logo

SAMARQAND VILOYATIGA AHOLI PUNKTLARI JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5788 KB
“SAMARQAND VILOYATIGA AHOLI PUNKTLARI
JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS JIHATLARI”
MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………...3
I BOB SAMARQAND VILOYATIGA AHOLINING TADRIJIY O'SISH VA 
TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR …………………………………………….. 6
1.1  Aholining tadrijiy o'sishi…………………………………………………….... 6
1.2  Aholining tabiiy va mexanik o'sishi ………………………………………...... 9
1.3  Aholining yosh - jinsiy tarkibi va mehnat resurslari………………………..… 1 7
1.4  Aholining milliy tarkibi…………………………………………………… . …2 4
II BOB SAMARQAND VILOYATI AHOLI PUNK T LARI 
JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI .. ……………..…..... 28
2.1  Aholi punk t lari joylashuviga  tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy geografik omillarning 
ta'siri………………………………………………………………….................... 28
2.2  Aholi punktlari joylashuviga tarixiy shart-sharoitlarning ta'siri ……………...3 2
2.3  Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi…………………………………...….38
2.4  Samarqand aglomeratsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi………….….48
2.5  Qishloqlar geografiyasi…………………………………………………… . ....53
XULOSA .................................................................. .............................................. 6 5
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI  .......................................70
ILOVALAR  …………………………………………………………………..… 7 4
1 KIRISHBitiruv ishining dolzarbligi   Davlatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2022-
2026-yillarda   mo`ljallangan   yangi   o’zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi”   7   ta
yo’nalishdan   iborat   bo`lib,   I-yo`nalishida   “Inson   qadrini   yuksaltirish   va   erkin
fuqarorlik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” ga katta
e’tibor   qaratilgan   bo`lib,   bu   esa   o’z   navbatida   hududlardagi   aholini   turmush   tarzini
yaxshilash,   sog`lom   bolalarni   voyaga   yetkazish   aholini   ish   bilan   ta`minlash   va
boshqalarga xizmat qiladi.
O‘zbekiston   Respublikasining   siyosiy   mustaqillikka   erishishi   va   uning   bozor
iqtisodiyoti   munosabatlariga   o‘tishi   iqtisodiy   va   ijtimoiy   geografiyaga   ham   tub
o‘zgartirishlar bo‘lishini  talab etadi. Bu borada aholi  geografiyasi  faniga ham tegishli
asosiy g‘oya va tushunchalar, qonuniyatlar, yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy nuqtai
nazardan   tahlil   etilishi,   o‘tish   davrida   rivojlangan   horijiy   mamlakatlarda   ishlab
chiqaruvchi kuchlarni  hududiy tashkil  qilish va ularni davlat tomonidan tartibga solib
borish sohasida erishilgan ijtimoiy tajribalardan samarali foydalanish amaliy ahamiyat
kasb etadi.
Bitiruv   ishini   yozishda     yozishda   mavjud   adabiyotlardan   keng   foydalanildi.   Bu
qo‘llanmani   yozishda   G.R.Asanovning   «Aholi   geografiyasi»   (O‘quv   qo‘llanmasi,   T.,
O‘qituvchi   nashriyoti,   1978),   M.A.Kadirovning   “Aholi   georafiyasi   va   demografiya
asoslari   bilan”   (Darslik   T.,2019)   professor   S.A.Kovalev   va   dotsent   N.   YA.
Kovalskayalarning   «Geografiya   naseleniya»   (Uchebnoe   metodicheskoe   posobie   dlya
studentov-zaochnikov   gosuniversitetov,   M.,   izd   MGU.   1971),   prof.   V.V.
Pokshishevskiyning   «Geografiya   naseleniya   zarubejnыx   stran»   Ekonomicheskie
geograficheskie ocherki M., Prosveщenie 1971), prof. E.L. SHuvalovning «Geografiya
2 naseleniya»   (uchebnoe   posobie.     M.,   «Prosveщenie»   1977),   prof.   S.   A.   Kovalev   va
dots.     N.YA.   Kovalskayalarning   «Geografiya   naseleniya   SSSR»   (uchebnoe   posobie,
M.,   MGU   1980),   G.Asanov,   M.Nabixonov,   I.Safarovning   «O‘zbekistonning   iqtisodiy
va   ijtimoiy   jug‘rofiyasi»   (o‘quv   qo‘llanma,   T.,   «O‘qituvchi»   1994),   A.   Soliev   va   M.
Kadirovlarning «Geografiya naseleniya i naselyonnыx punktov Samarkandskoy oblasti
(Uchebnoe   posobie,   Samarkand,   SamGU,   1998)   bundan   tashqari   M.U.   Umarov   va
boshqalarning   «Samarkand   oblasti   geografiyasi»   (o‘quv   qo‘llanma,   T.,   O‘qituvchi
1980)   ,   kitoblari   ayniqsa   katta   yordam   berdi.   Shuningdek   yangi   chop   etilgan   M.R.
Burieva   va   D.N.   Egamovaning   «   Dunyo   aholisi   rivojlanish   jarayonlari»   (o‘quv
qo‘llanma,   T.,   2008),   M.   R.   Bo‘rieva,   Z.   N.   Tojieva,   S.S.Zokirovalarning   «Aholi
geografiyasi   va   demografiyasi   asoslari»   (o‘quv   qo‘llanma,   T.,   «Tafakkur-2011»)
qo‘llanmalardan ham foydalanildi.
Zamonaviy   iqtisodiy   va   ijtimoiy   geografiyaning   asosiy   vazifalaridan   biri   aholi
ishlab   chiqarish   faoliyatining   hududiy   hususiyatlari,   ularga   ta’sir   etuvchi   ijtimoiy,
iqtisodiy   va   demografik   omillar   ta’sirini,   hamda   aholi   prognozini   o‘rganishdir.   SHu
jihatdan mazkur bitiruv ishi Samarqand viloyati aholi geografiyasini majmuali va ilmiy
xulosalar asosida tahlil va tashhis etganligi bilan ilmiy va amaliy ahamiyati yuqori. 
Samarqand   viloyati   aholi   geografiyasini   o‘rganishda   uning   alohida   tumanlar
darajasida   aholi   soni   va   tarkibi,   takror   barpo   bo‘lishi   qonuniyatlari,   migratsiyasi,
joylashuvi,   aholi   maskanlari   va   ularning   shakllanishi,   turlari   hamda   urbanizatsiya
jarayonlari   haqida   qimmatli   ma’lumotlar   bergan.   SHuningdek,   muallif   ilmiy
tadqiqotida asosiy e’tibor aholining takror barpo bo‘lish jarayoni, mehnat resurslari va
ulardan   foydalanish,   aholi   zichligi   va   joylashuvi,   aholi   migratsiyasining   intensivligi,
yo‘nalishi va boshqa masalalar ilmiy tahlil qilingan.
Samarqand viloyati hissasiga O‘zbekiston respublikasining 3,2% hududi va 11,5%
aholisi   to‘g‘ri   keladi.   Viloyatda   respublikamizning   kattaligi   jihatidan   ikkinchi   shahri-
3 qadimiy   Samarqand   shahrida   561,9   ming   kishi   (2021   y.)   istiqomat   qiladi,   shahar
hududiy aholi joylashuvining tashkil topishida va rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Samarqand   turli   tarixiy   davrlarda   poytaxt   vazifasini   bajarib   kelgan.   Samarqand
Sug‘d va Movaraunna h rning asosiy shahri, O‘zbekistonning birinchi poytaxti bo‘lgan.
SHahar   asosan   Amir   Temur   davrida   gullab   yashnagan.   Hozirgi   vaqtda   Samarqand
respublika   janubi-g‘arbidagi   yirik   hududiy   aholi   joylashuvi   tizimining   markazi
vazifasini bajaradi
Bitiruv ishining maqsadi  Samarqand viloyati aholi punktlari joylashuvining 
o’ziga xos jihatlarini aniqlash, aholi joylashuviga tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy geografik 
va tarixiy shart-sharoitlarining ta’sirini o’rganish hamda xulosalar keltirishdan iborat.
Tadqiqot ishining vazifalari  
    -   Samarqand viloyati aholi soni dinamikasini o’rganish;
-Aholining tabiiy o’sishini baholash;
-Aholining milliy, yosh-jinsiy tarkibini tahlil qilish;
-Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etish;
-Aholi joylashuvlarigi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va tarixiy omillarining ta’sirini 
o’rganish;
-Viloyat shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya jarayonini baxolash;
-Qishloqlar geografiyasi tahlil qilish;
-Aholi joylashuvidagi muommolarni aniqlash va xulosalar keltirish
4 I BOB SAMARQAND VILOYATIGA AHOLINING TADRIJIY O'SISHI
VA TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR
1.1.Aholining tadrijiy o’sishi
Samarqand viloyati 15 yanvar 1938 – yilda tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 16,8
ming   kv.km   yoki   respublikamiz   hududining   3,7   foizini   egallaydi.   Hududi   jihatdan
O‘zbekistonning   boshqa   viloyatlaridan   kichik   bo‘lishiga   qaramasdan,   viloyat   aholi
soni bo‘yicha respublikada 1 – o‘rinda turadi, bu erda 1.01.2022-yil malumotiga ko‘ra
4031,3  ming  aholi   istiqomat   qiladi.  Bu  shundan   dalolat   beradiki,  viloyat   aholisining
zichligi   o‘rtacha   mamlakat   ko‘rsatgichiga   qaraganda   ancha   yuqoridir.   Bu   yerda
O‘zbekiston Respublikasi aholisi sonining hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar 
Samarqand viloyati mamuriy jihatdan  14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va
88 ta shaharga, 125 ta qishloq fuqorolar yig‘inlari  va 1829 ta qishloq aholi punktlari,
1112 ta mahalla va 430 ta shahar mahallalaridan iborat (2022-y).. 
1.1-jadval 
    Samarqand viloyati qishloq tumanlarning maydoni va aholisi (2022-y).
Qishloq 
tumanlari Tashkil 
topgan yili Tuman 
markazi  Maydoni,
ming km Aholisi 
ming 
kishi Aholi 
zichligi, 
1 kv 
km, 
kishi
1 Bulung‘ur 29.09.1926 Bulung‘ur sh. 0,76 193,4  254,4
2 Jomboy  07.12.1970 Jomboy sh. 0,55 180,5  328,2
5 3 Ishtixon  18.05.1943 Ishtixon sh. 0,72 264,4  367,2
4 Kattaqo‘rg‘on 02.02.1929 Payshanba sh-
cha. 1,39 282,3  203,1
5 Narpay  29.09.1926 Oqtosh sh. 0,44 219,2  498,2 
6 Nurobod  26.11.1975 Nurobod sh. 4,86 156,3  32.1
7 Oqdaryo  25.12.1968 Loyish sh-cha.  0,37 165,1  446,2
8 Payariq 29.09.1926 Payariq sh. 1,29 260,3  201.7
9 Pastdarg‘om 29.09.1926 Juma sh. 0,87 367,3  422.1
10 Paxtachi  12.04.1973 Ziyodin sh-cha. 1,38 147,9  107,1
11 Samarqand  29.09.1926 Gulobod sh-
cha. 0,48 261.5 544,7
12 Toyloq  09.04.1992 Toyloq sh-cha. 0,28 210,5  751,7
13 Urgut  31.12.1964 Urgut sh. 1,12 532,5  475,4
14 Qo‘shrobod 03.04.1978 Qo‘shrobod sh-
cha. 2,16 136,3  63,1
15 Viloyat 
bo‘yicha  01.15.1938 Samarqand sh.  16,8 4 031,3  240.0
Jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   maydoni   jihatdan   eng   katta   tuman   Nurobod,
Qo‘shrobod bo‘lib, keyingi o‘rinlarni Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlari egallaydi.
Aholi sonining ko‘pligi jihatdan esa Urgut, Pastdarg‘om   va Kattaqo’rg’on tumanlari
ajralib   turadi.   Viloyatda   aholi   zichligi   1   kv   km.da   240   kishini   tashkil   etadi,   bu
jihatdan   tumanlar   orasida   eng   yuqori     ko‘rsatgich   Toyloq   tumanida   bo‘lib   bu   yerda
zichlik   751.7   kishi,   Samarqand   tumanida   544,7   kishiga   teng.   Shuningdek,   aholi
zichligi   Narpay,   Urgut,   Oqdaryo   tumanlarida   ham   yuqori   hisoblanadi.   Aholi
6 zichligining  eng   past   ko‘rsatkichlari   bilan  Nurobod   va  Qo‘shrobod  tumanlari   ajralib
turadi. 
7 1.1-rasm Samarqand viloyati siyosiy-ma’muriy kartasi
8 Samarqand   viloyati   Respublikamiz   miqyosida   alohida   o‘ringa   ega   bo‘lib,   bu
yerda     mashinasozlik,   kimiya   va   oziq-ovqat   sanoatlari,   tamaki,   paxta,   uzum
yetishtirish   rivojlangan,   shuningdek   xalqaro   turizmga   ham   ixtisoslashgandir.
Viloyatimiz   O‘zbekistonning   markaziy   qismida,   qulay   geografik   va   Zarafshon
daryosining   gidrogeografik   to‘rida   joylashgan.   Viloyat   g‘arb   va   shimoliy-g‘arbda
Navoiy,   shimoliy-sharqda   Tojikistonning   Sug‘d   viloyati   Panjakent   tumani   bilan
chegaralanadi.Viloyat   Zarafshon   vodiysida,   Zarafshon   daryosini   o‘rta   qismida
joylashgan,   u   vodiyni   sug‘orishda   va   aholi   joylashuvida   hamda   qadim   zamonlarda
aholi punktlari paydo bo‘lishda asosiy ro‘l o‘ynaydi.
1.2.Aholining tabiiy va mexanik harakati
Ma’lumki,   aholining   tabiiy   harakati   –   tug‘ilish,   o‘lim   va   avlodlar   almashinuvi
natijasidir.   Aholining   tabiiy   va   mexanik   harakatiga   ko‘p   omillarning   ta’siri   yuqori.
Ayniqsa, har bir mamlakatda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarib
borishi   mamlakatdagi   demografik   vaziyatga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Bundan
tashqari, tug‘ilish va o‘lim nisbati tabiiy o‘sishga, aholining turmush tarzi, erta nikohga
kirish, ayollarning ishsizligi, ularning ijtimoiy mehnat bilan kam shug‘ullanishi, tibbiy
xizmatning   pastligi,   millat   ongining   rivojlanish   darajasi,   milliy   urf-odatlar,
erkaklarning   spirtli   ichimliklar   va   giyohvand   moddalarni   iste’mol   qilishi,   baxtsiz
hodisalar, turli xil kasalliklar va boshqa omillar bilan ham bog‘liqdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tubdan
o‘zgardi.   Jumladan,   Samarqand   viloyatida   o‘rganilayotgan   hududda   ham   ba’zi
o‘zgarishlar   ko‘zga   tashlanadi.   Ayniqsa,   viloyatdagi   demografik   vaziyat   o‘ziga   xos
bo‘lib,   u   respublikaning   boshqa   viloyatlari   orasida   aholisining   tabiiy   o‘sishi   jihatdan
etakchi   o‘rinda   turadi.   O‘zbekistondagi   viloyatlar   ichida   Samarqand   viloyati   1998
yildan   hozirgi   kunga   qadar   aholi   soni   jihatdan   eng   yuqori   bo‘lib,   jumladan   2021   yil
ma’lumotiga ko‘ra   viloyatda 4031,3 ming kishi istiqomat qiladi, shundan 1483.2  ming
kishi yoki 36,7 % shahar aholisi hisoblanadi. 
9 10 Viloyatda   tug‘ilish   ko‘rsatkichi   respublikaning   boshqa   mintaqalarida
bo‘lganidek,   qishloq   joylari   aholisi   shahar   aholi   manzilgohlariga   nisbatan   sezilarli
darajada yuqori hisoblanadi. Bunga asosiy sabab, aholi punktlarining funksional tiplari,
aholining   mehnat   tarkibi   va   boshqa   bir   qancha   omillar   bilan   bog‘liq.   Samarqand
shahrida   viloyatning   boshqa   shaharlariga   nisbatan   tabiiy   o‘sishi   pastroq   bo‘lib,
Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘rtacha, kichik shaharchalarda esa yuqoriroqdir.
Viloyatda   aholining   tabiiy   o‘sishi   1994   yil   ma’lumotlariga   ko‘ra   29   ‰   ni,   2015
yilda   esa,   20,3   ‰   ni,   2021-yilda   bu   ko’rsatgich   23,7   ‰   tashkil   etadi.   Viloyat   shahar
aholisining tabiiy o‘sishini 3 darajaga: past – 15 ‰ gacha, o‘rtacha – 15‰ dan 20 ‰
gacha   va   yuqori   –   20   ‰     dan   37   ‰   gacha   guruhlariga   bo‘liish   mumkin.   Shaharlar
ichida   aholi   o‘sishning   past   guruhiga   Samarqand,   Oqtosh,   Nurobod   va   Chelak
shaharlari kiradi.
Bu   erda   shaharlar   aholisining   70   %   dan   ko‘p   qismi   yashaydi.   Tabiiy   o‘sishning
o‘rta   darajasiga   Juma,   Bulung‘ur,   Ishtixon,   Kattaqo’rg‘on   shaharlari   kirib,   viloyat
shaharlari aholisining qariyib 150 ming kishisi bu shaharlarda istiqomat qiladi.
Tabiiy   o‘sishning   yuqori   ko‘rsatkichlari   bilan   Payariq,   Urgut   va   Jomboy
shaharlari ajralib turadi. Viloyat shaharlari orasida tabiiy o‘sishning eng yuqori o‘sishi
bilan Payariq birinchi o‘rinda turadi. Payariq shahrida tabiiy o‘sish 37,1 ‰ ga teng, eng
past tabiiy o‘sish Samarqand shahrida 13,3 ‰ ni tashkil etadi. 
Samarqand viloyati qishloq aholisi tabiiy o‘sishni guruhlarga bo‘lib o‘rganish ham
maqsadga   muvofiqdir.   Qishloq   aholisining   42,6   %   da   tabiiy   o‘sish   yuqori   bo‘lib,   bu
guruhda Urgut, Pastdarg‘om, Payariq va boshqa tumanlar kiradi.
Tabiiy   o‘sishning   past   ko‘rsatgichlari   yirik   shahar   Samarqandga   yaqin
joylashgan Samarqand tumani va o‘rta shahar Kattaqo‘rg‘on joylashgan Kattaqo‘rg‘on
tumani, hamda Tayloq va Paxtachi tumanlari kiradi. Bu darajaga kiruvchi tumanlarda
qishloq aholisining 31%i yashaydi.
Tabiiy o‘sishning o‘rtacha guruhiga Oqdaryo, Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Narpay va
11 Nurobod   kiradi.   Bu   y erda   qishloq   aholisining   26,4%i   to‘g‘ri   keladi.   Qishloq
tumanlarida tabiiy o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichi bilan Urgut ajralib turadi, bu erda
tabiiy   o‘sish   27,5 0
/
00   ga   teng,   eng   past   tabiiy   o‘sish   esa   Samarqand   tumanida   bo‘lib,
18,5 0
/
00   ni tashkil etadi. Samarqand viloyati qishloq tumanlarida tabiiy o‘sish o‘rtacha
23,1 0
/
00  hisoblanadi.
Ma’lumki,   aholining   tabiiy   o‘sishida   birinchi   navbatda   aholi   tug‘ilishi   darajasi,
shuningdek, aholining o‘lim darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Aholining tug‘ilish darajasi
20 21   yil   ma’lumotiga  ko‘ra  viloyatda   2 8,4 o
/
00   ,  o‘li m   darajasi  esa,  4,6 0
/
00   ga  teng.  Bu
ko‘rsatkich shahar aholi punktlarida o‘rtacha tug‘ilish 21.8 0
/
00   , o‘lim 4.7 0
/
00   ni tashkil
etadi.   Viloyat   shaharlari   ichida   eng   yuqori   tug‘ilish   darajasi   Payariq   shahrida   bo‘lib,
42,6 0
/
00   ,   o‘lim   5,5 0
/
00   ,   shu   bilan   birga   tug‘ilishning   yuqoriligi   bilan   Urgut   29,9 0
/
00   ,
Jomboy   26 0
/
00   ko‘rsatkichlari   bilan   ajralib   turadi.   Shaharlar   ichida   tug‘ilishning   past
darajasiga Nurobod, Oqtosh va Samarqand shaharlari kiradi, bu yerda tug‘ilish o‘rtacha
18 0
/
00   ga teng, o‘lim darajasining eng yuqori ko‘rsatkichiga Bulung‘ur shahri kiradi va
6 0
/
00  ni tashkil etadi.
  Samarqand   viloyati   qishloq   tumanlarida   aholining   tug‘ilish   darajasi   o‘rtacha
27,8 0
/
00   .   Tumanlar   ichida   tug‘ilishning   eng   yuqori   darajasi   Urgutda   32,3 0
/
00     bo‘lib,
o‘lim   4,8   0
/
00   ga   teng.   Payariq,   Pastdarg‘om,   Ishtixon   va   Jomboy   tumanlarida   ham
tug‘ilish   yuqori   hisoblanadi.   Tug‘ilish   darajasining   pastligi   bilan   Samarqand,
Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi ajralib turadi, bu tumanlarda tug‘ilish o‘rtacha 25 0
/
00  ni tashkil
qiladi. 
2 -jadvalda   viloyat   shaharlari   aholisining   tabiiy   o‘sishi   1979,   1989,   1994,   20 21
yillar   ma’lumotlari   asosida   tuzilgan.   Bu   yillar   mobaynida   viloyat   shahar   aholisi
bo‘yicha   ham,   shahar   aholisining   tabiiy   o‘sishi   bo‘yicha   ham   o‘zgarishlar   mavjud.
Viloyat   shaharlarida   1979   yilda   aholi   tabiiy   o‘sishi   nisbatan   past   bo‘lgan   va   o‘rtacha
16,6 0
/
00  ni tashkil etgan.
