logo

O’ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA O’RTA ZARAFSHON HUDUDLARIDA YASHOVCHI AHOLINING IJTIMOIY TARIXI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

79.26171875 KB
O’ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA O’RTA
ZARAFSHON HUDUDLARIDA YASHOVCHI
AHOLINING IJTIMOIY TARIXI  
REJA :
KIRISH…………………………………………………………………………..
I BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI
I.1. O’rta Zarafshon vohasi shaharlari aholisning ijtimoiy va etnik tarkibi………
I.2. O’rta Zarafshon vohasi shahar aholisining turmush tarzi va mashg’ulotlari….
II   BOB.   O’RTA   ZARAFSHON   VOHASI   QISHLOQ   AHOLISINING
IJTIMOIY TARIXI
II.1. O’rta Zarafshon vohasi qishloq aholisining etnik tarkibi……………………..
II.2. O’rta Zarafshon vohasi qishloqlari aholisi mashg’ulotlari……………….........
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………..
1 Kirish
«Mustaqilligimizning   dastlabki   kunlaridanoq   ajdodlarimiz   tomonidan   ko’p
asrlar   mobaynida   yaratib   k е lingan   g’oyat   ulkan,   b е baho   ma'naviy   va   madaniy
m е rosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyat muhim vazifa bo’lib
qoldi» 1
.   Mustaqillik   yillarida   Vatanimiz     tarixini   o’rganish   sohasida,   ancha
salmoqli ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. O’zbekiston tarixini yaratilishining yangi
konsepsiyasi   aniq   dalillar   asosida,   yozma   manbalarga   tayangan   holda   tarixni
xolisona tadqiq etishni nazarda tutadi.
O’rta Zarafshon vohasi aholisining ham siyosiy, iqtisodiy ahvolini o’rganish
ham   dolzarb   vazifalardan   sanaladi.   O’rta   Zarafshon   vohasining   XIX-XX   asr
boshlarida   Buxoro   amirligi   tasarufida   hamda   Rossiya   imperiyasi   mustamlaka
tizimi   doirasida   kechgan   ijtimoiy–siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   hayoti   bilan
bog’liq   voqealar   shular   jumlasidandir.   Ushbu   tadqiqot   obektini   alohida   mavzu
sifatida     o’rganish   ehtiyoji   quyidagilar   bilan   belgilanadi.   O’rta     Zarafshon
vohasining  Buxoro amirligining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayotida alohida o’rin
tutadi:
Bu hudud Turkuston general-gubernotorligining yetakchi, boy hududlaridan
biri   sifatida   mustamlakachilik   davrining   barcha   xususiyatlari   o’zida   yaqqol
namoyon etgani.
O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisining   etnik     tarkibi   xilma-xilligi   bilan   ajralib
turadi.
1
  Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак й ўқ  . Т  1998 56- б
2 Bu   xususiyatlar   amirlik   hamda   mustamlaka   davrlardagi   tub   ijtimoiy,
iqtisodiy  siyosiy vaziyatni o’ziga to’la ifoda etgan.
Mavzuning   o’rganilganlik   darajasi:   O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisining
ijtimoiy,   iqtisodiy   hayoti   to’g’risida   manba   va   adabiyotlarni   uch   guruhga   bo’lish
mumkin.
Birinchi   guruh   Rossiya   imperiyasi   mustamlakasi   davriga   oid   tadqiqotlar.
Bular   konseptual   jihatdan   O’rta   Osiyo   Rossiya   mustaqilligining     muommosiga
asoslangan   hamda   ko’proq     o’lkaning   tabiiy   va   mehnat   resurslarini   ehtiyoji
yuzasidan   yozilgan   edi.   Uchta   davrga   oid   tadqiqotlar   sifatida   A.   Vaibdi,   N.V.
Xanikov, A.P. Buchenko, L.A. Sabalov, V.V. Radlov kabi bir necha mualliflarning
asarlarini aytib o’tish mumkin: 
Mazkur   mualliflar   O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisining     hayotini   aks
ettiruvchi ko’plab ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Ikkinchi  guruhga   Sovet  tuzumi sharoitida yozilgan tadqiqotlar  kiradi. Ular
komunistik   mafkura   ta’sirida   yozilgan.   U   davr   tarix   mavsumining   xulosalariga
hozirgi   kunga   tanqidiy   qarash   lozim.   Shunday   bo’lsada,     ilg’or   olimlarning
fidokorligi   tufayli     o’rganilayotgan   mavzuning   ba’zi   bir   yo’nalishlari   bo’yicha
ilmiy tasavvurlar muayyan darajada boydir.
  Bular   qatoriga   P.P.   Ivonov,   G.A.   Pugachenkova,   A.A.   Semyonov,   M,
Abduraximov,   A.R.   Muxammadjonov,   Suxerovalarning   ilmiy   asarlarini   kiritish
mumkin.
Uchinchi   guruhga   mustaqillik   yillarida   yaratilgan   tadqiqotlar.   D.   Alimova,
O.Ziyoyeva,   Sh.   G’offorov,   Q.   Rajobov,   A.   Kuraxmedov,   T.   Normurodova,   K.
Pardayevlarning   ilmiy     ishlarida   O’rta   Zarafshon   vohasi     aholisining   ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:   mavzuning mohiyatidan hamda tarix
fanining talablaridan kelib chiqqan  holda quyidagi  vazifalarni yoritib beriladi:
O’rta Zarafshon vohasi aholisining  etnik tarkibining tavfsiflash: 
O’rta Zarafshon vohasi  aholisining hunarmadchiligini yoritish.
3 O’rta   Zarafshon   vohasi   qishloq   xo’jaligi   sug’orma   dehqonchilik   va   uning
o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish; 
O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisi     o’rtasida   chorvachilikning   aholisining
boyon qilish;
Rossiya   imperiyasining   olib   borgan     mustamlakachilik   siyosati   va   uning
oqibatlarini hudud doirasida o’rganish;
O’rta Zarafshon  vohasidagi shaharlar, ularning sifatidagi rolini o’rganish;
Tadqioqtning   ilmiy   yangiligi:   shundan   iboratki,   unda   birinchi   marta
Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy birinchi marta malakaviy
bitiruv   ishi   tarzda   tadqiq   etildi.   Bunda   Zarafshon   vohasi   Buxoro   amirligi   va
Turkuston general-gubernatorligida siyosiy jihatdan yuqori mavqeyiga ega hamda
iqtisodiy jihatdan boy va aholisi zich ekanligining tarixiy sabablari ochib beriladi.
Tadqiqotning   ob’ekti:   O’rta   Zarafshon   vohasi   aholisi   o’rganishga   doir
manba va adabiyotlar tadqiqotdan iborat.
Tadqiqot pretmeti:   O’rta Zarafshon vohasi aholisini o’rganish tarixiga oid
manbalarning ilmiy- nazariy va qiyosiy taklash.
Ilmiy   yangilik:   shuningdek   bu   hududdan   Rossiya   imperiyasi   tamonidan
istilo   qilinish,   iqtisodiy   va   ijtimoiy,   siyosatining   imperiyaga   xarakteri   ko’rib
chiqiladi. 
Malakaviy   bitiruv   ishida   taklif   qilingan     barcha   jarayonlar   O’zbek   xalqi
milliy     manfaatlariga   hamda   tarixiy     taraqqiyotning   ob’ektiv   ehtiyojlariga
muvofiqligi nuqtayi nazardan kelib chiqilganligi  undagi ilmiy yangilikning boshqa
bir ko’rsatkichidir.
4 I BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI
I.1. O’rta Zarafshon vohasi shaharlari aholisning ijtimoiy va etnik tarkibi
Zarafshon   vohasida   joylashgan   Samarqand   shahri   Buxoro   amirligining
asosiy   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   markazlaridan   biri   hisoblangan.   Bu   viloyat
o’zining ajoyib tabiati, hosildor yerlari va go’zal bog’lari bilan amirlikning boshqa
hududlariga   nisbatan   alohida   ahamiyatga   ega   bo’lgan.   Samarqandning   o’ziga  xos
siyosiy   mavqyei,   boy   iqtisodiy   markaz   sifatida   ko’zga   tashlanib   turishi,   turli
davrlarda   taxt   tepasiga   kelgan   sulola   vakillarining   nazaridan   chetda   qolmagan.
Jumladan,   XVIII   asr   o’rtalariga   kelib,   Buxoro   xonligi   mang’it   urug’idan   bo’lgan
sulola   vakillarining   qo’liga   o’tgach,   Samarqand   shahri   ham   amirlik   tarkibiga
kiritilgan.   Buning   uchun,   sulola   vakillari   tomonidan   harbiy   yurishlar   amalga
oshirilib   turilgan.   Shuning   uchun   ham   viloyat   va   ayniqsa   Samarqand   shahri   turli
davrlarda harbiy istilolar va yurishlarning obyekti bo’lib kelgan. 
Bu   esa   o’z   o’rnida   strategik   va   geografik   nuqtai-nazardan   qulay   va   tabiiy
boy bo’lgan hududda doimo iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonlari davom etib
kelsada, harbiy yurishlar  natijasida xalq mehnati natijasida erishilgan madaniy va
iqtisodiy   yutuqlar   vayronagarchiliklar   natijasida   barbod   qilingan.   Biroq,   yana
barqarorlik   davrlarida   iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiyot   o’z   yo’lida   rivojlanishda
davom etgan. Xususan, XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmi
Markaziy   Osiyo   xalqlarining   hayotida   yangi   davr   bo’lgan.   Bu   davrdai   Markaziy
Osiyo   xonliklari   Eron   shohi   Nodirshohning   vafotidan   so’ng   (1747)   o’z
mustaqilliklarini   qo’lga   kiritib,   uzoq   vaqt   davom   etgan   inqiroz   davridan   keyin
iqtisodiyot   va   madaniyatni   tiklay   boshlaganlar.   Uch   xonlikda   ham   siyosiy   jipslik
5 va   markaziy   hokimiyatning   nisbatan   mustahkamlanishi   natijasida   o’zaro
urushlarga   barxam   berildi.   Bu   davrdagi   Buxoro   amirligi   hayotida   Samarqand
shahrining ahamiyati katta edi. XIX asr boshiga kelib esa Samarqand yirik shahar
qiyofasiga   ega   bo’lgan.   Ingliz   ayg’oqchisi   Mir   Izzatullaning   guvohlik   berishicha
Samarqand   kundan-kun   rivojlanib   borayotgan   edi.   Shaharning   ijtimoiy-iqtisodiy
yuksalishiga   uning   qulay   geografik   joylashuvi   sabab   bo’lgan.   Shahar   Zarafshon
daryosining janubida  joylashgan  bo’lib, shimol,  sharq  va janubdan  baland  tog’lar
bilan   o’ralgan   hamda   g’arbdan   unga   keng   ekin   maydonlari   tutashgan   edi.   Undan
tashqari, shaharning joylashuvi shimoliy-sharqdan Xitoy va Sharqiy Turkistondan,
janubi-sharqdan Hindistondan, g’arb tomondan Xorazm va Buxoro orqali keluvchi
Eron,   Kaspiybo’yi   yerlaridan,   shimoldan   esa   Rossiya   yerlaridan   keluvchi   savdo
karvonlari uchun qulay tutashish joyi bo’lgan. Mana shu jihatlar shahardagi savdo
ishlarini rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan.
Manbalarda   shahar   ta’rifiga   ko’p   ma’lumotlar   keltirilgan.   Misol   uchun,
Bobur o’z asarida Samarqand va uning atrofidagi tabiatga ta’rif berar ekan Misr
va Suriyani ko’rgan sayyohlar undan boshqa sog’lom joyni ko’rsata olmaydilar” 2
,
degan.   N.V.Xanikov   esa   Samarqand   va   uning   atroflari   “ariq   suvi   bilan
sug’orilganligini”,   ta’kidlaydi.   Shahardan   atrofiga   daraxtlar   ekilgan   asosiy   ariq
o’tgan.   Bu   ariq  kichik   ariqlarga   ajralib   xonadonlarga  suv   yetkazib   berib,  bog’   va
tomorqalarni sug’organ. Namlikning ko’pligi Samarqand havosini toza va bahavo
qilgan.   Shuning   uchun   Samarqandliklar   ancha   sog’lom   bo’lganlar.   Ularning
yuzlari tozza va bo'ylari uzun bo’lgan.
Abu   Toxirxoja   “Samariya”   asarida   shahar   iqlimining   ajoyib   va   mo'tadil
ekani,   shuning   uchun   uni   “firdavsimonand”   –   jannat   misoli   deb   atashini   yozgan.
Yozda   Samarqand   nisbatan   issiq   va   sovuqlari   mo’tadil   ekani,   har   tomondan
esuvchi mayin shamollar va havo kayfiyatni ko’tarishi, ruhiy sokinlikni ta’minlashi
haqida yozadi 3
.
2
  Бабур Захириддин. Бобурнома. Перевод М.Салье. – Ташкент: Изд-во АН УзССР. – С. 64.
3
  Абу Тохир Хожа. Самария. Описание древностей и мусульманских свят ынь Самарканда. Пер. В.Л.Вяткина.
– Справочная книжка Самаркандской области за 1889 г. Вып.  IV . – Самарканд, 1889. – С. 161.
6 O’rta   asrlar   shaharlari   kabi   Samarqand   ham   mudofaa   devorlari   bilan
o’ralgan.   Shahar   devorlari   ruslar   bosqini   davrida   buzib   tashlanib,   So'zangaron
mahallasi qismida uning ayrim qoldiqlari kuzatiladi 4
.
Bir   so’z   bilan   aytganda,   qadimdan   Markaziy   Osiyoning   yirik   shaharlardan
biri   bo’lgan   Samarqand   XIX   asr   birinchi   yarmida   nafaqat   Buxoro   amirligi,   balki
Markaziy   Osiyoning   yirik   savdo   va   madaniy   markazi   sifatidagi   mavqyega   ega
bo’lgan edi.
Samarqand   shahrining   XIX   asrdagi   mavqyeiga   ta’rif   berar   ekanmiz
T.S.Saidqulovning   “shaharxonlik   (amirlik)   ning   bosh   shahri   hisoblangan” 5
  degan
ta’kidini   va   rus   muallifi   F.Nazarovning   “birinchidan,   tarixiy   va   diniy   sabablar
oqibatida,   ikkinchidan,   mamlakatdagi   aholisining     zich,   boy   viloyat   markaziy
shahri sifatida” degan fikrini keltirib o’tishimiz o’rinlidir.
Rossiya   imperiyasi   istilosiga   qadar   shaharda   butun   amirlikdagi   kabi     islom
dini   tushunchalari   va   an’anaviy   turmush   tarziga   asoslangan   holda   aholining
ijtimoiy   munosabatlar   tizimi   hukm   surgan.   Ya’ni,   islom   tushunchalari,   aholining
turmushida,   ijtimoiy   munosabatlari   va   hattoki   siyosiy   boshqaruv   tizimida   o’z
aksini topgan.
XIX   asr   birinchi   yarmida   savdo   rivojlanishi   natijasida     Buxoro     amirligida
shaharlar   aholisining   soni   o’sib   borishi   kuzatiladi.   Bu   davrda,   ayniqsa,   Rossiya
bilan   savdo   munosabatlari   keng   rivojlangan.   Urbanizasiya   jarayonlarining   o’sib
borishi  kuzatilsa-da, shaharlar  aholisining turmush tarzi  va xo’jaligi qishloq bilan
ham   chambarchas   bog’liq   bo’lgan.   Markaziy   Osiyo   shaharlarida   yirik   ishlab
chiqaruvchi xo’jalik: fabrika va zavodlar yoki yirik manufakturalar shakllanmagan.
Bunga   bir   tomondan,   XVI   asrdan   boshlab   buyuk   ipak   yo’lini   o’z   ahamiyatini
yo’qotishi   natijasida   hududni   jahon   savdo   yo’llaridan   chetda   qolishi   va   bu   yerda
ishlab   chiqariluvchi   mahsulotlarni   katta   hajmda   jahon   bozoriga   olib   chiqish
imkoniyatini  qiyinligi  sabab bo’lgan. Ikkinchi  tomondan, yirik ishlab chiqaruvchi
4
  Сухарева   О.А.   Оборонительн ые   стены   Самарканда.   :   Культура   и   искусство   народов   Средней   Азии   в
древности и средневековье. – М., 1979. – С. 85-89.
5
  Саидқулов Т.С. Самар канд во второй половин  XIX  – начале  XX  веков. – Самарканд, 1970. – С. 8.
7 xo’jaliklarni   taraqqiy   etmaganligi   shaharlardagi   urbanizasiya   jarayonlarini
jadallashmaganligiga sabab bo’lgan.
Samarqand   shahrida   ham   shu   kabi   holat   hukm   surgan.   XIX   asr   birinchi
yarmidagi   shahar   aholisining   soni,   uning   o'sishi   dinamikasi   haqida   batafsil
ma’lumotlar   manbalarda   uchramaydi.   Shaharlardagi   aholi   soni,   shu   jumladan,
Samarqand   aholisi   haqidagi   ma’lumotlar   xilma-xil   va   turlichadir.   Masalan,
Meyendorf   ma’lumotlariga   ko’ra   1820   yilda   Samarqandda   50   ming     aholi
istiqomat qilgan bo’lsa, N.Xanikov 1841 yilda 25 ming, 1863 yilda A.Vamberi 20
minggacha,   1868   yilda   V.V.Radlov   10   mingdan   oshiq   kishini   keltirib   o’tishgan 6
Prof.   P.P.Ivanov   va   boshqa   tadqiqotchilarning   asarlarida   esa   30   mingga   yaqin
istiqomat   qilgan,   deb   aytiladi.   Boshqa   manbalarda   esa,   Samarqand   atroflarida   80
000 o’zbek oilalari istiqomat qilgan deb ko’rsatiladi. Mazkur holatda shahar aholisi
soni   haqida   yagona   fikrning   mavjud   emasligi   aholining   milliy     etnik   tarkibi,
ijtimoiy   guruhlar   va   umuman   xalq   turmushining   ko’pgina   sohalari   bo’yicha
xulosalar   chiqarish   imkoniyatini   qiyinlashtiradi.   Biroq,   ishonch   bilan   ta’kidlash
mumkinki, Samarqand shahri va uning atroflari vohadagi eng aholi zich istiqomat
qilgan hudud bo’lgan.
E’tiborli   jihati   shundaki,   Zarafshon   vohasi   va   umuman   Samarqand   shahri
yirik markaz hisoblansa-da shahar  aholisining katta qismini  turmush-tarzi  qishloq
xo’jaligi,   ya’ni   shahar   atrofidagi   aholi   bilan   bog’liq   bo’lgan.   Shahar   aholisining
soni   hajmli  bo’lmasa-da  shahar  atrofida yashovchi   aholining  soni   ko’pligi   hamda
ularning   Samarqand   iqtisodiy   hayotida   ishtiroki   katta   bo’lgan.   Shu   nuqtayi
nazardan,   shahar   aholisi   va   ularning   turmushini   tavsifini   keltirganda   shaharga
yaqin hudud aholisining turmushi va xo’jaligi bilan bog’liq ma’lumotlarni inobatga
olish muhim hisoblanadi.
1868   yilda   Zarafshon   okrugining   faqat   Samarqand   bo’limida   (tog’li
tumanlardan   tashqari)   aholi   179   522   kishini   tashkil   etgan 7
.   Buxoro   amirligi
6
  Ўша асар.   9 с.
7
  Ўша асар.9 с.
8 tarkibidagi Samarqand viloyatida qancha aholi yashaganligi to’g’risida manbalarda
aniq ma’lumotlar yo’q.
Arxiv   ma’lumotlari   va   ilmiy   adabiyotlar   ma’lumotlarini   tahlil   etgan   holda
T.Saidqulov shahar aholisi sonini  Rossiya  imperiyasi tomonidan bosib olinganiga
qadar 30 ming kishidan oshmaganligini ta’kidlaydi. Bu, taxmin to’g’ri deb aytish
mumkin.   Chunki,   o’rganilayotgan   davrda   Zarafshon   vohasi,   umuman,   Buxoro
amirligida   aholining   katta   qismi   qishloq   xo’jaligida   mashg’ul   bo’lib,   asosan
qishloqlarda istiqomat qilishgan bo’lsada, Samarqand shahri viloyat markazi, yirik
savdo   markazi   hamda   hududiy   savdo   munosabatlarida   katta   ahamiyatga   ega
bo’lgan hamda hunarmandchilik keng rivojlangan shahar sifatida aholisining XIX
asr   sharoitida   30   ming   atrofida   bo’lishi   tabiiy   holat   deb   baholanishi   mumkin.
Albatta, bu kabi yirik madaniy va iqtisodiy markaz bo’lgan shaharda bu hajmdagi
aholini     istiqomat   qilishi   urbanizasiya   jarayonini   sustligidan   dalolat   berishi
mumkin.   Lekin,   mazkur   davrda   mintaqa   ichki   va   tashqi   savdosi   juda   katta
hajmdagi   tovar   ayrboshlashini   ta’minlay   olmasligi   natijasida   shahar   aholisining
katta qismini tashkil etuvchi hunarmandlar va savdogarlar soni ham kamligi, undan
tashqari   XVIII   asr   oxiri   –   XIX   asr   boshlaridagi   o’zaro   keskin   feodal   ziddiyatlar
davrida   savdo   ishlarining   susayishi   shaharlarda,   shu   jumladan,     Samarqand
shahrida   ham   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishining   kamayishiga   olib   keladi.   Bu
esa   o’z   navbatida   shahardagi   bozorlardagi   savdo   hajmining   pasayishiga,
mahsulotlarga   bo’lgan   talabning   pasayishiga   va   shu   kabi   qator   omillarga   sabab
bo’lganki, natijada shahar aholisining soni o’sishdan to’xtagan va ba’zi holatlarda
kamayishga   sabab   bo’lgan.   1723-1729   yillarda   Samarqand   o’zaro   urushlar
davomida   ayovsiz   talangan.   Shahar   aholisining   ko’pchiligi   Hisor,   Farg’ona,
Buxoro, Zarafshonning yuqori oqimi hududlariga ko'chib, o’tgan. “Ularning katta
qismi   o’z   manzillariga   yetmasdan   ochlikdan   qirilib   ketgan”.   “Oddiy   aholi   o’z
farzandlarini   sotib   kun   ko’rishgan,   ba’zilari   esa   ochlikdan   nobud   bo’lgan” 8
.
8
  Беневени Ф. Реляция из Бухар ы от 10 марта 1722 года.
9 Xususan,   XVIII   asr   oxirida   qog’ozsoz   ustalarning   boshqa   hududga,   Farg’ona
vodiysiga ko'chib o’tishlari ham bunga misol bo’la oladi.
Biroq, ta’kidlash joizki Samarqand va uning atroflari, va umuman Zarafshon
vohasi   hududi   doimo   aholi   zich   istiqomat   qiluvchi   hudud   hisoblangan.   Bu   haqda
ko’plab   e’tiroflar   manbalarda   uchraydi.   Zamondosh   mualliflarning   matbuotda
keltirgan   ma’lumotlariga   ko’ra   Zarafshon   okrugi   Rossiyaning   eng   aholisi   zich
istiqomat qilgan hududlarini ham aholi zichligi bo’yicha ortda qoldirishini va hatto
aholi   zichligi   bo’yicha   G’arbiy   Yevropadagi   unumdor   viloyatlardan   ham
qolishmasligini ta’kidlashgan.
