logo

O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNI SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3153 KB
O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNI SAKRASH
CHIDAMKORLIGINI  RIVOJLANTIRISH METODIKASI MUNDARIJA
KIRIS H 4- 8
I BOB. ZAMONAVIY SPORT O‘YINLARIDA SAKRASH 
KO‘NIKMALARI VA SAKROVCHANLIK SIFATINING O‘RNI   ... ......... 9-25
1.1. “Sakrash”,   “sakrovchanlik”,   “sakrash   chidamkorligi”
tushunchalarining   moxiyati   va   ularni   inson   hayotidagi
o‘rni............................................................................................... 9-11
1.2. Voleybolga   xos   sakrovchanlik   va   uni   boshqa   jismoniy   sifatlar   bilan
bog‘liqligi.............................................................. 12-22
1.3. Sakrash   turlari   va   ularni   harakatli   o‘yinlar   yordamida   shakllantirish
afzalligi.................................................................. 23-25
II BOB. TADQIQOTNING G‘OYASI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA 
UNI TASHKIL QILISH........................................................... ......................... 26-38
2.1. Tadqiqotning g‘oyasi............................................................................. 26
2.2. Tadqiqot vazifalari va uslublari.................................................... 27
2.3. Qo‘llanilgan   uslub-testlar   mohiyati   va   ulardan   foydalanish
tartibi.......................................................................................... 27-38
III BOB. VOLEYBOLGA XOS SAKRASH TURLARI, 
SAKROVChANLIK VA ULARNI AN’ANAVIY HAMDA 
NOAN’ANAVIY MASHG‘ULOTLAR DAVOMIDA SHAKLLANISH 
SAMARADORLIGI........................................................................................... 39-59
3.1. Sakrash,   sakrovchanlik,   sakrash   chidamkorligi   tushunchalari   va
ularning mantiqiy mohiyati............................................................... 39-49
3.2. An’anaviy   mazmunli   mashg‘ulotlar   davomida   sakrovchanlikni
rivojlanish sur’ati............................................................................ 50-58
III -bob bo ‘ yicha xulosalar........................................................................ 59
IV BOB. VOLEYBOLGA XOS IXTISOSLASHTIRILGAN SAKRASH 
TURLARI VA ULARNI ISHLAB CHIQILGAN MAXSUS MASHQLAR 
YORDAMIDA SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGI.......................... 60-67
IV bob  bo ‘yicha xulosalar……………………………………………… 68
XOTIMA............................................................................................ ................. 69-70
AMALIY TAVSIY A LAR …………………………………………………….. 71-76
FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR............................................ ............... 77-78
1 KIRIS H
Mustaqillikka   erishgan   kundan   boshlab   mamlakatimizda   jismoniy   tarbiya
va sport davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasida ravnaq topib bormoqda.
O‘tgan   davr   ichida   ushbu   soha   bo‘yicha   asrlarga   teng   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi,
olamshumul   islohatlar   amalga   oshirildi,   yurtimiz   bo‘ylab   minglab   jahon
standartlariga   mos   sport   majmualari   barpo   etildi.   Respublikamizning   barcha
hududlarida   yirik,   nufuzli   mamlakat   va   xalqaro   musobaqalarni   o‘tkazish   odat
tusiga   kirdi.   Alohida   ta’kidlash   joizki,   2000-yildan   boshlab   diyorimizda   “Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi”   mohiyatiga   hamohang   bo‘lgan   ko‘p   bosqichli   uzluksiz
o‘tkaziladigan “Umid nihollari”, “Barkamol  avlod”, “Universiada” kabi ommaviy
sport   musobaqalari   joriy   etilishi   va   yuqorida   qayd   etilgan   islohatlarning   amalga
tadbiq   etilishi   nafaqat   sog‘lom,   barkamol   avlodni   tarbiyalash   imkoniyatlarini
kengaytirdi,   balki   jismoniy   tarbiya   va   sportni   xalqimiz   hayotining   kundalik
ehtiyojiga aylanishiga asos bo‘ldi.
Mazkur   sohaga   bo‘lgan   bunday   e’tibor   yurtimiz   farzandlari   tarkibidan
yetuk,   iste’dodli   sportchilarni   yetishtirib   chiqarishga   turtki   berdi,   negaki   kunda
sport   maktablarida   endigina   shug‘ullanishni   boshlagan   bolajonlar   bugungi   kunda
Jahon,   Olimpiya   o‘yinlari,   Osiyo   chempionatlari   va   boshqa   yirik   xalqaro
musobaqalarda yuksak o‘rinlarni egallashga muyassar bo‘lib, davlatimiz shuhratini
jahon ham jamiyati oldida tarannum etib kelmoqda.
Shu   bilan   bir   qatorda   bugungi   kunda   xalqaro   musobaqalar   raqobatning
keskinlasha   borishi   iste’dodli   sportchilarni   tayyorlash   jarayoniga   yangichp
texnologik   yondashuv   bilan   qarashga   da’vat   etmoqda.   Ushbu   vaziyat   sport
mashg‘ulotlari   va   umuman   yuqori   malakali   sportchilar   tayyorlash   jarayonlarini
ilmiy asosda rejalashtirish hamda tashkil qilish zarurligiga e’tibor qaratmoqda.
Fikrimizcha,   so‘nggi   yillarda   olib   borilayotgan   va   chop   etilayotgan   ilmiy
tadqiqot ishlari-maqolalar, ma’ruzalar, monografiyalar-aksariyat yirik muammolar
yoki   yaxlit   mavzularga   bag‘ishlanmoqda.   Bu   holat   to‘g‘ri   va   taxsinga   sazovor,
albatta.  Shubhasiz,   “kichik sportni”  yuksak  natijalar  sportcha  olib chiqish  yo‘lida
yirik yoki yaxlit ilmiy mavzular yechimi ham o‘ta muhim rol o‘ynaydi, lekin har
2 bir   yirik   ilmiy   muammo   kichik,   “ko‘zga   ko‘rinmas   muammochalardan”   iborat
bo‘ladi. Bunday “muammochalar” ayniqsa tanlagan sport turiga dastlabki o‘rgatish
bosqichida   tez-tez   uchraydi,   agar   ular   tadqiqotlar   asosida   o‘rganilib,   o‘z   vaqtida
bartaraf etilmasa, bora-bora yirik muammolar paydo bo‘la boshlaydi.
Mavzuning   dolzarbligi:   sakrash   turlari,   ularning   koordinatsiyasi   va
sakrash   sur’atini   rivojlantirishda   o‘ziga   xos   mashqlarni   tanlash,   ularni
tabaqalashtirilgan   holda   qo‘llash   o‘ta   muhim   amaliy   axamiyatga   egadir.   Ana   shu
dolzarb   va   a h amiyatli   masalalar   bizning   magistrlik   dissertatsiyamiz   mazvusini
tanlashga asos bo‘ldi.
Tadqiqotning predmeti   sifatida voleybol to‘garagida shug‘ullanuvchi 11-
12   yoshli   bolalarni   tanlash,   ular   bilan   o‘tkazilayotgan   mashg‘ulotlarini   ijodiy
yondashuv asosida kuzatish, olingan natijalar asosida sakrash ko‘nikmalari hamda
voleybolchiga   xos   sakrovchanlik   sifatini   shakllantirishga   mo‘ljallangan   vaziyatli
mashqlar   majmuasini   ishlab   chiqish   va   uning   samaradorligini   pedagogik   tajriba
yordamida o‘rganishga da’vat etdi.
Tadqiqotning   maqsadi:   voleybolga   xos   bo‘lgan   sakrash   ko‘nikmasi,
sakrab ijro etiladigan texnik usullarga ixtisoslashgan sakrash turlari va ularni erta
yoshlikdan boshlab shakllantirish afzalligini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotning   vazifalari:   tanlangan   mavzu   moxiyati   va   mazmunini
ochish,   rejalashtirilgan   tadqiqot   maqsadini   amalga   oshirish   bo‘yicha   quyidagi
vazifalar belgilanadi:
1. Voleybolga   xos   sakrash   turlari,   ularning   tarkibiy   tuzilishi   va
sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasini o‘rganish.
2. Voleybolga   xos   sakrash   turlari,   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligini   rivojlantiruvchi   vaziyatli   o‘yin   mashqlari   majmuasini   ishlab
chiqish   va   uning   samaradorligini   yosh   voleybolchilar   jalb   qilingan   pedagogik
tajriba yordamida o‘rganish.
3. Olingan   natijalar   asosida   uslubiy   tavsiyalar   ishlab   chiqish   va   ularni
voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq eti sh .
3 To‘g‘ri, “voleybol nazariyasi va uslubiyati” faniga doir ilmiy hamda o‘quv
adabiyotlarida   “sakrash”,   “sakrovchanlik”   va   “sakrash   chidamkorligi”   mavzulari
batafsil  ochib  berilgan. Ammo,  sakrab  ijro  etiladigan  o‘yin usullariga  xos  (zarba,
to‘siq) sakrash turlari va ularni shakllantirish masalalari nazardan chetda qolgan.
Sakrash   ko‘nikmalari   va   ularni   turmush   tarzida   muayan   to‘siq   yoki
qarshiliklarni   yengishda   as   qotadigan   zarur   harakatlar   tarkibiga   mansub   bo‘lib,
zamonaviy   sport   amaliyotida   o‘ziga   xos   xususiyatli   harakat   vazifalarii   hal   qilida
muhim   axamiyat   kasb   etadi.   Sakrash   ko‘nikmlari   (uzunlikka   yoki   balandga
sakrash, yon tomonlarga sakrash, langar bilan sakrash, suvga sakrash va x.k.) - bu
tayanchsiz holatga ijro etiluvchi va kordinatsion, biomexanik hamda aerodinamik
jixatlardan   farq   qiluvchi   texnik-taktik   harakat   majmuasini   ifodalaydi.   Sakrash
elementlari   qo‘llaniladigan   har   bir   sport   turida   sakrash   ko‘nikmasi   o‘z   moxiyati,
maqsadi,   mazmuni   va   yo‘nalishi   bilan   keskin   farqlanadi.   Masalan,   yengil
atletikada   uzunlikka   sakrash,   to‘siqlararo   sakrash,   langar   bilan   sakrash,   sport
o‘yinlarida   (voleybol,   basketbol,   futbol,   gandbol)   vertikal   yoki   dioganal
yo‘nalishda   sakrash,   badiy   gimnastikaga   xos   sakrash   va   xokozalar   qayd   etilgan
fikrga misol bo‘la oladi.
Ilmiy   yangiligi:   1.   Voleybolga   xos   sakrash   turlari,   ularning   tarkibiy
tuzilishi va sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan.
2.   Voleybolga   xos   sakrash   turlari,   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligini   rivojlantiruvchi   vaziyatli   o‘yin   mashqlari   majmuasini   ishlab
chiqish   va   uning   samaradorligini   yosh   voleybolchilar   jalb   qilingan   pedagogik
tajriba yordamida o‘rganilgan.
3. Olingan   natijalar   asosida   uslubiy   tavsiyalar   ishlab   chiqish   va   ularni
voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq etilgan.
Tadqiqotning   ilmiy   farazi.   Voleybolda   turli   zonalarda   va   turli   taktik
maqsadda   sakrab   ijro   etiladigan   hujum   zarbalari   turlariga   mos   sakrash
ko‘nikmalari   o‘ziga   xos   koordinatsion   mazmun   (nusqa)   bilan   farqlanadi.   Faraz
qilindiki,   bunday   sakrash   ko‘nikmalarini   ixtisoslashtirilgan   vaziyatli   o‘yin
4 mashqlari   yordamida   erta   yoshlikdan   boshlab   shaklllantirish   sakrash   balandligini
ham, uning koordinatsion aniqligini ham jadal o‘sishiga imkon yaratadi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili.   Mutaxasislarning fikriga
ko‘ra, voleybolda sakrovchanlik sur’ati nafaqat oyoq mushaklarining “portlovchi”
kuchiga   bog‘liq   ekan,   balki   balandligi   oyoqlarning   tizza   qismidan   bukilish
burchagi va tana xamda qo‘llarning faol “yoysimon” xarakati bilan ham belgilanar
ekan.   (Yu.D.Jeleznyak,   1997;   2005;   L.R.Ayrapetyans,   2006;   L.R.Ayrapetyans,
A.A.Pulatov,   2012).   Mazkur   mualliflar   yana   bir   muxim   masalaga   e’tibor
qaratishdiki, sakrab turli o‘yin usullarini (Masalan zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p
uzatish   yoki   to‘p   kiritish)   ijro   etishda   sakrash   kordinatsiyasi   va   sakrash
balandligini   ta’minlovchi   mushaklarda   ixtisoslashuv   belgilari   shakllanib   borar
ekan.
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Sakrash
ko‘nikmalari   va   ularning   mazmun-moxiyati   nafaqat   sport   turining   xususiyatiga
qarab farqlanadi, balki bir sport turi tarkibida ijro etiladigan sakrash ko‘nikmalari
sakrab bajariladigan texnik usullar turi va yuzaga kelgan taktik vaziyatlar talabiga
qarab   har   bir-biridan   keskin   farq   qiladi.   Jumladan   voleybolda   birinchi   yoki
ikkinchi   “temp”   o‘yinchisining   zarba   berishda,   to‘p   kiritishda,   to‘siq   qo‘yishda,
to‘p   uzatishda   va   orqa   zonalardan   hujum   qilishda   qo‘llaniladigan   sakrash
ko‘nikmalari turli mazmun va yo‘nalishda ijro etiladi. Amaliy jihatdan muxim va
e’tiborli joyi shundaki, ushbu o‘yin usullarining ayrimlarini (zarba berish va to‘siq
qo‘yish)   ijro   etishda   foydali   natijaga   erishish   ustivor   jixatdan   sakrovchanlik
sifatiga bog‘liqdir. 
Ma’lumki, bugungi kunda sport amaliyotida jismoniy sifatlar, shu jumladan
sakrash   ko‘nikmalari   va   sakrovchanlik   sifatini   tanlagan   sport   turiga   xos
yo‘nalishda   shakllantirish   erta   yoshlikdan   boshlab   amalga   oshirilishi   isbot   talab
qilmaydi.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va hajmi.  Dissertatsiya “Kirish”, 4 ta
bob,   “Xotima”,   “Amaliy   tavsiyalar”   va   “Foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati”   dan
iborat   bo‘lib,   uning   hajmi   78   betni   tashkil   etadi.   Ishda   o‘tkazilgan   tadqiqot
5 natijalari tahlili 11 ta jadval, 33 ta rasm, 3 ta diagramma va 23 ta mahalliy hamda
xorijiy manbalardan foydalanilgan.
6 I  BOB. ZAMONAVIY SPORT O‘YINLARIDA SAKRAS H
KO‘NIKMALARI VA SAKROVC H ANLIK SIFATINING O‘RNI
1.1. “Sakrash”, “sakrovchanlik”, “sakrash chidamkorligi” tushunchalarining
mohiyati va ularni inson hayotidagi o‘rni
Inson   tug‘ilishidan   boshlab   butun   hayoti   davomida   har   xil   o‘yinlar
jarayonida,  uy-ro‘zg‘or,  xo‘jalik  ishlari, turmush  “chorraxalarida”,  kasbiy  mehnat
va   harbiy   xizmat   faoliyatida   favqulotda   vaziyatlarda,   jismoniy   tarbiya   va   sport
amaliyotida   turli   hayotiy   zarur   harakat   ko‘nikmalaridan   foydalanadi.   Bunday
ko‘nikmalar jumlasiga o‘t i rish-turish, emaklash, yurish-yugurish,   to‘xtash, osilish,
h atlash, sakrash, muvozanat saqlash va h.k.lar kiradi. Yosh ulg‘aya borgan sari bu
ko‘nikmalar inson turmush tarzi, mehnat, oddiy-tabiiy harakat faoliyati va hayotiy
vaziyatlar ta’sirida o‘z-o‘zidan ham shakllanib boradi.
Lekin,   ma’lumki,   inson   bunday   ko‘nikmalarning   ayrimlarini,   ayniqsa
yugurish, to‘xtash, osilish, emaklash, xatlash va sakrash ko‘nikmalarini beixtiyor,
ya’ni   favqulod   vaziyatlar   talablariga   asosan   yoki   ixtiyoriy-maqsadli   tartibda
bajaradi.   Demak,   shu   va   qolgan   barcha   harakat   ko‘nikmalarining   yuksak
shakllangan   bo‘lishi   favqulod   vaziyatlarda   ham   maqsadli   vaziyatlarda   ham   inson
hayoti   va   taqdirini   ijobiy   hal   qilishga   zamin   yaratadi   deb   xulosa   qilish   mumkin.
O‘z   navbtida   bunday   xulosa   o‘zini   hurmat   qiladigan,   o‘z   sog‘lig‘i   va   boyligini
o‘ylaydigan   har   bir   insonni   jismoniy-sport   mashqlari   bilan   muntazam
shug‘ullanishga da’vat etadi.
Yuqorida qayd etilgan hayotiy zarur harakat ko‘nikmalari ichida “sakrash”
va   u   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   sakrovchanlik   hamda   sakrash   chidamkorligi   kabi
jismoniy sifatlar nafaqat turmush “chorrahalarida” “og‘irni yengil qiladi”, balki bu
sifatlarni   muntazam   qo‘llaniladigan   ixtisoslashtirilgan   mashqlar   ta’sirida   yuksak
shakllangan bo‘lishi bir qator sport turlarida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
“Sakrash” tushunchasi nimani anglatadi? – degan savol tug ‘ iladi. Aksariyat
maxsus adabiyotlarda “sakrash” ko‘nikmasi-bu joydan yoki yugurib kelib, bir yoki
7 ikki   oyoq   bilan   depsinib,   tayanchli   holatdan   tayanchsiz   holatga   o‘tib   turli
yo‘nalishlarda   (vertikal,   dioganal,   gorizontal,   aylanma   va   h.)   tanani   “bir   joydan
ikkinchi   joyga”   ma’lum   harakat   (qo‘l,   oyoq,   yelka,   bosh)   yordamida   ko‘chirish
tushunchasini   ifodalaydi-deb   izoh   berildi   (Yu.D.Jeleznyak,   1998,   2013;
A.V.Belyaev,   M.V.Savin,   2000;   Yu.N.Kleshev,   2003;   L.R.Ayrapetyans,   2006;
L.R.Ayrapetyans, A.A.Pulatov, 2012).
Sakrash   ko‘nikmasini   bunday   tushuncha   bilan   izohlash   hech   qanday
shubha   uyg‘otmaydi,   albatta.   Lekin   biz  bu   tushunchaga   yanada   chuqurroq  ma’no
kiritish   muhim   deb   o‘ylaymiz.   Ushbu   “ma’no”   quyidagi   obrazli   misol   bilan
tushuntirilishi mumkin. Samolyot havoga faqat unga o‘rnatilgan motor kuchi bilan
ko‘tarilmaydi,   balki   ma’lum   aerodinamik   qonuniyatlar   evaziga   ko‘tariladi.
Jumladan,   motor   samolyotni   oldinga   qarab   harakatlantiradi,   uning   qanotlaridagi
harakatlanuvchi   qanotchalarining   pastga   qarab   og‘ishi   (harakatlanishi)   havo
qarshiligini   yengib,   samolyotni   havoga   ko‘taradi.   Yugurib   kelib   sakrashda   ham
so‘ngi   qadamlarda   oyoqni   tizza   qismidan   bukilishi,   qo‘llarni   (qanotlarni)   orqada
qoldirilishi  va  depsinish  vaqtida ularni  oldinga-yuqoriga  keskin harakatlantirilishi
inersion   kuch   evaziga   sakrash   balandligini   oshiradi.   Agar   sakrovchini   ikki   qo‘li
bog‘lab qo‘yilsa va gavda pastga egilmasa, oyoqlarning portlovchi kuchi qanchalik
rivojlangan   bo‘lmasin,   sakrash   balandligi   ta’minlanmaydi.   Demak,   sakrash
ko‘nikmasi   va   uning   balandligi   ham   aerodinamik   qonuniyatlar   bilan   bog‘liqdir.
Bundan tashqari yuqoriga (vertikal) yoki uzunlikka (gorizontal-yoysimon) sakrash
vaqtida-havoda   (tayanchsiz   holatda)   sportchi   zarur   bo‘lgan,   muayyan
koordinatsion   xususiyatga   ega   bo‘lgan   harakatlarni   (voleybolda   qo‘lni   hujum
zarbasi yoki to‘siq qo‘yishga qaratilgan xarakati) bajaradi. Binobarin, sakrash turi,
uning   koordinatsion   xususiyati   havodv   (tayanchsiz   holatda)   bajariladigan   (zarba
berish   yoki   to‘siq   qo‘yish)   harakati   koordinatsiyasi,   maqsadi   va   taktikasiga   mos
ixtisoslashgan bo‘lmog‘i lozim.
Alohida   ta’kidlash   joizki,   muayyan   o‘yin   usuliga   (turli   zonalardan   sakrab
zarba   berish,   to‘p   uzatish   va   h)   mos   ixtisoslashgan   sakrash   turi   bir   partiya   yoki
butun   o‘yin   davomida   takrorlanib   borganda   shu   sakrash   ko‘nikmamining   nafaqat
8 balandligi (sur’ati), balki uning koordinatsion va biomexanik nus’hasi  (mazmuni)
ham buzilishi mumkin. Demak, sakrovchalik-ya’ni bir yoki bir necha marta baland
sakrash   qobiliyatidan   tashqari   sakrash   chidamkorligi   ham   shakllangan   bo‘lishi
darkor.
