logo

O'RTA OSIYONING ANTIK DAVR MEMORCHILIGI (MIL. AV. IV MIL. IV ASRLAR).

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

53.7197265625 KB
MAVZU:  O'RTA OSIYONING ANTIK DAVR
MEMORCHILIGI (MIL. AV. IV MIL. IV ASRLAR).
                                                                             REJA:
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1.Xorazm antik davr me’morchilik madaniyati.
2.Sug’d hududining antik davr me’morchilik madaniyati.
3. Baqtiryaning antik davr me'morchiligi madaniyati.
4. Toshkent hududining antik davr me'morchiligi madaniyati.
III.XULOSA. 
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.
KIRISH Mavzu haqida umumiy ma'lumot:   O'rta Osiyoning antik davr me'morchiligi
(mil. av. IV - mil. IV asrlar) mintaqaning tarixiy, madaniy va san'at sohalarida muhim
rol   o'ynagan.   Bu   davrda   Xorazm,   Sug'd,   Toshkent   va   Baqtriya   hududlari   o'ziga   xos
me'morchilik   yutuqlariga   ega   bo'lgan,   bu   esa   nafaqat   mintaqaviy,   balki   xalqaro
miqyosda ham e'tirof etilgan. Ushbu hududlarning me'morchilik yodgorliklari nafaqat
texnik va san'at nuqtai nazaridan, balki ularning jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va diniy
rolini tushunish uchun ham qimmatli manbalardir.
Xorazm, Sug'd va Baqtriya kabi hududlar qadim zamonlardan beri rivojlangan
tsivilizatsiyalar markazi bo'lib kelgan. Bu hududlar Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida
joylashgan bo'lib, Sharq va G'arb o'rtasida savdo, madaniyat va bilimlar almashinuvi
uchun muhim ko'prik vazifasini o'tagan. Natijada, ushbu hududlar arxitekturasida turli
madaniy va uslubiy ta'sirlar aks etgan.
Xorazmning   antik   davr   me'morchiligi   o'ziga   xosliklari   bilan   ajralib   turadi.
Xorazm   me'morchiligi   mahalliy   an'analar   va   texnikalarni   saqlab   qolgan   holda
rivojlangan.   Ayniqsa,   mudofaa   inshootlari,   saroylar   va   ibodatxonalar   bu   davr
me'morchiligining   yorqin   namunalari   sifatida   ko'rsatib   o'tiladi.   Sug'd   hududi   esa
o'zining   noyob   shaharsozlik   an'analari   bilan   tanilgan.   Sug'd   shaharlaridagi   katta
ko'chalari   va   markaziy   maydonlari   bilan   ajralib   turadi,   bu   esa   shahar   hayotining
ijtimoiy va iqtisodiy faolligini ko'rsatadi.
Toshkent   hududining   antik   davr   me'morchiligi   ham   o'ziga   xosdir.   Ushbu
hududda   topilgan   arxeologik   yodgorliklar   shaharlarning   murakkab
rejalashtirilganligini   va   rivojlangan   ijtimoiy   tizimga   ega   ekanligini   ko'rsatadi.
Toshkent   me'morchiligida   sharqona   uslublar   bilan   birga   mahalliy   an'analar   ham
namoyon bo'ladi.
Mavzuning   dolzarbligi:   O'rta   Osiyoning   antik   davr   me'morchiligi   ko'plab
ilmiy tadqiqotlar va arxeologik kashfiyotlarning obyekti bo'lib kelgan. Bu mavzuning
dolzarbligi   bir   necha   omillar   bilan   bog'liq.   Birinchidan,   antik   davr   me'morchiligi
mintaqaning   madaniy   merosining   muhim   qismi   hisoblanadi   va   uni   o'rganish   milliy
o'zlikni   anglashda   katta   ahamiyatga   ega.   Ikkinchidan,   ushbu   davrda   yaratilgan
me'morchilik obidalari zamonaviy arxitektura va dizaynga ilhom manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin. Uchinchidan, arxeologik tadqiqotlar va topilmalar bu davrning tarixiy
va madaniy jihatlarini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Kurs   ishining   maqsadi:   Kurs   ishining   asosiy   maqsadi   O'rta   Osiyoning   antik
davr   me'morchilik   madaniyatini   o'rganish,   uning   asosiy   yodgorliklari   va   uslublarini
tahlil   qilishdan   iborat.   Shu   bilan   birga,   antik   davr   me'morchiligida   qo'llanilgan
texnikalar va materiallarni aniqlash, bu davrning me'morchilik an'analari  va ularning
keyingi davrlarga ta'sirini o'rganish ham maqsad qilinadi. Kurs ishi doirasida quyidagi
masalalar o'rganiladi:
-   Xorazm,   Sug'd,   Toshkent   va   Baqtriya   hududlarining   antik   davr   me'morchilik
yodgorliklari;
- Bu yodgorliklarning arxitektura uslublari va texnikalari;
- Arxeologik topilmalar va ularning madaniy ahamiyati.
Nazariy va metodologik asoslar:  Ushbu kurs ishining nazariy va metodologik
asoslari   tarix,   arxeologiya   va   me'morchilik   fanlariga   asoslanadi.   Tadqiqot   davomida
quyidagi metodlar qo'llaniladi:
-   Tarixiy   metod:   Mavzuning   tarixiy   kontekstini   aniqlash   va   tushunish   uchun   tarixiy
manbalar va tadqiqotlar tahlil qilinadi.
-   Arxeologik   metod:   Arxeologik   topilmalar   va   ularning   joylashuvi,   tuzilishi   va
vazifasini o'rganish orqali me'morchilik obidalari tahlil qilinadi.
-   Taqqoslama   metod:   Turli   hududlarning   me'morchilik   yodgorliklarini   bir-biri   bilan
taqqoslash orqali ularning o'xshash va farqli jihatlari aniqlanadi.
-   Tahlil   va   sintez:   Olingan   ma'lumotlarni   tahlil   qilish   va   umumlashtirish   orqali
mavzuning asosiy jihatlarini aniqlash.
Shuningdek,   kurs   ishida   zamonaviy   ilmiy   adabiyotlar,   monografiyalar,
maqolalar   va   arxeologik  hisobotlardan   foydalaniladi.   Ushbu   nazariy   va  metodologik
yondashuvlar   yordamida   mavzuni   keng   qamrovda   o'rganish   va   chuqur   tahlil   qilish
imkoniyati yaratiladi. II. 1. Xorazm antik davr me’morchilik madaniyati.
Xorazmning   antik   davri   tarix   to’g’risidagi   qisqacha   ma’lumotlar   yunon-rim
mulliflari asarlarida saqlangan. Mil. avv.   IV   asr  boshlarida ahamoniylardan mustaqil
bo’lib   olgan   Xorazm   shoh   Farasman     (Arrian)   yoki   Fratafern   (Kursiy   Ruf)   ning
Aleksandr   Makedonskiy   bilan   kelishuvi   tufayli   mustaqilligini   saqlab   qolgan.
Xorazmning salavkiylar tarkibiga kirganligi to’g’risida ma’lumotlari uchramaydi. 1
Mil.   avv.   II   asrning   –   I   asr   boshlariga   Xan   sulolasi   yilnomasi   (Syan   Xan   shu)   da
keltirib   o’tilgan   Kanguy   davlatiga   tobe   bo’lgan   beshta   viloyatlardan   biri   Yuyegyan
mulkligi   tadqiqotchi   olimlar   tomonidan   Urgench   (Xorazm)   bilan   qiyoslangan.
Xorazmshohlar to’g’risida ayrim ma’lumotlar sosoniylarning paxlaviy   III-IV   asrlarga
oid bitiklarida keltirilgan. Qadimgi Xorazmning antik davri madaniyatini o’rganilishi
ishlari dastlab 1936-1937 yillarda Ya.G’ulomov va T.Mirg’iyosovlarning tadqiqotlari
bilan   boshlangan.   1937   yilda   S.P.Tolstov   rahbarligidagi   Xorazm   arxeologik-
etnografik   ekspedisiyasi   (XAEE),   keyinchalik   O’zRFA   Qoraqolpag’iston
arxeologiyasi   bo’limi   tomonida   olib   borilgan   keng   qamrovli   arxeologiya   tadqiqot
ishlari   natijasida   o’lkaning   qadimgi   davr   madaniyati   yaxshi   o’rganilgan.
Amudaryoning   quyi   oqimi   hududlarida   o’rganilgan   arxeologiya   yodgorliklarining
vazifasi   jihatdan   bir   necha   turlari   ajralib   turadi.   Yirik   shahar   markazlari,   istehkom-
qal’alar,   ishlab   chiqarish   manzillari,   uy-qo’rg’onlari   va   diniy   inshootlar.Xorazmning
arxeologiya   yodgorliklari,   xususan,   ko’hna   shaharlari   tuzilishiga   ko’ra   Markaziy
Osiyoning   boshqa   hududlarinikidan   farq   qiladigan   jihatlari   bilan   ajralib   turadi.
Xorazm arxeologik-etnografik ekaspedisiyasining tadqiqotlari tufayli bu hududlardan
arxaik davrga oid 400 ga yaqin aholi punktlari va yirik kanal izlari aniqlangan. Bular
orasida   o’zida   shaharsozlik   belgilarini   ask   ettirgan   eng   yirik   yodgorlik   miloddan
avvalgi   VI-V   asrning   o’rtalariga   oid   Ko’zaliqir   qal’asi   hisoblanadi.
Tadqiqotchilarning   fikricha,   Xorazm   shaharsozlik   madaniyati   aynan   Ko’zaliqirdan
boshlanadi.Xorazm   hududlaridan   hozirgi   kunga   qadar   bronza   va   temir   davrining
boshlanish   davriga   oid   o’zida   shaharsozlik   belgilarini   aks   ettiruvchi   yodgorliklar
aniqlanmagan.   Xorazmning   qadimgi   aholisi   neolit-bronza   davridayoq   janubdagi
1
  Анарбаев А.А. Ахсикент  -  столица древней Ферган ы.  Ташкент, 2013. sivilizatsiya   markazlari   va   shimoldagi   Andronov   madaniyati   sohiblari   bilan   uzviy
aloqada   bo’lgan   bo’lib,   Ushbu   aloqalar   moddiy   madaniyat   buyumlarida   kuzatiladi,
shahar   madaniyatida   esa   kuzatilmaydi.   Xorazm   ilk   shahar   madaniyatining   O’rta
Osiyoning   boshqa   hududlariga   nisbatan   kechroq   rivojlanishi,   fikrimizcha,   aholi
mashg’ulotiga   bog’liq   edi.   Mil.avv.   I   ming   yillik   o’rtalariga   qadar   bu   hudud   aholisi
asosan   xonaki   chorvachilik,   ko’chmanchi   chorvachilik,   ovchilik   va   baliqchilik   bilan
shug’ullanganliklari   bois   shaharlarga   ehtiyoj   sezilmagan.   Mil.avv.VI   asrning
o’rtalaridan   boshlab   qadimgi,   Xorazm   bu   hududlarida   shahar   madaniyati   jadal
rivojlanadi.   Fikrimizcha,   aynan   mana   shu   davrdan   boshlab,   Sharqiy   Orol   bo’yida
yarim   ko’chmanchi   chorvador   xo’jalik   madaniy   shakli   ustunlik   qilgan   bo’lsa,
Amudaryoning   janubiy   o’zanlarida   esa   yuqori   darajadagi   sun’iy   sug’orishga
asoslangan o’troq dehqonchilik xo’jaliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Mil. avv.
