logo

Tovar belgilari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

188 KB
Tovar belgilari
REJA:
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1. Tovar belgisi haqida tushuncha.
2.   Natural   ishlab   chiqarishdan   tovar   ishlab   chiqarishga   o’tish   va   uning
rivojlanishi.
3. Tovar va uning xususiyatlari.
4.  Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
III.XULOSA :
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . KIRISH
Tovar  ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi
munosabatlarning,   mehnatni   o’lchash   va   uni   jamiyatning   jami   mehnati   tarkibiga
kiritishning   o’ziga   xos   usulidir.   Natural   xo’jalikni   siqib   chiqarish   va   tovar
ayirboshlashning   rivojlanish   jarayoni   mehnat   taqsimotining   chuqurlashuvi,   ishlab
chiqarishning   ixtisoslashuvi,   xususiy   mulkning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi
asosida   individual   xo’jaliklarning   tovar   ayirboshlashga,   oldi-sotdiga   o’tish   yo’li
bilan  boradi.  Ayrim   turdagi   mahsulotlarni   ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuv,   ularni
turli   xil   ishlab   chiqaruvchilar   o’rtasida   ayirboshlashni   zarur   qilib   qo’yadi.
Ixtisoslashuv   esa   mehnat   unumdorligining   oshishiga   olib   keladi,   demak   tovar
ayirboshlash  faqat  zarurgina emas,  balki  foydali  bo’lib boradi. Vaqtni  va  moddiy
resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib
chiqadi.   Ayirboshlash   jarayoniga   tortiladigan   ishlab   chiqaruvchilar   bir-biriga
tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.
Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal
va   dehqon   xo’jaliklari   o’rtasida   aloqalar   o’rnatilishiga   yordam   berib,   ishlab
chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar
ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi 1
.
Tovar   xo’jaligining   va   umuman   ayirboshlash   vujudga   kelishi   va   amal
qilinishining   ijtimoiy-iqtisodiy   asoslari   hamda   shart-sharoitlari   qanday?   Bu,
birinchidan,   ijtimoiy   mehnat   taqsimotidir,   bunda   ishlab   chiqaruvchilar   u   yoki   bu
aniq   mahsulotni   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashadi.   Ixtisoslashuv,   o’z   navbatida ,
qiyosiy   ustunlik   tamoyili   bo’yicha,   ya’ni   mahsulotni   nisbatan   kam   muqobil
qiymatda   ishlab   chiqarish   layoqati   bilan   aniqlanadi.   Ikkinchidan,   ishlab
chiqaruvchilar   xususiy   mulk   munosabatlari   tufayli   iqtisodiy   jixatdan   bir–biridan
muayyan   tarzda   alohidalashib   qoladi,   bunda   ular   o’z   mehnat   natijalarini   o’zlari
1
  Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz 
O’zbekiston NMIU 2017 yil.
3 tasarruf   qiladilar.   Iqtisodiy   alohidalik   nima   ishlab   chiqarish,   qanday   ishlab
chiqarish   zarurligi   va   yaratilgan   mahsulotlarni   qaerda   va   kimga   sotishni   faqat
ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab
chiqarishni   zarur   qilib   qo’yadi   va   bozor   vujudga   kelishining   shart-sharoiti
hisoblanadi.   Mehnat   mahsuli   tovarga,   ya’ni   bozorda   ayirboshlash   uchun,   sotish
uchun   tayyorlanadigan   narsaga,   ishlab   chiqaruvchilar   esa   tovar   ishlab
chiqaruvchilarga aylanadi.
4 1.  TOVAR BELGISI – MAHSULOT KO'ZGUSI
  Iste'molchilik, savdo-sotiq, xizmat-servis bilan bog'liq tushunchalar haqida
gap ketganda, tovar belgisi, sifati darajasini anglatuvchi ma'nolar ham tilga olinadi.
Sababi,   xalqaro   standart   birligida   e'tirof   etiluvchi   ma'lum   belgi   yoki   timsol   sifat
ko'rsatkichi,   xalq   orasida   mashhur   firma   yoki   ishlab   chiqaruvchi   ekanini
tasdiqlovchi, iste'molchi sog'lig'i, hayotiga xavf solmasligi, behuda mablag' sarfiga
yo'l qo'ymay, aldanib qolmaslik uchun kafolatni anglatadi. Biznes tili bilan ularni
“brend” yoxud “tovar belgisi” deyish mumkin.
Ayni   paytda   eksportga   chiqarilayotgan   mahsulotga   davlatimizga   xos   belgi,
tovarning   shtrix   kodi   yoki   “O'zbekistonda   ishlab   chiqarilgan”   degan   so'zlar
muhrlanmoqda.   Endilikda   yurtimizga   chetdan   kirib   kelayotgan   tovarlarda   ham
o'zbek tilidagi markirovka joriy etilishi belgilandi.
Mamlakatimizga   olib   kiriladigan   oziq-ovqat,   shaxsiy   gigiena   va   boshqa
iste'mol   mahsulotlarida   ularni   ishlab   chiqaruvchi   korxona   tomonidan   qo'yilgan
davlat   tilidagi   tovar   markirovkasi   bo'lishi   shart   qilib   qo'yilgan.   Xalqimiz   nafaqat
o'z tilidagi markirovka bilan tanishadi, balki mahsulotga qo'yiladigan “Uz” belgisi
barchamizning   qalbimizda   iftixor   uyg'otadi.   Zotan,   bu   belgilar   mahsulotning
o'zimida   ishlab   chiqarilayotganini   bildirib,   iste'molchi   uchun   sifat   kafolatini
anglatadi 2
.
Joriy etilgan ushbu tartibga ko'ra, yuk egasi tovarning nomi, miqdori, vazni,
qiymati, shuningdek, tovarni tavsiflash va kodlashning uyg'unlashtirilgan tizimiga
muvofiq,   ularning   kamida   oltita   belgi   darajasidagi   kodi   haqidagi   ma'lumotni
taqdim   etishi   lozim.   Mamlakatimizda   ishlab   chiqarilayotgan   “Artel”,   “Royson”,
“Sino”   brendi   ostidagi   maishiy   texnikalarning   zamonaviyligi,   sifati   jihatidan
xalqaro   standartga   to'la   mos   kelishi,   eng   asosiysi,   zarur   xomashyo   o'zimizdan
bo'lgani   bois   arzonligi,   sotuvi   turli   do'konlarda   yo'lga   qo'yilgani,   hatto   iste'mol
krediti  asosida  xarid qilish mumkinligi  iste'molchilar  uchun qulaylik yaratmoqda.
Shu o'rinda, tovar belgisi haqida gap ketganda, uning sifati ham e'tiborga olinadi.
2
  Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil.
5 Mutaxassislar   fikricha,   har   bir   davlat   o'z   milliy   mahsuloti,   ichki   bozorini
himoya   qilishi   tabiiy.   Chetdan   kirib   kelayotgan   tovarning   barchasini   ham   sifatli
yoki   iste'molga   yaroqli,   deb   bo'lmaydi.   Ular   orasida   “usti   yaltiroq,   ichi   qaltiroq”
mahsulot   ham   borki,   ayrim   importchilar   qanday   yo'l   bilan   bo'lmasin,   ularni
o'tkazishni,   faqat   moddiy   naf   ko'rishni   ko'zlaydi.   Shuning   uchun   ham,   birinchi
galda,   mahsulotlarning   sifatiga   jiddiy   e'tibor   berish,   shu   yo'l   bilan   aholi
salomatligini   muhofazalash   dolzarb   ahamiyatga   molik.   Albatta,   hukumatimiz
tomonidan   amalga   oshirilayotgan   bu   kabi   sa'y-harakat   aholini   yuqori   sifatli
mahsulot bilan ta'minlash, ichki bozorni qalbaki tovarlardan himoyalashga xizmat
qiladi.   Milliy   brend   asosida   sotuvga   chiqarilayotgan   maishiy   texnika,   jumladan,
televizor, muzlatkich, changyutkich, kir yuvadigan mashina, elektropech va boshqa
jihozlar   orasida   ba'zida   sifatsizi   ham   uchrab   turadi.   Bundan   tashqari,   xuddi   shu
mahsulot   xorijdan   ham   keltirilayapti.   Ularning   sifatli   va   sifatsizini   ajratish   ham
mushkul.   Yoki   tovar   qalbakilashtirilgan   holda   belgi,   brend   ostida   ishlab
chiqarilayotgani   ham   bor   gap.   Bu   muammoni   bartaraf   etish   maqsadida
mamlakatimiz hududiga tovar va qalbakilashtirilgan mahsulotlarni noqonuniy olib
kirishga   chek   qo'yildi.   Muhim   jihati   shundaki,   tovar   to'g'risida   ma'lumot   xorijiy
tilda   bo'lsa,   davlat   bojxona   xizmati   organlari   ushbu   hujjatni   davlat   tili   yoki   rus
tiliga   tarjima   qilingan,   yuk   tashuvchi   tomonidan   tasdiqlangan   holda   taqdim
etilishini   talab  qilish  huquqiga  ega.   Bu  har   bir  tovar  haqida  aniq  ma'lumotga   ega
bo'lish,   mamlakatimizga   shubhali   yoki   talabga   javob   bermaydigan   tovar   kirib
kelishining oldini olish imkonini beradi 3
.
Ha, belgilar tovar va xizmatning shuhrat qozonishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu bois, ularni  ro'yxatdan  o'tkazish  hech qachon zarar  qilmaydi. Masalan,
tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan shaxs bilan bir paytda sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarayotgan   raqobatchisi   uning   mahsuloti   bilan   aynan   bir   xil   yoki   o'xshash
belgini   qo'llay   boshlasa,   tabiiyki,   iste'molchilar   chalg'iydi.   Yoki   tovarni   asl   deb
o'ylab,   sotib   ola   boshlaydi.   Bu,   birinchidan,   haqiqiy   ishlab   chiqaruvchining
3
  Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil.
