logo

O`rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44.1044921875 KB
           Mavzu: O`rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
   1.Arablar davrida o`rta osiyoning bosib olinishi
   2.Islom dinining o`rta osiyoda tarqalishi
   3.Arab hukmdorlarining movorunnahrdagi siyosati
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI           Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi 
davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi 
manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga 
qarama-qarshiligi ma’lumotlar olindi. Birinchi navbatda VII- 
VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidur. Bu yepik 
grafik yodgorliklar O‘rgun-Enese runiy yozuvlari Xitoyning 
“tanxonadoni tarixi” VII-IX rasr tarixiy manbasi VI asr ohirida 
yashagan Vizantiyalik   tarixchilar Menandir , Protektor, Piyofan, 
Vizantiyskiy, suriyachilik tarixi Ionna Efessiylarning tarixi 
asarlaridir.
Shuningdek bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-
Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu 
Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham 
uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e’tibor kuchaydi. 
Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar 
bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy 
qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon 
Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.
“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas”, “Dada qo‘rqut” kabi 
umumturkiy xalq dostonlari, O‘rta asrlardagi Mahmud 
Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar 
asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli 
ma’lumotlar keltiriladi. 1
XI asrda yashagan alloma, Mahmud Qoshg‘ariyning 
zamondoshi Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” 
(Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi 
Alp Er Tunga to‘g‘risida shunday deb yozadi: “...   u bilimdon , 
zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-
shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi 
olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar 
uni Afrosiyob deb atashgan”.
1
  Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil  Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko‘plab afsona, 
rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Is’hoq Nishopuriy jam qilgan 
(VIII asr) “Qissai-al anbiyo” asarida turklarning kelib chiqishi 
Nuh payg‘ambarga borib taqaladi.
Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramining 
92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va 
jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni 
boshlagapnlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin urug‘i 
nomi bilan avval oshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini 
“Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu so‘zni “Turk-yut” 
(ya’ni turkiylar) deb izohlagan. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat
degan ma’noni anglatadi.
Avval bu ulug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin
turgan barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida 
aytilib ketilgan. 2
Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) 
turkiy qabilalari ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin 
(bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o‘ziga Tele qabilasini 
buysundiriladi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar 
ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish 
yo‘lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng 
kuchli bo‘lgan jujanlar xonini mag‘lub etadi.
O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) 
asos soladi. Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilingacha 
“Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukumdori o‘zini hoqon 
(turkcha-qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O‘tukan shahri
yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z 
ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-
arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning 
birinchi amaodor darajasiga to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u” (bahodir)
unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kegaytirish 
2
   Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, 
turkash, uzli qabilaarini o‘ziga buysundiradi.
Muqanxon hukumronligi davri turk hoqonligini eng qudratli 
pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib 
Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘ziga buysundiradi va Tinch okeani 
qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga daryolari 
bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi 
qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga 
bo‘ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 
544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi jo‘natadi.
588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy 
Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar 
eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron 
bilan do‘stona aloqani mustaxkamlashga harakat qila 
boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan 
Toharoston, Chag‘aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi 3
.
563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga
bostirib kiradilar. Tez   orada ular tomonidan Samarqand , Kesh, 
Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, 
Zamm shaharlaridane yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga
tayyorgarlik ko‘rdilar. 8 kunli shiddatli jangda eftalitlar 
turklardan yengiladilar.
Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning 
yerlarini ko‘proq o‘z ko‘llariga olishga harakat qiladilar. 
Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan yerlar, Eron, uning 
shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar qo‘liga
o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon 
vohasida yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim 
mustaqil eftalitlar yerloari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan 
3
  Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil  keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining 
mag‘lubiyatidan so‘ng bevosita ittifoqchilar o‘rtasida 
kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi.
Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami 
va bosh hoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini
yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat 
qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u Sug‘d ixshidiga bu masalani 
hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug‘d savdogarri
va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan. 
Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, 
sug‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar 
ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi. 4
Istami bu voqeadan so‘ng qatitq ranjisa-da, Xusravshoh 
huzuriga 2-marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi 
endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin 
oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk 
elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina 
hoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar “Turklar 
issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami 
Husrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mol qilib Eronning 
shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib
qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik 
sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini 
oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida ham urush 
boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib 
qoldi.
576 yili Muqan hoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng 
Turk hoqonligining ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron 
sarkardasi Bahrom Chubin Chur-Bag‘a hoqon 
4
  O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil qo‘mondonligidagi 30000 kishilik turk qo‘shinini tor-mol qiladi.
Chur Bag‘a jangda haloq bo‘ladi. Bahrom Chubin Buxoro 
yaqinidagi Poykend shahriga bostirib Hoqon hazinasini esa Eron
shohi Xurmuzdga yuboradi.
Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so‘ng taxtga uning ukasi 
Arslon To‘ba o‘tirdi. Arslon To‘la buddiylikka berilgan bo‘lsa-
da, mmlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan 
shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‘rdi. Ammo, 
581 yilda Arslon To‘ba vafot etgach Turk hoqonlari o‘rtasida 
o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida hoqonlik 
ikki qismga: sharqiy va G‘arbiy qismga bo‘lnib ketdi. Sharoqiy 
hoqonlik Xitoy va Mo‘g‘ulistoni bir qismini o‘z ichiga olib uni 
Arslon To‘baning kichik o‘g‘li Ishbara boshqara boshlaydi.
Ikkinchi hoqon g‘arbiy yerlarini-Yettisuv, markaziy Osiyoning 
asosiy qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog‘iston tasarrufini 
olgan Istami yabg‘uning o‘g‘li Qora Churin boshqarar edi. Qora 
Churin Istamining vafotidan (576 yil) so‘ng bu lavozimiga 
o‘tirgan bo‘lib, boshqa hoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi 
va tadbirkori edi. Keyingi xonlar-To‘amon va Amroq edi. 
Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo‘lgan. Bu hokimlar 
o‘rtasida zimdan adovat kezar, ularning ko‘pi bir-biriga 
dushmand bo‘lib, qulay vaziyat kelishini kutib turar edilar. 
O‘zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol 
keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi. 5
Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro‘y 
boshchiligidagi xalq harakati (585-586 yillar) bo‘lib o‘tdi. 