12 1.2 -jadval
Samarqand viloyati shaharlari aholisining tabiiy o‘sishi  (promille hisobida )
Shaharlar nomi 1979 1989 1994 2021
Shahar aholisi 16,6 20,2 21,1 21,2
Shaharlar: 
Samarqand 11,7 14,9 14,9 14,3
Kattaqo‘rg‘on 22,7 24,9 25,7 17,2
Bulung‘ur 28,7 20,6 27,3 16,1
Jomboy 24,2 21,2 21,6 20,8
Ishtixon 7,7 32,6 32,3 19,6
Oqtosh 20,7 15,0 23,0 13,7
Payariq - - - 37,1
CHelak 22,0 28,5 34,1 14,9
Juma 28,2 22,7 22,9 15,7
Nurobod 11,9 17,6 15,6 13,7
Urgut 24,8 31,1 31,8 25,2
  Jadval     Viloyat   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan .
Bu   yili   faqatgina   Urgut,   Juma   va   Bulung‘urda   nisbtan   yuqori   bo‘lib,   o‘rtacha
27 0
/
00   ga teng bo‘lgan, 1989, 1994 yillarda viloyat shaharlarida tabiiy o‘sish 1979 yilga
nisbatan ancha o‘sgan .
Shahar   aholisi   o‘rtacha   bu   yillarda   tabiiy   o‘sish   20 0
/
00   -   21 0
/
00   ni   tashkil   etgan.
Nurobod va Samarqand shaharlardan tashqari qolgan   shaharlarning hammasida tabiiy
o‘sish   yuqori   bo‘lgan.   Ohirgi   2021   yilga   kelib,   aholining   tabiiy   o‘sishi   shaharlarda
yana   pasayib   ketdi.   (2-jadvalga   qarang).   Bu   yilda   faqatgina   Payariq   va   Urgut
shaharlarida tabiiy o‘sish yuqori bo‘ldi. 
13 Samarqand   viloyati   qishloq   aholisining   tabiiy   o‘sishi   1979   yilga   nisbatan   1989,
1994   yillarda   ancha   o‘sgan.   Bu   yillar   davomida   Urgut,   Payariq   va   Pastdarg‘om
tumanlarida tabiiy o‘sish yuqori bo‘lgan va o‘rtacha 40%ni tashkil etgan.
Tabiiy   o‘sishning   past   ko‘rsatkichlari   bilan   Nurobod   tumani   ajralib   turadi.   2021
yilga kelib, viloyat tumanlari qishloq aholisining tabiiy o‘sishi ko‘rsatilgan 1979, 1989,
1994   yillarga   nisbatan   ancha   pasaygan.   Tabiiy   o‘sish   faqatgina   Urgut   tumanlarida
27 0
/
00 ,   Ishtixonda   25 0
/
00 ,   qolgan   hamma   tumanlarda   19,   22,   24 0
/
00 ni   tashkil   etadi.
Umuman, viloyat qishloq aholisining tabiiy o‘sishi 1979, 1989, 1994 yillarda o‘rtacha
28 0
/
00 ga teng bo‘lsa,  2021 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 25,3 0
/
00  ni tashkil etadi. 
Viloyat   aholisi   sonining   o‘sishiga   faqatgina   aholining   tug‘ilishi   va   tabiiy   o‘sishi
ta’sir etmasdan balki, aholining mexanik harakati, yashash joyini o‘zgarishi ham ta’sir
ko‘rsatadi.   Aholi   migratsiyasi   bu   ijtimoiy   jarayon   bo‘lib,   u   ishlab   chiqarish
kuchlarining   joylashishi   va   aholi   sonining   o‘sishi   bilan   bevosita   bog‘liq.   Migratsiya
aholining joylashuvi va uning hududiy tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga,
aholi   migratsiyasi   chuqur   geografik   jarayon   hisoblanib,   regionlarni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi   sharoitida   ichki   farqlarni   ifodalaydi.   Migratsiya   ishlab   chiqarishning
hududiy tarkibi va aholi joylashuvi o‘rtasidagi munosabatlarga qulay sharoit yaratishga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Samarqand   viloyati   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   demografik   hudud
hisoblanadi.   Y u qorida   aytilgandek,   viloyat   aholi   sonining   o‘sishi   asosan   tabiiy
o‘sishning yuqoriligi bilan belgilanadi. 
Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   1979-1993   yillarda   keluvchilar   soniga   nisbatan
ketuvchilar   soni   ko‘p.   Viloyatda   1991-2004   yillar   mobaynida   ko‘chib   ketganlar   soni
ko‘chib kelganlarga nisbatan 90% dan yuqori bo‘lgan. 2005-2011 yillarda esa ko‘chib
kelganlar soni pasayib, ko‘chib ketganlar soni 40%   dan oshdi
.
14 1.3 -jadval
Samarqand viloyati aholisining migratsiya intensivligi ( 0
/
00  hisobida).
Tumanlar nomi                1979 1991 2021
kelganl
ar ketganl
ar kelganl
ar ketganl
ar kelganl
ar ketganl
ar
Samarqand
viloyatda 6,0 7,3 9,5 11,6 3,0 4,0
Samarqand sh. 23,0 24,8 21,0 33,7 4,5 6,8
Kattaqo‘rg‘on sh. 34,5 39,0 27,9 41,5 6,1 7,8
Tumanlar:
Oqdaryo 7,0 12,6 14,4 15,2 4,6 3,7
Bulung‘ur 10,0 12,4 6,2 9,2 4,8 5,3
Jomboy 0,1 0,2 20,3 20,7 4,4 3,5
Ishtixon 0,1 0,4 3,8 6,5 3,1 4,5
Kattaqo‘rg‘on 8,2 10,5 8,9 7,8 3,6 3,9
Qo‘shrabot 1,0 1,7 4,3 6,4 4,8 4,5
Narpay 2,7 0,4 9,3 7,2 2,9 3,1
Nurobod 5,1 2,9 8,2 10,2 0,4 2,7
Payariq 0,7 1,1 4,3 6,3 0,2 4,8
Pastdarg‘om 2,3 6,1 10,0 9,5 1,3 2,2
Paxtachi 0,2 3,2 4,6 4,9 2,1 6,1
Samarqand 1,8 1,7 4,8 5,0 4,0 4,6
Tayloq - - - - 3,8 2,3
Urgut  0,4 1,0 3,4 3,6 0,9 1,6
Jadval   viloyat   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan.
15 Ohirgi  20-30 yil davomida aholi migratsiyasi  viloyat  aholisining umumiy soniga
jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, 1991 yil viloyatda 27,8 ming kishi, 1992 yilda 20,6
ming kishi ketgan bo‘lsa, shu yillarda ketganlar soni 36,5 va 32,7 ming kishini tashkil
etgan.   2020-2021   yillarda   esa   kelganlar   soni   o‘rtacha   9.591   ming   kishini,   ketganlar
soni   o‘rtacha   17.3   ming   kishiga   teng   bo‘lgan.   Ko‘rinib   turibdiki,   1991-1992   yillarga
qaraganda 2020-2021 yillarda keluvchilar soni kamayib ketgan.
3-jadvalda   Samarqand   viloyati   aholisining   migratsiya   intensivligi   sovetlar   davri,
mustaqillik yili boshi va hozirgi vaqtda kelganlar va ketganlar promille hisobida ko‘rib
chiqilgan.   Tadqiqot   natijasi   shuni   ko‘rsatadiki,   1979   yilda   Samarqand   viloyati   va
tumanlarida aholi  migratsiyasi  ko‘rsatkichlari baland emas, faqat  bu yilda Samarqand
va   Kattaqo‘rg‘onda   migratsiya   nisbatan   yuqori   bo‘lgan.   1991   yilga   kelib,   viloyatning
barcha   shahar   va   tumanlarida   mexanik   harakat   kuchaygan.   Masalan,   Samarqand
viloyatida kelganlar 9,5 0
/
00   , ketganlar 11,6 0
/
00   , Samarqand shahrida 21 0
/
00    va 33,7 0
/
00
ni   tashkil   etadi.   Tumanlar   ichida   kelganlar   salmog‘i   Jomboy,   Oqdaryo   va
Pastdarg‘omda   nisbatan   yuqori   bo‘lib,   Ishtixon   va   Urgut   tumanlarida   bu   ko‘rsatkich
ancha   past   hisoblanadi.   Bu   yili   qaysi   tumanlarda   kelganlar   salmog‘i   yuqori   bo‘lsa,
ketganlar salmog‘i ham shu tumanlarda yuqoridir. 2021 yilga kelib, butun viloyatimiz
shahar   va   tumanlarida   aholi   mexanik   harakati   intensivligi,   oldingi   yillarga   qaraganda
ancha pasaygan.
Shunday   qilib     1979,   1991,   20 21   yillar   davomida   butun   viloyatmiz   hududida
bo‘lgan   aholi   migratsiya   saldosi   manfiy   bo‘lgan.   Aholining   mexanik   harakatini
o‘rganishda   millatlar   bo‘yicha   ham   bu   jarayonni   tahlil   qilish   muhimdir.   Hisob-
kitoblarga asoslanib shuni aytish mumkinki, aholi migratsiyasida asosan tub joy aholisi
qatnashadi.   Viloyatimiz   aholi   migratsiyasida   asosan   o‘zbeklar   faol   qatnashadi.
Masalan, 1995 yilda 7,1 ming kishi kelgan bo‘lsa, shundan 5 ming kishi o‘zbeklardir,
ketganlarning ham asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi. 2021 yil ma’lumoti bo‘yicha
ham   aholining   mexanik   harakati   asosan   o‘zbeklar   hissasiga   to‘g‘ri   keladi.   Hozirgi
16 vaqtda   viloyatimiz   aholisi   faqatgina   ichki   migratsiyaga   qatnashmasdan,   balki   tashqi
migratsiyaga   ham   faol   qatnashadi.   Respublikamizdan   mustaqillik   yillari   boshlarida
ruslar,   tatarlar,   tojiklar,   ozarbayjonlar   va   boshqa   millat   vakillari   tashqi   migratsiyada
ishtirok etgan.
O‘zbekiston   aholi   migratsiyasida   Toshkent,   Samarqand,   Farg‘ona   viloyatlari
aholisi   1991-20 21   yillar   davomida   nisbatan   faol   qatnashgan.   Masalan,   1991   yilda
Toshkent   viloyatida   56,7   ming   kishi,   Farg‘ona   40   ming,   Samarqandda   28   ming   kishi
kelgan, 2013 yilda esa, bu ko‘rsatkich Toshkentda 18 ming, Samarqand va Farg‘onada
13   ming   kishini   tashkil   etadi.   Ketganlar   soni   bo‘yicha   ham   shu   viloyatlar   oldingi
o‘rinlarni   egallaydi.   O‘zbekistonda   jumladan   Toshkent,   Samarqand   va   Farg‘ona
viloyatlarida 1991-20 21  yillar davomida migratsiya saldosi manfiy bo‘lgan.
1.3.  Aholining  yosh  –  jinsiy tarkibi va mehnat resurslari.
Samarqand   viloyati   O‘zbekistondagi   murakkab   etnografik   region,   hamda
Samarqand   shahri   turli   xalqlar   joylashgan   tugun   ekanligi   ko‘rinib   turibdi.   Bular,
birinchi navbatda, murakkab va uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish bosqichlari bilan
bevosita bog‘liqdir. 
Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 1979 yilda viloyat aholisini 49,2% erkaklar,
50,8%   ayollar   tashkil   etgan.   O‘n   yildan  so‘ng,   ya’ni   1989   yilga  kelib,   bu  ko‘rsatkich
erkaklar 49,4%, ayollar 50,6% ni tashkil qilgan. Bunga sabab shundan iboratki, 1979-
1989   yillar   mobaynida   o‘g‘il   bolalar   qiz   bolalarga   nisbatan   ko‘p   tug‘ilgan.   Viloyatda
2021   yil   ma’lumotiga   ko‘ra,   aholining   umumiy   soni   4031.3   ming   (2021   yil   yanvar
holati)   kishi   bo‘lib,   shundan   2028,5   ming   kishini   erkaklar,   2002.8   ming   kishini   esa
ayollar tashkil etadi, yoki 50,1% erkaklar, 49,9% esa ayollar salmog‘iga to‘g‘ri keladi.
1979-1989 yillarga nisbatan ayollar salmog‘i ancha pasaygan bo‘lib, 1989 yilda ayollar
50,6%ni   tashkil   etgan   bo‘lsa,   20 21   yilda   49,9%   ga   tushgan.   Bu   shuni   ko‘rsatadiki,
oxirgi yillarda qiz bolalar o‘g‘il bolalarga nisbatan ancha kam tug‘ilgan. 
17 Samarqand   viloyati   aholisi   jinsiy   tarkibi   jihatidan   erkaklar   va   ayollar   soni
jihatidan   nisbatan   farq   mavjud.   Jumladan,   viloyatda   shahar   aholisining   49,7%   ini
erkaklar va 50,3%ini ayollar tashkil etadi. Qishloq joylarda esa bu ko‘rsatkich 50,4%ni
erkaklar va 49,6%ni ayollar salmog‘iga to‘g‘ri keladi. Raqamlardan ma’lumki, qishloq
aholisida erkaklar salmog‘i shahar joylariga nisbatan ozgina ko‘p. 
Viloyatning barcha shaharlari ya’ni Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Bulung‘ur,
Jomboy, Ishtixonda ham ayollar   salmog‘i erkaklar salmog‘iga nisbatan ozgina yuqori
hisoblanadi.   Samarqand  viloyati   tumanlari   ichida  aholi   soni   ko‘pligi   jihatidan   oldingi
o‘rinni Urgut tumani egallaydi. Tumanda  532.5  ming kishi istiqomat qiladi va shundan
2 70,2  ming kishini ayollar va qolgan  262,3  ming kishini erkaklar tashkil etadi. 
Aholi soni jihatidan 2-o‘rinda Pastdarg‘om tumani turadi. Bu tumanda 367,3 ming
kishi   yashaydi,   erkaklar   184.6   ming   kishini,   ayollar   esa   184,2   ming   kishini   tashkil
etadi. Aholi sonining kamligi bilan Qo‘shrabod va Paxtachi tumanlari ajralib turadi.
Demografik tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, Samarqand viloyatida va viloyatning
qishloq joylarida erkaklar salmog‘i bir muncha yuqori hisoblanadi. Viloyatning shahar
joylarida   va   barcha   shahar   manzilgohlarida   ayollar   salmog‘i   yuqoridir.   Qishloq
tumanlarida esa aholining jinsiy tarkibi salmog‘ida farqlar mavjud. Masalan,  2012 yil
ma’lumoti   bo‘yicha   Ishtixon,   Nurobod,   Pastdarg‘om   va   Paxtachi   tumanlarida   ayollar
salmog‘i   yuqori   bo‘lgan .   Bu   ko‘rsatkich   2021   yilda  esa,   faqatgina   Paxtachi   tumanida
ayollar   salmog‘i   yuqori,   qolgan   tumanlarning   hammasida   erkaklar   salmog‘i   nisbatan
ko‘p.   Bunga   sabab   albatta   o‘g‘il   bolalarning   qiz   bolalarga   nisbatan   ko‘proq
tug‘ilishidir.
Samarqand   viloyatida   O‘zbekiston   Respublikasining   boshqa   viloyatlari   singari
aholining tabiiy o‘sishi yuqoriligi sababli aholisining ko‘p qismini yosh bolalar tashkil
etadi.   Izlanishlardan   ma’lum   bo‘ldiki,   1989   yilda   1979   yilga   nisbatan   4   yoshgacha
bo‘lgan bolalar salmog‘i birmuncha oshgan.
18 Samarqand   viloyati   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lgan   demografik   hudud
hisoblanadi.   Yuqorida   aytilgandek,   viloyat   aholi   sonining   o‘sishi   asosan   tabiiy
o‘sishning yuqoriligi bilan belgilanadi.
1.4-jadval
Samarqand viloyati aholisining jinsiy tarkibi (% hisobida 2021 yil )
Shahar va tumanlarning nomi Jami aholi Erkaklar Ayollar
Samarqand viloyati 100 50,2 49,8
Shahar joylarda 37,8 49,8 50,2
Qishloq joylarda 62,2 50,4 49,6
Samarqand sh. 100 48,3 51,7
Kattaqo‘rg‘on sh. 100 49,7 50,3
Tumanlar:
Oqdaryo 100 50,2 49,8
Bulung‘ur 100 50,9 49,1
Jomboy 100 50,7 49,3
Ishtixon 100 50,3 49,7
Kattaqo‘rg‘on 100 50,6 49,4
Qo‘shrabot 100 51,0 49,0
Narpay 100 51,0 49,0
Nurobod 100 50,1 49,9
Payariq 100 51,2 48,7
Pastdarg‘om 100 50,1 49,9
Paxtachi 100 49,2 50,8
Samarqand 100 50,6 49,4
Tayloq 50,4 49,6
Urgut 100 50,7 49,3
Jadval   viloyat   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan.
19 Tahlillar   shuni   ko‘rsatadiki,   1989   yilda   mehnat   yoshigacha   bo‘lganlar   40%dan
ortiq   bo‘lsa,   ohirgi   ma’lumotlarga   ko‘ra,   ularning   salmog‘i   kamaygan   va   35,8%ni
tashkil   etgan.   Lekin   mehnat   yoshida   bo‘lganlar   salmog‘i   1989   yilga   nisbatan   ancha
o‘sgan.   Mehnat   yoshidan   o‘tganlar   salmog‘i   esa   birmuncha   pasaygan.   SHahar   aholi
punktlarida   mehnat   yoshiga   to‘lmagan,   ya’ni   0-16   yoshdagilar   salmog‘i   viloyatning
qishloq   aholi   punktlariga   nisbatan   ancha   farq   qilib,   shahar   aholisining   30%ga   yaqin
qismi   0-16   yoshgacha   bo‘lsa,   qishloq   aholsining   qariyib   40%ini   mehnat   yoshigacha
bo‘lganlar tashkil etadi, lekin shahar joylarda mehnat yoshidagilar va mehnat yoshidan
o‘tganlar salmog‘i yuqoriroq hisoblanadi.
Yuqorida   aytilganidek,   qishloq   aholi   punktlarida   mehnat   yoshigacha   bo‘lganlar
salmog‘i yuqoridir, chunki, bu erlarda tug‘ilish ancha baland bo‘lib, ohirgi raqamlarga
e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,   ya’ni   2021   yil   ma’lumotiga   ko‘ra   viloyatda   110.4   ming
bola   tug‘ilgan   bo‘lsa,   shundan   73,8   ming   bola   qishloq   joylariga   to‘g‘ri   keladi.
Faqatgina 36,6 ming bola shahar aholi punktlarida tug‘ilgan. Viloyatda tug‘ilgan  110.4
ming boladan 55,8 mingtasi o‘g‘il bolalar,  54 ,6 mingtasi esa qiz bolalarni tashkil etadi.
Bulardan tashqari, viloyatda mehnat yoshidan o‘tgan, ya’ni 60 yoshdan oshganlar
soni qishloq joylariga nisbatan shahar aholi punktlarida yuqori. Uzoq umr ko‘ruvchilar
toifasiga   kiruvchi   100   yoshdan   oshganlar   viloyatda   674   kishini,     ulardan     284   tasi
erkaklar, 390 tasi ayollardan iborat, 674 kishidan 404 tasi shahar joylarda yashaydi .
Xulosa   o‘rnida   ta’kidlash   lozimki,   viloyat   aholisining   yosh   va   jinsiy   tarkibi   va
ularning hududiy joylashuvi o‘ziga xosdir. Aholining bu xususiyatlarini hisobga olish,
ishlab chiqarishni joylashtirishda, aholi joylashuvining shakllanishida, kelajakda aholi
sonini ilmiy asosda bashorat qilishda hamda viloyat aholisi tarkibini o‘rganishda katta
ahamiyatga egadir.
  Hozirgi   kunda   tez   rivojlanayotgan   Samarqand   dunyodagi   eng   qadimgi   va
hamisha   navqiron   shaharlardan   biridir.   U   o‘zining   bebaho   me’moriy   yodgorliklari
bilan  butun   dunyoga  tanilmoqda.   Uning  noyob   obidalarini   va   atrof   muhitini   saqlash
20 maqsadida shaharda joylashgan sanoat  korxonalari qisqartirildi yoki umuman shahar
atrofiga ko‘chirildi.
Samarqand  viloyati  aholisining  ijtimoiy tarkibi  mustaqillik yillarining boshlarida
ishchilar salmog‘i yuqori bo‘lgan, yillar o‘tishi bilan asta-sekin sanoat korxonalarining
yopilishi tufayli  bu ko‘rsatkich   kamayib borib, kichik biznes va tadbirkorlik sohalari
hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlana bordi.
Ma’lumki,  mehnat   resurslari   aholining   o‘z   ijtimoiy  va   ma’naviy   imkoniyatlariga
ko‘ra   mehnat   qila   olish   qobiliyatiga   ega   bo‘lgan   qismiga   aytiladi.   Odatda   aholining
mehnat faoliyatiga munosabati jihatidan 3 guruhga bo‘linadi:
1) mehnat yoshigacha bo‘lganlar ;
2) mehnat yoshidagilar ;
3) mehnat yoshidan o‘tganlar ;
Xalqaro statistikada, mehnat resurslariga   ko‘pgina mamlakatlarda   15 yoshdan 65
yoshga  b o‘lganlar kiradi. O‘zbekistonda esa erkaklar 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollar
16 yoshdan 55 yoshgacha mehnatga yaroqli  yoshdagi  aholi hisoblanadi.
Respublikada,   jumla dan   Samarqand   viloyati     mehnat   resurslarining   salmog‘iga
aholining   tug‘ i lish   va   tabiiy   o‘sish   darajalari,   aholining   yosh   tarkibi   hamda   aholi
migratsiyasi   bevosita   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   V iloyatda   aholining   tug‘ilish   va   tabiiy
o‘sish   ko‘rsatkichlari   yuqoriligi   sababli   aholi   o‘rtasida   14   yoshgacha   bo‘lgan   bolalar
ulushi  yuqori  xisoblanadi. 
Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   viloyat   aholisining     1989   yil   ma’lumotiga   ko‘ra
47,1%   mehnatga   layoqatli   yoshdagilar   bo‘lgan.   20 21   yil   ma’lumotlari   bo‘yicha
mintaqa  mehnat resurslari ulushi 58,7% ga teng.
Bunday   katta   o‘zgarishga   sabab,   yuqorida   aytilganidek,   mehnat   resurslarining
ulushiga aholining tug‘ilish va tabiiy o‘sish darajalarining ta’siridir. 1989 yil aholining
tug‘ilish   koeffitsienti     33,1‰,   tabiiy   ko‘payish   27,4‰   bo‘lsa,   hozirgi   vaqtda   bu
ko‘rsatkichlar   mos   ravishda,   25,2‰   va   20,4‰   ni   tashkil   qiladi.   Ko‘rinib   turibdiki,
21 tug‘ilish   va   tabiiy   o‘sishning   pasayishi   bilan   mehnatga   layoqatli   aholining   salmog‘i
ham oshib borgan. 
Bunday o‘zgarishlar viloyatimizning barcha shahar joylari va qishloq tumanlarida 
ham kuzatiladi
                                                                                                                  1.5 -jadval
Samarqand viloyati aholisi soni va mehnat resurslari salmog‘i (2021y )
T.r SHahar va tumanlar Aholi soni ,
ming kishi Mehnat resurslari
salmog‘i  foiz
hisobida Mehnat resurslarining
bandlik darajasi  foiz
h isobida
1 Sa m arqand viloyati 3480,2 57,6 70
2 Samarqand shahr i 511,2 71 79
3 Kattaqo‘rg‘on 
shahri 82,6 70 75
Tumanlar
1 Bulung‘ur 166,1 47 73
2 Jomboy 150,2 53 74
3 Ishtixon 225,0 48 68
4 Kattaqo‘rg‘on 244,2 53 73
5 Narpay 192,1 54 69
6 Nurobod 134,4 5 1 72
7 Oqdaryo 142,1 62 60
8 Pa ya riq 223,2 56 67
9 Pastdarg‘om 315,1 53 64
10 Paxtachi 131,0 62 69
1 1 Samarqand 225,6 77 62
12 Tayloq 177,8 54 64
1 3 Urgut 443,2 50 69
22 14 Qo‘shrabot 116,4 53 66
Oxirgi     yillarda   Samarqand   shahri   aholisining   71%,   Kattaqo‘rg‘on   shahri
aholisining   70%   ni   mehnatga   qobiliyatli   yoshdagilardan   iborat.   Bunday
ko‘rsatkichlar bo‘yicha qishloq tumanlari kesimida ham farqlar kuzatiladi. Masalan,
mehnat   resurslari   salmog‘i   bo‘yicha   Samarqand   tumani   birinchi   o‘rinni   egallaydi.
Bu   erda   mazkur   ko‘rsatkich   77%   ni   tashkil   etadi.   Keyingi   o‘rinda     62%   bilan
Oqdaryo va Paxtachi tumanlari turadi. Qolgan tumanlarda mehnatga layoqatli aholi
o‘rtacha  52% ga teng.
Samarqand viloyati aholisining 57,6% ni mehnat resurslari tashkil etishi bilan,
ularning  barchasi   ham  ish  bilan  band  emas.  Viloyat  shaharlari   va tumanlari   aholisi
o‘rtasida   iqtisodiy   faol   bo‘lmagan   aholi   ham   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.   Viloyatda
mahnatga   yaroqli   aholining   70%   ni,   Samarqand   shahrida     79%,   Kattaqo‘rg‘on
shahrida 75%  mehnat  bilan band aholi  xisoblanadi.  Qishloq tumanlari  orasida  ham
mehnat   resurslarining   bandlik   darajasi   har   xil.   CHunonchi,   Bulung‘ur,   Jomboy,
Kattaqo‘rg‘on   va   Nurobod   tumanlarida   mehnat   resurslarining   bandlik   darajasi   eng
yuqori bo‘lib, o‘rtacha 73%, qolgan tumanlarda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 65% ni
tashkil qiladi. Aholi bandlik darajasidagi bunday farqlarga asosan tumanlarda har xil
kichik qo‘shma  korxonalarning  ko‘payganligi   bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.   Bulung‘ur,
Jomboy   va   Kattaqo‘rg‘on   tumanlarida   sanoat   korxonalarining   va   kichik
korxonalarning   ishlab   turganligi   hamda   Nurobod   tumanida   sog‘lomlashtirish
sanatoriyalarning ko‘pligi aholining bandligini  ta’minlagan. 
SHunday   qilib,   Samarqand   viloyati   mehnat   resurslarini   o‘rganish   quyidagi
muammolarning borligini ko‘rsatadi:
1. viloyat aholisi va mehnat resurslari sonining  tez o‘sayotganligini hisobga olib,
aholini ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash.
23 2. mehnat resurslarini  ish bilan ta’minlash uchun; 
a) kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish ;
b) qo‘shimcha kichik korxonalar ochish ;
v) aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish ;
g) Samarqand shahrida  turizmni tara q qiy ettirish ;
3. Samarqand shahri havosini va atrof muhitini toza saqlash va h.k.
1.4 Aholining milliy tarkibi
Samarqand   viloyatining   etnografiyasi   uzoq   davom   etgan   tarixiy   davr   rivojlanish
bilan bog‘liq. Uning tashkil topishi turli tarixiy voqealar bilan – Buyuk Ipak Yo’lining
kesib o‘tganligi, mo‘g‘ullar, arablar, ruslar va boshqalarning bosib olishi, O‘zbekiston
Respublikamizning mustaqillikka erishishi, hukumatning almashinishi bilan bog‘liqdir.
Bu jihatdan Samarqand viloyati tarixiy geografik va etnografik tadqiqotlar viloyatning
o‘ziga   xos,   boshqa   joylardan   tubdan   farq   qiladigan   aholining   milliy  tarkibiga  va   turli
xalqlarning joylashishiga sababli bo‘lganligini isbotlaydi.
«Buyuk   Ipak   Yo’li»   ning   Samarqand   hududini   kesib   o‘tganligi   qadimdan
xalqlarni   iqtisodiy,   madaniy   va   boshqa   jihatlari   bilan   bog‘lab   turgan.   Hozirgi   vaqtda
Samarqand   viloyati   hududida   90-dan   ortiq   millat   va   elatlar   yashaydi.   SHunga
qaramasdan,   viloyat   aholisining   asosiy   qismini,   ya’ni,   77,6%-ni   (2021   y.)   o‘zbeklar
tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda tojiklar turadi, ularga viloyat aholisining 10%, aholining
4,5% ruslarga to‘g‘ri keladi, keyingi o‘rinlarni ukrainlar, armanlar, koreyslar va boshqa
millatlar egalaydi, ularning salmog‘i 1%-ga ham etmaydi. 
Samarqand   viloyatining   o‘ziga   xos   tarixiy   rivojlanishi,   O‘zbekistonning   boshqa
viloyatlariga   nisbatan,   tojiklar,   yahudiylar,   armanlar,   ozarbayjonlar,   eronilar
salmog‘ining ko‘pligi bilan ajralib turadi. 1959-1970 yillarda viloyatning jami  aholisi
soni  142,9%ga  ko‘paygan.  Bu  davrlarda  asosan  tojiklar,  o‘zbeklar,  hamda  yahudiylar
va   qrim   tatarlari   yuqori   darajada   o‘sganligi   bilan   ajralib   turadilar.   SHu   bilan   birga,
ruslar,   ukrainlar   va   boshqa   millatlar   soni   sekin   o‘sgan,   ozarbayjonlar   va   tatarlar   soni
24 kamaygan.   1989-yil   aholi   ro‘yxati   ma’lumotlariga   ko‘ra   viloyat   aholisining   o‘sish
darajasi   bir-muncha   sekinlashgan.   2000-yilda   qadar   hatto   o‘zbeklar   sonining   o‘sishi
sust   bo‘lgan.   Bulardan   tashqari,   ruslar,turklar,   yahudiylar   va   boshqa   millatlarning
kamayishi,   asosan   aholi   migratsiyasi   bilan   bog‘liq   hisoblanadi.   Sobiq   SSSRda
o‘tkazilgan   oxirgi   aholi   ro‘yxatlari   ma’lumotlariga   ko‘ra   (1979-1989   yillar)   ,   viloyat
qishloqlarida yashovchi tojiklarning soni qariyb 8 martaga oshgan. Bunday o‘sish eroni
millati uchun ham xosdir.
Viloyat aholisining asosiy qismini hamma vaqt o‘zbeklar tashkil etgan, biroq jami
aholi   salmog‘ida   ularning   oshishi   1959-2021   yillar   mobaynida   6,8%,   tojiklar   –   2,5
barobarga ko‘paygan, ruslar 6,2% va boshqa millatlar salmog‘i esa kamaygan. Boshqa
millat   vakillarining   kamayib   borishi,   yuqorida   ta’qidlanganimizdan,   ularning   tashqi
migratsiyada   faolligi   hisoblanadi.   Asosan,   tatarlar   va   yahudiylar   salmog‘i   kamaygan.
Viloyat   aholisining   milliy   tarkibini   respublikaning   boshqa   viloyatlari   bilan
solishtirganda   shu   ma’lum   bo‘ldiki,   o‘zbeklar   salmog‘i   Samarqand   viloyatida   77,6%,
Toshkent   viloyatida   –   62,1%,   Sirdaryoda   –   69,4%,   Xorazm,   Qashqadaryo   va
Andijonda – 90%-dan  yuqoridir.
Respublikamizning   ayrim   viloyatlarida   millatlar   salmog‘ining   ko‘pligi   jihatidan
ikkinchi   o‘rinni   tojiklar   egalaydi.   Tojiklar   salmog‘i   asosan   Samarqand,   Surxondaryo,
Sirdaryo, Namangan viloyatlarida nisbatan yuqori bo‘lib, u o‘rtacha 11-12%-ni tashkil
etadi.   Ruslar   salmog‘i   esa,   mustaqillikdan   keyingi   yillarda   ancha   kamayib   borgan.
Hozirgi   vaqtda   bu   millat   vakillari   asosan   Toshkent   shahri,   Toshkent,   Sirdaryo   va
Navoiy viloyatlarida ko‘pchilikni tashkil etadi.
Samarqand   viloyati   shahar   va   qishloq   aholisining   milliy   tarkibi   bir   biridan   farq
qiladi.   Viloyat   markazi   Samarqand   shahrida   o‘zbeklar   bilan   bir   qatorda   tojiklar   ham
ko‘pchilikni tashkil etadi. SHu bilan birga, ruslar va boshqa tub joy aholisi bo‘lmagan
millatlarning   qariyb   hammasi   shaharlarda,   ya’ni   ularning   asosiy   qismi   Samarqandda
yashaydi. Viloyatda yashovchi tojiklarning asosiy qismi Samarqand shahrida va uning
25 atrofida, ya’ni Samarqand tumanida joylashgan, ularning qishloq aholisidagi salmog‘i
kamchilikni tashkil qiladi.
Respublikamizning   boshqa   viloyatlari   kabi   Samarqand   viloyatida   ham
millatlarning   urbanizatsiya   darajasi   bir-biridan   farq   qiladi.   1979-1989   yillarda
o‘zbeklarning   urbanizatsiya   darajasi   birmuncha   pasaydi,   lekin   bu   ko‘rsatgich
respublikamizda   o‘sgan.   O‘zbeklar   urbanizatsiya   darajasining   pasayganligi   birinchi
navbatda qishloq aholisining tez o‘sish bilan xarakterlanadi. 
2009   yilda   Samarqand   shahri   atrofidagi   qishloqlarning   Samarqand   shahriga
qo‘shilganligi   va   viloyatdagi   bir   nechta   qishloqlarning   shahar   aholi   punktlariga
aylantirilganligi   viloyatda   urbanizatsiya   darajasining   ortishiga   olib   keldi.   Samarqand
viloyatida   urbanizatsiya   darajasining   yuqoriligi   bilan   tub   joy   aholisi   bo‘lmagan
millatlar   ajralib   turadi,   ularning   urbanizatsiya   darajasi   95%-ni   tashkil   qiladi.   Ruslar,
ukrainlar, koreyslar, tatarlar, eronilar, - asosan Samarqand shahrida yashaydi. Nisbatan
ozchilikni tashkil etuvchi millatlardan – turklar asosan Oqdaryo tumanining Loyish va
Dahbet   shaharchalarida,   qozoqlar   –   Nurobodda,   arablar   –   Pastdarg‘om   tumanida
istiqomat qiladi.
Bundan   tashqari,   millatlar   salmog‘ining   o‘zgarishida   sobiq   Ittifoq   davrida
aholining mexanik harakati natijasida ruslar, armanlar, ukrainlar, koreyslar  va boshqa
tub   joy   aholisi   bo‘lmagan   kishilarning   nafaqat   Samarqand   viloyatida,   balki   butun
respublikamizda ko‘chib kelishi ham sabab bo‘lgan.
Har   bir   millat   salmog‘ining   oshishiga   aholi   migratsiyasidan   tashqari,   aholining
tabiiy   o‘sishi   darajasi   ham   bevosita   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ma’lumki,   viloyatning   tub   joy
aholi   hisoblangan   o‘zbek   va   tojiklarda,   aholining   tabiiy   o‘sishi   ko‘rsatkichi   yuqori,
shuning   uchun   ularning   salmog‘i   yildan-yilga   oshib   bormoqda.   Ayni   vaqtda   boshqa
millatga   mansub   aholining   ko‘pchiligida   tabiiy   ko‘payish   ko‘rsatgichlari   nihoyatda
past, bu esa ular salmog‘ining kamayishiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
26 Samarqand   viloyatining   etnografiyasi   O‘zbekiston   Respublikasining   boshqa
tumanlaridan   o‘zining   bir   qancha   xarakterli   xususiyatlari   bilan   farq   qiladi.   Masalan,
viloyatda   respublikadagi   jami   o‘zbeklarning   12,5%,   tojiklarning   –   22,4%,
yaxudiylarning   –   12,3%,   ozarbayjonlarning   –   14,6%,   turkmanlarning   -17,4%,
armanlarning   –   24,2%,   eronilarning   –   78,5%   yashaydi.   Viloyat   tojiklarning
joylashishi   bo‘yicha   O‘zbekistonda   1-   o‘rinni;   yaxudiy,   krim   tatarlar   bo‘yicha   –   2-
tatar,   turk,   arman,   ozarbayjon   va   O‘rta   Osiyolik   yaxudiylar   bo‘yicha   –   3-   o‘rinni
egalaydi
27 II BOB SAMARQAND VILOYATI AHOLI PUNKLARI
JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLAR
2.1 Aholi punklari joylashuviga  tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy geografik
omillarning ta'siri
Geografiya fanining asosiy amaliy jihatlaridan biri ijtimoiy-iqtisodiy geografik va
tarixiy omillarining aholi punktlari to‘rini tashkil topishida ta’sirini o‘rganishdir. 
Viloyat   Zarafshon   vodiysida,   Zarafshon   daryosining   o‘rta   qismida   joylashgan
bo‘lib,   u   vodiyni   sug‘orishda   va   aholi   joylashuvida   hamda   qadim   zamonlarda   aholi
punktlarini   paydo   bo‘lishida   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Bu   daryo   gidrografik   omilning
asosiysi   hamda   xo‘jalikning   rivojlanishida   va   aholi   joylashuvida   asosiy   “o‘q”
hisoblanadi.   Zarafshon   daryosining   quyi   qismiga   nisbatan,   suv   bilan   taminlanish
sharoiti ancha qulay. Tuproq-iqlim omillari ham dehqonchilikni intensiv rivojlanishida
yo‘l   ochib   beradi.   Viloyat   hududidan   daryoning   bir   qismi   va   ko‘pchilik   kanallarning
oqib   o‘tishi,   bu   erda   sug‘oriladigan   dehqonchilikni   rivojlanishida   asos   bo‘lib   xizmat
qiladi (Hasanov, 1990).
70-yillarda   Qarshi   yo‘nalishi   bo‘ylab   yangi   temir   yo‘l   ochildi.   Bu   yo‘l
Samarqandni Termiz va Dushanbe o‘rtasidagi masofani nisbatan yaqinlashtirdi. 
Samarqanddan   Toshkentgacha   bo‘lgan   masofa   285   km,   Buxorogacha   280   km,
Navoiygacha   172   km,   Jizzaxgacha   100   km.ni   tashkil   etadi.   SHaharning   bunday
joylashuvi,   uni   avtonom   ravishda   respublikamizning   janubi-g‘arbiy   mintaqasida
rivojlanishini   talab   etadi.   Samarqand-Toshkent-Buxoro,   Toshkent-Termiz
avtomagistral, ya’ni  katta o‘zbek trakti  o‘rtasida joylashgan. Tadqiqot regionida aholi
punktlarining tashkil topishi tabiiy-iqlimiy sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
bu erda o‘z navbatida sug‘orma dehqonchilikni rivojlanishiga imkoniyat yaratgan.   Bu
jihatdan m i n e ral xom ashyo resurslar omilining ham roli beqiyosdir. Viloyat hududida
Ingichkada   volfram,   Omonqo‘tonda,   Jom,   Moybuloqda   marmar,   shuningdek,   dala
28 shpati, granit, ohak, keramzit, qumlar mavjud. Bu boyliklarning rangli metallurgiya va
qurilish   sanoatining   xom   ashyo   bazasi dir .   Ko‘rinib   turibdiki,   viloyat   ma ’ lum   mineral
resurslariga  boy,   bu  resurs lar  shahar aholi punktlar i  turining tashkil etishga ta’sir etgan.
SHunga   qaramasdan,   hududiy   iqtisodiyotning   rivojlanishi   va   aholi   joylashuvining
asosiy omili qulay agroiqlimiy sharoitlar hisoblanadi.
Meteorologik   malumot   tahlili   shun d an   dalolat   beradiki,   Samarqand   shaharida
shamollar   asosan   sharq   va   janubi-sharq   tomondan   g‘arb   va   shimoliy-g‘arb   yo‘nalishi
bo‘ylab esadi. SHamolning bu yo‘nalishida esishi shahar atmosferasini tozalab turadi.
SHuning   uchun   shahar   sanoat   korxonalarini,   uning   g‘arbiy   qismida   joylashtirish
maqsadga mu v ofiqdir. Viloyat meteorologik stansiyasi malumotiga ko‘ra yanvar oyida
sharqiy   shamollar   yo‘nalishi   34%   ,   aprelda   janubi-sharqiy   v iloyat   meteorologik
stansiyasi  malumotiga ko‘ra yanvar  oyida sharqiy shamollar yo‘nalishi  34% , aprelda
janubi-sharqiy   v iloyat meteorologik stansiyasi malumotiga ko‘ra yanvar oyida sharqiy
shamollar   yo‘nalishi   34%   ,   aprelda   janubi-sharqiy   yo‘nalish   31%,   iyunda   sharqiy
shamollar 35%, janubiy-sharqiy yo‘nalishlari 40% ga teng. SHamolning tezligi 2,5-3,5
m/ sek.   tashkil   etadi.   Samarqand   shahri   va   viloyatda   sanoat   korxonalari   va   boshqa
obektlar, yashash massivlari va rekreatsion zonalari albatta meteorologik xususiyatlarni
hisobga   olib   joylashtirish   lozim.   SHu   jumladan,   aynan   shu   joyni   Amir   Temur   davlat
markazi   sifatida   tanlagani   bejiz   emas.   SHuning   uchun   qadimda   shaharsozlar   har   bir
shaharning   xususiyatini   bila   olgan.   Samarqand   shahriga   nisbatan   Kattaqo‘rg‘on,
Oqtosh,   Ishtixon   va   boshqa   aholi   punktlarining   gipsometrik   joylashuvi   pastroq.   Bu
tumanlar   viloyatning   tekislik   qismida   joylashgan.   SHuning   uchun   bu   joylarda   havo
harorati   yuqoriroq   va   yog‘ingarchilik   miqdori   ham   kamroq,   buning   uchun   irrigatsion
to‘rlarni qurish va sun’iy sug‘orish ishlarini olib borish talab etiladi.
Ma’lumki,   Zarafshon   daryosi   viloyatning   asosiy   suv   manbai   hisoblanadi.   Uning
bir   nechta   irmoqlari   Samarqand   viloyati   hududidan   oqib   o‘tadi.   Irmoqlarning   ko‘pi
29 daryoning   o‘ng   qirg‘og‘ida   joylashgan   bo‘lib,   bu   yerlarda   tog‘   vodiy   va   vohalarning
hamda aholi joylashuvini tashkil topishida imkoniyat tug‘diradi.
Samarqand   shahridan  janubroqda,  Cho‘ponota  tepaligi   yonida  Zarafshon  daryosi
ikki qismga-Oqdaryo va Qoradaryoga bo‘linadi, janubroqda yana birlashib Miyonko‘l
orolini tashkil etadi. Daryo va irmoqlarning bu yo‘nalishda oqishi aholi punktlarining
joylashishiga bevosita ta’sir  ko‘rsatgan.  Viloyatning shahar  va qishloq aholi punktlari
asosan daryo va uning irmoqlari sohilida joylashgan.
Qadimiy sug‘orish tizimlaridan biri Darg‘om kanali (suvni Zarafshon daryosidan
oladi)   bo‘lib,   kanal   Zarafshon   daryosining   chap   sohilida   joylashgan   hududlarni   va
Samarqand   shahrini   suv   bilan   ta’minlashda   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Tog‘   soylari   va
chashmalari(Urgutsoy,   Ohaliksoy,   Omonqo‘tonsoy   va   boshqalar)   viloyat   hududidagi
tog‘ oldi joylarni suv bilan ta’minlaydi. Bu soylar suvidan oqilona foydalanish uchun
bir   nechta   suv   omborlari-Qoratepa,   Oqdaryo,   Kattaqo‘rg‘on   va   boshqalar   qurilgan.
Kattaqo‘rg‘on suv omborining qurilishi bilan bu  y erda shu nomdagi shaharcha vujudga
keldi.   Bu   shaharcha   va   uning   atrofi   rekreatsiya   maqsadlari   uchun   juda   qulay
hisoblanadi.
