TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLARNI TADQIQ ETISHDA GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING ROLI VA AHAMIYATI
MAVZU: TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLARNI TADQIQ ETISHDA GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING ROLI VA AHAMIYATI. MUNDARIJA I-BOB. TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLARNI TADQIQ ETISHNING ILMIY-AMALIY JIHATLARI. I.1. Tabiiy geografik jarayonlar va ularning xususiyatlari. I.2. Tabiiy geografik jarayonlar va ularni o’rganishning ilmiy-amaliy jihatlari. II-BOB. TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLARNI TADQIQ ETISHDA GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARINING ROLI VA AHAMIYATI. 2.1 GAT va masofadan zondlash texnologiyalaridan geografik tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlari 2.2 Geografik axborot tizimlarida J anubiy O rol landshaftlari o‘zgarishini tahlil qilish 2.3 Cho’llashish jarayonlarini tadqiq etishda GAT ning ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda О‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kо‘taradigan yil bо‘ladi” nomli ma’ruzasida “Ayni paytda biz qishloq xо‘jaligi sohasida birinchi navbatda tuproq unumdorligini oshirish choralarini kо‘rish, barcha agrotexnik tadbirlarni о‘z vaqtida bajarish, zamonoviy agrotexnologiyalarni joriy qilish .... lozim ” deyiladi 1 . Qashqadaryo havzasi yer resurslarining potensial imkoniyati juda katta bо‘lishiga qaramasdan turli xil noxush (eroziya, shо‘rlanish, botqoqlanish) jarayonlari ta’sirida ularning mahsldorligi yildan-yilga kamayib boryotganligi kuzatilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri viloyatimiz hududidagi obikor yerlarning 321,8 ming gektari shamol eroziyasiga, 44,8 ming gektari suv eroziyasiga, lalimikor ekin maydonlarining 70 % shamol va suv eroziyasiga, yaylovlarning 90 % i shamol va suv eroziyasiga berilgan Yuqorida takidlanganlardan kо‘rinib turibdiki, yer resurslarining holatini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish shu kunning kechiktirib bо‘lmaydigan vazifalaridan biridir. Prezidentimiz ma’ruzasida kо‘rsatib о‘tilgan yо‘l yо‘riqlarga tayanilgan holda yuqorida ta’kidlab etilgan mulohazalarni e’tiborga olgan holda, mazkur ishda bu sohada kо‘rsatib о‘tilgan muammoli masallarni yechish yо‘llari bu mazkur ishning daolzarb e kanligini belgilaydi. Tadqiqotning о‘rganilganlik darajasi . Adir mintaqasi yerlaridan lalimikor dehqonchilikda oqilona foydalanish masalalar bilan M.V.Belotserkovskiy, M.B.Doshchanov, A.Dj.Djerrord, L.O.Korpachevskiy, 1 Ma’rifat2012 yil 24 yanvar № 007 (14556) A.A.Rafiqov F.P.Mamatov, I.A.Snachkov, X.T.Nazarov, F.N.Xikmatov, M.Muradov, A.M.Ochilov, L.A.G‘afurova, K.I.Shadraimova, SH.R.Ubaydullayev,
O. Murodov, T. Muxammedov A. Nigmatov, va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqotlarida yoritilgan. Bitiruv malaka ishining maqsadi . Viloyat qishloq xо‘jaliginig turli tarmoqlarida foydalanilayotgan yerlarning mahsuldorligini oshirish bо‘yicha joy tabiiy sharoitlarning geografik tahlili qilish asosida yerlardan dehqonchilikda foydalanishda inson va tabiat о‘rtasidagi о‘zaro aloqalari natijasida yuzaga kelish mumkin bо‘lgan jarayonlarning salbiy oqibatlarini aniqlash va bunday jarayonlarni tugatishga yо‘naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish Tadqiqot obyekti Qashqadaryo hududlarida yerlardan dehqonchilikda foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan turli xil eroziya jarayonlarini о‘z ichiga oladi. Tadqiqot predmeti - yerlardan dehqonchilikda foydalanishda jarayonida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan salbiiy jarayonlrning oldini olmshga qaratilgan zamonoviy texnologiyalarning mazmuni va shakillarini о‘z ichiga oladi Bitiruv malaka ishining vazifalari. 1. Yaylov, lalimikor va obikor dehqonchilik maydonlarining tabiiy sharoitlarini о‘rganish 2. Yer resurslaridan hozirgi davrda foydalanishning samarador yо‘llarini tahlil etish 3. Yaylov, lalimikor va obikor dehqonchilik maydonlarida yuzaga kelgan eroziya jarayonlarining о‘ziga xos yо‘nalishlarini tadqiqi qilish 4. Yer resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan eroziya jarayonlarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilish 5. Havzasining yer usti tuzilishi va tuproq iqlim sharoitlaridan kelib chiqib eroziyaga beriluvchan maydonlar uchun yangi agrotexnik tadbirlar majmuasini qо‘llashga oid ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish Tadqiqot metodlari . Tadqiqotni olib borish jarayonida ilmiy-uslubiy adabiyotlarni, kartografik va statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va kuzatish metodlari.