I   ming   yillikning   ikkinchi   choragiga   kelib   Orol   bo’yida   hunarmandchilik   ajralib
chiqishining   dastlabki   belgilari   kuzatiladi.   Ortiqcha   mahsulotning   ko’payishi   esa
mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar yaratadi. 2
Qo’yqirilgan  qal’a   -   qadimgi   otashparastlar   ibodatxonasi   va   qishloq   xarobasi
bo’lib,   milloddan   avvalgi   4-milodiy   4-asrlarga   oid.   To’rtko’l   shahridan   22   km
shimoliy-sharqda   joylashgan.   Yodgorlik   Xorazm   arxeologiya-etnografiya
ekspeditsiyasi   tomonidan   1938-yilda   ro’yxatga   olingan.   1951-57   yillardagi
qazishmalar natijasida qadimgi xorazmliklarning maqbara-qasri va milloddan avvalgi
IV-III asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri
44,4   m,   bal.   9,5   m   ga   yaqin)   qazib   o’rganilgan.   Ibodatxona   atrofi   2   qator   paxsa   va
xom g’ishtdan tiklangan mudofaa devori bilan o’ralgan. Qal’a atrofida xandaq (eni 15
m,   chuq.   3   m)   bo’lib,   qadimda   suv   bilan   to’ldirilgan.   Qo’yqirilgan   qal’a   devorida
O’rta   Osiyo,   Yaqin   va   O’rta   Sharq   shaharlar   qurilishi   uslubiga   xos   bo’rtib   chiqib
turgan   maxsus   burjlar   bo’lib,   ularda   o’q   otish   uchun   nishon   tuynuklari   bor.   Devor
bilan   markaziy   bino   oralig’ida   xo’jalik   inshootlari   joylashgan.   Ravoqlar   uchun
trapetsiya shaklidagi maxsus g’isht qo’llanilgan.  Qal’aning sharqiy qismida darvozasi
bo’lib,   darvoza   oldi   labirint   shaklida   qurilgan.   Qo’yqirilgan   qal’a   markazidagi   2
2
  Асқаров А.А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. Тошкент, 2015.   qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Uyning tomi tekis 1-qavatda alohida-
alohida 8 ta gumbazli  xonalar  bo’lib, ular  ichidan sopoldan  yasalgan  tobutlar, idish-
tovoqlar,   har   xil   rasmlar   solingan   yog’   idish   (xum   va   ko’zacha)   lar,   naqshinkor
suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida ma’budlarning terrakota haykalchalari, devorga
ishlangan   rangli   naqshlar,   osmon   jismlarini   kuzatishga   mo’ljallangan   buyumlar   bor.
Ostodonlar   dafn   marosimlaridan,   sopoldagi   yozuvlar   esa   qadimgi   xorazmliklarning
tili va yozuvlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Tuproqqal’a .   Milodiy   3-4   asrlardagi   xorazmshohlar   qarorgohi   deb   talqin
qilinadi. Ho zirgi   Beruniy shahar i   atrofidagi  hududda joylashgan. 1938-50 yillarda S.
P.   Tolstov   rahbarligidagi   Xorazm   arxeologiya-etnografiya   ekspeditsiyasi   tomonidan
o’rganilgan.   Tuproqqal’a   tarhi   to’g’ri   burchakli   (500x350   m)   bo’lib,   gumbazsimon
yo’lakli   va   burjli   mudofaa   devori   bilan   o’ralgan   Devorning   mustahkam   jan ubiy
d arvozasidan   otashkada   tomon   markaziy   ko’cha   o’tgan.   Ko’ndalang   tushgan
ko’chalar   shaharni   10   ta   kvartal   (mahalla)ga   ajratgan.   Tuproqqal’a ning   madaniy
qatlamidan, milodning boshlaridan 6-a sr gacha bo’lgan davrga oid ashyoviy manbalar
chiqqan.   Tuproqqal’a ning   shim oliy   -   sharqiy   qismida   maxsus   ko’tarma   supa
(bal andligi   14   m,   maydoni   80 x 80   m)   ustiga   xom   g’ishtdan   saroy   qurilgan.   Unga
yondosh qilib bal andligi  25 m li 3 ta minorasi bo’lgan ark binosi (mayd oni  40x40 m)
bunyod   etilgan.   Arkka   sharq   tomonidan   ko’tarma   yo’lak   orqali   kirilgan.
Tuproqqal’a da   100   ga   yaqin   turar   joy,   xo’jalik   binolari   va   8   ta   saroy   xonalari
qazilgan. Xonalar devori bo’rtma naqshlar va relefli rangli haykallar bilan bezatilgan.
Tuproqqal’aning   sharqiy   qismida   qurol   aslaha   ustaxonasi   bo’lgan,   u   erdan   temir
nayzalar,   3   parrakli   o’qlar,   saroyning   emirilib   ketgan   2-qavatidagi   podsho   arxividan
esa teri va yog’och taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qadimgi
xorazmiy   tilida   bitilgan   (1—3-a sr lar).   Tuproqqal’adan   jun,   shoyi,   ip   gazlama
parchalari, bo’yra, rangli gilam, ko’plab haykal bo’laklari, sopol buyumlar va Kushon
tangalari   topilgan.   Tuproqqal’a   sug’orish   inshootlarining   buzilishi,   harbiy
to’qnashuvlar natijasida xarobaga aylangan. II. 2. Sug’d hududining antik davr me’morchilik madaniyati.
Afrosiyob   yodgorligi   hozirgi   Samarqand   shahrining   shimoli-sharqiy
chekkasidagi   tabiiy   tepalar   ustida   joylashgan.   Uning   maydoni   219   ga   ni   tashkil
etadi. Dastlab,   1841   yilda   Buxoro   xonligiga   tashrif   buyurgan   N.V.   Xanikov
Samarqandning topografik xaritasini va Afrosiyobning tasnifini keltirgan. Samarqand
Turkiston   general   gubernatorligiga   tarkibiga   kiritilgandan   keyin   Afrosiyobni
arxeologik   tadqiq   qilish   ishlari   boshlandi..   1998   yilda   O’zbek   Fransuz
ekspedisiyasining tashkil etilishi bilan uchinchi davrning ikkinchi bosqichi boshlandi.
1989   yildan   boshlab   Afrosiyobni   o’rganish   ishlariga   fransuz   olimlari   ham   qatnasha
boshlashdi.   O’zbek   Fransuz   hamkor   arxeologik   ekspedisiyasi   Afrosiyobni   o’rganish
ishlarini   yangi   sifat   bosqichiga   ko’tarish   imkonini   berdi.   Samarqand   shahar   tarixini
o’rganishda   asosiy   e’tibor   Afrosiyobga   qaratilgan.   Yodgorlikni   o’rganishdagi   eng
qiyin masalalardan biri uning ko’p qatlamliligidir. Bu yerdagi antik davr qatlamlarini
o’rganishda  o’rta  asrlarda  qazilgan o’ra badroblar  katta  muammo tug’diradi,  negaki,
ular   antik   davr   qatlamlarini   buzib   yuborgan.   Antik   davrlardan   eng   yaxshi   saqlanib
qolgan   inshoatlar   bu   Afrosiyobning   mudofaa   devorlaridir.   Chunki,   ulardan   o’rta
asrlarda   ham   foydalanilgan.   Bu   shundan   dalolat   beradiki,   antik   davr   mudofaa
devorlari   o’ta   mustahkam   qilib,   taiiy   tepaliklarga   va   Siyob   arig’ining   tik   sohillariga
qurilganligi   sababli   ularda   keyingi   tarixiy   davrlarda   ham   keng   foydalanilgan. 3
Jumladan,   Afrosiyobning   shimoli   sharqiy   qismidagi   mudofaa   devorlari   Siyob
arig’ining eng tik qirg’iqlarida qurilgan. Uning janubi g’arbiy qismidagi devorlar esa
jarliklarning eng baland nuqtasiga bunyod etilgan. Afrosiyob birinchi mudofaa devori
ham,   to’rtinchi   mudofaa   devori   ham   bir   paytning   o’zida   guvalaksimon   g’ishtlardan
ko’tarilganligi   ma’lum   bo’ldi.   Ko’ktepadagi   xuddi   shunday   guvalaksimon   g’ishtlar
radiokarbon analiz yordamida mil. av. VII asr boshlariga oid, deb davrlashtirilganligi
hisobga   olinsa,   Afrosiyobning   mil.   av.   mingyillik   o’rtalariga   oid   devori   ostidan
chiqqan   mudofaa   inshootini   ham   mil.   av.   VII   asr   boshlarida   qurilgan.Afrosiyobning
shimoliy   hamda   shimoli-g’arbiy   qismidan   ham   sapol   buyumlar   top il gan.   Shu
qatlamdan   topilgan   10   dona   sopol   idish   sinig’ining   5   donasi   silindr-konus   shaklida
3
  Бердимуродов А.Э. Индиаминова Ш. Буюк ипак йўли. Тошкент, 2017. kulollik   charxida   tayyorlangan   idish   bo’lsa,   qolgan   5   tasi   qo’lda   yasalgan   va
idishlardan   birining   sirtiga   uchburchak   shaklidagi   naqsh   solingan   edi.   Bu   sopollar
majmuasini   biz   mil.   av.   VIII   asr   oxirlari-VII   asr   boshlari   bilan   sanalangan .
Afrosiyobda   bundan   ilgariroq   ishlab   chiqarilgan   sopol   idishlar   juda   kam   uchraydi.
Qadimgi   davr   qatlamlari   orasida   shahar   hokimi   qal’asi   ostidagi   platformani   ham
eslatib   o’tish   kerak.   Bu   platforma   ham,   Ko’ktepa   hokimi   qarorgohi   ostidagi
inshootlarga   o’xshab,   guvalaksimon   g’ishtlardan   ko’tarilgan.Shunday   qilib,
Afrosiyobning quyi  qatlami  mudofaa devori  oddiy lo’mboz uslubida  ko’tarilgan. Bu
eng   qadimgi   devor   bo’lib,   mil.   av.   VIII   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   butun
Afrosiyobni   o’rab   turgan.Mil.   av.   VII   asr   boshlaridan   O’zbekistonning   janubiy
hududlaridagi   ancha   rivojlangan   shahar   madaniyati   ta’siri   ostida   bu   yerda   ham
urbanizasiya   jarayonlari   boshlanganligi   kuzatiladi.   O’sha   qadimgi   mudofaa   inshooti
guvalaksimon   g’ishtlar   bilan   monolit   tarzda   ko’tarilgan,   qalinligi   7-8   m   (balandligi
ham   shundan   kam   bo’lmagan).   Ayni   paytda,   shahar   tarkibi   (balki   davlat   tuzilmasi)
shakllanganligidan   bo’lsa   kerak,   hokim   qalasi   platformasi   ham   aynan   shu   davrda
guvalaksimon  g’ishtlardan  baland  ko’tarilgan.  Bundan  tashqari, hokimlik  joylashgan
o’sha   akropol   shaharning   boshqa   qismlaridan   ajratilib,   alohida   devor   bilan   o’rab
olinadi. Bu, albatta, shahar barpo bo’lganligining va ayniqsa, davlat tuzilmasi vujudga
kelganligining muhim belgilardan biridir.Shahar rivojlanishidagi keyingi bosqich mil.
av.   VI   asr   ikkinchi   yarmidan   IV   asr   oxirlarigacha   bo’lgan   davrni   qamrab   oladi.Bu
davrda   shahar   mudofaa   devorlari   qayta   ta’mirlanadi.   Ilgarigi   mudofaa   devori
guvalaksimon   g’ishtlardan   monolit   tarzda   ko’tarilgan   bo’lsa,   endilikda   o’sha   eski
devor ustidan to’g’ri burchakli g’ishtlar bilan yo’lak-galereya tipidagi mudofaa devori
tiklanadi. Lekin Afrosiyobning shimoliy qismidagi Siyob daryosi bo’yidagi mudofaa
devori paxsadan ko’tarilgan va bu yerda ham yo’lak-galereya tipidagi devor qurilgan.
