logo

Mustaqillik yillarida Samarqandda amaliy san’at xususiyatlari va taraqqiyoti

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

626 KB
“Mustaqillik yillarida Samarqandda amaliy san’at: xususiyatlari va
taraqqiyoti” 
M U N D A R I J A:
KIRISh                                                                                                           3-9
I   BOB.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasida   amaliy   san’at
rivojlanishi va uning tarixiy taraqqiyoti                                                      10-36
1.1 Amaliy san’at va uning mustaqillik davri madaniyatida tutgan o‘rni       10-20
1.2.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasida   amaliy   san’at
rivojlanishi ning me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi                           20-30
1.3 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim jarayonida amaliy san’atining o‘qitilish   30-36
II   BOB .   O‘zbekiston   Respublikasi   amaliy   san’atida   taraqqiyotida
Samarqand naqqoshlik maktabining tutgan o‘rni                                        37-57
2.1.  Samarqand naqqoshlik maktabi taraqqiyoti                                          37-47
2.2   Samarqand   naqqoshlik   maktabining   tarixiy   ildizlari   va   uning   o‘ziga   xos
jihat lari                                                                                                                  47 -57
III BOB.   Mustaqillik   yillarida   Samarqand   amaliy   san’at   maktablari   va
namoyandalari faoliyati                                                                               58-76
3.1  Samarqand amaliy san’at turlari maktablari                                             58-64
3.2  Samarqand amaliy san’ati namoyandalari va “ustoz-shogird” an’ana         6 4-76
XULOSA .................................................................................................... 7 7-79
FOYDALANILGAN   MANBALAR   VA   ADABIYOTLAR
RO‘YXATI ...............................................................................................   .. 80-85
ILOVALAR .........................................................................................................
1 KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasining  asoslanishi   va uning   dolzarbligi.   Bugungi
kunda   dunyoda   integratsiyalashuv   va   iqtisodiyotning   globallashuvi   jarayonlari
jadal   kechayotgan   hozirgi   kunda   etnik-madaniy   o‘zlikni   anglash,   milliy
qadriyatlarni   saqlab   qolishning   ahamiyati   ortib   bormoqda.   Bunday   vaziyatda
mintaqalarning   turli   davrlardagi   rivojlanish   tendensiyalarini   siyosiy,   ijtimoiy-
iqtisodiy   va   madaniy   yangilanish   jarayonlari   kontekstida   tarixiy-etnografik
jihatdan   tadqiq   qilish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Hunarmandchilik   ishlab
chiqarishining rang-barang milliy va mintaqaviy xususiyatlarini saqlab qolishning
ishonchli   mexanizmini   yaratish,   an’ana   va   qadriyatlarni   tiklashdagi   innovatsion
yondashuvlarni   rivojlantirishda   YuNESKOning   «Hunarmandchilik   mahsulotlari
uchun   sifat   belgisi»   Dasturi   CACSA   –   Markaziy   Osiyoda   hunarmandchilikni
qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari assotsiatsiyasi amalga oshiradi.
Mustaqillik   yillarda   mamlakatimizda   qadimiy   va   boy   tariximiz,   milliy
o‘zligimiz, betakror qadriyat va an’analarimiz timsoli bo‘lgan xalq amaliy san’atini
rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda
xalqaro hamkorlikni kengaytirish va shu asosda O‘zbekistonning bu sohadagi ulkan
salohiyat va imkoniyatlarini dunyoga namoyon etish borasida tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda hunarmandchilik san’ati xalqimiz kundalik hayotidan
tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Mamlakatimizda har yili mazkur yo‘nalishda
yuzdan   ziyod   festival   va   yarmarkalar,   savdo   ko‘rgazmalari   va   boshqa   tadbirlar
o‘tkazilayotgani ham shundan dalolat beradi.
Bugun   o‘zbek   xalqining   ko‘hna   va   boy   tarixini   chuqur   o‘rganish   hamda
haqqoniy   ko‘rsatib   berish   maqsadida   ilmiy   izlanishlar   olib   borilmoqda.   Ijtimoiy
fanlar, jumladan, tarix va etnologiya fanlari oldiga ilgari to‘plangan ilmiy bilimlarni
tanqidiy   ravishda   qayta   tahlil   etish   uchun   yangi   uslubiy   va   konseptual   yon-
dashuvlarni   belgilash   vazifasi   ham   qo‘yildi 1
.   Bu   jihatdan   o‘ziga   xos   etnografik
mintaqalarning  turli   davrlaridagi  tarixi,  etnografiyasi,   siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy   va
madaniy hayotidagi yangilanish jarayonlarini ilmiy tadqiq etish muhim ahamiyatga
1
  Давлатова С. Ўзбек анъанавий ҳунармандчилиги тарихий жараёнлар контекстида Ўзбекистоннинг жанубий
ҳудудлари мисолида) тарихий-этнологик тадқиқот. – Тошкент: Yangi nashr, 2018. – Б. 3. 
2 ega.   Shuningdek,   zamonaviy   jamiyatda   milliy   meros   va   qadriyatlarga   munosabat,
aholi   turmush   tarzi   va   xo‘jalik   faoliyatida   yaratilgan   betakror   san’at   asarlarini
bugungi   kundagi   ahamiyatini   o‘rganish,   qayta   tiklash   va   tarixiy   madaniy   merosni
yosh avlodga yetkazish, hunarmandchilik markazlari tarixini yoritish va tahlil etish
mavzulariga alohida urg‘u berilmoqda.
2017-yildan   keyingi   davrda   butun   mamlakat   miqyosida   amalaga
oshirilayotgan   Yangi   O‘zbekiston   rivojlanishining   turli   sohalarda   taraqqiyoti
doirasida   xalq   amaliy   san’ati   va   uning   tarkibida   mavjud   bo‘lgan   boshqa   san’at
turlarini   yanada   rivojlantirish   borasida   hukumat   tomonidan   bir   qator   qaror   va
farmonlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
17-noyabrdagi   PF-5242-sonli   «Hunarmandchilikni   yanada   rivojlantirish   va
hunarmandlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»,
2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-sonli «Hunarmand» uyushmasi faoliyatini yanada
takomillashtirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida»,   2019-yil   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining   Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga
oid   chora-tadbirlar   to‘g‘risida,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil
28-noyabrda   “Hunarmandchilikni   yanada   rivojlantirish,   hunarmandlarni   har
tomonlama   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-4539-sonli
qarorlari shular jumlasidandir 1
. 
Tadqiqot   ob’ekti   va   predmeti.   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   amaliy
san’atining rivojida Samarqandning tutgan o‘rni va ahamiyati   ilmiy jihatdan tahlil
qilish tadqiqotning ob’ekti sifatida tanlab olingan.
Samarqand   xalq   amaliy   san’atining   rivoji,   uning   o‘ziga   xos   xususiyatlari
hamda   mustaqillik   yillaridagi   taraqqiyoti,   uning   transformatsiya   jarayonlari,
semantikasi, usta-shogird   an’analari  tadqiqotning predmetini tashkil etadi. 
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   17-noyabrdagi   PF-5242-sonli   «Hunarmandchilikni   yanada
rivojlantirish   va   hunarmandlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»,   2017-yil   17-
noyabrdagi   PQ-3393-sonli   «Hunarmand»   uyushmasi   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar
to‘g‘risida», 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga
oid chora-tadbirlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrda “Hunarmandchilikni
yanada   rivojlantirish,   hunarmandlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-4539-
sonli qarorlari.
3 Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.   Tadqiqotdan   asosiy   ko‘zlangan
maqsad   maxsus   adabiyotlar   va   ilmiy   dalillar   vositasida   mustaqillik   yillarida
Samarqand   amaliy   san’at   maktabining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   va   taraqqiyotini
o‘rganishdan iborat. 
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi:   Magistrlik   dissertatsiyasining   ilmiy   yangiligi
quyidagilarda aks etadi:
-   mustaqillik   yillarida   xalq   amaliy   san’atining   me’yoriy-huquqiy   asoslarining
yaratilganligi,   Prezident   qaror   va   farmonlari,   hukumat   darajasida   qabul   qilingan
huquqiy hujjatlar tahlillari asosida dalillangan:
- xalq amaliy san’atining turlar bo‘yicha rivojlanishi va uning Samarqand viloyati
misolida   taraqqiyoti   xalq   amaliy   san’ati   maktablari   faoliyati   misolida   ko‘rib
chiqilgan:
-   xalq   amaliy   san’atining   Samarqand   maktabiga   xos   namunalar   mustaqillik
yillarida yaratilgan milliy xalq amaliy san’ati namunalari vositasida asoslangan.
-  mustaqillik yillarida Samarqand viloyatida xalq amaliy san’atining turli yo‘nalish
va   maktablarida   faoliyat   olib   boruvchi   amaliy   san’at   namoyandalarining   faoliyati
ilmiy va amaliy jihatlar bilan o‘rganildi. 
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili):   Birinchi
navbatda   mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasida   xalq   amaliy   san’atini
rivojlantirish   va   sohani   qo‘llab-quvvatlashga   qaratilgan   davlat   siyosati   natijasida
sohani   rivojlantirishga   qaratilgan   qaror   va   farmonlar   tadqiqotning   metodologik
asosini tashkil etadi 1
. 
An’anaviy   xalq   amaliy   san’ati   tarixini   o‘rganish   doirasida   aholining
zamonaviy   turmush   tarzida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lgan   va   rivojlanayotgan   hunar
turlari,   ularni   ishlab   chiqarishga   bo‘lgan   munosabati   hamda   mamlakat   iqtisodiy
hayotidagi   o‘rni   ham   o‘rganildi.   Qolaversa,   hunarmandchilikda   ishlatiladigan
asbob-uskunalar,   bog‘liq   hunarmandchilik   bilan   bog‘liq   marosimlar,   urf-odatlar,
hunar   semantikasi   va   ularda   ramzlarning   aks   etishi   kabi   masalalarga   e’tibor
qaratildi.   Mustaqillik   yillarida   tarix   va   milliy   qadriyatlar   hamda   an’analarga
1
  Tadqiqotning   me’yoriy-huquqiy   asoslarini   tashkil   etgan   hukumat   darajasida   qabul   qilingan   normativ   hujjatlar
tahlili alohida bo‘limda tahlil qilingan.
4 bo‘lgan   qiziqishning   ortishi   bugungi   kunda   etnologiyada   har   tomonlama
tadqiqotlar   ko‘lamining   rivojlanishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Mustaqillik   yillarida
tanlangan   tadqiqot   mavzusining   ma’lum   bir   tomonlarini   o‘zida   mujassam   qilgan
bir   qator   ilmiy   adabiyotlar   yaratildi.   O‘zbek   xalq   amaliy   san’ati   va   an’anaviy
hunarmandchiligi   rivojlanishi   jarayonida   turli   ilmiy   asarlar   yaratildiki,   bu   xalq
amaliy   san’atining   alohida   turlarini   o‘rganish   imkoniyatini   yaratadi.   Xalq   amaliy
san’atining tarixi, turlarining  rivojlanishi  va  uning Samarqand  viloyati  misolidagi
ma’lumotlar   mualliflar   jamoasi   tomonidan   yaratilgan   umumiy   ko‘rinishdagi
ensiklopedik asarlarda keltirib o‘tilgan 1
. 
Mustaqillik   yillarida   olib   borilgan   tadqiqotlar   tahlili   shuni   ko‘rsatadiki,
zamonaviy   tarixchilar,   sharqshunoslar,   san’atshunoslar   tarixning   turli   masalalari
qatorida   hunarmandchilik   tarixini   o‘rganishda   umuminsoniy   va   milliy   qadriyatlar
nuqtai   nazaridan   yondashib,   yangi   yozma   va   hujjatli   manbalar   ma’lumotlarini
ilmiy muomilaga kiritdilar, xorij tadqiqotlaridan foydalanishga muvaffaq bo‘ldilar.
Bu   davrda   yaratilgan   tadqiqotlar   ilmiy-nazariy   jihatdan   manbalardagi
ma’lumotlardan   keng   foydalanganligi   hamda   bu   davrda   tadqiqotchilar   uchun
muammoni   o‘rganish   borasida   keng   imkoniyatlarning   yuzaga   kelganligi   bilan
sovet davridagi tadqiqotlardan ajralib turadi 2
.
Bundan   tashqari,   O‘zbekistonda   xalq   amaliy   san’atining   zargarlik,
zardo‘zlik,   gilamdo‘zlik,   kashtado‘zlik,   misgarlik,   yog‘och   o‘ymakorligi
sohalarining   rivojlanishi,   kasanachilik   asosida   milliy   hunarmandchilikni
rivojlantirish   imkoniyatlari,   mintaqalarda   hunarmandchilikning   o‘ziga   xos
xususiyatlari   va   taraqqiyoti,   hunarmand   ayollar   faoliyati,   hunarmand   ustalar
tomonidan   an’ana-viy   hunarmandchilikning   yangi   turlari   ayrim   adabiyotlarda
yangicha asoslarda yoritiladi 3
.
1
  Ўзбекистон ҳунармандчилиги ва амалий санъати. Энциклопедия. 1-2 жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси нашриёти. 2017.; Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун. 2019. 
2
  Шоёқубов   Ш.   Ҳунармандчилик   қанот   ёймоқда//   Гулистон.     1995.   –   №3.   –   Б.   24;   Алиева   С.   Риштоннинг
мовий   сополи   //   Санъат.   1998.   №1   –   3.     Б.   34   –   35;   Гюль   Э.   Уста   заргар   Фасиҳиддин   Дадамухамедов   //
Санъат. 1999. №1.  Б. 38;  Ҳакимов А.  Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари // Восток.  1999.  №1.
–   Б.   76   –   79;   Гюль   Э.   Ҳунармандчи-лик   анъаналарини   сақлаб   //   Санъат.     1999.   №2.     Б.   32;   Оқилова   К.
Марғилоннинг замонавий газламалари // Санъат. 1999. №2.  Б. 36.
3
  Ўзбекистонда заргарлик буюмлари. – Т.:  Халқ мероси,  1993,  Боймиров Қ.  Касб-ҳунар замини меҳнатдир.
–   Т.:   Ўқитувчи,   1998,   Б.   78;   Нозилов   Д.   А.   Ўрта   Осиё   дизайни   тарихидан,-Т.:     Ўзбекистон,   1998.   Б.   128;
Мухторов А.   Уста ва шогирд одоби. – Т.: Меҳнат, 1999. – Б. 78;   Усмон Х., Шодиев Н., Абдураҳмонова М.
5 Olimlaridan   S.Bulatov,   R.Xasanov,   R.Shobaratov,   Q.Qosimov,
A.Turdialiev, O.Xudayorova va boshqa amaliy san’at, kasb-hunarga aloqador xalq
hunarmandchiligini turli no‘qtasini tadqiq qilganlar. Jumladan, professor S.Bulatov
o‘zining   “O‘zbek   xalq   amaliy   bezak   san’ati”   metodik   qo‘llanmasida   xalq   amaliy
bezak   san’ati   turlari   bo‘yicha   mashg’ulotlarni   tashkil   etishga   hamda   o‘tkazishga
bo‘lgan   shart   sharoitlar,   o‘qitishning   nazariy-   metodik   asoslari   hamda   dasturlar
bayon   etilgan,   atamalarning   izohli   lug’ati   berilgan.   Shuningdek   “Ganchkorlik”
qo‘llanmasida   esa   o‘zbek   xalq   dekarativ   amaliy   san’atining   eng   qadimgi   guruh
bilan   ganch   o‘ymakorligiga   bag’ishlanadi.   Unda   ganchkorlik   san’ati   tarixi
rivojlanishi   va   o‘z   kasbini   yoshlarga   o‘rgatish   usullari   bayon  etilgan.   Q.Qosimov
“Naqqoshlik”   nomli   asarida   naqqoshlik   san’atining   taraqqiyot   yo‘li,   naqqoshlik
tugaragining mazmuni uchun o‘qtishning nazariy asoslari naqsh solishga o‘rgatish
metodikasi bayon etilgan 1
.  
Amaliy   san’atni   yoshlarga   o‘rgatish   masalasida   O‘zbekiston   mustaqillikka
erishgach,   mamlakatimizda   uzluksiz   ta’lim   tizimining   joriy   etilishi,   o‘rta   maxsus
kasb-hunar   ta’lim  tizimida  xalq  amaliy  san’atini  o‘qitish  bo‘yicha  bir   qator  ilmiy
tadqiqot   ishlari   olib   borildi.   O‘zbek   olimlaridan   A.Amanullaev,   S.Abdullaev,
X.Alyaminov,   B.Azimov,   B.Baymetov,   S.Bulatov,   J.Darmenov,   B.Oripov,
A.Sulaymonov,   N.Tolipov,   A.Turdaliev,   O.Xudoyorova,   Q.Qosimov,
B.Qo‘chqorov,   R.Hasanov   va   boshqalar   tomonidan   tasviriy   va   amaliy   san’atni
o‘qitish   metodikasiga   oid   ahamiyatga   molik   ilmiy   tadqiqot   ishlari   bajarilgan.
Mazkur tadqiqotlarda shaxsni tasviriy va amaliy san’at namunalari asosida badiiy-
estetik tarbiyalash, uning kasbiy mahoratini o‘stirishda shaxs rivojlanishining ichki
ehtiyojlari,   psixologik   xususiyatlarini   inobatga   olish,   zamon   talablari   asosida
ta’lim-tarbiya   berishda   yoshlarga   o‘tmish   madaniy   meros   namunalaridan
foydalanishning pedagogik asoslari e’tirof etiladi.  Mavzuning a yrim jihatlariga oid
Марғилон  ҳунармандлари. – Фарғона.:  Фарғона, 2000.   Б.  32;   Ғуломов С. С., Булатов  С. С.   Шарқона  уста-
шогирд одоби . – Т.: 2000.;  Акрамхўжаева М., Акрамхўжаева Р.  Зардўзлик. – Т., – 2002.
1
 Қосимов Қ.Қ. Наққошлик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990. – 160 b.
6 xorij tadqiqotlari, asosan, XX asrda paydo bo‘lgan. Bular jumlasiga G. Norman, B.
Jokelson, J. Kunits, S. Bekker, G. Viler va R. Pirslarni kiritish mumkin 1
.
Tadqiqot natijalaridan xalq amaliy san’atining naqqoshlik   san’ati masalalari
bilan   shug‘ullanuvchi   professor-o‘qituvchilar,   metodistlar,   tadqiqotchi-
izlanuvchilar   ilmiy-pedagogik   hamda   amaliy   faoliyatlarida   foydalanishlari
mumkin.   Tadqiqotning   ilmiy   xulosalari   sohaga   oid   o‘quv   dasturlarining
mazmunini   takomillashtirish,   o‘quv-metodik   adabiyotlar   yaratishda   metodologik
asos vazifasini o‘tashi   mumkin.
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi:   Tadqiqot   davomida
ijtimoiy   voqelikni   bilish   va   o‘rganishning   qiyosiy   tahlil,   uning   ilmiylik,   xolislik,
tarixiylik   rivojlanish   tamoyillariga   tayanildi.   Shu   bilan   birga   asosiy   e’tibor   yuz
bergan voqealarning o‘zaro dialektik aloqadorligiga qaratildi. Tadqiqot jarayonida
mavzuga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, davlatimizning ijtimoiy siyosatining
asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda yondashildi.
Tadqiqotning natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:  Uning nazariy
ahamiyati   shundaki,   mazkur   dissertatsiya   materiallari   O‘zbekiston   xalq   amaliy
san’ati tarixi va bu san’atning taraqqiyot yo‘llarini o‘rganishga   doir asarlar, o‘quv
qo‘llanmalari   va   darsliklarni   tayyorlashda   muhim   ilmiy–uslubiy   material   bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Uning amali y  ahamiyatini  Samarqand  xalq amaliy   san’atini
qo‘llashning   zamonaviy   ilg‘or   an’analarini   ishlab   chiqish   va   ulardan
me’morchilikda   samarali foydalanish asoslarining yaratilishi, istiqbolli dasturlarini
ishlab chiqishda nazariy va amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Magistrlik   dissertatsiyasining   tuzilishi:   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. 
1
  Centlivres-demont   M.   Un   corpus   de   risola   du   Turkestan   Afgan   //   Madrassa   la   transmission   du   savoir   dans   le
monde musulman. Sous la direction de Nicole grandin et Mart Caborieau. Paris, – 1997. 84 – 88.;   Fitz Gibbon K.,
Hale A.  uzbek embroidery in the nomadic tradition (The Jack A/ and Aviva Robinson collection at the Minneapolis
Institute of Arts)/ Singapore, – 2007. P. 118.
7 8 I   BOB.   O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASIDA   AMALIY   SAN’AT
RIVOJLANISHI VA UNING TARIXIY TARAQQIYOTI
1.1 . Amaliy san’at va uning mustaqillik davri madaniyatida tutgan o‘rni
Amaliy   san’atning   tarixiy   kelib   chiqishi   insoniyat   taraqqiyotining   ilk
davr lar iga   borib   taqaladi.   Bashariyat   ulg’ayib   borgan   sari   amaliy   san’at   ham
yuksala   bordi,   Yashash   uchun   kurash   mavjud   ekan,   yaxshi   yashash   uchun
ehtiyoj  kuchayib  borish  jarayonida  qo‘l  mehnatidan   aqliy   me h nat  ajralib   chiqa
boshladi.  Insoniyat sivilizatsiyasining ilk beshiklaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston
hududida  taarixiy   madaniy  tafakkurning  rivojlanishi  uchun  tarixiy   tabiiy  shart-
sharoit avvaldan mavjud bo‘lib kelgan.
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san’ati turlari boy
va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil
etadi.   O‘zbekiston   diyorida   vujudga   kelib   gullab   yashnagan   san’at   turlari
bemisil   va   betakrorligi   bilan   dunyoga   mashhur.   Bunday   taraqqiyot   bosqichlari
haqida   fikr   yuritadigan   bo‘lsak,   o‘zbek   amaliy   bezak   san’ati   turlarining   shox
ildizlari   insoniyatning   ibtidoiy   jamiyatga   borib   taqalishining   guvohi   bo‘lamiz.
O‘lkamiz zaminidagi qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning
guvohlik   berishicha,   insonning   jismga   badiiy   ishlov   berish   usulida   buyum
yaratish   faoliyati   qadimgi   davlarda   boshlangan   bo‘lib   hozirgacha   davom   etib
kelmoqda.   Amaliy   san’atga   bu   qadar   chuqur   falsafiy   yondoshish   natijasida
shartlilik,   silizatsiya   —   ramziylikka   asoslangan   badiiy   bezak   asarlari   yaratish
kuchaygan.   Ushbu   tarixiy   omil   o‘zbek   milliy   bezak   san’atining   gurkirab
rivojlanishiga   turtki   bo‘lganki,   hozirda   jahonga   mashhur   me’morchilik
yodgorliklarimiz   ulardagi   ganchkorlik,   koshinkorlik,   naqqoshlik,   hattotlik,
toshtaroshlik   va  boshka   turdagi   san’atlarning   ajoyib  darajada  uyg‘unligidan   va
mujassamligidan iboratdir 1
. 
Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy
didini   shakllantiradi,   ruxiyatini   tarbiyalaydi.   Shuning   uchun   ham   o‘zbek   xalq
1
 Қосимов Қ.Қ. Наққошлик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990. B. 7.
9 amaliy san’ati kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy
dunyoqarashlarini   shakllantirishda,   hamda   madaniy   darajasini   oshirishda   eng
zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Islom   talablariga   buysunish   oqibatida   jonivorlar,   parrandalar   va   odamlarni
tasvirlash yuqolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o‘zlashtirildi. Natijada
naqshlar   bilan   unvonli   yozuv   (epigrafika)   uslubi   paydo   bo‘ldi.   Arab   yozuvi
naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo afsunlar vazifasini
bajardi. Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning bir turi sifatida qadimdan o‘zbek
madaniyatining   muhim   bo‘lagi   hisoblanadi.   Ko‘p   asrlar   mobaynida   uning   badiiy
an’analari vujudga keldi 1
. 
Naqshlarda san’atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning
chambarchas   bog‘liqligini,   an’analarning   davomiyligini   ko‘rish   mumkin.
Naqqoshlik   an’analari   san’atning   ana   shu   turini   o‘rganish   metodlari   sifatida   ham
bobodan   otaga,   otadan   o‘g‘ilga   o‘tib   kelgan.   Ana   shu   davomiylik   tufayli   naqsh
san’ati   xozirgacha   saqlanib   kelmokda.   Naqshning   eng   yaxshi   namunalari   boy
ijodiy   fantaziya   orqali   birlashtirilgan   shakllarning   maqsadga   muvofiqligi   va
go‘zalligi   bilan   farqlanadi.   Bunda   xalq   ustalarining   atrof   muhitga   qarashlaridagi
tafovut  aks  etadi.  Naqshdagi  chizgilar   uyini   musiqadagi  ohang  singari,   qushiq  va
ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan” iborat bo‘ladi 2
.
Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg‘unligida va o‘ziga xos kompozitsiyalarda
go‘zallik   yaratish   san’atidir.   Naqqosh   usta   o‘z   ishida   rangning   tabiiy   jilosidan,
bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka
erishadi. O‘zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni,
saroy   ustunlarini,   masjidlar,   maktablar,   boylarning   uylari,   yog’ochdan   yasalgan
buyumlarni   bezashda   qo‘llangan.   Nozik   o‘simliksimon-geometrik   naqshdagi
o‘zaro singib ketgan novdalar, shohlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik
harakati,   o‘zbek   ustalarining   ishlaridagi   islomi   va   girix   naqshlarining   klassik
motivlari   shiftlarning   shakliga   moslangan.   Naqsh   ko‘proq   intererlarni   va   yopiq
1
  Ўзбекистон   санъати . –  Тошкент :  Шарқ , 2001.   2 3  б.
2
  Худайбердиева   Х.З.   Ўзбекистонда   наққошлик   санъати   ва   етакчи   наққошлар   тарихи   ва   ривожланиши   //
ares.uz. vol. 2. Issue. 7. 2021. B. 52.
10 ayvon,   peshayvonlarni   bezashga   xizmat   qiladi.   Hozirgi   paytda   naqshdan
me’morchilikda,   uy   jihozlari,   sovg‘alar,   mayda   yog‘och   o‘yinchoqlar,   musiqa
asboblari   va   turmushda   kerakli   buyumlarni   bezashda   foydalaniladi.   Badiiy
naqqoshlik san’ati hozirgi kunda keng tus olmoqda.
Hozirgi   vaqtda   maktablarda   va   maktabdan   tashqari   muassasalarda
to‘garaklar   tarmog‘ini   iloji   boricha   kengaytirish   vazifasi   qo‘yilmoqda.   Xalq
naqqoshlik   san’atini   o‘rganish   insonlarda   badiiy   didni,   mehnatsevarlikni
rivojlantirishga va qator foydali bilim hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat
qiladi. Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va o‘stirishga yordam  beradi. Xalq
amaliy   san’atining   qaysi   bir   turi   bo‘lmasin   uning   zaminida   naqsh   elementlaridan
tuzilgan   kompozitsiya   yotadi.   Naqsh   kompozitsiyasining   bezak   elementlari   esa
tabiatda uchrovchi gul, novda, barg, parranda va hayvonot dunyosini tasvirlashda
hosil   qilinadi.   Har   bir   voha   va   shaharlarning   naqsh   kompozitsiyalari   bir-biridan
o‘zaro   ajralib   turadi.   Xorazm,   Toshkent,   Farg‘ona   naqqoshlik   maktablarining   o‘z
ornament va rang kolloritlari mavjud 1
. 
Mustaqil   naqsh   tuzish   jarayonida   stilizatsiya   orqali   naqsh   elementlarini
o‘zaro   biriktiradilar.   Naqsh   bo‘laklarining   vazifalari   va   ravon   chizilishiga   e’tibor
beriladi.   Gul,   barg,   novda,   bo l ta   va   qo‘sh   bandlikdan   naqsh   elementlari   tuziladi.
Ustalarning   fantaziyalari,   mavjud   naqsh   elementlarini   ma’lum   qonun-qoidalarga
amal   qilgan   xolda   joylashtirishda   ular   ma’lum   bilim   va   malakaga   ega   bo‘lishlari
lozimligini   taqozo   etadi.   Birgina   “Bodom”,   “Qalampir”   nusxalari   shaklidan
naqqoshlik,   zargarlik,   kulolchilik,   kashtachilik,   zardo‘zik   kabi   xalq   amaliy
san’atida   turli-tuman   o‘ziga   xos   naqsh   namunalarini   yaratish   mumkin.
Kompozitsiya   tuzish   yo’llari   va   ularning   xomaki   namunalarini   tayyorlash
naqqoshlik,   ganchkorlik,   yogoch   o’ymakorlik   va   boshka   amaliy   san’at   turlari
uchun   umumiydek   ko’rinsada,   aslida   qo’llaniladigan   xom   ashyosi,   ijro   pardoz
turlari bilan farqlanadi. Kompozitsiya so‘zi  lotincha bo‘lib “joylashtirish, ko‘rish,
tuzish”   degan   ma’noni   anglatadi.   Bunda   tanlangan   naqsh   kompozitsiyasiga   ko’ra
1
 Қосимов Қ.Қ. Наққошлик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990.  B. 51.
11 uning   elementlari   qog’oz   yuzasida   bir-biriga   bog’liq   holda   joylashib,   yaxlit
kompozitsiyani hosil qiladi.
Naqshlar   mazmuniga   ko‘ra   o‘simliksimon,   geometrik   naqshlarga,   gulli   girix,
ramziy   va   boshqa   turlarga   bo‘linadi.   O‘simliksimon   naqsh   tabiatdagi   barg,   band,
daraxt,  buta  guncha  va  boshka   narsalarni   naqqosh   tomonidan  stillashtirib   olingan
shaklini   ma’lum   konuniyatlar   asosida   takrorlanishidan   hosil   qilingan.   Geometrik
naqsh   turlaridan   biri   girix   bo‘lib,   chigal,   tugun   ma’nosini   anglatadi.   Xandasiy
naqsh - murakkab naqsh turi. U geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, turtburchak,
uchburchak,   aylana   va   yoylardan   hamda   ko’pburchaklardan   iborat   bo‘ladi.
Geometrik naqsh uzluksiz  rapportlardan tashqil  topgan bo‘lib, xar  bir  rapport  o’z
tuzilishiga ega bo‘ladi. Naqqoshlik atamalari Ruta - ikki tomonga ulanuvchi naqsh
taqsimi, ya’ni xoshiya naqsh. Uning o‘lchami ko‘pincha 14-20 sm atrofida bo‘ladi.
Xoshiya   naqsh   turli   xil   bo‘lib,   uning   mehrobga,   xonaga   ishlanishiga   qarab   to’la
xoshiya, ishkom va boshqa turlari bo‘ladi 1
.
Amaliy   san’at   xalq   hunarmandchiligining   asosini   tashkil   etib   kelgan.   Zero,
o‘zbek   xalq   hunarmandchiligining   tarixiy   ildizlari   amaliy   san'at   asosida   taraqqiy
etib   juda   qadimiy,   mumtoz   hamda   ota–bobolarimizning   asriy   tajribalarga   tayanib
o‘zining serunum, serjilo, shu bilan bir vaqtda har bir insonni hayratga solib kelgan
madaniy   merosimizni   o‘z   ichiga   oladi.   Odamzotning   yaxshi   yashashga,
madaniyatga   bo‘lgan   ilk   qadami   ibtidoiy   davrdan   boshlanganligini   tarixiy
manbaalardan bizgacha yetib kelgan ma'lumotlardan bilib olishimiz mumkin.
