logo

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

480 KB
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH  VA
MALAKASINI OSHIRISH  MARKAZI
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………................3
I BOB.  IMLO QOIDALARINI   O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI
1.1.  O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari… ……………………………………….… 8
1.2.  Orfografik savodxonlik va uning ahamiyati……………………………………. 18
II   BOB.   IMLO   QOIDALARNI   O‘QITISHNING   O‘QUV-USLUBIY
TA’MINOTI
2.1.  O‘quvchilar yozma savodxonligini oshirishda  imlo qoidalarining o‘rni. ........ …26
2.2 .   O‘quvchilar   yozma   savodxonligi   oshirishda   kompetensiyaviy   yondashuv   va
innovatsion usullardan foydalanish……………………………………………….…31
III BOB.TAJRIBA – SINOV MATERIALLARI
3.1. Tajriba – sinov materiallari……………………………………………..............35
3.2. Tajriba – sinov ishlari tahlili……………………………………………............45
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR ………………………………...............52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………….............54 KIRISH
Tadqiqotning   dolzarbligi.   Har   qanday   jamiyatning   rivoji,   istiqboli,   qudrati
oxir-oqibatda   har   jihatdan   inson   omiliga   borib   taqalar   ekan,   demak,   bizning   hozirgi
vaqtda   o‘z   oldimizga   qo‘ y gan   kelajagi   buyuk,   huquqiy   demokratik   davlat,   erkin
fuqarolik   jamiyatini   barpo   etishdek   ezgu   maqsadimizning   to‘la   ma‘noda   ro‘yobga
chiqishi,   avvalo,   yosh   avlodning   mukammal   tarbiya   olib,   barkamol   shaxslar   sifatida
hayotda   o‘z   munosib   o‘rinlarini   topishlariga   bog‘liqdir.   Chunki   ular   jamiyatda   o‘ z
o‘rinlarini   topsagina   o‘z   ona   tilining   latofatini   dunyoga   tanitadi.   Shuni   alohida
ta’kidlab   o‘tish   kerakki,   “Ajdodlarimiz,   ota-bobolarimiz   aynan   ona   tilimiz   orqali
jahonga o‘z so‘zlarini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan
ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” 1
.
Mamlakatimiz taraqqiyoti istiqboliga mo‘ljallangan ushbu qonun va dasturning
ishlab   chiqilishidan   oliy   maqsad,   avvalo,   jamiyatimizda   bo‘layotgan   yangilanishlar,
iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohalarda   olib   borilayotgan   keng   ko‘lamli   islohatlar   sari   yuz
tutgan   ona-Vatanimiz   uchun   XXI   asrdagi   zalvorli   muammolarni   yechadigan,   Vatan
xizmatiga   yaraydigan,   har   tomonlama   yetuk-har   taraflama   uyg‘un   rivojlangan,
ma‘rifatli,   ilm   sarchashmalaridan   bahramand   bo‘lgan,   o‘z   davriga   munosib   yigit   va
qizlarni   tarbiyalab   kamol   toptirishdir.   Ana   shunday   oqilona   siyosatning   natijasi
o‘laroq   bugungi   kunda   ta‘limning   uzviyligi   va   uzluksizligiga   asoslangan   yangicha
tizimi vujudga keldiki, umumiy o‘rta ta‘lim muhim o‘rin tutadi.
Ona   tili   ta‘limi   bolalarning   tafakkur   qilish   faoliyatlarini   kengaytirish,   erkin
fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon
qila   olish,   jamiyat   a‘zolari   bilan   erkin   muloqotda   bo‘la   olish   ko‘nikma   va
malakalarini   rivojlantirishga   xizmat   qiladi.   Bu   o‘rinda   ona   tili   ta‘limiga   o‘quv   fani
1
Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг   ўзбек   тилига   Давлат   тили   мақоми   берилганинин   ўттиз   йиллигиг a
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи//“Халқ сўзи”,   2019 йил,   22 октябрь.
2 emas,   balki,   butun   ta‘lim   tizimini   uyushtiruvchi   ta‘lim   jarayoni   sifatida   qaraladi.
Darhaqiqat,   ona   tili   umumiy   ta‘lim   maktablarida   yetakchi   predmet   sifatida   yosh
avlodga   o‘zining   bebaho   boyligini   o‘rganishga,   madaniyat   ko‘zgusi   sifatida   o‘z
vazifasini  bajarishga,  o‘quvchining bilim  faoliyatini  yaxshilab,tafakkurini  o‘stirishga
mas‘ul fan bo‘lishi kerak. 
Malaka   ishimizning   mavzusi   ana   shunday   muhim   vazifaning   bir   bo‘g‘inini
orfografiya   o‘qitishning   nazariy   va   amaliy   asoslarini   ko‘rsatib   berishni   o‘z   oldiga
maqsad   qilib   qo‘yadi.   Orfografiya   o‘qitish   masalasi   xususiy   metodika   masalalari
tizimidagi eng murakkab masala bo‘lib, u jamiyat madaniyati va ravnaqida muhim rol
o‘ynaydi. Shaxsning og‘zaki nutqi yozma shaklda uslubiy va imloviy jihatdan to‘g‘ri
ifodalansagina nutq talabiga javob beradi.
Shu o‘rinda,  Yosh avlod nima sababdan imlo savodxonligini egallashi shart? –‒
degan savol tug‘iladi. Bunga qat‘iy tarzda javob qaytarish ham mushkul. Avvalo, bu
yorug‘   dunyoni   anglash   uchun,   jamiyatning   teng   huquqli   a‘zosi   bo‘lish   uchun   ham
yozma savodga ega bo‘lish zarur. Masalan, oddiy bir matnni o‘qib,anglay olmaydigan
odamning ahvolini tushunish qiyin emas. Binobarin, jahon kommunikatsiya tizimidan
to‘liq foydalanish zarurati ham imlo savodxonligini taqozo etadi.
Ayni paytda o‘z fikrini erkin ifodalay olmaydigan kishilarni ko‘rib ham yozish
malakasini   egallash,   imlo   savodxonligiga   erishish   naqadar   zarurat   ekanligini   anglay
boshlaymiz.   Nazarimizda,   yozma   savodxonlik   og‘zaki   so‘zlashuvga   bevosita   ta‘sir
ko‘rsatadi.   Aniqroq   aytganda,   yozma   nutq,   ya‘ni   yoza   olish   qobiliyati   rivojlangan
bo‘lsa,   o‘sha   kishidagi   og‘zaki   nutq   ham   ma‘lum   ma‘noda   to‘g‘ri   shakllanadi.
Afsuski, hozirgi paytda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz nutqi adabiy til qoidalariga to‘g‘ri
kelmaydi. Binobarin, ularda imloviy savodxonlik yetishmaydi. Ma‘lumki, yozma nutq
–yozuvning   og‘zaki   nutqdan   ba‘zi   afzalliklari   ham   mavjud.   Masalan,   og‘zaki   nutq
masofa   va   davr   jihatidan   chegaralangan.   Yozuvda   esa   makon   va   zamon   jihatidan
chegaralanish yo‘q, ya‘ni biz bugun yozayotgan kitoblarni dunyoning istalgan yerida,
istalgan paytda o‘qish mumkin bo‘ladi. Shu sababli ham, o‘sib kelayotgan yosh avlod
3 o‘z   yozuvini,   imlo   qoidalarini   chuqur   o‘rganishga   sidqidildan   kirishmog‘i,   avvalo,
mazkur   va   ma‘naviy   tomonini   anglab   yetmog‘i   zarur.   Nazarimizda,   imlo
savodxonligining jamiyat taraqiyyotidagi yana bir qirrasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Bu –
savodxonlikning   milliy   rivojlanish   bilan   bog‘liq   tomonidir.   Aslida,   yozuv   –milliy
iftixor ramzi, har qanday millatning rivojlanganlik darajasini ko‘rsatib turuvchi vosita.
Shunday ekan, biz o‘z yozuvimizga, uning qonun-qoidalar asosida yozilishiga doimiy
e‘tibor   qaratishimiz   lozim.   Hatto   yozuv   milliy   qadriyat,   millat   ramzi   sifatida   ham
ardoqlanishi   kerak.   O‘zbek   yozuvi,   u   kirill   alifbosida   yoxud   lotin   aifbosida
bo‘lishidan   qat‘i   nazar,   har   bir   fuqaromiz   uchun   milliy   iftixor   ramzi,   ma‘naviy
qadriyat   nishonasi   bo‘lib   qolishi   lozim.   Ayniqsa,   yosh   avlod   yozuvni   va   imlo
qoidalarini   oddiy   bir   hodisa   sifatida   emas,   balki   hayotiy   ehtiyoj,   xalqimizning
ma‘naviy boyligi tarzida qadrlashi ham farz, ham qarzdir.
Yuqorilardan   kelib   chiqib,   aytish   mumkinki,   imloviy   savodxonlik   nafaqat
shaxsiy, balki umummilliy masaladir. Negaki, ushbu jarayon ancha murakkab bo‘lib u
doimo   takomillashib   bormog‘i   lozim.   Bu   jarayonda   oilaviy   muhit   boshlang‘ich
sinflarda egallanadigan ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu borada
ota-onalar   va o‘qituvchining doimiy  nazorati  o‘quvchida to‘g‘ri  yozuv  qoidalarining
shakllanishi   hamda   imloviy   savodxonlikning   oshishiga   sabab   bo‘ladi.   Ayni   paytda
yozuvni   mukammal   egallash   orqali   o‘quvchida   olam   sirlariga   qiziqish   kuchayadi,
mustaqil   tarzda   kitob   o‘qishga   rag‘bat   oshib   boradi,   bolaning   meni   namoyon   bo‘la
boshlaydi. Demak, imloviy savodxonlik yosh avlodni faqatgina ezgulik sari yo‘llaydi,
ularing   ma‘naviy   barkamol   bo‘lib   shakllanishiga   xizmat   qiladi.   Shuingdek,   imlo
savodxonligi orqali milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi shakllanadi.
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.   Yangi   imlo   lug‘atlarining   so‘zliklari
1976-yili  nashr  etilgan « Ўзбек   тилининг   имло   луғати » 2
, 5 jildli  « Ўзбек   тилининг
2
 Ўзбек тилининг имло луғати/ Тузувчилар С.Иброҳимов, Э.А. Бегматов, А.Аҳмедов. –Тошкент: Фан, 1976.
4 изоҳли   луғати » 3
,   12   jildli   « Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси » 4
  so‘zliklaridan
hamda maktab darsliklaridan, gazeta va jurnallardan to‘plangan so‘zlardan foydalanib
tuzildi.   S.Ibrohimov,   E.Begmatov   va   A.Ahmedovlar   muallifligi   ostida   “O‘zbek
tilining   imlo   lug‘ati”   tuzildi.   Lug‘atning   lotin   yozuvidagi   varianti   O‘zR   Vazirlar
Mahkamasining   1995-yil   24-avgustdagi   339-sonli   «O‘zbek   tilining   asosiy   imlo
qoidalarini   tasdiqlash   haqida»gi   qarori   bilan  qabul   qilingan  «O   ‘zbek  tilining  asosiy
imlo   qoidalari»ga   asoslangan   holda   yaratildi.   Lug‘at   filologiya   fanlari   doktori,
professor   E.A.Begmatov   va   filologiya   fanlari   nomzodi,   katta   ilmiy   xodim
A.P.Madvaliyevlar   tomonidan   tuzilgan.   Mualliflar   lug‘atga   so‘z   to‘plash,   so‘zligini
tuzish,   so‘zning   imloviy   shaklini   va   maqbul   me’yorlarni   ilmiy   baholash   ishlarini
amalga oshirdilar. Lug‘atni nashrga tayyorlash jarayonidagi ishlarda filologiya fanlari
nomzodi   G‘.Ismoilov,   ba’zi   texnik   ishlarni   bajarishda   kichik   ilmiy   xodimlar
O.Islomov va F.Musayevalar qatnashdilar. Lug‘at qo‘lyozmasidagi ba’zi nuqsonlarni
bartaraf   qilish   ishiga   lug‘atning   mas’ul   muharriri,   filologiya   fanlari   doktori,   prof.
N.Mahmudov munosib hissa qo‘shdi.
Tadqiqotning   maqsadi.   Tadqiqotning   asosiy   maqsadi   o‘ quvchilar   yozma
savodxonligini oshirishda  imlo qoidalarining ahamiyati ni asoslash hamda   o‘quvchilar
yozma   savodxonligi   oshirishda   kompetensiyaviy   yondashuv   va   innovatsion
usullardan foydalanishda   interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish yo‘llarini taklif
etishdir.
Tadqiqotning   predmeti.   Ishning   tadqiq   obyektini   o‘zbek   tilida   yaratilgan
imlo   lug‘atlar   tashkil   qiladi.   Ishda   nazariy   manba   sifatida   tilshunosligimizda
bajarilgan dissertatsiya, monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi. 
Tadqiqotning   vazifalari.   Ushbu   maqsadni   amalga   oshirish   bir   qator
vazifalarni bajarishni nazarda tutadi: 
3
 O‘zbek tilining izohli lug‘ati / A.Madvaliyev, E.Begmatov. –Toshkent:Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008.
4
 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2000-2005.
5 - o‘ quvchilar   yozma   savodxonligini   oshirishda     imlo   qoidalarining   ahamiyati
asoslash;
- imlo qoidalari va uning bo‘limlarini an’anaviy ta’limdagi zaruratini dalillash;
- interaktiv   metodlar   asosida   amaliy   topshiriqlar,   ishlanmalar   va   taqdimotlar
ishlab chiqish.
Bitiruv   ishini   tayyorlashda   foydalanilgan   adabiyotlar   va   normativ
hujjatlarning   qisqacha   o‘zaro   tahlili.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning   ma’naviy   merosimiz   va   ona   tilimiz   hamda   ilm-fan
taraqqiyotiga oid qarashlari, bugungi kun ta’lim  siyosatida o‘qitishga bo‘lgan sifatiy
belgilarning   darajalanishi   ishning   metodologik   asosini   tashkil   etadi.   O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, badrlar   tayyorlash
milliy   dasturi»,   tadqiqot   mavzusiga   oid   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
farmonlari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari,   Davlat
ta’lim   standartlari,   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim
vazirligining   Nizomlari     va     buyruqlari;   muammoli     o‘qitish     nazariyasiga     oid
fundamental   tadqiqotlar,   zamonaviy   innovatsion   texnologiyalar   va   metodikalar;
uzluksiz   ta’lim   tizimi   uchun   o‘quv   adabiyotlarining   yangi   avlodini   yaratish
konsepsiyasi kabilardan foydalanildi.
Bitiruv ishining tuzilishi . Bitiruv ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘ yxatidan  iborat .   
6 I BOB. IMLO QOIDALARINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI
1.1. O‘zbek tilining asoiy imlo qoidalari.
Imlo  so‘ zi chuqur ma’noga ega. Imlo yozma nutqning asosi bo‘lib, ma’lumotni
turli avodlar o‘rtasida uzatishga imkon beradi, tarixiy davrda jam’iyat eski xatolarini
o‘rginishga   imkon  beradi,   nafaqat   o‘qish   balki   kelajak   avlodlarga  eng   yaxshi   badiiy
asarlarni   yetkazish   imkonini   beradi.   Imlo   har   qanday   mavjud   madaniyatlarning   til
merosisdi,   shuning   uchun   har   bir   ona   tilida   so‘zlashuvchi   undan   foydalanadiganlar
uchun ma’lumotni to‘g’ri etkazish ucun imloning asosiy qoidalarini bilishi shart.
1995-yil   24-avgustda   qabul   qilingan   O‘zbek   tilining   asosiy   imlo   qoidalari 5
,
yigirma besh yildirki, amalda qo‘llanib kelinmoqda.O‘tgan vaqt davomida uxalqimiz
tomonidan ma‘lum darajada o‘zlashtirib olindi. Lekin bu uzoq davometadigan jarayon
bo‘lib,uning   turli   sabablari   bor.Hozirda   amalda   qo‘llanilayotgan   har   ikki   imlo
qoidalarini o‘zaroqiyoslanganda 1995-yilda joriy etilgan imlo qoidalariniing oldingiga
nisbatanancha   takomillashganini   ko‘rish   mumkiin.   Zero,   so‘nggi   yillarda
o‘zbektilshunosligi   sezilarli   taraqqiy   etdi,   til   hodisalarini   tushunishimiz
chuqurlashdi,imlo qoidalaridagi ortiqchaliklar, xato-kamchiliklar ochiq ko‘rindi,ayrim
tilhodisalari qoidalarda qamrab olinmagani ham aniq bo‘ldi. 
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 7 ta bo‘lim 82 ta qoidadan iborat bo‘lib,
ular quyidagilar:
1.Harflar imlosi(1-32-qoidalar);
2.Asos va qo‘shimchalar imlosi(33-37-qoidalar);
3.Qo‘shib yozish(38-50-qoidalar);
4.Chiziqcha bilan yozish(51-56-qoidalar);
5.Ajratib yozish(57-65-qoidalar);
6.Bosh harflar imlosi(66-74-qoidalar);
5
  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.08.1995 yildagi 339-son
7 7.Ko‘chirish   qoidalari(75-82-qoidalar).”Harflar   imlosi”   bo‘limi   1dan   32-gacha
bo‘lgan qoidalarni o‘z ichiga oladi. U unli harflar va undosh harflar imlosidan iborat
bo‘lib,   quyidagicha   tuzilgan:1dan   6gacha   unli   harflar   imlosi,   7-   qoida   yonma-yon
keladigan   unlilar   imlosi,   8dan   30gacha   undosh   harflar   imlosi,   31-qoida   yonma-yon
keladigan  undoshlar  imlosi  va   tu‘tuq  belgisi  imlosi.   Ma’lumki,  tilimizdagi  tovushlar
nutqda   muayyan   o‘zgarishlarga   uchraydi.Shunga   ko‘ra   harflarning   yozilishi,   imlosi
turlicha bo‘ladi. „Harflar imlosi da berilgan imlo qoidalari ham yo sof grafik, yo grfik‒
va orfografik qoidalar sifatida aks ettirilgan.
Unli   harflarga   tegishli   bo‘lgan   5-va   6-qoidalar   sof   grafik   qoidalar   bo‘lsa,
1-,2-,3-,4-,7-paragraflarda   esa   ham   grafik,ham   orfografik   qoida   berilgan.Unli
harflarga   tegishli   qoidalar   ichida   a,i,u   harflarining   imlo   qoidalari   oldingiga   nisbatan
soddslashtirilgan,   ixchamlashtirilgan;   yonma-yon   keladigan   unlilar   imlosi   esa
takomillashtirilgan.Chunki  unlilarning yonma-yon kelishi anchayin murakkab hodisa
bo‘lib,   ketma-   ket   kelgan   unlilar   orasiga   y   qo‘shib   aytish   bor   va   keying   unlini   y
tovushiga aylantirib aytish bor.Unlilar orasiga y qo‘shib aytishning besh xil ko‘rinishi
–ia   ,io,ai,oi,ea   tarzida,o‘sgaririb   ayish   –ae   ,oe   tarzida   bo‘lishi   aniq   ko‘rsatib
berilgan.Unlilar   yonma-yon   kelgan   boshqa   hollarda   aytish   bilaan   yozish   farq
qilmasligi ta‘kidlangan. 