Sakrovchanlik tushunchasining ostida qanday ma’no yotadi? – degan savol
tug‘iladi.   Sakrovchanlik-bu   joydan   yoki   yugurib   kelib,   oyoqlarni   optimal
burchakda   burchakda   bukib   (og‘irlik   markazini   pastroq   tushirib),   qo‘llar   va
gavdani faol harakati evaziga maksimal baland sakray olish qobiliyatini anglatadi.
Yugurib   kelib   depsinib,   tayanch   holatdan   chiqib,   yana   tayanch   holatga   qaytish
vaqti   qancha   uzoq   bo‘lsa,   sakrash   balandligi   shunchalik   katta   miqdor   bilan
ifodalanadi.   Agar   bunday   sakrash   sur’ati,   uning   koordinatsiyasi   va   biomexanik
nusxasi   qanchalik   uzoq   vaqt   davomida   o‘zgarmasa   (saqlab   qolsa),   shunchalik
sakrash   chidamkorligi   yaxshi   shakllangan   deb   baholanadi.   Bunday   sakrash
chidamkorligining   ta’minlanishi   oyoq   mushaklarining   portlovchi   kuchi,   gavda   va
qo‘llarning faol inersion harakat kuchi hamda oyoqlarning tizza qismidan optimal
bukilish burchagi bilan belgilanadi.
Yuqoridan   qayd   etilganidek,   aksariyat   sport   turlarida   (sport   o‘yinlari
turlari,   yengil   atletikaning   sakrash   turlari,   gimnasitka,   akrobatika,   suvga   sakrash,
figurali   uchish   va   h.)   ijro   etiladigan   sakrash   ko‘nikmalari   yoki   elementlari   bir
biridan   keskin   farqlanadi.   Lekin   bugungi   kungacha   bir   sport   turida   sakrab   ijro
etiladigan   harakat   (o‘yin)   usuliga,   uning   koordinatsiyasi,   biomexanik   nusxasi   va
albatta taktik vazifasiga qarab sakrash, sakrovchanlik hamda sakrash chidamkorligi
kabi maxsus sifatlar deyarli o‘rganilmagan. M.A.Godik (2006) ning ta’kidlashicha
hatto oddiy yugurish mashqlarida sakrash elementleri mavjud ekan. Uning fikricha
odam   yugurishda   avval   bir   oyog‘i   bilan   depsinish   evaziga   tayanch   holatdan
tayanchsiz   holatga   o‘tadi   –   “havoda   uchish   fazasini”   bajaradi,   keyin   ikkinchi
oyog‘iga qo‘nib, tayanch holatga keladi. Agar shu uchish fazasi qanchalik uzoq va
takrorlanishi   (sikli)   tez   almashinsa,   belgilangan   masofa   shunchalik   qisqa   vaqtda
bosib o‘tilar ekan.
9 Muhokama etilayotgan masalalar va fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki
har bir sport turida sakrash yoki sakrash elementlaoi mavjud bulib, ular o‘ziga xos
koordinatsion, biomexanik va aerodinamik xususiyatlar  bilan farqlanadi. Shunday
ekan   har   bir   sport   turiga   xos   harakat   (o‘yin)   texnikasi   va   taktikasiga   o‘rgatishda
sakrash ko‘nikmasi yoki elementiga taaluqli bo‘lgan koordinatsion biomexanik va
aerodinamik   xususiyatlariga   ham   e’tibor   qaratish   muhim   axamiyat   kasb   etadi.
Lekin,   ko‘pgina   sport   o‘yinlari   turlarida,   ayniqsa   voleybolda,   masalan   hujum
zarbasi   beriladigan   zonaga,   zarba   usuli,   zarba   taktikasi   va   o‘yin   vaziyatiga   qarab
muvofiq   sakrash   turini   ixtisoslashtirilgan   mashqlar   asosida   shakllantirishga
umuman   e’tibor   qaratilmaydi.   Bunday   xolatni   chop   etilgan   va   bugungi   kunda
“xizmat” qilayotgan ilmiy va o‘quv adabiyotlaridan kuzatish mumkin.
1.2. Voleybolga xos sakrovchanlik va uni boshqa jismoniy sifatlar bilan
bog‘liqligi
Har   bir   harakatning   maqsadi,   moxiyati   va   mazmuni   qanday   faoliyat   yoki
qaysi   sport   turiga   xos   bo‘lmasin   uni   u   yoki   bu   shiddatda   ijro   etilishi   barcha
jismoniy   sifatlar   bilan   o‘zaro   bog‘liqdir.   O‘z   navbatida   har   bir   jismoniy   sifatni,
masalan   sakrash-sakrovchanlik   sur’ati,   boshqa   jismoniy   sifatlarning   proporsional
nisbatda   rivojlanganligi   bilan   belgilanadi.   Jumladan,   voleybolda   joyidan   yoki
yugurib   kelib   hujum   zarbasini   berish   uchun   muayyan   zonadan   sakrash-oddiy
reaksiya,   harakat   (yugurish)   tezligi,   oyoqlarning   absolyut   va   portlovchi   kuchi,
gavda   va   qo‘llarning   tezkor   inersion   kuchi,   aerodinamik   kuchga   asoslanadi.
Bundan   tashqari,   o‘yin   davomida   sakrashni   ko‘plab   takrorlanishi   sakrash
chidamkorligini, bir zonadan boshqa zonaga o‘tib zarba berish yoki to‘siq qo‘yish
uchun  chaqqonlik  sifatini,  gavdani  orqaga  bukib-tezkor   yozish  (hujum   zarbasi  va
sakrab kuchli zarba berishda)  egiluvchanlikni talab qiladi. Zamonaviy voleybolda
o‘yin shiddatini borgan sari keskinlasha borishi, nisbatan kichik hajmli maydonda
(9x9m)   6   o‘yinchining   o‘zaro   tezkor   harakatlanishi,   bir   o‘yin   usulini   ijro   etib,
tezkor   boshqa   usulga   o‘tishi   va   albatta   raqlbatni   kuchayib   borishi   nafaqat   barcha
jismoniy sifatlarni proporsional nisbatda yuksak shakllangan bo‘lishini talab qiladi,
10 balki   barcha   psixologik   sifatlarni   ham   (diqqat,   xotira,   idrok,   tafakkur,   ong,
vaziyatni   tezkor   payqash,   farqlash,   raror   qabul   qilish   va   h.)   takomillashgan
bo‘lishiga e’tibor qaratadi. Buning uchun sportchida psixofunksional imkoniyatlar
o‘ziga   xos   mashqlar   asosida   muntazam   shakllantirilib   borilishi   kerak   bo‘ladi.
Shunday  bo‘lsagina  barcha  sakrab   ijro  etiladigan  o‘yin  usullarida  sifat   va  samara
bo‘ladi, ularni foydali natija bilan yakunlash imkoniyati ochiladi.
Aksariyat   mutaxasis   olimlarining   ta’kidlashishiga   voleybolga   xos   texnik-
taktik   ko‘nikmalarga   o‘rgatish   va   ularni   takomillashtirishda   sakrash
koordinatsiyasi,   biomexanik   va   aerodinamik   xususiyatlariga   urg‘u   berish   muhim
amaliy   ahamiyatga   ega   ekan   (Yu.D.Jeleznyak,   1998,   Yu.D.Jeleznyak,
V.A.Kunyanskiy,   A.V.Chachin,   2005;   Yu.D.Jeleznyak,   2013;   V.Ye.Xapko,
V.N.Maslov,   1990;   V.Yu.Shnayder,   2008;   N.V.Belyaev,   L.V.Bulыgin,   2004;
A.V.Belyaev,   M.V.Savin,   2000;   Yu.N.Kleshev,   2003;   L.R.Ayrapetyans,   2006;
L.R.Ayrapetyans,   A.A.Pulatov,   2012).   Ushbu   mualliflar   fikriga   qaraganda   zarba
berish   yoki   to‘siq   qo‘yish   ko‘nikmalarini   samarali   ijro   etish   imkoniyati
koordinatsion jihatdan shu o‘yin usullariga mos sakrash qobiliyati zarur ekan.
Zamonaviy voleybolda ijro etiladigan aksariyat  o‘yin malakalarini (sakrab
o‘yinga   to‘p   kiritish,   sakrab   to‘p   uzatish,   zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish)   “havoda”
amalga   oshiriladi.   Demak,   bunday   malakalarini   ijro   etish   samaradorligi   nafaqat
texnik   mahoratga   ,   balki   ustivor   ravishda   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligiga bog‘liqdir.
Ushbu   sifatlarni   rivojlantirish   masalalari   voleybol   amaliyotida   muhim   va
o‘ta   ahamiyatli   mavzu   sifatida   ko‘pgina   tadqiqotchilar   ishlarida   va   ilmiy
adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan.
Jumladan,   Yu.D.Jeleznyak   (1998)   vertikal   sakrash   misolida   malakali
voleybolchilarning   tezkorlik-kuchlilik   sifatini   “zarbdor”   uslubida   rivojlantirish
imkoniyati   afzal   ekanligini   ko‘rsatib   o‘tgan.   Uning   fikricha   “portlovchi”   kuchni
rivojlantirishda   ushbu   uslubdan   foydalanish   yaxshi   natija   beradi,   lekin   bunday
mashg‘ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta avval 3 martadan o‘tkazib turish lozim
bo‘ladi.
11 Chan Suan Dong (1987) o‘z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni ma’lum
qiladiki, voleybolchilarning o‘yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar
tayyorgarlik   davrining   bosqichlarida   ikki   omil   bilan   belgilanadi:   tezkorlik-
kuchlilik   tayyorgarligi   va   tayyorgarlikning   aralash   omili   (tezkorlik   va   tezkorlik
chidamkorligi).   1   bosqichida   ularning   ulushi   83,3%   ga   teng.   Bunda   tezkorlik-
kuchliik   tayyorgarligi   1   o‘rinda   tursa,   tezkorlik   tayyorgarligi   2   o‘rinda   turadi.   2
bosqichda   93,2%   va   3   bosqichda   100%.   Bu   bosqichlarda   tezkorlik   va   tezkorlik
chidamliligi   1   o‘rinda   tursa,   tezkorlik-kuchlilik   tayyorgarligi   2   o‘rinda   bo‘lishi
kerak.
Yu.N.Kleshev   (2003)   ning   fikriga   ko‘ra,   tayyorgarlikning   dastlabki
bosqichida   tananing   uzunligidan   tashqari,   sakrovchanlik   va   chaqqonlik   sifatlari
ko‘rsatgichlari   o‘ta   muhim   hisoblanadi.   Keyingi   bosqichlarida   esa   tezkorlik,   qo‘l
mushaklari kuchi va diqqatning turg‘unligi ustivor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Voleybol   elementlari   bilan   qo‘shib   o‘tiladigan   jismoniy   tarbiya   larsini
kichik   sinf   o‘quvchilari   jismoniy   tayyorgarligiga   ta’sir   etish   darajasini   o‘rganish
natijasida Zuoza Aureliyus-Kazis Kazevich (1989) shunday xulosaga keldiki, aniq
maqsadga yo‘naltirilgan voleybol darslari nafaqat yosh o‘quvchilarni tarbiyalashda
samarali   vosita   bo‘lib   hisoblanadi,   balki   voleybol   tugaragiga   dastlabki   tanlov
asosida   qabul   qilish   va   ularning   o‘rni   ixtisosligini   bashorat   yordamida   belgilab
olish imkonini beradi.
Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan yangicha uslubiyatni taklif
qilgan  M.I.Popichev  (1992)  bu  uslubiyatni  yosh   voleybolchilarda  sinab  ko‘rdi.  U
shu   voleybolchi   bolalarni   tana   bug‘imlarining   uzunligiga   qarab   4   ta   guruhga
ajratadi:
1. qisqa boldirli va uzun son va gavdali bolalar;
2. uzun son va gava qisqa boldirli bolalar;
3. uzun boldirli va qisqa son va bolalar;
4. kalta son va uzun gavdali hamda boldirli bolalar.
Aynan   shu   morfologik   xususiyatlarni   e’tiborga   olgan   holda   har   bir
guruhdagi   bolalarni   o‘ziga   hos   aksariyat   sakrovchanlik   mashqlari   bilan
12 shug‘ullantirdi   va   ma’lum   vaqt   o‘tgandan   so‘ng   ushbu   mashqlar   samarasini
tekshirib   ko‘rdi.   Ushbu   samaradorlik   shundan   iborat   bo‘ldiki,   eng   yaxshi
ko‘rsatgichlar   (yuqoriga   sakrash,   depsinish   kuchi   va   vaqti)   birinchi   guruhdagi
bolalarda qayd etiladi.
Uzoq   yillar   davomida   malakali   voleybolchilar   sakrovchanligi   sakrash
chidamkorligining   o‘sishini   kuzatib   kelgan   M.Boyrbekov   (2003)   ilmiy   va   amaliy
ahamiyatga   ega   qatvaffaq   bo‘ldi.   Jumladan,   uning   fikricha   yuqori   malakali
voleybolchilar   bir   o‘yin   mobaynida   zarba   berish   va   to‘siq   qo‘yish   uchun   306
martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni  ijro etish uchun eng
ko‘p   marta   sakrash   4   partiyaga   to‘g‘ri   keladi(142   marta).   To‘siq   qo‘yish   uchun
sakrash (122), zarba berish uchun sakrashdan ko‘proq, qaytarilar ekan (113 marta).
Kuzatuvlarga   ko‘ra   bitta   mashg‘ulot   davomida   bajariladigan   sakrash   soni,   bitta
musobaqada   sakrash   sonidan   kam   ekanligi   aniqlangan.   Olingan   natijalar   shunga
e’tibor   qaratadiki,   mashg‘ulotlar   davomida   ixtisoslashgan   sakrash   mashqlarni
to‘psiz   va   to‘p   bilan   ijro   etiladigan   texnik   malakalar   asosida   qo‘llash   zarur   ekan
hamda bunday mashqlar soni musobaqada ijro etiladigan sakrashlar sonidan 1,5-2
barobar ortiq bo‘lishi darkorligini ko‘rsatadi.
Yuqorida   qayd   etilgandek   o‘yin   davomida   sakrash   sifatini   nafaqat   soni,
balki uni qanday balandlikda ijro etilayotganligi katta ahamiyatga egadir. Shuning
uchun   bu   sifatni   dastlabki   bosqichidan   boshlab,   samarali   mashqlar   asosida
shakllantirish   zarur.   Sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligini   oshirishda   nafaqat
maxsus   mashqlar,   balki   turli   moslama-trenajyorlardan   ham   foydalanish   yaxshi
natija beradi. Jumladan sakrash espanderi yoki sakrash tumbasi sakrovchanlikni va
sakrash chidamliligini rivojlantiradi. Tumba bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uni har xil
balandlikka   qo‘yish   mumkin.   Asosan   sakrovchanlikni   oshirishda   bajariladigan
mashqlar quyidagilardan iborat. Bir oyoqda va ikki oyoqda depsinib sakrag; sakrab
o‘tish;   yuqoriga   sakrash   va   hujumchi   zarbasini   bajarishdagi   sakrashlar   kiradi.
Sakrash espanderida mashq bajarish sakrovchanlikni rivojlantiradi. Bunda belga va
polga   amartizator   boylanadi   va   osilib   turgan   to‘pga   qo‘lni   tekkizish   uchun
sakraladi.   Mashqlarni   nazorat   qilishda   shug‘ullanuvchilarni   jixozlardan   to‘g‘ri
13 foydalanishi   va   mashqlarni   to‘g‘ri   va   aniq   bajarishiga   e’tibor   berish   kerak.
Yuqorida   keltirilgan   mashqlarni   bir   maromda   bajarish   yosh   voleybolchilarda
muhim   rol   o‘ynaydi.   Buning   uchun   voleybolchi   (sportchi)   sakrash   quvvatini   va
epchillik   maxoratini   doimiy   bir   xil   maromda   olib   borishi   maqsadga   muvofiqdir.
Yana   shuni   aytib   o‘tish   joizki   sportchi   sakrash   quvvatini   va   epchillik   xarakatini
aniq   bir   mo‘ljalga   olgan   holda   to‘pga   o‘sha   kuch-quvvatini   sarflamog‘i   kerak.
Voleybolchi   o‘z   zonasiga   javob   bergan   holda   hujum   zarbasini   yoki   to‘pni   uzatib
berishni,   to‘siq   qo‘yishda   boshqa   sheriklariga   xalaqit   qilmagan   holda   sakrashni
aniq bajarish kerak. Yosh voleybolchilarda sakrovchanlikni oshirishda maktabdan
tashqari va maktab sharoitlarida har xil harakatli va xalq o‘yinlaridan foydalanish
bilan,   ham   sakrovchanlikni   oshirish   mumkin.   Sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligi   o‘yin   mobaynida   zarur   rol   o‘ynabgina   qolmay,   texnik   usullarni
chaqqonlik   bilan   bajarish   va   o‘yin   davomida   voleybolchini   joy   o‘zgartirishi
rivojlanishini yaqindan ta’minlaydi. O‘yin ketayotgan bir jarayonda favqulotda har
xil   harakatga   soluvchi   vaziyatlar   bo‘lib   qoladiki,   bu   vaziyatlar   o‘yinchini   tusiq
qo‘yishida va zarba berishida tez va aniq fikirlashini talab qiladi.
Quyida   sport   bilan   endi   shug‘ullanishni   boshlagan   10-12   yoshli   o‘g‘il   va
qiz bolalarda joydan turib va yugurib kelib gorizontal sakrashni dastlabki hamda 6
oylik mashg‘ulotlardan so‘ngi ko‘rsatgichlarini havola etilgan.
1   jadvalda   yosh   voleybolchilarga   xos   tezkorlik-kuch   va   sakrovchanlik
sifatlarini ifodalovchi me’yoriy ko‘rsatgichlar qayd etilgan.
1 jadval
Yosh voleybolchilarning jismoniy tayorgarligini o‘rtacha ko‘rsatgichlari
Testlar Yoshi
10
yosh 12 yosh 14 yosh 16
yosh
30 m ga yugurish 4,50 4,00 3,70 3,60
Abalakov usulida sakrash (sm) 45,8 49,0 4,6 68,3
Uzunlikka sakrash (sm) 198 206 235 260
Uzunlikka yugurib kelib sakrash 339 421 450 459
To‘ldirilgan to‘pni uloqtirish (m, sm) 8,22 12,70 13,21 13,62
60m ga yugurish 8,90 7,90 7,70 7,20
14 Yuqorida   qayd   etilgan   adabiyotlar   tahlilidan   shu   narsa   ko‘rinib   turibdiki,
zamonaviy voleybol bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqa o‘yinlarida ijro etiladigan
aksariyat   malakalarini   (to‘p   kiritish,   zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish,   qabul   qilish,
uzatish)   samarali   bajarish   uchun   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   alohida
ahamiyat  kashf  etadi. Ayniqsa,  4 va 5 partiya davom  etadigan o‘yinlarda mazkur
sifatlarning   ahamiyati   yanada   ortadi.   Ko‘pgina   adabiyotlarda   bu   sifatlarni
rivojlantirishga   qaratilgan   mashqlar   majmuasi   aniq   taqdim   etilgan   (Yu.D.
Jeleznyak,   1998;   Yu.N.Kleshev,   2003;   Ivoylov   A.V.,   L.R.Ayrapetyans,
A.A.Pulatov   2012).   Ammo   bu   sifatlarni   turli   yoshdagi   voleybolchilarda
rivojlantirishga   qaratilgan   maxsus   mashqlar   majmuasi   adabiyotlarda   aniq   tavsiya
sifatida   taqdim   etilmagan.   Turli   maqsad   sari   ijro   etiladigan   sakrash   sifatini
rivojlantirish   an’anaviy   mashqlar   yordamida   amalga   oshirilishi   ma’lum   bo‘ladi.
Biroq   sakrashga   oid   mashqlarni   murakkablashtirilgan   sharoitlarda   qo‘llash
masalasiga yetarli darajada ahamiyat berilmas ekan. Sakrash mashqlarini aylanma
tezlanishlar ta’sirida ijro etishga zid ma’lumotlar esa adabiyotlarda deyarli mavjud
emas.   Binobarin,   tanlab   olingan   dolzarb   bo‘lib,   tadqiqot   asosida   amalga
oshirilishini   taqoza   etadi.   Ta’kidlash   joizki,   sakrovchanlik   va   sakrab   to‘p   uzatish
qobiliyatini   shakllantirishni   dastlabki   o‘rgatish  bosqichidan  boshlash,   ya’ni  11-12
yoshli  bolalarda  shu   qobiliyatlarni   maqsadga   muvofiq  shakllantirish   yaxshi  natija
berishi,   shu   bolalarda   sport   mahorati   samarali   oshirishga   ham   katta   ta’sir
ko‘rsatadi.   Chunki,   shu   yoshda   sakrab   ijro   etiladigan   malakalarni   sakramagan
holatda   mashq   qilish   mo‘ljallangan   natijani   bermaydi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
bir   malakaga   o‘rgatib,   shu   malakani   boshqacha   usulda   bajarishga   qaytadan
o‘rgatish juda mushkul jarayon. Shuning uchun sakrab to‘p kiritish, uzatish, qabul
qilish,   zarba   berish,   tusiq   qo‘yish   malakalarini   dastlabki   o‘rgatish   bosqichidan
boshlash darkor.