Turkiston   o’lkasining   birinchi   general-gubernatori   K.   P.   Kaufman   ham
o’zining ko’p yillik faoliyati hisobotida Zarafshon daryosi havzasida aholi zichligi
va   sug’orma   dehqonchilikni   izchillik   bilan   amalga   oshirilishiga   e'tibor   qaratadi.
Kaufman bu hududlar aholisi zichligini Lombardiya bilan taqqoslaydi.
O’rganilayotgan davrda shahar hayoti nafaqat iqtisodiy, siyosiy va madaniy
jihatdan   nisbatan   sust   rivojlanayotgan   edi,   balki   ijtimoiy   munosabatlarda   ham
eskicha,   ijtimoiy   -   siyosiy   va   qolaversa   iqtisodiy   rivojlanishga   to'siq   bo’luvchi
holalar   mavjud   edi.   XIX   asr   60   –   yillarida   amirlikdagi   kabi   Samarqandda   ham
qulchilik   saqlanib   qolgan.   Samarqandda   yirik   qul   bozorlaridan   biri   faoliyat
yuritgan   bo’lib,   unda   qullar   35-80   tillo   tanga   miqdorida   olib-sotilgan 9
.
Qulchilikning     asosiy     manbai   urushlar   natijasida   qo’lga   olingan   asirlar.   Oddiy
aholi   ba’zan   moliyaviy   ahvoli   og’irlashishi   natijasi   o’z   farzandlarini   qullikka
sotganlar.   Mazkur   ma’lumotlar   amirlik   va   xonliklarda   aholi   turmush   darjasini
naqadar nochor va chorasiz holatda bo’lganligini ko’rsatadi.
Aholi   tarkibidagi   etnik   birliklarni   jamiyatdagi   mavqyeiga   qarab   muayyan
ijtimoiy   tasniflash   mumkin.   Davlat   boshqaruvda   nufuzli   lavozimlarni   egallagan
tabaqalarga   o’zbeklar   kirgan.   Ular   bir   urug’ga   mansubligi   va   doimiy   xizmat
natijasida shuxrat qozongan. A.A.Semyonov davlat lavozimida yetakchi o’rinlarni
o’zbeklar   egallaganligi,   tojiklar   ham   oz   bo’lsa-da   davlat   lavozimlariga
9
  Вамбери А. Очерки Средней Азии (дополнение к «Путешествию по Средней Азии». – М., 1868.  С  200-201.
10 tayinlanganligi,   hududlarda   amirlikdagi   amaldorlarning   asosiy   qismi   ziyolilar
orasidan (o’zbeklar, tojiklar, arablar va b.) shakllangan, deb qayd etadi.
Jamoalarni   oqsoqollar   (oqsoqol,   ellikboshi)   boshqargan.   Katta   oqsoqollar
jamoaning   xo’jalik,   jamoat   va   oilaviy   ishlarini   boshqargan.   O’rta   yoshdagilar   va
yoshlar   ularga   bo’ysungan.     Ijtimoiy     va   jamoaviy   tadbirlar   ularning   nazorati   va
amir   ma’muriyatining   ko’rsatmalari   asosida   amalga   oshirilgan.   Bu     holatda
oqsoqol amir ma’muriyatining vakili sifatida ish yuritgan. Yoshi ulug’larning aholi
jamoasiga   ta’siri   katta   bo’lgan.   Bu   esa   jamoadagi   qarashlar,     Diniy     urf-odat   va
marosimlar,   axloqiy   me’yorlarni   mustahkamlab   borgan.   Ayniqsa,   qishloqdagi
umumiy   hayot   patriarxal,   turg’un   holatda   edi.   Bu   yerdagi   jamoa   munosabatlari,
shahardagiga nisbatan aholining xo’jalik faoliyati bilan, asosan yerdan foydalanish,
suvdan foydalanish, chorvachilik va hokazolar bilan xususiyatlangan.
Mahalla   jamoasida   chuqur     ijtimoiy     tabaqalanish   jarayoni   kechgan.
Shaharlarda aslzoda kishilar, oddiy qatlamlarga mansub kishilar yashagan.
Qishloqdarda   ham   turli     ijtimoiy     tabaqa   va   xillari   dehqon,   zodagon,
ruhoniylar  va  boshqalar   bir-biriga  yaqin  yashaganlar.  Qishloq  jamoasida  shunday
qonun hukmron ediki, yuqori mavqyeli, boy zodagonga quyi qatlam aholi vakillari
bo’ysunishi, itoat etishi, tabiiy hol hisoblangan.
Shahar   aholisining   etnik   tarkibi   nihoyatda   xilma-xil   bo’lgan.   Bu   yerda
tojiklar,   o’zbeklar,   arablar,   afg’onlar,   hindlar,   lo’lilar,   yahudiylar   va   boshqa   turli
millat   vakillari     istiqomat     qilishgan.   Ularning   XIX   asr   birinchi   yarmida   son
jihatdan aholi tarkibidagi ulushini aniqlash uchun aniq tarixiy ma’lumotlar mavjud
emas.   Biroq,   ayrim   etnik   birliklarning   nima   sababdan   bu   shaharda     istiqomat
qilishlari,   ular   mashg’ulotlari   haqida   ma’lumotlar   uchraydi.     Aholining   katta
qismini tojiklar va o’zbeklar   tashkil    etgan. Yahudiylar haqida V.V.Radlov “ular
100-150   yil   oldin   Erondan   avval   Buxoroga,   keyin     Samarqandga   ko’chib
kelishgan”,   deb   ma’lumot   beradi.   A.F.Fayziyev   arxivda   saqlanayotgan   vasiqa
ma’lumotlariga   tayanib   ma’lumot   berishicha   yahudiylar   alohida   mavzeda
istiqomat     qilishgan.   Unda   keltirilishicha   1843   yili   amir   Nasrullo     Samarqand
11 shahrining   ichida,   sharqiy   darvoza   yaqinida,   Chokardiza     qabristoni   yonida   o’n
ming kumush tangaga alohida guzar  tashkil qilishlari uchun ularga 11 tanob yerni
sotganligi haqida fikrlarni keltiradi 10
.
XIX asr ikkinchi yarmida   Samarqand   shahri aholisining   ijtimoiy - siyosiy
hayotida   jiddiy   o’zgarishlar   sodir   bo’lgan.   Imperiya   boshqaruv   tizimining
o’rnatilishi va yangi etnik hamda siyosiy kuch sifatida rus fuqarolari, ya’ni Rossiya
imperiyasiga   xizmat   qiluvchi   turli   millat   vakillaridan   iborat   bo’lgan   turli   xil
sohalar   mutaxassislari,   ko’chirish   siyosati   natijasida   hududga   kelib   o’rnashgan
oddiy   rus   aholisi   ham   aholining   etnik   tarkibiga   o’zgartirish   kiritgan.
D.L.Ivanovning   ma’lumot   berishicha     Samarqandda   yashovchi   yahudiylar
musulmon   amirlik   davrida   huquqsiz     holatda   bo’lib,   ular   shaharda   o’zlari   uchun
sinagoh qurish, otda yurish, musulmonlar kiyimlarini kiyish, etik kiyish va yashash
joyini erkin tanlash huquqiga ega emas edilar. Ular uchun bozor orqasida alohida
mavze ajratilib, barcha yahudiylar o’sha mavzeda  istiqomat  qilishgan. Shu tariqa
“jugut   guzar”   shakllangan.     Samarqand     rus   qo'shinlari   tomonidan   egallanishi   va
rus   hokimiyatini   o’rnatilishi   bilan   mahalliy   aholi   va   yahudiylar   ham   imperiya
uchun   bir   xil   qaram   aholi   maqomiga   ega   bo’ldilar   va   ularga   nisbatan   bir   xil
munosabat o’rnatildi. Yahudiylarga nisbatan amirlik davrida joriy etilgan ta’qiqlar
bekor qilingan. Natijada yahudiylar ruslar va imperiyaning o’lkadagi hokimiyatiga
nisbatan   hurmat   bilan   munosabatda   bo’la   boshladilar.   Yahudiylar   ruslar   bilan
yaqinlashib, tezda rus tilini o’zlashtira boshladilar.
Yahudiylarga ta’rif berar ekan D.L.Ivanov ularni “mahalliy aholi orasida eng
uddaburon, ularning savdogarlari boshqa barcha savdogarlarga raqobatdosh bo’lib,
birinchilardan   bo’lib   yangilikka   qo’l   o’rishganligini,   yahudiylar   birinchilardan
bo’lib   rus   akusherlariga   murojaat   qilishgani,   rus   ta’lim   muassasalarida   o’qiy
boshlaganlarini   ta’kidlaydi.     Undan     tashqari,   yahudiylar   qo’shni   xonliklarda
bo’layotgan   barcha   siyosiy   jarayonlarni   tezda,   birinchi   anglab,   u   haqda   ruslarni
ogohlantirishib turgan”.
10
  Файзиев А.Ф. История Самарканд а первой половины  XIX  века (учебное пособие). – Самарканд, 1992. – 
С.11.
12 Shahar mikrotoponimikasi guzarlar tarixini, aholi mehnati xususiyatlarini va
nomlar   kelib   chiqishini   o’zida   aks   ettiradi.   Guzarlarda   ishlab   chiqarish
hunarmandchilik xususiyatiga qarab aholi  istiqomat  qilgan. Zargaron mahallasida
tillo   buyumlar   yasovchi   ustalar,   Suzangaronda   igna   yasovchi   ustalar,
Charmgaronda terichilik va teri mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi shug’ullanuvchi
ustalar,   Xarrotonda   yog’och   ustalari,   Kulolonda   kulol   ustalar,   Zingaronda   egar-
jabdug’   va   otabzali   yasovchi   ustalar,   Sharbatdorda   turli   shirin   ichimliklar
tayyorlovchi   hunarmandlar   istiqomat   qilishgan.     Undan   tashqari   Toshkandi,
Xo'jandi, Urguti, Zomini, Shahrisabzi, Urmitani, Qashqari kabi guzarlar bo’lganki,
ulardagi   aholi   kelib   chiqishi   joy   nomlari   bilan   bog’liq   bo’lgan.   Ya’ni,   bu
guzarlarga   aholi   mazkur   nomdagi   joylardan   ko’chib   kelgan.   Ba’zi   guzarlarning
nomlari   shahar   me’moriy   yodgorliklari   nomlari   bilan   bog’liq   bo’lgan.   Bunga
Ruhobod,   Go'ramir,   Oqsaroy,   Namozgoh,   Ko’kmachit,   Xonaqo,   Madrasayi   Safid
guzarlarini   kiritish   mumkin.   Alohida     Samarqand     shahri   topografiyasi   bilan
bog’liq   guzar   nomlari   uchraydi:   Labig’or,   Chaqar,   Toli-Regak,   Baland-Ko’prik,
Bog’i-baland, Kabolai  Yakum, Kabolai  Duvvum, Pulimirzo, Gilburch va hokazo.
Shahar   tabiati   bilan   bog’liq   guzarlar   nomlariga   Kavarzor,   Lolazorlarni   keltirish
mumkin. Navadon, Obimashad, Doniyorbek, Kulobod kabi nomlar shahardagi suv
inshootlari,   sun’iy   ariqlar,   suv   manbalari   nomlaridan   kelib   chiqqan.   Olimlarning
nomlari   berilgan   guzarlar   bo’lgan:   Faqix   Abullays,   Maxtumi   Xorazmiy   va
boshqalar 11
.
  Samarqand     shahri   aholisi   haqida   tavsif   berganda   shaharning   tarkibiy
qismlari   bo’lgan   mahallalar   tavsifini   berish   o’rinlidir.   Zero,   shahar   aholisi   o’z
mashg’ulotlari   va   turmush   tarziga   qarab   alohida-alohida   guzarlarda   istiqomat
qilishgan.  Samarqand  shahri qiyofasi doimo yangi tashkil etilgan mahallalar yoki
mavjudlarini   kengayishi   hisobiga   o’zgarib   borgan.   Shahar   guzarlari   ijtimoiy
ahamiyatdan tashqari ma’muriy ahamiyatga ham ega bo’lgan.
11
  Абрамов А.А. Гузар ы Самарканда. – Ташкент; Узбекистан, 1989.  - С. 4.
13 XIX asr o’rtalarida Samarqand baland paxsa devorlari bilan o’ralgan bo’lib,
XX   asr   70-yillarida   ularning   katta   qismi   shaharni   qayta   qurilishi   davrida   buzib
tashlangan.
Shahar topografiyasi o’z o’rnida mahallalar xususiyatidan kelib chiqib, aholi
xo’jalik   hayoti,   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarning   rivojlanishi   va   shahar   bo’ylab
joylashuvini gavdalantiradi.
Guzarlarni aholi ning umumiy yig’ilishlarida saylanadigan oqsoqollar boshqargan.
Har   bir   mahallaning   o’ziga   markazi   bo’lib,  u   yerda  masjid   va   choyxona   bo’lgan.
Ushbu  markazlarda savdo-ishlab  chiqarish  ustaxonalari,  do’konlar   va uncha  katta
bo’lmagan   bozorlar   ham   mavjud   bo’lgan.     Mahallalar   esa   o’z   o’rnida   qit’a-
qismlarga birlashib, ularni hokimlar boshqargan. O’rganilayotgan davrda shahar 4
ta qit’aga bo’lingan: Qalan darxanin, Suzangaron, Xayrobod, Xo'ja Axror.
Bu  kabi  siyosiy  jarayonlar   bilan   bog’liq  holda  ijtimoiy  o’zgarishlar  boshqa
turli etnik birliklar bilan ham sodir bo’lib turgan. Albatta, bu o’rinda mahalliy aholi
vakillari  (o’zbek, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq, arab va dungan)  ning ahvoli
ruslarga nisbatan huquqsizligicha qolgan. Bu o’rinda ta’kidlash kerakki, yahudiylar
ham   mahalliy   aholi   qatorida   huquqsiz   bo’lsa-da,   ular   rus   siyosatiga   juda   tez
moslashganlar.   Shu   tufayli   ular,   oldingi   siyosiy   tuzumdagiga   nisbatan   yangi
siyosiy sharoitlarda, ayrim yutuqlarga erishishgan.
Shahar aholisining  ijtimoiy guruhlari va ularning mashg’ulotiga turiga qarab
ham   tasniflangan.   Mahsulot   qiluvchi   mayda   savdogarlar   -   bazzozlar,   attorlar,
baqqollar   kabi   nomlar   bilan   atalgan.   Bazzozlar   –   turli   gazlama     matolarni   sotish
bilan     shug’ullangan.   Attorlar   -   (arab,   ziravorlar   sotuvchi)   turli   mayda   attorlik
bo'yoq   mollar,   munchoq,   ip   bog’ich,   mayda-chuyda   metall   bezaklar,   oynalar,
ba’zida   do’ppilar   bilan   birga   gugurt,   kalampir,   xushbo’y   o’tlar,   bo'yoqlar   va
nihoyat,   mahalliy   dori-darmonlarni   tayyorlab,   sotish   bilan   ham   shug’ullanganlar.
Bunday dorilarni  tayyorlash va foydalanish  usullari  boshqalardan sir tutilib, faqat
otadan   o’g’ilga   o’rgatilib   borilgan.   Shu   tomonlama   attorlik   barqaror   hisoblanib,
14 savdodan   tushayotgan  arzimagan  daromadga  qaramay,  bu  kasb  avloddan-avlodga
merosiy bo’lib o’tib borgan.
  Samarqand     atrofida   o’zbek   urug’larining   qang’li,   nayman,   qo’ng’irot,
qipchoq   xitoy,   sayot,   qiyot,   chig’atoy,   do'rmon,   ushun,   olchin,   ming,   qirq,   yuz,
qaraqalpoq saredi, qirgiz, turkmang’it, bahrin kabilar istiqomat qilgan.
  Samarqandda  etnik birlik sifatida  alohida hindlar   ham  istiqomat   qilishgan.
Ular   Samarqandga savdo maqsadida kelishgan va shu yerda o’rnashib qolganlar.
Ular   asosan   sudxo'rlik,   hind   mahsulotlarini   sotish   va   shu   kabilar   bilan
shug’ullanganlar.
  Aholi   turmushida     islom     aqidalari,   shariat   tartib-qoidalari   qat’iy
o’rnatilgan.   Oilada,     islomning     hukmron   ta’siridagi   jamoat   tartib   va   qoidalari
hukmrolik   qilgan.   Jumladan,   7-8   yoshdan   boshlab,   har   qanday   oila   a’zosining
harakati,   o'y   fikri,   hissiyotlari   mavjud   o’rnatilgan   qoidalardan   chetga   chiqmasligi
lozim edi. Erkak oila boshlig’i hisoblangan va barcha masalalar faqat u orqali hal
etilgan.   Ayollar     ijtimoiy     hayotda   ishtirok   etish   imkoniyatidan   mahrum   etilgan.
Ya’ni ayollar   ijtimoiy   huquqsiz hisoblangan. Ayollar faqat uyda o’tirib, ro’zg’or
yumushlarini   bajarishi,   farzand   tarbiyasi   bilan   shug’ullanishi   lozim   edi.   Ayol
kishining   jamoat   orasida,   ko’cha-ko’yda   ochiq   yuzda   yurishi,   begonalar   bilan
munosabatda   bo’lishi   ma’n   etilgan.   Ayollarning   oila   ishlariga   aralashishiga   yo’l
qo'yilmagan,  ularni   xohish-istaklari  inobatga  olinmagan.  Oila  hayotida  ayol  qadri
ko’pincha kamsitilgan va tahqirlangan holda bo’lib, bu  islom  bilan bog’liq ta’qiq
va cheklovlardan kelib chiqqan. Sharoitga muvofiq ayollar masjidlarga bormasligi,
lekin  uylarda     diniy    amallarni   bajarishlari   mumkin   bo’lgan.   Jamoat   qoidalaridan
chetga   chiqqan,   yengiltaklik   qilgan,   nikohsiz   aloqalarda   bo’lgan   ayollar   o’limga
mahkum etilgan.
Insonlar   o’rtasidagi   munosabatlarda     islom     va   shariat   axloq-qoidalar
bashariy   axloq   me’yorlaridan   ham   yuqori   turgan.   Undan   tashqari,   aholi   urf-
odatlari,   an’analari,   kundalik   turmush   tarzi   ham   shariat   qoidalari   asosida   olib
borilgan.
15 O’z  ijtimoiy   holati va ta’siridan foydalanib, shariat qonun- qoidalari bilan
himoyalanib yurgan din vakillari asrlar mobaynida o’rnatilib kelingan har qanday
me’yor   va   qoidalarini   o’zgartirilishiga   qarshi   bo’lib,   bu   boradagi   yangilanishga
bo’lgan intilishlarga doimo qarshi turgan. Jamiyatning har qanday a’zosi ularning
so’zini qarshiliksiz inobatga olgan.
Aytish joizki, xalqning ishonchi va xayrihoxligidan foydalangan bu  ijtimoiy
qatlamlar   ko'p     hollarda     islom     va   shariat   qoidalariga   zid   harakat   olib   borgan.
Jamiyatda adolatning qaror topishida, jinoyatni aniqlash va jazo belgilashda shariat
qonunlari   va  asrlardan  –  asrlarga o’tib kelayotgan  odob –  axloq  qoidalari    asosiy
mezon   bo’lgan.   Lekin   fuqarolik   va   jinoiy   ishlarni   ko’rib   chiquvchi   qozilar   sud
ishlarini ko’pincha adolat yuzasidan olib bormagan.
XIX   asrda   shariat   ahkomlari   O’rta   Osiyo   va     Samarqand     shahar   aholisi
orasida   katta   ta’sir   kuchiga   ega   bo’lgan   tartib-qoidalar   sanalgan.   Mazkur   qonun-
qoidalar muqaddas adabiyotlarda adolatli va jamiyat hayotini to’g’ri tashkil etishga
qaratilgani   holda   bayon   etilgan   bo’lsa-da,   o’rganilayotgan   davrda   xalq
ma’naviyatining   pasayib   borishi   va   oddiy   aholini   ilm-fandan   yiroqlashuvi   ular
tomonidan   amal   qilinuvchi   qoidalarni   xalqni   o’zini   ustidan   zulmni   kuchaytirish
maqsadida   hukmron   sinf   tomonidan   buzib   talqin   etilishi     holatini   keltirib
chiqargan.   Bu   esa   o’z   navbatida,   bugungi   kun   nuqtayi   nazaridan   baholanadigan
bo’lsa,   ijtimoiy   inqirozning   bir   ko’rinishi   deb   atalishi   mumkin.   Ya’ni,
o’rganilayotgan   davrda   ta’lim   va   tarbiya   tizimining   jahon   taraqqiyotidan   orqada
qolishi,   hukmron   sinf   tomonidan   jabr-zulmning   kuchayib   ketishi,   oddiy
mehnatkash   xalqning   turmush   sharoitlarini   og’irlashuvi   natijasida   insonlarda
dastlab   iqtisodiy   muammolarni   bartaraf   etishga,   oila   a’zolarining   yaxshi
turmushini   ta’minlashga   bo’lgan   intilish   asosiy   hayotiy   ehtiyojni   tashkil   eta
boshladi.   Bu   holat     aholining   asosiy   qismini   tashkil   etgan   mehnatkash   aholining
ijtimoiy hayotida ilm-fan va ta’lim masalalarini orqada qolishiga sabab bo’ldi. Ana
shunday   bir   sharoitda   din   aholiga   ta’sir   etishning   muhim   quroliga   aylanib   bordi.
Diniy mutaassiblik ortib bordi.
16 Bu   davrda   xatto   dinning   siyosatga   ham   ta’sir   o’tkazganligini   ko’rish
mumkin   edi.   Jumladan,   davlat   boshqaruv   borasida   faoliyat   yuritgan   u   yoki   bu
mansabdagi shaxslar go’yoki islom va shariat nuqtayi nazaridan davlat vazifalarini
bajarayotganligini   ko’rsatishga   uringan.   Shariatdan   o’ziga   xos   zodagonlik   huquqi
sifatida   foydalangan   zodagonlar,   din   ruhoniylari   u   orqali   o’zlarining   sinfiy
manfaatlarini,   zulmga   asoslangan   faoliyatini   himoyalashga   uringan.   Ya’ni,   amir,
bek   amaldorlar,   ruhoniylar   shariatdan   oddiy   xalqlni   ezish,   boylik   orttirish   va
umuman, o’z manfaatlari yo’lida qurol sifatida foydalangan.
Amirdan  tortib  eng  quyi   amaldorgacha,  shuningdek   islomga  da’vat   etuvchi
va   uning   «himoyachisi»   bo’lgandin   ruhoniylari   ham,     islom   va   sharoit   qonun-
qoidalari mohiyatini o’zlari to’liq anglab yetmay, davlat tartibi shariat qoidalarini
«buzganlarni»   qattiq   jazolab,   amalda   esa   o’zlari   o’z   bilganlaricha   ish   yuritdilar.