6 daromadini   kamaytiradi,   ikkinchidan,   korxona   obro'siga   jiddiy   putur   yetkazadi.
Uchinchidan, iste'molchi sog'lig'i va hamyoniga zarar.
Asl   tovar   belgisi   asosida   ishlab   chiqarilayotgan   mahsulotlarning   ham
sifatsizi   uchrab   turadi,   Ma'lumki,   biron   savdo   belgisi   asosida   ishlab   chiqarilgan
mahsulotga   kafolat   hujjati   beriladi.   Ushbu   hujjat   ma'lum   muddatga   belgilangan
bo'lib,   sotib   olingan   tovar   bu   muddat   ichida   ishdan   chiqib   qolsa,   sotuvchi   xuddi
shu   belgi   ostidagi   boshqa   sifatli   tovarga   alishtirib   berishi   shart.   Lekin   bu   borada
ham   iste'molchi   va   sotuvchi   o'rtasida   muammo   kelib   chiqmoqda.   Masalan,
iste'molchi  Bahrom   Yoqubov  o'zi   duch  kelgan  muammoni  shunday   bayon  qiladi:
“Anchadan   buyon   yangi   rusumdagi   hajmi   32   dyuym   bo'lgan   “LCD”   televizorini
xarid   qilishni   maqsad   qilgan   edim.   Qo'limga   mukofot   puli   tushgach,   maishiy
texnika   do'koniga   yugurdim.   Plastik   kartochka   orqali   ushbu   televizorni   xarid
qildim... Endi ko'ramiz deb, uni sozlab turgan edik... buyog'i “Ajoyib xayolparast”
filьmidagi   televizor   voqeasiga   ulanib   ketdi.   Mening   boshimga   O'zbekiston   xalq
artisti Baxtiyor Ixtiyorov talqin etgan xayolparast Hasan obrazi holi tushdi”.
Albatta,   biz   iste'molchi   sifatida   kundalik   hayotimizda   ko'proq   savdo-sotiq,
umumiy   ovqatlanish,   sog'liqni   saqlash,   ta'lim,   kommunal,   gaz,   suv,   elektr
energiyasi   ta'minoti,   jamoat   transporti,   pochta-aloqa   va   boshqa   bir   qator
xizmatlardan   bahramand   bo'lamiz.   Shu   o'rinda,   iste'molchilik   borasidagi
huquqlarimizni   bilishimiz   hamda   tovar,   xizmat   sifatini   kafolatlovchi   belgilar
haqida ham puxta ma'lumotga ega bo'lishimiz lozim.
Mamlakatimizda   iste'mol   tovarlari   ishlab   chiqarishning   o'sishi   o'tgan   yili
14,4   foizni   tashkil   etib,   yalpi   sanoat   hajmida   ularning   ulushi   35,5   foizga   yetdi.
2013   yilda   aholining   iste'mol   xarajati   2000-yilga   nisbatan   9,5   barobar   oshgani
kuzatilgan   edi.   O'z   ehtiyojimizdan   kelib   chiqib,   tovar   va   mahsulot   xarid   qilamiz,
ish   hamda   xizmatdan   foydalanamiz.   Bu   esa,   avvalo,   qonun   bilan   muhofaza
qilinadigan huquqimizni amalda qo'llay olishni taqozo etadi.
“Iste'molchilarning   huquqlarini   himoya   qilish   to'g'risida”gi   qonunning   1-
moddasida asosiy tushunchalar e'tirof etilgan. Masalan, shartnoma - tovarni olish-
sotishni   amalga   oshirish,   ish-xizmat   ko'rsatishda   sifat,   miqdor,   muddat,   narx   va
7 boshqa   shartlar   to'g'risida   iste'molchi   bilan   sotuvchi,   ishlab   chiqaruvchi,   ijrochi
o'rtasidagi   og'zaki   yoki   yozma   kelishuv;   tovar,   ish,   xizmatning   xavfsizligi   –
iste'mol   qilish,   undan   foydalanish,   saqlash,   tashish   yoki   utilizatsiya   qilish,
shuningdek,   ish-xizmat   natijasidan   foydalanishning   odatdagi   sharoitda
iste'molchining   hayoti,   sog'ligi   yoki   mol-mulki,   atrof-muhitga   zarar   yetkazilishi
ehtimoli bilan bog'liq xavf-xatarning yo'qligi va hokazo...
“Iste'molchilarning   huquqlarini   himoya   qilish   to'g'risida”gi   qonunning   18-
moddasiga   ko'ra,   iste'molchi   maqbul   sifatli   nooziq-ovqat   tovarini   xarid   qilgan
kunidan e'tiboran o'n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni
ayni   shunday   tovarga   almashtirib   olish,   bunday   tovar   sotuvda   bo'lmasa,   pulini
qaytarib olishga haqli. Iste'molchi huquqi buzilganda, moddiy va ma'naviy zararni
undirib   berishni   so'rab   fuqarolik   ishlari   bo'yicha   sudga   murojaat   qilishi   mumkin.
Bunda iste'molchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat boji to'lashdan ozod
qilinadi. Zarar miqdori sud tomonidan belgilanadi.
8 2   NATURAL   ISHLAB   CHIQARISHDAN   TOVAR   ISHLAB
CHIQARISHGA O’TISH VA UNING RIVOJLANISHI..
Kishilik   jamiyatining   rivojlanishida   ijtimoiy   xo’jalikni   tashkil   etishning
ikkita   umumiy   iqtisodiy   shakli   ajralib   turadi.   Umumiy   iqtisodiy   shakllarning
tarixan   birinchisi   natural   ishlab   chiqarish   hisoblanadi.   Ijtimoiy   xo’jalikning   bu
shaklida   yaratilgan  mahsulotlar   ishlab   chiqaruvchining  o’z  ehtiyojlarini   qondirish
uchun,   xo’jalik   ichki   ehtiyojlari   uchun   mo’ljallangan.   Iste’mol   hajmi   va   tarkibi
ko’’incha   ishlab   chiqarish   hajmi   va   tarkibiga   mos   kelgan,   ularning   bir-biri   bilan
bog’lanishi   bir   xo’jalik   doirasida   amalga   oshganligi   sababli   juda   oson   kechgan.
Bunday   munosabatlar   eng   avvalo   hamma   zarur   narsani   o’zi   uchun   tayyorlagan
ibtidoiy   jamoada   hukm   surgan.   ‘atriarxal   dehqon   xo’jaligi   va   feodal   ‘omestyalari
asosan   natural   xo’jalik   bo’lgan.   Natural   ishlab   chiqarish   sharti   ijtimoiy   mehnat
taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy
mehnatdan   uning   u   yoki   bu   turi   endigina   ajrala   boshlagan   edi.   Bunday   sharoitda
biqiq yoki  o’z ehtiyojlarini  o’zi  qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari  ‘aydo
bo’lgan.   Mehnat   ularning   tor   doirasidagina   ijtimoiy   xususiyatga   ega   bo’lgan.
Natural ishlab chiqarish shakli  barcha iqtisodiy jarayonlarni bir  xo’jalik doirasida
qat’iy   cheklab   qo’yadi,   tashqi   aloqalar   uchun   yul   ochilmaydi.   Ishchi   kuchi
muayyan   xo’jalikka   juda   qattiq   biriktirib   qo’yiladi   va   ko’chib   yurish   imkonidan
muhrum   bo’ladi.   Natural   xo’jalik   shakllarining   xuddi   shu   ko’rsatkichlari   qishloq
xo’jalik jamoalari  ming yillar  davomida barqaror yashovchi  bo’lib qolganligining
«siri»ni   ochib   beradi.   Natural   xo’jalik   ishlab   chiqarish   maqsadlarini   nixoyat
cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam  xil
bo’lgan   ehtiyojlarini   qondirishga   bo’ysungan.   Shuning   uchun   ham   jamiyat   asta-
sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.
Tovar   ishlab   chiqarish   natural   xo’jalikning   rivojlanishi ,   mahsulotlar   turi   va
miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ldi.   4
4
  Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil.
9 Tovar ishlab chiqarish , ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar   buyum   orqali,   ular   mehnati   mahsulini   oldi-sotdi   qilish   orqali
namoyon   bo’ladi.   Tovar   ishlab   chiqarishning   natural   ishlab   chiqarishdan   farqi
shundaki,   bunda   tovar   yoki   xizmat   o’zining   iste’moli   uchun   emas,   balki   bozorga
sotish   uchun   yaratiladi.   Natural   va   tovar   xo’jaliklarini ng   bir-biridan   farqini   1-jadval
orqali ko’rish mumkin.  
