logo

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

126.5 KB
MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI
TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI
                          Reja.
1. Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi.
2. Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar  faoliyati va ularning tarixiy
merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari.
3. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar 
4. Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar. O‘zbekistonning   eng   yangi   tarixida   muhim   bosqich   sifatida   kechayotgan
so‘nggi   yillar   (2016-2018)da   ilmiy   tadqiqotlarga,   ilmiy   muassasalarning
faoliyatiga   jiddiy   e’tibor   qaratilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Fanlar
Akademiyasi,   O‘zbekiston   Oliy   attestatsiya   qo‘mitasi   kabilarni   ishini   yanada
takomillashtirish   bilan   bog‘liq   chora-tadbirlarning   hayotga   joriy   etilayotganligi
fikrimizning dalilidir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SH.Mirziyoevning   2016   yil   18   oktyabrdagi
Islom   hamkorlik   tashkiloti   Tashqi   ishlar   vazirlari   kengashi   43-sessiyasining
ochilish   marosimida   “Ta’lim   va   ma’rifat-tinchlik   va   bunyodkorlik   sari   yo‘l”
mavzusidagi   nutqida:   “...Mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   ajdodlarimizning
muqaddas  dini  bo‘lgan  islomning jamiyatimizdagi   o‘rnini  qayta  tiklash  bo‘yicha
ulkan   ishlar   amalga   oshirildi.   1999   yil   Toshkentda   Markaziy   Osiyoda   birinchi
Islom   universiteti   ochildi.   Mamlakatimizda   10   ta   diniy   ta’lim   muassasasi,
jumladan,   Toshkent   islom   instituti,   9   ta   o‘rta   maxsus   o‘quv   yurti   faoliyat
ko‘rsatmoqda.   Ana   shu   ta’lim   maskanlari   orasida   XVI   asrda   bunyod   etilib,   ilm-
fanni   keng   yoyishga   xizmat   qilgan   Buxorodagi   Mir   Arab   va   Toshkentdagi
Ko‘kaldosh madrasalari bor".
Mustaqilikka   erishganimizdan   boshlab   mamlakatimiz   hayotida   tub   o`zgarishlar
yuz   berdi.   O`z   mustaqilligini   qo`lga   kiritgan   O`zbekiston   Respublikasi   milliy
davlatchiligini   barpo   qilish   bilan   bir   qatorda   xalqaro   maydonda   ham   o`zining
barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy
merosi   va   milliy   qadriyatlari   bilan   dovrug`   tarata   boshladi.   Garchi   mustabid
sho`rolar   hukmronligi   davrida   O`zbekiston   tarixi   fani   to`laqonli   tadqiqotini
amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek
asrab   keldi.   Bu   tarix   sahifalari   xalqimizning   boy   o`tmishini   bizgacha   yetkazib
bera   olgan   qo`lyozma   asarlarimiz   va   xalqimizning   xotirasi   edi.   Ma`naviy
hayotning   ajralmas   qismi   bo`lgan   tarixga   yangicha   ko`z   bilan,   xolisona,   ilmiy
jihatdan   hech   bir   mafkuraviy   aqidasiz   yondashish   imkoniyati   bo`ldi.   Avvalo,
tarixiy   xotirasini   tiklash,   haqqoniy   tarixini   yaratish   vazifasi   qo`yildi.   ―   Tarix xotirasi,   xalqning,   jonajon   o`lkaning,   davlatimiz   hududining   xolis   va   haqqoniy
tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va
o`stirish   jarayonida   g`oyat   muhim   o`rin   tutadi,   -   deb   ta`kidlaydi   O`zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov.   Mazkur   jarayonda   o‘zbek   davlatchiligini
tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―…
o‘zbek   tarixchilarining   bugungi   kundagi   asosiy   vazifasi…   davlatchiligimizni
ilmiy   nuqta‘i   nazardan   asoslangan   tarixini   yaratishdir ,   -   deb   ta‘kidlaydi‖
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   2   Albatta   yuqorida
ta`kidlanganimizdek  mustaqillik  biz uchun,  tariximiz  uchun  qorong`u sahifalarni
yanada   oydinroq   yoritish   imkoniyatini   yaratib   beradi.   O`tgan   yaqin   yillar
oralig`ida   ajdodlarimizning   yuzlab   qo`lyozma   asarlari   dunyo   yuzini   ko`rdi.
Respublikamizda   va   xorijda   minglab   nusxalarda   nashr   etildi.   Bu   ham
tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. 
Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   va   ilmiy   adabiyotlar
masalaning   mohiyatiga   bo`lgan   yondashuv   tubdan   o`zgarib,endi   tarix   haqqoniy
ravishda   ilmiylikka   asoslangan   holda   yoritila   boshlandi.   Bu   davrda   yaratilgan
ishlarga   H.Z.Ziyoyev,   H.N.Bobobekov,   V.Ishquvvatov,   Sh.Mahmudovlarning
Sh.H.Vohidov,   Z.Ilhomov,   7ilmiy   ishlarini   ko`rsatib   o`tish   mumkin.
H.Z.Ziyoyevning   ―Turkistonda   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurash   asari,   ―Turkiston   chor   mustamlakasi   davrida   kabi   asarlar   keyingi	
‖ ‖
yillarda   nashr   etilgan   ishlar   orasida   o`zining   mukammalligi   bilan   alohida   o`rin
tutadi.
Tarixiy   va   madaniy   yodgorliklar   xalqimizning   ma’naviy   qiyofasini
shakllantirishda,   yosh   avlodda   vatanparvarlik   va   milliy   iftixor   tuyg’ularini
tarbiyalashda   muhim   o’rin   tutadi.   Shuning   uchun   ham   istiqlol   yillarida
respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash
va   ulardan   foydalanishga   katta   e’tibor   berilmoqda.   Tarixiy   obidalar   va   madaniy
yodgorliklarni   asrash   va   qayta   tiklash   O’zbekistonda   davlat   siyosati   darajasiga
ko’tarildi.   Bu   borada   Prezidentimiz   I.A.Karimov   quyidagilarni   ta’kidlagan   edi: “Mustaqilligimizning   dastlabki   kunlaridan   ajdodlarimiz   tomonidan   ko’p   asrlar
mobaynida  yaratib   kelingan  g'oyat   ulkan,   bebaho   ma’naviy   va   madaniy  merosni
tiklash   davlat   siyosati   darajasiga   ko’tarilgan   nihoyatda   muhim   vazifa   bo’lib
qoldi”67.   Hozirgi   kunda   respublikada   7216   ta   yodgorlik   davlat   muhofazasiga
olingan   bo’lib,   shundan   2248   tasi   me’morchilik,   1695   tasi   arxeologik
yodgorliklardir.   Respublika   hukumati   ushbu   yodgorliklarni   saqlash,   ularning
ayrimlarini   qayta   tiklash,   tarixiy   obidalardan   unumli   foydalanishga   qaratilgan
qator   chora-tadbirlarni   ishlab   chiqib,   uni   qadam-baqadam   amalga   oshirib
kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni
qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan
amalga  oshirildi.  Ayni   vaqtda  homiylar,  xayriya  jamg'armalari  va  “Oltin  meros”
jamg'armasining   imkoniyatlari   ishga   solindi.   Natijada   mustaqillik   yillarida   bu
sohaga   sarf   qilingan   mablag'lar   yildan-yilga   oshib   bordi,   tarixiy   va   me’moriy
yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida
respublikadagi   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklarni   ta’mirlash   va   tiklash   ishlariga
1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda
respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa
592 mln so’mni tashkil etdi.
“Buxoro   haqiqati”   va   “Buxoronoma”   gazetasi   sahifalarida   Buxoro   vohasidagi
tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham
chop   etilgan.   Gazeta   sahifalarida   ma’muriy   inshoot   binolaridan   Ark   va   Sitorai
Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev,
A.Xalilovlarning69   maqolalari,   shu   bilan   birga,   Buxorodagi   muqaddas
qadamjoylar,   masjid,   madrasalar,   qadimgi   savdo   inshootlari   va   karvonsaroylar
xususidagi   J.Mirzaahmedov,   R.Almayev,   A.Mo’minov   K.Jumayev,   N.Naimov,
A.Xalilov,   S.Buxoriy,   A.Xalimov,   Yo.Yusupov   va   S.Salimovlarning70   ilmiy
maqolalari keng o’rin olgan. Ushbu maqolalarda vohadagi tarixiy yodgorliklar va
ularning   ta’mirlanish   tarixi   masalalariga   bag’ishlangan.   Jumladan,   Buxorodagi ma’muriy   inshoot   binolaridan   Ark   tarixi   to’g’risida   N.Naimov,   X.Ahmedov,
A.Xalilovlovlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida yoritib berganlar
Arkning   asoschilari   Siyovush   va   Afrosiyob   tarixiy   shaxslar   bo’lganligi
N.Yo’ldoshev   maqolasida   quyidagicha   izohlab   beriladi:   “Siyovush   otasi
Kaykovus   Ahamoniylar   sulolasidan   bo’lib   VI   asrda   Eronda   hukmronlik   qilgan.