30 31 Umuman olganda, izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning iqlimiy, gidrografik
va   tuproq   sharoitlari   aholining   xo‘jalik   faoliyati   uchun   juda   qulaydir.   Viloyatning
tabiiy   sharoiti   bu   yerda   mehnatni   ko‘p   talab   qiladigan   qishloq   xo‘jaligini   va   shuning
asosida ko‘p aholi punktlari to‘rini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. 
2.2 Aholi punklari joylashuviga tarixiy shart-sharoitlarning ta'siri
Viloyat   markazi   Samarqand   shahri   dunyoning   eng   qadimiy   shaharlaridan   biri
bo‘lib,   uning   yoshi   2750   yil.   SHaharning   butun   tarixi   uning   davriy   pasayishi   va
gullashi   bilan   bog‘liq,   Samarqand   Aleksandr   Makedonskiy   (Iskandar   Zulqarnayn)
qo‘shinlari   tomonidan vayron  qilingan,  eramizning I-II  asrida  esa,  u  o‘z  o‘rnida  yana
qad   ko‘tarib,   Kushon   podsholigi   tarkibidagi   Sug‘dning   yirik   shahriga   aylangan.   Bu
vaqtda   Samarqandda   savdo   tez   rivojlandi,   bu   erdan   Rimga   ipak   yo‘li   o‘tgan.   Savdo
ishlari   asosan   Xitoy,   O‘rta   Osiyo   davlatlari,   Kavkaz,   Qora   dengiz   bo‘yi   va   O‘rta   er
dengizi   davlatlari   bilan   rivojlangan   bo‘lgan.   SHahar   asosan   qadimda   sifatli   qog‘oz
ishlab chiqarish bo‘yicha mashhur bo‘lgan.
I-IV   asrda   birinchi   irrigatsion   kanallar-Eskianhor,   Tuyatortar   kanallari   qurilgan,
bu esa sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Eramizning   712   yilda   arablar   Samarqandga   hujum   qilib,   shaharni   egallagan   va
shaharni   Movarounnahrdagi   o‘zining   tayanch   punkti   qilib   olgan.   Arablar   o‘zi   bilan
dinini, davlat tilini, hamda yangi madaniy va iqtisodiy munosabatlarini olib kelgan. IX
asrda   Samarqand   vayronalari   qaytadan   qad   ko‘targan   keyin   musulmonlar   shahriga
aylangan.   Bu   vaqtda   sug‘oriladigan   dalalar   va   erga   daraxt   va   gullar   ekish   kengayadi,
shuningdek, urug‘chilik va pillachilik ham rivojlanadi.
Tadqiqot obektimizda  VIII-X  asrlarda 12 ta shaharlar bo‘lgan ;  Ishtixon, Robidjon,
Dabusin,   Revdod,   Barket   va   boshqalar.   Bu   qadimiy   shaharlarning   hammasi
hunarmandlik va savdo markazlari bo‘lgan. IX-XIII  asrlarda Samarqandning maydoni
va   aholisi   soni   ko‘p   bo‘lgan.   SHu   bilan   birga   X   asrda   Samarqand   vohasi   hududida
shahar   aholi   punktlarining   zichligi,   O‘rta   Osiyoning   boshqa   joylariga,   masalan
32 Buxoroga nisbatan kam bo‘lgan. Samarqand qishloq xo‘jalik rayoni bo‘lgan va uning
rivojlanishiga   savdo-hunarmandchilik   markazining   roli   kattadir.   Darg‘om   kanalining
qurilishi   taxminan   shu   vaqtlarga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   kanal   o‘z   suvini   Zarafshon
daryosining Ravotxo‘jadan oladi. Bu suvayrg‘ich punkti katta ahamiyatga ega inshoat
hisoblanadi.
Samarqand   X-XI   asrlarda   Somoniylar   davlat   markazi   bo‘ldi.   Bu   davrda   shahar
kengayib rivojlana borgan. Keyinroq esa Somoniylar markazi Buxoroga ko‘chgan. Bu
vaqtlarda   Samarqandda   shishani   qayta   ishlash,   zardo‘zlik   mahsulotlari,   pilla   va   paxta
matolarini   ishlab   chiqarish   bilan   shug‘ullangan.   Samarqandliklar   qulay   tabiiy
sharoitdan foydalanib, paxta, bug‘doy,guruch va boshqa har xil mahsulotlar etishtirgan.
Bu   mahsulotlar   faqat   o‘zlari   uchun   ishlab   chiqarmasdan,   sapol,   shisha   buyumlari,
qog‘oz   va   har   xil   matolar   hatto   eksport   qilingan.   Movarounnahr   shaharlari   savdosi
g‘arb   va   sharq   mamlakatlari   bilan   rivojlangan.   Savdoning   rivojlanishiga   asosan   tuya
karvon yo‘llarining Bog‘dod, Marv, Buxoro, Samarqand, janubiy Issiqo‘l-ko‘l sohillari
va   Mug‘ilistondan   o‘tish   bilan   chambarchas   bo‘lgan.   Buning   natijasida   O‘rta
Osiyoning qadimiy markazlari feodal tipidagi rivojlangan shaharlarga aylangan.
XII   asrda Samarqand Qoraxoniylar  mamlakatining markazi  bo‘lgan. U markaziy
Movarounnahrni Farg‘ona bilan bog‘lagan.  XIII  asrda Samarqandni CHingizxon bosib
olinganidan   keyin   nafaqat   Samarqandda,   balki   butun   O‘rta   Osiyo   shaharlari,   hamda
Iroq va Eron ham rivojlanishdan to‘xtab qolgan.
XIV   asrda   Samarqand   Amir   Temur   imperiyasining   markazi   bo‘lgan.   Bu   davrda
Samarqandda   iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   hayot   ko‘tarilgan.   Amir   Temur
Samarqandni   kengaytirib   chiroyli   va   dunyoga   mashhur   qilishga   ko‘p   harakat   qilgan.
Amir   Temur   tomonidan   Bibixonim   machiti,   Go‘ri   Amir,   Registon   ansambli   qurilgan.
Bu   vaqtda,   Samarqanddan   turli   xildagi   maxsulotlar   chet   davlatlarga   chiqarilgan   va
shahar dunyo masshtabidagi yirik savdo markazi bo‘lgan.
33 Samarqand   1818   yili   Rossiya   podsholigi   tomonidan   bosib   olingan   va   Zarafshon
harbiy   okrugining   markazi   hisoblangan.   1887   yilda   Samarqand   viloyati   poytaxtiga
aylangan. 1888 yilda Kaspiy orti temir yo‘li
                  2. 1 -jadval .
Samarqand shahrining tarixiy-geografik rivojlanishi
Davrlar Davr nomi va
shahar funksiyasi SHahar
rivojlanish
xarakteri Xo‘jalikdagi
o‘zgarishlar
1 2 3 4
I-II  asrlar Samarqand Kushon
podsholigi
tarkibidagi
Sug‘dning yirik
shahri bo‘lgan Savdo va qog‘oz
ishlab chiqarish
rivojlangan Xitoy, O‘rta Osiyo
davlatlari, Kavkaz,
Qoradengizbo‘yi, O‘rta
er dengizi davlatlari
bilan savdo rivojlangan
VIII-X
asrlar Samarqand
arablarning tayanch
punkti bo‘lgan. Binochilik va
ipakchilik
rivojlanga,
hunarmandchilik
va savdo
markazi bo‘lgan. Yashil o‘simliklar va
dalalar ko‘payadi,
Samarqand vohasi
hududida 12 ta
shaharlar bo‘lgan.
X-XI
asrlar Samarqand
Somoniylar davlati
markazi bo‘lgan. Ishlab chiqarish,
savdo va qishloq
xo‘jaligi
rivojlangan. Ipak va paxta matolar
ishlab chiqarish,
zardo‘zlik, sopol va
shisha mahsulotlari
ishlab chiqarish
rivojlangan. Paxta,
bug‘doy, guruch va
boshqa mahsulotlar
34 etishtirgan. G‘arb va
sharq bilan savdo
rivojlangan.
XII-XIII
asrlar Samarqand
Qoraxoniylar
davlatining markazi
bo‘lgan,
keyinchalik
Xorazmshohning
qarorgohi bo‘lgan. Qurilish
rivojlangan. Juda ko‘p machitlar,
hammomlar,
koshonalar, arxitektura
monumentlari qurilgan.
1 2 3 4
XIII  asr Samarqand
CHingizxon
tomonidan bosib
olingan. Rivojlanish
to‘xtagan. Xo‘jalikning
rivojlanishi pasaygan.
XIV  asr Samarqand Temur
imperiyasining
markazi bo‘lgan. Iqtisodiy, siyosiy
va madaniy
hayot ko‘tariladi,
savdo va
shaharsozlik
rivojlangan. SHohi-Zinda mavzolei,
Bibi-Xonim machiti,
Go‘ri Amir va
boshqalar qurilgan.
Samarqand yirik savdo
va hunarmandchilik
markazi bo‘lgan. Ko‘p
aholi punktlari, bog‘lar,
ko‘chalar, maydonlar,
ko‘priklar, irrigatsion
inshootlar qurilgan.
XV-XVI
asrlar Samarqand
SHayboniyxon
davlatining shahri Mahsulot ishlab
chiqarish va
savdo pasaygan. G‘arb va sharqni
bog‘lab turgan savdo
yo‘li o‘z ahamiyatini
35 bo‘lgan. yuqotadi. Xo‘jalikning
rivojlanishi susayadi.
1868-
1899
yillar SHahar Zarafshon
harbiy okrugining
markazi bo‘lgan,
keyin rus
imperiyasi
qoshidagi
Samarqand viloyati
markazi bo‘lgan. Ishlab chiqarish
va Evropacha
imoratlar qurish
rivojlangan. Bozorlar, paxtani va
terini qayta ishlash
rivojlandi, voha orqali
temir yo‘l o‘tgan, teri,
vino, paxta tozalash
zavodlari ko‘payib,
rivojlangan.
1925-
1930
yillar Samarqand O‘z
SSR ning poytaxti
bo‘lgan. Madaniy va
siyosiy hayot
rivojlangan. Oliy-o‘quv yurtlari,
teatrlar, ilmiy-
tekshirish institutlari
ochilgan. Qishloq
joylarda
kollektivlashtirish
boshlangan.
Jadval muallif tomonidan tuzilgan.
Samarqandgacha   keladi   va   stansiya   bo‘yi   aholi   punktlarining   paydo   bo‘lishiga
sababchi   bo‘ladi.   Keyinchalik   bu   posyolkalar   yirik   aholi   punktlariga   aylandi,   bular :
Ziyodin,   Zirabuloq,   Nagornaya,   Juma   va   boshqalar.   O‘n   yildan   keyin   Samarqand-
Andijon temir yo‘li qurilishi tugallangan. Bundan tashqari, Samarqand Termiz pochta
yo‘li   ham   bo‘lgan,   u   Kitob,   S h ahrisabiz,   G‘uzor   va   S h eroboddan   o‘tgan.   Bu   yillarda
eski shahar yaqinidan yangi shahar yevropacha ko‘rinishda qurilgan. Keyinchalik ular
o‘rtasida   Abramov   tomonidan   Bulvar   (hozir   Universitet   xiyoboni)   barpo   etilgan.
Bularning hammasi shaharning ichki tarkibini va planirovkasini o‘zgartirgan.
1910 yilda Samarqand viloyati hududida 35 ta paxta tozalash, 5 ta yog‘ moy, 13 ta
choy qadoqlash va 20 ta vinochilik zavodlari mavjud bo‘lgan. Paxta tozalash zavodlari
36 Samarqand,   Chelak,   Kattaqo‘rg‘on,   Metan,   Payshanba   va   boshqa   aholi   punktlarida
qurilgan bo‘lgan (Gulishanbarov, 1913).
O‘sha paytda Rossiya Turkistonda dehqonchilikni rivojlantirishga katta  ahamiyat
bergan.   SHuning   uchun   XX   asrning   boshlarida   hozirgi   Samarqand   viloyati   hududida
bir   nechta   gidroinshootlar   qurilgan.   Masalan,   Ravotxo‘ja   inshooti   chap   qirg‘oqda
joylashgan   Yangiqozonariq   va   o‘ng   qirg‘oqdagi   Tuyatortar   kanalining   suv   bilan
taminlagan va boshqalar(Irrigatsiya Uzbekistana, 1975).
1914   yilda   Oqdaryo   suv   ayirg‘ichi   va   Ravotxo‘ja   gidroinshooti   qurulishi
tugallangan.   Ravotxo‘ja   gidroinshooti   qaytadan   qurilgan   va   suvning   oqib   ketish   uch
qismga bo‘lingan:  o‘ng tomoni Zarafshon o‘ng qirg‘og‘idagi ariqlar uchun (Tuyatortar,
Katta-Tayloq,   Kichik-Tayloq,   YAngibesh,   Kunyabesh   Tosh,   Ortiq   va   boshqalar).
CHap   tomoni   chap   qirg‘og‘ida   joylashgan   yirik   kanallar :     Qozon,   Darg‘om   va
boshqalar. O‘rta qismi Miyonko‘l erlarini sug‘orish bilan bog‘liq va boshqalar. Yuqori
aytilgan   irrigatsion   sug‘oriladigan   dehqonchilik   areallarini   va   aholi   joylashuvini
kengayishiga   imkoniyat   yaratadi.   Yirik   aholi   punktlari   ariqlar   va   gidroinshootlar
atrofida vujudga kelgan.
1923 yilda shahar aholisi soni 71,3 ming kishi, 1926 yilda 105 ming kishiga etgan.
Bu erda o‘zbeklar, tojiklar, ruslar, yahudiylar va boshqa millatlar yashagan. Bu erlarda
paxtatozalash sanoati, teri, ipakchilik, vinochilik va un ishlab ishlab chiqarish zavodlari
rivojlangan(Babaxonova 1975).
30-yillarda   O‘zbekiston   SSR   ning   poytaxti   Toshkentga   ko‘chirilganidan   keyin,
Samarqand   kattaligi   jihatidan   respublikaning   ikkinchi   shahri   bo‘lgan.   1934   yil
ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandda 52 ta korxonalar bo‘lib, unda 9 ming kishi ishlagan.
Taqqoslash   uchun   shuni   ta’kidlash   lozimki,   o‘sha   paytda   Toshkentda-145   ta,
Farg‘onada   21   ta   korxona   bo‘lgan.   1940   yilda   korxonalar   soni   73   taga   etgan.
Samarqandda   yalpi   mahsulot   ishlab   chiqarish   1928-1929   yillarga   nisbatan   6   martaga
oshgan (Mullajonov, 1973).
37 1927   yilda   Samarqandda   Pedagogika   instituti   ochilgan.   1930   yilda   O‘zbekiston
Pedagogika   Akademiyasiga   aylangan.   1933   yilda   O‘zDU   tashkil   topgan,   kiyinchalik
SamDU   nomini   olgan.   1929-1930   yillarda   qishloq   xo‘jaligi   va   meditsina   institutlari
ishga tushgan. Bularning hammasi Samarqandni ijtimoiy-madaniy rivojlanishiga ta’sir
etgan.
Samarqand   turlicha   tarixiy   davrlarda   poytaxt   vazifasini   bajargan.   Bir   vaqtlar
Samarqand  Sug‘dning  asosiy   shahri, Samoniylar  davlatining  markazi  va  Amir   Temur
imperiyasining   poytaxti   bo‘lgan.   Kiyinchalik   Zarafshon   harbiy   okrugining   markazi,
SSSR   tashkil   topganda   O‘zSSR   ning   poytaxti   bo‘lgan,   hozirgi   vaqtda   shahar   viloyat
markazi vazifasini bajaradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand shahri va viloyati
tarixi va geografiyasi butun hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini alohida-alohida
ko‘rib   chiqish   mumkin   emas.   Tog‘   daralaridan   Zarafshon   daryosi   oqib   chiqadigan
joyda   Samarqand   tarixan   paydo   bo‘lgan   va   shu   yerda   rivojlanib   kelmoqda.   Bunday
tabiiy   geografik   va   gidrografik   o‘rni   sug‘oriladigan   vohada   yirik   markaz   sifatida
rivojlanishini   ta’minlaydi.   Boshqa   aholi   punktlarining   rivojlanishi   ham   yuqorida
aytilgan geografik va tarixiy shart-sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.
2.3 Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi
Urbanizatsiya tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “urban”- shahar,“zatsiya” –
jarayon ma’nosini anglatadi. A.Soliev ta’biri bilan aytganda, “urbanizatsiya” mamlakat
yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. Binobarin, urbanizatsiya jarayoni
o‘ta   murakkab   ijtimoiy   –   iqtisodiy   kategoriya   bo‘lib,   u   butun   dunyoga   xos   global
jarayon   hisoblanadi.   Urbanizatsiya   murakkab   hodisa   ekanligi   tufayli   uni   faqat   bitta
mezon   ko‘rsatkich   bilan   ifodalash,   o‘lchash   mumkin   emas.   Ammo,   shunday   bo‘lsa
ham barcha uchun qulay bir o‘lchov kerak. U ham bo‘lsa mamlakat va boshqa hududlar
aholisining qancha qismi shaharlarda yashashini hisobga olish lozim. (Soliev, 1991). 
Urbanizatsiya   muammolari   ko‘pchilikni,   ya’ni,   turli   sohada   ijod   qilayotgan
olimlarni   qiziqtiradi.   BMT   ekologik   va   ijtimoiy   kengashlarida   shaharlar
38 rivojlanishining muammolari asosiy vazifalaridan bo‘lib, u dunyoda tinchlikni saqlash
muammosidan keyin turadi.
Urbanizatsiya   tushunchasi   murakkab   bo‘lib,   u   ijtimoiy   –   iqtisodiy   jarayondir.
Ilmiy – texnika inqilobi davrida ishlab – chiqarishni rivojlanishi, shahar hayot tarzining
kengayishi   va   rivojlanishi   bilan   bog‘liq.   Urbanizatsiya   qisqacha   qilib   aytganda,
shaharcha   hayot   tarzining   rivojlanishi,   shahar   aholi   salmog‘ining   oshishidir.   Lekin,
rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi salmog‘i oshmasa ham shaharcha hayot tarzi
rivojlanishi   mumkin,   rivojlanayotgan   mamlakatlarda   esa,   shahar   aholisi   tez   o‘sishi
bilan,   lekin,   shahar   hayot   tarzi   orqada   bo‘lishi   ham   mumkin.   Ya’ni,   urbanizatsiya
darajasi past bo‘lishi mumkin (Persik, 1991).
Shahar   va   shaharchalarning   rivojlanishi   ko‘p   jihatdan   hozirgi   fan   –   texnika
inqilobi   va   iqtisodiy-ijtimoiy   taraqqiyot   bilan   bevosita   bog‘liq.   O‘zbekistonda   1926
yilda 27 ta shahar, 19 ta shaharcha, 1939 yilda 25 ta shahar, 22 ta shaharcha, 1959 yilda
33 ta shahar, 68 ta shaharcha, 1970 yilda 42 ta shahar, 82 ta shaharcha, 1977 yilda 82 ta
shahar, 84 ta shaharcha, 1990 yilda 120 ta shahar, 104 ta shaharcha, 2000 yilda 120 ta
shahar, 113 ta shaharcha,  2013 yilga kelib, 120 ta shahar, 1088 ta shaharcha mavjud.
Hozirgi vaqtda aholisi 100 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlar 16 ta va 500 mingdan ortiq
bo‘lgan   shaharlarga   Toshkent,   Samarqand   va   Namangan   shaharlari   kiradi.   Keyingi
o‘rinlarni   aholi   soni   jihatidan   Namangan   –   609   ming,   Andijon   –   432   ming,   Nukus   –
314   ming, Buxoro –  277  ming kishi bilan egallaydi. 
Samarqand   viloyatida   2021   yil   ma’lumotiga   ko‘ra   4031.3   ming   kishi,   shundan
1 483.2   ming yoki 3 7   % shaharlarda yashaydi. Viloyatda 1970 yilda 7 ta, 1979 - yilda
15   ta,   1989   yilda   21   ta,   1995   yilda   21   ta,   2010   yilda   49   ta   shahar   aholi   punktlari
mavjud   edi.   Hozirgi   vaqtga   kelib,   20 21   yilda   11   ta   shahar   va   82   ta   shaharchalar
mavjud.   Viloyatdagi   shaharlarning   2   tasi   viloyatga   va   qolgan   9   tasi   tumanlarga
bo‘ysinuvchi shaharlar hisoblanadi. Shuningdek, viloyatda 14 ta qishloq tumanlari, 125
ta   qishloq   fuqarolar   yig‘inlari   va   1829   ta   qishloq   aholi   punktlari   mavjud.   O‘rganish
39 ob’ektimizda   yirik   shahar   Samarqanddan   tashqari   3   ta   katta   shaharlar   mavjud   bo‘lib,
Kattaqo‘rg‘on   shahrida   84,6   ming,   Urgutda   67,6   ming,   Oqtoshda   41,9   ming   kishi
yashaydi. 14 – jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Samarqand viloyatida 1970 yilda jami 7 ta
shahar   aholi   punktlari   bo‘lgan   bo‘lsa,   bulardan   4   tasi   aholisi   10   ming   kishigacha
bo‘lgan aholi punktlari qatoriga kirgan.
              2.2  – jadval .
Samarqand viloyati shahar aholi punktlarining kattaligi bo‘yicha
taqsimlanishi
Shahar aholi  p unktlari
kategoriyasi. Shahar aholi punktlari soni.
Shahar aholi punktlari(% hisobida)
Jami; viloyat bo‘yicha. 1970 1979 1989 1995 2021
7
100,0 15
100,0 21
100,0 22
100,0 93
100,0
10 minggacha 4
57,1 8
53,3 10
47,6 8
39,1 73
78,5
10-20 minggacha 1
14,3 3
20,0 6
28,5 9
39,1 9
9,6
20 – 50 minggacha 1
14,3 2
13,3 3
14,3 3
13,2 8
8,6
50-100 minggacha ___ 1
6,7 1
4,8 1
4,3 2
2,2
40 100 ming va undan ortiq 1
14,3 1
6,7 1
4,8 1
4,3 1
1,1
Manba: Samarqand   viloyati   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif
tomonidan tuzilgan.