Asosiy jihatlar   Natural xo’jalik   Tovar xo’jaligi  
1.   Moddiy   ne’matlarni
ishlab chiqarish maqsadi   Shaxsiy   ehtiyojlarni
qondirishda foydalanish   Boshqa   tovarlarga
ayirboshlash,   bozorda
oldi-sotdi qilish  
2.   Ishlab   chiqariladigan
mahsulot   tarkibining
aniqlanishi   Ehtiyojlar   va
imkoniyatlardan   kelib
chiqqan   holda   oldindan
aniqlanadi   Bozordagi   muayyan   talab
va   ishlab   chiqaruvchining
xususiiy   manfaati   asosida
aniqlanadi  
3.   Iste’molchini   o’ziga
jalb etish uchun kurash   Bunday   kurash   mavjud
emas   Bunday kurash mavjud va
tovar   xo’jaligining
rivojlanishi   bilan
kuchayib boradi  
4.   Ishlab   chiqarilgan
mahsulotning   iste’mol
qilinishi darajasi   Barcha   ishlab   chiqarilgan
mahsulotlar   to’laligicha
iste’mol qilinadi   Ishlab   chiqarilgan
mahsulotlar   ayrim   turlari
va   qismlarining   sotilmay
qolishi ,   ya’ni   iste’mol
kilinmasligi  
5.   Ishlab   chiqarish
jarayonida   ishchi
kuchining   ishtirok   etish
tamoyillari   Ishlab   chiqarish
jarayonida   faqat   o’zining
va oila a’zolarining ishchi
kuchidan foydalaniladi   Ishlab   chiqarish
jarayonida   yollanma
ishchi   kuchidan   ham
foydalanish mumkin  
Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi.
10 Tovar  ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi
munosabatlarning,   mehnatni   o’lchash   va   uni   jamiyatning   jami   mehnati   tarkibiga
kiritishning   o’ziga   xos   usulidir.   Natural   xo’jalikni   siqib   chiqarish   va   tovar
ayirboshlashning   rivojlanish   jarayoni   mehnat   taqsimotining   chuqurlashuvi,   ishlab
chiqarishning   ixtisoslashuvi,   xususiy   mulkning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi
asosida   individual   xo’jaliklarning   tovar   ayirboshlashga,   oldi-sotdiga   o’tish   yo’li
bilan  boradi.  Ayrim   turdagi   mahsulotlarni   ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuv,   ularni
turli   xil   ishlab   chiqaruvchilar   o’rtasida   ayirboshlashni   zarur   qilib   qo’yadi.
Ixtisoslashuv   esa   mehnat   unumdorligining   oshishiga   olib   keladi,   demak   tovar
ayirboshlash  faqat  zarurgina emas,  balki  foydali  bo’lib boradi. Vaqtni  va  moddiy
resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib
chiqadi.   Ayirboshlash   jarayoniga   tortiladigan   ishlab   chiqaruvchilar   bir-biriga
tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.
Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal
va   dehqon   xo’jaliklari   o’rtasida   aloqalar   o’rnatilishiga   yordam   berib,   ishlab
chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar
ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar   xo’jaligining   va   umuman   ayirboshlash   vujudga   kelishi   va   amal
qilinishining   ijtimoiy-iqtisodiy   asoslari   hamda   shart-sharoitlari   qanday?   Bu,
birinchidan,   ijtimoiy   mehnat   taqsimotidir,   bunda   ishlab   chiqaruvchilar   u   yoki   bu
aniq   mahsulotni   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashadi.   Ixtisoslashuv,   o’z   navbatida ,
qiyosiy   ustunlik   tamoyili   bo’yicha,   ya’ni   mahsulotni   nisbatan   kam   muqobil
qiymatda   ishlab   chiqarish   layoqati   bilan   aniqlanadi.   Ikkinchidan,   ishlab
chiqaruvchilar   xususiy   mulk   munosabatlari   tufayli   iqtisodiy   jixatdan   bir–biridan
muayyan   tarzda   alohidalashib   qoladi,   bunda   ular   o’z   mehnat   natijalarini   o’zlari
tasarruf   qiladilar.   Iqtisodiy   alohidalik   nima   ishlab   chiqarish,   qanday   ishlab
chiqarish   zarurligi   va   yaratilgan   mahsulotlarni   qaerda   va   kimga   sotishni   faqat
ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab
11 chiqarishni   zarur   qilib   qo’yadi   va   bozor   vujudga   kelishining   shart-sharoiti
hisoblanadi.   Mehnat   mahsuli   tovarga,   ya’ni   bozorda   ayirboshlash   uchun,   sotish
uchun   tayyorlanadigan   narsaga,   ishlab   chiqaruvchilar   esa   tovar   ishlab
chiqaruvchilarga aylanadi 5
.
Nihoyat, uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–sharoitlaridan
biri   erkin   ayirboshlash   hisoblanadi.   Chunki   ijtimoiy   mehnat   taqsimoti,
ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarishni
mustaqil aniqlash imkonini beradi.
Tovar   ishlab   chiqarish   natural   ishlab   chiqarishga   nisbatan   ishlab   chiqarish
kuchlarining   rivojlanishiga,   ishlab   chiqarish   samaradorligining   o’sishiga   ko’’roq
darajada imkon yaratadi, chunki:
-   tovar   ishlab   chiqaruvchi   katta   daromadga   ega   bo’lishi   uchun   mehnat
unumdorligini   o’stiruvchi   hamda   tovar   ishlab   chiqarish   sarflarini   qisqartiruvchi
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;
- tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo’jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab
chiqarish   natijalaridan   ko’’roq   manfaatdordirlar,   agar   ular   daromad   olmasalar
xonavayron bo’ladilar;
-   tovar   ishlab   chiqaruvchilar   xonavayron   bo’lmasligi   va   daromad   olishlari
uchun   o’z   faoliyatlarini   xaridorlarga   zarur   bo’lgan   tovarlarni   ishlab   chiqarishga
yo’naltira   olishlari   lozim,   ular   o’zlarining   raqiblari   ustidan   g’alaba   qozonishi
uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak.  Natural xo’jalik yurituvchilar
oldida bunday vazifa mavjud emas;
- tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste’molchini o’ziga   jalb qilish , o’z tovarini
sotib   daromad   olish   imkoniga   erishish   vositasi   bo’lib   yangi,   nisbatan   sifatli   va
jozibador   tovarlarni   ishlab   chiqarish   hisoblanadi.Tovar   ishlab   chiqarishning
mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning
xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5
  Мирзиёев Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq 
farovonligi garovi . Toshkent”O’zbekiston 2017y.
12 3. TOVAR VA UNING XUSUSIYATLARI.
Tovar-pul   munosabatlarini   tushunishda   tovarning   mazmunini,   uning
xususiyatlarini   bilish   muhim   ahamiyatga   egadir.   Tovarga   ta’r if   berishda   ham
iqtisodchilar   tomonidan   turlicha   yondoshuvlar   mavjud.   Jumladan,   E.F.Borisov
ta’rifiga   ko’ra   «Tovar   –   bu   bozorda   boshqa   tovarga   ekvivalent   asosida
ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».   Bundan
ko’rinadiki,   u   tovarga   inson   mehnati   mahsuli   sifatida   qaraydi.V.I.Vidya’in   va
boshqalar   tahriri   asosida   tayyorlangan   darslikda   «ne’mat»   va   «tovar»
tushunchalariga   keng   izoh   berilgan.   Unda   tovar   iqtisodiy   ne’matning   maxsus
shakli   bo’lib   hisoblanishi   ko’rsatib   berilgan:   «Tovar   –   bu   ayirboshlash   uchun
ishlab   chiqarilgan   maxsus   iqtisodiy   ne’mat».   Bu   va   boshqa   qator   olimlarning
fikrlari   asosida   ta’kidlash   mumkinki,   tovar   -   bu   biron-bir   naflilikka   va   qiymatga
ega   bo’lgan   ayirboshlash   uchun   yaratilgan   mehnat   mahsuli.   Yoki,   boshqacha
aytganda,   tovar   biron-bir   naflilikka   (iste’mol   qiymatga)   va   almashuv   qiymatiga
ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.Demak,
tovarning   ikki   xususiyati   bor:   birinchidan,   u   kishilarning   qandaydir   ehtiyojini
qondiradi:   ikkinchidan,   u   o’zida   ijtimoiy   mehnat   sarflarini   mujassamlashtiradi.
Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga
va   almashuv   qiymatlariga   ega.Buyumning   iste’mol   qiymati   shundan   iboratki,   u
kishilar   uchun   foydali,   naflidir.   U   shaxsiy   iste’mol   buyumi   yoki   ishlab   chiqarish
vositalari   sifatida   kishilarning  biron–bir   ehtiyojini   qondiradi. Naflilikni   aniqlashda
ham   turlicha   yondoshuvlar   mavjud . Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham,
ularning keyingi  davomchilari  ham  tovarlar  nafliligini  aniqlashda  alohida olingan
individning   hayolidagi   ‘sixologik   yondoshuv   bilan,   ya’ni   hech   kim   bilan   aloqasi
bo’lmagan 6
  o’rmondagi   cholning   yoki   kimsasiz   orolda   bir   o’zi   qolib   ketgan
Robinzonning   hayoli   bilan   aniqlash   usulini   qo’llaydilar.   Xolbuki,   tovar
ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir
bo’ladi.   Ular   naflilikning   negizida   ob’ektiv   iqtisodiy   jarayon   borligini,   naflilik
6
  Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq
farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil
13 tabiat ashyosi  bilan jonli mehnatning birikishi  natijasida,  to’g’rirog’i naflilik aniq
mehnat   bilan   tabiat   ashyosining   xususiyatlari   o’zgartirilishi   natijasida   vujudga
kelishini   o’ylab   ham   o’tirmaydilar.   Albatta,   tabiatda   mavjud   bo’lgan   yoki   inson
mehnati   bilan   yaratilgan   har   qanday   narsa   ham   naflilikka   ega   bo’lavermaydi.
Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab
chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun
zarur  bo’lgan 100 dona soatgina  naflilikka ega  bo’ladi.Shuning uchun iqtisodiyot
nazariyasida   ijtimoiy   zaruriy   naflilik   degan   tushuncha   ishlatiladi   va   bozor   mana
shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy   zaruriy   naflilik   deb   talab   miqdoriga   mos   keladigan   miqdordagi
naflilikka   aytiladi.Har   bir   tovar   ma’lum   bir   naflilikka   ega,   lekin   bu   naflilik   uni
yaratuvchining   o’z   ehtiyojlarini   emas,   balki   ayirboshlash   orqali   boshqa   kishilar
talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi.  Bozor har qanday
naflilikni   emas,   ijtimoiy   naflilikni   hisobga   oladi.   Agar   bu   fikrni   yanada
rivojlantirsak ,   bozor   ijtimoiy   zaruriy   naflilikni,   ya’ni   jamiyat   uchun   (xaridorlar
uchun)   zarur   miqdordagi   naflilikni   hamda   shu   ijtimoiy   zaruriy   miqdordagi
naflilikni   ishlab   chiqarish   uchun   sarflangan   ijtimoiy   zaruriy   mehnatni   hisobga
oladi.   Ijtimoiy   naflilik   tovarlarning   boshqa   tovarlarga   ayirboshlanish   qobiliyatiga
ega   bo’lganligi   uchungina   o’zining   yaratuvchisini   qiziqtiradi.   Tovarning
ayirboshlanuvchanlik   xususiyati   almashuv   qiymati   nomini   oladi.   Tovarlarni
sotishda   ularning   narx   ko’rsatkichi   almashuv   qiymatini   yaqqol   ko’rsatadi.   Inson
mehnati   bilan   yaratilmagan   ko’’lab   ne’matlar   masalan,   buloq   suvlari,   yovvoyi
daraxt   mevalari   ma’lum   naflilikka   ega   bo’ladi.   Lekin   ular   har   doim   ham   tovar
bo’lavermaydi.   Masalan,   bu   ne’matlar   o’sha   joyning   o’zidan   olinib,   iste’molchi
tomonidan   iste’mol   qilinsa   tovar   hisoblanmaydi.   Ne’matlar   tovar   bo’lishi   uchun,
ular   ayirboshlashga   mo’ljallangan,   ma’lum   mehnat   sarflangan,   bozorga   sotishga
chiqarilgan bo’lishi zarur.Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng
avvalo,   o’z   iste’moli   uchun   emas,   balki   boshqalarning   iste’moli   uchun   bozorga
sotish   maqsadida   tayyorlanadigan   mahsulotdir.   Tovarning   natural–buyum   va
ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
14 Tovarning almashuv  qiymati  – bu biror  turdagi  naflilikning boshqa  turdagi
naflilikka   ayirbosh   qilinadigan   miqdoriy   nisbatidir.   Masalan,   bitta   bolta   20   kg
donga ayirbosh  qilinadi.   Ayirbosh   qilinadigan   tovarlarning   bu   miqdoriy   nisbatida
ularning   almashuv   qiymati   ifodalanadi .Almashuv   qiymati   nimaga   asoslanadi?
Qiymatning   mehnat   nazariyasi   tarafdorlari  
hisoblaydiki,   tovarlar   qiymatining
umumiy   asosi   –   bu   mehnat,   shu   sababli   ular   ma’lum   miqdorlarda   bir-biriga
tenglashtiriladi.   Ularning   fikricha   tovarlarning   tabiiy   xususiyatlaridan   birortasi   –
og’irligi,   hajmi,   shakli   va   shu   kabilar   umumiy   asos   bo’la   olmaydi,   faqat   mehnat
sarflari   shunday   asos   hisoblanadi.   Almashishning   zarur   sharti   ayirbosh-lanadigan
tovarlarning   turlicha   nafliligi   hisoblanadi,   lekin   har   xil   tovarlarning   nafliligi   sifat
jihatidan   turlicha   bo’lib,   ular   miqdoriy   o’lchamga   ega   emas.   Miqdor   jihatdan
baravarlashtirish   esa,   hamma   sifat   jihatidan   umumiy,   yagona   biron-bir   narsa
bo’lishini   taqozo   etadi,   bunday   umumiy   narsa   ularni   yaratish   uchun   sarflangan
mehnatdir.Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g’risida bormaydi.
Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining
xususiyatlarini   keltirib   chiqaradi.   Tovarlar   o’lchovdosh   bo’lishining   boisi   shuki,
bularning hammasi  umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni   inson kuchi , miyasi,
mushagi,   asablari   va   hokazolari   sarfning   mahsulidir.   Demak,   umuman   inson
mehnati   mahsuli   sifatida   tovarlar   bir   xil   va   o’lchovdoshdir.   Tovarda
mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar
ayirboshlaganda   ko’rinadi,   shuning   uchun   almashuv   qiymati   (ya’ni   iste’mol
qiymatlarini   ayirboshlash   nisbati)   qiymat   shakli   bo’lib,   uning   ichki   mazmunini
tashkil   etadi.   Bu   holat   L.M.Kulikov   tomonidan   qiymat   va   almashuv   qiymatini
tovarning   alohida   asosiy   xususiyatlari   sifatida   ajratilib   ko’rsatilishida   namoyon
bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’’incha qisqacha qilib
«ishlab   chiqarish   xarajatlari»   deb   ataydilar)   qanchaga   tushganligi   ifodasidir.
Tovarni   ayirboshlaganda   (sotilganda)   ishlab   chiqaruvchi   (sotuvchi),   tabiiyki,   o’z
xarajatlarini   qo’lashni   istaydi,   biroq   bozorda   boshqacha   nisbatlar   tarkib   to’ishi
mumkin.   Endi   ularni   boshqa   ko’rsatkich   –   almashuv   qiymati   ifodalaydi.   Bu   bir
tovar   boshqasiga   ayirboshlanadigan   miqdoriy   nisbatdir».Tovarning   o’zi   esa   ikki
15 tomon   -   naflilik   va   qiymatning   uzviy   birligidan   iboratdir.Shu   o’rinda   ta’kidlash
lozimki,   L.Kulikov   tomonidan   qiymatga   berilgan   yuqoridagi   ta’rif   ba’zi   hollarda
iqtisodchilar   tomonidan   yo’l   qo’yiladigan   yanglish   fikrlardan   ham   holi   emas.
Ya’ni,   qiymatning   ishlab   chiqarish   xarajatlari   bilan   ayniylashtirilishini   u
tomonidan   yo’l   qo’yilgan   xatolik   deb   hisoblaymiz   (ishlab   chiqarish   xarajatlari
qiymatning   bir   qismi   bo’lib,   miqdor   jihatidan   undan   kamdir.   Ishlab   chiqarish
xarajatlari   to’g’risida   keyingi   boblarda   to’xtalamiz). Tovar   qiymatining   miqdori ,
ijtimoiy - zaruriy   vaqt   deb   ataladigan   ish   vaqti   bilan   hisoblanadi . Ijtimoiy zaruriy ish
vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi
mehnat   malakasi   va   jadallashuvi   darajasi   o’rtacha   bo’lgan   sharoitda   biron   bir
tovarni   ishlab   chiqarish   uchun   zarur   bo’lgan   ish   vaqtidir.   Tovar   qiymatining
miqdorini   hisoblashda   mehnatning   oddiy   va   murakkab,   malakali   va   malakasiz,
aqliy   yoki   jismoniy   turlari   hisobga   olinadi.   Qiymatni   hisoblashda   nisbatan
murakkab   mehnat   ko’’aytirilgan   yoki   darajaga   ko’tarilgan   oddiy   mehnat   sifatida
hisobga   olinadi,   shu   sababli   oz   miqdordagi   murakkab   mehnat   ko’’   miqdordagi
oddiy   mehnatga   tenglashtiriladi.Tovarning   ikki   xil   xususiyatga   ega   bo’lishiga
sabab   tovar   ishlab   chiqaruvchi   mehnati   tabiatining   ikki   tomonlamaligidadir.   Bir
tomondan,   bu   –   muayyan   turdagi   aniq   mehnatdir.   Shuning   uchun,   iste’mol
qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan 7
 
Mehnatning   ikki   yoqlama   xarakteridan   kelib   chiquvchi   tovarning   ikki
xil   xususiyati .
Ikkinchi   tomondan,   mehnat   –   aniq   shakldan   qat’iy   nazar,   umuman
sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir.  U o’zining
shu sifatida abstrakt  mehnat  deb ataladi. Bu  mehnat  esa  tovar  qiymatini  yaratadi.
Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida
mavjud   bo’lgan.   Ibtidoiy   jamiyatda   ham,   ‘atriarxal   xo’jalikda   ham   odamlar
kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda
qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda
7
  Мирзиёев Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq 
farovonligi garovi . Toshkent”O’zbekiston 2017y.
16 oddiy   ijtimoiy   mehnat   emas,   balki   alohida   tarixiy   sharoitdagi   ijtimoiy   mehnat
mujassamlanadi.
Xo’sh,   uning   o’ziga   xos   xususiyati   nimada?   Bu   xususiyat   shundaki,   tovar
ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo’ladi. Mehnat
faqat   ayirboshlash   sohasida,   ya’ni   o’zi   amalga   oshib   bo’lganidan   keyin   ijtimoiy
xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat
tovar ishlab chiqarishiga xos bo’lgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar
munosabatini ifodalaydigan o’ziga xos ijtimoiy shakldir.
Qiymat   tovarning emas , balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda
tabiat   ashyolarining   birorta   ham   molekulasi,   zarrachasi   yo’qdir.   Qiymatning
asosida   odamlar   bir-birlari   uchun   mehnat   qilishlarini   bildiruvchi   ijtimoiy   mehnat
yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o’zining ijtimoiy
xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.
Tovarlar   qiymatining   miqdori   mehnat   unumdorligiga   qarab   o’zgaradi.
