QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING PAYDO BO‘LISHI
QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLARNING PAYDO BO‘LISHI MUNDARIJA: I. KIRISH II. ASOSIY QISM I BOB. QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLAR TASHKIL TOPGUNIGACHA BO‘LGAN VAZIYAT I.1. Qadimgi Misrning geografik o‘rni va tabiati I.2. Qadimgi Misr aholisi va mashg‘ulotlari I.3. Qadimgi Misr tarixining xronologiyasi va davrlarga bo‘linishi II BOB. QADIMGI MISRDA DASTLABKI DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI SABABLARI II.1. Ilk va qadimgi podsholik davrida Misr (mil.avv. XXXIII -XXIII asrlar) II.2. O‘rta va yangi podsholik davrida Qadimgi Misr (mil.avv. XXI-XVIII asrlar II.3. So‘nggi podsholik davrida Misr (mil.avv. XI - IV asrlar) III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI [ 1 ]
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1 kmdan 20 km.gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. (“Yegipet” nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha “Xetkau-Ptax” yoki xikupta “xudo Ptaxning ruhi qal’asi” ma’nosini bildiradigan so‘zdan kelib chiqqan.) Misrliklar o`z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab Kemet-“qora yer” deb ataganlar. Afsuski, biz Misr tarixidagi ilk davr qancha davom etganini ham bilmaymiz. Har holda, biz aniq aytishimiz mumkinki, miloddan avvalgi 3000-yil Nil vodiysida allaqachon davlat mavjud edi. Qadimgi Misr tarixining aniq xronologiyasi ham etarli emasligi sababli mumkin emas. Shuning uchun vaqt ko‘pincha asrlar bilan emas, balki an'anaviy ravishda sulolalar tomonidan belgilanadi. Turli olimlar tomonidan Misr tarixi turlicha davrlashtirilgan. Mana shunday masalalar mavzuyimizning dolzarb tomoni hisoblanadi. Misr Afrika qit’asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo`yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog‘langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O`rtayer dengiziga tutashgan. 1 Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug‘ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809— 1828-yillari 48 tomli “ Misr tasviri ” nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua Shampolyon qadimgi misr yozuvini o‘qidi. Shampolon misrshunoslik asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh “Misr xronologiyasi ” , “Misr fir’avnlari to‘g‘risida kitob” asarlarini yaratdilar. XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi. 1 Kabirov A. Qadimgi Sharq tarixi. – T.: “Tafakkur”, 2016-y . 15-bet [ 2 ]
1) Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni o‘tkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi ishlab chiqildi, topilmalar o‘iganildi va doimiy saqlana boshlandi. 2) Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi. 3) Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar to‘plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib borgan olim O.Mariyettining misrshunoslik fanining taraqqiyotidagi xizmati katta bo‘ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning davomchisi bo‘ldi. U III tomli “Qadimgi davrda Misr tarixi ” , Brested II tomli “Misr tarixi ” , Maspero “Misr tarixi ” va Ed.Meyer “ Qadimshunoslik tarixi ” asarlarini yozdilar. Misrshunoslikning yangi davri XX asming 20-yillariga to‘g‘ri keladi. Angliyada “ Kembridj Qadimgi tarixi ” seriyasi chop etilib (I-XI tomlari, 1928- 1938-yillarda chop etildi), nemis olimlari A.Erman va X.Tropye (1926-1931-y.) V tomli Misr lun'atini tuzdilar. A.Gardner III tomli “ Vilbur papimsi ” , “ Ramseslar davri ma’lumoti hujjatlari ” va “ Misr onomastikasi” asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy arxeologik qazishmalami Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX asming 20-yillaridan boshlab, o‘zi misrlik bo‘lgan olimlar arxeologik qazishmalami boshladilar. Rus olimlari ham Misr tarixini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydilar. V.G.Barskiy degan odam 1727—1730-yillarda bir necha sharq mamlakatlarini aylanib chiqqan, shunda Misrda ham bo‘lgan, Barskiy, Qohira, Rozelt va Iskandariyada bo‘lib, o‘zining “ Sayohat ” degan asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda mashhur yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlaiga rasmlami ilova qilgan, muallif bu rasmlami shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgoriikdagi iyeroglifni yozuvchi o‘z zamonasiga ko‘ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur ms olimlari V. To‘rayev, I. Nikolskiy, E. [ 3 ]
Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydilar. Misr arxeologiyasi. XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug‘ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809— 1828-yillari 48 tomli “Misr tasviri” nomli kitobni nashr etdilar. 1822 - yili Jak Fransua Shampoon qadimgi misr yozuvini o'qidi. Shampolon misrshunoslik asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh “Misr xronologiyasi”,”Misr fir’avnlari to‘g‘risida kitob” asarlarini yaratdilar. XIX asming 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi. Misrda asosiy arxeologik qazishmalami Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX asming 20-yillaridan boshlab, o‘zi misrlik bo‘lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar. Rus olimlari ham Misr tarixini o'rganishda muhim o‘rin egallaydilar. V.G.Barskiy degan odam 1727—1730-yillarda bir necha sharq mamlakatlarini aylanib chiqqan, shunda Misrda ham bo'lgan, Barskiy, Qoxira, Rozelt va Iskandariyada bo‘lib, o'zining “ Sayohat ” degan asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda mashhur yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlaiga rasmlarni ilova qilgan, muallif bu rasmlarni shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni yozuvchi o‘z zamonasiga ko‘ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur rus olimlari V. To‘rayev, I. Nikolskiy, E. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydilar. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsad va vazifasi Qadimgi Misrning tabiati, aholisi, ijtimoiy tuzumi, ilk davlatlarning tashkil toppish shart-sharoitlari, ilk davlatlarning tashkil topishi, Qadimgi Misr tarixining davrlashtirilishi kabi masalalarni umumiy jihatlarini tahlil qilishdir. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, 6 ta bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. [ 4 ]
I BOB. QADIMGI MISRDA ILK DAVLATLAR TASHKIL TOPGUNIGACHA BO‘LGAN VAZIYAT I.1. Qadimgi Misrning geografik o‘rni va tabiati Qadimgi Misr hududi Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib. iqlimi nisbatan issiq, sug‘orma dehqonchilikka qulay, Nil darvosi uni kesib o‘tadi. Mazkur daryoning uzunligi 6671 km. ni tashkil etadi. Daryo qirg‘oqlan turli joylaida o‘rtacha 10-20 kilometrga yaqin vodiylarni tashkil qilgan. To‘yingan unumdor tuprtxj Afrikaning ekvatorial qismidan shiddatli Nil to‘lqinlari orqali shimolga oqizib chiqai'iladi. Sungra Misr hududida mavsumiy toshqin (odatda iyundan noyabr oyigacha) oqibatida daryo qirg‘oqlarida tinib hosildor vodiylami tashkil qilgan. Shimolda Nil irmoqlarga bo‘linib, Deltani (uchburchak) tashkil qilgan va 0‘rtayer dengiziga quyilgan. Ushbu dengizni qadimgi misrliklar “Uadj- Ur” (Buyuk yashillik) deb ataganlar Qadimda Nil deltasida botqoqliklar ko‘p bo‘tgan. G‘arbda Misr, Liviya cho‘llari, shimoli-sharqda Yaqin Sharq hududi va janubda Nubiya (Shimoliy Sudan) bilan o‘ratgan. Sharqiy qirg‘oqlan Qizil dengizga tutashgan, uni qadimda misrliklar “She-Iaru"(Iaru ko‘li) deb nomlaganlar. Qizil dengiz qirg‘oqlarini “Ta-Nuter” sifatida tilga olganlar, Misr zamini mis, oltin, qo‘rg‘oshin va yarim qimmatbaho ma’danlariga boy maskan hisoblangan. Misni asosan Sinay yarimorolidan qazib olganlar va tosh bilan birga ziroatchilik va chorvachilikda keng qo‘llashgan. Ohaktosh, granit va kvars Misrda ko‘p uchragan. Ma’danga boy rudalar Ва r ка tog‘idan qazib olingan. Misr iqlimi nisbatan mo‘tadil bulganligi va Yaqin Sharq iqlimiga yaqin ekanligini olimlar (L. S. Berg va K. V. Butser) ta’kidlab o‘tganlar. Ni) qirg‘oqlari qamish, papirus va boshqa o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan edi. Daryoda ko‘plab baliq turlari mavjud boiib, baliqchilikka qulay hisoblangan. Barakali daryo bo‘ylarida o‘rdak, g‘oz, ibis va boshqa qushlar ko‘p uchragan, Umundor tuproqda bug‘doy, arpa, tarvuz, qovun, va turli xil sabzavotlar(piyoz, bodring, sarimsoq, sabzi va boshqalar) yaxshi [ 5 ]