаlаr   tо’g’risidа”gi   Qоnuni/
Qоnun vа qаrоrlаr. T., “О’zbekistоn”, 2004 yil.№ 3
1.6 O’zbekiston   Respublikasining   2018-yil   16-oktabrdagi   “Xususiy   bandlik
agentliklari to’g’risida”gi Qonuni
1.7 O’zbekiston   Respublikasining   2020-yil   20-oktabrdagi   “Aholi   bandligi
to’g’risida”gi Qonuni
II. О’zbekstоn Respublikаsi Prezidentining Fаrmоnlаri vа qаrоrlаri
2.1 O’zbekiston   Respublikasining   2018-yil   16-oktabrdagi   “Xususiy   bandlik
agentliklari to’g’risida”gi Qonuni .
2.2 O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagiʼ
“Qoraqalpog iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahrida	
ʼ
80  
  ishbilarmonlik   muhitining   holati   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
darajasi   indikatorlarini   har   chorakda   baholash   tizimini   tasdiqlash
to g risida”gi 117sonli Qaroriʼ ʼ .
2.3 О’zbekistоn   Respublikаsi   Prezidentining   Qаrоri.   Ishlаb   chiqаrish   vа
ijtimоiy infrаtuzilmаni yаnаdа rivоjlаntirish yuzаsidаn qо’shimchа chоrа-
tаdbirlаr tо’g’risidа. 2009 yil 20 yаnvаr, PQ-1041-sоn.
2.4 О’zbekistоn Respublikаsi Prezidentining Qаrоri. Оziq-оvqаt mаhsulоtlаri
ishlаb   chiqаrishni   kengаytirish   vа   ichki   bоzоrni   tо’ldirish   yuzаsidаn
qо’shimchа chоrа-tаdbirlаr tо’g’risidа. 2009 yil 26 yаnvаr, PQ-1047-sоn.
2.5 О’zbekistоn   Respublikаsi   Prezidentining   Qаrоri.   Mаhаlliy   nооziq-оvqаt
iste’mоl   tоvаrlаri   ishlаb   chiqаrish   kengаytirilishini   rаg’bаtlаntirish
bоrаsidаgi   qо’shimchа   chоrа-tаdbirlаr   tо’g’risidа.   2009   yil   28   yаnvаr,
PQ-1050-sоn. 
2.6 Yirik   sаnоаt   kоrxоnаlаri   bilаn   kаsаnаchilikni   rivоjlаntirish   аsоsidаgi
ishlаb   chiqаrish   vа   xizmаtlаr   о’rtаsidа   kооperаsiyаni   kengаytirishni
rаg’bаtlаntirish   chоrаtаdbirlаri   tо’g’risidа.     О’zbekistоn   Respublikаsi
Prezidentining Fаrmоni. 05.01.2006 yil.№PF3706.
2.7 О’zbekistоn   Respublikаsi   Prezidentining   “Tаdbirkоrlik   subektlаrini
huquqiy   himоyа   qilish   tizimini   yаnаdа   tаkоmillаshtirish   chоrа-tаdbirlаri
tо’g’risidа”gi Fаrmоni. “Xаlq sо’zi” 2005 yil 16 uyun. 
2.8 О’zbekistоn   Respublikаsi   Prezidentining   “2011-2015   yillаrdа
О’zbekistоn   Respublikаsi     sаnоаtini   rivоjlаntirishning   ustuvоr
yо’nаlishlаri tо’g’risidа”gi 2010 yil 15 dekаbrdаgi PQ-1442 sоnli Qаrоri.
2.9 О’zbekistоn   Respublikаsi   Prezidentining   2011   yil   27   dekаbrdа
“О’zbekistоn   Respublikаsining   2012   yilgа   mо’ljаllаngаn   investitsiоn
tо’g’risidа”gi 1668-sоnli Qаrоri.