Obro‘y harakati to‘g‘risida uzuq-yuluq ma’lumotlar saqlanib 
qolgan. Xususan Abdurhmon Muhammad Nishopuyriyning (XI 
5
  O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil asr) “Hazinat-al-ulum” asaridagi bu masalaga ag‘ishlangan 
parcha Narshahiyning “Tarixi Buxoro” asariga kiritilgan. Uning 
yozishicha Obro‘yning qarorgohi Poykandda bo‘lib, u boy 
zodagonlar va savdogarlar ustidan qattiq nazort o‘rnatgan. 
Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston tolmoniga yo‘l 
olishgan. Obro‘y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari 
yig‘ila borgan.
O‘zaro muttasil urushlar hamada taxt talashishlar mamlakatni 
parchalanib ketishi va ma’naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib 
keldi. Qora Churin qarib qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga 
kelib o‘zini xoqon deb e’lon qiladi. Qora Churin Bug‘u xoqon 
(qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi og‘ir 
vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nazolar keltirib 
chiqarishga harakat qiladi. 582-603 yillardagi o‘zaro 
urushlardan so‘ng 603 yil xoqonlik to‘la mustaqil 2 qismga: 
Sharqiy va G‘arbiy qismlarga aylandi. G‘arbiy xoqonlik ta’siri 
ostida Yettisuv, Chuvodiysi, Volga,   Kubanning kuyi qismi , 
Irtish, Ishim daryolari bo‘yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning 
kichik yarim mustaqil davlatlari uning tarkibida bo‘ldi. 6
Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G‘arb hoqonligining 
ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha 
murakkab edi. Yarim asrlik hukumdorlik jarayonida turklarning 
bir qismi o‘troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan 
aralashib ketadi. Ztroq hayotning an’anaviy –ma’muriy 
udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o‘zgarib, 
turklarning ijtimoiy va siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. 
Turklar siyosiy hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo 
siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha boshladilar. 
Hoqon Sheguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To‘n
6
  O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil yabg‘u (To‘n bahodir) davrida G‘arbiy hoqonlik yana 
kuchayadi.
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri — bu Arab 
xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, 
Afg‘oniston, Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Hindiston, Pireneya
yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqti-sodiy, 
madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab 
berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy 
ma’lumotlarni arab musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu 
xususda, jumladan, al-Balazuriyning «Futuh al buldon» 
(Mamla-katlarning fath etilishi), at-Tabariyning «Tarixi rasuli va
muluk» (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit 
qabilalari guruxiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, 
chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar bjdaniylar 
deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan 
shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda shaharlar qad 
rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik 
bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi. 7
VI asrning ikkinchi yarmi VII asrning birinchi yarmidagi arab 
ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-
aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan 
feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo 
yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli 
juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy 
parokandalik hukm surar edi. O‘zaro qabilaviy urushlar 
natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar 
yetkazilar," xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda 
guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy
7
  I.A.KARIMOV “O`ZBEKISTON O`Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO`LI”  T-1992 yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. 
Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro 
hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga 
chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi 
(xususan Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal
va Lut bo‘lgan).
Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din 
sifatida yuzaga keldi. Islom — bu Alloh yagona deb e’tirof etib, 
unga bo‘ysunmokdik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik 
va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoklik dsmakdir. 
Islom «itoat», «bo‘ysunish» ma’nolarini bildiradi. Bu dinning 
asoschisi Muhammad payg‘ambar (570-632) makkalik 
Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning<="" p="">
Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergash-Pshlarni 
«muslim», ya’ni «itoatkorlar», deb yuritganlar. O‘z 
payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. 
Makka Arabiston yarim orolining Srbiy qismidagi Hijoz 
viloyatida joylashgan shahar Io‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan 
edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani   Odam Ato barpo qilgan 8
Madinada Muhammad o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada 
shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi 
ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s.
a. v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y.), ketma-ket «Xulofoiy 
rashoddin» (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan 
Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg‘ambar 
siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan
- Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. O‘zaro qabilalar 
birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob 
Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.
8
  I.A.KARIMOV “O`ZBEKISTON O`Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO`LI”  T-1992 VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib 
o‘z chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat 
qildi. Yaqin va O‘rta Sharqniig boy viloyatlari qo‘lga olinib, 
nihoyatda uyushgan va| jangovar arab qo‘shini shiddat bilan 
harakatlariii boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar ■
yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Eron shohi
Yozdigard III (632-6^ I), sosoniylarning so‘nggi vakili arablarga
qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va 
Nahavand (642 y.) dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga 
qaqshatqich zarba berib sosoniylar sulolasiga barham berdilar. 
Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin,
Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-
644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida 
paydo bo‘lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh 
ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvoza-
lari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning 
aholisi o‘z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq to‘lash 
majburiyatini oladilar 9
.
Arablarning keyingi harbiy harakatlari 650-651 Yillarga to‘g‘ri 
keladi. Shu yillarda Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan 
chegaradosh yerlarga yurish qsladi. 651 yilda Marv shahri 
egallandi. Marv marzaboni (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda ibn 
Amirga 2 mln. 200 ming kumush dirham evaziga tinchlik bilak 
shaharni topshiradi.
O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik 1ilatlarning bir-
birlari bilan tez-tez nizolarga •vrib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. 
O‘z harbiy yurishlarini Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib 
olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, 
Shuman va O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar 
bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hrkimi Tish arablar tomoniga o‘tib 
ketadi.
9
  I.A.KARIMOV “O`ZBEKISTON O`Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO`LI”  T-1992 706 yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi.
Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra Qutayba eng obod va boy 
shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Uning qo‘shini 
tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va Chag‘oniyon 
hokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik 
aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga 
turk sarkardasi bosh edi. Sug‘d va boshqa viloyatlardan kelgan 
kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik 
ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib 
Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.
Lekin ichki ittifoqning yo‘qligi, o‘zaro nizolar natijasida 
Poykand himoyachilarining kuchi zaiflasha bordi. Qutayba 
qal’aga birinchi safda borgan va shahid bo‘lgan kishilarning 
oilalariga katta mukofot va’da qildi. Ketma-ket 15 kun davom 
etgan janglardan so‘ng arablar qal’a devorini teshishga 
muvaffaq bo‘ldilar. Shahardagi og‘ir janglardan so‘ng Poykand 
arablar qo‘liga o‘tdi. 10
Poykand fojiasidan so‘ng Qutayba boshliq kuchli raqibga zarba 
berib uni mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, 
Buxoro hukmdori Xunukxudod, Shopurkom hokimi 
Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar 
yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida 
edi.
