logo

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy siyosat huquqiy asoslari,xususiyatlari va muammolari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

154.232421875 KB
“Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy siyosat : huquqiy
asoslari,xususiyatlari va muammolari”
                                          MUNDARIJA
KIRISH........................................................................................... ................7-14 ..
I   BOB.   O‘ZBEKISTONDA   MILLIY   URF-ODATLAR,   AN’ANALAR   VA
DINIY   QADRIYATLARNING     TIKLANISHI   YO ‘LIDAGI   DASTLABKI
QADAMLAR …15-40.
1.1. Milliy   va   diniy   qadriyatlar,   urf-odatlar,   bayramlarning   tiklanishi
omillari .............. .....................................................................................15-22...........
1.2. Diniy - ma’rifiy soha rivoji huquqiy asoslarining yarati li shi ....... .....23-32....
1.3. Milliy   urf-odatlar,bayramlar   va   boshqa   qadriyatlarining   tiklana
boshlashi……… 33-40 ….. 
II   BOB.   MUSTAQILLIK   YILLARIDA   O‘ZBEKISTONDA   VIJDON
ERKINLIGINI   TA’MINLASHGA   QARATILGAN   TADBIRLARNING
AMALGA OSHIRILISHI…41-77…
2.1.Mamlakatda masjidlar faoliyatining tiklanishi va bu sohada olib borilgan 
bunyodkorlik ishlari……………………………41-49……..
2. 2. O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi,   viloyatlardagi   diniy   boshqarmalar,
masjidlarning diniy ma’rifiy faoliyati.............................................. 50-58 ..........
2.3. O‘zbekistonda   diniy  matbuot,   diniy-ma’rifiy  asarlar   nashr   etilishi,   anjumanlar
o‘tkazilishining kengayib borishi va uning diniy targ‘ibotdagi o‘rni .......59-71.......
2. 4 . O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanishi  .. ....................... 72-77 ..........
III   BOB.   O‘ZBEKISTONDA   DINIY   IDORA,   MASJIDLAR   UCHUN
ZAMONAVIY, YETUK KADRLAR TAYYORLASH JARAYONI… 78-113.
3.1.  Madrasalar va diniy maktablarning ochilishi ............... 78-87 ......
1 3.2.  Diniy oliy ta’lim tizimining rivojlanishi .............. 88-94 .....
3.3. Islomshunoslik  diniy va  dunyoviy tadqiqot  markazlarining tashkil  qilinishi  va
ularning   diniy   ma’rifiy   faoliyati........................................................94-
113..................
XULOSA ......................................................................113-116.........................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .............. 116-125 ..................
2                                                            KIRISH
     Mavzuning asoslanishi  va dolzarbligi .     Bugungi  kunda diniy-ma’rifiy sohada
amalga oshirilayotgan islohotlar boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib
qilishga   xizmat   qilish   bilan   birga   necha   asrlardan   beri   Islom   diniga   e’tiqod   qilib
kelayotgan xalqimizning diniy ma’rifatini yanada yuksaltirishda katta ahamiyatga
ega. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizasiyasi markazi,
Xalqaro   Islom   akademiyasi,   Buxoro   Mir   Arab   oliy   instituti,   Imom   Buxoriy   va
Imom   Termiziy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazlari   boy   ilmiy-tarixiy   merosimizni
o‘rganish   va   targ‘ib   qilishga   xizmat   qilmoqda.   Shu   bilan   birga,   dunyoda   ro‘y
berayotgan   voqea-hodisalar   va   ijtimoiy-siyosiy   vaziyatning   tahlili   diniy-ma’rifiy
sohadagi   faoliyat   samaradorligini   oshirishni   va   malakali   kadrlar   tayyorlashning
yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
     Mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2016 yildan e’tiboran diniy ta’limni rivojlantirish
va   uni   yangi   bosqichga   olib   chiqish   bo‘yicha   ham   ishlar   amalga   oshirildi.
Jumladan,   diniy   ta’limni   rivojlantirish   maqsadida   2018   yilning   16   aprelida
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi 1
  Farmoni   e’lon   qilindi.   Mazkur
hujjat   asosida   O‘zbekistonda   diniy   ta’lim   tizimining   uzluksizligini   ta’minlashga
qaratilgan vazifalar belgilab berildi. 
      Bundan   tashqari,   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   faoliyatini   takomillashtirish
bo‘yicha   tegishli   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   2018   yil   16   aprelda
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   faoliyatini   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   Qarori   qabul   qilindi.   Mazkur   Qarorga   muvofiq
1
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoni, 16.04.2018 yildagi PF-5416-son
3 Qo‘mita   huzurida   faoliyat   yuritadigan   jamoatchilik-maslahat   organi   hisoblangan
Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi.  Kengash tarkibi
9   tadan   17   ta   a’zoga   –   O‘zbekistonda   faoliyat   yuritayotgan   diniy   konfessiyalar
vakillari hisobiga kengaytirildi.
        Mazkur   davrda   qorilar   musobaqasi   o‘tkazish   ishlari   ham   yo‘lga   qo‘yildi.
Jumladan,   2018   yilning   yanvar-aprel   oylarida   Respublika   miqyosida   bir   necha
bosqichdan   iborat   (tuman,   shahar,   viloyat,   respublika)   Qur’oni   karim   tilovati
bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi
qatnashdi.   Shu   bilan   birga,   mazkur   davrda   Islom   sivilizasiyasi   markazi,   Imom
Buxoriy   va   Imom   Termiziy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazlari   tashkil   etildi,
viloyatlarda   esa   kalom,   hadis,   fiqh,   aqida   ilmi   va   tasavvufni   o‘rganishga
ixtisoslashgan   beshta ilmiy maktab  ochildi.
      Bu   boradagi   ishlarni   xalqaro   miqyosida   hal   etish   bo‘yicha   ham   Hukumat
tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil sentyabr oyida BMT
Bosh   Assambleyasining   72-sessiyasida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.Mirziyoyev   tomonidan   ilgari   surilgan   tashabbus   asosida   BMT   Bosh
Assambleyasi  tomonidan 2018 yilning 12 dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda
«Ma’rifat   va   diniy   bag‘rikenglik»   2
deb   nomlangan   maxsus   rezolyusiya   qabul
qilindi.   O‘zbekiston   tomonidan   ishlab   chiqilgan   hujjat   loyihasi   BMTning   barcha
a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. 
      Bundan   tashqari,   mazkur   sohaga   mo‘ljallangan   oliy   o‘quv   yurtlari   va   ilmiy
tadqiqot   muassasalarining   faoliyati   yo‘lga   qo‘yildi.   Jumladan,   O‘zbekiston   Islom
akademiyasi   va   Toshkent   Islom   universiteti   negizida   O‘zbekiston   xalqaro   Islom
akademiyasi   tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan
va   Surxondaryo   viloyatlarida   Akademiya   tarkibidagi   malaka   oshirish   Markazi
hududiy filiallari tashkil etildi. Bundan tashqari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy
xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazlari,   viloyatlarda   kalom,   hadis,   fiqh,   aqida   ilmi   va
tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan  beshta ilmiy maktab o‘z faoliyatini boshladi .
2
 https://www.gazeta.uz/oz/2018/12/13/bmt-rezolyutsiya/
4 Mazkur   ta’lim   muassasalarining   tashkil   etilishi   diniy   –   ma’rifiy   sohani   yanada
rivojlantirish, muqaddas Islom dini ta’limotini ilmiy tadqiq etish ishlarida katta rol
o‘ynadi.
        Ajdodlarimizning   diniy-ilmiy   merosini   keng   targ‘ib   qilish,   dinning   haqiqiy
insonparvarlik   maqsadini   hamda   diniy-ma’rifiy   hayotda   sodir   bo‘layotgan
yangiliklardan   keng   jamoatchilikni   xabardor   qilib   borishni   ta’minlash   maqsadida
muayyan   ishlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   O‘zbekiston   xalqaro   Islom
akademiyasi   huzurida   «Ziyo»   media-markazi   tashkil   etildi.   3
Mazkur   markazning
tashkil   etilishi   bu   boradagi   yangiliklarning   ommaga   tez   va   xolis   etkazilishida
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
        Respublikada  Qur’oni  karim  tilovatini  o‘tkazish  bo‘yicha  ham  bir  qator  ishlar
amalga   oshirildi.   Jumladan,   2018   yilning   yanvar-aprel   oylarida   Respublika
miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur’oni
karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etildi. Va unda 5 mingdan
ziyod ishtirokchi qatnashdi. 
        O‘zbekistonda   2016   yildan   e’tiboran   ekstremizmga   qarshi   kurashish   chora-
tadbirlarini   amalga   oshirishdagi   yondashuvlar   konseptual   jihatdan   qayta   ko‘rib
chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga
qaratildi.   Ushbu   sohada   amalga   oshirilayotgan   barcha   sa’y-harakatlar   «Jaholatga
qarshi   ma’rifat»   degan   ezgu   g‘oyaga   asoslandi.   2018   yilning   sentyabr   oyida   esa
terroristik,   ekstremistik   yoki   boshqa   taqiqlangan   tashkilot   va   guruhlarga   adashib
a’zo   bo‘lib   qolgan   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolarini   jinoiy   javobgarlikdan
ozod qilish tartibi tasdiqlandi. 
      Ajdodlarimizning   merosini   keng   targ‘ib   qilish   bilan   bir   qatorda   dinlararo
bag‘rikenglik   va   millatlararo   totuvlik,   insonparvarlik   tamoyillari   hamda   diniy-
ma’naviy   hayotda   sodir   bo‘layotgan   yangiliklardan   keng   jamoatchilikni   xabardor
qilib   borishni   ta’minlash   yo‘lida   ham   muayyan   ishlar   amalga   oshirilmoqda.
Jumladan, shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo”
3
 https://m.kun.uz/uz/news/2018/04/16/uzbekiston-halkaro-islom-akademiasi-taskil-etildi
5 media-markazi tashkil etildi. Ushbu markaz bu boradagi yangiliklarni ommaga tez
va xolis etkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
   Masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa ob’ektlarning
rekonstruksiyasini   moliyalashtirish,   ularni   moddiy-texnik   bazasini   yaxshilash
hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham bir qator
ishlar   amalga   oshirildi.   Xususan,   shu   maqsadda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   “Diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida”gi   Farmoniga   muofiq   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
huzurida  «Vaqf» xayriya jamoat fondi  4
tashkil etildi.
      Jamiyatda   vijdon   erkinligi   va   diniy-ma’rifiy   muhit   barqarorligi   kafolatlarini
ta’minlash   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligi   hisobga   olinib,   bu   borada   ham   talay
ishlar amalga oshirildi. Xususan,  2019 yil  4-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining   «Diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   takomillashtirish   bo‘yicha
qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»gi   Qarori   e’lon   qilindi.   Mazkur   Qaror
asosida jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi kafolatlarini
ta’minlashni  nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi. Shu bilan birga, Din ishlari
bo‘yicha   qo‘mita   tarkibida   ayollar   bilan   ishlash   bo‘limi   tashkil   etildi.   Bu   esa   o‘z
navbatida   ushbu   sohada   amalga   oshirilayotgan   ishlarning   samarali   bo‘lishida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
  O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   o‘rganish   va
u ning   jamiyatimiz   barqarorli gini   mustahkamlashdagi   ahamiyatini   yoritib   berish
hozirgi  davrda  tarixchilar   oldida   turgan  eng  muhim  vazifalardan  biri  hisoblanadi.
Bularning barchasi o‘rganilayotgan mavzuning dolzarbligini belgilaydi
    Mazkur   dissertasiyada   O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   diniy-   ma’rifiy   soha
rivojini yoritish ko‘zda tutilgan.
   Tadqiqot obekti:  Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
diniy-ma’rifiy sohadagi tadqiqot obyekti sifatida belgilab olindi.
4
 https://vaqf.uz/oz/pages/view/function
6       Tadqiqot   predmeti .   Mamlakatimizda   diniy-ma’rifiy   sohadagi   islohotlarning
boshlanishi,   uning borishi va erishilgan natijalari .  Xususan ,shuningdek, milliy urf-
odatlar,   an’analar   va   milliy   urf-odatlarning   tiklanishi,   vijdon   erkinligini
ta’minlashga   qaratilgan   tadbirlar,   diniy   idora   va   masjidlar   uchun   yetuk   kadrlar
tayyorlash ishlari va ularning natijalari.
     Ishning maqsad va vazifalari.   Dissertasiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda
mustaqillik yillarida diniy ma’rifiy soha rivojini yoritib berishdan iborat. 
Ishning   bosh   maqsadidan   kelib   chiqib   quyidagi   vazifalarni   hal   qilishga   asosiy
e’tibor qaratilgan: 
-O‘zbekistonda   milliy   urf-odatlar,   an’analar   va   diniy   qadriyatlarning   tiklanishi
yo‘lidagi dastlabki qadamlarni ko‘rib chiqish; milliy va diniy qadriyatlar tiklanishi
omillarini tahlil qilish, diniy ma’rifiy soha rivoji huquqiy asoslarining yaratilishini
asoslash, 
-mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   vijdon   erkinligini   ta’minlashga   qaratilgan
tadbirlarning   amalga   oshirilishini   yoritib   berish,   mamlakatda   masjidlar
faoliyatining   tiklanishi   va   bu   sohada   olib   borilgan   bunyodkorlik   ishlarini   tahlil
qilish; 
-O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi,   viloyatlardagi   diniy   boshqarmalar,
masjidlarning   diniy ma’rifiy faoliyatini o‘rganish; 
-O‘zbekistonda   diniy   matbuot   tizimining   rivojlanishini   ko‘rib   chiqish,   diniy-
ma’rifiy   asarlar   nashr   yetilishining   kengayib   borishi   va   uning   diniy   targ‘ibotdagi
o‘rnini aniqlash;
-O‘zbekistonda  diniy idora, machitlar  uchun zamonaviy,  yetuk kadrlar  tayyorlash
jarayonini   tahlil   qilish;madrasalar   va   diniy   maktablarning   ochilishiga   e’tibor
qaratish ; 
-diniy oliy ta’lim tizimining rivojlanishini ko‘rib chiqish, islomshunoslik diniy va
dunyoviy   tadqiqot   markazlarining   tashkil   qilinishi   va   ularning   diniy   ma’rifiy
faoliyatini yoritib berish va h.k.lar.
7     Mavzuning   o‘rganilishi   darajasi   va   adabiyotlar   tahlili.   Tadqiq   etiloyatgan
mavzu   nisbatan   kam   o‘rganilgan   dolzarb   mavzulardan   biridir.   Mavzuga
bag‘ishlangan   asarlarda   mustaqillik   yillaridagi   diniy   ma’rifiy   siyosat   ochib
berilishiga   harakat   qilingan.Bugungi   kunda   bu   mavzu   bo‘yicha   bir   qator
tadqiqotchilar   ish   olib   bormoqdalar.   Masalan,   Uvatov   U,Oqilov   S,Daminov   E
“Moturudiy   ta’limoti   va   Abu   Muin   Nasafiy   Ilmiy   merosi”   nomli   kitobni   2018-
yilda     nashrdan   chiqardilar.   Ushbu   mavzuni   o‘rganishda   Birinchi   prezidentimiz
I.A.Karimovning   “Inson,uning   huquq   va   erkinliklari   oliy   qadriyat”   asari,
O‘zbekistom   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga
murojatnomasi.   ”Xalq   so‘zi”   gazetasi.   2017-yil   23-dekabr.Shuningdek   “Bu
muqaddas   vatanda   azizdir   inson”,   “Imom   Buxoriy   saboqlari”   jurnali   ,   turli   xil
davriy nashrlar,O‘zbekiston Musulmonlar idorasining rasmiy veb-sayti,Samarqand
viloyati   Vakilligining   Sam.muslim.uz   sayti   va   boshqa   bir   qator   saytlar,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Farmonlari,   Vazirlar   Mahkamasi   qarorlari
asosiy   adabiyotlar   bo‘ldi.   Bundan   tashqari,   turli   xil   jurnallar,   nashrlar,   ijtimoiy
tarmoqlarda chop etilgan mavzuga oid maqola va boshqa tadqiqotlar dissertasiyaga
manbaviy  asos bo‘ldi.
      Dissertasiyaning   nazariy   va   metodologik   asoslari.   Mavzu   bo‘yicha   asosiy
metodologik   asos   bo‘lib       O‘zbekiston   respublikasi   Konstitusiyasi,     O‘zbekiston
Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to‘g‘risidagi qonun, Prezident
farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari xizmat qiladi.
     Ishning nazariy metodologik asosini ishlab chiqishda, Respublikamiz Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I.A.Karimovning   asarlari,   ma’ruza     va   nutqlarida   ilgari   surilgan   uslubiy,   ilmiy-
nazariy   ko‘rsatmalari   muhim   rol   o‘ynadi.   Shuningdek,   mustaqil   O‘zbekiston
Respublikasi   milliy   istiqlol   mafkurasining   ustuvor   maqsad   va   vazifalari,
mustaqillik   yillarida   bir   qancha   olim   va   tadqiqotchilarning   ushbu   mavzuga   yaqin
muommolar   yuzasidan   olib   borgan   ilmiy   tadqiqotlarida   keltirilgan   fikr   va
mulohazalari   g‘oyaviy   asos   qilib   olindi.   O‘rganilayotgan   mavzuni   to‘g‘ri   hal
8 etishda   va   uni   yoritishda   ilmiy   bilishning   xolislik,   tarixiylik,   qiyosiy   va   tanqidiy
o‘rganish, mantiqiy izchillik tamoyillariga amal qilindi. 
      Dissertasiyaning   ilmiy   yangiligi.   Tadqiq   etilayotgan   mavzu   tarixchilar
tomonidan   nisbatan   kam   o‘rganilganligi   uni   ilmiy   tadqiqot   ishi   mavzusi   sifatida
tanlanishini belgilab berdi.
    Ishning ilmiy yangiligi shundaki, tadqiqotda O‘zbekistonda mustaqillik yillarida
diniy-ma’rifiy   soha   rivoji   masalalari,   xususan   bu   yo‘nalishdagi   davlat   siyosati,
diniy   ma’rifiy   idoralar   faoliyati,   O‘zbekistonda   milliy   urf-odatlar,an’analar   va
diniy   qadriyatlarning   qayta   tiklanishi   masalalari,   milliy   va   diniy   qadriyatlar
tiklanishi   omillari,   diniy   ma’rifiy   soha   rivoji   huquqiy   asoslarining   yaratilishi
jarayoni,   mustaqillik   yillarida   O‘zbekistonda   vijdon   erkinligini   ta’minlashga
qaratilgan   tadbirlarning   amalga   oshirilishi,   mamlakatda   masjidlar   faoliyatining
tiklanishi   va   bu   sohada   olib   borilgan   bunyodkorlik   ishlari,   O‘zbekiston
musulmonlar   idorasi,   viloyatlardagi   diniy   boshqarmalar,   masjidlarning   diniy
ma’rifiy   faoliyati,   madrasalar   va   diniy   maktablarning   ochilishi   va   faoliyati,   diniy
oliy   ta’lim   tizimining   rivojlanishi,   islomshunoslik   diniy   va   dunyoviy   tadqiqot
markazlarining tashkil  qilinishi  va ularning diniy marifiy sohasidagi  faoliyatining
ahamiyati   kabi   masalalar   yangi   ma’lumotlar   jalb   qilingan   holda   kompleks   tarzda
o‘rganildi   va   bu   jarayonga   mustaqillik   mafkurasi   nuqtai   nazaridan,   xalqimiz
manfaatlari,   milliy   va   diniy   barqarorlikni   ta’minlash   maqsadidan   kelib   chiqqan
holda baho berildi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
      Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Dissertasiyada   ilmiy
bilimlarning   obektivlik,   sistemalilik,   analiz   va   sintez,   umumlashtirish,   qiyosiy
o‘rganish, tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondoshuv kabi metodlarga tayanildi.
     Dissertasiyaning amaliy ahamiyati.   Tadqiq etilgan mavzu bo‘yicha erishilgan
natijalar   va   chiqarilgan   xulosalar   xalqimizni   va   ayniqsa   yoshlarni   diniy   ma’rifiy
tarbiyasini   zamon   talablariga   mos   ravishda   yanada   takomillashtirish   uning   yangi
usullarini   ommalashtirish,   jamiyatda   milliy   va   diniy   tolerantlikni,   siyosiy
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
9       Ishning   tarkibiy   tuzilishi.   Mazkur   dissertasiya   kirish,   uch   bob,   10   paragraf,
xulosa,   foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan ... betdan iborat  tarkibiy
tuzilishga ega.
10 I   BOB.   O‘ZBEKISTONDA   MILLIY   URF-ODATLAR,   AN’ANALAR   VA
DINIY   QADRIYATLARNING     TIKLANISHI   YO ‘LIDAGI   DASTLABKI
QADAMLAR
      1.1.   Milliy   va   diniy   qadriyatlar,   urf-odatlar,   bayramlarning   tiklanishi
omillari
     Bugungi kunda diniy omil bilan bog‘liq g‘oyaviy tahdidlar chuqur va atroflicha
anglanishi   zarur.   Diniy   asosda   vujudga   kelayotgan   ziddiyatlarning   ko’paygani
tashvishlidir.   Xususan,   mutaxassislarning   ta’kidlashicha,   2000-yildan   e’tiboran
dunyoda   bo‘lgan   43   foiz   fuqarolik   urushlari   diniy   omilning   kuchayishi   tufayli
yuzaga   kelgan.   2006-2008-yillar   mobaynida   diniy   adovat   va   qarama-qarshiliklar
oqibatida 139 ta davlatda tahqirlash va zo‘ravonliklar ro‘yxatga olingan, shundan
35   ta   davlatda   mazkur   holat   insonlarning   bevaqt   o‘limiga   sabab   bo‘lgan.
Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan davr mobaynida 24 ta davlatda diniy zamindagi
urushlar   va   qurolli   to‘qnashuvlar   bo‘lib   o‘tgan.   Shundan   5   ta   mamlakatda   jabr
chekkanlar   va   uy-joyidan   ayrilganlar   soni   100   ming   kishini,   yana   5   mamlakatda
esa   ularning   soni   bir   million   kishini   tashkil   etgan   edi 5
.   Bunday   sharoit   bir
tomondan,   insonlar   diniy   ongi   va   e’tiqodida   sezilarli   o‘zgarishlarga   sabab
bo‘layotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqlar  madaniyatida azaldan shakllangan
diniy   an’ana   va   qadriyatlarga   nisbatan   tahdidlarning   paydo   bo‘lishi   hamda
dinlararo adovatning kuchayishi bilan xarakterlanmoqda.
    Dunyo miqyosida vujudga kelayotgan diniy erkinlik va u bilan bog‘liq targ‘ibot
va   tashviqot   ishlari   ayrim   hollarda   mamlakatlarning   davlat   suverenitetiga,
konstitusiyaviy   tuzumiga   nisbatan   amalga   oshirilayotgan   siyosiy   bosim   va
tajovuzlarni   g‘oyaviy   jihatdan   qo‘llab-quvvatlashga   qaratilgan   harakatlarda   aks
etayotganini ham ta’kidlash joiz. Buzib talqin etilayotgan diniy g‘oyalar ma’naviy-
madaniy   qadriyatlarni   inkor   etish,   davlatlarning   ichki   ishlariga   aralashish   singari
qonunga   zid   harakatlarda   mafkuraviy   ta’sir   o‘tkazish   vositasi   sifatida
qo‘llanilmoqda.
5
“Имом Бухорий сабоқлари” журнали. 2015 йил №1 - сон. 7-б.
11      Diniy omil  va globallashuvning o‘zaro aloqadorligi  haqida gap ketganda shuni
ham   ta’kidlash   o‘rinli-ki,   hozirda   barqaror   shakllanib   ulgurgan,   o‘ziga   xos
rivojlanish   xususiyatlariga   ega   bo‘lgan   globallashuvning   alohida   shakli-diniy
globallashuvning   yuzaga   kelgani   haqida   nazariy   qarashlar   ilgari   surilmoqda.
Xususan,   ularga   binoan   “diniy   globallashuv,   bir   tomondan,   vijdon   erkinligi   va
bag‘rikenglik   tamoyillari   asosida   dinlararo   sog‘lom   muloqotning   intensivlashuvi,
diniy   ong   va   madaniyatning   rivojlanishi,   ikkinchi   tomondan,   din   niqobi   ostida
g‘arazli   kuchlar   hamda   soxta   diniy   oqimlar   faoliyatining   kuchayib   borishidan
iborat   murakkab   va   ziddiyatli   hodisadir” 6
.   Yangi   paydo   bo‘layotgan   diniy
harakatlar   diniy   omil   bilan   bog‘liq   jarayonlarning   asosiy   yo‘nalishlaridan   birini
tashkil   etmoqda.   Inson   qalbi   va   ongini   zabt   etishga   intilayotgan   yangi   diniy
harakatlar “o‘zgacha” e’tiqodni targ‘ib etgan holda nafaqat insonlarning e’tiqodiga,
balki turli din, millat va elatlar o‘rtasidagi hamjihatlikka rahna solmoqda.
      Globallashuv   jarayonlarining   shiddatli   tus   olishi   mafkuraviy   kurashning
kuchayib borayotgani bilan ham xarakterlidir. Bu borada, ayrim siyosiy markazlar
o‘zlarining   yovuz   va   buzg‘unchi   g‘oyalari   bilan   yoshlarning   qalbi   va   ongini   zabt
etish   yo‘lida   diniy   tuyg‘ulardan   ustalik   bilan   foydalanishmoqda.   Birinchi
Prezidentimiz   I.A.Karimov   yozganlaridek:   “O‘z-o‘zidan   ayonki,   ayrim   hollarda
bunday   kirdikor   va   chiqishlar   xalqaro   jamoatchilikning   millatlar   va   elatlar,   turli
diniy   konfessiyalar   vakillari   o‘rtasidagi   hamjihatlikni   mustahkamlash   borasidagi
murakkab,   uzoq   va   izchil   davom   etadigan   faoliyatni   yo‘qqa   chiqarmoqda” 7
.   Din
niqobi   ostidagi   harakatlar   aksariyat   hollarda   harbiy   to‘qnashuvlarning   kelib
chiqishiga zamin yaratmoqda.
      Sirasini   aytganda,   globallashuv   jarayonlarining   chuqurlashuvida   diniy   omil
orqali   ta’sir   ko‘rsatish   alohida   ahaiyat   kasb   etmoqda.   Bundan   tashqari,
globallashuvning avj olishi, o‘z navbatida, dunyo miqyosida millat, madaniyat va
qadriyatlarni rad etuvchi vatansizlik g‘oyalarining ilgari surilayotganligi bilan ham
kechmoqda.   Bu   haqda   sosiolog   Ulrix   Bek:   “globallashuv,   eng   avvalo,
6
Комилов К.  Глобаллашув ва диний жараёнлар. Т.: ”Мовароуннаҳр”, 2014. Б.-22.
7
 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари-олий қадрият. Т.:”Ўзбекистон”, 2006. Б.-264.
12 millasizlanish,   milliy   davlat   qarashlarining   yo‘qolishi   va   tushunarsiz   trasmilliy
hayot   shaklidir”,-deb   ta’kidlagan   edi.   Shu   ma’noda,   globallashuv   jarayonlarining
chuqurlashuvi   an’anaviy   dinlarning   zaiflashuvi,   noan’anaviy   dinlarning   esa
kuchayishiga xizmat qilayotganligi haqidagi fikrlar ham muayyan asoslarga ega 8
.
     Yoshlardagi  intiluvchanlik, shijoat, ularning dunyo qarash pozisiyasini  tanlash,
hayotning   mazmuni   va   maqsadini   aniq   belgilashga   bo‘lgan   intilishlaridan
noan’anaviy diniy harakat vakillari ustamonlik bilan foydalanmoqdalar.   Xususan,
yoshlarga   xos   psixologik   belgilar-qat’iylik   va   maksimalizm,   mo jiza   va   sirlargaʻ
qiziquvchanlik, yangilikka intilish qulay shart-sharoit bo‘lib xizmat qilmoqda.   
      Dunyo   miqyosida   diniy   omilning   namoyon   bo‘lishi   aksariyat   holatlarda   inson
huquqlari va milliy qonunchilikni buzish, irqchilik mafkurasini  yoyish, moliyaviy
firibgarlik   kabi   jinoyatlarga   zamin   yaratmoqda.   Hozirgi   paytda   ayrim   diniy
tashkilotlar   xalqaro   miqyosda   nodavlat   notijorat   tashkilotlar   maqomida   faoliyat
yuritmoqda. Ularning faoliyatida tovlamachilik, firibgarlik, soliq to‘lashdan bo‘yin
tovlash,   yangi   jalb   etilgan   yoshlardan   tashkilot   manfaati   uchun   pul   talab   qilish
holatlar tobora kuchaymoqda.
   Qisqacha qilib aytganda, din ma’naviy-madaniy yaqinlik va ruhiy hamohanglikni
ta’minlashdek   funksiyasiga   ko‘ra   integrasiyaning   muhim   omili   hisoblanadi   va
geosiyosiy manfaatlarni amlga oshirishda alohida o‘rin tutadi. Shu bois din niqobi
ostidagi tashkilotlar o‘z harakatlarini ommalashtirish maqsadida turli xil aksiyalar,
madaniy   targ‘ibot   va   tashviqot   ishlarini   olib   borishga   alohida   e’tibor   qaratadilar.
Shuning   uchun,   buzg‘unchi   oqimlar   an’anaviy   dinlardan   foiz   jihatdan   kam
bo‘lishiga   qaramasdan,   o‘z   safiga   yangi   a’zolarni   faol   jalb   etishlari   bilan   ajralib
turadilar.   Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   hozirgi   kunga   kelib   jahonning   ko‘plab
mamlakatlarida jamiyatni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini din niqobi ostidagi
noqonuniy harakatlarning zararli ta’siridan himoya qilish dolzarb vazifalar sirasiga
kiritilgan.   Shuning   uchun   noqonuniy   diniy   harakatlarning   faoliyatiga   qarshi   aniq
8
“Имом Бухорий сабоқлари” журнали. 2015 йил №1-сон. Б.-9.
13 ma’naviy,   mafkuraviy   va   huquqiy   chora-tadbirlar   qo‘llash   jamiyatdagi   umumiy
barqarorlikning muhim shartidir.
      Umuman   olganda,   globallashuv   sharoitida   diniy   omildan   g‘arazli   maqsadlarni
amalga oshirishda foydalanish yo‘lidagi harakatlarning oldini olishning ma’naviy,
ma’rifiy, huquqiy asoslarini mustahkamlab borish milliy ma’naviyat, madaniyat va
asl   diniy   qadriyatlarni   asrab-avaylash   va   rivojlantirishning   zaruriy   shartidir.   Yer
yuzida tinchlik hukm surishi  uchun millatlararo totuvlik suv bilan havodek zarur.
Birinchi Prezident bu masalaga alohida e’tibor qaratib “O‘zbekistonning boyliklari
ko‘p,   lekin   bizning   eng   katta   boyligimiz,   eng   yuksak   qadriyatmiz,   bu-
jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik,   millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir 9
”-
deya takidlaydi.
   XXI asr boshlarida dunyoda mingdan ziyod millat va elatlar yashamoqda va ular
turli dinlarga e’tiqod qiladilar.   Shu sabab tinchlik va osoyishtalikni  saqlash, diniy
va   milliy   adovatning   oldini   olish   uchun   diniy   tolerantlik,   milliy   totuvlikni
ta’minlash ob’ektiv zaruriyatdir. 
     Ma’lumki, dunyoning deyarli barcha davlatlarida turli dinlarga e’tiqod qiluvchi
kishilar yashaydi. Musulmonlar ilgari tradision xristian dini to‘la hukmron bo‘lgan
G arbiy   Yevropa   mamlakatlarida   ham   ahiolining   sezilarli   qatlamini   tashkil   qilaʻ
boshladilar.   Hozir   Norvegiya   aholisining   1,8   foizi,   Shvesiya   aholisining   5   foizi,
Buyuk   Britaniya   aholisining   4,6   foizi,   Fransiya   aholisining   8   foizi,   Ispaniya
aholisining 3 foizi, Finlyandiya aholisining 0,8 fozi, Gollandiya aholisining 6 foizi,
Belgiya aholisining  6 foizi, Avstriya aholisining  5,7 foizi, Germaniya aholisining
5,2 foizini islom diniga e’tiqod qiluvchilar tashkil etadi. O‘zbekiston aholisini 86,3
foizi musulmon, 9 foizi pravoslav, 3 foizi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,7 foizi
hech   qaysi   dinga   e’tiqod   qilmaydi. 10
  Demak,   dinlararo   bag‘rikenglik   g‘oyasini
butun dunyoda targ‘ib va tashviq etish insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan
biridir. Shuning uchun ham BMT 2011-yilning 1-7 fevral kunlarini butun jahonda
9
Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashamiz. T.10. T., 2002.B.181.
10
Юксак маънавият ва қонун устуворлиги асосида яшаш, эл-юртга  садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат 
фазилатларини камол топтириш. Т.:”Ўзбекистон” НМИУ, 2013. Б.-360.
14 “Dinlararo munosabatlar uyg‘unligi xalqaro haftaligi ” deb e’lon qildi. Yuqoridagi
omillarga   ko‘ra   bashariyat   diniy   tolerantlik,   millatlararo   totuvlikni   umuminsoniy
qadriyatlar   sifatida   e’tirof   etmoqda.   Millatlararo   totuvlik,   diniy   tolerantlikning
huquqiy   asosini   “Inson   huquqlari   Umumjahon   Deklarasiyasi”,“Fuqarolarning
ijtimoiy   va   siyosiy   huquqlari   to‘g‘risida”gi   xalqaro   pakt   singari   hujjatlar   tashkil
etadi.
     O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritgach inson, uning huquq va manfaatlarini
eng oliy qadriyat sifatida e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi,
“Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi   qonunda   diniy   tolerantlik
g‘oyasi   mustahkamlab   qo‘yildi.   O‘zbekistonda   16   ta   diniy   konfessiya   faoliyat
ko‘rsatmoqda 11
.   Bu   O‘zbekiston   Respublikasini   ko‘p   millatli,   ko‘p   konfessiyali
davlat ekanligidan dalolat  beradi. Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqi  o‘z mentalitetiga
ko‘ra bag‘rikeng, ko‘p dinli xalq bo‘lganligiga sabab, uning davlati ham ko‘p dinli,
ko‘p millatlidir. Shu bois, O‘zbekiston tarixida milliy va diniy asosda sodir bo‘lgan
urushlar kuzatilmaydi.   Bu o‘zbek xalqini boshqa millat vakillariga nisbatan doimo
hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo‘lganligidan dalolat beradi.
   Demak, diniy tolerantlik, millatlararo totuvlik o‘zbek xalqining ruhiyatidan kelib
chiqqan   ijtimoiy   hodisadir.   Ammo,   ta’kidlab   o‘tish   joizki,   O‘zbekistonda
millatlararo,   dinlararo   to‘qnashuvlar   keltirib   chiqarishga   urinishlar   o‘tmishda
doimo   bo‘lgan   va   bugun   ham   bunday   harakatlar   zamonaviy   ko‘rinishlarda   bo‘lib
turibdi. “Biz diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni
ijtimoiy   reabilitasiya   qilish,   ularni   sog‘lom   hayotga   qaytarish   bo‘yicha   ishlarni
yanada takomillashtiramiz. Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlik
va   fuqarolar   totuvligini   mustahkamlashni   biz   bundan   buyon   ham   eng   dolzarb   va
ezgu vazifamiz deb bilamiz” 12
,- deb ta’kidlanadi muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida.
11
Юксак маънавият ва қонун устуворлиги асосида яшаш, эл-юртга  садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат 
фазилатларини камол топтириш. Т.:”Ўзбекистон” НМИУ, 2013. Б.-361.
12
Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёевнинг   Олий   Мажлисга   Мурожаатномаси.   “Халқ
сўзи” газетаси. 2017 йил 23 декабр.
15       “Diniy   bag‘rikenglik”-turli   diniy   e’tiqodga   ega   kishilarning   olijanob   g‘oya   va
niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Bag‘rikenglik esa
qadimiy   qadriyat   bo‘lib,   o‘zgalarning   turmush   tarzi,   xulq-atvori,   odatlari,   his-
tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir.
Diniy   bag‘rikenglik   diniy   tolerantlik   deb   ham   ataladi.   Tolerantlik   (lotincha
“tolerantia”   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   “sabr-toqat,   chidam,   bardosh”   degan
ma’nolarni anglatadi) 13
, boshqalarning fikr, e’tiqod va erkinliklariga bag‘rikenglik
va   sabr-toqat   bilan   munosabatda   bo‘lishni   bildiradi.   Dunyoda   dinlar   ko‘p.   Ular
tarixiy   zarurat   tufayli   turli   davrlarda   vujudga   kelgan.   Dunyodagi   dinlarning
barchasi   ezgulik   g‘oyalariga   asoslanadi,   yaxshilik,   tinchlik,   do‘stlik   kabi
xususiyatlarga   tayanadi,   odamlarni   halollik,   poklik,   mehr-shafqat,   birodarlik   va
bag‘rikenglikka da’vat etadi.
      Din   qadim-qadimdan   aksariyat   ma’naviy   qadriyatlarni   o‘zida   mujassam   etib
kelgan. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham
ularning   bir-birlari   bilan   yaqin   mushtarak   maqsadlarga   egaligidandir.   Dinlararo
bag‘rikenglik   nafaqat   dindorlar,   balki   butun   jamiyat   a’zolarining   hamkorligini
nazarda   tutadi   hamda   tinchlik   va   barqarorlikni   mustahkamlashning   muhim   sharti
hisoblanadi.   O‘zbekistonda   barcha   dinlarga   teng   imkoniyatlar   yaratilgan.   Diniy
tashkilotlar   bilan   munosabatlarning   qonun   asosida,   ularning   haq-huquqlarini
himoya qilish asosida olib borilayotgani e’tiqod erkinligining amaldagi ifodasidir.
Ayni   vaqtda   diniy   tashkilotlardan   ham   qonun   oldidagi   burch   va   majburiyatlarini
bajarish talab qilinadi. Bu xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan to‘g‘ri
yo‘ldir.
     O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi   Din ishlari bo‘yicha
qo‘mita   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1992-yil   7-mart   kunidagi
“O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha
qo‘mitani tashkil etish to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, har
bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning, dinga bo‘lgan
13
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Т.4. Т., 2008. Б.-138.
16 munosabatidan   qat’iy   nazar,   tengligini   ta’minlash,   shuningdek,   diniy   tashkilotlar
faoliyati   bilan   bog‘liq   munosabatlarni   tartibga   solish   sohasidagi   vazifalarni   hal
etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi 14
.
      Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   o‘z   faoliyatida   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari
va   boshqa   hujjatlariga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmonlari,
qarorlari   va   farmoyishlariga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek o‘z nizomiga amal qiladi.
Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   respublikamizda   joylashgan   diniy   tashkilotlar   bilan
mustahkam   o‘zaro   hamkorlik   qilish,   turli   diniy   konfessiyalar   faoliyatiga   yordam
ko‘rsatish,   jamiyatda   dinlararo   va   millatlararo   tinchlik   va   totuvlikni   ta’minlash
yuzasidan takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
    Konfessiyalararo muloqot madaniyatini rivojlantirish uchun Din ishlari bo‘yicha
qo‘mita huzurida Konfessiyalar ishlari jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo‘lib,
uning   tarkibiga   respublikadagi   ko‘p   sonli   diniy   konfessiyalar   etakchilari   kirgan.
Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   qonunchiligi   xalqaro   huquq   normalari
shartlariga   to‘liq   javob   bera   oladigan   huquqiy   poydevor   yaratgan.   O‘zbekistonda
diniy   ta’lim   olish,   xayriya   ishlari   olib   borish,   ziyoratlar   tashkil   etish,   turli
konfessiyalar orasida muloqot o‘rnatishda teng huquqlar berilgan.