Ayni   shu   davrda   Afrosiyobni   o’rab   turgan   mudofaa   devori   kamida   2-3   marta   qayta
ta’mirlangan. 4
4
  Бердимуродов А.Э., Токао Уно, Рахимов К.А. Добусияда ўтказилган археологик тадқиқотлар ҳақида.
Археологические исследования в Узбекистане  2006-2007 года. Вып. -6. - Ташкент, 2009. Bu qatlamlardan chiqqan arxeologik topilmalar mil. av. VI asr ikkinchi yarmidan
IV asr oxirlariga bo’lgan davr bilan davrlashtirilgan.Bu davr qatlamlari Afrosiyobning
faqat   mudofaa   devorlarida   emas,   balki   o’sha   butun   219   ga   maydonda   va   uning
atrofidagi ko’plab aholi punktlarida ham kuzatiladi.
Samarqand   shahri   mil.   av.   mingyillik   o’rtalarida   maydoni   jihatidan   bunchalik
katta hududni egallaganining asosiy sababi u mil. av. VI-V asrlarda emas, balki undan
ancha ilgari vujudga kelganligidadir. Shuning uchun ham shahar keyinroq, ya’ni mil.
av. VI-V asrlarda juda katta hududni egallab, kengayib ketgan.
Mil.   av.   329-328   yillarda   Samarqand   Aleksandr   qo’shin i   tomonidan   bosib
olinadi.   Shu   yurishlar   to’g’risida   yozgan   tarixchilar   Samarqand   shahrini   birinchi
marotaba   eslatib,   uni   Marokanda   deb   atashadi.   Bundan   tashqari,   Sug’diyonaning
asosiy   poytaxt   shahri   sifatida   aynan   shu   shaharni   eslashib,   Aleksandr   Samarqandni
o’zining   Sharqdagi   asosiy   tayanch   nuqtasiga   aylantirishga   harakat   qilganligi
to’g’risida yozishadi.
Shunday  qilib,   Afrosiyob   –  bu   qadimgi   Samarqand  shahrining   shakllanishi   eng
qadimgi   davrlardan   boshlanib,   rivojlanishi   mo’g’ullar   tomonidan   istilo   qilinguniga
qadar   davom   etganini   o’zida   aks   ettirgan   yodgorlik   xarobasidir.   Bu   Markaziy
Osiyodagi   eng   ko’hna   shaharlardan   hisoblanib,   jahondagi   eng   qadimgi   Erebuni   va
Rim kabi shaharlar tengdoshidir.
Ko’ktepa .   Ko’ktepa   yodgorligi   Samarqand   shahridan   30   km   shimolda,   Chelak
tumanining   Oxunboboyev   jamoa   xo’jaligi   hududida   joylashgan.   Yodgorlik   2   ta
mudofaa devori bilan o’rab olingan, ichki mudofaa devori 23 ga maydonni va tashqi
mudofaa   devori   esa   100   gektarga   yaqin   maydonni   egallaydi.   Ko’ktepa   yodgorligi
mudofaa   devorlarining   hozirgi   relyefida   shaharning   to’rt   tomonida   4   ta   darvoza
bo’lganligi   bilinib   turibdi.   Qadimgi   yodgorlikning   bu   qismi   nisbatan   yaxshi
saqlangan, lekin ichki mudofaa devoridan tashqari qismdagi yerlar 1970-1980-yillarda
buzib yuborilgan. 5
Tashqi mudofaa devoridan taxminan 1 km lik bo’lagi yodgorlikning eng g’arbiy
qismida   uzun   val   sifatida   saqlanib   qolgan.   Lekin   tashqi   mudofaa   devori   hududida
5
  Жабборов И. Антик маданият ва маънавият хазинаси. Т. "Ўзбекистон", 1999. turar joy binolari yoki jamoat binolarining o’rni ham bo’lgan. Tashqi mudofaa devori
turli hujumlar vaqtida chorva mollar va odamlarni saqlab qolish maqsadida qurilgan.  
1993-1996   yillarda   Ko’ktepada   yodgorligida   o’zbek-fransuz   qo’shma
ekspedisiyasi   M.H.   Isomiddinov   va   Pol   Bernar   tomonidan   stansionar   qazishma
mishlari   olib   borilgan.   Ko’ktepa   stratigrafiyasini   o’rganish   uning   uchta   bosqichdan
iborat ekanini ko’rsatadi. Birinchi bosqichda o’troq dehqonchilik qilib kun ko’radigan
aholi yerto’la va yarim yerto’la tipidagi uylar yasab, Zarafshon daryosi tarmoqlarining
biridan   suv   olib   dehqonchilik   qilgan.   Ko’ktepada   topib   o’rganilgan   bunday   tipdagi
yerto’lalar   ko’proq   tuxumsimon   yoki   doira   shaklida   bo’lib,   ularning   diametri   1,5   m
dan 3,5 m gachadir. Topilgan deyarli barcha yerto’lalar materikni o’yib qazilgan. 
Bu   yerda   yashagan   aholining   kundalik   turmushida   chorvachilikning   o’rni   ham
katta   edi.   Aholi   chorva   boqishdan   tashqari,   mol   junidan   turli   matolar   to’qishni,
terisidan   kiyim-kechak   va   poyabzal   tikishni   bilgan.   Dehqonchilik   mahsulotlaridan
bug’doy va arpa yetishtirilgan. Ularni o’radigan o’roq va yanchadigan yorg’uchoqlar
ko’plab topildi.O’sha davr qabilalarining kundalik hayotida eng ko’p kerak bo’ladigan
narsalardan   yana   biri   sopol   idishlar   bo’lib,   uni   mahalliy   aholi   qo’lda   yasab,
ayrimlariga   qizil   yo   jigarrang   bo’yoq   bilan   uchburchak   yoki   romb   shaklida   naqsh
berib,   xumdonda   yoxud   ayrim   hollarda,   gulxanda   pishirgan.   Ko’ktepaning   quyi
qatlamlaridan  topilgan  sopol  idishlarning  95 foizdan  ortig’ini  aynan  qo’lda  yasalgan
idishlar tashkil etdi.
Ko’ktepaning   quyi   qatlamlari   2   m   dan   3   m   gacha   bo’lgan   qalinlikni   tashkil   etadi.
Uning   stratigrafiyasini   chuqur   tahlil   qilib,   qo’shni   hududlarning   moddiy   madaniyati
bilan solishtirish quyi qatlamlar davrini mil.  a v. I mingyillikning IX-VIII asrlari bilan
davrlashtirish mumkinligini ko’rsatadi.Ko’ktepaning ikkinchi  bosqichining xarakterli
xususiyatlaridan   biri   guvalaksimon   g’ishtlardan   monumental   binolar   qurilishi
boshlanishidir.   Jumladan,   Ko’ktepaning   qoq   markazida   guvalaklar   va   to’g’ri
burchakli  g’ishtlardan tiklangan ibodatxona qad ko’taradi. Uning asosiy kirish qismi
doira   shaklidagi   burjlar   bilan   muhofazalangan   darvozadan   iborat.   Kiraverishdagi
yo’lakchaning ikki chetida ikkita o’choq bo’lib, undagi yonib turgan muqaddas olov
ibodatga kiruvchini barcha insu jinslardan tozalagan.Bu markaziy xonada yana uncha katta   bo’lmagan   vannaga   o’xshash   ko’plab   chuqurchalar   topildiki,   ularning   ostki
qismiga tog’lardan keltirilgan tosh terilgan, ichi toza qum, ayrim chuqurlar esa shag’al
bilan   to’ldirilgan.   Demak,   ilk   zardushtiylik   dini   shakllanayotgan   davrda   diniy   rasm-
rusumlarning   bajarilishida   tosh,   shag’al   va   qumning   ham   olov   kabi   ahamiyati   katta
bo’lgan  deb taxmin qilinadi .Ibodatxona rivojlanishining keyingi bosqichlarida g’arbiy
tomonda  guvalaksimon  g’ishtlardan  baland  platforma   qad  ko’taradi.  Afsuski,   baland
ko’tarilgan   bu   platforma   ustidagi   bino   arxitekturasidan   biron   narsa   qolmagan.
Platformaning ustida faqat  olov yonadigan muqaddas  otashdon bo’lgan bo’lishi  ham
mumkin. 6
  Chunki   Qadimgi   Sharqning   ko’plab   yodgorliklarida   ana   shunday   ochiq
ibodatxonalar   topilgan.   Jumladan,   Turkmanistonning   bronza   davriga   oid   Oltintepa
yodgorligidan   paxsa   va   xom   g’isht   bilan   ko’tarilgan   baland   minora   (zikkurat)
topilgan.   Uning   balandligi   12   m   gacha   boradi.Eronning   Masjidi   Sulaymon   va   Bardi
Neshande  yodgorliklari  ham  mil. avv. mingyillik o’rtalariga oid bo’lib, uni  qurishda
tabiiy   tepalardan   foydalanilgan.   Mashhur   sharqshunos   olim   R.M.Girshman   bu
yodgorliklarni   “muqaddas   terrasa”   deb   atagan.   Chunki   o’sha   tepalar   ustida   ochiq
osmon ostida olovga sig’inilgan. Shuning uchun ham baland ko’tarilgan bu platforma
Ko’ktepadagi   ibodatxona   uchun,   Turkmaniston   va   Erondagi   kabi,   muqaddas   terrasa
vazifasini bajargan bo’lishi kerak, deb hisoblanadi.Ko’ktepada topilgan ikkinchi yirik
inshoot shu “shahar hokimining qarorgohi” deb ataldi. Bu inshoot qoldig’i 2 yarusli,
umumiy   maydoni   200x100   m.   U   “hokim   qarorgohi”ning   o’rni   bo’lishi   kerak,   uning
atrofi 5-5,5 mqalinlikdagi devor bilan o’ralgan. Shu qarorgohning sharqiy chekkasida
o’lchami   100x80   m   bo’lgan   qal’a   ko’tarilgan.   Bu   inshoot   osti   ham,   o’sha
ibodatxonadagi   kabi,   piramidasimon   shaklda   guvalaksimon   g’ishtlardan   baland
ko’tarilgan.Ko’ktepaning   ikkinchi   bosqichida   qurilgan   yana   bir   inshoot   shaharning
tashqi mudofaa devori bo’lib, uning hozirgi kunda saqlanib qolgan qalinligi 12-13 m
ni   tashkil   etadi.   Mudofaa   devori   asosan   to’g’ri   burchakli   g’ishtdan   tiklangan,   ular
orasida   guvalaklarning   uchrashi   bu   inshoot   ham   o’sha   “ibodatxona”   yoki   “hokim
qarorgohi”   bilan   bir   paytda   qurilgan   bo’lishi   kerak,   deb   xulosa   chiqarishga   imkon
6
  Кдырниязов  О.-Ш. Жанубий Оролбўйи шаҳар маданияти тарихи (VII-XV асрлар) // Тарих фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация Афтореферати. Самарқанд, 2018. beradi.Demak,   Ko’ktepa   II   davrida   qadimgi   qabilalar   hayotida   yirik   ijobiy
o’zgarishlar   yuz   berib,   dastlabki   urbanizatsiya   jarayonlari   boshlanganligi   ko’rinadi.
Bu   urbanizasiyaning   eng   muhim   elementlaridan   100   ga   maydonni   o’ragan   tashqi
mudofaa   devori,   ibodatxona   va   shahar   hokimining   qarorgohi   qurilgan.Hokim
qarorgohining   atrofdagi   boshqa   imoratlardan   ancha   baland   ko’tarilishining   o’zi   ham
jamiyatda   ijtimoiy   tengsizlik   boshlanganidan   dalolat   beradi.   Bu   faqat   shahar
miqyosidagi   hodisa   bo’lmay,   balki   davlat   tizimi   ham   shakllanganligini   ko’rsatadi.
