logo

Imlo qoidalari va tinish belgilari masalasi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2176.166015625 KB
Imlo qoidalari va tinish belgilari masalasi  
Reja:
I. Kirish. 
II. Asosiy qism:
II.1. Imlo qoidalarini grammatikaga yoki grammatikani imlo 
qoidalariga moslashtirish masalasi.
II.2. Fonetika o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish.
II.3. Internet tarmog’ida imlo savodxonligi va tinish belgilarining 
ahamiyati.
II.4. Umumta’lim maktablarida   tinish belgilarini  o`qitishning yutuq  
va  kamchiliklari.
II.5. Umumta’lim maktablarida   imlo qoidalarini  o`qitishning yutuq  
va  kamchiliklari.
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Taklif va ilovalar
Mundarija 
1 Kirish
“Tarbiya biz uchun yo hayot—yo mamot, yo najot—yo halokat, yo
saodat—yo falokat masalasidir”. 
Abdulla Avloniy
Jаmiyatning   buguni   vа   kеlаjаgi,   uning   mаdаniy-mа’rifiy   vа   mа’nаviy   sаlоhiyati
tа’lim   tizimining   qаy   dаrаjаdа   rivоjlаngаnligi   bilаn   bеlgilаnаdi.   Tа’lim-tаrbiya
tizimidаgi   islоhоtlаrning   muvаffаqiyati   ko‘p   jihаtdаn   o‘qituvchi   vа   murаbbiylаrgа
bоg‘liq.   O’sib kelayotgan Vatanimizning kelajak vorislarini chinakam  vatanparvar va
xalqqa   fidoyi   etib   tarbiyalash,   insoniy   fazilatlarni   kamol   toptirishda   ona   tili   va
adabiyot fanlarining o’rni beqiyos. Z ero, h ar qanday fanni o’qitishdan asosiy maqsad,
avvalo, tarbiya bo’lishi kerak.  
O'zbekiston     Respublikasi     “Davlat     tili   to'g'risida”gi,   “Talim   to'g'risida”gi
qonunlari,   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   ga   muvofiq   ona     tili     fanini     o'qitish
oldiga     yangi-yangi   vazifalar   qo'yilmoqda.   “Ona     tili”     fanini     o'qitishning     bosh
maqsadi     yoshlarimizning     ijodiy   mustaqil,   o'z   fikrini   erkin   va   ta'sirli,   mazmunli   va
mantiqli   qilib   yozma   va   og'zaki   shaklda   ifodalashga,   o'zbek   tili   qonun-   qoidalarini
ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek,   ularning   fikr   doiralarini   kengaytirishga,
ona     yurtimizga,     ajdodlarimiz     qoldirgan     boy     ma'naviyatimizga,     milliy     urf-
odatlarimizga  mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Mavzuning   dolzarbligi.   Rivojlanish   bor   joyda   kamchilik   ham   ,   albatta,   ko’zga
tashlanadi.   Afsuski,  bugun  ona  tili   ta’limini  o’qitishda  imloviy  savodxonlik  va   tinish
belgilarining   qo’llanishida   ko’nikma   shakllanmayotgani   bor   haqiqat.   Ayniqsa,   bugun
shiddat   bilan   rivojlanib   borayotgan   virtual   hayotda   bu   masalaga   jiddiy   qaralmasa,
tilimizning ayni sathi kelajakda zavol topishi hech gap emas. 
Shuning   uchun   ham     ushbu   kurs   ishida   imlo   qoidalari   va   tinish   belgilariga   doir
nazariy   bilimlarning   amaliyotda   qay   darajada   qo’llanilayotgani   va   ularning
hayotimizdagi   muhim   ahamiyatini   tushuntirish,   fonetika   o’qitishdan   ko’zda   tutilgan
maqsad orfografik bilimlarni shakllantirish ekani to’g’risida so’z boradi.
2 Mavzuning   ishlanganlik   darajasi:   Mirtojiev   M.M.   O’zbek   tili   fonetika-T.:
«Universitet», 1998 y. ,   Tursunov U. Muxtorov J. Rahmatullaev SH. «Hozirgi o’zbek
adabiy tili» qayta ishlab, tqldirilgan. 3 nashr «O’zbekiston» 1992-yil, Jamolxonov O’.
«Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili».   Fonetika,   fonologiya   va   orfologiya»   T.   1999-yil,
Abdurahmono   G’.   «Punktuatsiya   o’qitish   metodikasi»,   T.,1968-yil,   Qodirov
M.,Hamidov   N.,Abduraimova   M.,Sayfullayeva   R.,   Mengliyev   B.Ona   tili.   8-sinf
darsligi., T. 2019-yil, 
Tadqiqotning   obyekti:   “Lotin   yozuviga   asoslangan   o’zbek   tilining   imlo
qoidalari” hamda umumta’lim maktablarida o’rganish uchun keltirilgan tinish belgilari
mavzusi hamda ularning o’qitilishiga oid interfaol ta’lim shakli.
Tadqiqotning     vazifasi:     Yuqorida     oldimizga     qo‘ygan   maqasadimizdan   kelib
chiqib:
1.     Kurs     ishida     tanlangan     mavzu     bo‘yicha     ijtimoiy-pedagogik,
falsafiyma’rifiy, ilmiy- metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va 
umumlashtirish.
2.     Umumta’lim   maktablarida   imlo   qoidalarini   o`qitishning   yutuq   va
kamchiliklari ni tadqiq etish.
3.  Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida 
imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini  o‘rganish  hamda  qayta 
takomillashtirish dolzarb muammo ekanligini aniqlash.
4.     Imlo   qoidalari   va   tinish   belgilari   mavzusini     o‘rganishga   oid
mashg‘ulotlarning samaradorligini  oshirishga  yo‘naltirilgan  yangi  pedagogik 
texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.
Tadqiqot ishining ilmiy farazi. 
-  Imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini  o‘rganishga  oid  mashg‘ulotlar 
bugungi  davr  va  bugungi  kun  bolasi  nuqtayi  nazarini  hamda  uning 
individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish;
- internet tarmog’ida imlo savodxonligi va tinish belgilarining ahamiyatini 
oshirishga xizmat qiluvchi dasturlarning yaratilishi ;
-  imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini  o‘rganishga  oid  mashg‘ulotlarni 
3 takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish;
Tadqiqotning  metodologik  asoslari.   O‘zbekiston 
Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi”,   umumta’lim   maktablarining   5-,8-,9-,10-,11-sinf   ona   tili   darsliklari
maktabi     ta’limini     rivojlantirishga     qaratilgan   yondashuvlar,     qarashlar,     ta’lim
jarayonini     takomillashtirishga     yo‘naltirilgan   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy- metodik manbalar.  
Tadqiqot  ishining  ilmiy  ahamiyati.   Ushbu  kurs  ishini bajarish natijasida ona
tili   darslari   vositasida   ona   tilini   puxta   o’zlashtirishga   tayyorlashning   ajralmas
qismi,ta’lim   jarayonida     ularni     ahloqiy-estetik     tarbiyalashning     muhum     vositasi
sifatida   qaraladi.   Sinfdan     tashqari     o’qishning     maqsadi       xalq     o’gzaki     ijodining
xilma-xil     namunalari     bilan   tanishtirish,ularda     kitobxonlik     madaniyatini     tiklashga
oid      mashg‘ulot   ishlanmalarini,  uning   maqsadi,   mazmuni,  tipi,   qurilishiga   oid   yangi
tushunchalari   bilan     boyitishning     didaktik     asoslari     ko‘rib     chiqildi     hamda     ilmiy-
metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi.
Tadqiqot   ishining   amaliy   ahamiyati.    Tadqiqot   natijasida aniqlangan   ilmiy
yondashuvlar,     ishlab     chiqilgan     tavsiyalardan     nutqning     tovush   madaniyatini
shakllantirishga   oid   mashg‘ulotlarini   boyitish,   umumiy o’rta ta’lim muassasalarida
olib   boriladigan   turli   o‘quv   pretmetlarini   takomillashtirish   hamda   ularning   bilimini,
malakasini oshirishda keng foydalaniladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi .  Ushbu kurs ishi kirish,  ikki bob, har bir bobda
ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
4 I   BOB.   Imlo   qoidalarini   grammatikaga   yoki   grammatikani   imlo
qoidalariga moslashtirish masalasi.
O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqil   deb   e’lon   qilinganidan   so‘ng   lotin
yozuviga   asoslangan   yangi   o‘zbek   alifbosini   yaratish   masalasi   kun   tartibiga
chiqqanligini   bilamiz.   Rasmiy   yozuvda   qaysi   alifbodan   foydalanish   masalasi   bir
yarim   yil   umumxalq   muhokamasida   bo‘ldi.   Markaziy   gazeta   va   jurnallar
muhokama   maydoniga   aylandi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashi
sessiyasida   lotin   yozuviga   asoslangan   yangi   o‘zbek   alifbosini   yaratish   yuzasidan
ishchi   guruh   tuzildi.   Nihoyat   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1993-
yil   2-3-sentabrdagi   12-chaqiriq   13-sessiyasida   lotin   yozuviga   asoslangan   yangi
o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Bu   xususda   metodist   olim   Yo‘ldosh   Abdullayev   shunday   yozgan   edi:
“Qaror ga   binoan,   yangi   o‘zbek   alifbosini   joriy   etish   bo‘yicha   respublika   davlat
komissiyasi   tashkil   etildi.   Yangi   alifbo   asosidagi   o‘zbek   tilining   asosiy   imlo
qoidalarini ishlab chiquvchi guruh tuzildi (kamina ham guruhning a’zosi edim) va
1993-yilning dekabr oyidan ish boshladi”.
Tabiiyki,   alifbo   yangilangach   unga   mos   yozuv   qoidalarini   ishlab   chiqishga
ham   ehtiyoj   tug‘iladi.   “O‘zbek   tilining   (lotin   yozuviga   asoslangan   yangi   alifbo
asosidagi)  asosiy  imlo qoidalari” loyihasi  1994-yil 16-aprelda ilk bor  Toshkentda
o‘tkazilgan ziyolilar yig‘inida ko‘rib chiqildi. O‘sha davrda “O‘zbek tilining asosiy
imlo   qoidalari”   loyihasi   matbuotda   e’lon   qilindi,   turli   ma’naviy-ma’rifiy
yig‘inlarda yurt ziyolilari tomonidan qizg‘in muhokama etildi va bildirilgan jo‘yali
fikr-mulohazalar inobatga olinib, loyiha bir necha bor tahrir qilindi.
1995-yil   24-avgustda   Vazirlar   Mahkamasining   339-qarori   bilan   lotin
yozuviga   asoslangan   “O‘zbek   tilining   asosiy   imlo   qoidalari”   7   bo‘lim,   82
moddadan iborat holatda rasmiy tasdiqlandi va keng amaliyot uchun joriy etildi.
Ta’kidlash   joizki,   bu   o‘zbek   xalqi ning   ma’naviy-ma’rifiy   hayotida   o‘ziga
xos   hodisa   bo‘ldi.   Chunki   o‘zbek   xalqi   tarixida   bor-yo‘g‘i   ikki   marta   orfografiya
qoidalari   qabul   qilingan,   xolos.   Jumladan,   1940-yilning   4-iyulida   kirill   alif bosi
5 hukumat   komissiyasi   tomonidan   tasdiqlanadi   va   shu   yilning   o‘zida   “Birlashgan
o‘zbek   alfaviti   va   orfografiyasi”   to‘plamida   e’lon   qilinadi.   Ma’lumotlarga   ko‘ra,
kirill   imlo  qoidalari   bir   necha  marta qayta  ishlangan,  1952-, 1953-, 1955-yillarda
loyiha   tarzida   besh   marta   qayta   nashr   qilingan,   nihoyat   1956-yil ning   4-aprelida
o‘sha   davr   hukumati   tomonidan   kirill   alifbosiga   asoslangan   “O‘zbek
orfografiyasining asosiy qoidalari” tasdiqlangan. Bu qoidalar 72 moddadan iborat
edi.   Ta’kidlash   joizki,   hozir   ham   agarda   kirill   yozuvidan   foydalanish   zarurati
paydo bo‘lsa, albatta, yozuvimiz shu 72 modda talablariga bo‘ysundiri lishi kerak.