      Respublikada   Qur’oni   karim,   Eski   Ahdning   16   ta   kitobi   va   Yangi   Ahd
to‘laligicha   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilinib,   nashr   etildi.   Yuzlab   masjid,   cherkov   va
ibodatxonalar,   shu   jumladan,   Toshkent,   Samarqand   va   Navoiydagi   pravoslav
ibodatxonalari,   Toshkentdagi   katolik   kostyoli,   Samarqanddagi   Arman   cherkovi
qurildi   va   ta’mirlandi.   Qisqacha   qilib   aytganda,   Respublikamizda   O‘zbekiston
musulmonlari   idorasi,   Qoraqalpog‘iston   musulmonlari   qoziyoti,   Tolshkent   islom
instituti,   1999-yilda   O‘zbekiston   Respublikasi     Birinchi   Prezidentining   farmoni
asosida   tashkil   topgan   Toshkent   islom   universiteti,   14   ta   madrasa   va   2033   ta
masjid faoliyat yuritmoqda. O‘quv muassasalarida 4200 dan ortiq yoshlar diniy va
14
Юксак   маънавият   ва   қонун   устуворлиги   асосида   яшаш,   эл-юртга   садоқат,   адолат,   ҳалоллик   ва   жасорат
фазилатларини камол топтириш. Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2013.Б.-364.
17 dunyoviy   ta’lim   olmoqdalar 15
.   2007-yilda   Islom   konferensiyasi   tashkilotining
ta’lim,   fan   va   madaniyat   masalalari   bo‘yicha   tuzilmasi   AYSESKO   tomonidan
“Toshkent-Islom   madaniyati   poytaxti   ”   deb   e’lon   qilindi.   Bu   xalqimizning   islom
dini rivojiga qo‘shgan hissasiga berilgan yuksak bahodir.
      Shunday   qilib,   mustaqillik   yillarida   yurtimizda   milliy   va   diniy   tolerantlikni,
siyosiy   barqarorlikni   ta’minlash,   milliy   urf-odatlar,   diniy   qadriyatlar   tiklanishi
yo‘lida   bir   qator   ishlarni   amalga   oshirilishini   taqozo   qildi.   Qadimdan   bayram
qilingan   Navro‘z,   Qurbon   hayit,   Ramazon   hayiti   kabi   bayramlarimiz   xalqimizga
qaytarib   berildi,   boshqa   xalqlar   urf-odatlari,   diniy   qadriyatlarini,   bayramlarini
rivojlantirishga   tegishli   ishlar   ham   amalga   oshirildi.   Bu   O‘zbekistonda   amalga
oshirilayotgan   milliy,   diniy   siyosatning   tarkibiy   qismi   bo‘lib   qoldi   va
mamlakatimiz xalqlarini jipslashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
1.2. Diniy ma’rifiy soha rivoji huquqiy asoslarining yarati li shi……..
      O‘zbekistonda   diniy-ma’rifiy   soha   rivojining   huquqiy  asoslarining   shakllanishi
davlatimiz o‘z istiqlolini qo‘lga kiritishdan  oldin ya’ni 1991-yildayoq boshlangan
edi.   Bundan   O‘zbekistonning   Birinchi   Prezidenti   I.A.Karimovning   1991-yilda
15
Бу муқаддас Ватанда азиздир инсон. Т., 2010. Б.-47.
18 qabul   qilingan   “Qurbon   hayitini   bayram   qilish   haqidagi”   farmoni   dalolat   beradi.
Unga   ko‘ra   “Musulmonlarning   ko‘plab   istak   va   xohishlarini   qondirish   va   O‘rta
osiyo   musulmonlari   diniy   boshqarmasining   murojaatini   e’tiborga   olib   hamda
fuqarolar   hamjihatligi   va   mehr-oqibatini   yuksaltirish   maqsadida   “Qurbon   hayit”
(“Iyd al-adha”) ni bu yil 22-iyun  16
 kuni va keyingi yillarda esa “Qurbon hayit”ning
birinchi birinchi kuni dam olish kuni deb” tayinlandi.
      1991-yil   14-iyunda  “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi   qonun
qabul   qilindi.   Keyinchalik   bu   qonunning   yangi   tahrirdagi   shakllari   tasdiqlandi.
Uning   yangi   variantlari   1998-yil   1-mayda   va   2021-yil   26-iyunda   maqullangan.
Ushbu   qonun   6   bobdan   iboratdir.   Ularda   vijdon   erkinligini   ta’minlash   asoslari,
diniy   tashkilotlar   tashkil   etish,   uning   huquq   va   majburiyatlari,   faoliyatining
qo‘shimcha   kafolatlari,   diniy   tashkilotlarni   ro‘yxatdan   va   qayta   ro‘yxatdan
o‘tkazish   tartibi,   diniy   tashkilotning   faoliyatini   to‘xtatib   turish   va   tugatish   kabi
masalalar   o‘z   aksini   topgan.   Qonunning   maqsadi   vijdon   erkinligini   ta’minlash
sohasidagi   munosabatlarni,   shuningdek   diniy   tashkilotlar   faoliyatini   tartibga
solishdan   iborat.   Unda   ta’lim   tizimi   va   dinning   o‘zaro   munosabatlari   ham   o‘z
aksini   topgan.   Ta’kidlanishicha   O‘zbekiston   Respublikasida   ta’lim   tizimi   dindan
ajratilgandir. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan
diniy ta’lim muassasalari mustasno) yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
     Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish
huquqi,   ularning   dinga   bo‘lgan   munosabatidan   qat’i   nazar,   ta’minlanishi,   barcha
fuqarolarning diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga
egaligi,   diniy   ta’lim   muassasalarida   o‘qishga   fuqarolar   qonunchilikka   muvofiq
umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’lim   yoki   professional   ta’lim   olgan   shaxslar   diniy
ta’lim muassasalarida diniy fanlarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga
egaligi kafolatlangan.
      O‘zbekiston   Respublikasida   diniy-ma’rifiy   soha   rivoji   huquqiy   asoslarining
yaratilishi   va   vijdon   erkinligini   ta’minlashda   mamlakatimizning   asosiy   qonun
16
Lex.uz.O’zbekiston SSR Prezidenti Farmoni.  20.06.1991- yildagiPF -221- son .
19 Konstitusiyasi muhim ro‘l o‘ynaydi.   O‘zbekiston Respublikasi  Konstitusiyasi O‘n
ikkinchi   chaqiriq   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   o‘n   birinchi
sessiyasida   1992-yil   8-dekabrda   qabul   qilingan.   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasining   4,8,18,21,31,57,73,74,115-moddalarida   va   qator   qonunlarda
turli millatga mansub aholining ma’naviy-madaniy jihatdan rivojlanishi uchun teng
sharoit va imkoniyatlar yaratish masalasi mustahkamlab qo‘yildi. Jumladan, 1997-
yil   26-dekabrda   “Ommaviy   axborot   vositalari   to‘g‘risida”gi   qonunning   6-
moddasida,   1995-yil   21-dekabrda   yangi   tahrirdagi   “Davlat   tili   to‘g‘risidagi”
qonunning   24-moddasida   barcha   fuqarolar,   ya’ni   etnik   guruxlarning   huquqlari
ustunligi   nazarda   tutilgan.   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   8-
moddasida 17
:   “O‘zbekiston   xalqini,   millatidan   qat’i   nazar,   O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari tashkil etadi”, deya qayd etilgan. O‘zbekistonda tug‘ilgan,
uning   zaminida   yashab,   mehnat   qilayotgan   har   bir   kishi,   millati   va   irqiy
mansubligidan,   diniy   e’tiqodidan   qat’i   nazar,   mamlakatimizning   teng   huquqli
fuqarosi bo‘lishga munosibdir deb ta’kidlangan.
      Shu   maqsadlarni   o‘zida   ifoda   etgan   huquqiy   asoslar   sifatida   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 61-moddasida:   “Diniy tashkilotlar va birlashmalar
davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning
faoliyatiga   aralashmaydi”   deb   belgilangan.   Shu   bilan   birga,   Konstitusiyaning   18,
31,   48   va   57-   moddalarida   ham   davlat   va   din   munosabatlarida   O‘zbekiston
siyosatining mazmunini ochib beradigan normalar aks etgan.
      Dinning   davlat   ishlaridan   ajratilganligi   tamoyili   davlat   tomonidan   diniy
tashkilotlarning   ichki   faoliyatiga   aralashmaslikni   anglatadi.   Biroq   bu   diniy
tashkilotlarning   faoliyatiga   qonunning   daxli   yo‘q   degani   emas.   Diniy
tashkilotlarning a’zolari ayni paytda o‘z davlatining fuqarolari ham hisoblanadi va
ular   Konstitusiyaning   48-moddasiga   ko‘ra:   “…   Konstitusiya   va   qonunlarga   rioya
etishga,   boshqa   kishilarning   huquqlari,   erkinliklari,   sha’ni   va   qadr-qimmatini
17
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2018
20 hurmat   qilishga   majburdirlar 18
”.  Mazkur   moddada   belgilangan   vazifalarni   amalga
oshirish   maqsadida     1992-yilda   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari
bo‘yicha   qo‘mita   tashkil   etilgan.   Tashkilot   har   bir   shaxsning   vijdon   va   diniy
e’tiqod   erkinligi   huquqi,  fuqarolarning   dinga  bo‘lgan  munosabatidan   qat’iy   nazar
tengligini   ta’minlash,   shuningdek,   diniy   tashkilotlar   faoliyati   bilan   bog‘liq
munosabatlarni   tartibga   solish   sohasidagi   vazifalarni   hal   etish   vakolati   berilgan
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 
     1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirdagi “Davlat  tili to‘g‘risida”gi  qonunning 24-
moddasida  barcha  fuqarolar, ya’ni  etnik  guruhlarning huquqlari  ustunligi  nazarda
tutilgan.
      Sohani   tartibga   soluvchi   asosiy   qonun   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar
to‘g‘risida”gi   qonun   hisoblanib,   u   bugungi   kunga   qadar   3   bora   qabul   qilingan.
Buning   asosiy   sabablaridan   biri   sifatida,   unda   ma’lum   moddalar   davlat-din
o‘rtasidagi   munosabatlarni   to‘la   ifoda   etmaganligidadir.   Xususan,   1998-yil   1-
mayda qabul qilingan qonun 23 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda qabul
qilingan yangi tahrirdagi qonun loyihasidagi moddalar soni 35 tani tashkil etadi 19
.
      Istiqlol   yillarida   islom   olamining   zabardast   allomalari-vatandoshlarimiz   Imom
Abu   Iso   at-Termiziyning   1200   yilligi,   Mahmud   az-Zamaxshariyning   920   yilligi,
Najmiddin  Kubroning  850  yilligi,  Bahouddin  Naqshbandning  675  yilligi   va  Xoja
Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim
bo‘yicha   1225   yilligining   keng   ko‘lamda   nishonlanishi   yurtimizda   iymon,   dinu,
dinu-diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil bo‘ldi. Bu aziz va mukarram
zotlarning bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.
      O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   mahkamasining   “Imom   al-Buxoriy
tavalludining  Hijriy qamariy yil bo‘yicha 1225 20
- yillgini nishonlash to‘g‘risida”gi
18
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2018
19
https://tarjumon.uz/uzbekistonda-din-va-davlat-munosabatlari-din-davlatdan-ajratilganmi/     26-aprel 
2022-yil
20
“ O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti
21 29.04.1997-yilda   qabul   qilingan   217-sonli   qarori   bo‘yicha   1998-yilda   Samarqand
viloyati   Chelak   shahri   yaqinida   Imom   al   Buxoriyning   1225   yillik   yubileyi
nishonlandi 21
.   Undan   maqsad   din   sohasidagi   ma’naviy-ma’rifiy,   ta’lim   ishlari   va
faoliyatni   yanada   takomillashtirish,   islom   dinining   asl   insonparvarlik   mohiyatini,
xalqimiz,   ayniqsa,   yoshlarimizni   diniy   aqidaparastlik   va   ekstremizm   xatarlaridan
himoya   qilish,   mamlakatimizda   ijtimoiy-ma’naviy   muhitni   yanada
sog‘lomlashtirish,   muqaddas   dinimizni   soxtalashtirishga   urinayotgan   turli
mutaassib   kuchlarning   yovuz   harakatlari   oldini   olishga   qaratilgan   chora-
tadbirlarning hayotiy ahamiyati va ta’sirchanligini oshirishdan iborat edi.
      Diniy   ma’rifiy   ishlarni   takomillashtirish   keying   yillarda   ham   O‘zbekiston
rahbariyatining   diqqat   markazida   bo‘ldi.   2008-yil   7-avgustda   I.A.Karimovning
O‘zbekiston   Musulmonlar   Idorasi   huzurida   muqaddas   qadamjolarni   saqlash   va
obod   etish   xayriya   jamg‘armasini   tashkil   qilish   to‘g‘risida   938-sonli   farrmoni
imzolandi. Unda muqaddas islom dini, islom falsafasi va madaniyati rivojiga ulkan
hissa  qo‘shgan  buyuk ulamo va aziz  avliyolarning tabarruk nomlari  bilan bog‘liq
Imom   Buxoriy,   Imom   Termiziy,   Imom   Motrudiy,   Hazrati   Imom,   Shohizinda,
Bahouddin   Naqshband,   Xoja   Axror   Valiy,   Ko‘kgumbaz,   Dorus-saodat,
Qosimshayx   kabi   mamlakatimiz   hududidagi   qutlug‘   ziyaratgoh   va   qadamjolarni
talab   darajasida   saqlash   va   obodonlashtirish,   ularning   infratuzilmasini
takomillashtirish   ishlarini   amalga   oshirish   nazarda   tutilgan   edi.   Ushbu   qaror
asosida     2008-yilda 22
  O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi   huzurida   muqaddas
qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasini tashkil qilindi. 2017-yil
16-avgustda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “2018-2019-yillarda   turizm
sohasini   rivojlantirish   bo‘yicha   navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   qarori
e’lon   qilindi.   Bu   qarorlarning   qabul   qilinishi   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasining   31-moddasida   ta’kidlangan:   “Hamma   uchun   vijdon   erkinligi
21
“O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzurida muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasini 
tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining qarori.  https.Lex.uz.PQ-938 son 
07.08.2008.
22
 Htpps.Lex.uz.PQ 938-sonli 07.08.2008.
22 kafolatlanadi,   har   bir   inson   xohlagan   dinga   e’tiqod   qilish   yoki   hech   qaysi   dinga
e’tiqod   qilmaslik   huquqiga   ega.   Diniy   qarashlarni   majburan   singdirishga   yo‘l
qo‘yilmaydi” degan qoidaning amaldagi  ifodasi  bo‘ldi. Sir emaski, diniy ma’rifat
har   qaysi   zamon   va   makonda   davlatlar   ma’naviy   yuksalishi   va   kamolotida
mustahkam o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Dinning ijtimoiy ahamiyati, jamiyat a’zolari
uchun   muhimligi,   turmushning,   vijdonning   ajralmas   qismi   ekanidan   kelib
chiqadigan   bo‘lsak,   yurtimizda   diniy   ma’rifat   ildizlarining   o‘zaro   ahillik,   poklik,
insof,   ixlos,   adolat   va   intizom   sarachashmalari   bilan   sug‘orilgani   xalqimizning
ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga xizmat qiladi. Diniy ma’rifatning nafaqat kishilar,
balki davlat hayotiga uyg‘unlikdagi rivojini saqlab qolish esa muhim vazifalardan
biridir.   “Din   insonlarning   dilidan   sahovat,   marhamat,   shafqat,   ulfat,   muruvvat
eshiklarini   ochub,   saodatu - salomat   bo‘stoniga   olib   borur”.   Buyuk
ma’rifatparvarimiz   Abdulla   Avloniy   kishilardagi   “diyonat”   fazilatiga   to‘xtalar
ekan:   “Din   va   e’tiqodi   salomat   bo‘lmagan   kishilar   haqni   botildan,   foydani
zarardan,   oqni   qoradan,   yaxshini   yomondan   ayira   olmas,   munday   kishilardan   na
o‘ziga   va   na   boshqa   kishilarga   va   na   millatga   tariqcha   foyda   yo‘qdir”
deydi 23
.Chindan   ham,   iymoni   butun,   vijdoni   pok,   ruhan   baquvvat,   qalban
muhabbatli kishilargina millati va o‘zgalar uchun ham madadkor, yelkadosh bo‘la
oladi. Binobarin, diniy ma’rifat diniy bag‘rikenglikning asosidir.
Shu   o‘rinda   ta’kidlash   kerakki,   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasida   din   va
e’tiqod   erkinligini   ta’minlash,   sohadagi   taklif   va   tavsiyalarni   amalga   oshirish
bo‘yicha   2018-yil   4-maydagi   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   va   Senati
Kengashlarining   Qo‘shma   qarorlari   bilan   tasdiqlangan   “Yo‘l   xaritasi”   ijrosi
yuzasidan parlament eshituvi videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan edi.
Parlament   eshituvida   deputatlar,   senatorlar,   vazirliklar   va   idoralar   rahbarlari,
ta’lim   va   ilmiy-tadqiqot   muassasalari,   fuqarolik   institutlari,   BMT   Inson   huquqlari
Kengashining   Din   va   e’tiqod   erkinligi   masalasi   bo‘yicha   maxsus   ma’ruzachisi   A.
Shahid,   BMTning   Inson   huquqlari   bo‘yicha   Oliy   komissari   Boshqarmasi,   mazkur
23
 А.Авлоний. Танланган асарлар: 2 жилдлик. 2-жилд. Тўпловчи: Б.Қосимов.   Т.: “Маънавият”, 1998.  304- б.
23 boshqarmaning   Markaziy   Osiyo   bo‘yicha   vakolatxonasi,   YeXHTning   Demokratik
institutlar   va   inson   huquqlari   bo‘yicha   Byurosi,   AQSHning   Davlat   departamenti,
mazkur   departamentning   Xalqaro   diniy   erkinliklar   bo‘yicha   komissiyasi,   “Global
ishtirok   instituti”   xalqaro   nodavlat   tashkiloti,   Brigam   Yang   universiteti   vakillari,
O‘zbekistonda   akkreditasiyadan   o‘tgan   diplomatik   vakolatxonalar   hamda   xalqaro
tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   Spikerining   birinchi   o‘rinbosari   A.   Saidov
kirish   so‘zida   2017-yilning   oktabr   oyida   BMTning   Inson   huquqlari   Kengashining
Din va e’tiqod erkinligi masalasi  bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi  A. Shahid   24
15 yil
davomida   O‘zbekistonga   ilk   tashrif   buyurgani,   mazkur   tashrif   yakunlarida
bildirilgan   12   ta   tavsiya   e’tiborga   olingan   holda   mamlakatimiz   parlamenti
tomonidan   e’tiqod   erkinligini   ta’minlash   bo‘yicha   “Yo‘l   xaritasi”   tasdiqlanganini
aytib o‘tdi.
E’tiqod erkinligi borasida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar O‘zbekistonda yuz
berayotgan   siyosiy-huquqiy   islohotlarning   ajralmas   tarkibiy   qismi   sanaladi.   Bu
o‘zgarishlar   O‘zbekistonni   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasining
millatlararo   totuvlik,   diniy   bag‘rikenglikni   ta’minlashga   qaratilgan   vazifalarida
belgilangan.   O‘zbekiston   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   2018-yil
12-dekabrda   BMT   Bosh   Assambleyasining   “Ma’rifat   va   diniy   bag‘rikenglik”   deb
nomlangan Rezolyusiyasining qabul qilinishi tarixiy voqea bo‘ldi 25
.
O‘sha   paytda   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vaziri   o‘rinbosari   lavozimida
faoliyat yuritgan   A. Toshqulov diniy tashkilotlarni huquqiy tartibga solishda katta
o‘zgarishlar   ro‘y   bergani   to‘g‘risida   to‘xtalib   o‘tdi.   Xususan,   ro‘yxatdan
o‘tkazganlik uchun davlat bojining besh baravargacha kamaygani, taqdim etiladigan
hujjatlar   sonining   sezilarli   qisqartirilgani,   diniy   tashkilotlarni   ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi   organga   har   chorakda   hisobot   berish   bekor   qilinib,   bir   yilda   bir
marotaba   elektron   tarzda   qisqartirilgan   hajmda   ma’lumot   taqdim   etilishi,   adliya
24
https :// xs . uz / uz / post / shavkat - mirziyoev - bmt - inson - huquqlari - kengashining - makhsus - maruzachisini - qabul - qildi .
25
https://xs.uz/uzkr/post/dinij-erkinlik-sohasidagi-ozgarishlar-mamlakatda-amalga-oshirilayotgan-siyosij-huquqij-   
islohotlarning-muhim-qismi    .2022     йил 4 май
24 organlarining diniy tashkilotni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolati, diniy
tashkilot   tomonidan   qonun   yoki   ustav   talablariga   rioya   etilmaganligi   uchun
BHMning   100   baravari   miqdorida   jarima   qo‘llash   tartibi   bekor   qilinganligi
keltirildi.   Yangi   tahrirdagi   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi
qonun   loyihasiga   kiritilayotgan   qo‘shimchalar   va   o‘zgartishlar   haqida   batafsil
ma’lumot  berildi. Qonun loyihasini  tayyorlash jarayonida davlat  va  din o‘rtasidagi
munosabatlarni huquqiy tartibga solishda milliy, xorijiy va xalqaro tajriba e’tiborga
olinganligi ta’kidlandi.
Diniy ma’rifiy targ‘ibotda “Haj” safarlarini oshirishning ham ahamiyati kattadir.
Uni   samarali   amalga   oshirish   esa   ko‘p   jihatdan   huquqiy   normalarga   bog‘liqdir.
Xuddi   shu   maqsadda   2007-yil   28-dekabrda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   Haj   safariga   nomzodlarni   tanlashda   adolat   tamoyillariga   qat’iy
amal qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, shuningdek, hajga boruvchilarni saralash
tartibini yanada takomillashtirish 1031 son qarori qabul qilindi va shu asosda  “Haj”
va   “Umra”   tadbirlarini   tashkil   etish   va   o‘tkazish   tartibi   to‘g‘risidagi   nizomga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Diniy ma’rifiy ishlarning boshqa yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ham
qator   huquqiy   hujjatlar   qabul   qilindi.   O‘zbekiston   Xalqaro   Islom   Akademiyasi
faoliyatini   tashkil   etish   va   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   2018-yil   16-apreldagi   PF-5416   son
farmoni   ijrosini   ta’minlash,   yurtimizda   Quron   ilmi,   hadis,   islom   huquqi,   aqida,
tasavvuf,   islom   iqtisodiyoti   va   moliyasi,   xalqaro   munosabatlar,   xorijiy   tillar   va
boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha yuqori malakali
kadrlar   tayyorlash   uchun   zarur   shart-sharoitlar   yaratish   maqsadida   Vazirlar
Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.
2008-yilning   16-aprelida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.   Mirziyoyev
“Diniy-marifiy   soha   foaliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5416-sonli farmonni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda diniy
25 ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichidan (o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari
yoki   madrasalar)   tortib,   to   oliy   va   undan   keyingi   diniy   ta’limgacha   uzluksizligini
ta’minlashga qaratilgan edi. 
Ushbu   farmonning   ijrosini   ta’minlash   maqsadida   2-noyabr   kuni   O‘zbekiston
Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  “Hadis ilmi maktabi faoliyatini  tashkil  etish
va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   faoliyatini   takomillashtirish
chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-apreldagi qarori ham diniy ma’rifiy soha
rivojini ta’minlashga qaratilgan edi.
2018-yil   31-may   kuni   Vazirlar   Mahkamasining   409-sonli   qarori   bilan
“O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta
ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Diniy   ma’rifiy   faoliyatni   takomillashtirish   keying   yillarda   ham   O‘zbekiston
rahbariyatining   diqqat   markazida   bo‘ldi.   Xususan,   2020-yil   11-avgustda   Prezident
Sh.M.Mirziyoyevning   PQ   4801-sonli   “Imom   Moturidiy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot
markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qaror
buyuk   mutafakkir   ajdodimiz,   motrudiylik   ta’limoti   asoschisi   Imom   Abu   Mansur
Motrudiy   va   uning   izdoshlari   merosini   chuqur   o‘rganish,   ularning   aqida   va   kalom
ilmi   rivojiga   qo‘shgan   bebaho   hissasini   tadqiq   etish   va   keng   targ‘ib   qilish,   milliy-
diniy   qadriyatlarimizni   asrab-avaylash   va   rivojlantirish,   shu   asosda   yosh   avlodni
ezgu   umuminsoniy   g‘oyalar   ruhida   tarbiyalash,   ularda   ma’naviy   va   ma’rifiy
qarashlarimizga   yot   bo‘lgan   zararli   ta’sirlarga   qarshi   mafkuraviy   immunitetni
kuchaytirish maqsadida qabul qilingan edi.
2022-yil   14-aprelda   esa   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston   Respublikasi   qonuni   ijrosini   ta’minlash,   shuningdek,   diniy
mazmundagi   materiallarni   tayyorlash,   olib   kirish   va   tarqatish   faoliyatini   tartibga
solish   hamda   dinshunoslik   ekspertizasidan   o‘tkazishni   yanada   takomillashtirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
26 Parlament   eshituvida   BMT   Inson   huquqlari   bo‘yicha   Kengashining   Din   va
e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A. Shahid nutq so‘zladi. U
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida sezilarli o‘sishga erishilganini
e’tirof etdi. Boshqa ishtirokchilar ham  O‘zbekistonda  davlat va jamiyat  hayotining
barcha jabhalarida muhim islohotlar ro‘y berayotganini ta’kidlashdi. Xususan, diniy
konfessiyalar   vakillarining   aytishlaricha,   qonunchilik   va   amaliyotdagi   o‘zgarishlar
davlatning diniy sohadagi siyosatini  amalga oshirish yo‘lida real va jiddiy qarorlar
qabul qilganining yaqqol tasdig‘idir.
Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   raisi   o‘rinbosari   D.   Eshnayev   “Yo‘l   xaritasi”ga
muvofiq,   amalga   oshirilgan   ishlar   va   natijalar   bo‘yicha   ma’lumot   berdi.
O‘zbekistonda   2022-yilda   16   ta   konfessiyaga   mansub   2277   ta   diniy   tashkilot
faoliyat   yuritayotgan   bo‘lib,   ularning   2094   tasini   islomiy   diniy   tashkilotlar,   shu
jumladan,   2067   tasini   masjidlar   tashkil   etadi 26
.   Shuningdek,   166   ta   xristian   diniy
tashkiloti, 8 ta yahudiy va 6 ta bahoiy jamoalari, bittadan krishnachilar jamiyati va
buddaviylar   ibodatxonasi   hamda   konfessiyalararo   O‘zbekiston   Bibliya   jamiyati
faoliyat   yuritmoqda.   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   huzuridagi   Konfessiyalar   ishlari
kengashi   o‘zining   yig‘ilishlarini   yiliga   ikki   marta   o‘tkazib   kelmoqda.   Bu   fakt   va
dalillar   diniy-ma’rifiy   faoliyatni   takomillashtirish   bo‘yicha   qabul   qilingan   qonun,
qaror va farmonlarning izchil amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
      Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   diniy-ma’rifiy   soha   rivojining   huquqiy   asosini
ta’minlovchi  bir   qator  m’eyoriy  hujjatlar  qabul  qilindi.  Bu  hujjatlar   O‘zbekistonda
diniy-ma’rifiy   soha   rivojining   tom   ma’nodagi   bunyodkoriga   aylandi.   Mustaqillik
yillarida   yurtimizda   diniy-ma’rifiy   soha   rivojini   ta’minlovchi   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi   qonun,   O‘zbekiston   respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   qarorlari,
Prezident   farmonlari   va   Diniy   qo‘mita   qarorlarini   aytishimiz   mumkin.   Mana   shu
26
https://xs.uz/uzkr/post/dinij-erkinlik-sohasidagi-ozgarishlar-mamlakatda-amalga-oshirilayotgan-siyosij-huquqij-
islohotlarning-muhim-qismi    .2022     йил 4 май
27 qarorlar   va   boshqa   tegishli   normativ   hujjatlar   O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida
diniy-ma’rifiy soha rivojining huquqiy asoslarini ta’minlab berdi.
1.3.   Milliy   urf-odatlar,   bayramlar   va   boshqa   qadriyatlarining   tiklana
boshlashi………….. 
        XX-asrning 80-yillar o‘rtalarida o‘zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-
odatlar   va   marosimlar,   bayramlar   cheklab   qo‘yildi,   ba’zilarining   o‘rniga   boshqa
bayramlar   va   marosimlar   to‘qib   chiqarildi.   Natija da   avvallari   nishonlanadigan
“Hosil   bayrami”,   “ Q ovun   sayli”.   “Gul   sayli ”   va   bosh q a   x al q   bayramlari   unutib
q o‘yildi.   “ Navro’z ”   bayrami  esa  avval   ta’ q i q landi,  s o‘ ng  sun’iy   tarz da   “ Navbahor ”
bayramiga   aylantirildi.   O‘ylanmay,   xalq   bilan   maslahatlashmasdan   qilingan
bunday nojuya harakatlar xalqning dilini qattiq og‘ritdi. 
    80-yillarning oxirida sovet davlatida avj olgan qayta qurish siyosati yurtimizdagi
madaniy,   ma’rifiy,   ijtimoiy   jaroyonlar   o‘z   ta’sirini   o‘tkazdi   va   shuningdek   milliy
qadriyatlar,   urf-odatlar,   an’nalar   tiklanishidagi   dastlabki   qadamlardan   bo‘ldi.   Bu
yo‘nalishdagi   faoliyat   respublika   rahbariyati   o‘zgargach   tobora   shiddatli   tus   ola
boshladi.
28       1989-yil   23-iyunda   O‘zbekiston     KPning   navbatdagi   yig‘ilishida   O‘zbekiston
Komunistik   Partiyasini   1-kotibi   etib   Islom   Abdug‘aniyevich   Karimov
tayinlandi. O‘zbekiston   rahbarligiga   kelgandan   so‘ng,   1989-yil   24-iyunda   Islom
Karimov “Biz endi eskicha yashay olmaymiz, vaqtning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymaydi”, -
degan dadil so‘zlarni katta minbardan turib aytgan edi.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilinguniga qadar, 1990-yilda Islom
Karimov  katta  jasorat  namoyon  etib, ittifoq respublikalari   orasida  birinchi  bo‘lib,
Navro‘zni   nishonlash   an’anasini   tiklash   tashabbusi   bilan   chiqdi..   Islom   Karimov
Navro‘z ayomini xalq bayrami, 21-martni  27
esa dam olish kuni deb e’lon qildi.
     Ammo shuni  ta’kidlab o‘tmoq joizki, “Navro‘z” bayram  deb e’lon qilingan ilk
yili   ushbu   kunni   milliy   bayram   sifatida   nishonlashga   odamlar   ongi   hali   tayyor
emas   edi.   O‘tmish   mafkurasi   va   yillar   davomida   yig‘ilgan   jiddiy   iqtisodiy   va
ijtimoiy   muammolar   tufayli   xalqning   aksariyat   qismi   tomonidan   Navro‘z
shodiyonasi   “qo‘shimcha   dam   olish   kuni”   sifatidagina   qabul   qilindi.   Ko‘p   asrlik
insoniylik   qadriyatlari   qayta   tiklangan   yangi   jamiyat   barpo   etish,   aslida,   oson
vazifa   emas   edi.   Biroq,   birinchi   Prezidentimiz   boshchiligida   bosqichma-bosqich
amalga   oshirilgan   sa’y-harakatlar   natijasida   ushbu   qadimiy   bayramni   nishonlash
yana urf-odat tusiga kira boshladi. Yurtimizning barcha vohalarida sumalak, xalim,
ko‘k   somsa   kabi   taomlarni   tayyorlash,   ko‘pkari   va   kurash   bo‘yicha   musobaqalar
uyushtirish an’analari qayta tiklandi. Mustaqillik yillari davomida, Navro‘z ayyomi
–   millati,   tili   va   dinidan   qat’i   nazar   barcha   yurtdoshlarimiz   uchun   katta   shod-
xurramlik bilan kutib olinadigan sevimli, chinakam umumxalq bayramiga aylandi.
     Navro‘zda  barcha  ginalar  unutilib, insonlar  o‘rtasida  yaxshilik, mehr-muruvvat
va   sahiylik   kabi   ezgu   fazilatlar   yanada   kuchliroq   namoyon   etiladi.   Shodiyona
kunlarida   bemorlar,   keksalar,   ehtiyojmand   oilalar   holidan   xabar   olinadi,   insonlar
o‘z quvonchi va shodligini yaqinlari, do‘st-u yorlari bilan bo‘lishadilar.
   I.A.Karimov tashabbusi bilan  1989-yil 21-oktyabrdaO‘zbekiston SSR da O‘zbek
tili   davlat   tili   deb   e’lon   qildi.   Ushbu   voqea   yurtimizning     milliy   urf-odatlar,
27
Htpps/uz/Daryo.uz.22.03.2018  
29 bayramlar tiklanishidagi dastlabki qadamlardan bo‘ldi. I. A. Karimov kishilarning
ma’naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinlashuvi va o‘zaro
rivojlanishiga   yordam   beradigan   xalq   an’analari   va   bayramlarini   tiklashga   katta
e’tibor berdi.
      Bu   o‘rinda   xalkimizning   azaliy   qadriyati,   sevimli   bayrami   hisoblanmish
“Navro’z”   bayramini   xalqimizga   qaytib   berilishi   mamlakat   tarixida   katta   voqea
bo’ldi.   Ma’lumki,   O‘zbekistonda   Prezident   tashabbusi   bilan   1990-yilda   “Navro’z
bayramini   umumxalq   shodiyonasiga   aylantirish   borasi”da   bir   qator   tadbirlar
ko‘rildi. 1991 28
-yildan boshlab mamlakatda Prezident Farmoniga ko‘ra, 21-mart –
Navr o’ z   umumxalq   bayrami   sifatida   nishonlanadigan   bo‘ldi.   Darhaqiqat
avlodlarimiz   Navro’zni   juda   mukammal   bilganlar,   uni   g‘oyat   qadrlaganlar.
Shuning uchun ham bu shodiyona kunlarda inson dilini og‘ritish juda qattiq gunoh
hisoblangan.   Bir-birlarini   muborak   ayyom   bilan   qutlab,   yaxshi   tilaklar   izhor
etganlar.  Gina  quduratlar  unutilgan,  adovat  o‘rniga   ezgulik  tuygulari  jo‘sh  urgan.
Ana shu el ardoqlagan, avloddan avlodga o‘tib kelgan azaliy an’ana yana hayotdan
mustahkam joy olgan.
      Navro‘zning   bayram   qilinishi     xalq   an’analari,   yerga   va   tabiatga   ehtiyotkorlik
bilan   munosabatda   bo‘lish,   dehqon   mehnatini   hurmat   qilish,   yaxshi
qo‘shnichilikka,   mehr-muruvvatga   va   boshqalarning   dardiga   malham   bo‘lishga
intilishlari tiklanishning qudratli omili bo‘ldi. Navro‘z xalq bayramining insoniyat
va   baynalmilal   mohiyati   ham   ana   shundadir   deyiladi .   O’zbekiston   Prezidentining
“Navro‘z   xalq   bayramini   o‘tkazish   yakunlari   to‘grisida”gi   farmonida   Har   bir
jamoa,   muassasala   nishonlanadigan   bunday   bayramlar,   kishilarda   xalqimizning
qadimiy   an’analariga   hurmat,   mehnatga   muxabbat   hissini   tarbiyalaydi.   Bundan
tashqari   ma’naviy   hayotdagi   yana   bir   talayi,   aniqrog‘i   diniy   bayramlar,   hayit
kunlarining respublikala umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo‘l
ochilgani   ham   ma’naviy   poklanishning   muxim   ko‘rinishidir.   Sir   emas,   sho’ro
tuzumi   sharoitida   din   afyundir   degan   kommunistik   shior   hukm   surib   keldi.   Shu
28
“ O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti.286-bet.
30 darajaga   borildiki,   dindorning   ma’naviy   huquqi   cheklandi.   Bunday   bir
tomonlamalik     ijtimoiy     hayotimizning     barcha     tomonini   qamrab   oldi.   Prezident
Islom   Karimov   xalqimizning   madaniy-tarixiy   merosi   tiklanishini   milliy
uyg‘onishning   asosiy   omili   deb   hisobla r   edi .   Shu   o‘rinda,   Navro‘z   ayyomining
ko‘p   asrlik   nishonlanish   an’anasi,   yurtimiz   yangi   tarixida   davlat   bayrami
maqomiga ega bo‘lgan ilk bayramlardan biri bo‘ldi.
      2010-yilda   BMT   21-martni   29
xalqaro   Navro‘z   kuni   deb   e’lon   qildi.   2016-yilda
esa   Navro‘z   bayrami   YUNESKOning   Nomoddiy   madaniy   merosi   ro‘yxatiga
kiritildi.
   Musulmonlar  hayotidagi qutlug‘ sanalar Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini
doimiy ravishda   bayram qilish va ularni dam olish kunlari deb e’lon qilinishi ham
aynan   xalqimiz   ko‘nglidagi   ish   bo‘ldi.   1992-yil   27-martda   O‘zbekiston
Prezidentining   “Ro‘za   hayitini   dam   olish   kuni   deb   e’lon   qilish   to‘grisida”gi
farmoni e’lon qilindi. 
      Yurtimizda   mustaqillikdan   so‘ng   xalqimizning   ming   yillik   urf-   odatlari,
bayramlari   qadriyatlari   qayta   tiklana   boshladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   aholisi
turmush   tarzida   qadimiy   falsafiy,   diniy,   taqvimiy   tasavvurlari   hamda   xo‘jalik
an’analari   bilan  bog‘liq  urf-odat,   marosim   va   bayramlar   mavjud.  Jamoaviy   hayot
o‘zida   turli   an’analarni   mujassam   etgan.   Ular   asrlar   mobaynida   ajdodlardan
avlodlarga   meros   bo‘lib   kelmoqda.   Mazkur   urf-odat   va   marosimlarni   taqvimiy,
mehnat,   oilaviy   va   diniy   kabi   guruhlarga   bo‘lish   mumkin.   Ushbu   qadimiy
an’analar   o‘zida   yangicha   ko‘rinishlarni   ham   mujassam   etgan   holda   xalqimiz
turmush   tarzida   hozirga   qadar   yashab   kelayotgan   bo‘lib,   ular   quyidagilardan
iborat: 30
  Navro‘z,   Mehrjon,   lola   sayli,   boychechak   sayli,   sunbula   sayli,   gul
bayrami,   suv   sayli,   qum   sayli,   qor   xat,   yerga   urug‘   qadash,   oblo   baraka,   hosil
bayrami,   uzum   sayli,   qovun   sayli,   chorvani   yaylovga   haydash,   jun   qirqimi,
chorvani   qishlovga   qaytarish,   to‘l   olish,   beshik   to‘yi,   soch   olish,   birinchi   qadam,
sunnat to‘yi, muchal to‘yi, nikoh to‘yi,  Bibi Mushkulkushod...Mazkur urf-odat va
29
“O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti 
30
 Ma’naviyat:Asosiy tushunchalar izohli lug’ati.T.2009.B.744
31 marosimlar   o‘zbek   xalqi   etno   madaniyatida   muhim   o‘rin   tutadi.   Ularning   tarixiy
ildizlari   qadimgi   davrlarga   borib   taqalib,   tarixning   turli   bosqichlarida   ba’zan
tazyiqlarga   uchrab,   ba’zan   yangicha   ko‘rinish   olib,   hozirga   qadar   yetib   kelgan.
Bunga   misol   tariqasida   Navro‘z,   Mehrjon,   Darveshona   kabilarni   olishimiz
mumkin.   Qadimgi bayramlarning ayrimlari qo‘sh chiqarish, Chigit ekish, Mehrjon
Hosil bayrami, Birinchi chanoq kabilar bilan almashgan.