Ittifoqchilar qo‘shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton 
oralig‘ida to‘plandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning 
ahvoli nihoyatda og‘irlasha bordi. Shunda bu ahvoldan qutulish 
uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang ishlatadi 
Narshahiyning yozishiga ko‘ra, Qutayba Xayon-an-Nabatiy 
ismli o‘z kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bo‘lgan Sug‘d 
podshosi Tarxunga maxfiy suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy 
10
  I.A.Karimov “o`zbekiston XXI asr bo`sag`aida T-1995 Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga 
qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar Sug‘dni arablar 
ketganidan so‘ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar 
yetkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bo‘linishga sabab 
bo‘ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga 
sovg‘a-salomlar bilan 2 mln. dirham yuborib, evaziga sulh 
shartnomasi matnini oladi.
Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini 
egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro
va uning atrofiga   bir necha bor hujum qilib , Buxorxudod 
Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o‘z 
yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir Buxorxudod ustidan nazorat
qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik 
qilish, aholidan soliq undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka 
yetkazib berish vazifasini ado etar edi.
Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar Qutayba fikrini 
o‘zgartirdi. Xorazmda xalq g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga 
Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. 
Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni tor-mor 
keltiradi. 710-712 yillarda Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik 
sulhini tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj go‘laydi. 
Xorazm shu bilan o‘z mustaqilligini yo‘qotib arablar 
hokimiyatini tan oladi. Qutayba esa o‘z qushini hamda 
Xorazmshoh va Buxorxudod qo‘shinlari '•ilan birgalikda 
Samarqandga yo‘l oladi. 11
Shu paytda norozilik va qo‘zg‘olon natijasida So‘-dlar podshosi 
Tarxun taxtdan ag‘darilgan edi. Sug‘d mkdshosi va Samarqand 
afshini sifatida Tarxunning uk.chsi G‘urak (710-737) taxtga 
o‘tiradi. Tarxun zsa >i1>sda o‘zini-o‘zi halok etadi.
11
  I.A.Karimov “o`zbekiston XXI asr bo`sag`aida T-1995 G‘urak Qutaybaga qarshi chiqadi. Ka^taqo‘rg‘on Iqinidagi 
Arbinjon mavzesida shiddatli jang bo‘lib *Tadi. Ammo 
G‘urakning kuchlari ozlik qilib Samarqandga chekinishga 
majbur bo‘ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro 
hokimlari qo‘shinining qatnashuvi, sug‘diylarning yakkalanib 
qolishlari va atrofdan yordam ololmasliklariga sabab bo‘ladi. 
Undan tashqari Samarqand zodagonlari ichida birlik ham 
yo‘qoladi. Tarxunning o‘limdan so‘ng uniig tarafdorlari ko‘proq
arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi Devashtich 
shu guruhga rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa «Tarxun 
o‘limi uchun qasd olaman» deb e’lon qiladi. 12
Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy xoqon va 
Farg‘ona ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam so‘raydi. 
Turkiylar qo‘shini bu paytda Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib 
Farg‘ona va Shosh qo‘shinlari bilan birgalikda ittifoqchilar 
lashkarini vujudga keltiradi. Ittifoqchilar qo‘shinining tepasiga 
lashkarboshi etib Turkiy xoqonning kichik o‘g‘li Inal xoqon 
tayinlanadi. Qutayba darhol o‘z ukasi boshchiligida saralangan 
qo‘shin tuzib, ittifoqchilar yo‘liga tuzoq qo‘yadi. Arablar 
ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar.
Qutayba shundan so‘ng Samarqandga hujumni kuchaytiradi. 
Shahar ra’danroz (tosh otg‘ich) lardan o‘qqa tutiladi. Bu 
janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik 
ko‘rsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar mudofaachilari 
Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir 
oqibatda shahar devorlarini buzib Shahristonga bostirib kirdilar. 
Samarqand arablarga taslim bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida 
sulh tuzildi. Qutayba jo‘nab ketishi oldidan shaharda o‘z ukasi 
Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi saralangan qo‘shinni 
qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sug‘d aholisining qarshiligi bu 
bilan tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida 
12
  Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil  Samarqandda arab noibiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Ularga 
turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil bahorid» Qutaybaning 
yetib kelishi bilan shahardagi qo‘zg‘olon bostiriladi.
Mug‘ tog‘idan topilgan hujjagga ko‘ra Qutayba o‘zining keyingi
yurishlarida Shosh, Farg‘ona va Turkiy xoqonlik qo‘shinlaridan 
iborat yana bir harbiy vdtifoqning qarshiligiga duch keladi. 
Sug‘d, Shosh, Farg‘ona ittifoqiga GTanjikent hokimi 
Devashtich ham qo‘shiladi. U Shosh va boshqa yerlarga o‘z 
elchisi Fatufarnni yuboradi. Fatufarn nomani Shosh hukmdori 
Moxedu tudun (Bahodir tudun) ga topshiradi. Qolgan ikki 
maktubni Farg‘ona elchisi orqali turkiylar hokimi va Farg‘ona 
ixshidiga berib yuborgan. 13
Qutayba bu o‘lkalarni tezda o‘ziga bo‘ysundirish harakatiga 
tushadi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba 713 yil 
Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20000 askar to‘plab 
berishni talab qildi.   O‘z   qo‘shini bilan uni qo‘shib, qo‘shinni   2 
ga   bo‘lib ajratadi. Kesh, Nasaf, Xorazmdan kelgan qo‘shin 
Shosh viloyatiga, o‘zi esa asosiy kuch bilan Ustrushona orqali 
Farg‘ona vodiysiga yo‘l oladi. Birinchi qo‘shin Shosh qo‘shinini
tor-mor etib, Shosh viloyatini egallaydi. Qutayba esa 
Ustrushonada   hal qiluvchi jang olib borib , Xo‘jand va Kosonni 
zabt etadi yil boshida esa Farg‘onaga qochib ketishga majbur 
bo‘ladi. Qutayba o‘sha yili Qashqargacha bo‘lgan yerlarni istilo 
etadi. Hamma viloyatlarga arablardan bo‘lgan amirlarni noib 
etib tayinlaydi. O‘sha yili arab xalifasi Volid vafot 
etadi   -   Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn Abdumalik »chiqadi. 
Qutayba Sulaymonga nisbatan g‘animlik munosabatida bo‘lib 
uni qo‘llamas edi. Qutaybaga nisbatan isyon ko‘tariladi. 
Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab Qutaybaning o‘zi 
Farg‘onada o‘ldiriladi (735 y.).
