Konflikt haqida umumiy tushuncha
Mavzu: Konflikt haqida tushuncha Mundarija: I BOB Konflikt. Uning mazmuni va mohiyati ........................................................................................... 6 1.1 Konflikt tushunchasi va uning predmeti va obyekti. .......................................................................... 6 Konflikt tushunchasi ilmiy adabiyotda bir xil ma’noda qo’llanilmaydi. .................................................... 6 «Konflikt» atamasining juda ko’p ta’riflari mavjud. «Konflikt» tushunchasiga nisbatan eng umumiy yondoshuvga ko’ra, u ziddiyatga umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan tushunchadir. Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo’lib, u obyektiv ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro’y beradi. ............................................. 6 Marks nazariyasidagi sosializm g’oyasi sinfiy konfliktlarni inkor etib kelgan. XX asrning 30-yillari oxirida bir qator mualliflar tomonidan sosialistik jamiyatni «konfliktsiz» rivojlanishi, antagonistik qarama- qarshiliklarning bo’lmasligi haqidagi g’oya ilgari surilgan. Bu g’oya sosializmda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteriga to’liq mos kelishi haqidagi shiorda o’zining to’la ifodasini topgan. .............................................................................................................................. 6 Keyinchalik bunday mos kelish faqat bir-biriga qarshi turgan ikki tomonning birligi bilan uyg’unlashgandagina namoyon bo’lishi tan olingan. Mos kelishlik qarama-qarshiliklar birligi doirasida qo’shilgan (birlashgan) vaqtda ziddiyatlar rivojining muayyan bosqichi sifatida talqin qilingan. ............. 6 Boshqa guruh faylasuflar esa sosializmning asosiy ziddiyatlari bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi, ba’zan ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi, eski bilan yangi o’rtasidagi ziddiyat deb tushunganlar. ..................................................................................................... 6 Bir guruh ingliz olimlarning fikricha, «Konfliktlar bu hayotning muqarrar va ko’pincha ijodiy bo’lgan bir qismidir. Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yuzaga keladi. 24 Kelishmovchiliklar va konfliktlar odatda zo’rlik qo’llanilmasdan hal qilinadi va ko’pincha barcha jalb qilingan tomonlarning ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Bu holat konfliktlar bizning mavjudligimizning bir qismi bo’lganligi bois to’la adolatli hisoblanadi.»1 . ........................................................................................................... 6 Demak, ziddiyatlar muammolari muayyan darajada ilmiy adabiyotda olimlar ........................................ 6 e’tiborini o’ziga tortgan. Biroq, bu holatni konfliktlar nazariyasiga taalluqli deb .................................... 6 bo’lmaydi, chunki mohiyat jihatidan unga umuman e’tibor berilmagan. ............................................... 7 Shunga qaramasdan ziddiyatlar va konfliktni, bir tomondan, sinonimlar sifatida hisoblash mumkin emas, boshqa tomondan esa, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib ham bo’lmaydi. Ziddiyatlar, qarama-qarshi turishlik, tafovutlar - bular konflikt uchun zarur, biroq yetarli shartlar emas. ................. 7 Qarama-qarshi turishlik va ziddiyatlar, qachonki ularni ifodalovchi kuchlar o’zaro ta’sirga, o’zaro munosabatga kirisha boshlaganda konfliktga aylanadi. ........................................................................... 7 Shunday qilib, konflikt obyektiv yoki subyektiv qaramaqarshiliklar, ziddiyatlar bo’lib, u taraflarning bir- biriga nisbatan qarama-qarshi kurashida ifodalanadi. ............................................................................. 7 Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu fikrni jamiyatga taqqoslaganda gap mavhum kuchlar, kosmik va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek g’ayrioddiy fenomenlar (taqdir,tanilmagan obyekt va sh.k.) ......... 7 haqida emas, balki ijtimoiy subyektlar sanalgan muayyan odamlar, individlar, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, siyosiy partiyalar yoki davlatlar haqida boradi. Gap aynan ijtimoiy (sosial) konflikt haqida boradi, bunda ikki yoki undan ortiq individ yoki guruhning muayyan maqsadga erishish yo’lida bir- biriga halaqit berish, raqobatdoshining manfaatlarini qondirishni yo’qqa chiqarish yoki uning 1