Mehnat   unumdorligi   ma’lum   ish   vaqti   birligi   mobaynida   ishlab   chiqarilgan
mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish
vaqti   bilan   o’lchanadi.   Mehnat   unumdorligining   o’zgarishi   tovar   birligi
qiymatining   o’zgarishiga   sabab   bo’ladi.   Mehnat   unumdorligi   o’ssa,   tovar
birligining   qiymati   kamayadi   yoki   aksincha,   mehnat   unumdorligi   ‘asaysa,   tovar
birligining qiymati oshadi.
Mehnat   unumdorligiga   bir   qator   omillar   ta’sir   qiladi.   Bu   omillar   mehnat
qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan
va   texnikaning   taraqqiyoti   darajasi,   fan   va   texnika   yutuqlarini   ishlab   chiqarishga
joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to’’lanuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.
Mehnat intensivligi   ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori
orqali   tavsiflanuvchi   ko’rsatkich   hisoblanadi.   Mehnat   intensivligining   oshishi
amalda   ish   vaqtining   ko’’ayganligini   anglatadi.   Shunday   qilib ,   intensivlik   ish
vaqtining   davomiyligi   bilan   bevosita   aloqador   bo’ladi.   Mehnatning   intensivligi
deganda   ish   vaqti   birligi   davomida   ishchi   kuchi   sarfi   orqali   aniqlanuvchi   mehnat
17 jadalligining   darajasi   tushuniladi.Mehnatning   jadallik   darajasini   aniqlashda   ish
kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.
  Individual   yoki   o ’ rtacha   ijtimoiy   mehnat   intensivligi   tushunchalari
farqlanadi .   Muayyan   ishlab   chiqarish   munosabatlari   sharoitida   individual
intensivlik ishchining   yoshi,   uning   mahorat   darajasi,   jismoniy   va   aqliy
qobiliyatlariga   bog’liq   bo’ladi.   Mehnatning   o’rtacha   intensivligi   –   bu
umumlashma   tushuncha   bo’lib,   alohida   shaxs,   alohida   korxona   va   tarmoq,
mamlakatning   turli   hududlarida   mavjud   bo’lgan   individual   miqdorlardan   tarkib
to’adi.   «O’rtacha   intensivlik»   tushunchasi   mehnat   intensivligining   faqat   miqdor
tomonini   tavsiflab ,   u   yoki   bu   ishlab   chiqarish   usuli   sharoitidagi   intensivlikning
mohiyati   va   mazmunini   aks   ettirmaydi.   Shunga   ko’ra,   iqtisodiyot   nazariyasida
ijtimoiy   zaruriy   mehnat   intensivligi   tushunchasi   farqlanib,   u   har   bir   muayyan
mamlakat   uchun   bir   vaqtning   o’zida   ijtimoiy   mazmunni   aks   ettiruvchi   ma’lum
o’rtacha miqdorni o’z ichiga oladi.
Qiymatning   mehnat   nazariyasi   va   keyingi   qo ’ shilgan   miqdor   nafliligi
nazariyalari.
Iqtisodiyot   nazariyasi   fanida  tovar   qiymatining   negizini   nima   tashkil   qiladi
degan   savolga   javob   berishda   ikki   xil   yo’nalish   mavjud   hamda   ular   o’rtasida
doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bo’lib kelmoqda. Biz quyida shu ikki
xil   yo’nalishdagi   nazariyalarning   mazmunini   o’quvchiga   havola   qilamiz.
Qiymatning mehnat nazariyasi.   Bu nazariyaning asoschilari  bo’lib Uilyam ‘etti,
Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
  U.’etti   –   qiymatning   mehnat   nazariyasining   dastlabki   asoschisi   bo’lib,   u
qiymatning   manbai   mehnat   hisoblanishini,   aynan   mehnat   sarfi   tovar   qiymati
miqdorini   belgilab   berishini   ko’rsatib   o’tgan.   Biroq,   U.’etti   tovarning   iste’mol
qiymati   va   qiymati   o’rtasidagi   farqni   ko’ra   olmagan.   U   tovarning   qiymati   faqat
qimmatbaho   metallarni   ishlab   chiqarishga   sarflanuvchi   mehnat   orqali   yaratiladi,
deb hisoblagan.
  A.Smit   o’zining   «Xalqlar   boyligining   tabiati   va   sabablari   to’g’risida
tadqiqotlar»   (1776   y.)   nomli   asarida   tovarning   iste’mol   va   almashuv   qiymatini
18 farqlab   bergan.   U   tovar   qiymatining   yagona   manbai   bo’lib   moddiy   ishlab
chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga
kelgan.   Shu   bilan   birga,   tovar   qiymatining   miqdorini   har   qanday   mehnat   emas,
balki   jamiyat   uchun   zarur   bo’lgan   o’rtacha   mehnat   belgilab   berishini   ko’rsatib
o’tgan.D.Rikardo   qiymatning   yagona   mezoni   bo’lib   tovar   ishlab   chiqarishga
sarflangan   hamda   ish   vaqti   sarflari   orqali   aniqlanuvchi   mehnat   hisoblanishini
isbotlab   bergan.   U   tovarning   iste’mol   qiymati   va   qiymati   o’rtasidagi   farqni   aniq
ko’rsatib,   har   qanday   ishlab   chiqarishda   tovarning   qiymati   sarflangan   mehnat
orqali aniqlanishini ta’kidlagan.Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning
mehnat   nazariyasi   tarafdorlarining   fikricha,   tovarlarni   ayirboshlash   ularning
qiymati asosida amalga oshiriladi.Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat
sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.Qiymatning mehnat
nazariyasiga   ko’ra   ijtimoiy   zarur   ish   vaqti   o’ziga   xos   ijtimoiy   mehnat   me’yori
rolini o’ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga
amal   qilishlari   zarurdir 8
.   Keragidan   ortiqcha   mehnat   sarflari   qiymat   yaratmaydi,
ya’ni   jamiyat   tomonidan   e’tirof   etilmaydi,   rad   etiladi.   Bozorda   muayyan   turdagi
tovarlarning   asosiy   massasini   ishlab   chiqarish   uchun   zarur   bo’lganidan   amaldagi
ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to’lamaydi.Qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlari   tushuntiradiki,   tovar   qiymatida   oddiy   mehnat   ifodalanadi.   Oddiy
mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy
mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil bo’lmay, turlicha va
o’zgaruvchan bo’ladi. Lekin qiymat namoyon bo’ladigan har bir muayyan bozorda
(u   xoh   ichki,   xoh   tashqi   bozor   bo’lsin)   oddiy   mehnat   ma’lum   bir   darajadagi
mavjud   mehnatdir.   U   shunday   boshlang’ich   negizki,   malakasi   jihatidan   unga
tenglashtiriladi.   Binobarin,   murakkab   va   malakali   mehnat   ko’’aytirilgan   oddiy
mehnat   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Murakkab   mehnatni   oddiy   mehnatga
tenglashtirish   bozorda   individual   sarflarni   ijtimoiy   zarur   sarflariga   tenglashtirish
bilan birga sodir bo’ladi.
8
 I.A.Karimov “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan 
taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir” T.: “Xalq so’zi” 2014 
y. 6 dekabr.
19 Qiymatning   mehnat   nazariyasi   tarafdorlari   tovar   ishlab   chiqarish   sharoitda
tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va
rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob’ektiv qiymat qonunini mavjud bo’lishini tan
oladi. Ular fikriga ko’ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash
ularning   qiymati   asosida   amalga   oshiriladi.Ijtimoiy   zaruriy   sarflarning   yuqorida
keltirilgan   ta’riflaridan   kelib   chiqsak ,   qiymat   qonuni   individual   mehnat   sarfi
ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum
vaqt   ichida   ko’’roq   miqdorda   iste’mol   qiymatlarini   yaratuvchi   yoki   yuqoriroq
mehnat   unumdorligini   ta’minlaydigan   ishlab   chiqaruvchilarni   rag’batlantiradi.
Qiymat   qonuni   individual   mehnat   unumdorligi   ijtimoiy   me’yordagi   mehnat
unumdorligidan   ‘ast   bo’lgan   ishlab   chiqaruvchilarni   jazolaydi.   Bu   bilan   iqtisodiy
sharoitlar   tovar   ishlab   chiqaruvchilarning   mehnat   unumdorligini   oshirish   yoki
boshqa   xil   tovarlarni   ishlab   chiqarishga   o’tishini   rag’batlantiradi.   Aks   holda   ular
bozordan   siqib   chiqarilish,   xonavayron   bo’lish   xavfi   ostida   qolishlari
mumkin.Qiymat   qonuni   tovar   ishlab   chiqaruvchilarni   ularning   individual   mehnat
sarflari   bilan   ijtimoiy   zaruriy   mehnat   sarflari   o’trasidagi   farq   tovar   ishlab
chiqaruvchilarni   tabaqalashtiradi,   mehnat   va   moddiy   sarflarni   kamaytirishni
rag’batlantiradi   va   mehnatning   ishlab   chiqarish   sohalari   bo’yicha   taqsimlanishini
tartibga   solib   turadi.   Masalan,   eng   yuksak   mehnat   unumdorligiga   erishgan   ishlab
chiqaruvchilar   o’z   tovarlarini   ijtimoiy   zarur   sarflaridan   kamroq,   lekin   ayrim
individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin.
Lekin   ular   ish   faoliyatining   muvaffaqiyati   ko’’roq   kafolatlangan   deb   bo’lmaydi.