Undosh harflarning 8-, 10-, 11-, 13-, 15-, 17-, 18-, 22-,31-qoidalari ham grafik,
ham orfografik qoidalar hisoblanadi. Mazkur qoidalar ichida b,v undosh harflariniing
imlosi boyitildi (qibla kabi so‘zlarda v aytilsa ham, b yozilishi ta‘kidlandi),f,d undosh
harflarining misollari  saralandi,  z harfining imlosi  yangi  kiritildi, yonma-yon kelgan
undoshlar   imlosiga   aniqlik   kiritildi   va   soddalashtirildi.   „Asos   va   qo‘shimchalar	
‒
imlosi   ikkinchi   bo‘lim   bo‘lib,   beshta   qoidani   o‘z   ichiga   oladi.Lekin   bu   bo‘lim
qoidalari   ichki   qismlarga   bo‘linib   ketganligi,   eslatma   va   istisno   holatlariga   ega
bo‘lganliga uchun murakkab tuzilishga ega hisoblanadi. Ular yozma nutqning to‘g‘ri
yozilishini   ta‘minlashda   muhim   asosiy   o‘rin   egallaydi.   Bu   bo‘limda   nutqimizda   eng
8 ko‘p   qo‘llanadigan   so‘z   yasovchi   va   shakl   yasovchi   affikslarga   oid   imlo   qoidalari
berilgan. 33-qoida fonetik tamyoil asosida yoziluvchi
-v, -q, -qi kabi so‘z yasovchi affikslarining, 36-qoidaning 1-qismi morfologik tamoyil
asosida yozuiluvchi –bon, -boz affikslarining, 37-qoidaning 1-qismi ham morfologik,
ham fonetik tamoyil asosida yozuiluvchi –illa, -ulla affikslarining imlosi berilgan. 33-
paragrafdagi „eslatma  da yangi qoida berilgan bo‘lib,-v,-q‒
qo‘shimchalari haqidagi qoidani to‘ldiradi.
Undosh bilan tugagan fe‘lga –v qo‘shimchasiqo‘shilganda u unlisi orttirilishi
–istisnosiz   qoida:   ur-uruv,   qol-qoluv,   bo‘g’-bo‘g‘uv,   kel-keluv,   ayt-aytuv,   yig’-
yig‘uv kabi. Ikki undosh orasida u unlisi kelishiga v undoshi sababchi: lablangan tor
unli tanlanadi.
Undosh   bilan   tugagan   fe‘lga   -q   qo‘shimchasi   qo‘shilganda   ham   ikki   undosh
orasida unli orttiriladi va bunday vaziyatda ko‘pincha i unlisi keladi: bich-bichiq o‘s-
o‘siq,   sot-sotiq,   chaq-chaqiq   kabi.   Shuning   ta‘sirida   u   aytish   va   yozish   lozim
o‘rinlarda ham i aytish v yozish ro‘y beradi. Ana shunday xatoni oldini olish uchun
qoida berilgan: fe‘l tarkibida u unlisi bo‘lsa, ikki undosh orasida ham u unlisi aytiladi
va   yoziladi:   yut-yutuq,   puch-puchuq   kabi.   Lekin   bu   qoida   uch   bo‘g‘inli   so‘zning
uchinchi bo‘g‘inida amal qilmaydi: burushiq kabi.
Joriy   etilayotgan   qoidalar   to‘plamidagi   35-paragrafning   3-qismi   ancha
murakkab  tuzilgan bo‘lib, bu qismda  o,o‘,u,e unlisi  biln tugaydigan  so‘zlarga egalik
qo‘shimchasi  qanday shaklda qo‘shilishi bayon qilindi. Bunday qoida amaldagi imlo
qoidalarida yo‘q, demak, yangi  qoida sifatida kiritilgan. Ushbu paragrafning 2-qismi
ham   yangi   qoida   bo‘lib,   unda   d   tovushi   bilan   boshlanadigan   qo‘shimchalarda   bu
tovush   ba‘zan   t   aytilsa   ham,   asliga   ko‘ra   d   yozilishi   ta‘kidlanadi.   Bunday   taalaffuz
asosida jarangsizlanish hodisasi yotadi.
„Qo‘shib   yozish   imlo   qoidalarining   uchinchi   bo‘limi   bo‘lib,   38-va   50-
‒
qoidalarni o‘z ichiga oladi.Bu bo‘limda asosan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlarning,
9 shuningdek,   qo‘shma   atoqli   otlarning,   qisqartmalar   hamda   ayrim   o‘zlashma
so‘zlarning yozilishi qoidalashtirilgan.Mazkur bo‘limdagi aksariyat qoidalar yangi
kiritilgan: qisqartma qismlari va unga qo;shiladagan qo‘shimchani qo‘shib yozish,
o‘zlashma   so‘zlarni   va   kalkalarni   asliga   muvofiq   qoshib   yozish,so‘z   yasovchi
qo‘shimcha qo‘shilsa, takror taqlid so‘z qismlari orasidagi chiziqcha tashlanib, bu
qismlar qo‘shib yozilishi, qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga
kelgan   qo‘shma   otlarning   qo‘shib   yozilishi,   bir   tovush   ikki   va   undan   ortiq   tovush
tarzida   aytilsa,   bunday   holat   harfni   takror   yozih   bilan   berilishi   kabilar   shu
jumladandir. Xullas, qo‘shma so‘zlar uchun berilgan qoidalar o‘z aniqligi va to‘liqligi
bilan oldingi imlo qoidalaridan ajralib turadi.
„Chiziqcha bilan yozish  asosiy imlo qoidalarining to‘rtinchi bo‘limi bo‘lib,‒
51-dan 56-gacha qoidalardan tarkib topgan. Unda juft so‘zlarning, takror so‘zlarning,
kuchaytirma   sifatlarning,  yuklamalarning,   tartib   son   va  ayrim   o‘zlashma   so‘zlarning
chiziqcha   bilan   yozilishi   o‘z   ifodasini   topgan.   Bu   bo‘limning   51-qoidasiga   tegishli
birinchi eslatma: juft so‘zdan o‘shimcha yordamida yasalgan so‘z tarkibida chiziqcha
saqlanadi va vaqt ifodalashda arab raqamlaridan keyin chiziqcha yozish kabi qoidalar
yangi kiritilgan.
„O‘zbek   tili   asosiy   imlo   qoidalarining   57-   va65-   qoidalari   „Ajratib   yozish
bo‘limiga  tegishlidir.  Ajratib  yozishga  oid  qoidalar  ichida63-paragrafda  berilgan  har
ikki   qismi   mustaqil   ravishda   kelishik   bilan   shakllangan   birikmalarning   ajratib
yozilishi,   64-paragrafda   berilgan   belgining   ortiqligi   shu   so‘zning   o‘zini   chiqish
kelishigida   bog‘lash   bilan   xosil   qilingan   sintaktik   qurilmalarning   ajratib   yozilishi
haqidagi qoidalar oldingidan keskin o‘zgartirildi, umuman qoidalarga aniqlik kiritildi,
tuzatish va to‘ldirishlar bilan bayon qilindi.
„Bosh harflar imlosi  imlo qoidalari to‘plamidagi eng katta qismlardan biri	
‒
bo‘lib,   unga   66-qoidadan   74-qoidagacha   kiritilgan.   Ushbu   qismda   asosan   ikki   turli
hodisaga   oid   qoidalar   berilgan:   atoqli   otlarga   va   sintaktik   hodisalarga.   7ta   qoidada
atoqli otlar, bitta qoidada sintaktik hodisaga tegishli imlo qoidasi o‘z ifodasini topgan.
10 Aynan   gapning   bosh   harf   bilan   yoziilishi   xususidagi   73-paragrafning   ikkinchi   va
uchinchi   eslatmalari  yangi  qoida  sifatida   berilgan  bo‘lib,  ularni  qunt  bilan  o‘rganish
zarur.
Imlo qoidalarining oxirgi „Ko‘chrish qoidalari  bo‘limi tarkibiga 75-dan 82-‒
gacha   qoidalar   kiritilgan.   Bu   bo‘limning   77-paragrafida   o‘zlashma   so‘z   bo‘g‘inlari
chegarasida   kelgan   ikki   yoki   uch   undoshning   satrdan   satrga   ko‘chirilishi   haqidagi
qoida   yangi   kiritilgan.   Yuqoridagi   tahlil   natijalaridan   ko‘rinadiki,   „O‘zbek   tilining
asosiy   imlo   qoidalari   oldingi   imlo   qoidalaridan   takomillashtirilganligi,   aniqligi,	
‒
tuzatih va to‘ldirshlari bilan tubdan farq qiladi. 
Muxtasar   qilib   aytganda,   ushbu   o‘quv   kursining   maqsadi   hozirgi   kunda   ham
eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan imlo masalasi  bo‘lib, u savodxonlik darajasini
oshirishga qaratilgandir. 
Asosga   qo‘shimchalar   qo‘shilishi   bilan   ba‘zan   so‘z   tarkibida   o‘zgarishlar   yuz
beradi. Bu o‘zgarishlar imloda ham aks etadi. Masalan, ong asosiga -la qo‘shimchasi
qo‘shilganda,  bu so‘z angla shaklida yoziladi, ya‘ni o‘zakdagi o tovushi  a tovushiga
o‘tadi. Ishla so‘ziga -v+chi affiksi qo‘shilganda, a unlisi o bilan almashadi, ishlavchi
emas,   balki   ishlovchi   tarzida   aytiladi   va   o‘shanday   yoziladi.   Bu   xil   so‘zlarga   yana
qishloq – qishlog‘im, etik – etigi, yotoq – yotog‘i, burun – burni, men – mening, sariq
– sarg‘ay singarilarni misol qilib keltirish mumkin.
Imlo   qoidalarining   2-bo‘limi     Asos   va   qo‘shimchalar   imlosi   bo‘lib,   33-	
‒ ‖
qoidadan 37-qoidagacha davom etadi. Bu bo‘lim qoidalari asosan morfologik tamoyil
asosida tuzilgan. Ushbu maruzada faqat shakl yasovchi  qo‘shimchalarga oid bo‘lgan
imlo qoidalarini ko‘rib o‘tamiz. Ularga 34- va 35-qoidalar, 36-qoidaning 2-qismi, 37-
qoidaning 2- va 3-qismlari kiradi.
Asosga   qo‘shilib,   uning   ma‘nosiga   qo‘shimcha   ma‘no   yuklash   yoki   o‘zi
qo‘shilayotgan   so‘zni   boshqa   so‘zga   bog‘lash   uchun   xizmat   qiluvchi   qo‘shimchalar
shakl   yasovchi  qo‘shimchalar   deyiladi. Ular  ikki   turga  – lug‘aviy shakl   yasovchi   va
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarga bo‘linadi.
11 k, q  undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g’inli so‘zlarga, shuningdek,  bek, yo‘q  kabi
ayrim   bir   bo‘g’inli   so‘zlarga   egalik   qo‘shimchasi   qo‘shilganda   k   undoshi   g
undoshiga,   q   undoshi   g‘   undoshiga   aylanadi   va   shunday   yoziladi:   tilak   –   tilaging,
yurak–yuragim,   kubok–kubogi,   bek-begi;   tayoq–tayog’i,   qo‘shiq–qo‘shig’i,
yaxshiroq-yaxshirog’i, yo‘q-yo‘g’i  kabi. Lekin ko‘p bo‘g’inli o‘zlashma so‘zlarga, bir
bo‘g’inli   ko‘pchilik   so‘zlarga   egalik   qo‘shimchasi   qo‘shilganda   k,   q   tovushi   aslicha
aytiladi   va   yoziladi:   ishtirok   –   ishtiroki,   ocherk   –   ocherki,   erk   –   erki,   huquq   –
huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi  kabi.
Qo‘shib yozish  O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari dagi 3-bo‘lim bo‘lib, 38-‒ ‖
50-qoidalarni o‘z ichiga oladi.
38.   Xona,  noma, poya,  bop,  xush,  ham, baxsh,  kam,  umum,  rang,  mijoz,  sifat,
talab   kabi   so‘zlar   yordamida   yasalgan   qo‘shma   ot   va   qo‘shma   sifatlar   qo‘shib
yoziladi:   qabulxona,   tabriknoma,   taklifnoma,   bedapoya,   ommabop,   xushxabar,
hamsuhbat,   orombaxsh,   kamquvvat,   bug’doyrang,   umumxalq,   sovuqmijoz,   devsifat,
suvtalab  kabi.
39.   -(a) r   (inkori   -mas ) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma
sifatlar   qo‘shib   yoziladi:   o‘rinbosar,   otboqar,   cho‘lquvar,   ishyoqmas,   qushqo‘nmas
kabi.
40.   Takror   taqlid   so‘zlarga   qo‘shimcha   qo‘shish   bilan   yasalgan   ot   va   fe‘llar
qo‘shib   yoziladi:   pirpirak   (pir-pir+ak),   hayhayla   (hay-hay+la),   gijgijla   (gij-gij+la)
kabi.
CHIZIQCHA BILAN YOZISH. AJRATIB YOZISH
Tayanch   tushunchalar :   Juft   so‘z,   takror   so‘z,   kuchaytirma   sifat,   etaksi   va
ko‘makchi   fe‘l,   yuklamalar,   tartib   son,   qo‘shma   fe‘l,   ko‘makchi   fe‘l,   to‘liqsiz   fe‘l,
murakkab son, muzofali birikmalar.
51.   Juft   so‘z   va   takror   so‘z   qismlari   chiziqcha   bilan   yoziladi:   el-yurt,   mehr-
shafqat,   qovun-tarvuz,   omon-eson,   kecha-kunduz,   yozin-qishin,   asta-sekin,   uch-to‘rt,
o‘n-o‘n   beshta   (10-15ta),   bilinar-bilinmas,   bordi-keldi,   kuydi-pishdi,   don-dun,   oz-
12 moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, 0’ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-
badi,   ikir-chikir,   duk-duk,   taq-tuq,   qop-qop,   ming-ming   (ming-minglab)   ,   bitta-bitta
(bitta-bittalab),   baland-baland,   chopa-chopa,   ishlay-ishlay,   yaqin-yaqinlargacha,
hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan  kabi.
Eslatma:
1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha
bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;
2) juft so‘z qismlari orasida   -u (-yu)   bog’lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha
qo‘yiladi   va   juft   so‘z   qismlari   ajratib   yoziladi:   do‘st-u   dushman   (do‘st-dushman),
kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
3) yetakchi va ko‘makchi fe‘l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan
yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo ‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.
52.   Belgini   kuchaytiruvchi   qip-qiZil,   yam-yashil,   dum-dumaloq,   kuppa-
kunduzi,   to   ‘ppa-to   ‘g’ri,   bab-barobar   kabi   so‘z   shakllari   chiziqcha   bilan   yoziladi
(lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).
53. So‘zning  -ma, ba-  qo‘shimchalari yordamida birlashgan qismlari chiziqcha
bilan   yoziladi:   ko   ‘chama-ko   ‘cha,   uyma-uy,   rang-barang,   dam-badam   kabi.   Lekin
mustaqil ishlatilmaydigan qism  qatnashsa,  bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘,
darbadar kabi.
AJRATIB YOZISH
57.   Qo‘shma   fe‘lning   qismlari   ajratib   yoziladi:   sarf   qil,   ta‘sir   et,   tamom   bo‘l,
sotib ol, olib kel, olib ch iq, miq etma kabi.
58. Ko‘makchi fe‘l va to‘liqsiz fe‘l mustaqil fe‘ldan ajratib yoziladi: aytib ber,
olib ko‘r, so‘rab  qo y, ko‘ra qol, bera boshla, yiqila yozdi;  ketgan  edi, ketgan ekan,
ketgan emish kabi. Lekin mustaqil fe‘l bilan yordamchi fe‘l orasida tovush o‘zgarishi
bo‘lsa,   bunday   qismlar   qo‘shib   yoziladi:   aytaver   (ayta   ber),   boroladi   (bora   oladi),
bilarkan (bilar ekan) kabi.
13 59. Ko‘makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat  sayin, borgan sari, bu qadar,
kun   bo‘yi   kabi.   Lekin   bilan   ko‘makchisining   -la   shakli,   uchun   ko‘makchisining   -
chun  shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
60.   Hamma,   har,   hech,   bir,   qay,   u,   bu,   shu,   o‘sha   so‘zlari   o‘zidan   keyingi
yoki  oldingi  so‘zdan  ajratib  yoziladi:  hamma  vaqt, har   kim,  hech  qaysi,  qay kuni,  u
yerda,   shu   yoqdan,   o‘sha   yoqqa   kabi.   Lekin   birpas,   biroz,   birato‘la,   birvarakayiga,
birmuncha, buyon so‘zlari qo‘shib yoziladi .
BOSH HARFLAR IMLOSI
66.   Kishining   ismi,   ota   ismi,   familiyasi,   taxallusi,   ramziy   atoqli   oti   bosh   harf
bilan   boshlanadi:   Dilbar,   O‘rinova   Muhabbat   Majidovna,   Azamat   Shuhrat   o‘g’li,
Hamza   Hakimzoda,   Muhammadsharif   So‘fizoda,   Mannon   Otaboy,   Navoiy,   Furqat;
Yelpig’ichxon, Salomjon Alikov  kabi.
67.   Joy   nomlari   bosh   harf   bilan   boshlanadi:   Andijon,   Yangiyo‘l   (shaharlar),
Naymancha,   Buloqboshi   (qishloqlar),   Bodomzor,   Chig’atoy   (mahallalar),   Zavraq
(dara),   Yorqoq   (yaylov),   Qoratog’,   Pomir   (tog’lar),   Oqtepa,   Uchtepa   (tepalar),
Zarafshon,   Sirdaryo   (daryolar),   Yoyilma   (kanal);   Turkiya,   Hindiston   (mamlakatlar)
kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi:   Shimoliy
Kavkaz, Markaziy Qizilqum  kabi.
68.   Yulduz   va   sayyoralar,   boshqa   xil   osmon   jismlarining   atoqli   oti   bosh   harf
bilan boshlanadi:   Hulkar, Qavs, Mirrix   (yulduz va sayyoralar nomi),  Tinchlik dengizi
(Oydagi   relyef   nomi)   kabi.   Yer,   quyosh,   oy   turdosh   otlari   sayyora   nomi   bo‘lib
kelgandagina bosh harfbilan yoziladi:  Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
69.   Madaniy-maishiy   va   savdo   korxonalariga,   adabiyot   va   san‘at   asarlariga,
sanoat   va   oziq-ovqat   mahsulotlariga,   shuningdek,   transport   vositalari,   sport
inshootlariga   qo‘yilgan   nomlar   bosh   harf   bilan   boshlanadi:   "Tong"   (mehmonxona),
"Saodat" (firma), "Navroz" (xayriya jamg’armasi), ,,Kamalak" (matbaa birlashmasi),
"G’uncha"   (bog’cha),   "Botanika"   (sanatoriy),   ,,Paxtakor"   (stadion),   "Qutlug’   qon"
14 (roman),   "Dilorom"   (opera),   "Tanovar"   (kuy),   "Ozodlik"   (haykal),   "Jasorat"
(yodgorlik), "Sino" (sovutgich)  kabi.