Abu   Rayhon   Beruniy   Siyovushnig   o’g’li   Kayxusrav   Xorazmda   hukmron
bo’lganligini tarixiy faktlar asosida tasdiqlaydi. Buxoro majusiylari Afrosiyob va
Siyovush   qabrini   muqaddas   bilib   sajda   qilganlar.   Buxoro,   Samarqand,   Xorazm
xalqlari   qadimgi   an’analarni   davom   ettirib   Buxorolik   musulmonlar   XX   asr
boshlariga   qadar   Siyovushni   shahid   bo’lganlar   qatorida,   qabrlarini   ziyoratgohga
aylantirib,   Siyovushni   vali   (madadkor)   deb   bilganlar”.   Yuqoridagi   dalillardan
tashqari Siyovush zamonida yashab kelayotgan mahalliy urf odatlar va an’analar
borki uning tarixiy shaxs ekanligidan dalolat beradi. Birinchidan, Buxoro arkining
sharqiy   darvozasi   Dari   Kohfurushon   (Somonfurushon)   deb   atalgan   chunki,
darvozaning   pastidagi   maydonchada   Buxoro   arki   paydo   bo’lgandan   buyon
dehqonlar somon, beda va boshqa mol ozuqalarini keltirib sotganlar. Ikkinchi dalil
Siyovush   shahid   bo’lgandan   keyin   “Dari   Kohfurushonda”   ko’milgani   uchun   bu
darvoza   “Dari   Go’riyon”   deb   atalgan.   Qadimgi   so’g’d   va   fors   tilida   “qabr”-go’r
degan   manoni   bildiradi.   Uchinchi   dalil   Siyovushning   xotirasiga   bag’ishlab
aytiladigan   Mug’lar   yig’isi   marsiyasi,   o’zgargan   holda   vafot   etgan   kishining
o’lgan   kuni,   “begoyi   juma”,   “qirq   oqshomi”   marosimida   oymullalar   tomonidan
marsiya   aytish   odat   tusiga   kirib   qolgan.   To’rtinchi   dalil   Navro’z   kuni   ertalab
erkakalar   tomonidan   xo’roz   so’yilib,   bu   an’ana   ham   o’zgartirilgan   holda
saqlangan.   Navro’zda   xo’roz   so’yish   odat   ga   aylanib,   buni   buxoroliklar   “Qozon
to’ldi”deb   ataydilar   .   Ushbu   me’moriy   majmuaning   qadimiy   inshootlardan
bo’lishiga   qaramay   mustaqillik   yillarigacha   bo’lgan   davrda   binoning
ta’mirlanishiga   yetarli   darajda   e’tibor   berilmagan.   Sovet   hokimiyati   yillarida
Buxoro   Xalq   Sovet   Respublikasi   tomonidan   qabul   qilingan   dastlabki
dekretlarning birida Respublika xalq maorif nozirligi huzurida “San’at va tarixiy yodgorliklarni   muxofaza   etish   seksiyasi”   tuzilgan.   Seksiya   ta’mirlash   ishlarini
qayta   tiklashdan   boshlab   19211922yillarda   Arkning   g’arbiy   devori   ta’mirlandi.
Lekin keyinchalik ta’mirlash ishlari olib borilmagan edi. Ark devorlarini tiklashga
1   mln   so’m   kerakligi,   ushbu   mablag’ning   yetarli   emasligi   va   O’zbekiston   SSR
Madaniyat Minstirligining Restavratsiya ilmiy tadqiqot institutui tomonidan faqat
uning   g’arbiy   devorini   ta’mirlash   bo’yicha   loyiha   ishlab   chiqilib,   devorning
janubiy   qismi   ning   ta’mirlanish   rejasi   ishlab   chiqilmaganligi,   Arkni   ta’mirlash
ishlariga   partiya,   sovet   tashkilotlari   va   jamoatchilik   birlashm   alari   diqqatini   jalb
qilish lozimligi N.Naimovning maqolasida aytib o’tilagan. XX asrning 80yillarida
arkni   tamirlash   ishlari   yetarli   darajada   e’tibor   berilmagan.   Ushbu   davrda   ark
devorni ta’mirlash uchun bor yo’g’i 2 mingta g’isht ajratilgan edi .
O’zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so’ng,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida
Buxoro  ilmiy  ta’mirlash   ustaxonasining   bunyodkorlari   A.Xo’jayev,  M.Xo’jayev,
S.Raxmatov,   A.Pak,   U.Troshuv,   S.Rustamov,   N.Fozilov,   B.Xoldorov   va
X.Salomovlar   Ark   devorlarini   qaytada   n   tiklash   tadbirini   amalga   oshirish
tashabbusi   bilan   chiqqanlar.   Sarmoya   yetishmasligi   sababli   Arkni   ta’mirlash
tadbirlarini amalga oshirish uchun viloyat miqyosidagi korxonalar va tashkilotlar
ushbu   ta’mirlashni   amalga   oshirish   uchun   Sanoat   qurilish   bankining   002700050
hisob raqamiga mablag’ o’tkazishgan.3
O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2010-yil   23-martda   qabul
qilgan   “2020-yilgacha   Buxoro   shahri   hududidagi   madaniy   meros   obyektlarni
ilmiy   o’rganish,   ta’mirlash   va   ularni   zamonaviy   foydalanishga   moslashtirish
bo’yicha   davlat   dasturi   to’g’risidagi”   qaroriga   muvofiq   Ark   qal’asi   qayta
ta’mirlandi.   Ta’mirlash   ishlariga   poytaxtdagi   “Meros   chashmasi”   korxonasi
loyihalovchilari   jalb   qilindi.   Ular   obyektni   asl   qiyofasini   saqlagan   holda   qal’a
devorini   avvalgidan   ham   mustahkamlash   tarxini   tayyorlab   berdilar.   Buxoro
azaldan   sharqning   yetti   iqlimga   tanilgan   qadimiy   shaharlardan   biridir.   Bunday shuhratning sabalaridan biri shahardagi ulug’vor masjid va madrasalardir. Buxoro
shahrining markazidagi ulug’vor inshootlaridan biri Poyi Kalon ansambli o’zining
betakrorligi   bilan   ajralib   turadi.   Poyi   Kalon   ansambli   tarkibidagi   inshootlardan
biri   Masjidi   Kalonning   qayta-qayta   yaratilish   tarixiga   nazar   tashlab,   Buxoroning
rivojlanish   va   inqirozli   bosqichlarini   belgilash   mumkin.   Arslonxon   qurdirgan
mahobatli masjid Buxoroda barpo etilgan birinchi sajdagoh emas. Narshaxiyning
naql qilishicha, Buxorodagi dastlabki  masjid Muslimxonning taxt vorisi Qutayba
tomonidan   713-yilda   bunyod   etilgan.   Qutayba   bu   sajdagohni   budparastlar
ibodatxonasi o’rnida qurdirgan. O’sha davrda islom dini endigina Buxoroga kirib
kelayotgan   edi.   Xorun   ar-Rashid   zamonida   Ark   qal’asi   yaqinida   mo’min
musulmonlar jamoa bo’lib, namoz o’qib, bir-birlaridan ibrat olishlari uchun jome
masjidi   qurildi.   Somoniylar   hukmdori   Ahmadning   o’g’li   Said   Nasr   hukmronligi
yillarida   Masjidi   Kalon   qulab   tushib,   minglab   odamlar   halok   bo’lgan.   X   asr
boshida Abu Abdulloh Muhammad masjidni qaytadan bunyod etib bu bino 60 yil
muqaddas sajdogoh sifatida xizmat  qilgan. Ibn Sino, Rudakiy, Narshaxiy singari
buyuk   zotlar   shu   masjidga   tashrif   buyurganlar.   Masjidi   Kalon   saljuqiylar
tomonidan XI asr o’rtalarida vayron etilgan edi. Shamsul Mulk masjidni qaytadan
ta’mirladi. Uning minbar va mehrobi samarqandlik ustalar tomonidan tayyorlanib
Buxoroga   keltirilgan.   Arslonxon   hukmronligi   yillarida   jome   masjidi   ark   qal’asi
yonida   joylashib   istilochilar   tomonidan   vayronaga   aylanganligi   sababli   masjidni
Arkdan   sharq   tomonga   qarab   ko’chirishga   qaror   qilgan.   Shu   maqsadda
shahristondan   ko’pgina   hovli   joylar   sotib   olinib,   buxorolik   me’morlar
shaharsozlik   tarixida   ilk   bor   bu   inshootning   samarqandlik   ustalar   tomonidan
yasalgan mehrob, minbar va maksuralarni yaxlit tarzda yangi joyga ko’chirishdi.
