logo

MISR O’RTA VA YANGI PODSHOLIK DAVRIDA.

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

67.2412109375 KB
MISR O’RTA VA YANGI PODSHOLIK DAVRIDA.
Mundarija:
Kirish
Asosiy qisim.
I-bob.  Misr o`rta podsholik davrida.
1.1 O rta podsholikning vujudga kelishi va davlat boshqaruviʻ
1.2.O rta podsholik davrida Misr aholisining ijtimoiy ahvoli
ʻ
1.3.O rta podsholikning qulashi
ʻ
II-bob. Yangi podsholik davrida Misr.
2.1.Yangi podsholikning vujudga kelishi
2.2.Yangi podsholik fir avnlarning islohotlari	
ʼ
2.3.Yangi podsholik davrida xalqaro munosabatlar va uning ahvoli
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
                                                       
1 Kirish
Misr   Afrika   qit'asining   shimoliy-sharqiy   qismida   joylashgan,   Suvaysh
bo`yni  orqali Misr  Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan.   Misr  Nil
daryosi   orqali   Tropik   Afrika   va   O`rtayer   dengiziga   tutashgan.   Gerodot     “Misr-
Nilning   sovg`asi”-deb   ta'riflaydi.   Chunki   Nil   daryosi   Misr   iqtisodiy   hayotida
yetakchi   o`rin   tutgan.   Nilda   har   yili   19     iyunda   toshqin   ko`tarilgan.   Bu     toshqin
sentabr o`rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o`z o`zaniga tushgan. Ekilgan
yer   aprel-mayda   hosil   keltirgan.   Nil   daryosi   Misr   iqtisodiyotining     asosi
dehqonchilikda   muhim   o`rin   tutgan.   Mo`l-ko`l   hosil   sun'iy   sug'orish   asosida
olingan.
Kurs   ishining   maqsadi.   Kohin   Manefonning   (taxminan   er.   avv.   VI-III
asrda)   yozilgan   asarida   misr   tarixi   eng   qadimgi   davrdan   boshlab   bayon   qilingan.
Manefon 30 sulola ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. Bu yangi
davrda   tadqiqotchilarning   Misr     tarixini   eng   muhim   davrlarini   aniqlashlari   uchun
jumladan,   qadimgi   Misr   tarixini,   qadimgi,   o`rta,   yangi   va   so`nggi   podsholik
davrlariga   bo`lish   imkoniyatini   berdi.   Misr   arxivlari   huquqiy,   ish   yuritish
hujjatlaridan tashkil topgan.
Kurs   ishining   dolzarbligi.   Misrda   mavjud   bo`lgan,     bizgacha     saqlanib
kelgan   piramidalar,   mastaba   va   boshqa     sog'onalar     qadimgi     davrdayoq     o`g'ri-
qaroqchilar   tomonidan     talangan.   Faqatgina   bitta     piramida   bizgacha     talanmay
yetib kelgan.
Kurs ishining vazifasi:
- O`rta   podsholik   davrida   Misrning   chegaralari   va   davlat   boshqaruvini
aniqlash;
- O`rta   podsholik   davrida   Misrning   chegaralari   va   davlat   boshqaruvini
shakillantishir;
- Yangi podsholik davrida xalqaro munosabatlarni o`rganish;
- Misrning yangi podsholik davridagi axvolini aniqlash;
Kurs   ishining   tuzilishi.   Kirish,   Asosiy   qisim,   ikki   bob,   xulosa,   foydalanilang
adabiyotlar.
2 3 I-bob. Misr o`rta podsholik davrida.
1.1 O rta podsholikning vujudga kelishi va davlat boshqaruvi.ʻ
Misr zamini mis, oltin, qo‘rg‘oshin va yarim qimmatbaho ma’danlariga boy
maskan   hisoblangan.   Misni   asosan   Sinay   yarim   orolidan   qazib   olganlar   va   tosh
bilan   birga   ziroatchilik   va   chorvachilikda   keng   qo‘llashgan.   Ohaktosh,   granit   va
kvars   Misrda   ko‘p   uchragan.   Ma’danga   boy   rudalar   Barka   tog‘idan   qazib
olingan.Misr   iqlimi   nisbatan   mo‘tadil   bo‘lganligi   va   Yaqin   Sharq   iqlimiga   yaqin
ekanligini   olimlar   (L.S.Berg   va   К .V.Butser)   ta’kidlab   o‘tganlar.   Nil   qirg‘oqlari
qamish, papirus va boshqa o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan edi. Daryoda ko‘plab baliq
turlari   mavjud   bo‘lib,   baliqchilikka   qulay   hisoblangan.   Barakali   daryo   bo'ylarida
o‘rdak,   g‘oz,   ibis   va   boshqa   qushlar   ko‘p   uchragan.   Unumdor   tuproqda   bug‘doy,
arpa,   tarvuz,   qovun,   va   turli   xil   sabzavotlar   (piyoz,   bodring.   sarimsoq,   sabzi   va
boshqalar)   yaxshi   o'sgan.   Bularning   barchasi   Misrni   inson   yashashi   uchun   qulay
maskan   bo‘lganligidan   dalolat   beradi.Umuman   olganda,   moddiy   va   yozma
manbalaming   umumiy   tahlili   hamda   tarix   fani   sohasidagi   so‘nggi   ilmiy   yutuqlar
qadimgi   Misr   davlatchiligini   quyidagi   davrlarga   bo‘lib   o‘rganishni   tavsiya   etadi:
Misming   qadimgi   tarixi   besh   davrga,   ya’ni,   Ilk   podsholik   (mil.   avv.   3100-2648-
yy), Qadimgi podsholik (mil. avv. 2648-2250-yy), O‘rta podsholik (mil. avv. 2040-
1783-yy), Yangi podsholik (mil. avv. 1550-1069-yy), So‘nggi podsholik (mil. avv.
664-332-yy) ga bo‘lib o‘rganiladi. Bu orada Misr  3ta o‘tish davrini ham boshdan
kechiradi.   Ammo   uning   xronologik   chegaralari   borasida   hozirga   qadar
misrshunoslar orasida munozarali fikrlar mavjud.
Birinchi o‘tish davrida (mil. avv. 2250-2055-yy) Misr ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy inqiroz iskanjasida  edi. Mamlakat  siyosiy  anarxiya natijasida parchalanib,
har   bir   nomarx   o‘z   yerida   hukmronlik   qilar   va   Geraklepoldagi   markaziy
hokimiyatni   deyarli   tan   olmas   edi.   Mil.   avv.   XXII   asr   Gerakleopol   va   Fiva
nomliklari o‘rtasida doimiy raqobat va kurash davri sifatida tarixda qolgan. Yuqori
Misrning qudratli nomlaridan biri Ineotef Kattaning o‘g‘li Mentuxotep I (mil. avv.
2133- 2117-yy) Fivada 11-sulolaga asos soladi. Garchand u fir’avn unvonini qabul
qilmagan   bo‘lsa-da,   Fiva   nomligining   Yuqori   Misrda   gegemonligiga   yo‘l
4 ochdi.Gerakleopol   hukmdorlari   Quyi   Misrga   ham   ta’sir   o‘tkazib,   mamlakat
shimolini   tashqi   dushmandan   muhofaza   qila   oldilar.   Ammo,   Fivani   bo‘ysundira
olmadilar. Chunki, “Turin papirusi” ma’lumotlariga ko'ra podsholar ro‘yxati ichida
Gerakleopol   hukmdorlari   bilan   bir   qatorda   Fiva   nomarxlarining   ham   ismlari
keltiriladi.Ichki   urushlar   Fiva   nomarxi   Nextnebtepnefer   Intef   III   (mil.   avv.   2063-
2055-yy)ning   vorisi   Nebxepetra   Mentuxotep   II   (mil.   avv.   2055-   2004-yy)   va
Gerakleopol   hukmdori   Merikara   o‘rtasida   kurash   bilan   tarixda   qolgan.
Hukmronligining   39   yili   Mentuxotep   II   Yuqori   va   Quyi   Misrni   birlashtirishga
muvaffaq   bo‘ladi.   Misr   yana   yagona   davlatga   aylandi.   U   Deyr-Al-Baxridagi
ibodatxonada dafn etilgan. Fir’avn Mentuxotep III o‘z otasining siyosatini davom
ettirdi, Amon va Montu  (Fiva shahri  ilohi)  xudolariga  atab ibodatxonalar  bunyod
qiladi.   Mil.   avv.   1992-yil   fir’avn   Mentuxotep   III   vafot   etadi   va   orada   yetti   yil
Mentuxotep   IV   (hukmron   sulolaga   umuman   aloqasi   yo‘q   kishi)   mamlakatni
boshqaradi.Mentuxotep   III   ning   saroyida   chati   (vazir)   lavozimida   ishlagan
Amenemxet I ham podsho naslidan emas edi. Shunday bo‘lsa-da fir’avn vafotidan
so‘ng  aynan   u   podsholik   taxtiga   chiqdi.   Amenemxet   I   (taxminan   mil.   avv.   1976-
1956-yy)   fir’avn   bo‘lgach,   12-sulolaga   asos   soladi.   Afsonaviy   Narmerga   ixlos
qilib,   poytaxtni   Memfisdan   taxminan   20   mil   (30-32   km)   janubda   joylashgan   Iti-
Taui   (Ikkala   yerni   birlashtiruvchi)   shahriga   ko‘chiradi.   Yangi   poytaxt   Yuqori   va
Quyi Mismi muvozanatda ushlagan holda boshqarish uchun tanlangan edi.
Amenemxet   I   xattotlariga   o‘zi   haqida   bashorat   (Neferti   bashorati)
shaklidagi   afsona   yozishni   ham   buyurdi.   Shuningdek,   qo‘shinlarni   Nil   deltasiga
yuborib,   qal’a   va   mudofaa   devorlarini   (hukmdor   devori)   qurdirdi.   Osiyolik
ko‘chmanchilarning   Misrga   kirib   kelish   to‘lqini   nazoratga   olindi.   Iti-Taui   shahri
yaqinida o‘zi uchun kichik ehrom ham bunyod ettirdi.  Afsuski, Amenemxet I fitna
natijasida o‘z soqchilari tomonidan o‘ldiriladi. Bu hodisa haqida keyinchalik uning
o‘g‘li   Senusert   I   yozma   ma’lumot   qoldirgan.Senusert   I   (mil.   avv.   1956-1911-yy)
hokimiyatga   kelishdan   oldin   otasining   buyrug‘i   bilan   Nubiya   va   Liviyaga   harbiy
yurishlar   qiladi   va   katta   o'ljalar   olib   kelgan.   Fir’avn   Amenemxet   I   o‘ldirilgan
paytda, shahzoda Liviyada harbiy yurishda bo‘lgan. Poytaxtga qaytgach, otasining
5 qotillarini   jazolaydi   va   taxtni   qo‘lga   kiritadi.   So‘ngra   saroyda   unvonlar   tizimini
tartibga   soladi.   Mamlakat   iqtisodiyotini   tiklaydi   hamda   Fayum   vohasini
o‘zlashtirishni   kengaytirgan.   Uning   davrida   vazirlik(chati)   lavozimlarida
Antefoker,   Sobekxotep   va   Mentuxotep   kabi   amaldorlar   faoliyat
ko‘rsatishgan.Tashqi siyosatda Senusert I ko‘proq e’tiborni qo‘shni Nubiyani zabt
etishga   qaratadi.   Uning   harbiy   unvonlari   orasida   “Iuntiuni   mahv   etuvchi”   va
“Nubiyaliklar   chegarasiga   chiquvchi”   kabilar   e’tiborga   molik.   G‘arb   olimlarining
fikricha,   “Iuntiu”   atamasi   o‘sha   vaqtda   aynan   Nubiya   qabilalariga   nisbatan
ishlatilgan. 1
Nubiyaga uyushtirilgan yurishlar dastlab talonchilik uchun qilingan bo‘lsa,
keyinchalik bosib olish xususiyatini o‘zida aks ettirdi. Mil. avv. 1929-yilda fir’avn
Senusert   I   Nubiyaga   yana   bir   katta   harbiy   yurishni   amalga   oshiradi.   Bu   safar
misrliklar Nil daryosining 2-pog‘onasidan o‘tib, Kush mamlakatiga kirib keladilar.
Ammo   Senusert   I   ning   asosiy   maqsadi   Nubiyaning   harbiy   salohiyatini   o‘rganib
chiqish   edi.Misrliklar   Finikiyaning   Bibl   va   Ugarit   shaharlari   bilan   savdo
aloqalarini   o‘matishga   muvaffaq   bo'ldilar.   Nil   daryosi   Nubiya   bilan   savdo
vositasiga aylandi. Shu bilan bir  qatorda Egey dengizi  orollari  xalqlari  bilan ham
savdo iqtisodiy aloqalar o‘ratildi.O‘rta podsholik davrida Misrning ichki va tashqi
siyosati.   Ichki   siyosatda   mahalliy   nomliklar   o‘z   mustaqilligini   nisbatan   saqlab
qoldilar.   Nomlik   hududi   ichida   nomarxlar   cheklangan   qo‘shinlariga   ham   ega
bo‘lishgan.   Mahalliy   ilohlar   va   kohinlar,   markaziy   hokimiyat   tomonidan   tan
olingan.   Nomarxlik   otadan   bolaga   meros   tariqasida   o'tgan,   fir’avn   uni   faqatgina
tasdiqlagan.Fir’avn   Senusert   I   davrida   Misrni   konfederativ   shakldagina
markazlashgan   davlat   sifatida   ko‘rish   mumkin.   Hayotining   so‘nggida   Senusert   I
o‘z   hokimiyatini   o‘g‘li   Nabkori   Amenemxet   II   (mil.   avv.   1911-1877-yy)   bilan
bo‘lishib boshqardi. Bu esa hokimiyatni tinch y o i bilan meros qilib berish hamda
ichki urushlami  oldini olish demak edi. Amenemxet  II otasidan qudratli  iqtisodiy
va   harbiy   jihatdan   kuchli   davlatni   qabul   qilib   olgan   edi.   Uning   hukmronlik
yillarida   deyarli   30   yil   yirik   urushlar   bo‘lmadi.   Misr   bilan   chegaradosh   barcha
1
  Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.2009.48-bet
6 davlatlar   savdo-sotiq   aloqalarini   o‘rnatgan   edilar.   Krit,   Suriya,   Kichik   Osiyo   va
Mesopotamiyadan tamkarlar (savdogarlar) mamlakatga kelishgan. Natijada Misrga
osiyoliklaming ko‘chib o‘tishi kuchaygan. Mil. avv. 1877-yilda taxtni Amenemxet
II   ning   o‘g‘li   Senusert   II   (mil.   avv.   1877-1870-yy)   egallaydi.   Uning   hukmronligi
yillarida   Fayum   vohasi   irrigatsiyasi   tartibga   solinib,   qishloq   xo‘jaligida   katta
qurilish   ishlari   amalga   oshiriladi.   Shu   yerda   fir’avn   o‘z   ehromi   (xom   g‘ishtdan
qurilgan)   va   Xotep-Senusert   (Senusert   mamnun)   shahrini   ham   qurdirgan.