13
  I.A.Karimov “o`zbekiston XXI asr bo`sag`aida T-1995 Shunday qilib, 10 yil davomida olib borilgan doimiy kurashlar 
natijasida Movarounnahr xalifalik ixtiyoriga kirsa-da, ammo 
uning mag‘rur aholisi uzmni butkul tobe etilgan deb 
hisoblamaydi. Shuning uchun ham Qutayba har yili qishlash 
uchun Marvga jo‘nab ketar, bahorda esa yangi kuchlar bilak 
Movarounnahrga hujum qilar edi. Shuning uchun ham arablar 
Movarounnahrni egallashda muvaffaqiyat qozondilar. Buning 
asosiy sabablari quyidagicha edi. Avvalo mamlakatda hukm 
surayotgan siyosiy tarqoqlik va kichik hukmdorlarning o‘zaro 
kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi 14
.
Bu vaziyatdan ular ustalik bilan foydalanishar edi. Ular kichik 
davlatlarning o‘zaro birlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka harakat 
qildilar va buning uddasidan chiqdilar. Arablar o‘zaro 
kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun 
yordam ko‘rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin 
bo‘ysundirdilar. Sug‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini 
bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan 
foydalangan edi.
Ayniqsa arablar ko‘chmanchi jangovar turkiylar bilan o‘troq 
dehqonchilik viloyatlari aholisi o‘rtasida ba’zan yuzaga kelgan 
kelishmovchiliklardan foydalanib, ularni birini ikkinchisiga 
qarshi qo‘ydilar va ittifoqchilarni ajratib yuborishga muvaffaq 
bo‘ldilar. Shu bilan birga, xalifalik Movarounnahrdan harbiy 
qurol-aslahalar jihatidan unchalik ustun bo‘lmasa ham, biroq 
qo‘shin saflarini to‘ldirib turish imkoniga ega edilar.
Arablar qo‘shiniga muntazam ravishda yangi harbiy kuchlar 
ichki viloyatlardan safarbar qilib turilar edi. Undan tashqari 
keskin qarshilik kurashini olsh borgan xalq, mahalliy 
hukmdorlarning xoinon harakatlari, arablar bilan maxfiy til 
birik-tirishlari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
14
  Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil  Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar
bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu 
tizimga yer solig‘i -   xiroj   (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki
qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan 
zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan 
shaxslardan olinadigan   jiz’ya   solig‘i ham qo‘shildi. 15
Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va 
uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va
targ‘ib qilishga katta e’tibor berdilar. O‘rta Osiyo aholisi ichida 
e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy 
va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa 
zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan 
yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo‘q qilindi. Uning 
o‘rniga machitlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy 
adabiyotlar,   xususan diniy kitoblar , Sug‘d tilidagi nomalar, xalq 
adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi.
«Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din 
peshvolarini qirib tashlab, ularning kitob va qo‘lyozmalarini 
yoqib yuborgandan keyin, — deb yozgan edi Beruniy, — 
xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ularning faqat yodda 
saqlab qolgan xotiralarigina qoddi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu 
unutilib, faqat o‘zlari uchun mos bo‘lgan xotiralargina saqlanib 
qoldi».
Sug‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi. Islom 
dinini qabul qilgan, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari 
dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod etilib, ularga 
anchagina imtiyozlar berildi. Nomoz o‘qish uchun masjidlarga 
borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Jiz’ya 
solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagak kishilar tutib olinib bo‘yinlariga
«qarzdor», deb •pxtachalar osib qo‘yilgan.
15
  Jo`rayev N “ O`zbekiston tarixi” T-1998 Qutaybaning o‘limidan so‘ng arab hokimiyatining 
Movarounnahrdagi mavqei biroz zaiflasha bordi. Xurosonning 
yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga 
islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo‘la boshlaydi. 
Sulaymon vafotidan so‘ng tyaxtga o‘tirgan yangi xalifa Umar 
ibn Abdulaziz (717-719) - Umar II xorijiylar ta’limoti tgrafdori 
edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo‘lib ILK islom
ta’limoti tartiblarini va umumiy tenglik goyalarini ilgari surar 
edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga 
olib, bo‘ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini 
yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul
16
qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga 
ko‘ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va 
moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir 
qatorda yangi musulmonlardan ham jizya va xiroj solig‘i olish 
bekor qilindi. Umar II soliq yig‘uvchilardan va xalifalik 
amaldorlaridan Qur’on va hadislarga qatiy amal qilishni 
buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo‘llar bilan xiroj solig‘i yig‘a 
boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib 
keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig‘i sifatida saqlab qolish
maqsadida Umar II arablarga o‘z yerlarini kengaytirishni man 
etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan 
barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha 
olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o‘ndan bir qismi) soliq 
olish ko‘zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari 
unga elchilar yuborib Samarqand Shahristonini qaytarib berishni
so‘radilar. Umar II ramarqand hokimi Sulaymon   ibn-Abus-
Sariyaga maktub yozib , qozi bu ishni hal qilib berishini so‘raydi.
Samarqandliklar shikoyati ko‘rib chiqilib, bu ish 
16
  Jo`rayev N “ O`zbekiston tarixi” T-1998 samarqandliklar foydasiga hal bo‘ldi. QoziSamarqanddan arab 
garnizoni olib chiqib ketilishi
kerakdeb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi.
Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o‘z
da’volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar
o‘zlarini musulmon hisoblab, g‘aznaga soliq to‘lamay
qo‘ydilar. Shundan so‘ng xalifalik barchadan
soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik 
kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab 
ma’muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi. 17
Islom dini jahon miqyosida tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, 
bugungi kunda yer yuzi aholisining 1 milliarddan ortig‘i unga 
e’tiqod qiladi. Islom dinining kelib chiqishi va uning yoyilishi 
bevosita Muhammad payg‘ambarimiz faoliyati bilan bog‘liqdir. 
Makka shahridagi Quraysh qabilasining nufuzli Xoshimiylar 
xonadonida 570 yilda tavallud topgan Muhammad Ibn Abdulloh
nihoyatda ibratli hulq-odob doirasida voyaga yetib, 40 
yoshlarida Xiro nomli g‘orda u kishiga Kur’on oyatlari Alloh 
tomonidan nozil bo‘la boshlagan. Alloh u kishini butun 
insoniyatga haq yo‘lni ko‘rsatuvchi elchi - Rasul bo‘lishini 
ixtiyor etganlar.
610 yildan boshlab Muhammad Alayhissalom Makkada Islom 
dinini (yakka xudoga sig‘inishni) targ‘ib qilishni boshlagan.