Qolgan   shahar   aholi   punktlari   kategoriyasiga   kiruvchi   aholi   punktlari   1   tadan
bo‘lib, aholisi 50 – 100 minggacha bo‘lgan aholi punkti bo‘lmagan. 1979   yilga kelib,
viloyatda shahar aholi punktlari soni 15 ta bo‘lib ,  10 minggacha bo‘lgan aholi punktlari
soni   4   tadan   8   taga   etdi.   1970   –   1979   yillar   mobaynida   Kattaqo‘rg‘on   shahri   aholisi
ko‘payib,   o‘rta   shaharlar   qatoriga,   ya’ni   aholisi   50   –   100   ming   kishi   bo‘lgan   aholi
punktlari   qatoriga   kirgan.   Samarqand   shahri   aholisi   esa   1970     yilga   nisbatan   aholisi
1979   yilga ikki baravar oshgan. Samarqand viloyati urbanistik tarkibida 1979 – 1989
yillar  davomida  katta   o‘zgarishlar  bo‘ldi.  Bu  davrlar  oralig‘ida  shahar  aholi  punktlari
soni oltitaga ko‘paydi. 10 minggacha, 10 – 20 minggacha, 20 – 50 minggacha bo‘lgan
shahar   aholi   punktlari   soni   ko‘paydi.   1989   –   1995   yillar   davomida   shahar   aholi
punktlari   tarkibida   katta   o‘zgarishlar   bo‘lmadi.   Lekin,   2009   yilga   kelib,   viloyat ning
urbanistik   tarkibida   juda   katta   o‘zgarishlar   bo‘ldi.   Ko‘pgina   qishloq   aholi   punktlari
shahar aholi punkti maqomini oldi. 
2.3  – jadval .
Samarqand viloyati shahar aholi punktlarida aholining taqsimlanishi .
Shahar aholi punktlari
kategoriyasi. Shahar aholi punktlari aholisi ming kishi.
Shahar aholi punktlari aholisi % hisobida
Jami; viloyat bo‘yicha. 1970 1979 1989 1995 2021
344,7 531,4 652,3 707,2 1483,2
41 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
10 minggacha 18,5
6,4 51,0
9,6 66,9
10,2 58,0
8,2 125,5
10,0
10-20 minggacha 13,5
3,9 39,7
7,5 75,4
11,6 121,0
17,2 122,4
9,8
20 – 50 minggacha 45,7
13,3 49,0
9,2 87,6
13,5 98,2
13,8 218,4
17,4
50-100 minggacha ___ 53,1
10,0 58,4
8,9 68,3
9,6 273,9
21,8
100 ming va undan ortiq 267,0
76,4 338,6
63,7 364,0
55,8 361,7
51,2 561,5
40,9
Manba: Samarqand   viloyati   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif
tomonidan tuzilgan.
8 – jadvalda ko‘rsatilganidek 2021 yilda shahar aholi punktlari soni 93 tani tashkil
etadi,  shulardan  73  tasi   aholisi  10  minggacha,   9  tasi  10  -20  minggacha   bo‘lgan   aholi
punktlari hisoblanadi. 
SHahar aholi punktlarining aholi soniga qarab klassifikatsiyalash, uning ko‘pgina
xususiyatlari,   ya’ni   o‘sish   darajasi,   demografik   va   funksional   tarkibining   ba’zi   bir
jihatlarini   aniqlab   beradi.   SHaharlar   kattaligi,   asosiy   muammolar   va   kelajakdagi
taraqqiyot yo‘nalishlari bilan bog‘liq .   Barcha  yirik shaharlarda transport, ekologiya, uy
–   joy   muammolari,   kichik   shaharlarda   esa,   mehnat   resurslaridan   to‘liq   foydalanish
muammosi mavjud.
42 Statistik   adabiyotlarda   va   shaharsozlik   amaliyotida   shahar   aholi   punktlari   aholi
soniga qarab 8 ta kategoriyaga bo‘linadi; aholisi 10 ming kishigacha, 10 – 20 ming, 20
– 50 ming, 50 – 100 ming, 100 – 250 ming, 250 – 500 ming, 500 -1000 ming va undan
yuqori.   SHahar   aholi   punktlarini   umumlashtirgan   holda   klassifikatsiyalash   ham
mumkin; aholisi 50 ming kishigacha bo‘lgan shaharlar – kichik, 50 – 100 minggacha –
o‘rta,   100   ming   va   yuqori   –   yirik   shaharlar.   Tadqiqot   ob’ekti   yirik   masshtabli
bo‘lganligi   sababli,   Samarqand   viloyati   shahar   aholi   punktlari   quyidagicha
klassifikatsiya   qilingan;   10   ming   kishigacha   –   kichik,   10   –   20   ming   kishigacha   –
mayda, 20 – 50 ming   kishigacha – yarim o‘rta, 50 – 100 ming kishigacha – o‘rta, 100
ming va undan yuqori – katta, (7-8-jadvalga qarang).
8 –jadvalda viloyat shahar aholi punktlarida aholining taqsimlanishi berilgan. Bu
ma’lumotlar   shundan   dalolat   beradiki,   1970   yilda   shahar   aholisi   344,7   ming   kishini
tashkil etgan, shundan 76,4% Samarqand shahrida yashagan, 13,3% i esa aholisi 20 –
50   ming   kishigacha   bo‘lgan   aholi   punktlariga   to‘g‘ri   keladi.   1970   –   1979   yillar
mobaynida shahar aholisi o‘sib, 1979 yilda 531,4 ming kishiga etgan. Bu yili aholining
ulushi 10 ming, 10 – 20 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlarida birmuncha oshgan,
shu   bilan   birga   Kattaqo‘rg‘on   shahri   50   –   100   ming   kishigacha   bo‘lgan   shaharlar
qatoriga   kirgan,   1989,   1995,   2015   yillar   davomida   viloyat   shahar   aholisi   doim   oshib
borgan .   L ekin ,   Samarqand   shahrining   viloyat   shahar   aholisidagi   ulushi   kamayib,
mayda va o‘rta shaharlar  ulushi  oshib borgan. Masalan, 1989 yilda Samarqand shahri
aholisi ulushi 55,8% bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatgich 40,9 % ni tashkil etadi. 
Shahar   aholi   punktlarini   xo‘jaligi   tarkibi,   ixtisosi   va   ishlab   chiqarishini
joylashuviga   qarab,   funksional   tiplarga   bo‘lish   mumkin.   O‘rta   Osiyo   shahar   aholi
punktlari   funksional   tiplariga   doir   masalalar   T.I.   Raimov,   O.B.   Ata–Mirzaev,   E.A.
Axmedov,   A.S.   Soliev,   A.A.   Qayumov   va   boshqalar   tomonidan   o‘rganilgan.   Bu
olimlarning   ishlaridan   foydalanib,   Samarqand   viloyati   shahar   aholi   punktlarini
quyidagi funksional tiplarga ajratish mumkin: 
43 1.Ko‘p funksiali shaharlar: Regional va viloyat markazi – Samarqand shahri.
2.Sanoat va transport shaharlari: Kattaqo‘rg‘on, Jomboy, Bulung‘ur, Oqtosh, Juma.
3.Bir ixtisosli sanoat shaharchalari: Kimyogarlar, Farxod, Xishrav, Ingichka.
4.Agrosanoat   shahar   aholi   punktlari:   Charxin,   Daxbed,   Mitan,   Loyish,   Ishtixon,
Nurobod, Ziyodin.
5.Sanoat – rekreatsiya markazi:Urgut shahri.
Yuqorida   ko‘rsatilgan   funksional   tiplar   ichida   Samarqand   shahri   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi.   Chunki ,   shahar   ko‘p   tarmoqli   sanoat   markazi   hisoblanadi.   Bu   erda   engil,
oziq-   ovqat,   mashinasozlik,   kimyo   va   boshqa   sanoat   tarmoqlari   rivojlangan.
Samarqandda   Germaniya   –   O‘zbekiston   MAN   qo‘shma   korxonasi   yuk   mashinalari
ishlab   chiqarish   zavodi,   hamda   Yaponiya   –   O‘zbekiston   ISUZI   qo‘shma   korxonasi
avtobuslar   ishlab   chiqarish   zavodlari ,   SAG   gilam   ishlab   chiqarish   fabrikasi,   bundan
tashqari, Kinap mashinasozlik zavodi, 8 mart tikuvchilik fabrikasi, choy qadoqlash va
konserva   zavodi   ham   ishlamoqda.   Samarqandda   sanoatning   vujudga   kelishi   va
rivojlanishida   avvalambor   qishloq   xo‘jaligi   maxsulotlarini   qayta   ishlash   bilan
bog‘liqdir.  Umuman  olganda,  shahar  viloyat  ishlab   chiqaradigan  mahsulotining  66  %
beradi.
Samarqand   respublikamiz   janubiy   –   g‘arbidagi   yirik   transport   markazidir.   SHu
bilan birga, bu erda fan, kadrlarni  tayyorlash  va turizm  yaxshi  rivojlangan.  Viloyatda
Samarqand   shahridan   tashqari   Kattaqo‘rg‘on   shahri   ham   ko‘p   funksiyali   shahar
hisoblanadi.   Bu   yerda   paxtachilik   uchun   mashinasozlik,   paxta   zavodi,   yog‘   –   moy
kombinati,   go‘sht   kombinati,   asfalat   –   beton   zavodi   va   boshqalar   ishlab   turibdi.   Bu
shaharning rivojlanishi viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan tumanlar bilan bevosita
bog‘liq   hisoblanadi.   S h uning   uchun   Kattaqo‘rg‘on   viloyatning   shu   qismida   tumanlar
uchun poytaxt vazifasini bajaradi. SHaharda o‘rta – maxsus o‘quv yurtlari va transport
funksiyasi rivojlanib bormoqda. 
44 Jomboy,   Bulung‘ur,   Juma,   Oqtosh   sanoat   –   transport   shaharlari   hisoblanadi.   Bu
shaharlarda   boshqa   viloyat   shaharlariga   nisbatan   sanoat   rivojlangan.   Bu   shaharlar
ichida   Jomboy   shahri   ajralib   turadi.   Bu   erda   paxta   zavodi,   Samarqand   go‘sht
kombinati,   Ilonsoy   kareri   va   boshqalar   joylashgan.   Bu   guruhdagi   boshqa   shaharlarda
mahalliy   xom   ashyosi   asosida   vinkombinat,   biologiya   kombinati,   paxta   zavodi,   sut
maxsulotlari kombinati hamda yirik temir yo‘l stansiyasi joylashgan.
Tor   ixtisosli   sanoat   shahar   aholi   punktlariga   Kimyogarlar,   Farxod   va   boshqalar
kiradi.   Kimyogarlar   shaharchasida   viloyatda   qishloq   xo‘jaligi   rivojlanganligi   sababli,
azot   va   fosfat   mineral   o‘g‘itlar   ishlab   chiqarish   rivojlangan.   Farxod   shaharchasida
Samarqand sanoat birlashmasi, Temir – beton zavodi, asfal’t – beton zavodi, keramika
zavodi va boshqalar joylashgan. 
Xishrav   shaharchasida   GES   ishlab   turibdi.   Bu   gidroelektro   stansiyasi   katta
bo‘lmasa   ham   Samarqand   shahrini   qisman   elektro   energiya   bilan   ta’minlab   turadi.
Ingichkada volfram va boshqa rudalar qazib olinadi va qayta ishlov berib, Chirchiqdagi
qiyin eruvchi metallar kombinatiga jo‘natiladi. 
Agro   sanoat   shahar   aholi   punktlari   Charxin,   Mitan,   Loish,   Ishtixon,   Nurobodda
qishloq   xo‘jaligi   maxsulotlarini   qayta   ishlash   korxonalari   mavjud.   Bu   shahar   va
shaharchalarning   qishloq   rayonlarini   boshqarishi   va   rivojlanishida   o‘rni   katta
hisoblanadi. Shuning uchun aytish mumkinki, rayon markazlari ham har-xil vazifalarni
– iqtisodiy, ijtimoiy, ma’muriy va boshqa funksiyalarni bajaradi.
Urgut   shahri   sanoat   –   rekreatsiya   markazidir.   Mahalliy   xom   ashyosi   asosida   bu
erda Amerika – O‘zbekiston “O‘zBAT” qo‘shma tabak–ferment korxonasi ishlamoqda,
shuningdek, tamakichilik fabrikasi, ko‘plab keng is’temol  mollari  ishlab chiqaradigan
korxonalar, bolalar oromgohlari, dam olish maskanlari joylashgan. 
Shunday   qilib,   Samarqand   viloyati   shahar   aholi   punktlari,   turli   xildagi
funksiyalarni bajaradi. Viloyat shahar va shaharchalarning 14 tasi qishloq rayonlarining
45 ma’muriy markazi hisoblanadi. O‘rtacha har bir rayon markaziga 25 ming aholi to‘g‘ri
keladi 
Yuqorida aytganimizdek, hozirgi vaqtda Samarqand viloyatida 99 ta shahar aholi
punktlari   mavjud   bo‘lib,   shulardan   11   tasi   shahar   va   qolgan   88   tasini   shaharchalar
tashkil etadi. S h ahar va shaharchalarning viloyat bo‘yicha joylashishi va taqsimlanishi
har xildir. 
2.4  – jadval.
Samarqand viloyati shahar aholi punktlarining rayonlar bo‘yicha
taqsimlanishi (2021y )
T/r Tumanlar  nomi Jami aholi
soni ming
kishi. Shahar   aholi   punktlari
soni Shahar aholi soni
ming  k ishi.
1 Oqdaryo 165,1 10 63,8 
2 Bulung‘ur 193,4 4 42,8 
3 Jomboy 180,5 4 39,8 
4 Ishtixon 264,4 13 71,4 
5 Kattaqo‘rg‘on 282,3 8 53,4 
6 Qo‘shrabot 136,3 2 12,6
7 Narpay 219,2 4 65,1 
8 Pa ya riq 263,3 1 2 74,4 
9 Pastdarg‘om 367,3 1 4 94,7 
46 10 Paxtachi 147,9 7 28,7 
11 Samarqand 261,5 2 16,1 
12 Nurobod 156,3 2 17,7 
13 Urgut 532,5 8 223,1 
14 Tayloq 210,5 3 25,7 
Samarqand   viloyati   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif
tomonidan tuzilgan.
9–jadvaldan   shuni   ko‘rish   mumkinki ,   Samarqand   viloyati   Urgut   tumanida   jami
aholi soni eng yuqori bo‘lib, bu erda 448,6 ming kishi yashaydi, shuning uchun shahar
aholisi   ham   ko‘p   bo‘lib,   190,8   ming   kishini   tashkil   etadi.   Lekin,   ba’zi   ra yo nlarga
nisbatan, Urgutda shahar aholi punktlari soni kamroq. Aholi soni ko‘pligi jihatidan 2 –
o‘rinni   Pastdarg‘om   tumani   egallaydi,   bu   erda   jami   aholi   soni   318,4   ming,   shahar
aholisi   86,4   ming   kishiga   teng.   Aholi   soning   kamligi   bilan   Qo‘shrabot   va   Nurobod
tumanlari   ajralib   turadi.   SHuningdek   Pastdarg‘om,   Pa ya riq,   Ishtixon   va   Oqdaryo
tumanlarida shahar  aholi punktlari nisbatan  ko‘p joylashgan. Samarqand, Nur o bod va
Tayloq tumanlarida esa 2 ta, 3 ta shahar aholi punktlari joylashgan. 
Yuqorida   aytganimizdek,   shahar   kattalashgan   sari   muammolar   ham   ko‘payib
boradi.   Havoni   toza   saqlash   uchun   sanoat   korxonalarini   kamaytirishdan   tashqari,
transport   harakatini,   avtomashinalarning   ekologik   jihatdan   “toza”ligini   ham   tartibga
solish lozim. Hozirgi paytda Samarqand shahri havosidagi iflosliklarning asosiy qismi
avtomashinalarga   to‘g‘ri   keladi.   Havoga   ko‘p   dud   chiqaradigan   nosoz
47 avtomashinalarning   shahar   ko‘chalarida   yurishiga   barham   berish,   katta
yukmashinalarini   iloji   boricha   shahar   ichiga   qo‘ymaslik,   bu   chora-tadbirlar   shahar
havosining ifloslanishini qisman cheklaydi. Bundan tashqari ,  sharq mamlakatlariga xos
bo‘lgan   va   oxirgi   yillarda   ko‘pgina   Yevropa   mamlakatlariga   ham   kirib   borayotgan
velosipedlar   yo‘laklarini   vujudga   keltirish   va   velosipedda   yurishni   ko‘paytirish
maqsadga   muvofiqdir.   C h unki   velosiped   havoni   ifloslantirmaydi,   shu   bilan   birga
shahrimiz maydoni ham katta emas, sog‘liqqa ham foydali hisoblanadi.
2.4 Samarqand aglomeratsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi
Samarqand   viloyati   hududida   joylashgan   eng   yirik   guruhli   aholi   punktlari   tizimi
Samarqand   aglomeratsiyasi   hisoblanadi.   Ma’lumki,   aglomeratsiyaning   tashkil   topishi
va rivojlanishi asosan hozirgi zamon urbanizatsiya jarayonlari hamda shahar va boshqa
aholi   punktlari   aholisining   bir   biri   bilan   bevosita   aloqadorligi,   shuningdek   sanoat   va
agrosanoat   majmualarining   borligi   bilan   bog‘liqdir.   Demak,   aholi   punktlari
aglomeratsiyasi   murakkab   hududiy   ijtimoiy-iqtisodiy   tizim   bo‘lib,   ularni   o‘rganish
ishlab chiqarishni va aholini joylashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu   soha   yirik   mutaxassislaridan   biri   G.M.   Lapponing   fikricha,   shahar
aglomeratsiyalari   bu   shaharlar   va   qishloq   aholi   punktlari   to‘plami   bo‘lib,   ular   yirik
markazlar atrofida vujudga keladi. Bu erda urbanizatsiya jarayonlari ta’sirida aholining
turmush tarzi chuqur o‘zgaradi(Lappo, 1987).
S.A.Kovalev   va   N.Ya.Kovalskaya   fikricha   aglomeratsiya   bu   bir   nechta
shaharlarning   mujassamlashuvi   bo‘lib,   ular   shu   darajada   yaqinlashadiki,   shahar   aholi
punktlari   bir   biriga   qo‘shilib   ketadi   va   umumiy   shahar   atrofiga   tutashgan   yagona
shahar   joylari   paydo   bo‘ladi.   Aglomeratsiya   aholi   punktlarining   chambarchas
yaqinlashishidan va har kunlik punktlararo bog‘liqlik asosan mayatnikli migratsiyaning
rivojlanishidan vujudga keladi deb yozilgan(Kovalev, Kovalskaya, 1980).
48 Umuman   olganda,   aglomeratsiya   tushunchasi   birinchi   marta   evropaliklar
tomonidan sanoat korxonalarining bir joyda to‘planishi, joylashishi, shahar va qishloq
aholi punklarining lokal guruhi bo‘lib, ular o‘rtasida doimo madaniy-maishiy, mehnat
va boshqa bir-biri bilan bog‘liq aloqalar mustahkam o‘rin olgan bo‘ladi.
Samarqand   aglomeratsiyasi   regional   aholi   joylashuvining   va   respublikamiz
janubi-g‘arbiy   qismining   markazi   hisoblanadi.   Kattaqo‘rg‘on     shahri   Samarqand   va
Buxoro aholi joylashuvi tizimi o‘rtasidagi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi.
Samarqand   aglomeratsiyasining   tashkil   topishi   1973   yildan   boshlandi.   Bunga
qadar   hozirgi   aglomeratsiyaning   hududida   faqatgina   2   ta   yo‘ldosh   shahar chalar
Kimyogarlar   va   Xishrav   hamda   aglomeratsiyaning   asosiy   shahri-Samarqand   mavjud
edi.   1973   yili   Urgut,   Bulung‘ur   va   Juma   shaharlarining   vujudga   kelishi   Samarqand
aglomeratsiyasi - ning   barpo   bo‘lishiga   sababchi   bo‘ldi.   1980   yilda   Jomboy,   Daxbed,
CHarxin   va   Tayloq   shahar   aholi   punktlarining   paydo   bo‘lishi   bilan   aglomeratsiya
chegarasi   kengaydi.   Kiyingi   yillarda   ham   uning   chegarasi   shahar   aholi   punktlarining
tashkil   topishi   hisobidan   kengayib   bordi.   Samarqand   aglomeratsiyasi   aholining   soni,
xalq   xo‘jaligining   qudrati   jihatidan   O‘zbekiston   Respublikasi - ning   Toshkent
aglomeratsiyasidan k e yin turadi.
Hozirgi   vaqtda   Samarqand   aglomeratsiyasi   tarkibida   Samarqand   shahri   kengash i
va   unga   yaqin   bo‘lgan   8   ta   qishloq   tumanlari-Oqdaryo,   Bulung‘ur,   Jomboy,   Payariq,
Samarqand,   Tayloq,   Urgut,   Samarqand   shahridan   taщqari   6   ta   shahar-Urgut,
Bulung‘ur,   Juma,   Jomboy,   Payariq,   CHelak   hamda   39  ta   (1996  yilda   6  ta)   shahar ch a
40-45 km.li rad i usi bilan kiradi.
Aglomeratsiya   maydoni   4,8   ming   km.kv.   yoki   Samarqand   viloyati   hududining
30%   ini   tashkil   etadi.   2015   yil   ma’lumoti   bo‘yicha   aglomeratsiya   hududida   2377,6
ming   kishi,   shulardan   1026,2   ming   kishi   yoki   43%   i   shahar   aholisi   hisoblanadi.   Bu
hududda   viloyat   aholisining   67,6%   i   istiqomat   qiladi.   Bu   erda   hamasi   bo‘lib   1007   ta
qishloq   aholi   punktlari   yoki   boshqacha   qilib   aytganda   viloyatdagi   55%   qishloqlar
49 joylashgan.   Ularda   o‘rtacha   aholi   soni   –   1342   kishiga   teng,   bu   ko‘rsatkich   viloyat
bo‘yicha 1183 kishini  tashkil qiladi. 