Darhaqiqat,   biz   ko’zdan   kechirayotgan   davrda   hukmron   sinf   tomonidan   oddiy
xalqni   ezish,   jabr-zulm   ko’rsatish,   ikki   yuzlamachilik,   ta’magirlik,   poraxo’rlik,
buzuqliklar   avjga   chiqdi.   Kambag’allar,   yersiz   dehqonlar   va   umuman   oddiy
xalqning zo’ravonlik va zulm, soliq - to’lovlardan qimirlashga madori yo’q edi.
  Buxoro     amirligiga   kelgan   va   bu   yerdagi   islom   va   shariat,   huquqiy   va
axloqiy qoidalar va odatlarda salbiy xususiyat  aks etganligini ko’rgan A.Vamberi
shunday   deb   yozadi:   «Bu   yerda   odam   faqat   insonday   ko’rinsa   bo’ldi,   uning
ko’nglidan   nima   borligi   bilan   hech   kimning   ishi   yo’q.     Islom   shariat   qoidalari,
amallarini   yuzaki   tarzda   bajarib,   aslida   esa   johil,   zulmkor   bo’lib,   jazodan   qochib
qutulib   yurish   ham   mumkinligini   nazarda   tutadi.   Shuningdek     Buxoro   va
Samarqand     islom   dini   markazlari   hisoblansada,”   –  deydi   u.  “XIX   asr   o’rtalariga
kelib,   bu   yerda   diniy   mutassiblik   shu   qadar   kuchayib   ketdiki,   bu   ezgulik   va
insoniylikdan   ko’ra,   ko’proq   johillik     adolatsizlik   insoniy   huquqlarni   poymol
etilishi kabi salbiy holatlar bilan kechdi''.
Asrlardan   asrlarga   o’tib,   saqlanib   kelingan   urf-odatlar,   qadriyatlar,
marosimlar,   bayramlarning   xalq   tomonidan   bajarilib   kelinishi,   xalq   turmush
tarzining   ajralmas   tarkibi   sifatida   saqlanib   kelayotgan   an’analarga   sodiqligini
17 yanada   mustahkamlangan.   Ayniqsa,     diniy   marosimlarning   ommaviy   ravishda
bajarilishi   islom   bayramlarining   boshqa   an’analar   bilan   umumiy   xususiyatga   ega
ekanligi an’anaviy asoslardan hisoblangan.
Ana shunday musulmonlar uchun an’anaviy diniy bayramlardan islom ning
ikkita   bayrami,   bu   ro’za   tugallangan   oy   oxirida   nishonlangan   Ramazon   hayiti   va
qurbon keltirish bayrami - Qurbon hayiti hisoblanadi. Ikkala bayramni musulmon
aholisi   shahar   va   yirik   qishloqlarda   toat-ibodat   bilan   nishonlasalar,   maxsus
masjidlarda (namozgoh) ham dabdabali tarzda o’tkazganlar. Ramazon oyida aholi
ko’chalarda   va   yarim   kechalarda   bemalol   yurishi   mumkin   bo’lgan.   Bu   oyda
madrasalarda ta’lim berish jarayoni to’xtatilgan.
Ro’za hayiti kunida hamma bayram kiyimida yurib, uy va joylarini tartibga
keltirib,   bir-birlarinikiga   mehmondorchilikka   borib   bayram   bilan   tabriklaganlar.
Qurbon hayiti kunida bayrami ibodatidan so’ng har bir musulmon oilaviy sharoiti
yaxshi   bo’lsa,   masjida   qurbonlik   qilgan.   Agar   kimdir   kambag’al   bo’lsa,   unda   bir
necha kishi birlashib, qo’y, echki yoki molni qurbonlik qilishga harakat qilgan. Har
qaysi oila hayotida bir marotoba bo’lsa ham qurbonlik keltirishni niyat qilgan.
An’anaviy   bayramlardan   yana   biri   Navro’z   nishonlangan.   O’z   mohiyatida
zardushtiy   dini   qirralarini   saqlab   qolgan   bu   bayram   ham   xalq   tomonidan   yaxshi
nishonlangan. Bu bayramda ham ko’chalarda, bozorlarda xalq sayli bo’lgan.
Ayollar   o’rtasida   ham   ba’zi   bir   an’analar   kuchli   ta’sirga   ega   hisoblangan.
Ana shunday diniy ta’sirga ega bo’lgan marosimlarga «Bibi-Seshanba» va «Bibi-
Mushkilkusho»   kabilar   kirgan.   Bu   marosimlarda   ayollar   to’planib,   risolalar
(rivoyat,   doston)   o’qilgan,   izohlangan   va   turli   taomlar   tayyorlangan.   Ayniqsa,
ayollar   o’rtasida   bunday   diniy   amallar,   marosimlar,   toat-ibodatlarni   bajarib
borishda   –   otinbibilarning   o’rni   muhim   hisoblangan.   Ularning   ayollar   o’rtasida
mavqeyi   baland   bo’lib,   bu   an’anaviy   marosimlarda   otinbibilar   bosh   ijrochi   rolini
bajarishgan.
  Buxoro   amirligida   bo’lgani   kabi,     Samarqand   viloyatida   ham   ijtimoiy   ,
me’yoriy va an’anaviy munosabatlar islom va shariatning kuchli ta’sirida bo’lgan.
18 Bu   oddiy   turmush   tarzidan   tortib,   yer-suvga   egalik   munosabatlarida,   jamoat
tartiblarida, marosim va an’analarda,  ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda
o’z   aksini   topgan   edi.   Yuqorida   aytib   o’tilgan   munosabatlarga   dinning   shu   qadar
kuchli   ta’sir   ko’rsatishi   natijasida,   jamiyatda   tabaqalanish   va   tengsizlik   turg’un
hayot,   qoloq   iqtisodiy   munosabatlar,     diniy   mutassiblikning   kuchayishi   kabi
holatar jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to’siq bo’lgan.
Turkistonda Rossiya imperiyasi  bosqinidan oldingi davrdagi  aholi turmushi
va   xo’jaligi   ahvoli   xususida   so’z   yuritar   ekan,   tarixchi   Mirza   Olim   Maxdum
Xojining   “Xonliklar   davrida   aholi   nihoyat   darajada   olamdan   bexabar   bo’lganlar.
Qadimgi   haqqoniy   ulamolardan   oz   qolib,   holis   taqvo   bo’lmay,   riyokor   va
xushomadgo'y   ko’paymoqda   edi”.     Undan   tashqari,   mansablarga   tayinlanishlarda
faqatgina   xushomadgo'y   va   ilmsiz   kishilar   tayinlangan.   Hukumat   ishida   mutlaqo
intizom   va   tartib   bo’lmagan.     Aholi   dan   olingan   soliq   va   to’lovlar   hech   qachon
aholi   hayotini   yaxshilashga,   ya’ni   yo’llar,   ko’priklar   yoki   shu   kabi   inshootlar
qurilishiga   sarflanmagan.   Mansabdagilar     kundan-kun  kuchayib   borgan.  Shikoyat
qiluvchilarni hech kim tinglamagan'', deb ta’rif bergan.
Shahar aholisining turmushi va xo’jalik yuritishi tartibi xilma-xil,  aholining
asosiy   tarkibi   bo’lgan   hunarmandlar   ishlab   chiqarilgan   mahsulotlar   doimo
bozorlarda   o’z   haridorlariga   ega   bo’lsada   Samarqandlik   mehnatkashlarning
turmushi   oson   kechmagan.   Hokimiyat   vakillari   tomonidan   zulmning
kuchaytirilishi   ularning   ahvolini   og’irlashtirgan.   Shahar   hukumati   daromadlarni
oshirish   maqsadida   turli   xil   soliqlarni   joriy   etishgan.   Shahar   mehnatkashlari
umumiy holatda 55 nafar  turlicha soliqlar va to’lovlarni to’laganlar.
19 I.2. O’rta Zarafshon vohasi shahar aholisining turmush tarzi va mashg’ulotlari
Shahar iqtisodiy hayotida bir nechta sohalar o’rin olgan edi. Dastlab albatta,
hunarmandchilik  va uning tarmoqlari, ikkinchidan, shahar  aholisining  turmushida
o’z   o’rniga   ega   bo’lgan   qishloq   xo’jalik   mahsulotlarini   yetishtirish,   uchinchidan
esa,   savdo   munosabatlari.   Mana   shu   sohalar   tahlili   asosida   shahar   iqtisodiy
hayotini tavsiflash mumkin bo’ladi.
  Samarqand   o’zining   asosiy   qiyofasi   ko’ra   rivojlangan   o’rta   asr   tipidagi
shahar   hisoblangan.   Bunga   qurilish   obyektlari,     aholi   turmush   tarzi,   shaharning
o’zida ko’plab yirik va mulklarining mujassamligi bundan dalolat beradi. Shaharda
nafaqat   savdo   qizg’in   taraqqiy   etgan,   balki   ta’lim   ham.   Bunda   madrasalar   asosiy
rol o'ynagan. Umumiy qilib aytiladigan bo’lsa. XIX asr birinchi yarmidan oldingi
davrlarda   o’zaro   urushlar   va   talonchiliklar   natijasida   vayron   bo’lgan   shaharning
o’rganilayotgan   davrda   hukm   surgan   nisbatan   barqaror   siyosiy   vaziyat   sharoitida
iqtisodiy va siyosiy hamda madaniy mavqeyi asta-sekinlik bilan tiklanib, yangicha
ahamiyat kasb etib borganligidan dalolat beradi.
XIX   asr   birinchi   yarmiga   qadar   Samarqand   shahar   atrofidagi   aholi   asosan
dehqonchilik   bilan   shug’ullangan   bo’lsa,   shahar   aholisi   asosiy   qismi
hunarmandchilik,   savdo   bilan   mashg’ul   bo’lgan.   Bu   davrda   shahar   O’rta
Osiyoning   yirik   hunarmandchilik   rivojlangan   markazlaridan   biri   hisoblangan.
Masalan,   XIX   asr   o’rtalarida   shaharda   681   ta   to'quvchilik,   200   ta   egarchilik,   40
qog’oz va qog’oz buyumlar tayyorlovchi, 36 ta temirga ishlov beruvchi, 34 ta ipak
buyumlarni   tayyorlovchi,   30   ta   teri   mahsulotlari   ishlab   chiqaruvchi,   15   ta   ipak
yigiruvchi,   15   ta   bo'yovchi   ustaxonalar   faoliyat   yuritganligi,   rasmiy   manbalarda
aks etgan.
Ko’rinib   turganidek   to'quvchilik   eng   keng   rivojlangan   soha   bo’lgan.
Darhaqiqat,     Samarqandlik   hunarmandlar   ipak,   yarim   ipak   va   paxta   matolarning
turli   xillarini   tayyorlashgan.   Bulardan   alacha,   xosa   (yupqa   yarim   ipak   mato),
20 qalami   (paxta   matoning   turi),   chit,   kanaviz,   bo’z,   beqasam,   tivitli   salla,   ipak   va
yarim   ipak   gilamlar,   do’ppilar   va   hakazo.   Ta’kidlash   joizki   hunarmandchilikning
to’qimachilik   yo’nalishida   mahsulot   turining   ko’pligi   va   ushbu   soha
mahsulotlariga   bo’lgan   talab   barcha   jamiyatlarda   ham   katta   bo’lgan.   Ayniqsa,
paxta   va   shoyi   homashyosi   ko’p   yetishtiriladigan   O’rta   Osiyo,   shu   jumladan,
Samarqandda   ham   ushbu   hunar   sohasi   keng   taraqqiy   etishi   tabiiy   jarayon   edi.
Lekin,   biz   shu   jihatiga   ham   e’tibor   qaratishimiz   kerakki,     Samarqandda
yetishtirilgan   ba’zi   to’qimachilik   mahsulotlari   nafaqt   mintaqada,   balki   boshqa
davlatlarda   ham   katta   talabga   ega   edi.   Misol   uchun,   “Novoyevremya”   gazetasi
muhbirining   bergan   xabarnomasida   1878   yili   Toshkentda   ochilgan   Turkiston
qishloq   xo’jaligi   va   sanoati   ko’rgazmasiga   “   Samarqanddan   ko’plab   sifatli,   rang-
barang   shoyilar   jo’natilib,   bu   matolar   Buxoro   va   Turkiston   o’lkasining   ko’pgina
shaharlarida   tayyorlangan   to’qimachilik   mahsulotlari   bilan   raqobatlashadi”,
deyilgan.
O.A.Suxarevaning   guvohlik   berishicha   alacha   asli   Samarqandlik
hunarmandlarning   mahsuloti   bo’lib,   ularni   to’qish   bilan   asosan   shaharning   eng
ko’p   sonli   millati   vakillari   tojiklar   shug’ullanishgan.   Ayrim   ma’lumotlarga   ko’ra
bu  hunar   sohiblari   Buxorodan,  boshqa  ma’lumotlarga   ko’ra  Xo'janddan   ko’chirib
keltirilgan ekan. Yana O.A.Suxarevaning ma’lumot berishicha Yomini va Zomini
deb   nomlanuvchi   qo’shni   guzarlarda   yashovchi   o’zbeklar   va   tojiklar   qalami   deb
nomlanuvchi mahalliy ipdan to’qilgan, odatda ko'k va oq chiziqlarga ega bo’lgan
matoni   to’qish   bilan   shug’ullanganlar.   Ushbu   guzarlar   aholisining   bir   guruhi
Yomdan ikkinchisi Zomindan ko’chib kelganlar bo’lgan.
P.I.Pashinoni   ma’lumot   berishicha   Turkiston   hunarmandchilik   ishlab
chiqarishida uyda bajaruvchi ishchilar mehnatidan ko’p foydalanilgan, “... qog’oz
ishlab chiqarishida bir sanoatchi o’ziga ma’lum oilalarning biriga paxtani tozalash,
boshqasiga   –   yigirish,   uchinchisiga   –   tikish,   to’rtinchisiga   bo'yash   va   hakazo
ishlarni   tarqatgan.   Bu   esa   o’z   o’rnida   undan   ustaxonalar   uchun   joy   tayyorlash,
21 ustachilik   dastgohlarini   sotib   olish,   ishchilarni   ishlamagan   vaqtiga   pul   to’lash
majburiyatidan xalos etgan...”.
Shunga   o'xshash   holat     Samarqandda   ham   kuzatilgan.   Ba’zi   hollarda
mehnatning   katta   qismi   ayollar   va   bolalar   zimmasiga   tushgan.   Ular   paxtani
tozalashgan,   matolarga   ishlov   berishgan,   iplarni   o’rashgan   va   h.k.   Zarafshon
okrugida   ipak   ip   asosan   “tojik   va   eroni   ayollar   charx     yordamida   ishlab
chiqarganlar,   o’zbek   va   qirg’iz   ayollari   esa   urchuq   yordamida.   Bir   ayol   bir   yilda
mazkur   uskunalar   yordamida   2   dan   4   pudgacha   ipak   yokiy   undan   ip   yigirishi
mumkin edi”. Ko’pchilik ayollar mazkur mahsulotlarni o’z ehtiyoji hamda sotuvga
chiqarish   uchun   ham   ishlab   chiqarganlar.   Shunga   qaramasdan   ko’pgina
hunarmandlar va kasanachilarning oilalari moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda bo’lib,
kam   daromad   hisobiga   kun   kechirganlar.   Bunga   barcha   to’quvchilarning
do’konlari   yo’qligi   va   o’z   mahsulotini   to’g’ridan-to’g’ri   bozorda   sotish
imkoniyatiga ega bo’lmaganligi sabab bo’lgan. Ko’pchilik to’quvchi hunarmandlar
o’z mahsulotlarini olib-sotuvchilar yordamida sotishgan. Bunda ular mahsulotni 30
% arzon narxda pullashga majbur  bo’lishgan. Bu holat to’quvchilarning o’zlarida
ishlab   chiqarishdan   oldin   mablag’   mavjud   bo’lmagan   holatlarda   olib-
sotuvchilardan   pul   olishga   va   olgan   pulga   mahsulotni   arzon   narxda   berishga
majbur bo’lishgan.
XIX   asr   birinchi   yarmida   Samarqandda   adras   to’quvchi   63   ta   to’quvchilik
dastgohi   va   41   ta   kanop   ip   to’quvchi   dastgohlar   bo’lib,   ular   qirq   besh   nafar
kishining   qo’lida   to’plangan   edi.   Kanop   ip   ishlab   chiqarish   bilan   o’zbeklar   va
tojiklardan tashqari Samarqandlik yahudiylarning bir qismi ham shug’ullanganlar.
Umuman   olganda,     Samarqandda   ishlab   chiqarish   mayda   hunarmandchilik   ishlab
chiqarishi harakterida edi.
Tikuvchilik   bilan   asosan   erkaklar   shug’ullanishgan.     Samarqandda   alohida
tikuvchilik   dastgohlarida   bir   nechta   ustalar   faoliyat   yuritadigan   qator   ustaxonlar
mavjud   bo’lib,   ularda   “...   talabgir   xalatlar,   salla   va   belqarslarga   ishlatiladigan   ...
faqat maxsus harir va sifatli matolar tayyorlangan”.
22 Arxiv   ma’lumotlarida   keltirilishicha,   “Samarqandda   maxsus   ipak   yoki
yungni tozolovchi ustaxonalar kam bo’lgan. Chunki  tozalangan ipak yoki yungga
ehtiyoji   bo’lgan   mahalliy   aholi   ularni   sotib   olib   o’zlari   uylarida   tozalaganlar.   Bu
hunar   bilan   maxsus   shug’ullanuvchilar   tikuvchilar   uchun   buyurtma   asosida
ishlaganlar va kamdan-kam holatlarda tozalangan yung yoki shu  kabilarni bozorga
olib chiqqanlar”.
To'quvchilik   sanoati   asosan   mahalliy   mahsulotlardan   tayyorlangan
mahsulotlarga qarab turlarga ajratilgan. Shunday sohalardan biri bu – ipakchilik va
ipakdan mahsulotlar tayyorlash edi. XIX asr birinchi yarmida ipak mahsulotlarini
yetishtirish   bilan   400   ga   yaqin   xo’jalik   shug’ullanganligi   haqida   ma’lumotlar
keltiriladi.   Har   bir   xo’jalik   5   puddan   1,5   pudgacha   mahsulotni   bozorga   olib
chiqishgan. Shaharga ipak homashyosi qo'shni hududlardan ham olib kelingan.
  Samarqandda ipakga ishlov berishda pichoqli qo'ldan yasaluvchi uskunadan
foydalanilgan.   Ko’pchilik   hunarmandlar   ipakga   ishlov   beruvchi   uskunani   o’zlari
yasashgan. Ipakni o’zidan Samarqandlik hunarmandlar bir necha hil mahsulotlarni
ishlab   chiqarganlar.   O’z   vaqtida   Samarqand   o’lkadagi   yirik   savdo   mahsulotlarni
yetishtiruvchi   va   uning   bozorlarida   amirlikning   yirik   ipak   mahsulotlari   savdosi
amalga oshirilgan. Ipak matolardan asosan kanaus, yarim ipak matolardan beqasam
va adras tayyorlangan.
XIX asr birinchi yarmida Samarqandda matolar tayyorlash bilan bir qatorda
matolarga bo'yoq berish sohasi ham yaxshi taraqqiy etgan. Bo'yoqchilik ishi bilan
alohida   ustalar   shug’ullanishgan.     Samarqandda   maxsus   ko'k   rangli   bo'yoqlar
tayyorlangan.   Yil   davomida   bo'yoq   ishlab   chiqarish   shug’ullanuvchi   maxsus
do’konlar ham mavjud bo’lgan. Umuman olganda bo'yoq tayyorlash bilan alohida
usta   va   bo'yash   bilan   alohida   ustalar   shug’ullanishgan.   Bo'yoqchi   ustaxonasida
doimo   bo'yoqlar   to’lachanlar   bo’lib,   buyurtmachini   oldida   mato   bo'yalgan   va
qurutilmagan holda egasiga qaytarib berilgan. Bo'yoq sifati va mato hajmiga qarab
mehnat   haqi   olingan.   Bo'yoqning   sifatiga   qarab   2,5   funt   (1   funt   570   gram   mga
teng) matoni bo'yash 40 dan 60 tiyingacha baholangan.
23 XIX   asrda   kubli   ipak   bo'yash   bilan   asosan   mahalliy   Samarqandlik
yahudiylar   shug’ullanganligini   ta’kidlanadi.     Samarqandlik   ustalar   bo'yoqlarning
turli   ranglarini   tayyorlay   olganlar.   Yahudiylar   nil   bo'yog’ini   tayyorlash   bilan
mashhur bo’lgan.
Shaharda   metallga   ishlov   berish   hunarmandchilikning   asosiy   sohalari
hisoblangan.   Urush   vaqtlarida   mazkur   soha   kishilari   harbiy   aslahar   ishlab
chiqarishga,   boshqa   vaqtlarda   turli   metall   buyumlar:   pichoq,   duradgorlik   va
ustachilik   asboblarini   va   shu   kabilarni   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashgan.
Samarqandlik ustalar  mis, jez, cho'yan, temir  va turli qorishmalardan mahsulotlar
tayyorlashgan.
Temirchilikning   cho'yanga   ishlov   berish   sohasida   o’ziga   xos   maktab
shakllangan bo’lib. Ular o’zlarining metallga ishlov berish texnikasiga ega edilar.
Cho'yandan asosan qozon,   undan tashqari xo’jalik uchun zarur bo’lgan buyumlar
va mehnat qurollarini tayyorlashgan.
Hunarlarning   ayrim   turlari   muayyan   ixtisoslashuvga   erishgan.   Temirchilar
odatda   bir   necha   hil   mahsulotlarni   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashgan:   ba’zilari
faqatgina   ot   va   eshaklar   uchun   taqalar   yasagan,   boshqalari   faqat   tokarlik   va
chilangarlik   asboblarini   yasaganlar.   Temir   buyumlarning   katta   qismi   Rossiyadan
keltirilgan temirdan yasalgan 12
.
N.A.Kirpichnikov   temirchilik   mahsulotlarini   tasniflar   ekan   ularni   uch
guruhga ajratadi:
Darvoza   zulfaklari,   mix,   taqa,   yugan,   arava   g’ildiriklari   uchun   halqalar,
kuraklar yasash.
Toshtaroshlar   uchun   dastgohlar,   cho’kichlar,   o’roq   va   ketmonlar,   duradgorlar
uchun asboblar tayyorlash.
Pichoq, qaychi, arra, bigiz va shunga o’xshash mayda asboblar temirchiligi.
  Samarqand   hunarlari   orasida   t erichilar   ham   katta   o’rinni   egallaganlar.   Ular
tomonidan   tayyorlanadigan   mahsulotlar   yuqori   sifati   bilan   ajralib   turgan.   Teriga
12
  Ташев X, “К вопросу о составе сельского населения Зарафшанской долины”, Т-1965 й. 56-б.
24 ishlov berish sohasi hududni Rossiya imperiyasi hududiga qo'shib olinguniga qadar
hunarmandchilik   ishlab   chiqarishining   asosiy   tarmoqlaridan   biri   sifatida   qaralar
edi.   Chunki,   teri   va   u ndan   tayyorlanadigan   mahsulotlar   aholi   turmushida   muhim
o’rin   tutgan.   Qolaversa   mazkur   soha   mahsulotlari   hudud   va   umuman   mintaqaviy
savdoda ham asosiy tovar vazifasini o’tagan. Shaharda alohida terichilar istiqomat
qiluvchi mahalla ham mavjud bo’lib,  u Charmgaron deb nomlangan .