Ikkinchi marta esa 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan
“Lotin   yozuviga   asos langan   imlo   qoidalari”   qabul   qilindi.   Bugungi   kun   talablari
hamda   belgilangan   huquqiy   asoslarga   ko‘ra   butun   jamiyat   mana   shu   —   “Lotin
yozuviga   asoslangan   imlo   qoidalari”   asosida   ish   ko‘rishi   zarurligi   ham
hammamizga kundek ravshan. Demak, qariyb 25 yildan beri shu qoidalarga binoan
ish   yuritilmoqda.   Lekin   mazkur   imlo   qoidalari   bilan   amaldagi   grammatika
ma’lumotlarida jiddiy farqlar borligini payqamaslikning iloji yo‘q.
Barchamizga   ma’lumki,   “Oliy   ta’lim   muassasalariga   test   sinovlari   orqali
qabul   qilish   tizimini   takomillashtirish   to‘g‘risida”gi   Prezident   qaroriga   muvofiq,
2020-2021-o‘quv   yilidan   boshlab   test   sinovi   topshiriladigan   fanlar   majmuasi   ikki
bo‘limga ajratilib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun umumiy 3 ta
fan:   ona   tili,   matema tika   va   O‘zbekiston   tarixi   majburiy   blok   sanalishi   belgilab
qo‘yildi (koronavirus pandemiyasi tufayli qarorning bu talabi kechiktirildi).
Ona tili fanidan majburiy imtihon topshiriladigan bo‘lishi, fanni o‘rganishga
bo‘lgan   talabni   kuchaytiradi.   Abituriyentlarga   ona   tilidan   test   savollari   nafaqat
darsliklar   asosida,   balki   imlo   qoidalari   asosida   tushishi   ham   tabiiy   hol.
Grammatika   va   uning   tarkibida   imlo   qoidala rini   o‘rganayotgan   o‘quvchilar   va
abituriyentlar yillar o‘tgani sayin takror-takror chalg‘ib kelayotganlari ko‘pchilikka
sir   emas.   Bunga   sabab,   ta’kidlaganimizdek,   imlo   qoidalari   va   grammatikadagi
o‘zaro tafovutlardir.
Jumladan,   “O‘zbek   tilining   asosiy   imlo   qoidalari”ning   “Qo‘shib   yozish”
bo‘limi   38-moddasida:   “Xona,   poya,   noma,   bop,   xush,   ham,   baxsh,   kam,   umum,
6 rang,   mijoz,   sifat,   talab   kabi   so‘zlar   yordamida   yasalgan   qo‘shma   ot   va   qo‘shma
sifatlar qo‘shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop,
xushxabar,   hamsuhbat,   orombaxsh,   kamquvvat,   bug‘doyrang,   umumxalq,
sovuqmijoz,   devsifat   kabi”   deyilgan.   Lekin   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”
darsliklarida,   o‘quv   qo‘llanmalarda   bu   birliklar   affiksoid(so‘z   shak lidagi
qo‘shimcha)lar sifatida beriladi.
Tilshunos Shavkat Rahmatullayev “O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi”
kitobida imloning shu o‘rniga biroz izoh bergandek bo‘lgan:  “… 38-paragraf  asli
amaldagi imlo qoidalaridagi 53-paragrafdan ajratib olindi (qo‘shma so‘zlar imlosi
paragrafiga   o‘tkazildi).   Joriy   etilayotgan   imlo   qoidalarida   qo‘shma   so‘z   yasashda
qatnashadigan   va   qo‘shib   yoziladigan   bunday   so‘zlar   deyarli   to‘liq   sanaldi.
Amaldagi   qoidalarda   bop,  do‘st,   noma,  xona,   xush,   ham,   kam   so‘zlari   keltirilgan
bo‘lib,   joriy   etilayotgan   qoidalarda   shular   qatoriga   poya,   baxsh,   umum,   rang,
mijoz, sifat, talab so‘zlari kiritildi (do‘st so‘zi negadir tushib qolgan D.N). Xullas,
qo‘shma   so‘z   hosil   qilishda   qatnashib,   qo‘shib   yoziladigan   so‘zlar   miqdori
to‘ldirildi. Bunday qo‘shma so‘zlar imlosi yangi imlo qoidalari sifatida o‘rganilishi
kerak.”
Shavkat   Rahmatullayev   38-moddadagi   so‘zlar   qo‘shma   ot   va   qo‘shma
sifatlar   hosil   qilishini   yozgan,   biroq   “Hozirgi   adabiy   o‘zbek   tili”   kitobida   bu
mulohazaga qarama-qarshi fikrlarga duch kelamiz. Chunonchi, “Affiksoid deb asli
leksik   birlik   bo‘lib,   keyinchalik   xuddi   affiks   kabi   grammatik   ma’no   ifodalashga
xizmat  qilib,  affiks  kabi  bir  necha  leksemalarga   qo‘shilib  kelish  xususiyatiga   ega
bo‘lgan birlikka aytiladi (lot. affixoid — affiksga o‘xshash). Masalan, lug‘atimizda
xona   leksemasi   mavjud   (katta   xona   kabi),   shu   bilan   birga   -xona   affiksoidi   ham
mavjud   (ishxona,   oshxona,   choyxona   kabi);   noma   leksemasi   ham   (vassalom,
noma,   tamom   kabi),   -noma   affiksoidi   ham   (taklifnoma,   aybnoma,   ruxsatnoma
kabi)mavjud”.
Shuningdek, yana bir olim Azim Hojiyev “O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi”
kitobida   shunday   fikrlarni   bayon   etadi:   “-xona,   -goh   qo‘shimchalari   garchi
7 sermahsul bo‘lmasa-da, har holda o‘z vazifasini to‘xtatmagan, ular bilan yangi so‘z
yasash jarayoni davom etmoqda, binobarin, ular mahsulli affikslardir.
-xona affiksi. Bu affiks (affiksoid) so‘z yasalish asosidan anglashilgan narsa
bilan   bog‘liq   holda   amalga   oshiriladigan   ish-faoliyat   joyini   bildiruvchi   otlar
yasaydi: darsxona, ishxona, to‘yxona, somsaxona, qurtxona kabi. -xona affiksining
xuddi shu xususiyati  asosida keyingi vaqtlarda vakolatxona, elchixona, grimxona,
konsulxona,   pochtaxona,   tug‘ruqxona,   qabulxona,   qo‘riqxona,   hushyorxona,
tajribaxona kabi so‘zlar yasaldi.
-noma   affiksi.   Bu   so‘z   yasovchi   “yozilgan   narsa”,   “xat”,   “hujjat”   kabi
ma’noli noma so‘zidan kelib chiqqan. Shu ma’nosi bilan noma so‘zi qo‘shma so‘z
yasash uchun ham qo‘llangan: sayohatnoma, Boburnoma, O‘g‘uznoma va b.
...lekin   nima   uchundir   keyingi   vaqtlarga   qadar   yaratilgan   ilmiy   ishlarda,
jumladan, darslik va qo‘llanmalarda ot yasovchilar qatorida -noma so‘z yasovchisi
berilmagan.   ...Shuningdek,   taklifnoma,   tabriknoma,   ruxsatnoma   kabi   so‘zlar
tarkibidagi ...noma...ning affiks ekaniga shubha yo‘q”.
Bir-biriga   qarama-qarshi   bu   kabi   ma’lumotlar   kishini   chalg‘itadi.   Xo‘sh,
amaldagi   imlo   qoidalariga   ko‘ra   sanab   o‘tilgan   ishxona,   oshxona,   choyxona,
taklifnoma,   tabriknoma,   ruxsatnoma   kabi   so‘zlar   qo‘shma   otlarmi   yoki   amaldagi
o‘zbek tili grammatikasiga ko‘ra bular sodda yasama so‘zlar sanaladimi?
Fikrimizcha,   noma   shaklini   fors-tojik   tilidan   o‘zlashgan   “yozilgan   narsa”,
“xat”, “hujjat” ma’noli leksema sifatida qabul qilingan (imlo qoidalaridagi) fikrga
tayanib   taklifnoma   —   “biror   bir   joyga   taklif   etish   xati”,   tabriknoma   —   “qutlab
yozilgan xat”, ruxsatnoma — “biror narsa  yoki  faoliyat uchun ruxsat  berish xati”
tarzida qabul qilsak, mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.
Endi   sifatlar   haqidagi   qoidaga   e’tibor   qaratsak,   ‘‘Hozirgi   o‘zbek   tilining
taraqqiyoti   jarayonida   so‘z   yasash   vazifasi   kengaygan   va   yangi   sifat   yasalishida
qo‘llanilayotgan   mahsulli   affikslar   quyidagilar:   “-kor,   -dor,   -ser,   -chan,   -siz,   -no,
kam, -g‘ayri, -gi, -lik, -iy/ -viy, - ma, -simon, -ham, -xush”.
8 Azim   Hojiyev   -kam,   -ham,   -xush   so‘z   sifatida   emas,   balki   so‘z   yasovchi
sifatida qo‘llanilishini quyidagicha izohlaydi: ‘‘Masalan, kamunum so‘zi ning so‘z
yasalish tarkibi kam + unum qismlaridan iborat bo‘lib, uning ma’nosi shu qismlari
ma’nosi asosida yuzaga keladi. Kamhosil so‘zi serhosil so‘zi bilan, hamkurs so‘zi
kursdosh   so‘zi   bilan   qiyos lansa,   kam   va   ham   so‘zlarining   ser-   va   –   dosh
affikslariga ma’nodosh (vazifadosh) ekanini — so‘z yasovchi ekanini sezish qiyin
bo‘lmaydi”.
Azim   Hojiyev   kam,   xush,   ham,   bop,   kam   bilan   yasalgan   so‘zlar   tilimizga
tojik tilidan o‘zlashganligi, ular o‘zbek tili ning yasama so‘zlari emasligini isbotlab
bergan.   Bunday   so‘zlar   o‘zbek   tilining   o‘zida   yasalmaganligi   uchun   ayrimlari
ma’nosini   tarkibiy   qismlari   ma’nosidan   keltirib   chiqarib   bo‘lmaydi.   Masalan,
xushvaqt, kamomad, hamnafas so‘zlari.
Bu   kabi   “kemtiklik”lar   imloning   31-moddasi   (“Yonma-yon   keladigan
undoshlarning   imlosi”)   2-qismi(metall,   kilogramm,   kilovatt,   kongress   kabi
o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday
so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism  qo‘shilsa,  so‘z oxiridagi  bir
harf yozilmaydi: metall+metallar, kilogram+mi=kilogrammi kabi)da ham uchraydi.
Chunki   kilogramm,   metall   so‘zlariga   III   shaxs   egalik   qo‘shimcha sini   qo‘shib
ko‘raylik-chi,   mantiq   qay   darajada   o‘zgaradi?   Yoki   qo‘shma   ra vishlar   imlosida
qaysi qoidaga rioya etgan ma’qul?..