Shunday   ekan,   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligini   rivojlantirish
dastlabki   tayyorgarlik   bosqichidan   boshlab   amalga   oshirilishi   shu   sifatlarni   bir
maromda progressiv rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. 
15 Ma’lumki,   sakrovchanlik   sifatining   darajasining   darajasi   portlovchi   ku
(yoki   tezkor   kuch)   darajasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Demak   yosh   voleybolchilarda
portlovchi  kuchni  muhim  deb bilsak,  shu sifatni  qachondan  boshlab rivojlantirish
kerak va qanday mashqlar yoki bu boradagi qanday tajribalardan foydalanish lozim
degan savollarga javob topish zarur bo‘ladi.
Voleybolchilar   uchun   asosiy   jismoniy   sifatlardan   biri   sakrovchanlikdir.
Sakrovchanlik   tezkor-kuchlilik   sifatlariga   mansub   bo‘lib   oyoq   mushaklarining
qisqa   muddat   ichida   kuchli   qisqarish   bilan   ifodalanadi.  Aynan   shu   sifatni   yuksak
darajada bo‘lishi  nisbatan past  bo‘yli o‘yinchilarni baland bo‘yli o‘yinchilar bilan
raqobatini   va   asosiy   o‘yin   malakalarini   (zarba   berish   va   to‘siq   qo‘yish)   samarali
ijro etilishini ta’minlaydi (A.V.Belyaev, M.V.Savin, 2000).
Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun eng qo‘lay davr bu 10-11 yoshdir. Bu
davrda yosh voleybolchilarda joyidan turib balandga sakrash 12,5 sm gacha ortishi
kuzatiladi (Ye.V.Fomin, 1986).
Sakrovchanlik   sifatining   turlari   ko‘p.   Masalan,   ikki   oyoq   bilan   depsinib
yugurib   kelib   yoki   joydan   turib   vertikal   sakrash   bir   oyoq   bilan   depsinib   vertikal
yoki uzunlikka sakrash, ikki oyoq bilan depsinib uzunlikka sakrash va hakozo. Har
bir   sakrash   turining   o‘ziga   xos   maqsadi   va   maqsadga   mos   ijro   etish   tartibi
(texnikasi)   bo‘ladi.   Voleybol,   basketbol,   futbol   va   boshqa   sport   o‘yinlari   bilan
shug‘ullanuvchi   sportchilarning   sakrovchanligi   bir-biridan   farq   qiladi.   Ta’kidlash
lozimki, hatto bir sport o‘yinida, masalan voleybolda – zarba yoki to‘siq qo‘yish,
to‘p   kiritish   yoki   uzatish   uchun   ijro   etiladigan   sakrashlar   mohiyati   bir-biriga   sira
uxshamaydi.   Boz   ustiga   yana   shuni   eslatish   o‘rinliki,   faqat   bir   o‘yin   malakasi   –
zarba   berish   turiga   qarab   (qisqa   yoki   baland   to‘pdan   zarba   berish)   sakrash
xususiyati   umuman   boshqacha   bo‘ladi.   Binobarin,   sakrovchanlik   yoki   sakrash
chidamkorligi   degan   tushuncha   ko‘p   qamrovli   mazmun,   mohiyat,   xususiyat   va
ma’noni   anglatadi.   Demak,   bu   sifatlarni   rivojlantirish   haqida   gap   borganda
muayyan sakrash turi va uni o‘ziga munosib mashqlariga alohida e’tibor berilishi
o‘ta muhim masaladir.
16 So‘nggi yillarda voleybol musobaqasi qoidalarining tubdan o‘zgarishi o‘yin
faoliyati   va   o‘yin   malakalarining   ijro   etilishiga   batamom   yangicha   tus   berib
yuborgan.   Hozirgi   kunda   deyarli   barcha   o‘yin   malakalari   aksariyat   vaziyatlarda
“xavoda”,   ya’ni   sakrab   ijro   etiladi   (zarba,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p   kiritish,   uzatish,
to‘pni   qabul   qilish,   yiqilib   qabul   qilish).   Ushbu   holatni   yuzaga   kelishi   voleybol
amaliyotida   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   sifatlariga   e’tibor   qaratish
nafaqat   kuchaytiriyapti,   balki   bu   sifatlarni   jadal   rivojlantirishga   qaratilgan   yangi
ilmiy texnologiyalar yaratishni taqazo etmoqda.
Shuning   uchun   ko‘p   yillik   sport   tayyorgarligi   jarayonida   malakali
voleybolchilarni   tayyorlash   samarasi   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi
sifatlarini   har   tomonlama   mukommal   tarbiyalash   ustivorligiga   bevosita   bog‘liq
bo‘lib boryapti.
Voleybolchilar   sakrovchanligi   va   sakrash   chidamkorligini   rivojlantirish
muammolarini yorituvchi ilmiy tadqiqotlar xamda ilmiy adabiyotlar doirasida juda
keng   (Yu.N.Kleshe,   2003;   N.V.Belyaev,   L.V.Bulыgin   2004;   A.V.Ayrapetyans,
A.A.Pulatov, 2012; Yu.D.Jeleznyak, 1998, 2013).
Yuqori   malakali   voleybolchilarni   tayyorlash   va   sport   mahoratini   yuksak
darajaga olib chiqish dastlabki o‘rgatish jarayoni samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqdir.   Yu.D.Jeleznyak   (1998)   ni   fikricha   voleybolga   ixtisoslashgan
mashg‘ulotlar   bilan   ilk   bor   shug‘ullanishi   10-11   yoshdan   boshlash   maqsadga
muvofiqdir.   U   o‘zining   tadqiqotlarida   aynan   shu   yoshda   bolalarni   jismoniy   va
texnik tayyorgarligini jadal o‘stirish imkoniyatlarini ochib berdi.
Isbot qilinganki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh voleybolchilarning
kelajakdagi  istedodini  aniqlashga yordam  beradigan test  mashqlarini  tanlay bilish
va qo‘llash katta ahamiyatga ega. M.Bayrbekov (2003) bunday mashqlar qatoriga
birinchi   navbatda   sakrovchanlik   va   chaqqonlik   baholovchi   mashqlarni   kiritish
muhimligini   ta’kidlaydi.   Tayyorgarlikning   keyingi   bosqichlarida   asosiy   jismoniy
sifatlarni shu, shu jumladan maxsus sifatlarni baholash imkoniyatini beruvchi test
mashqlari tarkibini oshirish tavsiya etiladi.
17 Albatta,   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligini   rivojlantirish
tayyorgarlikning   qaysi   bosqichida   amalga   oshirilishidan   qat’iy   nazar   bu   masala
umumiy   va   maxsus   jismoniy   tayyorgarlik   jarayonini   qanday   darajada
rejalashtirilishiga   bog‘liq.   Shuning   uchun   ushbu   jarayonning   malakali
voleybolchilarni   tayyorlashdagi   ahamiyati,   qolaversa   asosiy   o‘yin   malakalarini
(zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish)   ijro   etish   samarasi   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi haqidagi  ma’lumotlar taxlili  alohida
ahamiyatga egadir.
Maxsus   jismoniy   tayyorgarlik   (MJT)   sport   faoliyatidagi   dolzarb
muammolardan   biridir   va   barcha   sport   turlarida   yuksak   sport   natijalarga   erishish
uchun   muxim   ega   (V.P.Filin,   1995;   L.P.Matveev,1999;   L.P.Volkov,   2000;
V.P.Lukyanenko, 2001; 2001; J.K.Xolodov V.S., V.N.Platonov, 2004; M.A.Godik,
2006; V.I.Lyax, Kuznesov, 2008).
“Voleybolchilar   mashg‘ulotining   muvaffaqiyati,   o‘yinchilar   MJSlarning
rivojlanish   darajasini   aniq   va   to‘g‘ri   nazorat   qilinishiga   bog‘liqdir.   Pedagogik
nazorat   (PN)   alohida   MJSni   o‘zgarish   darajasi   dinamikasini   (sur’atini)   aniqlash
imkoniyatini   beradi.   Buni   asosida,   MJTni   samarali   boshqarishni   yangi   yo‘llarini
belgilash   mumkin”   (Yu.D.Jeleznyak,   1998),   “tayyorgarlik   tuzilishini   oqilona
tashkil   etishni   zamonaviy   yo‘llaridan   biri,   qisqa   vaqt   ichida   sport   formasini
rivojlantirishni ko‘p qirrali modelini tuzishdir”.
Maktab   yoshidagi   bolalarning   jismoniy   tayyorgarligi   hamda   jismoniy
tarbiya va sport bo‘lgan extiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli,
vosita   va   uslubiyatini   takomillashtirish   zaruriyatini   tug‘diradi   (V.Zatsiorskiy,
1989).
Hozirgi   jahon   sportidagi   ko‘rsatkichlarning   jadal   ravishda   yangilanib
borayotganligi,   yosh   sportchilarni   tayyorlashning   yangi,   yanada   samarali
vositalarini, uslublarini va shakllarini izlanishni taqozo etadi (V.N.Platonov, 1997;
L.P.Matveev, 1999; F.A.Kerimov, 2001).
Ko‘pgina   tadqiqotlar   (T.M.Zorina,   1992;   Yu.N.Kleshev   va   b.,   1995;
M.V.Savin,   1996;   Yu.D.Jeleznyak,   1998;   L.Ya.Chernov,   2000)   shuni   ko‘rsatdiki,
18 voleybolchilarning   sport   maxoratini   yuqsalishi   aksariyat   xollarda   tezkor-kuchlilik
sifati   bo‘yicha   belgilanadi.   Ushbu   sifatni   rivojlantirish   voleybolchilarni
tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, yosh voleybolchilarni
maxsus   jismoniy   tayyorgarligini   oshirish,   ularning   texnik   malakalarini
shakllanishida   muhim   ahamiyat   kashf   etadi.   Demak,   yuqori   malakali
voleybolchilar   tayyorlashda   maxsus   jismoniy   sifatlar   ularning   asosiy   o‘yin
malakalarini takomillashishida muhim o‘rin egallar ekan.
Voleybol nazariyasi va amaliyoti sohasi doirasidagi ko‘pgina mutaxassislar
fikricha   (M.V.Savin,   1996;   Yu.D.Jeleznyak,   1998;   L.R.Ayrapetyans,   2006,
A.V.Belyaev,   2008)   sakrovchanlik   va   sakrash   tayyorgarligi   o‘yin   davomida   ijro
etiladigan   texnik   malakalar   samarasini   belgilab   beradi.   Har   bir   o‘yinda   ishtirok
etuvchi   jamoa   o‘yinchilarning   o‘yin   maxorati,   jismoniy   tayyorgarligi   o‘yin
partiyalarining   davom   etishga   qarab   texnik   malakalar   hajmi   va   samaradorligi
turlicha bo‘lishi o‘z-o‘zidan ma’lum.
L.R.Ayrapetyans   (2006)   o‘yin   samarasini   baholashda   nafaqat   ijro   etilgan
texnik   malakalar   hajmi,   balki   ularning   turlarini   ham   e’tiborga   olish   muhimligini
ta’kidlaydi.   Uning   tadqiqotlariga   ko‘ra,   to‘p   kiritish,   zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish
malakalari   o‘tkazilgan   musobaqalar   mavqeiga   qarab   turli   samaradorlik   bilan   ijro
etilishi mumkin (2 jadval).
2 jadval
Voleybolchilarni sakrash harakati hajmi (L.R.Ayrapetyans , 2006)
O‘yin
hisobi/
to‘plar
nisbati O‘yin
vaqti Sakrashlar
To‘siq
qo‘yishda Hujumda To‘pni
qabul
qilish va
uzatish ∑
3 : 2
66:67 135 316(54,1)
273(51,1) 218(37,3)
236(44,1) 50(8,5)
25(4,6) 584
534 97,3
89,0
3 : 2
62:68 116 328(51,0)
306(51,8) 283(44,0)
258(43,7) 31(4,8)
26(4,4) 642
590 106,0
93,3
3 : 1
51:36 59 149(53,9)
135(48,7) 118(42,7)
119(42,9) 9(3,2)
23(8,3) 276
277 46,0
46,2
Eslatma: G‘olib jamoa ko‘rsatkichlari – maxrajda 
 Mag‘lub jamoa ko‘rsatgichlari – suratda
19 Ayrim   tadqiqotchilar   (Ayrapetyans,   M.A.Godik,   1991)   turli   musobaqa
o‘yinlarida   sakrab   ijro   etiladigan   ba’zi   texnik   malakalar   hajmini   aniqlab,   o‘yin
mavqei   va   davom   etishga   qarab   sakrash   harakati   hajmi   turlicha   bo‘lishi   e’tirof
etishgan.
Yuqorida   berilgan   jadvallarda   shu   narsa   ko‘zga   tashlandiki,   ijro   etilgan
malakalar, shu jumladan sakrash harakati ham o‘yin mavqei va natijasiga nisbatan
o‘yin   samarasini   aniqlashda   to‘laqonli   mezon   bulaolmaydi.   Chunki,   g‘alaba   yoki
mag‘lubiyatga   uchragan   jamoa   o‘yinchilarida   malakalar   hajmi   bir   xil   bo‘lishi,
hatto mag‘lubiyatga uchragan jamoa o‘yinchilarida hajm bir ko‘p bo‘lishi mumkin.
Demak,   o‘yinda   malakalar,   shu   jumladan   sakrash   harakati   hajmi   yuqori   bo‘lgani
bilan   uni   sifati   (samaradorligi)   bo‘lmasa   o‘yinning   yakuniy   natijasi   ham   ijobiy
bo‘lmaydi.   Shunday   bo‘lsada,   ushbu   ko‘rsatgichlar   mezon   sifatida   mashg‘ulot
yuklamasini   baholashda   muhim   omil   bo‘lib   hisoblanadi   (Yu.D.Jeleznyak,
A.V.Ivoylov,   1991;   M.N.Kleshev,   M.A.Godik,   L.R.Ayrapetyans,   1995;
F.A.Kerimov, 2001; V.N.Platonov, 2004).
Musobaqa   jarayonida   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligining
tezkorlik-kuchlilik   sifatlarining   muhim   ko‘rsatgichlari   ekanligi   N.A.Belyaev
(2008)   tomonidan   o‘ziga   xos   ravishda   talqin   qilingan.   Muallifning   fikriga   ko‘ra,
musobaqa   o‘ynalgan   partiyalarning   soni   ortishi   bilan   ularga   sarflanadigan   vaqt
ham turlicha o‘zgarib boradi. Masalan, 5 partiya davom etgan o‘yinda 1 partiya 19
daqiqaga teng bo‘lsa, 5 partiya 29 daqiqani tashkil etdi. So‘ng g i partiyaning davom
etish  vaqti  uzayishi  bilan  zarba  berish  va  to‘siq  qo‘yish  uchun bajarilgan  sakrash
harakati hajmi ortib borishi kuzatilgan.
Yuqorida   tahlil   qilingan   adabiyotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   sakrovchanlik
sifatlari   voleybol   o‘yinida   texnik-taktik   malakalarini   samarali   ijro   etishda   hal
qiluvchi omillardan biri ekan.
Sakrovchanlik   sifatlarini   rivojlantirish   ilmiy   asosda   amalga   oshirilsagina
rejalashtirilgan maqsad samarali hal qilinishi mumkin.
20 1.3.Sakrash turlari va ularni harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish
afzalligi
Harakatli   o‘yinlar   o‘z   mohiyati   va   mazmuni   bilan   obrazli   harakat
elementlaridan   iborat   bo‘lib,   shug‘ullanuvchilar   ruhiyatiga   ijobiy   ta’sir   etadi,
ularning emotsional quvvatini kuchaytiradi, kayfiyatini ko‘taradi. Bunday o‘yinlar
bolalarning butin vujudi, aql-idroki, xotirasi, ongi, irodasi va diqqat-e’tiborini o‘z
ichiga   tortadi,   ularda   kuchli   motivatsion   ehtiyojni   yuzaga   keltiradi,   bolalar
qanchalik ko‘p va shiddatli jismoniy mashqlar bajarmasin o‘yinlarning emotsional
kuchi  neyropsixik markazlar  orqali  charchoq va toliqish  alomatlarini  “to‘planish”
shiddatini   chegaralab   turadi.   Boshqacha   qilib   aytganda   bolalar   o‘yin   mazmunida
belgilangan   rollarga   kirib   ketib   turli   jismoniy   yuklamalarni   (sakrash,   yugurish,
to‘plar   yoki   og‘irliklar   bilan   harakatlanish   va   h.)   charchoq   sezmasdan   uzoq   vaqt
davomida   qiziqib   bajaradilar   (T.S.Usmanxujaev,   F.Xodjaev,   1992;
T.S.Usmanxodjaev,   X.A.Meliev,   2000;   M.N.Jukov,   2002,   2004;   L.V.Veleeva,
2002, 2005; V.A.Lepeshkin, 2004; M.A.Qurbanova, 2006; N.V.Lutkova, 2010).
Bir   qator   mutaxasis-olimlarning   fikriga   qaraganda,   sport   o‘yinlari,   shu
jumladan   voleybolda   ham,   o‘yin   usullari   va   ularga   xos   harakat   ko‘nikmalarini
shakllantirishda   faqatgina   standart   mazmunli   texnik-taktik   mashqlardan   takror-
takror   foydalanaberish   shug‘ullanuvchi   bolalarda,  birinchidan  motivatsion   ehtiyoj
faolligini chegaralaydi, ruhiyatni taranlashtiradi va ertaroq jismoniy toliqishga olib
keladi,   ikkinchidan,   rivojlantirilayotgan   sifat   yoki   shakllantirilayotgan   ko‘nikma
koordinatsiyasini   (texnikasi   va   taktikasi)   turg‘unlashtirmaydi.   Masalan,   yuqorida
qayd etilganidek, voleybolda sakrab ijro etiladigan o‘yin usullariga (taktik vaziyat
talabiga   qarab   ijro   etiladigan   zarba   turlari,   turli   zonalardan   zarba   berish   usullari,
to‘siq   qo‘yish,   sakrab   to‘p   uzatish,   sakrab   to‘p   kiritish)   xos   sakrash   turlari
koordinatsion,   biomexanik   va   aerodinamik   mazmun   jihatdan   bir-biridan   tubdan
farq   qiladi.   Standart   mazmunga   ega   texnik   mashqlar   ana   shu   xususiyatlarni
buzilishiga   olib   keladi.   Ana   shuning   uchun   ham   sport   turlari   bo‘yicha   faoliyat
ko‘rsatib kelayotgan aksariyat mutaxasis-olimlar tanlangan sport turiga xos texnik-
taktik ko‘nikmalarni,  turli   jismoniy sifatlarni,  shu  jumladan  sakrab  ijro  etiladigan
21 harakat   usullarini   turdosh   harakatli   o‘yinlar   yordamida   shakllantirish   afzal   deb
tavsiya   beradilar   (Yu.M.Portnov,   1997;   A.Ya.Gomelskiy,   1997;   Yu.D.Jeleznyak,
1998;   V.V.Kuzin,   S.A.Polievskiy,   2000;   A.V.Belyaeq,   M.V.Savin,   2000;
Yu.N.Kleshev, 2003;). Jumladan, voleybol, basketbol, futbol va gandbolda muhim
rol   o‘ynaydigan   sakrash   ko‘nikmalarini   shakllantirish   maqsadida   “Xo‘rozlar
jangi”, “Oqsoq qarg‘a”, “Qarmoqcha”, “Tulki va tovuqlar”, “Polizdagi qo‘yonlar”,
“Sakrog‘ich   chumchuqlar”,   “Chexarda”   va   sakrash   elementlaridan   iborat   turli
estafetalardan foydalaniladi.
Ushbu   o‘yinlar   sakrash   ko‘nikmasidan   boshqa   qanday   xislat   va
qobiliyatlarni   shakllantirishga   mo‘ljallangan?   –   degan   savol   tug‘iladi.   “Xo‘rozlar
jangi” bir juftlikda yoki bir necha juftlikda (jamoa tarzida) tashkil qilinadi. Buning
uchun   shug‘ullanuvchilar   yoshiga   qarab   diametri   2-3   m.li   doira   chiziq   chiziladi.
Doira ichiga juftlik ishtirokchilari tushib, qo‘llarini orqa tomondan “qulflaydilar”.
So‘ng   avval   o‘ng   oyoqlarini   bukib,   chap   oyoqlarida   sakrab   xo‘rozlar   jangini
boshlaydilar.   Kim   sakrab,   yelkasi   bilan   sherigini   doiradan   chiqarsa,   u   g‘olib   deb
topiladi. So‘ng shu jang chap oyoqda davom ettiriladi.
“Oqsoq   qarg‘a”   o‘yini   o‘z   nomi   bilan   ko‘rinib   turibdiki   –   bu   ikki
jamoaning   kolonna   shaklida   saflanib   turgan   o‘yinchilari   navbatma-navbat
oyoqlarini   bog‘lab,   oqsagan   holda   sakrab,   estafeta   musobaqasida   ishtirok   etadi.
O‘yin avval o‘ng oyoq bog‘lanib, so‘ng chap oyoq bog‘lanib o‘tkaziladi.
“Qarmoqcha”   o‘yini   –   bu   ishtirokchilar   doira   bo‘lib   saflanadi.   O‘rtada
boshlovchi   uzun   arqonga   suv   to‘ldirilgan   kichik   “baklashka”   bioan   joylashadi.