1221-yil   12-martda   masjid   bunyod   etilib   husni   jamoli   islom   olamiga   ko’z-ko’z
qilindi. Hozirgi Masjidi Kalon Abdullaxon davrida qurib bitkazilgan. U Markaziy
Osiyodagi   eng   yirik   jome   masjidi   hisoblanadi   Sho’rolar   davrida   Masjidi   Kalon
uzoq   yillar   don   tashkilotining   omborxonasi   vazifasini   bajargan.   Mustaqillik
yillarida   masjid   faoliyati   qaytadan   tashkil   etilib   I.Karimovning   Masjidi   Kalonni ta’mir etish to’g’risidagi farmoniga binoan, masjid 1997-yilda ta’mirlash ishlariga
alohida e’tibor berildi. 
Masjidning ta’mirlanib asl holiga keltirilishi to’g’risida A.Xalilov o’z maqolasida
quyidagi   ma’lumotlarni   keltirib   o’tadi:   “Tamirlash   ishlari   Usta   Shirin   Murodov
nomidagi   Buxoro   maxsus   ilmiy-ta’mirlash   ustasi   Baxshullo   Murodov
ta’mirlovchilar   brigadasiga   topshirildi.   Masjid   gumbazidagi   niliy   koshinlarning
3700dan   ziyodi   asl   holida   saqlanib,   160ga   yaqini   yangi   tayyorlangan   bezaklar
bilan almashtirildi. Masjid galeriyasida 288 ta kichik gumbaz ta’mirlandi, 239 ta
ustun   poydevori   mustahkamlanib,   40   ta   ustun   qaytadan   tiklandi.   126,2   x   81,6m
kattalikdagi   ulkan   inshootda   barcha   suvoq   ishlari   qo’lda   bajarilib   Masjidi   Kalon
eng   ko’rkam   ziyoratgohlardan   biriga   aylantirildi”76.   Poyi   Kalon   ansamblidagi
salobatli   obidalardan   biri   Minorai   Kalon.   Minorai   Kalon   qurgan   usta   nomining
minoradagi   belbog’larning   birida   aks   etganligi   “Buxoro   haqiqati”   gazetasining
1965-yil   27-iyul   sonidagi   nashrida   quyidagicha   izohlab   berilgan:   “
Qoraxoniylardan   Arslonxon   tomonidan   qurilgan   Minorai   Kalon   ijodkori   Usto
Baqo bo’lib, me’mor binoni qurish davrida o’z nomini sirli yozuvlar bilan bitgan.
Ma’lumki m inora tanasi bir necha naqshdor halqalardan iborat bo’lib, ular orasi
turli geometrik shakldagi bezaklar  bilan to’ldirilgan”. Minora o’rta qismidagi bir
halqada kufiy harflar bilan “mim” harfi yuqorisida ortiqcha “ayn” bor, “alif” esa
“lom” harfiga o’xshab ketadi, “yo” harfi esa “be” kabi yozilgan. Xatning oxiridagi
ortiqcha “alif” harfi va yuqorisidagi “qof” harfiga tegishli ikki nuqta bor. Hamma
ko’rsatilgan   harflar   qo’shib   o’qilganda   “Amole   Baqo”   ya’ni   Usto   Baqo   jumlasi
kelib   chiqadi   .   Buxorodagi   eng   katta   ta’lim   muassasalardan   biri   Miri   Arab
madrasasidir.   Miri   Arab   madrasasining   tarixi   to’g’risida   S.Buxoriy   o’z   ilmiy
maqolasi   Arab   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   zotning   asl   ismi   Said   Abdullohdir
ta’kidlab o’tgan . Shu bilan birga maqoladi da Miri ekanligini U kishi Yamanning Hazarmavut mavzesida tug’ulgan. “Juxfat azZoiriy”da yozilishicha Hazarmavutda
Hud   Alayhissalomning   qabrlari   bo’lgan.   Said   Abdulloh   amir   bo’lgan,   lekin   22
yoshida dillariga alloh taollo ishqi paydo bo’lib, tojutaxtdan voz kechib Samarqa
Kafshir guzarida Xo’ja Ahror Valiy su h ndga keladilar va uyerda Xo’ja batlariga
yetishadi. Qisqa vaqt ichida Xo’ja Ahrordan irshid xati olib, buyuk pir darajasiga
yetishadi.   Zayniddin   Vosifiyning   ”Badoye   ul   vaqoye”   asarida   ta’kidlanishicha
Mir   Arab   Turkisto   nning   Sabron   degan   joyida   koriz,   Shofirkon,   Vobkent,
G’ijduvon   ariqlarini   qazdirib,   Shofirkon   rudi(arig’i)ni   Ubaydulloxon   ibn   Sulton
sharafiga   Sulton   obod   deb   ataganlar.   Asarda   yana   ta   naqshbandiya   tari   ’
kidlanishicha   Miri   Arab   Ubaydulloxonning   piri   bo’lib,   qatining   rivojlanishiga
ulkan   hissa   qo’shgan.   1512yil   Erondan   Najmi   Soniy   boshliq   80   ming   qo’shin
Movraunnahrga   hujum   qilganlarida   Buxoro   xoni   Ubaydulloxon   va   Jonibek
sultonlar qochganlarida, Mir Arab Turkistondan Buxoroga kelib uni jang qilishga
chorlab, jangda g’alaba qilishini aytadi. Mustaqillik yillarida Prezident I.Karimov
tashshabbusi   bilan   madrasa   faoliyatini   tubdan   yaxshilash   uchun   samarali   ishlar
olib borildi. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003yil 22avgustdagi qaroriga
asosan mazkur madrasa diplomi davlat ta’lim hujjati deb e’tirof etildi Buxorodagi
eski   asosiy   ko’chalar   tutashgan   Labi   Hovuzni   Buxoroni   qalqib   turgan   yuragiga
qiyos etishadi. 5 Ilmiy tadqiqot  muallifi A.Xalilov ushbu me’moriy majmuaning
tarixini   ochib   berishga   harakat   qilib   quyidagilarni   keltirib   o’tadi:   “   Labi   Hovuz
majmuasining birinchi inshooti Ko’kaldosh madra sasi 1568yillarda qurilgan. 160
hujradan   iborat   ushbu   madrasada   Zaliliy,   Shukuriy,   Abdulqodir   Savdo,
Maxtumquli,   Ergash   Jumanbulbul,   Berdi   Kerboboyev,   Jalol   1569   Ikromiy   kabi
adiblar   o’qishgan.   Labi   hovuz   majmuasining   ikkinchi   inshooti   1622   yilda
qurilganNodir   Devonbegi   xonaqohi   hisoblanib,   bino   tuzulishi   oddiy   bo’lib,
an’anaviy   katta   gumbaz   va   bir   necha   kichik   xonalardan   iborat.   Bino   ichkarisi
o’zining   kengligi   bilan   ajralib   turadi.   Nodir   devonbegi   ushbu   binoni   tiklashdan
avval   uning   oldida   katta   tosh   ho   vuzni   qurdirishgan.   Bu   hovuz   tarixga   “Havzi
bazo’r” ya’ni “zo’rlik hovuzi” nomi bilan kirgan. Bu iboraning arabcha yozuvidan 1620 kelib chiqadi” 80 . XX asrning 50-- yil, ya’ni hovuzning bapo etilish sanasi
yillarida   hovuz   qurutilib,   uning   zinalarida   tribunala   r,   tubida   esa   voleybol
maydonchalari   tashkil   etilgan.   60yillarda   madaniy   jamoatchilik   talabi   bilan
hovuzga   suv   quyilib   asl   holiga   keltirilgan.   Labi   hovuzning   uchinchi   inshooti
sifatida qurilgan Nodir devonbegi madrasasi 162223yillarda qurilgan bu binon ing
ochilish   marosimida   Imomqulixon   uni   to’satdan   madrasa   deb   e’lon   qilgan.
Karvonsaroy   qaytadan   qurilib   madrasaga   moslashtirilgan.   1920yil   sentabrga   bu
binoga   Mirzo   Narzullo   kulubi   nomi   berilgan.   Keyinchalik   bino   yosh
tomoshabinlar   teatriga,   tikuvchilik   ustaxonasiga   aylantirilgan.   1970yilda
yodgorlikni   ta’mirlash   jaroyinida   ajoyib   sur’at   “tipirchilab   turgan   oxuni
changallab   quyosh   tomon   uchayotgan   ikki   afsonaviy   qush   tasviri”   yaratildi.