Bu   kabi   e’tirozli   o‘rinlar   yana   topiladi.   Bugun   o‘quvchilar   va
abituriyentlarga   dars   berayotgan   repetitorlar   hamda   fan   o‘qituvchilarining
aksariyati   o‘z   qo‘llanmalari   asosida   dars   o‘tishlari   urfga   aylangan.   Qaysidir
o‘qituvchi imlo qoidalaridan kelib chiqib ish tutsa, boshqalari taniqli olimlar fikri
bilan ish olib boradi. Ularning oliy ta’lim dargohiga o‘qishga kirib, talaba bo‘lgan
o‘quvchilari   esa   o‘zbek   filologiyasi   yo‘nalishida(mutaxassislik   fanlaridan)   o‘qish
davomida   “yap-yangi   grammatika”ga   duch   keladilarki,   endi   grammatika   hamda
imlo   muammosi   globallashib   boraveradi   va   “Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida
nega   yaxshi   mutaxassislar   yetishmaydi?”   degan   savolli   vaziyatni   yuzaga
keltiraveradi.
9 Taniqli  adibimiz  Abdulla  Qahhor  shunday   degan  edi:  “Nima  uchun   ko‘cha
harakati   qoidasini   buzgan   kishiga   militsiya   hushtak   chaladi-yu,   butun   bir   tilni
buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?”.
Darhaqiqat,   bugun   ona   tilini   o‘rganayotgan   o‘quvchilar,   abituriyentlar   va
o‘qituvchilar uchun ham chalkashliklarni keltirib chiqarayotgan holatlarga barham
berish (“hushtak chalish”) vaqti allaqachon kelgan.
Har bir narsa o‘z yaratilgan davrining talablariga javob bera oladi, lekin vaqt
o‘tishi   bilan   uni   yangilash,   zamon   talablariga   moslashtirishga   to‘g‘ri   keladi.
Demak,   imlo   qoidalarini   ham   isloh   qilish   kerak.   Chunki   globallashuv   davri   juda
ko‘p   sohalarda   tub   o‘zgarishlar,   yangilanishlarni   talab   etayotgan   bir   paytda
imlomizda ham “kemtiklik”lar to‘ldirilishi, tuzatilishi juda muhim
10 II BOB.  Fonetika o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish.
Fonetika   o’qitishda   ko’zda   tutilgan   maqsadlardan   biri   o’quvchilarga
orfografik bilimlar berishdir. Unli tovushlarni o’rgatishda ham, undosh tovushlarni
o’rgatishda   ham   imloviy   bilimlar   berish   imkoniyatlari   katta.   Darslikdagi   21-dars
“Unlilar   talaffuzi   va   imlosi”   deb   nomlangan.   O’quvchilar   u   va   i ,   a   va   o ,   o’,e
unlilarining   talaffuzi   va   imlosini   o’rgansh   orqali   orfografik   bilimlarga   ega
bo’ladilar.   Masalan,   u   va   i   unlilarining   talaffuzi   va   imlosi   bilan   bog’liq   holda
o’quvchilar   so’zlarni   to’g’ri   yozishga   oid   quyidagicha   bilimga   ega   bo’ladilar:
1.So’zlarning   birinchi   bo’g’inida   r,l   undoshlaridan   oldin   kelgan   i   unlisi   bilinar   –
bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira,
bilan.   2.Ikki   bo’g’inli   so’zlarning   birinchi   bo’g’inida   lablangan   u   unlisi   ta’sirida
ikkinchi   bo’g’indagi   i   unlisi   u   holida   talaffuz   qilinsa   ham,   yozuvda   i   yoziladi.
Shunday   yozilishi   bilan   ikkinchi   bo’g’inda   u   yoziladigan   otlardan   farqlanadi:
urush-urish, yurush-yurish, qurut-qurit. Bu juftliklarning birinchi qismida berilgani
ot   turkumiga   mansub   so’zlar   bo’lsa,   ikkinchi   qisimda   berilgan   so’zlar   esa   fe’l
turkumiga mansubdir.
Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381 – mashq
berilgan so’zlarning talaffuzi bilan yozilishi o’rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan
bo’lsa.   382   –   mashqda   esa   berilgan   so’zlardagi   nuqtalar   o’rniga   i   yoki   u   harfini
qo’yish   vazifasi   topshirilgan.   383   –   mashq   esa   o’quvchining   mavzu   yuzasidan
egallagan   bilimini   va   savodxonligini   aniqlashga   qaratilgan   bo’lib,   unda   bir
so’zning ikki xil yozilishi berilgan: tuyg’i-tuyg’u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to’g’ri
yozilganini   aniqlash   topshirilgan.   384   –   mashq   uyga   vazifa   qilib   beriladi.
Ko’rinadiki,   mana   shu   mavzu   orqali   o’quvchilarga   i   va   u   unlisi   ishtirok   etgan
so’zlarning   imlosi   haqida   yetarli   tushuncha   beriladi.   Darslikdan   “Qator   kelgan
unlilar   talaffuzi   va   imlosi”   nomli   mavzu   ham   o’rin   olgan.   Ushbu   mavzu   ham
11 o’quvchilar   savodxonligini   mustahkamlashda   muhim   o’rin   tutadi.   So’z   tarkibida
yonma-yon  kelgan  ikki  unli  tovush  ishtirok  etsa  bular  qator  kelgan  unli  sanaladi:
oila,   shoir,   muomala,   soat,   saodat   kabi.   Bunday   so’zlar   talaffuzida   yo   bir   tovush
tushirib   aytiladi   yoki   bir   undosh   tovush   qo’yib   aytiladi.   Bu   holat   esa   qator   unli
ishtirok   etgan   so’zlarning   imlosida   qiyinchilik   tug’diradi.   Ushbu   mavzu   esa
o’quvchilarga shunday so’zlarning yozilishini o’rgatishda yaxshi yordam beradi.
Ayrim   undoshlar   talaffuzi   va   imlosini   o’rgatish   orqali   ham   o’quvchilarga
orfografik   bilimlar   berib   boriladi.   Darslikda   berilgan   “Jarangli   va   jarangsiz
undoshlar   talaffuzi   va   imlosi”   nomli   mavzu   quyidagicha   o’rgatiladi.   Dastlab
topshiriq   sifatida   berilgan   bob ,   yod,   eg   kabi   so’zlarning   talaffuzi   o’rganiladi   va
so’z   oxirida   kelgan   jarangli   undoshlarning   jarangsizlashi,   lekin   yozuvda   jarangli
undosh sifatida aytilishi  haqida shunday  xulosa chiqariladi:  so’z oxirida   b-p ,   d-t,
z-s   singari   jarangli   va   jarangsiz   undoshlar   o’rtasidagi   farq   yo’qolib,   bir   xil
jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin  b,d,z  yoziladi. Shundan so’ng
darslikdagi   mashqlar  orqali   bu  qoidalar   mustahkamlanadi.  Keyingi  darslarda   g-k,
q-g’  kabi jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosi,  q-g’  undoshlari bilan tugagan
so’zlarga   qo’shimchalarning   qo’shilishi   va   ularning   imlosi,   v,m   undoshlaridan
oldin kelgan n undoshining imlosi  o’rganiladi. Shu bilan birga o’quvchilarga   j, x
va   h,   f,ng,   sh   va   ch   harflarining,   qo’sh   undoshlarning   talaffuzi   va   imlosi   haqida
ham   ma’lumot   beriladi.   Imloviy   bilimlar   tutuq   belgisi,   qator   undoshlar,   bo’g’in,
tovushlarining ortirilishi  va tushib qolishi  kabi  mavzular  bilan  bog’liq holda ham
o’rgatiladi. 
Umuman   olganda,   “Fonetika”   bo’limini   o’qitish   jarayonida   o’quvchilarga
ko’plab  imloviy bilimlar   berish,  ularning  savodxonligini   yaxshilash  imkoniyatlari
keng. Buni to’g’ri yo’lga qo’ya bilish o’qituvchi mahoratiga bog’liq.
12 III BOB. Internet tarmog’ida imlo savodxonligi va tinish belgilarining 
ahamiyati.
Ona tilining asosiy vazifalaridan biri og’zaki va yozma nutqni rivojlantirish .
Bugungi   kunda   internet   tarmoqlarisiz   yumushlarimiz   bitmaydi   go’yo.   Uning
qulayligi   nafaqat   yozuv   ,   balki   audio,   video   kabi   multimediya   vositalarini   kichik
hajmda   tashishida   bo’lsa,   afsuski,   virtual   olam   yozma   nutq   savodxonligining
kushandasi.   Birinchidan,   insonda   husnixat   bilan   yozish   ko’nikmasi   batamom
to’xtaydi. Ma’lumotlar tezkorlikka asoslangani uchun aksariyat hollarda qisqargan
tarzda   almashadi.   Natijada   yozuvning   takomillashishi   susayadi.   Internet
tarmoqlarida   bugungi   kunda   ma’no   tashib   yuruvchi   ayrim   so’z   shakli   va   iboralar
paydo bo’lmoqdaki, ona tilimizning bor jozibasi u yerda o’z nafosatini yo’qotadi.
13 Ushbu   surat   millionlab   bugungi   faol   muloqotning   bir   qatrasi.   “Lotin   yozuviga
asoslangan   o’zbek   alifbosini   joriy   qilish”   25   yildan   beri   amalda.   Ammo   krill   va
lotin yozuvining imloda chalkash holda qo’llanishi bugun imlo qoidalarini o’qitish
naqadar   ortda   qolayotganidan   dalolat.   Tarixdan   ma’lumki,   bir   davrda   ikki
yozuvdan yonma-yon foydalanilgan. Masalan, XV asrda arab va uyg’ur yozuvlari
amalda bab-baravar qo’llangan. Ammo ayni o’sha davrda eng go’zal va umrboqiy
asarlar yaratilgani butun dunyoga ma’lum. Agar biz imlo qoidalarini tubdan isloh
qilmas ekanmiz, bunga yuqori tashkilot rahbarlari qat’iy amal qilib o’rnak bo’lmas
ekan, televideniye va matbuot, maktab darsliklari va qo’llanmalarda bunga qat’iy
amal   qilinmas   ekan,   kelajak   avlodga   chalkash,   tushunarsiz   yozuvni
qoldiramiz.Yozuvni qisqargan, orfografik tamoyilga asosan yozilmas ekan, u yerda
tinish   belgilaridan   foydalanish   juda   past   foizni   tashkil   etadi.   Shuning   uchun   ham
14 bugungi kunda ona tilimizni elektron bazaga joylashimiz, ya’ni tayyor qolipli so’z
va   gap   shaklidagi   orfografik   tamoyilga   asoslangan,   punktuatsiya   me’yorlariga
rioya qilgan elektron ona tili shaklini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Butunjahon   Internet   tarmog'ida   joylashtirilgan   ma'lumotlar   juda   ko'p
baytlarda   hisoblab   chiqilgan.   Butunjahon   Internet   tarmog'ida   ma'lumot   qidirish
uchun maxsus  veb-saytlar  -  axborot  qidirish tizimlaridan foydalaniladi. Ular  kalit
so'zlarga kalit so'zlar  bilan bog'liq axborot resurslarini topishga imkon beradi. Bu
kalit   so'zlarni   o'z   ichiga   olgan   matn   yoki   kalit   so'zlardan   birining   grafik   tasviri
bo'lishi   mumkin.   Axborot   olish   tizimlariga   Google   va   Yandeksni   misol   keltirish
mumkin.
Ma'lumot   qidirish   -   har   qanday   Internet   foydalanuvchisi   hal   qilishi   kerak
bo'lgan amalda eng talab qilinadigan vazifalardan biri.
Internetda ma'lumot topishning uchta asosiy usuli mavjud:
1. Sahifa manzilini ko'rsatish.
3. Qidiruv tizimiga (qidiruv serveriga) murojaat qilish.
1-usul: Sahifa manzilini ko'rsatish
Bu   qidirishning   eng   tezkor   usuli,   ammo   siz   hujjatning   aniq   manzilini   yoki
hujjat joylashgan saytni bilsangizgina foydalanishingiz mumkin.
Brauzer oynasida ochilgan veb-sahifa orqali qidirish imkoniyatini unutmang
(Tartibga solish-Ushbu sahifada ...).