Chunki bunchalik yirik hajmdagi mudofaa devorlari, ibodatxona va hokim qarorgohi
qurilishini   davlat   tizimisiz   tashkil   etib   bo’lmasdi.Ko’ktepadagi   hayotning   uchinchi
bosqichi O’rta Osiyo Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olingandan keyingi
davrlarga   to’g’ri   keladi   .Ko’ktepaning   ichki   mudofaa   devori   kvadrat   shaklidagi
g’ishtlardan   koridor-galereya   tipidagi   devor   sifatida   qurilgan.   Aynan   shunday   devor
Afrosiyobda   ham   tiklanganligi   ma’lum.   Shunisi   qiziqki,   ichki   mudofaa   devori   ikki
marta   qayta   quriladi.   2002   yilgi   qazishmalar   davrida   ichki   shaharning   markaziy
qismlarida   juda   katta   maydonda   aynan   shunday   40x40x10-12   hajmdagi   g’ishtlardan
ko’tarilgan ko’plab imoratlarning qoldiqlari  topildi.   G ap shundaki, bu imoratlar ham
ichki   mudofaa   devori   kabi   ikki,   uch   martadan   qayta   ta’mirlangan.   Shunga   qaramay,
bu qatlamlardan haqiqiy ellinizm davriga xos sopol buyumlar kam topildi. Binobarin,
O’rta   Osiyoning   ko’plab   hududlarida   paydo   bo’lgan   kvadrat   shaklidagi   g’ishtlar
aynan   ellinizm   kirib   kelishi   bilan   emas,   balki   biroz   ertaroq,   Ahomaniylar   sulolasi
hukmronligining   oxirgi   bosqichlarida   paydo   bo’lgan   bo’lishi   mumkin.   Xuddi
shuningdek, Ko’ktepada ham dastlabki kvadrat shaklidagi g’ishtlarning paydo bo’lishi
Aleksandr yurishlaridan sal ilgariroq paydo bo’lgan bo’lishi kerak. 7
 
7
  Турабеков   М.   Оборонителние   сооружения   древних   поселений   и   городов   Согд   Нукус,
"Каракалпакстан", 1990. I I.  3. Baqtiryaning antik davr me'morchiligi madaniyati.
Dalvarzintepa   yodgorligi. Dalvarzintepa   tuzilishiga   ko’ra   O’rta   Osiyoda   keng
tarqalgan   antik   shaharlar   (Zartepa,   Kayqubodshoh,   Qumqal’a,   Xayrobodtepa,
Hayitobodtepa)   singari   barpo   qilingan.   U   har   biri   hayotni   ta’minlashning   mustaqil
tizimiga ega bo’lgan ikki alohida qismdan iborat. Ularning biri – shaharning janubiy
hududida   eng   baland   tepalikka   joylashgan   qo’rg’on   va   ikkinchisi   –   shaharning
o’zi.Qal’a   devorlari   o’qlari   bo’yicha   eng   yirik   o’lchamlari   300   va   330   m   bo’lgan
noto’g’ri ko’p qirrali shaklda qurilgan. Devorlarning balandligi 15 m, uzunligi 800 m,
qiyaligi   30   daraja,   qal’a   maydoni   6   ga   atrofida.Dalvarzintepaning   ikkinchi   qismi   –
shaharning   o’zi   to’g’ri   burchakli   shaklda.   Devorlarining   umumiy   uzunligi   2300   m,
minoralarining   soni   30   dan   ziyod,   handag’ining   eni   10-15   m.   Handaq   kengligi   va
devorlar qo’shqavat ekanligi tufayli ham shaharni   istilo qilish qiyin bo’lgan . Mabodo
Kampirtepa,   Zartepa   kabi   tuzilishi   yaxshi   o’rganilgan   shaharlarni   misolga   oladigan
bo’lsak, Dalvarzintepa shahri umumiy hududining 34 foizini mudofaa inshootlari, 41
foizini   asosiy   istiqomat   qismi,   7   foizini   maydonlar   va   ko’chalar,   18   foizini   boshqa
binolar  egallagan   deb  taxmin  qilish  mumkin.  Shahar   qurilishining  umumiy  maydoni
470000   kv   m   ga   yaqin   bo’lgan.Dalvarzintepa   –   Kushon   davlatining   poytaxt i ga   xos
inshootlar o’ta zich qilib qurilgan eng yirik shahridir. 8
 Bu yerda ibodatxonalar, shahar
aholisining uylari,     ishlab chiqarish ustaxonalari, shahar maydonlari va hovuzlar, suv
tarmoqlari   tizimi,   ko’cha   tarmoqlari   qazib   ochildi.Hozirgi   vaqtga   kelib   shahar
hududining ko’pi bilan 10 foizi ochilgan xolos, biroq Dalvarzintepa aholi turmushini
ta’minlash tadbirlari hisobga olingan holda yagona tizim asosida qurilgan, deb xulosa
qilish   mumkin.         Har   bir   mahalla   ichidagi   ko’chalar   shahar   devorlariga   aynan
yondosh   qilib   o’tkazilgani   birinchi   galda   ana   shundan   dalolat   beradi.   Dalvarzintepa
an’anaviy   to’g’ri   burchakli   shaklda   qurilgan,   deb   taxmin   qilsa   bo’ladi.   Shahriston
tuzilmasi shuni ko’rsatadiki, ko’chalar bo’ylab maydonlarning keng tarmog’i mavjud
edi.   Misol   uchun   shaharning   shimoliy   o’qi   bo’ylab,   asosiy   ko’chalardan   birining
shimoliy   qismida,   mahalla   o’rni   deb   taxmin   qilinayotgan   joyda   noyob   budda
majmuasi   topildi.Dalvarzintepa   shahristonining   47   ga,   chizmada   to’g’ri   burchakli
8
  Беленицкий А.М. Бентович И.Б, Большаков О.Г. Средневековый город Средней Азии. Л. 1973.  shaklda,   dunyo   tomonlariga   qaratib   qurilgan,   lekin   bo’ylama   o’qi   g’arbga   og’gani
sezilarli   darajada.   Og’ish   burchagi   25   darajaga   yaqin,   biroq   G.A.Pugachenkovaning
taklifiga   binoan   tavsifni   soddalashtirish   maqsadida   devorlar   va   inshootlarning
yo’nalishi   shartli   ravishda   shimoliy,   janubiy,   sharqiy   va   g’arbiy   deb   belgilanadi.Bu
yerda  30  yildan  ziyod  vaqt   mobaynida  olib  borilgan  tadqiqotlar  jarayonida  bir  qator
savollar   tug’ildiki,   ularga   javobni   shahar   qurilishining   ichki   tuzilmasini   o’rganish,
tuzilishining   o’ziga   xos   asosiy   xususiyatlarini   aniqlash,   shahar   madaniyatining   din,
turmush va ishlab chiqarish singari xilma-xil tomonlarini tavsiflovchi qadimshunoslik
materiallari majmuini olish orqali topish mumkin. Keyingi yillarda Dalvarzintepadan
budda   ibodatxonalariga   oid   katta   majmui   olindi.   Bu   topilmalar   bir   vaqtlari   yirik
binoning   ichini   bezagan   devoriy   suratlar   va   haykalchalarning   ko’plab   parchalaridan
iborat.   Me’moriy   qoldiqlar   tavsifiga   o’tishdan   avval   Dalvarzintepadagi
shaharsozlikning   qiyofasini   ta’riflashga   ozroq   to’xtalib   o’tishni   istardik.Uchta
burchak asosiy maydon bo’lib, mikrorelyef ko’rinishlari aks ettirilgan. Janubiy tomon
devorlarining o’lchami 150 metr, shimoliy devorlarining o’lchami 200 metr, shimoliy
qismi   170   metrni   tashkil   qiladi.   Ikkita   minoralar   aniqlab   olindi.   Devorlarining
balandligi   11   metr,   shimoliy   qism   balandligi   esa   14   metr.   Markaziy   qism   15   metr.
Asosiy maydon barcha tomondan o’rab olingan. Shahar xarobalarining tomonlari 20-
25  metrni   tashkil   qiladi.   D aryo  oqimi   yaqin   bo’lganligi   ma’lum   bo’ldi.   Ushbu   oqim
Karmanasoy deb nomlangan. «Qadimgi mikrorelyeflarning o’zgarishiga qaramasdan,
qurilish   shosselari   saqlanib   qolingan.   Shahar   xarobalarining   shimoliy-g’arbiy   qismi
bilan   chegaradosh   Karmakisoy   doimo   suv   bilan   to’ldirilgan.   Hozirgi   vaqtda   shahar
maydonining   katta   qismi   qo’rg’on   shaklidagi   ko’rinishga   ega.   Arxeologik   qazuv
shimoliy-g’arbiy   qismda   olib   borilmoqda.   Devorlarning   qalinligi   5,2   metr,   pishiq
g’ishtlar   45x45x12-13   sm   o’lchamda.   Kushonlar   davridagi   pishiq   g’ishtlarning
o’lchami   35x35x11-12   sm.   Dalvarzintepaning   ba’zi   madaniy   qatlamlari   6   metr
chuqurlikka ega. Ba’zi madaniy qatlamlar qalinligi stratigrafik shurf orqali aniqlandi,
xonalarning kengligi 2,8 metr, devorlarining qalinligi 50-60 sm. paxsa va loy g’ishtlar
ham devorlar qurilishida ishlatilgan. Xo’jalik uchun mo’ljallangan chuqurlar mavjud
bo’lib, 1x1 metrni tashkil qiladi. Xonalar ichidagi madaniy qatlamlar chuqurligi 70 sm ni tashkil qiladi. Patski qatlamlarda ko’plab sopol buyumlar bo’lib, ayrim bo’lak qism
shaklidagi boshqa buyumlar ham uchraydi. Barcha sopollar kulolchilik ustaxonalarida
tayyorlangan.   Ko’plab   idishlar   yaxshi   saqlanib   qolganligi   bois,   ularni   yasalish
texnikasini o’rganish oson kechadi. Stratigrafik gorizont keyingi marotaba ham shahar
maydoniga   tashlandi.   Sopol   idishlar   ikkita   asosiy   topilmalar   tarkibini   tashkil   qiladi.
chuqurligi   3,20-4,25   metrdagi   madaniy   qatlamlardan   ham   ko’plab   arxeologik
materiallar   topildi.   Shaharning   ko’plab   maydonlarida   devorlar   paxsadan   qurilgan.
Pishiq  g’ishtlar   40x40x10  sm.  Qalin  devorlarning  uzunligi  12,5  metr,  kengligi   1-1,5
metr. Devorlarining balandligi 6 metr. Madaniy qatlamlarning o’rganilishi bilan aytish
mumkinki,   quyi   qism   devorlari   asosan   paxsadan   qurilgan.   Hozirgi   vaqtda   saqlanib
qolgan   devorlarning   balandligi   2,5   metr.   Xonalarning   pol   qismi   ham   mavjud.
Ularning ham chuqurligi aniqlab olindi. 9
 Ko’plab chuqurliklar sopol va boshqa buyum
qoldiqlari,   qism-bo’laklari   bilan   to’ldirilgan.   To’rt   qator   ko’rinishdagi   devorlarga
pishiq g’isht  ham  ishlatilgan.  G’ishtlarning o’lchami  48x47-48x12-13 sm, 45x45x12
sm, 42x43x43-10-12 sm, 36-38x36-38x10-11 sm. Paxsa devorlarining qalinligi 90 sm.