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy va rang-
barang   madaniy   merosimizning   eng   ajoyib   va   ommaviy   qismini   tashil   etadi.
O‘zbek   diyorida   vujudga   kelib   gullab   yashnagan   san’at   turlari   bemisil   va
betakrorligi bilan dunyoga mashhurdir. Bunday taraqqiyot bosqichlari  haqida fikr
yuritadigan   bo‘lsak,   o‘zbek   amaliy   san’ati   turlarining   shox   ildizlari   insoniyatning
ibtidoiy   jamiyatga   borib   taqalishining   guvohi   bo‘lamiz.   O‘lkamiz   zaminidagi
qatlamlarini   qazishlar   natijasida   topilgan   yodgorliklarning   guvohlik   berishicha,
insonning   jismga   badiiy   ishlov   berish   usulida   buyum   yaratish   faoliyati   tosh
1
 Имомназаров М. Маънавиятимизнинг такомил босқичлари. – Тошкент: Шарқ, 1996.  В. 17.
12 asridayoq   boshlangan   va   asrlar   osha   hozirgacha   davom   etib   kelmoqda.   Amaliy
san’atga   bu   qadar   chuqur   falsafiy   yondashish   natijasida   shartlilik,   sivilizatsiya   –
ramziylikka   asoslangan   badiiy   bezak   asarlari   yaratish   kuchaygan.   Ushbu   tarixiy
omil   o‘zbek   milliy   amaliy   san’atining   gurkirab   rivojlanishiga   turtki   bo‘lganki,
hozirda   jahonga   mashhur   me’morchilik   yodgorliklari   ulardagi   ganchkorlik,
koshinkorlik,   naqqoshlik,   hattotlik,   toshtaroshlik   va   boshqa   turdagi   san’atlarning
ajoyib   darajada   uyg‘unligidan   va   mujassamligidan   iboratdir.   Xalq   amaliy   san’ati
kishilarning   ma’naviy   olamini   boyitadi,   badiiy   didini   shakllantiradi,   ruhiyatini
tarbiyalaydi.   Shuning   uchun   ham   o‘zbek   xalq   amaliy   san’ati   kishilardagi   badiiy
axloqiy,   umuminsoniy   qadriyatlarni   tarbiyalab,   ularning   ilmiy   dunyoqarashlarini
shakllantirishda,   hamda   madaniy   darajasini   oshirishda   eng   zarur   jihatlardan   biri
hisoblanadi 1
.
Yaqin   o‘tmishda   o‘zbek   amaliy   san’atining   eng   rivojlangan   naqqoshlik,
ganchkorlik, tosh va suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, bo‘yoqchilik,
zargarlik,   kashtachilik,   zardo‘zik,   gilamdo‘zlik,   kigizchilik,   savatchilik   kabi
turlarining o‘ziga  xos  bajarish  texnologiyalari,  haqiqiy milliy nomlari, ularga xos
atamalar,   bu   san’atlarga   xos   maktablar,   uslublar   hamda   shu   sohalarda   nom
qozongan ustalarning xizmatlari butun jahonga dong‘i ketgan 2
.
Asrlar   davomida   orttirilgan   madaniy   va   ma’naviy   boyligimiz,   xususan,
o’zbek   xalk   amaliy   bezak   san’atining   eng   ko’p   rivojlangan   turlari:   nakkoshlik,
ganchkorlik, yogoch o‘ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o‘ymakorligi, kandakorlik,
pichokchilik,   zargarlik,   kashtachilik,   ustalarning   haqiqiy   asl   nomlari,   o‘ziga   xos
maktablari,   yaratgan   uslublari   sobik   sho‘ro   tuzumi   davrida   asta-sekin   yo‘qolib
ketish xavfi ostida kolgan edi 3
.
Xalq   amaliy   san’ati   -   san’atning   teatr,   kino,   musiqa,   tasviriy   san’at   turlari
qatori   mustaqil   ahamiyat   kasb   etadi.   U   o‘z   nomiga   ko‘ra   amaliyotda,   ya’ni
turmushda qo‘llaniladigan bezak san’ati ma’nosini anglatadi. Amaliy- badiiy bezak
san’ati turli xil buyumlar, ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog’lari, ishlab chiqarish
1
 Ғуломов К. Амалий санъат. – Тошкент: Iqtisod-moliya. 2007.  B. 9.
2
  Jabborov Q.L. Naqsh elementlarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirish. – T.: 2012. B. 83
3
 Ғуломов К. Амалий санъат. – Тошкент: Iqtisod-moliya. 2007.  B. 18.
13 korxonalari, o‘quv-tarbiyaviy muassasalar,  sport va madaniy inshoatlarni bezatish
bilan bog’liqdir. Shuningdek, u kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari bezagini ham
o‘z   ichiga   oladi.   Amaliy-bezak   san’ati   kishilar   turmushida   shunchalik   keng
qo‘llaniladiki, usiz turmushni tasavvur etish qiyin.
Xalq   amaliy   san’ati   idish-tovoqlar,   kiyim-kechaklar,   mebel,   interyer,
eksteryer bezagi, gazmollar bezagi va boshqa turli bezaklarda qo‘llanadi. Amaliy-
bezak   san’ati   nihoyatda   qadimiy   bo‘lib,   u   ishilarning   mexnat   faoliyatlari   va
extiyojlari   bilan   bog’liq   holda   paydo   bo‘lgan,   san’atning   bu   turining   dastlabki
namunalari tosh asrida paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Uyg’onish davrigacha u
uy hunari shaklida, keyin xalq hunarmandchiligi tariqasida shakllandi. Shaharlarda
amaliy-bezak   buyumlari   maxsus   korxonalarda   ishlab   chiqiladigan   bo‘ldi.   Asta-
sekin   xalq   hunarmandchiligi   buyumlari   orasida   yuksak   badiiy   saviyada
ishlanganlari   ham   paydo   bo‘ldi.   Natijada,   ular   amaliy   san’at   namunalariga
aylandilar. Turmushda foydalanish  uchun tayyorlanadigan  buyumlarning barchasi
amaliy   san’atga   kiradi   deb   bo‘lmaydi.   Turmush   uchun   mo‘ljallangan   kiyim-
kechak,   idish-tovoq,   amaliy   san’at   buyumiga   aylanishi   uchun   ularga   ma’lum
talablar   qo‘yildi.   Ya’ni,   ular   yuksak   badiiy   saviyada   bajarilishi   lozim.   Bunda
ularning tuzilishi, shakli, bezak kompozisiyasi  ranglari, materiali nazarda tutiladi.
Bu   talablarga   javob   bermagan   taqdirda,   ular   hunarmandchilik   buyumi   qatoridan
o‘rin   oladi.   Shuningdek,   o‘quv   mashinalari   yordamida   tayyorlanadigan   buyumlar
ham   amaliy   san’at   namunalari   bo‘la   olmaydi.   Chunki,   ular   yuqoridagi   talablarga
to‘la javob berolmaydi 1
.
Xalq   amaliy   san’atining   naqqoshlik,   yog‘och   o‘ymakorligi,   ganch
o‘ymakorligi,   tosh   o‘ymakorligi,   suyak   o‘ymakorligi,   kashtachilik,   zardo‘zlik,
zargarlik, misgarlik, do‘ppichilik, xattotlik, bo‘yrachilik, pichoqchilik, gilamchilik,
matoga   gul   bosish,   chitgarlik,   ko‘nchilik,   kulolchilik,   kandakorlik,   savatchilik,
taqachilik,   beshikchilik,   shishasozlik,   kigizchilik,   jiyakchilik,   koshinkorlik,
to‘qimachilik kabi 150 dan ortiq turi mavjud 2
.
1
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012.  B. 14.
2
 Muratov X.X., Jabbarov R.R. Amaliy va badiiy bezak san’ati. – Chirchiq. 2020.  B. 24. 
14 Jahondagi   har   bir   xalqning   o‘ziga   xos   amaliy-bezak   san’ati   bor.   Masalan,
Xitoyda   chinnisozlik,   Rossiyada   matreshka   o‘yinchoqlar   yasash.   Turkmanistonda
gilamchilik,   Boltiq   bo‘yi   mamlakatlarida   dasturxon   va   sochiqlar   tikish,
O‘zbekistonda   esa   kulolchilik,   misgarlik,   chinnisozlik,   kashtachilik   taraqqiy   etdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, amaliy-bezak san’atida har  bir  buyumni tayyorlashda
har   bir   xalq   o‘z   materiali,   o‘z   texnologiyasi,   ish   uslublari,   bezak   gullari   va
ranglarini qo‘llaydi.
Xalq   amaliy   san’atining   asosiy   maqsadi   kishilar   yashaydigan   muhitni   va
o‘zini   o‘rab   olgan   buyumlarni   chiroyli   qilishdan   iborat.   San’atning   bu   turida
go‘zallik   va   qo‘llanish   (foydalilik)   birligi   degan   ibora   bor.   U   buyumlarni   faqat
turmushda qo‘llanilgandagina go‘zal bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Hatto, ayrim
buyumlar   bezaksiz   bo‘lganda   ham   go‘zal   va   badiiy   bo‘lishi   mumkin.   Bunda   bu
buyumning   shakli   va   materiali   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   O‘zingiz   tasavvur   etib
ko‘ring,   biron   bir   usta   nihoyatda   ajoyib   bir   shakldagi,   tuzilishdagi,   rangdagi,
bezakdagi buyumni yaratgan. U har jihatdan kishilar e’tiborini o‘ziga tortdi. Lekin,
undan   amaliyotda   foydalanib   bo‘lmasa,   u   narsani   go‘zalliga   ham   bo‘lmaydi,
Masalan,   piyolani   chelakdek   kattalikda   nihoyatda   bezakdor   qilib   ishlansa   undan
xech   kim   foydalana   olmaydi.   Ya’ni,   u   chiroyli   bo‘lishi   mumkin   emas.   Amaliy-
bezak san’atida shakl muhim ahamiyat kasb etadi 1
.
Agarda   buyum   hajm   jihatdan   maqsadga   muvofiq   ishlansa-yu,   uni   shakli
topilmasa   u   ham   chiroyli   yoki   badiiy   hisoblanmaydi.   Masalan,   palov   uchun
mo‘ljallangan   sopol   laganni   tog’ora   yoki   chelak   shaklida   ishlash   mumkin   emas.
Chunki,   u   laganni   vazifasiga   mos   tushmaydi.   Palovni   tog’oradan   qo‘l   bilan   olib
yeyish   ma’lum   qiyinchiliklarni   keltirib   chiqaradi.   Shuning   uchun   ham   amaliy-
bezak san’ati buyumini yaratishda buyum shaklini, uning vazifasidan kelib chiqqan
holda tayyorlanishi lozim 2
.
Xalq amaliy san’ati buyumlarini tayyorlashda uni materialini to‘g’ri tanlash
katta ahamiyatga kasb  etadi. Masalan,  lagan va piyolani yog’ochdan, xontaxta va
1
  Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент:  Ўзбекистон  миллий  энциклопедияси нашриёти. 1-жилд.
2000.  Б. 255.
2
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012.  B. 17.
15 kursilarni   toshdan,   kiyim-kechaklarni   loy   yoki   ganchda   tayyorlash   maqsadga
muvofiq emas. Chunki, bu materiallar shu buyumlarning vazifasiga mos kelmaydi.
Aytaylik,   idish-tovoqlar   tayyorlashda   usta,   unga   oziq-ovqat   yoki   ichimlik
solinishini   hisobga   olishi   lozim.   Usta   lagan   tayyorlaydigan   bo‘lsa,   uni   metaldan
yoki toshdan tayyorlamaydi. Chunki, lagan metaldan tayyorlansa birinchidan og’ir
bo‘ladi, ikkinchidan unga suzilgan ovqat tez sovub qoladi. Uni yuvish va tozalash
ham ma’lum qiyinchiliklarga ega. Amaliy san’atda ustalar yasaladigan buyumning
vazifasiga   qarab   mavjud   barcha   materiallardan   foydalanadilar.   Ular   tuproq,   tosh,
suyak,   yog’och,   gazmol,   ganch,   metal   va   boshqalar.   Pushti   vaqtlarda   sintetik
materiallar ham keng qo‘llanilmoqda 1
.
Xalq   amaliy   san’ati   tarixdan   juda   ko‘p   rivojlanish   davrlarini   boshidan
kechirgan.   Lekin   mazmun   va   mohiyat   faqat   yangi   ijodiy   ko‘rinishlar   bilan
boyitilgan. Jumladan istiqlol yillarida ham o‘ziga xos rivojlanish davri bo‘ldi. Xalq
ustalari   o‘z   asarlari   bilan   jahon   sahnasiga   chiqdilar.   Masalan   Rishton   kulolchilik
maktabida   1000   dan   ortiq   kulollar   ijod   qilmoqdalar.   Toshkent,   Moskva,   Sankt-
Peterburg   shahrida   qator   ko‘rgazmalarda   qatnashdilar.   Shulardan   130   tasi
«Hunarmand» xalq ustalari birlashmasining a’zolaridir.
1990-yillar O‘zbekiston yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik san'ati tarixida
yangi bosqich bo‘ldi. Ushbu maktablarni asosan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Xiva
maktablari  tashkil  etmoqda. Toshkent  xotira maydoni, Samarqand  Imom  Buxoriy
majmuasi,   Oliy   majlis   binosi,   Amir   Temur   muzeyi   binosi,   yog‘och   o‘ymakorligi
va   naqqoshlik   san'atining   yorqin   namunasidir.   Umuman   olganda   xalq   amaliy
san'atining  barcha  turlari  mustaqillik  yillarida  yangidan  chiroy  ochdi   va jilolandi.
O‘zbek   xalqining   ko‘p   asrlik   tarixida   xalq   amaliy   bezak   san’ati   madaniy
merosimizning asosiy qismini tashkil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib, gullab
yashnagan amaliy san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Bu
taraqqiyot  bosqichi  haqida fikr  yuritar  ekanmiz, O‘zbek amaliy bezak san’atining
kelib   chiqishi   insoniyatning   ilk   davri,   ya’ni   ibtidoiy   jamoa   davriga   borib
taqalishining   guvohi   bo‘lamiz.   O‘lkamiz   zaminidagi   arxeologik   qazishlar
1
  Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент:  Ўзбекистон  миллий  энциклопедияси нашриёти. 1-жилд.
2000. Б. 256.
16 natijasida   topilgan   yodgorliklarning   guvoxlik   berishicha,   insonning   jismga   badiiy
ishlov   berish   usulida   buyum   yaratish   faoliyati   tosh   asridayoq   boshlanib,   asrlar
o‘sha   hozirgacha   davom   etib   kelmoqda.   Bizgacha   ibtidoiy   jamoa   tuzumida
ashyoviy dalillar –mehnat va ov qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar
yashagan manzil qoldiqlari yetib kelgan 1
. 
Tuproq   ostida   qolib   ketgan   tarixiy   yodgorliklar   odam   va   xayvonlar
jasadining   qoldiqlari,   qor   va   yerto‘la   devorlariga   chizilgan   surat   va   bo‘rtma
tasvirlar   ibtidoiy   jamoa   davri   tarixini   o‘rganishning   muhim   manbai   hisoblanadi.
Paleolit   davrida   amaliy-dekorativ   san’at   namunalari   ham   keng   tarqala   boshladi.
Buyumlarni   naqsh   bilan   bezashga,   turli   taqinchoqlarga,   tumorlarga   extiyoj   paydo
bo‘lganligi   arxeologlar   tomonidan   topilgan   ashyoviy   buyumlarda   namoyon
bo‘lmoqda. Odamlarning o‘troq holga o‘tishlari, tabiat qonun-qoidalarini kuzatish
simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini o‘sishiga sabab bo‘ldi 2
. 
Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi  yoki oralab kelishi  asosida vujudga
keladigan   o‘ziga   xos   naqqoshlik   san’atini   maydonga   keltirdi.   Naqqoshlik   yangi
tosh   (neolit)   asrida   keng   yoyildi,   dekorativ-amaliy   san’atning   taraqqiy   etishga
ta’sir   ko‘rsatdi   va   yordam   berdi.   Kulolchilik   va   boshqa   buyumlarni   naqsh   bilan
bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to‘lqinsimon chiziqlar, aylanalar shu
davrdagi   ko‘pgina   naqshlarning   asosini   tashkil   etadi.   Geometrik   naqshlar   asta-
sekin sxematik odam, hayvonlar va o‘simliklar  dunyosidan  olingan shakllar  bilan
boyitilib, mazmunan kengayib bordi.
O‘zbekiston   Respublikasi   ijtimoiy   iqtisodiy   taraqqiyotining   barcha
s oha larida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar  manaviy, marifiy,   mafkuraviy, kasbiy
ji h atdan mutlo q o yangi zamon kishisini shakllantirishni  talab etadi. Hozirgi zamon
yoshlarini   milliy,   sharqona,   tarixiy   qadriyatlarni   hisobga   olgan   holda,   zamonaviy
ruhda   tarbiyalash   hamda   ijobiy   insoniy   fazilatlarga   ega   bo‘lgan   kasb   sohiblarni
tayorlash   muommasi   davlat   miqiyosidagi   dolzarb   masalalardan   hisoblanadi.
Bugungi   kunda   respublika   hukumatining   qator   hujjatlari   Vatanimizning   har
tomonlama   andozalari   talablari   asosida   rivojlanishiga   qaratilmoqda.   Jumladan,
1
 Мирзаахмедов М.Х. Ёғоч ўймакорлиги. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. В. 37. 
2
 Мирзаахмедов М.Х. Ёғоч ўймакорлиги. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. В. 39.
17 yoshlarga talim-tarbiya berishda madaniyat, qadryat, milliy san’at namunalaridan,
ota - bobolar tomonidan yaratgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at
namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmogda. Ta’lim va tarbiyani
maqsadga   muvofiq   amalga   oshirishning   eng   samarali   yo‘l   va   uslublar   yig’indisi
o‘qitish metodikasi deyiladi. Darslarni to‘g’ri tashkil etish o‘gituvchini o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadiga ham bog’liq. 
Shu   bilan   birga   darslarni   nazariy   ham   amaliy   qoidalariga   asosan   o‘tilsa,
o‘quvchilarni  o‘zlashtirish darajasi  yuqori  bo‘ladi. Amaliy san’at  fani  naqqoshlik	
asosida   xalq
imizning   milliy   ma’naviyati   sifatida   bunyodkorlik   ayniqsa,   milliy
me’morchilikning ajralmas qismidir 1
. Qadimiy va boy an’analarga suyangan holda
xalq   san’atini   rivojlantirish   va   yangi   zamonaviy   binolarni   milliy   ruhda   bunyod
etishda   san’at   maktablarini   o‘rganish,   mashhur   xalq   ustalari   ijodlarini   davom
ettirish   va   hayotga   tadbiq   etish   bilan   badiiy   asarlarni   ishlab   chiqarishni   tashkil
etadi. 
Xulosa   qilib   aytganda,   amaliy   san’at   turi   mustaqillik   yillarida   milliy
madaniyat   tarixining   bir   bo‘lagi   sifatida   o‘hamiyatini   ko‘rsata   oldi.   Bu   sohaning
taraqqiy etishi uchun ko‘plab hukumat doirasida qaror va farmonlar e’lon qilindi.
1.2   Mustaqillik   yillarida   O‘zbekiston   Respublikasida   amaliy   san’at
rivojlanishining me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi
Ma’lumki,   tarixiy   taraqqiyot   bosqichida   O‘zbekiston   hududlarida   yashagan
aholining   katta   qismi   amaliy   san’atning   barcha   turlari   bilan   shug‘ullanib   kelgan.
Ammo   sovet   hokimiyati   yakka   tartibdagi   mehnat   kapitalistik   munosabatlarni
shakllantiradi,   deb   hunarmandlarning   haq-huquqlari   va   erkin   faoliyatini   cheklab
qo‘ydi.   Hunarmandchilik  xususiy   mulk   chilikdan  kooperativ   mulkiga   aylantirilib,
artellarga   bir-lashtirildi.   Yakka   tartibda   hunarmandchilik   bilan   shug‘ullanish   man
etilib, hunarmandchilik ustidan qattiq nazorat o‘rnatildi 2
. 
1
  Ўзбекистон санъати. – Тошкент: Шарқ, 2001. B. 26 
2
  Қиличев Р. Тоталитар бошқарув даврида халқ ҳунармандчилиги // Жамият ва бошқарув. – Тошкент, 2005.
№2. B. 76.
18 Bu   holat   xalq   amaliy   san’atining   faoliyati   va   rivojlanishiga   o‘z   salbiy
ta’sirini   ko‘rsatib,  bu esa   bir   qancha  o‘zgarishlarga  olib keldi.  Hunarmandlarning
ish   sharoiti   va   turmushi   og‘ir   kechib,   urushdan   keyingi   yillarda   yana
hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga majbur qildi. Ular asosan, aholining hayoti
va   turmushi   ehtiyoji   uchun   zarur   mahsulot-larni   ishlab   chiqarganlar.   O‘zbekiston
mustaqilligi   tufayli   o‘zbek   xalqining   milliy   qadriyatiga   aylangan,   inson
tafakkurining   buyuk   yutug‘i   hisoblangan,   asrlar   davomida   sayqal   topib,   bebaho
san’at   asari   darajasida   taraqqiy   etib   kelgan   an’anaviy   hunarmandchilikni   qayta
tiklash, hunarmandlarga g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu
borada tub islohotlar amalga oshirildi.
Mustaqillik   davriga   kelib   hunarmandlarga,   ularning   mehnat   faoliyati   va
taqsimot   munosabatlariga   berilgan   asosiy   e’tibor   tufayli   kasanachilik,   omilkorlik,
ishbilarmonlik, kichik biznes, tadbirkorlik, moddiy manfaatdorlik kabi xususiyatlar
ijtimoiy-iqtisodiy   stimullarga   aylandi.   Chunki,   muayyan   geografik   chegara,
umumiy   qonunchilik   tizimi   va   muayyan   milliy   (ijtimoiy-madaniy)   tenglikka   ega
bo‘lgan   kishilar   birlashmasi   jamiyatning   ijtimoiy   tuzilishidagi   o‘zgarishlar
tendensiyasi,   mehnatga   munosabat,   aholi   turli   qatlamlarining   ehtiyoj   dinamikasi,
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy aktivlik darajasi, ularning turmush tarzi istalgan paytda
o‘zgarishga   moyilligi,   ijtimoiy   o‘zgarishlarning   davomiyligi   bilan   xarakterlanadi.
Bu   esa   o‘zbek   xalq   amaliy   san’atiniing   turli   tarixiy   davrlar   kesimidagi
transformatsiya jarayonlarini aniqlashga yordam beradi 1
.
O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   bozor   munosabatlarining
muvaffaqiyati,   eng   avvalo   mulkiy   munosabatlarning   o‘zgarishi,   turli   xo‘jalik
yuritish  shakllarining  rivojlanishi  va  buning uchun  davlat  bosh  islohotchi  sifatida
iqtisodiy   imkoniyatlar   yaratib   berilayotganligi   bilan   xarakterlanadi.   Mamlakat
iqtisodiyotini   rivojlantirishda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   faoliyatiga
islohatning   dastlabki   kunlaridan   zarurat   tug‘ilgan   bo‘lsa,   uning   negizida   o‘zbek
milliy hunarmandchiligi asrlar davomida milliy urf-odatlar va qadimiy an’analarga
tayangan   holda   rivojlanib   kelayotganligini   nazarda   tutmoq   lozim.   Shu   bois,
1
  Давлатова   С.   Ўзбек   анъанавий   ҳунармандчилиги   тарихий   жараёнлар   контекстида   ( Ўзбекистоннинг
жанубий ҳудудлари мисолида) тарихий-этнологик тадқиқот. – Тошкент: Yangi nashr, 2018.  Б.  5 .
19 Respublikada   xalq   amaliy   san’atining   hunarmandchilik   kichik   biznes   va   xususiy
tadbirkorlik,   kasanachilik,   bozor   turizmi   ko‘rinishlarida   yildan-yilga   rivojlanib
bormoqda.
Mazkur   sohanni   tizimli   asosda   rivojlantirishsh   xalqimiz   qaddriyatlarinig
ajralmas   qismi   hisoblangan   xalq   ammaliy   san’atini   saqlab   qolishsh   va   uni
yayanada   rivojlantirish   orqali   kelajak   avlodga   yetkazish   maqsadida   mustaqillik
yillarida  O‘zbekiston davlat rahbarlari va hukumati tomonidan bir qancha qaror va
farmonlar   qabul   qilinndi.   Bu   esa   sohaning   asosiy   me’yoriy-huquqiy   asosi   bo‘lib
xizmat qilmoqda. 
Xalq   amaliy   san’ati   taraqqiyotida   shubhasiz   hunarmandchilik   sohasi
yetakchi   o‘rinni   egallaydi.   O‘zbekiston   mustaqillikni   qo‘lga   kiritgandan   so‘ng
hunarmandchilik   rivojida   yangi   davr   boshlandi,   xalq   hunarmandchiligi   bozor
qoidalari   zamirida   qaytadan   tiklandi.   O‘zbekistonda   mahalliy   sanoat
korxonalarining   birinchilar   qatori   xususiylashtirilishi   natijasida   mayda   davlat
korxonalari   hunarmandlarning   xususiy   korxonalariga   aylantirildi,   yangi
hunarmandchilik  korxonalari   ochildi. Hunarmandchilik  faqat   ichki  bozorga  emas,
balki   eksportga   ham   ishlay   boshladi.   Hunarmandchilikning   tashkiliy   shakli   ham
o‘zgardi:   kichik   oilaviy   korxona,   yakka   tartibdagi   mehnat   faoliyati   shaklida
rivojlana   bordi.   1995-yil   24-25-oktyabrda   Toshkentda   BMTning   O‘zbekistondagi
doimiy   vakolatxonasi   bilan   amaliy   hamkorlikda   O‘zbekiston   xalq   ustalari   va
hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o‘tkazildi 1
.
Mustaqillik   yillarida   xalq   amaliy   san’atiga   alohida   e’tibor   berildi.   Xalq
ustalarining  mehnatlari   qadr   topdi.  Sanoatlashuv   sabab   yo‘qolib   ketish   darajasiga
kelgan   hunarmandchilik   turlari   qayta   tiklandi,   bir   necha   yuz   yillik   sulolalar
davomchilariga   alohida   e’tibor   ko‘rsatildi,   hunarmandchilik   markazlari   bo‘lgan
shaharlarimizda   usta-shogird   maktablari   tashkil   etildi.   Milliy   hunarmandchilik   va
amaliy   san’atni   yanada   rivojlantirish,   xalq   ustalarini   qo‘llab-quvvatlash,   ularning
mehnatlarini   munosib   rag‘batlantirish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   xalq
ustalari,   hunarmandlari   va   musavvirlari   “Hunarmand”   uyushmasi   tashkil   qilindi.
1
 Gulmetov E. Madaniyatshunoslik. Darslik. – T.: 2000. B. 74.
20 O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi «Xalq
badiiy   hunarmandchiliklari   va   amaliy   san’atini   rivojlantirishni   davlat   yo‘li   bilan
qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   1741-sonli   Farmoni   asosida
tashkil   etilgan   uyushma   dastlab   «Musavvir»   ilmiy   ishlab   chiqarish   markazi
tarkibida bo‘lgan (1997-2008 yy) 1
.
2008-yil   5-mayda   uyushma   Nizomi   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya
vazirligida   P–265-raqam   bilan   nodavlat   notijorat   respublika   tashkiloti   sifatida
qayta   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan.   Uyushmaning   faoliyatiga   doir   “Hunarmand”
uyushmasining   tashkil   etilishi   mamalakatimizda   hunarmandchilikni   yanada
rivojlantirish,   noyob   va   yo‘qolib   ketgan   hunarlarni   qayta   tiklash,   mavjud
resurslardan   foydalangan   holda   qo‘l   mehnati   ila   san’at   asari   yaratayotgan
hunarmandlarimiz   ishlarini   munosib   baholash,   ular   yaratgan   badiiy   ijod
namunalarini   nafaqat   yurtimizda,   balki   xorijiy   davlatlarda   ham   namoyish   etish,
mehnat   va   ijod   qilishlari   uchun   sharoit   yaratish,   mehnatlarini   rag‘batlantirish,
qo‘llab-quvvatlash   borasida   muhim   qadam   bo‘ldi.   O‘tgan   yillar   davomida   22
mingga   yaqin   hunarmandlar   uyushma   a’zolari   bo‘ldilar.   Bu   ko‘rsatkich   yildan-
yilga ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-martdagi «Xalq badiiy
hunarmandchiligi   va   amaliy   san’atini   rivojlantirishni   yanada   qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida»gi   PF-4210-sonli   Farmonida   uy   sharoitida   xalq   badiiy
hunarmandchiligi   va   amaliy   san’ati   buyumlarini   ishlab   chiqarish   bo‘yicha
“Hunarmand”   uyushmasi   a’zolari   -   yakka   tartibdagi   tadbirkorlarga   belgilangan
qat’iy   soliqni   to‘lash   yuzasidan   soliq   imtiyozining   amal   qilish   muddati
1
  Ўзбекистон   ҳунармандчилиги   ва   амалий   санъати.   Энциклопедия.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси. 2016.   Б.  9.  Шунингдек,  мустақиллик   йилларида  соҳа  ривожини   таъминлашга  қаратилган
қуйидагии   қонун   ва   фармонлар   қабул   қилинди.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   1997   йил   31
мартдаги   ПФ-1741-сонли   «Халқ   бадиий   ҳунармандчилиги   ва   амалий   санъатини   янада   ривожлантиришни
давлат   йўли   билан   қўллаб-қувватлаш   чора-тадбирлари   тўғрисида»,   2017  йил   17  ноябрдаги   ПФ-5242-сонли
«Ҳунармандчиликни   янада   ривожлантириш   ва   ҳунармандларни   ҳар   томонлама   қўллаб-қувватлаш   чора-
тадбирлари   тўғрисида»,   2017   йил   17   ноябрдаги   ПҚ-3393-сонли   «Ҳунарманд»   уюшмаси   фаолиятини   янада
такомиллаштириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида», 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4797-сонли «Ўзбекистон
Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича   Ҳаракатлар   стратегияси   тўғрисида»ги   ва   Ўзбекистон
Республикаси Президентининг 28.01.2022 йилдаги “ 2022 - 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг
тараққиёт стратегияси тўғрисида ” ПФ-60-сон Фармон лари шулар жумласидандир.