KO‘CHIRISH QOIDALARI
75. Ko‘p bo‘g’inli so‘zning oldingi satrga sig’may qolgan qismi keyingi satrga
bo‘g’inlab   ko‘chiriladi:   to‘q-son,   si-fatli,   sifat-li,   pax-ta-kor,   paxtakor   kabi.   Tutuq
belgisi oldingi bo‘g’inda qoldiriladi:  va‘-da, ma‘-rifat, mash‘-al, in‘-om  kabi.
76.   So‘zning   bosh   yoki   oxirgi   bo‘g’ini   bir   harfdan   iborat   bo‘lsa,   ular
quyidagicha ko‘chiriladi:
1)   so‘z   boshidagi   bir   harfdan   iborat   bo‘g’in   yolg’iz   o‘zi   oldingi   satrda
qoldirilmaydi:  a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan  kabi;
2)   so‘z   oxiridagi   bir   harfdan   iborat   bo‘g’in   yolg’iz   o‘zi   keyingi   satrga
ko‘chirilmaydi:  mudofa-a  emas,  mudo-faa ,  matba-a  emas,  mat-baa  kabi.
77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g’inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq
undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1)   ikki   undosh   yonma-yon   kelsa,   ular   keyingi   satrga   birgalikda   ko‘chiriladi:
dia-gramma, mono-grafiya  kabi.
2)   uch   undosh   yonma-yon   kelsa,   birinchi   undosh   oldingi   satrda   qoldirilib,
qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi:  silin-drik  kabi.
78.   Bir   tovushni   ko‘rsatuvchi   harflar   birikmasi   (sh,   ch,   ng)   birgalikda
ko‘chiriladi:   pe-shayvon,   pe-shona,   mai-shat,   pi-choq,   bi-chiq-chi,   si-ngil,   de-ngiz
kabi.
Yangi imlo qoidalariga asosan ayrim so‘zlarning yozilishi.
Tayanch   tushunchalar :   Tovush,   harf,   diftong,   monoftong,   harfiy   birikma,
baynalminal so‘zlar, ayrim harflar.
O‘zbek   lotin   alifbosida   o‘zbek   kirill   alifbosidagi   yo,   yu,   ya   harflari   o‘rniga
qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq.
15 1. е| ,   ю ,   я   harflari   ikki   tovushni   ( й +unli)   ifodalashga   xizmat   qilsa,   bu   harflar
o‘rniga   yo,   yu,   ya   harflari   yoziladi:   за	
е|м   -   zayom,   юмор   -   yumor,   ядро   –   yadro,
е	
|мғир  - yomg‘ir,  ютуқ  - yutuq,  яхши  – yaxshi kabi.
2.   е	
| ,   ю ,   я   harflari   o‘zidan   oldin   kelgan   undoshning   yumshoq   ekanini
ko‘rsatishga xizmat qilsa:
1) asosan   е	
|   harfi o‘rniga o harfi,   ю   harfi o‘rniga u harfi,   я   harfi o‘rniga a harfi
yoziladi:  стаж	
е|р  - stajyor,  люстра  - lustra,  фляга  - flaga kabi;
2) so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun qisman  е	
|  harfi o‘rniga yo
harflari,  ю  harfi o‘rniga yu harflari,  я  harfi o‘rniga ya harflari yoziladi:  акт	
е|р  - aktyor,
бюро  - byuro,  снаряд  - snaryad kabi.
Ko‘rinadiki,   е	
| ,   ю ,   я   harflari   o‘zidan   oldin   kelgan   undoshning   yumshoqligini
ko‘rsatish uchun xizmat  qilsa, o‘zbek   lotin alifbosida  ikki  xil aks ettiriladi. Qachon
bir   harf   va   qachon   ikki   harf   yozishni   qoidalashtirib   bo‘lmaydi,   shu   sababli   bunday
harf qatnashadigan so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi imlo lug‘atida ko‘rsatiladi.
«O‘zbek   tilining   qisqacha   imlo   lug‘ati»ga   (O‘zFA   nashriyoti,   1962)   kiritilgan
so‘zlarning 41tasida   е
|   harfi shunday vazifada kelgan. Ana shu so‘zlarning 17tasida   е	|
harfi o‘rniga o harfini yozish yetarli: dirijor, Iikor, schotchik, uchot kabi. Quyidagi 24
so‘zda esa  е	
|  harfi o‘rniga yo harflari yoziladi: aktyor, dublyor, transportyor, boksyor,
montyor, partnyor, rejissyor, repartyor, sapyor, suflyor, shafyor, minomyot, pulemyot,
samolyot, vertolyot, amyoba, slyot….
Shu   lug‘atga   kiritilgan   so‘zlarning   55tasida   ю   harfi   shunday   vazifada   kelgan.
Ana shu so‘zlarning 51tasida  ю  harfi o‘rniga u harfini yozish yetarli: a1umini, budjet,
luks   kabi.   Quyidagi   4   so‘zda   esa   ю   harfi   o‘rniga   yu   harflari   yoziladi:   byuro,   byust,
menyu.
Shu   lug‘atga   kiritilgan   so‘zlarning   47tasida   я   harfi   shunday   vazifada   kelgan.
Ana   shu   so‘zlarning   38tasida   я   harfi   o‘rniga   a   harfini   yozish   yetarli:   molekular,
yubilar,   sentabr,   oktabr   kabi.   Quyidagi   9   so‘zda   esa   я   harfi   o‘rniga   ya   harflari
yoziladi: dvoryan, slavyan, naryad, snaryad, zaryad, zaryadka, plyaj, tyaga.
16 IX. O‘zbek kirill alifbosidagi:
ц  harfi o‘rniga o‘zbek lotin alifbosida
t   hamda   s harflarining qo‘shiluvi : Конституция  - Konstitutsiya
1.1. Orfografik savodxonlik va uning ahamiyati.
Orfografiya   xususida   fikr   yuritilganda,   albatta,   yozuvning   ahamiyati
masalasiga   e‘tibor   qaratish   talab   etiladi.   Yozuvning   kelib   chiqishi   va   taraqqiyoti
jamiyat   taraqqiyoti   bilan,   uning   madaniyatining   yuqori   saviyaga   ko‘tarilishi,
shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi
davrlarga   qoldirishga   bo‘lgan   ehtiyojning   o‘sishi   bilan   bog‘liq.   Demak,   yozuv
jamiyatning   buyuk   madaniy   kashfiyotlaridan   biri   bo‘lib,   kishilik   jamiyatining   har
tomonlama taraqqiyotida juda katta o‘rni va o‘ziga xos ahamiyati bor.
Orfografiyaning   ommaviy   faoliyati   talaffuzning   individual   va   dialektal
xususiyatlaridan   qat’iy   nazar   zo‘zlarning   bir   xil   yozilishi,   yozma   nutqdan
foydalanishni   osonlashtirishi   bilan   namoyon   bo‘ladi.   Orfografiya   qoidalarga
fonemalar   va   so‘zlarni   harflar   bilan   belgilash   usullarini   tanlash,   shuningder,   katta
harflardan foydalanish, so‘zlarni uzatih to‘g’ri keldai.
Grafika yunoncha so‘z bo‘lib, yozuv degan ma‘noni  anglatadi. U biror  tilning
yozuv   tizimini   aks   ettiradi.   Grafika   harfiy   yoki   noharfiy   vositalar   orqali
ifodalanadigan   shartli   belgilarning   muayyan   sistemasidir.   O‘zbek   tilininig   grafik
tizimi   hozirgi   vaqtda   quyidagi   belgilardan   iborat   bo‘lib,   yozma   nutqni   to‘g‘ri
shakllantirishda   ulardan   keng   foydalaniladi:   harflar,   tinish   belgilari,   arab   va   rim
raqamlari,   orfografik   belgilar   –   chiziqcha   (ba‘zan   chiziqcha   –inchi   affiksi   o‘rnida
qo‘llanib, morfemani ham ifodalaydi), tutuq belgisi, xatboshi; ramziy belgilar (+, √ ,
>) va maxsus belgilardan iborat. Albatta har qanday yozuv sistemasining asosiy grafik
vositalari harflar va tinish belgilari hisoblanadi. Shuning uchun grafika xususida gap
ketganda   alifbo   masalasi   asosiy   o‘rinni   egallaydi.   Chunki   alifbo   va   imlo   o‘zaro
17 bog‘liq   bo‘lib,   alifboning   o‘zgarishi   imloning   o‘zgarishiga   sabab   bo‘ladi.   Alifbo
tuzishning yetakchi tamoyillari quyidagilardir:
1)   alifbodagi   har   bir   harf   tovush   ko‘rsatishi   kerak;   2)   har   bir   tovushning   o‘z
harfi bo‘lishi kerak; 3) alifboda tilda yo‘q tovush uchun harf bo‘lmasligi kerak. Lekin
dunyodagi  hech bir  alifboda bu tamoyillarga to‘liq amal  qilinmagan.  Lotin grafikasi
asosidagi   yangi   o‘zbek   alifbosida   ham   ng,   ch   -   harfiy   birikmalari   bir   tovushni
ifodalasa, j (jurnal, jo‘ja kabi) harfi, o (ota, boks) harflari ikki ovushni ifodalaydi.
Odatda,  har   bir   tovush  yozuvi  kelib  chiqishi   jihatidan fonetik xususiyatga  ega
bo‘ladi.   Tilning   tarixiy   rivojlanishi   natijasida   so‘zlarning   talaffuzi   ham   o‘zgarib
boradi. Ammo so‘zlarning yozilishi esa so‘zlashuv nutqiga nisbatan turg‘unroq bo‘lib,
ko‘pincha   ilgarigi   holicha   qoladi.   Nutqning   og‘zaki   va   yozma   shakllari   orasida
yuzaga kelgan bu noo‘xshashlik, uzilish ongli ravishda tugatiladi, yoki tilda saqlanib,
mustahkamlanib   qoladi.   Keyingi   holatda   tovush   bilan   harfning   o‘zaro   munosabatida
boshqacha   yangi   qonuniyatlar   yuzaga   keladi.   Demak,   yozuv   orqali   o‘zaro   aloqa
qilishda faqat  grafikaning o‘zi  kifoya qilmaydi. Faqat grafik belgilardan foydalanish
orqali   yozuvda   asosan   so‘zning   tovush   tomonini   ifodalash   mumkin.   Masalan:
tomosha so‘zi tomosha, tomasha, tamosho kabi turlicha aytilishi va yozilishi mumkin.
Bulardan qaysi biri to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun bu o‘rinda orfografik me‘yorlar
talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, orfografiya to‘g‘ri yozish me‘yorlarini belgilovchi imlo
qoidalaridan   iboratdir.   Hozirgi   o‘zbek   orfografiyasining   tarkibini   1995   yilda   qabul
qilingan   «O‘zbek   tilining   asosiy   imlo   qoidalari   va   ayrim   (xususiy)   imlo   me‘yorlari‖
tashkil etadi.
O‘zbek   orfografiyasi   va   punktuatsiyasining   asosiy   vazifalari   quyidagilardan
iborat:
1.   Orfografiyaning   tilshunoslik   fani   bo‘limlari   o‘rtasida   hamda   jamiyatda
tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilash;
2. O‘zbek orfografiyasining tarixiy taraqqiyoti bilan tanishtirish;
18 3.   O‘quvchilarning   o‘zbek   orfografiyasining   imlo   tamoyillari   va   asosiy   imlo
qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalarini  amaliy jihatdan mustahkamlash;
4.   To‘g‘ri   yozish   bilan   bog‘liq   ayrim   (xususiy)   imlo   qoidalari   haqidagi
bilimlarnikengaytirish; 5.O‘quvchilarning   tinish   belgilariga   oid   umumnazariy
bilimlarini yanada boyitish;
6.   Tinish   belgilarining   qo‘llanish   o‘rinlari   xususidagi   bilim   va   ko‘nikmalarni
mustahkamlash .
a) so‘z oxirida, so‘z boshida, old qo‘shimchadan keyin, undoshdan keyin s harfi
yoziladi:   кварц   -   kvars,   шприц   -   shpris,   целлофан   -   sellofan,   цилиндр   –   silindr,
антициклон - antisiklon, конструкция - konstruksiya kabi;
b) boshqa hollarda unlidan keyin ts yoziladi: глицирин - glitsirin, гербицит -
gerbitsit, конституция- konstitutsiya kabi.
2.  Ruscha  щ  harfi  o‘rniga  o‘zbek    kirill   alifbosida   ш  yoki  шч   harflari   yozilar
edi,  o‘zbek     lotin   alifbosida   sh   yoziladi   (faqat   meshshan   so‘zida   ikkita   sh   yoziladi):
община - obshina, ямщик - yamshik kabi.
3) ь belgisi:
a)   undosh   tovushning   yumshoqligini   ko‘rsatsa,   o‘zbek     lotin   alifbosida
yozilmaydi: альбом - a1bom, вольт - volt, апрель - aprel, нефть - neft kabi;
b) ayirish belgisi vazifasini bajarsa:
-  ю ,  я , e harflaridan oldin kelganida belgi tashlanib,  ю ,  я ,  е  harflari o‘rniga yu,
ya,   ye   harflari   yoziladi:   интервю   -   intervyu,   фортепьяно   -   fortepyano,   премьера   -
premyera kabi;
-   o,   и   harflaridan   oldin   kelganida   belgi   o‘rniga   y   harfi   yoziladi:   павильон   -
pavilyon,  батальон  - batalyon kabi.
4)  ъ  belgisi:
a)   rus   tilidan   olingan   suzlarda   tashlanib,   undan   keyin   kelgan   e,   ю   harflari
o‘rniga ye, yu harflari yoziladi:  разъезд  - razyezd,  адъютант  - adyutant kabi;
19 b) arab tilidan olingan so‘zlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi:  маъно  -
ma‘no,  санъат  - san‘at kabi.
Orfografik   savodxonlikda   punktuatsiyaning   o‘rni   alohida   ahamiyatga   ega.
Punktuatsiya lotincha so‘z bo‘lib, «nuqtalar ilmi» demak. Qadimgi latin, grek va got
yozuvlarida   so‘zlar   ba‘zan   bo‘sh   joy   (interval),   ba‘zan   esa   nuqtalar   vositasida   bir-
biridan   ajratilgan.   Yozuvda   so‘zlarni   nuqta   bilan   ajratish   O‘rta   Osiyo   xalqlarining
oromiy (eramizning I asrigacha), turkiy runik yozuv yod-nomalari (V—VIII asrlar)da
ham   qisman   uchraydi.   Qadimgi   yozuvlardagi   bu   usul   —   so‘zlarni   nuqta   ishorasi
vositasida   ajratish   usuli   —   hozir   punktuatsion   usul   deb   yuritiladi.   YOzuv
taraqqiyotiga   bog‘liq   holda   nuqtalar   vositasida   ajratish   usulining   rivojlanishi   hozirgi
punktuatsiyasining kelib chiqishiga asos bo‘ldi. .
Punktuatsiya   termini   uch   ma‘noda   qo‘llanadi:   a)   tinish   belgilari   sistemasi   va
qo‘llanish   qonun-qoidalarini   o‘rganuvchi   bo‘lim;   b)   punktuatsion   qonun-qoidalar   —
normalar   yig‘indisi,   to‘plami;   v)   tinish   belgilari   (znaki   prepinaniya).   Punktuatsiya
milliy   til   yozuviga   xos   maxsus   va   mustaqil   bo‘lim,   unda   tinish   belgilari   miqdori,
ma‘no   va   vazifalari   hamda   ularning   qo‘yilish   o‘rinlari   va   qo‘llanish   usullari,   o‘ziga
xos   xususiyatlari   va   yozuvning   boshqa   vositalaridan   farqi   kabi   qator   hodisalar
tekshiriladi. Demak, punktuatsiyasining tekshirish ob‘ekti tinish belgilaridir.
Punktuatsiya   milliy   til   grafikasi   (yozuvi)ning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi:
hozirgi   o‘zbek   grafikasi   ikki   xil   tipdagi   belgilar   (grafemalar)   sistemasidan   iborat:   a)
harflar   —   bular,   29   ta   shartli   belgidan   iborat   bo‘lib,   o‘zbek   tili   alfavitini;   b)   tinish
belgilari   —bular,   10   ta   shartli   belgidan   iborat   bo‘lib,   o‘zbek   tili   punktuatsiyasisini
tashkil  etadi. Binobarin, hozirgi o‘zbek grafikasi  39 ta shartli belgidan iborat  bo‘lib,
ular   yozma   nutqning   ifodalanishida   asosiy   (markaziy)   sistema   sanaladi.   Shuning
uchun   o‘quv-o‘qituvda,   savodxonlikni   oshirish   va   nutq   madaniyatini   egallashda
alifboni o‘rganish qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, punktuatsiyani  puxta bilish ham
shunchalik   ijtimoiy-amaliy   va  nazariy   qimmatga  ega.   Ular   o‘z   spesifik   xususiyatlari
bilan o‘zaro farqlanadi.
20 Punktuatsiya   —   yozuv   oynasi.   Yozuv   orqali   ifodalangan   har   bir   gapning
mazmuni,   ma‘no   tuslari   (ottenkalari)   va   sintaktik   qismlari   orasidagi   turli
munosabatlar-ni   aniqlashda   punktuatsiyasinyng   roli   muhimdi'r.   Punktuatsiya
yozuvchi" va o‘quvchi (kitobxon) o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa-aralashuvni ta‘minlashda
ham   muhimdir.   Punktuatsiya   yozma   matnning   tushunilishini   osonlashtirish,
mazmunini oydinlashtirish, unga aniqlik kiritish uchun xizmat qiladi. Punktuatsiyani
musiqa   asarlari   notasiga   o‘xshatish   mumkin.   Nota   musiqa   asarini   anglash   uchun
qulaylik   tug‘dirsa,   tinish   belgilari   yozma   nutq   mohiyatini   yaxshi   tushunishni
ta‘minlaydi.
Punktuatsiya — ijtimoiy hodisa. Davrlar o‘tishi, yozuvning taraqqiysi va yozuv
madaniyatining   o‘sishi   bilan   punktuatsiyasi   ham   o‘zgarib,   takomillashib   boradi.