Islom so‘zini ma’nosi-arabcha,   «Xudoga o‘zini	 
topshirish» ,   «Itoat» ,   «Bo‘ysunish»   demakdir. Umuman 
islomning kelib chiqishi VI asr oxiri va VII asr boshlarida 
Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy 
o‘zgarishlar bilan boliqdir. Yakka xudoga sig‘inish haqidagi 
targ‘ibot islomdan ilgari boshlangan edi. Uni dastlab targ‘ib 
qilgan xanif (haqiqat izlovchi, e’tiqod qiluvchi)lar mahalliy 
17
  Jo`rayev N “ O`zbekiston tarixi” T-1998 qabila xudolariga, ularning sanamlariga emas, yagona xudoga 
itoat qilishga da’vat qilganlar. Xaniflik VI asr oxiri va VII 
boshlarida asta-sekin Arabistonning bir muncha viloyatlariga 
yoyila boshlagan. 610 yillardan yakka xudoga sig‘inish targ‘ibi 
boshlangan. Muhammad izidan dastlab juda oz kishi ergashgan. 
Avval uning eng yaqin kishilari islomni qabul qilganlar. 
Keyinchalik ularning soni ortib borgan. Makka zodagonlari 
bunga qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Ahvol keskinlashganligi 
sababli melodiy 622 yilda Muhammad boshchiligidagi Makka
18
musulmonlari Madina (Yasrib) shahriga ko‘chishga majbur 
bo‘ldilar. 622 yili yuz bergan bu ko‘chish (arabcha «Xijradan») 
musulmonlarning xijriy yil hisobi boshlangan. Madinada 
Musulmonchilik ko‘chayib borgan va natijada keyinchalik 
Makka ahli ham islom dinini qabul qilgan. Bu 630 yillarga 
to‘g‘ri keladi. Natijada kuchli Islom davlati vujudga keladi va 
ularning ustidan turuvchi arab halifaligiga asos solinadi. 
Halifalik ko‘pgina Sharq va G‘arb davlatlarini o‘ziga 
bo‘ysundiradi. Shunday qilib VIII asrning oxiriga kelib 
Atlantika okeanidan Tyan-shangacha, Kavkazdan hind 
okeanigacha bo‘lgan yerlarda, turli tilda so‘zlashuvchi xalqlarni 
o‘zida birlashtirgan buyuk arab halifaligi vujudga keladi.
Muhammad 632 yilning iyun oyida Madinada vafot etadi. Uning
vafotidan so‘ng o‘rinbosarlari yoki noiblari(arabchada 
“Xalifalar”) davlatni boshqara boshlaganlar. Dastlabki to‘rt 
halifa islom tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib,   ular Abu 
Bakr , Umar, Usmon va Alilardir. Iqtisodiy va harbiy jihatdan 
mustahkamlanib olgan arab halifaligining qo‘shni mamlakatlarni
bosib olish uchun harbiy yurishlari-arab istilosining birinchi 
bosqichi-Umar halifaligi davrida (634-644)boshlangan. VII asr 
oxiridan VIII acp o‘rtalarigacha arab istilochilari avval Eron 
18
  Karimov I.A “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T- 1999 hududini, so‘ngra esa O‘rta Osiyo yerlarini to‘liq bosib oldilar 
va bu hududlarda ham islom dinini tarqatdilar. Movaraunnahrda 
(ikki daryo oralig‘i-arablar shunday nom bergandilar) So‘g‘d, 
Xorazm, Turk yozuvlari o‘rniga arab tili va yozuvi joriy qilina 
boshladi. Arablar hukmronligiga qarshi Movaraunnahr xalqlari 
qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Muqanna, Rofi Ibn Lays, Sumbod 
Mug, Gurak, Divashti, Abu Muslim, Hamza Al Xorij, Xoris Ibn 
Surayj boshchiligidagi yirik xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. 
Lekin bu qo‘zg‘olonlar shavqatsizlarcha bostirildi. Islomning 
dunyoviy din sifatida vujudga kelishi va boshqa mayda dinlar 
o‘rnini eg‘allashi tarixan ijobiy rol o‘ynadi. Chunki unda avvalgi
dinlarning ijobiy xususiyatlari o‘z ifodasini topgan  19
edi. 
Chunonchi, islom va uning muqaddas kitoblari bo‘lmish 
«Kur’on» va «hadislarda» ahloq-odob, iymon, insonni ulug‘lash,
tarbiya, insoniy fazilatlar masalalari a sosiy o‘rinni olgan edi.  
O’rta Osiyoning qulay va go`zal tabiy iqlim va sharoiti hamda 
b е hisob boyliklari hamisha arablarning diqqat-e'tiborini o`ziga 
tortib k е lgan. Manbalarning ma'lumotlariga qaraganda arablar 
651 yilda O’rta Osiyo ch е garalari- Marv, Hirot va Balx 
hududlarida paydo bo`ladilar.
Arablar bosqini arafasida Movarounnahr hududi da f е odal 
tarqoqlik hukm surgan. Bu yerda 15 dan ortiq kichik-kichik 
davlatchalar bo’lib ular o`zaro urushlar olib borar edilar. Bu xol 
arablar tomonidan O’rta Osiyo yerlarini bosib olishni 
tezlashtirdi. Arab bosqini ikki bosqichda olib borildi. Birinchi 
bosqich 705 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi, Bu davrda 
arablar vatanimiz hududiga vaqti-vaqti bilan xujumlar uyushtirib
turdilar, mamlakat boyliklarini taladilar, ko`plab odamlarni qul 
qilib o`z yurtlariga olib k е tdilar va o’lkani bosib olish 
maqsadida harbiy ma'lumotlar to’plash bilan shug’ullanganlar.
19
  Karimov I.A “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T- 1999 O’rta Osiyo yerlariga birinchi bor lashkar tortib k е lgan xukmdor
Ziyod bin Abu Sufyondir. U 667 yilda Amudaryo bo’ylarigacha 
k е ladi, Marvni egallab katta boylik va o’ljalar olib yurtiga 
qaytib k е tadi. 673 yilda Ziyodning o’g’li Ubaydulloh Ziyod 
yana Buxoroga qo’shin tortib k е ladi. U Boyqand va Romiton 
yerlarini egallaydi. Bu davrda Buxoro taxtini   malika Xotun 
bohqarar edi , U Buxoro hukmdori b е vaqt olamdan o’tgan Bidun
Buxorxudotning b е vasi bo’lib o’g’li Tog’shoda yosh 
bo`lganligidan davlatni o`zi boshqarmoqda edi. Xotun oqila va 
tadbirkor bo`lganligidan axoli qirg’in bo`lmasligi va mamlakatni
vayronalikdan saqlab qolish maqsadlarini ko`zlab Ubaydullox 
bilan sulh bitimi tuzadi va arablarga har yili bir million dirham 
tovon to’lab turish majburiyatini oladi. Chunki kuchlar t е ng 
emas edi, yordamga chaqirilgan turk lashkarlari ham vaziyatni 
biror-bir darajada o`zgartira olmasdi. Arablar buxoroliklardan 
to’rt ming kishini asir qilib oldilar, juda ko’plab  20
boylik- xazina,
qurollar,   kiyimlar , oltin, kumush narsalarni o’ljaga tushirdilar. 