21 O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2011-yil   30-dekabrdagi   PF-   4399-sonli
farmoniga asosan 2014-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Hunarmandlarimiz   koshinkorlik,   ganchkorlik,   yog‘och   o‘ymakorligi,
zargarlik,   zardo‘zlik,   kashtado‘zlik   va   kandakorlik   yo‘nalishlarida
muvaffaqiyatlarga erishishdi. Birgina zardo‘zlik yo‘nalishida naqshlarning 50 dan
ortiq   turlari   qayta   tiklandi.   Ipak   va   paxtadan   tayyorlangan   gazlamalar,   kashta   va
gilam   to‘qish   uchun   mo‘ljallangan   iplar,   kulollik   buyumlari   va   koshinkorlik
mahsulotlarini ranglash borasida olib borilgan izlanishlar natijasida o‘simliklardan
tabiiy rang olish texnologiyalari yaratildi 1
. 
Bugungi   kunda   har   bir   hudud   o‘ziga   xos   zardo‘zlik,   zargarlik,   misgarlik,
temirchilik,   miniatyura,   kashtado‘zlik,   kulollik   kabi   turli   hunarmandchilik
maktablariga mavjud. Bu maktablar mustaqillik yillarida yanada rivojlandi, ularni
avloddan-avlodga   me’ros   qilib   olib,   davom   ettirib   kelayotgan   usta-
hunarmandlarimiz,   buvi-onalarimiz   hunarlari   sirlarini   yoshlarga   o‘rgatmoqda.
Ushbu   hunarlar   sulolalar   davomchilari   tomonidan   davom   ettirilmoqda.
Hunarmandlarimiz   o‘z   ustaxonalarida   “Usta-shogird”   maktablari   tashkil   etib,
ko‘plab yoshlarga hunar sirlarini o‘rgatmoqdalar.
O‘zbekiston   «Hunarmand»   uyushmasining   Andijon   viloyat   boshqarmasi
qoshida milliy qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish korxonasi, Toshkent viloyati Parkent
tumani «Hunarmand» bo‘limi qoshida milliy gilam to‘qish, chokli buyumlar tikish
sexi, Surxondaryo viloyati Denov tumani «Hunarmand» bo‘limi qoshida gilam va
eshik-rom   ishlab   chiqarish   sexlari   tashkil   etilgan.   Sirdaryo   viloyatining   Xovos
tumanida   gul   bosilgan   gazlamalar   va   chokli   buyumlar   tikuvchi   mini   fabrika
faoliyati   yo‘lga   qo‘yilgan.   2010-yilda   uyushmaning   Samarqand   viloyat
boshqarmasi   tomonidan   Samarqand   shahar   hokimining   214–K   qarori   bilan
«Samarqand hunarmandlari markazi» tashkil qilindi 2
. 
Bugungi   kunda   “Samarqand   hunarmandlar   markazi”da   Habib   Turdialiev
(naqqosh),   Zarif   Muxtorov   (Samarqand   qog‘ozi),   Bobomurod   Haydarov   (cholg‘u
1
  Milliylikning maftunkor jilolari. http://uza.uz
2
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 16.08.2017 йилдаги  “Ўзбекистон Бадиий академияси фаолиятини
ривожлантириш   ва   янада   такомиллаштиришга   доир   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги   ПҚ-3219-сон
Қарори. https://lex.uz/docs/3311182
22 asboblari ustasi), Nutfillo Saidov (kandokor), Mavluda Hamdamova (kashtado‘z),
Jamol   Yesanov   (yog‘och   o‘ymakori),   Bahrom   Berdiev   (kulol),   Xudoyberdi
Haqberdiev   (kulol),   Oybek   Tillaev   (zargar)lar   faoliyat   ko‘rsatmoqda.   Marakazda
hunarmandchilik mahsulotlari doimiy ko‘rgazmasi tashkil qilingan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.   Mirziyoyevning   2016-yil   27-
dekabrdagi   PQ–2699-sonli   qaroriga   asosan   Hunarmandchilik   faoliyatining   asosiy
o‘ynalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar
(ishlar,   xizmatlar)   turlarining   34   yo‘nalishdagi   ro‘yxati   tasdiqlandi.
Hunarmandchilik   mahsulotlarini   xorijiy   davlatlarga   olib   chiqish   borasida   ham
hunarmandlarimizga talay imtiyozlar berilgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   2017-yil   26-apreldagi   245-sonli   Qaroriga   asosan   24
yo‘nalishdagi hunarmandchilik mahsulotlari ekspertiza yig‘imidan ozod etildi 1
.
Milliy   iqtisodiyot   va   bozor   munosabatlarining   muhim   tarmog’iga   aylana
boshlagan   milliy  hunarmandchilik  va  amaliy  san’at  sohasini  rivojlantirish   doimiy
ravishda   yillar   davomida   respublika   hukumatining   diqqat   markazida   bo‘lib
kelmoqda.  Buni sohani hrivojlantirish uchun qabul qilingan qaror va farmonlarning
mazmun-mohiyatidan ham anglash qiyin emas 2
. 
Hunarmandlarimiz ushbu imtiyozlardan munosib ravishda foydalanib, ishlab
chiqargan   mahsulotlari   bilan   xalqaro   festival,   ko‘rgazma-tanlovlarda   ishtirok
etmoqdalar.   Milliy   hunarmandchilik   mahsulotlarimizni   xorijiy   davlatlarda   ham
namoyish etish va hunarmandlarimiz tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarga chet
1
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 16.08.2017 йилдаги  “Ўзбекистон Бадиий академияси фаолиятини
ривожлантириш   ва   янада   такомиллаштиришга   доир   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги   ПҚ-3219-сон
Қарори.  https://lex.uz/docs/3311182 .
2
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   21.04.2020   йилдаги   “Т асвирий   ва   амалий   санъат   со ҳ аси
самарадорлигини   янада   оширишга   доир   чора-тадбирлар   тў ғ рисида ”ги   ПҚ-4688-сон   Қарори.
https://nrm.uz/contentf?doc=621061.,   Ўзбекистон Республикаси Президентининг 29.04.2021 йилдаги   “Халқаро
зардўзлик ва заргарлик фестивалини ўтказиш тўғрисида”ги ПҚ-5098 сон Қарори . https://lex.uz/docs/5398684.
Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Халқаро   кулолчилик   форуми   ва   кулолчилик   маҳсулотлари
кўргазма-савдосини   ўтказиш   тўғрисида”ги   ПҚ-5229   сон   Қарори.   https://lex.uz/docs/5596093 .   Ўзбекистон
Республикаси Президентининг “Халқаро ҳунармандчилик фестивалини ўтказиш тўғрисида”ги ПҚ-3991 сон
Қарори.   ttps://president.uz/uz/lists/view/2127,   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   «Ҳунарманд»
уюшмаси   фаолиятини   янада   такомиллаштириш   чора-тадбирлари   тўғрисида»   ПҚ-3393-сонли   Қарор.
11.17.2017  йил.   https://lex.uz/docs/3416129 .  Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  «Ҳунармандчиликни
янада   ривожлантириш   ва   ҳунармандларни   қўллаб-қувватлаш   бўйича   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида»
ПҚ-4539-сонли Қарори. 28.11.2019 йил. https://lex.uz/docs/4622088.
23 elliklarning qiziqishini inobatga olib, dunyoning 30 ga yaqin davlatlarida 100 dan
ortiq hunarmandlarimizning hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etilgan 1
.
Dunyo   miqyosida   o‘tkazilayotgan   ko‘plab   nufuzli   ko‘rgazma   va
festivallarda   hunarmandlarimiz   ishtiroki   ta’minlanmoqda.   Bu   tadbirlarda   usta-
hunarmandlarimizning   munosib   ishtiroki   tashkilotchilar   tomonidan   e’tirof   etilib,
ular   diplomlar,   sertifikatlar   va   faxriy   yorliqlar   bilan   taqdirlangan.   O‘nga   yaqin
hunarmandlarimizning   shaxsiy   ko‘rgazmalari   tashkil   qilingan.   Har   yili   uyushma
a’zolaridan 10 dan ortig‘i Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlar va
fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlarini   qo‘llab-quvvatlash   Fondidan   grant
mablag‘lari olib, o‘z faoliyatlarini rivojlantirishga sarflamoqdalar.
Bu   kabi   imtiyozlardan   munosib   foydalanayotgan   hunarmandlar   Navro‘z,
Mustaqillik bayramlari munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarda va turli
ko‘rik-tanlovlarda   faol   ishtirok   etishmoqda   (Prezident   sovrini   uchun   har   yili
o‘tkaziladigan   «Tashabbus»   ko‘rik-tanlovi;   «Yosh   ijodkorlar»,   «Usta-shogird»
ko‘rgazmalari; «O‘zbekiston xalq amaliy san’ati – dunyo nigohida», «Mustaqillik
nafasida   kamol   topgan   hunarmandlar»,   «Xalq   iste’mol   tovarlari   ko‘rgazma
savdosi»,   «Yosh   kulollarning   respublika   ko‘rgazmasi»,   «Mustaqil   yurt
hunarmandlari»,   «Ipak   va   ziravorlar»,   «Atlas   bayrami»   festivallari;   «Vatanim
taraqqiyotiga   mening   hissam»,   «Yurt   istiqboli»,   «Yosh   tadbirkor   –   yurtga
madadkor»,   «Yilning   eng   faol   yosh   mutaxassisi»,   «Mening   biznes   g‘oyam»   kabi
tanlovlar).
Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yo‘lida
yaratilgan   imkoniyatlar   samarasida   hunarmandlik   ravnaqiga   keng   yo‘l   ochildi.
Respublika   “Hunarmand”   uyushmasi,   joylarda   esa   uning   bo‘limlari   tashkil   etildi.
Bir   paytlar   usta   va   hunarmandlar   o‘zlari   yaratgan   buyumlarni   sotish,   namoyish
etishda   turli   to‘siqlarga   uchragan   bo‘lsa,   bugun   har   bir   tuman   va   shaharda
hunarmandlar   markazlari   faoliyat   yuritmoqda,   bozorlar   va   savdo   majmualarida
maxsus   savdo   rastalari   tashkil   etilgan.   Hunarmandlik   avloddan-avlodga   o‘tib
kelayotgan   sulolalar   faoliyati   qo‘llab-quvvatlanmoqda.   Ular   "ustoz-shogird"
1
  Ўзбекистон   ҳунармандчилиги   ва   амалий   санъати.   Энциклопедия.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси. 2016. – Б. 9. 
24 an’anasi   asosida   yosh   avlodga   o‘rgatilmoqda.   Hunarmandlik   xaridorgir
mahsulotlar   ishlab   chiqarish,   xalqimiz   farovonligini   oshirish,   aholi,   ayniqsa,
yoshlar,   xotin-qizlar   va   kam   ta’minlangan   oilalar   bandligini   ta’minlashda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston   xalqlarining   boy   madaniy   merosi   va   tarixiy   an’analarini   to‘liq
saqlab   qolish   va   ko‘paytirish,   milliy   hunarmandchilik,   halq   badiiy   va   amaliy
san’atini   yanada   rivojlantirish,   hunarmandchilik   faoliyati   bilan   shug‘ullanuvchi
fuqarolarni   har   tomonlama   ko‘llab-quvvatlash   bo‘yicha   maqsadli   va   kompleks
chora   tadbirlarni   amalga   oshirish,   shu   asosda   aholi,   ayniqsa   yoshlar,   ayollar   va
kam   ta’minlangan   oilalar   bandligini   ta’minlash   maqsadida   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   2017-yil   17-noyabrda   «Hunarmandchilikni
yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari   to‘g‘risida»   PF-5242-sonli   farmoni   e’lon   qilindi.   Mazkur   farmonning
ijrosini   ta’minlashsh   maqsadida   “Hunarmand”   uyushmasi   tashkiliy   tuzilmasini
optimallashtirish   asosida   uning   faoliyatini   takomllashtirish   va   samaradorligini
oshirish   maqsadida   2017-yil   17-noyabr   kuni   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   ««Hunarmand»   uyushmasi   faoliyatini   yanada   takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3393-sonli Qarori e’lon qilindi 1
. Mazkur qarorning
asosiy  bandlaridan amaliy san’atning an’anaviy turlarini  saqlash  va  qayta tiklash,
hunarmandchilik   mahsulotlarining   raqobatdoshligini   va   sifatini   oshirish   bo‘yicha
tizimli   va   maqsadli   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   kabi   masalalarni
rivojlantirish ham o‘rin oldi. 
Mamlakatimizda   milliy   hunarmandchilik,   xalq   badiiy   va   amaliy   san’atini
rivojlantirish,   bu   orqali   xalqimizning   boy   madaniy   merosi   va   tarixiy   an’analarini
to‘liq   saqlab   qolish,   band   bo‘lmagan   aholini,   ayniqsa   yoshlar,   ayollar   va   kam
ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan
bandligini   ta’minlash   maqsadida   2019-yil   28-noyabrda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   «Hunarmandchilikni   yanada   rivojlantirish   va   hunarmandlarni
1
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   «Ҳунарманд»   уюшмаси   фаолиятини   янада   такомиллаштириш
чора-тадбирлари тўғрисида» ПҚ-3393-сонли Қарор. 11.17.2017 йил.  https://lex.uz/docs/3416129 . 
25 qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4539-sonli
Qarori e’lon qilindi 1
.
Ma’lumki,   2017-yil   3-avgust   kuni   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.Mirziyoev   ijodkor   ziyolilar   bilan   uchrashuvda   taraqqiyotimizning   hozirgi
bosqichida   madaniyat,   adabiyot   va   san’at   sohasini,   jumladan,   tasviriy   va   amaliy
san’at   yo‘nalishini   rivojlantirish   borasidagi   dolzarb   vazifalarni   belgilab,   ularni   hal
etish   yo‘llarini   ko‘rsatib   bergan   edi.   Davlat   rahbari   tomonidan   2017-yilda   qabul
qilingan   “O‘zbekiston   Badiiy   akademiyasi   faoliyatini   rivojlantirish   va   yanada
takomillashtirishga   doir   qo‘shimcha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   qarori   shu
yo‘nalishdagi muhim hujjat bo‘lgan edi 2
. Ushbu qarorga ko‘ra, 2017-yildan boshlab
xalqaro   amaliy   san’at   biennalesini   o‘tkazish   yo‘lga   qo‘yilganligi,   xalqimizga   va
jahon hamjamiyatiga zamonaviy amaliy san’at asarlarini namoyish etish, bu borada
xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishda katta imkoniyatlarni yaratdi. Natijada
2021-yil   8-13-noyabr   kunlari   Toshkent   shahrida   O‘zbekiston   Badiiy   akademiyasi,
xorijiy   mamlakatlarning   O‘zbekistondagi   diplomatik   vakolatxonalari,   bir   qator
vazirlik   va   idoralar   hamda   muassasalar   hamkorligida   “Zamonaviy   amaliy   san’at:
dekor va uslub” nomli III Toshkent xalqaro amaliy san’at biennalesi o‘tkazildi.
Mazkur   yo‘nalishda   hukumat   darajasidagi   qabul   qilingan   qaror   va
farmonlarning bir necha yo‘nalishda qabul qilinganligining guvohi bo‘lish mumkin.
Xususan, mamlakatimizda t asviriy va amaliy san’at so h alarida milliy merosimizni
tiklash,   Kamoliddin   Be h zodning   boy   ijodiy   merosini   xal q imizga   to‘la   yetkazish,
so h a   rivojiga   katta   h issa   q o‘shgan   ato q li   rassom   va   xal q   ustalari   xotirasini
abadiylashtirish,   ijodiy   yo‘nalishda   oliy   o‘ q uv   yurtidan   keyingi   ta’limni   tashkil
etish,   kadrlarni   q ayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   h amda   mamlakatimizda
tasviriy   va   amaliy   san’at   h amda   dizayn   so h asi   samaradorligini   yanada   oshirish
ma q sadida 2020-yil 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “T asviriy
va   amaliy   san’at   so h asi   samaradorligini   yanada   oshirishga   doir   chora-tadbirlar
1
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ҳунармандчиликни янада ривожлантириш ва ҳунармандларни
қўллаб-қувватлаш   бўйича   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида»   ПҚ-4539-сонли   Қарори.   28.11.2019   йил.
https://lex.uz/docs/4622088.
2
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 16.08.2017 йилдаги  “Ўзбекистон Бадиий академияси фаолиятини
ривожлантириш   ва   янада   такомиллаштиришга   доир   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги   ПҚ-3219-сон
Қарори. https://lex.uz/docs/3311182
26 to‘ g‘ risida ”gi   qarori   qabul   qilingan   edi 1
.   Mazkur   qarorning   qabul   qilinishi
respublika   miqyosida   amaliy   san’at   sohasi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   davlat   oliy   va
professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari
h amda   maktab-internatlari,   bolalar   musi q a   va   san’at   maktablarida   amaliy   san’at
yo‘nalishi   bo‘yicha   pedagog   va   mutaxassis   kadrlarni   q ayta   tayyorlash   h amda
ularning malakasini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Xalq   amaliy   san’atining   zardo‘zlik   va   zargarlik   an’analarini   rivojlantirish,
ularning   noyob   namunalarini   targ‘ib   etish,   shuningdek,   ushbu   yo‘nalishlarda
o‘zaro   tajriba   almashish   orqali   xalqlar   o‘rtasida   do‘stlik   va  hamkorlik  rishtalarini
yanada   mustahkamlash,   madaniy-gumanitar   aloqalarni   kuchaytirish,   avloddan-
avlodga   o‘tib   kelayotgan   kasbiy   an’analar   va   hunarmandchilik   maktablarini
saqlash   va   qayta   tiklash   hamda   mintaqaning   turizm   salohiyatini   yanada   oshirish
maqsadida 2021-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro
zardo‘zlik   va   zargarlik   festivalini   o‘tkazish   to‘g‘risida”gi   PQ-5098   son   Qarori
e’lon   qilindi 2
.   Mazkur   qarorning   ijrosini   ta’minlash   va   uni   amalga   oshirish
maqsadida   2021-yil   8-oktyabrda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
tomonidan   “Xalqaro   zardo‘zlik   va   zargarlik   festivalini   o‘tkazishning   tashkiliy
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli qarorlari qabul qilindi.
Mamlakatimizda   qadimdan   shakllanib   kelayotgan   kulolchilik   an’analarini
asrab-avaylash,   tiklash   va   rivojlantirish,   xalqaro   darajada   keng   targ‘ib   qilish,
kulolchilik   mahsulotlari   ishlab   chiqarishni   kengaytirish   va   uning   eksportini
oshirish,   usta   kulol   hunarmandlarni   har   tomonlama   qo‘llab-quvvatlash,   usta-
shogird   maktablari   faoliyatini   takomillashtirish   maqsadida   O‘zbekiston
Respublikasi  Prezidentining 2021-yil  23-avgustda  “Xalqaro kulolchilik forumi  va
kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5229 son
Qarori qabul qilingan edi 3
. 
1
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   21.04.2020   йилдаги   “Т асвирий   ва   амалий   санъат   со ҳ аси
самарадорлигини   янада   оширишга   доир   чора-тадбирлар   тў ғ рисида ”ги   ПҚ-4688-сон   Қарори.
https://nrm.uz/contentf?doc=621061.
2
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   29.04.2021   йилдаги   “Халқаро   зардўзлик   ва   заргарлик
фестивалини ўтказиш тўғрисида”ги ПҚ-5098 сон Қарори . https://lex.uz/docs/5398684.
3
  Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   “Халқаро   кулолчилик   форуми   ва   кулолчилик   маҳсулотлари
кўргазма-савдосини ўтказиш тўғрисида”ги ПҚ-5229 сон Қарори. https://lex.uz/docs/5596093.
27 Xalqimizning   qadimiy   tarixi   va   madaniy   hayotini   har   tomonlama   keng
yoritish,   nomoddiy   madaniy   merosimiz   bo‘lgan   ko‘pqirrali   o‘zbek   milliy
hunarmandchiligini keng namoyish qilish, uning noyob namunalarini targ‘ib etish,
shuningdek,   ushbu   yo‘nalishda   o‘zaro   tajriba   almashish   orqali   turli   xalqlar
o‘rtasida   do‘stlik   va   hamkorlik   rishtalarini   yanada   mustahkamlash,   madaniy-
gumanitar   aloqalarni   xalqaro   miqyosda   kuchaytirish,   avloddan   avlodga   o‘tib
kelayotgan   kasbiy   an’analar   va   hunarmandchilik   maktablarini   saqlash   va   qayta
tiklash   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Xalqaro
hunarmandchilik   festivalini   o‘tkazish   to‘g‘risida”gi   PQ-3991   son   Qarori   qabul
qilindi 1
.
Xulosa  qilib aytish  mumkinki, amaliy  san’at   sohasining  davlat   va  hukumat
darajasida   rivojlantirilishi   uchun   muhim   qarorlarning   qabul   qilinishi   mazkur
sohaning   me’yoriy-huquqiy   jihatdan   mustahkamlanishi   uchun   xizmat   qildi.
Ayniqsa,   2017-yildan   keyin   mamlakatimizda   qabul   qilingan   “Harakatlar
strategiyasi”   va   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   28.01.2022-yildagi
“ 2022 - 2026   yillarga   mo‘ljallangan   yangi   O‘zbekistonning   taraqqiyot   strategiyasi
to‘g‘risida ”   PF-60-son   Farmoni   va   ularning   asosida   ishlab   chiqilayotgan   davlat
dasturlarining tarkibida ham aynan amaliy san’at sohasini rivojlantirish uni turizm
sanoatining   ajralmas   bir   qismiga   aylantirish   borasida   amaliy   tadbirlar   amalga
oshirilib kelinmoqda.
1.3 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim jarayonida amaliy san’atining o‘qitilishi
Mustaqillik   yillarida   xalq   amaliy   san’atini   ilmiy   o‘rganish   va   mahalliy
hunarmandchilik  maktablari  bilan  birga  zamonaviy  ta’lim   muassasalarida   mazkur
yo‘nalishda tahsil olish ta’lim turli bosqichlaridagi muhim jihatlardan biriga aylana
oldi.  Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish
masalasi  kun tartibiga qo‘yildi. Yangi dastur milliy mustaqillik mafkurasi asosida
tayyorlangan bo‘lib, u xalq amaliy san’atini  o‘quv predmetini o‘qitishning maqsad
va vazifalari, ta’lim mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o‘zida ifoda etdi.
1
  Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Халқаро ҳунармандчилик фестивалини ўтказиш тўғрисида”ги
ПҚ-3991 сон Қарори. ttps://president.uz/uz/lists/view/2127
28 Mamlakatimizda   mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   islohotlar   tizimida
madaniyat   va   san’at   sohasidagi   ishlar   alohida   ahamiyat   kasb   etdi.   Ayniqsa,
ajdodlar   merosini   qayta   tiklash   bilan   bog‘liq   bunyodkorlik   ishlarida   xalq   amaliy
san’atining tarixiy an’analarini o‘rganish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan
boyitish bo‘yicha ibratli ishlar olib borildi.
O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so‘ng   xalq   amaliy   san’ati   rivoji
yangicha   mazmun   kasb   etdi.   Milliy   merosimizni,   an’anaviy   milliy
qadriyatlarimizni   asrab-avaylash,   hunarmandlarga   g‘amxo‘rlik   qilish   davlat
siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.   Bugungi   kunda   O‘zbekiston   davlati   –   beqiyos
madaniy   merosning   vorisi.   Asrlar   davomida   xalq   ustalari   tomonidan   yaratilgan
noyob   buyumlar   xalqning   maishiy   hayoti   bilan   bog‘liq   holda   uning   ma’naviy   va
badiiy-estetik   ehtiyojlariga   ham   javob   berib   kelgan.   Endilikda   hukumatimiz
tomonidan   qabul   qilingan   farmonlar,   qarorlarda   milliy   g‘oya   tamoyillariga
muvofiq   xalq   amaliy   san’atini   yoshlarga   o‘rgatish   eng   muhim   vazifalardan
hisoblanadi.   Chunonchi,   xalq   amaliy   san’ati   eng   ommaviy,   eng   xalqchil,   eng
hayotiy ijod sohasidir. U asrlar  mobaynida xalq ijodi sifatida shakllanib, taraqqiy
etib   kelgan.   Shuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   O‘zbekiston   taraqqiyotining   muhim
shartlaridan   biri   xalqning   boy   intellektual   merosi   va   umumbashariy   qadriyatlar
asosida   zamonaviy   madaniyat   va   san’at,   iqtisodiyot,   fan,   texnika   va
texnologiyalarning   yutuqlari   asosida   kadrlar   tayyorlashning   mukammal   tizimini
shakllantirishdir. Chunki har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki bilimlarni
o‘rganish   va   o‘zlashtirish   vazifasi   turadi.   Zero,   ilm   bobidagi   izlanish   insonni
ma’naviy, axloqiy-estetik kamolot sari yetaklaydi.
2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan  O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi   Qonuni 1
  va ta’limga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ham
ta’limning   demokrativligi,   insonparvarligi,   ta’lim-tarbiya   tizimining   uzluksizligi,
izchilligi,   ilmiyligi   va   dunyoviyligi,   ta’limda   umuminsoniy   va   milliy
qadriyatlarning   ustuvorligi   kabilar   bilan   birga   uzluksiz   ta’lim   tizimining   muhim
bo‘g‘ini   bo‘lgan   o‘rta-maxsus   kasb-hunar   ta’limini   takomillashtirishga   alohida
1
  O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi  Qonuni .  https://lex.uz/docs/-5013007 . 
29 ahamiyat   berilgan.   Bu   esa   kasb-hunar   ta’lim   tizimida   ma’naviy   meros,   madaniy
boyliklar,   qo‘hna   tarixiy   yodgorliklarni   yanada   chuqur   o‘rganish   lozimligini
ko‘rsatadi. Chunki, madaniy yodgorliklarda teran fikr va g‘oyalar, hayot falsafasi
ifoda   etilgan   bo‘lib,  ularning   ma’no   mazmuni   bugungi   kunda  o‘quvchi-yoshlarda
kasb-hunarga   bo‘lgan   qiziqishni   shakllantirish   vositasi   sifatida   milliy
qadriyatlarimiz   sanalgan   xalq   amaliy   san’ati   durdonalarini   zamonaviy   ruhda
boyitib, sayqal berib avloddan-avlodga o‘tkazishda muhim o‘rin tutadi 1
.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1998 - yil   24 - fevraldagi
77   sonli   qaroridan   so‘ng   respublikamizning   barcha   viloyatlarida   tasviriy,   amaliy
san’at va xalq hunarmandchiligiga ixtisoslashgan kasbhunar kollejlari barpo etildi.
Shu   nuqtai   nazardan   davlat   oliy   va   professional   ta’lim   muassasalari,
ixtisoslashtirilgan   san’at   va   madaniyat   maktablari   hamda   maktab-internatlari,
bolalar   musiqa   va   san’at   maktablarining   tasviriy   va   amaliy   san’at,   dizayn,
san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari (keyingi o‘rinlarda — badiiy
ta’lim   yo‘nalishlari)   bo‘yicha   pedagog   va   mutaxassis   kadrlarni   qayta   tayyorlash
hamda   ularning   malakasini   oshirish;   iqtidorli   yosh   professional   san’at
namoyondalarining   bilim   va   ko‘nikmalarini   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan
o‘qitishning   zamonaviy   shakl   va   uslublari,   samarali   pedagogik   texnologiyalar,
elektron axborot  resurslaridan keng foydalangan holda ta’lim jarayonining yuqori
darajada   olib   borilishini   ta’minlashga   qaratilgan   harakatlarni   tizimlashtirishga
alohida e’tibor berildi.
O‘quv   jarayoniga   zamonaviy   pedagogik   va   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini   keng   joriy   etishni   hisobga   olgan   holda   qayta   tayyorlash   va
malaka   oshirish   kurslarining   o‘quv   rejalari   va   dasturlarini   tizimli   ravishda
takomillashtirish, badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassislarni qayta
tayyorlash   va   malakasini   oshirish   kurslarining   o‘quv-metodik   bazasini
shakllantirish   va   faoliyatini   muvofiqlashtirish   hamda   ularga   tashkiliy-metodik
1
  Гулямов   К.   Касб-ҳунар   коллежларида   халқ   амалий   санъатини   ўқитиш   методикаси.   Педагогика   фанлари
номзоди даражаси автореферати. – Тошкент. 2012. – В. 12.
30 rahbarlikni   amalga   oshirish   maqsadida   ta’lim   bosqichlarida   xalq   amaliy   san’atini
ilmiy o‘qitish jarayonlari tezlashdi 1
.
Mustaqillik   yillarida   xalq   amaliy   san’ati   yo‘nalishida   kadrlar   tayyorlashga
alohida   e’tibor   berila   boshlandi.   Xususan,   2002-yilga   kelib   Toshkent,   Buxoro,
Namangan,   Guliston,   Andijon   davlat   universitetlarida,   Nukus,   Angren,   Jizzax
davlat   pedagogika   institutlarida   maxsus   fakultet   va   bo‘limlar   faoliyat   ko‘rsata
boshladi.   Tasviriy   san’at   o‘qituvchilari   Xiva,   Denov,   Shahrisabz,   Qarshi,
Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Andijon pedagogika bilim yurtlari qoshida ham
tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim   muassasalarida   xalq   amaliy   san’atining   naqqoshlik   turini   o‘qitish
metodikasi   borasida   amalga   oshirilgan   ishlarni   tanqidiy   o‘rganish,   ularda   ilgari
surilgan g‘oyalarni rivojlantirish, metodologik yondashuvlarni takomillashtirish
prinsipi   asosida   tadqiqotimizda   amaliy   san’at   mashg‘ulotlarini   kompyuter
texnologiyalari   vositasida   o‘qitish   orqali   o‘quvchilarning   ijodiy   qobiliyatlarini
takomillashtirish,   badiiy   ta’lim   tizimida   xalq   amaliy   san’atini   o‘qitishning
yangilangan   mazmuni   takomillashtirilib   bormoqda.   Ta’lim   muassasalarida
naqqoshlik   san’atini   o‘qitishda   naqsh   bo‘laklarini   kombinatsiyalash,   ya’ni
o‘rnini almashtirish, qo‘shimcha detallar kiritish orqali o‘quvchilarda turli naqsh
kompozitsiya   variantlarini   tuzish,   uning   mazmunini   yanada   boyitish,   naqsh
yaratishning   asosiy   qoidalari   bo‘lgan   –   simmetriya,   assimetriya,   muvozanat,
detallarning   o‘lchovi,   shakli,   rangi   kabi   komponentlarga   rioya   qilishni   tashkil
etish   va   bunga   qat’iy   amal   qilish,   xalq   ustalari   ijodini   kuzatish,   ularning
asarlaridan   nusxa   ko‘chirish   kabi   ijodiy   malakalarni   shakllantirish   omillari
ishlab chiqildi. 
Ta’lim   muassasalarida   olib   borilgan   izlanishlar   mobaynida   o‘quvchini
ma’lum   kasbga   muvaffaqiyatli   yo‘naltirishda   amaliy   san’at   o‘qituvchisining
1
  “Тасвирий   ва   амалий   санъат   соҳаси   самарадорлигини   янада   ошириш   чора-тадбирлари   тўғрисида”.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 - йил   21 - апрель. ПҚ-4688-сон Қарори.   https://nrm.uz/contentf?
doc=621061 .