Bu  eng qulay  usul,  chunki  u  amaldagi   hujjatga faqat   ma'no jihatidan  yaqin
bo'lgan hujjatlarni qidirish uchun ishlatilishi mumkin.
3-usul: Qidiruv tizimiga murojaat qilish
Gipermatnli havolalardan foydalanib, siz Internetning axborot makonida bir
veb-sahifadan   ikkinchisiga   o'tishda   cheksiz   sayohat   qilishingiz   mumkin,   ammo
dunyoda   millionlab   veb-sahifalar   yaratilganligini   hisobga   olsak,   ular   bo'yicha
kerakli ma'lumotlarni shu tarzda topish qiyin.
15 Maxsus   qidiruv   tizimlari   yordamga   keladi   (ular   qidiruv   tizimlari   deb   ham
ataladi). Qidiruv tizimning manzillari Internetda ishlaydigan har bir kishiga yaxshi
ma'lum.   Hozirda   Internetning   rus   tilida   so'zlashadigan   qismida   quyidagi   qidiruv
tizimlari   mashhur:   Yandex   (yandex.ru),   Google   (google.ru)   va   Rambler
(rambler.ru)
Qidiruv tizim - Internetda ma'lumot izlashga imkon beruvchi veb-sayt.
Ko'pgina   qidiruv   tizimlari   World   Wide   Web-dan   ma'lumot   qidirishadi,
ammo   ftp-serverlardagi   fayllarni,   Internet-do'konlarda   mahsulotlarni   va   Usenet
yangiliklar guruhlarida ma'lumotlarni qidiradigan tizimlar mavjud.
Faoliyat   printsipi   bo'yicha   qidiruv   tizimlari   ikki   turga   bo'linadi:   qidiruv
kataloglari va qidiruv indekslari.
Kataloglarni qidirish tematik qidirish uchun xizmat qiladi.
Ushbu   serverlardagi   ma'lumotlar   mavzu   va   submavzular   bo'yicha   tuzilgan.
Tor   mavzuni   yoritish   niyatida,   unga   bag'ishlangan   veb-sahifalar   ro'yxatini   topish
qiyin emas.
Internetdagi   manbalar   katalogi   yoki   Internet-resurslar   katalogi   yoki
shunchaki   Internet-katalog   bu   saytlarning   qisqacha   tavsifi   bilan   bog'langan
tuzilmalar to'plamidir.
Indekslarni   qidirish   alfavit   ko'rsatkichlari   kabi   ishlash.   Mijoz   qidiruv
sohasini   tavsiflovchi   so'zni   yoki   so'zlar   guruhini   belgilaydi   -   va   belgilangan
atamalarni o'z ichiga olgan veb-sahifalarga havolalar ro'yxatini oladi.
Birinchi   qidiruv   tizimi   Jahon   tarmog'i   uchun   1993   yilda   MIT
kompaniyasidan   Metyu   Grey   tomonidan   ishlab   chiqilgan   indeks   indekslari   bekor
qilingan Wandex edi.
Qidiruv ko'rsatkichi qanday ishlaydi?
Indekslarni   avtomatik   ravishda   qidirish,   maxsus   dasturlar   (veb-
o'rgimchaklar)   yordamida   Internet   sahifalarini   skanerlash   va   ularni   indekslash,
ya'ni ulkan ma'lumotlar bazasiga kiritish.
Robotni qidirish ("Veb o'rgimchak") - bu qidiruv tizimining ajralmas qismi
bo'lgan   va   Internet-sahifalarni   qidirish   mexanizmi   bazasiga   ular   haqida   ma'lumot
16 (kalit   so'zlar)   kiritish   uchun   skanerlash   uchun   mo'ljallangan   dastur.   O'rgimchak,
asosan, odatiy brauzerga o'xshaydi. U sahifaning tarkibini skanerdan o'tkazadi, uni
qidiruv   tizimidagi   serverga   yuklaydi   va   quyidagi   sahifalarga   havolalar   orqali
yuboradi.
Kerakli   ma'lumotni   qaerdan   topish   kerakligi   haqidagi   so'rovga   javoban,
qidiruv   serveri   kerakli   ma'lumotlar   mavjud   bo'lgan   yoki   eslatib   o'tilgan   veb-
sahifalarga   olib   boruvchi   ko'priklar   ro'yxatini   qaytaradi.   So'rov   tarkibiga   qarab,
ro'yxat istagancha keng bo'lishi mumkin.
http://www.yandex.ru/
Yandeks - rossiya tizimi Internetda qidirish. Kompaniyaning Yandex.ru veb-
sayti   1997   yil   23   sentyabrda   ochilgan.   Kompaniyaning   bosh   ofisi   Moskvada
joylashgan.   Kompaniyaning   Sankt-Peterburg,   Yekaterinburg,   Odessa   va   Kiyevda
vakolatxonalari mavjud. Xodimlar soni 700 kishidan oshadi.
"Yandeks" so'zi ("I" harfi va so'zlar indeksining bir qismidan iborat; ruscha
"I"   olmoshining   inglizcha   "I"   ga   to'g'ri   kelishi)   "Yandex"   asoschilaridan   biri,
hozirda kompaniyaning texnik direktori lavozimini egallab turgan Ilya Segalovich
tomonidan ixtiro qilingan.
Yandex   qidiruvi   rus   va   ingliz   tillarining   morfologiyasini   va   gapdagi
so'zlarning   yaqinligini   hisobga   olgan   holda   Runet-da   rus,   ukrain,   belorus,   rumin,
ingliz, nemis va frantsuz tillarida hujjatlarni qidirish imkonini beradi. Yandex-ning
o'ziga xos xususiyati - qidiruv so'rovini aniq sozlash qobiliyati. Bu moslashuvchan
so'rovlar tili orqali amalga oshiriladi.
Odatiy   bo'lib,   Yandex   har   bir   qidiruv   natijasi   sahifasida   10   ta   havolani
ko'rsatadi;   qidiruv   natijalari   sozlamalarida   siz   sahifa   hajmini   20,   30   yoki   50   ta
topilgan hujjatgacha oshirishingiz mumkin.
Vaqti-vaqti   bilan   qidiruv   natijalarining   dolzarbligi   uchun   mas'ul   bo'lgan
Yandex   algoritmlari   o'zgaradi,   bu   esa   qidiruv   natijalarining   o'zgarishiga   olib
keladi.   Xususan,   ushbu   o'zgarishlar   qidiruv   spamiga   qarshi   qaratilgan   bo'lib,   bu
ba'zi so'rovlar uchun ahamiyatsiz natijalarga olib keladi.
http://www.google.ru/
17 Internet-qidiruv   tizimlarining   etakchisi,   Google   jahon   bozorining   70%   dan
ortig'ini egallaydi. Hozirgi kunda u har kuni 50 millionga yaqin qidiruv so'rovlarini
ro'yxatdan o'tkazadi va 8 milliarddan ortiq veb-sahifalarni indekslaydi. Google 115
ta tilda ma'lumot topishi mumkin.
Bir   versiyaga   ko'ra,   Google   inglizcha   googol   so'zining   buzuq   imlosi.
"Googol"   -   bu   matematik   atama   bo'lib,   undan   keyin   100   ta   nol   keladi.   Bu   atama
amerikalik   matematik   Edvard   Kasnerning   jiyani   Milton   Sirotta   tomonidan
kiritilgan   va   dastlab   Kasner   va   Jeyms   Nyumanning   "Matematika   va   xayol"
kitobida   tasvirlangan.   Google   ushbu   atamani   ishlatishi   Internetdagi   katta
miqdordagi ma'lumotlarni tartibga solishning qiyinligini aks ettiradi.
Google   interfeysi   juda   aniq   so'rovlar   tilini   o'z   ichiga   oladi,   bu   sizning
qidiruvingizni   ma'lum   domenlar,   tillar,   fayl   turlari   va   boshqa   narsalar   bilan
cheklash imkonini beradi.
http://www.rambler.ru/
Rambler   Media   Group   -   bu   qidiruv   tizimini,   Rossiyaning   Internet-
resurslarining reyting-klassifikatorini va xizmat sifatida axborot portalini o'z ichiga
olgan Internet-xoldingi.
Rambler 1996 yilda tashkil etilgan.
Rambler   qidiruvi   rus,   ingliz   va   ukrain   tillarining   so'zlarini   tushunadi   va
ajratib turadi. Odatiy bo'lib, so'zning barcha shakllari qidiriladi.
Hozirgi   vaqtda   Internet   yuzlab   millionlab   serverlarni   birlashtirmoqda,   ular
milliardlab   turli   xil   saytlarni   joylashtiradilar   va   alohida   fayllarturli   xil
ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Bu ulkan ma'lumot ombori.
Axborotni   izlash   har   qanday   foydalanuvchi   Internetda   duch   keladigan   eng
keng   tarqalgan   va   shu   bilan   birga   qiyin   vazifalardan   biridir.   Ammo,   agar   oddiy
foydalanuvchi   uchun   samarali   ma'lumot   olish   usullari   haqida   ma'lumot   zarur
bo'lsa, lekin majburiy sifat emas, ishlab chiqarish va dizayn, tashkiliy, menejment,
ilmiy-tadqiqot   va   dizayn   sohasidagi   mutaxassislar   uchun   Internet   resurslarida
tezkor   harakat   qilish   va   kerakli   manbalarni   topish   qobiliyati   asosiy   malakaviy
ko'nikmalar. Internetda ma'lumot qidirishning turli xil usullari mavjud.
18 Ma'lum bo'lgan manzilni qidiring.
Bu   eng   ko'p   tezkor   yo'l   qidirish,   lekin   undan   foydalanuvchi   aniq   manzilni
bilgan taqdirdagina foydalanish mumkin axborot  manbaikerakli ma'lumotlarni o'z
ichiga   olgan.   Veb-sahifalarning   manzillari   maxsus   ma'lumotnomalarda,   bosma
nashrlarda   va   boshqalarda   keltirilgan.   Manzilni   bilib,   uni   kiritish   kifoya   manzil
satri brauzer.