Ular podsho xotinning bir poy etigi va paypog’ini ham topib 
oladilar. Tilla ishlatilib, har xil qimmatbaho toshlar bilan 
b е zatilib tayyorlangan etik va paypoq sahroyi arablarni juda 
ham hayratga solgan. Bu etik va paypoq ikki yuz ming dirham 
baholangan 1
.
O’rta Osiyoning boyliklari mol-dunyoga o’ch arab 
sahroyilarining tinchligi va farog’atini buzgan edi. Har ikki 
o`rtada shartnoma- bitim tuzilgan bo`lsada, Ubaydulloh o’rniga 
Xuroson amiri etib tayinlangan Said ibn Usmon 675 yil 25 
noyabrdan 676 yil 13 noyabrgacha Buxoro ustiga qo’shin 
tortadi. U juda ko`p hiyla-nayranglar ishlatib Buxoro va unga 
yordamga k е lgan So’g’diyona, K е sh, Nasaf qo’shinlarini tor-
mor k е ltirdi. Buxoro podshosi Xotun ibn Usmonning talabi bilan
uning do`zuriga bo-rishga majbur bo`ldi va juda ko`p ulponlar 
20
  Karimov I.A “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T- 1999 to’lab, shaxzoda va aslzodalardan 80 kishini garovga berdi. 
Shundan so`ng arablar Movarounnahr va uning poytaxti 
Samarqandga yurish qildilar. Ular bu joylarni egallab juda ko`p 
boyliklarni qo’lga kiritdilar va samarqandliklardan 30 ming 
kishini asirlikka oldilar. Yozma manbalarda Said ibn Usmon 
bilan Movarounnahrga k е lgan ko`p ming kishilik arab 
qo’shinlari qatorida Muhammadning avlodlaridan Ko’sam ibn 
Abbos ham bo`lgan, (Tarixchi Abu Tohir Xojaning ma'lumotiga 
qaraganda Abbos o’g’li Qusam Abbos ibn Abdulmutallib ibn 
Xoshim al-Qarshi al Xoshimiy Muhammad payg’ambarning 
amakisi). Sa'id ibn Usmon Buhoro va  21
Samarqanddan qo’lga 
olgan o’ljalarni Kusam ibn Abbosga ko`rsatib: «Bu o’ljalardan 
har kishiga bir hissa, s е nga esa ming hissa beraman» d е ganda, 
Qusam ibn Abbos shariat buyurganidan bir xissa ham- ortig’ini 
olmayman degan ekan. Qusamning taqdiri tug’risida turlncha 
ma'lumotlar bor. Ba'zilar uni Samarqandda o’ldirilgan d е salar 
yani ba'zi birovlar u Marvda vafot etgan d е b isbotlaydnlar. 
L е kin nima bo`lganda ham Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da 
yoznlishicha Samarqanddaga Shoxizinda maqbarasi shu shaxs 
nomi bilan bog’liqdir. Sa'id ibn Usmon garovga olingan 
buxorolik shadzodalarni Marvga qaytishda ozod qilishga so`z 
bergan edi. L е kin u va'dasida turmaydi va shahzodalarni aldab 
Madinagacha olib borib ularni barcha zarbop kiyimlarini  е chib 
olib qullarga aylantiradi. Erkparvar buxoroliklar bunday xaqorat 
va pastkashlikka chiday olmasdan Sa'id ibn Usmon saroyiga 
bostirib kiradilar va avval uni, so`ngra o`zlarini o’ldiradilar.
Xuroson   amirligiga        Muslim ibn	 Ziyod	 ibn	 Abiyx 2
  tayinlanadi, 
U ham o`z faoliyatini Buxoroga yurishdan boshlaydi. Buxoro 
xukmdori har galgid е k yana turklarga va so’gdlar hokimi 
Tarxun 3
ga yordam so’rab murojaat qiladi. Biroq, bu safar ham 
musulmon arablarning qo’li baland k е ladi. Juda ko`p boyliklar 
o’lja olinadi. Har bir arab askariga 10 ming dirhamdan o’lja 
ulashib beriladi. Xotun bilan Muslim ibn Ziyod o`rtasida sulh 
21 tuziladi. Arablar Marvga qaytadilar. Ammo bu qaytish mol-
dunyo va boylikka yuz tuban k е tgan sahroyi arablarniyg oxirgi 
qaytishi emas edi.
704 yilda Xuroson taxtiga Qutayba Ibn Muslim o’tiradi va 
Xurosonni batamom o`ziga bo’ysundiradi. Ana shu davrdan 
e'tiboran arab bosqnchilari tomonidan Mo-varounnaxrni zabt 
etishning ikkinchi davri bopshlanadi. Endi ular  22
O’rta Osiyoni 
batamom bosib olishga qaror qiladilar. Qutayba ibn Muslimning
705 yilda ushbu maq-sad yo`lidagi Axorun va Shuman (Surxon 
va Kofirnxon oralig’idagi yerlar) hududlariga uyushtirgan 
birinchi yurishni muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Tarixchi 
Narshaxiyning ma'lumotiga qaraganda Kutayba katta 
tayyorgarlikdan so`ng «sakson sakkizinchi yili (12 d е kabr 796- 
30 noyabr 707) Jayxun daryosidan o`tadi. Baykand axo lisi 
bundan xabardor bo’lib, Baykandni juda mustahkam hisor bilan 
o’raydilar, qadimgi vaqtlarda Baykandni shoriston d е ganlar va 
mustaxkamligidan, uni «j е z shahar» d е b ataganlar («Buxoro 
tarixi», 120-b е t). Musulmonlar qattiq va shiddatli janglardan 
so`ng bu shaharni egallaydilar. Ikki o`rtada sulh tuziladi. 