31 muayyan   professional   sifatlarga,   kasbiy   mahoratiga   ega   bo‘lishi   muhim   omil
hisoblanadi. Xususan, o‘qituvchining: 
-   o‘z   kasbini   sevishi,   o‘ziga   talabchanligi   va   dars   jarayonida   zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llay olishi; 
- mashhur tasviriy va amaliy san’at namoyandalarining ijodini mukammal
bilishi   hamda   o‘zining   pedagogik   faoliyatida   ularning   asarlaridan   keng
foydalana olishi; 
-   dars   berish   jarayonida   o‘ziga   nisbatan   tanqidiy   qarash   va
mashg‘ulotlarni barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tashkil etishi
kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasbiy qiziqishlarini aniqlashda muhim omil
vazifasini   o‘taydi.   Shuningdek,   ta’lim   jarayonida   naqqoshlik   san’ati
mashg‘ulotlarida   o‘quvchilarni   ongi   va   tafakkurini   rivojlantirish,   ularda   zarur
nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishda ta’limning og‘zaki, amaliy,
ko‘rgazmali,   mustaqil   ish,   nazorat   va   o‘z-o‘zini   nazorat   kabi   usullaridan   keng
foydalanish   ularda   barqaror   qiziqishni   shakllantirishga   ta’sir   etuvchi   omil
sifatida o‘z tasdig‘ini topdi 1
. 
Ta’lim   jarayonlarida   amaliy   san’at   mashg‘ulotlarida   o‘quvchilarni   naqsh
kompozitsiyalarini   tuzishga  o‘rgatish   metodikasini   belgilashda  o‘quvchilarning
atrof-muhitda,   tabiatda   mavjud   bo‘lgan   tabiiy   shakllarni   qayta   ishlash,   ya’ni
stilizatsiyalash yo‘llarini bilishlari, undan samarali foydalana olishlari; berilgan
naqsh   elementlari   yoki   namuna   asosida   yangi   naqsh   kompozitsiyasini   tuza
olishlari;   o‘zlashtirilgan   elementlar   asosida   mustaqil   ravishda   naqsh
kompozitsiyasini   tuzishga   o‘rgatish   masalasiga   ustuvor   tarzda   qaraladi.   Zero,
o‘quvchilarning   naqsh   kompozitsiyalarini   tuzish   malakalari   bu   yo‘nalishdagi
kasbiy ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi 2
.
Ta’lim   jarayonida   amaliy   san’atning   naqqoshlik   turini   zamonaviy
pedagogik   va   axborot   texnologiyalaridan   foydalanganda   ta’limiy   va   tarbiyaviy
1
  Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун, 2019. – Б. 84.
2
  Гулямов   К.   Касб-ҳунар   коллежларида   халқ   амалий   санъатини   ўқитиш   методикаси.   Педагогика   фанлари
номзоди даражаси автореферати. – Тошкент. 2012. – В. 15.
32 komponentlarni   uzviy  tarzda   tatbiq   etib  borish   lozim.   Jumladan,   o‘quvchilarga
naqqoshlik   san’ati   asoslarini   o‘rgatishda   yangi   texnologiyalarni   qo‘llash,   ota-
bobolarimizdan   qolgan   urf-odatlar,   ustoz-shogird   an’analarini   davom   ettirish
orqali   ularni   ma’naviyaxloqiy   jihatdan   tarbiyalash;   naqqoshlik   san’atini
o‘rgatishda  ta’lim jarayonini o‘quvchilarni  ijodkorlik, izlanuvchanlikka, kasbiy
mahoratini   takomillashtirishga   yo‘naltirish;   o‘quvchilarda   kasb   axloqi,
kattalarga,   ayniqsa,   ustozlarga   hurmat,   odoblilik,   sabr-qanoat,   kamtarlik,
samimiylikni   tarbiyalash,   ularda   ijtimoiy-g‘oyaviy,   yuksak   badiiy-estetik
dunyoqarashni   shakllantirish   kabi   tarbiyaviy   vazifalar   ta’limiy   vazifalar   bilan
aloqadorlikda   olib   borilishi   lozim.   Demak,   ta’lim   muassasalarida
mashg‘ulotlarning   yangi   pedagogik   texnologiyalar   asosida   amalga   oshirilishi
kasb-hunar   kollejlarida   amaliy   san’at   ta’limining   yangi   mazmunini
shakllantirishda   zamonaviy   o‘quv-uslubiy   majmualar   va   o‘quv-tarbiya
jarayonining   didaktik   jihatlarini   ta’minlash   va   mazkur   sohada   amalga
oshirilayotgan   ta’limning   ilmiy-amaliy   masalalarini   to‘g‘ri   hal   etishda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shunday   qilib   ta’lim  muassasalarida   amaliy  san’at   tarixining  o‘rganilishi
va   o‘qitilishi   usta-ustazodalarning   hayot   yo‘llari,   ijod   namunalari   bilan
tanishtirish,   mashhur   ustozlar   an’analarini   davom   ettirish,   naqqoshlik   san’atini
yanada   rivojlantirish,   uni   asrab   avaylash   va   kelajak   avlodga   yetkazish   hissini
shakllantirishga   asos   bo‘ldi.   Tadqiqotda   naqqoshlik   fanini   o‘qitish   metodini
takomillashtirishda   pedagogik   va   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish
o‘quvchilarning   naqqoshlik   san’atiga   oid   nazariy   bilim,   amaliy   ko‘nikma   va
malakalari darajasini orttirishga imkon yaratadi.
Bugungi   kunda   amaliy   san’at   sohasini   ilmiy   o‘rganish   va   ilmiy   jihatdan
tadqiq   etishga   qaratilgan   ta’lim   jarayonlari   respublikaning   yetakchi   oliy   ta’lim
muassasalarida olib borilmoqda. Xususan, Samarqand davlat universitetida ham
amaliy   san’at   mutaxassislarini   tayyorlashga   qaratilgan   amaliy   sana’t   turlar
bo‘yicha yo‘nalishida soha mutaxassislari tayyorlanmoqda.
33 II   BOB .   O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   AMALIY   SAN’ATIDA
TARAQQIYOTIDA   SAMARQAND   NAQQOSHLIK   MAKTABINING
TUTGAN O‘RNI
2.1. Samarqand naqqoshlik maktabi taraqqiyoti
Xalq amaliy bezak san’atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri –
ming   yillar   davomida   xalq   ustalari   ijodida   qo‘llanib   kelingan   badiiy   an’analar
hisoblanadi.   Bu   xususiyat   ko‘proq   har   bir   xalqning   yashayotgan   muhit,   tabiat,
iqlim   sharoitlariga   bog’liqdir.   Chunki   amaliy   san’at   ustasi   o‘z   asarini
yaratayotganda, go‘zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o‘zbek xalq
ustalari   o‘z   ishlarida  milliy  an’anaviy   mahalliy  ko‘rinishlar,   shuningdek   shimoliy
o‘lkalarning   ustalari   bug’u,   kiyik   tasvirlarini   ishlaydilar.   Asar   materialiga   esa
o‘zbek   ustalari   ganch,   loy,   mis   kabilarni,   shimoliy   xalqlar   yog’och   va   hayvon
suyaklarini   ko‘proq   qo‘llaydilar.   Yuqorida   qayd   qilganimizdek,   asar   koloritiga
iqlim   ham   ta’sir   ko‘rsatadi.   Shimoliy   o‘lkalar   iqlimi   sovuq   bo‘lgani   uchun   u
yerdagi ustalar ko‘proq o‘ziga xos ranglarni, issiq iqlimli O‘zbekiston ustalari esa
iliq  ranglarni   ishlatadilar.   Shunday   qilib,  har   bir   xalqning  amaliy   bezak   san’atida
o‘z an’analari shakllanadi 1
. 
Xalq   amaliy   bezak   san’ati   asarlari   odamlarning   kundalik   turmush
ehtiyojlarini   qondirish,   tevarak-atrofga,   bog’-rog’lar,   uylarning   tashqi   va   ichki
ko‘rinishiga   go‘zallik   kiritishga   xizmat   qiladi.   Bu   san’at   dastgoh   san’atidan
o‘zining   bevosita   xalq   ehtiyojlariga   moslanganligi   bilan   farq   qiladi   va   inson
hayotida ishlatiladigan buyumlarning mazmuni bilan bog’lanadi. O‘zbek xalqining
amaliy san’ati asarlarida ko‘proq chamandek ochilgan gulzorlar, bog’lar aks etadi.
Chunki   jazirama   issiq   sharoitda   qaqrab   yotgan   cho‘llarni   gulzorga   aylantirish
qadimdan   o‘zbek   xalqiga   xos   odat   bo‘lib   kelgan.   O‘zbek   xalq   amaliy   bezak
san’atida   yog’och   o‘ymakorligi,   kulolchilik   bilan   bir   qatorda,   kashta,   atlas,
beqasam va naqshlar berilgan har xil jihozlari dunyo xalqlari orasida katta shuhrat
qozongan. Amaliy san’atning eng ko‘p tarqalgan ommaviy turi kashtachilik bo‘lib,
u   qadimiy   an’analarga   ega.   O‘zbek   kashtachiligi,   yuqorida   aytib   o‘tganimizdek,
1
  Шоёқубов Ш.  Ҳунармандчилик қанот ёймоқда// Гулистон.  1995. – №3.  Б. 24. 
34 gulzor, bog’larni eslatadi. Shuning uchun ham biz o‘zbek kashtachiligida guldasta,
majnuntol,   quyosh,   ba’zan   daraxt   shoxchasiga   qo‘ngan   qushchalar,   hatto   hayvon
va odam tasvirlarini ham uchratamiz.
O‘tmishda   badiiy   naqqoshlik   me’morchilik   bilan   chambarchas   bog‘liq
bo‘lgan.   U   ikki   turga   bo‘lingan:   yog‘ochga   va   alebastr   suvoq   ustiga   ishlangan
naqshlar.   Ilgarilari   ham   devorlar   sathi,   shift   va   karnizlar   naqshlangan.   Bunday
naqshlar tuxum va yelim aralashtirilgan suvli buyoqlar bilan ishlangan. Yorqin, sof
tonli,   bir–biridan   keskin   ajraladigan   buyoqlardan   foydalanilgan.   Hozir   ham
devorlarga   ishlangan   naqshlarda   o‘tmishning   sevimli   bezaklari–guldondagi
ko‘rkam guldastalar, egilgan majnuntol va hokazolar ko‘proq ifodalanmoqda.
Naqqoshlik   –amaliy   bezak   san’atining   bir   turi   sifatida   qadimdan   o‘zbek
madaniyatining muhim elementi hisoblanadi. Ko‘p asrlar mobaynida uning o‘ziga
xos   badiiy   an’analari   vujudga   kelgan.   Naqshlarda   san’atning   boshqa   hamma
turlaridan   farqli   ravishda   avlodlarning   chambarchas   bog‘liqligini,   an’analarning
davomiyligini   ko‘rish   mumkin.   Naqqoshlik   an’analari   san’atning   ana   shu   to‘rini
o‘rgatish   usullari   sifatida   ham   bobodan   otaga,   otadan   o‘g‘ilga   o‘tib   kelgan.   Ana
shu   davomiylik   tufayli   naqsh   san’ati   hozirgacha   saqlanib   qoldi.   Naqshning   eng
yaxshi namunalari boy ijodiy tafakkur orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga
muvofiqligi   va   go‘zalligi   bilan   farqlanadi.   Bunda   xalq  ustalarining   atrof–muhitga
bo‘lgan   munosabatlari   va   qarashlaridagi   tafovut   aks   etadi.   Naqshdagi   chiziqlar
o‘yini   muzikadagi   ohang   kabi,   qo‘shiq   va   ertak   kabi   "xalq   hayotiy   tajribasining
katta umumlashmasidek" namoyon bo‘ladi 1
.
Yaqindagina   naqqoshlik   san’atning   unutilayotgan   turlaridan   biri   hisoblanar
edi. So‘nggi yillarda badiiy naqqoshlikka qiziqish kuchaydi va u Respublikamizda
tez   tarqala   boshladi.   Yosh   ustalarning   ishlari   shuxrat   qozondi.   Toshkent,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Namangan, Shahrisabz va
Respublikaning boshqa shaharlari hamda tumanlaridagi turli kasblarda ishlaydigan
kishilar bo‘sh vaqtlarida naqsh bilan shug‘ullanmoqdalar 2
.
1
  Нозилов  Д.А. Ўрта Осиё дизайни тарихидан–Т.; Ўзбекистон, 1998.  B. 39.
2
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasi da   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand.  2012.   B . 36.
35 O‘zbekistonning   an’anaviy   me’morchiligida   naqqoshlik   asosan   shiftlarni,
jimjimador   arkalarni,   saroy   ustunlarini,   masjidlar,   maktablar,   boylarning   uylari,
yog‘ochdan   yasalgan   buyumlarni   bezashda   qo‘llangan.   Nozik   o‘simliksimon–
geometrik   naqshdagi   o‘zaro   singishib   ketgan   novdalar,   shoxlar   va   hashamatli
tasvirlangan   gullarning   ritmik  harakati,   o‘zbek   ustalarining   ishlaridagi   islomiy   va
girix   naqshlarining   klassik   motivlari   shiftlarning   shakliga   moslangan.   Naqsh
ko‘proq intererlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat kilgan.
Turar   joylarda   xo‘jalik,   amaliy   san’at   buyumlari   hamma   vaqt   naqshinkor
bezak   bilan   boyitilganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Bezakdagi   tasvirlar,   naqshlar
qadimdan   inson   ma’naviy   dunyoqarashini   boyitgan,   uning   istagini,   g‘oyalarini
mujassam  qiluvchi ramziy belgi sifatida gavdalanib kelgan. Ular sihat  salomatlik,
baxt,   mulkulchilik,   omad   ramzini   ifodalagan.   Demak,   buyum   bezagi   o‘zining
funksional   vazifasidan   tashqari   kishiga   quvvat   bag‘ishlagan,   uni   hayotga   da’vat
etgan, kelajakka ishontirgan. Shuning uchun ham me’morchilikda, amaliy san’atda
naqshu–nigorga   alohida   e’tibor   berilgan.   Usta   hunarmandlarning   muayyan   bir
qolipli   (standart)   shakl   va   andozali   bezaklardan   foydalanishi   xalqning   amaliy
san’at   buyumlariga   bo‘lgan   ehtiyojini   qondirish   uchun   qisqa   vaqt   ichida   katta
miqdorda seriyali mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan. Shu maqsadda hatto
xona   qismlarini   (shift,   ustun,   eshik,   panjara)larni   bezash   uchun   muayyan   tipdagi
andozalar yaratishgan 1
.
Samarqand   naqshlari   Toshkent,   Farg‘ona   naqshlariga   o‘xshab   ketadi.
Samarqand   naqshlari   o‘zining   o‘ta   guldorligi,   barg   va   gullarining   badiiy
harakatchanligi,   jonliligi   bilan   farq   qiladi.   Undagi   murakkab   girixlar   Farg‘ona
naqshlariga   o‘simliksimon   naqshlari   bilan,   aniq   bir   ritmik   takrorlanuvchan
naqshlar   kompozitsiyasi   bilan   esa   Toshkent   naqshlariga   o‘xshash.   Avval   zangori
rang   gammasida   ko‘p   naqsh   bajarilgan   bo‘lsa,   hozir   esa   yashil   rang   gammasida
ko‘proq   naqshlar   bajariladi.   Samarqand   naqqoshlik   maktabini   yaratishga   Usta
Raxmonhol,   usta   Jaloliddin   (Mirjamol),   usta   Mahmud,   usta   Abdujabbor,   usta
1
  Ма на кова В.Н.  Художественная культура народного жилища Узбекистана.   –   Т:  Гафур Гулом , 1990.  –  B . 69.
36 Abduzoxid, usta Sharif, usta Aminjon, usta Baqolar keyinchalik usta Jalol va Bolta
Jalilovlar kabi naqqoshlar asos solgan va bebaxo hissalarini qo‘shganlar 1
.
Shunday   qilab,   O‘zbekiston   naqqoshlik   maktablarini   asosan   Toshkent,
Farg‘ona,   Buxoro,   Samarqand   va   Xiva   maktablari   tashkil   etmoqda.   Ushbu
maktablarning   texnik,   uslubiy   va   kompozitsion   tomonlarida   ko‘pgina
o‘xshashliklar   bilan   birga,   farqli   tomonlari   ham   mavjud.   Masalan,   Toshkent
naqqoshligida,   "pargori"   uslubi   keng   tarqalgan   bo‘lib,   "pargor"   yoki   "pargol"
so‘zlarining   o‘zi   uslubga   qaraganda   ko‘proq   naqshlar   ro‘yxatiga   mos   ibora
hisoblanadi. U sirkulda chizilgan degan ma’noni anglatadi. Shu sababli, naqqoshlik
kompozitsiyalarida   keng   tarqalgan   doira   yoki   aylana   ko‘rinishidagi   naqshin
gullarni "pargoriy" deb nomlashadi. Bu uslub deyarli hamma ustalarning asarlarida
uchraydi.   Lekin   asrimizning   boshlarida   Toshkentlik   usta   S.   Xo‘jaev   ijodida   u
o‘zining yuqori cho‘qqilariga erishgan 2
.
Farg‘onalik   ustalarning   naqqoshlik   asarlarida   "buta",   "guldastalar"ga   keng
o‘rin   beriladi.   Lekin   ular   ushbu   maktabda   birmuncha   yaxlit,   naqshlarning   orasi
ochiq,   yirik   yaxlit   ko‘rinishlarda   ishlanadi.   Bundan   tashqari,   Farg‘ona
naqqoshligida   Rishton   kulolchiligiga   xos   moviy   buyoqlar   ko‘p   ishlanib,   unda
asosan   o‘simlik   dunyosi   naqshlari   yetakchilik   qiladi.   Chunki,   aynan   ularda
maxalliy   aholining   "jannat   bog‘i"   va   kosmogonik,   diniy   falsafa   haqidagi
tushunchalari o‘zining ifodasini topgan.
Zarafshon   vohasi   naqqoshligi   ham   ko‘p   tomonlardan   Xiva   maktabining
an’analariga   yaqin   bo‘lsada,   ushbu   viloyatlarning   naqqoshligi   o‘zidagi
kompozitsiya   va   ranglar   majmuasi   bilan   Farg‘ona–Toshkent   maktabiga   yaqindir.
Chunki, naqqoshlik san’atidagi maktablar bir–biridan asosan naqshlar tizimi va har
bir   kompozitsiyaning   tasvirlanishi   bilan   farqlanadi.   Masalan,   Toshkentda
naqshlardagi   gullarning   orasi   ochiq,   tasvirlar   birmuncha   erkin   bo‘lib   ko‘rinsa,
Xorazmda   birmuncha   zich,   novdalarning   orasidagi   bo‘sh   joy   qoldirilmasligiga
katta ahamiyat qaratiladi.
1
  Қ осимов К.  На ққ ошлик. Хал қ  на ққ ошлиги т ў гараги. – Т : Ўқитувчи,  1990.   В.41.
2
  Булатов С.  Ў збек халк амалий безак санъати. – Т.: Ме ҳ нат, 1991 . В. 29.
37 O‘tmishda   xalq   san’atining   boshqa   turlari   kabi   naqqoshlik   ham   asosan
“usta–shogird”   an’anasi   orqali   tayyorlangan.   Bu   an’ana   hozirgi   davrgacha
saqlangan   bo‘lib,  shu   bilan   birga  san’atning   ushbu  turiga   sezilayotgan   ehtiyojdan
kelib   chiqib,   sohaga   moslashtirilgan   qator   kollejlar   ham   professional   ustalar
tayyorlashga   kirishdilar.   O‘zbekiston   badiiy   Akademiyasining   Toshkent,
Samarqand   shaharlari   va   boshqa   viloyatlardagi   tasviriy   va   amaliy   san’at   bilim
yurtlari bunga misoldir 1
.
Hozirda,   naqqoshlik   san’ati   o‘zining   avvalgi   davrlardagi   mavqeini   qayta
tiklamoqda.   Toshkent   va   Samarqand   shaharlari   va   Respublikaning   boshqa   yirik
shaharlarida   qurib   foydalanishga   topshirilayotgan   yoki   qayta   ta’mirdan
chiqarilayotgan   diniy   va   dunyoviy   harakterdagi   zamonaviy   qurilishlarda   unga
bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. "Usto" birlashmasining Samarqand shaxri
va viloyatlardagi bo‘linmalarida ishlayotgan ustalar, oxirgi o‘n yil orasida ko‘plab
yirik ob’ektlarda muvaffaqiyatli qatnashdilar. 
Yuqoridagi   ob’ektlardagi   naqqoshlik   ishlarini   bajarishda   M.   To‘raev,   A.
Ilhomov, S. Mahmudov, K. Shoislomov, X. Nuraliev, S. Shukurov va boshqa yirik
ustalar shogirdlari bilan qatnashganlar 2
. Ushbu ustalar o‘z ijodlari davomida faqat
Samarqand naqqoshlik maktabining an’analarini rivojlantirib qolmay, naqshlarning
mumtoz   namunalarini   o‘zlashtirgan   holda   zamonaviy   ko‘rinishlarini   ham   kashf
etmoqda.
Samarqand   naqqoshligida   ham   xuddi   Toshkentda   bo‘lgani   kabi,   ko‘p
uchraydigan elementlar "mehrob", "madohil", "bodom" va "buta" naqshlari tashkil
etadi.   Undagi   asosiy   naqshlarning   atrofida   yordamchilari–"chorgul",   "oygul",
"zanjira"   naqshlari   turlari   hamkorlik   qiladi.  Naqqoshlik   san’atida   njod   qilayotgan
har   bir   usta,   amaliyot   davomida,   mavjud   an’analarni   o‘zlashtirib,   ish   jarayonida
klassik   naqshning   juda   ko‘p   ko‘rinishlariga   muvaffaq   bo‘ladi.   Naqshdagi   bir
arzimagan   chiziq   va   naqshning   shakl   shamoyilini   yoki   tasvirdagi   mazmun–
mohiyatni tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. 90–yillardan boshlab qurilayotgan
1
  Ма на кова В.Н.  Художественная культура народного жилища Узбекистана.   –   Т:  Гафур Гулом , 1990.  –  S . 71.
2
  3охидов П.Ш.  Меъморий санъат мўъжизалари. //Мозийдан садо, № 1–2, 1994, В. 42. 
38 bir qancha madaniy maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida va maishiy harakterdagi
buyumlardagi naqqoshlikda ushbu vaziyat namoyon bo‘lmoqda 1
.
Ularda   O‘zbekiston   naqqoshligining   yetuk   ustalari   O.   Qosimjonov,   T.
To‘xtaxo‘jaev,   J.   Hakimov,   Z.   Qodirovlarning   eng   yaxshi   an’analari   davom
ettirilmoqda.
Oxirgi   o‘n   yil   mobaynida   yog‘och   o‘ymakorligi   va   naqqoshlik   san’ati
haqiqatan   ham   rivojlanib,   unitilib   borayotgan   ba’zi   uslublarni   qayta   tiklayotgani,
naqshlarning   ro‘yxati   yil   sayin   kengayayotganligi   va   islimiy   naqshning   bir   necha
turlarda   uyg‘unlashayotganining   guvohi   bo‘lamiz.   Birgina   yuqorida   keltirib
o‘tilgan   “pargori”   uslubini   olsak,   u   XIX–XX   asrning   boshlaridagi   Samarqand
naqqoshlik   maktabida   ayniqsa   mashxur   bo‘lib,   so‘nggi   paytlarda   esa   deyarli
qo‘llanilmayotgandi.   Mustaqillik   yillarida   mazkur   an’ananing   qayta
tiklanganligining guvohi bo‘lamiz.
Ustalar, yuqoridagilar bilan birga, buyurtma berilgan taqdirda, asosiy badiiy
yo‘nalishlardan   tashqari,   iste’molchilarning   talabidan   kelib   chiqqan   holda,
xoxlagan   o‘lcham   va   uslubdagi   buyurtmalar   ustida   ham   ishlamoqdalar.   Ye vropa
andozalariga xos bufet, triyma, servant, stol va stullarning t o‘ plamlari fikrimizning
dalilidir.   Ularda   o‘ yiladigan   naqshlar   an’anaviy   yoki   buyurtmachi   tomonidan
takdim etilgan chizmalar asosida, yevropaliklarning amaliy san’atiga xos naqshlar
ham b o‘ lishi mumkin 2
.
Hozirgi   kunda,   bozor   i q tisodiyoti   muammolari   san’atning   boshqa   turlarida
bo‘lgani   kabi   naqqoshlik   san’atiga   ham   kirib   kelmo q da.   Bu   esa,   ustalarimizga
zamonaviy   sharoitda   yashab,   ijod   qilishning   yangi   ko‘rinishlarini   izlashga   sabab
b o‘ lmo q da .
Mustaqillik   yillariga   kelib   jamoat   binolari   intererlarini   ishlashda   milliy
dunyoqarash   va   yangicha   yondoshish   shakllandi.   Ma’nan   eskirib   qolgan   xonalar
pardozi,   naqshu–nigorlari,   pol   va   shifti,   jixozlari,   yoritgichlari   yangilandi.
1
  Хакимов А. А.  Ў збекистон санъати (1991–2001).   –   Т:  Мерос , 2001.  В. 82.
2
 Muratov X.X., Jabbarov R.R. Amaliy va badiiy bezak san’ati. – Chirchiq. 2020.  B.  41 .
39 Me’morchilikda devoriy suratning o‘rni va intererdagi ahamiyati oshdi. Intererlari
maxsus loyihalangan binolar qurila boshlandi 1
.
Toshkentda,   Yunusobodda   barpo   etilgan   "Shaxidlar   xotirasi"   majmuasi
xalqimiz   ruxini   ko‘taruvchi,   istiqlol   me’morchiligidan   o‘z   o‘rnini   egallagan
obidadir.   "Shaxidlar   xotirasi"   yodgorlik   majmui   30   gektardan   ortiq   yerni   o‘z
bag‘riga   olgan   bo‘lib,   yam–yashil   hududdan   iborat   maydonni   Buzsuvning   zilol
suvi ikkiga ajratib turibdi. Ikki qirg‘oqni birlashtiruvchi go‘zal ko‘prik o‘ziga xos
salobat to‘kkan.
Ziyoratgohning   markazida   sakkizta   adl   ustunlar   uzra   joylashgan   moviy
gumbaz   ko‘shk   bo‘lib,   uning   marmar   polida   eroniy   nefritdan   ishlangan   ramziy
sag‘anadan   chor   atrofga   motamona   sukunat   taralib   turadi.   Bu   sag‘ana   minglab,
balki o‘n minglab shaxid ketgan vatandoshlarimizning ramziy qabirlaridir. Ushbu
ziyoratgohning   muhim   tarkibiy   qismi   "Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   muzeyi"
binosidir. Bino rejasini tuzishda Markaziy Osiyo an’naviy milliy me’morlik uslub
va   yechimlari:   gumbaz,   ayvon,   peshayvon,   ravoq,   naqshlardan   keng   va   ijodiy
foydalanilgan. Muzeyning asosiy markaziy hajmi murabba shaklda qurilgan bo‘lib,
tarhi   20x20   metrni   tashkil   etadi.   Bino   diametri   5,8   metrli,   balandligi   6,2   metr
b o‘ lgan moviy gumbaz bilan  q oplangan 2
.
Istiqlol   yillarida   keng   imkoniyat   yaratilgan   xalq   ustalari,   rassomlar
guru h ining   me’mor   va   q uruvchilar   bilan   yonma–yon   ijod   qilishlari   bu   muzey
binosi qurilishida ham  o‘ z ifodasini topgani  q uvonarli holdir. Hamkorlik natijasida
muzey   devorlariga   va   boshqa   bezaklarga   zangori,   h avorang,   o q   sirli   kesma
koshinlar,   marmar   va   granit   toshlar   q oplangan   bo‘lib   uning   q urinishi   yanada
uyg‘unlashtirilgan.
Ichki   bezagida   ham   ganchkorlik,   b o‘ yama   naqsh   va   turli   serjilo   naqshlar
juda katta mahorat va did bilan ijro etilgaligi ta h singa sazovordir.
O‘yma naqshinkor yog‘och ustunlar ko‘tarib turgan to‘rt ayvonning barchasi
qadimiy   hayvon   shaklida   yaratilgan   bo‘lib,   bu   usulda   ayvon   markazi   ikki   ustun
1
  Хакимов А. А.  Ў збекистон санъати (1991–2002).   –   Т : Мерос , 2001.   В. 83. 
2
  Қодирова Т.Ф.   Қатағон  қурбонлари  хотираси  музейи //  Ўзбекистон архитектураси  ва  қурилиши  журнали.
№ 1 - 2, 2003, 3 - 5 бетлар.
40 oralig‘i   bo‘yicha   ko‘tarilgan   shiftning   chor   tusini   orasiga   o‘yma   naqshli   hovuzak
ishlangan.   Shiftning   qolgan   sathi   esa   vassa–toqi   bilan   to‘ldirilgan.   Muzey
ayvonlarida   bunday   shiftning   faqat   yog‘och   o‘ymakorligida   bajariladigan   usuli
qo‘llanilgan   bo‘lsada,   o‘yma   naqshlarning   tanlangan   guli   va   o‘lchamlari   bino
mazmuniga mos keladi.
Qosh   va   to‘sinlarga   uyma   naqshlar   berilgan,   ayniqsa   ustunlarga   islomiy
gullar o‘yilib bezatilgan. Marmar asosga o‘rnatilgan ustunlarning bir qism kallagi
Farg‘onacha   kesma   mukarnas   shaklida   ishlangan   bo‘lsa,   boshqa   qismi
Samarqandcha   usulda   bajarilgan   bo‘lib,   mukarnaslar   mayda   yog‘och
bo‘lakchalardan yigilgan.
Muzey   yog‘och   o‘ymakorligi   san’atining   yuksak   badiiy   mahorat   bilan
ishlangan   namunalaridan   biri   bu   o‘ymakor   eshiklaridir.   Muzeyning   to‘rt   tarziga
o‘rnatilgan ravoqi panjara va o‘ymakor  eshiklar  Toshkent  va Samarqand yog‘och
o‘ymakorligi maktabiga mansubdir 1
.
Yog‘och   o‘ymakorligi   ishlarini   Toshkentdagi   “Ustazoda”   xalq   amaliy
san’ati   ustalari   korxonasining   xalq   ustalari:   S.   Raxmatullayev,   X.Odilov,   B.
G’aniyevlar;   Qo‘qonlik   A.Abdullaev   va   X.Umarov   boshchiligida   ustalar;
Samarqandlik   xalq   ustalaridan   N.Sohibnazarov,   M.   Abrorov   va   A.Barnoyevlar
mohirona ijod etgan.
Naqshlar   pastda   qolibkor   uslubida   tayyorlanib,   bezak   berilgan   ganch
elementlari   yuqorida,   aniq,   geometrik   o‘lchovlar   asosida,   murakkab   yulduzsimon
shakllar   tarzida   gumbaz   qurilmasi   ostiga   yig‘ilgan.   Bir   necha   asrdan   beri
qullanmay kelingan "iroqi" gumbaz, birinchi bor muzey gumbazi qurilmasi ostida
katta   mahorat   bilan   bajarilgan.   Bunday   usulning   afzalligi   shundaki   turli
kattalikdagi   qurilma   oraliqlarini   bezakli   ganch   taxtachalar   bilan   tez   va   samarali
hamda murakkab shakllarda bezash imkoniyati yaratiladi. Naqqoshlar esa binoning
mazmuni   va   me’moriy   shakliga   qarab   gumbazga   turli   rang   va   naqshlar   bilan   jilo
berishi mumkin bo‘ladi.