Samarqand   aglomeratsiyasining   tashkil   topishi   asosan   hududiy   iqtisodiyotning
yagona   tizimi   va   transport   turlarining   rivojlanishi   bilan   bog‘liqdir.   Kuzatishlar   olib
borishdan   shu   ma’lum   bo‘ldiki,   Samarqand   shahrida   joylashgan   sanoat   korxonalari
ishchilarning   30%   i   tebranma   migrantlar   hissasiga   to‘g‘ri   keladi.   Aglomeratsiyada
asosan  engil, oziq-ovqat, mashinasozlik  va metalni qayta ishlash, qurilish materiallari
sanoati   va   boshqa   sanoat   tarmoqlari   rivojlangan.   Aglomeratsiya   sanoat   ishlab
chiqarishning   44%   dan   ortiq   qismi   Samarqand   shahrining   o‘zida   joylashgan.
Samarqand   shahridan   tashqari   sanoat   ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   shaharlarga
Jomboy,Bulung‘ur,   Juma   va   Urgut   kiradi.   S h u   bilan   birga   transport   va   boshqa
infratuzilma shaxobchalari ham taraqqiy etgan. 
Aglomeratsiyaning qishloq joylarida tabiiy o‘sish darajasi yuqori bo‘lgan joylarda
shahar  atrofi xo‘jaligi rivojlangan. Bu jihatdan Samarqand va Urgut tumanlari asosan
ajralib turadi. Samarqand aglomeratsiyasi qishloq xo‘jaligining quyidagi ixtisoslashgan
rayonlarga   bo‘linadi :   paxtachilik   va   pillachilik   rayoni;   sabzavotchilik,   uzumchilik   va
bog‘dorchilik, go‘sht-sut chorvachiligi va pillachilik ;  tamakichilik,   uzumchilik,   go‘sht-
sut chorvachiligi va don xo‘jaligi; bog‘dorchilik va uzumchilik, go‘sht chorvachiligi.
Samarqand aglomeratsiyasining madaniy-maishiy sohasi O‘zbekistonning boshqa
shaharlari   singari   asosan   savdo   tarmog‘i   yaxshi   rivojlangan.   Aholi   hayotida   asosan
bozorlar   odatda   ko‘proq   rol   o‘ynaydi.   Samarqand   shahrining   bunday   ahamiyatli
bozorlaridan biri Siyob bozori hisoblanadi. Bundan tashqari, Urgut, Jumabozor, Tayloq
va   boshqa   bozorlarning   ham     ahamiyati   katta.   Aglomeratsiyaninig   hamma   tuman
markazlarida   bozorlar   mavjud   bo‘lib,   shaharlarning   tarixiy   rivojlanishida   va
aglomeratsion   tizimning   tashkil   topishida   asosiy   o‘rin   egallaydi.   SHuning   uchun
Samarqand   bozorlariga   asosan   yakshanba   kunlari   shaharning   yaqin   atroflaridan   juda
ko‘p   aholi   kelib   ketadi,   bu   aglomeratsiya   chegarasining   ko‘rsatkichlaridan   biri
50 hisoblanadi.   Samarqand   aglomeratsiyasiga   kiradigan   tumanlar   Zarafshon   daryosining
ikkala sohilida ham joylashgan. Zarafshonning chap qismida Samarqand, Pastdarg‘om,
Tayloq   tumanlari,   o‘ng   qirg‘oqida   esa   qolgan   tumanlar,   ya’ni,   Oqdaryo,   Bulung‘ur,
Jomboy   va   Payariq   joylashgan.   Daryoning   chap   qirg‘og‘i,   o‘ng   qirg‘og‘iga   nisbatan
xo‘jalik   va   demografik   jihatdan   ancha   rivojlangan.   Aglomeratsiyaning   chap   qirg‘oq
qismini   balandligi   1000   m.gacha   bo‘lgan   tog‘lik   tumanlar,   o‘ng   qirg‘oq   qismi   relefi
esa,   tekis   va   tog‘-tog‘oldi   hududlardan   iborat.   Aglomeratsiya   aholisining   73%   i
Zarafshonning chap qirg‘og‘ida, qolgan 27% esa o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Samarqand   shahri   o‘zining   jozibali   tarixiy   yodgorliklari   bilan   juda   mashhurdir.
SHuning uchun, Samarqand shahrining rivojlanishida turizm katta rol o‘ynaydi. Lekin,
turizm   sohasi   Samarqandni   aglomeratsiya   markazi   sifatida   rivojlanishida   asosiy   o‘rin
egallamaydi.   Bu   jihatdan   aholining   madaniy-maishiy   va   ish   aloqalarining   ahamiyati
katta   hisoblanadi.   Samarqand   atrofida   yo‘lovchilarning   toshishni   o‘rganish   shuni
ko‘rsatadiki,   asosiy   aloqalar   Urgut,   Jomboy,   Bulung‘ur   shaharlari,   shuningdek,
Kimyogarlar,   Xishrav   va   Farxod   shaharchalari   uning   rivojlanishida   katta   hissa
qo‘shadi.
Bundan   tashqari,   SamDUda   o‘tkazilgan   izlanishlar   shuni   ko‘rsatadiki,
talabalarning   42%   i   shahar   atrofidagi   tumanlar   va   shaharlardan,   qolgan   asosiy   qismi
viloyatning   boshqa   tumanlaridan   hisoblanadi.   Bu   jihatdan   asosan   Samarqand,
Pastdarg‘om, Tayloq qishloq tumanlari, hamda yo‘ldosh shaharlar Bulung‘ur, Jomboy,
Chelak,   Payariq   ajralib   turadi,   ularning   hissasiga   20%   talabalar-tebranma     migrantlar
to‘g‘ri keladi. Bu tadqiqot natijalari yuqorida aytilgan fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi.
Aholi   joylashuvining   guruhli   shakllari   tushunchasi   1960   yilda   birinchi   bor   V.G.
Davidovich   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Samarqand   viloyatida   aholi   joylashuvining
guruhli   shakllaridan   eng   rivojlangani   Samarqand   aglomeratsiyasi   hisoblanadi.   SHu
bilan   birga,   viloyat   hududida   aholi   joylashuvi   guruhli   tizimining   bir   shakli
Kattaqo‘rg‘on lokal  guruhli  tizimi  tashkil  topgan. Bu lokal  tizim viloyatning shimoli-
51 g‘arbiy   qismida   joylashgan   bo‘lib,   asosan   Zarafshon   daryosining   chap   qirg‘og‘idagi
aholi punktlarni o‘z ichiga oladi. Bu tizimga Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Ishtixon qishloq
tumanlari   30-35   km.lik   radius   bilan   kiradi.   S h uningdek,   Kattaqo‘rg‘on,Oqtosh,
Ishtixon shaharlari va 23 ta shaharchalar aholisi kiradi.
Yuqorida   keltirilgan   ma’lumotlarni   hisobga   olib,   quyidagicha   xulosaga   kelish
mumkin : 
-aglomeratsiya va lokal tizim bosh shaharga nisbatan uning yo‘ldosh  shahar  aholi
punktlari tez o‘smoqda;
-   qishloq   aholi   punktlari   aholisi   tez   sur’atlarda   o‘sib   bormoqda,   shahar   aholi
punktlarini faolligini oshirish talab etiladi.
-aglomeratsiya va lokal tizim chegarasining kengaishi qishloq aholi punktlarining
shahar   aholi   punktlariga   aylantirilishi   va   uning   atrofidagi   qishloq   aholi   punktlari
hisobidan,   ya’ni   aholining   yakka   tartibda   uy-joy   qurulishi   natijasida   bo‘ladi.   Aholi
joylashuvi   tizimlarining   bunday  rivojlanishi   aholiga  har   tomonlama   xizmat   ko‘rsatish
sohalarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish muhim hisoblanadi.
SHunday qilib, Samarqand viloyatidagi shahar va shaharchalarning qariyib hammasi u
yoki   bu   aholi   joylashuvining   guruhli   shakllariga   kiradi.   Faqat   viloyat   chekkasida
joylashgan   –Nurobod   va   Ziyodin   shahar   aholi   punktlari   hamda   tuman   markazi
Qo‘shrabot   bu   hududiy   tizimlarga   kirmaydi.   Keng   ma’noda   bu   aholi   punktlari   ham
Samarqand viloyati aholi joylashuvining yagona regional tizimiga kiradi.
2 . 5.Qishloqlar geografiyasi
Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishida   aholini ,
shuningdek   qishloq   aholisini   kompleks   o‘rganish   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Aholiga
doir masalalarni hal etish bevosita yashash sharoiti, milliy iqtisodiyotni va jamiyatning
rivojlanishida   muhimdir.   SHuning   uchun   O‘zbekiston   O‘rta   Osiyo   davlatlari   ichida
aholi   soni   jihatidan   birinchi   o‘rinda   turishini   hisobga   olib,   respublika   va   uning
viloyatlari aholisini majmuali chuqur o‘rganish talab etiladi.
52 Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasini  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  shaharlarni
o‘rganishdek,   qishloq  aholi  punktlarini  ham   tadqiq  qilish   nazariy  va  amaliy  ahamiyat
kasb etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning asosiy vazifalaridan biri shahar va qishloq
aholi   punktlarini   rivojlantirishni   bir-biri   bilan   chambarchas   bog‘liq   ravishda   olib
borishdan iboratdir.
Har   bir   mamlakat,   respublika   aholisi   sonini   o‘sishida   o‘sha   davlatda   hukmron
bo‘lgan   ijtimoiy-iqtisodiy   shart-sharoitlar,   fan-texnika   taraqqiyoti,   aholi   ongining
rivojlanishi   ta’sir   etadi.   Haqiqatdan   ham,   ijtimoiy   vaziyat   o‘zgarishi   bilan   aholining
mehnat faoliyati o‘zgarib boradi.
Samarqand   viloyati   O‘zbekistonning   boshqa   viloyatlari   ichida   aholi   sonining
ko‘pligi   jihatidan   oldingi   o‘rinlarni   egallaydi.   Viloyatimiz   1998   yildan   hozirga   qadar
respublikamizda aholi soni  jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda bu erda
4031.3   ming(01.01.20 21 )   aholi   istiqomat   qiladi.   Bu   jihatdan   respublikada   ikkinchi
o‘rinni   Farg‘ona   viloyati   egallaydi.   Samarqand   viloyati   faqatgina   aholi   soni   bo‘yicha
oldingi   o‘rinda   turmasdan,   balki   ko‘p   millatligi,   tug‘ilish   va   o‘lish   darajasining
yuqoriligi,   nikoh   va   ajralishning   ko‘pligi,   keluvchilar   va   ketuvchilarning   ham
yuqoriligi   bilan   ajralib   turadi.   Viloyatimiz   aholisining   1355,3   mingi   yoki   37,8%   ini
shahar,   2228,6   ming   yoki   62,2%   ini   qishloq   aholisi   tashkil   etadi.   Tahlillar   shundan
dalolat beradiki, Samarqand viloyati qishloq aholisi soni yildan yilga ko‘payib, qishloq
aholisi   ulushi   oxirgi   yillarda   ozgina   pasayib   borgan.   Bunga   asosiy   sabab,   Xalq
deputatlari viloyat kengashining 2008 yil 30 dekabrdagi o‘n yettinchi sessiyasida qabul
qilingan   “Viloyat   tumanlari   hududidagi   ayrim   qishloq   aholi   punktlarini   shahar
turkumidagi   posyolka   toifasiga   kiritish   to‘g‘risidagi   tuman   hokimligining   qarorlarini
tasdiqlash   to‘g‘risida”gi   qaroriga   ko‘ra   109   ta   qishloq   aholi   punktlari   shahar
turkumidagi posyolkalar toifasiga kiritildi.
       2. 5 -jadval
53 Samarqand viloyati qishloq aholi punktlarining shahar turkumidagi posyolkalarga
aylanganligi (2009 y .)
№ Tuman nomi Aholi punktlari Aholi soni O‘rtacha aholi
soni
1. Oqdaryo 8 28172 3521
2. Bulung‘ur 3 7966 2655
3. Jomboy 5 16840 3368
4. Ishtixon 11 34455 3132
5. Narpay 2 11074 5537
6. Nurobod 1 4755 4755
7. Payariq 9 31146 3460
8. Pastdarg‘om 15 51076 3405
9. Paxtachi 6 14499 2416
10. Samarqand 8 14318 1790
11. Tayloq 7 20078 2868
12. Urgut 23 111286 4838
13. Kattaqo‘rg‘on 6 16590 2765
14. Qo‘shrabot 5 12004 2401
    Jadval   viloyat   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan.
Viloyat   aholisining   o‘sish   darajasi   shahar   va   qishloq   aholi   punktlarida   har   xil
bo‘lgan.   Masalan,   jami   aholi   o‘sishining   yuqori   ko‘rsatkichlari   1979-1993   va   1995-
2015   yillarda   kuzatilgan.   O‘sishning   past   darajasi   esa,   asosan   1939-1959   yillarga
to‘g‘ri   kelgan.   SHuni   ta’kidlash   lozimki,   qishloq   aholi   punktlarining   demografik
ko‘rsatkichlari shahar joylariga nisbatan keng xarakterga ega, qaysikim bu tabiiy o‘sish
ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan bog‘liqdir.
54 Samarqand viloyati ma’muriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar, 88 ta
shaharchalar, 125 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari, 1829 ta qishloq aholi punktlari, 1112
ta   mahalla   va   430   ta   shahar   mahallalaridan   iborat(2021   y.).   Ma’lumki,   qishloq   aholi
punktlari   joylashuvining   ahvoli   va   xususiyatlari,   birinchi   navbatda   qishloq   xo‘jaligi
tarmoqlarini   hududiy   tashkil   qilish   bilan   bevosita   bog‘liqdir.   Aholi   qadimdan   va   har
doim   suv   manbalariga,   ya’ni   daryolar,   kanallar,   soylarga   yaqin   joylarga   yashashga
harakat   qilishgan.   S h uning   uchun   viloyat   qishloq   aholisining   joylashuvi   gidrografik
to‘r   bilan   belgilanadi.   Bundan   tashqari,   qishloq   aholi   punktlarining   joylashuvi   va
rivojlanishi   malum   darajada   sug‘orish   to‘rlari   hamda   vodiyning   ichki   qismlarida
ularning joylashishiga tarixan o‘zlashtirish xususiyatlari ta’sir ko‘rsatgan.
Zarafshon   daryosi   viloyatning   janubi-sharqidan,   g‘arbiy   tomonga   oqishi   qishloq
aholi   punktlarining   joylashuviga   katta   ta’sir   ko‘rsatgan.   S h u   bilan   birga,   qishloq
aholisining   90%   daryo   va   uning   irmoqlari   sohillarida   mujassamlashgan.   Qishloq
tumanlarining   ko‘pligi   daryoning   chap   sohilida   joylashgan.   Zarafshonning   o‘ng
sohilida   aholi   zichligi   100   kishidan   yuqori   bo‘lsa,   chap   sohilida   zichlik   ancha   katta
bo‘lib, 400 kishidan ortiqdir.
Samarqand viloyatida 1829 ta qishloq aholi punktlari mavjud bo‘lib, ularning 50%
daryoning o‘ng qirg‘og‘ida, viloyat aholisining 34% shu hududda yashaydi. Aholining
qolgan   qismi   Zarafshonning   chap   qirg‘og‘ida   istiqomat   qiladi.   Chap   sohilida   aholi
joylashuviga faqatgina Samarqand shahrining shu erda joylashganligi  ta’sir etmasdan,
balki   tabiiy   sharoiti,   xo‘jalik   tarmoqlarining   tashkil   etish   xususiyatlari   bilan   ham
bog‘liqdir.
Viloyat   qishloq   aholisining   bir   qismi   tog‘li   hududlarda   joylashgan   bo‘lib,   ular
asosan chorvachilik bilan shug‘ullanishadi. Bu erlarda ko‘pgina qishloq aholi punktlari
tarqoq   joylashgan.   Qishloq   aholi   punktlari   tog‘li   rayonlarda   asosan   kichik   daryo
sohillarida va tog‘ oralig‘i tekisliklarida joylashga. Bunday joylashuv xarakteri Urgut,
Qo‘shrabot va Samarqand tumanlari uchun xosdir. Samarqand shahriga yaqin bo‘lgan
55 Samarqand,   Bulung‘ur   va   Jomboy   qishloq   tumanlariga   maxsus   sabzavotchilik
xo‘jaliklari   barpo   etilgan.   Bu   tumanlar   faqatgina   o‘zining   aholisini   emas,   balki
Samarqand shahri aholisini ham sabzavotchilik mahsulotlari bilan ta’minlab turadi.
Qishloq aholi punktlarining kamroq qismi cho‘l hududlarda joylashgan. Ular ham
asosan chorvachilik va qisman dehqonchilik bilan ham shug‘ullanishadi. Bu qishloqlar
Paxtachi va Nurobod tumanlarida joylashgan  bo‘lib, bu hududlarda aholi  zichligi eng
past   hisoblanib,   zichlik   38-40   kishiga   teng.   SHuningdek,   viloyatda   yangi
o‘zlashtirilgan erlarda qishloq aholi punktlari paydo bo‘lmoqda. Bu qishloqlar  asosan
Samarqand   va   Pastdarg‘om   tumanlari   hududlarida   qad   ko‘tarmoqda.   Bu   yangi
o‘zlashtirilgan   erlarda   turli   xildagi   firmalar,   kichik   qo‘shma   korxonalar   va   turli   xil
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu hududlarda davlat tomonidan juda
ko‘p zamonaviy uy-joylar qurilib, aholiga asosan yangi oilalarga kreditga berilmoqda.
Masalan, Samarqand tuman markazi Gulobod shaharchasida yangi o‘zlashtirilgan erda
barpo   bo‘ldi.   Bu   erda   hozirgi   vaqtda   ma’muriy   markazdan   tashqari   Rossiya-
O‘zbekiston sok ishlab chiqarish ”Bliss” qo‘shma korxonasi, bir nechta g‘isht va beton
plitalar   zavodi,   bir   necha   basseyndan   iborat   dam   olish   maskani,   univermag,   o‘rta
maktab,   bolalar   bog‘chasi,   Maroqand   bozori   va   boshqa   aholiga   xizmat   ko‘rsatish
shaxobchalari   faoliyat   ko‘rsatib   kelmoqda.   SHuningdek,yangi   erlarni   o‘zlashtirishda,
ekologiyani   toza   saqlash   va   aholi   yashashi   uchun   barcha   qulayliklarni   tashkil   etish
lozim.
Qishloq   aholi   punktlarining   aholi   zichligi   tumanlarda   har   xil   hisoblanadi.
Paxtachilik   va   pillachilik   bilan   shug‘ullanadigan   tumanlarda   qishloq   aholisi   nisbatan
tekis   joylashgan.   Bunga   sabab   bu   tumanlar   qishloq   xo‘jaligiga   ixtisoslashgan   bo‘lib,
paxtachilikdan tashqari bu erlarda bog‘dorchilik va sabzavotchilik ham rivojlanganligi
ta’sir ko‘rsatgan.
56 Samarqand   viloyatidagi   qishloq   aholi   punktlarining   joylashuvi   1962   yilda   S.
Kovalev,   E.   Toshbekov,   R.   Valieva   tomonidan   quyidagi   rayonlarga   yoki   tiplarga
bo‘lingan: 
1).   Xo‘jaligi   intensiv   rivojlangan   sug‘oriladigan   hududlar,   bunga   asosan
paxtachilik bilan shug‘ullanadigan sug‘oriladigan erlar kiradi;
2). Don xo‘jaligi rivojlangan tog‘ oldi va tog‘li hududlar ;
3).  Y a ylov hududlar, hududdan intensiv foydalanish va boshqalar.
Hozirgi vaqtgacha bu rayonlar to‘liq saqlanib qolgan, lekin shu bilan birga erdan
foydalanish   tarkibida   siljishlar   mavjud,   shuningdek,   oxirgi   yillarda   tog‘   oldi
hududlarda aholi joylashuvi intensiv rivojlanib bormoqda.
O‘rta  Osiyo   qishloq  aholi   punktlari  funksional   tiplari   R.  Valieva,   E.  Toshbekov,
R. Asanov, B. Botirov, K. Qoraxonov va A. Sattorov tomonidan o‘rganilgan va uchta
asosiy   tipga   bo‘lingan :   a).   qishloq   xo‘jaligi   rivojlangan   tipi;   b).   aralash   tip ;   v).
agrosanoat tipi.
Bunday   tiplar   Samarqand   viloyati   uchun   ham   xarakterli   bo‘lib,   hamma   joyda
qishloq   xo‘jalik   tipi   rivojlangandek,   viloyatda   ham   taraqqiy   etgan.   Mazkur   tiplar   o‘z
navbatida   quyidagi   kichik   tiplarga   bo‘linadi :   1. Qishloqlar   va   posyolkalar-xo‘jalik
markazlari.   2.Xo‘jalikning   alohida   markazlari.   3.Qolgan   qishloq   xo‘jaligi   aholi
punktlari (aholi yashaydigan funksiyasi bilan). 4.Har xil aholi punktlari.
Viloyat   qishloq   aholi   punktlarining   85%   dan   yuqori   qismi   qishloq   xo‘jaligi
rivojlangan   funksiyani   bajaradi,   6%   ga   yaqin   qismi   esa,   qishloq   aholi   yig‘inlari
markazi   funksiyasini,   3%   agrosanoat   funksiyasini,   0,5%   i   rekreatsiya   markazi   va
qolgan qismini har xil funksiyani bajaruvchi qishloq aholi punktlarini tashkil etadi.
Ma’lumki,   aholi   zichligi   aholi   joylashuvining   asosiy   ko‘rsatkichlaridan
hisoblanadi.   U   bir   vaqtning   o‘zida   hududning   xo‘jalik   jihatdan   o‘zlashtirilganligi   va
uning seraholiylik darajasini ham ko‘rsatadi. Viloyatda aholining umumiy zichligi 2 48
kishini tashkil etadi   (20 21 ).
