QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING TASHKIL
MUNDARIJA KIRISH ASOSIY QISM 1-BOB. QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI, TARIXINING ASOSIY MANBALARI VA TARIXNAVISLIGI 1.1. Ilk va qadimgi podsholik davrida Misr, geografik o’rni, tabiati va aholisi, dehqonchilik va chorvachilik 1.2. O’rta va yangi podsholik davrida hamda Giksoslar humronligi ostida Misr 2-BOB. 19-20- SULOLALAR PODSHOLIGI VA SO’NGGI PODSHOLIK DAVRIDA MISR, MA’DANIYATI , FANI VA DINIY E’TIQODI 2.1. 19-20- sulolalar davrida Misr podsholigi,boshqa davlatlar tomonidan Misrning egallab olinishi 2.2. Qadimgi Misr ma’daniyati maktab, maorif va tarixiy va geografik bilimlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
KIRISH Qadimgi Sharq tarixi Qadimgi dunyo tarixining tarkibiy qismini tashkil etib, u Shimoliy, Shimoli-sharqiy Afrika, Old, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoning ulkan hududini ishg‘ol qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, Qadimgi Sharq tarixining davriy sanasi m. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidan to milodiy IV asr oralig‘idagi davrni o‘z ichiga oladi. Bu ulkan hudud o‘zining xilma-xil tabiiy sharoiti: yer usti tuzilishi, iqlimi, suv manbalari, osmono‘par Himolay, Pomir, Hindikush. Kunlun, Tyanshan tog‘lari, o ‘simIiklarga va hayvonot dunyosiga boy bo‘lishligi bilan o‘ta qadimdan boshlab hamma davr odamlaming diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Sharqiy, Markaziy, Janubi-sharqiy, Janubiy va O‘rta Osiyo ilk odamzod yashagan o‘lkalar qatoriga kirib, olimlar bu hududni antropogenez jarayoni sodir bo‘lgan mintaqaga kiradi, deb hisoblaydilar. Bu katta hududda ibtidoiy jamoa tuzumining hamma bosqichlarida odamlar yashab kelgan. Bu ulkan hududda yashagan ibtidoiy kishilar o‘zlari uchun qulay, hayvonot va o‘simlikIar olamiga boy bo‘Igan joylarda istiqomat qilib, dastlab yovvoyi hayvonlarni ovlab, ildizmevali va mevali daraxtlaming mevalarini, shuningdek, qushlarning tuxumini va katta-kichik hashoratlarni terib yeb tirikchilik o ‘tkazganlar. Keyinchalik esa Sharq dunyosining odamlari daryo bo‘ylarda, jilg‘a, buloq, kichik-kichik soylarning etaklarida termachilikdan asta-sekin loyqa liman va qayr dehqonchiligiga, so‘ng esa katta-kichik daryo bo‘ylarida ilk sug‘orma dehqonchilikka o‘ta boshlaganlar. Qadimgi odamlar ovchilikdan yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, chorvachilikka asos solganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumining neolit-yangi tosh davriga kelib esa hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivojlana borgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Qadimgi Sharqda ishlab chiqarishning rivojlanishi munosabati bilan bu hududda birinchi, ikkinchi va uchinchi mehnat taqsimoti sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan, ya’ni xo‘jalikning rivojlana borishi natijasida jamiyatdagi kishilar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanishning vujudga kelishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. Shu tariqa urug‘chilik tuzumining yemirilishi munosabati bilan jamiyatni boshqarish tizimi shakllana borib, joylarda ilk davlatlarning tashkil topishi munosabati bilan Nil, Dajla (Tigr), Frot (Efrot), Qadimgi Sayxun, Jayxun, katta-kichik daryolaming unumdor vodiylaridagi qulay tabiiy sharoitlar m.av. IV mingyillikdayoq sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishiga yordam bergan. 2
Sharqshunos olim V.I.Avdiyev yozganidek Qadimgi Sharq xalqlari tuzumining boshqalardan farq qiladigan eng muhim xususiyati - unda urug‘chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi, shuningdek, qadimgi jamoa, avvalo oila jamoasi, keyin esa qishloq jamoasi qoldiqlarining mustahkam saqlanib qolganligidir. Ammo hududda ishlab chiqarish kuchlaming rivojlanishi ijtimoiy tuzumni o‘zgartirib yuboradi. Qadimgi Sharq dunyosida metallurgiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi texnikani bir qadar taraqqiy qildirib, qishloq xo’jaligining va asosan hunarmandchilikning rivojlanishiga turtki berdi. Та’kidlamoq joizki, chorvachilikning dehqonchilikdan, keyinroq hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi hamda hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish sohasida turli tarmoqlarning paydo bo‘Iishi qo‘shimcha yordamchi ishchi kuchini talab qilgan. Endilikda xo'jalikning hamma tarmog‘ida ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lingan. Buning uchun ishlab chiqarishga yangi ishchi kuchi talab qilinganki, urushlarda asir tushgan kishilar va qarzdorlar qul sifatida ishlatila boshlangan. Shu tariqa dastlabki qulchilik vujudga kelgan. Ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozorga olib chiqib boshqa buyumlarga almashtirish boshlangan. Shuningdek, turli metallardan tangalar zarb qilingan. Aholi orasida ayirboshlashishini araalga oshiradigan savdogarlar pay do bo‘lgan. Savdogarlikning paydo bo‘lishi munosabati bilan mehnatning uchinchi yirik ijtimoiy bo‘linishi sodir bo‘lgan. Qadimgi Sharq dunyosidagi davlatlarda ham bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshirilgan. Xo'jalikning hamma tarmoqlarida kishilaming ehtiyojidan tashqari ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilgan. Ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarish esa qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqargan. Qabilalar va davlatlararo bo‘lib o‘tgan urushlarda g‘oliblar tomonidan qo‘lga olingan asirlar qulga aylan - tirilgan. Ikkinchidan qashshoq aholi orasida qarzga botgan kishilar ham qul qilinib, xo‘jalikning hamma tarmoqlarida shafqat qilmay ishlatilgan. Xo‘jalikning hamma tarmoqlari rivojlanishi, mahsulotlaming bir hovuch kishilar qo‘lida to’plana borishi natijasida jamiyatda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik, tabaqalanish yanada kuchayib borgan. Qarzdorlik, urushlarda asir tushgan kishilar qul va qulchilikning eng muhim manbai bo‘lgan. Sharq dunyosining Xitoydan O‘rtayer dengizigacha bo‘lgan joylarida birin- ketin jamiyatning qullar va quldorlar tabaqasiga bo‘linishi jarayoni sodir bo‘lgan. Ammo qadimgi Sharqda qulchilik Qadimgi Yunoniston va Rimga nisbatan juda ham sekin rivojlangan. Tarixchilar Sharqdagi bu qulchilikni “ibtidoiy qulchilik” deb ataganlar. Boylar, aslzodalar va badavlat savdogarlar, katta yer-mulkka ega bo’lganlar, shuningdek, quldorlar bilan kambag‘allar va qullar o‘rtasida kuchli 3
tabaqaviy kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Bu hol jamiyatda davlat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Demak, davlat va uning tashkilotlari majmuasi quldorlarga qullar va aholining qashshoq qatlamining qarshiligini va qo‘zg‘olonlarini bostirish uchun zarur bo’lgan. Ikkinchidan Qadimgi Sharqda tashkil topgan davlatlar va ularning qo‘shni mamlakat va o‘zgalar yer-mulkini bosib olishi uchun ham xizmat qilgan. Qadimgi Sharqdagi bu davlatlar “sharq despotiyasi”, ya’ni “mutlaq hokimiyati”, deb atalgan. 1 I BOB 1 Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. 45-bet 4
1.1 Ilk va qadimgi podsholik davrida Misr, geografik o’rni, tabiati va aholisi, dehqonchilik va chorvachilik. Misr sharqdagi eng despotik davlatlardan biri bo’lib, u Afrika qit’asining shimoli- sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir.Nil dunyodagi eng katta daryo, uzunligi 6500 kilometrdan ortiqdir.U markaziy Afrikaning katta ko’llaridan oqib chiqadigan Oq va Ko’k nil daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Daryo to’rt sharshara- ostonalardan o’tgach 700 kilometr masofada vohadan oqib o’tadi va bir necha tarmoqlarga bo’linib O’rtayer dengiziga quyiladi. Toshqin paytida Nil ko’pdan-ko’p o’simliklar va turli tog’ jinslarini oqizib keladi. Oqib kelgan tog’ jinslaridan daryo qip-qizil tusga kiradi. Toshqin tugagach, o’simlik chirindilari va tog’ jinslaridan hosil bo’lgan zarralar suv bosgan joylarda cho’kib, qoramtir quyqumlar qoldiradi. Quyqumlar qurib serhosil qora tuproqli yer hosil qiladi. Shuning uchun ham misrlillar Nil vohasini “Qora yer” , yunonlar esa “Egipet” deyishgan Misrning g’arb tomonida Liviya yassitog’ligi, sharq tomonida esa Arab qirlari joylashgan. Mamlakat janubi Nubiya tog’lari bilan tutashadi. Misr issiq mamlakat. U yerda yog’ingarchilik kam bo’ladi. Nil sohillarida xilma-xil o’simlik va yovvoyi mevalar, xususan lotos, papirus va qamishlar o’sib yotadi.Qadimdan hayvonot dunyosi boy bo’lib. Nil sohillarida sher , qoplon, buyvol, yovvoyi buqa, jirafa, antilopa,timsoh va gippopatam kabi katta-kichik hayvonlar yashagan.Daryoda baliq, suv hayvonlari, to’qayzorlarda esa har turli qushlar ko’p bo’lgan.Yovvoyi hayvon va o’simliklar qadim zamondan boshlab ibtidoiy kishilarning ozuqa va ov manbai bo’lgan. Misrda mis, oltin kabi ma’danlar va har xil toshlar ko’p. Qadimgi misrliklar hayotida Nil daryosining ahamiyati juda katta bo’lgan. Mashhur Yunon tarixchisi Gerodot “Misr –Nil in’omi, tuhfasi” deb yozgan ekan. 2 Misrning qulay geografik o’rni va boy tabiiy sharoiti qadim zamondan boshlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelgan. Ibtidoiy Odamlar Nil vohasiga juda qadim zamondan boshlab kishilarni o’ziga jalb qilib kelgan.Ibtidoiy odamlar Nil vohasiga juda qadim zamonlardayoq kirib kelishgan. Mashhur arxeolog D.D. Klarkning ma’lumotlariga ko’ra, Misrda ibtidoiy odamlar odamlar 80-90ming yildan beri yashab kelar ekanlar. Ammo daryo toshqini odamlarning bu yerda doimo yashashlariga xalaqit bergan. Arxeolog olimlar Fayum vohasidan bundan 25-30 ming yillar ilgari yashagan odamlarning manzilgohlarini topishgan. Bu yerdan topilgan arxeologik ashyolar shu davr odamlari yog’och, qamish, lotos va papiruslardan chaylalalar qurib yashaganligi, tosh, yog’och va suyaklardan qurollar yasab ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi. 2 Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tarixi, T., 1956;Turayev B. 178-bet 5