1
  Ўзбекистон   ҳунармандчилиги   ва   амалий   санъати.   Энцеклопедия.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси нашриёти. 2016.  Б. 464.
41 Xususan, muzey binosidagi "iroqi" gumbazning shakli, bezaklari va ranglari
binoning   ichki   muhitiga   mos   ravishda   tanlangan.   Yashilga   moyil   ko‘kish   rang
asosga kamtarona islimi naqsh tushirilib, havuzaklar ichiga esa maromida tilla xal
berilgan 1
.
Muzeyning   tashqi   tarzlaridagi   namoyonlarga,   kirish   eshiklarining   P–
shaklidagi   xoshiyalariga,   gumbaz   osti   mukarnaslari,   gardishiga,   tuynuklardagi
panjaralar,   ravoqlarga   naqshinkor   koshin   qoplamalar   qilinib,   ularning   shakli,
ko‘rinishi,   bo‘rtma   gullari   qadimiy   obidalardagi   sirkor   koshinlardan
qolishmaydigan darajada bajarilgan.
Muzeyning   bosh   g‘arbiy   tarzidagi   namoyonlarda   koshin   naqshlari   girix
usulida   ishlanib,   oralari   mayda   ismlimi   gullar   bilan   to‘ldirilgan.   Tarzga
joylashtirilgan to‘rtta namoyonning girixlari va ranglari o‘zaro uyg‘unlikda bo‘lib,
devorning   umumiy   kompozitsiyasidan   ajralib   ketmay,   kirish   eshigi   bezaklarining
ustivorligini saqlab qolgan.
Binoning   tarzdagi   namoyonlarida   esa   qadimiy   obidalarning   izoralariga   xos
bo‘lgan   naqshdagi   koshin   qoplama   qo‘llanilgan.   Bu   naqshlar   zamonaviy   talqinda
bajarilgan   bo‘lsa   ham   o‘ymakor   yog‘och   eshikning   bezaklari   va   to‘q   zangori
rangdagi eshik hoshiyalarini bo‘rttirib turibdi.
Janubiy   tarzdagi   namoyonlarning   bezagidagi   asosiy   girix   turi   umumiy
ko‘rinishda   an’anaviy   bo‘lsada,   shakli   va   tuzilishiga   ijodiy   yondoshilgan.
Namoyon panjara sifat ko‘rinish olib, uning asosida esa majnuntol shoxlari egilib
turgandek.   Yashil   moviy   rangning   qoramtir   hoshiyalari   esa   motamsaro   kayfiyat
uyg‘otgan.
Sharqiy   tarz   butunlay   o‘zgacha   yechimda   bajarilgan   namoyonlar   bilan
bezatilgan.   Majnuntol   shoxlari   ko‘rinishini   olgan   bu   namoyonlar   yashil   ko‘k
ranglarning   turli   qalin   va   quyuqligi   hisobiga   hamda   bezak   shakllarining   o‘zaro
uyg‘unlgi   tufayli   Buzsuvga   qaragan   bu   devor   kompozitsiyasi   sokinlik   kayfiyatini
olgan.
1
  Қодирова Т.Ф.  Қатағон қурбонлари хотираси музейи // “Ўзбекистон архитектураси ва қурилиши журнали”.
№ 1-2, 2003й,  3-5 бетлар.
42 O‘ymakor   kirish   eshiklarning   koshin   hoshiyalaridagi   bezak   qadimiy
“morpech”   shaklida   bo‘lib,   gumbaz   asosidagi   mukarnaslar   binoning   koshin
bezaklarini an’anaviy shakllarga qiyos qilish imkoniyatini beradi. Bino bezagidagi
koshinkorlik   ishlari   hozirgi   o‘zbek   me’morchiligining   yutuqlaridan   biriga
aylangan.
Umuman, ramziy inshoot va “Qatog‘on qurbonlari xotirasi” muzey binosini
yaratishda   xalq   amaliy   san’ati   ustalari   naqqoshlik   sohasida   o‘z   mahoratlarini
ko‘rsatgan.
43 Samarqand naqqoshlik maktabi xususiyatlari
2.2 Samarqand naqqoshlik maktabining tarixiy ildizlari va uning o‘ziga xos 
jihatlari 
Naqqoshlik   san’ati   O‘rta   Osiyoda   juda   qadimiy   bo‘lishi   bilan   birga,   o‘ziga
xos, betakror namunalari bilan ajralib turadi. Har bir naqshning tashqi ko‘rinishini
ifodalovchi ajib bir gullari, yaproq, novda, islimi, girixi kabilar bilan birga chuqur
44 ichki ma'nosi bor.  Bunda har bir shakl aniq o‘lchamda, hamohang bo‘lishi, ranglar
did bilan o‘zaro mutanosib tanlanishi kerak. Ma’lumki, O‘rta Osiyoga islom dinini
kirib   kelishi   bilan   joriy   etilgan   jonli   mavjudot   tasvirini   ishlashning   man   qilinishi
tasviriy   san'atni   rangtasvir,   haykaltaroshlik   kabi   turlarini   rivojlanishiga   to‘sqinlik
qilgan, biroq, xalq amaliy san'ati, xususan naqqoshlik san'ati keng taraqqiy etishiga
ham   katta   turtki   bo‘lgan.   Binolar,   turli   idish-tovoqlar,   buyumlar,   qurol-aslahalar
naqsh bilan bezatildi. Shaharlar husniga ko‘rk bo‘lgan qadimiy obidalar, masjidu,
madrasalar,   xonoqo   va   maqbaralar   naqsh   bilan   bezatildi,   ganch   va   yog'och
o‘ymakorligi   keng   ko‘lamda   qo‘llanildi.   Ana   shunday   milliy   san'atimiz   bo‘lgan
xalq amaliy san'atining bizgacha etib kelishi va rivojlanishida mashhur ustalar Usta
Shirin   Murodov,   Yusufali   Musayev,   Umrzoq   Ahmedov,   Ota   Polvonovlarning
hissalari   beqiyosdir.   Farg'ona   naqqoshlik   maktabi   nomi   bilan   tilga   olinadigan
Xo‘jand, Marg'ilon, Qo‘qon, Farg’ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq
va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidaxmad
Norqo‘ziyevni  ham  alohida ta'kidlash  joizdir.   Ajdodlarimiz qurgan saroy, masjid,
maskanlar devoridagi nafis   naqshlarni ko‘rib quvonamiz, bahridilimiz   ochiladi. U
bizga   estetik,   ma’naviy   zavq   bag’ishlaydi.   Lekin   estetik   zavqning   o‘zi   kifoyami
yoki bu naqshlar biror-bir ma’noni anglatadimi, degan fikrga  h am ba’zan boramiz 1
.
Tasavvuf   she’riyatda   Allohga   muhabbat,   insonga   oqibat,   hayotga   ishq   naqadar
go‘zal   obrazlar orqali yoritilganligi hammamizga ma’lum. Bu muhabbat, bu ishq,
bu  go‘zal  sermazmun iboralar faqat adabiyotdami yoki boshqa san’at turlarida xam
bo‘lgan mi?   Bizningcha,   bu   faqat   adabiyotda   bo‘lib   q olishi   mumkin   emas.   U
san’atda   ham   o‘z   ifodasini   topgan   bo‘lishi   lozim.   Chunki   adabiyot   va   san’at
hamma  vaqt  bir-birini  to‘ldirib  kelgan. Lekin bizlar naqshlarning ramziy ma’nosi ni
yoritadigan   manbalarga   to‘liq   ega   emasmiz.   Naqshlar   oldida   lol   qolamiz,   uning
go‘zalligiga maftun  bo‘lib,  undagi ma’noni  o‘qish  yodimizdan  ko‘tariladi 2
.
Farg’ona   naqshi   Xo‘jand,   Marg’ilon,   Qo‘qon,   Farg’ona,   Andijon,
Namangan,   Chust,   Quva,   Oltiariq   va   Rishton   shaharlarida   vujudga   kelgan
1
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012. B. 41.
2
 Қураҳмедов А. Самарқандлик ҳунармандлар // Фан ва турмуш. , 2005. № 5.  B. 22.
45 uslublardan iborat XIX asr va XX asr boshlariga mansub bo‘lgan naqshlar ko‘plab
osori   atiqalarda   saqlanib   qolgan.   Qo‘qondagi   Madalixon   dahasi   va   Dahmai
Shohon,   Xudoyorxon   o‘rdasidagi   va   boshqa   naqshlar   o‘ziga   xos   ko‘rinishga   ega
bo‘lsada   Farg’ona   naqshlarida   ko‘proq   Buxoro,   Xiva   naqshlarining   ta’siri   bor.
Hattoki rus naqqoshlarining uslubi ham unda-munda uchrab turadi 1
. 
Lekin   Farg’ona   vodiysida   o‘ziga   xos   naqqoshlik   maktabi   rivoj   topgan   edi.
Farg’ona   naqqoshlari   girih,   o‘simliksimon   (islomiy)   va   gulli   girih   naqshlarini
bezaklarda qo‘llaganlar. Kompozisiyalarning simmetriyali bo‘lish prinsipiga amal
qilganlar.   U   boshqa   naqqoshlik   maktablaridan   naqshlarining   tabiatga   juda
yaqinligi,   erkin   ishlanishi,   ranglarining   kontrastligi   bilan   farqlangan.   Bulardan
tashqari   Farg’ona   naqshlarida   tabiatdagi   gul,   barg,   g’uncha   va   boshqalardan
to‘g’ridan-to‘g’ri foydalanilgan. 
Chunonchi Farg’ona naqshlariga qarasak, lista gul, anor, atirgul, majnuntol,
bodomgul   va   boshqalarni   ko‘rishimiz   mumkin.   Farg’ona   vodiylaridagi   naqsh
kompozisiyalarning   tabiatga   juda   yaqinligi   Toshkent,   Xiva   va   Samarqand
naqshlaridan   ajralib   turadi.   Farg’onada   naqqoshlar   chetlari   chiroyli   qilib,   ichiga
islomiy   shakl   tushurilgan   kompozisiyalarini   yaratdi.   Uning   naqshlaridagi
ranglarning   ochiqligi,   yorqinligi   hamda   bir-biriga   uyg’unligi   kishini   o‘ziga   jalb
qiladi. Naqsh kompozisiyasi tuzilishi jihatidan an’anaviy milliy naqshlarga doimo
yangi element va motivlar kiritgan 2
. 
Y.Raufov   kompozisiya   tuzishda   sodda,   uzoq-yaqinini   yaxshi   bilardi.   U
naqsh   kompozisiyalarini   uzoqdan   kam   ko‘rinishini   ta’minlar   edi.   Usta   naqsh
ishlashda ko‘proq chirmoviqsimon o‘suvchan islomiy mazmundagi naqshlari bilan
va   katta-kichik   yuzalarni   to‘g’ri   taqsimlashi   hamda   mayda   kichik   buyumlar
formasiga   nihoyatda   uzviy   ravishda   birlashib   ketgan   odmi   naqshlarning
kamsuqumliligi   bilan   ham   ajralib   turadi.   Yo.Raufovning   naqshlarini   kuzatar
ekanmiz,   naqsh   sxemasini   erkin,   chiroyli   shakllar   hosil   qilib  ishlanganligi   hamda
naqsh   elementlaridan   unumli   foydalanganligini   ko‘ramiz.   Uning   naqshlarining
1
 Қураҳмедов А. Самарқандлик ҳунармандлар // Фан ва турмуш. 2005. № 5.  B. 22.
2
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012.  B. 44.
46 ko‘pchiligi tojik naqshlariga o‘xshab ketadi, uning gullari yirik-yirik hamda o‘ziga
xos   detallardan   iborat.   U   bargli   gullar   besh   va   sakkiz   bargli   gullar,   ya’ni   «Xitoy
afsonlari»   hamda   oddiy   gullardan   foydalangan.   Usta   tumorchi   naqsh   tartibida
naqsh kompozisiya tuzib, har bir tumor gulni aniq oq chiziq bilan ajratib, ularning
zaminini   esa   turli   ranglar  bilan  bo‘yagan.  Usta   turli  shaharlarga   borganda  har  bir
joyning   o‘ziga   xos   an’anasiga   moslab   naqsh   bajargan.   U   hamma   joyda   ham   bir
qolipdagi naqshlarni hech qo‘llamay, yangi-yangi naqshlar to‘qib, tuzib bo‘yagan.
Y.Raufovning yirik me’morchilik inshootlariga yoki maishiy buyumlarga ishlagan
naqshlarini   kuzatsak   chiziq   va   ranglarning   bir-biriga   g’oyat   Toshpo‘lat
Arslonqulovni sezamiz. Usta ko‘k, havorang yonida pushti rang qo‘llashi  naqshni
buzmay balki, bu ikki rang bir-birini to‘ldiradi, butunlik xosil qiladi. Uning xayoti
davomida   turli   shaharlarda   qilgan   ishlari   o‘ziga   xos   maktab   vazifasini   o‘tadi,
tajribasini boyitdi 1
. 
Yo. Raufov naqshlarni bo‘rttirib, tilla halli nozik plastinkalarni ham qo‘lladi.
Ya’ni   kundal   texnikasidan   ham   foydalandi.   Bu   texnikada   naqshlarni   bajarilishi
o‘ziga   xos   joziba,   ko‘rinish   berishini   ko‘ramiz.   Usta   muhtasham   binolarning
peshtoqlari,   navolari,   shiftlariga   bergan   naqshlari   bino   chiroyini   yanada   ochadi
hamda   xonalarga   fayz   va   alohida   latofat   bag’ishlaydi.   Sharqqa   mashxur   bo‘lgan
naqqosh Maoniy aytganidek «agar kimki rasmdagi har bir chiziqqa jon bag’ishlay
olar ekan, u san’at kalitini egallagan bo‘ladi». Ana shu san’at kalitini egallagan har
bir  chiziqqa  jon bag’ishlay  olgan buyuk san’atkorlardan  biri  Yo. Raufovdir. Usta
har bir naqshni  to‘g’ri va aniq chiqishiga hamda bir-biriga bog’lanishiga intilgan.
Ustaning   naqshlariga   nigoh   tashlar   ekanmiz,   islomiy   patnis,   islomiy   gul,   islomiy
mexrob   va   boshqa   naqsh   kompozisiyalarni   ko‘p   uchratamiz.   Naqsh   turlari   ichida
eng   ko‘p   tarqalgan   va   murakkab   turi   girix   bo‘lib,   uni   hamma   ustalar   xam   ishlay
olmagan. Uni chiza olgan haqiqiy naqqosh hisoblangan. Ko‘pincha ustalar girixkor
(girix   chizuvchi   usta)   ustaga   chizdirib,   keyin   ular   binolarga   yoki   buyumlarga
qo‘llar edilar. Yo. Raufov esa girix, naqshni qiynalmasdan bemalol chiza olar edi. 
1
 Ўроқов М., Ғаниев К. Анъанавий ҳунармандчилик – миллий мерос феномени сифатида // Марказий Осиёда
анъанавий ва замонавий этномаданий жараёнлар. 2-қисм. – Тошкент, 2005. –  B . 137. 
47 Usta   o‘z   ijodiy   faoliyatida   ko‘proq   medalon   kompozisiyalarni   qo‘lladi.
Uning   ishlagan   h ar   bir   kompozi t siyalari   umumiy   yaxlit   butunlik   kasb   etadi.   Yo.
Raufov   yog’ochga   naqsh   ishlashdan   oldin   yog’ochni   qum   qog’ozda   tekislab   alif
moyi surkab, keyin uning sirtini mahsus massa bilan tekislab naqsh chizgan.  Naqsh
tayyor bo‘lgandan so‘ng egar moyi yoki fabrika loki berilgan. Egar moyi surilgan
naqsh   yoritilgan   hamda   bezatilgan   yuzani   darz   ketishidan,   chirishidan   saqlagan.
Yo.   Raufov   tabiiy   tayyorlangan   bo‘yoqlarni,   loklarni   yaxshi   ko‘rar   edi   hamda
naqshlarning sifatli chiqishiga katta e’tibor berar edi. Yo. Raufov yillar davomida
tajribasi oshib sodda va oddiy usulda bajarilgan naqshlar murakkablashib bordi va
bo‘yoqlarning   rang-barangligi   yanada   oshdi.   Kompozisiyalarida   ko‘pincha   qizil,
jigarrang,   yashil,   to‘q   sariq,   xavoranglardan   foydalandi.   Ustaning   aniq   va
sermanzara naqshlari baland hamda keng shiftlarni bezashda yaxshi natijalar berdi.
Yo.Raufov   naqsh   kompozisiyalarini   juda   erkin,   yengil   mustaqil,   qiynalmasdan
chizardi 1
. 
Xiva naqshi Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Buxoro naqshidan tubdan farq
qiladi.   Rangi   jihatidan   kelsak,   naqshlarning   umumiy   rangi   ko‘pincha   xavorang
kolorida   ishlanadi.   Ranglar   kam   ishlatilsa-da,   o‘ziga   xos   ko‘rkamlikka   ega.   Xiva
naqshida asosan zangori va yashil ranglar juda ko‘p ishlatiladi. Xorazm naqshlari
butun   yuzani   geometrik   naqshlar   bilan   to‘ldirib   moviy   va   yashil   bo‘yoq   berishni
yaxshi   ko‘rganlar.   Kompozisiyada   naqshlarning   tuzilishiga   qaraganda,   asosan
novda spiralsimon aylanib-aylanib murakkab naqshlar xosil qiladi. 
Ko‘pincha   yulduz   hosil   qiluvchi   girixlar   ishlatilib,   orasiga   spiralsimon
islomiy   naqsh   ishlatiladi.   Xiva   naqshlari   umuman   madoxili   naqshlar   asosida
tuziladi.   Keyin   esa   islomiy   naqsh   spiralsimon   mayda   qilib   ishlanadi.   Xiva
naqqoshchilik   maktabining   namoyandalari   Abdulla   Boltayev,   Ro‘zimat
Masharipov,   Odamboy   Yoqubov,   Eshmurod   Sapayev   va   boshqalar,   Buxoro
naqqoshlik   maktabi.   Buxoro   naqshi   hamma   naqshlardan   naqsh
kompozitsiyalarining   murakkabligi,   mukammalligi   va   jozibadorligi   bilan   ajralib
turadi.
1
 Ўроқов М., Ғаниев К. Анъанавий ҳунармандчилик – миллий мерос феномени сифатида // Марказий Осиёда
анъанавий ва замонавий этномаданий жараёнлар. 2-қисм. – Тошкент, 2005 . –  B . 137.
48   Buxoro   naqshlarida   murakkab   girixlar   aniq,   puxta   o‘lchamda   ishlatilishi
o‘simliksimon naqshlarning o‘ziga xos san'at bilan ishlangani naqshlarning yaproq,
meva, gul barglar ritmiga aloxida e'tibor berilishi bilan farqlanadi 1
.
Samarqandda   o‘rta   asrlarda   qurilgan   Shirinbeka   o g’ o,   Tuman   o g’ o,
Bibixonim,   Qozizoda   Rumiy   maqbaralari   interyerida   manzara   tasviri   ishlangan.
Tadqiqotchi   S.S. Davidov   bu   dalil   bo‘yicha   G.A.   Pugachenkova   va
L.I.Rempellarning maqbara devoridagi   manzara   tasviri  jannat  ramzini   ifodalagan,
degan fikrlarni inkor etadi va bu manzaralar maqbara devorlarida o‘rnatilishi lozim
bo‘lgan   darcha   (deraza)   ramzini   ifodalagan   hamda   o‘rta   asrlarga   xos   maqbara
xuddi   jannatmakon   bog’   markazida   o‘rnatilgan   saroy   g’oyasini   anglatgan,   ya’ni
«Alloh   uning   joyini   jannat   bog’iga   aylantirsin»,   degan   iboraga   asoslangan   deb
ta’kidlaydi 2
.
M azkur   olimlar   fikri   bir-biriga   zid   emas.   G.A.Pugachenkova   va
L.I.Rempellarning fikricha, maqbara ichi  jannatmakon  bog’  ramzini  ifodalasa,  S.S.
Davidov   bo‘yicha   esa   marhum   yotgan   maqbara   jannatmakon   bog’   o‘rtasida
joylashgan saroyni  va uning  darchalaridan  jannat  bog’i manzaralari ko‘rinib turadi,
degan   ma’noni   anglatgan.   Ikkala   tahlilda   ham   manzara   tasviri   jannat   bog’i   bilan
bog’liq   ramziy   ifodani   anglatgan.   Samarqandda   Bibixonim,   Tuman   og’o
maqbaralari interyerida yil   bo‘yi ko‘m-ko‘k bo‘lib  turgan va terakka   o‘xshab bo‘y
cho‘zgan   igna   bargli   sarv   daraxti   surati   ishlangan.   Sarv   (kiparis)   daraxti   ko‘p
xalqlar  tafakkurida  o‘lgan  odam  ruhining  doimiy kelib turadigan joyi hisoblangan.
Doimo   ko‘m-ko‘k   libosga   burkangan   sarv   daraxti   doimiy   hayot   allegoriyasining
o‘ziga   xos   ko‘rinishini   anglatgan     Ko‘pincha   naqshlarning   ko‘rinish   holati,
buyumlarning shakli uning ramziy ifodasini belgilaydi. Jumladan, me’morchilikda
ustunning   ko‘zaga o‘xshash q ismi,   ko‘zagi   deb yuritiladi.   Ko‘zada   suv   saqlangan.
Suvga  xalqning e’tiqo di baland  bo‘lgan. Suv-hayot.  Shuning uchun  ham  ustunning
ko‘zagi   qismi   hosildorlik   ramzi   h isoblangan.   Nilufar   guli,   birinchi   navbatda,
quyosh   ramzi   bo‘lgan,   chunki   qadimdan   bu   gulning   holati   osmonda   quyoshning
1
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012.  B. 52.
2
  Ғуломов К. Амалий санъат. – Тошкент: Иқтисод-молия. 2007.  Б. 33.
49 yo‘nalishiga   qarab   o‘zgarib   turishi   aniqlangan.   Uch   tanobli   bargning   yurakka
o‘xshatib   ishlatilishi-zardushtiylikda adabiylik ma’naviyatini bildirgan va shunday
ramziy   ifoda   bilan   o‘rta   asr   ornameitikasi   dunyosiga   kirib   kelgan.   O‘simlik
shoxchalarining   daraxt   ramzi   o‘r nini   bosishi   money   dini   simvolikasida   ko‘z ga
ko‘ringan  joyni egallagan. Markaziy Osiyo me’morchiligi devoriy suratlarida,  xalq
amaliy   san’ati   buyumlarida   daraxt   shoxchalari,   gullar   tasviri   ko‘p   uchraydi.
Jumladan, Xovaling g e l   qutilari   devorlarida daraxt shoxchalarini   ko‘ramiz.   Daraxt
shoxchasi   hayot   daraxti ma’nosini, dunyo tomiri va  shon-shuhrati   novdasi ramzini
ifodalagan.   Islom   dini   o‘rnatilgandan   so‘ng   daraxt   shoxchalari   naqshi   saodat
daraxti, ma’nosini anglatgan. 
Talxatan   bobo   maqbara -masjidi   interyerining   sakkizburchak   qismida
g’ishtlar   archasimon   daraxt   shoxlariga   o‘xshatib   terilgan.   Mazkur   naqsh   ko‘prok
XI-XII   asrlarga   oid   maqbaralarda   saqlangan.   Olimlarning   aytishlariga   qaraganda,
shoxlari   pastga   yoyilgan   daraxt   naqshi   -   narigi   dunyoni,   shoxlari   yuqoriga
qaraganlaritirilish ramzini ifodalagan ekan guldonlardagi   butoq,   shoxcha, guldasta
tasvirlari   esa   osmoniy   “hayot   shajarasining   ramzi   hisoblangan.   Lola   -   tabiatning
uyg’onish   ramzini   ifodalagan.   Buxoro   turar   joy   ichki   devorlarida,   guldonlarda
butoq   tasviri   keng   qo‘l lanilgan.   Xalq   amaliy   -   badiiy   san’ati   va   me’morchiligida
gul   hamda   o‘simliksimon   naqshlar   bilan   bir   qatorda,   mevalar   ham   o‘z   aksini
topgan.   Jumladan,   I   asrga   oid   bir   idishda   ayol   zulfi   va   quloqlari   o‘rnida   barg   va
novdalari   bilan   bir   boshdan   uzum   naqshi   bo‘rtma   q ilib   tushirilgan.   Shuningdek,
VI-VII asrlarta oid Munchoqtepada ochilgan xona devorlarida odam boshi bilan bir
bosh uzum tasviri ko‘zga tashlanadi. Uzum tasviri Varaxsha saroyi (V-VII asrlar)
devoridagi ganch pannolarda ham uchraydi. Anor esa I-V asrlarga oid  go‘r q utilari
devorlarida,   I-III   asrlarga   oid   anor   ushlab   turgan   hosildorlik   xudosi   Anaxita
haykal chasida   mavjud.   Anor   bilan   lola   tasviri   qadi miy   Panjikent   devoriy
suratlarida,   anorgul   va   anor   naqshi   XIX-XX   asr   uy-joy   me’morchiligida   ko‘p
ishlangan.   Anor   tasviri   o‘rta   asrlarga   oid   kulolchilik   buyumlarida   ham   ko‘p
uchraydi.   Anor   ichidagi   donachalari   (mevasi)   -   xosildorlik,   anor   bilan   lola
tasvirlari tabiatning  uyg’onishi,  bahor ramzini bildirgan.  Umuman olganda, olma -
50 muhabbat,   anor,   uzum   -   ezgulik,   to‘qchilik,   to‘kin-sochinlik   ramzi   hisoblangan.
Markaziy Osiyo xalq amaliy san’ati buyumlarida, devoriy   naqshlarda   doira, girix,
uchburchak,   romb   kabi   naqshlar   keng   qo‘llanil gan.   Ularda   ham   ramziy   ma’nolar
bo‘lgan.   Jumladan, doira,   girih,   uchburchak singari shakllar   ko‘pincha   xonadonni,
kishini   xar   xil   ins-jinslardan   asrovchi   ramziy   belgi   vazifasini   o‘ta gan.   Geometrik
naqshlar juda qadim zamonlardan buyon monumental bezakda  qo‘llanilib  kelingan
va har   qaysisi  o‘ziga   xos  ramziy  ifodaga ega   bo‘lgan.   Oltintepadan  topilgan  ayol
xaykalchalarining birida uning pastki qismida atrofi kiprik tuzilishida tik   chiziqlar
bilan   aylantirilgan   uchburchak   naqshi   tasvirlangan.   Olimlarning   fikricha,   mazkur
naqsh  xudo-ayol ramzini ifodalagan. 
Samarqand,   Yuqori   Zarafshon   so‘zanalarida   ko‘p   uchraydigan   chorchiroq
naqshidan   qadim   zamonlarda   zardushtiylik   dini   aqidalariga   binoan   muqaddas
olovga   bo‘lgan   e’tiqodning   bezakda   saqlanib   qolganligini   bilib   olamiz.
Shuningdek,   mazkur   naqsh   orqali   xalqimizning   yorug’likka,   tantanavorlikka
bo‘lgan orzu-havaslari  ifodalangan 1
.
Markaziy   Osiyoda   islom   dini   o‘rnatilgandan   so‘ng   ham   tirik   mavjudotlar
tasvirlari   obidalarda   ishlanganligi   guvohi   bo‘lamiz.   Jumladan,   Samarqandda
Sherdor   madrasasi   (1636   y.),   Buxoroda   Nodir   Devonbegi   madrasasi   (1622   y.),
Termizda   shoxlar   saroyi   (XII   asr),   Samarqandning   Xo‘ja   Ahror   majmuasidagi
madrasada   sher   tasviri   bo‘lganligi   sababli   uni   Sherdori   Berun   (XVII   asr)   deb
atashgan.  Bunday  misollarni   ko‘p  keltirsak  bo‘ladi. Olimlarimiz   mazkur   davrlarga
oid   tasvirlarda   ham   janrli   sahnalarga   bag’ishlangan   mavzular   bo‘lganligini
ta’kidlaydilar.   Jumladan,   “ G.A.Pugachenkova,   L.I.Rempel   Samarqandda   Amir
Temur, Hirotda Shoxrux, Isfaxonda Abu Said saroylarida shoh va saroy amaldorlari
portretlari,   saroy   hayoti,   ko‘ngilxushlik   (ov),   harbiy   yurishlar   kabi   sahnalar   uslub
jihatidan   Markaziy   Osiyoning   XV-XVII   asrlarga   oid   miniatyuralari   maktablariga
xos uslublarda ishlangan,  deb ta’kidlaydilar” 2
.
1
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012.  B. 57.
2
  Ғуломов К. Амалий санъат. – Тошкент: Иқтисод-молия. 2007.  Б.  37 .
51 Tasvirlarning   aksariyati   bir,   ikki   yoki   uch   personajlardan   tashkil   topgan.
Me’moriy   obidalar   peshtoqlarida,   xalq   amaliy   san’ati   buyumlarida,   xona
devorlarida,   badiiy  matolarda sher va quyosh, bir mavjudotning ikkinchisiga hamla
qilish sahnasi, daraxt, tog’ echkisi, qo‘chqor,  grifon,  parrandalar, yirtqich xayvonlar
surati  ishlangan.
Quyosh   bilan   sher   “sheru   xurshed”   tasvirida   quyosh   -   majoziy   tushuncha
bo‘yicha,   yer,   ustun   va   osmonni   idora   qiladigan   va   qo‘riqlaydigan   kuch   sifatida,
olamning   paydo   bo‘lishi   haqidagi   afsonalarda   esa   u   olamning   o‘zgarishida
hokimiyatning   kuch-qudratini   balo-qazolardan   saqlash   tushunchasini   ifodalaydi.
Sher,   quyosh,   ohu   tasvirlaridan   tuzilgan   kompozisiyalar   tabiat   fasllarining
o‘zgarishi,   Navro‘zi   olamning   kirib   kelishi,   ekin   maydonlarida   bahorgi   ishlarning
boshlanishi   ramzini   bildirgan.   IX-X   asrlarda   Afrosiyob   sopol   i dishlarida   chizilgan
sher   tasviri   o‘sha   davr   diniy   falsafiy   tizimida   katta   hurmat   qozongan   Hazrat   Ali
ramzini   ifodalagan   .   Darhaqiqat,   ko‘pgina   qo‘lyozmalarda   Aliga   nisbatan   “Sheri
Xudo”   -   “Xudo   Sheri”   iborasi   keng   ishlatilgan.   Shuning   uchun   ham   Rudakiy:
“Yuragida sherga  nisbatan  muhabbati bor kishining bu dunyosi ham,  u  dunyosi ham
obod  bo‘ladi”, - deb yozgan 1
. 