masalan:
- Mgudt.ru - Moskva dizayn va texnologiya universiteti;
- Sssu.ru - Janubiy Rossiya davlat iqtisodiyot va servis universiteti;
-   Assol.org   -   kiyim-kechak   SAPR,   sumka   dizayni   uchun   dasturiy   ta'minot,
poyabzal dizayni uchun dastur;
- Saprgrazia.com - baland kompyuter texnologiyalari tikuvchilik sanoati;
-   Comtense.ru   -   dasturiy   ta'minot   va   tikuvchilik   va   trikotaj   mahsulotlarini
loyihalash va texnologik tayyorlashni avtomatlashtirish uskunalari;
- Moda.ru, fg.ru, sarafan.ru - moda yo'nalishlari;
- Microcoft.com va Microcoft.com/rus - Microcoft Corporation veb-sayti va
uning rus tilidagi versiyasi;
- Rarlab.com - winRAR arxivlashtiruvchisi;
- 7-zip.org - bepul 7-ZIP arxivi;
- Office.microsoft.com/rus - rasmiy sayt Microsoft Office;
- Abbyy.ru/finereader - Fine Reader (tasvirni aniqlash dasturi);
- Adobe.com/ru/products/photoshop - grafik muharriri Adobe Photoshop;
- Avast.ru - bepul avast antivirus! (Ruscha versiyasi);
- Free-av.com - bepul antivirus Avira Antivir;
- Drweb.ru - DrWeb antivirus;
- Avp.ru - Kasperskiy antivirus;
- Agnitum.ru - Agnitum Outpost Firewail va Outpost Security Suite;
- Microcoft.com/rus/windows/internet-explorer - brauzer Internet Explorer;
- Opera.com - opera brauzeri;
- Ritlabs.com - Bat elektron pochta dasturi;
19 - Icq.com - ICQ "tezkor xabar almashish" (veb-sahifa) xizmati;
- Icq.rambler.com - ICQ ning ruscha versiyasi;
- Skype.com - Skype IP telefoniya dasturi;
- Yandex.ru, rambler.ru, google.ru - rus qidiruv tizimlari;
- Google.com, bing.com - xalqaro qidiruv tizimlari;
- Filesearch.ru - FTP serverlarida qidirish;
-   Mail.ru,   mail.yandex.ru,   mail.rambler.ru,   pochta.ru,   e-mail.ru   -   rus
serverlari bepul pochta;
- Narod.ru, boom.ru, westhost.ru, by.ru - rus serverlarida bepul xosting;
- Ixbt.ru - kompyuter yangiliklari, texnik sharhlar;
- Maps.google.com - butun dunyo bo'ylab batafsil xaritalar, uyga aniq;
-   Maps.yandex.ru   -   Rossiya   va   Ukrainaning   yirik   shaharlarining   batafsil
xaritalari. Tiqilinch haqida ma'lumot;
-   Wikipedia.org   va   ru.wikipedia.org   -   Vikipediya   bepul   ensiklopediyasi   va
uning ruscha qismi;
-   Slovari.yandex.ru,   rubricon.com,   krugosvet.ru,   mega.km.ru   -   onlayn
entsiklopediyalar va lug'atlar;
- Books.ru, ozon.ru, market.yandex.ru, foto.ru - Internet-do'konlari;
- Rvb.ru - Rossiya virtual kutubxonasi;
Gipermuroqlarda   harakatlanish...   Internetdagi   veb-saytlar   ko'priklar   orqali
bog'langan.   Agar   kerakli   veb-sahifaning   manzili   mavjud   bo'lmasa,   unga   havolasi
bo'lgan   boshqa   sahifadan   foydalanishingiz   mumkin.   Boshqa   qidirish   usullaridan
foydalanganda,   saytda   topilgan   havolalar   bo'limi   (manbalar,   boshqa   saytlar   va
boshqalar)  mavjudligini  ko'rish  mantiqan to'g'ri  keladi. Ko'pincha ushbu  bo'limda
siz shu bilan bog'liq bo'lgan yana bir nechta manbalarning manzillarini topishingiz
mumkin. Ammo bu qidirish usuli ancha vaqt talab etadi va ushbu usul yordamida
siz  amaldagi   hujjatga   faqat   ma'no  jihatidan  yaqin  bo'lgan  hujjatlarni   qidirishingiz
mumkin.
Agar bizda manzil yoki havolalar bo'lmasa, murojaat qiling qidiruv tizimlari.
20 Qidiruv   serveriga   (qidiruv   tizimiga)   murojaat   qilish.Internetda   ma'lumot
topish uchun maxsus ma'lumot qidirish tizimlari ishlab chiqilgan. Qidiruv tizimlar
umumiy manzilga ega va qidiruvni tashkil qilish uchun maxsus vositalarni (qidiruv
satri,   mavzu   katalogi,   havolalar)   o'z   ichiga   olgan   veb-sahifa   sifatida   namoyish
etiladi.   Qidiruv   tizimiga   qo'ng'iroq   qilish   uchun   uning   manzilini   brauzerning
manzil satriga kiritishingiz kifoya.
Axborotni   qidirishni   tashkil   etish   uslubiga   ko'ra,   uchta   turdagi   ma'lumot
olish   tizimlarini   ajratish   mumkin:   tematik   kataloglar   (rubrikalar),   lug'at   qidirish
tizimlari, metasearch motorlar.
Tematik   kataloglar(rubrikatorlar)   -   mavzular   bo'yicha   tuzilgan
ma'lumotlarning ierarxik (daraxtga o'xshash) tashkilotidan foydalanadigan qidiruv
tizimlari. Ma'lumotni qidirishda foydalanuvchi tematik sarlavhalarni ko'rib chiqadi
va kerakli filialni tanlaydi, izlash maydonini asta-sekin toraytiradi.
Rus   tilidagi   Internet-resurslarning   eng   to'liq   ko'p   darajali   ierarxik   tematik
katalogi Aport qidiruv tizimiga ega (www.aport.ru) 
Agar   siz   ma'lum   bir   mavzu   bo'yicha   mavjud   bo'lgan   manbalar   haqida
umumiy ma'lumot olish uchun (mavzu, ta'lim, musiqa, tibbiyot va boshqalar) keng
ma'lumot qidirsangiz, u holda katalogga murojaat qiling. Agar ma'lum bir sayt yoki
hujjatni topishingiz kerak bo'lsa, unda katalog samarasiz qidirish vositasi bo'ladi.
Masalan, Aport tematik katalogidan SRSUES haqida ma'lumot topish uchun
siz   Fan   va   Ta'lim   /   Ta'lim   /   Oliy   sarlavhalari   ostida   uzoq   yo'l   bosib   o'tishingiz
kerak.   kasbiy   ta'lim   /   Universitetlar   /   Iqtisodiyot   va   menejment   /   Boshqalar.
Shundan so'ng, siz hali ham 15 sahifadan iborat alifbo ro'yxatida kerakli havolani
topishingiz   kerak.   Boshqa   tomondan,   bu   yo'l   Rossiyaning   ta'lim   manbalarining
xilma-xilligi to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'lishga imkon berdi.
Kataloglardan   tashqari   umumiy   maqsad   Internetda   ko'plab   maxsus
kataloglar mavjud (ma'lum mavzular bo'yicha).
Lug'at   qidirish   tizimlari   kuchli   avtomatik   apparat   va   dasturiy   ta'minot
tizimlari. Qidiruv tizimlarning asosini qidiruv tizimlari yoki indekslar deb atashadi.
Maxsus   robotlashtirilgan   dasturlar   ("o'rgimchak"   deb   ham   nomlanadi)   avtomatik
21 rejim   topilgan   hujjatlarni   indekslash   orqali   ma'lum   bir   algoritmlar   asosida
Internetni vaqti-vaqti bilan o'rganib chiqing. U yoki bu ma'lumotlarning joylashuvi
to'g'risidagi   ma'lumotlar   maxsus   ma'lumotnomalar-indekslarga   kiritiladi.
Yaratilgan   indeks   ma'lumotlar   bazalari   qidiruv   tizimlari   tomonidan
foydalanuvchiga   veb-saytlarda   joylashtirilgan   ma'lumotlarga   kirish   imkoniyatini
ta'minlash uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi  tegishli  interfeys doirasida formulalar
tuzadi so'rovtizim tomonidan qayta ishlanadi.
So'rov   foydalanuvchi   qidiruv   satriga   kiritadigan   so'rovlar   tilidan
foydalangan holda - ma'lum qoidalar asosida tuzilgan kalit so'z yoki ibora. Turli xil
so'rovlarni   shakllantirish   uchun   foydalaning   maxsus   belgilar   ("",   ~),   matematik
belgilar   (*,   +,   -   ,?),   mantiqiy   operatorlar   (operatsiyalar)   Yoki,   Va,   Not,   yaqinlik
operatori Near.
Shundan so'ng, so'rovni qayta ishlash natijalari brauzer oynasida ko'rsatiladi.
Natijada,   foydalanuvchiga   skanerlash   paytida   qidiruv   so'zi   yoki   so'zlar   guruhi
topilgan manzillar  (URL)  taklif  etiladi.  Foydalanuvchiga  taklif  qilingan  havolalar
ro'yxati   bo'yicha   tartiblangan   dolzarbligi.   Muvofiqhujjat   -   bu   semantik   mazmuni
axborot so'roviga mos keladigan hujjat.
Qidiruv   natijalari   ro'yxatidagi   har   bir   havola   o'z   ichiga   oladi   parcha
(Inglizcha   parcha   -   parcha,   parcha)   -   topilgan   hujjatdan   bir   nechta   satrlar,   ular
orasida   kerakli   kalit   so'zlar   mavjud.   Havolani   bosishdan   oldin   parchani   so'rov
mavzusiga   muvofiqligini   baholash   tavsiya   etiladi.   Keyin,   ma'lum   bir   saytga
havolani   bosish   orqali   qarashga   arziydi   uy   sahifasi...   Qoida   tariqasida,   birinchi
sahifa   manzilga  kelganingizni   yoki   kelmaganingizni   tushunish   uchun  etarli.  Agar
ha   bo'lsa,   unda   tanlangan   saytda   (sayt   bo'limlarida)   kerakli   ma'lumotlarni   qidirib
toping,   agar   bo'lmasa,   qidiruv   natijalariga   qayting   va   keyingi   havolani   sinab
ko'ring.
Ushbu   turdagi   qidiruv   eng   moslashuvchan   va   kuchli   bo'lib,   Internetda   eng
xilma-xil, shu jumladan juda ixtisoslashgan mavzulardagi ma'lumotlarni qidirishga
imkon beradi.
22 Hozirgi vaqtda qidiruv tizimlarini rivojlantirishda avtomatik indeksli qidiruv
tizimlarini   va   Internet-resurslarning   qo'lda   tuzilgan   kataloglarini   birlashtirish
tendentsiyasi   mavjud.   Ushbu   tizimlarning   resurslari   bir-birini   muvaffaqiyatli
to'ldiradi   va   ularning   imkoniyatlari   kombinatsiyasi   juda   mantiqiy.   Ko'pgina
zamonaviy qidiruv tizimlari aralashgan.
Bugungi   kunda   xalqaro   va   mahalliy   qidiruv   tizimlari   juda   ko'p.   Birinchisi,
Internetda   ketma-ket   nashr   etilgan   barcha   hujjatlarni   indekslaydi.   So'nggi   indeks
resurslari   rus   tilining   ustunligi   bilan   domen   zonalarida   joylashgan.   Agar
foydalanuvchi   tarmoqning   rus   tilida   so'zlashadigan   qismida   biror   narsani   topish
vazifasi   bilan   duch   kelsa,   ehtimol   eng   muvaffaqiyatli   natijaga   rus   tilida
so'zlashuvchi   qidiruv   tizimlaridan   foydalangan   holda   qidirish   kiradi.   Avvalo,   rus
tilidagi   qidiruv   tizimlari,   ingliz   tilidan   farqli   o'laroq,   rus   tilining   morfologiyasiga
asoslangan   holda   qidirish.   Kompyuterdan   foydalangan   holda   ma'lumotlarni
samarali qidirish nafaqat yangi  boshlanuvchilar uchun, balki Internetning tajribali
foydalanuvchilari   uchun   ham   yuzaga   keladigan   dolzarb   vazifadir,   chunki   taniqli
so'zda   aytilganidek,   ma'lumotlarga   egalik   qiluvchi   dunyoga   egalik   qiladi.   Bugun
biz   tahlil   qilamiz   kerakli   narsalarni   tezda   topish   usullari   muhim   ma'lumotlar   rus
tilida   so'zlashadigan   Internetda...   Yoqilgan   bu   lahza   ularning   faqat   uch   turi
mavjud:
Internetdagi to'g'ridan-to'g'ri havola orqali ma'lumot topish
Internet-bemaqsad yordamida qidirish
Internetda   ma'lumot   topish   qoidalari   kerakli   ma'lumotlar   va   kerakli
ma'lumotlar joylashgan saytning to'g'ridan-to'g'ri manzilini ko'rsatish orqali;
sörf havolalari shaxsiy kompyuter Internetda;
internetdagi qidiruv tizimlaridan (mashinalardan) foydalanish.
23 IV BOB. Umumta’lim maktablarida   tinish belgilarini  o`qitishning   yutuq  
va  kamchiliklari.
Umumta`lim   maktab   va   akademik   litseylarda   o`tilayotgan     ona   tili   ta’limiga
qo‘yilgan   muhim   talablardan   biri   o‘quvchilarni   o‘z   fikrlarini   bayon   qilish
faoliyatiga   tayyorlashdir.   Fikr   esa   faqat   til   yordamida   ro‘yobga   chiqadi.   Shuning
uchun har bir kishi undan foydalanishni bilishi zarur. 