III. О’zbekistоn Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrоrlаri
3.1 O zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi
ʼ
“Qoraqalpog iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahrida	
ʼ
81  
  ishbilarmonlik   muhitining   holati   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish
darajasi   indikatorlarini   har   chorakda   baholash   tizimini   tasdiqlash
to g risida”gi 117sonli Qaroriʼ ʼ
3.2 Ishgа jоylаshishgа  muxtоj  mehnаt  bilаn bаnd bо’lmаgаn аhоlini  hisоbgа
оlish   metоdikаsini   tаkоmillаshtirish   tо’g’risidа.   24.05.2007   yil.   №106.
Mehnаt   vа   аhоlini   ijtimоiy   muhоfаzа   qilishgа   оid   me’yоriy     vа   uslubiy
hujjаtlаr tо’plаmi. T.: “Mehnаt”, 2007 yil, 72-bet.
3.3 О’zbekistоn   Respublikаsi   Mehnаt   vа   аhоlini   ijtimоiy   muhоfаzа   qilish
vаzirligining   tаshkiliy   tuzilmаsini   tаkоmillаshtirish   chоrа-tаdbirlаri
tо’g’risidаgi Nizоmi. “Xаlq sо’zi” gаzetаsi, 11.01.2010 yil.
3.4 О’zbekistоn   Respublikаsi   Vаzirlаr   Mаhkаmаsining   2009   yil   9   аpreldаgi
104-sоnli   Qаrоri.   “О’zbekistоn   Respublikаsi   qоnun   hujjаtlаri   tо’plаmi”,
2009 yil 15sоn, 5.
IV. О’zbekistоn Respublikаsi Prezidenti аsаrlаri vа mа’ruzаlаri
4.1 Mirziyоyev   Sh.M.   Mаmlаkаtimizni   2016-yildа   ijtimоiy-iqtisоdiy
rivоjlаntirish   yаkunlаri   vа   2017-yilgа   mо’ljаllаngаn   iqtisоdiy   dаsturning
eng   muhim   ustuvоr   yо’nаlishlаrigа   bаg’ishlаngаn   Vаzirlаr
Mаhkаmаsining mаjlisidаgi mа’ruzаsi. – T.:  “О’zbekistоn”, 2017, 2-bet.
V. Dаrslik, о’quv qо’llаnmаlаr vа mаqоlаlаr tо’plаmi
5.1 Ж.Человек.   Финляндия:   центры   экономики   и   занятости   –
катализаторы развития предпринимательства и рынка труда. Москва,
2003. - №1. – c.-31.  
5.2 A.Varadaraj,   Belal   Mahmoud   Al   Wadi.   “A   Study   on   Contribution   of
Digital   Human   Resource   Management   towards   Organizational
Performance”, IJMSBA, Volume 7, Issue 5, July 2021, pages 43-51
5.3 Camilla   Bengtsson,   Moa   Bloom.   “ Human   Resource   Management   in   a
Digital Era ” , Lund university press, 2017, 67 bet.
82  
  5.4 D.Rahimova,   X.Abulqosimov,   O.Abdurahmonov,   K.Kattaev,
R.Ro‘zmetov.   Milliy   mehnat   bozori   uchun   kadrlar   tayyorlashni
boshqarishni   takomillashtirish   yo‘nalishlari.   –   T.:   Fan   va   texnologiya,
2009 
5.5 Q.X.Abdurahmonov,   Mamarasulov   F.U.   Aholining   ish   bilan   bandligini
infrastrukturasi. – T.: TDIU, 2000. 
5.6 Q.X.Abdurahmonov,   Shoyusupova   N.T.   Mehnat   iqtisodiyoti:   ijtimoiy-
mehnat munosabatlari. Darslik. – T.: TDIU, 2011.
5.7 Q.X.Abdurahmonov.   “Mehnat   iqtisodiyoti:   nazariya   va   amaliyot”.
Darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 3-nashri. Т.: «Fan» nashriyoti, Т.:
2019, 310-315-b.