   Xalqimizning turmush tarzida yil taqvimi bilan bog‘liq turli xil udumlar, urf-odat
va   marosimlar   mavjud   bo‘lib,   ularning   barchasi   Sharq   xalqlarining   quyosh
taqvimidagi   birinchi   kun   bo‘lmish   Navro‘z   31
(Nav-Yangi,   Ro‘z-kun)   bayramidan
boshlanadi. Biz katta tantanalar bilan nishonlayotgan ulug‘ ayyom, bahor bayrami-
Navro‘zni ajdodlarimiz tabarruk kun deb bilib, uni katta quvonch va xursandchilik
bilan   o‘tkazishga   harakat   qilganlar.   Navro‘z   Yer   haqidagi   dastlabki   ilmiy-
geografik   tasavvurlar   paydo   bo‘lgan   zamonlardan   boshlab   shakllangan   bo‘lib,
dastlab   ushbu   bayramni   o‘tkazish   o‘troq   dehqonlarda,   so‘ngra   yarim   o‘troq   va
ko‘chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. O‘rta asr muarrixlari
uning   vujudga   kelish   tarixini   bundan   uch,   uch   yarim   ming   yil   oldin   bo‘lgan   deb
yozgan   bo‘lsalar,   zamonamiz   tarixchilari   Navro‘zning   tarixiy   ildizlarini   tosh
asri(er.av.10-5 ming yillar)ga borib taqaladi, degan xulosani bildiradilar.
   Farg‘ona viloyati Pop tumani Tepaqo‘rg‘on qishlog‘ida 21-mart  32
kuni bir sinfda
o‘qigan tengqurlarning barchasi biror xonadonda to‘planib, sumalak pishiradilar va
tonggacha   o‘yin-kulgi   qiladilar.   Sumalak   pishirilayotgan   boshqa   joylarga   ham
tashrif   buyurishib,   hamqishloqlarini   bayram   bilan   tabriklaydilar.   Bu   kabi   odatlar
hamqishloqlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   mehr-oqibatni   yanada   kuchaytiradi.   Navro‘z
bayrami   kuni   kishilarning   biror   bir   mehnat   turi   bilan   shug‘ullanishi
ma’qullanmaganligi bois yoshu-qari bu kunni bayram tarzida, xursandchilik bilan
nishonlashga harakat qilgan.
31
“O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti
32
Htpps://Namangan.uz/uz/2016-05-01-11-01-19/urf-odat-va-an-analar
32    Namanganda hozirga qadar davom etib kelayotgan "gul bayrami 33
" taqvimiy urf-
odat   va   marosimlar   tarkibidagi   gul   bilan   aloqador   sayillarning   transformasiyaga
uchrab,   yangicha   shakl   olgan   ko‘rinishlaridan   bo‘lib,   o‘zbek   xalqi   ma’naviyatini
o‘ziga xos tarzda namoyon qiladi. Milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish
masalasi   asosiy   vazifa   qilib   qo‘yilgan   bugungi   kunda   ma’naviyatimizni
shakllantiradigan   va   unga   ta’sir   o‘tkazadigan   barcha   omil   va   mezonlarni   chuqur
tahlil   qilish   jarayonida   bu   kabi   bayramlarning   keng   targ‘ib   qilinishi   maqsadga
muvofiqdir.   Mustaqillik   yillarida   xalqimizning   milliy   bayrami   bo‘lgan   uloq
chopish bayrami qayta tiklandi xalq o‘yinlari qatoriga kiritildi. Har qish kuz bahor
mavsumida ommaviy tarzda o‘tkaziladi. Yurtimizda har yili 1-sentyabr mustaqillik
kuni sifatida keng nishonlanadi. Har yili shu bayram xalqimiz tomonidan ommaviy
tarzda nishonlanadi.
      Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   O‘zbekistonda   milliy   va   diniy   bayramlarimiz
bilan   bir   qatorda   talaygina   udumlarimiz   va   bir   qancha   qadriyatlarimiz   qayta
tiklandi.   O‘zbekiston   Prezidentining   1992-yil   27-martdagi   farmoni   bilan   Qurbon
va   Ramazon   hayitlarining   birinchi   kuni   dam   olish   kuni   deb   e’lon   qilindi.
O‘zbekiston xalqi tarixda birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj
va Umra amallarini  ado  etish imkoniyatlariga  ega bo‘ldi. Mustaqillik  yillarida 40
ming   o‘zbekistonliklar   Makka   va   Madinada   Haj   safarida   bo‘ldilar.   Yuzlab
masjidlar musulmonlarga qaytarildi. Qu’roni Karim 8 marta 1 mln nusxada nashr
etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo‘lib qolmay, ular
aslida   xalqimizning   qadimiy   rasm-rusum   udumlari,qadriyatlarining   tiklanishi,
ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.
      Mustaqillik   yillarida     xalqimizning   mingyillik   tarixi   aks   etgan   milliy
qadriyatlarimiz   Kurash   va   Uloq   kabi   bayramlarimiz   qayta   tiklandi   va   xalqimizga
qaytarib   berildi.   Xalqimizning   milliy   urf-odatlari,   qadriyatlarining   ajralmas   bir
qismi   bo‘lgan   milliy   sport   turimiz   kurash   ham   o‘tgan   70   yil   davomida   oyoqosti
qilingan edi. 1980-yillarning boshida mashhur o‘zbek kurashi ustasi, dyuzdochi va
33
Htpps://Namangan.uz/uz/2016-05-01-11-01-19/urf-odat-va-an-analar.
33 sambochi Komil Yusupov   34
o‘zbek kurashining boy merosini tadqiq etish ishlarini
boshlab yubordi. Bu inson kurashning xaslqaro me’yorlarga mos bo‘lgan yangicha
qoidalarini   ishlab   chiqdi.   Yangi   qoidalar   o‘zbek   kurashining   eng   ardoqli
an’analarini   o‘zida   aks   ettirishi   bilan   birga,   xalqaro   sport   me’yorlari   talablariga
ham javob beradi. 
      Mustaqillik   yillarida   tiklangan   milliy   bayramlarimizdan   biri   bu   ko‘pkari
bayramidir.   Bu   bayramizning   tarixi   ham   uzoq   o‘tmishga   borib   taqaladi.   Uloq
ko‘pkari   O‘rta   osiyo   xalqlarining   qadimiy,ommaviy,   milliy   o‘yinlaridan   biri.
Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillari munosabati bilan o‘tkazilgan.
Hukmdor va har xil amoldorlardan tashqari o‘ziga to‘q odamlar, hatto oddiy aholi
ham . Ko‘proq xatna (chipron) to‘ylarida rasm bo‘lgan. U turkiy xalqlar, ayniqsa,
uning   qo‘ng‘irot,   qurama,   ming,   mang‘it,   oyrat,   kenagas,   qipchoq,   barlos   35
kabi
urug‘lar   orasida   ommalashgan.   Uloq   ko‘pkari   o‘yini   bu   qadimda   ham   hozir   ham
otlarning naslini yaxshilashga, zotdor otlarni   saralashga yordam beradi. Ko‘pkari
o‘yini o‘zbeklarda- Ko‘pkari, ’’Uloq”,”Ko‘kbo‘ri 36
” deyiladi, qirg‘izlarda-kok-pari
tarzida ataladi. Forsiy tilda so‘zlashuvchi qavmlarda “Bo‘zkashi “ deb  ataladi, rus
xalqlarida   esa   “Kozlodraniya”   deb   yuritiladi.   Ko‘pkari   o‘yini   yurtimizda   xalq
sayillari,   to‘ylar   va   bayramalar   munosabati   bilan   tantananing   oxirgi   kunida
uyushtiriladi.
   2002-yilda O‘zbekistonda alohida Uloqko‘pkari fedarasiyasi  37
tuzildi. Fedarasiya
hozirgi vaqtda tuman, viloyat, respublika musobaqalarini uyushtiradi. Milliy sport
turlari   va   xalq   o‘yinlari   O‘zbekiston   Respublikasining   jismoniy   tarbiya   va   sport
34
Https://cyberleninka.ru/article/n/o’-zbekistonda    -milliy-kurashning-rivojlanishi-istiqbollari.
35
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uloq.
36
Htpps://cyberleninka.ru/article/n/milliy-ot-sporti-uloq-ko’pkari-o’yining jamiyatda-tutgan o’rni va uning-ijimoiy-
ahamiyati.
37
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uloq.
34 sohasidagi madaniy merosining ajralmas qismi , alohida vatanparvarlik va Vatanga
muhabbat, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga intilish
tuyg‘ularini   tarbiyalashning   asosiy   poydevori   hisoblanadi.   Bugungi   kunda
joylardagi   urf-odat   tusiga   kirgan   milliy   xalq   o‘yinlari   hamda   milliy   qadriyatlarni
qayta   tiklash,   aholining   keng   qatlamini   ayniqsa,   yoshlarni   milliy   sport   turlari   va
xalq   o‘yinlariga   bo‘lgan   qiziqishlarini   oshirish,   yosh   avlod   chavandozlarini
tarbiyalashga   yo‘naltirilgan   ot   sporti   musobaqalarini   tashkil   etish   va   o‘tkazish
hamda  milliy  ot   sportining    xalqaro  dovrug‘ini  oshirishga   qaratilgan   zarur  chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
      Mamlakatimizda   nomoddiy   madaniy   merosni   muhofaza   qilish,   asrash,   targ‘ib
qilish     va   ulardan   foydalanish   masalasiga   davlat   siyosati   darajasida   qaralmoqda.
Xususan, yurtimizda mazkur yo‘nalish bo‘yicha to‘liq huquqiy asos mavjud, 2008-
yilda   “Nomoddiy   madaniy   merosni   muhofaza   qilish   to‘g‘risida”gi   xalqaro
Konvensiya   (2003-yil   17-oktyabr,Parij)   38
ratifikasiya   qilindi   va   amaldagi
qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirtildi. 
  So‘nggi   yillarda   yurtimizda   amalga   oshirilayotgan   bu   va   bunga   o‘xshash
tadbirlar     yurtimizda   milliy   qadriyatlar,   urf   odatlar   va   bayramlarni   tiklanishida
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning milliy qadriyatlariga aylangan juda
ko‘plab   milliy   bayramlarimiz,     qadimiy   o‘yinlarimiz,   urf   odatlarimiz   milliy   ong,
milliy g‘urur , milliy mafkura shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omillari
bo‘ldi. 
38
Htpps://cyberleninka.ru/article/n/milliy-ot-sporti-uloq-ko’pkari-o’yining jamiyatda-tutgan o’rni va uning-ijimoiy-
ahamiyati.
35 II   BOB.   MUSTAQILLIK   YILLARIDA   O‘ZBEKISTONDA   VIJDON
ERKINLIGINI   TA’MINLASHGA   QARATILGAN   TADBIRLARNING
AMALGA OSHIRILISHI
2.1.Mamlakatda masjidlar faoliyatining tiklanishi va bu sohada olib borilgan
bunyodkorlik ishlari…..
      Mustaqillik   yillarida   O ’zbekistonda   masjidlar   faoliyatining   tiklanishi   va   bu
sohada olib boriliyotgan bunyodkorlik ishlari haqida gap ketganda biz eng avvalo
sovet davrida yurtimizdagi barcha masjidlar yopib qo‘ylganligi ni   ham  bu sohadagi
faoliyat   amalda   no‘ldan   boshlanganini   e’tibordan   chetda   qoldirmasligimiz   kerak.
Sovet davlati ateistik davlat edi.   Bu davlat hech qanday dinni ham xudoni ham tan
olmagan ligi   sababli   u   davrda   deyarli   barcha   diniy   muassasalar,     masjidlar,
ibodotxonalar o‘z faoliyatini to‘xtat gan edi.   Sovet lar   davrida   Samarqand   viloyati
bo‘yicha  bitta masjid ,  bitta provaslov cherkovi va bitta yahudiy sinagogasi faoliyat
yuritgan  edi.
      O‘zbekistonda   o‘sha   davrda     din   va   davlat   o‘rtasidagi   munosabatlar   haqida
gapirganda,  diniy  vaziyat  nihoyatda  keskin  tus  olganligini  eslash  joiz.  1991-yilga
kelib,   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so‘ng,   o‘zga   sohalar   qatori   diniy
sohada   ham   vaziyatni   tartibga   soluvchi   instrumentlar   yaratilishiga   ehtiyoj   yuzaga
36 keldi. Bunga asosiy sabab sifatida, XX asr 90- yillarida avj olgan diniy ekstremizm
xavfi  va turli  diniy oqimlarning ta’sirining  kuchayganligini ko‘rsatish mumkin.
      Agar   biz   bosib   o‘tilgan   istiqlol   yo‘limizga   bir   nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,
ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar
o‘rtasidagi   aloqalarni   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yishga   alohida   e’tibor   qaratildi.
Konstitusiyaga   ko‘ra,   O‘zbekiston   dunyoviy   davlat,   binobarin,   mamlakatimizda
din   davlatdan   ajratilgan.   Ammo   respublikamiz   rahbariyati   bu   masalaga   oqilona
yondashib, din davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan,
O‘zbekiston   singari   qadimiy   va   barqaror   diniy   an’analarga   ega   mamlakatda   bu
borada   g‘oyat   nazokat   va   ehtiyotkorlik   bilan   ish   yuritish   lozimligini   o‘z   vaqtida
to‘g‘ri   anglab   yetdi 39
.   Shuning   uchun   ham   bugungi   kunda     ko‘p   millatli
mamlakatimizda   hech   qaysi   din   vakillarining   diniy   nafsoniyatlarini   kamsitmagan
holda,  ayni   vaqtda  diniy  hissiyotlarni  avj  ham   oldirmasdan,   og‘ir-vazmin,   uzoqni
ko‘zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
      Bu   siyosat   mohiyatini   ilk   marta   Birinchi   Prezident   quyidagi   fikrlarida   aniq-
ravshan   belgilab   bergan   edi:   “Din   odamzotni   hech   qachon   yomon   yo‘lga
boshlamaydi.   Bu   dunyoning   o‘tkinchi   ekanini   ta’kidlab,   odam   bolasini   hushyor
bo‘lishga, yaxshi  bo‘lishga, yaxshi  iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan
keyin   ham   barcha   shart-sharoitlarni   yaratib   beramiz,   diniy   rasm-rusumlarga,
bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi. Ayni zamonda
biz   din   peshvolariga,   o‘zimizga   o‘xshash   musulmon   birodarlarimizga   bir   narsani
takror  va takror  uqtirmoqchimiz:  din o‘z yo‘li bilan, davlat  o‘z yo‘li  bilan. Diniy
partiyalar   tuzib,   hokimiyat   talashib   yurishlar   xudoga   ham   yoqmaydi.   Islom   dini
insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi. Musulmon farzandi birovni kofir,
birovni   xudojo‘y   deb   toifalarga   ajratmaydi.   Sababi,   bandasining   ustidan   bandasi
emas, xudoning o‘zi hukm chiqaradi. Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab,
men   musulmon,   sen   kofir   deb   talashib   yurishlar   bizga   to‘g‘ri   kelmaydi .   Hamma
39
Мустақил Ўзбекистон тарихи.3-китоб. Т.: “Шарқ”,2000.406-б.
37 ahil,   hamma   pokiza   bo‘lib   yashasin,   kimning   fazilati   qancha,   kimning   gunohi
qancha ekanini Yaratganning o‘zi ajrim qilib beradi” 40
.
        Birinchi Prezident siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda otashin
nutq   va   ma’ruzalari   bilan   odamlarning   nozik   tuyg‘ulariga   ta’sir   etdi,   ularni   uzoq
yillik   karaxtlik   va   g‘aflatdan   uyg‘otdi,   fikrlashga,   o‘z   taqdiri   va   farzandlari
istiqboli   haqida   qayg‘urishga   da’vat   etdi.   Bu   bilan   u,   birinchidan,   mamlakat
aholisini   ruhiy-ma’naviy   poklanishga   imkon   yaratdi.   Ikkinchidan,   mamlakatdagi
tinchlik,   osoyishtalik   va   barqarorlikka   o‘ziga   xos   zamin   yaratdi.   Bu   siyosatni
amalga oshirishda masjidlar faoliyati katta ahamiyatga egadir. 
     O‘zbekiston mustaqillikdan so‘ng masjidlar o‘z faoliyatini “Vijdon erkinligi va
diniy   tashkilotlar”   to‘g‘risidagi   qonun   va   O‘zbekiston   respublikasi
Konstitusiyasiga ko‘ra amalga oshira boshladi.
      Masjid 41
deganda   (arab - sajda   qilinadigan   joy)-musulmonlar   jamoa
bo‘lib,   namoz   o‘qiydigan   joy   nazarda   tutiladi.   Masjidlar,   asosan,   kundalik   besh
vaqt   namoz   o‘qish   uchun   mo‘ljallangan.   Juma   va   hayit   namozlari   esa   jome
masjidlarida   o‘qiladi.   Birinchi   masjidni   Madinada   Muhammad   payg‘ambar
qurdirgan 42
.   Masjidlar   dastlab   shaharlarda,   keyinchalik   qishloq   va   mahallalarda
barpo  etilgan.   Masjidlarning  to‘rida,     Makkaga   qaragan  ( qibla )  tomonida   mehrob ,
hovlisida   hovuz,   bir   yoki   bir   necha   minora   bo‘ladi.   Ayrim   yirik   masjidlar
mehrobining   o‘ng   tomonida   va’zxonlik   uchun   mo‘ljallangan   minbar ,   ba’zilarida
esa   Qur’on   o‘qiladigan   maxsus   joylar   ham   bo‘ladi.   Ba’zi   masjidlar   huzurida
maktablar   ham   bo‘lib,   ularda   o‘g‘il   bolalarga   Qur’on   o‘qish   o‘rgatiladi.
Masjidlarda   juma   va   hayit   namozi   kunlari   imom-xatiblar   xutba   o‘qib,   turli   diniy
masalalar  bo‘yicha va’zxonlik qiladi. O‘zbekistonda  2022-yilga kelib jami 2100 43
dan ziyod masjidlar   faoliyat yurgizdi.   Masjidlar o‘z faoliyatlarida “Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga amal qiladilar.
40
Мустақил Ўзбекистон тарихи.3-китоб. Т.: “Шарқ”,2000.407-б.
41
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Masjid.
42
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Masjid
43
 Htpps ://Uzbekistan.travel/uz/o/ozbekistonda-masjidlar-soni-2100-dan-oshdi.
38        Markaziy Osiyoda dastlabki masjidlar     Buxoro arki     ichida 713 44
-yilda   Qutayba
ibn  Muslim   tomonidan  mahalliy   otashgoh   butxona  o‘rnida   qurilgan.  Rivoyatlarga
ko‘ra, Samarqanddagi birinchi masjid   Hazrati Xizr masjidi   o‘rnida bo‘lgan. 
        O‘zbekistonda   mustaqillikdan   keyin   an’anaviy   va   zamonaviy   me’morlik
usullarini   uyg‘unlashtirgan   holda   masjidlar   qurilmoqda   (masalan,   Buxoriy
yodgorlik majmui, Toshkentdagi  Nosirxon jome masjidi, G azalkentdagi  Olimjonʻ
jome masjidi va boshqalar). Hozirgi vaqtda yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir
necha  masjidlar faoliyatiga e’tibor qilsak. 
                                          “Xo‘ja Abdu Darun”
    Mana shu masjidlardan biri Samarqand shahri hududida faoliyat olib borayotgan
“Xo‘ja   Abdu   Darun”jome   masjididir.   Bu   masjid   Samarqand   shahar   Sadriddin
Ayniy   ko‘chasi   21-uyda   joylashgan.   Masjid   1981 45
-yildan   buyon   rasmiy   faoliyat
yurgizib   kelmoqda.   Samarqand   viloyat   hokimiyati   Adliya   Boshqarmasining
1998 46
-yil 10-avgust №9 guvohnomasi asosida ish olib bormoqda.
    Masjidning “Xo‘ja Abdu Darun” nomi bilan atalishining sababi albatta bu joyda
Xo‘ja Abdu Darun hazratlarining qabrlari va maqbara joylashganidir. Shu o‘rinda
bu zotning tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim.   Hazrati Xo‘ja Abdu Darun
haqida   asosan   ikki   manba   –   Abu   Tohirxo‘janing   “Samariya”   va   Abul   Hakim
Samarqandiyning “Qandiya” asarlarida kengroq ma’lumot berilgan.
     2003–2005 yillar mobaynida “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidida O‘zbekiston
musulmonlari   idoarsining   Samarqand   viloyatidagi   vakilligi   Usmonxon   Alimov
boshchiligida   faoliyat   olib   borganligini   faxr   bilan   yodga   olamiz.   Har   bir   davrda
qisman bo‘lsada xonaqoh binosi ta’mirlab turilgan. Ammo, 2009-yil yoz oylaridan
boshlab keng ko‘lamda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Bu jarayonda maqbara
peshtoqi,   uning   g‘arb   tomonida   bo‘lgan   hujralar   va   gumbaz   tupdan   qayta   bino
qilinib, o‘z holatini tiklashga harakat qilinmoqda. Bunday xayrli ishlar Xo‘ja Abdu
44
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Masjid
45
 Htpps ://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-abdu-darun-jome-masjidi.
46
Htpps:// Savad-ul-azaam.uz.Samarqand/shahar/”xo’ja abdu-darun”jome masjidi imom/xatibi:Z.Mahmudov.
39 Darun jome masjidi ma’muriyatining tashabbusi, Abduqodir hoji kabilarning sa’y
harakatlari  hamda   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasining   raisi,   muftiy  Usmonxon
Alimovning   har   tomonlama   qo‘llab   quvvatlashi   natijasida   amalga   oshirilmoqda.
Galdagi   vazifa   maqbarapeshtoqi   va   gumbaz   osti   silindriga   bitilgan   yozuv   va
naqshlarni qayta tiklashdan iboratdir.
      Juma,  hayit  namozlariga  tashrif  buyuradigan  namozxonlar   uchun  qulay  sharoit
yaratish maqsadida o‘sha bir qatorli ayvon o‘rnidan 2008-2010   47
yillar mobaynida
hashar   yo‘li   bilan   ayvonli   namozxona   bino   qilinib,   uning   ayvoni   yog‘och
o‘ymakorlik ishlari bilan bezatildi. Ichki xonalarning shift qismiga xattot Abdujalil
Umar o‘g‘li tomonidan masjid imom xatibi Zafarjon Mahmudov hamda noib imom
Sultonmurod   domla   Xolmurodov   va   boshqa   xodimlarning   maslahatlari   bilan
“Yosin”   surasi   hamda   masjid   qurilishi,   uning   odoblari,   jamoat   namozi   va   uning
savob darajalari to‘g‘risidagi hadislar nastaliq xatida bitildi. 
      2010-yilda   48
masjidning   tashqi   ko‘rinishida   ham   ancha   ta’mirlash   ishlari   olib
borildi.   Nurab   qolgan   g‘ishtlar   o‘rniga   yangi   pishq   g‘isht   bilan   bezak   berildi .
Ayniqsa,   XIX   asrda   qurilgan   hujralarning   o‘rta   qismi,   ya’ni   maqbaraning
to‘g‘risidan hovliga kirish darvozasi joy olgan bo‘lib, ta’mirlash va qurilish ishlari
tufayli   bu   darvozaxona   hujraga   aylantirilib   yuborilgan   edi.   Manashu   tarixiy
darvozaxona   yana   qaytadan   tiklanib,   asl   holiga   keltirildi.   Hozirgi   kunga   kelib,
masjid hovlisiga uchta; g‘arbiy, markaziy va sharqiy darvozalar orqali kiriladi. Bu
darvozalar   ham   oyat   va   hadislar   hamda   o‘ziga   xos   naqshlar   uyg‘unligida
o‘ymakorlik   san’ati   bilan   bezatilgan.   Hozirda   masjidga   Mahmudov   Zafar
Orzuyevich 49
 imom xatiblik qilib kelmoqda.Ushbu masjidda bugungi kungacha xalq
mablag‘i   hisobidan   qurilish   ishlari   davom   etmoqda.Hozir   ham   kapital   ta’mirlash
ishlari   olib   borilmoqda.Bu   masjidni   qayta   qurilishi   ta’mirlanishida   xalqimizning
bevosita tashabbusi bunyodkorlik,ezgulik sihatlari nomoyon bo‘lmoqda.
                                 Imom A’zam jome masjidi.
47
O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Samarqand Shahar“Xo’ja Abdu Darun”jome masjidi.Samarqand-2015-yil.
48
O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Samarqand Shahar“Xo’ja Abdu Darun”jome masjidi.Samarqand-2015-yil.
49
  Htpps ://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-abdu-darun-jome-masjidii.
40       2016-yil   24-dekabr   50
kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   raisi   Ortiqbek   Yusupov   hamda
O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   raisi,   muftiy   Usmonxon   Alimov   hazratlari
Samarqand viloyati, Samarqand tumanida joylashgan Imom A’zam jome masjidiga
tashrif   buyurishdi.   Ushbu   masjid   so‘ngi   yillar   davomida   to‘liq   ta’mirdan
chiqarilgan bo‘lib,   namozxonlar ixtiyoriga topshirish arafasida turgan edi.
Masjidning   dastlabki   binosi   1880-1890 51
-yillarda   qurilgan   va   sobiq   sho‘rolar
davrida turli maqsadlarda foydalangan.
      Davlatimiz   mustaqillikka   erishgandan   so‘ng   turli   sohalar   qatori   mo‘min-
musulmonlaga   ham   erkinliklar   berildi.   Yurtimizda   ko‘plab   masjidu-madrasalar
qaytadan   qad   rosladi,   ibodat   qilish   uchun   qulay   sharoitlar   hozirlandi.   Diyorimiz
uzra olib borilgan ko‘plab bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qatorida eskirib,
anchayinki  yaroqsiz holatga kelib qolgan Imomi A’zam jome masjidi  binosi  ham
1990-1991   yillar   davomida   qaytadan   bunyod   etildi.   2013-yilgacha   masjidda   turli
ta’mir va qurilish ishlari olib borildi. Masjid xonaqosi yonidan qo‘shimcha xonaqo,
ayvon,   darvozaxona   qurildi.   Darvozaxona   ustida   gumbaz   o‘rnatildi.   2013-yilga
kelib   esa   mavjud   shart-sharoitlarni   yaxshilash,   ibodat   uchun   yanada   qulayliklar
yaratish   maqsadida   masjidda   kapital   ta’mirlash   ishlari   boshlab   yuborildi.   Xalq
hashari va homiylar ko‘magi asosida masjid tubdan ta’mirlanib, u yerda milliy va
zamonaviy me’morchilik uyg‘unligida ko‘plab ishlar olib borildi.
     Bugungi kunga kelib esa Imomi A’zam jome masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarildi
va   namozxonlar   ixtiyoriga   topshirildi.   Qulay   sharoitlarda   ibodat   qilayotgan
yurtdoshlarimiz   davlatimiz   haqiga,   uning   tinchligi   bardavom,   kelajagi   porloq
bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilmoqdalar. Bugungi kunga kelib esa Imomi A’zam
52
jome masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarilgan va namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan.
                                                                                                “Minor”masjidi.
      Minor   masjidi   53
-   Toshkent   shahrida  yangi  qurilgan  masjid.   Masjidning   qurilish
50
Htpp://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-azam-jome-masjidi-qaytadan-qad-rosladi.
51
Htpps://kun.uz/uz/57372011.
52
Htpps://kun.uz/uz/57372011. 
53
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi
41 ishlari     2013-yil           yoz           oylarida   boshlangan.   2014-yilning   4-oktyabrida ,
musulmonlarning   katta   Qurbon   hayiti   bayramida   O‘zbekiston   Prezidenti   Islom
Karimov   yangi   Minor   masjidini   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   ulamolari 54
,
me’mor   va   quruvchilar,   mahalla   oqsoqollari   hamrohligida   Minor   masjidini
ochilishida   bevosita   ishtirok   etdi.   Masjid   binosi   an’anaviy   sharq   va   o‘zbek
uslubida qurilgan bo‘lib, ikki minorasi va osmonrang bir gumbaz bor. Masjidning
ichi   esa   naqsh   tarzida   bezatilgan.   Masjid   5000 55
  dan   ortiq   nomozxonga
mo‘ljallangan.   ”Minor”   jome   masjidining   umumiy   maydoni   4.5   gektarni   tashkil
etadi.   Ochilganidan   so‘ng   „Minor“   masjidi   Toshkentda   va
butun   O‘zbekiston   bo‘ylab eng yirik musulmon diniy markazlaridan biriga aylandi.
Masjidning   qurilishi   O‘zbekiston   respublikasi   davlat   byudjeti   va   O‘zbekiston
musulmonlari   idorasi 56
  tomonidan   moliyalashtiriladi.   Masjidda   sayyohlar   uchun
barcha shart-sharoitlar mavjud .  U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.
                                     Imom Buxoriy majmuasi.
      Imom   al-Buxoriy   ziyoratgoh   majmuasi   Samarqand   viloyatida   joylashgan
qadimiy memoriy yodgorliklardan biri, Islom olamida juda katta hurmat bilan tilga
olinadigan   Imom   al-Buxoriyning   qabrlari   joylashgan   ziyoratgohdir 57
.   Majmua
Samarqand viloyatining Hartang qishlog‘ida joylashgan fayzli maskan hisoblanadi.
Majmuaning   oldingi   yani   o‘n   oltinchi   asrdagi   ko‘rinishida   bir   kichik   maqbara
uning   oldida   masjid   va   hovliga   bir   necha   daraxtlar   ekilib   qo‘yilgan   bo‘lgan.
Keyinchalik 1997- yil 29-aprelda   58
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan   chiqarilgan   qonun   asosida   Imom   al-Buxoriyning   hijriy   1225-yilligini
ko‘tarinki   kayfiyatda   nishonlashni   tashkil   etish   haqidagi   qaroriga   asosan   majmua
butunlay qayta ta’mirlandi va qo‘shimcha yodigorlik majmuasi qurilgan. Imom al-
Buxoriy   o‘z   umrini   ilm   o‘rganish   uchun   sarflagan   buyuk   va   ulug‘   ulamolardan
biridir,   ularni   ishlarini   59
yanada   ko‘proq   o‘rganish   va   ular   yotgan   zioratgohlarni
54
http://mustaqillik.uz/oz/pages/minor_masjidi
55
http://mustaqillik.uz/oz/pages/minor_masjidi
56
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi.
57
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_majmuasi.
58
Saviya.uz.htpps://saviya.uz/hayot/nigoh/ilm-izlaganga-ilmdir-dunyo/
59
Htpps://xs.uz/uz/post/samarqanddagi-imom-bukhorij-mazhmuasi-butunlay-yangi-qiyofaga-kiradi-fotojamlanma.
42 obodonlashtirish   ishlari   olib   borildi.   Imom   al-Buxoriyningning     eski   ziyoratgohi
o‘rnida   yangi   majmua   1998-yilda   1-prezidentimiz   I.A.Karimov   rahbarligida
yaratilgan loyiha asosida 8 oy davomida qurib bitkazildi. 60
      Bu   majmuaning   qurilishida   viloyatlardan   kelgan   eng   mohir   ustalar   mehnat
qilishgan   masalan.   Andijon,Toshkent,   Qo‘qon   va   boshqa   shaharlardan   ustalar
kelishgan. Bu majmua ziyoratchilar uchun muqaddas maskan va qolaversa „Hayit“
bayramlarida   kelib   Hayit   namozlarini   va   juma   namozlarini   o‘qish   uchun   ulug‘
maskan hisoblanadi. Imom al-Buxoriy majmuasini qurilishida uning gumbazlariga
O‘zbek   milly   hunarmandchiligi   asosida   bezaklar   berilgan.   Uning   o‘rta   qismida
„oniks“   toshidan   tayyorlanga   sag‘ana   joylashtirilgan.   Maqbaraning   ichki   qismida
allomaning qabrlari sag‘ana ostida joylashgan.
                                     Imom Buxoriy Masjidi.
      Majmuaning   hovlisida,   chap   tarafda   masjid   qurilgan,   uning   xonaqohlari   va   va
peshayvonlarning   umumiy   maydonlari   786kv/km 61
,   va   214   kv/m   tashkil   etadi.
Umumiy   hisobda   1500   ta   namozxonni   o‘z   ichida   sig‘dira   oladi.   Maqbara
kutubxonasida Islom diniga oid bo‘lgan qo‘lyozma asarlar saqlanadi. Hadis ilmini
o‘ranuvchilar   uchun   majmuada   shart   sharoitlar   yaratilgan   ."Dorul   haqio   "   nomi
bilan   ataluvchi   hadislarni   o‘rganuvchi   markaz   hisoblanadi,   u   maqbaraning   orqa
tarafida joylashgan.
     Imom Buxoriy majmuasi va masjidiga o‘z faoliyatini boshlagan 1998-yildan to
bugungi   2022-yilgacha   juda   ko‘plab   mashhur   shaxslar,davlat   rahbarlari,olimlar
tashrif   buyurgan.   2021-yil   11-fevral 62
kuni     Shavkat   Mirziyoyev   Samarqandning
turizm     salohiyatini   rivojlantirish   bo‘yicha   loyihalar   bilan   tanishgan.   Mazkur
taqdimotda   Imom   Buxoriy   majmuasi   va   uning   atrofida   amalga   oshiriladigan
qurilish-bunyodkorlik,   obodonlashtirish   ishlari   haqida   ma’lumot   berilgan.
Loyihaga ko‘ra, majmuada rekonstruksiya ishlari olib boriladi hamda 8000 o‘rinli
masjid   quriladi.   Majmua   atrofida   to‘rtta   ulkan   minora   qad   rostlaydi.   Hozirgi
60
Vohid Axmedov“Imom Buxoriy majmuasi” Toshkent-2019.”G’ofur-G’ulom nomidagi nashiryot matbaa-uyi
61
Htpps://Uzbekistan.travel/uz/o/imom-al-buxoriy-maqbarasi.
62
https://www.trt.net.tr/uzbek/.madaniyat-va-san-at/2021/02/22/1234567890-1588402.
43 ayvonlarga qo‘shimcha ravishda ichki va tashqi ayvonlar barpo etiladi. Majmuada
amalga   oshiriladigan   qurilish-bunyodkorlik   ishlari   maxsus   tashkil   etilgan
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
       Mustaqillik yillarida yurtimizda masjidlar faoliyatining tiklanishi yo‘lida ulkan
sa’y   harakatlar   amalga   oshirildi.   Masjidlar   faoliyatining   tiklanishi   ishlariga
O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   boshchilik   qildi.   Bugungi   kunda   O‘zbekiston
Musulmonlari   Idorasi   qoshida   2100   dan   ziyod   masjidlar   faoliyat   olib   boryapti.
Mustaqillik yillarida masjidlar qurilishi davlat , turli diniy va xayriya tashkilotlari,
xususiy   shaxslar   mablag‘lari   bilan   bunyod   etilganligini   ko‘rishimiz   mumkin.
Masjidlar   xalqimizni   birlikka,   o‘zaro   hamjihatlikka   chaqirishda,   milliy   va   diniy
totuvlik,   siyosiy   barqarorlikni   ta’minlashda   muhim   o‘rin   o‘ziga   xos   o‘rin
tutmoqdalar.
44 2.2.O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi,   viloyatlardagi   diniy   boshqarmalar,
masjidlarning diniy ma’rifiy faoliyati ………………….
      O‘zbekistonda   barcha   dinlarga   teng   imkoniyatlar   yaratilgan.   Diniy   tashkilotlar
barcha munosabatlarni qonun asosida,   ularning haq-huquqlarini hurmat va himoya
qilish   asosida   olib   borilayotgani   etiqod   erkinligining   amaldagi   ifodasidir.   Ayni
vaqtda diniy tashkilotlardan ham qonun oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish
talab   qilinadi.   Bu   vazifalarni   uddalashda   O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi
faoliyatining ahamiyati kattadir.
      O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   -   O‘zbekiston   musulmonlariga   rahbarlik
qiluvchi diniy tashkilot bo‘lib, u  1943-yil 20-oktyabrda  63
Toshkentda bo‘lib o‘tgan
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyida ta’sis etilgan. Toshkentdagi
Baroqxon   madrasasida   joylashgan.   1991-yilda   O‘rta   osiyo   va   Qozog‘iston
64
musulmonlari   diniy   boshqarmasi   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasiga
aylantirildi.   Bu   tashkilot   1992-yildan   Movarounnahr   musulmonlari   idorasi,   deb
yuritilgan, 1996- 65
yildan hozirgi nomi bilan ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil
tashkilot   sifatida   faoliyat   yuritadi.   Idora   O‘zbekistondagi   musulmonlar   o‘rtasida
diniy   ishlarni   boshqarib   turadi,   fatvolar   beradi,   masjidlarga   imom-xatiblar
tayinlaydi,   diniy   xodimlar   tayyorlaydi.   Moddiy   jihatdan   musulmonlardan
masjidlarga   tushadigan   xayr-ehson,   yordamchi   xo‘jaliklar   va   boshqalar   hisobiga
ta’minlanadi.   Idora   rahbar   organi   —   Oliy   hay’at.   Uning   raisi   muftiy   hisoblanadi.
Idoraning huquqshunoslik, xalqaro aloqalar, ta’lim va kadrlar tayyorlash, masjidlar
63
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_musulmonlari_idorasi
64
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrta_Osiyo_va Qozog%CA%BBiston_musulmonlari_diniy-
boshqarmasi.
65
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_musulmonlari_idorasi
45 va   fatvo   bo‘limlari   bor.   Idora   uchun   Toshkent   islom   institutida   (1971)   va   o‘nta
o‘rta maxsus islom bilim yurti (shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurti)da kadrlar
yetishtiriladi.   Idora   muassisligida   „Hidoyat“   jur.   va   „Islom   nuri“   66
gaz.   nashr
etiladi.   Idora   tasarrufidagi   „Movarounnahr“   nashriyoti   diniy   adabiyotlar,   diniy
taqvim   va   boshqalarni   chop   etadi.   Musulmonlar   idorasi   xorijiy   mamlakatlardagi
ko‘pgina   diniy   tashkilotlar   bilan   aloqa   qiladi.   Har   yili   3,5—4   ming   kishining   haj
safarini   uyushtirishda   faol   ishtirok   etadi.   Idora   o‘z   faoliyatida   O‘zbekiston
Respublikasining   Konstitusiyasi ,   „Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar
to‘g‘risida“gi qonunga rioya qiladi.
      O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   „Din   sohasidagi   ma’naviy-
ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak
va imtiyozlar berish to‘g‘risida“gi 2003-yil 22-avgustdagi 364-son qaroriga asosan
idora qoshida maxsus jamg‘arma tashkil etildi.
      Idoraga   Eshon   Boboxon   ibn   Abdulmajidxon   (1943-1957),     Ziyovuddinxon   ibn
Eshon   Boboxon   (1957-1982),     Shamsiddinxon   Boboxonov   (1982-1989),    
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf   (1989-1993),    Muxtorjon Abdullayev   (1993-
1997),     Abdurashid   Bahromov   (1997-2006),     Usmonxon   Alimov   (2006-2021)
rahbarlik   qildilar.   2021-yildan   boshlab   unga   Nuriddin   Xoliqnazarov   boshchilik
qilmoqda. 
      O‘zbekiston   musulmonlar   idorasining   respublikamizdagi   12   ta   viloyatda
boshqarmalari   faoliyat   ko‘rsatib   kelmoqda.   O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi
tasarrufida   2100 67
  dan   ziyod   masjid   faoliyat   yuritmoqda.   Birgina   O‘zbekiston
musulmonlar   idorasining   Samarqand   viloyati   Vakilligi   tasarrufida   2020-yil   17-
sentabr   holatida   286 68
  ta   masjid   xalqimizga   xizmat   qilmoqda.   O‘zbekiston
Musulmonlar   idorasining   Samarqand   viloyati   vakilligi   respublikadagi   nufuzli
boshqarmalardan biridir.
66
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_musulmonlari_idorasi
67
Htpps ://Uzbekistan.travel/uz/o/ozbekistonda-masjidlar-soni-2100-dan-oshdi.