Signal   berilishi   bilan   boshlovchi   arqonchani   doira   bo‘ylab   aylantiradi.   Har   bir
ishtirokchi   aylantirilayotgan   “baklashka”   ustidan   sakrab   o‘tib,   mag‘lubiyatdan
qutilishga   intiladi.   Agar   “baklashka”   qaysi   bir   o‘yinchini   oyog‘iga   tegib   ketsa,   u
mag‘lub bo‘ladi, o‘yin davom ettiriladi.
“Tulki   va   tovuqlar”   o‘yini:   tovuqlar   uzun   o‘rindiq   atrofida   don   terib
yuradilar.   Signal   berilishi   bilan   tulki   tovuqlarni   ushlab   olishga   harakat   qiladi.
Tovuqlar esa undan qochib sakrab o‘rindiqqa (qo‘noqqa) chiqib oladilar. Qaysi bir
tovuqni tulki ushlab olsa, uni o‘z uyasiga olib boradi.
22 Yuqorida qayd etilgan va boshqa shunga o‘xshash sakrash elementlari bilan
bog‘liq harakatli  o‘yinlar, albatta, sakrash ko‘nikmalari, sakrovchanlik va sakrash
chidamkorligini samarali shakllantirish qudratiga ega. Lekin, masalan, voleybolda
turli zonalardan ijro etiladigan zarba turlari, to‘siq qo‘yish, sakrab to‘p uzatish yoki
o‘yinga   to‘p   kiritishga   koordinatsion   jihatdan   ixtisoslashgan   sakrash   sifatlarini
rivojlantirishga, ularni taktik talablarga javob beradigan darajada sayqal topishiga
ijodiy   ta’sir   eta   olmaydi.   Sport   amaliyotida   va   harakatli   o‘yinlar   bo‘yicha   chop
etilgan   o‘quv   adabiyotlarida   koordinatsion   jihatdan   sport   o‘yinlari,   xususan
voleybol   o‘yin   usullariga   (zarba,   to‘siq,   to‘p   uzatish,   to‘p   kiritish   va   ularning
turlari) moslashtirilgan harakatli o‘yinlar umuman qo‘llanilmaydi hamda bu haqida
hech qanday ma’lumotlar berilmagan.
23 II  BOB. TADQIQOTNING  FARAZI , VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI
TAS H KIL QILIS H
2.1. Tadqiqotning g‘oyasi
Sport   amaliyotida   turli   texnik-taktik   ko‘nikmalarni   ijro   etish   u   yoki   bu
darajada sakrash elementlari bilan bog‘liqdir. Jumladan, voleybolda sakrab hujum
zarbasini  berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish va  to‘p kiritish%  basketbolda  sakrab
to‘p o‘zatish, uni ilish va savatga tashlash: futbolda sakrab bosh bilan sherikka to‘p
uzatish,   darvozaga   kiritish   va   hakozo.   Bunday   sakrash   elementlari   boshqa   sport
turlarida   ham   qo‘llaniladi:   yengil   atletika,   gimnastika,   sharqona   yakkakurash
turlari   va   hakozo.   Hatto   barcha   sport   turlarida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   yoki
mashg‘ulotning   tayyorgarlik   qismida   qo‘llaniladigan   yugurish   mashqlarida   ham
sakrash   elementlari   mavjud.   Sportchi   yugurganda   avval   oyog‘i   bilan   depsinib
tayansli   holatdan   “uzilib”,   tayanchsiz   holatda   havo   qarshiligini   yengib   oldinga
“uchadi” va ikkinchi oyog‘i bilan yerga qo‘nadi yoki yana tayans holatga qaytadi.
Depsinish kuchi qancha ko‘p bo‘lsa, havoda uchish oralig‘i shuncha uzoq bo‘ladi.
Bunday   sikl   qanchalik   tez   takrorlansa,   masofa   shunalik   qisqa   muddatda   o‘tiladi.
Sakrash  ko‘nikmasi  qaysi  sport  turi  yoki  qaysi  mashqqa taaluqli  bo‘lmasin uning
samaradorligi   (balandligi   yoki   uzunligi)   nafaqat   oyoq   mushaklarining   portlovchi
kuchi   bilan   belgilanadi,   balki   qo‘l-yelka,   gavda   va   bosh   harakatlariga   ham
bog‘liqdir.
Sport   nazariyasi   va   amaliyotida   sakrash,   sakrovchanlik   hamda   sakrash
chidamkorligi  kabi  mavzular  ko‘plab tadqiqot  oyu’eti  sifatida  o‘rganilgan. Lekin,
ma’lumki, har bir  sport  turida, hatto, masalan birgina voleybolda turli zonalardan
ijro   etiladigan   sakrash   turlari   bir-biridan   koordinatsion,   biomexanik   va
aerodinamik   xususiyatlar   bilan   farqlanadi.   O‘quv   va   ilmiy   adabiyotlardan   shu
narsa  ko‘zga  tashlanadiki,   sakrash,   sakrovchanlik  va  sakrash  chidamkorligiga  oid
mavzular   qayd   etilgan   xususiyatlar   doirasida   deyarli   o‘rganilmagan.   Binobarin,
tanlangan   mavzu   va   rejalashtirilgan   tadqiqot   g‘oyasi   o‘ta   dolzarb   ahamiyatga
loyiqdir.
24 2.2. Tadqiqot vazifalari va uslublari
Tanlangan mavzu moxiyati va mazmunini ochish, rejalashtirilgan tadqiqot
maqsadini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilanadi:
1. Voleybolga   xos   sakrash   turlari,   ularning   tarkibiy   tuzilishi   va
sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasi o‘rganildi.
2. Voleybolga   xos   sakrash   turlari,   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligini   rivojlantiruvchi   vaziyatli   o‘yin   mashqlari   majmuasini   ishlab
chiqish   va   uning   samaradorligini   yosh   voleybolchilar   jalb   qilingan   pedagogik
tajriba yordamida o‘rganish.
3. Olingan   natijalar   asosida   uslubiy   tavsiyalar   ishlab   chiqish   va   ularni
voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq etildi.
Ushbu vazifalar quyidagi uslub va testlar yordamida hal etildi:
1. Adabiyotlar tahlili.
2. Ijodiy izlanuv.
3. Joyidan   vertikal   sakrash   balandligini   Abalakov   o‘lchov   asbobi
yordamida aniqlash.
4. Joyidan   mokkisimon   sakrash   balandligining   3/2   qismiga   osilgan   to‘pga
maksimal marta sakrab bir qo‘lni tekkazish.
5. Yugurib kelib 4,3 va 2 zonalardan vertikal sakrash balandligini aniqlash
(maxsus ishlab chiqilgan test yordamida).
6. Himoya   zonasidan   yugurib   kelib   (1   zonadan),   hujum   chizig‘ini
bosmasdan dioganal-yoysimon yo‘nalishda sakrash balandligini aniqlash.
7. 4,   3   va   2   zonalardan   to‘siq   qo‘yish   uchun   vertikal   sakrash   balandligini
aniqlash.
8. Pedagogik tajriba.
9. Variatsion-statistik uslublar.
2.3. Qo‘llanilgan uslub-testlar mohiyati va ulardan foydalanish tartibi
1.   Adabiyotlar   tahlili.   Ushbu   uslub   yordamida   mavzu   yo‘nalishiga   doir
ilmiy-uslubiy   ma’lumotlar,   mutaxasis-olimlar   fikr-mulohazalari   qiyosiy   tahlil
25 assida   o‘rganiladi.   Sakrash,   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi
tushunchalarining   mantiqiy   mohiyati   ochib   berildi.   Voleybolda   sakrab   ijro
etiladigan   texnik-taktik   usullar   (zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p   uzatish,   to‘p
kiritish) turlari, ularni ijro etish zonalari va taktik maqsadiga mos sakrash fazalari,
koordinatsiyasi   va   aerodinamik   xususiyatlariga   nazariy   tafsif   berildi.   Sakrab   ijro
etiladigan   o‘yin   usullariga   koordinatsion   va   biomexanik   jihatdan   mos   bo‘lgan
sakrash   ko‘nikmalarini   tabaqalashtirilgan   yondashuv   asosida   shakllantirish
masalalari   o‘rgatish   jarayonida   e’tiborga   olinmasligi   ta’kidlab   o‘tildi.   Zamonaviy
voleybolda   koordinatsion,   biomexanik   va   aerodinamik   jihatlardan   farq   qiluvchi
turli   sakrab   ijro   etiladigan   o‘yin   usullariga   mos   bo‘lgan   sakrash   ko‘nikmalarini
tabaqalashtirilgan holda shakllantirish dolzarbligi ochib berildi.
Tahlil qilingan adabiyotlar asosida  ishning bosh maqsadi, tadqiqot ob’ekti
va predmeti, tadqiqotning ilmiy farazi belgilab olindi.
  2.   Ijodiy   izlanuv.   Mazkur   uslub   asosida   mavzu   doirasida   chop   etilgan
adabiyotlar,   shu   jumladan   turli   yoshli   voleybolchilar   tayyorlash   maskanlarida
(BO‘SM,   OZBO‘SM)   joriy   etilgan   o‘quv   dasturlari   (Yu.D.Jeleznyak,
V.A.Kunyanskiy,   A.V.Chachin,   2005;   Yu.D.Jeleznyak,   A.V.Chachin,
Yu.P.Syromyatnikov,   2009)   darsliklar   (L.R.Ayrapetyans,   A.A.Pulatov,   2012;
Yu.D.Jeleznyak,   2013)   ijodiy   tahlil   qilindi   va   ushbu   adabiyotlarda   sakrash
ko‘nikmalarini   sakrab   ijro   etiladigan   texnik-taktik   ko‘nikmalar   usullariga
moslashtirilgan holda shakllantirish masalalari joy olmaganligi aniqlanadi.
3.   Joyidan   vertikal   sakrash   balandligini   Abalakov   o‘lchov   asbobi
yordamida   aniqlash.   Bu   test   voleybol   amaliyotida   keng   qabul   qilingan   tartibda
qabul   qilinadi:   tekshiriluvchi   yerda   joylashtirilgan   “rezina-sholcha”   o‘rtasidagi
teshikdan   chiqarilgan   “metr-tasmani”   beliga   bog‘lab   joylashadi;   avval   tik   turgan
holatda “metr” dagi raqam o‘lchab olinadi; so‘ng u maksimal balandlikka sakraydi
–   test   3   marta   takrorlanadi:   dastlabki   o‘lchov   raqami   va   har   bir   sakrashda
cho‘zilgan   “metr-tasmada”   qayd   etilgan   raqam   farqi   sakrash   balandligini
ifodalaydi;  test  3 marta  takrorlanadi  va eng yaxshi  natija ro‘yxatga olinadi  (1 a,b
rasm).
26 a b
1 rasm
4.   Joyidan   maksimal   sakrovchanlikning   50%   da   osilgan   to‘pga   marta
sakrab   bir   qo‘lni   tekkizish.   Test   quyidagi   tartibda   bajariladi:   basketbol   xalqasiga
to‘p osiladi; tekshiriluvchi to‘pni tegida turib, zarba beruvchi qo‘lini cho‘zadi; to‘p
shu   balandlikka   tushiriladi;   “reyka-lineyka”   bilan   balandlik   o‘lchanadi   (masalan
qo‘lni to‘pgacha bo‘lgan balandligi 180 sm); so‘ng to‘p shu raqamning 3/2 qismiga
tushiriladi;   sakrashga   ruhsat   berilishi   bilan   tekshiriluvchi   to‘pga   maksimal   marta
sakrab qo‘lini tekkizishi shart; qo‘l to‘pga tegmay qolishi bilan test to‘xtatiladi va
sakrash soni ro‘yxatga olinadi (2 rasm).
2 rasm .
27 5 . Joyidan kelib 4,3 va 2 zonalardan vertikal sakrash balandligini aniqlash.
Testni   o‘tkazish   masalasi   va   qabul   qilish   tartibi:   voleybol   to‘rining   4   zona
tomonidagi   antenadan   boshlab   o‘lchami   130x100   sm.li   qora   rangli,   “ramkaga”
tortilgan   “banner   osiladi”;   to‘rning   balandligi   210   sm;   “banner”   to‘rdan   20   sm.
Chiqarilib o‘rnatiladi; tekshiriluvchi avval “banner” ni oldiga kelib, qo‘lini chuzib
o‘nga   “bor”   bilan   belgi   qo‘yadi;   so‘ng   u   4   zonaga   –   hujum   va   yon   chiqizlar
kesishgan   nuqtacha   joylashadi;   shu   yerdan   yugurib   kelib   sakraydi   va   “bannerga”
zarba   beruvchi   qo‘li   bilan   “bo‘r”   yordamida   yana   belgi   qo‘yyadi;   birinchi   va
ikkinchi belgilar orasi yugurib kelib vertikal sakrash balandligini ifodalaydi; test 3
marta takrorlanadi va eng yaxshi natija hisobga olinadi (3 rasm).
3 rasm .
Ushbu test 3 va 2 zonalardan ham bajariladi – “banner” shu zonalar tomon
ko‘chiriladi.
6.   Himoya   zonasidan   yugurib   kelib   (1   zonadan),   hujum   chizig‘ini
bosmasdan dioganal-yoysimon yo‘nalishda sakrash balandligini aniqlash.
Testni   o‘tkazishi   joyi   va   uni   qabul   qilish   tartibi:   test   devor   yoniga   yaqin
joyda o‘tkaziladi; (4 rasm) devordan pol yuziga 3 ta chiziq chiziladi – 1 chisi – 1m;
1-chi   chiziq   (1m.)   test   boshlanadigan   joy;   2-chi   chiziq-voleybol   maydoniga   xos
hujum chizig‘i (1,5m); 3-nchi chiziq o‘rta chiziq (2,5m).
28 4 rasm.
Testni   bajarish   tartibi:   tekshiriluvchi   zarba   beruvchi   qo‘li   uchida   “bo‘r”
bilan   1-nchi   chiziq   atrofida   joylashadi;   sakrashga   ruxsat   berilganidan   so‘ng,   u
tezkor  yugurib (2-3  qadam), 2-chi  chiziq  oldiga xatlaydi  (chiziq bosmaslik   shart)
va   shu   joyidan   depsinib   dioganal-yoysimon   yo‘nalishda   sakrab,   qo‘lidagi   “bo‘r”
bilan  maksimal  balandlikda   devor  yoysimon   chiziq  chizadi;  yoysimon  chiziqning
eng   yuqori   nuqtasi   belgilanadi;   keyin   tekshiriluvchi   2   va   3-chi   chiziq   o‘rtasida
devorga   yaqin   turib,   zarba   beruvchi   qo‘lini   yuqoriga   cho‘zib,   devorga   nuqta
quyadi; sakrash vaqtida qo‘yilgan nuqta va joyda qo‘yilgan nuqta oralig‘i sakrash
balandligini   ifodalaydi.   Test   3   marta   takrorlanadi   va   eng   yaxshi   natija   hisobga
olinadi.
7.   4,3   va   2   zonalardan   to‘siq   qo‘yish   uchun   vertikal   sakrash   balandligini
aniqlash.   Testni   o‘tkazish   joyi   va   qabul   qilish   tartibi:   devorga   balandligi   230
sm,uzunligi   9   m.   Darvoza   shakli   chiziladi   (5   rasm);   tekshiriluvchi   navbatma-
navbat   4,3   va   2   zonalara   joydan   turib,   ikki   qo‘lini   cho‘zib,   “bo‘r”   bilan   devorga
belgi   qo‘yyadi;   keyin   u   shu   zonalarda   ketma-ket   3   martadan   sakrab,   qo‘llarini
cho‘zib, yana belgi qo‘yyadi; test 3 martadan takrorlanadi va eng yaxshi natijalar
hisobga olinadi.
29 5 rasm .
8.   Pedagogik   tajriba.   Pedagogik   tajriba   yuzasidan   o‘tkaziladigan   kuzatuv
va   joriy   tadqiqotlar   2022-yilning   yanvar   oyidan   shu   yilning   sentabr   oyigacha
davom   etdi.   Joriy   tadqiqotlarga   Chirchiq   Olimpiya   zaxiralari   Kasb-hunar   kolleji
qoshidagi   o‘rta   maktabning   voleybol   to‘garagida   shug‘ullanuvchi   24   nafar   13-14
yoshli   o‘quvchilar   (7-8   sinf)   jalb   qilindi.   Ushbu   o‘quvchilar   tarkibidan   18   nafari
tanlanib   olinib,   har   biri   9   tadan   iborat   ikki   guruhga   ajaratildi.   Birinchi   guruh
nazorat   guruhi   sifatida,   ikkinchisi   tajriba   guruhi   sifatida   aprel-sentabr   oylarida   (6
oy) o‘tkazilgan pedagogik tajriba kuzatuv-tadqiqotlarida ishtirok etdi.
Nazorat   guruhida   o‘quv-mashg‘ulotlari   butun   tajriba   davomida   amaldagi
dasturga asosan olib borildi.
Tajriba   guruhida   o‘tkazilgan   mashhulotlarning   asosiy   qismida   biz
tomonimizdan   ishlab   chiqilgan   sakrash   turlari,   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligini   rivojlantiruvchi   maxsus   mashqlar   va   ixtisoslashtirilgan   harakatli
o‘yinlar majmualari qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotlar   nazorat   guruhida   xaftaning   toq   kunlari,   tajriba   guruhida
xaftaning juft kunlari soat 17:00 dan 18:30» gacha o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar   yozgi   ta’til   davomida   ham   jadval   bo‘yicha   muntazam
o‘tkazildi.
Tajriba guruhidagi bolalar yakka tartibda bajariladigan sakrash mashqlarini
har   kuni   ertalabki   gimnastika   mashg‘uoti   davomida   va   mashg‘ulot
o‘tkazilmaydigan kunlari kechga yaqin nazorat ostida mustaqil bajarib borishdi.
304 
зон
а 3 
зон
а 2 
зон
а Tadqiqotlar   ikki   guruhda   ham   tajribadan   oldin   va   tajriba   yakunida
o‘tkazildi.
Tajriba   guruhida   qo‘llaniladigan   maxsus   mashqlar   va
ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar majmualari.
Maxsus mashqlar majmuasi:
1. Diametri 50 sm. Aylana chiziq ichida:
- 10-12 marta qo‘l yordami bilan sakrash;
- 10-12 marta qo‘l yordamisiz sakrash;
-  har  10  marta  sakrashdan  so‘ng  90°  chapga  burilib –  10 marta,  yana 90°
chapga burilib – 10 marta, 90° chapga burilib – 10 marta sakrash;
- shu mashq 90° dan o‘ng tomonga burilib bajariladi.
2. Qayd etilgan mashqlar ko‘zni yumib bajariladi.
Izoh:   ushbu   mashqlar   bajarishda   aylana   chiziq   ichidan   chiqib   ketmaslik
shart.
3.   Diametri   50   sm.li   2   ta   yonma-yon   aylana   chiziq   chiziladi   va
shug‘ullanuvchilar   shu   aylananing   birinchi   ichiga   joylashadi   (6   rasm);   signal
berilishi   bilan   ular   navbatma-navbat   bir   aylana   ichidan   sakrab,   ikkinchisiga
qo‘nadi   va   yana  sakrab   birinchisiga   qo‘nadi   va   hakoza   shu   tariqa   sakrashlar   soni
har aylana chiziq ichida 10 martadan davom ettiriladi.
31 6 rasm .
4. 3-mashq ko‘zni yumib bajariladi.
5.   Zonalarda   sakrab   hujum   zarbasini   taqlidiy   ijro   etish   –   har   zonada   10
martadan:
- 4 zonadan sakrab 5 zona yo‘nalishida o‘ng qo‘l bilan zarba berish taqlidi;
- shu mashq qap qo‘l bilan bajariladi;
- 4 zonadan sakrab 1 zona yo‘nalishida o‘ng qo‘l bilan zarba berish taqlidi;
- shu mashq chap qo‘l bilan bajariladi;
- qayd etilgan mashqlar 3 va 2 zonalarda takrorlanadi.
6. Voleybol maydonida – 1,6 va 5 zonalar  atrofidan yugurib kelib, hujum
chizig‘i oldidan (uni bosmasdan) sakrab, zarba taqlidini bajargandan so‘ng, hujum
va o‘rta chiziqlar o‘rtasiga qo‘nish mashqlari. Har bir zonada mashq 10 martadan
takrorlanadi (7 rasm);
 
7 rasm.
7. 6 mashq tennis to‘pni to‘r ustidan qarshi  maydonga siltab otish asosida
bajariladi.
8.   4,3   va   2   zonalarda   sakrab   to‘siq   qo‘yish   taqlidini   bajarish.   Har   bir
zonada 10 martadan (8 rasm).
32 2 1
3 8  rasm .
9.   Shu   mashq   4   -   3   –   2   –   3   -4   zonalarga   tezkor   siljib,   5   martadan   to‘siq
qo‘yish bilan bajariladi (9 rasm).
9 rasm .
10. Qum ustida iloji boricha vertikal sakrash.
11. “Mata” ustida iloji boricha vertikal sakrash.
Ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar:
1. Guruh har biri 5 nafardan iborat ikki jamoaga ajratiladi va maydonning
qarama-qarshi tomonlarining hujum va yon chiziqlar kesishgan joy ortida kolonna
shaklida   joylashadi   (10   rasm).   Signal   berilishi   bilan   ishtirokchilar   ketma-ket   4
33 zonaga   yugurib   borib,   sakrab   5   zona   yo‘nalishida   zarba   berish   taqlidini   bajaradi.