Qutayba   Baykand shaxrida amir qilib        Barko ibn	 Nasr	 
Bodiliyni   tayinlab o`zi Buxoro tomon ilgari yurishni davom 
ettiradi. Baykandda xukmron bo’lib qolgan Barko shahar 
xalqiga jabr va zulm o’tkazadi, axloqiy buzuq ishlar bilan 
shugullanadi. Bunga javoban shahar fuqarolari qo`zg’olon 
ko`taradilar. Ko`tayba bu xabarni eshitib t е zda orqasiga qaytadi 
va qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostiradi. Uning buyrug’i 
bilan arab sahroyilari shaharni talaydilar va harob qiladilar. 
Rivoyat qilishlaricha, Qutayba Poykandni fitx qilganda bir 
butxonadan og’irligi to’rt yuz diram (bir diram — 3,186 gr.) 
k е ladigan bitta kumush but, ko`plab kumush jomlar, har biri 
kabutar tuxumid е k k е ladi gan marvaridlar topiladi. O’lja olingan 
22
  Karimov I.A “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T- 1999 barcha boyliklarni tarozida tortganlarida bir yuz ellik ming 
misqolni (I misqol — 4,240 gr) tashkil etadi. Xalqdan talab 
olingan barcha oltin va kumushlarni sovg’a o‘laroq Dajjojga 
yuborganlarida   u Qutaybaga xat yozib , minnatdorchilik 
bildirgan va «...Xudo s е nga barakat bersin!» d е gan.
Qutayba Poykandni batamom o`ziga tob е  etgach uning 
atrofidagi barcha qishloqlarni ham egallaydi va 707 yilda K е sh, 
Naxshabni fath qiladi. 708 (90) yilda Vardan (hozirgi Vardonz е )
ustiga yurishga tayyorgarlik ko`rayotganda  23
kutilmagan 
qarshilikka duch k е ladi. Turk xonlari Qutaybaga qarshi ittifoq 
tuzib Torob, Xunbun va Ramiton oralig’ida uni ko`p lashkar 
bilan o’rab oladilar. Xitoy podshosining jiyani Ko’rmag’onun 
ham bu ittifoqqa qo’shiladi. Natijada Qutayba o’ir ahvolga 
tushib qoladi. Qutaybaning yaqin kishilaridan bo`lgan Xayyoni 
Nabatiy ishlab chiqqan r е ja asosida musulmon arablar og’ir 
vaziyatdan eson-omon qutuladilar.
Marvda bir oz muddat dam olib 709 (91) yilda Narshaxiy bergan
ma'lumotlarga qaraganda Iroq va Xurosondan yordam kuchlari 
olib Buxoro ustiga yurish boshlaydilar, Bu Qutaybaning 
to’rtinchi safar Buxoro ustiga lashkar tortib k е lishi edi. Buxoro 
aholisi har safar Islom lashkari k е lganda musulmon bo`lar, 
qaytib k е tgach esa dindan chiqar edi. Bu paytda Xotun juda 
qarib qolgan edi, davlat endi uning o’gli Tog’shoda boshqarardi.
Qutayba qattiq jangdan so`ng Buxoroni egallaydi. Tog’shoda 
Islom dinini qabul qilgach Qutayba uni Buxoro taxtida xukmron
sifatida qoldiradi. Tog’shoda o’ttiz ikki yil Buxoroni boshqaradi.
Tog’shoda islom dinini qabul qilgandan k е yin tug`ilgan 
farzandiga Qutaybaga bo`lgan hurmat va e'tiqodi ramzi si fatida 
Qutayba d е b ism qo’yadi. Qutayba ot'asidan so`ng Buxoro 
taxtiga utiradi. U Abu Muslim davrida dindan qaytadi. Shu bois 
23
  Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil  Abu Muslim Qutayba ibn Tog’shodani o’ldiradi. Qutaybaning 
serdaromad va g’allakor yerlari uning birodari Bunyod ibn 
Tog’shodageriladi. Bu yerlar Ismoil Somoniy davriga qadar 
Bunyod hukmronliga ostida bo`ldi. Qutayba ibn Muslim 
shimoliy sharq tomon g’olibona bosqinchilik yurishlarini davom
ettirdi. U 710   yilda Shuman , Nasaf, Keshni zabt etadi 24
. 711 
yilda aka-uka Chag’on va Hurzod janjalidan foydalanib 
Xorazmni bosib oladi. Shundan so’ng Qutayba endi asosiy 
zarbani kuchli raqib, l е kin laqma siyosatdon so’g’d hokimi 
Tarxunga qarshi qaratadi. O`rtada uzilgan sulh shartnomasiga 
qaramasdan; o`zaro k е lishuv asosida Samarqanddagi masjid 
kurilishini t е zlashtirish bahonasida shaharga gisht teruvchilar 
urniga 4000 qurollangan arab kiritiladi. Shahar talanib, aholi 
harob qilinadi. Tarxun ham qatl etiladi. Sosoniy-larning eng 
so`nggisi Yazdigarning qizi ham asir olinadi va u Halifa Validga
yuboriladi. Samarqandda qo’lga olingan oltin butlar va ularning 
jihozlari 50 ming misqolni tashkil etadi. Samarqandni 
egallashda 300 ta d е vorbuzar moslamalar ishlatilib, arablar 
Samarqandni batamom vayron etadilar. Nihoyat   Samarqandning
yangi hokimi        G’o’rak (709—738)   bilan Qutayba o`rtasida sulh 
bitimi imzolanib, bu bitimga ko`ra u arablarga yiliga 2200000 
dirham tovon to’lashi kerak bo`ladi, Yana arablarga uch yuz 
ming sog’lom kishini qul o’rnida berish sharti ham bor edi. 
Shartnomaga asosan shahar markazi arablarga bo`shatib 
beriladi. Qutayba u yerda masjid qurdiradi. (Afrosiyobda.)
713—715 yillarda u Toshk е nt, Ho’qand, Turkiston Chini 
(Sharqiy Turkiston) yerlarini to Qashg’argacha bo`lgan yerlarni 
egallaydi. Ana shu tarika Qutayba ibn Muslim O’rta Osiyo 
yerlarini zabt etib Xitoy hududigacha cho`zilgan o’lkada 
yashayotgan xalqlarni islom diniga kiritadi.