Yozuvda   dastlab   qo‘llanilgan   tinish   belgilarining   qo‘yilish   o‘rni,   usuli,   vazifasi
hozirgi  holatdan  boshqacha  bo‘lgan, ularning vazifasi  hozirgidek aniq. va murakkab
bo‘lmagan. Masalan, dastlab yulduzcha va romba tipidagi 10 dan ortiq ishoralar nuqta
vazifasida   ishlatilgan.   XIX   asrning   oxiriga   kelib,   yozuvda   hozirgi   nuqtaning
qo‘llanishi   qat‘iylashgach,   ular   nuqtalikdan   chiqqan.   Demak,   davr   talabiga   bogliq
holda   punktuatsion   sistema   o‘zgarib   boradi,   mukammallashadi.   SHuningdek,
punktuatsiyasi va punktuatsion sistema tillararo har xildir. Punktuatsiya ayrim xalqlar
yozuvida oldinroq, ayrimlarida esa nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan. Masalan, ingliz
tili punktuatsion sistemasida o‘n ikkita tinish belgisi bor, ularda apostrof, defislar ham
tinish belgisi sanaladi; o‘zbek tilida esa tinish belgilari miqdori o‘ntadir. Punktuatsion
sistema   rus   yozuvida   XVIII   asrda,   o‘zbek   yozuvida   esa   XIX   asrning   II   yarmidan
keyin vujudga kelgan.
Punktuatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
1)   yozuvchi   va   o‘quvchi   o‘rtasidagi   yozuv   orqali   bo‘ladigan   ijtimoiy
aloqaaralashuvni   to‘g‘ri   ta‘minlash   uchun.   Agar   nominativ   gap   yozuvchi   tomonidan
«Tong ? »,  «Tong!»   tarzida  ikki   xil   tinish   belgisi   bilan   yozilgan   bo‘lsa,   o‘quvchi   shu
21 belgilar yordamida birinchi gapda so‘roq, ikkinchi gapda his-hayajon, undov ma‘iosi
borligini darrov anglaydi va yozuvchining maqsadini aniq tushunadi;
2)   yozma   nutqdagi   maqsad,   mazmun   va   ma‘nolarni   aniqlashtirish,   farqlash
uchun. Masalan, gap oxiriga qo‘yilgan nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqtalarning har
biri shu gapda qanday ma‘no va maqsad ifodalanganligini bildiradi hamda ularni bir-
biridan farqlaydi;
3)   gap   (yozma   nutq)   strukturasini   aniq   belgilash   —   gapni   tashkil   etuvchi
qismlar,   gap   bo‘laklari   va   gaplarning   tuzilishiga   xos   turli   munosabatlarni   ko‘rsatish
uchun. Punktuatsiyaning bu vazifasi kirish, kiritma va undalmali uyushiq va ajratilgan
bo‘lakli   sodda   gaplarda,   bog‘lovchisiz   qo‘shma   gaplar   hamda   ko‘chirma   va   muallif
gapining ajratilishida yaqqol ko‘rinadi;
4)   yozma   nutqning   ixcham   va   ravon   ifodalanishi   —   stilistik   qulaylik   uchun.
Qiyoslang:   Toshkentdan   Andijonga   qatnaydigan   poezd   —   «Toshkent   —   Andijon»
poezdi. Keyingi misolda tirening qo‘llanilishi gapni ancha ixchamlashtirgan;
5)   ba‘zan   yozma   nutqdagi   murakkab   fikriy   munosabatlarni   ifodalash   uchun
punktuatsiyasi   zarur   bo‘ladi.   Masalan:   Tavba!..   Bu   la‘nati,   asti,   nima   qiladi ? !
(Uyg‘un) Bu gaplarda «taajjub+kuchli  his-hayajon», «so‘roq+taajjub» munosabatlari
ifodalangan.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   va   adabiy   til   funksional   stillarining   taraqqiy
etishi,   yozma   nutq   madaniyatining   o‘sishi,   respublikamizda   matbuot   va   nashriyot
ishlarining   keng   rivojlanishi   punktuatsiyasining   ijtimoiy-amaliy   ahamiyatini   yanada
oshirdi.
Punktuatsiya yozuvning ajralmas bir  qismi  va grafik sistemalardan bo‘lganligi
uchun harflar sistemasi (alfavit) va yozuv sistemasi — grafika bilan yaqin aloqadadir.
Arab grafikasi sistemasidagi qadimgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari va bosh harflar
bo‘lmagan. Shuningdek, arab yozuvida so‘zlar na interval vositasida, na boshqa belgi
vositasida   biri   ikkinchisidan   ajratilmagan.   Keyinchalik,   XIX   asrning   II   yarmidan
boshlab, turmush talabi, hayotiy ehtiyoj va boshqa yozuvlarning ta‘siri natijasida arab
grafikasidagi  o‘zbek yozuvida ham  tinish belgilari  qo‘llana boshlagan. Biroq o‘zbek
22 yozuvida dastlab so‘roq belgisi, nuqtali vergul va vergul, arabcha usulga ko‘ra, teskari
holatda   ishlatilgan;   o‘zbek   yozuvi   lotin   grafikasi   sistemasiga   ko‘chgach,   bu   tinish
belgilari   hozirgidek   o‘ng   holatda   qo‘yiladigan   bo‘ldi.   Nuqta,   so‘roq,   undov
belgilaridan keyin kelgan gaplarning bosh harf  bilan boshlanishi  ham  punktuatsiyasi
va grafikaning bevosita  aloqadorligini  ko‘rsatadi:  agar  nuqta bir  gapning tugallanish
chegarasini   ko‘rsatsa,   bosh   harf   nuqtadan   keyingi   gapning   boshlanish   chegarasini
bildiradi.   Lekin   bundan   «bosh   harflar   ham   punktuatsion   xususiyatga   ega»   degan
ma‘no   chiqmaydi.   Vergul,   ikki   nuqta   va   nuqtali   vergullardan   keyingi   gaplarning
kichik   harf   bilan   boshlanishi   (agar   atoqli   ot   bo‘lmasa),   bir   tomondan,   punktuatsiya,
grafika va orfografiyaning o‘zaro uzviy aloqadorligkni ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan,
bular   orasidagi   munosabatni   o‘rganish,   aniqlash   ham   ilmiy-nazariy,   ham   amaliy
jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.
Punktuatsiya   va   sintaksis.   Punktuatsiya   -   sintaksis   bilan   uzviy   aloqador.
Punktuatsiya qoidalari mazkur tilning sintaktik qonuniyatlari, normalari asosida talqin
etiladi.   Punktuatsiya   qoidalarini   sintaktik   qurilishga   bog‘lab   bayon   qilishning,   shu
asosda   belgilashning   o‘z   ilmiy-metodik   prinsiplari   va   usullari   mavjud.   Matnning
gaplarga  bo‘linish,   gapning  tuzilishi   jihatidan  muayyan  sintaktik   qismlarga   ajratilish
qoidalari asosiy  punktuatsion qoidalar hisoblanadi. Shuning uchun punktuatsiyasi  —
yozuv tilining uch asosi elementi (grafika, orfografiya va punktuatsiyasi)dan biri. Har
bir   tinish   belgisining   qo‘llanish   o‘rni   va   tartibini   belgilashda   mazkur   tilning   barcha
grammatik   sintaktik   xususiyatlari   hisobga   olinadi.   Yozma   matndagi   har   bir   tinish
belgisi muayyan sintaktik hodisani aks ettiradi.
Punktuatsiya   sintaksis   bilan   mustahkam   aloqada   bo‘lib,   punktuatsiya
prinsiplari, punktuatsion sistema sintaktik qurilishga asoslanadi. Biror gap yo‘qki, un-
da   hech   qanday   tinish   belgisi   ishlatilmagan   bo‘lsin.   Har   qanday   gapda   tinish
belgilaridan   birortasi   albatta   ishlatiladi.   Hozirgi   kundalik   matbuotimizga   nazar
tashlasak,   har   7—8   so‘zga   bir   tinish   belgisi   to‘g‘ri   kelishini   ko‘ramiz.   Demak,
23 punktuatsiya yozma matn uchun muhim zaruriy vositalardan bo‘lib, matnni gaplarga
ajratadi va gapning har qanday turida qo‘llanadi.
24 II BOB. IMLO QOIDALARINI O‘QITISHNING O‘QUV- USLUBIY
TA’MINOTI
2.1. O‘quvchilar yozma savodxonligini oshirishda imlo qoidalarining o‘rni.
Imlo   savodxonligini   shakllantirishda   o‘quvchilar   bilimidagi   bo‘shliqlarni
to‘ldirish   uchun   tashkil   etilgan   qo‘shimcha   mashg’ulotlar   o‘quvchi   bilan   o‘qituvchi
o‘rtasidagi   hamkorlikni     yanada   oshiradi.   Masalan,   so‘zni   to‘g’ri   talaffuz   qilishni
o‘rgatish   ham   imlo   savodxonligini   shakllantirish   texnikasining   bir   usulidir.   Imloni
puxta   o‘rgatish   o‘qituvchining   muhim   vazifasidir.   O‘quvchilarning   imlo
savodxonligini shakllantirishda so‘zlarni talaffuz qildirish mashqlarini bajartirish ham
foydalidir.   Chunki   ketma-ketlikdagi   talaffuz   eshitish   orqali   o‘quvchining   yodiga
qoladi. So‘zning ma’nosi, mazmuni sharhlab berish orqali o‘quvchiga ko‘nikma hosil
bo‘ladi. Masalan: tamaddun – shaharlilik, tafakkur – fikr. So‘zning lug’aviy ma’nosi,
ya’ni   kelib   chiqishi   arab   tilidan.   Bu   so‘zlarda   “ta”   arab   tilidagi   old   qo‘shimcha
sanaladi, ruschada bu prefiks deyiladi.
Chat – muloqot, stol, stul, doska, parta (ruscha) – maktab jihozlari
Futbol  – “foot” (oyoq)  va “ball” (to‘p), ya’ni  oyoq va to‘p bilan o‘ynaladigan
o‘yin.
Sartaroshxona – “sartarosh” (soch oluvchi) va “xona” so‘zlaridan olingan,
Poyandoz – “poy” (oyoq) va “andoz” (andoxtan – solmoq so‘zidan), ya’ni oyoq
ostiga to‘shaladigan mato.
Shu   misollarda   so‘zlar   keltirish   asosida   imlo   savodxonligi   ko‘nikmasi
shakllantiriladi.
Yozma savodxonlikni oshirishda ko‘pincha diktant yozdirish ham yaxshi natija
beradi.   Bunda   o‘quvchiga   imloni   qay   darajada   o‘zlashtirganini   aniqlashtirish   uchun
xatolarini   topishni   o‘quvchining   o‘ziga   topshirish   kerak.   Sinf   taxtasiga   flep   chart
qog’ozga so‘zni yozib yopishtirib chiqamiz. Bunda ko‘rish (vizual) orqali o‘quvchini
so‘zni   anglab   oladi.   Yozma   va   og’zaki   nutq   mashg’ulotlarini   bir   biriga   moslab   olib
25 borilganda unda ko‘nikma va malaka hosil bo‘ladi. Shunday hollardagina savodxonlik
malakasi oshadi.
O‘zbek tilida tinish belgilari tasnifi
Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari to‘rt jihatdan – qo‘llanish o‘rni, ishlatilish
usuli, tuzilishi va vazifasi jihatidan tasnif qilinadi.
Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uch katta gruppaga bo‘linadi:
1. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari.
2. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari.
3. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Gap   oxirida   qo‘llanuvchi   tinish   belgilariga   nuqta,   so‘roq   va   undov   belgilari
kiritiladi.   Gap   oxirida   qo‘llanuvchi   tinish   belgilari   quyidagi   umumiy   xususiyatlarga
ega:   1)   gapning   tugallanganligini   ko‘rsatadi;   2)   gapda   qanday   mazmun-ma‘no
ifodalanganligini   bildiradi;   3)   gapning   tugallanish   chegarasini,   mazkur   gapning
keyingi   gapdan   ajralishini   ko‘rsatadi;   4)   ular   gap   oxiridan   boshqa   o‘rinlarda
ishlatilganda boshqa vazifa bajaradi va ayrim maqsadlar uchun ishlatiladi.
Oxiriga   nuqta,   so‘roq   va   undov   belgilari   qo‘yilgan   gaplar   bir   tarkibli   va   ikki
tarkibli,   to‘liq   va   to‘liqsiz,   tasdiq   va   inkor,   sodda   va   qo‘shma,   ko‘chirma   va
o‘zlashtirma gap formalarida bo‘ladi.
Gap   oxirida   qo‘llanuvchi   tinish   belgilari,   umumiy   va   o‘xshash   xususiyatlarga
ega   bo‘lishiga   qaramay,   muayyan   gapda   qanday   semantik   munosabat   (ma‘no)
ifodalanayotganligini   bildirishi   jihatidan   o‘zaro   farqlanadi:   nuqta   mazkur   gapdan
xabar   mazmuni,   so‘roq   belgisi   gapdan   so‘roq   ma‘nosi,   undov   belgisi   esa   gapdan
buyruq, tashviq, emosiya kabi ma‘nolar anglashilishini ko‘rsatadi.
Demak,   gap   oxirida   qo‘llanuvchi   tinish   belgilarining   bir-biridan   farqlanishi
ularning qanday ma‘no uchun qo‘llanishiga va shakliga ko‘ra belgilanadi.
Nuqta,   so‘roq   va   undov   belgilari   ba‘zan   gap   o‘rtasida   ham   ishlatiladi.   Biroq
bunda   ular   yuqoridagi   asosiy   funksiyani   bajarmay,   boshqa   maqsad   (vazifa)   uchun
qo‘llaniladi.   Masalan,   YOzuvchi   M.   T.   Oybek   —   o‘zbek   adabiyotining   yirik
26 namoyandasi   gapida   nuqta   gap   o‘rtasida   kelib,   so‘zning   qisqarganligini   ko‘rsatish
uchun   ishlatilgan.   Bu   erda   u   sintaktik   funksiya   bajarmaydi.   Agar   misoldagi
qisqartirilgan   so‘zlarni   to‘liq   yozsak,   nuqtani   ishlatishga   hech   qanday   ehtiyoj
qolmaydi.   Ko‘rinadiki,   nuqtaning   gap   o‘rtasida   qo‘llanishi   yordamchi,   qo‘shimcha
mohiyatga ega bo‘lib, uning bunday qo‘llanishi yozuv texnikasi, yozuv usuli bilan 
amalga oshiriladi. So‘roq va undov belgilarining ham gap o‘rtasida qo‘llanishi
yuqoridagi kabi o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi.
Vergul gap boshida yoki gap oxirida qo‘llanmaydi, doim gap ichida ishlatiladi.
Shuning uchun u gap o‘rtasida qo‘llanuvchi tinish belgisi sanaladi.
Hozirgi o‘zbek tilida vergulning qo‘llanish doirasi va funksiyasi kengaygan.
O‘rin jihatidan aralash qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul,
qo‘shtirnoq,   qavs,   tirelar   kiradi.   Bular   gapning   boshida,   o‘rtasida   va   oxirida   ham
qo‘llanadi. Ular o‘z ichida quyidagicha gruppalanadi:
a) gap boshida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar; tire;
b) gap oxirida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: ikki nuqta, nuqtali vergul;
v)   gap   boshida,   o‘rtasida   va   oxirida   qo‘llanuvsilar:   qo‘shtirnoq,   qavs,   ko‘p
nuqta.
Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilarining vazifasi joyga nisbatan ham har
xildir.   Masalan,   tire   gap   boshida   kelganda   gaplarni   bir-biridan   ajratish   uchun,   gap
o‘rtasida   kelganda   esa   gap   yoki   gap   bo‘laklarining   turli   sintaktik   munosabatini
ko‘rsatish   uchun   qo‘llanadi.   Ko‘p   tuqta   gap   oxirida   kelganda   fikrning   davomi
borligini, gap o‘rtasida kelganda fikrning uzilganligi yoki har xil emotsional holatni,
gap boshida kelganda esa mazkur gapning qisqartirilganligim bildiradi.
Qo‘shtirnoq,   qavs,   ikki   nuqta   ham   yuqoridagi   aralash   qo‘llanuvchi   tinish
belgilari singari xususiyatlarga ega.
Tinish   belgilariga   qo‘llanish   usuli   jihatidan   harakteristika   berilganda,   ularning
qanday   holatda   va   tartibda   qo‘yilishi   hisobga   olinadi.   Tinish   belgilari   qo‘llanish
usuliga ko‘ra quyidagicha gruppalanadi:
27 1.Yakka holda qo‘llanuvchilar. Bunga faqat ikki nuqta kiradi.
2.Yakka va qo‘sha holda qo‘llanuvchilar. Bu tip tinish belgilar, yakka holatda
(alohida-alohida, mustaqil) qo‘llanishi bilan birga, qo‘sha holatda ham qo‘llana oladi.
Tinish belgilari qo‘sha qo‘llanganda ikki va undan ortiq tinish belgi bir o‘rinda
ketma-ket birgalikda) ishlatiladi. Bular qo‘sha qo‘llanganda: 
1) o‘z shaklini to‘liq saqlaydi (so‘roq + undov tipida: ?!); 
2) o‘z shaklini o‘zgartiradi (qo‘shtirnoq va qavs kabi); 
3)   bir   tinish   belgisi   ikkinchisining   hisobiga   qisqaradi   (vergul   va   ko‘p   nuqta
qo‘sha qo‘llanganda, vergul qisqaradi); 
4) bir belgining o‘zi takrorlanadi (undov belgisi kabi).
Tinish belgilari tuzilishi, tarkibi jihatidan bir xil emas. Tinish belgilari tuzilish
jihatidan ikkiga ajraladi:
1. Bir elementli tinish belgilari: vergul, tire.
2. Ko‘p elementli tinish belgilari:
a)ikki   elementli   tinish   belgilari:   ikki   nusta,   nuqtali   vergul,   so‘roq,   undov   va
qavs;
b)uch elementli tinish belgilari: ko‘p nuqta;
v)to‘rt elementli tinish belgilari: qo‘shtirnoq.
  Buni   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   «juft   elementli»   yoki   «qo‘sh   elementli»   tinish
belgisi deb ham yuritish mumkin.
Bir   elemementli   tinish   belgilari   tarkibi   jihatidan   qismlarga   ajralmaydi.   Ular
shartli   bir   belgidan   (bir   grafik  shakldan)   iborat   bo‘ladi.  Ularni   o‘z   mohiyatiga  ko‘ra
sodda tinish belgilari deb yuritiladi.  
So‘roq,   undov   va   qo‘shtirnoqlarning   tarkibi   yanada   murakkabroq.   So‘roq
belgisi ham, undov belgisi ham ikki elementdan iborat.
Tinish belgilari, o‘z funksiyasiga ko‘ra, uch gruppaga bo‘linadi:
1.   Chegaralovchi   tinish   belgilari.   Bular   yozma   matndagi   ayrim   qismlarning
leksik-semantik   farqlanishi   va   ajralishini,   grammatik-uslubiy   chegaralanishini
28 ularning   boshlanish   va   tugallanish   nuqtasini   hamda   o‘rinlashuv   doirasini   ko‘rsatadi.
Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.
2.   Ayiruvchi   tinish   belgilari.   Bular   yozma   matnlarni   yoki   ularning   qismlarini
bir-biridan ajratishi muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi:
bunday   ajratish   logik-grammatik   jihatdan   bo‘ladi.   Bularga   nuqta,   so‘roq,   undov,
nuqtali vergul kiradi.