5.8 Q.X.Abduraxmonov,   F.Mamarasulov.   “Mehnat   iqtisodi”,   (o’quv-uslubiy
qo’llanma). -T.: TDIU, 1996.
5.9 Q.X.Аbdurahmonov. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). – T.: «Mehnat», 2009.
- 512 b.
5.10 Sh.R.Xolmo‘minov,   K.Z.Xomitov.   Malakali   agrar   mehnat   bozorining
shakllanishi. Monografiya. – T.: Fan, 2003.
5.11 Sh.R.Xolmo‘minov.   Mehnat   bozori   iqtisodiyoti.   O‘quv   qo‘llanma.   –
Toshkent, 2004, 
5.12 Sh.R.Xolmo’minov,   N.U.Arabov.   Mehnat   bozori   infratuzilmasi.   O’quv
qo’llanma. – T.: «Fan va texnologiya», 2016, -189-191-b 
5.13 Sh.R.Xolmo’minov, S.E.Xolmurodov. Mehnat  bozori iqtisodiyoti. O’quv
qo’llanma – Toshkent, 2013. 
5.14 А.И.Рофе.     Экономика   труда:   учебник.   –   М.:   КНОРУС,   2011.   –   С.
138. 
5.15 Алиев И.М. Экономика труда: учебник для бакалавров. – М.: Юрайт,
2012. – С. 66
5.16 Артыкова   Д.А.   Формирование   занятости   населения   в   Республике
Узбекистан. – Т.: Фан, 2005. 
83  
  5.17 Вайсбурд В.А. Экономика труда. Учеб.пос. – М.: Омега-Л, 2012 – С.
176 
5.18 Варфоломеева   О.А.   Становление   инфраструктуры   рынка   труда   в
переходной   экономике.   -   СПб.,   «Издательство   СПбУЭФ».   2001.   -
С.125.
5.19 Дубровин И.А. Экономика труда: учебник. – М.: Дашков и К, 2012. –
С. 147. 
5.20 Жулина Е.Г. Экономика труда: учебное пособие. – М.:Эксмо, 2010. –
С. 187 
5.21 Зокирова   Н.К.   Социально-трудовые   отношения:   международный   и
национальные аспекты. - Т.: «Фан», 2008.
5.22 Л.Н.Руднева.     Формирование   и   регулирование   инфраструктуры
рынка труда. // дисс. д.э.н. – Екатеринбург, 2006. – С. 60.
5.23 Лясников   Н.М.   Экономика   и   социология   труда:   учебное   пособие.   –
М.: КНОРУС, 2012. – С.187. 
5.24 Никифорова   А.А.   Рынок   труда:   занятность   и   безработницы.   –   М.:
Международные отношение, 1991.
5.25 Павленков В.А. Рынок труда. Занятость. Безработица. Учебник. – М.:
МГУ, 2004 
5.26 Панфилова   Елена   Евгеньевна .   “ Digital   Transformation   of   Business:
Trends   and   Models ” .   Московский   экономический   журнал ,   №   1154 ,
11/2019
5.27 Ружелович Т.М, Инфраструктура рынка труда: факторы внешнего и
внутреннего влияния // Вестник Омского ун-та, 1997. – выпуск 2, - С.
79-82.
5.28 С.Валентинович .   “Компетентностный   подход   в   управлении
эффективностью   компании” .  Диссертация ,  Москва , 2019, 211- стр .
5.29 Хайитов   А.Б.   Занятость:   поддержка   “сверху”,   инициатива   “снизу”.
Ilmiy maqola. Iqtisodiyot va moliya jurnali.  Toshkent, 2012 – b.-36-38. 
84  
  5.30 Хлебович Д.И. Формирование и совершенствование инфраструктуры
трудового посредничества в регионе. – Иркутск, 1996. – С. 217.