Mustaqillik   yillarida   buxorolik  naqqoshlarning   go’zal   bezaklari   bila  n   jilolangan
bu bino chet el  sayyohlarining sevimli  maskaniga aylangan. Buxoro aholisi  VIII
asrda islom dini kirib kelgunga qadar zardushtiylik diniga e’tiqod qilib, aholining
bu dinga sig’inganligini ko’rsatuvchi  Mag’oki  Attori  masjidi  hisoblanadi. Tarixc
hi mutaxasis N.Naimov o’z ilmiy tadqiqotlardan birini Mag’oki Attori masjidi va
unda   olib   borilgan   izlanishlarga   bag’ishlaydi.   Olim   o’z   ilmiy   tadqiqotlarini
Narshaxiy   ma’lumotlariga   tayangan   holda   yoritib   beradi.   Buyuk   tarixnavis
Muhammad   Narshaxiy   Abul   Ha   “Xazoniy   ulsan   Nishopuriyning   ulum”   asariga
tayanib,   qadim   zamonlarda   buxoroliklar   otashparastlar   mabudasi   Anaxitaga
sig’inganligi   va   uning   but   va   sanamlarini   har   yili   sotib   olganliklarini,   bu   but   va
sanamlar   hozirgi   Mag’oki   Attori   masjidi   atrofida   yilida   2   marta   o’tkaziladigan
gavjum   bozorda   xarid   qilinganligini,   bozorda   o’n   ming   do’kon   bo’lib   har   safar
ellik   ming   dirhamlik   savdo   qilinganligini   va   podsho   savdo   sotiqni   rivojlantirish
maqsadida   bu   yerda   otashparastlar   butxonasini   qurdirganligi   N.Naimov   o’z
maqolasida qayt etib o’tadi. Arab istilosidan keyin aholiga islom dinini singdirish
maqsadida   butxona   va   bozor   yo’q   qilib   tashlangan.   Masjid   XII   asrda   qayta
bunyod   etilib   uning   janubiy   peshtoq   qismi   hozirgi   davrgacha   saqlangan.   Bu
peshtoqning yaratilish m islomgacha bo’lgan fors me’morchiligi uslibida qurilgan O’tgan   asrning   3081   .   aqomi   yillarida   V.Shishkin   rahbarligidagi   olimlar   masjid
atrofida   izlanishlar   olib   borib,   binoning   eng   qadimgi   janubiy   peshtoqi   ostini   6
metr   chuqurlikda   qazib,   masjid   ostidan   otas   hxona   qoldig’ini   topishdi.
Qazishmalar   natijasida   turli   davrlarda   obida   o’rnida   ustmaust   uchta   bino   barpo
etilganligi   aniqlandi.   Eng   pastda   dastlabki   birinchi   qurilgan   qadimgi
otashparastlar butxonasining uch metrlik paxsa devori ochilgan. Keyingi ikkinch i
devor   Abu   Muslim   otashxonani   vayron   qilib,   o’rniga   qurdirgan   va   Mag’oki
Attoron   ya’ni   chuqurlikdagi   bozor   deb   atalgan   devor   qoldiqlari.   Tadqiqotchilar
masjidning   eng   qadimgi   binosini   Sankt   Ermitajda   qo’yilgan   Sosoniylar   davriga
mansub laganPeterburgdagi da aks ettirilgan feodal qasrga monand bo’lgan degan
fikrni bildirishgan. Masjidning sharqiy peshtoqi va qolgan butun qismi XVI asrda
Ubaydulloxon davrida bunyod etilgan. 1860 Buxoroda bo’lib o’tgan qattiq zilzila
obidaga shikast yetkazib uning qo’shyilda gumbazi qulab tushgan. 1970yilda Abu
Ali   Ibn   Sinoning   ming   yillik   yubileyiga   tayyorgarlik   munosabati   bilan   obida
memor V.Filiminov loyihasi asosida tubdan ta’mir etilgan.
Mustaqillik yillarida Respublikada xizmat ko’rsatgan madan Salo mov rahbarligid
tikladilar.   agi   ta’mirlovchilar   obidaning   to’rt   i   yat   xodimi   Aminjon   asr   oldingi
qiyofasini   K.Jumayev,   A.Mo’minov,   J.Mirzaahmedov,   R.Almeyevlar   gazeta
sahifalaridagi   ilmiy   maqolalarida   Buxoroning   muqaddas   qadamjolaridan   Buxoro
v   iloyat   Vobkent   tumanidagi   Chashmai   Ayub.   Istiqlol   yillarida   ushbu   me’moriy
majmuaning qayta ta’mirlanib asl holiga keltirilishi to’g’risida “Buxoro haqiqati”
gazetasining   1999yil   15may   so  nida  “Chor  Bakr   tarixiy  yodgorligini  ta’mirlash”
sarlavhasidagi   maqolada   quyidagi   ma’lumotlar   keltiriladi:   1999yil   me’moriy
majmuani   ta’mirlash   bo’yicha   ish   boshlanib,   shu   yil   Buxoro   viloyat   hokimi
tomonidan   1   atrofini   ta’mirlash   vaprel   kunini   “Chor   bakra   uni   obodonlashtirish
kuni   boshlangan”   kun   deb   e’lon   qildi”.   “Buxoroyi   sharif”   jamg’armasi   huzurida
S.Baratov   boshchiligida   memoriy   majmuani   ta’mirlash   direksiyasi   tashkil   etildi.
Yodgorlikni   ta’mirlash   bo’yicha   bosh   pudratchi   tashkil   etilib,   “Shirin   Mur   odov
nomidagi   maxsus   ilmiy   ishlab   chiqarish   va   ta’mirlash”   ustaxonasi   belgilandi. Ularga Samarqand, Qarshi, Shahrisabzdan mutaxasislar jalb qilingan. Respublika
budjetidan   ta’mirlash   ishlarini   tezlashtirish   maqsadida   20   mln   so’m   mablag’
ajratilgan. Viloyat bosh memori Maxmud Axmedov boshliq ijodiy guruh loyihasi
asosida   Chor   Bakr   majmuasida   ta’mirlash   va   obodonlashtirish   ishlari   amalga
oshirilib memoriy majmua asl holiga keltirilgan.
Mustaqillik   yillarida  obidalarimizni   ta’mirlanib  qayta  yosharishida   Buxoro  ilmiy
restavratsiya   ishlab   chiqarish   ustaxonasining   yetakchi   murabbiyssi   Ah   mad
Boymurodovning   hissasi   salmoqli   bo’lib,   u   deyarli   qirq   yildan   ziyod   umrini
memorchilikka   bag’ishlaydi.   Mirzo   Ulug’bek,   Abdullaxon,   Modarixon,   Ark,
Bahouddin   Naqshband   maqbaralari,   Navoiydagi   Mir   Said   Bahrom   obidasi   va
Qosim   Shayx   daxmasi   A.Boymurodovni   ng   qo’li   bilan   ta’mirlangan.   Ahmad
Boymurodov va u Boymurodovlar, aka kishining o’g’illari Ravshanjon, Rahimjon
va Raxmatjon uka Zarif va Sharif Rahimovlar, Qo’shmurod Xolliyev, Raxmatjon
Ashurov,   Bahodir   Hamdamov,   Yoqubjon   Obidjonov   singari   ustalar   Masjid   i
Kalonni   qayta   tiklashda   va   Miri   Arab   madrasasi   old   qismi   peshtoqlariga
koshinkorlik ishlarini amalga oshirib, Poyi Kalon ansamblini asl holiga keltirishda
o’z   hissalarini   qo’shganlar.   Yuqorida   bildirilgan   fikrlarga   asoslanib   “Buxoro
haqiqati”  hamda  “Buxoronoma”   gazetalari   sahifalarida  Buxoro  vohasida   mavjud
tarixiy   yodgorliklar   va   ularning   tamirlanish   tarixi   masalalariga   oid   maqolalar
O’zbekiston   tarixining   bir   qismi   hisoblangan   Buxoro   tarixi   masalasini   tadqiq
etuvchi   olim   va   tadqiqotchilar   uchun   muhim   ma’lumotlar   berishi   bilan
ahamiyatlidir.