Nuqta   va   uning   qo‘llanish   o‘rinlari.   Ko‘p   elementli   tinish   belgilari   birdan
ortiq   tinish   belgilarining   birikuvidan   tashkil   topadi.   Bularni   qo‘shma   yoki   tarkibli
tinish   belgilari   deyiladi.   Ko‘p   elementli   tinish   belgilari   tarixan   ikki   va   undan   ortiq
shartli   belgidan   (shakldan)   tashkil   topgan   bo‘lib,   hozirgi   kunda   bir   grafik   belgi
sifatida   qaraladi.   Masalan:   ikki   nuqta   nuqtaning   vertikal   usuldagi   kombinasiyasi
asosida   (ikkita   nuqtaning   birikuvi   zaminida)   vujudga   kelgan,   ya‘ni   [:];   ko‘p   nuqta
nuqtaning   gorizontal   usuldagi   kombinasiyasi   asosida   (uchta   nuqtaning   birikuvi
zaminida)   paydo   bo‘lgan,   ya‘ni   [...];   nuqtali   vergul   nuqta   va   vergulning   qo‘shiluvi
asosida   tug‘ilgan,   ya‘ni   [;].   Bunda   vergul   va   nuqta   ustma-ust   qo‘yilgan.   Qavs   ham
ikki   elementdan   iborat   bo‘lib,   uning   birinchisi   «ochiluvchi   qavs»,   ikkinchisi
«yopiluvchi   qavs»   deb   yuritiladi.   «Yopiluvchi   qavs»   ba‘zan   «yarim   qavs»   ham
deyiladi va numerativlarni bildiruvchi raqam hamda harflardan so‘ng qo‘llanadi.
                                 Reja:
1. Nuqta – eng ko‘p qo‘llanuvchi tinish belgisi.
2. Nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
Nuqta — eng qadimgi va eng ko‘p qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta
yozuv   belgisi   sifatida   arabcha   matnlarda   Abdul   Malik   xalifaligi   (hijriy   I   asr)
davrlaridan   qo‘llana   boshlagan.   Lekin   qadimgi   yozuvlardagi   nuqta   tom   ma‘nodagi
tinish   belgisi   sifatida   emas,   umuman,   yozuv   belgisi   sifatida   qo‘llangan   va   turli
vazifalarni   bajarib,   turli   xil   maqsadlarda   ishlatilgan.   Keyinchalik,   XIX   asrning   II
yarmidan  boshlab, tinish belgisi  sifatida ishlatilgan. Nuqtaning asosiy  vazifasi  xabar
ma‘nosini anglatuvchi muayyan bir fikrning (gapning) tugallanganligini ko‘rsatishdir.
29 Bundan   tashqari,   nuqta   shu   gapdagi   dalil,   hodisani   konstatasiya   qiluvchi   ma‘no
borligini ham anglatadi; bu jihatdan u ma‘noni farqlovchi vosita hamdir.
Nuqta   gap   oxirida   qo‘llanadi.   Uning   qo‘llanishi   logik-grammatik   prinsipga
asoslanadi.
Ba‘zan nuqta shartli qisqartmalardan so‘ng ham ishlatiladi. Bunda uslubiy yoki
farqlash   tamoyillariga   asoslaniladi.   Nuqtaning   shartli   qisqartmalardan   so‘ng
qo‘llanishi   uning   qo‘shimcha   (yordamchi)   vazifasidir.   Qiyoslang:   Alisher   Navoiy   -
ulug‘ shoir! A.Navoiy - ulug‘ shoir! Ikkinchi gapda Alisher so‘zidan so‘ng nuqtaning
qo‘yilishi   yozuv   uslubi   (texnikasi)   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   agar   Alisher   so‘zi
qisqartirilmaganda, ikkinchi gapda ham nuqtani ishlatishga ehtiyoj tug‘ilmas edi.
Hozirgi  o‘zbek tilida nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1.   Darak   gaplar   oxiriga   qo‘yiladi.   Ma‘lumki,   darak   gaplarda   xabar   ma‘nosi
ifodalanadi, voqea, hodisa ta‘kidlanady. Shuningdek, darak gaplardan iltimos, nasihat,
orzu-istak   kabi   ma‘no   ottenkalari   ham   anglashiladi.   Darak   gaplar   tinch   ohang,
pasayuvchi   intonatsiya   bilan   aytiladi,   intonatsiya,   ayniqsa,   oxirgi   so‘zda   (bo‘lakda)
juda pasayadi. Bu «nuqta intonatsiya-si» deb yuritiladi.
Oxiriga   nuqta   qo‘yiluvchi   darak   gaplar   struktura   jihatdan   xilma-xil   bo‘lishi
mumkin: sodda va qo‘shma, bir sostavli va ikki sostavli, to‘liq va to‘liqsiz gap kabi. 
2.2. O‘quv chilar y ozma sav odxonligi oshirishda
k ompet ensiy av iy  y ondashuv  v a innov at sion usullardan foy dalanish.
O‘qituvchi   imloviy   malakaning   psixologik   tabiatidan   kelib   chiqib,   kichik
yoshdagi o‘quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini
belgilaydi.   Imloviy   malaka   maxsus   nutq   malakasidir.   To‘g‘ri   yozuv   –   maxsus   nutq
faoliyatidir. Yozuv  ham   murakkab  harakat   bo‘lib, uning  asosida   nutq yotadi.  Imloviy
malaka   nutq   faoliyatining   komponenti   sifatida   gapni   sintaktik   jihatdan   to‘g‘ri   tuzish,
so‘zni uslubiy aniq qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi.  Imloviy malaka murakkab malaka
30 bo‘lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so‘zni fonetik tomondan
tahlil   qilish,   uning   morfemik   tarkibini   aniqlash   ko‘nikmasi   kabilarga   asoslanadi.
Psixologiya   malakani   avtomatik   harakat,   ya’ni   mashqlar   natijasida   asta-sekin
avtomatlashgan   ongli   harakat   deb   belgilaydi.   Avtomatla-shish   o‘rganilgan   imlo
qoidasining   oson   yoki   qiyinligiga  bog'liq.   Imloviy   malaka   o‘z   tabiati   bilan   avtomatik
hisoblanmaydi. Malaka asosiga qo‘yilgan ko‘nikma mustahkamlanadi, takomillashadi,
yaxshilanadi   (harakat   tezlashadi,   aniq   va   to‘g'ri   bo‘la   boshlaydi,   ishonarli   va   tejamli
bajariladi);   shuning   bilan   birga,   faoliyatning   tuzilmasi   qayta   quriladi:   mayda   birlik
bilan   ishlash   kengroq,   butun,   qo‘shilgan   birliklar   bilan   ishlashga   o‘tadi   (masalan,
so‘zni   harflab   ko‘chirish,   bo‘g‘inlab   ko‘chirish   bilan,   keyin   so‘zni   yaxlit   ko‘chirish
bilan, so‘ngra u gapni  ko‘chirish bilan almashadi). Bir  imlo malakasi  avtomatlashadi,
imloga oid boshqa hodisa o‘rganiladi va asta-sekin so‘zni to‘g'ri yozish malakasi hosil
bo‘ladi.   Umuman   olganda,   yozuv   murakkab   harakat   sifatida   ongli   jarayonligicha
qoladi.   T o‘ g'ri   yozuv   malakasining   shakllanishi   uchun   o‘ quvchidan   fikr-lash   faoliyati
talab   etiladi.   Biror   t o‘ g'ri   yozuv   hodisasini   o‘ zlashtirish   uchun   o‘ quv   va   yodda
saqlashgina   emas,   balki   analiz   va   sintez   ham   tatbiq   etiladi.   Bunda   grammatik   va
imloviy   hodisalarning   o‘ xshash   va   farqli   tomonlarini   aniqlash   uchiin   taqqoslash
usulidan foydalanish hamda s o‘ z va s o‘ z shakllarini ma'lum grammatik yoki grafik gu-
nihlarga   ajratish,   muayyan   tizimga   solish,   tushuntirish   va   isbotlash   mashqlaridan
foydalanish   muhim   o‘ rin   tutadi.   Shunday   qilib,   orfografiyani   o‘rgatishda,
grammatikani   o‘rgatish   kabi,   o‘quvchilarning   analitik-sintetik   faoliyatini
asta   takomillashtiraborishtalab   etiladi.   O‘quvchilarda   to‘g‘ri   yozuv
malakasini   shakllantirish   grammatik   nazariyani   va   imlo   qoidasini
o‘zlashtirishga   asoslanadi.   Imlo   qoidalari   bir   so‘znigina   emas,   balki
umumiylik   mavjud   bo‘lgan   butun   so‘zlar   guruhining   yozilishini   tartibga
soladi.   Bu   xususiyati   bilan   u   qoida   xat   yozuvchini   har   bir   so‘zni   yodda
31 saqlash,   xotirlashdan   qutqaradi   va   qoidaga   amal   qilib,   belgilangan
me’yorga   muvofiq   butun   so‘zlar   gumhini   yozish   imkonini   yaratadi.   Imlo
qoidasi grammatik umumiylik asosida biriashgan so‘zlarning yozilishini bir
xillashtiradi.   Bu   yozma   ravishdagi   aloqani   yengillashtiradi   va   imlo
qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi. 
Imlo   qoidalarini   grammatik,   fonetik,   so‘z   yasalishiga   oid
materiallarni ma’lum darajada bilmasdan turib o‘zlashtirish mumkin emas.
Grammatik   nazariya   imlo   qoidalari   uchun   poydevor   hisoblanadi.   Shuning
uchun   boshlang‘ich   sinflarda   imlo   qoidasi   shu   qoidaga   asos   bo‘ladigan
grammatik nazariyaga bog‘liq holda o‘rganiladi.   “ Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik
olmoshlari”,   “Fe’l”   mavzulari   ichiga   kiritilgan.   Materialning   bunday   joylashtirilishi
grammatika   bilan   orfografiyani  bir-biriga  bog‘liq  holda  o‘rganishni   ta’minlaydi.  Imlo
qoidasi   bevosita   grammatik   nazariya   elementlaridan   so‘ng   o‘rganiladi.   Masalan,
otlarning keiishiklar bilan turlanishi o‘rganilgach, kelishik qo‘shimchalarining yozilishi
haqidagi ko‘nikma shakllantiri-ladi. „Sifat" mavzusini o‘rganish   -roq   qo‘shimchasining
va   qip-qizil,   yum-yumaloq   kabi   sifatlarning   yozilishiga,     “Fe’l”   mavzusini   o‘rganish
bo‘lishsizlik   (-ma)   va   o‘tgan   zamon   (-di)   qo‘shimchalarining   yozilishiga   zamin
yaratadi. Imlo qoidalarini o‘rgatishga bunday yondashish boshiang'ich sinflarda barcha
orfografik materiallarni o‘rganishda tipik hisoblanadi. Imlo qoidalari ustida ishlash —
murakkab   jarayon,   qoidaning   mohiyatini   ochish,   o‘quvchilarning   qoida   ifodasini
o‘rganib   olishlari,   qoidani   yozuv   tajribasiga   tatbiq   etish   lining   asosiy   komponentlari
hisoblanadi. Qoida mohiyatini ochish qoida so‘zning    qaysi qismini qaysi so‘z turkumi
yoki grammatik shaklni  yozishni  boshqarishini, bunda qaysi  belgilar yetakchi  ekanini
tushuntirish demakdir. O‘quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda
o‘qituvchi   bu   yetakchi   belgilarni   albatta   hisobga   oladi.   Qoida   ifodasi   ustida   darslik
bo‘yicha   ishlanadi.   Bunda   o‘quvchilarning   qoida   tarkibini   anglab   yetishlari
32 ahamiyatlidir.   Shuning   uchun   darslikdagi   qoida   qismlarga   bo‘linadi   (Aslida
o‘quvchilar   bu   vazifani   mashq   jarayonidavoq   bajarib   qo‘yadilar).   O‘quvchilar
o‘rganilgan qoidaga misoUrytish va xilma-xil mashqlarni bajarish yoii bilan uni yangi
til materialiga, ya'ni  yozuv tajribasiga  tatbiq etadilar. Qoida ustida ishlash  metodikasi
shu   qoidaning   xarakteriga   qarab   tanlanadi.   Masalan,   bo‘lishsizlik   qo‘shimchasi   (-
ma)   ning   yozilishini   deduktiv   yo‘l   bilan   o‘rgatish   mumkin.   Jo‘nalish   kelishigi
qo‘shimchasi   (-ga)   ning   oxiri   -k   bilan   tugagan   otlarga   -ka,   -q   bilan   tugagan   otlarga   -
qa   shaklida   qo‘shilishi   haqidagi   qoidani   indukgiv   yo‘l   bilan   tushuntirish   maqsadga
muvofiq. O‘quvchilar  qoidadagi  asosiy  fikrni  ajratishga yordam  beradigan vazifalarni
bajarsalar,   uni   o‘zlashtirish   xiyla   qulay   bo‘ladi.   Chunki   bolalar   aniq   material   bilan
ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning   muhim qismlarini ajratadilar, qoidani
ongli   o‘zlashtiradilar.   Nimanidir,   masalan,   so‘zlarning   talaffuzi   va   yozilishini,   so‘z
turkum-larini,   so‘z   qismlarini   bir-biriga   taqqoslash   o‘quvchilarning   aqliy   faol-ligini
oshiradi.   Bunda   yana   qoidaning   ajratilgan   belgisini   aniq   yozib   ko‘rsatish   ham
ahamiyatli   hisoblanadi.  Qoidada   aks  ettirilgan  muhim   fikrni   ajratishga  o‘qituvchining
savollari   yordam   beradi.  Bu   savollar,  o‘z  navbatida,  qoidani  shakllantirish   rejasi   ham
hisoblanadi.   Qoida   ustida   jamoa   bo‘lib   ishlash   bilan   birga,   darslikdan   foydalanib,
mustaqil   ishlash   usulini   qoilash   ham   mumkin.   Yangi   qoidani   o‘zlashtirishda
o‘rganilgan   bilimlarga   suyani-ladi.   Buning   uchun   yangi   qoida   ilgari   o‘rganilgan
qoidalar bilan bog'lanadi. Bunda qarshi qo‘yish yoki taqqoslash usulidan foydalaniladi
va   o‘xshash   tomonlari   aniqlanadi.   Masalan,   tushum   kelishigi   qo‘shimchasining
yozilishini   o‘zlashtirishda   u   ilgari   o‘rganilgan   qaratqich   kelishigi   qo‘shimchasining
yozilishi   bilan   taqqoslanadi   va   tushum   kelishigi   qo‘shimchasi   otning   fe'l   tomonidan
boshqarilishini   bildirishi   aniqlanadi.  Qoidani  bilib olish  o‘quvchilarda u  haqdagi  aniq
tasawurning mav-judligiga bog'liq. Qoida asosida hosil bo‘lgan aniq tasawur so‘zlarda
ifodalanadi.   Shuning   uchun   o‘quvchilardan   qoidani   quruq   yodlab   berish   talab
etilmasligi,   balki   so‘zni   to‘g'ri   yozishdagi   xususiyatlar   aniq   material   misolida   qayta
tushuntirilishi lozim. 
33  
III BOB. TAJRIBA – SINOV MATERIALLARI
3.1. Tajriba-sinov materiallari.
Bugungi   tez   o‘zgarayotgan   davrda   ta’lim   muassasalari   o‘quvchilari   egallagan
bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotga muvaffaqiyat bilan qo‘llay olishlari muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Shaxsga   yo‘naltirilgan   ta’limning   asosiy   tamoyillaridan   biri
o‘quvchilarda   bilim,   ko‘nikma   va   malaka   bilan   birga,   hayotiy   kompetensiyalarni
shakklantirish   hisoblanadi.   Bu   o‘quvchilarning   ta’lim   muassasida   egallagan
bilimlarida   kundalik   hayotda   duch   keladigan   tanish   yoki   notanish   vaziyatlarda
foydalanishga tayyorlashdir. Avvalo, kompetensiya so‘zning ma’nosini bilib olsak: bu
so‘z   lotincha   (competere)   dan   olingan   bo‘lib   “layoqatli,   munosib   bo‘lmoq”   degan
ma’nolarni anglatadi. 
Demak, kompetentlik deganda  shaxsning  bilim, ko‘nikma va tajribalari  o‘ziga
tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga tushuniladi.
Ma’lumki   qirq   besh   daqiqalik   dars   jarayonida   o‘rganilgan   mavzuni   hamma
o‘quvchi   ham   birdek   o‘zlashtira   olmaydi.   Shu   ma’noda   o‘quvchilar   bilimidagi
bo‘shliqlarni   to‘ldirish,   ularda   o‘zlashtirish   darajasining   ortishida   qo‘shimcha
mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Aksariyat   o‘quvchilar   yozma   matn,   ijodiy   bayon,   insho   yozish   jarayonida
ko‘plab   imloviy,   ishoraviy   matn   tuzishda   nutqiy   ravonlik,   izchillik,   ijodiy   fikrlash
ko‘nikmalari   yetarli   emas.   Bu   kamchiliklarni   bartaraf   etishda   qo‘shimcha
mashg’ulotlarda   “Diqqat,   xato!”,   “Kim   to‘g’ri   bajardi?”,   “Xatosini   top”,   “To‘xtab
o‘t”, “Rasmlar tilga kirganda” kabi usullardan foydalanish, lug’at tuzdirish va diktant
34 yozdirish   o‘z   samarasini   beradi.   Quyida   ana   shunday   usullardan   ayrimlarini
hukmingizga havola qilamiz.
“Diqqat,   xato!”   usulida   o‘qituvchi   o‘quvchilar   ko‘p   xato   qilgan   so‘zlar
qo‘llangan   matnlar   tuzadi   va   aynan   shu   so‘zlarni   xato   yozadi.Bu   usulni   5   –   sinf
o‘quvchilari bilan quyidagicha tashkil etish mumkin: dastlab sinf o‘quvchilari kichik
guruhlarga bo‘linadi.Har bir guruhga berilgan gaplar soni va ulardagi xatolar miqdori
bir xil bo‘lishi kerak.
Masalan,1-guruh uchun quyidagi gaplar yozilgan tarqatma beriladi:
Diqqat, xato!
1.Daraxni shohiga bir muchicha kelib ko‘ndi.
2.Yakshamba kuni men,akam va ukam boqqa borip,ko‘chat ektim.
3.Sing-il, ing-liz, a-ka,hu-kum,fi-kir
O‘quvchilar  xatolar  ustida  ishlayotgan  paytlarida  guruhdagi  iqtidorli  
o‘quvchilardan biri bu topshiriqni doskada bajaradi va guruh a’zolari o‘z
ishlarini doskadan tekshirib  olishadi.To‘g’ri javoblar monitor orqali ham namoyish
etilishi mumkin.
Kim to‘g’ri bajardi?
1.Daraxtni shoxiga  bir  musicha  kelib  qo‘ndi.
2.Yakshanba  kuni  akam, men  va  ukam  bog’ga  borib, ko‘chat  ekdik.
3.Si-ngl,  in-ngliz, aka, hukm, fikr.