68
Htpps://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-masjidlar-soni-bittaga-ko’paydi.
46       Samarqand   viloyat   bosh   imom   xatibligi   1977 69
-   yilda   tashkil   topgan.   Viloyat
bosh   imom   xatibligi   lavozimiga   Ulamolar   hay’ati   tomonidan   Samarqand   shahar
“Xo‘ja Zudmurod” jome masjidi imom xatibi Mustafoqul Melikzoda tayinlangan.
Mustafoqul   Melikzoda   Samarqand   viloyat   bosh   imom   xatibligi   faoliyatini   1977-
yildan   2000-   yilga   qadar   “Xo‘ja   Zudmurod”   jome   masjididan   turib   olib   borgan.
2000-   yildan   boshlab   viloyat   bosh   imom   xatibligi   lavozimiga   “Imom   Buxoriy”
jome   masjidi   imom   xatibi   Usmonxon   Alimov   tayinlangan   hamda   shu   davrdan
boshlab   viloyat   bosh   imom   xatibligi   “O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
Samarqand viloyat vakilligi” deb yuritila boshlagan. 2000-yildan 2002-yilga qadar
viloyat   vakilligi   viloyat   hokimligi   binosida   faoliyat   yuritgan.   2002 - 2005 - yillar
oralig‘ida Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidning to‘rtta xonasi
viloyat vakilligi uchun ajratilgan.
      2005-yilda   Usmonxon   Alimov   70
tomonidan   homiylarni   jalb   qilgan   holda
Samarqand   shahar   Dahbed   ko‘chasida   viloyat   vakilligi   uchun   alohida   bino   qurib
ishga   tushirildi.   Hozirgi   paytda   viloyat   vakilligi   mazkur   binoda   faoliyat   olib
bormoqda.  Bino   har   jihatdan   zamon  talabiga  javob  beradi.  Viloyat  vakilligida  13
nafar xodim faoliyat olib boradi. Bugungi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand   viloyat   vakili,   viloyat   bosh   imom   xatibi   Eshonqulov   Zayniddin
Sadriddinovich hisoblanadi. Samarqand viloyat vakilligi tasarrufida 286 ta rasmiy
masjidlar   mavjud.   Barcha   masjidlarda   malakali   mutaxassislar   faoliyat   olib
bormoqdalar.
     O‘zbekiston musulmonlar  idorasining viloyat bo‘yicha vakili Bosh  imom-xatib
71
nomi   bilan   atalib,   u   o‘zi   istiqomat   qiladigan   viloyatda   diniy   masalalar   bo‘yicha
masul shaxsdir. U viloyatdagi barcha masjidlarning va ziyoratgohlarning umumiy
ish   faoliyati   ustidan   nazorat   qiladi.   Ayni   paytda   mazkur   hududda   Islom   diniga
e’tiqod qiluvchi musulmonlarning Imom A’zam mazhabi bo‘yicha ibodat qilish va
marosimlarni   o‘tkazish,   shuningdek,   barcha   diniy   ehtiyojlarini   qondirilishiga
69
Htpps://sammuslim.uz/oz/about.
70
Htpps://sammuslim.uz/oz/about
71
Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vakilining-huquqiy-maqomi
47 hamda   viloyatda   diniy   jabhada   olib   boriladigan   boshqa   tashkiliy   ishlarga
boshchilik qiladi.
      Viloyat   vakili   masjidda   ado   etiladigan   ibodatlar,   diniy   rasm-rusmlar   va
marosimlarni mo‘min-musulmonlar har tomonlama qulay sharoitda ado etishlariga
javobgar   shaxs   hisoblanadi.   U   hududdagi   masjid   imomini   ishdan   olish   va   yangi
imomni   ishga   tayinlash   uchun   O‘MI   rahbariyatiga   tavsiyanoma   berish   huquqiga
ega.   Viloyat   vakili   viloyatdagi   kasalxonalar,   keksalar   va   nogironlar   uylaridagi,
jazoni   o‘tash   joylaridagi   fuqarolarning   iltimoslariga   ko‘ra   o‘sha   joylarda   ham
ibodat   va   diniy   rasm-rusumlarni   viloyat   hokimiyati   bilan   kelishgan   holda
o‘tkazilishiga   vositachilik   qiladi.   Zarurat   tug‘ilganda   diniy   tashkilot   binolaridan
tashqarida   o‘tkaziladigan   ommaviy   ibodatlar,   diniy   rasm-rusumlar,   marosimlar
O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   amalga
oshirilishini   o‘z   nazorati   ostiga   oladi.   Viloyat   vakili   o‘z   hududidagi   masjidning
moliyaviy   ishida   viloyat   muxtasibi   bilan   bab-barobar   javobgardir,   u   joylarda
yangidan   ochilish   nazarda   tutilgan   diniy   tashkilotning   nizomini   tasdiqlash   uchun
O‘MI va DIQ rahbariyatiga yozma ravishda tavsiya beradi.
      Viloyat   vakili   masjid   imom-xatibining   faoliyati   davomida   O‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” 72
gi
qonun   hamda   amaldagi   boshqa   qonunlarga   rioya   qilishi,   shuningdek,   Qur’oni
karim,   Sunnati   Nabaviya   va   masjid   ustaviga   muvofiq   faoliyat   olib   borishi   uchun
mas’uldir.
      Viloyat   hududida   yashovchi   fuqarolarning   Islom   dini   qonun   qoidalariga   amal
qilish   borasida   ibodat   va   marosimlarni   birgalikda   emin-erkinlik  bilan   ado   etishga
imkon   yaratish   viloyat   vakilining   birlamchi   vazifalaridan   biridir.   Viloyat   vakili
masjid   jamoasi,   barcha   musulmonlar,   boshqa   dinlarga   e’tiqod   qiluvchilar   yoki
hech qanday dinga e’tiqod qilmaydiganlar hamda barcha millatlar o‘rtasida o‘zaro
hurmat va bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilinishi uchun jonbozlik ko‘rsatadi.
Viloyat vakilining vazifalari quyidagilardan iborat 73
:
72
Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vakilining-huquqiy-maqomi
73
Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vaakilining-vazifalari.
48  -Islom diniga e’tiqod qiluvchi aholining diniy ehtiyojlari bo‘lmish (namoz, nikoh,
janoza)   va   boshqa   ibodatlarni   imom   tomonidan   mukammal   ado   etilishini   kuzatib
borish;
  -Fuqarolarga, xususan yoshlarga Qur’on ta’limoti, Sunnati Nabaviya ahkomlarini
Imom   A’zam   mazhabi   ko‘rsatmalariga   mos   ravishda   tushuntirilishi,   aholini
vatanparvarlik,   axloqan   pok,   imon-e’tiqodli   bo‘lib,   milliy-ma’naviy   qadriyatlarga
hurmat   ruhida   tarbiyalanishi   va   yoshlarni   turli   buzg‘unchi   oqimlar   tomoniga   va
mo‘min-   musulmonlarning   boshqa   dinga   o‘tib   ketishlarini   oldini   olish   borasida
maqolalar bilan qatnashish va OAV orqali chiqishlar qilish 74
;
  -   Muhtoj   kishilarga   ma’naviy   hamda   moddiy   yordam   ko‘rsatish   uchun   mehr-
muruvvat ko‘rsatishni yuqori suratda amalga oshirish.
Bulardan   tashqari   u   tuman   bosh   imomlari   vositasida   haftalik   juma   ma’ruzalari
tezisini   barcha   masjidlarga   o‘z   vaqtida   yetib   borishini   yo‘lga   qo‘yadi   va   nazorat
qiladi, viloyat imom-xatiblarini har chorakda bir marta umumiy yig‘ilishi va tuman
bosh imomlarining har oyda bir marta yig‘ilishini tashkillashtirib, kun tartibi ishlab
chiqadi  va uni  O‘MIga taqdim  qiladi. Shuningdek, o‘tgan majlis  hisobotlarini  bir
hafta   muddat   ichida   O‘MIga   jo‘natadi.   Ikki   hayit   va   15%lik   tushumlarini
belgilangan muddatda O‘MI hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydi.
      Viloyat   bosh   imomi   viloyat   vakilligi   xodimlarining   shtat   jadvalini   o‘z   ichki
ehtiyojidan kelib chiqqan holda O‘MI rahbariyati  75
bilan kelishib tasdiqlaydi.
O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   tasarrufidagi   masjidlarning   diniy-ma’rifiy
faoliyatining   ahamiyati   kattadir.   O‘zbekiston   musulmonlar   idorasining   bevosita
ko‘rsatmasi   bilan   har   juma   kuni   bo‘ladigan   juma   namozida   butun   respublika
hududida   bo‘lgan   masjidlarda   bitta   mavzuda   amru-ma’rif   qilinadi.   Jumladan
2022-yil   6-may   kuni   bo‘lgan   juma   namozida   butun   respublikamiz   hududidagi
O‘zbekiston musulmonlar idorasi ixtiyoridagi barcha masjidlarda “Farishtalar ham
hayo   qilgan   zot 76
mavzusida   amru-ma’rif   qilindi.   Unda   Islom   tarixidagi
74
Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vaakilining-vazifalari
75
Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vakilligining-tarkibi.
76
 https://old.muslim.uz/index.php/maqolalar/zhuma-mav-izalari/item/31996
49 xalifalarning   uchinchisi,   tirikligida   jannat   bashorati   berilgan   buyuk   sahoba   –
Hazrati   Usmon   ibn   Affon,   u   kishining   hayoti   va   faoliyati,   amallari,   bularning
hozirgi davrdagi tarbiyaviy ahamiyati fikr yuritildi.
      2019-yil   1-noyabrda   MAVLIDUN   NABIY   MUBORAK 77
!   Mavzusidagi   amru-
ma’ruf payg‘ambarimiz Muhammad Alayhussalomga bag‘ishlandi.
    O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasaruffidagi masjidlarda mustaqillik yillarida
uzluksiz   ravishda   amru-ma’ruf   qilindi.   Ularning   barchasi   o‘z   davrining   turli
dolzarb   mavzulariga   bag‘ishlandi.   Masalan   “Ramazon   hayitingiz   muborak
bo‘lsin”,”Silai   rahm-qarindoshlik   aloqalarini   yaxshilash”,”Qadr   kechasining
fazilati” 78
,”Zakot-Moliyaviy   Ibodat”,”Yoshlik-umr   bahori”,”Buyuk   xulq
sohibi”,”Islomda   qarz   oldi-berdi   masalasi”   kabi   masalalarda   amru-ma’ruflar
qilindi,2021-yil   27-avgustda 79
  bo‘lgan   “Islomda   birodarlik   va   o‘zaro
hamjihatlik”mavzusida   amru-marufda   mo‘min-musulmonlar   bir-birlariga   aka-uka
va   birodar   bo‘lganlari,   ular   o‘rtasida   rioya   qilinadigan   haq-huquqlar,   vazifalari
haqida so‘z boradi.
      Vijdon   erkinligini   ta’minlash,   diniy   idoralar     bilan   davlat   idoralari   o‘rtasidagi
munosabatlarni   muvofiqlashtirish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   huzurida   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   tuzildi.   Qo‘mita   O‘zbekiston
Respublikasi   Birinchi   Prezidentining   1992-yil   7-mart   kunidagi   “   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mitani
tashkil   etish   to‘g‘risida”gi   Farmoniga   muvofiq   tashkil   etilgan   bo‘lib,   har   bir
shaxsning   vijdon   va   diniy   e’tiqod   erkinligi   huquqi,   fuqarolarning   dinga   bo‘lgan
munosabatidan   qat’i   nazar,   tengligini   ta’minlash,   shuningdek,   diniy   tashkilotlar
bilan   bog‘liq   munosabatlarni   tartibga   solish   sohasidagi   vazifalarni   hal   etish
vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi 80
77
Htpps://sammuslim.uz/oz/islam/juma/01112019-y-mavlidun-nabiy-muborak
78
Htpps://islom.ziyouz,com/maqola/qadr-kechasining-fazilatlari
79
Htpps://sammuslim.uz/oz/islam/juma/27082021-y-islomda-birodarlik-va-ozaro-hamjihatlik.
80
 Юксак маънавият ва қонун устуворлиги асосида яшаш, эл-юртга садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат 
фазилатларини камол топтириш. Т.:  “Ўзбекистон “НМИУ, 2013.364-б.
50       Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   o‘z   faoliyatida   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari
va   boshqa   hujjatlariga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   farmonlari,
qarorlari   va   farmoyishlariga,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek o‘z Nizomiga amal qiladi.
      Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   o‘z   faoliyatini   davlat   boshqaruvining   boshqa
organlari,   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari,   jamoat   birlashmalari   va   boshqa
tashkilotlar   bilan   o‘zaro   hamkorlikda   amalga   oshiradi.   Quyidagilar   Din   ishlari
bo‘yicha qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi 81
:
-mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   bilan   birgalikda   vijdon   erkinligi   va   diniy
tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda
yagona siyosatni amalga oshirish;
-davlat   organlarining   respublika   hududida   joylashgan   diniy   tashkilotlar   bilan
o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
-davlat   siyosatida   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan
diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi
huquqlarga ega: 82
-vazirliklar,   davlat   qo‘mitalari,   idoralaridan,   shuningdek   mahalliy   davlat
hokimiyati   organlaridan     “Vijdon   erkinligi     va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi
Qonunning   hamda   dinga   taalluqli   boshqa   qonun   hujjatlarining   ijrosi   masalalariga
doir ma’lumotlar va materiallarni so‘rash va olish;
-o‘z   vakolatlari   doirasida   diniy   tashkilotlarning,   shu   jumladan   diniy   o‘quv
yurtlarining   faoliyatini,   ularning   o‘quv   jarayoni   va   dasturlarini,   o‘quv-tarbiyaviy
ishlarini,   fanlar   bo‘yicha   o‘quv   rejalarini,   diniy   mavzudagi   ilmiy   –   tadqiqot
ishlarini   muvofiqlashtirish,   ularga   ushbu   faoliyatni   amalga   oshirishda   tashkiliy,
huquqiy, metodik yordam ko‘rsatish;
81
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Respublikasi_Din_ishlari_bo%CA%BByicha_qo%CA
%BBmitasi 
82
Htpps://religions.uz/uz/pages/1
51 -diniy   tashkilot   rahbarlaridan   zarur   axborotlarni   belgilangan   tartibda   talab   qilish,
shuningdek   ular   tomonidan   o‘tkaziladigan   ularning   o‘z   faoliyati   bilan   bog‘liq
tadbirlarda qatnashish va hk.lar 83
.
    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita respublikamizda joylashgan diniy tashkilotlar bilan
mustahkam   o‘zaro   hamkorlik   qilish,   turli   diniy   konfessiyalar   faoliyatida   yordam
ko‘rsatish,   jamiyatda   dinlararo   va   millatlararo   tinchlik   va   totuvlikni   ta’minlash
yuzasidan   takliflar   va   chora-tadbirlar   ishlab   chiqadi.   Konfessiyalararo   muloqot
madaniyatini   rivojlantirish   uchun   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita   huzurida
Konfessiyalar   ishlari   jamoatchilik   kengashi   tashkil   etilgan   bo‘lib,   uning   tarkibiga
respublikadagi ko‘p sonli diniy konfessiyalar yetakchilari kirgan.
      Mustaqil   O‘zbekiston   Respublikasining   qonunchiligi   xalqaro   huquq   normalari
shartlariga to‘liq javob bera oladigan huquqiy poydevor yaratilgan. O‘zbekistonda
diniy   ta’lim   olish,   xayriya   ishlari   olib   borish,   ziyoratlar   tashkil   etish,   turli
konfessiyalar orasidam muloqot o‘rnatishda teng huquqlar berilgan.
      Mustaqillik   yillarida   60   mingdan   84
ziyod   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolari
Saudiya   Arabistoniga   Haj   marosimiga   va   150   dan   ortiq   fuqarolar   xristian   va
yahudiylar   uchun   muqaddas   bo‘lgan   Rossiya,   Gresiya   va   Isroildagi   maskanlarni
ziyorat   qilishga   muvaffaq   bo‘ldilar.   Davlat   tomonidan   ziyoratchilarga   har
tomonlama   yordam   ko‘rsatilmoqda,   maxsus   samolyotlar   ajratilmoqda,   ularga
tibbiy   yordam   ko‘rsatilmoqda,   xorijiy   valyutani   almashtirishda   hamda
respublikadan   chiqish   va   mamlakatga   kirish   vizalarini   rasmiylashtirishda
imtiyozlar berilmoqda.
   Bizni quvontirgan jihatlaridan yana biri shuki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi
huzurida “Vaqf”   85
xayriya jamoat fondi tashkil qilindi.Natijada masjidlar va diniy
ta’lim   muassasalarining   binolarini   qurish,   ta’mirlash   ,   rekonstruksiya   qilish,
obodonlashtirish,   moddiy-texnik   bazasini   mustahkamlash,   masjidlar   va
ziyoratgohlar   xodimlarini,   xususan,     imom-xatiblar,   imom   noiblar,   mutavalilar,
83
Юксак маънавият ва қонун устуворлиги асосида яшаш, эл-юртга садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат 
фазилатларини камол топтириш. Т.:  “Ўзбекистон “НМИУ, 2013.365-б.
84
Htpps://religions.uz/uz/pages/1
85
 Htpps://vaqf.uz/oz
52 muazzinlarni   moddiy   va   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash,   yurtimizdagi   muqaddas
ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu
maskanlarga   mahalliy   va   xorijiy   fuqarolarning   ziyoratlarini   uyushtirish,
ziyoratchilar   uchun   zarur   sharoitlar   yaratish,   aholining   ijtimoiy   himoyaga   muhtoj
qatlamlari,   shu   jumladan,   imkoniyati   cheklangan   shaxslarni   moddiy   va   ma’naviy
qo‘llab-quvvatlash   kabi   ezgu   ishlar   ushbu   fond   mablag‘lari   evaziga   amalga
oshiriladigan bo‘ldi.
      Ayniqsa,   fond   mablag‘lari   hisobidan   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
tizimidagi   diniy-ma’rifiy   tashkilotlarda   faoliyat   yuritayotgan   xodimlarga,   shu
jumladan,   imom-xatiblarga   oylik   ish   haqi   to‘lash 86
,   uy-joyga   muhtoj   xodimlarni
xizmat   uy-joylari   bilan   ta’minlash,   ko‘p   yillar   davomida   namunali   faoliyat
yuritayotgan,   uy-joyga   muhtoj   imom-xatiblarga   yangilangan   namunaviy   loyihalar
bo‘yicha   qurilayotgan   uy-joylarni   sotib   olib,   tekinga   berish   masalasi   hal   etilgani
ularning   ijtimoiy   himoyasi   uchun   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Bunday
imkoniyatlarning   yaratilishi   diniy   xodimlar   masuliyatini   yanada   oshirdi.   Shu
munosabat   bilan   bo‘lib   o‘tgan   yig‘ilishlarda   ular,   endilikda   “jaholatga   qarshi
ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinimizning asl mohiyatini, uning ezgulik,
tinchlik   va   insoniylik   dini   hamda   azaliy   qadriyatlarimiz   ifodasi   ekanligini
xalqimizga   kengroq   tushuntiramiz,   yoshlar   ongu   tafakkurida   yot   g‘oyalarga
nisbatan   qarshi   kurash   ko‘nikmalarini   shakllantirish,   jamiyatda   bag‘rikenglik,
o‘zaro   hurmat,   mehr-oqibat,   tinchlik   va   totuvlikni,   ijtimoiy-ma’naviy   muhit
barqarorligini ta’minlash ishlariga ko‘proq hissa qo‘shishimiz zarur, deb aytdilar.
        Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi,
viloyatlardagi   diniy   bohsqarmalarning   diniy-ma’rifiy   faoliyati   islom   dinining
nufuzini   oshirish,     milliy   qadriyatlarni   tiklash   va   rivojlantirish,   mamlakat
barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi.
86
 Htpps://vaqf.uz/oz
53 2.3.   O‘zbekistonda   diniy   matbuot,   diniy-ma’rifiy   asarlar   nashr   etilishi,
anjumanlar   o‘tkazilishining   kengayib   borishi   va   uning   diniy   targ‘ibotdagi
o‘rni
O‘zbekiston xalqining diniy bag‘rikenglik g‘oyalariga sodiq ekanligining yaqqol
ifodasi   sifatida   dinlararo   do‘stlik   va   hamkorlikni   rivojlantirishga   qaratilgan   keng
qamrovli   ishlar   amalga   oshirilganini   ta’kidlash   joiz.   Jumladan,   “Imom   Buxoriy”
xalqaro   markazi,   Toshkent   Islom   universiteti,   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasiga
qarashli   diniy   ta’lim   muassasalari,   pravoslav   va   protestant   seminariyalarida   diniy
bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi turli tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.
Respublikada   faoliyat   ko‘rsatayotgan   turli   konfessiyalar   tomonidan
O‘zbekistonda   dindorlarning   emin-erkin   ibodat   qilishlari   uchun   barcha   sharoitlar
yaratilgani   e’tirof   etilmoqda.   Musulmonlar   uchun   “Hidoyat”   va   “Islom   nuri”
nashrlari,  pravoslavlikka   e’tiqod  qiluvchilar  uchun  “Slovo  jizni”  gazetasi,  “Vostok
svыshe”   jurnali,   shuningdek,   ibodat   ma’ruzalari   va   boshqa   ma’rifiy   nashrlar   chop
etilmoqda 87
.
Mamlakatimizda   diniy   sohada   olib   borilayotgan   davlat   siyosati   O‘zbekiston
Respublikasi   Konstitusiyasi,   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida 88
”gi
Qonuni,   BMT   Bosh   Assambleyasi   tomonidan   1948-yil   10-dekabr   kuni   qabul
qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi 89
” moddalari va boshqa xalqaro
huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda dinning asl insonparvarlik mohiyatini asrash, uni turli noto‘g‘ri
qarashlardan sof holda saqlash, dinning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini jamiyatdagi
barqarorlik,   ijtimoiy   hamkorlik,   konfessiyalararo   hamjihatlikni   mustahkamlashga
yo‘naltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
      Mavjud   muammolarni   hal   etish   jamiyatimizning   barcha   a’zolari   oldiga   qator
vazifalarni   qo‘yadi.   Jumladan,   respublikamizda   olib   borilayotgan   vijdon   erkinligi
sohasidagi   siyosat,   uning   amaliy   natijalari,   mamlakatimizda   qaror   topgan
87
https://religions.uz/news/detail?id=442    . 2022 йил 4 май.
88
 “Htpps://googleweblight.com/sp?u=htpps%2F%2Flex.uz%2Facts%2F-65108&geid=NSTNR”htpps://lex.uz/acts/-
65108
89
Htpps://constitution.uz/oz/pages/humanrights
54 bag‘rikenglik   muhitini   omma   orasida   keng   yoritishga   qaratilgan   tadbirlarga   diniy
tashkilotlar   vakillari,   mutaxassis   olimlarni   faol   jalb   qilish   orqali   ularning
samardorligini   ta’minlashni   taqozo   etadi.   Mazkur   vazifalarni   hal   qilish   yo‘lidagi
ishlar   davlat   va   jamoat   tashkilotlari   tomonidan   uzviy   hamkorlikda   olib   borilishi
natijasida diniy bag‘rikenglik tamoyillari jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ma’naviy
o‘zgarish va yuksalish jarayonlarining muhim omili sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Har   yili   respublikadagi   ijtimoiy-ma’naviy   muhitni   sog‘lomlashtirish   borasida
diniy   tashkilotlar   xodimlari   tomonidan   mahallalar,   o‘rta   maxsus   va   oliy   ta’lim
muassasalarida   targ‘ibot-tashvitqot   ishlar   olib   borilmoqda.   Mazkur   ma’naviyat
soatlarida o‘quvchi va talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida bugungi kunning
dolzarb mavzulari yoritilib, savollarga javoblar beriladi.
      Bugungi   kunda   O‘zbekiston   millatlar   va   dinlararo   munosabatlarni   yanada
mustahkamlashga yo‘naltirgan odilona siyosati natijasida jahon hamjamiyatiga ibrat
bo‘lmoqda.   Davlatimiz   rahbarining   2017-yil   15-iyun   kuni   bo‘lib   o‘tgan   “Ijtimoiy
barqarorlikni   ta’minlash,   muqaddas   dinimizning   sofligini   asrash-davr   talabi”
90
mavzusidagi   anjumanda   “Yurtimiz   ostonasiga   bostirib   kelayotgan   yovuz   xavf-
xatarlarning   oldini   olish,   ularga   ma’rifat   bilan   qarshi   kurashishda,   hech   shubhasiz,
dinu diyonatimiz yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, muhtaram domla-
imomlarimiz,   barcha   diniy   xodimlarning   o‘rni   va   ta’siri   beqiyos.   Sizlar   inson
tug‘ilganida   chaqaloqqa   azon   aytishdan   to   uni   so‘nggi   yo‘lga   kuzatishgacha   -   bir
umr  u bilan birga bo‘lasizlar.  Ya’ni, hayotimizdagi  barcha  yaxshi-yomon kunlarda
doimo   biz   bilan   birgasiz.   Biz   sizlarning   odamlarni   mehr-oqibatga,   halollikka
chaqirish,   yoshlarni   axloq-odob   ruhida   tarbiyalash,   oilalar,   mahallalarda   tinchlik,
hamjihatlik   muhitini   mustahkamlash   bo‘yicha   olib   borayotgan   savobli   ishlaringiz
uchun   barchangizdan   minnatdormiz”,   deb   takidlagani   din   arboblariga   bildirilgan
ishonchni anglatadi 91
.
90
Htpps://kun.uz/uz/78436215
91
“Адолат” газетаси.2020 йил № 18 сон.
55     Bu vazifani amalga oshirish uchun esa mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar, Yoshlar ittifoqi, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari
vakillari   bilan   hamkorlikni   kuchaytirish   lozim.   Zero,   islom   dinining   asl   maqsadi
faqat ezgulik hamda yaxshilikka chorlashdir.
      Mamlakatimiz   istiqlolga   erishgan   dastlabki   kunlardanoq   ilm-fan,   madaniyat
markazlari   vujudga kelgan.  Ularning rivojlanishida  xalqimizga  xos  bag‘rikenglik,
mehmondo‘stlik, o‘zga madaniyat vakillariga hurmat tuyg‘ulari asos bo‘lib xizmat
qildi.   Shuning   uchun   o‘lkamizda   turli   xalqlarning   urf-odat   va   an’analari   o‘zaro
uyg‘unlikda   rivojlanib   bordi.   Shu   g‘oya   bilan   yo‘g‘rilingan   ishlar   davlat   siyosati
darajasida   ham   o‘z   aksini   topdi.   Xususan,   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   2017-
yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etishi, o‘z
takliflarida   “Ma’rifat   va   diniy   bag‘rikenglik” 92
  deb   nomlangan   maxsus
rezolyusiyani   qabul   qilish   tashabbusi   bilan   chiqdi.   Shu   bilan   birgalikda,   2018-yil
12-   dekabr   kuni   BMT   Bosh   Assambeliyasining   yalpi   sessiyasida   bu   tashabbus
davlatlar   tomonidan   bir   ovozdan   qo‘llab-quvvatlandi.   BMT   tomonidan   qabul
qilingan   “Bag‘rikenglik   tamoyillari   Deklarasiyasi”da   bag‘rikenglik   tushunchasiga
shunday   ta’rif   berilgan:   “Bag‘rikenglik-bizning   dunyomizdagi   turli   boy
madaniyatlarni,   o‘zini   ifodalashning   va   insonning   alohidaligini   namoyon
qilishning   xilma-xil   usullarini   hurmat   qilish,   qabul   qilish   va   to‘g‘ri   tushunishni
anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod
vujudga   keltiradi.   Bag‘rikenglik   -   turli   tumanlikdagi   birlikdir.   Bu   faqat   ma’naviy
burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag‘rikenglik-tinchlikka
erishishni  musharraf qilguvchi va urush madaniyasizligidan tinchlik madaniyatiga
eltuvchidir” 93
.   Shu   o‘rinda   bir   savol   tug‘iladi:   O‘zbekiston   xalqi   turli   urf-odat,
madaniyat,   til,   turmush   tarziga   ega   bo‘lgan,   turli   dinga   e’tiqod   qiluvchi   xalqlar
bilan   o‘zaro   hamjihatlikda   “Yagona   Vatan”   g‘oyasi   ostida   ahil-inoq   yashab
kelmoqda.   Ya’ni,   o‘zbek   xalqi   azaldan     savdo   yo‘llarining   muhim   chorrahasida
joylashgan   bo‘lib,   ko‘plab   xalqlar   bilan   iqtisodiyijtimoiy,   madaniy   aloqalar   olib
92
Htpps://mustaqillik.uz/events/view/177
93
  “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”.1995.
56 borgan.   Bu   esa   xalqimizning   diniy   va   madaniy   hayotiga   katta   ta’sir   ko‘rsatgan.
Aynan   shu   omillar   xalqimizning   boy   ma’naviy-ma’rifiy   hayoti   va   diniy
bag‘rikenglik   tushunchalari   bilan   chambarchas   bog‘liqdir.   Ko‘p   millatli
xalqimizning   bahamjihat,   do‘stona   hayot   tarzi,   osuda   umrguzaronligi
“O‘zbekiston-umumiy uyimiz” degan ezgu g‘oya ro‘yobida ham o‘z aksini  topdi.
Qardosh   xalqlar   bilan   samimiy   birodarlik   rishtalarining   tobora   mustahkamlanib
borayotgani   mustaqil   davlatimizning   diniy   ma’rifat   yo‘lidagi   yuksalishlaridan
dalolatdir.
      O‘zbekiston   Respublikasida   diniy   ma’rifat   va   bag‘rikenglikni   ta’minlash,
mamlakatimizda e’tiqod erkinligini kafolatlash masalasi  mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq   o‘z   ifodasini   topgan   edi.   Boisi,   “O‘zbekiston   milliy   tarkibiga   ko‘ra,
ko‘p   millatli   davlat   hisoblanadi.   Hozir   respublikamizda   130   dan   ortiq   millat   va
elatlarning   vakillari   istiqomat   qilmoqda.   20   ga   yaqin   diniy   konfessiya   (lotincha
confessionslis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi)
faoliyat   ko‘rsatmoqda.   80   dan   ziyod   milliy   markazlar   ishlab   turibdi.   Tabiiyki,
millatlararo   totuvlik   va   hamjihatlikni   ta’minlash   demokratik   davlat   sharoitida
nafaqat   davlat   siyosatining   izchil   va   kuchli   bo‘lishini,   balki,   avvalo,   diniy
konfessiyalar   o‘rtasida   o‘zaro   hurmat   va   do‘stona   munosabatlar   qaror   topishini,
eng   asosiysi,   har   bir   fuqaroning   din,   diniy   mazhablar,   dinning   tarixi   va   hozirgi
hayotda tutgan o‘rni  haqida ilmiy tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishini  talab
qiladi” 94
   2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   doirasida   so‘ngi   3   yil   davomida   diniy
bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
      BMT   Bosh   Assambleyasi   2018-yilning   12   dekabr   oyida   o‘tkazilgan   yalpi
majlisda   “Ma’rifat   va   diniy   bag‘rikenglik”   deb   nomlangan   maxsus   rezolyusiyani
qabul   qildi.   O‘zbekiston   tomonidan   ishlab   chiqilgan   hujjat   loyihasi   BMTning
barcha   a’zo   davlatlari   tomonidan   bir   ovozdan   qo‘llab-quvvatlandi.   Mazkur
94
 “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi vazifalar: mavjud holat, 
muammolar va yechimlar” mavzusida onlayn konferentsiya ma’ruzalar to‘plami. T.: 2020.7-b.
57 rezolyusiyani   qabul   qilish   tashabbusi   2017-yil   sentyabr   oyida   BMT   Bosh
Assambleyasining   Nyu-Yorkdagi   72-sessiyasida   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
      2019-yil   4-sentyabrdagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Diniy-
ma’rifiy   soha   faoliyatini   takomillashtirish   bo‘yicha   qo‘shimcha   chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4436-sonli 95
 qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha   Qo‘mitaning   Ichki   ishlar   vazirligi,
O‘zbekiston   yoshlar   Ittifoqi,   O‘zbekiston   xotin-qizlar   qo‘mitasi   va   fuqarolarning
o‘zini  o‘zi  boshqarish organlari  faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika
kengashi   bilan   jamiyatda   vijdon   erkinligi   va   diniy-ma’rifiy   muhit   barqarorligi
kafolatlarini   ta’minlash   maqsadida   mustahkam   va   doimiy   hamkorlikni   nazarda
tutuvchi   yangi   tizim   joriy   etildi.   Bundan   tashqari,   Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mita
tarkibida   ayollar   bilan   ishlash   bo‘limi   tashkil   etildi,     shuningdek,   ushbu
yo‘nalishdagi   ishlarni   nazorat   qiluvchi   rais   o‘rinbosari   lavozimi   ham   joriy   etildi.
Xotin-qizlar   o‘rtasida   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   muvofiqlashtirish   bo‘yicha
Respublika targ‘ibot guruhi tashkil etildi.
   O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo”  96
media-markazi tashkil
etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy
insonparvarlik   maqsadini   hamda   diniy-ma’rifiy   hayotda   sodir   bo‘layotgan
yangiliklardan   keng   jamoatchilikni   xabardor   qilib   borishni   ta’minlovchi   asosiy
media-tuzilma hisoblanadi.
   O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf”  97
xayriya jamoat fondi tashkil
etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu
kabi   boshqa   ob’yektlarning   rekonstruksiyasini   moliyalashtirish,   ularni   moddiy-
texnik   bazasini   yaxshilash   hamda   ushbu   soha   xodimlarini   moddiy   qo‘llab-
quvvatlashdan iboratdir. 2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida
bir   necha   bosqichdan   iborat   (tuman,   shahar,   viloyat,   respublika)   Qur’oni   karim
95
Htpps://lex.uz/ru/docx/-4500897
96
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
97
 Htpps://vaqf.uz/oz
58 tilovati   bo‘yicha   qorilar   ochiq   musobaqasi   tashkil   etilib,   unda   5   mingdan   ziyod
ishtirokchi qatnashdi.
      Islom   sivilizasiyasi   markazi   tomonidan   O‘zbekistonda   Markaziy   Osiyo
musulmon   mutafakkirlarining   jahon   sivilizasiyasi   rivojidagi   roliga   bag‘ishlangan
10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi.
      Imom   Termiziy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   tomonidan   Imom   Termiziy,
Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga
tarjima   qilindi.   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   tomonidan   Imom
Buxoriy,  Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va
h.k. kabi ulug‘ allomalar asarlarining aksariyati tarjima qilinib, 50 ga  98
yaqin kitob
nashr etildi.
   So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini
amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda
asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu
sohada   amalga   oshirilayotgan   barcha   sa’y-harakatlar   “Jaholatga   qarshi   ma’rifat”
degan   ezgu   g‘oyaga   asoslangan.   2018-yilning   sentyabr   oyida   terroristik,
ekstremistik   yoki   boshqa   taqiqlangan   tashkilot   va   guruhlarga   adashib   a’zo   bo‘lib
qolgan   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolarini   jinoiy   javobgarlikdan   ozod   qilish
tartibi   tasdiqlandi.   Ilgari   to‘g‘ri   yo‘ldan   adashgan   va   o‘z   xatti-harakatlariga   chin
dildan   pushaymon   bo‘lgan   fuqarolarga   ma’naviy-axloqiy   burchlarini   ado   etish
uchun   jamiyat   va   o‘z   oilalariga   qaytish   imkoniyati   beriladi.   Diniy   ekstremistik
oqimlarga   aloqador   shaxslarni   reabilitasiya   qilishning   muhim   qadamlaridan   biri,
bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo‘llash bo‘ldi.
     2020 yil 3-4 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya
ta’limoti:   o‘tmish   va   bugun” 99
  mavzusidagi   xalqaro   konferensiya   tashkil   etildi   va
konferensiya boyicha tavsiyalar qabul qilindi. Ushbu tadbirda 15 mamlakatdan 55
nafar   taniqli   ulamolar,   muftiylar,   moturidiyshunos   ekspertlar,   100   nafar   mahalliy
98
 Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmiy-tadqiqot-markazi-tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-
otkazildi
99
 Htpps://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-abu-mansur-moturidy-va-motrudiya-ta’limoti-otmish-
va-bugun-mavzusidagi-xalqaro-konferentsiya-bo’yicha-tavsiyalar-qabul-qilindi.
59 olim   va   tadqiqotchilar   qatnashdi.   Konferensiya   yalpi   majlisida   11   ta,   sho‘ba
yig‘ilishlarida 32 ta ma’ruza tinglandi.   Ma’ruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy
shaxsi   va   aqidaviy   qarashlari,   moturidiylikning   mafkuraviy   asosi,   moturidiya
kalom   maktabiga   oid   yangi   manbalar,   ushbu   ta’limotning   bugungi   kundagi
ahamiyati haqida fikrlar bildirildi .
      Bizga   ma’lumki,   2018-yilning   27-dekabr   kuni   Jizzax   viloyat   hokimligi
konferensiya zalida viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar
bo‘yicha   o‘rinbosari   E.Ismatov   bilan   “Jizzax     viloyatida   diniy-ma’rifiy   soha
faoliyatini   takomillashtirish   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   ishlar” 100
mavzusida
matbuot   anjumani   o‘tkazildi.   Matbuot   anjumanini   viloyat   hokimligi   Axborot
xizmati   rahbari-viloyat   hokimining   matbuot   kotibi   A.Binokulov   ochib   berdi.
Shundang   so‘ng   viloyat   hokimining   jamoat   va   diniy   tashkilotlar   bilan   aloqalar
bo‘yicha   o‘rinbosari   E.Ismatov   “Jizzax   viloyatida   diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini
takomillashtirish   bo‘yicha   amalga   oshirilayotgan   ishlar   xususida   jurnalistlarga
ma’lumot berib o‘tdi.
      Anjumanda   viloyatda   ijtimoiy-ma’naviy   muhitning   barqarorligini   ta’minlash,
diniy-ma’rifiy hamda aholi  orasida diniy ekstremizm  va terrorizm  holatlari  oldini
olish  yuzasidan  viloyat   hokimligi,  Davlat   xavfsizlik  xizmati   viloyat   boshqarmasi,
Ichki   ishlar   boshqarmasi,   Xalq   ta’limi,   O‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi
boshqarmalari   va   Oliy   ta’lim   muassaalari,   “Mahalla”   xayriya   jamoat   fondi,
“Nuroniy”   jamg‘armasi   viloyat   bo‘limlari,   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
viloyat   vakilligi,   Siyosiy   partiyalar   va   boshqa   jamoat   tashkilotlari   bilan
hamkorlikda   20   ga   yaqin   chora-tadbirlar   belgilanib,   davlat   idoralari   va   jamoat
tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilganligi xususida so‘z yuritildi 101
.
Xususan,   2018-yil   davomida   oliy   ta’lim   muassasalarida   “Institut   professor-
o‘qituvchilari   va   talabalari   o‘rtasida   diniy   ekstremizmga   qarshi   kurash   va   uning
100
https://jizzax.uz/1335-zhizzah-viloyat-okimining-zhamoat-va-diniy-tashkilotlar-bilan-aloalar-byicha-rinbosari-   
bilan-matbuot-anzhumani-tkazildi.html . 2022йил 4 май
101
https://jizzax.uz/1335-zhizzah-viloyat-okimining-zhamoat-va-diniy-tashkilotlar-bilan-aloalar-byicha-rinbosari-   
bilan-matbuot-anzhumani-tkazildi.html . 2022йил 4 май.
60 oldini   olish”,“Biz   diniy   ekstremizm   va   terrorizmga   qarshimiz!   Senchi?”,
“Missionerlik   o‘zi   nima?”,“Ekstremizm   va   terrorizm–taraqqiyot   kushandasi”
mavzularida   ma’naviy-ma’rifiy   tadbirlar,   o‘quv-seminarlar,   davra   suhbatlari
o‘tkazilgan.