Samarqandda   boshqa   hunarlar   qatorida   qog’oz   ishlab   chiqarish   ham
rivojlangan.   XV   –   XIX   asrlarda   Samarqand   qog’oz   ishlab   chiqarishning   yirik
markazi   hisoblangan.   Qog’oz   tayyorlashda   ishlatilgan   nasha   o’simligidan
tayyorlangan   kanop   iplar   xomashyo   bo’lib   xizmat   qilgan.   Ular   tarqatilgan,
taroshlangan va kecha davomida ohakli suvga botirib qo’yilgan. Shu tariqa kamda
bir   hafta   davomida   xomashyoga   ishlov   berilgan   va   keyin   qog’oz   tayyorlangan.
Samarqand   qog’ozi   turli   ranglarda   tayyorlangan.   P.P.Ivanovning   ma’lumot
berishicha shaharda yozuv qog’ozini ishlab chiqarish keng rivojlangan.
Qog’oz   buyumlarini   yasovchi   ustaxonalarda   qog’oz   xomashyosini   alohida
va   yozuv   qog’ozini   alohida   tayyorlashgan.   Ba’zi   hollarda   esa   mazkur
mahsulotlarni   alohida   ustaxonalarda   tayyorlab   sotuvga   chiqarishgan.   Qog’ozga
yakuniy   ishlovni   maxsus   mutaxassis   –   “murakashlar”   amalga   oshirganlar.   1869
yilda Samarqandda qog’oz ishlab chiqaruvchi ustaxonalar soni 16 ta bo’lgan.
XVIII   asr   oxiri   XIX   asr   boshida   Samarqandda   qog’oz   sanoati   inqirozni   boshdan
kechirgan.   Bunga   sabab,   birinchidan   Buxoro   amirligidagi   o’zaro   urushlar,
ko’chmanchi xalqlarning hujumlari natijasida yuz bergan talon-tarojlardan bezgan
xalqning   nisbatan   tinch   o’lkalarga   ko’chib   ketishi   hamda   qog’ozsoz   ustalarning
katta qismi Qo’qon xonligi hududiga borib makon topishi. Ikkinchidan, XIX asrda
Rossiyadan   katta   miqdorda   qog’oz   mahsulotlarning   olib   kelinishi   mahalliy
qog’ozsozlarning inqiroziga ham ma’lum qadar hissa qo’shgan. Tadqiqotchilarning
fikricha O’zRFA Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan XIX asrga oid
juda   ko’plab   qo’l   yozmalar   ichida   birorta   ham   Samarqand   qog’oziga   bitilganligi
qayd qilinmagan. Bu holat XIX asr boshida Samarqandda qog’oz ishlab chiqarish
25 to’xtab   qolganligidan   dalolat   beradi.   Yana   bir   m’lumotda   «XIX   asrboshlarida
Samarqand   qog’ozi   tayyorlash   nihoyasiga   yetgan   edi.   Shu   sababli   qog’oz
ustaxonalari   o’rnashgan   joylar   boshdan-oyoq   un   tegirmonlari   va   charxpalaklarga
ko’milib   ketgan   edi»,   keltiriladi.   Bu   davrda   o’zaro   feodal   kurashlar,   tinimsiz
talonchiliklar,   savdo   yo’llarining   xavfsiz   emasligi   natijasida   savdoning   susayishi,
o’zaro kurashlar davrida soliqlarning oshib ketishi natijasida Samarqandda birgina
qog’oz   ishlab   chiqarish   emas,   balki   ko’pgina   ishlab   chiqarish   sohalarida   inqiroz
kuzatiladi.
A.Vamberining   fikricha   Samarqand   qog’ozi   «Yangi   ipakdan
tayyorlangan…»,   O’rta   Osiyo   bo’ylab   1866   yilda   sayohat   qilgan   P.I.   Pashino
fikricha esa qog’oz paxtadan tayyorlangan, A.Semyonov qog’oz tayyorlashda eski
latta va paxta tolalari, ipak va kanop chiqitlari ham qo’llanilgan degan fikrni ilgari
suradi.   Ta’kidlash   joizki   har   qanday   mahsulot   tayyorlanganda   atrof-muhitda
mavjud   bo’lgan   xomashyodan   keng   foydalanilgan.   Shundan   kelib   chiqib,   aytish
mumkinki qog’oz tayyorlashda XIX asr Samarqandlik hunarmandlar asosan kanop,
qamish, paxta, zig’ir tolasi va ipakdan keng foydalanishgan, degan fikr o’rinlidir.
Samarqand   qog’ozi   suvsimon   o’zining   maxsus   belgisiga   ega   bo’lgan.
Mazkur belgi XVI asrda usta Mir Ibroximning o’ziga xos muhri bo’lgan. Bu belgi
s o' nggi paytlargacha   ham Samarqand qog’ozining belgisi sifatida saqlanib qolgan
va Mir-Ibroxim” deb atalgan.
Samarqand   qog’ozi   tayyorlangan   xomashyosiga   ko’ra,   asosan   uch   navga
ajratilgan.   Ulardan   biri   ipak   chiqitlari,   tarandilaridan   tayyorlangan   va   unga   hech
qanday  paxta  tolasi   qo’shilmagan.   Bu  qog’oz    nihoyatda  puxta,  go’zal,  mayin  va
juda   silliq   bo’lib   sariq   tusda   tovlanib   turgan.   Bu   qog’oz   «qog’ozi   abrishumiy»
ya’ni   «qog’ozi   ipak»   deb   yuritilgan.     Samarqand   qog’ozining   ikkinchi   xili
yarimshoyi   qog’oz   bo’lib,   u   ipak   xomashyosiga   teng   miqdorda   nasha   poyasi
qo’shib tayyorlangan. «Nimkatoniy» deb atalgan bu qog’oz qalin, puxta va yaxshi
ohorlangan   bo’lib,   bunday   qog’ozdan   qilingan   kitobni   varaqlashning   qulay
bo’lgan. Uchinchi nav qog’oz deyarli sof paxtadan tayyorlangan va u sifati hamda
26 tayyorlash  usuliga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan qog’ozlardan bir  muncha pastroq
bo’lgan.
Samarqand   shahri   atrofida   faoliyat   yuritgan   qog’ozsozlarning   asosiy   ish
joylari xususiy yoki vaqfga tegishli bo’lgan ustaxonlar bo’lgan. Qog’oz tayyorlash
jarayonida ustaxonada faoliyat yuritgan ustalar o’rtasida mehnat taqsimotiga amal
qilingan.   Masalan,   qog’oz   tayyorlovchi   usta   qog’ozrez,   qog’oz   ohorlovchi   usta-
muhrkash,   paxta   yuvuvchi   usta-paxtasho’y,   qog’ozgaun-moyqo’shuvchi   usta-
ohorchi,   qog’ozni   quritish   uchun   dorga   osadigan   yoki   devorga   yopishtiradigan
usta-qog’oz   chaspon   deb   atalgan.   B   Undan   tashqari   xandakda   qog’oz   talqonini
tepkilovchi,   objuvozni   ishlatuvchi-juvozchi,   bir   nechta   xalfa   hamda   shogirdlar
bo’lgan.   Qog’ozsozlar   shu   yerning   o’zidayoq   tayyor   bo’lgan   qog’ozni
savdogarlarga,   xattotlarga   va   boshqa   qog’ozga   muhtoj   kishilarga   sotishgan.
Qog’oz   savdosi   bilan   shug’ullanuvchi   savdogarlar   ko’tarasiga   savdo   qilib   olgan
qog’ozlarni   atrof   shaharlarga   yoki   uzoq   mamlakatlarga   eltib   sotishgan.   Qadimgi
qog’oz   tayyorlash   usuli   yo’q   bo’lib   ketganligi   sababli,   biz   arxivdan   topilgan
hujjatlar   va   boshqa     manbalar   asosida   ajdodlarimiz   qog’ozni   qanday
tayyorlaganliklari   haqida   A.Fayziyev   quyidagi   ma’lumotlarni   keltirib   o’tadi:
Kerakli   miqdordagi   birinchi   navli   paxta   olinib,   bo’yra   ustida   yaxshilab   suv   bilan
chayilgan, so’ng u objuvozda bir kecha-kunduz davomida tortilgan. Shundan so’ng
talqon   holga   kelgan   paxta   ikkinchi   bor   suvda   chayib   olingan   va   unga   kerakli
miqdorda   ishqor   hamda   ohak   solinib,   yaxshilab   aralashtirilgan   va   objuvozda
ikkinchi   bor   qayta   tortilgan.   Kerakli   miqdorda  qayta   tortilgan   qog’oz  talqoniga   4
pud   ishqor,   1   pud   ohak   aralashtirib   bo’yra   ustida   yoz   kunlarida   3   kun,   qish
kunlarida  15 kun quyosh tig’ida  saqlangan. Ko’rsatilgan muddat  o’tgandan so’ng
qog’oz   talqoni   uchinchi   bor   objuvozga   solinib   8   kun   tortilgan.   Sh u ndan   so’ng
objuvozdagi talqon olinib surp   matoga   solingan va suvda chayib olingan. Qog’oz
talqonidagi   suvni   siqib   chiqarish   uchun   og’ir   toshlarga   bostirib   qo’yganlar.   Suvi
siqib   chiqarilgan   qog’oz   talqoni   to’rtinchi   marotaba   objuvozga   solinib,   10
kundavomida   tortilgan.   Shu   jarayonlardan   keyingina   qog’oz   qilish   uchun   kerakli
27 xamirsimon   homashyo   -   qog’oz   bo’tqasi   maxsus   xandakka   solinib   oyoq   bilan   2
soat davomida tepkilangan, so’ngra 2 soat tayoq bilan savalangan. Shundan so’ng
uni  suyuq holga keltirish uchun suv  solingan. Suyuq qog’oz bo’tqasini  ot  qilidan
tayyorlangan   mayin   to’r   ustiga   bir   xil   yupqalikda   solib   chiqilgan.   Shu   jarayonda
qog’ozning qalinligiga alohida e’tibor berilgan, chunki uning qanchalik qalin yoki
yupqaligi   anashu   yerda   belgilab   olingan   va   bir   kecha-kunduz   davomida   suvini
siqib   chiqarish   maqsadida   ustidan   tosh   bostirib   qo’yishgan.   Katta,   yupqa
varaqsimon   holga   kelgan   qog’oz   bo’laklariga   yupqa   qilib,   bug’doy   uni   va   qo’y
moyi   qo’shib   tayyorlangan   shirach   surtilib,   quritish   uchun   yoz   kunlarida   3   soat,
qish   kunlarida   bir   kecha-kunduz   davomida   maxsus   xona   devorlariga   yopishtirib
qo’yishgan   yoki   simdan   qilingan   dorga   osib   qo’yishgan.   Qurigan   varaqlar
devordan   ajratib   olinib,   maxsus   pichoq   yordamida   kerakli   o’lchamda   kesib
chiqilgan.   So’ngra   shirach   varaqning   ikki   tomoniga   surtilgan.   Qog’oz   tarkibi
yanada   zich   va   yaltiroq   bo’lishi   uchun   tosh   o’qlov   bilan   unga   ishlov   berishgan.
Zarur bo’lganda bu jarayon ikki-uch bor takrorlangan. Qog’oz to’liq qurishi uchun
ipli   dorlarga   osib   qo’yilgan   va   shundan   so’ng   iste’molga   chiqarilgan.   Arxiv
ma’lumotlariga   qaraganda   18720   varaq   qog’oz   tayyorlash   uchun   24   pud   amerika
sortli   paxta,   24   pud   ishqor,   6   pud   ohak,   10   pud   un,   1   puddan   ortiqroq   moy,   6
bo’lak   mato   (1   bo’lak   6-7   metr   bo’lgan)   ishlatilgan.   Qog’oz   sozlar   qog’oz
tayyorlash   jarayonida   uning   qanday   rangda   bo’lishiga   ham   alohida   e’tibor
qaratganlar. Varaqlarning qanday rangga bo’yalishi ma’lum bir ma’noni anglatgan.
Masalan,   havorang-motam,   ayriliq   alomatini,   och-qizil   -   baxt-saodat,   shodlik,
bayram   xabarini   bildirgan.   Ko’k   rangli   qog’ozlardan   asosan   qayg’uli   xabarlarni
bildirishda   foydalanishgan.   Qog’oz   boflar   ko’p   hollarda   qog’ozni   och-qizil   va
yashil   ranglarga   bo’yashgan,   negaki   bu   ranglar   oq   qog’ozga   qaraganda   kishiga
qandaydir ruhiy tetiklik, orom bag’ishlab, tez charchashning oldini olgan.
Xullas,   «Muayyan   darajada   har   qanday   shaharda   mavjud   bo’lgan   ushbu
hunarlardan   tashqari   shundaylari   ham   bor   ediki,   unga   faqat   bir   shahar   egalik
qilardi.   Qog’ozgarlik   ana   shunday   hunarlardan   edi.   U   Samarqandda   rivoj   topgan
28 edi».   Samarqand,   Buxoro,   Qo’qon   shaharlarida   ajdodlarimiz   tomonidan   ipakdek
silliq va yumshoq, uzoq yillarga chidamli, turli muhitlarga dosh bera oladigan, nam
tortmaydigan   qilib   tayyorlangan   turli-tuman   qog’ozlar   ularning   bu   sohada   yuqori
malakaga   ega   bo’lganidan   dalolat   beradi.   Yuqorida   bayon   qilingan   qog’oz
tayyorlash usulidan ko’rinib turibdiki, u qadar murakkab emas. Hozirgi fan-texnika
taraqqiy etgan davrda bu jarayondagi ko’pgina ishlarni texnika zimmasiga yuklash
orqali   qadim   texnologiyalar   asosida   olingan   qog’oz   bilan   yo’qolish   arafasida
turgan ko’plab qo’lyozma kitoblar, hujjatlarni saqlab qolish mumkin.
Qog’oz   ishlab   chiqarishning   nisbatan   rivojlanganligiga   mahalliy   aholi   orasida
mazkur   mahsulot   turiga   bo’lgan   talabning   yuqoriligi   ham   ta’sir   o’tkazgan.   Zero,
Samarqand   azaldan   yirik   ma’muriy,   madaniy   va   iqtisodiy   markaz   sifatida   doimo
aholi   zich   istiqomat   qiluvchi   hudud   bo’lgani   tufayli   unda   turli   yuridik   hujjatlar
ko’plab   yozilgan,   madrasa   va   maktablar   faoliyati   va   umuman   aholi   turmushida
qog’oz   ko’p   ishlatilgan.   XIX   asr   o’rtalarigacha   qog’oz   tashqi   savdodagi   asosiy
mahsulotlardan   biri   bo’lgan.   Xususan,   uni   Volga  bo’yiga   eksport   qilingan.   Misol
uchun,   XVIII   asr   oxirida,   amir   Shohmurod   davrida   bir   pud   o’rta   sifatli   qog’oz
Samarqandda 45-55 rubl, Orenburgda 80 rubl turgan.
Aytish   mumkinki,   bozor   bilan   munosabatda   bo’lgan   hunarmand   asta-
sekinlik   bilan   talabda   bo’lgan   mahsulot   ishlab   chiqarishga   ixtisoslashib   borgan.
Biroq, mazkur jarayon izchil bo’lmay, bunga mahsulotlarning iste’mol hajmi katta
bo’lmay,   aksariyat   hollarda   ularni   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlariga   yoki   boshqa
turdagi mahsulotga almashinuvi amaliyotda qo’llanilgan. XIX asr o’rtalariga kelib
mintaqaviy va hududlararo savdoning katta hajmga ega bo’lib borishi natijasi olib
sotuvchilar   faoliyati   jadallashdi.   Buning   natijasida   hunarmandchilik   ishlab
chiqarishini mahsulotga bo’lgan talabga qarab moslashuvchanligi yana ham ko’zga
tashlana borgan.  Samarqandni imperiya tarkibiga qo’shib olinganiga qadar  XVIII
asrga nisbatan hunarmandchilik ishlab chiqarishida bir qadar yuksalish ko’zatiladi.
  Samarqand shahrining mahalliy aholisining an’analari va ularning fe’l-atvori
tufayli   shahardagi   barcha   ishlab   chiqaruvchi   xo’jaliklarning   aniq   soni   haqida
29 ma’lumotlarni to’plash nihoyatda qiyin bo’lgan. Chunki, mahalliy aholi turli salbiy
oqibatlardan   hadiksiragan   holda   rus   ma’muriyatiga   aholi   va   uning   turmush   tarzi,
ishlab   chiqaruvchi   xo’jalik   turlari,     aholi   soni   va   tarkibi   bo’yicha   ma’lumotlarni
bermaganlar.   Natijada   arxiv   ma’lumotlari   va   turli   rus   mualliflari   asarlaridagi
ma’lumotlar   ham   to’g’riligiga   mualliflarning  o’zlari   ham   ishonch   bildirmaydilar..
Biroq   o’sha   davr   uchun   ushbu   keltirilayotgan   ma’lumotlar   nisbatan   haqiqatga
yaqinligi   qayd   etishimiz   zarurdir.   Xususan,   1872   yilda   Samarqand   nomli,   uch
qismdan   iborat   bo’lgan   asarda   ham   muallif   o’zi   keltirayotgan   ma’lumotlar   aniq
bo’lmasa-da   haqiqatga   yaqinroq   ekanligini   qayd   etadi.   Unda   keltirilishicha   1872
yilda   Samarqandda   1085   ta   do’konlar   va   1610   ta   ishlab   chiqaruvchi   ustaxonalar
mavjud bo’lgan. Ushbu ustaxonalarda quyida sanab o’tiluvchi barcha mahsulotlar
ishlab   chiqarilgan   va   sotuvga   chiqarilgan.   Yana   bir   tadqiqotchi   L.N.Sobolevning
fikricha   Samarqand   shahrida   1868-1869   yillarda   3   mingga   yaqin   do’konlar
bo’lgan.
  Samarqandda   qo’lda   buyumlar   yasash   keng   rivojlangan.     Samarqand
hunarmandlarining   beqiyos   va   jozibali   mahsulotlari   dunyoning   ko’pgina
mamlakatlarida   mashhur   edi.     Samarqand   buyumlari   chiroyli   va   arzonligi   bilan
mashhur bo’lgan.
Oddiy   hunarmand   oilalar   bilan   bir   qatorda   Samarqandda   o’rta   hol
ustaxonalar   ham   bo’lib,   ular   yil   davomida   mahsulot   ishlab   chiqarishdan
to’xtamagan. Xususan, imperiya hokimiyati o’rnatilgan vaqtda Samarqandda 12 ta
cho'yan   erituvchi,   4   ta   g’isht   ishlab   chiqaruvchi,   34   ta   chiroq   va   sovun   ishlab
chiqaruvchi, 45  ta qandolatchilik,  18 ta  to'quvchilik  stanoklarni  yasovchi  tokarlik
va   randachilik   ustaxonalari   bo’lgan.     Samarqand   bo’yicha   jami   113   ta   o’rta   va
1495 ta kichik hunarmandchilik va kasanachilik ustaxonalari mavjud edi. Mazkur
ustaxonalar   va   ular   ishlab   chiqarayotgan   mahsulotlar   hajmini   chamalab   ko’rilsa,
shahardagi   hunarmandchilik   va   kasanachilik   ishlab   chiqarishining   naqadar   katta
miqyosdagi aholini band etganligini guvohi bo’lishimiz mumkin.
30 Uy ishlab chiqaruvi bilan birga mayda hunarmandchilik sanoatning hududga
mos   ti pik   shakli   edi.   Biroq   mazkur   ustaxonalar   va   boshqa   kasanachilik
korxonalarining ishlab chiqarishi tezligi past va mahsulotining hajmi kam bo’lgan.
  Shaharda   ayniqsa   etikdo’z,   terichilar,   bosh   kiyim   tayyorlovchilar,   qog’oz
qushoq   yasovchilar,   qulfsozlar,   tillo   va   kumush   buyumlar   yasovchilar,   misgarlar
ajralib   turgan.     Undan   tashqari,   nonpazlar,   chiroqchilar,   tokarlar,   matolarni
bo’yovchilar, turli rangdagi va sifatdagi bo'yoqlarni tayyorlovchi ustalar bo’lgan.
  Samarqand   shahridagi   ustaxonalar   va   kasanachilik   korxonalarining   bu   shaklda
faoliyat   yuritishini   tarqoq   ko’rinishdagi   manufaktura   sanoati   deb   baholash
mumkin.     Samarqand   hunarmandlari   sexlarga   birlashganlar.   O’ziga   to'q   ustalar
orasidan oqsoqol (usta)  saylanib , ularni Samarqand beklari tasdiqlaganlar.
Sex   ichidagi   munosabatlar   sex   nizomi   asosida   muvofiqlashtirilgan.   Sexlarda
asosan   ko’p   sonli   shogirdlar   mehnat   qilishgan.   Ko’p   yillik   mehnat   faoliyatidan
so’ng   shogirdlarga   xalifa   maqomi   berilgan.   Biroq,   xalifa   maqomi   hammaga   ham
nasib   qilavermagan.   Chunki,   xalifa   maqomiga   ega   bo’lishi   uchun   muayyan
miqdorda moddiy mablag’ga ega bo’lishi talab qilingan. Xalifaning usta maqomiga
ko’tarilishi   uchun   yana   ham   ko’proq   moliyaviy   mablag’ga   ega   bo’lish   talab
etilaredi.   X ususan,   usta   maqomi   berilishi   uchun   katta   boylik   va   shaxsiy   mol-
mulkka ega bo’lish talab etilardi. Shuning uchun usta maqomiga ko’pchilik erisha
olmagan.   Eski   tajribali   ustalar   o’z   kasbining   sirlarini   shogirdlari   va   xalifalarga
kamdan-kam   holatlarda   o’rgatganlar.   Kasb   sirlarini   saqlash   ustalar   va
hunarmandlar oilalarini keyingi avlodlarini ham yaxshi hayotini ta’minlash garovi
bo’lgan.   Shuning   uchun   ham   hunarmandchilik   faoliyati   o’ziga   xos   oilaviy   pudrat
xarakteriga ega bo’lgan.
Hunarmandchilikning   ayrim   sohalari   o’z   ustaxonlarida   mahsulotni   ham
ishlab   chiqarganlar   ham   sotganlar.   Ya’ni,   hunamandchilik   va   savdo   bir   rastani
o’zida amalga oshirilgan. Hunarmandlarning bir qismi o’z rastalari va umuman o’z
ustaxonlariga   ega   bo’lmagan.   Ular   rasta   yoki   ustaxonalarni   ijaraga   olganlar.
Mazkur kishilar daromadi boshqalarga nisbatan kam bo’lgan.
31 Ba’zi   manbalar   tahlili   amalga   oshirilganda   ustalar   tomonidan   o’z   ustaxonalarini
“Sotuv vasiqa”lari orqali boyga sotib shu vasiqa orqali yana o’sha ustaxonani o’z
ijaraga   olganligini   guvohi   bo’lamiz.   Bu   holat   hunarmandlarni   aksariyat   hollarda
olib sotuvchi va boshqa shu kabilar ta’sirga tushib qolishini hamda ular tomonidan
ekspluatasiya qilinishini namoyon etadi.