Qaqnus qushi - afsonaviy qush. Tasavvuf adabiyotida talqin qilinishicha, bir
pirning   ruhi   ikkinchi   bir   tarbiya   berish   yoki   bir   kuchli   ruhning   ikkinchi   birovda
«tajalliy   topishi»   (jilolanishi)   mumkinligi   ifodalangan.     Xudxud   (popushak)   -
tasavvuf   adabiyotida   rahnamo   pir   ramzi   bo‘lgan.   Alisher   Navoiyning   “   Lisonut-
tayr”   dostonida   yoxud   barcha   qushlarga   raxnamo   bo‘lib,   semurg’   degan   shoh
qushni izlab yo‘lga tushadi. Termiz shoxlari saroylari devorlarida sher tanali   odam
yuziga   monand   ikki   boshli   mavjudot   tasvirlangan.   Bunday   qo‘shaloq   yuzli   sher
tasvirini   B.P.Denike   tamg’a,   deb   hisoblaydi   ,   M.Yusupova   uni   davlat   gerbi,   deb
ta’kidlaydi   .   Zarafshon   tog’   voxasida   IX-XII   asrlarga   oid   ustunlarning   birida   tong
ramzi   sifatida   oqshom   ramzini   ifodalovchi   bo‘yo‘g’li   boshi   tasvirlari   o‘yilgan   .
Kaptar ayol   xudo  (ma’buda) belgisi hisoblangan, keyinchalik  xristian  dini ramzi va
1
  Norqulova   D.   O‘zbekiston   respublikasida   amaliy   san’atning   rivojlanishi   (Samarqand   naqqoshligi   misolida).   –
Samarqand. 2012. B. 58.
52 quyoshni   ifodalagan.   Shuningdek,   omad   ramzini   bildirgan.   Qirg’iy   kosmik
kuchlarni   ifodalagan   hamda   tamg’alar   belgisi   sifatida   qo‘llanilgan   .   Burgut   -
qadimdan   quyosh   ramzi   hisoblangan.   Shuningdek,   kuch   va   hukmronlik   ramzini
bildirgan.   Umuman,   tasvirlar   olamida   qushlar   tabiat   shakllaridan   uzoqlashib,
ko‘proq   ramziy   belgilarni   ifodalaydi.   Ular   bilan   narigi   dunyo   tushunchasi
bog’langan.   Jumladan,   kishi   o‘lgandan   so‘ng   uning   ruhi   qush   bo‘lib   uchib   ketadi,
deb tushunilgan.   O‘rdak, g’oz, tustovuq,   tovus - baxt-omad,   go‘zal lik, olamshumul
g’oyalarni,   xushxabarlarni   yetkazuvchi   kuch   sifatida   gavdalanadi.   Ular   ilohiy
kuchlarni   ifodalagan.   She’riyatda   majoziy,   ramziy   ifodalarni   yoritgan.   Ayrim
urug’lar   qushlarni   totemlari   deb   bilganlar.   Jumladan,   og’uzlarga   mansub   kayi,
bayot,   alkireli,   karemli   urug’lari   uchun   -   oq   lochin;   yazir,   dyuker,   dudu rg’i,
yonarlilar   uchun   -   burgut;   ovshar,   karik,   bekdili,   karkinlar   uchun   -   quyonni
ko‘ta rayotgan   burgut;   bayundur,   bechene,   djaguldur,   chepenilar   uchun   -   shunqor
tasviri totem  hisoblangan .  
53 III BOB.   MUSTAAQILLIK   YILLARIDA   SAMARQAND   AMALIY
SAN’AT MAKTABLARI VA NAMOYANDALAARI FAOLIYATI 
3.1  Samarqand amaliy san’at turlari maktablari
O‘zbekistonda   xalq   amaliy   san’atida,   xalqning   madaniy   merosi,   an’anaviy
milliy   qadriyatlarini   avaylab   asrash,   hunarmand   larga   g‘amxo‘rlik   qilish   davlat
siyosati   darajasiga   ko‘tarildi.   Shu   sabab   Janubiy   vohalarda   milliy   madaniyatni
saqlab qolish va uni rivojlantirish, hunarmandchilik sohasi-dagi ishlab chiqarishda
an’anaviylikni   tiklash   tabiiy   jarayonga   aylandi.   Ayniqsa,   O‘zbekistonda
hunarmandchilik ishlab chiqarishini rivojlantirishda viloyatlardagi asosiy ijtimoiy-
iqtisodiy   omillar   ham   hisobga   olinib,   xalq   hunarmandchiligini   har   tomonlama
qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator jamg‘arma va uyushmalar tashkil etildi.
Samarqand   qadimdan   milliy   hunarmandchilik   va   savdo   markazlaridan   biri
bo‘lib kelgan. Bu yerda xalq amaliy san’atining ko‘pgina turlari o‘z maktablariga
ega   bo‘lgan   holda   bugungi   kunda   ham   o‘z   maktablari   an’analarini   davom   ettirib
kelmoqdalar. Mustaqillik yillarida Samarqand viloyatida “Silk road bazaar” milliy
hunarmandchilik va savdo festivalining o‘tkazilishi ham bejiz emas. Bundan qadim
bozor an’analarini qayta tiklash, hunarmandlarimizning mahsulotlarini mahalliy va
xorijlik sayyohlarga namoyish etish maqsad qilingan.
Samarqand zargarlik maktabi –  O‘zbek xalq amaliy san’atining turlari ichida
zeb-ziynat   san’ati   bo‘lmish   zargarlik   alohida   o‘rin   egallaydi.   Biz   azaldan   ota-
bobolarimizdan eshitib kelayotganimiz “Yer yuzida birgina bo‘lsa-da ayol zoti bor
ekan,   zargarning   hunari   o‘lmaydi”.   Musulmonlarda   feruza,   marvarid,   zumrad   va
boshqa toshli zargarlik buyumlari nihoyatda qadrlangan. Chunki ular inson uchun
faqat bezak buyumlari bo‘lib qolmay, balki sog’likka, inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir
etgan. Samarqandda H.Yo‘ldashev, I.Komilboyev, V.Hafizov kabi ustalar zargarlik
san’atini rivojlantirdilar 1
. 
Samarqand   kulolchilik   maktabi   –   Yurtimizda   milliy   hunarmandchilik
turlaridan biri - kulolchilik uch ming yildan ziyod tarixga ega bo‘lib, avlodlar osha
1
 To‘xsanova V. Amaliy san’at turlari. – Buxoro: Durdona, 2020.  B. 53.
54 ardoqlanib, sayqallanib kelmoqda. Samarqandda kulolchilik neolit davridan buyon
mavjud   bo‘lsa-da,   uning   eng   rivojlangan   davrlari   eramizning   IX–XII   asrlarga
to‘g‘ri   keladi.   Tuproq   insonlarning   barcha   ehtiyojni   o‘z   zimmasiga   olgan
farovonlik,   to‘kinlik,   rizq-ro‘z,   go‘zallikning   eng   oliy   ko‘rinishi   san’atining
zaminidir.   O‘zbek   kulolchiligi   uzoq   tarixga,   ajoyib   an’analar,   shakl,   mazmun,
ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Kulolchilik xunari loydan, piyola, kosa,
tovoq, ko‘za, lagan, xurmacha, tog‘ora, xum, tandir, buyum, o‘yinchoqlar, qurilish
materiallari va boshqalar tayyorlanadigan soha bo‘lib, u uzoq tarixga ega.
Kulolchilik   qadimiy,   milliy   hunarmandchilik   yo‘nalishlaridan   biri
hisoblanadi. Hozirgi kunda 50 dan ortiq mahsulot tayyorlanadi. Ko‘za, suvni toza va
salqin   saqlash   uchun   xumlar,   chelak   vazifasini   bajaradigan   idishlar,   suttovoqlar,
kuvi,   turli   xil   suviner   mahsulotlar   tayyorlanmoqda.   Bu   hunar   mashaqqatli   va   o‘z
navbatida   nozik   did   talab   etadi.   Har   bir   mahsulotni   tayyorlashda   yurak   qo‘ridan
yondashish   kerak.   Bu   yerda   tayyorla nayot gan   mahsuloti lar   yurtimizga   tashrif
buyurgan   sayyohlarga   soti lib   milliy   hunarmandchilik   an’analarini   targ‘ib   qilish
imkonini bermoqda. 
Mustaqillik   davriga   kelib   sovet   davrida   hatto   yo‘qolib   ketish   xavfi   ostida
qolgan hunarmandchilik xususan kulolchilik san’ati va maktablari ham rivojlandi..
Ana   shunday   paytda   kulollar   sulolasini   davom   ettirib   kelayotgan   hunarmand
oilalar   o‘z   maktabini   tashkil   etdi.   Ulardan   biri   –   samarqandlik   Bobomurodovlar
sulolasidir.   Bobomurodovlarning   Samarqanddagi   kulolchilik   maktabi   Turkiya,
Rossiya,   Yaponiya,   Qatar   va   yana   ko‘plab   mamlakatlardan   sohaga   qiziquvchilar
kelib   tajriba   almashgan.   Samarqand   kulolchilik   maktabining   asosiy   yo‘nalishi
mustaqillik   yillarida   Afrosiyob   uslubi   deyiladi.   Bu   uslubda   kulolchilik
maktabining vakillari ko‘pgina asarlari bilan mashhur. 
Davlatimiz   rahbarining   2021-yil   23-martda   qabul   qilingan   “Kulolchilikni
jadal   rivojlantirish   va   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori   esa
bu   sohada   yangi   imkoniyatlar   eshini   ochdi 1
.   Jumladan,   kulolchilik   yo‘nalishida
zarur   xom   ashyo   bazasini   yaratish,   kulollarga   yer   maydonlari   va   binolar   ajratish,
1
  “Kulolchilikni   jadal   rivojlantirish   va   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida” gi   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining Prezidendining 23.03.2021 yildagi PQ-5033 sonli Qarori. https://lex.uz/docs/-5339469.
55 asbob-uskuna   va   jihozlar   bilan   ta’minlash,   qulay   shartlarda   kreditlar   berish,
hududlarda   o‘ziga   xos   kulolchilik   an’analarini   tiklash   maqsadida   ixtisoslashgan
markazlar va galereyalar tashkil etish kabi masalalar ustuvorlik kasb etmoqda.
Kulolchilikda   ishlatiladigan   tuproq   turlari   zahiralari   mavjud   yerlarning
manzilli ro‘yxati shakllantirilishi ham aytilgan. Viloyatimiz shahar va tumanlarida
kulolchilikda   foydalaniladigan   yerlar   ko‘p.   Uyushmamiz   tomonidan   “Samarqand
geologiya” aksiyadorlik jamiyatiga Samarqand tumanidagi Xojigaydish konidan 2
gektar   hamda   Cho‘pon   ota   maskanida   joylashgan   “Konigil”   hududidan   5   gektar
yer   foydalanish   uchun  ajratilishi   taklifini   berdik.   Hozirda  kulollarimiz  tomonidan
asosiy tuproq Konigil maskanidan olinadi 1
.
Aytish   kerakki,   viloyatda   faoliyat   yuritayotgan   59   nafar   kulolning   yana
muammolaridan   biri   bobomeros   hunarni   o‘rgatish   uchun   maxsus   joyning
yo‘qligida edi. Chunki ularning aksariyati o‘z xonadonida faoliyat yuritadi.
Shunga   ko‘ra   Samarqand   shahridagi   Obi   Rahmat   mahallasi,   “Afrosiyob”
xarobalari   yon   tomoni,   Siyob   kanalining   o‘ng   yoqasidan   belgilangan   loyihaga
asosan   kulolchilik   markazi   qurish   uchun   5   ming   kvadrat   metr   yer   maydoni
ajratildi.   Kulolchilik   markazining   qurilish   ishlarini   yakunlash   2022-yil   apreliga
qadar yakunlash ko‘zda tutilgan 2
.
Darvoqe,   viloyatning   olis   hududlarida   ham   kulolchilik   markazlari   tashkil
etish   rejalashtirilgan.   Xususan,   kelasi   yili   Kattaqo‘rg’on   shahridagi   G‘arb   masjid
mahallasi   hududidan   “Hunarmandlar   markazi”   binosini   qurish   ishlari   boshlanadi.
Samarqand viloyatida kulolchilik sir-asrorlarini chuqur o‘zlashtirgan ustalar ko‘p.
O‘zbekiston   xalq   ustasi   Xolmahmat   Ismatullaev,   akademik   kulollar   -   Sharif
Azimov,   Xudoyberdi   Haqberdiev,   Samarqand   kulolchilik   san’atiga   katta   hissa
qo‘shib kelayotgan Haydar Botirov, No‘mon Obloqulov, Dilorom Muxtorova kabi
mohir   qo‘l   egalari   o‘ziga   xos   kulolchilik   maktabini   yaratgan,   o‘nlab   shogirdlar
tayyorlagan.
Samarqand   ganchkorlik   maktabi   –   Ganchkorlik   kadimiy   amaliy   san’at
turlaridan   biri   bo‘lib,   Sharq   me’morchiligida   juda   keng   qo‘llaniladi.   Ganchkorlik
1
  Самарқанд   кулолчилик   мактаби :  қадим   анъаналар   Конигилда   қайта   тикланмоқда .  https://kun.uz/45744342 . 
2
 Самарқандда кулолчилик маркази ташкил этилади . https://xs.uz/uzkr/post/samarqandda-kulolchilik.
56 binolarni   bezashda,   devor,   shiftlarni   pardozlashda,   bezak   shakllar   va   o‘yma
naqshlar yaratishda keng qo‘llaniladi. Ganchkorlikda bezak ikki usulda bajariladi:
bino   devori   ganch   suvoq   qilinib,   bezatiladigan   qismiga   o‘yma   naqsh   ishlanadi;
qolipda tayyorlangan bezak ganch shakllari bezatiladigan sirtga o‘rnatiladi.
Samarqand   ganchkorlik   maktabi   tarixi   taraqqiyotida   Samarqandlik   Quli
Jalilov,   Xivalik   Abdulla   Boltayev,   Qo‘qonlik   Saidmaxmud   Norqo‘ziyevlar   va
ularning   shogirdlari   respublikaning   nufuzli   me’moriy   obidalarida   viloyat
markazlari   nomidagi   zallarni   bezashda   qatnashishgan.   Mustaqillik   yillarida
O‘zbekistonda   o‘ziga   xos   ganchkorlik   maktablari   shakllangan.   Ayniqsa   Buxoro,
Xorazm,   Toshkent   Samarqand,   Farg‘ona   ganchkorlik   maktablari   ustalari   va
shogirdlari   tomonidan   ob’ektlarda   ganchkorlik   ishlari   amalga   oshirilmoqda.
Toshkentdagi  bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiya markazi ob’ekti qurilishidagi
pardozlash   ishlari   doirasida   O‘zbekistonning   barcha   viloyatlardan   shu   jumladan,
Samarqand   ganchkor   ustalar   tomonidan   o‘z   taqdimot   va   takliflari   bilan   ishtirok
etmoqdalar. 
Samarqand   ustalarining   ishlash   uslublari   Buxoro   ganchkorligiga   yaqin
bo‘lib,   murakkab   ganchning   stalaktit   uslubi   orqali   devorlar   yuqori   burchaklarini
o‘yma naqshli  panno bezatilishi  bilan ajraladi.   Har qanday binoni bezashda avval
uning   tuzilishiga   mos   ganch   o‘ymakorligi   turini   tanlash,   qo‘llash   muhim
ahamiyatga   ega.   Kichik   xonaga   mayda   tekis   o‘yma   va   unga   mos   bo‘lgan   pardoz
turi,   katta   mehmonxonalarga   esa   yirik   o‘yma   va   shunga   mos   naqsh   qo‘llaniladi.
Ganch   o‘ymakorligi   yirik   o‘yma,   chuqur   o‘yma,   yassi   o‘yma,   qirma,   zamini
ko‘zguli o‘yma, zamini rangli o‘yma, chizma pardoz, panjarasimon o‘yma, zanjir,
hajmli   o‘yma   turlaridan   iborat.   Bundan   tashqari,   ganch   o‘ymakorligi   turlari
zaminli va zaminsiz o‘ymalarga bo‘linadi. Samarqand butun dunyoga mashhur eng
qadimiy   shaharlardan   biri   bo‘lib,   u   yerda   ishlangan   naqshlarning   har   biri   o‘ziga
xos.   Samarqand   ganchkorlik   maktabi   namoyandalari   Usta   Anvar   Quliyev,   Usta
Tursunboy Ismoilov, Sharnsiddin G‘ofurov, Quli Jalilov va boshqalardir 1
.
1
 Bulatov S.S.    Muxtorov A. Ganchkorlik san’ati. – Toshkent, Musiqa. 2006.  B. 8.
57 Samarqand kandakorlik maktabi – kandakorlik ham   amaliy san’at ning keng
tarqagan   turilaridan   biri   bo‘lib   o‘ymakorlikning   metall   buyumlarni   o‘yib,   chizib
naqsh,   tasvir   ishlash   sohasi.   Buyumlarni   bezashda   kandakori   (o‘yib,   kesib),
qolipaki   ( qolip   yordamida),   simkori   (simdan   foydalanib),   shuningdek,
buyumlarning qismlari (qopqoq,   dasta   va b.) va ikki qavatli buyumlarni bezashda
shabaka   (panjarali   qilib   ishlash)   usullari   qo‘llaniladi,   an’anaviy   usimliksimon
( islimiy )   va   handasiy   ( girih )   naqshlardan   mujassamotlar   yaratiladi.   Naqsh   yoki
tasvir zamini  po‘lat   qalam   ( asbob )lar yordamida chuqur yoki sayoz o‘yiladi,  zamin
sayoz o‘yilganda rangli loklar bilan bo‘yaladi, pardozlanadi, chekma, uyma, katak,
parallel kesma chiziqlar bilan  jilo   beriladi.
Dastlab   buyumlarga   afsonalardagi   qahramonlar   tasviri   ishlangan   bo‘lsa,
arablar   istilosidan   keyin   tasvirlar   o‘rnini   handasiy   naqshlar,   bezak   darajasiga
yetkazib   ishlangan   arab   yozuv   (bayt)lari   egallagan.   Temuriylar   davrida   yangi
usullar   yuzaga   kelib,   ushbu   san’at   turi   juda   rivojlanib,   bezak   turlari   ko‘paygan.
XVIII- XIX asrlarda ko‘p viloyatlarda kandakorlik markazlari ochilgan. Jumladan,
Samarqandda   ham   kandakorlik   maktabi   vakillari   buyumlarni   shabaki   usulida
(panjarasimon) bezagan, naqsh zamini chekma gullar bilan pardozlangan. XIX asr
oxiri   XX   asr   boshlarida   yasalgan   choydish,   mis   ko‘za,   kosa,   lagan,   lali,   kashgul,
oftoba,   qumg‘on,   shag‘amdon,   samovar   kandakorlik   buyumlari   sifatida   chiroyli
bezalgan. 1930- yilda   ilk   bor   metall   sirtiga   kimyoviy   moddalar   ta ’ sir   ettirib   naqsh ,
tasvir   yaratish   uslubi   boshlangan .   Bugun   Samarqandda   ham   kandakorlik   san’ati
vakillari ko‘p. Shulardan biri Registon maydonidagi Sherdor madrasasida faoliyat
yuritib kelayotgan Nutfillo Saidovdir. Usta shogirdlari bilan yurtimizga kelayotgan
xorijlik   va   mahalliy   sayyohlarga   o‘z   san’atini   namoyish   etib   kelayotgan
hunarmandlardan.
Samarqand   san’at,   madaniyat   hamda   badiiy   hunarmandchilik   keng
rivojlangan   yer   qirrasidagi   eng   ko‘hna   shahar.   Kandakor   usta   Kamol   XVI   asrda
Samarqandda yashab o‘tgan. Bu davrda unga teng keladigan usta bo‘lmagan. XIX
asrda   Samarqandda   hunarmanchilik   rivojlandi,   misgarlik   hamda   kandakorlikning
o‘ziga   xos  maktablari   paydo  bo‘ldi.  1924-1930-yillarda  O‘zbekistonning   poytaxti
58 Samarqandda misgarlik va kandakorlik yanada rivojlandi. Samarqand kandakorlik
buyumlarini   pardozlashda   gardishga   o‘xshash   chekmani   qo‘llash   bilan   ajralib
turadi.   Ustalar   naqsh   talablarini   uzluksiz   davom   ettirib,   boshqalari   bilan
chirmashgan   tanoblarini   enliroq   qilib   ishlaydilar.   Ularning   naqshlari   Xiva,
Farg’ona,   Buxoro   naqshlariga   o‘xshamaydi.   Samarqandlik   ustalar   chorbarg
gullarni   juda   ko‘p   qo`llaydilar.   Usta   Ahmad,   Salim,   misgar   usta   Oxunjon,   usta
Haydar   Xo‘ja,   Karim   G’ofurov,   Karim   Axmedov,   usta   Tog’ay   va   boshqalar
Samarqand kandakorlik maktabining vakillaridir 1
.
Samarqand   gilamdo‘zlik   maktabi   –   Milliy   hunarmandchilik,   xalq   badiiy   va
amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy
an’analarini to‘liq saqlab qolish muhim vazifalardan.  Aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar
va   kam   ta’minlangan   oilalarni   hunarmandchilikka   keng   jalb   etish   orqali   ularning
bandligini ta’minlash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq   amaliy   bezak   san’atining   keng   tarqalgan   turlaridan   biri   bo‘lgan
gilamdo‘zlik ham uzoq tarixiy davrlardan buyon o‘zining an’anaviy maktabiga ega
hisoblanadi.   Ko‘p   аsrlik   milliy   аn’аnа   vа   uzоq   tаriхgа   egа.   Gilаm   to‘qish   bаdiiy
hunаrgа   kirаdi.   U   qаdimdаn   аyollаr   оrаsidа   keng   tаrqаlgаn   hunаr   sifаtidа
mаshhurdir.   Gilаm   to‘qish   sаn’аti   аyniqsа   chоrvаchilik   bilаn   shug’ullаnаdigаn
ko‘chmаnchi хаlqlаr оrаsidа tаrqаlgаn. Gilаm qаdim zаmоnlаrdаn beri хоnа ichini
bezаtish,   issiq   sаqlаsh,   tоvushni   kаmаytirish   uchun   хizmаt   qilаdi.   Gilаm   аsоsаn
pоlgа yoki bo‘yrа ustigа to‘shаlаdi, хоnаni bezаtish uchun devоrgа оsilаdi vа o‘tоv
ichigа   o‘rаlаdi.   Bu   sаn’аt   judа   qаdim   zаmоnlаrdаn   beri   rivоjlаngаnligini   yozmа
tаriхiy mаnbаlаr vа аrхiоlоgik tоpilmаlаr isbоtlаb berаdi 2
.
Gilаmning   to‘qimа,   tikmа,   vа   bоsmа   xillаri   bоr.   To‘qimа   gilаmdа   –
gilаmning   guli   to‘qilаdi.   O‘zbekistоndа   pаtli   vа   pаtsiz   (pоlоs)   gilаmlаr   to‘qilаdi.
Tikmа gilаm – tаyyor buyumgа guli tikilаdi.
O‘zbekistondagi   ikki   mashhur   gilam   to‘qish   maktabining   biri   ham   aynan
Samarqand   gilam   to‘qish   yo‘nalishi   guruhi   hisoblanadi.   Samarqand   gilamdo‘zlik
maktabiga Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi gilam to‘quvchilar kiradi. Shunga
1
 To‘xsanova V. Amaliy san’at turlari. – Buxoro: Durdona, 2020. B. 44.
2
 To‘xsanova V. Amaliy san’at turlari. – Buxoro: Durdon a, 2020.  B. 53.
59 ko‘ra   Samarqand   gilamlari   qisqa   patli ,   markazida   turunj   chetiga   alohida-alohida
naqshlar   ishlanadi.   Qalqon   deb   nomlangan   turunj   naqshi   juda   ko‘p   ishlanadi.
Gilamlar hoshiyador estetik jihatdan chiroyli ishlangan bo‘ladi. Dastgohda qo‘lda
to‘qilgan   gilamlar   o‘zining   chidamliligi,   nafisligi,   tabiyligi   va   sifati   jihatidan
ajralib   turadi.   Bu   gilamlar   yuz   yillab   xizmat   qilishi   mumkin.   Ko‘pgina
mamlakatlarda qadimdan qo‘lda to‘qib kelinayotgan gilamlar yaxshi rivojlangan 1
. 
3.2. Samarqand amaliy san’ati namoyandalari va “ustoz-shogird” an’anasi
Qadimda   hunar   o‘rganish   muqaddas   hisoblangan.   Har   bir   xalq   kelajak
avlodlariga o‘zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. Samarqand
qadimda   hunarmandlar   markazi   bo‘lgan   desak   xato   qilmagan   bo‘lamiz.   Masalan,
viloyatning   Samarqand   shahri,   Urgut   va   boshqa   hududlarida   xalq
hunarmandchiligining   turli   yo‘nalishlari   gullab   yashnagan.   Hunarmandlar   o‘sha
davrda   mahallalarga   bo‘linib   yashaganlar,   chunonchi   zargarlik   mahallasi,
pichoqchilik mahallasi, deb yuritilgan. Naqqoshlar o‘tmishda xalk ustalarining eng
bilimdoni hisoblangan. Chunki, ular madrasada tahsil olib, adabiyot, tarix, musiqa,
matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-
avlodga o‘tib kelgan.
Asrlar   davomida   orttirilgan   madaniy   va   ma’naviy   boyligimiz,   xususan,
o‘zbek   xalq   amaliy   bezak   san’atining   eng   ko‘p   rivojlangan   turlari:   naqqoshlik,
ganchkorlik,   yog‘och   o‘ymakorligi,   toshtaroshlik,   suyak   o‘ymakorligi,
kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, ustalarning haqihiy asl nomlari,
o‘ziga   xos   maktablari,   yaratgan   uslublari   sobiq   sovet   tuzumi   davrida   asta-sekin
yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan edi.
Shu   bilan   birga   ajdodlarimiz   tajribalariga   asoslangan   ustoz-shogird   tizimi
yoritilgan  adabiyotlarni   ham   yetarli   deb bo‘lmaydi. Bundan  tashqari  ajdodlarimiz
boy   tajribalarini   hozirda   hunar   o‘rgatilayotgan   joylarda   chunonchi:   oliy   o‘quv
yurtlari,   o‘rta   maxsus   kasb-hunar   ta’lim   muassasalarida,   shaxsiy   usta-shogird
asosida o‘rgatilayotgan ustaxonalarda, qo‘shimcha ta’lim muassasalarida ustoz va
shogirdni   sharqona   odobi   to‘liq   o‘rgatilmasligi   o‘quvchi-yoshlarimizni   axloq-
1
  Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун. 2019.  Б.71. 
60 odobiga   va   bilim   darajasiga,   umuman   ular   ma’naviyatining   shakllanishiga   salbiy
ta’sir ko‘satatayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Har bir xalq, millatning bir-biridan ajralib turadigan urf-odatlari, an’analari
bo‘lgani   kabi   hunarmandchilikda   ham   yasalgan   buyumlarga   qarab   uning   qaysi
maktabga   xos   ekanini   aniqlash   mumkin.   Xususan,   amaliy   san’atning   Samarqand
maktabi   naqqoshlik   yo‘nalishi   maktabida   moviy   va   lojuvard   rangdan   ko‘p
foydalanish   kuzatiladi.   Bugungi   kunda   ham   ustoz-shogird   tizimi   asosida   ana   shu
hunar ortidan ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Bir necha bor yurtimiz va chet
davlatlarda   tashkil   etilgan   ko‘rgazma-savdolar,   madaniy-ma’rifiy   tadbirlar,
tanlovlarda qatnashib, sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi 1
.
Milliy   hunarmandchilikni   yanada   rivojlantirish,   yoshlarni   milliy
qadriyatlarimiz   ruhida   tarbiyalash,   ularga   kasb-hunar   o‘rgatish   maqsadida   “Ustoz
— shogird” maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yganmiz. Bugun ushbu sohaga qiziqqan
o‘nlab   yoshlar   zavq   bilan   hunar   o‘rganayapti.   Ularning   aksariyati   kollej
bitiruvchilaridir.   Yurtimizda   intilib,   izlangan   yoshlar   uchun   ulkan   imkoniyatlar
yaratilmoqda.   Hozirgi   vaqtda,   bir   qator   shogirdlarimiz   bankdan   kredit   olib,   o‘z
mustaqil ishini boshlagani ustoz sifatida bizni g‘oyatda quvontiradi.  
Asrlar   osha   yashab   kelayotgan   o‘zbek   milliy   hunarmandchiligi   bugun   ham
tadbirkorlik  va   yaxshi   daromad  manbai   hisoblanadi.   Yana   bir   e’tiborli   jihati,   biz,
hunarmandlar   tomonidan   yaratilayotgan   buyumlar   poytaxtimizdagi   bir   qator
madaniyat markazlari, ko‘rgazma zallarida uyushtirilayotgan savdo-yarmarkalarida
namoyish   etilmoqda.   Iftixor   bilan   aytishim   mumkinki,   mehnat   qilgan,   yangilikka
intilib   yashayotgan   har   bir   hunarmandning   ro‘zg’ori   obod,   dasturxoni   to‘kin.
Bunday   yuksak   e’tibor   va   imkoniyatlar   esa   yoshlar   orasida   hunar   o‘rganishga
intilayotganlar   safining   yanada   kengayishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Biz   esa,   oddiy
tuproqdan   bejirim   buyumlar   yasab,   milliy   hunarmandchilik   san’atining
bardavomligiga,   o‘zbek   kulollik   san’ati   dovrug‘ini   yanada   oshirishga   hissa
qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz.
1
 Ҳакимов А. Ўзбекистон бадиий ҳунармандчилиги мустақиллик йилларида / Мозийдан садо. №3. 2013. Б. 8.
61 Ustozlik   –   bu   yoshlarni   har   tomonlama   tarbiyalashdagi   bir   yo‘nalishi
hisoblanadi. Lekin, bu an’ana oila, maktab kabi turli mazmundagi yoshlar tarbiyasi
bilan   shug‘ullanuvchi   ijtimoiy   institutlarning   ta’lim-tarbiyaviy   ta’sirlarni
davomchisi sifatida ifodalanadi. Shuning uchun ham ustoz-shogirdlik faoliyatlarida
oila,   maktab   kabi   jamoalar   faoliyatlari   bilan   hamkorlik   amalga   oshirilib,   bir-
birlarining   ta’sir   qilish   kuchlari   mustahkamlanib   boradi.   Ijtimoiy   hayot
tajribasining   tasdiqlashicha   insoniyatning   bo‘lg‘usi   ijtimoiy-siyosiy   faolligi,
ta’lim-tarbiyani   avloddan-avlodga   yetkazish   asosida   amalga   oshirilishini
tasdiqlaydi.   Bunday   yuqori   darajadagi   tasdiqlanishlar   ustozlik   faoliyatini   ham
yuqori darajada baholash zarurligini ifodalaydi 1
. 