Shaharning   zodogonlar   yashaydigan   qismi   va   podsho   saroyi   alohida   mustahkam
devor   bilan   o‘rab   olingan.   Butun   shahar   alohida   mudofaa   istehkomiga   ega   edi.
Yangi yerlar o‘zlashtirildi va dehqonchilikka katta e’tibor qaratildi. 2
Senusert II vafotidan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Senusert III (mil. avv. 1870-
1831-yy)   keladi.   Hukmronligining   6,   8,   10,   16-yillarida   Nubiyaga   qator   harbiy
yurishlar   uyushtiradi.   Misrliklar   mamlakatni   talab   vayron   qiladilar   va   mahalliy
aholini   shafqatsiz   qirg‘in   qilib,   quduqlarini   zaharlab   ayollar   hamda   bolalarni
qullikka olib ketadilar. 
2
  Ладынин И. А. И др. История древнего мира: Восток, Греция,  Рим.84-89 bet
7 1.2.O rta podsholik davrida Misr aholisining ijtimoiy ahvoli.ʻ
O‘sha   davrda   Misr   chegaralari   janubga,   ya’ni   Nil   daryosining   2-
pog ‘ onasidan   ham   o ‘ tib   ketgan   edi . Fir’avn buyrug‘i bilan chegara qal’alari qurilib,
bojxona   tartibga   solindi.   Endi   Misrga   maxsus   ruxsatsiz   kirib   kelish   (savdodan
tashqari)   cheklab   qo‘yildi.   Daxshurda   Senusert   III   ning   buyrug‘i   bilan   12-
sulolaning eng katta ehromi bunyod etiladi. Uning vorisi Amenemxet III (mil. avv.
1831-1786-yy.)   davrida   O‘rta   podsholik   madaniyati   yuqori   cho'qqisiga   yetdi.
Memfisdagi Ptax ibodatxonasi kengaytirildi va Biaxmuda (shimoli g‘arbiy Fayum
atroflari)   ibodatxona   qurildi.12-sulola   fir’avnlari   mamlakatni   barqaror   holatga
keltirdilar.   Ular   faol   ichki   va   tashqi   siyosat   yuritib,   Misrni   kuchli   davlatga
aylantirdilar.   Fayum   vohasini   o‘zlashtirish   davom   etdi.   Nubiyadagi   boy   oltin
konlari ishlatila boshlandi. Nubiyada yangi qal’alar qurilib, bu yerga Misrdan aholi
ko‘chirilib keltirildi. Nilning har ikki qirg‘og‘ida, ikkinchi pog‘onasida Semna va
Kumna   nomli   mustahkam   qal’alar   qurildi.   Nubiyaning   katta   qismi   amalda
Misrning   viloyati   bo‘lib   qoldi.   Sharqiy   O‘rtayer   dengizi   hududlaridan   kumush,
qurilish   yog‘ochi   (asosan   kedr   yog‘ochi)   olib   kelinadi.   Finikiyaning   bir   necha
shaharlari Misrga qaram bo‘ldi.
O‘rta podsholik davrida katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga
qo‘shildi.   Fayum   vohasida   tarmoqlangan   sug‘orish   tizimi   barpo   qilindi.   Janubiy
delta,   Fayum   va   uni   atroflarini   obod   qilinishi   12-sulola   fir’avnlarining   poytaxtni
Fivadan   yangi   qurilgan   shahar   Ittaun   («Ikkala   yemi   birlashtiruvchi»)   shahriga
ko‘chirishlariga   sabab   bo‘ldi.   Mehnat   qurollari   takomillashdi.   Sinayda   mis
xomashyosi   qazib   olish   ko'paydi.   Shimoliy   Nubiyada   oltin   va   mis   xomashyosini
qazish   yo‘lga   qo‘yildi.   Qishloq   xo‘jaligi   yuksalib,   yangi   qulay   omoch   paydo
bo‘ldi.   Ilk   bronza   qurollar   keng   o'zlashtirildi.   Mesopotamiya,   Kichik   Osiyo   va
Sharqiy   O‘rtayer   dengizi   qirg‘oqlari   bronza   qurollarni   bundan   ancha   oldinroq
qo‘llay   boshlagan   edilar.   Misrning   bu   sohada   qoloqligining   sababi,   Nil   va   uning
atrofida   mazkur   xomashyoning   kam   uchraganligida   edi.   Boshqa   yutuqlardan   biri
shishaning   kashf   etilishi   bo‘lgan.   Iqtisodiyotning   jonlanishi   metallarga,   kumush,
qurilish   yog‘ochiga   ehtiyojni   kuchaytirdi.   Bu   chet   mamlakatlar   bilan   savdo
8 aloqalarini   faollashuviga   olib   keldi.   Misr   savdo   karvonlari   Nil,   Suvaysh   orqali
Kichik   Osiyo   va   Bobilga   chiqdilar.   Bu   vaqtda   janubiy   Nubiya   va   Puntdan   oltin
olib kelindi. 3
3
 Kabirov A.Qadimgi sharq tarixi.2016.48-50-bet
9 1.3.O rta podsholikning qulashiʻ .
O‘rta   podsholik   davrida   yirik   xo‘jaliklar   o‘rniga   o‘rta   xo‘jaliklar   yetakchi
o‘rin egalladi.  Ular foyda keltiradigan barqaror xo‘jalik edi. Bozor bilan bog‘lanish
va   qo‘l   mehnatidan   foydalanish   kuchaydi.   Kichik   xo‘jaliklarning   soni   oshdi.
Moddiy   boylikning   asosiy   yaratuvchilari   ishlab   chiqarish   vositalari   va   mehnat
qurollaridan   mahrum   bo‘lg   an   “xemuu-nesut”   -   “podsho   odamlari”   deb   atalgan
ishchilar   bo‘lgan.   Ular   podsho,   ibodatxona,   zodagonlar   yerida   ishlab,   oziq-ovqat,
kiyim-kechak   va   boshpana   olganlar.   “Podsho   odamlari”   yoshlik   paytidan   aholi
ro‘yxatidan   o‘tkazilib,   ma’lum   hunarlarga   taqsimlanar   edilar.   Misrda   o‘sha
zamonga   mos   qat'iy   huquqiy   tartib   o‘rnatildi.12-sulola   vakillari   kuchli   qo‘shinga
tayanib,   bosqinchilik   siyosatini   olib   bordi.   Ayniqsa,   Nubiya   va   Sharqiy   O‘rtayer
dengizi   qirg‘og'iga   nisbatan   istilochilik   hujumlari   kuchaydi.   Mamlakatga   ko‘plab
qullar   keltirila   boshlandi.   Oqibatda   Misrda   boshqa   millat   va   etnoslami   ko‘rish
mumkin edi.O‘rta podsholikning inqirozi sabablari. Fir’avn Amenemxet IV vafoti
bilan   mamlakatda   12-sulolaning   erkak   vakillari   qolmadi.   Garchand   uning   o‘gay
singlisi   Nefrusebek   fir’avn   sifatida   taxtga   ko‘tarilsada,   Misrda   ichki   nizolar   ortib
bordi.   Mil.   avv.   1786-yilda   12-sulola   o‘rniga   13-sulola   vakillari   keldi.   Ushbu
sulola vakillaridan Sebekxotep II va Amenemxet V davrlarida siyosiy inqiroz avj
ola   boshladi.   O‘rta   podsholik   yana   nomliklarga   bo‘linib   ketdi.“Turin   papirusi”
ma’lumotlariga   ko‘ra   mil.   avv.   1675-yilda   Quyi   Misrga   Osiyodan   ko‘chmanchi
giksos   qabilalari   kirib   keladilar   va   Deltani   egallaydilar.   Giksoslar,   Misrga
Shimoliy Arabiston, Falastin va Suriya yerlaridan kirib kelganlar. Giksoslar sardori
Xian fir’avn maqomini qabul qilib, 15-sulolaga asos soladi. Ular Quyi Misrni 100
yildan   ko‘proq   (ayrim   manbalarda   108   yil)   boshqardilar.   Ammo,   Yuqori   Misr
nomligi   Fiva   shahri   boshchiligida   mustaqillikni   saqlab   qoldi.   Giksoslar   Avarisni
poytaxt   qilib,   u   yerdan   Deltani   boshqardilar.   Ko‘chmanchilami   g‘alabasini
jangovar   aravalar   ta’minlab   berdi.   Misr   qo‘shini   piyoda   jang   qilishga   ko‘nikkan
edi.   Yuqori   Misrning   ayrim   nomliklari   giksoslarga   o'lpon   to‘laydigan   bo‘ldilar.
Giksos   fir’avnlaridan   Xian   va   Apepilar   (hukmronlik   yillari   munozarali)   davrida
Quyi   Misr   kuchaydi,   ammo   butun   Yuqori   Misr   hududini   butunlay   egallay
10 olmadilar. Ular Abidosga qadar o‘z ta’sir doiralarini saqlab tura olishlari mumkin
edi. Natijada bir oz vaqt o‘tib, Yuqori Misrliklar Fivada 17-sulolaga asos soldilar.
Fiva nomligi  tez  orada  Yuqori   Misr   nomliklarini  Kamos   boshchiligida  birlashtira
oldi.   Nil   daryosida   harbiy   flot   tuzildi,   qo‘shin   tartibga   solindi.   Avaris   hukumati
giksos   fir’avni   Apopi   boshchiligida   Kush   podshosiga   maktub   yozadi   va   Fiva
nomligini bo‘lib olishni taklif qilgan. Fiva nomarxi Kamosning 1-2 tosh bitiklarida
keltirilishicha,   elchi   yo‘lda   qo‘lga   tushib   qoladi   va   Kamos   giksoslarga   qarshi
urushni boshlaydi. Keyinchalik urushda to‘liq g‘alabaga Kamosning ukasi Yaxmos
erisha oladi va giksoslami Misrdan quvib yuborishga muvaffaq bo‘lgan. 4
4
 Kabirov A.Qadimgi sharq tarixi.2016.50-52-bet
11 II-bob. Yangi podsholik davrida Misr.
2.1.Yangi podsholikning vujudga kelishi.
Fiva fir’avni  Kamos  (mil. avv.  1554-1549-yy)  otasi  Taa II  Sekenenraning
siyosatini   davom   ettirib   giksoslar   bilan   urushni   davom   ettirdi.   Kamosga   Nil
daryosining   1-pog‘onasidan   14-nomlikning   Kush   shahrigacha   bo‘lgan   yerlar
bo‘ysunar   edi.   Hukmronligining   3-yilida   Kamos   kengash   chaqirib,   giksoslar   va
kushliklar   bilan   hokimiyatni   boshqa   bo'lishib   olmasligini   ta’kidlab   o‘tdi.   Uning
qo‘shinlari   Nil   daryosiga   tushirilgan   kemalarda,   shimolga   giksoslar   nazoratidagi
hududlarga kirib bordilar. Kamos (yoki Kamesu) o‘zining yirik g‘alabalari haqida
mashhur   tosh   bitigida   (1-2   “Kamos   stellasi”)   ma’lumot   berilgan.   Ammo   ko‘p
o‘tmay   Kamos   halok   bo'ladi   va   Fivada   uning   xotini   Yaxxotep   (regent)   taxtga
keladi.   Shunday   bo‘sada,   Giksoslar   bilan   urush   davom   etadi.   Bir   oz   vaqt   o‘tib
(taxminan  8  yil)   hokimiyatga  Yaxmos   I  chiqadi  hamda   Misr  tarixida  18-sulolaga
asos  soladi.Yaxmos  I  (asli  kelib chiqishi  Fiva nomligidan bo‘lmagan)  giksoslarni
poytaxti Xat-uarit(Avaris)ni egallashga muvaffaq bo‘ladi va Misrdan ularni haydab
chiqarib,   Finikiyada   mamlakat   ta’sirini   qayta   tikladi.   U   hozirgi   G‘azo   yaqinidagi
Sharuxen   qal’asini   olti   yil   qamal   qiladi   va   egallaydi.   Misrliklar   kamonchilar,
piyodalar va jangovar aravalardan (giksoslardan o‘rganganlar) unumli foydalanib,
imperiya   tuzishga   kirishadilar.   Yaxmos   I   davlatni   boshqarishda   xotini   Yaxmos-
Nefertari   bilan   birga   idora   qiladi.   Yaxmos-Nefertari   turmush   o'rtog‘idan   keyin
o‘g‘li   Amenxotep   I   va   fir’avn   Tutmos   I   davrida   ham   hayot   bo‘lganligi   tarixdan
ma’lum. Shu tariqa Yangi podsholik (mil. avv. 1570-1075-yy) davri boshlanadi. 5
Arxeologik   va   yozma   ma’lumotlarga   ko‘ra,   Yaxmos   I   ning   o‘g‘li
Amenxotep I (mil. avv. 1525-1504-yy) Osiyoda hech qanday urush olib bormadi.
U   faqat   Nubiyani   qayta   bo‘ysundirib,   otasining   g‘alabalarini   mustahkamlaydi.