 Shu o‘rinda  o‘quvchilarning  dars  jarayonida  o‘rgangan  bilimlarini  takrorlash  
va   mustahkamlash    uchun   ularga   quyidagi    kabi    savollar    bilan   murojaat    qilish
mumkin;
  Kim biladi?
1.Ushbu gaplarda  qanday  me’yorlar  buzilgan?
2.To‘g’ri  talaffuz  me’yori  nima?
3.Imlo  me’yori  nima?
4.Bo‘g’inga  ajratish  bilan  bo‘g’in  ko‘chirishning  qanday  farqi  bor?
35 5.Ng  harf  birikmali  so‘zlar  bo‘g’inga  qanday  ko‘chiriladi?
Bu  usulni  uyga topshiriq  qilib  bersa ham  bo‘ladi. Hozirgi kunda  ko‘chalar-
dagi  yozuvlarda, hatto  ayrim  matbuot  nashrlarida  ham  xato yozilgan  
so‘zlarga, noto‘g’ri  ko‘chirilgan  bo‘g’inlarga  duch kelamiz.O‘quvchilarning  
ziyrakligini  oshirish, imlo  savodxonligini  o‘stirish  maqsadida  xato yozilgan 
so‘zlarga  eng  ko‘p  misol  topish vazifasini berish  ham  mumkin. Bunda  
o‘quvchilar  ko‘chalardagi, tashkilot, muassasalarning  kirish  eshiklari  yonidagi
yozuv  lavhalarida  yo‘l  qo‘yilgan  imlo  yoki  ishora  xatolarini  aniqlashlari  yoki 
o‘rtoqlarining  boshqa  fanlardan tutgan  ish  daftarlarini  kuzatib, ulardagi  
xatolarni  topishlari  kerak bo‘ladi.Shu  yo‘l  bilan  o‘quvchilarda  hamkorlikda 
ishlash, bir-biriga  ko‘maklashish, o‘zgalar  fikrini  hurmat  qilgan  holda  o‘z  
fikrini  himoya  qila  olish  kabi kompetensiyalar  shakllantiriladi.
   “To‘xtab  o‘ting”  usuli  tinish  belgilari  bilan  bog’liq  xatolarni bartaraf  
etishda eng  samarali  usuldir. Bunda o‘qituvchi  biror  badiiy  asardan  parcha  
olib, ulardagi  tinish  belgilarini  atayin  tushirib  qoldiradi. O‘quvchilar  
matndagi  tushirib  qoldirilgan  tinish  belgilarini  qo‘llagan  holda  to‘g’ri  va 
ifodali     o‘qishlari     kerak     bo‘ladi.   Bu     usul     og’zaki     bajarilganda     o‘quvchilarda
matnni     ifodali     o‘qish     ko‘nikmasi     ham     shakllantiriladi.   Shu     o‘rinda     o‘qituvchi
tanlagan   matnni    maktab   darsliklarida   berilmagan   asarlardan   bo‘lishiga   alohida
e’tibor   qaratish   kerak. Bolalar   yoshiga   mos   asar   tanlanib, undagi   eng   qiziqarli
o‘rin   misol     sifatida     olinsa,     o‘quvchilarda     bu     asarni     o‘qib     chiqishga     ishtiyoq
paydo  bo‘ladi  va  shu  orqali  o‘quvchilarning  badiiy  asarlar  bilan  ishlash,
shaxs  sifatida  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  kompetensiyalari  shakllantiriladi.
To‘xtab  o‘ting!
“Hozir  bularni  qo‘lga  olib  bo‘lmaydi  ishni  buzib  qo‘yaman  polkovnik  Ali
Usmonov  aytganidek  hozir  mening  vazifam  esdalik  uchun  suratga  tushirish
ovozlarini yozib  olish  kuzatish  kuzatish  va faqat  kuzatishdan  iborat. Qani
molni  qayoqqa  olib  borisharkin  shuncha  gazmol  shuncha  kiyimlikni  bu 
36 chayqovchilar  boshlig’i  qayerga  joylar  ekan”(X.To‘xtaboyevning  Sariq 
devning  o‘limi  asaridan)
Monitordagi  ushbu  matnni  o‘quvchilar  daftarlariga  yozib  olib, tinish  
belgilarini   qo‘yib  chiqishlari  kerak  bo‘ladi. Shundan  so‘ng  to‘g’ri  javob  
monitorda  ko‘rsatiladi, o‘quvchilar  o‘z  ishlariga  baho  beradilar. 
Shu o‘rinda o‘quvchilar bilan tinish belgilarining ishlatilishi haqida qisqacha 
savol-javob o‘tkazish mumkin. Bu ularning dars davomida o‘rgangan bilimlarini 
mustahkamlaydi.
Kim biladi?
1. Tinish belgilarining vazifasini talaffuzda nimalar bajaradi?
2. Gaplar bir-biridan nima yordamida ajratiladi?
3. Undov belgisi qachon ishlatiladi?
4. So‘roq va nuqta qachon ishlatiladi?
5. Vergul qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?
6. Qanday so‘zlar yoki gaplar qo‘shtirnoq ichida yoziladi?
7. Berilgan matndagi tinish belgilarining nima sababdan qo‘yilganligini aniqlang.
 
Imloga oid mashqlar.   Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan
komponentidir.   Faoliyat   avtomatlashishi   uchun   uzoq   vaqt   davomida   maqsadga
qaratilgan   mashqlar   bajarib   boriladi.   Imloga   oid   mashqlar   imloviy   ziyraklik
ko‘nikmasini   shakllantirishga,   tegishli   o‘rinda   qoidani   tatbiq   qilishga,   mashqlarning
qismlari o‘rtasidagi bog'lanishni  belgilash, ularni umumiv va yagona faoliyat tizimiga
kiritishga,   o‘quvchilar   uchun   qoidaning   mohiyatini   aniqlash   va   uni   shakllantirishga
qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni chuqurroq o‘zlashtiriladi.
Metodikada imloga oid mashqlarga: 
1) grammatik-orfografik tahlil; 
2) ko‘chirib yozuv: 
37 3) diktantlar; 
4) leksik-grammatik tahlil; 
5)bayonlar kiradi. 
Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika
va leksika bilan bog‘lanishi, ko‘chirib yozuv va diktantda o‘quvchilar faoliyatini belgi-
laydigan omillar, xususan, ko‘chirib yozuvda ko‘ruv va qo‘l harakati uquvi, diktantda
eshituv uquvi hisobga olinadi. 
Ko‘chirib   yozuv     ko‘rib   idrok   qilingan   so‘z,   gap   va   matnni   yozma   shaklda
ifodalashdir.   Boshlang‘ich   sinflarda   husnixat   va   imlo   qoidalariga   rioya   qilib,
tuzatishlarga   yo‘l   qo‘ymay   va   tartibli,   harflarni   tushirib   qoldirmay,   o‘rnini
almashtirmay,   tinish   belgilarini   to‘g‘ri   qo‘llab   ko‘chirib   yozuv   ko‘nikmasi
shakllantirilishi kerak. O‘quvchilarda bu ko‘nikmani hosil qilish maqsadida o‘qituvchi
alifbe   davridan   boshlab   ularga   ko‘chirib   yozuvni   izchillik   bilan   o‘rgatib   boradi.
O‘quvchilarda   ko‘chirib   yozuv   ko‘nikmasini   shakllantirishga   oid   asosiy   qoidalarga
quyidagilar kiradi:
1)Ko‘chirib yozishdan oldin ko‘chirib yozadiganingni yaxlit o‘qib chiqish.  
2) Har   bir   gapdagi   so‘zlarni   bo‘g‘inlarga   ajratish   va   ichda   bo‘g‘inlab   aytib,
yozing.
3)Ko‘chirib   yozganingizni   asliga   solishtiring   va   xatolaringizni   to‘g'rilang.
Ko‘chirib yozish uchun so‘z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.
O‘qituvchining  qo‘ygan   maqsadiga   bog‘liq   holda   ko‘chirib   yozishdan   oldin
unga   tayyorgarlik   ko‘riladi;   bunda   imlosi   qiyin   so‘zlarni   izohlab   o‘qish,
so‘zning   nima   uchun   shunday   yozilishini   asoslash,   o‘rganilgan   qoida
asosida   yoziladigan   so‘zlarni   aniqlash   kabi   mashqlardan   foydalaniladi.   Bu
ko‘nikma   qay   darajada   shakllanganligini   aniqlash   maqsadida   kontrol
(tekshiruv)   ko‘chirib   yozuv   o‘tkaziladi.   Ko‘chirib   yozuv   mashqlari
38 grammatik,   leksik   yoki   so‘z   yasalishiga   oid   vazifalarni   bajarish   bilan   birga
olib   boriladi.   Bu   imlo   qoidasini   tatbiq   etishni   yaxshi   bilib   olish   imkonini
beradi.   Chunki   vazifaning   xarakteri   imloviy   malakani   shakllantirishga
nazariy asos bo‘ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtirishni talab
etadi.   Bulardan   tashqari,   kompleks   mashqlar   orfografiya   bilan   birgalikda
nutq   o‘stirish   vazifalarini   ham   bajarish   imkonini   beradi.   Kompleks
mashqlarga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1)Ko‘chirish
2)O‘zakdosh so‘zlarni aniqlab, o‘zakni ajratish. 
3)Tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni qo‘yib ko‘chirish, qanday qo‘shimcha
ekanini aytish; yozilishini tushuntirish. 
4)Matn mazmuniga mos so‘zni qavs ichida berilgan so‘zlardan topib qo‘yib
ko‘chirish.   Shu   so‘z   qaysi   so‘z   turkumiga   oid   ekanini,   uning   yozilishini
tushuntirish. 
5)Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish va yozish. 
6)Tartibsiz berilgan gaplardan bog‘lanishli matn tuzish. 
6)Tanlab   ko‘chirish   (Berilgan   gaplardan   yoki   matndan   muayyan   bir   so‘z
turkumini;   ot   va   fe’ldan   yoki   ot   va   otdan,   sifat   va   otdan   tuzilgan   so‘z
birikmalarini ko‘chirish).
O‘quvchilarda to‘g‘ri yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va
imlo   qoidasini   o‘zlashtirishga   asoslanadi.   Imlo   qoidalari   bir   so‘znigina   emas,   balki
umumiylik   mavjud   bo‘lgan   butun   so‘zlar   guruhining   yozilishini   tartibga   soladi.   Bu
xususiyati   bilan   u   qoida   xat   yozuvchini   har   bir   so‘zni   yodda   saqlash,   xotirlashdan
qutqaradi   va   qoidaga   amal   qilib,   belgilangan   me’yorga   muvofiq   butun   so‘zlar
39 guruhini   yozish   imkonini   yaratadi.   Imlo   qoidasi   grammatik   umumiylik   asosida
birlashgan   so‘zlarning   yozilishini   bir   xillashtiradi.   Bu   yozma   ravishdagi   aloqani
yengillashtiradi   va   imlo   qoidalarining   ijtimoiy   ahamiyatini   ta’kidlaydi.   Imlo
qoidalarini   grammatik,   fonetik,   so‘z   yasalishiga   oid   materiallarni   ma’lum   darajada
bilmasdan turib o‘zlashtirish mumkin   emas. Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun
poydevor   hisoblanadi.   Shuning   uchun   boshlang‘ich   sinflarda   imlo   qoidasi   shu
qoidaga   asos   bo‘ladigan   grammatik   nazariyaga   bog‘liq   holda   o‘rganiladi.   Masalan,
shakl   yasovchi   qo‘shimchalarning   yozilishi   haqidagi   qoidalar   “Ot”,   “Sifat”,   “Son”,
“Kishilik   olmoshlari”,   “Fe’l”   mavzulari   ichiga   kiritilgan.   Materialning   bunday
joylashtirilishi   grammatika   bilan   orfografiyani   bir-biriga   bog‘liq   holda   o‘rganishni
ta’minlaydi.   Imlo   qoidasi   bevosita   grammatik   nazariya   elementlaridan   so‘ng
o‘rganiladi.   Masalan,   otlarning   kelishiklar   bilan   turlanishi   o‘rganilgach,   kelishik
qo‘shimchalarining   yozilishi   haqidagi   ko‘nikma   shakllantiriladi.   “Sifat”   mavzusini
o‘rganish   -roq   qo‘shimchasining   va   qip-qizil,   yumyumaloq   kabi   sifatlarning
yozilishiga,   “Fe’l”   mavzusini   o‘rganish   bo‘lishsizlik   (-ma)   va   o‘tgan   zamon   (-di)
qo‘shimchalarining   yozilishiga   zamin   yaratadi.   Imlo   qoidalarini   o‘rgatishga   bunday
yondashish   boshlang‘ich   sinflarda   barcha   orfografik   materiallarni   o‘rganishda   tipik
hisoblanadi. Imlo qoidalari ustida ishlash – murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini
ochish,   o‘quvchilarning   qoida   ifodasini   o‘rganib   olishlari,   qoidani   yozuv   tajribasiga
tatbiq   etish   uning   asosiy   komponentlari   hisoblanadi.   Qoida   mohiyatini   ochish   qoida
so‘zning   qaysi   qismini,   qaysi   so‘z   turkumi   yoki   grammatik   shaklni   yozishni
boshqarishini,   bunda   qaysi   belgilar   yetakchi   ekanini   tushuntirish   demakdir.
O‘quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda o‘qituvchi bu yetakchi
belgilarni   albatta   hisobga   oladi.   Qoida   ifodasi   ustida   darslik   bo‘yicha   ishlanadi.
Bunda o‘quvchilarning qoida tarkibini anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun
darslikdagi   qoida   qismlarga   bo‘linadi   (Aslida   o‘quvchilar   bu   vazifani   mashq
jarayonidayoq   bajarib   qo‘yadilar).   O‘quvchilar   o‘rganilgan   qoidaga   misol   aytish   va
xilma-xil   mashqlarni   bajarish   yo‘li   bilan   uni   yangi   til   materialiga,   ya’ni   yozuv
40 tajribasiga tatbiq etadilar. Qoida ustida ishlash metodikasi  shu qoidaning xarakteriga
qarab tanlanadi.  Masalan,   bo‘lishsizlik   qo‘shimchasi   (-ma)  ning  yozilishini  deduktiv
yo‘l bilan o‘rgatish mumkin. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi (-ga) ning oxiri -k bilan
tugagan otlarga -ka,-q bilan tugagan otlarga -qa shaklida qo‘shilishi haqidagi qoidani
indukgiv   yo‘l   bilan   tushuntirish   maqsadga   muvofiq.   O‘quvchilar   qoidadagi   asosiy
fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni bajarsalar, uni o‘zlashtirish xiyla qulay
bo‘ladi.   Chunki   bolalar   aniq   material   bilan   ishlaydilar   va   uni   tahlil   qilish   vaqtida
qoidaning   muhim   qismlarini   ajratadilar,   qoidani   ongli   o‘zlashtiradilar.   Nimanidir,
masalan,   so‘zlarning   talaffuzi   va   yozilishini,   so‘z   turkumlarini,   so‘z   qismlarini   bir-
biriga   taqqoslash   o‘quvchilarning   aqliy   faolligini   oshiradi.   Bunda   yana   qoidaning
ajratilgan   belgisini   aniq   yozib   ko‘rsatish   ham   ahamiyatli   hisoblanadi.   Qoidada   aks
ettirilgan muhim fikrni ajratishga o‘qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar,
o‘z   navbatida,   qoidani   shakllantirish   rejasi   ham   hisoblanadi.   Qoida   ustida   jamoa
bo‘lib ishlash bilan birga, darslikdan foydalanib, mustaqil ishlash usulini qo‘llash ham
mumkin.   Yangi   qoidani   o‘zlashtirishda   o‘rganilgan   bilimlarga   suyaniladi.   Buning
uchun yangi qoida ilgari o‘rganilgan qoidalar bilan bog‘lanadi. Bunda qarshi qo‘yish
yoki   taqqoslash   usulidan   foydalaniladi   va   o‘xshash   tomonlari   aniqlanadi.   Masalan,
tushum   kelishigi   qo‘shimchasining   yozilishini   o‘zlashtirishda   u   ilgari   o‘rganilgan
qaratqich kelishigi qo‘shimchasining yozilishi bilan taqqoslanadi va tushum kelishigi
qo‘shimchasi otning fe’l tomonidan boshqarilishini bildirishi aniqlanadi. Qoidani bilib
olish o‘quvchilarda u haqdagi aniq tasavvurning mavjudligiga bog‘liq. Qoida asosida
hosil   bo‘lgan   aniq   tasavvur   so‘zlarda   ifodalanadi.   Shuning   uchun   o‘quvchilardan
qoidani   quruq   yodlab   berish   talab   etilmasligi,   balki   so‘zni   to‘g‘ri   yozishdagi
xususiyatlar aniq material misolida qayta tushuntirilishi lozim. 
Diktant   eshitib   idrok   qilingan   so‘z,   gap,   matnni   yozishdir.   O‘quvchilarning
og‘zaki   yozma   nutqini   o‘stirishda,   savodxonligini   oshirishda   diktantning   ahamiyati
katta.   O‘quvchi   diktant   yozish   jarayonida   xato   qilmaslikka   harakat   qiladi.   Xato
qilmaslik   ularning   fonetik,   leksik   va   grammatik   bilimlarni   qay   darajada
41 o‘zlashtirganliklariga   bog‘liq   bo‘ladi.   Imlo   qoidalari   grammatik   hodisalar   bilan
bog‘liq   bo‘ladi.   Demak,   savodli   diktant   yozish   uchun   o‘z   navbatida   grammatik
qoidalarni ham  bilish zarur. Boshlang‘ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir
qancha tamoyillarga rioya qilish zarur: 
1.   Matnning   monologik   nutq   shaklida   bo‘lishi.   Unda   ko‘chirma   gaplar,
undalmali, kirish so‘zli, ajratilgan bo‘lakli gaplar, qo‘shma gap bo‘lmasligi lozim. 
2. Matn hajmi 1-4-sinf o‘quvchilarining o‘qish sur’tiga asoslangan bo‘lishi. 
3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi. 
4. Diktant matni o‘quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi. 
5. Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi, bolalar hissiyotiga
ta’sir qilishi. 
6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo‘lishi. 
7. Matnda o‘rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi. 
Diktantlar maqsadiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
1. Ta’limiy diktantlar – bilim berishga yo‘naltirilgan diktantlar. 
2.   Tekshiruv   diktantlari   –   o‘quvchilarning   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini
nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. Ta’limiy diktantlarni o‘tkazish vaqtini, o‘rnini,
turini   o‘qituvchining   o‘zi   belgilaydi.   Ta’limiy   diktantlar   uchun   darsning   ma’lum   bir
qismi   (5-10   daqiqasi),   ba’zan   bir   dars   ajratiladi.   Bu   diktant   o‘quvchilar   bilimini
mustahkamlash   maqsadida   o‘tkaziladi.   Ta’limiy   diktantda   o‘qituvchi   o‘quvchilarga
o‘rgatilayotgan   hodisaning   imlosini   bir   necha   tahlil   usullaridan   foydalanib
tushuntiradi,   o‘quvchilar   so‘zlarni   to‘g‘ri   yozishlariga   ishonch   hosil   qilgach,   uni
yozishga ruxsat beradi. Har qanday yo‘l bilan xatoning oldini olish chorasi ko‘riladi.