O‘yin 5 martadan takrorlanadi.
10 rasm.
2. Shu o‘yin-mashq 6 zona yo‘nalishida bajariladi.
3. Shu o‘yin-mashq 1 zona yo‘nalishida bajariladi.
4. 1,2 va 3-chi o‘yin-mashqlar 3 zonadan bajariladi.
  5. 1,2 va 3-chi o‘yin-mashqlar 2 zonadan bajariladi.
  6.   1,2,3,4   va   5-chi   o‘yin-mashqlar   tennis   to‘pini   qayd   etilgan   zonalar
yo‘nalishida siltab-otib bajariladi.
  7.   Kolonnalar   1-chi   o‘yin   joyida   joylashadi   va   4,3,   2   zonalarda   sakrab
to‘siq qo‘yish taqlidi bajariladi.
  8.   Har   bir   mashqlar   seriyasi   bajarilgandan   so‘ng   oyoq   mushaklari
faoliyatini tiklovchi quyidagi qisqa muddatli mashqlar majmuasi bajariladi:
Dastlabki holat – chalqancha yotib, oyoqlar vertikal ko‘tariladi (11 rasm).
11 rasm.
345
6
1
5 6 1 8.1. “Velosiped” mashqi – 15 (12 rasm).
12 rasm.
8.2. To‘g‘ri yo‘nalishda “qaychi” mashqi – 15 sekund (13 rasm).
13 rasm.
8.3. Ko‘ndalang yo‘nalishda “qaychi” mashqi – 15 sekund (14rasm).
14 rasm.
8.4. Oyoqlarni siltash – 15 sekund (15 rasm).
35 15 rasm.
36 III  BOB. VOLEYBOLGA XOS SAKRASH TURLARI, SAKROVCHANLIK
VA ULARNI AN’ANAVIY HAMDA NOAN’ANAVIY MASHG‘ULOTLAR
DAVOMIDA SHAKLLANISH SAMARADORLIGI
3.1. Sakrash, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi tushunchalari va ularning
mantiqiy mohiyati
Sakrash   hayotiy   zarur   harakat   ko‘nikmalari   tarkibiga   mansub   bo‘lib,
insonning   turmush   tarzida   muhim   rol   o‘ynaydi.   Bolalarda   sakrash   ko‘nikmalari
turli   harakatli   o‘yinlar   davomida   shakllanib   boradi.   Ushbu   ko‘nikmaning   hayotiy
zarur ekanligi favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan havfli vaziyatlarni (biror
bir   hayvon   hujumidan   qochib   ariqdan   sakrash   yoki   baland   joyga   sakrab   chiqish,
suv   toshqini   va   hakazo)   bartaraf   etish   holatlari   bilan   izohlanadi.   Agar   sakrash
ko‘nikmasi   mantiqiy   mohiyati   va   amaliy   ahamiyati   yanada   chuqurroq   hamda
kengroq   talqin   etiladigan   bo‘lsa,   unda   sakrash   ko‘nikmasi   mantiqiy   mohiyati   va
amaliy   ahamiyati   anada   chuqurroq   hamda   kengroq   talqin   etiladigan   bo‘lsa,   unda
sakrash-bu nafaqat insonning turmush jarayonida, harbiy xizmatda yoki favqulodli
vaziyatlarda amalga oshiriladigan hayotiy zarur harakat ko‘nikmasi, balki bir qator
sport   turlarida   (sport   o‘yinlari,   yengil   atletika,   gimnastika   va   h.)   hal   qiluvchi
ahamiyatga loyiq harakat malakasidir. Ushbu malaka sakrab ijro etiladigan har bir
sport turida qo‘llaniladigan texnik usullar xususiyatiga qarab, xatto bir sport turida,
masalan   voleybolda-zarba   turlari,   zarba   berish   zonalari,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p
uzatish, to‘p kiritish va o‘yinda yuzaga kelgan taktik vaziyat talabalariga muvofiq
koordinatsion,   biomexanik   va   aerodinamik   jihatlar   bilan   keskin   farqlanadi
(Yu.D.Jeleznyak,   1998;   A.V.Belyaev,   M.V.Savin,   2000;   Yu.N.Kleshev,   2003;
L.R.Ayrapetyans 2006; L.R.Ayrapetyans, A.A.Pulatov, 2012).
Sakrash ko‘nikmalarining mantiqiy mohiyati-joydan yoki yugurib kelib, bir
yoki   ikki   oyoq   bilan   depsinish   asosida   tayanch   holatdan   notayanch   holatga   o‘tib
vertikal   yoki   dioganal-yoysimon   yo‘nalishda   “uchib”,   yana   tayanch   holatga
qo‘nish fazalari bilan izohlanadi. Tayanch holatdan “uchib” yana tayanch holatga
qo‘nish   vaqti   qanchalik   uzoq   bo‘lsa,   shunchalik   sakrash   balandligi   yoki   uzunligi
37 ko‘p   bo‘ladi.   Mutaxasislar   sakrash   balandligi   yoki   sakrash   uzunligini   odatda
oyoqlarning   portlovchi   kuchiga   bog‘lashadi.   Ammo   ular   sakrashning   bunday
natijalarini   tana,   gavda   va   qo‘llarning   aerodinamik   harakati   yoki   boshqacha   qilib
aytganda tana, gavda va qo‘llarning keskin-faol yoysimon harakati ta’sirida yuzaga
keluvchi   inersion-reaktiv   kuchga   yetarli   urg‘u   berishmaydi.   Aynan   ana   shu
inersion-reaktiv   kuch   oyoqlarning   portlovchi   kuchi   bilan   bir   qatorda   sakrash
balandligi yoki uzunligini maksimallashtiradi.
Ma’lumki,   baland   sakrash   yoki   uzoq   oraliqqa   sakrash   qobiliyati
sakrovchanlik deb qabul qilingan.
Sakrovchanlik   –   bu   joydan   yoki   yugurib   kelib,   oyoqlarni   optimal
burchakda   bukib,   ya’ni   tananing   umumiy   og‘irlik   markazini   pastroq   tushirib,   bir
yoki ikki oyoq bilan depsinish asosida gavda va qo‘llarning faol yoysimon inersion
harakati evaziga maksimal balandga yoki uzunlikka sakrash qobiliyatini anglatadi.
Bunday   sakrash   qobiliyatini   uzoq   muddat   davomida   koordinatsion   “nusxasini”
saqlagan holda ko‘p martalab takrorlay olish imkoniyati sakrash chidamkorligi deb
ataladi.
Sakrash   ko‘nikmasi,   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   voleybolda
ijro   etiladigan   aksariyat   o‘yin   usullarining   (zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p
uzatish, to‘p kiritish) samaradorligini ta’minlovchi poydevor omil sifatida ko‘plab
tadqiqotlarda   o‘z   yechimini   topgan,   ularni   shakllantirish   uslublari   va   vositalari
muvofiq   darsliklar   hamdao‘quv   qullanmalarida   ochib   berilgan.   Shu   bilan   bir
qatorda mazkur harakat sifatlari voleybolchining o‘yin ixtisosligi (ampluasi), zarba
berish   usullari,   zonalari,   to‘siq   qo‘yish   va   to‘p   kiritish   kabi   texnik-taktik   usullar
xususiyatiga qarab tabaqalashtirilgan yondoshuv asosida deyarli o‘rganilmagan.
Qayd   etilgan   har   bir   o‘yin   malakasi   (texnik-taktik   malaka)   o‘z   navbatida
bir   necha   usullardan   iborat   bo‘lib,   ularni   ijro   etish   zonasiga   qarab   sakrash
koordinatsiyasi,   biomexanikasi   va   aerodinamiksi   bir-biridan   keskin   farqlanadi.
Jumladan,   4   zonadan   zarba   berish   misolida   sakrash   fazalari,   aerodinamikasi   va
koordinatsiyasi   quyidagi   nusxa-mazmunda   ifodalanadi:   ikkinchi   temp   o‘yinchisi
hujum va yon chiziqlar kesishgan joy atrofida dastlabki tayyorgarlik holatini qabul
387
6
5
8
1
2
3 4 qiladi;   to‘p   yo‘nalishi,   baland-pastligi,   to‘pni   to‘rdan   va   antenadan   uzoq-
yaqinligini   aniqlagandan   so‘ng   2-3   qadam   keskin   yuguradi   va  4   qadamda   xatlab,
tizzalar   optimal   bukiladi   va   og‘irlik   markazi   pastga   tushiriladi   keyin   depsinish
bilan   bir   qatorda   “orqada   qolgan   gavda   va   qo‘llarni   yoysimon   yo‘nalishda
yuqoriga   keskin   xarakatlantirib   sakraydi   (uchadi)”;   sakrashning   maksimal
nuqtasida   gavda   va   zarba   beruvchi   qo‘l   orqaga   qisman   bukilib,   shu   zahoti   ularni
keskin   oldinga   (to‘pga   nisbatan)   harakatlantirish   asosida   to‘pga   zarba   beriladi;
undan   keyingi   faza   qo‘nish   va   muvozanatni   saqlab   qolish   bilan   yakunlanadi   (16
rasm).
16 rasm.
4 zonadan zarba berish andozasi.
1-dastlabki tayyorgarlik xolati;
1-2-yugurish (3-4 qadam); 
3-xatlash va oyoqlarni optimal burchakda bukish;
4 –depsinish;
 5 –sakrash;
6-zarba beruvchi qo‘lni orqaga egish;
 7-zarba berish; 
8-qo‘nish.
17 rasm.
398
0 67
5
13 2 4 3 zonadan zarba berish andozasi :
1-dastlabki tayyorgarlik holati;
1-2-yugurish (3-4 qadam); 
3-xatlash va oyoqlarni optimal burchakda bukish;
4 –depsinish;
5 –sakrash;
6-zarba beruvchi qo‘lni orqaga egish;
7-zarba berish; 
8-qo‘nish.
3 zonadan zarba berish birinchi temp hujumchisi ijrosida amalga oshiriladi.
Bunda yugurish (1-2 qadam), xatlash-depsinish, sakrash va boshqa fazalar oralig‘i
va   vaqti   qisqaradi;   hatlab-depsinish   vaqtida   oyoqlar   tizza   bo‘g‘imidan   qisman
bukilib,   portlovchi   kuch   bilan   keskin   yozilib,   sakrash   fazasi   bajariladi   (depsinish
vaqtida   gavda   va   qo‘llarni   orqadan   yuqoriga   keskin   harakatlantirish   amplitudasi
ikkinchi   temp   o‘yinchisinikiga   nisbatan   kichik   bo‘ladi);   sakrashning   maksimal
nuqtasida   gavda   va   zarba   beruvchi   qo‘lning   orqaga   bukilishi   juda   kichik
amplitudaga teng bo‘ladi, lekin zarba berish uchun bajariladigan harakat inersion-
reaktiv jihatda  o‘ta keskin  bo‘ladi;  yakuniy fazada  qo‘nish  va muvozanat  saqlash
ko‘nikmalari bajariladi (17 rasm).
2   zonada   zarba   berishda   ham   qayd   etilgan   fazalar   va   gavda-qo‘llarning
aerodinamik (inersion-reaktiv) harakati nisbatan qisqa bo‘ladi (18 rasm).
4,3   va   2   zonalarga   uzatilgan   to‘pni   yon   chiziqlar   tomon   burib   zarba
berishda tana, gavda va qo‘llarning harakat koordinatsiyasi ham o‘zgaradi.
40 18 rasm.  2 zonadan zarba berish andozasi.
19 rasm.  Himoya zonalaridan zarba berish andozasi.
Ma’lumki, 1990- yildan boshlab musobaqa qoidalarining tubdan o‘zgarishi
tufayli   himoya   zonalaridan   hujum   zarbalarini   uyushtirish   soni   9,6%   dan   35%
gacha   ortdi   (Yu.D.Jeleznyak,   G.Ya.Shipulin,   O.E.Serdyukov,   2004).   Himoya
zonalaridan ijro etiladigan bunday hujum zarbalarining nusxasi, sakrash fazalari va
ularning   koordinatsion   mazmuni   tamomila   boshqacha   xususiyatiga   egadir.
Jumladan, himoya zonalaridan zarba berishda yugurib kelish, xatlash, oyoqlarning
tizza  qismidan   bukilishi   va  tezkor   yozilishi,  tana,  gavda   va  qo‘llarning  yoysimon
harakati   yanada   shiddatli   kechadi.   Sakrash   vertikal   yo‘nalishda   emas,   balki
dioganal–yoysimon yo‘nalishda ijro etiladi. Depsinish xarakati hujum chizig‘ining
41 5
7 4
2
3 16
5
7 4
2
3
16 ortidan   boshlanib,   qo‘nish   fazasi   o‘rta   va   hujum   chizig‘i   o‘rtasida   yakunlanishi
odat tusiga kirgan (19 rasm).
Himoya zonalaridan tamomila yangicha koordinatsion nusxada sakrab ijro
etiladigan   hujum   zarbalarini   guruhli   to‘siq   bilan   qaytarish   imkoniyati   nihoyatda
chegaralangan   bo‘lgani   tufayli,   bunday   zarbalar   samaradorligi   tabora   ortib
bormoqda.
Muhokoma etilayotgan mavzuning yana bir e’tiborga loyiq joyi  shundaki,
vertikal (2,3,4 zonalarda) yoki dioganal-yoysimon yo‘nalishda (himoya zonalarida)
sakrash   uchun   bajariladigan   shiddatli   yugurish   texnikasi,   xatto   raqib   tomonidan
yo‘naltirilgan   to‘pni   qabul   qilish   uchun   o‘ng   yoki   chap   tomonlar   bo‘ylab   tezkor
yonlama   harakatlanishlar   (yonlama   yugurishlar)   texnikasi   ham   ma’lum   darajada
sakrash   va   xatlash   elementlaridan   iborat.   M.A.Godik   (2006)   ning   ta’kidlashicha,
yugurish texnikasi quyidagi fazalarni o‘z ichiga oladi; sportchi avval bir oyoq bilan
depsinib   (masalan   chap   oyoq   bilan),   bir   qo‘lini   (o‘ng   qo‘lini)   tirsak   bo‘g‘imidan
qisman bukkan holda oldinga, ikkinchi  qo‘lini (chap qo‘lini) siltab orqaga keskin
harakatlantirish   evaziga   tayanch   holatdan   aerodinamik   qonuniyatga   asosan
“uchish”   fazasiga   o‘tadi   (tayanchsiz   holatga),   so‘ng   ikkinchi   oyog‘iga   (o‘ng
oyog‘iga) qo‘nadi va shu sikl zarur miqdorda takrorlanadi. Oyoqlarning portlovchi
kuchi   qanchalik   salmoqli   bo‘lsa   “uchish”   fazasi   shunchalik   davomli   bo‘ladi,
binobarin,   qo‘nish   va   qayta   depsinish   (boshqa   oyoq   bilan)   nuqtasi   ham   uzoqroq
bo‘ladi. Ushbu fazalar va depsinish-uchish-qo‘nish sikli  qanchalik tez takrorlansa
belgilangan masofa shunchalik qisqa vaqt ichida o‘tilishi mumkin.
Voleybolga   xos   yonlama   yugurish   (oyoqlar   yarim   bukilgan   holda   sakrab
yoki   xatlab   harakatlanish),   ko‘krak   balandligida   bukilgan   qo‘llarning   baland-
pastga keskin harakatlanishi bilan sakrab-siljib yoki xatlab-siljib amalga oshiriladi.
Sakrash uchun yugurib kelishda depsinish-uchish-qo‘nish fazalari oraliqlar
bo‘yicha   bir-biridan   farqlanadi:   birinchi   qadam   kattaroq,   ikkinchisi-kichikroq,
uchinchisi  yoki  depsinishga  xatlab  qo‘nish  (sakrash  uchun depsinish  fazasigacha)
zarba berish usuli va zarba beriladigan zonaga bog‘liq bo‘ladi.
42 Voleybol   mashg‘ulotlarini   vizual   kuzatish,   ilmiy   va   o‘quv   adabiyotlarini
tahlil   qilish   shuni   ko‘rsatadiki,   sakrab   ijro   etiladigan   texnik-taktik   ko‘nikmalarga
dastlabki   o‘rgatish   amaliyotida   “sakrash-texnik   usul”   turlari,   fazalari,   sakrash
zonalari,   tana,   gavda,   bosh,   oyoq   va   qo‘llarning   o‘zaro   koordinatsion
xususiyatlariga chuqur ahamiyat qaratilmaydi. Vaholanki, musobaqalarda ko‘pgina
sakrash   koordinatsiyasi   ijro   etiladigan   texnik-taktik   usulning   (turli   zonalardan
zarba   berish,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p   uzatish,   to‘p   kiritish)   maqsadi   va   taktikasiga
muvofiq   emasligi   ko‘zga   tashlanadi.   Shuning   uchun   ham,   hatto   a’lo
sakrovchanlikka   ega   voleybolchining   hujum   zarbasida   yoki   to‘siq   qo‘yishida
yetarli   samaradorlik   bo‘lmaydi.   Binobarin,   bugungi   raqobatli   voleybol
amaliyotida,   ayniqsa   dastlabki   o‘rgatish   bosqichlarida   yuqorida   muhokama
etilayotgan  o‘ta   dolzarb  masalalarni   e’tiborga  olish,   sakrab  ijro  etiladigan   texnik-
taktik   usullar   turi   va   ijro   etish   joyiga   (zonasiga)   qarab   sakrash   fazalari,
koordinatsiyasi,   aerodinamikasi   (tana,   gavda,   bosh   va   qo‘llar   harakati)   ni
shakllantirish   va   shu   orqali   sakrovchanlik   hamda   sakrash   chidamkorligini
rivojlantirishga   mo‘ljallangan   mashqlar   majmualarini   ishlab   chiqish   va   amalga
joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Alohida   shuni   ta’kidlash   joizki,   voleybolga   xos   sakrash   usullari,
sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligini   erta   yoshlikdan   boshlab   sakrab   ijro
etiladigan   texnik-taktik   malakalar   turi   hamda   uning   xususiyatlariga   moslab,
ixtisoslashtirilgan harakatli  o‘yinlar yordamida shakllantirish foydali  natijaga olib
keladi.   Sakrash   fazalari   –   dastlabki   tayyorgarlik   holati,   yugurish   (2-4   qadam),
depsinishga   xatlash   va   oyoqlarni   tizza   bo‘g‘imidan   optimal   bo‘rchakda   bukish,
gavda va qo‘llarning faol harakati yordamida depsinish, sakrash (“uchish”), zarba
beruvchi   qo‘lni   orqaga   harakatlantirish   va   keskin   siltab   hujum   zarbasini   taqlid
qilish,   qo‘nish   va   muvozanat   saqlash   uzviy   ketma-ketlikda   mashqlantirilishi
o‘rgatish jarayonining o‘ta muhim shartlaridan biridir.
21,22,23,24   rasmlarda   hujum   zarbasiga   xos   sakrash,   to‘siq   qo‘yishga   xos
sakrash, to‘p uzatish va to‘p kiritishga xos sakrash turlariga o‘rgatish tartibini aks
ettiruvchi andozalar keltirilgan.
43 2-zonadan
5-zonagaXatlash
20 rasm
20 rasm
44Hujum zarbasiga xos sakrash turlariga o‘rgatish andozasi
Dastlabki tayyorgarlik holati
4-zonadan
5-zonaga
3-zonadan
5-zonaga
2-zonadan
1-zonaga 4-zonadan
1-zonaga
3-zonadan
1-zonagaQisqa yugurish
Oyoqlarni bukish
Depsinish
Sakrash-uchish
Qo‘lni bosh ortiga
harakatlantirish
Zarba berish
Qo‘nish
Muvozanat saqlash
Orqa zonalardan Sakrash
Qo‘llarni yozib siltash
Muvozanat saqlash
21-rasm
45To‘siq qo‘yishga xos sakrash turlariga o‘rgatish andozasi
Dastlabki tayyorgarlik holati
3-zonada
4-zonada
2-zonada
Oyoqlarni bukish va
qo‘llarni bosh sathidan
qisman pastga tushirish
Qo‘llarni faol harakati
yordamida depsinish
Qo‘nish 22 rasm.
46To‘p uzatishga xos sakrash turlariga o‘rgatish 
andozasi
Dastlabki tayyorgarli holati
2  zonadan 
qisqa orqaga 2  zonadan 
o‘rtacha 
orqagaOyoqlarni 
bukish
Depsinish
2  zonadan 
qisqa-tezkor
3- zonaga 2  zonadan 
o‘rtacha-tezkor 
3 zonagaSakrash va qo‘llarni 
yozib siltab urib
2  zonadan 
tezkor-
dioganal
4-zonaga Qo‘nish
Muvozanat 
saqlash
Orqaga o‘ng 
zonalardan
4- zonaga Orqaga o‘ng 
zonalardan
4-zonalargaBir qo‘l bilan uzatish 2 zonadan 
baland
4-zonaga 23 rasm.