Amenxotep   I   dan  keyingi   fir’avn   Tutmos   I   (mil.  avv.   1504-1492-yy.   )   Yaxmos   I
ning qizi Yaxmesga uylangan edi. Tutmos I asli kim bo‘lganligi borasida hozirga
qadar   olimlar   munozarali   fikr   bildiradilar.   Uning   otasi   haqida   ma’lumotlar   yo‘q,
lekin onasini  ismi  Reniseneb  deb ta’kidlangan. Fir’avnning Misrcha  ismi  Dxauti-
5
 Urakov D.Qadimgi sharq tarixi.Yunoniston va Rim tarixi.2020.36-38-betlar
12 masi   yani   “Tot   xudosidan   tug‘ilgan”   –   degan   ma’noni   bildiradi.Taxtga   keliboq,
Tutmos I Nubiyadagi qo‘zg‘olonni bostiradi, isyonchilar sardorini o‘ldirib, tanasini
Nil   bo‘ylab   suzuvchi   kemaga   osib   qo‘yadi.   So‘ngra   Nilning   3-pog‘onasiga   qadar
o‘z   kemalarida   kirib   boradi   va   Dongola   viloyatigacha   bo‘lgan   yerlarni   Misrga
bo‘ysundiradi.   Nubiyada   bir-necha   o‘nlab   qabilalar   qulga   aylantiriladi.   Janubdagi
g‘alabalaridan   so‘ng,   Tutmos   I   Falastin   va   Suriyaga   talonchilik   yurishlarini
uyushtiradi.   Misr   qo‘shinlari   Frot   daryosigacha   chiqib,   u   yerda   Naxarina
(Mitanni)liklarni   mag‘lub   etadilar.   Suriya   knyazliklari   katta   qarshilik   qilmadilar.
Misr   askarlari   o‘ljalar   bilan   yurtlariga   qaytadilar.   Tutmos   I   davrida   Misr   Yaqin
Sharqning   eng   katta   davlatlaridan   biriga   aylandi.   Misr   Mitannidan   shimoliy
Suriyani tortib olib, o‘z nazorati ostiga oldi. Nubiyada misrliklar Nilning uchinchi
pog‘onasida   ilgari   mustaqil   bo‘lgan   Kush   davlatining   poytaxti   Kermani
egalladilar. 6
Tutmos I ning vorisi, uning kichik xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Tutmos II (mil.
avv.   1492-1479-yy   atrofida)   bo‘lajak   mashhur   malika   Xatshepsutga   uylandi.
Taxtda   uzoq   o‘tirmasada,   ammo   Nubiya   va   Falastindagi   qo‘zg‘olonlarni
bostirishga  muvaffaq  bo‘ladi.  Misr   qo‘shinlari  Nubiyadan   isyonchilar   sardorining
o‘g‘lini   garovga   olib   qaytadilar.   Tutmos   II   vafot   etgach,   malika   Xatshepsut   o‘z
o‘gay   o‘g‘li   Tutmos   III   ni   davlat   ishlaridan   chetlashtirishga   harakat   qildi.   Vaqt
o‘tishi   bilan   malika   yodgorliklarda   o‘zini   mustaqil   fir’avn   sifatida   tasvirlay
boshladi.   Malika   erkak   fir’avn   kabi   o‘z   hokimiyatining   to‘laqonligini   ta’kidlash
uchun   gavda   tuzilishini   erkaklarga   o‘xshatib,   soqol   qo‘yilgan   holda   tasvirladi.
Malika   Xatshepsut   fir’avn-jangchi   unvoniga   da’vo   qila   olmas   edi.   Shunga
qaramasdan   u   Puntga   (Eritreya)   katta   ekspeditsiya   tashkil   qildi.   Malika   davrida
Karnakda Xed-sed bayrami  sharafiga katta ibodatxona va Dayr-al-Bahrda o‘zi va
otasi   Tutmos   I   ga   atab   ibodatxona   barpo   qiladi.   Bu   inshootlaming   yaqinida
Xatshepsut   davrida   oliy   kohin,   me’mor   Senemutning   sag‘anasi   qad   ko‘tardi.
Senemut   fir’avn   Xatshepsut   davrida   uning   eng   yaqin   kishisi   sifatida   davlatni
boshqarishda qatnashadi.
6
 Kabirov A.Qadimgi sharq tarixi.2016.55-bet
13 Ammo Xatshepsut vafotidan so‘ng Tutmos II ning Isida ismli kanizagidan
tug‘ilgan   o‘g‘li   Tutmos   III   taxtga   keladi   va   o‘gay   onasidan   qolgan   barcha
yodgorliklardan uning ismini o'chirtirib tashlaydi. Ayol fir’avn Xatshepsut davlatni
boshqargan bo‘lsa-da, ammo rasman taxtda Tutmos III o‘tirar edi. Lekin u 20 yilga
yaqin   qo‘g‘irchoq   podsho   hisoblangan.   Keyinchalik   tabiatan   lashkarboshilik
qobiliyatiga   ega   bo‘lgan   fir’avn   qo‘shinni   qayta   tuzib,   harbiy   yurishlarga
tayyorgarlik ko‘radi.Tutmos III (mil. avv. 1479-1438-yy) istilochilik urushlari olib
bordi.   G‘ayratli   sarkarda   Tutmos   III   Sharqiy   O‘rtayer   dengizi   qirg‘og‘ini   Misr
ta’siri  ostiga o‘tishi  uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko‘rdi. Tulmos III Falastinga
ko‘p   sonli   qo‘shin   tortdi.   Megiddo   shahri   yonida   Suriya   va   Falastinning   shahar-
davlatlari Kadesh shahri boshchiligidagi birlashgan qo'shinlari Tutmos III armiyasi
bilan   uchrashdi.   Qonli   jang   misrliklar   g‘alabasi   bilan   tugadi.   Dushman
askarlarining   qoldiqlari   Megiddo   devorlari   ortiga   berkindilar.   Shahar   yetti   oy
qamal   qilinadi   va   Kadesh   shahri   hukmdori   o‘z   ittifoqchilari   bilan   birga
misrliklarga   taslim   bo‘ladi.   Natijada   Misr   Suriya   va   Falastinning   katta   qismini
egallab oldi. Mitanni o‘z qo‘shinlarini Frot ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya,
Finikiya   va   Falastin   hududlarini   yon   berishga   majbur   bo‘ldi.   Misr   askarlari   Frot
daryosidan o‘tib mitanniliklarni ta’qib qilganliklari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Fir’avn   Tutmos   III   ning   yurishlari   Suriya   knyazliklari   (Kadesh   va   keyinchalik
Tunip)ga qarshi qaratilgan edi. Sakkizinchi yurish paytida esa Mitanni chegarasini
(Frot   daryosi)   ham   buzib   o‘tishga   muvaffaq   bo‘ladi.   Tutmos   III   umuman   hayoti
davomida o‘n besh marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha bo‘lgan hududlarni
bosib   oldi.   Frot   daryosi   bo‘yidagi   Karxemish   shahrini   ham   egallaydi.   Bu   esa   o‘z
navbatida   Misr   qo'shinini   Kichik   Osiyo   chegarasigacha   chiqishiga   olib   keladi.
Janubda   Misr   Nilning   to‘rtinchi   ostonalarigacha   bo‘lgan   yerlami   o‘z   tasarrufiga
oldi. 7
Misr   saltanatining   ichki   va   tashqi   siyosati.   Tutmos   III   ning   istilochilik
urushlari natijasida Misr  mil. avv. XV asrda Old Osiyodagi  eng qudratli davlatga
aylandi.   Old   Osiyoning   Mitanni,   Xett   va   Bobil   kabi   kuchli   davlatlari   Misrning
7
  Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.2009.34-35-bet
14 kuch-qudrati   bilan   hisoblashishga   majbur   bo‘ldilar.   Ular   Misr   bilan   do‘stona
munosabat   o‘rnatishga   harakat   qildilar.   Bu   to‘g‘risida   o‘sha   davrdagi   ko‘pgina
yozma   manbalar   ma’lumot   beradi.Mil.   avv.   1386-yilda   taxtga   Tutmos   IV   ning
o‘g‘li   Amenxotep   III   davrida   Misrda   tinchlik   va   osoyishtalik   hukm   surdi.
Garchand Nubiyaga yurish uyushtirilgan bo‘lsa-da, bu harbiy kompaniya ikkinchi
darajali   xarakterga   ega   bo‘lgan.   Mamlakat   iqtisodiyoti   izga   tusha   boshlaydi.
Mitanni   davlati   bilan   do‘stlik   aloqalarini   tiklaydi.   Mitanni   podshosi   Shutarna   II
fir’avnga xotinlikka malika va 317 ta 29 xizmatkorni yuboradi. Zero, Amenxotep
III   ona   tomondan   Mitanni   podshosi   Artadamning   nevarasi   edi.   O‘z   navbatida
qo‘shnisini   kuchsizlantirish   maqsadida,   Mitanni   vassali   Ashshur   podshosi
Ashshurnadinaxxe II bilan yashirin aloqalar olib boradi. 8
Mashhur   Amenxotep   IV   Exnaton   (mil.   avv.   1375-1336-yy)   davrida
Misrning tashqi siyosiy axvoli yomonlashadi. Uning diniy islohoti (Aton xudosini
ulug‘lash) mamlakat mafkurasini ikkiga bo‘lib yubordi. Eski din kohinlari quvg‘in
qilindi   va   ibodatxona   boyliklari   davlat   hisobiga   musodara   qilindi.   Exnaton
ajdodlari   kabi   Nil   daryosi   qirg‘oqlaridagi   irrigatsiyani   rivojlantiradi. Savdo  hajmi
oshib boradi, ammo Mitanni janubiy Suriyaning katta qismini bosib oladi. Osiyoda
yana   bir   raqib   Xett   davlati   urushga   tayyorlana   boshladi.   Exnatonning   o‘g‘li
Tutanxamon (mil. avv. 1336-1327-yy) davrida ahvol o‘zgarmadi. Tutanxamon 10
yoshidan fir’avn taxtiga o‘tiradi va bir yil o‘tmay otasi qurgan shahar Axetatondan
chiqib   ketadi.   Fiva   yana   diniy   markazga   aylanadi.   U   eski   xudolar   (Amon,   Ptax,
Tot,   Gor,   Osiris   va   Anubis)   larga   sig‘inishni   qayta   tikladi.   Quvg‘inga   uchragan
kohinlar  uni  qo‘llab-quvvatladilar.  Tutanxamon  vafotidan   so‘ng  Eye  hokimiyatga
keladi,   ammo   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyat   o‘zgarmaydi.   Taxtga   Tutanxamonning
qarindoshi   lashkarboshi   Xoremxeb   (mil.   avv.   1323-1295-yy)   kelgach   19-sulolaga
asos soladi. Asli  kelib chiqishi  Yuqori  Misrning 18-nomligidan (Xanislik)  bo‘lib,
qobiliyatli siyosatchi va sarkarda edi. U Misr armiyasini ikkiga ajratib (shimoliy va
janubiy),   Nubiyani   nazorat   qilish   maqsadida   janubiy   va   Osiyodagi   mulklami
nazorati uchun shimoliy qo‘shinlami javobgar qilib qo‘ydi.
8
  Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.2009.40-bet
15 Mil.   avv.   1295-yilda   Xoremxeb   farzandsiz   olamdan   o‘tadi   va   fir’avnlik
taxtiga   Ramzes   I   (ayrim   olimlarning   fikricha   u   19-sulola   asoschisi   hisoblanadi)
keladi. Yangi hukmdor Misr qo‘shini tarkibidagi yollanma askarlar sonini oshiradi
hamda fir’avnni qo'riqlash uchun maxsus qismlami joriy etadi. Biroq, xettlar bilan
Suriya masalasida kelishmovchiliklar keskinlashadi. Ramzes I bir yil hokimiyatda
o‘tiradi.   So‘ngra   kelib   chiqishi   otasi   Ramzes   I   kabi   Quyi   Misrdan   bo‘lgan   Seti   I
(“Set xudosiga tegishli”) fir’avn bo‘ladi. Uning davrida Falastin va Suriyaga harbiy
yurish   qilinadi.Seti   I   ning   o‘g‘li   Ramzes   II   (mil.   avv.   1279-1213-yy)   davrida
xettlar   bilan   Suriyani   nazorat   qilish   uchun   urush   olib   borildi.   Ramzes   II
ibodatxonalar   boyliklarini   ham   urushga   sarfladi.   Kadesh   yonidagi   jangda   Xett
podshosi   Muvatalis   bilan   to‘qnashdi.   Fir’avn   g‘alabaga   erishdi,   ammo   jangda
halok   bo‘lishiga   oz   qolgan   edi.   Misrliklar   halok   bo‘lgan   xettlarning   qo‘llarini
chopib olib, o‘z fir’avnlariga keltirdilar. 9
Mil.   avv.   1279   yoki   1270-yillar   atrofida   Xett   podshosi   Xattusili   Ш
tashabbusi   bilan   Misr   va   Xett   podsholigi   o‘rtasida   tinchlik   shartnomasi   tuziladi.
Shartnomalarda davlatlar o‘rtasidagi chegaralar kelishib olingan, ularni buzmaslik,
birovning   hududida   yangi   shaharlarga   asos   solmaslik   va   biror   tomonning   shunga
o‘xshash   urinishlariga   yo‘l   qo‘ymaslik   kabi   majburiyatlar   belgilangan.   Har   ikki
tomon   uchun   qaram   bo‘lgan   podsholar   bilan   uchinchi   tomon   ittifoq   tuzishi   man
etilgan.   Agarda   Xett   podshosi   urushga   kirgan   paytda,   u   bilan   shartnoma   tuzgan
tomon   o‘z   “betarafligi”ni   e’lon   qilsa,   Misr   xettlar   dushmani   bilan   maxfiy
aloqalarda   bo‘lgan   deb   hisoblangan.   Tuzilgan   tinchlik   bitimining   moddalarida
ichki   va   tashqi   dushmanlaming   har   qanday   hujumiga   qarshi   birgalikda   chiqish
ta’kidlanadi.   Birinchi   da’vatning   o‘zida   kontragent   (shartnoma   tuzgan   har   ikki
tomonning biri) o‘zining qo‘shinlari bilan yordamga kelishi lozim edi. Ushbu bitim
ning   ayrim   bandlari   faqat   bir   tomon   uchun   taalluqli   bo'lishi   mumkin   edi.
Kelishuvda aytib o'tilgan shartlarning to‘liq bajarilishi nazorati har ikki tomondan
mingta yaqin guvoh – xudolar haykalchalari bilan belgilandi.