Chunki   ular   texnik   va   tashkiliy   jihatdan   yangiliklarni   ishlab   chiqarishga   o’z
vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini
qidirib   to’masalar,   ma’lum   vaqtdan   so’ng   o’z   ustunliklaridan   ajralib   qolishlari
mumkin.Qiymat   qonunining   tartibga   solib   turuvchi   mexanizmi   rakobat   kurashi
natijasida   bozor   narxlarining   stixiyali   ravishda   tebranib   turishidan,   ularning
ijtimoiy   qiymatdan   farq   qilib   turishidan   iborat.   Tovar   narxining   ijtimoiy
qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.
20 Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.
Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.
Shunday   qilib,   tovarlar   narxining   ular   qiymatidan   farq   qilishi   tovar   ishlab
chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining
kuchi   ta’siri   ostida   bo’ladi.Qiymat   qonuni   resurslarning   turli   ishlab   chiqarish
sohalari   o’trasida   taqsimlanishini   tartibga   solib   turish   vazifasini   bajarayotganda
ham   narxlar   dinamikasi   muhim   rol   uynaydi.   Agar   u   yoki   bu   aniq   tovar   ijtimoiy
ehtiyojini   qondirish   uchun   zarur   bo’lganidan   kamroq   ishlab   chiqarilsa,   bu
talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tovar narxi oshib ketadi.Narxlar,
shu   bilan   birga   daromadlar   kamayadi,   bu   tarmoqdagi   ishlab   chiqarish   resurslari
daromad   yuqori   bo’lgan   boshqa   tarmoqlarga   o’tib   ketadi.   Qiymatning   mehnat
nazariyasi   modellarida   qiymat   qonuniga   asoslangan   ishlab   chiqarish   nisbatlarini
tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.
Keyingi   qo’shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasi.   Yuqorida   qarab
chiqqanimizdek,   qiymatning   mehnat   nazariyasiga   ko’ra,   mehnat   sarflarining
ijtimoiy   zaruriy   darajasi   faqat   bozorda,   ayirboshlashda   yuzaga   chiqadi.   Qiymat
faqat   bozorda   almashuv   qiymat   ko’rinishida   o’zining   ifodalanish   shaklini   oladi.
Qisqacha   aytganda,   qiymat   ishlab   chiqarishda   yaratiladi,   biroq   bozorda,   ya’ni
ayirboshlash   vaqtida   namoyon   bo’ladi.   Shu   erda   qo’shilgan   miqdor   nafliligi
nazariyotchilari   qarashlari   bilan   qarama-qarshilik   ‘aydo   bo’ladi.   Uning   mohiyati
nimadan   iborat?   Agar   tovar   bozorda   sotib   olinsa,   bu   kimdir   tovar   ishlab
chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari  sifatida baholashi
sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo’lishi sababli ro’y
beradi, xaridor ma’lum naflilikka ega bo’lgan tovarni qadrlaydi.
  Keyingi   qo ’ shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasining   asoschilari   bo ’ lib
avstriya   maktabi   vakillari   K . Menger (1840-1921),   F . Vizer (1851-1926),   E . Bem -
Baverk (1851-1914)   va   boshqalar   hisoblanadi . Hozirda bu nazariya g’oyalarini bir
qator   olimlar   qo’llab-quvvatlab,   rivojlantirib   kelmoqdalar. 23
  Mazkur   nazariyaga
ko’ra,   kishilar   tomonidan   juda   xilma-xil   moddiy   va   ma’naviy   ne’matlar   (hamda
xizmatlar)   ularni   ishlab   chiqarishga   ijtimoiy   zaruriy   mehnat   sarflanganligi   uchun
21 emas,   balki   ushbu   ne’matlar   naflilikka   ega   bo’lishi   sababli   qadrlanadi.   Insonlar
tomonidan   ma’lum   nafliliklarga   ehtiyoj   sezilganligi   sababli   u   yoki   bu   tovarni
ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. U yoki bu mehnat sarflarining
ijtimoiy zarurligi kim tomonidan   yoki nima bilan aniqlanadi , degan savolga oddiy
tarzda bozor tomonidan, deb javob berish to’g’ri bo’ladi, biroq bu javob umumiy
va   to’liq   emas.   Keyingi   qo’shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasi   tarafdorlari
fikrlariga  ko’ra, faqat  tovarning nafliligi  mehnat  sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb
nomlanadigan   tavsif   berishi   mumkin.Keyingi   qo’shilgan   miqdor   nafliligi
nazariyasi   bilan   qiymatning   mehnat   nazariyasining   bir-biriga   to’g’ri   kelmasligi
turli   xil   iste’mol   qiymatlarini   yoki   nafliligini   hisobga   olish   muammosi   bilan
bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy
tarzda   o’zaro   taqqoslash   mumkin   emas.   E’tibor   berilsa,   masalaning   bu   tarzda
qo’yilishining   o’zi   keyingi   qo’shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasiga   zidligini
ko’rish   mumkin.   Masalan,   kitob   yoki   tanburdan   qaysi   birining   nafliligi   yuqori,
degan savolga javob borish mumkin emas. Albatta, savol bunday aniq qo’yilganda
unga   javob   berib   bo’lmaydi 9
.   Ammo   har   bir   aniq   holatda   iste’molchi   tomonidan
ne’matlarning nafliligini taqqoslash  doimo ro’y beradi. Masalan,  kitobsevar inson
uchun kitobning, musiqashunos uchun tanburning nafliligi yuqori bo’lishi mumkin.
O’z   navbatida,   kitob   o’qishni   yoqtirmayligan   inson   uchun   kitobning,   cholg’u
asboblarida   o’ynashni   bilmaydigan   yoki   musiqaga   umuman   qiziqmaydigan   inson
uchun   tanburning   nafliligi   juda   ‘ast   yoki   umuman   nolga   teng   bo’lishi   mumkin.
Bundan   ko’rinib   turibdiki,   tanbur   bilan   kitobni   ayirboshlash   zarur   bo’lsa,   ularni
nafliligi   bilan   o’zaro   taqqoslab   bo’lmaydi.   Shunga   ko’ra,   iqtisodiy   hayotda   ham
xo’jalik   qarorlari   qabul   qilish   chog’ida   umuman   ehtiyojlarni   taqqoslamasdan,   u
yoki   bu   moddiy   va   ma’naviy   ne’matlarning   foydali   samarasiga   baho   bermasdan
turib   hech   qanday   iqtisodiy   faoliyatni   boshlash   mumkin   bo’lmaydi.Keyingi
qo’shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasi   tarafdorlari,   naflilikning   ikki   turini   ajratib
ko’rsatish   zarur   deb   hisoblaydilar:   a)   abstrakt   yoki   umumiy   naflilik,   ya’ni
9
 I.A.Karimov “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan 
taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir” T.: “Xalq so’zi” 2014 
y. 6 dekabr.
22 ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu
ne’mat   mazkur   nusxasi   foydaliligining   sub’ektiv   narxini   bildiradi.   Bu   sub’ektiv
narx   ikki   omilga   bog’liq:   mazkur   ne’matning   mavjud   zahirasi   va   unga   bo’lgan
ehtiyojning   to’yinganlik   darajasi.Keyingi   qo’shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasi
tarafdorlari sub’ektiv naflilik miqdorini hisoblashda G.Gossen (nemis iqtisodchisi,
1810-1858   yy.)   qonunidan   foydalanadilar.   Bu   qonun   so’nggi   qo’shilgan   miqdor
nafliligining   ‘asayib   borishini   ifodalab,   Gossenning   birinchi   qonuni   deb   ataladi.
Mazkur   qonunga binoan,  ehtiyoj  qondirilib borilishi  bilan  «to’yinganlik  darajasi»
o’sadi,   aniq   qo’shilgan   miqdor   nafliligi   esa   ‘asayadi   («zaruriy   ehtiyoj»   darajasi).
Bu   mazkur   ehtiyojni   qondiruvchi   har   bir   navbatdagi   qo’shimcha   ne’mat
oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’lishini bildiradi, ne’matlar zahirasi
cheklangan   bo’lganda   esa   uning   «zaruriy   ehtiyojni»   qondiruvchi   keyingi   nusxasi
mavjud   bo’ladi.   Bundan   shunday   xulosa   kelib   chiqadiki,   mazkur   turdagi   barcha
ne’matlarning qiymati ularning eng so’nggi qo’shilgan miqdorining nafliligi bilan
aniqlanadi. O ’ zining   birinchi   qonunidan   kelib   chiqqan   holda ,   Gossen   ikkinchi
qonnuni   ham   ishlab   chiqadi .   Unga   ko’ra,   «iste’mol   qilinayotgan   turli
ne’matlarning umumiy miqdori   shunday tarzda aniqlanadiki , bund 10
a sotib olingan
bir necha turdagi ne’matning so’nggi qo’shilgan miqdori nafliligi o’zaro bir-biriga
teng   bo’ladi». 24
  Boshqacha   aytganda,   har   bir   iste’molchi   bir   vaqtning   o’zida
ko’’lab turdagi ne’matlarni iste’mol qilish uchun ularning shunday to’’lamini sotib
oladiki,   bu   to’’lamdagi   har   bir   ne’matning   so’nggi   qo’shilgan   miqdori   nafliligi
o’zaro teng bo’ladi yoki iste’molchida bir xil miqdordagi qoniqish hosil qiladi.