Deyarli barcha g’ishtlarning o’rtacha o’lchami 45 sm. Antik davr tarixiy yodgorliklari
bilan   D alvarzintepa   o’rtasida   katta   farq   mavjud   emas.   Xolchayon   kabi   shahar   o’rni
devorlariga o’xshashlik mavjud. Ba’zi inshootlarning davrini aniqlash qiyin kechadi.
Miloddan   avvalgi   I   asr   va   milodiy   I   asrga   oid   ekanligi   tadqiqotchilar   tomonidan
e’tirof   etildi.   Mudofaa   devorlari   mavjud   bo’lsa-da,   ular   o’z   vazifasini   bajarganligi
tasdiqlangan emas. Pishiq g’isht va paxsadan qurilgan ko’pchilik xonalar ham shahar
asosiy   maydoniga   kiritiladi.   Dalvarzintepada   ikki   qator   devorlar   bo’lgan.   U   tosh
yo’laklar  bilan  ajralib  turgan.  Qadimgi  Sharqda  bunday  qatorli   devorlar  qurish  keng
yoyilib   borgan.Dalvarzintepa   2   ning   qazish   ishlari   alohida   o’rin   egallaydi.
Devorlarning   eni   2,2   metr,   g’ishtlarning   o’lchami   52x26x10   sm.   Madaniy   qatlamlar
15-20   sm   dan   1,4   metrgacha   boradi.   Sopol   buyumlar   qoldiqlari   ko’plab   topildi.   1,4
metr   chuqurlikdagi   madaniy   qatlamlardan   boshqa   ashyoviy   materiallar   ham   topildi.
Dalvarzintepadan   ko’plab   tangalar   ham   topildi.   Ular   asosan   kumushdan   ishlangan.
Ularning tangalari keyingi davr arxeologik yodgorliklaridan ham topilgan. 1968-1972
9
  Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. Т. 1982.  yillardagi   qazish   ishlari   davomida   22   ta   xona   aniqlandi.   Turar   joy   vazifasini   bajarib
kelgan. D-4 qismida bunday xonalar soni ko’p bo’lgan. Xonalarning deyarli barchasi
tuproq   qatlam   tagida   qolgan.   Barcha   tomoni   kvadrat   shakldagi   devorli   xonalarni
pishiq g’isht ishlatilgan. Xonalar ichida markaziy zallar ham bo’lib, tag qismlarining
qalinligi   2-2,7   metrni   tashkil   qiladi.   Barcha   xonalar   devori   suvoq   qilingan.   Burchak
qism   suvoqlari   yaxshi   saqlanib   qolgan.   To’rt   xil   figurali   o’yinchoqlar   ham   mavjud.
Xuvishka   davrida   kumush   va   misdan   zarb   qilingan   20   ga   yaqin   tangalar   ham   shu
yodgorlikdan topilgan .
  Qoratepa ibodatxona xarobasi.   Qoratepada ilk bor qazishma ishlarini 1936-
1937-yillarda   prof.   M.Ye.Masson   boshchiligidagi   Termiz   ekspedisiyasi   a’zolari
amalga   oshirganlar.Qoratepa   ibodatxonasida   B.Ya.Staviskiy   boshchiligida   Sankt-
Peterburgdagi   Davlat   ermitaji,   Moskvadagi   Sharq   xalqlari   san’ati   muzeyi,
S harqshunoslik   va   t a’mirlash   institutlarining   birlashgan   ekspedistiyasi   ko’p   yillar
davomida uzluksiz ravishda qazishma ishlarini olib bordilar. 10
Qoratepa   dastlabki   buddaviy   ibodat   inshootlari,   aftidan,   mil.1-asrda   qurila
boshlagan.   Qoratepaning   eng   gullagan   davrida   mil.   2-3   asrlarga   to’g’ri   kelib,   bu
paytda   ibodatxonalar   ko’plab   qurilgan,   avvallari   esa   yangilangan   hamda   bezatilgan.
Bu   jarayonda   kushonshohlar,   ularning   noiblari,   shahar   hokimlari   va   badavlat
shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim o’rin tutgan. Qoratepadan topilgan,
bag’ishlov   bitiklari   bo’lgan   sopollar   bu   holatni   aniq   ko’rsatadi.   Bitiklarga   ko’ra,
Qoratepadagi   ayrim   majmuotlar   Kvadevakavixara   –   Podsho   monastiri,   Vxara
Guavxara   vxad   –   Gulavxara   o’g’li   (Gondafar)   Vixarasi,   Okavixara   deb   nomlangan.
Qoratepa   bitiklarida   rohiblardan   Buddashir,   Buddxamitra,   Jivananda   ismlari   eslatib
o’tilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib
qolgan. Qoratepadan ko’plab Budda haykallari topilgan.
Milodiy   II   asrning   birinchi   choragi   ko’pchilik   tarixchi-qadimshunoslarning
fikricha,   Kushon   davlatining   eng   yorqin   vakili   Kanishka   I   davlatni   idora   etgan
10
  Древнейшие   государства   Кавказа   и   Средняя   Азия   в   раннем   железном   веке.   Средняя   Азия   в
античную эпоху  Археология СССР с древнейших времен до средневековья Отв.ред. Г.А. Кошеленко.
М. 1985. yillariga   to’g’ri   keladi.   Podsho   Kanisha   I   hukmronligi   davrida   buddizm   dini   davlat
dini deb e’lon qilingan.
Natijada   o’z   tarkibiga   Baqtriya   o’lkasi,   janubda   shimoliy   Hindiston,   sharqqa
esa   sharqiy   Turkiston   (hozirgi   Shinjon-Uyg’ur   muxtor   viloyati)ni   qamrab   olgan
Kushon davlati yerlarida yana ko’plab buddizm ibodatxonalariga asos solingan.
Qoratepa   ibodatxonasi   ham   ayni   shu   hukmdor   davlatni   idora   etgan   davrda
bunyod bo’lgan ibodatgoh joylardan biri sanaladi.
Umumiy   maydoni   8   gektarga   yaqin   tabiiy   tepalik   ustida   bunyod   etilgan   bu
yodgorlik   qadimda   o’nlab   o’ziga   xos   imoratlar   majmuasidan   iborat   ibodatxona
bo’lgan.
Har   bir   alohida   inshoot   yer   ostki   va   ustki   qismida   qurilgan   xonalardan,
jumladan,   peshayvonli   hovli,   aylanma   yo’lakli   ibodatgoh   va   bir-ikki   kohinlar
kulbasidan   tashkil   topgan.   Ba’zi   bir   hovlilarda   kichik   hajmdagi   stupalar   ham
joylashgan.
Qoratepadagi   ibodatgoh   va   uning   peshayvonlarida   m a hobatli   rang-barang
rangtasvirlar, xususan, Budda va Bodxisatva tasvirlari tushirilgan. 
Ibodatxona   devorlari   buddaga   tuhfa   hadya   etayotgan   shaxslar   suratlari,
shuningdek, mahalliy va buddizm rivoyatlari bilan bezatilgan.
Bu   ibodatxonadan   devoriy   rangtasvirlar   bilan   bir   qatorda   tosh,   ganch,   loydan
yasalgan budda haykallari, hayvon bosh qismi o’yib ishlangan ustun qoshlari, ko’plab
kichik san’at namunalari, ya’ni terrakot haykalchalar va xilma-xil sopol idishlar ham
topilgan.
Qoratepa topilmalaridan eng muhimi, qadimgi yozuvlardir. Bu qism topilmalar
ikki   guruhga   bo’linadi.   Birinchi   guruh   yozuvlar   Qoratepa   buddizm   ibodatxonasi
vazifasini   o’tagan   davrga   oid   bo’lib,   xatlar   qora   siyohlarda   idishlarning   tashqi
tomoniga bitilgan.
Ikkinchi   guruh   yozuvlar   yozuv   graffitlardir.   Bu   turdagi   xatlar   budizm
ibodatxonasi   tashlandiq   holga   kelib   qolganda   unga   tashrif   buyurgan   shaxslar
tomonidan devor betlariga chizib yozilgan. Birinchi guruh yozuvlarning asosiy qismi qadimgi hind alifbolari kxaroshthi va
braxmada   bitilgan   xatlardan   iborat.   Bu   xatlar   diniy   mazmunda   bo’lib,   buddizm
aqidalaridan ko’chirmalar, ibodatxonaga tuhfa va uni hadya etgan shaxslar haqidadir.
Bir   qism   yozuvlar   yunon   alifbosida   bitilgan   bo’lib,   Baqtriya   yozuvi   yoki
kushon  xati  ham   deb  ataladi. Yozuvlar   orasida   oromiy alifbosida  bitilgan noma’lum
xat namunalari ham mavjud. Yozuv graffitlar o’rta fors va arab alifbosida bitilgan. 11
Qoratepadagi   hamma   imoratlar   turli   vaqtlarda   barpo   etilgan.   Keyinchalik
avvallariga yondosh qilib qurilgan, so’ng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi
bir   necha   bor   ta’mirlangan   va   tarhi   o’zgartirilgan.   Ibodatxonalar   yoki   boshqa
muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loy-ganch, ganch, tosh
haykali bilan bezatilgan.
G’or   ibodatxonalarini   qurish   qoidalari   hindlardan   o’zlashtirilgan.   Ammo
keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning me’moriy usullari ustun turadi.
Mil.   3-asr   oxiriga   kelib   Qoratepa   majmualari   inqirozga   yuz   tutdi   yoki   vayron
etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan og’liq bo’lsa
kerak. Ayrim majmualar xonalariga otashkadalar o’rnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa
majmualarining   muayyan   qismi   mil.   4   asr   oxiri   –   5   –   asr   boshigacha   ishlab   turgan.
Mil.   4   asrdayoq   Qoratepadagi   ko’plab   tashlandiq   xonalar   va   g’or   ibodatxonalaridan
qabr sifatida foydalanilgan, so’ng kirish joylari xom g’isht bilan urib yuborilgan. Eng
dastlabki   qabrlar   yonida   kushon-sosoniy   tipdagi   tangalar,   Peruz   tangalari   va   unga
taqlidan   zarb   qilingan   tangalar   uchraydi,   keyingi   qabrlarda   esa   mil.   5-6   asrlardagi
Termiz hukmdorlari  tangalari topilgan, ularning bir tomonida langar tasvirlangan. 7-
asrdan   12-asrgacha   Qoratepadagi   yarim   ko’milgan   ayrim   xonalar   va   g’orlardan
zohidlar foydalanishgan.Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va boshqa dekarativ-
amaliy san’at buyumlari kushonlar davridan Tarmita – Termizda o’ziga xos an’ana va
yo’nalishga ega bo’lgan alohida badiiy maktab bo’lganidan dalolat beradi. Bu maktab
kushonlar   davrida   Baqtriya   badiiy   madaniyatininggina   emas,   balki   butun   antik
madaniyatning rivojlanishida katta rol o’ynaydi.Qazish  paytida Qoratepadan Kushon
podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va ko’zachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan
11
  Древний и средневековый город Восточного Мавераннахра Отв.ред. д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990.  ishlangan   me’morlik   detallari,   plitalar,   sopol   chirog’donlar   topilgan.   Topilmalar
ichida   70   dan   ortiq   sopol   idish   siniqlariga   hindcha   bitilgan   yozuvlar   (qharoshti   va
brahma   yozuvlari)   va   devorlarga   chizilgan   kushon-baqtriya   hamda   fors-pahlaviy
yozuvlari   xarakterli.Qoratepa   ham   Fayoztepa   ibodatxonasi   kabi   IV   asr   oxirigacha
faoliyat ko’rsatib, V asr boshlarida sosoniylar eroni qo’shinlarining bosqinidan so’ng
tashlandiq   holga   kelib,   asta-sekin   vayronaga   aylangan.Mutaxassilarning
ta’kidlashicha,   buddaviylik   (buddizm)   dini   (budda-sanskritda   nurlangan   degan
ma’nolarni   bildiradi)   Termizga   Shimoliy   Hindistonning   Gandhara   (hozirgi   Pokiston
hududi), Nagaxara o’lkalari, Hindukush tog’lari va Shimoliy Afg’oniston yerlari osha
kirib   kelgan.Buddizm   dinining   Markaziy   Osiyoda   tarqalishi   to’g’risida   bir   qancha
nuqtayi   nazarlar   mavjud.   Taniqli   qadimshunos   olim   V.A.Litvinskiy   fikricha,
buddizmning ba’zi bir ko’rinishlari Markaziy Osiyoga miloddan avvalgi III-II asrlarda
kirib   kelgan.   G.A.Koshelenko,   Marg’iyonada   (janubiy   Turkmaniston   hududidagi
o’lka)   bu   din   miloddan   avvalgi   II-I   asrlarda   mavjud   bo’lgan   deb   hisoblaydi.