qarashlarini va ijtimoiy mavqyeini o’zgartirish imkoniyatini astoydil, faol tarzda ro’yobga chiqarish jarayoni nazarda tutiladi. ......................................................................................................................... 7 «Konflikt» atamasi analogiya bo’yicha go’yoki ko’p narsaga, hatto jonsiz predmetlarga ham qo’llanilishi mumkin. Biroq ijtimoiy konfliktlarda ishtirok etuvchi taraflar faqat shaxslar bo’ladi. ........... 7 Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, «Har qanday ishni yoki biror faoliyat turini , shu jumladan, konflikt bilan bevosita bo’ladigan ishni yoki biror faoliyat turini boshlashdan avval vaziyat qanday va nima sodir bo’layotganligini bilish shart. .......................................................................................................... 7 Bu ―tahlil‖ deb nomlanadi. Turli insonlar nuqtai nazarlaridagi tafovutlardan xalos .............................. 7 bo’lishning imkoni yo’q. Odamlar u yoki bu muammoni birgalikda o’rgana boshlaganlarida ko’pincha aynan bir xil faktlar mavjudligi sharoitida ularni ...................................................................................... 7 go’yoki bir xil tushunganlardek bo’lib tuyuladi. ....................................................................................... 7 Bu hollarda shubhasiz ziddiyatlar bo’ladi, biroq «konflikt» so’zi bunday vaziyatlarda ishlatilganda qo’shtirnoq ostida yoziladi, chunki u konfliktning asl ma’nosi bilan aynan emas. Shunday qilib, ijtimoiy konfliktda doimo kamida ikkita qarama-qarshi kurashuvchi taraflarning bo’lishi zarur. Ularning hatti- harakatlari odatda o’zaro birbirini istisno qiluvchi manfaatlarga erishishga yo’naltiriladi va demak, ular to’qnashadilar. Barcha konfliktlar uchun taranglashuv xos bo’lib, unda odamlar o’z harakatlarini u yoki bu tarzda o’zgartirishga, bunday vaziyatdan saqlanishga yoki moslashishga majbur bo’ladilar. Sosial konfliktga nisbatan eng to’laroq ta’rif adabiyotlarda tadqiqotchi olim Ye.M.Babasov tomonidan berilgan: «Ijtimoiy konflikt (lotincha «conflictus» - to’qnashuv) - bu ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashuvining eng oxirgi holati bo’lib, unda turli ijtimoiy uyushmalar - sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlar va boshqalarning manfaatlari, maqsadlari, rivojlanish tendensiyalaridagi qarama-qarshiliklar yoki muhim tafovutlar bilan bog’liq bo’lgan holda ular orasida bo’ladigan to’qnashuv namoyon bo’ladi. Ijtimoiy konflikt ijtimoiy muammo yechimini taqozo etuvchi muayyan vaziyatda shakllanadi va hal qilinadi. U yetarli miqdorda sabablarga, o’zining ijtimoiy ifoda etuvchisi (sinflar, millatlar, ijtimoiy guruh va sh.k.)ga, muayyan funksiyalarga, keskinlikning davomiyligiga va darajasiga ega»1 . Bu ta’rifda konfliktning ba’zi, xususan, ruhiy jihatlari o’z aksini topmagan. Tadqiqotchi Yu.G.Zaprudskiy esa aynan shu jihatga alohida e’tiborni qaratgan: «Ijtimoiy konflikt - bu ijtimoiy subyektlar manfaatlari, maqsadlari va rivojlanish tendensiyalaridagi obyektiv farqlar qarama-qarshiligining oshkora yoki yashirin holati, mavjud ijtimoiy tartibga nisbatan qarshi turish asosida ijtimoiy kuchlarning bevosita to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita to’qnashuvi, yangi ijtimoiy birlikka olib boradigan tarixiy harakatning alohida shaklidir»2 . Boshqa bir guruh mualliflar esa, konfliktga quyidagicha ta’rif beradilar, ya’ni: ‖Konflikt - sig’ishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr yurituvchi ikki va undan ortiq tomonlar ( odamlar va guruhlar) o’rtasidagi munosabatlardir‖3 . Bu ta’rif keng va umumiy ko’lamda berilgan, shu bilan birga unda «quyi darajada»gi - turmush, ro’zg’or, oila, mehnat konfliktlari haqida gapirilmaydi. T.V.Novikovaning ta’rifiga ko’ra, «Ijtimoiy konflikt - bu taraflar (subyektlar) o’zaro munosabatlaridagi bir-birini istisno qiluvchi yoki bir-biriga zid bo’lgan muayyan o’z maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan vaziyatdir»4 . Ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganishda tadqiqotchilar odatda konfliktologik yondashuvni qo’llaydilar. Xalqaro siyosatda konfliktologik yondashuv katta ahamiyatga ega. Bu yondashuv yurisprudensiyada ham qo’llanishi mumkin, masalan, jinoyatga odamlar o’rtasidagi konflikt natijasi deb qaralgan vaqtda uning paydo bo’lish mexanizmini kuzatish mumkin. Konflikt sud jarayonida ham namoyon bo’ladi (bir tomondan - ayblanuvchi va uning himoyachisi, boshqa tomondan - jabrlanuvchi va qoralovchi). Konfliktga yaqin turuvchi boshqa hodisalar ham bor, ya’ni: musobaqa, tortishuv, raqobat. Bu hollarda ham taraflarning qarama-qarshi turishi kuzatiladi . Biroq bu qarshi kurash qoida bo’yicha dushmanlik darajasigacha keskin tus olmaydi yoki agar bunday yovuzkorlik mavjud bo’lsa ham (masalan, raqobatda), u boshqa tomonning qonuniy harakatiga to’sqinlik qiluvchi birgalikdagi harakatga aylanmaydi. Har qaysi taraf yutuqqa erishishga intilib, qarshi tomonni yengishga harakat qilib «O’z maydonida» ish ko’radi. Lekin bunda taraflarning harakatlari ijobiy (pozitiv) bo’lib, ular 2
o’zlarining maksimal yutuqlariga intiladilar, raqibini yengish ular uchun pirovard maqsad emas. Shunday qilib, konflikt va musobaqa aynan bir xil emas, biroq musobaqa konfliktga aylanishi mumkin. Bu hol raqobatga ham taalluqli, raqobatdoshlar bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri tazyiq ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Ba’zi o’yinlar, ayniqsa, sport o’yinlari konflikt tarzida tashkil qilinadi (masalan, boks). Lekin bu yerda mohiyat bo’yicha gap konfliktga taqlid qilish haqida borayotganligi ravshan. O’yin tugashi bilan «konfliktli» munosabatlar ham tugaydi. Musobaqa o’tgandan so’ng turli komandalar o’yinchilari o’rtasidagi kelishmovchilikning saqlanishi bu qoida emas, balki istisnodir, bu holat sportda rag’batlantirilmaydi. Konflikt predmeti va obyekti. Konflikt predmeti deb taraflar o’rtasidagi nifoq (kelishmovchilik)ga sabab bulgan obyektiv mavjud bulgan yoki fikran tasavvur qilingan muammoga aytiladi. Har qaysi taraf bu muammoni o’z foydasiga hal qilishdan manfaatdor buladi. Konflikt predmeti - bu shunday ziddiyatki, subyektlar u uchun va uning hal qilinishi uchun qarama-qarshi kurashga kirishadilar. Bu xokimiyatga intilish, biror boylikni egallash, ustun mavqyega ega bo’lish kabi muammolar bo’lishi mumkin. Konfliktni hal qilish yo’llarini topishda uning predmetini aniqlash muhim, biroq ko’pincha bu qiyinlik bilan kechadi. Ko’p konfliktlar o’ta chalkash va murakkab holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Konfliktlarda bir necha muammolar ustma-ust yuz berishi mumkin. Konflikt predmeti tarkibiy qismlarga bo’linishi mumkin. Bunga uzoq davom etadigan oilaviy kelishmovchiliklar yoki millatlararo konfliktlar misol bo’ladi. Ishtirokchi taraflar o’rtasida olib boriladigan muzokaralarda konflikt predmeti oydinlashtiriladi, bunda taraflar bir-birining maksad va pozisiyalarini aniqlashtiradilar. Konflikt obyekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi. Konflikt obyekti bo’lib shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy subyektlar manfaatlari to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, subyektlar bunday element ustidan shaxsiy kontrol yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : kichik yoshdagi bolalar chiroyli o’yinchok ustida talashadilar yoki u yoki bu hududning tegishliligi haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning taranglashuvi. Munosabatlarning muayyan tizimida konflikt bu doimo birorta resursning yetishmovchiligidir : bitta direktor lavozimiga ikkita o’rinbosarning