5.31 Чусова   Т.А.   Развитие   информационного   рынка   труда   как   фактор
стабилизации социально-трудовых отношений / 
5.32 Ю.Г.Одегов,   Руденко   Г.Г.   Экономика   труда.   Учебник.   –   М.:   ООО
“Волтерс Клувер”, 2011. – С. 501
VI. Fоydаlаnilgаn dоktоrlik, nоmzоdlik, mаgistrlik dissertаsiyаlаr
6.1 Seytmurаtоv   R.А.   О’zbekistоn   iqtisоdiyоtini   islоh   qilish   shаrоitidа
mоdernizаtsiyаning   ustuvоr   yо’nаlishlаri.   Iqtisоdiyоt   fаnlаri   dоktоri
dissertаtsiyаsi. - T.: TMI. 2012. – 250 b.
6.2 Аrаbоv   N.U.   Mehnаt   bоzоri   infrаtuzilmаsining   rivоjlаnishi   (Sаmаrqаnd
vilоyаti   misоlidа).   Iqtisоd   fаnlаri   nоmzоdlik   dissertаtsiyаsi.   -   T.:   TDIU.
2008. – 156 b.
6.3 Xudоyberdiyev   Z.Yа.   Pоdgоtоvkа   rаbоchix   nа   prоizvоdstve   v   uslоviyаx
rynоchnоy   sistemy   xоzyаystvоvаniyа   (nа   prime   reg.   Tаshkentа):   dis.
kаnd. ekоn. nаuk : 08.00.10.  - Tаshkent, 1995. – 178 s.
6.4 S hukurov   N.A.   Mehnat   bozori   infratuzilmasini   rivojlantirish.   Magistrlik
dissertatsiyasi. – Toshkent – 2014. -93-b
VII. Dаvriy nаshrlаr, stаtistik tо’plаmlаr vа hisоbоtlаr
7.1 Insоn tаrаqqiyоti tо‘g‘risidа hisоbоt. –T.: 2012. -125 b.
7.2 “COVID-19 pandemiyasi davrida O ʻ zbekistonda samarali bandlik va 
munosib mehnatni rag ʻ batlantirish” mavzusida Xalqaro onlayn-
konferensiya, 2020-yil 23-sentyabr
7.3 Sаmаrqаnd vilоyаti stаtistikа bоshqаrmаsi mа’lumоtlаri.
7.4 Sаmаrqаnd   vilоyаti   Mehnаt   vа   аhоlini   ijtimоiy   himоyа   qilish   bоsh
bоshqаrmаsi mа’lumоtlаri.
VIII. Internet sаytlаri
8.1 www.lex.uz  – O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi
8.2 www.gоv.uz – О’zbekistоn Respublikаsi hukumаt pоrtаli.
85  
  8.3 www.stаt.uz – О’zbekistоn Respublikаsi Stаtistikа Qо’mitаsi  veb-sаyti.
8.4 www.mintrud.uz - О’zbekistоn Respublikаsi Mehnаt vа аhоlining ijtimоiy
muhоfаzа qilish vаzirligining veb-sаyti.
8.5 www.sаmаrqаnd.uz – Sаmаrqаnd vilоyаt hоkimligi veb-sаyti.