47To‘p kiritishga xos sakrash turlariga o‘rgatish 
andozasi
Dastlabki tayyorgarli holati
Qisqa va tezkor yugurish
Xatlash
Qo‘llarni faol harakati yordamida depsinish
Maksimal 
sakrash Sakrash
Yarim sakrash
Yetakchi qo‘lni tezkor bosh ortiga va siltab zarba 
berish
Kuchli zarba 
berish Qo‘nish
Sekin-aniq zarba 
berish
Muvozanat 
saqlash   3.2. An’anaviy mazmunli mashg‘ulotlar davomida sakrovchanlikni
rivojlanish sur’ati
Voleybol   to‘garaklarida   olib   borilayotgan   o‘quv   mashg‘ulotlarini   vizual
kuzatish   shundan   dalolat   beradiki,   aksariyat   o‘qituvchi-trenerlar   o‘zlari
boshqarayotgan   mashg‘ulotlar   davomida   shug‘ullanuvchi   bolalarga   sakrash
ko‘nikmasi,   uning   mohiyati,   voleybolga   xos   sakrash   turlari,   fazalari,   sakrashning
koordinatsion,   biomexanik   va   aerodinamik   xususiyatlari   haqida   batafsil
tushunchalar   bermas   ekanlar,   amaliy   mashg‘ulotlarda   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligini rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar urg‘u berilar ekanu, lekin
voleybolda sakrab ijro etiladigan texnik-taktik usullar xususiyatlariga mos sakrash
turlariga   o‘rgatish   va   shu   asosda   sakrovchanlik   hamda   sakrash   chidamkorligini
shakllantirishga umuman e’tibor qaratilmas ekan.
Diqqatga   loyiq   joy   shundaki,   bolalarda   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligini rivojlantirishda xos asosan standart mazmuniga ega, bir xil siklda
takrorlanuvchi   mashqlar   qo‘llanilar   ekan.   Hatto   ayrim   hollarda   sakrovchanlikni
ba’zi og‘irliklar yordamida shakllantirish vaziyatlari ham kuzatildi.
  Biz Chirchiq Olimpiya zaxiralari qoshidagi o‘rta maktabda voleybol bilan
shug‘ullanuvchi   bolalarda   an’anaviy   mashg‘ulotlarni   sakrovchanlik   va   sakrash,
chidamkorligiga ta’sir etish sur’ati o‘rgandik.
Ushbu   maxsus   jismoniy   sifatlarni   an’anaviy   mashg‘ulotlar   davomida
rivojlanish   sur’atini   o‘rganish   uchun   2022-yil   yanvar   oyi   va   6   oydan   so‘ng-ya’ni
shu yilning iyun oyida tadqiqotlar o‘tkazildi.
Dastlab   sakrovchanlikni   rivojlanish   dinamikasi   Abalakov   usulida     joydan
vertikal sakrash testi asosida o‘rganildi.
Mazkur   test   bo‘yicha   olingan   natijalar   3   jadvalda   kelitrilgan.   Jadvaldan
ko‘rinib   turibdiki,   tadqiqotda   ishtirok   etgan   24   nafar   13-14   yosh   bolalarda
sakrovchanlik turlicha darajada rivojlangan ekan.
48 3  jadval
Yosh voleybolchilar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy mashg‘ulotlar davomida
sakrovchanlikni rivojlantirish dinamikasi
T/R Tekshiriluvchilar Joyidan vertikal sakrash
(sm)
O‘sish
farqi
20 22- yil
yanvar 20 22- yil
iyun
1 O.Ka-v 31 32 +1
2 A.Ra-v 29 31 +2
3 B.Yo‘-v 26 26 +0
4 N.Fu-v 34 32 -2
5 I.Ne-v 37 35 -2
6 A.Ka-v 32 34 +2
7 F.Di-v 27 29 +2
8 N.To-v 36 37 +1
9 I.Xu-v 35 38 +3
10 X.Nu-v 30 31 +1
11 E.Esh-v 29 30 +1
12 X.Mu-v 28 30 +2
13 S.Ra-v 31 33 +2
14 L.Ro-v 34 32 -2
15 A.Bo-v 32 30 -2
16 A.Ov-v 33 36 +3
17 B.Mi-v 30 34 +4
18 F.G‘a-v 28 29 +1
19 U.Yak-v 26 30 +4
20 J.Ma-v 27 29 +2
21 Z.Al-v 30 32 +2
22 E.Or-v 31 30 -1
23 Sh.Ki-v 35 34 -1
24 B.Ke-v 34 36 +2
Min -max 26- 37 26-38 0-4
X 31,0 + 5,2 32,08 + 5,4 1,1 + 0,02
Chunonchi, joydan vertikal sakrash ko‘rsatkichlarining minimal miqdori 26
sm.   ga   teng   bo‘lgan   bo‘lsa,   maksimal   ko‘rsatgich   37   sm.ni   takshil   etdi.
Sakrovchanlik ko‘rsatkichlarining diapozoni (miqyosi) 11 sm. bilan ifodalanyapti.
Sakrovchanlikning   bunday   keng   diapozonda   ifodalanishi   ma’lum   darajada
bolalarni voleybol bo‘lishiga tanlashda prognostik xatolarga yo‘l qo‘yilganligidan
49 darak   beradi.   Boz   ustiga   an’anaviy   mashg‘ulotlarda   6   oy   davomida
shug‘ullangandan   keyin   o‘tkazilgan   test   natijalari   bo‘yicha   ham   sakrovchanlik
diapozoni   kamaymadi   (min   ko‘rsatgich   –   26   sm.,   max   ko‘rsatgich   –   38   sm).
Sakrovchanlikni   o‘sish   sur’ati   esa   juda   kam   miqdorni   tashkil   etdi,   hatto   6   nafar
tekshiriluvchida sakrovchanlik darajasi tushib ham ketdi.
Ushbu   holat   o‘rtacha   statistik   ko‘rsatkichlar   (X + δ)   asosida   yaqqol   ko‘zga
tashlanadi ( 1-diagramma ).
1-yanvarda olingan natija 2-iyunda olingan natija 3-sakrash o‘sish sur’ati
1-diagramma .   Yosh   voleybolchilar   bilan   o‘tkazilgan   an’anaviy
mashg‘ulotlar davomida sakrovchanlikning rivojlanish sur’ati.
Joyidan   vertikal   sakrash   testi   bo‘yicha   qayd   etilgan   sakrovchanlikning
rivojlanganlik darajasi voleybol bilan shug‘ullanib kelayotgan 13-14 yoshli bolalar
uchun yetarlimi yoki yo‘qmi? – degan savol tug‘ildi. Javob – albatta yetarli emas.
Voleybol   bo‘yicha   yirik   mutaxasis-olim,   ko‘plab   darsliklar,   o‘quv
qo‘llanmalari va ilmiy asarlar muallifi Yu.D.Jeleznyak (1998, 2005, 2009) joyidan
sakrash   balandligi   11   yoshli   voleybolchilarda   eng   kamida   35,1   sm   bo‘lishi   kerak
deb  ta’kidlaydi.   Shu   yoshdagi   bolalar   joyidan   sakrash   bo‘yicha  “a’lo”   baho   olish
uchun 44,2 sm. Natijani ko‘rsatishi zarur ekan. Muntazam shug‘ullanib kelayotgan
voleybolchi bola 13-14 yoshga to‘lganda, joydan sakrash balandligi 41,1 sm. dan
50,9 – 58,2 sm. gacha o‘sgan bo‘lishi zarur ekan. Demak, bizning tadqiqotimizda
50 ishtirok etgan bolalarda joyidan sakrash bo‘yicha kuzatilgan sakrovchanlik darajasi
nihoyatda past deb ta’kidlash mumkin.
Yugurib   kelib   vertikal   sakrash   bo‘yicha   o‘tkazilgan   test   natijalari   nafaqat
sakrovchanlikni   juda   sust   rivojlanganligini   ko‘rsatdi,   balki   6   oylik   an’anaviy
mashg‘ulotlar   davomida   ushbu   sifatni   nihoyatda   kam   miqdorda   o‘sganligini
isbotlab   berdi   (4   jadval).   Chunonchi,   joydan   vertikal   sakrash   bo‘yicha   olingan
natijalardan   kuzatilgan   ancha   keng   individual   ko‘rsatgichlar   diapozoni   yugurib
kelib kertikal sakrash natijalari doirasida yanada yaqqol namayon bo‘ldi. Masalan,
bu   test   bo‘yicha   min   ko‘rsatgich   29   sm.,   max   natija   esa   44   sm.,   demak   ushbu
ko‘rsatgichlar   diapozoni   15   sm.   ga   teng   bo‘lmoqda.   O‘rtacha   X + δ   ko‘rsatgich
37,6 + 6,8 sm.ni tashkil etdi. Agar o‘rtacha kvadoatik (standart) og‘ish ko‘rsatgichi
(δ + 6,8sm)   “ishga   tushirilsa”,   unda   sakrovchanlik   30,8   sm.   yoki   44,4   sm.   bilan
ifodalanishi mumkin.
Ma’lumki,   Yu.D.Jeleznyak   (1998)   tomonida   qayd   etilgan   ma’lumotlarda
11   yoshli   voleybolchilarda   yugurib   kelib   vertikal   sakrash   balandligi   50   sm,   12
yoshda   -   56   sm.,   13   yoshda   -   66   sm.   14   yoshda   -   72   sm.   ni   tashkil   etishi   qayd
etilgan.
Qizig‘i   va   eng   afsuslanarli   joyi   shundaki,   6   oylik   an’anaviy   mazmunli
mashg‘ulotlardan   keyin   ham   sakrovchanlik   ko‘rsatgichlari   biron-bir   progressiv
o‘zgarishlar   bilan   farqlanmadi.   Aksincha,   dastlabki   individual   ko‘rsatgichlar
bo‘yicha   qayd   etilgan   diapozon   (min   va   max   ko‘rsatgichlar   kengligi)   6   oydan
so‘ng yanada ortdi va 18 sm. ni tashkil  etdi (min ko‘rsatgich – 32 sm., max – 50
sm).
51 4  jadval
Yosh voleybolchilar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy mashg‘ulotlar davomida
sakrovchanlikni rivojlantirish dinamikasi
T/R Tekshiriluvchilar Yugurib kelib vertikal
sakrash (sm)
O‘sish
farqi
20 22- yil
yanvar 20 22- yil
iyun
1 O.Ka-v 36 39 +3
2 A.Ra-v 34 36 +2
3 B.Yo‘-v 29 32 +3
4 N.Fu-v 37 42 +5
5 I.Ne-v 39 44 +5
6 A.Ka-v 41 45 +4
7 F.Di-v 33 37 +2
8 N.To-v 42 47 +5
9 I.Xu-v 43 46 +3
10 X.Nu-v 36 40 +4
11 E.Esh-v 34 39 +5
12 X.Mu-v 35 37 +2
13 S.Ra-v 38 43 +5
14 L.Ro-v 40 42 +2
15 A.Bo-v 42 48 +6
16 A.Ov-v 44 50 +6
17 B.Mi-v 41 49 +8
18 F.G‘a-v 35 41 +6
19 U.Yak-v 33 43 +10
20 J.Ma-v 34 38 +4
21 Z.Al-v 36 39 +3
22 E.Or-v 42 49 +7
23 Sh.Ki-v 40 47 +7
24 B.Ke-v 39 48 +9
Min -max 29-44 32-50 2-10
X 37,6 + 6,8 42,5 + 8,3 4,9 + 1,02
O‘rtacha X + δ ko‘rsatgichlar 42,5 + 8,3 sm. bilan ifodalanadi. (2-diagramma)
Ko‘rinib   turibdiki,   an’anaviy   mashg‘ulotlar   xatto   6   oydan   keyin   ham   bizning
tekshiriluvchilarimizda sakrovchanlikni juda bo‘maganda 50 sm. ga o‘sishiga ham
ta’sir ko‘rsataolmadi. Sakrovchanlikning 6 oylik o‘sish farqi 4,9 + 1,02 sm. ga teng
52 bo‘ldi.   Sakrovchanlikning   o‘sish   dinamikasiga   xos   bunday   ko‘rsatgichlar
an’anaviy mashg‘ulotlar  samaradorligi  bugungi  kun talablariga javob berilmasligi
isbot qilib bermoqda.
1-yanvarda olingan natija 2-iyunda olingan natija 3-sakrash o‘sish sur’ati
2-diagramma .   Yosh   voleybolchilar   bilan   o‘tkazilgan   an’anaviy
mashg‘ulotlar davomida sakrovchanlikning rivojlanish sur’ati.
Alohida   shuni   ham   ta’kidlash   joizki,   zamonaviy   voleybolda   hal
qiluvchi axamiyatga ega sakrash chidamkorligi tadqiqotimizda ishtirok etgan yosh
voleybolchilar juda zaif shakllanganligini ko‘rsatdi (5 jadval). 
53 5  jadval
Yosh voleybolchilar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy mashg‘ulotlar davomida
sakrash chidamkorligini rivojlantirish dinamikasi
T/R Tekshiriluvchilar Sakrash chidamkorligi
(marta)
O‘sish
farqi
20 22- yil
yanvar 20 22- yil
iyun
1 O.Ka-v 12 15 +3
2 A.Ra-v 10 16 +6
3 B.Yo‘-v 15 19 +4
4 N.Fu-v 16 18 +2
5 I.Ne-v 11 14 +3
6 A.Ka-v 14 17 +3
7 F.Di-v 13 16 +3
8 N.To-v 15 17 +2
9 I.Xu-v 17 20 +3
10 X.Nu-v 13 15 +2
11 E.Esh-v 14 17 +3
12 X.Mu-v 15 18 +3
13 S.Ra-v 9 14 +5
14 L.Ro-v 18 21 +3
15 A.Bo-v 21 24 +3
16 A.Ov-v 17 21 +4
17 B.Mi-v 15 22 +7
18 F.G‘a-v 14 18 +4
19 U.Yak-v 16 21 +5
20 J.Ma-v 17 19 +2
21 Z.Al-v 12 17 +5
22 E.Or-v 14 16 +2
23 Sh.Ki-v 19 22 +3
24 B.Ke-v 18 25 +7
Min -max 10-21 14-25 2-7
X 14 ,8 + 5,3 18,4 + 5,4 3,6 + 0,8
Jumladan,   ushbu   maxsus   jismoniy   sifatning   rivojlanganlik   darajasini
aniqlash   bo‘yicha   qo‘llanilgan   “Joydan   vertikal   sakrash   balandligining   3/2   qismi
balandligida osilgan to‘pga maksimal marta sakrash” testi min (10 marta) va max
(21   martta)   ko‘rsatgichlarning   diapozoni   11   martaga   teng   ekanligini   ko‘rsatdi.
54 Sakrash   chidamkorligining   o‘rtacha   statistik   ko‘rsatgichlar   14,8 + 5,3   marta   bilan
ifodalanadi.   Ma’lumki,   bugungi   voleybol   musobaqalarida   bir   o‘yin   davomida
o‘rtacha 450-550 martagacha sakrash elementlari ijro etiladi. Bular turli zonalardan
hujum   zarbasini   berish,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p   qabul   qilish   va   uzatish,   to‘p   kiritish,
chalg‘ituvchi   va   “natijasiz”   (sakrab   to‘pga   yetaolmaslik   holatlari )   sakrashlardan
iboratdir (L.R.Ayrapetyans, M.A.Godik, 1991; L.R.Ayrapetyans, 2006). 
Ta’kidlash   muhimki,   o‘yin   davomida   sakrab   ijro   etiladigan   texnik-
taktik   usullarning   pirovard   samaradorligi   nafaqat   sakrash   balandligiga,   balki
sakrash   koordinatsiyasi,   uning   biomexanik   nus’hasi   va   aerodinamik   harakatlar
(tana, gavda, oyoq va qo‘llarning o‘zaro harakati) sifati bilan belgilanadi. Ana shu
xususiyatlarga   asoslangan   holda   qayd   etish   mumkinki,   tadqiqotimizda   kuzatilgan
14,8 + 5,3   martagacha   teng   vertikal   sakrash   soni   tekshiriluvchilarimizda   sakrash
chidamkorligi o‘ta zaif taraqqiy etganligidan darak beradi.
Diqqatga   loyiq   joyi   shundaki,   6   oy   davomida   an’anaviy   mazmunli
mashg‘ulotlarda   shug‘ullanib   organ   tadqiqotimiz   ishtirokchilarida   sakrash
chidamkorligi   14,8   martadan   18,4   martagacha   o‘sdi   xalos.   O‘sish   sur’ati   3,6 + 0,8
marta   tashkil   etdi   ( 3-diagramma ).   Sakrash   chidamkorligining   6   oy   davomida
kuzatilgan   bunday   dinamikasi   shu   bolalar   mashg‘ulotlarida   ushbu   sifatni
rivojlantirish   bo‘yicha   qo‘llanilayotgan   mashqlarning   samarasiz   qiymatga   ega
ekanligidan dalolat beradi.
Yuqorida   muhokama   etilgan   joriy   tadqiqotlar   natijalaridan   ko‘rinib
turibdiki,   Chirchiq   olimpiya   zahiralari   KXK   qoshidagi   maktab   voleybol
to‘garagida   shug‘ullanuvchi   13-14   yoshli   bolalarda   sakrash   balandligi   va   sakrash
chidamkorligi   nihoyatda   zaif   rivojlangan   ekan.   6   oylik   an’anaviy   mashg‘ulotlar
davomida   ham   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   juda   sust   sur’ati
o‘sganligini   ko‘rsatadi.   Binobarin,   qayd   etilgan   tadqiqot   natijalari,   voleybol
bo‘yicha   o‘tkazilayotgan   an’anaviy   mazmunli   mashg‘ulotlar   yetarli   samarali
qiymatga ega emasligidan darak beradi.
55 1-yanvarda olingan natija 2-iyunda olingan natija 3-sakrash o‘sish sur’ati
3-diagramma .   Yosh   voleybolchilar   bilan   o‘tkaziladigan   an’anaviy
mashg‘ulotlar davomida sakrash chidamkorligining o‘sish sur’ati.
56 III  BOB BO‘YICHA XULOSALAR
3   bobda   sakrash,   sakrovchanlik,   sakrash   chidamkorligi   haqidagi
tushunchalar   mohiyati,   ularning   farqlanishi   va   dastlabki   tadqiqot   natijalarining
qiyosiy tahliliga asosan quyidagi xulosalarni e’tirof etish mumkin.
1. Zamonaviy voleybolda sakrash turlari, ularning koordinatsion mazmuni
va   ijro   etish   fazalari   sakrab   ijro   etiladigan   texnik-taktik   usullar   shakllari   hamda
taktik   xususiyatlariga   qarab   bir-biridan   farqlanishi   ochib   berildi.   Ularni
shakllantirishda   muvofiq   yo‘nalishda   tabaqalashtirilgan   va   ixtisoslashtirilgan
mashqlardan foydalanish zarurligi isbotlab berildi. 
2.   Voleybolga   xos   sakrash   ko‘nikmalarini   ijro   etish   zonalari   va   taktik
vazifalariga   muvofiq   tayyorlanish   hamda   yugurib   kelish   fazalari   tahlil   etildi   va
sakrash   koordinatsiyasi,   shu   jumladan   balandligi   ham   aynan   yugurib   kelish
elementlariga   bog‘liq   ekanligi   aniqlandi.   Mazkur   fazalar   va   elementlarni
shakllantiruvchi mashqlar andozalari ishlab chiqildi. 
3.   Dastlabki   tadqiqot   natijalaridan   aniqlandiki,   yosh   voleybolchilarda
joydan vertikal sakrash, yugurib kelib sakrash balandligi va sakrash chidamkorligi
odatdagi an’anaviy mashg‘ulotlar davomida, 2,3 sm.ga (sakrash balandligi) yoki 2-
3marta (sakrash chidamkorligi) sust o‘sganligi kuzatildi.
57 IV  BOB. VOLEYBOLGA XOS IXTISOSLAShTIRILGAN SAKRASh
TURLARI VA ULARNI IShLAB ChIQILGAN MAXSUS MAShQLAR
YoRDAMIDA ShAKLLANTIRISh SAMARADORLIGI
Yuqorida   qayd   etilganidek   bugungi   voleybol   amaliyotida
sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   hal   qiluvchi   omilga   aylanib   bormoqda.
Lekin,   turli   yoshli   va   malakali   voleybolchilar   bilan   olib   borilayotgan   o‘quv
mashg‘ulotlarida   ushbu   sifatlarni   rivojlantirishga   absolyut   ma’noda   yondashish
holatlari   ko‘zga   tashlanadi.   Boshqacha   qilib   aytganda   sakrovchanlik   va   sakrash
chidamkorligi   turli   zonalarda   va   turli   texnik-taktik   usullar   xusuiyatlariga   mos
tartibda mashqlantirilmaydi. 
Ana   shu   uslubiy   kamchiliklarni   e’tiborga   olgan   holda   biz   yosh
basketbolchilar   misolida  6 oylik pedagogik  tajriba o‘tkazdik.  Tajribada har   biri   9
nafardan iborat nazorat va tajriba guruhlari jalb qilindi. 
NG   tajriba   muddati   davomida   an’anaviy   mashg‘ulotlarda   shug‘ullanishni
davom ettirdi. 
TG   tajriba   davomida   o‘tkazilgan   har   bir   mashg‘ulotda   biz   tomonimizda
ishlab   chiqilgan,   nomi,   mazmuni,   tartibi   2   bobda   yoritilgan   maxsus   mashqlar
majmuasini qo‘llab bordi.
Tajribadan   avval   va   tajriba   tugashi   bilan   ushbu   ikki   guruhda   joydan
vertikal  sakrash,  yugurib kelib vertikal  sakrash, sakrash  chidamkorligi, 4, 3, 2 va
orqa zonalardan zarba berish hamda 4,3 va 2 zonada to‘siq qo‘yishga xos sakrash
testlari qabul qilindi. 