Farg’ona orqali Qutayba Marvga yo`l oladi. Marvda halifa Valid
vafot etgan bo’lib, halifalik taxtiga uning raqibi Sulaymon ibn 
24
  Jo`rayev N “ O`zbekiston tarixi” T-1998 Aidumalik o’tirgan edi. Qutayba undan xavotirlanar va 
Sulaymonga ishonmas edi. Shu sababdan u Sulaymonga qarshi 
ochiq isyon ko`taradi. Ammo isyonchi sifatida o`z askarlari 
tomonidan o’ldiriladi. Bu voq е a Vamberi bergan ma'lumotlarga 
ko`ra 714 (96) yilda Qutayba ibn Muslim 47 yoshida ekanida 
sodir bo`lgan edi. Boshqa manbalarda esa 715 yilda arab 
askarlari tomoihan o’ldiriladi, d е yiladi. 25
Shunday qilib sahroyi arablar dunyoning eng qadimiy va madaniyat
o’lkalaridan biri bo`lmish Movarounnahrni o`z mustamlakalariga 
aylaltiradilar. Movarounnahr hududida yashagan ajdodlarimiz 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda sahroyi 
arablarga qaraganda anchagina oldinda edilar. Nima sababdan 
ularni arab istilochilari nisbatan t е z va oson bosib ola oldilarq 
Buning sabablari- birinchidan o’lka xalq1ari o`rtasida ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy birlikning bo`lmaganligi va f е odal 
tarqoqlikning mavjudligidir. Arablar Movarounnahr yerlariga 
bostirib k е lgan paytda o’lkada bir-biriga dushman bo`lgan 15 dan 
ortiq kichik-kichik f е odal davlatchalar bor edi. Bu holdan arablar 
ustalik bilan foydalandilar. Ikkinchidan, arablar ko’chmanchi turk 
qabilalari bilan mahalliy o’troq xalqlar o`rtasida mavjud bo`lgan 
qarama-qarshiliklardan ham foydalandilar.   Uchinchidan , arablar 
Movarounnahrga qadar juda ko`plab boshqa mamlakatlar va aholi 
hududlarini bosib olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi 
kuchlari, moddiy boylik imkoniyatlaridan ona tuprogimiz 
hududlarini bosib olish chog’ida foydalandilar. To’rtinchidan, 
arablar Movarounnahr hududlariga bostirib k е lganlarida bu yerda 
ko`pdinlilik hukm surardi. Bu hol arablarga qarshi o’lkamiz hududi
xolqlarining birlashuviga to’sqinlik qildi va arab bosqinchilarining 
g’alabasini  е ngillashtirdi.
25
  Jo`rayev N “ O`zbekiston tarixi” T-1998          
  
   
  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil 115 -bet
2. WWW.AIM.UZ   
3. Jo`rayev N “ O`zbekiston tarixi” T-1998
4. Karimov I.A “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T- 1999
5. I.A.Karimov “o`zbekiston XXI asr bo`sag`aida T-1995

Mavzu: O`rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1.Arablar davrida o`rta osiyoning bosib olinishi 2.Islom dinining o`rta osiyoda tarqalishi 3.Arab hukmdorlarining movorunnahrdagi siyosati III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o‘rin egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo‘lsada, lekin ularning ko‘pchiligi bir-biriga qarama-qarshiligi ma’lumotlar olindi. Birinchi navbatda VII- VIII asrlarda to‘plangan manbalar ancha qimmatlidur. Bu yepik grafik yodgorliklar O‘rgun-Enese runiy yozuvlari Xitoyning “tanxonadoni tarixi” VII-IX rasr tarixiy manbasi VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar Menandir , Protektor, Piyofan, Vizantiyskiy, suriyachilik tarixi Ionna Efessiylarning tarixi asarlaridir. Shuningdek bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at- Tabariy, Denovariy (IX-X asr) o‘lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga yanada e’tibor kuchaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o‘tkazilgan III jahon Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi. “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas”, “Dada qo‘rqut” kabi umumturkiy xalq dostonlari, O‘rta asrlardagi Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to‘g‘risida turli ma’lumotlar keltiriladi. 1 XI asrda yashagan alloma, Mahmud Qoshg‘ariyning zamondoshi Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” (Saodatga yo‘llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er Tunga to‘g‘risida shunday deb yozadi: “... u bilimdon , zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon- shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb atashgan”. 1 Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil

Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko‘plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. Abu Is’hoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) “Qissai-al anbiyo” asarida turklarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarga borib taqaladi. Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramining 92 yilida Oltoyning etaklariga kelib o‘rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular uchun temir qazib chiqarishni boshlagapnlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug‘ Ashin urug‘i nomi bilan avval oshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu so‘zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlagan. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatadi. Avval bu ulug‘ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila-urug‘larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan. 2 Ashin urug‘idan bo‘lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o‘g‘li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha Tumin) o‘ziga Tele qabilasini buysundiriladi. Endilikda ancha mustahkamlangan bu qabilalar ittifoqi o‘zlari qaram bo‘lib turgan jujanlardan xalos bo‘lish yo‘lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo‘lgan jujanlar xonini mag‘lub etadi. O‘sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili daryosi bo‘yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukumdori o‘zini hoqon (turkcha-qag‘an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O‘tukan shahri yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o‘z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu- arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaodor darajasiga to‘g‘ri keluvchi “Yabg‘u” (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda o‘z davlatini kegaytirish 2 Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil

payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilaarini o‘ziga buysundiradi. Muqanxon hukumronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil Muqan hoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘ziga buysundiradi va Tinch okeani qirg‘oqlariga chiqadi. U O‘rxun, Tug‘la, Selenga daryolari bo‘ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo‘ylaridagi qirg‘izlarni, Baykal atroflaridagi uyg‘urlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi jo‘natadi. 588 yil turklar Ural va Volga bo‘ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko‘chmanchi ovarlar bilan to‘qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va Eron bilan do‘stona aloqani mustaxkamlashga harakat qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, Chag‘aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi 3 . 563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand , Kesh, Naxshab egallanadi. Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridane yordam olib Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko‘rdilar. 8 kunli shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar. Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini ko‘proq o‘z ko‘llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy sohiligacha bo‘lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha bo‘lgan yerlar turklar qo‘liga o‘tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to‘lab turadi. Janubdagi yarim mustaqil eftalitlar yerloari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan 3 Narshaxiy. Buxoro tarixi T., “Kamalak” 1991 yil

keyin butkul bo‘ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag‘lubiyatidan so‘ng bevosita ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshlaydi. Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh hoqon Muqanxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u Sug‘d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug‘d savdogarri va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natilgan. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi. 4 Istami bu voqeadan so‘ng qatitq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk elchilari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami Husrav I Anushervon qo‘shinlarini tor-mol qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladi. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to‘lash majburiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi. 576 yili Muqan hoqon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk hoqonligining ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur-Bag‘a hoqon 4 O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil