KITOB-SHAHRISABZ BOTIG‘I TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI
M U N D A R I J A KIRISH ………………………………...………………………………………........... 1-BOB. KITOB-SHA HRISA BZ BOTIG‘I TA BIIY GEOGRA FIK SHA ROITI ............................................................................... ..... 1.1. Geografik o‘rni va chegaralari ………………………………….. 1.2. Geologik tuzilishi va relefi ………………………………… …… 1.3. Iqlimi ………………….……………….………………………… 1.4. Ichki suvlari ………………….……………….………………….. 1.5. Tuproq qoplami ………………….……………….……………… 1.6. O‘simlik qoplami ………………….……………….…………… 1.7. Hayvonot dunyosi ………………….……………….…………... 2 - BOB . KITOB-SHA HRISA BZ BOTIG‘IN IN G TA BIIY RESURSLA RI ………………………….………………………. 2.1. Yer resurslari …………………………… … …………………. … 2.2. Suv resurslari ……………………………… …. ………………. … 2.3. Iqlim resurslari ……………………………… ….. ……………. … 2.4. Biologik resurslari ……………………………… …. ………. …… 2.5. Foydali qazilma boyliklari ………………………… …. ……. …… 3 - BOB. KITOB-SHAXRISABZ BOTIG’INING R EKRATSION RESURSLAR I VA ULARDAN FOYDALANISH …..………. 3.1. Kitob-Shaxrisabz botig’ining r ekr e atsion resurslar i ………….…. 3.2. Kitob-Shahrisabz botig’I rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish……………………………………………………………... X ULOSA ………………………………………………………… ………... FOY DA LA N ILGA N ADA BIY OTLA R RO’Y X A TI ………………… …
KIRISH Mavzuning dolzabligi. Respublikamiz xalq xo‘jaligini yaxshilash va taraqqiy ettirish uchun har bir hududni tabiiy boyliklarini o‘rganish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan bo‘lib hisoblanadi. Haqiqatdan ham, kundalik hayotimiz uchun tabiat va tabiiy boyliklarni barchasi, jumladan: suv, havo, yer, o‘simlik, hayvonot dunyosi hamda qazilma boyliklar zarurdir. Lekin ularga nisbatan oqilona e’tibor atroflicha ko‘ngildagidek emas. Ayrim adabiyotlarda Qashqadaryo viloyati tabiiy sharoitlari va tabiiy boyliklari ularna xo‘jalikdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlari keltirilgan. Ammo viloyatni alohida hududlariga bunday kompleks izoh berish yo‘q. Shularni hisobga olib, ushbu bitiruv malakaviy ishi tanlandi, ya’ni, Kitob-Shaxrisabz botig’ining rekreatsiya resurslari va ulardan foydalanish hozirga qadar chuqur o‘rganilgan emas. Bu esa ushbu muammolarni o‘rganishni taqozo etadi. Botiq haqida tabiiy geografik ma’lumotlar adabiyotlarda qisman yoritilgan bo‘lsa ham, hududni rekreatsion resurslari va ulardan foydalanish haqidagi ma’lumotlar deyarli yo‘q. Shu sababli ish muallifi imkoni boricha mavjud tabiiy-geografik ma’lumotlardan foydalanib, aniq materiallar to‘plab va shaxsiy kuzatish evaziga tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish, boyliklarni muhofaza qilish haqida batafsil to‘xtaldi. Ishda Kitob-Shaxrisabz botig’ining tabiati va tabiiy boyliklaridan iqtisodiyotda maqsadga muvofiq holda foydalanish lozimligi asos qilib olinadi va shunga ko‘ra yoritiladi. Ishning asosiy maqsadi Qashqadaryo viloyatini shimoli – sharqiy qismida joylashgan Kitob-Shahrisabz botig‘ining rekreatsiya resurslari va ulardan foydalanish hamda tabiat muhofazasini yoritishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: Kitob-Shaxrisabz botig’ida joylashgan 2
tog‘, tekislik va tog‘oldi tabiiy resurslarini hisobga olish, ularning rekreatsion resurslarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo’llarini aniqlashdan iborat. Ishning hajmi va strukturasi. Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi 58 sahifani tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining strukturasi tadqiqotning ketma- ket bajarilishi va mazmunini o‘zida aks ettiruvchi kirish, 3 bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan. I-BOB. KITOB-SHAXRISABZ BOTIG‘I TABIIY-GEOGRAFIK SHAROITI 1.1. Geografik o‘rni va chegaralari Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi Qashqadaryo havzasining eng so‘lim, sersuv, iqlimi yumshoq va tog‘ manzaralariga boy bo‘lgan joylardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kotlovina qishning iliqligi, yog‘ingarchilikning ko‘pligi va yozning salqinligi bilan ajralib turadi. Aynan shu yerda jahonga mashhur, Ulug‘bek nomidagi xalqaro kenglik stansiyasi joylashgan. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi Hisor va Zarafshon tizmalari orasidagi tektonik kotlovinadir. Uning g‘arbiy chegarasi Chiroqchi posyolkasidan o‘tadi, qolgan qismi ya’ni shimoliy chegarasi Zarafshon tog‘lari, g‘arbiy va janubiy chegarasi Hisor tizmasi va uning bir bo‘lagi Eshakmaydon tog‘idan (Yakkabog‘daryoning chap suv ayirg‘ichi) o‘tadi. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasiga Qashqadaryoning Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanini katta maydoni, Qamashi tumani kiradi. Hudud ma’muriy jihatdan shimoldan Samarqand viloyati bilan shimoli sharqdan Tojikiston jumhuriyati va sharqdan Surxondaryo viloyati bilan janubdan Qamashi tumanini shimoliy qismi bilan g‘arbdan Chiroqchi tumanini Samarqand – Qarshi yo‘li atrofi bilan chegaralanadi. Jumhuriyatimiz viloyatlari maydoni bilan taqqoslaganda Andijon (4,2 ming km 2 ), Sirdaryo (5,1 ming km 2 ), Xorazm (6,3 ming km 2 ) viloyatlaridan katta. Demak kotlovina maydon jihatdan ham kichik bo‘lmagan hududni ishg‘ol qiladi. 3
1.2. Geografik tuzilishi va relefi Kitob-Shaxrisabz kotlovinasi atrofidagi tog‘ sistemalari o‘ta metamorfiklashgan jisnlardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ sistemasi yonbag‘irlarida M.A.Shmidt (1937) alohida chiqib qolgan ohakli qoya massivlarini aniqlagan, ular kotlovina hududsida ham uzoqqa cho‘zilgan. Kotlovinaning shimoliy va sharqiy tomonlarida ohaktoshlar keng tarqalgan. Bular o‘z tarkibiga suvni yaxshi o‘ruvchanligi sababli katta-katta buloqlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Granitlar tarqalishiga ko‘ra, ancha kamroq maydonni egallaydi, ularni yoriqlari kichikligi va kamligi uchun yer osti suvlari massivni yuqori qismida kam to‘planadi. Qolgan jisnlar suvni yanada kamroq o‘tkazadi, slaneslar mavjudligi bu hududda suvga chidamli rolini o‘taydi. Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalarida metamorfiklashgan sochilma jinslar uchraydi. Hisor tog‘ tizmasining janubi – g‘arbiy yonbag‘ri va janubi-sharqiy qismlari mezozoy, paleogen va neogen yotqiziqlari bilan qoplangan. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kotlovinaning tekislik qismini katta maydonini egallaydi, faqatgina har yer, har yerda chiqib turgan yuqori bo‘r va uchlamchi davr qoldiqlarini uchratish mumkin. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasining geologik tuzilishi asosan sovetlar davrida A.P.Markovskiy (1937 y.), L.V. Peyve (1938 y.), M.M.Pasokov (1948 y.), V.I.Chernev (1947 y.), P.S. Podkanayev (1948 y.) va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Poleozoy yotqiziqlari kotlovinaning eng qadimgi yotqiziqlari hisoblanadi. Ular ko‘p joylarda metamorfizlashgan holatda uchraydi. Qo‘yi silur yotqiziqlari Oq-suv daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi yemirilgan antiklinal yadrolarda uchraydi, uning qo‘yi chegarasi yer ostida yashiringan. Ular filitlar, qatlamlashgan metamorfik slaneslar, qumlik Qashqadaryo depressiyasida rivojlanib, ular Hisor tizmasining janubi-g‘arbida keng tarqalgan. 4
Kaynazoy yotqiziqlari Kitob-Shaxrisabz kotlovinasida to‘rt xil qatlamlarga bo‘linadi. 1. Qum tuproqli. 2. Tuproqli. 3. Qum konglomeratli. 4. Tuproq pattumli. Qum tuproqli qatlam qizil-g‘ishtsimon qumlar, qizil-g‘ishtsimon alevronimitlar, mergiley va tuproqlar shaklida yotadi. Bu qatlamlar ostida harakterli oq gips qatlami yotadi, qalinligi 4,5 m. Biz o‘rganayotgan hududda to‘rtlamchi davr yotqiziqlari ancha notekis tarqalgan, tog‘larda va tog‘ oldi rayonlarida tekislikka nisbatan kamroq tarqalgan. Kotlovinada hozirgi zamon yotqiziqlari kam tarqalgan va ular faqat daryo vodiylarida mavjuddir. Hamma yotqiziqlar kelib chiqishiga ko‘ra kontinental va ko‘pincha oqar suvlar ta’sirida hosil bo‘lgan. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishiga va yoshiga qarab, har xil uchastkalarda bo‘linishini bir-biri bilan solishtirish katta qiyinchilik tug‘diradi. Bu yotqiziqlar ikki daryo havzasida shakllanganlar; Qashqadaryoning shimoli-sharqiy qismida va qumlar orasidagi manbasiz Suldukli cho‘l havzasining janubi – g‘arbida. To‘rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishi va yoshiga qarab turli tumandir. Hududni turli uchastkalarida kuzatuv ishlarini olib borgan ko‘pgina avtorlar to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini turli qismlarga ajratadilar. Shu olimlardan biri Yu.Poslovskaya o‘rganilayotgan hududni to‘rt kompleksga ajratadi: Nanay, Toshkent, Mirzacho‘l, Sirdaryo komplekslari. Bu komplekslar: quyi to‘rtlamchi (Q 1 ), o‘rta to‘rtlamchi (Q 2 ), yuqori to‘rtlamchi (Q 3 ), hozirgi (Q 4 ) indekslar bilan belgilanadi. Kitob-Shaxrisabz kotlovinasida tekislikdan to Hisor tog‘larining eng baland cho‘qqilarigacha (4600 m) relefning balandlik poyaslari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kotlovinada to‘rtta balandlik poyasi ajratiladi. 5