Masalan,  1-sinfda a va o unlilari  o‘rganilayotgan darsda  bo‘g‘in-tovush,  tovush-harf
tahlili   o‘tkaziladi.   Baho,   bahor   so‘zlarining   birinchi   bo‘g‘inida   a   harfi   yozilishini
o‘quvchilar   bilib   olgach,   o‘quvchilardan   biri   shu   so‘zlarni   xattaxtaga   yozadi.   So‘ng
so‘z o‘chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. 
42 Ta’limiy   diktantlar   tashkil   etish   va   bajarilish   usuliga   ko‘ra   quyidagi   turlarga
bo‘linadi: 
1. Ta’kidiy diktant. 
2. O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 
3. Izohli diktant. 
4. Saylanma diktant. 
5. Erkin diktant. 
6. Rasm diktant. 
7. Lug‘at diktant. 
8. Ijodiy diktant. 
Shulardan   saylanma,   erkin   va   ijodiy   diktantlarda   matn   ma’lum   o‘zgarishlar
bilan   yoziladi.   Tekshiruv   diktantida   yaqinda   yoki   ilgari   o‘rganilib,   mashqlar   bilan
mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi.
Tekshiruv diktanti biror bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng yoki chorak oxirida o‘tkaziladi.
Tekshiruv   diktanti   o‘quv  yili   davomida  5-6  marta   o‘tkaziladi.   Diktantning  bu   turida
yo‘l qo‘yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi.
Shu  jihatdan   tekshiruv  diktantining   ta’limiy  ahamiyati   katta.   Imloviy   mashq   sifatida
diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Ta’kidiy diktantdan qoidani tatbiq etish
usullarini   yaxshi   bilib   olish   maqsadida   foydalaniladi.   Matnni   yozishdan   oldin,   uni
yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o‘quvchilar so‘zni qanday yozishni va nima
uchun   shunday   yozilishini   tushuntiradilar.   O‘z   diktant   yoki   yoddan   yozuvda
o‘rganilgan   imloviy   qoida   asosida   yoziladigan   so‘zlar   bo‘lgan   matnni   o‘quvchilar
o‘zlari   o‘qib   yodlaydilar(ko‘rib   idrok   qiladilar)   yoki   o‘qituvchi   rahbarligida   eshitib
yodlaydilar   (idrok   qiladilar),   keyin   o‘zlari   mustaqil   yozadilar.   Izohli   diktant
o‘quvchilarning   qobiliyatiga   qarab   ikki   xil   o‘tkaziladi.   O‘quvchi,   odatda,
o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ma’lum so‘zning yozilishini diktant yozishdan oldin
yoki   keyin   izohlaydi.   So‘zning   yozilishini   bo‘g‘in-tovush,   tovush-harf   tomondan
tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, “Kitob – bilim manbai” – Kitob: Ki-
43 tob.  Ikki   bo‘g‘in.   Birinchi   bo‘g‘inida   k,  i;   ikkinchi   bo‘g‘inida   t,  o,   b  tovushlari   bor.
Oxirgi   b   tovushi   p   tovushi   tarzida   talaffuz   qilinadi.   Unda   b   yoki   p   tovushini
ifodalovchi   harfning   yozilishini   tekshirib   aniqlaymiz.   Buning   uchun   so‘z   oxiriga   i
tovushini qo‘shamiz va aytamiz:  kitobi. B tovushi yozilar ekan” kabi izohlanadi. Bu
diktantda   o‘quvchilar   qoidalarga   oid   so‘zlarning   tagiga   chizadilar.   Saylanma
diktantda   o‘quvchilar   diktovka   qilingan   gaplar   yoki   matnning   hammasini
yozmaydilar. Uning o‘qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina (o‘rganilgan qoida
asosida yoziladigan so‘zlarni, so‘z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan
yoziladigan so‘zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so‘zni u bog‘langan
ot bilan yoki tushum kelishigidagi so‘zni u bog‘langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf)
kabi.   Saylanma   diktant   o‘quvchilarda   imloviy   ziyraklikni   o‘stiradi.   Erkin   diktantda
o‘quvchilarga   mazmunni   buzmay,   gap   tuzilishini   o‘zgartirish,   bir   so‘zni   unga   yaqin
ma’noli   so‘z   bilan   almashtirish   erkinligi   beriladi.   Diktant   uchun   3-5   qismli   matn
tanlanadi.   O‘qituvchi   avval   matnni   bir   marta   ifodali   o‘qib   beradi,   so‘ngra   matn
mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir
qismi qayta o‘qib beriladi, o‘quvchilar uning mazmunini yozadilar. Erkin diktant imlo
qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, o‘quvchilar nutqini o‘stiradi,
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Rasm diktant predmet rasmini yoki o‘zini ko‘rsatib
o‘tkaziladi:   predmet   rasmi   ko‘rsatiladi,   o‘quvchilar   uning   nomini   aytadilar   va   yozib
vergul qo‘yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari
qoidaga   ko‘ra   yozilishi   eslatiladi).   Rasm   diktantda   o‘rganilgan   qoidani,   ayniqsa,
o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi  qiyin so‘zlarni to‘g‘ri yozishni  puxtalash,
shuningdek,   ularni   o‘quvchilar   qanday   o‘zlashtirganliklarini   sinash   maqsadi   ko‘zda
tutiladi.   O‘qituvchi   darsning   maqsadi   va   malakani   shakllantirish   ustida   ishlash
bosqichini   hisobga   olgan   holda,   diktantning   barcha   turlaridan   izchillik   bilan
foydalanadi. Bayon o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirishga
qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni
o‘rganishning   yakunlovchi   bosqichida,   o‘quvchilar   qoidalarni   bilib   olib,   uni   tatbiq
44 qilishga   o‘rganganlaridan   so‘ngo‘tkaziladi.   Bayon   yozganda   o‘rganilgan   imlo
qoidalarini to‘g‘ri tatbiq etish ularning ongli o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi.
3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili.
              Hozirgi   davr   talabiga   ko‘ra   ona   tili   ta’limining   eng   muhim   masalalaridan   biri
o‘quvchilarda   nutqiy   ko‘nikmalarni   shakllantirishga   qaratilgan   mashqlar     tizimini
tanlash,   darajali   testlardan   foydalanish   bo‘lib,   bunda   oddiydan   murakkabgacha,
ma’lumdan   noma’lumga,   osondan   qiyinga   yo‘naltirishga   qaratilgan.   Shu   bilan
birgalikda   o‘quvchilarga   ijodiy   topshiriqli   mashqlarni   kompetensiyaviy   yondashuv
bilan birga olib borish taqozo etmoqda. Bu talablar yangi pedtexnologiya asosida
tashkil   etilganda   mashqlarni   o‘zlashtirish   –   bilish,tushunish,   qo‘llash,tahlil   va   sintez
qila olish kabi malakalar o‘quvchida shakllanadi.
            Umimiy   o‘rta   ta’limning   ta’lim   sifatiga   qo‘yilgan   talabi   ham   o‘zgargan   bo‘lib
o‘quvchilar   ning   olayotgan   bilimi,   harakati   faolligini   5   balli   sistema   bo‘yicha
baholaymiz.   Bu   5   baho   qachon,   qaysi   holatda   qo‘yilmoqda,   talabga   javob   beradimi
yo‘qmi. Buni BLUM taksonomiyasi usulida ko‘rib chiqamiz.
      O‘quvchi berilgan mashqni o‘qidi, eslab qoldi va ertasi kelib tushuntirib berdi.Bu
hali 5 baho degani emas. O‘rganilgan matndagi, aytaylik, Navoiy hayotiga oid yangi
bir ma’lumotni kutubxonaga borib izladi va undan foydalandi.
Bu ikki balli baho. Tanish vaziyatda olgan bilimiga nisbatan ko‘nikma shakllandi;
                    O‘qituvchi   Alisher   Navoiy   qanday   inson   bo‘lganligi   haqida   insho   yozishni
topshiradi.   O‘quvchi   o‘qigani   va   Navoiy   haqidagi   yangi   tushunchalarni   notanish
vaziyatda   yoritib   berishga   harakat   qiladi.   Bunda   endi   o‘quvchiga   Alisher   Navoiy
haqidagi tushunchaga nisbatan o‘rganilgan bilim, shakllangan ko‘nikma orqali malaka
hosil   bo‘ladi.   3   ball.   Qachonki   o‘quvchi   Navoiy   haqidagi   tarixiy   davrni   mohiyatini
tahlil qila olsa, voqea hodisalarni sharhlay olsa, 4 balli baho bilan baholash mumkin.
            O‘quvchi   mustaqil   fikrlay   olsa,   matn   yuzasidan   isbot   –   dalillar   keltirsa,   matn
mazmuniga o‘z xulosalarini bildira olsa, shunda o‘quvchiga 5 baho qo‘yiladi. 
45          Ko‘rinib turibdiki, shu metod orqali baho mezonini ham o‘quvchiga tushuntirib,
ularni   bosqichma   bosqich   soddadan   murakkabga   yo‘naltirib   savodxonlikni
shakllantirish ham mumkin.    
Mashqlar ustida ishlash
O‘qing   I   unlisi   so‘z   va   bo‘g‘in   boshida   uzunroq,   undoshdan   so‘ng   esa   qisqa
ayting.  
Inoq,   intizom,   igna,   ilm,   ilg’or,   imzo,   izzat,   oila,   bilim,   bilan,   sinf,   gilam,   kitob,
pichan, nihol, tirnoq, qo‘shiq, koinot.
Tushirib   qoldirilgan   unli   tovushlarni   ifodalagan   harflarni   nuqtalar   o‘rniga
qo‘yib so‘zlarni yozing. 
P…lla, si…gir, s…mob, g…los, o‘tk…r, n…xat, l…sey, r…mol.  
Shu so‘zlar ishtirokida ikkita gap tuzing.
She’rni o‘qing
O‘zbekiston
Dadil qadam tashlagaysan,
Jahonaro yashnagaysan.
Xalqni baxtga boshlagaysan,
Baxt makonim, O‘zbekiston.
She’rning   birinchi   va   ikkinchi   qatorini   yozib,   unli   tovushlarni   ifodalagan
harflarning tagiga  chizing.
Ona   tili   va   adabiyot   darslarida   asosan   o‘quvchining   mantiqiy   fikrlashi   hamda
o‘z   fikrini   izchil,to‘liq,batafsil,ijodiy   yoritishi   talab   etiladi.Ona   tili   darslarida
“G‘oyalar   gilami”,   “Arra”,   “Meni   tushun”,   “Sirli   doska”   kabi   interfaol   usullardan
foydalanilsa,   o‘quvchida   ham   ijodkorlik,ham   to‘g‘ri   va   xatosiz   yozish   ko‘nikmalari
rivojlantiriladi.   Masalan,   5-sinflarda   undoshlar   talaffuzi   va   imlosi   yuzasidan
mustahkamlash   darsida   “Meni   tushun”   o‘yini   juda   qo‘l   keladi.O‘qituvchi   sinfni   uch
guruhga   bo‘ladi   va   har   bir   guruhga   oldindan   tayyorlab   qo‘yilgan   xatolari   mavjud
bo‘lgan uchta matnni elektron doska orqali namoyon etadi:
46 1-guruh: Parosatliy bola
Karim   5-sinifda   taxsil   oladi.U   barcha   fanlarni   chuqr   o‘slashtirishka
intiladi.Karim matimateka fanini hush ko‘radi.U bugun xam…
2-guruh:Achoyip kun
Karim   xar   bir   kuni   yaxshi   kaypiyat   blan   kutip   olishga   intiladi.Xar   bir
daqeqasini   be   samar   o‘tkasmaydi.Atrofda   do‘slari   ko‘p.Mana   bugun   xam
Karim…
3-guruh:Aqili maslaxat
Karim xar doim buvisidan ertak eshitishni yaxshi ko‘radi.Buvisi xam unka
marohli   xikoyatla   aytip   berala.Bu   xikoyatlarda   odopliy,intizomli   bo‘lish   kabi
pazilatla ilgari suriladi. Bugun Karimni buvijonisi keldilar…
O‘quvchilardan   berilgan   matnlarni   oqib,shu   asosda   fikrni   davom   ettirish   talab
etiladi.Bu matnlar orqali o‘quvchida quyidagi xususiyatlar shakllanadi:
1.Diqqat qilish,e’tiborli bo‘lish.
2.Xatolarni anglashga o‘rganish.
3.To‘g‘ri va xatosiz yozish ko‘nikmasini rivojlantirish.
4.O‘quvchida mantiqiy fikrlash salohiyatini o‘stirish.
5.Fikrni ijodiy yondashgan holda izchil davom ettirish.
6.Unli va undoshlar talaffuzi ,imlosiga doir bilimlarni mustahkamlaydi .
O‘quvchilar   xatolar   ustida   mustaqil   ishlab   ,ijodiy   izlanish   asosida   matnni
tugallikka olib kelishadi.Barchaning diqqati bir nuqtaga qaratilib,monitordagi xatosiz
yozilgan   matn   namoyish   etiladi,bu   usul   orqali   o‘quvchilar   o‘z   xatolarini   nazorat
qilishadi.
Farosatli bola
Karim   5-sinfda   tahsil   oladi.U   barcha   fanlarni   chuqur   o‘zlashtirishga
intiladi.Karim matematika fanini xush ko‘radi.U bugun ham…
Ajoyib kun
47 Karim   har   kunni   yaxshi   kayfiyat   bilan   kutib   olishga   intiladi.Har   bir
daqiqasini   besamar   o‘tkazmaydi.Atrofida   do‘stlari   ko‘p.Mana   bugun   ham
Karim…
Aqlli maslahat
Karim har doim buvisidan ertak eshitishni yaxshi ko‘radi.Buvisi ham unga
maroqli hikoyatlar aytib beradilar.Bu hikoyatlarda odobli,intizomli bo‘lish kabi
fazilatlar ilgari suriladi.Bugun Karimning buvijonisi …
O‘quvchilar   bilan   ishlash   jarayonida   “Arra”usuli   ham   qo‘l   keladi.Bunda
o‘quvchilarga   plakatda   chizilgan   ulkan   daraxt   timsoli   ko‘rsatiladi.Tasvirdagi   har   bir
tanada   muammoli   topshiriqlar   beriladi.Masalan:1-savol.Talaffuz   me’yori   deganda
nimani   tushunasiz?   2-savol.Jarangli   undoshlarning   jarangsiz   juftini   toping.   3-
savol.Orfoepiya va orfografiya terminlarini izohlang.
O‘quvchilar   berilgan   savollarga   javob   berish   jarayonida   o‘yin-topshiriqlarni
ham   izohlab   borishadi.:Quyidagi   matematik   atamalardagi   bir   tovushni   almashtirish
orqali so‘zlar hosil qilinadi:
Nol,vatar,kasr,doira,teng,butun---non,xatar,qasr,keng,tutun.
Yoki berilgan atamalardagi harflar ishtirokida shaxs nomlari hosil qilinadi:
Ishora, isbot, faraz, urinma, doira, minus, hisob ---Shoira, Sobit, Zafar, Munira,
Iroda, Munis,   Sohib.
Bunday   interaktiv   o‘yin   o‘quvchining   bilimini   charxlab,to‘g‘ri   va   xatosiz
yozish ko‘nikmasini shakllantiradi.
O‘quvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida o‘rganilayotgan
mavzuni   har   turli   paradokslarga   bog‘lab   bayon   etish,fikrni   yozuvda   asoslash   hamda
tegishli tahlillar orqali to‘g‘ri xulosalarga kelish uslubi ham ancha qo‘l keladi.Bunda
o‘quvchilarning so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash mahorati rivojlantiriladi:
1.Agar bola xavfsizlikda yashasa,u o‘ziga va atrofdagilarga ishonadi.
2.Agar   bola   do‘stlik   bilan   yashasa,u   yer   yuzi   yashash   uchun   ajoyib   joy
ekanligini anglaydi.
48 3.Agar bola rostgo‘ylik va adolatda yashasa,u haqiqat va adolat nimaligini
o‘rganadi.
“G‘oyalar   gilami”metodi   ham   yozma   nutq   savodxonlik   darajasini   oshirish
omillaridan   biridir.O‘qituvchi   tomonidan   tayyorlab   qo‘yilgan   so‘zlar   shajarasidan
o‘quvchilar   yangi   so‘zlar   hosil   qilishadi   yoki   bo‘lmasa   “Kapalak”usulida
qo‘shimchalar   orqali   yangi   so‘zlar   hosil   qilinib,o‘sha   so‘zning   xatosiz   yozilishi
ta’minlanadi.Masalan: kitob, kitobxon, kitobsevar, kitoblar, kitobda, kitobdan…
O‘quvchi   umumlashgan   tushunchalar   orqali   o‘z  fikrini   izchil   va   xatosiz   yozib
boradi,talaffuzi va imlosida farqlanishi bor so‘zlar tushuntiriladi.
O‘quvchining   bilimlari,   his-tuyg‘ulari,   fikrlarini   yozma   ravishda   bayon   etish
uning ma’naviyati va ma’rifati ko‘zgusidir. Shunday ekan, qadimdan ota-bobolarimiz,
buyuk   siymolarimizning   yozma   savodxonlikni   yaxshilashdagi   xatti-harakatlari,
49 mislsiz xattot bo‘lishga intilishlari hech kimga sir emas. Buning isboti sifatida tarixiy
bir   dalilni   keltirmoqchiman.   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   o‘zining   “Boburnoma”
asarida o‘g‘li  Humoyunga xatlaridagi  imlo xatolari  xususida  quyidagi  fikrlarni  aytib
o‘tadi:   “…xatlaringda yolg‘uzluq, yolg‘uzluqkim debsen, podshohliqta aybdur…
Podshohliq   bila   yolg‘uzluq   rost   kelmas…Xatingni   xud   tashvish   bila   o‘qusa
bo‘ladur,   vale   asru   mug‘laqtur…Imlong   yomon   emas.   Agarchi   xili   rost   emas.
Iltifotni “to” bilan bitibsen, kulunjni “yo” bilan bitibsen. Xatingni xud har tavr
qilib   o‘qusa   bo‘ladur,   vale   bu   mug‘laq   alfozangdin   maqsud   tamom   mafhum
bo‘lmaydur…  Takalluf  qilay deysen, ul  jihattin mug‘laq bo‘ladur. Bundin nari
betakalluf   va   ravshan   va   pok   alfoz   bila   biti;   ham   sanga   tashvish   ozroq   bo‘lur,
ham o‘quvchig‘a”.
Hozirgi   kunda   ham   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmagan   o‘quvchilarning   yozma
savodxonligi, uni xato va kamchiliklarsiz bayon etishi dolzarb masaladir. Bu masalani
bartaraf   etish,   yechimini   izlab   topish   har   bir   pedagogdan,   ayniqsa,   ona   tili
o‘qituvchilaridan ilmiy salohiyat, mas’uliyat va sabot talab etadi.
Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki,unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin,
unga   bo‘lgan   e’tiborini   tuysin.   Agar   o‘qituvchi   dars   davomida”muvaffaqiyat
muhitini”tashkil   etib,o‘quvchida   o‘qishda   muvaffaqiyat   qozonishiga   yordam
bersa,uning   o‘z   kuchi   va   iqtidoriga   ishonchini   orttirib   borsa   takomillashgan   o‘quv
jarayoni   ham   o‘z-ozidan   yuzaga   keladi.   Oshkoralik,ishtirokchilarning   o‘zaro
hamkorligi,ular   keltirgan   dalillarning   tengligi,hamkorlikdagi   bilimlar   banki,o‘zaro
baholash   va   nazorat   imkoniyati   bilan   belgilanadigan   ta’limiy   muloqot   manbai
yaratiladi.   Demakki,   o‘qituvchining   o‘zi   ham   doimiy   ravishda   o‘z   ustida   ishlashi,
pedagogik   mahoratini   uzluksiz   oshirib   borishi,   jahon   va   milliy   pedagogik   meros
hamda   ilm-fan   yutuqlaridan   ijodiy   foydalangan   holda   ta’lim   jarayonini
takomillashtirib borishi lozim.
50 X U L O S A
Mamlakatimiz taraqqiyoti istiqboliga mo‘ljallangan qonun va dasturning ishlab
chiqilishidan   oliy   maqsad,   avvalo,   jamiyatimizda   bo‘layotgan   yangilanishlar,
iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohalarda   olib   borilayotgan   keng   ko‘lamli   islohatlar   sari   yuz
tutgan   ona-Vatanimiz   uchun   XXI   asrdagi   zalvorli   muammolarni   yechadigan,   Vatan
xizmatiga   yaraydigan,   har   tomonlama   yetuk-har   taraflama   uyg‘un   rivojlangan,
ma‘rifatli,   ilm   sarchashmalaridan   bahramand   bo‘lgan,   o‘z   davriga   munosib   yigit   va
qizlarni   tarbiyalab   kamol   toptirishdir.   Ana   shunday   oqilona   siyosatning   natijasi
o‘laroq   bugungi   kunda   ta‘limning   uzviyligi   va   uzluksizligiga   asoslangan   yangicha
tizimi vujudga keldiki, umumiy o‘rta ta‘lim muhim o‘rin tutadi.
Ona   tili   ta‘limi   bolalarning   tafakkur   qilish   faoliyatlarini   kengaytirish,   erkin
fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon
qila   olish,   jamiyat   a‘zolari   bilan   erkin   muloqotda   bo‘la   olish   ko‘nikma   va
malakalarini   rivojlantirishga   xizmat   qiladi.   Bu   o‘rinda   ona   tili   ta‘limiga   o‘quv   fani
emas,   balki,   butun   ta‘lim   tizimini   uyushtiruvchi   ta‘lim   jarayoni   sifatida   qaraladi.
51 Darhaqiqat,   ona   tili   umumiy   ta‘lim   maktablarida   yetakchi   predmet   sifatida   yosh
avlodga   o‘zining   bebaho   boyligini   o‘rganishga,   madaniyat   ko‘zgusi   sifatida   o‘z
vazifasini  bajarishga,  o‘quvchining bilim  faoliyatini  yaxshilab,tafakkurini  o‘stirishga
mas‘ul fan bo‘lishi kerak. 
Imloviy   savodxonlik   nafaqat   shaxsiy,   balki   umummilliy   masaladir.   Negaki,
ushbu   jarayon   ancha   murakkab   bo‘lib,   u   doimo   takomillashib   bormog‘i   lozim.   Bu
jarayonda   oilaviy   muhit   boshlang‘ich   sinflarda   egallanadigan   ko‘nikmalar   muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu borada ota-onalar va o‘qituvchining doimiy nazorati
o‘quvchida   to‘g‘ri   yozuv   qoidalarining   shakllanishi   hamda   imloviy   savodxonlikning
oshishiga sabab bo‘ladi. Ayni paytda yozuvni mukammal egallash orqali o‘quvchida
olam sirlariga qiziqish kuchayadi, mustaqil tarzda kitob o‘qishga rag‘bat oshib boradi,
bolaning meni  namoyon bo‘la  boshlaydi. Demak, imloviy savodxonlik  yosh avlodni
faqatgina   ezgulik   sari   yo‘llaydi,   ularing   ma‘naviy   barkamol   bo‘lib   shakllanishiga
xizmat   qiladi.   Shuingdek,   imlo   savodxonligi   orqali   milliy   o‘zlikni   anglash   tuyg‘usi
shakllanadi.
52 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. Filologiya   va   tillarni   o‘qitish   (o‘zbek   tili)   ta’lim   yo‘nalishi   o‘quv   dasturi.
Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent, 2016.
2. Vazirlar   Mahkamasining   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   haqidagi   qonunlari.
Xalq ta’limi. 1997. – №1. 
3. Oliy   ta’lim   muassasalarining   rahbar   va   pedagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash   va
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom. 2015.
4. Pedagogika. Davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2014.  
5. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. – Toshkent, 1997.
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Oliy   ta’lim   muassasalarining   rahbar
va   pedagog   kadrlarini   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini   yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son
Farmoni.
53 7. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Oliy   ta’lim
muassasalarining   rahbar   va   pedagogik   kadrlarini   qayta   tayyorlash   va   ularning
malakasini   oshirishni   tashkil   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   2015-yil   20-
avgust  № 242 qarori. 
8. Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “ Ўзбекистон   Республикасини
янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   стратегияси ”   тўғрисидаги
Фармони  ( Халқ   сўзи .  2017 йил, 8 феваль).
9. Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “Олий таълим тизимини
янада ривожлантириш чора – тадбирлари” тўғрисида (Халқ сўзи 2017 йил,
21 апрель)
Ijtimoiy - siyosiy   adabiyotlar :
10. Karimov   I . A .   Yuksak   ma ’ naviyat   –   yengilmas   kuch .   –   Toshkent :   Ma ’ naviyat ,
2008. – 176  b . 
11. Karimov   I . A .  Adabiyotga   e ’ tibor  –  ma ’ naviyatga ,  kelajakka   e ’ tibor . –  Toshkent :
O ‘ zbekiston , 2009.
12. Мирзиёев   Ш.М.   Эркин   ва   фаровон   демократик   Ўзбекистон   давлатини
биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016.
13. Мирзиёев   Ш.М.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
14. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш –
юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: Ўзбекистон,
2017.
Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
15. Abdullayeva   D.   Yangi   pedagogik   usullarda   dars   o‘tishni   ta’minlashda
foydalaniladigan usullar. – Andijon, 2001.
16. Azizxo‘jayeva N. N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent:
TDPU, 2006.
17. Egamberdiyeva   N.   Talabalarni   shaxsiy   va   kasbiy   ijtimoiylashtirishning
54 zamonaviy yo‘llari. –Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2009. 
18. Egamberdiyeva   N.,   Abdurashidova   A.,   Mamatov   N.   Bo‘lajak   o‘qituvchilarda
ijtimoiy-madaniy komplektni shakllantirish texnologiyalari. – Toshkent: “Fan va
texnologiya” nashriyoti, 2015. 
19. Egamberdiyeva   N.,   Ismoilova   D.,   Sharipova   N.   Pedagogika   kollejlari   ta’lim
mazmunini   prognostika   qilish.   –   Toshkent:   “Fan   va   texnologiya”   nashriyoti,
2011. – B.39.
20. Egamberdiyeva   N.,   Xodjayev   B.   Pedagogikaning   ayrim   dolzarb   muammolari:
mohiyat, ta’lim va yechim. –Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 
21. Interfaol   metodlar:   mohiyati   va   qo‘llanilishi   /   Met.qo‘l.   D.Ro‘ziyeva,
M.Usmonboyeva, Z.Holiqova. – Toshkent: TDPU, 2013.
22. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Т.: Ўзбекистон, 2002.
23. O‘rinboyev   B.,   Qurbonov   T.   O‘zbek   tilshunosligi   tarixi.   O‘quv   qo‘llanma,   -
Samarqand, 2006.
24. Узоқов Х. Ўзбек тилшунослари. -Т.: Фан, 1972.
25. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S . A . Madiyarova   va   b .   –
Toshkent :  Iqtisod - moliya , 2009.
26. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2005. 
27. Tolipov   O‘.,   Usmonboyeva   M.   Pedagogik   texnologiyalarning   tatbiqiy   asoslari.
– Toshkent: Fan, 2006.
28. Tursunov   U.,   Muxtorov   J.,   Rahmatullayev   Sh.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.
– Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
29. Yo‘ldoshev   J.,   Usmonov   S.   Pedagogik   texnologiya   asoslari.   –   Toshkent:
Pedagog, 2004.
30. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.
Internet saytlari:
 www.tdpu.uz      
 www.pedagog.uz   
55  www. literature.uz
 www. genhis philol.ru.
 www.scopus.com
 http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism    .
http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html
56

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………................3 I BOB. IMLO QOIDALARINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI 1.1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari… ……………………………………….… 8 1.2. Orfografik savodxonlik va uning ahamiyati……………………………………. 18 II BOB. IMLO QOIDALARNI O‘QITISHNING O‘QUV-USLUBIY TA’MINOTI 2.1. O‘quvchilar yozma savodxonligini oshirishda imlo qoidalarining o‘rni. ........ …26 2.2 . O‘quvchilar yozma savodxonligi oshirishda kompetensiyaviy yondashuv va innovatsion usullardan foydalanish……………………………………………….…31 III BOB.TAJRIBA – SINOV MATERIALLARI 3.1. Tajriba – sinov materiallari……………………………………………..............35 3.2. Tajriba – sinov ishlari tahlili……………………………………………............45 UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR ………………………………...............52 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………….............54

KIRISH Tadqiqotning dolzarbligi. Har qanday jamiyatning rivoji, istiqboli, qudrati oxir-oqibatda har jihatdan inson omiliga borib taqalar ekan, demak, bizning hozirgi vaqtda o‘z oldimizga qo‘ y gan kelajagi buyuk, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdek ezgu maqsadimizning to‘la ma‘noda ro‘yobga chiqishi, avvalo, yosh avlodning mukammal tarbiya olib, barkamol shaxslar sifatida hayotda o‘z munosib o‘rinlarini topishlariga bog‘liqdir. Chunki ular jamiyatda o‘ z o‘rinlarini topsagina o‘z ona tilining latofatini dunyoga tanitadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, “Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zlarini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” 1 . Mamlakatimiz taraqqiyoti istiqboliga mo‘ljallangan ushbu qonun va dasturning ishlab chiqilishidan oliy maqsad, avvalo, jamiyatimizda bo‘layotgan yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar sari yuz tutgan ona-Vatanimiz uchun XXI asrdagi zalvorli muammolarni yechadigan, Vatan xizmatiga yaraydigan, har tomonlama yetuk-har taraflama uyg‘un rivojlangan, ma‘rifatli, ilm sarchashmalaridan bahramand bo‘lgan, o‘z davriga munosib yigit va qizlarni tarbiyalab kamol toptirishdir. Ana shunday oqilona siyosatning natijasi o‘laroq bugungi kunda ta‘limning uzviyligi va uzluksizligiga asoslangan yangicha tizimi vujudga keldiki, umumiy o‘rta ta‘lim muhim o‘rin tutadi. Ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta‘limiga o‘quv fani 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилганинин ўттиз йиллигиг a бағишланган тантанали маросимдаги нутқи//“Халқ сўзи”, 2019 йил, 22 октябрь. 2

emas, balki, butun ta‘lim tizimini uyushtiruvchi ta‘lim jarayoni sifatida qaraladi. Darhaqiqat, ona tili umumiy ta‘lim maktablarida yetakchi predmet sifatida yosh avlodga o‘zining bebaho boyligini o‘rganishga, madaniyat ko‘zgusi sifatida o‘z vazifasini bajarishga, o‘quvchining bilim faoliyatini yaxshilab,tafakkurini o‘stirishga mas‘ul fan bo‘lishi kerak. Malaka ishimizning mavzusi ana shunday muhim vazifaning bir bo‘g‘inini orfografiya o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini ko‘rsatib berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Orfografiya o‘qitish masalasi xususiy metodika masalalari tizimidagi eng murakkab masala bo‘lib, u jamiyat madaniyati va ravnaqida muhim rol o‘ynaydi. Shaxsning og‘zaki nutqi yozma shaklda uslubiy va imloviy jihatdan to‘g‘ri ifodalansagina nutq talabiga javob beradi. Shu o‘rinda, Yosh avlod nima sababdan imlo savodxonligini egallashi shart? –‒ degan savol tug‘iladi. Bunga qat‘iy tarzda javob qaytarish ham mushkul. Avvalo, bu yorug‘ dunyoni anglash uchun, jamiyatning teng huquqli a‘zosi bo‘lish uchun ham yozma savodga ega bo‘lish zarur. Masalan, oddiy bir matnni o‘qib,anglay olmaydigan odamning ahvolini tushunish qiyin emas. Binobarin, jahon kommunikatsiya tizimidan to‘liq foydalanish zarurati ham imlo savodxonligini taqozo etadi. Ayni paytda o‘z fikrini erkin ifodalay olmaydigan kishilarni ko‘rib ham yozish malakasini egallash, imlo savodxonligiga erishish naqadar zarurat ekanligini anglay boshlaymiz. Nazarimizda, yozma savodxonlik og‘zaki so‘zlashuvga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Aniqroq aytganda, yozma nutq, ya‘ni yoza olish qobiliyati rivojlangan bo‘lsa, o‘sha kishidagi og‘zaki nutq ham ma‘lum ma‘noda to‘g‘ri shakllanadi. Afsuski, hozirgi paytda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz nutqi adabiy til qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Binobarin, ularda imloviy savodxonlik yetishmaydi. Ma‘lumki, yozma nutq –yozuvning og‘zaki nutqdan ba‘zi afzalliklari ham mavjud. Masalan, og‘zaki nutq masofa va davr jihatidan chegaralangan. Yozuvda esa makon va zamon jihatidan chegaralanish yo‘q, ya‘ni biz bugun yozayotgan kitoblarni dunyoning istalgan yerida, istalgan paytda o‘qish mumkin bo‘ladi. Shu sababli ham, o‘sib kelayotgan yosh avlod 3

o‘z yozuvini, imlo qoidalarini chuqur o‘rganishga sidqidildan kirishmog‘i, avvalo, mazkur va ma‘naviy tomonini anglab yetmog‘i zarur. Nazarimizda, imlo savodxonligining jamiyat taraqiyyotidagi yana bir qirrasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Bu – savodxonlikning milliy rivojlanish bilan bog‘liq tomonidir. Aslida, yozuv –milliy iftixor ramzi, har qanday millatning rivojlanganlik darajasini ko‘rsatib turuvchi vosita. Shunday ekan, biz o‘z yozuvimizga, uning qonun-qoidalar asosida yozilishiga doimiy e‘tibor qaratishimiz lozim. Hatto yozuv milliy qadriyat, millat ramzi sifatida ham ardoqlanishi kerak. O‘zbek yozuvi, u kirill alifbosida yoxud lotin aifbosida bo‘lishidan qat‘i nazar, har bir fuqaromiz uchun milliy iftixor ramzi, ma‘naviy qadriyat nishonasi bo‘lib qolishi lozim. Ayniqsa, yosh avlod yozuvni va imlo qoidalarini oddiy bir hodisa sifatida emas, balki hayotiy ehtiyoj, xalqimizning ma‘naviy boyligi tarzida qadrlashi ham farz, ham qarzdir. Yuqorilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, imloviy savodxonlik nafaqat shaxsiy, balki umummilliy masaladir. Negaki, ushbu jarayon ancha murakkab bo‘lib u doimo takomillashib bormog‘i lozim. Bu jarayonda oilaviy muhit boshlang‘ich sinflarda egallanadigan ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu borada ota-onalar va o‘qituvchining doimiy nazorati o‘quvchida to‘g‘ri yozuv qoidalarining shakllanishi hamda imloviy savodxonlikning oshishiga sabab bo‘ladi. Ayni paytda yozuvni mukammal egallash orqali o‘quvchida olam sirlariga qiziqish kuchayadi, mustaqil tarzda kitob o‘qishga rag‘bat oshib boradi, bolaning meni namoyon bo‘la boshlaydi. Demak, imloviy savodxonlik yosh avlodni faqatgina ezgulik sari yo‘llaydi, ularing ma‘naviy barkamol bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. Shuingdek, imlo savodxonligi orqali milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi shakllanadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Yangi imlo lug‘atlarining so‘zliklari 1976-yili nashr etilgan « Ўзбек тилининг имло луғати » 2 , 5 jildli « Ўзбек тилининг 2 Ўзбек тилининг имло луғати/ Тузувчилар С.Иброҳимов, Э.А. Бегматов, А.Аҳмедов. –Тошкент: Фан, 1976. 4

изоҳли луғати » 3 , 12 jildli « Ўзбекистон миллий энциклопедияси » 4 so‘zliklaridan hamda maktab darsliklaridan, gazeta va jurnallardan to‘plangan so‘zlardan foydalanib tuzildi. S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlar muallifligi ostida “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” tuzildi. Lug‘atning lotin yozuvidagi varianti O‘zR Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qarori bilan qabul qilingan «O ‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga asoslangan holda yaratildi. Lug‘at filologiya fanlari doktori, professor E.A.Begmatov va filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim A.P.Madvaliyevlar tomonidan tuzilgan. Mualliflar lug‘atga so‘z to‘plash, so‘zligini tuzish, so‘zning imloviy shaklini va maqbul me’yorlarni ilmiy baholash ishlarini amalga oshirdilar. Lug‘atni nashrga tayyorlash jarayonidagi ishlarda filologiya fanlari nomzodi G‘.Ismoilov, ba’zi texnik ishlarni bajarishda kichik ilmiy xodimlar O.Islomov va F.Musayevalar qatnashdilar. Lug‘at qo‘lyozmasidagi ba’zi nuqsonlarni bartaraf qilish ishiga lug‘atning mas’ul muharriri, filologiya fanlari doktori, prof. N.Mahmudov munosib hissa qo‘shdi. Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘ quvchilar yozma savodxonligini oshirishda imlo qoidalarining ahamiyati ni asoslash hamda o‘quvchilar yozma savodxonligi oshirishda kompetensiyaviy yondashuv va innovatsion usullardan foydalanishda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish yo‘llarini taklif etishdir. Tadqiqotning predmeti. Ishning tadqiq obyektini o‘zbek tilida yaratilgan imlo lug‘atlar tashkil qiladi. Ishda nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan dissertatsiya, monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi. Tadqiqotning vazifalari. Ushbu maqsadni amalga oshirish bir qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi: 3 O‘zbek tilining izohli lug‘ati / A.Madvaliyev, E.Begmatov. –Toshkent:Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008. 4 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2000-2005. 5