57 Viloyatdagi 1829 ta qishloq aholi punktlari joylashuvi geografiyasi turlicha bo‘lib,
qishloqlar   soni   ko‘p   tumanlarga   Payariq,   Kattaqo‘rg‘on,   Ishtixon   va   Pastdarg‘om
kiradi.   Bularning   har   birida   o‘rtacha   175   ta   qishloq   aholi   punktlari   joylashgan.
Samarqand, Tayloq, Oqdaryo va Nurobodda qishloq aholi punktlari soni kam bo‘lib, bu
tumanlarda o‘rtacha 87 tadan qishloqlar mavjud. 1979 yil ma’lumotiga ko‘ra viloyatda
aholisi  1000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi  punktlar  soni  286 ta bo‘lgan bo‘lsa,
1998   yilda   bu   ko‘rsatkich   710   tani,   2016   yilda   esa   1000   tadan   ortiqni   tashkil   etadi.
Yirik qishloqlar asosan Samarqand, Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida joylashgan. 
2. 6 -jadval
Viloyat qishloq aholisi dinamikasi
№ Tumanlar nomi Aholi soni (ming kishi)
1979 1989 2007 2021
1. Oqdaryo 61,8 62,0 93,5 101 .3
2. Bulung‘ur 52,6 73,0 114,9 1 50.6
3. Jomboy 59,5 75,5 113,0 1 40.7
4. Ishtixon 86,6 93,1 164,6 1 93
5. Kattaqo‘rg‘on 89,5 132,2 180,0 2 28.9
6. Qo‘shrabot 77,9 83,0 97,5 1 23.7
7. Narpay 60,8 81,6 121,1 1 54 ,1
8. Nurobod 62,4 71,9 101,4 1 38.6
9. Payariq 95,8 101,5 162,9 1 85.9
10. Pastdarg‘om 98,2 151,3 232,0 2 72 ,6
58 11. Paxtachi 54,4 72,7 106,2 1 19.2
12. Samarqand 81,1 277,3 269,9 2 45.4
13. Tayloq - - 145,1 1 84 ,8
14. Urgut 132,0 186,5 306,0 309.4
15. Viloyat bo‘yicha 1012,6 1461,6 2207,9 2 548 ,1
Jadval   viloyat   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan.
2.7- jadval
Samarkand viloyati shaharlari aholisining tabiiy o‘sishi (2021  y)
SHaharlar nomi k ishi xisobida ‰   xisobida
t u g‘ ilish o‘ li m t abiiy
o‘ sish t u g‘ ilish o‘ li m t abiiy
o‘ sish
SHa h ar a h olisi
26608 5333 21275
19 , 7 3 , 9 15 , 8
SHa h arlar:
Samarqand 9575 2735 6840
18 , 6 5 , 3 13 , 3
Kattaq o‘ rgon 2006 441 1565
24 , 1 5 , 3 1 8,8
Bulung’ur 651 178 473
22 , 1 6 , 0 16 , 1
Jomboy 461 93 368
26 , 0 5 , 2 20 , 8
Ishtixon 374 68 306
23 , 9 4 , 3 19 , 6
O q tosh 754
179 575
17 , 9 4 , 2 13 , 7
Payariq 431 56 375
42 , 6 5 . 5 37 , 1
CHelak 432 110 322
20 , 0 5 , 1 14 , 9
Juma 459 121 338
21 , 3 5 , 6 15 , 7
59 Nurobod 167 38 129
17 , 7 4 , 0 13 , 7
Urgut 2029 323 1706
29 , 9 4 , 7 25 , 2
Jadval   viloyat   statistika   boshkarmasida   malumotlar   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan.
2.8 -Jadval
Samarqand viloyati qishloq aholisining tabiiy o‘sishi (2021  yil)
Tumanlar nomi kishi hisobida 0
/
00  hisobida
tug‘ilish o‘lim tabiiy o‘sish tug‘ilish o‘lim tabiiy
o‘sish
Oqdaryo 2482 434 2048 28,3 4,9 23,4
Bulung‘ur 3726 546 3180 28,0 4,1 23,9
Jomboy 3459 561 2898 28,8 4,6 24,2
Ishtixon 4986 738 4248 29,8 4,4 25,4
Kattaqo‘rg‘on 5011 813 4198 24,7 4,0 20,7
Qo‘shrabot 2981 519 2462 27,5 4,7 22,8
Narpay 3759 657 3102 27,4 4,8 22,6
Nurobod 3195 480 2715 26,1 3,9 22,2
Payariq 4877 884 3993 30,3 5,5 24,8
Pastdarg‘om 6976 1202 5774 29,3 5,0 24,3
Paxtachi 2703 609 2094 25,1 5,6 19,5
Samarqand 5172 1119 4053 23,6 5,1 18,5
Tayloq 4140 727 3413 25,6 4,5 21,1
Urgut 8574 1273 7301 32,3 4,8 27,5
Qishloq aholisi 62041 10562 51479 27,8 4,7 26 ,1
Viloyat aholisi 88649 15895 72754 24,7 4,4 2 3 ,7
Jadval   viloyat   statistika   boshqarmasi   ma’lumotlari   asosida   muallif   tomonidan
tuzilgan.
60 Aholisi tez sur’atlar bilan o‘sgan qishloqlar Urgut, Payariq, Nurobod, Samarqand
tumanlarida joylashgan. Yirik qishloqlarga Pastdarg‘om tumanidagi Chandir, Nurobod
tumanidagi Jom, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Moybuloq qishloqlari misol bo‘ladi.
Viloyat   qishloq   aholisi   tez   sur’atlar   bilan   o‘sib   bormoqda.11-jadvaldan   ko‘rinib
turibdiki,   1979   yilda   qishloq   tumanlari   ichida   aholi   soni   ko‘pligi   jihatdan   Urgut,
Pastdarg‘om,   Payariq   ajralib   turadi.   Aholi   sonining   kamligi   bilan   esa,   Bulung‘ur   va
Paxtachi   tumanlarini   ko‘rsatish   mumkin.   1989   yilga   kelib,   qishloq   aholisining   o‘sish
sur’ati   oshgan.   Asosan   aholi   o‘sishining   yuqoriligi   Samarqand,   Pastdarg‘om   va
Kattaqo‘rg‘on tumanlarida namoyon bo‘lgan. O‘sish darajasining pastligi  Oqdaryo va
Payariq   tumanlarida   kuzatilgan.   Shuningdek,   2007   yilda   barcha   qishloq   tumanlarida
aholi   soni   o‘sgan,   faqat   Samarqand   tumanida   u   biroz   pasaygan   bo‘lib,   bunga
Samarqand   tumanida   Tayloq   ajralib   alohida   tumanga   aylangani   ta’sir   ko‘rsatgan.   Bu
yilda   aholining   yuqori   o‘sishi   Bulung‘ur,   Urgut   tumanlarida   kuzatilgan.   O‘sishning
pastligi bilan Qo‘shrabot va Nurobod tumanlari ajralib turadi. 2021 yilga kelib, viloyat
qishloq aholisi  sonida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Yuqorida aytilganidek, 2008 yilda
hokimiyat   qarori   bilan   ko‘pgina   qishloqlar   shahar   aholi   punktlari   toifasiga   kiritildi.
S h uning   uchun   asosan   Samarqand,   Urgut   va   boshqa   tumanlarda   qishloq   aholi   soni
kamaygan.   Shu   bilan   birga,   Bulung‘ur,   Kattaqo‘rg‘on   va   boshqa   tumanlarga   qishloq
aholi soni biroz ko‘paygan, bu albatta tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, viloyatning qishloq tumanlari orasida 1979-2016 yillar mobaynida
aholi   tez   o‘sishi   bilan   oldingi   o‘rinlarni   Bulung‘ur,   Kattaqo‘rg‘on,   Narpay,
Pastdarg‘om, Samarqand tumanlari egallaydi. Bu tumanlarda o‘rtacha o‘sish 240% dan
yuqori.   Bu   jihatdan   o‘rtacha   ko‘rsatkich   bilan   Jomboy,   Ishtixon,   Paxtachi   tumanlari
ajralib   turadi.   Bu   tumanlarda   o‘rtacha   o‘sish   190%   dan   yuqoridir.   Past   ko‘rsatkichlar
Oqdaryo, Qo‘shrabot va Payariqda kuzatilgan. Bu tumanlarda o‘rtacha o‘sish 150% ni
tashkil   etadi.   Tahlildan   ko‘rinib   turibdiki,   qishloq   aholisi   o‘sish   sur’ati   jihatidan
tumanlar   darajasida   farqlar   katta.   Bu   avvalambor,   aholi   yashash   sharoiti,   ularning
61 bandligi, atrof-muhitning ta’siri, urbanizatsiya darajasi va boshqa omillar bilan bog‘liq
bo‘lib,   qishloq   aholisining   o‘sishida   aholining   tug‘ilish   darajasi   bilan   bir   qatorda,
qishloq   aholi   punktlarining   shaharlarga   aylantirilganligi   ham   bevosita   o‘z   ta’sirini
ko‘rsatgan.
Ma’lumki,   aholining   tabiiy   o‘sishi   tug‘ilish,   o‘lish   ko‘rsatkichlari   va   ular
o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Aholining tabiiy va mexanik harakatiga ko‘p omillar ta’sir
qiladi.   Ayniqsa   har   bir   davlatga   hukmron   bo‘lgan   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatning
o‘zgarib   borishi,   mamlakatdagi   demografik   vaziyatga   ham   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.
SHuningdek,   aholining   tug‘ilish   va   tabiiy   o‘sishiga,   aholining   turmush   tarzi,   erta
nikohga   kirish,   ayollarning   ijtimoiy   mehnatga   kam   jalb   etilganligi,   tibbiy   xizmatning
pastligi, odamlar ongining rivojlanish darajasi, milliy urf-odatlar, ayniqsa erkaklarning
spirtli   ichimliklar   va   giyohvand   moddalarning   istemol   qilishi,   baxtsiz   hodisalar,   turli
xil kasalliklar va boshqa omillar bilan ham bog‘liqdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tubdan
o‘zgardi.   Jumladan,   Samarqand   viloyatida   bu   javhada   ijobiy   o‘zgarishlar   ko‘zga
tashlanadi. Mintaqada aholi tabiiy o‘sishi jihatidan respublikada etakchilardan sanaladi.
Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, viloyatda 1992 yildan boshlab, aholi soni doimiy
o‘sib   borgan,   lekin   bu   ko‘rsatkich   2001   yildan   boshlab   sezilarli   darajada   pasaya
boshlagan.   Bu   esa   o‘rtacha   1000   kishi   hisobiga   tug‘ilishning   pasayishi   bilan
izohlanadi.   SHu   o‘rinda   bevosita   statistik   ma’lumotlarga   e’tibor   qaratadigan   bo‘lsak,
1991   yilda   viloyatda   84   ming   bola   tug‘ilgan,   1992   yilda   qariyb   85   ming,   2009-2012
yillar   ma’lumotiga   binoan   tug‘ilish   darajasi   o‘rtacha   75   ming   kishiga   teng   bo‘lgan,
2021 yil ma’lumotiga ko‘ra qariyb 110.4 ming kishi tug‘ilgan.
Viloyatda   tug‘ilish   ko‘rsatkichi   respublikaning   boshqa   joylarida   bo‘lganidek,
qishloq joylarida shahar  aholi  punktlariga nisbatan  sezilarli  darajada yuqori. Bu  aholi
punktlarining funksional tiplari, aholining mehnat tarkibi va boshqa bir qancha omillar
bilan   bog‘liqdir.   Masalan,   Samarqand   shahrida   viloyatning   boshqa   shaharlariga
62 nisbatan aholining tabiiy o‘sishi pastroq bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘rtacha, kichik
shaharchalarda   esa   yuqoriroqdir.   Samarqand   viloyati   tumanlarida   ham   aholining
tug‘ilish va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari bir-biridan keskin farq qiladi.
Samarqand   viloyati   aholi   joylashuvining   shakllanishida   tabiiy,   ijtimoiy-iqtisodiy
geografik   va   tarixiy   shart-sharoitlarning   ta’siri   beqiyosdir.   Viloyat   Zarafshon
daryosining   gidrografik   to‘rida   joylashganligi,   obi   havoning   yaxshiligi,   tuprog‘ining
unumdorligi,   qulay   yashash   sharoitining   borligi   tufayli   qadimdan   bu   zaminda   aholi
nisbatan zich joylashgan.
Respublikamiz   fan-texnika   inqilobi   va   iqtisodiy-ijtimoiy   taraqqiyot   tufayli
Samarqand viloyati shahar aholi punktlari rivojlanib bormoqda. Viloyatda 1970 yilda
7   ta   shahar   aholi   punktlari   bo‘lsa,   hozirgi   vaqtda   ularning   soni   93   taga   etdi.
Samarqand   viloyati   shahar   aholi   punktlari   ham   sanoat,   ham   turizm   markaziga
aylantirish   uchun   hamma   imkoniyatlar   mavjud.   Agar   shu   muammolar   hal   etilsa,
viloyatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Umuman,   har   bir
shahar   o‘ziga   xos   imkoniyatlari   va   oldidagi   vazifalarini,   ustuvor   taraqqiyot
yo‘nalishini   ilmiy   asosda   aniqlab   va   atrof-muhitni   hisobga   olib   rivojlanishi   muhim
ahamiyatga   ega.   Viloyatning   qishloq   aholisini   tez   o‘sishini   hisobga   olib,   qishloq
joylarini   rivojlantirish   uchun   barcha   imkoniyatlar   mavjud.   SH.M.Mirziyoev
aytganlaridek,   har   bir   qishloqda   joylashgan   uy-joylarda   tovuq,   quy,   mol   boqishi,
tomarqasida sabzavotlar va mevalar etishtirishi lozim. SHu bilan birga, qishloq aholi
punktlarida   mehnat   resurslarni   ish   bilan   ta’minlash   maqsadida,   qishloq   xo‘jaligi
maxsulotlarini   qayta   ishlash   korxonalari,   qurilish   korxonalari,   aholiga   xizmat
ko‘rsatish   sohalarini   rivojlantirish   va   ekoturizmni,   hamda   agroturizmni   taraqqiyot
ettirish maqsadga muvofiqdir
63 Xulosa
Samarqand   viloyatining   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   uning   geografik   joylashishi   va
tarixiy taraqqiyot bosqichlari hisoblanadi. Shu bilan birga, Farg‘ona vodiysi uchun bu
xususiyatlar   umuman   boshqacha,   masalan,   aholi   joylashuviga   intensiv   sug‘oriladigan
dehqonchilikning ta’siri nihoyatda katta, yirik qishloqlarning daryo va soylar quyilishi
qismida joylashuvining rivojlanganligi va boshqalar.
Har   bir   joyning   o‘ziga   xos   geografik   xususiyati   mavjud   bo‘lib,   tadqiqotchi   uni
to‘g‘ri   topa   olishi   lozim   va   shu   asosida   o‘rganish   ishlarini   olib   borishi   maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Masalan,  Toshkent  viloyatini  o‘rganishda, birinchi  navbatda poytaxt
o‘rni,   yirik   sanoat   markazlarining   borligi,   Chirchiq   va   Ohangaron   daryolarining
ta’sirida aholi punktlar joylashuvining tashkil topishi va boshqalarni chuqur tahlil etish
talab etiladi.
Qashqadaryo viloyati uchun birinchi o‘rinda uning yuqori qismidan (SHahrisabz)
quyi   qismining   (Qarshi   cho‘li)   xo‘jaligi   o‘zlashtirilishi   hududiy   tafovutlarining   katta
farq qilishiga asosiy e’tibor berish lozim.
Navoiy   va   Buxoro   viloyatlari   uchun   asosiy   e’tibor,   janubidagi   katta   bo‘lmagan
vohalar   va   shimolidagi   yirik   cho‘llar   rayonlarining   o‘ziga   xos   aholi   joylashuvi   tizimi
o‘rganilishi mumkin.
Maydoni   kichik,   kompakt   Xorazm   viloyati   va   hududi   katta   bo‘lgan   Qoraqalpoq
Respublikasi   uchun,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   etayotgan
ekologik vaziyatni tahlil qilish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Ko‘rinib   turibdiki,   har   bir   viloyat   o‘ziga   xos   takrorlanmas   xususiyatga   ega,
bunday   geografik   o‘ziga   xoslik   bir   viloyat,   qishloq   tumani,   hatto   alohida   qishloqda
bo‘lishi mumkin. Ma’lum ob’ektlarni har xil masshtabda va har jihatdan ko‘rib chiqish,
geografiya fanining noyob ustunligi hisoblanadi.
Shuningdek,   umuman   geografiyada   va   aholi   geografiyasida   faqatgina   joyning
o‘ziga   xos   xususiyatlari   o‘rganilmasdan,   balki,   uning   ta’rifi   va   qonuniyatlarini   ham
64 tadqiqot qilish ahamiyatli hisoblanadi. Aholi va aholi punktlari geografiyasining ba’zi
qonuniyatlariga   birinchi   navbatda   aholi   punktlarining   kattaligi   bilan   funksional
tiplarining bir-biriga bog‘liqligi kiradi. Ikkinchi navbatda, aholi punktlarining o‘rtacha
aholi soni, ishlab chiqarishning rivojlanishi  va joylashishi, uning bir joyda to‘planishi
aholi   joylarining   o‘lchamini   aniqlaydi.   Bundan   tashqari   o‘ziga   xos   qonuniyat   ham
mavjud bo‘lib, joylashgan aholining ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi ta’siri,
ya’ni, asosan hozirgi vaqtda qishloq joylarida sanoatning joylashishi, aholi punktlarida
iqtisodiy-ijtimoiy   infratuzilmaning   rivojlanishi,   ularda   kichik,   o‘rta   va   qo‘shma
korxonalarni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Ma’lumki, baribir shahar funksiyasi asosiy hisoblanadi, shuning uchun aynan shu
shahar hayotining hamma jabhalariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, aholi soni dinamikasi,
uning  o‘sishi,  aholining  tabiiy  va  mexaniki  harakati,  mehnat  resurslardan  foydalanish
xarakteri, umumiy ekologik vaziyat va ijtimoiy muhitga ta’sir etadi.
Aholi   geografiyasida   boshqa   qonuniyatlar   ham   mavjud.   Jumladan,   aholi   zich
joylashgan   sug‘oriladigan   va   mehnatni   ko‘p   talab   qiladigan   dehqonchilik   bilan
shug‘ullanadigan   qishloq   joylari   yirik,   shaharlari   esa,   aksincha   katta   emas.   Bu
rayonlarda ular o‘rtasidagi masofa yaqin bo‘ladi, bu esa aholi joylashuvining hududiy
tizimini tashkil etishga shart-sharoit yaratadi.
Vohalarga mehnatni ko‘p talab qiladigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishi yirik
qishloqlarni   vujudga   kelishiga,   katta   bo‘lmagan   agrosanoat   komplekslarning
to‘planishi, ya’ni, paxta tozalash, konserva, vino zavodlari va boshqa korxonalar kichik
shaharlarga   hayot   beradi.   Bu   hududlarda   urbanizatsiya   darajasi   yuqori   emas.   Lekin,
bunday   rayonlarda   ijtimoiy-iqtisodiy   qayta   o‘zgartirish   bazasida   qishloq   joylarida
urbanizatsiya jarayoni tez rivojlanmoqda.
Hududlar   urbanizatsiyasi   ko‘rsatkichlari,   aniqrog‘i   urbanizatsiyalashuvi   haqida
fikr   yuritmoqchi   bo‘lsak,   ma’lumki,   aholining   yuqori   darajasiga   to‘planishi   shahar
aholi   punktlarida   bo‘lib,   xalq   xo‘jaligining   sanoatlashganligini   bildiradi.
65 Geourbanistikani   o‘rganish   tajribasi   va   tahlili   shundan   dalolat   beradiki,   shahar
yo‘ldoshlarining   vujudga   kelishi   va   o‘sishida   o‘ziga   xos   qonuniyatlar   mavjud.
Umuman olganda, hamma shaharlar o‘rtada turuvchi yoki vositachi vazifasini bajaradi,
shu   bilan   birga   ular   sanoat,   aholi,   iqtisodiy   va   ijtimoiy   infratuzilmalarning   yuqori
darajada to‘plangan joyi hisoblanadi. Har bir yirik markazlar o‘rtasida barvaqtmi yoki
kechmi   albatta   bitta   vositachi   shahar   paydo   bo‘ladi.   Masalan:   Navoiy   shahri   qadimiy
shaharlar Samarqand va Buxoro o‘rtasida vujudga kelib, bu shaharlarni bog‘lab turadi.
Bundan   tashqari   Samarqand   va   Toshkent   o‘rtasida   Jizzax,   Toshkent   va   Xo‘jand
o‘rtasida Bekobod, Samarqand va Qarshi o‘rtasida Shahrisabz va boshqalar.
Butun O‘rta Osiyo va O‘zbekiston aholi va aholi punktlari geografiyasining asosiy
qonuniyatlaridan   bu   hududlardagi   tog‘oldi   zonalarining   yaxshi   o‘zlashtirilganligi   va
ijtimoiy-iqtisodiy   imkoniyatning   yuqoriligi   hisoblanadi.   Aynan   shu   joylarda   vohalar,
yirik, katta va o‘rta aholi punktlari aglomeratsiyalari joylashgan bo‘lib, bular regional
aholi   joylashuvining   tutib   turuvchi   “ qovurg‘asi ”   vazifasini   bajaradi.   Transport
infratuzilmasining asosiy qismi ham shu tog‘oldi zonalaridan o‘tadi.
Aholi   va   uning   joylashuvini   geografik   o‘rganish   boshqa   qonuniyatlarni   ham
o‘rganishni   talab   etadi.   Bularni   geografiya   fani   uchun   odatiy   bo‘lgan,   majmuali
yondashish   orqali   bajarish   mumkin.   Ma’lumki,   aholi   va   aholi   punktlarning
joylashuviga xalq xo‘jaligining hududiy tarkiblari – tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va
infratuzilmalarning   bir-biriga   chambarchas   bog‘liqligi   ta’sir   etgan.   SHunday   qilib,
ishning mazmunidan kelib chiqib, ilmiy-amaliy xulosalar quyidagilardan iborat:
1. Samarqand viloyati aholisini hududiy tashkil etishni shakllantirish, Samarqand
shahrining kelajakdagi rolini mustahkamlash.