9
  Urakov D.Qadimgi sharq tarixi.Yunoniston va Rim tarixi.2020.  36betlar
16 Xett   mamlakatining   tashqi   siyosatida   sulolaviy   nikohlar   muhim   o‘rin
egallagan. Shu jihatdan Xett podsholarining qizlariga bosh xotin, ya’ni  mamlakat
malikasi   maqomini   kafolatlovchi   shartlar   ilgari   surildi.   Misr   qo‘l   ostida   Falastin,
Finikiyaning katta hududi va janubiy Suriyaning bir qismi qoldi. Bu mamlakatlar
shimolidagi   barcha   hududlar   xettlarning   mulki   hisoblandi.   Tinchlik   shartnomasi
bilan   birga,   o‘zaro   yordam   berish   majburiyatiga   asoslangan   ittifoq   shartnomasi
ham   tuzilgan.   Shunga   ko‘ra   nikoh   diplomatiyasi   qo'llanilib,   Ramzes   II
Xattusilining   qizlaridan   biriga   uylanadi.Keyingi   fir’avnlar   Memeptax   (mil.   avv.
1212-1202-yy), Amenmes (mil. avv. 1200-1194-yy), Saptax (mil. avv. 1194-1188-
yy) davrlarida Misr o‘z qudratini saqlab qoldi.
Yangi   podsholik   davrida   sun’iy   sug‘orish   inshootlarini   bunyod   etish,
ta’mirlash   va   tartibga   solish,   yangi   o‘zlashtirilgan   yerlarga   suv   chiqarish
fir’avnlarning   nazoratida   turgan.   Serunum   Fayum   vohasida   yangi   yerlar
o‘zlashtirilib,   voha   asta-sekin   Misrning   bug'doy   omboriga   aylangan.   Eski
irrigatsiya inshootlari tozalanib borilgan. Nil daryosining suvlarini chiqishi ustidan
doimiy nazorat o‘rnatilgan.Nil vodiysida uzumchilik, bog‘dorchilik va asalarichilik
rivojlanib   borgan.   Yangi   podsholik   davrida   Misr   iqtisodiyotida   ziroatchilik   va
chorvachilik yetakchi soha sifatida hisoblanib, mahsulotlami hatto chetga ko‘plab
yetkazib bergan.Mil. avv. 1140-yili Misr o‘zining chegaralarini tashqi dushmandan
himoya qila olmay qoldi. Mamlakatga Liviya yerlaridan ko‘chmanchilaming kirib
kelishi kuchaydi. Ularni Misr qo‘shiniga yollash kengaydi.
Yangi   podsholik   davrida   yagona   davlatning   yemirilishi   bilan   Misrda   III
O‘tish davri (mil. avv. 1075-656-yy) boshlandi. Bu davrda Misrda rasman yagona
podsho hokimiyati mavjud bo‘lsa-da, siyosiy tarqoqlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga
chiqdi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Dastlab mil. avv. 943 yili
asli   meshauashi   (liviyalik)lardan   bo‘lgan   Sheshonk   (mil.   avv.   943-922-yy)   21-
sulolaning so'nggi  vakili  Psusennes  II  o‘limidan so‘ng hokimiyatga keladi  va 22-
sulolaga   asos   soladi.   Poytaxtni   Nil   deltasining   Sharqidagi   Per-Bastet   (yunoncha
Bubastis)   shahriga   ko‘chiradi.   O‘z   o‘g‘li   Osorkonni   sobiq   podshoning   qizi
Maatkaraga   uylantirib,  taxt  vorisligi   tizimini  o‘z  foydasiga   hal   qilishga  muvaffaq
17 bo‘ladi.   Shu   tariqa   Misr   tarixida   Bubastislar,   ya’ni   liviyalik   fir’avnlarning
boshqaruv davri boshlanadi. Fir’avnlar Osorkon (mil. avv. 922-887-yy), Sheshonk
II   (mil.   avv.   887-885-yy),   Takelot   (mil.   avv.   885-872-yy),   Osorkon   II   (mil.   avv.
872-837-yy),   Sheshonk   III   (mil.   avv.   837-798-yy),   Sheshonk   IV   (mil.   avv.   798-
785-yy),   Pami   (mil.   avv.   785-778-yy)   va   boshqalar   davrida   Misr   taraqqiyoti
avvalgidek   emas   edi.   Mil.   avv.   760-yilda   Yuqori   Misrga   Nubiyaning   Napata
shahridan   Kashta   (mil.   avv.   760-752-yy)   ismli   podsho   qo‘shin   tortib   keladi.   Shu
tariqa   efioplar   taxtga   o‘tirib,   25-sulolaga   asos   soladilar.   Misr   tarixida   mil.   avv.
760-656   yillar   efiopiyalik   fir’avnlar   davri   hisoblanadi.   Mamlakat   yana   ichki
nizolar   oqibatida   kuchsizlanadi.   Ushbu  sulolaning   yirik  namoyondalaridan  Pianxi
va  Shabakalar   davrida  Yuqori   va   Quyi   Misr   efioplar   sulolasiga   (mil.   avv.  715-y)
bo‘ysundirildi.   Ammo   mil.   avv.   674   yili   Misrga   Ossuriya   podshosi   Asarxaddon
bostirib keladi. Mamlakat 10 yildan ziyod ossurlarga qaram bo‘lib qoladi. Qadimgi
Misr arxitekturasini Gizadagi mahobatli ehromlarsiz tasavur qilish qiyin. Shu bilan
birga   Karnak   va   Luksordagi   ulkan   ibodatxonalar   kishilarni   e’tiborini   tortadi.
Amarnadagi   saroylar   xarobalari   qadimda   Misr   fir’avnlarining   qudratidan   dalolat
beradi.   Misr   fir’avnlari   ko‘kka   bo‘y   cho‘zgan   baland   monolit   (yaxlit   tosh)
obelisklami   ham   toshdan   yasatganlar.   Misr   arxitektorlari   oddiy   mehnat   qurollar
yordamida toshdan ulug‘vor binolarni qurganlar. 10
Haykaltaroshlik   qadimgi   Misrda   san’at   darajasiga   ko‘tarilib,   haykallar
asosan   ohaktosh   va   granitdan   yasalgan.   Ilohlar   va   fir’avnlar   tasviriga   alohida
e’tibor   berilgan.   Qadimgi   Misr   xudolari   va   fir’avnlarning   ulkan   tosh   haykallar
aholi ko‘rishi uchun tashqariga joylashtirilgan. Misol uchun fir’avnlar Amenemxet
III, Tutmos III, Amenxotep IV, Tutanxamon, Ramzes II va boshqalarning ulug‘vor
haykallari ayniqsa e’tiborga loyiq.
Qadimgi   misrliklar   turli   xil   ilohlarga   sig‘inganlar.   Ularning   dinida   ko‘p
xudolik   alohida   ahamiyatga   ega   edi.   Masalan:   Ptax   ilohi   yaratuvchi   timsolida
gavdalangan,   unga   Yuqori   va   Quyi   Misrda   ham   ibodat   qilganlar.   Ra   -   quyosh
xudosi, Osiris-hosildorlik va marhumlar  dunyosida  sudyalik  qiluvchi  xudo, Isida-
10
  Urakov D.Qadimgi sharq tarixi.Yunoniston va Rim tarixi.2020. 46-betlar
18 onalik ilohasi,  Set-urush  va  o‘lim   xudosi,  Anubis-marhumlar   xudosi, Tot-donolik
va   oy   xudosi,   Xor-tog‘lar   va   osmon   xudosi,   Bastet-go‘zallik   va   xursandchilik
ilohasi, Maat-adolat  va haqiqat  ilohasi, Montu-urush  xudosi, Sebek – daryolar  va
ko‘llar   xudosi,   Seshat-yozuv,   hisob-kitob   va   xotira   ilohasi,   Xapi-Nil   xudosi   va
boshqalar.   Umumiy   hisob   bilan   qadimgi   Misr   tarixida   mingga   yaqin   xudolari
bo‘gan.   Qadimgi   Misrda   o‘z   xudolarini   yarim   inson   va   yarim   hayvon   qiyofasida
tasvirlaganlar   va   inson   o‘limidan   keyin   uning   boqiy   ruhi   mavjud   deb
hisoblaganlar.   Fir’avnlami   ko‘mishdan   oldin   uning   tanasi   kohinlar   tomonidan
mumiyolangan.   Bu   jarayoni   70   kun   davom   etgan.   Mumiyolash   orqali   fir’avn
tanasini   saqlab,   tosh   tobut   “sarkofag”   ga   qo‘yishgan.   Qadimgi   misrliklarning
tasavvurida   har-bir   inson   “Ka”   deb   nomlangan   ilohiy   quvvatga   ega   bo‘lib,
o‘limidan keyin ushbu quvvat yashashni davom ettirishiga ishonganlar.
Qadimgi   Misrda   ilm   fan   taraqqiy   etgan   bo'lib,   ayniqsa   geografiya,
geometriya,   matematika,   astranomiya,   tibbiyot   va   boshqalar.   Masalan:   Geliopolis
va keyinchalik Sais shaharlarida kohin tabiblami tayyorlaydigan ta’lim dargohlari
bor   edi.   Ular   bemorlami   davolashda   hatto   jarrohlik   amaliyotidan   ham
foydalanishni   bilganlar.   Chunki   Misrlik   kohin   tabiblar   mumiyolash   jarayonini
yaxshi   bilgani   uchun,   inson   a’zolarining   ichki   tuzilishidan   xabarlari   bo‘lgan.  Shu
bilan birga shifobaxsh o‘simliklar yordamida odamlami davolay olganlar.
Qadimgi   Misrliklar   quyosh   kalendariga   ham   ega   edilar.   Unga   ko‘ra   bir   yil
365   kunga   teng   bo‘lgan,   bir   oy   esa   30   kunni   tashkil   qilgan.   Qolgan   besh   kun
bayram   sifatida   nishonlangan.   Astronomiya   bilan   asosan   kohinlar
shug‘ullanganlar. Kunduzi quyoshni soyasiga qarab soatni aniqlashgan. Tunda esa
vaqtni   aniqlash   uchun   suv   soatlardan   foydalanganlar.   Umuman   qadimgi   Misr
madaniyati,   insoniyat   sivilizatsiyasini   rivojlanishida   ijobiy   rol   o‘ynagan.
Misrliklarni   aytishiga   ko’ra   ularni   tarixini   eng   yorqin   davri     III   sulolaning     eng
yirik   hokimi,   qadimgi   podsholik   davlatchiligini   asoschisi   Joser   edi   (er.   avv.
XXVIII   asr   boshlari   atrofida).     U   Memfis   shahrini   poytaxt   mavqeini   tikladi.
Podsho   hokimiyatini   kuchaytirdi,   jumladan   podshoni   jismi   xudolar   jismiga
o’xshab oltindan  yaratilganini anglatadigan yangi unvonni kiritdi. Josergacha Misr
19 podsholarini   xom   g’ishtdan   qurilgan     yassi   bino-mastaba   (arabcha-o’tirg’ich)ga
dafn   qilar   edilar.     Joserning   maqbarasi   ilk   piramida   shaklidagi   biri   ustidan
ikkinchisi   ustma-ust   qo’yilgan   zinapoyasimon   6   mastabadan   (balandligi   60   metr)
iborat   bo’lib   ohaktoshdan   bunyod   qilingan   edi.   Joser   piramidasini   Sakkara
hududida saroy me’mori, bosh maslahatchi-Imxotep qurdirgan.   Uning ishtirokida
Joser   davrida   yangi   yil   hisobini   Sirius   yulduzini   tongda   paydo   bo’lishiga
asoslangan yangi taqvim kiritiladi.  Joserning vorislari  davrida podsho tomonidan
qattiq   nazorat   qilinadigan   davlat   boshqaruv   apparatini   shakllanishi   tugallanadi.
Joserdan   keyingi   podsholar     Memfisdan   g’arbda   o’z   piramidalarini   qurdilar.
Nomlarning   mustaqilligi   tugatildi.     Nomarxlar   podshoga   qaram   bo’lgan,   bir
nomdan ikkinchisiga almashtirib turiladigan oliy amaldorlarga   aylantirildilar.
IV   sulolaning   asoschisi   Snofru   (er.   avv.   2600-yillar   atrofida)   Sinay   va
Nubiyaga   g’olibona   yurishlar   uyushtiradi.   Misga   boy   bo’lgan   Sinay   Misrga   to’la
qo’shib olinadi.   Snofruning   vorislari   davrida   ulug’vor   piramidalar   qurilishi
davlat   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   ishga   aylanadi.   Podsho   Xufu   (Xeons-yunoncha)
eng   katta,   balandligi   147   metr   bo’lgan   piramidani   bunyod   qiladi.     Uning   o’g’li
Xafra (Xefren) qurgan piramidani balandligi (143 m.) sal  pastroq edi. Eng so’ngi
ulug’vor   piramida   Xafraning   o’g’li   Menkaura   (Mikerin)   tomonidan   qurilgan
bo’lib, balandligi 66 m edi. Piramidalar ohaktoshlardan qurilib, granit plitalar bilan
qoplangan.   Rivoyatlarga   ko’ra   Xufu   va   Xafra   barcha   Misr   ibodatxonalarini
yopganlar   hamda   yangi   umumdavlat     quyosh   xudosi   Raga   sig’inishni   joriy
qiladilar.
V   sulola   keng   hajmdagi   ulkan   qurilishlardan   voz   kechadi,   quyosh   xudosi   Raga
sig’inishni rag’batlantiradi, Raga  sig’inish markazi Geliopol (Iunu-misrcha) shahri
edi, ibodatxonalar ekin yerlarini   hadyaga oldilar. Sulola kichik piramidalar barpo
qila   boshladi,   sulolaning   so’ngi   vakili   Unas   birinchi   bor   o’z   piramidasi   ichiga
podsho o’limidan keyin   u dunyoda   yashashi  bilan bog’liq   an’ana formulalarini
keng   to’plami   yozuvlarni-piramida   matnlarini   kiritdi.   V   sulola   davrida   misrliklar
Sinay va Nubiyada   o’rnashib qolaverdilar, Luviyada urush olib bordilar, Sharqiy
O’rtayer  dengizi  bilan  savdo  qildilar,  podsho  Isesi   davrida  Baurjed  nomli  misrlik
20 uzoq Punt  (hozirgi Somali) mamlakatiga sayohat qiladi. VI sulola davrida (er. avv.
XXIV-XXII asrning boshlari) tashqi siyosat yanada faollashadi. Uning podsholari
Falastinga   qo’shin   tortadilar.   Bibl   shahri     misrliklarning   tayanch   nuqtasiga
aylanadi,   uning   hokimlari   Misr   unvonlarini   qabul   qilib   Misr   xudolariga
sig’inadilar. Nubiyadan misrliklar oltin olib keladilar.
Qadimgi   podsholik   gullab-yashnagan   davrda     podsho   hokimiyati   bag’oyat
qudratli bo’lib, u nafaqat oddiy   misrliklar uchun   balki podshoning eng yaqinlari
uchun   ham   yetishib   bo’lmaydigan   balandlikda     turar   edi   (bir   oliy   amaldor     qabr
toshi   yozuvida   unga   faqat   podsho   taxti   oldidagi   yerni   emas   balki   podshoni
oyog’ini  o’pishga ruxsat berilganini yozadi). Xufu  va uning avlodlari  “Ra o’g’li”
unvonini qabul qildilar. Misrning qonuniy podshosi Quyosh xudosini yerdagi ayol
bilan   yaqinligidan tug’iladi  degan    tushuncha  shakllanadi.  Hech kimga podshoni
muqaddas   nomini  aytishga   ruxsat  berilmagan,  chunki  misrliklar  e’tiqodiga    ko’ra
uni   nomini   aytish   podshoga   zarar   yetkazishi   mumkin   bo’lgan.   Shu   sababli     uni
nomi boshqacha “ulug’ uy”, “katta uy” (per-o, firavn  so’zi shundan kelib chiqqan)
deb   atalgan.   Fir`avn   odam   qiyofasidagi   xudo   deb   tasavvur   qilingan.   U   xudo   Xor
(Gor)ning   ifodasi,   xudo   Raning   o’g’li,   u   o’limidan   keyin   xudo   Osiris   sifatida
ulug’langan   va   unga     sig’inish   uchun   sog’ona-piramidalar   oldida   ibodatxonalar
qurilgan. Fir'avn oliy bosh   kohin vazifasini ham bajargan. Davlat boshqaruvi uch
bo`g'indan   iborat   bo`lgan:   markaziy,   viloyat   (nom),   mahalliy   (qishloq-jamoa).
Nomlar   boshqaruvi   markaziy   boshqaruvni   kichikroq   ko`rinishidagi     nusxasi
bo’lgan.   Ko’p   hollarda   nomarxlar     separatizmi   mavjud   bo’lgan.   «Jad-jad»,
«Kanbet»   atamalari   jamoa   kengashlari   nomini   bildirib,   ular   mahalliy   sug’orish
tizimini  kuzatish bilan birga jamoada sud ishlarini ham  amalga   oshirganlar. Oila
huquqi,   jamoa   kengashlari   va   yuqori   hokimiyatga   bo`ysundirilgan   va   ularning
a'zolari   kichik     amaldorlarga   aylanganlar.   Davlat   boshqaruvi   tizimi   despotiya
(yunoncha «despotes» janob)   ya'ni yakka hukmronlikka asoslangan.    Fir'avnning
eng   yaqin   yordamchisi     oliy   amaldor-chati   (bosh   vazir)   bo’lgan.   U   barcha
amaldorlarga rahbarlik qilgan: sun'iy sug`orishni tashkil  qilgan. Chorva  mollarini
nazorat   qilish,   hunarmandlar,  harbiy  ish,   soliq     majburiyatlarini,  qurilish   ishlarini
21 nazorat   qilish   ham   vazirni   zimmasiga   yuklatilgan.   Podsho   oyoq   kiyimini   olib
boruvchisi  lavozimidagi   amaldor  bir     vaqtning o’zida   qo’shin  bosh  qo’mondoni,
saroy oqsoqoli, Yuqori Misrni boshqaruvchisi, bino quruvchi, biror-bir ibodatxona
kohini vazifalarini  ham  bajargan.   Yangi podsholik davrida Misr  qo’shinlari  qayta
tashkil   qilindi.   Giksoslar   ta'siri   ostida   qo’shin   tarkibiga   jang   aravalari   kiritildi.
Misrda   ot   zavodlari   tashkil   qilinib ,   xo’jalikning   yangi   sohasi   yilqichilik   paydo
bo’ldi.   Ot   zavodlari   davlat   hokimiyati   tomonidan   taskil   qilindi   va   ularni   oliy
mansabdor   boshqargan.   Piyodalar   asosiy   harbiy   qo`shinning   asosiy   qismi   bo`lib
qoldi.   Ammo   uning   qurol   turlari   yangilandi.   Qilichning   2   turi:   og`ir,   to’gri   va
yengilroq   o’roqsimon   qilichlar   paydo   bo’ldi.   Dushmanlardan   yaxshiroq   himoya
uchun askarlar plastinkali sovut kiya boshladilar. Qo’shin safini og`ir qurollangan
kamonchi   va   nayzachilar   to’ldira   boshladi.   Qo’shinning   yangi   turi   harbiy   dengiz
floti paydo bo’ldi. Mudofaa inshootlari (fortifikasiya) qurish san'ati takomillashdi.
Misrliklar   bosib   olingan   hududlarida   kuchli   mustahkamlangan   qal'alarni   ko’ra
boshladilar.   Qo`shinni   to’ldirish   tartibi   o’zgardi.   Askar   olishning   yangi   qoidasiga
ko’ra,   har   10   balog`atga   yetgan   erkaklardan   biri   harbiy   xizmatga   chaqiriladigan
bo’ldi.   Ammo   bu   tartib   qo’shinni   to’liq   to’ldirish   imkoniyatini   bermadi.   Shu
sababli,   XIX   sulola   davridan   boshlab,   yo`llanma   chet   el   askarlari   qo’shinning
yarmini   tashkil   qila   boshladi.XVIII   sulola   kuchli   qo’shinga   tayanib,   bosqinchilik
siyosatini   olib   bordi.   Ayniqsa,   Sharqiy   O’rtayer   dengizi   qirg`og`iga   nisbatan
istilochilik hujumlari kuchayib ketdi. Bu hududda er. avv. XV asrda Misrga qarshi
faqat   birgina   Mitanni   davlati   jiddiy   qarshilik   ko’rsata   olar   edi.   Mitanni   XVI   asr
oxiri   XV   asrning   birinchi   yarmida   qudratli   davlatga   aylangan   edi.   U   Misrning
Suriya va Falastinga ekspansiyasini to’xtatish uchun Kadesh shahri boshchiligidagi
Suriya   va   Falastinning   kichik   davlatchalari   koalitsiyasini   har   tomonlama   qo’llab-
quvvatladi.   Natijada   bu   ittifoq   Misr   ekspansiyasini   vaqtinchalik   to’xtatdi.   Misr
janubda uchinchi Nil ostonalaridagi hududlarni bosib oldi.
Yaxmos   I   giksoslarni   Osiyodan   haydab   chiqarib   Finikiyada   Misrning
ta’sirini qayta tikladi. Uning o’g’li Amenxotep I Osiyoda hech qanday urush olib
bormadi,   keyingi   fir’avn   Tutmos   I   (er.   avv.   XVI   asr   oxiri)   davrida   Misr   Yaqin
22 Sharqning eng katta davlatlaridan biriga aylandi. Nubiya (Kush)da katta yutuqlarga
erishilib   Kamos   Misrning   hududini   Nilning   ikkinchi   ostonasigacha,   Amenxotep   I
yana   janubga   tomon   kengaytirdi.   Amenxotep   Iga   uning   kuyovi   harbiy   boshliq
Tutmos voris bo’ldi. U er. avv. XVI asr oxirida Yuqori Mesopotamiyadagi Mitanni
davlatiga qarshi urush boshladi. Bu davlat shimoliy Suriyani nazorat qilar edi. Misr
Mitannidan   shimoliy   Suriyani   tortib   olib,   o’z   nazorati   ostiga   oldi.   Nubiyada
misrliklar  Nilning uchinchi  ostonasidagi  ilgari  mustaqil  bo’lgan Kush davlatining
poytaxti Kermani  egalladilar.Tutmos I ning vorisi  uning kichik xotinidan bo’lgan
o’g’li   Tutmos   II   (   er.   avv.   1503-1490-yillar   atrofida)   bo’lajak   mashhur   malika
Xatshepsutga   uylandi.   Malika   Xatshepsut   Tutmos   III   ni   davlat   ishlaridan
chetlashtirishga harakat qildi. Xatshepsut o’zini eri bilan birga hukmdor deb e’lon
qiladi,   vaqt   o’tishi   bilan   malika   yodgorliklarda   o’zini   mustaqil   fir’avn   sifatida
tasvirlay   boshladi.   Malika   erkak   fir’avn   kabi   o’z   hokimiyatini   to’laqonligini
ta’kidlash   uchun   gavda   tuzilishini   erkaklarga   o’xshatib,   soqol   qo’yilgan   holda
tasvirladi. Xatshepsut  fir’avn-jangchi  sifatiga da’vo qila  olmas  edi. Shu sababli  u
Puntga   katta   ekspeditsiya   tashkil   qildi.Bu   vaqtda   uning   eri   er.   avv.   1490-1438-
yillarda   hukmronlik   qilgan   Tutmos   III   istilochilik   urushlari   olib   bordi.   G`ayratli
sarkarda Tutmos III Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`og`ini Misr ta'siri ostiga o’tishi
uchun   uzoq   harbiy   tayyorgarlik   ko’rdi.   Er.avv.   1482-yilda   Tutmos   III   Falastinga
ko’p   sonli   qo’shin   tortdi.   Megiddo   shahri   yonida   Suriya   va   Falastinning   Kadesh
shahri   boshchiligidagi   birlashgan   qo’shinlari   Tutmos   III   qo’shinlari   bilan
uchrashdi. 
23 2.2.Yangi podsholik fir avnlarning islohotlariʼ .
Qonli   jang   misrliklar   g`alabasi   bilan   tugadi.   Natijada   Misr   Suriya   va
Falastinning   katta   qismini   egallab   oldi.   Mitanni   o’z   qo’shinlarini   Frot   ortidan
chaqirib   oldi   va   Misrga   Suriya,   Finikiya   va   Falastin   hududlarini   yon   berishga
majbur   bo’ldi.   Tutmos   III   o’n   besh   marta   harbiy   yurish   qilib,   Frot   daryosigacha
bo’lgan hududlarni bosib oldi. Frot daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misrning
shimoliy   chegarasi   bo’ldi.   Janubda   Misr   Nilning   4-ostonalarigacha   bo’lgan
yerlarni   o’z   tasarrufiga   oldi.   Misrning   shimolidan   janubigacha   chegarasi   3200
kmni   tashkil   qildi.Istilochilik   urushlari   natijasida   Misr   XV   asrda   Old   Osiyodagi
eng   qudratli   davlatga   aylandi.   Old   Osiyoning   Mitanni,   Xett   va   Bobil   kabi   kuchli
davlatlari Misrning kuch-qudrati  bilan hisoblashishga  majbur bo’ldilar. Ular Misr
bilan do’stona munosabat o’rnatishga harakat qildilar. Bu to’grisida o’sha davrdagi
ko`pgina yozma manbalar ma'lumot beradi.Mitanniga qarshi yurishlarni Tutmos III
ning   o’g’li   Amenxotep   II   (er.   avv.   1438/1436-1412-yillar),   Tutmos   IV   (er.   avv.
1412-1402-yillar)   davom   ettirdilar.   Tutmos   III   va   Amenxotep   II   lar   fir’avn-
jangchilar edilar. Ular   shaxsan  jangda ishtirok etib , bir harakat  bilan tarang, og’ir
kamonni   torta   oladigan   o’sha   vaqtda   Suriyada   mavjud   bo’lgan   fillarni   ov   qilgan
jismonan   kuchli   shaxslar   edilar.Tutmos   IV   ning   o’g’li   Amenxotep   III   (er.   avv.
1402-1365-yillar)   davrida   Misr   Sharqiy   O’rtayer   dengizi   katta   hududini   nazorat
qildi.   Uzoq   Alasiya   (Kipr   oroli)   ham   Misrga   bo’ysundirildi.   U   yerdan   mis   olib
kelingan. Kuchayib ketgan Misr  Bobil  podshosi  Amenxotep II ning qizini  qo’lini
so’raganda,   uni   mensimay   rad   javobini   beradi.Misrning   o’sha   vaqtdagi   xalqaro
munosabatlari   XVIII   sulola   oxiridagi   Misr   fir'avnlarining   Tel-Amarnada   topilgan
katta   davlat   arxividagi   hujjatlardan   bizga   yaxshi   ma'lumdir.   Bu   arxivda   Bobil,
Osuriya,   Mitanni,   Xett   davlatlari   va   Kipr   podsholarining,   yana   Suriya   va
Falastindagi   ko’p   hokimlarning   Misr   fir'avniga   yuborgan   diplomatik   xatlari
saqlanib qolgan. Shu xatlarga qaraganda Misr Old Osiyodagi bir qancha davlatlar
bilan juda mustahkam savdo va diplomatik munosabatda bo’lgan. Ayrim davlatlar
o’rtasida bo’ladigan muzokaralar maxsus elchilar yordami bilan olib borilgan.Xett
istilosi   xavfi   aniq   bo’lib   qolgach,   Mitanni   va   Misr   podsholari   bosh   ko`tarib
24 kelayotgan   dushmanni   birgalikda   yengish   maqsadida   birlashganlar.   Misr   bilan
Mitanni o’rtasida ittifoq o’rnatishga imkon tug`ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy
nikohlar   bilan   mustahkamlangan.   Mitanni   podshosi   Tushrattaning   Misr   fir'avni
Amenxotep   III   ga   yozgan   xatlarida   Misr   bilan   Mitanni   o’rtasida   o`ta   mustahkam
munosabatlar   o’rnatilishiga   olib   kelgan   diplomatik   muzokaralarning   ayrim
bosqichlari   ravshan   va   jonli   qilib   tasvirlangan.   Misr   Amenxotep   hukmronligi
yillarida   uzoq   Suriyadagi   o’z   yerlarini   xettlardan   himoya   qilish   uchun   yetarli
harbiy   kuchga   ega   bo’lmaganligidan   Mitanni   yordamiga   tayanishga   majbur
bo’lgan.Amenxotep   III   (er.avv.1424-1388yillar)   zamonida   ahvol   yanada
yomonlashgan. Bu vaqtda Misr Suriyadagi mulklarini himoya qilish uchun yetarli
harbiy kuchga  ega bo`lmadi. Suriya shaharlari  zaiflashib qolgan  Misrni  zulmidan
qutilish   uchun   ittifoq   tuzdilar.   Bu   ittifoqni   esa   xettlar   qisman   qo’llab-
quvvatlaganlar. Bu ittifoqning boshida  turgan  Suriya hokimi  Aziru Suriyani  Misr
ta'sirining qolgan-kutganlaridan ham  ozod qilish uchun qattiq kurash olib borgan.