Ustozlarning   faoliyati   shogirdlarda   vaqt   ko‘rsatkichlarni   umum   davlat
miqyosida amalga oshirishga o‘rnatishdan iborat. Bu jarayonda esa vaqtni qanday
taqsimlash   masalasini   hal   qilishda   ustoz   ko‘rsatmalari   asosiy   o‘ringa   ega.   Har
qanday   vaqtni   taqsimlashda   maqsad,   vazifa,   vositalardan   qanday   foydalanish
zarurligini   o‘rgatib   shogirdlarni   bo‘sh   vaqtlarini   sermazmun   yo‘nalishda   bilim,
ko‘nikma,   malakalar   egallashga   jalb   qila   bilish   ustoz   siymosini   yanada   obro‘-
e’tiborli   shaxsga   aylantiradi.   Shuni   ham   ta’kidlab   o‘tish   zarurki,   ustoz-shogirdlik
an’anasining   faqat   moddiy-iqtisodiy   tomoniga   e’tibor   qilinadigan   bo‘lsa   bu
faoliyat asosi hech qanday ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Demak,   bu   faoliyat   asosida   ixtiyoriylik   tamoyili   bilan   bir   qatorda,   tizimli
ravishda   hamkorlik   mazmunida   har   ikkala   tomonini   mutaxassislik   darajasini
yuqori   darajaga   ko‘tarishi   ham   o‘z   ifodasini   topadi.   Ularni   yuqori   darajadagi
umum   mutaxassislik   xususiyatlari   bilan   birgalikda   madaniy   muloqot,   munosabat
darajalari   ham   rivojlanib,   shakllanib   boradi.   Ya’ni   ulug’   mutafakkirlarining
fikrlariga   ko‘ra   bo‘lg‘usi   mutaxassisni   har   tomonlama   shakllantirish   uchun   uni
o‘zini  ham  har  tomonlama  bilish  zarur   degan  talablar  «Ustoz   shogird»  an’analari
asosida amalga oshiriladi.
Samarqand   xalq   amaliy   san’ati   ustoz-shogird   an’anasi   bugun   amaliy
san’atning   barcha   yo‘nalishlarida   mavjud.   Masaalan,   o‘zbek   kashtachilik
1
  Хасанов Р. Амалий безак санъати методикаси. – Тошкент. 2003 йил. Б. 27.
62 san’atining asosini  tashkil  etadigan suzana, joynamoz, do‘ppi, nimcha, zarchopon
kabilar   tikish   rivojida   keskin   burilish   ro‘y   berdi.   Kashtachi   ustalardan
X.G’ulomova   (Samarkand),   3.   Obloberdieva,   Sh.Obloqulova   (Urgut)   kabilar   o‘z
maktablari   orqali   amaliy   san’atni   bu   turini   oyoqqa   turgazishda   jonbozlik
ko‘rsatmoqdalar. Kashtachilik sohasida bir qator tummanlarda xususiy ustaxonalar
ochilgan bo‘lib, ularda ko‘plab yoshlar  san’at  sirlarini  o‘rganmoqdalar  va yuksak
badiiy saviyali asarlar yaratmoqdalar 1
.
Bugun Samarqandda ham  kandakorlik san’ati  vakillari ko‘p. Shulardan biri
Registon   maydonidagi   Sherdor   madrasasida   faoliyat   yuritib   kelayotgan   Nutfillo
Saidovdir.   Usta   shogirdlari   bilan   yurtimizga   kelayotgan   xorijlik   va   mahalliy
sayyohlarga   o‘z   san’atini   namoyish   etib   kelayotgan   hunarmandlardan.   1973-yil
Buxorodagi   kandakor   usta   Mirjon   Ahmedovga   shogird   tushib,   bu   hunarning   sir-
asrorlarini   mukammal   o‘rganganman,   -   deydi   N.Saidov.   –   1980-yilda   Buxorodan
Samarqandga   ko‘chib   kelib,   o‘z   hunari   ortidan   tanildi.   Hunari   orqasidan   xalqaro
ko‘rgazmalarda   ishtirok   etib,   Dubay,   Kanada,   Yevropa,   Rossiya,   Qozog‘iston,
Qirg‘iziston kabi davlatlarda kandakorlik san’atining nozik sirlarini namoyish etib
kelmoqda.   Samarqand   kandakorlik   san’atiga   chet   ellik   sayyohlarning   qiziqishi
katta.   Ularning   hayrat   bilan   boqishlarini   ko‘rgan   hunarmand   usta   buyumlarga
ularning ismlarini go‘zal naqshlar bilan yozib beradi.
Asadovlar   oilasi   salkam   yarim   asrdan   buyon   yog‘och   o‘ymakorligi   bilan
shug‘ullanib   keladi.   Ota-bobo si   shu   hunar   ortidan   elda   hurmat   orttirgan.   Akasi
Mirumar   Asadov   O‘zbekiston   Qahramoni   bo‘lgan.   O‘n   to‘rt   yoshidan   ushbu
hunarni   o‘zlashtirgan   bo‘lsa,   faoliyati   davomida   yog‘och   o‘ymakorligining   ko‘p
asrlik boy an’analaridan foydalanib, mahsulotlar yasagan. Yog‘och o‘ymakorligini
zamonamiz   ruhiga   monand   yangi   jilo   va   bezaklar   bilan   boyitishga   harakat   qilib,
yuzlab shogirdlar tarbiyalagan.
Milliy hunarmandchilik, tarixiy inshootlarni qayta tiklashga berilgan e’tibor
tufayli   mustaqillik   yillarida   Payariq   tumanidagi   Imom   Buxoriy   majmuasi,
Samarqand   shahridagi   Imom   al-Motridiy   maqbarasi,   Registon,   Ruhobod,   Shohi
1
  Хасанов Р. Амалий безак санъати  методикаси.  –  Тошкент .  2003  йил .   Б. 69.
63 Zinda   majmualari,   Xo‘ja   Ahror   Vali   va   Bibixonim   masjidlari,   Amir   Temur
maqbarasi,   Afrosiyob   muzey-qo‘riqxonasi,   Hazrati   Dovud   ziyoratgohi,   Toshkent
shahridagi   O‘zbekiston   tarixi   va   madaniyati   muzeyi,   O‘zbek   milliy   teatri,   Xotira
maydoni,   Muxtor   Ashrafiy,   Oybek,   G‘afur   G‘ulom   uy-muzeylari,   Respublika
qo‘g‘irchoq   teatri   kabi   tarixiy   va   zamonaviy   binolarning   ta’mirlanishi   hamda
qurilish   ishlarida   ishtirok   etdigan.   Bugun   yurtimizning   ana   shunday   salobatli
binolariga ko‘rk berishga hissa qo‘shgan xalq amaliy san’ati ustasidir 1
.
Bugungi   kunda   Samarqand   shahrida   u   asos   solgan   ustaxona   faoliyat
yuritiyapti.   Bu   yerda   farzandlari   usta   Mirusmon,   Mirsaid,   Mirjamol,   nevaralari
shogirdlari   yog’och   o‘ymakorligi   bilan   shug‘ullanadi.   Oddiy   hunarmand
M.Asadovga     shunday   yuksak   mukofotning   topshirilishi   davlatimiz   rahbari   va
hukumatimiz   tomonidan   hunarmandchilik   ertasi,   kelajagiga   qaratilayotgan
e’tiborning   namunasi   bo’ldi.   Ushbu   mukofot   kelgusida   usta   avlodiga   masuliyat
bilan   ishlash   tarixiy   binolarga   ko‘rk   berish   uchun   bildirilgan   ishonchdir.   Ushbu
ishonchga   munosib   bo’lgan   usta   avlodi   O’zbekiston   osori-atiqalarini   saqlash,
ularni   kelgusi   avlodga   yetkazish,   ayniqsa   yog‘och   o‘ymakorligini   yoshlarga
o‘rgatish,   shogirdlar   tayyorlash   borasida   yanada   ko‘proq   mehnat   qilish
imkoniyatini yaratdi 2
.
Milliy hunarmandchilikning rivojlanishiga, uni kelgusi avlodga yetkazishga
munosib   hissa   qo‘shib   kelayotgan   tajribali   xalq   amaliy   sana’ti   ustalaridan   biri
Numon   Abloqulovdir.   Kulol   Numon   Abloqulov   1964-yilda   Urgut   shahrida   usta
hunarmandlar oilasida tug’ilgan. U yoshligidanoq otasi, urgutlik mashhur Abdullo
kulol sulolasining yettinchi avlodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi,
jahonning   70   dan   ortiq   davlatlaridagi   ko‘rgazmalar   ishtirokchisi   Mahkam
Obloqulovning   ustaxonasidan   chiqmas   edi.   O‘rta   maktabda   o‘qib   yurgan
kezlaridayoq   xalq   amaliy   san’atining   eng   qadimiy   sohalaridan   biri   kulolchilik
sirlarini   mukammal   o‘rganishga   kirishdi.   Odatda   kulollar   3   yo‘nalish   bo‘yicha
faoliyat   yuritishadi,   ko‘zagarlar-vertikal   formali   mahsulotlar   ustalari,   kosagarlar-
gorizontal   formali   mahsulotlar   ustalari   va   tandirsozlar.   Xalqq   amaliiy   ssan’ati
1
 https://kultura.uz/view_2_r_4997.html .
2
 zarnews.uz/post/otameros
64 ustasi   o‘z   mehnati   orqasidan   kulolchilikning   shu   uchala   yo‘nalishi   bo‘yicha   ham
faoliyat   yuritadigan   yetuk   usta   bo‘lib   yetishdi.   Numon   Abloqulov   o‘zi   yaratgan
betakror sopol buyumlar bilan Yaponiya, AQSh, Fransiya, Gollandiya, Germaniya,
Rossiya   va   boshqa   ko‘plab   xorijiy   davlatlardagi   ko‘rgazmalarda   ishtirok   etgan.
1997 - yildan buyon «Hunarmand» uyushmasining a’zosi.
Urgutlik   kulollar   sulolasining   sakkizinchi   avlodi   Numon   Obloqulov   yetti
pusht   ajdodlari   shuhrat   qozongan   kulolchilik   sirlarini   sulolaning   to‘qqizinchi
avlodlari farzandlari Inomjon va Muhammadlarga o‘rgatib kelmoqda. Ota kasbini
ardoqlayotgan   farzandlar   ham   Urgut   kulolchilik   maktabi   shuhratini   yanada
ko‘tarish, boqiyligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
2013-yili   Toshkent   shahridagi   «Abulqosim»   madrasasida   o‘tkazilgan
ko‘rgazma-yarmarkasida,   Samarqand   shahri   Registon   maydonida   bo‘lib   o‘tgan
«Sharq   taronalari»   xalqaro   musiqa   festivalining   ko‘rgazma-yarmarkasida   faol
qatnashib o‘zining ko‘rgazmasini o‘tkazgan. 2014-yil 1-10-avgust kunlari Rossiya
fediratsiyasining   Suzdal   shahrida   bo‘lib   o‘tgan   «Dunyo   kulollari»   festivali
ishtirokchisi,   Maskva   shahridagi   Xalqlar   do‘stligi   universitetida   shaxsiy
ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tgan.
Numon   Abloqulov   faoliyati   davomida   kulolchilikda   qadimiy   an’analarga
rioya   qilib,   o‘ziga   xos   uslubdagi   asarlar   yaratgan.   Ustaning   asarlarida   ko‘hna
Afrosiyob   shahri   kulolchiligining   ko‘zagarlik   sohasi   an’anasi   yaqqol   namoyon
bo‘ladi.   Badiiy   idishlari   o‘z   shaklining   alohida   «o‘qilishi»   bilan   ajralib   turadi.
Ya’ni,   u   yasagan   kulolchilik   buyumlari   yuqori   bo‘yin-og‘iz   qismi   cho‘ziq   va
shaklan oxiriga yetkazilgan, nafis ko‘rinishda va turli bezaklar bilan ziynatlangan.
Uning   ustaxonasiga   har   kuni   shogirdlari   kelishib   kulolchilikning   sir   asrorlarini
o‘rganishadi. Kulol 36 yillik mehnat faoliyati davomida 100 dan ortiq shogirdlarni
tarbiyaladi. Ularning ko‘pi hozirda yakka tartibda ham faoliyat olib borishmoqda.
Numon Abloqulov milliy hunarmandchilikning ushbu yo‘nalishini rivojlantirishga
o‘zining   munosib   hissasini   qo‘shib   kelayotgan   ustalardan   hisoblanadi.   Ustaning
mashaqqatli mehnati munosib baholanib, usta kulol mustaqilligimizning 30 yilligi
65 oldidan   davlatimiz   rahbarining   farmoni   bilan   «O‘zbekiston   Respublikasi   xalq
ustasi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi 1
.
O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilligining   yigirma   to‘qqiz   yilligi
munosabati  bilan 2020-yilda fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy
axborot   vositalari   sohalari   xodimlaridan   bir   guruhini   mukofotlash   to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Farmonda Asadov
Mirjamol   Respublika   “Hunarmand”   uyushmasi   a’zosi,   yog’och   o‘ymakorligi
ustasi,   Samarqand   viloyati   “O‘zbekiston   Respublikasi   xalq   ustasi”   faxriy   unvon
bilan taqdirlandi 2
.
Shu   munosabat   bilan   O‘zbekiston   Respublikasi   “Hunarmand”   uyushmasi
raisi   Ulug‘bek   Abdullaev   xalq   ustasi   Mirjamol   Asadov   bilan   uchrashdi   va
O‘zbekiston   hunarmandlari,   uyushma   jamoasi   nomidan   tabrikladi.   Uyushma
rahbari   tabriklash   jarayonida   xalq   amaliy   san’ati   ustasi   Mirjamol   Asadovga
yurtimizda   xalq   amaliy   san’atining   yog‘och   uymakorligi   sohasini   va
hunarmandchiligini   rivojlantirish,   saqlash   va   qayta   tiklash,   uni   yosh   avlodga   bor
holida   yetkazish   kabi   mas’uliyatli   hamda   sharafli   vazifada   uzoq   yillar   davomida
fidoiylik ko‘rsatib kelayotgani, noyob hunar samarasi o‘laroq yurtimizdagi tarixiy
va zamonaviy binolar, serhasham bezaklari bilan o‘zgacha joziba kasb etganligini
shuningdek,   mehribon   ustoz   sifatida   mehnat   faoliyati   davomida   ko‘plab
shogirdarni   Vatanga   sadoqat   ruhida   tarbiyalab,   xalqimizning   boy   madaniy
me’rosini   asrash   kabi   fazilatlarni   o‘rgatdishda   boshqalarga   o‘rnak   bo‘lganligini
ta’kidladi.
Yurtimizda   karantin   cheklovlari   e’lon   qilingan   dastlabki   kunlarda
Prezidentimizning   “Hurmatli   hunarmandlar!   Sizlarning   mehnatingiz,   yangi-yangi
tashabbuslaringiz   hozirgi   vaqtda   aholi   bandligini   ta’minlashga,   albatta,   munosib
hissa   qo’shadi”,   degan   gaplari   uyushmamizga   a’zo   hunarmandlarni   ruhlantirdi.
Natijada, mana, salkam ikki oydirki, ular uyida o’tirib, muntazam hunarmandchilik
1
  Кулолнинг   меҳнати   “Ўзбекистон   Республикаси   халқ   устаси”   фахрий   унвонига   лойиқ   кўрилди.
https://xs.uz/uzkr/post/kuloning-mehnati-ozbekiston-respublikasi-khalq-ustasi . 
2
  Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун, 2019. Б. 82. 
66 bilan   shug’ullanmoqda,   yoshlarga   hunar   sirlarini   o’rgatib,   ro’zg’origa   daromad
keltiryapti.
—   O’zbekiston   xalq   ustasi,   kulol   Xolmahmat   Ismatillayevning   ta’kidlashicha
pandemiya   sharoiti   ularning   faoliyatini   biroz   cheklagani   bo‘lsada,   ammo   uy
sharoitida   ishlarini   davom   ettirdilar.   Xolmahmat   usto   kabi   tajribali   ustalari   sa’y-
harakati   tufayli   2020-yil   15-may   holatida   uyushmaga   308   hunarmand   a’zolikka
qabul qilindi va jami a’zolari 2172 nafarga yetdi. Quvonarlisi, ularning 909 nafari
yoshlar.   Bunday   deyilayotganiga   sabab   bor:   avval   shunday   holat   yuzaga
kelgandiki, ayrim hunarmandchilik turlari bo’yicha shug’ullanuvchi hunarmandlar
barmoq   bilan   sanarli   va   keksa   edi.   Bu   esa   o’sha   hunarning   davomchisi   yo’qligi
bois   yo’qolib   ketish   xavfi   ko’pchilikni   tashvishlantirar   edi.   Agar   mavjud
hunarmandlarning   o’rtacha   yoshi   avval   48-50   yosh   bo’lgan   bo’lsa,   endilikda   o’n
yetti-yigirma   yoshli   yigit-qizlarning   hunarmandlar   etagidan   tutgani,   sohaga
qiziqish ortgani bois ularning o’rtacha yoshi 40 yoshni tashkil etmoqda. Buni ayni
kunlarda “Usta-shogird” an’anasi asosida yigirmadan ziyod hunar turlari bo’yicha
643 shogird muntazam shug’ullanayotganidan ham yaqqol bilish mumkin.
Ayni   karantin   davrida   Urgut   tumanidagi   G’o‘s   qishlog’ida   yashovchi
kashtado’z   Mavluda   Hamdamova,   Samarqand   tumani   Yuqori   Turkman
mahallasida   yashovchi   musiqa   asboblari   ustasi   Bobomurod   Haydarov,   Ishtixon
tumani   O’zbekiston   mahallasida   yashovchi   quroqchilik   ustasi   Rahima   Hakimova
uyida   yoshlarga   o’z   hunar   sirlarini   o’rgatmoqda.   Samarqand   shahar   Bunyodkor
mahallasida   yashovchi   yog’och   o’ymakori   Mansur   Asadov   bugungi   kunda   uyida
yoshlarga o’z hunari sirlarini o’rgatish bilan birga Yog’och o’ymakorligi muzeyini
tashkil   etdi.   Hozir   u   yerda   o’zining   15   nafar   shogirdi   bilan   faoliyat   yuritmoqda.
Karantin davrida hunarmandlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash ham to’xtab
qolgani yo’q. Ya’ni, 2020-yil davomida hunarmandchilikni rivojlantirish dasturiga
ko’ra   viloyatda   835   ta  loyihani   amalga   oshirish,   buning   uchun   849  hunarmandga
30 milliard 365,4 million so’m imtiyozli bank kreditlari ajratish va 2091 ta yangi
ish   o’rinlari   yaratish   ko’zda   tutilgan.   Bugungi   kunda   imtiyozli   bank   kreditlarini
rasmiylashtirib, faoliyat olib borayotgan hunarmandlar 422 nafarni tashkil etmoqda
67 va   ular   14   milliard   499   million   so’m   miqdorida   mablag’   bilan   ta’minlandi.
Natijada 954 ta yangi ish o’rni yaratildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda 1
.
Oqdaryo tumanining “Temarak” mahallasi Mullaxo‘ja qishlog‘ida yashovchi
Azimxon   aka   Muhiddinov   40   yildan   beri   milliy   hunarmandchilik   bilan
shug‘ullanib   keladi.   Shuningdek,   u   musiqa   va   san’at   maktabida   o‘quvchilarga
musavvirlik   sirlarini   o‘rgatib   keladi.   “Oilaviy   hunarmandchilik   bilan
shug‘ullanamiz”,   -   deydi   usta.   –   O‘zim   ikki   o‘g’lim   bilan   turli   uy-ro‘zg‘or
buyumlari, jumladan, milliy naqshlar tushirilgan stol-stullar, idish-tovoqlar, beshik
va   so‘rilar   yasayman.   Dahbedlik   usta   Qahramon   Saidov   tomonidan   qo‘l   mehnati
bilan tayyorlanadigan shaxmat donalariga moslab, doskalar yasaymiz. Bunga talab
katta.   Undan   ham   xontaxta,   ham   stol   sifatida   foydalanish   mumkin.   Oilamizda
ayollar ham hunarli. Turmush o‘rtog‘im kelinlar bilan kashta tikadi 2
.
“Turon” mahallasi Arpa qishlog‘ida 2000 yildan beri yog‘och o‘ymakorligi
bilan shug‘ullanib kelayotgan Jamol Esonovning ayni paytda 20 dan ortiq shogirdi
bor. Ular asosan sayyohlar uchun sovg‘abop mahsulotlar tayyorlaydi.   Hunarmand
va   uning   shogirdlari   tomonidan   tayyorlanadigan   2   pallalidan   16   pallaligacha
bo‘lgan   lavhlarni   asosan   xorijliklar   xarid   qiladi.   Birgina   to‘rt   pallali   lavhni
tayyorlash uchun kamida ikki kun vaqt sarflanar ekan. Lavh bir butun yog‘ochdan
maxsus   arralar   yordamida   hech   qanday   yelim   yoki   mix   ishlatmasdan   yasaladi.
Bezak uchun o‘yma naqshlar solinadi. - Asosiy mijozlarimiz Pokiston va Rossiya
davlatidan, - deydi Jamol Esonov. – Biz yasagan hunarmandchilik mahsulotlariga
amerikaliklar   ham   katta   qiziqish   bildiryapti.   Sayyohlar   kichik   sovg‘alarni   o‘zlari
bilan   olib   ketishadi,   kattaroq   buyumlarni   pochta   orqali   jo‘natamiz.   Kelajakda
ustaxonamizni turistik maskanga aylantirishni niyat qilganmiz. Bu yerda sayyohlar
hunarmandchilik   mahsulotlarini   yasash   jarayonlari   bilan   yaqindan   tanishib,
qiziquvchi   mehmonlar   bo‘lsa   biror   buyumni   yasab   ko‘rishlari   uchun   sharoit
yaratyapmiz 3
.
1
 https://xs.uz/uz/post/samarqandda-hunarmandlarning-ishi-tohtab-qolgani-yo’q
2
  Оқдарёлик ҳунармандлар // Зарафшон газетаси. 2022 йил 23-апрел. № 47. 
3
 Оқдарёлик ҳунармандлар // Зарафшон газетаси. 2022 йил 23-апрел. № 47.
68 Samarqand amaliy san’ati namoyandalaridan biri Shavkat Zohidovdir. 1987-
yilda tug‘ilgan hunarmand zardo‘zlar sulolasining beshinchi avlodidir. 2013-yildan
O‘zbekiston   Respublikasi   “Hunarmand”   uyushmasining   a’zosi   hisoblanadi.   U
Samarqand   zardo‘zlik   maktabi   an’analarini   davom   ettirgan   holda   usta   shogird
maktabini   tashkil   etib   yoshlarga   saboq   berib   kelmoqdi 1
.   U   o‘z   faoliyati   haqida
“Ochig’i,  zardo‘zlik  o‘ta  mashaqqat   va  sabr-toqatni   talab  etadigan   hunar.  Buning
uchun   kishida   kuchli   ishtiyoq   ham   bo‘lmog‘i   zarur.   Bugungi   kungacha   ushbu
hunarning   zamindo‘z,   shakardo‘z,   guldo‘z   va   qubbado‘z   kabi   tikish   usullarini
puxta   o‘rgandim.   Ular   asosida   miniatyuralar,   portretlar   ustida   ishlab,   turli
kompozitsiyalar   yaratganman.   Bugungi   festivalga   ulardan   ayrimlarini
keltirganman.   Jumladan,   ko‘pchilik   xorijlik   sayyohlar   zar   bilan   jilo   bergan
hunarmandchilik   asarim   -   Vatanimiz   gerbiga   mahliyo   bo‘lishdi.   Shu   bilan   birga
ular   zardo‘zlik   dastgohida   biror   asarni   tikib   ko‘rishga   qiziqdi   va   birga   suratga
tushishdi”-deya fikr bildiradi 2
.
Samarqand amaliy san’ati namoyandalaridan yana biri Habib Turdialievdir.
U   1966-yilda   Samarqand   shahrida   tug‘ilgan.   U   haykaltarosh,   naqqosh   -   yog'och
o'ymakorligi,   miniatyurachi   rassom,   miniatyurachidir.   2002-yilda   Samarqand
viloyati “Hunarmand” – “E’tirof etilgan usta – hunarmand” birlashmasi a’zoligiga
saylangan.   O’zbekiston   Badiiy   akademiyasi   ijodiy   guruhi   a’zosi   (2002).
O’zbekiston   tarixi   va   madaniyatining   20   ta   eng   yirik   me’moriy   yodgorliklarini
restavratsiya qilishda ishtirok etgan. 
Ilk   asrlar   bizga   buyuk   ustalarning   nomlarini   qoldirmadi,   lekin   XX   asr
qoldirdi:   Samarqandda   ko'p   asrlik   badiiy   hunarmandchilik   an'analarini   mashhur
ustalar   U.Juraqulov,   M.Ablaqulov,   Q.Jalilov   va   ko'plab   boshqalar.   Ularning
an’analarini   bugungi   kunda   ustalar   X.Haqberdiyev,   N.Sahibnazarov,   M.Asadov,
A.Najmiev, X.Turdialiyev, Z.Muxtarov, X.Ismatullaev, B.Haydarov, N.Ablaqulov,
Sh.Azimovlar   saqlab,   rivojlantirmoqda.   Xabib   Turdaliyev   Samarqand,   Buxoro,
Shahrisabzning   qadimiy   me’morlik   durdonalarini   restavratsiya   qilish   va   tiklash
bo’yicha   samarqandlik   usta.   Usta   yog'och   asosda   ganchda   filigra   o'ymakorligiga
1
 Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун, 2019.  Б. 90.
2
 https://zarnews.uz/post/xorijlik-sayyohlar-samarqand-zardozligiga-maftun-boldi.
69 ega.   Usta   nafis   qutichalar,   rang-barang   ramzlar   tushirilgan   lavhalar,   arab   yozuvi
bilan to‘ldirilgan duolardan parchalar, laganlar tayyorlaydi.
Ulug‘   usta   qadimiy   binolarni   namlikdan   himoya   qilish   yo‘llarini   o‘ylab
topgan   va   bu   usul   Tillakori   madrasasi,   Amir   Temur   maqbarasi   va   boshqalarni
ta’mirlash va tiklashda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.Iordaniya.
Darhaqiqat,   u   taniqli   quruvchi   va   restavrator,   qadimgi   tarixiy   binolarning
ajoyib   dizayneri   hisoblanadi.   Buxoro,   Xiva,   Shahrisabz   va   Termizdagi   Imom
Buxoriy   ansambli,   Registon   ansambli,   Amir   Temur   maqbarasi,   Shohi   Zinda
majmuasi   kabi   tarixiy-madaniy   inshootlarni   obodonlashtirish,   ularga   yangi   hayot
baxsh etishda ishtirok etdi 1
.
Milliy hunarmandchilik — xalqimizning tarixiy, moddiy-ma’naviy merosini,
orzu-istaklarini   o‘zida   mujassam   etib   kelayotgan   meros.   Usta-hunarmandlarimiz
tomonidan   ishtiyoq,   mahorat   va   yuksak   did   bilan   yaratilgan   me’moriy   obidalar,
madrasayu   masjidlardagi   muqarnas   san’ati   jilolari   aks   etgan   gumbazu   ravoqlar,
koshin va naqqoshlik namunalari, qolaversa, milliy kiyimlar, nafis buyumlar asrlar
osha   kishilarni   hayratga   solmoqda.   Bugungi   kunda   Samarqandda   usta   Nutfilla
Saidov   rahbarligida   mis   va   jez   kandakorligi   maktabi   tashkil   qilinganligi,   Shoira
o‘anieva   esa   ip   hamda   gazlamalarga   tabiiy   rang   berishni   yo‘lga   qo‘yganligini
ta’kidlash   o‘rinlidir.   Shu   maqsadda   viloyatda   isfarak,   ro‘yan,   gulxayri   kabi
o‘simliklar   yetishtiriladigan   joylar   paydo   bo‘ldi.   Milliy   musiqa   asboblari   ustasi,
marhum Hamroqul Haydarov qadimiy qo‘lyozmalar va tarixiy manbalarga tayanib,
milliy   musiqa   asboblari   yasaladigan   maktab-ustaxona   yaratdi.   Usta   Bahrom
Berdiev   rahbarligida   teriga   badiiy   ishlov   berish   tamoman   qayta   tiklandi,   uning
ustalari   yetishib   chiqdi.   Mansur   Nurullaev   va   Olim   Shamsiyev   kabi   rangtasvir
ustalari   qog‘ozga,   ipakka   va   silliqlanib   ishlangan   boshqa   matolarga,   qutiga,
sandiqqa,   qalamdonlarga   betakror   miniatyura   asarlari   tushirish   mahoratini
egallashdi.   Ahmad   Umarov   Samarqand   miniatyura   maktabini   qayta   tikladi.
Shuningdek,   hunarmand-xattot   Shavkat   Istamov   bebaho   va   noyob   qo‘lyozma
asarlarini   tiklash,   ta’mirlash,   muqovalash   maqsadida   qadimiy   xattotlikni   keng
1
  Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун, 2019. Б. 92.
70 yo‘lga   qo‘ydi.   Zarif   Muxtorov   o‘n   yilga   yaqin   vaqt   izlanishlar   natijasida
Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish sirlarini ochdi va bundan 500 yil oldin ham
qog‘oz makoni bo‘lgan Konigilda tegirmon qurib, qadimiy uslubda qog‘oz ishlab
chiqarishni yana keng yo‘lga qo‘ydi.
Amaliy   san’atni   xalqning   turmush   san’ati,   deyishadi.   Shu   bois   bugungi
kunda   bu   san’atni   viloyatimizda   aksariyat   hunarmandlar   davom   ettirishayotir.
Xususan,   oqdaryolik   yog‘och   o‘ymakorligi   ustasi   Jamol   Esonov   mazkur
yo‘nalishda   faol   ish   olib   bormoqda.   U   Ulug‘bek   rasadxonasi,   Shohi   Zinda   va
Murod   avliyo   ziyoratgohlari   eshiklari   hamda   peshtoqlarini   o‘zining   o‘ymakorlik
san’ati   bilan   bezadi.   Shu   bilan   birga,   tumandagi   Arpa,   Yangiobod   qishloqlari
yoshlariga   bu   hunar   sirlarini   o‘rgatdi.   Masalan,   28   yoshli   Zarif   Xudoyberdiev,
mustaqillik   tengdoshi   Umid   Usmonov   bugun   mohir   yog‘och   o‘ymakori   bo‘lib
yetishganlar.   Ustaning   yana   bir   shogirdi   Maqsud   Beknazarov   esa   “Usta   Maqsud
Kamolot”   xususiy   korxonasini   tashkil   etdi.   Kulollar   sulolasi   vakilasi   Dilorom
Muxtorova   hozir   gilmoya   va   tuproqdan   shunday   ajoyib   haykalchalar   yasaydiki,
ko‘rib   hayratingiz   oshadi.   Ayniqsa,   bezak   bergandan   so‘ng   ularga   go‘yo   jon
kirgandek bo‘ladi. 