Shunday   qilib,   bir   tomondan   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishini   muayyan
tartib-qoidalar   asosida   taraqqiy   etib   borishini   kuzatsak,   ikkinchi   tomondan,
kasanachi  hunarmandlarning ahvolini  og’irligini hamda ular orasida  ham  tinimsiz
tabaqalashuv sodir bo’lib borishi va hatto ularni boy-badavlat olib-sotuvchilar yoki
foizchilar   ta’siri   ostiga   tushib   qolishi   holatlarini   kuzatamiz.   Ya’ni,   bir   so’z   bilan
aytganda,   XIX   asr   o’rtalariga   kelib   Samarqanddagi   hunarmandchilik   ishlab
chiqarish   xo’jaliklari   o’z   faoliyatlarida   birinchidan,   yiriklashgan   bozor
munosabatlariga   ro'baru   kelgan,   ikkinchidan,   mazkur   yangi   yirik   bozorda
raqobatning   yanada   og’irroq   kechishi   natijasida   mayda   hunarmandchilik
xo’jaliklarini inqirozga yuz tutishi jarayoni sodir bo’lgan.
Hunarmandlarning   umumiy   ahvoli   bo’yicha   xulosa   chiqara   olmasligimizga
amirlik   yoki   Samarqand   viloyatida   statistik   ma’lumotlarni   to’planib   borilmagani
sabab   bo’ladi.     Undan   tashqari,   qishloq   hunarmand   ishlab   chiqaruvchilari   bilan
mayda   hunarmandlar   nisbati   va   ular   tomonidan   yetishtirib   beriladigan   mahsulot
hajmi   va   boshqa   shu   kabi   ma’lumotlarni   umumlashtirish   imkoni   mavjud   emas.
Biroq,   shuni   ta’kidlash   mumkinki   Zarafshon   vohasi   hunarmandlarining   mehnat
haqi   nisbatan   past   bo’lgan.   Masalan,   XIX   asr   60-yillaridagi   sayohatchining
ma’lumotlariga   ko’ra   tikuvchining   kunlik   daromadi   10   tiyindan   oshmagan.
Samarqandda hunarmandlarning ma’lum qismi buyurtma asosida ishlaganlar.
Ta’kidlash   mumkinki,   bir   holatda   ustalar   bevosita   iste’molchilar   uchun
ishlovchi   –   hunarmandlar   sifatida,   ikkinchi   holatda   esa   hunarmandlar   sifatida
emas,   balki   bozor   uchun   ishlovchi,   mahsulot   ishlab   chiqaruvchi   kasanachilar
sifatida gavdalanadi.
32 Qishloq   xo’jaligida   bo’lganidek,   hunarmandchilik   ishlab   chiqarishida
yollanma ishchilar mehnati kam yoki umuman qo’llanilmagan. Biroq, “miqdori 4-
40 rubl miqdorida bo’lgan “bunoq” tizimi keng tarqalgan. Ustaxonadan ketishdan
oldin   ishchi   xo'jayinga   undan   olingan   “bunoq”ni   to’lashi   kerak   edi.   Bu   holatarda
ustalar   hajmi   kattaroq  bo’lgan  “bunoq”   bergan   va  hunarmand   mehnatiga  ko’proq
haq   to’lagan   buyurtmachini   ishini   bajarganlar.   Shu   ko’rinishda   buyurtmachi   va
hunarmandlar o’rtasida moliyaviy qaramlik munosabatlari shakllangan.
Hunarmandchilik   ishlab   chiqarishining   alohida,   oilaviy   o’ziga   xos
xarakterga   egaligi,   hunarmandlarning   sex   kabi   tashkilotlarining   cheklanganligi
(moddiy   negizga   ega   bo’lmagan   ustalarning   yuksala   olmasligi),   “bunoq”
tizimining keng tarqalganligi, ularning ish haqining kamligi va tez-tez sodir bo’lib
turadigan o’zaro urushlar, beklar va din vakillarining o’zboshimchaligi mehnatkash
aholi   turmushiga   nihoyatda   salbiy   ta’sir   o’tkazgan.   XIX   o’rtalaridagi   mazkur
ko’rinishdagi   (feodal   ishlab   chiqarish)   ishlab   chiqarish   munosabatlari   ishlab
chiqarish   rivojiga   jiddiy   to’siq   bo’lib   xizmat   qilgan.   Bu   munosabatlar   nafaqat
insonlar fikrlashini, balki iqtisodiy rivojlanishni to’xtatishga muvaffaq bo’lgan.
XIX   asr   40   yillarigacha   amirlikda   ichki   va   tashqi   savdo   asosan   bir   qancha
yirik savdogarlar qo’lida mujassamlashgan edi. Umuman olganda bu davrga kelib
bir   necha   asrdan   beri   asta-sekinlik   bilan   Rossiya   bilan   olib   borilayotgan   savdo
munosabatlari   o’rganilayotgan   davrga   kelib   o’zining   doimiy   rivojlanish
harakatidan to’xtab qolmadi. Ya’ni, ta’kidlash mumkinki bu vaqtga kelib Rossiya
bilan O’rta Osiyo, shu jumladan,  Buxoro amirligi va o’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki
amirlik yirik savdo markazi sifatida Samarqand shahrining ham savdo aloqalari har
qachongidan ham o’sib borardi. Rossiya bilan savdoning asosiy mahsuloti paxta va
paxta   buyumlar   tashkil   etib,     Samarqand   viloyati   ham   amirlikning   yirik   paxta
yetishtiruvchi hududlaridan biri sifatida bu savdoda faol ishtirok etgan.
Samarqand   viloyati   Buxoro   amirligining   boy   viloyatlaridan   biri   sifatida
ichki va tashqi savdoda katta rol   o' ynagan. Hududlarning ayrim xo’jalik turlari va
mahsulot   yetishtirib   berishi   borasida   ixtisoslashib   borishi   natijasida   joylarda
33 savdoning   markazi   bo’lgan   bozorlarni   shakllanishiga   sabab   bo’ldi.   Zarafshon
vohasida   shunday   savdo   markazlaridan   Samarqand   ,   Kattaqo’rg’on,   Panjikent,
O'ratepa, Yangiqo'rg’on, Dahbet, Urgut bozorlari bo’lgan. Ayniqsa Samarqand va
Kattaqo’rg’on bozorlarida don va don mahsulotlari hamda boshqa qishloq xo’jalik
mahsulotlari  bilan keng miqyosda savdo  amalga oshirilgan. N.Xanikov  ma’lumot
keltirishicha   Buxoro,   Samarqand,   Qarshi   bozorlarida   mahsulotlarga   narx
belgilangan   va   pul   kursi   belgilangan.   Mazkur   shaharlarda   asosan   tashqi   ulgurji
savdo mujassamlashgan bo’lib, mazkur savdo yirik mulkdorlar qo’lida to’plangan
edi.
Chakana   savdo   bilan   o’rta   hol   va   mayda   savdogarlar   shug’ullanishgan.
Savdogarlarning katta qismi yirik mablag’ga ega bo’lmaganliklari sababli chakana
savdo bilan shug’ullangan va bir bozordan ikkinchisiga ko’chib yurgan. Eng yirik
bozor shahar markazida joylashgan.
  Ularda   ulgurji   va   chakana   savdo   amalga   oshirilgan.   Ushbu   do’konlarning
ayrimlari hunarmandchilik ustaxonalari huzurida joylashgan edi. Shaharda,  undan
tashqari,   50   ta   Rossiyadan   keltirilgan   turli   mahsulotlar   bilan   savdo   qiluvchi,   shu
bilan   birga   394   ta   mavsumiy   mahsulotlar   bilan   savdo   qiluvchi   do’konlar   ham
bo’lgan.
A.F.Fayziyevning   ma’lumot   berishicha   XIX   asrning   birinchi   yarmida
shaharda 3105 ta rastalar mavjud bo’lib, savdo faqatgina do’konlarda emas, balki
rastalarda ham qizg’in amalga oshirilgan.
1868   yil   ma’lumotiga   ko’ra   Samarqanddagi   35   ta   karvonsaroylardan   faqatgina
bittasida   tozalanmagan   jun   sotilgan.   U   markaziy   bozorning   ichida   joylashgan
bo’lib,   Junsaroy   deb   atalgan.   Bu   karvonsaroy   Mulla   Orifboyning   xususiy   mulki
bo’lib,   bu   saroy   15   ta   do’kondan   iborat   edi.   Mazkur   do’konlarning   har   biriga   8
botmondan   jun   joylashtirish   mumkin   bo’lgan.     Undan   tashqari,   “Go'ri   amir
masjidiga tegishli vaqf yerining hududida joylashgan yana 50 tacha do’kon” junli
buyumlar, qoshma, palas va gilamlar bilan savdo qilgan.
34 Sanab   o’tilgan   do’konlarda   asosan   Samarqandlik   hunarmandlar   tomonidan
tayyorlangan   mahsulotlar   bilan   savdo   qilingan.     Undan   tashqari,     Samarqand
q o' shni va chegaradosh davlatlar bilan ham qizg’in savdo olib borgan.
Eng   sifatli   junli   xalatlar   Afg’oniston,   Eron,   Qobul   va   Kashmirdan
keltirilgan,   qishki   movutlar   O'ratepadan,   ot   ulovi   va   yopinchiqlari,   yuqori   sifatli
palas   va   gilamlar   Qarshi   va   Buxorodan   keltirilgan.   Eng   qimmat,   ayniqs a   rang-
barang,   qoshmalar   Jizzax,   Toshkent   va   X o' janddan   keltirilgan.     Samarqand
bozorlarida ba’zida kam bo’lsada Hindistondan keltirilgan harir   junli   matolar ham
sotilgan.
XIX asr 50-yillaridan Buxoro amirligining va shu jumladan Samarqandning
Rossiya   bilan   savdo   munosabatlari   o’zgara   boshladi.   XIX   asr   40-yillarida
Rossiyaga   asosan   O’rta   Osiyo   savdogarlari   tashrif   buyurgan   bo’lsalar,   endilikda
o’z mahsulotlarini amirlik bozorlariga olib kela boshladilar. Bu borada Suchkovlar,
Xludovlar,   Morozovlar   firmalari   faollik   ko’rsatishgan.   Rus   savdogarlari
Samarqanddan   avvalo   paxta   xomashyosini   harid   qilishgan.   Chunki   bu   mahsulot
Rossiya tekstil sanoatini rivojlanishi uchun juda muhim edi.
XIX asr asr o’rtalari O’rta Osiyo davlatlarining boshqa hududlar bilan savdo
aloqalarining   rivojlanishi   davri   bo’ldi.   Bunga   bir   tomondan   mazkur   davlatlar
o’rtasidagi   urushlarning   kam   sodir   bo’lishi   sabab   bo’lgan   bo’lsa,   ikkinchi
tomondan, jahondagi yetakchi rivojlangan davlatlarda sanoat rivojlanishi natijasida
katta   hajmda   xomashyo   mahsulotlariga   ehtiyojning   oshib     borishi   va   ishlab
chiqarilayotgan   katta   hajmdagi   mahsulotlarni   sotish   uchun   iste’mol   bozorlarini
zarurligi   sabab   bo’lgan.   Umumiy   qilib   aytganda,   yetakchi   imperialistik   davlatlar
uchun  xomshayo   va  iste’mol   bozorlari   tanqisligi  vujudga  kelgan   edi.  Bu  esa   ular
tomonidan bir necha asrlar davomida jahon savdosidan nisbatan yiroqlashib qolgan
O’rta   Osiyo   davlatlaridek   davlatlar   bilan   ham   savdo   munosabatlarini
rivojlantirishni taqozo etgan.
Shunday   qilib,   XIX   asr   o’rtalarida   Samarqandni   O’rta   Osiyo   shaharlari   va
boshqa qo'shni davlatlar bilan savdo aloqalari rivojlandi. XIX asr ikkinchi yarmida
35 Samarqandni  Rossiya  bilan savdo  aloqalari  yanada jonlangan. Bu  esa o’z o’rnida
shahar iqtisodiyotini yuksalishiga sabab bo’lgan. O’sha davr iqtisodiy ma’lumotlar
beruvchi   “Golos”   gazetasida   “Yekaterinburg   yoki   Troiskdan,   Petropavlosk,
Akmolinsk, Turkiston va Toshkent orqali Samarqandga har yili 7500 ta gacha tuya
va 3000 mingtagacha aravalar qatnab, ular 150000 pud hajmda tovar va buyumlar
hamda   Omskdan   10000   pudgacha   davlat   yuklarini   tashiydi”,   kabi   ma’lumotlarni
keltiradi.
Biroq,   savdoning   rivojiga   yomon   ma’muriy   boshqaruv   tizimi,     aholining
asosiy qismining past va cheklangan talabi, aloqa yo’llari va tashuv vositalarining
yomon ahvoli, savdo karvonlarini tez-tez hujumlar va talonchiliklarga duch kelishi,
turlicha   yuqori   va   xilma-xil   bojxona   to’lovlari,   bojxona   xodimlarining
poraxo'rligini   keng   tus   olganligi,   tinimsiz   o’zaro   feodal   kurashlar   va   kreditlash
tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi to'sqinlik qilar edi.
  Samarqandda   katta   mablag’ga   ega   savdogarlar   kam   bo’lgan.     Samarqand
savdogarlari   doimo   Buxorolik   savdogarlardan   olti   yoki   bir   yilga   qarz   olib
turishgan.
II BOB.  II BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI QISHLOQ AHOLISINING
IJTIMOIY TARIXI
II.1. O’rta Zarafshon vohasi qishloq aholisining etnik tarkibi
Zarafshon   vohasi   hududida   tadqiqotchilarimiz   tilga   olgan   etnik   guruhlar
bilan birga, hali hech bir ro'yxatda uchramaydigan etnik guruhlar ham qayd qilindi.
Quyida bu haqda tumanlar bo’yicha qisqacha ma’lumot beriladi.
1.   Bulung’ur   tumani.Tumanda   xalqimizning   o’n   ikki   nomdagi   etnik   guruhi
uchraydi.   Bular:   qirq,   tuyoqli   (shoxobchalari:   chubot,   vaxtam,   changal,   mirzaesa,
mullaesa),   xitoyzi   (bolg’ali,   erganakli,   qoraqalpoq,   turkman,   mo’g’ul,   vaqqos,
nayman, qirg’iz, uray, mang’it, tojik.
36 Ushbu   etnik   guruhlardan   tuyoqli,   vaqqos   urug’   nomlari   birinchi   marotaba
ro’yxatga olindi.
2.   Jomboy   tumani.   Bu   tumanda   o’zbek   xalqining   yigirma   nomdagi   etnik   guruhi
borligi   aniqlandi.   Bular:   solin,   xitoyyuz,   tuyoqli,   qipchoq,   bahrin,   saroy,   xitoy,
mang’it,   qoraqalpoq,   qangli,   qozoq,   qirq(lar),   qiyot,   nayman,   turkman,   qavirg’a,
beklar, xo’ja, ming, qaropchi. 
Ko’rinadiki, ro’yxatdan boshqa  adabiyotlarda o’z aksini  topgan urug’  nomlaridan
tashqari, tuyoqli, qavirg’a, qaropchi kabi urug’ nomlari ham joyolgan.
3.  Ishtixon   tumani.  Tuman  bo’yicha   o’zbeklarning   yigirma   nomdagi   etnik   guruhi
aniqlab chiqildi. Ular: turkman, xitoy, mitan, muytan, barlos, beklar, alpli, oyjoriq,
tuvadoq,   qoraqalpoq,   eroniy,   arab,   gurji,   eshon   (xo’ja),   taqchi,   nayman,   jovi,
qanjig’ali   (shoxobchalari:   toshim,   hasanqori,   nurim,   alakay,   bolg’ali,   beshbola,
itburboy, boyto’pi, oytamg’ali) ,to’pchi.
Berilgan   etnik   guruhlar   nomlari   ichida   birinchi   marta   ro’yxatga   olinganlari
ham mavjud. Bular: alpli, oyjoriq, tuvadoq, gurji, taqchi, to’pchi.
4. Kattaqo’rg’on tumani. Bu yerda o’n to’qqiz nomda etnik guruh istiqomat qiladi.
Mana   ular:   mang’it,   nayman,   qipchoq,   ming,   modray,   dukchi,   qiyot,   olmasuvon,
jaloyir,   xo’ja,   turkman,   beklar,   saroy,   bahrin,   qanjig’ali   (shoxobchalari:   nurim,
oytamg’ali), qarluq, bekto’pi, arab, ejjilar. Shulardan modray, dukchi, olmasuvon,
ejjilar boshqa manbalarda qayd qilinmagan.
5. Narpay tumani. Bu tumanda yetti nomdagi etnik guruh borligi aniqlandi. Bular:
qipchoq, xitoy, nayman,  mang’it, olchin, qoraxitoy, xo’ja.
6.   Nurobod   tumani.   Tadqiqotlar   tumanda   xalqimizning   o’n   uch   nomdagi   etnik
guruhi   borligini   ko’rsatdi.   Bular   quyidagilar:   nayman,   juz,   saroy,   xo’ja,     chuyut,
turk- barlos(5), mang’it, xitoy, bahrin, uyshun, harduri, qiyot. Harduri urug’i nomi
hech biri abiyotda uchramaydi.
7. Oqdaryo tumani. Tumanda o’n besh nomda etnik guruh uchradi. Ular: nayman,
xitoy,  qipchoq,  sarixitoy,  eshon,  xo’ja,  o’tarchi,    qo’ng’irot,  to’g’oy,  qirq,  barlos,
ming, saidlar, xitoy (qipchoq), turkman.
37 Nomlari tilga olingan urug’lardan sarixitoy va to’g’oy urug’lari nomlari biz
tomonimizdan ilk bor ro’yxatga olindi.
8.   Payariq   tumani.   Bu   yerda   o’ttiz   uch   nomda   etnik   guruh   qayd   qilingan,   yani:
qiyra,   ko’rpa,   junniboy,   qupoyi,   oltibek,   cho’rtkesar,   adinasari,   bog’donli   (oqat),
ming,   mang’it   (qoramang’it-mangsur),   barlos,chig’ot,   sariqipchoq,   toma,   tuyoqli,
xo’ja, turkman, chandir, oqchob, qo’ng’irot, qipchoq, beklar, nayman, qirq, bahrin,
burqut,   yovbosar,   to’qolto’p,   tobonliq,   oytamg’ali,   bo’gajinli,   boshmoq,   qulton.
Bulardan   qiyra,   ko’rpa,   junniboy,   qupoyi,   oltibek,   oqchob,   chig’ot,   tuyoqli,
yovbosar,   to’qolto’p,   tobonliq,   bo’gajinli,   boshmoq,   bog’donli,   cho’rtkesar,
adinasari   kabi   urug’lar   nomlari   birinchi   marta   jamoatchilik   e'tiboriga   havola
qilinmoqda.
9. Pastdarg’om tumani. Kuzatishlar tumanda xalqimizning o’n olti nomdagi urug’i
mavjudligini   ko’rsatadi.   Bular:   nayman,   mang’it   ,   arab   ,   eroniy,   qipchoq,   xo’ja,
saroy   (shoxobchalari:   to’qboysaroy,   o’krachsaroy,   shamosaroy,   qing’irsaroy,
qipchoqsaroy, beksaroy), chuyut, xitoy, juz (yuz), oltoy, qozoq, bayraguz, burqut,
turkman,   chandir.   Bulardan   oltoy   va   bayraguzurug’lari   birinchi   marta   ro’yxatga
olindi. Arab kelib chiqishi jihatdan arablarga borib taqalsa-da, hozirda ular o’zbek
halqi tarkibiga kiradi.
10.   Paxtachi   tumani.   Tumanda   olti   nomda   etnik   guruh   kuzatildi.   Mana   ular:
bahrin, qirqyigit, nayman, saroy, xitoy, qipchoq, mang’it.
Ularning   orasida   qirqyigit   urug’i   birinchi   marta   ilmiy   jamoatchilikka
namyon bo’lmoqda.
11.     Samarqand   tumani.   Bu   tuman   hududida   besh   nomdagi   etnik   guruh   qayd
qilindi. Ushbu etnik guruhlar quydagilar: nayman, arab, eroniy, burqut, turkman.
12.   Tayloq   tumani.   Tuman   bo’yicha   o’zbek   halqining   o’n   to’qqiz   nomdagi   etnik
guruhi   uchradi.Ular:   nayman,   barlos,   ming,   tuyoqli,   mo’g’ul,   mo’ltoni,   mazangi,
quchchi, saroy, bahrin, yuz, jaloyir, alpomish, toshurug’, temur, beklar, changallar,
qirqlar, kallar.
38 Ko’rinadiki,   ko’pgina   manbalarda   uchraydigan   urug’lar   qatori   ilk   bor   ro’yxatga
olinganlari   ham   bor:   tuyoqli,   mo’ltoni,   mazangi,   alpomish,   tosh   urug’,   temur,
changallar, kallar. 
13.   Urgut   tumani.   Bu   tumanda   yigirma   to’qqiz   nomdagi   etnik   guruh   aniqlandi.
Bular: nayman (shoxobchalari: ukrachnayman, yoqaliboylinayman, jondiznayman,
qoranayman),   quchchi,   mo’g’ol,   tuyoqli,   bahrin,   kenagas,   turk-barlos,   uyshun,
qishliq,   barlos,   g’alcha,   o’n,   turk,   qullar,   qipchoq,   uyg’ur,   to’ralar,   navro’zlar,
bog’lon,   xo’ja,   axchalar,   yuz   (juz)   lar,   ko’pto’plar,   qorapachaqlar,   mingiyalar,
tojikto’p, eshonlar 13
.
Bulardan   tuyoqli,   to’ralar,   navro’zlar,   qullar,   axchalar,   ko’pto’plar,
qorapachaqlarilk bor ro’yxatga olindi.
14. Qo’shrabot tumani. Kuzatishlar tumanda yetmish to’rt nomdagi etnik guruhlar
borligiga  xulosa  qilishga  olib keldi.  Mana  ular:  qoraqo’zi,  qo’ng’irot, to’rtdanbir,
oloy,   darvesh,   itay,   oltibek,   qanchig’ali,   oytamg’ali,   qo’shtamg’ali,   bo’gajili,
qurjintubi,   qirq(lar),   eshmat,   qozoyoqli,   xudoynazar,   arbaki,   sultoni,   tabag’di,
qapay,   sovuti,   sho’rlik,   mixayam,   uxum,   ovush,   chingiz,   tentak,   saroy,   boyto’p,
margov,   bek,   chinniboy,   alip,   suvti,   qalmoq,   kal,   mirishkor,   oltiayg’ir,
qo’shovchi,qozito’va,   to’pchi,   aldarmish,   qorachekman,   mergantovon,     arrato’pi,
churoch,   barlos,   olmasuvon,   bolg’ali,   jobito’pi(yobi),   bekto’p,   tulkito’p,   kalto’p,
chungari,   metanto’p,   mang’it,   turkman,   bahrin,   jilotamg’ali,   oltiziqoziyoq   qiyot,
qoraxoniy, chimmoz, borqut, sirsulov, baroq, qilicheva, berqut, bo’zchi, mayakchi,
quyuzg’un,  oboytush, xitoy, arbobto’p.
Qo’ng’irot,   qanjig’ali,   oytamg’ali,   qo’shtamg’ali,   qirq,   saroy,   bek,   qalmoq,
barlos,   yobi,   mang’it,   turkman,   bahrin,qiyot,   borqut,   xitoy   kabi   urug’lardan
boshqasi birinchi bor kuzatilmoqda.
Xullas,   viloyat   tumanlarida   o’tkazilgan   tadqiqot   ishlari   mavjud
adabiyotlarda   nomlari   zikr   qilingan   etnik   guruhlar   bilan   birga,   hali   hech   bir
manbada   eslatilmagan   etnik   guruhlarni   ilk   bor   aniqlash   imkonini   berdi.   Bular
13
  Ташев X, “К вопросу о составе сельского населения Зарафшанской долины”, Т-1965 й. 45-б.
39 quyidagilar:   1)   tuyoqli,   2)vaqqos,   3)   bayraguz,   4)   qavirg’a,   5)   qaropchi,   6)   alpli,
(alp),   7)   oyjoriq,   8)   tuvadoq,   9)   gurji,   10)   taqchi,   11)   to’pchi,   12)   toshim,   13)
modray, 14) dukchi, 15) olmasuvon, 16) ejjilar, 17) harduri, 18) to’g’oy, 19) qiyra,
20)   ko’rpa,   21)   junniboy,   22)   qo’poyi,   23)   oltibek,   24)   yovbosar,   25)   to’qolto’p,
26)   tobonliq,   27)   bo’gajinli,   28)   boshmoq,   29)   oltoy,   30)   qirqyigit,   31)   mazangi,
32)   alpomish,   33)   toshurug’,   34)   temur,   35)   changal,   36)   kal,   37)   to’ra,   38)
navro’z, 39) qul, 40) axcha, 41) ko’pto’p (lar), 42) qorapachaqlar, 43) oqchob, 44)
chig’ot, 45) cho’rtkesar, 46) adinasari, 47) qoraqo’zi, 48) to’rtdanbir, 49) oloy, 50)
darvesh,   51) itay, 52) qurjintubi, 53) eshmat, 54) qozoyoqli, 55) xudoynazar, 56)
arbaki, 57) sultoni, 58) tabag’di, 59) qapay, 60) sovuti, 61) sho’rlik, 62) mixayam,
63)   ovush,   64)   chingiz,   65)   tentak,   66)   boyto’p,   67)   margov,   68)   suvti,   69)
mirishkor,   70)   oltiayg’ir,   71)   qushovchi,   72)   qozito’va,   73)   aldarmish,   74)
qorachekman,   75)     mergantovon,   76)   arrato’pi,   77)   churoch,   78)   bolg’ali,   79)
chungari,   80)   jilotamg’ali,   81)   oltiziqoziqoyoq,   82)   sirsuluv,   83)   baroq,   84)
qilicheva, 85) mayakchi, 86) chimmoz, 87)  oboytush, 88)  arbobto’p. Ko’rinadiki,
biz   kuzatgan   adabiyotlarda   urug’lar   va   ularning   shoxobchalari   373   nomda
uchragan   bo’lsa,   bizning   informantlar   bilan   bevosita   suhbatlarimiz   natijasida   esa
ularga   qo’shimcha   ravishda   yana   87   nomdagi   urug’   va   ularning   shoxobchalari
aniqlandi.   Xullas,   tadqiqotlarimiz   hozirgacha   xalqimizning   jami   460   ta   urug’   va
ularning   shoxobchalari   borligini   isbotlamoqda.   Bu,   albatta,   oxirgi   chegara   emas,
chunki   harbir   yangi   informant   bilan   muloqot   urug’lar   nomlari   bundan   ham   ko’p
ekanligini ko’rsatadi. 
Ko’rinadiki,   biz   kuzatgan   adabiyotlarda   urug’lar   va   ularning   shoxobchalari
370   nomda   uchragan   bo’lsa,   bizning   informantlar   bilan   bevosita   suhbatlarimiz
natijasida   esa   ularga   qo’shimcha   ravishda   yana   90   nomdagi   urug’   va   ularning
shoxobchalari aniqlandi. Xullas, tadqiqotlarimiz hozirgacha xalqimizning jami 463
ta   urug’   va   ularning   shoxobchalari   borligini   isbotlamoqda.   Bu,   albatta,   oxirgi
chegara emas, chunki har bir yangi informant bilan muloqot yanada yangi urug’lar
nomlari mavjud ekanligini ko’rsatadi.
40 Xullas, shu qabildagi izlanishlar,   birinchidan, hali fanga noma’lum bo’lgan
etnik guruhlar nomlarini aniqlashda o’ta muhim bo’lsa, ikkinchidan,   o’zbek xalq
etnogenezisini o’rganishda g’oyat dolzarbdir.
Ayni   chog’da   etnik   guruhlarning   tarqalish   geografiyasi   ham   bir-biridan
keskin farq qiladi.  Ulardan bir guruhining geografiyasi keng   bo’lsa,
boshqalariniki   esa   tor.   Shunday   etnik   guruhlar   borki,   3-4,   hatto   14   tumanda
istiqomat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi bir guruh esa 1 yoki 2 hududdagina mavjud.
Buni aniqroq qilib quyidagi manzaradan kuzatish mumkin. 
I.   O’n   uch   tumanda   ro’yxatga   olingan   etnik   guruhlar:   1)   nayman   urug’i
Bulung’ur,   Jomboy,   Ishtixon,   Kattaqo’rg’on,   Oqdaryo,   Pastdarg’om,   Samarqand,
Urgut, Tayloq, Paxtachi, Payariq, Narpay va Nurobod tumanlarida istiqomat qiladi.
II. To’qqiz tumanda yashaydigan etnik guruhlar:
2) turkmanlar Bulung’ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on, Oqdaryo, Pastdarg’om,
Samarqand,   Payariq   va   Qo’shrabot   tumanlari   hududida   tarqalgan;3)   xo’ja   va
eshonlar Jomboy, Ishtixon , Kattaqo’rg’on, Narpay, Nurobod, Pastdarg’om, Urgut
va Payariq tumanlarida; 
III.   Sakkiz   tumanda   istiqomat   qiladigan   etnik   guruhlar:   4)   mang’it   urug’i
Bulung’ur,   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,   Narpay,   Nurobod,   Pastdarg’om,   Paxtachi   va
Qo’shrabot   tumanlarida;   5)   xitoy   urug’iga   mansub   kishilarni   Bulung’ur   (xitoyzi
shaklida), Jomboy, Ishtixon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Pastdarg’om, Paxtachi va
Qo’shrabot tumanlarida kuzatish mumkin.
IV.   Yettita   tumanda   yashaydigan   urug’lar:   6)   qipchoqlar   Jomboy,
Kattaqo’rg’on,   Narpay,   Oqdaryo,   Payariq,   Pastdarg’om   va   Urgut   tumanlarida;   7)
saroyurug’i   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,   Nurobod,   Pastdarg’om,   Paxtachi,   Tayloq   va
Qo’shrabot   tumanlarida;   8)   bahrin   urug’i   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,   Nurobod,
Payariq,   Paxtachi,   Tayloq   va   Qo’shrabot   tumanlarida   keng   tarqalgan;   9)   beklar
etnik guruhi Jomboy, Ishtixon, Kattaqo’rg’on (bekto’pishaklida), Payariq, Tayloq,
Urgut   va   Qo’shrabot   (bekto’pi   shaklida),   Pastdarg’om   (beksaroy   to’pi   shaklida)
tumanlarida qayd qilingan.
41 V.   Oltita   tumanda   istiqomat   qiladigan   urug’lar:   10)   ming   urug’i   Jomboy,
Kattaqo’rg’on,   Oqdaryo,   Tayloq,   Urgut   va   Payariq   tumanlarida:   11)   barlos   etnik
guruhi Ishtixon, Oqdaryo, Tayloq, Urgut, Payariq va Qo’shrabot tumanlarida; 12)
qirq   urug’i   Bulung’ur,   Jomboy,   Oqdaryo,   Payariq,   Tayloq   va   Qo’shrabot
tumanlarida istiqomat qiladi.
VI.   Beshta   tumanda   yashaydigan   etnik   guruhlar:   13)   tuyoqli   urug’i
Bulung’ur, Jomboy, Tayloq, Urgut va Payariq tumanlarida mavjud.
VII.To’rt   tumanda   qayd   etilgan   urug’lar:   14)   burqut   urug’i   Pastdarg’om,
Payariq,   Samarqand   va   Qo’shrabot   (borqut   shaklida)   tumanlarida:   15)   arab   etnik
guruhi   Ishtixon,   Kattaqo’rg’on,   Pastdarg’om   va   Samarqand   tumanlarida   qayd
qilindi.   16)   qiyot   etnik   guruhi   Jomboy,   Kattaqo’rg’on,   Nurobod   va   Qo’shrabot
tumanlarida;
VIII.  Uchta   tumanda   istiqomat   qiladigan   etnik  guruhlar:   17)   juz/yuz   urug’i
Nurobod,   Pastdarg’om,   Urgut   tumanlarida;   18)   qoraqalpoq   urug’i   uch   xududda:
Bulung’ur, Jomboy va Ishtixon tumanlarida; 19) mo’g’ol etnik guruhi uch hududda
Bulung’ur,   Tayloq   va   Urgut   tumanlarida;   20)   qanjig’ali   urug’i   Ishtixon,
Kattaqo’rg’on   va   Qo’shrabot   tumanlarida;   21)   chandir   urug’i   Oqdaryo,
Pastdarg’om   va   Payariq   tumanlarida;   22)   qo’ng’irot   urug’i   Oqdaryo,   Payariq   va
Qo’shrabot tumanlarida tarqalgan.
IX.   Ikki   tumanda   qayd   qilingan   etnik   guruhlar:   25)   oltibek   etnik   guruhi
Payariq va Qo’shrabot tumanlarida;26) chuyut etnik guruhi ikki hududda: Nurobod
va Pastdarg’om tumanlarida; 27) turk-barlos urug’i Nurobod va Urgut tumanlarida;
28)   uyshun   etnik   guruhi   Nurobod   va   Urgut   tumanlarida;   29)   oytamg’ali   urug’i
Payariq   va   Qo’shrabot   tumanlarida;   30)   bo’gajinli   urug’i   Payariq   va   Qo’shrabot
tumanlarida;   31)   quchchi   etnik   guruhi   Tayloq   va   Urgut   tumanlarida;   32)   kallar
Tayloq   va   Qo’shrabot   tumanlarida;   33)jaloyirlar   Kattaqo’rg’on   va   Tayloq
tumanlarida; 34) olmasuvon urug’i Kattaqo’rg’on va Qo’shrabot tumanlarida;
35) to’pchi urug’i Ishtixon va Qo’shrabot tumanlarida; 36) jovi / yobi etnik guruhi
Ishtixon   va   Qo’shrabot   (jobito’pi   shaklida)   tumanlarida;   37)   alpli   urug’i   Ishtixon
42 va   Qo’shrabot   (alpi   shaklida)   tumanlarida;   38)   mitan   etnik   guruhi   Ishtixon   va
Qo’shrabot   (metanto’p   shaklida)   tumanlarida;   39)   qozoqlar   Pastdarg’om   va
Jomboy   tumanlarida;   40)   tojik   etnik   guruhi   Bulung’ur   va   Urgut   tumanlarida
yashaydi.
X. Bir tumanda tarqalgan etnik guruhlar: 41) vaqqos, qirg’iz, uray urug’lari
faqat Bulung’ur tumanida; 42) bayraguz etnik guruhi faqat Pastdarg’om tumanida;
43)   solin,   qangli,   qavirg’a,   qaropchi   urug’lari   Jomboy   tumanida;   44)   muytan,
oyjoriq,   tuvadoq,   gurji,   taqchi   urug’lari   Ishtixon   tumanida;   45)   modray,   dukchi,
qarluq,   ejjilar   Kattaqo’rg’on   tumanida;   46)   olchin,   qora   xitoy   etnik   guruhlari
Narpay   tumanida;   47)   harduri   urug’i   Nurobod   tumanida;   48)   sarixitoy,   o’tarchi,
to’g’oy   etnik   gruhlari   Oqdaryo   tumanida;   49)   qiyra,   ko’rpa,   junniboy,   qo’poyi,
yovbosar,   to’qolto’p,   tobonlar,   boshmoq   va   qulton   etnik   guruxlari   Payariq
tumanida;   50)   oltoy   etnik   guruhi   Pastdarg’om   tumanida;   51)   qirqyigit   urug’i
Paxtachi   tumanida;   52)   mazangi,   alpomish,   toshurug’,   temir,   changal   urug’lari
Tayloq   tumanlarida;   53)   nagas,   qishliq,   g’alcha,   o’n,   turk,   uyg’ur,   to’ralar,
navro’zlar,   bog’lon,   axchalar,   ko’pto’plar,   qorapachaqlar   va   mingiyalar   Urgut
tumanida;   54)   oqchob,   chig’ot,   sariqqipchoq,   toma,   bog’donli,   cho’rtkesar,
adinasari urug’lari Payariq tumanida;
55)   qoraqo’zi,   to’rtdanbir,   oloy,  darvesh,   itay,   qo’shtamg’ali,   qurjin   tubi,  eshmat,
qozoyoqli, xudoynazar, arbaki, sultoni, tabag’di, qapay, sovuti, sho’rlik, mixayam,
uxum,   ovush,   chingiz,   tentak,   boyto’p,   margov,   chinniboy,   suvti,   qalmoq,
mirishkor,   oltiayg’ir,   qo’shovchi,   qozito’va,   aldarmish,   qorachekman,
mergantovon, arrato’pi, churoch, bolg’ali, tulkito’p, kalto’p, chungari, jilotamg’ali,
oltiziqoziyoq,   qoraxoniy,   chimmoz,   sirsuluv,   baroq,   qilicheva,   berkut,   bo’zchi,
mayakchi, quyuzg’un va oboytush etnik guruhlari  Qo’shrabot  tumanida istiqomat
qilishadi.
II.2. O’rta Zarafshon vohasi qishloqlari aholisi mashg’ulotlari
43 Samarqand   Zarafshon   vodiysining   qadimdan   dehqonchilik   madaniyati
yuksak rivojlangan, hosildor tuproqli, suv bilan yaxshi ta’minlangan hududlaridan
biri   sifatida   hisoblanib   kelgan.   Samarqand   yerlarida   qadimdan   bug’doy,   arpa,
sholi, tariq kunjut, jo’xori va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari ekilib, ulardan juda
yuqori hosil olingan. 
Bu   hudud   dehqonchiligi   va   irrigatsiya   tarmoqlari   to'g'risida.   Ko’plab
manbalarda   ma’lumotlar   keltirilgan.   Xususan   N.M.   Mayevuzining   ”Ot   Tashkenta
do Kattaqo’rgana” nomli maqolasida   Samarqandga quyidagicha baho beradi. "Bu
daryo   atrofida   yashagan   xalqlar   uning   suvidan   o’z   yerlarini   sug’orishda   keng
foydalanishgan. Vamberi takidlaganidek,  Kattaqo'rg'ongacha bo’lgan yo'lning ikki
tomoni yaxshi sug’orilgan yerlar bo'lib, ko'm-ko'k rangga burkangandir. Zarafshon
vodiysining   Samarqand   yerlari   serhosil,   unumli   bulib,   suv   bilan   yaxshi
ta’minlanganligi ko’rinib turardi".
L.N.Sobolevning   ta’kidlashicha     Samarqand     O'rta   Osiyoning   eng   gullab
yashnagan   hududlaridan   biri   sanalgan.Zarafshon   daryosidan   suv   ichadigan
dehqonchilik   tumanlari   Zarafshon   okrugi   bo'yicha   ko’plab   bo'lib,   shundan   ikki
daryo   oraligada   Samarqand   bo'limining   Ofarinkent   va   Yangiqo'rg’on   tumanlari,
Kattaqo’rg’on   bo'limining   Payshanba   tumani   hamda   Kattaqo’rg’on   tumanining
sug'orma   dehqonchilikka   asoslangan   eng   hosildor   hududlari   (amlokliklari)
joylashgan,
Ofarinkent   tumani:     Samarqandda   joylashgan,   umumiy   sug'oriladigan   yer
maydoni   1202,7   qo’shni   tashkil   etgan,   asosiy   ariqlari   Shoxob,   Jo’yi   devona   va
Xonariq.  Tuman  uchta  amloklikka  bo'lingan.   1)  Shoxob  amlokligi,  sug'oriladigan
yeri 541 qo'sh. 2) O'rta daxa  amlokligi, sug'oriladigan yeri 210,1 qo’sh. 3) Sirgali
amlokligi, sug'oriladigan yeri 301 qo'shni tashkil etgan.
Yangiqo'rg'on   tumani:   sug'oriladigan   umumiy   yer   maydoni   483,5   qo'shni
tashkil   etgan,   asosiy   ariqlari   O'rtabez,   Yangiqo'rgon   Katagon,   Jo’yi   devona,
Yangikent   va   Qora   ariq.   Bu   tuman   ikki   amloklikka   bo'lingan.   1)   Yangiqo’rgon
44 amlokligi,   Samarqandda   joylashgan,   sug'oriladigan   yeri   185,5   qush.   2)   Odil
amlokligi,   Oqdaryodan   shimolda   joylashgan,   sug'oriladigan   yeri   298   qo'shni
tashkil etgan.
Kattaqo'rgon   bo'limining,   Kattaqo'rgon   va   Payshanba   tumanlari:   asosiy
ariqlari, Qilichobod (Bazara), Nasrobod, Xo’jaariq, Damariq,  Tugma, Nazfiday va
Yangikent   hisoblangan.   Kattaqo’rg’on   tumani,   9   amloklikka   bo'linib,   umumiy
sug'oriladigan   yer   maydoni   1368,04   qo'shga   teng   bo'lgan.   Payshanba   tumani,   7
amloklikka   bo'linib,   umumiy   sug'oriladigan   yer   maydoni   895,01   qo’shni   tashkil
etgan.
Ariq   va   kanallarga   Zarafshon   daryosidan   yoki   uning   irmoqlari   Oqdaryo   va
Qoradaryodan suv chiqarish juda keng tarqalgan. Asosiy ariqlardan shaxobchalar,
so’ngra   ulardan   mayda   sug’orish   tarmoqlari   ajralib   chiqadi.   Zarafshonning
irmoqlari   Oqdaryo   va   Qoradaryo     Samarqand     yerlarining   serhosil   bo’lishiga
imkon   bergan.     Samarqand     yerlari   serhosil   bo’lib,   aholi   qadimdan   paxtachilik,
g’allachilik, sabzavotchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullangan.
Akademik   A.R.Muxammadjonov   "Sug’orma   sharqning   barcha   katta   kichik
daryo   havzalarida   bo’lgaidek,   O'rta   Osiyoning   markaziy   qismida   joylashgan
Zarafshon   vodiysida   ham   qadimgi   dehqonchilik   madaniyatining   vujudga   kelishi
sug'orish   tarmoqlari,shuningdek,   suv   inshootlarining   barpo   etilishi     hamda
irrigatsiya   xo’jaligining   rivojlanishi   bilan   chambarchas   bog’liq   bo’lgan"   deb
yozadi.
Zarafshon   daryosi   Cho’ponota   tepaligiga   yetganda   undan   ariqlar   ajralib
chiqqan.   Bu   ariqlar   Samarqand   bo'limining   tuman   (volost}   larini   suv   bilan
ta’minlagan. Cho'ponota tepaligining shimoli - sharqidan Zarafshon daryosi ikkiga
Oqdaryo   va   Qoradaryoga   ajralgan.   Ikkala   daryoning   oqim   yo'nalishi   ham
Samarqandning   shimoli   -   sharqidan   tortib,   Kattaqo’rgondan   ham   o'tib   ketgan.
Zarafshon   daryosining   birinchi   irmog’i   hisoblangan   Oqdaryo,   Qoradaryodan
shimolda   joylashgan   hamda   suvning   ko'proq   qismi   shu   daryodan   o’tgan.   Ikkala
45 daryo   ham   Xatirchi   bekligi   hududida   birlashgan.   Oqdaryoning   uzunligi   105
chaqirimni, Qoradaryoniki esa 100 chaqirimni tashkil etgan.
Daryoning bu ikkiga ajraladigan joyini ta’mirlash bir yilda ikki marta, bahor
va   kuzda   olib   borilgan,   Bu   yerda     har   safar   5000   ishchi   ishlagan,   ularning   2000
tasini Kattaqo'rg'on va Payshanba tumanlari, qolgan 3000 ishchini esa Ziyovuddin
bekligi ta’minlab turgan.
Qadim   davrlardan   ham     Samarqandda   suv   tanqisligi   muammosi   jiddiy   tus
olmagan,   chunki     Samarqand     Zarafshon   daryosi   vodiysining   o'rta   qismida
joylashgan bo'lib, uning dalalariga undan, yuqorida ko’rsatib o'tilganidek, ko’plab
ariqlar chiqarilgan. XIX asrning 60 - yillari oxirlarida Zarafshon vodiysining katta,
eng hosildor qismi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin ham bu
yerda   suv   tanqisligi   muammosi   jiddiy   bo'lmagan.   Chunki,   Rossiya   Buxoro
amirligiga   nisbatan   mustamlakachilik   siyosatini   amalga   oshirishda   cheksiz
hududda ega bo'lish hamda uning ustidan o’rnatilgan nazoratni mustahkamlash va
uni   tobelikda   tutib   turish,   amirlikni   bo'ysindirishning   qulay   vositasi,   birdan   bir
garovi   deb   hisoblab,   Zarafshon   suvini   Buxoro   yerlariga   o'tkazmasdan   o’z
hukmronligi yerlarida ko’plab ishlatgan. Buni ko’plab manbalar ham tasdiqlaydi.
Shunday qilib yog’ingarchilik kam bo'lib, daryoda suv kam bo'lgan yillarni
hisobga olmasak, Samarqand yerlarida suv tanqisligi muammosi bo'lmagan.
 Samarqand yerlarida, sholi, bug'doy, tariq, jo'xori, arpa, zigir, kunjut, mosh,
no'xat,   paxta   ekilgan.   Ayniqssa   Ofariikent   va   Yangiqo’rg’on   tumanlarida   sholi
ko’p   ekilgan.   Zarafshon   okrugining   eng   ko'p   mahsulot   beradigan   tumani   bu
Ofarinkent tumani hisoblangan.
V.L.Vyatkin  Ofarinkent   tumanini   suvloq,  dehqonchilikka  juda  qulay   ekani,
bu   yerda   sholi,   tariq,   kunjut,   arpa,   bug’doy   juda   yaxshi   o'sishini   ko'rsatgan,
Samarqand   viloyatidagi   eng   yaxshi   tuman   Ofarinkentda   bog’lar   va   mevali
daraxtlar juda ko’pligi haqida yozgan.
 Samarqand  tumanlari dehqonchiligida qadimdan don ekinlari asosiy o'rinni
egallagan. Bug'doy, arpa, jo'xori, sholi kabi ekinlar ekilishidan avval yerlar kuzda
46 tayyorlab qoyilgan, bahorda yer maydonlari uzunasiga va ko'ndalangiga ikki yoki
ko'proq   marta   omoch   bilan   haydalgan.   Don   ekilgan   dalalar   (sholi   ekilgan
maydonlardan   tashqari)   ikki   marta   sug'orilgan:   birinchi   marta   maysa   endi   unib
chiqqan paytida, ikkinchi marta ekin boshoq olishi oldidan.