Suriya   va   Finikiyaning   Misrga   sodiq   bo’lgan   ko’p   shaharlari   xettlar   va   Aziru
qo’shinlarining   hujumlaridan   o’zlarini   arang   himoya   qilib   turganlar. 11
  Bu
shaharlarning   ba'zilari   Misr   fir'avnidan   yordam   so`raganlar.Mashhur   Amenxotep
IV   Exnaton   (er.   avv.   1365-1348-yillar)   davrida   Misrni   tashqi   siyosiy   ahvoli
yomonlashadi,   Mitanni   janubiy   Suriyani   katta   qismini   bosib   oladi.   Osiyoda   yana
bir   raqib   xett   davlati   urushga   tayyorlana   boshladi.   Exnatonning   kuyovlari
Semnexkar   (er.   avv.   1348-1347-yillar),   Tutanxaton   (“otanining   tirik   qiyofasi”   er.
avv.   1347-1338-yillar)lar   davrida   ahvol   o’zgarmadi.   Tutanxaton   10   yoshidan
fir’avn taxtiga o’tiradi. Uning vafotidan keyin Mitannidan tashqari yana bir raqib,
xett davlati paydo bo`ldi.Tutanxamon 20 yoshga yetmay er. avv. 1338-yilda vafot
qildi.   Uning   bevasi   Anxesenpaamon   taxtni   o’z   qo’lida   saqlab   qolish   uchun   xett
podshosi Suppilulium I ni o’g’llaridan birini Sannansaga turmushga chiqishga rozi
bo’ldi.   Xett   shahzodasi   Misrga   keldi,   lekin   misrlik   zodagonlar   uni   o’ldirdilar.
Anxesenpaamon  Atonning  oliy kohini   Eyega  turmushga  chiqishga   majbur   bo’ldi.
Eye   (er.   avv.   1338-1334-yillar)   XVIII   sulolaning   so’ngi   fir’avni   bo’ldi.   Xett
11
 Urakov D.Qadimgi sharq tarixi.Yunoniston va Rim tarixi.2020.46-betlar
25 podshosi   o’g’lini   o’limi   uchun   qasos   olish   maqsadida   misrga   qarshi   yurish   qilib,
misrliklarni   Osiyodan   to’la   haydab   chiqardi.   Misr   qo’shinlarining   qo’mondoni
Xoremxeb   Eyeni   taxtdan   ag’darib   (er.   avv.   1334-1306-yillar)   keyingi   fir’avn
bo’ldi.  Uning vorisi XIX sulolaning birinchi fir’avni keksa oily mansabdor Ramzes
I   (er.   avv.   1306-1304-yillar)   taxtga   chiqdi.   Ramzes   I   ning   o’g’li   Seti   I   (er.   avv.
1304-1209-yillar) xett podshosi Muvatalli bilan urush olib borib Falastin, Finikiya
va   janubiy-markaziy   Suriyani   bosib   oldi.   U   Oront   daryosi   vodiysidagi   Kadesh
yaqinida   xettlarni   tor-mor   qildi.   Seti   I   Liviya   va   Nubiyda   urush   olib   borib   o’ta
shafqatsizlik bilan harakat  qildi:  Karnak ibodatxonasida u asirlarni xudo Amonga
bir   necha   marta   qurbonlik   keltirayotgan   holatda   tasvirlangan.   Seti   I   ning   o’g’li
Ramzes   II   (er.   avv.   1290-1224-yillar)   davrida   Exnatondan   Eyegacha   bo’lgan
fir’avnlarni   sulolaviy   ro’yhatlardan   o’chirib   tashlandi.   Ramzes   II   ibodatxonalar
boyliklarini   o’z   qo’liga   olib,   xettlar   bilan   uzoq   davom   etgan   urush   harakatlarini
olib   bordi.   Er.   avv.   1280-   yoki   1270-yillar   atrofida   xett   podshosi   Xattusili   III
tashabbusi bilan Misr bilan xett podsholigi o’rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi.
Misr   qo’l   ostida   Falastin ,   Finikiyaning   katta   qismi   va   janubiy   Suriyaning   ozroq
qismi   qoldi;   bu   mamlakatlarning   shimolidagi   barcha   hududlar   xettlarning   mulki
hisoblandi.   Tinchlik   shartnomasi   bilan   birga   o’zaro   yordam   majburiyati   bilan
ittifoq tuzildi. Ramzes II va Xattusilining qizlaridan biri bilan nikoh o’qitildi. Nil
daryosining   sharqiy   qismida   Ramzes   II   yangi   poytaxt   Per-Ramzes   shahrini
qurdi.Ramzes II taxminan 87 yil yashadi. Uzoq vaqt uning katta o’g’illaridan biri
Memfis   xudosi   Ptaxning   bosh   kohini   Xaemuas   voris   bo’ldi,   lekin   u   otasini
o’limigacha yashamadi.   Natijada Ramzes II ni o’n uchinchi o’g’li Merneptax (er.
avv.   1224-1214-yillar)   taxtga   chiqdi.   Bu   fir’avnning   vafotidan   keyin   Misr   davlat
hokimiyatining   zaiflashuv   jarayoni   boshlandi.   Ramzes   III   (er.   avv.   1190-1159-
yillar)   Yangi   podsholik   davrining   so’ngi   taniqli   hukmdori   edi.   Ramzes   II
hukmronligi   uzoq   davom   etgan.   Bu   davrda   Misr   davlati   va   madaniyati   gullab
yashnagan: uning merosxo`rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli ziddiyatlar
yuzaga   kelgan.   XIX   sulolaning   oxirgi   to’rt   vakili   davrida   markaziy   hokimiyat
nihoyatda   zaiflashgan.   Er.avv.XIII-XI   asrlarda   Misrda   zaif   aholining   noroziligi
26 kuchayadi.   «Dengiz   xalqlari»   sharqiy   chegaraga,   Liviyaliklilar   harbiy
chegaralariga bostirib kirganlar. Ibodatxonalar davlatdan mustaqil bo’lib o’ta boyib
ketdilar.   (uzunligi   40   m   bo’lgan   “Xarris   katta   papirusi”dagi   asosiy   yozuvlarda
fir’avnning ibodatxonalarga hadyalari sanab o’tilgan.) Ramzes II dan keyin Misrda
yana   8   fir’avn   hukmronlik   qiladi.   Ularning   hukmronligi   davrida   Misrga   liviyalik
va osiyoliklarning yangi hujumlari kuchayadi; fir’avn hokimiyati zaiflasha boradi,
nomlarning   mustaqilligi   kuchayadi.Misrning   g`olibona   yurishlari   natijasida
mamlakatga minglab asirlar haydab kelingan va qulga aylantirilgan. Qullar fir`avn,
ibodatxona   va   zodagonlarning   xo’jaliklari   ekin   yerlarida,   ustaxonalarida
ishlaganlar.   Asirlardan   tashqari   Misrga   juda   katta   moddiy   boyliklar   oqib   kelgan.
Misr  bosib  olingan hududlarda  har  yili  belgilangan miqdorda xiroj  to’lovini  joriy
qilgan.   jumladan,   Efiopiya   oltin   qumi,   fil   suyagi,   Falastin   va   Suriya   kumush ,
qo`rg`oshin,   qalay,   bo`yoq,   gazlama,   lazurit,   qimmatbaxo   toshlar,   kemasozlik
yog`ochi,   noyob   kedr   yog`ochini   yetkazib   berish   majburiyatini   olganlar.   Misrda
qo`shimcha   ishchi   kuchi,   turli   xil   xom   ashyolarning   mo`l-ko`lligi   iqtisodiyotga
ijobiy   ta'sir   qilgan.   Xo’jalik   ishlab   chiqarishi   va   uning   texnologiyasi
takomillashgan.   XIX   sulola   davridan   boshlab   jezdan   foydalanish   keng   tarqalgan.
Uning   xom   ashyosi   Suriyadan   o’zlashtirib   olingan,   metall   ishlab   chiqarish
texnologiyasi   ham   bilan   takomillashtirilgan.   Vertikal   ip   yigiradigan   to`quv
dastgohi   kashf   qilingan.   Bu   vaqtda   xira   rangli   shisha   tayyorlash   alohida   xo’jalik
sohasiga   aylanadi.   Omoch   takomillashadi,   suvni   yuqoriga   chiqarib   beradigan
mexanizm «shoduf» ixtiro qilingan. Yangi o’simliklar o’zlashtirilgan. (Chechevisa,
smola daraxtlari). Chorvaning yangi zoti (xachir, tuya) yilkichilik mustaqil sohaga
aylanadi.Sun'iy   sug`orish   inshootlarini   qurish,   ta'mirlash   va   tartibga   solish,   yangi
yerlarga   suv   chiqarish   fir'avnlarning   diqqat-markazida   turgan.   Fayum   vohasida
yangi yerlar ko’plab ochilib, voha Misrning g`alla omboriga aylangan. Eski kanal,
to’gon   va   ariq-anhorlar   tozalangan.   Nil   daryosining   toshqin   suvlarini   chiqishi
ustidan   muntazam   nazorat   o’rnatilgan.   Nil   vodiysida   uzumchilik,   asalchilik   va
bog`dorchilik gullab-yashnagan.
27 28 2.3.Yangi podsholik davrida xalqaro munosabatlar va uning ahvoli.
Yangi   podsholik   davrida   Misr   iqtisodiyotida   dehqonchilik   va   chorvachilik
yetakchi   soha   sifatida   mahsulotni   ko’plab   yetkazib   bergan.Fir'avnlar   kuchli
iqtisodiyotga   tayanib   tashqi   siyosatda   jiddiy   yutuqlarga   erishdilar,   me'morchilik,
qurilish   sohasi   yuqori   darajada   rivojlangan.   Bir   necha   yangi   shaharlar   jumladan ,
Per-Ramzes   nomli   yangi   shahar   qurilgan.   Noyob   san'at   namunalari   hisoblangan
me'morchilik   inshootlari   barpo   qilindi:   Luksor   va   Fivada   Amon   ibodatxonalari,
fir'avn   sog`ona-ibodatxonasi,   Fir`avn   Ramzes   Abidosda   Osiris   ibodatxonasini
qurgan.   Nubiyada   qoya   toshda   Abu-Simbel   ibodatxonasi   (balandligi   33   m.,
kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bunyod qilinadi. Bundan tashqari bu yerda Ramzes
II   ning   balandligi   24   m.   bo`lgan   haykali   va   uning   oyog`i   ostida   bolalarining   200
haykallari barpo qilingan.Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti uchun qulay
ichki va tashqi imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining
rivojlanishi   ichki   va   tashqi   savdoning   rivojlanishiga   sabab   bo’lgan.Yangi   savdo
aloqasi   tobora   kengaygan.   Suriyaning   ayrim   viloyatlari   bilan   Misrning   savdo
aloqalari mustahkamlangan. Misrliklar bu hududdan qishloq xo’jalik mahsulotlari:
don,   sharob,asal   hamda   chorva   mollari   olib   kelganlar.   Livandan   binokorlik
yog`ochlari keltirilgan. Misrga Suriya orqali uzoq mamlakatlardan, xett davlatidan
Egey   dengizlaridagi   orollardan   va   Mesopotamiyadan   juda   ko’plab   mahsulot   olib
kelingan.   Suriya   bilan   savdo-sotiq   ishlari   quruqlikdagi   yo`llar   orqali   ham   olib
borilgan.Bu   davrda   misrliklarning   dengiz   floti   bo’lgan   va   shuning   uchun   ular
mahsulotlarni Suriyadan yelkanli  kemalarda olib kelganlar. Suriyadan keyin Misr
savdosining eng muhim tayanch nuqtalaridan biri Bobil shahri bo’lgan.Bu davrda
misrliklar   bir   qator   yangi   mamlakatlarga:   Kipr,   Kichik   Osiyo,   Mesopatamiyaga
savdo ekspedisiyalari va istilochilik niyatida qo’shin yuborganlar. Bu vaqtga kelib
Sinaydagi   mis   konlari   xom   ashyosi   tugay   deb   qolganligi   sababli   misrliklar
o’zlariga   zarur   bo’lgan   misning   yangi   manbalarini   qidirishga   majbur   bo’lganlar.
Yangi podsholik davrida misrliklar o’zlariga zarur bo’lgan misni Kipr orolidan olib
kelganlar. Kipr oroli qadim zamonlardan o’zining juda katta mis konlari bilan ham
nom   chiqargan.   O`sha   vaqtdan   saqlanib   qolgan   ba'zi   hujjatlarda   Kipr   orolidan
29 Misrga   juda   ko’plab   mis   yuborilgani   haqida   malumot   beriladi.   Masalan:   Kipr
podshosi   Misr   fir'avniga   bunday   deb   yozgan:   «Men   senga   500  talant(150000   kg)
mis   yubordim.Men   buni   birodarimga   sovg`a   qilib   yubordim.   Birodar   misning
kamligini ko`nglingga olma. Mening mamlakatimda egam Nergalning qo`li (vabo)
mamlakatimdagi odamlarning hammasini qirib yubordi. Endi misni tayyorlaydigan
hech   kim   yo’q».Bu   davrda   Kichik   Osiyodan,   xususan   uning   xettlar   joylashgan
sharqiy viloyatlaridan Misrga temir keltirilgan. Temir o`sha vaqtlarda Misrda nodir
hisoblangan.Misr   savdosi   shimoli-sharqqa   Mesopotamiya   viloyatlariga   kirib
borgan. Ikki daryo oralig`ining shimoli-g`arbida joylashgan Mitanni davlatidan jez,
lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, moy, jang aravalari ,otlar va qullar olib kelingan.