B.Ya.Staviskiy   ta’kidlashicha,   buddizm   dinining   Markaziy   Osiyoga   kirib   kelishi
miloddan   avvalgi   1-asrda   sodir   bo’lgan. B uddizmning   Oks-Amudaryodan   shimol
tomonda   joylashgan   o’lkalarga   tarqalishi   milodiy   I   asrga   oid.   Markaziy   Osiyo
buddizm   dinining   asosiy   markazi   hisoblangan   Tarmitada   bu   din   bilan   bog’liq
inshootlar   asrimizning   boshlarida   barpo   etilgan.Ko’hna   Termizning   budizm
inshootlari   shaharning   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanib,   diniy   markazlar   vazifasini
o’tagan.  Bu  ibodatxonalar  nafaqat   shaharliklar, shuningdek,  uning  atrofida  istiqomat
etgan qishloq aholi uchun ham xizmat qilgan.   II. 4.  Toshkent hududining antik davr me'morchiligi madaniyati.
Mingo’rik   ko’hna   shahar   xarobasi.   Toshkent   hududidagi   antik   hamda   ilk
o’rta   asr   davrining   eng   yirik   arxeologik   yodgorliklaridan   biridir,   u   chamasi,
Toshkentning   qadimiy   yadrosi   hisoblangan.   Ko’hna   shahar   hozirgi   Toshkentning
markaziy   qismida,   Salor   kanalining   shimolida,   Shimoliy   vokzal   yonida   joylashgan.
O’tgan   asrning   20-yillarida   M.E.   Masson   mazkur   ko’hna   shaharni   bir   sira   tekshirib
ko’rgan   edi.   1967   yilda   Toshkent   arxeologiya   otryadi   tashkil   etilganidan   boshlab,
ko’hna shaharda qazishmalar keng miqyosda olib borilgan, bunday qazishmalar 2008
yilda qayta tiklandi.
1871   yilda   tuzilgan   xaritada   ko’hna   shaharning   umumiy   maydoni   35   ga   dan
iborat qal’a va Shahristondan tashkil topganligini ko’rish mumkin. Mingo’rik ko’hna
shahar   hududi   zamonaviy   qurilishlar   bilan   egallangan   va   uning   kichik   bir   qismi   —
uchburchak   shakldagi   balandligi   15   metrli   tepalik   saqlanib   qolgan.   G’arb   va   janub
tomondan esa tepalik qariyb etagiga taqab qirqilgan. 12
Olib   borilgan   qazish   ishlari   davomida   ushbu   tepalik   (ko’hna   shahar   qoldig’i)
murakkab   stratigrafiyaga   egaligi   ma’lum   bo’ldi.   Eng   quyi   qatlam   materikda
joylashgan bo’lib,  k uygan qoldiqlari, shag’al to’shalgan yo’lak, xom g’ishtdan urilgan
devor   q oldiqlarni   o’zi   ichiga   oladi.   Chamasi,   dastlabki   qasaba   mo’jazgina   tepalikda
joylashgan. Uning g’arbiy etagidan soy oqqan. Quyi qatlamga yaqin materiallar O.V
Obel’chenko tomonidan ham olingan bo’lib, u mazkur materiallarni milodiy birinchi
asrlarga mansub deb hisoblagan.
Quyi qavatlarda, ikkinchi qurilish qatlamida tomonlari 14,5 m bo’lgan, deyarli
dunyo tomonlariga yo’nalgan va bir necha bosqichlarni o’tgan kvadrat shakldagi bino
qoldiqlari aniqlandi. Majmua ichkarisida bir o’q bo’ylab joylashgan, yo’lakli bir qator
parallel   binolardan   tashkil   topgan.   Qiziqarlisi   shundaki,   binoning   qisqa   yon   tomoni
to’g’riburchak   tarzida   ishlangan,   g’arbiy   va   janubiy   old   tomonlari   markazida   ichida
kvadrat tarzidagi xonalari bo’lgan yarim cho’ziqroq doirasimon minoralar mavjudligi
aniqlandi   Minora   va   devorlar   to’g’ri   to’rtburchak   shakldagi   xom   g’ishtdan   qurilgan,
lekin   kvadrat   shakldagi   (39x40x30   sm)   g’ishtlar   ham   uchraydi,   bu   holat   mazkur
12
  Исамиддинов М.Х., Сулайманов Р.Х. Ерқўрғон. Т. "Фан" , 1984. inshootni   milodiy   dastlabki   yillarga   mansub,   deb   hisoblash   imkonini   beradi.
Minoralar   asosiy   devorlarga   taqab   qurilganki,   bu  ham   antik  davr   istehkomlar   qurish
an’analariga mos keladi. 
Sharqiy   devor   etagida   er   osti   xonasiga   kiraverish   yoki,   ehtimol,   suvga   olib
boradigan   yo’l   borligi   ani q landi,   biro q   xozirgi   va q tda   bu   yer   toshlar   va   kesaklar
uyumi bilan  q oplangan.
Majmuaning   janubiy   q ismida   sharqiy   minoraga   olib   boruvchi   qis q a   dahliz
ochildi.   Janubiy   old   tomon   bo’ylab   olib   borilgan   izlanishlar   natijasida   cho’kkan
arksimon qoplamali kengligi 3 metr  bo’lgan binoga o’tish yo’li  ochildi. Keyinchalik
yo’lak va dahlizni paxsa bo’laklari qoplagan. 
Mingo’ri k da   topilgan   inshoot   Shoshtepadagi   xoch   parraklarining   yarim   doira
ko’rinishidan   farqli   o’laroq,   go’yoki   chorbarmoq   qurilish   printsipining   yanada
rivojlangan tarzi hisoblanadi. 
Mingo’rik   kvadradli,   xochsimon   joylashgan   minorali   muhtasham   bino
tomonlaridan har birining markazida yarim cho’ziq minoralari bir muncha g’ayrioddiy
tarzda   joylashgan   kvadrat   shakldagi   ikki   qavat   qal’adan   iborat.   Binoning   tub
qismidagi   topilmalar   majmuasi   hamda   to’ldirindilarning   xususiyatiga   ko’ra   inshoot
maishiy   ahamiyat   kasb   etgan.   Shunisi   qiziqarliki,   milodiy   I—IV   asrlarda   mayda
kvadrat va to’g’ri to’rtburchakli istehkomlarning vujudga kelishi xarakterlaridir. 
Shunday   qilib,   Mingo’rik   ko’xna   shaxrining   saqlanib   kolgan   xarobalarida
o’tkazilgan   qazishmalar   bu   erning   aholi   tomonidan   o’zlashtirilishi   uzoq   va   jadal
bo’lib,   milodiy   birinchi   asrlardan   VIII   asr   o’rtalarigacha   davom   etganligini
ko’rsatadi. 13
2.   Qovunchi   madaniyati   yodgorliklarini   arxeologik   jihatdan   o’rganilishi.
Qovunchi madaniyati yodgorliklari birinchi bor 1934 yilda G.V.Grigoryev tomonidan
topilgan. Hozirgi kunda Qovunchi arxeologik kompleksi Toshkent vohasining yuzdan
ortiq yodgorliklarida uchraydi. Bu degani, Qovunchi madaniyati aholisi voha bo’ylab
keng   tarqalgan.   Ular   Qovunchitepadan   tashqari   Chordara,   Qanqa,   Qavardon   va
boshqa   qator   yodgorliklarda   uchraydi.   G.V.Grigoryev   o’z   davrida   Qovunchi
13
  Исамиддинов М.Х. Сополга битилган тарих. Т. "Фан", 1993. madaniyatini   ikki   bosqichga:   ya’ni   Qovunchi   I   va   Qovunchi   II   ga   bo’lib   o’rgangan.
Keyinchalik   B.A.Litvinskiy   va   A.I.Terenojkinlar   Qovunchi   madaniyatidan   Djun
madaniyatini   keltirib   chiqaradilar,   L.M.Levina   esa   djun   yodgorliklarini   Qovunchi
madaniyatiga qo’shib, Qovunchi 3 bosqichini taklif qiladi.
Qovunchi   madaniyati   va   uning   bosqichlarining   sanasi   masalasida,   uning   etnik
tarkibi   masalasida   har   xil   qarashlar   mavjud.   A kademik   Yu.F.   Buryakov   uzoq   yillar
Toshkent vohasida arxeologik tadqiqotlar o’tkazib ,   Qovunchi   I   miloddan avvalgi II-I
asrlardan   to   milodiy   II   asrgacha,   Qovunchi   II   milodiy   II-IV   asr   boshlarigacha,
Qovunchi   III   milodiy   IV   asrning   ikkinchi   yarmi   –   VI   boshlarigacha   davom   etgan,
degan   xulosaga   keladi.   Ammo,   Yu.F.Buryakov   ham   Qovunchi   madaniyati
sohiblarining   tili   masalasida   sobiq   sovet   davri   an’anaviy   qarashlaridan   nariga   o’ta
olmaydi.
Ta’kidlash   joizki,   qadimgi   Toshkent   vohasida   turkiy   etnik   qatlam   aynan
Qovunchi  madaniyatidan boshlab  jonlana boshlaydi,  uning aks  sadosi  sifatida turkiy
etnosning   sezilarli   izlari   Qovunchi   madaniyati   yodgorliklarida   yaqqol   ko’zga
tashlanadi.   Buning   boisi,   birinchidan,   aholisi   ikki   xil   til   sohiblari   bo’lgan   Qang’
davlatining   markazi,   yadrosi   Sirdaryoning   o’rta   havzasi   bo’lsa,   ikkinchidan,   bu
mintaqa qadimdan sug’diy va turkiy tilli qabilalarning muntazam aloqa hududi bo’lib
kelgan;   uchinchidan,   yunon   mualliflari   e’tirof   etganlaridek,   Sirdaryoning   quyi
havzalari ikki til sohiblarining chegara nihoyasi edi. Bularning barchasi davlati tarkib
topgach, o’z mevasini bera boshladi, ya’ni turkiy etnosning tobora ortib borishiga olib
keldi.   Yangi   etnik   guruhlarning   mahalliy   aholi   bilan   aralashib   ketishi   natijasida
Sirdaryoning o’rta va quyi havzasi hududlarida turkiy tilning jonli xalq tiliga aylanib
borishi   kuzatiladi.   Taniqli   elshunos   akademik   K.Shoniyozov   ta’biri   bilan   aytganda,
Qang’   davlati   doirasida   sug’diy   va   turkiy   tilli   etnik   birliklar   asosida   yangi   etnos-
qang’ar elati tarkib topadi. 14
Antik davri etnogenetik jarayonlarining tahliliga ko’ra, davr oxirlariga kelganda
qang’ar elatiga xos 4-5 etnik omillar shakllanadi ya’ni, birinchidan, Sirdaryoning o’rta
havzasida, Qang’ davlatining markaziy hududlarida etno-hududiy birlik tarkib topadi;
14
  Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы Самаркандского Согда. Ташкент, 2002. ikkinchidan,   ana   shu   etno   hududiy   birlik   doirasida   bir   xil   rivojlanish   darajasidagi
iqtisodiy-xo’jalik   birligi   vujudga   keladi;   uchinchidan,   tarkib   topgan   hududiy   birlik
doirasida   deyarli   bir   xil   rivojlanishdagi   etnomadaniy   birlik   maydoni   qaror   topadi;
to’rtinchidan, o’zbek xalqiga xos antropologik tip – “O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i
tipi”   shakllanadi;   va   nihoyat,   beshinchidan,   yangi   etnos-qang’ar   elati   atrofida
jipslashgan   Qang’   davlat   konfederatsiyasi,   ya’ni   siyosiy   davlat   uyushmasi   tarkib
topadi. 
