IX-XII asrlarda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida mantiq ilmi.Al-Kindiyning mantiqiy ta'limoti Forobiyning mantiq konsepsiyasi
IX-XII asrlarda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida mantiq ilmi.Al-Kindiyning mantiqiy ta'limoti Forobiyning mantiq konsepsiyasi.Abu Abdulloh Xorazmiy ilmiy merosida mantiq masalalariAbu Rayxon Beruniy mantiq ilmi haqidaIbn Sinoning mantiqiy ta'limotiBaxmanyorning mantiqiy qarashlari.Abu Xomid G'azzoliy mantiq ilmi haqida. MUNDARIJA KIRISH ................................................................................................................3 ASOSIY QISM I IX - XI asrlarda Yaqin va Oʻrta sharq mamlakatlarida mantiq ilmi.….……….4 II Al - Kindiyning mantiqiy ta'limoti.....................................................................8 III Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Gʻazzoliy va Baxmanyorning mantiqiy qarashlari .............…............................…............................................14 XULOSA …………………………………………………..….……….…..…..…….………………............19 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................................21
KIRISH Sharqda mavjud bo'lgan ilk o'rta asrlar sivilizatsiyasi butun g'arbga ijobiy ta'sir o'tkazgan, keyinchalik g'arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o'z ijobiy ta'sirini o'tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o'zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo'lib kelgan. G'arb va Sharq sivilizatsiyalarining o'zaro bir-biriga ta'siri, bir- birini boyitishi insoniyat taraqqiyotining muhim ma'naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o'z mohiyatiga ko'ra insonparvarlik xarakteriga ega bo'lgan qadriyatlar jahon sivilizatsiyalar rivojlanishida barqarorlikni ta'minlaydi.Ayniqsa, IX-XV asr musulmon tarixiy-falsafiy merosi, Sharq, aniqrog'i Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o'rta asrlar va Uyg'onish davri Ovrupa falsafiy tafakkuriga ko'rsatgan ta'siri hamda ahamiyatini ochib berish xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashga samarali xizmat qilishi shubhasizdir. Jahon fani rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko'plab bobokalonlarimizning durdona asarlari milliy-ma'naviy bo'lib, ularning beqiyos ilmiy-ma'rifiy kashfiyotlarisiz tasavvuf, tariqat,islomqadriyatla-rimiz fan bir muncha achinarli tushib qolgan bo'lar edi. Bu fikrni tarix ham isbotlaydi. Oddiy tasavvurga ko'ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy va mantiqiy qarashlarning paydo bo'lishi ham qadimiy Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik
manbalarda, xalq og'zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Bir necha asrlar davomida uning falsafiy risolalari musulmon va ayniqsa, Yevropa mutafakkirlariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.Ibn Sinoda falsafaning dinga munosabati intellektual elitizm pozitsiyasidan kelib chiqqan holda qaror topadi: taqdir masalasini ochiq muhokama qilish omma uchun zararlidir. Taqdirning mohiyatini tahlil qilish, dunyo tartibini, jazolash, ruhni tiriltirish muammolarini o'rganish, aql- idrok tamoyillari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan, ya'ni ruhi pok inson tomonidan amalga oshirilishi mumkin – faylasuf tomonidan. IX - XI asrlarda Yaqin va Oʻrta sharq mamlakatlarida mantiq ilmi Ilohiyotshunoslardan farqli ravishda Sharq faylasuflari mantiqni “fanlar fani” dеb hisoblashgan. Shuning uchun ham bir vaqtning o‘zida matеmatika, tibbiyot,