      O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   va   tizimdagi   tashkilotlar   va   diniy   soha
xodimlarining   2022-yil   ma’lumotlariga   ko‘ra   58   ta   veb-sayti,   166   ta   “Telegram”
kanali,  200   ta   “Feysbuk”   sahifasi   hamda   “Youtube”   videoxostingida   21  ta   kanali
faoliyat   olib   bormoqda.   Tahlillarga   ko‘ra   umumiy   Internet   foydalanuvchilarning
qamrovi 5 mln.dan ortadi 102
.   Yurtdoshlarimizning sof diniy masalalarda to‘g‘ri va
ishonchli ma’lumot olishlari uchun 78-150-33-44 telefon raqamiga murojaat qilib,
malakali mutaxassislardan javob olish mumkin.   2022-yil ramazon oyi munosabati
bilan tunu kun ishlaydigan maxsus Koll-markaz faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi, bir
kunda 1000 dan ortiq savol-javoblar bo‘lmoqda 103
.
      O‘zbekiston   Musulmonlari   idorasining   www.muslim.uz sayti   internet
portaliga   aylantirilib,   yangi   dizaynda   ishga   tushdi.   Yangi   islomiy   portal   o‘zbek
(kirill va lotinda), rus, ingliz va arab tillarida bo‘lishi rejalashtirilgan 104
.
Muslim.uz   portali   tarkibida   Qur’oni   karim(quron.muslim.uz),   hadisi   sharif
(hadis.muslim.uz),   aqoid   masalalari   (aqida.muslim.uz),   fiqh   (fiqh.muslim.uz),
ma’rifiy   kitoblar   (kitoblar.muslim.uz),   media   (media.muslim.uz),   O‘MI   faoliyati
(idora.muslim.uz),   masjidlar   (masjid.muslim.uz),   madrasalar,   islomiy   o‘quv
yurtlari   (madrasalar.muslim.uz),   yurtimiz   ziyoratgohlari   (ziyoratgoh.muslim.uz),
Usmon Qur’oni muzeyi (muzey.muslim.uz), savol va javoblar (savollar.muslim.uz)
alohida   sayt-sahifa   ko‘rinishida   bo‘ldi.   www . uz   ma ’ lumotlariga   ko ’ ra ,   muslim . uz
saytiga   kuniga   1000   ga   yaqin   foydalanuvchi   tashrif   buyuradi .   O’zbekistonda   bir
nechta  rasmiy  sayt  va  telegram  kanallar   faoliyat   olib boryapti. Bular   qatoriga biz
muslim.uz,   islom.uz,   religions.uz,   fatvo.uz,   hidoyat.uz   fitrat.uz   kabi   saytlar   va
102
 Htpps://yuz.uz/uz/news/ozbekistanda-nechta-diniy-yonalishdagi-ijtimoiy-tarmoq-sahifalari-faoliyat-olib-boradi
103
Htpps://yuz.uz/uz/news/ozbekistanda-nechta-diniy-yonalishdagi-ijtimoiy-tarmoq-sahifalari-faoliyat-olib-boradi
104
 Htpps://www.qadriyat.uz/yangiliklar/837-ozbekiston-mussulmonlari-idorasi-sa-ti-yangi-diza-nga-ega-boldi
61 @muslimuzportal, @islomuz_kanal, @DinQo’mita, @diniysavollar, @Hidoyatuz,
@fitratuz kabi sayt va telegram kanallarni kiritish mumkin.
     O‘zbekistonda diniy ma’rifiy sohada yoki bo‘lmasam unga yaqin mavzulardagi
maqolalar   chop   etiladigan   qator   jurnallar   bor.   Jumladan,   “Imom   al-Buxoriy
saboqlari” 105
-ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnal bo‘lib, uning muassisi Imom-
al-Buxoriy   xalqaro   jamg‘armasi   hisoblanadi.   Jurnal   2000-yildan   e’tiboran
Toshkentda,   3   oyda   1   marta   nashr   etila   boshlandi.   Imom   al-Buxoriyning   hayoti,
ilmiy   merosini   o‘rganish   va   uni   keng   targ‘ib   qilish,     xalqimizni   ma’naviyatini
mustahkam   ildizlaridan   biri   bo‘lgan   diniy   qadriyatlar   bilan   kengroq,   chuqurroq
tanishtirish,   ularning   keng   omma,   ayniqsa   yoshlar   tomonidan   sog‘lom   idrok
etilishiga   yordamlashish   jur.ning   asosiy   vazifasidir.   Jur.   sahifalarida   Imom   al-
Buxoriy   yodgorlik   majmui   faoliyati   izchil   yoritib   boriladi.   Jurnalning   “Abadiy
barhayot   kitob”,   “Muhaddislar   sultoni”,   “Hadislarning   ulug‘   hikmati”,
“Movarounnahrlik   buyuk   allomalar”,   “Islom   va   ma’rifat”,   “Istiqlol   va   islom”
106
kabi ruknlari bor. 
   Shu yo‘nalishdagi yana bir jurnal “Hidoyat” 107
-oylik diniy-ijtimoiy, ilmiy-adabiy
jurnalidir.   Muassisi   -   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi.   1999-yil   avg   .da   tashkil
etilgan. Avval "O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari" (1946—1968), "Sovet
Sharqi   musulmonlari"   (1968—91),   "Movarounnahr   musulmonlari"   (1991—95),
"O‘zbekiston musulmonlari" (1995—99) nomlarida nashr etilgan. Jurnalda Qur’on
oyatlarining   tafsirlari,   hadisi   sharif   sharhlari,   ibodat   va   kundalik   turmushga   oid
turli   masalalar,   ilm   egallash,   oila   va   farzandlar   tarbiyasi,   masjid   va   madrasalar
hayoti,   ma’naviy   meros   va   tarixiy   qadriyatlarni   o‘rganishga   oid   mavzular,   dunyo
musulmonlari   hayotidagi   yangiliklar,   xabarlar   yoritiladi.   "Aqida",   "Fiqh",   "Amri
ma’ruf",   "Nahyi   munkar",   "Tafsir",”Dinimiz   tarixidan”,”Muxlis”,”Imom
Minbari”,”Sahobalar   hayoti 108
”,”Bag‘rikenglik”,"Hadis   ilmi",   "Olislarga   sayohat",
105
Htpps://qomus.info/oz/encyclopedia/i/imom-al-buxoriy-saboqlari/
106
Htpps://qomus.info/oz/encyclopedia/i/imom-al-buxoriy-saboqlari/
107
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Hidoyat_(jurnal)
108
 “Hidoyat’oylik diniy-ma’rifiy jurnalToshkent shahar Zarqaynar ko’chasi 47-A uy.”Shamsiddinxon 
Boboxonov”NMIU bosmoxonasida.
62 "Imomlarimiz", "Ilm maskanlarida", "Tibbiyot burchagi" kabi ruknlari bor. Jurnal
2001-yildan "Hidoyat kutubxona-si" silsilasida kitoblar ham nashr etmoqda.
      2017-2022-yillarda   yurtimizda   bir   qator   diniy   ma’rifiy   asarlar   nashr   etildi   va
xalqimiz   bu   asarlarning   boy   ma’naviy   merosidan   foydalanmoqda.   Shulardan   biri
Shayx   Muhammad   Mutavalliy   Sha’roviy   hazratlarining   “Tavba”asari   2020-yilda
“Movarounnahr” nashryotida o‘zbek tilida Abbos Ahmad tomonidan nashr qilindi.
Usmonxon   Alimov,   Yorqinjon   Fozilov,   Shayx   Abdulaziz   Mansur   rahnomaligida
2018-yilda   “G afur-G ulom”nashriyotida   “Sunnat   va   hadis”   nomli   asari   nashrʻ ʻ
etildi.   A.Tursunov,   I.Nurulloh   tomonidan   “Mavlidi   Sharif”nomli   asar   2020-yilda
“Book   Media   Nashr”   tomonidan   tayyorlandi.   Bu   asarda   payg‘mbarimiz
Muhammad   s.a.v.ning   tavallud   topgan   oylari   haqida   so‘z   boradi   va   bu   oyning
fazilatlari   haqida   so‘z   boradi.   Ibrohim   Nurulloh   va   Abbos   Ahmad   tomonidan
“Munir”nashriyotida   2020-yilda   “Musulmon   ayolning   eri   va   oilasi   oldidagi
vazifalari”   nomli   asarlari   nashrdan   chiqdi.   Ushbu   asarlarning   chop   etilishi
yurtimizda diniy-ma’rifiy asarlarning nashr etilishikaga e’tibordan dalolat beradi .
Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   tomonidan   Imom   Buxoriy,
Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi
ulug‘   allomalar   asarlarining   aksariyati   tarjima   qilinib,   50   ga   yaqin   109
kitob   nashr
etildi.   Masalan   jahon   nashrlarida   ham   o‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan
islohotlar   e’tirof   etildi.Ulardan   biri   Quvayt   davlatidagi   “As-siyasa’’gazetasidir 110
.
Bu   gazeta   O‘zbekistonda   keyingi   yillarda   diniy   sohada   amalga   oshirilayotgan
islohotlar   haqida   maqola   e’lon   qildi.   Unda   mamlakatimizda   diniy   bag‘rikenglikni
qo‘llab-quvvatlash,   islom   ilm-fani   va  madaniyatining  bebaho  durdonalari   bo‘lmish
boy   ma’naviy   merosimizni   saqlash,   o‘rganish,   insoniyatga   ezgu   g‘oya   hamda
ta’limotlarini yetkazishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlangan.
O‘zbekistonda   2021-yilda   16   ta   konfessiyaga   mansub   2200   dan   ziyod   diniy
tashkilotlarning   emin-erkin   faoliyat   ko‘rsatayotgani,   malakali   diniy   xodimlar
109
 Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmiy-tadqiqot-markazi-tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-
otkazildi
110
Htpps://xs.uz/uz/post/arab-nashri-ozbekistonning-diniy-sohadagi-islohotlari-etirof-etdi
63 tayyorlashga   ustuvor   vazifa   sifatida   qaralayotgani,   ushbu   maqsadda   o‘ndan   ortiq
diniy   ta’lim   muassasalari   ish   yuritayotgani   mamlakatda   ijtimoiy   barqarorlikning
muhim  omili sifatida baholangan.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda islom  dunyosining ma’lum  va mashhur  siymolari -
Imom   Buxoriy,   Imom   Termiziy,   Hakim   Termiziy,   Abu   Muin   Nasafiy,   Bahouddin
Naqshband   kabi   alloma   va   aziz-avliyolarning   ilmiy   merosini   o‘rganish,   ular   xoki
mangu   qo‘nim   topgan   manzillarni   obod   etish   bo‘yicha   olib   bori layotgan   ishlar
alohida ta’kid langan.
Chunonchi   gazetada,   “Surxondaryo   viloyatida   Imom   Termiziy   maqbarasi
ta’mirlandi. Uning yonginasida yangi masjid va kutubxona barpo qilindi. Bu yerda
hadis   va   boshqa   islom   ilmlari   rivojiga   ulkan   hissa   qo‘shgan   musulmon
ulamolarining ilmiy merosini  chuqur  o‘rganish maqsadida  Imom  Termiziy xalqaro
ilmiy- tadqiqot   markazi   tashkil   etildi.   Shu   vaqtga   qadar   buyuk   allomaning   14
nomdagi asari tarjima qilinib, o‘zbek tilida nashr etildi”,  111
deyiladi maqolada.
Gazetada   yozilishicha,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
Sh.M.Mirziyoyevning  2016 - yil oktyabr oyida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti
Tashqi   ishlar   vazirlari   kengashi   43-sessiyasining   ochilish   marosimidagi   nutqida
Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish g‘oyasi
ilgari   surilgan   edi.   Bu   tashabbus   Imom   Buxoriydek   buyuk   allomaning   ilmiy
merosini   chuqur   o‘rganish,   dunyoga   tarannum   etish,   hadis   ilmlari   rivojiga   hissa
qo‘shishni   maqsad   qiladi.   Shuningdek,   “As-siyasa”   gazetasi   o‘z   sahifasida
O‘zbekistondagi   Islom   sivilizasiyasi   markazi,   Hadis   ilmi   maktabi,   Mir   Arab   oliy
madrasasi tashkil etilganini islom madaniyati va ilmiy merosini o‘rganish yo‘lidagi
muhim qadamlar sifatida yoritgan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda diniy ta’lim,  tadqiqot yo‘nalishlarida hayotga
tatbiq etilayotgan tashabbuslar musulmon dunyosining qiziqishiga sabab bo‘layotir.
Binobarin, yurtimiz tarixan islom ilmlari, fan va   madaniyat keng   rivojlangan diyor
111
Htpps://xs.uz/uz/post/arab-nashri-ozbekistonning-diniy-sohadagi-islohotlari-etirof-etdi
64 bo‘lib, hech shubhasiz, bugungi musulmon madaniyati taraqqiyotini   allomalarimiz,
ularning benazir  ilmiy merosisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Yurtimizdagi   yirik   ilmiy   tadqiqot   markazlaridan   biri   Imom   Buxoriy   Xalqaro
Ilmiy tadqiqot markazida ham so‘nggi yillarda atroflicha ishlar amalga oshirildi.
Alisher   Navoiy   nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   kutubxonasida   Vazirlar
Mahkamasi   huzuridagi   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi     tomonidan
“Samarqandlik   allomalar”,   “Alouddin   al-Usmandiy   as-Samarqandiy”,   “Imom
Buxoriy   -muhaddislar   sultoni”,   “Imom   Buxoriy   majmuasi”   kitob   albomi   va
“Ibrohim   Saffor   Buxoriy”   112
kitoblari   taqdimoti   o‘tkazildi.Unda   islomshunos   va
sharqshunos   olimlar,   soha   mutaxassislari,   ilmiy   tadqiqotchilar   va   talabalar
qatnashdi.   So‘zga   chiqqanlar   Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   tashkil   etilgan   Imom
Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   buyuk   vatandoshimiz,   hadis   ilmining
sultoni Imom Buxoriy hamda yurtimizdan yetishib chiqqan boshqa ulug‘ allomalar
merosi,   ularning   jahon   sivilizasiyasi,   ilm-fan   taraqqiyoti   rivojiga   qo‘shgan   bebaho
hissasini chuqur tadqiq etishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladilar.
“Kitoblar   ma’naviy   xazinadir,-   deydi   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot
markazi   direktori   o‘rinbosari   Shukurillo   Umarov 113
.   Ushbu   asarlar   ma’rifiy
islomning   asl   insonparvarlik   tamoyillarini   targ‘ib   etish,   xalqimiz,   ayniqsa,
yoshlarimizni   buyuk   alloma   va   mutafakkirlarimiz   hayoti,   ilmiy   merosi   bilan
yaqindan   tanishtirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   bilan   birga,   ularda   ona
Vatanga   hurmat,   milliy   qadriyat,   urf-odat   va   an’analarimizga   sadoqat   tuyg‘ularni
shakllantirishda asqatadi.
  Mustaqillik yillarida yurtimizda diniy matbuot rivojida bir qator ishlar amalga
oshirildi. Bu soha  rivojining huquqiy asosini  ta’minlovchi  bir  qator  hujjatlar  qabul
qilindi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshida bir qator  gazeta va  jurnallar nashr
etil a boshlan di. Bu   gazeta va   jurnallar yurtimizda diniy matbuotning rivojlanishida
112
 Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmij-tadqiqot-markazi-tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-
otkazildi
113
Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmij-tadqiqot-markazi-tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-
otkazildi
65 o‘ziga   xos   o‘rin   tutadi.   O‘zbekistonda   so‘nggi   yillarda   ochilgan     ilmiy   tadqiqot
markazlarida   turli   xil   anjumanlar   o‘tkazilib   kelindi.   Bu   anjumanlar   ham   diniy
ma ’rifa tning rivojida o‘ziga xos o‘rin tutmoqda. 
2.4. O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanishi …..
      O‘zbekiston dunyo miqyosida muqaddas qadamjolarga boy mamlakatlardan biri
hisoblanadi.   Mustaqillik   yillarida   islom   dini   rivojida   beqiyos   o‘rin   tutgan   buyuk
insonlar   abadiy   qo‘nim   topgan   manzillarni   o‘rganish,   ularni   obodonlashtirish
ishlari   olib   borildi.   Ushbu   manzillar   o‘z   navbatida   odamlar   ziyorat   qiladigan
maskanlarga  aylantirildi.  Bunday  joylar   nafaqat  O‘zbekiston  aholisi  uchun,  balki,
66 butun   islom   olami   uchun   ham   muqaddas   hisoblanadi.   Hozirgi   kunda   Samarqand
viloyatida   1851   ta   moddiy-madaniy   meros   ob’ektlari   mavjud   bo‘lsa 114
  Buxoro
viloyatida   esa   ularning   soni   829   tani   tashkil   etadi 115
.   Mazkur   ob’ektlar   orasida
ziyorat   qilinishi   mumkin   bo‘lgan   muqaddas   joylar   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.
Xususan, birgina Buxoro viloyatida joylashgan ob’ektlar orasida 105 ta masjid va
14   ta   maqbara   mavjud   bo‘lib,   mazkur   ob’ektlarda   ziyorat   turizmini   rivojlantirish
imkoniyatlari   yuqori   hisoblanadi.   Mazkur   omillar   so‘nggi   to‘rt   yil   davomida
O‘zbekistonda   ziyorat   turizmini   rivojlantirish,   uni   jahon   miqyosiga   olib   chiqish
uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Ammo, shunga qaramasdan bu borada o‘z echimini
kutayotgan masalalar  mavjud bo‘lib, ularni  tahlil  qilish bu borada ayrim  taklif va
tavsiyalar berish imkonini berishi mumkin. Shu sababdan, mazkur sohada amalga
oshirilgan ishlar va ularning natijalarini ilmiy tahlil etish muhim ahamiyatga ega.
2017   yildan   e’tiboran   O‘zbekistonda   turizmning   alohida   sohasi   bo‘lgan   ziyorat
turizmini   rivojlantirish   va   uni   jahonga   tanishtirish   bo‘yicha   tizimli   ishlar   boshlab
yuborildi.   Jumladan,   2017-yil   16-avgustda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining “ 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi
navbatdagi   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   qarori   e’lon   qilindi.   Mazkur   qaror   bilan
O‘zbekistonga   sayohat   qilishni   engillashtirish,   turizm   infratuzilmalarini
rivojlantirish   va   yangi   turizm   ob’ektlarini   tashkil   etishga   qaratilgan   2018-2019
yillarda turizm sohasini  rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
dasturi tasdiqlandi 116
.
      Bundan   tashqari,   ushbu   qaror   asosida   bir   oy   muddat   ichida   fuqarolariga   2018
yilning   1-yanvaridan   viza   tartibini   soddalashtirish   taklif   etilayotgan   mamlakatlar
hamda   fuqarolariga   maxsus   ziyorat   turizmi   dasturlari   taklif   etiladigan   davlatlar
ro‘yxatini   shakllantirish,   shuningdek,   Malayziya,   Indoneziya   va   boshqa
mamlakatlardan   O‘zbekistondagi   muqaddas   qadamjolarga   ziyorat   turizm
114
https://religions.uz/news/detail?id=812    Қадим Самарқандга бир келиб кетинг!
115
http://madaniyat.uz/post/view/9027    Бухородаги 829 та моддий маданий мерос объектлари давлат 
муҳофазасига олинган
116
https://lex.uz/docs/3311817      Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “ 2018-2019 йилларда туризм
соҳасини ривожлантириш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”
67 yo‘nalishidagi   sayyohlarni   jalb   qilish   bo‘yicha   ishlarni   faollashtirish,   bu   borada
kerakli reklama tadbirlarini o‘tkazish, logistika, jumladan, charter reyslarini tashkil
etish va boshqa vazifalar belgilandi 117
. 
      Bundan   tashqari,   yurtimizga   tashrif   buyurayotgan   ziyoratchilarga   qulaylik
yaratish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Turizmni   rivojlantirish   davlat
qo‘mitasining   “Turistik   xizmatlarni   sertifikatlashtirish   markazi”   davlat   unitar
korxonasi  tomonidan yangi davlat  standarti ishlab chiqildi. Mazkur  hujjat asosida
2018-yilning   1-yanvaridan   boshlab   turistik   xizmatlar,   joylashtirish   vositalari,
umumiy   talablar   bo‘yicha   standart   kuchga   kirdi.   O‘rnatilgan   yangi   qoidalarga
ko‘ra,   har   bir   mehmonxonaning   umumiy   xonalar   sonining   kamida   o‘ndan   birida
Qur’oni   karim,   ibodat   qilish   uchun   joynamoz   hamda   kamida   30   foizida   qibla
ko‘rsatgichi qo‘yilishi shart qilib belgilandi 118
. 
   Bu davrda, O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun viza rejimini engillashtirish
bo‘yicha   ham   ishlar   amalga   oshirildi.   Shu   maqsadda,   2018   yil   3   fevralda
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasi   turizm
salohiyatini   rivojlantirish   uchun   qulay   sharoitlar   yaratish   bo‘yicha   qo‘shimcha
tashkiliy   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   Farmoni   e’lon   qilindi.   Unga   muvofiq,
Indoneziya,   Malayziya,   Singapur,   Turkiya,   Janubiy   Koreya,   Yaponiya   va   Isroil
davlatlari   fuqarolari   uchun   vizasiz   rejim   joriy   qilindi.   Shuningdek   39   mamlakat
fuqarolariga soddalashtirilgan viza tartibi joriy qilindi. Vizasiz kiruvchi xorijliklar
safiga   2019   yil   mart   oyidan   tojikistonliklar,   oktyabrdan   fransiyaliklar   ham
qo‘shildi 119
.
    Bundan tashqari, mamlakatimizda halol turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham bir
qator   tadbirlar   amalga   oshirildi.   Jumladan,   2018   yilda   “Halol   turizm”   bo‘yicha
“Crescyent Rating” tashkiloti tomonidan 2017 yilda tuzilgan reytingda (2017 yilda
117
https://www.gazeta.uz/uz/2017/08/17/turizm/    Ўзбекистонда зиёрат туризми ривожлантирилади
118
http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/4159-zijorat-turizmi-so-asida-musulmonlarga-yana-   
bir-ulajlik-yaratildi
119
https://lex.uz/docs/3548467    Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони “ Ўзбекистон Республикаси
туризм салоҳиятини ривожлантириш учун қулай шароитлар яратиш бўйича қўшимча ташкилий чора -
тадбирлар тўғрисида”
68 tuzilgan reytingda O‘zbekiston 28. Shundan, “xavfsiz sayohat” – 100 dan 84 ball,
“ibodatxonaga   kirish   erkinligi”   –   80,   “ovqatlanish   imkoniyatlari   va   kafolatlari”   –
70, “viza” – 50, “ayeroport imkoniyatlari” – 48,3, “oilaviy ta’til” – 44,4, “yashash
sharoitlari”   –   33,2,   “musulmonlar   uchun   imkoniyatlar”   –   25,   “sayyohlarning
kelishi”   –   21,2,   “kommunikasiya   imkoniyatlari”   –   19)   quyi   darajada   baholangan,
kam   rivojlangan   yo‘nalishlarni   yaxshilashga   e’tibor   qaratildi.   Xususan,   Turizmni
rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi   tomonidan   “Crescyent   Rating”   tashkiloti   bilan
hamkorlikda   mamlakatimizda   ziyorat   turizmini   rivojlantirish   bo‘yicha   taklif   va
tavsiyalar   ishlab   chiqildi.   Ushbu   tavsiyalar   asosida   xalqaro   ayeroportlarda   ibodat
amallarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratildi 120
. 
   Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida
ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda
ziyorat   turizmini   rivojlantirish   bilan   bog‘liq   masalalar   bo‘yicha   tahliliy   hujjatlar
tayyorlash,   mamlakat   iqtisodiyotining   strategik   tarmog‘i   sifatida   turizmni   jadal
rivojlantirish   uchun   qulay   iqtisodiy   va   tashkiliy-huquqiy   shart-sharoitlar   yaratish,
hududlarning   ulkan   turizm   salohiyatidan   yanada   to‘liq   va   samarali   foydalanish
yuzasidan   tegishli   takliflar   taqdim   etish   mazkur   bo‘limning   asosiy   vazifalari
sifatida   belgilandi 121
.   Bundan   tashqari,   Turizmni   rivojlantirish   davlat   qo‘mitasi
tomonidan Toshkent shahrida ziyorat turizmini rivojlantirish, ro‘yxatga olingan 15
ta   diniy   muassasaga   tashrif   xaritalari   ishlab   chiqildi.   Indoneziya   va   Malayziya
sayyohlik   agentliklari   va   mehmonlariga   mo‘ljallangan   halol   ovqatlanish   joylari,
milliy   oshxonalar,   restoranlar,   oilaviy   tashrif   joylari   xaritasi   tayyorlandi.
Shuningdek, yurtimizda ilk bor ziyorat turizmi sohasi uchun zarur bo‘lgan “Halol”
standarti joriy etildi. 
      O‘zbekistonda   ziyorat   turizmining   muhim   ob’ektlaridan   biri   hisoblangan
Samarqand   viloyati   Payariq   tumanidagi   Imom   Buxoriy   yodgorlik   majmuida   ham
Prezidentimizning   2017-yil   27-martdagi   “O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
120
http://uza.uz/oz/tourism/zbekistonda-ziyerat-turizmi-2018-yilga-nazar-27-12-2018   
121
https://religions.uz/pages/7   
69 Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi davom ettirildi.
Jumladan, majmuaga tutash hududdan 5,8 gektar er maydoni ochilib, ilmiy markaz
hamda   markaz   qarshisida   3   ta   ikki   qavatli   turar-joy   qurilib,   foydalanishga
topshirildi.   Amalga   oshirilgan   shu   va   boshqa   tadbirlar   natijasida   bu   borada
salmoqli   yutuqlar   qo‘lga   kiritildi.   Jumladan,   2017-yilning   10   oyi   davomida
mamlakatimizga   tashrif   buyurgan   sayyohlar   soni   2,2   mln   kishini   tashkil   etgan
bo‘lsa,   2018-yilning   shu   davri   mobaynida   4,4   mln   sayyoh   tashrif   buyurdi 122
.   Yil
mobaynida esa 5 mln. 346 ming 219 nafarni tashkil qildi 123
. 
     Mamlakatimizda  ziyorat  turizmini  rivojlantirish borasidagi  tadbirlar 2019-yilda
ham   davom   ettirildi.   Jumladan,   mazkur   yilning   5   yanvaridan   e’tiboran
O‘zbekistonning   madaniy-tarixiy   va   diniy   ma’naviy   merosi   hamda   an’analarini
o‘rganish   uchun   tashrif   buyuruvchi   xorijiy   fuqarolarga   2   oygacha   bo‘lgan
muddatga   ziyorat   vizasi   joriy   etildi 124
.   Shu   bilan   birga,   Ziyorat   turizmini
rivojlantirish   va   uni   dunyo   jamoatchiligiga   tanishtirishda   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   ilmiy   konferensiyalar   o‘tkazish   ishlari   ham   olib   borildi.   Jumladan,   2019
yilning   21-23   fevral   kunlari   Buxoro   shahrida   O‘zbekiston   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   mamlakatning   xalqaro   maydondagi   ziyorat   turizmi
bo‘yicha   mavqeini   oshirish   maqsadida   Ziyorat   turizmi   bo‘yicha   I   Xalqaro   forum
o‘tkazildi. Mazkur forum doirasida O‘zbekistonning ziyorat turizm markazlaridan
biri   sifatida   tan   olinishiga   doir   Buxoro   deklarasiyasining   imzolanishiga
bag‘ishlangan   tantanali   marosim   bo‘lib   o‘tdi 125
.   Bundan   tashqari,   mazkur   yilning
24-25 may kunlari Samarqand shahrida Xitoy, Rossiya,  Fransiya, Italiya, Janubiy
Koreya,   Turkiya,   Bosniya   va   Gersegovina,   Polsha,   Qozog‘iston,   Tojikiston   va
Qirg‘iziston   mamlakatlarining   etakchi   olimlari,   turizm   sohasi   mutaxassislari
122
http://uza.uz/oz/tourism/zbekistonda-ziyerat-turizmi-2018-yilga-nazar-27-12-2018   
123
https://uzbektourism.uz/cyrl/research   
124
http://xs.uz/uzkr/post/birinchi-khalqaro-ziyorat-turizmi-forumi-zhahon-hamzhamiyatida-katta-qiziqishga-sabab-   
bolmoqda
125
https://islaminstitut.uz/?p=6867    Зиёрат туризми халқаро форуми якунлари
70 ishtirokida   «Buyuk   Ipak   yo‘li   chorrahasida   ziyorat   turizmining   renessansi»
mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi 126
. 
      Shu   va   boshqa   omillar   o‘z   navbatida,   musulmon   sayyohlar   sonining   sezilarli
darajada   kengayishiga   olib   keldi.   Jumladan,   2019   yilning   noyabr   oyi
ko‘rsatkichlarining   2018   yildagi   ko‘rsatkichlari   bilan   solishtirganda   buni   yaqqol
ko‘rishimiz mumkin. Xususan, 2018 yil noyabr oyida birgina Pokiston davlatidan
287 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilning shu davrida sayyohlar soni
424 nafarni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 47,7 foizni tashkil etdi. Saudiya Arabistoni
bo‘yicha   esa,   bundan   ham   kattaroq   sonni   ko‘rishimiz   mumkin.   Jumladan,   2018
yilning noyabr oyida 36 nafar, 2019 yilning shu davriga kelib 124 nafarni tashkil
qildi. 127
. 
   Bu boradagi ishlar so‘nggi paytlarda ham davom ettirildi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevralda “O‘zbekiston Respublikasida ichki
va   ziyorat   turizmini   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   Farmoni
qabul   qilindi.   Unda   turizm   bozorining   turli   segmentlariga   yo‘naltirilgan   turizm
mahsuloti   va   xizmatlarini   diversifikasiya   qilish,   ularning   raqobatbardoshligini
yanada   oshirish,   maqbul   va   qulay   ichki   va   xalqaro   ziyorat   turizmi   muhitini
yaratish,   transport   yo‘nalishlarini   kengaytirish,   transport   xizmatlari   sifatini
oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning
sayohat   va   dam   olish   uchun   xavfsiz   manzil   sifatidagi   imijini   mustahkamlashga
yo‘naltirilgan vazifalar belgilab berildi 128
.
      O‘zbekistonda   2016-yildan   e’tiboran   turizm   sohasi   mamlakat   iqtisodiyotining
muhim tarmoqlaridan biri deb e’lon qilindi. Shu sababdan turizm va uning muhim
yo‘nalishlaridan   biri   bo‘lgan   ziyorat   turizmini   rivojlantirish   va   uni   jahon
miqyosiga   olib   chiqish   ishlari   olib   borildi.   Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   tegishli   Farmon   va   Qarorlari   e’lon   qilindi.   Shu   asosda   tegishli
126
http://zarnews.uz/post/ozbekistonda-ziyorat-turizmi-uchun-katta-imkoniyat-bor    Ўзбекистонда зиёрат туризми учун
катта имконият бор
127
https://uzbektourism.uz/cyrl/research      2019   йил   ноябрь   ва   2018   йил   ноябрь   ойларида   Ўзбекистон
Республикасига кириб келган ташриф буюрувчилар сонининг давлатлар кесимида тақсимланиши
128
 http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/25252
71 tadbirlar   amalga   oshirildi.   Shuningdek,   ziyorat   turizmini   rivojlantirish,   xorijiy
tajribani   o‘rganish   maqsadida   turli   tadbirlar,   ilmiy   seminar   va   konferensiyalar
tashkil   qilindi.   Xorijiy   mamlakatlar   firma   kompaniyalari   bilan   bu   borada
hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonga, xususan,
mamlakatimizdagi muqaddas joylarni ziyorat qilish uchun kelayotgan ziyoratchilar
sonining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.
III   BOB.   O‘ZBEKISTONDA   DINIY   IDORA,   MASJIDLAR   UCHUN
ZAMONAVIY, YeTUK KADRLAR TAYYORLASH JARAYONI….
3.1. Madrasalar va diniy maktablarning ochilishi
   O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng yurtimizda madrasalar
va   diniy   maktablarga   bo‘lgan   e’tibor   kuchayib   bordi.   Agar   1991-yilda
mamlakatimizda 1 ta oliy va 1 ta o‘rta maxsus bilim yurti mavjud bo‘lgan bo‘lsa,
2022-yilga kelib 3 ta oliy va 9 ta  129
o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyat yuritdi.
129
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_madrasalari_ro%CA%BByxati
72 Prezident   Shavkat   Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   respublikamizda   bu   sohada   keng
ko‘lamli   yangilik   va   o‘zgarishlar   yuz   berdi. Xususan,   2017-yilda   Islom
sivilizasiyasi   markazi,   Imom   Buxoriy   va   Imom   Termiziy   nomlaridagi   xalqaro
ilmiy-tadqiqot   markazlari,   O‘zbekiston   Islom   akademiyasi,   Buxoroi   sharifda   Mir
Arab oliy madrasasi tashkil etildi.
   2018-yil 16-aprelda Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Diniy-ma’rifiy soha
faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”   gi   farmon
imzolandi.Mazkur   farmonda   diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   tubdan
takomillashtirishning   ustuvor   yo‘nalishlari   belgilab   berildi.   Shu   bilan   birga,
O‘zbekiston   Islom   akademiyasi   va   Toshkent   Islom   universiteti   negizida
O‘zbekiston   xalqaro   Islom   akademiyasi   130
tashkil   qilindi.   Endi   akademiyada
Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi,
xalqaro   munosabatlar,   xorijiy   tillar   (arab,   fors,   ingliz,   rus,   urdu,   turk)   va   boshqa
xalqaro   miqyosda   ehtiyoj   mavjud   bo‘lgan   sohalar   bo‘yicha   malakali   kadrlar
tayyorlanadi,   o‘rta   maxsus,   oliy   ta’lim,   oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim,   malaka
oshirish   bosqichlarida   uzluksiz   ta’limning   yaxlit   tizimi   tashkil   etilib,   ilmiy
merosimiz   chuqur   tadqiq   qilinadi   hamda   diniy   va   dunyoviy   bilimlar   beriladi.
Shuningdek,   mazkur   dargoh   respublikamizdagi   barcha   islom   ta’lim   muassasalari
faoliyatini   o‘quv-me’yoriy   va   o‘quv-uslubiy   jihatdan   ta’minlash   hamda
muvofiqlashtirishni   amalga   oshiradi.   Farmonga   muvofiq   O‘zbekiston   xalqaro
Islom   akademiyasi   tarkibida   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   Samarqand,
Namangan va Surxondaryo viloyatlari  mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan Malaka
oshirish markazi tashkil etildi. Natijada imom xatiblar uzoq yo‘l bosib, Toshkentga
borib   emas,   balki   o‘z   hududlaridagi   mintaqaviy   filialida   qayta   tayorgarlik   va
malaka oshirishdan o‘tishlari mumkin bo‘ldi. 131
 Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki
ushbu ta’lim dargohi diniy idora qoshida emas oliy ta’lim tizimida shakllantirilgan
bo‘lib, u dunyoviy kadrlar tayyorlaydi.
130
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistan_xalqaro_islom_akademiyasi
131
 “Адолат” газетаси.2020 йил № 18 сон.
73       O‘zbekiston   Respublikasi   Musulmon   idorasi   tasarrufida   faoliyat   yuritayotgan
oliy ta’lim muassalari quydagilardan iborat:
1.  Hadis ilmi maktabi (Samarqand viloyati)
2. Toshkent islom instituti (Toshkent shahri)
3.  Mir Arab oliy madrasasi (Buxoro viloyati).
     O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufida faoliyat yuritayotgan
o‘rta maxsus ta’lim muassalari quyidagi madrasalardir: 132
1.Ko‘kaldosh madrasasi (o‘rta maxsus islom bilim yurti)
2.Xadichai Kubro madrasasi (o‘rta maxsus islom bilim yurti)
3.Mir Arab madrasasi (o‘rta maxsus islom bilim yurti)
4.Jo‘ybori Kalon madrasasi (o‘rta maxsus islom bilim yurti)
5.Hidoya madrasasi (o‘rta maxsus islom bilim yurti)
6.Muhammad Beruniy nomidagi madrasa (o‘rta maxsus bilim yurti)
7.Imom Faxriddin Roziy madrasasi (o‘rta maxsus bilim yurti)
8.Sayyid Muhiddin maxdum madrasasi (o‘rta maxsus bilim yurti)
9.Xo‘ja Buxoriy madrasasi  (o‘rta maxsus bilim yurti)
       Ushbu bilim dargohlari yurtimizda diniy soha uchun kerakli kadrlarni yetkazib
berishmoqda. Ular haqida qisqacha ma’lumot bersak :
1.Ko‘koldosh madrasasi. (Toshkent o‘rta maxsus islom bilim yurti)
      Ko‘koldosh   madrasasi   tarixi   shayboniylar   davri     tarixiy   shaxslari   Buxoro
xonligining   nufuzli   amaldori   Qulbobo   ko‘koldosh   va   Toshkent   hokimi
Darveshxonning nomlari bilan bog‘liqdir.
      Ko‘koldosh   madrasasi   1991-yilda   O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi   qoshida
qayta tashkil qilindi 133
. Madrasada 1998-yildan binoning muhandislik ustuvorligini
ta’minlash, tashqi va ichki holatini asl holiga keltirish  va atrofini obodonlashtirish
ishlari olib borildi. Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan Ko‘koldosh
madrasasining kirish peshtoqi va old qismi ta’mirlandi. Unda 2018-yilda 138 134
  ta
132
http://madrasa.uz/uzbda-ishlab-turgan-madrasalar.html   
133
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ko%CA%BBkaldosh_madrasasi_(Toshkent)
134
KUKALDOSH.UZ.https://kukaldosh.uz/22/04/2019/3787
74 talaba   tahsil   oloyotgan   edi.   Ko‘koldosh   o‘rta   maxsus   islom   bilim   yurti   Axborot
resurslari   markazi   (2010-yilgacha   madrasa   kutubxonasi)   1991-yildan   ya’ni
madrasa  ochilgandan  boshlab faoliyat  yuritdi. ARM  an’anaviy ya’ni  qog‘ozda  va
tashuvchi va elektron ma’lumotlardan iboratdir. ARM 2 ta qiroatxona va 1 ta fond
kitoblari saqlanadigan xonadan iborat. Hozir  bilim yurti ARM fondida jami 11935
ta kitob mavjud. 
      2.Xadichai   Kubro   madrasasi   (Toshkent   o‘rta   maxsus   islom   bilim   yurti)   o‘z
faoliyatini   1993-yilda   Eshon   Boboxon   nomi   ostida   boshlagan.   1998-yilda   nomi
Xadichai   Kubroga   o‘zgartirilgan 135
.Bilim   yurtida   O‘zbekiston   Respublikasi
viloyatlari ,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   musulmonlari   uchun   o‘rta   ma’lumotli
dinshunos,   odobnoma,   boshlang‘ich   arab   tili   o‘qituvchisi   tayyorlanadi.   O‘qish
muddati 3 yil (ilgari 4 yil) bo‘lgan. Hozir talabalarga 30 ga yaqin oliy ma’lumotli
mudarrislar dars beradi. Bilim yurti ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, jami 7 ta
o‘quv mashg‘ulot xonalari mavjud.
      Ta’lim   muassasasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   tomonidan
ro‘yxatga   olinib,   unda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
Din   ishlari   bo‘yicha   qo‘mitaning   ruxsatnomasibilan   diniy   va   umumta’lim   fanlari
uyg‘unligida ta’lim beriladi. Ta’lim muassasasining maqsadi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun   va   ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   prinsiplariga   tayangan
holda,   dinlar   tarixi   va   nazariyasini   chuqur   egallagan,   islom   dini   asoslarini
o‘zlashtirgan, insonparvarlik, xalqparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan,
o‘rta   maxsus   ma’lumotli   islomshunos   mudarrisalar,   arab   tili   murabbiyasi,   diniy
ma’rifiy   va   ma’naviy-ahloqiy   tarbiya   masalalari   bo‘yicha   maslahatchi
lavozimlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
      Shu   kunga   qadar   ta’lim   muassasasi   700   ga   yaqin   bitiruvchilarni   yetishtirib
chiqargan   bo‘lib,   ular   yurtimizning   turli   jabhalarida   faoliyat   yuritmoqdalar.