Birinchi guruh testlari bo‘yicha olingan natijalar 4 jadvalda keltirilgan.
Jadvalda   qayd   etilgan   individual   ko‘rsatgichlardan   ko‘rinib   turibdiki,
joydan   va   yugurib   kelib   vertikal   sakrash   balandligi   11-12   yoshli   bolalarda
tajribadan oldin ham, tajribadan keyin ham  shu yoshdi bolalar  uchun belgilangan
me’yoriy   talablardan   ancha   sust   namoyish   etildi.   Chunonchi,   joydan   vertikal
sakrash natijalarining minimal miqdori 27 sm., maksimal ko‘rsatgich esa 36 sm.ni
58 tashkil   etgan.   Yugurib   kelib   vertikal   sakrash   balandligi   muvofiq   ravishda   30-40
sm. bilan ifodalandi.
O‘rtacha arifmetik natijalar esa mos ravishda 30,9 sm. va 34,2 sm.ga teng
bo‘ldi.
Tajribadan keyin max va min ko‘rsatgichlar muvofiq tartibda 28-37 sm. va
32-44 sm.ni tashkil etdi.
Vaholanki,   mazkur   yoshli   bolalarda   joydan   depsinib   vertikal   sakrash
balandligi   kamida   35,1   –   39,1   sm.   (qoniqarli)   va   a’lo   bahoga   44,2   –   47,7   sm.ga
teng   bo‘lishi   kerak   edi.   Yugurib   kelib   sakrash   balandligi   esa   50-56   sm.ga   to‘g‘ri
kelishi kerak edi (Yu.D.Jelexnyak, 1998).
6  jadval
Nazorat guruhiga mansub bolalarda sakrovchanlik va sakrash
chidamkorligini tajriba davomida o‘zgarishi
№ Tekshiriluvchilar Joydan
vertikal
sakrash Yugurib
kelib
vertikal
sakrash Sakrash
chidamkorligi
1 O.Ka-v 35-37 40-42 12-16
2 A.Ra-v 29-32 33-35 15-17
3 B.Yo‘-v 31-34 34-36 14-18
4 N.Fu-v 27-30 30-34 15-15
5 I.Ne-v 30-28 31-32 13-14
6 A.Ka-v 32-34 36-39 10-13
7 F.Di-v 36-35 39-44 18-21
8 N.To-v 28-34 32-37 14-16
9 I.Xu-v 30-33 33-36 10-14
min-max 27-36
 28-37 30-40
32-44 10-18
13-21
30,9 - 33,0 34,2 - 37,2 13,4 - 16,0
Sakrash chidamkorligini ifodalovchi ko‘rsatgichlar tajribadan oldin NG da
10-12   martani   (o‘rtacha   13,4   marta)   tashkil   etgan   bo‘lsa,   tajribadan   keyin   min
ko‘rsatgich 10 marta, max ko‘rsatgich 18 martaga teng bo‘ldi (o‘rtacha 16,0 marta)
ko‘rinib   turibdiki,   NGda   o‘rganilgan   vertikal   sakrash   ko‘rsatgichlari   o‘ta   sust
59 natijalar   bilan   ifodalangan   bo‘lib,   tajriba   davomida   qo‘llanilgan   an’anaviy
mashg‘ulotlar ta’sirida biror-bir ijobiy o‘zgarishlar bilan qayd etilmadi. 
Shu   bilan   bir   qatorda   6   oyflik   tajriba   davomida   biz   tomonimizdan   ishlab
chiqilgan   har   bir   mashg‘ulotda   muntazam   qo‘llab   borgan   TGda   tajribada   oldidan
olingan natijalar tajriba yakuniga kelib ijobiy tomonga keskin o‘zgardi (7 jadval).
Jumladan, ushbu guruhda joydan vertikal sakrash balandligi tajribadan oldin o‘rta
31,0 sek.ni tashkil etgan bo‘lib, NGda qayd etilgan o‘rtacha ko‘rsatgichga nisbatan
deyarli   farq   qilmadi.   Tajribadan   avval   olingan   sakrash   balandligiga   doir   boshqa
ko‘rsatgichlar   ham   sezilarli   farq   bilan   ifodalanmadi.   Lekin   tajriba   yakuniga   kelib
barcha sakrash ko‘rsatgichlari jadal o‘sganligi ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, mazkur
guruhda   joydan   vertikal   sakrash   balandligi   31,0   sm.dan   36,4   sm.ga   o‘sdi.
Sakrochvanligining   o‘sish   sur’ati   6,4   sm.tashkil   etdi.   Bu   ko‘rsatgich   NGdagi
ko‘rsatgichga   nisbatan   4,3   sm.ortiqdir.   Yugurib   kelib   vertikal   sakrash   balandligi
TGda 6,7 sm.ga o‘sdi. NGda ushbu ko‘rsatgich 3 sm.ni tashkil etdi xolos.
Uzoq  davom  etuvchi  o‘yinlar  (4-5  partiya),  musobaqa   turlari   –  6-8  o‘yin)
yoki   musobaqa   sikllarida   sakrab   ijro   etiladigan   texnik-taktik   usullar   taqdirin   hal
qiluvchi sakrash chidamkorligi TGda 13,3 martadan 20,0 martagacha ortdi. Ushbu
sifatni  o‘sish  farqi  6,7  martani   tashkil   etdi. Taqqoslash  uchun  eslatish   mumkinki,
NGda sakrash chidamkorligini o‘sish sur’ati 3,6 martaga teng bo‘lgan edi.
60   7  jadval
Tajriba guruhiga mansub bolalarda sakrovchanlik va sakrash
chidamkorligini tajriba davomida o‘zgarishi
№ Tekshiriluvchilar Joydan
vertikal
sakrash Yugurib
kelib vertikal
sakrash Sakrash
chidamkorligi
1 X.Nu-v 32-37 34-41 14-19
2 E.Esh-v 28-35 30-36 12-18
3 X.Mu-v 31-36 35-39 15-21
4 S.Ra-v 30-34 34-41 11-17
5 L.Ro-v 35-43 38-46 13-19
6 A.Bo-v 30-35 36-43 12-20
7 A.Ov-v 29-34 34-41 14-22
8 B.Mi-v 33-38 39-47 16-23
9 F.G‘a-v 31-36 35-42 13-21
min-max 28-35
34-43 30-39
36-47 10-16
18-23
31,0 - 36,4 35,0 - 41,7 13,3 - 20,0
Yugurib   kelib   4,   3,   2   va   orqa   zonalardan   sakrash   balandligining   min   va
max   ko‘rsatgichlari   hamda   o‘rtaga   arifmetik   miqdorlari   tajribada   oldin   ikki
guruhda ham sust darajada qayd etilgan va ular bir-biridan keskin farq qilmadi (8
jadval).   Lekin   tajriba   yakuniga   kelib   an’anaviy   mashg‘ulotlarda   shug‘ullanib
kelgan   NGda  va   o‘z  mashg‘ulotlarida   biz   tomonimizdan   ishlab   chiqilgan   maxsus
sakrash   mashqlarini   bajarib   borgan   TG   olingan   ko‘rsatgichlar   turli   dinamik
yo‘nalishlar bilan ifodalandi. Jumladan, yugurib kelib 4 zonadan sakrash balandligi
NGda tajriba ohirida 4,3 sm.ga, TGda esa 9,7 sm.ga teng bo‘ldi. 3 zonadan sakrash
balandligining 6 oy davomida o‘sish  sur’ati  NGda 4,2 sm.ni  tashkil  etgan bo‘lsa,
TGda   ushbu   ko‘rsatgich   8,3   sm.ga   teng   bo‘ldi.   Ko‘rinib   turibdiki   ushbu   test
bo‘yicha qayd etilgan sakrash balandligi deyarli ikki barobarga ortdi.
Yugurib   kelib   2   zonadan   sakrash   balandligining   6   oylik   o‘sish   sur’atti
NGda 2,1 sm.ni, TG da – 6,4 sm.bilan ifodalandi.
61 8  jadval
Yosh voleybolchilarda turli zonalardan sakrash balandligining tajriba
davomida o‘zgarishi (NG )
T/r Tekshiriluvchilar 4 zonadan 3 zonadan 2 zonadan Himoya
zonasidan
1 O.Ka-v 35-38 32-34 31-33 33-34
2 A.Ra-v 31-35 31-34 34-36 35-37
3 B.Yo‘-v 36-41 34-41 35-37 34-35
4 N.Fu-v 34-38 30-35 34-35 36-39
5 I.Ne-v 37-42 35-37 36-37 38-41
6 A.Ka-v 38-43 36-43 37-38 41-44
7 F.Di-v 36-40 33-39 34-38 33-34
8 N.To-v 35-39 34-37 37-42 36-38
9 I.Xu-v 37-41 36-40 35-35 36-37
min-max 31-38
35-43 31-36
34-43 31-37
35-42 33-41
36-44
35,4 - 39,7 33,4 - 37,8 34,7 - 36,8 35,8 - 37,7
9  jadval
Yosh voleybolchilarda turli zonalardan sakrash balandligining tajriba
davomida o‘zgarishi (TG )
T/r Tekshiriluvchilar 4 zonadan 3 zonadan 2 zonadan Himoya
zonasidan
1 X.Nu-v 34-43 31-40 32-39 31-39
2 E.Esh-v 32-44 33-42 34-38 35-42
3 X.Mu-v 36-45 35-44 36-41 34-43
4 S.Ra-v 33-44 32-37 34-39 30-39
5 L.Ro-v 37-45 35-42 36-41 36-44
6 A.Bo-v 41-51 38-48 40-46 38-45
7 A.Ov-v 37-45 34-43 33-45 36-44
8 B.Mi-v 39-47 37-46 36-43 37-59
9 F.G‘a-v 36-48 36-43 35-42 35-43
min-max 31-38
35-43 31-36
34-43 31-37
35-42 33-41
36-44
35,4 - 39,7 33,4 - 37,8 34,7 - 36,8 35,8 - 37,7
Orqa zonadan (6 zona) sakrash balandligi NGda tajribadan oldin 33 sm.dan
41   sm.gacha   oraliqda   qayd   etildi.   Min   va   max   ko‘rsatgichlarning   diapazoni
62 (kengligi)   8   sm.ni   tashkil   etdi.   Faraz   qilish   mumkinki,   tekshiruvda   ishtirok   etgan
yosh   voleybolchilarja   orqa   zonalardan   sakrash   tajribasi   yetarli   emas   ekan.   Ushbu
ko‘rsatgichlarning kengligi tajribadan keyin ham o‘zgarmadi. O‘rtacha ko‘rsatgich
tajribadan oldin 35,8 sm., tajribadan keyin 37,7 sm.ni tashkil etdi.
Shu   bilan   bir   qatorda   tajriba   davomida   biz   tomonimizdan   taklif   etilgan
maxsus   sakrash   balandligi   tajriba   yakuniga   kelib   barcha   zonalarda   ham   keskin
ortgani kuzatildi. Jumladan, 4 zonadan sakrash 36,1 sm.dan 45,8 sm.ga, 3 zonadan
–   34,5   sm.dan   42,8   sm.ga,   2   zonadan   –   35,1-41,5   sm.ga   va   orqa   zonadan   –   34,6
sm.dan   43,2   sm.gacha   ortdi.   Demak,   tajriba   yakunida   ushbu   guruhda   sakrash
balandligi NGga nisbatdan keskin ortgani aniqlandi.
Ma’lumki,   voleybolda   to‘siq   qo‘yishda   o‘yinchining   qo‘llari   bosh
badandligida   joylashadi   va   u   sakrash   uchun   yugurib   kelmaydi,   balki   to‘pning
yo‘nalish   joyiga   qarab   o‘ng   yoki   chap   tomonlarga   siljib   harakatlanishi   zarur
bo‘ladi.   Sakrash   ko‘nikmasini   ijro   etishda   qo‘llar   pastdan   emas,   yelka
balandligidan   keskin   harakatlantiriladi.   Oyoqlar   tizza   qismidan   kamroq   bukiladi.
Shuning   uchun   to‘siq   quyuvchi   o‘yinchilar   zarba   beruvchi   o‘yinchidan   salgina
keyinroq sakrashi lozim. Aynan shu xususiyatlar sababli tadqiqotimiz natijalaridan
kuzatildi.   Chunonchi,   NGda   4   zonada   to‘siq   qo‘yish   uchun   sakrash   balandligi
tajribadan   oldin   o‘rtacha   29,3   sm.ni,   tajribadan   keyin   30,1   sm.ni   tashkil   etdi.
Taqqoslash   uchun   ko‘rsatish   mumkinki,   shu   zonadan   zarba   berishda   sakrash
balandligi 35,4-39,7 sm.ga teng bo‘lgan edi. 3 zonada to‘siq qo‘yish uchun sakrash
balandligi sezilarli  farq bilan ifodalanmadi. Lekin, 2 zonada to‘siq qo‘yish uchun
sakrashda balandlik ancha tushib ketganligi kuzatildi.
63 10  jadval
Yosh voleybolchilarda turli zonalardan sakrash balandligining tajriba
davomida o‘zgarishi (NG )
T/r Tekshiriluvchilar 4 zonadan 3 zonadan 2 zonadan
1 O.Ka-v 29-30 30-31 27-28
2 A.Ra-v 30-32 30-32 29-30
3 B.Yo‘-v 28-29 29-35 27-29
4 N.Fu-v 31-30 27-28 28-28
5 I.Ne-v 27-27 29-31 26-27
6 A.Ka-v 33-34 35-37 34-36
7 F.Di-v 31-32 30-31 30-29
8 N.To-v 27-28 29-29 26-27
9 I.Xu-v 28-29 26-27 25-26
min-max 27-33
27-34 26-35
27-37 25-34
27-36
29,3 - 30,1 29,4 - 31,2 28,0 - 28,8
11  jadval
Yosh voleybolchilarda turli zonalardan sakrash balandligining tajriba
davomida o‘zgarishi (TG )
T/r Tekshiriluvchilar 4 zonadan 3 zonadan 2 zonadan
1 X.Nu-v 30-36 30-38 29-36
2 E.Esh-v 28-37 30-39 30-37
3 X.Mu-v 29-35 32-41 31-35
4 S.Ra-v 32-41 34-40 32-39
5 L.Ro-v 30-42 32-41 30-41
6 A.Bo-v 35-46 36-45 34-39
7 A.Ov-v 32-43 34-43 35-44
8 B.Mi-v 31-40 35-41 34-42
9 F.G‘a-v 30-37 32-42 30-41
min-max 28-46 30-45 29-44
30,8 - 39,7 32,8 - 41,1 31,6 - 39,3
Tajriba   davomida   o‘z   mashg‘ulotlarida   eksperimental   mazmunli
mashqlarni   bajarib   borgan   tadqiqot   guruhida   tajribadan   oldin   olingan   sakrash
ko‘rsatgichlari   nazorat   guruhida   nisbatdan   deyarli   farq   qilmagan   bo‘lsada,   tajriba
yakuniga   kelib   ushbu   guruhda   sakrash   balandligi   4   zonada   39,7   sm,   3   zonada   –
41,1 sm.va 2 zonada 39,3 sm.bilan ifodalandi.
64 Qayd etilgan ko‘rsatgichlarning qiyosiy tahliliga asosan shunday to‘xtamga
kelish   mumkinki,   odatdagi   an’anviy   mazmunda   olib   borilayotgan   mashg‘ulotlar
sakrash   sifatlarini   jadal   o‘stirish   qudratiga   ega   emas   ekan.   Aksincha,   biz
tomonimizdan   taklif   etilgan   eksperimental   mashqlar   sakrash   sifatlarini   samarali
o‘stirish qiymatiga ega ekan.
65 IV  BOB BO‘YIC H A XULOSALAR
O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalari va ularning qiyosiy tahliliga asosan
quyidagi xulosalarni e’tirof etish mumkin:
1.   Tajriba   davomida   an’anaviy   mashg‘ulotlarda   shug‘ullanishni   davom
ettirgan   nazorat   guruhida   olingan   natijalar   amaldagi   mashqqlar   yosh
voleybolchilarda   sakrash   balandiligini   jadal   rivojlantirish   qiymatiga   ega   emas
ekan.   Aksincha   ushbu   muddat   davomida   eksperimental   mazmunli   sakrash
mashqlaridan   muntazam   foydalanib   borgan   tadqiqot   guruhida   qayd   etilgan
ko‘rsatgichlar shu mashqlar majmualarini samarali ekanligini isbotlab berdi. 
2.   Tajriba   boshlanishidan   avval   qayd   etilgan   ko‘rsatkichlar,   ikki   guruhda
ham   sakrash   sifatli   sust   rivojlanganligini   ko‘rsatdi.   Lekin,   tajriba   yakuniga   kelib
sakrovchanlik  va sakrash   chidamkorligi   barcha testlar  bo‘yicha nazorat   va  tajriba
guruhlarda   turlicha   dinamika   bilan   o‘zgardi.   Jumladan,   tajriba   davomida   o‘z
mashg‘ulotlarida   biz   tomonimizdan   taklif   etilgan   sakrash   mashqlarini   bajargan
tadqiqot   guruhida   tajriba   yakuniga   kelib   sakrash   balandligi   ham,   sakrash
chidamkorligi   ham   nisbatan   yuksak   natijalar   bilan   qayd   etildi.   Ammo   odatdagi
an’anaviy mashg‘ulotlarda shug‘ullanishni  davom  ettirib borgan nazorat  guruhida
bunday ijobiy natijalar kuzatilmadi.
3.   Tajriba   natijalarining   qiyosiy   tahlili   shuni   ko‘rsatdiki,   voleybol
to‘garagida   olib   borilayotgan   an’anaviy   mashhulotlar   sakrash   sifatlari,   shu
jumladan  turli  zonalarda  zarba  berish   va  to‘siq   qo‘yish   sakrash   balandligini   jadal
shakllantirish qiymatiga ega emas ekan.
66 XOTIMA
Mavzuga   doir   ilmiy-uslubiy   ma’lumotlar   va   mutaxassis-olimlar   fikr-
mulohazalari   hamda   o‘tkazilgan   tadqiqot   natijalarining   qiyosiy   tahliliga   asosan
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1.   Sport   amaliyotida,   ayniqsa   sport   o‘yinlarida   sakrash   ko‘nikmalari,
sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   aksariyat   o‘yin   usullarini   ijro   etishda
muhim   vosita   ekanligi   tasdiqlandi.   Lekin   ushbu   sakrash   sifatlari   (sakrash
balandligi,   sakrash   koordinatsiyasi,   sakrash   chidamkorligi)   har   bir   sakrab
bajariladigan   texnik-taktik   harakatlar   turi   va   taktikasiga   qarab   bir-biridan   tubdan
farq qilishi ma’lum bo‘ldi. 
2.   Voleybol   bo‘yicha   chop   etilgan   adabiyotlar   va   murabbiylar   bilan
o‘tkazilgan ayrim xolisona suhbatlardan ma’lum bo‘ldiki, mashg‘ulotlarda sakrash
ko‘nikmalari,   sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligi   turli   zonalarda   sakrab   ijro
etiladigan   o‘yin   usullari   (hujum   zarbasi,   to‘siq   qo‘yish,   to‘p   uzatish,   to‘p
kiritish)ning   koordinatsiyasi,   texnik   xususiyatlari   va   fazalariga   qarab
tabaqalashtirilgan   holda   rivojlantirish   bo‘yicha   qo‘llanilayotgan   mashqlar   faqat
sakrash balandligi va sakrash chidamkorligini oshirishga mo‘ljallanganligi ma’lum
bo‘ldi.
3.   6   oy   davomida   (2022-yil   yanvar-iyun)   yosh   voleybolchilar   bilan   olib
borilgan   an’anaviy   mazmunli   mashg‘ulotlar   natijasida   joydan   vertikal   sakrash
balandligi 1,1 sm.ga, yugurib kelib sakrash 4,9 sm.ga va sakrash chidamkorligi 3,6
martaga   o‘sganligi   aniqlandi.   Demak,   an’anaviy   mashg‘ulotlar   mazkur   sakrash
sifatlarni jadal shakllantirish xususiyatiga ega emasligi tasdiqlandi.
4.   6   oy   davomida   o‘tkazilgan   pedagogik   tajriba   natijalaridan   ma’lum
bo‘ldiki,   ushbu   muddat   ichida   o‘z   mashg‘ulotlari   biz   tomonimizdan   ishlab
chiqilgan   va   taklif   qilingan   tabaqalashtirilgan   sakrash   mashqlarini   muntazam
qo‘llab borgan TGda tajriba yakuniga kelib sakrash balandligi (sakrovchanlik)  va
sakrash   chidamkorligini   ifodalovchi   ko‘rsatgichlar   keskin   ortganligi   aniqlandi.
Sakrash   sifatlarini   turli   zonalarda   ijro   etiladigan   hujum   zarbasi   va   to‘siq   qo‘yish
usullariga ixtisoslashga shakllari ham jadal rivojlanganligi kuzatildi. 
67 Shu   bilan   bir   qatorda   tajriba   davomida   an’anaviy   mashg‘ulotlarda
shug‘ullanishni davom ettirgan NGda bunday ijobiy natijalar qayd etiladi. 