Mustaqillik yillarida o‘rganilishi Mustaqillik davri tadqiqotchilari tomonidan Xiva
xonligidagi   ichki   va   tashqi   savdo   aloqalari,   bozorlar,   savdo   rastalari   va   soliq
tizimi haqida ma`lumotlar qayd qilingan. Tadqiqotchi   H.   Ziyoev   ichki   savdo   haqida   yozish   jarayonida   XIX   asrning   70-
yillarida   Xiva   shahar   va   qishloqlarida   haftada   ikki   marta   bozor   bo‘lishi,   bundan
tashqari   Xiva   shahrining   o‘zida   400   savdo   do‘koni,   karvonsaroyda   105   savdo
rastasi  mavjud bo‘lganini ta'kidlagan. A.Abdurasulov ham Xiva bozorlari haqida
fikr   yuritib,   boshqa   mualliflardan   farqli   ravishda   xonlikdagi   qul   bozori   haqida
yangi   ma'lumotlarini   keltirgan   H.   Ziyoev   Xivaning   tashqi   savdosiga   ta'rif
beraturib,   Xivadan   Rossiyaga,   Eronga   tuya   karvonlari   qatnagani,   Buxoroga   esa
mollar   tuyalardan   tashqari,   suv   yo‘li   orqali   kemalarda   ham   jo‘natilganini   qayd
qilgan   144.   M.   Mahmudov   XIX   asrning   80-yillariga   kelib   Xiva   xonligi   bilan
Turkiston general-gubernatorligi shaharlari orasida savdo-sotiq va boshqa tarzdagi
aloqalar   yo‘lga   qo‘yilganini   va   bunda   Amudaryo   kemachilik   idorasining   ro‘li
katta   bo‘lganini   yozadi.   Muallif   ”Kavkaz-Merkuriy”   va   “Xiva”   nomli
birlashmalar   ko‘magida   1887   yildan   "Sar”   va   “Saritsa”   nomli   paroxodlar   Petro-
Aleksandrovsk   va   Chorjo‘y   shaharlari   orasida   odamlar   va   yuklarni   tashishni
tashkil   qilgani,   bu   esa   savdoning   rivojida   ahamiyatli   ekanini   bayon   etishi   bilan
Xivadagi nafaqat tashqi savdo, balki kemachilik sohasida ham keng ma'lumotlarni
qayd qilgan.
Jabborov: “Xiva xonligida XIX asr oxirida Amudaryoda mahalliy ustalar yasagan
330   katta   va   o‘rtacha,   yuzlab   mayda   kemalar   suzib   yurgan.   Katta   kemalar   500
puddan   2000   pudgacha,   o‘rtachalari   100   dan   500   pudgacha   va   kichiklari   yuz
pudgacha yuk ko‘targan. Bu kemalar o‘ziga xos bezaklar bilan bezagan” , - degan
ma'lumotni qayd qilgan. Xuddi shunday ma'lumotni F.Ernazarovning tadqiqotida
va   birinchi   o‘zbek   kinooperatori   Xudoybergan   Devonov   tomonidan   yaratilgan
kinolavhada   ham   kuzatish   mumkin.   Bundan   ko‘rinadiki,   Xiva   xonligida
kemachilik   keng   rivojlangan   bo‘lib,   Xivaning   kema   yasaydigan   ustalari
mustahkam   kema   va   qayiq   yasashda   o‘zlarining   mahoratini   namoyish   etganlar.
Tadqiqotchilar   Mahmudov   va   I.Jabborovlarning   asarlaridan   Xorazmdagi
kemasozlik   soxasi,   dastlabki   kemachilik   idoralarining   faoliyati,   xonlikning   suv yo‘li   orqali   qilgan   savdo   aloqalari   xususida   keng   ma'lumotlarga   ega   bo‘lish
mumkin.   Ma’lumki,   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   Xiva   xonligida
muomalada ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: “Tilla”, “tanga” va “pul”. Tadqiqot
jarayonida   Xiva   xonligida   zarb   qilingan   tanga   va   pullarda   odam   rasmi
tushirilmagani, arab imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani ko‘zga
tashlanadi.   So‘nggi   Xiva   xoni   -   Sayid   Abdullaxon   davrida   pullar   atlas   matoga
bosib   chiqarilib,   manot   deb   yuritila   boshlangan,   uni   xivaliklar   “turma   qog‘oz”
(“turma   qog‘oz”ning   chiqishi   Junaydxon   faoliyati   bilan   ham   yuritganlar   .   Shuni
aytish joizki, XX asr boshida Xiva xonligi iqtisodi ahvolda bo‘lganligidan pullar
yaxshi   daftar   qog‘ozlariga   chiqarilavergan.   4   Fikrimizcha,   Xiva   xonligidagi
iqtisodiy   qiyinchiliklarning   muhim   sabablari   -   Rossiya   istilosidan   keyin   Xiva
xonligi   birliklarining   qadrsizlanganligi,   pul   muomalasining   majburan
o‘zgartirilganligi,   oltin   va   kumush   pullarning   markazga   yig‘ilishi,   asossiz   pul
islohotlari o‘tkazilgani bo‘lgan. Shu bilan birga, Xiva xoniga pul zarb qilishning
taqiqlanishi va mamlakat hududida turli pul birliklarining muomalada bo‘lganligi
ham   xonlikning   iqtisodiy   ahvoliga   salbiy   ta'sir   ko‘rsatganini   ta'kidlagan.   Xiva
xonligida   Rossiyadagi   kabi   mol-mulkka   qarab   ayirmachilik   bo‘lmagan.   Har
qanday xivalik bir vaqtning o‘zida savdogar, navkar, dehkon, hunarmand bo‘lishi,
yerga   yoki   boshqa   mulkka   ega   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan.   Lekin   hamma
majburiyatlarni o‘z vaqtida ado etishi lozim edi. Xonlikdagi soliq va majburiyatlar
masalasi   ham   mustaqillik   davri   tadqiqotlarida   o‘z   aksini   topgan.   Jumladan,
H.Ziyoev ma'lumotiga ko‘ra, qoraqalpoqlar o‘zbeklar kabi bir xil soliq to‘lashgan.
Biroq, ular xon talabi bilan urushga chiqishga majbur bo‘lganlar. Turkmanlar esa
o‘n   xonadondan   bitta   navkar   berishlari   lozim   bo‘lib,   buning   evaziga   xon   oila
boshiga   10   tanobdan   yer   bergan   .   Arxiv   hujjatlaridagi   ma'lumotlarda   bu   o‘z
tasdig‘ini topgan.
Unga   ko‘ra,   general-mayor   Susanin:   “Turkmanlar   suv   solig‘i   to‘lamas   edilar,
ammo  ular   harbiy   xizmatga  chairilar   edi…”-   deb  qayd   qilganligi   ma'lum   bo‘ldi. “Xiva   qozilik   hujjatlari”   va   “Manbashunoslik”   kitobida   yozilishicha,   Xiva
xonligida   faqat   sayidzodalargina   hech   qanday   soliq   to‘lamaganlar,   kanal   va   ariq
tozalashga   ham   chiqmaganlar.   “Xiva   qozilik   hujjatlari”   dagi   86-raqamli   hujjat
Xiva   xoni   Sayid   Muhammad   soniyning   yorlig‘i   bo‘lib,   unda   13   xojaning
(Muhammad   Eshon   avlodlari)   davlat   soliqlari,   solg‘ut,   olg‘ut,   hashar,   qazuv
ishlaridan   ozod   etilganli,Xiva   xonligining   harbiy   salohiyati   qo‘shinning   ahvoli,
qurol-aslahalarning turlari xususida ayniqsa H. Ziyoevning ma'lumotlari ishonchli
va   to‘liq   yoritilgan.   Chunki   muallif   o‘zining   diqqat   markazini   arxiv   materiallari
ma'lumotlariga   qaratgan.   H.Ziyoev   Xivada   navkarlikka   olinuvchilar   ko‘pincha
soliq   to‘lashga   qurbi   yetmaydigan   yetmaydigan   kambag‘allar   bo‘lib,   ularga
maosh   to‘lanmagani,   o‘z   otlarini   minib   harbiy   yurishlarda   qatnashganliklarini
ta’kidlaydi.   Muallifning   yozishicha,   jangda   qo‘shindagi   otlarga   yem-xashak,
o‘zlariga   esa   oziq-ovqat   berilmagan.   Mehtar   buyrug‘i   bilan   ularning   otlariga
tamg‘a bosilgan va bu otlar lashkarga tegishli bo‘lgan. Yurishlarda yo‘lda o‘lgan
ot   uchun   egasiga   atigi   5   tiyin   to‘langani   bois,   ko‘plar   yurishga   nochor   ot   bilan
chiqishgan... Tinchlik vaqtida esa navkarlar o‘zlarining xo‘jalik yumushlari bilan
shug‘ullanishgan,   yurish   boshlanishidan   oldin   bozorlarda   jar   solib,   ularni
chaqirishganini   qayd   qilgan   .   Arxiv   hujjatlarida   bu   haqda   quyidagicha   ma'lumot
mavjud:”Harbiy   xizmatga   tortilgan   turkmanlar   janglarda   qatnashish   uchun
o‘zlarining   otlari   va   qurollari   bilan   borishlari   kerak   edi...   hattoki   ularning
o‘zlariga oziq-ovqat, otlariga yem-xashak ham berilmagan...” .