Masalan,   mahalla   o‘zini-o‘zi   boshqarish   organlari,   tuman   hokimiyatlarida   xotin-
qizlar   masalalari   bo‘yicha   maslahatchi,   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasining
135
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xadichai_Kubro_madrasasi.
75 viloyat va tumanlardagi vakilliklarida ayol-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi,
uning   yordamchilari   lavozimlarida   faoliyat   yuritmoqdalar.   Shuningdek,   Toshkent
islom   instituti,   Toshkent   islomuniversiteti,   Toshkent   Davlat   Sharqshunoslik
instituti   vaToshkent   Davlat   Pedagogika   Universiteti   kabi   oliy   ta’lim
muassasalarida ilmiy faoliyatini davom ettirmoqdalar 136
.
     Ta’lim muassasasi  o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi,
“Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   va   ta’lim   to‘g‘risida’’gi   qonun   hujjatlari,
O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   qaror   va   ko‘rsatmalari   asosida   olib
boradi. 137
Ta’lim   muassasasida   yetakchi   va   katta   o‘qituvchilar,   fan   nomzodlari
hamda   oliy   ma’lumotli   30   gayaqin   ustozlar   dars   beradilar.   Ta’lim   muassasasi
o‘qituvchilari   Toshkent   islom   universiteti,   Toshkent   islom   instituti   hamda
“Avloniy”   nomidagi   qayta   tayyorlash   markazlarida   muntazam   ravishda   o‘z
malakalarini   oshirib   bormoqdalar.   Ta’lim   muassasasida   o‘qish   muddati   3   yil
bo‘lib,   2017-yilda   ayol-qizlar   ta’lim   muasasalari   uchun   o‘quv   rejalar
takomillshtirildi 138
.   Unga   ko‘ra,   ayol-qizlarni   jamiyatdagi   integrasiyalashuvini
oshirish   maqsadida   diniy-maxsus   fanlar   tizimida   ijtimoiy-gumanitar   fanlar
bo‘yicha   soatlar   ko‘paytirildi.   Jumladan,   fuqarolarning   o‘zini-o‘zi   boshqarish
organlari   huquqiy   asoslari,   oila   huquqi,   oila   psixiologiyasi,   yosh   fiziologiyasi   va
gigiyenasi,   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   tashkil   etish   metodikasi   kabi   yangi   fanlar
kiritildi.   Ta’lim   muassasasida   talabalarning   y etuk   mutaxassis   kadrlar   bo’lib
y etishishi uchun kasbiy va fan to’garaklari faoliyati jadallashtirildi.   Xususan, arab
tili,   xatoba,   aqoid,   hadis   va   informatika   kabi   fan   to‘garaklari   olib   borilmoqda.
Qizlarni   oilaga   tayyorlash,   qo‘shimcha   hunar   o‘rgatish   maqsadida   tikuvchilik,
to‘quvchilik   va   oshpazlik   to‘garaklari   joriy   etilgan.   2017-2018   o‘quv   yilidan
Qur’oni   karimni   yodlash   va   qiroat   qilish   iqtidoriga   ega   talabalar   uchun   10   yil
davomida faoliyat olib borilayotgan “Qoriyalar to‘garagi”-“Tahfizul-Qur’on” nomi
ostida yanada takomillashtirilmoqda. 139
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o’rta maxsus
136
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xadichai_Kubro_madrasasi.
137
 https://shosh.uz/uz/xadichai-kubro-madrasasi/
138
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xadichai_Kubro_madrasasi
139
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xadichai_Kubro_madrasasi
76 islom  ta’lim muassasasi  diniy ta’lim  faoliyatini  olib borish uchun zarur sharoitlar
va   moddiy   texnik   bazaga   ega.   Ta’lim   muassasasi   faoliyati   O‘zbekiston
musulmonlari   idorasining   Maxsus   jamg‘armasi   va   talabalar   bilan   tuzilgan
shartnomalar asosida tushgan mablag‘lardan moliyalashtiriladi.
3.Mir Arab madrasasi (Buxora o‘rta maxsus islom bilim yurti) 140
      Madrasaning   qurilishi   o‘zbek   hukmdori   Ubaydullaxon   va   uning   piri   Mir
Arab   nomlari   bilan   bog‘liq. 141
Madrasa   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
tasarrufida   bo‘lib,   sho‘rolar   davrida   diniy   o‘quv   yurti   faoliyati   vaqtincha
to‘xtatilgan, 1945-yilda yana tiklangan. O‘quv muddati 4 yil o’quv yurti kunduzgi
bo‘limiga   15   yoshdan   35   yoshgacha   bo‘lgan   o‘rta   va   to‘liqsiz   o‘rta   ma’lumotli
kishilar   qabul   qilinadi.   Diniy   fanlar   hamda   umumta’lim   fanlari   o‘qitiladi.
Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. Darslar o‘zbek va arab
tillarida olib boriladi.
4.Jo‘ybori Kalon madrasasi (Buxora o‘rta maxsus islom bilim yurti) 142
      O‘zbek   hukmdori   Abdulazizxon   (1645—1681)   davrida   uning   onasi   Podshoh
oyim   donatorligida   xonlik   poytaxtidagi   Jo‘ybor   mavzeining   Havzi   nav   guzarida
bunyod   etilgan.   Buxorodagi   eng   nufuzli   va   dovruqli   madrasalardan   bo‘lgan.
Madrasa   Buxoro   viloyati   Buxoro   shahri   hududida   joylashgan   davlat   mulkidir   u
ham xotin qizlarga bilim berishga mo‘ljallangan o‘rta maxsus bilim yurtidir.
      Tarixiy   manbalarda   Jo‘ybori   Kalon   madrasasiga   oid   ko‘plab   ma’lumotlar
berilgan. Bir qavatli madrasada 29 ta hujra va katta kutubxona joylashgan bo‘lgan.
Muhammad   Sharif   maxdum   uni   malika   Oyposhsho   oyim   qurdirgani   to‘g‘risida
ma’lumot   bergan.   Buxorodagi   eng   nufuzli   va   dovruqli   madrasalardan   bo‘lgan.
Uning   kutubxonasida   8   ming   jilddan   ortiq   kitoblar   saqlangan.   Sovetlar   davrida
madrasada   talabalarga   ilm   berish   faoliyati   tugatilib,   molxona,   keyinchalik
novvoyxona, so‘ngra shisha idish qabul qiladigan maskanga aylantirilgan. Natijada
madrasa tashlandiq holatga kelgan.   Madrasa faoliyati 1992-yil 1-syentabrdan qayta
140
https://www.mirarab.uz/madrasa/index
141
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mir_Arab_madrasasi
142
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jo%CA%BBybori_Kalon_madrasasi 
77 tiklangan. Endi u Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar islom o‘rta-maxsus bilim yurti sifatida
hozirga qadar faoliyat ko‘rsatib kelyapti 143
. Unda talabalar dars jarayonida diniy va
dunyoviy fanlarni o‘zlashtirishmoqda.
5.Hidoya madrasasi (Namangan o‘rta maxsus islom bilim yurti)
  O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   tasarrufidagi   o‘rta-maxsus   islom   bilim   144
yurti
hisoblanadi.   Sovetlar   davrida   yopilgan   madrasa   1991-yilda   Mulla   Qirg‘iz
madrasasi   binosida qayta   tashkil   topgan.   1998-yil   Namangan   shahar   hokimining
qarori   va   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   roziligi   bilan   bilim   yurti   Atoulloxon
to‘ra   masjidi   binosiga   ko‘chirilgan.   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasining
tashabbusi   va   2015-yil   5-dekabrdagi   buyrug‘iga   asosan   nomi
Hidoyaga   o‘zgartirilgan.   2016-yilda   bilim   yurti   Namangan   shahri   Oromgoh
dahasining   “Faxriylar   uyi“   binosiga   ko‘chirilgan.   Mazkur   marosimda   Namangan
shahri   faxriylari,   mahalla   oqsoqollari,   masjid   imom-xatiblari   ishtirok   etishdi.
O‘zbekiston  musulmonlari  idorasi  raisi, muftiy Usmonxon  Alimov so‘zga chiqib,
yig‘ilganlarga ushbu islom bilim yurtining tarixi hamda faoliyati haqida ma’lumot
berib   o‘tdi. 145
Bu   madrasada     172   nafar   talaba   Qur’oni   karim   tajvidi,   tafsir,   hadis,
fiqh,   arab   tili   grammatikasi,islom   tarixi   bo‘yicha   28   nafar   mudarris-
o‘qutuvchilardan tahsil olmoqda.
6.Muhammad Beruniy nomidagi ( Nukus  o‘rta maxsus bilim yurt i). 
     1992-yilda   ochilgan. Marhum qozi Vays Alouddin o‘g‘li uning birinchi mudiri
etib tayinlangan edi. Dastlabki yili 60 talaba qabul qilinib, ularga 5 mudarris ta’lim
bergan. Bilim yurti Nukusdagi "Imom Eshon" jome’ masjidi binosida joylashgan.
Madrasa talabalariga bir necha kasb-hunarlar ham o‘rgatiladi 146
.
7.Imom Faxriddin Roziy madrasasi (Xorazm o‘rta maxsus bilim yurti)
      Sovetlar   davrida   yopilgan   madrasa   1992-yili   “Imom   Fahriddin   Roziy”   o‘rta
maxsus   islom   bilim   yurti   sifatida   qayta   ochildi. 147
  “Imom   Fahriddin   Roziy”
143
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jo%CA%BBybori_Kalon_madrasasi 
144
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Hidoya_madrasasi
145
 Htpps://kun.uz/uz/new/2016/01/28/namandagi-%E2%80%9Chidoya%E2%80%9D-orta-maxsus-islom-bilim-
yurti-yangi-binoga-kochib-otdi
146
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/ Muhammad_Beruniy _madrasasi
147
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Faxriddin_Roziy_madrasasi
78 madrasasi   Xonqa   tumanidagi   “Xalifai   Xudoyqul   eshon   bobo”   masjidi   binosida
faoliyat   boshlagan,   1994-yilda   Urganchdagi   “Doshqinjon   bobo”   nomli   tarixiy
binoga ko‘chirildi. 2005-yildan beri Urganch shahrida joylashgan zamonaviy yangi
binoda faoliyat yuritmoqda .  Bilim yurti  o‘quv  xonalari va talabalar turar joyi ham
zamon   talablari   darajasida   ta’mirlanib,   o‘quv   jihozlari   bilan   to‘la   ta’minlangan.
  Bilim   yurtida   2016-yil   yanvar   oyida   dunyoviy   fanlar   bo‘yicha   laboratoriya
xonalari   tashkil   qilindi,   fizika,   kimyo,   biologiya,   astronomiya   fanlari   uchun
amaliyot   jihozlari   olindi.   Talabalarga   13   nafar   asosiy   va   7   nafar   o‘rindosh   oliy
ma’lumotli   malakali   mudarrislar   ta’lim   berishadi.   Talabalar   Islom   dinining   sof
aqidasini   mustahkam   egallash   bilan   bir   qatorda,   kompyuter   va   boshqa   dunyoviy
bilimlardan xabardor bo‘lsagina, kelajakda buzg‘unchi   g‘oyalarga qarshi kurasha
oladi. Shu maqsadda,  darslardan  keyin talabalarga qo‘shimcha  mashg‘ulotlar  olib
boriladi.   Bilim   yurtida   iqtidorli   talabalarni   rag‘batlantirish   maqsadida     “Imom
Buxoriy”,“Imom Termiziy “,”Eshon Boboxon” va “Ziyovuddin qori” kabi maxsus
stipendiyalar   joriy   qilingan.   Har   yili   homiylar   ko‘magida   kam   ta’minlangan   va
iqtidorli talabalarga shartnoma pullarini  to‘lashda yordam beriladi.
            Talabalarga   zarur   ma’lumotlarni   osonlik   bilan   olishlari   uchun   madrasada
tashkil   etilgan   Axborat-resurs   markazi   yangi   adabiyotlar   va   zamonaviy   texnik
jihozlar bilan muntazam boyitib boriladi. Hozirda bilim yurti ARM (axborat-resurs
markazi) da o‘n mingdan ziyod kitob, o‘quv qo‘llanmalar hamda elektron dasturlar
mavjud.   Shuningdek,   bilim   yurtida   bir   qator   to‘garaklar   faoliyati   ham   yo‘lga
qo‘yilgan.   “Kompyuter   saboqlari”,”Xatotlik”,”Arab   tili”,”Qur’oni
Karim”,”Fiqh”,”Tafsir”,”Hadis” kabi to‘garaklar shular jumlasidandir.
       Bilim yurtida reja asosida  muntazam-ma’rifiy tadbirlar  o‘tkazish tizimi  yo‘lga
qo‘yilgan.   Ma’naviyat   darslarida   nufuzli   ilm   dargohlari   professor-o‘qituvchilari,
deputatlar   dolzarb   mavzularda   ma’ruzalar   qilishadi,   talabalarni   qiziqtirgan
savollarga   javob   berishadi.   Shuningdek,   mudarris   va   talabalar   dinda   mo‘tadillik,
sog‘lom   e’tiqod   sofligini,   tinchlikni   asrash,   vatanparvarlik   kabi   mavzulardagi
maqolalari bilan ommaviy axborot vositalarida muntazam qatnashib turishadi.
79               Talabalar   orasida   haftaning   har   seshanba   kuni   ma’naviyat   soatlari,
chorshanba-arab   tili,   juma-rus   tili   va   shanba   –ingliz   tili   kunlari   o‘tkaziladi.
Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va jismonan sog‘lom bo‘lishlari
uchun zamonaviy jihozlangan sport zali va maydonchalari mavjud.
      Madrasada   barcha   qulayliklarga   ega   85   o‘ringa   mo‘ljallangan   yotoqxona   ham
talabalar   xizmatida 148
.”Imom   Faxriddin   Roziy”   o‘rta   maxsus   islom   bilim   yurtini
shu   kungacha   jami   257   nafar   talaba   yosh   o‘qib   bitirgan.   Ular   hozir   viloyat
hududida     va   Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   imom-xatib,   imom   noibi
vazifalarida   yurt   obodligi   va   din   rivoji   yo‘lida   xizmat   qilishmoqda.   Shuningdek,
ayrim bitiruvchilar Tashkent islom instituti, Toshkent yuridik unversiteti Urganch
Davlat universiteti va kabi nufuzli ilm dargohlarida o‘qishni davom ettirdi.
8.Sayyid Muhiddin maxdum (o‘rta maxsus bilim yurti) 149
   Bilim yurti 1992-yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Jalabek qishlog‘ida o‘z
faoliyatini   boshlagan.   1993-yilda   13   o‘quv   xona   va   13   ta   yotoqxona   jami   26
xonadan   iborat   2   qavatli   bino   hashar   yo‘li   bilan   qurib   bitkazilgan.   1996-yil   500
o‘rinli   bilim   yurti   namozxonasi   barpo   etildi.   2004-yil   bilim   yurtining   kirish
qismiga   3   qavatli   zamonaviy   va   sharqona   uslubdagi   ma’muriy   bino   qurilishi
nihoyasiga yetdi. 150
9.Xo‘ja Buxoriy (o‘rta maxsus bilim yurti) .
     Bilim yurtiga 1992 151
-yil asos solindi. Unga   Said Ahmad Vali Kulohdo‘z Xoja
Buxoriyning   nomi   berilgan.   U   zot   Bahouddin   Naqshbandning   zamondoshi   va
yaqin   qarindoshi   bo‘lib,   Kitob   shahrida   yashab   ijod   etgan   ulug‘
allomalardandir.Bilim   yurti   binosi   ikki   qavatli   bo‘lib,   120   o‘ringa   mo‘ljallangan.
Bundan   tashqari,   ikki   qavatli   yotoqxona   ham   talabalar   xizmatida.Yoshlarning
islom   dinini   chuqurroq   o‘rganishga   bo‘lgan   talabini   qondirishda   mazkur   bilim
yurti alohida o‘rin tutadi. Talabalar har tomonlama bilim olishlari, zamon talabiga
148
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Faxriddin_Roziy_madrasasi
149
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sayyid_Muhyiddin_maxdum_madrasasi 
150
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sayyid_Muhyiddin_maxdum_madrasasi
151
https://xojabuxoriy.uz?page_id=183
80 javob   bera   oladigan,   o‘z   kasbiy   yo‘nalishlarini   puxta   egallagan   mutaxassis
bo‘lishlari   uchun   barcha   sharoitlar   yetarli.   Talabalarga   tajvid,   tafsir,   hadis,   fiqh,
muxovara  (so‘zlashish),  nahv  kabi  mutaxassislik  fanlari  bo‘yicha oliy  ma’lumotli
yetuk mutaxassis saboq beradi. O‘quvchilar arab tilida so‘zlashuv uslubi, ingliz tili
fanlari   uchun   alohida   jihozlangan   zamonaviy   fan   kabinetlarida   bilimlarini
mustahkamlaydilar.   Talabalarning   kundalik   yangiliklardan   xabardor   bo‘lib
borishlari uchun axborot-resurs markazi va o‘quv zali mavjud. Markazda jami o‘n
mingdan   ortiq   kitob   va   o‘quv   qo‘llanmalar   bor.   Bilim   yurti   jamoasi   mustaqil
o‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida xizmat qiladigan, ma’nan yetuk, sof islom ilmlarini
mukammal   o‘zlashtirgan,   Vataniga   sodiq,   xalqiga   mehr-muruvvatli   imom-xatib,
boshlang‘ich   arab   tili   murabbiyi,   mahalla   raisining   diniy   ma’rifat   va   ma’naviy-
axloqiy   tarbiya   masalalari   bo‘yicha   maslahatchisi   kabi   mutaxassislarni
tayyorlashni   o‘z   oldiga   maqsad   qilib   qo‘ygan.   Pedagog   xodimlar   uchun   bilim
yurtida   uslubiyat   xonasi   mavjud   bo‘lib,   unda   uslubiy   sho‘balar   tashkil   etilgan.
Mudarris   va   o‘qituvchilar   darslar   yanada   samarali   bo‘lishi   uchun   zamonaviy
pedagogik   texnologiyalar,   ko‘rgazmali   qurollardan   unumli   foydalanib
kelishmoqda. Bilim yurtida Qur’oni karim va tajvid, informatika, xattotlik va arab
tili fanlaridan to‘garaklar tashkil etilgan. Madrasa bitiruvchilari respublikamizdagi
oliy   o‘quv   yurtlarida   bilimlarini   yanada   mustahkamlash   bilan   birga,   joylarda
imom-xatib, imom  noibi va mutavalli vazifalarida xizmat  qilib, xalqimizga Islom
dini ta’limotlarini o‘rgatishdek sharafli ishga munosib hissasini qo‘shishmoqda.
    Mustaqillik yillarida yurtimizda diniy  maktab va  bilim yurtlari o‘ziga xos tarzda
rivojlandi.       O‘zbekiston   mustaqil   bo‘lgan   vaqtda   yurtimizda   1   ta   o‘rta   maxsus
bilim   yurti   faoliyat   yuritgan   bo‘lsa   2022-yil g a   ularning   soni   9   ta ni   tashkil   qildi .
Mamlakat da   1991-yildan   to   2022-yilgacha   o‘rta   masus   bilim   yurtlari   o‘ziga   xos
tarzda   rivojlandi.   Ular   misolida   yurtimizda   diniy   ta’limning   qay   tarzda
rivojlaanganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bu   bilim   yurtlari   yurtimizdagi   diniy
idoralar,   masjidlar,   mahallalar   uchun   imom-xatiblar,boshlang‘ich   arab   tili
81 murabbiylari   tayyorlamoqda   va   shu   sababi     ushbu   tizimni   rivojlantirishning
ahamiyati g‘oyat kattadir. 
3.2. Diniy oliy ta’lim tizimining rivojlanishi ……..
      Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   diniy   oliy   ta’lim   tizimi   ham   o‘ziga   xos   tarzda
rivojlandi.   Diniy   oliy   ta’lim   rivoji   mustaqillik   yillarida   qabul   qilingan   normativ
huquqiy hujjatlar asosida amalga oshdi.   2022-yilga kelib   O‘zbekiston Respublikasi
Musulmon idorasi tasarrufida Samarqand viloyati da  Hadis ilmi maktabi ,   Toshkent
shahri da   Toshkent   islom   instituti   va     Buxoro   viloyati da   Mir   Arab   oliy   madrasasi
kabi  oliy ta’lim dargohi faoliyat ko‘rsatdi. 
      Hadis   ilmi   maktabi   Prezident   Sh.M.Mirziyoyevning   2018 - yil   16 - apreldagi
“Diniy-ma’rifiy   soha   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   farmoni   ijrosini   ta’minlash   maqsadida   1 - noyabr   kuni   O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish
va   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori   asosida   tashkil
82 qilindi 152
.  Mazkur   Qarorga ko‘ra,  ushbu  ta’lim muassasasi   Samarqand viloyatining
Payariq   tumanidagi   Xo‘ja   Ismoil   shaharchasida   bunyod   etilgan   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-
tadqiqot markazi binosida ish olib bora boshladi. 153
      Yurtimizda   faoliyat   olib   borayotgan   oliy   va   o‘rta   maxsus   diniy   ta’lim
muassasalarida darslar umumiy yo‘nalishda olib borilar edi. Shu bois, hadis ilmini
o‘rgatishga   ixtisoslashgan   ta’lim   yo‘nalishidagi   ilm   dargohiga   ehtiyoj   bor   edi.
Chunki   buyuk   muhaddislar   yashab   o‘tgan   zaminimizda   hadis   ilmi   bo‘yicha
bilimdon, bobolar yo‘lini munosib davom ettiradigan mutaxassislarga talab yuqori
edi. 154
  Islom   dini   va   hadis   ilmi   rivojiga   beqiyos   hissa   qo‘shgan   buyuk
ajdodlarimizning   boy   merosini   chuqur   o‘rganish,   ular   tomonidan   asos   solingan
hadis   ilmi   maktablari   faoliyatini   qayta   tiklash   va   rivojlantirish   hamda   dinimiz
asoslari   va   hadis   ilmini   puxta   o‘zlashtirgan   oliy   ma’lymotli   yetuk   mutaxassislar
tayyorlash   maqsadida   tashkil   etilayotgan   ushbu   ta’lim   dargohi   ayni   ehtiyojni
qondirishga   xizmat   qiladi.   Hadis   ilmi   maktabi   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi
muassisligida oliy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.
      Bu   maktabda   o‘qish   muddati   besh   yil   bo‘lib,   kunduzgi   ta’lim   shaklida   olib
boriladi. Hadisshunoslik fanlari bilan bir qatorda, Qur’oni karim, fiqh, aqida, tafsir,
islom tarixi kabi fanlar hamda xorijiy tillardan chuqur bilim beriladigan maktabga
arab tili va hadis fanlarini o‘zlashtirgan, mumtoz matnlarni o‘qiy oladigan hamda
ularni   yod   olishga   salohiyati   bo‘lgan   5-10   nafar   O‘zbekiston   va   xorijiy
mamlakatlar fuqarolari suhbat asosida saralab olinadi. 155
      Tarixdan   ma’lumki,   zaminimizda   uzoq   o‘tmishda   islomiy   ilmlarni   o‘rgatuvchi
maktablar   shakllangan   edi.   Masalan,   Samarqandda   hadis   ilmi,   Qarshida   kalom
ilmi,  aqida   ilmi,  Marg‘ilonda  fiqh  ilmi,  Buxoroda   tasavvuf   ilmi   maktabi   bo‘lgan.
Oradan   bir   necha   asr   o‘tib   tashkil   etilgan   ushbu   markazda   zamonamizning
buxoriylari, nasafiylari, marg‘inoniylari yetishib chiqishi kerak.
152
 https://xs.uz/uz/post/samarqandda-hadis-ilmi-maktabi-tashkil-etildi.
153
https://xs.uz/uz/post/samarqandda-hadis-ilmi-maktabi-tashkil-etildi.
154
https://xs.uz/uz/post/samarqandda-hadis-ilmi-maktabi-tashkil-etildi.
155
 https://xs.uz/uz/post/dunyoda-okhshashi-joq-ilmij-markaz-va-hadis-maktabi
83      Hadis ilmi maktabi faoliyatining asosiy maqsadi islom dinining, Qur’oni karim
va   hadis   ilmining   asl   mohiyatini,   ilmiy-ma’naviy   asoslarini,   hadis   ilmi   rivojiga
beqiyos hissa qo‘shgan allomalarimizning ilmiy merosini o‘rganish, dinlar tarixi va
nazariyasini mukammal egallagan, islom dini asoslari va arab tilini, xususan, hadis
va unga doir ilmlarni chuqur o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlashdir.
   Ma’lumot uchun aytish joizki, islom bilim yurtlarida barcha diniy fanlar bo‘yicha
boshlang‘ich bilim va tushunchalar beriladi. Hadis ilmi maktabida esa faqat hadis
ilmiga   xos   yoki   uni   o‘rganishga   ko‘mak   beruvchi   mumtoz   manbalar   “Ustoz-
shogird”   an’anasi   asosida   o‘qitiladi. 156
  Hadis   ilmi   maktabi   tinglovchilari   modul
tizimi asosida, 2-3 oy davomida   bitta asar bo‘yicha shug‘ullanadi. Kurs yakunida
imtihonlardan   o‘tgan   tinglovchilarga   muayyan   kitobni   o‘zlashtirgani   to‘g‘risida
guvohnoma   hamda   keyingi   asar   bo‘yicha   mashg‘ulotlarga   qatnashish   imkoni
beriladi. Maktabga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston
musulmonlari   idorasining   ulamolari,   O‘zbekiston   xalqaro   islom   akademiyasi,
Toshkent   islom   institutining   professor-o‘qituvchilari,   xorijlik   ko‘zga   ko‘ringan
mutaxassislar   jalb   qilingan.   Ilmiy   salohiyatga   ega   professor-o‘qituvchilarni
tanlash, ularni Hadis ilmi maktabiga jalb qilish Toshkent islom instituti zimmasiga
yuklatilgan 157
.
      Hadis   ilmi   maktabining   o‘quv   binosi,   yotoqxona   va   axborot-resurs   markazi
moddiy   ta’minoti   bilan   bog‘liq   xarajatlar,   professor-o‘qituvchi   va   xodimlarni
oylik-maosh bilan ta’minlash O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf”
xayriya   jamoat   fondi   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Maktab   kurslarini
muvaffaqiyatli   tamomlagan   tinglovchilarga   diniy   ta’lim   muassasalariga   kirish
uchun   o‘tkaziladigan   qabul   imtihonlarida   har   bir   sertifikat   bo‘yicha   to‘plagan
balining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball taqdim etiladi. Hadis ilmi maktabi o‘z
faoliyati   davomida   misrdagi   Al-Azhar   diniy   oliy   ta’lim   muassasasi   bilan
156
 https://xs.uz/uz/post/dunyoda-okhshashi-joq-ilmij-markaz-va-hadis-maktabi
157
https://xs.uz/uz/post/dunyoda-okhshashi-joq-ilmij-markaz-va-hadis-maktabi
84 hamkorlikda   ish   olib   bormoqda.   Hamkorlik   doirasida   akademik   almashuv   va
ko‘plab yangi qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish     ko‘zda tutilgan.  
    Misrning Al-Azhar universiteti professori Ali Sa’d Ali Sa’dning qayd etishicha,
Samarqanddagi   Hadis   ilmi   maktabi   O‘zbekistonning   nufuzli   oliy   ta’lim
muassasalaridan   biridir.   Bu   yerda   talabalar   ilmiy   salohiyati   va   malakasini   Al-
Azhar universiteti mezonlari darajasida ko‘tarishga e’tibor qaratilmoqda. Misrning
yetakchi   oliy   ta’lim   muassasasi   ikki   nafar   professorining   ushbu   ta’lim   dargohida
dars   berishga   jalb   etilgani   ham   shundan   darak   beradi.   Hadis   ilmi   maktabidagi
auditoriyalar   o‘quv   va   imtihon   jarayonini   xalqaro   talablarga   muvofiq   olib   borish
uchun zarur komp’yuter, “aqlli” zamonaviy texnik va texnologik qurilmalar bilan
jihozlangan.   Shuningdek,   bu   yerda   zamonaviy   sport   zali   va   yopiq   suv   havzasi
mavjud.
      Oliy   maktab   talabalari   uchun   zamonaviy   axborot   texnologiyalari   yordamida
mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ta’lim olish uchun zarur sharoit yaratib berilgan.
Bu   esa   dunyoning   barcha   oliy   ta’lim   muassasalari,   xususan,   Al-Azhar
universitetida   mavjud   o‘quv   jarayonlariga   oid   yangiliklarni   muntazam   kuzatib
borish   imkonini   beradi.   O‘quv   yilining   birinchi   yarmi   bo‘yicha   yakuniy   nazorat
sinovlari to‘liq arab tilida olib borilayotgani  maktab bilan Al-Azhar  universitetini
yanada   yaqinlashtirishga   xizmat   qiladi.   Hozirgi   kunga   qadar   o‘tkazilgan   imtihon
natijalariga   ko‘ra,   talabalarning   bilim   darajasi   umumiy   talabning   90   foizidan
yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi. Bir so‘z bilan aytganda, Hadis ilmi maktabi tom
ma’noda   hadisshunoslik   bo‘yicha   oliy   ilm   maskani   maqomiga   erishishi   uchun
barcha imkoniyatlar safarbar etilgan 158
      Vatanimizda   amalga   oshirilayotgan   keng   ko‘lamli   islohotlar,   avvalo,
iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy   jabhada   erishayotgan   yutuqlarimiz   esa   jahon   sivilizasiyasi
rivojiga   beqiyos   hissa   qo‘shgan   O‘zbekistondek   muqaddas   zaminda   bugun   ham
158
 https://dunyo.info/uz/site/inner/samarqanddagi_hadis_ilmi_maktabi_talabalari_bilimi_al-
azhar_tajribasi_asosida_baholanmoqda-1RR
85 buyuk   ilm-fan   sohiblari   yetishib   chiqayotgani,   ular,   albatta,   ezgulikka   xizmat
qilishidan dalolatdir.
      Imom   Buxoriy   nomidagi   Toshkent   islom   instituti -   oliy   diniy   o‘quv   yurti
hisoblanadi. U   O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi,
muftiy   Ziyovuddinxon   Eshon   Boboxon   o‘g‘li   tashabbusi   bilan   masjid   imom-
xatiblarining   malakasini   oshirish   kurslari   (1970)   negizida   1971 - yil   Toshkentda
tashkil   etilgan.   Dastlab   Islom   oliy   ma’hadi   deb   nomlangan.   1991-   yildan   hozirgi
nomi bilan atala boshlaangan.Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom
dini   asoslarini   o‘zlashtirgan,   arab   tilida   so‘zlasha   oladigan   mutaxassislar,   diniy
xodimlar tayyorlaydi.  Institut bitiruvchilariga islomshunos, imom-xatib va arab tili
o‘qituvchisi ixtisosligi beriladi. 159
      Darslar   o‘zbek   va   arab   tillarida   o‘qitiladi.   Ingliz,   fors   va   rus   tillari   ham
o‘rgatiladi.   Ittifoqda   yagona   oliy   islom   o‘quv   yurti   bo‘lgan,   unda   Zakavkaze,
Shimoliy Kavkaz, SSSRning Yevropa qismi va Sibir,   O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
musulmonlari diniy boshqarmasi   uchun diniy xodimlar tayyorlangan. 2003-yildan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  qarori bilan institut bitiruvchilariga
bakalavr diplomi beriladi. 160
      Institutda   4   ta   kafedra   mavjud:   diniy   fanlar   (fiqh,   usul   ul-fiqh,   aqoid,   hadis,
mustalah-ul-hadis, tafsir, faroiz, xatoba kabi diniy fanlar o‘qitiladi), ijtimoiy fanlar
(falsafa,   ma’naviyat   asoslari,   sosiologiya,   O‘zbekiston   tarixi,   islom   tarixi,
mazhablar   va  firqalar   tarixi,  dinlar  tarixi,  siyosatshunoslik,  iqtisodiyot  nazariyasi,
ekologiya   asoslari   va   boshqa   fanlar   o‘qitiladi),   tahfizul-Qur’on   (Qur’oni   karim
qiroati, tajvid, ulumul-Qur’on kabi fanlar o‘qitiladi), tillar (ona tili, arab tili, ingliz
tili, fors tili, rus tili, balog‘at va xattotlik kabi fanlar o‘qitiladi). Kutubxonasida 20
mingdan ortiq asar saqlanadi. 161
   Institutda ilmiy kengash, o‘quv-uslubiy kengash, murabbiylar kengashi, talabalar
kengashi faoliyat olib boradi. Institutda 130 dan ortiq talaba o‘qiydi, 42 o‘qituvchi
159
 https://shosh.uz/uz/islom-instituti-2/
160
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Toshkent_islom_instituti
161
 https://shosh.uz/uz/islom-instituti-2/
86 ishlaydi   (2008).Institut   tashkil   etilgandan   beri   uni   1700   dan   ortiq   kishi   bitirib
chiqdi.   Institut   hududida   tarixiy   va   me’moriy   yodgorlik-   Namozgoh   masjidi
mavjud. 162
   Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi  -   Toshkent Islom instituti tashkil etilgunga
qadar O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   tasarrufidagi   ilk   va   yagona   oliy   madrasa
bo‘lgan.     Bahouddin   Naqshband   majmuasi   hududida,   Buxoro   viloyati ,   Kogon
tumani ,   Qasri   Orifon   qishlog‘ida   joylashgan   madrasa   O‘zbekiston   Respublikasi
prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   tashabbusi   bilan   2017-yilda     qayta   tashkil
etilgan.   Mir   Arab   Oliy   madrasasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida bu
yerda Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini bergan edi.
    Adliya   vazirligining   xabar   berishicha ,  berilgan   ko ‘ rsatmalarga   asosan   O ‘ zbekiston
musulmonlari   idorasi   tomonidan   Mir   Arab   oliy   madrasasi   tashkil   qilinib , 2017- yil  7-
iyun   kuni   O ‘ zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   tomonidan   qisqa   muddatda
davlat   ro ‘ yxatidan   o ‘ tkazildi .
      Ushbu   diniy   ta’lim   muassasasining   tashkil   qilinishi   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi   va   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi   Qonunda
belgilangan   fuqarolarning   vijdon   erkinligi   hamda   diniy   ta’lim   olishga   bo‘lgan
huquqlarini   amalga   oshirishlari   uchun   yana   bir   imkoniyat   bo‘ldi.   Shuningdek,
mazkur   quvonarli   voqea   2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasida
nazarda tutilgan diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi amaliy harakatlarning
mantiqiy davomchisi bo‘lib hisoblanadi 163
.
     Shu ko‘rsatma bo‘yicha 2017-yilning 6-sentyabr kuni oliy madrasaning tantanali
ochilish   marosimi   bo‘lib   o‘tdi. 164
  Madrasaning   tantanali   ochilish   marosimida
O‘zbekiston   islom   sivilizasiyasi   markazi   direktori   Shoazim   Minovarov ,
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Din   ishlari   bo‘yicha
162
https://shosh.uz/uz/islom-instituti-2/
163
 https://www.mirarab.uz/madrasa
164
 https://religions.uz/uz/news/detail?id=572
87 qo‘mita   raisi   o‘rinbosari   O‘tkir   Hasanboyev   va   Buxoro   viloyatining   hokimi
O‘ktam Barnoyev   qatnashganlar. 165
   Mir Arab oliy madrasasi va  Turkiya Respublikasining  4 ta nufuzli universitetlari
( Ibn   Haldun   universiteti ,   Istanbul   Sabahattin   Zaim   universiteti ,   Istanbul
universiteti ,   Kastamoniy   universiteti )   o‘rtasida   ta’lim   sohasida   hamkorlik   qilish
yo‘lga qo‘yildi.
      2021-yili   Mir   Arab   oliy   madrasasida   ilk   bitiruvchilarga   bag‘ishlangan   bitiruv
kechasi   (xatnoma)   bo‘lib   o‘tdi.   Madrasani   bitirgan   ilk   qaldirg‘ochlarning   bir
nechasi   O‘zbekistonning   turli   nufuzli   universitetlarining   magistratura   bosqichiga
qabul imtihonlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallaganlar. 166
Shu   munosabat   bilan,   Adliya   vazirligi   Jamoat,   nodavlat   notijorat   va   diniy
tashkilotlar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Usmonxon   Alimov   va   Oliy   madrasa   rektori   v.b   Elov   Jobir   Rustamovichga   Oliy
madrasaning   davlat   ro‘yxatidan   o‘tganligi   to‘g‘risida   guvohnoma   topshirildi   va
Oliy madrasaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi. 167
 "Mir Arab oliy
madrasasining   oldingi   maqomi   yana   o‘ziga   qaytarilganligi,   bu   oliygoh   orqali,
avvalo, xalqimizning diniy saviyasi ko‘tarilishi, kelajakda mazkur dargohda xorijiy
mamlakatlardan   taklif   bilan   chiqqan   mo‘min-musulmonlarga   ham   ta’lim   berilishi
to‘g‘risida alohida ta’kidlandi", deyiladi musulmonlar idorasi xabarida.
      Muftiy   Usmonxon   Alimov   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   shaxsan
tashabbusligida   tashkil   qilingan   mazkur   diniy   ta’lim   muassasasi   oliy   Islom   bilim
yurti   hisoblanishini   ta’kidlagan   holda,   uni   O‘zbekiston   xalqiga   sof   Islom   dini
asoslarini   mukammal   o‘rganish   va   mamlakatda   diniy   bag‘rikenglikning
ta’minlanishida   muhim   ahamiyat   kasb   etishini   bildirdi   va   mazkur   ta’lim
muassasasidan   Imom   al-Buxoriy,   Imom   at-Termiziy,   Bahouddin   Naqshband   kabi
Islom   olamida   shuhrat   qozongan   buyuk   allomalar   yetishib   chiqishini   tilab   duo
qildi. 168
Shu   bilan   birga,   Buxoro   viloyatida   yangi   tashkil   qilingan   Mir   Arab   oliy
165
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mir_Arab_oliy_madrasasi
166
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mir_Arab_oliy_madrasasi
167
https://www.mirarab.uz/madrasa/index
168
 https://www.mirarab.uz/madrasa/index
88 madrasasidan tashqari Mir Arab islom o‘rta maxsus bilim yurti ham o‘z faoliyatini
davom ettirdi.
      O‘zbekistonda   mustaqillik   yillarida   diniy   oliy   ta’lim   jadal   rivojlanganligini
korishimiz   mumkin.   1991-yilda   yurtimizda   bitta   oliy   ta’lim   muassasasi   faoliyat
olib  borayotgan  bo‘lsa   2022-yilda  yurtimizda   3  ta  oliy  ta’lim  muassasasi  faoliyat
olib   bormoqda.   O‘zbekistonda   hozirgi   vaqtda   Imom   Buxoriy   nomidagi   Toshkent
islom   instuti,  Mir   Arab  Oliy Madrasasi  va  Hadis  ilmi  maktabi  respublikamizdagi
musulmonlar idorasi, viloyatlardagi diniy boshqarmalar,oliy va o‘rta maxsus bilim
yurtlari uchun har jihatdan yetuk kadrlar tayyorrlashga xizmat qilmoqda. 
3.3.   Islomshunoslik   diniy   va   dunyoviy   tadqiqot     markazlarining   tashkil
qilinishi va ularning diniy ma’rifiy faoliyati……….
      Buyuk   ajdodlarimizga   munosib   bo‘lishga   intilish   farzandlik   burchimizdir.