8.6 www. samstat.uz – Samarqand viloyati statistika boshqarmasi veb-sayti  
8.7 www.sammonomarkaz.uz  –  Samarqand viloyati monomarkazi veb-sayti
8.8 www.vacancy.argos.uz  –  Davlat fuqarolik xizmati vacant lavozimlarining 
yagona ochiq portal
8.9 www.mehnat.uz
8.10 www.work.kemsu.ru 
8.11 www.avenir-suisse.ch  
86

MUNDARIJA Kirish 2 I Bob Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining metodologik asoslari ……………………………………………….. 8 1.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyati ………………………………………………….. 8 1.2 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning uslubiy asoslari ………………………………………………………………. 18 1.3 Hududiy bandlikka ko’maklashish markazlari faoliyati hamda uning asosiy yo’nalishlari…………………………………………………... 24 II Bob Hududiy mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish darajasini baholash…………………………………………………. 34 2.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini baholash uslubiyati…………………………………. 34 2.2 Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uning mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’siri……………… 45 2.3 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o’rni……………………………………………. 54 III Bob Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari………….. 60 3.1 Hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishida rekrutment agentliklarining o’rni………………………………………………… 60 3.2 Xorijiy mamlakatlarning mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi tajribalaridan samarali foydalanish………... 67 Xulosa va takliflar………………………………….…………….. 76 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………...…………………… 78

KIRISH Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtidodiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib, dunyo hamjamiyatida yuqori o’rinlarni egallashda davom etayotgan bir vaqtda, mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqazo etmoqda. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash o’z navbatida izchil yo’lga qo’yilgan mehnat bozori infratuzilmasini talab etadi. Mehnat bozori to’g’risida ko’plab ilmiy izlanishlar olib borilishiga qaramay, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish masalalarining ilmiy rivojlanishini to’liq deb hisoblash mumkin emas. Xususan, mehnat bozori infratuzilmasi subyektlarining bir-biri bilan, shuningdek tashqi subyektlar bilan o’zaro munosabatlari mexanizmini takomillashtirish masalalarini yechishni talab qiladi; mehnat bozori infratuzilmasi va uning tarkibiy elementlari faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va yanada rivojlantirish zarur hisoblanadi. Bularning barchasi dissertatsiya tadqiqotining mavzusi, maqsadi va vazifalarini tanlashga olib keldi. Hududiy mehnat bozorida turli muammolarning mavjudligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanmaslik, norasmiy va yashirin ishsizlikning yuqoriligi, aholi iqtisodiy faolligining pastligi, mehnat bozori infratuzilmasini yetarli darajada rivojlanmaganligi, ushbu sohada ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligini anglatadi. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra 2022 yilda Samarqand viloyatida ishsizlik darajasi 9,1 % ni tashkil qilmoqda. Tabiiy ishsizlik darajasi 4,5-5% ekanini hisobga oladigan bo’lsak, viloyatda ishsizlik darajasi, tabiiy ishsizlik darajasidan deyarli 2 barobardan ko’proqdir. Viloyatda 2

jami ishsizlar soni 149,4 ming kishini tashkil etgan holda ularning 124,6 minggi, ya’ni 83,4 % i tumanlarga to’g’ri keladi 1 . Bu holat o’z navbatida viloyatning rivojlanishiga ma’lum darajada to’sqinlik keltirib chiqarishini inobatga olgan holda mehnat bozori infratuzilmasini takomillashtirish zarur ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ- 4804-son “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehat faolligini oshirish va kasb-hunarga o’qitishga qaratilgan hamda aholini bandligini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2 qarori asosida, boshqa viloyatlardagi kabi Samarqand viloyatida ham, 2021-yilning 5- mayida 1650 o’ringa mo’ljallangan “Ishga marhamat” monomarkazi ochildi. Bu ham o’z navbatida viloyat mehnat bozori infratuzilmasiga sezilarli ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Yuqorida sanab o’tilga ma’lumotlarga qo’shimcha ravishda shuni aytishimiz mumkinki norasmiy va yashirin ishsizlikning yuqoriligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanmaslik, mehnat bozori infratuzilmasini yetarli darajada