Demak,   H.Ziyoev   ma'lumotlarining   arxiv   hujjatlari   asosida   yozilgani   haqida
fikrimizni   asosli   desak,   yanglishmaymiz.   Xiva   xonligidagi   qo‘shinning   yomon
ahvolga kelib qolganining sababini aniqlash xonlikdagi davlat boshqaruv tizimini
o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki davlat hokimiyatining mustahkam
bo‘lishida   boshqaruv   tizimi   qanday   tashkil   etilgani   muhimdir.   Xiva   xonligida
davlat   boshqaruv   tizimi,   mavjud   amal   va   unvonlar   va   ularning   egalari   haqida
mustaqillik   davri   tadqiqotchilaridan   M.   Matniyozov,   A.   Sotliqov,   Q.Munirov, Davlatyor   Raxim,   Shihnazar   Matrasul,   Sh.   Vohidov,   N.   Polvonov,   S.
Soburovalarning   tadqiqotlarida   o‘z   aksini   topgan.   Ma’lumki,   Xiva   xonligida
Muhammad   Rahimxon   I   davlat   hokimiyatining   boshqaruv   apparatini   tartibga
keltirgan va  ixchamlashtirgan. Abulg‘oziy Bahodirxon davrida  ta’sis  etilgan 360
davlat   lavozimini   qisqartirib,   100   lavozim   ta'sis   etgan.   Tadqiqotchi   S.   Soburova
o‘zining   nomzodlik   dissertatsiyasida   xonliklagi   amal   va   unvonlarning   to‘liq
nomlarini, ularning ma'nosi, amaldorlarning shaxsi va ularga to‘lanadigan maosh
xususida fikr yuritgan.6 Tadqiqotchilar M. Matniyozov va A. Sotliqovlar ham bu
davrga   kelib   davlat   xodimlariga   to‘lanaligan   ish   haqi   uchun   fuqarolardan
o‘zboshimchalik   bilan   pul   undirib   olish   qat`iyan   ta'qiqlangan,   amaldorlarning
barchasiga   mansab   darajasiga   qarab   ish   haqi   uchun   xon   tomonidan   oylik   maosh
belgilangani,   quyi   lavozimdagilarga   xazinadan   yiliga   3   tilla,   saroydagi   yuqori
lavozimdagi   amaldorlarga   esa   350-500   tillagacha   maosh   to‘langanini
ta'kidlaydilar .
Shuni aytish lozimki, mualliflar tadqiqotlarini yozishda mahalliy va rus manbalari
ma'lumotlari   va   arxiv   hujjatlaridan   fondalanganini   ta'kidlaganlar.   Davlat
lavozimlari   haqida   fikr   yuritganda   shuni   ta'kidlash   lozimki,”Sayid   Islomxo‘ja”
risolasida   davlat   amaldorlarining   avlodlari   ham   shu   kasb-kor   egalari   bo‘lganligi
ta'kidlanadi.   Jumladan,   Xiva   xoni   Asfandiyorxonning   bosh   vaziri   Sayid
Islomxo‘janing   otasi   Ibrohim   xo‘ja,   keyin   amakisi   Sayid   Abdullaxo‘jalar
Muhammad Rahimxon II davrida vaziri a'zam lavozimida bo‘lganlar. Tadqiqotchi
Q.Munirov Munisning  mirobligidan keyin uning jiyani  Ogahiy, undan keyin esa
Ogahiyning   amakizodasi   Muhammad   Karimbek   mirob   vazifasiga   tayinlanganini
yozadi   156.   Bunday   ma'lumotlar,   Davlatyor   Rahim   va   Shixnazar   Matrasulning
asarida   ham   qayd   qilingan   .   “Firdavs   ul-iqbol»   asarida   Munisning   7-8   ta   ajdodi
mirob   va   boshqa   lavozimda   ishlaganligi   qayd   qilingan.   Umuman   olganda,   N.
Polvonovning   “Xiva   xonligida   mansabga   qo‘yish   tartibi”   maqolasidagi   fikriga qo‘shilgan   holda   shuni   aytish   mumkinki,Xiva   xonlari   tomonidan   davlat
lavozimlariga bilimli, ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan shaxslar tayinlangan bo‘lib,
bu   kishilar   xonlarga   mamlakatda   tinchlikni,   osoyishtalikni   saqlashda   xizmat
qilishgan   -   milliy   davlatchilik   qaror   topayotgan   tarixiy   davrda   mamlakatimizda
tarixshunoslik   va   manbashunoslik   sohalarida   rivojlanish   kuzatilmoqda.   Natijada
ko‘plab  manbalar  o‘rganilib,  ilmiy  jihatdan  tadqiq  qilinmoqda;   mustaqillik  davri
tadqiqotchilari   tomonidan   xonlida   kechgan   siyosiy   jarayonlar   va   islohotlar,
madaniyat,   hunarmandchilik,   ichki   va   tashqi   savdo,   xonlikning   xorijiy   davlatlar
bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shaharsozlik  va davlatchilik tarixiga
oid   keng   doiradagi   ma’lumotlar   ilmiy   muomalaga   kiritildi.   Ushbu   masalalar
yuzasidan   risola   va   maqolalar   nashr   etildi,   nomzodlik   dissertatsiyalari   himoya
qilindi.Biroq,   Xiva   xonligi   tarixshunosligiga   doir   tadqiqot   qilinmaganini   aytish
joiz.   7Xulosa   sifatida   shuni   aytish   mumkinki,   mustaqillik   davri   tadqiqotchilari
tomonidan   Xiva   xonligi   tarixining   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvoliga   oid   keng
ma'lumotlar taqdim qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish va tahlil qilish tarixshunoslar
oldiga katta vazifa qo‘yadi.
Qo'qon   xonligi   tarixini   o'rganish   XIX   asrning   o'rtalaridan   boshlab   bugungi
kungacha   tarixchilar   e'tiborini   o'ziga   jalb   qilib   kelmoqda.   Hozirgi   kungacha
xonlik   tarixi   bo'yicha   amalga   oshirilgan   va   yaratilgan   ilmiy   asarlar   hamda   ilmiy
tadqiqotlarning   salohiyati   juda   katta.   O'tgan   bir   yarim   asr   mobaynida   xonlik
tarixini   o'rganishda   turlicha   yondashish   va   munosabatlar,   ayrim   vaqtlarda   (XX
asrning   50-80   yillarida)   tarixiy   jarayonlar   va   tarixiy   voqelikni   ob'ektiv
baholamaslik   holatlariga   yo'l   qo'yildi.   Xonlik   tarixini   yoritishdagi   bunday
munosabat ushbu holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab
qiladi.
XIX   asrdagi   xonlikdagi   siyosiy,   ijtimoiy-   iqtisodiy   hayot,davlat   ma’muriy
boshqaruv   tizimining   ayrim   masalalari,   xususan,   xon   huzuridagi   Oliy   Kengash
hamda   ba’zi   mansablar   va   mansabdorlar   faoliyatiga   oid   ma’lumotlarni   F. Nazarov,   H.I.Potanin,   V.V.Velyaminov-Zernov1larning   asarlaridan   bilishimiz
mumkin.   Lekin   bu   asarlar   tavsifiy   harakterga   ega   bo’lib,   ularda   keltirilgan
ma’lumotlar tomonidan umuman tahlil qilinmagan.
Qo’qon   xonligi   tarixi   bo’yicha   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   asarlar   yozgan
V.Grigoriyev,   A.Kun,   A.Xoroshxin,   A.Geyns,   N.Pantusov,   S.Abdug’afforov,
A.Zimin, N.Ostroumov, Z. Validov va boshqalar asarlarida XIX asrda xonlikdagi
siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   hayot,   davlatdagi   ma’muriy-   boshqaruv   tizimining
ayrim   masalalari,   xususan,   ba’zi   mansablar   va   mansabdorlar   faoliyatiga   oid
ma’lumotlar o’z aksini topgan
Toshkent   boshqaruv   tizimiga   oid   ayrim   fikrlarni   keltirgan   A.Geynsning   asari
Qo’qon   xonligining   mahalliy   boshqaruv   tizimi   haqida   muayyan   tasavvur   hosil
qilishga   xizmat   qiladi.   Biroq   muallif   o’z   asarida   asosan   Toshkent   boshqaruv
tizimiga   to’xtalib,   Qo’qon   xonligidagi   boshqaruv   tizimining   umumiy   holatini
tahlil qilmagan.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   Qo’qon   xonligi   tarixi   bo’yicha   tadqiqotlar   olib
borgan   rus   sharqshunoslaridanV.Nalivkinning   asarlari   muhim   ahamiyatga   ega.
