Janubi-g'arbiiy O' zbekistonda fitotoponimlarni tarqalishining o'ziga xos xususiyatlari
Janubi-g'arbiiy O' zbekistonda fitotoponimlarni tarqalishining o'ziga xos xususiyatlari MUNDARIJA KIRISH.......................... .......................... ............................ 3 I .BOB . O’ZBEKISTONDA JOY NOMLARI PAYDO BO’LISHINING GEOGRAFIK ASOSLARI ............. 6 1.1. O‘zbekistonda geografik nomlarni o‘rganish tarixi ......... 6 1.2. Toponimikaning o‘rganish metodlari .............................. 9 1. 3 . Geografik nomlarning paydo bo ' lishi ........................... .... 11 1.4. Geografik nomlarnining tasnifi .............................. .......... 16 1.5. Toponimikani ilmiy va amaliy ahamiyati ........................ 26 II .BOB . FITOTOPONIMLARNI KELIB CHIQISHI VA TARQALISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ......................................................... 30 2.1. Fitotoponimlarni kelib chiqishi va shakllanishi ............. 30 2.2. O ’ simlik nomlariga oid geografik terminlari ning tarqalish xususiyatlari .................................................... 34 2.3 O`rta asrlarda yaratilgan bog’larni joy nomlariga aylanishi (Samarqand viloyati misolida) ........................ 38 XULOSA .............................. ..... ........... .............................. 4 5 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ....................... ..... 47
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi hududidagi geografik va boshqa toponimik ob’ektlarga nom berish hamda ilgari berilgan nomlarni o‘zgartirish ishlarini tartibga solish; xalqimizning qadimiy o‘tmishi va qadriyatlari bilan bog‘liq joylarning tarixiy nomlarini muhofaza etish, ularning asossiz ravishda o‘zgartirilishining oldini olish , joy va ob’ektlarning tarixiy-milliy an’analarimizga, milliy tafakkur va ma’naviyatimizga yot bo‘lgan nomlarini o‘zgartirish , yangi qo‘yilayotgan joy nomlari o‘zbek tili toponimiya qoidalariga, milliy istiqlol g‘oyasi talablariga mos bo‘lishini ta’minlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yer yuzida millionlab geografik nomlar - toponimlar mavjud. Yer yuzidagi har bir geografik obyekt, hodisa va voqeaning o'z nomi bor. Har bir dengiz, har bir daryo, har bir tog'u - cho'qqi, har bir shahar, qishloq, har bir daha, har bir mahalla, ko'cha o'z nomiga ega. Geografik nomlarga shunday o'rganib ketganmizki, hatto, ularning mavjudligini ham unutib qo'yamiz. Faraz qilaylik, bir zum geografik nomlar yo'qolib qoldi deb: kim qayerga borishini ham, qayerdan kelayotganini ham, shuningdek qayerda yashashini ham bilmay qoladi. Geografik nomlar hayotiy zarurat bo'lib qolgan.Geografik nomlar asosan ikki xil bo'ladi: ayrim geografik obyektni bildiruvchi atoqli ot, nom va geografik obyekt hamda voqea, hodisalarning, umumiy nomini bildiruvchi turdosh otlar. Atoqli geografik nomlar toponimlar deyiladi. Yunoncha topos - joy va onoma - ism, nom so'zlaridan tashkil topgan.Toponimlarga, ularning kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi, ma'nosi, o'zgarishi, talaffuz qilinishiga kishilar juda qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. Har bir geografik nom orqasida qanchadan - qancha voqea va hodisalar, tabiiy hodisalar, tabiiy xususiyatlar, xalq, qabila, 2