rivojlanmaganligi, aholi iqtisodiy faolligining pastligi ushbu sohada ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligini anglatadi. Magistrlik dissertatsiya obyekti hisoblangan Samarqand viloyatida ham mamlakatimiz mehnat bozorida yuzaga kelgan bir qator: iqtisodiy jihatdan yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlarning yuqori darajada emasligi, yashirin ishsizlik muammolari, mehnat bozori infratuzilmasini yetarlicha mukammal shakllanmaganligi, buning natijasida mehnat bozori subyektlariga xizmat ko’rsatishning samarali emasligi kabi muammolarning mavjudligi izlanishni ushbu mavzuda tanlashga asos bo’ldi. 1 samstat.uz/uz/? preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=284&id=3062&Itemid=10000000 00000 2 https :// lex . uz / acts /-4945748 3

Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi. Tadqiqot obyekti etib Samarqand viloyati mehnat bozori infratuzilmasi belgilandi. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori infratuzilmasining shakllanishi, uning amal qilish mexanizmi hamda kelajakda rivojlantirish yo’llari tadqiqotning predmeti hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Dissertatsiya tadqiqotining maqsadi ishchilar va ish beruvchilarning ehtiyojlarini to’liq qondirishni ta’minlaydigan va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishiga hissa qo’shadigan mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha nazariy qoidalarni ishlab chiqish va amaliy tavsiyalarni asoslashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiya tadqiqotida quyidagi vazifalar qo’yildi va hal qilindi: – mehnat bozori infratuzilmasining mohiyatini aniqlashtirish, funksiyalari va tarkibiy elementlarini tizimlashtirish; – aholini ish bilan bandligini ta’minlashga yordam beradigan tuzilmalar faoliyatining turli jihatlarini tavsiflovchi mavjud uslubiy yondashuvlar va ko’rsatkichlarni tahlil qilish; – hududiy mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanish tendensiyalarini o’rganish; – hududiy mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash hamda qisqa muddatli istiqbolli mehnat bozori prognozini ishlab chiqish; – hududiy bozor mehnat infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash; – aholini ish bilan bandligiga ko’maklashuvchi tashkilotlar va agentliklar faoliyati samaradorligini tahlil etish va ularni rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish. 4

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari Samarqand viloyatida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishga bag’ishlanadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar tuman mehnat bozori infratuzilmasini yaxshilaydi hamda mehnat resurslaridan yanada samarali foydalanish va ishsizlik darajasini kamaytirishga olib keladi. Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Mehnat bozori va uning rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlari barcha iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Shu jumladan V.A. Pavlenkov 3 , I.M.Aliev 4 , V.A. Vaysburd 5 , I.A. Dubrovin 6 , E.G.Julina 7 , A.I, Rofe 8 , Yu.P. Kokin 9 , N.M.Lyasnikov 10 , Yu.G.Odegov 11 va boshqa qator xorijlik olimlar tomonidan mehnat bozori infratuzilmasi faoliyatining nazariy jihatlari ilmiy tadqiq etilgan. Shuningdek O’zbekiston Respublikasida hududiy mehnat bozori va uning infratuzilmasini tadqiq etish bo’yicha Q.X.Abdurahmon 12 , N.U.Arabov 13 , 3 Павленков В.А. Рынок труда. Занятость. Безработица. Учебник. – М.: МГУ, 2004 4 Алиев И.М. Экономика труда: учебник для бакалавров. – М.: Юрайт, 2012. – С. 66 5 Вайсбурд В.А. Экономика труда. Учеб.пос. – М.: Омега-Л, 2012 – С. 176 6 Дубровин И.А. Экономика труда: учебник. – М.: Дашков и К, 2012. – С. 147. 7 Жулина Е.Г. Экономика труда: учебное пособие. – М.:Эксмо, 2010. – С. 187 8 Рофе А.И. Экономика труда: учебник. – М.: КНОРУС, 2011. – С. 138. 9 Экономика труда: учебник. – 2-е изд. перераб. и доп./под ред. проф. Ю.П. Кокина, проф. П.Э. Шлендера. – М.: Магистр, 2010. – С. 103 10 Лясников Н.М. Экономика и социология труда: учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – С.187. 11 Одегов Ю.Г, Руденко Г.Г. Экономика труда. Учебник. – М.: ООО “Волтерс Клувер”, 2011. – С. 501 12 Abdurahmonov Q.X., Mamarasulov F.U. Aholining ish bilan bandligini infrastrukturasi. – T.: TDIU, 2000. 13 Arabov N.U. “O’zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish”. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent -2018. 5