M.Borodovskiy   Samarqand   viloyati   dehqonchiligiga   oid   qiziqarli
ma’lumotlarni to’plagan. Muallifning ta’kidlashicha viloyat dehqonlari yerdan bir
yilda uch martagacha hosil olganlar.
Kuzgi   bug’doy   yig'ib   olingach   poliz   ekinlarini   ekkanlar,   poliz   ekinlarini
kuzda   yig'ib   olib,   bahorda   pishadigan   ekinlar   ekilgan.   Bahorda   haydalgan
yerlarning bir qismiga bug'doy, bir qismiga arpa ekkanlar. Yerlar bug’doy va arpa
ekish uchun 5-10 martagacha haydalgan.
Dehqonlar   kuzgi   arpa   va   bug'doyni   yig'ishtirib   olganlaridan   so'ng   yerni
ekinga tayyorlab tariq, kunjut, sholi, mosh, loviya, no'xat ekkanlar. 
A.R.Muxammadjonov   Zarafshon   vodiysi   dehqonchiligi   to’risida   juda
qimmatli ma’lumotlarni keltiradi, "Bu yerda ekish davriga qarab, ikki xil ekin navi
yetishtirilgan. 1)"Tiramoyi  yoki  oq"  — kuzda ekiladigan ziroatlar:  arpa, bug'doy,
zig'ir,   ko’knor   va   boshqalar,   2)   "Ko'k"   —   bahor   mavsumida   ekiladigan   ziroatlar:
jo'xori,   sholi,   tariq,   mosh,   no'xat,   sabzi,   piyoz,   sholg'om,   tamaki   va   boshqalar.
Bulardan   tashqari   vodiyda   ruza   va   yung’ichqa   ham   ekilar   edi.   Bu   ziroatlardan
bug'doy,   jo'xori   va   sholi   vodiyning   o’rta   qismida   ya’ni   Samarqand   dalalarida
yetishtirilgan,   Masalan,   bug'doy   asosan   sentyabr   —   noyabr   oylarida   ekilib,   aprel
oyida bir marta, may oyida ikki marta sug’orilgan. Sholi may oyida ekilib, 90 kun
davomida   muttasil   sug'orilgan.   Sholi   Zarafshon   okrugining   Shovdor,   Sheroz,
Ofarinkent,   Sug’d,   Kattaqo’rg’on,   Yangiqo'rg’on   va   Payshanba   tumanlarida
yetishtirilgan.   Bulardan   tashqari   Zarafshon   okrugida   ko'p   suv   talab   qiladigan
ziroatlardan tariq, zigir ekilgan. Zarafshon vodiysida hammasi bo'lib 32 xil qishloq
xo’jalik ekinlari, shu jumladan kartoshka ham ekilgan
Keltirilgan   ma’lumotlar   shuni   ko'rsatadiki,   Zarafshon   vodiysining   o’rta
qismida,     Samarqand   hududida   asosan   suvni   ko'p   talab   qiladigan   ziroatlar   ekilib,
47 suvga   muxtojlik   davri   aprel   —   avgust   oylari   hisoblangan.   Aprelda   suv   ko'k
ekinlarni  ekish  va (tiramoyi  oq ekinlarni" sug'orish uchun, may —iyul oylarida u
sholikorlik uchun kerak bo'lgan. Avgust va sentyabr oylarida esa kuzgi mavsumga
oid ekinlarni ekish oldidan suv yerni sug'orib haydash uchun kerak bo'lgan.
Endi   Samarqand   yerlarida   ekiladigan   ekin   navlarini   ba’zi   birlarini     alohida
ko'rib chiqamiz.
Sholichilik   bu   hudud   dehqonchiligida   yetakchi   o'rinlardan   birini   egallagan.
Zarafshon   vodiysining   boshqa   hududlariga   nisbatan   suv   ko'p   bo'lganligi   sababli,
Samarqand  tumanlarining ko’plab dalalarida sholi yetishtirilgan. Sholi Samarqand
viloyati mahalliy aholisining eng daromadli qishloq xo’jalik ekinlardan biri bo'lib
hisoblangan.   U   Kattaqo’rg’on,   Samarqand   va   Xo'jand   uyezdlarida   yetishtirilgan,
Samarqand uyezdi viloyatda sholi yetishtirish bo’yicha birinchi o’rinda turgan.
V.I.Neroveskiy   o'zining   maqolalaridan   birida   Samarqand   hududidagi
Yangiqo'g'ron   volostining   dehqonchiligi   to'g'rsida   shunday   ma’lumot   beradi,
"Samarqand   uyezdining   Yangiqo'rg’on   volosti   8   ta   dahani   o'z   ichiga   oladi.
Volostning   Samarqand   shahri   bilan   eng   yaqin   hududi   orasidagi   masofa   40
chaqirimni tashkil  etadi. Volostda dahalarining 6 tasi  ikki daryo oraligida, dolgan
ikkita   kichik   daha   daryoning   o'ng   qirg'og'ida   joylashgan.   Volostning   umumiy
sug'orma   dehqonchilik   maydoni   11,072   desyatinani   tashkil   etadi.   Volostda   ekin
maydonlariga   ko’pincha   sholi,   bug'doy   va   boshqa   g'alla   ekinlari   ko'p   ekiladi.   Bu
yerlardan   tuprog'i   hosildor   hamda   suv   bilan   yaxshi   ta’minlanganligi   sababli   juda
yuqori   hosil   olinadi.   Samarqand   yerlarida   dehqonchilik   turlaridan   yana   biri   bu
paxtachilik   bo'lib,   u   qadimdan   yetishtirilib   kelingan   hamda   juda   mashaqqatli
mehnatni talab qilgan.
Akademik   Ya.G’ulomov   paxtachilikni   paydo   bo’lishi   to'g’risida   shunday
yozadi: "Paxtachilik qishloq xo’jaligining alohida tarmog'i sifatida O'rta Osiyoda,
shu bilan bir qatorda Buxoro xonligida eramizning boshlarida paydo bo'lgan edi".
Ashtarxoniylar   hukmronligi   davrida   Zarafshon   vodiysida   va   O'rta   Osiyoning
boshqa vohalarida ko’plab maydonda paxta ekilgan. Paxtadan xiroj, mol, ushr kabi
48 soliqlar   mahsulot   sifatida   olingan.   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XIX   asrda
Mang'itlar   hukmronligi   davrida   Samarqand   tumanlarida   paxtachilik   rivojlandi.
Buning   sababi   Buxoro   amirligining   Rossiya   bilan   paxta   savdosini   keng   yo’lga
qoyishi edi.
N.Xanikov amirlikning paxtachiligi orasida qizqarli ma’lumotlarni keltirgan.
Uning   ta’kidlashicha   amirlikning   ko’plab   yerlariga   uch   xil   turdagi   ekin   paxta,
tamaki   va   beda   ekilgan.   Ular   paxtani   sifati   bo'yicha   ikki   navga   ajratganlar:
birinchisi   "guzayi   safed"   atalib,   u   oppoq   va   toza   bulgan,   ikkinchisi   "fay   makka"
deb   atalgan.   Buxoroliklar   uning   urug'idan   moy   qilishib,   iste’mol   uchun
ishlatganlar.
L.N.   Sobolev   1874   yili   o'z     ilmiy   izlanishlaridan   kelib   chiqib,   Samarqand
viloyati   paxtakorlarining   mehnat   faoliyatlari,   paxta   yetishtirish   haqida   qimmatli
ma’lumotlarni to’plagan. Samarqand viloyatida paxta hosildorligiga yerdagi iqlim
qulayliklari, ya’ni aprel oyida sovuq emasligi va yer zax bo'lmasligi, iyun va iyul
oylarida   havoning   o'zgarmasligi   va   aynan   terim   boshlangandan   to   oktyabr   oyi
oxirigacha   sovuq   tushmasligi   katta   yerdam   bergan.   Uning   ta’kidlashicha,
yuqoridagi  iqlim qulayliklari va dehqonlarning mashaqqatli  mehnatlari natijasida,
mahalliy xalq paxta yetishtirishda yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan.
I.M.Sluskiyning   yozishicha   Samarqand   uyezdidagi   Chelak,   Yangiqo'rgon,
Kattaqo’rg’on   uyezdidagi   Xo’ja   ariq,   Damariq,   Payshanba   va   Kattaqo’rg’on
volostlarida iqlim sharoiti yaxishligidan  yaxshi parvarish qilingan, Shuning uchun
ham   1885—1900   yillari   mobaynida   bu   volostlarda   yetishtirilgan   paxta   hosilining
75 % i birinchi navga, 25% ikkinchi navga topshirilgan.
Samarqand   va   Kattaqo'rgon   uyezdlarida   1   desyatina   yerdan   o'rta   hisobda
Amerika   paxtasidan   20   pud,   mahalliy   paxtadan   esa   18   pud   hosil   olingan.
Tumanlarda   dehqonlarning   paxtadan   oladigan   daromadi   qishloq   xo’jalik   ekinlari
o'rtasida to'rtinchi o’rinda turgan.
Samarqand     aholisi   bog'dorchilik   va   uzumchilik   bilan   ham   qadimdan
shug'ullanib kelgan. Deyarli barchaning o'z bog’-rog’i bo'gan V.Sokolov 1894 yili
49 Samarqand va uning atrofidagi  tumanlarda bo'lib, ular to'g'risida shunday yozadi:
"Samarqandga   qaysi   tomondan   bormang   bog’lar   bilan   o'ralgan.   Kishi,   bu   bog'lar
ichida   uzoq   vaqt   yuradi.   Bog'lar   to'rtburchak   shaklda,   atrofini   tol,   terak   va   jiyda
daraxtlari   o'rab   olgan.   Uzumzorlar   alohida   yerlarda   bo’lib,ularning   atrofi   ham
daraxtlar  bilan o'ralgandir. Mevali  daraxtlardan Samarqand va uning atroflaridagi
xalq  o'rik, olma, nok, olxo'ri, yong'oq, bodom, gilos, olmurut va vinobop qulupnay
yetishtirganlar.   Uning   fikricha   bu   yerda   ekiladigan   mevali   daraxtlar   juda   yaxshi
hosil bergan
Samarqand   uyezdida   26   ta   bozor   punkti   bo’lib,   shulardan   Samarqand
hududida,   Dahbed   volostida   Dahbed   Shoxob   volostida   —   Loish,   Juyi   devona
volostida- Karqarali, Yangiqo’rg’on volostida - Yangiqo'rgon va Sag’ish bozorlari
mavjud   bo'lgan.   Undan   tashqari   Kattaqo’rg’on   uyezdining   Oqtepa,   Ishtixon,
Shayxlar   mavzelarida   bozorlar   bo'lgan.Shulardan   Yangiqo'rg'onda   dushanba   kuni
(markaziy   bozor),   Loishda   yakshanba   kuni,   Karqaralida   chorshanba   kuni,
Sag’ishda esa payshanba kunlari ikkinchi darajali bozor bo'lgan.
Ko’plab   asosiy   va   ahamiyatli   yo'llarning   chorrahasida   joylashgan,   Chelak,
Yangiqo'rg'on,   Jomboy   tumanlariga   olib   boruvchi   yo'llarni   tutashtiruvchi   Dahbed
bozori   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,   viloyatda   savdo-sotiqda,   mollarni
ayirboshlashda markaziy bozor vazifasini o’tagan.
Yangiqo’rg’on   bozor   Samarqand   uyezdining   g'arbiy   chekkasida,
Kattaqo’rg’on uyezdining chegarasida joylashgan Yangiqo’rg’on shahrining yaqin
atroflarida   to'rtta   bozor   mavjud   bo'lgan.   Ularning   eng   asosiysi   Yangiqo'rg'on
bozori   hisoblangan.   Qadimgi   shahar,   bekning   qarorgohi   qadimgi   savdo   punkti
bo'lib   Sagash   mavzesidaga   kichkina   bozor   hisoblangan.   U   Yangiqo'rg’ondan   14
chaqirim   masofada   joylashgan.   Yangiqo'rg'on   bozori   XVIII   asrning   70   yillarida
vujudga kelgan. 1852 yilda esa Yangiqo'rg'ondan 8 chaqirim masofada joylashgan
Loish   mavzesida,   Yangiqo'rg'ondan   14   chaqirim   masofada   joylashgan   Karqarali
qishlog'ida   esa   1885   yilda   bozorlar   vujudga   kelgan.   Loish   va   Karqarali   bozorlari
Yangiqo'rg'on bozorlariga qaraganda ancha kichik bo'lgan.
50 Yangiqo'rg'oning   avvalgi   eski   bozori   Yangiqo'rg'ondan   ikki   chaqirim
uzoqlikda,   Zarafshon   daryosining   irmoqaridan   biri   Oqdaryoning   qirg'og'ida
joylashgan   bo’lib,   bu   bozor   1887   yili   Yangiqo'rg'onning   yaqiniga   ko'chirilgan.
Uning maydoni 21 tanobni tashkil etgan. Bu bozor maydon egalaridan har tanobiga
60-65   so'mdan   yig'ilib,   jami   1310   so'mga   yig'ilgan   hamda   taxminan   700
savdogarga mo'ljallangan. Undan tashqari davlat xazinasi hisobidan paxta, sholi va
boshqa   ekin   mavsumida   sotiladigan   mahsulotlar   savdosi   uchun     ikkita   katta   usti
yopiq maydon qilgan. Uning maydoni atrofiga daraxtlar ekilib, ariqlar o'tkazilgan.
Bu   bozor   dala   ekin   maydonlariga   yaqinligi   sababli   uning   maydoni   qish   va   bahor
oylarida loy bo'lib ketgan.
Loish va Karqarali bozorlari tepaliklarning  notekis joylarda joylashgan edi.
Yangiqo'rg'on   bozorida   savdogarlar   soni   qish   oylarida   250   ta,   yoz   oylarida   400
tagacha, Loish va Karqarali bozorlarida qishda 80-90 savdogar, yezda 150 tagacha,
Sag'ish bozorida esa  50 ta, yozda 100 tagacha savdogar yig'ilgan.
Bu   bozorlarning   muhimligi   shunda   bo'lganki,   ular   Samarqand   va
Kattaqo'rg'on uyezdlarining bir necha volostlarini tashkil etuvchi keng paxtachilik
tumonlarida   joylashgan   edi.   Yangiqo'rg'on   bozorining   eng   gavjum   payti   paxta
yig'im     terimi   davriga   to'g'ri   kelgan.   Chunki   bu   yerga   paxta   sotib   oluvchilarning
oqimi  ko'paygan. Atrofdagi  tumanlardan va asosan  Samarqand  shahridan ko’plab
xaridorlar   kelishgan.   Shu   vaqtning   o'zida   paxta   va   g'alladan   daromad   qilgan
mahalliy   aholining   kundalik   ehtiyoj   mollariga   bo'lgan   talabi   oshgan.   Asosan
poyafzallarga   talab   katta   bo'lgan.   Paxtachilikning   keng   taraqqiy   etishi   natijasida
Yangiqo'rg'onda   Fuzanlovning   paxta   tozalash   zavodi   qurilgan,   shu   bilan   birga
bozorda   pul   aylanish   shak   shubxasiz   ko'paygan   o’sha   vaqtda   bu   bozorga   60   000
pud   ya’ni   Samarqand   uyezdida   yetishtiriladigan   paxtaning   uchdan   bir   qismi
keltirilgan.   Bu   bozorlarda   g'alla   mahsulotlari   savdosi   o'sha   vaqtda   (XIX   asr
oxirlari)  ikkinchi  darajali  hisoblangan.  Chunki  XIX asrning oxirgi  o'n yilliklarida
bu yerlarda paxta maydonlari kengayib ketgan edi.
51 Bozorning yana bir muhim jihati shundan iborat bo'lganki, bu yerda payafzal
sotuvchi   savdogarlar   20   tadan   30   tagacha   yig'ilgan,   vaholanki   boshqa   katta
bozorlarda   ularning   soni   10   tadan   oshmagan.   Poyafzal   savdosi   bilan
shug'ullanuvchi savdogarlarning asosiy qisimini Dahbed shahrining mahalliy xalqi
tashkil  etgan, chunki  bu poyafzallarni  ularning o'zlari tikkanlar. Dahbed bozorida
savdogarlar   soni   un   va   non   mahsulotlari   sotuvchilardaya   tashqari,   qish   oylarida
200   tacha   atrofida,   yozda   esa   250   tagacha   yetgan.   Bozorning   yillik   pul   aylanishi
taxminan 400000 so'mni tashkil etgan.
1869   yili     Samarqandda   bo'lib,   topografik   ma’lumotlar   to'plagan
A.P.Fedchenko Dahbetning bozori haqida shunday yozadi: Dahbet Samarqanddan
13 chaqirim shimolda joylashgan, uning juda ajoyib bozori bor. Oqdaryoning chap
qirg'og'ida   joylashgan   bu   bozor   haftada   ikki   marta   bo'ladi.   Bu   bozorga   besh
uyezdning   aholisi   savdo-sotiq   uchun   keladi.   Bozorning   yillik   pul   aylanishi
Samarqand bozorinikidan kattadir".
Dahbet   bozorida   13   ta,   Yangiqo'rg'on   bozorida   esa   14   ta   rasta   mavjud
bo'lgan. Dahbetda 30 ga yaqin poyafzal tikuvchi usta bo'lib, ular o'z mahsulotlarini
Dahbet,   Yangiqo'rg'on   va   boshqa   bozorlarda   sotganlar.   Bu   ustalar   Dahbet
shahrining   Ko'nchi   guzarida   istiqomat   qilishib,   poyafzalning   ikki   “maxsi"   va
“toiggovox" turini tikkanlar. Yangiqo'g'on shahrida 8 ta mashhur nonvoylar bo'lib,
ular   Samarqand   uyezdi   bo'yicha   eng   yaxshilari   hisoblangan.   Ularning   har   birini
yillik daromadi o'rta xisobda 600 so'm bo'lib, shundan sof daromad 15 %ni tashkil
etgan, Yangiqo'rg'on va Dahbet bozorlarida ko’plab attorlar bulgan. Attorlar igna,
ip, oyna,  sirg'a,  uzuk, taroq  va ba’zi   hollarda  do’ppi,  bo'yoqlar, qalampir, murch,
xilma-xil o'tlardan tayyorlangan dorilarni ham sotganlar,
Kattaqo’rg’on   tumanining   o'rta   qismida   yashovchi   aholi   dehqonchilik,
hunarmandchilikdan   tashqari   savdo   bilan   ham   shug'ullanishgan.   Ular   Yug'ontepa
qishloq   bozorida   -   yakshanba   kuni,   Mingda   -   dushanba   kuni,   Payshanba   shahar
bozorida   -   payshanba   kuni,   Ishtixonda   -   payshanba   kuni,   Otpada   -   juma   kunlari
savdo   bilan   shug'ullanganlar.   Shuningdek   ular   yakshanba   kuni   Xatirchiga,
52 dushanbada   Jomga,   jumada   Zirabulovda,   yakshanbada   Chimboy   bozorlariga
qatnaganlar.   Kattaqo'rg'on   bozorida   Payshanba,   Ming,   Mitan,   Yangqo'rg'on   aholi
ham   o'z   mahsulotlari   bilan   savdo   qilganlar.   Bahor   oylarida   bozorlarda   mehnat
qurollari, ketmon, kurak,bolta va boshxalar ko’plab sotilgan.
Samarqand uyezdining Dovul Dahbet, Jomboy, Loish, Jumabozor, Aylavot,
Yangiqo'rg'on,   Chelak,   Razira,   Kattaqo'rg'on   uyezdining,   Kattaqo’rg’on,
Payshanba,   Mitan,   Ishtixon,   Ostepa,   Kattaming   bozorlarida   paxta   sotilgan.   Paxta
bozori   sentyabr   oyining   o'rtalaridan   to   yanvargacha   davom   etgan.   Bozorlarda
sotiladigan   paxtaning   narxi,   Amerika   paxtasi   2   so'mdan   2   so'm   25   tiyingacha,
mahalliy paxta esa 1 so'm 80 tiyindan 2 so'm 14 tiyingacha bo'lgan.
Bu bozorlarda pilla savdosi ham mavjud bo'lib, u asosan shahar bozorlarida
sotilgan,   bir   pillakor   bozorda   0,5   puddan—   8   pudgacha   pilla   sotgan.   Ba’zi
sotuvchilarning   pillasi   1   pudga   ham   yetmagan.   1870-1880   yillari   pilla   asosan
Dahbet,   Dovul,   Yangiqo'rg'on,   Chelak   bozorlarida   ko'proq   savdoga   chiqarilgan.
Keyinchalik   ular   qatoriga   Kattaqo’rg’on,   Payshanba,   Ishtixon   pillakorlari
qo'shilgan.   Samarqand  temir   yo'l  bekatidan  bir   yilda  o'rta  hisobda  2500  pud  ipak
jo'natilgan.
Shunday   qilib,     Samarqand     hududagi   bozorlarda   XIX-XX   asr   boshlarida
ichki   bozor   ancha   rivojlanib,   savdogarlar   soni   va   mahsulotning   turlari   yildan   —
yilga ortib bordi.
  Samarqandda,   umuman   Zarafshon   vodiysida   mulklardan,   yetishtirilgan
qishloq   xo’jalik   mahsulotlaridan,   bog’-rog’lardan   davlat   xazinasiga   soliqlar
olingan.   Bu   soliqlar     Samarqand     tumanlarida   Zarafshon   vodiysining   boshqa
tumanlaridagiga   nisbatan   yuqori   bo'lgan,   Buning   sababi     Samarqand     yerlarining
hosildorligi va suv bilan yaxshi ta’minlanganligi edi,
Soliqlarning   miqdori   lalmi   yoki   suvloq   yerlardagi   ekinlar   bilan   bog'liq
bo'lgan.   Qadimdan   Buxoroda   sun’iy   sug'oriladigan   yerlardan   yerning   miqdoriga
qarab qo'sh yoki jufti gov, bahordagi yer haydash mavsumidan oldin pul hisobida
qo'sh puli solig'i olingan.
53 Har yili xamal oyining boshlarida amlokdorlar o'z mushriflari, yordamchilari
bilan   qo'sh   puli   solig'ini   yig'ish   va   qo'sh   yerlarni   aniqlash   uchun   dalaga   chiqib
ketgan. Qo'sh yerlarning miqdori aniqlangandan so’ng qo'sh  puli belgilangan
Zarafshon   vodiysida   davlat   xazinasiga   xiroj,   tanobona,   somon   puli,   cho'p
puli,   tegirmon   puli,   objuvoz   puli,   zakot   yig'imi   (kapsan)   va   vaqf   mulklaridan
olinadigan   asosiy   soliqlar   mavjud   bo'lga.   Amlokdorlar   zakot   solig'idan   boshqa
hamma soliqlarni  yig'ib olganlar. Zakot  solig'ni  esa  alohida zakotchi  biylar  yig'ib
olganlar.   Zakot   1/40   ulushda   yig'ilgan.   Endi     Samarqand     tumanlaridagi
mulklardan   va   qishloq   xo’jalik   mahsulotlaridan   olinadigan   soliqlarni   manbalar
asosida ko’rib chiqamiz.