68 AMALIY TAVSIYALAR
Voleybolchilar   tayyorlash   amaliyotida,   ayniqsa   voleybolga   dastlabki
o‘rgatish   bosqichida,   vertikal   sakrash   ko‘nikmalari,   ularning   koordinatsiyasi,
sakrovchanlik   va   sakrash   chidamkorligini   turli   zonalarda   ijro   etiladigan   o‘yin
usullariga   mos   tartibda   shakllantirishda   ushbu   tajriba   sinovida   samaradorligi
tasdiqlangan   quyidagi   mashqlar   majmuasini   amaliyotga   joriy   qilinishi   tavsiya
etiladi:
1. Diametri 50 sm. Aylana chiziq ichida:
- 10-12 marta qo‘l yordami bilan sakrash;
- 10-12 marta qo‘l yordamisiz sakrash;
-  har  10  marta  sakrashdan  so‘ng  90°  chapga  burilib –  10 marta,  yana 90°
chapga burilib – 10 marta, 90° chapga burilib – 10 marta sakrash;
- shu mashq 90° dan o‘ng tomonga burilib bajariladi.
2. Qayd etilgan mashqlar ko‘zni yumib bajariladi.
Izoh:   ushbu   mashqlar   bajarishda   aylana   chiziq   ichidan   chiqib   ketmaslik
shart.
3.   Diametri   50   sm.li   2   ta   yonma-yon   aylana   chiziq   chiziladi   va
shug‘ullanuvchilar   shu   aylananing   birinchi   ichiga   joylashadi   (24   rasm);   signal
berilishi   bilan   ular   navbatma-navbat   bir   aylana   ichidan   sakrab,   ikkinchisiga
qo‘nadi   va   yana  sakrab   birinchisiga   qo‘nadi   va   hakoza   shu   tariqa   sakrashlar   soni
har aylana chiziq ichida 10 martadan davom ettiriladi.
69 24 rasm .
4. 3-mashq ko‘zni yumib bajariladi.
5.   Zonalarda   sakrab   hujum   zarbasini   taqlidiy   ijro   etish   –   har   zonada   10
martadan:
- 4 zonadan sakrab 5 zona yo‘nalishida o‘ng qo‘l bilan zarba berish taqlidi;
- shu mashq qap qo‘l bilan bajariladi;
- 4 zonadan sakrab 1 zona yo‘nalishida o‘ng qo‘l bilan zarba berish taqlidi;
- shu mashq chap qo‘l bilan bajariladi;
- qayd etilgan mashqlar 3 va 2 zonalarda takrorlanadi.
6. Voleybol maydonida – 1,6 va 5 zonalar  atrofidan yugurib kelib, hujum
chizig‘i oldidan (uni bosmasdan) sakrab, zarba taqlidini bajargandan so‘ng, hujum
va o‘rta chiziqlar o‘rtasiga qo‘nish mashqlari. Har bir zonada mashq 10 martadan
takrorlanadi ( 25  rasm);
70  
25  rasm.
7. 6 mashq tennis to‘pni to‘r ustidan qarshi  maydonga siltab otish asosida
bajariladi.
8.   4,3   va   2   zonalarda   sakrab   to‘siq   qo‘yish   taqlidini   bajarish.   Har   bir
zonada 10 martadan ( 26  rasm).
26 rasm .
9.   Shu   mashq   4   -   3   –   2   –   3   -4   zonalarga   tezkor   siljib,   5   martadan   to‘siq
qo‘yish bilan bajariladi ( 27  rasm).
71 2 1
3 27 rasm .
10. Qum ustida iloji boricha vertikal sakrash.
11. “Mata” ustida iloji boricha vertikal sakrash.
Ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar:
1. Guruh har biri 5 nafardan iborat ikki jamoaga ajratiladi va maydonning
qarama-qarshi tomonlarining hujum va yon chiziqlar kesishgan joy ortida kolonna
shaklida   joylashadi   (28   rasm).   Signal   berilishi   bilan   ishtirokchilar   ketma-ket   4
zonaga   yugurib   borib,   sakrab   5   zona   yo‘nalishida   zarba   berish   taqlidini   bajaradi.
O‘yin 5 martadan takrorlanadi.
28  rasm.
725
6
1
5 6 1 2. Shu o‘yin-mashq 6 zona yo‘nalishida bajariladi.
3. Shu o‘yin-mashq 1 zona yo‘nalishida bajariladi.
4. 1,2 va 3-nchi o‘yin-mashqlar 3 zonadan bajariladi.
  5. 1,2 va 3-nchi o‘yin-mashqlar 2 zonadan bajariladi.
  6.   1,2,3,4   va   5-nchi   o‘yin-mashqlar   tennis   to‘pini   qayd   etilgan   zonalar
yo‘nalishida siltab-otib bajariladi.
  7.   Kolonnalar   1-nchi   o‘yin   joyida   joylashadi   va   4,3,   2   zonalarda   sakrab
to‘siq qo‘yish taqlidi bajariladi.
  8.   Har   bir   mashqlar   seriyasi   bajarilgandan   so‘ng   oyoq   mushaklari
faoliyatini tiklovchi quyidagi qisqa muddatli mashqlar majmuasi bajariladi:
Dastlabki holat – chalqancha yotib, oyoqlar vertikal ko‘tariladi ( 29  rasm).
29  rasm.
8.1. “Velosiped” mashqi – 15 ( 30  rasm).
30  rasm.
8.2. To‘g‘ri yo‘nalishda “qaychi” mashqi – 15 sekund ( 31  rasm).
73 31  rasm.
8.3. Ko‘ndalang yo‘nalishda “qaychi” mashqi – 15 sekund ( 32  rasm).
32  rasm.
8.4. Oyoqlarni siltash – 15 sekund ( 33  rasm).
33  rasm.
74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.”Jismoniy tarbiya va sport to‘g ‘ risida ” gi Qonun .  O‘zbekistoni n g yangi qonunlari.
№ 23.-T.:Adolat,   2001.-b.211-223.
2.O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenting   “O‘zbekiston   Bolalar   sportini
rivojlantirish   jamgarmasi   faoliyatii   takomillashtirsh   chora   tadbirlari   to‘g ‘ risida”gi
29-avgust 2004 yil,   3481 farmoni .
3. O‘zbekiston   Respublikasi   “Ta’lim   t o‘g ‘ risida ” gi   qonun   “Turkiston”   gazetasi .
29- avgust 1997 yil .
4.   Ayrapetyas   L .   R .   Voleybol   Uchenik   dlya   vыsshix   uchenыx   zavedeniy .   Zar
qalam.2006-240c.
6.   Ayrapetyas   L.   R.   ,Pulatov   A   A   Isroilov   Sh   X   Voleybol   Oliy   o‘quv   yurtlari
umumiy kurs talabalari uchun o‘kuv qo‘llanma.T.2009-77b.
7.  Ayrapetyas L .  R . , Godik M. A. Cportivn ы e igr ы .-T.Ibn Sino, 1991,-160c.
8.B ы leeva.L   V   .Podvijn ы i   igr ы :   prakt.   Material:   ucheyu.   Posobie   dlya   studentov
v ы ssh i sred. Spes. Ucheb. Zavedeni fiz. Kul’turi : M .:TVT Dvizion, 2005.277c.
9. B ы leeva.L V Podvijn ы i igr ы ; Ucheb posobie. M.; TVT Dvizion, 2005.227c.
10.Belyaev   A.   V.   Obuchenie   texnike   igr ы   v   voleybol   ieyo   sovershen-stvovanie
Metodicheskoe posobie. M.: Olimpiya. Chelovek, 2008.-54c.
11. Belyaev A. V. Savin M. V. Voleybol.- M.: Fon. 2000.-368c.
12.B ы leeva.L V  Qorotkov I M Klimkova R V Kuz’micheva Ye V Podvijnыe igrы
Prakticheskiy   material   Uchebnoe   posobie   dlya   studentov   vuzov   fizicheskoy
kulturы .-M.:TBT Divizion, 2005.-280c.
13.   Volkov   L.   P.   Teoriya   i   metodika   detskogo   i   yunosheskogo   sporta.   Kiev,
Olimpieskaya literatura,2002.-294c
14.   Godik   M.   A.   Fizicheskaya   podgatovka   fudbolistov..   M.:   Olimpiya
PRESS,2006.-272c.
15. Jeleznyak Yu. D. Kunyanskiy V. A., Chochin A. V. Voleybol. metodicheskoe
posobis po obucheniyu igr ы  2005. M., Olimpiya PRESS., 111c.
16. Jukov M.N. Podvijni ыы e igr ы ., M., “AKADEMIYA”, 2002,- 160c.
17. Kleshev Yu. D. Voleybol. M. Sport. Akadem.Press.2003.-189c. 18. Lepeshkin V .A. Podvijn ы e dlya detey. Poso b ie dlya Uchitelya fizkultur ы .   M.,
shkolnaya. Pressa.2004. 59c.
19.Lyax   V.   I.   teoriya   uprajeniya   dvigat’nemi   destviyami   po   N.   A.   Berinshteynu.
J .Fizicheskaya kul’tura v shkole  № 7 2006 .15-1.9c.
20.   Nazarenko   L   .D.   Sredstva   i   metod ы   razvitiya   divigatel’n ы x   koordinatsiy
monografiya / L. D. Nazarenko. –M.: “TiPFK”, 2003-258c.
21.   Nemsov   O.   B.   Mesto   tochnosti   dvijeniy   v   strukture   fizicheskix   kachestv./   J.
TiPFK.№ 8. 2003., 22-26c.
22.Pulatov   A.   A.   Voleybol//   JTI   I-   kurs   talabalariga   m o‘ ljalangan   ma’ruzalar
t o‘ plami   .-T.,2004.-71  , b.
23.   Usmonxodjaev   T.   S   Meliev   X.   A.   Milliy   harakatli   uyinlar   .O‘qituvchi   .   T..
2000.-148b.
76 1

O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNI SAKRASH CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI MUNDARIJA KIRIS H 4- 8 I BOB. ZAMONAVIY SPORT O‘YINLARIDA SAKRASH KO‘NIKMALARI VA SAKROVCHANLIK SIFATINING O‘RNI ... ......... 9-25 1.1. “Sakrash”, “sakrovchanlik”, “sakrash chidamkorligi” tushunchalarining moxiyati va ularni inson hayotidagi o‘rni............................................................................................... 9-11 1.2. Voleybolga xos sakrovchanlik va uni boshqa jismoniy sifatlar bilan bog‘liqligi.............................................................. 12-22 1.3. Sakrash turlari va ularni harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish afzalligi.................................................................. 23-25 II BOB. TADQIQOTNING G‘OYASI, VAZIFALARI, USLUBLARI VA UNI TASHKIL QILISH........................................................... ......................... 26-38 2.1. Tadqiqotning g‘oyasi............................................................................. 26 2.2. Tadqiqot vazifalari va uslublari.................................................... 27 2.3. Qo‘llanilgan uslub-testlar mohiyati va ulardan foydalanish tartibi.......................................................................................... 27-38 III BOB. VOLEYBOLGA XOS SAKRASH TURLARI, SAKROVChANLIK VA ULARNI AN’ANAVIY HAMDA NOAN’ANAVIY MASHG‘ULOTLAR DAVOMIDA SHAKLLANISH SAMARADORLIGI........................................................................................... 39-59 3.1. Sakrash, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi tushunchalari va ularning mantiqiy mohiyati............................................................... 39-49 3.2. An’anaviy mazmunli mashg‘ulotlar davomida sakrovchanlikni rivojlanish sur’ati............................................................................ 50-58 III -bob bo ‘ yicha xulosalar........................................................................ 59 IV BOB. VOLEYBOLGA XOS IXTISOSLASHTIRILGAN SAKRASH TURLARI VA ULARNI ISHLAB CHIQILGAN MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA SHAKLLANTIRISH SAMARADORLIGI.......................... 60-67 IV bob bo ‘yicha xulosalar……………………………………………… 68 XOTIMA............................................................................................ ................. 69-70 AMALIY TAVSIY A LAR …………………………………………………….. 71-76 FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR............................................ ............... 77-78 1

KIRIS H Mustaqillikka erishgan kundan boshlab mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasida ravnaq topib bormoqda. O‘tgan davr ichida ushbu soha bo‘yicha asrlarga teng o‘zgarishlar ro‘y berdi, olamshumul islohatlar amalga oshirildi, yurtimiz bo‘ylab minglab jahon standartlariga mos sport majmualari barpo etildi. Respublikamizning barcha hududlarida yirik, nufuzli mamlakat va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish odat tusiga kirdi. Alohida ta’kidlash joizki, 2000-yildan boshlab diyorimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mohiyatiga hamohang bo‘lgan ko‘p bosqichli uzluksiz o‘tkaziladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi ommaviy sport musobaqalari joriy etilishi va yuqorida qayd etilgan islohatlarning amalga tadbiq etilishi nafaqat sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash imkoniyatlarini kengaytirdi, balki jismoniy tarbiya va sportni xalqimiz hayotining kundalik ehtiyojiga aylanishiga asos bo‘ldi. Mazkur sohaga bo‘lgan bunday e’tibor yurtimiz farzandlari tarkibidan yetuk, iste’dodli sportchilarni yetishtirib chiqarishga turtki berdi, negaki kunda sport maktablarida endigina shug‘ullanishni boshlagan bolajonlar bugungi kunda Jahon, Olimpiya o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda yuksak o‘rinlarni egallashga muyassar bo‘lib, davlatimiz shuhratini jahon ham jamiyati oldida tarannum etib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda xalqaro musobaqalar raqobatning keskinlasha borishi iste’dodli sportchilarni tayyorlash jarayoniga yangichp texnologik yondashuv bilan qarashga da’vat etmoqda. Ushbu vaziyat sport mashg‘ulotlari va umuman yuqori malakali sportchilar tayyorlash jarayonlarini ilmiy asosda rejalashtirish hamda tashkil qilish zarurligiga e’tibor qaratmoqda. Fikrimizcha, so‘nggi yillarda olib borilayotgan va chop etilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari-maqolalar, ma’ruzalar, monografiyalar-aksariyat yirik muammolar yoki yaxlit mavzularga bag‘ishlanmoqda. Bu holat to‘g‘ri va taxsinga sazovor, albatta. Shubhasiz, “kichik sportni” yuksak natijalar sportcha olib chiqish yo‘lida yirik yoki yaxlit ilmiy mavzular yechimi ham o‘ta muhim rol o‘ynaydi, lekin har 2

bir yirik ilmiy muammo kichik, “ko‘zga ko‘rinmas muammochalardan” iborat bo‘ladi. Bunday “muammochalar” ayniqsa tanlagan sport turiga dastlabki o‘rgatish bosqichida tez-tez uchraydi, agar ular tadqiqotlar asosida o‘rganilib, o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, bora-bora yirik muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Mavzuning dolzarbligi: sakrash turlari, ularning koordinatsiyasi va sakrash sur’atini rivojlantirishda o‘ziga xos mashqlarni tanlash, ularni tabaqalashtirilgan holda qo‘llash o‘ta muhim amaliy axamiyatga egadir. Ana shu dolzarb va a h amiyatli masalalar bizning magistrlik dissertatsiyamiz mazvusini tanlashga asos bo‘ldi. Tadqiqotning predmeti sifatida voleybol to‘garagida shug‘ullanuvchi 11- 12 yoshli bolalarni tanlash, ular bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarini ijodiy yondashuv asosida kuzatish, olingan natijalar asosida sakrash ko‘nikmalari hamda voleybolchiga xos sakrovchanlik sifatini shakllantirishga mo‘ljallangan vaziyatli mashqlar majmuasini ishlab chiqish va uning samaradorligini pedagogik tajriba yordamida o‘rganishga da’vat etdi. Tadqiqotning maqsadi: voleybolga xos bo‘lgan sakrash ko‘nikmasi, sakrab ijro etiladigan texnik usullarga ixtisoslashgan sakrash turlari va ularni erta yoshlikdan boshlab shakllantirish afzalligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning vazifalari: tanlangan mavzu moxiyati va mazmunini ochish, rejalashtirilgan tadqiqot maqsadini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilanadi: 1. Voleybolga xos sakrash turlari, ularning tarkibiy tuzilishi va sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasini o‘rganish. 2. Voleybolga xos sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi vaziyatli o‘yin mashqlari majmuasini ishlab chiqish va uning samaradorligini yosh voleybolchilar jalb qilingan pedagogik tajriba yordamida o‘rganish. 3. Olingan natijalar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq eti sh . 3

To‘g‘ri, “voleybol nazariyasi va uslubiyati” faniga doir ilmiy hamda o‘quv adabiyotlarida “sakrash”, “sakrovchanlik” va “sakrash chidamkorligi” mavzulari batafsil ochib berilgan. Ammo, sakrab ijro etiladigan o‘yin usullariga xos (zarba, to‘siq) sakrash turlari va ularni shakllantirish masalalari nazardan chetda qolgan. Sakrash ko‘nikmalari va ularni turmush tarzida muayan to‘siq yoki qarshiliklarni yengishda as qotadigan zarur harakatlar tarkibiga mansub bo‘lib, zamonaviy sport amaliyotida o‘ziga xos xususiyatli harakat vazifalarii hal qilida muhim axamiyat kasb etadi. Sakrash ko‘nikmlari (uzunlikka yoki balandga sakrash, yon tomonlarga sakrash, langar bilan sakrash, suvga sakrash va x.k.) - bu tayanchsiz holatga ijro etiluvchi va kordinatsion, biomexanik hamda aerodinamik jixatlardan farq qiluvchi texnik-taktik harakat majmuasini ifodalaydi. Sakrash elementlari qo‘llaniladigan har bir sport turida sakrash ko‘nikmasi o‘z moxiyati, maqsadi, mazmuni va yo‘nalishi bilan keskin farqlanadi. Masalan, yengil atletikada uzunlikka sakrash, to‘siqlararo sakrash, langar bilan sakrash, sport o‘yinlarida (voleybol, basketbol, futbol, gandbol) vertikal yoki dioganal yo‘nalishda sakrash, badiy gimnastikaga xos sakrash va xokozalar qayd etilgan fikrga misol bo‘la oladi. Ilmiy yangiligi: 1. Voleybolga xos sakrash turlari, ularning tarkibiy tuzilishi va sakrovchanlikni rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. 2. Voleybolga xos sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantiruvchi vaziyatli o‘yin mashqlari majmuasini ishlab chiqish va uning samaradorligini yosh voleybolchilar jalb qilingan pedagogik tajriba yordamida o‘rganilgan. 3. Olingan natijalar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni voleybolchilar tayyorlash amaliyotiga tadbiq etilgan. Tadqiqotning ilmiy farazi. Voleybolda turli zonalarda va turli taktik maqsadda sakrab ijro etiladigan hujum zarbalari turlariga mos sakrash ko‘nikmalari o‘ziga xos koordinatsion mazmun (nusqa) bilan farqlanadi. Faraz qilindiki, bunday sakrash ko‘nikmalarini ixtisoslashtirilgan vaziyatli o‘yin 4

mashqlari yordamida erta yoshlikdan boshlab shaklllantirish sakrash balandligini ham, uning koordinatsion aniqligini ham jadal o‘sishiga imkon yaratadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar tahlili. Mutaxasislarning fikriga ko‘ra, voleybolda sakrovchanlik sur’ati nafaqat oyoq mushaklarining “portlovchi” kuchiga bog‘liq ekan, balki balandligi oyoqlarning tizza qismidan bukilish burchagi va tana xamda qo‘llarning faol “yoysimon” xarakati bilan ham belgilanar ekan. (Yu.D.Jeleznyak, 1997; 2005; L.R.Ayrapetyans, 2006; L.R.Ayrapetyans, A.A.Pulatov, 2012). Mazkur mualliflar yana bir muxim masalaga e’tibor qaratishdiki, sakrab turli o‘yin usullarini (Masalan zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish yoki to‘p kiritish) ijro etishda sakrash kordinatsiyasi va sakrash balandligini ta’minlovchi mushaklarda ixtisoslashuv belgilari shakllanib borar ekan. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Sakrash ko‘nikmalari va ularning mazmun-moxiyati nafaqat sport turining xususiyatiga qarab farqlanadi, balki bir sport turi tarkibida ijro etiladigan sakrash ko‘nikmalari sakrab bajariladigan texnik usullar turi va yuzaga kelgan taktik vaziyatlar talabiga qarab har bir-biridan keskin farq qiladi. Jumladan voleybolda birinchi yoki ikkinchi “temp” o‘yinchisining zarba berishda, to‘p kiritishda, to‘siq qo‘yishda, to‘p uzatishda va orqa zonalardan hujum qilishda qo‘llaniladigan sakrash ko‘nikmalari turli mazmun va yo‘nalishda ijro etiladi. Amaliy jihatdan muxim va e’tiborli joyi shundaki, ushbu o‘yin usullarining ayrimlarini (zarba berish va to‘siq qo‘yish) ijro etishda foydali natijaga erishish ustivor jixatdan sakrovchanlik sifatiga bog‘liqdir. Ma’lumki, bugungi kunda sport amaliyotida jismoniy sifatlar, shu jumladan sakrash ko‘nikmalari va sakrovchanlik sifatini tanlagan sport turiga xos yo‘nalishda shakllantirish erta yoshlikdan boshlab amalga oshirilishi isbot talab qilmaydi. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya “Kirish”, 4 ta bob, “Xotima”, “Amaliy tavsiyalar” va “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” dan iborat bo‘lib, uning hajmi 78 betni tashkil etadi. Ishda o‘tkazilgan tadqiqot 5