Konflikt turlari, rivojlanish bosqichlari va mexanizmi
Mavzu: Konflikt turlari, rivojlanish bosqichlari va mexanizmi. Mundarija: I BOB Konfliktning tabiati va turlari ......................................................................................................... 3 1.1 Konfliktlar haqidagi hozirgi zamon konsepsiyasi ............................................................................... 3 1.2 Konfliktlar to’g’risidagi steriotiplar .................................................................................................. 11 2.1 Konfliktning o’rganishning asosiy yo’nalishlari ................................................................................ 20 2.2 Konfliktning yuzaga kelish sabablari ................................................................................................ 29 Xulosa .................................................................................................................................................... 30 1
Mavzu dolzarbligi : Ushbu dastur shaxslararo va guru h lararo nizolarning kelib chiqish sabablarini, uning shaxs psixikasiga, uning ruhiy h olatiga ta’siri masalalariga doir nazariy manbalarni qamrab olgan. Ma’lumki shaxs insonlar jamoasi orasida kamolga yetadi. Mazkur jarayonda muomala, munosabatga kirishadi va o’zaro tomonlarning bir- birlarini tushunmasliklari natijasida kelib chiqadigan nizolarni mohiyatini anglab yetishga yordam beradi Kurs ishining maqsadi : universitet talabalari o’rtasidagi nizoli vaziyatlarni tahlil qilish . Tadqiqot ob'ekti –universitet talabalari. Ish vazifalari: 1. Universitet talabalari o’rtasidagi nizoli vaziyatlarni ilmiy adabiyotlar orqali tahlil qilish 2.Konfliktlarni yuzaga kelish sababalarini ko’rib chiqish 3. Oiladagi nizolarni tahlil qilish, sabablarini o’rganish Ishning amaliy ahamiyati Jamiyatda fanlarni rivojlanishi shaxs muammosiga nisbatan qiziqishni ortishiga sabab bo’lmoqda. Jamiyatning asosini insonlar jamoasi tashkil qiladi. Ma’lumki shaxsning kamoloti atrofdagi insonlarning ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa insonlar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar, muomala, muloqot malakalarini rivojlanganligi muhimdir. Aynan shaxs ijtimoiy hayotining tarkibiy qismi bo’lgan konfliktlarni psixologik yo’l bilan hal qilish imkonini beradi. O’rganilgan jabhalar bo’yicha ma’lumotlarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish shaxsning har tomonlama kamol topishiga hulq-atvor xatti-harakatlarini ongli boshqarishga yordam beradi. Shuningdek tadqiqot natijalarni qulay qayta ishlash imkonini beradi. Talabalar Konfliktlar psixologiyasi fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar hamda virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va 2
laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Umumiy psixologiya kursini loyixalashtirishda qo’yidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi: Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda,albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi. I BOB Konfliktning tabiati va turlari 1.1 Konfliktlar haqidagi hozirgi zamon konsepsiyasi 3
Konfliktlar yomon holatmi, yoki konfliktlarda ham o’ziga xos ijobiy tomonlar mavjudmi?! Konflikt – buzg’unchilikmi, yoki unda yaratuvchanlik xususiyatlari ham mavjudmi?! Konflikt – zo’ravonlikmi, yoki insonlarni muloqotga o’rgatuvchi asosmi?! Tabiiy ravishda mana shu savollarning javoblari aslida konfliktning mazmuni va mohiyati biz o’ylagan qarashlardan anchayin keng ekanligini, bizning an’anaviy qarashlarimiz esa chegaralangan va haqiqiy ahvoldan ancha uzoq ekanligini isbotlaydi. Bizning konflikt borasidagi tasavvurimiz uning faqat bir tomoniga yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz. U ham bo’lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o’zaro urush, nizo, janjallar chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?! Konflikt – bu tabiiy holat. Konflikt har doim ham buzg’unchilik yoki zo’ravonlik emas. Konfliktni to’g’ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi. Konflikt tomonlar munosabatlarini yanada mustahamlashi, ularni yangi mazmunda qayta qurishi mumkin. Masalan, o’zbeklar “eru-xotinning urushi, doka ro’molning qurishi” deb bejiz aytishmagan. Oilada er va xotin o’rtasidagi ziddiyatlar mavjud bo’lsa ham, ko’p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar asosida tomonlar uyg’unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt vaziyatni vujudga keltiruvchi turli manfaatlarni o’zaro birlashtirish, ularni muvofiqlashtirish imkoniyati tabiiy mavjud.Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana shu ziddiyatni keltirib chiqargan manfaatlarni o’zaro muvofiqlashtirish mumkinligiga bo’lgan ishonch va harakatdan boshlanadi. Manfaatlarni o’zaro yaqinlashtirish va muvofiqlashtirish ziddiyatni yengishning eshigini ochishdir. Demak, konfliktning ikki tomoni mavjud. Konflikt kelib chiqqanidayoq, mana shu uning mavjud ikki tomoni ham vujudga keladi. Bir tomon - ziddiyatni kuchaytirish , ikkinchi tomon – ziddiyatni pasaytirish . Bir tomon – ziddiyatni buzg’unchilikka olib kelish, ikkinchi tomon – ziddiyatni murosaga, yaratuvchanlikka va osoyishtalikka olib kelishdir. Konflikt faqat bir tomondan iborat bo’la olmaydi . Konfliktda, uning qanchalik murakkab 4
bo’lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon – buzg’unchilik va yaratuvchanlik mavjud bo’ladi. Shu bois, konfliklarning murakkab xususiyatlari ularda vayron etish va yaratuvchanlik, zo’ravonlik va hamkorlik qirralarining ham mavjudligini ko’rsatadi. 2. Konflikt larning vayron etish yoki yaratuvchanlik imkoniyatlari Xitoyliklar hayotdagi har bir vaziyat va holatning ikki ajralmas tarkibiy qismini ta’kidlashadi: bir tomondan, konflikt, albatta odatdagi holatni vayron etadi, va boshqa tarafdan, konflikt, uning kelib chiqishi bilan vaziyatga o’z ta’sirini o’tkazadi, natijada yangi vaziyat vujudga keladi, ana shu yangi vaziyatda esa o’ziga xos ijobiy holat ham mavjud bo’ladi, shu bois konflikt yangi ijobiy o’zgarishlar uchun ham imkon yaratishi mumkin. Konfliktning ijobiy va yaratuvchanlik qobiliyati konflikt vaziyatni siz qanday maqsadlarga ishlata olishingizga bog’liq bo’ladi. Xitoyliklar fikricha, konflikt ikki asosiy tushunga: vayron etish va yaratuvchanlikning yaxlitligi, yagonaligidan iboratdir. Qadimgi xitoy falsafasida In va Yan tushunchalari mavjud. Ularga ko’ra Yan – oq rang, yaxshi va ijobiy narsalarda iborat bo’lgan, faol birlik, tashqi olamni bilishga qaratilgan va erkaklik belgilaridan iborat bo’lgan voqyelikdir. In esa – qora rang, sust bo’lgan, ya’ni faol bo’lmagan birlik, ayollik belgilarini o’zida mujassam etgan, ichki olamni anglashga qaratilgan voqyelikdir. Hayot esa, mana shu ikki muhim kategoriya – Yan va In birligi, o’zaro qorishmasi, yagonaligi, uzviyligi, biri birini mutlaqo inkor etmasligi, o’zaro hamkorligidan tashkil topadi. Ularni o’zaro qarama-qarshi qo’yish olamdagi tabiiy mavjud bo’lgan muvozanatni buzishga, uni ichdan qo’porishga olib keladi. Shu bois, qadimgi obidalardan bo’lgan “I szin” (“O’zgarishlar kitobi”) da ta’kidlanishicha, Yan va In olamdagi rang-baranglik asosida vujudga keladigan birlikni tashkil etuvchi omillar hisoblangan. Tabiatdagi yorug’lik va qorong’ulik, nur va og’u, yumshoqlik va qattiqlik, tosh va suv, ayol va erkak, kun va tun, osmon va yer, quyosh va oy, issiq va sovuq, yaxshilik va yomonlik kabi qarama-qarshiliklar muvozanati tabiiy 5