Misrliklar Bobildan ham  xuddi  shunday tovarlar  ya'ni  kumush, yog`ochdan tortib
oltin va fil  suyagi  bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar keltirganlar. Misr  bilan
Osuriya   o’rtasida   ham   savdo   aloqalari   o’rnatilgan.   Yozma   manbalardagi
ma'lumotlarga   qaraganda   misrliklar   Osuriyadan   jang   aravalari ,   otlar   va   lojuvard
keltirganlar.   Misrliklar   Old   Osiyodan   olgan   mahsulotlari   evaziga   bu
mamlakatlarga   asosan   quyma   oltin   yoki   tilla   buyumlar,fil   suyagi   yoki   lojuvard
bilan   bezatilgan   buyumlar,   gazmol,   kiyim-kechak,   asosan   qimmatbaho   metallar
yuborganlar.Avvalgidek   Misr   jamiyati   uch   qatlamga   bo’lingan   edi:   hukmron
tabaqa   quldorlar,   ustaxonalar,uy   egalari:   kichik   mayda   ishlab   chiqaruvchilar,   o’z
mehnati   bilan   kun   kechiruvchi   hunarmand   va   dehqonlar:   o’z   mulkiga   ega
bo’lmagan qaram  qullar. Yangi  podshohlik davrida ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy
tizimda   ularning   ichida   ko’pgina   o’zgarishlar   yuz   bergan. 12
  Quldorlik
munosabatlari mustahkamlangan. Yuz minglab asirlar qullarga aylantiril. 1-3 qulga
esa   bo’lgan   mayda   quldorlar   paydo   bo’lgan.   Hukmron   tabaqa   va   uning   tarkibida
keskin o’zgarishlar yuz bergan. Aslzoda bo’lmagan, ma'muriyatda o’rta va kichik
lavozimlarni   egallagan,   fir'avnga   qaram   bo’lgan   kichik   va   o’rta   quldorlar   paydo
bo’ldi.   Ular   fir'avn   hokimiyatini   asosiy   tayanchi   edilar.Hukmron   tabaqa   ichida
xizmatdagi zodagonlar, qo’shinning qo`mondon tarkibi,   merosiy zodagonlar , xudo
Amon   boshchiligidagi   oliy   kohinlar   alohida   o’rin   egallaganlar.   Nom   zodagonlari
12
 Urakov D.Qadimgi sharq tarixi.Yunoniston va Rim tarixi.2020.50-52-betlar
30 va   oliy   kohinlar   XVIII   sulola   davrida   istilochilik   urushlaridan   ulkan   boylik
orttirdilar. Yillar davomida moddiy boyliklarni to’plab olgan. Fiva kohinlari davlat
hokimiyatiga   kuchli   ta'sir   o’tkazib   fir'avnlarni   siyosatiga   faol   aralashganlar.   Fiva
kohinlari   bilan   nom   zodagonlari   va   xizmatdagi   zodagonlar   o’rtasida   kuchli
qarama-qarshilik paydo bo’lgan. Natijada bu kurash Exnatonning diniy islohatlari
bilan tugagan.Misrdagi ijtimoiy vaziyat ziddiyatli edi. Istilochilik yurishlari davrda
iqtisodiy   o`sish   ma'lum   holda   barqaror   bo’lgan,   ammo,   mehnatkash   aholining
ahvoli   og`ir   bo’lib   qolavergan.Yangi   podsholik   davrida   davlatni   idora   qilishning
murakkab   apparati   vujudga   kelgan.   O’sha   vaqtdan   qolgan   juda   ko’p   hujjatlar
markaziy   va   mahalliy   idora   tizimi   bilan   tanishib   chiqishimizga   imkon   beradi.
Markazlashgan   byurokratik   idora   tizimi   borgan   sari   kuchayib   boradi.   Ota-bobosi
fir'avnlar   bo’lgan   Yaxmosning   ittifoqdoshi   bo’lgan   Al-kaba   nomarxlaridan
tashqari,   boshqa   viloyatlarning   ilgarigi   mustaqil   hokimlari   o’z   mustaqilliklarini
yo`qotganlar   va   fir'avnga   tamomila   itoat   qilishga   majbur   etilganlar.   Mamlakat
Shimoliy   va   Janubiy   Misrni   o’z   ichiga   olgan   ikkita   katta   ma'muriy   okrugga
bo’lingan; okrugga fir'avnning maxsus hokimi qo’yilgan. Bu esa idora qilish ishini
yanada   ko’proq   markazlashtirishga   imkon   bergan.   Nomlarni   idora   qilish   podsho
amaldorlari   qo’liga   topshirilgan.   Har   bir   viloyatning   boshida   maxsus   amaldor
turgan.   Uning   mirzasi   va   alohida   devoni   bo’lgan.   Shaharlarni   fir`avn   tayinlagan
maxsus   mansabdorlar   boshqarganlar.Hujjatlarda   sud   ishining   qanday   tashkil
qilinganligiga   oid   ba'zi   bir   ma'lumotlar   saqlanib   qolgan.   O’sha   davrdayoq   sud
qonunlari   to’plami   bo’lgan.   Shunday   tasvirlar   saqlanib   qolganki,   bu   tasvirda   biz
sud   mahkamasida   bosh   sudyaning   o’tirganini   va   uning   oldida   bir   sandiq   bo’lib,
uning   ichida   40   ta   qonunlar   to’plamining   yozilgan   matni   borligini   ko`ramiz.
Exnaton   III   o’zini   «Qonun   o’rnatuvchi»   deb   atagan.   U   o’z   yozuvlarida   qonunga
doim   rioya   qilinganligini   bayon   qiladi.Bu   davrda   boshqaruv   xodimlari   soni   o’sib
ketdi,boshqaruv   bo`g`inlari   ko’paydi.   Lavozimlar   aniq   darajalarga   bo’linadi.
Tutmos   III   ning   bosh   vaziri   Rexmirning   davlat   apparatini   murakkabligini
ko’rsatadigan   yo`riqnomasi   bizgacha   yetib   kelgan.   Ushbu   hujjatga   ko’ra   XVIII
sulola   davrida   davlat   apparati   bir   necha   bo`g`inlarga   bo’lingan.   Bu   yo`riqnoma
31 quyidagi   so’zlardan   boshlanadi.   «Shahar   boshlig`i,   janubiy   shahar   va   qarorgoh
vaziri vazir devonida o`sha tora-vazir majlis ko’rganida shu vazir devonida eshitib
turgan   chog`da   qilishi   lozim   bo’lgan   hamma   ishlar   xususida   farmoyish   u   vazir
kursisida   o’tiradi.   Yerga   boyra   solingan,   tepasida   taxtiravon,   uning   orqasida   ham
teri,   oyoq   ostida   ham   teri   ...yoyib   tashlangan   qo’lida   aso,   oldida   40   kun   uning
kamida   ikki   tomonida   janubning   10   ta   kibori,   ichki   qasr   boshligi   uning   o’ng
tomonidan  daromadlar   boshlig`I,  chap   tomonda   vazirning   mirzalari   qo’liga   yaqin
joyda   turadigan…   ».   Bu   yo`riqnomaga   qaraganda   bu   oliy   mansabdagi   amaldor
butun   mamlakatni   idora   qilish   ishini   o’z   qo’liga   olgan.   Markaziy   boshqaruv
apparati   bir   necha   bo`g`inlarga   bo’lingan.   Xazina   boshlig`i,   uy   boshqaruvchisi
(soliq   yig`uvchi,   xiroj   to`lovchi)   ekinlar   mudiri,   chorva   boshlig`i,   qabulxona
boshlig`i, sud mudiri, harbiy palatalar boshlig`i kabi vazifalariga ega bo’lgan vazir
qoshida  10  ta  yuqori   Misr  amaldorlari   bo’lgan.  Keyingi   bugin  hududiy  ma'muriy
boshqaruv   apparati   bo’lgan.   Rexmir   yo`riqnomasiga   ko’ra   vazir   to’rtta   ma'muriy
hududlarni   boshqaradigan   amaldorlarni   tayinlagan.   «U   (vazir)   Yuqori   va   Quyi
Misr   va   Yuqori   Misrning   janubiy   qismi   (Fiva   boshchiligidagi   poytaxt   okrugi).
Nilning viloyati. Ular barcha yuz bergan voqealar to’grisida har to’rt oyda hisobot
berishlari kerak. Ular vazirlarga o’zlarini boshqaruvlari yozuvlarini yetkazadilar».
(O’sha   davrdagi   hujjatdan   parcha…)Davlat   xavfsizligi   uchun   muhim   bo`lgan
qo`shinda   yollanma   askarlar   soni   ko’paytirilgan.   Shu   maqsadda   Liviya
qabilalaridan   ko’plab   askarlar   olingan ,   qo`mondonlik   tarkibi   va   qo`shinning
moddiy   ta`minoti   mustahkamlangan.   Tashkiliy   jihatdan   qo’shinlar   shimoliy   va
janubiy   qismlarga   bo’lingan.Qaram   yerlar   va   Misr   aholisini   talanishi   natijasida
hukmron   tabaqa,   ayniqsa   ko’p   sonli   yaxshi   uyushgan   kohinlar   tabaqasi   boyib
ketgan.   Ibodatxonalar   minglab   gektar   yerlar,   chorva   mollari,   qullar   va   boshqa
moddiy   boyliklarga   egalik   qilganlar.   XVIII   sulola   davrida   fir'avnlarning   homiysi
Amon   ibodatxonasi   Misr   bosh   xudosi   sifatida   alohida   ta'sirga   ega   bo’lgan.   Xudo
Amon bayrog`i ostida Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar. Fivadagi
Amon   ibdoatxonasi   nihoyatda   katta   obru   –   e'tiborga   ega   bo’lgan.   Fir`avnlar
tomonidan   bu   ibodatxonaga   fir'avnlar   o’n   minglab   qullar,   yer,   minglab   bosh
32 qoramol,   oltin-kumushlar   hadya   qilganlar.   Karnak   va   Luksorda   xudo   Amon
sharafiga hashamatli ibodatxonalar qad ko`targan. Mamlakatda Amon ibodatxonasi
kohinlarining   mavqei   kuchayib   ketgan.   Ular   Misr   iqtisodiy   va   ijtimoiy-siyosiy
hayotiga   kuchli   ta'sir   ko’rsata   boshlaganlar.   Jumladan,   Amon   ibodatxonasining
oliy kohinlari taxt vorisining nomzodini ko’rsatishdek,imtiyozli  huquqni olganlar.
Boy   Amon   ibodatxonasining   oliy   tabaqa   koxinlarini   kuchayib   ketishi   hukmron
tabaqani   noroziligiga   sabab   bo’lgan.   Bu   holat   davlat   hokimiyatiga   katta
muammolarni   tug`dirgan.   Natijada   Amenxotep   IV   hukmron   tabaqaga   suyanib,
Amon   kohinlarining   kuch-qudratini   sindirishga   jur'at   kiladi.   U   diniy   islohot
o’tkazgan. Amenxotep IV (er. avv. 1372-1354) davrida Misr xudolaridan “quyosh
shu'lasi”   xudosi   Aton   birinchi   o`ringa   qo`yila   boshlangan.   Bu   fir’avnning   o’z
nomini o’zgartirishida ham o’z ifodasini topgan. Fir'avn Exnaton degan yangi nom
olgan. Shu bilan birga Exnaton Fiva koxinlari bilan uzil-kesil suratda aloqani uzib,
Fivadan chiqib ketgan. Go`zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan yangi poytaxt
Axetaton   (Aton   shahri)ga   Exnaton   o’zining   butun   saroy   amaldorlari   va   yangi
quyosh   xudosining   kohinlari   bilan   birga   ko`chib   kelgan.Exnatonning
hukmronligini   oltinchi   yilida   Aton   Misrning   yagona   va   oliy   xudosi   deb   e'lon
qilinadi.   Exnaton   o’zini   Atonning   yagona   o’g`li   deb   Amenxotep   («Amon   rozi»)
ismini   Exnaton   («Amonga   yoqadigan»)   degan   ismga   almashtirgan.Aton   butun
dunyoni va   Misrni  yaratuvchisi  hisoblanib , odatdagidek, hayvon qiyofasida emas,
balki   quyoshning   yerga   nur   sochayotgan   shu'lasi   sifatida   ifodalangan.   Yangi
xudoga   sig’inishni   istamagan   zodagonlar   qatl   etilib,   ularni   jasadlari   yoqilgan.
Faqat Exnaton quyosh xudosini  yagona va sevimli  o’g’li sifatida Atonni bevosita
o’zidan vaxiy olishi mumkin edi va fuqaro, kohinlarga amr-farmon qilishi mumkin
edi.Exnaton   tomonidan   o’tkazilgan   bu   diniy   islo   hot   ko`ngildagidek   natija
bermagan.   Exnaton   Fiva   kohinlari   va   nomlaridagi   quldor   zodagonlarni   qudratini
vaqtincha   bo’shashtirishga   muvaffaq   bo’lgan.   Exnatondan   keyin   taxtga   o`tirgan
fir'avnlar uni diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Ulardan biri Tutanxam ada,
Misrning ta'sirini qayta tiklaydi. Ramzes III kohinlarning ma'naviy siyosiy qo’llab-
quvvatlashiga erishish uchun mamlakatdagi yirik ibodatxonalarga ko’plab yer-suv,
33 oltin, qimmatbaho toshlar va qullarni in'om qilgan. Misr ibodatxonalari katta yer-
mulkka ega bo’lib, savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa xo`jalik sohalari bilan
shug`ullanganlar.   Katta   miqdorda   iqtisodiy   qudratga   ega   bo’lgan   kohinlar
tabaqasi   davlat   ishlariga   aralashganlar ,   saroy   zodagonlarining   noroziligiga   sabab
bo’lgan.Ramzes III vorislari davrida Misr zaiflasha boshlaydi. Er. avv. 1075-yillar
atrofida   XX   sulolaning   so’ngi   vakili   Ramzes   XI   vafoti   bilan   Misr   ikki   qismga
bo’linadi   va   Quyi   Misrni   birlashtirgan   markazi   Tanis   bo’lgan   ikkinchi   davlat
paydo bo’ladi. Shu bilan qadimgi Misr tarixidagi oltin davr tugab III O’tish davri
(er.   avv.   1075-656-yillar)   boshlanadi.on   Fiva   kohinlariga   yon   berib,   Amon
e'tiqodini   qaytadan   tiklashga   va   hatto   o’z   ismini   ham   shunga   yarasha   o’zgartirib
«Tutanxamon» deb atashga majbur bo’lgan. Shunday qilib bu diniy islohot  qattiq
qarshiliklarga   uchragan.   Exnatonning   vafotidan   keyin   poytaxt   Memfisga
ko`chirilgan.XX   sulola   asoschisi   Setnaxt   (er.   avv.   1192-1190-yillar)   mamlakatni
tartibga   keltiradi,   uning   vorisi   Ramzes   III   (er.   avv.   1192-1175-yillar)   qo’shinni
qayta   tiklaydi,   uning   sonini   ko’paytiradi.   Luviyaliklarni   va   dengiz   xalqlarining
hujumlari qaytariladi.  13
13
   Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.2009.40-41-bet
34 Xulosa
Xulosa   qilib   aytganda   O`rta   va   Yangi   Misr   tarixini   o`rganish   biz   uchun
ajoyib   bo`ldi.   Faqat   Exnaton   quyosh   xudosini   yagona   va   sevimli   o’g’li   sifatida
Atonni   bevosita   o’zidan   vaxiy   olishi   mumkin   edi   va   fuqaro,   kohinlarga   amr-
farmon   qilishi   mumkin   edi.Exnaton   tomonidan   o’tkazilgan   bu   diniy   islo   hot
ko`ngildagidek   natija   bermagan.   Exnaton   Fiva   kohinlari   va   nomlaridagi   quldor
zodagonlarni   qudratini   vaqtincha   bo’shashtirishga   muvaffaq   bo’lgan.   Exnatondan
keyin   taxtga   o`tirgan   fir'avnlar   uni   diniy   siyosatini   davom   ettira   olmaganlar.