V.Nalivkin   mahalliy   tarixnavislarning   asarlari   asosida”   Kratkaya   istoriya
Kokandskogo   xanstva”   nomli   asar   yozgan.   U   o’rganilayotgan   masalaning   ba’zi
jihatlari to’g’risida muhim fikrlarni bayon etgan. Xususan, u xonlikning ma’muriy
bo’linishi   to’g’risida”   ...   viloyatlarga,   viloyatlar   beklarga,   bekliklar   esa   oz
navbatida   aminlik   yoki   oqsoqolliklarga   bo’lib   idora   etilgan”,-deb   boshqa
mualliflardan   farqli   o’laroq,   ancha   aniq   ma’lumotlar   beradi.2   XIX   asr   oxirlarida
yashagan   Sattorxon   Abdulg’afforovning   3   Qo’qon   xonligoning   rus   istilosi
arafasidagi   ichki   holatiga   bag’ishlangan   maqolasida   xonlikning   aynan   ma’muriy
boshqaruv   tizimi   yoritilgan.   Ushbu   maqolada   viloyat   hokimining   ish   yuritishi hamda   mahalliy   boshqaruvning   turli   sohalardagi   ish   yuritish   uslublarini   tilga
olgan.
Qo’qon   xonligi   boshqaruv   tizimini   o’rganishda   N.Ostroumovning   asarlari   ham
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Tadqiqotchi   Xudoyorxonning   hayoti   va   faoliyatini
o’rganib,  ushbu  hukmdor   davrida  xonlikda mavjud  boshqaruv  tizimiga  oid ba’zi
ma’lumotlarni   qayd   etgan.4   N.Ostroumov   Qo’qonning   so’nggi   hukmdori
Nasriddinxon(   1876   y)   tomonidan   mehtar   mansabiga   tayinlanish   to’g’risida
berilgan   yorliqlarning   tarjimasi   bilan   ham   shug’ullanib,ularni   ilmiy
jamoatchilikka ma’lum qilishga harakat qilgan.
Validov o’z maqolasida Qo’qonning dastlabki hukmdorlari tomonidan berilgan 60
dan ziyod yorliqlar haqida ma’lumotlar beradi.
  60-80   yillarida   A.Xasanov,   A.Juvonmardiyev,   L.Troiskaya,   N.Nabiyev,
F.G’afforov,   V.M.Ploskix,   T.Q.Beysimbiyev,   H.N.Bobobekov7   kabi   olimlar
yozma   manba   ma’lumotlari   asosida   Qo’qon   xonligi   tarixining   turli   masalalariga
oid   tadqiqotlar   olib   bordilar.   Mazkur   olimlaming   tadqiqotlarida   xonlikning
ma’muriy boshqaruviga oid ayrim ma’lumotlar ham keltirilib o’tilgan.
Bu   davrda   Qo’qon   xonligi   tarixi   masalalari   bilan   atroflicha   shug’ullangan
tadqiqotchilardan   biri   A.L.Troiskayadir.   Qo’qon   xonlari   arxivining   katalogini
tuzgan   va   mazkur   katalogga   kirgan   xujjatlar   asosida   maqola   va   asarlar   yaratgan
bu   olimaning8   tadqiqotlarida   xonlikning   moliya   tizimi,   ma’muriy   boshqaruvda
muhim   o’rinlarni   egallagan   sarkor   va   mirzaboshilarning   faoliyatiga   doir
ma’lumotlarn qayd etgan. XIX asrning 50-70 yillarda Qo’qon xonligi tarixini o’rganishda R.N.Nabiyevning
asarlari   katta   rol   o’ynaydi.   Bu   asarda   muallif   Qo’qonning   so’nggi   hukmdori
Hudoyorxonning   olib   borgan   siyosatini   yozma   manbalar   asosida   tahlil   qilgan.
Asarda nafaqat Hudoyorxon, balkiSheralixon(1842-
1845),Mallaxon(1858-1862), Sulton Saidxon(1863-1865) lar hukmronligi davrida
kechgan   siyosiy   jarayonlar   hamda   XIXasrning   50-70   yillarida   xonlik   ma’muriy
boshqaruv tizimining muhim tomonlaridan biri bo’lgan sarkorlik mohiyatini keng
ochib bergan.
Xonlikning   mahalliy   boshqaruv   tizimi   undagi   ish   yuritish   tartiblarining   ba’zi
jihatlari   to’g’risida   T.Q.Beysimbiyevning   asar   va   maqolalari   muhim   ahamiyatga
ega.   Uning   ”   Tarixi   Shaxruxi”-kak   istoricheskiy   istochnik”   asarida   Qo’qon
tarixchisi   Mulla   Niyoz   Muhammadning   ’’Tarixi   Shoxruxiy’’   asarini
manbashunoslik   yuzasidan   keng   tahlil   qilgan.   Asarda   Qo’qon   xonligi   ma’muriy
boshqaruv tizimi haqida ayrim mulohazalar qayd etilgan.
Qo’qon xonligining tarixini o’rganishda A. Xasanov va V.Ploskixlar10 ham katta
hissa   qo’shdilar.   Ular   o’z   asarlarida   xonlikning   qirg’izlar   yashaydigan
hududlarning   ma’muriy-hududiy   bo’linishi   hamda   mazkur   hududlarning
boshqarishda mahalliy aholining udumlari hisobga olinganligi ko’rsatib berganlar.
Qo’qon   xonligi   viloyatlaridan   biri   bo’lgan   O’ratepaning   ma’muriy   bo’linishi   va
idora   etilishining   ba’zi   jihatlari   hamda   bu   yerda   bo’lib   o’tgan   jarayonlarning
o’ziga ayrim xususiyatlari A.Muxtorovning11 tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixining turli davrlari, xususan,xonliklar davri
tarixi ham yangi yondashuvlar asosida o’rganila boshladi. Bu davrga oid O’zR FA
Tarix   instituti   tomonidan   ”   O’zbekiston   tarixi”   (3-jild)   nashr   etidi.   Kitobning birinchi   jildida   Qo'qon   xonligi   tarixi   batafsil   yoritib   berilgan.   O’zbekiston
hududida   qadim   zamonlardan   beri   shakllanib   va   rivojlanib   kelgan   milliy
davlatchillikning uzviy davomchisi bo’lgan Qo’qon xonligida kechgan jarayonlar
haqidaH.N.Bobobekov,Sh.H.Vohidov,   H.Z.Ziyoyev,   G.A.Agzamova,
D.Sangirova,   V.T.Ishquvvatov,   Z.A.Ilhomov,   Muhammad   Yahyoxon12   kabi
tadqiqotchilar   asar   va   maqolalar   yozdilar.   Ularda   xonlik   tarixining   turli
masalalari,xususan,   Turkiston   xalqlari   Rossiya   tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi
kurashi,   Qo’qon   xonligida   xalq   harakatlari   va   ularning   ijtimoiy-siyosiy   asoslari,
turli   tarixiy   shaxslarjumladan,Aliquli   Amirlashkarning   mamlakat   siyosy
hayotidagi   o’rni,xonlikdagi   ijtimoiy-iqtisodiy   hayotning   ba’zi   masalalari,
ma’muriy   boshqaruv   tizimining   ayrim   muammolari,   Qo’qon   xonligi
manbashunosligi   masalalarini   va   o’zlarining   ilmiy   mulohazalarini   berganlar.
Qo’qon   xonligi   tarixi   bo’yicha   yirik   mutaxassis   H.N.Bobobekovning   bu   davrda
chop etilgan ” Qo’qon tarixi” asarida xonlik tarixining ko’p muammolarini tahlil
qilish   bilan   birga   xonlikdagi   ayrim   mansablar   va   soliq   tizimiga   oid   ma’lumotlar
keltirilgan.