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan yana bir muhim talab o‘quvchilar tafakkurini
rivojlantirishdir. Zero, davlatimiz Prezidenti  I.Karimov bu borada shunday deydi:
“Demokratik   jamiyatda   bolalar,   umuman,   har   bir   inson   erkin   fikrlaydigan   etib
tarbiyalanadi. Agar bola erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`limning samarasi
past   bo`lishi   muqarrar.   Albatta,   bilim   kerak,   ammo   bilim   o`z   yo`liga   mustaqil
fikrlash ham katta boylikdir”. 
Tahlillar   shuni   ko`rsatadiki,   akademik   litseylarda   tahsil   olayotgan
24 o`quvchilarda ham, asosan, quyidagi nutqiy muammolar mavjud: 
- to‘g‘ri talaffuz ko`nikmasiga ega emaslik; 
- imloviy savodxonlik ko`nikmasiga ega emaslik;
-  zarur so‘z boyligiga ega emaslik;
- til vositalaridan unumli va o`rinli foydalana olmaslik;
- mustaqil, mantiqiy, ijodiy fikrlash kabi malakalarning yetishmasligi. 
Dastlabki   kuzatishlar   mazkur   bo‘limning   akademik   litseylarda   o‘qitilishi
kutilgan   natijalarni   bermayotganligini   ko‘rsatmoqda.   Buning   asosiy   sababi
o‘quvchida   fikrlash   qobilyatining   shakllanmay   qolganligidir.   Ona   tilidan   zaruriy
bilimlar umumta`lim maktabida va chuqurlashtirilgan shaklda akademik litseylarda
batafsil   o`qitiladi.   Ammo   litseyni   bitirgan   o`quvchi   oliy   o`quv   yurtiga   kirish
imtihonlari   mazmuni   hisoblangan   test   savollariga   qoniqarsiz   javob   beradi.
O`quvchi   ona   tili   fani   bo`yicha   taqdim   etilgan   o`quv   materialini   yoddan   biladi,
ammo   test   jarayonida   natija   ijobiy   tomonga   o`zgarmaydi.     Chunki,   kirish
imtihonlari uchun tanlangan savollar mutlaqo fikrlashga, o`quvchini o`ylatishga va
yechimni izlashga mo`ljallangan.  
Yuqorida   sanab   o‘tilganlarning   deyarli   hammasi   bilan   o‘quvchilarni
qurollantirish, asosan,  tilning fonetika bo‘limi  zimmasidadir. Ma’lum  bo‘lishicha,
boshqa   bo‘limlarga   qaraganda   fonetika   bo‘limi   o‘quvchilarda   zerikish
uyg‘otmoqda.   Buni   o‘qituvchilar   bilan   bo‘lgan   suhbatlar   va   o‘quvchilar   o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rov-anketalar tasdiqlaydi. 
Akademik   litseylarining   aksariyat   ona   tili   o‘qituvchilari,   afsuski,   bugungi
ona   tili   ta’limi   maqsadi   nimaligini,   xususan,   fonetika   o‘qitishdan   ko‘zlangan
maqsad   nima   ekanligini,   davlat   va   jamiyatning   ona   tili   ta’limi   oldiga   qo‘ygan
ijtimoiy buyurtmasi  haqida aniq tasavvurga ega emasligi muammoning manbasini
ko‘rsatib turibdi. 
Tan olish kerakki, tadrisan va mazmunan yangi, zamon ruhiga mos darslik,
qo‘llanmalar   chop   etilib,   amaliyotda   o‘z   samarasini   bermoqda.   Biroq   yagona
darslik   bilan   muammoni   hal   qilib   bo‘lmaydi.   Ba’zan   darsliklarda   uchraydigan
kamchiliklarni   to‘ldirishga   ehtiyoj   paydo   bo‘ladi.   Aynan   fonetika   mavzusini
25 o‘qitishda   darslikda   berilgan   o‘quv   materiallari   zarur   ko‘nikma   va   malakalarni
o‘quvchiga   berishda   yetarli   bo‘lmayotgani   kuzatishlar   jarayonida   ma’lum   bo‘ldi.
Mavjud   darsliklarning   o`quv   materiallar   tarkibi   haqida   gapirganda   mavzuni
mustahkamlovchi mashq va topshiriqlarga urg`u berish zarur, nazarimizda.
  ALlarda   o`quvchilarni   faqat   testga   tayyorlash   yetarli   emas,   o`quvchilar
mazkur   muassasani   tugatgach,   xohish   va   iqtidorga   ko`ra   turli   ixtisosliklarga
yo`naltiriladi,   shu   bois   ularni   ijtimoiy   hayotda   zarur   bo`ladigan   boshqa   nutqiy
malakalar   bilan   ham   qurollantirish   kerak.   Birgina   talaffuz   masalasini   oladigan
bo‘lsak,   Respublikamizning   turli   hududlari   bilan   bog‘liq   turli     tovushlarning
talaffuzida   muammolar   uchraydi.   Uni   bartaraf   qilish   uchun   darsliklardagi   ikkita
yoki uchta mashq(mashqlarning berilishi ham talab darajasida emas) kamlik qiladi.
Bu borada davlatimiz Prezidenti til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p
ishlar   qilishimiz   lozimligini,   ayniqsa,   ba’zi   rasmiy   muloqotlarda   ham   adabiy   til
qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva
elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishini, bu masalaning hali-hanuz
dolzarb   bo‘lib   qolayotganligini   qat’iy   ta’kidlaydilar.   Mazkur   masalaning   yechimi
ham   albatta,   maktab   bilan,   ona   tili,   xususan,   fonetika   o‘qitish   bilan   bevosita
bog‘liqdir.  
Demak,   fonetika   o‘qitishni   davlat   va   jamiyat,   qolaversa,   zamon   talabi   darajasiga
ko‘tarish   uchun,   avvalo,   darslik   va   qo‘llanmalarning   mazmun   mundarijasini,
ulardagi   o‘quv   materiallarini   tanqidiy   o`rganish   kerak.   Bo‘sh   o‘rinlarni   to‘ldirib,
ona tili darsliklari tarixini o‘rganish asnosida to‘plangan boy tajribalarga asoslanib,
millat   tafakkuri   va   millat   mafkurasining   eng   ilg‘or   namunalari   aks   etgan   asl
darsliklar avlodini yaratish zarur.
Til   inson   hayotida   juda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.     Ayniqsa,   ona   tili   millatni
birlashtiruvchi bir kuch bo'lib, uni milliy-ma'naviy qadryat sifatida puxta egallash,
o'z   fikrini   og'zaki   va   yozma   shaklda   to'g'ri   ifodalay   olish,   nutqiy   savodxonlikka
erishish nafaqat o'quvchi va talabalar uchun, balki ta'limning keyingi bosqichlarini
o'tayotgan   kattayu   kichik   uchun   ham   nihoyatda   dolzarb   bo'lib   turibdi.   O'zbek
26 tilining   ona tili sifatida o'qitilishi ham davlat ahamiyatiga molik masaladir. Kishi
istagan   fanini   ona   tili   orqaligina   o'rganadi,   uni   o'rab   turgan   borliqni   ham   shu   til
bilan   o'zlashtiradi.   Zero   ona   tilining   umumta'lim,   o'rta   maxsus   va   oliy   ta'lim
muassasalarida o'qitilishi mazkur ehtiyojlarga monand bo'lishi zarur.
YA. A. Komenskiy bu borada shunday deydi: “Mashg'ulotlarni shunday o'tkazish
kerakki,   unda   keyin   o'rganiladigan   hodisa   oldingi   o'rganilganlarga   asoslansin,
hozirgisi   keyingilarni   o'rganishda   mustahkamlansin”.   Shu   ma'noda   ona   tilidan
o'quvchi-talabalarga   beriladigan   bilimlar   silsilasi   bosqichma-bosqich,   darajama-
daraja   sistemali   ravishda   bir-biriga   bog'langan,   biri   ikkinchisini   to'ldiradigan
bo'lmog'i shart. O'quvchi umumta'lim maktabida ona tili grammatikasini, 5-sinfda 
fonetika va leksikologiyani, 6-7-sinflarda morfologiyani, 8-9-sinflarda sintaksis, 
punktuatsiya   va   uslubiyat   kabi   mavzularni   o'rganadi.   U   umumta'lim
maktablarining   9-sinfini   tugatib,   o'rta-   maxsus   ta'limning,   ya'ni   akademik
litseyning birinchi kursiga qadam  qo'yganida unga umumta'lim  fani sifatida “Ona
tili   va   adabiyot”,   2-3-kurslarda   “Hozirgi   o'zbek   adabiy   tili   ”   fani   o'tiladi.
Adabiyotning   og'zaki   shakli   bo'lgan   folklor   negadir   xalq   og'zaki   ijodi   sifatida
adabiyotdan ajratilgan holda o'qitiladi. 
Umumta'lim   maktablarining   ona   tili   darslik   va   dasturlari   mazmuni
hisoblangan   o'quv   materiallari   biroz   kengaytirilgan   holatda     litsey   o'quv
dasturlaridan o'rin olgan. Keyingi yillarda nashr  etilgan yangi dastur va darsliklar
o'ta ilmiylashtirib yuborilgan. 
Agar akademik litseylarning turli (ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, aniq va xorijiy 
fanlar)yo'nalishlari   mavjudligini   inobatga   olsak,   umumta'lim   maktablarining   5-9-
sinflarida   o'qitilgan   ona   tiliga   doir   materiallar   oliy   ta'lim   dasturlariga
yaqinlashtirilib   murakkablashtirilgan   holda   litseyda   o'tilishi   kutilgan   samarani
bermaydi.   Vaholanki,   oliy   ta'limning   o'zbek   filologiyasi   yo'nalishi   talabalari
o'rganishi   lozim   nazariy   ma'lumotlar     ALlarning   barcha   birinchi   kurs
27 o'quvchilariga taqdim   etilishi   maqsadga  muvofiq  emas.  Masalan,  fonetika bo'limi
bo'yicha   amalda   bo'lgan   darsliklarda   quyidagi   mavzu   va   ularga   xos   atamalar
keltirilgan:   nutqiy   faoliyat,   fonemalar   tasnifi,   nutq   tovushlarning     uch   tomoni,
sengment   birliklar,   ustsegment   birliklar,   morfemalarning   agllyutinativ   tabiati   va
boshqalar   ALda   pedagogik   amaliyot   o'tayotgan   filolog   talabalar   uchun   ham
qiyinchilik tug'dirmoqda. 
Maktab   darsliklarida   berilgan   nazariy   ma'lumotlar   litsey   darsliklaridagiga   mos
kelmaydigan   o'rinlar   tez-tez   uchrab   turibdi.   Ayniqsa,   atamalar   masalasi   ancha
munozaralidir.   Jumladan,   6-sinf   ona   tili   darsligida   “o'zak   va   qo'shimcha”   litsey
darsliklarida   “etakchi   va   ko'makchi   morfema”deb   nomlanmoqda.O'zak   va   asos
atamalarining izohlanishida ham har xilliklar bor.  
Yoki   sifat   darajalari   6-sinf   ona   tili   darsligida     4ta   deyilsa,   litsey   darsligida   3ta
deyilgan.   Bu   kabi   misollarni   juda   ko'p   keltirish   mumkin.   Ta'limning   turli
bosqichlarida   tilshunoslikka   doir   atamalar,   qoidalar   va   tasniflarni   berishda
barqarorlikka erishilmasa, hozirgi davr ta'lim tizimi oldiga qo'yayotgan vazifalarni
bajarish u qadar samarali bo'lmaydi.
Fikrimizcha,   ona   tili   darslarini   ALda   tashkil   etishda   oldingi   bosqichda
o'tilgan ma'lumotlarni takrorlayvermasdan, boshqacharoq yondashish zarur. 