Ulardan   biri   Tutanxamon   Fiva   kohinlariga   yon   berib,   Amon   e'tiqodini   qaytadan
tiklashga   va   hatto   o’z   ismini   ham   shunga   yarasha   o’zgartirib   «Tutanxamon»   deb
atashga   majbur   bo’lgan.   Shunday   qilib   bu   diniy   islohot   qattiq   qarshiliklarga
uchragan.Ramzes III kohinlarning ma’naviy siyosiy qo’llab-quvvatlashiga erishish
uchun   mamlakatdagi   yirik   ibodatxonalarga   ko’plab   yer-suv,   oltin,   qimmatbaho
toshlar va qullarni in’om qilgan. Misr ibodatxonalari katta yer-mulkka ega bo’lib,
savdo-sotiq,   hunarmandchilik   va   boshqa   xo`jalik   sohalari   bilan   shug`ullanganlar.
Katta   miqdorda   iqtisodiy   qudratga   ega   bo’lgan   kohinlar   tabaqasi   davlat   ishlariga
aralashganlar,   saroy   zodagonlarining   noroziligiga   sabab   bo’lgan.Ramzes   III
vorislari   davrida   Misr   zaiflasha   boshlaydi.   Er.   Avv.   1075-yillar   atrofida   XX
sulolaning so’ngi vakili Ramzes XI vafoti bilan Misr ikki qismga bo’linadi va Quyi
Misrni   birlashtirgan   markazi   Tanis   bo’lgan   ikkinchi   davlat   paydo   bo’ladi.   Shu
bilan qadimgi Misr tarixidagi oltin davr tugab III O’tish davri (er. Avv. 1075-656-
yillar)   boshlanadi.on   Fiva   kohinlariga   yon   berib,   Amon   e’tiqodini   qaytadan
tiklashga   va   hatto   o’z   ismini   ham   shunga   yarasha   o’zgartirib   «Tutanxamon»   deb
atashga   majbur   bo’lgan.   Shunday   qilib   bu   diniy   islohot   qattiq   qarshiliklarga
uchragan. Exnatonning vafotidan keyin poytaxt Memfisga ko`chirilgan.XX sulola
asoschisi  Setnaxt (er. Avv. 1192-1190-yillar) mamlakatni tartibga keltiradi, uning
vorisi Ramzes III (er. Avv. 1192-1175-yillar) qo’shinni qayta tiklaydi, uning sonini
ko’paytiradi.   Yangi   podsholik   davrida   Misr   iqtisodiyotida   dehqonchilik   va
chorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni ko’plab yetkazib bergan.Fir’avnlar
kuchli   iqtisodiyotga   tayanib   tashqi   siyosatda   jiddiy   yutuqlarga   erishdilar,
35 me’morchilik,   qurilish   sohasi   yuqori   darajada   rivojlangan.   Bir   necha   yangi
shaharlar   jumladan,   Per-Ramzes   nomli   yangi   shahar   qurilgan.   Noyob   san’at
namunalari hisoblangan me’morchilik inshootlari barpo qilindi: Luksor va Fivada
Amon   ibodatxonalari,   fir’avn   sog`ona-ibodatxonasi,   Fir`avn   Ramzes   Abidosda
Osiris   ibodatxonasini   qurgan.   Nubiyada   qoya   toshda   Abu-Simbel   ibodatxonasi
(balandligi 33 m., kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bunyod qilinadi. Bundan tashqari
bu yerda Ramzes II ning balandligi 24 m. bo`lgan haykali va uning oyog`I ostida
bolalarining   200   haykallari   barpo   qilingan.Bu   davrda   Misr   madaniyatining
taraqqiyoti   uchun   qulay   ichki   va   tashqi   imkoniyatlar   yaratilgan.   Mamlakat   ishlab
chiqaruvchi   kuchlarining   rivojlanishi   ichki   va   tashqi   savdoning   rivojlanishiga
sabab bo’lgan.Yangi savdo aloqasi tobora kengaygan. Suriyaning ayrim viloyatlari
bilan Misrning savdo aloqalari mustahkamlangan. 
   
    
36 Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.Kabirov.Qadimgi sharq tarixi.20162
2.D.Urakov.Qadimgi sharq tarixi.Yunoniston va Rim tarixi.2020
3.Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.  Т .: 1998. 
4.Boynazarov F. A. Qadimgi dunyo tarixi.  Т .: 2004  
5. O‘zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. – Toshkent, Sharq, 2000-2004. 
6. Sagdullayev A. Qadimgi dunyo tarixi. – Toshkent: Sharq, 2008. 
7..R.Rajabov.Qadimgi dunyo tarixi.2009 yil. 
 8. Дяконов И.М. Пути истории. М., 1994. 
9. Заблоцка Ю. История Ближнего Востока в древности / Пер. С польск. М.,
1989. 
10.  История   Древнего   Востока.   4.1.  Месопотамия   /   Под   ред.   Дяконова   И.М.
М., 1983.
Internet ma’lumotlari: 
-  www.kitob.uz
 -  www.ziyonet.com
 -  www.tarix.uz
 - www.arxiv.uz
37

MISR O’RTA VA YANGI PODSHOLIK DAVRIDA. Mundarija: Kirish Asosiy qisim. I-bob. Misr o`rta podsholik davrida. 1.1 O rta podsholikning vujudga kelishi va davlat boshqaruviʻ 1.2.O rta podsholik davrida Misr aholisining ijtimoiy ahvoli ʻ 1.3.O rta podsholikning qulashi ʻ II-bob. Yangi podsholik davrida Misr. 2.1.Yangi podsholikning vujudga kelishi 2.2.Yangi podsholik fir avnlarning islohotlari ʼ 2.3.Yangi podsholik davrida xalqaro munosabatlar va uning ahvoli Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1

Kirish Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo`yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O`rtayer dengiziga tutashgan. Gerodot “Misr- Nilning sovg`asi”-deb ta'riflaydi. Chunki Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o`rin tutgan. Nilda har yili 19 iyunda toshqin ko`tarilgan. Bu toshqin sentabr o`rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o`z o`zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi dehqonchilikda muhim o`rin tutgan. Mo`l-ko`l hosil sun'iy sug'orish asosida olingan. Kurs ishining maqsadi. Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Kurs ishining dolzarbligi. Misrda mavjud bo`lgan, bizgacha saqlanib kelgan piramidalar, mastaba va boshqa sog'onalar qadimgi davrdayoq o`g'ri- qaroqchilar tomonidan talangan. Faqatgina bitta piramida bizgacha talanmay yetib kelgan. Kurs ishining vazifasi: - O`rta podsholik davrida Misrning chegaralari va davlat boshqaruvini aniqlash; - O`rta podsholik davrida Misrning chegaralari va davlat boshqaruvini shakillantishir; - Yangi podsholik davrida xalqaro munosabatlarni o`rganish; - Misrning yangi podsholik davridagi axvolini aniqlash; Kurs ishining tuzilishi. Kirish, Asosiy qisim, ikki bob, xulosa, foydalanilang adabiyotlar. 2

3

I-bob. Misr o`rta podsholik davrida. 1.1 O rta podsholikning vujudga kelishi va davlat boshqaruvi.ʻ Misr zamini mis, oltin, qo‘rg‘oshin va yarim qimmatbaho ma’danlariga boy maskan hisoblangan. Misni asosan Sinay yarim orolidan qazib olganlar va tosh bilan birga ziroatchilik va chorvachilikda keng qo‘llashgan. Ohaktosh, granit va kvars Misrda ko‘p uchragan. Ma’danga boy rudalar Barka tog‘idan qazib olingan.Misr iqlimi nisbatan mo‘tadil bo‘lganligi va Yaqin Sharq iqlimiga yaqin ekanligini olimlar (L.S.Berg va К .V.Butser) ta’kidlab o‘tganlar. Nil qirg‘oqlari qamish, papirus va boshqa o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan edi. Daryoda ko‘plab baliq turlari mavjud bo‘lib, baliqchilikka qulay hisoblangan. Barakali daryo bo'ylarida o‘rdak, g‘oz, ibis va boshqa qushlar ko‘p uchragan. Unumdor tuproqda bug‘doy, arpa, tarvuz, qovun, va turli xil sabzavotlar (piyoz, bodring. sarimsoq, sabzi va boshqalar) yaxshi o'sgan. Bularning barchasi Misrni inson yashashi uchun qulay maskan bo‘lganligidan dalolat beradi.Umuman olganda, moddiy va yozma manbalaming umumiy tahlili hamda tarix fani sohasidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar qadimgi Misr davlatchiligini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: Misming qadimgi tarixi besh davrga, ya’ni, Ilk podsholik (mil. avv. 3100-2648- yy), Qadimgi podsholik (mil. avv. 2648-2250-yy), O‘rta podsholik (mil. avv. 2040- 1783-yy), Yangi podsholik (mil. avv. 1550-1069-yy), So‘nggi podsholik (mil. avv. 664-332-yy) ga bo‘lib o‘rganiladi. Bu orada Misr 3ta o‘tish davrini ham boshdan kechiradi. Ammo uning xronologik chegaralari borasida hozirga qadar misrshunoslar orasida munozarali fikrlar mavjud. Birinchi o‘tish davrida (mil. avv. 2250-2055-yy) Misr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz iskanjasida edi. Mamlakat siyosiy anarxiya natijasida parchalanib, har bir nomarx o‘z yerida hukmronlik qilar va Geraklepoldagi markaziy hokimiyatni deyarli tan olmas edi. Mil. avv. XXII asr Gerakleopol va Fiva nomliklari o‘rtasida doimiy raqobat va kurash davri sifatida tarixda qolgan. Yuqori Misrning qudratli nomlaridan biri Ineotef Kattaning o‘g‘li Mentuxotep I (mil. avv. 2133- 2117-yy) Fivada 11-sulolaga asos soladi. Garchand u fir’avn unvonini qabul qilmagan bo‘lsa-da, Fiva nomligining Yuqori Misrda gegemonligiga yo‘l 4

ochdi.Gerakleopol hukmdorlari Quyi Misrga ham ta’sir o‘tkazib, mamlakat shimolini tashqi dushmandan muhofaza qila oldilar. Ammo, Fivani bo‘ysundira olmadilar. Chunki, “Turin papirusi” ma’lumotlariga ko'ra podsholar ro‘yxati ichida Gerakleopol hukmdorlari bilan bir qatorda Fiva nomarxlarining ham ismlari keltiriladi.Ichki urushlar Fiva nomarxi Nextnebtepnefer Intef III (mil. avv. 2063- 2055-yy)ning vorisi Nebxepetra Mentuxotep II (mil. avv. 2055- 2004-yy) va Gerakleopol hukmdori Merikara o‘rtasida kurash bilan tarixda qolgan. Hukmronligining 39 yili Mentuxotep II Yuqori va Quyi Misrni birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Misr yana yagona davlatga aylandi. U Deyr-Al-Baxridagi ibodatxonada dafn etilgan. Fir’avn Mentuxotep III o‘z otasining siyosatini davom ettirdi, Amon va Montu (Fiva shahri ilohi) xudolariga atab ibodatxonalar bunyod qiladi. Mil. avv. 1992-yil fir’avn Mentuxotep III vafot etadi va orada yetti yil Mentuxotep IV (hukmron sulolaga umuman aloqasi yo‘q kishi) mamlakatni boshqaradi.Mentuxotep III ning saroyida chati (vazir) lavozimida ishlagan Amenemxet I ham podsho naslidan emas edi. Shunday bo‘lsa-da fir’avn vafotidan so‘ng aynan u podsholik taxtiga chiqdi. Amenemxet I (taxminan mil. avv. 1976- 1956-yy) fir’avn bo‘lgach, 12-sulolaga asos soladi. Afsonaviy Narmerga ixlos qilib, poytaxtni Memfisdan taxminan 20 mil (30-32 km) janubda joylashgan Iti- Taui (Ikkala yerni birlashtiruvchi) shahriga ko‘chiradi. Yangi poytaxt Yuqori va Quyi Mismi muvozanatda ushlagan holda boshqarish uchun tanlangan edi. Amenemxet I xattotlariga o‘zi haqida bashorat (Neferti bashorati) shaklidagi afsona yozishni ham buyurdi. Shuningdek, qo‘shinlarni Nil deltasiga yuborib, qal’a va mudofaa devorlarini (hukmdor devori) qurdirdi. Osiyolik ko‘chmanchilarning Misrga kirib kelish to‘lqini nazoratga olindi. Iti-Taui shahri yaqinida o‘zi uchun kichik ehrom ham bunyod ettirdi. Afsuski, Amenemxet I fitna natijasida o‘z soqchilari tomonidan o‘ldiriladi. Bu hodisa haqida keyinchalik uning o‘g‘li Senusert I yozma ma’lumot qoldirgan.Senusert I (mil. avv. 1956-1911-yy) hokimiyatga kelishdan oldin otasining buyrug‘i bilan Nubiya va Liviyaga harbiy yurishlar qiladi va katta o'ljalar olib kelgan. Fir’avn Amenemxet I o‘ldirilgan paytda, shahzoda Liviyada harbiy yurishda bo‘lgan. Poytaxtga qaytgach, otasining 5