Milodiy   eraning   boshlaridan   Qovunchi   madaniyatining   ta’siri   bir   tomondan
Sug’d   yerlariga,   ikkinchi   tomondan   Shimoliy   Farg’onaga   kirib   boradi.   Xorazm
vohasida   kuchli   namoyon   bo’ladi.   Sirdaryo   bo’ylaridan   Amudaryo   deltasiga   turkiy
etnosni kirib borishi antik davr Xorazm tangalarida, kulolchilik mahsulotlarida yaqqol
ko’zga   tashlanadi.   Qovunchi   madaniyatiga   xos   an’analar   ta’sirida   milodiy   IV-V
asrlarda   Buxoro   vohasining   shimoli-g’arbiy   dashtlarida   turkiy   tilli     qabilalarning
“Qizilqir madaniyati” shakllanadi. 
M ilodiy   IV   asrning   oxiri   va   V   asr   boshlaridan   mintaqa   moddiy   madaniyatida
chorvador   aholi   madaniyatining   kuchli   ta’siri   ko’zga   tashlanadi.   Kulolchilik
mahsulotlari   ancha   sifatsiz,   an’anaviy   nafis,   xushbichim,   xilma-xil   bozorgir   tovar
sopollar o’rnini dag’al va qo’pol, sirti sayqallanmagan sopol idishlar egallaydi. Sopol
idishlar dastalarida, quloqlarida, qozon tushirgichlarida hayvonlar ramzi aks ettiriladi.
Qovunchi va Qizilqir madaniyatlari yodgorliklari komplekslarida qo’y kulti, ayniqsa,
qo’chqor   siymosi   keng   ko’lamda   tasvirlangan.   Sopollarda,   tosh   tumorlarda   turkiy
ilohiy olamga xos chizgi-belgilar uchraydi. 15
S.P. Tolstov ilk o’rta asrlar davrining dastlabki bosqichida moddiy madaniyatda
yuz bergan bu o’zgarishlarni quldorlik jamiyatining inqirozi bilan bog’laydi. 
Avestoda qanqa, qang’a, qandiz toponimlari ham uchratiladi. Aslida, Avestodagi
bu toponimlar mil. avv. III-II asrlarga tegishli bo’lib, aynan shu asrlarda Sirdaryoning 
15
  Кабиров Ж. Сагдуллаев А .  Ў рта Осие археологияси. Т. 1990.  III.XULOSA.
O'rta   Osiyoning   antik   davr   me'morchiligi   (mil.   av.   IV   -   mil.   IV   asrlar)
mintaqaning   madaniy   merosini   o'rganishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Ushbu   davrda
Xorazm,   Sug'd,   Toshkent   va   Baqtriya   hududlarida   yaratilgan   me'morchilik
yodgorliklari bugungi kungacha saqlanib qolgan va zamonaviy arxeologlar, tarixchilar
va   me'morlar   uchun   qimmatli   ilmiy   manbalarni   taqdim   etadi.   Kurs   ishi   davomida
ushbu hududlarning me'morchilik madaniyati, asosiy yodgorliklari va ularning tarixiy
ahamiyati   keng   qamrovda   o'rganildi.   Xorazm   antik   davr   me'morchiligi   o'zining
noyobligi   va   xilma-xilligi   bilan   ajralib   turadi.   Xorazmning   qadimiy   shaharlari,
xususan, Ko'ne Urgench va Qo'yqirilgan qal'a kabi yodgorliklar, mudofaa inshootlari
va   ibodatxonalar   bu   hududda   rivojlangan   me'morchilik   an'analarini   ko'rsatadi.
Xorazm   me'morchiligi   mahalliy   an'analar   bilan   birga,   turli   madaniy   ta'sirlarni   ham
o'zida   mujassam   etgan.   Bu   hududning   arxitektura   uslublari   va   texnikalari   boshqa
hududlarga   ham   ta'sir   ko'rsatgan.   Xorazmda   topilgan   arxeologik   topilmalar   bu
hududning   rivojlangan   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   tizimga   ega   bo'lganligini
tasdiqlaydi.
Sug'd   hududi   antik   davr   me'morchiligida   muhim   rol   o'ynaydi.   Sug'dning
shaharsozlik   an'analari,   murakkab   rejalashtirilgan   shaharlari   va   ulug'vor   binolari   bu
hududning madaniy va iqtisodiy rivojlanishining yaqqol dalilidir. Sug'd shaharlaridagi
ko'chalari,   maydonlari   va   me'moriy   inshootlari   o'zining   zamonaviyligi   bilan   ajralib
turadi. Bu hududda topilgan me'morchilik yodgorliklari Sug'dning ijtimoiy va siyosiy
hayotidagi muhim voqealarni aks ettiradi. Sug'd me'morchiligi nafaqat mahalliy, balki
xalqaro   miqyosda   ham   o'z   o'rnini   topgan,   chunki   bu   hudud   Buyuk   Ipak   yo'lining
muhim qismida joylashgan edi.
Toshkent  hududining  antik davr  me'morchiligi   ham  diqqatga  sazovordir. Ushbu
hududda   topilgan   yodgorliklar   Toshkentning   murakkab   va   yaxshi   tashkil   etilgan
shahar hayotini ko'rsatadi. Toshkentda topilgan arxeologik topilmalar va me'morchilik
inshootlari   bu   hududning   antik   davrdagi   iqtisodiy   va   madaniy   jihatlarini   yanada
chuqurroq   o'rganishga   yordam   beradi.   Toshkent   me'morchiligida   sharqona   va
mahalliy   uslublarning   uyg'unligi   yaqqol   ko'rinadi.   Ushbu   hududning   arxitektura yodgorliklari   o'zining   texnik   va   san'at   nuqtai   nazaridan   qimmatli   manbalar
hisoblanadi.
Baqtriya   antik   davr   me'morchiligi   o'zining   noyobligi   va   madaniy   xilma-xilligi
bilan   ajralib   turadi.   Baqtriyada   yunon-baqtriya   davrida   bunyod   etilgan   saroylar,
ibodatxonalar   va   boshqa   binolar   bu   hududning   rivojlangan   madaniy   va   ijtimoiy
tizimini   aks   ettiradi.   Baqtriya   me'morchiligida   yunon   va   mahalliy   uslublarning
uyg'unligi   kuzatiladi,   bu   esa   bu   hududning   madaniy   va   san'atiy   boyligini   ko'rsatadi.
Baqtriya hududidagi arxeologik topilmalar va me'morchilik yodgorliklari bu davrning
tarixiy va madaniy jihatlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi. O'rta Osiyoning
antik   davr   me'morchiligi   bugungi   kunda   ham   katta   ilmiy   qiziqish   uyg'otadi.   Ushbu
davrning arxitektura yodgorliklari zamonaviy arxeologik tadqiqotlar orqali o'rganilib,
yangi   ma'lumotlar   kashf   etilmoqda.   Bu   yodgorliklar   nafaqat   O'rta   Osiyo   madaniy
merosining bir qismi, balki insoniyat tarixining muhim sahifasini tashkil etadi. Antik
davr   me'morchiligining   zamonaviy   arxitektura   va   dizayn   sohasiga   ham   katta   ta'siri
bor.   Ushbu   davrning   texnik   va   san'atiy   yutuqlari   bugungi   kunda   ham   ilhom   manbai
bo'lib xizmat qilmoqda.
Ushbu   kurs   ishining   asosiy   natijalaridan   biri   shuki,   O'rta   Osiyoning   antik   davr
me'morchiligi   nafaqat   mahalliy,   balki   xalqaro   miqyosda   ham   katta   ahamiyatga   ega
ekanligini   ko'rsatadi.   Xorazm,   Sug'd,   Toshkent   va   Baqtriya   hududlarining
me'morchilik   yodgorliklari   bu   hududlarning   tarixiy,   madaniy   va   ijtimoiy
rivojlanishining   yaqqol   dalilidir.   Ushbu   hududlarda   yaratilgan   arxitektura   obidalari
O'rta   Osiyo   xalqlarining   madaniy   merosini   boyitib,   zamonaviy   arxitektura   va
dizaynga katta ta'sir ko'rsatmoqda.
O'rta Osiyoning antik davr me'morchiligini o'rganish nafaqat tarix va arxeologiya
fanlariga, balki zamonaviy arxitektura va dizayn sohasiga ham katta ahamiyatga ega.
Ushbu   davrning   me'morchilik   yodgorliklari   zamonaviy   arxitektura   uslublari   va
texnikalariga ilhom manbai bo'lib, yangi va innovatsion yechimlarni topishda yordam
beradi.  Shuningdek,   antik  davr  me'morchiligini   o'rganish  orqali   biz  bu  hududlarning
tarixiy va madaniy jihatlarini yanada chuqurroq tushunishimiz mumkin. Kurs ishining
davomida o'rganilgan ma'lumotlar O'rta Osiyoning antik davr me'morchiligining boy va xilma-xil madaniy merosini yoritishga yordam berdi. Ushbu davrning me'morchilik
yodgorliklari va arxeologik topilmalari bu hududlarning rivojlangan ijtimoiy, iqtisodiy
va madaniy tizimini tasdiqlaydi. 
IV.FOYDALANIL GAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
1. Анарбаев А.А. Ахсикент  -  столица древней Ферган ы. Ташкент, 2013.
2. Асқаров А.А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. Тошкент, 2015.  
3. Бердимуродов А.Э. Индиаминова Ш. Буюк ипак йўли. Тошкент, 2017.
4. Бердимуродов   А.Э.,   Токао   Уно,   Рахимов   К.А.   Добусияда   ўтказилган
археологик   тадқиқотлар   ҳақида.   Археологические   исследования   в
Узбекистане  2006-2007 года. Вып. -6. - Ташкент, 2009.
5. Жабборов   И.   Антик   маданият   ва   маънавият   хазинаси.   Т.   "Ўзбекистон",
1999.
6. Кдырниязов   О.-Ш.   Жанубий   Оролбўйи   шаҳар   маданияти   тарихи   (VII-XV
асрлар)   //   Тарих   фанлари   бўйича   фалсафа   доктори   (PhD)   диссертация
Афтореферати. Самарқанд, 2018.
7. Турабеков   М.   Оборонителние   сооружения   древних   поселений   и   городов
Согд Нукус, "Каракалпакстан", 1990.
8. Беленицкий   А.М.   Бентович   И.Б,   Большаков   О.Г.   Средневековый   город
Средней Азии. Л. 1973. 
9. Буряков   Ю.Ф.   Генезис   и   этапы   развития   городской   культуры
Ташкентского оазиса. Т. 1982. 
10. Древнейшие   государства   Кавказа   и   Средняя   Азия   в   раннем   железном
веке.   Средняя   Азия   в   античную   эпоху     Археология   СССР   с   древнейших
времен до средневековья Отв.ред. Г.А. Кошеленко. М. 1985.
11. Древний   и   средневековый   город   Восточного   Мавераннахра   Отв.ред.