Keyingi  qo’shilgan  miqdor  nafliligi  muammosini  o’rmonda yashovchi  chol
ega   bo’lgan   besh   qo’   don   misolida,   uning   ongida   sodir   bo’lgan   ‘sixologik   hayol
orqali   tasvirlab   ko’rsatadilar.   Bu   qo’lardagi   donning   nafliligi   kamayib   boruvchi
tartibda   joylashadi:   birinchi   qo’dagi   don   eng   zarur,   ya’ni   cholning   oziq–ovqatga
bo’lgan   ehtiyojini   qondirish   uchun   iste’mol   qilinadi,   ikkinchisi   –   ovqatlanishni
yaxshilash   uchun,   uchinchisi   –   uy   ‘arrandalarini   boqish,   to’rtinchisi   –   ‘ivo
tayyorlash, beshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib,
10
 Sh.Shodmonov, U.V.G’ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi. T.«Moliya» 2005 y. 10-45bеt.
23 ko’ngilxushlik   qilishi   uchun.Bundan   ko’rinadiki,   beshinchi   qo’ning   nafliligi   chol
uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qo’dagi dondan mahrum bo’lsa u
faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to’rtinchi
qo’dagi   donning   yo’q   bo’lishi   cholni   ‘ivosiz,   uchinchisi   esa   ‘arrandalarsiz
qoldirishi   mumkin.   Faqat   bitta   qo’dagi   don   qolgan   taqdirda   chol   uchun   uning
nafliligi   eng   yuqori   darajaga   etadi,   ya’ni   u   ovqatlanish   ehtiyoji   bilan
tenglashadi.Shu o’rinda turli qo’lardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning
qaysi   biri   donlarning   umumiy   naflilik   darajasini   aniqlab   beradi,   degan   savol
tug’iladi.   Xolbuki,   qo’lardagi   donlarning   bir-biridan   farqi   yo’q   ekan,   chol   uchun
ularning   nafliligi   beshinchi,   so’nggi   qo’dagi   donning   nafliligi   orqali
aniqlanadi.Demak,   har   bir   ne’matning   so’nggi   qo’shilgan   birligi,   ya’ni   uncha
muhim   bo’lmagan   ehtiyojni   qondiruvchi   birligining   nafliligi   kamayib   borish
xususiyatiga egadir.Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bergan
kishi   mashhur   ingliz   iqtisodchisi   A.Marshall   hisoblanadi.   Tovarlarning   qiymatini
aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga
ega   emas,   deb   hisoblagan   A.Marshall   bir   nechta   nazariyalarni   sintez   qilish   yo’li
bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir
tomonliligini   u   qiymatni   faqat   naflilik   bilan   tushuntirishda   ko’rdi.   A.Marshall
keyingi   qo’shilgan   miqdor   nafliligi   nazariyasini   talab   va   taklif   nazariyasi   hamda
ishlab   chiqarish   xarajatlari   nazariyasi   bilan   bog’lashga   harakat   qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan miqdor
nafliligi   va   ishlab   chiqarish   xarajatlarini   sintez   qilish   (umumlashtirish)   zarurligi
haqidagi   fikri   juda   mashhur.   Neoklassiklarning   qiymat   va   narxning   bir   negizli
(monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari
bilan   bog’liq.   Neoklassiklarning   qoidalari   qiymatning   yagona   manbai,   narxning
yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai to’ilishi
zarurligini   bildiradi.   Bunday   yagona   manba,   masalan,   ingliz   klassik   iqtisodiy
maktabi   va   markscha   nazariyalarda   mehnat ,   marjinalistlarda   qo’shilgan   miqdor
nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham
talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari)
24 tomonida   yotuvchi   bozor   kuchlari   o’zaro   ta’siri   orqali   aniqlanadi.A.Marshall
fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab
chiqarish   xarajatlari   bilan   aniqlanadi.   Shunday   qilib,   A.Marshalldan   boshlab
iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o’tildi.Lekin A.Marshall
ushbu   sintezni   oxirigacha   etkaza   olmadi.   U   ijtimoiy   zaruriy   naflilik   va   ijtimoiy
zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun,
u   ijtimoiy   naflilik   o’rniga   qo’shilgan   naflilikni,   ijtimoiy   zaruriy   mehnat   sarflari
o’rniga   ishlab   chiqarish   xarajatlarini   qo’ydi.   Natijada   tovarning   qiymati   ham,
nafliligi   ham   to’liq   hisobga   olinmadi.   Umuman   aytganda   uzoq   tarixiy   davrdan
boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning
ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga
ega   bo’lishini   inobatga   olmaslikdir.   Mehnat   nazariyachilari   tovarga   sarflangan
mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga
e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko’’roq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati
nuqtai   nazaridan   tahlil   qilgan   bo’lsa,   ikkinchisi   iste’molchi   (xaridorlar)   manfaati
nuqtai-nazaridan   qaraydilar.   Xolbuki   tovarning   qiymatini   va   binobarin   narxini
aniqlashda   uning   ikki   tomoniga   va   sotuvchilar   bilan   xaridorlar   manfaati
to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur.
25 4.  P ULNING KELIB CHIQISHI, MOHIYATI VA VAZIFALARI.
Pul   uzoq   zamonlardan   beri   odamlarga   ma ’ lum .   pul ning   kelib   chiqishi
turlinazariyotchilar   tomonidan   tovar   ayirboshlash   jarayonining   rivojlanishi   bilan
bog ’ liq   holda   tushuntiriladi .   Pulning   vujudga   kelishi   va   mohiyatining   turli   ilmiy
konste’stiyalari   mavjud   bo’lib,   ular   orasida   rastionalistik   va   evolyustion
konste’stiyalar   muhim   o’rin   tutadi.Bundan   ko’rinib   turibdiki,   yuqoridagi
olimlarning   fikricha,   Pul   kategoriyasiob’ektiv   iqtisodiy   kategoriya   bo’lmay,
kishilar   kelishuviga   yoki   davlatning   xohishiga   bog’liq   bo’lgan   yuzaki,   sub’ektiv
kategoriyadir. P ul   kelib   chiqishining   evolyustion   konste’stiyasiga   ko’ra   ular
ijtimoiy   mehnat   taqsimoti,   ayirboshlash,   tovar   ishlab   chiqarishning   rivojlanishi
natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy
jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidanPul rolini bajaruvchi
alohida   tovarning   ajralib   chiqishini   tushunish   mumkin.Bir   tovarning   qiymati   uni
boshqa   bir   tovarga   ayirboshlash   orqali   aniqlanadi.   Bir   qarashda   ayirboshlash
bitimida   har   ikkala   tovar   ham   bir   xil   rol   o’ynaydigandek   ko’rinadi.   Aslida   esa
ularning   roli   turlichadir.   Bir   tovar   o’z   qiymatini   boshqa   tovarga   nisbatan
ifodalaydi.   Ikkinchi   tovar   esa   birinchi   tovarning   qiymatini   o’zida   ifodalab,
ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi
mana   shu   erda   pulning   dastlabki   kurtagi   ‘aydo   bo’ladi. P ulning   p aydo   bo’lishi   va
rivojlanishida   qiymat   shakllarining   rivojlanish   bosqichlari   muhim   o’rin   tutadi.
Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul
shakllari   mavjud.Ayirboshlash   jarayonining   tarixan   uzoq   davom   etgan   davri
mobaynida   ekvivalent   rolini   o’ynovchi   ko’’lab   tovarlar   ichidan   ba’zi   birlari
o’zining   barcha   tomonidan   tan   olinishi   tufayli   ajralib   chiqa   boshladi.   Chunki,
ekvivalent   rolini   o’ynovchi   tovarlarning   barchasi   ham   ayirboshlash   jarayonida
vositachilik   vazifasini   bir   xilda   muvaffaqiyatli   bajara  olmas   edi.   Natijada,   barcha
tovarlarning   qiymatini   bir   xil   tovar   qiymati   orqali   taqqoslash   mumkin   bo’lgan
qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Keyinchalik   umumiy   ekvivalent   rolini   o’ynovchi   tovarlar   ichidan   maxsus
tovar – pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda pul rolini o’zining qator xususiyatlariga
26 ko’ra   mazkur   vazifani   nisbatan   muvaffaqiyatli   bajara   oluvchi   oltin   va   kumush
metallar   bajara   boshladi.   Bu   qiymatning   pul   shakli   vujudga   kelganini   anglatar
edi 11
. Shunday qilib,   P ul   – bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish
mumkin bo’lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir. XIX   asrning
oxirida   mamlakatlar   birin - ketin   oltin   valyutaga ,   ya ’ ni   monometall   tizimiga   o ’ ta
boshladilar . Bu hol Avstriyada 1892, Ya’oniyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda
esa   1900   yilda   sodir   bo’ldi.   Angliyada   oltin   pul   tizimi   XVII   asrning   oxirida ,
Germaniyada   1871   yilda ,   Gollandiyada   1877   yildayoq   joriy   etilgan
edi . O ’ zbekiston   hududida   tarixan   bundan   ham   oldinroq   kumush   va   mis   tangalar
muomalada   bo ’ lgan . Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda
pul   islohotini   o’tkazgan.   Bizgacha   Shayboniyxon   (1501-1610)   va   Abdullaxon
(1583-1598)   zarb   etgan   tangalar   etib   kelgan.   Abdullaxon   davrida   tanga   (oltin   va
kumush)   zarb   qilish   davlat   ‘oytaxti   -   Buxoroda   markazlashtiriladi.   1695-1709
yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. 
11
  А.O’lmаsоv, А.Vаhоbоv Iqtisоdiyot nаzаriyasi. T.:«Mоliya» 2014 y. 60-62, 75-87, 228-245 
bеtlаr.
27 XULOSA
Tovarning   almashuv   qiymatini   ifodalash,   uni   o’lchash   uchun   qo’lda   naqd
pulga ega bo’lish shart emas. pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi.   Tovar egasi
fikran   ideal   ravishda   shu   tovarning   almashuv   qiymatini   pul   bilan   ifodalaydi.