Buning   uchun,   eng   avvalo,   ularning   ilmiy   izlanishlari   maqsad-muddaolari,
kashfiyotlari mohiyatini chuqur anglab yetmoq, mazkur olamshumul tadqiqotlarni
zamonaviy   talablar   nuqtai   nazaridan   rivojlantirish,   yangi-yangi   izlanishlarni   olib
borish va bobolarimiz dahosini butun dunyo bo‘ylab targ‘ib etish dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda.
      Birinchi   Prezident   Islom   Karimovning   2008-yil   23-maydagi   «Imom   Buxoriy
xalqaro   markazini   tashkil   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   qarori   hamda
Prezident   Shavkat   Mirziyoyevning   2017-yil   27-martdagi   “O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-
tadqiqot   markazini   tashkil   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risidagi” 169
qarori   ulug‘
ajdodlarimiz   merosini   ko‘z   qorachig‘idek   asrab-avaylashga   qaratilgani   bilan
ahamiyatlidir.   Bu   hujjatlarda   g‘oyat   mas’uliyatli   vazifalar   belgilangan   bo‘lib,
169
https://lex.uz/docs/-3263382
89 ularni   amalga   oshirish   soha   mutaxassislaridan   katta   bilim,   tajriba,   fidokorona
mehnatni talab qiladi. 170
      Yurtimizdan   yetishib   chiqqan   buyuk   allomalar   insoniyatga   fundamental   ilmiy
kashfiyotlarni  taqdim  etgan. Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‘nlik
sanoq   sistemasini,   algebra   fanini   yaratdi.   Ahmad   Farg‘oniy   –   sferik
astronomiyaning   asoschisi.   Abu   Nasr   Forobiy   yunon   falsafasining   Yevropaga
tarqalishiga, mantiq ilmining olamga yoyilishiga sababchi bo‘lgan. Alloma musiqa
ohanglarini   qog‘ozga   yozish   va   ijtimoiy   jarayonlarni   sosiologik   tahlil   qilish
usullarini ham kashf etgan. Abu Rayhon Beruniy insoniyatga o‘nlab yangi fanlarni
in’om   qildi.   Zamonaviy   tibbiyot   poydevorini   yaratgan   Abu   Ali   ibn   Sino
tadqiqotlari,   qiyosiy   tilshunoslik   asoschisi   Mahmud   Koshg‘ariy   asarlari,   Yusuf
Xos Hojib va Ahmad Yugnakiyning nasihatnomalari bebaho boyligimizdir. Mirzo
Ulug‘bek   akademiyasida   izlanishlar   olib   borgan   olimlar   –   Qozizoda   Rumiy,
G iyosiddin   Jamshid   Koshiy,   Ali   Qushchi,   Chag‘miniy   va   boshqaʻ
allomalarimizning matematika, trigonometriya, geodeziya, sferik astronomiya kabi
ilmlar sohasidagi yuzlab kashfiyotlari, jumladan, ular tomonidan o‘nlik kasrlarning
yaratilishi hozirgi zamon fanlarida keng qo‘llanilmoqda.
          Ularning   ilmiy   merosi   qo‘lyozma   va   toshbosma   kitoblar   tarzida   dunyoning
ko‘plab   mamlakatlaridagi   nufuzli   kutubxonalarda   saqlanmoqda.   Masalan,
G iyosiddin   Jamshid   Koshiyning   fors   tilidagi   "Ziji   Xoqoniy   dar   takomili   ziji
ʻ
Elxoniy"   astronomik   jadvali,   osmon   yoritqichlarining   geografik   kengligi   va
uzunligini aniqlash uchun kashf etilgan astronomik asbob haqidagi "Bog‘lar sayri"
nomli   asari   va   "Osmon   narvoni"   asari,   Ali   Qushchining   "Astronomiyaga   oid
risola"sining   eng   qadimgi   nusxasi,   shuningdek,   astronomiyaga   oid   arab   tilida
yozilgan "Fatxiya" nomli asari va bu asarga Miram Chalabiy tomonidan yozilgan
sharh,   "Qibla   azimutini   tadqiq   qilish"ga   oid   asari   jahonning   nufuzli
kutubxonalarida saqlanmoqda.
170
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
90         Allomalarimiz   nainki   dunyoviy   fanlar,   balki   e’tiqod   va   diniy   ilmlar   bo‘yicha
ham   ming   yillar   mobaynida   dunyo   musulmonlariga   ustozlik   qilganlar.   Bu   haqda
buyuk   islomshunoslar   "Islom   dini   Arabistonda   shakllangan   bo‘lsa,
Movarounnahrda   kamolga   yetgan"   degan   fikrni   bildiradilar.   Darhaqiqat,   hadis
ilmida   peshqadam   bo‘lgan   allomalar   Mahkul   Nasafiy,   Imom   Buxoriy,   Imom
Dorimiy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, kalom ilmida Imom Moturidiy, Abu Lays
Samarqandiy, arab tili grammatikasi qoidalarini yaratgan va "Allohning qo‘shnisi"
("Jorulloh")   degan   yuksak   e’tirofga   sazovor   bo‘lgan   Mahmud   Zamaxshariy,
faqihlar   yetakchisi   Burhoniddin   Marg‘inoniy,   tasavvufda   esa   Said   Burhoniddin
Qilich,   Ahmad   Yassaviy,   Abduxoliq   G ijduvoniy,   Bahouddin   Naqshband,   Xojaʻ
Ahror, Maxdumi  A’zam kabi  yetuk ulamolar islom  dini taraqqiyotida, bu dindagi
bag‘rikenglik,   insonparvarlik,   ilmparvarlik   g‘oyalarini   rivojlantirishga   katta   hissa
qo‘shgan 171
.   Bugungi   kunda   islomshunoslik   jahonning   ko‘pgina   mamlakatlarida
izchil   rivojlanmoqda.   Bu   yo‘nalishda   faoliyat   olib   boruvchi   yirik   ilmiy-tadkiqot
markazlari   tashkil   etilmoqda.   Ilmiy   risolalar,   davriy   jurnallar   nashr   etilmoqda,
xalqaro simpoziumlar o‘tkazilmoqda.
      Dunyo ma’rifiy islomning bunyodkorlik mohiyatini anglab yetmoqda. Islomda
yetakchi   shiorlardan   biri   bo‘lgan   "Ilm   ibodatdan   afzaldir"   tamoyili   islomning   asl
mohiyatini,   uning   yer   yuzida   ma’naviy   yetuklikni,   ma’rifatni,   adolatni,
bag‘rikenglikni,   boshqa   dinlarga   nisbatan   bag‘rikenglikni,   sabr-toqatlikni,
shukronalikni   targ‘ib   etuvchi,   insonlarni   mehr-muruvvatga,   saxovatga,   ezgulikka,
insof   va   diyonatga   chorlovchi   din   ekanligini   ko‘rsatadi.   Islomdagi   bu   qadriyatni
o‘rganish   va   boshqalarga   o‘rgatish   odamlarni   o‘zaro   mehr-oqibatli,   insofli   va
saxovatli bo‘lishga chorlaydi.
                       Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
     Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi
islomshunoslikka   oid   tadqiqotlarning   yurtimizda   yanada   rivoj   topishiga   turtki
bo‘ldi.   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   2017-yil   27-martdagi   PQ-
171
 https://religions.uz/news/detail?id=650
91 2855-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan 172
. Ushbu markazda
xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi islomshunos olimlarimizning jahondagi shu
kabi   markazlar   tadqiqotchi   va  olimlari  bilan  o‘zaro  hamkorligining  rivojlanishiga
keng yo‘l ochdi. 
      Bugungi   geosiyosiy   jarayonlar   faollashgan,   jahon   miqyosida   manfaatlar
to‘qnashuvi keskinlashgan davrda ayrim nosog‘lom kuchlar islom dinidan o‘zining
tor geopolitik maqsadlarini qondirish yo‘lida foydalanishga urinmoqda. Bu borada
ular   ko‘pchilikning   islom   dini   va   uning   asl   mohiyatidan   kam   xabardorligidan
foydalanib,   bunday   kishilarga   islomni   tajovuzkor,   shafqasiz   va   agressiv   kuch
sifatida   ko‘rsatishga   urinmoqda.   O‘z   yovuz   maqsadini   amalga   oshirish   uchun
islom   dini   haqidagi   bilimi   sayoz,   soddadil,   ishonuvchan   yoshlardan   ham   ustalik
bilan   foydalanishmoqda.   Bunday   adashgan   yoshlarga   "e’tiqodning   sofligi",
"adolatni   tiklash",   "kofirlar   va   murtadlarni   jazolash"   g‘oyalari   ostida   jangarilik,
soxta   jihodchilik   va   shahidlik   targ‘ib   etilmoqda.   Oqibatda   begunoh   odamlar   qoni
to‘kilmoqda,   shaharlar   vayron   bo‘lmoqda,   beshafqat   va   tajovuzkor   maqsadlar
yo‘lidagi oqimlar paydo bo‘lmoqda.
     Shunday tajovuzkor oqimlarning halokatli yo‘li asl islom dinining tabiatiga xos
emasligini   Imom   Moturidiy   bobomiz   asoslab   bergan   bo‘lsa,   undan   keyin
allomaning shogirdlari Abul Mu’yin Nasafiy jamoatchilikka izohlab bergan. Yana
bir alloma Abulmuti’ Makhul Nasafiy esa o‘zining "Kitobu-r-radd ala ahli-l-bid’ati
va-l-ahvo"   ("Bid’at   ahli   va   ularga   ergashuvchilarga   raddiya   kitobi")   asarida
adashgan   oqimlarning   xatolarini   kuchli   mantiqiy   dalillar   bilan   isbotlagan 173
.
Xullas,   bobokalonlarimiz   jangari   oqimlarning   yo‘li   islomga   zid   yo‘l   ekanligidan
xalqni o‘z vaqtida ogohlantirgan. Bunday asarlar bugungi kunda buzg‘unchi aqida
egalarining   g‘oyasiga   zarba   beruvchi   asosli   qo‘llanmalar   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Markaz olimlari yuqoridagi holatdan kelib chiqib, allomalarimizning ana shunday
yo‘llanma ko‘rinishidagi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni ham maqsad qilib
olganlar.
172
 https://lex.uz/docs/-3263382
173
https://religions.uz/news/detail?id=650
92      Bu yo‘lda xorijlik olimlar bilan hamkorlik yaxshi natijalar berishi mumkin. Shu
sababli   Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazida   xorijlik   olimlar   bilan
bevosita   va   bilvosita   muloqot   olib   borishga   keng   imkoniyatlar   yaratildi.   Ushbu
markazda  tashkil  etilajak  xalqaro anjumanlarda xorijlik olimlar  ma’ruzalar  qilishi
bilan   birga,   yurtimiz   olimlari   ham   chet   eldagi   ilmiy   anjumanlarda   qatnashib,
hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashadilar.
      Bundan   tashqari,   markazda   xorijlik   ilmiy   tadqiqotchilar   uchun   tajriba   orttirish,
tadqiqot   olib   borishi   uchun   barcha   imkoniyatlar   yaratiladi.   Ular   qulay   ish   va
yashash sharoitlari bilan ta’minlandi. Yuqori tezlikdagi  internet tarmog‘i uzluksiz
ishlab   turdi.   Markazning   internet   saytida   3-4   tilda   axborot   yangilanib   borildi.
Yuqori   sig‘imli   serverida   barcha   axborotlar   tizimli   tarzda   arxivlanib   turdi   va
ularning   saqlanish   kafolati   ta’minlandi.   Markaz   olimlari   dunyodagi   boshqa
islomshunoslik   markazlari   bilan   onlayn   va   oflayn   usullarida   bog‘lanib,   internet-
konferensiyalarda   qatnashdilar.   Olimlarning   nutqlari   sinxron   tarzda   bir   tildan
boshqasiga tarjima qilib borildi.
      Markaz   xalqimizning   qo‘lida   o‘rganilmasdan   yotgan   qo‘lyozma   va   toshbosma
asarlarni sotib olib, qo‘lyozmalar kutubxonasini boyitishga ham e’tibor qaratdi. Bu
borada   Alisher   Navoiy   nomidagi   O‘zbekiston   Milliy   kutubxonasi   bilan
hamkorlikda aholi qo‘lidagi noyob kitoblarni yig‘ib, ularning elektron nusxalarini
tayyorlash,   ta’mirtalab   kitoblarni   ta’mirlash   bo‘yicha   hamkorlik   memorandumi
imzolangan. Ushbu hujjatga asosan qo‘lyozma egasining kitobidan nusxa olingach,
bu kitob egasining xohishiga ko‘ra, unga qaytarib berilishi yoki kitob ta’mirlanishi
yoxud markazdagi maxsus qulay iqlimli shkaflarda saqlanishi kafolatlanadi.
      Hozirgi   paytda   qariyb   har   bir   xonadonda,   ba’zan   esa   oliy   o‘quv   yurtlarining
qo‘lyozmalar   kutubxonalarida   bobolardan   meros   manbalar,   qo‘lyozmalar   va
toshbosma   asarlar,   hujjatlar,   vaqfnomalar,   vasiyatnomalar,   nasabnomalar
mavjudligi   ehtimoli   katta.   Bu   hujjat   va   kitoblarni   kishilardan,   ularning   xohishiga
binoan, sotib olish yoki elektron nusxalarini ko‘chirib olish dolzarbdir. Bundan har
bir fuqaro manfaatdor bo‘lishi lozim. Sababi bu hujjatlarda xalqimizning qadimiy
93 tarixi,   ajdodlarimizning   noyob   ma’naviy   merosi,   nodir   sirlarni   o‘zida
mujassamlashtirgan   kitoblari,   tuzalmas   dardlarga   davo   beruvchi   axborotlarga   ega
qo‘llanmalar,   buyuk   bobolarimizning   dastxatlari   saqlanayotgan   bo‘lishi   mumkin.
Ularni   o‘rganish   tarixiy   xotirani   tiklash   bilan   barobar   ekanini   har   bir   fuqaro
anglasa,   ayni   muddao.   Markaz   xodimlari   bu   yo‘nalishda   yirik   ishlarni   amalga
oshirmoqdalar 174
.
     Hadisshunoslik  bo‘yicha  ham  ilmiy tadqiqotlar  olib  borilmoqda.  Ma’lumki, bu
borada Markaziy Osiyoda katta tajriba to‘plangan. Yuzlab, minglab hadisshunoslar
hadislarni o‘rganish, ularning sanadini va sahihligini aniqlash bo‘yicha o‘ziga xos
maktab  yaratilgan.   Bu   tajriba   keyingi   ikki   yuz  yil   davomida  boy   berildi.   Negaki,
mustabid   tuzum   davrida   hadisshunoslik   tajribalari   yo‘qotilgan   edi.   Bu   davrlarda
O‘rta   Yer   dengizi   sohillarida,   Yaqin   Sharq   va   Afrikada,   Tinch   okeani
mintaqasidagi   mamlakatlarda   hadisshunoslik   an’analari   rivojlanishi   davom   etdi.
Markaz   tadqiqotchilari   zimmasida   hadisshunoslikka   oid   tajriba   va   an’analarni
tiklashdek   mas’uliyatli   vazifa   turibdi.   Uni   ado   etish   uchun   olimlarning   xalqaro
hamkorligini   kuchaytirish   muhim   sanaladi.   Markazda   hadisshunoslik   bilan   bir
qatorda qur’onshunoslik,  tafsirshunoslik,  tasavvuf yo‘nalishlarida ham tadqiqotlar
olib boriladi. Bu tadqiqotchilardan arab tili qoidalaridan yaxshi xabardor bo‘lishni
talab qiladi, shu sababli ilmiy xodimlarga arab tili qoidalari bo‘yicha darslar tashkil
etildi.   Tadqiqotchilar   islomshunoslik   sohasidagi   izlanishlarini   muvaffaqiyatli
amalga oshirishi uchun ularning yurtimiz tarixi, manbashunoslik, mantiq va falsafa
fanlari sohasidagi bilimlarini ham chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.
      Olimlarimiz   uchun   ilmiy-tadqiqot   metodologiyasi   bo‘yicha   qo‘shimcha
mashg‘ulotlar tashkil etish tadqiqotlarning sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi
shubhasiz.   Markaz   olimlari   to‘plagan   tajribalar   asosida   ilmiy   maqolalar,
monografiya va ilmiy ishlar to‘plamlari nashr etiladi. Tadqiqot natijalarini o‘zbek,
rus, ingliz va arab tillarida e’lon qilib boradigan akademik ilmiy jurnal ham nashr
etiladi.   Bu   maqolalar   dastlab   "Imom   Buxoriy   saboqlari"   jurnalida   chop   etila
174
 https://www.bukhari.uz/?page_id=20
94 boshlandi.   Mazkur   jurnalning   tirajini   oshirish   va   hajmini   ko‘paytirish   niyatimiz
bor.   Jurnal   tahririyati   tarkibida   o‘zbekistonlik   olimlar   bilan   bir   qatorda   xorij
mamlakatlarining   taniqli   olimlari   ham   bor.   Yaqin   orada   jurnalga   xalqaro
darajadagi impakt  faktor  maqomini  olishi  kutilmoqda. “Imom Buxoriy saboqlari”
jurnali   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Administrasiyasi   huzuridagi   Axborot
va ommaviy kommunikasiyalari Agentligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda № 0057-
sonli guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan. 175
      Samarqand   viloyatining   Xo‘ja   Ismoil   qishlog‘ida   Imom   Buxoriy   yodgorlik
majmuasining chap qanotida olti gektarlik maydonda bunyod etilayotgan ulug‘vor
inshootda   islomshunoslik   yo‘nalishidagi   ilmiy   tadqiqotlarni   muvaffaqiyatli   olib
borishga   mo‘ljallangan   barcha   sharoit   yaratildi.   Markazning   o‘z   qo‘lyozmalar
kutubxonasi,   kitoblarni   ta’mirlashga   mo‘ljallangan   laboratoriyalari,   konferensiya
zallari,   muzey,   xalqaro   shartnomalar   imzolash   xonalari,   mehmonlarni   kutish
zallari,   tadqiqotchilar   uchun   kabinetlar,   hadisshunoslar,   tafsirshunoslar,
kalomshunoslar,   fiqhshunoslar   uchun   maxsus   xonalar,   Qur’on   tilovati
mashg‘ulotlari   uchun   jihozlangan   kabinetlar,   nashriyotchilar   xonasi,   namozxona,
xalqaro   hamkorlik   xonalari,   boshqa   yordamchi   xonalar   ilg‘or   axborot
texnologiyalari bilan jihozlandi.
      Imom   Buxoriy   xalqaro   ilmiy   tadqiqot   markazida   bugungi   kunda   o‘n   ikkita
bo‘lim  176
faoliyat olib bormoqda.Bular quyidagi bo‘limlar:
1-bo‘lim.Diniy   tadbirlar   bo‘limining   asosiy   vazifasi   Samarqand   viloyati   va
respublikamizning   boshqa   hududlaridagi   oliy   ta’lim   muassalari   va   boshqa
muassasalarda diniy ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
2-bo‘lim.Qo‘lyozmalar   bo‘limida   qo‘lyozma   asarlar   nashr   etilish   ishlari   ularning
o‘rganilishi amalga oshiriladi.
3-bo‘lim.Nashrlar   bo‘limida   markaz   xodimlari   tomonidan   kitoblarni   nashr   ishlari
olib boriladi.
175
https://www.bukhari.uz/?page_id=119
176
 https://Joriy/uz/arxiv/uz/Buhxari.uz.
95 4-bo‘lim.Ilmiy tadqiqotlar bo‘limida qo‘lyozma asarlar ustida tadqiqot ishlari olib
boriladi.
5-bo‘lim.Ziyorat   turizm   bo‘limida   ziyorat   masalalari   uning   ahamiyati   haqida
ma’lumotlar beriladi.
6-bo‘lim.Axborat-kutubxona   bo‘limida   axborat-kutubxona   sohasida   amalga
oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqiladi.
7-bo‘lim.Tashkiliy nazorat va ijro nazorati bo‘limida markazning tashkiliy nazorati
amalga   oshiriladi.   Bu   bo‘limlar   markazning   o‘zagini   tashkil   qiladi.   Uning   asosiy
faoliyati   aynan   shu   bo‘limlar   orqali   amalga   oshirilmoqda.   Markazda   bundan
tashqari   yordamchi   rolni   o‘ynaydigan   yana   beshta   bo‘lim,   jami   o‘n   ikkita   bo‘lim
faoliyat yuritadi
   Xalqaro hamkorlik aloqalari.  2019-yil 22-iyunda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-
tadqiqot   markazida   “O‘zbekistondagi   qo‘lyozma   fondlari:   muhofaza   qilish,
kataloglashtirish   va   mutaxassislar   malakasini   oshirish”   mavzusiga   bag‘ishlangan
ilmiy-amaliy o‘quv seminari o‘tkazilib, unda Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning
Islom   tarixi,   san’ati   va   madaniyatini   tadqiq   qilish   markazining   (IRCICA)   bosh
direktori, professor  Xolit Eren ham ishtirok etdi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-
tadqiqot   markaziga   “Sahih   al-Buxoriy”   asarining   XI   asrga   oid   qo‘lyozmasi   foto
nusxasi hamda Sulton Abdulhamid tomonidan XIX asrda tayyorlangan Muqaddas
Ka’ba va uning hududi aks etgan kitob albomini sovg‘a qildi 177
. 
   Markaz 33 xalqaro tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. 178
Bular:
„Al-Furqan“ islom merosi fondi;
„OXFORD“ islom ta’limi markazi;
„Cambridge“ markaziy osiyo forumi tashkiloti;
Gyote universiteti;
Al-Azhar universiteti;
Osnabruck universiteti;
177
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
178
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
96 Kastomonu universiteti;
Istanbul universiteti;
Anqara universiteti; 
      O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Imom   Buxoriy
xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   va   Turkiyaning   Anqara   ijtimoiy-gumanitar   fanlar
universiteti   islomshunoslik   fakulteti   o‘rtasida   hamkorlikka   doir   Anglashuv
memorandum   markaz   direktori   Shovosil   Ziyodov   va   Anqara   ijtimoiy-gumanitar
fanlar   universiteti   islomshunoslik   fakulteti   dekani   professori   Ali   Usmon   Kurt
tomonidan   imzolandi.   2022   yilga   kelib   markazning   xalqaro   hamkorlari   soni   28
taga yetdi. 179
          Bu   markaz   jahonda   muqaddas   dinimizning   obro‘sini   saqlash,   islomning
ma’rifatparvarlik,   tinchlikparvarlik   va   insonparvarlik   mohiyatini   keng
jamoatchilikka   yetkazish,   yoshlarni   ona   vatanga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash,
buzg‘unchi   kuchlarning   vayronkor   faoliyatini   ma’rifiy   yo‘l   bilan   jilovlash,   bu
yo‘lda   jahonning   tinchliksevar   kuchlarini   g‘oyaviy   birlashtirish   maqsadlariga
xizmat qilishiga shubha yo‘q.
                               O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
     O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi  “Diniy ma’rifiy
soha   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PF-
5416sonli   Farmoniga   muvofiq,   Toshkent   islom   universiteti   va   O‘zbekiston   islom
akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi 180
.
      Shu   bilan   birga     Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   Samarqand,   Namangan   va
Surxondaryo   viloyatlarida   Akademiya   tarkibidagi   malaka   oshirish   Markazi
hududiy filiallari ham ochildi . Mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar,
shuningdek,   ushbu   sohada   chuqur   tadqiqotlar   olib   boruvchi   ilmiy   va   ilmiy-
pedagog   kadrlarni   diniy   (Qur’on   ilmlari,   hadisi   sharif,   islom   huquqi,   aqida,
tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi,
179
 https://dunyo.info/uz/site/inner/imom_buxoriy_xalqaro_ilmiy-
tadqiqot_markazi_anqara_universiteti_bilan_hamkorlik_qiladi-2NO
180
https://iiau.uz/oz
97 dinshunoslik)   va   dunyoviy   (xalqaro   munosabatlar,   xorijiy   tillar,   ziyorat   turizmi
hamda   mumtoz   sharq   adabiyoti)   ta’lim   yo‘nalishlari   bo‘yicha   tayyorlash;
respublikadagi   barcha   islom   ta’lim   muassasalari   faoliyatini   o‘quv-meyoriy   va
o‘quv-uslubiy   jihatdan   ta’minlash   hamda   muvofiqlashtirish;   islom   dinining   asl
mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din  ekanligini ilmiy asoslangan  holda
teran   o‘rganish   hamda   targ‘ib   etish;   kadrlar   tayyorlash   jarayoniga   yetuk
mutaxassislar   va  o‘qituvchilarni jalb   qilish  orqali ilm-fan  hamda  ta’limning  o‘zaro
integrasiyasini   chuqurlashtirish;   o‘qitishning   zamonaviy   uslub   va   metodlari,
axborot-kommunikasiya   texnologiyalarini   o‘quv   jarayoniga   keng   joriy   etish
asosida   ta’lim   sifatini   oshirish;   ilmiy   tadqiqotlar   natijalari   bo‘yicha   diniy-ma’rifiy,
ma’naviy-axloqiy   yo‘nalishlardagi   ilmiy,   ilmiy-ommabop   adabiyotlarni   tayyorlash
va   nashr   qilish,   shuningdek,   Internet   tarmog‘ida   ta’lim   resurslarini   yaratish   va
muntazam   yangilab   borish;   islom   olamida   yuzaga   keladigan   dolzarb   masalalar,
zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish; O‘zbekiston
Respublikasida   faoliyat   olib   borayotgan   va   xorijiy   oliy   diniy   ta’lim   muassasalari
hamda   boshqa   tashkilotlar   bilan   yaqindan   hamkorlik   qilish;   malakali   xorijiy
mutaxassislarni   ta’lim   jarayoniga   jalb   qilish,   shuningdek,   Akademiya
mutaxassislarini   nufuzli   xorijiy   oliy   diniy   va   ilmiy   ta’lim   muassasalariga   malaka
oshirish   hamda   tajriba   orttirish   uchun   yuborish,   talabalarning   akademik
almashinuvini yo‘lga qo‘yish Islom Akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi 181
      Ilmiy   tadqiqotlar   va   innovasion   loyihalar   markazi   2018-yilning   16-aprelida
avvalgi   Islomshunoslik   ilmiy-tadqiqot   markazi   asosida   tashkil   etilgan.   Markaz
islom   dini   va   madaniyati,   milliy   merosi,   qadimiy   an’analarini   har   tomonlama
o‘rganish,   ularga   oid   mavjud   manbalarni   ilmiy   talablar   asosida   tadqiq   va   nashr
qilish, zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish va tegishli taklif-tavsiyalarni
ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda davlat va boshqa chet el
tashkilotlari   buyurtmalariga   ko‘ra,   fundamental   va   amaliy   tadqiqot   loyihasi
181
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
98 doirasida   ilmiy   izlanishlar   olib   borilmoqda.   Diniy   oliy   ta’lim   dargohlarida   islom
dinini   yanada   chuqur   o‘rganish,   va   bunda   xalqaro   aloqalar   ro‘lini   oshirish
maqsadida   xalqaro   tashkilotlar   bilan   bevosita   aloqa   qiluvchi   maxsus   kafedralar
tuzildi.
      “Islom   sivilizatsiyasini   o‘rganish   –   ISESCO”–   (Ta’lim,   fan   va   madaniyat
masalalari   bo‘yicha   islom   tashkiloti)   maxsus   kafedrasi   2017-yilning   26-avgust
kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   tashabbusi   bilan
2016-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar
vazirlari kengashining 43-sessiyasi qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. 182
      2017-yilning   22–25-may   kunlari   Toshkent   islom   universiteti   delegasiyasi
ISESCO   Bosh   qarorgohi   Marokash   poytaxti   Rabot   shahrida   amaliy   tashrif   bilan
bo‘lib, universitet tarkibida “Islom sivilizasiyasini o‘rganish ISESCO” kafedrasini
tashkil   etish   yuzasidan   anglashuv   Memorandumini   imzoladi.   Kafedrani   tashkil
etishdan maqsad-musulmon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda
ularning   hozirgi   holatini   o‘rganish   va   ular   haqida   talabalarga   chuqurlashtirilgan
maxsus kurslarni o‘qitishdan iborat. 183
      “ Dinlar tarixini o‘rganish YUNESKO ”   kafedrasi 2000-yil 16-sentyabrda tashkil
etilgan.   Kafedra   a’zolari   tomonidan   YUNESKO   faoliyatida   diniy   bag‘rikenglik
tamoyillari,   “Globallashuv   sharoitida   diniy   soha   rivojlanishining   o‘ziga   xos
xususiyatlari va geosiyosiy ahamiyati, yoshlarda diniy bag‘rikenglik madaniyatini
yuksaltirishning   yo‘llari   va   vositalari”,   “Islomshunoslik   muammolarini   birlamchi
manbalar   va   ajdodlar   diniy-ma’rifiy   merosini   tizimli   tahlil   qilish   asosida   yosh
avlodda   sog‘lom   e’tiqodni   shakllantirish”   kabi   mavzularda   ilmiy-tadqiqot   ishlari
olib borilmoqda.
   “Manbalar xazinasi” bo‘limi 1999-yilning 7-aprelidan faoliyat yuritib kelmoqda.
Bo‘limning   asosiy   vazifasi   ming   yillar   burun   yashab   o‘tgan   ajdodlarimiz
tomonidan   yaratilib,   O‘zbekiston   Respublikasida   saqlanayotgan   va   chet   ellardan
olib   kelingan   ilmiy-ma’naviy,   diniy   merosimiz   durdonalarini   jamlash,   saqlash
182
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
183
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
99 hamda ularni kelgusi avlodlarga munosib tarzda qoldirish, shuningdek, bu bebaho
meros   ustida   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   borishdan   iboratdir.   Bo‘limning
qo‘lyozma   va   toshbosma   kitoblardan   iborat   fondi   asosan   aholi   qo‘lida
saqlanayotgan   mazkur   kitoblarni   sotib   olish   evaziga   boyitib   boriladi.   Hozirgi
kunda bo‘limda 500 nusxaga yaqin qo‘lyozma, 1500 nusxaga yaqin toshbosma, 10
000   nusxadan   ortiq   zamonaviy   nashr   kitoblari   saqlanmoqda.   Manbalar   ichida
Qur’on   va   hadis   ilmlari,   tasavvuf,   mantiq,   balog‘at   ilmlari,   shuningdek,   tabiiy
fanlarga oid matematika, astronomiya, geometriya va tibbiyot kabi ilm sohalariga
taalluqli kitoblar bor. 184
     Akademiyada uzluksiz ta’lim tizimini ta’minlash maqsadida 2000-yil akademik
lisey tashkil etilgan. Akademik liseyda xorijiy filologiya (arab va ingliz tili), aniq
fanlar (iqtisod va texnika) va ijtimoiygumanitar fanlar ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Bugungi kunda akademik liseyda 40 nafar malakali o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat
olib   bormoqdalar.   2017-2018   o‘quv   yilida   akademik   liseyni   246   nafar   o‘quvchi
tamomladi.   Hozirda   O‘zbekiston   xalqaro   islom   akademiyasi   akademik   liseyida
jami 500 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
      Akademiyada   uzluksiz   ta’lim   tizimini   ta’minlash   maqsadida   2016-yil   “Ziyo-
zukko   ta’lim   maskani”   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktabi   tashkil   etildi.   “Ziyo-zukko
ta’lim   maskani’’ning   jami   300   nafar   o‘quvchisi   mavjud.   Maktabda   ta’lim   o‘zbek
va   rus   tillarida   olib   boriladi.   Boshlang‘ich   sinf   o‘qituvchilari   va   fan
o‘qituvchilarining barchasi oliy ma’lumotli, tajribali mutaxassislardir. O‘quvchilar
1-sinfdan   ingliz   va   rus,   2-sinfdan   arab   tili   to‘garaklariga   jalb   etiladi.   Shu   bilan
birga,   ularning  ma’nan  va   jismonan   sog‘lom   bo‘lishi,   har   tomonlama  rivojlanishi
uchun   shaxmat,   tayekvondo,   badiiy   gimnastika   kabi   sport   to‘garaklari   tashkil
etilgan. 185
                  Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
      Imom   Moturidiy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi - O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   11-avgustdagi   “Imom   Moturidiy   xalqaro
184
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
185
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
100 ilmiy-tadqiqot   markazini   tashkil   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi     PQ-4802-
sonli   qarori   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2020-yil
06-noyabrdagi   “O‘zbekiston   xalqaro   islom   akademiyasi   huzuridagi   Imom
Moturidiy  xalqaro  ilmiy-tadqiqot   markazi   faoliyatini   tashkil   etish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   693-sonli         qarori      asosid a   O‘zbekiston   xalqaro   islom   akademiyasi
huzurida tashkil etilgan. 186
  Markazda 40 nafar xodim, shu jumladan, 24 nafar ilmiy
xodim   faoliyat   olib   boradi.   Markazning   asosiy   maqsadi   mutafakkir   olim,
moturidiylik ta’limoti  asoschisi  Imom  Abu Mansur   Moturidiy   va uning izdoshlari
merosini   chuqur   o‘rganish,   ularning   aqida   va   kalom   ilmi   rivojiga   qo‘shgan
hissasini   tadqiq  etish   va   keng   targ‘ib  qilish,   milliy  va   umuminsoniy   qadriyatlarni
asrab-avaylash   va   rivojlantirish,   shu   asosda   yosh   avlodni   ezgu   umuminsoniy
g‘oyalar   ruhida   tarbiyalash,   ularda   ma’naviy   va   ma’rifiy   qarashlarga   yot   bo‘lgan
zararli ta’sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishdan iborat.
    Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    -aqida   va   kalom   ilmi   rivojiga   alohida   hissa   qo‘shgan   Imom   Moturidiy   va
moturidiy   allomalarning   ilmiy,   diniy-ma’naviy   merosini   chuqur   o‘rganish,   ular
yaratgan   asarlarning   ilmiy-izohli   tarjima   va   qiyosiy   matnlarini   nashr   etish,
xalqimiz   va   jahon   jamoatchiligi   o‘rtasida   keng   targ‘ib   qilish,   ushbu   mavzularga
doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
    -Imom   Moturidiy ,   Abu   Muin   Nasafiy   kabi   allomalarning   kalom   ilmi   rivojiga
qo‘shgan   hissasi   va   uning   taraqqiyotida   tutgan   o‘rnini   chuqur   tadqiq   etish,   yosh
avlodni   millatlararo   va   dinlararo   bag‘rikenglik,   o‘zaro   hurmat,   tinchlik-totuvlik
kabi islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash; 187
      -islom   dinining   insonparvarlik   mohiyati,   uning   ma’rifiy-madaniy   roli   va
rivojlanish   yo‘nalishlarini   ilmiy   asosda   o‘rganish   va   keng   jamoatchilikka
yetkazish;
      -O‘zbekistonda   hamda   xorijiy   davlatlarning   kutubxonalari   va   arxiv   fondlarida
saqlanayotgan   O‘zbekiston   diyoridan yetishib chiqqan allomalarning   kalom   ilmiga
186
 https://moturidiy.uz/oz/news/1037
187
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
101 oid   merosi   hamda   islom   dunyosi   uchun   muhim   ilmiy   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   qo‘lyozma ,   toshbosma   asarlarning asl hamda elektron nusxalarini to‘plash
va ularni kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
     -islom ilmlari, xususan kalom ilmi tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini
ilmiy   tadqiq   etish   sohasidagi   xalqaro   hamkorlikni   kuchaytirish   maqsadida   ilmiy-
nazariy   va   uslubiy   masalalarga   bag‘ishlangan   anjumanlar,   konferensiya,
simpozium,   ko‘rgazma   va   ilmiy   ma’ruzalar,   seminar-treninglar,   tanlovlar   va
boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
      -tadqiqot   natijalari   yuzasidan   qomuslar,   kataloglar,   albomlar,   ilmiy-ommabop
hujjatli filmlar, axborot-resurs bazasini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari,
xususan, internetda e’lon qilishni tashkil qilish;
-islom   tarixi   va   kalom   ilmi   yo‘nalishidagi   yangi   tadqiqotlar   natijalaridan   ilmiy
jamoatchilikni keng xabardor etish;
      -“jaholatga   qarshi   ma’rifat”   g‘oyasi   asosida   islom   diniga   nisbatan   sodir
etilayotgan   asossiz   xurujlarning   oldini   olish,   shuningdek,   mutaassiblik ,
ekstremizmning   maqsadlari,   g‘oyaviy   negizlari,   zamonaviy   ko‘rinishlari   va
faoliyat uslublarini o‘rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini
ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish.
 1.  Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi
Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazining   tarkibiy   tuzilmasi   hisoblanadi.   Bo‘lim   o‘z   faoliyati   davomida   Imom
Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosini  o‘rganish, ular yaratgan asarlarning
ilmiy-izohli   tarjima   va   qiyosiy   matnlarini   tayyorlash,   Imom   Moturidiy   va
moturidiylik   ta’limoti   yuzasidan   zamonaviy   ilmiy   tadqiqotlarni   amalga   oshirish,
Sharq   allomalari   asarlarining   qo‘lyozma   va   toshbosma   nusxalari   ustida   tizimli
tadqiqotlar   olib   borish,   shu   jumladan,   ularni   tahqiq   qilish,   faksimile   nusxalarini
yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
      Bo‘limda   7   nafar   ilmiy   xodim   faoliyat   olib   boradi.   Hozirgi   vaqtda   bo‘lim
tomonidan   Imom   Moturidiy   “ Tav’ilot   al-Qur’on ”,   “ Kitob   at-tavhid ”   asarlarini
102 o‘zbek   tiliga   ilmiy-izohli   tarjima   qilish   ustida   ish   olib   borilmoqda.   Burhoniddin
Marg‘inoniyning   “ Hidoya ”,   Mulla   Ali   Qorining   “ Sharh   al-Fihq   al-akbar ”   asarlari,
moturidiylik   ta’limotiga   oid   aqidaviy   matnlar   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilinib,   nashr
qilindi.
2.  Zamonaviy islom tadqiqotlari bo‘limi 188
      Zamonaviy   islom   tadqiqotlari   bo‘limi   islom   dinining   insonparvarlik   va
tinchlikparvarlik   mohiyati   hamda   uning   jamiyat   hayotidagi   ma’rifiy-madaniy
ahamiyatini   keng   jamoatchilikka   yetkazish,   Sharq   allomalari   yozma   ilmiy
merosining   jahon   kutubxonalarida   saqlanayotgan   qo‘lyozma   va   toshbosma
nusxalari ustida tizimli tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy islomshunoslikka oid
tadqiqotlar   natijalarini   ilmiy   nashrlar,   ommaviy   axborot   vositalari   hamda   jahon
internet   tarmog‘ida   e’lon   qilish   orqali   ilmiy   jamoatchilikka
yetkazish,   qomuslar ,   kataloglar , albomlar chop etish,   mutaassiblik , ekstremizmning
maqsadlari,   g‘oyaviy   negizlari,   zamonaviy   ko‘rinishlari   va   faoliyat   uslublarini
o‘rganish   hamda   ularga   qarshi   kurashishning   ilmiy-ma’rifiy   asoslarini   ishlab
chiqish   va   amaliyotda   qo‘llash   uchun   tavsiya   etish,   diniy   bag‘rikenglik   va
millatlararo   totuvlikni   yanada   mustahkamlash   yuzasidan   amaliy   taklif   va
tavsiyalarni ishlab chiqish kabi bir qator vazifalarni amalga oshiradi.
Bo‘limda   6   nafar   ilmiy   xodim   faoliyat   olib   boradi.   Hozirgi   vaqtga   qadar   bo‘lim
tomonidan   bir   qator,   ilmiy   tadqiqot   natijalari,   jumladan,   “ Mutaassiblikka   qarshi
mo tadillik:   metod   va   tahlillarʻ ”,   “ Dolzarb   raddiyalar ”,   “Muhim   savol-javoblar”
kabi nashrlar tayyorlangan.