28 29 30 V   BOB.   Umumta’lim   maktablarida   imlo   qoidalarini   o`qitish .   Dars
ishlanma va amaliy ko’nikma xususida.
Mavzu:    Qo‘shma so’zlar imlosi.
Darsning texnologik xaritasi
Maqsa d   va
vazifalar Maqsada 
a) ta’limiy:   Qo’shma   so’zlar   imlosini   o’rganish
o’quvcnilar ongida qoshma so’zlar haqida bilim hamda
malakalar hosil qilish; tahlil qilishni o’rgatish;
b) tarbiyaviy ;   o’quvchilarni   yuksak   insoniy   fazilatlar
ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantihiruvci:     ma’naviy   dunuoqarashini
kengaytirish,   o’quvchilarni   qalbida   ezgu   insoniy
fazilatlarni uyg’otish; tabiatga mehr ruhini singdirish;
-mavzuga   oid   materiallar,berilgan   topshiriqnimng
o’quvchilar tomonidan yakka va guruh tarzda, slaydlar ,
ko’rsatma   qurollar   vositasida   qay   darajada
o’zlashtirilganligini   nazorat   qilish,   ularning   bilimini
baholash.
O’quv
materialining
mazmuni Qoshma   so’zlar   imlosini   organishda   asarlardan
keltirilgan   parchalar   orqali   o’quvchilarda   yuksak
insoniy fazilatlar, rostgo’ylik, yaxshilik qilish, tog’rilik,
mardlik,   insonparvarlik,   xushmuomalalik,   ilm-
hunarning   inson   hayotidagi   o’rni   va   natijasini
singdirish.
O’quv
jarayonini
tashkil   etish
exnologiyasi Shakl;Interfaol   mashg’ulot;   suhbat-ma’ruza,   yakka   va
guruhlarda ishlash, sayohat;  
Metod: “Aqliy hujum”, matn bilan ishlash, savol-javob,
fikr almashuvi, bekatlar bo’ylab sayohat
Vosita:darslik, slaydlar, jadvallar, proektor
31 O’quvchular o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar.
Bilim Ko’nikma Malaka Kutiladigan
Natija
Qo ’ shma
so ’ zlarning Mavzuga   oid
so’zlarni Qoshma
so’zlarning O’quvchilarda
qo’shma
324 Kutiladigan 
natijalar O’qituvchi:   mavzuni   qisqa   vaqt     ichida   barcha
o’quvchilar   tomonidan   o’zlashtirilishiga
erishadi,o’quvchilar   faolligini   oshiradi,   ularda
fanga,mavzuga   nisbatan   qiziqish   uyg’otadi.     Bir
darsda barcha o’quvchilar baholanadi, mavzuni 
O’’rganish   va   xotirada   saqlash   ,   savol   berishga
o’rgatadi.
O’quvchi:   Qo’shma   so’zlar   haqida   yangi
bilimlarni   egallaydi.   Mustaqil   ijodiy   ishlashni
o’rganadi.Nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko’p
ma’lumotga ega bo’ladi.
5 Kelgusi 
rejalar Pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish va darsga
tatbiq   etish,   takomillashtirish,   o’z   ustida   ishlash.
Pedagogik   mahoratini   oshirish.   O’quvchilarga
bilimlarni   mustaqil   o’zlashtirishni
o’rgatish,izlanish,   mustaqil   o’quv   tadqiqotlari
qilish,   hamkorlikda   ishlash   ko’nikmalarini
shakllantirish .
6 Uyga vazifa .Qoshma   sozlarning   tuzilishi   haqida   nazariy
bilimlarni o’rganish.
309-mashqni shartiga ko’ra bajarib kelish.  yo ’ zilishi , qo ’ shib
Yoziladigan
qoshmaso ’ zlar ,
Ajratib
yozilladigan
Qoshma   so ’ zlar
Qoshma
so ’ zlarni   yozma
nutqda   to ’ g ’ ri
yoza   olish . tahlil   etish,
to’g’ri   qollay
olish,
berilgan
topshiriqlarni
Yechimini
topish,
qiyosiy
Tahlil etish,
Mustaqil
fikrlash. Tuzilishi
haqidagi
bilimlarni
mustahkam-
lash.
Qo’shma 
So’zlar imlosi
Haqidagi 
Bilimlarni
shakllantirish. so’zlar   imlosi
yuzasidan
savodxonligini
oshirish,ularni
o’z   ona
vataniga   ona
tabiatga
mehr-
muhabbat
tuyg’ularini
Shakllantirish.
      
            Mashg’ulot bosqichlari.
 
Bosqichlari Mazmuni Metodlar Vaqti
1-bosqich
Tashkiliy qism Salomlshsuv. Mashg’ujotning 
borishi haqida tushuncha berish. 
O’quvcilarga yangi nashrlar 
haqida tushuncha berih. og’zaki 
muloqot 3-daqiqa
2-bosqich O’qituvchining slaydlar asosida 
kirish so’zi. Mashg’ulot mavzusi 
va mazmuni boyicha suhbat 
o’tkazish. “Aqliy
hujum”,
slaydlar
asosida 8-daqiqa
3-bosqich
Mavzu bayoni.
Usullar;
Interfaol,
Bekatlarda
ishlash O’qituvchining Qoshma 
so’zlaimlosi , turlari   tog’risida 
suhbati(o’qituvchining mavzu 
haqida nazariy ma’lumoti, 
jadvallar asosida misollar 
keltirish, dalillash, qiyoslash)  Savol-
javob,mat
n bilan 
ishlash,gu
ruhlarda 
mustaqil 
ishni  20-
daqiqa
33 tashkil 
etish.
4-bosqich
Mustahkam
lash Mavzu bo’yicha o’quvchilarning 
bilimlari, tushunchalarini 
guruhlarning faoliyati orqali 
anglash, bahs-munozara otkazish. Klaster,bah
s-
munozara 8-daqiqa
5-bosqich.
Mashg’ulot 
yakuni,uyg
a vazifa 
berish. Mavzuni  nazariy tushunchalarni,
xulosalash, guruhlarni 
rag’batlantirish, uyga topshiriq 
berish. Fikr 
almashuvi. 6 daqiqa
          Mashgulot bosqichlari
Darsning borishi.
1-bosqich;     1-bekat;     ‘Tan ishuv’’   bekati   Tashkiliy   qism;
Salomlashuv,davomat.adabiyot   sohasidagi   yangiliklar   bilan
tanishtirish,bugungi   mashg’ulot   interfaol   ta’limga   asoslangan   shartli
sayohat,bekatlarda   suhbat,bahs-munozara   va   guruh     ishlari,amaliy
ishlar,shaklida o’tish haqida ma’lumot beriladi 
O’quvchilarning diqqati slaydlarga qaratiladi
2-bosqich;   2-bekat;     “Ma’naviyat’’   O’zbekiston   respublikasi
Prezidenti   I.A.Karimovning   “Yuksak   ma’naviyat   –Yengilmas   kuch ”
asarida shunday jumlalar bor.
“Ma’lumki   o’zlikni   anglash   milliy   ong   va   tafakkurning
ifodasi,avlodlaro’rtasidagiruhiy-ma’naviy   bog’liqlik   til   orqali   namoyon
bo’ladi”.Jamiki   ezgu   fazilatlar   inson   qalbiga   avvalo,ona   allasi,ona   tilining
betakror jozibasi bilan singadi.Ona tili-bu millatning ruhidir.’’
Shunday   ekan   ona     tilimizning   go’zalliklaridan   yana   bir   bor
zavqlanib,undagi   alohida   o’rin   tutgan   qo’shma   so’zlar   va   ularning   yozilishi
haqida bilib olishga harakat qilamiz.
34       3-bekat;         “BILIMDON”   bekati.(O’tilgan   mavzular   yuzasidan   savollar
beriladi.
1.So’zlar tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?
Javob……
2.Qanday so’zlarga qoshma so’zlar deyiladi?
Javob….
3Qo’shma ot   va qo’shma sifatga misol keltiring
Javob ....
3-bosqich.          4- bekat  „Yangi mavzu’’
Qo’shma so’zlar yozilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi;
1)qo’shib yoziladigan qoshma so’zlar;
2)ajratib yoziladigan qo’shma so’zlar
Qo’shib   yoziladigan
qo’shma so’zlar Ajratib yoziladigan qoshma 
so’zlar
Erksevar,   sofdil,
umumxalq, 
qo’lqop,   ko’zo’nak,
oqqush,
qiqoyoq, so’fito’g’ay Bir vaqt, bir hesha,har qanday, 
hech kim,hech narsa, har doim, 
o’n ikki,
olib keldi, yozib bo’ldi..
Birinchi so’zi bir, har, hech olmoshlari bo’lgan qoshma so’zlar,qo’shma
sonlar doimo ajratib yoziladi.
Qolgan   barcha   qo’shma   so’zlar   qo’shib   yoziladi.   Birpas,   biryo’la   kabi
so’zlar bundan mustasno.
Qoshma fe’l va qo’shma sonlar ajratib yoziladi.
M;Sherdil, Yakkasaroy, oqbilak;
Xabar qildi, olib keldi, yozib oldi;
On ikki, yigirma sakkiz, to’qson bir;
O’qituvchi;qani   bolalar,   endi   o’zimiz   qoshma   so’zlarga   misol   topishga
harakat qilamiz va  qanday yozilishini tushuntiramiz.
35 O’quvchilar qo’shma so’zlarga misollar topishga harakat qiladilar.
M;Oqsaroy,Kattaqo’rg’on,lolaqizg’aldoq,atirgul,makkajo’xori.
So’z   birikmasi   va   qoshma   so’zlar   taqqoslanib   tushuntiriladi,   misollar
keltiriladi. (Slaydlar asosida ko’rsatiladi)
M;  Yangi ariq  bo’yiga mevali daraxtlar ekiladi. so’z birikmasi)
 Yangiariq  mahallasida Navro’z shodiyohalari boshlangan edi.
(qoshma so’z)
4-bosqich;  5-bekat ‘’Mustahkamlash’’
Sinf   o’quvchilari   guruhlarga   bo’linadi.   Guruhlar   o’z   nomlarini   she’riy
yo’l bilan izohlashadi.
1-guruh ;” Lolaqizg’aldoq”  guruhi.
Menman lolaqizg’aldoq,
Bahorning elchisiman,
Yuzllari ol qirmizi,
 Ezgulik jarchisiman.
Lolaqizg’aldoq-   bu   so’z     qo’shma   so’z   bo’lib   ikki   so’zdan   lola   va
qizg’aldoq so’zlaridan tashkil topgan. Doimo qoshib yoziladi.
2-guruh;  “Atirgul” guruhi
Men atirgul, atirgul,
Hidi o’tkir ifor gul
Yaxshilikning ramziman
Yovuzlikning aksiman
Atirgul-bu so’z qoshma ot bolib, ikki so’zdan tashkil topgan.Atir va gul
so’zlaridan iborat. Doimo qo’shib yoziladi.
6-bekat .       “Zukkolik’’  314-mashq asosida.
Guruhlar   bellashuvi;   ukku   guruh   qoshma   so’zlarni   imlo   qoidasiga   mos
ravishda yozish boyicha bellashadilar.
1-guruh;   Ajratib yoziladigan qo’shma so’zlarga;
2-guruh; Qoshib yoziladigan qo’shma so’zlarga misoillar yozadilar.
36 M:Oq/saroy,   Sher/dil,   xush/ovoz,   umum/xalq,   o’n/ikki,     oq/bilak,
erk/sevar, sof/dil, oily/janob, havo/rang, O’rta/Osiyo.
315-masgq.  “Ikkinchi qismini toping” o’yini asosida bajariladi.
Tinchlik..                       jigar..
Qo’l…                           xush
Qirq..                              muz..
G’arbiy…                       bug’doy..