Tovarning   narxi   talab   va   taklif   muvofiq   kelgan   taqdirdagina   tovarning   qiymatiga
muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi.
Demak ,   tovalarning   narxi   tovarlarning   qiymatiga ,   pulning   qiymatiga ,   talab   va
taklifning   nisbatiga   va   boshqa   omillarga   bog ’ liq .Tovar   almashuv  qiymatining  pul
bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi.
Tovarning   almashuv   qiymatini   o’lchash   uchun   muayyan   miqdordagi   pul
materialini birlik qilib olish zarur.   Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb
ataladi.   Bir   tomondan   narxlar   o’lchovi   har   qanday   o’lchov   birligi   kabi   shartlidir.
Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan
bo’lishi   kerak.   Shuning   uchun   davlat   pul   birligi   huquqini   qonun   bilan
mustahkamlaydi ,   bu   birlik   shu   tariqa   rasmiy   tan   olinadi .   Dastlab   pul   birliklari   va
ularning   nomlari   ko ’’ incha   muayyan   og ’ irlikda   nodir   metallar   bilan   bog ’ liq
bo ’ lgan ,   valyuta   tizimlarining   nomlar   ( funt   sterling )   ham   shundan   dalolat   beradi .
Lekin   vaqt   o’tishi   bilan,   «vazn»   nomi   pul   birligidan   nodir   metallarning   haqiqiy
vaznidan   tobora   ko’’roq   farq   qila   boshlagan.   Buning   bir   qancha   sabablari   bor,
bularning   biri   shu   bilan   bog’liqki,   tarixan   uncha   nodir   bo’lmagan,   umumiy
ekvivalent   rolini   o’ynagan   metallar   nodirroq ,   demak,   qimmatroq   metallar
tomonidan  siqib   chiqarilgan;   bunda   pul   nomlari   avvaligicha   qolgan.   Tovar   kelib
chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar.
Quyidagi   belgilar   tovar   kelib   chiqqan   joy   nomi   sifatida   ro‘yxatdan
o‘tkazilmaydi:
tovar   kelib   chiqqan   joy   xususida   iste’molchini   chalg‘itib   qo‘yadigan
jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;  
tovar   kelib   chiqqan   haqiqiy   joyni   rasman   ko‘rsatuvchi,   lekin   tovar   boshqa
hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
28 tovar   tayyorlangan   joy   nomi   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   jo‘g‘rofiy   nomni
anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida
umum foydalanishda bo‘lgan belgilar.
29 ADABIYOTLAR
1.   Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelejagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz O’zbekiston NMIU 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manffatlarini   ta’minlash   –   yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil.
3.Мирзиёев Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligi garovi . Toshkent”O’zbekiston 2017y.
4.O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 2019 yil.
5. O`zbekiston Respublikasi Fuqqarolik kodiksi 2017 yil.
6. .Karimov «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yanada yuksaltirishdir» T.: «O’zbеkiston» 2010 y., 9-10bеtlar. 
7.I.A.Karimov “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga
qaratilgan   taraqqiyot   yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirish   –   bosh
maqsadimizdir” T.: “Xalq so’zi” 2014 y. 6 dekabr.
8.   I.A.Karimov   “2015   yilda   iqtisodiyotimizda   tub   tarkibiy   o’zgarishlarni   amalga
oshirish,   modernizatsiya   va   diversifikatsiya   jarayonlarini   izchil   davom   ettirish
hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor
vazifamizdir”. T.: “Xalq so’zi” 2015 y. 17 yanvar.
9. А.O’lmаsоv, А.Vаhоbоv Iqtisоdiyot nаzаriyasi. T.:«Mоliya» 2014 y. 60-62, 75-
87, 228-245 bеtlаr.  
10.   .Shodmonov,   U.V.G’ofurov.   Iqtisodiyot   nazariyasi.   T.«Moliya»   2005   y.   10-
45bеt.
1 1.  N.Bеknazov Iqtisodiyot nazariyasi. T. «TDYuI». 2005 y. 27-45bеtlar.
12. Y.Q. Yo’ldoshеv Iqtisodiyot nazariyasi T.: “Standart poligraf” 2010 y.
30

Tovar belgilari REJA: I.KIRISH. II.ASOSIY QISM. 1. Tovar belgisi haqida tushuncha. 2. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. 3. Tovar va uning xususiyatlari. 4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. III.XULOSA : IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .

KIRISH Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi. Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan. Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi 1 . Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida , qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari 1 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz O’zbekiston NMIU 2017 yil. 3

tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qaerda va kimga sotishni faqat ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. 4

1. TOVAR BELGISI – MAHSULOT KO'ZGUSI Iste'molchilik, savdo-sotiq, xizmat-servis bilan bog'liq tushunchalar haqida gap ketganda, tovar belgisi, sifati darajasini anglatuvchi ma'nolar ham tilga olinadi. Sababi, xalqaro standart birligida e'tirof etiluvchi ma'lum belgi yoki timsol sifat ko'rsatkichi, xalq orasida mashhur firma yoki ishlab chiqaruvchi ekanini tasdiqlovchi, iste'molchi sog'lig'i, hayotiga xavf solmasligi, behuda mablag' sarfiga yo'l qo'ymay, aldanib qolmaslik uchun kafolatni anglatadi. Biznes tili bilan ularni “brend” yoxud “tovar belgisi” deyish mumkin. Ayni paytda eksportga chiqarilayotgan mahsulotga davlatimizga xos belgi, tovarning shtrix kodi yoki “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” degan so'zlar muhrlanmoqda. Endilikda yurtimizga chetdan kirib kelayotgan tovarlarda ham o'zbek tilidagi markirovka joriy etilishi belgilandi. Mamlakatimizga olib kiriladigan oziq-ovqat, shaxsiy gigiena va boshqa iste'mol mahsulotlarida ularni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo'yilgan davlat tilidagi tovar markirovkasi bo'lishi shart qilib qo'yilgan. Xalqimiz nafaqat o'z tilidagi markirovka bilan tanishadi, balki mahsulotga qo'yiladigan “Uz” belgisi barchamizning qalbimizda iftixor uyg'otadi. Zotan, bu belgilar mahsulotning o'zimida ishlab chiqarilayotganini bildirib, iste'molchi uchun sifat kafolatini anglatadi 2 . Joriy etilgan ushbu tartibga ko'ra, yuk egasi tovarning nomi, miqdori, vazni, qiymati, shuningdek, tovarni tavsiflash va kodlashning uyg'unlashtirilgan tizimiga muvofiq, ularning kamida oltita belgi darajasidagi kodi haqidagi ma'lumotni taqdim etishi lozim. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Artel”, “Royson”, “Sino” brendi ostidagi maishiy texnikalarning zamonaviyligi, sifati jihatidan xalqaro standartga to'la mos kelishi, eng asosiysi, zarur xomashyo o'zimizdan bo'lgani bois arzonligi, sotuvi turli do'konlarda yo'lga qo'yilgani, hatto iste'mol krediti asosida xarid qilish mumkinligi iste'molchilar uchun qulaylik yaratmoqda. Shu o'rinda, tovar belgisi haqida gap ketganda, uning sifati ham e'tiborga olinadi. 2 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil. 5

Mutaxassislar fikricha, har bir davlat o'z milliy mahsuloti, ichki bozorini himoya qilishi tabiiy. Chetdan kirib kelayotgan tovarning barchasini ham sifatli yoki iste'molga yaroqli, deb bo'lmaydi. Ular orasida “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” mahsulot ham borki, ayrim importchilar qanday yo'l bilan bo'lmasin, ularni o'tkazishni, faqat moddiy naf ko'rishni ko'zlaydi. Shuning uchun ham, birinchi galda, mahsulotlarning sifatiga jiddiy e'tibor berish, shu yo'l bilan aholi salomatligini muhofazalash dolzarb ahamiyatga molik. Albatta, hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi sa'y-harakat aholini yuqori sifatli mahsulot bilan ta'minlash, ichki bozorni qalbaki tovarlardan himoyalashga xizmat qiladi. Milliy brend asosida sotuvga chiqarilayotgan maishiy texnika, jumladan, televizor, muzlatkich, changyutkich, kir yuvadigan mashina, elektropech va boshqa jihozlar orasida ba'zida sifatsizi ham uchrab turadi. Bundan tashqari, xuddi shu mahsulot xorijdan ham keltirilayapti. Ularning sifatli va sifatsizini ajratish ham mushkul. Yoki tovar qalbakilashtirilgan holda belgi, brend ostida ishlab chiqarilayotgani ham bor gap. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz hududiga tovar va qalbakilashtirilgan mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga chek qo'yildi. Muhim jihati shundaki, tovar to'g'risida ma'lumot xorijiy tilda bo'lsa, davlat bojxona xizmati organlari ushbu hujjatni davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilingan, yuk tashuvchi tomonidan tasdiqlangan holda taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega. Bu har bir tovar haqida aniq ma'lumotga ega bo'lish, mamlakatimizga shubhali yoki talabga javob bermaydigan tovar kirib kelishining oldini olish imkonini beradi 3 . Ha, belgilar tovar va xizmatning shuhrat qozonishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ularni ro'yxatdan o'tkazish hech qachon zarar qilmaydi. Masalan, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan shaxs bilan bir paytda sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan raqobatchisi uning mahsuloti bilan aynan bir xil yoki o'xshash belgini qo'llay boshlasa, tabiiyki, iste'molchilar chalg'iydi. Yoki tovarni asl deb o'ylab, sotib ola boshlaydi. Bu, birinchidan, haqiqiy ishlab chiqaruvchining 3 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil. 6