fizika va farmakologiya bilan shug‘ullanib kеlgan al-Kindiy Platon va Aristotеl ta’limotlarini yagona tizimga birlashtirishga va ratsional bilishni inson aql- zakovatining ilohiy aql-idrokka oshino etilishi tariqasida tanishtirishga intilgan edi. Al-Kindiy saroydagi mavqeidan mahrum bo‘lib qoldi va uning kutubxonasi esa, musodara qilindi. Biroq, mu’taziliylar ta’sir davri qisqa bo‘lishiga qaramasdan, ular ekib kеtgan urug‘ o‘z samarasini bergan edi.Al-Farobiy ta’limotiga ko‘ra, barcha jarayonlarni “faol intеllеkt” boshqaraib turadi. Har bir fan kabi mantiq fani ham o`z shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabki atamalar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Biroq Yunon faylasuflari mantiq fanini rivojlanishi va alohida fan sifatida shakllanishiga sabab bo'ldilar. Ularning shakllanishiga notiqlik san`ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta`sir ko`rsatdi. Bu fanning mantiq deb nomlanishining sababi, botiniy va zohiriy nutqning aniq, mustahkam bo`lishi u sababidandir. Mantiq fani insonning zehnini xatolardan saqlovchi qonun-qoidalar jamlanmasi hisoblanadi. “Mantiq” so`zi lug`atda yunoncha “logika” so`zining arabcha tarjimasidir. “Logikos”-“so`z, aql” va “aql yuritish” ma`nolarini beradigan “logos” so`zi bilan aloqador bo`lib, so`z va aql ma`nolarini o`z ichiga qamrab olgan tushunchadir. Mantiq so`zi arabcha " قطن " so`zidan olingan masdari miymiy bo`lib, “nutq qilmoq”, “fikr, kalom” yoki “ong” degan ma`nolarni ham bildiradi.Mantiq fanining alohida fan sifatida shakllanishi uning nomi bilan bog`liq. U birinchi bo`lib mantiq ilmi o`rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning “Kategoriyalar”, “Talqin haqida”, “Birinchi analitika”, “Ikkinchi analitika”, “Sofistik raddiyalar haqida”, “Topika” nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag`ishlangan. Aristotel mantiqni – “ma`lum bilimlardan noma`lum bilimlarni aniqlovchi”, “to`g`ri fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida ta`riflaydi.
Ar-Roziy axloq(etika)da zohidlikka qarshi chiqdi, faol ijtimoiy hayotga chaqirdi, Suqrotni namuna sifatida ko‘rdi. U o'z davrida mavjud bo'lgan barcha dinlarni tanqid qilgan: haqiqat bitta, dinlar ko'p, shuning uchun hamma dinlar yolg'ondir. Haqiqat manbai Muqaddas Kitob emas, balki faylasuflar va olimlarning kitoblari bo'lishi kerak, degan edi u.Ar-Roziyning tibbiyotga oid asosiy asarlari “Al-Xavi” kitobi va 10 jildlik “Mansurga bag‘ishlangan tibbiy kitob” – arab tilidagi o‘ziga xos tibbiy ensiklopediyadir. Lotin tiliga tarjima qilinib, ular bir necha asrlar davomida shifokorlar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, u kasalxonalar qurish va ular uchun joy tanlash bo'yicha ko'rsatmalar tuzdi, shifokorlar ixtisoslashuvining ahamiyati, kambag'allarga tibbiy yordam va o'z-o'zidan yordam ko'rsatish haqida asarlar yozdi.Ar-Roziy birinchilardan bo‘lib ba’zi kasalliklarning yuqumli xususiyati haqida fikr bildirgan. “Chechak va qizamiq haqida” asarida u bu kasalliklarning klassik tavsifini berib, qayta kasallikka qarshi immunitetni ta’kidlagan. Kasallikning oldini olish uchun chechakka qarshi emlash qo'llaniladi. Har bir bemorning kasallik tarixini tuzish, oyoq-qo‘l singanida gips qo‘llashni tibbiyot amaliyotiga joriy etdi. U paxta momig'ini bog'lash uchun va katgutni yaralarni tikish uchun ishlata boshladi, farenksdan begona jismlarni olish uchun maxsus vositani tasvirlab berdi.Ar-Roziy matematik atomizm ta’limoti tarafdori boʻlib, uning taʼlimotini “Vaqt va makon kitobi”da bayon qilgan. Shuningdek, Yerning sharsimon tabiati, yulduzlar va umuman fazoga oid bir qancha risolalari mavjud. AL KINDIYNING MANTIQIY TAʼLIMOTI Hayoti va asarlari