da’vogarligi, do’konda tanqis mahsulot olish uchun navbatda turganlar o’rtasida bo’ladigan janjal. Resurslar tanqisligini kompensasiya qilish ko’pincha yuzaga kelgan muammoni birdaniga hal qilishi mumkin. Kishilar kundalik hayotlarida to’qnash keladigan ko’p sonli muammolarni shu tariqa yo’q qilishga erishishi mumkin emas. Oddiy, tipik konfliktlar obyektlarini ajratish eng umumiy xarakterdagi muammolar darajasini aniqlashga imkon beradi. Masalan, kundalik turmushimizga xos bo’lgan transport va navbatda turishda bo’ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va tovar ta’minoti tanqisligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Ba’zan konfliktlar aniq obyektga ega bo’lmasligi mumkin, ya’ni obyekti bor konfliktlar bilan birga obyektsiz konfliktlar bo’lishi mumkin, bunda subyektlarning birorta narsa ustidan nazorat qilishi o’zaro maksad-intilishlari istisno qilinadi. Masalan: ko’p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qo’shni xonadonlarning birida uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo’lganda, qo’shnisi pianinoda mashq qila boshlaydi. Birinchi qo’shni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yuzaga keladi. Bu konfliktda qo’shnilar birorta narsa ustidan nazorat o’rnatishga intilmaydilar, balki birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi halaqit beradi. Yoki jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, tasodifiy o’tkinchi bezoriga tanbeh beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir subyekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini buzish orqasida ro’y beradi. ..................................................................................................................... 8 II BOB Konfliktni yuzaga keltiruvchi omillar ........................................................................................... 18 2.1 Konfliktogenlar va ularning turlari ................................................................................................... 18 Xulosa .................................................................................................................................................... 35 Foydalanilgan adabiyotlar ...................................................................................................................... 38 3
Mavzuning dolzarbligi . Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hyech bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir . Kurs ishning maqsadi .Konfliktlar haqidagi noto'gri tushunchalarni bartaraf etish va tog'ri qarashlarni o'quvchi yoshlar ongida shakllantirish. 4
Kurs ishining obyekti. Konflikt haqidagi nazariyalar shu bilan birga konfliktlar ularning tabiati kechishi Kurs ishining predmeti . Psixologik asarlarda aks etgan konflikt haqidagi ma'lumotlar , psixolog olimlarning nazariyalari Kurs ishining metodlari .So'rov, so'roq, kuzatish, o'z-o'zini baholash , qiyoslash. Kurs ishining vazifalari : Konfliktlar muammosini nazariy jihatdan o'rganish; Konfliktlar haqidagi noto'g'ri yushunchalardan halos bo'lish; Keng aholi ommasida konfliktli vaziyatlarga nisbatan ijobiy fikrlarni yaratish ; Konfliktlarni oldini ola bilish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida konfliktoginlar bilan yaqindan tanishtirib o'tish Ushbu tadqiqot obyekti har qanday konfliktdir. Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati : So’nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo’lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to’qnash kelishi mumkin bo’lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda konfliktlar haqidagi to'g'ri tushunchalar shakllantirildi va ularni oldini olish bo'yicha konfliktogenlar bilan yaqindan tanishtirib o'tildi. Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob,4 bo'lim, 38 sahifa xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kurs ishining metodologik asosi. Tadqiqotimizning metodologik asosi bo'lib chet el psixologlari , respublikamiz yetuk mutaxasis olimlarning konflikt borasidagi qimmatli malumotlari hisoblanadi. 5