Nurobodlik   Malika   Karimova   to‘qiyotgan   julxirs   gilamlar   esa   dunyo
gilamchiligining   zamonaviy   an’analari   bilan   hamohangligi   bois   shuhrat
qozonmoqda.   Hunarmandchilik   bardavomligini   ta’minlash   uchun   yoshlarni   hunar
o‘rganishga   va   ularni   bu   ish   bilan   shug‘ullanishga   chorlash   maqsadida
“Hunarmand” uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan “Usta — shogird” maktablari
tashkil   etilgan.   Bu   maktablarni   o‘tab   chiqqan   yoshlar   hisobiga   uyushma   safi
kengaymoqda,   yo‘qolib   ketayotgan   bir   necha   qadimiy   hunar   turlari   qaytadan
rivojlantirildi.   O‘tgan   yili   11   xil   hunarni   o‘rgatish   bo‘yicha   154   ta   ana   shunday
maktab   tashkil   etildi   va   601   nafar   yosh   hunarmandlar   yetishib   chiqdi.   Usta
hunarmandlar   mahsulotlarini   keng   jamoatchilikka   namoyish   etishda
respublikamizda   “Tashabbus”   ko‘rik-tanlovi   o‘tkazib   kelinayotganligi   ayni
muddao   bo‘layapti.   Bu   tanlovning   asosiy   nominatsiyalaridan   biri   “Eng   yaxshi
hunarmand”   deb   ataladi.   Har   yili   mazkur   tadbirda   viloyat   bo‘yicha   50   dan   ziyod
71 hunarmand o‘z mahoratlari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini namoyish etadi.
Bundan   tashqari,   hunarmandlarimiz   har   yili   Toshkentda   bo‘lib   o‘tadigan
respublika   hunarmandlarining   ko‘rgazma-savdosida   va   Sharqiy   Osiyo
hunarmandlarining an’anaviy savdo yarmarkalarida muntazam qatnashishadi.
72 XULOSA
O‘zbekiston   taraqqiyotining   hozirgi   bosqichida   yuksak   badiiy
ma’lumotlarga   ega,   jahon   va   o‘zbek   xalq   amaliy   san’atidan   xabardor,   har
tomonlama   komil   insonni   shakllantirishda   ta’lim-tarbiyaning   o‘rni   muhimdir.
Zero,   aynan   mustaqillik   yillarida   ma’naviy-madaniy   meros,   milliy-tarixiy
qadriyatlarga ta’lim va tarbiya vositasida yangicha yondashish uchun qulay sharoit
vujudga keldi. Bu, o‘z navbatida, amaliy san’ati tarixini o‘rganish va metodikasini
takomillashtirish uchun o‘ziga xos zamin vazifasini o‘taydi.
Mustaqillik yillarida xalq amaliy san’ati sohasida mahsulot ishlab chiqarish
hajmi   muntazam   o‘sib   yuqori   ko‘rsatkichlarga   ega   bo‘ldi.   O‘zbekistonda
hunarmandchilik   sohalarining  rivojlanishi   uchun  kerakli  asos   hamda  amaliy  yo‘l-
yo‘riqlar shakllantirildi. O‘zbek hunarmandlari koshinkorlik, ganchkorlik, yog‘och
o‘ymakorligi,   zargarlik,   zardo‘zlik,   kashtado‘zlik   va   kandakorlik   yo‘nalishlarida
muvaffaqiyatlarga   erishdi.   Birgina   zardo‘zlikda   naqshlarning   50   dan   ortiq   turlari
qayta   tiklandi.   Ipak   va   paxtadan   gazlamalar,   kashta   va   gilam   to‘qishda   kerakli
iplar,   kulollik   buyumlari   va   koshinkorlik   mahsulotlarini   ranglash   borasida
o‘simliklardan   tabiiy   rang   olish   texnologiyalari   yaratildi.   Ushbu   jarayonlar   o‘z
istiqboliga   ega   bo‘lib,   respublika   aholisiga   munosib   hayot   tarzi,   iqtisodiy
barqarorlik   hamda   hunarmandchilikning   erkin   rivojlanishi   uchun   zarur   shart-
sharoitlarni ta’minlab bermoqda.
Xalq   amaliy   san’ati   tarixini   o‘rganish   va   uni   yoshlarga   o‘rgatishning
samarali yo‘llari va metodik asoslarini ishlab chiqish bugungi kunda ham dolzarb
bo‘lib   qolmoqda.   Tadqiqot   jarayonida   naqqoshlik   san’atini   o‘qitishda   kompyuter
texnologiyalaridan   foydalanishning   didaktik   talablari   yaratildi   hamda   mazkur
texnologiya   vositasida   xalq   ustalarining   san’at   asarlarini   namoyish   etish,   usta   va
ustazodalar   hayoti   va   ijodi   haqida   suhbatlar,   amaliy   mashqlar   bajarish,   «mahorat
darslari»   turkumida   mashg‘ulotlar   o‘tish,   bahs   munozara,   muhokama,   trening,
ko‘rik-tanlov, test sinovlarini o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. 
Mustaqillik   yillarida   Samarqand   xalq   amaliy   san’ati   sohasining   turlari   va
maktablari   kengayib   usta-hunarmandlar   faoliyatining   yanada   muvaffaqiyatli
73 faoliyat   olib   borishlari   uchun   respublika   va   mahalliy   hokimiyat   tomonidan
yetarlicha imkoniyatlar yaratib berildi.  Keyingi yillarda Samarqand viloyatida ham
xalk   amaliy   san’ati   yangi   sifat   bilan   o‘sib,   rivojlanib   amaliy   san’atning   rang-
barang   turlari   bilan   boyidi.   Ganchkorlik,   naqqoshlik,   yog’och   o‘ymakorligi,
kandakorlik,   kulolchilik;   sohalarida   diqqatga   sazovor   ijodiy   ulg’ayish,   badiiy
kashfiyotlar ko‘zga tashlandi. 
Har   bir   millatning   taraqqiyoti   uning   madaniyati   va   san’ati   darajasi   bilan
belgilanadi. O‘z navbatida, davlatning madaniyat  va san’atga bo‘lgan munosabati
jamiyatning   rivojlanish   darajasini   aniqlaydi.   Mustaqillik   yillarida   hunarmand
ustalarning   ijtimoiy   mavqei   sezilarli   darajada   yuksaldi.   O‘zbek   xalqining   milliy
qadriyatlarini asrab-avaylash, milliy hunarmandchilikda unutilayozgan an’analarni
tiklash va targ‘ib qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, O‘zbekiston
“Xalq   ustasi”   unvoni   ta’sis   etildi   va   bir   qator   hunarmand   ustalarga   “akademik”
unvoni   berildi.   O‘zbekistonda   turizm   sohaning   rivojlanishi   hamda   bozor
iqtisodiyoti sharoitida milliy hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish bozori
shakllandi. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari sovg‘a bozorining negizini, ya’ni
hunarmandchilik   tijoratining   asosini   tashkil   etdi.   Respublikada   “Usto”,
“Ustozoda”,   “Hunarmand”,   “Musavvir”   kabi   tashkilotlar,   uyushmalar   ochilib,
ularning viloyatlarda hududiy bo‘limlari tashkil qilindi.
O‘zbekistonning  xalqaro  maydonda  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  aloqalar
olib borishi tufayli, boshqa sohalar singari xalq hunarmandchilik buyumlarini ham
milliy   meros   sifatida   dunyoda   tanitish,   shu   yo‘l   bilan   zamonaviy   sivilizatsiya
tizimida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lishga,   jahon   madaniyatiga   o‘z   hissasini   qo‘shishga
alohida   e’tibor   berib   kelmoqda.   Shuningdek,   jahon   mamlakatlarida   milliy
hunarmandchilikka e’tibor kuchaydi, bu hol ayniqsa, Yevropa va Amerikada katta
qiziqish   uyg‘otdi.   Dunyo   mamlakatlari   bozorlarida   milliy   hunarmandchilik
mahsulotlari   tijorati   kuchayib,   tobora   keng   rivojlanib   bormoqda.   Natijada
hunarmand ustalar, kasanachilarning daromadlari oshib iqtisodiy ahvollari yanada
yaxshilanmoqda.   Amaliy   san’atni   rivojlantirish   davlat   siyosatida   yangi   bosqichga
ko‘tarilganini   kuzatish   mumkin.   Hunarmand,   ustalarni   qo‘llabquvvatlash,   ustoz-
74 shogird maktablari faoliyatini takomillashtirish, hunar ta’limini keng targ‘ib qilish,
ichki   va   tashqi   turizm   faoliyatini   takomillashtirish,   yangi   ish   o‘rinlarini   yaratish
chora-tadbirlari masalasi amalga oshirilmoqda.
75 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Qaror va farmonlar
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1997 йил 31 мартдаги ПФ-1741-
сонли   «Халқ   бадиий   ҳунармандчилиги   ва   амалий   санъатини   янада
ривожлантиришни   давлат   йўли   билан   қўллаб-қувватлаш   чора-тадбирлари
тўғрисида». Фармони.   https://lex.uz/docs/168968?ONDATE=31.03.1997%2000  
2.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   17   ноябрдаги   ПФ-
5242-сонли     «Ҳунармандчиликни   янада   ривожлантириш   ва   ҳунармандларни
ҳар   томонлама   қўллаб-қувватлаш   чора-тадбирлари   тўғрисида»   фармони.
https://lex.uz/docs/3416134   
3.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   17   ноябрдаги   ПҚ-
3393-сонли     «Ҳунарманд»   уюшмаси   фаолиятини   янада   такомиллаштириш
бўйича чора-тадбирлар тўғрисида» қарори.   https://lex.uz/docs/3416129  
4.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017   йил   7   февралдаги   ПФ-
4797-сонли     «Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантириш   бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги фармони.   https://lex.uz/docs/3107036  
5.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2017-йил   16-августдаги
“Ўзбекистон   Бадиий   академияси   фаолиятини   ривожлантириш   ва   янада
такомиллаштиришга   доир   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги   ПҚ-3219-
сон Қарори.  https://lex.uz/docs/3311182 .
6.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2020   йил   21-апрелдаги
“Т асвирий ва  амалий санъат   со ҳ аси  самарадорлигини  янада   оширишга  доир
чора-тадбирлар   тў ғ рисида ”ги   ПҚ-4688-сон   Қарори.   https://nrm.uz/contentf?
doc=621061 .
7.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2021-йил   29-апрелдаги
“Халқаро   зардўзлик   ва   заргарлик   фестивалини   ўтказиш   тўғрисида”ги   ПҚ-
5098 сон Қарори .  https://lex.uz/docs/5398684 .
8.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2021   йил   23-августдаги
“Халқаро   кулолчилик   форуми   ва   кулолчилик   маҳсулотлари   кўргазма-
76 савдосини   ўтказиш   тўғрисида”ги   ПҚ-5229   сон   Қарори.
https://lex.uz/docs/5596093 .
9.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2018- йил   1-ноябрдаги
“Халқаро   ҳунармандчилик   фестивалини   ўтказиш   тўғрисида”ги   ПҚ-3991   сон
Қарори. ttps://president.uz/uz/lists/view/2127.  
10.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   2019-йил   28-ноябрдаги
«Ҳунармандчиликни   янада   ривожлантириш   ва   ҳунармандларни   қўллаб-
қувватлаш   бўйича   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида»   ПҚ-4539-сонли
Қарори.   https://lex.uz/docs/4622088 .
11.   Ўзбекистон   Республикаси   Президентининг   16.08.2017   йилдаги
“Ўзбекистон   Бадиий   академияси   фаолиятини   ривожлантириш   ва   янада
такомиллаштиришга   доир   қўшимча   чора-тадбирлар   тўғрисида”ги   ПҚ-3219-
сон Қарори.  https://lex.uz/docs/3311182
12 .   O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   637-son   Qonuni .
https :// lex . uz / docs /-5013007 . 
13. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 23-martdagi  “Kulolchilikni
jadal   rivojlantirish   va   qo‘llab-quvvatlash   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi     PQ-5033
sonli Qarori.  https://lex.uz/docs/-5339469 .
14.   Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28-январдаги “ 2022 -
2026   йилларга   мўлжалланган   янги   Ўзбекистоннинг   тараққиёт   стратегияси
тўғрисида ” ПФ-60-сон Фармони.
Maqola va ilmiy asarlar
15.  Алиева С.  Риштоннинг мовий сополи // Санъат ,  1998. –№1 – 3. Б. 34 – 35; 
16. Булатов С.C, Ў збек халк амалий безак санъати .- Т.: Меҳнат, 1991.
17.   Булатов   С.C,   Ашурова   М.   Амалий   санъат   қисқача   луғат.   -Т.:   Қомуслар
бош таҳририяти, 1992.
18.  Булатов С.C, Мухторов А. Ган чкорлик санъати: –   Т.: Мусиқа, 2006.
19.     Булатов   С.С.   Ёшларга   ҳунар   ўргатишнинг   миллий   анъанавий   асослари
(методик тавсиянома). –Тошкент: РУМЦ, 1999; 
77 20.   Худайбердиева   Х.З.   Ўзбекистонда   наққошлик   санъати   ва   етакчи
наққошлар тарихи ва ривожланиши // ares.uz. vol. 2. Issue. 7. 2021. B. 52.
21.   Гулямов   К.   Касб-ҳунар   коллежларида   халқ   амалий   санъатини   ўқитиш
методикаси.   Педагогика   фанлари   номзоди   даражаси   автореферати.   –
Тошкент. 2012.  В. 12.
22. Ғуломов К.М. Касб-ҳунар коллежларида наққошлик санъатини ўргатишда
таълимнинг замонавий технологиялари // Педагогик таълим.  2007. № 5.
23.  Ғуломов С. С., Булатов С. С.  Шарқона уста-шогирд одоби . – Т.: 2000 
24. Ғуломов К. Амалий санъат. – Тошкент: Iqtisod-moliya. 2007 .
25.   Gulmetov   E .  Madaniyatshunoslik .  Darslik . –  T . 2000.  B . 74.
26   .   Гюль   Э.   Ҳунармандчилик   анъаналарини   сақлаб   //   Санъат.   1999.   №2.   Б.
32; 
27. Мирзаахмедов М.Х. Ёғоч ўймакорлиги.–Тошкент: Ўқитувчи, 1995. В. 37.
28.   Имомназаров   М.   Маънавиятимизнинг   такомил   босқичлари.   –   Тошкент:
Шарқ, 1996. В. 17.
29. Нозилов  Д.А. Ўрта Осиё дизайни тарихидан–Т.; Ўзбекистон, 1998.  B.39 
30. Қосимов Қ.Қ. Наққошлик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990.  B. 7.
31.   Давлатова   С.   Ўзбек   анъанавий   ҳунармандчилиги   тарихий   жараёнлар
контекстида   Ўзбекистоннинг   жанубий   ҳудудлари   мисолида)   тарихий-
этнологик тадқиқот. – Тошкент: Yangi nashr, 2018. –Б. 3. 
32.   Дўстаев   Т.,   Левтеева   Л.   Халқ   ҳунармандчилиги   хазинаси   //   Мозийдан
садо.  2007. №4. Б. 2-5; 
33.  Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун. 2019. 
34.   Зоҳидова   Д.А.   “Ҳунармандчиликка   кириш”   махсус   курси   бўйича   дастур
ва услубий тавсиянома. –Тошкент: ЎМКҲТРИ, 2001. 
35.   Кулолнинг   меҳнати   “Ўзбекистон   Республикаси   халқ   устаси”   фахрий
унвонига   лойиқ   кўрилди.   https://xs.uz/uzkr/post/kuloning-mehnati-ozbekiston-
respublikasi-khalq-ustasi . 
36.   Қличов   У.   Ўзбекистонда   миллий   ҳунармандчиликнинг   ривожланиши   //
Ўтмишга назар журнали. 2021. 4 жилд. № 7.  77-80 б.
78 37.   Қодирова   Т.Ф.   Қатағон   қурбонлари   хотираси   музейи.   //   Ўзбекистон
архитектураси ва қурилиши журнали. 2003,   № 1-2,  3-5 бетлар.
38.   Ма на кова   В.Н.   Художественная   культура   народного   жилища
Узбекистана.   –   Т., 1990.
39.   Қиличев   Р.   Тоталитар   бошқарув   даврида   халқ   ҳунармандчилиги   //
Жамият ва бошқарув. 2005. №2.  B. 76.
40. Морозова А.С., Авезова Н.А., Маҳкамова С.М. Ўзбекистон халқ санъати.
–Тошкент.: Ғофур Ғулом, 1979. 
41. Мухторов А.  Уста ва шогирд одоби. – Т.: Меҳнат, 1999.  Б. 78; 
42.   Усмон   Х., Нозилов   Д.А.   Ўрта   Осиё   дизайни   тарихидан–Т. :   Ўзбекистон,
1998.
43.  Ўзбекистон санъати. – Тошкент: Шарқ, 2001. – 23 б.
44.   Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси.   –   Тошкент:   Ўзбекистон   миллий
энциклопедияси нашриёти. 2000. 1-жилд  Б. 253-258.
45 .   Ўзбекистон   ҳунармандчилиги   ва   амалий   санъати.   Энциклопедия.   –
Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2005.10-jild – Б. 4 53 .
46 .   Самарқанд   кулолчилик   мактаби:   қадим   анъаналар   Конигилда   қайта
тикланмоқда.  https://kun.uz/45744342 . 
47. Толибова Н. Ёғоч ўймакорлиги санъати // Мозийдан садо. 2008. №4. - Б.
20-22. 
48.  Хакимов А. А. Ў збекистон санъати (1991–2002). – Т., 2001.
49 . Хасанов Р. Амалий безак санъати методикаси.–Тошкент. 2003 йил.Б. 27.
50.   Хопфнер   Г.Д.   Ўрта   махсус,   касб-ҳунар   таълими   тизимида   мустақил
ўрганишнинг аҳамияти. Тошкент, 2007. 72 б.
51.  Ҳакимов А. То шкент халқ ҳунармандчилиги // Мозийдан садо.  2007. №2.
Б. 8-14; 
52.   Ўроқов   М.,   Ғаниев   К.   Анъанавий   ҳунармандчилик   –   миллий   мерос
феномени   сифатида   //   Марказий   Осиёда   анъанавий   ва   замонавий
этномаданий жараёнлар. 2-қисм. – Тошкент, 2005. – B. 137. 
79 53.   Ҳакимов   А.   Ўзбекистон   бадиий   ҳунармандчилиги   мустақиллик
йилларида //  Мозийдан садо. №3. 2013. Б. 8. 
54.   Ҳакимов   А.   Ўзбекистоннинг   бадиий   кулолчилик   мактаблари   //   Восток.
1999.  №1.  Б. 76 – 79 
55. Ҳаққулов А. Таъмир санъати. - Т: «Меҳнат», 1991.
56.   Ҳасанов   Р.   Амалий   безак   санъати   машғулотлари   методикаси   (ўқув
қўлланма). –Тошкент.: 2003.  72 б; 
57.   Ҳасанов   Р.   Амалий   безак   санъати   машғулотлари   методикаси.   -Т:
ЎзПФИТИ,   2003
58. Шоёқубов Ш.  Ҳунармандчилик қанот ёймоқда // Гулистон.  1995.  №3.  Б.
24
59.   Юлдашев   Х.   Ҳунармандчилик   сирларини   янги   педагогик   технологиялар
асосида ўргатиш // Касб-ҳунар таълими.  2004. №1. Б. 10-11
60.   Юлдашев   Х.А.   Устоз-шогирд   одоби   мавзусидаги   ўқув   тарбиявий
тадбирлар   ўтказиш   методикаси.     Методик   қўлланма.   –Тошкент:
ЎМКҲТКМО ва ЎҚТИ, 2005. 82 б
61.   Юлдашев   Х.А.,   Булатов   С.C,   Устоз-шогирд   одоби.   Ўқув   услубий
қўлланма. –Тошкент.: Ўзбекистон, 2005. 239 б
62. 3охидов П.Ш.  Меъморий санъат мўъжизалари. // Мозийдан садо, 1994, 
№ 1–2.
63.   Қодировa   Т.Ф.   Қатағон   қурбонлари   хотираси   музейи   //   Ўзбекистон
архитектураси ва қурилиши журнали.  2003й, № 1-2,  3-5 бетлар.
64. Centlivres-demont M.   Un corpus de risola du Turkestan Afgan // Madrassa la
transmission   du   savoir   dans   le   monde   musulman.   Sous   la   direction   de   Nicole
grandin et Mart Caborieau. Paris, – 1997.  84 – 88.; 
65. Cамарқандда   кулолчилик   маркази   ташкил   этилади.
https://xs.uz/uzkr/post/samarqandda-kulolchilik .
66. Fitz Gibbon K., Hale A.   uzbek embroidery in the nomadic tradition (The Jack
A/ and Aviva Robinson collection at the Minneapolis Institute of Arts)/ Singapore,
– 2007.  P. 118.
80 67.   Muratov   X.X.,   Jabbarov   R.R.   Amaliy   va   badiiy   bezak   san’ati.   –   Chirchiq.
2020.  B. 24. 
68.  To‘xsanova V. Amaliy san’at turlari. – Buxoro: Durdona, 2020.  B. 53.
69.   Қличев   У.А.   Ўзбекистонда   миллий   ҳунармандчиликнинг
ривожлантирилиши  (1991-2006 йиллар).: Тарих фан. ном. ... дисс. – Тошкент,
2010. 162 б.  
7 0 . Қураҳмедов А. Самарқандлик ҳунармандлар // Фан ва турмуш. 2005. № 5.
– 25-бет
71.  Оқдарёлик ҳунармандлар // Зарафшон газетаси. 2022 йил 23-апрел. № 47. 
Internet manbalari
72.   Zarnews.uz/post/otameros.
7 3 . https://xs.uz/uz/post/samarqandda-hunarmandlarning-ishi-tohtab-qolgani-yo’q.
7 4 .    https://zarnews.uz/post/xorijlik-sayyohlar-samarqand-zardozligiga-maftun-
boldi .
75. Milliylikning maftunkor jilolari. http://uza.uz
81

“Mustaqillik yillarida Samarqandda amaliy san’at: xususiyatlari va taraqqiyoti” M U N D A R I J A: KIRISh 3-9 I BOB. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida amaliy san’at rivojlanishi va uning tarixiy taraqqiyoti 10-36 1.1 Amaliy san’at va uning mustaqillik davri madaniyatida tutgan o‘rni 10-20 1.2. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida amaliy san’at rivojlanishi ning me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi 20-30 1.3 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim jarayonida amaliy san’atining o‘qitilish 30-36 II BOB . O‘zbekiston Respublikasi amaliy san’atida taraqqiyotida Samarqand naqqoshlik maktabining tutgan o‘rni 37-57 2.1. Samarqand naqqoshlik maktabi taraqqiyoti 37-47 2.2 Samarqand naqqoshlik maktabining tarixiy ildizlari va uning o‘ziga xos jihat lari 47 -57 III BOB. Mustaqillik yillarida Samarqand amaliy san’at maktablari va namoyandalari faoliyati 58-76 3.1 Samarqand amaliy san’at turlari maktablari 58-64 3.2 Samarqand amaliy san’ati namoyandalari va “ustoz-shogird” an’ana 6 4-76 XULOSA .................................................................................................... 7 7-79 FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............................................................................................... .. 80-85 ILOVALAR ......................................................................................................... 1

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyoda integratsiyalashuv va iqtisodiyotning globallashuvi jarayonlari jadal kechayotgan hozirgi kunda etnik-madaniy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni saqlab qolishning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday vaziyatda mintaqalarning turli davrlardagi rivojlanish tendensiyalarini siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy yangilanish jarayonlari kontekstida tarixiy-etnografik jihatdan tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining rang-barang milliy va mintaqaviy xususiyatlarini saqlab qolishning ishonchli mexanizmini yaratish, an’ana va qadriyatlarni tiklashdagi innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishda YuNESKOning «Hunarmandchilik mahsulotlari uchun sifat belgisi» Dasturi CACSA – Markaziy Osiyoda hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari assotsiatsiyasi amalga oshiradi. Mustaqillik yillarda mamlakatimizda qadimiy va boy tariximiz, milliy o‘zligimiz, betakror qadriyat va an’analarimiz timsoli bo‘lgan xalq amaliy san’atini rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va shu asosda O‘zbekistonning bu sohadagi ulkan salohiyat va imkoniyatlarini dunyoga namoyon etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda hunarmandchilik san’ati xalqimiz kundalik hayotidan tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Mamlakatimizda har yili mazkur yo‘nalishda yuzdan ziyod festival va yarmarkalar, savdo ko‘rgazmalari va boshqa tadbirlar o‘tkazilayotgani ham shundan dalolat beradi. Bugun o‘zbek xalqining ko‘hna va boy tarixini chuqur o‘rganish hamda haqqoniy ko‘rsatib berish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy fanlar, jumladan, tarix va etnologiya fanlari oldiga ilgari to‘plangan ilmiy bilimlarni tanqidiy ravishda qayta tahlil etish uchun yangi uslubiy va konseptual yon- dashuvlarni belgilash vazifasi ham qo‘yildi 1 . Bu jihatdan o‘ziga xos etnografik mintaqalarning turli davrlaridagi tarixi, etnografiyasi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi yangilanish jarayonlarini ilmiy tadqiq etish muhim ahamiyatga 1 Давлатова С. Ўзбек анъанавий ҳунармандчилиги тарихий жараёнлар контекстида Ўзбекистоннинг жанубий ҳудудлари мисолида) тарихий-этнологик тадқиқот. – Тошкент: Yangi nashr, 2018. – Б. 3. 2

ega. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda milliy meros va qadriyatlarga munosabat, aholi turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatida yaratilgan betakror san’at asarlarini bugungi kundagi ahamiyatini o‘rganish, qayta tiklash va tarixiy madaniy merosni yosh avlodga yetkazish, hunarmandchilik markazlari tarixini yoritish va tahlil etish mavzulariga alohida urg‘u berilmoqda. 2017-yildan keyingi davrda butun mamlakat miqyosida amalaga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston rivojlanishining turli sohalarda taraqqiyoti doirasida xalq amaliy san’ati va uning tarkibida mavjud bo‘lgan boshqa san’at turlarini yanada rivojlantirish borasida hukumat tomonidan bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-sonli «Hunarmand» uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida», 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrda “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4539-sonli qarorlari shular jumlasidandir 1 . Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston amaliy san’atining rivojida Samarqandning tutgan o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilish tadqiqotning ob’ekti sifatida tanlab olingan. Samarqand xalq amaliy san’atining rivoji, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, uning transformatsiya jarayonlari, semantikasi, usta-shogird an’analari tadqiqotning predmetini tashkil etadi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2017-yil 17- noyabrdagi PQ-3393-sonli «Hunarmand» uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida», 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrda “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4539- sonli qarorlari. 3

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotdan asosiy ko‘zlangan maqsad maxsus adabiyotlar va ilmiy dalillar vositasida mustaqillik yillarida Samarqand amaliy san’at maktabining o‘ziga xos xususiyatlari va taraqqiyotini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi quyidagilarda aks etadi: - mustaqillik yillarida xalq amaliy san’atining me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilganligi, Prezident qaror va farmonlari, hukumat darajasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar tahlillari asosida dalillangan: - xalq amaliy san’atining turlar bo‘yicha rivojlanishi va uning Samarqand viloyati misolida taraqqiyoti xalq amaliy san’ati maktablari faoliyati misolida ko‘rib chiqilgan: - xalq amaliy san’atining Samarqand maktabiga xos namunalar mustaqillik yillarida yaratilgan milliy xalq amaliy san’ati namunalari vositasida asoslangan. - mustaqillik yillarida Samarqand viloyatida xalq amaliy san’atining turli yo‘nalish va maktablarida faoliyat olib boruvchi amaliy san’at namoyandalarining faoliyati ilmiy va amaliy jihatlar bilan o‘rganildi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Birinchi navbatda mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida xalq amaliy san’atini rivojlantirish va sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati natijasida sohani rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlar tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi 1 . An’anaviy xalq amaliy san’ati tarixini o‘rganish doirasida aholining zamonaviy turmush tarzida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va rivojlanayotgan hunar turlari, ularni ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabati hamda mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rni ham o‘rganildi. Qolaversa, hunarmandchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, bog‘liq hunarmandchilik bilan bog‘liq marosimlar, urf-odatlar, hunar semantikasi va ularda ramzlarning aks etishi kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida tarix va milliy qadriyatlar hamda an’analarga 1 Tadqiqotning me’yoriy-huquqiy asoslarini tashkil etgan hukumat darajasida qabul qilingan normativ hujjatlar tahlili alohida bo‘limda tahlil qilingan. 4

bo‘lgan qiziqishning ortishi bugungi kunda etnologiyada har tomonlama tadqiqotlar ko‘lamining rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Mustaqillik yillarida tanlangan tadqiqot mavzusining ma’lum bir tomonlarini o‘zida mujassam qilgan bir qator ilmiy adabiyotlar yaratildi. O‘zbek xalq amaliy san’ati va an’anaviy hunarmandchiligi rivojlanishi jarayonida turli ilmiy asarlar yaratildiki, bu xalq amaliy san’atining alohida turlarini o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Xalq amaliy san’atining tarixi, turlarining rivojlanishi va uning Samarqand viloyati misolidagi ma’lumotlar mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan umumiy ko‘rinishdagi ensiklopedik asarlarda keltirib o‘tilgan 1 . Mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy tarixchilar, sharqshunoslar, san’atshunoslar tarixning turli masalalari qatorida hunarmandchilik tarixini o‘rganishda umuminsoniy va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashib, yangi yozma va hujjatli manbalar ma’lumotlarini ilmiy muomilaga kiritdilar, xorij tadqiqotlaridan foydalanishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlar ilmiy-nazariy jihatdan manbalardagi ma’lumotlardan keng foydalanganligi hamda bu davrda tadqiqotchilar uchun muammoni o‘rganish borasida keng imkoniyatlarning yuzaga kelganligi bilan sovet davridagi tadqiqotlardan ajralib turadi 2 . Bundan tashqari, O‘zbekistonda xalq amaliy san’atining zargarlik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, kashtado‘zlik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi sohalarining rivojlanishi, kasanachilik asosida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish imkoniyatlari, mintaqalarda hunarmandchilikning o‘ziga xos xususiyatlari va taraqqiyoti, hunarmand ayollar faoliyati, hunarmand ustalar tomonidan an’ana-viy hunarmandchilikning yangi turlari ayrim adabiyotlarda yangicha asoslarda yoritiladi 3 . 1 Ўзбекистон ҳунармандчилиги ва амалий санъати. Энциклопедия. 1-2 жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси нашриёти. 2017.; Замонавий Самарқанд ҳунармандчилиги. – Тошкент: Тамаддун. 2019. 2 Шоёқубов Ш. Ҳунармандчилик қанот ёймоқда// Гулистон. 1995. – №3. – Б. 24; Алиева С. Риштоннинг мовий сополи // Санъат. 1998. №1 – 3. Б. 34 – 35; Гюль Э. Уста заргар Фасиҳиддин Дадамухамедов // Санъат. 1999. №1. Б. 38; Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари // Восток. 1999. №1. – Б. 76 – 79; Гюль Э. Ҳунармандчи-лик анъаналарини сақлаб // Санъат. 1999. №2. Б. 32; Оқилова К. Марғилоннинг замонавий газламалари // Санъат. 1999. №2. Б. 36. 3 Ўзбекистонда заргарлик буюмлари. – Т.: Халқ мероси, 1993, Боймиров Қ. Касб-ҳунар замини меҳнатдир. – Т.: Ўқитувчи, 1998, Б. 78; Нозилов Д. А. Ўрта Осиё дизайни тарихидан,-Т.: Ўзбекистон, 1998. Б. 128; Мухторов А. Уста ва шогирд одоби. – Т.: Меҳнат, 1999. – Б. 78; Усмон Х., Шодиев Н., Абдураҳмонова М. 5