д.и.н. Ю.Ф.Буряков. Т.1990. 
12. Исамиддинов М.Х., Сулайманов Р.Х. Ерқўрғон.  Т. "Фан"  , 1984.
13. Исамиддинов М.Х. Сополга битилган тарих.  Т. "Фан",  1993.
14. Исамиддинов М.Х. Истоки городской культур ы Самаркандского Согда.
Ташкент, 2002. 15. Кабиров Ж. Сагдуллаев А .  Ў рта Осие археологияси. Т. 1990.

MAVZU: O'RTA OSIYONING ANTIK DAVR MEMORCHILIGI (MIL. AV. IV MIL. IV ASRLAR). REJA: I.KIRISH. II.ASOSIY QISM. 1.Xorazm antik davr me’morchilik madaniyati. 2.Sug’d hududining antik davr me’morchilik madaniyati. 3. Baqtiryaning antik davr me'morchiligi madaniyati. 4. Toshkent hududining antik davr me'morchiligi madaniyati. III.XULOSA. IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI. KIRISH

Mavzu haqida umumiy ma'lumot: O'rta Osiyoning antik davr me'morchiligi (mil. av. IV - mil. IV asrlar) mintaqaning tarixiy, madaniy va san'at sohalarida muhim rol o'ynagan. Bu davrda Xorazm, Sug'd, Toshkent va Baqtriya hududlari o'ziga xos me'morchilik yutuqlariga ega bo'lgan, bu esa nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosda ham e'tirof etilgan. Ushbu hududlarning me'morchilik yodgorliklari nafaqat texnik va san'at nuqtai nazaridan, balki ularning jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy va diniy rolini tushunish uchun ham qimmatli manbalardir. Xorazm, Sug'd va Baqtriya kabi hududlar qadim zamonlardan beri rivojlangan tsivilizatsiyalar markazi bo'lib kelgan. Bu hududlar Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida joylashgan bo'lib, Sharq va G'arb o'rtasida savdo, madaniyat va bilimlar almashinuvi uchun muhim ko'prik vazifasini o'tagan. Natijada, ushbu hududlar arxitekturasida turli madaniy va uslubiy ta'sirlar aks etgan. Xorazmning antik davr me'morchiligi o'ziga xosliklari bilan ajralib turadi. Xorazm me'morchiligi mahalliy an'analar va texnikalarni saqlab qolgan holda rivojlangan. Ayniqsa, mudofaa inshootlari, saroylar va ibodatxonalar bu davr me'morchiligining yorqin namunalari sifatida ko'rsatib o'tiladi. Sug'd hududi esa o'zining noyob shaharsozlik an'analari bilan tanilgan. Sug'd shaharlaridagi katta ko'chalari va markaziy maydonlari bilan ajralib turadi, bu esa shahar hayotining ijtimoiy va iqtisodiy faolligini ko'rsatadi. Toshkent hududining antik davr me'morchiligi ham o'ziga xosdir. Ushbu hududda topilgan arxeologik yodgorliklar shaharlarning murakkab rejalashtirilganligini va rivojlangan ijtimoiy tizimga ega ekanligini ko'rsatadi. Toshkent me'morchiligida sharqona uslublar bilan birga mahalliy an'analar ham namoyon bo'ladi. Mavzuning dolzarbligi: O'rta Osiyoning antik davr me'morchiligi ko'plab ilmiy tadqiqotlar va arxeologik kashfiyotlarning obyekti bo'lib kelgan. Bu mavzuning dolzarbligi bir necha omillar bilan bog'liq. Birinchidan, antik davr me'morchiligi mintaqaning madaniy merosining muhim qismi hisoblanadi va uni o'rganish milliy o'zlikni anglashda katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ushbu davrda yaratilgan me'morchilik obidalari zamonaviy arxitektura va dizaynga ilhom manbai bo'lib xizmat

qilishi mumkin. Uchinchidan, arxeologik tadqiqotlar va topilmalar bu davrning tarixiy va madaniy jihatlarini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Kurs ishining maqsadi: Kurs ishining asosiy maqsadi O'rta Osiyoning antik davr me'morchilik madaniyatini o'rganish, uning asosiy yodgorliklari va uslublarini tahlil qilishdan iborat. Shu bilan birga, antik davr me'morchiligida qo'llanilgan texnikalar va materiallarni aniqlash, bu davrning me'morchilik an'analari va ularning keyingi davrlarga ta'sirini o'rganish ham maqsad qilinadi. Kurs ishi doirasida quyidagi masalalar o'rganiladi: - Xorazm, Sug'd, Toshkent va Baqtriya hududlarining antik davr me'morchilik yodgorliklari; - Bu yodgorliklarning arxitektura uslublari va texnikalari; - Arxeologik topilmalar va ularning madaniy ahamiyati. Nazariy va metodologik asoslar: Ushbu kurs ishining nazariy va metodologik asoslari tarix, arxeologiya va me'morchilik fanlariga asoslanadi. Tadqiqot davomida quyidagi metodlar qo'llaniladi: - Tarixiy metod: Mavzuning tarixiy kontekstini aniqlash va tushunish uchun tarixiy manbalar va tadqiqotlar tahlil qilinadi. - Arxeologik metod: Arxeologik topilmalar va ularning joylashuvi, tuzilishi va vazifasini o'rganish orqali me'morchilik obidalari tahlil qilinadi. - Taqqoslama metod: Turli hududlarning me'morchilik yodgorliklarini bir-biri bilan taqqoslash orqali ularning o'xshash va farqli jihatlari aniqlanadi. - Tahlil va sintez: Olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish orqali mavzuning asosiy jihatlarini aniqlash. Shuningdek, kurs ishida zamonaviy ilmiy adabiyotlar, monografiyalar, maqolalar va arxeologik hisobotlardan foydalaniladi. Ushbu nazariy va metodologik yondashuvlar yordamida mavzuni keng qamrovda o'rganish va chuqur tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

II. 1. Xorazm antik davr me’morchilik madaniyati. Xorazmning antik davri tarix to’g’risidagi qisqacha ma’lumotlar yunon-rim mulliflari asarlarida saqlangan. Mil. avv. IV asr boshlarida ahamoniylardan mustaqil bo’lib olgan Xorazm shoh Farasman (Arrian) yoki Fratafern (Kursiy Ruf) ning Aleksandr Makedonskiy bilan kelishuvi tufayli mustaqilligini saqlab qolgan. Xorazmning salavkiylar tarkibiga kirganligi to’g’risida ma’lumotlari uchramaydi. 1 Mil. avv. II asrning – I asr boshlariga Xan sulolasi yilnomasi (Syan Xan shu) da keltirib o’tilgan Kanguy davlatiga tobe bo’lgan beshta viloyatlardan biri Yuyegyan mulkligi tadqiqotchi olimlar tomonidan Urgench (Xorazm) bilan qiyoslangan. Xorazmshohlar to’g’risida ayrim ma’lumotlar sosoniylarning paxlaviy III-IV asrlarga oid bitiklarida keltirilgan. Qadimgi Xorazmning antik davri madaniyatini o’rganilishi ishlari dastlab 1936-1937 yillarda Ya.G’ulomov va T.Mirg’iyosovlarning tadqiqotlari bilan boshlangan. 1937 yilda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik- etnografik ekspedisiyasi (XAEE), keyinchalik O’zRFA Qoraqolpag’iston arxeologiyasi bo’limi tomonida olib borilgan keng qamrovli arxeologiya tadqiqot ishlari natijasida o’lkaning qadimgi davr madaniyati yaxshi o’rganilgan. Amudaryoning quyi oqimi hududlarida o’rganilgan arxeologiya yodgorliklarining vazifasi jihatdan bir necha turlari ajralib turadi. Yirik shahar markazlari, istehkom- qal’alar, ishlab chiqarish manzillari, uy-qo’rg’onlari va diniy inshootlar.Xorazmning arxeologiya yodgorliklari, xususan, ko’hna shaharlari tuzilishiga ko’ra Markaziy Osiyoning boshqa hududlarinikidan farq qiladigan jihatlari bilan ajralib turadi. Xorazm arxeologik-etnografik ekaspedisiyasining tadqiqotlari tufayli bu hududlardan arxaik davrga oid 400 ga yaqin aholi punktlari va yirik kanal izlari aniqlangan. Bular orasida o’zida shaharsozlik belgilarini ask ettirgan eng yirik yodgorlik miloddan avvalgi VI-V asrning o’rtalariga oid Ko’zaliqir qal’asi hisoblanadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Xorazm shaharsozlik madaniyati aynan Ko’zaliqirdan boshlanadi.Xorazm hududlaridan hozirgi kunga qadar bronza va temir davrining boshlanish davriga oid o’zida shaharsozlik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar aniqlanmagan. Xorazmning qadimgi aholisi neolit-bronza davridayoq janubdagi 1 Анарбаев А.А. Ахсикент - столица древней Ферган ы. Ташкент, 2013.

sivilizatsiya markazlari va shimoldagi Andronov madaniyati sohiblari bilan uzviy aloqada bo’lgan bo’lib, Ushbu aloqalar moddiy madaniyat buyumlarida kuzatiladi, shahar madaniyatida esa kuzatilmaydi. Xorazm ilk shahar madaniyatining O’rta Osiyoning boshqa hududlariga nisbatan kechroq rivojlanishi, fikrimizcha, aholi mashg’ulotiga bog’liq edi. Mil.avv. I ming yillik o’rtalariga qadar bu hudud aholisi asosan xonaki chorvachilik, ko’chmanchi chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganliklari bois shaharlarga ehtiyoj sezilmagan. Mil.avv.VI asrning o’rtalaridan boshlab qadimgi, Xorazm bu hududlarida shahar madaniyati jadal rivojlanadi. Fikrimizcha, aynan mana shu davrdan boshlab, Sharqiy Orol bo’yida yarim ko’chmanchi chorvador xo’jalik madaniy shakli ustunlik qilgan bo’lsa, Amudaryoning janubiy o’zanlarida esa yuqori darajadagi sun’iy sug’orishga asoslangan o’troq dehqonchilik xo’jaliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Mil. avv. I ming yillikning ikkinchi choragiga kelib Orol bo’yida hunarmandchilik ajralib chiqishining dastlabki belgilari kuzatiladi. Ortiqcha mahsulotning ko’payishi esa mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar yaratadi. 2 Qo’yqirilgan qal’a - qadimgi otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobasi bo’lib, milloddan avvalgi 4-milodiy 4-asrlarga oid. To’rtko’l shahridan 22 km shimoliy-sharqda joylashgan. Yodgorlik Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan 1938-yilda ro’yxatga olingan. 1951-57 yillardagi qazishmalar natijasida qadimgi xorazmliklarning maqbara-qasri va milloddan avvalgi IV-III asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri 44,4 m, bal. 9,5 m ga yaqin) qazib o’rganilgan. Ibodatxona atrofi 2 qator paxsa va xom g’ishtdan tiklangan mudofaa devori bilan o’ralgan. Qal’a atrofida xandaq (eni 15 m, chuq. 3 m) bo’lib, qadimda suv bilan to’ldirilgan. Qo’yqirilgan qal’a devorida O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq shaharlar qurilishi uslubiga xos bo’rtib chiqib turgan maxsus burjlar bo’lib, ularda o’q otish uchun nishon tuynuklari bor. Devor bilan markaziy bino oralig’ida xo’jalik inshootlari joylashgan. Ravoqlar uchun trapetsiya shaklidagi maxsus g’isht qo’llanilgan. Qal’aning sharqiy qismida darvozasi bo’lib, darvoza oldi labirint shaklida qurilgan. Qo’yqirilgan qal’a markazidagi 2 2 Асқаров А.А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. Тошкент, 2015.