 3.Tarjimalar bo‘limi
      Tarjimalar   bo‘limi   Imom  Moturidiy  xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazining  asosiy
tarkibiy tuzilmalaridan biri  bo‘lib, bo‘lim  o‘z faoliyati doirasida Imom  Moturidiy
va   moturidiylik   ta’limoti   bo‘yicha   yozilgan   zamonaviy   tadqiqotlarni   saralash,
zamonaviy   islomshunoslik   masalalariga   oid   kitoblarni   o‘zbek   va   boshqa   tillarga
tarjima   qilish,   tadqiqot   natijalarini   ilmiy   nashrlar   hamda   ommaviy   axborot
188
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
103 vositalari,   internet   tarmoqlarida   e’lon   qilib   borishni   tashkil   etish,   Markaz   ilmiy
xodimlari maqolalarini xorijiy nashrlarda e’lon qilish uchun tarjima qilish, xorijiy
tillarda tayyorlangan ma’lumotlarni tahrir qilish, xalqaro konferensiya, simpozium,
panel   va   davra   suhbatlarida   Markaz   nomidan   tarjimonlik   qilish,   “ Moturidiylik ”
jurnaliga   topshirilgan   xorijlik   olimlarning   maqolalarini   o‘rganib   chiqish   va   tahrir
qilish kabi bir qator vazifalarni amalga oshiradi.
Bo‘limda 3 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. 189
 4.Nashrlar bo‘limi
      Nashrlar   bo‘limi   Markaz   ilmiy   xodimlari   hamda   boshqa   tadqiqotchilar
tomonidan   tayyorlangan   kitob,   risola,   monografiya,   darslik,   o‘quv   qo‘llanma,
buklet,   albom,   infografik   ma’lumot   hamda   boshqa   materiallarning   tahriri   va
nashrini   amalga   oshirish,   Markaz   ilmiy   xodimlarining   maqolalarini   mahalliy   va
xorijiy, shu  jumladan,   Scopus ,   Veb of  Sciyencye   va boshqa  tizimlarda ro‘yxatdan
o‘tgan   jurnallarda,   konferensiya   materiallari   to‘plamlarida   nashr   etishga
ko‘maklashish va tashkil qilish, Moturidiylik   jurnali uchun maqolalar jamlash va
ularni tahrir qilish, jurnalni chop etish, Markaz tomonidan tashkil etilgan mahalliy
va   xalqaro   miqyosdagi   konferensiya   va   simpoziumlar   materiallari
to‘plamlarini   nashr  etish, ilg‘or nashriyotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish,
ularning tajribalarini o‘zlashtirish kabi funksiyalarni bajaradi. 190
Bo‘limda 5 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi.
 5.Xalqaro aloqalar bo‘limi
      Xalqaro   aloqalar   bo‘limi   Markazning   xalqaro   aloqalarini   muvofiqlashtiruvchi
tuzilmasi   hisoblanib,   u   xorijiy   mamlakatlarning   universitet   va   ilmiy-tadqiqot
markazlari   bilan   yaqin   hamkorlik   aloqalarini   o‘rnatish,   hamkorlikda   simpozium,
konferensiya   va   ilmiy   seminarlarni   tashkil   etish,   Markaz   faoliyatiga   xorijlik
mutaxassislarni   jalb   qilish   chora-tadbirlarini   ko‘rish,   Markaz   ilmiy   xodimlarining
xorijiy   safarlari,   shu   jumladan,   xorijda   stajirovka   o‘tashlari   hamda   malaka
oshirishlarini   tashkil   qilish,   Markazga   xalqaro   grant   loyihalarini   jalb   qilish   kabi
189
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
190
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
104 funksiyalarni bajaradi.Hozirgi vaqtga qadar bo‘lim tomonidan Yevropa, Afrika va
Osiyo   mamlakatlarining   nufuzli   ilmiy-tadqiqot   markazlari   va   xalqaro   tashkilotlar
bilan 10 dan ziyod anglashuv memorandumi va boshqa bitimlar imzolangan 191
.
6.Axborot-resurs markazi
Axborot-resurs   markazi   Imom   Moturidiy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazining
tarkibiy   tuzilmasi   hisoblanib,   Markaz   kutubxonasida   islomshunoslik,   xususan,
moturidiyshunoslikka   oid   qo‘lyozma   va   toshbosma   manbalar   hamda   zamonaviy
nashrlarni   saqlash,   raqamlashtirish   va   ularning   katalogini   yaratish   ustida   ish   olib
boradi. Bo‘limda 4 nafar xodim faoliyat olib boradi 192
 
 7.Xalqaro ilmiy hay’at
      Markaz   qoshida   ilmiy-tadqiqot   sohasida   jahonning   ilg‘or   tajribalari   va
innovasion   uslublarini   Markaz   faoliyatiga   tatbiq   etish,   islomshunoslik,   xususan,
moturidiyshunoslikka   oid   dolzarb   masalalar   bo‘yicha   ilmiy   yechim   va   amaliy
taklif   hamda   tavsiyalar   ishlab   chiqish,   shuningdek,   islomshunoslikka   oid
zamonaviy   dolzarb   masalalar   yuzasidan   olib   boriladigan   tadqiqotlarni   qo‘llab-
quvvatlash   maqsadida   Xalqaro   ilmiy   hay’at   tashkil   etilgan. Xalqaro   ilmiy
hay’at   tarkibi   Muhammad   Nazir   Ayyad,   Rafik   Muxametshin,   Mustafa   Cherich,
Said   Fuda,   Hamza   Bakriy,   Anjelika   Broderson,   Hulya   Alper,   Moxanad   Xurshid,
Yusuf   Shavqi   Yavuz,   Abubakr   Muttaqiy,   Kamaluddin   Nuriddin   Merjuniy,
Ashirbek   Mo‘minov,   Zaylabidin   Ajimamatov,   Davronbek   Maxsudov,   Ahmad
Damanhuriy,   Ramil   Adigamov,   Homidjon   Ishmatbekov,   Shovosil   Ziyodov,
Saidmuxtor   Oqilov,   Xabibullo   Sagdiyev,   Abdullatif   Alloqulov   kabi   22   nafar
a’zodan tashkil topgan. 193
                  Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
      O’zbekiston   musulmonlari   idorasi   muassisligida   Surxondaryo  viloyatida   Imom
Termiziy   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   markazi   tashkil   etildi.   Bu   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   14-fevraldagi   “Imom   Termiziy   xalqaro
191
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
192
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
193
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
105 ilmiy-tadqiqot   markazini   tashkil   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarorida   o‘z
aksini   topdi.   Abu   Rayhon   Beruniy   nomidagi   Sharqshunoslik   instuti   bilan
hamkorlikda   markaz   xodimlari   termiziylar   merosining   jahonning   44   mamlakati
kutubxona   fondlarida   saqlanayotgan   1400   dan   ziyod   qo‘lyozmalarini   aniqlashda
ishtirok   etgani   va   “Termizlik   allomalar   asarlarining   qo‘lyozmalari
katalogi”,”Termizlik   olimlar   asarlarining   jahon   fondlaridagi   qo‘lyozmalari
katologi”   kitoblarining   nashr   etilishida   hamkorlik   qilgani   markazning   tarixiy
yutuqlaridan   biri   sifatida   baholash   mumkin.   Ushbu   ro‘yxat   asosida   o‘ndan   ortiq
qo‘lyozmalar markazga keltirilib, tadqiqot ishlari boshlanib yuborildi. 194
     Qaror islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Iso Termiziy
(Imom   Termiziy)   va   termiziy   allomalarning   merosini   ilmiy   asosda   chuqur
o‘rganish,   milliy-diniy   qadriyatlarni   asrab-avaylash   va   rivojlantirish,   shu   asosda
yosh   avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat
va   sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari sifatida belgilandi: 195
    -islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik
maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar,
yurtimizdan   yetishib   chiqqan   mutafakkir   zotlar   merosini   har   tomonlama   chuqur
o‘rganish va   keng targ‘ib etish;
    -yuksak   insoniy   g‘oyalar   va   muqaddas   qadriyatlarni   o‘zida   ifoda   etgan
manbalarni   tizimli   asosda   tadqiq   etish,   ulardan   diniy   ta’lim,   ma’naviy-axloqiy
tarbiya   ishlarida   foydalanish   maqsadida   zarur   darsliklar   va   o‘quv   qo‘llanmalari,
ommabop   nashrlar,   ilmiy-amaliy   tavsiyalar   tayyorlash   yuzasidan   doimiy   ish   olib
borish;
    -turli   mafkuraviy   xurujlar   avj   olayotgan   bugungi   kunda   ajdodlarning   ma’naviy
merosini   chuqur   o‘rganish,   ulardagi   ezgu   g‘oya   va   ta’limotlarni   keng   xalq
ommasiga yetkazish va   shu   asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish,
ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
194
https://termiziy.uz/uz/news/33
195
https://www.gazeta.uz/oz/2017/02/15/termiziy/
106     -Imom   Termiziy   va   termiziy   allomalarning   boy   merosini   o‘rganish   va   keng
targ‘ib   etish   maqsadida   xorijiy   ilmiy   markazlar,   xalqaro   tashkilotlar   bilan
hamkorlikni   yo‘lga   qo‘yish,   xalqaro   konferensiya,   simpozium,   ko‘rgazma,   ilmiy
ma’ruzalar,   seminar-treninglar,   tanlovlar   va   boshqa   madaniy-ma’rifiy   tadbirlar
tashkil etish;
   -mamlakatda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida
saqlanayotgan   termiziy   allomalar   hamda   buyuk   mutafakkirlarning   qo‘lyozma
va   toshbosma   asarlari   nusxalarini,   ular   haqidagi   kitoblarni   to‘plash   va   ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish;
    -ma’naviy   merosni   o‘rganishda   zamonaviy   axborot-kommunikasiya
texnologiyalaridan,   ilm-fan   yutuqlaridan   keng   foydalanishga   doir   tegishli   ilmiy
ishlanma va   tavsiyalarni tayyorlash.
Hujjatga   ko‘ra,   markaz   faoliyati   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi,   Imom
Termiziy   yodgorlik   majmuasi,   homiylik   xayriyalari   hamda   xorijiy   mamlakatlar
va   xalqaro   diniy-ilmiy   markazlarning   mablag‘   va   grantlari   hisobidan
moliyalashtiriladi.
      Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   diniy-ma’rifiy   soha   rivojini   ta’minlovchi   bir
qator ilmiy tadqiqot markazlari tashkil qilindi. So‘nggi besh yilda yurtimizda 4 ta
ilmiy tadqiqot markazi ochildi. Bular quyidagilar: O‘zbekiston islom akedemiyasi,
Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro
ilmiy   tadqiqot   markazi   va   Imom   Termiziy   xalqaro   ilmiy   tadqiqot   markazlari.
Ushbu xalqaro ilmiy tadqiqot markazlarida diniy soha vaakillari bilan bir qatorda
dunyoviy   soha   kadrlari   xalqimizga   xizmat   qilmoqda.   Ularda   olib   borilayotgan
tadqiqotlar   natijasida   islom   dini   va   hadisi   sharif,   buyuk   allomalarimizning   boy
ma’naviy meroslarini xalqimizga qaytarib berish imkoniyati  vujudga keldi.
107                                                   XULOSA
Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning barqarorligi undagi xalqlar, millat va
elatlarning huquq va erkinliklari faqatgina qonuniy hujjatlarda belgilanishiga emas,
balki   ularning   amalda   qay   darajada   o‘z   tasdig‘ini   topishiga   ham   bog‘liqdir.   Shu
nuqti   nazardan   qaraganda,   mamlakatimizda   fuqarolarning   vijdon   erkinligi   bilan
bog‘liq   huquqlari   nafaqat   qonunan   mustahkamlab   qo‘yilganini,   balki   amaliyotda
ham   ushbu   Qonundan   kelib   chiquvchi   tamoyillarga   qat’iy   rioya   qilinayotganini
hayotiy dalillar ham ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimizda   diniy   tashkilotlar   hech   qanday   tazyiqlarsiz,   cheklashlarsiz,
emin-erkin   faoliyat   ko‘rsatishlari   uchun   barcha   sharoitlar   yaratilganini   ta’kidlash
lozim.  Shu  bilan   birga,  diniy  tashkilotlarning  soni  o‘sganini  ham   qayd  etish  zarur.
Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta
noislomiy)   mavjud   bo‘lgan   bo‘lsa,   1991   yilda   179   taga   (146   islomiy   va   33
noislomiy) etdi, 2007 yilning yanvariga kelib esa, ularning soni 2227 tani (2046 ta
islomiy,   181   ta   noislomiy)   tashkil   etdi.   Ulardan   eng   yirigi   O‘zbekiston
musulmonlari   idorasi,   Rus   Pravoslav   cherkovining   Toshkent   va   O‘rta   Osiyo
Eparxiyasi,   Evangel   xristian-baptistlar   cherkovi,   Rim-katolik   cherkovi,   To‘liq   Injil
xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Bibliya jamiyati. Shuningdek, 1987 ta masjid, 163
ta   xristian   cherkovi,   8   ta   yahudiy   sinagogalari,   6   ta   Bahoiylar   jamoasi,   1   ta
Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar emin-erkin ibodat
qilishlari   uchun   barcha   sharoitlar   yaratilgan.   Mustaqillikkacha   bor-yo‘g‘i   ikkita
islomiy   diniy   o‘quv   yurti   (Toshkent   islom   instituti   va   «Mir   Arab»   madrasasi)
bo‘lgan   bo‘lsa,   o‘tgan   yillar   davomida   ularning   soni   12   taga   etdi.   Boshqacha
aytganda,   Imom   al-Buxoriy   nomidagi   Toshkent   islom   instituti,   Buxorodagi   «Mir
Arab»,   Toshkentdagi   «Ko‘kaldosh»,   Qoraqalpog‘istondagi   «Beruniy»,
Namangandagi   «Mulla   Qirg‘iz»,   Xorazmdagi   «Faxriddin   ar-Roziy»,   Andijondagi
«Sayyid   Muhyiddin   Maxdum»,   Qashqadaryodagi   «Xoja   Buxoriy»,   Toshkentdagi
«Xadichai Kubro» va Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» xotin-qizlar o‘rta maxsus islom
108 bilim   yurtlari   va   Imom   al-Buxoriy   nomidagi   hadis   ilmi   markazidan   iborat   yaxlit
diniy ta’lim tizimi yaratildi.
2000–2001   o‘quv   yilidan   boshlab   diniy   ta’lim   muassasalarida   Oliy   va   o‘rta
maxsus   ta’lim   vazirligi   Kasb-hunar   ta’lim   markazining   Davlat   ta’limi   standartlari
bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari va o‘quv rejasi asosida
o‘qitish   joriy   qilindi.   Sodda   qilib   aytganda,   o‘quv   yurtlarida   diniy   va   dunyoviy
ta’limning   uzviyligi   ta’minlandi.   2000   yildan   boshlab   Toshkent   islom   instituti   va
o‘rta maxsus islom bilim yurtlari bitiruvchilarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi
yo‘llanmasi   bilan   rejali   ravishda   respublikada   faoliyat   ko‘rsatayotgan   masjidlarga
ishga  taqsimlash  va  2001  yil   yanvar  oyidan  boshlab,  ilk marta  diniy  bilim  yurtlari
talabalariga   stipendiya   berish   joriy   qilindi.   Yuqoridagi   kabi   o‘zgarishlarni   boshqa
konfessiyalar   misolida   ham   ko‘rish   mumkin.   Xususan,   1998   yildan   Toshkent
Pravoslav   hamda   Samarqand   Protestant   seminariyalari   faoliyat   ko‘rsata   boshladi,
Rus   pravoslav   cherkovi   Toshkent   va   O‘rta   Osiyo   eparxiyasining   125   yilligi   va
Evangel-Lyuteran   jamoasining   100   yilligi   nishonlandi.   Xulosa   qilib   aytganda,
xalqimizning   diniy   va   ma’naviy   qadriyatlarining   hozirgi   demokratik   jamiyat
qadriyatlari   bilan   uyg‘unlashishi   respublikamizning   kelajakda   yanada   ravnaq
topishi, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida muhim omillardan biri hisoblanadi.
Mustaqillik   yillarida   diniy-ma’rifiy   rivojiga   asos   bo‘ladigan   chora   tadbirlarning
huquqiy   asoslari   yaratildi.Bu   jaroyon   ayniqsa   “Vijdon   erkinligi   va   diniy
tashkilotlar”   to‘g‘risidagi   qonunning   uch   bora   yangi   tahrirda   qabul   qilinganligi
shuningdek  O‘zbekiston   respublikasi  konstitusiyasi   va  boshqa  tegishli   vazirlik  va
qo‘mitalarning   qarorlari   bilan   mustahkamlandi.Mustaqillik   yillarida   milliy   urf-
odatlarimiz,an’analarimiz,bayramlarimiz   tiklanishi   yo‘lida   bir   qator   ishlar   amalga
oshirilganligini bilib oldik.
Mustaqillik   yillarida   yurtimizda   masjidlarning   faoliyatining   yo‘lga   qo‘yilishi
ularning diniy-ma’rifiy faoliyatini yo‘lga qo‘yilishida bir qator ijobiy ishlar amalga
oshirildi.O‘tgan   1991-2022-yillar   davomida   o‘zbekistonda   2100   dan   ziyod
masjidlar   o‘z   faoliyatini   boshladi   va   xalqimizga   xizmat   qilib
109 kelyapti.O‘zbekistondagi bu masjidlarda har juma kuni juma namozi bitta mavzuda
amru-ma’ruf   qilinadi.Bu   amru-ma’ruflarda   xalqimizni   birlikka,xalqqa   va   vatanga
xizmat,davlat rahbarining ko‘rsatmalarini bajarishga da’vat etiladi.
Mustaqillik   yillarida   o‘zbekistonda   diniy   matbuot   tizimi   o‘ziga   xos   tarzda
rivojlandi.1991-2022-yillar   oralig‘ida   yurtimizda   “Hidoyat”,”Imom   Buxoriy
saboqalari” kabi gazeta va jurnallar,shuningdek boshqa bir qator gazeta va jurnallar
o‘z   faoliyatini   boshladi.Diniy   matbuot   tizimi   dinni   to‘gri   va   samarali   targ‘ib
etishning eng yaxshi usulidir.So‘nggi vaqtlarda diniy-ma’rifiy soha rivojida uning
targ‘ibotida   ijtimoiy   tarmoqlar   muhim   ro‘l   o‘ynayotganini   ko‘rishimiz
mumkin.Ayniqsa  Muslim.uz,  Azon.uz,Islom.uz,Hidoyat.uz,Fitrat.uz  kabi  saytlarni
aytishimiz misol keltirishimiz mumkin.
Yurtimizda so‘nggi yillarda ziyorat turizmiga ham alohida e’tibor berib borilyapti
va jadal rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin.Masalan Samarqand va Buxora kabi
shaharlarimizda ko‘plab tarixiy obektlar  ro‘yxatga olingan va bu obektlar  orasida
ko‘plab ziyorat qilsa bo‘ladigan obektlar borligi bizni quvontiradi.
Mustaqillik yillarda yurtimizdagi diniy muassalarni kadrlar bilan ta’minlovchi 9 ta
o‘rta maxsus va 3 ta oliy diniy o‘quv yurtlari faoliyat yurityapti.Bu muassalar diniy
idoralarni   yetarlicha   kaadrlar   bilan   ta’minlashga   xizmat   qilyapti.Yurtimizda
hozirgi   kunda   Hadis   oliy   maktabi,Mir   Arab   oliy   madrasasi   va   Imom   Buxoriy
nomidagi   Toshkent   Islom   Instuti   faoliyat   olib  boryotgani   ham   yurtimizdagi   diniy
ta’lim muassalarni yetarlicha kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qilyapti.
Hozirgi   vaqtda   O‘zbekiston   Xalqaro   Islom   Akedemiyasi,Imom   Buxoriy   Xalqaro
Ilmiy-Tadqiqot   markazi,Imom   Motrudiy   Xalqaro   Ilmiy-Tadqiqot   markazi,Imom
Termiziy   Xalqaro   Ilmiy-Tadqiqot   markazlari   faoliyat   olib   boryapti   va
xalqimizning   boy   ma’naviy   me’rosini   o‘rganish   va   xalqimizga   yetkazishda   jadal
ishlarni amalga oshirmoqda.
110                  FOYDALANILGAN ADABIYOTLA R RO’YXATI ….
1. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashamiz. T.10. T., 2002.B.181.
2. Юксак   маънавият   ва   қонун   устуворлиги   асосида   яшаш,   эл-юртга
садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат фазилатларини камол топтириш.
Т.:”Ўзбекистон” НМИУ, 2013. Б.-360.
3. 3.Юксак   маънавият   ва   қонун   устуворлиги   асосида   яшаш,   эл-юртга
садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат фазилатларини камол топтириш.
Т.:”Ўзбекистон” НМИУ, 2013. Б.-361.
4. 4. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Шавкат   Мирзиёевнинг   Олий
Мажлисга Мурожаатномаси. “Халқ сўзи” газетаси. 2017 йил 23 декабр.
5. 5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Т.4. Т., 2008. Б.-138.
6. 6.Юксак   маънавият   ва   қонун   устуворлиги   асосида   яшаш,   эл-юртга
садоқат, адолат, ҳалоллик ва жасорат фазилатларини камол топтириш.
Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2013.Б.-364.
7. 7. “Имом Бухорий сабоқлари” журнали. 2015 йил №1 - сон. 7-б.
8. 8. Бу муқаддас Ватанда азиздир инсон. Т., 2010. Б.-47.
9. 9.Lex.uz.O’zbekiston SSR Prezidenti Farmoni. 20.06.1991-yildagiPF-221-son.
10. 10. https://tarjumon.uz/uzbekistonda-din-va-davlat-munosabatlari-din-
davlatdan-ajratilganmi/  26-aprel 2022-yil  
11.  “ O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti
      12.  “O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzurida muqaddas qadamjolarni     
saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston   
Respublikasi Birinchi Prezidentining qarori. https.Lex.uz.PQ-938 son 07.08.2008.
       13. Htpps.Lex.uz.PQ 938-sonli 07.08.2008.
14. А.Авлоний. Танланган асарлар: 2 жилдлик. 2-жилд. Тўпловчи: Б.Қосимов.  
Т.: “Маънави ят”, 1998.  304- б.
15. https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-bmt-inson-huquqlari-kengashining-
makhsus-maruzachisini-qabul-qildi
16. https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-bmt-inson-huquqlari-kengashining-
makhsus-maruzachisini-qabul-qildi
111 17. https://xs.uz/uzkr/post/dinij-erkinlik-sohasidagi-ozgarishlar-mamlakatda-
amalga-oshirilayotgan-siyosij-huquqij-islohotlarning-muhim-qismi    .2022     йил 4 
май
18. https://xs.uz/uzkr/post/dinij-erkinlik-sohasidagi-ozgarishlar-mamlakatda-
amalga-oshirilayotgan-siyosij-huquqij-islohotlarning-muhim-qismi    .2022     йил 4 
май
19. Htpps.Lex.uz.PQ 938-sonli 07.08.2008
20.  “ O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti
20.  “ O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti.286-
bet.
21. Ma’naviyat:Asosiy tushunchalar izohli lug’ati.T.2009.B.744
22.  “O’zbekistonning yangi tarixi” III-kitob Toshkent 2000.Sharq nashiryoti
23. Htpps://Namangan.uz/uz/2016-05-01-11-01-19/urf-odat-va-an-analar
24. Https://cyberleninka.ru/article/n/o’-zbekistonda -milliy-kurashning-rivojlanishi-
istiqbollari.
25.Htpps://cyberleninka.ru/article/n/milliy-ot-sporti-uloq-ko’pkari-o’yining 
jamiyatda-tutgan o’rni va uning-ijimoiy-ahamiyati.
26. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uloq.
27. Htpps://cyberleninka.ru/article/n/milliy-ot-sporti-uloq-ko’pkari-o’yining 
jamiyatda-tutgan o’rni va uning-ijimoiy-ahamiyati
28. Мустақил Ўзбекистон тарихи.3-китоб. Т.: “Шарқ”,2000.406-б.
29. Мустақил Ўзбекистон тарихи.3-китоб. Т.: “Шарқ”,2000.407-б.
30. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Masjid
31. Htpps ://Uzbekistan.travel/uz/o/ozbekistonda-masjidlar-soni-2100-dan-oshdi.
32. Htpps ://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-abdu-darun-jome-masjidi.
33. Htpps:// Savad-ul-azaam.uz.Samarqand/shahar/”xo’ja abdu-darun”jome 
masjidi imom/xatibi:Z.Mahmudov.
112 34. O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Samarqand Shahar“Xo’ja Abdu Darun”jome 
masjidi.Samarqand-2015-yil.
35. Htpps://Uzbekistan.travel/uz/o/imom-al-buxoriy-maqbarasi.
36. https://www.trt.net.tr/uzbek/.madaniyat-va-san-at/2021/02/22/1234567890-
1588402.  
37. Htpps ://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-abdu-darun-jome-masjidi.
38. Htpps:// Savad-ul-azaam.uz.Samarqand/shahar/”xo’ja abdu-darun”jome 
masjidi imom/xatibi:Z.Mahmudov.
39. O’zbekiston Musulmonlari Idorasi Samarqand Shahar“Xo’ja Abdu Darun”jome 
masjidi.Samarqand-2015-yil.
40. Htpps ://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-abdu-darun-jome-masjidii.
Htpp://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-azam-jome-masjidi-qaytadan-
qad-rosladi.
41. Htpps://kun.uz/uz/57372011. 
42. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi
43. http://mustaqillik.uz/oz/pages/minor_masjidi
44. http://mustaqillik.uz/oz/pages/minor_masjidi
45. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Minor_masjidi.
46. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_majmuasi.
47.Saviya.uz.htpps://saviya.uz/hayot/nigoh/ilm-izlaganga-ilmdir-dunyo/
48. Htpps://xs.uz/uz/post/samarqanddagi-imom-bukhorij-mazhmuasi-butunlay-
yangi-qiyofaga-kiradi-fotojamlanma.
49. Vohid Axmedov“Imom Buxoriy majmuasi” Toshkent-2019.”G’ofur-G’ulom 
nomidagi nashiryot matbaa-uyi
50. Htpps://Uzbekistan.travel/uz/o/imom-al-buxoriy-maqbarasi.
113 51. https://www.trt.net.tr/uzbek/.madaniyat-va-san-at/2021/02/22/1234567890-
1588402 .
52. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_musulmonlari_idorasi
53. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrta_Osiyo_va Qozog%CA
%BBiston_musulmonlari_diniy-boshqarmasi.
54. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_musulmonlari_idorasi
55. Htpps ://Uzbekistan.travel/uz/o/ozbekistonda-masjidlar-soni-2100-dan-oshdi.
56. Htpps://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-masjidlar-soni-
bittaga-ko’paydi.
57. Htpps://sammuslim.uz/oz/about.
58. Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vakilining-huquqiy-maqomi
59. Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vaakilining-vazifalari
60. Htpps://sammuslim.uz/oz/about/viloyat-vakilligining-tarkibi.
61. https://old.muslim.uz/index.php/maqolalar/zhuma-mav-izalari/item/31996
62. Htpps://sammuslim.uz/oz/islam/juma/01112019-y-mavlidun-nabiy-muborak
63. Htpps://islom.ziyouz,com/maqola/qadr-kechasining-fazilatlari
64. Htpps://sammuslim.uz/oz/islam/juma/27082021-y-islomda-birodarlik-va-
ozaro-hamjihatlik.
65. Юксак маънавият ва қонун устуворлиги асосида яшаш, эл-юртга садоқат, 
адолат, ҳалоллик ва жасорат фазилатларини камол топтириш. Т.:  
“Ўзбекистон “НМИУ, 2013.364-б.
66. Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA
%BBzbekiston_Respublikasi_Din_ishlari_bo%CA%BByicha_qo%CA%BBmitasi 
67. Htpps://religions.uz/uz/pages/1
68. Юксак маънавият ва қонун устуворлиги асосида яшаш, эл-юртга садоқат, 
адолат, ҳалоллик ва жасорат фазилатларини камол топтириш. Т.:  
“Ўзбекистон “НМИУ, 2013.365-б.
114 69. Htpps://religions.uz/uz/pages/1
70. Htpps://vaqf.uz/oz
71. https://religions.uz/news/detail?id=442 . 2022 йил 4 май.
72.  “Htpps://googleweblight.com/sp?u=htpps%2F%2Flex.uz%2Facts%2F-
65108&geid=NSTNR”htpps://lex.uz/acts/-65108
Htpps://constitution.uz/oz/pages/humanrights
Htpps://kun.uz/uz/78436215
“Адолат” газетаси.2020 йил № 18 сон.
Htpps://mustaqillik.uz/events/view/177
  “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”.1995.
 “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi 
vazifalar: mavjud holat, muammolar va yechimlar” mavzusida onlayn 
konferentsiya ma’ruzalar to‘plami. T.: 2020.7-b.
Htpps://lex.uz/ru/docx/-4500897
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA
%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyasi
 Htpps://vaqf.uz/oz
 Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmiy-tadqiqot-markazi-
tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-otkazildi
 Htpps://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-abu-mansur-
moturidy-va-motrudiya-ta’limoti-otmish-va-bugun-mavzusidagi-xalqaro-
konferentsiya-bo’yicha-tavsiyalar-qabul-qilindi.
https://jizzax.uz/1335-zhizzah-viloyat-okimining-zhamoat-va-diniy-tashkilotlar-
bilan-aloalar-byicha-rinbosari-bilan-matbuot-anzhumani-tkazildi.html . 2022йил 4 
май
115 https://jizzax.uz/1335-zhizzah-viloyat-okimining-zhamoat-va-diniy-tashkilotlar-
bilan-aloalar-byicha-rinbosari-bilan-matbuot-anzhumani-tkazildi.html . 2022йил 4 
май.
 Htpps://yuz.uz/uz/news/ozbekistanda-nechta-diniy-yonalishdagi-ijtimoiy-
tarmoq-sahifalari-faoliyat-olib-boradi
 Htpps://www.qadriyat.uz/yangiliklar/837-ozbekiston-mussulmonlari-idorasi-sa-
ti-yangi-diza-nga-ega-boldi
 “Hidoyat’oylik diniy-ma’rifiy jurnalToshkent shahar Zarqaynar ko’chasi 47-A 
uy.”Shamsiddinxon Boboxonov”NMIU bosmoxonasida.
 Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmiy-tadqiqot-markazi-
tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-otkazildi
Htpps://xs.uz/uz/post/arab-nashri-ozbekistonning-diniy-sohadagi-islohotlari-
etirof-etdi
Htpps://qomus.info/oz/encyclopedia/i/imom-al-buxoriy-saboqlari/
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Hidoyat_(jurnal)
Htpps://xs.uz/uz/post/arab-nashri-ozbekistonning-diniy-sohadagi-islohotlari-
etirof-etdi
 Htpps://xs.uz/uz/post/imom-bukhorij-khalqaro-ilmij-tadqiqot-markazi-
tomonidan-yangi-kitoblar-taqdimoti-otkazildi
https://religions.uz/news/detail?id=812 Қадим Самарқандга бир келиб кетинг!
http://madaniyat.uz/post/view/9027 Бухородаги 829 та моддий маданий мерос
объектлари давлат муҳофазасига олинган
https://lex.uz/docs/3311817   Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори 
“ 2018-2019 йилларда туризм соҳасини ривожлантириш бўйича биринчи 
навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”
https://www.gazeta.uz/uz/2017/08/17/turizm/ Ўзбекистонда зиёрат туризми 
ривожлантирилади
http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/4159-zijorat-turizmi-
so-asida-musulmonlarga-yana-bir-ulajlik-yaratildi
116 https://lex.uz/docs/3548467 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 
Фармони “ Ўзбекистон Республикаси туризм салоҳиятини ривожлантириш 
учун қулай шароитлар яратиш бўйича қўшимча ташкилий чора - тадбирлар 
тўғрисида”
http://uza.uz/oz/tourism/zbekistonda-ziyerat-turizmi-2018-yilga-nazar-27-12-2018
https://religions.uz/pages/7
http://uza.uz/oz/tourism/zbekistonda-ziyerat-turizmi-2018-yilga-nazar-27-12-
2018
https://uzbektourism.uz/cyrl/research
http://xs.uz/uzkr/post/birinchi-khalqaro-ziyorat-turizmi-forumi-zhahon-
hamzhamiyatida-katta-qiziqishga-sabab-bolmoqda
https://islaminstitut.uz/?p=6867 Зиёрат туризми халқаро форуми якунлари
http://zarnews.uz/post/ozbekistonda-ziyorat-turizmi-uchun-katta-imkoniyat-
bor Ўзбекистонда зиёрат туризми учун катта имконият бор
https://uzbektourism.uz/cyrl/research  2019 йил ноябрь ва 2018 йил ноябрь 
ойларида Ўзбекистон Республикасига кириб келган ташриф буюрувчилар 
сонининг давлатлар кесимида тақсимланиши
 http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/25252
  http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/25252
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_madrasalari_ro%CA
%BByxati
  https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistan_xalqaro_islom_akademiyasi
 “Адолат” газетаси.2020 йил № 18 сон.
http://madrasa.uz/uzbda-ishlab-turgan-madrasalar.html
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ko%CA%BBkaldosh_madrasasi_(Toshkent)
KUKALDOSH.UZ.https://kukaldosh.uz/22/04/2019/3787
  https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xadichai_Kubro_madrasasi .
117  https://shosh.uz/uz/xadichai-kubro-madrasasi/
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xadichai_Kubro_madrasasi
https://www.mirarab.uz/madrasa/index
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mir_Arab_madrasasi
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jo%CA%BBybori_Kalon_madrasasi 
 Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Hidoya_madrasasi
 Htpps://kun.uz/uz/new/2016/01/28/namandagi-%E2%80%9Chidoya
%E2%80%9D-orta-maxsus-islom-bilim-yurti-yangi-binoga-kochib-otdi
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/ Muhammad_Beruniy _madrasasi
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Faxriddin_Roziy_madrasasi
Htpps://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sayyid_Muhyiddin_maxdum_madrasasi
https://xojabuxoriy.uz?page_id=183
 https://xs.uz/uz/post/samarqandda-hadis-ilmi-maktabi-tashkil-etildi.
 https://xs.uz/uz/post/dunyoda-okhshashi-joq-ilmij-markaz-va-hadis-maktabi
https://dunyo.info/uz/site/inner/
samarqanddagi_hadis_ilmi_maktabi_talabalari_bilimi_al-
azhar_tajribasi_asosida_baholanmoqda-1RR
  https://shosh.uz/uz/islom-instituti-2/
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Toshkent_islom_instituti
 https://shosh.uz/uz/islom-instituti-2/
 https://www.mirarab.uz/madrasa
 https://religions.uz/uz/news/detail?id=572
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Mir_Arab_oliy_madrasasi
https://www.mirarab.uz/madrasa/index
https://lex.uz/docs/-3263382
118  https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
 https://religions.uz/news/detail?id=650
 https://www.bukhari.uz/?page_id=20
https://www.bukhari.uz/?page_id=119
  https://Joriy/uz/arxiv/uz/Buhxari.uz .
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Buxoriy_xalqaro_ilmiy-tadqiqot_markazi
 https://dunyo.info/uz/site/inner/imom_buxoriy_xalqaro_ilmiy-
tadqiqot_markazi_anqara_universiteti_bilan_hamkorlik_qiladi-2NO
https://iiau.uz/oz
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_xalqaro_islom_akademiyai 
https://moturidiy.uz/oz/news/1037
 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-
tadqiqot_markazi
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Imom_Moturidiy_xalqaro_ilmiy-
tadqiqot_markazi
https://termiziy.uz/uz/news/33
https://www.gazeta.uz/oz/2017/02/15/termiziy/
119 120

“Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy siyosat : huquqiy asoslari,xususiyatlari va muammolari” MUNDARIJA KIRISH........................................................................................... ................7-14 .. I BOB. O‘ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, AN’ANALAR VA DINIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI YO ‘LIDAGI DASTLABKI QADAMLAR …15-40. 1.1. Milliy va diniy qadriyatlar, urf-odatlar, bayramlarning tiklanishi omillari .............. .....................................................................................15-22........... 1.2. Diniy - ma’rifiy soha rivoji huquqiy asoslarining yarati li shi ....... .....23-32.... 1.3. Milliy urf-odatlar,bayramlar va boshqa qadriyatlarining tiklana boshlashi……… 33-40 ….. II BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN TADBIRLARNING AMALGA OSHIRILISHI…41-77… 2.1.Mamlakatda masjidlar faoliyatining tiklanishi va bu sohada olib borilgan bunyodkorlik ishlari……………………………41-49…….. 2. 2. O‘zbekiston musulmonlar idorasi, viloyatlardagi diniy boshqarmalar, masjidlarning diniy ma’rifiy faoliyati.............................................. 50-58 .......... 2.3. O‘zbekistonda diniy matbuot, diniy-ma’rifiy asarlar nashr etilishi, anjumanlar o‘tkazilishining kengayib borishi va uning diniy targ‘ibotdagi o‘rni .......59-71....... 2. 4 . O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanishi .. ....................... 72-77 .......... III BOB. O‘ZBEKISTONDA DINIY IDORA, MASJIDLAR UCHUN ZAMONAVIY, YETUK KADRLAR TAYYORLASH JARAYONI… 78-113. 3.1. Madrasalar va diniy maktablarning ochilishi ............... 78-87 ...... 1

3.2. Diniy oliy ta’lim tizimining rivojlanishi .............. 88-94 ..... 3.3. Islomshunoslik diniy va dunyoviy tadqiqot markazlarining tashkil qilinishi va ularning diniy ma’rifiy faoliyati........................................................94- 113.................. XULOSA ......................................................................113-116......................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .............. 116-125 .................. 2

KIRISH Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi . Bugungi kunda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilish bilan birga necha asrlardan beri Islom diniga e’tiqod qilib kelayotgan xalqimizning diniy ma’rifatini yanada yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizasiyasi markazi, Xalqaro Islom akademiyasi, Buxoro Mir Arab oliy instituti, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2016 yildan e’tiboran diniy ta’limni rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi. Jumladan, diniy ta’limni rivojlantirish maqsadida 2018 yilning 16 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1 Farmoni e’lon qilindi. Mazkur hujjat asosida O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yil 16 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq 1 Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.04.2018 yildagi PF-5416-son 3

Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblangan Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta a’zoga – O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaytirildi. Mazkur davrda qorilar musobaqasi o‘tkazish ishlari ham yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur’oni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Shu bilan birga, mazkur davrda Islom sivilizasiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi, viloyatlarda esa kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi. Bu boradagi ishlarni xalqaro miqyosida hal etish bo‘yicha ham Hukumat tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2018 yilning 12 dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» 2 deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Bundan tashqari, mazkur sohaga mo‘ljallangan oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi. Bundan tashqari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab o‘z faoliyatini boshladi . 2 https://www.gazeta.uz/oz/2018/12/13/bmt-rezolyutsiya/ 4

Mazkur ta’lim muassasalarining tashkil etilishi diniy – ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, muqaddas Islom dini ta’limotini ilmiy tadqiq etish ishlarida katta rol o‘ynadi. Ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-ma’rifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida «Ziyo» media-markazi tashkil etildi. 3 Mazkur markazning tashkil etilishi bu boradagi yangiliklarning ommaga tez va xolis etkazilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Respublikada Qur’oni karim tilovatini o‘tkazish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qur’oni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etildi. Va unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekistonda 2016 yildan e’tiboran ekstremizmga qarshi kurashish chora- tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy e’tibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar «Jaholatga qarshi ma’rifat» degan ezgu g‘oyaga asoslandi. 2018 yilning sentyabr oyida esa terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib a’zo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi. Ajdodlarimizning merosini keng targ‘ib qilish bilan bir qatorda dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, insonparvarlik tamoyillari hamda diniy- ma’naviy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni ta’minlash yo‘lida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” 3 https://m.kun.uz/uz/news/2018/04/16/uzbekiston-halkaro-islom-akademiasi-taskil-etildi 5