1. Qo’qon tarixnavislik maktabi  vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga oid
asarlar   ustida   manbashunoslik   tadqiqotlarini   olib   borgan   Sh.H.Vohidov   ham   o’z
tadqiqotlarida   Qo’qon   xonligi   davrida   o’zbek   davlatchiligining   holatini   ilmiy
tahlil etishga imkon yaratuvchi tarixiy faktlarni berdi. Ayniqsa, uning R.Xoliqova
bilan” Markaziy Osiyodagi  davlat  boshqaruvi  tarixidan”, deb nomlangan risolasi
mavzusini o’rganishda muhim ahamiyatga ega
H.Z.Ziyoyev Qo’qon xonligining Rossiya  imperiyasi  tomonidan bosib olinishiga
bag’ishlangan   asarida   bu   jarayonning   muhim   jihatlarini   ko’rsatib   berish   bilan
birga xonlik boshqaruv tizimining ayrim tomonlariga ham e’tibor qaratdi. Shuningdek, G.A.Agzamovaning O’rta Osiyo xonliklari, xususan,Qo’qon xonligi
tarixiga oid tadqiqotlarda shaharlar  hayoti, ularda mavjud ma’muriy - boshqaruv
tizimi   va   bu   tizimning   turli   bo’g’inlarini   egallagan   mansabdorlar,   xususan,   rais
( muxtasib)lar hayoti, faoliyati haqida muayyan fikrlar bayon etilgan.
Bu davrda Qirg’izistonlik,Qozog’istonlik va Rossiyalik olimlar T.K.Beysimbiyev,
Yu.F.Lunyov,V.   Ploskiy17lar   ham   xonlik   tarixiga   oid   tadqiqotlar   olib   bordilar.
T.K.Beysimbiyev   Muhammad   Yunus   Toib   qalamiga   mansub   ”   Tarixi   Alimquli
Amirlashkar”   asari   va   boshqa   manbarlarda   keltirilgan   ma’lumotlarga
asoslanib,xonlikda   mavjud   mansablarni   izohlagan.   U   Qo’qon   xonligi   davrida
janubiy Qozog’istonning yo’qori ma’muriyati ga bag’ishlangan maqolasida 1809 -
1865   yillarda   Toshkent   viloyati   va   uning   shimoliy   hududlarining   idora   etilishi,
mazkur   viloyatga   tayinlangan   hokimlar   hamda   mahalliy   boshqaruv   tizimida
asosiy   vazifalar   zimmasiga   yuklangan   botirboshi   va   sarkor   mansablarini   tahlil
qilgan.
Qo’qon   xonligi   tarixini   o’rganishda   xorijiy   tadqiqotchilar   ham   o'z   hissasini
qo’shganlar. Qo’qon tarixi bo’yicha M.Xoldsvort va B.Mans 18 tomonidan ingliz
tilida   chop   etilgan   asarlarda   xonlikning   siyosiy,   ijtimoiy-   iqtisodiy   hayoti
ma’muriy   boshqaruv   tizimi   yuzasidan   mulohaz   alarini   keltirgan.   Biroq,   ularning
ushbu   mavzuga   oid   mulohazalarida   ba’zi   kamchiliklarga   yo'l   qo'yganlar.
Xususan,M.Xoldsvort xonlikning davriy chegarasini 1798 yildan 1876 yilga qadar
ming   sulolasi   qo’lida   bo’lganligi,   xonlik   tarkibiga   Marg’ilon,   Qo’qon   va
Namangan   viloyatlari   kirgan   deb   noto’g’ri   mulohaza   yuritgan.19   B.Mans   ham
shunday mulohazani ilgari surdi. Ayrim ingliz tadqiqotchilari,
jumladan,Yu.Bregel,   E.Ollvort   va   S.Livay   esa   bu   masalaga   jiddiy   e’tibor
qaratib,tarixiy jarayonlarni tog’ri keltirishga harakat qildi. Xususan, Yu.Bregel va
E.Ollvortlar   M.Xoldsvort   hamda   B.Mansdan   farqli   ravishda   xonlikning   tashkil topishi   1710   yilda   sodir   bo’lganligini   nisbatan   to’g’ri   ko’rsatishdi.   S.Livay   esa
xonlikni 1709 yilda tashkil topganligini to’g’ri ko’rsatgan.
Biroq   bu   asarlarda   Qo’qon   xonligining   ma’muriy-boshqaruv   tizimi   alohida
tadqiqot ob’yekti sifatida o’rganilmagan.

MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI Reja. 1. Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. 2. Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari. 3. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar 4. Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar.

O‘zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yil 18 oktyabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimida “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi nutqida: “...Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm- fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o`zgarishlar yuz berdi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo`yildi. ― Tarix

xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir , - deb ta‘kidlaydi‖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 Albatta yuqorida ta`kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O`tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bo`lgan yondashuv tubdan o`zgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, 7ilmiy ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash asari, ―Turkiston chor mustamlakasi davrida kabi asarlar keyingi ‖ ‖ yillarda nashr etilgan ishlar orasida o`zining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, yosh avlodda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi:

“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”67. Hozirgi kunda respublikada 7216 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo’lib, shundan 2248 tasi me’morchilik, 1695 tasi arxeologik yodgorliklardir. Respublika hukumati ushbu yodgorliklarni saqlash, ularning ayrimlarini qayta tiklash, tarixiy obidalardan unumli foydalanishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni qadam-baqadam amalga oshirib kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda homiylar, xayriya jamg'armalari va “Oltin meros” jamg'armasining imkoniyatlari ishga solindi. Natijada mustaqillik yillarida bu sohaga sarf qilingan mablag'lar yildan-yilga oshib bordi, tarixiy va me’moriy yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi. “Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham chop etilgan. Gazeta sahifalarida ma’muriy inshoot binolaridan Ark va Sitorai Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev, A.Xalilovlarning69 maqolalari, shu bilan birga, Buxorodagi muqaddas qadamjoylar, masjid, madrasalar, qadimgi savdo inshootlari va karvonsaroylar xususidagi J.Mirzaahmedov, R.Almayev, A.Mo’minov K.Jumayev, N.Naimov, A.Xalilov, S.Buxoriy, A.Xalimov, Yo.Yusupov va S.Salimovlarning70 ilmiy maqolalari keng o’rin olgan. Ushbu maqolalarda vohadagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalariga bag’ishlangan. Jumladan, Buxorodagi

ma’muriy inshoot binolaridan Ark tarixi to’g’risida N.Naimov, X.Ahmedov, A.Xalilovlovlar gazeta sahifalaridagi ilmiy maqolalarida yoritib berganlar Arkning asoschilari Siyovush va Afrosiyob tarixiy shaxslar bo’lganligi N.Yo’ldoshev maqolasida quyidagicha izohlab beriladi: “Siyovush otasi Kaykovus Ahamoniylar sulolasidan bo’lib VI asrda Eronda hukmronlik qilgan. Abu Rayhon Beruniy Siyovushnig o’g’li Kayxusrav Xorazmda hukmron bo’lganligini tarixiy faktlar asosida tasdiqlaydi. Buxoro majusiylari Afrosiyob va Siyovush qabrini muqaddas bilib sajda qilganlar. Buxoro, Samarqand, Xorazm xalqlari qadimgi an’analarni davom ettirib Buxorolik musulmonlar XX asr boshlariga qadar Siyovushni shahid bo’lganlar qatorida, qabrlarini ziyoratgohga aylantirib, Siyovushni vali (madadkor) deb bilganlar”. Yuqoridagi dalillardan tashqari Siyovush zamonida yashab kelayotgan mahalliy urf odatlar va an’analar borki uning tarixiy shaxs ekanligidan dalolat beradi. Birinchidan, Buxoro arkining sharqiy darvozasi Dari Kohfurushon (Somonfurushon) deb atalgan chunki, darvozaning pastidagi maydonchada Buxoro arki paydo bo’lgandan buyon dehqonlar somon, beda va boshqa mol ozuqalarini keltirib sotganlar. Ikkinchi dalil Siyovush shahid bo’lgandan keyin “Dari Kohfurushonda” ko’milgani uchun bu darvoza “Dari Go’riyon” deb atalgan. Qadimgi so’g’d va fors tilida “qabr”-go’r degan manoni bildiradi. Uchinchi dalil Siyovushning xotirasiga bag’ishlab aytiladigan Mug’lar yig’isi marsiyasi, o’zgargan holda vafot etgan kishining o’lgan kuni, “begoyi juma”, “qirq oqshomi” marosimida oymullalar tomonidan marsiya aytish odat tusiga kirib qolgan. To’rtinchi dalil Navro’z kuni ertalab erkakalar tomonidan xo’roz so’yilib, bu an’ana ham o’zgartirilgan holda saqlangan. Navro’zda xo’roz so’yish odat ga aylanib, buni buxoroliklar “Qozon to’ldi”deb ataydilar . Ushbu me’moriy majmuaning qadimiy inshootlardan bo’lishiga qaramay mustaqillik yillarigacha bo’lgan davrda binoning ta’mirlanishiga yetarli darajda e’tibor berilmagan. Sovet hokimiyati yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tomonidan qabul qilingan dastlabki dekretlarning birida Respublika xalq maorif nozirligi huzurida “San’at va tarixiy