Tadqiqotning metodologik asosi . "О‘zbekiston Respublikatsiya Konstitusiyasi", "О‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonun" "Yerlardan oqilona foydanish tо‘g‘risidagi qonun", prezidentimiz I.A.Karimovning tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tashkil etishga yо‘naltirilgan asarlari va ma’ruzalari ham ularda bayon etilgan yondoshuvlar, mazkur tadqiqot muammosiga oid metodik adabiyotlarga tayanilgan. Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi. Yer resurslaridan foylanishning muhim talablaridan biri mavjud yerlaridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish texnologiyalaridan foydalanish о‘ziga xos yondoshuvlarni talab etadi. Viloyatimizning yaylovlarida lalimikor va obikor yerlarida dehqonchilikda foylanishlarda tabiat va jamiyat qonuniyatlarining о‘zaro aloqadorligini ta’minlash dolzarb mumammolardan biri ekanligi nazariy jihatdan asoslangan Yer resurslaridan dehqonchilikda foylanish eroziya jarayonlarining oldini olishga qaratilgan yangi texnologiyalarningn tadbiqiga doir tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning samaradorlik darajasi aniqlangan. Bitiruv malaka ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. 1. Yer resurslaridan foydalanishda eroziya jarayonlarini oldini olishga qaratilgan yangi texnologiyalarni tadbiq etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi. Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-metodik adabiyotlar, kartografik va statistik materialar tahlil etishning metodologik asoslari takomillashtirildi. 2. Tadqiqot mavzusiga oid mavzular bо‘yicha olib borilgan texnologik yondoshuv mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanishning samaradorligining oshishiga yordam beradi 3. Yer resurslaridan foydalanishda eroziya jarayonlarining oldini olishga oid ishlanmalardan, shuningdek bu sohada qо‘llanilgan yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan ishlar metodikasidan, shunga о‘xshash hudulardan foylanish jarayonida qо‘llanilishi mumkin. Bitiruv malaka ishining mazmuni. Bitiruv malaka ishining birinchi bobda tabiiy resurslar va ulardan foydalanishning hozirgi holatining tavsifi bayon etilib, unda dastlabki bandida resurs haqida tushuncha va uning umumiy ta’rifi va
ikkinchi bandida yer resurslari va ularning potensial imkoniyatlari hamda ulardan foydalanishning hozirgi holatibayon etiladi. Ikkinchi bobda esa, eroziya jarayonlarining nomoyon bо‘lish qonuniyatlari va asosiy faktorlari bayon etilgan bо‘lib uning birinchi bandida e roziya haqida tushuncha, ikkinchi bandida e roziya jarayonlarining nomoyon bо‘lishining va yakunlovchi uchinchi bandida eroziya jarayonlarini shakillantiruvchi asosiy faktorlar yoritilgan. Uchinchi bobi Qashqadaryo viloyati yer resurslaridan foydalanish jarayonida kuzatiladigan eroziya jarayonlari va ularning oldini olish masalalariga qaratilgan bо‘lib, uning birinchi bandida Qashqadaryo viloyati yer resurslarining umumiy tuzilmasi, ikkinchi bandida, yer resurslaridan foydalanish jarayonida kuzatiladigan eroziya, uchinchi bandida eroziya xovfi bо‘yicha rayonlashtirish va yakuniy tо‘rtinchi bandida eroziyaga qarshi kurash choralari bayon etilgan Xulosa qismida yerlardan foydalnish sohasida eroziya jarayonlarining oldini olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar asosida tavsiyalar va takliflar berilgan. Bitiruv malaka ishining hajmi. Ish kirish, ikki bob, besh band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘lib 66 sahifada bajarilgan Ushbu ishning mazmunini boyitish maqsadida ta karta sxema, ta jadval va diagramma ilova qilindi. Ushbu ishni bajarish jarayonida shu mavzu doirasidagi adabiyotlardan, о‘zimizning bevosita dala kuzatish ishlarimizdan va shu sohaga tegishli mutaxassislarning maslahatlaridan hamda kafedramiz professor о‘qituvchilarining ilmiy ishlaridan keng foydalandik.