2. Samarqand viloyati aholi joylashuvi tizimini shakllantirish uchun, viloyatning
boshqa shaharlarini ham quyi boshqaruvchi sifatida faol rivojlantirish.
3. Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatadiki,   viloyatning   kattaligi   bo‘yicha   ikkinchi   shahri
Kattaqo‘rg‘on   rivojlanishi   ancha   orqada.   Navoiy   sanoat   shahrining   paydo   bo‘lishi,
66 qadimiy Kattaqo‘rg‘on shahrining Samarqand va Buxoro shaharlari o‘rtasida turuvchi
yoki   vositachi   rolini   tortib   oldi.   SHuning   uchun   endilikda   Kattaqo‘rg‘on   Samarqand
viloyatining   g‘arbida   joylashgan   tumanlar   va   Navoiy   viloyatining   qo‘shni   tumanlari
bilan mustahkam aloqada bo‘lib, rivojlanishi lozim.
4. Viloyat   aholisini   hududiy   tashkil   etishni   shakllantirish   viloyatning   boshqa
shaharlarini-Urgut,   Bulung‘ur,   Ishtixon,   Juma,   Oqtosh   va   boshqalarni   chambarchas
bog‘liq holda har tomonlama rivojlantirish.
5. Ijtimoiy   muammolarni   hal   etishda,   qishloq   aholisi   hayotini   yaxshilashda
tuman   markazlarining   roli   hisoblanadi.   Hozirgi   vaqtda   O‘zbekiston   Respublikasi
hukumati   viloyat   va   tuman   hokimliklariga   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotni   tashkil   etish   va
rivojlantirishda katta huquqlar  bergan. SHuning uchun qishloq tuman markazlari turli
xildagi   vazifalarni   bajarib   aholi   ijtimoiy   ehtiyojini   qondirishi   lozim.   Buning   uchun
birinchi   navbatda   tuman   markazlari-Qo‘shrabod,   Nurobod   va   boshqalarni   tashkil
etuvchi,   xizmat   qiluvchi   vazifalarini   mustahkamlash   kerak.   Ular   o‘z   navbatida
mahalliy markazlar-qishloq yig‘inlari, ferma markazlari va boshqalarni boshqaradi.
6. Iqtisodiy   reformalar   va   xususiylashtirish   sharoitida   tumanlar   va   viloyatlar
hokimiyatlari   aholi   punktlarining   xususiyatlari,   aholi   va   aholi   punktlarning   zichligini
hisobga   olib   savdo   shoxobchalari   va   boshqa   aholiga   xizmat   ko‘rsatish   sohalarini
joylashtirishni   boshqarib   boradi.   Bu   dolzarb   vazifalarni   bajarilishida   inventarizatsiya
va   aholi   punktlarda   ishlab   chiqarish   hamda   ijtimoiy   infratuzilmalarni   chambarchas
bog‘liq ravishda rivojlantirish, bularni qishloq aholi punktlari hududida joylashtirilishi
aholini   hayot   darajasini   o‘sishida,   mehnat   resurslardan   to‘la   foydalanishga   va   kichik
qo‘shma korxonalarni joylashishiga sharoit yaratadi.
7. Qishloq   aholi   punktlari   va   aholi   joylashuvi   tizimining   rivojlanishi   milliy
iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi sohasini shakllanishida katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq
xo‘jaligini   modernizatsiyalash   va   yerdan   foydalanishning   turli   usullarini   qo‘llash,
67 fermer   xo‘jaliklari   to‘rlarini   tashkil   etish   va   boshqalar   aholi   punktlari   hamda   uning
tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Qishloq   xo‘jaligi   ishlab   chiqarishi,   aholiga   xizmat   ko‘rsatish   sohalarini   tarkibini
o‘zgartirish   katta   ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Qishloq   xo‘jaligini   mustahkamlash,
agroservis   va   agrobiznesni   tashkil   etish,   turli   kattalikdagi   shahar   va   qishloq   aholi
punktlarini majmuali rivojlantirishga olib keladi.
8. Davlatimizning   ijtimoiy-iqtisodiy   siyosatiga   mos   ravishda   aholini   to‘g‘ri
hududiy tashkil etishni viloyat va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini tuzishda
inobatga olish.
9. Mamlakat   xalq   xo‘jaligining   boshqarilishi   va   regional   siyosatining
samaradorligi ko‘p jihatdan uning ma’muriy hududiy tuzilmasi bilan bog‘liq. Shuning
uchun tumanlar va viloyat chegarasining barqarorligi aholini har kunlik hayotini tashkil
etishda   hamda   yirik   masshtabli   tarixiy-geografik   tadqiqotlarni   aniq   statistik
ma’lumotlar asosida olib borishda katta ahamiyat kasb etadi.
10. Shahar va qishloq aholi punktlarini chambarchas bog‘liq ravishda rivojlanish
muammolarini  o‘rganishdan  shunday xulosaga keldimki, bunday tadqiqot  ilmiy ishlar
boshqa viloyatlarda ham olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
68 Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Mirziyoyev.Sh.M.   “2022-2026-yillarga   mo’ljallangan   yangi   o’zbekistoning
harakatlar strategiyasi” T -2022
2.   Akramov   Z.M.   Geografiya   selskogo   xozyaystva   Samarkandskoy   i   Buxarskoy
oblastey. CHast 1 – T.: AN Uzbekistana. 1961. – 270 s.
3.   Akramov   Z.M.,   Rakitnikov   A.N.,   Zamkov   O.K.,   SHermuxamedov   A.M.
Geografiya selskogo  xozyaystva Samarkandskoy i Buxarskoy oblastey. CHast  2 – T.:
AN Uzbekistana. 1961. – 317 s.
4. Anoxin A.A., Jitin D.V. Geografiya naseleniya s osnovami demografii. Sankt-
Peterburg. 2013. 160 s.
5. Asanov G.R. A h oli geografiyasi. – T.:  O‘ kituvchi, 1978. -222b.
6.   Alekseev A.I. Mnogolikaya derevnya. –M.: M ы sl. 1990. -255s
7. Aleskerov YU.N.Samarkand. Putevoditel. –T.: Uzbekistan, 1980. – 63s.
8. Aleskerov YU.N., Normuradov X.N. Samarkandskaya oblast. – T.: Uzbekistan,
1982. – 135s.
9.   Ata-Mirzaev   O.,   Gentshke   V.,   Murtazaeva   R.,   Saliev   A.   Istoriko-
demograficheskie ocherki urbanizatsii Uzbekistana. – T., Universitet, 2002. 170 s.
10. Axmedov E.A.  O‘ zbekiston sha h arlari. –T.:  O‘ zbekiston, 1991. -220b.
11. Babaxanova S. Prom ы shlenn ы y Samarkand. –T.: Uzbekiston, 1975. -138s.
12. Baranskiy N.N. Nauchn ы e prinsip ы  geografii. - M.: M ы sl. 1980. 239s.
13. Breeva E.B. Osnov ы   demografii. 4-e izd. pererab. i dop. – M.: Dashkov I.K.
2009. -160 s.
14. Burieva M.R. Rojdaemost v Uzbekistane. T.: Fan, 1991-52 s.
15. Burieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi rivojlanish jarayonlari. – T.: Fan,
2008. -157 b.
16.   Burieva   M.R.,Tojieva   Z.N.,   Zokirov   S.S.   A h oli   geografiyasiva   demografiya
asoslari. –T.: Tafakkur, 2011.-156 b.
69 17.   Gulishanbarov   S.G.   Ekonomicheskiy   obzor   Turkes tanskogo   rayona.   V   2-x
chastyax – Ashxabad. 1913-476 s.
18.   Davidovich   V.G.   Planirovka   gorodov   i   rayonov   (Injenerno-ekonomicheskie
osnov ы ). -2-e izd., pererab. – M.: Stroyizdat. 1964. -326s.
19. Irrigatsiya Uzbekistana. Tom 1- T.: Fan, 1975. -351s.
20.   Kadirov   M.A.   “Aholi   geografiyasi   demografiya   asoslari   bilan”   –Toshkent
2019.
21. Kadirov M.A. “Shaharlar geografiyasi” –Toshkent 2019.
22.Kadirov   M.A.,   Usmonov   M.R.   Samarqand   viloyati   aholisining   tabiiy   va
mexanik   harakatidagi   o‘ zgarishlar// O‘ zbekistonda   atrof-muhitni   muhofaza   qilishning
dolzarb masalalari. –Samarqand. 2013. – b.83.
21.   Kadirov   M.A.Samarqand   viloyatining   demografik   muammolari.   //Fan
chorrahalari. Samarqand. 2013. – b.134.
22.   Kadirov   M.A.,   SHerxolov   O.   Samarqand   viloyatida   qishloq   aholi
punktlarining joylashishi, rivojlanishi va kartalashtirilishi. //Geodeziya, kartografiya va
kadastr sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari. –Samarqand. 2014. – b.80.
23. Kadirov M.A. Samar q and viloyati shaxar aholi punktlarining funksional tiplari
va   klassifikatsiyasidagi   o‘ zgarishlar.   // O‘ zbekiston   geografiya   jamiyati   IX-s’ezdi
materiallari. –T.: 2014. - b.170.
24.   Kadirov   M.A.   Samarqand   viloyati   aholi   sonining   o‘ sishi.   // O‘ zbekiston
geografiya jamiyati axboroti. 48 jild. T. 2016. - b.70.
25.   Kadirov   M.A.   Iqtisodiy-geografik   va   tarixiy   shart-sharoitlarning   Samarqand
viloyati   aholi   joylashuviga   ta’siri   (ingliz   tilida)   //Europaische   Fachhochschule/
Germaniya. 2016. b.41.
26.   Kadirov   M.A.,   Badalov   U.Samarqand   viloyati   qishloq   aholi   soni   va
joylashuvi. // O‘ zbekiston geografiya jamiyati axboroti. 45 jild. -T. 2015. b.109.
27. Kovalev S.A. Selskoe rasselenie. – M.: MGU, 1963. -229   s.
70 28. Lappo G.M. Razvitie gorodov s osnovami gradostroitelstva.- M.: MGU, 1969.
-183s.
Lappo G.M. Goroda na puti v budu щ ee. –M.: M ы sl. 1987. – 229s.
29. Litovka O.P. Problem ы  prostranstvennogo razvitiya urbanizatsii. – L.: Nauka.
1976. -99 s.
30.     Maergoyz   I.M.   Geograficheskoe   uchenie   o   gorodax.   –   M.:   Nauka.   1987.
118s.
31.     Persik   E.N.   Geografiya   gorodov   (Geourbanistika)   –   M.:   V ы sshaya   shkola.
1991.-313s.
32.   Polskiy   S.A.   Geografiya   naseleniya   razvit ы x   i   kapitalisticheskix   stran.-
Minsk: Universitet. 1987. -176s.
33.   Saidkulov   T.S.   Samarkand   vo   vtoroy   polovine   XIX   –   nachale   XX   vekov.   –
Samarkand. 1970. -158s.
34. Saliev A. Geografiya gorodov Sredney Azii. CHast  1. –T.: TashGU. 1980. -
80s.
35. Saliev A. Problem ы  rasseleniya i urbanizatsii v respublikax Sredney Azii. -T.:
Fan, 1991. -106s.
36. Saliev A.Geografiya gorodov respublik   Sredney Azii.  CHast 2. –T.: TashGU.
1984. -84   s.
37.   Saliev   A.,Kadirov   M.A.Geografiya   naseleniya   i   naselenn ы x   punktov
Samarkandskoy oblasti. Samarkand. 1998. –  162  s.
38.   Saliev   A.,   Maxamadaliev   R.   Iqtisodiy   geografiya   asoslari.   T.:   O‘ zbekiston.
1996.  6 9   b.
39.   Saushkin   YU.G.   Ekonomicheskaya   geografiya:   istoriya,   teoriya,   metod ы ,
praktika. – M.: M ы sl. 1973 -559s.
Samarkand. Pod red. S.M. Akramova. T.:  U zbekistan. 1969. -128s.
71 40.   Sluka   A.E.   Geografiya   naseleniya   s   osnovami   demografii   i   etnografii.   –   M.:
MGU. 1988. -96s.
41.   Tojieva   Z.N.   O‘ zbekiston   aholisi:   o‘ sishi   va   joylanishi.   –T.:   Fan   va
texnologiya. 2010. - 162  b.
42.   Umarov   M.U.,   Ashurov   G.A.,   Saidmurodov   F.   Samarqand   oblasti
geografiyasi. –T.:  O‘ qituvchi. 1980. -41   b.
43.   Usmonov   M.R.,   Kadirov   M.A.,   Ganiev   Z.A.   Q ishlo q   x o‘ jaligini   h ududiy
joylashtirish   va   rivojlantirishning   ba’zi   masalalari.   //Far g‘ ona   vodiysi:   tabiati-aholisi-
x o‘ jaligi yangi tadqiqotlarda. -Far g‘ ona. 2015. b.156.
44. Xorev  B.S. Problem ы   gorodov (Urbanizatsiya  i edinaya  sistema  rasseleniya)
2-e izd., dop. i pererab. –M.: M ы sl. 1975. -428s.
45. SHuvalov E.L. Geografiya naseleniya. –M.: Prosve щ enie.1977. -159 s.
46.   YAgelskiy   A.   Geografiya   naseleniya.   Perevod   s   polskogo   yaz ы ka.–   M.:
Progress. 1980. -383s.
72 ILOVALAR
73

“SAMARQAND VILOYATIGA AHOLI PUNKTLARI JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS JIHATLARI” MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………………...3 I BOB SAMARQAND VILOYATIGA AHOLINING TADRIJIY O'SISH VA TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR …………………………………………….. 6 1.1 Aholining tadrijiy o'sishi…………………………………………………….... 6 1.2 Aholining tabiiy va mexanik o'sishi ………………………………………...... 9 1.3 Aholining yosh - jinsiy tarkibi va mehnat resurslari………………………..… 1 7 1.4 Aholining milliy tarkibi…………………………………………………… . …2 4 II BOB SAMARQAND VILOYATI AHOLI PUNK T LARI JOYLASHUVINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI .. ……………..…..... 28 2.1 Aholi punk t lari joylashuviga tabiiy, ijtimoiy- iqtisodiy geografik omillarning ta'siri………………………………………………………………….................... 28 2.2 Aholi punktlari joylashuviga tarixiy shart-sharoitlarning ta'siri ……………...3 2 2.3 Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi…………………………………...….38 2.4 Samarqand aglomeratsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi………….….48 2.5 Qishloqlar geografiyasi…………………………………………………… . ....53 XULOSA .................................................................. .............................................. 6 5 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI .......................................70 ILOVALAR …………………………………………………………………..… 7 4 1

KIRISHBitiruv ishining dolzarbligi Davlatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2022- 2026-yillarda mo`ljallangan yangi o’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 7 ta yo’nalishdan iborat bo`lib, I-yo`nalishida “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarorlik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” ga katta e’tibor qaratilgan bo`lib, bu esa o’z navbatida hududlardagi aholini turmush tarzini yaxshilash, sog`lom bolalarni voyaga yetkazish aholini ish bilan ta`minlash va boshqalarga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqillikka erishishi va uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga ham tub o‘zgartirishlar bo‘lishini talab etadi. Bu borada aholi geografiyasi faniga ham tegishli asosiy g‘oya va tushunchalar, qonuniyatlar, yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil etilishi, o‘tish davrida rivojlangan horijiy mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni hududiy tashkil qilish va ularni davlat tomonidan tartibga solib borish sohasida erishilgan ijtimoiy tajribalardan samarali foydalanish amaliy ahamiyat kasb etadi. Bitiruv ishini yozishda yozishda mavjud adabiyotlardan keng foydalanildi. Bu qo‘llanmani yozishda G.R.Asanovning «Aholi geografiyasi» (O‘quv qo‘llanmasi, T., O‘qituvchi nashriyoti, 1978), M.A.Kadirovning “Aholi georafiyasi va demografiya asoslari bilan” (Darslik T.,2019) professor S.A.Kovalev va dotsent N. YA. Kovalskayalarning «Geografiya naseleniya» (Uchebnoe metodicheskoe posobie dlya studentov-zaochnikov gosuniversitetov, M., izd MGU. 1971), prof. V.V. Pokshishevskiyning «Geografiya naseleniya zarubejnыx stran» Ekonomicheskie geograficheskie ocherki M., Prosveщenie 1971), prof. E.L. SHuvalovning «Geografiya 2

naseleniya» (uchebnoe posobie. M., «Prosveщenie» 1977), prof. S. A. Kovalev va dots. N.YA. Kovalskayalarning «Geografiya naseleniya SSSR» (uchebnoe posobie, M., MGU 1980), G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarovning «O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jug‘rofiyasi» (o‘quv qo‘llanma, T., «O‘qituvchi» 1994), A. Soliev va M. Kadirovlarning «Geografiya naseleniya i naselyonnыx punktov Samarkandskoy oblasti (Uchebnoe posobie, Samarkand, SamGU, 1998) bundan tashqari M.U. Umarov va boshqalarning «Samarkand oblasti geografiyasi» (o‘quv qo‘llanma, T., O‘qituvchi 1980) , kitoblari ayniqsa katta yordam berdi. Shuningdek yangi chop etilgan M.R. Burieva va D.N. Egamovaning « Dunyo aholisi rivojlanish jarayonlari» (o‘quv qo‘llanma, T., 2008), M. R. Bo‘rieva, Z. N. Tojieva, S.S.Zokirovalarning «Aholi geografiyasi va demografiyasi asoslari» (o‘quv qo‘llanma, T., «Tafakkur-2011») qo‘llanmalardan ham foydalanildi. Zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy vazifalaridan biri aholi ishlab chiqarish faoliyatining hududiy hususiyatlari, ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va demografik omillar ta’sirini, hamda aholi prognozini o‘rganishdir. SHu jihatdan mazkur bitiruv ishi Samarqand viloyati aholi geografiyasini majmuali va ilmiy xulosalar asosida tahlil va tashhis etganligi bilan ilmiy va amaliy ahamiyati yuqori. Samarqand viloyati aholi geografiyasini o‘rganishda uning alohida tumanlar darajasida aholi soni va tarkibi, takror barpo bo‘lishi qonuniyatlari, migratsiyasi, joylashuvi, aholi maskanlari va ularning shakllanishi, turlari hamda urbanizatsiya jarayonlari haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. SHuningdek, muallif ilmiy tadqiqotida asosiy e’tibor aholining takror barpo bo‘lish jarayoni, mehnat resurslari va ulardan foydalanish, aholi zichligi va joylashuvi, aholi migratsiyasining intensivligi, yo‘nalishi va boshqa masalalar ilmiy tahlil qilingan. Samarqand viloyati hissasiga O‘zbekiston respublikasining 3,2% hududi va 11,5% aholisi to‘g‘ri keladi. Viloyatda respublikamizning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri- 3

qadimiy Samarqand shahrida 561,9 ming kishi (2021 y.) istiqomat qiladi, shahar hududiy aholi joylashuvining tashkil topishida va rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatgan. Samarqand turli tarixiy davrlarda poytaxt vazifasini bajarib kelgan. Samarqand Sug‘d va Movaraunna h rning asosiy shahri, O‘zbekistonning birinchi poytaxti bo‘lgan. SHahar asosan Amir Temur davrida gullab yashnagan. Hozirgi vaqtda Samarqand respublika janubi-g‘arbidagi yirik hududiy aholi joylashuvi tizimining markazi vazifasini bajaradi Bitiruv ishining maqsadi Samarqand viloyati aholi punktlari joylashuvining o’ziga xos jihatlarini aniqlash, aholi joylashuviga tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy geografik va tarixiy shart-sharoitlarining ta’sirini o’rganish hamda xulosalar keltirishdan iborat. Tadqiqot ishining vazifalari - Samarqand viloyati aholi soni dinamikasini o’rganish; -Aholining tabiiy o’sishini baholash; -Aholining milliy, yosh-jinsiy tarkibini tahlil qilish; -Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etish; -Aholi joylashuvlarigi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va tarixiy omillarining ta’sirini o’rganish; -Viloyat shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya jarayonini baxolash; -Qishloqlar geografiyasi tahlil qilish; -Aholi joylashuvidagi muommolarni aniqlash va xulosalar keltirish 4

I BOB SAMARQAND VILOYATIGA AHOLINING TADRIJIY O'SISHI VA TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR 1.1.Aholining tadrijiy o’sishi Samarqand viloyati 15 yanvar 1938 – yilda tashkil etilgan bo‘lib, maydoni 16,8 ming kv.km yoki respublikamiz hududining 3,7 foizini egallaydi. Hududi jihatdan O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan kichik bo‘lishiga qaramasdan, viloyat aholi soni bo‘yicha respublikada 1 – o‘rinda turadi, bu erda 1.01.2022-yil malumotiga ko‘ra 4031,3 ming aholi istiqomat qiladi. Bu shundan dalolat beradiki, viloyat aholisining zichligi o‘rtacha mamlakat ko‘rsatgichiga qaraganda ancha yuqoridir. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi aholisi sonining hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar Samarqand viloyati mamuriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va 88 ta shaharga, 125 ta qishloq fuqorolar yig‘inlari va 1829 ta qishloq aholi punktlari, 1112 ta mahalla va 430 ta shahar mahallalaridan iborat (2022-y).. 1.1-jadval Samarqand viloyati qishloq tumanlarning maydoni va aholisi (2022-y). Qishloq tumanlari Tashkil topgan yili Tuman markazi Maydoni, ming km Aholisi ming kishi Aholi zichligi, 1 kv km, kishi 1 Bulung‘ur 29.09.1926 Bulung‘ur sh. 0,76 193,4 254,4 2 Jomboy 07.12.1970 Jomboy sh. 0,55 180,5 328,2 5