urug', ayrim kishilar faoliyati haqidagi tarixiy ma'lumotlar yashirinib yotadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Tyanshan, Pomir, Amudaryo, Qizilqum nomlarida qancha voqea, hodisalar, tarix yashirinib yotibdi. Nega ular shunday nomlar bilan ataladi?Har bir kishi, avvalo, o'z joyi - shahri, qishlog'i, mahallasi, ko'chasi nomini, ularning qanday hodisa, voqea, tabiiy xususiyat, qanday inson nomi bilan bog'liqligini bilishni istaydi. Nega Hindikush, Ajal vodiysi, Borsakelmas, Dashti Margoh, Dashti Lut, O'lik dengiz deyiladi? Chet ellardagi nomlarning ba'zilarini o'zbek tiliga tarjima qilinsa, g'alati, ba'zan bema'ni nomlarni ko'rasiz. Krivoy Rog - Egri shoh, Tbilisi - Qaynar buloq, Vladivostok - Sharqni egalla, Velikiye Luki - Katta yoylar, Los - Anjeles -“Bizning janobi oliylari farishtalar qiroli” va h.k.Joy nomlarini yozishda ham nozik tomonlari bor. Ba'zan bir harf o'zgarishi bilan tamomila boshqa joy tushuniladi. Masalan: Amu - Amur, Avstriya - Avstraliya, Riga - Risa, Jurjon - Juzjon, Mari - Mariy, Neva -Niva va boshqalar.Bularning hammasini toponimika fani o'rganadi. Toponimika ham yunoncha “topos” va “noma” so'zlaridan hosil bo'lgan. Bu fan geografik nomlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, o'zgarishini, ularning mazmuni, shakli va to'g'ri yozilishini o'rganadi. Toponimika geografiya, tarix va tilshunoslik (lingvistika) fanlari o'rtasidagi fan bo'lib, ular bilan juda bog'langan. Bu fanlarning tadqiqot uslublaridan foydalanib ish ko'radi. Geografik voqea, hodisa va obyektlarning umumiy nomini, turdosh otlarni, ya'ni termin (atama)larni geografik terminshunoslik o'rganadi. Har bir fanning terminlarini o'rganuvchi terminshunoslik (atamashunoslik) fanlari mavjud. Geografik terminshunoslik geografik terminlarning ma'nosi, kelib chiqishi (etimologiyasi), o'zgarishi, to'g'ri yozilishi va manbalarini o'rganadi. Har bir fanni chuqur o'rganish uning terminlarini qanchalik to'g'ri va to'liq bilishga bog'liq. Har bir fanning rivojlanishida mukammal o'rganilgan va ilmiy ishlab chiqilgan terminologiyaning ahamiyati kattadir. Terminlarning aniqligi, mukammallagi fanning rivojlanishini ma'lum jihatdan belgilab beradi. Termin yordamida ma'lum hodisa tasnifi ixcham beriladi va o'sha hodisani tez o'zlashtirib olish imkoniyati yaratiladi. Joy nomlarini 3
o'rganuvchi mutaxassislar toponimistlar deb, terminlarni o'rganuvchi mutaxassislar terminologlar deb ataladi. Toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlar kishilar bilimini juda kengaytiradi hamda madaniy saviyasini o'stiradi. Deyarli barcha buyuk kishilar, allomalar toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlarga juda qiziqqan va o'zlari ham fanning bu sohalari bilan shug'ullanganlar. Geografiya darslarida toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlardan foydalanish o'quvchilarning fanga qiziqishini kuchaytiradi va shu sohada chuqur bilim olishlariga yordam beradi. 4
I-BOB. O`ZBEKISTONDA JOY NOMLARI PAYDO BO’LISHINING GEOGRAFIK ASOSLARI 1.1 . O‘zbekistonda geografik nomlarni o‘rganish tarixi Geografik ob’ektlarga atab qo‘yilgan nomlar o‘zida nafaqat muayyan joy tarixi haqida ma’lumot tashiydi, shu bilan birgalikda, lingvistik birlik sifatida xalqning tarixi, madaniyati va ma’naviyati to‘g‘risida guvohlik berib turadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyatini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi», degan fikrini ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bo‘lgan toponimik manbalarni o‘rganishda ham dasturilamal sifatida qabul qilishimiz lozim bo‘ladi. O‘zbek onomastikasining tarkibiy qismi bo‘lgan toponimika keyingi yillarda tilshunoslik fanining alohida sohasi sifatida yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Ushbu sohaning o‘z tadqiqotchilari yetishib chiqdi. Toponimikaning nazariy masalalariga, geografik ob’ektlar nomlarini hududiy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan monografik tadqiqotlar, doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga kelmoqda. Geografik nomlarning ma’nosini, ularning kelib chiqishini, o‘zgarishini bilishga qiziqish juda qadim zamonlardan boshlangan. Toponimikaga oid ma’lumotlar qadimgi dunyo olimlari asarlarida ko‘plab uchraydi. Chunonchi, Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”, Pomiponiy Melaning “Xorografiya”, Pliniyning “Tabiiy tarix” nomli asarlarida ko‘pgina toponimik 5