Xiroj   solig’i   :   Soliqning   bu   turi   har   yerda   har   xil   to'langan.   Sug'oriladigan
yerlarda   dehqonlar   hosilning   1/3   qismini.   Suvsiz   joylarda   1/5   qismini,   umuman
yordamga muhtoj va cho’l zonalarida yashovchi dehqonlar hosilning 1/10 hisobida
soliq to'laganlar.
Zarafshon   vodiysida   hosildan   olinadigan   xiroj   har   xil,   ya’ni   yetishtirilgan
hosilning   1/3   yoki   1/5,   hisobida   olingan.   Lekin   eng   kam   xiroj   miqdori   1/5,   20
foizdan kam bo’lmagan. Xiroj solig'i ertangi hosildan may oyidan, kechki hosildan
esa avgust oyidan boshlab olingan.
Tanobona solig'i:   Dehqonlarning   tomorqasi   atroflarida   ekilgan   tokzorlar,
mevali   daraxtlar,   bedazorlar   va   boshqa   ekinlardan   olingan.   Soliq   yig'ish   yilning
o'rtasida boshlanib, yilning oxirigacha davom etgan.
Tanobona   solig’i   yoki   tanob   puli,   tomorqalardan,   bog'lardan,   bedazor   va
uzumzorlardan   bir   tanob   yerga   16   tangadan   18   tangagacha,   (2sum   40   tiyindan   2
sum 70 tiyingacha) olingan.
Qo’sh   puli:   qo'sh   pulini   belgilash   uchun   albatga   qo'sh   yerlar   miqdorini
aniqlash kerak bo'lgan. Yerlarni o'lchashga  muftiylar boshchilik qilganlar, Ularga
nazoratchilar, shogird kishilar yordamchi bo'lganlar. Muftiy,aminlar, oqsoqollar va
bir   qancha   mahalliy   xalqning   guvohligida   qishloqlar,   dahalar,   amlokliklar   va
tumanlardagi   tanob   yerlarning   hisobini   hamda   bu   yerlarga   qaysi   turdagi   qishloq,
54 xo’jalik   ekinlari   ekilishini   aniqlab,   keyin   yerlarning   miqdorini   aniqlaganlar.   Bu
ma’lumotlar yozilgan daftar xudaftar" deb atalgan.
Zarafshon   vodiysi   tumanlaridan   olinadigan   qo'sh   puli   soligi   quyidagicha
bo'lgan. Ofarinkent tumanida - 3 so'm 20 tiyindan 3 so'm  60 tiyingacha, Shovdor
tumanida   —   1   so'mdan   1   so'm   60   tiyingacha,   To'rtko'l   tumanida   —   2   so'm   40
tiyindan 2 so'm 80 tiyingacha, Chashma tumanida - 1 so'm, Urgutda — 1 so'mdan
2 so'm 40 tiyingacha, Chelakda 2 so'mdan 2 so'm 40 tiyingacha, Yangiqo'rg'onda-
2   so'm   80   tiyindan   3   so'm   60   tiyingacha   qo'sh     puli   solig'i   olingan.     Samarqand
tumanlarida o'rta hisobda 2 so'mdan 4 so'mgacha qo'sh puli  solig'i olingan. Ushbu
soliqning   tumanlarda   har   xil   bo'lishiga   sabab,   tumanlarning   savdo   markazlari
bozorlarga   yaqin   va   uzoqligaga,   aholining   zichligiga,   tuprog'ining   hosildorligi   va
yerlarni suv bilan ta’minlanganligiga bog'liq bo'lgan.
Ushbu   ma’lumotlardan   ko'rinib   turibdiki,   qo'sh   puli   solig'i,     Samarqand
tumanlaridan   tuprog'i   hosildor   va   suv   bilan   yaxshi   ta’minlanganligi   sababli,
Zarafshon vodiysining boshqa tumanlaridagiga nisbatan ancha yuqori olingan.
Somon puli: Bu soliq bug'doy va arpa ekiladigan yerlardan olingan. Somon
esa   qaramog'ida   uy   hayvonlari   (mol,   qo’y   va   otlar)   bo'lgan   diniy   muassasalarga
tarqatilgan.
Cho'p pulli yoki  o'tin puli: kesilgan  daraxtlar  va o'tin uchun olingan. Aholi
o'z   borlaridagi   daraxtlarni   o'tin   uchun   kesganida   olingan.   Bu   soliq   daraxt
narxinnng 2/8 siga teng bo'lgan.
Tegirmon   Objuvoz   puli:   Suv   kuchi   bilan   ishlaydigan   tegirmon   va
juvozlardan   olinadigan   soliq.   Soliqning   miqdori   tegirmon   va   objuvozlarda
ishlaydigan   ishchi   kuchining   soni,   yoki   uning   toshini   katta—kichikligi   va   qaysi
tumanda joylashganligiga qarab yilliga 20 tangadan 100 tangagacha olingan.
Ushbu soliqlardan tashqari yana amaldorning xarajatlarini qoplab turadigan
kapsan   solig'i   olingan.   Kapsan   solig'i     bug’doy,   arpa,     jo'xori,   mosh   va   boshqa
ekinlarning   hosilidan   har   10   botmonidan   20   qadoq   paxtadan   esa   har   10
botmonidan 15 qadoq olingan.
55 Zakot   solig’i   esa:   karvonlardan,   savdogarlardan,   cho'ponlardan   olingan.
Rossiya   bosqiniga   qadar   soliqlar   mahalliy   sarkor   va   amaldorlar   tomonidan   eski
hisobda   yig'ib   olingan.   Keyin   esa   u   rus   ma’murlari   tomonidan   yig'ib   olinishi
davom etgan.
56 Xulosa
O’rta   Zarafshon   vohasi   manbalarida   aholisi   zich,   geografik   qulay   hosildor
tuproqli,   suv   bilan   yaxshi   ta’minlangan   hudud   sifatida   tilga   olinadi.   Manbalarda
XIX   asrda   Zarafshon   vohasini   suv   bilan   ta’minlab   turuvchi   ko’plab   fikrlarning
barpo qilinish to’g’risida ham ma’lumotlar uchraydi. Bu tarixlar ilmiga  ikki marta,
bahor va kuzda hashar yo’li bilan qayta ta’mirlanibm tozalanib turilgan.
Manbalarda   O’rta   Zarafshon   vohasida     moy   juvozlar,   tegirmonlar   va
objuvozlar   to’g’risida   ko’plab     ma’lumotlar     uchraydi.   Ularning   aksariyat   suv
kuchi   bilan   harakatga   keltirilib,     arzon   va   sifatli   un,   guruch     ishlab   chiqarilgan.
Natijada butun XIX asr   davomida bunday tegirmon va obxovuzlar soni ko’payib
bordi.   Buning   sababi   bu   yerda   suvning   ko’pligi   va   dalalarda   g’alla   ekinlarining
ko’p ekilishi edi. XIX-XX asr boshlarida O’rta Zarafshon  vohasining iqtisodiy va
madaniy markazi sanalgan Samarqand, Kattaqo’rg’on, Dahbed,  Yangiqo’rg’on va
Payshanba shaharlari mavjud edi.  Ushbu shaharlarda savdo-sotiq alohida ahamiyat
kasb   etadi.   Shahar   aholisining   etnik   tarkibida   XIX   asr   oxirida     o’zgarishlar     yuz
berdi.   Rus   sarmoyasining   kirib   kelishi   shuningdek   xorijiy   tadbirkorlarning
korxonalar   ochilihi   aynan   shaharlarda   yuz   beradi.     Natijada   shahar   aholisining
etnik va ijtimoiy tarkibidda ham o’zgarishlar yuz berdi.
XIX — XX asr boshlarida  Samarqand  tumanlarida dehqonchilik bir qancha
qiyinchiliklarga   qaramay   gullab   yashnadi.   Dehqonlar   yangi   yerlarni   o'zlashtirib,
ko’plab maxsulotlar yetishtirdilar, qishloq xo’jaligida sezilarli bo'lgan o'zgarishlar
shundan   iborat   ediki,   ekin   maydonlari   va   ekin   turlari   ko’paydi.   Rossiya   bosqini
munosabati   bilan,   yangi   amerikacha   paxta   navishg   ekish   boshlandi   va
kuchaytirildi.   Natijada   bu   paxta   navini   ekish   hisobiga   boshda   maxsulotlarni
yetishtirish   kamaydi.   Bu   esa   bozorlarda   oziq—ovqat   maxsulotlari   narxini
oshishiga sabab bo'ldi. 
57 Bu   muvaffaqiyatlardan   mustamlakachilar   ko’proq   manfaat   ko’rdilar.   Ular
paxta   yakkahokimligini   o’rnatishni   yo’lga   qo’ydilar.   Shunday   qiyinchiliklarga
qaramasdan mahallii dehqonlar ko’plab maxsulot yetishtirib xalq talabini qondirib
keldilar.   Demak,     Samarqandning   qishloq   xo’jaligi   to'g'risidagi   tarixiy
manbalardan olingan ma’lumotlar ham tanqidiy xam ijobiy tomondan muhim ilmiy
ahamiyatga   egadir.   Shu   o'rinda   savdo-sotuvdagi   o'zgarishlarni   ham   ta’kidlash
muhimdir.   Ichki   bozorda   maxsulotlarniig   turi   ko'paydi.     Yangi—yangi   bozorlar
ochildi. Chetdan maxsulot kirib kelish hajmi oshdi, chetga maxsulot chiqarish ham
ko'payib   uning   asosiy   sababi   mustamlakachilarning   bu   hududni   ham   butun
Turkiston   o’lkasi   kabi   "xomashyo   bazasi”   ga   aylantirgani   edi.   Ular   o’z   mollari
bilan   ham   kirib   kelgan   edilar.   Bu   esa   bozorlarda   maxsulot   raqobatiga   olib   keldi.
Natijada bu aholining iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.   Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак й ўқ  . Т  1998 
2. Аҳмедов Б. “Государства кочевых узбеков.М.1965.
3. Аҳмедов Б. “Ўзбек ўлуси”. Т. 1992.
4. Бартольд   В.В.   “Тюрки.   Двенадцать   лекций   по   истории   турецких   народов
Средней Азии” // Соч. Т. V. - М. 1963 й.
5. Бромлей Ю. В. “Очирки теории этноса”, М. Наука, 1983 г.
6. Бромлей Ю.В. “Современные проблемы этнографии”. М. 1981.
7. Брук С.И. “Население мира” Этнодемографический справочник. 1-таблица
М-1986.
8. Валентей   Д.И,   Ковалев   С.А,   Караханов   М.К,   Смулевич   Б.Я,   Есипов   Н.С,
“Проблемы Народанаселения”. М-1970. С. 378.
9. Васильева   Г.П,   Кармышева   Б.Х,   “Этнографические   очерки   узбекского
сельского населения”. М. 1969 й.
10. Ваҳабов М.Г. “Ўзбек социологик миллати”. Т. 1960 й.
58 11. Вяткин   JI .   В.   “Афрасиаб   -   городище   былого   Самарканда”.   Археол.
Очерк, Т. 1926 г.
11. Вяткин   Л.   В.   Материалы   к   иторической   географии   Самаркандского
вилаята. СКСО, вып.VII. Самарканд, 1902, с. 15.
12. Гребенкин А. “Энографический очерк Зарафшанского округа”. // ТВ.
1972 г. № 45.
13. Гумилев Л. Н. “Древние тюрки”. М. Наука, 1967 г.
14. Жабборов   И.М.   Ўзбеклар:   турмуш   тарзи   ва   маданияти.   -Т.Шарқ.
2008.
15. Жабборов И.М. Жаҳон халқлари этнографияси.Т. 1985.
16. Захриддин Мухаммад Бобур. “Бобурнома” Т. 1960-й.
17. Зияев   Х.З,   Лунин   Б.В   “Этонграфическое   изучение   быта   и   культуры
узбеков”,   “Кубаков   К   “О   некоторых   родоплеменных   группах   узбеков
верхней Кашкадарьи”. Т-1972 й.
18. Иванов.П.П. Указ. соч., 1954 г. с. 72.
19. История народов Узбекистана. Т. I. Т. Фан, 1967 г.
20. Йўлдошев.М. Найманми ёки най биланми? // “Зарафшон” газетаси,
1994 й. 19 февраль.
21. Кармышева   Б.Х,   “Очерки   этнической   истории   южных   районах
Таджикистана и Узбекистана”. М-1976 й.
22. Марков Г.Е. Кочевники Азии. М. 1976.
23. Материалы   всероссийских   переписей”,   Поселенные   итоги
Самаркандской области. Ч. 1, Выпуск  V -й, Т-1920 й.
24. Материалы   по   районированию   Узбекистана.   Выпуск   П.   Список
населенных пунктов. Сам-1926 г.
25. Маҳмуд Саттор.  Ўруғ,  шажара,  сулола //  sулоқот” журнали, 1994,
1-2- сонлар, 59-60 бетлар.
26. Муҳаммаджонов.А.   “Ҳасратли   тарих”   //Ўзбекистон   адабиёти   ва
санъати журнали, 1992 йил 8 май.
59 27. Поляков   С.П.   “Историческая   этнография   Средней   Азии   и
Казахстана. М. 1980.
28. Рахматов Т. “Топонимия города Самарканда и его окресностей”. АКД -
М. 1973. С.20.
29. Сагдуллаев А. Кабиров Ж. Ўрта Осиё археологияси. Т. 1990.
30. Самарқакд вилояти стасистика бошқармаси маълумотлари. 2012 й.
31. Самарқанд   вил   Нуробод   тумани   “Паспорти”   маълумоти.   2012йил   1
январ холотига.
32. Семенов А. А. К вопросу о происхождении и составе узбеков Шебани-
хана.   sатериалы   по   истории   таджиков   и   узбеков   Средней   Азии”.
Сталинабад, 1954. с. 24-26,29.
33. Снесаров Г. П. “Духоаный облик узбекского крестианина”. М. 1969 г.
34. Соболев   J 1. H .   Географическая   и   статистическая   сведения
Зеравшанском   округе.   Санкт-Петербург.   Типография   Императорской
Академии наук. 1874.
35. Ташев X “Культура и быт животноводов Зарафшанской долины (конец
XIX -60-е годы XX в.)”, Автореферат канд. Дисс., Т-1968 й.
36. Ташев   X,   “К   вопросу   о   составе   сельского   населения   Зарафшанской
долины”, Т-1965 й.
37. Токарев С.А. Этнографии народов СССР. М. 1958.
38. Толстов   С.   П.   “Народы   Средней   Азии   и  Казахстана”,   (серия   “Народы
мира”). Т. I. М. 1962.
39. Толстов   С.   П.   “Основные   проблемы   этногенеза   народов   Средней
Азии” //СЭ. 1947 г.
40. Ўзбек Совет Энциклопедияси, 9-том. Т-1977, 532-533 бетлар.
41. Ҳамдамов.Ж. Ўзбек тили тарихи,  I -қисм, С. СамДУ нашри, 1999.
42. Шониёзов К. Ш. “К этнической истории узбекского народа”. Т-1974 й.
43. Шониёзов   К.   Ш.   “Некоторые   вопросы   этнической   динамики   и
этнических связей узбеков в XIV - XVIII вв”, Т. 1986 г.
60 44. Шониёзов К. Ш. “Узбек халқининг шакиллиниш жараёни”. Т-2001 й.
1995
45. Якубовский   А.Ю.   “Из   истории   археологического   изучения
Самарканда”. // Сам. 1940 г.
46. Якубовский А.Ю. “К вопросу о этногенезе узбекского народа”, Т. 1941.
61

O’ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA O’RTA ZARAFSHON HUDUDLARIDA YASHOVCHI AHOLINING IJTIMOIY TARIXI REJA : KIRISH………………………………………………………………………….. I BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI I.1. O’rta Zarafshon vohasi shaharlari aholisning ijtimoiy va etnik tarkibi……… I.2. O’rta Zarafshon vohasi shahar aholisining turmush tarzi va mashg’ulotlari…. II BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI QISHLOQ AHOLISINING IJTIMOIY TARIXI II.1. O’rta Zarafshon vohasi qishloq aholisining etnik tarkibi…………………….. II.2. O’rta Zarafshon vohasi qishloqlari aholisi mashg’ulotlari………………......... XULOSA…………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….. 1

Kirish «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib k е lingan g’oyat ulkan, b е baho ma'naviy va madaniy m е rosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyat muhim vazifa bo’lib qoldi» 1 . Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini o’rganish sohasida, ancha salmoqli ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. O’zbekiston tarixini yaratilishining yangi konsepsiyasi aniq dalillar asosida, yozma manbalarga tayangan holda tarixni xolisona tadqiq etishni nazarda tutadi. O’rta Zarafshon vohasi aholisining ham siyosiy, iqtisodiy ahvolini o’rganish ham dolzarb vazifalardan sanaladi. O’rta Zarafshon vohasining XIX-XX asr boshlarida Buxoro amirligi tasarufida hamda Rossiya imperiyasi mustamlaka tizimi doirasida kechgan ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan bog’liq voqealar shular jumlasidandir. Ushbu tadqiqot obektini alohida mavzu sifatida o’rganish ehtiyoji quyidagilar bilan belgilanadi. O’rta Zarafshon vohasining Buxoro amirligining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy hayotida alohida o’rin tutadi: Bu hudud Turkuston general-gubernotorligining yetakchi, boy hududlaridan biri sifatida mustamlakachilik davrining barcha xususiyatlari o’zida yaqqol namoyon etgani. O’rta Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак й ўқ . Т 1998 56- б 2

Bu xususiyatlar amirlik hamda mustamlaka davrlardagi tub ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy vaziyatni o’ziga to’la ifoda etgan. Mavzuning o’rganilganlik darajasi: O’rta Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy, iqtisodiy hayoti to’g’risida manba va adabiyotlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh Rossiya imperiyasi mustamlakasi davriga oid tadqiqotlar. Bular konseptual jihatdan O’rta Osiyo Rossiya mustaqilligining muommosiga asoslangan hamda ko’proq o’lkaning tabiiy va mehnat resurslarini ehtiyoji yuzasidan yozilgan edi. Uchta davrga oid tadqiqotlar sifatida A. Vaibdi, N.V. Xanikov, A.P. Buchenko, L.A. Sabalov, V.V. Radlov kabi bir necha mualliflarning asarlarini aytib o’tish mumkin: Mazkur mualliflar O’rta Zarafshon vohasi aholisining hayotini aks ettiruvchi ko’plab ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Ikkinchi guruhga Sovet tuzumi sharoitida yozilgan tadqiqotlar kiradi. Ular komunistik mafkura ta’sirida yozilgan. U davr tarix mavsumining xulosalariga hozirgi kunga tanqidiy qarash lozim. Shunday bo’lsada, ilg’or olimlarning fidokorligi tufayli o’rganilayotgan mavzuning ba’zi bir yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tasavvurlar muayyan darajada boydir. Bular qatoriga P.P. Ivonov, G.A. Pugachenkova, A.A. Semyonov, M, Abduraximov, A.R. Muxammadjonov, Suxerovalarning ilmiy asarlarini kiritish mumkin. Uchinchi guruhga mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqotlar. D. Alimova, O.Ziyoyeva, Sh. G’offorov, Q. Rajobov, A. Kuraxmedov, T. Normurodova, K. Pardayevlarning ilmiy ishlarida O’rta Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: mavzuning mohiyatidan hamda tarix fanining talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni yoritib beriladi: O’rta Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibining tavfsiflash: O’rta Zarafshon vohasi aholisining hunarmadchiligini yoritish. 3

O’rta Zarafshon vohasi qishloq xo’jaligi sug’orma dehqonchilik va uning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish; O’rta Zarafshon vohasi aholisi o’rtasida chorvachilikning aholisining boyon qilish; Rossiya imperiyasining olib borgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlarini hudud doirasida o’rganish; O’rta Zarafshon vohasidagi shaharlar, ularning sifatidagi rolini o’rganish; Tadqioqtning ilmiy yangiligi: shundan iboratki, unda birinchi marta Zarafshon vohasi aholisining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy birinchi marta malakaviy bitiruv ishi tarzda tadqiq etildi. Bunda Zarafshon vohasi Buxoro amirligi va Turkuston general-gubernatorligida siyosiy jihatdan yuqori mavqeyiga ega hamda iqtisodiy jihatdan boy va aholisi zich ekanligining tarixiy sabablari ochib beriladi. Tadqiqotning ob’ekti: O’rta Zarafshon vohasi aholisi o’rganishga doir manba va adabiyotlar tadqiqotdan iborat. Tadqiqot pretmeti: O’rta Zarafshon vohasi aholisini o’rganish tarixiga oid manbalarning ilmiy- nazariy va qiyosiy taklash. Ilmiy yangilik: shuningdek bu hududdan Rossiya imperiyasi tamonidan istilo qilinish, iqtisodiy va ijtimoiy, siyosatining imperiyaga xarakteri ko’rib chiqiladi. Malakaviy bitiruv ishida taklif qilingan barcha jarayonlar O’zbek xalqi milliy manfaatlariga hamda tarixiy taraqqiyotning ob’ektiv ehtiyojlariga muvofiqligi nuqtayi nazardan kelib chiqilganligi undagi ilmiy yangilikning boshqa bir ko’rsatkichidir. 4

I BOB. O’RTA ZARAFSHON VOHASI SHAHAR AHOLISI TARIXI I.1. O’rta Zarafshon vohasi shaharlari aholisning ijtimoiy va etnik tarkibi Zarafshon vohasida joylashgan Samarqand shahri Buxoro amirligining asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. Bu viloyat o’zining ajoyib tabiati, hosildor yerlari va go’zal bog’lari bilan amirlikning boshqa hududlariga nisbatan alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Samarqandning o’ziga xos siyosiy mavqyei, boy iqtisodiy markaz sifatida ko’zga tashlanib turishi, turli davrlarda taxt tepasiga kelgan sulola vakillarining nazaridan chetda qolmagan. Jumladan, XVIII asr o’rtalariga kelib, Buxoro xonligi mang’it urug’idan bo’lgan sulola vakillarining qo’liga o’tgach, Samarqand shahri ham amirlik tarkibiga kiritilgan. Buning uchun, sulola vakillari tomonidan harbiy yurishlar amalga oshirilib turilgan. Shuning uchun ham viloyat va ayniqsa Samarqand shahri turli davrlarda harbiy istilolar va yurishlarning obyekti bo’lib kelgan. Bu esa o’z o’rnida strategik va geografik nuqtai-nazardan qulay va tabiiy boy bo’lgan hududda doimo iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonlari davom etib kelsada, harbiy yurishlar natijasida xalq mehnati natijasida erishilgan madaniy va iqtisodiy yutuqlar vayronagarchiliklar natijasida barbod qilingan. Biroq, yana barqarorlik davrlarida iqtisodiy va madaniy taraqqiyot o’z yo’lida rivojlanishda davom etgan. Xususan, XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmi Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida yangi davr bo’lgan. Bu davrdai Markaziy Osiyo xonliklari Eron shohi Nodirshohning vafotidan so’ng (1747) o’z mustaqilliklarini qo’lga kiritib, uzoq vaqt davom etgan inqiroz davridan keyin iqtisodiyot va madaniyatni tiklay boshlaganlar. Uch xonlikda ham siyosiy jipslik 5