Qaysi guruh a’zolari topshiriqni tez va to’g’ri bajarsa,osha guruh g’olib
bo’ladi.
6-bekat.   “Shifobaxsh tabiat’’
Qoshma so’zlarni toping.
Gulqoqi- qoqi   ildizidan   va   bargidan   tayyorlangandamlama   buyrak
kasalliklrini davolashda ishlatiladi.
Tog’rayhon- damlamasi nafasyollari kasalliklarida ishlatiladi.
Atirgul -gulbargi shirasibilam me’da va ichak kasalliklarini davolashgan
Makkajo’xori- damlamasi   jigar   kasalliklarida   o’t   haydovchi,   qon
oqishini to’xtatuvchivosita sifatida ishlatilgan. 
“”Baliq ovi’deb nomlangan oyin-musobaqa o’tkaziladi.
Stol   ustida   baliq   shaklida   chizilgan   kartonlarga   qo’shma   so’zlar
yozilgan.   Guruhlardan     navbati   bilan   o’quvchilar   chiqib     ‘’baliq
ovlaydilar,’’ya’ni bir guruh qo’shib yoziladigan so’zlarni,ikkinchi guruh ajratib
yoziladigan     so’zlarni   ‘’ovlaydi.   Qaysu   guruh   vakillari   ko’proq   baliq   ovlasa
o’sha guruh g’olib bo’ladi  
5-bosqish .Mavzu yakuni.
          O’zbek   tilida   qo’shma   so’zlar   faol   ishlatiladi.   Qo’shma   so’zlarni
grammatik   jihatdan   to’g’ri   yozish   uchun     nazariy   qoidalarni   puxta   bilishimiz
shart.
Uyga vazifa berish.
‘’Mening   mahallam’’   mavzusida   matn   tuzish.Unda   mahalla,   qishloq
atrofida uchrovchi qo’shma so’z shaklidagi joy nomlariga misollar yozish.
37 Ushbu   ishlanma   bugungi   kun   maktab   darslari   uchun   qo’yilayotgan   talablar
asosida   ishlangan.   Ammo   bir   narsani   nazardan   qochirmaslik   kerak,   har   qanday
ta’lim   tarbiya   uchun   xizmat   qilishi   kerak.   Shuni   hisobga   olgan   holda   maktabda
imlo qoidalarini o’qitishda matn tahlili asosida yondashilsa maqsadga muvofiq.
38 Xulosa
Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
--hozirgi   zamon   o’zbek   tilida   imlo   qoidalari   va   tinish   belgilari   mavzularini
o’qitishda   nazariy   bilimlar   amaliyot   bilan   mos   kelmayotgani,   nutqiy
ko’nikmalardan kelib chiqib nazariy bilimlar ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
--internetdan   foydalanish   savodxonligini   oshirish,   qidiruv   tizimida
uchraydigan so’zlar imlosi asosida imlo qoidalari ishlab chiqilishi kerak.
--tinish   belgilarini   o’qitishda   badiiy   adabiyot   bilan   integratsiyani
rivojlantirish kerak.
--fonetikani o’qitishda imlo qoidalarini ham izchil singdirib borish lozim.
39 A dabiyotlar.
1. Mirtojiev   M.M.   O’zbek   tili   fonetika-T.:   «Universitet»,   1998   y.   (3-5
betlar).
2. Tursunov U, Muxtorov J, Rahmatullaev sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili.
Qayta ishlangan, tqldirilgan 3-nashri,-T.: «O’zbekiston», 1992 y. (12-
13-betlar).
3. Jamolxonov   Hasanboy.   Hozirgi   o’zbek   adabiy   tili.   Fonetika,
fonologiya va orfoepiya – Toshkent, 1999 y. (10-13 betlar).
4. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. – T.: «O’qituvchi», 1996 y. (14-16-
betlar).
5. Abduazizov   A.   O’zbek   tili   fonologiyasi   va   morfonologiyasi.   –T.:
«O’qituvchi» 1992 y. (12-13 – 56-63 betlar).
6. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent.  1992 y. (27-29 betlar).
7. Nurmonov   A.   O’zbek   tili   fonologiyasi   va   morfonologiyasi.   –   T.
«O’qituvchi» 1990 yil. 
8.     Internet ma’lumotlari.
9. Til va adabiyot ta’limi. 2017-yil 12-son. 24-25-betlar.
40 Taklif va ilovalar
41 Mundarija
Reja   …………………………………………………………………................2
Kirish……………………………………………………………………...………..3
I   BOB.   Imlo   qoidalarini   grammatikaga   yoki   grammatikani   imlo   qoidalariga
moslashtirish masalasi………………………………………………..……………6
II BOB. Fonetika o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish……………….12
III   BOB.   Internet   tarmog’ida   imlo   savodxonligi   va   tinish   belgilarining
ahamiyati.................................................................................................................14
IV   BOB.   Umumta’lim   maktablarida   tinish   belgilarini   o`qitishning   yutuq   va
kamchiliklari… ……………………………………………………………………25
V   BOB.   Umumta’lim   maktablarida   imlo   qoidalarini   o`qitish .   Dars   ishlanma   va
amaliy ko’nikma xususida……………………………………………….………..30
Xulosa…………………………………………………………………..…………39
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...40
42

Imlo qoidalari va tinish belgilari masalasi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: II.1. Imlo qoidalarini grammatikaga yoki grammatikani imlo qoidalariga moslashtirish masalasi. II.2. Fonetika o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish. II.3. Internet tarmog’ida imlo savodxonligi va tinish belgilarining ahamiyati. II.4. Umumta’lim maktablarida tinish belgilarini o`qitishning yutuq va kamchiliklari. II.5. Umumta’lim maktablarida imlo qoidalarini o`qitishning yutuq va kamchiliklari. III. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Taklif va ilovalar Mundarija 1

Kirish “Tarbiya biz uchun yo hayot—yo mamot, yo najot—yo halokat, yo saodat—yo falokat masalasidir”. Abdulla Avloniy Jаmiyatning buguni vа kеlаjаgi, uning mаdаniy-mа’rifiy vа mа’nаviy sаlоhiyati tа’lim tizimining qаy dаrаjаdа rivоjlаngаnligi bilаn bеlgilаnаdi. Tа’lim-tаrbiya tizimidаgi islоhоtlаrning muvаffаqiyati ko‘p jihаtdаn o‘qituvchi vа murаbbiylаrgа bоg‘liq. O’sib kelayotgan Vatanimizning kelajak vorislarini chinakam vatanparvar va xalqqa fidoyi etib tarbiyalash, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda ona tili va adabiyot fanlarining o’rni beqiyos. Z ero, h ar qanday fanni o’qitishdan asosiy maqsad, avvalo, tarbiya bo’lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida”gi qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga muvofiq ona tili fanini o'qitish oldiga yangi-yangi vazifalar qo'yilmoqda. “Ona tili” fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf- odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Mavzuning dolzarbligi. Rivojlanish bor joyda kamchilik ham , albatta, ko’zga tashlanadi. Afsuski, bugun ona tili ta’limini o’qitishda imloviy savodxonlik va tinish belgilarining qo’llanishida ko’nikma shakllanmayotgani bor haqiqat. Ayniqsa, bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan virtual hayotda bu masalaga jiddiy qaralmasa, tilimizning ayni sathi kelajakda zavol topishi hech gap emas. Shuning uchun ham ushbu kurs ishida imlo qoidalari va tinish belgilariga doir nazariy bilimlarning amaliyotda qay darajada qo’llanilayotgani va ularning hayotimizdagi muhim ahamiyatini tushuntirish, fonetika o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsad orfografik bilimlarni shakllantirish ekani to’g’risida so’z boradi. 2

Mavzuning ishlanganlik darajasi: Mirtojiev M.M. O’zbek tili fonetika-T.: «Universitet», 1998 y. , Tursunov U. Muxtorov J. Rahmatullaev SH. «Hozirgi o’zbek adabiy tili» qayta ishlab, tqldirilgan. 3 nashr «O’zbekiston» 1992-yil, Jamolxonov O’. «Hozirgi o’zbek adabiy tili». Fonetika, fonologiya va orfologiya» T. 1999-yil, Abdurahmono G’. «Punktuatsiya o’qitish metodikasi», T.,1968-yil, Qodirov M.,Hamidov N.,Abduraimova M.,Sayfullayeva R., Mengliyev B.Ona tili. 8-sinf darsligi., T. 2019-yil, Tadqiqotning obyekti: “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek tilining imlo qoidalari” hamda umumta’lim maktablarida o’rganish uchun keltirilgan tinish belgilari mavzusi hamda ularning o’qitilishiga oid interfaol ta’lim shakli. Tadqiqotning vazifasi: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib: 1. Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiyma’rifiy, ilmiy- metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish. 2. Umumta’lim maktablarida imlo qoidalarini o`qitishning yutuq va kamchiliklari ni tadqiq etish. 3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb muammo ekanligini aniqlash. 4. Imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini o‘rganishga oid mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish. Tadqiqot ishining ilmiy farazi. - Imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini o‘rganishga oid mashg‘ulotlar bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtayi nazarini hamda uning individual, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish; - internet tarmog’ida imlo savodxonligi va tinish belgilarining ahamiyatini oshirishga xizmat qiluvchi dasturlarning yaratilishi ; - imlo qoidalari va tinish belgilari mavzusini o‘rganishga oid mashg‘ulotlarni 3

takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish; Tadqiqotning metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, umumta’lim maktablarining 5-,8-,9-,10-,11-sinf ona tili darsliklari maktabi ta’limini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy- metodik manbalar. Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati. Ushbu kurs ishini bajarish natijasida ona tili darslari vositasida ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy- metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv pretmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi . Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 4

I BOB. Imlo qoidalarini grammatikaga yoki grammatikani imlo qoidalariga moslashtirish masalasi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilinganidan so‘ng lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini yaratish masalasi kun tartibiga chiqqanligini bilamiz. Rasmiy yozuvda qaysi alifbodan foydalanish masalasi bir yarim yil umumxalq muhokamasida bo‘ldi. Markaziy gazeta va jurnallar muhokama maydoniga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini yaratish yuzasidan ishchi guruh tuzildi. Nihoyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 2-3-sentabrdagi 12-chaqiriq 13-sessiyasida lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu xususda metodist olim Yo‘ldosh Abdullayev shunday yozgan edi: “Qaror ga binoan, yangi o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika davlat komissiyasi tashkil etildi. Yangi alifbo asosidagi o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini ishlab chiquvchi guruh tuzildi (kamina ham guruhning a’zosi edim) va 1993-yilning dekabr oyidan ish boshladi”. Tabiiyki, alifbo yangilangach unga mos yozuv qoidalarini ishlab chiqishga ham ehtiyoj tug‘iladi. “O‘zbek tilining (lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo asosidagi) asosiy imlo qoidalari” loyihasi 1994-yil 16-aprelda ilk bor Toshkentda o‘tkazilgan ziyolilar yig‘inida ko‘rib chiqildi. O‘sha davrda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” loyihasi matbuotda e’lon qilindi, turli ma’naviy-ma’rifiy yig‘inlarda yurt ziyolilari tomonidan qizg‘in muhokama etildi va bildirilgan jo‘yali fikr-mulohazalar inobatga olinib, loyiha bir necha bor tahrir qilindi. 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-qarori bilan lotin yozuviga asoslangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 7 bo‘lim, 82 moddadan iborat holatda rasmiy tasdiqlandi va keng amaliyot uchun joriy etildi. Ta’kidlash joizki, bu o‘zbek xalqi ning ma’naviy-ma’rifiy hayotida o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Chunki o‘zbek xalqi tarixida bor-yo‘g‘i ikki marta orfografiya qoidalari qabul qilingan, xolos. Jumladan, 1940-yilning 4-iyulida kirill alif bosi 5